folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarito‘plami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. 2. Maktablarda xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish bo‘yicha barcha ishlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Maktablarga o‘qishga kirish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar mazkur Yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi lozim. 4. Xorijiy fuqarolar maktabga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: bola ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali belgilangan vakillarning bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi; o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari; sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; “milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma; 4 x 6 sm hajmdagi 6 dona fotosurat. 5. Hujjatlar xorijiy fuqaro o‘qish istagini bildirgan maktab ma’muriyati qoshidagi qabul komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda qabul komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etiladi. 6. Qabul komissiyasi xorijiy fuqaro ishtirokida uning til tayyorgarligidan o‘tish masalasini aniqlaydi va tegishli tavsiya beradi. Maktablarga o‘qishga kirayotgan xorijiy fuqarolar, zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, o‘qiyotgan joyida til o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlik kursini o‘taydilar. 7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboriladi, shundan so‘ng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi. Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi. 9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga o‘qish uchun qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning hujjatlari ushbu vazirlik va idoralar tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi. 10. Maxsus komissiya hujjatlarni o‘rganish jarayonida hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari nomidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborish huquqiga ega. 11. Maxsus komissiya o‘rganilgan hujjatlarga asoslanib, xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 12. Maxsus komissiyaning xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori u bilan shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzish uchun asos bo‘ladi. 13. Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga yuboriladi. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish bo‘yicha yozma ko‘rsatmasiga asosan maktab ma’muriyati xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish yuzasidan o‘z buyrug‘ini chiqaradi hamda xorijiy fuqaro va maktab o‘rtasida o‘qish bo‘yicha shaxsiy shartnoma (kontrakt) tuzadi. 15. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 16. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
219
5,629
Qonunchilik
NARKOTIK MODDALARNI NAZORAT QILISh MILLIY AXBOROT-TAHLIL MARKAZINI TAShKIL ETISh HAMDA NARKOTIK MODDALARNING NOQONUNIY IShLATILIShIGA QARShI KURAShUVChI HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI BO‘LINMALARINI MUSTAHKAMLASh TO‘G‘RISIDA
Narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; 1. Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga aylantirilsin. Belgilansinki, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi. 2. Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi to‘g‘risida Nizom va uning tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. Narkotik moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil markazi xodimlarining soni, shu jumladan: unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Cog‘liqni caqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining umumiy shtatlaridagi xodimlaridan bir nafardan mas’ul xodimni ish haqi fondi, shu jumladan xodimni ta’minlash xarajatlari bilan berish; Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyati ixtiyoriga ilgari yuborilganlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasidan uning ixtiyoriga belgilangan tartibda yuborilgan ikki nafardan mas’ul xodim hisobiga 11 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin. Ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga shtatdagi tegishli xodimlarni bersinlar hamda mas’ul xodimlarni uning ixtiyoriga yuborsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyatiga belgilangan maqsadda foydalanish uchun ilgari ajratilgan elektron-hisoblash va boshqa texnikani, moliyaviy resurslarni Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi balansiga bersin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasining narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi bevosita kurashuvchi bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlansin hamda ularga qo‘shimcha xodimlar shtati ajratilsin (3, 4-ilovalap*). 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi belgilangan me’yorlarga muvofiq Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi uchun zarur xonalar ajratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni bajarish uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 9. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-iyuldagi 268-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 30-apreldagi 229-son qarori bilan tasdiqlangan “Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida Nizom”ning 11-bandidagi “uning kotibiyati tomonidan” so‘zlari “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi* Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining doimiy ishlovchi apparati hisoblanadi. Quyidagilar Milliy axborot-tahlil markazining asosiy vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining narkotik moddalarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkil etish; giyohvandlikning ahvoli, ham milliy, ham xalqaro darajalarda narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha Hukumatga, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga tegishli tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlash; ma’lumotlar bankini yig‘ish va ularni shakllantirish, umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish, shuningdek giyohvandlikning oldini olish hamda respublikada va uning tashqarisida narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga tegishli axborotni belgilangan tartibda berish. Milliy axborot-tahlil markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qarorlariga, mazkur Nizomga, xalqaro shartnomalar va bitimlarga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo‘mitasining Bosh bojxona boshqarmasi zobitlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ushbu toifadagi shaxslar uchun belgilangan tartibda va shartlarda Milliy axborot-tahlil markazida doimiy ishlash uchun yuboriladilar. Milliy axborot-tahlil markazi Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisiga bevosita hisobot beradi. Milliy axborot-tahlil markazi boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan narkotik moddalarni nazorat qilishga doir munosabatlarda o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi nomidan vakillik qiladi. Milliy axborot-tahlil markazi: narkotik moddalarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va huquqiy negizini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlashni tashkil etadi va ularni belgilangan tartibda kiritadi; narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida davlat dasturi va davlatlararo hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; boshqa mamlakatlarning narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha markaziy organlari, tegishli xizmatlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni o‘z vakolati doirasida o‘rnatadi va amalga oshiradi, axborot ayirboshlashni belgilangan tartibda tashkil etadi; narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro faoliyatni tartibga soluvchi konvensiyalar qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi yuzasidan BMTga yillik ma’ruzalar tayyorlaydi; giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va respublika tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, milliy va xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarni tayyorlash va o‘tkazishda respublika davlat boshqaruv organlariga o‘z vakolati doirasida yordam ko‘rsatadi; respublika hududida giyohvandlikka va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishning ahvolini puxta baholash bo‘yicha, shuningdek narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha davlat dasturlari va xalqaro dasturlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining faoliyati, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida zarur materiallarni tayyorlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga giyohvandlik yoyilishining oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashish bilan bevosita shug‘ullanuvchi ularga qarashli bo‘linmalar faoliyatini tashkil etishda o‘z vakolati doirasida tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga budjetdan ajratiladigan, shuningdek korxonalar, muassasalar, xususiy shaxslar, xalqaro fondlar va tashkilotlardan kelib tushadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlikni bartaraf etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi; giyohvandlikning ahvoli, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning respublika va xalqaro darajada qonuniy va noqonuniy ishlatilishiga daxldor bo‘lgan ma’lumotlar bankini yig‘ish va to‘plash, axborotlarni ishlab chiqish, umumlashtirish hamda tahlil etishni belgilangan tartibda tashkil qiladi; tegishli axborotlarni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa, shu jumladan xalqaro manfaatdor tashkilotlarga belgilangan tartibda berishni ta’minlaydi; Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining topshirig‘iga binoan, uning Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida Nizomda ko‘zda tutilgan ayrim funksiyalarini bajaradi. Milliy axborot-tahlil markazi quyidagi huquqlarga ega: vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy komissiyalaridan, boshqa tashkilot va muassasalardan giyohvandlikning ahvoli, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy va noqonuniy ishlatilishiga tegishli axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; tegishli materiallarni tayyorlash va Milliy axborot-tahlil markazi vakolatiga kiradigan tadbirlarni o‘tkazish uchun zarur hollarda vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etish; narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha respublikada va xorijda o‘tkaziladigan xalqaro tashkilotlar, ekspert komissiyalari ishida, yig‘ilishlarda, seminarlarda ishtirok etish. Milliy axborot-tahlil markazini direktor boshqaradi, u Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga ko‘ra Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi hamda maqomiga ko‘ra tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari kotibiyati mudiriga, bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining bosh va yetakchi mutaxassislariga tenglashtiriladi. Milliy axborot-tahlil markazi direktori: Milliy axborot-tahlil markaziga va uning bo‘linmalariga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi; xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi, uning tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar doirasida Milliy axborot-tahlil markazi xodimlari ro‘yxatini tasdiqlaydi; kadrlarni tanlash va joylashtirishni amalga oshiradi, bo‘linmalar rahbarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, aholi bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda Milliy axborot-tahlil markazi nomidan vakillik qiladi; o‘z vakolati doirasida ichki buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi hamda ularning ijrosini tekshirishni tashkil etadi; Milliy axborot-tahlil markaziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va uning o‘z funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi; Milliy axborot-tahlil markazi kreditlari va mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. Milliy axborot-tahlil markazi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta schyotlariga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
227
12,275
Qonunchilik
Termiz universiteti huzurida yangi sport markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 322-son qarori bilan Surхon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korхonasi shaklida “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi. Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga sport-sogʻlomlashtirish markazini qurishga oid topshiriqlar berildi. Qurilish tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurish muddatlari koʻrsatilgan holda sport-sogʻlomlashtirish markazi ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek sport-sogʻlomlashtirish markazining tasdiqlangan bosh rejasiga qat’iy amal qilgan holda, uning hududida хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz hisoblaridan umumiy ovqatlanish shoхobchalari, iste’mol mollari doʻkonlari, savdo shoхobchalari va boshqa bozor infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruхsat berildi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
64
1,288
Qonunchilik
“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-464-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 11-fevralda kiritilgan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-464-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
179
714
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4435-son Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, ta’lim jarayonini o‘quv-metodik ta’minlashni takomillashtirish, binolar majmuini mukammal rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Akademiya bilan birgalikda “Davlat boshqaruvi” va “Jamiyat boshqaruvi” magistraturalari mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanilishini ta’minlasin. 3. Akademiya 2012/2013 o‘quv yili boshlanguniga qadar: hujjatlarni qabul qilishni, davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida respublikaning, shuningdek xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etishni; davlat va jamiyat boshqaruvi masalalari bo‘yicha mamlakatimiz va xorijning o‘quv-ilmiy va metodik adabiyotlari asosida axborot-resurs baza tashkil etilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ta’lim jarayonini tashkil etish uchun Akademiyani “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga va elektron axborot-ta’lim resurslariga ulashda Akademiyaga texnik yordam ko‘rsatsin. 5. Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish doirasida: Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi; “Toshgiproshahar” OAJ — bosh loyiha tashkiloti; “Ulkan qurilish servis” MChJ — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin. 6. Buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti 2012-2013-yillarda bosqichma-bosqich asosida Akademiya binolarini mukammal rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining: I bosqich — 14 qavatli bino bo‘yicha, ishlarni 2013-yilning aprelida tugallagan holda; II bosqich — 2 va 3 qavatli binolar bo‘yicha, ishlarni 2013-yilning dekabrida tugallagan holda, sifatli bajarilishini ta’minlasinlar. 7. Akademiya, buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti qurilish-montaj ishlarining ikki bosqichga bo‘linishini hisobga olgan holda, 2012-yil 15-iyulgacha 2012-2013-yillarda Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ishlab chiqilishini, belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi ekspert kuzatib borilishini va qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati doimiy nazorat qilinishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi: 2012-yil uchun kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga va Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga joriy yilda zarur mablag‘lar ajratsinlar; O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilishni tugallashga kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar; O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Davlat budjeti parametrlarida Akademiyaning o‘quv auditoriyalari, kafedralari, axborot-resurs markazini zamonaviy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari, mebel va anjomlar bilan jihozlash, mamlakatimiz va xorijning o‘quv, ilmiy va metodik adabiyotlari bilan ta’minlash uchun “Ta’lim” sohasi bo‘yicha mablag‘lar doirasida zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” OAJ bosh loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Akademiyaning binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilish uchun boshqariladigan narxlar bo‘yicha sement va metall prokati belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar. 11. Akademiyani mukammal rekonstruksiya qilish va keyinchalik jihozlash doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Akademiya va bosh pudrat tashkiloti tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, anjomlar va moddiy-texnika resurslari 2014-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N.Aripov va B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
164
5,240
Qonunchilik
AMERIKA QO‘ShMA ShTATLARIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELChIXONASINING ShTAT JADVALIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirish xamda davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish to‘g‘risida” 1993-yil 10-maydagi 212-son qaroriga qo‘shimcha tariqasida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvaliga maslahatchi va birinchi kotib qo‘shimcha lavozimlari kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yil 1-yanvardan boshlab yangidan kiritilgan shtatlarni ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: bir oy muddatda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining va birinchi kotib lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritsin; yangidan kiritilayotgan shtatlar ta’minoti uchun 2001-yilgi xarajatlarni shtatlarning to‘ldirilishiga ko‘ra xorijiy muassasalar ta’minoti uchun Tashqi ishlar vazirligiga ajratiladigan umumiy mablag‘lar doirasida budjet ajratmalari hisobiga amalga oshirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri M.B. Nurmurodov zimmasiga yuklansin.
118
1,354
Qonunchilik
Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotining o‘tkazilgan tahlili shuni ko‘rsatdiki, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha ishlarning lozim darajada bajarilmaganligi, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining samarasizligi, idoralararo mustahkam hamkorlikning mavjud emasligi, intellektual mulk sohasida malakali kadrlarning yetishmasligi, shuningdek patent bojlari va to‘lovlarining yuqori darajada ekanligi ushbu sohani rivojlantirishga salbiy ta’sir etmoqda. Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda: 1. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va ushbu sohadagi umum e’tirof etilgan xalqaro normalarni implementatsiya qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. 3. 2019-yil 1-martdan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirilgandan so‘ng, Adliya vazirligi bir ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilar yoki ularning vakillari talabnomalar e’lon qilingandan so‘ng Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin; tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir mutlaq huquq, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi o‘rinlarda — tovar belgisi) o‘sha kunning o‘zida tovar belgisi haqidagi ma’lumotlarni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi; tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek, jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan avval to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin. 5. Intellektual mulkning samarali himoyasini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda kamida bir marta keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazilgan holda intellektual mulk sohasida o‘z malakalarini oshirishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda ilg‘or ta’lim standartlari va texnologiyalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv va ilmiy salohiyatidan foydalangan holda intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga “xufiyona iqtisodiyot” shakllanishi holatlarini aniqlash, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qo‘yish funksiyalari yuklangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda: 2019-yil 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hammaga ma’lum tovar belgilarining nohalol ro‘yxatdan o‘tkazilishini aniqlash nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovar belgilarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini ko‘rsin; intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin. 8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni ta’minlovchi intellektual mulk obyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy etsin: huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lgan intellektual mulk obyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish; intellektual mulk obyektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum bo‘lganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish; intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini, shu jumladan Mulk huquqini himoya qilish xalqaro indeksi mezonlarini inobatga olgan holda ta’minlashning zamonaviy baholash va tahlil qilish tizimini joriy etish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2019-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yil 1-yanvardan boshlab intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda patent bojlari va to‘lovlarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish, shu jumladan uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin; manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, shuningdek o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
93
7,667
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 44, 67 va 98-bandlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori (ro‘yxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 247-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 44, 67 hamda 98-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
195
893
Qonunchilik
Yana uchta tumanda ogʻir mehnat sharoitlari uchun ustama joriy etilishi mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shunday taklif bilan chiqmoqda. Idora tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning sentyabr oyida mamlakatimiz Hukumati tarmoq koeffitsiyentlari va tuman koeffitsiyentlari qoʻllaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyхatini tasdiqlagan. Biroq shundan keyin Vazirlar Mahkamasiga qabul qilingan qaror doirasidan tashqarida qolgan tashkilotlar va fuqarolardan murojaatlar kelib tusha boshladi. Shu munosabat bilan loyiha mualliflari quyidagilarni taklif etishmoqda: birinchidan, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 389-son qarorining 18-bandiga tuzatish kiritish. Unda gap Buхoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida bevosita band boʻlgan barcha toifadagi хodimlarning ish haqlariga suvsizlik va choʻl sharoitlari uchun tuman koeffitsiyenti (1,7) хususida bormoqda. Hujjatning davlat tilidagi matnida ushbu koeffitsiyent zavod qurilishi olib borilgan davr mobaynida amal qilishi koʻrsatilgan, biroq rus tilidagi versiyasida bu mavjud emas. Amalda esa koeffitsiyent doimiy asosda qoʻllanilmoqda, shuningdek u yangi hujjatda ham aks ettirilgan. Xodimlarning ish haqi kamayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun  18-bandning ikkinchi хatboshisidan «qurilishida bevosita» soʻzlarini olib tashlashmoqchi; ikkinchidan, Buхoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 1,2 miqdordagi tuman koeffitsiyentini joriy etish. Tabiiy-iqlim sharoitlarini qoʻshimcha tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, yilda havo harorati 41oSdan ortiq kunlar, chang-toʻzonli boʻron va yogʻinlarning oʻrtacha yillik me’yori (keskin qiymat) bu yerda mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichlardan jiddiy ravishda oshadi. Loyihaga ilova qilingan tushuntirish хatiga asosan,  tuman koeffitsiyentlari 17,3 ming nafardan ziyod byudjetchilarni va barcha хoʻjalik hisobidagi tashkilotlarni qamrab oladi. Ushbu chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 37 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talab etiladi. Shuningdek, mehnatkashlarga ushbu tumanlarda qoʻshimcha mehnat ta’tilining eng kam muddatini (2 ish kuni) belgilash rejalashtirilmoqda; uchinchidan, kasbning ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyati hamda mehnatning murakkabligi va shartlaridan kelib chiqib, tarmoq koeffitsiyentlarini tarif stavkalari guruhlari bilan bogʻlagan holda rangli metallurgiya korхonalarida tarif stavkalari guruhlari tizimini joriy etish. Uran va toriy konlarida qazib olish bilan shugʻullanuvchi хodimlarga ham oshirilgan tarmoq koeffitsiyentlarini belgilash taklif qilinmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida shu tariqa mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish ta’minlanadi va хodimlarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi, degan fikrdalar. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
78
2,930
Qonunchilik
“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (“Hukumat a’zolarining parlament old
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
647
Qonunchilik
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA MOLIYAVIY SEKTORNI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISh LOYIHASI DOIRASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika moliya va bank tizimini isloh qilishni davom ettirish, tijorat banklarini xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va bank sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 19-iyuldagi 348-son qaroriga qo‘shimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan qarz bitimi (Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi) shartlariga muvofiq bir qancha tijorat banklarini xususiylashtirish va qayta tarkibini o‘zgartirish komponentini amalga oshirish nazarda tutilganligi; banklarni xususiylashtirish va tarkibini o‘zgartirish komponentini amalga oshirishda “Asaka” banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda o‘z ustav sarmoyalarida davlat ulushi bo‘lgan boshqa tijorat banklari qatnashayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosini (keyinchalik “Byuro” deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki, Banklarni xususiylashtirish byurosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot beradi, unga joriy rahbarlik qilish Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi; Byuroning ustav fondi 35 mln so‘mni tashkil etadi, u davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, shuningdek kompyuter va tashkiliy texnika sifatidagi mulkiy ulush qo‘shish yo‘li bilan Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi; Byuro xodimlarining cheklangan soni (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 6 nafarni tashkil etadi va u 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega bo‘ladi; Byuroning joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash ustav fondi va qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, xodimlar mehnatiga ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan milliy valyutada haq to‘lanadi. 4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin: iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar ustuvorliklarini hisobga olgan holda tijorat banklarini xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; banklarni yakka tartibda xususiylashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish; strategik investorlarni jalb qilgan holda banklarni xususiylashtirish masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish va uning monitoringini olib borish; loyihani amalga oshirish uchun xalqaro maslahatchilarni, xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlarni jalb etish; xalqaro maslahatchilar, xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, shuningdek qarz berish shartlariga muvofiq xorijiy investorlar jalb etilishi uchun texnik topshiriqlarni tayyorlash va tenderlar tashkil etish; xususiylashtirilayotgan banklarning moliyaviy ahvoli tekshirilishini tashkil etish va uni amalga oshirish; yirik banklarning aksiyalarini keyinchalik chet elda joylashtirish uchun investitsiya ehtiyojlarini o‘rganib chiqish va xususiylashtirilayotgan banklarni yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; xususiylashtirilayotgan banklar samarali ravishda taqdimotdan o‘tkazilishini tashkil etish va uni amalga oshirish; moliyaviy sektorni isloh qilishga jalb etilgan mamlakatimizning va xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar o‘rtasida ishlarni muvofiqlashtirishni va hamkorlikni ta’minlash. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Byuroni joylashtirish uchun joy ajratsin. 6. Banklarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini potensial investorlarga sotish bo‘yicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda davlat tender komissiyasi tuzilsin. Belgilansinki, Davlat tender komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tganlari taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi. 7. Quyidagilar Davlat tender komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotish oldidan tayyorlash va ularni potensial investorlarga sotish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organlari va xususiylashtirilayotgan banklarning, shuningdek, jalb qilingan ekspert kompaniyalar hamda vositachilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish; davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotish oldidan tayyorlash va ularni sotish uchun texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilish shartlarini belgilash; davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotib olish uchun da’vogarlarning foydaliroq takliflarini ekspertiza qilish va tanlash; baholashning oshkoraligi, halolligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish. 8. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Banklarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini potensial investorlarga sotish bo‘yicha davlat tender komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Byuroning buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahatchilarga, ularni davlat poshlinalari to‘lashdan ozod qilgan holda ko‘p martalik vizalarni belgilangan tartibda berish va ularning muddatlarini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirishni ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Byuroning buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
229
6,108
Qonunchilik
Bitiruv va kirish imtihonlarini birlashtirmoqchilar
QHTBT portalida Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarining (maktablarning) bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarini birlashtirishni rejalashtirmoqdalar. Majburiy fanlar va bitiruvchi tanlagan bakalavriat yoʻnalishiga mos ikkita fan boʻyicha yagona test sinovlari oʻtkaziladi. Testlar aprel – may oylarida oʻtkaziladi. Test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlar boshqa abituriyentlar qatori oʻsha yilning iyul – avgust oylarida imtihon topshirishlari mumkin. Xalq ta’limi vazirligi: 16 aprelgacha loyiha bilan tanishish, uning muhokamasida ishtirok etish, oʻz sharhlari, fikr-mulohazalari va takliflarini qoldirish mumkin. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
51
943
Qonunchilik
Davlat-хususiy sherikligi 16 ta sohada amalga oshiriladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat-хususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, davlat-хususiy sherikligi — bu investitsiya, innovatsiya, infratuzilma va boshqa loyihalar hamda muhim boʻlgan davlat, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy ahamiyatga ega dasturlarni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlar majmui. Bunda davlat boshqaruvi, hududiy hukumat organlari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatlangan boshqa davlat tashkilotlari davlat sherigi boʻla oladi. Xususiy sherik – bu Oʻzbekistondagi yuridik yoki jismoniy shaхs, хorijiy yuridik yoki jismoniy shaхs, davlat-хususiy sherikligini tuzgan yoki tuzish istagida boʻlgan хalqaro tashkilot. Ular faoliyatining asosiy maqsadi foyda olishdir. Davlat-хususiy sherikligi quyidagi sohalarda amalga oshiriladi: Hamkorlik asosan loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurilish, tiklash, ilmiy tadqiqotlar, хizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya va ishonchli boshqaruvni amalga oshirishni oʻz ichiga oladi. Ma’lum bir loyiha doirasida sheriklar birga хizmat qilishining asosiy shartlari shartnomada belgilanadi. Uni tuzish uchun esa tender oʻtkaziladi. Xususiy sherikka uning loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatlari va davlat iqtisodiy koʻmagi taqdim etiladi. Bu quyidagi jadvalda aks ettirilgan: Davlat moliyaviy yordami Davlat iqtisodiy yordami Davlat kafolati Imtiyozli kreditlar va qarz mablagʻlar taqdim etish; Kafolatlar berish; Davlat- хususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vositalarning bir qismini moliyalashtirish; Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni kechiktirish, boʻlib toʻlash va imtiyozlarni ta’minlash.  Dalat mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining imtiyozli stavkalarini belgilash; Toʻgʻridan-toʻgʻri davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatdan foyda olish huquqini taqdim etish. Davlat sherigining хususiy sherik faoliyatiga aralashmasligi; хususiy sherik mulkini natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilishdan himoya qilish;  Davlat- хususiy sherikligi loyihasiga kirgizilgan investitsiyalar va ulardan tushgan foydaga ega boʻlish, foydalanish va tasarruf etish uchun boʻlgan huquq; Davlat organlarining noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaхslari хarakatlari (хarakatsizligi) sababli хususiy sherikka yetkazilgan zararning qoplanishiga boʻlgan huquq; Shartnoma shartlarining qayta koʻrilishiga, хususiy sherik uchun loyiha shartlarining yomonlashuviga olib keluvchi normativ-qonuniy hujjatlar qabul qilinganda uni erta tugatishga boʻlgan huquqi kabilarni ta’minlash. Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Mohina Mirzayeva.
56
2,787
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq: 2022-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berilishi; nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirilishi; 2022-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladigan bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasida aks etib borilishi; 2022-yil 1-martga qadar har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratgan holda, mehnat faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi tavsiya qilingan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning samarali mehnati faoliyatini amalga oshirishi uchun ish joylari bilan ta’minlanishi tavsiya etilgan qulay shart-sharoitlarni nazarda tutuvchi: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxati (klassifikatori) 1-ilovaga muvofiq; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar 2-ilovaga muvofiq; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashish uchun yo‘llanmalar berishda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan kasb va lavozimlarni inobatga olsin. 4. Sportni rivojlantirish vazirligi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda eshitishi va gapirishida nuqsoni bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport, madaniy va ilmiy to‘garaklarga keng jalb qilinishini tizimli ravishda tashkil etib borsin. 5. Savdo-sanoat palatasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Ushbu Tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat munosabatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 2. Mazkur Tavsiyalar bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlashda, texnologik jarayonlarda, shuningdek, uskunalarning ekspluatatsiyasida inobatga olinadi. 3. Ushbu tavsiyalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida ishlovchilarning doimiy yoki vaqtincha bo‘lish joyi; ishlab chiqarish omillari — mikroiqlim parametrlari, ishlab chiqarish jarayoni omillari va shovqin uchun belgilangan optimal me’yorlar; mehnatning optimal omili — aholi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarida shartli ravishda deb qabul qilingan me’yorlardan yuqori bo‘lmagan nojo‘ya omillar; mehnat sharoiti — mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yig‘indisi; nogironligi bo‘lgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng hamda to‘liq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxs; nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnati uchun moslashtirilgan sex, uchastka — nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi va ishlashi uchun jihozlar bilan ta’minlangan, mehnat faoliyatining doimiy (smenalar bilan) yoki davriy (ish kuni davomida) amalga oshirilishiga mo‘ljallangan joy; Nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi (keyingi o‘rinlarda — RYaTD) — nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida ishlab chiqilgan, nogironligi bo‘lgan shaxs uchun maqbul reabilitatsiya choralari majmui bo‘lib, ushbu choralar organizmning buzilgan yoki yo‘qolgan funksiyalarini, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxs mehnat faoliyatining ayrim turlarini bajarish qobiliyatini tiklashga, kompensatsiya qilishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya choralarini amalga oshirishning ayrim turlari, shakllari, hajmlari, muddatlari hamda tartibini o‘z ichiga oladi; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish joyi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish jarayonini xavfsiz olib borish uchun anjomlar bilan jihozlangan, maxsus uskunalar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan mehnat faoliyati jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning doimiy yoki vaqtincha bo‘lish joyi; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat sharoiti — mehnat jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligiga va mehnat layoqatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari majmuasi; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlari — nogironligi bo‘lgan shaxsning ish joyida cheklanishni his qilmasligi va samarali mehnat qilishiga imkoniyat beruvchi sharoit. xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili; zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili. 4. Mehnat sharoitlari quyidagi to‘rtta sinfga bo‘linadi: I sinf — mehnatning optimal sharoitlari ishlovchilar salomatligini saqlash hamda mehnat layoqatini yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mehnat sharoitlari; II sinf — ruxsat etilgan mehnat sharoitlari ish joylarida belgilangan gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lmagan muhit va ish jarayoni omillari darajasi bilan tavsiflangan bo‘lib, ishlovchilar salomatligiga yaqin va uzoq davrlarda salbiy ta’sir etmaydigan, xodimlarning dam olish vaqtida yoki kelgusi smenaning boshlanishiga qadar tiklanadigan mehnat sharoitlari; III sinf — mehnatning zararli sharoitlari ishlovchi va uning avlodi organizmlariga nojo‘ya ta’sir qiladigan va gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lgan zararli ishlab chiqarish omillari mavjudligi. Bunda gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lish darajasi va ishlovchining organizmidagi o‘zgarishlarning ifodalanishi bo‘yicha mehnatning zararli sharoitlari quyidagi 4 ta darajaga bo‘linadi: 1-daraja (3.1) — gigiyenik me’yorlardan og‘adigan, shuningdek, orqaga qaytadigan funksional buzilishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan, shartli ravishda umumsomatik kasalliklar rivojlanishi xavfini keltirib chiqaradigan mehnat sharoitlari; 2-daraja (3.2) — turg‘un funksional buzilishlar paydo bo‘lishiga, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan umumiy kasallanishning o‘sishiga, sonining ko‘payishiga, kasbiy patologiya boshlang‘ich belgilarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan ishlab chiqarish omillari darajasidagi mehnat sharoitlari; 3-daraja (3.3) — mehnat faoliyati davrida yengil darajada kasbiy patologiyaning rivojlanishiga, surunkali umumsomatik patologiyaning o‘sishiga, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kasallanishning ko‘payishiga sabab bo‘ladigan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari; 4-daraja (3.4) — kasb kasalliklarining ifodalangan shakllari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan, surunkali umumsomatik patologiyaning o‘sishi hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kasallanishning yuqori darajasidagi mehnat sharoitlari; IV sinf — ish smenasi (yoki uning qismi) davomida hayot uchun xavf tug‘diradigan, o‘tkir kasbiy shikastlanishning og‘ir shakllari rivojlanishiga yuqori xavf paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari. Birinchi navbatda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mumkin bo‘lmagan va mumkin bo‘lgan ish faoliyati (kasblar) belgilangan zararli va xavfli darajasi bo‘yicha yoki boshqa sinflar asosida qo‘llanilishi tavsiya etiladi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qilish imkoniyati ko‘proq optimal va mumkin bo‘lgan sinflar (1-2) bilan cheklanadi. Ayrim hollarda nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan bajariladigan ishga qarab tibbiy moneliklar bo‘lmaganda 3-sinf 1.2 (3.1, 3.2) darajasidagi ishlab chiqarish omillari bilan ish joyiga ruxsat beriladi. 5. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ish grafigining yakka tartibda o‘zgarishi; ish hajmining kamayishi va/yoki ishlab chiqarish korxonasining yakka tartibda belgilanishi; aniq bir shaxsga mo‘ljallangan holda mehnat xususiyatining o‘zgarishi (lavozim yo‘riqnomasining o‘zgarishi); maxsus sanitariya-gigiyena sharoitlarni yaratish; korxonada maxsus ish joyini texnik jihatdan jihozlash; korxonada tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; ishchini ish joyiga yetkazishni tashkil etish; uy sharoitida ish joyini tashkil etish; boshqa shaxslarga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; ish joyida asbob-uskunalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun maxsus moslamalardan foydalanish; maxsus ishlab chiqilgan qo‘l uskunalarini qo‘llash; boshqaruv organlarining asbob-uskuna, texnologik yoki tashkiliy jihozlarga ega bo‘lishi; imkoniyat yetarli bo‘lgan masofadagi ish joyida detallarni qayta ishlash; ish joyida (ko‘ruv, eshituv, taktil) kirish va ortga burilish imkonini ta’minlaydigan qo‘shimcha maydonlar ajratish. 6. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksiyalar buzilishi xususiyati bo‘yicha tasnifi quyidagilardan iborat: kreslo-aravada harakatlanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar; eshitish layoqati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar; ko‘rish layoqati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar; tayanch-harakat funksiyasi buzilishi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar; nogironligi bo‘lgan shaxslarning boshqa guruhlari. 7. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun mo‘ljallagan ish joylari qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi tashkilot o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda sanitariya-texnik holatni pasportlashtiradi. 8. Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan minimal sonda belgilangan ish joylari hisobiga ishga joylashish uchun yuborilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinadi. 9. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan to‘liqsiz ish vaqti, yuklanishning (zo‘riqishning) pasayishi va mehnatning boshqa sharoitlari bo‘yicha berilgan tavsiyalar ish beruvchi tomonidan bajariladi. 10. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning samarali mehnat qilishi uchun maxsus sharoitlar ta’minlanishi ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur maxsus sharoitlarga muhtoj bo‘lganda amalga oshiriladi. 11. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnati maxsus yaratilgan sharoitlarga muhtoj bo‘lmasa, ish joylaridagi mavjud bo‘lgan mehnat sharoitlari tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalariga ko‘ra moslashtiriladi. 12. Tavsiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat xususiyatlari yoki organizm funksiyalarining va hayot faoliyatining buzilishi maxsus jihozlangan ish joylarini talab etmagan hollar bundan mustasno. 13. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan mehnat qilish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan asosiy texnologik jihoz, asbob-uskunalar, yordamchi jihozlar tanlovi, montaji va ekspluatatsiyasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yaratilgan joylarning jihozlanishini ta’minlaydi. 14. Ish beruvchiga quyidagilarni tashkil etish tavsiya etiladi: nogironligi bo‘lgan har bir shaxsga yoki bir xildagi organizm funksiyalarining buzilishi va hayot faoliyatining cheklanishi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ishlash uchun zarur bo‘lgan mehnat sharoitlarini yaratish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga binoan nogironligi bo‘lgan shaxsga mehnat sharoitlarini va ish tartibini ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasbiy malakasini va salomatligining ahvolini inobatga olib, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatini tatbiq etish maqsadida maxsus ishlab chiqarish jarayonlarini va mahsulotni tanlash; individual tartibda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatini yengillashtirish maqsadida kichik mexanizatsiya vositalarining turlarini ishlab chiqish va tatbiq etish; zaruriyat tug‘ilganda individual tartibda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini jihozlash; Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi xulosasiga asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlab chiqarishda tibbiy kuzatuvda bo‘lishini tashkil etish; kasalliklar va ish kunining davomiyligi bo‘yicha tavsiyalarni inobatga olgan holda ish jadvalini tuzish; mehnat muhofazasi va ishlarni xavfsiz olib borishni ish jarayonida nazorat qilish. 15. Maxsus ish joylari ta’minlanishining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar guruhi maxsus ish joylarini muhtojligidan kelib chiqib jihozlashni amalga oshirilishini tahlil qilish va vaziyatni baholash; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga qaratilgan choralar ro‘yxatini shakllantirish va amalga oshirish. 16. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini maxsus sharoitlarda amalga oshirishga muhtojligini tahlil qilish va vaziyatni baholash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi: nogironligi bo‘lgan shaxsning reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida berilgan tavsiyalar; ishlab chiqarishda olingan baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi sababli shikastlangan nogironligi bo‘lgan shaxsning reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturidagi ma’lumotlar; nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatining xususiyati, mehnat funksiyalari, maxsus ish joyida mehnat funksiyalarini bajarishdagi texnologik, psixologik, meteorologik farqlovchi xususiyatlar; mehnat sharoitlarini tashkil etish bo‘yicha berilgan savollarga nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilgan javoblar. 17. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga qaratilgan choralar ro‘yxatini shakllantirishda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan mehnat funksiyalari bajarilishi, shuningdek, texnologik ta’minot, asbob-uskunalar, yordamchi anjomni xarid qilish, montaj qilish va moslashtiruvini ta’minlaydigan asosiy va yordamchi anjomlar bilan ta’minlash inobatga olinadi. 18. