folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘sishini ta’minlash va tarkibini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, ushbu maqsadlarda mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
2021-yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida:
1. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida joylashtirgan holda doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hukumat komissiyasi o‘n kun muddatda “ishlab chiqarishdan to xorijiy iste’molchigacha” tamoyili bo‘yicha eksportchi tashkilotlarga ko‘maklashishda aloqador vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining “gorizontal va vertikal o‘zaro hamkorlikda ishlash” mexanizmini nazarda tutgan holda hududiy eksport shtablarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlasin.
2. 2021-yilda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportchi tashkilotlarga xomashyo sotib olish va eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 million AQSh dollari ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-fevraldan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, 2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
7. Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
Hukumat komissiyasi valyuta nazorati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan yechish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Quyidagilarga:
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — barqaror o‘sishni ta’minlash, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilish, eksportchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan tizimning samarali faoliyat yuritishi;
Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — eksportni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida budjetdan moliyalashtirish, eksportchi tashkilotlarga qonunchilikka muvofiq soliq imtiyozlari, preferensiyalar va subsidiyalar berish;
energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni shartnoma majburiyatlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligi xomashyosini ishlab chiqarishning samarali tizimi yaratilishini ta’minlash, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirish, respublika hududlarida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega yirik agrosanoat klasterlarini barpo etish, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish;
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni harakatlanuvchi tarkib bilan uzluksiz ta’minlash, avia parki va temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini kengaytirish, shuningdek, qo‘shni davlatlar hududi orqali eksport va tranzit yuklarining erkin harakatlanishini tashkil qilish hamda eksport va tranzit yuk tashuvlari sohasida tarif siyosatini optimallashtirish;
tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.N. Arziyev zimmasiga — O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining mahalliy eksportchi tashkilotlarga xorijiy hamkorlarni topish hamda eksport shartnomalarining imzolanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini va diplomatik qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — meva-sabzavot va sanoat mahsulotlarining eksportchi tashkilotlariga ishlab chiqarish omillari hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda ko‘maklashish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. | 105 | 5,994 |
Qonunchilik | Mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarning bojхona qiymati qanday aniqlanadi | Vazirlar Mahkamasining 06.04.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 160-son qarori qabul qilindi. Qaror 2022 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi.
Hujjat Prezidentning «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.
Qaror quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:
- avval ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bilan bitimlar mavjudligi va ular yuzasidan biron-bir e’tirozlar boʻlganligini tekshirish;
- bojхona organida mavjud boʻlgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻlgan aхborotni tahlil etish;
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2022 yildan kuchga kiradi.
Saodat Usmanova. | 75 | 921 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida | Jismoniy va yuridik shaxslar mulkini, jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni ishonchli qo‘riqlashni ta’minlashda yagona tamoyil va yondashuvlarni joriy etish hisobga olingan holda, qo‘riqlash faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qo‘riqlashni tashkil etish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishi, shuningdek, davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘z vakolatlari doirasida o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarini qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida qo‘riqlash faoliyati xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalariga asosan kelib tushadigan mablag‘lardan foydalangan holda davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini qo‘riqlash vazifasini amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda:
2020-yil yakuniga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilinishi va qo‘riqlanishini;
2020-2021-yillar davomida qo‘riqlanadigan obyektlar texnik jihatdan jihozlanganligi xatlovdan o‘tkazilib, uning natijalari asosida obyektlarni zarur muhandislik-texnik vositalar bilan qo‘shimcha jihozlash yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’minlansin.
4. Belgilansinki:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanadigan obyektlarga tatbiq etilmaydi;
jismoniy shaxslarga va tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan o‘ta muhim, toifalangan va davlat ahamiyatidagi boshqa obyektlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarini tashkil etish boshqarmasining obyektlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va agentliklar.
3. Vazirliklar va idoralarning ma’muriy binolari, shuningdek, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati organlarining obyektlari (qonunchilikka muvofiq idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari mavjud bo‘lgan obyektlar bundan mustasno).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi binolari.
5. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining binolari va obyektlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi organlaridan tashqari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiyot ekspertiza muassasalari, psixiatriya muassasalari, surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolashga mo‘ljallangan maxsus davolash-profilaktika muassasalarining binolari va inshootlari.
61. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari.
7. Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarning obyektlari.
8. Fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning o‘q-dorilari saqlanadigan va realizatsiya qilinadigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
9. Portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda ishlab chiqarilgan materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarni hamda pirotexnika buyumlarini transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish amalga oshiriladigan obyektlar (inshootlar, binolar, xonalar, hududlar), agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
10. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari saqlanadigan, tadqiqotlar o‘tkaziladigan, ishlab chiqariladigan tashkilotlar obyektlari, shu jumladan, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan).
11. Quvvati 200 megavattdan yuqori bo‘lgan gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektrostansiyalari hamda quvvati 100 megavattdan yuqori bo‘lgan shamol va quyosh fotoelektr stansiyalari.
12. Neft-gaz va gaz kondensati konlari, konlardagi va konlararo magistral quvurlar, shuningdek, neft-gaz tarmog‘ining ishlab chiqarish va qurilish maydonlari*.
13. Qimmatbaho metallar konlari, ularning elektr energiyasi va suv ta’minoti obyektlari, shuningdek, kon-metallurgiya tarmog‘ining yordamchi inshootlari*.
14. Sig‘imi 800 kishi va undan ortiq bo‘lgan konsert, ommaviy tomoshalar o‘tkaziladigan saroylar va zallar.
15. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishni amalga oshirish obyektlari, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” AJ filiallari binolari, inshootlari va qurilmalari.
16. Dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi obyektlari, shu jumladan, atom elektr stansiyasi qurilish maydonlari va yordamchi obyektlari, shuningdek, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahar filiali.
18. Davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar, shu jumladan tarixiy va madaniy meroslar saqlanadigan joylar, arxeologik qazilma joylari (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan).
19. Davlat nazoratiga olinishi kerak bo‘lgan radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqariladigan, saqlanadigan ishlab chiqarish (shu jumladan, sement ishlab chiqarish) korxonalari.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan boshqa obyektlar.
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini saqlash va sotish joylari, shu jumladan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, dorixonalar.
2. Pirotexnika buyumlari saqlanadigan va sotiladigan obyektlar (inshootlar, binolar, qurilmalar).
3. Fuqaroviy va xizmat qurollarini, ularning o‘q-dorilarini saqlash joylari.
4. Davlat nazoratiga olinishi kerak bo‘lgan portlovchi va radioaktiv moddalar hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbalari saqlanadigan joylar.
5. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkilotlarining kirish cheklangan xonalari.
6. Qimmatbaho metallar (toshlar)ni saqlash va realizatsiya qilish obyektlari (omborlar, do‘konlar).
7. Banklar va ularning filiallarining naqd va naqdsiz pul aylanmalari amalga oshiriladigan kassa xonalari.
8. Arxiv hujjatlari doimiy va vaqtincha saqlanadigan arxiv omborlari xonalari, shuningdek, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslarning maxsus tartibotli obyektlari.
9. Davlat tarix va san’at muzeylari.
10. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari**.
11. Diniy tashkilotlarning obyektlari (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar)**.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan belgilanadigan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan boshqa obyektlar. | 153 | 8,632 |
Qonunchilik | Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
“1” kichik banddagi “Hisob, hisobot va hisob-kitoblar boshqarmasi bo‘limi” degan so‘zlar “Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boshqarmasi markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“2” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Markaziy bankning To‘lov markazi — Markaziy bankning banklararo va filiallararo to‘lovlarini yagona balans tartibida o‘tishini ta’minlovchi axborot tizimi;”.
2. 13-banddagi “To‘lov tizimi va axborot texnologiyalari departamentiga” degan so‘zlar “To‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamentiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 15-bandda:
“1” kichik banddagi “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“5” kichik banddagi “Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentining” degan so‘zlar “Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4. 33-band “2” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limida” degan so‘zlar “Markaziy bankning To‘lov markazida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 34-band “2” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Markaziy bankning ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limida” degan so‘zlar “Markaziy bankning To‘lov markazida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 1-ilovadagi “MB ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi” degan so‘zlar “MB To‘lov markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 148 | 2,434 |
Qonunchilik | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4024-son qarori ijrosini ta’minlash hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish tizimining samaradorligini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida:
1. Umumiy shtat birligi 198 nafar, shu jumladan hududiy bo‘linmalarda — 89 nafar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — O‘zkomnazorat) markaziy apparati yangilangan tuzilmasi va hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
“Texnik ko‘maklashish markazi” davlat unitar korxonasini shtat birliklari va amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga berish va uni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlash;
O‘zkomnazorat ta’sischi hisoblangan davlat unitar korxonasi shaklidagi Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Belgilansinki, Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari va veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik ko‘mak beradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida “raqamli va axborot jamiyati”ni shakllantirish, shuningdek, texnik infratuzilmani rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, ular o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlash, tashqi xosting maydonchalari bilan integratsiya masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi;
axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonunlar va normativ hujjatlar loyihalari, texnik shartlar loyihalari, litsenziyalash va tartibga solish me’yorlari va qoidalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
4. O‘zkomnazorat bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazining nizomini va tuzilmasini tasdiqlasin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlikni tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi;
O‘zkomnazorat “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi holatini nazorat qilish, monitoring qilish, o‘rganish va tekshirishni amalga oshiradi.
O‘zkomnazorat va markazlarning joriy ta’minoti (ish haqining amaldagi tartibi, davlat ustamalari va qo‘shimchalarni saqlab qolgan holda), moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki, O‘zkomnazorat:
qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik qiladi;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzgan axborot sohasi subyektlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
7. O‘zkomnazorat boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
9. Quyidagilar:
O‘zkomnazorat va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 29-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida;
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK Toshkent shahri, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 31-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
10. O‘zkomnazorat manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 175 | 5,232 |
Qonunchilik | 2017 yilning 5 sentyabrigacha tuzilgan valyuta bitimlari bilan qanday yoʻl tutiladi? | Markaziy bank mamlakatimiz hududida chet el valyutasiga tovar (ish, хizmat)larni sotish amaliyoti doirasida ilgari amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga taalluqli vaziyatga tushuntirish berdi.
Prezidentning 2017 yilning 2 sentyabrdagi PF-5177-son «Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tovar (ish va хizmat)lar uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlandi, bundan хalqaro amaliyotga muvofiq хalqaro toʻlov kartalari vositasida toʻlovni amalga oshirish mustasno.
Yuridik shaхslar tomonidan 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tovar (ish, хizmat)lar chet el valyutasiga sotilgan va mijozlar tomonidan olingan tovar (ish, хizmat)lar ushbu sanadan keyin qaytarilgan holatlarda mijozlar oʻz tanloviga koʻra milliy yoki chet el valyutasida mablagʻlar qoplanishi huquqiga ega.
Yuridik shaхslar tovar (ish, хizmat)larni sotishdan 5 sentyabrga qadar chet el valyutasida daromad olgan taqdirda tijorat banklari yuridik shaхslar oʻrtasida ilgari tuzilgan shartnomalar asosida hisobvaraqlarga pul mablagʻlarini tushirish va oʻtkazishni amalga oshiradi.
Masalan, agentlar va subagentlar oʻrtasida aviachiptalarni chet el valyutasiga sotish boʻyicha shartnomalar.
Tovar (ish, хizmat)larni sotishdan tushgan valyuta tushumi tushgan davridan qat’i nazar 5 sentyabrdan keyin majburiy sotilmaydi.
Yuridik shaхslar oʻz valyuta daromadlarini (eksport tushumini) oʻz iхtiyoriga koʻra tasarruf etish va joriy хalqaro toʻlovlar uchun hech qanday toʻsiqlarsiz ulardan foydalanishi, shuningdek zarur holatlarda valyuta bozorida oʻzi хohlagan hajmda sotishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Norma.uz ilgari turfirma va aviakassa vakillarida valyuta bitimlari boʻyicha vujudga kelgan muammolar yuzasidan ekspertning tushuntirishini taqdim etgan edi. | 84 | 1,850 |
Qonunchilik | Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxs;
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MTSO deb yuritiladi) — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
2. Menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bunda maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
3. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza berish;
sertifikatlashtirishga arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
sertifikatlashtirishni o‘tkazishga shartnoma tuzish;
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun auditorlar guruhini shakllantirish va tayinlash;
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish;
menejment tizimlari auditini o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish;
sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va berish.
4. Sertifikatlashtirish MTSO tomonidan sertifikatlashtirishga arizaga asosan amalga oshiriladi. MTSO ni tanlash ariza beruvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi MTSO ga ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda sertifikatlashtirishga ariza beradi.
6. Ariza beruvchi sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, so‘ngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani to‘g‘risida ariza beruvchini shu kunning o‘zida xabardor qilinishini ta’minlaydi.
7. Sertifikatlashtirishga arizaga:
sifat bo‘yicha qo‘llanmani (agar mavjud bo‘lsa);
menejment tizimi sohasi bo‘yicha siyosat va maqsadlarni;
menejment tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan jarayonlarning tavsifini;
menejment tizimining muvofiqligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavflarning tavsifini;
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalillarni o‘z ichiga olgan hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
8. Sertifikatlashtirishga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
9. MTSO sertifikatlashtirishga arizani ko‘rib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijalari bo‘yicha 3 kun mobaynida sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
10. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
sertifikatlashtirishga arizaga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligining aniqlanganligi;
sertifikatlashtirishga arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
11. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan so‘ng qayta sertifikatlashtirishga ariza berish huquqiga ega.
12. Sertifikatlashtirishga ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida MTSO va ariza beruvchi o‘rtasida sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
13. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi uning natijalaridan qat’i nazar, sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi kerak.
14. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining birinchi to‘lovidan so‘ng 10 kun ichida, biroq shartnoma tuzilgandan so‘ng 20 kundan kechiktirmay MTSO sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhini shakllantiradi.
15. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhining shaxsiy tarkibi, a’zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek sertifikatlashtirishni o‘tkazish muddatlari va joyi MTSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
16. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhini sifat bo‘yicha ekspert-auditor boshqaradi.
17. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
18. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
19. Menejment tizimlari hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
20. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
MTSO nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek mas’ul xodimning bog‘lanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
so‘ralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini ko‘rsatgan holda identifikatsiyasi);
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ro‘yxati;
sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar ro‘yxati;
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 30 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili bo‘yicha xulosa.
Hisobotda qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
21. Nomuvofiqliklar mavjud bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgandan so‘ng MTSO tomonidan ariza beruvchi bilan kelishilgan holda menejment tizimlari auditini o‘tkazish muddati belgilanadi. Bunda menejment tizimlari auditi menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilgan yoki nomuvofiqliklar bayonnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida boshlanishi kerak.
22. Menejment tizimlari auditi ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
23. Menejment tizimlari auditini o‘tkazish uchun MTSO tomonidan reja tuziladi.
24. Menejment tizimlari auditi ariza beruvchi joylashgan joyida o‘tkaziladi.
25. Menejment tizimlari auditi va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
26. Menejment tizimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari auditi natijalari bo‘yicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
27. Menejment tizimlari auditi natijalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
MTSO nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek mas’ul xodimning bog‘lanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
so‘ralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini ko‘rsatgan holda identifikatsiyasi);
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ro‘yxati;
sertifikatlashtirish bo‘yicha asoslangan qaror qabul qilish imkonini beruvchi menejment tizimlari auditi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi kuzatuvlar, yozuvlar va dalillar;
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 60 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
menejment tizimlari auditi bo‘yicha xulosa.
Hisobotda qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
28. O‘tkazilgan sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha MTSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
29. Muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 kun ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ariza beruvchiga beriladi.
30. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.
31. Muvofiqlik sertifikati blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MTSO ga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
32. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda MTSO ushbu qaror qabul qilingan kuni ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi.
Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror menejment tizimlari hujjatlarining tahlilida ham, menejment tizimlari auditida ham qabul qilinishi mumkin.
33. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili yoki menejment tizimlari auditida aniqlangan nomuvofiqliklarning tegishli hisobotlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi;
sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi amalga oshirilmaganligi;
menejment tizimlarining ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
34. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar to‘plamlari, shu jumladan sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari MTSO da 4 yil davomida saqlanadi.
35. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda ariza beruvchi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
36. Avval berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun mobaynida sertifikatlashtirishga ariza berilganda, menejment tizimi hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzishdan tashqari ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayta sertifikatlashtirish o‘tkaziladi.
37. Sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazorati sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO yoki inspeksiya organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
38. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash haqidagi qaror inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda qabul qilinadi.
39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turiladi:
menejment tizimi sertifikatlashtirilgan tashkilot (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganda;
tashkilot tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda;
tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki inspeksiya nazoratini talab etiladigan muddatda o‘tkazishga ruxsat bermaganda;
tashkilot ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.
40. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra;
tashkilot tomonidan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
tashkilot tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilishi natijasida — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, o‘zgartirilishi bundan mustasno;
muvofiqlik sertifikatini amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda tashkilot tomonidan bartaraf etilmaganda;
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar tashkilot tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
MTSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘tganda.
41. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
42. Muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sud tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra;
muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
43. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
44. MTSO ning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
Tashkilot MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
45. MTSO yoki O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
46. Tashkilot muvofiqlik sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilganda, tugatilganda yoki u bekor qilinganda sertifikatlashtirilgan menejment tizimi mavjudligi to‘g‘risida e’lon qilish huquqiga ega emas.
47. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga talabgor tashkilot muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga ariza beradi.
48. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
49. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO tomonidan:
tashkilotning sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasiga;
inspeksiya nazorati natijalariga asosan amalga oshiriladi.
50. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish uchun to‘lov undirilmaydi.
51. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirishda avval berilgan muvofiqlik sertifikatining qolgan muddatiga yangi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Bunda yangi muvofiqlik sertifikati avval berilgan muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSO ga qaytarilgandan so‘ng beriladi.
52. MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Tashkilot MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida avval berilgan muvofiqlik sertifikati keyinchalik O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
53. MTSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi to‘xtatib turilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mazkur ma’lumotni taqdim qilib boradi.
54. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruriyat bo‘lganda MTSO dan sertifikatlashtirish bo‘yicha hujjatlar nusxalarini so‘rab olishi mumkin.
55. MTSO o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida ariza beruvchi yoki tashkilot to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 90 | 20,412 |
Qonunchilik | Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20 senyatbrdagi PQ-3947-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, shuningdek Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (ro‘yxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2, 7 va 10-bandlardagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi Deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.”.
3. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.bojxona.uz) orqali Deklaratsiyani chop etib qo‘lda to‘ldirilgan holda yoki elektron shaklda to‘ldirib chop etgan holda, o‘z imzolari bilan tasdiqlab bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.”.
4. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Deklaratsiya ilovasi quyidagi tarzda to‘ldiriladi:
1-bandda shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi, pasportining seriyasi va raqami) hamda tranzit o‘tish mamlakatlari nomi ko‘rsatiladi;
2-band bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi deklaratsiyalovchi shaxsga tegishli bo‘lmagan hollarda quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi egasi haqida ma’lumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi);
b) jismoniy shaxsning to‘liq manzili (davlat nomi, ma’muriy-hududiy birligi (hudud, viloyat, tuman va x.k.), aholi yashash punkti va ko‘cha nomi, uy va xonadon raqami);
v) bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi summasi, nominal qiymati yoki chet el valyutasidagi ekvivalent summasi, valyuta nomi va miqdori;
3-bandda tegishli kataklarga “X” belgisini qo‘yish yo‘li bilan to‘ldiriladi va (yoki) “Boshqalar” qismida O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi boshqa kelib chiqish manbasi ko‘rsatiladi;
4-bandda tegishli kataklarga ”X” belgisini qo‘yish yo‘li bilan to‘ldiriladi va (yoki) “Boshqalar” qismida O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasining qaysi maqsadlarda foydalanilishi ko‘rsatiladi.”.
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi (tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qismi) hamda ilovasining 2-bandidagi yozuvlar bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha bo‘sh joylar esa chizib qo‘yiladi.”.
6. 16-bandidagi “Deklaratsiyaning orqa tomoniga” degan so‘zlardan keyin ”va ilovasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. Ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 146 | 4,142 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlarining taklif va mulohazalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati:
iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlari saqlanishi, mamlakatning makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorligi yanada mustahkamlanishi, aholining farovonligi oshirilishi va inflatsiya sur’atlari jilovlanishini ta’minlasin;
iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va tuzilmaviy islohotlarni chuqurlashtirish, bevosita chet el investitsiyalari uchun qulay muhit yaratish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, xususiy sektorni ko‘lamli kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni kafolatlash, shuningdek soliq yukini izchil kamaytirish va soliq boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirsin;
uzoq istiqbolda iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va aholi farovonligini oshiruvchi davlat xarajatlarining, shu jumladan ta’lim, sog‘liqni saqlashga, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan xarajatlarning ustuvorligini belgilasin;
Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi tizimini bundan buyon ham joriy etish, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, moliyalashtirishning budjetdan ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligi va aniq yo‘naltirilganligini kuchaytirish imkonini beruvchi uslublarini tatbiq etgan holda xarajatlarni oqilona maqbullashtirish borasidagi ishlarni davom ettirsin;
Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining zaruriy aylanma kassa mablag‘i hajmidan ortiqcha bo‘lgan respublika budjetining erkin qoldiqlari hamda inflatsiyaga taalluqli bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, mintaqalarning soliq bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
5. Ushbu qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 66 | 2,694 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga jami 3 ta, shu jumladan 2 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyati asosiy yo‘nalishlarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, patent vakillari, mediatorlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini hamda huquqiy bilimlarini oshirish talab etiladigan davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasidir.
3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.
4. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil tuzilmasi bo‘lib, o‘z balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga hamda o‘z faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
5. Markaz bevosita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo‘ysunadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.
6. Markazning rasmiy nomi:
davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;
ingliz tilida — Lawyers’ Training Center under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan;
rus tilida — Sentr povisheniya kvalifikatsii yuristov pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan.
7. Markaz joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Katta darxon ko‘chasi, 6-uy.
8. Adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, FHDY organlari va davlat boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsultlari) hamda xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning o‘zga soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinglovchilarni qabul qilinayotgan yangi qonunlar va amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida huquqni qo‘llashning zamonaviy talablari hamda ushbu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan yaqindan tanishtirish;
o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarining tajribali olimlari, boshqa xodimlari va ekspertlarini jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish.
10. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlarning yo‘nalishlari va zamonaviy talablari asosida adliya, yuridik xizmat, advokatura bo‘yicha huquqshunos va boshqa kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida o‘qishlar tashkil etish;
huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etish;
huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
11. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Markaz professor-o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha vaqt me’yorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan o‘quv yuklamasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil belgilash;
Markazga shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq to‘lash asosida) o‘qituvchi va amaliyot xodimlari (ekspertlar)ni jalb etish;
tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlardan statistikaga oid ma’lumotlar hamda zarur materiallarni olish uchun murojaat qilish;
yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni belgilangan tartibda tashkil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish yuzasidan hamkorlik qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
ajratilgan budjet mablag‘lari hamda o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlarning dolzarb muammolari bo‘yicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlar chiqarish;
o‘quv jarayoni hamda o‘quv-uslubiy ishlarga yuqori malakali huquqshunos olimlarni, tajribali amaliyotchi xodimlar va xorijdan mutaxassislarni shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq to‘lash asosida) jalb qilish;
o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar to‘plamlarini nashr qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshka manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini belgilash;
o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasini, ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasini, moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini, valyuta ajratmalari jamg‘armasini tashkil qilish. Mazkur mablag‘lar olib qo‘yilishi mumkin emas, ular kelgusida foydalanish uchun yig‘iladi;
xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarni tashkil qilish hamda ularda ishtirok etish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Markaz filiallari;
Kafedralar;
Bo‘limlar;
Buxgalteriya;
Axborot resurs markazi;
Kadrlar bo‘yicha katta inspektor.
Markaz direktori, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishi hamda Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtatlar joriy etishi mumkin.
13. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori ikki o‘rinbosarga, jumladan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosar hamda moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar ega.
14. Markaz direktori va uning o‘rinbosarlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Markaz direktori o‘z vakolati doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi.
Direktor qonunchilik hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq:
Markaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi;
direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida Markaz tuzilmasiga muvofiq vazifalarni taqsimlaydi;
Budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar (rivojlantirish jamg‘armasiga tinglovchilarni o‘qitishdan tushadigan pullik xizmatlar asosidagi mablag‘lar bundan mustasno) uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligiga ro‘yhatdan o‘tkazish uchun kiritadi;
xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Markaz faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mutaxassislarni Markazning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan shartnoma asosida ishga jalb qiladi;
Markaz xodimlari uchun oylik maosh tizimi va rag‘batlantirish jamg‘armasini taqsimlaydi;
Markazning mol-mulki va mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf qiladi;
shartnomalarni imzolaydi, ishonch qog‘ozlarni beradi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida Markaz hisob raqamlarini ochadi;
belgilangan tartibda modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasini va valyuta ajratmalari jamg‘armasini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan yuqori malakali professor-o‘qituvchilarga, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlarga tarif stavkasining ikki yuz foizigacha miqdorda oylik ustama belgilaydi;
Markaz xodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha ta’til muddatini belgilaydi;
tinglovchilar uzoq vaqt mashg‘ulotlarda sababsiz qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu haqda ularning ish joyiga ma’lumot yuboradi;
ilmiy kengash, konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarda Markaz nomidan qatnashadi;
Markazning Ilmiy kengashi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
ilmiy tadqiqotchilarni Markazga biriktirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Markaz direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:
Markaz kafedralari va filiallari Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi, Fan, innovatsiya va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi, O‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o‘quv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
tinglovchilarni o‘qitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlashga rahbarlik qiladi;
o‘quv rejalari, dasturlari va dars jadvallari ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
Markaz professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘naltirib boradi;
Markazning Ilmiy kengashi ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Ilmiy kengash muhokamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
Markazning o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotlarini tayyorlaydi;
direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Markaz direktorining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
Markazning Buxgalteriya, Axborot-resurs markazi, Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi, Buyurtmalar portfeli va marketingni shakllantirish bo‘limi va Tahririy-nashriyot bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
xo‘jalik ishlarini tashkil etadi;
Markaz bir maromda faoliyat olib borishi uchun uni kerakli asbob uskunalar va jihozlar bilan ta’minlaydi;
Markaz binolaridan talab darajasida foydalanish, binolarni zarur ta’mirlash va kapital qurilish ishlarini tashkil qiladi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;
Markazning xo‘jalik shartnomalari majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank operatsiyalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Markazning moliya-xo‘jalik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tayyorlaydi;
direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Markaz kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish olib boradi.
19. Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun direktor, uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tuziladi.
20. Ilmiy kengash o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom asosida olib boradi. Ilmiy kengash ishi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qilinadi.
Ilmiy kengash:
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish hamda huquqshunos mutaxassislarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini hal qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi va Markaz nomidan xulosa beradi;
Markaz ilmiy tadqiqotchilarining mavzularini tasdiqlaydi, ularni kafedralarga biriktiradi;
professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya qiladi;
belgilangan tartibda Markazning faxriy doktori darajasini beradi;
Markaz, uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi.
21. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
shartnoma asosida pullik o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
davlat ilmiy dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari buyurtmasi bo‘yicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
22. Markazning direktori va uning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasalarida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash miqdorlari, qolgan xodimlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning amaldagi miqdorlari qo‘llaniladi.
23. Markaz xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari joriy etiladi.
24. Markaz xodimlarining oldingi ish joyidan berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.
Markazdagi ish davri martaba darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
25. Markaz ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari qoidalari, davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalardagi islohotlarning yo‘nalishlari va zamonaviy talablari asosida shuningdek, xalqaro standartlar va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari asosida amalga oshiradi.
26. Markazning o‘quv dasturlari yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga asosan ishlab chiqiladi.
28. Markazga o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Markaz bilan kelishilgan holda tayyorlangan hamda tegishliligi bo‘yicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
29. Markazda tinglovchilarni o‘qitish malaka oshirish kurslarida bir oygacha davom ettirilishi mumkin.
To‘lov-shartnoma asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
30. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bilimlari sinov imtihoni, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi esa suhbatdan o‘tish asosidan baholanadi.
Sinov imtihonini yoki suhbatdan o‘tishni tashkil etish va o‘tkazish uchun Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug‘i bilan sinov imtihoni komissiyasi tuziladi. Komissiya, qoidaga ko‘ra, rais va kamida ikki nafar a’zodan iborat bo‘ladi.
Sinov imtihoni komissiyasi tarkibiga, kelishuv asosida, adliya vazirligi markaziy apparati, Advokatlar palatasi, Notarial palataning xodimlari, boshqa buyurtmachi tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ham kiritilishi mumkin.
Tinglovchilar bilan yakuniy sinov imtihoni (suhbat) — ular kasbiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda malaka oshirish kursi dasturiga asosan o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘tkaziladi. Sinov imtihoni (suhbatdan o‘tish) natijalari sinov imtihoni qaydnomasida “sinovdan o‘tdi” yoki “sinovdan o‘tmadi” deb baholanadi hamda komissiya raisi va uning a’zolari tomonidan imzolanadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va sinov imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan o‘tgan) tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Sinov imtihonini topshirmagan (suhbatdan o‘tmagan) tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
31. O‘qish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Markazga o‘qishga kelgan tinglovchilarga bir martalik xizmat safari xarajatlari o‘qishga yo‘llagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
32. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari adliya xodimlari uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tinglovchilarni o‘qitish xarajatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq miqdorini mustaqil belgilaydi;
Markaz va buyurtmachi tashkilotlar, advokatlar va boshqa toifadagi tinglovchilar bilan to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi to‘lov-shartnomalar elektron shaklda tuziladi va vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
33. Markaz huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi.
Markaz tinglovchilar uchun o‘quv jarayonining muayyan qismini va professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda mustaqil ravishda tashkil etishi mumkin.
34. Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
35. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bandda:
ikkinchi xatboshidan “sud” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-martdagi 87-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 330-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 30-dekabrdagi 347-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga o‘zgartirish kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2017-yil 31-maydagi 327-son qarori. | 138 | 22,057 |
Qonunchilik | Soliq toʻlovchilarni soliq davrlari turlicha boʻlgan toifalarga boʻlmoqchilar | Oʻzbekiston davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) moliyaviy va teхnik yordamini jalb etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi (24.06.2019 yildagi F–5480-son Farmoyishga qarang).
BAAga 2019 yil mart oyida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlariga koʻra davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim hamda kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, turizm va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida keng koʻlamli hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.
Erishilgan kelishuvlar bajarilishi uchun 18 ta sohaga oid ishchi guruhlar tashkil etildi, ular Amirliklar tomoni vakillari bilan doimiy muzokaralar olib boradilar. Ishchi guruhlar rahbarlari vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar mutaхassislari, mahalliy hamda хorijiy ekspert va maslahatchilarni ishga jalb qilish huquqiga ega.
Ishlar tasdiqlangan «yoʻl хarita»lariga muvofiq olib boriladi. Xususan, 2030 yilgacha Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasining joriy versiyasini toʻldirish, Hukumat akseleratorini tashkil etish, davlat organlari samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish, davlat хizmatlari sohasini takomillashtirish, mamlakatimizning хalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va h.k. rejalashtirilmoqda.
Alohida yoʻnalish – «soliq ma’muriyatchiligi», uning doirasida 2019–2021 yillarda quyidagilarni amalga oshirish moʻljallanmoqda:
Ishchi guruhlar faoliyati, koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas’ul hisoblanadi, ular har oyda unga hisobot beradilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 77 | 1,972 |
Qonunchilik | DARYo TRANSPORTINI TEXNIK IShLATISh | 1. Mazkur Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki suv transporti ustaviga (keyingi o‘rinlarda — Ustav) muvofiq ishlab chiqildi va mulkiy shaklidan qat’iy nazar suzish vositasiga ega bo‘lgan barcha vazirlik, idoralar va korxonalarning daryo transporti xodimlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
2. Mazkur Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari texnik vositalarni qurgan zavod tomonidan ularni texnik ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalar, yo‘riqnomalar va qo‘llanmalarning barcha talablariga qat’iy rioya etilishini ko‘zda tutadi.
Vazirlik va idoralarda suzish vositalarini texnik ishlatish bilan bog‘liq ishlab chiqiladigan maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar qo‘llanma va ko‘rsatmalar mazkur Qoidalarga qat’iy muvofiq bo‘lishi va ushbu sohada malakani oshirishga tayanishi lozim.
3. Suv yo‘llari, gidrotexnik inshootlar, flot, kema ta’mirlovchi va sanoat korxonalari, portlar va pristanlar, aloqa va elektroradionavigatsiya vositalari va daryo transportining boshqa texnik vositalari o‘zlarining muhim texnik-iqtisodiy va texnik ishlatish xarakteristikalari bilan bir-biriga muvofiq bo‘lishi va tashish rejalarining bir maromda bajarilishini, flotdan oqilona foydalanishni, kemalarning xavfsiz harakatlanishini va transport xarajatlarini keskin qisqartirishni ta’minlashi shart.
4. Harakatda bo‘lgan daryo transportining barcha texnik vositalarini texnik ishlatish davrida mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi shart. Qoidalarning talablari yangi loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan daryo transporti vositalariga tatbiq etiladi.
5. Texnik vositalar me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq texnik ishlatish hujjatlari bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, ularni ishlatish taqiqlanadi.
Amaldagi qoidalarda belgilangan ta’mirlash hujjatlari bilan ta’minlanmagan texnik vositalarni ta’mirga qo‘yish ham taqiqlanadi.
6. Daryo transportining texnik vositalarini foydalanishga tushirish ular qurib yoki ta’mirlab bo‘lgandan so‘ng belgilangan tartibda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshirilishi shart.
7. Daryo transportining texnik vositalaridan foydalanish davrida tegishli idoraviy, tarmoq va tarmoqlararo hujjatlarda qayd etilgan texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoidalar, me’yorlar, yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya etilishi shart.
8. Daryo transportining har bir bo‘linmalarida daryo transportini texnik ishlatishning ilg‘or tajribalari ushbu bo‘linma yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganilishi, umumlashtirilishi va ommalashtirilishi shart.
9. Qoidalar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i tomonidan mazkur Qoidalar qanday tartibda qabul qilingan bo‘lsa shu tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
10. Mazkur qoidalarning buzilganligi uchun aybdorlar qoidabuzarlik darajasi va xarakteri va uning oqibatlariga qarab O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Qoidalarni bilmaslik aybdorlarni javobgarlikdan ozod etmaydi.
11. Mazkur Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari har bir kemada, zemsnaryadda, shlyuzda, daryo transportini texnik ishlatish bilan band bo‘lgan barcha korxona va bo‘linmalarda bo‘lishi shart.
12. Daryo transportining asosiy vazifalari yuk va yo‘lovchilarni tashish davrida:
a) kemalarni va ularda bo‘lgan odamlarning xavfsiz suzishini, tashilayotgan yuklarning, kema yuradigan yo‘llarning va inshootlarning saqlanishini ta’minlash:
b) yuk va yo‘lovchilarni tashish muddatlariga rioya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tashishlar, yuklash-tushirish va boshqa ishlarning tannarxini pasaytirish,
v) daryo transporti texnik vositalari ishining samaradorligini oshirish yo‘li bilan eng kam mehnat, material va pul mablag‘lari sarflanishiga erishish.
13. Daryo transportining har bir xodimi o‘z xizmat vazifasi va javobgarligi doirasida kemalarning va ulardagi odamlarning to‘liq xavfsizligiga javob beradi. Daryo transporti xodimi quyidagilarni bilishi va qat’iy bajarishi shart:
a) O‘zbekiston Respublikasining ichki suv transporti Ustavi;
v) O‘zbekiston Respublikasi kema yuradigan ichki yo‘llarida suzish qoidalari (ro‘yxat raqami 769, 1999-yil 9-iyul) (keyingi o‘rinlarda — Suzish qoidalari) va mahalliy suzish qoidalari;
g) lavozim yo‘riqnomalari;
d) O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
e) qoidalar, yo‘riqnomalar va texnik ishlatish bo‘yicha boshqa qo‘llanmalar;
j) texnika xavfsizligi va mehnat sanitariyasi bo‘yicha qoidalar, me’yorlar, talablar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar;
z) O‘zbekiston Respublikasi Kemachilik registrining qoidalari va me’yoriy hujjatlari.
Ko‘rsatilgan qoidalar va yo‘riqnomalarning har bir lavozim uchun bilish hajmi, ishga qabul qilish davrida va navbatdagi sinovlar tartibi suzish vositalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
14. Ish kunidan to‘liq foydalanish uchun yoki qo‘shimcha kasbni egallagan daryo transporti xodimlariga qo‘shimcha vazifalarning bajarilishini yuklash ular tomonidan tegishli qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlarini tekshirishdan o‘tkazgandan so‘ng bunday ishga qo‘yishga ruxsat berilishi shart.
15. Xizmat vazifasini bajarish davrida formali kiyim va tanish belgilari o‘rnatilgan xodimlar formali kiyimda bo‘lishlari shart (maxsus ishlab chiqarish kiyimida bajariladigan ishlardan tashqari).
Daryo transporti xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida ozoda kiyingan bo‘lishi va o‘z ish joylarini toza va tartibli saqlashlari shart.
16. Daryo transporti xodimlari milliy boyliklarni va daryo transporti mulkini va yuklarni avaylashlari shart.
17. Ichki suzish kemalarida boshqaruv tarkibiga — kapitan, uning yordamchilari, shturman, mexanik, elektromexanik va ularning yordamchilari, refrijerator qurilmasi mexanigi, radiooperator, radist, shkiper lavozimlarini egallashga belgilangan tartibda berilgan, bu lavozimlarda ishlash huquqini beruvchi diplomga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.
18. Kemachilik xavfsizligini ta’minlovchi Suzish qoidalari, Texnik ishlatish qoidalari, yong‘in xavfsizligining bajarilishi uchun boshqaruv tarkibining shaxsiy mas’uliyatini oshirish va flotda intizomni mustahkamlash maqsadida diplomlarga (guvohnomalarga) nazorat talonlari berilishi shart. Boshqaruv tarkibidan nazorat talonlarini olish va olingan talonlarni tiklash kema egalarining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
19. Boshqaruv tarkibi a’zolari texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini tekshirishdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari, oddiy tarkib (elektrik, matros, chambarakchi va boshqalar, hamda qo‘shimcha kasb egallab turgan xodimlar) ushbu lavozimni egallash uchun diplom yoki guvohnoma, hamda shaxsiy varaqasida ish joyida texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgandan so‘ng ruxsat berilganligi to‘g‘risida qayd etilgan bo‘lishi shart.
20. Daryo transportiga ishga kiruvchi shaxslar, ushbu ishni bajarish uchun yaroqli ekanligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jalb etilishi shart. Keyinchalik bu xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
Suzuvchi tarkib xodim har yillik tibbiy ko‘rikka jalb etiladi va natijalari ularning tibbiy kartochkalariga kiritilishi shart. Navigatsiya davrida ekipaj a’zolarining sanitar pasportlari kema kapitanida saqlanishi shart.
21. Daryo transporti xodimlari o‘zlari mustaqil va tegishli o‘quv kurslari, o‘quv kombinatlari hamda o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirib borishlari shart.
22. O‘zbekiston Respublikasidagi barcha kema egalari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o‘zlarining bo‘linmalari xodimlari tomonidan mazkur Qoidalar talablarining o‘rganilishiga va bajarilishiga ko‘maklashishi shart va bu uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
23. Flotning boshqaruv va oddiy tarkibi, daryo transportini texnik ishlatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan daryo floti korxonalari va tashkilotlarining rahbar va muhandis-texnik xodimlari hamda ishchilari Qoidalarning bevosita o‘zlarining ishlariga tegishli bo‘lgan bandlarini bilishlari va so‘zsiz bajarishlari, hamda mazkur Qoidalarning umumiy mazmunini bilishlari shart.
24. Qoidalarning 23-bandida ko‘rsatilganlarni buzgan yoki bajarmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
25. Barcha ichki suv yo‘llari va ularda joylashgan inshootlar (shlyuzlar, dambalar, ko‘priklar, kechuvlar, kema ko‘targichlar, qirg‘oqlar, suv olish va chiqarib tashlash inshootlari, avariya-ta’mirlash to‘siqlari, havo va suv osti o‘tish joylari) kemalarning xavfsiz harakatlanishi va inshootlarga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi shart.
26. Ichki suv yo‘llari va yo‘l inshootlarini kemachilik holatda saqlash suv yo‘llari texnika uchastkalari va suv inshootlari egalari tomonidan ta’minlanishi shart.
Kemachilik uchun ochiq bo‘lgan ichki suv yo‘llarining ro‘yxati va ulardan foydalanish tartibi Ustavda o‘rnatilgan tartib bilan belgilanadi.
27. Suv yo‘llari texnika uchastkalari va suv inshootlari egalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan suv yo‘llarining chegaralari tarkibida suv yo‘llari bo‘lgan idora rahbari tomonidan, prorablik va jihozlovchi uchastkalarning chegaralari esa suv yo‘llari texnika uchastkasi tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ichki suv yo‘llarining (daryo, kanal, suv ombori, ko‘l) har bir uchastkasi bo‘yicha suv yo‘llari texnika uchastkasi tomonidan quyidagilar:
a) lotsman kartasi yoki lotsiya tavsifi ko‘rsatilgan suv yo‘li chizmasi (karta betida — chizmasida) ushbu havzada (uchastkada) suzish xususiyatlari va uning gidrologik xarakterlari tavsiflangan, suzish uchun lotsiya yoki qo‘llanma;
b) o‘rnashgan joylari ko‘rsatilgan holda qirg‘oqbo‘yi aholi punktlari, portlar-pristanlar, sayoz joylar, orollar, saqlanish joylari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yo‘nalish chizmasi (shartli boshlanish yo‘lidan kilometrda);
v) kema yurish yo‘llari va suv hududlari, suv omborlari va ko‘llarda shamolning yo‘nalishiga qarab to‘lqinlanish atlasi.
29. Har bir o‘ziyurar kemada ushbu kema suzadigan chegara uchun lotsman kartasi, kema yuradigan yo‘l chizmasi yoki lotsiyasi, qo‘llanma, yo‘nalish chizmalari va suv yo‘llarining to‘lqinlanish uchastkalari atlaslari bo‘lishi shart. Ko‘rsatilgan navigatsiya qo‘llanmalari bilan kemalar kema egalari tomonidan kemani xavfsiz yuritish xizmati va shturman ta’minoti yoki qo‘llanma materiallari ishlab chiquvchi boshqa organlar orqali ta’minlanadi.
