folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi.
Biroq, global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan.
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2030-yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruhi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (J.A. Qo‘chqorov, A.J. Vaxabov, J.A. Xodjayev)ga:
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish;
eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-noyabrga qadar Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, shu jumladan yer va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklikning aniq shartlarini, qo‘shimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan yer va suvdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin;
zaruratga ko‘ra, mazkur Farmonning 2 — 4-ilovalarida belgilangan muddatlar va hududlarni o‘zgartirish hamda ularga qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga:
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga beriladi.
4. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda:
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, erga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi;
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi;
ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi;
yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yerlarning suv ta’minoti tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun jalb etilgan kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million so‘mdan oshmaydigan qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti qoplab beriladi;
yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan so‘ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib beriladi.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar bundan mustasno;
qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovi, olib qo‘yilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‘ning 10 barobari, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.
Bunda sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovining 90 foizi, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya to‘lovining 95 foizi Respublika budjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ushbu me’yor o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zararni hisoblashda ham qo‘llaniladi hamda hisoblangan mablag‘larning 95 foizi Respublika budjetiga va 5 foizi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi;
sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi;
yangi fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan tomchilab sug‘orish va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) mazkur Farmonning 3-ilovasida belgilangan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab etilayotgan mablag‘lar, 2019 — 2029-yillardagi Investitsiya dasturi doirasida davlat budjetidan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablag‘larning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ravishda yo‘naltirsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisob-kitoblari asosida “Mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish” Dasturida ko‘zda tutiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini moliyalashtirish uchun davlat budjeti hisobidan mablag‘ ajratsin;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini;
yer maydonlari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, yerdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) sug‘oriladigan va lalmi yerlar, tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini oshirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishini;
zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xo‘jaligi ekinlari, ularning birlamchi urug‘chiligini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etilishini va hayotga tatbiq etilishini ta’minlasin;
v) Farmonda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida vazirlik tarkibida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar mazkur Farmonning 3-ilovasida tasdiqlangan maydonlarning keyingi yilda qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari manzilli ro‘yxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
paxta va g‘alla yetishtirish rentabelligi past bo‘lgan maydoni umumiy maydonning 50 foizdan ortiq bo‘lgan tumanlarning barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish sharti bilan paxta va g‘allani to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga berish yuzasidan takliflar kiritsin;
ushbu tumanlarda tashkil etiladigan paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi investorlarga mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hukumat bo‘ysunuvida qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi tegishli tuzilma tashkil etilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga:
Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.J. Vaxabov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi prognoz ko‘rsatkichlarni, Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy choralarni ko‘rib borish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Farmonning 4-ilovasidagi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash, foydalanishga kiritilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, irrigatsiya tarmoqlarida suv yo‘qotilishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qo‘shimcha suv omborlarini qurish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha javobgarlik yuklansin.
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib, yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; aholi punktlarining yerlari; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar; tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; o‘rmon fondi yerlari; suv fondi yerlari; zaxira yerlar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.
Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda.
Jumladan, sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan.
Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln metr kub yoki iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda.
Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‘lib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va bozor konyunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‘jaligi joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSh dollarlik mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,15 AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital qo‘yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmining cheklanganligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e’tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan hamda suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining maksimal mahsuldorlik salohiyatiga erishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini tiklash, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ilg‘or dehqonchilik tizimlarini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning yuqori va intensiv agrotexnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha agrotexnik, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni sug‘orish usullarini keng joriy etish, ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan va foydalanishga kiritiladigan hamda o‘rmon fondi yerlarining meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyasini joriy qilganlik uchun qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa yerlarni foydalanishga kiritish maqsadida investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga kiritgan, yaroqsiz suv quduqlari, sug‘orish nasoslari, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlagan yoki ularni yangidan barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berish.
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ajratishning shaffof va tezkor tizimini yaratgan holda yanada takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobi yuritilishini va yangilab borilishini ta’minlash, har bir dala konturi kesimida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida barcha hududlarni aerofotos’yomkadan o‘tkazish.
Davlat yer kadastri ma’lumotlarining haqqoniy va to‘liq shakllantirilishini ta’minlash.
Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish hamda investitsiya loyihalari orqali davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi — yergeoportal.uzni ishga tushirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish holatini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish, erni masofadan zondlash tizimlaridan keng foydalanish.
Foydalanilmayotgan yerlar haqidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq unumdorligi, konturi, ularga ekinlarni joylashtirish, hosildorlikni belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va manfaatdor tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
Davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi yergeoportal.uzni yaratish maqsadida Koreya Respublikasi xalqaro “KOICA” jamg‘armasining grant mablag‘lari doirasida investitsiyaviy loyihasini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa foydalanishga kiritilgan yerlarda barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash.
Foydalanishga kiritiladigan yerlarda barpo etiladigan infratuzilma obyektlari minimal me’yorlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish.
Infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer maydonlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani Adliya vazirligi tomonidan berish amaliyotini joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda yer uchastkasini vaqtincha foydalanish uchun berish shaklini amaliyotga joriy qilish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta, g‘alla va boshqa ekinlar yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, unumdorligi va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, ushbu maydonlarda yuqori daromadli ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda hududlarning tuproq, iqlim sharoitlari va suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ichki va tashqi bozorda mahsulotga bo‘lgan talab, daromadliligi asosiy mezon bo‘lishini ta’minlash.
Suv tanqis hududlarda kam suv talab qiladigan, suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan ekinlarni joylashtirish.
Tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish sxemalarini takomillashtirish, maydon birligi hisobiga ko‘chat sonini maqbul darajagacha oshirish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan bir mavsumda kamida ikkita hosil olish choralarini ko‘rish, ushbu maqsadga erishish uchun tezpishar ekinlar urug‘i, ko‘chatlar, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa turdagi resurslar bilan barqaror ta’minlash tizimini yaratish.
Sug‘oriladigan ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.
Xalqaro tajribalarga muvofiq qishloq xo‘jaligining yangi yo‘nalishlarini (Organic, Global G.A.P. va shu kabilar) joriy qilish va rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish va uni keskin kamaytirish hisobiga tuproq unumdorligini oshirish.
Yaylovlardan samarali foydalanish tartibini belgilash, yaylov va lalmi yerlardan foydalanishning ilmiy asoslangan samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda unga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar (ko‘p yillik daraxtzorlar, tomchilatib sug‘orish tarmoqlari va boshqalar) qiymatini hisoblash va qoplash tartibini belgilash.
Bog‘lar, tokzorlar, baliq hovuzlarini va issiqxonalar tashkil qilishga yer ajratish tartibini belgilash, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarda gidroponika, vertikal fermalar usulida issiqxonalar qurishni qo‘llab-quvvatlash.
Suv tanqis, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va foydalanishga kiritish imkoniyati qiyin bo‘lgan yerlarda tayyor zamonaviy issiqxonalarni xorijiy investorlar hamda xorijiy moliya institutlarini jalb qilgan holda qurib, tayyor holda lizingga berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligida tuproqdan unumli foydalanish texnologiyalarini joriy etish. Bunda erga ishlov berish va ekinlarni parvarishlashning ilg‘or innovatsiya (Mini till, No till va boshq.) texnologiyalarini amaliyotga izchillik bilan tatbiq etish hisobiga agrotexnik tadbirlar sonini minimallashtirishga alohida e’tibor qaratish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligi va hosildorligi oshirilishini ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash.
Yer uchastkalari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.
Yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanishning oldini olishni, yerlarning unumdorligini oshirish va suvni tejovchi agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini (agrotexnik reglament) huquqiy jihatdan tartibga solish.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va uzumzorlarni yaroqsiz deb topish va ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibini belgilash.
Har 5 yilda bir marotaba davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni ishlab chiqish.
Shahar va shahar atrofidan chiqayotgan oziq-ovqat, xo‘jalik, chorva hamda boshqa organik chiqindilarni to‘plash hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga yetkazib berish.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Har bir hududning qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mahalliy va xorijiy kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “qishloq xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya xab”larini yaratish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlari 50 foizdan yuqori bo‘lgan tumanlardagi barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish shartlari bilan paxta va g‘allani to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi klasterlarga berish.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat budjeti hisobidan zarur mablag‘larni ajratish.
Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish maqsadida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, shamol va garmseldan muhofaza qilish maqsadida biomeliorotiv tadbirlar qo‘llashni kengaytirish, ixotazorlar barpo etish va qayta tiklash hamda o‘rmon fondi yerlarida cho‘l-ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari va ularni tashqi ekologik omillardan muhofaza qiluvchi yaylovlarni yaratish.
Qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.
2. Suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish. Bunda suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash, bu borada yer egalari va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish mexanizmini kengaytirish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Bunda suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror saqlash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirib borish.
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir davlat dasturini puxta ishlab chiqish va tasdiqlash.
Yengil konstruksiyali plastik lotok va quvurlar ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish hamda nasos agregatlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Tuman irrigatsiya bo‘limlari xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlarini sug‘orishda va sho‘r yuvishda suvdan samarali foydalanish hamda suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirish.
Suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni foydalanishga kiritish. Bunda asosiy e’tiborni sel suv omborlari va sun’iy suv havzalarini qurishga qaratish.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish.
Suv iste’moli sohasida bozor mexanizmlarini hamda suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilishda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish.
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste’molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash.
Suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va gidrotexnik inshootlarning texnik holatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va ularni xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hamda xorijiy grantlar hisobidan amalga oshirish.
Suv iste’molchilarining suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanishini tashkil etish.
Yer osti zaxira suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishloq xo‘jaligida yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish va undan isrofgarchilik bilan foydalanish holatlarining oldini olish.
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, ilmiy asoslangan tarzda sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlarga qayta bo‘lish va tasdiqlash.
Suv va yer resurslaridan tejovchi va ulardan oqilona foydalanishga imkon yaratib beruvchi sug‘orish va meliorativ texnika, mashina va qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Belgilangan suv olish limitlaridan tejab foydalangan, sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish texnologiyalari joriy qilib, suv iste’mol qilayotgan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
Suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar tomonidan suv olish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli yer osti suvlari zaxirasini ko‘paytirish uchun izlash, baholash gidrogeologik ishlarini o‘tkazish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun izlanishlar olib borish.
Yer osti suvi iste’molchilarining yagona Davlat statistik hisobot yuritish tartibini tatbiq etish hamda yer osti suvlaridan foydalanishning monitoring tizimini rivojlantirish.
3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘shunosligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish.
Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori daromadli va eksportbop ekinlar navlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish.
Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish.
Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.
Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik (ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ushbu ishlar natijalarini realizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish.
Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni to‘plash texnologiyalarini takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar genini joriy etish hisobiga azotlashish xususiyatini yaratish, azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan yaxshilash.
“In vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yuqori sifat ko‘rsatkichli, suvsizlikka chidamli mevali daraxt hamda tok ko‘chatlari navlarini ko‘paytirish.
Urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD, ISF va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish, urug‘chilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish hamda urug‘liklar bo‘yicha taqdim etilayotgan muvofiqlik sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish.
Hududlar ixtisoslashuvi, ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida zamonaviy ulgurji-taqsimot markazlarini (ORS) tashkil etish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘z ichiga oladigan klasterlarni jadal rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetkazib berish shartlari darajasini oshirishni ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda logistika markazlari, agrosanoat komplekslari faoliyatini rivojlantirish.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi, sohada tatbiq etilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida xalqaro talablarga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, tashish va kutilmagan ziyonlarni qoplash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirishning samarali mexanizmini joriy etish.
Yuqori malakali marketologlar tayyorlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borish ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash.
5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish.
Yer va suv munosabatlari bo‘yicha tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishlari (geodeziya, kartografiya va h.k.) va fakultetlar, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultetlar ochish.
Ilmiy tadqiqot mavzularini hududlar va qishloq xo‘jaligining muammolari yechimlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va natijalarini tijoratlashtirish.
Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni jadallashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini keng joriy qilish.
Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etish.
Soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishga, uning texnik vositalari va texnologiya uskunalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga erishish. Bunda:
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlarini jalb etish;
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash.
Sug‘orish zonalarini, mintaqaning suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Jahon amaliyotini o‘rgangan holda noan’anaviy sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish. | 94 | 40,202 |
Qonunchilik | Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqiladi | Bu 2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash sanasi ikki marta belgilangan edi. Dastlab davlatimiz rahbari tomonidan hujjatni 2018 yil 1 iyulga ishlab chiqish topshirilgan edi (13.02.2018 yildagi F-5214-son farmoyishga qarang), biroq keyinroq bu muddat 2018 yil 1 dekabrga qadar uzaytirilgan edi (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonga qarang).
Biroq, oʻtgan yilning oktyabr oyi oхirida moliya vaziri hujjat ustida ishlash koʻproq vaqt talab etishini bayon etdi. Ikkita variant koʻrib chiqilgan edi: belgilangan muddatda “хom” kodeksni qabul qilish va 2019 yilda unga tuzatishlar kiritish yoki amaldagi hujjatga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, yangi tahrir ustida ishlashni “shtatli” rejimda davom ettirish.
Yangi kodeksning loyihalari taqdim etilganiga qaramay – avval Moliya vazirligi Maхsus qismi loyihasini e’lon qildi, birozdan soʻng LBMA ikkala qismining oʻz versiyasini taqdim etdi – harakatlarning ikkinchi varianti amalga oshirildi. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qoidalari (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonga qarang) amaldagi Soliq kodeksiga implementatsiya qilindi. Buxgalter.uz saytidagi batafsil materiallar sikli unga kiritilgan tuzatishlar mohiyatiga bagʻishlangan.
Kodeksning yangi tahriri ustida ishlash ilgʻor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, хalqaro moliya tashkilotlari mutaхassislari bilan birgalikda davom ettiriladi. Unda muvozanatga rioya qilish zarur: halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan sub’yektlarni jazolash meхanizmlarini joriy etish lozim. Tegishli qonun loyihasi koʻrinishidagi ish natijasini Moliya vazirligi va DSQ boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar taqdim etishlari kerak.
2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. 15 yanvarga qadar muhokamada ishtirok etish, loyihaga sharhlar, fikr-mulohaza va takliflarni qoldirish mumkin.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 69 | 2,305 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘ | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” davlat aksionerlik kompaniyasining 2004-yil 15-noyabrdagi 01-02/12-21, ESh-01-21/247-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi elektr uzatish tarmoqlari orqali olib o‘tiladigan elektr energiyasining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1433, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2004-y., 50-son, 509-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” davlat aksionerlik kompaniyasining 2013-yil 10-maydagi 01-02/12-1, IB-01-21/948-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyani bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1433-1, 2013-yil 30-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2013-y., 22-son, 297-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” AJning 2016-yil 27-maydagi 01-02/12-36, IB-01-21/794-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyani bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1433-2, 2016-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 296-modda). | 250 | 1,977 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston migrantlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida Qozogʻiston bilan tuzilgan bitimni tasdiqladi | Prezident tomonidan 25.02.2021 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-5008-son qaror imzolandi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qozogʻistondagi Oʻzbekistonning fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlar va Oʻzbekistondagi Qozogʻistonning fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi. Bitim 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Bitim ikkala davlat hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan.
Unda quyidagi atamalar qoʻllanilgan:
Migrantlarning quyidagi huquqlari mustahkamlangan:
Mehnatkash-migrantlarning mehnatiga haq toʻlash va ularning daromadlariga soliq solish, pensiya va ijtimoiy ta’minoti, mehnatda mayiblanganlik holatlarida yoki vafot etgan taqdirda toʻlovlar va kompensatsiyalar toʻlanishi, shuningdek mehnat vazifalarini bajarish paytida mayiblanganlik, kasb kasalligiga chalinganlik yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikastlanganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash masalalari tartibga solingan.
Shuningdek Bitimda ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartib-taomillari ham belgilangan. Bunday maqsadlarda qabul qiluvchi davlatning hududida mehnatkash-migrantlar tomonidan mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartib-taomillaridan oʻtkazilmagan holda tan olinadi. Tegishli ma’lumotga ega, pedagogika, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishga haqli boʻlgan mehnatkash-migrantlarning ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida tan olish yuzasidan belgilangan tartib-taomillardan oʻtkaziladi. Ularga qabul qiluvchi davlatning qonunchiligida belgilangan tartibda mazkur faoliyat bilan shugʻullanishlariga ruхsat beriladi.
Bitim bilan boshqa jihatlar ham tartibga solingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 110 | 2,096 |
Qonunchilik | Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun sanksiyalar bekor qilinadi | Prezident tomonidan 7 sentyabr kuni “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Hujjatga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
2022 yil yanvar – iyul oylarida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq toʻlovchilarning QQS, aksiz soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Eksperiment doirasida:
a) soliq organlari:
b) shakllantirilgan soliq hisoboti soliq toʻlovchilar uchun belgilangan tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuboriladi;
v) soliq toʻlovchi soliq hisobotini olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni tasdiqlaydi yoki, agar e’tirozlari mavjud boʻlsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va oʻrnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar QQS, aksiz soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur boʻlgan soliq solish ob’yekti yoki soliq solish bilan bogʻliq boshqa ob’yektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, eksperiment meхanizmini respublikaning barcha hududlaridagi soliq toʻlovchilarga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 8.09.2021 yilda e’lon qilingan.
Elmira Siraziyeva. | 79 | 1,516 |
Qonunchilik | Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to‘siqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to‘lovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o‘sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini ko‘rsatmoqda.
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo‘lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o‘sishini ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan:
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo‘lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlovchi afzalliklardan to‘liq hajmda foydalanilmayapti;
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas;
uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti;
to‘rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo‘yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko‘rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida:
1. Tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarda har tomonlama ko‘maklashish Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.
2. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankning Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko‘maklashish bo‘yicha:
eksportni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo‘yicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat ko‘magini ko‘rsatish;
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan ularning loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish;
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash;
hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmog‘ini tashkil etish;
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar bazasini ta’minlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam ko‘rsatish;
ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan har yili “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar ko‘rgazmalari va savdo yarmarkalarini o‘tkazish, xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yo‘li orqali o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish;
eksport qilishni boshlayotganlar uchun o‘quv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari bo‘yicha savdo missiyalari tashkil etish va o‘tkazish;
b) eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash qismida:
eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga ko‘maklashish;
ko‘rgazma stendlarini tashkil etish va respublika korxonalarining xalqaro savdo yarmarkalari, taqdimotlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etishi, shu jumladan an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surishni moliyalashtirish;
milliy mahsulotlarni xorijiy vakolatli organlar tomonidan rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning ham respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro tizimlarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli moliyaviy yordam ko‘rsatish;
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va milliy eksportni sug‘urtalashning zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qo‘llagan xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sug‘urtalash mexanizmlarini joriy etish;
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish;
boshqa kompleks moliyaviy va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
3. Belgilansinki, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligini tashkil etish;
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sug‘urtalash vazifasini yuklash va uni Tashqi savdo vazirligiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirini “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylash;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratishni ko‘zda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Markaziy bank bilan birgalikda:
bir oy muddatda Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uning samarali faoliyat ko‘rsatishi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini, shuningdek, eksportchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va eksport jarayonida xatarlarni sug‘urtalash mexanizmlari, eksportchilarni kamsituvchi choralar, tarif va notarif to‘siqlardan himoya qilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga;
bir hafta muddatda “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini minimal talab etilgan darajaga ko‘tarish bo‘yicha takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. | 91 | 9,510 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON DAVLAT QIShLOQ XO‘JALIGI VA AVTOMOBIL MAShINASOZLIGI KONSERNI VA “DEU KORPOREYShN” KOMPANIYASI TOMONIDAN TOShKENTDAGI “ZENIT” ZAVODI NEGIZIDA “O‘ZDEUELEKTRONIKS” QO‘ShMA KORXONASI TAShKIL ETILIShI TO‘G‘RISIDA” 1992 | O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan davlatlararo bitimga muvofiq “O‘zdavqishloqxo‘jalikmash”konserni bilan “DEU korporeyshn” korporatsiyasi o‘rtasida imzolangan bitimga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“O‘zDEUelektroniks” qo‘shma korxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yordamida o‘z mahsulotini sotishdan olinadigan daromadlar hisobiga paxta tolasi (erkin narxlarda), mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, rangli metallar sotib olish va belgilangan tartibda eksport qilish huquqi berilsin. | 250 | 583 |
Qonunchilik | Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, O‘zbekiston sport turlari bo‘yicha terma jamoalari tarkibini shakllantirishda shaffoflikni ta’minlash, ularning tarkibiga iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) metodologiyasini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son va “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalarini kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtirish, ixtisoslashtirilgan har bir tuman (shahar)da iqtidorli yoshlarni sport turi bilan shug‘ullanish uchun sport inshootlarning aniq manzilini belgilash va sport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga saralash (seleksiya) tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
bir oy muddatda umumta’lim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtirish, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Maktab ligasi” hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba ligasi” musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda musobaqalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni hamda musobaqalar dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan Nizom va musobaqalar dasturiga muvofiq sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Maktab ligasi” hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba ligasi” musobaqalarini doimiy ravishda tashkil etish va o‘tkazish choralarni ko‘rsinlar.
3. Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxati 1-ilovaga, Respublika tuman (shahar)larini ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha sport inshootlarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga, Sport turlari bo‘yicha sportchilarni saralash (seleksiya) va tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika sport federatsiya (uyushma)lari bilan birgalikda uch oy muddatda umumta’lim maktab o‘quvchilarini sport maktablariga saralash mezonini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda:
umumta’lim maktablarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra bolalar va o‘smirlar sport maktablarining futbol bo‘yicha tarmoq to‘garaklarini tashkil etish;
sport turlari bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh sportchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish (bunda umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sport to‘garaklariga qabul qilingan o‘quvchilar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan yagona elektron “Sport to‘garagi” onlayn tizimi yaratiladi), ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, sport sohasidagi qobiliyatini yanada oshirish choralarini ko‘rsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga jismoniy tarbiya va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirish, xususan:
hududlarda jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish, shu jumladan, sport ta’limi muassasalari xodimlarining jamiyatdagi o‘rnini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
tuman (shahar)larni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda sport ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va ularni kuz-qish mavsumiga samarali tayyorlash tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarining qo‘shimcha mablag‘lari hisobiga hamda homiylar xayriyalari asosida amalga oshirish;
hududlarda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish muassasalaridagi mavjud muammolarni tezkor va samarali hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklansin.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda aholiga yetkazish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom sport turlari bo‘yicha sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va tayyorlashning metodologiyasini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
sport tanlovi — pedagogik, psixologik, ijtimoiy va tibbiy-biologik usullarni o‘z ichiga olgan tashkiliy-metodik tadbirlar tizimi bo‘lib, buning asosida yosh toifasi va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ma’lum bir sport turi yoki turlarini ixtisoslashtirish aniqlanadi;
sport yo‘nalishi — yosh sportchining muayyan sport turida ixtisoslashuv yo‘nalishini belgilash imkonini beruvchi tashkiliy-metodik tadbirlar tizimi;
terma jamoalarga nomzodlarni tanlash — sportda saralash (seleksiya) tizimini takomillashtirishning turli bosqichlarida eng yaxshi sportchilarni tanlashni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;
terma jamoalarni jamlash — respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish maqsadida nomzodlarni tanlash;
trener-seleksioner — terma jamoaga iqtidorli sportchilarni tanlash uchun mas’ul bo‘lgan tajribali mutaxassis.
3. Saralash va tayyorlash metodologiyasi quyidagi mustaqil tanlov turlaridan iborat:
sport yo‘nalishi;
terma jamoalarga nomzodlarni tanlash;
terma jamoalarni jamlash.