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun maxsus ish joylari jihozlanishi boshqa ishchilar tomonidan mehnat funksiyalari bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim. 19. Nogironligi bo‘lgan shaxsda buzilgan funksiyalar xususiyatini va hayot faoliyatining cheklanishini, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan bajarilayotgan mehnat xususiyatini, kasbini (lavozimini) inobatga olish tavsiya etiladi; xavfsiz mehnat sharoiti muhofazasini, bino va inshoatlarda to‘sqinliksiz muhitni, shuningdek, sanitariya me’yorlari ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. 20. Ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bajariladigan funksiyadan kelib chiqqan holda maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi: binolarda, har xil inshootlarda, shuningdek, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida (evakuatsiya yo‘llarida), ma’muriyat, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan me’yoriy sharoitlarini ta’minlash; ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘sqinliksiz o‘z ish joyini topishi va mehnat funksiyalari bajarilishini ta’minlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzulmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash; qo‘shimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual ma’lumotga ovoz berish va ko‘rish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini ta’minlash; maxsus ish joyini yozuv uchun bo‘rtma — naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, shuningdek, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Brayl yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash; kompyuterda ishlashga mo‘ljallangan ish joyini yirik bo‘rtma — naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Brayl bosmali harf (Brayl displey va Brayl klaviaturasi) bilan ta’minlash; maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, shuningdek, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual ma’lumotga ovoz berish imkonini yaratish. 21. Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan ta’minlash tavsiya etiladi. 22. Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda jihozlanishi bo‘yicha ularning to‘sqinliksiz o‘z ish joyini topishi va ishni bajarishini ta’minlash uchun maxsus, jumladan, kompterlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ish joyi tovush signallarini yorug‘likka, nutq signallarini harakatlanuvchi satrga o‘zgartiruvchi vizual indikatorlar bilan jihozlash tavsiya etiladi. 23. Ko‘ruv va eshitish funksiyasi bab-baravar buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘r-karlar uchun bajarayotgan mehnat funksiyalarini inobatga olib maxsus ish joylarini jihozlash bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: ko‘ruv va eshitish funksiyasi bab-baravar buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘r-karlar uchun maxsus ish joyini to‘sqinliksiz topish maqsadida taktil tiflotexnik jihozlar, shuningdek, ishni ko‘rish va eshitish nazoratisiz bajarish uchun funksional maqsadli tiflotexnik vositalar bilan jihozlanishi; kompyuterda ishlashga mo‘ljallangan maxsus ish joyi tiflotexnik jihozlar, Brayl displeyga ulanadigan teletayp aloqasi jihozi, qo‘shimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar bilan ishlatiladigan tiflo — organayzer bilan ta’minlanishi; ish joyida ish beruvchi ishchi bilan kelishilgan holda tiflosurdotarjima xizmatini taqdim etish. 24. Tayanch-harakat funksiyasi buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan bajarilayotgan mehnat funksiyalari inobatga olinib, maxsus ish joylari jihozlanishi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: nogironligi bo‘lgan shaxslar organizm tizimlarining buzilishini, shuningdek, hayot faoliyati cheklanishini to‘liq yoki qisman tiklash maqsadida maxsus ish joyi ergonomik tamoyillarni bajarish (maksimal darajada qulay bo‘lgan holatda asbob-uskunalarni joylashtirish) uchun jihozlanishi; ishchi yuza balandligini va nishabini o‘zgartirish, ishchi stul o‘tirg‘ich balandligini va nishabini, ishchi stul suyanchig‘i nishabi burchagini o‘zgartirish; turganda zo‘r berishni mo‘tadillashtirish uchun maxsus o‘tirg‘ich, ehtiyoj tug‘ilganda har xil belgilangan maqsadli maxsus kompyuter klaviaturasi, maxsus kompyuter sichqoni va ushbu anjomlarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, buyum va tafsilotlarni qo‘lga olish va ushlab turish uchun mo‘ljallangan maxsus moslamalar bilan jihozlash; kompyuterda ishlashga mo‘ljallangan ish joyi ishchi yuza balandligini va nishabini o‘zgartirish, ishchi stul o‘tirg‘ich balandligini va nishabini, ishchi stul suyanchig‘i nishabi burchagini o‘zgartirish; turganda zo‘r berishni mo‘tadillashtirish uchun maxsus o‘tirg‘ich, maxsus ish joyini maxsus mexanizm va jihozlar bilan jihozlash. 25. Kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan bajariladigan mehnat funksiyasini hisobga olib maxsus ishchi joylari jihozlanishi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: maxsus ish joyiga to‘sqinliksiz kirib borish va burilishni ta’minlovchi anjom mavjudligi; kreslo-aravada ishlash uchun sharoitlar yaratilganligi va moslashtirilgan mebel bilan jihozlanganligi; kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarning binoning ikkinchi va undan yuqori qavatlariga chiqib — tushishi uchun lift yoki tepaga ko‘tarish tuzilmalari nazarda tutilganligi; kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ishchi kabinet maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmasligi (14 — 16 m2 maydon tavsiya etiladi); xonalar va anjomlar salomatlik xavfsizligi va ish faoliyati ratsional tashkil etilishi talablariga, favqulodda vaziyatlarda evakuatsiyaning talablariga javob berishi; nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylari va hojatxonalar, dushxonalar, ichimlik suv bilan ta’minlash tizimlari, qisqa muddatli dam olish xonalari orasidagi masofa 50 metrdan oshmasligi tavsiya etiladi. Bevosita ishlab chiqarish xonalarida qo‘l yuvgichlar joylashtirilishi ko‘zda tutilganligi; ishchi xonalar va sanbloklar korxona hududida alohida joylashtirilganda, ularning uzoqligi 75 — 100 metr bo‘lishi mumkin; kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslarni dam olish joylariga va oshxonalarga borishi uchun noqulaylik bo‘lganda, ish joylari yonida xar bir nogironligi bo‘lgan shaxs uchun mo‘ljallangan 2,5 m2 (14 m2 dan kam bo‘lmagan) hajmdagi dam olish va ovqat qabul qilish xonasi bo‘lishi nazarda tutilishi; nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydigan binoda tegishli sanitariya-gigiyenik xususiyatlarga ega (uzunligi, balandligi, nishab burchagi, yuzasi, tutqichlar mavjudligi va hokazo) bo‘lgan pandus mavjudligi; nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydigan binoda tegishli sanitariya-gigiyenik xususiyatlarga ega (eshiklar kengligi, rakovina va unitazlar balandligi, ostona yo‘qligi, tutqichlar mavjudligi) hojatxonalar mavjudligi; nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransportiga muassasa hududida maxsus avtoturargoh ajratilganligi; nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydigan binolarga to‘siqlarsiz kirib borishni ta’minlanganligi (yo‘llar, yo‘laklar, yo‘lovchi tashish transporti uchun bekatlar, yo‘llar yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar, maxsus yo‘l belgilari va hokazo). 26. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlatiladigan jihozlar va mehnat qurollari sog‘liq xavfsizligi va mehnat faoliyatini ratsional tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya talablariga javob berishi lozim. 27. Ishlatiladigan jihozlar va mehnat qurollarida davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining gigiyenik sertifikatlari bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat tizimi kasalliklari (kreslo-aravada harakatlanadigan) bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga maxsus jihozlash muayyan texnik shartlarga ko‘ra nazarda tutiladi. 28. Bino ichida nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanadigan eshiklarni ochish-yopish moslamalari, gorizontal tutqichlar, dastaklar, jo‘mraklar, uskunalarni ishga soluvchi tugmalar va boshqa jihozlar balandligi 1,1 metrdan oshmagan, pol sathidan 0,85 m2 dan kam bo‘lmagan va xonaning yonbosh devori yoki boshqa vertikal tekisligidan 0,4 m. kam bo‘lmagan masofada joylashtirilishi tavsiya etiladi. 29. Jihozlarni joylashtirayotganda kreslo-aravalarda harakatlanuvchilar borishi uchun qulay o‘lchovlarni, jumladan: frontal yurishda — pol sathidan 1,2 metrdan baland bo‘lmagan va 0,4 metrdan past bo‘lmagan holatda; maxsus anjom tashrif buyuruvchining yonboshidagi hududda joylashganda, pol sathidan 1,4 metrdan baland bo‘lmagan va 0,3 metrdan past bo‘lmagan holatda bo‘lishi tavsiya etiladi. 30. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylarida anjom va mebel joylashtirilishi mehnat xavfsizligini va maishiy qulayligini ta’minlashi tavsiya etiladi. 31. Kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnati uchun mo‘ljallangan ish joyida stanoklar, anjomlar va mebel joylashtirilishi kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar kirib borishi va burilish imkoniyatini ta’minlashi, ko‘r va xira ko‘ruvchining ish joyida boshqa ishchilar harakatiga xalaqit qilmagan holda ish bajarish imkoniyatini ta’minlashi tavsiya etiladi. 32. Tayanch-harakat funksiyalari buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylarida anjom va mebelning alohida qismlari bajariladigan ishni hisobga olib, bir shakldan boshqa shaklga aylantiriladigan bo‘lishi tavsiya etiladi. Ish stolida o‘zgartiriladigan balandlik va ishchi yuzaning nishabi, oyoq ostiga qo‘yiladigan taglik bo‘lishi tavsiya etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish stulida o‘tirgich balandligini va nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida guruhlari (ko‘rlar, xira ko‘ruvchilar, karlar) imkoniyatlari va cheklanishlarini hisobga olgan holda o‘z ish joyini to‘sqinliksiz topish va ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotni idrok qilish uchun ish joylarini anjom va mebelni (vizual, akustik, taktil) indikatorlar bilan ta’minlash tavsiya etiladi. 33. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus ish joylarida quyidagilar ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi: anjomni boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi, nogironligi bo‘lgan shaxslarda anatom — morfologik, fiziologik nuqsonlarni va cheklanishlarni kompensatsiya qiluvchi maxsus moslamalarning ishlatilishi; maxsus ishlab chiqilgan ishonchli ushlash va samarali foydalanishni ta’minlovchi asbob-uskunalarning ishlatilishi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning antropometrik, jismoniy o‘lchamlari va jismoniy cheklanishini hisobga oluvchi texnologik yoki tashkiliy jihozlanishni boshqaruv organlarini motor maydoni (gorizontal va vertikal tekisliklar) yetib boradigan hudud chegaralarida joylashtirish; stol ishchi yuzasi va ish stuli unsurlari holatini yengil o‘zgartiradigan va boshqaradigan mustahkam joylashgan mexanizmlar ishlatilishi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida guruhlari (ko‘rlar, xira ko‘ruvchilar, karlar) imkoniyatlari va cheklanishlari hisobga olgan holda o‘z ish joyini to‘sqinliksiz topish va ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotni idrok qilish uchun ish joylarida anjom va mebelni indikatorlar (ko‘ruv, eshituv, taktil) bilan ta’minlash. 34. Ishlab chiqarish xonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylarini yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida bildirish tizimiga ulangan sinxron tovush va yorug‘lik signalizatsiya tizimlari o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Yong‘in tovush signalizatsiyasini amalga oshirish maqsadida xonada tovushning maksimal balandligi 5 DBAga oshganda 30 soniya davomida balandligi 20 DBAdan kam bo‘lmagan o‘lchamda tovushni ta’minlovchi asbob — uskunalar ishlatiladi. Axborot vositalari tizimlari va xavfsizlik signalizatsiyalari vizual, tovush va taktil axborotni nazarda tutishi tavsiya etiladi. Favqulodda vaziyatlarda axborot vositalari xavf to‘g‘risida ogohlantirishi, xizmatlardan foydalanish olish, ish joylariga kirib borish yo‘llari va assortimenti to‘g‘risida mo‘ljal olishni ta’minlash tavsiya etiladi. 35. Vizual ma’lumot 1,5 — 1,7 metr balandlikda qarama-qarshi fonda joylashishi va interyerning badiiy qarori bilan bog‘liq bo‘lishi tavsiya etiladi. 36. Binolarning yopiq bo‘shliqlarida (lift, lift xollari, har xil xonalar, tamburlar, hojatxona kabinalari va hokazo) nogironligi bo‘lgan shaxslar yolg‘iz qolishi mumkinligini inobatga olib navbatchiga “tashvish” qo‘ng‘iroq tugmasi va dispetcher (navbatchi) bilan gaplashish tuzilmasini o‘rnatish nazarda tutilishi tavsiya etiladi. Xodimlarni chaqirish uchun signalizatsiya tizimi barcha maxsuslashtirilgan muassasalarda ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi. 37. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga zararli ishlab chiqarish omillari, gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lgan va shu sababli ishlovchi va (yoki) uning avlodi organizmiga noxush ta’sir ko‘rsatadigan, ishchi smena (yoki uning qismi) davomida hayot uchun xavf tug‘diradigan, o‘tkir kasbiy shikastlanishlarning og‘ir shakllari paydo bo‘lishida yuqori xavfga ega bo‘lgan mehnat sharoitlari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi, aynan: fizik omillar: (shovqin, vibratsiya, havo harorati, namlik, havo harakati, elektromagnit nurlanish, statik elektr, yorug‘lanish va hokazo); kimyoviy omillar: ish zonasining changlanishi, gazlanishi; biologik omillar: (patogen mikroorganizmlar va ularning hayot faoliyati chiqindilari); yuqoriga chiqqanda va harakatlanishda, og‘ir yukni ko‘targan, noqulay majburiy tana holatda ishni bajarganda, uzoq vaqt yurganda paydo bo‘ladigan fizik, dinamik va statik yuklanishlar; asab — ruhiy zo‘riqishlar (sensor, hissiyot, aqliy yuklanishlar, monotonlik, tungi smenada va uzaytirilgan ish vaqtida ishlash). 38. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturidagi ishlab chiqilayotgan mehnat tavsiyalari, ish joylaridagi mehnat sharoitlariga mutanosib bo‘lishi lozim. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ko‘rsatilgan mehnat sharoitlari: ishlab chiqarish muhitidagi fizik (shovqin, tebranish, infratovush, elektromagnit nurlanish, chang, mikroiqlim), kimyoviy (zararli moddalar, allergen-moddalar, aerozollar va hokazo), biologik (mikroorganizmlar, shuningdek, patogen, oqsil prepatlar) omillar bo‘yicha optimal va mumkin bo‘lgan sanitariya-gigiyenik sharoitlar; yengil yoki o‘rta darajadagi jismoniy, dinamik va statik zo‘riqish bilan bog‘liq ishlar; alohida holatlarda ifodalangan jismoniy zo‘riqish bilan; ko‘proq gavdaning erkin holatida o‘tirib, gavda holatini o‘zgartirish imkoniyati bilan bajariladigan ishlar, alohida holatlarda, turgan holatda yoki yurish imkoniyati bor holatda; ergonomik talablarga javob beradigan ish joyi; ifodalangan harakatlanish bilan bog‘liq bo‘lmagan ish. Bunda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati — ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati aniqlanadi va ular quyidagi 3 ta darajaga ajratiladi: I daraja — malaka, og‘irlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasbda ishni davom ettirish; II daraja — maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida tavsiya etilayotgan kasblarda mehnat faoliyatini bajarish layoqati; III daraja — mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtiriladigan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismiga “mehnat layoqati buzilishi darajasi” ko‘rsatilmasdan tavsiya etilayotgan kasb nomi yoziladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxati (klassifikatori) asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga kasb bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Bunday holatlarda nogironlik guruhi I yoki II bo‘lishidan qat’i nazar, ularda II daraja mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat qilish mumkinligi aniqlanganda ularga kasb turlari tavsiya qilinadi, III darajada esa — mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 39. Nogironligi bo‘lgan shaxsning ish joyini binoda joylashtirganda, alohida hududda uning organizmi uchun qarshi ko‘rsatmali jarayonlar mavjud bo‘lsa, ish joyi ishlab chiqarish muhiti parametrlarini tartibga solish tavsiya etiladi. Bunda ish joylarida ultratovush manbalar bilan ishlaganda, infra-tovush gigiyenik me’yorlarni hamda nogironlik toifalariga qo‘yiladigan alohida talablarni hisobga olish tavsiya etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxsning ish joyi shovqin yoki tebranish sathi mumkin bo‘lgan gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lgan binoda joylashtirilganda va nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylari kam bo‘lgan taqdirda hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylarini shovqin va vibratsiyadan muhofaza qilish chora-tadbirlari iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq emasligida, kulis turidagi shovqin yutgichlar, shovqin yutgich ekranlar yoki har xil donali shovqin yutgichlar ishlatilishi tavsiya etiladi. Donali shovqin yutgichlar hajmli konstruksiya shaklida (prizma, shar va hokazo) tayyorlanadi va shovqin manbaiga yaqin joyga ilinadi. Donali shovqin yutgichlar tayyorlash uchun ichki tarafidan namat yopishtirilgan qattiq material ishlatiladi yoki konstruksiya shovqin yutuvchi material bilan to‘ldiriladi. Shovqin yutgich ekranlar shovqin yutgich material bilan o‘ralgan va shovqin tarafga qaratilgan qattiq materialdan tayyorlanadi. Ekranning to‘g‘ri chiziqli o‘lchami shovqinning to‘g‘ri chiziqli o‘lchamidan 3 barobar katta bo‘lishi tavsiya etiladi. 40. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylari idoralar binosida joylashganda, nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylari devorlarni shovqin yutgich o‘ramalar, akustik ship uskunalari, polni gilam bilan qoplash, kitob javonlarini va stellajlarni joylashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarishdagi shovqinlardan muhofaza qilinadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylari sun’iy yoritilganda mehnat xavfsizligini va qulay sharoitlar talablarini hisobga olish tavsiya etiladi. Ratsional yorug‘lik manbalari tanlanganda manbaning yorug‘lik berishi, yorug‘likning rangi hisobga olinadi; o‘rnatish jarayonida esa yorug‘lik tarqatilishi ko‘z bilan kuzatish obyektida qarama-qarshi fonlar (kontrastlarni) hosil qiladigan va yorug‘lik yaltirab qaytarilishini kamaytirishi hisobga olinadi. Yorug‘lik manbalarining o‘rnatilishi yorug‘lik ratsional tarqatilishini ta’minlashi lozim. Ish joyiga yorug‘lik yonbosh, orqadan va qiyadan tushganda, yorug‘likni o‘ta yaxshi yo‘naltirilganligi, kontrastni ko‘paytirishi va yorug‘lik yaltirashini kamaytirishini hisobga olish tavsiya etiladi. 41. Ko‘rish layoqatining buzilishi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish maydoni va ish joylari umumiy va mahalliy sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanadi. Mahalliy yorug‘lik stol lampalari bilan amalga oshiriladi. Ko‘rish layoqatining buzilishi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyidagi jihozga kiradigan javon va stellaj eshiklari ochilganda, avtomatik yoqiladigan yorug‘lik manbalari o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Ishchi yuzadagi yorug‘lik sathi ish tavsifi va nogironlik xususiyatiga qarab o‘rnatiladi. 42. Yoz vaqtida qon aylanish tizimi kasalliklari sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylari derazalarga yaqin masofada joylashganda, quyoshdan muhofaza qilish uskunalari o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Xuddi shunday holatda ko‘z kasalliklari sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylari yorug‘likdan ko‘rlanishining oldini olish maqsadida quyoshdan muhofaza qilish uskunalari yordamida muhofaza qilinadi. 43. Ishlab chiqarish, yordamchi va sanitariya — maishiy xonalar bir yoki ikki qavatli binolarda joylashtirilishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish xonalari binoning ikkinchi qavatidan yuqorida joylashtirilganda, sekin yuradigan yo‘lovchi lifti ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi. Yordamchi, maxsus va sanitariya-maishiy xonalar ishlab chiqarish sexlari bilan birgalikda bitta binoda joylashtirilishi va isitiladigan o‘tish joyi bilan ulanishi tavsiya etiladi. 44. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning doimiy ish joylari yerto‘la, bino devorining pastki qismidagi (tsokol) qavatlarda, tabiiy yorug‘lik va havo almashishi mavjud bo‘lmagan binolarda joylashtirilishi maqsadga muvofiq emas. 45. Bitta nogironligi bo‘lgan shaxs uchun ishlab chiqarish xonasining hajmi 15 m3; maydoni 4,5 m2; balandligi 3,2 metrdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Ko‘rsatilgan maydonga texnologik uskunalar, o‘tishlar, yo‘laklar, materiallar va tayyor mahsulotni omborxonada saqlash joylari kirmaydi. 46. Ish xonalarining arxitektura-rejalashtirish tavsifnomalari o‘tirayotgan chang ehtimolini chiqarishi va yig‘ilishi mexanizatsiyalashgan tozalash o‘tkazilishida xalaqit bermasligi tavsiya etiladi. 47. Ish xonalarida shovqin va tebranishga qarshi kurashib, uni me’yorda ruxsat berilgan chegarasigacha yetkazish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. 48. Ishlab chiqarish xonalarida iliq va sirpanmaydigan pollar bo‘lishi tavsiya etiladi. 49. Kreslo-aravadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun framuga va darchalar yetarli balandlikda o‘rnatilishi yoki maxsus moslama bilan ta’minlanishi tavsiya etiladi. 50. Mazkur tavsiyaga ilovaga muvofiq mikroiqlim, shovqin, vibratsiya, yorug‘lik, ishlab chiqarish muhiti omillarining parametrlari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqqanligi, ishlab chiqarish muhitining xavfsizlik omillari hamda zararlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini baholash gigiyenik mezonlar asosida belgilanadi. 51. O‘pka sili oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan korxonalarda umumiy ovqatlanish tizimi, oziq-ovqat sanoati mahsuloti, bolalar buyumlari ishlab chiqarishi tavsiya etilmaydi. 52. Qon aylanish tizimi kasalliklari oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, istisno tariqasida II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, boshqa somatik kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan tashkilotlarga yuboriladi. Ish joylaridagi mehnat sharoitlari optimal va mumkin bo‘lgan mikroiqlim parametrlariga mutanosib bo‘lishi tavsiya etiladi. 53. Issiq urishi, mahalliy tebranish, elektromagnit nurlanish, ultrabinafsha nurlar, radiatsiya, shuningdek, zaharli reagentlar ta’siri, mehnat jarayonida mikroorganizmlar, tirik hujayrali va noqulay sharoitlarga tushib qolganda hosil qilingan morfologik tuzilmali (sporalar) mahsulot va preparatlar bilan aloqada bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Ish joylarida shovqin sathi va yorug‘lik amaldagi me’yorlarga mutanosib bo‘lishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish xonalarining derazalari soya tomonga mo‘ljallangan holda joylashtiriladi. Derazalar janubga, janubiy-g‘arbga qaratilgan holatlarda to‘g‘ri quyosh nurlaridan muhofaza qilinishi ko‘zda tutiladi. Javonlar o‘rnatilishi, stellajlar konstruksiyasi gavdaning majburiy egilishlariga yo‘l qo‘ymasligi, tokchalar yelka chegarasida o‘rnatilishi va odam bo‘yidan baland bo‘lmasligi tavsiya etiladi; 54. Asab-ruhiy tizimi kasalliklari oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan tashkilotlarga quyidagi kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar yuboriladi: o‘tkir jarayondagi belgilar mavjud bo‘lmagan holatda har xil turdagi kechuvchi shizofreniya; shaxsning kuchli darajada o‘zgarishisiz va intellektual-mnestik buzilishlarsiz siyrak tutqanoqlar bilan epilepsiya; oligofreniya debillik darajasi, aqliy zaiflik yengil darajasi xulq-atvorning buzilishi bilan; o‘rta darajadagi organik ruhiy o‘zgarishlar, intellektual pasayishi, ruhiy astenizatsiyasi bilan asoratlangan har xil etiologiyali markaziy asab tizimining organik kasalliklari. Ish jarayonini kuzatish va nazorat qilish, ishlab chiqarish xonalaridagi asbob-uskunalarni va ish joylarini qulay joylashtirish maqsadida ishlab chiqarish xonalarida to‘siqlarning minimal soni bo‘lishi tavsiya etiladi. Xavfli joylarda (zinapoyalar va boshqalar) maxsus chegaralovchi jihozlar va derazalarga sinmaydigan oynalar o‘rnatish tavsiya etiladi. 55. Ruhiy kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylarida mehnatni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar: Maxsus tashkilotlarda, maxsus uchastkalarda, uyda yaratilgan maxsus sharoitda, shuningdek, mehnat sharoitlari maxsus yaratilgan sharoitlarga tenglashtirilgan oddiy tashkilot va muassasalarda asosiy ruhiy patologiya oqibatida mehnat faoliyatida qatnashishi mumkin; Ishlab chiqarish muhitining optimal va mumkin bo‘lgan sanitariya-gigiyenik sharoitlari quyidagilardan iborat: yilning sovuq davrida havo harorati yengil ishda — 21 — 24 ºS, o‘rta og‘ir ishlarda — 17 — 20 ºS, yilning iliq davrida yengil ishda — 22 — 25 ºS, o‘rta og‘ir ishda — 21 — 23 ºS bo‘lishi; yilning sovuq va iliq davrlarida havo namligi 40 — 60%, havo harakati tezligi (m/s) yengil ishda 0,1-0,2, o‘rta og‘ir ishlarda 0,1-0,2, yilning iliq davrida 0,3 dan ko‘p bo‘lmasligi; zararli moddalar yo‘qligi; allergenlar, kanserogenlar, aerozollar, metallar, metall oksidlari, shovqin (81 DBAgacha) va elektromagnit nurlanish mumkin bo‘lgan darajadan yuqori bo‘lmasligi; mahalliy va umumiy tebranish yo‘qligi; mikroorganizmlar, tirik hujayrali va noqulay sharoitlarga tushib qolganda hosil qilingan morfologik tuzilmali (sporalar) mahsulot va preparatlarga aylanmasligi; ishxonalar, ustaxonalar yoki uchastkalar katta bo‘lmasligi (bu atrofdagilar bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi, ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ko‘z kuzatuvi va nazorati ostida bo‘lish imkoniyatini ta’minlaydi); ish joylarini avariya signalizatsiya moslamalari bilan ta’minlanishi; harakatlanuvchi mexanizmlar, zinapoyalar va boshqa xavfli zonalar to‘siqlar bilan to‘silishi va derazalarga sinmaydigan oynalar o‘rnatilishi. Ruhiy kasallarning ish joylariga mehnat jarayonida xulq-atvorini nazorat qilish, muqobil terapiyani o‘tkazish, xulq-atvorni korreksiya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va atrofdagilar muhofazasini ta’minlash maqsadida tibbiy xizmat xonalari yaqin orada joylashtirilishi tavsiya etiladi. Shu sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bilan band qilish xonalari maxsus tibbiy muassasalar yonida yoki bazasida (psixonevrologik dispanserlar, psixiatrik kasalxonalar, psixonevrologik internatlar) joylashishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maxsus korxonalarda tibbiy kabinet yaratish, shtatida vrach — psixiatr va o‘rta tibbiyot xodimi, shuningdek, asosiy maxsus terapevtik choralarni o‘tkazish uchun vositalar bo‘lishi tavsiya etiladi. 56. Asab tizimi kasalliklari oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylaridagi mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar: ishlab chiqarish muhitining optimal va mumkin bo‘lgan sanitariya-gigiyenik sharoitlari quyidagilardan iborat: harorat, namlik, havo harakati tezligi, sanitariya me’yorlarga mutanosib bo‘lgan ish zonasidagi issiqlikning nurlanishi, shovqin chegarasi mumkin bo‘lgan me’yordan yuqori bo‘lmasligi; umumiy va mahalliy tebranish yo‘qligi; infratovush, ultratovush, doimiy magnit maydoni, elektr maydonining ishlab chiqarish tezligi, radio chastota diapazondagi elektromagnit nurlanish, doimiy lazerli nurlanish mumkin bo‘lgan darajadan yuqori bo‘lmasligi; zararli kimyoviy moddalar, shuningdek, kanserogenlar, allergenlar, metall oksidlari, mikroorganizmlar, produtsentlar, tirik hujayra va noqulay sharoitlarga tushib qolganda hosil qilingan morfologik tuzilmalar (sporalar) yo‘qligi; ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar orqasidan ko‘z kuzatuvini va nazoratni ta’minlash maqsadida ish joylari katta bo‘lmagan xonalarda, ustaxonalarda, uchastkalarda joylashtirilishi; harakatlanuvchi mexanizmlar, zinapoyalar va boshqa xavfli zonalar to‘siqlar bilan jihozlanishi va derazalarga sinmaydigan oynalar o‘rnatilishi; ish stollari, dastgohlar balandligi 630 — 1020 millimetr chegarasida bo‘lishi; ishchi kreslo yoki stul ish joyida yengil ko‘chirilib quyiladigan bo‘lishi; Hujjatlarni saqlashni mustahkamlovchi, yordamchi va kesuvchi asbob-uskunalarni, ehtiyot qismlarni, ish joyini tozalash vositalarini saqlash uchun javonlar balandligi poldan 800 — 1600 millimetrdan yuqori bo‘lmasligi; asbob-uskunalarni, moslashtiruvchi moslamalarni, detallarni saqlaydigan tokcha-taxmonlar shunday o‘lchovda bo‘lishi, ya’ni saqlanayotgan buyumlar tokchalarning chetlaridan chiqmasligi. 57. Ko‘rlik oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, xira ko‘ruvchilar uchun ish joylari ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joyida mo‘ljal olishni ta’minlaydigan tiflotexnik mo‘ljallar tizimi bilan (sezuvchanlik, eshitish, ko‘rish) bilan jihozlanishi tavsiya etiladi. Mazkur ish joylarining texnologik jihozi (oddiy asbob — uskunadan murakkab texnik jihozlargacha) ishni ko‘ruv nazoratisiz bajarish imkoniyatini ta’minlaydigan va ishlab chiqarishda jarohat olishni mustasno qiladigan tiflotexnik moslamalar bilan ta’minlanishi tavsiya etiladi. Ko‘rish layoqati buzilgan ishchilarning yaxshiroq mo‘ljal olishlarini ta’minlash maqsadida yo‘laklar cheti, konteynerlar atrofi va boshqalar yorqin rangli tonlar bilan bo‘yalishi tavsiya etiladi. 58. Ko‘rish layoqati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahalliy vibratsiya va shovqin manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga qo‘yish maqsadga muvofiq emas. 59. Ko‘rish layoqati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar 1 va 2-xavf sinflarida ishlashi tavsiya etiladi. Eshitish layoqati buzilganligi oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar sog‘ shaxslar qatorida korxonalarda ishlashi mumkin. Eshitish tizimining shikastlanishi, shuningdek, eshitishning yo‘qligi, eshitishning ifodalangan va kuchli ifodalangan buzilishi (karlik; III, IV darajadagi quloq og‘irligi) oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘tkazilgan dastlabki davriy tibbiy ko‘rikdan so‘ng ishga qo‘yishga ruxsat beriladi. 60. Ishlab chiqarish jarayonlar guruhiga qarab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun mo‘ljallangan korxonalarda bitta ishchiga kamida 0,3 m2 hisobidan, lekin 12 m2 kam bo‘lmagan holda qulay mebel, shuningdek, yotish uchun bir nechta o‘rin bilan dam olish xonalarini jihozlash tavsiya etiladi. 61. Korxonalarda ishchilarni issiq ovqat, shuningdek, parhez ovqatlanish bilan ta’minlash maqsadida oshxona, bufetlar, ovqat qabul qilish xonalarini tashkil etish tavsiya etiladi. 62. Korxonalarda vrach xonasidan, muolajalar xonasidan iborat nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligi keskin yomonlashgan holatlarda yotadigan salomatlik punktini tashkil etish tavsiya etiladi. 63. Har smenaning yakunida xonalarda nam tozalash o‘tkazilishi tavsiya etiladi. 64. Korxonalarda umumiy xonalar sonidan kelib chiqib alohida oshxonalar, bufetlar, ovqat qabul qilish xonalari tashkil etish tavsiya etiladi. 65. Hojatxonalar qulflanmaydigan bo‘lishi tavsiya etiladi. 66. Dushxonalarda issiq va sovuq suv uchun umumiy aralashtirgich bo‘lishi tavsiya etiladi. 67. Ushbu tavsiyalar bajarilishi buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
135
47,750
Qonunchilik
Boʻsh ish oʻrinlari yagona bazasi Adliya vazirligi saytida joylashtiriladi
Shuningdek, dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 nafar хodimlar toʻgʻrisida shaхsiy ma’lumotlar, ularning attestatsiyadan oʻtganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bugungi kunda, mazkur ma’lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtirilgan boʻlib, undan hamma erkin foydalanishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandida Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan edi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
74
928
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-949-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 7-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-949-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
839
Qonunchilik
Hududlarda achchiq qalampir yetishtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yildagi 62-son qarori zamonaviy, resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni qoʻllagan holda achchiq qalampirni yetishtirish, yigʻishtirib olish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Qalampirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Qashqadaryo, Namangan, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida yetishtirish rejalashtirilayotir. «Oʻzbekoziqovqatхolding» XKning hududiy «Qalampir» MChJlari tashkil etiladi Ularning faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladi: Tadbirkorlarga – imtiyozli kreditlar «Agrobank» ATB qalampir yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga qalampir urugʻlarini хarid qilish, ekish, koʻchat va mahsulot yetishtirish, issiqхonalar qurish, moddiy-teхnika resurslarini sotib olish, agroteхnika tadbirlarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratadi. Kreditlashning aniq shartlari (kredit taqdim etiladigan muddat; imtiyozli davr; foiz stavkasi; ta’minot shakli va h.k.) hali belgilanmagan. Shuningdek bank ish haqi toʻlovlari uchun ularga naqd pul oʻz vaqtida ajratilishini ta’minlaydi. Tavsiyalar ishlab chiqiladi, seminarlar oʻtkaziladi Tavsiyalar hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi va fermer, dehqon хoʻjaliklari boshliqlari va tomorqa yer egalariga yetkaziladi. Ular uchun oʻquv seminarlari oʻtkazish 2018 yil fevral-mart oylariga rejalashtirilgan. Xorijdan jalb etiladigan mutaхassislarga – vizalar bepul Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi buyurtmasi boʻyicha achchiq qalampir yetishtirish sohasiga хorijdan jalb etiladigan mutaхassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 29.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
42
1,977
Qonunchilik
“O‘ZMED-LIZING” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI IXTISOSLAShTIRILGAN LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimida lizing munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, Ipoteka-bankning boshlang‘ich ustav fondi 1,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lgan va muassislar o‘rtasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zMED-lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: o‘z mablag‘lari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz va chet el banklari kreditlari va qarzlarini jalb etish yo‘li bilan zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari, ular uchun ehtiyot qismlar, anjomlar va maxsus transport (keyingi o‘rinlarda “tibbiyot asbob-uskunalari” deb yuritiladi) xarid qilish; tibbiyot asbob-uskunalarini shartnoma asosida lizingga va uzoq muddatli ijaraga berish, shuningdek ularni tibbiyot muassasalariga sotish. 3. “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasining xodimlarining cheklangan umumiy soni 17 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 15 nafar bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi boshqa muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishini o‘tkazsin va lizing kompaniyasining ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek kompaniyaning davlat ro‘yxatiga olinishini ta’minlasin. 5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini joylashtirish uchun belgilangan tartibda bino ajratsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
110
2,470
Qonunchilik
Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni targʻib etish qoidalari
Avvalgi materiallardan birida ijtimoiy tarmoqlarda qaysi turdagi biznesni targʻib etish foydali boʻlishi va buning uchun nima qilish kerakligi haqida suhbatlashgan edik. Endi esa хaridorlarning e’tiborini tortish uchun qanday choralar qoʻllash zarurligi borasida soʻz yuritamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda dangal savdo ish bermasligi haqida aytgan edik. Ammo reklama qilishning toʻgʻri usuli tanlangan taqdirda ular tovar (ish, хizmat)larga mijozlarni jalb etish borasida cheksiz imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Masalan, video murojaatlarni olib koʻraylik. Oddiy foydalanuvchi yoki blogerlar yangi mahsulot taqdimotini onlayn rejimda taqdim etib, koʻplab mijozlarning e’tiborini tortishi mumkin. Foydalanuvchi fikri Shu bilan birga foydalanuvchilarning ijtimoliy tarmoqlar orqali oʻz fikrini erkin ifoda etishi reklama beruvchilar uchun muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Foydalanuvchilar onlayn-muhokamada brendni maqtab, koʻklarga koʻtarishi yoki aksincha yer bilan bitta qilishi ham mumkin. Ammo salbiy fikrlarni berkitish, oʻchirib tashlash yaramaydi. Eng yaхshisi, ularga toʻgʻri ishlov berish va fikr-mulohazalarning barchasiga javob qaytarish. Shu tariqa mijozlarning Sizga va mahsulotingizga boʻlgan hurmati va ishonchi ortadi. Murakkab vaziyatlarda sotuvchining berkinib olmasdan, yordam berishga va masalani hal etishga urinayotganini koʻrishadi. Bu esa Sizning obroʻ-e’tiboringiz uchun “ishlashi” aniq. Ishni nimadan boshlash kerak? Reklamani ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlga qoʻyishga tayyorsiz, deylik. Eng avvalo, kamida bir oylik kontent-reja tayyorlash kerak boʻladi. Oʻsha rejadan ogʻishmay postlarni birma-bir berib borasiz. U reja savodli, oddiy va tushunarli tilda yozilgan matn va suratlar, videolardan iborat boʻladi. Endi foydalanuvchilarni qayerdan olish kerak? Odamlar Sizning hamjamiyatlaringiz yoki bir sahifalik saytlaringiz (lending) haqida qayerdan bilishadi? Ijtimoiy tarmoqlar shunday tuzilganki, istaysizmi-yoʻqmi reklama qilish uchun хarajat qilishingizga toʻgʻri keladi, uni qanday qilib samarali amalga oshirish esa oʻzingizga bogʻliq. Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish uchun nima kerak: Ryeklama kabineti qanday ochiladi?   Bu yerda hammasi oddiy: ijtimoiy tarmoqlardagi reklama kabineti foydalanuvchining shaхsiy kabineti yordamida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Shu tariqa, reklama qilish imkoniga ega boʻlish uchun oʻz sahifangizda reklama kabinetini ochishingiz darkor va keyin unda ishlay boshlaysiz. Ba’zi ijtimoiy tarmoqlar, masalan, Odnoklassniki va MoyMir tarmogʻida reklamani yoʻlga qoʻyish uchun mail.ru elektron pochtasini ochish va shu pochta yordamida target.my.com reklama servisida roʻyхatdan oʻtish talab etiladi. Reklama shu saytda sozlanadi. Agar Instagram tarmogʻida reklama qilmoqchi boʻlsangiz, Sizga Facebookdagi reklama kabineti asqatadi. Gap shundaki, Facebook ma’lum muddat ilgari Instagramni sotib olgan va ular endi yagona tizimga aylangan. Shu sababli endi Facebookda mavjud boʻlgan reklama imkoniyatlarini Instagramda ham qoʻllash mumkin. Albatta instagram-akkauntning oʻzida ham reklamani sozlash imkoni mavjud, ammo ushbu holatda reklama sozlash funksionali ancha qisqaradi. Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda faqat jismoniy shaхs sifatida oʻz shaхsiy sahifasidan turib shaхsiy pullari yordamida hisobni toʻldiribgina emas, balki yuridik shaхs tariqasida ham reklama berish mumkin. Yuridik shaхslar yuridik shaхs nomidan shartnoma tuzib, unga reklama kabinetini rasmiylashtirishadi va hisobni toʻldirgach, reklamani sozlab, ishga kirishishlari mumkin. Bunda shartnomalar ijtimoiy tarmoqlarning vakil firmalari bilan tuziladi. Aytish joizki, firma oʻzining vositachilik хizmatlari uchun foiz olishi mumkin. Reklamaga qancha mablagʻ kerak? Bu yerda aniq summani aytib boʻlmaydi. Qiymat Siz faoliyat yuritayotgan yoʻnalish, manfaatdor auditoriyaning taхminiy soni hamda reklamani taqdim eta olish qobiliyatiga bogʻliq. Avvaliga bitta ijtimoiy tarmoqdagi reklama kabineti uchun  pul toʻlab koʻrishingiz mumkin. Auditoriyaga mahsulotingiz yoki хizmatingiz qanchalik kerakli va zurur ekanligini koʻrasiz, e’lonlar orqali odamlar sahifangizga oʻtishi jarayonini kuzatasiz. Keyin qanday yoʻl tutish joiziligi, nimalarga e’tibor qaratish va yana nimalardan voz kechish yoki oʻzgartirish kerakligini anglaysiz. Qaysi tarmoq yaхshiroq? Bu biznes turi va yoʻnalishiga bogʻliq. Agar butun mamlakat boʻylab ishlaydigan yirik brend sohibi boʻlsangiz, barcha ijtimoiy tarmoqlarni birvarakayiga qamrab olsangiz ham yaхshi. Auditoriyangiz nisbatan torroq boʻlsa, mijozlaringizga aylanishi mumkin boʻlgan shaхslar qayerlarda koʻproq boʻlishiga e’tibor qaratish kerak. Chunki aynan oʻsha yerda mahsulotingiz/хizmatingizga nisbatan qiziqish uygʻonishi mumkin. Kim uchundir bu — Facebook yoki Instagram, Telegram, yana kim uchun Odnoklassniki yoki milliy domendagi boshqa tarmoqlar boʻlishi mumkin. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
53
4,869
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Hisobot davrida Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorda profitsit bilan ijro etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2010-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish va 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi dasturni so‘zsiz bajarish maqsadida iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni jadallashtirish bo‘yicha faol investitsiya siyosatini, qat’iy va aniq maqsadga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosati o‘tkazilishini, soliq tushumi mexanizmi takomillashtirilishini, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini va budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash tadbirlari moliyalashtirilishini ta’minlashni, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirsin. Zarur sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi 2010-yilgi Davlat budjetining asosiy parametrlari so‘zsiz ijro etilishiga yo‘naltirilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, soliq tushumlari va boshqa majburiy to‘lovlarning tegishli mahalliy budjetlarga to‘liq tushishi ta’minlanishi, mintaqalarning moliyaviy salohiyatini oshirish va shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari moliyalashtirilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligiga qaratilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
97
2,090
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezident
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 13-son, 153-modda) bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 6-bandida: birinchi xatboshidagi “muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish” so‘zlari “sertifikatlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Paxta tolasini eksportga yuklab jo‘natish loyihalarda qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning topshirig‘iga ko‘ra tashqi savdo kompaniyalari tomonidan tegishli tashkilotlar (“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, yuk ekspeditorlari va boshqalar) bilan qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorining 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-son, 46-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyatlari o‘z tarkibiga kiradigan tashkilotlar hamda “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasi bilan birgalikda har yili paxta xomashyosi va chigitni qayta ishlash tugallangandan keyin barcha paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini xatlovdan o‘tkazsinlar va omborlarni tozalasinlar. Xatlov natijalari bo‘yicha materiallar har yili hisobot yilining 1-avgustigacha Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilsin”. 6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda): a) 2-bandning uchinchi xatboshiga “O‘zpaxtasanoat” AJning paxta zavodlari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalari asosida” so‘zlari qo‘shilsin; b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan” so‘zlari “O‘zstandart” agentligi bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston “Sifat” markazi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) ilovada: 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Sifat” markazining” so‘zlari “O‘zstandart” agentligining “O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi” davlat korxonasining (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 32-bandning ikkinchi xatboshidagi “va “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 04-sentabrdagi 200-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 35-36-son, 349-modda): a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq paxta moyi chiqishi normativlari har yili seleksiya navlari bo‘yicha paxta xomashyosi tayyorlashning haqiqiy hajmlari va chigitning “O‘zstandart” agentligining O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash “Sifat” markazi davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) tomonidan aniqlanadigan moydorligi hisobga olingan holda respublika mintaqalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda belgilanadi”; b) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. “O‘zpaxtayog‘” AJ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi” bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin.”. 8. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-son, 80-modda) 1-ilovada: a) 28-pozitsiyaning “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlashtirish markazi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zstandart” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 31-pozitsiyaning “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi ustavining 8-bandi uchinchi xatboshidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda): a) 2-banddagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovaning 4-bandidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga 3-ilovada: a) “O‘zpaxtasanoateksport” XK” bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zpaxtasanoat” AJ”; b) 148 va 167-pozitsiyalar chiqarib tashlansin. 14. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning tasniflagichi 52.1-guruhi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovaning 53-bandidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-maydagi 285-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 20-son, 365-modda) 2-ilovaning 15-bandidagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 29-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 91-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 20-oktabrdagi 451-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 100-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 17-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 26-maydagi 133-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 29-modda) ilovaning 1-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 9-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablag‘larning bir qismini jamlash va ulardan fermer xo‘jaliklarining foydalanishi tartibi to‘g‘risida” 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 7-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son qarori)” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
250
11,103
Qonunchilik
«Oʻzbekinvest» milliy kompaniyasini AJga qayta tashkil etish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekinvest» eksport-import sugʻurta milliy kompaniyasini qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjatga muvofiq manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan «Oʻzbekinvest» EIS MKni «Oʻzbekinvest» sugʻurta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Jamiyat) qayta tashkil qilish taklif etilmoqda. Shuningdek ikki oylik muddatda quyidagilarni ta’minlash tavsiya etilmoqda: Toshkent sh., Chilonzor tumani, S mavzesi, Choʻpon ota koʻchasi manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlar хoʻjalik boshqaruvi huquqida bepul foydalanish asosida Jamiyatga beriladi.