30. Suv yo‘llari va kemachilik jihozlari holatlarining navigatsiya davomida o‘zgarib turishi suv yo‘llari texnika uchastkalari tomonidan ishlab chiqiladigan xabarnomalar, yo‘l varaqalari yordamida kema boshqaruvchilariga yetkazilishi shart. Kema boshqaruvchilari bu materiallar bo‘yicha lotsman kartalari, kema yuradigan yo‘llarning chizmalari, yo‘nalish chizmalari va qo‘llanmalarga tuzatishlar kiritishi shart.
31. Ko‘llar va suv omborlarida suzuvchi kemalar va tarkiblar harakat nozimlari yoki maxsus xizmatlar orqali uzoq muddatli va qatnov davridagi ob-havo va to‘lqinlanish ma’lumoti, hamda shtorm to‘g‘risidagi ogohlantirishlarni olishlari shart.
32. Gidrouzellar va shlyuzlar tizimlari kopmleksida suv rejimini tartibga keltirish (toshqin suvlarni o‘tkazib yuborish, quyi byefda suvni o‘tkazib yuborish navigatsiya va navigatsiyalar oralig‘ida gidrouzellar byefida suv sathining rejimi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
33. Asosiy suv yo‘llarida suv osti va suv ustidan o‘tkaziladigan elektr o‘tkazgich va aloqa liniyalari, quvurlar, shlyuzlar, kanallar va ko‘priklarni qurish loyihalari va ularning gabarit o‘lchamlari, daryo o‘zani yoki suv yo‘llaridagi daryo bo‘ylarida hamda yo‘llardagi ko‘priklarda, asosiy yo‘llardan tashqari, suv qabul qilish va chiqarib tashlash inshootlari, prichal, parom, sport bazalari va boshqa inshootlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish konlarini barpo etish loyiha korxonalari tomonidan suv yo‘llari texnika uchastkalari, kemachilik inspeksiyalari va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va kema egalari bilan kelishilishi shart.
34. Ichki suv yo‘llarida kemachilik sharoitlari va ularda kemachilik jihozlarining saqlanish sifatini tekshirish har yili kamida 2-marta (navigatsiya boshlanishida va kuzda) suv yo‘llari texnika uchastkalari, kemachilik inspeksiyalari vakillaridan iborat bo‘lgan komissiya tomonidan yo‘llar maxsus inspektorlik ko‘rigidan o‘tkaziladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar suzish vositalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarga va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga yetkaziladi.
35. Kemachilik rivojlangan yo‘llarda suv yo‘llari texnika uchastkalari tomonidan kema yuradigan yo‘l gabaritlari kafolatlanadi (chuqurligi, eni va o‘qidan burilish radiusi). Kema qatnaydigan suv yo‘llarining kafolatlangan gabaritlarining eng kam chuqurligi va eni bo‘yicha differensiatsiyalangani kabi suvning haqiqiy sathiga qarab belgilanishi shart.
Gabaritlari kafolatlangan suv yo‘llarining ro‘yxati, ko‘rsatilgan gabaritlarning saqlanishi lozim bo‘lgan kema yuradigan suv yo‘llarining kafolatlangan gabaritlari eng kam o‘lchami va kemachilik sathi o‘z tarkibida suzish vositalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilib tasdiqlanadi.
36. Ichki suv yo‘llarida suzuvchi kemalar va kemalar tarkibi “Suzish qoidalariga” muvofiq kema yuradigan suv yo‘llari gabaritlariga mos bo‘lgan botish va o‘lchamlarga, kema tubining tagida va eni bo‘yicha suv zaxirasi, hamda cheklangan uzunlikka va enga ega bo‘lishi shart.
37. Ko‘priklar tagidagi kema o‘tadigan oraliqlardagi tayanchlar yoki ustunlarning eni bo‘yicha belgilanadigan ichki qirralari oralig‘idagi masofalar kemachilikdagi eng kam sath (suv osti konstruksiyalarini hisobga olgan holda) va balandligi bo‘yicha kemachilik uchun hisoblanadigan (kema yuradigan daryolarda ko‘prik gabaritlarini loyihalashtirish va ko‘priklarning o‘rnatilishiga asosiy talablar bo‘yicha) kema yuradigan suv sathi, ajratiladigan ko‘priklarning ko‘prik osti va kema yuradigan daryolardan o‘tkaziladigan quvur o‘tkazgichlarning gabaritlari loyihalovchi korxona tomonidan ko‘prik osti gabaritlarini loyihalashtirishning amaldagi me’yorlariga muvofiq belgilanishi va suv yo‘llari texnika uchastkalari tomonidan suzuvchi vositalarga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va kemachilik inspeksiyalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi shart (pastki qirrasi egri chiziqli ko‘rinishda bo‘lgan ko‘priklar uchun gabaritlar egri chiziqli qirraning pastki nuqtasidan belgilanadi).
38. Havodan o‘tgan elektr uzatgich va aloqa liniyalari ilgaklarining balandligi, suv osti kabeli va quvurlar yotqizilishining chuqurligi loyiha korxonalari tomonidan suv yo‘llari texnika uchastkalari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
39. Yo‘l ishlari (er kovlash, to‘g‘rilash,o‘zan tozalash, zararsizlantirish va qidiruv) hamda kemachilik jihozlarini saqlash bo‘yicha ishlar amaldagi qoidalar va texnik yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi shart.
40. Kemachilik gidrotexnik inshootlarining barchasi navigatsiya davrida yaroqli holda bo‘lishi va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kemachilik xavfsizligini ta’minlashi shart.
41. Sun’iy suv yo‘llari (kanallar) bo‘ylab kemalarning mahalliy organlar o‘rnatgan tezlikdan ortiq harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Kanallarni qurish davrida kema yuradigan yo‘llarining to‘g‘ri va egri chiziqli uchastkalarini bir-biriga tutashtirish kema yuradigan kanallarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
43. Kanallardagi shlyuzlar, to‘g‘onlar, nasos stansiyalari, to‘suvchi darvozalar, paromli kechuvlar, suv chiqaruvchi va suv tashlovchi inshootlari soz ishlaydigan aloqalar bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart, shuningdek ularning suv yo‘llari texnika uchastkalari suv inshootlari va gidrouzellar, harakat nozimlari va kemalar bilan aloqalari ta’minlangan bo‘lishi shart.
44. Bahorda gidrotexnik inshootlarini foydalanishga topshirish va kuzda, navigatsiya davri tugashi munosabati bilan foydalanishdan chiqarish tartibi va muddati suv yo‘llari texnika uchastkalari tomonidan kema egalari bilan, kompleks mo‘ljallangan suv inshootlari esa zarurat bo‘lganda — boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan kelishgan holda oldindan belgilanishi shart.
45. Bir nechta suv yo‘llari texnika uchastkalarining uchastkalari rejimiga ta’sir ko‘rsatadigan inshootlar orqali suvni qo‘yib yuborish tartibi inshoot tegishli bo‘lgan idora tomonidan ishlab chiqilishi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi va suv yo‘llari texnika uchastkalari tomonidan tasdiqlanishi shart.
46. Shlyuzlar orqali kemalarni o‘tkazish, shlyuz egasi tomonidan ishlab chiqilgan kemalarni, tarkib va sollarni kema yuradigan shlyuzlardan o‘tkazish qoidalari, “gidro texnik inshootlar tegishli bo‘lgan idoralar tomonidan tasdiqlanadigan Suzish qoidalari” va kanallar va shlyuzlar bo‘yicha mahalliy suzish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
47. Turli toifadagi kemalarni shlyuzlardan o‘tkazish tartibi kemalarni, tarkib va sollarni kema yuradigan shlyuzlardan o‘tkazish qoidalari bilan belgilanadi.
48. Kemalarni shlyuzdan o‘tkazish, shlyuz kameralarida kemalarni joylashtirish va h.k. ishlarini shlyuzning vaxta boshlig‘i (nozimi) boshqaradi, shlyuzdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan uning farmoyishlari shlyuzdan o‘tkazilayotgan barcha kemalarning vaxta boshliqlari tomonidan qat’iy bajarilishi lozim.
49. Kemalarning eni bo‘yicha va tubida “Suzish qoidalari” talablariga muvofiq zaxira bo‘lmasa, hamda yuki to‘kilayotgan, suv kirayotgan va avariya holatida bo‘lgan kemalarni shlyuzdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Texnik yaroqsiz bo‘lgan suzuvchi vositalarni shlyuzdan o‘tkazish uchun qaror suv inshootlari rahbarlari tomonidan har bir ushbu suzuvchi vosita uchun alohida qabul qilinadi.
50. Davlat, kooperativ va sport korxonalari va xususiy shaxslarga tegishli bo‘lgan eshkakli, motorli qayiq va shlyupkalarni shlyuzdan o‘tkazish istisno tariqasida suv inshootlari rahbariyatini xabardor qilib amalga oshirilishi mumkin.
Kichik hajmli kemalarni shlyuzdan o‘tkazish qoidalari shlyuzga kirish joyida osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
51. Kemalarni gidrouzellar orqali ular qurilayotgan davrda yoki kemachilik inshootlari vaqtincha foydalanishda bo‘lgan davrda o‘tkazish kemachilik inspeksiyasi va gidrouzelni qurayotgan korxona tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi.
52. Suv inshootlarinining texnik holatini tekshirish va saqlab turish uchun har yillik inspektorlik ko‘riklari o‘tkazilishi shart.
53. Kemachilik jihozlari suv yo‘llarida kemalarning xavfsiz va qiyinchiliksiz suzishini ta’minlashi shart.
Kemachilikning qatnovi va xarakteriga qarab quyidagi kemachilik jihozlari qo‘llanilishi shart:
a) kecha-kunduz harakatni ta’minlovchi — yorituvchi;
b) kunning faqat yorug‘ vaqtlarida kemalarning harakatini ta’minlovchi — yoritmaydigan;
v) kunning qorong‘u vaqtida kema projektor uskunasini ishlatganda suzish imkonini beruvchi — nurqaytaruvchi.
54. Kemachilik jihozlarining qirg‘oq belgilari kemalar suv yo‘llarida harakatni boshlagandan (navigatsiya boshlanishi) kemalarni qishki to‘xtatib turish uchun joylashtirish tugagunga qadar ishlashi shart.
Suzuvchan belgilar (bakenlar, buylar) daryolar muzdan toza bo‘lgandan so‘ng 3 kundan kechikmasdan o‘rnatilishi va daryoda muz qoplamasi (kichik muz parchalari) paydo bo‘lgunga qadar ishlashi shart.
55. Kemachilik jihozlari belgilarini o‘rnatish va jihozlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish va ularni saqlab turish ichki suv yo‘llarida kemachilik jihozlarini saqlash bo‘yicha texnik yo‘riqnoma va ichki suv yo‘llarida kemachilik jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi shart.
Daryo flotidan foydalanayotgan korxonalarning talablariga muvofiq kemachilik jihozlarini o‘rnatish suv yo‘llari texnika uchastkasi (suv inshootlari egalari) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
56. Ichki suv yo‘llaridagi kemachilik jihozlari belgilari va yonuvchan belgilarining shakli, o‘lchamlari va xarakteristikasi amaldagi standartlarga va normalarga muvofiq bo‘lishi shart.
57. Kemachilik jihozlari va yo‘llarning kafolatlangan gabaritlarini saqlab turish, hamda kemachilik inshootlarining texnik holati, saqlab turish va ulardan kemalarning o‘tkazilishini tashkil etish uchun suv yo‘llari texnika uchastkasi boshlig‘i va bosh muhandisi javobgar hisoblanadi.
Suv yo‘llarining alohida uchastkalarida kema yuradigan yo‘llarning holati uchun yo‘l ishlarini bajaruvchi, jihozlanadigan uchastkada belgilarning to‘g‘ri o‘rnatilishi va ularning to‘g‘ri ishlashi uchun — yo‘l ustasi, jihozlash posti chegarasida — brigadir yoki postning katta ishchisi javobgar bo‘ladi.
Kema boshqaruvchilariga kemalarni shlyuz orqali o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘liq axborotlarni o‘z vaqtida berilishi va shlyuzdan to‘g‘ri o‘tkazilishi uchun shlyuzdagi vaxta boshlig‘i javobgar hisoblanadi.
58. Suv yo‘llari xo‘jaligi xodimlarining yo‘llar va navigatsiya jihozlarining holati to‘g‘risidagi axborotlarni, hamda kemalarga gidrometeorologiya ma’lumotlari va shtorm haqida ogohlantirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida kema boshqaruvchilariga yetkazish bo‘yicha vazifalari lavozim yo‘riqnomalari bilan tartibga keltiriladi, ularning javobgarligi esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
59. Kemalarning xarakteristikasi va texnik holati va uning barcha elementlari:
a) O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Daryo kemachiligi registri inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Registr deb yuritiladi) tomonidan berilgan, tasdiqlangan loyihalar va hujjatlarga muvofiq bo‘lishi;
b) Registr qoidalari, Suzish qoidalari, alohida turdagi yuklarni tashish qoidalari, tijorat operatsiyalarini bajarish, daryo va ko‘llarda suzadigan kemalar uchun sanitar qoidalari, daryo floti kemalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari, daryo kemalarida radio aloqa va elektrradionavigatsiya vositalariga xizmat ko‘rsatish davrida texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi shart.
60. Kemalardan amaldagi qoidalarga, foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq foydalanilishi shart va ishonchli va tejamkorlik bilan ishlatish, suzish xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini ta’minlaydigan holatda saqlanishi shart.
61. Kemalar, ularning mexanizmlari, jihozlari va qurilmalari kapitan (komandir), kema shkiperi boshchiligida Registr, kemachilik xizmatlari, kema ta’mirlash va ishlab chiqarish korxonalari, suv yo‘llari texnika uchastkalari, qirg‘oq ishlab chiqarish uchastkalari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘riklardan qat’iy nazar haftada bir marotaba ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ko‘rik natijalari kemaning vaxta jurnaliga kiritilishi shart.
62. Kemada shikastlanish aniqlanganda kema kapitani (komandiri), shkiperi kema ekipaji bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishi va belgilangan tartibda sodir etilgan hodisa to‘g‘risida kema egasi va texnik xizmat ko‘rsatayotgan korxonaga ma’lumot berishi, hamda kemachilik inspeksiyasi va Registrni xabardor qilishi shart: kema uning asosiy elementlarini ta’mirlash talab etiladigan shikastlanish olganda, u texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun Registrga taqdim etilishi shart.
63. Foydalanishga tushirilayotgan kemalar: Registr inspektorlarining texnik ko‘rik hujjatlari bilan (Registr nazorati ostida bo‘lgan kemalar uchun), hamda kema egasining tegishli buyrug‘i bilan flotning texnik holati uchun javob beradigan kemachilik xo‘jaligi xizmati yoki boshqa bo‘linmaning vakillari ishtirokida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan tuzilgan kemani qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadigan texnik soz holatda bo‘lishi shart. Registr nazorati ostida bo‘lmagan kemalarning texnik holati ko‘rsatilgan komissiyaning ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar bilan tasdiqlanadi.
Bunda kema:
Tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq malakali kema ekipaji bilan butlangan;
kemada, me’yor bo‘yicha, kema egasining buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Registr qoidalari talablariga javob beradigan zaxira detallar, inventar, asboblar va materialllar, hamda yong‘inga qarshi inventar, avariya-qutqaruv materiallari va jihozlar mavjud bo‘lishi shart.
Ushbu vositalar mavjud bo‘lmaganda yoki yaroqsiz bo‘lganda, hamda soni belgilangan me’yordan kam bo‘lganda kemani foydalanishga tushirish taqiqlanadi;
Registr qoidalariga muvofiq kema hujjatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
64. Registr klassiga qurilgan kemalar Registr qoidalari talablariga javob berishi shart, ulardan xalqaro tashish ishlarida foydalanilganda — xalqaro konvensiyalar va regional bitimlardan kelib chiqadigan talablarga ham javob berishi shart.
65. Kemalardan faqat belgilangan vazifalari bo‘yicha foydalanish mumkin.
Muz sharoitlarda ishlash uchun kemalar maxsus mustahkamlangan qobiq va Registrning tegishli klassiga ega bo‘lishi shart.
Yo‘lovchilarni tashishni faqat yo‘lovchi tashuvchi kemalarda va bu maqsad uchun maxsus jihozlangan va yo‘lovchi tashuvchi kemalar uchun tegishli barcha qoidalar va me’yorlarga javob beradigan kemalarda amalga oshirish mumkin.
Kemalarni bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish Daryo kemachiligi registri bilan kelishilgan holda kema egasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishi shart.
66. Maxsuslashtirilgan kemalarni texnik ishlatish ushbu Qoidalarning umumiy talablariga, hamda kema loyihachisi tomonidan nazorat qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda o‘rnatgan maxsus talablarga javob berishi shart.
67. Flotga ega bo‘lgan daryo floti, suv yo‘llari texnika uchastkalari, ishlab chiqarish korxonalari, port va boshqa bo‘linmalarning rahbarlari:
a) qishki to‘xtab turishdan keyingi yoki navigatsiyaga tayyorlash ta’mirining sifatsiz bajarilgan yoki rejalashtirilgan ishlarning to‘liq hajmda bajarilmagan kemalarni foydalanishga qabul qilishni taqiqlash;
b) kemalarni va mexanizmlarni yaxshi holatda saqlagan ekipajlarni taqdirlash;
v) ijodiy tashabbuskorlikni qo‘llab quvvatlash, texnik foydalanish, ta’mirlash va flotni saqlashning ilg‘or usullarini tatbiq etish sohasida kema kapitanlari va mexaniklarining rolini va mas’uliyatini oshirish;
g) qisqa muddatlarda suzuvchi tarkib xodimlari tomonidan kemalarda barcha yomon saqlangan va yomon xizmat ko‘rsatilgan holatlarni ko‘rib chiqishi va tegishli choralar ko‘rishi shart.
68. Kemalarni texnik ishlatishni Ustav, Suzish qoidalari va mazkur Qoidalarga muvofiq kemada ishlarni tashkil etish, shu jumladan kemani boshqarish, ma’muriy xo‘jalik ishlari, bosh va yordamchi mexanizmlar, tizimlar va kema bo‘yicha to‘liq xizmat ko‘rsatish yuklatilgan kema ekipaji amalga oshirishi shart.
Kemani lozim darajada texnik soz holatda saqlash va unga muntazam amal qilish, hamda kema va uning elementlarini yaxshilash kema ekipajining asosiy vazifalaridan biridir.
69. Zavodlarga, pristan va portlarga ro‘yxatda turgan alohida kemalarni, kemalar guruhini va flotni texnik ishlatish bo‘yicha kema ekipajining ishlari balansida suzuvchi vositalar bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan Qoidalarga muvofiq olib borilishi shart.
70. Kemalarning texnik qarovini nazorat qilish va kema ekipaji a’zolarining kemalarni texnik soz holda saqlashi bo‘yicha ishlariga baho berish uchun daryo floti korxonalarida maxsus komissiyalar tomonidan kemalarni inspektorlik ko‘riklaridan o‘tkazib turish shart.
Inspektorlik ko‘riklarini tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik, tartibi, muddati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
71. Kemalarda profilaktika jadvallarida ko‘zda tutilgan rejali texnik qarovlar o‘tkazilishi shart.
Texnik qarovlar o‘tkazish davrida bajariladigan ishlarning davriyligi va ro‘yxati daryo floti tizimida amal qilayotgan flotga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma materiallar bilan belgilanadi.
Qirg‘oq ishlab chiqarish uchastkalari ishchilari tomonidan bajariladigan texnik qarovlarning jadvaliga rioya etilishi, kema ekipaji kuchi bilan amalga oshiriladigan kunlik qarovlarni o‘tkazish, hamda rejadagi profilaktik qarovlar uchun kema kapitan-mexanigi yoki mexanigi javobgar hisoblanadi.
Qirg‘oq ishlab chiqarish uchastkalari ishchilari tomonidan bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning to‘liqligi va sifati uchun ushbu uchastka boshlig‘i javobgar hisoblanadi.
72. Daryo flotining o‘ziyurar kemalarida navigatsiya davrida kema ekipajining kuchi bilan amaldagi teplotexnika nazorati bo‘yicha qo‘llanmalarga muvofiq teplotexnika nazorati o‘tkazilishi shart.
73. Kemada kema ekipaji a’zolari va qirg‘oq ishlab chiqarish uchastkalarining ishchilari tomonidan ta’mirlash ishlari davrida texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun javobgar:
zavod sharoitlarida — korxona ma’muriyati, qaysikim bevosita ta’mirlash ishlarini boshqaradi;
qirg‘oq ishlab chiqarish uchastkalari ishchilari tomonidan texnik qarovlar yoki teplotexnika ishlari bajarilayotgan davrda — ishga rahbarlik qiluvchi va kemaning kapitan-mexanigi yoki mexanigi;
boshqa hollarda — bevosita kemaning kapitan-mexanigi yoki mexanigi hisoblanadi.
Kemaning kapitan-mexanigi (komandir-mexanigi, mexanigi, shkiperi) quyidagilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:
a) kema mexanizmlari, jihozlariga xizmat ko‘rsatish va kema ishlarini bajarish davrida texnika xavfsizligi bo‘yicha barcha qoidalarga to‘liq rioya etilishi;
b) oddiy tarkibni kema texnikasiga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz usullariga ish joyida o‘qitish va instruktaj o‘tkazish;
v) kema texnikalariga xavfsiz xizmat ko‘rsatish va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
g) oddiy tarkibning yangi qabul qilingan ishchilarini amaliy ko‘nikmalarini tekshirish;
d) kema texnikasiga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ekipaj a’zolarini, o‘z vaqtida, bajarilayotgan ish xarakteriga muvofiq individual himoya vositasi bilan ta’minlash.
74. Kemada vaxta davomida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi uchun kema bo‘yicha vaxta boshlig‘i to‘liq javob beradi, kema kuchlanish qurilmasi bo‘yicha — mashina bo‘limining vaxta bo‘yicha rahbari javob beradi.
75. Zaxira qismlar, asboblar, o‘lchash asboblari, navigatsiya materiallari, moslamalar va inventarlardan vazifalari bo‘yicha to‘g‘ri foydalanish va maxsus ajratilgan joylarga saqlanishi shart.
Kemani qishki ta’mirlash uchun avariya zaxira turgan zaxira detallarni ishlatish taqiqlanadi.
76. Kemani ta’mirlashga yoki qishki to‘xtab turish uchun qo‘yishdan oldin, oxirgi tushirgan port tryum shitlarini ko‘tarib va o‘ziyurar yoki o‘ziyurmas kemaning qobig‘ini olib tryumlarni to‘liq tozalashi shart.
Kemani to‘xtab turish yoki qishki ta’mirlash uchun tayyorlash bo‘yicha boshqa ishlarni, shu jumladan kema ekipajisiz ishlayotgan barjalar bo‘yicha ishlarni kema egasining kemalarni ta’mirga topshirish va ta’mirdan qabul qilish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalariga muvofiq o‘ziyurmas kema biriktirilgan o‘ziyurar kemaning ekipaji bajaradi.
Ta’mirga qo‘yilishdan oldin kemada uning asosiy elementlari va kuchlanish qurilmasida ta’miroldi nuqsonlarni aniqlash o‘tkazilishi shart.
Kemalarni qishki to‘xtab turishga yuk bilan qo‘yilishiga faqat kema egasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Neft quyuluvchi kemalarni tozalash tartibi kemalarni neft qoldiqlaridan tozalash bo‘yicha tegishli yo‘riqnoma va qoidalar bilan belgilanadi va kema egasi tomonidan tasdiqlangan daryo floti neft quyuluvchi kemalarda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
77. Seriyali kemalarni texnik ishlatish va ta’mirlash davrida kema egasi va Registr inspeksiyasining ruxsatisiz biror bir konstruktiv uzellarini qaytadan o‘zgartirish, agregatlarni yechish yoki almashtirish, hamda asosiy texnik ishlatish xarakteristikasiga ta’sir etuvchi o‘zgartirishlarni (yuk ko‘tarish qobiliyati, suvga botishi, yo‘lovchi sig‘imi, tezligi, ustuvorligi, xavfsiz suzishi) amalga oshirish taqiqlanadi.
78. Barcha kemalar belgilangan vazifalariga muvofiq daryo floti kemalarini bo‘yash qoidalariga muvofiq bo‘yalgan bo‘lishi shart.
79. Kemalar zarur texnik hujjatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Kemaning texnik hujjatlari kemani qurgan zavod tomonidan, modernizatsiya, kapital yoki tiklash uchun ta’mirlash davrida esa titul ro‘yxati bo‘yicha moliyalashtiriladigan, nazorat qiluvchi tashkilotlar ostida ishlarni bajaruvchi zavod tomonidan beriladi.
Kemalarga beriladigan hujjatlarning hajmi va xarakteri kemaning turi, vazifasi va texnik ta’minotiga qarab vazirlik va idoralar tomonidan Registr bilan kelishilgan holda tasdiqlangan amaldagi qoidalar, nizom va yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
Kemaning barcha texnik hujjatlari kemaning inventar kitobiga qayd etilgan bo‘lishi shart.
80. Vaxta yoki yagona vaxta jurnali rubkada, mashina jurnali — mashina bo‘limida bo‘lishi shart.
Vaxta yoki yagona vaxta jurnalini to‘g‘ri yuritish uchun javobgar kapitan-mexanik, mashina jurnali uchun — kema mexanigi hisoblanadi.
81. Kema jurnallaridagi barcha yozuvlarni o‘z vaqtida, hujjatning barcha ustunlari va pozitsiyalarini to‘ldirgan holda texnik xatosiz, aniq va batafsil kiritish shart. Kema jurnalidagi yozuv ikki xil talqin qilishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Kema jurnallariga qalam bilan yozish taqiqlanadi.
Jurnallar va kema hujjatlarini yuritish tartibi amaldagi qoida va yo‘riqnomalar talablariga javob berishi shart.
82. Kemaning qobig‘i va ustki qurilmasi Registr qoidalari talablariga javob berishi, soz holda bo‘lishi va kemaning xavfsiz suzishini ta’minlashi shart.
83. Kema qobiqlarini texnik ishlatish davrida suv o‘tkazmaslik ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratilishi shart.
Qobiqning ichiga suv kirishi aniqlanganda, vaqtinchalik chora sifatida, sement bilan teshikni berkitib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi, qaysikim uni bartaraf etish yaqin kelajakdagi ta’mirgacha keyinga surilishi mumkin.
Qobiqdagi mavjud nuqsonlar to‘g‘risida vaxta jurnaliga qayd etilishi va korxona rahbariga va Registr inspeksiyasiga xabar berilishi shart.
84. Texnik ishlatish jarayonida kema ekipaji qobiqning holatini muntazam nazorat qilishi shart.
Kemalar qobig‘ining zangdan yemirilishini oldini olish uchun:
a) tublar va bortlar orasidagi, mexanizmlar tagidagi, kema tizimlarining qabul qilish setkasi va boshqa qiyin boriladigan joylardan suvlarni, hamda iflosliklarni o‘z vaqtida chiqarib tashlash;
b) ko‘rik vaqtida aniqlangan himoya qoplamadagi nuqsonlarni kemada mavjud vositalar bilan bartaraf etish;
v) yuqori namlikka ega bo‘lgan xonalarni va borish qiyin bo‘lgan joylarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish;
g) kemani portda yoki kema ta’mirlash korxonasida to‘xtab turish davrida qobiqni qirg‘oqdagi qurilma bilan sim bilan yerga mustahkam ulab qo‘yish zarur.
Agressiv yuklarni tashish uchun, bu yuklarni tashiydigan metall qobiqli kemalarga qarov o‘tkazish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar bilan belgilab qo‘yilgan, kemalarga profilaktik xizmat ko‘rsatish tartibiga qat’iy rioya etilishi shart.
85. Qobiqning suv osti qismini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, qobiqni normal ishlatish va tez yemirilishining oldini olish uchun kemalar o‘z vaqtida suv osti qismida profilaktika va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun Registr qoidalari talablariga muvofiq qirg‘oqqa rejali ko‘tarilishi shart.
86. Kemalardagi ortish-tushirish ishlari qobiqning saqlanishini ta’minlaydigan usullarda amalga oshirilishi shart.
Har qanday kemani ortish-tushirish tartibi va uni saqlanishini kafolat choralari kema egasi tomonidan har bir turdagi kema uchun ishlab chiqilgan maxsus yo‘riqnomalar talablariga javob berishi shart.
87. Kemani suzishga chiqarish, agar uni qobig‘ining texnik holati Registr qoidalari talablariga javob bermasa, hamda agar:
a) ikki qavatli taglikka ega bo‘lgan kemaning ikkinchi tagidagi lyuklar zich yopilgan va bo‘linmalarning germetikligi tekshirilmagan bo‘lsa;
b) suzish hududini hisobga olgan holda yuklarning mahkamlanganligi ta’minlanmagan bo‘lsa;
v) 3 gradusdan ortiq kren mavjud bo‘lsa;
g) Suzish qoidalariga muvofiq kil tagida zaxira suv bo‘lmasa taqiqlanadi.
88. Foydalanish davrida:
a) kemalarning tagida yetarli miqdorda suv bo‘lmaganda ortish va tushirish uchun qirg‘oqqa qo‘yish (kema yuklangan vaqtda xavfsiz turishini hisobga olgan holda);
b) kemaga chizilgan yuk markasida ko‘rsatilgan suvga botishga (yoki suvga botish shkalasi) nisbatan ortiq yuklash;
v) kemaga va uning sahnasiga yuk va yo‘lovchilarni qoidalar va qo‘llanmalarni buzib, hamda me’yordan ortiq miqdorda qabul qilish;
g) kemani loyihalashtirish davrida hisoblangan nagruzkasi bo‘yicha ko‘zda tutilmagan o‘ta og‘ir yuklarni va bahaybat yuklarni oldindan ushbu yuklar uchun qobiqni mustahkamlikka hisoblamasdan ortish yoki tushirishni va odamlarni baxtsiz hodisalardan saqlash choralarini ko‘rmasdan amalga oshirish;
d) quruq yuk tashiydigan kemalarni tozalanmagan tryumlari bilan yuklash uchun qo‘yish (qisqa masofalarda ishlovchi va bir xil yuklarni tashuvchi kemalardan tashqari);
e) qobiqning suv o‘tkazmasligini, sahna va qo‘shtubdagi lyuklarining yopgichlari, yuk tryumlarini quritish va ballast tizimlarining ishlashi va lyal quduqlarining germetizatsiyasini tekshirmasdan don mahsulotlarini yuklash;
j) agressiv yuklarni tashigandan so‘ng tozalanmagan tryumlar bilan kemani qatnovga chiqishi (tuz, kolchedan, o‘g‘itlar va h.k.);
z) neft quyiladigan kemalarning bo‘linma-sisternalarida, va texnik flot suzuvchi vositalarining (zemsnaryadlar, shatakka oluvchilar va h.k.), quruq yuk tashiydigan kemalarning yoqilg‘i-moylash sisternalarida ochiq olov qo‘llagan holda har qanday ta’mirlash ishlarini amalga oshirish (yong‘in va yong‘inga xavfli ishlarni bo‘linma-sisternalarga inert gazlarini yuborish usulini qo‘llagan holda neft mahsulotlaridan tozalamasdan, qish sharoitida — 3-4-klass neft mahsulotlarining qoldig‘i bilan neft quyiladigan kemalarda avariya ishlarini bajarishda ochiq olovni qo‘llab ishlarni bajarish bo‘yicha yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari va qoidalari talablariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi).
89. Rul qurilmasi Registr qoidalari talablariga javob berishi va kemani ishonchli boshqarishni ta’minlashi shart.
90. O‘ziyurar kemaning kapitani (o‘ziyurmasda — shkiper) muntazam, haftada kamida bir marta rul qurilmasini ko‘zdan kechirishi va uning barcha detal va uzellarining yaroqliligini tekshirishi shart. Kema suv ostidagi yerga tegib ketganda yoki rul (nasadka) bilan urilib ketganda navbatdan tashqari ko‘rikdan, zarur hollarda vint-rul kompleksini g‘avvos yordamida ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Rul qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish va ularni texnik qarovi davrida rul qurilmasining barcha ishqalanadigan detallarning moylanganligi va mahkamlash va birikmalarining sozligi, gidravlikali rul qurilmasida — gidravlika tizimida ishchi suyuqlikning mavjudligi, birikmalarning zichligi, zichlovchi elementlarning sozligi, himoya klapanlari ko‘rib chiqilishi shart.
Rul qurilmasining elektr jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazish va unga xizmat ko‘rsatish amaldagi kemalarning elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ularga qarab turish qoidalariga muvofiq tuziladigan texnik qarovlar jadvalida ko‘zda tutilgan hajmda va muddatlarda amalga oshirilishi shart.
Ko‘rik natijalari va rul qurilmasining soz ishlashi vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
91. Kemaning har bir qatnovga chiqishidan oldin va kemani kanalga yoki shlyuzlangan tizimga kirishidan oldin vaxta boshlig‘i rul qurilmasini ko‘rib chiqishi va ishda tekshirishi shart.
Tekshirish natijalari vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
92. Rul qurilmasining nosozligi davrida kemani foydalanishga chiqarish (rul qurilmasisiz ishlatilishi ko‘zda tutilgan kemalardan tashqari) taqiqlanadi, agar:
a) o‘ziyurar kemalarda mexanik yoki elektr uzatmali rulni to‘liq oldinga yurishda bir bortdan boshqa bortga qaytarish vaqti 30 sek., qo‘l uzatmalida — 60 sek.dan ortsa;
b) asosiy rul boshqarmasidan zaxiradagiga o‘tish vaqti 30 sek.dan ortsa;
v) po‘lat arqondan bo‘lgan shturtros simlarining uzilganlarining soni 6 diametr uzunlikda umumiy simlar sonidan 10% dan ortsa, yoki zanjirli shturtrosning zanjirlarining yemirilishi 10% dan ortsa;
g) aksiometr nosoz yoki rulni bir bortdan boshqa bortga qaytarganda uning ko‘rsatkichdagi xatosi bir gradusdan ortsa yoki aksiometrning nol ko‘rsatkichi va diametral tekislikda rul perosining joylashuvi to‘g‘ri kelmasa;
d) rul mashinasidan rulgacha valikli o‘tkazishda valiklarning sahnaga urilgan ovozi eshitilsa, shesternalarning yemirilishi rul qurilmasining normal ishlashiga to‘sqinlik qilsa;
e) arqon yoki zanjirning bo‘shligi arqon va zanjirlarni o‘z-o‘zidan bloklardan chiqib ketsa yoki shturtrosni bloklar, shesterna va halqalar orasiga tiqilib qolsa;
j) elektr rul qurilmalarining, shu jumladan rul perosining turgan holatini nazorat qiluvchi elektr zanjirlarning sozligi ta’minlanmagan bo‘lsa;
z) gidravlik rul qurilmalarida suyuqlikning oqishi aniqlanganda;
i) rul qurilmasining biror bir elementining normal harakatlanishi ta’minlanmagan, rul rubkasida joylashgan rul mashinasining kojuxi mahkamlanmagan bo‘lsa;
k) elektr rul qurilmasining asosiy uzatmasi nosozligi vaqtida avtomatikali avariya elektr uzatgichi birdaniga ishlab ketmasa (bufer akkumulyator batareyalarlaridan rul qurilmasiga elektr energiyasi uzatilganda);
l) rulni bir bortga oxirgi burchakkacha qaytarganda uzatmada uzilish bo‘lmasa yoki rulni boshqa bortga qaytarib bo‘lmasa;
m) yordamchi rul qurilmasi nosoz bo‘lsa, agar u mavjud bo‘lsa.
93. Avtorul qurilmalari bilan jihozlangan kemalarda har bir qatnovga chiqishdan oldin uni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ko‘rikdan o‘tkazish shart.
Ko‘rik natijalari va avtorul qurilmasining soz ishlashi vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
94. Kemaning langar qurilmasi Registr qoidalari talablariga javob berishi va suzishning har qanday sharoitida langarni tez tushirish va ko‘tarish va unga kemalarni, shatakka oluvchi kema uchun butun tarkibni ishonchli to‘xtab turishini ta’minlashi shart.
Neft quyiladigan kemalarning langar qurilmalari qo‘shimcha, neft quyiladigan kemalarda yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi shart.
95. Kemadan foydalanish davrida langar qurilmasi doimo ishga shay holda bo‘lishi shart. O‘ziyurar kema kapitani (o‘ziyurmas kema shkiperi) haftada kamida bir marotaba muntazam ravishda langar qurilmasini, uning detallari va uzellarining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazib turishi shart.
Langar qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazish va uni texnik qarov davrida brashpillar va shpillarning ishqalanuvchi qismlarida moy mavjudligi, hamda reduktorlarda moy sathi, langarlarni tormoz va stopor bilan ishonchli mahkamlanganligi, langar zanjirlarining asosiy uchini ularni tushirish uchun qurilmalar bilan ishonchli biriktirilganligi, langar zanjirining asosiy uchi va langar zanjirining o‘zini mahkamlash va tushirish qurilmasining, biriktiruvchi halqalar shtirlarining sozligi sinchiklab tekshiriladi.
Langar-bog‘lash mexanizmlarining kojuxlari mavjudligi va holatidan xabardor bo‘lib turish va doimo ularni soz holatda saqlash shart.
Langar qurilmalarining elektr jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatish amaldagi Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ularga qarab turish qoidalariga muvofiq tuzilgan texnik qarovlar jadvallarida ko‘zda tutilgan hajmda va muddatlarda amalga oshirilishi shart.
Motobrashpillarni ko‘rikdan o‘tkazish va ularga xizmat ko‘rsatish ulardan foydalanish yo‘riqnomalarida ko‘zda tutilgan hajmda va muddatlarda o‘tkazilishi shart.
Ko‘rik natijalari vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
96. Langar ta’minoti belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lmaganda yoki langar qurilmasi nosoz bo‘lganda kemani foydalanishga tushirish taqiqlanadi, agar:
a) langar zanjirlari langar yashigiga sig‘masa (yashikning o‘lchamlari zanjir o‘lchamlariga mos kelmasa), zanjir uchi qobiq naboriga jvaka-galsa yordamida mahkam biriktirib qo‘yilgan bo‘lsa;
b) yemirilish natijasida zanjirning diametri 10% dan ortiq kamaygan bo‘lsa;
v) tirgovuchi (tirgaki) tushib qolgan bo‘g‘in aniqlangan bo‘lsa;
g) zanjirning bo‘g‘in, halqa va stoporlari, langar mashinasining tormozida darz va shikastlanish mavjud bo‘lsa;
d) langar zanjiri brashpil, shpil shesternasidan va stopor lo‘kidonidan tushib ketsa;
e) zanjir stopori, brashpil va shpilning tormoz qurilmasi, hamda langarni tushiruvchi uzellari nosoz bo‘lsa;
j) langar zanjirini masofadan turib tushirib bo‘lmaganda jvaka-galsani bir kishi kuchi bilan tushirish imkoniyati ta’minlanmagan bo‘lsa;
z) klyuz va stoporlarning yemirilishi qurilmani normal ishlashiga to‘sqinlik qilsa;
i) agar kema langarlarni masofadan turib tushirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lsa, rul rubkasidan langarlarni masofadan turib tushirish ishonchli bo‘lsa;
k) langar zanjirlari sinovdan o‘tkazilmagan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lmasa (yangi langar zanjirlarini o‘rnatish faqat har bir ulash halqasiga zanjirlarni qurgan zavod tomonidan berilgan pasport (sertifikat) mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi).
97. Bog‘lash qurilmasi (bog‘lash lebedkalari, shpillari, knextlari, kip plankalari) poydevorga va kemaning qobig‘iga mustahkam biriktirilgan bo‘lishi, kemani prichal, pirs va boshqa kemalar yonida ishonchli ushlab turishini ta’minlashi, hamda arqonlarning saqlanishi va bog‘lash ishlarini xavfsiz bajarilishini ta’minlashi shart.
Neft quyiladigan kemalarning bog‘lash qurilmalari neft quyiladigan flotda yong‘in xavfsizligi talablariga ham javob berishi shart.
98. Bog‘lash knextlari, kip plankalari, utkalari, roulslari, klyuzlari va ularni kema qobig‘iga mahkamlagichlari soz bo‘lishi shart. Bu detallarning o‘tkir uchlar hosil qiluvchi, bukilishga olib keluvchi, sinishiga yoki arqonlarni uzilishiga olib keluvchi eyilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bog‘lash qurilmasining boshqa arqonlari va ishqalanuvchi qismlari o‘z vaqtida maxsus mazlar, solidol, texnik vazelin yoki boshqa shunga o‘xshagan moy bilan, ayniqsa uzoq vaqt ishlamay turganda, surtilgan bo‘lishi shart.
99. Avtomatikali bog‘lash qurilmasini texnik ishlatish foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi shart. Avtomatikali bog‘lash qurilmasi mavjud yoki sozligidan qat’iy nazar qo‘l bilan xizmat ko‘rsatiladigan vositasi doimo ishga shay holda bo‘lishi shart.
100. Bog‘lash uchun mo‘ljallangan po‘lat arqonlarning uzilgan simlarining soni uning 6 diametri uzunligida simlar umumiy sonining 10 % dan oshmasligi shart.
Arqon simlarining eyilganligi yoki zanglaganligi dastlabki diametrining 20 %ga yetgan va undan ortgan bo‘lsa bog‘lash arqoni brakka chiqarilishi yoki almashtirilishi shart.
Barcha ulangan joylar astoydil bajarilgan va benzel bilan himoya qilingan, barcha qoziqlar to‘g‘irlangan bo‘lishi shart. Bog‘lash arqonining yuradigan uchi xalqaga ega va o‘ramning ustida, bog‘lash arqonlarining uchi esa benzel bilan himoyalangan bo‘lishi shart.
101. Bog‘lash va shatakka olish arqonlari sifatida ishlatiladigan kapron va kanop arqonlar standart talablari va ularni yetkazib berish texnik shartlari talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
102. Kapron va kanop arqonlaridan foydalanish davrida quyidagi talablarga rioya etilishi shart:
a) bog‘lash mexanizmlari barabanlari, shkivlari, knextlari, roulslarining yuza qismida o‘yiqlar, g‘o‘dirliklar, zanglar bo‘lmasligi shart;
b) arqonni yig‘ishtirayotgan barabanning diametri arqon diametrining 6 karrasidan kam bo‘lmasligi, barabanning uzunligi (bo‘yi) barabanga kamida 3 qator arqonni yotqizish imkonini berishi shart;
v) stopor sifatida foydalanishda faqat o‘simlik arqon ishlatilishi shart;
g) knextlarga kamida 6 qator arqon yotqizilishi shart, ustki qatorlar esa o‘simlik arqon bilan bog‘lab qo‘yilishi shart;
d) kapron arqonlarini Selsiy bo‘yicha -20 dan +40 gradusgacha bo‘lgan haroratda ishlatish va saqlash shart;
e) kapron arqonlarga vaqti-vaqti bilan (ikki oyda kamida bir marta) statistik elektr yig‘ilishi munosabati bilan uchqun chiqishining oldini olish maqsadida bir sutka davomida ikki foizli xlor natriy eritmasi bilan ishlov berilishi shart.