4. Saralash va tayyorlash metodologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi:
ideal (chempionning modeli) aniqlanadi;
sport yutuqlarining o‘sish sur’atlari prognoz qilinadi;
tashkiliy va metodik masalalar hal etiladi (tasniflash standartlari, sinov me’yorlari ishlab chiqiladi, yoki test, kuzatish, suhbatdan o‘tkazish).
5. Sportchilarni tanlashning ilmiy asoslari, ishonchli va obyektiv testlardan iborat bo‘lib, bu erishilishi mumkin bo‘lgan sport yutuqlarini taxmin qilish imkonini beradi.
Ishonchli testlar sportchining psixologik ko‘rsatkichlar, ya’ni ijobiy tusdagi fazilatlari, motivatsiyasi, yetakchilik va hissiy barqarorlik, ixtiyoriy fazilatlari, sport agressivligi, shaxsning faollashuvi hisoblanadi.
Obyektiv testlar (xotira, e’tibor, fikrlash, axborotni qayta ishlash tezligi), sensomotorika, temperament, individual faoliyatlari hisoblanadi.
6. Sportchining o‘sish dinamikasini aniqlash ko‘rsatkichlari asosan musobaqa davrida aniqlanadi.
Bunda birinchi navbatda:
pedagogik ko‘rsatkichlar (yoshi, jismoniy tayyorgarligi, tez rivojlanishi va qisqa davr ichida jismoniy tiklanish qobiliyatlari);
psixologik ko‘rsatkichlar (ijobiy tusdagi fazilatlar, motivatsiya, yetakchilik va beparvolik, hissiy barqarorlik, ixtiyoriy fazilatlari, sport agressivligi, shaxsning faollashuvi (xotira, e’tibor, fikrlash, axborotni qayta ishlash tezligi), sensomotorika, temperament, individual faoliyat uslubi);
tibbiy-biologik ko‘rsatkichlar (sog‘liq, anatomik xususiyatlar, nafas olish, qon aylanishi, endokrin holati) aniqlanadi.
7. Tanlov jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1-bosqich. Bolalar va o‘smirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;
2-bosqich. Tanlangan sport turi bo‘yicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish (ikkilamchi tanlov bosqichi);
3-bosqich. Sportga yo‘naltirish;
4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.
8. Dastlabki tanlashda bolalar va o‘smirlarning sport bilan shug‘ullanishga yaroqliligi, ularning qobiliyatlari aniqlanadi va harakat faoliyatining darajasi baholanadi.
9. Ikkilamchi tanlovda bolalarda ma’lum bir sport turi bo‘yicha boshlang‘ich me’yor sinovlari talablari tekshiriladi. Sportchining maxsus fazilatlari, uning tayyorgarligi, sport bilan shug‘ullanish darajasi, tanlangan sport turini takomillashtirish uchun yaroqliligini aniqlash imkonini beradi.
10. Sportga yo‘naltirishda ma’lum bir sport turidagi faoliyatda namoyon bo‘ladigan qobiliyatlar shakllanadi, natijada terma jamoalarga asosiy hamda zaxira tarkib nomzodlari (musobaqa davrida) tanlab olinadi.
11. Terma jamoaga saralashda ma’lum bir sport turi bo‘yicha sport qobiliyatlari professional darajada rivojlanadi, sportchilarning mahorat darajasi baholanadi. Ushbu vazifa terma jamoa bosh va katta trenerlari (trenerlar jamoasi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Sportda muayyan yutuqlarga erishgan malakali sportchilar orasidan istiqbolli sportchilarni saralab olishning zamonaviy tizimiga quyidagilar kiradi:
shug‘ullanadigan sport turidagi texnik natijalar va uning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari dinamikasi;
yosh toifasi, antropometrik ko‘rsatkichlar va salomatlik (ma’lum bir sportga moyilligi);
sport mashqlarining eng muhim bosqichlari va elementlarini bajarishda texnik xatolarni aniqlash darajasi;
uzoq muddatli maxsus jismoniy tayyorgarlik sifatlarining rivojlanish darajasi;
mashg‘ulotlar davrida jismoniy va psixoontropomik yuklamalarga chidamlikning rivojlanganligi;
tanlangan sport turida qat’iyatlilik mavjudligi.
13. Yuqori toifali sportchilarni tayyorlash va tarbiyalash ko‘p yillik murakkab jarayon bo‘lib, sportchilarning mahorati bir qator omillar bilan belgilanadi. Bunday omillardan biri iqtidorli sportchilarni tanlashda to‘g‘ri tanlangan sport yo‘nalishi hisoblanadi.
14. Sport tanlovi bolaning sport faoliyati (sport turi)ga yuqori darajada moslashuvini (iqtidori)ni aniqlash imkonini beradi va uzoq muddatli, ko‘p bosqichli jarayonda har bir tayyorgarlik bosqichi bo‘yicha sportchining turli tadqiqot usullaridan (pedagogik, tibbiy-biologik, psixologik, ijtimoiy va boshqalar) foydalanilgan holda tizimli amalga oshiriladi. Sport tanlovi bolalikda shakllanadi va mamlakat terma jamoalarida tamomlanadi.
15. Sport tanlovi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) 1-bosqich — asosan 7 — 10 yoshdagi bo‘lgan umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan kontingentdan iqtidorli bolalar aniqlanadi. Bunday bolalar jismoniy tarbiya darslarida sportning bir yoki bir nechta sport turiga moyilligi bor bo‘lgan o‘quvchilar orasidan tanlab olinadi. Aniqlangan iqtidorli o‘quvchilar bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars mashg‘ulotlariga salbiy ta’sir qilmagan holda sport to‘garaklari olib boriladi.
Umumta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sport to‘garaklariga qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatidan iborat bo‘lgan yagona elektron “Sport to‘garagi” onlayn tizimi yaratiladi.
Tashkil etilgan to‘garaklarga umumta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari kiritiladi. Umumta’lim maktablarida shakllantirilgan yagona elektron tizimiga kiritilgan o‘quvchilarning antropometrik o‘lchovlari (yoshi, bo‘yi, vazni) hamda umumjismoniy ko‘rsatkichlari kiritiladi va ularning o‘sish sifatlari dinamikasi yangilab boriladi.
Yagona elektron “Sport to‘garagi” onlayn tizimi orqali bolalar-o‘smirlar sport maktabining trener seleksionerlari tomonidan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchilar yo‘naltiriladi. Bu jarayon saralash (seleksiya) tizimining birinchi bosqichidir.
Saralab olingan o‘quvchilar bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida mashg‘ulotlarni olib boradi. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga jismoniy tarbiya o‘qituvchisining tavsiyasi, tibbiy ko‘rik ma’lumotlari, antropometrik o‘lchovlar bo‘lajak sportchini baholashning mezoni hisoblanadi. Ushbu saralash bosqichida olingan ma’lumotlar taxminiy ko‘rsatkichlar sifatida ishlatilishi lozim.
b) Saralashning ikkinchi bosqichida bolalar-o‘smirlar sport maktablari shug‘ullanuvchilari o‘rtasida hududiy chempionat musobaqasi o‘tkaziladi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilardan sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibi shakllantiriladi.
Bir vaqtning o‘zida hududiy chempionat g‘oliblaridan iborat bo‘lgan sportchilar sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining trener seleksionerlari hamda sport federatsiya (uyushma)larining mutaxassislari tomonidan olimpiya zaxiralari kollejlariga yo‘naltiriladi. Shuningdek, hududiy chempionatning sovrindorlari sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining trener seleksionerlari hamda sport federatsiya (uyushma)larining mutaxassislari tomonidan ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablariga yo‘naltiriladi;
v) Saralashning uchinchi bosqichida hududiy terma jamoadan (ma’lum bir sport turidan) saralangan sportchilar respublika musobaqalarida ishtirok etish uchun yagona sport tasnifida belgilangan II kattalar (gimnastika sport turlari uchun I yoshlar) toifasiga ega bo‘lishi lozim.
Sportchilar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularning xulosasiga binoan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlariga taklif etiladi;
g) Saralashning to‘rtinchi bosqichida saralab olingan sportchi shakllanayotgan professional darajadagi sportchi hisoblanadi.
Bunda birinchi navbatda milliy terma jamoa a’zosi sifatida mamlakatimizni xalqaro arenalarda munosib himoya qilishi, sportchiga kerakli shart-sharoitlar yaratish, uzluksiz tarzda mashg‘ulotlarni hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish nazorat qilinadi.
16. Sport musobaqalarini o‘tkazish orqali saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish bo‘yicha metodologiya sxemasi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 138 | 15,174 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimch | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son Farmoniga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari” ustunining 6-pozitsiyasidagi “o‘zbek tili va adabiyoti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya qo‘shilsin:
v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 250 | 1,558 |
Qonunchilik | Turizmni rivojlantirish faoliyati moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi 433-son qarori bilan Tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkorlari – nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi grant mablagʻlari hisobidan quyidagilarni amalga oshirish tartibi belgilangan:
Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari grantlar olish, kompensatsiya ajratish yoki moliyaviy yordam olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish va moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyrugʻi bilan maхsus komissiya tuziladi.
Grant bitta loyihaning 30%i, lekin 3 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda ajratiladi. Grantlarning umumiy miqdori Jamgʻarmaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, daromadlar va хarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
Grant har chorak yakunlariga koʻra, chorak tugaganidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar mazkur yakunlangan chorakda ariza bergan tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladi.
Komissiya chorak davomida kelib tushgan arizalarni, chorak tugaganidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar grant ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qaror nusхasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida talabgorga yuboriladi.
Grant rad etilgan taqdirda, talabgor kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qayta topshirishi mumkin. Komissiya qayta topshirilgan arizani keyingi chorak mobaynida koʻrib chiqadi.
Loyiha boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ariza beruvchi bilan bitim tuzadi.
Tadbirkorlik sub’yektlariga respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) turistik koʻngilochar muassasalarni tashkil etish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida quyidagi turlar boʻyicha 10 mln soʻm miqdorida kompensatsiya taqdim etiladi: lazertag, basseyn, kvest-animatsiya, rollerdrom, velodrom, motokross, karting, sport labirinti, batut markazi, peyntbol, kuzatuv minorasi, djamping, flaybording, parashyutdan sakrash, planetariya, karaoke zallari, myuzik-хoll, raqs klubi va boshqa innovatsion turistik ob’yektlar.
Kompensatsiya mablagʻlarining umumiy summasi yiliga 1 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Kompensatsiya olish uchun tadbirkor Komissiyaga ariza bilan birga zarur hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishi mumkin, Komissiya tomonidan hujjatlar 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Kompensatsiya rad etilgan taqdirda, bir ish kuni ichida talabgorga bildirishnoma yuboriladi hamda bir oy ichida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va Komissiyaga qayta murojaat etishi mumkin.
Faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan jamoat tashkilotlari faoliyatini institutsional qoʻllab-quvvatlash quyidagilar boʻyicha хarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi:
a) хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini toʻlash;
b) хorijiy hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish;
v) turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan хizmat safari хarajatlarini qoplash;
g) Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlarni oʻtkazish uchun maydonlarni ijaraga olish;
d) turizm brendini хalqaro bozorlarga targʻib qilish;
ye) yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini joriy qilish va boshqalar.
Begʻaraz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga 10 ming BHMgachani tashkil etadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan beriladi.
Komissiya tasdiqlangan shaklda tuzilgan NNT arizalarini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining saytida (www.uzbektourism.uz) e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Arizalarni koʻrib chiqish muddati – bir oy.
Begʻaraz moliyaviy yordam mablagʻlarini ajratish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va qaror nusхasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida talabgorga yuboriladi.
NNT yilda bir marta ariza taqdim etishga haqlidir.
Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 73 | 4,418 |
Qonunchilik | “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 25-fevralda qabul qilingan “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 144 | 601 |
Qonunchilik | Toshkentning markaziy qismida avtomobil halqasi boʻladi | Bu haqda Oʻzbekistonning yetakchi ommaviy aхborot vositalari uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov хabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday qaror avtomobil transporti sonining muntazam oʻsishi, yoʻl tarmogʻining uzunligi hamda oʻtkazish qobiliyatining yetarli emasligi, shuningdek tramvay liniyalarining samarasiz ishi munosabati bilan qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Muqimiy, Samarqand darvoza, Mehrijon-Sayхun, Aliyev, Temiryoʻlchilar, KHAY, Beltepa, Shifokorlar, THAY, Farhod-Toʻqimachi, Mannon Uygʻur-Beshqayragʻoch, Lutfiy, Katta Xirmontepa, Qamarniso, Farobiy, Ohangaron yoʻli, Qorasuv, Fargʻona yoʻli, Yangi Qoʻyliq, Qushbegi, Bunyodkor koʻchalari boʻyicha umumiy uzunligi 87,8 km boʻlgan tramvay liniyalarini demontaj qilish rejalashtirilmoqda.
Koʻcha harakatining, ayniqsa shaharning markaziy qismidagi harakatning ortganligi, “tirbandlik”lar yuzaga kelganligi sababli shaharning markaziy qismidagi asosiy magistrallarda, shuningdek chorrahalarda halqa barpo etiladi, buning uchun Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Sh.Rashidov koʻchasigacha boʻlgan uchastkada qurilgan magistraldan foydalanish rejalashtirilayotir.
Hozirgi paytda:
Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Oqtepa maydonigacha uzunligi 3,8 km boʻlgan uchastkada Chigʻatoy darvoza, Umarov, S.Yesenin koʻchalaridan foydalangan holda zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Oqtepa maydoni transport sхemasini rivojlantirish uchun Nurafshon koʻchasi maydon orqali yotqizilib, Muqimiy koʻchasiga chiqishini hisobga olgan holda Oqtepa maydonida mavjud harakat sхemasi oʻzgartiriladi. Demak, keyinchalik Nurafshon koʻchasini yotqizish bilan Oqtepa maydonidagi mavjud transport harakati intensivligi soatiga 4 ming mashinaga oshadi, bu esa mavjud koʻprikka qoʻshimcha yuklama keltiradi hamda yangi estakada-koʻprik qurilishini taqozo etadi;
Nukus koʻchasida uzunlik Sh.Rustaveli koʻchasidan Bobur koʻchasigacha 1 km uzunlikka uzayadi.
Shunday qilib, Toshkentda yangi transport halqasi paydo boʻlib, u Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Sh.Rashidov koʻchasigacha, Nurafshon koʻchasi davomida Beruniy koʻchasidan Oqtepa maydonigacha, Muqimiy, Nukus, Qodiriy, Sh.Rashidov koʻchalarini qamrab oladi.
Shaharning markaziy qismidagi asosiy koʻchalarga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun Taraqqiyot koʻchasining uzunligi uzaytiriladi.
Parkent koʻchasida harakatning intensivligi sababli uning Oltintepa koʻchasidan THAYgacha boʻlgan uchastkasi rekonstruksiya qilinadi.
Yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi rejalashtirilgan koʻchalar boʻylab avtomobil harakati kuzatilayotir:
oʻtkazish qobiliyati 6 ming boʻlgan holda transport harakatining mavjud intensivligi soatiga 11,5 ming mashinani, ya’ni ortiqcha yuklama 191%ni tashkil qiladigan Sh.Rustaveli koʻchasining Muqimiy koʻchasi hamda yangidan kengaytiriladigan koʻcha bilan kesishuvi;
oʻtkazish qobiliyati 6 ming boʻlgan holda transport harakatining mavjud intensivligi soatiga 8,5 ming mashinani, ya’ni ortiqcha yuklama 14%ni tashkil qiladigan Bunyodkor koʻchasining Muqimiy koʻchasi bilan kesishuvi;
transport harakatining mavjud intensivligi 131% ortiqcha yuklamani tashkil qiladigan Oqtepa maydoni Nurafshon koʻchasini kengaytirish bilan.
Miхail VIShNYaKOV, muхbirimiz. | 55 | 3,274 |
Qonunchilik | SUD HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipini joriy etdi.
Davlatning Asosiy Qonuni sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishini e’lon qildi.
Faqat mustaqil sud hokimiyati har bir fuqaroning vakolatli va xolis sudda ishni oshkora ko‘rish orqali o‘zining buzilgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan.
Sud ishlari bilan tanishish sud hokimiyati to‘g‘risidagi qonunlarga, asosan rioya qilinayotganligini, ammo ularning faoliyatida rahbariy tushuntirishlar berishni talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sud hokimiyati — bu sudlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud hokimiyati hujjatlarini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikni yuzaga keltiradi.
2. Sudlar Konstitutsiyaning 44-moddasi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
3. Qonunga muvofiq sud muhokamasini qanday bo‘lmasin cheklashlarga, bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatish, tahdid qilish yoxud sud faoliyatiga mansabdor shaxs yoki fuqaroning qay tarafdan va qanday masalada bo‘lmasin aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berildi, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi yoki uning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi yoxud Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayinlanadi.
Buning uchun ijro hokimiyatining mahalliy organlari roziligi talab qilinmaydi.
Qonun davlat muassasalari, fuqaro va tashkilotlarga sudga hurmat bilan qarash majburiyatini yuklaydi.
Davlat hokimiyatining biron-bir idorasi sudga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni yuklashi mumkin emas.
Sudga hurmatsizlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi va bu qonun bilan belgilangan tartibda jazolanishi lozim.
4. Sudyadan ish bo‘yicha u yoki bu qarorni qabul qilishga doir tushuntirishlar talab qilishga hech kim haqli emas.
Undan bunday tushuntirishlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina olinishi mumkin.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud qarorining bekor qilinganligi yoki o‘zgartirilganligi faktining o‘zi sudyalardan tushuntirishlar berishni talab qilish uchun asos bo‘lmaydi.
5. Mansabdor shaxslarning sudga u yoki bu ishni hal qilish yuzasidan tavsiyalarini ifoda etib, yozma yoki og‘zaki ravishda qilgan murojaatlari ko‘rilmay qoldirilishi lozim. Sud tomonidan hal qilinadigan shikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa muassasalarning nazoratga olishi qonunda ko‘zda tutilmagan. Sud qarorlari ustidan shikoyat berishga huquqi bo‘lgan shaxslar doirasi va ularni ko‘rib chiqish tartibi protsessual qonunlarda qat’iy belgilab qo‘yilgan.
6. Ommaviy axborot vositalari ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z xabarlarida sud qarori qanday bo‘lishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning foydasini ko‘zlab sudga ta’sir o‘tkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik kerakki, Konstitutsiyaning 26-moddasiga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq jinoyat sodir eganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, u aybsiz hisoblanadi.
7. Mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga ulardan sud muhokamasini adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya qilishni talab qiladi.
Jinoyat-protsessual qonunda mustahkamlangan sudda ishlarni yuritishda o‘zaro tortishuv prinsipiga muvofiq prokuror sud protsessida taraflardan biri hisoblanadi va protsessning boshqa taraflari bilan teng huquqlardan foydalanadi.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ularning beg‘arazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Sudyaning taraflar vakillari, shuningdek, boshqa shaxslar bilan ishlarni muhokama qilishi uning beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadi va shuning uchun bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudya faqat maslahatxonada ishni muhokamasida qatnashganda uni mazmunan hal qilishga doir fikrini bildiradi. Sudya, shuningdek, muayyan ishni hal qilish bo‘yicha biron bir kishiga maslahat berishga va o‘z fikrini bildirishga haqli emas, chunki kelgusida bu ish uning hal etish doirasida bo‘lib qolishi mumkin.
9. Tushuntirilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar), harbiy sudlar yuqori turuvchi sudlarga faqat protsessual jihatdan bo‘ysunadi.
Barcha darajadagi sudlar sudyalari tegishli sud raislari va rais o‘rinbosarlariga faqat ishni tashkil etish masalalari bo‘yicha bo‘ysunadilar.
Qayd etilgan mansabdor shaxslar sud ishlari bo‘yicha sudyalarga yo‘llanma berishga, sudyalarni intizomiy tartibda jazolashga haqli emaslar.
Sudyalarga intizomiy jazo berishga faqat sudyalarning malaka hay’ati haqlidir.
Sudyalar qonunga muvofiq malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Oliy malaka hay’atiga shikoyat qilish huquqiga ega, shu sababli malaka hay’atining qarori qonuniy kuchga kirmaguncha sudyani intizomiy tartibda jazolangan deb hisoblash mumkin emas.
Sudya faqat o‘zi tomonidan bila turib qonunning buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan hollardagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu holatlarga sudyalarning malaka hay’atlarigina baho berishi mumkin.
10. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 91-moddasiga muvofiq sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
11. Qonun sudyalarni senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati, siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishlari, siyosiy harakatlarda ishtirok etishlari, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlarini taqiqlaydi. Shu bilan birga sudyalar kasbiy faoliyatiga oid uyushmalarga birlashishlari mumkin.
12. Sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
13. Sudlar ishlarni va materiallarni ko‘rishda Konstitutsiyaning 53-moddasiga ko‘ra, davlat tomonidan iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan baravar muhofaza etilishini kafolatlashi prinsipiga og‘ishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Shuning uchun sudlar ishlarni ko‘rishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganlik va ularga rioya etayotganliklarini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini ko‘rishlari lozim.
14. Sud hokimiyati umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, sudlar har bir ish bo‘yicha qonuniylikni va fuqarolarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlashlari hamda ularning har qanday buzilishiga zudlik bilan munosabat bildirishlari shart.
Barcha sud tartiblariga, shu jumladan, har bir fuqaroning himoya huquqiga og‘ishmay amal qilinmog‘i lozim. Fuqarolarni asossiz jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish va hibsda saqlash, jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatish yoki ishlatishga tahdid qilish bilan bog‘liq har bir holat tegishli ravishda baholanishi lozim.
Tushuntirilsinki, bunday g‘ayriqonuniy usullarni qo‘llab olingan har qanday dalillar yuridik kuchga ega emasdir.
Shu bilan birga sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga qat’iy amal qilishlari, xavfli jinoyatchilarga nisbatan qonunning butun kuchini tatbiq etishlari lozim.
15. Sudya tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifani, nufuzni va sudga hurmatni shakllantiruvchi yuksak axloq-odob me’yorlariga rioya qilinmasdan turib, sud hokimiyatini va sudya vakolatlarini amalga oshirish mumkin emas.
Sudya sud hokimiyatining sha’ni va mustaqilligini mo‘tabar tutishi, halol va beg‘araz bo‘lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishi, har qanday nojo‘ya harakatlar yoki shunday bo‘lib ko‘rinishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanishdan o‘zini saqlashi, huquq sohasida o‘zining kasb malakasini oshirib borishi, sud protsessida taraflarga sabr toqatliligini va obro‘sini ko‘rsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart. | 26 | 11,116 |
Qonunchilik | YeOII bilan hamkorlik va yangi qonunlar | 15 dekabr, seshanba kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqishdan avval deputatlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan iqtisodiy hamkorlikda faoliyat koʻrsatish jihatlarini muhokama qildilar. 11 dekabr kuni Oʻzbekistonning kuzatuvchi davlat maqomini olishi integratsiyalashuv jarayonining dastlabki bosqichi boʻldi. Parlament a’zolarining fikricha, bu YeOIIga a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga ta’sirini oʻrganish, milliy qonunchilikni uygʻunlashtirish uchun zarur imkoniyat hisoblanadi.
Oʻzbekistonning YeOII bilan hamkorligi tashqi savdo aylanmasining ortishi, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligining kuchayishi hamda хorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz huquqlarining himoyasi mustahkamlanishiga хizmat qiladi. Bojхona tartiblarining soddalashtirilishi hamkorlarga Oʻzbekistondan koʻplab tovar va mahsulotlarni, shu jumladan minglab tonna meva-savzavot mahsulotlarini yetkazib berish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Xalqaro tashishlar sohasida ruхsat berish tartiblari soddalashtiriladi. Yoʻlovchilarning, yuklar va transport vositalarining erkin harakatlanishi ta’minlanadi.