78
656
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib o‘tish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-sentabrdagi 271-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 38-son, 436-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining 1998-yil 29-oktabrdagi 01-8/2504, 05/20-889-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib o‘tish tartibiga (ro‘yxat raqami 526, 1998-yil 9-noyabr), ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
166
1,113
Qonunchilik
YO‘L HARAKATI QOIDALARINING BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ–289-son “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq hamda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish ishlarini takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish” (ro‘yxat raqami 933, 2000-yil 9-iyun) hamda Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni (ro‘yxat raqami 934, 2000-yil 9-iyun) tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 17-oktabrdagi 223-son “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-1, 2006-yil 21-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 469-modda); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-son “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish hamda Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 2007-yil 11-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 19-modda); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2008-yil 15-yanvardagi 14-son “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-3, 2008-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 5-son, 21-modda); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2008-yil 30-maydagi 88-son “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-4, 2008-yil 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 246-modda). 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Mazkur Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (keyingi o‘rinlarda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) ichki ishlar organlari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilab beradi. 2. Yo‘l harakati qoidalarining (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) buzilishiga doir ishlarni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (keyingi o‘rinlarda Kodeks deb yuritiladi), Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori, mazkur Yo‘riqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. 3. Qoidalarning buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqishning vazifalari har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini ta’minlashdan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir. 4. Qoidalarning buzilishiga doir ishlar qonuniylikka qat’iy amal qilish asosida ko‘rib chiqiladi. Qoidalarning buzilishi uchun ta’sir choralarini qo‘llash chog‘ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar, mansabdor shaxs va prokurorning muntazam nazorati, shikoyat qilish huquqi va qonunchilikda belgilangan boshqa usullar bilan ta’minlanadi. 41. Qoidalarning buzilishiga doir ishlar Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi o‘rinlarda “E-ma‘muriy ish” tizimi deb yuritiladi) orqali elektron shaklda yuritiladi. 5. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma (keyingi o‘rinlarda elektron shakldagi ma’muriy bayonnoma deb yuritiladi) maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan mobil qurilma (keyingi o‘rinlarda planshet deb yuritiladi) yoki kompyuter yordamida “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali rasmiylashtiradi. Elektron shakldagi ma’muriy bayonnoma “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” yoki daktiloskopik taqqoslash yoxud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi o‘rinlarda identifikatsiya tizimlari deb yuritiladi) orqali huquqbuzarning shaxsini aniqlagan holda elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzo hamda QR-kod (matritsa shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, ma’muriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qo‘zg‘atilganda, shuningdek aloqa tarmog‘i mavjud bo‘lmagan hududlarda yoki ma’muriy ishni qog‘oz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar, shu jumladan mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma (keyingi o‘rinlarda qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnoma deb yuritiladi) qog‘oz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritiladi. Qoidalarni buzgan haydovchilardan joyida jarima olish qat’iyan man etiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi tortiladi. 6. Qoidalarning buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan Kodeksning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda (piyodalarning ma’muriy huquqbuzarliklari) elektron yoki qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnoma (keyingi o‘rinlarda ma’muriy bayonnoma deb yuritiladi) tuzilmaydi. Huquqbuzar piyodaga mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda jarima to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya beriladi. Huquqbuzar piyoda o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa yoki unga joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshsa yoxud joyida jarima to‘lashga imkoni bo‘lmaganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga bu haqda yozib qo‘yiladi. 61. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasdan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda uni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi. Unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy, uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar, Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko‘rsatilgan holda, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari bilan qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri, qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar (texnik ekspertiza xulosasi, o‘lchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmog‘i orqali real vaqt rejimida “E-ma‘muriy ish” tizimiga konvertatsiya qilish yo‘li bilan taqdim etiladi. 7. Harakatni tartibga solishga vakolati bo‘lgan va xizmat vazifasini o‘tayotgan ichki ishlar organi xodimi (DYHXX xodimidan tashqari), harbiy avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi xizmat vakolatini amalga oshirishga mo‘ljallangan bayonnoma varaqalaridan foydalanadilar. Unda ishni to‘liq hal etish uchun zarur ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart. 8. DYHXX xodimi belgilangan tezlikka rioya etilmagan hollarda ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirganda belgilangan tezlik ko‘rsatkichini albatta ko‘rsatgan holda qanday tezlikda harakatlanib kelganligini qayd etishi lozim. Masalan, “haydovchi 50 km/s tezlik chegaralangan yo‘l belgisi ta’siri doirasida 95 km/s tezlikda harakatlanib keldi”. Tezlik tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yordamida aniqlanadi. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda ma’muriy bayonnoma tuziladi. Ushbu talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma DYHXXning ma’muriy amaliyot inspektori tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 9. Agar ma’muriy bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyda tuzish imkoni bo‘lmasa, ma’muriy bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organlarida, transport vositalarini to‘xtash joylarida ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirishi mumkin. 10. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali elektron shakldagi ma’muriy bayonnomaga to‘g‘ri kiritilishiga DYHXX xodimi mas’ul hisoblanadi. Bunda, DYHXX xodimi huquqbuzar, shuningdek guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilarga elektron shakldagi ma’muriy bayonnomani o‘zlarining elektron grafik imzosi yoki barmoq izi bilan tasdiqlashni taklif etadi. Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolis O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ularning yonida ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, DYHXXning xodimi ushbu hujjatlarga asosan shaxsga doir ma’lumotlarni elektron tizimga qo‘lda kiritadi hamda uning to‘g‘ri kiritilishiga shaxsan javob beradi. 11. Ma’muriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga: ma’muriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi; jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkinligi; jarima yoki zararni o‘n besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarima summasining yetmish foizini to‘lashi mumkinligi; Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. 12. DYHXX xodimi tomonidan ma’muriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa ma’lumotlardan (texnik ekspertiza xulosasi, o‘lchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maxsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin. Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirib, ma’muriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda planshetdan foydalangan holda ma’muriy bayonnomaga yozib qo‘yiladi. Huquqbuzar ma’muriy bayonnomaning mazmuni yuzasidan unga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli. Bunda, DYHXX xodimi tomonidan guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi hamda huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritiladi. Fuqaro ma’muriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqda izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda ma’muriy bayonnoma guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi. Bunda, mazkur talablarga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma DYHXXning ma’muriy amaliyot inspektori tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 13. Transport vositasini mast holatda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3099, 2018-yil 14-dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi. 14. Huquqbuzar tekshirishdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki guvoh yoki xolis ishtirokida ma’muriy bayonnoma tuzilib, u transport vositasini boshqarishdan chetlashtiriladi. Ma’muriy bayonnomada mastlik belgilari va huquqbuzarning tekshirishdan bo‘yin tovlash harakatlari batafsil ko‘rsatiladi. Ma’muriy bayonnomaga huquqbuzarning bo‘yin tovlash sabablari haqidagi tushuntirish xati va ikki guvoh yoki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma ilova qilinadi. 15. Qoidalarni buzish natijasida transport vositalari, yuklar, yo‘l va boshqa inshootlarga yoki o‘zgalar mol-mulkiga moddiy zarar yetkazilsa, ma’muriy bayonnomaga mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi hodisaning chizmasi, shuningdek hodisa ishtirokchilarining, guvohlarining tushuntirishlari ilova qilinadi. Hodisaning chizmasida transport vositalarining hodisadan keyingi holatini tiklash imkonini beruvchi aniq ma’lumotlar (ularning muqim obyektlarga nisbatan holati) ko‘rsatiladi. Chizma uni chizgan mansabdor shaxs, haydovchilar, guvohlar yoki xolislar tomonidan imzolanadi. 151. Yo‘l-transport hodisasi haqida berilgan xabar yuzasidan DYHXX xodimi hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 201 va 202-moddalariga muvofiq tuzilgan bo‘lsa, DYHXX xodimi ushbu xabarnoma nusxasini olib bildirgi asosida ichki ishlar organlari navbatchilik qismiga topshiradi. Bunda, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 201-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan istalgan bittasi mavjud bo‘lmagan taqdirda DYHXX xodimi yo‘l-transport hodisasini umumiy tartibda rasmiylashtirib, to‘plangan hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsga taqdim etadi. 152. Yo‘l-transport hodisasiga doir ma’muriy ish materiallari va ma’muriy bayonnoma Kodeksning 282-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuboriladi. 16. Haydovchilarga tergov yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Transport vositalarining shikastlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi. 161. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi DYHXX mansabdor shaxsi taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini Kodeksning 3133-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi. 162. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tomonlarning yarashuvi munosabati bilan tugatish maqsadida jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ishni DYHXX mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqish vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin. Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkin. DYHXX mansabdor shaxsi arizani qabul qilish chog‘ida jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga, agar sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yo‘qotishini tushuntirishi shart. 17. Kodeksning 290-moddasiga ko‘ra sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Kodeksga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo‘yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi. Agar mazkur bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotgan davrda takroran transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzarning taloni olinib, unga mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Haydovchi vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarish paytida takroran transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda unga boshqa vaqtinchalik ruxsatnoma berilib, unda avvalgi vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati qayd etiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga yozib qo‘yiladi. 18. Haydovchilik guvohnomasi olingan kundan boshlab uning talonidan, talon olingan kundan boshlab vaqtinchalik ruxsatnomadan o‘ttiz kun davomida shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda (o‘ttizinchi kunning soat 24:00 ga qadar) foydalanishga ruxsat etiladi, mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 19. Haydovchilik guvohnomasi olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXXga o‘ttiz kun ichida yetib kelmagan va talonning amal qilish muddati tugab qolgan hollarda talonning muddatini uzaytirish shu DYHXXning faqatgina ma’muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan haydovchiga mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilib berish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotnoma o‘n kun muddatga uch marotaba berilishi mumkin. Agarda ushbu muddatda ham haydovchilik guvohnomasi kelib tushmasa, istisno tariqasida ma’lumotnoma o‘n kun muddatga uch marotaba berilishi mumkin. Ma’lumotnoma berilganligi to‘g‘risida maxsus kitobga qayd etiladi. Maxsus kitobni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Talon olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXXga o‘ttiz kun ichida yetib kelmagan taqdirda vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati tugab qolgan hollarda uning muddati shu DYHXXning faqatgina ma’muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan o‘n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin. Agarda ushbu muddatda ham talon kelib tushmasa, istisno tariqasida vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati o‘n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin. 20. Agar haydovchi safarda bo‘lgan vaqtda talonning yoki vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati tugab qolsa, haydovchi taqdim etgan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlar asosida o‘sha hududdagi DYHXXning faqatgina ma’muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan talonning yoki vaqtinchalik ruxsatnomaning amal qilish muddati uzaytirib beriladi. Bunda talonga yoki vaqtinchalik ruxsatnomaga “Yashash joyiga yetib olgunga qadar” deb yozib, o‘n kungacha muddat qo‘yib beriladi. 21. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari uch oy muddat ichida tegishli organga kelib tushmagan hollarda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, haydovchilik guvohnomasi yoki taloni yo‘qolganligi haqidagi xulosaga kelingan taqdirda haydovchining qo‘lida qolgan hujjat olib qo‘yilib, unga haydovchilik guvohnomasi va talonining dublikati imtihonsiz beriladi. Xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan vaqt davomida talonning amal qilish muddati uzaytirib beriladi. 22. Qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzilishi yuzasidan chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarning blankalari qat’iy hisobdagi hujjatlar hisoblanadi. Qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnoma, jarima kvitansiyasi, talon, vaqtinchalik ruxsatnomaga yozuvlar aniq holda ko‘k yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan qayd etiladi. Unda o‘chirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish, vositalar yordamida yo‘qotishga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Haydovchilik guvohnomasi, taloni, vaqtinchalik ruxsatnoma, ishonchnoma, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalari bo‘lmagan shaxslar transport vositasini boshqarganda ularga nisbatan Kodeksning 135-moddasi ikkinchi qismi asosida ma’muriy bayonnoma tuzilib, Kodeksning 291-moddasi “a” qismiga muvofiq transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ish ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtash joylarida ushlab turilishi mumkin. 24. Haydovchilik guvohnomasi yoki talonining dublikati berilgandan so‘ng eski haydovchilik guvohnomasi yoki taloni kelib tushgan taqdirda ular belgilangan tartibda DYHXXning ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limlari yoki tumanlararo ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda RIB (TRIB) deb yuritiladi) tomonidan yo‘q qilinadi. Vaqtinchalik ruxsatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs huquqbuzardan bu haqda tushuntirish xati oladi. Huquqbuzar haydovchilik guvohnomasi va taloni olib qo‘yilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarni to‘lagan taqdirda uning murojaat etgan kunidan boshlab 15 kundan so‘ng haydovchilik guvohnomasi, taloni qaytarib beriladi. 25. Ma’muriy bayonnoma, boshqa tegishli hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi. 26. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda ko‘rib chiqiladi. Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar transport vositalari ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqilishi ham mumkin. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish boshqa joyda ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin. 27. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. 28. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs ma’muriy hujjatlarni olgandan so‘ng huquqbuzarga ishni qachon va qayerda ko‘rilishi haqida mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnomani yuboradi. Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda Kodeksning 295 — 300 moddalarida (jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat, guvoh, ekspert, tarjimon) nazarda tutilgan shaxslar qatnashishi mumkin. 29. Huquqbuzarni ish qachon va qayerda ko‘rib chiqilishidan o‘z vaqtida xabardor etilganligi haqida ma’lumotlar bo‘lganda, undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish haqida iltimosnoma tushmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. 30. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida ichki ishlar organining mansabdor shaxsi: mazkur ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligi; ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; zarur qo‘shimcha materiallar so‘rab olingan-olinmaganligi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. 31. Mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni o‘rganib chiqib, quyidagilarni amalga oshiradi: ishni transport vositasi ro‘yxatga olingan joyga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; shaxsiy transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida huquqbuzarning ish, o‘qish joylaridagi jamoalarida yoki yashash joylaridagi DYHXXga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; ishni huquqbuzar yashaydigan joydagi Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; sud tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa hujjatlarni sudga yuboradi; agar huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari bo‘lsa, hujjatlarni prokuratura organlariga topshiradi. 32. Vakolati doirasida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiquvchi organlarga ma’muriy ishlar bir ish kun ichida “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali yuboriladi. Ma’muriy ish bo‘yicha hujjatlarning kirimi va chiqimi hujjatlarni hisobga olish kitobiga qayd etiladi. Hujjatlarni hisobga olish kitobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirgan mansabdor shaxs Kodeksga asosan mazkur ma’muriy ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan taqdirda, ishni olgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va bu haqda fuqaroni xabardor etadi yoki qaror nusxasi u chiqarilgan paytdan boshlab uch kun ichida pochta xizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi. Huquqbuzar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olishi ham mumkin. Agar huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ ma’muriy ish hujjatlarini “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini ta’minlaydi. 33. Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ust�dan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi. 331. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda huquqbuzarlikning takroriyligi inobatga olinmasdan jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. 34. Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, mobil guruhi) komandiri, yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan Kodeksning 126, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129 va 130-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin. 35. Kodeksning 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan Kodeksning 126, 128, 1282 va 1283-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so‘nggina ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi mumkin. 36. Kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin. Bunda, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi ma’lumot bayonnomaga qayd qilinadi va haydovchiga barcha hujjatlari qaytarib beriladi (Kodeksning 131 va 136-moddalari bundan mustasno). Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan taqdirda transport vositasini ushlagan DYHXX xodimi o‘z vakolatlari doirasida haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatish yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, ma’muriy bayonnomani rasmiylashtiradi, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani tuzadi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi bayonnomaga biriktiladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi. Jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun o‘tgach jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositalarini ushlab turish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi va bu haqda DYHXX safdagi Yo‘l-patrul xizmati bo‘lim-bo‘linmalari shaxsiy tarkibi e’tiboriga yetkaziladi. Transport vositasi ushlangan taqdirda faqat mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar jarima maydonchasida ushlab turiladi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi. Transport vositasini olib chiqib ketishga faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Agarda ma’muriy ish bo‘yicha hujjatlar vakolati doirasida ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)ga yuborilgan taqdirda, vaqtinchalik ushlab turilgan transport vositasini qo‘yib yuborish ularning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan DYHXX xodimi mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiradi, imzolaydi va muhri bilan tasdiqlaydi hamda uning birinchi nusxasini huquqbuzarga beradi, ikkinchi nusxasini ma’muriy bayonnomaga (jarima solish to‘g‘risidagi qarorga) tikib qo‘yadi. Transport vositasini jarima maydonchasiga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki DYHXX xodimi qarori (qo‘yishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-ma‘muriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Jarima maydoniga qo‘yilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi ma’lumotlar jarima maydonining mas’ul xodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda, jarima maydonining mas’ul xodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qo‘yishda ejarima.uz veb-sayti orqali o‘z shaxsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda to‘ldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qo‘shimcha tarzda kiritiladi. 37. Huquqbuzar ishga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqishda advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. 38. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish mazkur ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning o‘zini tanishtirishdan boshlanadi. Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy bayonnomani o‘qib eshittiradi. Ishni ko‘rib chiqishda qatnashayotgan shaxslar tinglanadi, dalillar o‘rganiladi va tushgan iltimoslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. 39. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida: ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart. Bu holatlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risida tuzilgan bayonnoma, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi. Bunda Kodeksning tegishli moddalarida ma’muriy jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan va takroriyligi hisobga olinadigan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs huquqbuzarning avvalgi huquqbuzarliklarining takroriyligini aniqlashi shart. Alkogoldan, giyohvand moddadan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda transport vositasini boshqarish, tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlash, svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmaslik, ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib o‘tish qoidasini buzish, transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, avariya holatini keltirib chiqarish, odam tashish qoidalarini buzish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno) yoki transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish, yuk tashish, shatakka olish qoidalarini buzish, transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishning topshirilishi qo‘pol huquqbuzarliklar hisoblanadi. 40. Agar huquqbuzar transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmaganligini ma’lum qilsa, uning haydovchilik guvohnomasi haqiqatdan bor-yo‘qligini aniqlash uchun mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq so‘rovnoma uning yashash joyidagi RIB (TRIB)larga yuboriladi. Agarda huquqbuzar transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatining boshqa hududda olib qo‘yilganligini ma’lum qilsa, uning tushuntirish xati asosida o‘sha hududdagi RIB (TRIB)larga so‘rovnoma jo‘natiladi. 41. Agar huquqbuzar talonni belgilangan jarimani to‘lab qaytarib olish vaqtida haydovchilik guvohnomasini taqdim etmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq so‘rovnoma transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasida bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumot olish uchun ham RIB (TRIB)larga yuboriladi. So‘rovnoma haydovchining iltimosiga ko‘ra uning o‘ziga berib yuborilishi ham mumkin. So‘rovnomani olgan RIB (TRIB) xodimi hududiy IIB YHXB(G)ga yoki fuqaroga mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasidagi shakldagi ma’lumotnomani bir kun ichida rasmiylashtirib berishi shart. 42. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelingan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan taqdimnoma bilan sudga yuboriladi. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishiga yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash kerakligiga bois bo‘lgan sabablar va asoslar bayon etiladi. 43. DYHXX mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’muriy jazoni tayinlaydi; ishni yuritishni tugatadi. 44. DYHXX mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, shu ish yuzasidan “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq elektron shakldagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi, ish ko‘rib chiqilgan sana, ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar, ishni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni, Kodeksning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, ish yuzasidan qabul qilingan qaror. Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to‘g‘risidagi masala ham hal etilgan bo‘lishi lozim. 45. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim: ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa; huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa; huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo‘lsa; huquqbuzarlik zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida sodir etilgan bo‘lsa; shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa; amnistiya akti chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni bekor qilsa; ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa; huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytiga kelib Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo‘lsa yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni tugatish to‘g‘risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo‘lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa; shaxs ishi yuritila boshlagan paytda vafot etgan bo‘lsa. 451. Quyidagi hollarda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi: tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda; tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda. Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki og‘zaki shaklda xabardor etishi lozim. 46. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi. 47. Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi. Huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi ma’lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, qaror qog‘ozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi. Huquqbuzar jarima to‘lovlarini to‘laganidan so‘ng to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi to‘lov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin. 48. Kodeksning 131, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi. 49. Yo‘l harakati qoidalarining temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish bandining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’muriy hujjatlar bo‘yicha jazo choralari Kodeksning 130-moddasi asosida qo‘llaniladi. Shuningdek, temir yo‘l kesishmasi oldida 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi talabini bajarmaslik ham Kodeksning 130-moddasi bo‘yicha ma’muriy choralarining qo‘llanilishiga olib keladi. 50. Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga tovush chiqaruvchi yoki yorituvchi maxsus qurilma yoxud davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan ashyolar ilova qilinadi. Ushbu qurilmalar guvohlar ishtirokida yechib olinib, dalolatnoma tuziladi va huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritiladi. 51. Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarlik uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida, agar Kodeksning 36-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. 52. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida va faqat xizmat burchlarini bajarib turgan paytlardagina qonunlarda nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni qo‘llashlari mumkin. 53. Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, har bir huquqbuzarlik bo‘yicha alohida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan taqdirda ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi. Agarda shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida aynan bir mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi. 54. Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar Qoidalarni buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas. 55. Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun ular xizmat qilayotgan joydagi harbiy avtomobil nazoratiga yuboriladi. 56. Daxlsizlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 57. Kodeksning 313-moddasiga muvofiq ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, tashkilotlar rahbarlariga ana shu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritishi lozim. 58. Huquqbuzar o‘ziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Shuningdek, ma’muriy ish yuzasidan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili hamda advokatlar belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan DYHXX mansabdor shaxsi qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin. Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilingan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi. Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni uch kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboradi. 59. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat shu qarorning nusxasi olingan kundan boshlab o‘n kun ichida berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan (kasallik, ta’til, xizmat safari va h. k.) o‘tkazib yuborilgan taqdirda tegishli tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, ustidan qaror chiqarilgan shaxsning arizasiga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan qayta tiklanishi mumkin. 60. Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanishi to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir. 61. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida jazo berish haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan hollarda talonning amal qilish muddati shikoyatni ko‘rib chiqish tugagunga qadar uzaytiriladi. 62. Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi. 63. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqib, organ (mansabdor shaxs) quyidagi hal qiluv qarorlardan birini qabul qiladi: chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi; chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi; chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi; jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi. 631. Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 64. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha DYHXXning vakolatli mansabdor shaxsi mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi hal qiluv qarori qabul qiladi. 65. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror bunga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, qaror bekor qilinadi va ish vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. 66. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning bekor qilinishi olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasini (talonini) qaytarib berishga asos bo‘ladi. 67. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan taqdirda undirilgan pul miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib beriladi. 68. Qonunchilikka xilof ravishda chiqarilganligi sababli qaror bekor qilingan taqdirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. 69. Agarda Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim. Agar ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo‘lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan bo‘lsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u haqidagi ma’lumot ma’muriy ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. 70. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda – shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bankka to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno. Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno: ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda; jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda; xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda. 71. Jarima to‘langanligi haqidagi kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi taqdim etilgach, huquqbuzarning vaqtinchalik ruxsatnomasi olinib, kvitansiya yoki to‘lov topshirig‘ining nusxasi bayonnomaga biriktirib qo‘yiladi, haydovchilik guvohnomasi va taloni huquqbuzarga qaytarib beriladi. 72. Agar jarima Kodeksning 126, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129 va 130-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun solingan bo‘lsa, bu haqda belgilangan tartibda talonga belgi qo‘yiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda bu haqda talonga belgi qo‘yilmaydi. 73. Huquqbuzar jarimani Kodeksda belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari “E-ma‘muriy ish” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo‘linmalariga taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy to‘lash imkoniyati to‘g‘risida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berish ushbu qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi. Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi. Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi. 75. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan huquqbuzar transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini topshirishdan bosh tortsa, ularni olib qo‘yish yuzasidan zarur choralari ko‘riladi. 76. Talonda huquqbuzarlikni qayd etish bandlari to‘lgandan so‘ng ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs haydovchining talonini yangisiga almashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar (tavsiyalar) beradi. 77. Talonda huquqbuzarlikni qayd etish bandlari to‘lgan taqdirda haydovchi uni RIB (TRIB)da belgilangan tartibda almashtirib olishi lozim. 78. Bir yildan kamroq muddatga transport vositalarini bosh
130
63,014
Qonunchilik
Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish, aholini sog‘lomlashtirish, ularni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, suv sporti turlari bo‘yicha sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash, basseynlardan samarali foydalanishda davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish, suv sporti turlari bo‘yicha bolalar trenyerlarini tayyorlash va seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan basseynlarda sog‘lomlashtirish guruhlarida shug‘ullanish uchun olinadigan to‘lov miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yilning 1-fevralidan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi 2018-yil 1-fevralga qadar: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimidagi basseynlarda (keyingi o‘rinlarda basseynlar deb ataladi) shug‘ullanish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda yoshlar kesimida suv sporti turlari bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘quv rejalar, dasturlar va me’yorlarni ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli bolalarni suv sporti turlariga o‘rgatadigan trenyerlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etsin; basseynlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar o‘rnatilishini ta’minlasin; basseynlarning manzili, ish vaqti, ko‘rsatiladigan xizmat turlari va narxlari aniq ko‘rsatilgan holda Internet jahon axborot tarmog‘ida doimiy ravishda keng yoritilishini yo‘lga qo‘ysin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, basseynlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv moslamalari va turniketlarni o‘rnatish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda basseynlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishi bo‘yicha doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borsin. 5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: Toshkent shahrida joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlarini xatlovdan o‘tkazsin; xatlov yakunlari bo‘yicha davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan Toshkent shahrida joylashgan davlat ta’lim muassasalarining basseynlari ro‘yxatini tuzsin hamda mazkur ro‘yxatni hamda davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirsin; davlat va xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan basseynlarni kelib tushgan takliflarga ko‘ra, ijaraga berish tizimini joriy etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi kelgusida quriladigan basseynlardagi ventilatsiya tizimlarining tabiiy va sun’iy yo‘llaridan foydalanishni tashkil etish hisobiga energiya jihatidan tejamkorlik tizimini tatbiq qilgan holda loyiha-smeta hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Toshkent shahrining har bir tumanida 2018 — 2025-yillarda 10 tadan energiyatejamkor basseynlar qurish hamda mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Qurbonov zimmasiga yuklansin.
96
4,315
Qonunchilik
Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik хulosa qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasining 10.07.2015 yildagi 187-son qarori bilan Davlatning хorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha yuridik хulosalar berish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomda “davlatning хorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnoma”, “taraflar” va “qarz oluvchi” kabi tushunchalarga ta’rif berilgan, хulosa berish uchun zarur boʻlgan, Adliya vazirligiga taqdim etiladigan hujjatlar koʻrsatilgan, shuningdek hujjatlarni koʻrib chiqish, rasmiylashtirish, yuridik хulosa berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari aniqlangan. Shuningdek, Nizomda taqdim etilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilishi mustahkamlangan. Yuridik хulosaning oʻzi davlat tili, rus tili yoki ingliz tilida rasmiylashtirilishi mumkin. Agar hujjatlar chet tilida (rus tilidan tashqari) tuzilgan taqdirda ular davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinishi hamda hujjatlarni taqdim etgan organ rahbarining yoki rahbari oʻrinbosarining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Yuridik хulosani berish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin: -hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan boʻlsa; -hujjatlarda qarama-qarshiliklar yoki nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa; -qarz oluvchi davlatning хorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish vakolatlariga ega boʻlmasa; -yuridik хulosa Adliya vazirligi bilan kelishilgan shaklga muvofiq boʻlmasa. Nizom investitsiya shartnomalari doirasida paydo boʻladigan munosabatlarga tatbiq etilmasligiga ham hujjatda izoh berib oʻtilgan. Ushbu hujjatning toʻliq matni, ularga sharhlar hamda u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Sobir NURBERDIYeV, bizning ekspert.
96
1,804
Qonunchilik
“Import kontraktlarini hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 20-oktabrdagi 01-02/19-42 va 241-V-son “Import shartnomalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1283, 2003-yil 21-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
109
860
Qonunchilik
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘laqonli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Quyidagilar: 1. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq; 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Konsepsiyani va Dasturni amalga oshirish doirasida ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar etib belgilansin: aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish; ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish; yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish; innovatsion tafakkurli ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish; sport tibbiyotini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; seleksiya yo‘li bilan iqtidorli sportchilarni tanlash, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida axborotlashtirishning yuqori darajasini ta’minlash va multimedia mahsulotlaridan foydalanish; energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 3. Dasturning mas’ul ijrochilari: Dastur to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar; tasdiqlangan Dasturga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga choraklik asosida taqdim etsinlar. 31. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatgan holda Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyati va samarali o‘zaro hamkorligi muvofiqlashtirilishini; nazorat natijalari bo‘yicha Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish doirasida tadbirlar bajarilishi munosabati bilan yuzaga keladigan muammoli masalalar bo‘yicha axborot tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. Rivojlanishning barcha jihatlarida global raqobat kuchayishi sharoitlarida jahondagi har bir mamlakat oldida bugungi kunda inson kapitali sifatini oshirish zarurligi yuzaga keladi. Bu millatning salomatligini — barcha yoshdagi aholining sog‘lom dunyoqarashini, jismoniy, ma’naviy-intellektual salomatligini asrash, jismoniy salomatligini mustahkamlash to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik qilish masalalariga yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiyaning yuqori darajasiga va aholining hayoti sifatiga erishish strategik vazifani — mamlakatni barqaror rivojlantirishni amalda ro‘yobga chiqarish doirasida muhim shart hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakat aholisining barcha qatlamlari butun hayoti davomida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash ushbu vazifani hal etishning asosiy omillaridan biri bo‘ladi. Jamiyat oldida turgan o‘rtacha va uzoq muddatli strategik vazifalarni samarali amalga oshirish uchun insonning butun hayoti davomida sog‘lom turmush tarzini hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan uzluksiz shug‘ullanishning foydasini targ‘ib qilishga barcha sa’y-harakatlar va resurslarni birgalikda yo‘naltirish, ushbu jarayonga barcha davlat muassasalari, nodavlat muassasalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni jalb etishni ta’minlash talab etiladi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasini to‘liq ko‘lamda rivojlantirish yo‘lidan borib hozirgi paytda mamlakatda bunga to‘sqinlik qiluvchi bir qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini anglash muhimdir. Jumladan: aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan avlodni uyg‘un ravishda ma’naviy va jismoniy kamol toptirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlarni shakllantirish ishlarini tashkil etishning past darajasi, natijada — jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishni istovchilarning yetarlicha qamrab olinmasligi; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish tizimining qiziqishni qo‘llab-quvvatlashga, shaxsning professional va amaliy ko‘nikmalariga sust yo‘naltirilganligi; sohada metodik ta’minlashning darajasi yetarli emasligi, bu aholida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni shakllantirish va rivojlantirishni davom ettirishda to‘siqqa aylanmoqda; oliy ma’lumotli mutaxassislar taqchilligi jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini pasaytiribgina qolmasdan, balki ularning doirasini toraytiradi; kam komplektli sport muassasalarining mashg‘ulotlar va mashqlar sifatining zarur darajasini ta’minlash imkonini bermaydigan kadrlar tarkibi va moddiy-texnik jihozlanishi salohiyati past, sportning ayrim turlari bo‘yicha sport kadrlari, trenerlar va pedagog kadrlar yetishmaydi, bir qator eng malakali kadrlar, ya’ni oliy va birinchi toifali sport kadrlari, trenerlar va pedagog kadrlar qisqarishi tendensiyasi kuzatilmoqda, xodimlarning umumiy kasbiy saviyasi pasaymoqda; sport fakultetlari talabalari kontingentining sifati va tuzilmasi talab darajasida emas. Sport mutaxassisligiga kirish uchun ularda salohiyat mavjudligini va tanlangan kasbda ishlashdan manfaatdorligini, bolalar va katta yoshdagilar bilan umumiy til topish qobiliyatini, ruhiy barqarorlik va muomala qila bilishning yetarli darajasini aniqlash yuzasidan kiruvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, ruhiy-hissiy ma’lumotlarini baholashning aniq tartibotlari va xolisona mexanizmlari mavjud emas; sport muassasalari trenerlari va xodimlari uchun ular salohiyati o‘sishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganligini bilishi kerak bo‘lgan mezonlar va talablarning aniq tavsifi mavjud bo‘lgan milliy standartlarning yo‘qligi, buning natijasida sport muassasalari rahbarlarini tanlash va tayinlashning mavjud tartiboti samarasiz bo‘lib qolmoqda; sport muassasalarini boshqarish jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning mavjud darajasi qabul qilinayotgan qarorlar amalga oshirilishi tashkil etilishini tezkor ta’minlash va bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini kuzatish imkonini bermaydi; sport muassasalari ayrim rahbarlarida zarur mas’uliyat va tashabbuskorlikning yo‘qligi oldinga qo‘yilgan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; sport muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ochiqligi va shaffofligining darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazoratining zaifligi, ba’zan esa mutlaqo mavjud emasligi haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning har xil shakllarda namoyon bo‘lishiga olib kelmoqda; sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni tibbiy xizmatdan to‘liq foydalanishi va tibbiy xizmatning zarur sifati amalda ta’minlanmagan, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyaning mavjud imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini joriy etishga zarur darajada e’tibor berilmayapti; sport muassasalari bir qismining moddiy-texnika bazasi holati, ularning ortiqcha yuklamaga ega ekanligi, ayrim hollarda faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tegishli uskunalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi ularga yuklangan funksiyalar yetarlicha samarali bajarilmasligiga olib kelmoqda; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasiga innovatsion texnologiyalarning passiv qo‘llanilishi. Yuqorida sanab o‘tilgan va ushbu sohada yillar davomida to‘planib qolgan boshqa muammolar, ayrim rahbarlar tafakkurining zaifligi va tashabbus ko‘rsatmasligi respublikada jismoniy tarbiya va ommaviy sport tizimini zamonaviy talablarga muvofiq yanada takomillashtirish yo‘lida to‘siq bo‘luvchi omillarga aylanmoqda. Shu munosabat bilan 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishning yangi konsepsiyasini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Konsepsiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutadi: 1. Respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari bo‘yicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda o‘tkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlab sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, sport xonalari, zallari va maydonchalarini uskunalar va inventar bilan jihozlash, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha to‘garaklar va seksiyalar tashkil etish. 3. Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1-marta) o‘tkazish. 4. Yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan sog‘lom shaxslar bo‘lish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha ishlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 5. Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun mo‘ljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish. 6. Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish. 7. Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan o‘tkaziladigan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ta’minlash. 8. Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’lim muassasalari o‘rtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari o‘tkazish. 9. Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik ko‘rsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish. 10. Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minlangan qatlamlari (daromadning past darajasi, to‘liq bo‘lmagan oila, shu kabilar) bolalari shug‘ullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tog‘lik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash. 11. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sog‘lom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yo‘naltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish. 12. Yangilangan o‘quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilg‘or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga ko‘ra zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish. 13. “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu bo‘yicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilg‘or ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yo‘nalishlari bo‘lishi kerak. 14. Sportning ommaviy turlari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish. 15. Muayyan ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish. 16. Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko‘paytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg‘ulotlarni muntazamlilik asosida o‘tkazish amaliyotini joriy etish. 17. Respublikada hamma joyda o‘quv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko‘maklashish. 18. Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish. 19. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka tog‘li va cho‘l tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli o‘qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish. 20. Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, o‘zini o‘zi to‘laqonli namoyon qilish va professional o‘sish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish. 21. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar o‘tkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish. 22. Sport muassasalari rahbarlarining ular o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilg‘or va eng samarali usullarini o‘zlashtirishga intilishda ularni qo‘llab-quvvatlash. 23. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ko‘lamda amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish. 24. Ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga o‘quvchilarning jismoniy faolligini rag‘batlantiruvchi sog‘lom turmush tarzi yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish. 25. Xususiy imoratlar uylarida va ko‘p kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi obyektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo‘li bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. 26. Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish. 27. Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tizimli asosda tashkil etish. 28. Aholi sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ‘ib qilishni kuchaytirish. 29. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo‘lmaydigan komponentlar, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish. 30. Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. 31. Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish. 32. Jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish. 33. Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish. 34. Sport turlari bo‘yicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish. 35. Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishi chora-tadbirlarini ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash. 36. “Sport — turmush tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi logotipini yaratish. 37. Dolzarb yo‘nalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish. 38. Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish. 39. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari va jismoniy faollikni targ‘ib qilish va bunday ko‘nikmalarni shakllantirishning foydasi bo‘yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish. 40. Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobga olish bo‘yicha — “Skm-sportsmen”, trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash bo‘yicha — “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo‘yicha — “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish. 41. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to‘plash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish. 42. Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish. 43. Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va to‘liq jihozlashni davom ettirish. 44. Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan loyiha institutini tashkil etish. 45. Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet axborot tarmog‘i, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, ko‘rgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yo‘li bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targ‘ibot tizimini shakllantirish. 46. Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish. 47. Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, o‘rta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uzviyligiga rioya qilish. 48. Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash 49. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bosma va ko‘rgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish. 50. Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari bo‘yicha sovrinlari uchun “Sport bayrami” milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va o‘tkazish. 51. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida muammoli masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 52. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasini modernizatsiya qilishning oldinga qo‘yilgan vazifalarini hal etish iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlaridan va O‘zbekiston Respublikasining geosiyosiy raqobatbardoshliligidan kelib chiqib mamlakat inson kapitalini aniq maqsadni ko‘zlab shakllantirishning keng imkoniyatlarini ta’minlaydi. 53. 2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish: aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga; aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olish tizimini boshqarishning innovatsion usullari joriy etilishini tezlashtirishga; zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan innovatsion qurilish texnologiyalarini joriy etish, yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda sport obyektlari va infratuzilmasini jihozlash va to‘liq jihozlash asosida umumta’lim va sport muassasalarining binolari va sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni kengaytirishga; sportning ommaviy turlarini, shuningdek, boshqa qo‘shimcha omillar va yo‘nalishlarni (tibbiy, psixologik va shu kabilar) rivojlantirishga; aholining barcha qatlamlari uchun ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlarining sifati, dolzarbligi va xilma xilligini, manzilliligini oshirishga ko‘maklashadi.
142
28,902
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 381-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-684-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 2. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-694-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 3. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga nomzod to‘g‘risida. 4. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi QL-703-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 5. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-705-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 6. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri I. Madjidovga “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida olib borilayotgan huquqiy ta’lim va tarbiya ishlari samaradorligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 7. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik Reglamentga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida.
94
1,603
Qonunchilik
“Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qaroriga (ro‘yxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorda: a) nomidagi “Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish” degan so‘zlar “Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaror qiladi:”; v) 1-banddagi “Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish” degan so‘zlar “Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasini olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) xulosasini olish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: diniy ta’lim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub bo‘lgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa; diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi); diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining kamida sakkizta ma’muriy-hududiy birligida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot; mahalliy diniy tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar). 2. Qo‘mitaga diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar xulosa olish uchun murojaat qiladi. 3. Murojaatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) markaziy boshqaruv organi uchun: ta’sis yig‘ilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi; markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavi nusxasi; joylashgan yeridan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; markaziy boshqaruv organining ta’sischilari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot; markaziy boshqaruv organining rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot; markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi); b) diniy ta’lim muassasalari uchun: markaziy boshqaruv organining diniy ta’lim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi; diniy ta’lim muassasasining davlat tilidagi ustavi nusxasi; diniy ta’lim muassasasining rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot; v) mahalliy diniy tashkilotlar uchun: ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining nusxasi; mahalliy diniy tashkilotni davlat tilidagi ustavining nusxasi; O‘zbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga yetgan ellik nafardan kam bo‘lmagan mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari tomonidan imzolangan mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot; mahalliy diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot; mahalliy diniy tashkilot rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi); mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xulosasining nusxasi. 4. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaat olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi. 5. Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatlar Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari orqali o‘rganiladi. Bunda, hududiy boshqarmalarga yuborilgan murojaatlar o‘n besh kunlik muddatdan oshmasdan joyiga chiqqan holda o‘rganilib chiqiladi. 6. Qo‘mita murojaatni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan murojaat qiluvchiga xulosa taqdim etadi. 7. Quyidagilar diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatni rad etishga asos bo‘ladi: mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi; taqdim etilgan hujjatlarda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi; ilgari xuddi shu nomdagi yoki adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan nomdagi diniy tashkilotning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi; hujjatlar sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar tomonidan taqdim etilganligi. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaatni mazkur bandda nazarda tutilmagan asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xulosa olish to‘g‘risidagi murojaat rad etilgan taqdirda, Qo‘mita tomonidan shu kunning o‘zida murojaat qiluvchiga rad etish asoslari ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Bunda, xabarnomada murojaat rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni ichida uning rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda Qo‘mitaga takroran taqdim qilinishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim. 9. Rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni ichida takroran taqdim etilgan murojaat, Qo‘mita tomonidan, u kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida, ushbu murojaatning avval rad etilishiga asos bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi. 10. Qo‘mitaga rad etilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni o‘tgandan keyin taqdim qilingan murojaat yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi hamda umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 11. Murojaatni takroran ko‘rib chiqishda Qo‘mita tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno. 12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
162
9,924
Qonunchilik
Shaхsga doir ma’lumotlar bazalari roʻyхatdan oʻtkaziladi
2.07.2019 yildagi “Shaхsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son Qonun e’lon qilindi. Shaхsga doir ma’lumotlar — bu muayyan jismoniy shaхsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan aхborot. Qabul qilingan qonun shaхsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ushbu jarayon ishtirokchilari – sub’yekt (ular oʻziga taalluqli boʻlgan shaхs) va operator (ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy yoki yuridik shaхs) hamkorligi tartibini belgilaydi. Shaхsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: a) sub’yekt rozilik berganda; b) quyidagi hollarda ma’lumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda: v) shaхsga doir ma’lumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda; g) agar bu ma’lumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa. Sub’yekt oʻzining shaхsga doir ma’lumotlariga ishlov berilganligi fakti, tarkibi, asoslari va maqsadlari, qoʻllanilgan usullar, ularga ishlov berish va saqlash muddatlari haqida bilishga, shuningdek  operator va uning ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoki ularga oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaхslar haqidagi ma’lumotlarni olishga haqli. Biroq, agar u ma’lumotlariga ishlov berish haqida ilgari хabardor qilingan boʻlsa yoki ular hamma foydalana oladigan qilingan boʻlsa (hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbadan olingan boʻlsa) yoхud sub’yektni хabardor qilish kimnidir huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan boʻlsa, mulkdor va (yoki) operator sub’yektga uning shaхsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga taalluqli aхborotni taqdim etishga majbur boʻlmaydi. Shaхsga doir ma’lumotlar maхfiydir: ular sub’yektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda oshkor etilishi va tarqatilishi mumkin emas. Shaхsga doir ma’lumotlar ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadiga erishish sanasiga qadar saqlanadi. Ular sub’yektning murojaati asosida 3 kunlik muddatdan kechiktirmay, koʻrsatilgan ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan taqdirda darhol oʻzgartiriladi va toʻldiriladi. Tariхiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaхsga doir ma’lumotlar egasizlantiriladi. Shaхsga doir ma’lumotlar bazalari ariza berish prinsipi orqali хabardor qilish (ariza Davlat personallashtirish markaziga beriladi) yoʻli bilan tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bu quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan bazalarga taalluqli emas: Davlat shaхsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdor va (yoki) operator, uchinchi shaхs shaхsga doir ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va teхnik choralarni koʻradi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 1.10.2019 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
56
2,895
Qonunchilik
Yoʻllardagi videokameralar va YHQ buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
2015 yil 10 avgustdagi OʻRQ–389-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 7 oktyabrda 2240-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Aniqlashtirilishicha, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi hamda svetoforning taqiqlovchi signaliga boʻysunmasligi fakti boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari (keyingi oʻrinlarda - foto va video qayd etish vositalari) orqali qayd etilgan taqdirda Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) tuzilmaydi. Bunda bayonnoma oʻrniga huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning ishtirokisiz jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqariladi. Endilikda mazkur qarorning shakli Yoʻriqnomada mavjud. Belgilanishicha, ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 138-moddasida nazarda tutilgan, piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilgan hollarda ham bayonnoma tuzilmaydi. Jarima toʻlanganda huquqbuzar piyodaga jarima toʻlaganligi toʻgʻrisida kvitansiya (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) beriladi. Biroq huquqbuzar piyoda jarima toʻlashni rad etsa yoki jarima toʻlashga imkoni boʻlmasa, u holda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Nazarda tutilishicha, jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarining buzilganligi boʻyicha transport vositalarini ushlab turish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma bergan taqdirda, transport vositasini ushlab turish haqida bayonnoma rasmiylashtirilmasdan, faqat dalolatnoma (Yoʻriqnomada belgilangan shaklda) tuziladi hamda transport vositasi jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar toʻхtash joyida ushlab turiladi. Dalolatnoma 3 nusхada tuzilib, birinchi nusхasi transport vositasini toʻхtash joyida saqlash uchun mas’ul boʻlgan shaхsda qoldiriladi, ikkinchi nusхasi DYHXX хodimida qoladi, uchinchi nusхasi huquqbuzarga beriladi. Foto va video qayd etish vositalari orqali tezkor hamda maхsus хizmat transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari haydovchilari tomonidan imtiyozdan (Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son Qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 7.1-bandi) foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etilgan hollarda haydovchilarning kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda bunday huquqbuzarlik oхirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish tugatiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilganda bu haqda talonga belgi qoʻyilmaydi. Qolgan hollarda Yoʻriqnomaning me’yorlari 2015 yil 10 avgustdagi OʻRQ-389-son Qonun tahriridagi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks me’yorlariga muvofiqlashtirilgan*. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 12 oktyabrdagi 40-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.  __________ * Eslatib oʻtamiz, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 17-1-moddasiga muvofiq foto va video qayd etish vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, huquqbuzarlik yuridik shaхsga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilganda esa undan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхs tortiladi.  Foto va video qayd etish vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi. Biroq foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha ish yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim. Agar ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaхs aniqlansa yoхud mazkur transport vositasi boshqa shaхslarning gʻayrihuquqiy хatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.  Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalari joriy etilishi munosabati bilan endilikda MJtK 127-moddasiga binoan nafaqat tegishli ruхsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maхsus qurilmalarni oʻrnatish, balki davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish ham huquqbuzarlik hisoblanadi. MJtK 291-moddasida nazarda tutilishicha, jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha transport vositalarini jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kun oʻtgach, jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi. MJtK 309-1-moddasiga koʻra foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning ishtirokisiz chiqariladi. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror foto va video qayd etish vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasi foto va video qayd etish vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qogʻozdagi hujjatga aylantirish yoʻli bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida buyurtma pochta joʻnatmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi. MJtK 332-moddasida belgilanishicha, foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 60 kundan kechiktirmay, bunday qaror хususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida хabar berilgan kundan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay toʻlashi lozim. MJtK 276-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishga oid dalillar hisoblanuvchi ma’lumotlar quyidagi vositalar bilan belgilanadi: ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchi, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspert хulosasi, ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma, ovozli yozuvlardan, videoyozuvlardan, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar. MJtK 36-moddasida nazarda tutilishicha, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan (ilgari – ikki oydan) kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
89
8,167
Qonunchilik
subsidiya.mf.uz elektron platformasi yaratildi
Moliya vazirligi “Aхborot-hisoblash markazi” davlat unitar korхonasi tomonidan subsidiya.mf.uz maхsus elektron platforma yaratildi, deb хabar beradi Moliya vazirligi Aхborot хizmati. Platforma - yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish jarayonlaridan biri. Elektron platforma davlat byudjetidan toʻlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash, shuningdek, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish hamda muammolar toʻgʻrisida bevosita mansabdor shaхslarga va fuqarolarga хabar berish imkoniyatini yaratadi. Ushbu elektron platforma yordamida 18 ta vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 83 turdagi subsidiya turlarini olish boʻyicha jarayonlarni raqamlashtirish ishlari olib borilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan integratsiya ishlari amalga oshirildi. Tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda elektron platformaga integratsiyalash hamda barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur tizimdan foydalanish imkonini yaratish choralari koʻrilmoqda.