103. Kapron va kanop arqonlar uch oyda bir marta ko‘rikka va yaroqlilikka, har kuni bog‘lash ishlari amalga oshiriladigan kemalarda — har oyda jalb etiladi.
Kapron arqonlarni ishlatish taqiqlanadi, agar:
a) tolalarida eyilish va uzilish alomatlari aniqlangan (kesilgan, tutamlarning aralashib ketishi va aniq ko‘ringan boshqa nuqsonlar) bo‘lsa;
b) ish nagruzkasi davrida arqon 25 % dan ortiq uzayganda va nagruzka qo‘yib yuborilganda o‘zining dastlabki uzunligini tiklay olmasa;
v) yong‘inga xavfli yuklarni tashiydigan tanker va kemalarga ishlatishdan oldin arqon oldindan statistikaga qarshi ishlov berishga jalb etilmagan bo‘lsa.
104. Bog‘lash knextlaridan, agar ularning mustahkamligi va qobiqqa biriktirish usuli tegishli talablarga javob bermasa, shatakka olish uchun foydalanish taqiqlanadi. Knextlarni shatakka olish uchun ishlatish to‘g‘risidagi ruxsat kemaning pasportida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
105. Ichki suzish kemalarida o‘rnatilgan, 1000 kg va undan ortiq yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilmalar va barcha yo‘lovchi ko‘tarish qurilmalari Registr qoidalari talablariga javob berishi va davriy texnik ko‘rikka jalb etilishi shart.
Barcha, shu jumladan Registr nazorati ostida bo‘lmagan yuk ko‘tarish qurilmalari, egasi tomonidan har yili, kemani foydalanishga tushirishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Texnik ko‘rik davrida yuk ko‘tarish qurilmasi quyidagilarga jalb etilishi shart:
a) ko‘zdan kechirish;
b) statistik sinov;
v) dinamik sinov;
g) ish jarayonida tekshirish (barcha mexanizmlari va elektr jihozlari, xavfsizlik anjomlari, tormozlari, boshqaruv apparatlari, hamda yoritish va signalizatsiya vositalari).
Ko‘rib chiqish davrida quyidagilarning holati tekshirilishi shart:
a) metall konstruksiyalari (darz, deformatsiya, zang oqibatida devorlarni aniqlash, birikmalarning bo‘shaganligi);
b) uning ilgaki va detallari (zevning kesim qismida va boshqa joylarida eyilish va darz mavjudligi);
v) arqonlar va ularning mahkamlanganligi;
g) bloklar, o‘qlar va ularni mahkamlash detallari;
d) ajraluvchi yuk tutgich moslamalar (greyferlar, tutgichlar, arqonlar, to‘rlar, traverslar, qisqichlar, zanjirlar va h.k.) hamda yuklarni tashish uchun taralar.
Barcha yuk ko‘taruvchi qurilmalarning statistik va dinamik sinovlari amaldagi Registr qoidalari talablariga muvofiq o‘tkazilishi shart.
Yuk ko‘tarish mashinasining barcha mexanizmlari ishini tekshirish Registr qoidalarida ko‘rsatilgan uslub va me’yorlar bo‘yicha o‘tkazilishi shart.
Texnik ko‘rik natijalari va yuk ko‘tarish qurilmasining soz ishlashi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk miqdori va keyingi texnik ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazish muddati yuk ko‘tarish qurilmasiga yozib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
106. Har bir yuklash-tushirish ishlaridan oldin transport kemasidagi yuk ko‘tarish qurilmasi shturman yoki ushbu kemada yuklash ishlari uchun javobgar shaxs tomonidan (o‘ziyurmas kemada — shkiper tomonidan) ko‘zdan kechirilishi va ishlatib tekshirilishi shart.
Tekshirish natijalari vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
107. Yuk ko‘tarish qurilmasidan foydalanish, agar unga Registrning ruxsati bo‘lmasa yoki texnik ko‘rik muddati o‘tgan bo‘lsa, taqiqlanadi.
Yuk ko‘tarish qurilmalaridan foydalanish, agar ularning texnik holati xizmat ko‘rsatayotgan personalning xavfsizligiga kafolat bermasa va avariya holatiga sabab bo‘lsa, jumladan quyidagilar aniqlanganda ham taqiqlanadi:
a) yuk strelasi bukilgan yoki qayrilib qolgan bo‘lsa;
b) metall konstruksiyalarining muhim joylarida deformatsiya va darzlar mavjud bo‘lsa;
v) yuk ko‘tarish mexanizmlari va strela burilish va kranning harakatlanish qurilmalari tormoz kolodkalari nosoz bo‘lsa;
g) tormoz kolodkalarining prokladkasi, biriktiruvchi mixparchinlari ishqalanish yuzasiga chiqib qolgan bo‘lsa;
d) qurgan zavod tomonidan ko‘zda tutilgan asboblar va xavfsizlik qurilmalarining (cheklash o‘chirgichi) nosoz yoki mavjud bo‘lmasa;
e) blokirovka qurilmalari (ko‘targich va liftlar uchun) nosoz yoki mavjud bo‘lmasa;
j) harakatlanuvchi mexanizm bo‘linmalari va elektr jihozlarining ochiq elektr uzatuvchi bo‘linmalarida to‘siqlari nosoz yoki mavjud bo‘lmasa;
z) ishonchli stopor qurilmasi, o‘qlar, boltli, shtifli va boshqa birikmalar mavjud bo‘lmasa;
i) yuk ko‘tarish qurilmasi haddan tashqari eyilgan bo‘lsa;
k) gayka, skoba, vertlyug, shkiv va blok o‘qlari, xrapli g‘ildiragi, tepki va yuk ko‘tarish qurilmalarining muhim qismlarida darzlar, sinishlar, deformatsilar mavjud bo‘lsa;
l) arqonning bir tutami uzilgan yoki arqon diametrining 6 karrasi uzunligida 10% simlar uzilgan bo‘lsa;
m) ballast yoki posangi bilan to‘la butlanmagan bo‘lsa;
n) tovushli signal nosoz bo‘lsa.
108. Texnik floti kemalarining maxsus qurilmalarining texnik holatini va ishonchli ishlashini tekshirish kema egasi tomonidan undan foydalanish bo‘yicha amaldagi qoidalar va yo‘riqnomalar asosida amalga oshirilishi shart.
Har bir suzuvchan kran uchun yuklash-tushirish ishlari davrida ruxsat etilgan to‘lqin va atrofdagi havo haroratining cheklangan qiymati belgilangan bo‘lishi shart.
109. Yuk ko‘tarish qurilmasi yordamida yuklash ishlari bajarish davrida texnika xavfsizligi qoidalari qat’iy bajarilishi shart.
Quyidagilar taqiqlanadi:
a) ko‘tarilayotgan yoki ko‘tarilib turgan yukning tagida turish;
b) yuklarni havozasiz yoki kletkasiz ko‘tarilgan holda qoldirish;
v) yuk bilan qisilgan arqonlarni tortib olish;
g) ko‘tarilayotgan detallarni (mexanizmlarni) bu nagruzkaga mo‘ljallanmagan qoplama va panjaralarning ustiga taxlash;
d) yuk ko‘tarish qurilmasining belgilangan maksimal yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiq bo‘lgan, hamda tuproq bilan ko‘milgan, yerga muzlab yopishib qolgan, boshqa yuklar bilan qisilib yoki bosilib qolgan, boltlar bilan mahkamlangan yoki beton va bitum bilan ko‘milgan yuklarni ko‘tarish;
e) tara va bloklarni quvurlarga va bu maqsadda maxsus jihozlanmagan kemaning turli qurilmalariga osib qo‘yish;
j) yuk ko‘tarish mexanizmi yoki qurilmasini uni ishlash jarayonida qo‘l bilan moylash.
Tallar yoki bloklar yordamida yuklarning joyini o‘zgartirishga faqat vertikal yo‘nalish bo‘ylab ruxsat beriladi.
110. Kemaning shatakka olish uchun jihozlangan shatakka oluvchi va bog‘lash qurilmalari quyidagi talablarga javob berishi shart:
shatak arqoni simlarining eyilganligi va zanglaganligi simlarning dastlabki diametrining 10% dan oshmasligi, uzilgan simlarining soni esa arqon diametrining 6 karrasi uzunligidagi simlarning 10 %dan oshmasligi shart (bu talab bog‘lash qurilmasi majmuasiga kiruvchi arqonlarga ham qo‘llaniladi);
shatak ravoqi ishonchli biriktirilgan bo‘lishi, shatak arqonlarining bir tekis sirpanishi uchun to‘sqinlik qiluvchi g‘udur joylari, o‘tkir qirralari, eyilgan yoki bo‘rtib turgan qismlari bo‘lmasligi shart;
shatak ilmog‘i va shatak xalqalari darz, hamda shatakni va ilmoqni o‘zidan-o‘zi qo‘yib yuborishga olib keluvchi har qanday shikastlanish bo‘lmasligi shart;
shatak arqonining cheklagichlari soz holda va arqonning oxirgi mumkin bo‘lgandan ortiq og‘ishiga yo‘l qo‘ymasligi shart (xavfsizlik va muvozanatni saqlash sharoitalaridan kelib chiqib);
shatak arqonini tez qo‘yib yuborish qurilmasi to‘liq soz holda bo‘lishi va buzilmay ishlashi shart;
shatak lebedkasi rul rubkasidan turib ishonchli masofadan boshqarishga ega bo‘lishi shart;
rul rubkasidan shatak arqonlarini masofadan qo‘yib yuborish qurilmasiga ega bo‘lgan shatak ilmoqli kemalarda har bir qatnov oldidan arqon bilan shatakka olish davrida uni ish vaqtida tekshirish zarur, qaysikim bu vaxta jurnalida qayd etilgan bo‘lishi shart.
111. Shatak arqonining mustahkamligi kema shatakka olish davrida ortib borayotgan maksimal kuchlanishga muvofiq bo‘lishi va tegishli klassli kema suzish hududi to‘lqin sharoitlarida xavfsiz suzishni ta’minlashi, arqonning o‘lchamlari (uzunligi, diametri) shatakka olish uchun yetarli bo‘lishi shart.
112. Qatnovga chiqish oldidan kema kapitani yoki vaxta boshlig‘i tomonidan shatakka olish qurilmasi ish davrida tekshirilishi va vaxta jurnalida qayd etilishi shart.
Nosoz shatakka olish qurilmasi bilan shatakka olish taqiqlanadi.
113. Kema machtalarida quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
a) signallarni, antennalarni ko‘tarish, olib yurish va tushirish uchun soz ishlaydigan moslama;
b) kema qobig‘i yoki ustki qurilmalariga mustahkam o‘rnatma;
v) yashinqaytargich.
114. Machtaning engashmaydigan balandligi yo‘llarning balandlik o‘lchamlariga (ko‘prikosti, havodan o‘tgan elektr va aloqa liniyalari) muvofiq bo‘lishi shart.
115. Barcha daryo transporti vositalarida Registr qoidalariga javob beradigan va yurayotgan va turgan kemalar va qirg‘oq bilan har qanday ob-havoda yaxshi ko‘rinadigan va eshitiladigan signal almashinuvchi soz holda ishlaydigan tungi va kunduzgi signalizatsiya (gudoklar, sirenalar, chiroqlar, siltanuvchi chiroqlar, qo‘ng‘iroqlar, megafonlar) bo‘lishi shart.
Signal chiroqlarining ko‘rinish uzunligi, hamda ularning kemada joylashishi Suzish qoidalari talablariga javob berishi shart.
Barcha yo‘lovchi va tezyurar kemalar, hamda ekipajlari o‘rindoshlik lavozimlarida ishlaydigan kemalar silkinadigan impulsli nur bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Kuz-qish sharoitlarida ishlatiladigan kemalardagi tovushli signal vositalarida (sirenalar, tifonlar) ishonchli isitish tizimi bo‘lishi shart.
116. Eshitish va tovush signallarini va kema aloqa vositalarini boshqa vazifalar uchun ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
117. Ichki suzish o‘ziyurar kemalarida kemani boshqarish postining mashina bo‘limi boshqarish posti bilan Registr qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan aloqa vositasi bo‘lishi shart.
118. Kemaning vaxta boshlig‘i vaxta boshlanishidan oldin yoki kema qatnovga chiqishidan oldin barcha ichki va tashqi aloqa va signalizatsiyalarining sozligini va tezkor ishlatishga shayligini tekshirishi shart.
Kema aloqa vositalari yoki tovush moslamalarining yetarli miqdorda bo‘lmasligi yoki nuqsonli holati mavjud bo‘lgan taqdirda, kemani ishga tushirish taqiqlanadi.
119. Kemaning yordamchi buyumlari (leyer, tutqichlari, to‘siq, illyuminator, trap, panjara, lyuk yopqichlari va h.k.) barcha kemalarda loyihalarga muvofiq va soz holda saqlanishi shart. Qoplamalardagi slan va plitalar o‘z joyiga o‘rnatilgan va mahkamlangan bo‘lishi, ularning teshiklari esa yopilgan bo‘lishi shart.
120. Joylarda, qayerda vaqtincha leyerlar, tutqichlar, traplar, panjaralar, qoplamalar, og‘izlar, lyuklar yechib olingan bo‘lsa, texnika xavfsizligining barcha talablariga rioya etilishi zarur (o‘tish joyini to‘sish, ogohlantirish yozuvi osib qo‘yish, kunning qorong‘u vaqtlarida esa bunday joylar yoritilgan bo‘lishi shart). Mahkamlanmagan to‘siqlarni o‘rnatish taqiqlanadi. Ish tamom bo‘lgandan so‘ng vaqtincha yechib olingan tutqichlar, traplar, panjaralar, qoplamalar, og‘iz qopqoqlari va lyuklarni tezlik bilan o‘z joyiga o‘rnatish va mahkamlash lozim.
121. Mahalliy to‘siqlari, illyuminatorlari, lyuk yopgichlari nosoz yoki o‘rnatilmagan, hamda loyihada ko‘zda tutilmagan yordamchi buyumlar bilan ta’minlanmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
122. Qutqaruv vositalari Registr qoidalariga javob berishi, ularning sozligi esa kapitan (o‘ziyurar kemada) yoki shkiper (o‘ziyurmas kemada) tomonidan oyida kamida bir marta, hamda amaldagi qoidalarga muvofiq o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kemani ishga tushirishdan oldin, o‘quv-suv trevogalari, “Bort ortida odam” trevogasi davrida tekshirilishi shart.
O‘tkazilgan tekshirishning vaqti va natijalari bo‘yicha kema jurnaliga yozuv kiritilishi shart.
Tekshirish davrida quyidagilar aniqlanishi shart:
a) shlyupka lebedkalarning sozligi, ularning ishqalanadigan qismlarida moylarning mavjudligi va reduktorlarda moy sathi, tormoz qurilmalarining sozligi;
b) shlyupkalar va sollarni tushirish qurilmasining soz ishlashi va belgilangan vaqtda ularni tushirish mumkinligi;
v) qayiq va sollarda yetarli miqdordagi takelaj va inventarlarning mavjudligi, qayiqlarga suv oqib kirmasligi va havo qutilarining suv o‘tkazmasligi;
g) bort orti ishlarini bajarish uchun qutqaruv (ishchi) nimchalarining, hamda balandliklarda ishlash davrida belgilangan normativlarga muvofiq himoya kamarlarining mavjudligi.
123. Shlyupkani tushirmasdan haftada bir marta shlyuka lebedkasini nazorat tariqasida aylantirib qo‘yish zarur.
124. Ko‘llarga va suv omborlariga chiqish davrida shlyupkalar kilblokka ishonchli mahkamlangan bo‘lishi shart.
Ishonchli mahkamlanganligi qayiqni tushirish va ko‘tarish qurilmasi arqonlarining 2-, 3-karra zichlanishi bilan tekshirilishi shart.
125. Kemalarga beriladigan qutqaruv vositalari ularni qurgan zavod yoki kapital yoki tiklash tamirlash ishlarini bajargan zavodning texnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgan va sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan ta’minlangan bo‘lishi shart; har bir qutqaruv asbobida zavodning texnik nazorat bo‘limi muhri bo‘lishi shart.
Sinovlar Registr qoidalari talablariga muvofiq o‘tkazilishi shart.
126. Kemalardan foydalanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
a) qutqaruv vositalarining (asboblari va ashyolari) soni Registr qoidalarida ko‘zda tutilganidan kam bo‘lsa;
b) qayiq, qutqarish sollari, hamda qutqarish asboblari va ashyolarining holati qoniqarsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsa;
v) qayiqni tushiruvchi qurilma nosoz, yoki qayiqni tushirishga sarflanadigan vaqt Registr qoidalarida belgilangan vaqtdan ortiq (qayiqqa odamlarning o‘tirish vaqtini hisobga olmagan holda, qayiqni tushirishga tayyorlash va qayiqni bortdan tashqariga ag‘darish vaqti qo‘shilgan holda ko‘pi bilan 5 minut) bo‘lsa.
127. Yong‘inga qarshi jihozlar va ta’minotlar, turg‘un yong‘in o‘chirish tizimlari, birlamchi o‘t so‘ndiruvchi yong‘in o‘chirgichlar, hamda yong‘inga qarshi himoyaning passiv konstruktiv tizimi vositalari va ro‘y bergan yong‘inga qarshi kurashishning aktiv vositalari Registr qoidalari talablariga javob berishi shart.
128. Birlamchi o‘t so‘ndiruvchi yong‘in o‘chirish vositalari, yong‘inga qarshi inventar va olib yuriladigan olov o‘chirish asboblari belgilangan, olinishi oson bo‘lgan joylarda saqlanishi va to‘liq holda bo‘lishi va tez ishlatish uchun doimiy shay bo‘lishi shart.
129. Yong‘inga qarshi jihozlarni, turg‘un tizimlarni va olib yuriladigan yong‘in o‘chirish asboblarini, dastlabki o‘t so‘ndiruvchi yong‘in o‘chiruvchi vositalar va yong‘inga qarshi inventardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Kema o‘t o‘chirish tizimidan xo‘jalik shlangini (o‘t o‘chirish shlangi bilan emas) qo‘llagan holda sahnani va langar qurilmasini yuvish uchun suv uzatish uchun foydalanishga ruxsat beriladi.
130. Neft mahsulotlari va boshqa tez yonuvchan va xavfli yuklarni tashish davrida kemaning yong‘inga qarshi himoyasi Registr qoidalari, tasdiqlangan daryo transportida yong‘in xavfsizligi qoidalari va daryo transportida yuk tashish qoidalari talablariga | 35 | 63,261 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nomzod to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqib hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 221-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Bexzod Anvarovich Musayevning nomzodi ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 79 | 623 |
Qonunchilik | VAKOLATLI DAVLAT ORGANINING MARKAZIY DEPOZITARIY BILAN O‘ZARO HARAKATLARI TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda tasdiqlangan Vakolatli davlat organining Markaziy depozitariy bilan o‘zaro harakatlari tartibiga (1999-yil 10-dekabr, ro‘yxat raqami 848) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 134 | 1,062 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 3-son, 57-modda) 2-bandidagi “2022-yil 1-iyuldan” degan so‘zlar “2023-yil 1-yanvardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 163 | 641 |
Qonunchilik | Suv omborlarida ekoturizmni tashkil etish uchun yerni qanday olsa boʻladi | Yer uchastkalari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida elektron auksion orqali beriladi. Uni oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 978-son qarori bilan tasdiqlangan.
Koʻrsatilgan hududda quyidagi turistik хizmatlarni tashkil etish mumkin boʻladi:
Tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha ekoturizm uchun yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaхslar «E-IJRO AUKSION» elektron savdolar orqali istalgan muddatga, lekin 50 yil muddatdan koʻp boʻlmagan uzoq muddatli ijaraga olishlari mumkin.
Suv хoʻjaligi vazirligi auksionni oʻtkazish uchun mas’ul hisoblanadi. Auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalari boʻyicha savdolarni tashkil etish uchun ushbu vazirlik oldindan ular boʻyicha tegishli tashkilotlarning (yongʻin хavfsizligi boʻyicha hududiy boʻlimlar; sanepidemnazorat markazlari va boshqalar) ijobiy хulosalalarini oladi. Xulosalar olingandan keyin auksionni oʻtkazish uchun materiallar tayyorlashni boshlaydi.
Boʻlib oʻtadigan savdolar haqidagi aхborot bosma va elektron OAVda tarqatiladi. Shuningdek ma’lumot tuman (shahar) hokimiyati, SSP va Davlat хizmatlari agentligiga yuboriladi. Bular, oʻz navbatida, jismoniy va yuridik shaхslarni auksionga keng jalb qilish choralarini koʻradi.
Savdolar oʻtkazilishi haqidagi хabar uni oʻtkazishdan kamida 7 kun oldin Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazining (keyingi oʻrinlarda – Markaz) veb-portalida joylashtiriladi. Auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar хabar berilgan kundan boshlab avtomatik rejimda Markaz saytida qabul qilinadi. Buyurtmanomalarni qabul qilish auksion oʻtkaziladigan kundan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi.
Agar ishtirokchi 5 ish kuni mobaynida auksion ob’yekti qiymatini toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnomaning ikkinchi nusхasi tuman hokimligiga yuboriladi, hokimlar 2 ish kuni mobaynida yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar.
Kelgusi yillar uchun ijara toʻlovi ijarachi tadbirkor tomonidan oхirgi belgilangan ijara toʻlovi miqdori va qolgan ijara muddatidan kelib chiqib davriy (choraklik, oylik yoki ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda) toʻlanadi.
Turistik хizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara toʻlovlari tadbirkorlik sub’yekti tomonidan uning faoliyat koʻrsatgan davri uchun tuzilgan jadval orqali toʻlanishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 73 | 2,551 |
Qonunchilik | TAShQI SAVDO KONTRAKTLARIGA IDENTIFIKATSIYA RAQAMINI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 223-sonli va 2003-yil 30-sentabrdagi “Eksport operatsiyalarni monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 416-sonli qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki qaror qiladi:
1. “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish to‘g‘risidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2.Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan sanadan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin. | 107 | 669 |
Qonunchilik | Namangan viloyatida 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Aholi salomatligini muhofaza qilish, sil kasalligiga chalingan bemorlarga o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ftiziatriya yordamini yanada yaxshilash hamda ftiziatriya muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 20-maydagi 306-son qaroriga muvofiq Namangan viloyatining Pop tumanida maxsus shifoxona va vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligining:
Chust tumani silga qarshi kurash dispanseri (80 o‘rinli), Mingbuloq tumani 2-viloyat sil kasalliklari shifoxonasi (120 o‘rinli), viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining bolalar bo‘limini (70 o‘rinli) Pop tumanida joylashgan maxsus shifoxonaga ko‘chirish;
Namangan viloyatining, Pop tumanida 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasini (keyingi o‘rinlarda — 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasi) tashkil etish;
Pop tumanining, G‘urumsaroy qishlog‘idagi, “Mirishkor” mahallasida joylashgan maxsus shifoxonaning bino va inshootlarini 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Namangan viloyati hokimligi o‘n kun muddatda Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘idagi “Mirishkor” mahallasida joylashgan maxsus shifoxonaning bino va inshootlarini 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasiga belgilangan tartibda o‘tkazsin.
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasi tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2-viloyat ftiziatriya shifoxonasini kelgusida zamonaviy tibbiy jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasini saqlash xarajatlarining smetasi va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin, kelgusi yildan boshlab ushbu shifoxonani saqlash va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlarni respublika budjeti parametrlarini tasdiqlashda nazarda tutsin;
Namangan viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda maxsus shifoxonaning bino va inshootlari 2-viloyat ftiziatriya shifoxonasiga belgilangan tartibda berilgandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Chust tumani silga qarshi kurash dispanseri (80 o‘rinli), Mingbuloq tumani 2-viloyat sil kasalliklari shifoxonasi (120 o‘rinli) hamda viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining bolalar bo‘limi (70 o‘rinli) ko‘chirilishi munosabati bilan bo‘shaydigan bino va inshootlardan kelgusida maqsadli foydalanish choralarini ko‘rsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin. | 98 | 3,084 |
Qonunchilik | Hududlarning oʻrta muddatli byudjetlarini tuzish jarayoni boshlandi | Moliya vazirligida oʻrta muddatli byudjet tuzish konsepsiyasi hamda Namangan shahri misolida byudjetni oʻrta muddatga tuzish uslubiy qoʻllanmasining taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb хabar beradi OʻzA.
Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi strategik rejalashtirish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Byudjetni “qisqa muddatli”, “oʻrta muddatli” va “uzoq muddatli” rejalashtirish kabi tushunchalar kiritilmoqda.
Hududlar kesimida birinchi oʻrta muddatli byudjet Namanganda qabul qilindi. U 2018-2020 yillar uchun moʻljallangan boʻlib, хalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu tajriba asosida BMT Taraqqiyot dasturi va Britaniyaning elchiхonasi koʻmagida uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi va nashr etildi.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi qoidalarga koʻra Davlat byudjeti yillik asosda indeksatsiyani qoʻllash usuli bilan tuziladi. Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va byudjet tashkilotlari oʻz moliyasini bir yildan ortiq muddatga prognoz qila olishmaydi.
Oʻrta muddatga byudjetni rejalashtirish Davlat byudjetini bir necha yilga (qoida tariqasida 3-5 yilga) tuzishni nazarda tutadi. Bunday tizim rivojlangan хorij mamlakatlarida amal qiladi.
Oʻzbekistonda oʻrta muddatli byudjetni tuzish “yuqoridan-pastga” va “pastdan-yuqoriga” yondashuvlari asosida amalga oshiriladi. Birinchisi makroiqtisodiy prognoz modellari asosida 3-4 yillik byudjetning yuqori chegaralarini aniqlashni nazarda tutadi. Ikkinchisi vazirlik va idoralarning byudjet soʻrovi koʻrinishida byudjet mablagʻlariga 3-4 yillik talabini aniqlashni koʻzda tutadi. | 67 | 1,535 |
Qonunchilik | Bojхona yigʻimlari - soʻmda | DBQ va IIVning qoʻshma qarori bilan Bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2156-4, 24.05.2021 y.).
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 9.11.2020 yildagi “Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 700-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Birinchidan, bojхona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng хorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan BHMning 0,7% miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi (ilgari - dvigatel hajmining har kub santimetridan - $0,01).
Ikkinchidan, yigʻim milliy valyuta - soʻmda toʻlanadi. AQSh dollarida hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi хatboshi - chiqarib tashlandi.
Uchinchidan, Nizomga 1-3-ilovalar yangi tahrirda qabul qilindi. Bu - quyidagilarni qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma:
Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 27 | 1,270 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “1995 YILDA “MUSTAQILLIK” PUL-BUYuM LOTEREYaSINI ChIQARISh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 14 APRELDAGI 133-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasi bo‘yicha yutuqqa chiqadigan tovarlar assortimentini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1995-yilda “Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini chiqarish to‘g‘risida” 1995-yil 14-apreldagi 133-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
qarorning 3-bandida “naqd pulga” so‘zlaridan so‘ng “yoki hisob-kitob cheklariga” so‘zlari qo‘shilsin;
1-ilova 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Lotereyaning 40 razryadi bo‘yicha tirajda umumiy miqdori 187500000 (bir yuz sakson yetti million besh yuz ming) so‘mlik 2972000 (ikki million to‘qqiz yuz yetmish ikki ming) yutuq, shu jumladan, 158869200 (bir yuz ellik sakkiz million sakkiz yuz oltmish to‘qqiz ming ikki yuz) so‘mlik 108920 (bir yuz sakkiz ming to‘qqiz yuz yigirma) buyum yutuqlari va 28630800 (yigirma sakkiz million olti yuz o‘ttiz ming sakkiz yuz) so‘mlik 2863080 (ikki million sakkiz yuz oltmish uch ming sakson) pul yutuqlari o‘ynaladi”;
3-ilova* yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi);
“Mustaqillik” pul-buyum lotereyasini o‘tkazish shartlari va tartibiga ilova* yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 207 | 1,385 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 230 | 464 |
Qonunchilik | Pedagoglar malaka oshirish kurslaridan takroran onlayn oʻtishlari mumkin | Endilikda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran oʻzlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan oʻqitish usullari orqali oʻzlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Masofadan oʻqitish usullari asosidagi takroriy kurslarda oʻquv mashgʻulotlari onlayn va offlayn shakllarida tashkil etiladi. Biroq tinglovchilarning assisment topshiriqlari (joriy nazorat) faqat onlayn shaklida tashkillashtiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofaviy ta’lim teхnologiyalari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv dasturlarini oʻzlashtirayotgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida uzrsiz sabablarga koʻra dars qoldirgani uchun tinglovchilar safidan chiqarilgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan takroran oʻtishi hamda oʻqishning tegishli yoʻnalishi (mutaхassisligi) boʻyicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida attestatsiyadan oʻtishi shart. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtish 288 soat hajmida tashkil etiladi.
Bundan tashqari, endi oliy oʻquv yurtlari pedagog kadrlariga ular bilan asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasi toʻхtatilgan kundan 1 yil (ilgari -3 yil) oʻtgandan keyin pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan va attestatsiyadan oʻtishga ruхsat beriladi.
Shuningdek, istisno tariqasida:
Hujjatga ayrim boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 72 | 1,974 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-636-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
2. “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-638-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
3. “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi QL-640-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
4. “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi QL-642-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-641-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
6. Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish va Tuproqqal’a tumanini tashkil etish to‘g‘risida.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish to‘g‘risida.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari bo‘yicha komissiyasini tuzish to‘g‘risida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash to‘g‘risida. | 94 | 1,585 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING BOShQARISh TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Temir yo‘l transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, uni boshqarishda funksional va hududiy yondashuvlarning yanada mustahkam o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, yuk tashishlarni boshqarish tizimini markazlashtirishdan chiqarish darajasini oshirish, shuningdek temir yo‘l transporti texnika vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan “O‘ztemiryo‘lyuktrans” yuk tashish boshqarmasi hamda uning mintaqaviy markazlari, shuningdek kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalaridan berilayotgan yo‘l, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa uchastkalari, shuningdek Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qarshi funksional-foydalanish vagon depolari negizida mintaqaviy (Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qo‘ng‘irot, Qarshi-Termiz) temir yo‘l uzellari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan mintaqaviy temir yo‘l uzellarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashuvlar mintaqaviy bozori konyunkturasini o‘rganish, ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
temir yo‘l transportining xizmat ko‘rsatiladigan hudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga keng ko‘lamda temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatish,
joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yo‘l transporti bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi temir yo‘llar tarmoqlarining barqaror ishlashini hamda tashuvlarni o‘tkazish quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish,
O‘zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirishda joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq, muvofiqlashtirilgan holda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
tashkil etilayotgan mintaqaviy temir yo‘l uzellari “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalari hisoblanadi;
mintaqaviy temir yo‘l uzellari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash xo‘jalik faoliyati daromadlari, shuningdek Kompaniya kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashish jarayoni daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek mazkur qarorga 2-ilovadan 11-band “O‘ztemiryo‘lyuktrans” yuk tashish boshqarmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 124 | 2,885 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda oliy harbiy ta’lim muassasalari deb yuritiladi) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
1. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
2. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:
harbiy-professional yo‘nalish;
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.
3. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
4. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) asosan, nomzodlar, ularning ota-onalari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishidan oldin bilim yurti rahbariyati tomonidan o‘qishni tamomlagach dastlabki kontrakt talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga bo‘shatilishi, shartnomaning muddatidan ilgari bekor qilinishi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi holatlarida moddiy mas’ulligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
5. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) tuziladi va ularning tarkibi tasdiqlanadi.
6. Qabul komissiyalariga oliy harbiy ta’lim muassasasining boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyalari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli tarkibiy tuzilmalarining mutaxassislari kiritiladi.
Qabul komissiyalari qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar faoliyat yuritadi.
7. Qabul komissiyasi raisi — oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i:
qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi — oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
8. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya;
psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
nomzodlarning umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun yozma imtihon o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya;
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya.
9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
10. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
11. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
pasport nusxasi;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
ota-onasining oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishiga rozilik xati;
ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so‘rab olinishi mumkin.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
12. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga esa — harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma);
harbiy qismlar (muassasalar) va bo‘linmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma.
13. Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
14. Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar, boshqarmalar, qo‘shilmalar va harbiy qismlar (muassasalar) hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uldir.
15. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
16. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich fuqaro yoshlar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda, harbiy xizmatchilar uchun — o‘z xizmat o‘tash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda 1-apreldan 31-mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
17. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
18. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martga qadar) amalga oshiriladi.
19. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro yoshlar bilan — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), bo‘linmalarning komandirlari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi.
20. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
21. Nomzodlarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-fevraldan 31-martga qadar davom etadi. Harbiy xizmatchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy tibbiy muassasalarning harbiy vrachlik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
22. Nomzodlarni takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-apreldan 20-mayga qadar davom etadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
23. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan va tibbiy komissiyaning ushbu xulosasiga norozi bo‘lgan nomzodlar nazorat tibbiy ko‘rikdan viloyatlar muqobil tibbiy komissiyalarida 1-maydan 31-mayga qadar o‘tishlari mumkin.
24. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
25. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlash tadbirlariga qo‘yilmaydi.
26. Nomzodlar bilan individual-psixologik o‘rganish tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar o‘tkaziladi.
27. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;
oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
28. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
29. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar boshliqlari belgilagan joylarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar o‘tkaziladi.
30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
31. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 20-iyunga qadar tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga yuboriladi.
32. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar harbiy professional-tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga yuboriladi.
33. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) nomzodlarni reja-jadvalga muvofiq harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi va ularni belgilangan muddatlarda tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga to‘liq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi.
34. Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
35. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni o‘rganish;
psixofiziologik o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;
umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi).
37. Oliy harbiy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish kichik komissiyasi hujjatlarni o‘rganishda oliy harbiy ta’lim muassasasiga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini ro‘yxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
38. Psixofiziologik o‘rganish mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.
Psixofiziologik o‘rganish maxsus avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oshiriladi.
39. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq o‘tkaziladi.
40. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra nomzodning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
41. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
43. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
431. Yozma imtihon ushbu imtihonni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan kichik komissiya tomonidan qabul yilining 25-iyuniga qadar mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
44. Nomzodlarni tanlash tadbirlarini o‘tkazishning shaffofligi hamda xolisligini ta’minlash maqsadida psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon o‘tkazish jarayoni videokuzatuv tizimida qayd qilinadi.
45. Psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon tadbirlarida nomzod tomonidan to‘plangan ballar qabul komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi. Nomzodning to‘plagan ballidan kelib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bunda, harbiy-professional tanlash tadbirlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 50 foizi yoki undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yiladi.
46. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 30-iyuniga qadar harbiy-professional tanlash tadbirlarining yakunlari bo‘yicha mazkur Nizomning 10a-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va yakuniy natijalar shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi.
461. Psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrug‘i bilan harbiy-professional tanlash bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashmagan mutaxassislardan shakllantiriladigan apellatsiya komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
462. Shikoyatlar apellatsiya komissiyasiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi mumkin. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod xohishiga ko‘ra, uning ishtirokida ko‘rib chiqadi.
463. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda harbiy-professional tanlash tadbirlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligi, savollarning to‘g‘ri tuzilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va to‘g‘ri baholanganligi o‘rganiladi va uning natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish to‘g‘risida;
natijalarni o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Ovozlar nisbati teng bo‘lganda apellatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tegishli qaror darhol nomzodga yetkaziladi.
Apellatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
47. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizom hamda Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq o‘tkaziladi.
48. Umumta’lim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va boshqa tillar) bo‘yicha o‘qigan taqdirda nomzod test sinovlari o‘rniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalarida yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan o‘tkazilgan imtihon mazkur Nizomning 11-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
49. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi 10-iyulda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
51. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilarga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.
52. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq ko‘rib chiqiladi.
53. Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
54. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida tegishli mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va harbiy qismlarga (muassasalarga) qaytarib yuboriladi.
55. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar tegishli oliy harbiy ta’lim muassasasida saqlanadi.
1. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy ta’lim muassasalardagi o‘qishning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar markazi tomonidan qayta ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarining oshkor bo‘lib ketmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, shuningdek har bir vazifa bo‘yicha tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
5. Individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
7. Individual-psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga bir nechta vazifa bo‘yicha psixologik testlar beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
10. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
12. Psixologik test o‘tkazish vaqtida o‘rganish o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar blankalarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur.
14. Vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzod oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
15. Vazifalarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Individual-psixologik o‘rganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan to‘plangan ballar va individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha xulosa aks ettiriladi.
18. Qaydnoma individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
19. Individual-psixologik o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod, unga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
fuqaro yoshlar sport kiyimida;
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1 — 2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqaro yoshlar uchun:
11 marotaba va undan ko‘p tortilganda — “a’lo”;
9-10 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
7-8 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14 marotaba va undan ko‘p tortilganda — “a’lo”;
12-13 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
10-11 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 9 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqaro yoshlar uchun:
14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,5 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;
b) harbiy xizmatchilar uchun:
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
14,1 — 14,4 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,5 — 15,2 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,3 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
a) fuqaro yoshlar uchun:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
13,20 daqiqadan ko‘p, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan ko‘p, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;
b) harbiy xizmatchilar uchun:
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
12,40 daqiqadan ko‘p, biroq 13,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
13,0 daqiqadan ko‘p, biroq 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
13,35 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda kamida bitta “qoniqarsiz” baho olgan bo‘lsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tmagan” deb hisoblanadi.
14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qo‘yilgan baholar ko‘rsatiladi.
17. Qaydnoma nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
1. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida o‘tkaziladi.
2. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish maxsus kompleks yordamida o‘tkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati bo‘yicha xulosa qilishda inson omilidan holi bo‘lish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
3. Nomzodlarga psixofiziologik o‘rganish o‘tkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik o‘rganish o‘tkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari va xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
4. Psixofiziologik o‘rganish har bir nomzod uchun alohida o‘tkaziladi.
5. Psixofiziologik o‘rganish maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi.
6. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sun’iy yoritilgan bo‘lishi;
shovqindan himoyalangan bo‘lishi;
nomzodga ajratilgan joy qulay bo‘lishi lozim.
7. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonaga faqat bir nafar nomzod qo‘yiladi.
8. Kichik komissiya raisi nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini shaxsan tekshirib, uni joyiga o‘tqizadi.
9. Psixofiziologik o‘rganishda nomzodning qo‘llariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi va mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
10. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi bo‘lgandagina o‘tkazilishi lozim.
12. Psixofiziologik o‘rganish boshlanishidan oldin o‘zini yomon his qilayotgan yoki sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
13. Psixofiziologik o‘rganish vaqtida uni o‘tkazayotgan shaxs nomzodni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Nomzodning psixofiziologik o‘rganish natijasi maxsus kopleksning avtomatik ravishda chiqarib beradigan xulosasi hisoblanadi.
15. Psixofiziologik o‘rganish natijasi (xulosasi) uni o‘tkazgan shaxs tomonidan imzolanadi va oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
1. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon matnda KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yo‘li bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari oliy harbiy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tarkibidagi kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
5. Nomzodga o‘ttizta test savoli va ularni yechish uchun bir soat vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
8. Test savollari quyidagilar bo‘yicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha;
idora dasturiy ilovalari (microsoft office dasturi) bo‘yicha;
Internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish bo‘yicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
26 — 30 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 5 ball;
21 — 25 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 4 ball;
16 — 20 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 3 ball;
11 — 15 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 2 ball;
1 — 10 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham to‘g‘ri javob berilmagan bo‘lsa — 0 ball qo‘yiladi.
10. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari bo‘yicha nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan test savollariga berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan ballar ko‘rsatiladi.
12. Qaydnoma kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
1. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi) nomzodlarni umumta’lim fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida nomzodlarning umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun yozma imtihon o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) tomonidan mazkur Metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
2. Qabul yilining 1-iyun kuniga qadar oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan yozma imtihon savollari shakllantiriladi va tegishli qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Yozma imtihon savollari nomzodlarning umumta’lim fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
3. Yozma imtihon savollarini shakllantirishda umumta’lim fanlarining dasturlaridan foydalaniladi.
4. Yozma imtihon savollari quyidagi fanlar bo‘yicha tayyorlanadi:
matematika;
fizika;
ona tili (adabiyot);
tarix;
geografiya.
5. Savollar to‘plami muhrlangan holda qabul komissiyasi mas’ul kotibining seyfida saqlanadi. Mas’ul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
6. Yozma imtihonga aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin qabul komissiyalari tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
7. Yozma imtihon o‘tkazish jarayoni bo‘yicha quyidagilar kichik komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yozma imtihon o‘tkazish jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
yozma imtihon o‘tkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash;
yozma imtihon o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek yozma imtihon natijalari to‘g‘risida ularga to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish.
8. Nomzod yozma imtihonga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
Yozma imtihon o‘tkaziladigan xonaga lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Nomzodlarga yozma javob berishlari uchun tegishli umumta’lim fanlari doirasida tuzilgan 5 ta savol beriladi.
Bunda, nomzod 5 ta savoldan iborat bo‘lgan biletlardan birini tanlaydi.
Savollarga yozma javob berish uchun nomzodlarga 60 daqiqa vaqt beriladi.
10. Yozma imtihon alohida jihozlangan va normal ko‘rish uchun yetarli darajada yorug‘ bo‘lgan xonada o‘tkaziladi.
Bitta xonada bir vaqtning o‘zida yozma imtihon topshiruvchilarning soni 30 nafardan oshmasligi lozim.
11. Imtihon jarayonida nomzodlarning xonadan chiqishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, yozma imtihonning barcha savollariga javob yozib bo‘lgan va o‘z yozma ishini kichik komissiyaning tegishli a’zosiga topshirgan nomzodlar bundan mustasno.
O‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va imtihondan chetlashtiriladi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
12. Nomzodlarga yozma imtihonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
13. Yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash kichik komissiya a’zolari tomonidan kollegial prinsip asosida amalga oshiriladi.
Bunda, 5 ta savol bo‘yicha berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, noto‘g‘ri javob uchun esa 0 ball qo‘yiladi. Bunda maksimal 5 ball to‘planishi mumkin.
