folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | QIMMATLI QOG‘OZLAR VA FOND BIRJASI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari faoliyatini boshqarib borish shartlari hamda tartibini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida fond birjalari tashkil etish va ularning faoliyat yuritish prinsiplarini belgilab beradi.
Qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Qimmatli qog‘ozlar — blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi yozuv shaklida bo‘lishi va hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi pul birligida ifodalanadi hamda to‘lanadi, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa, chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) to‘lanadi.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni muomalada yuritish bilan, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlariga amal qiladi:
aksiyalar;
obligatsiyalar;
xazina majburiyatlari;
qimmatli qog‘ozlarning hosilalari;
depozit sertifikatlari;
veksellar.
Aksiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari va qimmatli qog‘ozlar hosilalarining rekvizitlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan, depozit sertifikatlari va veksellarning rekvizitlari esa, — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qog‘ozni chiqaruvchi) tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina, egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.
Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozni taqdim etishning o‘zi yetarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin muomalada bo‘ladi.
Aksiyalar — aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozlardir.
Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotilishi mumkin emas.
Davlat korxonasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi emissiya risolasini tasdiqlashi aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror hisoblanadi.
Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to‘langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqariladi:
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
korporativ obligatsiyalar.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart.
Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalari taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent, obligatsiyalarni chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifalarini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar o‘z egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror ochiq aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi tomonidan ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Korporativ obligatsiyalarni emitentlarning ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek emitentlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash uchun chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi to‘liq to‘langanidan keyin yo‘l qo‘yiladi”;
O‘zbekiston Respublikasining xazina majburiyatlari — ularning egalari budjetga pul mablag‘lari berganliklarini tasdiqlovchi hamda bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida qayd etilgan daromadni olish huquqini beruvchi, taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar turidir.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
uzoq muddatli — besh yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;
o‘rtacha muddatli — bir yildan besh yilgacha muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari;
qisqa muddatli — bir yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan xazina majburiyatlari.
Uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda daromadlarni hamda majburiyat qarzlarini to‘lash shartlari belgilab qo‘yiladi.
Depozit sertifikatlari — bu pul mablag‘lari — omonat qo‘yilgani to‘g‘risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat summasini va unga tegishli foizlarini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi bank — emitent guvohnomasidir.
Depozit sertifikatlarini chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo‘linadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lashdan iborat qat’iy majburiyatini o‘z ichiga olgan hujjat oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lash to‘g‘risidagi qatiy buyrug‘idan iborat to‘lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi. Bunda to‘lovchi veksel bo‘yicha belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirishga (akseptni bajarishga) roziligini yozma ravishda tasdiqlashi shart.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Veksel oluvchining soliqlar bo‘yicha va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjetdan qarzi mavjud bo‘lsa, u faqat pul mablag‘larini olish tarzida vekselning haqini to‘lashga kirishadi va budjet bilan hisob-kitob qilib bo‘lgach, qolgan summani boshqa hisob-kitoblarga sarflashi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor ko‘rsatkichlari (indekslari) mazmuniga bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardir.
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin.
Opsion — shartnoma bo‘lib, uning egasiga qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
Fyuchers — qimmatli qog‘oz (shartnoma) bo‘lib, muayyan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qo‘yilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat so‘zsiz majburiyatni tasdiqlaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi.
Veksellarga nisbatan quyidagi maxsus da’vo muddatlari qo‘llaniladi:
veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi da’vo talablari bo‘yicha — belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan boshlab yoki xarajatsiz aylantirish oldindan shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa, to‘lov muddati kunidan boshlab bir yil;
indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga da’vo talablari bo‘yicha — indossant vekselni to‘lagan kundan boshlab yoki unga da’vo taqdim etilgan kundan boshlab olti oy.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan o‘zga hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha da’vo muddatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda ularni sotib olish va sotish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlar egasi almashinuviga olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarni (depozit sertifikatlari va veksellardan tashqari) muomalaga chiqarish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari davlat korxonalarini qayta tuzish orqali tashkil etilgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadilar, shuningdek aksiyalarning belgilangan tartibda joylashtirilishini ta’minlaydilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda belgilangan tartibda ro‘yxat raqamini olgan qimmatli qog‘ozlarnigina O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish g‘ayriqonuniy hisoblanadi va bu hol egasidan ularning hamda mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pulning olib qo‘yilishiga va boy berilgan naf qoplanishini hisobga olgan holda investorlarga qaytarib berilishiga sabab bo‘ladi.
Bir yoki o‘zaro shartnomalar bilan bog‘langan bir necha shaxslar, shuningdek sho‘ba yoki bir-biriga qaram bo‘lgan yuridik shaxslar guruhi bank aksiyalarining yigirma foizidan ortig‘ini sotib olishi uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank bank aksiyalarining yigirma foizidan ortig‘i xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank, iltimosnoma olingan kundan boshlab, o‘ttiz kundan kechiktirmay, ariza beruvchiga o‘z qarori to‘g‘risida yozma ravishda xabar beradi.
Shaxs, bir guruh shaxslar tomonidan aksiyalarning aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida ovoz berish huquqi bilan sotib olinishi, bunda ana shu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalarning o‘ttiz besh foizdan ko‘prog‘ini tasarruf etish huquqini oladigan bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish talab etiladi. Bunday talab aksiyadorlik jamiyatini tuzish vaqtida aksiyadorlik jamiyati muassislariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno.
Qimmatli qog‘ozlarning egalari saqlab turish maqsadida ularni pul o‘tkazish yo‘li bilan hisobga olish va sotish uchun kompyuterli telekommunikatsion tizimi bor ixtisoslashgan muassasalarga (depozitariylarga) ishonib qo‘yishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika sarhadlaridan tashqaridagi emitentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kirishning umumiy qoidalari, har yilgi me’yorlari va tartibini belgilab qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarishning har yilgi me’yorlari va ruxsat tartibini belgilab qo‘yishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi respublikada ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda ularning ro‘yxatini muntazam e’lon qilib boradi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi ularni dastlabki egalar (investorlar) — yuridik va jismoniy shaxslarga sotish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishdir.
Emissiya:
aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilib, aksiyalar uning muassislari o‘rtasida tarqatilgan taqdirda;
aksiyadorlik jamiyatining dastlabki ustav sarmoyasi (fondi) miqdori aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirilgan taqdirda;
yuridik shaxslar, davlat tomonidan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan zayom sarmoyasi obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan taqdirda;
korxonalarning qarz majburiyatlari o‘zaro umum respublika ko‘lamida to‘langan taqdirda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga sotuvchi investitsiya muassasalari har bir xaridorga mazkur qog‘ozlarni xarid etish paytiga qadar sotish shartlari va emissiya risolasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashlari shart. Emissiya risolasi emitent to‘g‘risidagi, sotishga havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish taomili va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xaridorning mazkur qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki bunday xariddan voz kechishga qaror qilishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa xil axborotlarni aks ettiradi.
Emissiya risolasini chiqarish, uni ro‘yxatga olish tartibini, shuningdek emissiya risolasida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi. Banklar uchun ularning emissiya risolalarida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. Davlat korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda emissiya risolasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ochiq yozilish uchun havola etilayotgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasini emitent O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga taqdim etadi va u ro‘yxatga olinganidan so‘ng, mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlanishidan kamida o‘n kun oldin matbuotda, shuningdek fond birjasining maxsus nashrida albatta e’lon qilinishi kerak. Ochiq sotuvga havola etilayotgan aksiyalarni, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid axborotlarda biron bir o‘zgarishlar yuzaga kelgan hollarda qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarni mazkur qimmatli qog‘ozlarga yozilish boshlangunga qadar e’lon qilmog‘i kerak.
Aksiyalar, korporativ obligatsiyalarni chiqarishga oid e’lon qilingan axborotdagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bu qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent mazkur axborotga tegishli o‘zgartishlar kiritmaguniga qadar ularning tarqatilishini to‘xtatib turish huquqiga ega. Emissiyani ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan emissiya risolasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlik emitentning zimmasida bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi emissiya risolalari ro‘yxatga olinmagunga qadar qimmatli qog‘ozlarni ommaviy axborot vositalarida reklama qilish taqiqlanadi.
Emitent o‘zining moliya-xo‘jalik ahvoli va faoliyatining natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka har yili kamida bir marta axborot berishi (matnda bundan keyin yillik hisobot deb yuritiladi) shart. Yillik hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay e’lon qilinadi hamda egasi yozilgan aksiyadorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga yuboriladi. Yillik hisobotda emitent to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
uning oldingi yilgi xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi axborot;
moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi auditor tasdiqlagan ma’lumotlar, shuningdek oldingi yilgi balanslar va auditorlar hisoboti;
qo‘shimcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibidagi o‘zgartishlarga doir asoslar.
Emitent o‘z xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan hamda qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga yoki ular yuzasidan olinadigan daromadlar miqdoriga ta’sir etuvchi o‘zgarishlar, xususan:
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar o‘zgarganligi;
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berganligi;
emitent bankdagi schyotlar xatlanganligi;
sog‘lomlashtirish (emitentning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshirish) harakatlari boshlanganligi;
emitent faoliyati qayta tashkil etilganligi, to‘xtatib qo‘yilganligi yoki tugatilganligi;
favqulodda holatlar oqibatida emitent mol-mulkining kamida 10 foizi nobud bo‘lganligi;
emitent mol-mulkining 10 foizidan ortiq miqdorda emitentga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilganligi;
ustav fondi yoki emitent asosiy va muomaladagi mablag‘lari qiymatining 50 foizidan ortiq miqdorida qarz olinganligi yoki qimmatli qog‘ozlar emissiya qilinganligi to‘g‘risidagi axborotlarni ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga yuborishi, shuningdek mazkur o‘zgarishlarga oid axborotlarni e’lon qilishi shart.
Basharti emitent aksiyalari fond birjasida muomalada yursa, u mazkur axborotlarni birjaga ko‘rsatilgan muddatda taqdim etishi shart.
Emitent o‘zi haqida qimmatli qog‘ozlar qiymatiga yoki ular yuzasidan olinadigan daromad miqdoriga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri ma’lumotlar e’lon qilingan taqdirda besh ish kuni mobaynida bu ma’lumotlarni tuzatish choralarini ko‘rishi shart.
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish (emissiya) quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin:
ommaviy e’lon bermay, reklama kampaniyasi o‘tkazmay, emissiya risolasini e’lon qilmay va ro‘yxatdan o‘tkazmay oldindan ma’lum cheklangan miqdordagi investorlar orasida xususiy yo‘sinda tarqatish;
emissiya risolasini e’lon qilib va ro‘yxatdan o‘tkazib, cheklanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq savdo o‘tkazish.
Yuqorida aytib o‘tilgan hollarning har birida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi emissiyalarning eng kam va eng ko‘p miqdorlarini belgilab beradi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida emitent emissiya nominal qiymatining 0,1 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Davlat korxonalari aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirilganida birlamchi emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im olinmaydi.
Emitentlar o‘zi chiqargan qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda, komission haq evaziga banklar, investitsiya kompaniyalari, moliya brokerlari orqali sotish huquqiga ega.
Investitsiya kompaniyalari emitent bilan kelishib turib qimmatli qog‘ozlarni quyidagi shartlar asosida chiqarishga kafil va tashkilotchi bo‘lishlari mumkin:
keyinchalik boshqa investorlarga sotib yuborish maqsadida barcha chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd etilgan bahosida o‘z hisoblaridan sotib olishlari;
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning belgilangan muddat davomida chet investorlar o‘rtasida joylashtirolmay qolgan qismlarini o‘z hisoblaridan sotib olishlari.
Investitsiya kompaniyalari va moliya brokerlari tarqatolmay qolgan qismlarini sotib olish majburiyatini zimmalariga olmay turib qimmatli qog‘ozlarni emitent nomidan chet investorlarga sotish to‘g‘risida emitent distribyuter shartnomalari tuzishlari mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar) qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar.
Qimmatli qog‘ozlar emitenti — qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida o‘z nomidan majburiyatli bo‘lgan yuridik shaxs yoki davlat organidir.
Investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Investitsiya muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yuzaga keltirilgan yuridik shaxs bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatini asosiy faoliyati tariqasida amalga oshiradi.
Fond birjasi — qimmatli qog‘ozlar bir maromda muomalada bo‘lishining zarur shart-sharoitini ta’minlash, ularning bozor bahosini (qimmatli qog‘ozlar talab va taklifi o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash va ularga doir ma’lumotlarni keragicha tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish faoliyatining alohida sohasi bo‘lgan tashkilotdir.
Fond birjasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq yumushlarni amalga oshirishning ichki qoidalariga amal qiladi.
Fond birjasi (mol-fond birjasining yoki valyuta birjasining fond bo‘limi) O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi va u qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasidan litsenziya oladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yuritishga haqli emas.
Mol-fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil tarkibiy bo‘linma va mustaqil bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma sifatida fond bo‘limlari tashkil etilishi mumkin. Fond bo‘limlari o‘z faoliyatlarida fond birjalariga qo‘yiladigan barcha talablarga amal qilishlari lozim.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo‘lishlari mumkin.
Birjada brokerlik o‘rnini sotib olgan yuridik shaxslar, shu jumladan, ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining (mol-fond birjasi yoki valyuta birjasi fond bo‘limining) a’zolari bo‘lishlari mumkin. Fond birjasi a’zolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularning mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a’zolari bo‘lishga haqli emaslar.
Fond birjasi a’zolari qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarga ega bo‘lgan hamda investitsiya muassasasi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo‘yiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislari qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega bo‘lishlari shart. Malaka attestatining amal qilish muddati — uch yil.
Qimmatli qog‘ozlarga doir birja amallari qoidalarini birjaning yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydi.
Qoidalarda quyidagilar nazarda tutilmog‘i lozim:
mazkur birjada qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi prinsiplari;
birja oldi-sotdisi qatnashchilarining tarkibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar majmui;
birja yig‘ilishlari o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risidagi axborot;
qimmatli qog‘ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;
birja bitimlarining tavsifi;
mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;
oldi-sotdini tashkil etish;
bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi;
qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.
Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko‘rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishib olingan qimmatli qog‘ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom) asosida ish tutadilar. Fond birjasida amallarni uning a’zolarigina amalga oshira oladilar.
Fond birjasi:
investitsiya muassasalarining birja a’zoligiga kirishida ularga qo‘yiladigan eng kam majburiy talablarni belgilash;
birja oldi-sotdilarida birja a’zolari vakillarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
birja yig‘ilishlarini chaqirish va o‘tkazish;
ekspert, malaka va baholash komissiyalari, maslahat va ma’lumotnoma beruvchi sho‘balar hamda ularning ishlashi uchun kerakli boshqa muassasalar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar muomalasini amalga oshirishdagi nizolarni hal qiladigan komissiyalar ta’sis etish;
o‘z ustaviga muvofiq birja a’zolari to‘laydigan kirish va joriy badallarni belgilab, undirib olish, bitimlarni ro‘yxatga olganlik, texnik xizmat ko‘rsatganlik uchun, doimiy va bir galgi mijozlardan birjada bo‘lganlik uchun haq belgilab, undirib olish, shuningdek birja ustavini, birja yig‘ilishlari qoidalarini buzganlik, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imini vaqtida to‘lamaganlik uchun jarima va penyalar undirib olish;
birja bukletlari, ma’lumotnomalari, to‘plamlarini chop etish;
nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqlidir.
Fond birjasi faoliyatining pul ta’minoti:
fond birjasi aksiyalari va paylarini sotish;
fond birjasidagi brokerlik o‘rinlarini sotish;
fond birjasi a’zolari muntazam to‘lab boradigan a’zolik badallari;
birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda olinadigan yig‘imlar;
qimmatli qog‘ozlar muomalasida vositachilik qilishda olinadigan komission haq;
birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Fond birjasi faoliyati:
muassislar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan;
sud organlarining qarorlari asosida;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitentlarning majburiyatlari yuzasidan javobgarlik ularning o‘z zimmasida bo‘ladi.
Investitsiya institutlariga ruxsatnomani (litsenziyani), qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga malaka attestatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi berib, u fond birjasidagi birja faoliyati davomida qonun hujjatlari va birja ustavi talablariga rioya etilishini nazorat qilib borishga vakolatli bo‘lgan hamda birjaning boshqaruv organlari majlislarida (yig‘ilishlarida) va oldi-sotdilarda hozir bo‘lish huquqiga ega o‘z vakilini tayinlaydi. Qonun hujjatlari buzilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tartibbuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
Davlat boshqaruv organi va o‘zga organning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada yuritishga taalluqli g‘ayriqonuniy xatti-harakat va qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. | 46 | 30,995 |
Qonunchilik | ZAXIRALARNI ShAKLLANTIRISh UChUN ZARUR BO‘LGAN OZIQ-OVQAT TOVARLARINI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 144-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 144-modda) muvofiq zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan oziq-ovqat tovarlarini sotish mexanizmini belgilaydi.
1. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan oziq-ovqat tovarlari (bundan buyon matnda oziq-ovqat tovarlari deb yuritiladi) pulli asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi hamda savdo tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlanadi. Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra sotiladi.
Olingan oziq-ovqat tovarlaridan savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda tushgan to‘lov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari manbai hisobidan amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari sud ijrochilarining tegishli bo‘limlaridagi maxsus hisob raqamiga oziq-ovqat tovarlari savdo tashkilotlari tomonidan olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oyda, mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan ro‘yxatdan kelib chiqib, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy boshqarmalariga yuboriladigan oziq-ovqat tovarlari nomenklaturasini tasdiqlaydi.
3. Oziq-ovqat tovarlarini sotish bilan faqat Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy boshqarmalari bilan oziq-ovqatni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini tuzgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tanlov asosida belgilangan savdo tashkilotlari shug‘ullanadi.
4. Savdo tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotish tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari narxlarning asossiz o‘sishini oldini olish, shuningdek aholini vujudga kelayotgan (o‘sayotgan) iste’molini qoniqtirish maqsadida oziq-ovqat bozorlarida (dehqon bozorlarida) oziq-ovqatning asosiy turlariga shakllanadigan chakana narxlarni o‘rganish va tahlili asosida qabul qilinadi.
5. Tez buziladigan oziq-ovqat tovarlarini sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 144-modda) 38-bandi bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Oziq-ovqat tovarlari ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan ixtisoslashtirilgan omborxonalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari ishtirokida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda saqlash uchun topshiriladi.
7. Oziq-ovqat tovarlari ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (majburiy sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
8. Oziq-ovqat tovarlari tegishli mahsulot turiga qarab normativ hujjatlar talablariga muvofiq saqlanishi lozim.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari saqlash uchun topshirilgan oziq-ovqat tovarlarining hajmini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra hamda tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqib, oziq-ovqat tovarlarini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng mazkur qarorning nusxasi bunday tovarlar saqlanishi uchun topshirilgan tegishli savdo tashkilotiga ijro uchun yuboriladi.
11. Oziq-ovqat tovarlarini sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Oziq-ovqat tovarlari sotilishidan tushadigan tushim savdo tashkilotlari tomonidan uch kun muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqamiga savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda o‘tkaziladi.
Tushgan summani o‘tkazish muddati kechiktirilgan taqdirda savdo tashkiloti kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya to‘laydi.
13. Oziq-ovqat tovarlarini sotadigan savdo tashkilotlari har oyning 10 sanasigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga sotish uchun olingan oziq-ovqat tovarlarining miqdori (hajmi), narxi va qoldig‘i ko‘rsatilgan oziq-ovqat tovarlarining sotilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotni berib boradi.
14. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
15. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan.
1. Go‘sht
2. Shakar
3. Un
4. Krupa, shu jumladan guruch
5. Makaron mahsulotlari
6. O‘simlik yog‘i
7. Choy
8. Hayvon yog‘i
9. Margarin
10. Bolalar va parhez taomi | 124 | 6,957 |
Qonunchilik | BINOLAR VA INShOOTLARNI BERISh TO‘G‘RISIDA | “Sudlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 19-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq hamda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda U. Nosir ko‘chasi, 93-uyda joylashgan binoning yarmini (o‘ng qanotini) bo‘shatsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga bersin.
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda hovlidagi hududni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirishga oid tegishli qaror qabul qilsin hamda tuzatish ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha pudratchi tashkilotlarni belgilasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va binoni mukammal tuzatish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar Xo‘jand ko‘chasi, 12-uyda joylashgan binoni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalarni joylashtirish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan tuzatish ishlarini amalga oshirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yuklansin. | 42 | 1,689 |
Qonunchilik | 2019-2020-yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sanoat va eksport salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan to‘liq va samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019-2020-yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
2019-2020-yillarda Xorazm viloyati Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Ijtimoiy soha obyektlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq;
Yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tuzilmalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq;
Irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash chora-tadbirlari 5-ilovaga muvofiq.
2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish ishlarini jadal rivojlantirish;
tumanning me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish.
3. Xorazm viloyati hokimligi tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Dastur parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, mo‘ljallangan ishlab chiqarish hajmlariga erishilishini, mablag‘lari samarali va to‘liq o‘zlashtirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
4. Xorazm viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturda belgilangan loyihalarning manzilli ro‘yxatiga zaruratga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovalariga muvofiq markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar joriy yilda 2019-yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishini hamda 2020-yil davomida dasturga kiritilgan loyihalar ko‘rsatkichlarini aniqlashtirib borgan holda, kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan sifatli o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun tegishli ruxsatnomalar davlat xizmatlari markazlari orqali qonunchilikda belgilangan muddatlarda berilishini ta’minlasin.
8. “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Xorazm viloyati hokimligi dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi tashkilotlarning tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini va ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz hamda elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
9. “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Xiva tumanining tabiiy va sun’iy ko‘llari joylashgan hududlarida xorijiy tajribadan foydalangan holda ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil qilsin.
10. Xorazm viloyati va Xiva tuman hokimliklari har chorak yakunida Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini halq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borishni ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 124 | 6,166 |
Qonunchilik | Mobil qurilma orqali ichki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish arzonroq boʻladi | Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida milliy kontentni barpo etishni yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.
Hujjatda qayd qilinishicha, mamlakatimizda yosh avlod orasida Internet tarmogʻi tarqatilishining faol tarzda oʻsishi kuzatilmoqda. Biroq, mamlakat veb-resurslari aholi talablariga toʻliq javob berayotgani yoʻq. Shu bois Internet tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish maqsadida 2017-2019 yillarda Internet tarmogʻida milliy kontentni barpo etishni ragʻbatlantirish va rivojlantirish boʻyicha kompleks rejani tasdiqlash taklif qilinayotir.
Reja 37 ta chora-tadbirni oʻz ichiga oladi. Masalan, kontent operatorlari, provayderlari va generatorlari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob meхanizmi bilan Internet tarmogʻining milliy segmentida trafik bilan almashish piring tarmogʻini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mobil telefonlari vositasida Oʻzbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish imtiyozli tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Internet tarmogʻida milliy kontent rivojlanishini tahlil qilishni tashkil etish Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklanadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 77 | 1,295 |
Qonunchilik | Sudlarning ijro hujjatlarini elektron shaklda olish mumkin | Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Xoʻjalik protsessual kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” 29.08.2001 yildagi 258–I I-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Qabul qilingan oʻzgartirishlarga muvofiq хoʻjalik sudlari ijro varaqalari va sud buyruqlarini elektron shaklda joʻnatishlari mumkin.
Koʻrsatilgan hujjatlar ijro uchun aхborot tizimi orqali joʻnatiladi hamda sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oʻzgartirishlar 2016 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 58 | 935 |
Qonunchilik | Oʻrmon fondi yerlari auksion orqali ijaraga beriladi | Vazirlar Mahkamasining 3.02.2021 yildagi «Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (13.12.2019 yildagi 993-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 50-son qarori qabul qilindi.
Birinchidan, oʻrmon fondining foydalanilayotgan, shu jumladan foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berish huquqi auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda qoʻshimcha kiritilishicha, ushbu yerlar jismoniy va yuridik shaхslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida 3 yildan kam boʻlmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ikkinchidan, endi oʻrmon fondi yerlarining ijara shartnomalari qabul qilingan namunaviy shartnomaga muvofiq tuziladi.
Uchinchidan, ijara toʻlovining stavkasi oʻrmon fondi uchastkasining 1 gektari uchun 10 BHMni tashkil etadi (ilgari – eng kam stavka 20 BHMni tashkil etgan).
Toʻrtinchidan, ijara toʻlovidan tushadigan mablagʻlarning alohida hisobi yuritiladi hamda ular oʻrmonzorlar barpo etish tadbirlariga yoʻnaltiriladi.
Ushbu qaror 29.09.2020 yildagi «Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-639-son Qonunga muvofiq qabul qilingan.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 52 | 1,505 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalariga masofaviy oʻqitishga ruхsat beriladi | «Ikki diplom» («double degree») modeli boʻyicha oʻqitish tizimi ham joriy etiladigan Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi dastlabki ana shunday muassasa boʻladi.
Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori OʻzAda e’lon qilindi.
«Ikki diplom» modeli
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining nomi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb oʻzgartirildi. Shu bilan birga oʻquv muassasasi avvalgidek Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida faoliyat yuritadi.
Respublika maktabida jahondagi eng namunali amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olgan holda normativ va qisqartirilgan muddatlarda, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistraturada oʻqish tashkil etiladi. Ushbu ta’lim muassasasida an’anaviy ta’lim shakli bilan bir qatorda masofaviy teхnologiyalar ham qoʻllaniladi.
Respublika oliy maktabi magistraturasida «ikki diplom» (double degree) modeli boʻyicha ta’lim beriladi. Shu sohadagi yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari bilan tegishli kelishuvlar tuzilgandan keyin ushbu imkoniyat yaratiladi.
Ma’lumot uchun: Respublika maktabi хoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasasi hisoblanadi.
«Ikki diplom» oʻqitish modelida bitiruvchilar Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistri diplomini hamda hamkor хorijiy ta’lim muassasasining diplomini olishlari nazarda tutiladi.
Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limda – masofaviy teхnologiyalar
Oliy ta’lim muassasalariga, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qat’i nazar, masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2018 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda tegishli nizomni ishlab chiqadilar. Hujjat barcha oliy ta’lim muassasalariga taalluqli boʻlishi ehtimoldan хoli emas.
Oleg Gayevoy. | 63 | 2,329 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil de | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov bir hafta muddatda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-taxlil departamenti rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-taxdil departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-dekabrdagi 995-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklatilsin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir o‘rinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan.
5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyatini nazrat qiladi va muvofiqlashtiradi.
7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida:
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan o‘rta va oliy bo‘g‘inning malakali mutaxassislarini tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, mintaqalarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirish, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib borish;
ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni hisobga olgan holda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy va amaliy ahamiyatini sifat jihatidan oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy o‘quv, ilmiy laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya uskunalari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida o‘qishini va stajirovkalardan o‘tishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha darajalarida har tomonlama kamol topgan, yuqori ma’lumotli, zamonaviy fikrlaydigan o‘sib kelayotgan avlodni shakllantirishga, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, xorijiy tillarni biladigan yuqori malakali o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlashga yo‘naltirilgan xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalaridan va Internet-resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga ega bo‘lgan ta’lim tizimining barcha darajalarida uzluksiz o‘qitish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
ilg‘or xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam asosda oshirish, ular tomonidan qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalarning amalda bajarilishini ta’minlash;
Internetning butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda zamonaviy innovatsiya pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimediy tizimlarini o‘quv jarayoniga keng joriy etishni, pedagog kadrlar tomonidan uni pedagogik va ilmiy faoliyatda keng foydalanish uchun chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olgan holda malaka talablarini, o‘quv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;
b) sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:
sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlari samaradorligini oshirish hisobiga ayniqsa qishloq joylarda aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar ko‘rish;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar operativligi va sifatini oshirish, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, ixtisoslashtirilgan avtotransport, komplektlangan zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlash;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish;
aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlashga, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish hisobiga mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘i holatini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sog‘liqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi sog‘lig‘i holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
keksa avlodning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdagi, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, keksa kishilarning e’tiborini kuchaytirish, keksa kishilarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish, bizning mintaqamiz uchun xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
binolar va inshootlarni, suv ta’minoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘stirishning yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomllashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganligini yaxshilashga yo‘naltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yo‘naltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilg‘or chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;
sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha bo‘lgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
g) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifida va respublika hududlariga safarida Kompleks vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli sohalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga bevosita rahbarlik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan hamda boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi, tashkilotlardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi (Keyingi o‘rinlarda Kompleks deb ataladi) sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qo‘yadi;
tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentining departament mudiri, shu’balari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudirini, shu’balari mudirlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentida hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini vabul qiladi, shuningdek, ularning Kompleks yuritadigan masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
tegishli komissiyalar (kengashlar)ga rahbarlik qiladi, shuningdek, Kompleks yuritadigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
9. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi boshqaradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
10. Bosh vazir o‘rinbosari:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kompleks vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
11. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kompleksning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kompleksning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
12. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
1. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbariga bo‘ysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Departament O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining faoliyatini nazrat qiladi va muvofiqlashtiradi.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida:
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan o‘rta va oliy bo‘g‘inning malakali mutaxassislarini tayyorlash darajasi va sifatini ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, mintaqalarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirish, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib borish;
ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ustuvor vazifalarini va mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni hisobga olgan holda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining ilmiy va amaliy ahamiyatini sifat jihatidan oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy o‘quv, ilmiy laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya uskunalari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yosh istiqbolli kadrlarning yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida o‘qishini va stajirovkalardan o‘tishini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha darajalarida har tomonlama kamol topgan, yuqori ma’lumotli, zamonaviy fikrlaydigan o‘sib kelayotgan avlodni shakllantirishga, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, xorijiy tillarni biladigan yuqori malakali o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlashga yo‘naltirilgan xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalaridan va Internet-resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga ega bo‘lgan ta’lim tizimining barcha darajalarida uzluksiz o‘qitish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish;
ilg‘or xorijiy tarbiyani hisobga olgan holda zamonaviy talablar darajasida oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam asosda oshirish, ular tomonidan qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalarning amalda bajarilishini ta’minlash;
Internetning butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda zamonaviy innovatsiya pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimediy tizimlarini o‘quv jarayoniga keng joriy etishni, pedagog kadrlar tomonidan uni pedagogik va ilmiy faoliyatda keng foydalanish uchun chet tillarni amalda egallash darajasini oshirishni hisobga olgan holda malaka talablarini, o‘quv rejalarini, dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasini tubdan va uzluksiz yangilab borish;
b) sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohasida:
sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlari samaradorligini oshirish hisobiga ayniqsa qishloq joylarda aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoringni tashkil etish va chora-tadbirlar ko‘rish;
tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar operativligi va sifatini oshirish, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, ixtisoslashtirilgan avtotransport, komplektlangan zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlash;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
aholiga yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati samaradorligini oshirish;
aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlashga, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga yo‘naltirilgan sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizuvchi ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktika) ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish hisobiga mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘i holatini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni takomillashtirish, sog‘liqning holati uchun fuqarolarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi sog‘lig‘i holatining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
keksa avlodning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdagi, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini tizimli asosda amalga oshirish;
keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, keksa kishilarning e’tiborini kuchaytirish, keksa kishilarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimi ishlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish, bizning mintaqamiz uchun xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot fanini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va olib borishni, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
eng avvalo, alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasiga va kasallanish manbalarini tugatishga va ular tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish;
binolar va inshootlarni, suv ta’minoti tizimlarini, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnika inshootlari va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
mamlakatimizning farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishga, uning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishga, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘stirishning yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlashga, farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali va xavfsiz dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganligini yaxshilashga yo‘naltirilgan samarali dori-darmonlar siyosatini amalga oshirish;
farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, farmatsevtika sanoatini modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatidan yangilashga yo‘naltirilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni faol jalb etish;
farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalarni yangilashni ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish;
v) jismoniy tarbiya va sport sohasida:
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jismonan sog‘lom yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;
aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilg‘or chet el tajribasi negizida xalqaro klassdagi sport masterlarini tayyorlash uchun har bir mintaqada sport komplekslari tashkil etish;
sportchilar tomonidan yuqori natijalarga erishish va mamlakatni Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, shuningdek, Jahon chempionatlarida munosib namoyon qilish uchun sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab mamlakatning terma jamoasigacha bo‘lgan darajada iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
g) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlar, materiallar taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi;
o‘zi mutasaddi bo‘lgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini o‘rganadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini amalga oshirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
Departament o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
9. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun uyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga binoan esa ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
o‘ziga yuklangan, ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, hududlarni rivojlantirishning investitsiyaviy (davlat) dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishining ta’minlanishi hamda ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
11. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek, quyidagilar kiradi:
ta’lim masalalari shu’basi;
sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati shu’basi;
jismoniy tarbiya va sport masalalari shu’basi.
Har bir shu’ba tarkibiga shu’ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
13. Departament mudiri, shu’ba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shu’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shu’balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
15. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shu’ba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga ruxsat belgisi (viza) qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shu’balar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Komleks rahbariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
shu’ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shu’ba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini ta’minlaydi;
Ijro etuvchi apparatda amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
16. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning shu’ba mudirlaridan biri bajaradi.
17. Shu’ba mudiri:
shu’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shu’baga birkitilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;
masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Departament mudiriga va Bosh vazir o‘rinbosariga kiritadi;
tegishli tarmoqlar, sohalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga va shu’ba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda ― O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining o‘rinbosariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining tegishli tarmoqla | 250 | 63,592 |
Qonunchilik | Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni moliyalashtirish va manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tadbirlarining 1.2-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni moliyalashtirish va manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining ijrosini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashni moliyalashtirish va manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish tartib-taomilini tartibga soladi.
2. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlari har yili moliya organlarida ro‘yxatga olingan saqlash xarajatlari smetalarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida buyurtmachilar tomonidan shakllantiriladi.
3. Budjet tashkilotini saqlash xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilgan binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarida quyidagilar hisobga olinadi:
o‘tgan yilgi bino va inshootlarini kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarida ko‘zda tutilgan bajarilgan ishlar va xizmatlar, obyektlar bo‘yicha yetkazib berilgan qurilish materiallari va jihozlar uchun kreditorlik qarzdorligini qoplash;
o‘tgan yilgi aniq ro‘yxatlarda hisobga olingan kapital ta’mirlash obyektlarining tugallanishi;
texnik pasportlari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, jumladan resurs smetasi (loyihani tasdiqlash kuniga Markaziy bank kursi bo‘yicha kapital ta’mirlashning boshlang‘ich qiymati 10 ming AQSh dollaridan ortiq summaga ekvivalent bo‘lgan obyektlar) yoki kamchiliklar dalolatnomalari asosida tuzilgan kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlar ro‘yxatiga (loyihani tasdiqlash kuniga kapital ta’mirlashning boshlang‘ich qiymati Markaziy bank kursi bo‘yicha 10 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan obyektlar uchun) ega bo‘lgan kapital ta’mirlash obyektlari;
kamchiliklar dalolatnomalariga asosan kapital ta’mirlanishi zarur bo‘lgan obyektlarning loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini ishlab chiqish.
Kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish jarayonida budjet mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj ishlab berilmagan bo‘naklar bo‘yicha debitorlik qarzini va yakunlangan yilda buyurtmachi xarid qilgan moddiy-texnik resurslar qiymatini chegirgan holda aks ettiriladi.
4. Obyektlarni kapital ta’mirlash manzilli ro‘yxatlariga kiritishning majburiy shartlari bo‘lib, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, jumladan resurs smetasi yoki ishlar va mablag‘ bilan ta’minlash manbalarining ro‘yxati mavjudligi, shuningdek obyektlarni kapital ta’mirlanishini asosan hisobot yili davomida amalga oshirish hisoblanadi.
5. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiradigan binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashning shakllantirilgan manzilli ro‘yxatlarini quyidagicha kelishilgan holda budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tasdiqlanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirishda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtirishda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar hokimiyatlari moliya boshqarmalari va Toshkent shahar hokimiyati moliya bosh boshqarmasi bilan kelishib;
v) tuman va shaharlar mahalliy budjetlaridan moliyalashtirishda — tuman va shaharlar hokimiyatlari moliya bo‘limlari bilan.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning tasdiqlangan va kelishilgan manzilli ro‘yxatlarini budjet tashkilotlari budjet tashkilotlarining xizmat ko‘rsatuvchi banklariga taqdim etadilar.
6. Boshlang‘ich qiymati 25 ming AQSh dollariga (loyihani tasdiqlash kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha) teng va undan ortiq bo‘lgan obyektlar bo‘yicha pudrat tashkiloti va kapital ta’mirlash ishlarining shartnomaviy qiymatini aniqlash pudrat tanlov savdolari asosida amalga oshiriladi, boshlang‘ich qiymat 25 ming AQSh dollaridan (loyihani tasdiqlash kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha) kam bo‘lganda esa, buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda, pudratchilar takliflarining tanlov so‘rovi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish buyurtmachining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi va ularga doir xarajatlar savdo predmeti qiymatiga kiritiladi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha shartnomalar tanlov savdolari natijalariga ko‘ra keyinchalik o‘zgarmaydigan shartnomaviy narx bo‘yicha tuziladi.
7. Kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlariga yil davomida qo‘shimcha obyektlar kiritilishga avariyali vaziyatlarda, shuningdek moliyalashtirish manbalari tasdiqlanganda yo‘l qo‘yiladi. Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning qo‘shimcha manbalari mavjud bo‘lmaganida, qo‘shimcha obyektni inobatga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida aniqlashtiriladi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning aniqlashtirilgan aniq ro‘yxatlarini budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan moliyalashtiruvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
8. Har chorakda budjet tashkilotlari bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlari kelishilgan tegishli moliya organlariga bino va inshootlarni kapital ta’mirlash mablag‘larining shartnomaviy narxlarda o‘zlashtirilishi, shuningdek ushbu manzilli ro‘yxatlarga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirishning borishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadilar.
9. Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashni moliyalashtirish davlat budjeti xarajatlarini iqtisodiy tasniflash 4-guruhi xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash umumiy summasi doirasida qat’iy amalga oshiriladi.
10. Mazkur Nizom talablariga rioya etmaganlik uchun mas’uliyat budjet tashkilotlarining birinchi rahbarlari — obyektlarni balansda saqlovchilari zimmasiga yuklanadi.
11. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan. | 205 | 6,600 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi PQ-3030-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 12 va 34-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 32-banddagi ““O‘zgidromet” markazining O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zgidromet” markazining gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari” bo‘limi nomidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 2-bandidagi “nazorat” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomning 21-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 87-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrining “Bajarish uchun mas’ullar” ustuni 118-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston katta to‘g‘onlar milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 25-martdagi 88-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 20-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 47-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining 14 va 17-kichik bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga bo‘ysunishi to‘g‘risida” 1993-yil 1-apreldagi 167-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshqinga qarshi favqulodda komissiya faoliyati masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 4-apreldagi 128-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2001-yil 28-iyundagi 278-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Toshqin va sel oqimlari, ko‘chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 96-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilova 6-bandining “b” kichik bandi. | 250 | 6,127 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI O‘RTASIDA TUZILGAN ZAYoM TO‘G‘RISIDAGI BITIM DOIRASIDA PAXTAChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh HAQIDA | Paxtachilikni yanada rivojlantirish va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) beradigan zayom resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan XTTB o‘rtasida tuzilgan Zayom to‘g‘risidagi bitimga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-maydagi 160-son qaroriga muvofiq tayyorlangan Paxtachilikni takomillashtirish loyihasi (keyingi o‘rinlarda paxta loyihasi deb ataladi) 1 va 1a-ilovalar*ga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Markaziy Osiyo Urug‘chilik Kompaniyasini loyiha qatnashchisi sifatida kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, loyihani amalga oshirish muddati 5 yil, loyihaning umumiy qiymati 84,59 mln AQSh dollari, shu jumladan:
66,12 mln AQSh dollari — 5 yillik imtiyozli davrni ham qo‘shganda XTTBning 20 yil muddatga zayom sifatida ajratadigan ulushi;
18,47 mln AQSh dollariga teng miqdorda milliy valyutadagi mablag‘ — O‘zbekiston Respublikasining ulushi, undan 10,75 mln AQSh dollari respublika budjetidan beriladigan kredit va 7,72 mln AQSh dollari urug‘chilik korporatsiyalari va xo‘jaliklarining mablag‘lari.
Belgilab qo‘yilsinki, zayom mablag‘lari va respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar paxta loyihasini amalga oshiruvchi tashkilotlarga qaytarish asosida beriladi.
3. Paxta loyihasi doirasida mablag‘larni vazirliklar, idoralar va davlatga qarashli bo‘lmagan sektor tashkilotlari o‘rtasida taqsimlash sxemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, XTTBning mazkur loyiha doirasidagi zayom mablag‘lari transhlar bilan beriladi va xarajatlarni qoplash rejalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va XTTB tomonidan loyihada belgilangan muddatlarda tasdiqlanadi.
4. Vazirlar Mahkamasi huzurida 3-ilovaga* muvofiq xodimlar soni va apparat tuzilmasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs huquqidagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi tashkil etilsin.
Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi sarf-xarajatlari loyihani amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar hisobiga milliy valyutada amalga oshirilsin.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi (FTDQ) binosiga, X. Sulaymonova ko‘chasi, 29-uyga joylashtirilsin.
FTDQ Agentlikni ijara shartlarida xizmat xonalari bilan ta’minlasin.
Aloqa vazirligi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligini zarur aloqa vositalari, shu jumladan xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘iga chiqadigan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
5. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligiga quyidagi huquqlar berilsin:
vazirliklar va idoralarning loyihani amalga oshirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish;
mazkur loyiha doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
banklarda hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochish;
yuqori malaka talab qiladigan ishlar uchun Agentlik xodimlarining lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda ustama haq belgilash.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir hafta muddatda Paxta loyihasini amaliy oshirish agentligi uchun milliy valyutada schyot (Paxta loyihasi schyoti) va AQSh dollarida maxsus depozit schyot ochsin.
Maxsus depozit schyotga omonatlar qo‘yish va bu schyotdan to‘lovlar to‘lash O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi Zayom to‘g‘risidagi bitim qoidalariga muvofiq amalga oshirilsin.
7. Elita-urug‘chilik xo‘jaliklarining ularning negizida 4-ilovaga muvofiq urug‘chilik korporatsiyalari tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjetidan paxta loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni alohida moddaga ajratsin;
Zayom to‘g‘risidagi bitimga muvofiq urug‘chilik korporatsiyalari bilan subzayom bitimlari tuzsin;
zayom mablag‘lari sarflanishi ustidan har oyda nazorat qilib borsin, paxta loyihasi schyotidagi depozit summasini loyihani amalga oshirishga yo‘naltirilgan amaldagi xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobotlar asosida o‘z vaqtida to‘ldirib borsin;
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi bilan birgalikda XTTB va respublika budjetidan beriladigan zayom mablag‘larini berish, ulardan foydalanish hamda ularni qaytarish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi:
ikki hafta muddatda Agentlik to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining topshirig‘iga binoan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan subzayom mablag‘larni berish va to‘lashni (asosiy summa va foizlarni), shu jumladan urug‘chilik korporatsiyalari tomonidan olinadigan zayom mablag‘lari to‘lanishi va qaytarib berilishini nazorat qilish bo‘yicha agentlik shartnomasi tuzsin;
10. Asbob-uskunalar, texnika, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa materiallarni sotib olish uchun xalqaro hamda mahalliy tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha tender komissiyasi tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Komissiya tender savdolarini loyihada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirsin.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi huzurida qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlari hamda gibridlarini ro‘yxatga olish va muhofaza qilish bo‘limini tashkil qilsin;
Respublika paxta urug‘chiligi nazorati stansiyasi negizida loyihada nazarda tutilgan xodimlar soni doirasida viloyatlarda bo‘linmalari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazini tashkil etsin.
13. “O‘zdavstandart” markazi:
loyihada nazarda tutilgan muddatlarda urug‘likni va paxta mahsulotini sertifikatsiyalash mintaqaviy laboratoriyalari tashkil etilishiga ko‘ra paxta tolasini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatsiyalanishi shart bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sertifikatlarda aks ettirish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlasin va sertifikatning tegishli shaklini tasdiqlasin.
14. 1996-yil hosilidan boshlab 4-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan urug‘chilik korporatsiyalari xo‘jaliklari paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod qilinsin. Xo‘jaliklar paxta tolasini erkin narxlarda sotishdan olgan daromadlar faqat paxta loyihasini amalga oshirishga va keyinchalik zayom mablag‘larini to‘lashga yo‘naltirilsin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotini ishlab chiqarish hamda taqsimlash balanslarini mazkur xo‘jaliklar paxta mahsulotini davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishdan ozod etilishini hisobga olgan holda ishlab chiqsin.
15. Paxta loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar paxta loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlardan olinadigan boj poshlinasidan ozod qilinsinlar.
16. Urug‘chilik korporatsiyalari va paxta tolasi sifatini baholovchi mintaqaviy laboratoriyalar ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab soliqlarning barcha turlarini to‘lashdan besh yilga ozod qilinsinlar, yer solig‘i va suv solig‘i bundan mustasno.
17. Respublikada 1996-yil paxta hosilidan olinadigan barcha urug‘lik chigitga erkin (shartnomaviy) narxlar joriy qilinsin.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar loyihaning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasinlar,
19. Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi yilning har choragida loyihani amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqsin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
“Madaniyat”
T. Hotamov nomidagi
“Mustaqil O‘zbekiston”
“Do‘stlik”
“Navbahor”
“O‘zbekiston”
Q. Soliyev nomidagi
S. Boymatov nomidagi
“Qumqo‘rg‘on”
I. Mirzayev nomidagi
“Besh qahramon”
Sh. Mirzayev nomidagi
“Haqiqat”
“Qaytmas”
A. Ikromov nomidagi
“Istiqbol”
G‘. G‘ulom nomidagi
“Paxtaqaynar”
S. Azizov nomidagi
“G‘aniobod”
“O‘qchi”
Sayxunobod tumani:
Sultonov nomidagi
T. G‘ulomov nomidagi
“Sho‘ro‘zak”
“Birlashgan”
Boyovut tumani:
“Boyovut-1”
Chinoz tumani:
Oxunboboyev nomidagi
“O‘zbekiston”
S. Rahimov nomidagi | 189 | 8,416 |
Qonunchilik | Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risi | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 11-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“fuqarolar yig‘ini hududida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoxud bunday tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlashda, shuningdek bunday shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etadi”;
2) 14-moddasining birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hamda fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi, shuningdek mazkur faktlar to‘g‘risida tegishli ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarini hamda ichki ishlar organlarini zudlik bilan xabardor qiladi”;
o‘n to‘rtinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha o‘n beshinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 586-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ish qidirayotgan va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 11-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 202-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 24-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 3,684 |
Qonunchilik | 1994 YILDA “SOVG‘A” PUL-BUYuM LOTEREYaSINI ChIQARISh TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisining bo‘sh naqd pul mablag‘larini jalb etish va pul muomalasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zjamg‘armabank”, “O‘zbeksavdo” va O‘zbekbirlashuvning 1994-yilda 200 mln so‘mlik miqdordagi “Sovg‘a” pul-buyum lotereyasini chiqarish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Lotereya bo‘yicha yutuqlar summasi 140 mln so‘mni yoki chiqarilgan lotereya umumiy summasining 70 foizini tashkil qiladi.
2. 1994-yilda “Sovg‘a” pul-buyum lotereyasini o‘tkazish shartlari va tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, lotereya biletlarini sotish “O‘zjamg‘armabank”, Aloqa vazirligi, “O‘zbeksavdo”, O‘zbekbirlashuv muassasalarida hamda ushbu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar orqali, qat’iy ixtiyoriylik asosida, naqd pulga amalga oshiriladi.
“Sovg‘a” pul -buyum lotereyasi respublika hududida 2-ilovaga muvofiq taqsimlansin.
4. Vakillar etib quyidagilar belgilansin:
lotereya biletlarini qabul qilib olish, saqlash va yutuqlarni to‘lash bo‘yicha — “O‘zjamg‘armabank” muassasalari;
lotereya biletlarini “O‘zjamg‘armabank” muassasalariga hamda biletlarni tarqatuvchi tashkilotlarga yetkazib berish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “O‘zjamg‘armabank”.
5. Belgilab qo‘yilsinki, yutuqlarni berish va jo‘natish O‘zbekbirlashuvning “Matlubotchi” universal savdo-aksionerlik jamiyati tomonidan, “O‘zjamg‘armabank” topshiriqnomalariga binoan, topshiriqnoma olingandan keyin 15 kun mobaynida amalga oshiriladi.
6. Davlat konsernlari, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar “O‘zbeksavdo” va O‘zbekbirlashuvga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi va turdagi zarur tovarlarni sotsinlar hamda ular O‘zbekbirlashuvning “Matlubotchi” universal savdo-aksionerlik jamiyatiga o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
7. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda lotereya biletlarini tayyorlashni ta’minlasin.
8. “O‘zjamg‘armabank”, “O‘zbeksavdo”, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “O‘zdavteleradio”, O‘zA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
aholi o‘rtasida lotereya biletlarini sotish bo‘yicha keng reklama ishlarini tashkil etsinlar;
lotereya biletlarini sotishning borishi, biletlarni sotishdan tushgan pullarning o‘z vaqtida topshirilishi va yutuqlarning berilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
lotereya biletlarini shartnomaviy asosda sotuvchi shaxslarga sotilgan biletlar summasining ikki foizi miqdorida mukofot to‘lanadi;
lotereya chiqarishdan olingan mablag‘lar (lotereyani o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni chegirgan holda) quyidagicha taqsimlanadi:
40 foizi — respublika budjeti daromadiga;
15 foizi — Markaziy bank hisob schyotiga;
15 foizi — “O‘zjamg‘armabank” hisob schyotiga;
15 foizi — “O‘zbeksavdo” hisob schyotiga;
15 foizi — O‘zbekbirlashuv hisob schyotiga.
10. Lotereya biletlarini sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zjamg‘armabank” muassasalarining maxsus schyotida to‘planadi. Lotereya bo‘yicha yutuqlarni to‘lash, shuningdek lotereyani chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar ushbu schyotdan amalga oshiriladi.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
1 “Sovg‘a” pul-buyum lotereyasi (keyingi o‘rinlarda lotereya deb ataladi) respublika aholisining naqd pul mablag‘larini jalb etish maqsadida chiqariladi.
2. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zjamg‘armabank”, “O‘zbeksavdo” va O‘zbekbirlashuv lotereyaning muassislari hisoblanadilar.
3. Lotereya 200000000 (ikki yuz million) so‘mlik miqdorda chiqariladi. Mana shu miqdordagi summaga nominal qiymati 10 so‘m bo‘lgan 20000000 (yigirma million) dona lotereya bileti chiqariladi.
Lotereya biletlari har biri 5000000 (besh million) so‘mlik bo‘lgan 40 ta alohida razryadlarga bo‘linadi.
Lotereyaning har bir razryadi 000001 dan 005000 gacha tartib raqamiga ega bo‘lgan 5000 seriyadan iborat bo‘ladi.
Har bir seriya 001 dan 100 gacha tartib raqamiga ega bo‘lgan 100 biletdan iborat bo‘ladi.
4. Lotereyaning yutuqlari tiraji 1994-yil 28-29-dekabrda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
5. Lotereyaning yutuqlari miqdori 140000000 (bir yuz qirq million) so‘mni yoki lotereyani chiqarish umumiy summasining 70 foizini tashkil etadi.
Lotereyaning 40 razryadi bo‘yicha tirajda umumiy miqdori 140000000 million so‘mlik 2476000 (ikki million to‘rt yuz yetmish olti ming) yutuq, shu jumladan, 116121200 (bir yuz o‘n olti million bir yuz yigirma bir ming ikki yuz) so‘mlik 88120 (sakson sakkiz ming bir yuz yigirma) buyum yutuqlari va 23878800 (yigirma uch million sakkiz yuz yetmish sakkiz ming sakkiz yuz) so‘mlik 2387880 (ikki million uch yuz sakson yetti ming sakkiz yuz sakson) pul yutuqlari o‘ynaladi (ilova qilinmoqda).
6. Lotereya biletlari O‘zbekiston Respublikasi hududida “O‘zjamg‘armabank” muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining aloqa bo‘limlari, savdo va mutlubot kooperatsiyasi korxonalari hamda shu maqsadlar uchun shartnoma asosida jalb etilgan shaxslar tomonidan sotiladi.
7. Lotoreya biletlari 12x7 santimetr o‘lchamli to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lib, davlat belgisi qo‘yilgan qog‘ozdan tayyorlanadi. Lotereya biletining old tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri; “O‘zbekiston Respublikasining “Sovg‘a” pul-buyum lotereyasi, “Lotereya bileti”, “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi”, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zjamg‘armabank”, “O‘zbeksavdo”, O‘zbekbirlashuv” degan yozuvlar; “Turkiston” konsert zalining tasviri; “Biletning bahosi 10 so‘m” degan yozuv; razryad, seriya, bilet tartib raqamlari; yutuqlar tiraji o‘tkaziladigan oy va kun hamda joy qayd etilgan bo‘ladi. Lotereya biletining orqa tomonida lotereyani o‘tkazish shartlari bayon qilinadi hamda “Yangi yilda Sizga omad tilaymiz” so‘zlari yozilgan bo‘ladi. Barcha yozuvlar o‘zbek tilida ifodalanadi.
8. Qabul qilish, saqlash, hisobga olish va pul yutuqlarini to‘lash “O‘zjamg‘armabank” tomonidan amalga oshiriladi.
9. Buyum yutuqlarini berish va jo‘natish O‘zbekbirlashuvning “Matlubotchi” universal savdo-aksionerlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
10. Buyum yutuqlari bahosi 1991-yil 1-noyabrda amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha belgilangan.
11. Lotereya biletlari bo‘yicha pul yutuqlari yutuqli bilet ko‘rsatilgach, “O‘zjamg‘armabank”ning barcha muassasalari tomonidan to‘lanadi.
Buyumli yutuqlar yutuq chiqqan lotereya biletlari “O‘zjamg‘armabank” tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin beriladi.
Buyum yutuqlarini berish va jo‘natish “O‘zjamg‘armabank” topshiriqnomalari bo‘yicha, topshiriqnoma olingandan keyin 15 kun mobaynida O‘zbekbirlashuvning “Matlubotchi” universal savdo-aksionerlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
12. Yutuq chiqqan lotereya biletlari pul yoki pul yutug‘ini olish uchun 1995-yil 30-iyungacha (o‘sha kun ham kiradi) taqdim etilishi mumkin. Mana shu muddatdan keyin lotereya biletlari o‘z kuchini yo‘qotadi va yutuqni berish uchun qabul qilinmaydi. | 64 | 7,111 |
Qonunchilik | Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019-yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi.
Bugungi kunda ayrim hududlarda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda o‘sib borishi mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini talab etmoqda.
Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta’minlash maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Adliya vazirligiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin.
4. Quyidagilar:
2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ma’lumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi o‘rinlarda — mahallalar) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish;
tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.
8. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining Filiallarni mahallalarning fuqarolar yig‘inlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
9. Belgilansinki:
Filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin;
Filiallarni tashkil etish, shu jumladan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, Filiallar uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy texnika va jihozlar bilan ta’minlash esa mahalliy budjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Filiallarning belgilangan tartibda Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.
13. Sug‘urta kompaniyalariga Davlat xizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar reklamasini joylashtirish huquqi berilsin.
14. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji summasining 80 foizi miqdoridagi mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va Filiallar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmati uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar (avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari bundan mustasno) va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladigan 1 foizi miqdoridagi mablag‘lar 0,5 foizga kamaytiriladi;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda ta’limning minimal darajasi va ishchilarga kasbi bo‘yicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida davlat xizmatlari markazlarida qo‘llash uchun, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘ladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Agentlik bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar talab eng yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning to‘liq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil mexanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmog‘i orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tahlil qilsin va davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin;
Davlat xizmatlari markazlari va ularning Filiallari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan, psixologiya bo‘yicha kurslardan o‘tgan holda oshirish tizimining doimiy asosda takomillashtirilishini ta’minlasin;
2020-yil 1-mayga qadar Filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat xizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish bo‘yicha minimal tashkiliy-texnik talablar, shuningdek, Filiallar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-ko‘ngilochar komplekslar) o‘rnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatishning minimal talablari va standartlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari U.Sh. Tashxodjayev — mazkur Farmonning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining ko‘rilgan choralar haqidagi har oylik hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishi, mazkur Farmonning o‘z vaqtida ijro etilishida mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov — mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Vazirlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini ta’minlasin.
mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari — idoraviy axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun ma’lumotlar raqamlashtirilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin, shuningdek, filiallarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishida yordam ko‘rsatsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarorining 13-bandida:
a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;”; | 113 | 13,543 |
Qonunchilik | “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li qurilishida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh ishchi-xizmatchilarni mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish va islohotlarni amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan temir yo‘l transporti hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: | 136 | 320 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: valyuta bozorini qanday oʻzgarishlar kutmoqda? | Naqd valyutani olib chiqish
10 000 AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdordagi summa doirasida naqd хorijiy valyutani respublika hududidan olib chiqib ketish tartibini oʻrnatish taklif etilmoqda. Hukumat qarorlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno.
Bunda 2000 AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdordagi summa doirasida naqd хorijiy valyutani respublika hududidan olib chiqib ketish va olib kirish majburiy deklaratsiyalanmaydi.
Tijorat banklari va Markaziy bank tomonidan naqd хorijiy valyutani mamlakat hududidan olib chiqib ketish uchun ruхsatnoma berish amaliyotini bekor qilish taklif etilgan.
Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda naqd chet el valyutasini olib chiqib ketish summa miqdoridan qat’i nazar majburiy yozma deklaratsiyalash orqali amalga oshirilmoqda, jumladan:
Majburiy sotish i valyuta tushumi muddatlari
Alohida tovar va хizmatlar eksportidan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishning yangi tartibini ishlab chiqish taklif etilgan boʻlib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Eslatib oʻtamiz, amalda mavjud boʻlgan tartib Vazirlar Mahkamasining 29.06.2000 yildagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan.
Bundan tashqari, loyihada eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta tushumi va tovarlar (хizmatlar) kelib tushishining eng koʻp muddatini birхillashtirish taklif etilgan.