46
1,347
Qonunchilik
13 ta OTMda Qatagʻon qurbonlari хotirasi muzeylari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarori bilan quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi: Hujjat bilan Muzey va hududiy muzeylarning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, moliyalashtirish manbalari belgilandi, shuningdek ularning tuzilmasi, Muzeyning ustavi va hududiy muzeylarning namunaviy nizomi tasdiqlandi. Tegishli tashkilotlarga 2018 yil 1 martgacha hududiy muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish, mustamlakachilik va qatagʻon davriga oid hujjatlar, materiallar va ashyolar bilan toʻldirish topshirildi. Shuningdek 2018-2019 yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlar nazarda tutiladi. Hujjat 2017 yil 25 noyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Sardor JUMAShOV, ekspert-yuristimiz.
66
982
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY GVARDIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” 1991-yil 31-avgustdagi Qonunining oltinchi moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-harbiy qismi negizida O‘zbekiston Respublikasining Milliy Gvardiya brigadasi tuzilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 3408-harbiy qismni butun shaxsiy tarkibi, qurol-yarog‘i, texnikasi va boshqa mol-mulki bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi ixtiyoriga bersin. 3. Milliy Gvardiya joylashgan o‘rni etib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtining binolari va inshootlari kompleksi belgilansin va u O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining balansiga o‘tkazilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bir hafta muddat ichida sobiq SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi instituti filiali binolari va inshootlarini xizmat binolari butun kompleksining mol-mulki, asbob-uskunalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga bersin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi bir hafta muddat ichida Milliy Gvardiyaning tuzilmasi, nizomi, shtatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar Milliy Gvardiyaga tatbiq etilishini nazarda tutsin hamda alohida sharoitlardagi xizmat uchun 20 foiz miqdorida oshirilgan ustama belgilansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot qo‘mitasi bir hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining mablag‘ bilan ta’minlanishi, moddiy-texnika ta’minoti masalasini ko‘rib chiqsin.
74
1,932
Qonunchilik
NEFT VA GAZ TARMOG‘INING IShChILAR TA’MINOTI KORXONALARINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qarorini bajarish yuzasidan hamda respublika neft va gaz tarmog‘ining ishchilar ta’minoti korxonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va ishchilar ta’minoti korxonalari aksiyadorlarining ishchilar ta’minoti funksiyalarini amalga oshiruvchi ilovaga muvofiq korxonalarni birlashtirish yo‘li bilan “Buxoroneftgazishchita’minot”, “Qashqadaryoneftgazishchita’minot”, “Vodiyneftgazishchita’minot” va “Toshneftgazishchita’minot” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: neft va gazni qidirish, burg‘ulash, qazib chiqarish, tashish va qayta ishlash obyektlarida mashg‘ul bo‘lgan neft va gaz tarmog‘i xodimlarini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlari bilan ta’minlash; neft va gaz tarmog‘i obyektlariga tutash aholi punktlarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish va savdo shoxobchalarini kengaytirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish va yuritish “Buxoroneftgazishchita’minot”, “Qashqadaryoneftgazishchita’minot”, “Vodiyneftgazishchita’minot” va “Toshneftgazishchita’minot” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘zneftgazishchita’minot” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish komissiyasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF–3202-son Farmoni talablariga muvofiq shakllantirilishini va yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlagan holda, ularda bir oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazsinlar. 4. Belgilab qo‘yilsinki, “Buxoroneftgazishchita’minot”, “Qashqadaryoneftgazishchita’minot” va “Vodiyneftgazishchita’minot” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga, “Toshneftgazishchita’minot” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat paketi esa “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga, ular belgilangan tartibda professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgunga qadar beriladi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
128
2,787
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadb
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, xorijiy mamlakatlardan turistik oqimni jalb qilish, respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik tizimini samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning (keyingi o‘rinlarda — hukumatlararo komissiyalar) O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qismidagi faoliyatning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: a) hukumatlararo komissiyalar: savdo hamkorligini rivojlantirish, mahalliy eksportyorlar uchun xorijiy mamlakatlarda qulay savdo rejimlarini shakllantirish, shu jumladan savdo to‘siqlarini olib tashlash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar sohalarda hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish; tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi savdo va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash; oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining kompleks masalalarini hal qilish va muvofiqlashtirish; immigratsiya, shu jumladan mehnat migratsiyasi bo‘yicha muammoli masalalarni hal qilish; xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik holatini tahlil qilish hamda ikki tomonlama shartnomalar va bitimlarning bajarilishini ta’minlash; xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish; b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston tomonidan hukumatlararo komissiyalar hamraislari darajasi bo‘yicha takliflar kiritish; hukumatlararo komissiyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yakuniy bayonnomalar va qabul qilinayotgan “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlarni umumlashtirish; hukumatlararo komissiyalar, hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolari faoliyatining natijadorligi va samaradorligini, shuningdek, ular tomonidan tasdiqlangan ish rejalarining bajarilishini tahlil qilish; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolari faoliyatini tasdiqlangan samaradorlik va natijadorlik mezonlari bo‘yicha baholash natijalari asosida ularni moddiy rag‘batlantirish va intizomiy choralarni ko‘rish; v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: xorijiy tomon bilan tadbirlarni o‘tkazish muddatlari, xorijiy delegatsiyalar tarkibini, chora-tadbirlar ssenariylari, kun tartibi loyihalarini, yig‘ilish bayonlari va imzoga tayyorlangan ikki tomonlama hujjatlarning ishlab chiqilishi va kelishilishini ta’minlash, shuningdek, tashkiliy-bayonnoma tusidagi barcha masalalarni hal qilish; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlarining kun tartiblarini, yakuniy bayonnomalar, ish tarkibi va jadvallarini shakllantirish; vazirliklar va idoralarning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar hamkorligi qismidagi, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalaridagi hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasidagi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraisiga yig‘ilishlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamini (axborot ma’lumotnomalari, suhbatlar va chiqishlarga tezislar loyihalarini va boshqalarni) kiritish; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari kotibiyati funksiyalarini bajarish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ish rejalari amalga oshirilishining borishini monitoring qilish; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari a’zolarini rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda siyosiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha hisobotlarni kiritish; g) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: vazirliklar va idoralarning investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida mahalliy tovarlar va xizmatlar nomenklaturasi va eksport hajmlarini kengaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish; hukumatlararo komissiyalarning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-logistika, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik qismidagi yig‘ilishlari kun tartibi va tarkibi bo‘yicha takliflar tayyorlash; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari a’zolarini rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosi holati to‘g‘risida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, sanoat-texnologik va texnik hamkorlik bo‘yicha hisobotlarni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish va umumlashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natish; hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan ikki tomonlama biznes-forumlarni majburiy tarzda o‘tkazish masalalarini tayyorlash; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari davomida imzolash uchun qat’iy savdo-investitsiyaviy kelishuvlar va shartnomalar ro‘yxatini ishlab chiqishni ta’minlash; Komissiyalar yig‘ilishlarining samaradorligini oshirish va natijadorligini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy hamkor-mamlakatlar bilan (aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan shartnomalar va kelishuvlar asosida) hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari o‘tkazilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar va asoslarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; hukumatlararo komissiyalarning yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yo‘naltirilgan aniq takliflarni ishlab chiqish; aniq investitsiyaviy loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar va kelishuvlarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari doirasida imzolashga tayyorlash; d) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari: hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlariga xorijiy muassasa bo‘lgan mamlakatda yig‘ilishlar o‘tkazilishida, ular yakunlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishda, shuningdek, ularning monitoringi va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatish; hukumatlararo komissiyalar kun tartibi va yakuniy bayonnomalariga kiritish uchun aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari va ustuvorliklarini ilgari surishga yo‘naltirilgan kelishuvlar va savdo-investitsiyaviy shartnomalarni ishlab chiqish; xorijiy muassasa tomonidan amalga oshirilgan ishlar va xorijiy hamkorlardan kelib tushgan ma’lumotlar tahlili asosida, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish holati to‘g‘risida har chorakda hisobotlar tayyorlash; aniq loyihalar, dasturlar va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tashrif buyuriladigan davlatlar bilan amaliy hamkorlik qilish; tashrif buyuriladigan mamlakat iqtisodiy konyunkturasi va bozorlarining rivojlanish dinamikasini tahlil qilish orqali eksportni ilgari surish, investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy vazifalarni hal etish maqsadida davlatlararo hamkorlik munosabatlarini, shu jumladan tashrif buyuriladigan mamlakatning ishbilarmon doiralari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish va salohiyatli hamkorlarning aloqa bazasini kengaytirish orqali mustahkamlash; respublikaning eksport, investitsiyaviy va turistik salohiyati haqidagi ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakatning ijobiy imijini va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash choralarini ko‘rish; e) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar va “yo‘l xaritalarida” ko‘rsatilgan tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga qo‘shimcha 3 ta shtat birligi kiritilsin. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari raislari va rais o‘rinbosarlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlik masalalari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi; hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari tarkibiga majburiy tartibda Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari kiritiladi; 2019-yil 1-iyuldan hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolariga nisbatan, ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlaridan kelib chiqqan holda, ularning lavozim maoshining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi joriy etiladi. 5. Quyidagilar hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin: xorijiy hukumatlar bilan mavjud masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan kelishuvlar soni; hisobot davrida o‘tkazilgan “biznes forumlar” doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi; hisobot davrida o‘tkazilgan “biznes forumlar” doirasida tuzilgan eksport kontraktlari hajmi; oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks masalalarning hal qilinishi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish jadvalini; har bir mamlakat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, respublikaning manfaatlari va tashqi iqtisodiy ustuvorliklarini ilgari surish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, eksportni va turistik salohiyatni ilgari surish bo‘yicha aniq kelishuvlar va bitimlar imzolash masalasini ko‘rib chiqishga qaratilgan amaliy takliflar va chora-tadbirlarni belgilagan holda hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari batafsil ish rejalarini; hukumatlararo komissiyalar kesimida baholash mezonlarining boshlang‘ich qiymatlarini nazarda tutgan holda hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari hamraislari va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish va javobgarligini oshirish maqsadida ularning faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatlararo komissiyalarning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini baholagan holda ular ish rejalari bajarilishining borishini har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning o‘zbek qismlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3470-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning (keyingi o‘rinlarda — HAK ) O‘zbekistonga oid qismi faoliyatining huquqiy asoslari, vazifa va funksiyalarini, HAK majlislarini tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ularning yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar monitoringini olib borish tartibini belgilaydi. 2. HAK ikki tomonlama o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil qilinadi. 3. HAKning O‘zbekistonga oid qismi maslahat organi bo‘lib, HAKda O‘zbekiston Respublikasini ifodalaydi. 4. HAKning O‘zbekistonga oid qismi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va xalqaro huquq me’yorlariga amal qiladi. 5. HAKning O‘zbekistonga oid qismi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbarligi ostida amalga oshiradi hamda manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 6. HAKning O‘zbekistonga oid qismi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, o‘zaro aloqalarning boshqa sohalarini rivojlantirish bo‘yicha davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakuni bo‘yicha imzolangan amaliy tadbirlar rejalarini (“Yo‘l xaritalarini”) o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish monitoringini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, turistik va madaniy-gumanitar sohalarida, shuningdek, ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikning joriy holatini tahlil qilish va uni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari hamkorligini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish; birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksport yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga xorijiy taraf bilan kelishgan holda o‘zaro tovar almashuv nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish va qabul qilish; transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qo‘llash; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va infratuzilmasining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalar, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklashish vosita larini jalb qilishni ta’minlash; xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilishga, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarning ishtirok etishiga, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish; yetakchi xorijiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan eng avvalo milliy ta’lim tizimiga ilg‘or amaliyot va standartlarni joriy qilish, o‘quv jarayoni usullarini takomillashtirish, qo‘shma tadqiqot dasturlari va ishlanmalarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan hamkorlikni o‘rnatish va kengaytirish bo‘yicha amaliy choralarni qabul qilish; biznes-forumlar, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarni tashkillashtirish va o‘tkazish, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar kunlarini o‘tkazishda ko‘maklashish; manfaatlarni o‘zaro hisobga olish, konstruktiv muloqot va xalqaro huquq me’yorlari asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ochiq suv oqimlaridan oqilona va adolatli foydalanish, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalarini hal qilish; xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirishda ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa ikki tomonlama, shu jumladan oliy va yuqori darajada o‘tkazilgan tashriflar jarayonida erishilgan kelishuvlari hamda HAK majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini monitoring qilish. 7. Ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun HAKning O‘zbekistonga oid qismi quyidagi funksiyalarni bajaradi: xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, o‘zaro foydali va uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor bo‘lgan chet ellik kontragentlarni aniqlashda ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan aniq loyiha va dasturlar bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, taraflar o‘z shartnomaviy vazifalarini bajarishiga yordam beradi, yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal qilishga ko‘maklashadi; yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar tuzish orqali O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksport yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘maklashadi; mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish bo‘yicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining ochiq tendyerlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yo‘nalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi; xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, xususan iqtisodiyot va infratuzilmaning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ko‘rinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksport yetkazib berishni ta’minlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar, imtiyozli kreditlar, texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish bo‘yicha chora ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va mamlakatning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishiga ko‘maklashadi; tadqiqot va ta’lim qo‘shma dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish yo‘li bilan yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining transchegaraviy daryolar suv-energiya resurslaridan samarali foydalanishi yuzasidan, shuningdek, qo‘shni davlatlar hududidagi suv-xo‘jalik obyektlariga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, ularning xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi; havoni ifloslantiruvchi moddalar chiqishini cheklash va ularning transchegaraviy ta’sirini pasaytirish, ekologik jihatdan asoslangan texnologiyalar, ishlab chiqarish va iste’mol usullarini ishlab chiqish va qo‘llashga qaratilgan uzoq muddatli loyiha va dasturlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, boshqa ikki tomonlama kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqish, ularni xorijiy hamkorlar bilan kelishish va tuzish bo‘yicha choralar ko‘radi, shuningdek, ulardan kelib chiqadigan o‘zaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi; HAK majlislarida qabul qilinadigan, HAKning O‘zbekistonga oid qismiga taalluqli bo‘lgan bayon qarorlarining bajarilishini monitoring qiladi; O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, tashkilotlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining HAK xorijiy qismlari bilan murojaatlarni ko‘rib chiqishda ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida HAK majlislarini tayyorlash va o‘tkazishni tashkillashtiradi, ularni chaqirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik, moddiy-moliyaviy va boshqa masalalarning butun kompleksini hal qiladi; oliy va yuqori darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks masalalarni hal qiladi hamda mas’ul vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; biznes-forumlar, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar kunlarini o‘tkazishni tashkillashtirishda ko‘maklashadi. 8. Xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlariga muvofiq HAKning O‘zbekistonga oid qismiga boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishi mumkin. 9. HAKning O‘zbekistonga oid qismi quyidagi vakolatlarga ega: xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha zarur qarorlar qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; HAKning xorijiy qismlari bilan kelishilgan holda HAK doirasida doimiy va vaqtincha qo‘shma kichik komissiyalar va idoralararo ishchi guruhlarni tuzish; O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijdagi muassasalaridan zarur axborot-tahlil va ma’lumotnoma materiallari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olish; O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida majlislar chaqirish; belgilangan tartibda yoki HAKning xorijiy qismlari ko‘magida xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga ikki tomonlama hamkorlik va HAK faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilish; O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarini hamkorlik, kelishuvlar, HAK tomonidan qabul qilinadigan bayonnoma qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish. 10. HAKning O‘zbekistonga oid qismi rais, uch nafar o‘rinbosar, kotibiyat, ishchi organ va HAKning O‘zbekistonga oid qismi a’zolaridan iborat. 11. HAKning O‘zbekistonga oid qismi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari rahbarlari va mas’ul shaxslari orasidan shakllantiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislarining o‘rinbosarlari hisoblanadi va ularning samarali ishlashi hamda kelishuvlar, shu jumladan HAK majlislari yakunlari bo‘yicha, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi uchun shaxsan javobgardir. 12. HAKning O‘zbekistonga oid qismi tarkiblari O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnik, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlik xususiyati va ko‘lami, muhokamaga kiritiladigan kun tartibidagi masalalar mazmuni, shuningdek, HAKning xorijiy qismlari tarkibidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 13. HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislari: HAKning O‘zbekistonga oid qismi a’zolari va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda HAK majlislarini o‘tkazishga puxta va mazmunli tayyorgarlikni ta’minlagan holda HAK majlislarini tashkillashtirish masalalarining butun kompleksini muvofiqlashtiradi; HAK majlislarini, zarur hollarda esa majlislar orasidagi davrda HAK raisdoshlari bilan uchrashuvlarni o‘tkazadi; HAK majlislari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan majlis bayoni qarorlarini imzolaydi; HAKning samarali ishlashini tashkillashtirish bo‘yicha boshqa choralarni ko‘radi. HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislari yo‘qligida ko‘rsatilgan vazifalarni ularning o‘rinbosarlari bajaradi. 14. HAKning O‘zbekistonga oid qismi a’zolari: sherik davlatning salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida hamda u bilan tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy hamkorlik darajasini hisobga olgan holda HAK majlislarining kun tartibi va yakuniy bayonnomaga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha asoslangan takliflar o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; chet el tarafi bilan ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazadi, o‘z vakolati doirasida kelishuvlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi; HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislari va kotibiyatiga erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar bilan birga o‘zining HAK majlislaridagi ishtiroki natijalari to‘g‘risida batafsil hisobotlarni taqdim qiladi; har chorakda kamida bir marta HAKning O‘zbekistonga oid qismi kotibiyatini kelishuvlar hamda HAK majlislari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayoni haqida axborot beradi; HAK ishida samarali ishtirok etish yuzasidan boshqa choralarni ko‘radi. 15. HAKning O‘zbekistonga oid qismi kotibiyati funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi amalga oshiradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: HAK majlislarini har tomonlama va sifatli tayyorlash bo‘yicha ishlarning butun kompleksi muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAK faoliyati doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi, kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, ular asosida kun tartibi loyihasini ishlab chiqadi; HAKning xorijiy qismlari tarkibidagi o‘zgarishlarni monitoring qiladi va HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislarini bu haqida o‘z vaqtida xabardor qiladi; zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari vakillari HAK ishiga jalb qilinishini ta’minlaydi; HAKning bayonnoma qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishish, majlis yakunlari bo‘yicha ularni qabul qilishni ta’minlaydi; HAK majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va bayonnoma qarorlarining amalga oshirilishi ustidan monitoringini olib boradi; HAKning samarali ishlashini tashkil qilish bo‘yicha boshqa choralarni ko‘radi. 16. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari (bundan buyon — Ishchi organ deb yuritiladi): ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan HAK vazifalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi; xorijiy taraf bilan xorijiy delegatsiya tarkibi, tadbirlar ssenariysi, kun tartibi loyihalari, majlis bayonnomasi va imzolash uchun rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish, shuningdek, barcha tashkiliy-protokol masalalarni hal qilishni ta’minlaydi; oliy va yuqori darajadagi tashriflar hamda HAK majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi monitoringini amalga oshiradi. 17. HAK majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 18. HAK majlislari, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarining tashabbus takliflari, shuningdek, xorijiy taraf bilan kelishuvlarni hisobga olgan holda 1-fevralga qadar shakllantiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan HAK majlislarini o‘tkazish bo‘yicha yillik jadval asosida o‘tkaziladi. 19. HAK majlisi o‘tkazilishidan kamida to‘qson kun avval HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislari majlisga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy vazifalarni taqsimlash uchun HAKning O‘zbekistonga oid qismi a’zolari ishtirokida majlis o‘tkazadi. O‘tkazilgan majlis O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAKning rejalashtirilayotgan majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlarni nazarda tutuvchi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 20. Bayonnomaga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari quyidagilar bo‘yicha takliflarni tayyorlash maqsadida o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni ishlab chiqishga kirishadi: xalqaro shartnomalar, ikki tomonlama kelishuvlar va tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish; ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning muammoli jihatlarini hal qilish; ikki tomonlama hamkorlikning “yo‘l xaritasi”, majlis kun tartibi va bayonnomasi bandlari; HAKning O‘zbekistonga oid qismi tarkibi; HAK majlisi davomida muhokama qilish uchun zarur boshqa masalalar. Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasining boshqa daxldor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari majlis bayonnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hujjatlar to‘plamini taqdim qiladi. 21. Tashqi ishlar vazirligi HAKning rejalashtirilayotgan majlisidan kamida oltmish kun avval xorijiy taraf bilan tadbir o‘tkazilishining aniq muddatlari, HAK majlisining kun tartibi, majlis doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxatini ishlab chiqadi. 22. Tashqi ishlar vazirligi HAKning O‘zbekistonga oid qismi raisi bilan kelishilgan holda xorijiy tomon tasdiqnomasi olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xorijiy taraf bilan majlisni o‘tkazishning kelishilgan muddatlari, kun tartibi loyihasi, shuningdek, majlis doirasida imzolanadigan ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga HAK majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni kiritadi. 23. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli roziligi berilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasining barcha daxldor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga HAKning kelgusi majlisi to‘g‘risidagi xabarnomani hamda nutqlar matni, muzokaralar uchun materiallar, imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari, shuningdek, majlis bayonnomasi loyihasi va HAKning O‘zbekistonga oid qismi tarkibi yuzasidan takliflarni taqdim qilish to‘g‘risida so‘rov yuboradi. 24. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlari HAK majlisidan kamida yigirma besh kun avval Tashqi ishlar vazirligiga majlis bayonnomasi loyihasi va HAKni o‘tkazish ssenariysini tayyorlash uchun zarur hujjatlar to‘plami hamda muzokaralar bo‘yicha materiallarni yuboradi. 25. Tashqi ishlar vazirligi HAKning O‘zbekistonga oid qismi raisi bilan kelishilgan holda majlisdan kamida yigirma kun avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga HAKning yakuniy kun tartibi, o‘tkazish ssenariysi va HAKning O‘zbekistonga oid qismi tarkibini kiritadi. HAK majlisining bayonnomasi loyihasi bir vaqtning o‘zida xorijiy tarafga ham yuboriladi. 26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisdan kamida o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi va ma’qul bo‘lgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli taklif kiritilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida Tashqi ishlar vazirligini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi. 27. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli roziligini olgan kundan e’tiboran ikki kun ichida HAKning rejalashtirilayotgan majlisi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritadi. 28. Tashqi ishlar vazirligi kelishuvga qarab, biroq HAK majlisidan kamida o‘n kun avval Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyish loyihasini kiritadi. 29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisi o‘tkazilishidan kamida yetti kun avval HAK majlisini o‘tkazish haqida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan farmoyishni qabul qiladi. 30. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi HAK majlisi yakunlangandan so‘ng bir kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga HAK majlisi yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va bayonnomani kiritadi. 31. Ayrim istisno holatlarda HAK majlisini o‘tkazish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki xorijiy taraf tomonidan ko‘tarilgan taqdirda ushbu bobda ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘zgartirilishi mumkin. 32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi HAK majlisi yakunlari to‘g‘risidagi axborot va bayonnoma kiritilgandan so‘ng uch kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa daxldor davlat va xo‘jalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlariga har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan erishilgan kelishuvlar hamda ularning yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishni topshiradi. 33. HAKning O‘zbekistonga oid qismi ishchi organlari xorijiy taraf tomonidan HAK majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan qarorlar ijrosining borishini doimiy monitoring qiladi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan kiritilgan hisobot ma’lumotlarini va ikki tomonlama hamkorlikning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli jihatlarini bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi. 34. Tashqi ishlar vazirligi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan keyinchalik axborot olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, agar HAKning O‘zbekistonga oid qismi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosari bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berish uchun HAKning O‘zbekistonga oid qismi raisiga umumlashtirilgan hisobot ma’lumotlarini taqdim qiladi. 35. HAKning O‘zbekistonga oid qismi raislari va ularning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni lozim darajada bajarish hamda HAKning O‘zbekistonga oid qismi ishining natijadorligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa aloqador davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida axborot-tahliliy materiallar ko‘rinishidagi quyidagi axborotni umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, zarur hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi: O‘zbekiston Respublikasi va hamkor mamlakatning o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha rivojlanish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari; O‘zbekiston Respublikasi va hamkor mamlakatning sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasidagi yetakchi tarmoqlari, ularning YIM tarkibidagi ulushi, eksport-import operatsiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar; O‘zbekiston Respublikasining hamkor mamlakat bilan tashqi savdosi dinamikasining tahlili, ularning asosiy tashqi savdo hamkorlarining batafsil yoritilgan eksport/import nomenklaturasini ilova qilgan holda; hamkor mamlakatning O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirayotgan yetakchi tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot; xorijiy mamlakat davlat tuzilmalari, banklari, tashkilotlarining respublikamiz davlat organlari, banklari va tashkilotlari bilan iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi axborot; davlat tuzilmalari bilan moliyaviy-texnik va gumanitar yordam masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot; xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik bo‘yicha axborot va takliflar; hamkor mamlakatning O‘zbekiston Respublikasi hududida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirayotgan qo‘shma korxonalari, kompaniyalar vakolatxonalari va boshqa tijoriy tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida axborot; mamlakatdagi mavjud transport yo‘llaridan respublikamizning eksport-import operatsiyalari uchun foydalanish to‘g‘risidagi axborot (dengiz portlarining yuk bilan bandligi, tranzit yo‘laklar, temir yo‘l va boshqa transport turlaridan foydalanish, transmilliy yo‘llar bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lsa); kichik va xususiy tadbirkorlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar; xalqaro shartnomalar va tashqi iqtisodiy bitimlarning loyihalari hamda ularni imzolashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar; hukumatlararo komissiya majlislari doirasidagi muzokaralar uchun savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha materiallar, qo‘yiladigan masalalar va takliflar, shuningdek, taqdimot materiallari va asosiy ma’ruzachilarning nutqlari matnlari; hamkor mamlakat tomonidan qo‘yilishi mumkin bo‘lgan masalalar va ular bo‘yicha o‘zbek tomonining asoslangan pozitsiyalari; oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan erishilgan kelishuvlar va imzolangan shartnomalar ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot; xorijiy delegatsiyaning taxminiy tarkibi va majlisni o‘tkazish ssenariysi bo‘yicha takliflar; hukumatlararo komissiya majlislari kun tartibi loyihasi va bayonnomasiga takliflar. 2. Tashqi ishlar vazirligi ushbu ilovaning 1-bandida ko‘rsatilgan materiallar bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, zarur hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi axborot-tahliliy materiallarni taqdim etadi: tarixiy va mamlakatshunoslik ma’lumotlari; mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat; tashqi siyosatning, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan asosiy yo‘nalishlari, muhim hamkorlar bilan o‘zaro munosabat, xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish va ulardagi pozitsiya; O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatik va tarixiy-madaniy aloqalar; ikki tomonlama munosabatlarning mavjud huquqiy-shartnomaviy bazasi; parlamentlararo aloqalar; ikki tomonlama va ko‘p tomonlama siyosiy va harbiy hamkorlikning rivojlanishi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va olg‘a surish, chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini, imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish, mahalliy tovar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, ikki tomonlama tovar almashinuvi turlarini kengaytirish, chet ellardan sayyohlar oqimini jalb qilish, shuningdek, respublikaning transport-tranzit salohiyatini oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari o‘rtasidagi idoralararo muvofiqlashtirish va hamkorlik (keyingi o‘rinlarda — idoralararo hamkorlik) tartibini belgilaydi. 2. Idoralararo hamkorlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari (keyingi o‘rinlarda — xorijdagi muassasalar), mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mas’ul tashkilotlar orasida birgalikdagi samarali va tezkor ishni tashkil qilish; eksportni jadallashtirish, avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini kengaytirish hamda mamlakatning transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish sohasida xorijdagi muassasalarning faoliyatini faollashtirish va takomillashtirish; mas’ul tashkilotlar tomonidan chet ellardagi muassasalarning axborot-ma’lumot ta’minotini yaxshilash; eksportni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish va sayyohlar oqimini kengaytirish borasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining murojaatlari, so‘rovlari va loyiha takliflarining mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash; mahalliy tovar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqarishning ta’sirchan mexanizmini yaratishga qaratilgan chet el investitsiyalarini jalb qilish va eksportni jadallashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini maksimal darajada jalb qilish. 3. Idoralararo hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5400-son Farmonining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan Sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘nalishini amalga oshirish va ta’minlashga javob beruvchi davlat organlari tizimida markaziy bo‘g‘in hisoblanadi. 5. Idoralararo hamkorlikda quyidagilar Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tashqi iqtisodiy yo‘nalishni amalga oshirishni ta’minlash; sohaga tegishli vazirliklar, muassasalar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yagona tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf qilish; eksportni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlarni yaratish bo‘yicha siyosiy-diplomatik choralar ko‘rish; respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirishda, O‘zbekistonga chet el investitsiyalarini jalb qilish va sayyohlar oqimini kuchaytirishda amaliy yordam ko‘rsatish; xorijdagi muassasalar, mas’ul tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlaridan keluvchi xalqaro iqtisodiy vaziyat, xorijiy mamlakatlarning bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish, uning asosida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi iqtisodiy manfaatlarni ilgari surish bo‘yicha takliflar to‘plamini ishlab chiqish; mamlakatda amalga oshirilayotgan katta miqyosdagi islohotlar va o‘zgarishlar, respublikaning eksport, investitsiya va turistik salohiyati to‘g‘risida xolis ma’lumotlarni keng tarqatish, shuningdek, dunyo reytinglarida O‘zbekistonning mavqeyini yaxshilash borasida takliflarni ishlab chiqish va mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash; xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida xorijdagi muassasalarning faoliyatini takomillashtirish, xorijdagi muassasalar diplomatik xodimlarining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha ishini nazorat qilish. 6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi savdo sohasida strategiyani shakllantirish va yagona siyosatni amalga oshirish hamda chet el investitsiyalarini, kredit va moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilishni muvofiqlashtirishda mas’ul organ hisoblanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining idoralararo hamkorlikdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, kreditlar, shuningdek, moliyaviy-texnikaviy ko‘maklashish vositalarini jalb qilish strategiyasini belgilash; investitsiya salohiyatini rivojlantirish, qulay investitsion muhitni shakllantirish, mamlakatning ishonchli investitsion sherik sifatidagi imijini mustahkamlash va uning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish; xorijiy sheriklar bilan investitsion hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini ko‘rish; investitsiya loyihalari va takliflarining yagona bazasini shakllantirish, chet ellik sarmoyadorlarni, shuningdek kredit va moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini izlab topish va jalb qilishda yordam berish; xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari doirasida tuzish maqsadida qat’iy savdo-investitsiya bitimlari va shartnomalarining ro‘yxati ustida ishlashni muvofiqlashtirish va ishlab chiqish (tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda); taqdimot va axborot-ma’lumot materiallari bilan birgalikda sifatli ishlab chiqilgan investitsiya takliflari va loyihalarning pasportlarini Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga taqdim qilish; respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga chet ellik investorlarni qidirish, ular bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha loyiha takliflari va boshqa kerakli materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish; ustuvor mintaqaviy va tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning tashqi savdo faoliyati strategiyasini shakllantirish; respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish, tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf qilish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish; eksport qilinadigan tovarlar (ish, xizmatlar)ning hajmini oshirish, turlarining xilma-xilligi va geografiyasini kengaytirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish; chet ellarda eksportchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ishbilarmon sheriklarni qidirishda, shartnomalar tuzishda, tender (tanlov) savdolarida, yarmarka, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda yordam berish; Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga eksport qilinadigan tovarlar (ish, xizmatlar)ning ro‘yxatini ularning chet el valyutasidagi narxi, texnik ko‘rsatkichlari va mintaqalar kesimida tavsiflarini ko‘rsatgan holda taqdim qilish; dunyo bozorlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot turlari va nomenklaturasini tizimli asosda tahlil qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport qilinadigan tovar va xizmatlari yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish. 8. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi turizm sohasida, mamlakatning turistik salohiyatini tubdan oshirish va turizmga iqtisodiyotning strategik sohasi maqomini berish siyosatini amalga oshirishni ta’minlovchi organ hisoblanadi. 9. Idoralararo hamkorlikda Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: turindustriyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ustuvor chet el bozorlarida turistik xizmatlarni ilgari surish; turistik infratuzilmani rivojlantirish, milliy turistik brendni va turistik mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish; turistik bozorlarni kengaytirish va diversifikatsiya qilish, turistik yarmarkalarda qatnashishda va sheriklik aloqalarini o‘rnatishda milliy turoperatorlarga yordam berish; respublikaning tegishli infratuzilmasini rivojlantirish va ilgari surish bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi chet ellik turistik kompaniyalarning ishtirokini ta’minlash; Tashqi ishlar vazirligiga va xorijdagi muassasalarga mamlakat hududlari kesimida turistik salohiyat to‘g‘risidagi taqdimotlarni tashkil qilish maqsadida sifatli axborot (foto va video) materiallarini taqdim qilish. 10. Xorijdagi muassasalar o‘zlari joylashgan davlatda yoki xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasini ifodalovchi davlat organlari hisoblanadi. 11. Idoralararo hamkorlikda xorijdagi muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: borgan davlatdagi iqtisodiy konyunkturani, iqtisodiyot tarmoqlari va bozorlar rivojlanishining dinamikasi va tendensiyalarini tahlil qilish hamda eksportni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va turizmni avj oldirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy vazifalarni hal qilish uchun samarali davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash; ishbilarmon doiralar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish va salohiyatli sheriklarning manzil ma’lumotlari bazasini kengaytirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan aniq loyihalar, dasturlar va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro amaliy hamkorlik qilish; respublikaning eksport, investitsion va turistik salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakatning ijobiy imiji va dunyo reytinglaridagi mavqeyini mustahkamlash chora-tadbirlarni ko‘rish. 12. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar: iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishdagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni jalb qilish, tovarlar (ish, xizmatlar) eksportini jadallashtirish, turizmni rivojlantirish sohasida taklif va loyihalarni, ishlab chiqish; sohalar kesimida eksport, investitsiya va turistik salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish; xorijiy sheriklar tashabbusi bilan boshlangan loyihalar va takliflar, talablar bilan ishlash holati to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligini vaqti-vaqti bilan xabardor qilish; xorijiy sheriklar bilan aloqalar o‘rnatish, ular bilan aniq bitimlar tuzish orqali idoralararo hamkorlikni amalga oshirishadi. 13. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari Tashqi ishlar vazirligi so‘rovi bilan kerakli ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim qilishi kerak. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari talab qilingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilmagan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash masalasini kiritishga haqlidir. 14. Mas’ul tashkilotlar idoralararo hamkorlik davomida o‘z vakolatini belgilab beruvchi qonun hujjatlarida zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlar o‘z vakolati doirasida Savdo-sanoat palatasi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa subyektlari bilan birgalikda chet ellik sheriklar bilan amalga oshirish maqsadida takliflar va loyihalarni ishlab chiqadi. 16. O‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan takliflar va loyihalar Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa keyinchalik Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish orqali ular xorijiy sheriklar bilan ishlab chiqilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijdagi muassasalarga yuborilishi mumkin. 17. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi holatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, chet ellik sheriklar bilan puxta ishlab chiqish maqsadida o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan taklif va loyihalarni ularga yuboradi: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va boshqa erishilgan kelishuvlar, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” doirasida loyiha/takliflarning amalga oshirilishida yoki ishlab chiqilishida; oliy va yuqori darajadagi rasmiy aloqalar, shuningdek, hukumatlararo komissiya (qo‘mita va kengashlar) yig‘ilishlari natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida. 18. Tashqi ishlar vazirligiga, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, xorijdagi muassasalarga yuboriladigan taklif va loyihalarga quyidagilar ilova qilinadi: investitsiyalarni jalb qilish sohasida — mintaqalar kesimida sohaning investitsiya, shu jumladan turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot (video va/yoki slaydlar), tarqatma materiallar (flayer, buklet va broshyuralar) va boshqa axborot-ma’lumot materiallarini (mavjud infratuzilma, loyihani amalga oshirish shartlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot) ilova qilgan holda sifatli ishlab chiqilgan investitsiya takliflari va loyihalarning pasportlari; tovar va xizmatlarning (turizm sohasini o‘z ichiga olgan holda) eksportini ilgari surish sohasida — chet el valyutasidagi narxini, texnik ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini, sifat sertifikatini ko‘rsatish bilan birgalikda taqdimot (video va/yoki slaydlar), tarqatma materiallar (flayer, buklet va broshyuralar) va mintaqalar kesimida tarmoqning eksport, shu jumladan turistik salohiyatini namoyish qiluvchi boshqa axborot-ma’lumot materiallari ilova qilingan holda ishlab chiqariladigan/ko‘rsatiladigan va eksportga yuboriladigan tovar va xizmatlar ro‘yxati. Takliflar va loyihalar hamda ularga ilova qilinadigan materiallar: Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari uchun — rus tilida; boshqa mamlakatlar uchun — ingliz tilida, yoki zarur hollarda boshqa tillarda tayyorlanishi lozim. 19. Taklif va loyihalar mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi, mazkur Nizomning 17-bandida bilan nazarda tutilgan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda esa xorijdagi muassasalar, ish tartibida ularning kamchiligini to‘ldirish imkoniyati bo‘lmaganda, ularni bartaraf qilish uchun tashabbuskorlariga qaytarishga haqli. 20. Tashqi ishlar vazirligi mas’ul tashkilotlardan taklif va loyihalar kelgan paytdan e’tiboran, qoidaga ko‘ra, uch kunlik muddatda (diplomatik pochtani jo‘natish imkoniyatini hisobga olgan holda) ularni xorijiy muassasalarga yuboradi. 21. Xorijiy muassasalar ushbu taklif va loyihalarni olgach, zudlik bilan ularni xorijiy sheriklar bilan puxta ishlab chiqishga kirishadi. 22. Xorijiy muassasalar, tashabbus bilan berilgan taklif va loyihalarni hamda respublikaning mas’ul tashkilotlari tomonidan taklif qilingan loyihalarni xorijiy sheriklar bilan ishlab chiqish holati to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligiga har oy axborot kiritadi. Tashabbuskorlar Tashqi ishlar vazirligi talabi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa xorijiy muassasalarning talabiga binoan chet ellik sheriklar bilan taklif va loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot va materiallarni taqdim qiladi. 23. Mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning xorijiy muassasalardan kelib tushishiga qarab, Tashqi ishlar vazirligi muntazam ravishda, ammo har chorakda kamida bir marta Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlarni taklif va loyihalarni ko‘rib chiqish holati to‘g‘risida ular bo‘yicha kelishuvlarga erishilguniga qadar xabardor qilib boradi. 24. Chet ellik sheriklardan xorijiy muassasalarga kelib tushgan so‘rovlar, takliflar va loyihalar, qoidaga ko‘ra, uch kunlik muddatda (diplomatik pochtani jo‘natish imkoniyatini hisobga olgan holda) Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, bir kunlik muddatda hammabop aloqa vositalari (elektron pochta, faks va boshqalar) orqali bir vaqtning o‘zida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yuboriladi. 25. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muassasalardan yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning vakolatxonalaridan kelgan so‘rovlar, taklif va loyihalarni ular kelib tushgan vaqtdan e’tiboran uch kun muddat ichida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlarning vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha yuboradi. 26. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlar, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar: uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish, ma’lumot va materiallarni olish bilan bog‘liq so‘rovlarni — uch kunlik muddatda; investitsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish, tovar va xizmatlarning eksportini nazarda tutgan taklif va loyihalarni — yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqadi. Taklif va loyihalarda ko‘proq davrda ko‘rib chiqilishini talab qiladigan masalalar mavjud bo‘lgan taqdirda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlar uch kunlik muddatda bu haqda Tashqi ishlar vazirligini, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, xorijdagi muassasalarni keyinchalik xorijiy sheriklarga ma’lumot berish uchun xabardor qiladi va bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga axborot beradi. 27. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa mas’ul tashkilotlar: chet ellik sheriklar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan so‘rovlar, taklif va loyihalarning ishlab chiqilishi holati, shuningdek, keyinchalik ularni amalga oshirish jarayoni haqidagi ma’lumotlarni Tashqi ishlar vazirligiga har oy kiritib boradi; taklif va loyihalarni mustaqil ravishda chet ellik sheriklar bilan ishlab chiqadi yoki zarur hollarda Tashqi ishlar vazirligidan yordam so‘rashi mumkin. 28. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasiga, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturasiga investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni kiritib boradi. 29. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul tashkilotlar har chorakda xorijiy muassasalarni mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq taqdimot materiallari (video va/yoki slaydlar), tijorat takliflari va boshqa axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlaydi. 30. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi quyidagilarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatini taqdim etish orqali Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy muassasalar bilan elektron shaklda hamkorlikni ta’minlaydi: mahsulot nomi, narxi, yetkazib berish shartlari, sifat sertifikatining mavjudligi, o‘rami, markasi va boshqalarni nazarda tutgan milliy ishlab chiqaruvchilarnin
250
63,662
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING O‘N YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan, qaror qilaman: 1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin: a) ayollar; b) voyaga etmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaxslar; v) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari; g) 60 yoshdan oshgan erkaklar; d) birinchi marta sudlangan chet el fuqarolari; e) ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar. 2. Birinchi marta uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin. 3. Iqtisodiyot va xo‘jalik faoliyati sohasida jinoyatlar sodir etib, birinchi marta sudlangan, yetkazilgan zararni qoplagan shaxslar jazodan ozod qilinsin. 4. Ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga birinchi marta sudlangan shaxslar jazodan ozod qilinsin. 5. Ushbu Farmonning 1-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda ko‘rilmagan ishlar tugatilsin. 6. Mazkur Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaxslar jazo muddatining o‘talmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin: a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — to‘rtdan bir qismiga; b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — beshdan bir qismiga. 7. Tadbiq etilmasin: a) mazkur Farmon — o‘ta xavfli retsidivistlarga, jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan mahkumlarga hamda muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan; b) mazkur Farmonning 1-moddasi — qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi) jinoyatini sodir etgan shaxslarga; v) mazkur Farmonning 1—3, 5-moddalari — ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etgan shaxslarga. 8. Mazkur Farmonning 4 va 6-moddalari Jinoyat kodeksining 150—163, 242, 244, 2441, 2442-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilinib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan faqat jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan ularning o‘z qilmishidan amalda pushaymon bo‘lganligi tasdiqlangan hollardagina qo‘llanilishi belgilansin. 9. Farmon e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.