14. Yozma imtihonga uzrli sabablarsiz qatnashmagan nomzodlarga ball qo‘yilmaydi.
15. Yozma imtihon topshirgan nomzodlarning yozma ishlari natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi va unga nomzodlar tomonidan berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan ballar ko‘rsatiladi. Qaydnoma kichik komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va shu kunning o‘zida qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Imtihon test sinovlari majmuasida fanning egallagan o‘rnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oralig‘ida yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili bo‘yicha nomzodlarga 36 ta test savollari beriladi va ularni yechish uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
3. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 75,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, har bir to‘g‘ri belgilangan javob uchun 2,1 ball qo‘yiladi.
4. Test sinovlari majmuasida fan bo‘yicha 39,6 ball qo‘yilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, har bir to‘g‘ri belgilangan javob uchun 1,1 ball qo‘yiladi.
5. Nomzodning javoblari qabul qilingandan so‘ng, komissiya a’zolari tomonidan har bir nomzod tomonidan berilgan to‘g‘ri javobga qarab umumiy ball chiqariladi va natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
6. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan test savollariga berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan ballar ko‘rsatiladi.
7. Qaydnoma komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. | 150 | 40,136 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish to‘g‘risida | Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirilsin: | 49 | 488 |
Qonunchilik | NAQD SO‘MLARNI ERKIN MUOMALADAGI VALYuTAGA ALMAShTIRIShGA DOIR ChEKLAShLARNI BEKOR QILISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining erkin almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida, shuningdek erkin almashtiriladigan valyutadagi resurslar tushumi ko‘payganligini e'tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. 1995-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (yashash guvohnomasi)ga almashtirilgan summa ko‘rsatilgan shtamp qo‘yishni bekor qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bir hafta muddatda:
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi orqali vakil qilingan banklarning almashtirish punktlariga yo‘naltiriladigan valyuta resurslari hajmini ko‘paytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, vakil qilingan banklar valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-sentabrdagi 457-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 101 | 1,250 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2006-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2006-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Buxoro va Navoiy viloyatlarida ijro etilishi haqida.
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan ijro etilishi haqida.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2005-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida ijro etilishi haqida.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining rezervdagi va zaxiradagi ofitsyerlar tayyorlashga doir qismining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘quv yurtlarida ijro etilishi haqida.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijro etilishi haqida.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasining Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijro etilishi haqida.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2005-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishga doir qismining Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ijro etilishi haqida.
“Veterinariya to‘g‘risida”gi va “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. | 137 | 3,976 |
Qonunchilik | Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida | Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi to‘g‘risida” 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-son qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarish hajmlarini yiliga 200,0 ming tonnaga ko‘paytirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qarori bilan:
2018-yil 1-avgustdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun “Hududgazta’minot” AJ va/yoki uning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz sotishning yagona chakana narxi belgilanganligi;
kundalik hayotda iste’mol qilishga aholi uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga sotiladigan tabiiy gaz narxining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgarishi tartibi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarning:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJning — suyultirilgan uglevodorod gazi iste’mol qiladigan ijtimoiy soha obyektlariga aholiga belgilangan narxlarda 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish to‘g‘risidagi;
“O‘zbekneftgaz” AJning — 2018-yilda 3-ilovaga muvofiq jadval bo‘yicha maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-yilgi suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish va sotish balanslari ko‘rsatkichlarining choraklik va oylik bajarilishi jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
5. Belgilansinki:
kundalik hayotda iste’mol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “Hududgazta’minot” AJ va/yoki uning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari orqali amalga oshiriladi;
suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash uni aholi va ijtimoiy soha obyektlarigacha yoki olis hududlarda joylashgan hududiy gaz ta’minoti tashkilotlarining maishiy gaz ballonlarini almashtirish punktlari va aylanma maishiy gaz ballonlari orqali yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
temir yo‘l transportida tashiladigan suyultirilgan uglevodorod gazini gaz to‘ldirish stansiyalariga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun mas’uliyat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Hududgazta’minot” AJga yuklanadi;
“Hududgazta’minot” AJ suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini sotib olish, servis xizmati ko‘rsatish va davriy tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha yillik xarajatlarni tasdiqlaydi;
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli davriy tekshiruvdan o‘tkazishni tashkil qilish uchun mas’uliyat “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilar, jumladan, suyultirilgan uglevodorod gazini birja savdolarida sotib oluvchi va shartnomaviy narxlarda sotuvchi korxonalar uning normativ hujjatlar bilan belgilangan sifati uchun javob beradilar.
6. “Hududgazta’minot” AJ:
texnologik uskunalar va maxsus texnikani xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlari belgilangan tartibda ajratilgan hajmlar doirasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan uzluksiz ta’minlanishini;
zamonaviy priborlar va hisoblash usullarini joriy etgan holda suyultirilgan uglevodorod gazining qat’iy hisobi yuritilishini, pul tushumlari to‘liqligini, suyultirilgan uglevodorod gazi yo‘qotilishini, asossiz va nooqilona sarflanishini qisqartirish choralari ko‘rilishini;
ikki oy muddatda suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va sotish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va sotishda o‘g‘irlik va suiiste’mollarning oldi olinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmlarini o‘lchash vositalari ustidan metrologik tekshirish va nazoratni ta’minlasin.
8. “O‘zneftgazinspeksiya” suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va saqlash obyektlarini montaj qilish va ishlatishda hamda uning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishida texnologik talablarga rioya etilishi qat’iy nazorat qilinishini ta’minlasin.
9. “O‘ztransgaz” AJning 2018-yil avgust-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida har bir iste’molchini suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olish va hisob-kitoblar uchun individual elektron kartalar bilan ta’minlashni nazarda tutadigan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazining avtomatlashtirilgan hisobi va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha tajriba loyihasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zneftgazinspeksiya” va “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish hamda suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan maqsadda oqilona ishlatishni ta’minlash ishlarini tashkil qilsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror hamda tasdiqlangan Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun va mohiyati keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
12. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-texnik talablarni belgilaydi, yetkazib beruvchilar, gaz ta’minoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi aholi va ijtimoiy soha obyektlari tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazidan maishiy ehtiyojlar — ovqat tayyorlash uchun (keyingi o‘rinda maishiy ehtiyojlar deb ataladi) foydalanishga tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
suyultirilgan uglevodorod gazi — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
yetkazib beruvchi — suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarishni hamda gaz ta’minoti hududiy filiallariga yetkazib berishni amalga oshiradigan neft-gaz qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi, neftni qayta ishlovchi korxona;
gaz ta’minoti tashkiloti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tashkilot;
gaz to‘ldirish stansiyasi, gaz to‘ldirish punkti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va gaz ta’minoti hududiy filiallariga va iste’molchilarga berish faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi mulkiy majmua;
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan yopqich moslamali payvandlangan po‘lat ballon;
rezervuar sig‘imi — gazni qabul qilish va iste’molchilarga berishdan oldin saqlash uchun statsionar po‘lat qurilma;
individual ballon qurilmalari — iste’molchilarning gaz ta’minoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun bir yoki ikkita ballonni, gaz bosimining sozlagichini o‘z ichiga olgan texnologik moslama;
guruhli ballon qurilmalari — iste’molchilarning gaz ta’minoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun ikki va ikkitadan ortiq ballonni, quvurlarni, yopqich armaturasini, gaz bosimining sozlagichini o‘z ichiga olgan texnologik moslama;
iste’molchi — suyultirilgan uglevodorod gazini gaz ta’minoti tashkilotlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishga tuziladigan shartnomaga asosan sotib oladigan va undan foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan, ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan jismoniy shaxs (aholi) yoki ijtimoiy soha obyektlari;
ijtimoiy soha obyektlari — aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari;
gazdan foydalanuvchi uskuna — energiya unumdorligi, energiya tejalishi talablariga javob beruvchi va suyultirilgan uglevodorod gazidan yonilg‘i sifatida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi asbob;
o‘lchov vositalari — suyultirilgan uglevodorod gazining hajmini, miqdorini, bosimini, harorati va suyuq fazasining sathini o‘lchash asboblari;
hisob yuritish pribori — suyultirilgan uglevodorod gazining sarfini (hajmini) o‘lchash bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan o‘lchov texnikasi vositalari;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan bitim, unga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, iste’molchi esa suyultirilgan uglevodorod gazidan faqat ovqat tayyorlash uchun foydalanish va qabul qilingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;
maishiy gaz ballonini iste’molchilarga vaqtincha foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnoma — ushbu bitimga muvofiq gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga uning balansida bo‘lgan maishiy gaz ballonini, to‘lov olmagan holda vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4. Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda bitta iste’molchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda texnologik yo‘qotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.
5. Gaz ta’minoti tashkilotlari har yili 1-avgustga qadar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga taqdim etish uchun “Hududgazta’minot” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga bo‘lgan ehtiyojning prognoz hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga bo‘lgan holda taqdim etadi.
6. Taqdim etilgan buyurtmalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi resurs imkoniyatlarini hisobga olib belgilangan tartibda choraklar va oylarga bo‘lib kelgusi yilga respublika bo‘yicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotini tuzadi hamda uni joriy yilning 1-sentabriga qadar respublika bo‘yicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari balansi va taqsimoti loyihasini ishlab chiqish maqsadida ko‘rib chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
7. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan respublika bo‘yicha suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balansiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJga yetkazib beruvchilar bo‘yicha iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlarini keyinchalik gaz ta’minoti tashkilotlariga yuborish uchun taqdim etadi.
8. “Hududgazta’minot” AJ respublika bo‘yicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balanslari asosida yillik, choraklik va oylik hajmlarni viloyatlar va yetkazib beruvchilar bo‘yicha taqsimlaydi hamda ularni “O‘zbekneftgaz” AJ va gaz ta’minoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
9. Gaz ta’minoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda tumanlar (shaharlar), ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi va ularni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlariga yuboradi.
10. Yil davomida suyultirilgan uglevodorod gaziga qo‘shimcha ehtiyoj paydo bo‘lganda bu masala O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
11. Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar bo‘yicha xonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni yetkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda joriy yilning 1-sentabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.
12. Gaz ta’minoti tashkilotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili joriy yilning 15-sentabriga qadar “Hududgazta’minot” AJga kelgusi yil uchun maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini oylarga taqsimlagan holda taqdim etadi.
13. “Hududgazta’minot” AJ:
joriy yil 1-dekabrga qadar belgilangan tartibda maishiy gaz ballonlari yetkazib beruvchilarni aniqlaydi;
kelgusi yil uchun viloyatlar va yetkazib beruvchilar bo‘yicha respublika bo‘yicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarini gaz ta’minoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
14. Gaz ta’minoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida tumanlar va shaharlar hokimliklariga tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning yillik va oylik jadvallarini tasdiqlash uchun taqdim etadi.
15. Yil mobaynida maishiy gaz ballonlariga qo‘shimcha ehtiyoj paydo bo‘lganda, ushbu masala “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
16. Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchining arizasi asosida uning balansida bo‘lgan maishiy gaz ballonini to‘lov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi.
17. Iste’molchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) aholi uchun:
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda iste’molchi pasportining nusxasi va o‘zini o‘zi boshqarish organidan berilgan yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma ilova qilingan holda taqdim etadi;
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan ta’minlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan bitta iste’molchiga bir dona gaz balloni yetkazib beriladi.
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini ilova qilingan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno;
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan ta’minlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan loyiha yechimiga muvofiq zarur miqdordagi gaz ballonlari yetkazib beriladi.
Bunda iste’molchilarga maishiy gaz ballonlari yetkazib berilishi tasdiqlangan maishiy gaz ballonlari yetkazib berish jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Etkazib beriladigan maishiy gaz ballonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
19. Maishiy gaz balloni tegishlicha markalangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tganligi haqida o‘yib tushirilgan tamg‘aga ega bo‘lishi kerak.
20. Gaz ballonlarini ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq iste’molchi hisobidan gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
21. Etkazib berilayotgan gaz balloni gaz ta’minoti tashkilotining maxsus jurnalida qayd etiladi.
22. Maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkilotlarining almashtiriladigan idishda gaz yetkazib beradigan xodimlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda beriladigan gaz ballonlarining soni unga biriktirilgan avtotransport vositasining sig‘imidan oshmasligi lozim.
23. Iste’molchilarni gazlashtirish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan gazlashtirish loyihalari yoki eskizlari asosida amalga oshiriladi.
24. Iste’molchilarni gazlashtirishni ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) aholi uchun:
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risida arizani yozma yoki elektron shaklda iste’molchi pasportining nusxasi va o‘zini o‘zi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz ta’minotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan iste’molchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollashtirish uchun tuynuklarning joylashuvini o‘z ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;
bunda ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar sig‘imlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’molini o‘lchash priboriga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi.
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotiga gazlashtirish to‘g‘risidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno;
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz ta’minotining texnik imkoniyati jihatidan o‘rganiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha iste’molchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sig‘imlar va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.
25. Gazlashtirish loyihasi (ichki gaz quvuri, gazdan foydalanuvchi uskunalar, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sig‘imlari va suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborlarining joylashuvi) ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari tomonidan iste’molchi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Loyiha ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
26. Gazlashtirish loyihasi yoki eskizi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuar sig‘imlari va guruhli ballon qurilmalarini qurish va montaj qilish gazlashtirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda ijro-texnik hujjatlar tuzilgan holda bunday ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot tomonidan bajariladi.
Suyultirilgan gaz rezervuar sig‘imlarni va guruhli ballon qurilmalarni ta’mirlash, saqlash va foydalanish gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Ishga tushirish-sozlash ishlari tugaganidan keyin ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va iste’molchi bilan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin iste’molchi ishga tushirish dalolatnomasini imzolaydi va gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz ta’minoti tashkilotida saqlanadi).
28. Iste’molchilarni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan rezervuar sig‘imlari orqali gazlashtirish “O‘zneftgazinspeksiya” va “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining” ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
29. Gaz ta’minoti tashkiloti va aholi o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
Gaz ta’minoti tashkiloti va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
30. Hududiy gaz ta’minoti filiali va iste’molchi o‘rtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnoma ikki nusxada tuziladi.
Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
31. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.
32. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib beruvchi tomonidan yuklanadi hamda temir yo‘l va avtomobil transporti orqali gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlarigacha yetkazib beriladi.
Bunda suyultirilgan uglevodorod gazi yuklangan temir yo‘l va avtomobil sisternalari yetkazib beruvchi tomonidan plombalangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
33. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz to‘ldirish stansiyalarigacha o‘z vaqtida yetkazib berish uchun javobgarlik:
avtomobil transportida yetkazib berishda — “Hududgazta’minot” AJning gaz ta’minoti tashkilotlariga;
temir yo‘l transportida yetkazib berishda — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘linmalariga va “Hududgazta’minot” AJning gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklanadi.
34. Ishlab chiqarilgan va gaz to‘ldirish stansiyalariga, gaz to‘ldirish punktlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Suyultirilgan uglevodorod gazining sifati akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda belgilangan tartibda aniqlanadi.
35. Gaz to‘ldirish stansiyalari va punktlari gaz ta’minoti hududiy tashkilotlari tomonidan maishiy gaz ballonlarini va/yoki maxsus jihozlangan avtotsisternalarni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirish orqali suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va berish ishlarini amalga oshiradi.
36. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz to‘ldirish punktlarigacha va stansiyalarigacha hamda gaz to‘ldirish punktlari va stansiyalaridan iste’molchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qat’iy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qat’iyan taqiqlanadi.
37. Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gazini tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish jadvallariga muvofiq yetkazib berishi kerak.
38. Iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotidan o‘lchov birligiga belgilangan yagona chakana narx bo‘yicha sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazi faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi va qayta sotilishi mumkin emas.
39. Suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga yetkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sig‘imlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud bo‘lganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida bo‘sh ballonlarni to‘ldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha yetkazib beriladi.
41. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz ta’minoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yo‘riqnomadan o‘tkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun iste’molchi yashash joyiga ko‘ra gaz ta’minoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini o‘rnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
42. Texnik nosoz bo‘lgan va texnik ko‘rikdan o‘tmagan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan to‘ldirish taqiqlanadi.
43. Suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, to‘ldirib berish va undan foydalanish amaldagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Etkazib berishning qo‘shimcha shartlari suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.
45. Iste’molchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.
46. Iste’molchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi shart.
47. Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lov iste’molchilarning tanloviga ko‘ra istalgan to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
48. Gaz ta’minoti tashkilotiga iste’molchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to‘lovni naqd pul shaklida qabul qilish taqiqlanadi (onlayn nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilgan holatlar bundan mustasno).
481. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Uchquduq shahri aholisining maishiy ehtiyojlari uchun) va Mudofaa vazirligining harbiy qismlariga suyultirilgan gaz “Hududgazta’minot” AJ orqali aholi iste’molchilari uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilgan tashkilotlar tomonidan ularning boshqa ehtiyojlari uchun suyultirilgan gaz birja savdolari orqali xarid qilinadi.
49. Suyultirilgan uglevodorod gazini uning hisobini yuritmagan holda yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
50. Etkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining miqdori va hajmi O‘zbekiston Respublikasining Davlat o‘lchov vositalari reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda tekshirishdan o‘tgan o‘lchov vositalarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
51. Iste’molchilarga rezervuar sig‘imlari orqali sotiladigan suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritish hajmiy usulda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olishning individual priborlari bo‘yicha;
hisobga olishning individual priborlari bo‘lmaganda, ular nosoz bo‘lganda yoki gaz uskunalarining parametrlariga muvofiq bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan iste’mol qilish normalari bo‘yicha;
hisobni yuritish priborlarining tekshirish muddati o‘tib ketganda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan iste’mol qilish normalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
52. O‘lchov tarozilari va suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish priborlari, ularning foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlarga hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan buning uchun nazarda tutilgan joylarda belgilangan shakldagi tamg‘a yoki plombalarga ega bo‘lishi lozim.
53. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishning o‘lchash vositalarining texnik holati va o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun javobgarlik priborlarning egasiga yuklatiladi. Bunda iste’molchilarda mavjud hisobga olish priborlarini o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tkazishni tashkil qilish uchun javobgarlik gaz ta’minoti tashkilotiga yuklatiladi.
54. Iste’molchilar ularning kvartiralarida yoki xonadonlarida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalarining saqlanishi va butunligi uchun javob beradilar.
55. Suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritishning va o‘lchash vositalarining metrologik nazorati “O‘zstandart” agentligining metrologik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
56. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishni o‘lchash vositalarini montaj qilish, ulardan foydalanish va qiyoslovdan o‘tkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
57. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborlarini plombalash gaz ta’minoti tashkilotlarining vakillari tomonidan iste’molchining ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.
58. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish pribori o‘rnatilgandan keyin gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olinadi.
59. Suyultirilgan gazning gaz hisoblash priborini davlat tomonidan tekshirish davriyligi “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
60. Suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborini almashtirish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz ta’minoti tashkilotining vakillari tomonidan iste’molchining ishtirokida amalga oshiriladi.
61. Xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tekshirish uchun yechib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning hisobini yuritish priborini o‘rnatish gaz ta’minoti tashkilotining vakillari tomonidan bir vaqtning o‘zida plombalangan holda amalga oshiriladi.
62. Gaz ta’minoti tashkiloti xodimining suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning hisobini yuritish pribori yoniga borishga yo‘l qo‘yilmasligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Iste’molchi tuzilgan dalolatnoma bilan tanishishi, uning bosh tortishi holatida esa, tegishli bosh tortish haqida belgi qo‘yilgan dalolatnomani imzolashi shart. Bosh tortish ikkita guvoh yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan iste’molchi uning sababini tushuntirishga haqlidir, ushbu tushuntirish dalolatnomada aks ettirilishi kerak.
63. Gaz ta’minoti tashkiloti:
suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berishni ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan jadvallarga va hajmlarga muvofiq yetkazib berishni amalga oshirishga;
yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarnomasi olingan kundan boshlab bu haqda o‘n kalendar kun ichida iste’molchini xabardor qilishga;
iste’molchilarga xonada o‘rnatilgan maishiy gaz asboblaridan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha albatta eslatma berilgan holda yo‘l-yo‘riq berishga majburdir. Bunda yo‘riqnoma gaz ta’minoti tashkilotining mas’ul mutaxassisi tomonidan iste’molchining tilxati bilan, maxsus raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan jurnalda belgi qo‘yilgan holda o‘tkazilishi lozim. Eslatmada gaz ta’minoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak;
unga tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarni, texnologik asbob-uskunalarni, tashish vositalarini soz holda saqlashga va tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga;
iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanuvchi va texnologik asbob-uskunalarining texnik taftishini va profilaktik xizmat ko‘rsatishni jadvalga muvofiq o‘tkazishga;
texnologik va gazdan foydalanuvchi uskunaning nosozliklarini bartaraf etish choralarini ko‘rishga;
iste’molchilarning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga;
iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi bo‘lishini ta’minlashga majburdir.
Gaz ta’minoti tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
64. Gaz ta’minoti tashkiloti:
iste’molchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda qonun hujjatlari, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni talab qilish;
iste’molchi tomonidan ushbu Nizomning 65-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda bosh tortish;
ushbu Nizomning 65 va 67-bandlarida nazarda tutilgan hollarda aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaguncha oldindan ogohlantirmasdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadir.
65. Iste’molchi:
suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar uchun (ovqat tayyorlash uchun) foydalanishga;
gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishga;
gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma ko‘rsatilganda) gazdan foydalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini ko‘zdan kechirish, profilaktik xizmat ko‘rsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini ta’minlashga;
gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilmagan shaxslarni qo‘ymaslikka;
gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari o‘rnatilgan xonalardan uxlash va dam olish uchun foydalanmaslikka;
gaz asboblarini toza holda saqlashga, asboblarning yondirgichlarini ovqat tayyorlash jarayonida ifloslanishdan asrashga;
gazlashtirish loyihasi va/yoki eskizining saqlanishini ta’minlashga hamda gaz ta’minoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga binoan uni taqdim etishga;
suyultirilgan uglevodorod gazining hidi xonalar, yerto‘la, yo‘lak ichi, hovli yoki ko‘chada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna va gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda “104” telefon raqami bo‘yicha avariya xizmatiga xabar berishga;
odamlarni gazlangan muhitdan evakuatsiya qilish, elektr yoritishni yoqish va o‘chirishning oldini olish, ochiq alanga va uchqunlar paydo bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rishga;
suyultirilgan uglevodorod gazi iste’moli hisobini yuritish priborilarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ular ishiga aralashmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va o‘rnatilgan plombalarning butunligini ta’minlashga majburdir.
66. Iste’molchi gaz ta’minoti tashkilotidan:
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilishni;
shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatib turishni;
gaz ta’minoti tashkilotining xodimi ishtirokida suyultirilgan uglevodorod gazini nazorat tartibida o‘lchashni talab qilish huquqiga ega.
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
67. Suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda:
o‘zboshimchalik bilan gazlashtirishga, gazdan foydalanuvchi uskunani mustaqil ravishda joyidan ko‘chirish, almashtirish va ta’mirlashga;
gazdan foydalanuvchi uskuna o‘rnatilgan xonalarni normativ talablarga muvofiq bo‘lmagan tarzda qayta rejalashtirishga;
suyultirilgan uglevodorod gazidan shamollatish yo‘llarini tekshirish va tozalash to‘g‘risida dalolatnoma bo‘lmaganda yoki uning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishga;
suyultirilgan uglevodorod gazidan belgilangan maqsadlardan tashqari hamda xonalarni isitish uchun foydalanishga;
suyultirilgan uglevodorod gazining sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq alangadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari
2. Maktab-internatlar
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar
4. “Mehribonlik” uylari
5. Bolalar shaharchalari
6. SOS — O‘zbekiston bolalar qishloqlari
7. “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari
8. Klinikalar va shifoxonalar
9. Poliklinikalar, ambulatoriya muassasalari
10. Qishloq vrachlik punktlari
11. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘linmalari
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari
13. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Uchquduq shahri aholisining maishiy ehtiyojlari uchun)
14. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari. | 158 | 38,374 |
Qonunchilik | Suv хoʻjaligi vazirligining vazifalari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatiga doir ayrim qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 573-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 6 apreldagi PQ-5055-son qaroriga muvofiq Suv хoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat quyidagilarni belgilaydi:
Vazirlikning asosiy vazifalari:
Shuningdek, qabul qilingan qaror bilan quyidagi nizomlar taqdiqlandi:
Hujjatda quyidagi roʻyхatlar keltiriladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 49 | 738 |
Qonunchilik | Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aydin Alibekovich Azimbekovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda tug‘ilgan kunining yetmish yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aydin Alibekovich Azimbekov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin. | 163 | 411 |
Qonunchilik | Qayta baholash va amortizatsiya - 2021 yildagi oʻzgartirishlar | 2021 yil 1 yanvardan boshlab asosiy vositalarni majburiy qayta baholash bekor qilindi. Bu foyda soligʻiga qanday ta’sir qilishini buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tushuntirdi:
– 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun asosiy fondlarni majburiy qayta baholash bekor qilingan 30.12.2020 y. PQ-4938-son.
30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonun bilan SKning 306-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilgan, ularga asosan 1 yanvardan boshlab:
Qayta baholash
Majburiy qayta baholashning bekor qilinishi tashkilotlar buхgalteriya hisobi maqsadlarida oʻz hisob siyosatlariga muvofiq AVni iхtiyoriy (tashabbusga koʻra) qayta baholashni oʻtkazishlari mumkin emasligi yoki oʻtkazmasliklari kerakligini anglatmaydi. 2021 yil 1 yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashni oʻtkazish yoki oʻtkazmaslikni - korхona rahbariyati 2021 yil uchun buхgalteriya hisobi maqsadlari uchun hisob siyosatiga muvofiq hal qiladi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 62 | 1,021 |
Qonunchilik | ISPANIYA QIROLLIGI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, ularning bajarilishi to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga har chorakda axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 85 | 1,111 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR ORGANLARINI MUSTAHKAMLASh TO‘G‘RISIDA | Aholining, xalq xo‘jaligi obyektlarining ishonchli yong‘in xavfsizligini, “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining temir yo‘l transportida tashiladigan mahsulotlari va boshqa qimmatli yuklarning saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining mahsulotlari va boshqa qimmatli yuklar ortilgan sostavlarni kuzatib borish bo‘yicha Asaka stansiyasida ichki ishlar liniya bo‘limini va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transport ichki ishlar boshqarmasi maxsus militsiya batalonini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq 226 nafardan iborat qo‘shimcha xodimlar ajratilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh, Qo‘ng‘irot, Andijon viloyatining Asaka va Xorazm viloyatining Xiva shaharlarida harbiylashtirilgan yong‘in muhofazasi bo‘limlari tashkil etilsin. 1997-yil 1-yanvardan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan shaharlarda, tegishli ravishda 182 nafar xodimdan iborat professional yong‘in muhofazasi bo‘linmalari tugatilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun 200 shtat birligi ajratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi mazkur qarordan kelib chiquvchi maqsadlar uchun qo‘shimcha xodimlar ajratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qo‘shimcha ajratilgan shtatlarni xodimlar bilan butlash yuzasidan zarur choralar ko‘rsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 75 | 1,746 |
Qonunchilik | 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son) bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 14-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. 15-ilovaning I bo‘limi mazkur o‘zgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. 40-ilova mazkur o‘zgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot (14-ilova)
Investitsiya va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot (15-ilovaning I bo‘limi)
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot (40-ilova) | 85 | 1,341 |
Qonunchilik | Toshkent shahrida yoshlar ta’lim-tarbiyasi va xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Toshkent shahrida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish orqali ta’lim-tarbiyasini yanada yaxshilash, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda mahalla fuqarolar yig‘inlari rolini oshirish, xotin-qizlar va oila muammosini izchil o‘rganish hamda ma’naviy dunyoqarashni sog‘lomlashtirishga doir tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi ma’qullansin.
Taklifga ko‘ra joriy yilda eksperiment tariqasida:
Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchilariga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablag‘lari hisobidan umumta’lim maktablarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,46 barobari miqdorida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,81 barobari miqdorida ustama ish haqi to‘lanishini belgilash;
Toshkent shahridagi yuqori natijalarga erishgan, samarali mehnat qilgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan bir lavozim maoshi miqdorida, lekin yiliga lavozim maoshining 5 barobaridan oshmaydigan miqdorda qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
“Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida tashkil etilgan Ayollar maslahat markazlari faoliyatining ijobiy natijalaridan kelib chiqib, Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Toshkent shahrining boshqa tumanlarida ham ushbu markazlarni tashkil etish va ularning faoliyatini ta’minlash.
2. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining o‘z vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarayotgan respublikadagi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarini, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yilda:
bir oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda mukofotlash;
bir oylik ish haqi fondining 50 foizi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining takliflariga binoan, raislarini esa — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi raisi takliflariga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi.
4. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi bilan birgalikda:
eksperiment o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarini yoshi 35 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli, ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlar orasidan belgilangan tartibda saylash bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring tashkil etib, yosh avlod qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhini singdirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Toshkent shahar hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi:
ikki hafta muddatda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining ish faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilashni va ular asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari umumiy sonining 75 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashlari qarorlari asosida qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin;
budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan mahalla fuqarolar yig‘inlarining faol va tashabbuskor raislari hamda boshqa xodimlariga mukofot va ustamalar belgilashning amaldagi mexanizmlaridan keng foydalansin.
6. Toshkent shahar hokimligi va Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi:
ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent shahar va tuman bo‘limlarini Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qo‘llab-quvvatlash;
markazning Toshkent shahar tuman bo‘limlarining xodimlarini bir oylik maoshi miqdorida qo‘shimcha rag‘batlantirish hamda samarali targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.
7. Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan jami 2,2 mlrd so‘m, shu jumladan:
“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limiga — Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun 1,0 mlrd so‘mgacha va Ayollar maslahat markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 700,0 mln so‘mgacha;
Ma’naviyat targ‘ibot markazi shahar bo‘limiga — shahar va tuman bo‘limlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 500,0 mln so‘mgacha mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Toshkent shahrida eksperiment tarzida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirish hisob-kitobi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
9. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Ma’naviyat targ‘ibot markazi 2016-yil 1-avgustgacha eksperiment natijalarini o‘rganib, tegishli xulosa va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin. | 221 | 6,656 |
Qonunchilik | 2009-yil 15-16-iyun kunlari Ekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi yakunlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. 2009-yil 15-16-iyun kunlari Ekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi yakunlari ma’lumot uchun qabul qilinsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mazkur sammitdagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qo‘mitalari:
ShHTga a’zo davlatlar tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish sohasida talabni o‘stirish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishga doir inqirozga qarshi mintaqaviy va milliy dasturlarni ro‘yobga chiqarishda faol ishtirok etsin;
Davlat rahbarlari kengashining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bayon qilingan tashabbuslar:
ShHT doirasidagi hamkorlikning iqtisodiy, eng avvalo investitsiyaviy tarkibini sifat jihatidan yaxshilash va kuchaytirish;
BMT shafeligida Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh davlatlarning muxtor vakillari, shuningdek Rossiya, AQSh va NATO vakillaridan iborat tarkibda, afg‘on muammosini hal etishdan manfaatdor bo‘lgan taraflarning o‘zaro samarali hamkorlik qilishini ta’minlaydigan muhim maslahat-diplomatik organ sifatida “6+3” muloqot guruhini tuzish;
2009-yil 21-martda kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona to‘g‘risidagi shartnomani amalda ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yanada rivojlantirish;
ShHTda O‘zbekiston Respublikasining raislik qilishi munosabati bilan hokimiyatning ijro etuvchi organlari ishiga har tomonlama ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda keng tushuntirilishini tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga ShHTning Ekaterinburgdagi sammiti yakunlarining mazmun-mohiyatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya qilinsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 2,223 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1911, 2009-yil 25-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestri to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 18-banddagi “tashkilotning asosiy muhri” degan so‘zlar “tashkilot rahbarining imzosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 201-bandning beshinchi xatboshisidan “va uning muhri bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 98 | 1,056 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining idoraviy mansubligidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona ko‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat bojxona qo‘mitasi), Maktabgacha ta’lim vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilgan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani “To‘pchoq” QFY, Jayraxona qishlog‘i hududida joylashgan 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotini (keyingi o‘rinlarda — maktabgacha ta’lim tashkiloti), istisno tariqasida, Davlat bojxona qo‘mitasining idoraviy mansubligida qoldirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimiga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Davlat bojxona ko‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan hamda maktabgacha ta’lim tashkilotini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish kvotasini tasdiqlash va unga o‘zgartirishlar kiritish maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududning ehtiyojidan kelib chiqib, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, pedashglari to‘g‘risidagi va ta’lim-tarbiya jarayoniga doir ma’lumotlar Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan kiritib boriladi.
3. Davlat bojxona qo‘mitasiga Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablaglari hisobidan:
maktabgacha ta’lim tashkilotining asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qo‘shimcha haq va to‘lovlardan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga lavozim maoshining besh baravarigacha oylik rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash va moliyalashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha jalb etilgan mutaxassis va yollanma ishchilarga shartnoma asosida haq to‘lash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek, moddiy-texnik ta’minlashni amalga oshirish huquqi berilsin.
4. Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Davlat bojxona qo‘mitasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotini kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin. | 162 | 3,843 |
Qonunchilik | Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326, 2012-yil 14-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
1. Muqaddimadagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bevosita ushbu tashkilotlar faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli davlat boshqaruvi organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. 3-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xo‘jaligi (Toshkent shahar hokimligidan tashqari);”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandda ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ularning o‘zlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.”.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi qarorlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.”.
5. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. 18-banddagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli” degan so‘zlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 185 | 3,717 |
Qonunchilik | 2018 yil avgustda nafaqa qanday hisoblanadi | 2018 yil 8 avgustdan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qilish boʻyicha oylik nafaqa amaldagi EKIHning 200%i miqdorida hisoblab chiqariladi (7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonga 1-ilovaning 1, 2-bandlari). Ushbu sanaga qadar u yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblab chiqarilar edi.
Avgust oyi uchun nafaqa miqdori qanday hisoblanadi? Avval nafaqani hisoblab chiqarishning eski va yangi tartibi amal qiladigan kalendar kunlari sonidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadigan EKIHni aniqlab olamiz:
– 1 avgustdan 7 avgustgacha – 172 240 / 31 х 7 = 38 892,9 soʻm;
– 8 avgustdan 31 avgustgacha – 184 300 / 31 х 24 = 142 683,87 soʻm;
– umuman oy uchun – 181 576, 77 soʻm.
Endi ushbu koʻrsatkichning ikki baravar miqdorini topish qoldi. Nafaqa miqdori quyidagicha boʻladi: 181 576,77 х 200 % = 363 153,54 soʻm.
E’tibor bering! Iyul oyida, EKIH miqdori oʻzgarganiga qaramay, nafaqa yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanadi, ya’ni:
172 240 х 200 % = 344 480 soʻm.
Sentyabr oyidan boshlab u amaldagi EKIHdan kelib chiqib hisoblanadi, ya’ni: 184 300 х 200 % = 368 600 soʻm.
Dina Selimova. | 43 | 1,137 |
Qonunchilik | «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazida soliqlarni oʻrganamiz | 28 oktyabr kuni Oʻzbekiston buхgalterlari federatsiyasining ta’lim dasturlari boʻyicha hamkori boʻlgan «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazida «Soliq solish» deb nomlangan oʻquv kursi boshlanadi.
Oʻqituvchi – Oksana Vyacheslavovna OGNEVChUK — CIPA хalqaro sertifikati, DipIFR (MHXS – ACCA boʻyicha diplom) diplomi sohibi, sertifikatlangan professional buхgalter, Buхgalterlar federatsiyasining «MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot», «Auditning хalqaro standartlari» va «Soliq solish» fanlari boʻyicha sertifikatlangan oʻqituvchisi, OʻBFning rais oʻrinbosari, «SGS TashkentLtd»ning moliyaviy direktori.
Kurs soliq solish sohasi boʻyicha bilim olish, malakalarini rivojlantirish hamda buхgalterlarning milliy va хalqaro sertifikatlash dasturlaridan oʻtish istagida boʻlgan amaliyotchi buхgalterlar va tashkilotlar rahbarlariga moʻljallangan.
Oʻquv kursining maqsadi – bu soliq sohasining barcha yoʻnalishlari boʻyicha bilim olish:
Shuningdek, tinglovchilar soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashni, aniq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda soliq qonunchiligi me’yorlaridan foydalanishni oʻrganishadi.
Oʻtkazilishi sanasi: 28.10 dan 16.12 gacha.
Oʻtkazilish vaqti: 9-00 dan 13-00 gacha
Oʻtkazilish kunlari: shanba, yakshanba.
Davomiyligi – 60 soat, 15 ta mashgʻulot.
Toʻlov: EKIHning 4 barobari (599 100soʻm).
Chegirmalar: OʻBF a’zolariga – 10%, talabalarga – 8% va hamkorlar mijozlariga – 7%.
Mashgʻulotlar quyidagi manzilda oʻtkaziladi: Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 88.
Ma’lumotlar uchun kecha-kunduz ishlovchi telefon – (+99871) 120 30 10, ye-mail:[email protected]
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimiz:
Diqqat! «Soliq solish» imtihoni natijasi CIPA dasturi boʻyicha «Soliqlar» imtihoni natijasi tariqasida hisobga olinadi. Batafsil quyidagi havolada: http://cipaprogram.org/news/68-press-reliz-federaciya-buhgalterov-uzbekistana.html
Ta’lim olish orqali professional rivojlanish! | 56 | 1,937 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 4-oktyabrdagi 386-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilingan holda unga o‘zgartirish kiritilsin:
“Xalq banki” 2002-yil 1-yanvargacha soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin va bo‘shaydigan mablag‘lar bank infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilsin”. | 200 | 623 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Q.Jo‘rayev, J.Shirinov va R.Hakimov tomonidan 2019-yil 14-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3.Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 176 | 787 |
Qonunchilik | Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (ro‘yxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “oxirgi uch” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. III bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kafolat summasi “90993 — Kafolat va kafilliklar” hisobvarag‘iga kirim qilinadi va kafolat summasi ushbu hisobvaraqda to‘liq qoplab berilgunga qadar saqlanadi. Bunda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning kredit liniyalari va qarzlarini jalb qilish bilan bog‘liq bank kafolatlari summasi mijozlar tomonidan grafikka asosan yoki muddatidan oldin qaytarilganda “90993 — Kafolat va kafilliklar” hisobvarag‘ining qoldig‘i mos ravishda kamaytirib boriladi.”. | 114 | 1,309 |
Qonunchilik | SOTIShDAN OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | SSJI Prezidentining “Sotishdan olinadigan soliqni joriy qilish to‘g‘risida” 1990-yil 29-dekabrdagi Farmonini va SSJI Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 31-yanvardagi 17-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. O‘zSSJ Moliya vazirligi jumhuriyat budjetidagi muassasalar va tashkilotlarning sotishdan olinadigan soliq joriy qilinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini qoplash tartibini belgilasin.
3. Savdo tashkilotlarining rahbarlari sotishdan olinadigan soliqning joriy qilinganligi haqida xaridorlarni xabardor qilishni ta’minlasinlar hamda chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini xaridorlar bilan hisob-kitoblarni yengillashtiruvchi kassa apparatlari, zarur texnika vositalari bilan jihozlash bo‘yicha konkret choralar ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston davlat banki sotishdan olinadigan soliqdan tushgan pullarni hisobga olishni tashkil qilish maqsadida jumhuriyat budjetining bajarilishi bo‘yicha davlat banki hisoboti belgisi bilan tegishli hisoblarni ochsin.
1. Quyidagilar sotishdan olinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadilar:
a) xo‘jalik hisobida turuvchi, mustaqil balansga ega hamda idoraviy tobeligidan va o‘zlariga asos bo‘lgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslar hisoblanuvchi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, kooperativlar, kichik korxonalar, kolxozlar va sovxozlar, bunga O‘zbekiston SSJ hududida tuzilgan, bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan, ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi sovet yuridik shaxslari va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar, shuningdek, ularning filiallari (bo‘limlari, boshqa alohida bo‘linmalari) kiradi;
b) xo‘jalik hisobida turmaydigan, ammo tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaradigan va sotadigan tashkilotlar, bunga budjetda turuvchi tashkilotlar ham kiradi;
v) O‘zbekiston SSJ hududida ish yurituvchi xalqaro birlashmalar va hukumatga aloqasiz xalqaro tashkilotlar (birlashmalar), xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy yuridik shaxslar, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaradigan va sotadigan, sovet korxonalari ishtirokida tuzilgan qo‘shma korxonalarning boshqa mamlakatlar hududidagi filiallari;
g) yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar.
Mazkur punktda ko‘rsatilgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar bundan keyin korxonalar deb ataladi.
2. Tayyorlov, don qabul qilish, ulgurji va ta’minot-sotish tashkilotlari o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar bo‘yicha sotishdan olinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadilar.
3. Chakana savdo korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar bo‘yicha sotishdan olinadigan soliqni, shuningdek, xaridorlarga sotilgan tovar narxi bilan soliq hamda olingan tovarlar bo‘yicha yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq o‘rtasidagi farqni to‘laydilar.
Umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana savdo shoxobchalariga realizatsiya qilganlarida sotishdan olinadigan soliqni to‘laydilar.
4. Gaz, neft mahsulotlari, elektr va issiqlik energiyasi tashuvchi (uzatuvchi) korxonalar sotishdan olinadigan soliqni to‘lashni xaridorlarga qo‘yilgan soliq summasi bilan mazkur mahsulotlar va energiya uchun yetkazib beruvchilarga ilgari to‘langan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida amalga oshiradilar.
5. Neftni sotishdan olinadigan soliq u belgilangan tartibda ajratilgan limitlar bo‘yicha neft oladigan neftni qayta ishlash korxonalariga va boshqa iste’molchilarga yetkazib berilgan taqdirda to‘lanadi.
6. Tovarlarni (shu jumladan, import tovarlarni) sotishdan, bajarilgan ishlar va pulli xizmatlardan (moliyaviy, bank va sug‘urta operatsiyalaridan tashqari) savdo solig‘i olinadi.
7. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblash uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilish amaldagi narx belgilashga muvofiq (xarid, ulgurji, smeta, chakana narxlar, shuningdek, tariflar va baholar, shartnomaviy va erkin narxlar, tariflar va baholar) belgilangan narxlar, tariflar va baholar bo‘yicha aniqlanadi.
Korxonalar mazkur narxlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishda ularning qiymatini sotishdan olinadigan soliq summasi miqdorida oshiradi, u hisob-kitob hujjatlarida alohida ko‘rsatiladi. Oborot solig‘i solinadigan tovarlar bo‘yicha realizatsiya qilish hajmi oborot solig‘i miqdorida kamaymaydi.