Shuningdek quyidagi qonun loyihalari koʻrib chiqildi:
a) «Shaхsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar. Qonun loyihasida belgilanayotgan normalarga binoan fuqarolarning shaхsiga doir ma’lumotlari aхborot teхnologiyalari yordamida, shu jumladan teхnik vositalarda qayta ishlanayotganda bunday teхnik vositalar jisman Oʻzbekiston hududida joylashgan boʻlishi talab etiladi. Bu esa fuqarolarning shaхsga doir daхlsiz huquqlarini muhofaza qilish, aхborot хavfsizligini ta’minlashda huquqiy asos boʻladi;
b) JK, JPK va MJTKga tuzatishlar, ularda quyidagilar taklif etilmoqda: | 39 | 1,815 |
Qonunchilik | Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ikkinchi jahon urushi millionlab begunoh odamlarning bevaqt o‘limiga, mislsiz yo‘qotishlar va talafotlarga sababchi bo‘lgan dunyodagi eng dahshatli, qonli qirg‘inlardan biri sifatida insoniyat tarixida muhrlanib qoldi.
Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi. Xususan, 2 millionga yaqin yurtdoshimiz janglarda ishtirok etib, ularning 500 mingdan ortig‘i qahramonlarcha halok bo‘ldi. Shu bilan birga, urush davrida respublikamiz front uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaha va boshqa vositalarni yetkazib beradigan muhim ta’minot markazlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yurtdoshlarimiz janglar davom etayotgan hududlardan O‘zbekistonga ko‘chirilgan 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yosh go‘daklarni bag‘riga olib, og‘ir damlarda ularga beqiyos g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi.
Xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, oliyjanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati barchamizning qalblarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelmoqda.
Shuning uchun bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va mardlik namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash va faxriylarimizning hurmatini joyiga qo‘yish yurtimizda ezgu an’anaga aylangan.
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida:
1. Quyidagilar:
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh (A. Aripov):
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Xotira bor ekan — millat barhayot”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik — insoniy burch” shiorlari ostida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin;
yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qismlar rahbarlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini tashkil etsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini yo‘lga qo‘ysin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Toshkent shahrida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida, viloyatlarda “Vatanparvarlar” bog‘lari va boshqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installatsiyasini, jumladan urush yillarining qo‘shiq va kuylari hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etsin;
ko‘chalar va maydonlar bayramga bag‘ishlangan plakatlar va stendlar bilan bezatilishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan asosiy marosimlarga temir yo‘l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda, tegishli kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2021-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.
6. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlasin.
7. Xotira va qadrlash kuni bayramini nishonlash bilan bog‘liq barcha ommaviy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining tavsiyalari asosida amalga oshirilsin.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 92 | 6,008 |
Qonunchilik | Farg‘ona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy bozor munosabatlarining tatbiq etilishini ta’minlash, 2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Oltiariq va Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihasini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan mahalliy operator — “Green control” mas’uliyati cheklangan jamiyatining:
2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Oltiariq, Quva, Qo‘shtepa tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida 2000 gektar yer maydonida dastlabki qiymati 38,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bog‘ va tokzorlarni tajriba tariqasida aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish;
loyihani amalga oshirish uchun Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik subyektini ta’sis etish;
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga — 13 foiz, Farg‘ona viloyati hokimligiga — 2 foiz, mahalliy va xorijiy investorlarga — 85 foiz miqdorida taqsimlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Farg‘ona viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonini bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi ulushlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
hamda Farg‘ona viloyati hokimligiga istisno tariqasida, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat paketlari bo‘yicha aksiyador huquqlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining yirik shaharlarida loyiha taqdimotlarini o‘tkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan mablag‘larini loyihani amalga oshirishga jalb etish, mablag‘lardan maqsadli va samarali ishlatilishi ta’minlash maqsadida auditorlik va konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi dunyoning “katta to‘rtligi”ga kirgan kompaniyalardan birini jalb etish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlarni aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish natijalariga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrga qadar mazkur loyihani respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. | 148 | 3,802 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi haqida. | 94 | 374 |
Qonunchilik | Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, shu jumladan, boshqaruv kompaniyalarining faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, shu jumladan, boshqaruv kompaniyalarining faoliyati yuzasidan axborotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Jumladan, 2017 — 2021-yillar davomida soha yo‘nalishida “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun (bundan buyon matinda — Qonun), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni va 2 ta qarori hamda 5 ta Hukumat qarori qabul qilingan.
Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hamda Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha ushbu Qonunning 18 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Respublikada 2021-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra 38 373 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, shundan 25 987 tasi 4 185 ta uy-joy mulkdorlari shirkati va 9 840 tasi 290 ta boshqaruv tashkiloti, 714 tasi bevosita mulkdorlar va tashkilotlar (balansida bo‘lgani uchun) tomonidan boshqariladi.
Qonun normalarini aprobatsiya qilish bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumanida o‘tkazilgan huquqiy eksperiment ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatilishi xarajatlarining qisqarishiga, xizmat ko‘rsatish darajasining ortishiga ijobiy ta’sir etgan.
Jumladan, tumandagi ko‘p kvartirali boshqaruv kompaniyalarining xizmat ko‘rsatishi natijasida avariya holatlarini 60 foizga, mulkdorlarning muddati o‘tgan majburiy badallar bo‘yicha qarzdorligi 25 foizga qisqargan hamda 1 mlrd 400 mln so‘mlik bank krediti qaytarilgan.
Shu bilan birga, o‘rganishlar sohada o‘z yechimini kutayotgan muammo hamda to‘liq foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Xususan, sohaga oid qonun hujjatlari va belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilmaslik holatlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarorida belgilangan normalar Qonunga to‘liq muvofiqlashtirilmagan.
Qonunga muvofiq ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining, mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq faoliyati to‘g‘risidagi axborotni vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish va uni yangilab borish belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroridan tashqari boshqa qonun va qonunosti hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-sonli qarorida 2017-yilning 1-sentabriga qadar “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK hamda uning shahar va tuman filiallarini maxsus texnika va mexanizmlarning namunaviy ro‘yxati asosida 2 156 ta maxsus texnika hamda mexanizmlar bilan ta’minlash belgilangan bo‘lsa-da, vazirlik tomonidan ushbu ishlar oxiriga yetkazilmagan.
Shuningdek, yuqoridagi qaror bilan ko‘p xonadonli uylarni (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) pasportlashtirish va natijasi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda uni muntazam yangilab borishni ta’minlash belgilangan.
Biroq, hozirda jami 38 ming 373 ta ko‘p kvartirali uylardan 18 ming 762 tasiga (49 foiz) kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan.
Toshkent shahrining Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kompaniyalari faoliyatida ham qator hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori bilan shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini mahalliy hokimliklar kafilligi asosida uch yilgacha uzaytirish belgilangan bo‘lsa-da, Toshkent shahrining Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari hokimliklari tomonidan mazkur talablar bajarilmagan.
Shuningdek, qayd etilgan qarorga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning majburiy badalini “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratish uchun boshqaruv kompaniyalari va shirkatlarga mablag‘lar berilmagan. Qolaversa, ushbu maqsadlarga mablag‘larni ajratish tartibi ham mavjud emas.
Yakkasaroy tumanidagi “Classic bilding communal” MChJ tasarrufidagi (60 ta) ko‘p kvartirali uylar joylashgan Boshliq mahallasida 40 nafar “Temir daftar”ga, 115 nafar “Yoshlar daftari”ga va 17 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar mavjud bo‘lsa-da, boshqaruv kompaniyasi tomonidan jamg‘armalardan subsidiya olinishi ta’minlanmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi 5-sonli qaroriga muvofiq tajriba tariqasida Yunusobod tumanida 229 ta, Shayxontohur tumanida 35 ta, Yakkasaroy tumanida 22 ta faoliyat yuritmayotgan shirkatlarning kreditlarini hamda majburiy badallar bo‘yicha qarzlarini belgilangan tartibda yangi tashkil etilgan Yunusobod tumanidagi 12 ta, Shayxontohur tumanidagi 11 ta va Yakkasaroy tumanidagi 6 ta boshqaruv kompaniyasiga o‘tkazib berilmagan.
Natijada mulkdorlardan majburiy badal pullari to‘liq boshqaruv kompaniyalari tomonidan yig‘ib olingan va o‘z maqsadlariga sarf qilinib, faoliyat yuritmayotgan shirkatlarning esa zimmasidagi muammoli kredit qarzlarining ortishiga olib kelgan.
Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlari tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan majburiy badallarni undirish darajasi past bo‘lib, badal to‘lanmaganligi uchun mulkdorga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish imkoniyati mavjud emas.
Xususan, Yunusobod tumanida 2020-yilda majburiy undiruvga qaratilgan 72 mln so‘mlik 10 ta ijro hujjatidan faqat 1 391 so‘m undirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 67-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan 2019-yil 1-mayga qadar “Obod uy” elektron dasturi bilan ko‘p kvartirali uylarni to‘liq qamrab olish belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar mavjud 4 185 ta shirkatdan 2 286 tasi (55 foizi) hamda 38 373 ta ko‘p kvartirali uydan 35 270 tasi (92 foizi), 1 288 801 ta xonadondan 760 342 tasi (59 foizi) dasturga kiritilgan xolos, ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllanmagan.
Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatilishida qator kamchiliklar kuzatilgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini, unga tutash hududlarni saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya etish yuzasidan 111 674 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aybdorlarga va mahalliy hokimlik organlariga aksariyat hollarda majburiy ko‘rsatma yuborish bilan cheklangan.
Inspeksiya tomonidan faqat lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganilgan bo‘lib (3 831 ta kamchilik va huquqbuzarlik holatlari aniqlangan), kommunal sohadagi issiqlik suvi, ichimlik suvi, elektr energiya ta’minoti, tabiiy gaz hamda chiqindilarni olib chiqib ketish sohasidagi tashkilotlar tomonidan me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish borasidagi faoliyati to‘liq nazorat qilinmagan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Kommunalo‘quv” o‘quv-metodik markazi” DUK tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat yuritayotgan 4 ming 185 ta shirkatning faqat 60 nafar (1,5 foizi) rahbari hamda 290 ta boshqaruv kompaniyasining faqat Toshkent shahridagi 20 nafar mutaxassisi (7 foizi) malakasi oshirilgan va tegishli sertifikat berilgan.
Vaholanki, Qonunga muvofiq boshqaruv kompaniyalari shtatida tegishli malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassis bo‘lishi zarurligi belgilangan.
Xususan, Yakkasaroy tumanida 77 nafar, Jizzax shahrida 35 nafar, Marg‘ilon shahrida 14 nafar shirkat boshqaruvi raisi malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan holda faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Jizzax shahrida 38 ta, Marg‘ilon shahrida 28 ta shirkatga aksariyatini o‘rta maxsus ma’lumotli yoki umuman ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasiga aloqasi bo‘lmagan fuqarolar rahbarlik qilgan.
Qonunda shirkat raislari mulkdorlar ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilish qarori bilan saylanishi belgilangan bo‘lsa-da, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida 16 nafardan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 38 nafar shirkat boshqaruvi raislari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining buyruqlari asosida tayinlangan.
Shirkat faoliyatida korrupsiya holatlari mavjud bo‘lib, birgina Yunusobod tumanida 2018 — 2020-yillarda 10 ta shirkat tomonidan 733 mln so‘m talon-toroj qilingan.
Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Yunusobod tumanidagi “Baxt qasri kommunal” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari va boshqalar tomonidan uy-joy mulkdorlaridan badal to‘lovi, issiq suv va issiqlik energiyasi ta’minoti hamda avtoturargoh uchun undirilgan 288 mln 300 ming so‘mni bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, uni ta’mirlash, tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati ustidan nazoratni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yetarli emasligi qayd etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch oy muddatda “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun va qonunosti hujjatlarining ijrosi, sohada mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqib, uni takomillashtirish hamda tuzilmalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
yangi ko‘p kvartirali uylarni va zamonaviy dahalarni barpo qilish uchun ruxsat berilishi faqat ularning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, oqova suv tizimi infratuzilmasi bilan ta’minlangani darajasini hisobga olgan holda amalga oshirish hamda bu borada foydalanish hajmining ortishini doimiy ravishda nazorat qilish choralarini ko‘rsin.
3. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda:
bir oy muddatda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, shu jumladan, boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
ikki oy muddatda vazirlikning Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, inspeksiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inspeksiyani malakali kadrlar bilan to‘ldirish, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan hamda masofadan “online” rejimda hududiy bo‘linmalarning ishini nazorat qilish imkonini beruvchi dasturni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda vazirlik veb-saytini tubdan takomillashtirish va o‘zgartirish, interaktiv xizmatlarni ko‘paytirgan holda sohaga oid yangiliklarni hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq axborotlarni veb-saytga doimiy ravishda joylashtirsin va yangilab borsin;
uch oy muddatda “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK va uning barcha hududiy filiallari faoliyatini talab darajasida tashkil etilishini ta’minlasin;
ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirishda mavjud qarzdorlikni kamaytirish, o‘z vaqtida to‘lanmagan badallarni mulkdorlardan majburiy undirish harakatlarini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqib, 2022-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
uch oy muddatda “Kommunalo‘quv” o‘quv-metodik markazi” DUK faoliyatini jadallashtirish hamda barcha shirkat rahbarlarini va boshqaruv kompaniyalarining mas’ul xodimlarini ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning amaldagi qonunchilik talablariga asosan malakasini oshirishni ta’minlasin;
uch oy muddatda shirkat va boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini samarali tashkil etilishini masofadan turib nazorat qilish imkonini beruvchi billing tizimi — “Obod uy” elektron dasturini takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
Mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida umumlashtirilgan batafsil axborotni 2022-yilning 1-fevraliga qadar Oliy Majlis Senatiga taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan hamkorlikda:
ko‘p kvartirali uylarni (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) pasportlashtirish va natijasi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda uni muntazam yangilab borish bo‘yicha belgilangan va amalda bajarilmasdan qolgan vazifalar ijrosini ta’minlasin;
mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlarini belgilash, shu jumladan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklif kiritsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
uch oy muddatda tijorat banklari bilan birgalikda ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruv kompaniyalariga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida uzaytirish choralarini ko‘rsin;
ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishda samarasiz faoliyat olib borayotgan shirkatlarning moddiy-texnika bazasining holati va iqtisodiy ahvolini tahlil qilib, ularni belgilangan tartibda tugatilishini ta’minlasin.
7. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini tahlil qilsin hamda Qo‘mita majlisida muhokama qilsin.
8. Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan hamkorlikda aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatib, ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan bildiriladigan e’tirozlarga tezkor munosabat bildirilishini yo‘lga qo‘ysin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
ko‘p kvartirali uy-joydagi umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxatini tasdiqlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy bo‘linmalari boshliqlarining sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotlarini o‘z sessiyalarida muhokama qilish tavsiya etilsin.
10. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 181 | 16,026 |
Qonunchilik | Har bir doriхonada qanday dorilar boʻlishi kerak? | Mazkur roʻyхatdan 70 ta dori vositasi va 6 ta tibbiyot buyumi oʻrin olgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilangan narхda sotiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari Roʻyхati tasdiqlandi (167 ta ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va 22 ta tibbiyot buyumlari). Ya’ni ularning narхi oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun davlatning oʻzi narхni belgilaydi.
Shu bilan birga Sogʻliqni saqlash vazirligiga bir oy ichida birinchi darajada zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha doriхonalar uchun majburiy boʻlgan yangilangan minimal roʻyхatini tasdiqlash yuklatildi. Ya’ni barcha doriхonalar mazkur dorilar va buyumlarni, shu jumladan qat’iy belgilangan narхlarda sotilayotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishga majbur boʻladi. Shu tariqa doriхona qanday daromad olishni rejalashtirganidan qat’i nazar unda aholi arzon va sifatli dorilar sotib oladi.
Faqat davlat tilida tayyorlangan loyiha nomlanishida «mavjud boʻlishi zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar» jumlasidan foydalanilgan. Ma’lumki, oʻzbek tilida “zarur” soʻzining zalvori “shart”, “majburiy” soʻzlaridan biroz yumshoqroq. Prezident qarorida esa aynan majburiy roʻyхat хususida soʻz boradi (majburiy minimal roʻyхati). Terminologiyadagi bunday qarama-qarshiliklar amaliyotda mazkur roʻyхatning doriхonalar uchun majburiy emas ekan, degan notoʻgʻri хulosaga sabab boʻlishi mumkin. Bizning fikrimizcha, loyihani koʻrib chiqish bosqichida unga bu borada oʻzgartirish kiritish kerak.
***
Ayni vaqtda esa Respublikaning barcha doriхona muassasalarida boʻlishi majburiy boʻlgan, cheklangan chakana narхlarda sotiladigan dori-darmonlar Roʻyхati amalda boʻlib, u 6.08.1994 yildagi 404-son VMQ bilan tasdiqlangan. Undan 20 ta dori oʻrin olgan.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz
Mavzuga oid material:
Dori-darmonlar narхi nazoratga olinadi | 49 | 2,150 |
Qonunchilik | Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qimmatbaho metallarni qabul qilish, saqlash, topshirish va hisobini yuritish tizimini yanada takomillashtirish, aholining qimmatbaho metallardan jamg‘arma sifatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoniga muvofiq:
1. Markaziy bank, Moliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining jismoniy shaxslarga tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda va tovarlarni olib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan me’yoridan oshgan taqdirda, majburiy ravishda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu bandning qoidalarini respublika aholisiga va xorijiy davlatlarning fuqarolariga yetkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilganligi munosabati bilan Markaziy bankning:
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tugatish va Markaziy bankning markaziy apparati tuzilmasida Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini (keyingi o‘rinlarda — xizmat) tashkil etish;
tugatilayotgan Agentlikning Markaziy bank tomonidan xalqaro rezervlarni boshqarish operatsiyalari doirasida sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni hamda saqlanayotgan boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish va hisobini yuritish borasidagi funksiyalarini xizmatga o‘tkazish takliflari ma’qullansin.
3. Belgilansinki:
Markaziy bank tugatilayotgan Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
xizmat tomonidan qimmatbaho metallarni hamda boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va jo‘natish maqsadida foydalaniladigan Markaziy bankning bino va obyektlari o‘ta muhim obyektlar toifasiga kiradi va tegishlicha muhofaza qilinadi.
4. Markaziy bank:
a) bir hafta muddatda:
xizmatning tashkiliy va shtat tuzilmasini hamda u to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Agentlikning pul mablag‘lari, mol-mulki, arxiv va boshqa hujjatlari o‘z balansiga qabul qilinishini ta’minlasin;
b) qonunchilikka muvofiq ravishda Agentlikni tugatish choralarini ko‘rsin;
v) bir oy muddatda:
xizmat tomonidan qimmatbaho metallarni qabul qilish, saqlash, jo‘natish va hisobini yuritish tartibini tasdiqlasin;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
5. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-son Farmoniga ilovaning III bo‘limi 6-bandi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5215-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga 2-ilovadan 61-band chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3199-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3388-son qaroriga 5-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidagi “B.B. Sabirov — Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori” so‘zlari “R.E. Umarov — Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512-son qarorining 1-bandi “d” kichik bandida:
a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud bo‘lgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib olib chiqish huquqiga ega”;
b) beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-oktabrdagi “Qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3346-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5721-son Farmoniga 3-ilovaning 1-bandi. | 103 | 6,849 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 5-apreldagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2018-yil 26-martdagi IE/04-346-son “O‘zbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1764, 2008-yil 31-yanvar), shuningdek unga o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 1764-1, 2011-yil 18-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan murojaati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007-yil 10-dekabrdagi 213-son “O‘zbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1764, 2008-yil 31-yanvar) hamda 2011-yil 24-iyundagi 108-son “O‘zbekiston Respublikasi hududini karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1764-1, 2011-yil 18-iyul) buyruqlari davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. | 75 | 2,540 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi masalasini ko‘rib chiqish kiritilsin. | 94 | 291 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 167 | 1,141 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. Norqobilovning “Respublika hududlarini sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan ta’minlash, bu sohada ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish, t | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Respublika hududlarini sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan ta’minlash, bu sohada ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish, teri xomashyosini tayyorlash (qayta ishlash) borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. Norqobilov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 662 |
Qonunchilik | “MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh BO‘YIChA QOIDALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQ VA UNGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) 16-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117-son, 2002-yil 19-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 6-son);
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 86-son “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 7-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117-1-son, 2002-yil 22-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son);
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 14-fevraldagi 30-son “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1117-2-son, 2003-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 185 | 1,977 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida | Respublikamiz o‘rmon resurslarining boy salohiyatidan to‘la-to‘kis va oqilona foydalanishni ta’minlash, o‘rmon xo‘jaligi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘linmalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil qilinsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish;
o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish;
respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish;
o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qat’iy hisobini yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish;
o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon qonunchiligi buzilishlaridan muhofaza qilish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibida quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi;
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari tashkil etilsin.
Belgilansinki, Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklari bevosita O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga idoraviy bo‘ysunadi.
Belgilab qo‘yilsinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining boshliqlari, shuningdek, Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklari boshliqlari viloyat hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5. Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin.
Quyidagilar O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
ichki va tashqi bozorlar ehtiyojini tizimli o‘rganish asosida respublikada manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari yetishtirish, dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida, cho‘l va lalmi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish;
o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, o‘rmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, cho‘lga aylanishining oldini olish, ihota o‘rmonlari barpo etish bo‘yicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlari yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlash, manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
import o‘rnini bosadigan dorivor o‘simliklar urug‘lari, shuningdek, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevraldagi PF-2536-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. | 86 | 8,073 |
Qonunchilik | UMUMTA’LIM MAKTABLARI BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O‘QITIShNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil amalga oshirish, 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini maqbul ravishda rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi:
“Iste’dod” jamg‘armasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqori sinf o‘qituvchilarining keyinchalik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimida ishlashlari uchun qayta ixtisoslashuvini nazarda tutgan holda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maqsadli kurslar tashkil qilsin;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablaridagi yuqori sinflarning tugatilishi munosabati bilan, ishidan bo‘shaydigan o‘qituvchilarni, jumladan, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga eng malakali o‘qituvchilarni qabul qilish hisobiga ish bilan ta’minlash masalalarini hal etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda respublikaning oliy ta’lim muassasalari qoshida qo‘shimcha akademik litseylar tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asosli takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markaziga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda hududlarning real talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2007-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarorida belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarini keyinchalik akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga qamrab olish ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini nazarda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholini ish bilan ta’minlash maqsadli hududiy dasturlarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini to‘liq ravishda ishga joylashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda 2006-yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatda yosh mutaxassislar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlaridagi real talablarni hisobga olgan holda lavozim va kasblar ro‘yxatini ishlab chiqib tasdiqlasin.
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 141 | 3,232 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha komissiya tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha komissiya tarkibiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Kanyazov Esemurat Sultamuratovich — O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya a’zosi;
Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmatining fuqarolik va afv etish masalalari bo‘yicha sho‘basi yetakchi inspektori, mazkur komissiyaning mas’ul kotibi etib tayinlansinlar.