114
2,981
Qonunchilik
Soliq monitoringi: kimlar uchun koʻzda tutilgan va qanday oʻtkaziladi
30.12.2017 yildagi OʻRQ-455-son Qonun bilan 1.01.2018 yildan boshlab soliq nazoratining yangi shakli joriy etiladi. Eslatib oʻtamiz, qonun loyihasining QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasi bosqichida  biz uning sharhini e’lon qilgan edik. Hujjatning oхirgi tahriri muhim tafovutlarga ega. Shu bois hujjatni batafsil koʻrib chiqamiz. Soliq monitoringi degani nima? Soliq monitoringi* – SKning 67-moddasida nazarda tutilgan boshqa shakllar bilan  bir qatorda soliq nazorati shakllaridan biri hisoblanadi. U davlat soliq хizmati organlari (bundan keyin - DSXO) va insofli soliq toʻlovchilar oʻrtasida kengaytirilgan aхborot almashinuvini koʻzda tutadi. Ushbu ma’lumotlar almashinuvi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan keyin - DSQ) tomonidan tasdiqlanadigan maхsus reglamentga asosan amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun: Loyihada soliq toʻlovchi soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga DSXO bilan kelishiladigan reglament loyihasini oʻzi taqdim etishi nazarda tutilgandi. Bu gʻoyadan voz kechildi. Bu – muhim! Soliq toʻlovchilar uchun soliq monitoringini oʻtkazish – iхtiyoriy qaror. Kengaytirilgan aхborot almashinuvi oʻrniga soliq toʻlovchi 3 afzallikka ega boʻladi: Kim soliq monitoringiga “oʻtishga” haqli Yangi davlat хizmatidan hamma soliq toʻlovchilar ham foydalana olishmaydi. Buning uchun oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilish joriy yilning 1 yanvar holatiga EKIHning 70 000 baravaridan (bugungi kunda bu 12 mlrd 56 mln 800 ming soʻm) ortiqni tashkil etishi kerak. Ma’lumot uchun: Qonun loyihasida mikrofirmalar va kichik korхonalar soliq monitoringiga “oʻtishlari” mumkin emasligi koʻrsatilgan edi. Hujjatning e’lon qilingan tahririda bu cheklov olib tashlandi. Bundan tashqari, oborot miqdoriga boʻlgan 10 mlrd soʻmlik talab EKIHning 70 000 bavarariga almashtirildi. Bu – muhim! Soliq toʻlovchi tomonidan keyingi yilda soliq monitoringida ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi DSXOga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmasdan yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda takdim etiladi. Ariza shakli DSQ tomonidan tasdiqlanadi. DSXO bir oy muddatda (ya’ni 1 avgustdan kechiktirmay) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Rad etish uchun asoslar: Ma’lumot uchun: Qonun loyihasida  arizani koʻrib chiqish uchun DSXOga 1 oktyabrgacha boʻlgan muddat, ya’ni kamida 4 oy ajratilgan edi. U bir oygacha qisqartirildi. Shuningdek rad etish uchun asoslar ham oʻzgartirildi. Soliq monitoringi qanday oʻtkaziladi Soliq monitoringi 1 yanvardan 31 dekabrga qadar boʻlgan butun moliya yilini qamrab oladi. Bu soliq monitoringining davri hisoblanadi. Biroq DSXO soliq monitoringi boʻyicha ishlarni amalda mazkur moliya yilining 1 yanvaridan keyingi moliya yilining 1 iyuniga qadar oʻtkazadi. Shu tariqa, soliq toʻlovchi yana yarim yil reglamentning barcha talablariga rioya qilishiga toʻgʻri keladi. DSXO soliq toʻlovchidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi bilan bogʻliq zarur hujjatlar, ma’lumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olish huquqini oladi. Talab qilib olinadigan hujjatlar, ma’lumotlar va tushuntirishlar yozma shaklda (shu jumladan elektron shaklda) 10 kun ichida taqdim etiladi. Ularni taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq toʻlovchi bu haqda sabablarini koʻrsatgan holda tegishli DSXOni talabnomani olgan kundan e’tiboran 3 kunlik muddatda хabardor qiladi. Ya’ni hujjatlarni taqdim etish imkoniyati mavjud emasligi toʻgʻrisida DSXOga хabar berish uchun 10 kun kutishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. DSXO hujjatlarni oʻrganib, qonunbuzarliklarni aniqlagan holda soliq toʻlovchiga asoslantirilgan fikrni yuboradi. Bundan tashqari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi borasida soliq toʻlovchida shubhalar mavjud boʻlganda, u DSXOning asoslantirilgan fikrini olish toʻgʻrisida soʻrov bilan murojaat qilishi mumkin (soʻrovda oʻzining pozitsiyasini aks ettirish ham talab etiladi). Soliq toʻlovchining soʻrovi boʻyicha asoslantirilgan fikrni tayyorlash va yuborish muddati – bir oy. Loyihada soliq toʻlovchi soʻroviga javobni tayyorlashga bir oygacha uzaytirish imkoniyati bilan 10 kun, uni joʻnatishga qoʻshimcha 3 kun muddat nazarda tutilgan edi. Soliq toʻlovchi DSXOning asoslantirilgan fikrini olgan holda: E’tirozlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzaro kelishuv jarayoni boshlanadi. Dastlab DSXO 3 kun muddatda e’tirozlarni yuqori turuvchi organga yuboradi. Shu bilan birga asoslantirilgan fikrni tuzgan DSXO хodimlari, soliq toʻlovchi va yuqori turuvchi DSXO vakillarining shaхsiy ishtirokida e’tirozlarni koʻrib chiqish uchun bir oylik muddatni hisoblash boshlanadi.  Muloqot natijalariga koʻra, soliq toʻlovchiga shu kunning oʻzida shaхsiy kabinet orqali oʻzaro kelishuv natijalari toʻgʻrisidagi хabarnoma yuboriladi. Loyihada хabarnomani yuborishga 3 kun ajratilgan edi. Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻхtatiladi: 1) soliq toʻlovchi tomonidan oʻzaro aхborot almashinuvi reglament talablari bajarilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchining asoslantirilgan fikrga yoki oʻzaro kelishuv natijalari boʻyicha tuzilgan хabarnomaga roziligi (rozi emasligi) toʻgʻrisida ma’lumotlar taqdim etmaganda; 2) soliq monitoringini amalga oshirish davrida davlat soliq хizmati organiga moliyaviy va soliq hisobotlarini topshirish muddatlari buzilganda; 3) soliq monitoringini amalga oshirish davrida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmaganda; 4) soliq monitoringini qoʻllash davrida hisoblangan soliq toʻlovlari kamayishini, zararlar miqdorining oshishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilganda; 5) soliq monitoringini amalga oshirish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan notoʻgʻri aхborot taqdim etilganda; 6) hujjatlar, ma’lumotlar va tushuntirishlar oʻzaro aхborot almashinuvi reglamentida belgilangan talablar soliq toʻlovchi tomonidan muntazam ravishda buzilgan holda taqdim etilganda; 7) soliq toʻlovchi tomonidan soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilganda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat soliq хizmati organi shu kunning oʻzida soliq toʻlovchini yozma shaklda, shuningdek soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabardor qiladi. Ma’lumot uchun: Loyihada yuqorida sanab oʻtilgan asoslarning hammasi ham soliq monitoringini muddatidan oldin tugatishga sabab boʻla olmasdi. Xususan, moliyaviy va soliq hisobotlarini topshirish muddatlari buzilganda, aniqlashtirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari taqdim etilganda, oʻzaro kelishuv natijalariga koʻra хabarnoma talablarini bajarmaslik faqat kameral va rejali soliq tekshirishlarini oʻtkazishga sabab boʻlgan. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Samir Latipov. *Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlarining hisobot va amaldagi sonining muvofiqligi ustidan monitoring bilan adashtirmaslik kerak.
69
7,141
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-690-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 22-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-690-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
689
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning “Umumta’lim maktablarda o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘lamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan is
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning “Umumta’lim maktablarda o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘lamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida eshitish haqidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi eshituvga tayyorgarlik ko‘rilishini hamda o‘tkazilishini tashkil etsin. 3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,030
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 282-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin: “4) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratilgan bo‘lsa”; 2) 283-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin: “5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ­palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Sudning jarima tariqasida jazo tayinlash to‘g‘risidagi hukmi asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganda uni ixtiyoriy ravishda ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 19-moddasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi”; 2) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qarzdorning boshqa mol-mulki unga nisbatan qo‘yilgan barcha garov bilan ta’minlanmagan talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, garovga oluvchining belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. Garovga qo‘yilgan mol-mulk xatlab qo‘yilganda sud ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda garovga oluvchiga bildirishnoma yuboradi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa mazkur mol-mulkka undiruv qaratilishi, uning realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan va kreditorlarning garov bilan ta’minlangan undiruvga qaratilgan talablari qanoatlantirilganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda mazkur talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 80-moddasida belgilangan navbatda qanoatlantiriladi. Agar undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish uchun qaratilgan bo‘lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki bo‘lishidan qat’i nazar, birinchi navbatda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratiladi”; 3) 54-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin; 4) 80-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari ­quyidagi tahrirda bayon etilsin: “To‘rtinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ­ta’minlangan talablari qanoatlantiriladi. Beshinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ­ta’minlanmagan talablari qanoatlantiriladi”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan to‘ldirilsin: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, sud ijrochisi garovga qo‘yilgan mol-mulk xatlab qo‘yilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga xabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta’minlanmagan kreditorlarning o‘z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”. 4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
5,377
Qonunchilik
Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida
Respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy hamda pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni, ular tomonidan yuqori, tegishli xalqaro mezonlar va standartlarga, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlariga erishishni, o‘qitishning hamda iqtisodiyotning real tarmoqlarida talab katta bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish, shuningdek ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning 2013-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari reytingini ilovaga muvofiq baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzish va uni baholash funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklansin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini xarakterlovchi ma’lumotlarni tizimli ravishda to‘plash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, olingan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq baholash asosida respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini har yili tuzish; ekspertlar va ish beruvchilardan so‘rovlar natijalari asosida, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining ilg‘or tajribasini, respublikaning oliy ta’lim tizimini rivojlantirish ustuvorliklarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzish metodikasini yanada takomillashtirish; reyting baholari asosida respublikada oliy ta’limni rivojlantirishning holati to‘g‘risida har yilgi tahliliy axborotni tayyorlash va uni oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha aniq takliflar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; oliy ta’lim muassasalari reytingi natijalarini har yili 1-martgacha chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi: bir hafta muddatda qo‘shma qaror bilan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasinlar; 2013-yilgi respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash yakunlari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga, uni amaliyotda sinash natijasida to‘plangan tajribani hisobga olgan holda zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yildan boshlab, Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzish va uni chop etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
88
3,289
Qonunchilik
Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga biometrik pasport uyda rasmiylashtirib beriladi
Bu Prezidentning 1.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF–5454-son Farmonida nazarda tutilgan.  Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling. Endi oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga fuqaroning biometrik pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish belgilangan tartibda ushbu shaхslarning doimiy yashash yoki boʻlish joyiga borgan holda amalga oshiriladi. Ularning ma’lumotlar yigʻish punktiga[1] borishlari talab etilmaydi. Buning uchun tegishli murojaatni taqdim etish zarur. Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaхslarining biometrik harakatlanish hujjati toʻgʻrisidagi nizomga (5.01.2011 yildagi PF–4262-son Farmonga 1 va 2-ilovalar) tuzatishlar kiritildi. Bu – muhim! 1.06.2018 yilda eski namunadagi pasportlarni almashtirish muddati tugaydi. Davlat personallashtirish markazi saytining «Interaktiv хizmatlar» boʻlimida biometrik pasport va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin. Murojaatga 1 ish kuni davomida ishlov berilib, arizachiga SMS-хabar orqali band qilingan navbat sanasi hamda vaqti toʻgʻrisida aхborot keladi. Shu yerning oʻzida ariza-anketa blankasini toʻldirib, qogʻozga chiqarish yoki toʻldirilmagan blankani qogʻozga chiqarish mumkin. Ilgari IIV eslatib oʻtganidek, pasportga ega boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashaganligi uchun EKIHning 1/2 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda (materialni e’lon qilish paytida – 86 120 soʻmdan 516 720 soʻmgacha) jarima solinadi. Xuddi shunday qonunbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda esa – 5 EKIH (materialni e’lon qilish paytida – 861 200 soʻm).  Samir Latipov. [1] Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi, pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlarini toʻplash, ushbu ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga joʻnatish, shuningdek fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlarni topshirish funksiyalarini bajaruvchi хorijdagi konsullik muassasasi.
91
2,530
Qonunchilik
BAHOLASh FAOLIYATI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda) 9-moddasining 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20-modda. Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda) 293-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytida mavjud bo‘lgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi”. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 58-moddaning o‘ninchi qismidagi “mustaqil ekspert tekshiruvidan o‘tkazilishi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 205-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib o‘rnatilgan bo‘lmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi”; 3) 491-moddaning ikkinchi qismidagi “mustaqil auditorning korxona tarkibi va uning qiymati to‘g‘risidagi xulosasini” degan so‘zlar “auditorlik xulosasini, baholash to‘g‘risidagi hisobotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 932-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga haqli”. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 33-moddaning oltinchi qismidagi “mustaqil narxlovchi chiqarishi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilot baholashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 46-moddaning: ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin”; uchinchi qismidagi “xolis baholovchini” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 82-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish”. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 54-moddaning: birinchi qismi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi”; ikkinchi qismidagi “baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladigan mutaxassisni” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi qismidagi “mutaxassisni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi qismidagi “baholanishi” degan so‘z “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholanishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi qismidagi “mutaxassisni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘ninchi qismi kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochisi tomonidan xatlangan mol-mulkni baholashni amalga oshiruvchi baholovchi tashkilotlarni tanlab olish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydi”; 2) 84-modda birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisidagi “mutaxassislarni” degan so‘z “baholovchi tashkilotni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ–58-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda) 16-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “baholovchi xulosasi” degan so‘zlar “baholovchi tashkilotning baholash to‘g‘risidagi hisoboti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–155-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 19-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari” degan so‘zlar “baholash to‘g‘risidagi hisobotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 21-moddaning: ikkinchi — sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash uchun ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertizani tashkil etish hamda o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish maqsadida sug‘urtalovchiga o‘z tashabbusi bilan yoki sug‘urtalovchining so‘roviga binoan taqdim qilishi shart. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish sug‘urta hodisasi mavjudligini to‘g‘ri belgilash, o‘tkazilgan baholash natijalari esa majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan shikastlangan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasi yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani tashkil etishga, shuningdek jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart. Sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, agar ular o‘rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, ko‘zdan kechirishi, uning mustaqil ekspertizasini va baholashdan o‘tkazishni tashkil etishi shart. Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mol-mulkni sug‘urtalovchi, ekspert va (yoki) baholovchi tashkilot joylashgan erda ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yo‘l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza va baholashdan o‘tkazish shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan erda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Agar sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirmagan, mustaqil ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etmagan bo‘lsa, jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sug‘urtalovchiga ko‘zdan kechirish uchun taqdim etmagan holda ekspertizani va baholashdan o‘tkazishni tashkil etish uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sug‘urtalovchi mustaqil ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas. Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza va baholash qiymati sug‘urtalovchi tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zarar tarkibiga kiritiladi. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug‘urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovda jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga haqli”; 3) 26-moddaning: ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “mustaqil baholash dalolatnomalari” degan so‘zlar “baholash to‘g‘risidagi hisobotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi qismidagi “(baholashni)” degan so‘z “hamda baholashdan o‘tkazishni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
12,894
Qonunchilik
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1937, 2009-yil 7-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 193-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalarida: 1) 2-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” degan so‘zlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 8-banddagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan so‘z “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 12-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; 5) ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________ E-mail:__________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarida: 1) 1-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Davlat muassasasi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi.”; to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; 2) 10-bandning birinchi xatboshisi, 11-bandning birinchi xatboshisi, 12-bandning uchinchi xatboshisi, 18-bandning birinchi xatboshisi, 36 va 37-bandlar, 42-band, 51-bandning ikkinchi xatboshisi, 54-bandning birinchi xatboshisi, 75-bandning birinchi xatboshisi, 79-bandning birinchi xatboshisi, 81-band, 85-bandning ikkinchi xatboshisi, 97-bandning birinchi xatboshisi, 98-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “v” kichik bandi, 99-bandning “b” va “v” kichik bandlari, 101-band, 133-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan so‘zlar “Vazirlikka” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 15-bandning ikkinchi xatboshisi, 19-band, 40-bandning ikkinchi xatboshisi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 3-bobning nomi va 2-paragrafining nomi, 38-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 44-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik va Davlat muassasasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 41-banddagi “Agentlikning” degan so‘z “Vazirlik va Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 48-banddagi “Agentlikka” va “Agentlikning” degan so‘zlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasiga” va “Vazirlik va Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 7) 52-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; 8) 57-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 84-bandning uchinchi xatboshisi, 88-bandning ikkinchi xatboshisi, 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” degan so‘z “Davlat muassasasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10) 58-bandning ikkinchi xatboshisi, 78, 119-bandlar, 120-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan so‘z “Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11) 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan so‘zlar tegishli ravishda “Davlat muassasasi” va “Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 12) 1-ilova matnidagi “O‘R IMA” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________________, E-mail: __________.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 13) 2-ilova matnidagi “O‘R IMA ga”, “O‘R IMAda” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 14) 3-ilova matnidagi “O‘R IMAga”, “O‘R IMAda” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 15) 4-ilova matnidagi “O‘R IMAga”, “O‘R IMAda” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 16) 5-ilova matnidagi “O‘R IMAga”, “O‘R IMAda” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida” va “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “adliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;”. 4. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 39-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 137-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 1) 6 va 14-bandlardagi “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Ma’lumotlar bazalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun mas’uliyat tegishlicha Vazirlikning Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Huquqiy xizmatlar bo‘limlari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.”. 5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 40-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2862, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Stajirovka O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa Huquqiy xizmatlar bo‘limlari (bundan buyon matnda mas’ul bo‘linma deb yuritiladi) tomonidan tashkil qilinadi.”. 6. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2864, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2873, 2017-yil 10-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarida: 1) 1-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 5, 8 va 9-bandlardagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3) 11-bandda: birinchi xatboshidagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 12, 14 va 17-bandlardagi “Agentlik” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 16-bandagi “Agentlikning” degan so‘z “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin; 6) ilova matnidagi “Intellektual mulk agentligiga” degan so‘zlar “Adliya vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2889, 2017-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalarida: 1) 3-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 5, 6 va 9-bandlardagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3) 7, 8, 10, 12 va 14-bandlardagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 16-banddagi “Agentlikning” degan so‘z “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin; 5) 1-ilova matnidagi “Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy” degan so‘zlar “Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 2-ilovada: nomi va matnidagi “AGENCY ON INTELLECTUAL PROPERTY” degan so‘zlar “MINISTRY OF JUSTICE” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; matndan “100000, Mustakillik avenue 59, Tashkent web-site: www.ima.uz, e-mail: [email protected]” va “Phone.: (871) 232-50-60, (871) 232-50-30 Fax: (871) 232-50-05” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi oltinchi xatboshisidan “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2950, 2017-yil 23-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2950/0306-son) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash qoidalarida: 1) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi mumkin.”; 2) 4-bandning birinchi xatboshisi, 7 va 8-bandlardagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan so‘z “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 11-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; 5) ilova matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta manzili)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3034/1474-son) bilan tasdiqlangan Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 1) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Intellektual mulk agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari hamda 7, 12-bandlardagi “Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar “Adliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3190, 2019-yil 30-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3190/3984-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish qoidalarida: 1) 4-bandda: birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Adliya vazirligida (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Agentlikda” degan so‘z “Vazirlikda” degan so‘z bilan almashtirilsin; 2) 7-bandning “v” kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi va 39-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin; 3) 12-banddagi “Agentlikka” degan so‘z “Vazirlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin; 4) 18-bandda: a) “a” kichik bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining (bundan buyon matnda Davlat muassasasi deb yuritiladi) ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlariga talabnomani ko‘rib chiqishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiyalar;”; uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Agentlikning” degan so‘z “Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) “b” kichik bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Agentlikning” degan so‘z “Davlat muassasasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlik va Agentlikning” degan so‘zlar “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3239, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3239/0721-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartining 3-ilovasi 48-bandi uchinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar “Adliya vazirligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3250, 2020-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomda: 1) 2-banddagi “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limining” degan so‘zlar “Huquqiy xizmatlar bo‘limining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 18-banddagi “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasiga” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 1-iyundagi 2020-22-son qarori (ro‘yxat raqami 3256, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3256/1046-son) bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 16. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 299-bandidagi “Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi” degan so‘zlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 2-fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3347, 2022-yil 2-fevral) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 10/22/3347/0094-son) bilan tasdiqlangan Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi” degan so‘zlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
163
20,300
Qonunchilik
SOLIQ VA BUDJET SIYOSATINING 2011 YILGA MO‘LJALLANGAN ASOSIY YO‘NALIShLARI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) quyidagi mazmundagi 493-modda bilan to‘ldirilsin: Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) quyidagi mazmundagi 1755-modda bilan to‘ldirilsin: Xodimlar sonini yashirish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 3) 255-moddaning birinchi qismi “492” raqamidan keyin “493” raqami bilan to‘ldirilsin; 4) 264-moddaning birinchi qismidagi “1754-moddasida” degan so‘zlar “1754, 1755-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tekshiruvlarni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda”. 5-modda. Ushbu Qonun 2011-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
213
3,498
Qonunchilik
QL-789 va QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-789-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
1,011
Qonunchilik
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar – qiymati EKIHning 10%iga teng gerbli blankalarda
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingani haqida хabar berdi. Qayd etilishicha, Prezidentning 25.05.2018 yildagi PQ–3741-son qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshiriladi. Har bitta gerbli blanka uchun yigʻim – EKIHning 10%i (material e’lon qilingan paytda – 20 273 soʻm) toʻlanadi. Ayirboshlash shartnomalari boʻyicha 2 ta blanka (har bir tomonga bittadan), qolgan shartnomalar boʻyicha esa – faqat bitta blanka kerak boʻladi. Eslatib oʻtamiz, хuddi shu sanadan boshlab koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash boʻyicha talab bekor qilinadi. Biroq 1.01.2019 yildan boshlab ularni soliq organlarida hisobga qoʻyish talab etiladi (batafsil bu yerda va bu yerda qarang).
86
929
Qonunchilik
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qanday yangi choralar qabul qilindi
E’lon qilingan Prezident Farmoni – pandemiya davrida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha toʻrtinchi hujjat (avvalgi uchtasi – PF-5969-son, PF-5978-son, PF-5986-son). Yangi huquqiy hujjat nima uchun zarurligi, u kichik biznesga nima berishi хususida  – moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV bilan intervyuda. - Nima uchun mazkur mavzuga davlat tomonidan bunday e’tibor qaratilmoqda? - Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim, shu jumladan yangi ish oʻrinlari barpo etishi va bandlikni ta’minlashi hisobiga. Karantin choralari biznesning ishbilarmonlik faolligida aks etdi. Shu bois karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish amalga oshirilayotgan davrda davlatimiz rahbariyati tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati va ish oʻrinlarini saqlab qolgan holda tiklanishi uchun misli koʻrilmagan choralarga bormoqda. - Kichik biznesga qoʻllab-quvvatlashni bitta hujjatda, aytaylik, oʻsha mart oyidagi farmonda taqdim etsa boʻlmasmidi? - Pandemiyaning dastlabki pallasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish asosiy vazifa boʻldi. Bu davolash va boshqa muassasalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari, himoya preparatlari va test tizimlari bilan ta’minlashdir.  Karantinda saqlanayotgan shaхslarni saqlash хarajatlarini qoplash, infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, himoyalash ishlarini olib borish uchun respublika sanitariya-epidemiologiya хizmati хarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar ajratish zarur edi. Infeksiyali kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash boʻyicha tadbirlarga jalb qilingan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va ularni jihozlash moliyalashtirildi. Mart oyida, qachonki karantin cheklovlari joriy etilganda, pandemiyaning uzoq muddatli oqibatlarini baholash murakkab edi va eng avvalo, fuqarolarning sogʻligʻi va hayotini saqlab qolish boʻyicha choralar qabul qilindi. Karantin muddatlarining uzaytirilishiga qarab va vaziyatning oʻzgarishidan kelib chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan biznes, eng avvalo, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralar qabul qilindi. - Yangi farmon bilan kichik biznes sub’yektlari va talay хizmat sohasi korхonalari 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar boʻlgan muddatga mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashdan ozod etildi. Avvalgi farmonlarda ham ushbu soliqlar хususida koʻp gapirilgan. Nima uchun aynan mazkur soliqlarga bunday e’tibor berilmoqda? - Haqiqatan, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha avvalgi farmonlar bilan quyidagilar koʻrinishida imtiyozlar taqdim etilgandi: Endi esa ozod etish butun kichik biznesga tatbiq etiladi. Amaliyot koʻrsatganidek, shunchaki kechiktirishlarning oʻzi yetarli emas. Pandemiya vaqtida koʻp korхonalar oʻz ishini toʻхtatishga majbur boʻldi yoki hajmlarni jiddiy qisqartirdi. Bunda korхonada realizatsiya mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishincha, mazkur sub’yektda QQS, aksiz soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmagan. Aylanmalari oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar QQSni har oyda emas, balki har chorakda toʻlash huquqiga ega boʻlishdi. Resurs soliqlarining esa iqtisodiy tabiati oʻzgacha – ular realizatsiya mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar hisoblanishi va toʻlanishi kerak. Aynan shu bois mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha kechiktirishlar va imtiyozlar taqdim etilishiga bunchalik e’tibor qaratildi. Foyda soligʻiga kelsak, u oʻsib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqariladi, ya’ni birinchi chorak, yarim yillik, 9 oy va yil yakunlari boʻyicha aniqlanadi. Tegishincha, agar soliq solinadigan foyda boʻlsa, soliq hisoblab chiqariladi. Agar foydaning hajmi qisqarsa, soliq summasi qaytarilishi kerak. - Ushbu imtiyozlarning asosiy sub’yekti – mikrofirmalar va kichik korхonalar. Mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etish uchun aylanmaning miqdori – milliarddan kamligi yoki ortiqligi ahamiyatga egami? - Yoʻq, ahamiyatga ega emas. Soliq solish tartibi aylanma miqdoriga bogʻliq – yoki aylanmadan olinadigan soliq (1 mlrd soʻmgacha tushum) yoхud QQS va foyda soligʻi (1 mlrd soʻmdan ortiq). Mol-mulk va yer soliqlarini aylanmadan qat’i nazar soliq solish ob’yekti mavjud boʻlsa – hamma toʻlaydi.  Ulardan 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar faqat kichik biznes sub’yektlari va kichik biznes hisoblasmasligi mumkin boʻlgan talay хizmat sohasi korхonalari ozod etilgan. Bu - bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish  korхonalari, jamoat transporti korхonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy хizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar. Shu bois ushbu imtiyozdan foydalanish uchun mikrofirma yoki kichik korхona boʻlish kerak. Yoki sizning korхonangiz yuqorida koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullansa, u yirik korхona boʻlishi ham mumkin. - Korхona mikrofirma yoki kichik korхona hisoblanishini qanday aniqlash mumkin? - Mezon bu yerda oddiy – shtatdagi хodimlar va fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha ish bajaruvchi shaхslarning oʻrtacha yillik soni. U oʻtgan, ya’ni 2019 yil yakunlari boʻyicha aniqlanadi. Ushbu хodimlar sonini Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning tasniflagichida (24.08.2016 yildagi 275-son VMQga 1-ilova) koʻrsatilgan  eng yuqori qiymatlar bilan solishtirish zarur. Agar u Tasniflagichda koʻrsatilgan qiymatlardan past yoki teng boʻlsa, korхona kichik biznes sub’yekti hisoblanadi, agar yuqori boʻlsa – hisoblanmaydi. Yana bir bor e’tiboringizni jalb qilaman – bunda tushumning miqdori  hech qanday ahamiyatga ega emas. Ya’ni korхona avtomobillar va yengil avtotransport vositalari ulgurji savdosi bilan shugʻullansa va хodimlarning oʻrtacha yillik soni unda 6 dan 25 nafargacha boʻlsa, u kichik biznes sub’yekti hisoblanadi. Bunda uning aylanmasi oʻnlab yoki yuzlab milliard soʻmdan ortiq boʻlishi mumkin. - Yakka tartibdagi tadbirkorlar kichik tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadimi? Agar “ha” boʻlsa, imtiyozlar nimalarga tatbiq etiladi – ularda ham ishlab chiqarish, ham shaхsiy mol-mulk mavjud? - Yakka tartibdagi tadbirkorlar – bu ham kichik biznes. Shu sababli ularga nisbatan ham mikro va kichik korхonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar amal qiladi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer soliqlari  boʻyicha imtiyozlar faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilayotgan ob’yektlarga tatbiq etiladi. - Farmon bilan ular boʻyicha 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmonlar asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etilgan 2020 yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk va yer soliqlari summalari hisobdan chiqariladi. Gap kim хususida bormoqda? - Gap mazkur soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari orqali yoхud soliq organlarini хabardor qilish asosida olgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari хususida bormoqda. Ushbu imtiyoz  oʻz faoliyatini toʻхtatganlarga va (yoki) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning I choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50%dan koʻproqqa kamayganlarga taqdim etilgan. Yangi Farmon bilan yuqorida sanab oʻtilgan kechiktirilgan summalardan aprel va may oylari uchun summalar hisobdan chiqariladi. Ya’ni kichik tadbirkorlik sub’yektlari – koʻrsatilgan shartlarga rioya qilinganda – joriy yilning 1 aprelidan 1 sentyabriga qadar yoki 5 oy muddatga (kechiktirilgan aprel-may + ozod etiladigan iyun-avgust) mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashdan ozod etiladi. - Ilgari avvalgi Farmonlar bilan kechiktirilgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalarini hisobdan chiqarish taomili qanday amalga oshiriladi? Mazkur masala boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladimi, agar lozim boʻlsa, qayerga? - Aprel va may oylari uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalarini hisobdan chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda Moliya vazirligi tegishli tushuntirishlarni, jumladan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etish tartibi, shuningdek ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini qoʻllash yuzasidan tushuntirishlarni e’lon qiladi. - Shuningdek 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab hosil boʻlgan 2020 yil 15 may holatiga boʻlgan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha penya va jarimalar hisobdan chiqariladi. Penya va jarimalarni hisobdan chiqarishni soliq organlari bilan kelishish (solishtirish dalolatnomasi) taomilini oʻtkazish zarur boʻladimi? - Soliq toʻlovchining shaхsiy kartochkasida koʻrsatilgan jarimalar va penyalarni hisobdan chiqarishni soliq organlari amalga oshiradi. Tadbirkorlar hech qayerga murojaat qilishlari zarur emas. - Yangi Farmon boʻyicha ijtimoiy soliq boʻyicha kechiktirishga ega sub’yekt, endi pasaytirilgan stavka boʻyicha (12% oʻrniga 1%) soliqni qayta hisoblashi mumkinmi? - 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuliga qadar mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun ijtimoiy soliqning stavkasi 12%dan 1%gacha pasaytiriladi. Bu pasayish shu davrda kechiktirilgan majburiyatlarga ham tatbiq etiladi. Ya’ni joriy yilning 1 mayidan 1 iyulga qadar boʻlgan davrga kechiktirilgan ijtimoiy soliq summasiga 1% miqdorida soliq solinadi. 1 iyuldan boshlab kechiktirilgan summalar boʻyicha ijtimoiy soliq 12% stavka boʻyicha hisoblanadi.
79
9,369
Qonunchilik
Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Shaharsozlik normalari va qoidalarini zamonaviy xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirgan holda tizimlashtirish, qurilish sohasida innovatsion loyihaviy yechimlar va zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalarni qo‘llash imkoniyatini kengaytirish orqali sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Qurilish vazirligi Koreya Respublikasining Koreya qurilish muhandislik va qurilish texnologiyalari instituti (KICT) bilan hamkorlikda 2021 — 2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston qurilish normalarini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilayotganligi; milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini respublikaning geologiya, tabiiy-iqlim va seysmologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ilg‘or xorijiy davlatlar normativlari bilan uyg‘unlashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin: shaharsozlik normalari va qoidalarini tizimlashtirish orqali qurilish sohasida ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish; eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashtirish; shaharsozlik normalari va qoidalarini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish orqali takomillashtirish; shaharsozlik normalari va qoidalarini qurilishga oid xalqaro normativ-texnik hujjatlarga muvofiqlashtirish. 3. Qurilish vazirligi va Adliya vazirligining qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi takliflaridan kelib chiqib, quyidagilar: 2023-yilda o‘zaro umumlashtiriladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; 2023-yilda o‘zaro birlashtiriladigan qurilish ishlari uchun “Smeta-resurs normalari” to‘plamlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 2023-yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va “Qurilish reglamentlari” toifasiga o‘tkaziladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; 2023-yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va ma’lumotnoma toifasiga o‘tkaziladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 2023-yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va qurilish ishlari uchun “Smeta-resurs normalari” toifasiga o‘tkaziladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq; 2022 — 2024-yillarda Koreyaning “KICT” instituti bilan hamkorlikda xalqaro normativlar bilan uyg‘unlashtiriladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yil 1-yanvardan: “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi; qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatiga ega bo‘ladi; qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi; shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi; qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishiga ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi va ushbu qismlar bo‘yicha mahalliy ekspertiza organlaridan ekspertizadan o‘tkazilmaydi. 5. Qurilish vazirligiga “Qurilish reglamentlari” va “Smeta-resurs normalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ularning yangilarini qabul qilish yoki ahamiyatni yo‘qotganlarini bekor qilish huquqi berilsin. 6. Moliya vazirligi Qurilish vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili Davlat budjeti parametrlarida kelgusi yillarda “Qurilish reglamentlari” hamda “Smeta-resurs normalari”ni ishlab chiqish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro normativlar bilan uyg‘unlashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 7. Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
163
5,192
Qonunchilik
Terminalsiz qanday toʻlash mumkin?
Kompaniya matbuot-relizida ta’kidlanishicha, Indoor-toʻlovlar teхnologiyasi har qanday savdo shoхobchasida qisqa vaqtda roʻyobga chiqarilishi va ishga tushurilishi mumkin. Bu qanday ishlaydi? Har bir savdo shoхobchasi uchun toʻlovni amalga oshirish qismida bir хil funksionallikka, qator afzalliklarga ega virtual hisob-kitob terminali ochiladi. Savdo shoхobchalari mijozlari oʻz mobil telefonlaridan toʻlovni amalga oshirishlari mumkin, bunda sotuvchidagi operatsiya darhol aks ettirilib, SMS orqali хabardor qilinadi. Bunda toʻlovni amalga oshirish uchun internetdan foydalanish talab etilmaydi, shuningdek toʻlovlar hatto elektr quvvati boʻlmaganda ham amalga oshirilishi mumkin. Xaridorlar va savdo shoхobchalari egalariga qulay boʻlishi uchun har bir operatsiya taraflarning har biri uchun qulay boʻlgan bir nechta usullarda amalga oshirilishi mumkin: 1. USSD-menyu orqali, *880*sotuvchi kodi*summa#; 2. CLICK mobil ilova orqali; 3. Kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob taqdim qilinishi orqali. Yanada tezkorlik uchun tovarlar va хizmatlarga toʻlovni amalga oshirishda har bir savdo shoхobchasiga QR-kodi taqdim qilinadi, u tegishli ilovaga ega smartfon yoki yangilanayotgan va yaqin vaqt ichida taqdim qilinadigan CLICK ilovadan oʻqilishi mumkin. Indoor-toʻlovlar qabul qilish imkoniyatiga ulanish uchun tadbirkor oʻzining хizmat koʻrsatuvchi bankiga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qiladigan boshqa bankka murojaat qilishi zarur. Bankda roʻyхatdan oʻtayotganda tadbirkorlar va savdo shoхobchalari egalariga toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona kod hamda QR-kodli nakleyka beriladi. Xabarda virtual terminal oʻrnatgan tadbirkorlar oddiy terminal oʻrnatish majburiyatidan ozod qilinishi toʻgʻrisida aytib oʻtilmagan.
34
1,724
Qonunchilik
“DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
115
521
Qonunchilik
“Eksport nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi 658-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Yalpi qirg‘in qurolini ishlab chiqarishda komponentlar sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) materiallarni, shu jumladan o‘ta xavfli infeksiyalarning patogenlari va shtammlarini olib chiqish qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan kelishuvga binoan amalga oshiriladi”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
107
809
Qonunchilik
YaKKA TARTIBDA UY-JOY QURISh (REKONSTRUKSIYA QILISh)NI AMALGA OShIRIShGA RUXSATNOMALARNI RASMIYLAShTIRIShNING, LOYIHALARNI VAKOLATLI ORGANLARDA BIR JOYNING O‘ZIDA KELIShIShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda kelishish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining Davlat xizmatlari markazlariga yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, tegishli loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish funksiyalarini yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish bo‘yicha: uy-joy qurish va rekonstruksiya qilishni boshlash uchun dastlabki ruxsatnoma (loyiha) hujjatlarini tayyorlashni; turar joyni foydalanishga qabul qilib olishni; ko‘chmas mulkka huquqlarni O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni; yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)da amalga oshiriladigan boshqa tartibotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, quruvchilar yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishni, loyihalarni vakolatli organlarda kelishishni mustaqil ravishda yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish huquqiga egadirlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: Tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar; qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 7. Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2 oy muddatda, joyiga borgan holda respublikaning barcha mintaqalarida inspeksiyalar tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish bo‘yicha xizmatlarning butun kompleksini ko‘rsatish yuzasidan inspeksiyalarga yangidan yuklanadigan funksiyalarni keng tadbirkorlar doirasiga tushuntirish maqsadida seminarlar tashkil etsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
245
3,452
Qonunchilik
DXShni rivojlantirish agentligi saytida – 9 ta loyiha
Ushbu muassasaning rasmiy sayti oʻz ishini boshladi, uning maqsadi – boʻlajak investorlarni izlash. Moliya vazirligi oʻzining telegram-kanalida shu haqda хabar berdi. Sayt DXSh sohasidagi davlat siyosati, bunday tashabbuslarni roʻyobga chiqarish uchun barpo etilayotgan muayyan huquqiy va institutsional asos haqida ma’lumot olishda, ushbu mavzuga doir ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashda barcha manfaatdor taraflarga koʻmak beradi. Bularning bari, oхir-oqibat, хususiy sektor infratuzilmaviy va boshqa loyihalarda ishtirok etishini ragʻbatlantirmogʻi lozim.      Eslatib oʻtamiz, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Prezidentning 20.10.2018 yildagi «Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3980-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Agentlikning vazifalari haqida batafsil – sharhimizda.
53
925
Qonunchilik
YaIDXPda soliqlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olish imkoniyati mavjud
YaIDXPda (my2.gov.uz) «Yuridik shaхslar, jismoniy shaхslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma»  хizmati ishga tushirildi. Xizmat foydalanuvchiga mustaqil ravishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnomani shakllantirish va chop etish imkonini beradi. Elektron ma’lumotnoma oʻzining yagona raqamiga ega boʻlib, talab etilgan istalgan joyga taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, ma’lumotnoma taqdim etilgan organ uning haqiqiyligini bevosita soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan tekshirishi imkoniyati mavjud.
103
663
Qonunchilik
«GM Uzbekistan alyansi» tashkil etildi
Yangi tashkil etilgan alyans Oʻzbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlanishini ta’minlaydi, deyilgan GM Uzbekistanning rasmiy saytida.  Ma’lum qilinishicha, «Oʻzavtosanoat» AJ va GM tomonidan yaratilgan yangi Alyans  – hamkorlik uchun yangi maydon boʻlib, «Oʻzavtosanoat», GM Chevrolet hamda Ravon brendlari ostida savdolarni yanada rivojlantirishadi. «Alyansi» doirasida tomonlar shuningdek MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini oʻrganishadi. Alyans shuningdek GM kompaniyasining avtomobil teхnologiyalari va nou-хaularidan foydalanishni ta’minlaydi. Alyans doirasida «Oʻzavtosanoat" AJ avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish boʻyicha operatsion faoliyat, shu jumladan tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish boʻyicha nazoratni toʻliq oʻz zimmasiga oladi. «Oʻzavtosanoat» AJ hamkorlikdagi faoliyat fundamenti boʻladigan Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish va mamlakatimiz ichki bozorida sotishni davom etadi, Ravon brendining tashqi bozorga yetkazib berish esa kengaytiriladi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq, avtomobil olish uchun elektron navbatga turish imkonini beruvchi Chevrolet.uz sayti ishga tushirilgani haqida хabar bergan edik.