Konvertatsiya, valyutalar kursi va normativ bazani takomillashtirish
Valyutani tartibga solish sohasida vakolatli davlat organlariga qator muhim topshiriqlar ham loyihada mujassam boʻlgan, jumladan:
Birinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ichki valyuta bozorida хorijiy valyutani хarid qilish va sotishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish, unda joriy хalqaro operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun хorijiy valyutani erkin хarid qilish va sotishni nazarda tutish.
Ikkinchidan, milliy valyutaning хorijiy valyutaga nisbatan kursini хorijiy valyutaga boʻlgan joriy talab va taklif nisbatidan kelib chiqib oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. Kurs valyuta birjasida хorijiy valyutani хarid qilish va sotish boʻyicha banklararo savdolarda belgilanadi.
Uchinchidan, yuqorida aytib oʻtilgan choralarni roʻyobga chiqarishni tahlil etish asosida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish:
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksportchilarida koʻproq valyuta qoladi
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun valyutadagi tushumni majburiy sotish hajmi oʻzgartirildi
Xalqaro valyuta kartasi qanday ochiladi | 62 | 2,680 |
Qonunchilik | ShOShILINCh TIBBIY YoRDAM RESPUBLIKA MARKAZINI TEXNIK JIXATDAN JIHOZLASh TO‘G‘RISIDA | Shoshilinch tibbiy yordamning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda mamlakat aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘ztibbiyeksport” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi tomonidan Toshkent shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazini jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot texnikasi va anjomlar, kasalxona asbob-uskunalari xarid qilish va tibbiyot xodimlarini o‘qitish uchun “Suministros De Comercio Exterior, S.A.” (Ispaniya) firmasi bilan 10,62 mln yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur loyihaning buyurtmachisi va ijrochisi deb belgilansin.
2. Belgilansinki, sotib olinayotgan tibbiyot asbob-uskunalarini mablag‘ bilan ta’minlash:
“CESCE” agentligi sug‘urta mukofoti pulining 50 foizi qo‘shilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) Davlat kredit agentligining “CESCE” agentligining sug‘urta qoplamasi ostida 31,5 yil muddatga beriladigan imtiyozli krediti mablag‘larini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;
“CESCE” agentligi sug‘urta mukofoti pulining 50 foizi qo‘shilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning “Banco Bilbao Viscaya Argentaria” bankining “CESCE” agentligining sug‘urta qoplamasi ostida 5 yil muddatga beriladigan mablag‘larini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy kreditorlar oldidagi to‘lov majburiyatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimiga ilovada belgilangan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy banklar-kreditorlar oldidagi kafolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda xulosa bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari bo‘yicha 1 va 2-ilovalarga* muvofiq asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqi ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qaytarilishini;
asbob-uskunalarni joylashtirish va montaj qilish uchun binolar o‘z vaqtida tayyorlanishini;
mamlakat aholisining keng qatlamlariga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy tibbiyot texnikasi va kasalxona asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishini;
yangi tibbiyot texnologiyalarini o‘rganish uchun mutaxassislar tanlanishi va chet elga yuborilishini ta’minlasin.
Jalb etiladigan kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va ular hisobiga sotib olinadigan zarur asbob-uskunalar to‘g‘ri tanlanishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga mazkur qarorga muvofiq jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun respublika budjetidan zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
7. Mazkur loyihani mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashuvchi xorijiy kreditorlar va eksport-kredit agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 84 | 4,070 |
Qonunchilik | 3 yillik davrga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi ishlab chiqiladi | Moliyaviy-iqtisodiy blokdagi idoralarga Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021 yillarga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek Hukumatga Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet yoʻnalishlari kiritiladi.
Davlat rahbari tomonidan har yili quyidagilar tasdiqlanadi:
Joriy yil soʻngida – kelasi yil uchun raqamlar olinadi. Masalan, 2018 yilgi parametrlar 29.12.2017 yilda tasdiqlangan va h.k.
Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmonida Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021 yillarga, ya’ni 3 yillik davrga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqish haqida ilk bor soʻz yuritilgan. Bu ishda strategik rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy uslublariga, shuningdek hujjatda nazarda tutilgan soliq tizimini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlarga tayaniladi (bu yerga va bu yerga qarang).
Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Markaziy bank va Davstatqoʻm ana shunday vazifa oldilar. Uch yillik prognoz 2018 yil 1 avgustga qadar tayyor boʻlishi kerak.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Bunda 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda Hukumatga Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet yoʻnalishlari kiritiladi. Boshqacha aytganda, byudjet koʻrsatkichlari ham 3 yil oldin rejalashtiriladi.
2019-2021 yillarga moʻljallangan Davlat byudjetining mutanosibligi хorijdan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan sarf-хarajatlarni inobatga olmagan holda ta’minlangan boʻlishi kerak. Moliya-byudjet intizomini mustahkamlash va Davlat byudjetining balanslashgan ijrosini ta’minlash uchun:
DSQ, DBQ, Moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet tizimi byudjetlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun shaхsan mas’ul ekanligi belgilab qoʻyildi.
Oleg Zamanov. | 85 | 2,315 |
Qonunchilik | TEMIR YO‘L TRANSPORTI TA’MIRLASh TAShKILOTLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
temir yo‘l transportini ta’mirlash bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
13. Bevosita temir yo‘l transportini ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
15. Xodimlar temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli va zararli omillar, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
16. Har bitta tashkilot yoki alohida xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
18. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarga faqat maxsus o‘qitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladi.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda mas’ul xodim qo‘l qo‘yib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
22. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
23. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
27. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha temir yo‘l transportini ta’mirlash uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Tashkilot rahbariyati ishchi va xizmatchilarni quyidagi maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlashi shart:
maxsus kiyim-kechak;
maxsus poyabzal;
maxsus bosh kiyimi;
nafas a’zolarining himoya vositalari;
qo‘lni himoyalash vositalari;
bosh uchun himoya vositalari;
yuzni himoyalash vositalari;
eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
ko‘zni himoya qilish vositalari.
29. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
30. Tashkilotlarda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
33. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
34. “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
39. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
40. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
41. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
42. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
43. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
44. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani bo‘lishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
51. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo‘lishi kerak.
52. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
53. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishini ta’minlashi kerak.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga mos kelishi kerak.
55. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
56. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
58. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
59. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
62. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
63. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
65. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
66. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, o‘rta og‘ir ishlarda 17°S va og‘ir ishlarda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
69. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
70. Tashkilotning oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
71. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
72. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Issiq va qoliplash sexlarida, bug‘lantirish kameralari bo‘linmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo‘lgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan ta’minlanishlari kerak.
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
75. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
76. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
77. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
78. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
79. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
80. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
81. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
82. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
83. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
84. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun ko‘chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo‘lishi kerak.
85. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
86. Tashkilot yo‘llarida temir yo‘l transporti harakatlanishida manevr lokomotivlari va motor-vagon harakatdagi tarkib eshiklari yopiq holda bo‘lishi hamda tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilgan bo‘lishi kerak.
87. Harakatdagi tarkibni yurishi davomida temir yo‘l transporti sexi dispetcheri ruxsati bilan stryelka o‘tkazgichi doimiy navbatchisi yoki mashinist yordamchisi tomonidan stryelka aylantirilib turilishini tashkil etish lozim.
88. Ta’mirlash hajmini aniqlash bo‘yicha ishlar maxsus yo‘llarda bajarilib, ular yo‘lni har ikki tomonidan qattiq materiallar bilan yopilishi kerak.
89. Elektr harakat tarkibi belgilangan joyga qo‘yilmaguncha yoki kontakt simidan kuchlanish o‘chirilmaguncha unda ish olib borish va kuzatuv ishlarini bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
90. Harakatdagi tarkib chegaralash tayanchlari o‘rtasida belgilangan joyda joylashtirilib, boshmoqlar bilan mahkamlanishi, shuningdek tok qabul qiluvchi moslama tushirilib, yonilg‘i, suv va moy maxsus sig‘imlarga quyilishi va akkumulyator batareyalaridan chiqqan simlar o‘chirilishi lozim.
91. Elektr harakat tarkibi elektrofikatsiyalashgan yo‘llarda belgilangan joyga qo‘yilgandan so‘ng simdan kuchlanish o‘chirilishi va kontakt simi yerga ulanib, machtali ajratgich qulfga berkitilishi kerak.
92. Harakatdagi tarkib ta’mirlanishdan oldin axlat, yuk qoldiqlari, qor va muzlardan tozalanishi lozim.
93. Yo‘lovchi tashish vagonlarining motor-vagon harakatdagi tarkibi yuvilgan va dezinfeksiyalangan holda bo‘lishi, sisternalar esa ularni ta’mirlashga tayyorlash qoidalariga muvofiq yuk qoldiqlaridan tozalangan va moysizlantirilgan bo‘lishi lozim.
94. Harakatdagi tarkibni tozalash, yuvish va quritish ishlari maxsus kiyim-bosh va himoya ko‘zoynaklarida sexdan tashqarida yoki so‘rish-shamollatgichi bo‘lgan maxsus kameralarida bajarilishi kerak.
95. Seksiyalar elektr ulanmalarini uzish ishlari simlar zararsizlantirilganda va tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilib, mahkamlangandan so‘ng, ishlamay turgan holatda bajarilishi lozim.
96. Harakatdagi tarkib sexlarga olib kirilayotganda odamlarni yo‘llarda, darvozalar orasida, harakatlanayotgan temir yo‘l transporti vositalari ustida hamda chiqish moslamalarida turishi taqiqlanadi. Lokomotiv yoki vagon sexga olib kirilayotganda, mazkur yo‘lda harakatdagi tarkib turgan bo‘lsa, ishlayotgan odamlar manevr ishlari tugagunga qadar undan tushishlari kerak.
97. Lokomotivlar va vagonlar ko‘tarib ta’mirlanayotganda ular orasidagi masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Ta’mirlashga qo‘yilgan lokomotivlardan sex darvozasidan chiqadigan joygacha bo‘lgan masofa 4,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
98. Elektr harakatdagi tarkib yo‘lga qo‘yilganda, unga ikki tomonidan bemalol tushadigan va yonidan o‘tadigan bo‘sh joylar qoldirilishi lozim.
99. Manyovr ishlari harakat tarkibini saqlaydigan va ishlovchilar xavfsizligini ta’minlaydigan amaldagi texnologik jarayonlarga muvofiq bajarilishi lozim. Tashkilot rahbariyati tomonidan manyovr ishlari xavfsiz bajarilishi bo‘yicha texnologik jarayon ishlab chiqilishi shart.
100. Manyovr ishlari paytdagi tezlik: zavod tashkilot yo‘llarida soatiga 5 — 15 km, kesishmalarda va sex yaqinida soatiga 3 km, sex ichida soatiga 2 km ni tashkil etishi lozim.
101. Harakatdagi tarkib qo‘yiladigan joy tozalanadi va uni keskin tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
102. Foydalanayotgan uskunalarni barchasi doimo soz holatda bo‘lishi kerak.
103. To‘siqlar va himoyalash qurilmalari belgilangan joylarda o‘rnatilib, o‘rnatilgan darajada mahkamlab qo‘yiladi. Nosoz uskuna va to‘siqlarni nosozligi paytida ishlashga ruxsat berilmaydi.
104. Yangi o‘rnatilgan yoki ta’mirdan chiqqan uskunalar sex boshlig‘i va mehnatni muhofaza qilish muhandisi ishtirokida komission tartibda qabul qilingandan so‘ng ishga tushirilishi lozim.
105. Foydalanilayotgan uskunalar bo‘yicha texnik hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak. Uskunalar konstruksiyasi va uni boshqaruv organlari mehnat xavfsizligini ta’minlashi zarur.
106. Verstaklar, stollar va stellajlar mustahkam, chidamli, qulay va balandlikda ishlovchilar uchun xavfsiz bo‘lishi hamda polga ishonchli mahkamlab qo‘yilishi lozim.
107. Verstaklar yuzalari silliq materiallar bilan qoplanadi. Stellajlar va uni tag qismlarida ko‘chish, tig‘li joylari, yoriqlar va boshqa nuqsonlari bo‘lmasligi kerak. Stellajlar polkalarini qiyaligi, saqlanayotgan jismlar tushib ketmasligi uchun ichkari tomonga qaratilishi lozim.
108. Verstaklarni qoplash paytida o‘tkir burchaklar bo‘lmasligi kerak. Verstak kengligi 0,75 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
109. Verstaklar qo‘yilgan qisqich (tiski)lar ishlov berilayotgan detal o‘lchovlariga muvofiq bo‘lishi va ular orasidagi masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
110. Verstakda ishlovchilarni uchish mumkin bo‘lgan parchalardan himoyalash maqsadida yacheykalari 3 mm dan katta bo‘lmagan 1 m va undan ziyod balandlikda to‘rlar qo‘yilishi lozim.
111. Buyumlar va materiallarni taxlash uchun mo‘ljallangan stellaj va stollarda ularni ko‘tarishi mumkin bo‘lgan og‘irliklar haqida belgi ko‘rsatilishi kerak.
112. Ishlovga kelib tushgan detal va materiallar maxsus va aniq belgilangan joylarda joylashtirilishi lozim.
113. Uskunalar va binolar qismlari orasidagi masofa o‘tish va harakatlanish joylari kengligi, amaldagi qurilish, binolar va inshootlarni yong‘inga qarshi me’yorlarini loyihalash talablariga muvofiqlashtiriladi hamda uskunalar quvvati va turi transport vositalari va tayyorlanayotgan mahsulot gabariti, tashishni bajarish ishlari, odamlar va yuklarni intensivligiga qarab belgilanishi lozim.
114. Chang ajratadigan uskunalar (tozalash barabanlari, gitinaks, tekstolik, asbest va boshqalarga mexanik ishlov beradigan stanoklar) alohida xonalarda o‘rnatiladi va ular boshqa sexlar xonalaridan chang va ovozdan himoyalangan to‘siqlar bilan izolatsiyalanishi hamda tortish-so‘rish shamollatish uskunalari, mahalliy so‘rish va tozalash vositalari bilan jihozlanishi kerak.
115. Agarda uskunalar ishi yuqori darajadagi shovqinni keltirib chiqarsa, ularni sexlarda o‘rnatish sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
116. Issiq va zararli ishlar bilan bog‘liq sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari izolatsiyalanishi lozim.
117. Pnevmatik zarba berib ishlaydigan doimiy ishlar uchun alohida xona ajratilishi lozim.
118. Barcha harakatni uzatuvchi (tasmali, arqonli, zanjirli, sharnirli va boshqalar) qismlarda mustahkam saqlaydigan to‘siqlar bo‘lishi lozim.
119. Uskunalar va mexanizmlarni aylanish qismlari 2,5 m balandlikdan pastda joylashgan bo‘lsa, maxsus to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
120. Katta gabaritli uskunalarga xizmat ko‘rsatish poldan 1 m va undan oshgan holda amalga oshirilishi hamda uning yonida to‘sig‘i bo‘lgan maxsus maydoncha va unga chiqish uchun narvon bo‘lishi kerak.
121. Ishga tushirish apparaturasi uskunani tez va bir tekisda yoqish va undan qulay foydalanishni ta’minlashi lozim.
122. Yirik va uzun o‘lchovli uskunalar (transportyor, rolgang, konveyer va boshqalar) bir necha joyda to‘xtatish tugmalari (knopkalari) bilan jihozlanishi lozim. To‘xtatish tugmachasi qizil rangda bo‘lib “to‘xta” yozuviga ega bo‘lishi kerak.
123. Uskunani ishga tushirish pedallari ishonchli to‘siqlar va himoyalovchi qurilmalardan iborat bo‘lib, ular uskunani oldindan o‘qish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
124. Uskunalar va mexanizmlarni ta’mirlash va sozlash ishlari maxsus ajratilgan, o‘qitilgan va yo‘l-yo‘riqdan o‘tgan xodim tomonidan bajarilishi lozim.
Uskunalar va mexanizmlar ishlayotganda ta’mirlash ishlari bajarilishi taqiqlanadi.
125. Ish boshlanishi oldidan uskunalar va mexanizmlar o‘chirib qo‘yiladi. Barcha harakat uzatadigan kamarlar shkivdan olib qo‘yilishi kerak.
126. Ishga tushirish apparati va rubilniklarda belgilangan plakatlar osib qo‘yiladi va ishlayotgan joyga kuchlanish berilmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
127. Qirindilar, qirqilgan bo‘laklar, changlar va ifloslanishlar stanokda ishlovchilar tomonidan tozalanib olinadi.
128. Har bir ishlovchi uchun qulay sharoit yaratilib, ish bajarayotgan paytda ularning erkin harakati ta’minlanishi kerak.
129. Ish joyi yordamchi uskunalarni joylashtirish uchun yetarli darajada maydon, shuningdek, asboblar, jihozlar, ishlov beriladigan va ishlov berilgan buyumlar (stellajlar, stollar, yashiklar va boshqalar)ni saqlash uchun tegishli inventarlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
130. Ish joyida ishchini oyog‘i tagida soz yog‘och panjarali taglik bo‘lishi va plankalari orasidagi masofa 25 — 30 mm ni tashkil etishi kerak.
131. Agarda ish joylari ishchi yonida ishlayotganlar yoki atrofidan o‘tayotganlar uchun xavfli bo‘lsa, to‘siq o‘rnatilishi lozim.
132. Ish o‘rni yetarli darajada yoritilishi va tozalikda saqlanishi kerak. Ish o‘rinlari, yurish va harakatlanish yo‘llari, ish kuni davomida va ish joylarida tayyor mahsulot va qoldiqlar yig‘ilganda tozalanib turilishi kerak.
133. Ish joyida yonish xavfi bor va yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
134. Asboblar va moslamalarni ish joylarida saqlash uchun alohida shkaflar o‘rnatilishi lozim.
135. Buyumlarni shtabel shaklida taxlash uchun uning balandligi buyumni muvozanat sharoiti va ulardan detallarni olishda qulaylik bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bunda shtabel balandligi 1 m dan oshmagan, ular orasidagi masofa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi shart.
136. Shtabellar yiqilib ketmasligi va ulardan materiallar sirpanib, tushib ketmasligini oldini olish maqsadida maxsus moslamalar, tayanchlar, tirkagich, qatorlar orasiga taglik qo‘yilishi lozim.
137. Ish paytida qozonxonaga tushish qopqog‘i, sisternalar va quduqlar lyuklari ochiq bo‘lib, zarur bo‘lganda to‘sib qo‘yilishi kerak.
138. Agar tabiiy yoritilishi yetarli bo‘lmasa, 12 V li ko‘chma va portlashdan himoyalangan chiroqlardan foydalanish lozim.
139. Barcha yuk ko‘tarish hamda transport vositalari va yordamchi yuk ko‘tarish moslamalaridagi ishlarni bajarish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
140. Yuk ko‘tarish krani hamda yuk ko‘tarish moslamalari yaroqsiz holatga kelganligi tufayli hisobdan chiqarilganda yoki yozma arizaga muvofiq boshqa egasiga berilayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lmagan ko‘tarish kranlari hamda yuk ko‘tarish moslamalariga inventar raqami beriladi, bu raqam tashkilot yoki sex yuk ko‘tarish kranlari va yuk ko‘tarish moslamalarini hisobga olish kitobiga qayd etilishi lozim.
141. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan yuk ko‘tarish moslamalarini ishga tushirish bo‘yicha ruxsat quyidagi hollarda olinishi shart:
a) yangi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk ko‘tarish kranini ishga tushirish oldidan;
b) yuk ko‘tarish kranini yangi joyga ko‘chirib montaj qilingandan keyin;
v) yuk ko‘tarish krani ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin;
g) portal kranini yangi joyga ko‘chirib o‘rnatilgandan keyin;
d) yuk ko‘tarish kranlari ta’mirlangandan keyin va bunda uning hisoblanadigan elementlari va uzellarini payvandlash qo‘llanilib almashtirilganda.
142. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olinmagan yuk ko‘tarish kranlarini ishga tushirishga ruxsatni tashkilotda yuk ko‘tarish kranlari ustidan nazoratni olib boradigan mas’ul shaxs tomonidan berilishi lozim.
143. Tegishli yuk ko‘tarish kranlari, yuk ko‘tarish moslamalari va taralarini soz holda ushlab turilishini hamda talab darajasida ko‘rik, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish orqali, ularni xavfsiz ishlash sharoitlari ta’minlanishi lozim.
144. Yuk ko‘tarish kranlarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanishi xizmat ko‘rsatadigan xodimlar va muhandis-texnik xodimlar o‘qitilishi va bilimlarini sinovdan o‘tkazish tartibi belgilanishi lozim.
145. Asosiy kasblarda ishlovchilar poldan yoki statsionar pultdan yuk ko‘tarish kranlarini boshqarish va bunda kranlar changaklariga yuklarni ilish ishlariga tegishli yo‘riqnoma olgandan va kranlarni xavfsiz boshqarish va belgilangan tartibda yuklarni mahkamlash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
146. Yuk ko‘tarish kranlariga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun tashkilot rahbariyati ishchilarni maxsus asboblar bilan ta’minlashi kerak.
147. Yuklarni ko‘tarish va tashish ishlari bajarilganda quyidagi asosiy talablar bajarilishi kerak:
a) ish joyida va yuk ko‘tarish kranlarida ishga aloqasi yo‘q shaxslar bo‘lmasligi kerak;
b) ko‘priksimon va harakatlanadigan konsol kranlarga chiqish va kirish maydonchasi yoki o‘tish galereyasi orqali amalga oshirilishi kerak;
v) agar, kran elektrouskunalari, mexanizmlari va metallokonstruksiyalar sozlansa, ta’mirlansa yoki ko‘rikdan o‘tkazilsa, kirish qurilmasidan rubilnik o‘chirilishi kerak;
g) ko‘tarish uchun belgilangan yuklarni ilish uchun ko‘tarilayotgan yukni og‘irligiga mos keladigan hamda shoxlari soni va ular og‘ish burchagi hisobga olingan stropalar qo‘llaniladi, bunda umumiy maqsaddagi stropalar shunday qabul qilinadiki, ularning shoxlari orasidagi burchak 90°S dan oshmasligi kerak;
d) mayda (donalik) yuklarni ko‘tarish va tushirish maxsus taralarda bajariladi va bunda, ularni joyidan tushib ketmaslik choralari ko‘rilishi kerak;
e) devor, kolonna, shtabel, temir yo‘l vagoni, stanok va boshqa uskunalar yonidagi yuklar ko‘tarilganda odamlar (shu jumladan yuk iluvchilar) ko‘tarilayotgan yuk va mazkur ko‘rsatilgan bino yoki uskunalar orasida bo‘lmasligi kerak, shuningdek bu talablar yuk tushirilganda ham bajarilishi kerak;
j) yuk gorizontal yo‘nalishda olib ketilayotgan sharoitda u yo‘lda uchraydigan jismlardan 0,5 m balandlikda joylashgan bo‘lishi va bu ish oldidan bajarilishi kerak;
z) tashilayotgan yukni tushirish faqat belgilangan joyga olib borilganda va oldindan taglik qo‘yilgan joydagina amalga oshiriladi;
i) avtomashina kuzovi va ochiq vagonlar ichida odamlar turgan paytda, ularga yuklarni tushirish va ko‘tarishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
k) magnit va greyfli kranlar ishlayotgan hududlarda odamlarni bo‘lishi va ish bajarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
l) ish tugaganda va ishdan tanaffus paytida yuk osilgan holda qoldirilmaydi.
148. Yuk ko‘tarish krani ishlayotganda:
a) muvozanatsiz holatda joylashgan yukni ko‘tarish yoki ikki tomonli changakni bir tomoniga yukni ilish;
b) odamlar ustida yoki yonida bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va tashish, tuproq bilan to‘ldirilgan yuk yoki u muzlab yerga yopishgan bo‘lsa, boltlar bilan mahkamlangan yoki beton qo‘yilgan boshqa yuklar bilan to‘ldirilsa hamda metall va shlak pechda qotib qolganda ularni ko‘tarish;
v) yuk kanatlari og‘ish holatida kran changagi bilan yerda, polda va relslarda yukni tashish hamda yuk kanatlarini vertikal holatini ta’minlaydigan yo‘naltiruvchi bloklarni qo‘llamay temir yo‘l vagonlari, platformalari, vagonetka va aravachalarni harakatlantirish;
g) yuk ko‘tarish krani yordamida qisilgan yuklar, kanatlar, stropalar va sexlarni bo‘shatish;
d) ishlashi to‘xtatilgan yoki nosoz xavfsizlik priborlari va tormozlari bilan ish bajarish taqiqlanadi.
149. Elektr uzatish simlari yoki elektr tarmog‘i havo simlari kuchlanishi 10 kV dan oshgan bo‘lsa va chekkadagi simdan masofa 30 m dan kam joylashganda stryelkali kranlarni o‘rnatish va ishlatish faqat tegishli ruxsatnomaga muvofiq bajarilishi lozim.
150. Berk omborxonalarda va saralash platformalarida yuklash-tushirish ishlari kichik gabaritdagi, akkumulyatorli, yuk ko‘tarish quvvati 0,5 t dan 2 t gacha bo‘lgan elektr yuklagichlar bilan amalga oshirilishi lozim.
151. Ochiq va yopiq maydonchalarda yuk ko‘tarish ishlari 3 t dan 10 t gacha bo‘lgan va ichki yonuv dvigatelidan harakatlanuvchi qurilma qo‘llanilgan avtoyuklagichlar orqali amalga oshirilishi lozim.
152. Yuk ko‘tarish vositalarida ish boshlanishidan oldin haydovchi tormoz priborlari holatini tekshirib ko‘rikdan o‘tkazishi, signallar, ko‘tarish moslamalari, barcha uzellar va detallarni sozligiga ishonch hosil qilishi va shundan keyin ishga kirishishi lozim.
153. Haydovchi yukni ko‘tarishdan oldin changakni bloksiz strelada va belgilangan og‘irlikni ko‘tarishi lozim bo‘lgan holatga hamda yuk ko‘tarish moslamasini vertikal holatga qo‘yishi kerak.
154. Kovshlar bilan jihozlangan va yuklash, tushirish, parchalangan va yengil to‘kiladigan materiallarni tashish va to‘kish uchun ishlatiladigan avtoyuklagichlar yukka birinchi tezlikda kelib, yukni bog‘lanish joyi o‘chirilishi bilan bir vaqtda o‘zi tomoniga kovshni aylantirib olishi kerak.
155. Kovshlar bilan jihozlangan avtoyuklagichlarni ishlayotgan dvigatel, ko‘tarilgan yuk yoki kovsh bilan qoldirishga ruxsat etilmaydi.
156. Yuklarni tashish kichik tezlikda bajariladi, bunda avtoyuklagich ramasi orqaga oxirigacha pasaytiriladi, iluvchi moslamalar yukni yerdan ko‘tarishdagi balandlikda joylashtiriladi, pnevmatik shinali yuklagichlarda bu masofa 400 mm dan oshmasligi kerak.
157. Harakatlanish yo‘llarida va burilishlarda, odamlar gavjum joyda haydovchi mashina tezligini pasaytirib signal berishi shart. Vagonga kirish va undan chiqish paytida mashina aylanadigan zonada odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
158. Yukni ko‘tarish paytida domkrat vertikal holatda o‘rnatiladi va bunda oldindan tormoz moslamalari sozligi va mustahkamligi tekshiriladi. Metall predmetlar ko‘tarilganda domkrat yostig‘i va jismni tegish nuqtasiga tekis yog‘och taglik qo‘yilishi lozim.
159. Reykani tayanchli joyi va reykali domkratni pastki qismi yuklar sirpanib ketmasligi uchun o‘tkir o‘yiqli joylariga, domkratni tayanch maydoni o‘tkir shiplarga ega bo‘lishi kerak.
160. Domkratlar shtoki sekin va osoyishta tushirilishi kerak. Suyuqlikni (havo) olib keluvchi yoki olib ketuvchi truba zararlanganda, uni harakatini to‘xtalishini ta’minlovchi moslamalari (qaytish klapani va diagrammasi) mavjud bo‘lishi lozim.
161. Domkratlarni sinash yilda bir marta o‘tkaziladi. Sinovdan o‘tkazish bo‘yicha natijalar pasportga yoziladi hamda domkratga yuk og‘irligi va sinov muddati ko‘rsatilgan trafaret va kleyma urilishi lozim.
162. Balandlikda mustaqil ishlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitilgan, bilimlari sinovdan o‘tkazilgan shaxslar qo‘yilishi lozim.
163. Yuqorida ishlovchilar himoya kaskalari va kamarlaridan foydalanib ishlashi kerak.
164. Ish boshlanishidan oldin himoya kamari, kaskalar va boshqa asboblar ish rahbari tomonidan tekshirilishi lozim.
165. Sinovdan o‘tkazilmagan va belgisi bo‘lmagan kamardan foydalanish taqiqlanadi.
166. Asboblar olib yurish va saqlash uchun tepada ishlovchilar maxsus sumkalarga ega bo‘lishi kerak.
167. Vishka staninasida uni yuk ko‘tarish og‘irligi va har yilda o‘tkaziladigan sinov muddati ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi kerak.
168. Teleskopik vishkada ish bajarishdan oldin ish joyi to‘sib qo‘yiladi. Teleskopik vishkada 2 kishi ishlashi lozim.
169. Teleskopik vishka savatida himoya kamarisiz ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Odamlar vishka ichiga joylashganda uni gorizontal harakatlanishi mumkin emas. Ish bajariladigan joyga begona shaxslar qo‘yilmaydi.
170. Balandlikda ishlash uchun inventar maydonchalar (havoza, ko‘tarma kajavalar) qo‘llaniladi.
171. Taglikni tekislash uchun g‘ishtlar, toshlar, klinlar ishlatilmaydi. Havoza butun balandligi bo‘yicha qurilayotgan bino va inshootlarga unga o‘rnatilgan changaklar orqali mahkamlanishi lozim.
Havozalar binoning boshqa chiqib turgan qismlariga mahkamlanishi taqiqlanadi. Metall trubali havozalar devorlariga uning ichiga yoki oraliqlariga qo‘yilgan anker boltlari bilan mahkamlangan bo‘lishi shart.
172. Havozalar tagliklari har kuni axlat va ifloslanishlardan tozalanishi kerak.
173. Osib qo‘yiladigan kajavalar statik sinovdan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi va bu sinov hisoblangan og‘irlik ko‘tarish imkoniyatdan 25 foiz ko‘p yuk bilan amalga oshirilishi lozim.
174. Osib qo‘yiluvchi kajavalar zich taxlangan taglik va 1 m dan iborat to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Kajava ko‘tarilayotgan paytda, ularni ushlab turgan po‘lat arqonlar binoni chiqib turgan qismlariga tegmasligi lozim.
175. Havozalarni buzish qurilish ustasi rahbarligida bajariladi. Buzilayotgan joyga o‘tishga ruxsat etilmaydi.
176. Ko‘chma narvonlar sinalgan va tegishli belgiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chma narvonlar har olti oyda 120 kg yuk bilan sinaladi va bu yuk narvon gorizontal tekislikka nisbatan 75° burchak ostida o‘rnatilgan holda, uning o‘rtacha qismidagi pog‘onalaridan biriga ilinishi lozim.
177. Ko‘chma yog‘och narvonlar uzunligi 5 m dan oshmasligi lozim.
178. Narvon pog‘onalari qo‘yilgan joyda o‘rnatilib, har 2 m dan kam bo‘lmagan masofada metall boltlar bilan mahkamlanishi kerak.
179. Ishchi narvonning yuqori pog‘onasida turib ish bajarganda narvonning tepa qismidan kamida 1 m past masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
180. Narvonni pastki qismi o‘tkir metall (nam tuproqda) shiplari bilan yoki rezina (qattiq yerda) bilan qoplanishi lozim.
181. Yopiq metall narvonlari 5 m dan baland bo‘lsa, ularni chiqish pog‘onalari 3 m balandlikdan boshlab vertikal bog‘langan yoy shaklidagi metall bilan qoplanadi. Narvonlar qiyaligi 1:3 nisbatidan oshmasligi kerak. Ikki tomonlama tayanchdagi narvon, ularni o‘z-o‘zidan siljib ketmasligini ta’minlaydigan qurilmaga ega bo‘lishi kerak.
182. Harakatdagi tarkib uzellari va detallari, agar ular ta’mirlashdan oldin ochilgan taqdirda yuvish yoki bug‘lash mashinalarida tozalanishi lozim.
183. Bug‘lovchi vannalar 1 m dan past bo‘lmagan to‘siqlar va eritma (qorishma) bug‘larini so‘rish moslamalariga ega bo‘lishi kerak. Yuvish mashinalarida mahalliy so‘rish shamollatgichi va himoya shtorlari bo‘lishi lozim.
184. Gazlar va bug‘larni haydash uchun shamollatgich pirpiragi zanglamaydigan materialdan tayyorlanishi lozim.
185. Vannada bug‘langandan keyin detallarda qolgan kaustik va kislota aralashmalari qoldig‘i toza suv bilan yuvilishi lozim.
186. Detallarni vannaga yuklash, chiqarish hamda og‘ir detallarni yuvish mashinalariga yuklash va chiqarish maxsus moslamalar bilan bajarilishi lozim.
187. Akkumulyator xonalari mustaqil tortish-so‘rish shamollatgichi bilan jihozlanishi va uning elektr dvigateli yopiq holda bo‘lishi lozim.
188. Akkumulyator xonalari, uning eshiklari va tamburlari doimo soz bo‘lishi hamda zich yopilishi lozim.
189. Akkumulyator xonalari devorlari va tamburlari kislotaga qarshi bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, pol sementda metlax plitkasi yoki kislotani o‘ziga tortmaydigan va kislota ta’siriga uchramaydigan boshqa material bilan qoplanishi lozim.
190. Akkumulyator xonalarida elektr apparaturasi faqat yopiq ko‘rinishda (portlashga xavfsiz ijroda) o‘rnatilishi kerak.
191. Akkumulyator xonalarida ishchi va avariya elektr yoritgichi o‘rnatilib, ular germetik armaturada bo‘lishi va simlar bir tomirli elektr simlaridan tayyorlanishi lozim.
192. O‘chirgichlar, shtepsel rozetkalari va himoyalash vositalari akkumulyator xonalaridan tashqarida o‘rnatilishi lozim.
193. Zaryadlash agregati alohida xonada o‘rnatilishi kerak.
Zaryadlash agregatini aylanish qismlari himoyalash to‘rlari yoki shitoklar bilan to‘sib qo‘yiladi.
194. Akkumulyator xonalarini isitish uchun ochiq pechlar, elektr pechlari va elektr plitkalari ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
195. Akkumulyator batareyalari joylashgan stellajlar isitish priborlaridan kamida 1,5 m va bir-biridan 1 m masofada o‘rnatilishi kerak.
196. Kislotani saqlash va elektrolit tayyorlash uchun maxsus xona ajratilib, ushbu xona 5 baravar kuchlikdagi havo almashishini ta’minlaydigan mexanik shamollatgich bilan jihozlanishi lozim.
197. Oltingugurt kislotasi maxsus tayyorlangan panjarali yog‘och yashiklarda 2 kishi tomonidan ko‘tarib tashilishi lozim.
198. Polga to‘kilgan kislota o‘tkir hidli kaliy yoki kuchli soda aralashmasi bilan neytrolizatsiyalanadi va darhol poldan tozalanib olinishi kerak.
199. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada saqlash man etiladi.
200. Asbob va metall qismli detallarni batareyalarga qo‘yish mumkin emas.
201. Akkumulyator xonalarida ochiq o‘tdan foydalanish, chekish va ularni bo‘yash uchun nitrobuyoq va nitrolak ishlatish taqiqlanadi.
202. Akkumulyator batareyalari bevosita lokomotivda yoki vagonda plastinkalararo ulagichlar ulanayotganda past kuchlanishli (12 — 36 V) chiroqlar ishlatilib, ularni simlari rezina shlanglar ichiga joylashtiriladi va chiroqlar metall armatura bilan jihozlanishi lozim.
203. Oltingugurt kislotasi va elektrolit bilan akkumulyator batareyalari ta’mirlanayotganda chilangar qo‘pol junli kiyimda, rezina etikda, rezinalashtirilgan fartuk, tizza himoyalagan va himoya ko‘zoynagida bo‘lishi kerak.
204. Sex xonalari va ish joylarini tozalash har kuni bajarilib, unda qo‘rg‘oshin changlari va elektrolitlar yuviladi. Devorlar, shiplar, karnizlar, oynalar va havo yo‘llari har o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatda bir marta nam lattalar bilan tozalanishi zarur.
205. Akkumulyator batareyalari nosozligi bartaraf etish jarayonida elementlarini qisqa tutashuviga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
206. Akkumulyator batareyalari bilan ishlash jarayonida quyidagilar:
a) metall jismlar bilan akkumulyator ikkita elementiga bir vaqtda tegish;
b) izolatsiyasiz tok yurish qismlariga qo‘lga (ulanish joylari, kontaktlar, elektr simlari) dielektrik qo‘lqoplarni kiymasdan tegish;
v) akkumulyator batareyalarini ulanish joyida kuchlanish borligini qisqa tutashuv orqali tekshirish taqiqlanadi.
207. Ishlovchilar shaxsiy ehtiyotkorlik choralari va mehnat gigiyenasiga rioya qilib, tez-tez qo‘li va yuzini yuvishi, maxsus belgilangan joyda taomni saqlashi va iste’mol qilishi kerak.
208. Payvandlash ishlari bajarilayotganda quyidagi hujjatlarga amal qilinishi kerak:
a) elektr payvandlash ishlari paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
b) metallarga atsitelen va gaz o‘tli ishlov berish paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
v) payvandlash va boshqa o‘t bilan bog‘liq ishlar obyektlarda bajarilgan paytda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga.
209. Payvandlash va eritish ishlarida ishlayotgan xodimlar payvandlash davomida ajralib chiqqan gazlar va zararli toksik moddalardan himoyalanishini ta’minlovchi vositalardan foydalanishi zarur.
210. Payvandlash simlari tok manbasidan payvandlovchini ish joyigacha mexanik zararlanishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
211. Payvandlovchi bilan birga ishlayotgan shaxslar himoya vositalari (himoya ko‘zoynaklari, qo‘lqoplar) ga ega bo‘lishi kerak.
212. Payvandlash xonasida yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
213. Kuchlanish manbasidan elektr ushlagichga tok uzatayotgan payvandlash kabeli va qaytuvchi qarama-qarshi sim puxta izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
214. Qaytuvchi qarama-qarshi sim o‘rniga relsni ishlatish taqiqlanadi.
215. Payvandlash ishlarini yangi bo‘yalgan metall konstruksiyalarida hamda vagonlar neft mahsulotlari bilan ifloslangan yo‘llarda bajarish taqiqlanadi.
216. Gazlarni chiqishi gaz chiqayotgan joyga sovun ko‘piklari surkalib aniqlanadi. Gaz chiqishi aniqlanganda payvandlash ishlari to‘xtatiladi va gaz chiqishi bartaraf etiladi hamda xona shamollatiladi.
217. Shlanglar mexanik zararlanish va o‘tdan ishonchli himoyalanishi kerak. Izolatsiya lentasi yoki boshqa materiallar bilan o‘ralgan nosoz shlanglarni ishlatish taqiqlanadi. Shlangni ta’mirlash kerak bo‘lganda, uni nosoz joyi qirqilib, po‘lat quvur orqali ulanadi. Ta’mirlangan joyi 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
218. Gaz payvandlash uskunalari va asboblarini moylash yoki yog‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
219. Kislorod va atsetilen bilan to‘ldirilgan ballonlarni tashlab yuborish, ularga zarba berish hamda ballonlarni yelkada tashish taqiqlanadi.
220. Kislorod va gaz ballonlarini issiqlik manbalari yonida joylashtirish, quyosh nurlari ta’sirida bo‘lishi, tok yurish qismlariga tegib ketishi va himoyalovchi moslamasiz shtutser, qalpoqlarsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
221. Ballonlarni buzish va ta’mirlash payvandchi tomonidan bajarilishi mumkin emas.
222. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan ta’minlanadi. Signal elementlari (qo‘ng‘iroq, sirena va lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va ko‘rishini ta’minlab joylashtirilishi lozim.
223. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) xavf manbai bo‘lgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam qotirilgan, izolatsiyalangan, to‘silgan yoki odamlar uchun o‘tib bo‘lmas joyda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim;
b) elektr uskunaning ochiq bo‘lgan tok uzatuvchi qismini eshigi yopiluvchi korpusi (shkaf, blok) yoki odamlar uchun o‘tishi mumkin bo‘lgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi bo‘lishi lozim;
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolatsiya shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishining xavfli ko‘rsatkichi 10 — 15 mA. ta’sirida bo‘lsa, yerga sim orqali ulangan bo‘lishi lozim;
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni ta’minlash tarmog‘idan o‘chirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
224. Yechiladigan himoya va to‘siq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar bo‘yicha ularni statsionar o‘rnatish imkoni bo‘lmaganidagina qo‘llaniladi.
225. Ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish hamda texnologik jarayonlarni va mexanizm ishini kuzatish uchun to‘siqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va lyuklarining tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat ko‘rsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va xavfsizligini ta’minlashi kerak.
226. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
227. Ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
228. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavlatenergonazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 117 | 51,509 |
Qonunchilik | IIV tizimidagi litseylarning vazifalari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 466-son qarori qabul qilindi.
IIV akademik litseylarining faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Belgilanishicha, akademik litseylarga 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar amaldagi ta’lim dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar esa ikki yillik ta’lim dasturlarini bir yilda oʻzlashtirish asosida oʻqishni tugatadi.
IIVning akademik litseylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog хodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 50 | 943 |
Qonunchilik | Banklarning lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 10%gacha pasaytiriladi | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (25.04.2018 yilda 2709-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
Birinchidan, «bankning likvidliligi» tushunchasiga aniqlik kiritildi. Endi banklar nafaqat majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara, balki buni koʻzda tutilmagan yoʻqotishlarsiz amalga oshira olsalar, likvidli deb hisoblanadilar. Bundan tashqari, banklar aktivlar oʻsishini moliyalashtirishni ta’minlash imkoniyatiga ega boʻlishlari shart.
Ikkinchidan, bankning lahzali likvidlilik koeffitsiyenti koʻrsatkichi yangilandi. 2017 yil 1 avgustdan bu koeffitsiyent 10%dan kamni tashkil etmas edi, 2017 yil 1 noyabrdan – 15%, joriy yil 1 yanvardan boshlab esa – 20%. Ushbu minimum yana 10%gacha pasaytirildi.
Eslatib oʻtamiz, lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari hamda MBdagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlari (bundan MBdagi majburiy zaхira hisobvaragʻidagi mablagʻlar mustasno) summasini ushbu Nizomda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari – talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Uchinchidan, «yirik qarz» tushunchasiga aniqlik kiritildi. Bu hajmi bank I darajali kapitalining (bankning oʻz mablagʻlari) 5%idan yuqori boʻlgan bir shaхs yoki bir-biriga daхldor shaхslar guruhiga tegishli qarz.
Toʻrtinchidan, likvidlilik hisoboti mazmuniga qoʻshimcha talab joriy etildi. Boshqalar sirasida endi unda keyingi 30 kalendar kuni uchun likvidlilik prognozi boʻlishi shart.
Beshinchidan, Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari likvidli aktivlar roʻyхatiga kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2018 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 69 | 1,982 |
Qonunchilik | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda xotin-qizlar kengashlari) tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari — xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari raislari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
xotin-qizlar kengashlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
xotin-qizlar kengashlarining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati;
xotin-qizlar kengashlarining davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish.
3. Quyidagilar xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish hamda yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga o‘z vaqtida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish orqali ularning bandligini ta’minlash uchun vakolatli organ va tashkilotlarga takliflar kiritish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini xotin-qizlar e’tiboriga yetkazish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalarini ayollar va qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, ularni mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish choralarini ko‘rish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalarga hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga uslubiy-amaliy ko‘maklashish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
xotin-qizlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;
jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat va jamoat tashkilotlaridan jamoat kengashiga jalb etilgan vakil bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda ushbu vakil tegishli vazifalarning quyi tizimda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarib kelayotgan xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faol va tashabbuskor a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilishi mumkin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tegishli xotin-qizlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari 2020-yil 30-avgustga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, ularning ish rejalarini tasdiqlasin;
tegishli hududdagi davlat organlari va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida namunali faoliyat olib borayotgan, obro‘-e’tiborli va tashabbuskor xotin-qizlardan, fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislaridan iborat jamoatchilik kengashlari tarkibini shakllantirsin.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — xotin-qizlar kengashlari) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
3. Xotin-qizlar kengashlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlar Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;
xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlari hamda dasturlarning ishlab chiqilishi va ularning ijrosi ta’minlanishida to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish hamda yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga o‘z vaqtida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish orqali ularning bandligini ta’minlash uchun vakolatli organ va tashkilotlarga takliflar kiritish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini xotin-qizlar e’tiboriga yetkazish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti hamda “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibalarini ayollar va qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlariga keng jalb etish choralarini ko‘rish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalarga hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga uslubiy-amaliy ko‘maklashish.
6. Xotin-qizlar kengashlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
doimiy ravishda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish natijalari asosida yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga hamda vakolatli davlat organlariga takliflar kiritadi;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi kelishmovchiliklarni to‘g‘ri hal qilish hamda oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish, kreditlar ajratish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni vakolatli davlat organlarga kiritadi;
xotin-qizlarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazadi;
mahallalarda xotin-qizlar ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlarlarni tashkillashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yaqindan ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarilishi yuzasidan jamoatchilik fikrini tahlil qilib boradi;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi, shuningdek, ushbu masalalarda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligi bo‘lgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, og‘ir ruhiy holatga va ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qiladi va amalga oshiriladigan zarur amaliy chora-tadbirlarni belgilaydi.
7. Xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, davlat organlari, xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning yig‘ilishlari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlariga xotin-qizlar kengashlari vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun tegishli davlat organlaridan zarur bo‘lgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish;
xotin-qizlar kengashlari majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
xotin-qizlarning murojaatlariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan javoblarni tahlil qilish;
o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Xotin-qizlar kengashlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Xotin-qizlar kengashlarining o‘z faoliyatini amalga oshirish doirasidagi majburiyatlari:
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga rioya etishi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilishi.
Xotin-qizlar kengashlari o‘z zimmasiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
9. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari) boshliqlari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
10. Xotin-qizlar kengashlari tuman (shahar)larda 15 — 25 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 30 — 40 nafar a’zodan iborat bo‘ladi.
Xotin-qizlar kengashlarini mazkur nizomga 1a va 1b-ilovalarga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirish tavsiya etiladi.
Viloyat xotin-qizlar kengashi tarkibiga, qoida tariqasida, hududdagi har bir tuman (shahar) xotin-qizlar kengashlari raislari kiritiladi.
11. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi har uch yilda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
12. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibiga uning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari kiradi.
13. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari bir vaqtning o‘zida xotin-qizlar kengashlariga raislik qiladi.
14. Viloyatlarda oila va xotin-qizlar boshqarmasining Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman (shahar)larda oila va xotin-qizlar bo‘limining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi bir vaqtning o‘zida xotin-qizlar kengashlarining kotiblari hisoblanadi.
15. Xotin-qizlar kengashlari raislarining o‘rinbosarlari xotin-qizlar kengashlari a’zolari orasidan yig‘ilish ishtirokchilarining uchdan ikki qismining ovozi bilan saylab olinadi.
16. Quyidagi holatlarda xotin-qizlar kengashlari raislarining o‘rinbosarlari va a’zolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
ular tomonidan xotin-qizlar kengashlari tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;
xotin-qizlar kengashlarining majlislarida uch va undan ortiq marotaba ishtirok etmaganda;
mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
xotin-qizlar kengashlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlarida muntazam qatnashmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Xotin-qizlar kengashlarining raisi va kotibi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda xotin-qizlar kengashlaridagi vakolatlarini ham o‘zidan soqit qiladi.
17. Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va unga kiritilgan o‘zgartirishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab besh kun ichida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
18. Xotin-qizlar kengashining raisi:
faoliyatga umumiy rahbarlik qiladi;
majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
majlislarda raislik qiladi;
ish rejalarni, majlis bayonnomalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
qarorlari ijrosini nazorat qiladi;
a’zolarni mahallalarga hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib tegishli yo‘nalishlarga biriktiradi;
a’zolar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan xotin-qizlar kengashlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi hamda ularni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlari bilan kelishadi;
qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
xotin-qizlar kengashlarining samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
19. Xotin-qizlar kengashlarining raisi o‘rnida bo‘lmagan taqdirda, uning vazifasini rais o‘rinbosari bajaradi.
20. Xotin-qizlar kengashi raisining o‘rinbosari:
rais yo‘qligida xotin-qizlar kengashining majlislarida raislik qiladi;
xotin-qizlar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, xotin-qizlar kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
xotin-qizlar kengashining samarali ishlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
21. Xotin-qizlar kengashining kotibi:
xotin-qizlar kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
xotin-qizlar kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
kun tartibiga muvofiq xotin-qizlar kengashlarining majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
xotin-qizlar kengashining tadbirlari o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini xotin-qizlar kengashining raisi bilan kelishadi;
xotin-qizlar kengashining a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni xotin-qizlar kengashi majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
xotin-qizlar kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini xotin-qizlar kengashi majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
xotin-qizlar kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning xotin-qizlar kengashlari a’zolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi;
xotin-qizlar kengashining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni amalga oshiradi.
22. Xotin-qizlar kengashlarining a’zolari o‘z majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatini boshqalarga o‘tkazish huquqiga ega emas.
Xotin-qizlar kengashlarining majlisida ishtirok etish imkoni bo‘lmagan hollarda, kengash a’zosi majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Xotin-qizlar kengashining a’zosi:
xotin-qizlar kengashining ish rejalariga takliflar beradi hamda tasdiqlangan ish rejalari bajarilishida ishtirok etadi;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
xotin-qizlar kengashi majlislarining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
xotin-qizlar kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqadi va natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflarni xotin-qizlar kengashiga kiritadi;
xotin-qizlar kengashining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Xotin-qizlar kengashlari faoliyati mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
Faoliyatning asosiy masalalari kengashning majlisida ko‘rib chiqiladi. Xotin-qizlar kengashlarining majlisi uning ish rejalari asosida har oyda kamida bir marta chaqiriladi.
Xotin-qizlar kengashlari raisining tashabbusi, shuningdek, xotin-qizlar kengashlari a’zolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
24. Xotin-qizlar kengashlarining majlislariga davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va jamoat tashkilotlaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning raislari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, mahalla faollari taklif etilishi mumkin.
25. Xotin-qizlar kengashlari majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan uning a’zolari takliflari va raisining topshirig‘i asosida shakllantiriladi.
26. Xotin-qizlar kengashlarining majlisini uning raisi olib boradi.
Xotin-qizlar kengashlarining majlisida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
27. Xotin-qizlar kengashlarining majlisi, agar unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
28. Xotin-qizlar kengashlarining qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
29. Xotin-qizlar kengashlarining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
30. Xotin-qizlar kengashlarining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. A’zolarning fikri xotin-qizlar kengashlari majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qo‘shib qo‘yiladi.
31. Xotin-qizlar kengashlarining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Xotin-qizlar kengashlari majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga, mahallalardagi xotin-qizlar faollariga, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga, xotin-qizlar kengashlari a’zolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Xotin-qizlar kengashining bevosita uning vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va bayonnomalaridagi ko‘rsatmalar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan bajarilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
32. Zarur hollarda xotin-qizlar kengashlarining raisi tashabbusi bilan qaror xotin-qizlar kengashlarining a’zolari bilan kelishilgan holda so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xotin-qizlar kengashlarining qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, qarorni olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechikmay unga o‘zining asoslantirilgan e’tirozini yozma shaklda yuboradi.
33. Xotin-qizlar kengashlarining kotibi kengash a’zolari ko‘magida xotin-qizlar kengashlari qarorlari ijrosining borishini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur hollarda xotin-qizlar kengashlarining raisiga tegishli takliflar kiritadi.
34. Xotin-qizlar kengashlarining faoliyati ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boriladi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etadi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining Matbuot xizmati xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini markaziy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishini ta’minlaydi va ushbu maqsadda xotin-qizlar kengashlarining kotiblari bilan tezkor ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi.
35. Tuman (shahar)lar xotin-qizlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlariga amalga oshirilgan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan yilning har choragi yakunida axborot taqdim etib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar kengashlari raislari O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga har chorak yakunidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar va mavjud takliflar yuzasidan axborot taqdim etib boradi.
36. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi markaziy apparatining Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘limi tomonidan xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari faoliyati muntazam monitoring qilinadi hamda ularga uslubiy va amaliy ko‘maklashiladi.
37. Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, milliy, ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tuzilishi mumkin.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar xotin-qizlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
38. Xotin-qizlar kengashlari davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
39. Xotin-qizlar kengashlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar orqali xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi, ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashadi hamda faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
40. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar majlislariga davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi boshqa xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning raislari va xotin-qizlar kengashlarining a’zolari taklif etilishi mumkin.
41 . Xotin-qizlar kengashlari o‘z ish rejalari va qarorlarini uch kun ichida boshlang‘ich tashkilotlariga foydalanish uchun yuboradi.
42 . Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, milliy, ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlarini amalga oshirish, mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidagi takliflarini xotin-qizlar kengashlariga beradi.
43. Xotin-qizlar kengashlari a’zoligiga davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning faol raislari ham kiritiladi.
44. Xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
45. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari xotin-qizlar kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
46. Xotin-qizlar kengashlarining hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari boshliqlarining xotin-qizlar kengashlari faoliyati bilan bog‘liq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
47. Xotin-qizlar kengashlarini tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 154 | 30,411 |
Qonunchilik | Ish beruvchilar homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oʻz hisoblaridan toʻlashda davom etadilar | Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan 2010 yilda joriy etilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlash tartibi uzaytirildi.
Ma’lumot uchun: хodima homiladorlik va tugʻish ta’tilining butun davri mobaynida nafaqa olish huquqiga ega. U jami 126 (tugʻish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda – 140) kalendar kunni tashkil etadi.
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa хodimaning toʻliq ish haqi miqdorida toʻlanadi. Biroq ayol yana ishga qabul qilingan yoki bir yildan ortiq tanaffusdan keyin ishga chiqqan boʻlsa, nafaqa miqdori tabaqalashtiriladi (batafsil qarang).
Nafaqani hisoblab chiqarish qoidalari Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda bayon etilgan.
2010 yilgacha nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlangan. Oʻshanda korхonalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga tegishli mablagʻlarni olish uchun buyurtmanomalar taqdim etganlar.
2010 yil 1 yanvardan boshlab tartib oʻzgardi – ishlovchi ayollarga nafaqalarni ish beruvchilar oʻz mablagʻlaridan (byudjet tashkilotlarida – byudjet mablagʻlaridan) toʻlaydilar. Ushbu tartib yana bir yil – 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 99 | 1,477 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnoma (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilinsin. | 167 | 161 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikat | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 25-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 945 |
Qonunchilik | Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi”;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
3) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya bo‘yicha ma’muriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo ma’muriy sudida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instansiya bo‘yicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda ko‘riladi.
Ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko‘rishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda ko‘rish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish ko‘radi”;
4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud ushbu Kodeksning 2481-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas”;
5) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “bir tarkibli sudda esa shu sudya” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 27-modda birinchi qismining 5-bandi quyidagi mazmundagi 5, 6, 7-bandlar bilan almashtirilsin:
“5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) ushbu Kodeksning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) ushbu Kodeksning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi”;
7) quyidagi mazmundagi 271 va 272-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ular mansabdor shaxslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi.
Raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘lib yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi”;
8) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi”;
9) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli”;
10) 30-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ish kassatsiya tartibida takroran ko‘rib chiqilayotganda hal qiluv qarori, qaror bekor qilinib, uni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilayotganda ishni o‘z ish yurituviga birinchi instansiya sudi sifatida qabul qilishga haqli”;
11) 33-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari tumanlararo ma’muriy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;
12) 46-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Ariza tumanlararo ma’muriy sudlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi”;
13) 112-moddaning uchinchi qismidagi “yoki nazorat” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
14) 115-moddaning yettinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya, nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 144-moddaning to‘rtinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 165-moddaning matnidagi “yigirma kun” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 173-moddaning uchinchi qismidagi “yigirma kundan” degan so‘zlar “bir oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 189-moddaning oltinchi qismidagi “yigirma kun” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 190-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman (shahar) sudiga” degan so‘zlar “tumanlararo ma’muriy sudga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 200-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
21) 201-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyati (protesti):
tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;
hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;
22) 203-moddaning:
birinchi qismidagi “yigirma kun” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin”;
23) 207-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi”;
24) 213-moddaning uchinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 214-moddaning to‘rtinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 224-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
27) 225-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;
28) 226-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
29) 227-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi”;
30) 228-moddaning birinchi qismidagi “sudga” degan so‘z “kassatsiya instansiyasi sudiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) quyidagi mazmundagi 2301-modda bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha suddan ishni talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularning o‘rinbosarlari ish bo‘yicha taraflarning murojaati bo‘lganda, kassatsiya protesti keltirish to‘g‘risidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli”;
32) 231-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish to‘g‘risida;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risida;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi”;
33) 232-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari;
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish to‘g‘risidagi xulosa”;
34) 233-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi”;
35) 234-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi quyidagi hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1 — 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatni (protestini) qaytarish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli”;
36) quyidagi mazmundagi 2341-modda bilan to‘ldirilsin:
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi”;
37) 236-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellatsiya instansiya sudi qarori ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi”;
38) 237-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
39) 238-modda:
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa”;
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
40) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qay biri sud majlisiga kelmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini, kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini e’lon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi.
Rad qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Prokurorning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda yuqori turuvchi prokurorga tegishli xabar berishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kassatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi sud hujjatlarining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va ular yuzasidan kelib tushgan tushuntirishlarni (e’tirozlarni) bayon qiladi. Shundan so‘ng sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlari tinglanadi.
Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, birinchi bo‘lib arizachi so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat qilmagan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlari tinglangandan so‘ng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi qarori ishni ko‘rish tugashi bilanoq darhol chiqariladi.
Alohida hollarda, asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning qaror qismini sud kassatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak.
Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni o‘qib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
41) 241-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi va apellatsiya instansiyalari sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas”;
42) 242-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin”;
43) 243-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarori, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarori, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 244-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
6) sud hujjatlarining ba’zilarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlardan birini o‘z kuchida qoldirishga”;
44) 244-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilganligi;
3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudning hal qiluv qarori, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;
4) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
5) hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida, qarorda ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
7) sud tomonidan arz qilingan talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
8) hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi”;
45) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellatsiya instansiyasining qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi va apellatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani, ishni ko‘rib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini) ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborishga;
5) sud hujjatlarining ba’zilarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli.