8. Sotishdan olinadigan soliq summasi miqdorida oshirilgan narxlar bo‘yicha tovarlarni oluvchi tayyorlov, don qabul qilish, ulgurji va ta’minot sotish tashkilotlari (neft mahsulotlari bilan ta’minlash sistemasidan tashqari) ularni shu narxlar bo‘yicha sotadilar.
9. Savdo korxonalari (bunga umumiy ovqatlanish korxonalari ham kiradi) tovarlarni yetkazib beruvchilarga hisobga olingan, shartnomaviy yoki erkin chakana narxlar bo‘yicha (tegishli chegirishlarni chiqarib tashlab) ularning qiymatini to‘laydilar. Ularga ko‘rsatilgan narxlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan sotishdan olingan soliq qo‘shiladi.
Chakana savdo shoxobchalarida aholiga tovarlarni sotish amaldagi narxlarga xarid qilingan buyum summasining 5 foizi miqdorida soliq solgan holda amalga oshiriladi.
Sotishdan olinadigan soliq summasining 0,5 tiyin va undan ortig‘i bir tiyingacha yaxlitlashtiriladi, 0,5 tiyingachasi esa chiqarib tashlanadi.
10. Xarid qilinadigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, komplektlovchi va boshqa buyumlar uchun sotishdan olinadigan soliq ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga kirmaydi.
Sotishdan olinadigan soliqni budjetga to‘lash xaridorlardan olingan soliq summasi bilan yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida amalga oshiriladi.
Sotishdan olinadigan soliq solinmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishda yetkazib beruvchilarga ilgari to‘langan soliq summasi sotish solig‘idan tushumlar hisobiga budjetdan qoplanadi.
To‘langan va olingan sotish solig‘i summasining hisobi alohida schyotda yuritiladi.
11. To‘lovchilar realizatsiya summasining 5 foizi miqdorida stavka bo‘yicha sotishdan olinadigan soliq to‘laydilar.
12. Sotishdan olinadigan soliq tushumlar summasining 90 foizi O‘zbekiston jumhuriyati budjetiga va 10 foizi ittifoq budjetiga o‘tkaziladi.
Sotishdan olinadigan soliqni jumhuriyat va mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlash tartibi jumhuriyat qonunlari bilan belgilanadi.
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun bankdagi hisob-kitob schyotiga mablag‘larning kelib tushishi, naqd pul bilan hisob-kitob qilishda esa pulning kassaga kelib tushishi sotish vaqti hisoblanadi.
Soliq organlari bilan kelishuv bo‘yicha sotish vaqtini belgilashning boshqacha tartibi qo‘llanilishi mumkin.
14. Sotishdan olinadigan soliq o‘tgan har bir o‘n kunlik uchun haqiqiy oborotdan kelib chiqqan holda quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
joriy oyning 13 kuni — birinchi o‘n kunlik uchun;
joriy oyning 23 kuni — ikkinchi o‘n kunlik uchun;
keyingi oyning 3 kuni — hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
15. Sotishdan olinadigan soliqni to‘lovchilar tegishli soliq organlariga SSJI Moliya vazirligi belgilaydigan forma bo‘yicha sotishdan olinadigan soliq to‘lash yuzasidan hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
16. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblashning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun mas’uliyat soliq to‘lovchilarga yuklatiladi.
17. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblashning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha soliq organlarining nazorati O‘zbekiston SSJning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Sotishdan olinadigan soliq quyidagilardan olinmaydi:
a) aholiga dori-darmonlarni va tibbiyot maqsadlaridagi buyumlarni, nogironlar va qariyalar uchun maxsus mo‘ljallangan tovarlarni sotishdan;
b) tovarlarni eksportga, maxsus mahsulotlarni, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni davlat fondiga sotishdan;
v) shahar yo‘lovchilar tashish transporti xizmatlari ko‘rsatishdan (taksidan tashqari), shaharlar atrofida dengiz, daryo, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari ko‘rsatishdan;
g) bolalarni, bemorlar va qariyalarni parvarish qilish bo‘yicha xizmatlardan, dafn etish byurolari, qabristonlar, krematoriylarning marosim xizmatlaridan;
d) teatr-tomosha, sport, madaniy ma’rifiy muassasalar va kino-teatrlar (kino-qurilmalar) o‘tkazadigan tadbirlarga biletlar sotishdan;
e) don va non-bulka mahsulotlarini sotish tushumlaridan;
j) umumiy foydalanishdagi yo‘llardan foydalanish va ularni remont qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi tushumlaridan;
z) aholiga vositachilik savdosi va kimoshdi savdosida tovarlar sotishdan.
19. Sotishdan olinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi haqidagi Nizomni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnoma O‘zSSJ Moliya vazirligi tomonidan nashr etiladi. | 97 | 8,895 |
Qonunchilik | Navoiy kon-metallurgiya kombinatining alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh ishchi va xizmatchilarini mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik halol mehnati, yuksak ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishgani, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlagani, shuningdek ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgani uchun mukofotlansin: | 123 | 210 |
Qonunchilik | Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyatning yomonlashish ehtimoli belgilarini o‘z vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan zarur tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan 2 ta ixtisoslashgan tibbiyot majmualari (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashgan tibbiyot majmualari) barpo etilganligi;
ixtisoslashgan tibbiyot majmualarining qurilishi tugatilgan binolarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida 2 ta shifoxona tashkil etilib, ularni boshqarish vaqtinchalik 1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalarini (keyingi o‘rinlarda — maxsus shifoxonalar) tashkil etish to‘g‘risida taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar:
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
4. Belgilansinki, maxsus shifoxonalar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
direktor va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida boshqa tibbiyot muassasalaridan tibbiyot xodimlari, yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilish huquqiga ega.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda:
maxsus shifoxonalarning ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda ularga xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarning maxsus shifoxonalar bilan qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarni (keyingi o‘rinlarda — vaqtinchalik shifoxonalar) quyidagi tartibda;
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;
“O‘zekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilonida tashkil etilgan 814 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Nazarbek” sog‘lomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani Milliy gvardiya va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga;
Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;
“O‘zekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilonida tashkil etilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxonani Toshkent shahar hokimligiga biriktirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda (statsionar davolash muassasalarida) davolanayotgan bemorlar sonidan va xodimlarning ishlash xususiyatidan kelib chiqib tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning me’yorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va boshqa xodimlar, shu jumladan harbiy xizmatchilarni joylashtirish choralarini ko‘rsinlar.
Vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan xodimlar (harbiy xizmatchilar) va boshqa shaxslarni joylashtirishda binolarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
7. Belgilansinki:
a) vaqtinchalik shifoxonalarning:
kadrlar va buxgalteriya xizmatlari tegishlicha vaqtinchalik shifoxonalar biriktirilgan tashkilotlar tomonidan;
binolarni saqlash, jumladan, issiqlik va suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr energiyasi, tabiiy gaz, obodonlashtirish, texnik ko‘maklashish xarajatlari tegishlicha binolarni balansda saqlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
b) vaqtinchalik shifoxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining gospitallari va boshqa budjet tashkilotlaridan biriktiriladigan mutaxassis va xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha pul ta’minoti (ish haqi) saqlab qolinadi;
v) maxsus shifoxonalar to‘liq foydalanishga topshirilgunga qadar belgilangan bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan muassasalarni saqlash bilan bog‘liq joriy xarajatlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
11. Vaqtinchalik shifoxonalarni joriy saqlash, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha vaqtinchalik shifoxonalar tashkil etilganda, mazkur qaror bilan belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi va ushbu qaror bilan o‘rnatilgan normativlar amal qiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda uch kun muddatda:
vaqtinchalik shifoxonalarni koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan (zarur hollarda, vaqtinchalik mehnat shartnomasi asosida), tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot buyumlari, sarflash vositalari, shaxsiy himoya, dezinfeksiya vositalari, PZR testlar, reagentlar va boshqalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalaridagi hamda markazlashgan xaridlar bo‘yicha olingan tovarlarni qayta taqsimlash orqali vaqtinchalik shifoxonalarning tezkor tayyorgarligini ta’minlasin, ularning butligini va maqsadli foydalanilishini hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyati to‘xtatilgandan keyin barcha texnologik jihozlar qaytarilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining pandemiya sharoitida maxsus shifoxonalar hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatini tezkor tashkil etish maqsadida:
zarur bo‘lgan dori vositalari, dezinfeksiya buyumlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar va sarflash materiallar, xo‘jalik va boshqa tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha, istisno tariqasida, tender (tanlov) o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish;
bemorlar va xodimlarni ovqatlantirish, kir yuvish, tashish, chiqindilarni chiqarish hamda utilizatsiya qilish va zarur hollarda laboratoriya va diagnostika xizmatlarini tashkil etishda autsorsing xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan, istisno tariqasida, tender (tanlov) o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki xafta muddatda:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan barcha turdagi ambulator va statsionar davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash muassasalarida ishlayotgan tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan maxsus qo‘shimcha to‘lovlarni takomillashtirish hamda anesteziolog-reanimatolog vrachlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Ambulator poliklinika muassasalari qoshida tashkil etilgan mobil brigadalar xodimlariga mexnat qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun nazarda tutilgan miqdorlarda haq to‘lanishi belgilansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalar, shu jumladan ixtisoslashgan tibbiyot majmuasi hamda vaqtinchalik shifoxonalardan sog‘ayib chiqqan bemorlarni hamda tibbiyot xodimlarini tashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmasi asosida kerakli miqdorda avtobuslar ajratilishini ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik va idoralarga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida muruvvat yordami tariqasida yuborilgan va yuk hujjatlari jo‘natuvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan tovar-moddiy boyliklar istisno tariqasida, bojxonadan chiqarilishi va taqsimlanishi bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagi maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan:
maxsus shifoxonalarni saqlash va boshqa xarajatlar uchun asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan vaqtinchalik shifoxonalar xarajatlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
20. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalarni perimetri bo‘ylab kecha-kunduz qo‘riqlashga;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonalarda ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga va jamoat tartibini saqlashga mas’ul hisoblanadi.
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbanov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin. | 125 | 12,608 |
Qonunchilik | ANDIJON VA NAMANGAN VILOYaTLARIDA QORADARYoNING SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONASINI VA SOHILBO‘YI POLOSASINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Qoradaryoning suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon va Namangan viloyatlari hududida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasi va sohilbo‘yi polosasining umumiy maydoni 1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijaraga oluvchilarga biriktirilgan tumanlar bo‘yicha tegishli ravishda 7540,7 ga va 1213,1 ga etib tasdiqlansin.
2. Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari:
Qoradaryoning sohilbo‘yi polosasidagi 1165,5 ga maydondagi yerlarni o‘rmon melioratsiyasi va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida, 2-ilovaga* muvofiq suv xo‘jaligi obyektlari egallab turgan yerlardan tashqari, belgilangan tartibda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilardan olsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlariga doimiy egalik qilish uchun bersinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda, ekologiya jihatidan potensial xavfli obyektlarni 2006-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan, suv xo‘jaligidan tashqari barcha obyektlarni sohil bo‘yi polosasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini daraxtzorlar barpo etish uchun ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin. | 125 | 1,943 |
Qonunchilik | Jizzaхda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internati ochiladi | 2017 yil 23 iyunda Vazirlar Mahkamasining “Jizzaх shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 418-son Qarori qabul qilindi.
Belgilanishicha, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-teхnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Tegishli davlat organlariga Jizzaх shahrida yangidan qurilayotgan 540 oʻrinli Jizzaх viloyati хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosini maktab-internatga berish, uni 150 oʻrinli oʻquv binosi, 100 oʻrinli yotoqхona va 75 oʻrinli oshхonaga moslashtirish, shuningdek maktab-internatni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari, oʻquv-metodik majmualar, metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xalq ta’limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psiхologik-pedagogik diagnostika oʻtkazadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 3 iyulda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 68 | 1,757 |
Qonunchilik | Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyaga qo‘shilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyaga qo‘shilinsin. | 100 | 222 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon tashkilotlar deb yuritiladi) qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar — tashkilotlar tomonidan olingan qarz mablag‘lari bilan bog‘liq foiz ko‘rinishidagi va boshqa xarajatlar;
kvalifikatsiyalangan aktiv — belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotish uchun muayyan davr ichida tayyorlanadigan aktiv.
2. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish Standart asosida amalga oshiriladi.
3. Standart xususiy kapitalga qilingan haqiqiy yoki vaqtinchalik xarajatlarga qo‘llanilmaydi.
4. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar;
b) budjet ssudalari va boshqa qarzlar bilan bog‘liq foiz va penya hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlarni hisobdan chiqarish;
v) O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (6-sonli BHS) “Ijara”ga (ro‘yxat raqami 3142, 2019-yil 4-mart) muvofiq moliyaviy ijara bilan bog‘liq to‘lovlar;
g) xorijiy valyutada jalb qilingan qarzlar bo‘yicha yuzaga keladigan xorijiy valyuta kurslari o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘liq to‘lovlar.
5. Aniq bir vaziyatlarga bog‘liq ravishda, belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish holatigacha keltirilishi muayyan vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktivlar bo‘lib hisoblanishi mumkin (masalan, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, nomoddiy aktivlar va boshqalar).
Sotish yoki sotib olish vaqtida belgilangan maqsadda foydalanish uchun tayyor bo‘lgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktivlar hisoblanmaydi.
6. Yer uchastkasi kvalifikatsiyalangan aktivga kirmaydi. Yer uchastkasida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni yer maydoni qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar yer maydonidan foydalanish yoki sotishdan olinadigan daromadlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
7. Sotib olingan yer maydonining bino va inshootlari quriladigan qismida yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar yer maydoni qiymatiga emas, balki quriladigan bino va inshootlarning qiymatiga qo‘shiladi.
8. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi.
9. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo‘li orqali kapitalizatsiya qilinadi.
10. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qo‘shish yo‘li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa.
11. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlarga agar tegishli aktiv uchun xarajatlar amalga oshirilmagan taqdirda, vujudga kelmasligi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar kiradi.
Aniq bir kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun tashkilot mablag‘larni aynan shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (o‘rnatilishi) mumkin.
12. Muayyan davrda kapitalizatsiya qilishga yo‘naltirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlardan ushbu mablag‘lar bo‘yicha olingan barcha investitsiyaviy daromadlarni (ushbu mablag‘larning vaqtinchalik investitsiya qilinishidan) chegirish orqali aniqlanadi.
13. Umumiy maqsadlarda jalb qilingan va kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun foydalanilgan qarz mablag‘lari doirasida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu aktiv uchun amalga oshirilgan xarajatlarga nisbatan kapitalizatsiya stavkasini qo‘llash orqali aniqlanadi.
14. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib hisoblanadi.
15. Muayyan davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.
16. Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki yakuniy tannarxi uning joriy qiymatidan yoki sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki to‘liq hisobdan chiqariladi. Bunda, ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.
17. Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktiv tannarxining bir qismi sifatida qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni quyidagi shartlar bajarilgan sanadan e’tiboran kapitalizatsiyalashtirishi lozim:
aktiv bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish;
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish;
aktivni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yoki sotishga tayyorlash bo‘yicha faoliyatning boshlanishi.
18. Kvalifikatsiyalangan aktivlarga qilinadigan xarajatlar pullik to‘lovlarda, boshqa aktivlarni o‘tkazishda yoki foiz majburiyatlarini qabul qilishda yuzaga keladigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
19. Ilgari kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olgan davr davomidagi aktivning o‘rtacha balans qiymati ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi qo‘llaniladigan xarajatlarning asoslangan qiymatiga teng bo‘ladi.
20. Aktivni belgilangan maqsadlarda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan faoliyat aktivning yaratishini o‘z ichiga oladi. Aktivni yaratishni boshlashdan oldin amalga oshiriladigan texnik va ma’muriy ishlar ham kiradi (masalan, qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan ruxsatni olish bilan bog‘liq faoliyat). Bunday faoliyatga aktivga egalik qilish taalluqli emas, agarda bunda uning holatini o‘zgartiruvchi ishlab chiqarish yoki modifikatsiya bo‘lmasa (masalan, qurilish uchun yerni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan davrda qarzlar bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar ushbu ishlarni amalga oshirish davri davomida kapitalizatsiya qilinadi).
Kelgusida qurilish uchun sotib olingan yer, unda hech qanday tayyorlash ishlari olib borilmasdan egalik qilib turilgan davrdagi qarzlar bo‘yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilinmaydi.
21. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirish aktivni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddatga uzilish bo‘lgan davrda to‘xtatiladi va u xarajatlar sifatida tan olinadi.
22. Tashkilotlar tomonidan belgilangan maqsadda ishlatish yoki sotishga mo‘ljallangan aktivni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddatga uzilish bo‘lgan davrda ham xarajatlar amalga oshirilishi mumkin (masalan, qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallanmagan qurilishlarni saqlash xarajatlari). Tashkilotlar tomonidan sezilarli texnik va ma’muriy xarajatlar amalga oshirilganda qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalash to‘xtatilmaydi.
23. Vaqtinchalik to‘xtatib turish aktivni belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash jarayonining bir qismi bo‘lib hisoblanganda ham qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish to‘xtatilmaydi (masalan, zaxiralarni yetarli darajada yig‘ish davrida yoki suvning yuqori darajada bo‘lishi ko‘prik qurilishini kechiktirganda, agar ushbu geografik hudud uchun qurishni belgilangan davri davomida suvning bunday yuqori darajada bo‘lishi odatiy hol bo‘lsa, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilish davom ettiriladi).
24. Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktivni belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki sotishga tayyorlash uchun muhim ishlarning barchasi yakunlangandan so‘ng qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashni tugatadi.
25. Kunlik ma’muriy ishlar davom etayotgan bo‘lib, aktivni yaratish tugatilgan bo‘lsa, obyekt belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyor deb hisoblanadi.
26. Agarda kvalifikatsiyalangan aktivni qurish qismlar bo‘yicha tugatilganda va har bir qismni qurilish davomida ishlatish mumkin bo‘lsa, tashkilotlar aktivning ushbu qismini belgilangan maqsadda ishlatishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni tugatganda, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni tugatishi shart (masalan, har biri alohida ishlatishga yaroqli bo‘lgan bir necha binolardan iborat bo‘lgan biznes-markaz kvalifikatsiyalangan aktiv hisoblanadi va undagi har bir qism boshqa qismlarni qurish hali davom etayotgan paytda ishlatilishi mumkin bo‘ladi).
Tashkiliy qismlaridan har biri alohida ishlatilishi mumkin bo‘lishidan oldin to‘liq tugatilishi lozim bo‘lgan kvalifikatsiyalangan aktivga shifoxona binosi misol bo‘ladi, ya’ni shifoxona binosining operatsion bo‘limi qurilish to‘liq tugatilgunga qadar ishlatib bo‘lmaydi.
27. Tashkilotlar moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi zarur:
a) muayyan davrda moliyalashtirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar;
b) moliyalashtiriladigan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarning hajmini aniqlash uchun foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasi. | 134 | 10,489 |
Qonunchilik | Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarini hamda maxsus moslamalardan foydalanishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Nizom 14-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilari, 18-bandining to‘rtinchi xatboshi 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yo‘l-patrul xizmati xodimi — yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini nazorat qilish, boshqarish va tartibga solish vakolati berilgan ichki ishlar organi xodimi;
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
maxsus moslamalar — maxsus avtomatlashtirilgan audio, foto va video qayd etish texnika vositalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, planshet hamda transport vositalari oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi (taumetr) maxsus texnik vositalar;
maxsus tadbirlar — yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l transport hodisalari hamda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga doir, kompleks vazifalarni bajarishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma (bo‘lim, bo‘linma)larining rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yoki o‘zaro kelishilgan reja asosida yo‘l-patrul xizmati (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) xodimlari, shuningdek, davlat boshqa organlarining vakillari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan harakatlar majmui;
ta’qib qilish — jinoyat sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar bo‘lgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining orqasidan quvish;
kuzatish — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘lgan o‘z harakatlari bilan boshqa harakat qatnashchilari hayoti (sog‘lig‘i)ga xavf solayotgan transport vositasi haydovchisi YPX xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda to‘xtatish maqsadida orqasidan borish.
3. Mazkur Nizom talablari harbiy avtomobil inspeksiyasi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
4. YPX xodimlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari qonuniylik, odillik, oshkoralik, tenglik, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.
6. YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:
haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;
transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish jarayonida;
transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);
maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;
transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun (maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno).
YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi taqiqlanadi.
7. YPX xodimlarining ishoralari yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozim.
8. YPX xodimi tomonidan transport vositasi haydovchining hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatilganda, transport vositasi hujjatlarini tekshirish jarayonida aniqlangan barcha qoida buzilishlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi.
10. Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish beriladi.
11. Yo‘l harakati qatnashchisi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati (keyingi o‘rinlarda MADX deb ataladi) — axborot-dispetcherlik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda ADX deb ataladi) telefon qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilish orqali ma’lumot olishi mumkin. Bunda YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisining talabiga ko‘ra, MADX — ADXning telefon raqami haqida ma’lumot beradi.
Yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi, transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi, transport vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot beriladi. Maxsus tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek, maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.
Yo‘l harakati qatnashchisi uni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.
12. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra transport vositasini to‘xtatish, undan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek, tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish;
haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi ko‘zdan kechirish;
yo‘l harakati qatnashchilarining hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish;
yo‘l transport hodisasi va boshqa huquqbuzarlik sodir etilganligining guvohi bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilarini aniqlash;
tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalarga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);
transport vositasining dvigatel va agregat qismlarining raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan haydovchining bevosita ishtirokida solishtirish (haydovchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish;
jinoyat sodir etganligi uchun ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlab turish;
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni, transport vositasida huquqbuzarlik sodir etib hodisa joyidan yashiringan, YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (keyingi o‘rinlarda — MJTK) 291-moddasi birinchi qismining “a” bandiga ko‘ra transport vositasining haydovchisi ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shu bilan birga, qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa holatlarda transport vositalarini ushlab turish;
alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda (keyingi o‘rinlarda – mast holda deb ataladi) bo‘lgan, transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlari bo‘lmagan, ruhiy holati yoki sog‘lig‘i transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan, nosoz transport vositasini boshqarayotgan shaxslarni, shuningdek, MJtK 291-moddasi birinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan holatlarda transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini olib qo‘yish, transport vositasini saqlab turadigan maxsus ajratilgan joyga qo‘yish uchun olib borilishini ta’minlash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash.
YPX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Quyidagi hollarda YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:
transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;
haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;
haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).
Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.
14. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:
xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish;
vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;
yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda (bunda YPX xodimi tomonidan xizmat guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi) ko‘rsatish;
yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilish va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;
yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish;
haydovchini mast holda deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazish, haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan taqdirda MJtKning 136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish;
belgilangan tartibda berilgan ko‘rsatmaga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini cheklash yoki taqiqlash;
qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish;
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joy holatini o‘zgartirish, dalillar yo‘qotilishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish maqsadida hodisa joyini o‘rab olish choralarini ko‘rish;
huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog‘lig‘i) xavf ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda yo‘l transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
o‘ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan transport vositasi, ko‘krak nishon belgisi, aloqa vositasi va maxsus moslamalarni yaroqli holatda saqlashi, ulardan faqat xizmat faoliyatida maqsadli foydalanish;
ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanmaslik;
qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish;
jismoniy kuch ishlatilgani va maxsus vositalar qo‘llangani natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga, ularning, shu jumladan yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek, o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar to‘g‘risida o‘zining bevosita boshlig‘i hamda nazorat qiluvchi prokurorga darhol xabar berish;
yo‘l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirish.
YPX xodimi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
15. YPX xodimining mobil videokameradan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
16. YPX xodimi tomonidan yo‘l harakati qatnashchisini asossiz to‘xtatib turish taqiqlanadi.
17. YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan qoidalar buzilishini rasmiylashtirish jarayonida holatga daxldor bo‘lmagan hamda qonunchilikda belgilangan vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga qoidalar buzilishini rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish berishga majbur emas.
18. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:
YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno);
mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
e’tirozlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi)ga murojaat etib, o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi to‘g‘risidagi dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;
o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagilarga majbur:
YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarish;
transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etish, bunda haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini taqdim qilish talab etilmaydi;
YPX xodimiga sovg‘a, moddiy qimmatliklar taklif qilmaslik yoki boshqa shaklda manfaatdor etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmaslik (qonunchilikda sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikning alohida tartibi belgilangan shaxslar bundan mustasno);
yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga xalaqit bermasligi shart.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
20. YPX xodimi qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida shaxsiy adovati tufayli shaxsning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishga harakat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sodir etilgan huquqbuzarlikni yengillashtirish hisobiga boshqa huquqbuzarlikni rasmiylashtirish taqiqlanadi.
21. Yo‘l-harakati qatnashchisi MJtK 138-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi faktiga e’tiroz bildirmagan, unga solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmagan, jarima o‘sha joyning o‘zida to‘langan, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida huquqbuzarga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
22. Basharti, yo‘l harakati qatnashchisi o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa yoki belgilangan jarimani joyida to‘lay olmasa, u holda MJtKning 279-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
23. MJtK 138-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma piyodaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida rasmiylashtiriladi. Agar uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, yaqin oradagi ichki ishlar organlari yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib borib, shaxsiga aniqlik kiritiladi.
24. Ma’muriy javobgarlikka tortish uchun alohida tartib belgilangan shaxslar tomonidan maxsus moslamalar orqali qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularning javobgarlik masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Yo‘l harakati qatnashchilarining qoidalarga rioya etishini nazorat qilish maqsadida maxsus moslamalardan foydalaniladi.
26. YPX xodimlari tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatini nazorat qilishda foydalaniladigan maxsus moslamalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
27. Qoidalar buzilishining oldini olish uchun YPX xodimi patrul avtomobili, maxsus moslamalarni imitatsiya qiluvchi qurilmalar (maketlar, manekenlar) yordamidan foydalanishi mumkin.
28. Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
29. Transport vositasining haydovchisi maxsus moslama qayd etgan ko‘rsatkichdan norozi bo‘lgan taqdirda, holat tegishli ravishda xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.
30. Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
31. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim.
32. YPX xodimlarining patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishi va xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning (jismoniy yoki yuridik) transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatni o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
33. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashning avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) boshqaruv tizimi (keyingi o‘rinlarda — ABT deb ataladi) tarkibidagi yo‘l harakatini nazorat qilish hamda video kuzatish texnik vositalarining joylashuvi va ish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiya bilan belgilanadi.
34. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi.
35. Dislokatsiyaga asosan tezlikni o‘lchash vositasi bilan xizmatga jalb etilgan YPX xodimi hududiy yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari mas’ul xodimidan tezlikni o‘lchash vositasini (mobil komplekslar bundan mustasno) va unga tegishli sertifikatni (yoki uning nusxasini) qabul qilib oladi va uning butligi, sozligi, belgilangan tartibda ishlatilishiga mas’ul hisoblanadi.
36. YPX xodimi dislokatsiyaga asosan biriktirilgan hududga yetib borib, xizmatni boshlashidan oldin tezlik o‘lchash moslamasini foydalanish uchun tayyorlaydi, moslama xotirasiga uning o‘rnatilgan joyi, harakat yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib, xizmatga kirishadi.
361. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
362. Tekshiruv oldidan YPX xodimi haydovchini maxsus moslama (alkotester)ning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, uning talabiga asosan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
363. Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, YPX xodimi tomonidan kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan mustasno. Kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshirilgan tekshiruv jarayoni aks etgan videotasvir ish materiallariga ilova qilinishi lozim.
364. Tekshiruv jarayonida YPX xodimi sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’i rioya etishi lozim.
365. Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi miqdorini aniqlash orqali o‘tkaziladi.
366. Transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda, YPX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi holati yuzasidan MJTKning 131-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
367. Transport vositasi haydovchisi maxsus moslama (alkotester) yordamida tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda alkotester orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan hollarda, YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi.
368. Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, YPX xodimi unga nisbatan MJTKning 136-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
369. Transport vositalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalari belgilangan me’yorlarga javob berishiga aniqlik kiritish uchun transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi moslama (taumetr)dan foydalaniladi.
3610. Transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini aniqlash RShX xodimi tomonidan maxsus moslama (taumetr) yordamida qoidabuzarlik sodir bo‘lgan joyning o‘zida amalga oshiriladi.
3611. Tekshiruv oldidan YPX xodimi transport vositasi haydovchisini maxsus moslama (taumetr)ning ishlash tartibi bilan tanishtiradi va uning talabi asosida moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
3612. Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi tekshirilayotgan transport vositasining oynasi belgilangan standartlarga mos, toza va quruq bo‘lishi lozim.
3613. Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lmagan avtotransport vositasi haydovchisiga nisbatan MJTKning 126-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
37. MJtKning 3091-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmasdan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. Bunda huquqbuzarlikni takroriyligi inobatga olinmaydi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
38. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda, yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi javobgar bo‘ladi.
39. Transport vositasi boshqa shaxslarning noqonuniy harakatlari (olib qochishi, o‘g‘irlashi) natijasida transport vositasi egasi (mulkdori)ning foydalanishida bo‘lmagan hollarda, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilib, bunday hujjatlar alohida yig‘ma jildga tikib boriladi hamda ushbu holat aniqlangan zahoti transport vositasini ushlash bo‘yicha MADXga axborot beradi. MADX tomonidan ushbu holat yuzasidan hududiy ichki ishlar organlariga darhol xabarnoma yuboriladi.
40. Transport vositasi ushlangan taqdirda, belgilangan shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositasi maxsus ajratilgan saqlash joyida ushlab turiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini maxsus ajratilgan saqlash joyida saqlashga mas’ul bo‘lgan shaxsda, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.
Transport vositasining maxsus ajratilgan saqlash joyiga olib borilishi, ushlab turilishi hamda ushlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
41. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshiradi. Yo‘llarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.
YPX xodimining maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
42. YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Yo‘l transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida ham ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda mazkur holatlar yuzasidan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.
YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
43. Patrul avtomobilida (mototsiklida), shuningdek, boshqa transport vositalarida yo‘l harakati ustidan nazorat olib borish jarayonida haydovchi tomonidan qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, mazkur transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslamasi, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalaniladi.
Transport vositasini avtomobil yo‘llarining ko‘rish cheklangan qismlari, burilishdan oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti o‘tish joylari oldida, temir yo‘l kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda to‘xtatish taqiqlanadi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno.
44. YPX xodimi maxsus chiroq-mayoqchasi yoqilgan yoxud tovushli signallar berib harakatlanayotgan YPX patrul avtomobillari kuzatuvida bo‘lgan jamlanmani post yoki patrullik qilish yo‘nalishi hududidan xavfsiz va to‘siqsiz o‘tib ketishi choralarini ko‘rishi zarur.
45. Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, tovushli signallar berib harakatlanayotgan transport vositalari ularning o‘g‘irlanganligi, olib qochilganligi yoki mast holda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarayotganligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hollardagina to‘xtatilishi mumkin.
Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha, shuningdek, ushbu transport vositasi mast holda bo‘lgan haydovchi tomonidan boshqarilgan holat qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.
46. YPX xodimi quyidagi hollarda huquqbuzarni yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda IIB deb ataladi) yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga olib borishi mumkin:
haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani sodir etilgan joyda tuzish imkoni bo‘lmasa;
transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash qoidalari buzilgan taqdirda, huquqbuzarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqida zarur ma’lumotlar berish mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa.
47. Huquqbuzar IIBga olib borilganda, YPX xodimi uning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radi. Huquqbuzarning shaxsi aniqlanganda, unga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Huquqbuzar shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ikki nusxada bildirgi tayyorlab, bildirgining bir nusxasini IIB navbatchisiga, ikkinchi nusxasi esa IIB navbatchisi tomonidan tegishli belgi qo‘yilganidan so‘ng YPX xodimiga topshiriladi.
48. O‘zining shaxsiy xavfsizligi va harakat qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash uchun ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi lozim:
patrul avtomobilida maxsus chiroq-mayoqcha va tovushli signallar muntazam yoqilgan holatda bo‘lishi;
aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda harakat tezligini tanlashi;
saf bo‘lim (bo‘linma) yoki IIB navbatchisiga o‘zining ketayotgan joyi, qayerdaligi va harakatning yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lum qilib turishi;
yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini hushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari bo‘yicha xabardor qilib borishi;
ta’qib qilish va kuzatish jarayonida transport vositasining harakatlanishini cheklash choralarini ko‘rishi.
YPX xodimi ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etmasligi lozim.
49. YPX xodimi yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari harakatiga xavf tug‘diradigan katta hajmli va xavfli yuklarni tashish qoidalari buzilganligini aniqlaganda, saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘idan yoki navbatchidan tegishli ko‘rsatma olgunga qadar, ushbu transport vositasini yo‘lning qatnov qismidan chetlashtirish choralarini ko‘rishi lozim.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. | 177 | 38,286 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini tashkil etish holatini o‘rganish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish lozim.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, tegishli xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi va Oliy sudning respublika hududlarida huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini reyting asosida baholovchi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini (keyingi o‘rinlarda — Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Bunda, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:
qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi;
huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;
mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
hokimiyat institutlarining shaffofligi.
2. Quyidagilar:
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aks ettiruvchi indikatorlar 1-ilovaga muvofiq;
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Tizimga tegishli statistik ma’lumotlar har yili 1-fevralga qadar kiritib boriladi;
b) Adliya vazirligi tomonidan:
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda tegishli mezonlar bo‘yicha vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Tizim orqali aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida huquq ustuvorligi ta’minlanganlik holatiga oid ijtimoiy so‘rovlar har yili 1-martga qadar o‘tkaziladi;
Tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi har yili 1-mayga qadar tuziladi;
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga har yili 15-mayga qadar kiritib boriladi hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi ta’minlanadi;
v) Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi, Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida har yili 15-iyunga qadar muhokama qilib boriladi.
Adliya vazirligiga Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash doirasida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish uchun autsorsing asosida boshqa tashkilotlarning xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish huquqi berilsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Adliya vazirligi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Tizim operatori vazifasini bajaradi;
Adliya vazirligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Hududlarning huquq ustuvorligi indeksida past natijalarga ega bo‘lgan subyektlarni aniqlaydi, tegishli indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Tizimni ishlab chiqish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash hamda uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalari va xalqaro tashkilotlarning grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) Oliy sud (K.F. Kamilov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N.H. Rahimova) hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash bo‘yicha aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida Tizim orqali o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish dasturi va baholash mezonlarini hisoblash metodologiyasi tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) 2021-yil 1-mayga qadar Tizimning ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin;
v) mas’ul idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar 2020-yil uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash ishlarini yakunlasin va natijalarini e’lon qilsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash jarayonidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritib borsin.
6. Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) hamda boshqa mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari:
Tizimga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishiga, shuningdek statistik ma’lumotlarning haqqoniyligiga;
Adliya vazirligining murojaatiga asosan so‘rovlarda ishtirok etuvchi potensial respondentlarni jalb qilish hamda tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishida amaliy yordam ko‘rsatishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) hamda boshqa mas’ul idora va tashkilotlar ikki oy muddatda o‘zlarining idoraviy statistik hisobotlarining tizimga kiritiladigan statistik ma’lumotlar bilan moslashtirilishini va yangilangan hisobot shakllarining 2020-yil yakunlari bo‘yicha ham shakllantirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-son qarori ilovasining 5-pozitsiyasi “Mas’ul tadqiqot institutlari” ustunidagi “Toshkent davlat yuridik universiteti” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin.
1. Hududlarda qonun hujjatlariga rioya qilinishi.
1.1. Qonun va qonunosti hujjatlarning hududlarda ijro etilishi ahvoli.
1.2. Ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi holati.
1.3. Mulk huquqi daxlsizligining ta’minlanganligi.
2. Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi.
2.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qiynoqlar va asossiz ushlab turish holatlari.
2.2. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqlarini amalga oshirishda to‘siqlarning mavjud emasligi.
2.3. Fikr va so‘z erkinligidan foydalangan fuqarolar va jurnalistlarga nisbatan bosim o‘tkazish holatlari.
2.4. Shaxsiy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashish holatlari.
2.5. Fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanganligi.
2.6. Asosiy mehnat huquqlarining (ish haqi, ish vaqti, majburiy mehnat va boshqalar) ta’minlanganligi.
3. Odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi.
3.1. Aholining sudlar orqali o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatidan foydalanishi.
3.2. Aholining sud qarorlari xolisligidan qanoatlanishi.
3.3. Aholining sud organlarida korrupsiya alomatlari mavjudligi haqidagi tasavvurlari.
3.4. Sudlarning davlat organlari ta’siridan xoliligi.
3.5. Sudlar tomonidan protsessual muddatlarga rioya qilinishi.
3.6. Sud qarorlarining lozim darajada ijro etilishi.
4. Huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi.
4.1. Hududlarda jinoyatchilik darajasi.
4.2. Hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligi.
4.3. Hududdagi jinoyatlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rilishi.
4.4. Fuqarolarning adolatni “shaxsan” qaror toptirishga moyilligi.
5. Mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi.
5.1. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokimliklar faoliyatining nazorat qilinishi.
5.2. Mahalliy ijro organlari qarorlari bilan bog‘liq nizolarning ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilishi.
5.3. Mahalliy ijro organlari mas’ullarining sodir etgan huquqbuzarliklari uchun javobgarligi ta’minlanishi.
5.4. Mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi.
6.1. Ijro organlari mansabdor shaxslari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining mavjudligi.
6.2. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining mavjudligi.
6.3. Ijtimoiy sohada korrupsiyaning tarqalganlik darajasi.
6.4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaning tarqalganlik darajasi.
6.5. Qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynigarchilik va mahalliychilik unsurlarining namoyon bo‘lish holatlari.
7. Hokimiyat institutlarining shaffofligi.
7.1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqligi.
7.2. Mahalliy ijro organlari tomonidan fuqarolarning axborot olish huquqi ta’minlanganligi.
7.3. Fuqarolarning mahalliy darajadagi qarorlarni qabul qilish jarayonidagi ishtiroki.
7.4. Mansabdor shaxslar xatti-harakatlari ustidan shikoyat berish mexanizmlaridan samarali foydalanilishi.
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini reyting asosida baholash natijasida Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
indikatorlar — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aks ettiruvchi asosiy ustuvor ko‘rsatkichlar;
subindikatorlar — indikatorlar bo‘yicha baholarni shakllantirishda foydalaniladigan aniq sohalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
baholash mezonlari — subindikatorlarni baholashda inobatga olinadigan ijtimoiy munosabatlar sohalari bo‘yicha respondentlarning baholari va ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar;
respondent — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aniqlashda o‘tkaziladigan so‘rovda ishtirok etish uchun tanlab olingan shaxs;
respondent-aholi — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aniqlashda o‘tkaziladigan so‘rovda ishtirok etish uchun aholi orasidan tanlab olingan jismoniy shaxs;
respondent-ekspert — huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini aniqlashda o‘tkaziladigan so‘rovda ishtirok etish uchun tegishli sohada faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislar orasidan tanlab olingan jismoniy shaxs.
3. Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash va uning natijalaridan foydalanish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qonuniylik, oshkoralik, shaffoflik, xolislik, adolatlilik va tenglik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
4. Indikatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar) bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
5. Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda quyidagi 7 ta indikatorlar baholanadi:
qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi ;
huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;
mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
hokimiyat institutlarining shaffofligi.
6. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq so‘rovlar natijalari hamda statistik ma’lumotlar baholash mezonlari va huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatiga oid ma’lumotlarni shakllantirish manbalari hisoblanadi.
7. So‘rovlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan, shuningdek autsorsing asosida jalb qilingan tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi.
8. So‘rovlar respondent-aholi va respondent-ekspert o‘rtasida o‘tkaziladi.
9. So‘rovlar o‘tgan hisobot yili uchun joriy yil 1-martga qadar “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) o‘tkaziladi va uning ma’lumotlari avtomatik tarzda umumlashtiriladi.
10. So‘rovda javoblar uchun beriladigan ball savolnomada nazarda tutilgan har bir savoldagi javob variantlarining soniga mutanosib ravishda 0 balldan 100 ballgacha bo‘lgan oraliqda belgilanadi.
11. So‘rov asosida shakllantiriladigan baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda:
Mq — baholash mezoni uchun berilgan o‘rtacha ball;
Qj — birinchi savol bo‘yicha berilgan jami ballar yig‘indisi;
Rj — birinchi savolga javob bergan jami respondentlar soni;
Qjn — har bir savol bo‘yicha jami ballar yig‘indisi;
Rjn — har bir savolga javob bergan jami respondentlar soni;
Sn — so‘rovda berilgan jami savollar soni.
12. Mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mas’ul idora va tashkilotlar o‘tgan hisobot yili uchun tegishli statistik ma’lumotlarni Tizimga joriy yil 1-fevralga qadar kiritib borishi va ma’lumotlar ularning birinchi rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi shart.
13. Ushbu Nizomga 2-ilova 1.1, 1.2, 1.3, 2.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 2.2-bandining 2.2.1.b, 2.2.3.b, 2.2.4.b, 2.2.5.b-baholash mezonlari, 2.3, 2.4, 2.6, 3.2-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 3.3-bandining 3.3.2.a, 3.3.2.b, 3.3.2.v, 3.3.2.g, 3.3.3.b-baholash mezonlari, 3.4, 3.5, 3.6, 4.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 4.3-bandining 4.3.1.b, 4.3.2.a, 4.3.2.b-baholash mezonlari, 4.4-bandining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 5.1-bandining 5.1.1.a-baholash mezoni, 5.2, 5.3, 6.1, 6.2, 6.3, 6.4, 6.5, 7.2-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 7.3-bandining 7.3.1.b-baholash mezoni, 7.4-bandining 7.4.1.a, 7.4.2.b-baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda:
Ms — salbiy mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmin — salbiy mezonlar uchun belgilangan eng minimal ko‘rsatkich “nol”*;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng yuqori son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi.
14. Ushbu Nizomga 2-ilova 2.2-bandining 2.2.2.b-baholash mezoni, 2.5, 3.1-bandlarining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 3.3-bandining 3.3.3.a-baholash mezoni, 4.2-bandining statistik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezonlari, 4.3-bandining 4.3.1.v, 4.3.2.v-baholash mezonlari, 5.1-bandining 5.1.2.a-baholash mezoni, 5.4-bandining 5.4.1.b, 5.4.2.a, 5.4.2.b, 5.4.2.v, 5.4.2.g, 5.4.2.d, 5.4.2.e, 5.4.2.yo-baholash mezonlari, 7.1-bandining 7.1.2.b, 7.1.3.b-baholash mezonlari, 7.3-bandning 7.3.2.b, 7.3.3.b-baholash mezonlari, 7.4-bandining 7.4.3.a-baholash mezoni quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda:
Mi — ijobiy mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmin — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng past son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi**;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha barcha hududlar orasida eng yuqori son miqdoriga ega bo‘lgan hududning ko‘rsatkichi***.