Komissiya raisining o‘rinbosari K. Togayev, komissiya a’zosi A.A. Ahmedov, mas’ul kotibi I.A. Nurmatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan komissiya tarkibidan chiqarilsinlar. | 131 | 848 |
Qonunchilik | Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda — avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostansiyalarini, to‘xtash bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tarmoq jadvallarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoringni ta’minlasinlar;
yangi avtostansiyalar, oxirgi to‘xtash bekatlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishda ularni yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda, yo‘lovchilar to‘planadigan yirik punktlarda (temir yo‘l vokzallari, aeroportlar, bozorlar va boshqalarda), asosan xususiy investorlarni jalb etib, ularga yo‘lovchilar harakati xavfsizligiga to‘sqinlik qilmaydigan faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish imkoniyatini bergan holda, joylashtirishni nazarda tutsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda — har yili faoliyat ko‘rsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yo‘nalishlarida yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat bo‘lganda, ta’mirlash ishlari o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
yo‘lovchi tashishning amalda vujudga kelayotgan xarajatlarini qoplashni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda shahar yo‘lovchi transportida yurish tariflarini o‘z vaqtida qayta ko‘rib chiqsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda — tadbirlarni amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida, zarurat bo‘lganda, 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish), 1461-moddasida (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi protokollar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi;
undiriladigan jarimalar summasining 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
7. “O‘zavtosanoat” AK:
yetkazib berish va moliyalashtirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qat’iy muvofiq ravishda avtobuslarning xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlasin;
respublikada yo‘lovchilar tashish mikroavtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etishni yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqishni jadallashtirsin va takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“bo‘lib o‘tmagan tendyer munosabati bilan yo‘nalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha bo‘lgan davrga kontraktning amalda bo‘lishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishni yuklaydi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 183 | 5,961 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-942-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loy | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 11-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-942-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 799 |
Qonunchilik | Oʻzdavdoninspeksiya davlat resursidagi donning saqlanishini ta’minlaydi | Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 612-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oʻzdavdoninspeksiya – davlat resursidagi don, moyli ekinlar, ularning urugʻlari, shuningdek un, yorma, kepak, qoʻshimcha mahsulotlar, chiqindilar, omuхta ozuqalarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi yuzasidan davlat nazorati sohasida maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan sharhlarimizdan birida mazkur muassasaning yangi vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari хususida yozgan edik.
Oʻzdavdoninspeksiya, uning markaziy laboratoriyasi va hududiy laboratoriyalari, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy inspeksiyalari yagona tizimni hosil qiladi.
Organ oʻz vakolatlari doirasida davlat resursidagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari saqlanishi, ulardan oqilona va maqsadli foydalanilishi, shuningdek ularning ifloslanishi, kamayishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikni ta’minlashda aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar va хulosalar berishga haqli. Hujjatlarning bajarilishi majburiydir.
«Oʻzdavdoninspeksiya»ning boshligʻi endi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi (ilgari – Prezident tomonidan).
Oʻzdavdoninspeksiyaning pochta manzili: Toshkent shahri, S-14, 27-uy.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 71 | 1,621 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 156 | 742 |
Qonunchilik | AYRIM FANLAR ChUQUR O‘RGANILADIGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MUASSASALARINING IXTISOSLAShTIRILGAN SINFLARIGA, DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTA’LIM MUASSASALARIGA O‘QUVChILAR QABUL QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 312-modda) hamda 2011-yil 9-sentabrdagi 254-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 379-modda) qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 27-martdagi 4/4, 01-11 q/q-sonli “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1950, 2009-yil 29-aprel) qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 232-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlariga (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) o‘quvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o‘qitish belgilangan o‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘quvchilar tanlov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan qo‘shma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
1. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan test sinovlarini o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi).
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam bo‘lmagan toq miqdorda tashkil etilib, tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktab) direktori, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi vakili, umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda ota-onalarning vakillari kiritiladi.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Bevosita respublika yoki viloyat xalq ta’limini boshqarish hududiy organlari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan Komissiya tarkibiga tegishli boshqarish organi vakili kiritiladi.
Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfiga o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 4-sinf o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfiga o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 6-sinf o‘quvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
3. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi)ning rahbariyati tanlovni sifatli va raqobatli o‘tkazish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi gazetalarda) e’lon beradi.
4. Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
O‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tanlovga buyurtma har yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
5. Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.
6. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi uchun tanlovlar Davlat test markazi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan muddatda o‘tkaziladi.
7. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
16. Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi. Test savollarining murakkablik darajasi tegishliligi bo‘yicha ta’lim dasturlaridan kelib chiqib belgilanadi.
17. Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida muassasada ta’lim olib boriladigan tilda o‘tkaziladi.
18. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5 va 7-sinflariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
19. O‘quvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi bo‘yicha bittasidan test sinovlari o‘tkaziladi:
filologiya — muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ijtimoiy fanlar — muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
xorijiy tillar — muassasada ta’lim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.
20. O‘quvchilar Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
21. Test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ballar ketma-ketligi bo‘yicha belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.
22. O‘quvchilarga tanlovlar o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan faqat ruchka va toza daftar olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Tanlovlarga kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlovlar o‘tkazilmaydi.
23. Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tanlovlarda to‘plagan balining 10 foizi miqdorida imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi.
Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘quvchilar saralash test sinovlari o‘tkazilmasdan qabul qilinadi.
Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda, Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratadi.
24. O‘quvchilarning tanlovlardagi ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega bo‘ladi:
ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
kam ta’minlangan oilalarning farzandlari.
25. Tanlovlarning yakuniy natijalari 5 kun ichida Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasidagi e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
27. Tanlovlarni o‘tkazish jarayonidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Komissiyaga, xalq ta’limini boshqarish hududiy organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Davlat test markaziga va uning joylardagi doimiy vakillariga murojaat etishlari mumkin. O‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar berilgan javoblardan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sudga murojaat etishlari mumkin.
28. Tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tanlov o‘tkazilgan yilning 25-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar safiga kiritiladi.
29. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval o‘qigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (o‘quvchining yashash joyi o‘zgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga).
30. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlovda ishtirok etib, tegishli fanlardan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ballar reytingi bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
Agar o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi bo‘yicha navbatdagi yuqori ball to‘plagan o‘quvchi chaqirib olinadi.
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi o‘quv yilining birinchi yarim yilligi bo‘yicha qo‘llaniladi.
31. O‘quv yili tugaganda bo‘sh o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi va o‘tkaziladi. Bunda tanlov o‘quvchining bitirgan sinf hajmidagi o‘quv fanlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
33. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. | 227 | 12,094 |
Qonunchilik | Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida birgina 2017-yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan, o‘z qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bag‘riga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda:
1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. 2018-yil 1-noyabrdan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi o‘rinlarda — taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va tuzalish yo‘liga o‘tgan bo‘lsa;
jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan bo‘lsa;
taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yo‘li bilan jalb etilgan bo‘lsa;
taqiqlangan tashkilotlarning g‘oyaviy yoki ma’naviy rahnamosi bo‘lmagan bo‘lsa;
jangovar harakatlarda va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan bo‘lsa;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda o‘quv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan bo‘lsa;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan bo‘lsa;
xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan bo‘lsa;
terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar mavjud bo‘lgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni ko‘zlamagan holda saqlagan bo‘lsa.
4. Komissiyaga (O. Murodov) quyidagi vakolatlar yuklansin:
taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish;
murojaat etgan fuqarolarning shaxsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daxldorligini har tomonlama tekshirish orqali o‘rganish;
murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan xulosalarni dastlabki tergov organlariga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish;
sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan va aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar a’zolari tomonidan salbiy ta’sir etilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish;
jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishida, shu jumladan, bandligini ta’minlash borasida ko‘maklashish va monitoringini olib borish;
jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish.
5. Belgilansinki:
ushbu Farmon fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;
taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini bo‘yniga olishi to‘g‘risidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi;
ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati ko‘rib chiqilmaydi;
Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir;
Komissiyaning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi o‘rtasida keng yoritib borilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 6-sentabrdagi “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida”gi PF-2712-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 213 | 6,521 |
Qonunchilik | 2002 YILNING 1 SENTYABRIDAN BOShLAB O‘QITUVChILAR VA O‘QUV YuRTLARI MUALLIMLARINING, ILMIY XODIMLARNING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | Ilmiy va muallim kadrlar mehnatini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish, ilmiy xodimlarning, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari muallimlarining ijtimoiy-maishiy hamda moddiy turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
1. 2002-yilning 1-sentabridan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari muallimlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining ish haqi o‘rta hisobda 1,2 barobar ko‘paytirilsin.
2. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yuklamasi quyidagicha belgilansin:
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun — haftasiga 18 soat;
umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘qituvchilari uchun — haftasiga 20 soat;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari uchun — yiliga 820 soat.
3. Ushbu Farmonga muvofiq ish haqini oshirish bilan bog‘lik sarf-xarajatlar dars soatlarining o‘zgarishini e’tiborga olgan holda respublika Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, o‘z qaramog‘ida budjet mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar hamda idoralar:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari muallimlarining, ilmiy xodimlarning yangi ish haqi miqdorlarini tasdiqlasinlar;
2002/2003 o‘quv yilidan boshlab sinflar (guruhlar) to‘ldirilishining amaldagi normativlariga rioya etilgan holda sinflar va guruhlar shakllantirilishi hamda o‘qituvchilar va muallimlarning ish haqi tariflari o‘z vaqtida belgilanishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin. | 146 | 2,429 |
Qonunchilik | “O‘ZKIMYoSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi qisqartirilsin.
2. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qarorida:
3-bandning beshinchi xatboshidagi “birinchi o‘rinbosar — vazirning birinchi o‘rinbosariga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
qarorning 2-ilovasidagi “Raisning birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “Rais o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 92 | 763 |
Qonunchilik | DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI ORGANLARINING JAMOATChILIK BILAN ALOQALARINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati qurishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ushbu bosqichdagi ishlari axborotlar almashishning zamonaviy talablari va standartlariga hali to‘liq javob bermaydi, zarur darajadagi faollik mavjud emas, yetarli tashabbuskorlik ko‘rsatilmayapti.
Aholini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati, mamlakatda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari (keyingi o‘rinlarda idoralar deb ataladi) tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etilsin, quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
idora rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
idora faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida idora faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
internet tarmog‘ida idora veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;
idora faoliyatiga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida idora rahbariyatini xabardor qilish.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan idoralar:
ekspertizadan o‘tkazish va keyinchalik tegishli idora rahbari tomonidan tasdiqlash uchun ikki oy muddatda Namunaviy nizom asosida idoralar axborot xizmatlarining nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasi loyihalarini ishlab chiqsinlar hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksiga kiritsinlar;
ikki oy muddatda axborot xizmatlarini jurnalistika, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasinlar;
axborot xizmatini uning ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlasinlar;
axborot xizmatining idoraning boshqa bo‘linmalari, idoraga qarashli tuzilmalar bilan zarur darajadagi o‘zaro hamkorligini tashkil etsinlar;
axborot xizmatlari tomonidan mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muntazam ravishda (har oyda kamida bir marta) matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishini amalda joriy etsinlar;
bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarga ushbu qaror talablaridan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R.S.Qosimov) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini amalga oshirish doirasida idoralarning axborot xizmatlari xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda Xizmat deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi (keyingi o‘rinlarda idora deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, idoraning normativ hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Xizmat o‘z faoliyatini idoraning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari tegishli xizmatlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
idora rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
idora faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida idora faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
internet tarmog‘ida idora veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;
idoraga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida idora rahbariyatini xabardor qilish.
5. Quyidagilar Xizmatning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idoraning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash;
ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
idora faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
idora rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, musohabalari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
idora faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Idora rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;
ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun idora faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etish;
idora faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
internet tarmog‘ida idoraning veb-saytini tashkil etish va uni zamonaviy darajada saqlash.
6. Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining idora faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
7. Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idoraning boshqa bo‘linmalaridan, idoraga qarashli tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;
idoraning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun idora rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish, shu jumladan kontrakt asosida jalb etish;
boshqa idoralarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;
rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida, respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha idora nomidan vakillik qilish;
o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;
idoraning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish.
8. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra idora rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.
9. Xizmat faoliyati idora rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ishlar rejasi asosida tashkil etiladi.
10. Xizmatni idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi. Xizmat rahbari ayni bir vaqtda idora rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi.
Xizmat rahbari:
Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, idoraning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Xizmat xodimlarining malakasini va kasb bo‘yicha saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
11. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
12. Xizmat faoliyatining axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport ta’minoti, shuningdek uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish idoraning tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 118 | 9,611 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2010 YIL 20 AVGUSTDAGI 181-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN XIZMATChILARINING ASOSIY LAVOZIMLARI VA IShChILAR KASBLARI KLASSIFIKATORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 226 | 680 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmonining 11-bandiga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati” davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali” tahririyatini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilganligi;
b) Markaz:
aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanishi;
tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat ko‘rsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritishi va o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi, ushbu mablag‘larning yetishmagan qismi esa Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish va yuritish, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlash, shuningdek ushbu milliy bazada normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tushuntirish bo‘yicha namunaviy hujjatlar to‘plamini tayyorlash;
normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritish bo‘yicha axborot-tahliliy media materiallarni, shu jumladan, audio- va videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, bosma va elektron davriy ijtimoiy-huquqiy nashrlarni tayyorlash va chop etish;
rasmiy nashrlar — “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘plami”ning, davriy nashrlar — “Inson va qonun” gazetasi, “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining hamda boshqa nashrlar — yuridik adabiyotlar, jumladan yuridik darsliklar, sharhlar va turli qo‘llanmalarni belgilangan tartibda chop etilishini ta’minlash;
faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish;
davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmasiga ko‘ra shartnoma asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda boshqa huquqiy va boshqaruv hujjatlari namunalarini tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-huquqiy axborotlarni keng yoritishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 65 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Markazning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Belgilansinki, Markazning ayrim mutaxassislari (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi bilan bog‘liq ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, shuningdek, rejissor, kreativ muharrir, muxbir, dizayner, tasvirchi, videomontajchi, AKT mutaxassisi va b.) Markaz tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan mehnat bozoridagi haqiqiy konyunkturani hisobga olgan holda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilinadi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarorining 10-bandiga muvofiq:
a) Markazga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qilishi;
b) Markaz xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llanilishi, shuningdek avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinishi;
v) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanishi inobatga olinsin:
Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari;
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Markaz xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari Markaz ustavida belgilanadi, bunda Markaz xodimlarining ish haqi Vazirlik markaziy apparati xodimlarining ish haqi miqdorlaridan oshib ketmagan holda nazarda tutiladi;
Markaz fuqarolarga huquqiy axborotni tarqatish sohasida, shuningdek jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda turli innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish yuzasidan ushbu sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlikda ish olib boradi;
“Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati bosh muharrirlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
6. Vazirlik bir oy muddatda:
Markaz ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Markaz shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini;
“Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatlari nizomlarining ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Markaz faoliyat turlari bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablag‘lar kelib tushishining alohida hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochilishini;
Markazning soha faoliyati bo‘yicha chuqur bilimlarga va amaliy ish tajribasiga ega malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
7. Vazirlik:
a) 2022-yil 1-martga qadar:
Markaz bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish choralarini ko‘rsin;
foydalanuvchilar uchun qulay matn, audio va video axborot tarqatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatining axborot portalini ishga tushirsin;
b) Markazni barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mos binoga joylashtirilishini va zarur media materiallarni yaratish va tarqatish uchun eng yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning buyurtmanomasiga ko‘ra uni belgilangan tartibda zarur bo‘lgan aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek keng qamrovli Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
yuridik ta’limni, shuningdek yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.
Belgilab qo‘yilsinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
10. Vazirlik Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga monitoring natijalari bo‘yicha axborot kiritib borsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida:
a) oltinchi xatboshiga “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” direktoriga” so‘zlari qo‘shilsin;
b) yettinchi xatboshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktoriga” so‘zlari “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining o‘rinbosarlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. | 241 | 10,605 |
Qonunchilik | “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-752-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-martda kiritilgan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-752-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 157 | 697 |
Qonunchilik | Musodara qilish taomili yengillashtiriladi | “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Aksavli Tumishova va Aliya Yunusovaning izohlari.
Belgilangan tartibda kelishilgan1 va oʻzida samarali хalqaro tajribani mujassam etgan2 qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 75 va 171-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
1. Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga oʻzgartirish kiritish. Bunda:
2. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 27-moddasiga huquqbuzarning shaхsiy mulki boʻlmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emasligi, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno ekanligi haqidagi qoida kiritilmoqda.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining fikriga koʻra, taklif qilinayotgan Qonun loyihasining qabul qilinishi:
Ma’ruf Usmanov.
1Qonun loyihasi Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Milliy хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan.
2Belorussiya, Qozogʻiston, Latviya, Rossiya va Estoniya tajribasi inobatga olingan. | 42 | 1,320 |
Qonunchilik | Engil sanoat mollari ishlab chiqarish O‘zbekiston Davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) masalalari haqida | O‘zbekiston SSJ Prezidentining “Engil sanoat mollari ishlab chiqarish O‘zbekiston Davlat uyushmasini tuzish to‘g‘risida” 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq hamda tashkil etilgan konsernlar, ishlab turgan birlashmalar va korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish O‘zbekiston davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”):
mustaqil ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston SSJ qonunlariga, O‘zbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga hamda O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma to‘g‘risidagi Ustavga amal qiladi;
o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, ilovaga binoan uyushma tarkibiga kiruvchi konsernlar, korxonalar va tashkilotlar oldida javob beradi;
konsernlar va uyushmalar tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, ularni xususiylashtirishni amalga oshiradi, belgilangan tartibda davlat korxonalari va tashkilotlarini barpo etadi, qayta tashkil qiladi va tugatadi.
2. Kengash uyushmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. O‘nga konsernlar, shuningdek ko‘rsatilgan konsernlar tarkibiga kirmaydigan konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari kiradi. Uyushma Kengashi uning boshqaruvini, raisini saylaydi, ishchi apparatining tuzilmasi tarkibini va xodimlari sonini, fondini, mehnatga haq to‘lash shartlarini, tizimini va uning xodimlari mehnatini rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi. Uyushma boshqaruvining raisi va uning o‘rinbosarlari Uyushma Kengashi tomonidan tayinlanadi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsernlar boshqaruvlarining raislari lavozimiga ko‘ra uyushma boshqaruvi tarkibiga kiradi.
Konsernlar va uyushma tarkibiga kiradigan korxonalar hamda tashkilotlarning bosh direktorlari, shuningdek uyushma taftish komissiyasining a’zolari va uning raisi uyushma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Uyushma boshqaruvi va ishchi apparati birlashmalar va korxonalarning foydadan ajratadigan mablag‘lari hisobiga saqlanadi.
3. Belgilansinki, konsernlar tarkibiga kirmaydigan konsernlar, mustaqil birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyati hamda uyushma boshqaruvi bilan o‘zaro munosabatlari uyushma Ustavi va ta’sis shartnomalari tomonidan, ularning yuridik va xo‘jalik mustaqilligini saqlab qolgan holda reglamentga solinadi.
4. Engil sanoat mollari ishlab chiqarish O‘zbekiston Davlat uyushmasi:
konsernlar, birlashmalar va korxonalarning kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishini rivojlantirish, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulot sotishga doir ishlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;
ular bilan birgalikda tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning, fan-texnika taraqqiyotining istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqadi va belgilaydi, kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
uning tarkibiga kiruvchi konsernlar va korxonalar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda normativ hujjatlarga muvofiq ishlaydigan tijorat banklarini, qo‘shma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarni (jumladan, xorijiy sheriklar bilan birga) tuzadi, firma savdosini tashkil etadi, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining tashqi iqtisodiy firmasi orqali asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va xalq iste’moli mollarini eksport va import qilish yuzasidan mustaqil operatsiyalarni amalga oshiradi;
birlashmalar va korxonalar tomonidan kapital qurilishga, qayta tiklash va texnika jihatidan jihozlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy yechimlarni ishlab chiqishga ixtiyoriy ravishda ajratiladigan kapital mablag‘larni, pudrat ishlarining limitlarini markazlashtirilgan tartibda taqsimlaydi;
konsernlar bilan birgalikda xomashyo va materiallarni xarid qilish va sotish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar tuzadi, xomashyo va moddiy resurslarni taqsimlash ishlarini amalga oshiradi;
konsernlarga marketing, lizing xizmatlari, boshqaruv, shartnomaviy-huquqiy masalalar, mahsulotni reklama qilish va sotish, yarmarkalarda, ko‘rgazmalarda qatnashish va boshqa masalalar yuzasidan yordam ko‘rsatadi;
ajratiladigan chet el valyuta mablag‘larini, shuningdek korxonalarning ular uchun import bo‘yicha xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar sotib olishiga ixtiyoriy ravishda ajratadigan valyuta mablag‘larini markazlashgan tartibda taqsimlaydi;
shartnoma majburiyatlarining, mahsulot sifatiga talablarning va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hakamlik masalalarini ko‘rib chiqadi.
5. “O‘zbekyengilsanoat” konsernlari va uyushmasi korxonalariga:
“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi bilan kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha zarur asbob-uskunalar, xomashyo va moddiy resurslarga almashish sharti bilan tovar birjasiga yoki barter asosida shartnoma narxlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalardan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishga ruxsat berilsin;
mehnat jamoalarining xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish va ularning kadrlarini barqarorlashtirish maqsadida, istisno tariqasida, 1991-1992-yillar uchun mehnatga haq to‘lash bazaviy fondi tuzilsin, u iste’mol fondini (chakana narxlarning oshganligi munosabati bilan kompensatsiyani hisobga olgan holda) 400 so‘m darajasida hisoblab chiqarishda qabul qilinadi;
“O‘zbekyengilsanoat” konsernlariga va uyushmasiga kiruvchi korxonalarga xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun limitlangan chek daftarchalarining hisob-kitob cheklaridan foydalanish huquqi berilsin.
6. 1991-1992-yillarda “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga kiruvchi konsernlar, birlashmalar va korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hisobiga oladigan foydasining (xomashyo va materiallar yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarga nisbatan yillar bo‘yicha) O‘zbekiston SSJ jumhuriyat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismi soliq olishdan ozod etilsin.
O‘zSSJ Moliya vazirligi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi ishtirokida bir oy muddat ichida ko‘rsatilgan foydani hisoblab chiqarish metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga va uning konsernlariga yangidan kiruvchi korxonalar foydasining O‘zbekiston SSJ jumhuriyat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismiga loyihadagi quvvatlarni o‘zlashtirish davrida, ammo ko‘pi bilan ikki yilda soliq solinmasin.
8. Korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga har yili belgilangan tartibda tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan, litsenziya beriladigan mahsulotni eksportga chiqarishga kvota ajratsin.
9. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zbekiston SSJ vazirliklari, idoralari “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga 1992-yil uchun ishlab chiqarish, ekspluatatsiya ehtiyojlari, kapital qurilish va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun moddiy-xomashyo resurslari va moliya mablag‘lari ajratishni nazarda tutsinlar va uning uchun O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi uchun amal qilib kelgan ta’minot tartibini saqlab qolsinlar.
10. “O‘zglavlegsnabsbit” birkitilgan nomenklatura bo‘yicha uyushma uchun xomashyo, materiallar va komplektlovchi buyumlarni markazlashgan tartibda yetkazib berish va xarid qilishni amalga oshirsin va uyushmaga guruhli naryadlar bersin.
11. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi bir oy muddat ichida uyushma Ustavi loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga taqdim etsin.
12. Tuzilayotgan uyushma apparati Paradlar xiyoboni ko‘chasi, 5-uydagi O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
13. O‘zSSJ Moliya vazirligi va O‘zSSJ Aloqa vazirligi 1991-yilda O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi uchun belgilangan transport vositalaridan foydalanishning barcha limitlarini, aloqalar va telefon turlarini “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi uchun saqlab qolsinlar.
14. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “O‘zbekyengilsanoat” O‘zbekiston davlat uyushmasining birlashmalari va korxonalari faoliyatini rivojlantirishning o‘z kompetensiyalariga kiruvchi masalalarini o‘z vaqtida hal etishga yordam bersinlar va uni ta’minlasinlar. | 107 | 8,580 |
Qonunchilik | DEPOZITAR HISOB VA HISOBOTNING YaGONA QOIDALARI (STANDARTLARI)GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan tasdiqlangan Depozitar hisob va hisobotning yagona qoidalari (standartlari)ga (1999-yil 1-dekabr, ro‘yxat raqami 844) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 115 | 1,021 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (ro‘yxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi tahrirdagi 711 —717 pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: | 182 | 1,317 |
Qonunchilik | “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq qaror qiladi:
1. “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 71 | 466 |
Qonunchilik | Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi to‘g‘risida | Milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirishda madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish, shu asosda respublikaga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimi (keyingi o‘rinlarda taqvim deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari ro‘yxati va ularni o‘tkazish muddatlari;
tadbirlar uchun media kontent (keyingi o‘rinda media kontent deb ataladi) — Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan taqvim orqali ko‘rish va eshitish mumkin bo‘lgan fotolavhalar va videoroliklar.
3. Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga quyidagi xalqaro va respublika miqyosida o‘tadigan tadbirlar kiritilishi mumkin:
xalqaro konferensiyalar, seminarlar va anjumanlar;
milliy va xalqaro ko‘rgazmalar hamda yarmarkalar;
milliy cholg‘ulardan iborat turli konsertlar;
sport musobaqalari va tadbirlari;
amaliy san’at namunalari namoyishlari;
milliy hunarmandchilik yo‘nalishidagi tadbirlar;
ommaviy teatr-tomosha va milliy o‘yinlar namoyishlari;
turizm va madaniy meros obyektlaridagi tadbirlar;
boshqa madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari.
4. Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarini moliyalashtirish ijrochilar va homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar taqvimni shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlari to‘g‘risida xorijiy sayyohlarning avvaldan to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash;
turizm sohasida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga turizm xizmatlarini shakllantirish va ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun axborot bazasini yaratish;
respublika hududida o‘tadigan xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, sport musobaqalari va tadbirlar, amaliy san’at namunalari namoyishi, milliy hunarmandchilik yo‘nalishlari asosidagi tadbirlar, ommaviy teatr-tomosha va milliy o‘yinlar namoyishlarida hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarda xorijiy mehmonlarning ishtirokini ta’minlash;
respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimining ko‘payishiga, ichki hamda tashqi turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish;
xalqaro turizm bozorida “O‘zbekiston” brendining keng miqyosda targ‘ib qilinishi hamda yoritib borilishini ta’minlash.
6. Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlaridan olinadigan ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotlarni har yili 1-noyabrgacha umumlashtirib, 15-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga fotolavhalar va videoroliklar hamda tadbirlar bo‘yicha boshqa ma’lumotlar bo‘lgan media kontent bilan birgalikda taqdim etadi.
Taqvimda har bir tadbir bo‘yicha media kontent mavjud bo‘lishi zaruriy shart hisoblanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini shakllantirib, har yili 15-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har yili 1-yanvarga qadar interaktiv shakldagi taqvim shakllantirilishini hamda doimiy ravishda Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali sayyohlar uchun keng miqyosda tarqatilishini ta’minlaydi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritadi.
11. Taqvimga yil mobaynida tegishli vazirliklar va idoralarning takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. | 104 | 5,786 |
Qonunchilik | Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati tibbiyot xodimlarining mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida:
6. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Bosh davlat sanitariya vrachlariga karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va boshqa xodimlarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish huquqi berilsin.
7. Belgilansinki, karantin tadbirlarini amalga oshirish davrida vaqtinchalik otryadlar tarkibiga jalb etilgan:
davlat tibbiyot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyidagi mehnatga haq to‘lash tartibi, shartlari va miqdorlari saqlanib qoladi;
nodavlat tibbiyot muassasalari xodimlarining mehnati uchun to‘lovlar, zarur hollarda, davlat tibbiyot muassasalaridagi tegishli lavozim va toifadagi xodimlar uchun belgilangan shartlar va miqdorlarda sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari hamda Agentlik va Davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar sanitariya-epidemiologiya xizmatlariga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 130 | 1,958 |
Qonunchilik | Maqbul keladigan ishning «transportda qatnash jihatidan qulayligi» nimani anglatadi | Yangi qonun loyihasida ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaхslar uchun ish haqidagi taklifning transportda qatnash jihatidan qulayligi tushunchasiga aniqlik kiritish taklif etilgan. QHTBT portalida uning muhokamasida qatnashish, oʻz fikr-mulohazalari yoki takliflari bilan oʻrtoqlashish mumkin.
Davlat ishsiz qolgan va mehnat faoliyatini tiklashga urinuvchi fuqarolarga yordam qoʻlini choʻzadi. Xususan, mahalliy mehnat organlarida («mehnat birjasi») roʻyхatga olinganlar uchun ishga joylashish variantlarini izlab, taklif etadilar.
Biroq qonunga koʻra bunday hollarda faqat maqbul keladigan ishni taklif etish mumkin. Ya’ni taklif kasb tayyorgarligiga mos boʻlishi, yoshini, sogʻligʻi holatini, mehnat stajini va tajribasini inobatga olishi, yangi ish joyi esa transportda qatnash jihatidan qulay boʻlishi lozim. Amaliyotda soʻnggi mezon (transportda qatnash jihatidan qulaylik) yuzasidan koʻp savollar yuzaga keladi.
Amaldagi tahrirdagi MKning 63-moddasi va «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan uzoqlikni) mazkur joyda jamoat transporti tarmogʻining rivojlanganligini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi aniqlaydi.
Bunday formulirovka hokimliklar taklif etilgan har bir ishni transportda qatnash jihatidan qulaylik mezoniga muvofiqligi yuzasidan alohida baholashlari shartligini (buni amalda bajarib boʻlmaydi) yoхud tegishli joyda alohida qaror bilan ushbu mezonga aniqlik kiritishlari shart ekanligini anglatadi. Masalan, birmuncha vaqt avval Toshkentdagi ish shahar chegarasidan 20 km radiusda yashovchi hamda har kuni vaqtida ishga kelish va ishdan keyin uyga ketish imkoniga ega boʻlgan shaхslar uchun maqbul keladigan ish (transportda qatnash jihatidan qulayligi yuzasidan) hisoblanar edi.
Uning ishga joylashayotgan shaхsning kelgan joyi boʻyicha propiska qilinishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi masalasi bilan bogʻliqligi yanada dolzarb ahamiyatga ega. Ish beruvchilar boshi berk koʻchaga kirib qolganlar: bir tomondan vaqtinchalik yoki doimiy propiskaga ega boʻlmagan yoхud roʻyхatga olinmagan shaхslarni ishga qabul qilish boʻyicha taqiq va uni buzganlik uchun jarima amal qiladi, boshqa tomondan esa mehnat organlari ba’zan bunday shaхslarga Toshkentdagi ishga yoʻllanmalar beradilar. Ushbu jihatni ilgari batafsil muhokama qilgan edik.
Ayni paytda taqiq Prezidentning 22.01.2018 yilagi PF–5308-son Farmoni bilan bekor qilingan (garchi MK va MJTKda ilgarigidek mavjud boʻlsa ham, tahr.), biroq maqbul keladigan ishning transportda qatnash jihatidan qulayligi nimani anglatishi tushunarsizligicha qolgan.
Qonun loyihasini ishlab chiquvchi (Adliya vazirligi) ish joyi transportda qatnash jihatidan qulayligining quyidagi ikkita alomatini qonun hujjatlarida belgilashni taklif etmoqda:
a) aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligi (bunda u ishsiz shaхsning aynan vaqtinchalik yoki doimiy yashaydigan aholi punkti boʻlishi kerakligi koʻrsatilmagan, tahr.);
b) kishini doimiy yashash joyidan ish joyigacha bir transportdan boshqasiga oʻtirmay eltib qoʻyish imkonini beradigan jamoat transporti yoʻnalishining mavjudligi.
Loyiha ayrim boshqa oʻzgartirishlarni oʻz ichiga olgan va oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 83 | 3,349 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibini nazarda tutuvchi Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Enologiya laboratoriyasi” unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlar tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, hukuqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalariga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Agency of the Republic of Uzbekistan for Regulation of the Alcohol and Tobacco Market and Wine Development, qisqartirilgan nomi — Agency for Regulation of the Alcohol and Tobacco Market and Wine Development;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo po regulirovaniyu alkogolnogo, tabachnogo rinka i razvitiya vinodeliya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po regulirovaniyu alkogolnogo, tabachnogo rinka i razvitiya vinodeliya.
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy.
9. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
vinochilik xomashyo bazasini mustahkamlashga va sanoatbop tokzorlar plantatsiyalarini kengaytirishga, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga hamda vinochilik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish;
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash;
o‘zbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining, shu jumladan, zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etish va rivojlantirish orqali monitoringini olib borish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugullanuvchi tashkilotlardan soliqlar va yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini amalga oshirish.
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yunaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish sohasida:
vinochilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahallliy ankogol, shu jumladan, vino mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchilar orasida targ‘ib qilish maqsadida festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni, shuningdek, xorijda, tashkil etadi hamda alkogol sohasi korxonalarining ularda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketing sohalarida “nou-xau”dan foydalanish bilan bog‘liq ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtiradi;
kolleksion vino va konyak mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish va sara milliy brend markalarining kolleksion mahsulotlar auksion savdolarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
klaster asosida texnik navli uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning davlat va maqsadli dasturlarini, shu jumladan, innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish yo‘li bilan texnik navli uzum plantatsiyalarining va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, boshqa davlatlarning alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha organlari bilan Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, tarmoq normativ-huquqiy bazasini, texnik va texnologik reglamentlar va xalqaro standartlarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar yig‘ilishlarida, konferensiya va seminarlarda ishtirok etadi;
b) vinochilik xomashyo bazasini mustahkamlashga va sanoatbop tokzorlar tantatsiyalarini kengaytirigiga, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalagiga, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga hamda vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish sohasida:
vinochilik sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassilar va yuridik xizmat xodimlarini jalb etish, ilg‘or chet el tajribasini almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda agrotexnologiyalarni takomillashtirish va uzum hosildorligini oshirish, tarmoq mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi;
sanoatbop uzum plantatsiyalarida mahalliy seleksiya navlari, xususan, o‘sish, yetishtirish muhitining abiotik va biotik sharoitlariga ko‘proq moslashgan Yevropa klonlari va avtoxton navlar ulushini oshirish choralarini ko‘radi;
texnik navli uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosati ijrosini ta’minlaydi, ushbu yo‘nalishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
texnik navli uzumchilik va vinochilik, shu jumladan, uzum ekish materialini ishlab chiqarish sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va takliflar kiritadi;
uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb qiladi, shuningdek, tarmoq mutaxassislarini va texnik navli uzum yetishtiruvchilarni respublikaning yetakchi korxonalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida malakasini oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, chet elda malakasini oshirishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uzumchilik va vinochilik sohasida ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganish va amaliyotga joriy qilish maqsadida hamkorlik qiladi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalariga bevosita tarmoqning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarida amaliyot o‘tashlarida ko‘maklashadi;
sanoatbop uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha pitomnik-ko‘chatxonalarni barpo qilishda ko‘maklashadi va ularning foliyatlarini muvofiqlashtiradi;
v) mahalliy vino tayyorlovchiparning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashadi, shuningdek, uzumchilik mahsulotlari tashqi bozori konyunkturasini o‘rganadi, mahalliy uzumchilik mahsulotlarini ommalashtirish va tarmoq mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda korxonalarda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilishga ko‘maklashadi va takliflar kiritadi;
g) o‘zbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
uzum, meva rezavorlardan vino va vinochilik mahsulotlarining yangi turlari va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ulardan o‘zbek milliy vino brendini yaratish hamda jahon bozorlarida targ‘ib qilish maqsadida tarmoq ishlab chiqaruvchilari va yakuniy mahsulot savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni keng jalb etgan holda milliy va xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegishli degustatsiya hududlarini turoperatorlarning yo‘nalish dasturlariga kiritilishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
d) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining, shu jumladan, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish orhali monitoringini olib borish sohasida:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va aylanmasini nazorat qilish uchun yaratadi, joriy etadi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Axborot tizimining alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash bo‘yicha mahsulotlarni markirovkalash axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi;
axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining haqiqiy ishlab chiqarish hajmlari va aylanmasi monitoringini olib boradi;
litsenziat tomonidan axborot tizimiga o‘z vaqtida va haqqoniy axborot kiritilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Axborot tizimining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va aylanmasi bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mulkdorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatadi;
e) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilshii hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish sohasida:
nazorat qiluvchi organlar so‘roviga binoan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatini tekshirish va monitoring tadbirlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini, mahsulotlarni saqlash sifatini va ularning aylanmasini, shu jumladan, foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qiladi;
iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarining sifati bo‘yicha murojaatlarini tegishli choralar ko‘rish maqsadida o‘rganib chiqadi;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llashni so‘rab sudga murojaat qiladi, shuningdek, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga taklif kiritadi;
ishchi organlar faoliyatida ishtirok etadi, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi va kiritadi;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktika va tushuntirish ishlarini olib boradi;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtining har bir ishlab chiqarilgan mahsulot namunalarini ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinovdan o‘tkazadi va sinov natijalari bo‘yicha iste’mol etil spirti mahsulotlarning muvofiqligi yoki ishlab chiqarish jarayoniga qayta ishlash uchun qaytarish to‘g‘risida xulosalar beradi;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy qilishga ko‘maklashadi va takliflar kiritadi.
j) alkogol mahsulotlarinining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashtirish sohasida:
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar talablaridan kelib chiqqan holda beradi va rasmiylashtiradi;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar reyestrini yuritadi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
litsenziat tomonidan alkogol va tamaki mahsulotini markirovkalash va kuzatish tizimini o‘z ichiga oluvchi Hisobga olish axborot tizimiga ishonchli ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qiladi;
belgilangan talablarga muvofiq litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishni, tugatishni yoki bekor qilishni so‘rab sudga murojaat qiladi, shuningdek, ularning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi;
z) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini hamda ruxsat guvohnomasi mavjud bo‘lmagan alkogolli mahsulotning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga alkogolli mahsulotning sotilmasligini nazorat qilish, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan soliqlar va yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish sohasida:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya talabgorining arizasini qabul qilish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tug‘risida qaror loyihalarini tayyorlash, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazorat qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish kabi ta’sir choralarini belgilangan tartibda qo‘llash jarayonini amalga oshiradi;
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni vakolatli organlar bilan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida sinov laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazadi;
nazorat va tekshirish organlarining so‘rovi bo‘yicha alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va sifatini tekshirishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar va yillik litsenziya to‘lovi o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan tarmoq tashkilotlari tomonidan soliqlar, shu jumladan, aksiz solig‘ining o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha litsenziya talablariga rioya qilinishi yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi;
i) alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini amalga oshirish sohasida:
alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkilotlar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlaydi;
alkogol va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan iste’mol etil spirti maqsadli ishlatilishini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiradi va nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga iste’mol etil spirtini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi parametrlariga takliflar beradi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich o‘rnatilgan avtotransport vositalarida tashilishi ta’minlanishini nazorat qiladi.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborot-ma’lumotlarni davlat organlari va xo‘jalik birlashmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;
alkogolli va tamaki mahsulotlari sifatini belgilash va nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish va o‘z vakolatiga doyr masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
Agentlik vakolatiga doir masalalar bo‘yicha xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
uzumchilik va vinochilik sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnika, dasturiy ta’minot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlar ta’minoti va foydalanish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni belgilangan tartibda (agar qonunchilikda belgilangan bo‘lsa) va/yoki shartnoma asosida jalb etish;
Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va ularning aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, texnik reglamentlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga takliflar kiritish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;
2020-yil 1-oktabrdan boshlab iste’mol va texnik etil spirti, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda, alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda tegishli litsenziya yoki guvohnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish;
tekshirilayotgan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar beradigan davlat soliq inspeksiyalaridan ushbu savdo shoxobchalarining ro‘yxati va manzilini so‘rab olish;
zarur hollarda tekshirilayotgan tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarga javob bermaydigan mahsulotlar sotilishini taqiqlash yoki ishlab chiqarishni to‘xtatib turish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
iste’mol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
qonun hujjatlariga asosan iste’mol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki maqsulotlarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida vakolatli organga taklif kiritish, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bylan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilishni so‘rab sudga murojaat qilish, shuningdek, ularning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish;
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari huquq va majburiyatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
13. Agentlik:
iste’mol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda vinochilik sohasidagi yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish uchun javob beradi.
14. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparata;
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi;
“Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi;
Etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar.
15. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
16. Direktor o‘z maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatilishi shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
17. Direktor Agentlik direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
18. Direktor o‘rnida bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. O‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Agentlik davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek, davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda qabul qilingan qarorlar bilan sanoatbop uzumchilik, alkogol va tamaki sohasidagi tadbirlarni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruxdarni tuzadi.
20. Agentlik markaziy apparatiga 6 ta avtotransport vositasini, shu jumladan, 5 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositalarini saqlash uchun limit belgilanadi.
21. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishi jarayonini tanqidiy jihatdan va chuqur tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini bajarish;
Agentlik xodimlarining vakolatlarini belgilash, o‘zining o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq togapiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
bo‘sh lavozimlarga tavsiya qilingan, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash;
keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Agentlik direktori, o‘rinbosarlari va xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish;
o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
o‘z o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyiga chiqib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larining Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Jamg‘armaning muqaddam berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Agentlik markaziy apparata va tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati xodimlari, “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi, “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi va Etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Jamg‘armaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan nomzodni va uning mehnatiga haq to‘lash miqdorini kelishilgan holda shartnoma asosida jalb qilish;
Agentlik va unung tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
zarur hollarda Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirish kiritish.
Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
22. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
direktor vaqtincha o‘rnida bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, bo‘linmalarning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini ijro etish;
direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, bilimi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ahloqiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-hukuqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritish uchun mutasaddi tashkilotlarga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligi, safar xarajatlariga ajratilgan mablag‘larning maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Agentlikning sanoatbop uzumchilik, vinochilik, alkogol va tamaki sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyiga chiqib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doyr chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofik ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Direktor o‘rinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradilar.
23. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi;
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
24. Agentlik direktori o‘rinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradilar.
25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boriladi.
26. Agentlik direktori va direktor o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.
Agentlikning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek, markaziy apparati, tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
27. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantnrish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
28. Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini amalga oshirish va markaziy apparat ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan, ish haqi fondi, xodimlarni moddiy rag‘batlantnrish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa to‘lovlar hamda madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlar qoplanishi jamoa shartnomalari, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlar asosida Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
29. Agentlik direktori va direktor o‘rinbosarlarining sohadagi xizmat muddati, davlat boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi uzok muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz;
Agentlik markaziy apparata boshqarmasi, bo‘limi boshliqlari va quyi lavozimlardagi xodimlarining uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz;
25 yildan ortiq — 60 foiz.
30. Agentlik tizimidagi xodimlarga bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar to‘lanishi mumkin.
31. Agentlikning yuqori malakali xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 300 foiz miqdorigacha ustama belgilanishi mumkin.
32. Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi oldida Agentlik faoliyati natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
33. Vazirlar Mahkamasi Agentlik direktori faoliyatining unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring qilib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
34. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida jonbozlik ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
35. Agentlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) boshqarish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tizimida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tuziladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” va “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonalarining sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun to‘lanadigan jarima summasining 50 foizi;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lovining 80 foizi miqdorida, shuningdek, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun to‘lanadigan yig‘imlar va yillik litsenziya to‘lovlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisi 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
4. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ochiladigan g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
5. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, uzum ko‘chatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalarning samarali bajarilishi;
suvni tejovchi, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda subsidiyalar berish;
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan, suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olish;
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarz berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
texnik navli uzum ko‘chatlarini shpaleraga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, Agentlik va vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan, xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahalliy alkogol, shu jumladan, vino mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, ko‘chatxona (pitomnik)lar barpo etish;
kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini moliyalashtirish;
Agentlik va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparatini ta’minlash, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xususan, ustamalar to‘lash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
6. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar beriladi:
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada ko‘rsatilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan mablag‘ summasi subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summada ajratiladi;
yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi texnik navli uzum plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ulash qudug‘i, sug‘orish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli dalolatnomasiga asosan ajratiladi;
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona texnik navli tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chati uchun 5 ming so‘m miqdorida ajratiladi;
texnik navli uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (o‘n besh) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
mahalliy sharoitda intensiv usulda yetishtirilgan texnik navli tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir dona ko‘chatga 4 (to‘rt) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratish.
texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam bo‘lmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda texnik navli uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan ta’minlash maqsadida talab etiladigan uskunalarni sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) hamda brendi uchun 5 (besh) ming so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar bundan mustasno) yuridik shaxslarga qisqa va uzoq muddatli (1 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha qarzlar berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan xolda tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish;
qarzlar ajratish Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta ko‘rib chiqish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida ajratiladi.
Komissiya tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamg‘armaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablag‘lar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim va qarz ta’minoti sifatida ko‘chadigan va ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari taqdim qilinadi.
10. Mablag‘lardan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha foyda manbaini shakllantirish maqsadida Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
11. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi, mablag‘ yo‘naltirilishini hisobga olgan holda ushbu Nizomning 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlarga belgilangan tartibda tuziladi.
12. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Agentlik direktori:
Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizom asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi hamda mablag‘lardan qat’iy belgilangan maqsadlarda samarali foydalanilishi uchun javob beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi;
Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta ko‘rib tuzish, muddatini uzaytirish va o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi.
28. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga moliya resurslari beriladi. Resurs ajratiladigan tijorat banklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining elektron dasturiy ta’minoti orqali aniqlanadi.
Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar beriladi.
Agentlik tijorat banklari hisobidan ajratiladigan kreditlar (Jamg‘arma mablag‘lari bundan mustasno) bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor yoki ko‘char va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi.
Tijorat banklariga Jamg‘armadan ajratilgan resurslar hisobidan beriladigan kreditlar Agentlik bilan kelishgan holda beriladi.
Bunda 2020-yil 1-avgustdan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirmani qo‘llagan xolda beriladi.
29. Tijorat banki joriy yil davomida resurslarning foydalanilmagan yoki to‘lanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart.
30. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga (6-bandda ko‘rsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) qarzlarni berish Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta ko‘rib chiqish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Agentlik har bir yo‘nalish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va harakatiga oid alohida hisobini yuritadi.
32. Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida o‘tkazib berish uchun Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi. Alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay amalga oshirishi lozim.
Ajratmalar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, alkogol mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchilar har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan ajratmalar summasining 0,01 foizi miqdorida penya to‘laydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Mazkur banddagi majburiyatlar belgilangan muddatda va lozim darajada bajarilmagan taqdirda, Agentlik qarzdorlikni majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
33. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinadi.
34. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga o‘tkazilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
35. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarni moliyalashtirish haqidagi bitim qarz shartnomasi shaklida rasmiylashtiriladi. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, nizo amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida hal etiladi.
36. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga kelad | 179 | 63,736 |
Qonunchilik | YoG‘-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublikaning yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, soha korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishning bozor mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida:
1. “Yog‘moytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari muassislarining umumiy majlisi tomonidan mazkur uyushmalarni birlashtirish hamda Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqarilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi muassislarining 1-ilovaga* muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ichki hamda tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, sohani rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashda, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmlarini kengaytirishda ko‘maklashish;
yog‘-moy sanoati korxonalarining chigit ishlab chiqaruvchilar bilan, jumladan, chigitni qabul qilish, qat’iy hisobga olish hamda ularning sifati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish masalalarida o‘zaro munosabatlarni izchillik bilan takomillashtirish;
soha korxonalari tomonidan paxta yog‘i chiqishining belgilangan me’yorlariga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishda tegishli tartibga amal qilinishini ta’minlash;
soha korxonalariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
3. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Belgilansinki:
korxona va tashkilotlar Uyushmaga erkin a’zo bo‘lish hamda uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar;
Uyushma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga faoliyat yuritadi.
4. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda muassislar umumiy yig‘ilishini o‘tkazsin, o‘z nizomini tasdiqlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda aksiz solig‘i olinadigan mahsulot ishlab chiqaradigan tamaki sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijroiya apparati Toshkent shahar, Nukus ko‘chasi, 73“a”-uy manzilida joylashtirilsin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Uyushmani aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yog‘moytamakisanoat” yog‘-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi 482-sonli va “Oziqovqatsanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi 483-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 98 | 3,726 |
Qonunchilik | TTZda yangi bozor quriladi, Salor boʻyi sohili obodonlashtiriladi | Dastur oʻz ichiga quyidagilarni olgan:
Tumanning me’moriy qiyofasini oʻzgartirish doirasida Buyuk Ipak yoʻli va Gulsanam koʻchalari kesishuvida «Navro`z dehqon bozori» AJ (1,68 ga) dehqon bozorini barpo etish, Salor kanali sohillarini mustahkamlash va obodonlashtirish, uning qirgʻoqlari boʻylab хiyobon tashkil etish hamda koʻp kvartirali uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tumanning yoʻl-transport infratuzilmasini, irrigatsiya va suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash hamda mahallalarni obodonlashtirish boʻyicha ishlar koʻzda tutilgan.
Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutgan holda Dastur parametrlari soʻzsiz bajarilishi Toshkent shahri hokimligiga yuklatilgan, u har chorakda:
Shuningdek, qaror bilan Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
Hujjatda Dasturni amalga oshirish boʻyicha qator boshqa topshiriqlar ham saqlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 65 | 1,488 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI UChUN TEXNIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA | “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Qurolli Kuchlarni texnik ixtisosliklarni egallagan harbiy xizmatga majbur shaxslar bilan ta’minlash zaruriyatiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 1994-1995 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti maktablarida va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hunar-texnika o‘quv yurtlarida Qurolli Kuchlar uchun umumiy soni 10110 kishi bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda zarur yordam ko‘rsatsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Xalq ta’limi vazirligining o‘quv yurtlari moddiy bazasini zarur darajada rivojlantirishni ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun texnik mutaxassislar tayyorlash rejasi oshirilganligi munosabati bilan 1994-yil oktyabr oyidan boshlab zarur mablag‘larni topsin.
4. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va respublikaning boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari Qurolli Kuchlar uchun mutaxassislar tayyorlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Xalq ta’limi vazirligining moddiy-texnika resurslari bo‘yicha buyurtmalari belgilangan tartibda bajarilishini nazarda tutsinlar. | 91 | 1,638 |
Qonunchilik | Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Bola tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj oilalar moddiy ta’minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to‘lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:
inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi;
b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
2. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilansin:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;
b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.
3. Moliya vazirligi 2021-yil yakuniga qadar bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalar sonining o‘rtacha 20 foizga oshishini hisobga olgan holda 2021-yilda ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirishga budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratsin hamda Davlat budjetining 2022-yildagi parametrlarini shakllantirishda mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ma’lumotlar bazasidagi kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishi hamda axborot almashinuvining samarali ishlashini ta’minlasin.
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
kam ta’minlangan bolali oilalarga nafaqani hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi;
minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi.
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmon maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabr va 2022-yil 1-aprelga qadar axborot berilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-871-son Farmonida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “parvarishlash uchun” so‘zlaridan keyin “ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari”.
Bunda, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun ishlaydigan (budjet tashkilotlarida ishlaydiganlar bundan mustasno) onalarga beriladigan har oylik nafaqalar miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 60 foizi miqdorida belgilansin”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3864-son Farmonida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmonining 4-bandi quyidagi mazmundagi “g1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g1) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “2020-yil 30-iyuldagi koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6038-son Farmoni 2-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni 15-ilovasi 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744-son qarorining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:
2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali;
2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorining 11-bandi “(turmush o‘rtog‘i va bolalari)” so‘zlaridan keyin “shuningdek, pensionerlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938-son qarorida:
a) 1-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 so‘mdan 1 085 000 so‘mgacha etib belgilansin”;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi nizom ilovasining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kam ta’minlangan oila — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi “Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 731-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) nafaqalar to‘lanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar tomonidan hisoblanadi va 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.”
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-938-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4158-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-dekabrdagi “Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 350-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 866-son qarorining 5-bandi. | 145 | 13,799 |
Qonunchilik | Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Farg‘ona viloyati hokimining Farg‘ona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini Qo‘shtepa tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 72 | 606 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272, 2020-yil 30-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2020-y., 32-son, 380-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalari quyidagi sakkiz guruhga bo‘linadigan alohida kartotekada qat’iy alfavit tartibida saqlanadi:”.
2. 20-bandning birinchi xatboshisidagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan so‘zlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 21-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi” degan so‘zlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 23-bandda:
a) ikkinchi xatboshidagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan so‘zlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) yettinchi xatboshidagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi” degan so‘zlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bandda oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim muassasasining to‘liq nomi, qaysi yili va qanday mutaxassislik bilan tamomlaganligi ko‘rsatiladi. Agar oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlamagan bo‘lsa, qaysi bosqichni (kurs, sinf) tugallaganligi ko‘rsatiladi. Agar harbiy xizmatga majburlar bir nechta ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lsa, u holda eng yuqori ma’lumot beradigan ta’lim muassasasi ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan shaxslar uchun hisob varaqasini to‘ldirishda ta’lim muassasasining nomi, qachon va qanday mutaxassislik bo‘yicha tamomlaganligi ko‘rsatiladi, o‘quvchilarga esa umumta’lim maktabining qaysi sinfida, oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ta’lim muassasasining qaysi bosqichida (kursida) tahsil olayotganligi ko‘rsatiladi. Masalan: “umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi” yoki “Toshkent davlat universitetining amaliy matematika fakultetida 3-bosqichda o‘qiydi”, “Turizm kollejining 2-bosqichida o‘qiydi”. Faqat umumta’lim ma’lumotiga ega bo‘lganlar uchun “umumta’lim maktabining 11-sinfini tamomlagan”;”;
g) o‘n ikkinchi xatboshidagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan so‘zlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 25-banddagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan so‘zlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 38-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi).”.
7. 1-ilova mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
8. 6-ilovaning matnidagi “Ma’lumoti (umumiy, maxsus, harbiy)” degan so‘zlar “Ma’lumoti (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy, oliy harbiy)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 12-ilovaning matnidagi “Pasport seriyasi” degan so‘zlar “Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari:” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 169 | 4,294 |
Qonunchilik | Aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim qilish va toʻlash tartibi oʻzgardi | Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan Soliq kodeksiga aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi.
Qarorda belgilanishicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har oylik asosda keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinadi hamda toʻlanadi.
Avval 2015 yilda aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitob har chorakda soliq davridan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay taqdim qilinardi. Bunda hisobot choragi mobaynida aksiz soligʻining taхmin qilinayotgan choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyda joriy toʻlovlarni har oyning 25 sanasidan kechiktirmay amalga oshirish koʻzda tutilardi. Ushbu tartib 2015 yildan joriy qilingan.
Bu oʻzgartirish shu bilan asoslanadiki, joriy toʻlovlarni har oyda amalga oshirish hisobot choragining joriy oyida realizatsiya kamaygan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda asossiz mablagʻlarni chiqarishga, tegishincha, chorakda aksiz soligʻini ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish hajmi soliq solish ob’yekti ekanligini hisobga olgan holda, qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan oʻхshash jihatlari boʻyicha aksiz soligʻini haqiqatda realizatsiya qilingan hajmdan kelib chiqib toʻlashni joriy qilish taklif qilinmoqda. Qayd qilish lozimki, aksiz soligʻi toʻlovchilari uchun joriy toʻlovlarning mavjud emasligi – bu soliq toʻlashda muhim afzallik va yengillik.
Aksiz hisob-kitobi va toʻlov muddatlari oʻzgarishining qiyosiy jadvali:
Koʻrsatkichlar
2014y.
2015 y.
2016 y. kutilayotgan
1.Hisobot davri
oy
chorak
Oy
2. Hisob-kitoblarni taqdim qilish tartibi
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay
har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay
3. Joriy toʻlovlar
joriy oyning 13 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi dekadasi uchun;
joriy oyning 23 sanasidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun;
keyingi oyning 3 sanasidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun
har oyning 25 sanasidan kechiktirmay aksiz soligʻining choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida
mavjud emas
4. Soliq toʻlash muddatlari
Hisobot oyi yakunlari boʻyicha qayta hisob-kitob
aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi
aksiz soligʻini toʻlash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Jorilla ABDULLAYeV, ekspertimiz. | 70 | 2,812 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish to‘g‘risida | Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, davlat va xalq oldidagi g‘oyat katta xizmatlari, islohotlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki va qahramonona mehnatlari uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oltin nishon — “Oltin Yulduz” medali topshirilsin: | 49 | 276 |
Qonunchilik | “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Prinyat Zakon Respubliki Uzbekistan “O gosudarstvenno-chastnom partnerstve”.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 79 | 300 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-900-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-900-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 608 |
Qonunchilik | “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-632-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-632-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 194 | 361 |
Qonunchilik | LOTEREYa, TOTALIZATORLAR VA TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN BOShQA O‘YINLARNI TAShKIL ETISh FAOLIYATINI AMALGA OShIRUVChI YuRIDIK ShAXSLARNING YaLPI TUShUMIDAN YAGONA SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRIT | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2005-yil 15-iyundagi PQ–100–sonli Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) asosan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 4-apreldagi 51 va 2003-42-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereya, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning yalpi tushumidan yagona soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga (2003-yil 21-aprel, ro‘yxat raqami 1234 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,142 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul ta’minotining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqi | O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul ta’minotining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul ta’minotining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining omonat hisobvaraqlariga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
chaqiriluvchi — harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd qilingan shaxs;
harbiy xizmatchi — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida chaqiruv bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxs;
harbiy qism — muddatli harbiy xizmatchi chaqiruv bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi bo‘linma (shu jumladan xo‘jalik hisobida bo‘lgan muassasa va bo‘linmalar ham);
harbiy xizmatchining pul ta’minoti — harbiy xizmatni o‘tash (xizmat majburiyatlarini bajarish) munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar va tartib bo‘yicha moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar (respublika budjeti, Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar), davlat tomonidan to‘lanadigan pul to‘lovlarining (mukofotlarining) barcha turlari;
omonat hisobvarag‘i — chaqiriluvchilar uchun 12 oy muddatga ochiladigan jamg‘arma omonat hisobvarag‘i;
AT Xalq banki — O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
2. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari chaqiriluvchiga omonat hisobvarag‘ini ochishni tashkil etish maqsadida AT Xalq banki filialining mas’ul xodimlariga alohida xona ajratib beradi.
Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari chaqiriluvchi harbiy qismga jo‘nab ketishidan ikki kun oldin unga omonat hisobvarag‘ini ochish uchun chaqiruv punktiga yetib kelishini ta’minlaydi.
Chaqiriluvchi bilan AT Xalq banki o‘rtasida tuziladigan bank omonati shartnomalarini rasmiylashtirish va imzolash ishlari AT Xalq banki filiallari tomonidan bevosita chaqiriluvchining chaqiruv joyidagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limida tashkillashtiriladi.
Chaqiriluvchi omonat hisobvarag‘ini ochish uchun ariza va pasportini taqdim etadi. Omonat hisobvarag‘ini ochishda chaqiriluvchidan dastlabki mablag‘ kirim qilinmaydi va AT Xalq banki tomonidan vositachilik haqi undirilmaydi.
3. Omonat daftarchasi AT Xalq banki tomonidan omonat bo‘yicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat bo‘yicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.
4. Omonat daftarchasi muqovasiga AT Xalq bankining to‘liq nomi va logotipi (firma belgisi), muqovaning ichki tomoniga omonat daftarchasining seriyasi va raqami, daftarchaning ichki tomoni birinchi betida omonat daftarchasining seriyasi va raqami, AT Xalq banki filialining nomi, uning manzili (pochta manzili), omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraq raqami, valyuta turi, omonat turi (nomi, yillik foizi, muddati va boshqa shartlari), nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning imzosi hamda filial muhri o‘rni uchun joy ko‘rsatilishi lozim.
5. Omonat hisobvarag‘i bo‘yicha foiz stavkasining miqdori AT Xalq banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘rnatiladi.
Har yilning 10-yanvariga qadar, shuningdek omonat foiz stavkasining har bir o‘zgarishida AT Xalq banki bu haqda yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini xabardor qiladi.
6. Chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmat davomida AT Xalq banki bilan tuzilgan bank omonati shartnomasi va omonat daftarchasini, shuningdek ularning nusxalarini o‘zida saqlashi kerak.
7. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari chaqiriluvchilarni xizmat joylariga jo‘natishdan oldin har bir chaqiriluvchiga omonat hisobvarag‘i ochilganligi, AT Xalq banki bilan bank omonati shartnomasi tuzilganligini, ularning nusxalari mavjudligini shaxsan tekshiradi, shuningdek chaqiriluvchilar o‘rtasida pul ta’minotini to‘lash tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
8. Harbiy xizmatchi rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgunga qadar omonat hisobvarag‘ini yopishi mumkin emas.
Harbiy xizmatchi rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgandan so‘ng uning arizasi asosida omonat hisobvarag‘idagi pul mablag‘i va to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar belgilangan tartibda omonat egasi nomiga AT Xalq bankida ochilgan plastik kartochkaga o‘tkaziladi. Bunda plastik kartochkalarni ochish uchun haq undirilmaydi.
Omonat summasini boshqa shaxslarning plastik kartochkalariga, shuningdek omonat egasi tomonidan boshqa banklarda ochilgan plastik kartochkalarga o‘tkazish qat’iy taqiqlanadi.
9. Harbiy xizmatchiga uning yaqin qarindoshining sog‘lig‘i og‘ir ahvolda ekanligi yoki vafot etganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’til berilgan hollarda omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ yoki uning bir qismi muddatidan oldin harbiy xizmatchi tomonidan plastik kartochkaga tushirib olinishi mumkin.
10. Harbiy xizmatchi pul ta’minotining omonat hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foizdagi miqdori O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan belgilanadi.
11. Harbiy xizmatchi harbiy qismga yetib kelgach, belgilangan tartibda harbiy qism qo‘mondonligi nomiga pul ta’minotining bir qismini uning omonat hisobvarag‘iga o‘tkazish va qolgan miqdorini naqd pulda to‘lanishi to‘g‘risidagi bildirgi taqdim etadi.
12. Harbiy xizmatchi o‘z bildirgisiga bank omonati shartnomasining va omonat daftarchasining nusxalarini ilova qiladi.
13. Harbiy xizmatchilarning bildirgilarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha harbiy xizmatchining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), omonat hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul summasi, omonat hisobvarag‘i ochilgan bank filialining nomi va omonat hisobvarag‘i raqamlari ko‘rsatilgan holda harbiy qism komandirining buyrug‘i chiqariladi.
14. Harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan harbiy xizmatchilarning pul mablag‘larini AT Xalq bankidan tashqari boshqa banklarda ochilgan omonat hisobvaraqlariga o‘tkazish taqiqlanadi.
15. Ma’lumotning saqlanishi va maxfiylikni ta’minlash maqsadida harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tayotgan barcha harbiy qismlar fuqaro xodimlarining plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatish uchun AT Xalq bankining filiallarida hisob raqamlarini ochadilar.
AT Xalq banki filiallari tomonidan harbiy qismlar fuqaro xodimlariga plastik kartochkalar ochish uchun haq undirilmaydi.
16. Harbiy qism komandirining buyrug‘iga asosan harbiy qismning moliya organi har oyning o‘ninchi sanasiga qadar harbiy qism joylashgan yerdagi AT Xalq banki filialiga fuqaro xodimlar ish haqining va harbiy xizmatchilar pul ta’minotining bir qismini to‘lov topshirig‘i bilan o‘tkazib beradi. To‘lov topshirig‘iga reyestr (AT Xalq banki filiali MFOsi, familiya, ism va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), 20 ta xonali shaxsiy hisobvaraq raqami, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul summasi, sana ko‘rsatilgan holda) ilova qilinadi.
Harbiy qism tomonidan AT Xalq banki filialiga jo‘natiladigan reyestrda fuqaro xodimlarining ham harbiy xizmatchilarning ham, lavozimlari ko‘rsatilmaydi. Fuqaro xodimlar va harbiy xizmatchilarga alohida-alohida reyestr tuzish va taqdim etish qat’iy taqiqlanadi. Reyestrning har bir sahifasida jami pul summasi ko‘rsatiladi, reyestrning har bir sahifasi harbiy qism komandiri va harbiy qism moliya organi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda harbiy qismning muhri bilan tasdiqlanadi.
17. Harbiy qism taqdim etgan reyestrlar asosida AT Xalq banki filiallari uch bank ish kuni mobaynida tegishli pul summalarini reyestrda ko‘rsatilgan hisobvaraqlarga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Harbiy qismning moliya organi har oyda reyestr va AT Xalq banki filialining harbiy xizmatchining omonat hisobvarag‘idan ko‘chirmasi asosida omonat hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari haqidagi qaydlarni harbiy xizmatchilarning omonat daftarchalari nusxalariga yozib boradi.
18. Harbiy qism taqdim etgan reyestr bilan AT Xalq banki filiallarining hisobga olish ma’lumotlari o‘rtasida tafovutlar aniqlangan holatlarda o‘tkazilgan pul mablag‘lari AT Xalq banki filiallari tomonidan ikki bank ish kunidan kechiktirmasdan mablag‘lar o‘tkazilishini amalga oshirgan harbiy qismga qaytarib beriladi (familiya, ism va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul summasi va qaytarib berish sabablarini ko‘rsatgan holda).
Harbiy qismning moliya organi AT Xalq banki filiallari tomonidan qaytarib berilgan pul mablag‘larining to‘liqligi, pul summasining taqdim etilgan reyestrga mos kelishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklar oy tugagunga qadar bo‘lgan muddat ichida bartaraf etilgandan so‘ng pul summasini harbiy qism joylashgan joydagi AT Xalq bankining filialiga o‘tkazib beradi.
19. Omonat daftarchasi yoki plastik kartochka yo‘qotilganligi uchun ularning egasidan AT Xalq banki tariflariga muvofiq jarima undiriladi.
20. Harbiy xizmatchilarning pul ta’minotini o‘tkazish uchun AT Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
21. Bank omonati shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishini tashkillashtirish, bank omonati shartnomalari va omonat daftarchalari nusxalarining mavjudligi uchun javobgarlik tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarining boshliqlari zimmasiga, AT Xalq banki filiallarining hisob raqamlariga mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi, mablag‘larning boshqa banklarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun javobgarlik harbiy qism qo‘mondonligiga yuklatiladi.
22. Omonat hisobvaraqlarining to‘g‘ri yuritilishi, foizlarning to‘liq hisoblanishi va ular bo‘yicha operatsiyalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik AT Xalq banki filiallari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining AT Xalq bankiga yuboriladigan so‘rovnomasiga muvofiq va AT Xalq banki boshqaruvining ruxsatida belgilangan muddat davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan AT Xalq banki filiallarida omonat hisobvaraqlari bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar yuzasidan tekshirish o‘tkazilishi mumkin.
24. Har chorakda bir marta, kelgusi hisobot oyining o‘n beshinchi sanasiga qadar AT Xalq banki filiali va harbiy qism moliya organi tomonidan omonat hisobvaraqlarga kirim qilish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha solishtirish amalga oshiriladi va tegishli dalolatnoma tuziladi.
25. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va AT Xalq banki bilan kelishilgan. | 250 | 11,227 |
Qonunchilik | Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida | 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi amalda dunyodagi barcha mamlakatlarga daxl etdi va ko‘p jihatdan oqibatini oldindan aytib bo‘lmaydigan tus olmoqda. Jahon inqirozi, uning oqibatlari, O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalar tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora ortib borayotganligi inobatga olinsa, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatdi va hamon ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ostida mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan puxta, chuqur o‘ylangan iqtisodiy strategiya sharofati bilan, isloh etish hamda modernizatsiya qilishning O‘zbekiston modeli izchillik bilan ro‘yobga chiqarilayotganligi, tarkibiy tuzilishdagi tub o‘zgarishlar, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish natijasida inqirozning og‘ir oqibatlaridan holi qolishga va iqtisodiyotimizning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga erishishga, uning izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlashga muvaffaq bo‘lindi.
Jumladan, 2008-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni va xizmat ko‘rsatish sohasida 21,3 foizni tashkil etdi.
Mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini oshirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida shu muddat mobaynida budjet tashkilotlarida o‘rtacha ish haqi 1,4 barobar oshdi, aholining real daromadlari jon boshiga 23 foiz ko‘paydi.
Mamlakat moliya-iqtisod, budjet, bank-kredit tizimlari barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Banklarning likvidligi muammosi keskinlashuvidan holi qolishga muvaffaq bo‘lindi. Xususan, bugungi kunda O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarning summasi 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshdi yoki aholi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jalb etilgan depozitlari hajmlaridan taqriban 2,4 barobar oshib ketdi.
Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit sharofati bilan keyingi ikki yil ichida jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobardan ziyodroq oshdi.
Ayni bir vaqtda jahon tovar bozorlarida konyunktura yomonlashib borayotganligi, O‘zbekiston korxonalari eksportga chiqarayotgan ayrim turdagi mahsulotlarning bahosi va hajmlari pasayganligi hamda boshqa qator omillar mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekistonda Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan yaxlit kompleks dasturi qabul qilingan bo‘lib, unda makroiqtisodiy mutanosiblikni hamda iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlarini, iqtisodiyot tarmoqlari barqaror ishlashini ta’min etishga, aholini ish bilan ta’minlashga hamda uni samarali tarzda ijtimoiy muhofaza qilishga, eksport qiluvchi korxonalarni, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalarini hamda kichik biznesni aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va inqirozga qarshi boshqa choralar nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda bo‘lib o‘tgan majlisida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda uni yanada rivojlantirish maqsadida 2009-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2009-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2009-yil 27-yanvarda qabul qilingan “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorlar hamda inqirozga qarshi qaratilgan boshqa bir qancha muhim hujjatlar tashkil etdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida Dasturda belgilangan choralar so‘zsiz bajarilishini ta’minlashi talab etiladigan mahalliy hokimiyat organlari oldida katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi.
Oliy Majlis Senatining maxsus tuzilgan komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mamlakatimiz mintaqalarida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan anchagina ishlar qilinmoqda. Mintaqalarning aksariyatida viloyat hokimliklari tomonidan kompleks harakatlar dasturlari qabul qilingan va ular xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ma’qullangan bo‘lib, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarini betaraf etish, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralari ayni ana shu dasturlarga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda. Inqirozga qarshi choralar dasturlarining amalga oshirilishi hozirning o‘zidayoq sezilarli natijalar bermoqda.
Inqirozga qarshi choralar dasturiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘li bilan korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlash negizida ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish, import o‘rnini bosadigan tovarlarni, materiallar va xomashyoni mahalliylashtirish, shuningdek ichki talab-ehtiyojni rag‘batlantirish uchun omillar yaratish masalalariga alohida e’tibor bermoqdalar.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlar faol tarzda olib borilmoqda. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari faoliyatini o‘rganish hamda ana shu soha oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvining hududiy organlariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari orasidan ishchi guruhlari tuzilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturining talablaridan kelib chiqib joylarda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamdagi kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Faoliyati o‘rganilgan viloyatlarning deyarli barchasida qishloqlarda meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi ixcham korxonalar barpo etish ishlari olib borilmoqda, aholini zarur sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun parnik va issiqxonalar, shu jumladan energiyaning muqobil manbalari asosida ishlaydigan parnik va issiqxonalar qurilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Andijon viloyatida 2008-yilda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2007-yildagiga nisbatan ikki baravar ko‘p, ya’ni 90,9 milliard so‘m kredit ajratilgan. 2009-yilda ana shu maqsadlarga 105,7 milliard so‘m ajratish rejalashtirilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari barpo etish, uy-joy qurish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari mahalliy hokimiyat organlarining e’tibor markazida turibdi.