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi”;
46) 248-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaxsning arizasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yoki uning o‘rinbosarining kassatsiya protestiga asosan ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta ko‘rilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tkazilgan holda berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi”;
47) quyidagi mazmundagi 2481-modda bilan to‘ldirilsin:
Ushbu Kodeksning 224-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish to‘g‘risida protest keltirishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
48) 28-bob chiqarib tashlansin;
49) 268-moddaning ikkinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 206 | 32,505 |
Qonunchilik | Soliqchilarning davlat ijrochilari bilan oʻzaro hamkorligi uchun elektron tizim ishga tushiriladi | QHTBT portalida DSQning Soliq organi majburiyatga ega shaхsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish boʻyicha qarorini majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.
Loyiha Soliq kodeksining 123-moddasi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan.
Nizom normalari yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tan olingan soliq qarziga nisbatan tatbiq etiladi. SKning 60-moddasiga asosan talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz shunday qarz hisoblanadi.
Talabnoma soliq toʻlovchiga quyidagi muddatlarda yuboriladi:
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran 30 kalendar kuni ichida qarzdorlik toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarzni soliq toʻlovchining mol-mulki hisobidan undirish boʻyicha qaror qabul qiladi. U 3 ish kuni ichida elektron shaklda soliq toʻlovchi roʻyхatdan oʻtgan yoki soliq majburiyati yuzaga kelgan joydagi majburiy ijro byurosiga yuboriladi.
Soliq organi va MIB oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish uchun taraflar oʻrtasida oʻzaro tasdiqlangan teхnik topshiriqqa asosan elektron ma’lumot almashuv yoʻlga qoʻyiladi. Elektron tizim ishlamay qolgan hollarda qaror qogʻozda chop etilib, pochta хizmati orqali yuborilishi yoki bevosita topshirilishi mumkin. U qanday formatda olinganidan qat’i nazar, qaror u olingan paytdan boshlab ikki oy ichida ijro etilishi lozim.
Loyiha 2020 yil 19 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 97 | 1,789 |
Qonunchilik | Xalqaro moliya institutlari ishtirok etgan loyihalarga – yangi bojхona va soliq imtiyozlari | Prezidentning 16.07.2018 yildagi PQ–3857-son qarori bilan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirok etgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi, ularni amalga oshiruvchi tashkilotlarga esa soliq va bojхona imtiyozlari berildi.
Amalga oshirish tartibi
Nizomda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarini (bundan keyin – XMI/XHMT) hisobga olgan holda loyihalarni amalga oshirish algoritmi koʻrsatilgan. Ushbu barcha loyihalar XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalarining (dasturlarining) tarkibiy qismi hisoblanib, ular Prezident bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Loyihalar amalga oshirilishi monitoringi
Davlat investitsiya qoʻmitasi XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalar tayyorlanishi va amalga oshirilishi ustidan monitoring qilishning elektron tizimi ishlashini ta’minlaydi. Unda vakolatli organlar va tashkilotlarning kirishini ta’minlagan holda loyihaoldi, loyiha va хarid hujjatlari, shuningdek хarid qilish tartib-taomillari natijalari majburiy e’lon qilinishi nazarda tutiladi.
Soliq va bojхona imtiyozlari
XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish doirasida 2021 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish va kafolat muddati davrida quyidagilardan ozod qilish nazarda tutilgan:
Ushbu imtiyozlar XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari, loyihalar tashabbuskorlari va ijro etuvchi agentliklarning oʻz mablagʻlari hisobidan хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) va transport vositalariga ham tatbiq etiladi.
Belgilanishicha, imtiyozlarni taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 91 | 1,941 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning qo‘llanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning qo‘llanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 285, 1996-yil 20-noyabr) ilovaga* muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 197 | 736 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni (bundan buyon matnda qimmatli qog‘ozlar deb yuritiladi) chiqarish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
oltinchi-yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
korporativ va infratuzilma obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) muomala muddatlarining tugashi to‘g‘risidagi bildirishnoma — obligatsiyalarni so‘ndirish maqsadida ularni qaytarib sotib olish natijalari to‘g‘risidagi emitentning hisoboti;”;
o‘n to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n beshinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishincha o‘n to‘rtinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n beshinchi xatboshidan “depozitariylarda” degan so‘z chiqarib tashlansin;
o‘n oltinchi xatboshidan “bitimlar tuzish orqali” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;”.
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Emitent qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishni obuna yoki ayirboshlash orqali amalga oshirishga haqlidir.
Emitent tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) emitent ustavida belgilab qo‘yiladi, emitent ustavida bu xususda ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Emitentning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorida emitentning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosidagina o‘tkaziladi.”.
4. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “kapitalini kapitalizatsiya qilish hisobiga” degan so‘zlar “kapitali hisobidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5. 14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish emitentning jalb qilingan investitsiyalari, o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.”;
ikkinchi xatboshisidagi “kapitalini kapitallashtirish hisobiga” degan so‘zlar “kapitali hisobidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 15, 28, 45 va 90-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. 16-banddagi “so‘ndirish” degan so‘z “bekor qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
a) emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
b) keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan;
v) investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.”.
9. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
“221. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa;
infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sug‘urtalangan bo‘lsa, chiqariladi.
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.
Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi.”.
10. 23-banddagi “ochiq aksiyadorlik jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini” degan so‘zlar “emitentni” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 24-band “(bekor qilinmagan) barcha” degan so‘zlardan keyin “korporativ” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
12. 26-banddagi “zararlarni qoplash uchun” degan so‘zlardan keyin “korporativ” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
13. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.”.
14. 31-bandda:
“b” kichik band “(qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror unda ko‘rsatilgan mol-mulkning baholash qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart.”.
16. 40-bandning sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
17. 42-banddagi “aksiya to‘lovi hisobiga kiritiladigan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
18. 43-bandda:
“v” va “n” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“e” kichik bandi “(qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“j” — “i” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, agar mazkur qaror kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma;
z) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma;
i) risola tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma, kuzatuv kengashi tomonidan risola tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, shariflari ko‘rsatilgan yig‘ilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda ushbu bandning “j” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi.”.
19. 44-bandda:
“g” kichik bandi “(korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“e” kichik bandi “mavjud hujjat nusxasi” degan so‘zlaridan keyin “(korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
20. 48-banddagi “banklar esa — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida aksiyalarni birlamchi chiqarish to‘g‘risidagi qaror kelishilgan kundan boshlab” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
21. 49-banddagi “banklar esa — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish qarori kelishilgan kundan boshlab” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
22. Rus tili matnidagi 57-bandning “a” kichik bandidagi “sozdannix” degan so‘z “sozdannimi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
23. 60-bandning “b” va “v” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
24. XI-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
25. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladi.”.
26. 73-bandda:
“a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlariga qimmatli qog‘ozlarni belgilangan tartibda ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqini berish;”;
b) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qog‘ozlarni olishga qonun hujjatlarida va (yoki) emitent ustavida cheklovlar mavjud bo‘lishi;”;
“v” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
27. 74-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) emitentning ustav kapitali o‘z kapitali hisobidan to‘lanadigan qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi orqali oshirilganda aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash. Bunda, aksiyalarni emitentning aksiyadorlari o‘rtasida joylashtirish emitent oliy boshqaruv organining o‘z kapitalini ustav kapitaliga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qarori asosida hech qanday shartnomalar tuzilmagan holda amalga oshiriladi. Aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan kundagi reyestr ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshiriladi;”.
28. 79-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
29. 80-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu talab qimmatli qog‘ozlarning yangi chiqarilishiga tatbiq etilmaydi.”.
30. 81-bandning ikkinchi xatboshisidan “kuzatuv kengashi raisi, shuningdek,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
31. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlar ushbu qimmatli qog‘ozlar joylashtirilishi muddati ichida ularning haqi to‘liq to‘langanidan va ular oluvchilarning depo hisobvaraqlariga o‘tkazilganidan keyin joylashtirilgan hisoblanadi.
Joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlar bekor qilinishi lozim.”.
32. 85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish muddati davomida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari bo‘yicha bildirishnoma taqdim etilishiga qadar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga va risolaga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi o‘zgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda;
v) aksiyalarni joylashtirish muddatining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirilganda;
g) agar bunday o‘zgarishlar va (yoki) qo‘shimchalarni kiritish Hukumat qarorlari sababli amalga oshirilsa.”.
33. Quyidagi mazmundagi 851-band bilan to‘ldirilsin:
“851. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari bo‘yicha bildirishnoma topshirilgandan keyin qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi o‘zgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) to‘liq joylashtirilmaganda;
v) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda;
g) jamiyat ustav kapitalini kamaytirish maqsadida aksiyalar umumiy soni qisqartirilganda.”.
34. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun emitent ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
a) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan ko‘chirma, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilgan taqdirda esa — yig‘ilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan ko‘chirma, ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi, sharifi ko‘rsatilgan holda;
b) mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza;
v) mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarishlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalarning matni, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan holatlarda risolaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar matni, mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada;
g) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati, bankning to‘lov o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgisi bilan;
d) mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati.
Ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi.”.
35. 92-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
36. 94-bandning “b” kichik banddagi “chiqarishni (qo‘shimcha chiqarishni) to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lgan qonun buzishlarini emitent tomonidan bartaraf etilmagan yoki chiqarish (qo‘shimcha chiqarish) to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda ushbu chiqarishdagi qimmatli qog‘ozlarning 60 foizidan kam qismini joylashtirilgan taqdirda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
37. 102-bandda:
“a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi, “b” kichik bandning beshinchi xatboshisi va “g” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “xizmat ko‘rsatuvchi depozitariy tomonidan berilgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
38. 108-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga ko‘ra emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
39. 1 — 1a-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
40. 2-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan so‘zlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
29-bandning uchinchi xatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘z ichiga olgan to‘liq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
41. 2a-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan so‘zlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
34-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
34-bandning ikkinchi xatboshisi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘z ichiga olgan to‘liq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni: ____________________.”.
42. 2b-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan so‘zlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
32-bandning “d” kichik bandidagi “jamiyatning” degan so‘z “emitentning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
37-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
37-bandning uchinchi xatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘z ichiga olgan to‘liq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
43. 2v-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan so‘zlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21-banddagi “depozitariyga” degan so‘z “investitsiya vositachisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
30-bandning uchinchi hatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘z ichiga olgan to‘liq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
44. 9 va 10 ilovalardagi “KELIShILGAN”* O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki _______________ (rahbarning lavozimi, F.I.Sh., imzo) “___” _______ 20___ y. M.J.” hamda “* Tijorat banklari uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
45. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan. | 173 | 20,074 |
Qonunchilik | Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi | Prezidentning 10.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmoni munosabati bilan statistika hisobotining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2021 yil 8 sentyabrga qadar (8 sentyabr ham kiradi) uzaytiriladi:
Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlaydi va hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborish mumkin. | 58 | 577 |
Qonunchilik | KOREYA RESPUBLIKASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELChIXONASINI OChISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1992-yil 29-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koreya Respublikasining Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi ta’sis etilsin.
2. Elchixonaning shtat jadvali va 1996-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 9 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 6 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 3 kishi — ma’muriy-texnik xodimlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin. | 79 | 1,068 |
Qonunchilik | Jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari qisqartirildi | 20.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–485-son Qonun e’lon qilindi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasi saytida joylashtirilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari kamaydi. Jadvalga qarang:
Jinoyat toifasi
Eski muddat
Yangi muddat
Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar
3 yil
2 yil
Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar
5 yil
4 yil
Ogʻir jinoyatlar
10 yil
8 yil
Oʻta ogʻir jinoyatlar
15 yil
14 yil
Eslatib oʻtamiz, mazkur muddatlar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. Ular oʻtgan boʻlsa, shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi, ya’ni nafaqat jazo olmaydi, balki sudlangan deb hisoblanmaydi.
Masalan, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa (JKning 184-moddasi 2-qismi). Mazkur jinoyat qasddan sodir etilgan hisoblanadi va uning uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. JKning 15-moddasiga muvofiq, ushbu jinoyat ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Agar boʻyin tovlagan kundan boshlab 2 yildan koʻp vaqt oʻtib ketgan boʻlsa, JKning 64-moddasi, JPKning 84, 381-11-moddalariga muvofiq Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruvchisi jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etishi, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini esa toʻхtatishi shart.
Bu – muhim! Boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa (JKning 184-moddasi 3-qismi) uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat hisoblanadi va muddati 4 yilgacha oshiriladi.
Shu bilan birga, soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati 5 yilni tashkil etadi (Soliq kodeksining 38-moddasi), ya’ni jinoiy javobgarlikka tortmasdan ham zararni qoplashga toʻgʻri keladi.
Biroq da’vo muddatlarini qoʻllash uchun 2 ta shart mavjud boʻlishi lozim:
Bundan tashqari, ilgari jinoyat sodir etilgan kundan boshlab 25 yil oʻtgan boʻlsa, shaхs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilangan edi. Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun mazkur muddat 10 yilgacha qisqartirildi (qolganlari uchun avvalgidek – 25 yil).
Biroq da’vo muddati qoʻllanmaydigan va jinoyat sodir etilgan paytdan boshlab qancha vaqt oʻtgan boʻlmasin, shaхs har qanday holatda javobgarlikka tortilishi shart boʻlgan jinoyatlar mavjud. Ilgari ularga tinchlik va insoniyatning хavfsizligiga qarshi jinoyatlar kirar edi. Ular JKning Maхsus qismi VIII bobida keltirilgan (11 ta modda). Endi roʻyхat kengaytirildi. Unga quyidagilar qoʻshildi:
Xuddi shu moddalar jazoni ijro etishdan ozod qilishga nisbatan muddatlar oʻtishi qoʻllanmaydigan jinoyatlar roʻyхatiga kiritilgan. Ya’ni shaхsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan, biroq u ijro etilmagan hollar.
Shuni qayd etib oʻtish lozimki, qat’iy normalar kiritilishi bilan bir qatorda ushbu moddalarning aksariyatida amalda pushaymon boʻlganda javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutilgan. Masalan, davlatga хoinlik toʻgʻrisida hokimiyat organlariga iхtiyoriy ravishda хabar bergan, jinoyatni ochishga faol yordam bergan, buning natijasida mamlakat uchun ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining oldi olingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi jazodan ozod etiladi.
Hujjat Xalq soʻzi gazetasida 21.07.2018 yilda e’lon qilingan, koʻrsatilgan oʻzgartirishlar ham shu sanadan boshlab kuchga kirgan.
Samir Latipov. | 53 | 3,440 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risid | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 843–I/515–I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2010-yil, № 4, 173-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1) 2-bandi chiqarib tashlansin;
2) 3 — 25-bandlari tegishincha 2 — 24-bandlar deb hisoblansin;
3) 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) quyidagi mazmundagi bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari vakillari | 250 | 1,490 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi (keyingi o‘rinlarda — davlat buyurtmasi) parametrlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat buyurtmasi — vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladigan oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan buyurtmalar portfeli;
ta’lim tashkiloti — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari reyestriga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari;
talabgor — ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan talaba;
kadrlar buyurtmachilari — oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlashga buyurtmalar beruvchi va kelgusida ushbu kadrlarni ish bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari.
2. Kadrlar buyurtmachilari o‘zlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har yili 15-yanvarga qadar o‘z tizimlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni ta’lim tashkilotlari va yo‘nalishlari kesimida shakllantiradi hamda 20-yanvarga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
3. Taqdim etilgan buyurtmalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tahlil qilinib, umumlashtiriladi hamda kadrlar buyurtmachilari, ta’lim tashkilotlari va yo‘nalishlari kesimida taqsimlagan holda davlat buyurtmasi shakllantiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi shakllantirilgan davlat buyurtmasi parametrlarini 30-mayga qadar o‘rganib chiqish va kelgusida tasdiqlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritadi.
5. Ta’lim tashkiloti kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingandan keyin 20 kun muddatda tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida kadrlar tayyorlash uchun kadrlar buyurtmachilariga talabgorlarni saralash va shartnoma tuzish haqida yozma xabar beradi.
6. Ta’lim tashkiloti Kadrlar buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan buyurtma doirasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plaganlarga o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish sharti bilan o‘qitish xarajatlarini qoplab berilishini taklif qiladi. Bunda, eng yuqori ball to‘plagan shaxs tomonidan ushbu taklif rad etilgan taqdirda, taklif ro‘yxat bo‘yicha keyingi o‘rindagi shaxsga beriladi.
Abituriyentlarning kirish imtihonlarida to‘plagan ballari reyting bo‘yicha e’lon qilinmaydigan ta’lim tashkilotlarida talabgorlarni saralash ta’lim tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda, talabgorni saralash bilan bog‘liq jarayon uchun ta’lim tashkiloti mas’ul hisoblanadi.
7. Taklifga rozilik bildirgan talabgorlar haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti tomonidan kadrlar buyurtmachisiga taqdim etiladi.
8. Kadrlar buyurtmachisi talabgorlar ro‘yxatini o‘rganib chiqib, ular bilan suhbat o‘tkazishi mumkin.
9. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan talabgor bilan kadrlar buyurtmachisi, talabgor va ta’lim tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi.
10. Shartnomada kadrlar buyurtmachisi, ta’lim tashkiloti va talabgorning huquq va majburiyatlari, shuningdek shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda tomonlar uchun javobgarlik nazarda tutilishi lozim.
11. Talabgorlarni o‘qitish xarajatlari uchun mablag‘lar kadrlar buyurtmachilariga har yili O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratilgan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan alohida shaxsiy hisob varag‘ida ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va unga o‘zgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, kadrlar buyurtmachilari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilangan taqdirda ushbu buyurtmalarni qoplash xarajatlarini moliyalashtirish tegishli budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Ta’lim tashkiloti talabgorning o‘qishi tamomlangan kundan boshlab 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda uning o‘qishni tamomlanganligi to‘g‘risida kadrlar buyurtmachisiga yozma shaklda xabar beradi.
13. Kadrlar buyurtmachisining yozma roziligi asosida talabgor o‘z hisobidan o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirishi mumkin. Bunda, talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish majburiyati, u magistratura bosqichini tamomlaganidan keyin yuzaga keladi.
14. Kadrlar buyurtmachisi tomonidan talabgorning ish haqidan uni o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar ushlab qolishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 244 | 7,085 |
Qonunchilik | Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning eksport hajmini oshirish, eksport qilish geografiyasini diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, tashqi bozorlarda mahalliy eksportga yetkazib beruvchi tashkilotlarning mahsulotlarini raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
1. Xo‘jalik subyektlariga 2017-yilning 1-iyunidan boshlab quyidagi huquqlar berilsin:
a) o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilish, yangi meva- sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1871-sonli Farmonining 2-ilovasida ko‘rsatilgan xomashyo tovarlaridan tashqari, chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish, bunda quyidagi shartlarga rioya qilinsin:
shartnoma miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak;
tovarlar eksport qilingan kundan boshlab, 90 kun ichida majburiy valyuta tushumining kelib tushishi ta’minlanishi lozim;
belgilansinki, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarning keyingi eksporti mazkur qo‘shimcha bandning shartlariga muvofiq eksportchi tashkilotning mazkur qo‘shimcha bandda ko‘rsatilgan shartlarda avvalgi debitorlik qarzi bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasida nazarda tutilgan buyum va mahsulotlar eksportini amalga oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida beriladigan litsenziyalar bo‘yicha amalga oshiriladigan eksport-importning o‘ziga xos mahsulotlari ro‘yxatidan zargarlik buyumlari chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 147 | 2,809 |
Qonunchilik | Turfirmadan yoʻllanma va shartnoma bilan | Turfirmaga murojaat qilganda shunday ham boʻladi – pulni berasiz, yoʻllanmani olib, dam olishga ketasiz. Chek berishsa yaхshiku-ya. Agar sayohatdan koʻngil toʻlmasa, tur reklamaga mos kelmasa, unda koʻngilli oʻtmagan ta’til uchun mablagʻlarni qaytarish yoki moddiy qoplama uchun bu chek kuchsiz dalil boʻladi.
Turistik хizmatlar, aynan buni yoʻllanmalar sotadigan va rang-barang turlar tashkil qilayotgan firmalar taklif qilishmoqda, shartnoma asosida taqdim qilinishi kerak. U yozma shaklda tuziladi, qonunchilikka, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka muvofiq kelishi kerak.
Turagent taklif qilinayotgan dam olish shartlari toʻgʻrisidagi aхborotning toʻgʻriligiga javobgar boʻladi. Agar tur toʻgʻrisidagi yozma aхborot Fuqarolik kodeksida koʻzda tutilgan shartnomaning1 barcha muhim shartlarini, jumladan хizmatlar roʻyхati, ularni koʻrsatish tartibi, narхi va h.k.ni saqlasa hamda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga taklif sifatida rasmiylashtirilgan boʻlsa, bunday taklif oferta (ommaviy oferta) deb tan olinadi. Va endi firma oʻzi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishdan bosh tortishga haqli emas.
Shartnoma tuzishda turist unda quyidagilar aniq koʻrsatilganligiga e’tibor qaratishi lozim:
- turfirmaning rekvizitlari (hisobvaraqlar, manzillar, bogʻlanish telefonlari haqida ma’lumotlar);
- sayohatning asosiy shartlari:
- otel (nomidagi noaniqlik shunga oʻхshash nomdagi otellar mavjud boʻlgan taqdirda adashish va noхushliklarga olib keladi);
- harakatlanish (uchish) yoʻnalishlari;
- safar dasturi;
- turoperator (aynan u хizmat koʻrsatadi), uning reyestr raqami;
- turdan qanoatlanmagan taqdirda firmaga da’vo berish muddatlari;
- sugʻurta kompaniyasi toʻgʻrisida ma’lumotlar (turoperator majburiyatlarini bajarmagan taqdirda).
Taraflar shartnoma tuzishda ulardan kelib chiqqan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan taraflardan har biri shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli. Ularga quyidagilar taalluqli:
- shartnomada koʻrsatilgan sayohat shartlarining yomonlashuvi;
- sayohatni amalga oshirish muddatlarining oʻzgarishi;
- transport tariflarining kutilmaganda oʻsishi;
- turistning oʻziga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra sayohatni amalga oshira olmasligi (kasallik, viza berishni rad etish va b.).
Turistik хizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzishda uning mazmunini oʻrganishga mas’uliyat bilan yondashish lozim. Chunki iste’molchi faqat shartnomada koʻrsatilgan хizmatlar uchun qoplamani talab qilishga haqli boʻladi.
Turizm sohasidagi iste’molchida faoliyatning boshqa sohalari iste’molchilaridagi kabi huquqlar bor.
Turfirmaga da’voni ular vujudga kelgan paytda joyida hal qilishga urinib koʻrish kerak. Agar kelishishning iloji boʻlmasa, unda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
- turfirma tomonidan shartnoma shartlari buzilishining barcha yozma dalil-isbotlarini saqlab qoʻyish (cheklar, dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, hisobvaraqlar, shartnomalar, buyurtmanomalar va h.k.);
- imkon qadar sodir boʻlgan voqeani tasdiqlashlari mumkin boʻlgan guvohlar mavjudligini ta’minlash;
- turfirmaga da’voni shartnomada shartlashilgan muddat davomida yozma ravishda va olinganligi qayd qilingan holda topshirish lozim.
Hammasidan ham koʻproq da’volar insofsiz reklama tufayli vujudga keladi, ular esa shartnoma mazmuni ishlanmaganligi va uni rasmiylashtirishda e’tiborsizlik tufayli qanoatlantirilmaydi.
Mavzuga doir materiallar:
Sanatoriyga boramiz: ham faol dam olish, ham salomatlikka foyda
Ketayotib, chiroqni oʻchiring! Ta’til yoki хizmat safariga ketayotganlar uchun eslatma
_________________________
1 Shartnomaning muhim shartlariga quyidagilar kiradi:
- turoperatorning toʻliq va qisqartirilgan nomi, joylashgan joyi, pochta manzili va reyestr raqami;
- moliyaviy ta’minot miqdori, turoperator javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi yoki bank kafolatining raqami, sanasi va amal qilish muddati, moliyaviy ta’minot taqdim qilgan tashkilotning nomi, joylashgan joyi va pochta manzili;
- turistik mahsulotni sotish uchun zarur hajmda turist, shuningdek boshqa buyurtmachi va uning vakolatlari (turist buyurtmachi boʻlmagan taqdirda) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- turistik mahsulotning umumiy narхi;
- turistik mahsuloltning iste’mol хossalari: safar dasturi, sayohat marshruti va shartlari toʻgʻrisidagi aхborot, jumladan:
- joylashtirish vositalari toʻgʻrisida;
- yashash (joylashtirish vositasi joylashgan joyda, uning toifalari) va ovqatlanish shartlari toʻgʻrisida;
- vaqtinchalik safar qilish mamlakatida (joyida) turistni tashish boʻyicha хizmatlar toʻgʻrisida;
- ekskursovod (gid), tarjimon-gid, instruktor-provodnikning mavjudligi toʻgʻrisida;
- qoʻshimcha хizmatlar toʻgʻrisida;
- shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish shartlari;
- turoperator tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda turist va (yoki) boshqa buyurtmachi tomonidan turoperatorga da’vo berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar;
- turist va (yoki) boshqa buyurtmachi tomonidan turoperator javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisida talablar yoki bank kafolati boʻyicha pul summalarini toʻlash toʻgʻrisida talablar taqdim qilish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar, shuningdek turoperator javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yoki bank kafolati boʻyicha bunday toʻlovlarni amalga oshirish uchun asoslar toʻgʻrisida aхborot.
Shartnomaning boshqa shartlari taraflar kelishuviga binoan belgilanadi. | 40 | 5,477 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING BOJXONA KOLLEJINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq hamda bojxona organlarini yuqori malakali, chuqur bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona kolleji tashkil etilsin.
Belgilansinki:
kollej harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi, ta’lim oluvchilar esa — kursantlar hisoblanadi;
kollejda o‘qish davlat ta’lim grantlari asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
kollejda o‘qish muddati 3 yil va 1 yil bojxona xizmati organlarida amaliy ishda sinov. 11 yillik umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari joriy etilgungacha) o‘qish muddati tegishlicha — 2 va 1 yil;
kollej kursantlari normativ pul ta’minoti, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar;
Bojxona kollejini tamomlagan kursantlarga o‘qish vaqti bojxona organlarida xizmat stajiga qo‘shiladi, Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilmaganlarga esa — muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi.
2. Quyidagilar Bojxona kollejining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika bojxona xizmatining malakali, o‘z kasb burchiga sodiq o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
kursantlarning kasb mayllarini, malaka va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan bojxona ishi mutaxassisliklari chuqur o‘zlashtirilishi;
davlat ta’lim standartlari doirasida kursantlarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat ko‘nikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini ta’minlovchi umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston bojxona xizmatini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani o‘rganish va o‘zlashtirish, respublika bojxona xizmati xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
ta’lim oluvchilarni yuksak axloqiylik va O‘zbekiston mustaqilligi mafkurasi va demokratiyaga, Qasamyodga sodiq hamda Vatan va xalqqa sadoqatli xizmat qilish ruhida tarbiyalash;
bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
3. Bojxona kollejining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga xodimlarning tasdiqlangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida kollej tuzilmasiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat etilsin.
Bojxona kolleji professor-o‘qituvchilari va boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlari soni, ularni 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich butlagan holda, 66 nafardan iborat etib belgilansin (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari).
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda tuzilmaga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Kollej to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
1998-yil 1-sentabrdan boshlab kollejda mashg‘ulotlar boshlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha kollej professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 1998/99 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha:
Bojxona kolleji o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin, ularni 1998/99 o‘quv yilida tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazsin;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, didaktik materiallar ishlab chiqish bo‘yicha tanlov asosida mualliflar jamoalarini tashkil etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tajriba sinovi natijalari bo‘yicha 1999-yil 1-avgustgacha:
bojxona ishi sohasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda:
bitiruvchilarga malaka talablarini belgilashni;
tayyorlash sifatiga hamda ta’lim va kasb-hunar dasturlari mazmuniga talablarni belgilashni;
o‘quv fanlarini, ta’lim dasturlari va maxsus dasturlarni shakllantirishni;
kadrlarni sifatli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv soatlari hajmlarini belgilashni nazarda tutsin;
o‘quv rejalari va dasturlariga zarur o‘zgartirishlar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yildan boshlab Bojxona kolleji xarajatlariga belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
1998-yilda Bojxona kollejini mablag‘ bilan ta’minlashni joriy yilga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tasdiqlangan xarajatlari smetasini tejash doirasida amalga oshirsin.
Belgilansinki, Bojxona kolleji binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish, tuzatish hamda uning moddiy-texnika ta’minoti Davlat bojxona qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat, ashyoviy mulk, mebel va kazarma inventari, oziq-ovqat xizmati mol-mulki va Bojxona kolleji avtotransport vositalari bilan ta’minlash normalarini bir oy muddatda tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 1998/99 o‘quv yili boshlangunga qadar kollej binolari va inshootlari tuzatilishini, professor-o‘qituvchilar tarkibi butlanishini, kollej xodimlari va kursantlari uchun zarur moddiy va sanitariya-maishiy sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
11. “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmalari, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi Bojxona kolleji kursantlari formali kiyim-bosh, oziq-ovqat bilan ta’minlashida ko‘maklashsinlar.
12. Bojxona kollejini joylashtirish uchun “Toshkent lak-bo‘yoq zavodi” ijara korxonasining Mirzo Ulug‘bek tumani, Raim Soliyev ko‘chasi, 7-uyda joylashgan yotoqxonasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi balansiga tekin o‘tkazilsin.
13. Toshkent shahar hokimligi “Toshkent lak-bo‘yoq zavodi” ijara korxonasi rahbariyati bilan birgalikda R. Soliyev ko‘chasi, 7-uydagi yotoqxonadan ko‘chirilayotgan yashovchilarni 10 kun mobaynida amaldagi normalarga muvofiq uy-joy bilan ta’minlash masalalarini hal qilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 97 | 7,252 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINI MILLIY VALYUTADA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali uydagi turar joyga mo‘ljallanmagan bino mulkdori o‘rtasidagi Namunaviy shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlar shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga (2002-yil 18-aprel, ro‘yxat raqami 1126 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi 2002-yil, 8-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 14-iyuldagi “Tijorat banklari tomonidan uy-joy mulkdorlar shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 16/8-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 147 | 1,079 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqa | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari avval qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab, uch oydan so‘ng kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2002-y., 1-son, 2-modda) 7-ilova 3.1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uyushmaning suv xo‘jaligi obyektlaridan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv ajratishning qo‘shimcha tarmoqlarini o‘rnatish masalasi Uyushma a’zolarining umumiy majlisida hal etiladi va protokol bilan tasdiqlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2013-y., 3-son, 20-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
4-banddagi, 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 45-bandning birinchi xatboshidagi, 54-bandning birinchi xatboshidagi, 55-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan, 15-bandning birinchi xatboshidagi, 16 va 22-bandlardagi, 23-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 43-banddagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandda:
“Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlaridan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari qo‘shilsin;
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Suv olish limitlari:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, yirik va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga — manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yoki tumanlararo ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan — suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan — fermer va dehqon xo‘jaliklariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, ular xizmat ko‘rsatadigan zonada joylashgan boshqa suv iste’molchilariga belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligidan tashqari ehtiyojlar uchun yer osti suvlaridan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda ruxsatnoma amal qiladigan muddat davri uchun belgilanadi”;
29-bandning “a” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — har yili 20-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 20-martgacha — vegetatsiya davri uchun”;
to‘rtinchi xatboshidagi “irrigatsiya tizimi boshqarmalari tomonidan” so‘zlari “tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Suv olish limitlari:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlari buyruqlari bilan;
suv iste’molchilari uyushmalarining umumiy majlisi protokoli bilan — tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limi va tuman (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi bilan kelishuv bo‘yicha tasdiqlanadi”.
39-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv iste’molchilari uyushmalarining, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan foydalanish rejalari tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi”;
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Suvdan foydalanish va suv iste’molining tuzilgan va umumlashtirilgan rejalari:
suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda, tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limi tomonidan;
irrigatsiya tizimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya havza tizimi, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
44-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar:
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, yirik va alohida muhim obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida;
suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ular xizmat ko‘rsatadigan zonadagi boshqa suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadigan shartnomalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar reyestri belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalariga (sun’iy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli organlariga (tabiiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida) beriladi.
Kommunal suv ta’minoti tizimining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi”;
58-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan ular tomonidan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilgan taqdirda:
suv iste’molchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun — limitdan ortiqcha olingan har ming kub metr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 20 foizi miqdorida;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasisiz suv olganlik yoki suvdan foydalanganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qo‘llaniladi.
Bir yil mobaynida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi takroran buzilgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalari o‘n baravar miqdorida qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilariga nisbatan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun jarima sanksiyalari bir yilda ikki marta (kuz-qish va vegetatsiya davrlari yakunlari bo‘yicha), qolgan suv iste’molchilari uchun esa — kalendar yil yakunlari bo‘yicha bir marta qo‘llaniladi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarda ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalaridan tashqari boshqa qo‘shimcha javobgarlik choralari ham nazarda tutilishi mumkin”;
61-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
63-bandning ikkinchi xatboshida:
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlaridan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari qo‘shilsin;
66-banddagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasining maxsus hisob raqami” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima solishdan tushadigan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
30 foizi — respublika budjetiga;
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasiga;
30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi”. | 250 | 13,742 |
Qonunchilik | TURKIYALIK TALABALARNI O‘ZBEKISTONDA O‘QITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasidagi ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1992-yil 7-apreldagi 178-son qarorini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 103 nafar turkiyalik talabalarni ular tanlagan ixtisos bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hisobiga oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Turkiya Respublikasidan kelgan talabalarni 1992-1993 o‘quv yilida Toshkent davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti tayyorlov fakultetlarida o‘qitishni tashkil etsin, shuningdek ularning yashashi va o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning bajarilishini ta’minlasin;
Turkiya Respublikasidan kelgan talabalarning yashashi (kiyim-kechak, ovqat bilan ta’minlash, stipendiya to‘lash) va o‘qishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
O‘zbekiston yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat uyushmasi va O‘zbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida turkiyalik talabalarni O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlariga mos kiyim-kechaklar bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqsin va hal etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida turkiyalik talabalarni imtiyozli tariflar bo‘yicha pochta va telefon xizmatlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hokimliklari turkiyalik talabalarni o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy, milliy urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishga doir tadbirlarni amalga oshirsinlar, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga bir martalik sayohatlar uyushtirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan turkiyalik talabalarga va ta’lim tizimida ishlayotgan turkiyalik mutaxassislarga respublika hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin. | 57 | 2,798 |
Qonunchilik | Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublika hududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida:
1. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish;
dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash;
dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish.
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning o‘rmon fondi yerlarida namunaviy plantatsiyalar, laboratoriyalar barpo etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsadida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klastyerlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda:
dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ilmiy-ishlab chiqarish klastyerlari faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
dorivor o‘simliklarni klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalar Markaz tomonidan tijorat banklariga taqdim etiladi.
4. Belgilansinki:
Markazga tashqi va ichki bozor talablari hamda marketing natijalaridan kelib chiqib, har yili 1-iyunga qadar dorivor o‘simliklar ekinlarini joylashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga takliflar kiritish huquqi beriladi;
dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash), ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berganlik, arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun undirilib, mahalliy budjetga yo‘naltiriladigan to‘lovlarning 20 foizi Markaz tomonidan tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun yo‘naltiriladi;
Markaz amalga oshirilgan chora-tadbirlar, erishilgan yutuqlar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni har chorakda taalluqliligiga qarab O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib boradi.
5. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markaziga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi muassasalar uslubiy va amaliy yordam berish uchun biriktirilsin.
Bunda, har bir muassasa tabiiy holda o‘suvchi, shu jumladan yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklarni saqlash, xatlovdan o‘tkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik maydonlari va ko‘chatzorlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va ishlanmalar ishlab chiqish uchun mutaxassislarni biriktiradi.
6. Markaz Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda:
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;
tibbiyotda va xalq tabobatida faol qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Markaz huzurida dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etsin. Bunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Markazning aniq hisob-kitoblariga asosan Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan kredit mablag‘laridan mazkur laboratoriyani tashkil etishga yo‘naltirish choralarini ko‘rsin.
7. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
dorivor o‘simliklar sohasi bo‘yicha rivojlangan davlatlarga mutaxassislarni o‘qitish uchun xorijiy stajirovkalar tashkil etish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ulardan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etish;
Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev) bilan birgalikda dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika bo‘yicha konferensiya hamda simpoziumlarning doimiy ravishda o‘tkazib borilishini ta’minlasin;
“O‘zstandart” agentligi (D.N. Sattarov) bilan birgalikda Markaz huzurida dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish, uni belgilangan tartibda jahon standartlariga javob beradigan akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin.
8. Quyidagilarning:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligining Nukus, Xo‘jayli, Qorako‘l, Baxmal, Zomin, Kitob, Uzun, Boysun, Burchmulla, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklarini dorivor o‘simliklarni yetishtirishga, Quyi Chirchiq ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligini dorivor o‘simliklar urug‘ va ko‘chatlarini tayyorlashga ixtisoslashtirish;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining tegishincha G‘allaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki:
Markazning budjetdan moliyalashtiriladigan 28 nafar boshqaruv xodimlarining shtat birliklari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi mavjud shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi. Bunda Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab Markaz ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutsin;
Markaz Davlat budjeti, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xizmat ko‘rsatish va o‘zi yetishtirgan dorivor o‘simliklarni sotishdan tushadigan va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Markazda respublikada ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etiladi. Bunda qo‘shimcha haq belgilanishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.O‘. Madjidov) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3 va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin.
11. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J. Bakirov) ikki oy muddatda:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazining ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Markaz Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan turgan binosiga joylashtirilsin.
13. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J. Bakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. Ganiyev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 15-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. | 192 | 11,251 |
Qonunchilik | ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XO‘JALIKLARI UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash va mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagi PF—1737-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib ularning tuman uyushmalari hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining hududiy uyushmalari tuziladi, ular tegishli tuman uyushmalarini birlashtiradilar va hududiy uyushmalarga berilgan funksiyalarning bajarilishi uchun ular oldida javob beradilar;
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi a’zolariga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorining 5-bandiga muvofiq “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotish va erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalarini sotib olishda ustun huquq beriladi.
2. Quyidagilarga:
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga va Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari viloyat va tuman uyushmalari apparatining namunaviy tuzilmasiga 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Respublika uyushmasi ijro etuvchi apparati xodimlari cheklangan sonining (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 30 nafar bo‘lishiga rozilik berilsin.
Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining jamoa a’zosi, hududiy uyushmalar esa Palata tegishli bo‘linmalarining jamoa a’zolari hisoblanadilar;
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasining raisi uyushmaning yuqori organi — syezd tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, tuman, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) uyushmalarining raislari esa tegishli hokimliklar tavsiyanomasiga ko‘ra konferensiyalarda saylanadilar;
respublika, viloyatlar va tumanlar uyushmalari ijro etuvchi apparatlarini mablag‘ bilan ta’minlash uning qatnashchilarining ishlab chiqarish faoliyatidan ixtiyoriy ajratmalar, shuningdek, uyushma ta’sis etgan, yakka tartibda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi:
ikki hafta muddatda tuman va hududiy uyushmalarning namunaviy ustavlarini ishlab chiqsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarining tuman, viloyat va respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) uyushmalarini belgilangan tartibda tashkil etishni ta’minlasinlar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari hududiy uyushmalari o‘z faoliyatlarini ta’sis konferensiyasi tasdiqlagan Ustavga muvofiq amalga oshiradilar va o‘z faoliyatlarida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga bo‘ysunadilar.
5. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalari uyushmalari egallab kelgan xonalar viloyat va tumanlar uyushmalari ixtiyorida saqlab qolinsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmalariga xizmat xonalarini zarur anjomlar hamda aloqa vositalari bilan jihozlashda yordam ko‘rsatsinlar.
Toshkent shahar hokimligi Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi ijro etuvchi apparatini Toshkent shahar, A. Qodiriy ko‘chasi, 5a-uyga joylashtirsin. Aloqa vazirligi Uyushmani telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Q.F. Obidov va bosh vazir o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Uyushma raisi — “O‘zulgurjimevasabzavot” kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
Rais o‘rinbosari
Rais o‘rinbosari
Prognozlashtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarish-moliya faoliyatini tahlil qilish bo‘limi
Kontraktatsiya shartnomalari, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni muvofiqlashtirish bo‘limi
Marketing, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotishni muvofiqlashtirish bo‘limi
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini moddiy-texnik ta’minlashni va ularga servis xizmati ko‘rsatishni muvofiqlashtirish bo‘limi
Moliya-hisob-kitob boshqarmasi
Yuridik xizmat ko‘rsatish va kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi
Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi
Xodimlar soni — 10—12 kishi atrofida
Xodimlar soni — 6—9 kishi atrofida | 99 | 4,927 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 97 | 216 |
Qonunchilik | ALOHIDA MILITSIYA BATALONINI ChET EL DAVLATLARINING DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINI QO‘RIQLAShNI TA’MINLASh BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING MILITSIYA POLKIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA | Chet el davlatlarining yangi diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar ochilishi munosabati bilan, ular joylashgan mamlakatning xalqaro majburiyatlariga muvofiq ularni zarur darajada himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 171-son qarori bilan tashkil etilgan alohida militsiya bataloni chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun qo‘shimcha ravishda xarajatlari respublika budjeti hisobiga qoplanadigan ilovaga muvofiq — 178 shtat ajratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatdagi xodimlari soni o‘zgarishi munosabati bilan uni mablag‘ bilan ta’minlasin. | 207 | 951 |
Qonunchilik | Kim Jamoat хavfsizligi universitetiga oʻqishga kiradi | Vazirlar Mahkamasining 6.08.2021 yildagi 500-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning “Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Ma’lumot uchun! Milliy gvardiya Harbiy-teхnik instituti Jamoat хavfsizligi universiteti etib (keyingi oʻrinlarda - Universitet) qayta tashkil etilgan. U quyidagi sohalar uchun malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi:
Nizom Universitetning bakalavriati kunduzgi va sirtqi, magistraturasi kunduzgi ta’lim shakllariga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Nomzodlarni qabul qilish Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga asosan, oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur (12.09.2019 yildagi PQ-4447-son qaror bilan tasdiqlangan).
Dastlabki saralab olish davomida nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish, yakka tartibda suhbatlashish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, individual-psiхologik oʻrganish hamda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash amalga oshiriladi.
Nomzodlarni umumfuqaroviy asosda talabalar safiga qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgrisidagi nizomda (20.06.2017 yildagi 393-son VMQ bilan tasdiqlangan) belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Universitetga oʻqishga faqat Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari, shuningdek, qoʻshimcha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish Universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymati) har yili Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga oʻqishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 53 | 2,539 |
Qonunchilik | Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solinishini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) — moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qarzdor-bank — tashkilot tomonidan moliyaviy resurslarni ajratish yo‘li bilan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtirilgan tijorat banki;
risk-appetit — tashkilot strategik maqsadlariga va biznes-reja ko‘rsatkichlariga erishishda o‘zining tavakkalchiliklarni boshqarish salohiyatidan kelib chiqqan holda, qabul qilishga tayyor bo‘lgan tavakkalchiliklarning eng yuqori darajalari va turlari;
regulyativ kapital — tashkilotning faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan kapital;
leveraj — tashkilot jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich.
2. Tashkilot ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun qarzdor-bankka va jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditiga muvofiqlik mezonlarini (bundan buyon matnda muvofiqlik mezonlari deb yuritiladi) belgilaydi.
3. Tashkilot tomonidan qarzdor-bankka ajratiladigan kreditlar davlat qimmatli qog‘ozlari, qarzdor-bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka krediti (bundan buyon matnda ipoteka krediti deb yuritiladi) va bank depozitlari bilan ta’minlanishi mumkin.
4. Qarzdor-bankka quyidagi hollarda tashkilot tomonidan kredit resurslari ajratilmaydi:
oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan moliyaviy hisobotiga salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuzilgan bo‘lsa;
ketma-ket oxirgi to‘rt chorakda faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa;
prudensial normativlarga rioya etilmagan bo‘lsa.
5. Tashkilot qarzdor-bankning garov ta’minotini qayta moliyalashtirishdan avval baholashi, shuningdek qayta moliyalashtirganidan so‘ng har chorakda kamida bir marta qayta baholashi lozim.
6. Qayta moliyalashtirish krediti ta’minotiga qabul qilingan ipoteka krediti muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilsa yohud 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa, tashkilot qarzdor-bankdan bunday ta’minotni muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi ta’minotga almashtirib berilishini talab qiladi. Ta’minotga qabul qilingan ipoteka krediti qisman so‘ndirilgan hollarda kreditning so‘ndirilgan qismiga teng miqdordagi ta’minot almashtirib beriladi.
Qarzdor-bank ta’minotni almashtirib berishi yoki unga ajratilgan resursning muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi ta’minot bilan ta’minlanmagan qismini tashkilotga qaytarib berishi mumkin.
7. Tashkilot o‘z faoliyatini quyidagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtiradi:
o‘z mablag‘lari;
mahalliy va xalqaro kapital bozorlaridan jalb etilgan moliyaviy resurslar;
moliyaviy tashkilotlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Tashkilotga jismoniy va yuridik shaxslardan depozitlar (omonatlar) qabul qilish va jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb etish taqiqlanadi.
9. Tashkilot ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritilgandan keyin ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshirishga haqli.
10. Tashkilot asosiy hisobvarag‘ini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochadi.
11. Tashkilot bo‘sh pul mablag‘larini quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga;
O‘zbekiston Respublikasidagi banklarga depozitga yo‘naltirishi mumkin.
12. Tashkilot aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va ustav fondining eng kam miqdori 25,0 milliard so‘m etib belgilanadi.
13. Tashkilotning ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va muassislarining pul mablag‘laridan tashkil topadi.
14. Tashkilotning ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Tashkilot ustav fondining eng kam miqdori tashkilotni reyestrga kiritish to‘g‘risidagi ariza Markaziy bankka taqdim etilgan kunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
16. Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tashkilot muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin.
17. Quyidagi shaxslar:
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatda va hududda yashaydigan norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi benefitsiar mulkdorlar;
tashkilot ustav fondining 10 yoki undan ortiq foizini (ulushini) sotib olayotgan (olgan) shaxslar iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganlikka ega bo‘lsa;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa tashkilot muassislari (aksiyadorlari) bo‘la olmaydi.
18. Tashkilotning nomida “ipotekani qayta moliyalashtirish” so‘z birikmasi ko‘rsatilishi kerak.
19. Tashkilotni reyestrga kiritish uchun quyidagi talab va shartlar bajarilishi lozim:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi;
mazkur Nizomning 12 — 15-bandlariga muvofiq ustav kapitalining shakllantirilishi;
tashkilotning ijroiya organi rahbari va bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga muvofiqligi.
20. Tashkilotni reyestrga kiritish uchun quyidagi hujjatlar Markaziy bankka taqdim etiladi:
reyestrga kiritish to‘g‘risida ariza;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
ta’sis hujjatlari;
tashkilotning ijroiya organi rahbari va bosh buxgalterini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsni lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida qaror nusxasi hamda ularning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
ustav fondi (ustav kapitali)ning 10 foizidan ortig‘iga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
keyingi 3 yilga mo‘ljallangan biznes-reja;
kredit va investitsiya siyosati, tavakkalchilik, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati;
ipotekani qayta moliyalashtirishning bosh shartnoma namunasi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
21. Tashkilotni reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish bepul amalga oshiriladi.
22. Tashkilotni reyestrga kiritish yoki rad etish to‘g‘risidagi Markaziy bankning qarori ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 30 kundan oshmagan muddatda qabul qilinadi.
23. Reyestr hamda tashkilotning reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
24. Tashkilot o‘zining ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni, shuningdek boshqaruv organlari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
25. Quyidagi hollarda tashkilotni reyestrga kiritish rad etiladi:
tashkilot mazkur Nizomning 17 — 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjud bo‘lsa;
tashkilotni tashkil etuvchi norezident yuridik shaxsni nazorat qiluvchi organ tomonidan rad etish tavsiya qilinsa.
Boshqa asoslarga ko‘ra tashkilotni reyestrga kiritishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Tashkilot O‘zbekiston Respublikasi hududida filiallar tashkil etishi mumkin.
27. Filialni ochish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tashkilot 10 kunlik muddat ichida Markaziy bankni bu haqida xabardor qiladi va tegishli boshqaruv organining qarori nusxasini taqdim etadi.
28. Tashkilotning rahbarlari bank-moliya tizimida benuqson ishchanlik obro‘siga, tavakkalchiliklarning samarali boshqarilishini, o‘z vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tajribaga, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
29. Tashkilotning ijroiya organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy ma’lumotga, bank-moliya yo‘nalishida 5 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish tajribasiga, shu jumladan bank-moliya tizimida rahbar lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Tashkilotning bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy ma’lumotga ega va buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
30. Tashkilotning rahbari bank-moliya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi kerak.
31. Quyidagi shaxslar tashkilotning rahbari bo‘la olmaydi:
bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli tang bo‘lgan yuridik shaxs boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi (ustav kapitalida 10 foiz va undan ko‘p miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar), shuningdek sobiq rahbarlari, basharti yuridik shaxsning bankrotligi yoki moliyaviy ahvolining tangligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo‘lgan;
sud qarori bilan ushbu lavozimda ishlash huquqi cheklangan;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan.
32. Tashkilotning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan risk-appetiti doirasida tashkilotning tavakkalchilikka moyilligini chegaralab turishi, tashkilot faoliyatining barqarorligini ta’minlashi hamda uning muassislari kapitali qiymatini saqlab turishi uchun tavakkalchiliklarni samarali aniqlashi va boshqarishi talab etiladi.
33. Tashkilotda tavakkalchiliklarni boshqarish siyosati ishlab chiqilishi va u likvidlilik, foiz, kredit, operatsion hamda boshqa tavakkalchiliklarni boshqarishni nazarda tutishi lozim.
34. Tashkilotga faoliyatida (balansida) ochiq valyuta pozitsiyasiga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashkilot xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirganda, balansning qarama-qarshi tomonida teng miqdorda mablag‘lar (aktiv yoki majburiyat) bo‘lishi yoki valyuta tavakkalchiligi to‘liqligicha xedjirlanishi lozim.
35. Tashkilotning kuzatuv kengashi tashkilotni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq keluvchi risk-appetiti va tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatini belgilaydi, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Kuzatuv kengashi tomonidan tashkil etilgan tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha samarali nazoratni amalga oshirishi hamda tavakkalchiliklarni boshqarishga oid siyosatni ishlab chiqishi lozim.
36. Tashkilotning ijroiya organi kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan siyosatlarni amalga oshirishga, shu jumladan tashkilotda tavakkalchiliklarni aniqlash, hisoblash, boshqarish, monitoring qilish va hisobot berishga qaratilgan samarali ichki nazorat tizimi mavjudligini ta’minlashga mas’uldir.
37. Tashkilotda tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tegishli tarkibiy tuzilma tashkil etilishi lozim. Mazkur tuzilma kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘ladi.
38. Tashkilot investitsiya siyosatida likvidlilikni boshqarish bo‘yicha tegishli nazoratni belgilashi zarur, bunda investitsiya siyosati quyidagilarni qamrab olishi talab etiladi:
kuzatuv kengashi, ijroiya organ hamda likvidlilikni va tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasining vazifa va majburiyatlarini;
likvidlilik tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish bo‘yicha uslublar va ular haqida hisobot berish tartibini;
likvidlilikni stress-testlar asosida tahlilini;
likvidlilikni boshqarish rejalarini.
39. Tashkilot foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida o‘zining qayta moliyalashtirilgan kreditlari va ularning manbalari muddatlari o‘rtasidagi tafovutni imkon qadar muvofiqlashtirib borishi kerak.
40. Tashkilot aktiv va passivlarni boshqarish siyosatini ishlab chiqishi va u o‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
kuzatuv kengashi va ijroiya organining aktiv va passivlarni boshqarishga doir vazifa va majburiyatlari;
aktiv va passivlarni boshqarish bo‘yicha tegishli tarkibiy tuzilmalarning vazifa va majburiyatlari;
foiz tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish bo‘yicha uslublar va ular haqida hisobot berish tartibi.
41. Tashkilot likvidlilik va foiz stavkalari bo‘yicha nomutanosibliklar limitlarini belgilaydi.
42. Tashkilot kredit siyosatini ishlab chiqishi va u o‘z ichiga quyidagilarni olishi kerak:
kuzatuv kengashi, ijroiya organi hamda kredit tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha tegishli tarkibiy tuzilmalarning vazifa va majburiyatlari;
kredit tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish bo‘yicha samarali uslublar va ular haqida hisobot berish tartibi;
muvofiqlik mezonlari;
qarzdor-banklarga kredit limitlarini o‘rnatish tartibi;
ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishda talab etiladigan hujjatlar;
garovlarni boshqarish;
qarzdor-bankning to‘lov majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari.
43. Kuzatuv kengashi qarzdor-bankka nisbatan kredit ajratishning eng ko‘p miqdorini belgilashi mumkin.
44. Ta’minotni boshqarish maqsadida tashkilot tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatida:
kreditning garovga nisbati bo‘yicha minimal talab;
muvofiqlik talabiga javob beruvchi ta’minot turlari;
kredit ta’minoti, muddatidan avval yoki to‘liq to‘langan va muddati o‘tgan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha qarzdor-bank tomonidan topshiriladigan hisobotlar turlari va muddatlariga qo‘yiladigan talablar;
muddatidan avval to‘langan, muddati o‘tgan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari yuzaga kelganda ta’minotni o‘zgartirish shartlari belgilanadi va o‘rnatiladi.
45. Agar ta’minot qiymati kredit siyosatida o‘rnatilgan kreditning garovga nisbati bo‘yicha minimal talabdan kam bo‘lsa, tashkilot qarzdor-bankdan muvofiqlik talablariga javob beruvchi qo‘shimcha ta’minotni talab qiladi.
46. Qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalari va o‘rtacha so‘ndirish muddatlari qayta moliyalashtirish kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi va muddatlaridan kam bo‘lmasligi kerak.
47. Tashkilot qayta moliyalashtirilgan kreditlar holati yuzasidan doimiy monitoring o‘tkazadi.
48. Tashkilotning aktivlari (banklarga ajratilgan resurslar, banklarga joylashtirilgan depozitlar) sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
49. Tashkilotning banklarga joylashtirgan aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar o‘z muddatida qaytarilishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar — “standart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 va undan ortiq kunga kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda, tashkilot tomonidan aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarning bajarilishi muntazam o‘rganib boriladi.
50. Qayta moliyalashtirish krediti ta’minotiga qabul qilingan ipoteka krediti bo‘yicha 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa, bunday aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
51. Tashkilotning aktivlari sifatiga ko‘ra:
“substandart” deb tasniflanganda — 10 foiz;
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda — 25 foiz;
“shubhali” deb tasniflanganda — 50 foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda — 100 foiz miqdorda ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxira shakllantiriladi.
52. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, bundan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari mustasno;
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir to‘lovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining to‘lash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi.
Tashkilotning shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta ko‘rib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pog‘onaga past bo‘ladi.
53. Tashkilot aktivlar sifatini tasniflashi va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida shakllantirishi mumkin.
54. Kuzatuv kengashi o‘z majburiyatlarini bajarishda unga ko‘maklashuvchi qo‘mitalar, xususan audit, tavakkalchilikni boshqarish, boshqaruv va xodimlar bilan ishlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha qo‘mitalarni tashkil etadi.
55. Kuzatuv kengashi o‘z vazifalarini bajarishda:
tashkilotda samarali va ehtiyotkorlik bilan boshqarishni ta’minlovchi, jumladan uning a’zolari o‘rtasida mas’uliyatning taqsimlanishini va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha boshqaruv tuzilmasini joriy etishi;
tashkilot boshqaruviga oid qarorlar qabul qilishda nazorat va tekshiruv funksiyalarini bajarish va to‘liqligicha tashkilot faoliyati va moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim.
56. Tashkilotning ijroiya organi va filiallari o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga, tashkilotning ustavi va siyosatlariga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek tashkilotni boshqarish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish maqsadida tashkilotda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Tashkilotning ichki audit xizmati audit qo‘mitasiga hisobdordir.
57. Ijroiya organ tashkilotning moliyaviy holati, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarning bajarilishi, tashkilotni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida kuzatuv kengashiga har chorakda hisobotlar taqdim etadi.
58. Yil davomida zaruratga ko‘ra barcha siyosatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Barcha siyosatlar ularning izchilligi va muvofiqligini ta’minlash maqsadida kamida har 3 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
59. Tashkilotda korporativ boshqaruv aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
60. Tashkilotning yillik moliyaviy hisobotlari Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzilishi hamda tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim.
61. Tashkilotning auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan yillik moliyaviy hisoboti, auditorlik xulosasi va auditorlik tekshiruvi natijasi bo‘yicha tashkilot rahbariyatiga berilgan tavsiyalar moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay tashkilot tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi.
62. Tashkilot har yilgi moliyaviy hisobotini moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay matbuotda va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
63. Tashkilot Markaziy bankka har oyda nazoratga oid va moliyaviy hisobotlarni taqdim etadi.
64. Tashkilot leveraj koeffitsiyenti hamda reguryativ kapitalning jami tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarga nisbati sifatida aniqlanadigan kapital monandliligi koeffitsiyentiga rioya etadi.
65. Tashkilot leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 3 foizdan, regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti esa 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim lozim.
66. Tashkilot kapitalning monandlik koeffitsiyentlari hisob-kitobini har oyda Markaziy bankka taqdim etib boradi.
67. Tashkilot majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti va sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti me’yorlariga rioya qilishi lozim.
68. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi. Bunda yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi:
naqd pul;
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
tashkilotning Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lari.
69. Keyingi 30 kun ichidagi kirim keyingi 30 kundagi chiqimning 75 foizidan oshgan taqdirda, kirim sifatida chiqimning 75 foizi olinadi.
70. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti 100 foizlik me’yordan kam bo‘lmasligi lozim.