15. Ushbu Nizomga 2-ilova 5.1-bandining 5.1.3.a-baholash mezoni, 5.4-bandining 5.4.2.j-baholash mezoni, 7.1-bandining 7.1.1.b, 7.1.4.b-baholash mezonlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda:
Mf — foizda hisoblanadigan mezon miqdori;
Kh — baholanayotgan tegishli hududning mezon ko‘rsatkichi;
Kmax — baholanayotgan mezon bo‘yicha qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar soni.
16. So‘rov va statistik ma’lumotlar asosida baholanadigan mezonlar quyidagi tartibda yagona son miqdoriga keltiriladi:
bunda:
M — baholanayotgan mezon miqdori;
Rn — baholanayotgan manbalar soni.
17. Baholanayotgan mezonlar miqdori aniqlangandan so‘ng, subindikatorlar quyidagicha hisoblanadi:
bunda:
Is — subindikator balli;
M1, M2, Mn — subindikatorni baholash mezonlari miqdori;
n — subindikatorni baholashdagi jami mezonlari soni.
18. Tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi har yili 1-mayga qadar tuziladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot tayyorlaydi va har yili 15-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari va Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga kiritadi hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
20. Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi, Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida har yili 15-iyunga qadar muhokama qilib boriladi.
21. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan taqsimotga ko‘ra, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi indikatorlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
22. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tizimi takomillashtirilib borilishi mumkin.
23. Mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlar tomonidan Tizimga ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida kiritmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. | 141 | 19,270 |
Qonunchilik | Qachon bogʻ va tokzorlar yaroqsiz deb topiladi | Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (18.12.2019 yildagi 1012-son VMQga qarang).
Hujjat talablari bogʻ yoki tokzori mavjud boʻlgan fermer хoʻjaliklariga va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi, dehqon хoʻjaliklari bundan mustasno.
2020 yildan boshlab har yili 1 oktyabrga qadar iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ yoki tokzor maydonlarining manzilli roʻyхatini shakllantiriladi.
Ularning oʻrnida intensiv bogʻ (pakana va yarim pakana payvandtaglarda yetishtirilgan koʻchatlarni zich ekish sхemasida resurstejamkor agroteхnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi teхnologiyalar joriy etilgan bogʻ), bogʻ yoki tokzorlar eksportbop va serdaromad qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish maqsadida haydaladigan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
Bogʻ yoki tokzor:
Maydonni u yoki boshqa toifaga kiritish va uning keyingi taqdiri toʻgʻrisida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimliklari vakolatiga kiradi. Ular oʻz qarorlarini Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishadilar. Yer kodeksining 34-moddasiga asosan tashkil etilgan yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish masalalarini koʻrib chiquvchi tuman (shahar) komissiyasi tashkil etiladi.
Agar fermer хoʻjaligi yoki boshqa qishloq хoʻjaligi tashkiloti rahbari tuzilgan dalolatnomani imzolashni rad etganda yoki unga yuklatilgan majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Yaroqsiz deb topilgan bogʻ yoki tokzorlarni buzish hamda dalani daraхt qoldiqlaridan (ildizlaridan) tozalash ishlari bilan bogʻliq harajatlar tegishli fermer хoʻjaligi yoki boshqa qishloq хoʻjaligi tashkiloti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 46 | 2,209 |
Qonunchilik | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmonini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator bilan birgalikda ikki oy muddatda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga import qilishni tashkil etish maqsadida davlat xaridlarining maxsus axborot portali ishga tushirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlov tashkilotlari tomonidan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi belgilaydigan hajmlarda Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga raqobat asosida xarid qilinishini tashkil etish uchun ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga jahon bozoridagi narxlar konyunkturasining doimiy monitoringini olib borsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari mahalliy tayyorlov tashkilotlari tomonidan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobiga xarid qilinishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Respublika komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi;
hududiy komissiyalar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalar;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari — aholi iste’molining asosiy ratsionini tashkil qiladigan, ular bo‘yicha ichki bozorda talab va takliflarning mavsumiy hamda boshqa keskin o‘zgarishlari kuzatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti), o‘simlik va hayvon yog‘i, shakar, g‘alla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz va ro‘yxati Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari;
Tayyorlov tashkilotlari reyestri — ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun omborxonalarga hamda ularni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilish uchun savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiluvchi, tayyorlovchi, g‘amlovchi, saqlovchi va sotuvchi tashkilotlar reyestri;
tayyorlov tashkilotlari — Tayyorlov tashkilotlari reyestriga kiritilgan va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qiluvchi, tayyorlovchi, g‘amlovchi, saqlovchi va sotuvchi tashkilotlar;
buyurtmachi — ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qiluvchi tayyorlov tashkiloti;
yetkazib beruvchi — xaridlarni amalga oshirishga talabgor sifatida xarid tartibotida ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti bo‘lgan xarid tartibotlari ishtirokchisi. Xarid tartibotlari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan va u bilan xaridlarni amalga oshirishga shartnoma tuzilgan ishtirokchi;
Jamg‘arma — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus jamg‘armasi shaklida tashkil etiladigan va o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiradigan hamda mablag‘laridan faqat Respublika komissiyasining qarorlari asosida foydalaniladigan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga muvofiq).
3. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, ichki bozorda, birinchi navbatda, muhim turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari uchun talab va takliflarning mavsumiy va boshqa keskin o‘zgarib turishini yumshatish maqsadida amalga oshiriladi.
4. Ichki bozordagi talab va takliflarning mavsumiy va boshqa keskin o‘zgarib turishiga nisbatan tezkor choralar ko‘rish uchun Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilish bo‘yicha tayyorlov tashkilotlarining muntazam yangilab boriladigan reyestri Respublika komissiyasi tomonidan oldindan shakllantiriladi.
5. Tayyorlov tashkilotlari reyestrini shakllantirish va tizimli ravishda yuritish hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etiladigan materiallar asosida Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tayyorlov tashkilotlari reyestri hududiy komissiyalar takliflari hisobga olingan holda har oyda joriy oyning 5-kunigacha yangilanadi.
6. Respublika komissiyasi Tayyorlov tashkilotlari reyestrini shakllantirish uchun har yili yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida va xarid.uz davlat xaridlari axborot portalida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari xaridida ishtirok etishga Tayyorlov tashkilotlari reyestriga kiritish uchun tayyorlov tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni joylashtiradi.
Tayyorlov tashkilotlarini tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon tanlov o‘tkazilishi va tayyorlov tashkilotlaridan takliflarni qabul qilish muddati tamom bo‘lishi sanasidan kamida o‘n kun oldin joylashtiriladi.
E’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
tovarning batafsil tavsifi va narxi;
tayyorlov tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar;
tayyorlov tashkiloti bilan aloqa qilish uchun aloqa qiluvchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir necha mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va manzili;
zarur hujjatlarning qoidalarini tushuntirishga so‘rov berish shakli;
takliflar bildirilgan buyurtmanomalarni berish muddati tamom bo‘lishi sanasi va vaqti.
E’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
7. Tayyorlov tashkilotlari Tayyorlov tashkilotlari reyestriga kiritish maqsadida tayyorlov tashkilotlarini tanlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hududiy komissiyalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Respublika komissiyasi tasdiqlagan shakldagi ariza;
hisob-kitob raqami holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
talabgorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli ravishda saqlash va sotish uchun o‘zining yoki ijaraga olingan omborxonalari hamda savdo shoxobchalarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
shartnomalarni ijro etish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslari va boshqa resurslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi uchun tayyorlov tashkilotlari javob beradi.
Takliflar bildirilgan buyurtmanomalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilingan e’londa ko‘rsatilgan muddat boshlangandan keyin to‘xtatiladi.
8. Oziq-ovqat mahsulotlari xaridlarida ishtirok etish uchun tayyorlov tashkilotlarining takliflarini hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tamom bo‘lgan paytdan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
9. Tayyorlov tashkilotlarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
shartnomalarni ijro etish uchun talabgorda zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslari va boshqa resurslarning mavjudligi;
talabgorda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi;
talabgorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli ravishda saqlash va sotish uchun o‘zining omborxonalari yoki ijaraga olingan omborlar hamda savdo shoxobchalarining mavjudligi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan mezonlar hisobga olingan holda shartnomalarni ijro etish uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni taklif etgan tayyorlov tashkiloti g‘olib deb e’tirof etiladi.
Bir necha tayyorlov tashkilotlaridan teng qiymatli takliflar tushgan taqdirda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari xaridlarida ishtirok etish uchun birinchi bo‘lib ariza bergan tayyorlov tashkilotiga ustunlik beriladi.
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash natijalari hududiy komissiyaning bayonnomasida qayd etiladi.
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasida:
tayyorlov tashkilotlarining takliflarini ko‘rib chiqish va baholash sanasi va vaqti;
takliflarni ko‘rib chiqish va baholashda qatnashgan hududiy komissiya a’zolari va tayyorlov tashkilotlarining vakolatli vakillari tarkibi;
takliflari ko‘rib chiqilgan tayyorlov tashkilotlari ro‘yxati;
rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda takliflari rad etilgan tayyorlov tashkilotlari ro‘yxati;
tayyorlov tashkilotlarini tanlash bo‘yicha qabul qilingan qaror;
tanlab olingan tayyorlov tashkilotlarining to‘liq nomi, joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi hududiy komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va undan ko‘chirma u imzolangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida maxsus axborot veb-portalida e’lon qilinadi.
Tayyorlov tashkilotlari takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilingandan keyin tegishli hududiy komissiyaga tanlov natijalari bo‘yicha tushuntirish berish to‘g‘risidagi so‘rovni yuborish huquqiga egadirlar. Bunday so‘rov tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida hududiy komissiya tayyorlov tashkilotiga o‘z tanlovi asoslangan tegishli tushuntirishni taqdim etishi shart.
10. Baholash yakunlari bo‘yicha hududiy komissiya uch kun mobaynida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo‘yicha tayyorlov tashkilotlari ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda uni Respublika komissiyasiga taqdim etadi.
11. Respublika komissiyasi hududiy komissiyalarning takliflari asosida ikki kun mobaynida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiluvchi va sotuvchi Tayyorlov tashkilotlari reyestrini shakllantiradi.
Tayyorlov tashkiloti tanlov natijalari bo‘yicha hududiy yoki respublika komissiyalarining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda hududiy yoki respublika komissiyalarining qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
12. Hududiy komissiyalar ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi va kutilayotgan narxlari monitoringini olib borish doirasida har kuni ichki bozordagi narxlarning joriy holatini hamda omborxonalarda saqlanayotgan va savdo tashkilotlaridagi (savdo shoxobchalaridagi) mahsulotlar qoldig‘ini o‘rganadilar. Monitoring natijalariga ko‘ra Respublika komissiyasiga kelgusi davr uchun ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga prognoz qilinayotgan narxlar va ehtiyoj bo‘yicha asoslangan takliflarni har o‘n kunda taqdim etadi, ichki va tashqi bozorlarda ularni xarid qilish ro‘yxati va hajmlarini belgilaydi.
13. Respublika komissiyasi kelgusi davrga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining prognozlashtirilayotgan narxlari va ularga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha hududiy komissiyalarning takliflari olingandan keyin ikki kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga import kontraktlar bo‘yicha xarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini taqdim etadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati olingan kundan boshlab uch kun mobaynida Respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga import kontraktlar bo‘yicha yetkazib berishga narxlar bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi.
Jahon bozorida tovarlar narxlari konyunkturasini o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan:
boshqa xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan yoki mahalliy eksport qiluvchi korxonalardan yozma shaklda olingan shunga o‘xshash mahsulotlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
rasmiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eksport qilinadigan mahsulotga jahon narxlari darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tovar-xomashyo birjalari, turli agentliklar, konsalting tashkilotlari, maxsus vakolatli organlardan va jahon narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va e’lon qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslardan yozma shaklda olingan xulosalar yoki ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
15. Respublika komissiyasi hududiy komissiyalar rahbarlari taqdim etgan narxlar va hajmlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tavsiyalarini hisobga olib Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini ushbu mahsulotlar hajmlari va xarid qilish bozorlarini (ichki va tashqi) ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida va xarid.uz davlat xaridlari axborot portalida joylashtiradi.
16. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha xarid qilinadi.
17. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinadi.
Ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qish-bahor davriga g‘amlash uchun yetkazib beruvchilar va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) asosida xarid qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qish-bahor davriga g‘amlash uchun dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3418-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq xarid qilinadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga faqat tovar-xomashyo birjalari, shu jumladan, xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali import qilinadi.
18. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun Jamg‘arma mablag‘lari tayyorlov tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan uch tomonlama shartnomalar tuzish asosida hamda ushbu shartnomalarda qarzni qoplash jadvallari va tayyorlov tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning qarzni qaytarish bo‘yicha kafolatlari nazarda tutilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan foizsiz qarz shaklida ajratiladi.
Bunda ichki yetkazib beruvchilar uchun to‘lovlar milliy valyutada, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda esa AQSh dollarida to‘lanadi.
19. Qarzlar Jamg‘armaga tayyorlov tashkilotlari tomonidan foizsiz qarz ajratish to‘g‘risidagi uch tomonlama shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan o‘zaro kelishilgan jadvallarga muvofiq qaytariladi. Qoplash jadvallarida, qoidaga ko‘ra, xarid qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun ruxsatnoma olingan sanadan boshlab 30 kun mobaynida qarzni qoplash nazarda tutilishi kerak.
Valyutadagi qarz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarzni qaytarish sanasidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada qaytariladi.
20. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolar tizimi orqali xarid qilish davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarini yetkazib berishga mahalliy tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida takliflar bo‘lmagan taqdirda buyurtmachi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolarida sotib olish huquqiga egadir.
22. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlov tashkilotlari tomonidan ichki bozordagi narxlar konyunkturasi hisobga olingan holda Respublika komissiyasi belgilaydigan narxlar bo‘yicha sotiladi.
23. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari faqat Tayyorlov tashkilotlari reyestriga kiritilgan savdo shoxobchalarida sotiladi.
24. Jamg‘armaga mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha javobgarlik foizsiz qarz bo‘yicha tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq tegishli tayyorlov tashkilotlariga yuklanadi.
25. Tayyorlov tashkilotlari foizsiz qarz ajratish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki tegishli ravishda bajarmaganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarzdorlarning barcha bank hisob raqamlaridagi mablag‘lari hisobiga qarzlarni va penyani hisobdan chiqarish uchun ustuvor huquq beriladi, qonunchilikka muvofiq da’vo taqdim etish mumkin bo‘lmagan qarzdorlar bundan mustasno. Bunda tayyorlov tashkilotlariga nisbatan qonunchilikka muvofiq asosiy hisob-kitob raqamiga inkassa talablari qo‘yiladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan qat’iy maqsadli foydalanish belgilangan tartibda nazorat qilinishini ta’minlaydi.
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 214 | 19,124 |
Qonunchilik | Xalq ta’limidagi islohotlarni ikkita yangi jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi | Xalq ta’limi vazirligida tarkibiy islohotlar boshlandi. Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3931-son qarori bunga zamin yaratdi.
Xalq ta’limi vazirligining (XTV) markaziy apparati Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Shayхontohur koʻchasi, 3-uyga koʻchiriladi.
Vazirlikning vazifalari qayta koʻrib chiqilib, unga quyidagi funksiyalar yuklatildi:
Qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda qayta tashkil etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan, ular Xalq ta’limi vazirligi muassasalariga ham, boshqa vazirliklarga qarashli tashkilotlarga ham daхl etadi. Bu vazirlik negizida oʻquv jarayonining sifati takomillashtirilishini ta’minlay oladigan samarali tuzilma barpo etish imkonini beradi. Asosiy islohotlar jadvalda qayd etilgan.
Qayta tashkil etiladigan boʻlinmalar
Islohotlarning mohiyati
Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlar
Pedagog хodimlarning malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladigan mustaqil muassasalar sifatida XTV tizimiga oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
XTV tizimiga oʻtkazilmoqda. Shu tariqa, maktablarni oʻquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashga doir barcha masalalarni vazirlik hal etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi XTV, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasining metodik хizmat boʻlimlari, shuningdek, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlarining oʻquv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash shoʻ’balari
Kam samarali boʻlinmalar sifatida tugatilmoqda. Ularning oʻrniga хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlar tuzilmasida metodik хizmat boʻlimlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi XTV, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tumanlararo umumta’lim muassasalarini metodik ta’minlash markazlari tashkil etiladi.
XTVning Nazorat-huquqiy хizmati
Quyidagi vazifalarni hal etish uchun XTVning markaziy apparati tarkibida tashkil etilmoqda:
«Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi» DUK
Yangi tashkilot, u ishlar va хizmatlarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatlari u bilan loyiha hujjatlariga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi. Ushbu shartnomalar maхsus aхborot portalida roʻyхatdan oʻtkazilishi shart.
Belgilanishicha, 1.01.2020 yilgacha хalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirishda buyurtmachi funksiyasi «Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi» DUKning hududiy boʻlinmalariga oʻtadi.
Bu – muhim! XTV va Qurilish vazirligiga 1.03.2019 yilga qadar muddatda хalq ta’limi muassasalari bino va inshootlarining holatini yalpi хatlovdan va teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda natijalari boʻyicha ushbu muassasalarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, mebel, inventar va boshqa teхnika vositalari bilan jihozlashning 2020–2022 yillarga moʻljallangan manzilli dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.
XTV huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi
Xalq ta’limi sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi deb oʻzgartirilmoqda.
XTVga, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarga hamda umumta’lim muassasalariga Markaz bilan multimedia ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va IT-teхnologiyalarni joriy etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi berildi. Ushbu shartnomalar maхsus aхborot portalida roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Qarorda belgilanishicha, Davlat byudjetining хalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan oхirigacha foydalanilmay qolgan byudjet mablagʻlari hisobiga shakllantirilgan qoʻshimcha manbalari umumta’lim muassasalarini rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Shu bilan birga, maktab ta’limini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ikkita jamgʻarma tashkil etilmoqda.
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi
Jamgʻarma yuridik shaхs maqomisiz tashkil etilmoqda.
Jamgʻarmani shakllantirish manbalari
Xarajatlar moddalari
Shuningdek belgilanishicha, 1.01.2019 yildan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari Koʻmaklashish jamgʻarmasiga iste’mol narхlarining tegishli yildagi prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qoʻllagan holda ajratiladi.
Shuningdek belgilanishicha, 2018–2020 yillarda Koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 50%i хalq ta’limi tizimini va umumta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini raqamlashtirish boʻyicha хarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Xalq ta’limini rivojlantirish jamgʻarmasi
Ushbu jamgʻarma yuridik shaхs maqomiga ega boʻlib, 1.01.2019 yildan faoliyat yurita boshlaydi.
Jamgʻarmani shakllantirish manbalari
Xarajatlar moddalari
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 72 | 5,718 |
Qonunchilik | “XAYRATON-MOZORI ShARIF” TEMIR YO‘L LINIYASI XODIMLARI VA MOL-MULKINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh BO‘YIChA QO‘ShIMChA OBYEKTLAR VA INShOOTLAR QURISh TO‘G‘RISIDA | Temir yo‘l infratuzilmasini qo‘shimcha ravishda rivojlantirish hamda “Xayraton — Mozori Sharif” temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2011-yil 7-dekabrda Afg‘oniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida 2009-yil 27-noyabrdagi MRW/ADV/0161/001-kontraktga “Xayraton — Mozori Sharif” liniyasi xodimlari va temir yo‘l infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha inshootlar qurish to‘g‘risida 3-qo‘shimcha bitim (keyingi o‘rinlarda 3-qo‘shimcha bitim deb ataladi) imzolanganligi, qurilishga Afg‘oniston tomoni buyurtmachi hisoblanishi;
stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va razyezdlar perimetri bo‘yicha to‘siqlar o‘rnatish, stansiyalar va razyezdlar perimetral to‘sig‘ini xavfsizlik priborlari bilan jihozlash, butun trassa bo‘ylab hamda stansiyalar, yuklar saqlanadigan maydonlar va razyezdlarda kuzatuv minoralari o‘rnatish ishlarining umumiy qiymati 3-qo‘shimcha bitimga muvofiq 3 672 310,75 AQSh dollarini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 3-qo‘shimcha bitim doirasida obyektlarni metall panjaralar bilan to‘sish, temir yo‘l liniyasi bo‘ylab minoralar o‘rnatish va xavfsizlikni ta’minlash asbob-uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xayraton — Mozori Sharif” o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish, qurish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-noyabrdagi 298-son qarorining 4 — 8-bandlari tatbiq etilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 159 | 1,872 |
Qonunchilik | Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida | Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi.
Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin.
Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Harbiy xizmatchilarni, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarini, sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslari, sudyalar va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlari pul ta’minotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, I qism);
b) bevosita erosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, II qism);
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro‘yxat, III qism).
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, IV qism);
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, V qism);
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat,VI qism);
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, VII qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) erosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
z) bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
k) nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
m) qariyalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism):
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.
Ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning “v” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
Ushbu Qonunning 19-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi nikohdan o‘tganida ham saqlanib qoladi.
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi.
Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun (37—40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi:
a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
g) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 26, 27 va 29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
b) II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
g) ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
e) II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
z) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
k) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarning pensiyasiga ustama to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
l) yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar (8, 18 va 22-moddalar) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib hisoblanadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”, “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonunchilikka muvofiq qo‘shiladi.
O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
Pensionerlarning oilalariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari pensionerning (boquvchining) o‘z pensiyasi qaysi ish haqidan hisoblab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.
Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr;
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil;
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, ushbu Qonunning 27-moddasi “g” bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning “a” bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
v) ushbu Qonun 10-moddasining “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band bo‘lgan xodimlarning to‘liq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, to‘liq mavsum davomida ishlamagan bo‘lsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan erosti ishlari stajini hisoblab chiqishda (10-moddaning “a” — “b” bandlari va 11-moddaning “a” bandi) ana shu ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lgan vaqti ushbu Qonun 38-moddasining “v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga qo‘shiladi.
Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O‘zbekiston Respublikasida ishlanganiga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda, stajga qo‘shiladi.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xodimlarga va ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda) pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati orqali beriladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi.
Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o‘z taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma xabar qilinadi.
Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda, u pensiya tayinlanishini so‘rab bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi mumkin.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita arizachining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko‘maklashishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari korxonalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga egadirlar.
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar bo‘ladilar.
Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi
Pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tayinlaydi.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmasdan qarab chiqiladi.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kun ichida korxona, tashkilot yoki arizachiga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha hujjatlarni qaytaradi.
Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya tayinlanishi to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Pensiyalar:
a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;
b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
Pensiyalarni qayta hisoblash:
pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan zimmasiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali to‘lanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya uni mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qo‘yilgan kungacha bo‘lgan muddatga to‘lanadi.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.
Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta ko‘rikdan o‘tish uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, keyinchalik u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi.
Chin yetim bolalarga to‘liq davlat ta’minotida turgan davrida pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘luvchi holatlar paydo bo‘lganida pensiyani to‘lash ana shunday holat paydo bo‘lgandan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi.
Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya to‘lanayotgan a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, ular o‘qishni to‘xtatganligi haqida, shuningdek to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilishi shart.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya va ularning ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq to‘lanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
Pensionerning statsionar davolanishda bo‘lgan davri uchun pensiya to‘liq to‘lanadi.
Pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani to‘lash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to‘xtatib qo‘yiladi bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno.
Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval to‘lanadi.
Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi.
Pensiyalardan chegirmalar:
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.
Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha to‘langan pensiya puli bo‘yicha qarzdorlik to‘liq uzilgunga qadar pensiya to‘lash to‘xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yo‘qotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to‘lguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunga muvofiq to‘lanadigan pensiyalarga soliq solinmaydi. | 50 | 53,923 |
Qonunchilik | “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 6-martda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 159 | 628 |
Qonunchilik | XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA VILOYAT KENGAShI RAYoSATINING O‘ZBEKISTON NOHIYASI TARKIBIDA FURQAT HUDUDIY IJROIYA QO‘MITASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI ILTIMOSNOMASI HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi Rayosatining xalq deputatlari O‘zbekiston nohiyasi Kengashi tarkibida Furqat hududiy ijroiya qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Kirov nohiyasidagi “Oktyabr 40 yilligi”, Partiya XX syezdi nomidagi va Shunqor qishloqlari belgilangan tartibda uning ixtiyoriga berilsin.
2. Tashkil etilgan yangi boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari mahalliy budjet hisobidan ajratilsin. | 170 | 479 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PP-2638-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori 2-ilovasidan “Toshkent metropoliteni” DUK” bloki chiqarib tashlansin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin. | 244 | 611 |
Qonunchilik | Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 17-apreldagi 222-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qarori (ro‘yxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “2017” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“barcha turdagi soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar mazkur band bilan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga (2022-yilning 1-yanvarigacha) uzaytiriladi.”.
2. 25-banddagi “2017” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin.
3. 2 va 3-ilovadagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan. | 123 | 2,734 |
Qonunchilik | Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 19-avgustdagi 42-son buyrug‘i (2002-yil 27-avgust, ro‘yxat raqami 1168) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-son) bilan tasdiqlangan Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibiga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 194 | 967 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublika qishloq xo‘jaligining asosiy texnika turlari bilan, birinchi galda, yer haydash, ekin ekish va hosilni yig‘ib-terib olish kabi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini belgilab beruvchi asosiy agrotexnika ishlari bo‘yicha ta’minlanish darajasining hozirgi holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berishni moliyalashtirishni tashkillashtirish masalalarini tanqidiy tahlil qilish bir qator hal etilmagan muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi:
birinchidan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikasining umumiy parkida jami 146,3 mingta texnikadan 56,2 mingtasi 15 yildan ko‘proq vaqtdan buyon ishlatib kelinmoqda va bosqichma-bosqich yangilanishni taqozo etmoqda;
ikkinchidan, mashina-traktor parklarining moliyaviy-iqtisodiy holati amaldagi stavkalar bo‘yicha tijorat kreditlarini jalb etgan holda yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish imkonini bermaydi;
uchinchidan, mashina-traktor parklari tomonidan ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini to‘lash tariflari darajasi paxta va g‘alla xarid narxlarining umumiy hajmida hosildorligi past xo‘jaliklarning chiqimlarini qoplamaydi;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligiga jalb etilgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash jarayonlarini rag‘batlantirishning amaldagi mexanizmlari bugungi kun talablariga mos kelmaydi;
beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari mintaqaning qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlanishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning holati uchun yetarli darajada javobgar bo‘lmasdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga muvofiq hamda bahorgi agrotexnika ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda 2018-yilda bahorgi agrotexnika ishlarini o‘tkazish uchun zamonaviy haydov va chopiq traktorlari, g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari, pluglar, seyalkalar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasini jami 5 778 ta, shu jumladan, 758 ta haydov traktori, 1 500 ta chopiq traktori, 330 ta bog‘dorchilikka mo‘ljallangan traktor, 2 790 ta osma va tirkama qishloq xo‘jaligi texnikasi, shuningdek, boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish boshlanishigacha — 400 ta g‘alla o‘rib-yig‘ib olish kombaynlari yetkazib berishga bo‘lgan birinchi navbatdagi talab-ehtiyoj belgilandi.
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi maqsadli parametrlar:
birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi texnikasini hududlar bo‘yicha 2018-yilning I yarmida yetkazib berish 1-ilovaga muvofiq;
qishloq xo‘jaligi texnikasini 2018-yilning 15-apreliga qadar (yirik blokli yig‘ish) yetkazib berish 2-ilovaga muvofiq;
mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, yuqorida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish “Agrobank” ATB kreditlari, fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklarining o‘z mablag‘lari, shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJ tomonidan mashina-traktor parklariga taqdim etiladigan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. “Agrobank” ATBga fermer xo‘jaliklari va “O‘zagroservis” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklariga “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ta’minlanishi (ishonch xati, mol-mulkni garovga qo‘yish) hisobiga yillik 5 foizli stavka bo‘yicha 10 yil muddatga kreditlar berish tavsiya qilinsin.
7. “Agrobank” ATB va “O‘zagroservis” AJ olingan mablag‘lar hisobiga 2018-yilning 20-yanvaridan kechiktirmay “O‘zagrotexmash” AJ tashkilotlariga mazkur qaror bilan ishlab chiqarish va yetkazib berish belgilangan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining kamida 70 foizi miqdorida, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni tezkor tashkillashtirish, shu jumladan, zarur qismlar va materiallarni import bo‘yicha sotib olish uchun avans (bo‘nak) bera boshlasin.
8. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklarining budjetga va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holati bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini 2 yilga kechiktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlash jamg‘armasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
“Agrobank” ATB va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mashina-traktor parklariga ular tomonidan ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar uchun kelib tushayotgan pul mablag‘larini qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olishga ajratilgan kreditlar va qarzlar uchun hisob-kitob qilishga maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
g‘alla, paxta va sholining xarid narxlarini shakllantirishda mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini to‘lash tariflari miqdorini qayta ko‘rib chiqsin.
10. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
a) “O‘zagrotexmash” AJ bilan birgalikda:
ushbu qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi o‘z vaqtida ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini;
mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zagroservis” AJ bilan birgalikda — qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish uchun taqdim etilgan kreditlar va qarzlar o‘z vaqtida qaytarilishini;
v) “O‘zagroservis” AJ bilan birgalikda — sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini, shuningdek, kreditlar va qarzlar hududiy tashkilotlarning bank hisobvaraqlari orqali qaytarilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “Agrobank” ATB boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash orqali qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashni rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olayotgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va mashina-traktor parklarini, shuningdek, paxtachilikka ixtisoslashtirilgan to‘qimachilik klastyerlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari ko‘rsatish sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi moliyaviy o‘zaro munosabatlarning yangi zamonaviy tizimini yaratish.
13. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zagroservis” AJ va “Agrobank” ATBning ilgari chiqarilgan emissiyasiga o‘zgartirishlar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin | 117 | 8,465 |
Qonunchilik | DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI ShAKLLANTIRISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh UChUN MAS’UL BO‘LGAN DAVLAT ORGANLARI RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda “Ro‘yxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar:
elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni ro‘yxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari bo‘yicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zaruriyatga ko‘ra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 175 | 1,482 |
Qonunchilik | Toshkentda 2 ta koʻrgazma oʻtkaziladi | 2015 yil 18 noyabrdan 20 noyabrga qadar “Oʻzekspomarkaz”da ikkita iхtisoslashtirilgan koʻrgazma: «Sport World Uzbekistan» (sport asbob-uskunalari, inventari va sport kiyimlari) va “Bolalik olami” (bolalar va oʻsmirlar uchun tovarlar va хizmatlar) oʻtkaziladi.
Agar ilgari Oʻzbekiston asosan barcha turdagi sport inventarini import qilgan boʻlsa, hozir ularning koʻplari mahalliy korхonalarda mahalliy хomashyo asosida ishlab chiqarilyapti, deyiladi “Oʻzekspomarkaz” saytidagi press-relizda.
«Sport World Uzbekistan-2015» koʻrgazmasida respublikaning barcha mintaqasidan sport asbob-uskunalari va inventari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi. Ular orasida «Oʻzavtosanoat» AK, Alpha-Sport Technologi, «Furqat-Sardor» XK (Toshkent), «Xoʻjaobod» MChJ, «Qalb me’mori Nur» XK, «Mini teks» XK (Andijon), «Sport Jihoz Lyux» XK (Fargʻona) va boshqalar bor. Rejalashtirilishicha, koʻrgazmada eng katta stend “Oʻzavtosanoat”ga taqdim etiladi, u 9 ta korхonada ishlab chiqariladigan keng tanlash imkoniyatidagi sport tovarlarini taqdim qiladi. Ochiq va yopiq turdagi sport maydonchalari barpo etish, tiklash va qayta qurishga, sport pol qoplamalari toʻshashga iхtisoslashgan «Aniz» MChJning (Sportplay) tovarlari hamda yechimlari, shuningdek «Shahboz Shahrom» XFning har хil pol qoplamalari namunalari koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarda qiziqish uygʻotadi.
Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar turli хil trenajerlar, shuningdek futbol, basketbol, voleybol, gandbol, katta va stol tennisi, badminton, shaхmat va boshqalar uchun sport inventarlari va asbob-uskunalarni koʻrishlari rejalashtirilmoqda.
“Bolalik olami” koʻrgazmasi tashrif buyuruvchilarga bolalar va oʻsmirlar uchun tovarlar, shu jumladan bolalar mebeli, oʻyinchoqlar, rivojlantirish oʻyinlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechak va boshqa tovar va хizmatlarni , shuningdek bolalar adabiyotini taqdim qiladi. | 37 | 1,878 |
Qonunchilik | “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-359-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-396-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari I. Abdullayev va S. Xalbutayev tomonidan 2018-yil 25-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-397-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 31-iyulda kiritilgan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-399-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 31-iyulda kiritilgan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-400-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-429-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 6-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-432-sonli O‘zbek�ston Respublikasi qonuni loyihasini “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin. | 229 | 2,791 |
Qonunchilik | Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Ko‘zlangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi asosan bojxona organlari faoliyati samaradorligiga bog‘liq.
Shu bilan birga, bojxona ma’muriyatchiligi sohasida mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar saqlanib qolinmoqda.
Amaldagi bojxona tartib-taomillari xalqaro norma va standartlar talablariga to‘liq darajada javob bermaydi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ortiqcha moliyaviy va vaqt sarf-xarajatlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etishlari va insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirish, ular uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha deyarli hech qanday mexanizmlar qo‘llanilmayapti.
Bojxona organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda.
Bojxona organlari xodimlarini moddiy jihatdan rag‘batlantirish uchun imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmaslik korrupsiya holatlari profilaktikasi va umuman tizimning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining logistika uchun qulay chegara o‘tkazish punktlarida xo‘jalik subyektlarini jalb etgan holda bojxona terminallarini qurish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari bojxona terminallarida ko‘rsatiladigan tijorat xizmatlaridan ixtiyoriy ravishda foydalanadilar.
3. Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi quyidagilarni qo‘llagan holda to‘liq rejimda joriy etilsin:
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
“sariq yo‘lak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
“qizil yo‘lak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
b) 2019-yil 1-martdan boshlab:
“yashil yo‘lak”, bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
“ko‘k yo‘lak”, bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
4. Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimovga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. 2019-yil 1-fevraldan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari institutining joriy etilishi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida bepul asosda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus shaxslar guruhi — “front-ofis”ni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyiha (keyingi o‘rinlarda — dastlabki loyiha) amalga oshirilishi belgilansin.
Dastlabki loyihaning xarajatlari, shu jumladan fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilinadigan shaxslarga ish haqini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Dastlabki loyiha doirasida bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish uchun taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlar haqqoniyligi uchun javobgarlik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar dastlabki loyiha natijalarini Davlat bojxona qo‘mitasining boshqa hududiy boshqarmalari faoliyatiga joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tovarlarni ko‘zdan kechirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga asosan xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi buyurgan bojxona operatsiyalarini bajarishga majbur;
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflaydigan vaqti bojxona postlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, bojxona rasmiylashtiruvi vaqti to‘g‘risidagi statistik axborot har oyda barcha bojxona postlari kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
“Sariq” va “qizil” yo‘laklar mos ravishda 70 va 30 foiz nisbatda tovar va transport vositalarini xavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar amalga kiritilgan kundan boshlab, mazkur xatboshida ko‘rsatilgan foiz nisbati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash samaradorligi monitoringi asosida belgilanadi;
“ko‘k yo‘lak”ga yo‘naltirilgan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega, uning tashqi o‘lchamlari, fizik ko‘rsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga ko‘ra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qo‘yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar, shuningdek tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud bo‘lmagan hollarda, bojxona ko‘rigi tovarlar yetkazib berilgan joyda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ko‘chma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshiriladi va videotasvirlar bojxona postida ko‘rik o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi ta’minlanadi.
7. Barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab bekor qilinsin.
8. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda (shu jumladan, pensiyani hisoblashda) tarif koeffitsiyentlari 1,7 karra miqdorda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparati, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari, shuningdek, Milliy kinologiya markazi xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga ustamalar 50 foizni tashkil etadi;
mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
bojxona yig‘imlari tushumining 30 foiz miqdordagi ajratmalar, ularni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalanish sharti bilan Maxsus jamg‘armada qoladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlarga nisbatan “gaupvaxtada hibsda ushlab turish” intizomiy jazo chorasi kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2019-yil 1-yanvarga qadar vakolatli iqtisodiy operator maqomini, shuningdek, ular foydalanishi mumkin bo‘lgan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini taqdim etishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operator to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
bir oylik muddatda bojxona yig‘imlari stavkalari turlarini maqbullashtirish va qat’iy belgilagan holda ularning yangilangan stavkalarini tasdiqlasin;
2019-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar uchun huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish, shu jumladan, bojxona qiyoslash vositalariga shikast yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
2019-yilning 1-fevraliga qadar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida ba’zi vakolatlarni bojxona postlariga berish orqali hududiy boshqarmalar va bojxona postlari o‘rtasidagi vakolatlarning taqsimlanishini tanqidiy ko‘rib chiqsin;
tovarlarni import qilishda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari to‘g‘ri qo‘llanilganligi to‘g‘risida ekspert xulosasi talab etilishi amaliyotini bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov va E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni 3-bandining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi”;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PF-3512-son qarorining rus tilidagi matni 1-bandining “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) poryadok, v sootvetstvii s kotorim:
vvoz i vivoz fizicheskim litsom tovarov pri peresechenii tamojennoy granitsi v predelax norm, ukazannix v podpunktax “a” — “g” nastoyaщego punkta, osuщestvlyayetsya bez ix obyazatelnogo pismennogo deklarirovaniya, za isklyucheniyem mejdunarodnix pochtovix i kuryerskix otpravleniy, a takje vvozimix tovarov, prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti;
pri opredelenii tamojennim organom prednaznacheniya tovarov, peremeщayemix fizicheskimi litsami cherez tamojennuyu granitsu, uchitivayutsya kolichestvo tovarov, gde odnorodnie tovari, kolichestvo kotorix previshayet potrebnost fizicheskogo litsa, peremeщayuщego tovari, i chlenov ego semi, rassmatrivayutsya kak tovari, vvozimie dlya ispolzovaniya v predprinimatelskoy deyatelnosti, esli litso, peremeщayuщeye tovari, ne okajet obratnoye;
pri vvoze fizicheskimi litsami tovarov cherez tamojennuyu granitsu dlya predprinimatelskoy deyatelnosti primenyayutsya obщiye pravila tamojennogo oformleniya, ustanovlennie zakonodatelstvom v otnoshenii vsey summi vvozimix tovarov;
pri previshenii predelnix norm vvoza v respubliku fizicheskim litsom tovarov, ne podlejaщix oblojeniyu tamojennimi platejami i ne prednaznachennix dlya predprinimatelskoy deyatelnosti, tamojennie plateji uplachivayutsya v chasti previsheniya predelnix norm.
Kabinet Ministrov Respubliki Uzbekistan vprave ustanavlivat po soglasovaniyu s Natsionalnim agentstvom proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan predelnie normi i usloviya peremeщeniya fizicheskim litsom tovarov cherez tamojennuyu granitsu, ne podlejaщix oblojeniyu tamojennimi platejami”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining Intizomiy ustavining rus tilidagi matnida:
a) 28-band quyidagi mazmundagi “d1” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“d1) arest s soderjaniyem na gauptvaxte;”;
b) 46-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“arest s soderjaniyem na gauptvaxte — v kachestve krayney meri dissiplinarnogo vozdeystviya v otnoshenii sotrudnikov za soversheniye prostupka, yavlyayuщegosya osnovaniyem dlya uvolneniya so slujbi tamojennix organov”;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 47-bandning oltinchi xatboshisi “uvajitelnix prichin” so‘zlaridan keyin “boleye trex dney” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 491-band bilan to‘ldirilsin:
“491. Pri nalojenii dissiplinarnogo vziskaniya v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte, uvolneniye so slujbi tamojennix organov za etot prostupok ne dopuskayetsya, esli ono ne vlechet za soboy ugolovnuyu otvetstvennost.
Srok aresta s soderjaniyem na gauptvaxte sostavlyayet dlya sotrudnikov ryadovogo, serjantskogo i mladshego ofitserskogo sostava — do 10 sutok, sotrudnikov starshego ofitserskogo sostava — do 5 sutok.
Dissiplinarnoye vziskaniye v vide aresta s soderjaniyem na gauptvaxte ne mojet bit nalojeno v otnoshenii jenщin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada:
a) 3-bandning “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “35****” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
b) izohda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda ko‘zdan kechirish majburiy bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2006-yil 4-maydagi 75-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomning 13-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-avgustdagi 684-son qarorining 3-bandi. | 189 | 17,501 |
Qonunchilik | Asal Orziyeva: «bir.uz bilan ishdan ajralmagan holda ikkinchi kasbni egallayapman» | Namangandagi «Nafis Charm» MChJ kadrlar boʻlimi inspektori Asal Orziyeva buхgalterlik kasbini oʻzlashtirmoqda. Vir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida «I toifali buхgalter-kassir» iхtisosligi boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi u erishgan dastlabki natija boʻldi.
– Asal, kasbingizni almashtirishga qaror qilishingizga nima sabab boʻldi?
– Bunday qaror qabul qilganim yoʻq. Faqatgina kasbiy bilim va koʻnikmalarimni kengaytirib, qoʻyilgan maqsad sari ishonch bilan bormoqdaman. Boz ustiga, bir.uz tizimi yordamida boʻsh vaqt topgan zahoti shugʻullanish imkoni bor. Unda hammasi sodda qilib tushuntirilgan. Buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganim erishgan ilk yutugʻim boʻldi. Shahrimizda navbatdagi imtihon oʻtkaziladigan kuni, 22 dekabrda «hisob-kitob schyotlari boʻyicha buхgalter» iхtisosligi boʻyicha attestat olishga urinib koʻraman. U kelgusida asqotishi mumkin.
– Shunday ekan, nega «ish haqi va хodimlar bilan hisoblashish boʻyicha buхgalter» iхtisosligini tanlamadingiz? U kasb faoliyatingizga yaqinroq-ku?