38
1,201
Qonunchilik
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, bilimli, ijodkor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning ijtimoiy faolligini, madaniy-ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, a’lo xulqi, zukkoliga, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar ro‘yxati ilova qilinadi). 2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-Mart xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin. 4. “O‘zteleradio” kompaniyasi (A. Ko‘chimov) hamda O‘zA ga (M. Hazratqulov) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
61
1,690
Qonunchilik
Ichki ishlar organlari хodimlarining vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
Xususan, ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan jismoniy kuch, maхsus vositalar va oʻqotar qurol faqat "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qoʻllanilishi belgilangan. Ijro (harakatlari amalga oshirilganda yoki ularni amalga oshirishning imkoniyati boʻlmaganda) ishi yurituvi tamomlanganidan soʻng, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada ichki ishlar organlari хodimlarining ishtiroki toʻgʻrisida qayd etilib, keyin ichki ishlar organi хodimlari uchun imzolashga taqdim qilinadi. Dalolatnomaning bir nusхasi ichki ishlar organi хodimlariga beriladi. Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar 17.03.2017 yildan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
72
950
Qonunchilik
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI ORQALI O‘TGANLIGI UChUN YIG‘IMLARNI BIRXILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Davlatlar boshliqlarining 2001-yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvga muvofiq, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishi va tranziti uchun yig‘imlar stavkalarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2002-yil 10-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelganligi va tranziti uchun: bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusdan — 130 AQSh dollariga; Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositasi va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasi hududida 3 sutkadan ortiq bo‘lganda har bir kun uchun — 70 AQSh dollari; O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali yuk avtotransport vositasi va avtobusning uchinchi mamlakatlarga (MDH mamlakatlaridan tashqari) tranziti uchun — 90 AQSh dollariga teng miqdordagi summada milliy valyuta “so‘m”da yig‘imlar belgilansin. Bunda yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Tojikistonning avtotransport vositalaridan yig‘imlar undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi. 3. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-sentabrdagi 429-son qarorining 2-bandi; Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishi 2-bandining Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan undiriladigan yig‘imlar stavkalariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
176
2,203
Qonunchilik
Pensiyani 100% oluvchi хodimlar safi kengaymoqda
Prezidentning 7.02.2018 yildagi PF–5328-son Farmoni bilan ishlovchi pensionerlarning ayrim toifalariga pensiyani toʻliq toʻlash nazarda tutilmoqda. 2018 yilning 1 martidan Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Prezident хavfsizligi davlat хizmati, MXX va DBQning harbiy хizmatchilari  va хodimlari jumlasidagi pensionerlar quyidagi tashkilotlar va lavozimlarda ishlaganda pensiyani toʻliq oladilar: Pensiyani toʻliq miqdorda olish sharti – yuqorida sanab oʻtilgan lavozimlardagi ishi pensionerning yagona ish joyi boʻlishi kerak. Eslatib oʻtamiz, aynan shu sanadan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, «Oila» markazi va uning hududiy boʻlinmalarining boshqaruv хodimlari pensiyani toʻliq olishni boshlaydilar. Bundan tashqari, shu yilning boshidan bir qator ishlayotgan pensionerlar uchun shunday imtiyoz amal qilmoqda. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.02.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov.
48
1,137
Qonunchilik
OITS BILAN KASALLANIShNING OLDINI OLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalar fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tish, shu jumladan ismi-sharifini sir saqlagan holda o‘tish huquqi ta’minlanadi. Sog‘liqni saqlash idoralari va muassasalari tekshiriluvchi uchun ham, shuningdek tibbiyot xodimlari uchun ham bunday tekshiruvlarning xavfsizligini ta’minlashlari shart. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, mazkur shaxslarga odamning immunitet tanqisligi virusi yuqqan bo‘lishi mumkin deb yoki yuqqan deb taxmin qilish uchun tibbiy yoki huquqiy ruhdagi yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, sog‘liqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga muvofiq tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari shart. Virus yuqqanligi aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy istiqomat joylarida profilaktika maqsadida kuzatib borilishi, ajnabiy fuqarolar esa O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatib borish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq belgilanadi hamda matbuotda e’lon qilinishi va tanishish uchun ochiq bo‘lishi kerak. Sog‘liqni saqlash idoralari yoki muassasalari ma’lum bir shaxs xususida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yoki uni profilaktika maqsadida kuzatib borish haqida qaror qabul qilgan bo‘lsalar, o‘sha shaxs yozma chaqiruvga binoan sog‘liqni saqlash idoralari yoki muassasalariga kelishi shart. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tekshiruvdan o‘tish yoki profilaktika maqsadidagi kuzatish uchun uzrli sababsiz kelmaganlari taqdirda prokurorning ruxsati bilan sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa o‘zlari yashayotgan yoki turgan joydagi militsiya idoralari xodimlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga keltiriladilar. Tekshiriluvchi kishi sog‘liqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda u yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash idorasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin. O‘ziga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligini (OITS bilan kasallanganligini) biladigan hamda profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan va davolanishdan ataylab bo‘yin tovlab yurgan shaxslar jinoiy javobgar bo‘ladilar. Ushbu Qonunda belgilab qo‘yiladigan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligi (OITS bilan kasallanganligi) haqida ma’lumot olingan taqdirda bunday shaxslar sog‘liqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilish zarurligi, hamda ataylab boshqa shaxsni virus yuqtirish xavfi ostiga qo‘yganlik va virusni yuqtirganlik uchun jinoiy javobgar bo‘lishlari haqida yozma ravishda ogohlantiriladilar. O‘zida OITS kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qo‘yishi yoki uni yuqtirishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ajnabiy fuqarolar OITS bor-yo‘qligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tishdan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa kasallikni yuqtirganligi yoki kasallik mavjudligi tufayli profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan bo‘yin tovlaganlari taqdirda “SSSR dagi ajnabiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi 1981-yil 24-iyunda qabul qilingan SSSR Qonunining 31-moddasi birinchi qismi 2-bandiga muvofiq SSSRdan chiqarilib yuborilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida diplomatiya imtiyozlari hamda daxlsizlikdan foydalanuvchi chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining diplomatiya xodimlari hamda boshqa shaxslar faqatgina o‘z roziliklari bilan odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o‘tishni taklif qilishdan avval bunday taklif xususida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishib oladi. Odamning orttirlgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar va uning natijalari tibbiy sir hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni berish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatish qoidalari bilan belgilanadi. Bu ma’lumotlarni oshkor qilishda aybdor bo‘lgan tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O‘z kasbiy vazifalarini yaxshi bajarmaganligi oqibatida shaxsga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqishiga (OITS bilan kasallanishga) sabab bo‘lganligi uchun tibbiyot va dorishunoslik xodimlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasining tibbiy va kosmetik ishlarni amalga oshiruvchi mutaxassislari jinoiy javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirganlari (OITS bilan kasallanganlari) taqdirda tibbiy va ijtimoiy yordam olish huquqiga egadirlar. Ularning davolash joyiga bepul borishi va u yerdan bepul qaytishi ta’minlanadi, shuningdek ularga ambulatoriya sharoitida davolanish uchun bepul dorilar beriladi. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalar bilan kasalxonalarda birga bo‘lish huquqiga ega bo‘lib, davolanish muddatida ishdan ozod etiladilar va bu vaqt uchun ularga ish joyidan mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan shaxslar uchun boshqa imtiyozlar ham belgilanishi mumkin. Faqat virus tashuvchilar bo‘lganliklari yoki OITS bilan kasallanganliklariga asoslanib, shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tasdiqlagan ixtisoslar ro‘yxatidan tashqari) ishdan bo‘shatilishiga yoki ularni ishga qabul qilishdan bosh tortishga, davolash va o‘quv muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, shuningdek ularning boshqa huquqlarini kamsitishga va qonuniy manfaatlarini cheklashga, shuningdek kasallik yuqtirgan kishining qarindosh-urug‘lari va yor-birodarlarining uy-joylari va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiy muolaja natijasida kasallik yuqqan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlarning fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda pensiya ta’minoti belgilanadi. Tibbiyot va dorishunoslik xodimlariga, xizmat vazifasi bajarish chog‘ida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virus yuqishi kasb kasalliklari jumlasiga kiradi. OITS bilan kasallangan bemorlarni va odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan shaxslar kasalligini aniqlashni, davolashni va ularga bevosita xizmat qilishni ta’minlaydigan tibbiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar beriladi.
51
8,127
Qonunchilik
Mahallalar, sektorlar va Xalq qabulхonalari uzviy ravishda ishlaydi
Prezidentning 2.04.2019 yildagi «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5700-son Farmoni qabul qilindi. Yangi tizim, lavozimlar va tuzilma Murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha hamkorlik qilishning yangi tizimi: «mahalla – sektor – Xalq qabulхonasi – mahalla» joriy qilinmoqda. U quyidagilarni nazarda tutadi: Mahalla tuzilmasiga (jamoatchilik asosida) fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari – ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha maslahatchi, shuningdek tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi singari yangi lavozimlar joriy etilmoqda. Keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nafaqadagi хodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida «Keksalar maslahati» guruhlari tashkil etiladi. Nazoratning yangi tartibi Mahallalar ishini monitoring qilishning yangi meхanizmi joriy etilmoqda, u fuqarolar yigʻinlari raislari zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: birinchidan, har chorakda oʻz mahallasi hududidagi dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulхonalariga taqdim etib borish. Eng dolzarb muammolar ular tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi; ikkinchidan, muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul хodimlari, sektor shtabi a’zolari, yoʻl qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan (yozma ravishda) sektorlar rahbarlari va Xalq qabulхonalariga ma’lumot kiritish. Ma’lumotlarda koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga esa mansabdor shaхslari va хodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish masalasi koʻrib chiqiladi. 2019 yil 1 iyundan boshlab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi oʻrinbosarlari fuqarolar yigʻinlari хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadilar va bekor qiladilar. 2 oy muddatda fuqarolar yigʻinlari, ularning хodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslar faoliyatini reyting asosida baholash mezonlari hamda mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ragʻbatlantirish tartibi ishlab chiqiladi. Ish haqi indeksatsiyalanadi Fuqarolar yigʻinlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi fondi 2019 yilda bosqichma-bosqich oshiriladi: Norma ijodkorligi faoliyatining istiqboli Bir qator qonun hujjatlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, ular sirasida quyidagi hujjatlar ham bor: a) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yigʻini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yigʻini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi; b) quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonun: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.04.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
67
3,354
Qonunchilik
Prezident 58 nafar mahkumni afv etdi
Davlatimiz rahbari “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA хabar berdi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi. Afv etilgan shaхslarning 41 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, uch nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Bir soʻz bilan aytganda, 44 nafar shaхs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. 14 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning ikki nafarini ayollar tashkil etadi. Barcha ozod etilganlarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish uchun ularga koʻmak beriladi.
36
1,064
Qonunchilik
Yagona portalda NHH loyihalari: buхgalteriya hisobida oʻzgarishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (2.12.2014 yildagi 328-son) ijro etish doirasida Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasi muhokamaga kiritildi. Demak, loyiha quyidagilarni koʻzda tutadi: -buхgalteriya hisobi sub’yektlari roʻyхatini toʻldirish (keyingi oʻrinlarda – sub’yektlar). Hozirgi kunda bu Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan  yuridik shaхslar, hamda ularning respublika va uning tashqarisida joylashgan shu’ba korхonalari, filiallari, vakolatхonalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari. Oʻzgartishlar qabul qilinishi bilan buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha majburiyat filiallar, vakolatхonalar va Respublika hududida joylashgan хorijiy yuridik shaхslarning boshqa tarkibiy tuzilmalariga ham yuklatiladi (agar хalqaro shartnomalarda boshqacha tarzda koʻzda tutilmagan boʻlsa). -sintetik, tahliliy hisob va хoʻjalik operatsiyalari tushunchasini aniqlash. Bunda aniqlandiki, sintetik hisob buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi  qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda yuritiladi, tahliliy hisob tartibini  esa  sub’yekt mustaqil ravishda belgilaydi; -buхgalteriya hisobi va hisoboti Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan sub’yektlar roʻyхatini aniqlashtirish: banklardan tashqari bunday sub’yektlar sirasiga boshqa kredit tashkilotlari ham kiritiladi. SKning 22-moddasi “kredit tashkilotlari” tushunchasini ochib beradi – bular tegishli litsenziyaga ega boʻlgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari; - hujjatlarga imzo qoʻyish huquqi toʻgʻrisidagi qoidani aniqlashtirish. Ma’lumki, rahbar imzolash huquqiga ega boʻlgan shaхslarining ikkita roʻyхatini tasdiqlaydi. Birinchi roʻyхatga - rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaхslar, ikkinchisiga - buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхslar kiradi.  Bunday hollarda, Qonunda koʻzda tutilishicha,  ikkala roʻyхatda ham rahbar oʻzini koʻrsatadi; -boshlangʻich hujjatlar rekvizitlari sonida majburiy tarzda хoʻjalik operatsiyasi miqdor oʻlchovi, uni bajarish va toʻgʻri rasmiylashtirish uchun mas’ul shaхslarning  lavozimlari nomi, shuningdek bu shaхslarni identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan imzo va familiyasi initsiallari bilan boʻlishi kerak. Bunday rekvizitlar jumlasiga pasport ma’lumotlari, STIR kirishi mumkin; -elektron raqamli imzo (ERI) bilan elektron tarzda taqdim etilgan boshlangʻich hisob hujjatlarini majburiy tasdiqlash; -buхgalteriya hisobi registrlarining majburiy rekvizitlari roʻyхati va ularni elektron tarzda yaratish imkoniyati; -oʻz kapitalini hisobga olish moddasida qoʻshilgan va zaхira kapitali tushunchasini toʻgʻirlash; -yuridik shaхslar tomonidan  umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishni aniqlashtirish; - aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotni majburiy e’lon qilish muddatini belgilash. Qonunning amaldagi tahririda e’lon qilish muddati auditorlar tomonidan tasdiqlangandan soʻng, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayi bilan cheklangan. Loyihada esa hisobotni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki sub’yektning boshqa  yuqori boshqaruv organining umumiy yigʻilishi oʻtkazilgandan keyin 2 hafta davomida  auditor хulosalari bilan e’lon qilish  koʻzda tutilmoqda. Eslatamizki, muayyan sub’yektlar majburiy auditdan oʻtishi lozim. Ularning roʻyхati “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda (9.12.1992 yildagi 734-XII-son) belgilangan, uni oʻtkazish muddatlari esa Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida Nizomda yillik moliyaviy hisobot boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha koʻzda tutilgan (VMning 22.09.2000 yildagi 365-son qaroriga 2-ilova) (ushbu hujjatlar bilan “Norma. Qonunchilik” AQTda tanishish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari, masalan, aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishini moliya yili tugaganidan keyin 6 oydan kechiktirmay oʻtkazishlari lozim; -boshlangʻich hisob hujjatlari, buхgalteriya hisobi registrlari, buхgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bilan  bogʻliq boshqa hujjatlarni kabi moliya hisobotlarini ham yagona eng kam saqlash muddatini belgilash – hisobot yilidan (davridan) keyin kamida 5 yil. Qonunning amaldagi tahririda boshlangʻich hujjatlar, buхgalteriya hisobi registrlari va kompyuter hisobi ma’lumotlari uchun eng kam saqlash muddati 3 yil belgilangan. Buхgalterlik hujjatlarini saqlash muddatini oʻzgartirish  Qonun qoidasi va Soliq kodeksini muvofiqlashtiradi, Kodeksning 47-moddasida soliq hisoboti davlat soliq хizmati organlarida va soliq toʻlovchida soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanishi belgilangan. Da’vo qilish muddati esa SKning 38-moddasiga koʻra soliq davri tugaganidan keyin 5 yil qilib belgilangan. Boshqacha aytganda, bu muddat mobaynida soliq organlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Soliq toʻlovchi esa soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli. Qonunni yangi moddalar bilan toʻldirish ham koʻzda tutilmoqda: -2-1, buхgalteriya hisobi tushunchasini barcha хoʻjalik operatsiyalarini yaхlit, uzluksiz, hujjatli hisobga olish, shuningdek uning asosida moliya hisobotini tuzish yoʻli bilan buхgalterlik aхborotini yigʻish, roʻyхatga olish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi sifatida ochib beradi; -5-1, buхgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq buхgalteriya hisobini yuritish, moliya hisobotini tayyorlash va tuzish qoidalarini belgilaydi. Sub’yektlarga shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda хalqaro moliya hisoboti standartlarini (XMHS) qoʻllash huquqi taqdim qilinadi. 7-1, buхgalteriya хizmati rahbariga qoʻyiladigan talablarni koʻzda tutadi. Jumladan, buхgalteriya hisobini va moliyaviy boshqaruvni yuritayotgan bosh buхgalter yoki boshqa mansabdor shaхs uning rahbari boʻlishi mumkin. Nazarimizda, buхgalterlar uchun eng salmoqli yangi kiritilgan tartib-qoida, bu – sub’yekt barcha хodimlarining buхgalteriya хizmati rahbarining хoʻjalik operatsiyalarini hujjat bilan rasmiylashtirish va ularni buхgalteriyaga topshirish boʻyicha talabiga rioya qilish  yuzasidan qonunchilik bilan oʻrnatilgan majburiyatlaridir. Va, shubhasiz, barcha buхgalterlar sub’yekt rahbari va buхgalteriya хizmati rahbari oʻrtasida biror-bir хoʻjalik operatsiyasi boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelsa, u boʻyicha hujjatlar ijro uchun faqat bunday operatsiyalar oqibatlari boʻyicha yakka tartibda javobgar boʻladigan sub’yekt rahbarining yozma farmoyishi bilan qabul qilinishi boʻyicha Qonunning yangi qoidasini munosib baholaydilar. Yangi modda bilan quyidagi tashkilotlarning buхgalteriya хizmati rahbarini tayinlashda qoʻyilishi lozim boʻlgan majburiy talablar belgilangan: -aksiyadorlik jamiyatlari; -sugʻurta kompaniyalari; -yuridik va jismoniy shaхslarning mablagʻlarini jamgʻaradigan investitsiya va boshqa fondlar; -yuridik va jismoniy shaхslarning qonunchilikda koʻzda tutilgan ajratmalari ularning mablagʻ hosil boʻlish manbasi hisoblanadigan хayriya va boshqa jamoat jamgʻarmalari, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar; -ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik ob’yektlari va davlat unitar korхonalari. Quyidagilar shunday talablar sirasiga kiradi: “Buхgalteriya hisobi” yoki “Audit” yoʻnalishlari boʻyicha oliy iqtisodiy ma’lumot va ular bilan bogʻliq oхir oʻn kalendar yilidagi kamida uch yil ish staji mavjudligi (boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oliy iqtisodiy ma’lumot bor boʻlsa – kamida 5 yil); muddati oʻtib ketmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi mavjud boʻlmasligi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari buхgalteriya hisobi  хizmati rahbarlariga talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Sub’yekt rahbariga buхgalteriya хizmati rahbarining 3 yilda bir marta malaka oshirish kursini oʻtashini ta’minlash majburiyati yuklangan; -15-1, sub’yektlarni ichki nazoratni tashkil qilish, ya’ni  samarali moliya-хoʻjalik faoliyatini ta’minlash uchun muayyan qoidalar va tartiblarni belgilashni talab etadi. Eslatamizki, mazkur loyiha muhokama va kelishuv bosqichida turibdi. 2015 yil 15 iyulgacha muhokamada ishtirok etish, oʻz takliflaringizni kiritishingiz mumkin. Shuni ham e’tiborga olish lozimki, loyiha oʻzgartirilishi, toʻgʻirlanishi va hatto rad etilishi mumkin. Irina AXMETOVA, ekspertimiz.
66
8,816
Qonunchilik
Poytaхtda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.12.2020 yildagi 762-son qarori bilan Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi. Universitet Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 28 dekabrdagi PQ-4553-son qaroriga muvofiq, shuningdek oliy ta’limga ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro standartlarni tatbiq etish maqsadida tashkil etiladi. Universitetning asosiy vazifalari: Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Oʻqitish yapon va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitet bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlash amalga oshiradi. Oʻqish uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori muassis - "Digital Knowledge Co., Ltd." kompaniyasi tomonidan belgilanadi. Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinadi. "Muhandis-dasturchi" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Universitetga talabalarni qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan, "Kompyuter grafikasi va dizayn" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha - keyingi oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomlari beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.12.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
55
1,698
Qonunchilik
“O‘zneftgaz” milliy korporatsiyasi va “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi korxonalarining bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissalari hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodida oltingugurt tozalaydigan 13-blok foydalanishga topshirilishi munosabati bilan quyidagilarga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilsin:
135
262
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalariga ta’lim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘ro
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalariga ta’lim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B. Musayev tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi yozma javob ma’lumotida qayd etilgan bandlarning ijro etilishini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
846
Qonunchilik
2004 YILDA BIORESURSLARDAN FOYDALANISh ME’YoRLARI HAQIDA
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Nizomiga muvofiq o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda talon-toroj bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulardan oqilona foydalanish maqsadida hamda biologik resurslardan foydalanish bo‘yicha Idoralararo komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari (2004-yil 2-fevral 4/1255-43-sonli va 2003-yil 30-dekabr 4/1255-339-sonli) asosida buyuraman: 1. 2004-yil uchun Kvotalar quyidagicha tasdiqlansin: ov qilish va iste’mol maqsadida yovvoyi hayvonlarni tayyorlash uchun (1-ilovaga* muvofiq); yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni tayyorlash uchun (2-ilovaga* muvofiq). 2. Davlat bionazorati (A.A. Grigoryans): hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish kvotasini taqsimlasin va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari e’tiboriga yetkazsin; 2004-yil ov mavsumini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 1997-yil 15-aprelda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1997-yil 1 may, ro‘yxat raqami 337-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq tutish qoidalari”ga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlasin; yovvoyi hayvonlarni ov qilish hamda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni tayyorlashga ruxsatnomalar belgilangan kvotalar doirasida, ruxsatnoma qiymati to‘laganidan so‘ng berilsin; 3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish Davlat bionazorati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.A. Grigoryans zimmasiga yuklatilsin.
56
1,817
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 1. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir. 2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — quyidagi tartibda joylashgan o‘n to‘rtta o‘n raqamidan iborat bo‘ladi: 2.1. guruh: Jinsi va tug‘ilgan asri indeksi 1 — 1800.1.01. — 1899.31.12 da tug‘ilgan erkaklar; 2 — 1800.1.01 — 1899.31.12 da tug‘ilgan ayollar; 3 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan erkaklar; 4 — 1900.1.01 — 1999.31.12 da tug‘ilgan ayollar; 5 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan erkaklar; 6 — 2000.1.01 — 2099.31.12 da tug‘ilgan ayollar. 2.2. guruh: Formatdagi tug‘ilgan sana: YYOOKK (yil, oy, kun). 2.3. guruh: Tuman, shahar kodi. 2.4. guruh: Ushbu kunda tug‘ilgan va ushbu tumanda, shaharda pasport olgan fuqaroning tartib raqami. Tartib raqami pasportlarni olish navbatiga muvofiq hisoblagich bo‘yicha hosil bo‘ladi. 2.5. guruh: Kontrol raqami. Kontrol raqami (14-pozitsiya) 10 moduli bo‘yicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi: Raqamli ma’lumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq ko‘rsatkichiga chapdan o‘nga ko‘paytiriladi. Har bir ko‘paytirish natijalari jamlanadi. Hosil bo‘lgan yig‘indi 10 (modul)ga bo‘linadi. Bo‘lishda qolgan qoldiq kontrol raqami hisoblanadi. Kodning haqiqiyligi tekshiriladi. 1-misol. 1963-yil 12-oktabrda tug‘ilgan, 024 tartib raqami berilgan erkak uchun hisoblangan kontrol raqami. Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi: 21+3+2+7+0+6+21+6+0+28+0+2+28=124 Natija 10 ga bo‘linadi: 124/10—12 (qoldiq — 4), shunday qilib kontrol raqami 4 ga teng, fuqaroning kodi esa: 3 121063 204 024 4 2-misol. 1940-yil 2-yanvarda tug‘ilgan, 001 tartib raqami berilgan ayol uchun hisoblangan kontrol raqami. Hosil bo‘lgan raqamlar jamlanadi: 28+0+2+0+3+4+0+6+0+35+0+0+7+=85 Natija 10 ga bo‘linadi: 85/10=8 (qoldiq — 5), shunday qilib kontrol raqami 5 ga teng, fuqaroning kodi esa: 4 020140 205 001 5
107
2,442
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-867-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“O‘zb
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-867-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3.Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
892
Qonunchilik
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF–4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-iyuldagi 16/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1850, 2008-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 359-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yakka tartibdagi tadbirkor bank kartasining saqlovchisi — emitent bilan shartnoma asosida bank kartasidan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor;”. 2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek boshqa har qanday xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.”. 3. 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek boshqa har qanday xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda tegishli to‘lovni terminal orqali qabul qilgan xizmatchining imzosi va “to‘landi” muhri qo‘yilgan schyotlar, kvitansiyalar, bankomat, infokiosk va terminal kvitansiyalari (slip, terminalning elektron hujjati) hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar hisobot hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi.”. 5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
148
2,317
Qonunchilik
JALOLIDDIN MANGUBERDI ORDENINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
Vatan sarhadlarini, ona yurtimiz tuprog‘ini, mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilish va uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarni taqdirlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasining Jaloliddin Manguberdi ordenini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin (Jaloliddin Manguberdi ordeni to‘g‘risidagi Nizom va uning tavsifi ilova qilinadi). 2. Belgilab qo‘yilsinki, Jaloliddin Manguberdi ordeni O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy mukofoti hisoblanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin. 1. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan Vatan sarhadlarini, ona yurtimiz tuprog‘ini, mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilishda, uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari mukofotlanadilar. 2. Jaloliddin Manguberdi ordeni O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy mukofoti hisoblanadi. 3. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taqdimnoma mudofaa va huquqni muhofaza qilish idoralarining respublika organlari rahbarlari tomonidan kiritiladi. 4. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. 5. Jaloliddin Manguberdi ordeni va mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tantanali va oshkoralik vaziyatida topshiriladi. 6. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi va ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar. 7. Jaloliddin Manguberdi ordeni ko‘krakning o‘ng tomoniga taqib yuriladi. 8. Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan marhum shaxs taqdirlangan holda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti uning oila a’zolariga topshiriladi. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni 925-probali kumushdan tayyorlanadi, u kumushrang qirrali nurlar taraluvchi beshburchak shaklga ega. Beshburchakni o‘z ichiga olgan doira diametri — 55,0 millimetr. Orden markazida oq hoshiya o‘rab turgan aylana bo‘ylab Jaloliddin Manguberdining nurlar taralib turgan fondagi tillarang qabariq tasviri tushirilgan. Uning ortidagi fon zangori rangli emal bilan qoplangan. Hoshiya yuqorisida doira bo‘ylab “Jaloliddin Manguberdi” so‘zlari yozilgan. Hoshiyaning tashqi diametri — 35,0 millimetr. Hoshiyaning pastki qismida yashil emal bilan qoplangan ikkita dafna shoxlari bo‘lib, ularning yaproqlari orasida fianit kristallari joylashtirilgan. Hoshiya yuqorisidagi markaz bo‘ylab tillarang mussaman joylashtirilgan bo‘lib, u diametri 8 millimetrli doirani egallaydi. Ordenning orqa tomoni botiqdir. Uning markazida qadash uchun mo‘ljallangan gaykali shtift bor. Pastki qismida orden raqami 1,0 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
55
3,565
Qonunchilik
VILOYaTLAR HOKIMLIKLARI APPARATI TUZILMASIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2000-yil 1-dekabrdan boshlab viloyatlar hokimliklari apparatlari tuzilmasida hokimning industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin, tegishli ravishda industriyani rivojlantirish va iste’mol bozori masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, qurilish, uy-joy va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimlari qisqartirilsin. Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasida qisqartirilayotgan hokim o‘rinbosarlari kotibiyatlari xodimlari soni hisobiga ilovaga muvofiq tarkibda industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari kotibiyati tashkil etilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 1-ilovaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. Kotibiyat mudiri 2. Bosh mutaxassis — 2 nafar 3. Etakchi mutaxassis — 2 nafar 4. Referent — 1 nafar
81
1,467
Qonunchilik
Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar hamda ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan aholi boshqa qatlamlarining mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, shuningdek yangi ish joylari tashkil etilishini ta’minlaydigan oilaviy, xususiy tadbirkorlikni va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining tajriba tariqasida Toshkent shahrida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mikrokreditlashning yangi sxemasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, quyidagilar mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblansin: o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari; muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar; mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar; oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi, shuningdek fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tavsiyanomalari bo‘yicha ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa shaxslar. 2. Quyidagilar imtiyozli mikrokreditlashning asosiy vazifalari etib belgilansin: kichik tadbirkorlik, eng avvalo oilaviy va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish; imtiyozli kreditlar berish orqali yuqorida qayd etilgan shaxslar kontingentlari uchun ularni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb etish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlardan oson foydalanishlarini maksimal darajada ta’minlash; aholining kam ta’minlangan va hojatmand qatlamlari daromadlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini kuchaytirish. 3. Quyidagilar: Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar berilishining prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq; tadbirkorlikni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar beriladigan asosiy faoliyat turlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki, imtiyozli mikrokreditlar quyidagi shartlarda beriladi: mikrokredit summasi — eng kam ish haqi miqdorining 200 barobarigacha; asosiy qarzni to‘lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda uch yilgacha muddatga; yillik foiz stavkasi miqdorlari: bitta ish joyi yaratilganda — 9 foiz, ikkita ish joyi — 8 foiz, uchtadan to‘rttagacha ish joylari — 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratilganda — 6 foiz miqdorda. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda murojaat etuvchilarga mikrokreditlarni rasmiylashtirish va biznes-rejalarni tayyorlashda har tomonlama tashkiliy ko‘mak va amaliy yordam bersin. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq agarda murojaat etuvchi tomonidan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq beriladigan mikrokredit bo‘yicha qaytarishni ta’minlay olmaslik holati vujudga kelganda tijorat banklari tomonidan mikrokreditni ta’minlash sifatida: eng kam ish haqining yuz barobarigacha miqdorda mikrokreditlashda — xarid qilinadigan mulkni va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kafilligini; eng kam ish haqining yuz barobaridan ortiq miqdorda mikrokreditlashda — uchinchi shaxsning kafilligini, sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polislarini va qonun hujjatlari doirasida boshqa ta’minlash turlarini qabul qilib olishlariga yo‘l qo‘yiladi. Qarz oluvchilarga mikrokreditlar berishda tijorat banklari kreditning umumiy summasida qarzdorning garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni hisobga olishga haqlidir. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amaldagi tijorat banklarini jalb qilgan holda 2017-yil yakunlari bo‘yicha tajriba natijalarini umumlashtirsin va shu asosda ushbu mikrokreditlash tajribasini respublikaning barcha hududlariga yoyish takliflarini kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
125
4,246
Qonunchilik
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan muhokama natijalari ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy gvardiyaning “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarini (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Milliy gvardiya “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik o‘rnatsin. 2. Milliy gvardiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin: o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni moddiy, huquqiy va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash; o‘quv-tarbiya muassasalarida sifatli ta’lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishga, ularning maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish; zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni sport turlariga qiziqtirish va jalb etish. 3. Milliy gvardiya tarkibida: markaziy devoni tuzilmasida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin; Jamoat xavfsizligi universitetida “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashkil etilsin. 4. Belgilansinki: oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi; biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish asosida ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralarini ko‘rib boradi. 5. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda: a) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda: yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etsin; o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy qilsin; b) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda o‘quv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishini ta’minlasin hamda ular tomonidan o‘quv kurslari tashkil etilishi choralarini ko‘rsin; v) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha yaratilgan axborot tizimida ma’lumotlarni to‘liq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini bersin; g) Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har yili kamida ikki marotaba o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga olib chiqish dasturini tasdiqlasin. Bunda, sayohat davomida ichki ishlar organlari hamrohligi Ichki ishlar vazirligi mablag‘lari hisobidan hamda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini sayohatga olib chiqish (transport, yashash va ovqatlanish) bilan bog‘liq xarajatlar o‘quv-tarbiya muassasalariga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi; o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin. 6. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin. 7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev) bilan birgalikda har yili 1-sentabrga qadar yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suhbatlari”ni, fan musobaqalarini tashkil etish dasturini tasdiqlasin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter to‘plami (uzluksiz tezkor Internet tarmog‘iga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi to‘garaklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan ta’minlasin. 9. Oliy Majlis Senatiga (T. Narbayeva) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash tavsiya etilsin: o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish hisobiga o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni bosqichma-bosqich farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) oladigan oilalarda tarbiyalashga o‘tkazish choralarini ko‘rish; bolalarning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining sabablarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish. 10. Belgilansinki: 2021-yil 1-noyabrdan boshlab “Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi; 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori besh foizdan uch foizga pasaytiriladi; 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foiz miqdoridagi ajratmalar budjetga to‘lanadigan soliq va yig‘imlarga tenglashtiriladi, ushbu ajratmalar soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi; “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari homiylik mablag‘lari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 11. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: a) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash ishlariga mas’ul etib belgilash hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan: har yili kamida ikki marotaba o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganib borish; o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish; b) Xalq ta’lim vazirligi va Milliy gvardiya tavsiyasiga binoan har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga muntazam ravishda “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalar bilan ishlashga mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining hisobotlarni eshitib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin. 13. Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan farzandi uchun ota-onalardan alimentlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlasin. 14. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiyaga biriktirilgan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari bilan ishlash jarayonlariga ko‘maklashsin. 15. Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining: Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabini ushbu tumandagi 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosiga; Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasini Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining bo‘shaydigan binosiga ko‘chirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov); bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarida xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va to‘lanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirsin; mazkur qaror ijrosi bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘larni tegishli vazirlik va idoralarning asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida 2021-yilda Davlat budjeti hisobidan ajratilishini ta’minlasin hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutsin. 17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga: mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka va patronatga) olish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibini, uning ijtimoiy ahamiyatini jamoatchilikka keng yoritish; jamiyatda ayrim ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini mehribonlik va bolalar uylariga topshirishlari sabablarini keng tahlil qilgan holda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy roliklarni namoyish etish, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etish tavsiya etilsin. 18. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 19. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 20. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M. Djurayev, xalq ta’limi vaziri Sh.H. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.M. Kenjayev zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.
147
14,285
Qonunchilik
SUD HUJJATLARINI BAJARIShDAN BO‘YIN TOVLASh VA ULARNING IJRO ETILIShIGA TO‘SQINLIK QILISh UChUN JINOIY JAVOBGARLIKKA DOIR QONUNLARNI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Sud amaliyotida sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha tushuntirish berilishini taqozo etuvchi masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish odil sudlov obro‘siga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan, Jinoyat kodeksi (bundan buyon — JK) sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash va uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi birinchi qismi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan sud hujjati deganda, qonuniy kuchga kirgan sud buyrug‘i, ajrim, qaror, hal qiluv qarori, hukm tushunilishi lozim. 3. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar e’tibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida quyidagi jinoyat tarkiblari nazarda tutilgan: muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin davom ettirish; sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish. Shuni nazarda tutish zarurki, jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini, ya’ni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini, ya’ni pul mablag‘larini yoki mol-mulkni undirish to‘g‘risidagi hujjatni bajarishdan bo‘yin tovlanilgan holda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi, qaysiki bunda nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan bo‘yin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yo‘li bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali ta’minlanadi (JK 46-moddasi to‘rtinchi qismi). Jinoyat kodeksi 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois, sud hujjatini ijro etilishiga to‘sqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik sud hujjatining mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar yuzaga keladi. 4. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo‘lib, ma’muriy jazoga tortilganidan va jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma tarzda ogohlantirilganidan so‘ng shaxs tomonidan sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha harakat (harakatsizlik)ning davom ettirilishi hisoblanadi. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash deganda, shaxs tomonidan nomulkiy xususiyatga ega qonuniy kuchga kirgan sud hujjati talabini bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha qilingan har qanday harakat tushunilishi lozim. Biroq, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushbu harakat (harakatsizlik) shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 1981-moddasi bo‘yicha ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan so‘ng davom ettirilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun 71-moddasi talabiga rioya etilishi, chunonchi shaxs ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi, ham shaxs kelgusida sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo‘lishi talab etiladi. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 232-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga ko‘ra, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi. 5. Jinoyat qonunchiligida shaxs davlat ijrochisi tomonidan ma’muriy jazoga tortilgandan qancha muddat o‘tgandan so‘ng sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilanmagan. Biroq, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunda (bundan buyon — Qonun) sud hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun besh kunlik muddat nazarda tutilgan. Shu bois, Qonun analogiyasini qo‘llab, jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati besh kundan oshmasligi lozim. Shunga ko‘ra, shaxsni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirish to‘g‘risidagi xatda davlat ijrochisi o‘tkazib yuborilishi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradigan muddatni (5 kungacha) aniq ko‘rsatishi lozim. 6. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonun ayrim toifadagi nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan sud hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan bir qator (masalan, uyga kiritishda, uydan chiqarishda, imoratni buzib tashlashda, yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazishda va h.k) ijro harakatlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal etishda, ma’muriy jazo qo‘llanilgandan va ogohlantirish muddati o‘tgandan so‘ng shaxs tomonidan sud hujjati talablarini bajarilmasligi holatining o‘zi kifoya hisoblanadi va davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlarining amalga oshirilishi ahamiyat kasb etmaydi. 7. Shuni e’tiborga olish lozimki, jinoyat qonuni JK 232-moddasida nazarda tutilgan umumiy normadan istisnolarni ham nazarda tutadi, bunda sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining maxsus normalari bo‘yicha (masalan, JK 122, 123-moddalari, 148-moddasi birinchi qismi) kelib chiqadi va qilmishni JK 232-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. 8. Sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish deganda, sud hujjatlarini ijro etish organlari mansabdor shaxslarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishga, shu jumladan sud hujjati talabi bajarilishini qiyinlashtirishga hamda uni o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarish mumkin bo‘lmaydigan holatga keltirishga qaratilgan qilmish tushuniladi. 9. Agar sud hujjatini ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxsning harakatlarida boshqa, og‘irroq jinoyat belgisi bo‘lsa (masalan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hujjatlarni qalbakilashtirish va h.k.), aybdorning harakatlari JK 232-moddasi va Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi tegishli moddasi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi. Tushuntirilsinki, shaxs tomonidan sud hujjati hisoblanmaydigan ijro hujjatini majburiy ijro etish bo‘yicha xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisiga qarshilik ko‘rsatilganda, bunday shaxsning harakatlari JK 219-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 10. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash va uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish (JK 232-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik o‘n sakkiz yoshdan yuzaga keladi. JK 232-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat subyekti faqat bunday shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limida qo‘yilgan talablarga javob beradigan mansabdor shaxs hisoblanadi. JK 232-moddasi ikkinchi qismi bilan, jumladan, sud hukmiga ko‘ra muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs bilan, bila turib, mehnat shartnomasi(kontrakt) tuzgan yoki bunday shartnoma(kontrakt)ni bekor qilmagan mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashdan farqli ravishda, mansabdor shaxsni sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi va kelgusida sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida davlat ijrochisi tomonidan yozma tarzda ogohlantirilgan bo‘lishi talab etiladi. 11. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashning subyekti sud hujjati bilan muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyati yuklatilgan shaxslar (qarzdorlar) hisoblanadi Agar, bunday majburiyat sud hujjati bilan yuridik shaxsga yuklatilgan bo‘lsa, sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun sud hujjatining tegishli talabini bajarish, tashkil qilish yoxud amalga oshirilishini nazorat qilish mansab vazifalariga kirgan shaxslar (mansabdor shaxslar va yuridik shaxsning boshqa xodimlari) jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilishning subyekti nafaqat qarzdor hisoblangan shaxs, balki boshqa har qanday jismoniy (mansabdor) shaxs bo‘lishi mumkin. Ish yurituvidagi sud hujjatining o‘z muddatida ijro etilishini ta’minlash chorasini ko‘rmayotgan davlat ijrochisi JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti hisoblanishi mumkin emas. Bunday hollarda, sud ijrochisining harakati (harakatsizligi) boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin. 12. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash uzoqqa cho‘zilgan jinoyat hisoblanadi. U sud hujjatini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlash fakti aniqlangan paytdan boshlanib, sud hujjati aybdor tomonidan sud hujjatida qayd etilgan sud farmoyishi amalda bajarilgan yoki jinoyat sodir etilishiga to‘siq bo‘lgan voqea boshlangan paytda tugaydi. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun sudlanganlik qonun bo‘yicha sud hujjatini bajarish majburiyatidan ozod qilmasligi sababli, shaxs tomonidan shunga o‘xshash harakatlar sudlangandan keyin sodir etilgan hollarda, u umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. 13. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal hisoblanadi va shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish fakti aniqlanishining o‘zi kifoya bo‘lib, bunda qandaydir zararli oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligi, jumladan moddiy zarar borligi va uning miqdori ahamiyat kasb etmaydi. Ayni paytda, tergov organlari va sudlar jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyin va sud maslahat xonasiga (alohida xonaga) kirgunga qadar sud farmoyishini ixtiyoriy ravishda bajargan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish bo‘yicha qonunda berilgan imkoniyatlardan keng foydalanishlari lozim. 14. Quyidagilar shaxsni JK 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish shartlari hisoblanadi: moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlash haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i mavjudligi; bunday shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun shaxsga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi; ushbu mablag‘ jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lanmasligi. 15. Surishtiruv, tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun qarzdorlikning umumiy muddati ketma-ketligidan qat’iy nazar ikki oydan ortiq bo‘lishi lozim. Bunda, voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash deb, shaxsning sud hujjatida belgilangan aliment miqdorini to‘liq hajmda to‘lamasligi holati ham tushunilishi lozim. Qonunga ko‘ra, agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lasa, u jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi lozim. 16. Shuni nazarda tutish lozimki, Oila kodeksining 140-moddasi mazmuniga ko‘ra, agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs muayyan davrda ishlamagan bo‘lsa, aliment bo‘yicha qarz qarz undirilayotgan paytdagi O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Oila kodeksining 141-moddasi talablaridan kelib chiqib, sud hujjatida belgilangan miqdordagi aliment qarzlarini to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Shu bois, aliment to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lmagan taqdirda, shaxsning moddiy va oilaviy sharoiti og‘irligini vaj qilib, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashi JK 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holat sifatida qabul qilinmasligi lozim. 17. Sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish alohida jinoyat tarkibini tashkil etganligi sababli, voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlayotgan shaxsning sud hujjatini ijro etilishiga to‘sqinlik qilishi JK 122-moddasi bilan birga JK 232-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinadi. 18. Sud hujjati ijrosi samarasi uning o‘z vaqtida ijroga qaratilishi bilan ham bog‘liqligini inobatga olgan holda, sudlar protsessual qonunda uni ijroga qaratish muddatlari va tartibiga, sud hujjatini ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga nisbatan qo‘yilgan talablarga og‘ishmay rioya etishlari shart. 19. Sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sudlar bunday jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rishlari zarur. 20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash, uning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etishlari lozim.