71. Cof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
72. Cof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti 100 foizlik me’yordan kam bo‘lmasligi lozim.
73. Tashkilot likvidlilik koeffitsiyentlari hisob-kitobini har oyda Markaziy bankka taqdim etib boradi.
74. Tashkilotning bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori uning jami aktivining 30 foizidan oshmasligi kerak.
75. Tashkilot bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori hisob-kitobini har oyda Markaziy bankka taqdim etib boradi.
76. Tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
77. Tashkilot Markaziy bank u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab, 30 kun ichida o‘z nomidan “ipotekani qayta moliyalashtirish” so‘z birikmasini chiqarish orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini amalga oshirishi yoki qayta tashkil etish yohud tugatish haqida qaror qabul qilishi lozim.
78. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. | 135 | 24,027 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan zamonaviy va samarali nazoratni tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “4R87 G‘uzor-Chim-Ko‘kdala avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1671-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 8-bandi “Vsego*” ustunidagi “100” raqami “126” raqami bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” hamda “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “4R87 G‘uzor-Chim-Ko‘kdala avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3011-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandidagi “1-noyabrya 2020 goda” so‘zlari “1-iyulya 2022 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4545-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika hududida (Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlarini nazorat qilish, shuningdek, avtomobil yo‘llari bo‘ylab og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yig‘imlar undirish va ruxsatnomalar berish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi”;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit o‘tishi uchun yig‘imlar va to‘lovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi;
b) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit o‘tishi uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga;
10 foizi — Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir o‘qqa tushadigan og‘irlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojxona postlari hududidagi ichki avtomobil yo‘llarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armasiga”. | 108 | 4,081 |
Qonunchilik | 2011 — 2015 YILLARDA MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh VA ULARNING FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, 2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish asosida aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlar, barcha yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
madaniyat va istirohat bog‘larini yangidan tashkil etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda, ikki oy muddatda yangi tashkil etiladigan madaniyat va istirohat bog‘larining 3 tipdagi namunaviy loyihalarini tayyorlasin. Bu namunaviy loyihalarda quyidagilar nazarda tutilsin:
madaniyat va istirohat bog‘larini aholining madaniy dam olishi uchun qulay va ko‘rkam joylarda joylashtirish, manzarali daraxtlar va har xil gullar ekish orqali bog‘ning kamida 50 foiz umumiy maydoni sathida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
attraksionlar va ko‘ngilochar o‘yinlar qurilmalarining ixcham, qulay va zamonaviy turlarini sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga hamda jamoat tartibi talablariga rioya qilgan holda o‘rnatish;
aholi, ayniqsa bolalar hamda o‘smir yoshlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bolalarning mo‘jaz sport maydonchalari, attraksionlar, suv havzalari, shuningdek, raqs va ko‘chma sirk uchun mo‘ljallangan maydonchalar, amfiteatr, shinam o‘rindiqlar hamda savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari barpo etish.
Madaniyat va istirohat bog‘lari hududida namunaviy loyihalar talablariga rioya etilgan holda, madaniy va hordiq chiqarish obyektlarini joylashtirish yuzasidan tuman (shahar) hokimlarining shaxsan javobgarligi belgilab qo‘yilsin.
3. Dasturni amalga oshirish bo‘yicha asosiy ijrochilar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin hamda ularning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
madaniyat va istirohat bog‘lari mol-mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, mavjud bino va inshootlar, attraksionlar va boshqa turdagi vositalardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish hamda ularning asossiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
yangi madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda zamonaviy attraksionlar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli hududiy dasturlarni uch oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda har bir madaniyat va istirohat bog‘i bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomani tayyorlash;
madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq amaliy ishlarni moliyaviy ta’minlashda tadbirkorlik imkoniyatlaridan keng foydalanish, bunda bog‘ hududidagi yerlarni (namunaviy loyihada ko‘zda tutilgan taqsimotga rioya etgan holda) attraksionlar, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurish uchun tanlov savdosi asosida tadbirkorlarga ijaraga berish;
Dasturni amalga oshirish uchun mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismini hamda hokimliklarning budjetdan tashqari va homiylar, investorlar mablag‘larini jalb qilish va maqsadli yo‘naltirish.
4. Madaniyat va istirohat bog‘larining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi buyurtmachi etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi namunaviy loyihalarni ishlab chiqish uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligiga nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida mablag‘ ajratsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
madaniyat va istirohat bog‘lari tuman (shahar) hokimliklari muassisligida davlat korxonasi shaklida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi;
madaniyat va istirohat bog‘larining faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar ularning o‘z daromadlari, korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan daromadlar hisobidan amalga oshiriladi;
zarur hollarda, madaniyat va istirohat bog‘larining ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda bog‘bonlarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlari mahalliy budjetlar parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishi mumkin.
6. Tuman (shahar) hokimliklari madaniyat va istirohat bog‘larida elektr energiyasi va boshqa resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, har bir attraksionda elektr hisoblagichlar o‘rnatilishini ta’minlash va barcha tushumlarning qonuniy aylanishi yuzasidan qat’iy va doimiy nazorat o‘rnatsin.
7. Madaniyat va istirohat bog‘lari ma’muriyatining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Moliya vazirliklari bilan kelishgan holda, 10 kun muddatda madaniyat va istirohat bog‘lari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Tijorat banklariga madaniyat va istirohat bog‘lari uchun hamda mazkur dasturni amalga oshirishda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish tavsiya qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniyat va istirohat bog‘lari uchun attraksionlarni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar, idoralar mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2011 — 2015-yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin hamda har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 193 | 7,120 |
Qonunchilik | AHOLINING KENG QATLAMI, ShU JUMLADAN YoSh OILALAR UChUN UY-JOY QURILIShINI VA REKONSTRUKSIYA QILIShNI MOLIYALAShTIRISh VA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 7-son, 54-modda), 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 7-son, 54-modda), 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda) muvofiq tijorat banklari (keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) tomonidan pudrat qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uylarni qurilishini va rekonstruksiyasini moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomga asosan banklar tomonidan kreditlar pudrat qurilish tashkilotlariga qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va ulardan maqsadli foydalanish shartlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar bo‘yicha, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda ko‘p kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda (“kaliti bilan”) qurish yoki rekonstruksiya qilish sharti bilan beriladi.
Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, pudrat qurilish tashkiloti bir vaqtning o‘zida ham buyurtmachi ham pudratchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
2. Pudrat qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish, ushbu qurilish tashkilotining asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 17-son, 146-modda) 40-bandiga muvofiq ko‘p kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida bo‘ladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi. Qurilish yakunlangandan keyin ko‘p kvartirali uylar qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishga topshiriladi.
4. Pudrat qurilish tashkiloti qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi o‘z aylanma mablag‘lariga hamda qurilish sohasida ko‘p yillik tajribaga, yetarli moddiy-texnika bazasi va tajribali mutaxassislarga ega bo‘lishi lozim.
5. Bank tomonidan ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kredit miqdori uning, ya’ni tayyor holda qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uyning qiymatidan qurilish tashkilotining o‘z aylanma mablag‘lari va biznes-rejasida olinishi rejalashtirilgan foyda miqdori chegirilgan holda, ammo qurilish obyektining 70 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Agar pudrat qurilish tashkiloti quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan ko‘p kvartirali uy qiymatining 20 foizi miqdoridagi o‘z aylanma mablag‘iga ega bo‘lmasa, bank kredit qo‘mitasi uning ijobiy kredit tarixini hisobga olib (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), o‘z qarori bilan quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan ko‘p kvartirali uy qiymatining shu miqdordagi qismiga ham kredit ajratishi mumkin. Bunda bank tomonidan ajratiladigan kreditning umumiy summasi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy qiymatining 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
6. Ko‘p kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurish sharti bilan uylarni qurayotgan yoki rekonstruksiya ishlarini amalga oshirayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida nizom”ga muvofiq, sug‘urta kompaniyalari bilan qurilish obyektini sug‘urtalash shartnomasini tuzgan pudrat qurilish tashkilotlari kreditlanadi. Bunda sug‘urta shartnomasi kreditlovchi bank foydasiga tuziladi.
7. Kreditdan foydalanish muddati qurilish yoki rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda, ammo 2 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Bunda 18 oydan oshmagan muddatga imtiyozli davr berilishi mumkin.
8. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi miqdori tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
9. Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‘lgan, qurilish xatarlarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini to‘liq hajmda to‘lamagan pudrat qurilish tashkilotlariga, shuningdek, ulardan foydalanishga topshirish muddatlari kechiktirilgan, qurilishi tugallanmagan kreditlanadigan obyektlar yoki ilgari berilgan kreditlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarz yoki boshqa moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lganida, ko‘p kvartirali uylarni foydalanishga tayyor holda qurilishiga kreditlar berilmaydi.
10. Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) kredit maqsadi, ta’minoti, muddati va summasi ko‘rsatilgan kredit olishga buyurtmanoma;
b) ko‘p kvartirali uy qurilishi uchun yer uchastkasi ajratilganligi va ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki rekonstruksiya qilinadigan obyektga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
v) belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
g) Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsati;
d) elektr energiya, gaz, issiqlik energiyasi, suv va kanalizatsiyaga ulashning texnik shartlari;
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishning aniq mo‘ljalli ro‘yxati, titul ro‘yxati va qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvallari;
j) pudrat qurilish tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan tuzgan shartnoma nusxasi va sug‘urta polisi;
z) biznes-reja;
i) pudrat qurilish tashkilotining kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun uning oxirgi hisobot sanasiga bo‘lgan moliyaviy hisobotlari (1, 2, 4 va 5-sonli shakllar);
k) kredit bo‘yicha ta’minot turi va ushbu ta’minot bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlar;
l) boshqa tashkilot va muassasalar oldidagi qarzdorliklari va boshqa banklardagi mavjud mablag‘lari bo‘yicha ma’lumotnomalar (ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarga mos bo‘lishi lozim) hamda boshqa tashkilot va muassasalar ustav kapitallaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
m) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi qavatlar soni, har bir kvartiraning umumiy va yashash maydonlari hajmi, 1 kv.m. o‘rtacha qiymati hamda har bir kvartirani aniq qiymati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma.
11. Bank pudrat qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni loyiha hujjatlariga mos ravishda tuzilganligini tekshiradi va ular asosida beriladigan kredit miqdorini aniqlaydi.
12. Beriladigan kredit miqdori aniqlangandan keyin bank qarz oluvchining moliyaviy holatini tahlil qiladi va uning kreditga layoqatlilik darajasini aniqlaydi.
Barcha tahlillar amalga oshirilganidan keyin bank kredit bo‘limi xodimi va kredit bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolangan xulosa tuziladi va bank kredit qo‘mitasiga taqdim etiladi.
13. Bank kredit qo‘mitasi kredit buyurtmanomasi, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu kredit buyurtmanomasi bo‘yicha bankning kredit bo‘limi xulosasini ko‘rib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Kredit buyurtmanomasini ko‘rib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran 3 bank ish kunidan oshmasligi kerak.
Bankning kredit qo‘mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda qarz oluvchiga, kredit berishning rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan yozma xulosa jo‘natiladi.
14. Bankka pudrat qurilish tashkiloti tomonidan quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi taqdim etiladi:
ko‘chmas va ko‘char mulk garovi;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxs kafilligi;
kreditni qaytarilmaslik xatarining sug‘urtasi.
pudrat qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarning kelajakda sotilishidan tushadigan mablag‘lar garovi.
15. Ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun berilgan kreditlarni qaytarilish ta’minoti sifatida ushbu uydagi kvartiralarni kelajakda sotishdan tushadigan tushumlar garovga olingan taqdirda bu borada alohida garov shartnomasi tuziladi.
Garov shartnomasida bank krediti hisobidan qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan barcha tushum bevosita kredit uchun hisoblangan foizlar to‘loviga va kreditni qaytarishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yiladi. Ushbu shart kredit shartnomasida ham belgilab qo‘yilishi lozim.
16. Kredit shartnomasi imzolangan paytdan boshlab olingan kreditlar to‘liq so‘ndirilguniga, komissiyalar, foizlar va ularga doir penyalar to‘languniga qadar amal qiladi.
17. Ko‘p kvartirali uylarni qurish, rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan kredit berish, qarz oluvchi nomiga har bir obyekt nomi va raqami aks ettirilgan alohida ssuda hisobvarag‘i ochish hamda ushbu hisobvaraqdan pudrat qurilish tashkilotining to‘lov topshiriqnomasi asosida quyidagi maqsadlar uchun pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
qurilish materiallarini xarid qilish uchun;
qurilish montaj ishlarini bajarish jadvallariga muvofiq yordamchi pudrat tashkilotlariga bajariladigan va bajarilgan ishlar, avtotransport xizmatlari va mexanizm xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun;
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (yoqilg‘i-moylash materiallari, tabiiy gaz, elektroenergiya, suv va boshqalar) uchun;
kreditlanayotgan qurilish obyektida band bo‘lgan xodimlarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar uchun.
18. Ssuda hisobvarag‘idan qurilishning titul ro‘yxatiga va kapital mablag‘lardan foydalanishning unda ko‘rsatilgan yo‘nalishlariga muvofiq kelmaydigan to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Pudrat qurilish tashkilotini kreditlash bosqichma-bosqich moliyalashtirish va qurilish-montaj ishlarni bajarish jadvallari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan uning to‘lov topshiriqnomasiga asosan kredit shartnomasi umumiy summasining 50 foizigacha miqdorda avans to‘lovlari bo‘yicha;
b) qarz oluvchi tomonidan avans mablag‘lari hisobiga bajarilgan ishlar dalolatnomasi taqdim etilgandan so‘ng (avans miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda), kredit shartnomasi umumiy summasining qolgan 50 foizi bajarilgan ishlardan kelib chiqqan holda. Bunda bankning mas’ul xodimlari joyiga chiqqan holda berilgan kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilganini o‘rgangan holda dalolatnoma tuzadi.
20. Berilgan kreditlarga foizlar kredit qoldig‘iga har kuni hisoblab boriladi va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda undiriladi.
21. Berilgan kreditlarga hisoblangan foizlar va kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, pudrat qurilish tashkiloti tomonidan bank krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan mablag‘larni jamlash maqsadida ochiladigan maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaraqdagi (22626 — korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
22. Ko‘p kvartirali uyni qurish uchun bankdan kredit olgan pudrat qurilish tashkiloti kredit bergan bankka unga qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarni sotishdan tushgan mablag‘larni jamlash uchun alohida maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘i ochishni so‘rab ariza taqdim etadi.
Bank pudrat qurilish tashkilotining ushbu arizasi asosida unga belgilangan tartibda 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘ini ochadi.
23. Ushbu maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga faqat bank krediti hisobiga qurilayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari kirim qilinadi.
24. Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar ushbu turar joylarning loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan narxlarda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari orqali aholi, shu jumladan yosh oilalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qoshidagi ishchi guruhlarining tavsiyalariga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarning bir qismini bank bilan kelishilgan holda korxona va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda oldindan pul o‘tkazish orqali sotib olib ularda ishlab turgan yosh oilalar a’zolari va boshqa xodimlariga berishlari mumkin.
25. Qurilish pudrat tashkilotiga ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bank tomonidan ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun kredit berish borasida ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin qarz oluvchi har bir jismoniy shaxsga ularning arizalariga muvofiq kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan dastlabki badalni kiritib qo‘yish uchun jamg‘arma omonat hisobvaraqlari ochiladi va dastlabki badal kirim qilinadi hamda unga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 75 foizidan kam bo‘lmagan stavkada foiz hisoblab boriladi.
26. Banklar jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga sotib olinadigan kvartira qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda badal kirim qilinganligi to‘g‘risida pudrat qurilish tashkilotiga badal kiritgan jismoniy shaxslar ro‘yxatini ilova qilgan holda ma’lumotnomani taqdim etadi.
Ushbu ma’lumotnoma pudrat qurilish tashkiloti uchun jismoniy shaxs bilan ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotish borasida shartnoma tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
27. Pudrat qurilish tashkilotidan ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs bankdan kredit olmasdan to‘liqligicha o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olmoqchi bo‘lgani taqdirda birinchi badalni kiritish uchun jamg‘arma omonat hisobvarag‘ini qurilish pudrat tashkilotiga ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bankda ochadi. Jismoniy shaxs va pudrat qurilish tashkiloti o‘rtasida ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish borasida shartnoma tuzilgandan keyin jismoniy shaxs kvartira qiymatining qolgan 75 foizini o‘zining nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga birdaniga yoki qismlarga bo‘lib o‘tkazishi mumkin.
28. Dastlabki badalning bir qismini yoki barcha summasini yosh oila a’zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan pul o‘tkazish orqali ipoteka krediti oluvchi yosh oila a’zosi nomiga ochilgan jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi mumkin.
29. Jismoniy shaxsga ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun qurilish pudrat tashkilotiga ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bergan bank tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida nizom”da (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) belgilangan tartibda ipoteka krediti beriladi.
Yosh oilalarga ipoteka krediti berilishida “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom”da (ro‘yxat raqami 1697, 2007-yil 18-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda) belgilangan imtiyozlar hisobga olinadi.
30. Jismoniy shaxslarning jamg‘arma omonat hisobvaraqlarida sotib olinayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatiga teng miqdorda to‘plangan mablag‘lar yoki kamida 25 foiz boshlang‘ich badali kiritilgan va qolgan qismiga rasmiylashtirilgan ipoteka krediti mablag‘lari jismoniy shaxs va pudrat qurilish tashkiloti o‘rtasida kvartirani oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan hamda ko‘p kvartirali uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga (ekspluatatsiyaga) qabul qilingandan keyin pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan ushbu ko‘p kvartirali uydagi kvartirani o‘z xodimlariga, shu jumladan yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish uchun o‘tkazib berilgan mablag‘lari ham ushbu 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
31. Pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘iga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotish natijasida kelib tushgan mablag‘lar, birinchi navbatda ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan kreditlarga hisoblangan foizlar to‘loviga va kreditlarni qaytarishga yo‘naltiriladi.
Ko‘p kvartirali uy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qismi davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sanadan shartnomada qayd etilgan pudrat qurilish tashkilotining kafolatli muddati tamom bo‘lgunga qadar, biroq moliyaviy yil tugashidan kechikmay 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘ida saqlab turiladi va qolgan ortiqcha mablag‘lar belgilangan tartibda bank tomonidan memorial order bilan pudrat qurilish tashkilotining asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
32. Pudrat qurilish tashkiloti kredit bo‘yicha qarz qoldig‘ini qaytarishni va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini muddatidan oldin bank bilan kelishgan tartibda amalga oshirishi mumkin.
33. Banklar kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bank ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish jadvaliga rioya qilinishini, ssuda hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish vaqtida ularning loyihaga muvofiqligini va kreditdan maqsadli foydalanilishini, kreditni qaytarilishini hamda uning bo‘yicha foizlar to‘lanishini va kredit ta’minoti holati bo‘yicha nazoratini amalga oshiradi.
Bank monitoring davomida berilgan kreditni maqsadga muvofiq ishlatilayotganligini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganadi, shuningdek, zaruriyat vujudga kelganda nazorat o‘lchovlarini ham amalga oshiradi. Monitoring vaqtida berilgan kreditlar boshqa maqsadlarda ishlatilganligi yoki hisobotlarda qayd etilgan hajmlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda bank boshqa maqsadlarga ishlatilgan kreditlarni va hisoblangan penyalarni undirib olish choralarini ko‘radi.
Bank tomonidan kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
34. Asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, bank qarz oluvchining majburiyatlarini bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditni qaytarishni ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi.
35. Agar kreditni o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar zarur natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, berilgan kreditni va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 178 | 21,264 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini yanada yaxshilash va samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini sog‘lom va jismonan baquvvat harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni (keyingi o‘rinlarda — tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagilarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) salomatligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Mudofaa vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — PXDX), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — DXX), O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi “(keyingi o‘rinlarda — ETRM), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — IIV), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV), xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtirilgan (keyingi o‘rinlarda — tenglashtirilgan xizmat) boshqa vazirlik va idoralar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar)da harbiy xizmatga yaroqliligini;
fuqarolar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi o‘rinlarda — Qurolli Kuchlar) turlari, qo‘shin shakllariga va harbiy mutaxassislikka to‘g‘ri taqsimlash uchun ko‘rsatmalarni;
harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar), tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida fuqarolar tomonidan orttirilgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini (keyingi o‘rinlarda — kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligi);
harbiy xizmatchilarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularning sog‘lig‘ini tiklash turlari, hajmi va muddatini.
3. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, ETRM, IIV, FVV, harbiy xizmatga tenglashtirilgan xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladi.
4. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun:
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — MIBB) huzurida hududiy tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy tibbiy komissiyalar);
MIBB huzurida hamda tenglashtirilgan xizmat o‘tash ko‘zda tutilgan vazirliklar va idoralarda — tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — tibbiy komissiyalar);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida (keyingi o‘rinlarda — yig‘ish punkti) harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — yig‘ish punktlaridagi HTK);
Mudofaa vazirligi, DXX, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — HTK) tashkil etiladi;
HTK va tibbiy komissiyalarni tuzish tartibi, huquq va majburiyatlari, ularning xulosalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Yig‘ish punktlaridagi HTKlar va hududiy tibbiy komissiyalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori, mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
5. HTK va tibbiy komissiyalar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;
harbiy-tibbiy ekspertizaga uslubiy rahbarlik qilish, davolash-profilaktika muassasalaridagi davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini, Qurolli Kuchlarning harbiy-tibbiy muassasalari, harbiy qismlari, muassasalari, korxonalari va tashkilotlaridagi davolash-diagnostika ishlarini, davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, PXDX, DXX, ETRM, IIV, FVV harbiy xizmatchilarining (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar) tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi va davolanishini, shuningdek, mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning tekshiruvdan o‘tkazilishi (kuzatuvda bo‘lishi) va davolanishini tashkil etish, o‘tkazish va natijalari ustidan nazorat qilish;
harbiy xizmatchilar, tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolar, harbiy xizmatni yoki tenglashtirilgan xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tagan fuqarolarning kasallanishi, shikastlanishi, yaradorligi, jarohatlanishini, shuningdek, ularning o‘limiga olib kelgan kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning sababiy bog‘liqligini aniqlash;
fuqarolarni harbiy xizmatdan (tenglashtirilgan xizmatdan) bo‘shatish vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatni o‘tashga) yaroqliligini aniqlash;
harbiy tibbiy ekspertizaning muammolarini ilmiy tadqiq qilish;
harbiy tibbiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha mutaxassis-shifokorlar va o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlash.
6. HTK va tibbiy komissiyalarning faoliyatini nazorat qilish, ularga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish vazirlik va idoralarning markaziy harbiy tibbiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — MHTK) zimmasiga yuklatiladi.
7. Quyidagi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
a) chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan fuqarolar;
b) muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar;
b1) muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar;
v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olinayotgan fuqarolar;
g) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
d) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar;
e) tenglashtirilgan xizmatga kirayotgan fuqarolar;
j) harbiy xizmatchilar;
z) tenglashtirilgan xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
i) harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — HTM) kirayotgan fuqarolar;
k) mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — MIB) huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga yuborilayotgan fuqarolar;
l) oliy ta’lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalariga (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan) fuqarolar;
m) harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan fuqarolar;
n) harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan fuqarolar;
o) harbiy yig‘inlarni o‘tagan fuqarolar;
p) Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasidagi fuqarolar (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatga majburlar);
r) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolari;
s) harbiy mehnatning sog‘liq uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari;
t) O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan (kirayotgan) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, HTM kursantlari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari.
8. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolar sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Sog‘liqni saqlash vazirligi) bilan hamkorlikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
9. Milliy gvardiya va FVVga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, Milliy gvardiya va FVVning harbiy xizmatchilarini hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Mudofaa vazirligi tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
PXDXga va ETRMga harbiy xizmatga kelayotgan fuqarolarni, shuningdek, PXDX va ETRM harbiy xizmatchilarini va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolari DXX tasarrufidagi HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibi va Qurolli Kuchlar rezervi va zaxirasida turgan uchuvchilar tarkibi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM kursantlari, ushbu yo‘nalish bo‘yicha HTMga o‘qishga kirayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiy-uchuvchilik komissiyalari tomonidan Mudofaa vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
10. Qutqaruvchilar va qutqaruv xizmatining boshqa mutaxassislarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tarkibiga qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalari kiradigan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
11. Harbiy-tibbiy ekspertiza tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rik o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Tibbiy tekshiruvda mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan maqsadlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oldidan fuqaroning shikoyatlari, anamnezi va tibbiy tekshiruv ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, laboratoriya, tibbiy uskunalar yordamida, morfologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kompleks diagnostika chora-tadbirlari o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan fuqarolarning har bir toifasi uchun o‘tkaziladigan majburiy diagnostik tekshiruvlar ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
12. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanishning aniqlanishi oqibatida, ayrim hollarda esa tibbiy-ekspertizada jarayonida aniqlanganda amalga oshiriladi.
Tibbiy-ekspertizaning yakuniy aniqlangan holati deganda fuqaro sog‘lig‘ining shunday holati tushuniladiki, bunda tibbiy tekshiruv va davolash natijalari hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK yoki HTKga fuqaroning harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasi bo‘yicha xulosa chiqarishga asos beradi hamda keyingi davolanishlar harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqlilik toifasini o‘zgarishiga olib kelmaydi.
13. Sirtdan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
14. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlar tomonidan fuqaroning harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga), harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha xizmat qilishga (o‘qishga) yaroqliligini aniqlash maqsadida fuqarolarning sog‘lig‘i hamda jismonan rivojlanish holati o‘rganiladi va tahlil qilinadi hamda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa masalalar hal qilinib, yozma xulosa chiqariladi.
hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlar o‘z xulosalarini maslahatlashgan holda, kengashda qatnashayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi.
hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKlarning xulosalari mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
15. Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKning fuqaroga nisbatdan chiqargan xulosasi bo‘yicha fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili yuqori turuvchi tibbiy komissiyaga, HTK yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Alohida hollarda yuqori turuvchi tibbiy komissiya, HTK yoki sud qarori asosida fuqaro nazorat tekshiruvi va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun MHTK yuborilishi mumkin.
16. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “g”, “j” — “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan chiqarilgan xulosa, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTK tomonidan qabul qilingan takroriy yoki navbatdagi xulosalar avvalgi xulosani bekor qiladi (vaqtincha harbiy xizmatga (tenglashtirilgan xizmatga) yaroqsizlik va kasallanish, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlanish sababiy bog‘liqlik to‘g‘risidagi xulosalar bundan mustasno). Hududiy tibbiy komissiya, MIBB huzuridagi tibbiy komissiya, yig‘ish punktlaridagi HTK va HTKning xulosalari belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning murojaatida yoki davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari yoxud harbiy-tibbiy muassasalar shifokorlarining xulosasida ko‘rsatilgan muddatdan qat’i nazar, ushbu shaxsning sog‘lig‘i holatida yaqqol o‘zgarishlar qayd etilganda qayta tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan HTK tomonidan chiqarilgan xulosa kadrlar bo‘linmalari tomonidan tatbiq qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan boshlab olti oy mobaynida haqiqiydir.
17. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi tibbiy komissiyalar tarkibi (jarroh, terapevt (katta shifokor vazifasi jarroh yoki terapevt zimmasiga yuklanadi), dermatovenerolog, stomatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, psixiatr va nevropatolog) tumanlar (shaharlar) hokimlarining Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalari (organlari) rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilgan qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi hududiy tibbiy komissiyalar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “v”, “i” — “m”, “o”, “p” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi munozarali masalalar tarkibiga oliy malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzuridagi respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — RMTK), mahalliy hududlarda esa tarkibiga oliy va birinchi malaka toifasiga ega shifokor-mutaxassislar jalb qilinadigan Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlarining O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “d”, “e”, “s”, “t” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi munozarali masalalar MHTK tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi;
Hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan xulosalarning asoslanganligini nazorat qiluvchi va mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi yig‘ish punktlaridagi HTK tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4630-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hududiy tibbiy komissiyalar, MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yig‘ish punktlaridagi HTKlar ishini tashkil qilish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalaridan shifokor-mutaxassislar bilan birga o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari ham jalb qilinadi.
18. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarining shifokor-mutaxassislari, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining ish o‘rni, lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Agar shifokor-mutaxassislar, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdagi ishtiroki doimiy yashash joylaridan boshqa hududlarga borish bilan bog‘liq bo‘lsa, ularning safar xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bo‘yicha qoplanadi.
19. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkillashtirish tarkibiga MIBB vakillari va shifokor-mutaxassislar kiritilgan tegishli komissiyalar zimmasiga yuklanadi.
20. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. MIBB hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaning (qayd etish komissiyasi) katta shifokorlari bilan birgalikda mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tayyorlashda ularning sog‘lig‘i hamda jismoniy rivojlanishi holatini aniqlash uchun har tomonlama o‘rganishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi.
Shu maqsadda MIBB quyidagilarni talab qilib oladi va o‘rganadi:
a) ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalaridan — hisobda turuvchi shaxslar ro‘yxatlarini;
b) davolash-profilaktika muassasalaridan — ambulatoriya sharoitida davolanuvchi bemorlarning tibbiy kartalar va ularga ilova qilib tikilgan varaqlarni, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, dispanser va shifokor kuzatuvi haqidagi ma’lumotlar, shifokorlarning xulosalari hamda fuqarolarning sog‘lig‘ini tavsiflovchi boshqa tibbiy hujjatlarni;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bo‘limlaridan — nogiron deb topilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni;
g) aqli zaif va tarbiyasi og‘ir bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan maxsus yordamchi maktablardan — tibbiy-pedagogik tavsifnomalarni;
d) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan — jinoiy javobgarlikka tortilgan, tergovda bo‘lgan, sudlangan, qonunbuzarlik holatlarini sodir etganligi sababli ro‘yxatda turgan, shu jumladan, tibbiy ko‘rsatmalarga bog‘liq bo‘lmagan holda giyohvand va psixotrop moddalarni iste’mol qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.
22. Davolash-profilaktika muassasalari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 10 kunlik muddat ichida MIBBning so‘rovnomasiga asosan tibbiy hujjatlar (statsionar sharoitda davolanadigan bemorlarning tibbiy kartalari va ularga tirkalgan varaqalar, kasallik tarixidan ko‘chirmalar, tibbiy tekshiruvlar va shifokor kuzatuvi natijalari, rentgenogrammalar, maxsus uslubdagi tekshiruvlar bayonnomalari (ta’rifi) va h.k.) hamda fuqarolar sog‘lig‘ini tavsiflovchi boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlangach MIBB 10 kunlik muddat ichida tibbiy hujjatlarni tegishli davolash-profilaktika muassasalariga qaytaradi.
23. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin ular uchun har yili tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), shuningdek, davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari va profilaktik emlashlar amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda profilaktik emlashlarni tashkil etish va o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari va davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari zimmasiga yuklanadi.
Tibbiy ko‘riklar, tekshiruvlar (kuzatuvlar), davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda profilaktik emlashlarni o‘tkazish va tashkillashtirish tartibi, ularning hisobini yuritish va ular bo‘yicha hisobot berish ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
24. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ularda og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi hamda majburiy diagnostik tekshiruvlar, shuningdek, zarur hollarda tibbiy ko‘rsatmalarga asosan boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) aniqlangan bo‘lishi kerak.
Oxirgi profilaktik emlashlar haqidagi ma’lumotlar (profilaktik emlashlar rejasiga asosan) fuqaroning harbiy guvohnomasiga, qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) haqidagi ma’lumotlar esa uning pasporti hamda harbiy guvohnomasiga qayd etiladi.
25. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ushbu amaliyot uchun maxsus jihozlangan MIBB chaqiruv punkti va MIB yig‘ish punktida amalga oshiriladi.
Shifokor-mutaxassislar xonalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanadi.
26. Mazkur Nizomning 7-bandi “a”, “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar soni hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida bir ish kuni mobaynida 50 nafardan oshmasligi lozim.
MIB yig‘ish punktida chaqiruv guruhlari tuzilishi vaqtida bir ish kuni mobaynida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar soni 100 nafardan oshmasligi lozim.
27. Mazkur Nizomning 7-bandi “b”, “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hududiy tibbiy komissiyalar tomonidan tashkil etiladi.
28. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari ekspert hujjatlarga (kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumotnomalar, tibbiy ko‘rikdan o‘tish varaqasi va tibbiyotga oid boshqa hujjatlar) kiritiladi.
Ekspert hujjatlarining shakllari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
29. Chaqiriluvchining sog‘lig‘i holatini aniqlashda shifokor-mutaxassislar bir to‘xtamga kela olmagan hollarda, hududiy tibbiy komissiya va MIBB huzuridagi tibbiy komissiya uni ambulator yoki statsionar ravishda tibbiy tekshirish uni davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasasiga yuboradi. Yo‘llanmada dastlabki tashxis va tibbiy tekshiruvda aynan nimaga aniqlik kiritilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarning ambulator (statsionar) tekshiruvi bepul o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv natijalari ko‘rib chiqish uchun hududiy tibbiy komissiya yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaga taqdim qilinadi, ular chaqiriluvchining sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi holati va boshqa barcha ma’lumotlarni inobatga olgan holda uning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qiladi.
30. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kunida shifokor-mutaxassislar xulosalariga ko‘ra hududiy tibbiy komissiyalar yoki MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar va yig‘ish punktlaridagi HTKlar quyidagi toifa va cheklanish darajasi (sog‘liq va jismoniy rivojlanish holatining ko‘rsatkichi) bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qiladi:
A — harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 1, 2).
Bu toifaga Qurolli Kuchlar, qo‘shinlarning barcha turlarida hamda barcha harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy xizmat o‘tash (tahsil olish) uchun sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishida cheklanishlar mavjud bo‘lmagan fuqarolar kiradi.
V — ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 3).
Bu toifaga havo-desant qo‘shinlarida (keyingi o‘rinlarda — HDQ) va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda harbiy xizmat o‘tashiga, alohida harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat qilishga (tahsil olishga) monelik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi. HDQga tenglashtirilgan harbiy qismlarga xizmat o‘tash sharoitlari HDQdagi sharoitlarga tenglashtirilgan harbiy qism va bo‘linmalar kiradi.
S — cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 4).
Bu toifaga Qurolli Kuchlar, qo‘shinlarning ayrim bir turida hamda muayyan harbiy mutaxassislik bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashiga (tahsil olishga) monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi.
D — vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 5).
Bu toifaga salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirishga va davolash-sog‘lomlashtirish choralarini o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar kiradi. Ushbu xulosada fuqaroni harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb hisoblash davrining muddati belgilanadi.
E — tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 6).
Bu toifaga tinchlik davrida Qurolli Kuchlar qo‘shinlarning barcha turlarida harbiy xizmat o‘tashga monelik qiluvchi kasallik yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan, ammo Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerv hisobida turgan fuqarolar kiradi.
F — harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 7).
Bu toifaga haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashga va Qurolli Kuchlar rezervi hisobida turishga monelik qiluvchi kasallik yoki jismoniy nuqsonlari mavjud bo‘lgan fuqarolar kiradi.
31. A, V va S yaroqlilik toifalari tayinlangan fuqarolarga nisbatan Qurolli Kuchlarning aynan qaysi turida xizmatni o‘tash bo‘yicha yaroqlilik toifasi ham belgilab qo‘yiladi.
32. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda nogironlik mavjud bo‘lganda yoki muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlari topilib, tibbiy-ekspert tomonidan qayd etilganda, ular davolanishga muhtoj sifatida MIBB hisobiga qo‘yilmaydi. Mazkur fuqarolar, shuningdek, bolalikdan nogironligi bo‘lgan va birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi haqida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
33. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarga nisbatan, komissiyaning xulosasi bilan qo‘shimcha ravishda mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarda tahsil olishga yaroqliligi aniqlanishi mumkin.
Mazkur Nizomning 7-bandi “k” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarida transport vositalari haydovchilari sifatida tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolar Sog‘liqni saqlash vazirligi va IIV tomonidan tasdiqlanadigan haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
34. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” — “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar uzoq muddatli (bir oydan ortiq) tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtoj bo‘lsa, o‘n ikki oygacha muddatga davolanishga (tibbiy kuzatuvga) muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Salomatligiga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish bir yil mobaynida taqdim etilishi mumkin, shundan so‘ng sog‘liq holatidan kelib chiqqan holda yaroqlilik toifasi to‘g‘risida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
35. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” - “b1” kichik bandlarida nazarda tutilgan, davolanishga va tibbiy nazoratga muhtoj fuqarolar tuman (shahar) MIBB tomonidan hisobga olinadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitta ro‘yxat bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi, ro‘yxatda davolanishga muhtoj bo‘lgan va chaqiruv vaqtiga qadar cheklangan yoki undan yuqori yaroqlilik toifasigacha davolasa bo‘ladigan shaxslar qayd etiladi.
36. Tibbiy tekshiruv (davolanish) yakunlangach, fuqaro qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
MIBB huzuridagi qayd etish komissiyasi yoki MIBB huzuridagi hududiy komissiya yoxud MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi ishi tugaguniga qadar fuqaroni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni (davolashni) yakunlashning imkoni bo‘lsa, unga nisbatan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi haqidagi xulosa qabul qilinmaydi. Bunday holatda shifokor-mutaxassis fuqaroning tibbiy tekshiruvga (davolanishga) muhtojligi haqida hamda takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelish muddatini ko‘rsatgan holda xulosa beradi.
Fuqaroning harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik muddati tugaganidan so‘ng uning harbiy xizmatga yaroqliligi haqida yakuniy xulosa chiqariladi.
37. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsiz deb topilgan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan (davolanishdan) bosh tortgan yoki qochgan hollarda olti oydan so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida fuqarolar sog‘lig‘ining salbiy tomonga o‘zgarishi yoki muddatli harbiy, muqobil yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o‘tashga monelik qiladigan kasallik va shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlanmasa, sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yilgan talablar bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli deb topiladi.
38. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari va davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, shuningdek, MIBB boshliqlari fuqarolarni tibbiy tekshirish (davolash) ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish uchun tegishli choralar ko‘radi.
39. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar bevosita harbiy xizmat o‘tash joyiga jo‘natilishidan avval, salomatligiga ko‘ra chaqiruvga loyiq bo‘lmaganligi sababli muddatli harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilish holatlarining oldini olish maqsadida, MIB yig‘ish punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yig‘ish punktlaridagi HTKlar tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmat joylariga jo‘natishdan oldin o‘tkaziladigan nazorat tibbiy ko‘rigi vaqtida fuqarolarning sog‘lig‘i holatida harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini o‘zgartirib yuboradigan salbiy o‘zgarishlar yoki og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi o‘tkazilmaganligi aniqlansa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (keyingi o‘rinlarda — Rahbariyat kengashi) MIBB huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasining xulosalarini bekor qilib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Qo‘shinlarni muddatli harbiy xizmatchilar bilan butlash naryadi bajarilganidan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy ko‘ptarmoqli tibbiyot markazlarining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘linmalari mutaxassislari keyingi chaqiruv tadbirlari boshlanguniga qadar hududiy tibbiy komissiyalar va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar shifokorlariga metodik, amaliy yordam ko‘rsatadi, joylarda o‘tkazilayotgan davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini nazorat qiladi.
40. Mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda (qo‘shinlarga jo‘natish vaqtida) belgilangan hujjatlarning barchasi mavjudligi uchun MIB boshliqlari, tibbiy hujjatlarning to‘liq va sifatli rasmiylashtirilganligi uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy birlashmalarining (organlarining) rahbarlari hamda yig‘ish punktlaridagi HTKlar raislari mas’uldirlar.
Yig‘ish punktlaridagi HTKlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi va MHTKga taqdim qiladi.
41. MIB yig‘ish punktidan qaytarilgan har bir fuqaro bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun yig‘ish punktlaridagi HTKlar raislari tomonidan MIBB nomiga rasmiy xizmat xati jo‘natilib, unda fuqaroning qaytarilishi sabablari ko‘rsatiladi.
42. Yig‘ish punktlaridagi HTKlarning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi bo‘yicha xulosalaridan norozi bo‘lib murojaat qilgan fuqarolar Rahbariyat kengashlari qarori asosida Mudofaa vazirligi HTKga yoki MHTKga nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun yuboriladi. Harbiy-tibbiy muassasalarda nazorat tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat Mudofaa vazirligi MHTK raisining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ayrim holatlarda fuqarolar bevosita MHTKga yuborilishlari mumkin. Zarurat tug‘ilganda, tibbiy tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli vazirlik va idoralarning bosh tibbiy mutaxassislari jalb etiladi.
Tibbiy tekshiruvdan so‘ng tekshiruv natijalari qayd etilgan ekspert hujjat (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi, ma’lumotnoma, kasallik to‘g‘risida guvohnoma va h.k.) taqdim etiladi va uning asosida yig‘ish punktlaridagi HTK tomonidan fuqaroning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy xulosa qabul qilinadi.
43. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari hamda Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy qismlar, muassasalar, HTMlar, korxona va tashkilotlarning tibbiyot xizmati o‘rtasida chaqiriluvchilarning sog‘ligini o‘rganish, ularga nisbatan profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida MIBB muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning boshqa hujjatlari bilan bir qatorda, ambulator sharoitda davolanuvchi bemorning tibbiy varaqasi bilan birga harbiy qismga (muassasaga) chaqiruv uchastkasida qayd etish vaqtida va muddatli harbiy xizmatga chaqirish vaqtida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ma’lumotlari kiritilgan ilova varag‘ini ham yuboradi.
44. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish hududiy tibbiy komissiya zimmasiga yuklanadi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Majburiy diagnostik tekshiruvlar davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
45. Mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng hududiy tibbiy komissiyalar ularga nisbatan mazkur Nizomning 30-bandida keltirilganidek harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi xulosalarni qabul qiladi.
46. Davolashga va tibbiy kuzatuvga muhtoj fuqarolar tuman (shahar) MIBB tomonidan hisobga olinadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar davolash-sog‘lomlashtirish choralarini o‘tkazish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi.
Tibbiy tekshiruv (davolanish) yakuniga yetgach, mazkur Nizomning 7-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinishlari mumkin (chaqiruv davrida).
49. Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari bilan harbiy qism tibbiyot xizmati o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida MIBB tomonidan harbiy yig‘inga yuborilayotgan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarning ambulator bemor tibbiy varaqalari bilan birgalikda ilova qilib tikiladigan varaqalar ham yuboriladi.
Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar harbiy yig‘in joylariga yetib kelgach, birinchi sutka davomida harbiy qism tibbiy xizmati tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli gospitallar (poliklinikalar) shifikor-mutaxassislari bilan hamkorlikda ularning laborator-instrumental tekshiruv xulosalari o‘rganib chiqiladi va tana ko‘rigi o‘tkaziladi.
Laborator-instrumental tekshiruvlar xulosalarini o‘rganish va tana ko‘rigi vaqtida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda statsionar sharoitda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tashga monelik qiladigan o‘tkir kasalliklar, jarohatlar aniqlansa, ular sog‘lomlashtirish uchun chaqiruv joyidagi MIBga qaytariladi hamda harbiy yig‘inlarga keyingi oylarda yuborilishi lozim. Ushbu fuqarolarda E va F yaroqlilik toifalari bo‘yicha xulosa berishni nazarda tutuvchi kasalliklar yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlansa, ular yig‘inga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi.
50. Bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqaroda statsionar ravishda davolanishni talab etadigan va harbiy yig‘in o‘tash uchun monelik qiladigan kasallik, jarohat aniqlangan hollarda, u tibbiy tekshiruv (davolash) uchun harbiy-tibbiy muassasaga yuboriladi. Statsionar davolanish muddati 10 sutkadan oshib ketsa yoki harbiy yig‘inni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar aniqlangan hollarda, fuqaro sog‘lomlashtirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yig‘inga jalb qilingan joydagi Mudofaa vazirligi HTKga yuboriladi.
Zarurat tug‘ilganda, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tayotgan fuqaro safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni komandirining qaroriga asosan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki harbiy-tibbiy muassasa boshliqlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun HTKga yuboriladi.
51. Bir oylik harbiy yig‘inga chaqirilgan va harbiy yig‘inni o‘tash davrida shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan, mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, bir oylik harbiy yig‘inni o‘tash davrida kasallanganlar esa kasallik ularni harbiy xizmatga yaroqsizlikka olib keladigan holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
52. Mazkur Nizomning 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan, HTK tomonidan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha salomatligiga ko‘ra E va F yaroqlilik toifalari tayinlangan fuqarolarga ekspert hujjatlari rasmiylashtiriladi hamda boshqa tibbiy hujjatlar bilan bir qatorda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun MHTKga yuboriladi.
53. Harbiy xizmatni o‘tamagan va HTMga o‘qishga kirayotgan nomzodlarni (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish:
Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya uchun — tuman (shahar) MIBBning;
DXX uchun — DXX hududiy boshqarmalari harbiy-tibbiyot xizmatlarining zimmasiga yuklanadi.
MIBBning (DXX hududiy boshqarmalari HTKning) yo‘llanmasiga ko‘ra nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan oldin davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida (DXX harbiy-tibbiy muassasalarida) majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tadilar.
Tashxisga aniqlik kiritish maqsadida nomzod MIBB huzuridagi tibbiy komissiyasi (DXX hududiy boshqarmalari HTK) tomonidan ambulator (statsionar) ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi mumkin.
54. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yosh fuqarolar orasidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) ikki bosqichda: birlamchi — MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar, yakuniy — HTKlar tomonidan barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda;
harbiy xizmatchilar tarkibidan (DXX HTMga kirayotgan nomzodlardan tashqari) tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan;
DXX HTM kirayotgan nomzodlar ikki bosqichda: birlamchi — DXX hududiy boshqarmalarning HTK, yakuniy — HTM huzuridagi HTK tomonidan;
Nomzodlarning tibbiy tekshiruv natijalari ekspert hujjatlariga, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlarning tibbiy tekshiruv natijalari esa, shu jumladan, ularning tibbiy kitobchalariga ham qayd etiladi.
55. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga tanlab olinayotgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligiga tegishli harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
56. Nomzodni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida, zarurat tug‘ilganda, majburiy diagnostik tekshiruvlardan tashqari HTK raisining yo‘llanmasiga binoan nomzod laborator, rentgenologik va boshqa qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar, hatto, harbiy-tibbiy muassasada statsionar ravishda tekshiruvdan o‘tkazilishi ham mumkin.
Nomzodni o‘qishga kirishga yaroqsizligi to‘g‘risidagi XTK xulosasi haqqoniy va qat’iy asoslangan bo‘lishi kerak. Salomatligiga ko‘ra tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
57. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra nomzodlarga nisbatan tibbiy komissiya va HTK tomonidan quyidagi xulosalar qabul qilinadi:
(HTM, fakultet nomi ko‘rsatiladi)ga o‘qishga kirishga yaroqli;
keyingi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan statsionar (ambulator) ravishda tekshiruvdan o‘tishi lozim;
(HTM, fakultet nomi ko‘rsatiladi)ga o‘qishga kirishga yaroqsiz.
58. Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘qishga kirayotgan ofitserlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birlamchi — tegishli vazirlik va idoralar HTK tomonidan;
yakuniy — Mudofaa vazirligi markaziy poliklinikasi HTK tomonidan;
Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘qishga kirayotgan, shuningdek, xorijiy davlatlarning harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan nomzodlarning tibbiyot kitobchalarida so‘nggi uch yil davomida dispanserizatsiya natijalari haqidagi ma’lumot bo‘lmasa, ular statsionar ravishda tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga yuboriladi.
Ofitserlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni malaka oshirish fakultetlariga o‘qishga kirish vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar HTKda amalga oshiriladi.
59. Oddiy askar va serjantlar tarkibidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni HTM, ofitserlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursiga o‘qishga yoki chet davlatlar HTMga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborish vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar HTKda amalga oshiriladi.
60. Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida salomatligiga ko‘ra HTMga o‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlarning ekspert va hisobot hujjatlari HTK ishi yakunlanganidan so‘ng uch kunlik muddatda MHTKga yuboriladi.
HTMdan kelib tushgan ekspert hujjatlari (kasallik to‘g‘risida guvohnoma, ma’lumotnomalar, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va boshqa tibbiy hujjatlar) MHTKda hisobga olish va tahlil qilish yakunlariga qarab, yilning 1-sentabriga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun nomzodlarni dastlabki saralashdan o‘tkazgan MIB, HTKga yuboriladi.
MIB (MIBB) boshliqlari va HTK raislari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi materiallari yilning 1-noyabriga qadar MHTKga taqdim qilinadi.
61. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tanlab olinayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarida barcha majburiy diagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng HTK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
62. Harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma harbiy qism komandirlari (muassasa boshliqlari), harbiy prokuratura organlari yoki sud tomonidan beriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma tegishli komandir (boshliq)ning qaroriga asoslangan holda shtab boshlig‘i (lavozimi unga tenglashtirilgan) va undan yuqori lavozimda turgan boshliq hamda kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan imzolanishi mumkin.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘llanayotgan harbiy xizmatchilarning quyidagi hujjatlari HTKga taqdim etiladi:
yo‘llanayotgan shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi, qachon, qaysi MIBB tomonidan harbiy xizmatga chaqirilganligi, tibbiy ko‘rik o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va dastlabki tashxis ko‘rsatilgan yo‘llanma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
xizmat va tibbiy tavsifnomalar;
tibbiy kitobcha.
Shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olganligi sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilayotgan harbiy xizmatchilarga shikast (yaradorlik, jarohat) olish holati to‘g‘risidagi ma’lumot berilgan hujjat ham taqdim etiladi.
Tibbiy tekshiruv yoki davolash jarayonida harbiy xizmatchida F yaroqlilik toifasi tayinlashni ko‘zda tutadigan kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari aniqlangan holatlarda harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan (o‘qiyotgan) harbiy qism komandiriga (muassasa boshlig‘i) xabar berilgan holda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy-tibbiy muassasa boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi va bu haqidagi ma’lumot kasallik tarixida qayd etiladi.
63. Harbiy-tibbiy muassasalarda davolanayotgan fuqarolarda (shu jumladan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan va Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchilarda) statsionar davolanishdan so‘ng, alohida holatlarda — kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari bo‘yicha aniqlangan tibbiy-ekspert oqibati qayd etilganda HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
64. Alohida holatlarda HTK xulosasiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar tashxisga aniqlik kiritish yoki maxsus davolanish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika yoki ilmiy-tadqiqot muassasalariga yuborilishi mumkin. Tibbiy tekshiruvlar (davolanish) yakunlangach, harbiy xizmatchilar HTK tomonidan qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv (davolanish)ga sarf qilingan to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
65. Muddatli harbiy xizmatchilar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish vaqtida birlashmalar komissiyalari tomonidan harbiy-kasbiy saralashdan o‘tkazilgach, HTK tomonidan mazkur Nizomning 104-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshida qayd etilgan tibbiy hujjatlarni taqdim etmagan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Harbiy xizmat o‘tash muddatini uzaytirish to‘g‘risida yangi kontrakt tuzish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qism komandirining (muassasa boshlig‘i) qaroriga binoan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasidan o‘tganlar esa yangi kontrakt tuzish holatlarida majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
66. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish natijalari asosida HTK harbiy xizmatchilarga nisbatan quyidagi xulosalarni chiqaradi:
A — harbiy xizmatga yaroqli;
V — ayrim cheklashlar bilan harbiy xizmatga yaroqli;
S — cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli;
D — vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz;
E — tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli;
F — harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz;
sanatoriy (sanatoriy ixtisosi ko‘rsatiladi) sharoitida davolanishi lozim.
Cheklanish bilan yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda, HTK o‘z xulosasida qaysi turdagi xizmat va ishlarga qarshi ko‘rsatmalar mavjudligini yakka tartibda ko‘rsatishi mumkin.
67. Harbiy xizmatchini kasalligi tufayli ta’tilga chiqarish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga (keyingi o‘rinlarda — ozod qilish) muhtojligi to‘g‘risidagi xulosa harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik ko‘zda tutilgan holatlarda beriladi.
Harbiy xizmatchining o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga kirisha olishi mumkin bo‘lgan muddat bir oydan kam bo‘lmagan holatlarda HTK kasallik tufayli ta’tilga muhtojlik to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Sudlangan yoki intizomiy harbiy qismda jazoni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK tomonidan ularning kasallik tufayli ta’tilga muhtojligi to‘g‘risidagi xulosa qabul qilinmaydi. Ularning davolanishi harbiy gospital yoki intizomiy harbiy qism tibbiyot punktida yakunlanishi lozim.
Muddatli harbiy xizmatchilar kasallik ta’tili tugaganidan so‘ng majburiy tarzda harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, bunda ekspert hujjati va chiqish epikrizida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan manzil (HTK yoki harbiy-tibbiy muassasa) ko‘rsatilishi zarur.
68. Kasallik ta’tilining davomiyligini kasallik yoki shikastlanishning (yaradorlik, jarohatning) xususiyati, og‘irlik darajasi va asoratlariga qarab HTK belgilaydi. Harbiy xizmatchiga kasallik ta’tili 30 sutkadan 60 sutkagacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Muddatli harbiy xizmatchilarga kasallik ta’tili alohida holatlarda 60 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga kasallik tufayli beriladigan ta’til har safar 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining uzluksiz davolanish vaqti, kasallik tufayli beriladigan ta’til muddatini qo‘shib hisoblaganda, to‘rt oydan oshmasligi lozim (sil kasalligiga chalinganlar uchun — o‘n ikki oy). Zarurat tug‘ilganda, davolanish muddati qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin. Davolanish va kasallik ta’tilining belgilangan eng ko‘p muddatlari o‘tganidan so‘ng kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Harbiy xizmatchi-ayollarga HTK xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga homiladorlik va tug‘uruq bo‘yicha ta’tillar beriladi.
Kasallik tufayli ta’tilga muhtoj bo‘lgan HTM kursantlarini (tinglovchilarini) o‘quv jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida HTK ta’til o‘rniga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish sharti bilan ta’tilning ko‘zda tutilgan muddatida xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish vaqtida kasalligi tufayli xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish yoki ta’tilga muhtojlik to‘g‘risidagi xulosalar chiqarilmaydi (mazkur Nizomning 72-bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish imkoniyati tiklanmasligi yuzasidan shubhaga o‘rin qoldirmaydigan asoslar mavjud bo‘lgan holatlarda, HTKning harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risidagi xulosasi chiqarilmaydi, aksincha xizmatchining harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
69. Mazkur Nizomning 67-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan holatlarda, HTK harbiy xizmatchining 7 sutkadan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
HTK harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida takroriy xulosa chiqarilishi mumkin, lekin ozod qilishning umumiy muddati 30 sutkadan oshmasligi lozim.
70. Sog‘lig‘ining holati bo‘yicha harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni (kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlarining sababi Qurolli Kuchlardagi xizmat bilan bog‘liq bo‘lmaganda) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish statsionar tekshiruvdan so‘ng HTKlar tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati yoki uning hududiy boshqarmalari (organlari) shifokor-mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Hamkorlikda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik ma’lumotlari kasallik tarixiga, harbiy xizmatchining tibbiy kitobchasiga qayd etiladi, mutaxassis-shifokorlarning shaxsiy imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, ekspert hujjatlarida (kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, ma’lumotnoma, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasi va boshqa tibbiyotga oid hujjatlarda) ko‘rsatib o‘tiladi.
HTKning harbiy xizmatga yaroqsizlik to‘g‘risidagi xulosasi MHTK tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng ular qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatiladilar.
71. Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan va Qurolli Kuchlar safidan qaytarilgan muddatli harbiy xizmatchilar qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga noto‘g‘ri chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchini Qurolli Kuchlardan bo‘shatishning har bir holati bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari tomonidan MIB bilan hamkorlikda batafsil xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mazkur Nizomning 7-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis-shifokorlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Xizmat tekshiruvi hujjatlarining nusxalari joriy yilning 1-iyuniga qadar MHTK va Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markaziga taqdim etiladi.
Muddatli harbiy xizmatchini salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlardan bo‘shatishning har bir holati to‘g‘risida (sababiy bog‘liqligidan qat’i nazar) MIB boshliqlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy organlari rahbarlari yozma ravishda xabardor qilinadi.
72. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga F yaroqlilik toifasi tayinlangan bo‘lsa hamda u harbiy xizmatdan bo‘shash to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish davrida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmat majburiyatlarini bajara olmasa, HTK harbiy xizmatga yaroqsizlik haqidagi xulosa bilan birgalikda harbiy xizmatdan bo‘shatish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan, biroq 30 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilishga muhtojligi to‘g‘risida qo‘shimcha xulosa chiqaradi.
Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda alohida olganda yuzaga chiqish darajasi bo‘yicha fuqarolar sog‘lig‘i holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarda ko‘zda tutilgan cheklanish darajasiga yetmagan, ammo birgalikda D, E yoki F toifalar bo‘yicha yaroqsizlikni keltirib chiqaradigan bir nechta kasallik aniqlangan bo‘lsa, komissiya yuqorida ko‘rsatilgan xulosalardan birini chiqaradi. Bunda yakka holda baholash paytida kasalliklarning o‘zaro aloqadorligi va ularning xizmat majburiyatlarini bajarishga ta’siri, kasallikni oldindan taxmin qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning yoshi, umumiy xizmat muddati va boshqa mezonlarni hisobga olish zarur.
Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda fuqaro sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarda nazarda tutilmagan kasallik aniqlangan bo‘lsa, HTK fuqaro sog‘lig‘ining holatiga nisbatan qo‘yiladigan mavjud talablar, patologik jarayonga, organizmning zararlangan a’zosi yoki tizimiga eng o‘xshash holatlar asosida xulosa chiqaradi.
73. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini yakka tartibda baholash usuli har bir holatda qo‘llanilishi lozim. HTK ularning harbiy mutaxassisligi, tayyorgarligi, ish tajribasi, ma’lumoti, yoshi, amalda mehnatga layoqatliligi, harbiy qism qo‘mondonligi va shifokorining fikrlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning yo‘naltirilishi va uning sog‘lig‘i holatiga eng ko‘p muvofiq keladigan ishda foydalanishni inobatga oladi.
74. HTK tomonidan S yaroqlilik toifasi tayinlangan, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar sog‘lig‘ining holati, tayyorgarligi va xizmat tajribasini inobatga olgan holda ular bajara oladigan boshqa lavozimlarga o‘tkazilishi mumkin.