– Niyatlarim ulkan. Vir.uz tizimidagi 9 ta iхtisoslikning barchasida oʻqib, attestat olishga qaror qilganman, ishni eng oddiysidan boshladim. Shu asnoda hammasini oʻqib-oʻrganib, bosh buхgalter boʻlib ishlay olaman.
– Shahringizda bosh buхgalterlarga talab kattami?
– Malakali mutaхassislar har doim va hamma yerda kerak deb oʻylayman.
– Niyatingizga erishganingiz zahoti ishingizni oʻzgartirasizmi?
– Buni vaqt koʻrsatadi, hozircha hech nimani moʻljallamayapman. Ayni paytda ishlayapman, oʻz kasbimni sevaman. Jamoamiz juda ahil. Oʻz ustimda ishlash uchun oʻqiyapman. Vaziyat taqozosiga koʻra faqat 11 yil maktabda tahsil olganman. Aviakassada kassir boʻlib ishlaganman, ishlab chiqarish korхonamizda kadrlar boʻlimida ish tajribasi orttirdim. Doim ishlab turib ta’lim olganman. Boshqacha yoʻsinda ham kasbiy bilim orttirmoqchiman: avval oʻqib, soʻng ishlab koʻrmoqchiman. Kim bilsin, ehtimol oʻsha paytga kelib korхonamizga yana bitta buхgalter kerak boʻlib qolar. Ishlab chiqarishimiz tobora rivojlanib borayapti.
– Oʻtgan attestatsiya imtihonida korхonangizdagi boshqa хodimlar ham qatnashgan edi…
– Ha, ikkovi ham buхgalteriyamizda ishlaydi. Umidjon Otamirzayev, men singari attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi.
– Buni kim tavsiya qildi? Rahbariyatingizmi?
– Yoʻq, bir.uz tizimi haqida bosh buхgalterimiz Marina Aleksandrovna Vishnevskayadan eshitdik. Men yana bir iхtisoslikni egallashni orzu qilayotganim bois shugʻullanishga kirishdim.
– Boshlagan ishingizda muvaffaqiyat tilayman!
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 82 | 2,619 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi va Ruminiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 122 | 242 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON DAVLAT TELEVIDENIYA VA RADIOEShITTIRISh KOMPANIYASINING KO‘RSATUV VA EShITTIRIShLARI HAJMLARINI KO‘PAYTIRISh, UNING MODDIY-TEXNIKA NEGIZINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, teleradio dasturlari mazmunini tubdan yaxshilash va “O‘zdavteleradio” kompaniyasining moddiy-texnika negizini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zteleradio” kompaniyasining teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar dasturlari hajmlarini ko‘paytirishga oid takliflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi:
O‘zbekiston televideniyesining uchta umumrespublika kanali uzluksiz ishlashini ta’minlasin, teleko‘rsatuvlarning kundalik hajmini bosqichma-bosqich qo‘shimcha 16,5 soatga ko‘paytirsin, bunda respublika hududining televideniyening o‘z mahsuloti bilan kamida 10 soat hajmida to‘liq qamrab olinishini nazarda tutsin;
respublika radiosi eshittirishlari hajmini 15 soatga ko‘paytirishni nazarda tutsin. O‘zbekiston radiosi II kanalini “Mash’al” eshittirishlariga to‘liq bersin, uning eshittirishlarini 1994-yilda bir kecha-kunduzda 23 soatgacha yetkazsin;
III umumrespublika radiokanali ishga tushirilgandan keyin 1994-yilning oxirigacha “Mash’al” to‘lqinida berilayotgan “Do‘stlik” dasturining kundalik radioeshittirishlari hajmini 9 soatgacha, 1995-yilda esa 15 soatgacha yetkazsin;
1995-yildan boshlab bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tish va zarur tuzilmalar tashkil etishni va reklama-tijorat xizmatlari sohasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda xo‘jalik yuritishning samarali usullari bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
“O‘zbektelefilm” studiyasining ijodiy faoliyatini yaxshilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, yuksak badiiy talablarga javob beruvchi hujjatli, ilmiy-ommabop va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin;
Mo‘ljallangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida kompaniya tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zdavteleradio” kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chet tillarda beriladigan radioeshittirishlarning sifatini yaxshilash, hajmlarini ko‘paytirish va hududini kengaytirish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi binolar (televideniye tahririyat binosi, Radio uyining apparat studiyasi, uy-joylar)ni qurish va ishlab turgan obyektlar (Respublika radio uyi, Respublika telemarkazi, maxsus avtokorxona, “O‘zbektelefilm” studiyasi, Ijod uyi)ni rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishilgan takliflarni shu yil may oyining oxirigacha tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Ko‘paytirilgan hajmlardagi radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlarni sifatli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan texnika vositalari va ehtiyot qismlar sotib olish maqsadida 1994—1996-yillarda “O‘zdavteleradio” kompaniyasiga Respublika valyuta jamg‘armasidan 5,9 mln AQSh dollari miqdoridagi foizsiz kredit o‘n yil muddatga, shuningdek, 1,86 mlrd Rossiya rubli 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq ajratilsin.
“O‘zdavteleradio” kompaniyasi berilgan kreditni 1997-yildan boshlab qaytarilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi teleradio dasturlar berilishini ta’minlovchi texnika vositalari, ehtiyot qismlar sotib olishga va asbob-uskunalarni tuzatishga 1994-yilning II choragidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga har chorakda teng ulushlarda 2100 mln Rossiya rubli ajratsin. Aloqa vazirligi mablag‘larning milliy valyutada qoplanishini ta’minlasin.
7. Ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun “O‘zdavteleradio” kompaniyasi 1994-yil davrida valyutada soliqlar to‘lashdan hamda uning belgilangan ulushini majburiy ravishda sotishdan ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi “O‘zdavteleradio” kompaniyasi bilan birgalikda 20 kun muddatda to‘plangan ilg‘or tajriba asosida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlashga va ularni translatsiya qilishga sarflanadigan amaldagi normativlarni qayta ko‘rib chiqsinlar hamda ularni qo‘shma qaror bilan tasdiqlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlangan normativlarni va 1994—1996-yillarga mo‘ljallangan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hajmlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Aloqa vazirligi ikki oy muddatda oliy o‘quv yurtlarida quyidagi mutaxassislar: teleradio jurnalistlar, teleradio-kino rejissorlar, tele-kino operatorlar, ovoz operatorlari muhandislari va boshqalarni o‘qitish sifatini yaxshilash bo‘yicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, 1994-yilga va keyingi o‘quv yillariga qabul qilish rejasida ularni “O‘zdavteleradio” kompaniyasi va O‘zdavkinokompaniya buyurtmanomalariga muvofiq maqsadli tayyorlashni nazarda tutsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi “O‘zdavteleradio” kompaniyasi tizimida ishlayotgan chet ellik mutaxassislar va uning taklifi bilan kelayotgan xorijiy fuqarolarning mehmonxonada yashashi, avtomobil transportidan foydalanganligi, amaldagi pasportlarning ro‘yxatga olinishi va muddatlari uzaytirilishi hamda viza xizmatlari uchun olinadigan to‘lovlarni milliy valyutada qabul qilishga ruxsat bersinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari M.Q, Qoraboyev, K.N. To‘laganov va B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin. | 194 | 5,736 |
Qonunchilik | Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NHH loyihalari qanday tayyorlanadi | Adliya vaziri tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq qabul qilindi (roʻyхat raqami 3333, 18.11.2021 y.).
Qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:
Qoidalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan NHHlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.
Qoidalarda quyidagi tushunchalar keltirilgan:
Qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik хizmati qaror loyihasini tegishli hududiy adliya organiga huquqiy, gender-huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.
Qaror loyihasi mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik хizmati tomonidan NHHlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy хulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi hujjatlari hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi:
Hujjat "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonun, Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni va 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni, 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 81 | 2,351 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2006-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2006-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 137 | 239 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli Farmoniga muvofiq hamda oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-sonli Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Farmonning 2-bandi birinchi xatboshidagi “15” raqami “16” raqamiga almashtirilsin.
2. 1-ilovadagi:
a) “Qaytadan tayyorlash yo‘nalishi” ustuni 6 pozitsiyasidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 16 pozitsiya bilan to‘ldirilsin: | 250 | 1,196 |
Qonunchilik | “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 502-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Yo‘riqnoma muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 132 | 982 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PF-5684-son Farmoni hamda “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror 2019-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M.Ganiyev va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi v.b. F.A. Boboyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) hamda charm va mo‘yna xomashyosini eksport qiluvchi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda eksportchi tashkilotlar deb ataladi) charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“vet blyu” — oshlangan yarim tayyor charm;
charm va mo‘yna xomashyosi — TIF TN bo‘yicha 4101 — 4107, 4112 00 000 0 — 4114, 4301 — 4302 kodlari bilan tasniflanuvchi mahsulotlar.
5. Charm va mo‘yna xomashyosining eksport hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan Uyushma tomonidan eksportchi tashkilotlarning eksport kontraktlari monitoringdan o‘tkaziladi.
6. Eksportchi tashkilotlar eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirish uchun Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
eksport kontraktining asli;
eksport kontraktiga narx kalkulatsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali “vet blyu” (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) xomashyosini olib chiqish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida Uyushmaning Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘langan yig‘im bo‘yicha to‘lov hujjati nusxasi.
7. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari Uyushma tomonidan ikki ish kuni muddatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiqligi bo‘yicha monitoringdan o‘tkaziladi.
8. Eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirishda bozor konyunkturasini va ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish jarayonida kontraktda ko‘rsatilgan narxlarning nisbatan pastligi yuzasidan asosli shubha paydo bo‘lganida Uyushma charm va mo‘yna xomashyosining o‘rtacha narxlari to‘g‘risida eksportchi tashkilotga tavsiyaviy xulosa beradi.
9. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lgan hollarda Uyushma ushbu eksportchi tashkilotlar va kontraktlar bo‘yicha uch ish kuni muddatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma beradi.
10. Eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lmagan hollarda barcha hujjatlar kamchiliklari ko‘rsatilgan holda ikki ish kuni muddatida Uyushma tomonidan eksportchi tashkilotga qaytariladi.
11. Eksportchi tashkilot tomonidan Uyushmaga monitoring uchun taqdim qilingan hujjatlarning asl nusxalari eksportchi tashkilotga qaytariladi, hujjatlar nusxalari Uyushmada saqlash uchun qoldiriladi.
12. Charm va mo‘yna xomashyosi eksportining bojxona nazorati Uyushma tomonidan eksportchi tashkilot to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim qilingan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Uyushma O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim qilingan ma’lumotnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqish (eksport) monitoringi va hisobini yuritadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har oy yakuni bilan, keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib chiqilgan charm va mo‘yna xomashyosi to‘g‘risidagi eksportchi tashkilotlar kesimidagi ma’lumotlarni Uyushmaga taqdim etib boradi.
15. Eksportchi tashkilotlar eksport kontraktlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tuzilishi, Uyushmaga monitoring uchun mazkur Nizomga muvofiq taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, charm va mo‘yna xomashyosi eksport narxlarining to‘g‘ri shakllantirilishi, bojxona chegarasi orqali olib chiqilayotgan charm va mo‘yna xomashyosining mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan TIF TN kodlariga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha javobgardirlar.
16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 159 | 5,687 |
Qonunchilik | TOShKENT DAVLAT-AKSIONERLIK QURILISh KORPORATSIYASI (“TOShKENT-QURILISh”)NING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi (“Toshkentqurilish”)ning ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
1. Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi (“Toshkentqurilish”), keyingi o‘rinlarda “korporatsiya” deb yuritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 8-fevraldagi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi (“Toshkentqurilish”)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari” to‘g‘risida 1993-yil 15-fevraldagi 83-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahridagi qurilishlar bo‘yicha Bosh boshqarmasi (“Toshkentboshqurilish”) negizida tuzilgan.
“Toshkentqurilish” korporatsiyasi mulkchilikning barcha shakllaridagi qurilish, sanoat, transport, loyihalash konstruktorlik va boshqa korxonalar va tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda “qatnashchilar” deb yuritiladi) mustaqil xo‘jalik birlashmasi hisoblanadi. Korporatsiya aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida qoldirilgan holda davlat korxonalari (tashkilotlari)ni “qatnashish tizimi” (turdosh korxonalar o‘rtasida aksiyalar ayirboshlash) bo‘yicha aksionerlik jamiyatlariga aylantirish yo‘li bilan aksiyalashtirish prinsiplari asosida qo‘shma ishlab chiqarish-sotish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish maqsadida o‘zining asosiy qatnashchilarini birlashtiradi.
2. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi yuridik shaxs hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, qatnashchilarning ta’sis konferensiyasida qabul qilinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan korporatsiya Ustavi asosida amalga oshiradi.
3. Korporatsiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘z maqomi bo‘yicha yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. U mustaqil va birlashtiruvchi (yig‘ma) balanslarga, bank muassasalarida so‘m va xorijiy valyutalarda hisob-kitob va boshqa schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Korporatsiya qatnashchilari o‘z xo‘jalik mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar.
Ular faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va korporatsiya manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa xo‘jalik birlashmalari tarkibiga kirishlari mumkin.
4. Korporatsiya tugatilgan “Toshkentboshqurilish” majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Korporatsiya qatnashchilarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, shuningdek, qatnashchilar ham korporatsiya majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar.
5. Korporatsiya ichidagi ishlab chiqarishga oid, iqtisodiy va ma’muriy munosabatlar mazkur Ustav, qatnashchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda berilgan boshqaruv funksiyalari, korporatsiya qabul qilgan qo‘shma faoliyat dasturlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
6. Korporatsiya Toshkent shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 16-uyga joylashgan.
1. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘li bilan korporatsiya qatnashchilarining yuqori foyda (daromad) olish va shu asosda mol-mulk egalari hamda korxonalar, tashkilotlar mehnat jamoalarining manfaatlarini ta’minlash korporatsiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
2. Korporatsiya ishlab chiqarish-sotish faoliyatining asosiy turlari:
davlat buyurtmasiga binoan va buyurtmachilar bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha uy-joy, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish obyektlari qurish va ularni foydalanishga topshirishdan;
qurilish materiallari, konstruksiyalar va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishdan;
korxonalar, tashkilotlar va aholiga tuzatish-qurilish xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatishdan iborat.
Korporatsiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishga haqlidir.
3. Qatnashchilar boshqaruvning aksionerlik prinsiplari asosida maqsadga erishish, har bir qatnashchi va umuman korporatsiya manfaatlari yo‘lida umumiy vazifalarni birgalashib hal qilish uchun korporatsiyaga ixtiyoriy birlashadilar. Bu umumiy vazifalar quyidagilardir:
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarini ishlab chiqish;
marketing tadqiqotlari olib borish va uzoq muddatli va qisqa muddatli marketing dasturlari ishlab chiqish, buyurtmalar “papkasi”ni shakllantirish va ularni taqsimlash, reklama qilish;
o‘zaro kelishilgan moliya-kredit va dividend siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, moliyaviy rejalashtirish va nazorat, qo‘shma investitsiya dasturlari ro‘yobga chiqarilishi uchun sarmoya mablag‘larining markazlashtirilgan manbalarini tashkil qilish;
investitsiya sohasida yagona strategiyaga amal qilish, korporatsiya mehnat jamoalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ijtimoiy sohaning qo‘shma moddiy negizini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini va ish sifatini oshirishni ta’minlaydigan, chiqimlarni kamaytiradigan loyiha-texnika, ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
markazlashtirilgan axborot-hisoblash xizmatini tashkil qilish;
moddiy-texnika resurslari bozorini o‘rganish, korporatsiya qatnashchilarini ana shu resurslar bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashni uyushtirish, mol yetkazib beruvchilar bilan iqtisodiy-foydali, to‘g‘ridan to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari o‘rnatilishiga ko‘maklashish, o‘z moddiy-ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, o‘zining qurilayotgan obyektlari uchun asosiy va butlovchi asbob-uskunalar tayyorlanishi uchun buyurtmanomalar berilishini nazorat qilish;
korporatsiya qatnashchilariga kooperativ va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda yordam berish;
narx belgilash va mehnat haqi sohasida yagona siyosat o‘tkazish, ilmiy-texnika yangiliklariga moyillikka narxlar va smeta normativlarining ta’sirini kuchaytirish, ish sifatini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish;
kasb-hunar bo‘yicha tayyorgarlikni tashkil qilish va xodimlar malakasini oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda korporatsiya qatnashchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularga yuridik maslahatlar berishi.
1. “Toshkentqurilish” korporatsiyasi ustav va shartnoma vazifalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
to‘la xo‘jalik prinsipi va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida qatnashchilar tomonidan berilgan huquqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish-xo‘jalik, moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal qilish, markazlashgan, zaxira, sug‘urta, investitsiya va boshqa jamg‘armalar tashkil qilish;
muhim xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishiga kvotalar bo‘yicha ajratiladigan moddiy-texnika resurslarining fond egasi bo‘lish;
korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqarish;
korporatsiya davlat korxonalari va tashkilotlarining tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmasini o‘zgartirish;
korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat birlashmalari, trestlari, korxonalari va tashkilotlarini mehnat jamoalarining manfaatlarini hisobga olgan holda aksionerlik jamiyatlariga, jamoa korxonalariga va boshqa tashkiliy-huquqiy tuzilmalarga aylantirish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Davlat mulki jamg‘armasi topshirig‘i bilan davlatga tegishli aksiyalar ulushiga muvofiq, aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish;
o‘z qatnashchilariga tovar, jamg‘arma, valyuta bozorlari va birjalarida, qimmatli qog‘ozlar bozorlarida operatsiyalar bajarilishida yordam ko‘rsatish;
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yirik obyektlar qurish bo‘yicha bosh bitimlar tuzish;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, boshqa mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
korporatsiya qatnashchilariga tijoratga doir, texnologik, loyiha-konstruktorlik, tashqi savdo, yuridik, axborot, maslahat, marketing xizmati va boshqa xizmatlar ko‘rsatish uchun xo‘jalik hisobidagi yoki savdo-sotiq asosidagi korxona (firma, markaz)lar tuzishda yordam berish;
respublika hududida va uning tashqarisida filiallar va vakolatxonalar ochish, boshqa davlatlardagi sheriklar bilan birga korxonalar va firmalar tashkil etish, tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish va ularni bajarish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa davlatlarning firmalarini jalb qilish;
mutaxassislarni istalgan mamlakatga xizmat safariga yuborish;
amaldagi qonunchilik aktlarining qo‘llanilishi va ijrosini ta’minlash, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha harakatlarni sodir etish;
korporatsiya qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga, mazkur Ustav qoidalariga rioya qilinishini, korporatsiya boshqaruv organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish.
Korporatsiya ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishidagi mahsulotlarga shartnomaviy (erkin) narxlar va ichki subpodryad idoralar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlarga tariflar belgilash darajasini tartibga soluvchi yuqori tashkilot hisoblanadi.
2. Korporatsiya qatnashchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
korporatsiya Kengashi va boshqaruviga korporatsiya faoliyati masalalariga doir takliflar kiritish va ularning majlislarida shu masalalar muhokamasida ishtirok etish;
korporatsiya Kengashi ko‘rib chiqishi uchun Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish;
korporatsiyada ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning barcha turlarini o‘z ehtiyojlari uchun sotib olishda ustunlikka ega bo‘lish;
o‘z faoliyati yo‘nalishini bozor konyunkturasiga muvofiq mustaqil belgilash;
korporatsiya amalga oshiruvchi qo‘shma faoliyat dasturlarida hamda korporatsiya ayrim qatnashchilari dasturlarida ishtirok etish;
korporatsiya faoliyatini boshqarishda qatnashish;
korporatsiya emblemasidan foydalanish;
korporatsiya boshqaruvidan o‘z manfaatlarining himoya qilinishini talab qilish.
3. Korporatsiya qatnashchilari:
korporatsiya Ustaviga rioya qilishga, agar ular o‘zlariga zarar yetkazmasa va korxona, korporatsiya nizomlariga zid bo‘lmasa, ishlab chiqarish, moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha korporatsiya boshqaruvi organlari qarorlarini bajarishga;
korporatsiya faoliyati to‘g‘risidagi tijorat siri bo‘lgan axborotni oshkor qilmaslikka;
Kengash qabul qilgan qarorlarga muvofiq ijroiya apparatni saqlashga va korporatsiya markazlashtirilgan jamg‘armalarini tashkil etish uchun zarur mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazib turishga majburdirlar.
4. Korporatsiya va uning qatnashchilari o‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi shartnomalarning bajarilishi uchun ana shu shartnomalarda va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilagan tartibda moddiy javob beradilar.
1. Korxonalar va tashkilotlarga to‘la xo‘jalik yuritish huquqi bilan berilgan davlat mulki korporatsiya davlat korxonalari faoliyatining yig‘ma balansida o‘z aksini topadi.
2. Qatnashchi korxonalarning mulki korporatsiya mulki hisoblanmaydi.
Korporatsiya tarkibiga kiruvchi har bir korxona o‘zining mustaqil balansida aks etgan mulkni boshqaradi. Davlat mulkidan korxona to‘la xo‘jalik yuritish huquqi bilan foydalanadi. Tugatilgan “Toshkentboshqurilish”ning ma’muriy va sog‘lomlashtirish muassasalari, tibbiyot-sanitariya qismi va poliklinikasi inshootlari korporatsiya mulki tarkibiga kirishi hisobga olinsin.
Korporatsiya apparati o‘zining mustaqil balansida bo‘lgan mulkni o‘sha asoslarda boshqaradi.
3. Asosiy va oborot fondlar, pul mablag‘lari va korporatsiyaning mustaqil balansida bo‘lgan boshqa aktivlar korporatsiyaning mulki hisoblanadi. Ular quyidagilar hisobiga shakllanadi:
ustav fondi mablag‘lari;
davlat tomonidan korporatsiyaga tekinga yoxud ijaraga beriladigan mulk;
korporatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan normativlar bo‘yicha qatnashchilarning foydasi (daromadi)dan ajratmalar;
korporatsiyaga uning rivojlanishi uchun shartnoma asosida beriladigan davlat aksiyalari ulushi bo‘yicha dividendlarning bir qismi;
qo‘shimcha pulli xizmatlar va ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar;
bank kreditlari va boshqa qarz beruvchilarning mablag‘lari;
yuridik shaxslar va fuqarolarning tekin hamda xayriya badallari va ajratmalari;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablag‘lari.
4. Korporatsiyaning dastlabki ustav fondi korporatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning davlat tasarrufida chiqarilishi natijasida hosil bo‘ladigan aksionerlik jamiyatlar (kompaniyalari)ning davlatga tegishli aksiyalarining 60 foizi dividendlarning tegishli ulushi, shuningdek, boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning (shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslarning) paylar hisobidan hosil bo‘ladi.
Ta’sischilarning ustav fondiga qo‘shadigan hissasi pul mablag‘lar (so‘m va chet el valyutasida), har xil mulk turlari (bino, inshoot, mashinalar, mexanizmlar, xomashyo, yoqilg‘i, boshqa moddiy boyliklar), qiymatli qog‘ozlar, boshqa mulkiy huquqlar, shu jumladan, intellektual mulk ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Amaldagi narxlar bo‘yicha so‘mlarda baholangan hissa qatnashchining korporatsiya ustav fondiga qo‘shgan ulushini tashkil qiladi.
5. Korporatsiya Kengashining qarori bilan markazlashtirilgan pul qo‘yish (investitsiya) jamg‘armalari, valyuta jamg‘armasi va boshqalar tashkil etiladi.
Ularning tarkibi, belgilangan maqsadi, miqdorlari va ulardan foydalanish tartibi korporatsiya Kengashi tomonidan belgilanadi.
6. Korporatsiyaning markazlashtirilgan jamg‘arma va zaxiralari korporatsiyaning rivojlanishi uchun shartnoma asosida unga beriladigan aksiyalarning davlat ulushi bo‘yicha dividendlarning bir qismidan, qatnashchilar foydasining bir qismi va amortizatsiya ajratmalaridan, shuningdek, korporatsiyaning maqsadli vazifalarini bajarish uchun investorlardan olingan boshqa badallar hisobiga hosil bo‘ladi.
7. Birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlar:
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalarning davlat ulushi 51 foizni tashkil qiladi, qolgan qismi ochiq tarqatish tarzida tarqatiladi. Bunda mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquq beriladi;
yopiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalarning davlat ulushi 55 foizni, mehnat jamoalarining ulushi 25 foizni tashkil qiladi, qolgan qismi korporatsiyaning boshqa korxonalari va tashkilotlari o‘rtasida tarqatiladi.
1. Korporatsiya boshqaruvining yuqori organi Kengash hisoblanadi, u korporatsiya qatnashchilari konferensiyasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Korporatsiya Kengashi tarkibiga korporatsiyaning, korporatsiya qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning rahbarlari, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat mulki jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi, tijorat banki (korporatsiya korxona va tashkilotlariga xizmat qiluvchi, mehnat jamoalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar kiradi.
Korporatsiya ijroiya apparatining xodimlari Kengash a’zosi bo‘lishlari mumkin emas.
Korporatsiya raisi va uning o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Korporatsiya Kengashi va boshqaruvi raisi lavozimlari korporatsiya raisi deb nomlangan bir kishi timsolida mujassamlanadi.
2. Qatnashchilar konferensiyasining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
korporatsiya Kengashini saylash;
korporatsiya Kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
korporatsiya Kengashi vakolatiga kirishi mumkin bo‘lmagan boshqa masalalar.
3. Korporatsiya Kengashi mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash;
korporatsiya boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash;
korporatsiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
qatnashchilarni korporatsiyaga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal etish;
ishlab-chiqarish-sotish, moliyaviy-iqtisodiy, investitsiya, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-maishiy faoliyat dasturlarini tasdiqlash;
korporatsiyaning yillik hisoboti va balanslarini, taftish komissiyasining hisobotlari va xulosalarini tasdiqlash;
korporatsiya boshqaruvi organlari rahbarlari, xizmatchilari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash shartlari va tizimini belgilash;
korxonalar (tashkilotlar)ning ajratmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korporatsiya boshqaruvi apparatiga sarflanadigan xarajatlar smetasini va ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar me’yorini tasdiqlash;
Kengash a’zolarining kelishuvi bo‘yicha korporatsiya faoliyatining boshqa masalalari.
4. Korporatsiya Kengashining majlisi, agar unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, qonuniy huquqga ega bo‘ladi.
Korporatsiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qatnashchi korxonalar, shuningdek filiallar va vakolatxonalar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish, yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish hamda boshqa ba’zi masalalar bo‘yicha qaror korporatsiya Kengashi majlisida qatnashganlarning to‘rtdan uch qismining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qolgan boshqa masalalar bo‘yicha oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi.
Korporatsiya Kengashining hujjati korporatsiya raisi imzolaydigan qaror bilan rasmiylashtiriladi.
Korporatsiya Kengashining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilinishi tartibi qatnashchilar konferensiyasi tasdiqlaydigan korporatsiya Kengashi haqidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
5. Korporatsiya raisi:
yakka boshchilik prinsiplari asosida ish ko‘radi hamda korporatsiya faoliyatining pirovard natijalari uchun shaxsan javob beradi, qatnashchilar jamoalari fikr-mulohazalarini hisobga olishni, o‘ziga qarashli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan ularning rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi;
korporatsiya ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalar chiqarish huquqiga. ega bo‘ladi;
korporatsiya markaziy apparati xodimlari bilan shartnoma asosida mehnat munosabatlarini, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlari va tizimini belgilaydi;
tuzilmani va markaziy apparatni saqlashning tasdiqlangan tuzishlari smetasi doirasida shtat jadvalini tasdiqlaydi.
6. Korporatsiya boshqaruvi:
korporatsiya Kengashi majlislari oralig‘idagi davrda uning faoliyatiga rahbarlik qiladi va korporatsiyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
o‘zining muntazam o‘tkazib turiladigan majlislarida korporatsiya vazifalarini hal etish, Kengash ko‘rsatmalarini amalga oshirish, yagona texnika siyosati o‘tkazish, loyiha-smeta ishini, texnikaviy normalashtirish va andazalashni takomillashtirish, qurilish ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini o‘stirish, o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalar faoliyatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
7. Korporatsiya boshqaruvi faoliyati, uning majlislari tartibi, qarorlar qabul qilinishi korporatsiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan boshqaruv ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Joriy rahbarlik funksiyalarini amalga oshirish, Kengash va boshqaruv ishini ta’minlash, umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifalarni bajarish uchun korporatsiyada ishchi (ijroiya) apparat tuziladi.
Ijroiya apparat o‘rtacha ish haqining o‘sishi umuman korporatsiya bo‘yicha ish haqining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi.
9. Taftish komissiyasi boshqaruvning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Taftish komissiyasining faoliyati korporatsiya Kengashi tasdiqlagan nizom orqali tartibga solinadi.
1. Korporatsiya natijalarni hisobga olishni, ishlab chiqarishning borishini nazorat qilishni amalga oshiradi, operativ, buxgalteriya va statistika hisoboti yuritadi.
2. Korporatsiya qatnashchilari korporatsiyaga har oyda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan statistika hisoboti, shuningdek, korporatsiya xizmatlari o‘z funksiyalarini amalga oshirishlari uchun ularga zarur axborotni taqdim etishga majburdirlar.
3. Korporatsiyada buxgalteriya, statistika, hisob va hisobot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
4. Korporatsiya joylashgan joyda quyidagi hujjatlar, shu jumladan:
korporatsiyaning ta’sis hujjatlari;
korporatsiya ichki munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar (ularga keyinchalik o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgan holda);
korporatsiyaning o‘zi chiqaradigan qarorlar uchun zarur bo‘lgan buxgalteriya hisobi va hisobotining barcha hujjatlari;
korporatsiya Kengashi, boshqaruv va taftish komissiyasi majlislarining bayonlari, ular a’zolarining va markaziy apparat mansabdor shaxslarining ro‘yxatlari yuritiladi.
1. Korporatsiya faoliyatini to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha uni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan yuz beradi.
2. Korporatsiya qayta tuzilganda uning barcha huquq va majburiyatlari va huquqi vorisga o‘tadi.
3. Korporatsiyani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tugatish komissiyasini tayinlaydi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab korporatsiya ishlarini boshqarish vakolati unga o‘tadi.
4. Tugatish komissiyasi mavjud mol-mulkni baholaydi, tugatish balansini tuzadi va uni korporatsiya qatnashchilari konferensiyasiga taqdim etadi.
5. Korporatsiyaning pul mablag‘lari (tugatish paytida mol-mulkni sotishdan olingan tushum ham shu jumlaga kiradi) ijroiya apparat xodimlari bilan hisob-kitob qilingandan hamda banklar, budjet va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlar bajarilgandan keyin korporatsiya Kengashi belgilagan va konferensiya tomonidan tasdiqlangan tartibda komissiya tomonidan korporatsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
6. Korporatsiya davlat Reyestridan o‘chirilgan vaqtdan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatadi. | 109 | 22,233 |
Qonunchilik | Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26sentyabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomning talablari idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, budjetdan mablag‘ oluvchi hisoblanmaydigan va qonunchilik hujjatlari bilan alohida tartib o‘rnatilgan akademik litseylar bundan mustasno.
2. Akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan, akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar) ularning ota-onalari to‘lovi hisobiga xarajatlarni qisman (har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida) qoplagan holda, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli uch mahal (ertalabki nonushta, tushlik va kechki ovqat) ovqatlantirilishi ta’minlanadi.
Bunda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ota-onalarining murojaatlariga asosan har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ota-onalar to‘lovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda faqat tushlik uchun belgilangan oziq-ovqat xarajatlari miqdorida ovqatlantirilishi tashkil etiladi.
3. Bir o‘quvchi uchun kunlik uch mahal ovqatlantirish xarajati ota-onalar to‘lovini qo‘shib hisoblaganda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilanadi. Bunda:
ertalabki nonushta uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 20 foizidan;
tushlik uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 45 foizidan;
kechki ovqat uchun xarajatlar — kunlik belgilangan ovqatlantirish xarajatining 35 foizidan oshmagan holda amalga oshiriladi.
4. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlanish yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan buyon matnda ta’minotchi deb ataladi) hamda ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi.
6. Akademik litseylarda o‘quvchilarni imtiyozli uch mahal ovqatlantirish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan imtiyozli ovqatlanish kartochkasi (bundan buyon matnda imtiyozli ovqatlanish kartochkasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
7. Akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan, akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar) ro‘yxati o‘quv yilining boshida (10-sentabrdan kechiktirmasdan) akademik litseyning ma’muriyati tomonidan shakllantirilib, akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi hamda o‘quvchilarga imtiyozli ovqatlanish kartochkasi beriladi.
8. Ijara asosida yashaydigan o‘quvchilarining ro‘yxati ularning ijara asosida yashashini tasdiqlovchi hujjatiga asosan shakllantiriladi.
9. Imtiyozli ovqatlanish kartochkasini olgan o‘quvchilarning ro‘yxati ularning F.I.O., guruhi, shaxsiy tartib raqami ko‘rsatilgan holda Imtiyozli ovqatlantiriladigan o‘quvchilarning hisobini yuritish jurnaliga (bundan buyon matnda jurnal deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Jurnalning betlari izchil raqamlangan, ip o‘tkazilib tikilgan hamda akademik litsey direktori tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
10. Jurnal ta’minotchiga (akademik litseyning mas’ul oshpaziga) taqdim etiladi.
11. Jurnal har bir oy uchun alohida yuritiladi. Jurnal joriy oy yakunlangandan so‘ng ta’minotchi (akademik litseyning mas’ul oshpazi) tomonidan akademik litseyning buxgalteriyasiga uch ish kuni ichida topshiriladi.
12. Imtiyozli o‘quvchilar ro‘yxatiga o‘quv yili davomida akademik litsey direktorining buyrug‘iga asosan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
13. O‘quvchilarga joriy o‘quv yili uchun imtiyozli ovqatlanish kartochkalari 10-sentabrga qadar akademik litsey ma’muriyati tomonidan beriladi.
14. Imtiyozli ovqatlanish kartochkasini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
15. O‘quvchilar imtiyozli ovqatlanish uchun ta’minotchiga (akademik litseyning mas’ul oshpaziga) imtiyozli ovqatlanish kartochkasini ko‘rsatishi shart.
Ta’minotchi (akademik litseyning mas’ul oshpazi) imtiyozli ovqatlanish kartochkasini ko‘rsatgan o‘quvchilarga jurnalga tegishli belgi qo‘ygan holda ularning imtiyozli ovqatlanishini ta’minlashi lozim.
16. Ta’minotchi (akademik litseyning mas’ul oshpazi) ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatgandan so‘ng har kunning yakunida jurnaldagi ma’lumotlarga asosan bajarilgan ishlar dalolatnomasini (nonushtada, tushlikda va kechki ovqatdagi o‘quvchilar soni ko‘rsatilgan holda) tuzib, uni akademik litsey buxgalteriyasiga taqdim etib boradi.
Ta’minotchi va akademik litsey o‘rtasida o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish uchun bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida kunlik, haftalik yoki oylik hisob-fakturalar rasmiylashtirilishi mumkin.
17. Akademik litseylarda o‘quvchilarni imtiyozli uch mahal ovqatlantirish uchun ota-onalar to‘lovi ota-onalar bilan akademik litsey ma’muriyati o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan har oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi.
18. Ota-onalar to‘lovi belgilangan tartibda naqd pul, plastik karta orqali yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
19. Ota-onalar to‘lovini hisoblash akademik litseyning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlarning hisob-kitobi har bir o‘quvchi kesimida yuritiladi.
20. O‘quvchining yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli o‘quvchi akademik litseyga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to‘langan to‘lovlar keyingi oy uchun to‘lovni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda, o‘quvchining kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oy uchun to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar o‘quvchining kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, joriy oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
21. O‘quvchining yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli o‘quvchining akademik litseyga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
O‘quvchining akademik litseyga sababsiz kelmagan hollarda ota-onalar to‘lovi qaytarilmaydi.
22. Tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma taqdim etilmaganda o‘quvchining akademik litseyda sababsiz bo‘lmagan kunlari uchun to‘lov to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
23. O‘quvchi akademik litseyning ichki tartib-qoidalarini buzishi yoki boshqa huquqbuzarlik qilishi natijasida o‘qishdan chetlatilganda (o‘z ixtiyoriga ko‘ra chetlatilishi bundan mustasno) to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarilmaydi.
24. O‘quvchilar imtiyozli ovqat bilan ta’minlanmaydigan qishki va yozgi ta’tillar davrida ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.
25. Imtiyozli ovqatlantirish ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan mablag‘larni akademik litseyning boshqa turdagi xarajatlariga yo‘naltirish taqiqlanadi.
26. Akademik litsey direktori va bosh buxgalteri moliyalashtiriladigan mablag‘lardan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgardir.
27. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan. | 180 | 9,152 |
Qonunchilik | AJ uchun yangi soliq imtiyozlari | 23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan хorijiy investitsiyalarga ega AJlarga qoʻshimcha imtiyozlar berildi.
Xorijiy investitsiya kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini haqidagi da’volar boʻyicha umumiy yurisdiksiya sudlarida hamda хoʻjalik sudlarida davlat boji toʻlashdan ozod etildi (OʻR NK 329-, 330-moddalari).
Shuningdek, ustav fondi (ustav kapitali)da 15 foizdan kam boʻlmagan miqdorda хorijiy ishtirokchilar hissasi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari ma’lum muddatga daromad, mol-mulk, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish sogʻiqlari, yagona soliq toʻlovi, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan ozod etiladi. Mazkur imtiyozning amal qilish muddati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkilotning faoliyat kategoriyasi va yoʻnalishidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shu bilan birga, хorijiy investorlar ishtirokida aksiyadorlik jamiyati tashkil etishda ularning jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)dagi hissasi 15 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan holatlar bunday mustasno (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi).
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena Yermoхina,
bizning ekspert-yurist | 32 | 1,466 |
Qonunchilik | Mahalliy byudjet daromadlari qanday oshiriladi | Vazirlar Mahkamasining e’lon qilingan 29.06.2017 yildagi 445-son qarorida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish rezervlarini aniqlashning batafsil meхanizmlari mustahkamlangan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning ikkinchi yarim yilligida poytaхt va uning tumanlarida tajriba tartibida respublika va mahalliy byudjetlar oʻrtasida daromad va хarajatlar qayta taqsimlandi. Oʻz navbatida, hokimliklarga mahalliy byudjetlar oʻsishini ta’minlash topshirildi.
Shu maqsadlarda tumanlar moliya va soliq organlari 5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda ish olib boradi.
1 – jismoniy shaхslarning mol-mulk soligʻi va jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻlovchilarni va tushumlarni toʻliq qamrab olish.
Buning uchun soliq organlari va moliya boʻlimi хodimlari har bir ish kunida 25 tadan kam boʻlmagan ob’yektlarni borib koʻradi. Fuqarolarning aniqlangan hisobga olinmagan ob’yektlari va yer uchastkalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keyinchalik hisobga qoʻyish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organlariga uzatiladi. Shakllantirilgan qarzdorlar roʻyхati soliq qarzlarini undirishda koʻmak koʻrsatish uchun ish beruvchilarga yoki ularning yuqori turuvchi organlariga yuboriladi.
2 – bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq tushumlarini toʻliq qamrab olish.
Bu yerda quyidagi chora-tadbirlar amalaga oshirirladi (quyidagi jadvalga qarang).
Soliq organlari хodimlari:
Soliq organlari va moliya boʻlimi хodimlari oʻzaro hamkorlikda quyidagilarni aniqlaydi:
bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarning undirilishi nazorat oʻrnatadilar
naqd pul tushumi toʻliq tushishini ta’minlash maqsadida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida хronometraj tashkil etadilar
dehqon bozorlarida qishloq hoʻjaligi mahsulotlariga sun’iy ravishda narхlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazadilar
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (soхta) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazoratni amalga oshiradilar va tekshirishlarni tashkil qiladilar
kadastr organlarida roʻyхatga olinmagan noturar joy ob’yektlarini aniqlash va keyinchalik ularni soliq solish ob’yekti sifatida hisobga qoʻyish
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida davlat roʻyхatidan oʻtmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaхslarni aniqlash hamda ularni soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyishni ta’minlash
bozor va savdo kompleksiga tutash hududlarda avtotoʻхtash joylarini aniqlash va tuman (shahar) hokimiga ularni bozorlar va savdo komplekslarining tarkibiga oʻtkazish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish toʻgʻrisida taklif kiritish
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan toʻlovlar tushushi ustidan nazorat doirasida:
3 – investitsiya loyihalarini, Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobidan tushumlarni oshirish.
Bu vazifani bajarish uchun хodimlar har kuni oʻrtacha 2 ta ob’yektni oʻrganishlariga toʻgʻri keladi. Investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish loyihalarining bajarilmayotganligi, ortda qolayotganligi sabablarini oʻrganadilar va oʻrganish yakunlari boʻyicha tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosariga aniq takliflar kiritadilar. U loyiha tashabbuskorlari, banklar, moliya boʻlimlari, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari bilan birgalikda aniqlashtirilgan tarmoq jadvallarining bajarilishi, shuningdek tegishli quvvatlarning ishga tushirilishi ustidan ta’sirchan monitoring oʻrnatadi.
4 – faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarning faoliyatini tiklash hamda past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning moliyaviy ahvolini yaхshilash.
Soliq organi хodimlari faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalarga boradilar va oʻrganadilar hamda mazkur korхonalarning roʻyхatini tuzadilar, ularning faoliyati boʻyicha materiallarni yigʻadilar. Keyinchalik aniqlangan mulkdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
Tegishli tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yakunlari boʻyicha past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning roʻyхati tuziladi. Tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari ushbu tashkilotlarning muassislari va rahbariyati, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish choralarini koʻradi.
5 – debitorlik va kreditorlik qarzlarning oʻsishini qisqartirish va mahalliy byudjetlarga tushumlarni oshirishni ta’minlash ishlarini olib borish doirasida amalga oshirish.
Bu yoʻnalishda moliya boʻlimi va DSI har kuni:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 46 | 4,851 |
Qonunchilik | Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnik shartlarga” degan so‘zlar “standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 90 | 1,541 |
Qonunchilik | Uknown title | O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hamda ularda faoliyat yuritadigan hakamlik sudyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jadval) ilovaga muvofiq e’lon qilinadi. | 12 | 192 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga vazir o‘rinbosari — “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimi kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 118 | 1,356 |
Qonunchilik | Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin, uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Qo‘chqorov) bir hafta muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining mas’ul xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — respublika vakillari) har bir tuman va shaharga biriktirsin, ularning ish joyi, oylik ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik xizmat safariga yuborilishini ta’minlasin.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) Respublika komissiyasi va respublika vakillarining ishchi organlari etib belgilansin.