174
15,059
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari; Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 23-noyabrdagi 946-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi. 2. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: din ishlari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashadi; mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralarini ko‘radi. 3. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi. 4. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. 5. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 7. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 8. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita; qisqartirilgan nomi — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita; b) rus tilida: to‘liq nomi — Komitet po delam religiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Komitet po delam religiy; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Committee of Religious Affairs under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Committee of Religious Affairs. 9. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Navoiy ko‘chasi, 12-uy. 10. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimiga quyidagilar kiradi: Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati; Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar). 11. Hududiy boshqarmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi va ularning tuzilmasida tumanlar va shaharlar bo‘yicha bosh mutaxassislar faoliyat yuritadi. 12. Quyidagilar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish; diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish; jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish; davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish; aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish; fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish; ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash; Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda din ishlari sohasidagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis ma’lumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish; din ishlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish; manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish. 13. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida: mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasidagi masalalarni hal qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; din ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish ishlarini olib boradi; hududiy boshqarmalar bilan birgalikda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan xulosa olish bo‘yicha ushbu tashkilotlar murojaatlarini ko‘rib chiqadi, hududiy boshqarmalar tomonidan bunday murojaatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini joylarda o‘rganilishini nazorat qiladi; diniy ta’lim muassasalari faoliyati belgilangan tartibda litsenziyalanishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, litsenziyalar reyestrini yuritadi; diniy tashkilotlarning, shu jumladan, diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini, ularning o‘quv jarayoni va dasturlarini, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni, fanlar bo‘yicha o‘quv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko‘rsatadi; respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy mazmundagi materiallarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa elektron tashuvchilarni, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan diniy mazmundagi materiallarni) ekspertizadan o‘tkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi; vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi; b) O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning diniy erkinligini ta’minlashning qonuniy choralarini ko‘radi; dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida tegishli choralarni belgilaydi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; diniy tashkilotlar rahbarlarining dunyoviy davlat tamoyillari, Hukumatning din ishlari sohasidagi siyosati mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushuncha va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar tashkil etib boradi; vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar ko‘radi; diniy tashkilotlar vakillarining ibodat marosimlarida o‘qiladigan ma’ruzalari mazmuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda dunyoviy davlat tamoyiliga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi; ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilot a’zolarining erkin ibodat qilishi, diniy rasm-rusumlarni ado etishi uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi; v) diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish borasida: diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirish hamda diniy vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; O‘zbekistonda va xorijda yuz berayotgan diniy-ijtimoiy sohaga oid muhim voqealarni chuqur tahlil qilish hamda respublikadagi barqaror diniy-ijtimoiy vaziyatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa tahliliy markazlar bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi; tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning ro‘yxatini har yili kamida ikki marta xizmat doirasida foydalanish uchun manfaatdor tashkilotlarga taqdim qiladi; “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, diniy vaziyat o‘zgaruvchan bo‘lgan hududlar bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadi; diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish hamda “Uz” domenida faoliyat yuritayotgan diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb-saytlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi; g) jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish borasida: respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi, davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi; respublikada diniy-ijtimoiy vaziyatni monitoring va tahlil qiladi, ma’naviy muhitni yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; diniy mavzularga oid nashrlar, Internet jahon axborot tarmog‘i va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qiladi; diniy-ma’rifiy sohada aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘radi; aholining, ayniqsa, yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantiradi; jamiyatda ekstremizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish, aholini noan’anaviy diniy harakatlar va tahdidlardan himoya qilish uchun davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi; d) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish borasida: davlat organlari va muassasalarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; diniy tashkilotlar iltimosiga ko‘ra, ularning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalariga ko‘maklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatadi; diniy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi; davlat siyosatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettiradi; diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi; diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va ularning o‘z faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarida qatnashadi; e) aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish borasida: fuqarolarning vijdon va din erkinligi masalalari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi; diniy tashkilotlarga respublikada va chet ellarda o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga ko‘maklashadi; diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik hamda bag‘rikenglikni mustahkamlash siyosatini olib boradi, ushbu sohada tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi; diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; j) fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida: “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini muvofiqlashtiradi hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi; ziyoratlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi, tahlil qiladi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi; ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining islom sivilizatsiyasining madaniy, tarixiy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biri sifatidagi o‘rni va rolini, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib etish ishlarini olib boradi; respublika va xorijiy davlat muassasalari, diniy tashkilotlar o‘rtasida ziyorat turizmi sohasida aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish masalasida ishlarni tashkil qiladi; ziyorat turizmi tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy ziyorat turizmi mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, ziyorat turizmi sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi; z) ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash borasida: ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi; ekstremistik guruhlar faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yishga ko‘maklashadi; terrorchilik va ekstremizmni targ‘ib qilishga, xorijdan shu maqsadda mamlakatga da’vatchilarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda choralar ko‘radi; joylardagi ommaviy axborot vositalari, rasmiy diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, dinning terrorchilik, ekstremizm va boshqa jinoiy ko‘rinishlarga zid ekanligi haqida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi; turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analar, ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi; yoshlar va xotin-qizlar orasida buzg‘unchi va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bunday g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan tizimli va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; milliy, diniy an’analar, urf-odatlar hamda qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishga, jamiyatda millatlararo do‘stlik, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi; ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish borasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlaydi; i) Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda din ishlari sohasidagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis ma’lumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish borasida: din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali targ‘ib qilish faoliyatini tashkil etadi; Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik tamoyillariga zid bo‘lgan materiallarni aniqlaydi, ilmiy asosda tahlil qiladi hamda xavf-xatar yo‘nalishlarini belgilaydi; din ishlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan mavjud tahdidlarga nisbatan xalqchil raddiyalar tayyorlash yo‘nalishidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi; jamiyatda diniy-ijtimoiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganadi, tahlil qiladi va ularning oldini olish choralarini ko‘radi; turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlar, materiallarni aniqlaydi hamda bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqadi; k) din ishlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish borasida: din ishlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy va diniy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi; ilmiy-tadqiqot markazlarining boy ilmiy-ma’naviy meros, dunyoviy va diniy ilmlar bo‘yicha tadqiqot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda ko‘maklashadi; jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining tajribasini o‘rganadi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam beradi; kadrlar tayyorlash jarayoniga ilmiy-tadqiqot markazlarining yetuk mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini tashkil etishda hamkorlik qiladi; ilmiy-tadqiqot markazlari hamda diniy ta’lim muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanishini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi; l) tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish borasida: diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish yuzasidan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnomalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini tadqiq qilish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganib boradi hamda ularning ijobiy jihatlarini mahalliy so‘rovnomalarga joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalarning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar tayyorlaydi. 14. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar orqali amalga oshiradi. 15. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa davlat tashkilotlaridan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni tekin olish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha idoralararo tusga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish; davlat organlari va tashkilotlarining din ishlari sohasiga oid davlat siyosati masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish; yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish; belgilangan tartibda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan axborot almashish; o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish; o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida Internet jahon axborot tarmog‘ida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish; diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish; din ishlari sohasidagi vazifalarni yoritish maqsadida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va nashriyotlar tashkil qilish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni rag‘batlantirish, mukofotlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish; yuklangan vazifalarni bajarish va faoliyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish uchun belgilangan tartibda kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar va jamg‘armalar tashkil etish; alohida vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil qilish; sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilmaviy ilmiy va o‘quv markazlarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining topshiriqlariga muvofiq xalqaro tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifoda etish hamda belgilangan tartibda va xalqaro huquq me’yorlari asosida boshqa mamlakatlarning din ishlari masalalari bo‘yicha mas’ul idoralari hamda ilmiy markazlari bilan bevosita yoki ularning quyi bo‘g‘in tuzilmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish; binolarga xizmat ko‘rsatish, inventarlar va xo‘jalik ashyolari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlash va ulardan foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy ta’minot sotib olish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida jalb qilish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda uning tizimiga kiruvchi tarkibiy tuzilmalarlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Diniy tashkilot belgilangan tartibda taqdim etiladigan yer uchastkalarida, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishuvga ko‘ra tashkil etiladi. 16. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita quyidagi majburiyatlarga ega: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tarzda va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish; tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametr va belgilangan indikatorlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari uchun javob berish; tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish bo‘yicha dastur, tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishini ta’minlash; tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini ta’minlash. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning qarorlari, uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari bo‘yicha shikoyat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 17. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega: yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, mahalliy davlat hokimiyat organlarining tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar so‘rash; din ishlari sohasi bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, xo‘jalik birlashmalarining, boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish; soha faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish; joylardagi diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan faoliyat bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish. 18. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari quyidagi majburiyatlarga ega: qonunchilik hujjatlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda ularning bajarilishi bo‘yicha ta’sirchan nazoratni amalga oshirish; tegishli hududda din ishlari sohasiga oid davlat siyosatining holati to‘g‘risida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish; sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish bo‘yicha dastur, tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarni samarali bajarish; hududda tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini ta’minlash. 19. Quyidagilar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatiga yakkaboshchilik tamoyillari asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; 3) din ishlari sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 4) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini tashkil etish; 7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatining alohida bo‘linmalariga rahbarlik qilish borasida o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash; 8) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 10) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 13) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish); 14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasini tayyorlash faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; 15) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish; 16) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash; 17) o‘z o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; 18) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy va tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 19) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish; 20) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi bo‘yicha nazoratni tashkil etish; 21) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 22) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash; 23) “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini ta’minlash; 24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish; 25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; 27) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar nizomlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash; 28) markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar xodimlarini (boshliqlaridan tashqari) belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish; 29) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik berish; 30) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlarini tegishli hudud bo‘yicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-ma’rifiy barqarorlikni ta’minlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini eshitish; 31) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qilish; 32) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; 33) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nomidan ishtirok etish; 34) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish; 35) zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; 36) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar (boshliqlaridan tashqari) xodimlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; 37) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish; 38) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlash; 39) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; 40) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 41) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish; 42) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hay’at majlislarida raislik qilish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin. 20. Quyidagilar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining umumiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish; 2) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; 3) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 7) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hay’ati qarorlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 8) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 9) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 10) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish; 11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash; 12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; 13) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga kiritish; 14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional mas’uliyatini va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish; 15) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish; 16) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 17) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish; 18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; 21) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi normativ-huquqiy va boshqa sohaviy normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etish; 22) Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 23) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish. 21. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlaridan kelib chiqib quyidagilar rais o‘rinbosarlarining maqsadli vazifalari hisoblanadi: 1) raisning birinchi o‘rinbosari (diniy tashkilotlar bilan ishlash, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari, konfessiyalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, ziyorat turizmini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha): diniy tashkilotlarni malakali soha mutaxassislari bilan ta’minlash hamda diniy-ma’rifiy soha xodimlari malakasini oshirish; diniy-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va joriy etish; diniy-ma’rifiy soha xodimlarining targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida ishtirokini ta’minlash; noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish; ziyorat turizmi obyektlari bo‘lgan ziyoratgohlarni obodonlashtirish; muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar haqida buklet, prospekt, risola va videoroliklar tayyorlash; xalqaro tajriba almashinuvi yuzasidan muloqot, uchrashuv va anjumanlar o‘tkazish; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash. 2) rais o‘rinbosari (diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish, dinshunoslik ekspertizasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha): hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan diniy mazmundagi materiallarga nisbatan ekspertlik xulosalarini berish; turli nashriyotlar tomonidan taqdim etiladigan diniy mazmundagi adabiyot, risola va media-mahsulotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash; ijtimoiy masalalar va diniy-ma’rifiy jabhadagi islohotlar bo‘yicha intervyu va videolavhalar tayyorlab, televideniye orqali efirga uzatish va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish; Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lumotlarni keng yoritish; diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; afv etilgan va jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning reabilitatsiyasi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish; ekstremistik va terrorchi tashkilotlarga aloqadorligi sababli jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqarilgan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini reabilitatsiya qilish, ijtimoiy moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish; “jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida aholining alohida ijtimoiy qatlamlari, tadbirkorlar, ishsizlar, uy bekalari va yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish; diniy aqidaparastlik va ekstremizmning zararli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish va profilaktik ishlarni jadallashtirish; aholining imkoniyati cheklangan, nogiron qatlami missionerlar ta’sir doirasiga tushib qolishining oldini olish; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash. 3) rais o‘rinbosari (xotin-qizlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha): ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarni takomillashtirish, videokonferensaloqa tizimi orqali targ‘ibotchilar va otinoyilar uchun seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish; joylarda “xonadonbay”, “mahallabay” ishlarni samarali tashkil etish; targ‘ibotchilar malakasini muntazam oshirish; xotin-qizlar o‘rtasida kiyinish madaniyati bo‘yicha ma’naviy suhbatlar va tanlovlar o‘tkazishni tashkil etish; “Mehr-1”, “Mehr-2”, “Mehr-3”, “Mehr-4”, “Mehr-5” dasturlari doirasida olib kelingan xotin-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar olib borish; faoliyat olib borayotgan otinoyilarning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirish maqsadida malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish; “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash. 22. Quyidagilar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish; 2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash; 3) o‘z vakolati doirasida idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; 4) faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga tarkibiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 6) hay’at qarorlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 7) tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga kiritish; 10) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 11) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasining apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 12) tarkibiy bo‘linmalarga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish; 13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash; 14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish; 15) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash; 16) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 17) Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; 18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish. 23. Quyidagilar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; 3) hududiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali v
123
63,066
Qonunchilik
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2013-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2013-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
168
270
Qonunchilik
NHHlar loyihalarini tayyorlash tartibi oʻzgartirildi
Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2016 yilda 2352-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan «Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-teхnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalar»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Reja-grafik 4 grafadan iborat: tartib raqami; chora-tadbirlar; ijro muddati; mas’ul ijrochilar. U ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur reja asosida boshqa NHHlar loyihalarini ishlab chiqilishi mumkin. Hujjat bilan boshqa qator oʻzgartirishlar kiritildi. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 29.02.2016 yildagi 8-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
52
1,334
Qonunchilik
Indoneziya kompaniyasi Fargʻona NQIZni modernizatsiya qiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 25.05.2019 yildagi «Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 431-son qarori bilan belgilangan.  Hujjat 10.04.2019 yildagi PQ–4275-son qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan boʻlib, u bilan «Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ (bundan keyin – FNQIZ) ustav kapitalidagi davlat ulushini «RT Trans Asia Resources» kompaniyasi (Indoneziya) yoki uning 100 foiz ulushli shu’ba kompaniyasiga (bundan keyin – investor) sotishning asosiy shartlari tasdiqlangan.  Ishchi guruh tashkil qilinadi, u quyidagilarni ta’minlaydi: FNQIZning ustav kapitalidagi davlat ulushining bozor qiymati mustaqil хalqaro baholash kompaniyasi tomonidan хalqaro baholash standartlariga muvofiq baholanadi (uning muddati 3 oydan oshmasligi lozim) va uning asosida tomonlarning muzokara pozitsiyalari shakllantiriladi. «Oʻzbekneftgaz» AJ tayyor mahsulot, хom ashyo, tarkibiy qismlarni sotishdan olingan daromadlar hamda FNQIZning debitorlik qarzlarini undirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan FNQIZ majburiyatlari qoplanishini ta’minlaydi. Investor ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olgandan keyin FNQIZdan birinchi yil foydalanish davomida quvvatlarni optimal yuklash uchun kamida 120 mln AQSh dollari miqdorida zavodning oborot kapitali uchun mablagʻlarni jalb etadi hamda Yevro-4 va Yevro-5 talablariga javob beradigan avtobenzin va dizel yoqilgʻisi, II va III guruhlardagi API standarti boʻyicha yogʻlash uchun ishlatiladigan moylarni ishlab chiqarish boʻyicha FNQIZni modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqadi. FNQIZga egalik qilish huquqi investorga oʻtganidan keyin zavod narх belgilash usullari, shu jumladan oʻz mahsulotini sotish narхini bozor sharoitlaridan kelib chiqib, mahalliy va хalqaro bozorlarni hisobga olib, boshqa vositachilar ishtirokida oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotni sotish boʻyicha hech qanday talablarsiz, Oʻzbekiston monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga majburiy tartibda rioya etgan holda mustaqil ravishda belgilaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2019 yildan kuchga kirdi. Konstantin Mosin.
60
2,190
Qonunchilik
Tibbiyot muassasalari statistik hisobotlarning yagona elektron tizimiga ulanadi
Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 266-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallari qayta tashkil etildi. Endi ushbu muassasa — Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari. Muassasaga quyidagi vakolatlar berilgan: Shu bilan birga kelgusi yilning 1 yanvarigacha sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari faoliyati koʻrsatkichlari toʻliq qamrab olinishini nazarda tutuvchi statistika hisobotining yagona elektron tizimi ishlab chiqilishi kerak. Unga barcha tibbiyot muassasalari ulanadi. ITI Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 38-uy manzilida joylashadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Oleg Zamanov, ekspertimiz.
79
970
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori 91-bandiga muvofiq Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi va uning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi bo‘yicha belgilangan miqdorda dividentlar to‘langandan so‘ng qolgan mablag‘ning 15 foizi; davlat teatrlari, sirki va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni o‘tkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablag‘lar; vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablag‘lar; vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvarag‘idan ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlari; Jamg‘arma mablag‘larini sarflash va boshqarish; Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati ikki hafta muddatda Jamg‘armaning kengashi tarkibini tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish, shuningdek Jamg‘armani boshqarish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablag‘lardan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. 3. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan Vazirlikning maxsus budjetdan tashqari milliy valyutadagi tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘iga hamda tijorat banklarida milliy va chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 4. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lari; Vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi bo‘yicha belgilangan miqdorda dividendlar to‘langandan so‘ng qolgan mablag‘ning 15 foizi; davlat teatrlari, sirki, madaniyat markazlari va konsert-tomosha muassasalarining topgan daromadidan 10 foizi miqdori; Vazirlik huzuridagi Madaniyat va san’at xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etiladigan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 10 foizi miqdori; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablag‘lar; Vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablag‘lar; Vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvarag‘idan ajratiladigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari (metsenatlik ko‘magi); xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochiladigan milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. 6. Chet el valyutasidagi mablag‘lar Jamg‘armaning maxsus valyuta hisobvarag‘iga tushadi. Jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga tushgan chet el valyutasidagi zarur summalar belgilangan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Chet el valyutasini sotishdan olingan milliy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi. 7. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish; iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar to‘plamlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash; madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini doimiy ta’minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilish; Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida belgilangan tartibda yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish; Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qitish orqali malakasini oshirishni tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarini moliyalashtirish; Vazirlik tashabbusi bilan tashkil etiladigan ommaviy-madaniy tadbirlarga sarflanadigan mablag‘larni qoplash; Vazirlik tashabbusi bilan yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha, spektakllar, shou dasturlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish; Vazirlikning markaziy apparati hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash hamda ularni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; Vazirlikning ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar faoliyatini moliyalashtirish; Vazirlik hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlariga mamlakat hududiga va xorijiy mamlakatlarga chiqish uchun aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, vakillik xarajatlari, sovg‘alar, shuningdek xorijiy adabiyotlar xarid qilish va boshqalar uchun milliy va chet el valyutasida mablag‘lar ajratish; madaniyat va san’at sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish; madaniyat va san’at infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash; Vazirlik tomonidan o‘z tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish; nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, madaniyat va san’at sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati madaniyat va san’at sohasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarga asosan to‘lab berish; Vazirlik tizimidagi kollej, texnikum va institutlarning iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi bo‘lgan talabalari (o‘quvchilari)ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar to‘lash. Stipendiyalar miqdori Jamg‘arma kengashi tomonidan belgilanadi; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va ta’mirlash, zarur anjomlar, shu jumladan ovoz kuchaytirish uskunalari, yoritish uskunalari, sahna liboslari, barcha turdagi musiqa asboblari, mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish; Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish. 8. Vazirlik, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 9. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar mazkur Nizomda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga sarflanadi. Bunda, Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishida Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori talablari tatbiq etilmaydi. 10. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga zarur hollarda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. 11. Jamg‘arma kengashi Jamg‘armaning yuqori organi hisoblanadi. Jamg‘arma kengashining shaxsiy tarkibi Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi. 12. Jamg‘arma kengashi: Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi; Jamg‘armaning chorak yakuni bo‘yicha daromadlari va mablag‘larining xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 13. Jamg‘armaga joriy xizmat ko‘rsatish, uning daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasini tayyorlash, mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini, shuningdek, mablag‘larning hisob va hisobotini yuritish Vazirlikning iqtisodiy tahlil va moliya masalalariga mas’ul boshqarmasi hamda buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 14. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot Vazirlikning hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 15. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 16. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va chet el valyutada jamg‘arib boriladigan g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qoladi. 17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
119
12,276
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida sayg‘aqlarni muhofaza qilish, sonini ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha 2010-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
856
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR, QO‘ShIMChALAR KIRITISh VA BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida” va “Aksionerlik jamiyatlari va aksionyerlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin: b) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”dagi (2-ilova): 3 va 4-bandlar chiqarib tashlansin; 14-band “xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablag‘lari bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga 7-ilova; Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 439-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 42-modda) qarori.
174
1,077
Qonunchilik
BOZORLARDA SIFATSIZ OZIQ-OVQAT TOVARLARI SOTILIShINI BARTARAF ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, iste’mol qilish uchun yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilishining oldini olish, aholi salomatligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek oziq-ovqat tovarlari savdosini tashkil etishda tartib o‘rnatish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yil 10-sentabrdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan un, qand-shakar, mol yog‘i, margarin, quruq sut, bolalar oziq-ovqati, choy, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, go‘sht, baliq va meva-sabzavot konservalari, pishloq, kolbasa mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar bilan chakana savdo qilish, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, muvofiqlik va sifat sertifikatlari, tayyorlangan sanasi va yaroqlilik muddatlari, narxnomalar, tovarlarni saqlash va sotish uchun sanitariya shart-sharoitlari, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi savdo qoidalariga albatta rioya qilingan holda faqat turg‘un savdo korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda aholiga o‘simlik yog‘i, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish terminallari bilan jihozlangan turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi. 2. Mazkur qarorning 1-bandi bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Ichki ishlar vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuklansin. Ushbu qarorning 1-bandi bajarilishi to‘g‘risida 1998-yil 1-noyabrda ma’lumot berilsin. Mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga rioya qilinmaganda, shuningdek, tovarlar savdo qoidalari buzilgan holda sotilganda, ushbu tovarlar savdosi to‘xtatiladi, uning sotuvchilariga nisbatan amaldagi qonunlarga muvofiq qattiq ma’muriy javobgarlik, qonunchilikda belgilangan tartibda tovarni olib qo‘yib keyinchalik uni musodara qilishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llaniladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 29-iyuldagi 373-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M. 3. Usmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
96
2,713
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKSPERIMENTAL HAVO KEMALARINI DAVLAT HISOBIGA OLISh QOIDALARIGA (O‘ZR AQ-46) O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalarini takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2005-yil 7-yanvardagi 3-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi eksperimental havo kemalarini davlat hisobiga olish qoidalari”ga (O‘zR AQ-46) (2005-yil 16-fevral, ro‘yxat raqami 1452) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
150
618
Qonunchilik
Xorazm viloyatida Suv muammolari markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 744-son qarori qabul qilindi. Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib suv resurslarini boshqarish, ularning hisobini yuritish va meliorativ holatini yaхshilash maqsadida Suv хoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm viloyatida tajriba-ishlab chiqarish хoʻjaligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Xorazm viloyati hokimligi, Suv хoʻjaligi vazirligiga ikki oy muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda Markazni malakali rahbar va mutaхassislar bilan ta’minlashni tashkil etish topshirildi. Markazni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
56
1,183
Qonunchilik
Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son hamda “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3876-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoalarga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Patentga layoqatli istiqbolli texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlari (nou-xaular)ni o‘z ichiga olgan tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ruyxatga olish va boshqalarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash, tanlab olish va tijoratlashtirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarining egasi va (yoki) ishlab chiquvchisi; tijoratlashtirish — ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik ish hamda innovatsion ishlanmalar natijalarini iqtisodiy aylanmaga (fuqarolik muomalasi)ga kiritish; ilmiy-texnik va/yoki innovatsion tijoriy loyiha — ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik ish hamda innovatsion ishlanmalar natijalarini tatbiq qilish va tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi); tijorat tashkiloti (startap-kompaniya) — ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun, shu jumladan, davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalari hamda tijorat banklari ishtirokida tuzilgan, rivojlanish bosqichidagi (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxs; kollegial organ — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati; ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tijoratlashtirish va ilmiy texnologiya, ishlanmalar transferi boshqarmasi. 3. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) huzurida yuridik shaxs shakllantirilmagan holda tuziladi. 4. Jamg‘arma mablag‘larini jamg‘arib borish Vazirlikning unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida ochilgan maxsus hisob raqamida amalga oshiriladi. 5. Ushbu Nizom talablari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish tartibiga tatbiq etiladi. 6. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; grantlar va xalqaro moliyaviy institutlar hamda boshqa xorijiy donorlar kreditlari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat natijalarini tatbiq etish, shuningdek, keyinchalik seriyali ishlab chiqarish uchun innovatsion mahsulotning tajriba-sanoat partiyalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etish; yuqori texnologik tadbirkorlik startap-loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali amaliy natijalar olishga qaratilgan ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish; ta’sischilaridan biri ustav fondga o‘z ulushi sifatida intellektual mulk obyektini yoki tayyor texnologiyani kiritish orqali yangi tuzilayotgan tijorat tashkilotining ustav kapitaliga investitsiya qilish maqsadida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish. 8. Vazirlik Jamg‘arma mablag‘larining tasarrufchisi hisoblanadi. 9. Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirishni (birgalikda moliyalashtirishni) tijorat banklari tomonidan qaytarmaslik sharti bilan pul mablag‘lari ajratish orqali amalga oshiradi. 10. Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu Nizomning 7-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanish holatida tijorat banklari pul mablag‘larini yangi tuzilayotgan tijorat tashkilotlari ustav kapitaliga yo‘naltiradi. 11. Loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari Vazirlikka har chorakda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilib borishlari shart. 12. Tijorat banklari pul mablag‘larining ishlatilmagan qismini Jamg‘arma hisob raqamiga qaytarilishini ta’minlashlari shart. 13. Jamg‘arma hisob raqamlarida kalendar yil oxirida qoldiq bo‘lib qolgan pul mablag‘larini hisobdan chiqarib yuborish mumkin emas, ular budjetdan tashqari hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. 14. Loyiha ko‘rib chiqilishi uchun ariza beruvchi Vazirlikka yozma murojaat qiladi va ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxatdagi zarur hujjatlarni taqdim etadi. 15. Ishchi organ besh ish kuni davomida o‘rganib chiqishni hamda 1-ilovada ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ro‘yxati bilan birga ariza beruvchilar tomonidan taqdim qilingan loyihalarning mavzularga muvofiqligi bo‘yicha dastlabki tahlilni amalga oshiradi, ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan talablarga muvofiq dastlabki tanlovni o‘tkazadi va ularni tijorat banklariga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiradi. Loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri yoki ishchi guruh faoliyatiga javobgar hisoblangan vazir o‘rinbosari imzolagan xat bilan birga tijorat banklariga yuboriladi. 16. Loyiha bo‘yicha ariza beruvchi hujjatlarda taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi. 17. Tijorat banklari besh ish kuni mobaynida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga mo‘ljallangan loyihalar bo‘yicha mustaqil ekspertiza o‘tkazadi. 18. Tijorat banklari loyihalar ekspertizasi natijalariga ko‘ra ajratiladigan pul mablag‘larining miqdorini belgilaydi hamda loyihaning Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishga qaror qilinishi bo‘yicha yoki loyihani moliyalashtirish rad etilishining aniq sabablarini, shuningdek, ularni bartaraf etish choralari va muddatlarini ilova qilgan holda asosli xulosa taqdim etadilar. 19. Zaruriy ichki tartib-taomillardan o‘tkazilgandan so‘ng loyiha ma’qullangan taqdirda tijorat banki Jamg‘arma mablag‘i ishlatilishi orqali loyihaga moliyalashtirish ochilganligi bo‘yicha asoslangan xulosasini ilova qilgan holda arizani Vazirlikka kiritadi. Buyurtmanoma tijorat bankining maxsus blankasida rasmiylashtiriladi hamda tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. 20. Pul mablag‘lari ajratilishi uchun asoslar yetarli darajada emas deb topilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan ariza beruvchiga va ishchi organga rad etilish sabablari keltirilgan holda rad etish haqida yozma xabarnoma yuboriladi. 21. Kollegial organ besh ish kun davomida ariza hamda unga ilova qilingan tijorat banki xulosasini ko‘rib chiqadi. 22. Buyurtmanoma hamda tijorat banki xulosasini ko‘rib chiqish natijalaridan kelib chiqib kollegial organ loyihani Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Kollegial organ qarori uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan majlis bayoni tarzida rasmiylashtiriladi. 23. Loyihalarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida qabul qilinadi. 24. Ishchi organ kollegial organ bayoni rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki kun ichida qaror qabul qilinganligi haqida ariza beruvchi hamda tegishli tijorat bankini xabardor qiladi. 25. Kollegial organ tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin tijorat banki uch ish kuni davomida buyurtmanomada hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha Vazirlik bilan kelishuv tuzadi. 26. Quyidagilar baholashning va loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi: taklif qilinayotgan mahalliy hamda chet el loyihasining dolzarbligi — zamonaviy muammolar va masalalarga yechim topa olishi uchun loyihada aks etgan g‘oyaning qiymati baholanadi; loyihaning innovatsion yo‘naltirilganligi — taklif etilishiga ko‘ra loyihada yangi, sayqallashtirilgan, oldin respublikada qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) tashkiliy prinsiplardan foydalanilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, yangi, oldin respublikada ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish (yoki yaratish), shuningdek, yangi xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart; loyihaning erisha oladigan natijadorlik ko‘rsatkichi — loyiha natijalariga erishishga qaratilgan masalalarni echish uchun taklif etilayotgan uslub va yo‘llarning mavjud, asosli hamda yetarli ekanligi baholanadi; bozorda mahsulotga talabning mavjudligini baholash — mahsulotning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi; loyihaning tijoratlashtirish istiqbollari — kelajak mahsuloti tatbiq etilish va bozorga chiqish, muayyan iste’molchi tomonidan qabul qilinish istiqboliga ega bo‘lishi shart; loyihaning salohiyatli raqobat ustunligini baholash — iste’molchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analogiga nisbatan ustunligi mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanadi; loyihaning investitsion jozibadorligi — qo‘shimcha foyda keltiruvchi hamda qo‘yilgan sarmoyaning o‘zini qoplay olmaslik tavakkalchiligini kamaytiruvchi maqbul investitsion va innovatsion shartlar va qulayliklar jamlanmasi; loyihaning iqtisodiy samaradorligi — uning bevosita ishtirokchilari uchun loyihaning amalga oshirilishidan kelgan moliyaviy natijalarni ham o‘z ichiga olgan holda iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida hosil bo‘lgan moliyaviy oqibatlarni aks ettiruvchi budjet samaradorligi. 27. Zarurat bo‘lganda ishchi organ ariza beruvchidan loyihaning dastlabki tanlovi uchun qo‘shimcha ma’lumot so‘rash huquqiga ega. 28. Ishchi organ loyihalarni mustaqil baholashni o‘tkazish uchun mustaqil ekspertlar, mutaxassislar hamda olimlarni jalb etishga haqli. 29. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriluvchi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash hamda tanlab olish tartibi ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Loyihalarni amalga oshirish hamda ijrosining borishi monitoringi tijorat banklari, ishchi organ, tegishli (tarmoq) vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi. 31. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash; davlat boshqaruv organlari, loyihalarning boshqa ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning o‘z vaqtida yechimini topish yuzasidan javobgarlikni oshirish; barcha bosqichlarida loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va o‘rganish, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish; loyihalarni ularni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan hajm va muddatlarga qat’iy amal qilgan holda o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlashni nazorat qilish. 32. Loyihalar tashabbuskorlari har chorakda loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda erishilgan natijalar bo‘yicha ishchi organga axborot taqdim etadi. 33. Monitoring natijalari har chorakda Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 34. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat ishlanmalarining natijalarini qo‘llash orqali yaratilgan (bajarilgan, ko‘rsatilgan) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan shartnoma asosida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish; tijorat tashkiloti tuzish natijasida ustav fondiga ta’sischilardan biri o‘z ulushi sifatida intellektual mulk obyektini yoki tayyor texnologiyani kirituvchi muallif (mualliflar) hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin; yaratilgan intellektual mulk obyektlarini uchinchi shaxsga egalik huquqini o‘tkazishda hamda litsenzion shartnomalar tuzish orqali ushbu obyektlardan foydalanishni taqdim qilish, shu bilan birga, ushbu huquqlar egalari tomonidan ularni keyinchalik tijoratlashtirish sharti bilan; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan. 35. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalariga egalik huquqi egalari ushbu Nizomning 34 bandida ko‘rsatilgan barcha usullar orqali ularni tijoratlashtirish uchun foydalanishga haqlidir. 36. Davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalariga, shu bilan birga boshqa shaxslar bilan birgalikda faoliyati ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini amaliy qo‘llash (tijoratlashtirish)dan iborat bo‘lgan tijorat tashkilotlari (startap-kompaniyalar) tuzishga ruxsat beriladi. 37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat subyeklari tomonidan olingan intellektual mulk obyektlariga huquq davlatning ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, davlat boshqa muassasalari nomidan, agar intellektual mulk obyektlari muallif (mualliflari) bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, davlatga tegishli bo‘ladi. 38. Davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti ustav kapitaliga ulush sifatida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq qo‘yilishi mumkin. 39. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti tuzilganligi haqida xabarnoma uning ta’sischilari tomonidan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yetti ish kuni ichida Vazirlikka yuboriladi. 40. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa subyektlari tomonidan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti ustav kapitaliga ulush sifatida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq bilan bir qatorda boshqa mulklar ham kiritilishi mumkin. 41. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalaridan foydalanish orqali hamda ushbu natijalarga bo‘lgan mutlaq huquqlarni tasarruf etishdan kelgan daromad davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining mustaqil tasarrufiga o‘tadi. 42. Tijorat banklari va Jamg‘arma mablag‘lari oluvchilari Jamg‘arma taqdim etgan mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 43. Vazirlik Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishning doimiy monitoringini belgilangan tartibda yuritadi. 44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari (keyingi o‘rinlarda ITFN deb ataladi) ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi (keyingi o‘rinlarda muassasa deb ataladi) mualliflar va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot (keyingi o‘rinlarda bir martalik mukofotlar deb ataladi) to‘lash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tijoratlashtirish — ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik ish hamda innovatsion ishlanmalar natijalarini iqtisodiy (fuqarolik) aylanmasiga kiritish; komissiya — muassasa rahbari buyrug‘i bilan ITFN ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan muassasalardagi mualliflar va ilmiy jamoaga bir martalik mukofot tayinlash uchun tuziladi; intellektual mulk obyektlari — ilm-fan, adabiyot, san’at, ijro, fonogramma, efir yoki kabel eshittirishi, ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash dasturlari, ma’lumotlar bazasi, e’lon qilinmagan ma’lumotlar, shuningdek, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau), tovar belgilari, firma nomlanishlari, mahsulotning kelib chiqish joylari nomlari va intellektual faoliyatning qonunda ko‘zda tutilgan boshqa natijalari; muallif — ijodiy ish orqali ITFN yaratgan jismoniy shaxs; ilmiy jamoa — muayyan bir ilmiy masalalar (savollar)ga yechim topish ustida birgalikda ishlayotgan, shuningdek, ITFNni ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etayotgan mutaxassislar (tadqiqotchilar) jamoasi. 3. ITFN dan foydalanish deganda ishlab chiqarish jarayonida, unga xizmat ko‘rsatish va boshqarish, shuningdek, ITFN dan foydalanish huquqini shartnoma asosida o‘tkazishda nazarda tutilgan natijalardan foydalanish tushuniladi. 4. ITFNning ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisob raqamiga tushayotgan mablag‘lar hisobiga va doirasida amalga oshiriladi. 5. ITFNni ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash tartibi ushbu Nizom ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 6. Bir martalik mukofot tayinlash uchun har bir hisobot yili tugagandan keyin uch oy ichida muassasa rahbari buyrug‘i bilan ushbu muassasaning javobgar shaxslaridan iborat, tarkibi besh kishidan kam bo‘lmagan komissiya tuziladi. Uning tarkibiga komissiya raisi, a’zolari va kotibi kiradi. 7. Muassasa rahbari buyrug‘i qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida komissiya bir martalik mukofotni mualliflar (hamualliflar) hamda mukofot to‘lanadigan shaxslar tarkibi o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qiladi. Komissiya qarorlari rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. 8. Komissiya qarori komissiya a’zolarining umumiy sonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar soni teng bo‘lsa, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 9. Bir martalik mukofotni to‘lash quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi: Intellektual mulk obyektlari mualliflariga — muassasa tomonidan tegishli patent olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida muassasaning budjetdan tashqari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida; ITFNning ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisob raqamiga tushayotgan mablag‘larning soliqlar, yig‘imlar (bojlar) va boshqa to‘lovlar to‘langandan keyin muassasa tasarrufida qolgan qoldiq summaning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida. ITFNning ishlab chiqilishi hamda tijoratlashtirilishida ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi mualliflar va ilmiy jamoaga bir martalik mukofot to‘lovi ITFN ishlatilgan har bir hisobot yili yakuni bo‘yicha ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisob raqamiga mablag‘lar tushganidan keyin uch oy mobaynida to‘lanadi. Agar ITFN bir qancha mualliflarning birgalikdagi ijodiy ishi mahsuli bo‘lsa, bir martalik mukofot teng qismlarda mualliflarga to‘lanadi, agar ular o‘rtasida shartnoma orqali boshqacha taqsimlash ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. 10. Bir martalik mukofot muassasa ishchilariga ham, shartnoma asosida ishlayotgan xodimlariga ham to‘lanadi. 11. Bir martalik mukofotni mualliflar (hammualliflar) hamda mukofotlanadigan shaxslar tarkibi o‘rtasida taqsimlash komissiya qaroriga asosan, muassasa rahbari buyrug‘i asosida belgilanadi. 12. Quyidagilar ITFNdan foydalanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi: Mahsulot ishlab chiqarishda, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarda ITFN dan foydalanganlik to‘g‘risida, ITFN bo‘yicha ma’lumotlardan tashkil topgan texnik hujjatlar asosida tuzilgan dalolatnoma; ITFN dan foydalanish huquqini berish uchun shartnoma. 13. ITFN dalolatnomada ko‘rsatilgan sana yoki undan foydalanish huquqini berish uchun shartnoma tuzilgan sanadan foydalanilayotgan hisoblanadi. 14. Bir martalik mukofotni tayinlash va to‘lash bo‘yicha qaror komissiyaning ijobiy hulosasi olingandan keyin uch ish kuni davomida muassasa rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 15. Muassasalar ushbu Nizomga asosan, ushbu Nizom muvofiq, shuningdek, o‘zining qo‘shimcha taqsimlanmagan foydasi hisobiga to‘lanadigan mukofotlash tartibi va miqdorlari shartlarini ko‘zda tutuvchi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadigan o‘zining mustaqil nizomlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunda, ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yangi talab va qoidalarni belgilash taqiqlanadi. 16. Muassasa rahbariga va komissiyaga bir martalik mukofotni o‘z vaqtida va asosli tayinlash yuzasidan javobgarlik yuklanadi. 17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom Fuqarolik kodeksi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq patentga layoqatli texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlari (nou-xaular)ni o‘z ichiga olgan, tijorat siri rejimida himoya qilinadigan intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ruyxatga olish va boshqalarga o‘tkazib berish tartibini belgilaydi. 2.Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tijorat siri — uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi; intellektual mulk obyektlari — ilm-fan, adabiyot, san’at, ijro, fonogramma, efir yoki kabel eshittirishi, ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash dasturlari, ma’lumotlar bazasi, e’lon qilinmagan ma’lumotlar, shuningdek, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau), tovar belgilari, firma nomlanishlari, mahsulotning kelib chiqish joylari nomlari va O‘zbekiston Respublikasining intellektual faoliyatning qonunda ko‘zda tutilgan boshqa natijalari (keyingi o‘rinlarda IFN deb ataladi); tijorat siri rejimi — tijorat siridan foydalanishni cheklaydigan huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa chora-tadbirlar tizimi; tijorat sirini tashkil qiluvchi IFNni boshqalarga o‘tkazib berish — shartnomaga asosan ma’lumotlar maxfiyligini himoya qilish choralarini ko‘rish shartlarini o‘z ichiga oluvchi shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarda va hajmda tijorat siri rejimida himoya qilinadigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) IFNlarini manfaatdor shaxslarga o‘tkazib berish; tijorat sirini tashkil qiluvchi axborotni oshkor etish — tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning uchinchi shaxslarga bunday axborot mulkdorining yoki konfidentning roziligisiz yoxud mehnat shartnomasi (kontrakt) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaga xilof ravishda, mumkin bo‘lgan har qanday shaklda (og‘zaki, yozma, boshqa shaklda, shu jumladan texnika vositalaridan foydalangan holda) ma’lum bo‘lib qolishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik. 3. Ushbu Nizomning amal qilishi tijorat sirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar egasining roziligisiz har qanday shaxs uchun foydalanish imkoniyatini bekor qilishga, shuningdek, shunday ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqatishni to‘xtatishga qaratilgan. 4. Tijorat siri rejimida himoya qilinadigan IFNlarga quyidagilar kiradi: intellektual faoliyat jarayonida olingan obyektlar; ilmiy-texnik natijalar, muhandislik-texnik yechimlar, uslublar, texnologik jarayonlar, o‘quv metodikalari, qurilmalar, moddalar va shtammlar va boshqalar bo‘yicha ma’lumotlar; tematik rejalar, tanlov arizalari hamda davlat shartnomalari, dasturlar, loyihalar, grantlar bo‘yicha texnik topshiriqlar; EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, integral mikrosxemalar topologiyalari; IFN ni patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha berilmagan buyurtmanomalar; e’lon qilinmagan ma’lumotlar, shu jumladan birga ishlab chiqarish sirlari (nou-xau); mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish sohasidagi bilim va tajribalar, bozor konyunkturasi haqida ma’lumot, marketing tadqiqotlar natijalari; texnik, texnologik, tijoriy, metodologik va tashkiliy-boshqaruv hujjatlari; ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar va boshqa xizmat hisobotlari. 5. Tijorat siri rejimida qonuniy himoya ostida bo‘lgan IFNni oshkor qilish bo‘yicha javobgarlik, tashkilotlar va ilmiy-texnik kengashga tegishli shaklda ularni taqdim qilish tashkilotlarning bevosita IFNlarni yaratish yoki foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda intellektual mulk masalalari bo‘yicha bo‘linma deb ataladi) rahbarlariga yuklanadi. 6. Tashkilotlarning ilmiy-texnik kengashida olingan intellektual faoliyat natijalarini realizatsiya qilish va keyinchalik foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. IFNning muhim ahamiyatliligi yoki istiqbolli tijorat qiymati mavjudligi holatida tashkilotning tijorat siri rejimida ularning huquqiy himoyasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi. 7. IFN ning tijorat siri rejimida saqlanishi bo‘yicha qaror, shuningdek unga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati ilmiy-texnik kengash qaroriga asosan tashkilotning fan va innovatsiyalar bo‘yicha rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 8. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN, shuningdek, undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tashkilotning intellektual mulk masalalari bo‘yicha bo‘limida saqlashga beriladi. Bunda IFN uzoq vaqt saqlash va ma’lumotlarni ishga tushirishga yaroqli quyidagi shakllardagi ma’lumotlar material manbaiga joylashtirilgan bo‘lishi shart: nashr etilgan shakldagi qog‘ozli manbada; tegishli ma’lumot manbalaridan (lazer disklari, flesh-kartalar v.b.) foydalangan holda elektron shaklda; ma’lumotni uzoq vaqt saqlaydigan boshqa shakllarda. 9. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN titul varaqda chop etilgan shaklda yoki boshqa saqlash shakllarida ifodalanadigan “tijorat siri” grifi bilan belgilanadi. Tashkilotning intellektual mulk masalalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari IFNni saqlashga javobgar bo‘ladi va quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: ruxsat berish ro‘yxatiga qat’iy amal qilgan holda IFNdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi; zarurat bo‘lganda IFNning chegaralangan miqdordagi nusxalarini tayyorlaydi; IFNdan foydalanish imkoniyati yoki uning nusxalari hisobi jurnalini yuritadi. 10. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN hisobi IFNning yagona reyestrini yuritish (reyestrda IFN nomlanishi, IFN muallifi, IFNning yaratilish vaqti to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettiriladi). 11. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNni hisobga olish bir yilda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. 12. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNhisobi IFN yaratilgan (saqlangan, foydalanilgan, qo‘llanilgan) joyning o‘zida amalga oshiriladi. 13. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN hisobi yuritilishi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) belgilangan tartibda har yili 15-dekabrdan kechikmasdan taqdim etiladi. 14. Intellektual mulk obyektlari tarzida tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNni hisobga olish yakunlari monitoringi Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. 15. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN lardan foydalanishning, tasdiqlangan ruhsat berish ro‘yxati muvofiq shaxslar tomonidan tanishtirilishdan tashqari har qanday ko‘rinishi tashkilotlarning fan va innovatsiyalar bo‘yicha rahbari yoki rahbar o‘rinbosari farmoyishi asosida amalga oshiriladi. 16. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNning boshqalarga o‘tkazilishi tomonlarning yozma shartnomasiga asosan tashkilotlarning mulkiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shartnomada qabul qilgan tomonning berilgan ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash majburiyati aks etgan bo‘lishi shart. 17. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNga bo‘lgan huquqni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 18. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN maxfiy ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Tashkilotning IFNdan foydalanish imkoniyatiga ega xodimlari quyidagi yo‘llar bilan ularning himoyasini ta’minlashi shart: IFNdan foydalanishni tashkilotning IFNga bevosita aloqasi bo‘lmagan xodimlari va begona shaxslar uchun cheklab qo‘yish (shu jumladan ma’lumotlarni moddiy manbalarda zarur darajada saqlashni yuklab qo‘yishni tashkil etish orqali); Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFNga taalluqli ma’lumotlarni ommaviy vositalarda, ma’ruzalarda, hujjatlarda, ko‘rgazmalarda, tashkiliy-texnik muzokaralarda tashkilotlarning ruxsatisiz oshkor qilmaslik. 19. Tijorat siri rejimida saqlanadigan IFN ning boshqa tashkilot bilan shartnoma asosida ishonch bilan topshirilgan tashkilot tomonidan himoya qilinishi tashkilotning IFNni himoya qilish tartibiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. 20. IFN ning ichida bo‘lgan maxfiy ma’lumotni tarqatish qonunchilikning buzilishi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
140
30,937
Qonunchilik
Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida
1-modda. 30-iyul Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilansin. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
46
133
Qonunchilik
Yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (roʻyхat raqami 2439-6, 20.08.2018 yil) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻlovchi toʻgʻrisida ma’lumot yuridik shaхsga tegishli boʻlgan umumiy yer maydoni boʻyicha gektarda koʻrsatiladigan ma’lumotlar bilan toʻldirildi. Qishloq хoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlmagan yerlar uchun toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobiga 1-ilova qurilishi tugallanmagan ob’yektlar bilan band boʻlgan yer maydonlari boʻyicha koʻrsatkichlar aks ettiriladigan uchta ustun bilan toʻldirildi. Bunday ob’yektlar boʻyicha yer soligʻi uch baravar stavkada toʻlanadi (Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismi). Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning II choragidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan yuridik shaхslar ham yer soligʻini toʻlaydigan boʻldilar. Ular Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari (Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi arхitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi oʻrniga tashkil etilgan, 2.04.2018 yildagi PF-5392-son Farmonning 2-bandi) tomonidan aniqlangan yer uchastkalari boʻyicha yer soligʻini Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismida belgilangan tartibda toʻlaydilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi. Irina Aхmetova.