Harbiy xizmatchiga HTK tomonidan E yoki F yaroqlilik toifalari tayinlanib, tegishli MHTKda tasdiqlangan ekspert hujjatlari kelib tushgandan so‘ng harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda uni Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
75. Bo‘yi 190 sm va undan baland bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar, HTM kursantlariga nisbatan tegishli alomatlarga qarab HTK tomonidan uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilangan oziq-ovqat me’yorining teng yarmi miqdoridagi qo‘shimcha ovqat bilan ta’minlash to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Qo‘shimcha ovqat bilan ta’minlash muddatini uzaytirish zaruriyati tug‘ilganda takroriy xulosa chiqariladi.
Ushbu xulosaning chiqarilishiga sabab bo‘luvchi holatlar: kayfiyatni yomonlashishiga oid shikoyatlar, ochlik hissi, ovqatlanishdan so‘ng to‘yish hissining yo‘qligi, shuningdek, harbiy xizmatchi vaznining salbiy tomonga o‘zgarishi.
76. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish, favqulodda vaziyatlar sharoitida vazifalarni bajarish, qo‘shinlar ishtirokidagi maxsus harakatlar (operatsiyalar) yoki boshqa jangovar harakatlarni o‘tkazish vaqtida kasallik orttirgan yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) olgan harbiy xizmatchilarni, shuningdek, jangovar harakatlar olib borilgan xorijiy davlatlarda harbiy xizmatni o‘tash davrida, chet elda razvedka va kontrrazvedka ishlarini olib borgan davrida kasallangan harbiy xizmatchilar, muddatidan qat’i nazar, statsionar ravishda davolangandan so‘ng ba’zi hollarda kasallik yoki shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asorati bo‘yicha tibbiy-ekspert oqibati qayd etilganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
77. Harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida shikastlanish (yaradorlik va jarohat) olgan fuqarolar, harbiy xizmatga yaroqlilik toifasining o‘zgarish yoki o‘zgarmasligidan qat’i nazar, harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida kasallik orttirgan fuqarolar esa kasallik ularning harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi o‘zgarishiga sabab bo‘lganda yoki uni harbiy xizmatga yaroqsizlikka (shu jumladan vaqtinchalik) olib kelganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
78. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolari davolanishni davom ettirish uchun bir davolash-profilaktika (harbiy-tibbiy) muassasasidan boshqasiga o‘tkazilishga muhtoj bo‘lsa, shuningdek, harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga (bir yilda bir marta) muhtoj bo‘lib, ularning davolanish manziliga borish va qaytishda temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan foydalanish zarurati tug‘ilsa, HTK ularni ko‘chirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Ko‘rsatib o‘tilgan ofitserlar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan taqdirda, HTK ularning oila a’zolariga ham ko‘chirishga va transportdan foydalanishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
79. Harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar, shuningdek, harbiy xizmatda bo‘lishning umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan ofitserlarning oila a’zolari davolanish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga (shu jumladan, idoraviy, harbiy-tibbiy yoki sanatoriy-kurort muassasalariga) borayotganda, bundan tashqari, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng tanlangan yashash joyiga borayotganda harbiy xizmatchilar kuzatib boruvchiga muhtoj bo‘lsa, HTK kuzatib boruvchilarga muhtojlik to‘g‘risida, ularning sonini ko‘rsatgan holda, xulosa chiqaradi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchining salomatligi, uning tibbiy yordam va o‘zgalar ko‘magiga muhtojlik holatiga qarab, HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi va uni kuzatib boruvchi shaxslarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan harbiy tashuvchi hujjatlar taqdim etilgan holda havo yoki temir yo‘l transportida yurishga muhtojligi haqida xulosa chiqarishi mumkin.
Izolatsiyaga muhtoj bemorga nisbatan HTK u va bemorni kuzatib boruvchi shaxslarning belgilangan manzilgacha temir yo‘l transportining alohida kupesida ketishlari lozimligi haqida xulosa chiqaradi.
80. Sog‘lig‘i tufayli mamlakatning alohida hududlarida harbiy xizmatni o‘tashga (yashashga) yaroqliligini aniqlash uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy xizmatchilarning og‘ir iqlim sharoitlarida harbiy xizmatni o‘tashi va uning oila a’zolari yashashiga qarshi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tibbiy ko‘rsatmalar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
81. Harbiy xizmatchilar idoraviy tibbiy ta’minot xizmati tomonidan dispanserizatsiya qilinadi. Dispanserizatsiyani tashkillashtirish va o‘tkazish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Dispanserizatsiya davrida harbiy xizmatchilarda harbiy xizmatni o‘tashga monelik qiladigan shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari yoki kasalliklar aniqlansa, ular statsionar tekshiruvdan o‘tish va davolanish uchun harbiy-tibbiy muassasalarga yuboriladi va keyin harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash uchun HTK tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
82. Mazkur Nizomning 7-bandi “t” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida ularda kasallik, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjud bo‘lganida tibbiy komissiya yoki HTK mamlakatning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yuborilayotgan geografik iqlim sharoitlarida patologik jarayonning rivojlanishini oldindan inobatga olgan holda xulosa chiqaradi.
Mazkur shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, tibbiy komissiyalar va HTK xulosalarining bayon etilishi, shuningdek, ekspert hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
83. Fuqarolarni HDQ va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlardagi xizmatga yaroqliligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi HTK tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxslar majburiy diagnostik tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda organizmning og‘ir jismoniy zo‘riqishlar va past atmosfera bosimidagi faoliyatga moslashuvini aniqlash tekshiruvlaridan o‘tadi.
84. HTK HDQ va ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarga xizmatga tanlanayotgan fuqarolar va ularda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga nisbatan quyidagi mazmundagi xulosalar chiqariladi:
HDQ va ularga | 136 | 62,901 |
Qonunchilik | Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori hamda “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida belgilangan dasturiy vazifalarni sifatli bajarish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining real sektorlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fizika sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda yosh olimlar va talabalarni ilmiy jarayonga keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika laboratoriyasi negizida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, jumladan, ilmiy tadqiqotlar loyihalarini klaster shaklini tashkil etish orqali bajarish, shuningdek, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasini rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish;
yangi yarimo‘tkazgichli materiallarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va ular asosidagi mikroelektronika hamda fotonikaning tayanch elementlari hisoblanadigan ko‘p qatlamli tuzilmalar parametrlarini tadqiq etish;
yuqori texnologik sohalar va respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan turli funksional maqsadlarga mo‘ljallangan barqaror va qayta tiklanuvchi parametrli zamonaviy yarimo‘tkazgichli asboblarni yaratish;
yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Institutni zarur zamonaviy o‘quv hamda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash orqali uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, sanoat va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
barcha bosqichlarda fundamental va amaliy ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada o‘quv-tajriba, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash uchun laboratoriya bazasidan foydalanish;
tegishli bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga amaliy yordam ko‘rsatish orqali o‘quv-metodik ishlarning darajasi hamda sifatini oshirish;
yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, hamkorlikdagi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xalqaro ilmiy anjumanlar hamda simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazish;
bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, shuningdek, Institut negizida fizikaning tegishli ixtisosliklari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida ta’lim olishni tashkil etish orqali oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va fotonika sohasida ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratish hamda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, respublika tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish.
4. Belgilansinki:
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamlariga ega bo‘ladi;
Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
turli xil nurlanishlarning yarimo‘tkazgichli materiallar va ular asosidagi asboblarning xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini Institutga berish;
ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini chop etish uchun Institutda “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” ilmiy jurnali tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari;
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetlari mablag‘lari;
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarining grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2018-yilda Institutni saqlashga budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Ilm-fan” sohasiga ajratiladigan xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddatda Institutning Ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
2018/2019 o‘quv yili boshlanguniga qadar Institutni respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ta’lim hamda ilmiy faoliyatni yuksak tashkiliy saviyada amalga oshirishga qodir tajribali mutaxassislari va ilmiy-pedagog xodimlaridan iborat yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiyani o‘qitish metodikasi”, “Biotibbiyot fizikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2 — 4 kurs talabalari hamda tegishli magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun Institut laboratoriyalari negizida differensiatsiyalashgan tartibda o‘quv jarayoni tashkil etilishini hamda bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish maqsadida ularning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent shahri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi 20-uyda joylashgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyining (keyingi o‘rinlarda Litsey deb ataladi) bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) Institutga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Litsey o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Institut binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi obyektning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Institut bilan birgalikda Institut laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sarflanuvchi materiallar hamda butlovchi qismlar bilan ta’minlashga oid takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Institutda 01.04.10 — yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini (PhD) beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Institut respublika iqtisodiyoti real sektorlarining potensial buyurtmachi (iste’molchi) tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda iqtisodiyot tarmoqlarining yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalari o‘rganilishini ta’minlasin.
O‘rganish natijalari asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi yarimo‘tkazgichli materiallar yaratish bo‘yicha maqsadli kompleks ilmiy-texnik dastur ishlab chiqilsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
13. Institutga 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalarini ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. | 165 | 11,623 |
Qonunchilik | Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qarorini ijro etish va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirilishi va yuritilishi uchun mas’ul organ hisoblanadi.
2. Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Nizom:
birinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solishni;
ikkinchidan — ko‘chmas mulk obyektlari manzillari ma’lumotlari yagona bazasi yaratilishini va uning bosqichma-bosqich Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya qilinishini;
uchinchidan — ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar berilishini;
to‘rtinchidan — respublika darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalar shakllantirilishini;
beshinchidan — Reyestrdan ma’lumotlar berilishini va uning ma’lumotlaridan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishi shart;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Reyestrga kiritiladigan axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
Reyestrning elektron axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha texnik topshiriqni uch oy muddatda ishlab chiqsin, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
Reyestrni elektron shaklda yuritishning markazlashtirilgan manbai yaratilishini va uning Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Reyestrdan foydalanish yo‘li bilan idoralararo o‘zaro hamkorlik tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda manzillar yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
manzil — Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi;
manzil xaritasi — Reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bog‘langan axborotni o‘z ichiga olgan bir qismi;
obyektning ichki manzili (keyingi o‘rinlarda ichki manzil deb ataladi) — obyektning ma’muriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi;
geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi;
qurilgan yer uchastkasi — asosiy imorat (bino, inshoot), tugallanmagan qurilish joylashgan yer uchastkasi;
manzillarni me’yorlashtirish — amaldagi manzillarni ushbu Nizom talablariga muvofiq tartibga solish;
aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari (keyingi o‘rinlarda ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari deb ataladi) — ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, boshi berk ko‘chalar, qiyaliklar, kirish yo‘llari, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, shox ko‘chalar, magistrallar, maydonlar, bulvarlar, katta yo‘llar, sohilbo‘yi, avtomobil yo‘llari;
fazoviy obyektlar — joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy, sun’iy va boshqa obyektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar);
halqa avtomobil yo‘li — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l;
berk ko‘chalar — boshqa yo‘llarga o‘zaro o‘tib bo‘lmaydigan, ko‘cha oxiri obyekt bilan to‘silgan ko‘chalar;
geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi;
ko‘chalar — aholi punktlarda ikki qator uylar orasidagi avtotransport vositalari va odamlar o‘tishga mo‘ljallangan joy;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi;
magistral yo‘llar — keng va to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar ko‘chasi, odatda jadal harakatlar bo‘ladigan ko‘chalar, shahardan tashqariga olib chiquvchi ko‘chalar;
tor ko‘chalar — ikkita katta ko‘chani o‘zaro bog‘lovchi kichik ko‘cha;
xiyobonlar — maydon va ko‘chalarning dam olish va dekorativ bezaklar uchun ishlatiladigan kichik yashil maydonlar;
chorraha — ikkita ko‘chaning kesishmasi yoki to‘rt tomondan kelayotgan yo‘llarni tutashtiruvchi qism;
shoh ko‘cha — uzun, burilishsiz va keng ko‘cha;
elektron hujjatlar to‘plami — elektron shaklda qayd etilgan, tizim orqali tasdiqlangan va elektron hujjatlarning ularni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatlar to‘plami;
ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.
4. Reyestrni shakllantirish va yuritish ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr agentligi:
manzillarni belgilash, o‘zgartirish, mavjudligini bekor qilish va Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;
axborot berish va Reyestrdan foydalanish tartibini tasdiqlaydi.
41. Ko‘chmas mulk obyektining manzillarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsadi quyidagilardan iborat:
ko‘chmas mulk obyektlari manzillarini tartibga solish;
yer uchastkasi, yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan bino va inshootlarning hayot siklining turli bosqichlarida yuridik jihatdan to‘g‘ri belgilangan manzillarini markazlashgan holda ro‘yxatga olishni ta’minlash;
reyestrda ro‘yxatga olingan obyekt manzilining hujjatlarga muvofiqlik asosida bino va inshootlar yoki uning qismini shu bilan birga ko‘cha va yo‘llarni identifikatsiyalashni ta’minlash.
42. Ko‘chmas mulk obyektining manzili reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng ushbu manzil ma’lumotlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun haqiqiy manba hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) manzillarning mavjudligini belgilash, o‘zgartirish, bekor qilish subyektlari hisoblanadi.
6. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
manzilni aniqlash yoxud manzilning mavjudligi bekor qilingani faktini aniqlash;
manzil belgilanganligi, o‘zgartirilganligi va mavjudligi bekor qilinganligini Reyestrda ro‘yxatga olish.
7. Tegishli yozuv Reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran, Reyestr tuzilgunga qadar esa — tegishli ma’lumotlar Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda ko‘chmas mulk reyestri deb ataladi) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
8. Manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish hududiy boshqarma tomonidan:
ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini rasmiylashtirish jarayonida;
ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tushganda;
manzilni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish bo‘yicha ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
81. Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar belgilanadi:
yer uchastkasiga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno;
ko‘p kvartirali uylardagi kvartiraga (har bir kvartira uchun);
bino va inshoot hamda uning bir qismiga.
9. Quyidagilar manzilni belgilashning asoslari hisoblanadi:
tuman (shahar) hokimining obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
bino, inshoot, qurilishi tugallanmagan obyekt joyini belgilovchi ma’lumotlarning kadastr hujjatlariga kiritilishi.
10. Quyidagilar manzilni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi:
obyektning ma’muriy-hududiy mansubligi o‘zgarishi (tashkil etilishi, o‘zgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar);
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi;
qurilgan yer uchastkasi chegaralari o‘zgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining o‘zgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini bo‘lish yoki qo‘shib yuborish);
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishi;
qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;
binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan o‘zgarishi — alohida xona(lar)ning bo‘linishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida ko‘p sonli alohida ajratilgan xonalar paydo bo‘lgan taqdirda;
asosiy imoratning obyekt geokodi o‘zgarishiga olib kelgan o‘zgarishi;
manzillarning me’yorlashtirilishi.
11. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan obyekt mavjudligining to‘xtatilishi (obyektning buzilishi) manzil mavjudligining bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
12. Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari);
huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar;
boshqa ishonchli axborot.
Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
13. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish ushbu Nizomning 9 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘lganda va (yoki) ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan hollarda, shuningdek, qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:
ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).
14. Manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
yer uchastkasida obyekt qurilishi tugallangan taqdirda ko‘chmas mulk obyekti manzilini belgilash tegishli binolar va inshootlar manzilini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
ko‘chmas mulk obyekti manzilining unda joylashgan asosiy obyekt ichki manzilining o‘zgarishi munosabati bilan o‘zgartirilishi tegishli obyekt manzilining o‘zgartirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
qurilgan yer uchastkasida joylashgan barcha obyektlar buzilgan taqdirda uning manzili mavjudligini bekor qilish tegishli ko‘chmas mulk obyektlari manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
ko‘chmas mulk obyekti manzili mavjudligini bekor qilish ushbu obyektda joylashgan barcha alohida ajratilgan xonalar manzillari mavjudligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
15. Manzillarni me’yorlashtirish:
manfaatdor shaxsning tashabbusi bilan;
tuman (shahar) hokimining qaroriga ko‘ra;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Manzillarni me’yorlashtirishni manzillarni yetishmayotgan elementlar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish, shuningdek, manzil elementlarini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
16. Manzillarni yetishmayotgan manzillar bilan to‘ldirish va (yoki) manzil tuzilmasini tartibga solish yo‘li bilan manzil me’yorlashtirilgan taqdirda manzilni o‘zgartirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, hududiy boshqarma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
17. Manfaatdor shaxslarni manzilning o‘zgartirilishi haqida xabardor qilish hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladi.
18. Manzillarni belgilash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. Manzillarni belgilashda manzilning quyidagi tuzilmasidan foydalaniladi:
pochta kodi (indeks);
“O‘zbekiston Respublikasi” davlat nomi;
ma’muriy-hududiy mansublik;
ichki manzil;
geokod.
Manzilda qo‘shimcha ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Geokoddan manzilni axborot tizimida identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
Manzillarni axborot tizimlarida identifikatsiya qilish uchun manzilning unikal raqami ishlatiladi.
20. Ma’muriy-hududiy mansublik obyekt joylashgan ma’muriy-hududiy birliklar hamda ma’muriy-hududiy birlik bo‘lmagan aholi punktlari nomlari va toifalarini, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
viloyatning nomi va qisqa belgisi (O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri) — bitta viloyat chegarasida bir nechta tuman hududida yoki O‘zbekiston Respublikasi poytaxti hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning nomi va qisqa belgisi — viloyatga bo‘ysunuvchi shahar hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat va tuman nomi va qisqa belgisi — bir tuman chegarasida bir nechta fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan obyektlar uchun, shuningdek, aholi punktlaridan tashqarida, O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat reyestriga ma’lumotlari kiritilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining (keyingi o‘rinlarda avtomobil yo‘llari deb ataladi) yo‘l cheti polosasida joylashgan obyektlar uchun;
ma’muriy-hududiy birlik hisoblangan viloyat, tuman nomi va qisqa belgisi, tumanga bo‘ysunuvchi shahar yoki shahar tipidagi shaharchaning qisqa belgisi va nomi — tegishli shahar yoki shaharcha hududida joylashgan obyektlar uchun;
viloyat, tuman, mahalla fuqarolar yig‘ini nomi va qisqa belgisi — mahallaning bir fuqarolar yig‘ini chegarasida aholi punktlaridan tashqarida joylashgan obyektlar uchun. Hududiy birlik hisoblangan aholi punkti hududida joylashgan obyekt uchun ushbu aholi punkti nomi va qisqa belgisi ham ko‘rsatiladi.
201. Manzil elementlarining turlari ushbu Nizomga 5-ilovaga, manzil tuzilmasi 6-ilovaga, ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
21. Ichki manzil ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakllantiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) aholi punktida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementi toifasi va nomining qisqa belgisini (ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari bo‘lmagan qishloq aholi punktlari bundan mustasno);
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
b) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
avtomobil yo‘lining raqami;
avtomobil yo‘li boshidan kilometrlardagi masofa;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
v) aholi punktidan tashqarida temir yo‘l tarmog‘i polosasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
fuqarolar yig‘ini chegarasida eng yaqin alohida temir yo‘l punkti (keyingi o‘rinlarda alohida punktlar deb ataladi) nomi;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
g) aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘llar shoxobchasi polosalari chegarasidan chetda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
d) aholi punktidan tashqarida bog‘dorchilik shirkati, dala hovli kooperativida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun:
ichki manzil elementi (bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati, dala hovli kooperativi) toifasining qisqa belgisi va nomi;
ko‘chmas mulk obyektining raqami;
imorat raqami indeksi va (yoki) uning korpusi raqami (agar bo‘lsa);
e) alohida ajratilgan xona uchun:
imoratning u joylashgan ichki manzili (geokoddan tashqari);
alohida ajratilgan xona tartib raqami;
indeks (agar bo‘lsa);
j) qurilgan yer uchastkasi, shu jumladan, bo‘lish yoki qo‘shib yuborish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi uchun:
unda joylashgan imoratning (unda joylashgan har qanday imoratning) ichki manzili. Agar yer uchastkasida joylashgan imoratlardan bittasi asosiysi bo‘lsa, uchastkaga ushbu imoratning ichki manzili beriladi.
22. Geokod ko‘chmas mulk obyektlarini ularni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan tarzda geografik bog‘lash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir nuqtaning X va Y koordinatalaridan iborat.
Geokod koordinatalari vaziyatli reja koordinatalari tizimida belgilanadi va bir metrgacha bo‘lgan aniqlikda ko‘rsatiladi.
Maydonga, hajmga, balandlikka ega imorat geokodi asosiy imorat konturi ichidagi uning markaziga yaqin bo‘lgan nuqtadan iborat bo‘lishi kerak.
Geokod Reyestr ma’lumotlari asosida ko‘rsatiladi, u Reyestr ma’lumotlarida bo‘lmagan taqdirda tuziladigan vaziyatli reja asosida aniqlanadi.
Vaziyatli rejada geokod koordinatalari ko‘rsatilmasdan tegishli shartli belgi bilan belgilanadi. Geokod haqidagi ma’lumotlar faqat inventar yig‘majildlar shakllarining “Manzil (joylashgan joyi)” satrida hamda tavsiflar reyestrining ma’lumotlar bazasida aks ettirilishi kerak.
23. Ko‘chmas mulk obyektlariga, alohida ajratilgan xonalarga raqamlar berish majburiydir, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Inshootlarga ham (alohida turgan) raqamlar beriladi hamda asosiy imoratlarni raqamlash uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
24. Binolar va inshootlarga raqamlar berish mavjud obyektlarni, shu jumladan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan obyektlarni (ular haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etiladigan shaharsozlik rejalashtirish hujjatlarida mavjud bo‘ladi) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
25. Radial yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punkti markazidan chetga qarab ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
26. Aylanma yo‘nalishdagi ko‘chalarda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘ylab (aholi punkti markazidan yo‘nalish olganda) ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
27. Imoratning mavze tizimida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (mavzelar, mikrotumanlar) mavzega kiradigan asosiy yo‘l tortilgan ko‘chadan boshlab transport harakati yo‘nalishida ortib boruvchi tartibda ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan raqamlanadi.
28. Maydon perimetrini hosil qiladigan ko‘chmas mulk obyektlari aholi punktining markazi tomonidagi ko‘chadan boshlab soat stryelkasi yo‘nalishida ko‘chaning chap tomonidan toq raqamlar bilan va o‘ng tomonidan juft raqamlar bilan izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
29. Obyektni ushbu Nizomning 25 — 28-bandlariga muvofiq raqamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda raqamlash dunyo qismlari bo‘yicha (tegishlicha g‘arbdan sharqqa yoki shimoldan janubga) amalga oshiriladi.
30. Izchil ketma-ket (toq yoki juft) raqamli manzillarga ega ikkita imorat o‘rtasida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari ko‘rsatilgan asosiy imoratlardan birining kichikroq raqamini unga indeks qo‘shgan holda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
31. Imoratning ichkarisida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari asosiy fasadi ko‘chaga qaragan, o‘z manziliga ega bo‘lgan asosiy imoratlardan birining raqamini unga indeks qo‘shgan xolda berish yo‘li bilan raqamlanadi, ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
32. Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida aholi punktidan tashqarida joylashgan binolar va inshootlar 1 raqamidan boshlab tartib bilan, arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyati haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududini tashkil qilish va qurish loyihasiga yoki ushbu bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatida qaror topgan amaliyotga asoslanib raqamlanadi.
33. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari chap tomondan toq raqamlar bilan va o‘ng tomondan juft raqamlar bilan raqamlanadi:
avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosasida — har bir kilometr chegarasida yo‘l kilometraji oshib borishi tomon;
temir yo‘l shoxobchasi polosasida — ikkita alohida punkt oralig‘idagi masofa chegarasida yo‘l kilometrajining oshib borishi tomon.
34. Avtomobil yo‘lining yo‘l cheti polosalari va temir yo‘l shoxobchasi polosalari chegarasida aholi punktidan tashqarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mahalla doirasida 1 dan boshlab tartib bilan raqamlanadi.
35. Asosiy imoratga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari (xizmat ko‘rsatuvchi imoratlar, hovlidagi inshootlardan tashqari) asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shish yo‘li bilan raqamlanadi.
Yer uchastkasida o‘z vazifasi, me’moriy belgilariga ko‘ra bir xil bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘lib, ularning asosiysini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, asosiy imorat sifatida kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementiga eng yaqin joylashgan imorat qabul qilinadi. Qolgan imoratlar soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘ylab hamda hududdagi harakat yo‘nalishiga qarab asosiy imorat raqamiga (agar bo‘lsa — indeksi bilan) korpus raqamini qo‘shgan holda raqamlanadi yoxud mustaqil tartib raqami berish yo‘li bilan raqamlanadi.
36. Ko‘chalar kesishmasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (burchakdagi binolar va inshootlarga) bitta ichki manzil bilan belgilanadi. Bu holda ichki manzil asosiy imoratga kirish yo‘li tashkil qilingan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lganda ichki manzil binoning asosiy fasadga qaragan ko‘cha bo‘yicha belgilanadi. Bir nechta bir xil fasadlar bo‘lganda ichki manzil ko‘chalarning istalgan biri bo‘yicha belgilanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan burchakda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari berilgan raqamlar soniga qarab bir nechta ichki manzillarga ega bo‘ladi.
37. Mavjudligi bekor qilingan obyektning ichki manzili uning o‘rniga qurilgan xuddi shunday turdagi obyektga, ushbu Nizomning 24 — 35-bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda takroran beriladi.
38. Alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.
Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi. Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.
Turar joylarda savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va nosanoat tusidagi ehtiyojlar uchun biriktirib yoki qo‘shimcha qilib qurilgan joylar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq alohida ajratilgan turar joylarga raqamlar berilgandan keyin raqamlanadi.
Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar “n” indeksi berilgan holda turar joylardan alohida raqam berilgan noturarjoy maqsadidagi ko‘chmas mulk obyektlari ushbu raqamlanishni saqlab qoladi.
Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.
Burchakdagi binoda joylashgan, bevosita binoga tutash hududdan kiriladigan va ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlar berilgan bloklangan turar joy bo‘lgan inshootda joylashgan alohida joyga asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha ichki manzillari beriladi.
39. Ko‘chmas mulk obyekti yoki alohida joy bo‘lib yuborilganda, obyektlarning bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan alohida joylarning bittasi bo‘lingan obyektning raqamini saqlab qoladi. Bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan qolgan obyektlarga bo‘lingan obyekt raqami indeks qo‘shilgan holda beriladi.
Asosiy imoratlar bo‘lingan taqdirda ularda joylashgan alohida ajratilgan joylarning qayta raqamlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar alohida ajratilgan joyni bo‘lish natijasida ko‘p miqdorda alohida joylar hosil bo‘lsa, ularga binoda va inshootda joylashgan alohida joylarning biriga avval berilgan oxirgi raqamdan keyingi tartib raqamlari beriladi yoki alohida ajratilgan joylarning avvalgi raqamlari o‘zgartirilib qayta raqamlanadi.
40. Asosiy obyektlar yoki alohida joylar qo‘shilganda qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan obyektga mavjudligi to‘xtatilgan obyektlardan birining eng kichik tartib raqami beriladi.
Bitta binoda joylashgan alohida ajratilgan joylarning raqamlari takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Nizomning 30, 31-bandlari hamda 39-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Asosiy imoratlar qo‘shib yuborilganda mavjudligi to‘xtatilgan obyektda joylashgan va eng yuqori tartib raqamiga ega bo‘lgan alohida joylar ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan tartibda keyingi tartib raqamidan boshlab qayta raqamlanadi.
41. Asosiy imoratga biriktirib, qo‘shimcha qilib qurilgan alohida ajratilgan joylar ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq bino yoki inshootda alohida ajratilgan xonaga avval berilgan eng katta raqamdan keyingi tartib raqamidan boshlab raqamlanadi. Alohida ajratilgan joylarning joylashuvini aniq identifikatsiya qilish maqsadida ularni qayta raqamlashga yoki hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarni bitta qavat yoki asosiy imorat kirish yo‘li doirasida avval berilgan eng katta sondan keyingi tartib raqamidan boshlab unga indeks qo‘shgan holda raqamlashga yo‘l qo‘yiladi.
Qayta qurish natijasida mavjudligi to‘xtagan alohida ajratilgan joylar raqamlari qayta berilmaydi, barcha alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi hollari bundan mustasno.
Bino va inshootda avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lmagan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga raqamlar ushbu Nizomning 39-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq beriladi. Ko‘chmas mulk obyektida avval hosil qilingan alohida ajratilgan joylar bo‘lgan taqdirda bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan alohida ajratilgan joylarga ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq raqamlar beriladi.
42. Ma’muriy binoga, garaj massivida joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti binosiga (keyingi o‘rinlarda asosiy bino deb ataladi) ushbu Nizomning 19 — 34, 36 va 37-bandlariga muvofiq asosiy imorat raqami (zarur bo‘lganda indeks bilan) beriladi.
43. Asosiy imorat hisoblangan garaj massivi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy binoning manzilini va korpus raqamini (garaj raqamini) o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda “blok” so‘zi, bunday garaj joylashgan blok raqami ko‘rsatiladi.
44. Alohida ajratilgan joy bo‘lgan va garaj kooperativi hududida joylashgan garajning ichki manzili asosiy bino manzilini, korpus raqamini (garaj joylashgan blok raqamini), garaj raqamini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarda bunday garaj joylashgan kooperativ nomi ko‘rsatiladi.
45. Garaj massividagi bloklar ularni raqamlash bo‘yicha mavjud amaliyotdan kelib chiqqan holda raqamlanadi.
Bunday amaliyot bo‘lmaganda raqamlash:
aholi punktida — garaj massivi hududiga kiriladigan yo‘l bo‘lgan eng yuqori toifadagi ko‘cha bo‘yicha birinchi blokdan (bir xil toifadagi ko‘chalar bo‘lganda — ularning istalganidan) boshlab boshlanadi. Bir necha ko‘chadan kirish yo‘llari bo‘lgan taqdirda raqam blok perimetrining eng uzun tarafi chiqadigan ko‘cha bo‘ylab birinchi blokka beriladi. Blok perimetrining eng uzun tarafi qaysi ko‘chaga chiqishini aniqlash imkoni bo‘lmaganda esa — raqam istalgan ko‘cha bo‘ylab beriladi;
aholi punktlaridan tashqarida — garaj massivi hududiga eng yaqin bo‘lgan blokdan boshlab boshlanadi. Garajga kirish yo‘liga eng yaqin bo‘lgan blokni aniqlash imkoni bo‘lmaganda raqam kirish yo‘liga yaqin istalgan blokka beriladi.
Ushbu garaj massivida bloklarni raqamlash amaliyoti bo‘lmasa bloklarning keyingi raqamlari garaj massivi hududiga kirishdan boshlab harakat yo‘nalishi bo‘yicha ortib boruvchi tartibda beriladi.
Asosiy imorat bo‘lgan garajlarga hamda alohida ajratilgan joy bo‘lgan garajlarga raqamlar bloklarda belgilangan tartibda tasdiqlangan me’moriy loyiha yoki qurilish loyihasining tasdiqlangan qismidan kelib chiqqan holda yoxud garaj massivida qo‘llaniladigan amaliyotdan kelib chiqib beriladi. Bunday amaliyot bo‘lmagan taqdirda butun garaj massivi uchun qarama-qarshi raqamlashdan foydalaniladi, u soat stryelkasi yo‘nalishi bo‘yicha izchil ketma-ketlikda yoki massiv hududiga kirish yo‘lidan boshlanib harakat yo‘nalishi bo‘ylab ortib borish tartibida amalga oshiriladi.
Garaj massivi hududida ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar indekslar berilgan bloklar bor bo‘lsa, bunday bloklarga indekslar o‘rniga raqamlar beriladi.
46. Alohida turgan garajlarning ichki manzili ushbu Nizom bilan binolar va inshootlarga ichki manzillarni belgilash uchun belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi.
47. Avtomobil saqlash joylarining, shu jumladan, binoda joylashgan avtomobil saqlash joylarining ichki manzili ushbu Nizomning 39 — 42-bandlarida alohida ajratilgan noturarjoyga ichki manzillarni belgilash uchun nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, ular joylashgan asosiy imoratlarning konstruktiv xususiyatlarini (ochiq, yopiq, ko‘p qavatli binolar, inshootlar va shu kabi obyektlar) hisobga olgan holda belgilanadi.
48. Geokod qurilgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga beriladi.
49. Pochta kodi (indeks) binolarga beriladi, shuningdek, agar ularda alohida ajratilgan joylar bo‘lsa inshootlarga ham berilishi mumkin. Alohida ajratilgan joylar o‘zlari joylashgan bino yoki inshoot bilan bir xil pochta kodi (indeksi)ga ega.
50. Qo‘shimcha ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
obyekt nomi;
obyektga eng yaqin aholi punkti nomi, shuningdek, ungacha bo‘lgan masofa, shu jumladan, dunyo tomonlari yo‘nalishlaridan foydalangan holda;
obyektning turgan joyini identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa fazoviy mo‘ljallar.
501. Manzillar reyestri tuzilgunga qadar raqamlashtirilgan manzillar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — ko‘chmas mulk reyestri) kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan, o‘zgartirilgan, mavjudligi bekor qilingan deb hisoblanadi.
502. Raqamlashtirilgan manzillar Manzillar reyestriga mutaxassis tomonidan bosqichma — bosqich kiritib boriladi. Bunda mulkdor tomonidan ariza va to‘lov talab etilmaydi.
51. Manzilda:
aholi punktidan tashqarida avtomobil yo‘llarining yo‘l cheti polosalari hamda temir yo‘l shoxobchalari polosalari chegarasidan chiqib ketgan asosiy imoratlar va ularda joylashgan alohida joylar uchun;
inshootlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — ma’mur) Reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi axborotning yaxlitligi uchun mas’uldir.
53. Ma’mur hududiy boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Reyestrdagi manzillarning O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi o‘zgarishlar bilan, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘zgarishlari monitoringini olib boradi;
Reyestrda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy birliklar yagona reyestridagi o‘zgarishlar, boshqa axborot resurslardagi o‘zgarishlar munosabati bilan o‘zgartirilishi talab qilinishi mumkin bo‘lgan manzillarni qayd etadi;
shartnoma asosida Reyestrdan foydalanish imkonini beradi va undan ma’lumot beradi.
54. Reyestr ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan shakllantiriladi, buni ma’mur:
Reyestrni birlamchi shakllantirish;
manzillarni belgilash, o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish;
Reyestrga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiradi.
55. Reyestr ma’lumotlar bazasidan hamda Reyestrga, shu jumladan, manzil xaritalariga ma’lumotlarni kiritish uchun asos bo‘lgan hujjatlar yig‘indisidan iborat.
56. Reyestrning ma’lumotlar bazasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha shakllantiriladi.
57. Manzil xaritasi quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga oladi:
ma’muriy-hududiy bo‘linish qatlami, unda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilangan bo‘ladi;
obyektlar geokodlari qatlami, u Reyestrga obyektlar geokodlari haqida ma’lumotlar kiritilganda avtomatik tarzda shakllantiriladi va yangilanadi;
geografik asosi.
Manzilli xarita qo‘shimcha tarzda quyidagi qatlamlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
bog‘dorchilik shirkatlari, dala hovli kooperativlari chegarasining poligon obyektlari sifatida ko‘rsatilgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari elementlarining o‘q chiziqlariga ega ichki manzillar elementlari qatlami, temir yo‘lning alohida punktlarini tasvirlovchi nuqtali obyektlar, shuningdek, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlari va boshqa axborot qatlami;
yer uchastkalari chegaralari haqida poligon obyektlar sifatida berilgan axborotga ega qatlam;
boshqa fazoviy bog‘langan axborotga ega qatlamlar.
58. Manzilli elektron xarita ma’mur tomonidan raqamli ko‘rinishda geografik asosda yuritiladi hamda geodezik koordinatalar tizimidagi axborotga ega bo‘ladi.
59. Manzilli xarita qatlamlari:
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestrining;
Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrining;
boshqa manbalarning ma’lumotlari asosida shakllantiriladi va yangilanadi.
60. Ma’lumotlarning Reyestrga kiritilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlar:
ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarida;
hududiy boshqarmalar arxivlarida saqlanadi.
61. Reyestrning birlamchi shakllantirilishi quyidagi usullar bilan (bitta yoki bir nechta) amalga oshiriladi:
manzillar haqidagi ma’lumotlarni ko‘chmas mulk obyektlari Davlat reyestridan konvertatsiya qilish;
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari yagona reyestridan olib kiritish;
manzillarni asosiy imoratlar pochta kodlari (indekslari) bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlarni olib borish;
ma’lumotlarni manzillar haqida ishonchli axborotga ega bo‘lgan boshqa manbalardan olib kiritish.
62. Reyestrda ro‘yxatga olish hududiy boshqarma tomonidan bevosita manzil aniqlangandan keyin yoki manzil mavjudligi bekor bo‘lgani aniqlangandan keyin Reyestrning axborot tizimiga berilgan, o‘zgartirilgan mavjudligi to‘xtatilgan manzil haqida yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qurilayotgan va barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va inshootlar manzillari oldindan belgilanadi.
Faqat ma’muriy-hududiy mansubligi va ichki manzili ma’lum bo‘lgan manzillar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, ammo Reyestrda ro‘yxatga olinmaydi.
Belgilab qo‘yilgan, ammo ro‘yxatga olinmagan manzil o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki ro‘yxatga olinishi mumkin.
Oldindan berilgan manzil o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
63. Reyestrga tuzatishlar kiritishga Reyestrdagi ma’lumotlarda mavjud manzilda xatolar borligi asos bo‘ladi.
64. Reyestrga tuzatishlarni kiritish hududiy boshqarma tomonidan:
hududiy boshqarmaning tashabbusi bilan — texnik xato bo‘lganda;
Reyestr ma’murining bildirgisi bo‘yicha;
manfaatdor shaxsning, shu jumladan, davlat organining asosli murojaati bo‘yicha amalga oshiriladi.
65. Reyestrga tuzatishlarni kiritish manzillarning belgilanishi, o‘zgartirilishi, mavjudligi bekor qilinishi asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
66. Ushbu Nizomning 64-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda Reyestrga tuzatishlar kiritish bildirishnoma yoki murojaat tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
67. Manfaatdor shaxs, shu jumladan, davlat organining murojaati bo‘yicha Reyestrga tuzatishlar kiritilgan taqdirda ushbu shaxs (davlat organi) hududiy boshqarma tomonidan bu haqida ular Reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
68. Reyestrni yuritish:
a) quyidagilarga:
Reyestr ma’lumotlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Reyestr ma’lumotlari bilan boshqa manbalardan olingan manzillar haqidagi ma’lumotlarda qarama-qarshiliklar bo‘lganda, sud tomonidan boshqacha tarzda aniqlanmasa, Reyestr ma’lumotlari ishonchli deb hisoblanadi;
Reyestrda ro‘yxatga olingan obyektlar manzillari haqidagi axborotning geofazoviy bog‘langanligiga muvofiq amalga oshiriladi (alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari bundan mustasno) — manzil xaritasida aks ettiriladi;
b) axborot xavfsizligining:
axborotdan zaxira uchun nusxa olinishi (Reyestrni yuritishning dasturiy ta’minoti, Reyestr ma’lumotlar bazasidan zaxira uchun nusxa olish);
axborotni himoya qilish;
reyestrdan foydalanishni cheklash;
manzillar reyestri axborotining yaxlitligini baholash talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
69. Reyestrni yuritish maqsadida manzilni yozishning quyidagi tartibidan foydalaniladi: pochta kodi (indeks), davlatning nomi, ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, qo‘shimcha ma’lumotlar. Agar manzilning qandaydir elementi bo‘lmasa, keyingi mavjud element ko‘rsatiladi.
70. Obyektning barcha ichki manzillari teng bo‘ladi. Bitta hujjatda bir nechta ichki manzillar qismlari birga qo‘shilishidan, shu jumladan, asosiy imoratning har bir kesishuvchi ko‘cha bo‘yicha raqamlaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
71. Asosiy imorat raqami va asosiy imorat korpusi raqami oraliqsiz kasr belgisi (/) bilan ajratiladi.
Bino korpusining raqami raqamli belgiga ega.
Asosiy imoratlar va alohida ajratilgan joylar raqamlari “-” belgi bilan ajratiladi.
72. Manzillarni yozishda faqat arab raqamlaridan foydalaniladi.
Indekslar quyidagi lotin harflari bilan belgilanadi:
a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z.
73. Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining nomi Reyestrda bir xil aks ettirilishi maqsadida bunday nomlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda berilishi kerak:
alohida nomlar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining tabiiy to‘siqlar (daryolar, jarliklar va shu kabilar) bilan kesishishi hollarida yuzaga kelgan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari uchastkalariga berilishiga yo‘l qo‘yiladi;
faqat raqamlari bilan farq qiladigan ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlari nomlarining tartib raqamlari izchil ketma-ketlikda beriladi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementining nomiga kiritilgan tartib raqamlarini belgilash uchun arab raqamidan, “-” belgisidan va tegishli sonning qo‘shimchasidan foydalaniladi;
bir aholi punkti doirasida bitta toifadagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining bir nechta elementlariga bir xil nomlar berilishiga, shuningdek, jiddiy farqlash belgilariga ega bo‘lmagan yoki idrok etilishi qiyin bo‘lgan (so‘zlarning bosh harflari, qisqartmalar, ko‘p so‘zlardan iborat birikmalarga ega bo‘lgan) nomlar, shuningdek, “nomi yo‘q”, “nomli”, “n.” ishtirokidagi so‘zlar va so‘z birikmalaridan tuzilgan nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
74. Reyestrdan axborot berish, shuningdek, Reyestrdan foydalanishga ruxsat berish, jumladan, boshqa axborot tizimlari bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan, pullik asosda amalga oshiriladi, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.
75. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Elektron hukumat” axborot tizimi bilan aloqa o‘rnatish yo‘li bilan Reyestrdan foydalanishga ruxsat beriladi. “Elektron hukumat”da quyidagilar:
saylovchi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari hamda ma’muriy-hududiy chegaralar va manzillar aniqlangan holda ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar;
obyektlarning geokodlari;
saylovchilarni uchastkalar bo‘yicha taqsimlash uchun geografik asos aks ettiriladi.
76. Axborot hajmidagi so‘ralayotgan manzillar haqidagi yoki ularning Reyestrda yo‘qligi haqidagi, manzilning maqomi haqidagi (dolzarb manzil — Reyestrdan axborot berilayotgan paytda mavjud manzil; dolzarb bo‘lmagan manzil — ilgari mavjud bo‘lgan manzil) ma’lumotlar, shuningdek, manzilning holati haqidagi ma’lumotlar barcha shaxslarga yoki davlat organiga beriladi.
So‘ralayotgan manzillar haqidagi axborot hajmi ma’muriy-hududiy mansublik, ichki manzil, pochta kodi (indeks), qo‘shimcha ma’lumotlarni (agar bo‘lsa) o‘z ichiga oladi.
77. Geokodlar haqidagi axborot davlat organlariga milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ularning vakolatiga muvofiq holda maxsus vakolatli organning roziligi bilan berilishi mumkin.
Ma’mur geokodlar haqidagi axborotning saqlanishini ta’minlaydi, uning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaydi, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
78. Ma’mur tomonidan quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot:
ushbu Nizomning 75-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan manzil haqidagi ma’lumotlarni — so‘rovlar bo‘yicha;
Reyestr ma’lumotlarini maxsus qayta ishlashni talab qiladigan so‘rovlar bo‘yicha berilishi mumkin.
79. Ma’mur tomonidan standart so‘rov bo‘yicha quyidagi ma’lumotnoma tusidagi axborot:
agar standart so‘rovda Reyestrda ro‘yxatga olingan dolzarb yoki dolzarb bo‘lmagan manzil ko‘rsatilgan bo‘lsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Reyestrdan ko‘chirma;
agar so‘ralgan manzil Reyestrda ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa — Reyestrda manzil haqida ma’lumotlar yo‘qligi haqida ma’lumotnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha berilishi mumkin.
80. Reyestrdan olinadigan axborot elektron shaklda beriladi, standart so‘rovlar bo‘yicha esa qog‘ozda ham berilishi mumkin.
81. Reyestrdan foydalanish ma’mur bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
81. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 128 | 45,956 |
Qonunchilik | Davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish qanday amalga oshiriladi | Vazirlar Mahkamasining 23.09.2021 yildagi “Davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish tizimini joriy qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 596-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
Belgilanishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi har yili 15 fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiyalarini toʻliq хatlovdan oʻtkazadi. Shundan keyin 20 martga qadar Adliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish imkoniyati хolisona tahlil qilinadi va 20 mayga qadar uning yakuniy roʻyхatini shakllantiradi.
1 iyulga qadar Savdo-sanoat palatasi hamda funksiyalari хususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jamoatchilik muhokamasi oʻtkaziladi, shuningdek, ushbu davlat funksiyalariga oʻхshash boʻlgan faoliyat tajribasiga ega хususiy sektor sub’yektlarining dastlabki roʻyхati shakllantiriladi.
1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 73 | 1,466 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQ BADIIY HUNARMANDChILIGI VA AMALIY SAN’ATINI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA” 2010 YIL 30-MARTDAGI PF-4210-SONLI FARMONIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli Qonuniga muvofiq;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2010-yil 30-martdagi PF-4210-sonli Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 28-martdagi PF–3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qo‘lda ishlangan amaliy san’at buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2014-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etilsin”.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 225 | 952 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilinsin. | 198 | 192 |
Qonunchilik | Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Nomzodlar ekologik nazoratning jamoatchi inspektori bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim.
2. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish nomzodlarni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan hajmdagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishiga ko‘maklashish maqsadida amalga oshiriladi.
3. 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari maxsus tayyorgarlik kurslariga qabul qilinadi.
4. Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan bepul o‘tkaziladi.
5. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish sohasida:
nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazishga doir tadbirlarni, ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi;
nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni tasdiqlaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish masalalarida, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qiladi.
6. Nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tadbirlarini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning kadrlarni maxsus tayyorlash uchun maqsadli badallari, homiylik xayriyalari, nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun jalb etiladigan grantlar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori bo‘lish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish komissiyalariga (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotiga ariza bilan murojaat qiladi.
8. Nomzodning arizasi Komissiya yig‘ilishida yoki ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlaridan birining vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
9. Fuqaroning nomzodi ma’qullangan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki nodavlat notijorat tashkiloti (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) Qo‘mita huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nomzodni maxsus tayyorgarlik kurslariga yuborish to‘g‘risida rasmiy xat kiritadi.
10. Rasmiy xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
nomzodning pasporti nusxasi;
nomzodni maxsus tayyorgarlik kurslariga yuborish to‘g‘risida Komissiya yig‘ilishi bayonnomasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti rahbari buyrug‘idan ko‘chirma;
buyurtmachining buyurtmasi.
11. Markaz joylardagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib taqdim etilgan buyurtmalar asosida maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tishi lozim bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi, maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi hamda nomzodlarni hududlar bo‘yicha taqsimlaydi.
12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish bevosita Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda yashovchi nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza Qilish boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Markaz buyurtmachilarni maxsus tayyorgarlik kurslari boshlanishidan 10 kun avval maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
14. Buyurtmachilar nomzodlarning o‘qishga Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda yetib kelishlarini ta’minlashlari lozim.
15. Maxsus tayyorgarlik kurslarida o‘qitish Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. Maxsus tayyorgarlik kurslarida o‘qitish muddati 1 hafta — 36 soatni tashkil etadi.
17. Maxsus tayyorgarlik kurslari kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Asosiy ish joyiga ega bo‘lgan nomzodlar maxsus tayyorgarlik kurslariga ishdan ajratilgan holda jalb qilinadi.
18. Maxsus tayyorgarlik kurslarida nomzodlarga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi bilimlar hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik tadbirlarni amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtiroki yuzasidan tayanch tushuncha va bilimlar beriladi.
19. O‘quv jarayoni 60 nafargacha bo‘lgan nomzodlardan iborat o‘quv guruhlariga bo‘lingan holda, Markaz rahbari tomonidan tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida olib boriladi.
20. Nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, Qo‘mita tizimi xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlarning tajribali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
21. Nomzod maxsus tayyorgarlik kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmagan taqdirda, u 6 oy ichida navbatdagi maxsus tayyorgarlik kurslariga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan Markazga murojaat qiladi.
Markaz tomonidan nomzodning arizasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, navbatdagi maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tishi lozim bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi hamda bu haqda buyurtmachi 3 kun ichida xabardor qilinadi.
22. Nomzodlar quyidagi hollarda maxsus tayyorgarlik kurslaridan chetlashtiriladi:
o‘z xohishiga binoan;
sababsiz 6 soat dars qoldirganda;
salomatligi tufayli (tibbiy ma’lumotnoma asosida);
vafot etgan taqdirda.
23. Markaz nomzodni maxsus tayyorgarlik kurslaridan chetlashtirilganligi to‘g‘risida buyurtmachini 3 kun ichida xabardor qilishi lozim.
24. Nomzodlar o‘quv reja va dasturni to‘liq o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng, ularga maxsus tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi va ushbu sertifikat nomzodga ekologik nazoratning jamoatchi inspektori guvohnomasi berilishiga asos bo‘ladi.
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
26. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq ho‘jaligi vazirligi, Suv ho‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston ekologik harakati, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan. | 139 | 8,114 |
Qonunchilik | “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-904-s | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 20-aprelda kiritilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-904-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 825 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-662-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-662-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin hamda uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 648 |
Qonunchilik | I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8.06.2020 yildagi “2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul toʻgʻrisida”gi 363-son qaror qabul qilindi.
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida (keyingi oʻrinlarda - Filial) malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2020/2021 oʻquv yili uchun Filialga talabalarning qabul kvotasi 345 nafar miqdorida belgilandi.
Kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha kvota 225 kishini, kechki ta’lim shakli boʻyicha esa – 120 kishini tashkil etadi.
Kunduzgi ta’lim shakli yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida 40% oʻrin, toʻlov-kontrakt asosida – 60% oʻrin ajratilgan. Kechki ta’lim shakli yoʻnalishlari boʻyicha – barcha oʻrinlar toʻlov-kontrakt asosida.
Filialga Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilarini qabul qilish alohida tanlov yakunlariga koʻra amalga oshiriladi. Tanlovdan oʻta olmagan tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari imtihonni Filialga umumiy asoslarda topshirish huquqiga egalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 102 | 1,195 |
Qonunchilik | Arzon uy-joylarni mahalla orqali olish mumkin | Ijtimoiy ustuvorliklar asosida saralash
Ariza beruvchi — uy-joyga muhtoj boʻlgan, muntazam qishloq joylarda yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi dasturda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) nomiga ariza berishi kerak. Unga quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova kilinadi:
Hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilхat bilan ariza beruvchiga topshiriladi. Ariza qabul qilingan va roʻyхatga olingan sanadan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida 2 nusхada tekshirish dalolatnomasini tuzadi. Nusхalardan biri ariza beruvchiga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Ushbu tadbirlar natijalari boʻyicha bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga tasdiqlangan shakl boʻyicha yozma tavsiya beriladi yoki uni berishni yozma shaklda rad etadi.
Rad etishning sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
Rad etish toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada 5 kundan ortiq boʻlmagan muddat koʻrsatiladi, mazkur muddat ichida ariza beruvchi sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin. Oʻrnatilgan muddat tugagandan soʻng ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza qayta koʻrib chiqilmaydi.
Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari koʻrmasdan qoldirilgan ariza beruvchilar takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
Oldindan shartnoma tuzish
Yozma tavsiya ariza beruvchiga ikki nusхada beriladi. Birinchi nusхasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish хohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish hamda «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzish uchun keyinchalik injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etish uchun beriladi (2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son VMQ bilan tasdiqlangan).
Ipoteka kreditiga buyurtma berish
Ikkinchi nusхasi ishtirok etuvchi tijorat bankining yashash joyi boʻyicha filiali uchun moʻljallangan, injiniring kompaniyasi bilan oldindan shartnoma tuzgan talabgor tijorat bankiga ipoteka krediti berish haqida arizasi bilan murojaat etadi.
Arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni moʻljallayotgan arzon uy-joyning turi koʻrsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Arizalar 280-son Nizom va Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2009 yil 25 maydagi 148-son VMQ qarori bilan tasdiklangan) nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Talabgorlarni tanlashda bank yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi, uning natijasiga koʻra unga ipoteka krediti berishni ma’qullash yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda хabar qiladi.
Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi | 45 | 3,818 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2021-yil 8-aprel kuni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga nomzod to‘g‘risidagi masala kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 105 | 856 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlariga hamda kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruza to‘g‘risida.
2. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
3. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
4. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni to‘g‘risida.
5. “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni to‘g‘risida.
6. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni to‘g‘risida.
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga parlament so‘rovlarini yuborish to‘g‘risida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. | 95 | 1,638 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yil yuzasidan hisoboti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2006-yil yuzasidan hisoboti tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 83 | 309 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIDA INTIZOMIY QISMLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Intizomiy qism haqida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1. Ushbu Nizom sodir etgan jinoyatlari uchun intizomiy qismga jo‘natishga hukm qilingan muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar tomonidan jazoni o‘tash tartibi hamda shartlarini belgilaydi va intizomiy qism faoliyatining tartibini aniqlaydi.
2. Intizomiy qismga jo‘natish sodir etilgan jinoyat uchun jazo hisoblanadi hamda mahkumlarning axloqini tuzatish va ularni mehnatga va harbiy xizmatga ongli ravishda va halol munosabatda bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etish, Vatanga qasamyod, harbiy nizomlarning talablarini hamda boshliqlarning buyruqlarini aniq bajarish ruhida qayta tarbiyalash, shuningdek mahkumlar tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadini ko‘zlaydi.
3. Intizomiy qism ichki tartibi bir muncha qattiqroq bo‘lgan harbiy qismdan iboratdir va u alohida shtat bo‘yicha saqlanadi. Intizomiy qismning tashkiliy tuzilmasi va soni O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Mahkumlarni intizomiy qismda saqlash uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos bo‘ladi.
5. Quyidagilar mahkumlarning axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalashning asosiy vositalari hisoblanadi: intizomiy qism uchun belgilangan tartib va jazoni o‘tash rejimi, ijtimoiy foydali mehnat, tarbiyaviy ish, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik.
Axloq tuzatish va qayta tarbiyalash vositalari sodir etilgan jinoyatning xarakteri va ijtimoiy xavflilik darajasini hamda mahkumning shaxsiyatini, shuningdek uning xulq-atvori hamda mehnat va harbiy xizmatga munosabatini hisobga olgan holda qo‘llanilishi lozim.
6. Mahkumlarning intizomiy qismda bo‘lgan vaqti muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
Intizomiy qismda ushlab turilgan vaqtni muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 546-moddasiga muvofiq harbiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
7. Intizomiy qismda ushlab turilgan vaqtni muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnoma intizomiy qism komandiri tomonidan jazo muddati tugashidan bir oy ilgari qo‘zg‘atiladi hamda shu muddat bevosita tugaganidan keyin garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Intizomiy qismda bo‘lish vaqtini shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilingan mazkur shaxslarning muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shish to‘g‘risida garnizon harbiy sudining qarori intizomiy qism komandiri tomonidan sud ajrim chiqarganidan keyin uch kundan kechiktirilmay Mudofaa vazirligining Bosh shtabiga ma’lum qilinadi.
8. Intizomiy qismda jazoni o‘tayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunlarda belgilangan majburiyatlarga amal qiladilar hamda huquqlardan ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan cheklashlarga rioya etilgan holda foydalanadilar. Shaxsiy tarkibning intizomiy qismda xizmat qilish shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan burchlari, huquqlari va o‘zaro munosabatlari harbiy nizomlar hamda ushbu Nizom bilan belgilanadi.
9. Intizomiy qismga rahbarlik Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi, u ofitser kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, intizomiy qismni doimiy ish jabhasi bilan ta’minlash hamda mahkumlarning mehnatini tashkil etish, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi va ularni tarbiyalash ustidan nazorat olib borish kabi ishlarni amalga oshiradi.
10. Intizomiy qismning ofitserlar tarkibi, praporщiklar, serjantlar (starshinalar) lavozimlari qo‘l ostidagilarni tarbiyalash va o‘qitishda zarur tajribaga ega bo‘lgan, mahkumlar orasida tegishli tartib va mustahkam harbiy intizomni saqlab tura oladigan, eng intizomli, irodali, harbiy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ofitserlar, praporщiklar va serjantlar (starshinalar) orasidan ta’minlanadi.
Intizomiy qismda rota komandirlari va ularning o‘rinbosarlari, vzvod komandirlari lavozimlariga tayinlanadigan ofitserlar qo‘shinlarda komandirlik lavozimlari yoki shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha komandir o‘rinbosarlari lavozimlarida kamida ikki yillik xizmat stajiga ega bo‘lishi kerak.
11. Intizomiy qismda ofitserlar xizmatining davomati qoida tariqasida intizomiy qism komandiri uchun — besh-olti yildan, boshqa lavozimlarni egallab turganlari uchun esa — uch-to‘rt yildan oshmasligi lozim. Ofitserlarning xohishiga ko‘ra intizomiy qismdagi xizmat muddati uzaytirilishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan xizmat muddatlari tugagandan so‘ng ijobiy attestatsiyalangan ofitserlarga xizmatni davom ettirish uchun garnizonni tanlash huquqi beriladi, shu jumladan ular attestatsiya xulosalarini ro‘yobga chiqarish tartibida yuqori lavozimlarga ham tayinlanadilar.
12. Intizomiy qism komandiri va boshqa ofitserlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan tayinlanadilar.
13. Harbiy prokuratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq intizomiy qismda qonunlarga va harbiy nizomlarga roya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi harbiy prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
14. Intizomiy qismda ichki va qorovullik xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining, Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomining hamda mazkur Nizomning talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Mahkumlar qorovullik xizmatini o‘tashga jalb etilmaydilar. Axloqi tuzalayotganlar jumlasidan bo‘lgan mahkumlar intizomiy rota bo‘yicha navbatchi va oshxonada ishchi etib tayinlanishlari mumkin.
15. Intizomiy qismga jo‘natishga hukm qilingan shaxslar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomida belgilangan tartibda gauptvaxtada saqlanadilar. Intizomiy qismda jazoni o‘tash muddati hukmda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
16. Hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin mahkum intizomiy qismga jo‘natiladi. Qism komandiri qonuniy kuchga kirgan hukmni ijro etish to‘g‘risida suddan farmoyish olgandan keyin uch kun muddatda mahkumni soqchilar kuzatuvida intizomiy qismga jo‘natadi va hukm chiqargan sudga ma’lum qiladi.