3. Belgilansinki:
a) Respublika komissiyasi a’zolari:
shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi mahallalarda (keyingi o‘rinlarda — mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etadi;
o‘zi biriktirilgan hududdagi respublika vakillari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun mas’ul va javobgar bo‘ladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birga o‘zi biriktirilgan hududga ajratilgan mablag‘larning tuman va shaharlar kesimida taqsimlanishini ta’minlaydi;
b) respublika vakillari:
tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari bilan birga markazlar hamda hokim yordamchilari faoliyatiga ko‘maklashadi;
har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida o‘nta xonadonga shaxsan tashrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamchilari bilan birga o‘rganadi, aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko‘radi;
hokim yordamchilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi, xonadonbay ro‘yxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;
har bir mahallaning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar va hokim yordamchilari taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlar turlarini rivojlantiradi;
aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash ishlarini tashkil qiladi;
tuman (shahar) hokimlari hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi;
tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda hududga ajratilgan mablag‘larning mahallalar kesimida taqsimlanishini ta’minlaydi;
v) hokim yordamchilari:
mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;
respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi;
ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.
4. Respublika komissiyasi a’zolari va respublika vakillariga mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan mahallalardagi muammolarni hal etishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar mahalliy vakillik organlariga kiritish huquqi berilsin.
5. Hokim yordamchilari o‘z vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlarning 2022-yil uchun manbalari etib quyidagilar belgilansin:
a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar — 10 trln so‘m;
b) aholining bandligini ta’minlash, ularning o‘zini o‘zi band qilishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ajratiladigan mablag‘lar — 1 218 mlrd so‘m, shundan:
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ish bilan band bo‘lmagan aholiga tadbirkorlik qilish va o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalar, kredit resurslari va boshqa xarajatlar uchun — 785 mlrd so‘m, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga, tadbirkorlik va hunarmandchilikka o‘qishga yo‘naltirish uchun — 210 mlrd so‘m;
Jamoat ishlari jamg‘armasidan ishsiz aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish xarajatlari uchun — 222 mlrd so‘m;
v) Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan subsidiyalar — 50 mlrd so‘m;
g) hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun ko‘zda tutiladigan mablag‘lar — 250 mlrd so‘m;
d) “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi — 851 mlrd so‘m miqdorida.
Mazkur bandning “b” — “d” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larning respublika hududlari kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan mablag‘larni tuman (shahar) va har bir mahalla kesimida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va xonadonlar sonidan kelib chiqib taqsimlasin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishga mas’ul tijorat banklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, mahalliy ijro hokimiyati organlari mazkur bandda ko‘rsatilgan xarajatlarning oyma-oy uzluksiz moliyalashtirib borilishini ta’minlasin.
7. Belgilansinki:
mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash uchun ajratiladigan subsidiyalar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi;
hokim yordamchilari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlar va subsidiyalar ajratish ko‘zda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur o‘rgangan holda ularni ajratish uchun mas’ul idora va tashkilotlarga o‘z tavsiyasini beradi.
8. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:
xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.
9. Belgilansinki:
hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi;
markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari xodimlari uchun belgilangan va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash;
ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oy mukofotlash;
hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan qismini kompensatsiya qilib borish;
o‘z shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marotaba doimiy yashash joyiga temir yo‘l transportida borib kelishi uchun kompensatsiya to‘lash;
yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha subsidiya to‘lash.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
birinchi bosqichda — 2021-yil 15-dekabrga qadar respublika vakillari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha bir haftalik o‘quv-seminarlarini tashkil etsin;
ikkinchi bosqichda — 2021-yil 30-dekabrga qadar respublika vakillari ishtirokida hokim yordamchilari va markazlar xodimlari uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etsin;
uchinchi bosqichda — 2022-yil davomida har chorakda respublika vakillari, hokim yordamchilari va markazlar xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish kurslarini tashkil etsin.
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov:
uch kun muddatda o‘quv-seminarlariga iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lgan rahbar xodimlarini jalb qilsin;
hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etsin hamda doimiy ravishda ularning faoliyati monitoringini olib borsin.
O‘quv seminarlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanishi belgilansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga o‘quv-seminarlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.
12. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
13. Quyidagilar:
hokim yordamchisi lavozimi va markazlar faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4 — 7-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Belgilansinki, hokim yordamchilari va markazlar xodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.
15. Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki hafta muddatda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni;
hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash bo‘yicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-mayga qadar:
“business.gov.uz” yagona interaktiv portalini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
“Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning o‘zida ko‘rib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish;
vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ta’sir choralarini qo‘llash;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha har chorakda aniq takliflar kiritish;
Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutish.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda tuman (shahar) hokimlari tomonidan:
Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, markazlarning ustavi va tuzilmasini tasdiqlanishi;
hokim yordamchilari va markazlarni tegishli bino (xona), moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari (mebel, kompyuter to‘plami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘rsin.
17. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):
hokim yordamchilari va respublika vakillariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi maxsus planshetlar ajratilishini ta’minlasin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun arizalarni maxsus planshetlarda qabul qilib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv-treninglarini tashkil etsin.
18. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov:
har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbarlari, hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilsin;
har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganib borsin, hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlasin;
har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Respublika vakillari va hokim yordamchilarining mazkur qarorda belgilangan vazifalardan boshqa ishlarni bajarishga, shu jumladan yig‘ilishlarga Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov ruxsatisiz jalb etish taqiqlansin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov har oyda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish, o‘rganish natijalarini xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
20. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga mazkur qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, hokim yordamchisi faoliyatini joylarda tashkil etish hamda mazkur tizimni amaliyotga to‘liq tatbiq qilish yuzasidan kunlik nazoratni amalga oshirish yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.A. Gulyamov, B.M. Mavlonov) amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot kiritib borsin. | 194 | 20,082 |
Qonunchilik | Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va keng turdagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham berish bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, xomashyo bazasining cheklanganligi, jumladan muqobil yog‘ olinadigan ekinlardan yetarlicha foydalanmaslik yog‘-moy korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solishni ta’minlash va bozorning sifatli yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan talabini qanoatlantirish imkonini bermaydi.
Yog‘-moy korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi ishlab chiqarish faoliyatini lozim darajada nazorat qilish va hisobini yuritishga to‘sqinlik qilmoqda, xomashyo va tayyor mahsulotlarni talon-toroj qilish holatlariga, shuningdek, boshqa suiiste’molchiliklarga olib kelmoqda.
Xom ashyo resurslari va tayyor yog‘-moy mahsulotlarini taqsimlashning samarasiz va zamonaviy bozor prinsiplariga javob bermaydigan mexanizmi ko‘p sonli chayqovchilik bo‘g‘inlari va bozorda sun’iy taqchillik yuzaga kelishiga hamda oqibatda yog‘-moy mahsulotlari narxining asossiz o‘sishiga olib kelmoqda.
Yog‘-moy tarmog‘ini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish asosida jadal rivojlantirishni ta’minlash va yog‘-moy sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish tizimlarini o‘rganish natijalari;
“O‘zpaxtasanoateksport” XKga tegishli bo‘lgan “O‘zpaxtayog‘” AJ ustav kapitalidagi ulush O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat bo‘yicha o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning resurs bazasini kengaytirish, yog‘-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining:
shrot va sheluxani sotish bo‘yicha “Ozuqa yem ta’minoti” MChJ korxonalarini tugatish;
keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ekstraktli paxta yog‘i birja savdolari orqali mulkchilik shaklidan qat’i nazar ekstraktli paxta yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlariga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga sotilishi haqidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarni olish uchun ekstraktli paxta yog‘i mulkchilik shaklidan qat’i nazar mahalliy korxonalarga 1 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan ekstraktli paxta yog‘ini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.
4. 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar import yog‘-moy xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda omuxta yem ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha, jumladan:
omuxta yem ishlab chiqarish yuzasidan amaldagi quvvatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
omuxta yem ishlab chiqarish uchun bozordagi ehtiyoj va mamlakatda mavjud bo‘lgan resurs bazasini o‘rganish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sektorlari bo‘yicha omuxta yem tayyorlashning ilmiy asoslantirilgan retsepturalarini ishlab chiqish;
makkajo‘xori va boshqa boshoqli don ekinlaridan, shuningdek, yog‘-moy, un mahsulotlari, spirt va pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilardan omuxta yemning zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda:
chigitni qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalarini chigitni yuklash, qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, jumladan xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni o‘lchash va hisobini yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar bilan;
chigit, paxta yog‘i, shrot va sheluxani tashiydigan yuk avtomashinalarining harakatlanishini real vaqt rejimida monitoring qilib borish uchun ularni zamonaviy GPS trekyerlar bilan jihozlash bo‘yicha choralar ko‘rsin.
7. “O‘zpaxtayog‘” AJ Toshkent shahar, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin. | 69 | 5,712 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 18-noyabr kuni Ar-Riyod shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish va daromad hamda kapital solig‘i to‘lashdan bo‘yin tovlashni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Konvensiya tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 905 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 2017-yilgi Budjetnomani muhokama qilib, shuni ta’kidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 96-moddasi qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari loyihasi makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishga, davlat qarzining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikka, aholi daromadlari va turmush darajasi yanada yuksalishini ta’minlashga, chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarga va muhandislik, yo‘l-transport hamda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga, shuningdek budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromad bazasini ko‘paytirish va mahalliy budjet xarajatlarini maqbullashtirib subvensiya oluvchi hududlarni kamaytirishga qaratilgandir.
Soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi soliq yukini yanada kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash, shuningdek budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini yanada oshirishni, budjet mablag‘larini samarali rejalashtirishga, ulardan foydalanishning natijadorligini oshirishga hamda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Taqdim etilgan Budjetnomani — O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasiga muvofiq har tomonlama ko‘rib chiqib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining, Ekologik harakat deputatlar guruhining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari bajarilishini, 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining parametrlari ijro etilishini ta’minlasin. Bunda eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy davlat dasturlarini amalga oshirish, shuningdek makroiqtisodiy mutanosiblikni, iqtisodiyotining isloh etilishini va tarkibiy o‘zgartirishlarni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsin.
3. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga, Ekologik harakat deputatlar guruhiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi masalalarini ko‘rib chiqish chog‘ida ularning ijro etilishi ustidan parlament nazoratini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tasdiqlangan prognozlari va O‘zbekiston Respublikasi 2017-yilgi Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining parametrlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari bajarilishiga, avvalo, ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirishga ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishiga parlament nazoratini amalga oshirish chog‘ida alohida e’tibor qaratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 2017-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi 2017-yilgi Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ijrosi yuzasidan muntazam ravishda nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirsin.
6. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 168 | 4,347 |
Qonunchilik | Artyom Semyonov: «Vir.uz tizimida buхgalterlar uchun boshqa iхtisosliklar boʻyicha analoglar paydo boʻlsa, ma’qul boʻlar edi» | Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgach, Artyom Semyonov moliya menejeri boʻlishga qaror qildi. U «ishlab chiqarish buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha bir.uz tizimi diplomini oldi va maqsadiga erishish yoʻlida harakatlanishda davom etmoqda. Bugun uni savolga tutdik.
– Artyom, qanday qilib buхgalter boʻlib qoldingiz, aхir gidroteхnika inshootlari muhandisi iхtisosligi boʻyicha oʻqigansiz-ku?
– Maqsadim – ishlab chiqarish korхonasining moliyaviy direktori boʻlish. Buхgalterlik – bosh maqsad yoʻlida bosgan qadamim. Ishlab chiqarish jarayonlarining barcha nozik jihatlari va ularning buхgalteriya hisobini bilmay turib, yaхshi moliyaviy direktor boʻlishning iloji yoʻq.
Talabalik chogʻimdanoq faoliyat yuritish uchun yangi yoʻnalish izlashga qaror qilganman. Oʻshanda amaliyotni oʻtash va pul ishlab topish uchun loyiha institutiga ishga joylashganman. Biroq muhandislik ishi menda qiziqish uygʻotmayotganini tez anglab yetganman.
Albatta, oliy oʻquv yurtini tamomladim, biroq oʻzim uchun qiziqarli ish izlay boshladim, rezyume tarqatdim. Shu tariqa «Artel» kompaniyasining maishiy teхnika ishlab chiqarishida buхgalter boʻlib ishlay boshladim.
– Vir.uz tizimi haqida qayerdan eshitdingiz, nima uchun unda shugʻullana boshladingiz?
– Bosh buхgalterimizning tavsiyasi va tanlagan kasbim asoslarini chuqurroq bilish istagi bunga turtki boʻldi.
– Ishlab chiqarish buхgalteri diplomini qoʻlga kiritdingiz, buyogʻiga nima qilmoqchisiz?..
– Ishdan boʻsh vaqtda boshqaruv va moliya hisobini chuqur oʻrganayapman.
– Vir.uz tizimida shugʻullanmayapsizmi?
– Yoʻq, sababi ushbu resursdan oʻzimga kerak boʻlgan hamma narsani olib boʻldim. Vir.uz tizimida boʻlganidek, boshqaruv va moliya hisobi, moliyaviy menejment sohasida professional rivojlanish uchun zarur boʻlgan boshqa fanlar boʻyicha ham ta’lim beruvchi saytlar paydo boʻlsa, ma’qul ish boʻlardi. Buхgalterlar uchun resurs bor ekan, nima uchun moliyaviy direktorlarni tayyorlash uchun uning analogini yaratmaslik kerak? Bu ulkan maqsadlarni oldiga qoʻygan boshlovchi mutaхassislarga yordam bergan boʻlardi.
– Umuman olganda portalimiz va uni yaratish gʻoyasiga qanday baho berasiz?
– Ajoyib resurs. Boshqa talabgir fanlar va kasblar misolida ham ushbu gʻoya roʻyobga chiqarilishini istardim. Zero bir.uz tizimi ishdan boʻsh vaqtda bilim olish imkonini berishi bilan koʻpchilikka ma’qul keladi. Boz ustiga, u har jihatdan yuksak darajada, oʻz ishining ustasidan saboq olayotgandek boʻlasiz.
Tahririyatdan. «Norma» Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodхonlik loyihasida ishtirok etmoqda. Dastlabki natija – tadbirkorlar uchun direktor.uz saytidagi bepul onlayn-kurs. Uni boshqaruv hisobiga kirish deb atash mumkin. Artyom Semyonov tizimda roʻyхatdan oʻtib, ta’lim olayotgan 2,5 ming nafar kishi qatoriga qoʻshilishi mumkin.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 125 | 2,936 |
Qonunchilik | RESPUBLIKADA TABIIY PARDOZBOP TOSh KONLARINI QAZIB OLIShNI TARTIBGA SOLISh VA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | To‘lanmaydigan tabiiy resurs bo‘lgan pardozbop tosh konlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, marmar va granit bloklarni qazib olishda ularni to‘la qayta ishlash va tegishli tartib o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi zimmasiga korxonalar, tashkilotlar, kichik korxonalar, kooperativlar va xo‘jalik faoliyati boshqa shakllarining tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash borasidagi yumushlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, uni qayta ishlayotganda chiqitsiz texnologiyani joriy etishni nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan tabiiy tosh konlarini qidirib topish va qazib olish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Binokorlik materiallari sanoati vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
tabiiy toshlar hisoblab chiqilgan talablar doirasida, respublikaning toshga ishlov berish korxonalarida uni to‘la qayta ishlashni va ishlab chiqarish chiqitlaridan foydalanishni hisobga olgan holda qazib olinadi;
tabiiy toshdan tayyorlangan bloklarning hamma turlari va undan yasalgan buyumlarni respublikadan chetga chiqarishga Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan, banklarning boshqa xillariga yoki ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarga va xalq iste’moli mollariga ayirboshlash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
3. Tabiiy tosh konlarini qazib oluvchi va ularni qayta ishlovchi kichik korxonalar, kooperativlar va ish faoliyatining boshqa shakllariga ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tezda va sifatli hal etish maqsadida, ularning bundan buyon O‘zbekiston Respublikasining Binokorlik materiallari sanoati vazirligi huzurida shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatishi masalasini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning ijroiya qo‘mitalari tabiiy tosh konlarini qazib olish uchun yer uchastkalarini belgilangan tartibda faqat Binokorlik materiallari sanoati vazirligi bilan kelishilgan talabnoma bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan berilgan xulosa bo‘lgan taqdirdagina ajratsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi respublikani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari yillik loyihasini ishlab chiqayotganda davlat ehtiyojlari uchun tabiiy pardozbop toshdan buyumlar ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish hajmlarini kelishib olsin.
Ushbu mahsulotlarni respublika iste’molchilariga taqsimlash va ularni ishlab chiqarish uchun korxonalarni shartnoma asosida xomashyo resurslari bilan ta’minlash Binokorlik materiallari sanoati vazirligi zimmasiga yuklatilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi:
o‘z tuzilmasiga qabul qilinadigan kichik korxonalar, kooperativlar va faoliyatning boshqa shakllari bilan o‘zaro munosabatlarni qat’iyan shartnoma asosida ko‘rsin, xomashyo, olmos va abraziv asboblar bilan ta’minlashda, mahsulot chiqarishni ko‘paytirish va uni Iste’molchilarga sotish masalalarini hal etishda ularga yaqindan yordam bersin;
bir oy muddat ichida konlar hududida va ishlov berish korxonalaridagi kichik hajmli va talabga javob bermaydigan tabiiy tosh bloklari zaxiralarini ro‘yxatdan o‘tkazsin, ularni boshqa korxonalarga sotishni shartnoma asosida amalga oshirsin.
7. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar:
1992-yilning yanvaridan boshlab belgilangan muddatlarda O‘zbekiston geologiya fondiga idoralarga qarashli korxonalar qazib oladigan tabiiy tosh konlari zaxiralarining holati haqida ma’lumot bersinlar;
zaxiralar tasdiqlangan kundan boshlab ikki yil mobaynida Sanoatda foydalanishga topshirilmagan pardozbop tosh konlarini shartnoma asosida qazib olish yoki ana shu konlardan foydalanish uchun qo‘shma korxonalar tuzish maqsadida boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalarga ularni berish masalasini bir oy muddat ichida ko‘rib chiqsinlar.
1992-yilda tabiiy toshlar tajriba-sanoat usulida qazib olinadigan konlar bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
1992-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ishtirokida sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan pardozbop toshlar konlari zaxirasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarsinlar;
tabiiy toshlarni qazib olish va ularga ishlov berish obyektlarini ko‘rish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni, kon ishlarini rivojlantirish rejalarini belgilangan tartibda kelishilgan holda tuzishni, shuningdek, kon qazish korxonalarida geologiya-marksheyderlik xizmati faoliyatini lozim darajada tashkil etishni ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan shartnomalar bo‘yicha pardozbop tosh konlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi pardozbop tosh konlarini qazib olishda va ularga ishlov berishda tabiatni muhofaza qilish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi va buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilishda korxonalarga nisbatan talabchanlikni oshirsin,
10. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qo‘mitasi mazkur qarorda tabiiy tosh konlarini qazib olishni tashkil etish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibni nazorat qilishni kuchaytirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar, xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari ijroiya qo‘mitalari, kichik korxonalar bilan birgalikda 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga tabiiy pardozbop toshdan buyumlar ishlab chiqarish hajmlari to‘g‘risida statistik hisobot berib borsin.
12. Respublika Bojxona qo‘mitasi tabiiy toshdan tayyorlangan pardozbop buyumlarning respublikadan chetga chiqarilishi tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
“Vostok” (Yangiobod shahri) IB
Langar kon boshqarmasi
“Qizilqumkamyobmetalloltin” konserni
“Qizilqum” firmasi
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi | 107 | 6,514 |
Qonunchilik | UMUMIY FOYDALANIShDAGI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOG‘IDA TELEFON ALOQA XIZMATLARINI KO‘RSATISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qarori va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 15-martda 1323-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘ida telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan 10 kun o‘tganidan keyin amalga kiritilsin. | 156 | 699 |
Qonunchilik | O‘rtoq U.A. Abdurazzoqovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Buyuk elchisi unvonini berish to‘g‘risida | O‘rtoq Ubaydulla Abbosovich Abdurazzoqovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Buyuk elchisi unvoni berilsin. | 118 | 123 |
Qonunchilik | ASOSIY QIYMAT VA MODDIY BALANSLARNI TASDIQLASh TARTIBI VA MUDDATLARI TO‘G‘RISIDA | Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini asoslash darajasini oshirish, iqtisodiyotning muvozanatliligini ko‘tarish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Asosiy qiymat va moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini va respublika Davlat budjetini shakllantirishning majburiy tarkibiy qismi deb hisoblansin.
Belgilansinki, tasdiqlangan balanslarni bajarish asosiy prognoz parametrlariga erishishni ta’minlash ustidan joriy nazorat qilish va makroiqtisodiy mutanosibliklar va ko‘rsatkichlar o‘zgarishi tamoyillarini baholashning muhim vositasi hisoblanadi.
2. Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi tarkibida vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va hududiy boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan balanslar va yig‘ma makroiqtisodiy parametrlar ro‘yxati, ularni tasdiqlash tartibi va muddatlari 1, 1.1 va 1.2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Asosiy qiymat va moddiy balanslarni ishlab chiqish uchun boshlang‘ich materiallarni taqdim etish tartibi va muddatlari 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, birlashmalar va korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarga keyinchalik umumlashtirish, o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga axborot berish uchun 1, 1.1 va 1.2-ilovalarda ko‘rsatilgan muddatlarda balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 80 | 1,913 |
Qonunchilik | QL-540, QL-541 va QL-542-O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96 va 117-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-540-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-541-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-542-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 98 | 1,008 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROTLAR BAZASI VA UNDA MIJOZLARGA XOS RAQAM BERISh HAMDA BANK HISOBVARAQLARI RO‘YXATINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7 va 17-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Nizomning 1-ilovasi quyidagi tahrirdagi “21” va “22” belgilar bilan to‘ldirilsin:
“21” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n besh kun ichida soliq to‘lovchi — yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda yoki soliq to‘lovchi — yuridik shaxs ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ushbu yuridik shaxsning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilgan hollarda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
“22” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n besh kun ichida soliq to‘lovchi – yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda yoki soliq to‘lovchi — yuridik shaxs ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ushbu yuridik shaxsning banklardagi operatsiyalar to‘xtatib turilgan hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilgan hollarda BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
2. Nizomning 5-ilovasi Izoh qismida “9” raqamidan keyin “21” raqami bilan to‘ldirilsin.
3. Nizomning 6-ilovasi Izoh qismida “19” raqamidan keyin “22” raqami bilan to‘ldirilsin. | 214 | 2,334 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-728-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyiha | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-728-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 430 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh VA BA’ZILARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | “Bojxona tarifi to‘g‘risida”, “Davlat Bojxona xizmati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1-ilovaga muvofiq farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2-ilovaga muvofiq ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. “Teri xomashyosini respublikadan olib chiqib ketishni taqiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-dekabrdagi PF-1023-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning olib chiqib ketilishiga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 4-yanvardagi PF-1354-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 4-yanvardagi PF-1354-son Farmoniga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1996-yil 20-martdagi PF-1410-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
2-banddagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
ilovaning 6-bandidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat bojxona qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 7-bandidagi ikkinchi xatboshida “Davlat soliq qo‘mitasini” so‘zlaridan keyin “va Davlat bojxona qo‘mitasini” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qo‘llanishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 12-iyundagi PF-1789-son Farmonida:
2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash chog‘ida, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasiga — ularni saqlash, sotish hamda yashirincha ishlab chiqarish chog‘ida shunday mahsulotlar va ichimliklarni musodara etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin”;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son Farmoniga qisman o‘zgartish kiritish haqida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1870-son Farmoniga ilovaning 7-bandi olib tashlansin. | 146 | 2,731 |
Qonunchilik | TELERADIOEShITTIRISh SOHASIDA RADIOChASTOTA SPEKTRIDAN SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash, fuqarolarning ma’naviy ehtiyojlariga, zamonaviy texnik talablar va standartlarga javob beradigan sifatli va badiiy jihatdan yuksak teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2005-yil 1-fevraldan boshlab radiochastotalarni taqsimlash hamda televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish uchun tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish Axborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaga yuklanadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan yuridik shaxslar tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yiladi;
mazkur qaror chiqqunga qadar berilgan litsenziyalar asosida televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalar muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar;
teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni berish yuzasidan tanlov o‘tkazish va uning yakunlari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Asosiy faoliyati davlat tele va radiodasturlarni tuzish va tarqatish (translatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlovdan tashqari asosda amalga oshiriladi.
3. Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (A.N. Aripov) tanlovni o‘tkazish davomida:
taqdim etilgan hujjatlar va talabgor faoliyatining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining tegishli xulosasini hisobga olgan holda har tomonlama o‘rganib chiqilishini ta’minlasin;
teleradiodasturlarning janri, mazmunan xilma-xilligi jamiyatning ma’naviy ehtiyojlariga, rejalashtirilayotgan setka va eshittirish hajmlariga muvofiqligini, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan zarur tele va radiouskunalar mavjudligini, shuningdek litsenziya talabgorining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini talabgor tomonidan taklif etilayotgan eshittirish konsepsiyasini baholash uchun asosiy mezonlar sifatida qabul qilsin;
tanlov qatnashchilari teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya talablariga, yong‘in normalariga, shuningdek qo‘riqlash va xavfsizlik rejimi ta’minlanishiga muvofiqligini hisobga olsin.
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda televideniye ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur qarorga muvofiq radiochastotalar taqsimlanishi va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi yetkazilishi va tushuntirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom radiochastotalarni berishga va teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar olishga tanlov o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash va yuqori sifatli teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi.
2. Muayyan radiochastotada (radioto‘lqinda) teleko‘rsatuvlar yoki radioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziya berish tanlovning mavzusi hisoblanadi.
3. Asosiy faoliyati davlat televideniye radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi 50 foizdan tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradieshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.
4. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining taklifi asosida Axborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovni o‘tkazish va yakka tartibdagi litsenziyalarni berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
5. Tanlovni o‘tkazish muddatlarini Komissiya belgilaydi.
6. Komissiya tanlov o‘tkaziladigan sanadan kamida 60 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov to‘g‘risidagi bildirishnomani e’lon qiladi.
Bildirishnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) tanlovning o‘tkazilish sanasi, vaqti, joyi va shartlari;
b) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) uchun berilayotgan radiochastota kanali (radiochastota nominali) va qamrab olish hududi ko‘rsatilgan holda undan foydalanish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) buyurtmanomalarni qabul qilishning boshlanishi va tamom bo‘lishi muddati hamda tanlovda qatnashish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati;
g) tanlovda qatnashishga buyurtmanoma blankasi shakli va buyurtmanomaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati;
d) quyidagilarni:
tanlov takliflari ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridagi yig‘im summasini;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat bojining yillik summasiga teng bo‘lgan zakolat summasini o‘tkazish uchun tegishli bank hisob raqami rekvizitlari;
e) buyurtmanomalar va hujjatlar qabul qilinadigan joyning manzili;
j) litsenziya talablari va shartlari.
7. Tanlovda qatnashishga O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘z vaqtida buyurtmanoma bergan va mazkur Nizomga muvofiq zarur darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etgan yuridik shaxslar qo‘yiladi.
Shu bilan birga litsenziya talabgorlari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishlari, shuningdek vakolatli organlarning teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya, yong‘in normalari va xavfsizlik rejimi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarini taqdim etishlari kerak.
8. Ilgari berilgan litsenziyalar asosida teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziya muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar.
9. Tanlovda qatnashish uchun litsenziya talabgori mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklga binoan buyurtmanoma taqdim etadi.
Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
10. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
v) tanlov takliflarining ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori tomonidan zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
e) ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni ko‘rsatish va eshittirishning rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
j) tegishli organlarning teleradioeshittirishlar obyektlarining sanitariya, yong‘in normalari va obyektni qo‘riqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
z) teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanishga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan taqdirda (ijara shartnomasi va boshqalar).
101. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
11. Buyurtmanomalarni ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga qabul qilish tanlov e’lon qilinishi to‘g‘risidagi bildirishnoma chop etilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshiriladi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bevosita pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda yetkaziladi.
13. Litsenziya olish uchun yuborilgan hujjatlar Komissiyaning ishchi guruhi rahbari tomonidan ro‘yxatga muvofiq qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi bilan litsenziya talabgoriga yuboriladi (taqdim etiladi).
14. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
15. Belgilangan muddat tugagandan keyin buyurtmanomalarni qabul qilish to‘xtatiladi. Tanlovda qatnashishga qo‘yilgan litsenziyalar talabgorlariga tanlovda qatnashish to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
Agar belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun faqat bitta litsenziya talabgoridan buyurtmanoma tushsa, u holda buyurtmanomalar qabul qilish muddati 15 kunga uzaytiriladi.
16. Buyurtmanomalar va tanlov takliflari Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
17. Faqat bitta qatnashchi ishtirok etgan tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi.
18. Ommaviy axborot vositalari va telekomunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek litsenziya talablariga hamda Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan shartlarga javob beradigan eng yaxshi ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflar taqdim etgan qatnashchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflarni baholashda Komissiya quyidagilarni hisobga oladi:
a) talabgorning o‘z dasturlarini eshittirish hajmi, eshittirish vaqti (har kuni, sutka davomida), eshittirishning tillar bo‘yicha nisbati, davlat tilidagi eshittirishlarni uzatishning rejalashtirilayotgan vaqti;
b) turli usullar va vositalardan foydalangan holda axborotlarni uzatish imkoniyatining mavjudligi (telematn, ikki tilda ovozli uzatish va boshqalar);
v) zamonaviy, yuqori texnologiyali studiya va eshittirish asbob-uskunalaridan foydalanish;
g) yuqori sifatli ovoz va tasvirli teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translatsiya qilish) majburiyatlari;
d) eshittirish tarmoqlarini borish qiyin bo‘lgan hududlargacha uzaytirish majburiyatlari;
e) texnik-iqtisodiy ma’lumotlar (moliyalashtirish manbalari va ularning ishonchliligi, xarajatlar, daromadlar);
j) efirga uzatish uchun mo‘ljallanayotgan teleradioeshittirishlarning mavzu yo‘nalishlari va ularning janr bo‘yicha nisbati;
z) jalb etilayotgan ommaviy axborot vositalari mutaxassislari va texnik xodimlarning kasb bo‘yicha tayyorgarlik darajasi;
i) o‘z dasturlari va retranslatsiya nisbati (retranslatsiya shartnomasi);
k) tanlov qatnashchisida teleradioeshittirishlarni tarqatishning ilgaridan mavjud tarmoqlarining bor bo‘lishi imkoniyati.
Agar tanlovning ikki va undan ko‘p qatnashchilarining takliflari qo‘yilgan talablarga teng darajada javob bersa, ustunlik litsenziya olish uchun eng ko‘p haq to‘lanishini taklif qilgan qatnashchiga beriladi.
Litsenziya olish uchun to‘lovning taklif etilayotgan miqdori teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgan butun muddat uchun davlat boji summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Litsenziyalarni berish, berishni rad etish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni puxta tahlil qilish natijalariga ko‘ra hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi xulosasi asosida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
19. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, protokol Komissiya raisi, kotibi va tanlov g‘olibi (litsenziat) tomonidan imzolanadi.
Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi protokolda quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi:
a) Komissiya a’zolari majlisida qatnashganlar ro‘yxati;
b) tanlov qatnashchilari ro‘yxati;
v) talabgorlar takliflarini baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) tanlov g‘olibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Tanlov qatnashchilariga protokoldan ko‘chirma beriladi.
Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi bildirishnoma aynan uning o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar qilingan nashrlarda, tanlov yakunlari to‘g‘risidagi protokol imzolangandan keyin 15 kundan kechikmay e’lon qilinadi.
20. Protokol imzolangandan keyin, tanlov g‘olibi tomonidan to‘langan zakolat u litsenziya olish uchun taklif qilgan to‘lov hisobiga o‘tkaziladi. Tanlovning boshqa qatnashchilari zakolati tanlov g‘olibi protokolni imzolagandan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda to‘langan zakolat qatnashchiga tanlovni o‘tkazish uchun belgilangan sanadan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
21. Agar tanlov g‘olibi tanlov o‘tkazilgandan keyin 10 kun mobaynida protokolni imzolashni rad etsa Komissiya tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olibdan keyingi o‘rinni egallagan qatnashchini g‘olib deb e’lon qilishga haqlidir.
Bu holda protokolni imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi tomonidan to‘langan zakolat qaytarib berilmaydi.
22. Imzolangan protokol asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
23. Litsenziyani rasmiylashtirish va berish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan, tanlov g‘olibi tanlov buyurtmanomasida litsenziya olish uchun o‘zi taklif qilgan summaning qolgan qismini to‘lagandan keyin va litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda litsenziya bitimi imzolangandan keyin amalga oshiriladi.
24. Agar tanlov g‘olibi protokol imzolangan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya olish uchun to‘lovning qolgan summasi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa Komissiya tanlov natijalarini bekor qilishga haqlidir. Bu holda to‘langan zakolat summasi qaytarib berilmaydi.
25. Litsenziyada faoliyatning aniq turi, radiochastota (radioto‘lqin), teleradioeshittirish qamraydigan hudud, shuningdek litsenziyaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Litsenziya berilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastotalardan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
26. Tanlov g‘olibi tomonidan litsenziya olish uchun to‘langan summa davlat boji sifatida qabul qilinadi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
27. Litsenziyalovchi organ tanlov g‘olibining o‘zi taklif etgan tanlov takliflari bo‘yicha hisobotini vaqti-vaqti bilan eshitib borish, ular bajarilmagan taqdirda esa Komissiyaga chastota ajratish va litsenziyaning amal qilishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish huquqiga ega.
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 117 | 17,990 |
Qonunchilik | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining samarali faoliyatini ta’minlash, o‘zbek milliy musiqa, akademik, estrada ijrochiligi hamda milliy raqs va xoreografiya ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 25 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi to‘g‘risidagi ustav 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, zarur hollarda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va rag‘batlantirish;
milliy raqs va xoreografiya, opera san’ati, ansambl va orkestrlarning o‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yanada oshirish, ularning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish;
mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga hisobot beradi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnomalar tegishli ravishda ushbu litsenziyalar va ruxsatnomalar berilgan muddatgacha amal qiladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘limlarining faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi uchun o‘rnatilgan aloqa vositalarini, shu jumladan Hukumat aloqa vositalarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ixtiyorida saqlab qolsin.
5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2-uyda joylashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Ustav “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mamlakatimizda konsert-tomosha faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shu jumladan milliy estrada, opera, milliy raqs va xoreografiya san’atini, orkestrlarni, gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va muvofiqlashtirishga doir tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi davlat muassasasi hisoblanadi.
3. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashiga hisobot beradi.
5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, davlat tilida o‘z nomi tushirilgan muhrga va o‘z blankalariga, mustaqil balansiga, bank muassasalarida milliy va xorijiy valyutada hisob raqamiga ega bo‘ladi.
6. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 2-uy, 100011.
7. Quyidagilar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va rag‘batlantirish;
milliy raqs va xoreografiya san’atining, opera va orkestrlarning o‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yanada oshirish, ularning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish;
mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
8. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati borasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
estrada, milliy raqs va xoreografiya san’atining aholi keng qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rnini oshiradi;
estrada, milliy raqs va xoreografiya san’ati, opera va orkestr ijrochiligi orqali yoshlar qalbi va ongida milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantiradi, ma’naviy tahdidlar, shu jumladan “ommaviy madaniyat”, radikalizm va diniy ekstremizm kabi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi;
aholining muttasil ortib borayotgan intellektual, madaniy ehtiyojlarni qondirishga, yoshlarni yuqori saviyadagi milliy va xorijiy estetik namunalar asosida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsertlar va gastrollarni tizimli tashkil etadi;
litsenziatlar tomonidan mualliflik huquqiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi monitoringini yuritadi va bu borada vakolatli organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
b) konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnomalar beradi, shu jumladan litsenziya talabgorlariga Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosalari asosida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziyalar beradi;
respublikamiz san’at ustalari va yosh iste’dodlarini mamlakatimiz va xorijiy davlatlar jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qiladi;
musiqiy san’at rivoji va targ‘ibotiga qaratilgan reklama-tijorat ishlarini tashkil etish, samarali gastrol faoliyatini amalga oshiradi;
aholi va yoshlar ehtiyojlarini o‘rgangan holda umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi jahon musiqa va raqs san’ati namoyondalarining gastrollari hamda qo‘shma konsert dasturlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
xorijiy davlatlarning sohaga oid tashkilotlari bilan madaniy, ilmiy-texnik va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi;
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib, litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish, ularning malaka (professional) sifatlarini baholash va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishini tashkil etadi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
v) yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va rag‘batlantirish sohasida:
milliy estrada, raqs va xoreografiya, opera va orkestr yo‘nalishlarida yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishga doir loyihalarni amalga oshiradi;
iste’dodli yoshlarning bilim va malakalarini oshirishga doir turli tadbirlar, seminarlar va mahorat darslari tashkil etadi;
yoshlarni milliy va jahon musiqiy merosining eng nodir namunalari bilan tanishtirib boradi, past saviyali, yoshlar didini o‘stirishga xizmat qilmaydigan ma’nisiz qo‘shiqlar yaratilishining oldini oladi;
yoshlar o‘rtasida odob-axloq, sahna madaniyati, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashga doir turli tadbirlar uyushtiradi;
g) milliy raqs va xoreografiya san’atining, opera va orkestrlarning o‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yanada oshirish, ularning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish sohasida:
milliy raqs va xoreografiya san’ati faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga doir tanlovlar, festivallar, seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazadi;
milliy raqs san’atining noyob merosini, shu jumladan milliy sahna liboslarini tiklash, rivojlantirish va targ‘ib etish yuzasidan ish olib boradi;
milliy raqs va xoreografiya san’ati bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rag‘batlantiradi, metodik qo‘llanmalar, sohaga oid adabiyotlar tayyorlaydi va chop etadi;
d) mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
mamlakatimiz estrada san’atkorlarining xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
yurtimizda o‘tkaziladigan umumdavlat, jamoat tadbirlari va boshqa bayramlar (Mustaqillik kuni, “Navro‘z” umumxalq bayrami, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Vatan himoyachilari kuni va boshqalar) va festivallarda belgilangan san’atkorlar ishtirokini ta’minlaydi;
mamlakatimizdan tashqarida O‘zbekiston nomidan o‘tkaziladigan konsertlar, festivallar, madaniyat kunlari kabi tadbirlarni munosib tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga yaqindan ko‘maklashadi;
tadbirlarda ishtirok etgan ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarni, bastakor, sayqalchi, rejissor, baletmeyster, ssenariy muallifi, shoir, boshlovchi va boshqa ijodkorlarni o‘z imkoniyati doirasida moddiy qo‘llab-quvvatlaydi.
9. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan milliy mumtoz, akademik ijrochilik san’ati, raqs va xoreografiya, estrada sohasidagi konsert-tomosha faoliyatining respublika va xalqaro dasturlari asosida shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, ko‘riklar, tanlovlar, bayramlar va boshqa shu kabi tadbirlarni o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma beradi;
ijrochilarni, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj san’atkorlarni, madaniyat va san’at sohasi faxriylarini, yosh iste’dodli ijrochilarni moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi;
marketing, menejment, konsalting, reklama sohasida xizmatlar ko‘rsatadi;
davlat buyurtmasi asosida yangi konsert dasturlari yaratadi;
ovoz yozish studiyalari tomonidan estrada va raqs ijodiy jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning talab etilishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taklif kiritadi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab oladi;
litsenziatlar tomonidan mualliflik huquqiga oid qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlar aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli organlarga taklif kiritadi;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lmagan estrada va raqs ijodiy jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning ijrosidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan musiqiy kliplarni davlat va nodavlat teleradiokanallari orqali uzatilishining oldini olish choralarini ko‘radi;
davlat va nodavlat teleradiokanallari efirlarida uzatilayotgan va namoyish etilayotgan badiiy-g‘oyaviy saviyasi past, yoshlarning didini tarbiyalashga xizmat qilmaydigan qo‘shiq va videokliplar namoyish etilishining oldini olish maqsadida teleradiokompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va ularni to‘xtatish borasida takliflar kiritadi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi quyidagilarga mas’uldir:
konsert-tomosha hamda madaniy-ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirish;
konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnoma berishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma talablari va shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
litsenziatlar va konsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish;
respublika hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan konsert zallari, stadionlar, klublar, diskotekalar, restoranlar, kafe-barlarda konsert xizmati ko‘rsatayotgan xonandalar, sozandalar, ovoz operatorlari, didjeylar, boshlovchilar va raqqosalarning litsenziyasiz faoliyat yuritishlarini oldini olish bo‘yicha reyd-tekshiruv ishlarini amalga oshirish;
konsert-tomosha tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda konsert tashkilotchilariga ko‘maklashish hamda milliy mentalityetimizga mos bo‘lmagan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, badiiy-g‘oyaviy saviyasi past konsert dasturlarini tashkil etilishi va namoyish qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
taniqli xonandalarni, yosh va iqtidorli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan malaka talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
11. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
12. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
13. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Direktorning “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
14. Direktor:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy bo‘limlar boshliqlarining vakolatlarini belgilaydi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi markaziy apparati va hududiy bo‘limlari shtat jadvallarini hamda xarajatlar smetasi loyihalarini tuzilishini va ularni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasdig‘iga kiritilishini tashkil etadi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati bo‘limlari va hududiy bo‘limlar to‘g‘risidagi ustavlarni tasdiqlaydi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati va hududiy bo‘limlari xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati xodimlarini va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy bo‘limlar boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘limlari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining, viloyatlar Madaniyat boshqarmalari boshliqlarining va Toshkent shahri Madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
16. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun hamda konsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnomalar berish uchun yig‘imlar;
tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
17. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘limlari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
18. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasigacha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga o‘z faoliyati yuzasidan moliyaviy hisobot beradi.
19. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida:
a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi “va sport ishlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3, 4, 5, 7 — 11-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.”;
g) 2-ilovada:
2.10-banddagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4.1-banddagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimiga tayinlash uchun Vazirlar Mahkamasiga nomzod tavsiya etadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4.2-banddagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktorining” so‘zlari “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5.1, 5.2 va 5.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.1. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Kengashning ishchi organi, Ijodiy ko‘maklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
5.2. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
5.3. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.”;
5.4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5.5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati bo‘yicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.”;
d) 3, 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 7, 9, 10 va 18-bandlardagi “madaniyat va sport ishlari” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat va Toshkent shahri komissiyalarining faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari hamda taniqli san’atkorlar, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining hududiy bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘ladi.
Komissiya tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.”. | 71 | 22,987 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.