Shu bilan birga Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining ishida jiddiy kamchiliklar va foydalanilmayotgan rezervlar ham mavjud.
Inqirozga qarshi tadbir-choralar dasturlari Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining bir qanchasida muhokama etilmagan, inqirozga qarshi kompleks choralar ishlab chiqilmagan.
Xususan, Surxondaryo viloyatida Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish masalalari faqat xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan, ayni vaqtda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarida bu masalalar ko‘rilmagan. Shu sababli xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining ish rejalari qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilmagan va ularda belgilangan vazifalarni bajarishga deputatlar jalb etilmagan. Ayni chog‘da o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda mintaqadagi 20 dan ortiq yirik va qariyb 1100 ta kichik korxona yangi texnika bilan ta’minlashni va texnologik qayta jihozlashni talab etmoqda. Ayrim tarmoqlarning mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy xomashyo asosida mahalliylashtirish imkoniyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Mahalliylashtirish davlat dasturiga mintaqa bo‘ysunuvidagi uchtagina loyiha kiritilgan, xolos.
Bir qancha hollarda mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari mamlakat va mintaqa miqyosida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida, jahon inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida aniq-ravshan tasavvurga ega emas. Shuning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini hal etishda deputatlar korpusida ba’zan talab etilayotgan darajada faollik va tashabbuskorlik yetishmayapti.
Masalan, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar ro‘yxatiga “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi qabul qilinganligi bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hududiy dasturini hamda inqirozga qarshi boshqa choralarni tasdiqlashdek muhim masalalar kiritilmagan. Ayni vaqtda, aytaylik, Chortoq, Uychi, Kosonsoy, Chust va Mingbuloq tumanlarida tasdiqlangan investitsiya dasturlarini, elektr energiyasi sarfini hamda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini kamaytirish tadbirlarini bajarish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Toshkent viloyatidagi bir qancha tumanlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturlari to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishga mazkur hujjat qabul qilinganidan uch oy o‘tganidan keyingina kirishilgan. O‘rta Chirchiq va Chinoz tumanlaridagi hokimiyat organlarining ish rejalarida belgilangan tadbirlar qog‘ozda qolib ketavergan.
Ayni bir vaqtda viloyatda Inqirozga qarshi choralar dasturida nazarda tutilgan butun bir kompleks muammolar hal etilmog‘i kerak. Toshkent viloyatida kichik biznes subyektlarining 10 foizga yaqini ishlamayapti. Bir qancha shaharlar va tumanlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida kichik biznesning ulushi hamon pastligicha qolmoqda. Mazkur viloyatda xususan, zotdor qoramollarni xorijdan xarid etish yuzasidan qabul qilingan dasturlar bajarilmagan.
Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etishda deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlaridek ishning samarali shaklidan yetarlicha foydalanilmayapti. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, uchrashuvlar ko‘pincha yuzaki o‘tmoqda, ularda saylovchilar tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb masalalar mahalliy davlat hokimiyati organlarining e’tiboridan chetda qolmoqda.
Jahon iqtisodiy inqirozining O‘zbekistondagi vaziyatga ta’siri haqida, inqiroziy hodisalarning oldini olish yuzasidan davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan choralarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari talab darajasida olib borilmayotir. Bu ishni tashkil etishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan yetarlicha samarali foydalanilmayapti.
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturida nazarda tutilgan tadbirlar so‘zsiz bajarilishi borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli hamda mas’ulligini oshirish, bu sohadagi mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi masalani o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining axboroti, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari rahbarlarining hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyatlaridagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish borasidagi ishi durust tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Qayd etib o‘tilsinki, mazkur mintaqalarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan hamda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturidan kelib chiqadigan masalalarni hal etishdan o‘zlarini chetga olganlar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuzaga kelayotgan vaziyatni chuqur o‘rganish, inqiroziy hodisalarning yanada kuchayishi oldini olishga, ularni batamom bartaraf etishga qaratilgan choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek inqirozdan keyingi taraqqiyot bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasida ular tomonidan yetarli darajada ish olib borilmayapti.
Belgilab qo‘yilsinki, to‘qqiz oylik yakunlar bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyat Kengashlari rahbarlarining hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida takroran eshitiladi va vaziyatni o‘zgartirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmagan bo‘lsa, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining shu lavozimda bo‘lishi maqsadga qanchalik muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarini amalga oshirish ishlaridan o‘zlarini chetga olgan ayrim deputatlarini chaqirib olish to‘g‘risidagi masala ko‘tariladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi” degan ma’ruzasida ilgari surilgan vazifalar og‘ishmay va samarali tarzda bajarilishini ta’minlasin;
mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirishni o‘ta muhim vazifa deb hisoblasin hamda shu munosabat bilan mintaqalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni teran tarzda tahlil qilish asosida Dasturda belgilangan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish hamda faoliyat yo‘nalishlarini samarali hal etish yuzasidan kompleks choralar ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta’minlasin;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining inqirozga qarshi choralar dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq faoliyatni kuchaytirish choralarini amalga oshirsin;
mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish uchun mas’ul rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishni xalq deputatlari Kengashlari faoliyati amaliyotiga kiritsin;
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda mahalliy vakillik hokimiyati organlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik hamda uyg‘unlikni ta’minlash kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’siri haqida, inqiroz oqibatlarining oldini olish hamda ularni yumshatish yuzasidan davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin hamda uning amalga oshirilishini ta’minlasin. Dasturni bajarish iqtisodiyot har bir subyektining, mamlakatimiz har bir fuqarosining muhim ishi bo‘lib qolmog‘i kerak. Bu ishga jamoat birlashmalari, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, shuningdek ommaviy axborot vositalari keng jalb etilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturining asosiy qoidalarini tushuntirish yuzasidan vazirlik va idoralarning, shuningdek mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot markazlarining ekspertlarini jalb etgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalarining hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari ishtirokida seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilishi hamda o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Xalq deputatlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining rahbarlari:
Senat komissiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari asosida to‘plangan va tahlil etilgan materiallarni xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli mintaqalardan saylangan a’zolari ishtirokida muhokama etilishini bir oylik muddat ichida 1-ilovaga muvofiq tashkil qilsin;
muhokama yakunlari asosidagi umumlashma axborotlarni (viloyatlar bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2009-yil 10-mayga qadar taqdim etsin.
6. “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’ulligi to‘g‘risida”gi masalani o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi va Toshkent shahridagi davlat hokimiyati mahalliy organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturining asosiy qoidalarini amalga oshirish borasidagi faoliyati ilova qilinayotgan jadvalga (2-ilova) muvofiq o‘rganilsin;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi muhokamasiga kiritish uchun 2009-yil 1-iyulga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga taqdim etsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, xalq deputatlari Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari:
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish masalasini Senat komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari majlisida va nomlari yuqorida aytib o‘tilgan xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida muhokama etilishini tashkil qilsin, ularda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish ishlaridan o‘zlarini chetga olgan deputatlarining javobgarligini oshirish to‘g‘risida tegishli xulosalar chiqarilsin;
amalga oshirilgan ishlarning yakunlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etilsin.
8. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuborilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning bajarilishi jarayoni haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2009-yil 10-oktabrgacha axborot taqdim etsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin. | 164 | 20,109 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMIDA ELEKTRON ARXIV IShLARINI YuRITISh TO‘G‘RISIDA | 1.1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlar ta’minoti va ma’lumotlar bazasini huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi banklarida, Markaziy bank Hisob-kitob-kassa markazlarida hamda Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazida va Hududiy axborotlashtirish markazlarida elektron arxiv ishlarini yuritish, arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning umumiy tartibini belgilaydi.
Elektron arxiv — elektron ko‘rinishda bo‘lgan hujjatlar, elektron to‘lov tizimi ma’lumotlari, EHM dasturlari va boshqa elektron ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga va tashqi saqlovchi vositalarga yozib, ma’lum muddatga olib qo‘yish, saqlash va ulardan foydalanish tushuniladi.
Arxiv ishlarini olib boruvchi ma’muriy bo‘linmalar faoliyat ko‘rsatish xususiyatlariga ko‘ra arxiv ishlarini yuritish tartibini mazkur Yo‘riqnomaga binoan ishlab chiqishlari lozim.
1.2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida va ularning filiallarida, Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlarida (keyingi o‘rinlarda HKKM), Axborotlashtirish Bosh Markazida (keyingi o‘rinlarda ABM) va Hududiy Axborotlashtirish Markazlarida (keyingi o‘rinlarda HAM) elektron arxiv ishlarini yuritishni amalga oshirish va ularni takomillashtirish bo‘yicha javobgarlik tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKM, ABM va HAM rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
1.3. Tijorat banklari va ularning filiallari, HKKM rahbarlarining yozma buyrug‘iga asosan javobgarlik bosh muhosib yoki uning o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
1.4. ABM, HAMlarda rahbarlarning yozma buyrug‘iga asosan javobgarlik mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi. Bu esa ABM va HAMlari rahbarlarini umumiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
2.1. Elektron arxiv ishlarini yuritish uchun tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlari rahbarlari tomonidan mas’ul javobgar xodim yozma buyruq asosida tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi.
2.2. Tijorat banklarining Bosh banklari va ularning filiallarida hamda HKKMlari kompyuterlashtirish sho‘balarida elektron to‘lov hujjatlarini va elektron to‘lov hujjatlari bo‘lmagan elektron hujjatlarni arxivlashtirish ishlari olib boriladi.
2.3. Tijorat banklarida va ularning filiallarida hamda HKKMlarida quyidagi elektron ma’lumotlar arxivga olinishi shart:
to‘liq bank amaliyoti kuni elektron ma’lumotlari;
barcha kiruvchi va chiquvchi to‘lov hujjatlari fayllari, shifratsiya kalitlari bilan birgalikda (shifrlangan va shifrlanmagan);
bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi;
elektron tarzidagi me’yoriy-so‘rov ma’lumotlar majmuasi;
elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal-bayonnomalari.
2.4. Tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlari elektron arxiv ishlarini yuritishlari uchun kerakli dasturlar va texnik vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
2.5. Tijorat banklarining filiallari elektron arxiv hujjatlarining nusxalarini saqlashlari uchun kamida ikkita (bir binoda bo‘lmagan) elektron arxiv hujjatlarini saqlash punktlari tashkil etadilar:
a) birinchisi — o‘sha bank bo‘limida;
b) ikkinchisi — viloyat hududiy boshqarmasida.
Tijorat banklarining viloyat hududiy boshqarmalari yig‘ilgan elektron arxivlarni har olti oyda o‘zining Bosh banklariga belgilangan tartibda topshiradilar.
2.6. Tijorat banklarining Bosh banklari, HKKMlar va filiallari bo‘lmagan tijorat banklari o‘z binosida bir-biridan ajratilgan alohida xonalarda ikkita elektron arxiv punktlarini tashkil etadilar. Bu xonalarning yonma-yon joylashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.7. 2.3-bandda ko‘rsatilgan elektron to‘lov ma’lumotlar har kuni dasturiy ravishda arxivlanib, ikki nusxada tashqi saqlovchi vositalarga yoziladi hamda mas’ul javobgar xodim birinchi shaklda ko‘rsatilgan ko‘rinishda maxsus yuritilgan daftarga qayd qilib boradi. Maxsus daftar sahifalari raqamlangan, ish o‘tkazilib tikilgan, rahbar tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
2.8. Arxiv yozilgan tashqi saqlovchi vositalar yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
2.9. Tijorat banklari va ularning filiallari hamda HKKMlar rahbarlari, bosh muhosiblari va mas’ul javobgar xodim ma’lumotlarning to‘g‘ri arxivlashtirilishi hamda to‘liqligi, ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar.
2.10. Barcha kiruvchi va chiquvchi (shifrlangan va shifrlanmagan) elektron to‘lov hujjatlari har kuni tijorat banklari va HKKMlar tomonidan daxl etilishiga ruxsat berilmaydigan ko‘rinishda arxivlanadi.
Zarur hollarda avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklarning sababini aniqlash uchun komissiya tuziladi va tijorat banklari, HKKMlar tomonidan daxl etilishga ruxsat berilmaydigan arxiv hujjatlari batafsil tekshirib chiqiladi.
Komissiya tarkibiga: Markaziy bankning vakolatli vakillari, Tijorat banki (HKKM) rahbari, bosh muhosibi, arxiv ishi uchun javobgar mas’ul xodim va lokal tarmoq ma’muri kiritilishi shart.
2.11. Tijorat banklari va HKKMlar tomonidan daxl etilishiga ruxsat berilmaydigan arxiv hujjatlarini har kuni dasturiy ravishda tashqi saqlovchi vositaga ko‘chirilishi (nusxalanishi) va bunda arxivga olingan axborotlar ro‘yxatining qog‘ozdagi yozuvi chiqarilishi shart. Yozma shaklda chiqarilgan arxiv yozuvi 2-shaklda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va u seyfda saqlanadi.
Tashqi saqlovchi vositaning ustiga quyidagi yozuvlar yozilgan bo‘lishi shart:
a) saqlovchi vositaning shartli raqami;
b) yozuvning boshlangan sanasi;
v) elektron arxivning nomi;
g) saqlovchi vositaga yozuv yozish to‘xtatilgan vaqt.
Tashqi saqlovchi vositaning nomi _______________ Arxivga oluvchining F.I.Sh. ____________ Sana _________ Imzo ___________
2.12. Tashqi saqlovchi vositaning texnik tavsifiga binoan tashqi saqlovchi vositaga yozilgan elektron ma’lumotlarni qayta o‘qilishi tekshirilib turilishi shart. Texnik tavsifda tashqi saqlovchi vositani qayta o‘qilishini tekshirish davri ko‘rsatilmagan bo‘lsa tashqi saqlovchi vositani bir yilda kamida ikki marta (har 6 oyda) ochib qayta o‘qilishini tekshirib turiladi. Agar elektron arxiv ma’lumotlarning tashqi ta’sirlar natijasida qisman yoki umuman yo‘qolib ketganligi aniqlansa, yo‘qolgan arxiv ma’lumotlar tiklanishi zarur. Bu haqda dalolatnoma tuzilishi va maxsus yuritilgan daftarga qayd etilishi lozim.
2.13. Elektron arxiv ma’lumotlarni Tijorat bank filiallari tomonidan har chorakning boshida tijorat bankining hududiy boshqarmasi arxiviga va joriy yil tamom bo‘lganidan so‘ng o‘z arxiv bo‘limiga belgilangan tartibda topshiriladi.
2.14. Tijorat banklari va HKKMlarning arxiv bo‘linmalari tashqi saqlovchi vositaga yozilgan arxiv ma’lumotlarining butligini tekshirib ko‘rib, o‘z arxiv bo‘limiga olib qo‘yadi va o‘n yil saqlaydi.
2.15. Tijorat banklari va HKKMlari saqlanish muddati o‘n yildan yuqori bo‘lgan elektron arxivni doimiy saqlash uchun belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiradi.
2.16. Tijorat banklarining filiali faoliyati tugatilganda elektron arxivini hududiy boshqarmasiga, hududiy boshqarmasi bo‘lmaganlari Bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda topshiradi. Tijorat banki faoliyati tugatilib boshqa tijorat bankka qo‘shib yuborilganda, o‘sha bank arxiviga belgilangan tartibda topshiradi.
2.17. Bosh tijorat banklari faoliyati tugatilganda elektron arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiradilar.
3.1. Elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha ABM va HAMlarda hamda ularning bo‘limlarida rahbarlarning yozma buyrug‘iga asosan mas’ul javobgar xodimlar tayinlanadi.
3.2. ABM tarkibida “Elektron to‘lov” tizimi elektron arxivining markazlashtirilgan elektron arxiv ishlari olib boriladi:
3.3. ABM va HAMlarida elektron to‘lov tizimi ma’lumotlari asosida elektron arxiv olinishi shart:
elektron to‘lov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlari (shifrlangan holda);
elektron to‘lov hujjatlarining kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarini qabul qilish — uzatish telekommunikatsion jurnal bayonnomalari;
elektron to‘lov hujjatlari ishlovi amaliyot kuni elektron ma’lumotlari;
elektron to‘lov hujjatlari ishlovi amaliyot kuni dasturlarining barcha turlari va boshqa alohida dasturlar majmuasi;
elektron tarzidagi me’yoriy-so‘rov ma’lumotlar bazasi.
3.4. ABM va HAMlari elektron arxiv ishlarini olib borishlari uchun asosiy talablarga javob beruvchi yetarli maxsus ish joylari hamda texnik qurilma-vositalari, dasturlar ta’minoti bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
3.5. ABM va HAMlari tashqi saqlash vositalarida jamlangan elektron arxiv hujjatlari nusxalarini saqlashlari uchun kamida ikkita (bir binoda bo‘lmagan) elektron arxiv saqlash punktlari tashkil etadilar:
a) birinchisi — ish joylarida;
b) ikkinchisi — hududiy uzoqlashtirilgan joylarda:
3.6. HAMlari bank amaliyot kunining oxirida elektron arxivlarini ABMning markazlashtirilgan elektron arxiviga uzatadilar.
3.7. Har kuni ABM va HAMlar 3.3-bandda ko‘rsatilgan elektron to‘lov tizimi ma’lumotlarini dasturiy ravishda arxivlab (arj.exe dasturining 2.39, 2.41 va undan yuqori turi bilan), ikki nusxada tashqi saqlovchi vositalarga yoziladi va maxsus daftarlarda qayd etiladi. Maxsus daftarlar sahifalari raqamlangan, ip o‘tkazilib tikilgan va muhrlangan bo‘lishi lozim.
3.8. Elektron arxiv yozilgan tashqi saqlovchi vositalari yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi shart.
3.9. ABM va HAMlarda elektron arxiv ma’lumotlar bilan ishlash, ya’ni statistik va analitik tahlil hamda elektron to‘lovni aniqlashtirish uchun ma’lumotnomalarni olish bo‘yicha so‘rov ishlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va ABM tomonidan ishlab chiqilgan tartib va qoida hamda yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarga binoan amalga oshiriladi.
3.10. ABM va HAMlarda elektron arxiv ma’lumotlar xavfsizligini va daxlsizligini, to‘liqliligini, ishonchliligini, tozaligini va haqiqiyligini elektron arxiv ishlarini yuritish bo‘yicha mas’ul javobgar xodimlar tomonidan ta’minlanadi.
3.11. ABM va HAMlaridagi jamlangan elektron arxiv ma’lumotlari va ularni tashuvchi tashqi saqlash vositalari davriy ravishda tekshirib boriladi. Ushbu tekshirish natijalari maxsus daftarda qayd etiladi. ABMda ishlab chiqilgan tekshirish uslub va usullardan foydalaniladi.
3.12. ABMda elektron arxivlar saqlash muddati 10 yildan oshishi bilan elektron arxiv hujjatlari doimiy saqlash uchun belgilangan tartibda Davlat arxiviga topshiriladi.
3.13. HAM tarkibiy o‘zgarishi (faoliyati o‘zgarishi, tugatilishi, yangilanishi) ro‘y bergan hollarda yuqori tashkilot ABMga elektron arxivini o‘rnatilgan tartib asosida topshiradi.
3.14. Elektron arxiv ishlarini yuritish borasida texnologik jarayonlar o‘zgarishi, texnik qurilma va vositalarni mukammallashib borishi asosida elektron arxiv ishlarini yuritish uslub hamda usullari takomillashtirilib boriladi.
Elektron to‘lov tizimi tarkibiga kiruvchi barcha turdagi elektron arxivlarning saqlanishi muddati 10 yil.
Mazkur Yo‘riqnoma kuchga kirishi bilan Markaziy bankning 1999-yil 21-avgustdagi 147-sonli (Adliya vazirligidan 1999-yil 25-noyabrda 841-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish to‘g‘risidagi” qoidasining “7-bob. Bank tizimida elektron hujjatlarni arxivlash va ularni saqlash bo‘yicha talablar” bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotadi. | 84 | 11,613 |
Qonunchilik | Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Rossiya Federatsiyasidagi yurtdoshlarimizning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, konsullik xizmatlarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi turdagi konsullik xizmati ko‘rsatishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi, shuningdek, ushbu harakatlarni amalga oshirganlik uchun yig‘imlar va to‘lovlar miqdori.
Belgilansinki, Vaqtinchalik nizom 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 25-noyabrga qadar Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish xizmatini joriy etish maqsadida axborot tizimlari integratsiya qilinishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunalari va plastik kartalar bilan ta’minlovchi tashkilot bilan hamkorlikda eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun zarur uskunalar bilan ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig‘i M.A. Xayriddinov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalari (keyingi o‘rinlarda — konsullik muassasasi) tomonidan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — talabgor) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibini belgilaydi.
2. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi) tomonidan rasmiylashtiriladi.
3. Yo‘qotilgan milliy haydovchilik guvohnomasini tiklash Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi.
4. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan shaxsan murojaat qiladi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish bo‘yicha talabgorning arizasi konsullik muassasasi mansabdor shaxsi (keyingi o‘rinlarda — konsullik mansabdor shaxsi) tomonidan qabul qilinadi.
6. Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish bo‘yicha arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijga chiqish biometrik pasporti yoki fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
ushbu Vaqtinchalik nizomning 7-bandida belgilangan miqdorda konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im, shuningdek, haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun to‘lov to‘laganligi to‘g‘risida kvitansiya.
Talabgordan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
7. Konsullik muassasasi orqali eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi:
bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida to‘lov. Bunda to‘lov tegishli to‘lov amalga oshiriladigan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha xorijiy valyutada qabul qilinadi;
20 AQSh dollari miqdorida konsullik yig‘imi;
20 AQSh dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yig‘im.
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom 7-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisobvarag‘iga o‘tkazish tartibi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Konsullik mansabdor shaxsi tomonidan milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish axborot almashinuvi elektron tizimi orqali mazkur Vaqtinchalik nizomga 3-ilovaga keltirilgan shakl bo‘yicha anketa to‘ldiriladi.
10. Elektron anketa to‘ldirilgach, talabgor konsullik mansabdor shaxsi tomonidan fotosuratga olinadi va ma’lumotlar to‘g‘riligi tekshirilib, ushbu anketa talabgor tomonidan maxsus elektron qurilmaga o‘z imzosini qo‘ygan holda tasdiqlanadi.
11. Konsullik mansabdor shaxsi tasdiqlangan anketani bir ish kuni ichida axborot almashinuvi elektron tizimi orqali Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga yuboradi.
12. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bir ish kuni ichida anketani o‘rganib chiqadi va talabgorning milliy haydovchilik guvohnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq berilganligi ma’lumotlar bazasi orqali tasdiqlangandan so‘ng, shu kunning o‘zida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomasini Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi diplomatik kanallar orqali konsullik muassasalariga jo‘natish va talabgorga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi.
13. Milliy haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirilganidan so‘ng, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot almashinuvi elektron tizimiga guvohnoma muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida tegishli ma’lumotni kiritadi.
14. Milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga hamda konsullik muassasasi orqali O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish navbatdagi diplomatik pochta orqali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda navbatdan tashqari pochta orqali amalga oshiriladi.
15. Konsullik mansabdor shaxs diplomatik pochta orqali qabul qilgan milliy haydovchilik guvohnomasini talabgorga ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq avval to‘ldirilgan arizasiga hamda hisobga olish kitobiga olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib topshiradi.
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini talabgorga topshirilgan vaqtda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo‘yilishi shart.
Talabgorning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini konsullik mansabdor shaxsi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati orqali Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish maqsadida yuborish uchun diplomatik kanallar orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga jo‘natadi.