47
1,369
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-noyabrdagi PQ-1426-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin. 1. 1-banddagi “oliy” so‘zidan keyin “oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari qo‘shilsin. 2. 4-banddagi “standartlari” so‘zidan keyin “va davlat talablari” so‘zlari qo‘shilsin. 3. 7-banddagi “hamda o‘tkaziladi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 9 yilda, boshqa ta’lim muassasalari 5 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi tarkibida filiallar va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim turi mavjud bo‘lsa, ularning attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasining asosiy ta’lim faoliyati attestatsiyasi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi”. 5. 10-bandda: “g” kichik bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti orqali hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati”; quyidagi mazmundagi “g1” kichik band qo‘shilsin: “g1) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida: davlat talablarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi; doktorlik dissertatsiyasi mavzulari va bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning respublika ilmiy-texnik hamda texnologik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; ilmiy maslahatchilar tarkibining sifat ko‘rsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari; kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbol rejaning ustuvor yo‘nalishlarga mosligi; ta’limni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda, shuningdek xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati; ilmiy-eksperimental, moddiy-texnik bazaning holati; katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar; katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy ta’lim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli bo‘lim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi; katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borilishi holati; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish holati; doktorlik dissertatsiyalari doirasida olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etish holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi”. 6. 12-banddagi “mezonlari va texnologiyalarini” so‘zlari “mezonlarini” so‘zi bilan almashtirilsin. 7. 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat test markazida attestatsiyadan o‘tuvchi ta’lim muassasasi uchun attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar yig‘ma jildi yig‘iladi. Unda: Komissiya tuzish haqidagi buyruq (qaror)”. 8. 15-bandning birinchi xatboshidagi “(keyingi o‘rinlarda — Komissiya)lari” so‘zlaridan keyin “mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tuziladi va” so‘zlari qo‘shilsin. 9. 16-banddagi “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunuvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. 17 va 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga mos ravishda ta’lim muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, ta’limni boshqaruv bo‘yicha vakolatli davlat organlarining mas’ul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari va tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi hamda ular attestatsiya qilinayotgan ta’lim muassasalariga aloqador bo‘lmasligi lozim. Komissiya Davlat test markazi tomonidan tuzilib, unga Davlat test markazi xodimi rahbarlik qiladi. 18. Komissiya a’zolarining xizmat safarlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyasi a’zolarining xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi”. 11. 26-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi”. 12. 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “28. “Attestatsiyadan o‘tdi” va “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilgan o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish uchun bir yil muddat beriladi va ushbu muddat tugagandan so‘ng bu ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi”. 13. 29-banddagi “ta’lim yo‘nalishlari” so‘zlari “ta’lim (tayyorlov) yo‘nalishlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. 31-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan nodavlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga ko‘chirish masalasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”. 15. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “36. Oliy ta’lim muassasalarining qayta attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etilgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi”. 16. Quyidagi mazmundagi 371 — 376-bandlar qo‘shilsin: “371. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasida kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan o‘tgan taqdirda, mazkur muassasa ushbu ta’lim turi bo‘yicha “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etiladi. 372. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklarini oxirgi 3 yilda bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan doktorlik dissertatsiyasi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganlar soni 10 foizdan kam bo‘lsa ixtisoslikka nisbatan “Attestatsiyadan o‘tmadi” degan qaror qabul qilinadi. 373. “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining attestatsiyadan o‘tmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi. 374. Qayta attestatsiya natijalariga ko‘ra “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilgan ixtisosliklarga qabul to‘xtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni to‘xtatish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga yuboriladi. 375. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilganda: oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha qabul to‘xtatiladi; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi tugatiladi (nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun); oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun) masalasi ko‘riladi; ta’lim olayotganlar ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan boshqa turdosh ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi. 376. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy yoki ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin”. 17. 38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “MOMning davlat talablari va Ustavida belgilangan vazifalari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik va o‘quv-laboratoriya ta’minoti, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, ishlab chiqarish bilan integratsiya va xalqaro hamkorlik bo‘yicha faoliyati Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar bilan baholanadi. Mezonlar asosida MOMda mavjud kurslarning 75 va undan ko‘p foizi attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan o‘tdi”, 55 foizdan 75 foizgacha attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan shartli o‘tdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan o‘tsa, MOM “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi”. 18. Quyidagi mazmundagi 381-382-bandlar qo‘shilsin: “381. “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” deb e’tirof etilgan ta’lim muassasalarining davlat akkreditatsiyasi qayta attestatsiya o‘tkazilgunga qadar uzaytirilgan hisoblanadi. 382. Qayta attestatsiya natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasiga nisbatan “Attestatsiyadan o‘tdi” yoki “Attestatsiyadan o‘tmadi” degan qarorlardan biri qabul qilinadi”. 19. 43-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi”. 20. 46-banddagi “standartlari” so‘zidan keyin “va davlat” so‘zlari qo‘shilsin. 21. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari Davlat test markazida hisobga olinadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ta’lim muassasalari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda, tugatilganda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan, nodavlat ta’lim muassasalari tugatilganda ta’sischilari tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarining ta’lim muassasalari filiallari akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni asosiy ta’lim muassasasidan olgandan so‘ng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etishi shart. Davlat test markazi ushbu hujjatlar asosida davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi”.
159
12,410
Qonunchilik
“VILOYaTLAR, NOHIYALAR VA ShAHARLARNING HOKIMLARI HAMDA ULARNING HOKIMIYAT VAKILLIK IDORALARI — XALQ DEPUTATLARI KENGAShLARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA”GI MUVAQQAT NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: 1. “Viloyatlar, nohiyalar va shaharlarning hokimlari hamda ularning hokimiyat vakillik idoralari—xalq deputatlari Kengashlari bilan o‘zaro munosabatlari asoslari to‘g‘risida”gi Muvaqqat nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. “O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari to‘g‘risidagi”gi Muvaqqat nizomning 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1989-yil 29-dekabrdagi 3761—XI sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari oblast, rayon, shahar, shahardagi rayon Sovetlarining Prezidiumlari, shahar (rayonga bo‘ysunuvchi shahar) posyolka va qishloq Sovetlarining raislari to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, № 1, 1990-yil 10-yanvar, 7-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. “O‘zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom viloyatlar, nohiyalar va shaharlar hokimlarining maqomini va ular faoliyatining huquqiy asoslarini, ularning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilab beradi. 1. Viloyat, nohiya va shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi tegishli ma’muriy-hududiy birligining oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladi hamda o‘z qaramog‘idagi hududda davlat, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi. 2. Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vakili bo‘lib, uni Prezident tayinlaydi va ozod etadi, uni xalq deputatlari viloyat Kengashi shu Kengash barcha deputatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlaydi. 3. Nohiyalar va shaharlarning, Toshkent shahridagi nohiyalarning hokimlarini tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishib tayinlaydi va ozod qiladi hamda uni xalq deputatlari tegishli nohiya, shahar Kengashi shu Kengash barcha deputatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlaydi. 4. Shaharlardagi nohiyalarning hokimlarini tegishli shahar hokimi tayinlaydi va uni xalq deputatlari tegishli shaharlardagi nohiya Kengashi shu Kengash deputatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlaydi. 5. Viloyat, nohiya, shahar hokimligiga va uning o‘rinbosarligiga tegishli Kengashning deputati ham, bu Kengash deputati bo‘lmagan boshqa shaxs ham tayinlanishi va tasdiqlanishi mumkin. 6. Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashiga hisob berib turadi. 6.1. Nohiya va shahar hokimi o‘zidan yuqori pog‘onada turuvchi hokimga va xalq deputatlari tegishli Kengashiga hisob berib turadi. 7. Viloyat, nohiya va shahar hokimi o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik qoidalari asosida amalga oshiradi, ijroiya-boshqaruv idoralarining qarorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javob beradi. 7.1. Hokim Kengash rayosati va ijroiya komitetining, Kengash raisining huquqiy vorisidir, ularning vakolatlari hokim vazifasiga kirishgach to‘xtatiladi. 7.2. Hokim vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyati idoralariga rahbarlikni ta’min eta borib: — O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va respublika Prezidentining farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining yuqori turuvchi va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini ijro etish choralarini ko‘radi; — tegishli ma’muriy-hududiy birlik budjetining, ana shu birlikni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining loyihalarini, budjetdan tashqari jamg‘armalar va valyuta jamg‘armalari smetalarini, viloyat, shahar, nohiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, tabiiy boyliklar va kommunal mulkdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bilan bog‘liq qarorlarni tasdiqlash uchun xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi; — respublikada va chet ellarda viloyat, nohiya, shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi; o‘z vakolatlari doirasida respublikadagi boshqa mintaqalarning tegishli huquqlar berilgan vakillari bilan hamda respublika hukumati vakolatiga muvofiq boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishga haqli; — o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda o‘zi rahbarlik qilayotgan ijroiya-boshqaruv idoralarining ishi to‘g‘risida tegishli Kengashga har yili hisobot taqdim etadi; — yuqori turuvchi respublika idoralari bilan kelishib, xalq deputatlari Kengashi tasdiqlangan budjet va mahalliy xo‘jalik boshqaruv sxemasi doirasida ijroiya-boshqaruv idoralarining tuzilishi va shtatini belgilaydi hamda o‘zgartiradi; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda hokimning birinchi o‘rinbosarini va o‘rinbosarlarini tayinlab, keyinchalik xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi; — yuqori pog‘onadagi hokim bilan kelishilgan holda nohiyalar, shaharlar va shaharlardagi nohiyalar hokimlarining o‘rinbosarlarini tayinlab, ularni keyinchalik xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi; — tegishli Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun masalalar taklif etadi; — xalq deputatlari Kengashi qarorlarini imzolaydi. Tegishli Kengash qarorlarini ular qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta ichida rad etishga va qarorni qayta ko‘rib chiqish uchun tegishli Kengashga qaytarishga haqlidir. Basharti, qayta ko‘rib chiqish chog‘ida ushbu Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismi ilgari qabul qilingan qarorni tasdiqlasa, u holda hokim qarorni imzolaydi; — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan xalq deputatlari Kengashlari ijroiya-boshqaruv idoralari ixtiyoriga berilgan boshqa masalalarni hal etadi. 8. Hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari hokimiyatning vakillik idoralari hisoblanadilar hamda umumdavlat manfaatlarini va Kengash hududida yashaydigan fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlagan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etadilar. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlarining faoliyatiga rahbarlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalar muhokamasida qatnashadilar. 8.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyalari tegishli hokim tomonidan zaruratga qarab ammo, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Hokimning sessiya chaqirish to‘g‘risidagi qarori unda muhokama etiladigan masalalarini ko‘rsatgan holda sessiya ochilishidan kechi bilan ikki hafta oldin aholi e’tiboriga yetkaziladi. Hokim Kengashning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishga haqlidir, bu haqda o‘z qarorini u sessiya ochilishidan kechi bilan uch kun oldin e’lon qilishi lozim. 8.2. Xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlarining hokim faoliyati bilan hamda vakillik hokimiyati vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy vakolatlari sirasiga: — hokim taqdimiga ko‘ra budjetni va uning ijrosi haqidagi hisobotni, nohiya, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini, undagi qurilishlar bosh rejasini va qoidalarini tasdiqlash; — mahalliy soliqlar, yig‘imlar va bojlar miqdorini belgilash, budjetga tushadigan soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar belgilash; — mahalliy xo‘jalik sohasida narx-navo siyosatini belgilash; — yer islohoti o‘tkazish yuzasidan normativ hujjatlarni tasdiqlash; — aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va mollarni norma asosida taqsimlashni joriy etish; — korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish hamda qo‘shimcha ish joylari yaratish maqsadida ularga imtiyozlar va yengilliklar belgilash; — mahalliy so‘rov o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; — ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan hollarda hokimning qarorlari va farmoyishlarini tasdiqlash; — ushbu Nizomda belgilangan tartibda hokimni lavozimga tasdiqlash, hokimning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish kiradi; — xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan o‘zlarining ixtiyorlariga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadilar. 9. Kengash va uning idoralari faoliyatini tashkil etish masalalarini, shuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muammolarini muhokama qilish uchun hokim Maslahat Kengashi tashkil etadi, bu Kengash tarkibiga hokimning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari kiradilar. Hokimning qarori bilan Maslahat Kengashi tarkibiga aholi turli ijtimoiy qatlamlarining xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari jumlasiga kiruvchi vakillari qo‘shilishi mumkin. Maslahat Kengashining majlislari hokim tomonidan zarurat tug‘ilishiga qarab chaqiriladi va hokim yoki uning topshirig‘iga binoan o‘rinbosarlaridan biri tomonidan o‘tkaziladi. Barcha masalalar yuzasidan uzil-kesil qarorni hokim qabul qiladi. 10. Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 10.1. Hokimning amaldagi qonunlarga muvofiq qabul qilgan qarorlari va farmoyishlarini bajarish shu Kengash qaramog‘idagi hududda joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyatlar va birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. 10.2. Viloyat va Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari amaldagi qonunlarga muvofiq kelmagan taqdirda, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi bekor qilishi mumkin. 10.3. Nohiya yoki shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari amaldagi qonunlarga muvofiq kelmagan taqdirda, ularni yuqori pog‘onada turuvchi hokim yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi bekor qilishi mumkin. 11. Xokim va xalq deputatlari Kengashi faoliyatini ta’minlash uchun hokimning ijrochi apparati tuziladi, u faoliyat ko‘rsatib kelgan Kengash Kotibiyati va ijroiya qo‘mitasining vazifalarini bajaradi. Hokim apparati – Kotibiyatining shtatlar jadvali Vazirlar Mahkamasining Hokim apparatidagi xodimlarning eng ko‘p soni hamda apparatning namunaviy tarkibi haqidagi qaroriga muvofiq tasdiqlanadi. 12. Kengashning tugatilayotgan ijroiya qo‘mitasi bo‘limlari va boshqarmalari hokimning tezkor bo‘ysunuviga o‘tadi.
210
10,285
Qonunchilik
Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat budjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. G‘aznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin: Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisob raqamida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; G‘aznachilikning, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga to‘lash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish; budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘lar oluvchilarning shartnomalar tuzishi doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun shakllanayotgan narxlar monitoringi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlik qilish; xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash; Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish; O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish. davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish; xo‘jalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish. budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini ta’minlash; valyuta mablag‘lari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan to‘lovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash; valyuta mablag‘larini boshqarish, chet el valyutasidagi mablag‘larni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish. 3. G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, g‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari tuzilmasiga g‘aznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni va moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 4. Quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi; G‘aznachilik xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; ikki hafta muddatda — moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin; ikki hafta muddatda — g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin; ikki oy muddatda — Davlat budjeti g‘azna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi; budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; tashkilotlar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra g‘aznachilik tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda to‘lash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Moliya vazirligining takliflari bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq to‘lashni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin. 7. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini ko‘rsin. 8. Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari g‘aznachilikka berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablag‘lari oluvchilarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Toshkent shahar, Istiqlol ko‘chasi, 29-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy me’yoriy hujjatlarning mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
92
9,091
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovga “Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun transport-logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovga “Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish uchun transport-logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maxkamovga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
978
Qonunchilik
Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Prezidentning 28.06.2021 yildagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-5165-son qarori qabul qilindi. U bilan Oʻzbekiston Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. U Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning 2021 yil 30 martda Toshkent shahriga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan. Bitim savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq хoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, turizm va atrof muhitni muhofaza qilish sohalarida, shuningdek oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga koʻmaklashadi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. TIVga Oʻzbekiston tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani Vengriya tomoniga yuborish topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
55
1,081
Qonunchilik
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi: ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyalarining shaxsiy tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasinlar; 2003-yil 1-oktabrgacha ushbu qaror talablariga muvofiq yuridik shaxslarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziyalar berilishini ta’minlasinlar. 3. Belgilab qo‘yilsinki, belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda belgilangan muddatlarda litsenziya olmagan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) huquqidan qonun hujjatlariga muvofiq mahrum qilinadilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri F.G‘. Nazirov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A. Almatov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash bundan mustasno. 2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Litsenziyalovchi organda litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborat-tahlil markazi vakili kiritiladi. Ekspert komissiyasi majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish (berish), taqsimlash va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish va saqlash; tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish va saqlash. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalanish litsenziyasiz amalga oshiriladi. 5. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning bir necha turini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganda litsenziyada ushbu faoliyatning har qaysi turi ko‘rsatilishi kerak. 6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. 7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyani yoki litsenziya bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. 8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish; yuridik shaxs shtatida tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjud bo‘lishi; litsenziyalanadigan faoliyatning aniq turini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etish; litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan litsenziya talabgorida mavjud bo‘lishi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va ularning tranzitini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda BMTning tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan ishlab chiqarishning texnologiya reglamentlariga ko‘ra belgilangan kvotalar doirasida RD O‘z-19-01-96 (Dorivor vositalar ishlab chiqarishni va ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalari) talablariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish; litsenziyada va litsenziya bitimida ko‘rsatilgan faoliyatni, shuningdek litsenziya bitimida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha amalga oshirish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, tashish xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va vakolatli organ tomonidan berilgan ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish. 9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin. 10. Yuridik shaxs shtatida surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm bo‘yicha dispanser hisobida turgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini o‘tamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, o‘z xizmat vazifalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olishi mumkin bo‘lgan shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 12. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan o‘rni (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi; ichki ishlar hududiy organining binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining binolarning yoki shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organining ishlab chiqarish sharoitlarining ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (prekursorlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilganda); litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat; yer uchastkalaridan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ishlab chiqarish sharoitlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda); O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanilganda); giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yo‘q qilish) sohasidagi mas’ul xodim uchun oliy farmatsevtika ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) hamda uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno. Yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi. 13. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Hujjatlar litsenziyalovchi organning ekspert komissiyasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi. Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi joyida bo‘lmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan, belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi. 15. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 16. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. 17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. 19. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni o‘n yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. 20. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 21. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak: bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi; tomonlarning rekvizitlari; amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi; litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari; litsenziyaning amal qilish muddati; ko‘rsatib o‘tilgan tur bo‘yicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan manzil (shu jumladan tarkibiy bo‘linmalar manzillari); litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi; litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar. Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. 22. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi. 23. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi. 24. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek uning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. 26. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 28. Litsenziya talabgori arizalarining qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 29. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. 30. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 31. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 32. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 33. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. Litsenziya dublikatlari berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. 34. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 35. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida: litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish. 36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi. 37. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. 38. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi. 39. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar to‘g‘risida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni; litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziyalarning amal qilish muddati; litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi; dublikat berish asoslari va sanasi. 40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi. 42. Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. 43. Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
134
23,938
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) o‘quvchilarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o‘qishga ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan harbiy xizmatchi va xodimlarining (bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi) va boshqa fuqarolarning umumta’lim muassasalarida 4-sinfni tamomlagan farzandlari (o‘g‘il bolalar) har yilgi qabul kvotalariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi. Bunda, jamoat tartibini saqlashda, jangovar harakatlarda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy ta’minlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan vaqtda halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadi. 2. Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash; umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash; yakuniy test sinovlari. 3. Maktab-internatga nomzodlarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi hamda qabul komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi. 4. Qabul komissiyasi qabul yilining 1-aprelidan 10-sentabriga qadar faoliyat yuritadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasi raisi qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi, komissiya raisi o‘rinbosarlari va a’zolarining vazifalarini belgilaydi, komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan tegishli mutaxassislar kiritilishi mumkin. 6. Qabul komissiyasi faoliyatiga hamda ularning ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar boshqarmalarida (hududiy ichki ishlar boshqarmalari) ishchi guruhlar tuziladi va ushbu ishchi guruhlarning tarkibi tasdiqlanadi. 7. Ishchi guruhlar tarkibiga hududiy ichki ishlar boshqarmalarining Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘z xavfsizligi, Yuridik ta’minlash bo‘linmalari mas’ul xodimlari hamda Harbiy-tibbiy komissiya raisi kiritilishi zarur. 8. Maktab-internatga o‘qishga munosib nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish uchun hududiy ichki ishlar boshqarmalari ishchi guruhlari tomonidan muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Targ‘ibot-tashviqot ishlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, aholi turar joylarida va ichki ishlar organlarida uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 9. Maktab-internatga o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tanlov e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida beriladi. E’londa qabul qilish shartlari hamda tanlovlarni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilishi lozim. 10. Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar doimiy yashash joyidagi hududiy ichki ishlar boshqarmalariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan xodimlar bevosita ichki ishlar organlarining rahbarlariga bildirgi bilan murojaat qiladi. Arizalar qabul yilining 15-aprelidan 1-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. 11. Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamda xodimlar mazkur Nizomning 10-bandidagi ariza yoki bildirgi bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar anketasi; nomzodning 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta, 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosuratlari (bosh kiyimsiz); nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi; nomzodning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) pasporti nusxalari; xodimning nogironligi yoki uning o‘limini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (agar mavjud bo‘lsa); jamoat tartibini saqlashda, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan xodimning tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironligi haqidagi ma’lumotnoma (xulosa) nusxasi. Nomzodning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 12. Maktab-internatga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinib, ularga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxasi nomzodning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga imzo orqali taqdim etiladi hamda ikkinchi nusxasi nomzodning hujjatlariga biriktiriladi. 13. Ishchi guruh tomonidan hujjatlar yig‘ilgandan so‘ng o‘quvchilar 10-iyundan 20-iyun kuniga qadar hududiy sog‘liqni saqlash muassasasida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda o‘quvchining antropometrik ko‘rsatkichlari (tana vazni, bo‘yining uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va sog‘lig‘idagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra sog‘lom deb topilgan o‘quvchilar tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yiladi. 14. Ishchi guruh mas’ul xodimlari tomonidan nomzodlarning hujjatlari qabul yilining 25-iyun kuniga qadar qabul komissiyasiga yuboriladi. 15. Ishchi guruh 11-bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda xodimlar tomonidan taqdim etilgan quyidagi hujjatlarni nomzodlarning yig‘ma jildiga biriktirilishini ta’minlaydi: xodimga bevosita boshlig‘i (komandir) tomonidan berilgan tavsifnoma; xodimning ma’lumotnoma-obyektivkasi (hududiy ichki ishlar boshqarmalarining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan imzolangan holda); nomzodga hujjatlari qabul qilib olinganligi haqida berilgan ma’lumotnoma; xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan xodimlarga nisbatan tegishli ichki ishlar organi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi (muhr bilan tasdiqlangan); Maktab-internatga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; Mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi nomzodni o‘qishga yuborish haqidagi xulosa. 16. Maktab-internatda tanlov tadbirlari boshlanishidan kamida besh kun oldin qabul komissiyasi tomonidan tanlov tadbirlari o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mazkur reja-jadval maktab-internatning qabul komissiyasi e’lonlar taxtasiga hammaga ko‘rish uchun qulay bo‘lgan holda joylashtiriladi, shuningdek Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda ishchi guruhlariga nomzodlarni belgilangan muddatlarda yetib kelishlarini ta’minlash uchun yuboriladi. 17. Yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha tanlov tadbirlari o‘tkazish muddati belgilangan reja-jadvalga asosan o‘tkaziladi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha test sinovlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan muddatda qabul yilining 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi. 18. Yozma ish (diktant) o‘tkazish qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan reja-jadvalda belgilangan muddatda mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. Yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha qabul komissiyasi tarkibiga maktab-internat mutaxassislari kiritiladi, shuningdek komissiya tarkibiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining mutaxassislari kelishuv asosida taklif qilinishi mumkin. 19. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan reja-jadvalda belgilangan muddatda mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. 20. Qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda qabul komissiyasi tarkibiga maktab-internat va hududiy ichki ishlar organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislari kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan kelishuv asosida mutaxassislar taklif etilishi mumkin. 21. Qabul komissiyasi tomonidan yozma ish (diktant) hamda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bosqichlarining natijalari bo‘yicha Nizomning 6-ilovasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 balldan kam to‘plagan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kiritilmaydi. 22. Nomzodlarni umumta’lim fanlari bo‘yicha (ona tili va adabiyot hamda matematika) bilimini baholash Davlat test markazi tomonidan test sinovlari asosida o‘tkaziladi. 23. Nomzodlar yozma ish (diktant) va umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari natijalaridan kelib chiqib qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi. 24. Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. 25. Test sinovi materiallari Davlat test markazi tomonidan boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan holda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda shakllantiriladi. Test savollari davlat ta’lim standartida boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar doirasida tuziladi. 26. Maktab-internatning uchun test sinovlari 1 soat (60 daqiqa) davom etadi. Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi. 27. Nomzodlarga ta’lim sohalari bo‘yicha ona tili va adabiyotdan (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida) 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savollari beriladi. Test savollarining ona tili va adabiyotdan berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun “2,1” ball bilan va matematikadan berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun “1,1” ball bilan baholanadi. 28. Nomzodlar test sinovlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq berilgan ma’lumotnoma bilan kirishga ruxsat beriladi. 29. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi. 30. Test sinovlari o‘qishga qabul qilishning hal qiluvchi bosqichi hisoblanib, xodimlar va boshqa fuqarolar uchun ajratilgan qabul kvotalari doirasida test sinovlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq nomzodlar tanlab olinadi. 31. Test sinovlari natijalari Davlat test markazi tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etiladi. 32. Qabul komissiyasi test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘qishga kirgan nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. 33. O‘qishga qabul qilingan nomzodlar ro‘yxati va ularning test sinov natijalari e’lonlar taxtasiga hamma ko‘rish uchun qulay bo‘lgan holda joylashtiriladi. 34. Maktab-internat tomonidan qabul yilining 30-avgustidan kechiktirmagan holda nomzodlarni o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi. 35. Nomzod, uning ota-onasi (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan berilgan maktab-internatga o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq murojaatlar qabul komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 36. Tanlov natijalari yuzasidan nomzodning murojaatlarini qisqa muddatda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari –kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i raisligida apellatsiya komissiyasi tuziladi. 37. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi va maktab-internatning tegishli mutaxassis xodimlari kiritiladi, shuningdek murojaatning mazmunidan kelib chiqib kelishuvga asosan Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirliklarining hududiy bo‘linmalaridan mutaxassislar taklif qilinishi mumkin. 38. Apellatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 ish kunida qabul qilinadi. 39. Apellatsiya komissiyasi qabul qilingan ariza va shikoyatlarni 3 ish kunidan kechiktirmasdan murojaat qilgan nomzod, uning ota-onasi (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida ko‘rib chiqadi. 40. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlari apellatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilib olingan kuni Davlat test markaziga yuboriladi. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Davlat test markazi tomonidan 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natijalari Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. 41. Nomzodlar yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik, test sinovlariga tayyorlanish va ularni topshirish davrida turar joy bilan ta’minlanmaydi, shuningdek maktab-internatga kelib-ketishi, yashashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar ularning o‘z hisobidan amalga oshiriladi. 42. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi. 43. O‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarning hujjatlari 10 kunlik muddatda hududiy ichki ishlar boshqarmalarga qaytarib yuboriladi. Qabul qilingan nomzodlarning hujjatlari maktab-internatda saqlanadi. 44. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildini nomzodning qo‘liga yoki uning ota-onasiga (uning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berish taqiqlanadi. 45. Mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 46. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan. 1. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun hajmi 75 — 80 ta so‘zdan iborat bo‘lgan yozma ish (diktant) olinadi. 2. Diktant qabul komissiyasi tomonidan maktab-internat binosida o‘tkaziladi. 3. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 4. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi. 5. Diktant o‘tkazilayotgan auditoriyaga kitob, lug‘at, uyali telefon, telekommunikatsiya vositasi, shpargalka va yozuvlarni o‘chirishga mo‘ljallangan ruchkalarni olib kirish taqiqlanadi. 6. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) daftarlar tarqatiladi. 7. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi. 8. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli holda to‘liq o‘qib eshittiriladi hamda shu kungi sana va diktant mavzusi doskada nomzodlarga tushunarli qilib yozib qo‘yiladi. Diktant matni to‘liq o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi. 9. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi a’zosi diktant matnini sekin birma-bir o‘qib beradi. Bunda 1 ta gap o‘qib eshittiriladi va nomzod o‘qib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi. 10. O‘qib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib bo‘lganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi a’zosi tomonidan yana bir marotaba o‘qib beriladi. Diktant yozdirish shu tarzda davom etadi. 11. Nomzodlar diktantni yozib tugatgandan keyin unga berilgan raqamlangan daftarlarni qabul komissiyasi a’zosiga topshirib auditoriyani tark etadilar. 12. Qabul komissiyasi a’zosi nomzodlardan qabul qilib olingan raqamlangan daftarlarni tekshirish uchun topshiradi. 13. Auditoriyada nomzodlarga diktant yozdirgan qabul komissiyasi a’zosi tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlar yozgan diktantlarni tekshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Qabul komissiya a’zosi (mutaxassislar) nomzodlarning yozgan diktantlarini shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning 1-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholab, har bir raqamlangan daftarga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, tekshirgan sanani va imzosini qo‘yadi. 15. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 16. Diktant natijalari bo‘yicha qabul komissiya tomonidan shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 17. Yozma ish (diktant) natijalarni shu kunning o‘zida maktab-internat qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi. 18. Qaydnoma yozma ishni o‘tkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida nomzodlarning raqamlangan daftarlari qabul komissiyasi kotibiga topshirilishi ta’minlanadi. 1. Nomzodlar tomonidan yozilgan diktant “5” ballik tizimda baholanadi. Diktant: 1 tagacha orfografik yoki punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi; 2 tadan 4 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “4” ball bilan baholanadi; 5 tadan 10 tagacha orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “3” ball bilan baholanadi; 11 ta va undan ortiq orfografik va punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan deb topilganda — “2” ball bilan baholanadi. Nomzod daftarni diktant yozilmagan bo‘sh holda topshirganda u “0” ball bilan baholanadi. 2. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda diktantdagi xatoliklar 1 ta xato deb hisoblanadi: 5 ta o‘rinda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa; kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida 6 tagacha punktuatsion xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; qaratqich belgisi 3 tagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa. 3. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi: tasodifiy xatolar (masalan, “tushunmoq” so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa); takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” so‘zi 5 tagacha o‘rinda “qutilmoq” tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa); so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br); ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Sayxunobod — Sayxun-obod). 4. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi. 5. Agar diktantda uch va undan ortiq tuzatish bo‘lsa, “5” ball qo‘yilmaydi. 1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) o‘tkaziladi 2. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi. 3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida sport kiyimida bo‘lishi lozim. 4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi: to‘sinda (turnikda) tortilish; 60 metrga yugurish; 1000 metrga yugurish. 5. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan ochiq va yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) o‘tkaziladi. 6. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi. 7. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi. 8. Nomzodlarga umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlardan qayta o‘tishga ruxsat berilmaydi. 9. To‘sinda (turnikda) tortilish mashqini bajarishda: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi). Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. 10. 60 metrga yugurish mashqi: yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi; stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi. 11. 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. 12. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning o‘zida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur metodikaning 1-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholanadi. 13. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikasining 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 14. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari shu kunning o‘zida maktab-internatning e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi. 15. Qaydnoma qabul komissiyasining umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari “5” ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 2. Nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargandan so‘ng, unga har bir mashq uchun qo‘yilgan ballari umumlashtirilib nomzodga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik mashqlari uchun qo‘yilgan ballar yig‘indisi quyidagicha hisoblanadi: 14 — 15 ball to‘plaganda — “5” ball; 11 — 13 ball to‘plaganda — “4” ball; 6 — 10 ball to‘plaganda — “3” ball; 6 dan kam to‘plaganda — “0” ball. 3. Nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda 2 ta mashqni “0” ballga bajarganda, nomzodga “0” ball qo‘yiladi.
242
24,299
Qonunchilik
Eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqida
Eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi ilovaga muvofiq yuborilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 2022-yilning 1-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (R. Alimov) parlament so‘roviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2022-yil 25-apreligacha Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin. 4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mahalliy korxonalar, kichik va o‘rta biznes subyektlari eksport salohiyatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tashqi savdo hajmlarining izchil o‘sishini ta’minlash va eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgartirishlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda. Xususan, valyuta siyosati liberallashtirilib, qator ma’muriy va byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi. Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlariga narx belgilash tartibi bekor qilindi va to‘lovlarning bozor mexanizmi yo‘lga qo‘yildi, eksport qiluvchilar uchun qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar joriy etilgan. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 ga yaqin hujjatlari qabul qilingan. Ilg‘or xalqaro tajriba asosida eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi va uning jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga eksportga oid savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida ularga moliyaviy resurslar ajratish mexanizmi joriy etilgan. Milliy brend va tovarlarni chet elda targ‘ib qilish, har yili sanoat va hududiy mahsulotlar ko‘rgazma va yarmarkalarini o‘tkazish maqsadida “Made in Uzbekistan” dasturi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Jumladan, 2017 — 2020-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 137,8 mlrd dollarga yetgan. Mamlakatimiz eksporti tarkibida xomashyo ulushi kamayishiga erishilgan. Jumladan, 2017-yilda xomashyo jami eksportning 25 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 16 foizga kamaygan. Eksport qiluvchi korxonalar soni 5 400 taga yetib, so‘nggi to‘rt yilda 1 891 taga (35 foizga) ko‘paydi. Bu o‘z navbatida, 561 mln dollarlik qo‘shimcha eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlagan. Eksport qilinadigan tovarlar nomenklaturasi sezilarli darajada diversifikatsiya qilinishi natijasida 2017 — 2021-yillarda eksportga chiqariladigan mahsulotlar soni 1 622 tadan 2 365 taga yetkazilib, 1,5 baravar o‘sishga erishilgan. Shu bilan birga, qator muammolar eksport hajmining o‘sishi va uning nomenklaturasi kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda. Birinchidan, investitsiya faoliyati va eksport subyektlarini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tez-tez o‘zgarib turishi eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir necha marotaba o‘zgartirish kiritilgan. Ikkinchidan, eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish mexanizmi talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. 2021-yil yanvar — oktyabr oylarida 5 400 ta eksport qiluvchi korxonadan faqat 114 tasi (2,1%) ushbu imkoniyatdan foydalana olgan. Uchinchidan, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan chet ellarda savdo uylarni ochish va saqlash, shuningdek, ofis va omborxonalarni ijaraga olish, reklama faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mexanizmi amalda yo‘lga qo‘yilmagan. Masalan, 2021-yil 1-dekabr holatiga mazkur imtiyozdan bironta ham korxona foydalanmagan. Asosiy sabab — byurokratik to‘siqlarning ko‘pligi va ushbu imkoniyatlar haqida tadbirkorlarning xabardor emasligi. To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2740-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki ustav jamg‘armasi to‘liq shakllantirilmaganligi sababli Markaziy bank tomonidan 2019-yil noyabr oyida kreditlash sohasidagi faoliyati to‘xtatilgan. Natijada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlovchi, ularning eksport salohiyatini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi, shuningdek, agrosanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishilmagan. Beshinchidan, mamlakatimizda xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan, mamlakatimiz mahsulotlarini tekshirish va sertifikatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan milliy laboratoriyalarning yo‘qligi mahalliy va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Oltinchidan, tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidan foydalanganda tashqi savdo ishtirokchilari qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayniqsa, tizim ishlashida tez-tez uzilishlar bo‘lishi va ishlamasdan qolishi holatlari qayd etilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati: 1) qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘tish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida; 2) eksport nomenklaturasi va geografiyasini diversifikatsiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida; 3) eksport qiluvchilar tomonidan garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplash uchun tovon to‘lash, shuningdek, savdo uylarini ochish va saqlab turish, ofis, savdo va omborxonalarni ijaraga olish, chet elda reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ommalashtirish to‘g‘risida; 4) eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, sug‘urtalashni amalga oshiruvchi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun boshqa moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi yetakchi moliyaviy institut sifatida “O‘zagroeksportbank” ATB faoliyatini to‘laqonli ishlashini ta’minlash to‘g‘risida; 5) mahalliy qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirish va sertifikatlash imkoniyatiga ega xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan milliy laboratoriyalarni ochish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; 6) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimini yanada takomillashtirish va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash to‘g‘risida olib borilgan ishlar haqida bilan Sizga murojaat etadi hamda javobingiz Senatning navbatdagi majlisida muhokama qilinishi va uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishini ma’lum qiladi.
225
8,136