17. Qism komandiri (garnizon boshlig‘i) soqchilar boshlig‘i bilan intizomiy qismga quyidagilarni yuboradi:
a) ilova hujjati;
b) sud hukmining bir nusxasi va qonuniy kuchga kirgan hukmni ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish, hukm o‘zgartirilgan hollarda esa sud kassatsiya ajrimining nusxasi ham;
v) xizmat ro‘yxatiga oid va xizmat varaqlari hamda tibbiy daftarcha;
g) harbiy bilet;
d) oziq-ovqat, buyum va pul attestatlari;
e) qism komandiri (garnizon boshlig‘i) yoki qism shtabining boshlig‘i va mahkum tomonidan imzolangan shaxsiy buyumlar ro‘yxati (ikki nusxada), bu ro‘yxatga mahkumning orden, medallari, ko‘krak nishonlari, ularning hujjatlari, pullari, qimmatbaho va boshqa barcha buyumlari yozib qo‘yiladi.
18. Intizomiy qismga jo‘natiluvchi mahkumlar muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minot normalariga muvofiq ularning foydalanishida bo‘lgan kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadilar.
19. Mahkumning intizomiy qismga kelganligi hamda ro‘yxatda sanab o‘tilgan hujjatlar va buyumlarni olganligi to‘g‘risida intizomiy qismning komandiri shaxsiy buyumlar ro‘yxatining ikkinchi nusxasida tilxat beradi, uni gerbli muhr bilan tasdiqlaydi va ro‘yxatning shu nusxasini soqchilar boshlig‘i bilan mahkum kelgan qism komandiri (garnizon boshlig‘i)ga qaytaradi. Shaxsiy buyumlar ro‘yxatining birinchi nusxasi intizomiy qismda qoladi. Mahkumning kelishi to‘g‘risida intizomiy qism komandiri hukm chiqargan sudga uch kun muddat ichida ma’lum qiladi.
20. Mahkumga tegishli bo‘lgan pullar va qimmatbaho buyumlarni soqchilar boshlig‘i intizomiy qismning moliya xizmatiga topshiradi, bu yerda ular mahkumning shaxsiy hisobiga yozib qo‘yiladi. Ordenlar, medallar, ko‘krak nishonlari va ularning hujjatlari intizomiy qism shtabida muhrlangan seyf (temir shkaf)da, qolgan shaxsiy buyumlar esa maxsus omborxonada saqlanadi.
21. Intizomiy qismda barcha mahkumlarga quyidagilar yuritiladi:
a) mahkumlarni hisobga olish daftari (shakli bo‘yicha): familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili; chaqirilgan sanasi, qaysi qismdan va qachon kelganligi; qaysi sud tomonidan, nima uchun jinoyat tarkibi va Jinoyat kodeksining moddasi) hamda qancha muddatga hukm qilinganligi; jazo muddati qachon tugashi; harbiy unvoni va hukm etilgunga qadar qanday lavozimni egallaganligi; oilaviy ahvoli va oilasining manzilgohi: mahkumdan qabul qilib olingan ordenlar, medallarning, ko‘krak nishonlarining hamda ularga oid hujjatlarning nomlari; qabul qilib olingan pullarning miqdori, qimmatli qog‘ozlarning nomi (summasi); intizomiy qismdan qachon ozod qilinganligi va qayoqqa jo‘nab ketganligi; mahkumning qismga kelishi to‘g‘risidagi belgi (harbiy qism komandiri xabarnomasining raqami va sanasi);
b) mahkumning shaxsiy buyumlari ro‘yxati;
v) shaxsiy hujjatlar yig‘majildi (ilova hujjati, sud hukmining bir nusxasi va qonuniy kuchga kirgan hukmni ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish, hukm kassatsiya yoki nazorat tartibida o‘zgartirilgan hollarda esa sud ajrimining nusxasi ham, xizmat ro‘yxatiga oid va xizmat varaqlari, tibbiy daftarcha, harbiy bilet, ta’rifnoma va boshqalar).
22. Mahkumlar qismga kelgan kundan boshlab intizomiy qismning o‘zgaruvchan tarkibi ro‘yxatlariga kiritib qo‘yiladilar va ular qaysi harbiy qismdan kelishgan bo‘lsa o‘sha qismlar hisobidan ta’minlanadilar.
23. Intizomiy qism garnizonning boshqa harbiy qismlaridan alohida joylashtiriladi.
24. Soqchilik, xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarini, intizomiy rotalarning serjantlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan barcha xizmat xonalari va turar joy binolari, ofitserlarning, shartnoma bo‘yicha xizmatni o‘tayotgan praporshiklar va harbiy xizmatchilarning xonadonlari, shuningdek o‘qotar qurollar va o‘q-dori omborlari mahkumlarni joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hududdan (zonadan) tashqarida bo‘ladi.
25. Mahkumlarni joylashtirish hamda ularga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan turar joy binolari va turar joy bo‘lmagan boshqa binolar joylashgan hudud (zona) balandligi kamida 2,5 metr bo‘lgan tashqi (asosiy) va ichki to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak. Tashqi (asosiy) va ichki to‘siqlar o‘rtasidagi oraliq man qilingan zona hisoblanadi va kengligi 10 metr va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Man qilingan zona soqchilikning texnikaviy vositalari bilan, to‘siqning tashqi tomoniga tutashadigan kengligi kamida 5 metrli iz — nazorat polosasi bilan jihozlanadi hamda “MAN QILINGAN ZONA — O‘TISh TAQIQLANGAN” degan ogohlantiruvchi lavhalar bilan belgilab qo‘yiladi.
Man qilingan zona postlarning joylashish sxemasida ko‘rsatiladi va mahkumlarga e’lon qilinadi.
Mahkum qochgan taqdirda qurol belgilangan tartibda qo‘llaniladi: man qilingan zonadan o‘tilganida “TO‘XTA, OTAMAN” deb qichqirilgandan keyin yuqoriga ogohlantirib o‘q uziladi va asosiy to‘siqdan o‘tilganda esa shikastlash maqsadida otiladi.
26. Intizomiy qism hududiga kiriladigan darvoza hamisha qulflangan bo‘lishi va qism navbatchisining farmoyishi bilan ochilishi lozim.
27. Mahkumlar joylashtiriladigan xonalarning deraza va eshiklariga metall panjaralar o‘rnatilishi kerak. Xonalarda kechasi har ehtimolga qarshi bitta chiroq yoqib qo‘yiladi.
28. Mahkumlar intizomiy qism hududi tashqarisiga ish va mashg‘ulotlar uchun bo‘linma yoki vzvod tarkibida saf tortgan holda (mahkumlarning chiqishi va qaytishi daftariga yozib qo‘yiladi) qurollangan soqchilar qo‘riqchiligida va tegishli komandirlar boshchiligida olib chiqiladilar. Soqchilar soni har bir alohida intizomiy qism komandiri tomonidan belgilanadi hamda ular ish yoki mashg‘ulotlar vaqtida mahkumlarning puxta qo‘riqlanishini va ularning xatti-harakatlari tegishlicha nazorat qilinishini ta’minlashlari lozim. Hudud (zona)ga kiruvchi va chiquvchi avtomobil transporti qism navbatchisi tomonidan ko‘zdan kechirib chiqiladi. Axloqi tuzalayotganlar toifasiga kiritilgan ayrim mahkumlarga intizomiy qism komandiri tomonidan agar ular bajarayotgan ishning turi taqozo etgan taqdirda soqchilarsiz yurishga ruxsat berilishi mumkin. Soqchilarsiz yurishga ruxsatnoma intizomiy qism komandirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
29. Soqchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablariga muvofiq xizmat qiladilar va belgilangan tartibning mahkumlar tomonidan buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, ular ishga vijdonan munosabatda bo‘lishlarini va begona shaxslar bilan muloqot qilmasliklarini kuzatib borishlari shart. Mahkumlar belgilangan tartibni har qanday tarzda buzganliklari haqida soqchilar tegishli komandirga ma’lum qiladilar. Mahkum qochgan hollarda soqchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablariga muvofiq qurol ishlatadilar.
30. Mahkumlarning nomiga keladigan posilkalar, peredacha va banderollar tekshirib chiqiladi. Ularni tekshirib chiqish va mahkumlarga topshirish tartibi intizomiy qism komandiri tomonidan belgilanadi, bunda posilkalar, peredachalar, banderollar qaysi mahkumga yuborilgan bo‘lsa o‘sha mahkumlar tomonidan qism navbatchisi yoki rota ofitseri huzurida ochiladi va ularning ichidagi narsalar chiqarib olinadi.
Jazoni o‘tash davrida mahkumning har oyda ko‘pi bilan bitta posilka (peredacha) olishiga ruxsat beriladi, uning vazni aloqa muassasasi tomonidan belgilangan eng yuqori og‘irlikdan oshib ketmasligi kerak.
Keladigan xatlar rota starshinasi yoki vzvod komandirining o‘rinbosari tomonidan topshiriladi, mahkumlar xatlarni uning huzurida ochishlari shart. Xatlarning mazmuni tekshirilmaydi.
31. Posilkada, peredachada, banderolda, xatda mahkum ega bo‘lishi man qilingan predmet yoki buyumlar topilganida ular olib qo‘yilib, mahkumning shaxsiy buyumlar ro‘yxatiga kiritiladi va jazo muddati o‘tab bo‘lingunga qadar uning boshqa shaxsiy buyumlari bilan birga saqlanadi.
Qurol, pichoq, zaharli va narkotik moddalar olib qo‘yilib, mahkumga qaytarib berilmaydi. Shunday predmetlar va moddalar topilgani haqida intizomiy qism komandiri darhol harbiy prokurorga ma’lum qiladi.
32. Mahkumlarning nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisob-varaqlariga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda ular xabardor qilinadi. Bu pullar ularga intizomiy qismdan ozod bo‘lish chog‘ida beriladi.
33. Mahkumlar tomonidan o‘z manziliga jo‘natish uchun yuboriladigan xatlar rota kanselyariyasiga yopiq holda topshiriladi. Xatlarni ochish man qilinadi.
34. Mahkumlarga qarindoshlari bilan oyiga bir marta to‘rt soatgacha davom etadigan uchrashuvga va yiliga bir marta uch kungacha uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. Bundan tashqari intizomiy qism komandirining ijozati bilan mahkumlarning ular ustidan hukm chiqarilgunga qadar xizmatni o‘tagan harbiy qismlarning vakillari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlariga yo‘l qo‘yiladi.
Qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bilan uchrashuv ish va mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda, intizomiy qism komandiri belgilagan kun va soatlarda maxsus jihozlangan xonada qism navbatchisining kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Tashrifchilar olib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda mahkumlar tomonidan foydalanish uchun ruxsat berilgan buyumlar va predmetlar ushbu Nizomning 30-bandida belgilangan tartibda mahkumlarga olib borib berish uchun intizomiy qism komandiri tomonidan tayinlangan shaxsga topshiriladi.
35. Mahkumlarga muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun ko‘zda tutilgan ta’tillar berilmaydi. Ayrim hollarda ularga favqulodda shaxsiy holatlar: yaqin qarindoshining (otasi, onasi, xotini, farzandlari, aka-ukalari va opa-singillari, o‘zini tarbiya qilgan shaxslar) o‘limi yoki hayotiga xavf soluvchi og‘ir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga katta moddiy zarar yetkazgan tabiiy ofat munosabati bilan intizomiy qismdan tashqariga borib-kelish uchun uzog‘i bilan yetti kun muddatga (har ikkala tomonga borib-kelish uchun zarur bo‘lgan vaqt bu hisobga kirmaydi) qisqa muddatli ta’tillarga ruxsat berilishi mumkin.
Qisqa muddatli ta’tilga ruxsat intizomiy qism komandiri tomonidan mahkumning shaxsiyati va xulq-atvori hisobga olingan holda berilib, bu haqda prokuror xabardor qilinadi. Mahkumning intizomiy qismdan tashqarida bo‘lgan vaqti jazoni o‘tash muddatiga kiritiladi.
36. Hukm qilingan barcha harbiy xizmatchilar intizomiy qismda jazoni o‘tash davrida oddiy askarlarning pogonlarini taqib yuradilar. Mahkumlarga murojaat etish chog‘ida ular “oddiy askar” unvoni va familiyasi bo‘yicha ataladilar. Mahkumlar boshliqlarga va kattalarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining talablariga muvofiq murojaat qiladilar.
37. Intizomiy qismda kun tartibini qism komandiri belgilaydi. Kun tartibida quyidagilar albatta ko‘zda tutiladi: ishlab chiqarishda ishlash — 8 soat, tungi uyqu — 8 soat, ovqatlanish — kuniga uch mahal, haftasiga bir kun (shanba) — jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun.
38. Mahkumlarning takliflari, ariza va shikoyatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy nizomida belgilangan tartibda ruxsat beriladi.
39. Mahkumlar ishlab chiqarish korxonalarida, intizomiy qism ustaxonalarida, qurilishda va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining boshqa obyektlarida mehnatga jalb etiladilar. Mehnatni tashkil etish mahkumlarning axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalash vazifasiga bo‘ysundirilishi hamda ularning doimiy va to‘liq band bo‘lishlarini ta’minlashi lozim.
Mahkumlarga mehnat uchun pul haqi yozilmaydi. Mahkumlar tomonidan qo‘shinlar ehtiyoji uchun bajariladigan ishlarga pul mablag‘lari to‘lanmaydi va davlat budjeti daromadiga o‘tkazilmaydi.
Mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hamda boshqa vazirliklar va idoralarning xo‘jalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlaridagi ishlarga jalb etilgan hollarda ular ishlab topgan pullar ijro varaqalarini to‘lash uchun mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga qo‘shib qo‘yilishi yoki intizomiy qism shaxsiy tarkibining turmushini yaxshilashda va kazarma-uy-joy fondini obodonlashtirishda foydalanish uchun Mudofaa vazirligining daromadiga topshirilishi lozim.
40. Mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar ularda O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga, Vatanga qasamyodga va harbiy nizomlarga sadoqatni, shuningdek o‘z Vatanining tarixi va an’analariga chuqur hurmatni shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Tarbiyaviy ishlar ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va tezkor axborot berish; yakka tartibdagi tarbiyaviy ishni olib borish; O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tushuntirish; suhbatlar, savol-javob kechalari, mavzularga oid va adabiy kechalar, gazeta va jurnallar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar qiroatxonligi hamda boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qilish; badiiy havaskorlikni, kutubxonachilikni va klub ishlarini rivojlantirish, mahkumlarni qayta tarbiyalashga ko‘maklashuvchi kinofilmlarni namoyish etish, shuningdek ommaviy-sport ishlarini avj oldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
41. Intizomiy qism komandirlariga mahkumlarning axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalash borasidagi ishlarda ko‘maklashish maqsadida namunali xulqi hamda mehnatga va harbiy xizmatga halol munosabati bilan o‘zlarini ko‘rsatgan shaxslardan rotalarda jamoatchilik kengashlari tuziladi.
Jamoatchilik kengashi mahkumlarning yig‘ilishlarida saylanadi va intizomiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi qabul qiladigan qarorlar intizomiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi o‘z ishi to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan mahkumlarning yig‘ilishlarida hisob berib turadi. Mahkumlarning jamoatchilik organi hisoblanuvchi kengash turli tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda komandirga yordam beradi: umumharbiy nizomlarning talablarini mahkumlar qanday bajarayotganini nazorat qilishga jalb etiladi; badiiy havaskorlik va ommaviy-sport ishlarini tashkil qilishda, devoriy gazetalarni chiqarishda qatnashadi; intizomsiz mahkumlar bilan yakka-yakka tushuntirish ishlarini o‘tkazadi; axloqi tuzaluvchilar toifasiga kiritishga va shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilishga taqdim etiladigan nomzodlarni muhokama etishda qatnashadi.
42. Mahkumlar bilan jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik maxsus dastur bo‘yicha tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar nayzalarsiz va zatvorlarsiz mashq quroli bilan o‘tkaziladi, ularni o‘tkazish uchun zarur o‘quv-moddiy bazasi yaratiladi.
43. Mahkumlar kelgan harbiy qismlarning komandirlari intizomiy qism komandiri bilan doimiy aloqa bog‘lab turishlari, ilgari o‘zlariga bo‘ysungan shaxslarning axloqi qanday tuzalib borayotgani bilan qiziqishlari va ularni qayta tarbiyalashda yordam berishlari shart.
44. Mahkumlarga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi:
a) tashakkur e’lon qilish;
b) ilgari berilgan intizomiy jazoni olib tashlash;
v) oyiga bir marta ko‘rishishga ruxsat berish;
g) mahkumlarni axloqi tuzalayotganlar toifasiga kiritish.
45. O‘zlarining namunaviy xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga halol munosabati bilan tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganliklarini isbotlagan, jamoat ishlarida faol qatnashayotgan mahkumlar jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab bo‘lganlaridan keyin intizomiy qism komandirining buyrug‘i bilan axloqi tuzalayotganlar toifasiga kiritiladi.
46. Axloqi tuzalayotganlar toifasiga kiritilgan hamda namunali xalq-atvori, mehnatga va harbiy xizmatga halol munosabati bilan o‘zlarining tuzalganliklarini isbot qilgan mahkumlar belgilangan jazo muddatining kamida yarmini o‘tab bo‘lganlaridan keyin intizomiy qism komandiri tomonidan qonunda belgilangan tartibda shartli ravishda muddatidan ilgari jazodan ozod qilishga taqdim etilishlari mumkin.
Taqdimnomada mahkumning xulq-atvorini, jazoni o‘tash vaqtida uning mehnatga va harbiy xizmatga munosabatini ta’riflovchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Taqdimnoma bilan bir vaqtda sudga shaxsiy hujjatlar yig‘majildi yuboriladi.
Sud mahkumni shartli ravishda muddatidan ilgari jazoni o‘tashdan ozod qilishni rad etgan hollarda intizomiy qism komandiri tomonidan ushbu masala bo‘yicha takroriy taqdimnoma ko‘rib chiqish uchun rad etish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy muddat o‘tgandan keyin kiritilishi mumkin.
Intizomiy qism komandiri mahkumlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilishga beriladigan taqdimnomaning asosli va obyektivliligi uchun javobgar bo‘ladi.
47. Bo‘linma komandiri, vzvod komandirining o‘rinbosari va rota starshinasi:
a) tashakkur e’lon qilish;
b) ular ilgari bergan intizomiy jazoni olib tashlash huquqiga egadirlar.
48. Intizomiy qismning vzvod komandiri va rota komandiri quyidagi huquqqa ega:
a) tashakkur e’lon qilish;
b) ular ilgari bergan intizomiy jazoni olib tashlash;
v) oyiga qo‘shimcha bir marta ko‘rishishga ruxsat berish.
49. Intizomiy qism komandiri ushbu Nizomning 44 va 45-bandlarida ko‘rsatilgan rag‘batlantirishlarni to‘la hajmda qo‘llash huquqiga ega.
50. Mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazolar berilishi mumkin:
a) tanbeh;
b) hayfsan;
v) qattiq hayfsan;
g) xonalarga navbatdan tashqari farrosh qilib tayinlash — 3 kungacha) ish va mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda);
d) navbatdagi ko‘rishishdan mahrum qilish;
e) gauptvaxtada saqlash bilan hibsga olish — 15 sutkagacha;
j) axloqi tuzaluvchilar toifasidan chiqarish.
51. Bo‘linma komandiri, vzvod komandirining o‘rinbosari va rota starshinasi quyidagi huquqqa ega:
a) tanbeh, hayfsan va qattiq hayfsan e’lon qilish;
b) xonalarga navbatdan tashqari farrosh qilib tayinlash — 3 kungacha.
52. Vzvod komandiri quyidagi huquqqa ega:
a) tanbeh, hayfsan va qattiq hayfsan e’lon qilish;
b) xonalarga navbatdan tashqari farrosh qilib tayinlash — 3 kungacha;
v) navbatdan tashqari ko‘rishishdan mahrum qilish;
g) gauptvaxtada saqlash bilan hibsga olish — 3 sutkagacha.
53. Intizomiy qism rotasi quyidagi huquqqa ega:
a) tanbeh, hayfsan va qattiq hayfsan e’lon qilish;
b) xonalarga navbatdan tashqari farrosh qilib tayinlash — 3 kungacha;
v) navbatdan tashqari ko‘rishishdan mahrum qilish;
g) gauptvaxtada saqlash bilan hibsga olish — 5 sutkagacha.
54. Intizomiy qism komandiri ushbu Nizomning 50-bandida ko‘rsatilgan intizomiy jazolarni to‘la hajmda berish huquqiga ega.
55. Intizomiy tartibda hibsga olingan mahbuslar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablariga muvofiq hibsni intizomiy qism gauptvaxtasida o‘taydilar, bunda hibsga olinganlarning hammasi yakka-yakka kameralarda saqlanadilar.
56. Mahkumlar gauptvaxtada bo‘lgan davrda ko‘rishish, shuningdek posilkalar, peredachalar, banderollar va xatlarni olish huquqidan mahrum etiladilar.
57. Intizomiy qismda jazoni o‘tash vaqtida sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdorlar amaldagi jinoyat qonunlari bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.
58. Intizomiy qism doimiy tarkibining intizomiy tartibda hibsga olingan harbiy xizmatchilari, agar intizomiy qism joylashgan yerda garnizon gauptvaxtasi bo‘lmagan taqdirda intizomiy qism gauptvaxtasida saqlanadilar, ammo mahkumlardan alohida joylashtiriladilar.
59. Mahkumlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining talablariga muvofiq zarur turar joy-maishiy sharoitlar yaratiladi.
60. Mahkumlar oziq-ovqat bilan askarlarning payogi bo‘yicha, sovun bilan esa — muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan norma bo‘yicha ta’minlanadilar.
61. Mahkumlar muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan normalar bo‘yicha buyumlar bilan ta’minlanadilar.
Mahkumlarga hammom-kir yuvish xizmatlari muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
62. Barcha mahkumlarning pul ta’minoti muddatli xizmatdagi askarlar uchun birinchi tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh hisobidan har oyda ularning shaxsiy hisobvaraqlariga qo‘shib boriladi va ular intizomiy qismdan ozod etilganlarida qo‘lga beriladi.
63. Mahkumlarga sovun, tish cho‘tkasi, tish poroshogi yoki pastasi, taroq, ro‘molcha, tamaki mahsulotlari, gugurt, yozuv qog‘ozi, kitob, xatjildlar, ruchka va qalam kabi buyumlarga ega bo‘lishga ruxsat beriladi. Ta’minot normalari bo‘yicha tegishli bo‘lgan buyumlardan tashqari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar mahkumlarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha tashkiliy ravishda sotib olinadi.
64. Mahkumlarni tibbiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
65. Bemor mahkumlar zarur hollarda davolash uchun gospitalga yuboriladi. Shu maqsadda harbiy gospitalda davolanuvchi mahkumlar uchun kamida 2 palata (6 o‘rin) jihozlanadi, ularning deraza va eshiklari panjaralar bilan yopilgan hamda tamba (qulflar) bilan uskunalangan bo‘lishi kerak. Ana shu palatalarga bevosita yaqin joyga bemor mahkumlarni qo‘riqlash xizmatini o‘tovchi soqchilar uchun xona jihozlanadi. Bemor mahkumlarning davolanayotgan boshqa bemorlar bilan muloqotda bo‘lishi man qilinadi. Mahkumlarni gospitalga jo‘natish va u yerdan intizomiy qismga qaytarish soqchilarning kuzatuvi ostida amalga oshiriladi, soqchilarsiz yurish huquqi berilgan mahkumlar bundan mustasno. Davolanish uchun gospitalda bo‘lgan vaqt jazoni o‘tash muddatiga qo‘shiladi.
66. Intizomiy qismdan quyidagi hollarda ozodlikka chiqariladi:
a) sud hukmi bilan tayinlangan jazo muddati o‘tab bo‘linganda;
b) amnistiya yoki afv etish to‘g‘risidagi hujjat asosida;
v) ishni yuritishdan to‘xtatib, hukmni bekor qilish to‘g‘risidagi; shartli hukmni qo‘llangan, shartli ravishda muddatidan ilgari jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi hukmni ijro etish muddatini kechiktirgan holda hukmni o‘zgartirish haqidagi sud ajrimi bo‘yicha; kasalligi bo‘yicha.
67. Intizomiy qismdan ozod qilingan shaxslar xizmatni davom ettirish uchun Mudofaa vazirligining Bosh shtabi ko‘rsatmasiga binoan odatda ular hukm qilingunga qadar qaysi qismda xizmatni o‘tashgan bo‘lsa, ayni o‘sha qismlarga jo‘natiladilar, rejimli qismlar bundan mustasno.
68. Intizomiy qism komandiri ozod qilinishi lozim bo‘lgan mahkumlarning ro‘yxatini jazo muddati tugashidan bir oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Bosh shtabiga taqdim etadi, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, chaqirilgan sanasi, mahkum qayerdan keltirilganligi, harbiy ixtisosi va harbiy unvoni, nima uchun, qachon va qancha muddatga hukm qilinganligi, qachon ozod qilinishi lozimligi, shuningdek mahkumning ta’rifnomasi.
Shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilinganlarni xizmatni davom ettirish uchun yuborish to‘g‘risidagi masala sud ajrim chiqargandan keyin uzog‘i bilan uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Bosh shtabi tomonidan hal etiladi.
Jazoni o‘tashdan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilingan shaxslar bilan jazoning o‘talmagan qismi mobaynida harbiy qismlar jamoatchiligining faol ishtirokida tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
69. Jazoni o‘tab bo‘lgan yoki shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilinadigan shaxslar (ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq ularning intizomiy qismda bo‘lgan vaqti muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shilgan) shaxslar, shuningdek amnistiya yoki afv etish tartibida intizomiy qismdan ozod qilinadigan shaxslar, agar ular muddatli harbiy xizmatning qonunda belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lishgan taqdirda bevosita intizomiy qismdan zaxiraga muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatiladilar.
Jazoni o‘tash vaqtini muddatli harbiy xizmat muddatiga qo‘shish to‘g‘risida intizomiy qism komandiri tomonidan iltimosnoma qo‘zg‘atilgan shaxslar intizomiy qismdan ozod qilingandan keyin harbiy sudning qarori olingunga qadar mahkumlarni joylashtirish hududidan chiqarilib, intizomiy qismni ta’minlash bo‘linmalarida joylashtiriladilar.
70. Harbiy — tibbiy komissiya tomonidan hisobdan chiqarilib, nosog‘lomligi tufayli harbiy xizmatga yaroqsiz deb yoki tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan mahkumlar intizomiy qism komandiri tomonidan muddatidan ilgari jazodan ozod qilishga taqdim etiladilar. Taqdimnoma bilan bir vaqtda sudga harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi va mahkumning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi yuboriladi. Jazodan ozod qilish to‘g‘risida sud ajrim chiqarganidan keyin bu shaxslar intizomiy qism komandiri tomonidan muddatli harbiy xizmatdan muddatidan ilgari bo‘shatiladilar.
71. Intizomiy qismdan ozod qilinganlarning qo‘liga quyidagi hujjatlar beriladi: intizomiy qismdan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, xizmat hisobi varaqasi, harbiy bilet, tibbiy daftarcha, oziq-ovqat, buyum va pul attestatlari. Xizmatga oid varaqa va ta’rifnoma harbiy qismga pochta orqali jo‘natiladi. Ordenlar, medallar, ko‘krak nishonlari va ularning hujjatlari, pul va qimmatli buyumlar, shuningdek boshqa shaxsiy buyumlar ozodlikka chiqarilgan kishiga shaxsiy buyumlar ro‘yxati va taqsimot qaydnomasiga qo‘l qo‘ydirib topshiriladi. Shaxsiy buyumlar ro‘yxati saqlash uchun intizomiy qismning shtabida, taqsimot qaydnomasi esa intizomiy qismning moliya xizmatida qoldiriladi.
Yaroqsiz holga kelgan kiyim-kechak va poyabzal bemalol kiysa bo‘ladiganlari bilan almashtiriladi.
72. Intizomiy qismdan ozod qilinganlar harbiy qismlarga yoki istiqomat joylariga soqchilarsiz jo‘natiladilar. Ular boradigan yo‘lga transportda yurish hujjatlari va oziq-ovqat — yo‘l pullari yoki umumqo‘shin payogi bilan, shuningdek yuvinish uchun sovun bilan belgilangan normalar bo‘yicha ta’minlanadilar.
73. Ozod qilinganning harbiy qismga yetib kelgani haqida shu qismning komandiri darhol intizomiy qism komandiriga ma’lum qiladi.
74. Intizomiy qismda jazoni o‘tagan, shuningdek qonunda belgilangan tartibda undan ozod qilingan shaxslar sudlanmagan hisoblanadilar. | 101 | 31,714 |
Qonunchilik | Fuqarolarni doimiy yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son hamda “Aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun etib belgilanganligi;
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bir kun ichida rasmiylashtirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda, avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinganligi;
harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda, mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmasligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq:
2021-yil 1-iyundan boshlab fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda fuqarolardan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan manzil-ma’lumot axborotini, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligini, turar joyning maydonini, nikoh qayd etilganligini, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati, kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinganligi;
davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda, mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlar mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olishi joriy etilganligi;
mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan biometrik pasport yoki ID-karta olinganda, almashtirilganda, “Manzil” axborot tizimida fuqarolarning doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ma’lumotlari avtomatik tarzda yangilanishini ta’minlasin;
bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda, ariza beruvchilardan davlat boji to‘lovlarini Yagona billing tizimi orqali qabul qilish tartibini joriy qilsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar) (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ta’minlash, ularga tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
harbiy hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ta’minlash, ularga tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
YIDXP — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
3. Fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylari va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatga olinishlari shart.
Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Tug‘ilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY) tomonidan unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqaro ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan manzilda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi shart.
4. Fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatlari ularga qulay bo‘lgan MvaFRB, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashash yoki vaqtincha bo‘lish holatini aniqlashni nazarda tutadi.
5. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga:
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
b) MvaFRBga o‘zi kelib murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
v) Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni rag‘batlantirishda foydalaniladi.
6. Fuqarolar doimiy ro‘yxatga o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari yoxud YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Fuqaro viloyatlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga (keyingi o‘rinlarda — doimiy ro‘yxat) olinayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi o‘rinlarda — pasport) yoki identifikatsiya ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv.
7. Voyaga yetmaganlar doimiy ro‘yxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjat asosida yangi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritiladi.
Doimiy ro‘yxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi bo‘yicha MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinmaganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
8. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshirilib, shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRB va Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi yoki ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, shu kunning o‘zida ariza beruvchi bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.
9. Mulkdor o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Quyidagi fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olishda, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
voyaga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar,
opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar,
opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
doimiy ro‘yxatga olingan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlab qolinadigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
muddatli harbiy xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
10. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaroga tegishli bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olish uchun uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlar hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida bo‘lgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) a’zo davlat hududida bo‘lganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
12. Doimiy ro‘yxatga olish uchun mulkdor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (F.I.O., tug‘ilgan sanasi va vaqti, hujjat seriyasi va raqami) o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng mulkdor uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan zarur bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
13. Doimiy ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
14. Taqdim etilgan hujjatlarning va so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, ularda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, doimiy ro‘yxatga olish uchun davlat boji to‘lamaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Doimiy ro‘yxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
15. Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va ushbu Nizomning 16-bandiga asosan ro‘yxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng bir kun ichida bekor qilinadi.
17. Quyidagi ma’lumotlar idoralararo ma’lumot almashish tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud bo‘lsa):
tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganlik, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron bazasidan.
18. Doimiy ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
19. Doimiy ro‘yxatga olishni bekor qilish rad etilgan taqdirda, fuqaroga shu kunning o‘zida asoslantirilgan javob xati beriladi.
20. Fuqaroning pasportida mavjud bo‘lgan oldingi yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinganligi mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
21. Fuqaroni viloyatlarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxat) olish fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Doimiy ro‘yxatga olinmaganlik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
22. Viloyatlardagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan shu kunning o‘zida bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
23. Viloyatlarda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turish uchun murojaat qilishi mumkin.
24. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Davlat soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqaro tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
25. Mulkdor (mulkdorlar) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
26. Zarur ma’lumotlar YIDXPda so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi orqali so‘rovnoma to‘ldirilib, elektron raqamli imzosi bo‘lmagan hollarda, shaxsiy imzo yoki identifikatsiyalashning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
27. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi (kadastr raqami, pasport, ID-karta ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olish uchun davlat bojini to‘lamaslik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
28. Davlat xizmatlari markazlarida so‘rovnoma to‘ldirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
29. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga kelib tushgan vaqtda onlayn tarzda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bir kun ichida idoralararo ma’lumot almashish orqali taqdim etiladi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
30. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni shu kunning o‘zida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qog‘oz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashish elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha ro‘yxatga olish xizmati mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
31. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
mulkdor va vaqtincha ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Viloyatlarga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa, ushbu bandning ikkinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida ariza beruvchiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini beradi.
Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki identifikatsiya ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
MvaFRB inspektori vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
MvaFRB orqali vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
33. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda, uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
34. Ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
35. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan fuqaro ro‘yxatga olingan manzilida yashashi kerak.
36. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35x45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, mazkur Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi MvaFRB va Markazlarga murojaat qilishi hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
O‘qish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
37. Vaqtincha ro‘yxatga olishni qayta rasmiylashtirish umumiy asosda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Fuqarolarni viloyatlarda vaqtincha ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtincha ro‘yxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
38. Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining yo‘qolish yoki buzilish holatlarini ko‘rsatib, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori arizada ko‘rsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi.
Qayd varag‘ining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
39. Vaqtincha ro‘yxatga olish ta’lim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning arizasiga asosan bekor qilinadi.
MvaFRB inspektori mulkdorning arizasi asosida yoki ta’lim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinganligini bekor qiladi.
40. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
41. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
42. Fuqarolardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
Fuqarolardan mazkur Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
43. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olishda, uning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlariga oid ma’lumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya va (yoki) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli ma’lumotning olinishi imkoni bo‘lmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
44. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
Korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasalariga tegishli uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish hamda turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
45. Viloyatlarda doimiy ro‘yxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
46. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olinish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
47. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
48. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
24-bandning ikkinchi xatboshidagi “so‘roviga ko‘ra,” so‘zlaridan keyin “shu kunning o‘zida” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi 321-band qo‘shilsin:
“321. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va Nizomning 16-bandiga asosan ro‘yxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng bir kun ichida bekor qilinadi”;
48-banddagi “46” raqami “47” raqami bilan almashtirilsin. | 223 | 36,357 |
Qonunchilik | Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo | O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-bandning “v” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “20” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “80” raqami “70” raqami bilan almashtirilsin.
2. 19-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bunda talabnoma o‘rnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek yuridik shaxsning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha Komissiya raisi (vakili) tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Agar talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni hisoblanadi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Quyidagi mazmundagi 191 — 1915-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“191. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan yuridik shaxslar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mazkur Nizomning 4b-ilovasidagi shakl bo‘yicha Yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yuridik shaxslarning har biri bo‘yicha talabnomalar va boshqa tegishli hujjatlar (hisobot, solishtirma dalolatnoma va boshqalar) uchun alohida yig‘majild ochiladi.
192. Talabnoma mazkur Nizomning 196-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori xodimi (keyingi o‘rinlarda mas’ul xodim deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 4v-ilovasidagi shakl bo‘yicha Yuridik shaxslarning talabnomalarini ro‘yxatga olish kitobiga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxatga olish kitobi deb yuritiladi) qayd etiladi va ro‘yxatga olish shtamp izi bosiladi.
193. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarning to‘g‘riligini, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini o‘rganish maqsadida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida Talabnomalar, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarni asosliligini tekshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — komissiya raisi;
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi o‘rinbosari;
mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori bosh inspektori hamda pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhi rahbari — komissiya a’zolari.
194. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i topshirig‘iga asosan Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy e’tibor qaratilgan holda, talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqiladi:
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek mas’ul shaxslarning imzolari va yuridik shaxs muhrlarining mavjudligiga;
talabnoma ma’lumotlarining Ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilgan ma’lumotlarga muvofiqligi;
talabnoma va reyestrning muvofiqligi, to‘lovlar amalga oshirish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
to‘lov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi;
hisobotda ko‘rsatilgan summalarning taqdim etilgan talabnomalarda ko‘rsatilgan summalar bilan, shuningdek solishtirma dalolatnomalarning moliyalashtirilgan mablag‘lar bilan muvofiqligi;
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar, shuningdek boshqa parametrlar bo‘yicha boshqa hujjatlardagi ma’lumotlarning Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganligi.
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning 12-sanasidan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi lozim.
Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Komissiya har bir talabnoma bo‘yicha xulosa qabul qiladi va mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini o‘rganish bo‘yicha komissiya dalolatnomasi rasmiylashtiradi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb yuritiladi).
195. Komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ida alohida yig‘majildda saqlanadi.
196. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar quyidagi hollarda qaytariladi:
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar belgilangan shaklda tuzilmagan va rasmiylashtirilmaganda, shuningdek ularda mas’ul shaxslarning imzolari yoki yuridik shaxsning muhri bo‘lmaganda;
talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganda;
ikkilamchi 888 ShHR hisobvarag‘i mavjud bo‘lmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
talabnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng unga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilgan bo‘lsa;
yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda;
yuridik shaxs birlamchi hujjatlar topshirilishidan bosh tortgan taqdirda;
hisobot va solishtirma dalolatnomalar ma’lumotlari bilan talabnomalar ma’lumotlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda;
kerakli hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilganda.
197. Komissiya tomonidan ijobiy xulosa qabul qilingan talabnoma Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektoriga ijro va to‘lovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
198. Har oyda talabnomani qabul qilishning so‘nggi kuniga qadar qabul qilingan va Komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan talabnomalar bo‘yicha yuridik shaxslarning jamlanma talabnomasi tuziladi.
199. Jamlanma talabnomalar Komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan hisobotlar, solishtirma dalolatnomalar va Ro‘yxatga olish kitobidagi yozuvlarni solishtirish orqali ko‘rib chiqiladi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘g‘riligi tasdiqlangandan so‘ng Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
1910. Jamlanma talabnoma Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi va talabnomalardagi ma’lumotlarning asosliligi to‘g‘risida Komissiya a’zolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Jamlanma talabnoma bilan birga Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasiga Ro‘yxatga olish kitobi ham taqdim etiladi.
1911. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan jamlanma talabnomalar Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy boshqarmasida tuzilgan Jamlanma talabnomalarning asosliligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i — Maxsus komissiya raisi;
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Maxsus komissiya raisi o‘rinbosari;
buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi va mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshliqlari — Maxsus komissiya a’zolari.
1912. Jamlanma talabnomalar Maxsus komissiya tomonidan Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni rasmiylashtirilgan hisobotlar, dalolatnomalar va Ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilgan holda tekshirib chiqiladi, zarur hollarda esa yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma yoki birlamchi hujjatlar talab qilinadi.
1913. Jamlanma talabnoma Ro‘yxatga olish kitobi bilan solishtirilgandan so‘ng, Ro‘yxatga olish kitobining hisobot oyidagi so‘nggi yozuvi talabnomalar taqdim etgan yuridik shaxslarning soni, talabnomaning umumiy summasi haqidagi yozuvlar kiritilib Maxsus komissiya a’zolarining imzolari bilan yopiladi va Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Yozuv yopilgandan so‘ng Ro‘yxatga olish kitobi yozuvlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
1914. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan va Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan jamlanma talabnomalar umumlashtiriladi hamda Maxsus komissiya a’zolari tomonidan imzolanib, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarma muhri bilan tasdiqlangan holda mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari kesimidagi umumlashtirilgan talabnomalar har oyning 15-sanasiga qadar talabnomalardagi ma’lumotlarning asosliligi to‘g‘risida Maxsus komissiya a’zolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
1915. Yuridik shaxslarga moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul xodim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmasining belgisi qo‘yilgan to‘lov hujjatlariga asosan Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek mablag‘lar qoldig‘i, kirim va chiqimining hisobi yuritiladi.”;
4. Quyidagi mazmundagi 211 — 215-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“211. Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 % miqdoridagi summani;
joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
212. Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari mablag‘larni ikki bank ish kuni davomida Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
213. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari mablag‘larni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki bank ish kuni davomida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
214. Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari mazkur Nizomning 4d-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lov hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobiga qayd etiladi.
215. Bank ish kuni yakuni bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan to‘lov hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tegishli bo‘linmasining shtamp izi bosilgan hisobvaraqlarning ko‘chirmasi alohida yig‘majildga tikiladi. To‘lov hujjatining nusxalari tegishli yuridik shaxsning yig‘majildiga tikiladi.”.
5. 26-banddan “, kredit uyushmalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6. Quyidagi mazmundagi 281-282-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“281. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisobot va solishtirma dalolatnomalar hisobot davrida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilgan talabnomalar va moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgan axborotlar bilan solishtiriladi.
Solishtirish o‘tkazilgandan so‘ng, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan imzolangan va shtamp bosilgan holda qabul qilinadi.
282. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng har bir yuridik shaxsning alohida yig‘majildiga tikiladi.”.
7. Quyidagi mazmundagi 291-292-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“291. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tgan oyda yuridik shaxslarni moliyalashtirish amalga oshirilganligi va hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida hisobot tuziladi. Belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobot Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etiladi.
292. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan oylik hisobotlar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari kesimida umumlashtiriladi. Jamlanma hisobot Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.”.
8. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda 4b — 4d-ilovalar bilan to‘ldirilsin.
9. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 250 | 15,398 |
Qonunchilik | Ishlab chiqarish korхonasining YaST hisob-kitobi | Kichik korхonalar buхgalterlari 2019 yildan boshlab toʻlanadigan umumbelgilangan soliqlarni oʻzlashtirishga kirishdilar. Biroq 2018 yil uchun YaST boʻyicha hisobotni ham topshirish kerak. YaST boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirishda ishlab chiqarish korхonasiga «Norma» MChJ eksperti maslahati yordam beradi.
YaSTni hisob-kitob qilishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
YaST toʻlovchilarning yer soligʻini hisob-kitob qilish va toʻlash tartibi 3001-son Nizomda belgilangan. Uni hisob-kitob qilish chogʻida YaST toʻlovchilar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalanadigan yer uchastkalari hisobga olinadi (Soliq kodeksining 280-moddasi 2-qismiga muvofiq soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari bundan mustasno). Ya’ni hisob-kitob ilish chogʻida ijaraga olingan bino egallagan yer uchastkasi maydoni inobatga olinmaydi, sababi mazkur holda bino ostidagi yerdan emas, balki binodan ijara huquqi asosida foydalanilmoqda. Koʻchmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi.
Batafsil - buxgalter.uz saytida. | 49 | 1,110 |
Qonunchilik | Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash (MKI) sharoitida audit | 1. Mazkur Standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
2. Mazkur Standartning maqsadi tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash (matn davomida — MKQI) tizimi sharoitida audit o‘tkazishda auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi.
3. Standartning vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
3.1. Auditorlik tashkilotlariga MKQI tizimi sharoitida audit o‘tkazishda qo‘yiladigan asosiy talablarni shakllantirish.
3.2. Auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda foydalanilayotgan MKQI tizimini baholash uchun jalb etilgan mutaxassislarga nisbatan asosiy talablarni belgilash.
3.3. MKQI muhitida auditni rejalashtirish xususiyatlarining tavsifi.
3.4. MKQI sharoitida auditorlik tavakkalchiligini aniqlash.
3.5. MKQI sharoitida boshqaruv vositalarini aniqlash.
4. Mazkur Standart talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutadigan auditni amalga oshirish chog‘ida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, bundan ular tavsiya tusida ekanligi bevosita ko‘rsatilgan qoidalar mustasno.
5. Mazkur Standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko‘rsatilishida tavsiyaviy tusga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur Standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni o‘zining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
6. Iqtisodiy axborotlarni avtomatlashtirish tizimidan foydalanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektda bajarilgan ishlar bo‘yicha rejalashtirish, tahlil etish, nazorat qilish, va oqibatda xulosalar chiqarish va sharhlash uchun auditorning MKQI tizimi bo‘yicha yetarli darajadagi bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur holatda auditor quyidagilarga majbur:
6.1. MKQI muhiti ta’sir ko‘rsatadigan hisob va ichki nazorat tizimini, yetarli darajada, barcha ahamiyatli jihatlarini tushunish;
6.2. MKQI muhitining tavakkalchilikni baholashga ta’siri samarasini aniqlash;
6.3. Loyihani tayyorlash va boshqaruv testlari va mustaqil tartib-taomillarni bajarish.
7. Auditorlik tashkiloti MKQIning ko‘proq tarqalgan tizimlari kutubxonasiga ega bo‘lishi va ularning amaliy qo‘llanishi xususiyatlarini o‘rganishga jiddiy kirishishi lozim.
8. Auditorda ko‘rsatilgan bilimlar mavjud bo‘lmaganda axborot texnologiyalari sohasidagi ekspert ishidan foydalanish lozim.
9. Qo‘llanilayotgan MKQI tizimini baholash uchun ekspert ishidan foydalanilgan hollarda:
9.1. Ekspertni tayinlash va ekspert ishidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa jarayonlar “Ekspert ishidan foydalanish” AMS shartlariga to‘liq ravishda muvofiq bo‘lishi shart;
9.2. Auditor, ustunlik holatini saqlagan holda, ekspert ishini nazorat qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning kompyuter tizimi haqida yetarli bo‘limga ega bo‘lishi shart:
ekspert faqat axborotlarni qayta ishlash tizimini baholaydi;
auditor bu tizim yordamida shakllantirilayotgan hisobotning ishonchliligini baholaydi.
10. Auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning hisoboti to‘g‘risidagi fikrni ifoda etishi va shu fikr asosida tuzilgan auditorlik xulosasi uchun to‘liq javobgardir.
11. Tekshiruvni o‘tkazishda ekspert auditorga quyidagilarda yordam beradi:
a) MKQI tizimi ishonchliligini umumiy baholashda;
b) tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning MKQI tizimida amal qilayotgan buxgalteriya dasturiy ta’minoti xarid qilinishining qonuniyligini va litsenziyalanishining sofligini baholashda;
v) hisob-kitoblar algoritmini tekshirishda;
g) auditor uchun zarur bo‘lgan analitik, sintetik hisob registrlarini va hisobotni kompyuterda shakllantirishda.
12. AMS “Auditni rejalashtirish”ga muvofiq auditning umumiy rejasini tuzishda rejalashtirishning har bir bosqichi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari va MKQI tizimlarining audit jarayoniga ta’sirini hisobga olgan holda aniqlashtirilishi lozim.
13. Hisob axborotlariga ishlov berishning avtomatlashtirilganlik darajasi auditorlik tartib-taomillarining hajmi va xususiyatini aniqlashda hisobga olinishi kerak.
14. Auditni rejalashtirish bo‘yicha hujjatlarda quyidagi masalalar aks ettirilishi kerak:
14.1. Auditorlik tartib-taomillarini MKQIdan foydalangan holda bajarish xususiyati (MKQI muhitida tayyorlangan hujjatlarni nashr qilishga chiqarish, xo‘jalik yurituvchi subyektning MKQI muhitidagi ishi);
14.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning kompyuter tizimini o‘rganish maqsadida mustaqil ekspertni jalb etish, ekspert tomonidan baholash uchun chiqarilgan masalalarni tavsiflash;
14.3. Auditorlik tekshiruvining boshlanish sanasi, auditorga ma’lumotlarni audit o‘tkazish shartnomasida xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan kelishilgan shaklda taqdim etilgan sanaga muvofiq kelishi lozim.
15. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining MKQI muhitida tashkil etilishi auditorning professional tavakkalchiligiga ta’sir ko‘rsatadi.
16. Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi holatlarda ortadi:
16.1. Kompyuter muhiti markazlashtirilmaganda;
16.2. Kompyuter uskunalarining geografik jihatdan tarqoq bo‘lganligi;
16.3. Buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilim darajalari yetarli emasligida;
16.4. MKQI muhitining amal qilishida ichki nazoratning mavjud emasligi;
16.5. MKQI tizimiga ruxsatsiz kirishni cheklash bo‘yicha zaruriy choralarning mavjud emasligida.
17. Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi holatlarda kamayadi, agarda:
17.1. Avtomatlashtirish tizimlari litsenziyalangan bo‘lsa;
17.2. Auditorlar uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minot tufayli nazoratning ayrim turlarini chuqurlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lsa;
17.3. Dasturiy ta’minotning maxsus nazorati mavjud bo‘lsa;
17.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning axborot siyosati uning rahbariyati tomonidan malakali tarzda belgilansa;
17.5. Barcha bo‘linmalar, filiallar va boshqa alohida bo‘linmalar, sho‘ba korxonalar MKQIning yagona muhitida ishlasa, yagona zamonaviy dasturiy ta’minotni qo‘llasa;
17.6. Xo‘jalik yurituvchi subyektning axborot siyosati MKQI tizimining asosiy foydalanuvchilari bilan kelishilgan bo‘lsa;
17.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektning MKQI tizimi rivojlanishining uzoq muddatli rejasi mavjud bo‘lsa.
18. MKQI boshqaruvining ichki vositalari ichki nazoratning maqsadlariga erishishida yordam beradi, va qo‘lda bajarilgan tartib-taomillarni, hamda mutaxassislar tomonidan ishlangan maxsus dasturlarni o‘z ichiga oladi.
19. Qo‘lda foydalanadigan va kompyuter vositalari MKQI muhitiga ta’sir etuvchi umumiy boshqaruv vositalari va amaliy dasturlar, xususan, buxgalteriya hisobi dasturlari boshqaruvining maxsus vositalaridan tashkil topadi.
20. MKQI umumiy boshqaruv vositalarining maqsadi MKQI tizimi ustidan nazorat chegaralarini o‘rnatish va ichki nazorat maqsadlariga erishilganligiga maqbul darajadagi ishonchni ta’minlashdan iboratdir.
21. Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) boshqaruv funksiyalariga nisbatan kafolatlar va tartib-taomillar;
b) amaliy dastur tizimlarini ishlab chiqish va uni to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun mutaxassis tomonidan kuzatib borilishi;
v) yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan tizimlarni testdan o‘tkazish, qayta tashkil qilish, realizatsiya qilish va hujjatlashtirish;
g) amaliy dastur tizimidagi o‘zgarishlar –hujjatlardan foydalanishga ruxsat berish, uchinchi shaxslarning dasturga kirishini cheklash;
d) MKQI tizimi tomonidan faqat shunday foydalanishga mo‘ljallangan harakatlarni bajarish, shuningdek, ulardagi xatolarni topish va to‘g‘rilash kafolatlari;
e) faqat maxsus vakil qilingan xodimlarning operatsiyalarga kirishining cheklanganligi.
22. MKQI boshqaruvi ichki vositalarining maqsadi, faqat ruxsat berilgan harakatlar va ularni ro‘yxatga olish nuqtai-nazaridan amaliy dasturlarni boshqarishning o‘ziga xos tartib-taomillarini, shuningdek ularning o‘z vaqtida va to‘liqligini belgilashdir.
23. MKQI boshqaruvining ichki vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
23.1. Ishga tushirish nazorati:
a) operatsiyalarning, kompyuter ularni amalga oshirishidan oldin tekshirilganligi;
b) operatsiyalarning mashina o‘qiydigan shaklga o‘tkazilganligi va kompyuterlarning ma’lumot fayllariga yozilganligi;
v) operatsiyalarning yo‘qotilmaganligi, qo‘shilmaganligi, nusxasi ko‘chirilmaganligi va o‘zgartirilmaganligi;
g) noto‘g‘ri operatsiyalar bartaraf etilganligi, o‘z vaqtida to‘g‘rilanganligi, qayta tasdiqlanganligi;
23.2. Kompyuterning ma’lumot fayllari va kompyuter ishi ustidan nazorat:
a) operatsiyalar kompyuter tomonidan to‘g‘ri bajarilayotganligi;
b) operatsiyalar yo‘qotilmaganligi, qo‘shilmaganligi, nusxasi ko‘chirilmaganligi va o‘zgartirilmaganligi;
v) xatolar o‘z vaqtida to‘g‘rilanganligi va bartaraf etilganligi.
23.3. Axborotlarning chiqarilishi ustidan nazorat:
a) bajarish natijalarining aniqligi;
b) axborotning chiqishida undan begona shaxslarning foydalanishi cheklanganligi;
v) axborotlar uni olish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan tegishli shaxsga o‘z vaqtida berilganligi.
24. Kompyuterga oid asosiy suiiste’molliklar quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lganda yuz berishi mumkin:
a) kompyuterga yoki terminalga bevosita kirishning ochiqligi;
b) ma’lumot fayllarining ochiqligi;
v) vositalardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi;
g) tizimdagi axborotlarning ochiqligi;
d) kompyuter dasturlariga kirishning ochiqligi.
25. Mazkur Standart 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. | 62 | 10,191 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish;
masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilash;
masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora), moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ta’lim jarayonini to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish;
masofaviy ta’limni maxsus platforma yordamida yoki mavjud platformalardan foydalangan holda tashkil etish;
masofaviy ta’limda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:50 nisbatda belgilash;
masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini davlat ta’lim standarti, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlari asosida amalga oshirish;
masofaviy ta’limga talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil qilish tartibini belgilash, shuningdek, masofaviy ta’lim sifati monitoringini tashkil etish.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) masofaviy ta’lim shakli asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi F-60-son farmoyishiga 1v-ilovada ko‘rsatilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab qolgan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ruxsat beriladi, faoliyati mazkur qaror qabul qilingunga qadar qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etilgan oliy ta’lim tashkilotlari bundan mustasno;
b) masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarida yo‘lga qo‘yiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bundan mustasno;
v) masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda:
mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi;
g) masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga Masofaviy ta’limni tashkil etish va rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish huquqi beriladi.
Bunda:
Markazning shtat birligi moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida Kuzatuv kengashlari tomonidan, boshqa oliy ta’lim muassasalarida bo‘ysinuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi;
Markaz oliy ta’lim muassasalarining yuridik shaxs bo‘lmagan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va ular faoliyatini moliyalashtirish oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Masofaviy ta’lim shaklini joriy etgan oliy ta’lim tashkilotlari, zarur hollarda, talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ular istiqomat qiluvchi hududlarda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari, axborot-resurs markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro kelishgan holda ularning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarini ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatini beradigan yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtoproktoring — imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yo‘nalishini nazorat qilish, xonadagi tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturiy tizim;
asinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida bir xil bo‘lmagan vaqtlardagi o‘zaro aloqa rejimi;
masofaviy ta’lim — talaba va ta’lim beruvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishiga, elektron pochta orqali to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga mo‘ljallangan, bilim va ko‘nikmalarni, o‘quv dasturlarini masofadan turib o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim shakli;
masofaviy ta’limni boshqarish tizimi — ta’lim jarayonini rejalashtirish, boshqarish, amalga oshirish va baholashda qo‘llaniladigan dasturiy mahsulot (elektron ta’lim platformasi);
masofaviy ta’lim jarayonining ishtirokchilari — ta’lim tashkilotining masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda masofaviy ta’limning tashkiliy-texnik va metodik ta’minotini amalga oshirishga mas’ul shaxslar;
masofaviy ta’lim texnologiyasi — talabalarga o‘quv materiallarining asosiy hajmini yetkazishni, talaba va professor-o‘qituvchining o‘zaro interfaol harakatini ta’minlab beruvchi, o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va o‘qitish texnologiyalari;
sinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida real vaqtdagi o‘zaro aloqa rejimi;
o‘quv kontenti — o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).
3. Kunduzgi shaklda ta’lim jarayoni olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy shaklda ta’lim faoliyatini olib borishga yo‘l qo‘yiladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bundan mustasno.
4. Ta’lim tashkilotlari ta’lim berishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zining masofaviy ta’lim platformasini joriy etishi yoki mavjud platformalardan foydalanishi mumkin.
5. Masofaviy ta’limning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish, talabalarning qiziqishlari, iqtidori va ehtiyojlariga muvofiq kasbiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
6. Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
ishtirokchilarning interfaolligi;
talabalarning identifikatsiya qilinishi;
yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;
ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.
7. Quyidagilar masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
talabalarning masofadan turib ta’lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
o‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uyg‘unligi;
kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga ko‘maklashish;
talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta’lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;
ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta’lim tizimining jozibadorligini oshirish.
8. Masofaviy ta’limni tashkil etish uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:
masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot “Learning Management System” (keyingi o‘rinlarda — LMS) platformasi;
Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
o‘quv reja va dasturlardagi barcha fanlardan masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan, o‘quv kontentini qamrab oladigan elektron o‘quv-metodik majmualar, shuningdek, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
masofaviy ta’limning texnik va dasturiy komponentlari ishlashini va rivojlanishini ta’minlaydigan tegishli ma’lumot va malakaga ega muhandis-texnik xodimlar;
yuklamasi rejadagi talabalar soniga mo‘ljallangan, ta’lim tashkilotiga mulkiy yoki kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborot, jumladan, tashkilot nizomi yoki ustavi, o‘quv reja va dasturlar, pedagog kadrlar haqida ma’lumot, akademik kalendar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.
9. O‘quv-metodik resurslar O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti O‘zDSt 36.2030 — “Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablar”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
10. Masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi SCORM standartlariga mos hamda unda avtoproktoring tizimi mavjud bo‘lishi lozim.
11. Masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
axborot-resurslari komponenti — o‘quv adabiyotlari, darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar hamda tadqiqot natijalari aks etgan ilmiy asarlardan foydalanishni ta’minlaydi;
boshqarish komponenti — tizimning xizmat ma’lumotnomasi va foydalanuvchilar reyestrini yuritish, foydalanish huquqlari hamda foydalanuvchilarning tizimga kirishda shaxsiy parametrlarini belgilash hamda foydalanuvchilar harakatlarini qayd etib borish, autentifikatsiya (shaxsni aniqlash) va foydalanuvchilarni boshqarishni ta’minlaydi;
davomat va o‘zlashtirishni hisobga olish komponenti — resurslardan foydalanishni hisobga olishga hamda ushbu resurslarni o‘zlashtirishga imkon beradi, talabalarning individual o‘quv rejalarini shakllantiradi va o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi;
kommunikatsiya komponenti — foydalanuvchilarga o‘zaro interfaol axborot almashish (forum, chat, xabar, elektron pochta, videokonferensiya tashkil etish), xabarlar olish hamda tizim, kurslar va pedagog kadrlar bo‘yicha teskari aloqa orqali ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratadi;
kontingentni hisobga olish komponenti — kontingentning yagona reyestrini yuritishga imkon berib, talabalar va pedagog kadrlarga oid ma’lumotlarni kiritish va saqlash, shuningdek ularning shaxsiy kabinetlariga kirish va qidirishni ta’minlaydi;
kurslarni boshqarish komponenti — o‘quv kontenlarini boshqarish, tahrirlash, sinxron va asinxron rejimda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning videodarslarini yuklash (import/eksport), test sinovlarini tashkil etish, tashqi ta’lim resurslariga giperhavolalarni kiritish, topshiriq va vazifalarni qo‘yish imkoniyatlariga ega bo‘ladi;
o‘qitishni boshqarish komponenti — talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, ularga kreditlar berish va qaytadan o‘qitish jarayonini nazorat qiladi, tashkiliy-metodik vositalarni (mashg‘ulotlar jadvali, konsultatsiyalar, konferensiyalar, vazifani topshirish muddati, vebinar, imtihonlar va boshqalar) boshqaradi, talabalarning o‘zlashtirishiga doir ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantiradi, o‘rganiladigan fanlar ro‘yxatini shakllantiradi va yangilab boradi;
statistika komponenti — talabalar kontingenti, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va kurslarning o‘quv kontenti bilan to‘ldirilganligi haqidagi ma’lumotlardan iborat axborot olish imkoniyatini beradi, ta’lim jarayoniga oid hisobotlarni shakllantiradi, talabalarning harakati (o‘qishga qabul qilish, ko‘chirish, chetlashtirish, qayta tiklash) haqidagi ma’lumotlarni yuritadi, o‘qishni bitirgan, o‘qishini ko‘chirgan yoki chetlashtirilganlar haqidagi ma’lumotlarni arxivlashtiradi;
talabalar bilimini nazorat qilish komponenti — o‘quv kontenti mazmuniga mos va testologiya talablari asosida shakllantirilgan nazorat materiallari bazasi va test tizimini, imtihon jarayonini tashkil etish uchun avtoproktoring tizimini o‘zida jamlaydi.
12. Masofaviy shaklda o‘qitish uchun talabalarni ta’lim tashkilotiga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish boshqa ta’lim shakllari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
14. Masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-aprelga qadar e’lon qilinadi.
15. Masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt qiymati:
davlat oliy ta’lim muassasalarida (moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan;
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida — tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi tomonidan;
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida — nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
16. O‘quv jarayoni masofaviy shaklda tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari nodavlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda beriladigan litsenziyada qayd etiladi.
17. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan o‘qish davomiyligi muddatidan kam bo‘lishi mumkin emas.
18. Ta’lim kontenti talabaning tahsil olayotgan ta’lim tiliga hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va (yoki) magistratura mutaxassisligiga mos bo‘lishi shart.
19. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayoni:
davlat namunasidagi diplom beradigan oliy ta’lim tashkilotlarida — davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja va o‘quv dasturlar asosida;
davlat namunasidagi diplom bermaydigan oliy ta’lim tashkilotlarida — kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
20. Masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaxassisligiga 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda:
mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.
21. Masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga shaxsan tashrif buyurishi shart:
o‘quv jarayoni boshlanishidan avval — masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
har semestr yakunida — yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.
Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablar xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabaga nisbatan tatbiq etilmaydi.
22. Ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.
23. Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarga amaliyotlar o‘quv rejada belgilangan muddatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabaning ish joyida, talabaning ish joyi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (magistratura mutaxassisligiga) mos bo‘lmagan yoxud ish bilan ta’minlanmagan holda ta’lim tashkiloti bilan kelishuvga erishgan tashkilotlarda amalga oshiriladi.
24. O‘quv jarayonida barcha dars mashg‘ulotlari, amaliyotlar va mustaqil ishlar hamda ular bo‘yicha talabalarni baholash masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasida nazarda tutilishi lozim.
Dars mashg‘ulotlari, talabalarning bilimini baholash va o‘quv jarayonini nazorat qilish masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi orqali amalga oshiriladi.
25. Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini amalga oshirish uchun masofadan turib dars mashg‘ulotlari olib boradigan xorijiy pedagog kadrlar jalb etilishi mumkin.
26. Masofaviy ta’limda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari 1:50 nisbatda belgilanadi.
27. Masofaviy ta’lim berishga mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlarda ko‘rsatilgan fanlar va amaliyotlarni to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga tegishli akademik daraja va belgilangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.
28. Ta’lim tashkilotlaridagi masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.
29. O‘quv jarayonini monitoring qilishni masofadan turib amalga oshirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotining masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot — LMS platformasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ta’lim muassasalari, pedagog xodimlar, ta’lim oluvchilar va boshqa axborotlar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi axborot tizimiga integratsiya qilinishi majburiy hisoblanadi.
30. O‘quv jarayonining monitoringi dars mashg‘ulotlari va nazorat tadbirlarini kuzatish va tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, fokus-guruhlar tashkil etish, intervyu olish, natijalarni baholash va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
31. Monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining taqdimnomasi asosida bartaraf etilishi majburiy hisoblanadi.
32. Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik jarayonlarning tashkil etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 94 | 20,745 |
Qonunchilik | O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan hamjihatlik va amaliy hamkorlikni, mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston — Tojikiston Davlat chegarasini kesib o‘tishda qulay sharoitlar hamda o‘tkazish punktlarining uzluksiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga Samarqand viloyatidagi “Jartepa”, Jizzax viloyatidagi “Qushkent”, “Uchturgan”, Sirdaryo viloyatidagi “Xovostobod”, Toshkent viloyatidagi “Bekobod”, Namangan viloyatidagi “Pop”, Farg‘ona viloyatidagi “Ravot”, Surxondaryo viloyatidagi “Gulbahor” avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda “Amuzang” temir yo‘l o‘tkazish punktining (keyingi o‘rinlarda o‘tkazish punktlari deb ataladi) muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini, shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postini tashkil etish va yanada rivojlantirish uchun zarur yer uchastkalari ajratsinlar;
o‘tkazish punktlariga tutash avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy standartlarga mos yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o‘tkazsinlar, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratsinlar;
vazirliklar va idoralarga joylarda ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratishda ko‘maklashsinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda davlat nazorati organlari deb ataladi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazish punktlarining faoliyatini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur sharoitlar yaratsinlar.
3. Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari:
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara postining binolari, inshootlari va unga tutash hududlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga bir hafta muddatda operativ boshqarish huquqi bilan bepul asosda belgilangan tartibda bersin;
2019-2020-yillarda yangi joyda joylashtiriladigan chegara postining infratuzilmasi har yili ajratiladigan kapital qo‘yilmalar limitlari hisobidan qurilishini tashkil etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘tkazish punktlari orqali shaxslar hamda transport vositalarining harakatlanishini o‘rgansin hamda 2018-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazish punktlarining tegishli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish maqsadida bajarilgan loyiha-qidiruv va qurilish ishlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018-yil 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida “G‘alaba — Xoshadiy” temir yo‘l uchastkasi (keyingi o‘rinlarda temir yo‘l uchastkasi deb ataladi) rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin va o‘tkazish punktida davlati nazorat organlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarini tashkil etish uchun birinchi navbatdagi zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratsin.
Loyiha hujjati tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, temir yo‘l uchastkasini loyihalashtirish bilan bir paytda rekonstruksiya qilishga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida “G‘alaba — Xoshadiy” temir yo‘l uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — buyurtmachi;
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyihalash tashkiloti;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudrat tashkilotlari;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida o‘tkazish punktlari faoliyatini tashkil etish maqsadida uskunalar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) xarid qilish uchun budjetdan maqsadli mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) shakllantirishda ularga markazlashtirilgan investitsiyalardan ajratiladigan limitlar doirasida hamda asoslangan hisob-kitoblar asosida o‘tkazish punktlarining yangi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish loyihalari belgilangan tartibda kiritishni nazarda tutsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK o‘tkazish punktlarini yuqori tezlikda ishlaydigan aloqa kanallari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
Loyiha hujjatlari tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish bilan bir paytda qurishga ruxsat etilsin.
O‘tkazish punktlariga ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining yuqori tezlikda ishlaydigan kanallarini ta’minlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish doirasida:
“O‘zbektelekom” AK — buyurtmachi;
“Aloqaloyiha” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti;
“O‘zbektelekom” AK — bosh pudrat tashkiloti;
“O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi o‘tkazish punktlarini o‘rganish va ularni Dasturga kiritishga doir takliflar taqdim etish natijalari bo‘yicha tashkil etilayotgan o‘tkazish punktlarining suv ta’minoti yuzasidan texnik shartlar bersin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari ko‘magida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi liniyasigacha o‘tkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yo‘llari qayta tiklanishi va kapital ta’mirlanishini, o‘tkazish punktlari yaqinida, shu jumladan o‘tkazish punktlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi o‘rtasida joylashgan hududlarda zarur yo‘lbo‘yi infratuzilmasi (panelli-to‘rsimon to‘siq, ajratuvchi betonli to‘siq, yoritish, yo‘l belgi va ishoralari) tashkil etilishini ta’minlasin.
Loyiha hujjati tasdiqlangungacha, istisno tariqasida, o‘tkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yo‘llari uchastkalarini loyihalashtirish bilan paytda qayta tiklash va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilsin.
O‘tkazish punktlariga olib boradigan avtomobil yo‘llari uchastkalarini qayta tiklash va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish doirasida:
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi — buyurtmachi;
“Yo‘l loyiha byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati — bosh loyihalash tashkiloti;
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari — bosh pudrat tashkilotlari;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
11. O‘tkazish punktlariga olib boradigan temir yo‘l liniyalari, avtomobil yo‘llari va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha buyurtmachilar bosh loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organlarda ko‘rib chiqilishi va kelishilishi, belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi barpo etilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
13. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘tkazish punktlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash tadbirlarini o‘tkazsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbektelekom” AKga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash asosida yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali ishlab chiqaruvchi zavodlar yoxud ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskunalar, materiallar, texnik nazorat vositalari va jihozlar (shu jumladan ehtiyot qismlar, butlovchi va sarflash materiallari) yetkazib berish bo‘yicha kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat etilsin.
15. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov, va Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni O.M. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 131 | 10,109 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xorijda axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirishning kompleks tizimini yaratish, xalqaro media-makonni jamiyatimiz va davlatimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim voqealarni xolisona yoritishni ta’minlaydigan sifatli axborot-tahliliy materiallar bilan boyitish, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat rahbariyatining respublika ijobiy imijini ilgari surishga qaratilgan xalqaro tashabbuslari to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi “Jahon” axborot agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligining tarkibiy bo‘linmasi sifatida Media-markaz tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Dunyo” axborot agentligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar, teleko‘rsatuvlar, shuningdek, O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali O‘zbekiston Respublikasining ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning xalqaro tashabbuslari, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi haqida xalqaro hamjamiyatni, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlarni xabardor qilish bo‘yicha tizimli ishlarda ishtirok etish;
mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqaro hamjamiyatga o‘z vaqtida yetkazish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy axborot almashish mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot markazlari, media tuzilmalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijga va xorijiy delegatsiyalarning respublikamizga tashriflarini, ularningn yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, kundalik va dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pozitsiyasini keng va tezkor yoritish;
respublikaning xorijdagi muassasalari tomonidan chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xorijdan investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xorijiy va mahalliy jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish;
“Dunyo” axborot agentligining Media-markazi bazasida mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekistonda doimiy va vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun respublika haqida xolis ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish imkonini beradigan ish maydonchasini taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasining turli sohalarda bugungi taraqqiyoti va salohiyatini namoyish etadigan foto va media mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma hamda kompyuter mahsulotlarini chop etish va xorijda tarqatish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Dunyo” axborot agentligi “Jahon” axborot agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“Dunyo” axborot agentligining direktori O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
“Dunyo” axborot agentligining boshqaruv xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish sharoitlari qo‘llaniladi;
“Dunyo” axborot agentligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, boshqa bo‘linmalari, shuningdek, respublikaning xorijdagi muassasalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, asosiy faoliyatdan olinadigan tushumlar (axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklarni pulli asosda taqdim etish, bosma mahsulotlar chop etish, reklama faoliyati va boshqalar) hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Dunyo” axborot agentligining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. “Dunyo” axborot agentligi direktoriga zarur bo‘lganda, mutaxassislarni mehnat bozoridagi joriy konyunkturani inobatga olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan shartnoma asosida ishga jalb qilish huquqi berilsin.
7. Vazirliklar, idoralar va davlatning boshqa tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari “Dunyo” axborot agentligiga asosiy vazifalarini amalga oshirishda, jumladan, sifatli, ishonchli ma’lumotlar, hujjatlar, materiallar va boshqa axborot mahsulotlarini o‘z vaqtida taqdim etish orqali amaliy yordam ko‘rsatsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, “Dunyo” axborot agentligining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, shuningdek, “Dunyo” axborot agentligi Media-markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Media-markazga quyidagi vazifalar yuklansin:
mamlakatda va xorijda matbuot anjumanlari, brifinglar hamda axborot uchrashuvlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolaxonalari, konsullik muassasalari, savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillaridan intervyular tashkil etish va olish, keyinchalik tegishli materiallarni milliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasining tarixi va madaniyati, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, mamlakatning tashqi siyosat yo‘nalishi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning xorijdagi muassasalari faoliyati haqida videoroliklar va tahliliy ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda tarqatish;
respublikaning xorijdagi muassasalari bilan, jumladan, vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirokida teleko‘prik va videokonferensiyalar tashkil etish.
9. “Dunyo” axborot agentligi 2022-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha moddiy-texnik bazani rivojlantirish maqsadida olib kelinadigan uskunalar, materiallar va texnika uskunalari uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Dunyo” axborot agentligining xorijdagi muxbirlik punktlarini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda asosli takliflar kiritsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki:
“Dunyo” axborot agentligini saqlash, shu jumladan moddiy-texnik ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari uning o‘z daromadlari bilan ta’minlanmagan xarajatlarini qoplash maqsadida ajratiladi;
“Dunyo” axborot agentligiga to‘rtta xizmat, jumladan, ikkita yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit nazarda tutiladi.
12. “Dunyo” axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy manzilidagi binosida ijara to‘lovining “nol” stavkasi bo‘yicha joylashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida axborot agentligi tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 8-noyabrdagi 425-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dunyo” axborot agentligining (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda TIV deb ataladi) qarorlariga amal qiladi.
3. Agentlik Tashqi ishlar vazirligining idoraviy mansub tashkiloti hisoblanadi va tuzilmasiga kiradi.
4. Agentlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, asosiy faoliyatdan olinadigan budjetdan tashqari mablag‘lar (pulli asosda axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, voqealar joyidan videoroliklar va teleko‘rsatuvlarni taqdim etish, bosma mahsulotlarni chop etish, reklama faoliyati va boshqalar), shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining logotipi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat va ingliz tillarida yozilgan muhri, blanki va shtampiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy hisobraqami hamda xorijiy valyutadagi hisobraqamiga ega bo‘ladi.
6. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi, qisqartirilgani — “Dunyo” axborot agentligi;
b) ingliz tilida:
to‘liq — “Dunyo” Information Agency of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — “Dunyo” Information Agency;
v) rus tilida:
to‘liq — Informatsionnoye agentstvo “Dunyo” Ministerstva inostrannix del Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Informatsionnoye agentstvo “Dunyo”.
7. Agentlikning manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy.
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar, teleko‘rsatuvlar, shuningdek, O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali O‘zbekiston Respublikasining ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning xalqaro tashabbuslari, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi haqida xalqaro hamjamiyatni, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlarni xabardor qilish bo‘yicha tizimli ishlarda ishtirok etish;
mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqaro hamjamiyatga o‘z vaqtida yetkazish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy axborot almashish mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot markazlari, media tuzilmalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijga va xorijiy delegatsiyalarning respublikamizga tashriflarini, ularningn yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, kundalik va dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pozitsiyasini keng va tezkor yoritish;
respublikaning xorijdagi muassasalari tomonidan chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xorijdan investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xorijiy va mahalliy jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish;
“Dunyo” axborot agentligining Media-markazi bazasida mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekistonda doimiy va vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun respublika haqida xolis ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish imkonini beradigan ish maydonchasini taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasining turli sohalarda bugungi taraqqiyoti va salohiyatini namoyish etadigan foto va media mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma hamda kompyuter mahsulotlarini chop etish va xorijda tarqatish.
9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar, teleko‘rsatuvlar, shuningdek, O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali O‘zbekiston Respublikasining ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashish sohasida:
respublikaning savdo-iqtisodiy va investitsiya, iqtisodiyot va investitsiyalar sohasidagi qonunchilik bazasi takomillashtirish, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikning muvaffaqiyatli namunalari haqida axborot tarqatish orqali O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashadi;
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, davlatning ichki va tashqi siyosati haqida axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar va tahliliy teleko‘rsatuvlar, reportajlar tayyorlash, ularni O‘zbekistonda va xorijda, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun tarqatadi;
xorijda axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha TIVning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi, boshqa bo‘linmalari hamda respublikaning xorijdagi muassasalari bilan yaqin hamkorlik qiladi;
2) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning xalqaro tashabbuslari, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi haqida xalqaro hamjamiyatni, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlarni xabardor qilish bo‘yicha tizimli ishlarda ishtirok etish sohasida:
respublikaning xorijdagi muassasalari, xorijiy va mahalliy gazetalar, jurnallar, radio, televideniye, hukumat va nohukumat muassasalar, nohukumat notijorat tashkilotlari va xususiy shaxslarga shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro tashabbuslari, uning eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davlat dasturlarining amalga oshirilish haqida shartnoma asosida axborot taqdim qiladi;
3) mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqaro hamjamiyatga o‘z vaqtida yetkazish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy axborot almashish mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot markazlari, media tuzilmalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida:
axborot va tajriba almashish, shuningdek, xodimlar malakasini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy yetakchi mediatashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi va rivojlantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida va xorijda axborot, madaniy, xayriya, gumanitar va boshqa jamg‘armalar, shuningdek, assotsiatsiyalar, jamiyatlar va boshqa tashkilotlarni tashkil etish hamda ularning faoliyatini ta’minlashda ishtirok etadi;
xorijdagi axborot agentliklarining ishlarini tashkil etish, jumladan, axborot to‘plash, tahlil qilish hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslarga tarqatish borasida boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganadi va joriy qiladi;
xorijiy va xalqaro axborot markazlari bilan Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha axborot to‘plash va tahlil qilish borasida birgalikdagi ishlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
4) O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijga va xorijiy delegatsiyalarning respublikamizga tashriflarini, ularningn yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, kundalik va dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pozitsiyasini keng va tezkor yoritish sohasida:
mamlakatimizga va xorijga oliy darajadagi tashriflar arafasida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
tashriflar arafasida va davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik sohalari bo‘yicha ikki hamda ko‘p tomonlama hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risida turkum materiallar tayyorlaydi;
tashriflar yakunlari bo‘yicha xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahlil va ishbilarmon doiralari vakillarining fikrlari va ekspert baholari asosida axborot materiallari tayyorlanishini ta’minlaydi;
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha axborot dayjestlari tayyorlaydi;
5) respublikaning xorijdagi muassasalari tomonidan chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xorijdan investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xorijiy va mahalliy jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi missiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bugungi taraqqiyoti, savdo-iqtisodiy va turistik salohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlar (brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari, simpoziumlar, taqdimotlar va boshqalar) haqida axborot materiallari tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining turli darajadagi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflari haqida video va fotoreportajlar tayyorlaydi hamda ularni respublika ommaviy axborot vositalariga yuboradi;
6) “Dunyo” axborot agentligining Media-markazi bazasida mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekistonda doimiy va vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun respublika haqida xolis ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish imkonini beradigan ish maydonchasini taqdim etish sohasida:
mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun O‘zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosatining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan brifinglar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, taqdimotlar tashkil qiladi;
7) O‘zbekiston Respublikasining turli sohalarda bugungi taraqqiyoti va salohiyatini namoyish etadigan foto va media mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma hamda kompyuter mahsulotlarini chop etish va xorijda tarqatish sohasida:
noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, axborot byulletenlari, ma’lumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi hamda respublikada va xorijda tarqatadi;
O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo bitimlarining rasmiy yillik to‘plamlarini chop etadi;
axborot tarqatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasvir, ovoz va ma’lumotlarni uzatish chastotalari hamda boshqa kanallardan foydalanadi;
keng ko‘lamli xalqaro hamkorlik uchun respublikaning imkoniyatlarini namoyish etadigan kompyuter, foto va audiovizual mahsulotlar tayyorlaydi.
10. Media-markaz Agentlikning axborot tarqatish platformasi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
mamlakatda va xorijda matbuot anjumanlari, brifinglar hamda axborot uchrashuvlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolaxonalari, konsullik muassasalari, savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarining intervyusini tashkil etish va o‘tkazish, keyinchalik tegishli materiallarni milliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasining tarixi va madaniyati, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, mamlakatning tashqi siyosat yo‘nalishi, TIV va respublikaning xorijdagi muassasalari faoliyati haqida videoroliklar va tahliliy ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda tarqatish, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlar va jurnalistlarga;
respublikaning xorijdagi muassasalari bilan, jumladan, vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirokida teleko‘prik va videokonferensiyalar tashkil etish.
11. Media-markaz o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi TIV va xorijdagi muassasalari faoliyatini axborot tadbirlari o‘tkazish orqali yoritadi;
o‘tkaziladigan tadbirlarni foto va videotasvirga oladi, ularning efirga uzatilishini ta’minlaydi;
mahalliy va xorijiy muxbirlar hamda ekspertlarni o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qiladi, zarur axborot bilan ta’minlaydi;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, tegishli tashkilotlar hamda ekspertlar bilan hamkorlik qiladi;
respublikaning xorijdagi muassasalariga ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, mavzuga oid videoroliklar, ko‘rsatuvlar va dasturlarni tayyorlash, montaj qilish va tarqatishda ko‘maklashadi;
suratga olish va reportajlar tayyorlash uchun voqea joylariga boradi;
respublika vazirliklari va idoralari, xorijdagi muassasalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari rahbarlari hamda vakillaridan intervyu oladi.
12. Agentlik O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish maqsadida respublika qonunchiligi talablariga javob beradigan o‘z rasmiy veb-saytini yaratadi, uning zarur holatda bo‘lishi va muntazam to‘ldirib borilishini ta’minlaydi, shuningdek, Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun internetning boshqa imkoniyatlaridan foydalangan holda, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston haqidagi axborotni faol tarqatadi.
13. Agentlik o‘z zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun:
O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlaridan Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistika ma’lumotlari, hisobotlar, tahliliy materiallar, takliflar, xulosalar ma’lumotnomalar va boshqa ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘zining axborotnomalari, boshqa bosma va videomahsulotlarni chop etish, respublika va xorijda tarqatish, zarurat bo‘lganda, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun xorijiy fuqarolarni yollash yoki ushbu vazifalarni shartnomalar asosida xorijiy agentliklar, firmalar va boshqa tashkilotlarga topshirish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiya, seminar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda qatnashish;
Agentlik faoliyatiga taalluqli masalalarni hal qilish bo‘yicha maslahatlashish, takliflarni o‘rganish va tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy doiralar vakillari, mutaxassislar va ekspertlar, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarni jalb etish;
olinadigan daromaddan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, o‘z faoliyati maqsadlari va vazifalariga muvofiq foydalanish;
kreditlar olish, o‘z nomidan bitimlar imzolash, mulk xarid qilish, sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lish;
respublikaning xorijdagi muassasalarida o‘z muxbirlik punktlarini (press-attashe — muxbirlik punkti mudiri) ochish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish huquqiga ega.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Agentlik:
o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi;
xodimlarni tizimliravishda maxsus qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
o‘ziga tegishli mulkdan maqsadli foydalanish va uning saqlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini yuritish uchun mas’uldir.
15. Agentlik ishlari TIV ish rejalari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlarining Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqiladigan istiqbolli va joriy rejalar asosida amalga oshiriladi.
16. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktori maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Departamenti direktoriga tenglashtiriladi.
17. Agentlik direktori:
a) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, jamoada ijro va mehnat intizomi uchun shaxsan javob beradi;
b) davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlatning boshqa organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatlar ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro munosabatlarda Agentlik nomidan vakillik qiladi;
v) Agentlikning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar chiqaradi;
g) Agentlik xodimlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi va ularning o‘zaro almashinuvini belgilaydi;
d) Agentlik shtatlarini takomillashtirish va xodimlar ish haqini belgilash;
Agentlikka kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va almashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash;
Agentlik mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutilgan va tegishli davr uchun tasdiqlangan budjet mablag‘lari diorasida foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
e) O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Agentlikning tarkibiy birliklarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Agentlik xodimlariga ularning malakasi, egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq diplomatik daraja berish, shuningdek, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida xodimlar lavozim maoshlariga diplomatik daraja, uzoq yillar xizmati, xorijiy tillarni bilgani uchun va boshqa asosda ustamalar to‘lash;
xodimlarni xorijiy davlatlarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
18. Direktor ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi va ular Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
19. Agentlik direktori bo‘lmagan hollarda, uning vakolatlarini o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
20. Agentlik xodimlari Agentlik direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
21. Agentlik xodimlarining funksional vazifalari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
22. Agentlik xodimlari:
maxfiy yozishmalar tartibi hamda xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni oshkor etmaslik qoidalariga rioya etishga;
ularning ijrosidagi hujjatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, hujjatlarning sifatini to‘laligicha saqlash, xavfsizlik tartibi, jumladan, yong‘in xavfsizligi tartibiga amal qilish, mol-mulk, shuningdek, kompyuter va boshqa texnika vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlashga majbur.
Agentlik xodimlari o‘zlariga yuklangan vazifa va funksiyalar, Agentlik va TIV rahbariyati topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, mehnat intizomiga rioya etish uchun shaxsan javob beradi.
23. Agentlikning mol-mulki va mablag‘lari asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan daromadlardan tashkil topadi.
24. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan tashkil topadi. Agentlik xodimlari lavozim maoshiga oylik ustamalar hamda rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lovlar direktor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan kelishilgandan so‘ng tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq to‘lanadi.
25. Agentlikning xo‘jalik faoliyati natijasida olinadigan o‘z mablag‘lari Agentlik xodimlarining lavozim maoshiga (200 foizgacha) har oylik ustamalar hamda ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
26. Agentlikni saqlash, shu jumladan moddiy-texnika ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Agentlikning o‘z daromadi bilan ta’minlanmagan xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
27. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi. | 133 | 30,632 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING EKSPOPT IMKONIYATLAPINI OShIPIShNI YaNADA PAG‘BATLANTIPISh ChOPALAPI TO‘G‘PISIDA | Respublikaning ekspopt imkoniyatlarini pivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yapatish, Markaziy bankning O‘zbekiston Respublikasining pul birligini barqaroplashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘armasini shakllantirish maqsadida va “Kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘pisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1993-yil 7-maydagi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarop qiladi:
1. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkoplik yoki o‘zga faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va chet el valyutasida daromad oluvchi mulkchilikning barcha shakllaridagi kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlar chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘laydilar va chet el valyutasidagi tushumning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga majbupiy pavishda sotadilar;
bartep asosida ekspopt-impopt opepatsiyalarini amalga oshirishda valyuta tushumi miqdopi bitim qiymatiga qarab hisoblanadi va chet el valyutasidagi tushumga soliq solishning va Markaziy bankka majbupiy sotishning obyekti hisoblanadi;
chet el valyutasidagi tushumdan soliq 10 foizli stavka bo‘yicha Respublika valyuta jamg‘armasiga, 5 foizli stavka bo‘yicha Qopaqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahpining tegishli valyuta jamg‘armalariga to‘lanadi.
Kopxonalar chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lash bilan bir vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, chet el valyutasidagi tushumning 15 foizini Markaziy bankka majbupiy pavishda sotadilar.
2. Chet el valyutasidagi tushumdan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘pisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda chet el valyutasidagi tushumning bir qismini Markaziy bankka majbupiy sotish tartibi to‘g‘pisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Markaziy bank va Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kopxonalarning ekspopt-impopt opepatsiyalarini amalga oshirishlarida chet el valyutasi tusidagi mablag‘larining harakatini tegishli darajada nazopat qilishni ta’minlashni va ushbu mablag‘larning chet ellardagi banklarda puxsatsiz saqlanishini istisno qilishni ko‘zda tutuvchi valyuta nazopati to‘g‘pisidagi Hizomni ishlab chiqsinlar.
5. Moliya vazirligi va Markaziy bank Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda o‘zlarining yo‘piqnoma hujjatlarini mazkup qaropga muvofiqlashtirsinlar.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida valyutani tartibga solish to‘g‘pisida” 1993-yil 25-maydagi 251-son qaropining 1-bandi, 2-bandining ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkup qarop 1994-yilning 1 yanvaridan boshlab amalga kiritilsin.
8. Ushbu qaropning bajarilishini nazopat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘pinbosari o‘ptoq O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Hizom chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lovchilarning po‘yxatini, soliqni ajpatish tartibini va to‘lash muddatlarini belgilaydi.
Soliq to‘lovchilar chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lashda ushbu Hizomga va O‘zbekiston Respublikasining soliq solish bo‘yicha boshqa qonun va nopmativ hujjatlariga amal qiladilar.
1. Quyidagilar soliq to‘lovchilar hisoblanadilar:
yupidik shaxs bo‘lgan mulkchilikning barcha shakllaridagi kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan, jamoa, davlat, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi kopxonalari, shuningdek, kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yupidik shaxs bo‘lmagan, ammo bank muassasalarida mustaqil balansga va hisob schyotiga ega bo‘lgan filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari;
xo‘jalik hisobida bo‘lmagan, lekin xo‘jalik (tijopat) faoliyatidan chet el valyutasida daromad olayotgan tashkilotlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari bilan tashkil etilgan kopxonalar, xo‘jalik hisobi asosida xo‘jalik (tijopat) faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, ularning sho‘ba kopxonalari, filiallari va boshqa bo‘linmalari, shuningdek, bosh kopxonalari boshqa davlatlarning hududlarida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sho‘ba kopxonalar, filiallar va boshqa bo‘linmalar;
xo‘jalik (tijopat) faoliyatini amalga oshiruvchi, hukumat tasarpufida bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar (birlashmalar);
banklar va sug‘upta opganlari.
2. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni, boshqa moddiy boyliklarni sotishdan va sotishdan tashqari opepatsiyalarni amalga oshirishdan chet el valyutasidagi tushum soliq solish obyekti hisoblanadi.
Mazkup Hizomda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni sotishdan chet el valyutasidagi tushum deganda jo‘natilgan mahsulot hamda bajarilgan ishlar va ko‘psatilgan xizmatlar uchun schyotlar bo‘yicha to‘langan summa, shuningdek, sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun kopxonaning bankdagi schyotiga, kopxonaning kassasiga haqiqatda tushgan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, shuningdek, boshqa tadbirkoplik faoliyatidan chet el valyutasida olingan summa tushuniladi.
Sotib olingan tovarlar bilan savdo qiluvchi savdo va umumiy ovqatlanish, ta’minot-sotish va tayyoplov kopxonalari uchun soliq solish maqsadi uchun –– sotishdan chet el valyutasidagi tushum deganda sotib olingan tovarlar bilan sotilgan tovarlarning sotish narxlari o‘ptasidagi farq tushuniladi.
Vositachilik faoliyatidan daromad oluvchi kopxonalar uchun soliq solish maqsadi uchun — sotishdan chet el valyutasidagi tushum deganda barcha kelishuvlar bo‘yicha olingan vositachilik haqlari (foizlar) tushuniladi.
Konsignatsiya opepatsiyalari bo‘yicha — chet el valyutasidagi tushum deganda vositachilik haqlari sifatida olingan mablag‘lar va ko‘psatilgan xizmatlar uchun haqlar tushuniladi.
Birjalar bo‘yicha — chet el valyutasida olingan tushumlar deganda vositachilik haqlaridan tashqari, bpokeplik o‘pinlarini sotishdan olingan daromadlar, savdoda qatnashish huquqini olish uchun to‘lovlar boshqa tupdagi xizmatlar ko‘psatishdan olingan daromadlar tushuniladi.
Banklar bo‘yicha — chet el valyutasidagi tushumlar deganda quyidagi mablag‘lar tushuniladi:
qisqa muddatli, o‘ptacha muddatli va uzoq muddatli kpeditlar bepganlik uchun olingan foizlar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qo‘yilgan (Jamg‘armalar banki uchun) kpedit pesupslari uchun to‘lovlardan olingan daromadlar;
hisob-kitob opepatsiyalari va kassa xizmati ko‘psatganlik uchun mijozlardan olingan to‘lovlar;
lizing, faktoping va dilep opepatsiyalaridan olingan daromadlar; bank xizmatlari ko‘psatganlik uchun mijozlardan olingan vositachilik haqlari;
ko‘psatilgan xizmatlar (maslahatlar bepish, xo‘jalik opganlari uchun alohida nopmativ hujjatlar ishlab chiqish) uchun bank tomonidan olingan boshqa daromadlar, shuningdek, jarimalar, penyalar va shu kabilar.
Sug‘upta tashkilotlari bo‘yicha — chet el valyutasidagi tushumlar deganda sug‘upta muddati tugab sug‘upta to‘lovlari to‘lab bo‘lingandan so‘ng sug‘upta to‘lovlari chegirib tashlangan holda hisoblab chiqilgan sug‘uptachilarning sug‘upta badallari sifatida olingan mablag‘lar va boshqa tushumlar tushuniladi.
Chet ellarda loyiha-qidiruv, qupilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, otaliq-montaj ishlarini, shuningdek, qupilgan obyektlarni asosli tuzatish, pekonstpuksiyalash va zamonaviylashtirishni, qupilgan obyektlarni foydalanishga topshirish va kadplar tayyoplash bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiruvchi kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlar bo‘yicha — chet el valyutasida bajariladigan ishlar va xizmatlar shartnomaviy qiymatining mazkup shartnoma bo‘yicha valyuta xarajatlaridan oshib ketgan summasi tushuniladi (mazkup shartnomaga muvofiq ishlash uchun chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi xodimlarining chet el valyutasidagi ish haqlaridan tashqari).
Bunda chet el valyutasidagi tushumlardan soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar tegishli dalolatnoma va to‘lov hujjatlari bilan tasdiqlanadigan shartnoma bo‘yicha ishlar (ishlar bosqichi) tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Buyuptmachilardan olinadigan avanslar, shartnomalar bo‘yicha majbupiyatlarning asbob-uskunalar, texnika, mashinalar, qupilish matepiallari, yonilg‘i6 ehtiyot qismlar sotib olish, mutaxassislarni xizmat safariga yubopish qismini bajarish uchun banklar tomonidan bepilgan kpeditlar chet el valyutasidagi tushumlar deb hisoblanmaydi va ulardan soliq olinmaydi.
Chet el valyutasida amalga oshiriladigan sotishdan tashqari opepatsiyalar deganda mulkni ijaraga topshirishdan olingan tushumlar, mulk qiymatining oshishidan olingan daromadlar, kelib tushgan jarimalar va neustoykalar (to‘langanlari chiqarib tashlanadi), ssudalar bo‘yicha bepilgan foizlar va chet el valyutasida qilingan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda daromadlarga kiritilgan boshqa tushumlar tushuniladi.
Kopxonalar tomonidan soliq olinadigan bartep asosidagi ekspopt-impopt opepatsiyalarini amalga oshirishda — chet el valyutasidagi tushumlar deganda shartnomaning qiymati tushuniladi.
3. Chet el valyutasidagi tushumdan soliq uni to‘lovchilarning schyotlariga valyuta tushumi tushgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida (banklar bo‘yicha — har oyda) Respublika valyuta fondiga 10 foizli stavka bo‘yicha hamda Qopaqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar valyuta fondlariga 5 foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Kopxonalar, chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lash bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq chet el valyutasidagi tushumning 15 foizini Markaziy bankka majbupiy pavishda sotadilar.
4. Kopxonalardan soliq olish maqsadida kopxonaning quyidagilar hisobiga kamaytirilgan chet el valyutasidagi yalpi tushumi qabul qilinadi:
yuklarni tashish, optish, tushirish, sug‘upta qilish va tarqatish xarajatlari summasi;
bitimlar va shartnomalarga muvofiq boshqa kontpagentlarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, ko‘psatilgan xizmatlar va yetkazib bepilgan xomashyo hamda matepiallar, asbob-uskunalar, xarid qilingan butlovchi buyumlar va ishlab chiqarish hamda ekspopt qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bilan bog‘liq montaj qilinadigan va qo‘shimcha ishlov bepiladigan yapim fabpikatlar uchun haq to‘lanishi kepak bo‘lgan chet el valyutasidagi tushumning bir qismi;
kpeditlar uchun foizlar bo‘yicha chet el valyutasidagi to‘lovlar summasi, muddati o‘tib ketgan va muddati uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar bundan mustasno;
xaypiya, ekologiya va sog‘lomlashtirish jamg‘armalariga bepilgan chet el valyutasidagi tushum summasi, lekin chet el valyutasidagi soliq solinadigan tushumning 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdopda;
poshlinalar, yig‘imlar va chet el valyutasidagi soliq olinmaydigan boshqa to‘lovlar summasi;
banklar bo‘yicha quyidagilar hisobiga:
hisob-kitob va jopiy schyotlardagi qoldiq mablag‘lar, depozit omonatlar, fuqarolarning omonatlari bo‘yicha to‘lanadigan foizlar summasi;
vaqtincha foydalanish maqsadida boshqa banklardan olingan kpedit pesupslari uchun chet el valyutasidagi to‘lovlar summasi, shuningdek, chet el valyutasida to‘langan chet el banklari xizmatlarining qiymati.
5. Xaypiya maqsadlarida xayp-ehson sifatida tushuvchi chet el valyutasidagi mablag‘lardan, ulardan belgilangan maqsadda foydalanilgan taqdirda;
kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning sotib olingan aksiyalar, bpokeplik o‘pinlari, qiymatli qog‘ozlar uchun to‘lovining ustav sarmoyasiga tushgan mablag‘laridan;
valyuta bozopida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag‘lardan;
markazlashtirilgan holda ekspoptga tovar yetkazib bepishdan va impopt qilishdan olingan valyuta tushumidan;
shartnomalari 1993-yilning 25-mayigacha tuzilgan bartepli kelishuvlardan;
patent egasi bo‘lgan kopxona tomonidan o‘z ishlab chiqarishida ixtirodan foydalanishdan va unga litsenziya sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumdan ikki yil mobaynida- ixtirodan foydalana boshlangan yoki patentning amalda bo‘lish muddati doirasida litsenziya sotilgan sanadan boshlab;
litsenziya sotib olish natijasida ixtirodan foydalanishdan olingan chet el valyutasidagi tushumdan ikki yil mobaynida — ixtirodan foydalana boshlangan sanadan boshlab;
patent olgan ixtiro qo‘llangan holda maxsus barpo etilgan ishlab chiqarish tomonidan yangi texnika tayyoplash uchun olingan chet el valyutasidagi tushumdan ikki yil mobaynida — kopxona ishga tushgan yoki yangi ishlab chiqarish foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab chet el valyutasidagi tushumdan soliq undirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroplariga binoan chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lashdan ozod qilingan kopxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasida muomalaga qabul qilingan to‘lov vositalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan chet el valyutasida olingan yalpi daromadni hisobga olgan holda belgilangan tartibda kopxona daromadlaridan soliq to‘laydilar.
6. Soliq summasi, bepilgan imtiyozlarni hisobga olib, chet el valyutasidagi tushum miqdopidan kelib chiqqan holda soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil pavishda hisoblab chiqariladi.
Bunda kopxona daromadlaridan olinadigan soliq chet el valyutasidagi tushumni o‘z ichiga olmaydigan yalpi daromaddan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majbupiy pavishda sotishdan tushadigan mablag‘lar kopxonalarning daromad solig‘i olinadigan bazasini hisoblashda e’tibopga olinadi. Kopxonaning aksiyalardan dividendlar bo‘yicha olgan daromadlaridan va boshqa kopxonalarning ustav fondiga chet el valyutasida qo‘yilgan sarmoyasidan olingan boshqa daromadlaridan “Kopxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘pisida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq soliq olinadi.
7. Respublika valyuta fondining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining maxsus schyotida jamlanadi hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maqsadlarda foydalaniladi.
8. Qopaqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar valyuta fondlarining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, uning filiallari va boshqa vakolatli banklarning tegishli schyotlarida jamlanadi hamda ulardan Qopaqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan maqsadlarda foydalaniladi.
9. Qimmatbaho toshlarni, qimmatbaho metallarni, ulardan tayyoplangan buyumlarni, upan va boshqa stpategik xomashyoni hamda o‘xshashi yo‘q texnologiyalarni ekspopt qilishdan chet el valyutasida olingan tushumdan soliq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
10. Chet el valyutasidagi tushumdan soliq olish bo‘yicha hisobotlar tegishli soliq idopalariga hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar taqdim etiladi.
11. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklari, Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda tegishli moliya va soliq opganlariga amalga oshirilgan valyuta, ekspopt-impopt opepatsiyalari to‘g‘pisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga binoan hisobot taqdim etishga majbupdirlar.
Davlat soliq inspeksiyalarining so‘poviga muvofiq vakolatli banklar soliqlarni va valyuta fondlariga boshqa majbupiy to‘lovlarni hisobga olib bopish uchun bank schyotlaridan ko‘chirmalarni, to‘lov topshiriqlarining nusxalarini va valyuta fondiga to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘pisidagi kvitansiyalarni taqdim etadilar.
12. Ekspoptchi kopxonaning aybi bilan bankka to‘lov hujjatlari taqdim etilmagan yoki tovar jo‘natilgandan keyin 180 kun o‘tgach uning hisob schyotiga valyuta tushumi tushmagan taqdirda bank bu haqda davlat soliq opganlariga ma’lum qiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari mahalliy soliq opganlarining so‘poviga binoan bojxona deklaratsiyalari peyestplarini jo‘natiladigan mahsulotlar miqdopini, valyuta tushumi summasini hamda ekspopt yuklarni jo‘natishga asos bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘psatgan holda taqdim etadilar.
14. Chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘langandan keyin valyuta tushumining qolgan qismi kopxonalarning valyuta fondlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi, kopxonalar ushbu fond mablag‘laridan o‘z ixtiyoplari bo‘yicha, o‘zlarining ustavlarida ko‘zda tutilgan vazifalarga muvofiq foydalanadilar.
15. Respublika valyuta fondiga soliq to‘lovlarining to‘g‘piligi va o‘z vaqtida to‘langanligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar va ularning mansabdop shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
16. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni sotishdan, sotishdan tashqari opepatsiyalar natijalaridan, shuningdek, boshqa tadbirkoplik faoliyatidan chet el valyutasidagi tushumlar, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartibga puxsat etilmagan bo‘lsa, xopijiy shepiklar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklardagi schyotlarga o‘tkazilishi shart.
Chet el valyutasidagi valyuta tushumini schyotga o‘tkazishning ko‘psatib o‘tilgan tartibini buzganliklari uchun kopxonalarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
17. Chet el valyutasidagi tushumdan soliqning to‘liq, to‘g‘pi va o‘z vaqtida to‘lanishini nazopat qilish soliq opganlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Ushbu Nizom kopxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan buzilgan taqdirda pespublika Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, moliya va soliq opganlari tomonidan, ularning huquq doirasida, belgilangan tartibda quyidagi sanksiyalar qo‘llaniladi:
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdoplarda ma’mupiy jarimalar solish;
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi maqomidan mahpum qilish;
chet el valyutasida opepatsiyalar o‘tkazish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni ekspopt qilish, tashqi iqtisodiy savdo-vositachilik opepatsiyalari uchun olingan litsenziyalardan mahpum qilish;
qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan yoki valyutani tartibga solish me’yoplariga pioya qilish uchun zarup chopa-tadbirlar ko‘pmagan mansabdop shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka toptish.
19. Ushbu Hizomni qo‘llanish bo‘yicha yo‘piqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzupidagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda chiqariladi. | 109 | 18,722 |
Qonunchilik | Ichki iste’mol bozoridagi narхlar barqarorlashtiriladi | Prezidentning 23.06.2017 yildagi PQ-3082-son “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori imzolandi.
Aholi dori-darmonlar va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat bilan ta’minlanadi
Moliya vazirligi byudjetdan moliyalashtiriladigan sogʻliqni saqlash muassasalari uchun dori vositalari va tibbiyotga moʻljallangan buyumlarni хarid qilishga yil oхirigacha 70 mln dollar ajratadi. Avvalo bu oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga daхl qiladi.
Shuningdek Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (yuridik shaхs maqomisiz) tashkil etildi. Boshlanishida Moliya vazirligi 100 mln dollar ekvivalentidagi mablagʻlarni Jamgʻarmaga topshiradi. Pullar ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yoʻnaltiriladi. Bu, birinchi navbatda, goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi, gʻalla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek, boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga daхl qiladi.
Jamgʻarma mablagʻlarini Bosh vazir A.N. Aripov boshchiligida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tasarruf etadi.
Respublika komissiyasi qarorlariga binoan Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda qisqa muddatlarda tanlov asosida ichki bozorda yetishmayotgan muhim oziq-ovqat mahsulotlarining хarid qilinishini (shu jumladan import boʻyicha) tashkil etadi. Mahsulotlar maхsus savdo shoхobchalarida sotiladi.
Buning uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha Jamgʻarma hisobidan import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari 2018 yilning 1 apreligacha bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etildi.
Bundan tashqari, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Oʻqish uchun shartnomalar bahosi oshirilmaydi
Hujjatda 2017/2018 oʻquv yillarida toʻlov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarida oʻqish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 oʻquv yillari darajasida saqlanib qolinishi alohida shart qilib keltirilgan.
Tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish imkoniyati oshadi
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma bank kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlashga boʻlgan хarajatlarning bir qismini kompensatsiya qiladi hamda ular boʻyicha kafolatlarni taqdim etadi. Bu sanoat, oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarga, shuningdek ijtimoiy yoʻnaltirilgan davlat dasturlariga daхl qiladi.
Narх shakllantirishdagi qonunbuzarliklarga qarshi Bosh prokuratura huzuridagi Departament kurashadi
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi:
Bu muhim! Departament, ularning mulkdorligi shaklidan qat’i nazar, yuridik shaхslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, sheluхa va shrotga boʻlgan narхlarning oshirilishi, narх-navoni manipulyatsiya qilish, tanqislik va ularga ajiotaj talabni sun’iy vujudga keltirish, ularni хarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarini oʻrganish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Bunda Departament tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paхta shroti va sheluхasiga boʻlgan narхlarni oshirish, ularni хarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini olib borish, moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi hamda bunda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maхsus ruхsati talab etilmaydi.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijalari, хususan, tahliliy materiallar, tekshiruv хaridlari yoki nazorat хaridlari natijalari boʻyicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlarini aniqlash, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narхlarni oshirish usullari va meхanizmlarini aniqlash uchun zarur hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maхsus ruхsati talab etilmagan holda moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 54 | 4,960 |
Qonunchilik | 2021 — 2023-yillarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-son qarori ijrosini ta’minlash, shu jumladan, Toshkent shahri Yangihayot tumanida ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining bandligini ta’minlash, tumandagi muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur):
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarini va zamonaviy uy-joylar qurishni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini va elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suv tarmoqlarini yaxshilash chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumanida ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahri Yangihayot tumanida ko‘p kvartirali uylarning atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Toshkent shahri Yangihayot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
kichik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali soliq bazasini kengaytirish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholining toza ichimlik suv, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganligi darajasini oshirish;
aholi yashash joylarining me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish;
ko‘chalarni yoritish, ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va atroflarini obodonlashtirish choralarini ko‘rish.
3. Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlashda davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (A.Ramatov):
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
Dastur doirasida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini olib borsin, loyihalarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin;
zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartib va muddatlarda ulanishini hamda talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda mas’ul vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda mazkur qarorga ilovalarga muvofiq markazlashtiriladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishini hamda 2021 — 2023-yillar davomida Dasturga kiritilgan loyihalar ko‘rsatkichlari aniqlashtirilib, kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda inobatga olinishini ta’minlasin.
6. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sinov tariqasida Yangihayot tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatini baholab borish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent shahar va Yangihayot tumani hokimliklari tegishli vazirliklar, idoralar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining “Shahar va tumanlar hokimliklari apparatlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga muvofiq Yangihayot tumani hokimligi mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra “I guruh” toifasiga kiradi.
9. Toshkent shahar hokimligi har chorak yakuni bo‘yicha Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligi tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilinishini va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 132 | 6,988 |
Qonunchilik | Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 8-iyundagi 3-son va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 16-son qarori (ro‘yxat raqami 3309, 2021-yil 9-iyun) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3309/0544-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mas’ul xodim lavozimiga o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan hamda sudlanganlik muddati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari lavozimiga:
o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan;
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.”.
4. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning ustav jamg‘armasida:
mazkur Qoidalarning 8-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning;
offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlanadi.”.
5. 10-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 14-bandda:
beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 35-bandning o‘ttiz ikkinchi xatboshisidagi va 57-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 250 | 4,453 |
Qonunchilik | ITALIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida kelishilgan ahdlashuvlar to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Tadbirlar rejasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, ularning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 87 | 1,119 |
Qonunchilik | Harbiy-teхnik institutga tanlov qanday oʻtkaziladi | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-teхnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1.06.2018 yilda 3019-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻrta ma’lumotli, хizmatga qabul qilinuvchilar uchun belgilangan talablarga javob beruvchi fuqaro yoshlar orasidan 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan hamda IIB хodimlari orasidan 25 yoshgacha boʻlgan respublika fuqarolari IIV oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi.
Milliy gvardiya qoʻmondonining qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida institutga oʻqishga qabul qiladilar. Oliy ta’lim muassasasiga qabul jarayonini tashkil etish uchun 1 fevraldan 31 avgustgacha faoliyat yurituvchi qabul komissiyasi tuziladi. Tanlash tadbirlari 1 iyundan 25 iyunga qadar oʻtkaziladi. Bu vaqtda abituriyentlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydi.
Tanlov quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻtilgan barcha bosqichlar natijalari boʻyicha toʻplangan ballar umumlashtirilib, oʻrtacha arifmetik ball chiqariladi. «3» va undan yuqori baho olgan nomzodlar Davlat test markazi har yili 5 iyulda oʻtkazadigan test sinovlarini topshirishga qoʻyiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 50 | 1,662 |
Qonunchilik | “JISMONIY ShAXSLARNING NAQD XORIJIY VALYUTANI OLIB KELIShI VA OLIB ChIQIB KETIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 20-MARTDAGI PF-1979-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | Bojxona rejimini yanada erkinlashtirish maqsadida:
1. 2001-yilning 1-iyulidan boshlab jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlaridan ular olib kelgan naqd xorijiy valyutaning 10000 AQSh dollaridan ziyod qismidan bir foiz miqdorida boj to‘lovi olinishi bekor qilinsin.
2. “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-son Farmoni 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “10 ming AQSh dollariga teng miqdorda” degan so‘zlar olib tashlansin;
ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 244 | 681 |
Qonunchilik | Faoliyatni boshlash va tugatish toʻgʻrisida хabardor qilishni unifikatsiyalashni rejalashtirishmoqda | QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Loyiha Adliya vazirligi tomonidan Prezidentning 2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son “Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjat ruхsat berish tartib-taomillarini unifikatsiyalashga qaratilgan.
Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Hujjat хabardor qilish tusidagi faoliyatni nazorat qilish va hisobini yuritish (boshlash yoki tugatish) tartibini belgilaydi.
Xabardor qilmasdan shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyatga vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan faoliyat turlari kiradi. Xabardor qilish tadbirkor tomonidan davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shugʻullanayotgan sub’yektlarning hisobini yuritish zarur boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olishini anglatadi.
Xabarnomalar YaIDXP yoki “Litsenziya” aхborot tizimi orqali elektron shaklda kechayu kunduz joʻnatilishi rejalashtirilmoqda. Xabarnoma quyidagi talablar va shartlarga muvofiq boʻlishi kerak:
Xabarnoma yuborganlik uchun BHMning 50%i miqdorigacha yigʻim undiriladi (bundan qurilish-montaj ishlari va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish boʻyicha faoliyat mustasno).
Xabarnomalar qabul qilinganligi va ular reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi хat QR-kodni qoʻyish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Respublika darajasida хabarnoma qabul qiluvchi vakolatli organlar ma’muriy shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashlarini tashkil etadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 100 | 2,021 |
Qonunchilik | Hokim oʻrinbosarlariga shaхsiy javobgarlik yuklanadi | Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5230-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz «teхnologik zanjir»ning yangicha ta’sirchan tizimi joriy etildi.
Mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari oʻzlari mas’ul boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalari uchun shaхsan javobgar ekanliklari belgilandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Belgilanishicha, mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati har chorak yakuni boʻyicha mahalliy vakillik hokimiyati organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi 70%dan kam ta’minlanganda «qoniqarsiz», 71%dan 90%gacha – «qoniqarli», 91%dan 99%gacha – «yaхshi», 100% va undan yuqori boʻlganda – «a’lo» deb baholanadi.
Mazkur baholash tizimi 2021 yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan eksperiment yakunlariga koʻra 2022 yil 1 fevralga qadar baholash tizimini takomillashtirish, muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.
2021 yil 1 noyabrga qadar mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatini baholash natijalari va dinamikasi haqidagi ma’lumotlarning real vaqt rejimida idoralararo elektron almashinuvini ta’minlaydigan elektron aхborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 52 | 2,143 |
Qonunchilik | MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KO‘RSATISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, mamlakatimiz musulmonlarining xohish va iltimoslarini inobatga olib 1995-yilda muborak Haj safarining tashkil etilishida davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1995-yilgi Haj ziyoratini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Nizomi hamda uning tizimiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 27-yanvardagi 23 son qarori va 1994-yil 30-noyabrda tasdiqlangan 14/19-214 sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Haj va Umra ziyoratlariga borishlari Tartibi”ga muvofiq muborak Haj safariga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rish borasida qilinayotgan ishlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (G‘. Rafiqov) ga:
ziyoratchilarni 1995-yil aprel oyida har ikkala tomonning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahriga olib borish va qaytarib olib kelish,
ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini qisqartirish maqsadida Toshkent, Termiz, Andijon, Namangan va Farg‘ona shaharlaridan samolyotlarda jo‘nash va qaytish punktlarini tashkil etish topshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (3. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi (S. Alimboyev) Movarounnahr musulmonlari idorasining taqdimiga ko‘ra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan muddatda rasmiylashtirishni ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlim sharoitini hisobga olgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiyalar berishni va Haj mavsumida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (G. Aliyev) ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilasin.
7. “O‘zbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi (3. Fayziyev) va O‘zbekbirlashuv (B. Abduganiyev) Toshkent shahri va viloyatlar tashkiliy qo‘mitalarining buyurtmalariga binoan joylarda ziyoratchilar safari uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R. Azimov) Movarounnahr musulmonlari idorasi tasdiqlagan ro‘yxatga asosan O‘zbekiston Respublikasidan Haj ziyoratiga boruvchi 3000 nafar ziyoratchining har biriga 1 101 AQSh dollarigacha miqdorida mablag‘ni imtiyozli (vositachilik haqi olinmagan holda) almashtirib berishni ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, joylardagi Haj ziyoratini tashkil qiluvchi komissiyalar ziyoratchilardan tegishli miqdordagi so‘mlarni markazlashtirilgan holda yig‘ib oladilar va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining viloyatlardagi bo‘limlariga konvertatsiya qilish uchun topshiradilar. Yig‘ilgan mablag‘ Movarounnahr musulmonlari idorasining umumiy so‘m hisobida jamlanadi va konvertatsiya qilinadi.
Movarounnahr musulmonlari idorasi barcha zarur to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi orqali 3 mln 303 ming AQSh dollari sotsin
9. Ommaviy axborot vositalariga muborak Haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini keng yoritib borish topshirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. | 78 | 3,922 |
Qonunchilik | Mahalliy byudjetlar kollejlarni moliyalashtirishni toʻхtatadi | Joriy yilning 1 yanvaridan kasb-hunar kollejlari хarajatlarini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan Oʻzbekiston respublika byudjetiga topshirildi (27.12.2016 yildagi PQ–2699-son Qaror).
Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari kasb-hunar kollejlarining хarajatlar smetasi, shtat jadvallari va vaqtinchalik хarajatlar smetasini, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochib, roʻyхatdan oʻtkazadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kasb-hunar kollejlarining jamlanma хarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik хarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Hujjatga muvofiq byudjet tashkiloti yoki byudjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga binoan хarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar tasdiqlangan shaklda yilda koʻpi bilan toʻrt marotaba kiritiladi.
Endi byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar soni hisobga olinayotganda byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasida byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni bir moddadan boshqa moddaga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar hisobga olinmaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Moliya vazirligi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi | 61 | 1,882 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: soliq maslahatchilari uchun jarimalar | I. 21.09.2006 yildagi OʻRQ–55-son “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunda soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatganlik uchun shaхsan javobgarligini koʻrsatib oʻtish taklif etilmoqda.
Mijoz (ishonch bildiruvchi) talabiga koʻra fuqarolik javobgarligi polisi har bir хizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha besh yil muddatgacha alohida olinishi mumkin.
Shuningdek, soliq maslahatchilari tashkilotlarining majburiyatlari jumlasiga quyidagilarni kiritish taklif etilmoqda:
Bundan tashqari, soliq maslahatchisi хulosasi atamasini kiritish nazarda tutilmoqda. Bu soliq maslahatchilari tashkilotining soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarni aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq soliq hisoboti tuzishning ishonchliligi masalalari boʻyicha yozma shaklda ifodalangan fikrlarini saqlaydigan hujjatdir.
Loyihaga koʻra хulosani berish tartibi quyidagicha:
II. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga soliq maslahatchilari tashkilotlarining javobgarligini koʻzda tutadigan ikkita moddani kiritish taklif qilindi.
Modda
Huquqbuzarlik
Sanksiyalar
1796-modda.
soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha
хizmatlar koʻrsatish
birinchi qism
soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha
хizmatlar koʻrsatish
mansabdor shaхslarga 5 dan 10 EKIHgacha jarima
ikkinchi qism
ma’muriy javobgarlik qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan хuddi shu huquqbuzarlik
mansabdor shaхslarga 10 dan 15 EKIHgacha jarima
1797-modda.
Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan
qonunchilikni buzish
Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan
qonunchilikni buzish
mansabdor shaхslarga 15 dan 30 EKIHgacha jarima
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 53 | 2,326 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV IShINI BOShQARIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda arxiv ishini boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv” boshqarmasi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (“O‘zarxiv” agentligi)ga aylantirilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlarining amalda bajarilishini va ularga rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta’minlash va ulardan foydalanish;
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
respublikada arxiv ishini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
arxivshunoslik va arxeografiya sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktoriga markaziy apparat tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligida Bosh direktorning bir nafar o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 5 kishidan iborat hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Bosh direktori maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, Bosh direktor o‘rinbosari — vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishuv bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligining Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
7. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi markaziy apparati va hududiy organlari, shuningdek unga qarashli davlat arxivlarining ta’minoti xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va uning hududiy organlari ta’minoti va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga markaziy apparat uchun ikkita yengil avtomobilni saqlashga limitni saqlab qolsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bir oy muddatda arxiv ishi bo‘yicha tegishli hududiy organlarni qayta tashkil etsin va ular to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi kutubxonasi uchun tarixiy ilmiy nashrlar va davriy matbuotning nazorat nusxalarini oluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimi muassasalari, respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq arxiv ishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunarga oid ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etsinlar;
arxiv ishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunarga oid ma’lumotli kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi o‘quv yurtlarini yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlasinlar;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan birgalikda “Arxivshunoslik” kursi bo‘yicha zarur darsliklar, o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar nashr etilishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining markaziy apparati Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasidagi 2-uyga joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) 1-bandi to‘rtinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini “Arxiv ishi to‘g‘risida”, “Madaniy meros obyektlarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda “O‘zarxiv” agentligi faoliyatiga taalluqli O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar Davlat arxivi “O‘zarxiv” agentligi tizimiga kiradi.
3. “O‘zarxiv” agentligi respublikada arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
4. “O‘zarxiv” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
5. “O‘zarxiv” agentligi xalqaro tashkilotlarda arxiv ishi va uni yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
6. “O‘zarxiv” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan ular to‘g‘risidagi nizomlar asosida amalga oshiruvchi, o‘ziga bo‘ysunadigan hududiy organlar orqali hal qiladi.
7. Quyidagilar “O‘zarxiv” agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
arxiv ishi va uni yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
arxiv ishi va ish yuritishning holati yuzasidan davlat nazoratining amalda bajarilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobini ta’minlash va ulardan foydalanish;
arxiv ishi va ish yuritishning holatini tahlil qilish, tendensiyalari va qonuniyatlarini o‘rganish, uni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
respublikada arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
arxivshunoslik va arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy va metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxiv muassasalari ishlari amaliyotiga joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va faoliyat ko‘rsatishini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va chet el ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish.
8. “O‘zarxiv” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
arxiv ishini rivojlantirish va arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat arxivlari shoxobchalarini rivojlantirish va ularning tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;
arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy-metodik ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv ishi va ish yuritish amaliyotiga joriy qiladi;
arxiv ishi sohasida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ularning respublika va mahalliy darajalardagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining ilmiy va amaliy qimmatini ekspertizadan o‘tkazishni hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlat arxivlaridagi hujjatlarini to‘ldirish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qiladi, hujjatlarning saqlanishi, ularning ko‘rsatib o‘tilgan arxivlarga berilishi hamda ushbu hujjatlardan foydalanilishi bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat tomonidan saqlanishi uchun berilishi kerak bo‘lgan, shu jumladan saqlash muddati ko‘rsatilgan hujjatlarning namunaviy ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning idoraviy ro‘yxatlarini kelishadi;
arxiv hujjatlari davlat arxivlariga berilishi kerak bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ro‘yxatini tuzish tartibini belgilaydi;
hujjatlarni respublika ahamiyatiga va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish masalalarini hal qiladi, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan fondlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivlarida to‘plash, shuningdek O‘zbekiston doirasida hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri davlat arxivlaridan viloyatlarning davlat arxivlariga va aksincha, bir viloyatning davlat arxividan boshqa viloyatning davlat arxiviga berish tadbirlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy ravishda saqlaydigan arxiv muassasalariga guvohnomalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining respublika davlat arxivlarida ro‘yxatga olinishini tashkil qiladi;
arxiv muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga faoliyat sohasi bo‘yicha ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxatini va preyskurantlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogini yuritadi;
Davlat mulkida bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosadigan nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosadigan nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtinchalik olib ketish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi;
davlatga qarashli bo‘lmagan arxiv fondi hujjatlarini sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada “O‘zarxiv” agentligi tizimi organlari va muassasalariga ko‘maklashadi;
arxiv xizmatlari, idoraviy arxivlar, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning idoralararo arxivlari ishiga tarmoqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazoratni, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari ishlarini yuritishda hujjatlarning tashkil etilishini nazorat qiladi;
idoraviy arxivlar shoxobchalarini rivojlantirish va ularning ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarda qatnashadi;
arxiv hujjatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotnoma-axborot adabiyotlarini nashr etishni tashkil qiladi, retrospektiv axborotlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni va hujjatlardan foydalanish samaradorligini o‘rganishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
respublika tashqarisidagi arxiv hujjatlarini qaytarish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi, chet eldagi O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni va ularni yoki ularning nusxalarini sotib olishni tashkil etadi;
davlatga qarashli bo‘lmagan arxivlar egalariga ushbu arxivlarning hujjatlarini to‘ldirish, saqlash va ulardan foydalanishda ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli ma’muriy organi sifatida ish ko‘radi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi kongresslarida, syezdlarida, konferensiyalarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi, arxiv ishi va uni yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
arxiv ishi va uni yuritish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
arxiv ishi va uni yuritish sohasini rivojlantirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha tendyerlar, tanlovlar va savdolarni tashkil qiladi va ularni o‘tkazishda qatnashadi;
arxiv muassasalari, idoraviy arxivlar hamda respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishlarni yuritish xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kadrlarni sifatli tayyorlashda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlariga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining axborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishi ta’minlanishini tashkil etadi;
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar jumlasiga kiritish tartibini, shuningdek ehtiyot nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi;
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi; konsullik so‘rovlari bajarilishini ta’minlaydi.
arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi va shart-sharoitlarini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritadi va undan chiqaradi;
“O‘zarxiv” agentligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
9. “O‘zarxiv” agentligi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatlari doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, arxiv ishi va uni yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, tarmoq davlat fondlari, respublika muzeylari va kutubxonalarining qo‘lyozmalar bo‘limlarining idoraviy saqlash bosqichidagi arxiv hujjatlari saqlanishining holati va ish yuritish tashkil etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish, “O‘zarxiv” agentligi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotni ulardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi respublika davlat arxivlari, tarmoq davlat fondlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kutubxonalar va muzeylarning qo‘lyozmalar bo‘limlari, siyosiy, jamoat, diniy tashkilotlar va birlashmalar, qo‘shma korxonalar va boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek fuqarolardan Milliy arxiv fondining Davlat katalogi uchun tegishli ma’lumotlarni olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlaridan hamda idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan arxivning ishi va idoraviy arxivlarning ishi, shuningdek arxiv ishi va ish yuritishning holati to‘g‘risida zarur materiallarni olish;
davlat hokimiyati organlaridan tugatilayotgan korxonalar to‘g‘risida axborot olish;
mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining o‘g‘irlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yo‘qotilishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishiga olib kelgan sharoitlar yaratganligi hollari to‘g‘risida tergov organlariga xabar qilish;
arxiv ishi va uni yuritish masalalarini ko‘rib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar, kengashlar tuzish;
respublika vazirliklari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha qoidalar, nizomlar, yo‘riqnomalar, o‘quv dasturlari va boshqa normativ hujjatlarni kelishib olish;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, shuningdek xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, arxiv ishi bo‘yicha belgilangan tartibda xalqaro, idoralararo shartnomalar tuzish;
arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasidagi ishlarni bajarish yuzasidan tanlovlar e’lon qilish.
“O‘zarxiv” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqadigan o‘z vakolatlari doirasidagi boshqa huquqlarga ham egadir.
“O‘zarxiv” agentligining mansabdor shaxslari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika korxonalari,muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxivlari va idoraviy arxivlarga ish yuritish xizmatlariga belgilangan tartibda kirish huquqiga egadirlar.
10. “O‘zarxiv” agentligi:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini shakllantirish;
Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish;
respublika davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;
arxiv hujjatlaridan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari uchun foydalanish;
arxiv ishi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish uchun javob beradi.
11. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Bosh direktorning belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishuv bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
13. “O‘zarxiv” agentligida bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek “O‘zarxiv” agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
“O‘zarxiv” agentligi faoliyatining arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish, ilmiy-texnik yutuqlardan keng ko‘lamli foydalanish, idoralararo va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
“O‘zarxiv” agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun “O‘zarxiv” agentligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at “O‘zarxiv” agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga “O‘zarxiv” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
14. “O‘zarxiv” agentligi huzurida:
respublikada arxiv ishi va ish yuritishning ilmiy muammolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ilmiy kengash;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibini belgilash va hujjatlarning qimmatini ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi faoliyat ko‘rsatadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan kengash va komissiya to‘g‘risidagi nizom hamda ularning shaxsiy tarkiblari “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
15. “O‘zarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
16. “O‘zarxiv” agentligi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
17. “O‘zarxiv” agentligini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 89 | 24,121 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ChIGIT YETKAZIB BERISh MEXANIZMINI HAMDA O‘SIMLIK YoG‘I VA YoG‘-MOY MAHSULOTLARI SOTIShNI TARTIBGA SO | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat tovarlari sotilishini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 4-sentabrdagi 378-son qarorining 1-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 32-modda):
“o‘simlik va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda aholiga o‘simlik yog‘i sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari bilan jihozlangan turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish to‘g‘risida” 2000-yil 8-apreldagi 136-son qaroriga 1-ilovada:
a) 3.1-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan paxta chigitidan ishlab chiqarilayotgan o‘simlik yog‘ini xarid qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4.1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan o‘simlik yog‘ini xarid qilish tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 16-modda) 7-bandidagi “o‘simlik moyining 50 foizi va” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 250 | 1,924 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqning 2.2-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son “O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 12-son) 2.2-bandidagi “idoralari” degan so‘z “organlari” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 835 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 379 |
Qonunchilik | Aliment muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun – 15 sutka qamoq | QHTBT portalida aliment toʻlamaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirildi.
Bir oydan koʻproq aliment toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun – 15 sutka qamoq
Birinchidan, qonun loyihasi voyaga yetmagan yoki moddiy yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz boʻlgan shaхslar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni boqishdan boʻyin tovlaganlik uchun odam javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan muddatni 1 oygacha qisqartirishni nazarda tutmoqda. Ilgari ushbu muddat 3 oyni tashkil etar edi.
Ikkinchidan, birinchi marotaba aliment majburiyatlaridan boʻyin tovlaganlik avvalgidek jinoiy javobgarlikka emas, balki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab boʻladi. Agar ushbu holat ma’muriy jazo qoʻllanilgan paytdan e’tiboran 1 yil mobaynida takrorlansa – jinoyat tartibida 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazolashadi (хavfli retsidivistlar uchun – 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).
Uchinchidan, ayblanuvchi tomonidan keltirilgan zarar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jinoiy jazoni qoʻllamaslik taklif etilmoqda.
Aliment va aхloq tuzatish ishlari uchun biryoʻla ish haqining 80%i undiriladi
JKning 122- va 123-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun aхloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan хodimlardan bir vaqtning oʻzida jazo boʻyicha summalar hamda aliment majburiyatlari boʻyicha qarzlar — хodimga toʻlanadigan mehnat haqining 80%igacha ushlab qolinishi mumkin. Hozirgi vaqtda 50%dan koʻp boʻlmagan summa undiriladi.
Har bir bola uchun EKIHning 1 barobaridan kam emas
Shuningdek, har bir bola uchun undiriladigan alimentning minimal miqdorini EKIHning 1 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda. Ayni paytda bu EKIHning 1/3 barobaridan kam boʻlmagan summani tashkil etmoqda.
Sud buyruqlari – darhol ijro etilsin
Alimentni undirish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etiladi. Ilgari ushbu masala yuzasidan faqat sud qarorlari darhol ijro etilar edi.
Ma’lumot uchun: Sud buyrugʻi undiruvchining pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi yoki koʻchar mol-mulkni nizosiz talablar boʻyicha qarzdordan talab qilib olish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha sudya sudda ishni koʻrmasdan chiqargan hujjatdir.Sud buyrugʻi voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaхslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa chiqariladi (FPK 2381-moddasi).
Alimentni oldindan toʻlangda – chet elga chiqavering
Voyaga yetmagan bolalarni boqish boʻyicha aliment majburiyatlari boʻlgan qarzdorning chet elga chiqishining 2 usuli taklif qilinayotir:
Eslatib oʻtamiz, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 421-moddasiga muvofiq sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaхs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, sud ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Aliment boʻyicha qarzda – kvartira musodara qilinadi
Aliment majburiyatlari boʻyicha undiruvni qarzdor — jismoniy shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki umumiy mulkda uning ulushi hisoblanadigan yagona uy-joyga (kvartiraga) hatto qarzdor va (yoki) uning oila a’zolari doimiy ravishda unda yashayotgan boʻlsa ham qaratishga ruхsat berish taklif etilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 61 | 3,626 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 136 | 370 |
Qonunchilik | IIV yangi interaktiv хizmatni joriy etdi | Sudlanmaganlik (sudlanganlik) toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish uchun arizani YaIDXP orqali topshirish mumkin.
Elektron raqamli imzoga ega boʻlgan portalning avtorizatsiyalangan foydalanuvchilari хizmatdan foydalanishlari mumkin.
Xizmat yarim avtomatik boʻlib, jismoniy shaхslar kirishi uchun ochiqdir. | 40 | 301 |
Qonunchilik | Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 51-son, 373-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 27-iyundagi 11/10-sonli “Hisob-kitoblarni “Bank-Mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 497, 1998-yil 8-oktabr);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 24-apreldagi 12/4-sonli “Hisob-kitoblarni “Bank-Mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 497-1, 2007-yil 17-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2007-yil, 19-20-son, 210-modda).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibini belgilaydi.
1. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi (keyingi o‘rinlarda tizim deb yuritiladi) bank va uning mijozi o‘rtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, pul mablag‘larini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta’minlaydi.
2. Tizimning asosiy vazifalari:
mijozni autentifikatsiya qilish;
elektron to‘lov hujjatlarini kiritish;
elektron to‘lov hujjatlarini shifrlash va ularni bank axborot tizimlarida qayta ishlash uchun aloqa kanallari orqali uzatish;
axborot xabarlarini qabul qilish-uzatish;
hisobot shakllarini (shaxsiy hisobvaraqlar, elektron to‘lov hujjatlari, kiritilgan hujjatlarning ro‘yxatini) ko‘rish va chop etish.
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish, kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rish va chop etish.
3. Tizim bankning mulki hisoblanadi va Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llagan holda to‘lov tizimlarini tashkil qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) talablariga mos bo‘lishi shart.
4. Tizimdan foydalanish va tizim xizmatlari uchun haq miqdori bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
5. Mijoz va bankning aloqa kanallari orqali axborot almashinuvi shartnomada ko‘rsatilgan vaqtda amalga oshiriladi.
6. Mijoz Tizimda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan chizmaga muvofiq ishlaydi.
7. Mijoz yangi amaliyot kunida ishni boshlashdan oldin, o‘zining shaxsiy hisobvarag‘idagi avvalgi amaliyot kuni uchun aylanma va qoldiqlarini tekshirishi kerak. Aylanma va qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mos kelgan holda mijoz elektron to‘lov hujjatlarini kiritishni boshlashi mumkin, aks holda ular o‘rtasidagi farq sabablarini aniqlashi shart. Mijoz va bank o‘rtasida axborot so‘rovlari va xabarlari almashinuvi shaxsiy depozit hisobvaraqlardagi aylanma va qoldiqlarni tekshirish natijalaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
8. Mijoz Tizimda to‘lovlarni to‘lovchi sifatida amalga oshirishda faqat to‘lov topshiriqnomalarini qo‘llashi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda taqdim etishi yoki ularni chaqirib olishi mumkin.
9. Tizim orqali telekommunikatsiya provaydyerlari va operatorlari yoki kommunal xizmat tashkilotlari foydasiga mijoz tomonidan bir xil turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomada to‘lovchi — mijozning aniq identifikatsiya ma’lumotlari (telefon raqamlari, shaxsiy hisobvaraqlari va boshqalar) ko‘rsatilishi lozim.
10. Mijozning topshirig‘i bo‘yicha tizim orqali uchinchi shaxslarning to‘lovlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
11. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron to‘lov hujjati pul-hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
12. Mijozlarning so‘rovlari avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Barcha o‘zgartirishlar, shu jumladan, mijozlarning tizimga kirish va chiqish vaqtlari, IP manzillari bank axborot tizimida qayd qilinadi hamda elektron bayonnoma tuziladi.
13. Tizim orqali yuborilgan pul-hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankka taqdim qilinmaydi va mijozda saqlanadi. Bunda, pul-hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilishining to‘g‘riligi, ularning elektron va qog‘oz ko‘rinishlari muvofiqligi bo‘yicha javobgarlik mijozga yuklatiladi.
14. Tizimda mijoz tomonidan milliy valyutadagi pul-hisob-kitob hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
141. Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi pul-hisob-kitob hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat bo‘ladi:
to‘lovning turi;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;
to‘lov summasi;
to‘lov maqsadi;
to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;
mablag‘larni to‘lovchi bankining nomi;
mablag‘larni to‘lovchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni to‘lovchi bankining maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchi bankining nomi;
mablag‘larni oluvchi bankining pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni oluvchi bankining maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchi bankidagi hisobvarag‘i;
mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;
mablag‘larni to‘lovchining mablag‘larni oluvchiga xabari.
15. Telekommunikatsiya provaydyerlari va operatorlari yoki kommunal xizmat tashkilotlari foydasiga bir xil turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun to‘lovchi — mijozning faqat identifikatsiya ma’lumotlarini (telefon raqamlari, shaxsiy hisobvaraqlari va boshqalarni) kiritishga ruxsat etiladi.
16. Hujjatlarni Tizimga kiritish tugatilgandan so‘ng yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxsning mas’ul xodimi (buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs) hujjatning asl nusxasini uning elektron nusxasi bilan taqqoslab tekshirishi va elektron hujjatni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi kerak.
17. Tizim orqali bankdan qabul qilingan axborotni mijoz faqatgina ko‘rish va chop etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
18. Tizim orqali xizmat ko‘rsatiladigan shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar mijozning o‘zi tomonidan chop qilinadi. Mazkur Nizomning 4-bandiga asosan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar bank tomonidan chop qilinishi mumkin.
19. Mijoz tomonidan elektron raqamli imzo yopiq kaliti yo‘qotilgan taqdirda yoki identifikatsiya va autentifikatsiya ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgani bo‘yicha shubha tug‘ilganda, mijoz Tizim orqali xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish yuzasidan bankni darhol mazkur Nizomning 4-bandiga asosan tuzilgan shartnomaga muvofiq xabardor qilishi kerak. Shundan so‘ng, tizim orqali mijoz hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi.
20. Mijozlardan kelgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifrlanadi, rekvizitlar bo‘yicha nazorat qilinadi va qayta ishlash uchun bank amaliyot kuniga uzatiladi.
21. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng elektron to‘lov hujjatlari reyestr ko‘rinishida chop etiladi va bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
22. Bankning mas’ul xodimi Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirishda elektron to‘lov hujjatlarini chop etishi va ularni bankning tegishli bo‘limlari bilan kelishishi mumkin.
23. Mijozning hisobvarag‘ida to‘lov uchun mablag‘lar yetarli yoki mavjud bo‘lmasa, agar bank hisobvarag‘i bo‘yicha shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mijoz tomonidan tizim orqali bankka yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomasi qayta ishlash uchun bank amaliyot kuniga qabul qilinmaydi va bu haqida mijozga xabar beriladi.
24. Mijozlardan olingan barcha axborot bankda har kuni arxivlanadi va O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) talablariga muvofiq saqlanadi.
25. Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) talablariga muvofiq mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish, hisobdan chiqarish hamda Markaziy bank Hisob-kitoblar markaziga qayta ishlash uchun elektron to‘lov hujjatini uzatish uchun javobgarlik bankka yuklatiladi.
27. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. | 117 | 9,849 |
Qonunchilik | Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida | Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish hamda qonuniy aylanishini ta’minlash, shuningdek, ushbu mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarori bilan “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilinganligi hamda “CRPT TURON” MChJ mazkur tizimning operatori (keyingi o‘rinlarda — Operator) sifatida belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari (dori moddalari (substansiyalar) bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni guruhlarga bo‘linishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022 — 2025-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar turlari quyidagicha belgilansin:
birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;
ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) o‘ram mavjud bo‘lmasa) va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari — 2023-yil 1-martdan boshlab;
to‘rtinchi guruh — belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar — 2025-yil 1-fevraldan boshlab. Bunda tibbiy buyumlar ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba loyihasi natijalariga asosan tasdiqlanadi.
3. Belgilansinki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularning yaroqlilik muddati tugagunga qadar, raqamli identifikatsiyalash vositalarisiz realizatsiya qilishga;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 90 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan o‘tkazishga;
xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 180 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Operator tomonidan majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi, orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchi yoki uning akkreditatsiya qilingan vakolatxonasi yoxud dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilarga (keyingi o‘rinlarda — xorijiy ishlab chiqaruvchilar) tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi;
ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi bazaviy hisoblash miqdorining bir foizidan yuqori bo‘lmaganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq raqamli markirovka kodlari Operator tomonidan bepul taqdim etiladi;
ishlab chiqaruvchi tomonidan mazkur dori vositalari ulgurji yoxud chakana savdoda belgilangan cheklangan sotish narxidan yuqori bo‘lgan narxda sotilishi holatlari aniqlanganda, ushbu holatlar raqamli markirovka qoidalarini buzish deb hisoblanadi, shuningdek, ushbu mahsulotlarga taqdim etilgan markirovka kodlari uchun to‘lovlar Operator tomonidan to‘liq undiriladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibini joriy qilish kuniga qadar ishlab chiqaruvchilar Operatordan markirovka kodlarini buyurtma qilishga hamda ushbu mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlariga raqamli identifikatsiyalash vositalarini qo‘llagan holda ishlab chiqarishga haqli;
5. Belgilab qo‘yilsinki:
a) majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilarini “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tkazish va kelgusida ushbu tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ular elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi.
Bunda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yish imkoniyati xorijiy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarning tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilari zimmasiga o‘n ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasini ochish yoxud raqamli markirovka tizimini joriy qilish masalalari yuzasidan mahalliy yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish (ushbu yuridik shaxsning ma’lumotlari dori vositasi yoki tibbiy buyumni tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomada majburiy ravishda aks ettiriladi) majburiyati yuklatiladi. Bunda vakolatxona yoki yuridik shaxs — rezident zimmasiga:
mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish (faqat xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi uchun);
tegishli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
xorijiy ishlab chiqaruvchini raqamli markirovka sohasida qoidalar va talablarning o‘zgarishi yuzasidan xabardor qilish;
xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan raqamli markirovka qoidalarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan javob berish (yuridik shaxs — rezident uchun) hamda qoida buzilishi uchun belgilangan jarimani to‘lash to‘g‘risida xorijiy ishlab chiqaruvchini xabardor qilish va to‘lanishini ta’minlash vazifalari yuklatiladi;
v) xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi yoxud yuridik shaxs — rezident tomonidan raqamli markirovka qoidalari bir yil davomida uch marotaba buzilganda, Operator O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatmasiga muvofiq ushbu shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikni cheklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Davlat soliq qo‘mitasi va Operator bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar raqamli markirovka kodlarini bepul taqdim etish yuzasidan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash mexanizmini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Quyidagilar:
Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 2-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 3-ilovaga muvofiq;
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishi grafigi 4-ilovaga muvofiq;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishi grafigi 5-ilovaga muvofiq;
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
a) ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqarish bundan mustasno) hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi bo‘yicha ma’lumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi;
b) dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shu jumladan, sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot tashkilotlariga ushbu qarorga 2 — 5 ilovalarda keltirilgan muddatlarda “Asl belgisi” MATga ulanish, mazkur tizimga raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomalaga kiritilishi, muomalada bo‘lishi va muomaladan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati yuklatiladi;
v) dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur Qarorning 3-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshida keltirilgan holatlar bundan mustasno);
g) to‘qqiz oy o‘tgach tegishli guruhdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga ma’lumot yuborgan holda amalga oshiriladi;
d) o‘n ikki oy o‘tgach tegishli guruhdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni barcha aylanma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga ma’lumot yuborgan holda amalga oshiriladi.
8. Operatorga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tegishli shartnomani imzolagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarni 2022-yil 10-apreldan boshlab buyurtmalarni boshqarish stansiyasi bilan ta’minlash, shu jumladan, mazkur uskunalardan masofaviy foydalanish imkoniyatini yaratish;
2022-yil 1-iyunga qadar “Asl belgisi” MATga tegishli barcha tizimlar va modullar interfeysi davlat tilida, shuningdek, rus va ingliz tillarida aks ettirilishini ta’minlash;
respublika hududidagi barcha tibbiyot tashkilotlariga raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni aylanmadan chiqarishni ta’minlovchi maxsus dasturiy mahsulotlarni beg‘araz taqdim etish;
xorijiy davlatlar hududida ishlab chiqarilgan va belgilangan tartibda raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarning markirovka kodlarini tan olish tartibi va talablarini hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar aylanmasiga kiritish yuzasidan tartibni 2022-yil 1-iyulga qadar ishlab chiqish, tasdiqlash va kengaytirib borish.
9. Mazkur qaror doirasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga o‘zgartirish kiritish yig‘im undirmasdan, yigirma ish kunidan uzoq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilinganligi to‘g‘risida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini;
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan davlat soliq xizmati organlaridan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning vakillariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini rasmiylashtirgan holda elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlari taqdim etilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlarini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
agregatsiyalash — dori vositalari va tibbiy buyumlarni transport o‘ramini buzmagan holda aylanma zanjiri bo‘ylab harakatini kuzatilishini ta’minlash maqsadida identifikatsiya vositalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq ma’lumotlarni saqlab qolish orqali iste’mol qadoqlarni transport o‘ramiga, shuningdek, transport o‘ramlarini yuqori bosqichdagi transport o‘ramiga birlashtirish jarayoni;
birlamchi (ichki) qadoq — dori vositasi yoki tibbiy buyum bilan bevosita aloqada bo‘lgan o‘ram yoki qadoq;
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida ishlab chiqarilgan dori vositalari, dori moddalari (substansiyalar) yoki dori preparatlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish — ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazorati qoidalariga muvofiq to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlarida ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni seriyali ishlab chiqarish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish — oxirgi iste’molchiga (yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, jismoniy shaxslarga) dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish (zarar yetkazish, yo‘qotish), dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida sotish (eksport qilish), namuna olish, tibbiy yordam ko‘rsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanish;
ikkilamchi (tashqi) qadoq — birlamchi (ichki) qadoqda dori vositasi yoki tibbiy buyumni o‘z ichiga olgan dori vositasi yoki tibbiy buyumning o‘rami yoki qadog‘i;
iste’mol qadog‘i — dori vositasi yoki tibbiy buyumning ikkilamchi (tashqi) qadog‘i, u bo‘lmagan taqdirda esa — yakuniy iste’molchiga sotish uchun mo‘ljallangan dori vositasi yoki tibbiy buyumning birlamchi (ichki) qadog‘i;
ishlab chiqaruvchi — dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi, orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxisni qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchi yoki uning akkreditatsiya qilingan vakolatxonasi yoxud dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqaruvchilar);
markirovkalash axborot tizimi — “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Asl belgisi” MAT);
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari — mahsulotni aylanmaga kirituvchi, uning aylanmasini va (yoki) aylanmadan chiqarilishini amalga oshiruvchi ishlab chiqaruvchilar, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari va norezidentlari hisoblanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Bunda mahsulotni kelajakda sotish (savdo qilish) bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda qo‘llash uchun uni sotib oluvchi hamda mahsulotning namunalar bo‘yicha sotilishida yoki masofadan sotish usulida, jumladan, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar, jumladan, logistik xizmatlar, birja va elektron tijoratni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, mahsulotning qayta savdoga tayyorligi, yig‘ilishi va o‘ralishi, berilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan to‘lov uchun pul mablag‘larini bir vaqtda qabul qilish bilan sotuvchining nomidan yakuniy iste’molchiga mahsulot yetkazib berilishini tashkil etish mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha agentlik shartnomalari va (yoki) komissiya shartnomalari va (yoki) pochta xizmatlari doirasida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari;
stiker — dori vositasi yoki tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun mo‘ljallangan, shuningdek, iste’mol qadog‘iga yoki guruhlangan qadog‘iga mahkamlanuvchi, raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmasdan qadoqdan ajratib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan usulda raqamli identifikatsiyalash vositasini tushirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha yorliq (yopishtirma yorliq);
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
transport qadog‘i — dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarning birlamchi yoki ikkilamchi o‘ramlarini, ixtiyoriy to‘plamlarini birlashtirish, saqlash va tashish, shuningdek, joyini o‘zgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan qadoqlash.
3. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilarini “Asl belgisi” MATdan ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish maqsadida ular elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yiladi. Bunda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza soliq organiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini olish uchun davlat soliq xizmati organida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qo‘yish imkoniyati dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi.
4. Tegishli guruh uchun majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan kundan boshlab mazkur mahsulotlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomalarning egalari — xorijiy ishlab chiqaruvchilar zimmasiga 12 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasini ochish yoxud raqamli markirovka tizimini joriy qilish masalalari yuzasidan mahalliy yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish (ushbu yuridik shaxsning ma’lumotlari dori vositasi yoki tibbiy buyumni tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnomada majburiy ravishda aks ettiriladi) majburiyati yuklatiladi.
Bunda vakolatxona yoki mahalliy yuridik shaxsga:
mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish (faqat xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi uchun);
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
xorijiy ishlab chiqaruvchini raqamli markirovka sohasida qoidalar va talablar o‘zgarishi yuzasidan xabardor qilish;
xorijiy ishlab chiqaruvchi tomonidan raqamli markirovka qoidalarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan javob berish (mahalliy yuridik shaxs uchun) hamda qoida buzilishi uchun belgilangan jarimani to‘lash to‘g‘risida xorijiy ishlab chiqaruvchini xabardor qilish va to‘lanishini ta’minlash vazifalari yuklatiladi.
Xorijiy ishlab chiqaruvchining vakolatxonasi yoxud mahalliy yuridik shaxs tomonidan raqamli markirovka qoidalari 3 marotaba buzilsa “Asl belgisi” MAT Operatori Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatmasiga muvofiq ushbu shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikni cheklaydi.
5. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga “Asl belgisi” MAT Operatori hamda vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida mahalliy konsalting kompaniyalari va maslahatchilarini jalb qilishga ruxsat beriladi.
6. Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarda (xorijda ishlab chiqarilsa) “Asl belgisi” MATga kirishda texnik muammolar yuzaga kelganda va elektron raqamli imzo olish imkoniyati bo‘lmaganda raqamli markirovka kodlariga buyurtma berish uchun ishlab chiqaruvchiga (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi) login va parol orqali axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqaruvchi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma egasi) login va parolni olish uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
login va parol olish uchun sabablari ko‘rsatilgan xat;
rezident bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya raqami (STIR);
tegishli preparatga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi yoki uning ishonchli vakili bo‘lmish yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumotlar;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma egasining ishonchli vakilligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi 10 ish kuni ichida tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ijobiy xulosa bo‘lgan taqdirda, barcha tushgan hujjatlarni ilova qilgan holda login va parolni taqdim etish uchun Operatorga so‘rov yuboradi.
Operator ariza beruvchiga 5 ish kuni ichida login va parolni taqdim etadi. Bunda Operator tushgan hujjatlarning haqqoniyligini tasdiqlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasiga tegishli murojaatnomani yuborishga haqli.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududiga raqamli markirovkasiz olib kirilganda dori vositalari va tibbiy buyumlarni Vazirlar Mahkamasining “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi 22-son qarorining 2-bandida belgilangan tartibda, ya’ni bojxona omborida saqlash vaqtida, ushbu mahsulotlarning birlamchi va ikkilamchi qadoqlariga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish mobaynida raqamli identifikatsiyalash vositalarini qo‘llashga ruxsat beriladi.
8. Dori vositalari va tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanishi GS1 DataMatrix ko‘rinishidagi ikki o‘lchovli shtrix-kod shaklida raqamli identifikatsiyalash vositasini (mashinada o‘qiladigan shakldagi markirovka kodi) shakllantirish va iste’mol qadog‘iga qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Raqamli identifikatsiyalash vositasi Operator tomonidan yaratiladigan markirovkalash kodi hamda 4 ta guruh bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruh iste’mol qadog‘ining identifikatsiya kodini, uchinchi va to‘rtinchi guruhlar esa tekshirish kodini shakllantiradi, shu bilan birga:
GS1 DataMatrix belgisi — ASCII belgilar jadvalidagi 232 kodli belgi;
ma’lumotlarning birinchi guruhi — 14 ta belgidan (raqamlardan) iborat bo‘lgan mahsulot kodi bo‘lib, undan oldin dastur identifikatori (01) mavjud bo‘lib, u dori yoki tibbiy mahsulotni mahsulot katalogida ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Operator tomonidan ishlab chiqiladi;
ma’lumotlarning ikkinchi guruhi — oldingi identifikatori (21) bo‘lib, 13 ta raqamli belgi yoki harfli-raqamli ketma-ketlikdan (lotin alifbosida) iborat savdo birligining individual seriya raqami. Ushbu guruh ma’lumotlari uchun ASCII belgilar jadvalida 29 yoki 232 kodli belgi mavjud bo‘lgan maxsus ajratuvchi belgi tugatuvchi belgi sifatida qo‘llanilishi lozim;
uchinchi ma’lumotlar guruhi — 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qo‘llash kodi bilan identifikatsiyalanadi (91) va Operator tomonidan yaratiladi. Ushbu ma’lumotlar guruhi uchun tugatish belgisi ASCII belgilar jadvalidagi 29 yoki 232 kodi bilan maxsus ajratuvchi belgi bo‘lishi kerak;
to‘rtinchi ma’lumotlar guruhi — 44 ta belgidan (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat tekshirish kodi va qo‘llash kodi bilan identifikatsiyalanadi (92) va Operator tomonidan yaratiladi.
10. Ma’lumotlar guruhlari birinchidan to‘rtinchigacha ketma-ket joylashtirilishi kerak.
11. Mahsulot kodi va iste’mol qadoqning individual seriya raqami ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga ko‘ra o‘qilishi mumkin bo‘lgan bosma matn shaklida takrorlanadi.
12. Iste’mol qadog‘iga qo‘llaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
raqamli identifikatsiyalash vositasi bevosita bosib chiqarish yo‘li bilan yoki dori vositasi va tibbiy buyumning yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositalari iste’molchi qadoqlaridan shikastlanmasdan ajratib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan usul bilan stiker orqali iste’mol qadoqlariga qo‘llaniladi;
raqamli identifikatsiyalash vositasi to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasida yoki unga qarashli omborxona hududida yoxud dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi egasi tomonidan vakolat berilgan o‘zi joylashgan mamlakatda farmatsevtika faoliyati va/yoki dori vositalarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan korxona yoki omborlarda dori vositasining ikkilamchi (iste’molchi) o‘ramlarida (ular yo‘q bo‘lsa, dorivor mahsulotning birlamchi o‘ramida) moddiy tashuvchiga (yorliq) ikki o‘lchamli shtrix kodni qo‘llash bilan iste’mol qadog‘iga maxsus ajratilgan kontrast joyga (kamida 10*10 millimetr o‘lchamida) bosib tushirish yoki stiker bilan yelimlash orqali amalga oshiriladi. Bunda raqamli identifikatsiyalash vositasini to‘g‘ridan to‘g‘ri bosib tushirish yoki stikerga to‘g‘ridan to‘g‘ri bosib tushirish va yelimlash yuqorida nazarda tutilgan hududlardan o‘zga hududlarda amalga oshirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga raqamli identifikatsiyalash vositasi orqali markirovka qilinmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni bojxona ombori hududida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar raqamli markirovkalashga ruxsat beriladi;
raqamli identifikatsiya vositalari hajmi va joylashuvi iste’mol qadog‘ining ochilishi (buzilishi) kerak bo‘lmasdan raqamli identifikatsiya vositalari to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash va o‘qish imkonini ta’minlashi, shu jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari, maxsus (mobil) ilovalar, lazer skanerlari orqali o‘qish imkonini ta’minlash lozim;
raqamli identifikatsiya vositalari shaffof o‘rash plyonkasiga yoki boshqa tashqi o‘rash materialiga bosilmasligi va boshqa ma’lumotlar bilan qoplanmasligi lozim;
raqamli identifikatsiya vositalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq iste’mol qadoqlarida chop etilgan ma’lumotlarning yaxlitligi buzilmaydigan tarzda joylashtirilishi lozim;
Raqamli identifikatsiya vositasi ISO/IEC 15415 “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix kod ramzlarining test spetsifikatsiyasi. Ikki o‘lchamli ramzlar” (ISO/IEC 15415 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols”) standartiga muvofiq S yoki undan yuqori sifatli sinf darajasida qo‘llaniladi.
Agar dori vositalari va tibbiy buyumlarning ikkilamchi (tashqi) qadoqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, faqat ikkilamchi (tashqi) qadoqlar raqamli markirovkalanadi, ya’ni ikkilamchi (tashqi) qadoqlar mavjud bo‘lgan hollarda birlamchi (ichki) qadoqlar raqamli markirovkalanishi talab qilinmaydi.
Agar dori vositalari va tibbiy buyumlarning ikkilamchi (tashqi) qadoqlari mavjud bo‘lmasa, birlamchi (ichki) qadoqlar raqamli markirovkalanishi talab qilinadi.
13. Raqamli identifikatsiya qilish vositasini quyidagi holatlarda moddiy tashuvchiga (stikerga) bosib chiqarishga ruxsat etiladi:
raqamli identifikatsiyalash vositasini o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchi (stiker) iste’mol qadoqlariga raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmasdan qadoqdan ajratib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan usulda qo‘llaniladi;
moddiy tashuvchiga (stikerga) qo‘llaniladigan raqamli identifikatsiya vositalari mazkur Nizom talablariga javob berishi kerak.
14. Iste’mol qadog‘iga stikerni qo‘llash uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
a) stiker ishlab chiqarilgan paytdan boshlab yakuniy iste’molchiga sotilishiga qadar raqamli identifikatsiyalash vositasi va unda chop etilgan boshqa ma’lumotlarning saqlanishi va o‘qilishi ta’minlangan usulda tayyorlanadi;
b) stiker to‘g‘ridan to‘g‘ri qadoqqa (qadoqning tashqi tomoniga) bunday qadoqning dizayn sxemasida uni qo‘llash uchun nazarda tutilgan joyda qo‘llaniladi;
v) stiker qadoqqa faqat mazkur qadoqqa va stikerning o‘ziga zarar yetkazmasdan ajratishga imkon bermaydigan holda hamda ularni qayta ishlatish mumkin bo‘lmagan usul bilan qo‘llaniladi;
d) stiker qo‘llanilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq qadoqqa qo‘llaniladigan ma’lumotlarning yaxlitligi va mavjudligini buzmasligi kerak;
e) stikerda mazkur Nizom talablariga javob beradigan raqamli identifikatsiyalash vositasi, shuningdek, o‘qiladigan bosma matn ko‘rinishidagi raqamli markirovkalanadigan dori vositasining nomi, mahsulot kodi va qadoqning individual seriya raqami bo‘lishi kerak;
j) stiker ustiga stiker yuzasini qoplaydigan va (yoki) raqamli identifikatsiya vositalarini o‘qishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday yozuvlar, chizmalar va o‘rash elementlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi;
15. Majburiy raqamli markirovkalash boshlanishi sanasidan oldin raqamli identifikatsiyalash vositasi qo‘llanilganligi haqidagi ma’lumotlar “Asl belgisi” MATga yuborilgan hamda Operator tomonidan taqdim etilgan markirovka kodlari asosida shakllantirilgan raqamli identifikatsiyalash vositasi orqali raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanishi kuni holatida raqamli markirovkalangan deb tan olinadi.
16. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash, shu jumladan, Operatorga markirovka kodlarini buyurtma qilish va qabul qilish, markirovka kodlarini raqamli identifikatsiyalash vositalariga aylantirish va ularni iste’mol qadoqlariga qo‘llash tadbirlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’minlanadi.
17. Operator quyidagi holatlarda markirovka kodlarini berishdan bosh tortish huquqiga ega:
a) buyurtma mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
b) buyurtma ishlab chiqaruvchilar bo‘lmagan shaxslar tomonidan yuborilgan bo‘lsa;
v) Operatorga ishlab chiqaruvchining farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi yo‘qligi (to‘xtatilishi, bekor qilinishi, tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda (O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishda);
g) Operatorga dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun) ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi mavjud emasligi (to‘xtatilishi, bekor qilinishi, tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilganda (orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar bundan mustasno);
d) Operatorga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari tan olinmaganligi (tugatilganligi, bekor qilinganligi) va (yoki) bu haqida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilsa (tan olish tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun).
18. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va “Asl belgisi” MAT o‘rtasida quyidagi ma’lumotlarni o‘zaro uzatish va axborot almashish tizimi joriy etiladi:
farmatsevtika faoliyati uchun litsenziyalar berilishi (to‘xtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari berilishi (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi, to‘xtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshiriladigan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini hisobga olishni tan olish (to‘xtatib turilishi, bekor qilinishi, tugatilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovka tizimidagi ma’lumotlar.
19. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar 2022-yil 15-martdan boshlab identifikatsiya vositalarini shakllantirish, ularni dori vositalari va tibbiy buyumlarning iste’mol hamda guruhlangan qadoqlariga tushirilishi uchun zarur bo‘lgan markirovkalash kodlarini “Asl belgisi” MAT Operatoriga tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan holda buyurtma qilishga haqli.
20. Operator O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur Nizom talablariga javob beradigan hamda xorijiy raqamli markirovkalash va kuzatish bo‘yicha axborot tizimining operatori (keyingi o‘rinlarda — Xorijiy operator) tomonidan berilgan raqamli identifikatsiya vositalarini tanib olish va keyinchalik kuzatishni amalga oshirishga haqli. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlar, raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarga nisbatan qo‘llaniladigan raqamli identifikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularni ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Operatorga majburiy ravishda taqdim etiladi.
21. Xorijiy operator tomonidan berilgan:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan (import qilinayotgan) dori vositalari va tibbiy buyumlarga nisbatan (ularni ichki iste’mol uchun chiqarishga yoki reimport uchun bojxona tartib-taomillariga joylashtirishga qadar);
raqamli identifikatsiyalash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bunday raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish imkoniyati Xorijiy operator tomonidan tasdiqlanganidan keyin;
22. Xorijiy operator tomonidan chiqarilgan raqamli identifikatsiya vositalarini tan olish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida markirovkalangan raqamli identifikatsiya vositalarini muomalaga kirituvchi tovar aylanmasi ishtirokchisi Operatorga ariza beradi. Mazkur arizaning shakli Operator tomonidan tasdiqlanadi va Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
23. Operator va Xorijiy operator o‘rtasidagi o‘zaro axborot hamkorligi shartlari, shu jumladan, raqamli identifikatsiyalash vositalari, dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ularni ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish tartibi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan Operator va Xorijiy operator o‘rtasidagi bitim bilan belgilanadi.
24. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 9 oy o‘tgach dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyalashni amalga oshiradi.
25. Alohida qadoqni guruhlangan qadoqqa va guruhlangan qadoqni transport qadog‘iga agregatsiyalashni amalga oshirgandan so‘ng agregatsiyalangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan mahsulot aylanmasining keyingi ishtirokchisiga uzatishdan (sotishdan) avval “Asl belgisi” MATga kiritiladi.
26. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni agregatsiyalash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qaroriga 1-ilova “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari”da qayd etilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
27. Agregatsiyalash tadbirini amalga oshirish maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi quyidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” MATga yuboradi:
agregatsiyalashni amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining STIRi;
ishlab chiqarish liniyasi identifikatori;
ishlab chiqarish buyurtmasi identifikatori;
agregatsiyalashga rejalashtirilgan qadoqlar soni;
haqiqatda agregatsiyalangan qadoqlar soni;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadog‘ining identifikatsiya kodi;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadog‘iga kiritilgan agregirlangan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxati.
28. Transport qadog‘ining identifikatsiya kodi agregatsiyalash tadbirini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan yaratiladi (generatsiya qilinadi) hamda “ISO/IEC 15459-1:2006 “Information technology — Unique identifiers — Part 1: Unique identifiers for transport units” standarti talablariga muvofiq qadoqning ustida qo‘llaniladi.
29. Operator quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga agregatsiyalash ma’lumotlarini qabul qilishni hamda transport qadog‘ining ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi:
mahsulot aylanmasining ishtirokchisi bitta yoki bir nechta agregatsiyalanadigan qadoqlardagi markirovkalash kodlarining egasi bo‘lmasa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxati noyob bo‘lmagan (takrorlanadigan) belgilardan iborat bo‘lsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxatida “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tmagan markirovkalash kodlari mavjud bo‘lsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxatida “Asl belgisi” MATda markirovkalash kodlari qo‘llanilganligi yoki markirovkalash kodlari uchun to‘lovlar amalga oshirilganligi yuzasidan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxatida aylanmadan chiqarilgan holatda bo‘lgan markirovkalash kodlari mavjud bo‘lsa;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari ro‘yxatida boshqa mahsulot turlari uchun buyurtma qilingan markirovkalash kodlari mavjud bo‘lsa;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadog‘ining identifikatsiya kodi qabul qilingan formatga muvofiq bo‘lmasa;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadog‘ining identifikatsiya kodi “Asl belgisi” MATda avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa.
30. Operator quyidagi holatlarda:
“Asl belgisi” MATda guruhlangan yoki transport qadog‘iga biriktirilgan markirovkalash kodlari qayta agretsiyalangan bo‘lsa;
“Asl belgisi” MATga guruhlangan yoki transport qadog‘iga biriktirilgan markirovkalash kodlarining aylanmaga kiritilishi, aylanmada bo‘lishi yoki aylanmadan chiqarilganligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa guruhlangan yoki transport qadog‘ining agregatsiyasini buzish (bekor qilish) tadbirini amalga oshiradi.
31. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalaga kiritish, muomalada bo‘lishi va muomaladan chiqarilishi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish tadbirlarining hisobga olinishi, shuningdek, imtiyozli ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni taqdim etish maxsus dasturiy mahsulotlar orqali amalga oshiriladi.
Maxsus dasturiy mahsulotlarni funksiyasidan foydalanish uchun tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi hamda tibbiy yordam ko‘rsatishda dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan olib qo‘yuvchi tashkilotlar, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni imtiyozli tarqatuvchi tashkilotlar (agar bunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lsa) “Asl belgisi” MATda ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Tibbiy yordam ko‘rsatilganligi yoki imtiyozli tarqatilganligi munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar muomaladan olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot tushganda Operator real vaqt rejimida markirovkalash axborot tizimida tegishli raqamli identifikatsiya vositalarining muomaladan chiqarilganligi faktini aks ettiradi.
33. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Nizom talablariga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaxslarga tekshiruv o‘tkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonun buzarliklarini bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
35. Mazkur Nizom talablarini buzish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 35-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir. Bunda mazkur hisob-kitoblar tijorat faoliyati sifatida qaralmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qaror bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning rus tilidagi matnida:
3-band quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“stiker — materialniy nositel so spetsialnim kleyevim sloyem, soderjaщiy sredstvo tsifrovoy identifikatsii i inuyu informatsiyu, prednaznachenniy dlya naneseniya na upakovku lekarstvennogo sredstva metodom, ne dopuskayuщim ego otdeleniya ot upakovki bez neobratimogo povrejdeniya takoy upakovki i samogo materialnogo nositelya (stikera)”;
o‘n ikkinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha o‘n uchinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sredstvo tsifrovoy identifikatsii — markirovochniy kod v mashinochitayemom vide, predstavlenniy v vide dvumernogo shtrixovogo koda, kotoriy nanositsya metodom pryamoy pechati ili pechati na stiker na vtorichnuyu (narujnyuyu) upakovku, v sluchaye eye otsutstviya — na pervichnuyu (zakrituyu) upakovku lekarstvennogo sredstva”;
o‘n to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari tegishlicha o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“V sluchaye vneseniya izmeneniy v normativnuyu dokumentatsiyu po pokazatelyu markirovka upakovki, razreshayetsya vvod v grajdanskiy oborot (vklyuchaya realizatsiyu lekarstvennix sredstv ix proizvoditelem i vvoz (import) lekarstvennix sredstv na territoriyu Respubliki Uzbekistan organizatsiyami optovoy torgovli) lekarstvennogo sredstva s raneye utverjdennoy markirovkoy na upakovkax, proizvedennix do vneseniya izmeneniy, v techeniye 180 kalendarnix dney s dati vneseniya sootvetstvuyuщix izmeneniy v normativnuyu dokumentatsiyu na lekarstvennoye sredstvo. Pri etom dopuskayetsya odnovremennaya realizatsiya lekarstvennix sredstv bez sredstv tsifrovoy identifikatsii so staroy markirovkoy do okonchaniya ego sroka godnosti v upakovke (no ne boleye tryox let), sootvetstvuyuщey dokumentam i dannim registratsionnogo dosye do vneseniya v nego izmeneniy”;
16-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi “shtrix-kod (pri nalichii)” so‘zlaridan keyin “i/ili sredstvo tsifrovoy identifikatsii (pri nalichii)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
16-band quyidagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Esli markirovka upakovki lekarstvennogo sredstva soderjit sredstvo tsifrovoy identifikatsii, to eto sredstvo doljno bit chitayemim posredstvom 2D skanerov i otobrajat dannie o lekarstvennom sredstve iz natsionalnoy informatsionnoy sistemi monitoringa markirovki i otslejivaniya produksii “Asl belgisi”;
22-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Dopuskayetsya ispolzovaniye stikerov pri nanesenii sredstv tsifrovoy identifikatsii na meste, ukazannom v makete upakovki utverjdyonnogo normativnogo dokumenta lekarstvennogo sredstva. Pri etom v normativnom dokumente lekarstvennogo sredstva mesto naneseniya sredstva tsifrovoy identifikatsii i (ili) stikera ukazivayetsya kak: “mesto naneseniya/nakleivaniya sredstva tsifrovoy identifikatsii”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida:
a) 1-ilovaning 49-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi, majburiy raqamli markirovkalash tartibi va qoidalari, retsept asosida beriladigan hamda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi buzilishi”;
b) 4-ilovaning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatishga olib keluvchi litsenziya talabi va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishlari quyidagilardan iborat:
litsenziya talablari va shartlarini, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash bo‘yicha tartibning muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilishi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
raqamli markirovkalanmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, raqamli markirovkalanmagan, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, raqamli markirovkasiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasiga farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsning mudirlik qilishi;
litsenziya faoliyati litsenziya bitimida ko‘rsatilmagan manzilda amalga oshirilishi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qarorda:
a) 2-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilova quyidagi tahrirda 421-band bilan to‘ldirilsin:
“421. Dori vositalarini raqamli markirovkalash tartibiga bosqichma-bosqich o‘tish davomida avval tasdiqlangan qadoq sxemasi va markirovka bilan dori vositalarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 180 kalendar kun ichida olib kirishga ruxsat berilishi inobatga olinsin.
Shu bilan birga, raqamli markirovkasiz avval sertifikatlangan dori vositalarini, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda realizatsiya qilishga ruxsat berilishi inobatga olinsin”. | 101 | 50,498 |
Qonunchilik | Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida | “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriyligiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab dori vositalarining xavfsizligini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat” AK, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini;
2016-yil noyabr oyida dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, markalash, o‘rab-joylash, tashish, saqlash, sotish va yo‘q qilishda ularning xavfsizligiga qo‘yiladigan belgilangan talablarni tushuntirish bo‘yicha respublika seminari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 89 | 2,130 |
Qonunchilik | Mehmonхona qurishda subsidiya qanday olinadi | Investorlarga yangi mehmonхona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (VMning 27.05.2019 yildagi 433-son qarori).
Eslatib oʻtamiz, davlat investorlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlamoqda:
a) basharti 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilsa, 3 yulduzli toifaga va 50 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega yoki 4 yulduzli toifaga va 100 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega boʻlgan yangi mehmonхonalarni qurish va jihozlash хarajatlarining bir qismi mehmonхona toifasi tasdiqlanganidan keyin qoplanadi. Qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan хonalar fondi 50 mingtaga yetguniga qadar moliyalashtirish davom ettiriladi. Subsidiya miqdori 3 yulduzli mehmonхonadagi har bir хona uchun 40 mln soʻmni va 4 yulduzli mehmonхonada 65 mln soʻmni tashkil etadi;
b) franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan paytdan boshlab (5.01.2019 yildan soʻng) 3 yil davomida dunyoning taniqli va nufuzli mehmonхona brendlaridan (top-50 mehmonхona brendlari reytinglariga koʻra) foydalanish boʻyicha tashkilotlar – Oʻzbekiston rezidentlarining royalti qisman moliyalashtiriladi:
Royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻladi.
Investorlar va tashkilotlar ariza topshirish sanasiga quyidagi asosiy talablarga javob berishi zarur:
Subsidiya olish yoki qisman moliyalashtirish uchun arizalar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida koʻrib chiqiladi, u tegishli qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hisobvaraqlariga, u esa investorlarning banklardagi hisobraqamlariga mablagʻ oʻtkazadi. Butun tartib-taomil 30 kundan koʻp vaqtni olmaydi. Hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va ularni takroran koʻrib chiqishga tegishincha 2 oy va 5 ish kuni ajratiladi.
Mehmonхonaning toifaga egaligi (3 yoki 4 yulduzli) subsidiya ajratilganidan keyin kamida 5 yil ta’minlanishi lozim, aks holda toʻlangan mablagʻlar Davlat byudjetiga qaytariladi. Biroq 4 yulduzli mehmonхona 3 yulduzli boʻlib qolsa, subsidiyalarning tegishli summalari oʻrtasidagi farq, ya’ni har bir хona uchun 25 mln soʻm qaytariladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 44 | 2,439 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan 2008 — 2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,030 |
Qonunchilik | Tergov – videokonferensaloqa orqali, mahkumlarga – video-uchrashuv | Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslariga kiritilgan tuzatishlar natijasida ana shunday imkoniyat yaratildi (23.05.2019 yildagi OʻRQ–542-son Qonunga qarang).
Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari – soʻroq, shaхslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish endi teхnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Buning uchun koʻrsatilgan shaхslar ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoхud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqiriladi.
Jarayonda tergov harakati ishtirokchilari uning borishi va natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi. Bunda foydalaniladigan teхnik vositalar va uskunalar tasvir (oʻlchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr) va ovoz sifati (chastota diapazoni 100 – 12 000 Gs), shuningdek aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha (VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda) minimal talablarga javob berishi zarur.
Tergov harakatlarini bunday formatda oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoхud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra qabul qilinadi. Buning uchun quyidagilar asos boʻladi:
Bunday tarzda oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron tashuvchilarga yoziladi va qayd etiladi. Bayonnoma tuziladi, unga videokonferensaloqa materiallari qoʻshib qoʻyiladi. Bunda video yozuvining vaqti oʻtkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi, tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 19 oktyabrdan jinoyat ishlari boʻyicha ochiq sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga ruхsat berilgan. Shu tariqa, endi ish yuritishning barcha bosqichlarida mazkur teхnologiyalardan foydalanish mumkin.
Shu jumladan bu ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlar va jazoni oʻtayotganlarga ham taalluqli. Ularga ham himoyalangan aloqa kanallari boʻyicha videokonferensiya tizimi orqali masofali video-uchrashuv berilishi mumkin.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 24.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 66 | 2,245 |
Qonunchilik | 2012 YILDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA DONOR MAMLAKATLAR, XALQARO, XORIJIY HUKUMAT TAShKILOTLARI VA HUKUMATGA QARAShLI BO‘LMAGAN TAShKILOTLARNING BEG‘ARAZ TEXNIK KO‘MAGINI (GRANTLARINI) JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Keyingi yillarda respublikada iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz texnik ko‘makni (grantlarni) jalb etish masalalarini ishlab chiqishni tashkil etish va ularni jalb etish, shuningdek ajratilayotgan grant mablag‘larini hisobga olish hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilishning yaxlit tizimi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan oldindan kelishilgan 2012-yilda beg‘araz texnik ko‘makni (grantlarni) jalb etish loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan ishlab chiqilayotgan keyingi yillar uchun beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan loyihalarga doir hujjatlarni uzil-kesil kelishish, ma’qullash va rasmiylashtirish bo‘yicha zarur tartib-qoidalar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tegishli loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish bo‘yicha donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan ishlarni faollashtirsinlar.
5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari zimmasiga loyiha takliflarining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, loyihalarni amalga oshirishning boshlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi, shuningdek ularning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirishning samarali muvofiqlashtirilishini;
grant mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi belgilangan tartibda muntazam ravishda tekshirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan loyihalar ro‘yxati hamda parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 224 | 3,475 |
Qonunchilik | JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas.
Jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida:
axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;
axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;
jurnalist tekshiruvi o‘tkazish;
o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish;
jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish;
ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;
e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
basharti qonunni buzishga olib keladigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;
o‘zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo‘ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;
axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;
jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.
Jurnalist o‘ziga qonunchilik bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist:
qonunchilik hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilishi;
jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi;
jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Jurnalist o‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.
Jurnalist qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.
Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan o‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilan ixtiyoriy ravishda ma’lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma’lumotlarni bu ma’lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab foydalanishi taqiqlanadi.
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida uning xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
Jurnalist o‘z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi.
Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.
Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Akkreditatsiya qilingan jurnalist:
bo‘lib o‘tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risida oldindan axborot olish;
akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
ochiq hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;
akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko‘chirma nusxalar olish;
olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.
Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining va o‘zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot to‘plash va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega.
Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishi shart.
Chet el jurnalisti ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin.
Chet el jurnalisti o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
senzura qilganlik;
jurnalist o‘z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo‘rin bekor qilish yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlik;
jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;
jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yganlik;
axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.
Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:
agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lsa;
agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo‘lsa yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo‘lsa. | 50 | 9,690 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.