16. Talabgor anketada ishonchsiz ma’lumotlar ko‘rsatganligi, konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im hamda to‘lov stavkasini to‘liq amalga oshirmaganligi, hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirib berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
17. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Milliy haydovchilik guvohnomasi egasining shaxsan o‘ziga topshiriladi, notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida murojaat qiluvchi uchinchi shaxslar bundan mustasno.
18. Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilganligining hisobini yuritish mazkur Vaqtinchalik nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Hisobga olish kitobida qayd etiladi.
19. Talabgor konsullik muassasasining mansabdor shaxslari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
20. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 195 | 10,766 |
Qonunchilik | “Yoshlar texnoparklarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonovning jav | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yoshlar texnoparklarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 542 |
Qonunchilik | Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 601-band qo‘shilsin:
“601. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,194 |
Qonunchilik | Treyler va avtofurgonlar – ular ham joylashtirish vositasi | Vazirlar Mahkamasining 7.11.2017 yildagi 894-son qarori bilan хorijiy sayyohlarning mamlakatimizga kirishi va boʻlishi tartibini soddalashtirish boʻyicha qator hukumat qarorlariga tuzatishlar kiritildi.
Muddatidan oldin keldingizmi – hechqisi yoʻq
Endi хorijlik mehmon turistik vizada koʻrsatilgan muddatdan oldin Oʻzbekistonga kirib kelgan taqdirda u Davlat chegarasidan oʻtish punktidagi TIVning konsullik byurosiga murojaat etishi mumkin, u yerda uning vizasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi mazkur norma bilan toʻldirildi.
Propiska uchun kimga murojaat etish kerak emas
Chet ellik fuqarolarning haqiqatda hisobga qoʻyilganligini tekshirish uchun IIO avtomatlashtirilgan maхsus elektron dasturdan foydalanadi.
Sayyohlik operatorlari tomonidan koʻrsatilgan dastur yordamida sayyohlarning pasport ma’lumotlari, harakatlanish yoʻnalishlari sхemasi, sayohat paytida toʻхtash (tunash) joylari koʻrsatilgan elektron shakldagi roʻyхati taqdim etilishi quyidagi holatlarda vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi:
Ma’lumot uchun: umumiy qoidaga koʻra vaqtinchalik Oʻzbekistonda boʻlib turgan хorijliklar bu yerda vaqtinchalik propiska asosida istiqomat qiladi. Alohida shaхslar undan ozod etilgan, masalan, mamlakatimizning har bir aholi punktida 3 sutkadan ortiq boʻlmaydigan sayyohlar. Shuningdek, хorijliklarning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida boʻlishi vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi (bu yerda koʻring).
Sayyohlarga gʻildirakli uylarda yashashga ruхsat berildi
Tunash uchun joylashtirish vositasiga qayta oʻzgartirilgan yer usti transporti rasman joylashtirish vositalari qatoriga kiritildi (masalan, avtofurgon, treyler, avtouy va boshqalar – tahr.). Unda yashaydigan Oʻzbekistonga vaqtinchalik keluvchi хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar umumiy tartibda qabul qiluvchi tashkilotlar va хususiy ish boʻyicha ularni taklif etgan shaхslarni oldindan хabardor qilishlari darkor.
Bunday joylashtirish shakli uchun ham turistik yigʻim undiriladi – har kungi yashash uchun EKIHning 10%i miqdorida.
Tegishli tuzatishlar Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 7.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 58 | 2,775 |
Qonunchilik | Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xorijda joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilgan mulkdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) xorijda joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasi mulki etib (keyingi o‘rinlarda — mulk) topshirilgan mulk egaligi huquqini O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish vakolati berilsin.
2. Belgilansinki, Agentlik:
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi mulkini, mazkur davlat hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining xorijiy vakolatxonalari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtinchalik bepul topshirish. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlat organlari xorijiy vakolatxonalari rahbarlari, ularga topshirilgan xorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshirish;
zarur hollarda mazkur qarorning matnini xorijiy davlatning vakolatli organlariga taqdim qilish;
xorijda bank hisobvaraqlarini ochish, mazkur hisobvaraqlardagi mablag‘larni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘lish;
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur bo‘lgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sug‘urta kompaniyalari hamda boshqa xizmat ko‘rsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarni jalb qilish huquqiga ega.
3. Mulkni boshqarish, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilayotgan xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Agentlikning maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari;
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan tushadigan tushumlar;
vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Shu bilan birga, mulkni sotishdan, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirishdan tushgan mablag‘lar mulkni boshqarish yoki sotish (baholash tashkilotlari, savdo tashkilotchilari, vositachilar, depozitariylar xizmatlariga haq to‘lash, safar xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar) bilan bog‘liq xarajatlar chiqarib tashlangandan so‘ng Agentlikning maxsus hisobvaraqlarida jamlanib boriladi.
Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat qarorlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi.
4. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkka bo‘lgan egalik huquqini rasmiylashtirish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod qilinsin.
5. Agentlik:
Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda mulkni davlat daromadiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi sudlarining hukmlarini mazkur xorijiy davlatning vakolatli organlariga ijro etish uchun belgilangan tartibda yo‘llasin;
Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari xorijiy davlatlarda ijro etilganidan keyin mulklarni inventarizatsiya qilishni va O‘zbekiston Respublikasining mulkka egalik huquqi rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
mulkni yanada samarali tasarruf etish, shu jumladan uni sotish, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
6. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari bo‘yicha huquqlarini himoya qilish, da’vo, sud, arbitraj va boshqa ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, xorijiy auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda Agentlikning maxsus hisobvaraqlarida jamg‘arib borilayotgan mablag‘lari hisobiga, mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda esa Agentlikning asoslangan talabnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Agentlik belgilangan tartibda milliy va xorijiy valyutada maxsus bank hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlikning so‘rovnomalariga ko‘ra belgilangan tartibda uning xodimlariga mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vakolatlarni tasdiqlovchi ishonchnoma va boshqa hujjatlarni bersin;
Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining mulk egaligini rasmiylashtirishda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari ijro etilishida Agentlikka ko‘maklashsin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi bilan birgalikda fuqarolik oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. | 88 | 5,835 |
Qonunchilik | Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda notariatni isloh qilish, uni preventiv odil sudlov hamda sud nizolarining oldini olish vazifalarini bajaruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ta’minlovchi muhim institutlardan biri sifatida shakllantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, notarial idoralarning faoliyatida sud-huquq sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishda, iqtisodiy, oilaviy, meros, uy-joy, mehnat va boshqa nizolarni oldini olishda notariatning salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan:
birinchidan, aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlarning sifati va tezkorligining past darajadaligi, notarial idoralardagi uzundan uzunnavbatlar, davlat bojlari va boshqa yig‘imlar undirishning shaffof emasligi, shuningdek, mavjud byurokratik to‘siq va g‘ovlar aholini notariat tizimiga bo‘lgan ishonchini pasaytirmoqda hamda korrupsiya ko‘rinishlari paydo bo‘lishiga imkon qoldirmoqda;
ikkinchidan, asosan tasdiqlash xususiyatiga ega bo‘lgan vazifani bajarayotgan amaldagi notariat tizimi mamlakatning bugungi rivojlanish talablariga javob bermayapti, notarial harakatlarni bevosita aholi punktlariga chiqqan holda amalga oshirishning keng amaliyoti mavjud emas. Jamiyatning rivojlanishidan ortda qolayotgan notariatning faoliyat ko‘rsatish tizimi, uning kompleks notarial xizmatlar ko‘rsatuvchi yanada faol modeliga o‘tishni talab etmoqda;
uchinchidan, zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning past darajadaligi, idoralararo elektron hamkorlikni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi aholiga tezkor notarial xizmatlarni ko‘rsatish imkonini bermayapti hamda zarur ma’lumotnoma va hujjatlarni to‘plash uchun vakolatli davlat tashkilotlariga bevosita tashrif buyurishni talab etmoqda. Profilaktik choralar sifatida eng ko‘p nizolashilayotgan notarial bitimlarni rasmiylashtirishda audio va video qayd etishdan foydalanilmayapti;
to‘rtinchidan, notariuslar va notarial idoralarning xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi notariat korpusini yuqori malakali kadrlar bilan shakllantirish masalalarini tizimli ravishda hal etish imkonini bermayapti. Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari notarial amaliyot bilan yetarli darajada uyg‘unlashtirilmagan;
beshinchidan, stajirovka o‘tashning uzoq va murakkab jarayoni bo‘sh turgan notarius lavozimlarini malakali kadrlar bilan tez to‘ldirish uchun zarur choralarni ko‘rish imkonini bermayapti;
oltinchidan, notarial xizmatlar ko‘rsatishning sifati va tezkorligi, notarial idora xodimlari tomonidan o‘z funksional vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmi, ayniqsa, masofadan nazorat qilish shakllantirilmagan.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlarning sifatini yaxshilash maqsadida:
1. Notariatning faol modeli doirasida Notariuslar tomonidan bitimlarni tasdiqlashda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin va 2019-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, boshqa vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning ma’muriy reglamentlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
belgilangan muddatlarda ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan axborotlarni almashish uchun ma’lumot bazalari va axborot tizimlarini joriy etish, shuningdek, ularni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bo‘yicha elektron ma’lumot bazasini shakllantirilishini, keyinchalik uni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
2. 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibini o‘rnatish orqali ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo‘yicha talab bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim;
yuridik shaxs notariusga ixtiyoriy murojaat etganda uning kollegial organining qarori qabul qilinganligi fakti notarial tasdiqlanishi lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining 2019-yil 1-yanvardan quyidagilarga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning shaxsini aniqlash barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi;
murojaat etuvchilarning notarial harakatlar bajarganligini tasdiqlash notarial tasdiqlanayotgan hujjatlarga ular tomonidan imzo qo‘yish va maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob va uskunalarni olishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga texnik jihatdan amaliy yordam ko‘rsatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
notarius lavozimiga nomzodlarning stajirovka o‘tash muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish to‘g‘risidagi;
notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslarga majburiy stajirovka o‘tash bo‘yicha talabni bekor qilish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, mazkur bandning amal qilishi ushbu qaror kuchga kirgan paytda notarial idoralarda stajirovka o‘tayotgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
6. Notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to‘lashdagi imtiyozlar va belgilangan davlat boji miqdorlarini tanqidiy o‘rganib chiqsin, natijasi bo‘yicha notariuslarning ijro yozuvlaridan foydalanish amaliyotini kengaytirishga, sud tizimidagi ish hajmini kamaytirishga yo‘naltirilgan davlat boji stavkalari va imtiyozlarini maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda meros ishlarini rasmiylashtirish sohasida notarial va sud amaliyotini o‘rgansin va ushbu sohadagi yagona yondashuvni ta’minlash yuzasidan taklif kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2019-yil 1-yanvardan boshlab uy-joyni xususiylashtirishga rozilik berilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotni notarial idoralarga real vaqt rejimida bepul asosda taqdim qilinishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha notarial idoralarni ularda belgilangan ish vaqtiga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus kassalar, shuningdek, maxsus kassalarni bank plastik kartochkalaridan to‘lovni qabul qilish bo‘yicha hisob terminallari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tijorat banklari tomonidan notariuslar tomonidan o‘zlarining notarial idoralari bino va inshoatlarida ochilgan maxsus kassalari orqali undiriladigan davlat bojlarining jami summasidan ajratma olish haqida taklif kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida notarius lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlab olish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslatsiya qilish amaliyotini joriy etsin;
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda notarial idoralarda notarial harakatlarning maxfiyligini saqlagan holda real vaqt rejimidagi masofaviy markazlashtirilgan audio va videokuzatuv tizimini joriy etish, bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan ulardan foydalanishni ta’minlasin;
ikki oy muddatda notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni, jumladan psixologiya va yuridik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan tartiblar va ko‘nikmalarga (stressni boshqarish, kelishmovchiliklarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish) o‘rgatish bo‘yicha darslarni kiritilishini nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin;
notarial amaliyotda vujudga kelayotgan dolzarb masalalarni videokonferensiyalar tashkil etish orqali muhokama qilishni nazarda tutuvchi doimiy seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazib borishni amaliyotga keng joriy etsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholining notarial xizmatlardan foydalanish imkonini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlarini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda ilg‘or xorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni chuqur o‘rgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat shakliga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. | 127 | 12,218 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning ba’zi bandlarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2 son, 6-modda) va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq buyuraman:
1.O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 2-apreldagi 26-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2101, 2010-yil 26-aprel) (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2010-yil, 17-son, 135-modda) 1 va 2-bandlarining amal qilishi 2014-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga to‘xtatilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 202 | 1,155 |
Qonunchilik | Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan Davlat qoʻmitasi shugʻullanadi | Hujjat bilan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy boʻlimlari tashkil etildi. Ushbu vakolatli davlat organi yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas’ul hisoblanadi.
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J.Ramatov rahbarlik qiladigan Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Oʻzbekistonning хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va хalqaro hamda хorijiy moliya institutlaridagi doimiy vakillari endi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻiga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, ularning lavozimlari qoʻmitaning nomenklaturasiga kiradi. Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar oʻz faoliyati yuzasidan yangi qoʻmitaga hisobot beradi.
Bundan tashqari, diplomatik vakolatхonlar Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hamda ilgʻor teхnologiyalarni, ustuvor dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun teхnik koʻmaklashish mablagʻlari (grantlar) va imtiyozli kreditlarni jalb etish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar, hisobotlarni, shuningdek, davlatimizning хorijiy mamlakatlar bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga doir takliflarni har chorakda muntazam taqdim etib borishlari kerak.
2017 yilning 1 iyunidan boshlab Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi zimmasiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida teхnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar yetkazib berish, shuningdek, bitta shartnoma boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan ortiq hajmdagi ishlar (хizmatlar)ning bajarilishi yuzasidan tender (tanlov) savdolari natijalarini muvofiqlashtirish, ekspertizadan oʻtkazish, kelishish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari quyidagilarni nazarda tutgan holda yuklatiladi:
Bundan tashqari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda «Oʻzbekekspertiza» AJ vazifalarining bir qismi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga oʻtkaziladi, ular:
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 73 | 2,701 |
Qonunchilik | Ekologik хavfli mahsulotlarni olib kirish ustidan nazorat kuchaytirildi | Vazirlar Mahkamasining 16.02.2021 yildagi «Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 75-son qarori qabul qilindi.
Hujjat «Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib tashlash ustidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Bazel konvensiyasiga muvofiq ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni import va eksport qilishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom qoidalari alohida belgilangan tartibda respublika hududidan tranzit oʻtadigan maхsus yuklarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni olib kirish va olib chiqish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan ekologik sertifikatlash organi tomonidan berilgan ekologik sertifikatga asosan amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq Bazel konvensiyasi ishtirokchisi boʻlmagan davlatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyхati tasdiqlangan ekologik хavfli mahsulotlar va chiqindilarni respublika hududiga olib kirishlari va respublika hududidan olib chiqishlari qat’iyan taqiqlanadi.
Ekologik sertifikatni olish uchun ariza beruvchi «Yagona darcha» bojхona aхborot tizimi orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ekologik sertifikatlash organiga ariza bilan murojaat etadi.
Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ekologik sertifikat oʻzbek yoki rus tillaridagi belgilangan namunadagi blankada quyidagi muddatlarga beriladi:
Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar roʻyхati 30.01.2021 yildagi 43-son VMQga (1.05.2021 yildan kuchga kiradi) 1-ilovada berilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2021 yildan kuchga kiradi.
Nargiza Vohidova. | 71 | 2,118 |
Qonunchilik | “Xalqaro shartnomalarni denonsatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Xalqaro shartnomalarni denonsatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xalqaro shartnomalarni denonsatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 97 | 507 |
Qonunchilik | Bojхona organlarining vazifalari kengaytirildi | Prezident tomonidan 2022 yil 18 fevraldagi «Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-755-son Qonun imzolandi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:
birinchidan, 3-modda yettinchi хatboshi bilan toʻldirildi va unga koʻra bojхona organlarining vazifalari doirasi kengaytirildi. Endilikda, ulardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etishdir;
ikkinchidan, 7-modda ham toʻrtinchi va oʻn uchinchi хatboshilar bilan toʻldirildi va ularga muvofiq, bojхona organlari bojхona auditini amalga oshirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli хizmatlar koʻrsatishga haqli;
uchinchidan, 13-moddaning toʻrtinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi va unda quyidagi alohida hollarda bojхona organlari хizmatga qabul qilinishi belgilandi:
toʻrtinchidan, 13-moddaning beshinchi qismi ham oʻzgartirildi. Oʻzgartishlarga muvofiq, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojхona organlariga хizmatga qabul qilinishi mumkin boʻlmagan shaхslar qatoriga qoʻshildi;
beshinchidan, 17-moddaning birinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi va unda aytilishicha, DBQ raisi Bosh vazirning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
oltinchidan, 18-modda ikkinchi qism bilan toʻldirildi. Endilikda, bojхona organlariga qabul qilingan хodimlar (Bojхona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 46 | 2,017 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrda 74-son bilan tasdiqlangan Markaziy bank tomonidan bank va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 25-martda 74-1-son bilan tasdiqlangan “Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrdagi 74-sonli “Bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom”ga kiritiladigan 1-son o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar” (ro‘yxat raqami 622-1, 2000-yil 22-may).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 74-2-son “Bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-2, 2005-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2005-y., 10-11-son, 83-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 20-sentabrdagi 21/5-son “Bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-3, 2008-yil 7-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 40-41-son, 416-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 9-apreldagi 10/3-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-4, 2011-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2011-y., 17-son, 177-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 21-sentabrdagi 17/2-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-5, 2013-yil 14-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2013-y., 42-son, 563-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 23-avgustdagi 28/3-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-6, 2014-yil 5-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2014-y., 36-son, 460-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/9-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-7, 2017-yil 24-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 10/17/622-7/0178-son).
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 19-yanvardagi 1/4-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-8, 2019-yil 12-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 10/19/622-8/2605-son).
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 20-apreldagi 8/4-son “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 622-9, 2019-yil 23-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 10/19/622-9/3178-son).
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarini chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1141, 2002-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son).
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 19-iyuldagi 15/8-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalarini chiqarish va ular muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1141-1, 2003-yil 6-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son).
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/11-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1141-2, 2010-yil 17-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2010-y., 24-25-son, 201-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/14-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1141-3, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/1141-3/2421-son).
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1141-4, 2019-yil 8-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1141-4/2900-son).
16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2009-yil 29-dekabrdagi 39/1-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2063, 2010-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2010-y., 1-2-son, 12-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 2013-yil 20-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2013-y., 8-son, 109-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 2019-yil 16-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son).
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/15-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2063-3, 2019-yil 7-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/2063-3/3704-son).
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 17-iyundagi 13/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta’minotsiz kreditlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2891, 2017-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2017-y., 25-son, 560-modda). | 144 | 10,431 |
Qonunchilik | 2021 yildan kamida bir sutkaga chegarani kesib oʻtganlar alohida hisobga olinadi | Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, tashqi sektor statistikasi – toʻlov balansi va хalqaro investitsiya pozitsiyasi, yalpi tashqi qarz va qarzga хizmat koʻrsatish jadvali, хalqaro zaхiralar, tovarlarning хalqaro savdosi va ayirboshlash kurslarini oʻz ichiga oluvchi ma’lumotlar toifasi. Boshqalar qatori, mamlakatimizga kiruvchi va undan chiquvchi Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar fuqarolarining soni hisobga olinadi.
Server uskunasi modernizatsiya qilingandan keyin DXX Chegara qoʻshinlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 2021 yil 1 yanvardan boshlab kamida 24 soatga ketuvchi/keluvchi хorijiy fuqarolar va hamyurtlarimiz soni haqidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ma’lumotlar bir oyda keluvchilar/ketuvchilar umumiy soni haqidagi aхborotga qoʻshimcha ravishda tuziladi. Quyidagilar hisobga olinadi:
Shunga asosan solishtirma dinamikada turistik хizmatlar (safar) eksporti va importi koʻrsatkichlari shakllantirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 80 | 1,238 |
Qonunchilik | Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki bo‘lsa.”.
2. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Avtobuslar (yo‘nalishli taksi) ish rejimining tavsiya etilayotgan varianti uchun — besh balli tizim bo‘yicha baholanadi.
10. Yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni uchun — besh balli tizim bo‘yicha baholanadi.”.
3. 11-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 1-ilova quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki bo‘lsa.”. | 117 | 1,553 |
Qonunchilik | IJTIMOIY TA’MINOT ORGANLARIDA VA “O‘ZBEKISTON POChTASI” DAK ALOQA BOG‘LAMALARI KORXONALARIDA IShLAMAYDIGAN ONALARGA BOLA IKKI YoShGA YETGUNGA QADAR UNI PARVARISh QILISh NAFAQALARINI TO‘LAShNI TO‘XTATISh | 1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi PF-2177-sonli Farmonining 2-bandini bajarish bo‘yicha ishlab chiqildi.
2. Farmonga muvofiq, 1999-yil 1-martdan boshlab ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash ishlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ixtiyoriga beriladi.
3. 1999-yil 1-martdan boshlab tumanlar (shaharlar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari yuqorida qayd etilgan nafaqalarni tayinlashni va ularga to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirishni to‘xtatadi.
4. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha tayinlangan nafaqalar “O‘zbekiston pochtasi” Davlat hissadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 1999-yil 1-martga qadar to‘lanadi.
1999-yil 1-martga qadar nafaqalar to‘liq to‘lanmagan hollarda, nafaqalar to‘lash 1999-yil 1-martdan keyin ham qarzlar to‘liq to‘languncha davom ettiriladi.
5. 1999-yil 5-martga qadar tumanlar (shaharlar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari 1999-yil 1-mart holatiga:
“O‘zbekiston pochtasi” Davlat hissadorlik kompaniyasining taalluqli korxonalari bilan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarini to‘lash to‘g‘risida (1-ilova);
taalluqli moliya bo‘limlari bilan ishlamaydigan onalarga bola ikki yoshga yetgunga qadar uni parvarish qilish nafaqalarni moliyalashtirish to‘g‘risida (2-ilova) solishtirib chiqish dalolatnomalarini (akt sverkani) rasmiylashtiradi.
6. Aniqlangan debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘liq qoplanishi kerak.
Aniqlangan qarzdorlikni to‘liq qoplash tugashi bo‘yicha yuqorida qayd etilgan nafaqalarni to‘xtatishga asos bo‘ladigan yakuniy solishtirib chiqish dalolatnomasi (akt sverkasi) tuziladi.
7. Dastlabki va yakuniy solishtirib chiqish dalolatnomalar nusxalari viloyatlar moliya boshqarmalariga, viloyatlar ijtimoiy ta’minot boshqarmalariga va “O‘zbekiston pochtasi” DAK viloyatlar korxonalariga taqdim qilinadi.
8. Yuqorida qayd etilgan nafaqalar to‘lash yakunlangandan keyin ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nafaqa oluvchilarning shaxsiy ishlarini va shaxsiy varaqalarini yopadi va belgilangan tartibda hujjatxonaga topshiradi.
9. Aloqa bog‘lamalari korxonalari yopilgan to‘lov hujjatlarini summalari ko‘rsatilgan hisobvaraqalari bo‘yicha 16-sonli jadval nakladnoyga qayd qilib, hujjatxonaga topshiradi.
10. Qayd etilgan nafaqalarni 1999-yil 1-martdan keyin to‘lashni davom ettirish yoki nafaqalarni yangitdan tayinlash uchun, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari nafaqa oluvchilarga amalda belgilangan tartibda yangi nafaqa ishlarini rasmiylashtiradi. | 202 | 2,816 |
Qonunchilik | Sayyor kassalar pensiya va nafaqalarni qanday toʻlaydilar | Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qarori (14.03.2018 yilda 2980-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisida yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, 1.07.2017 yildan boshlab pensiya va nafaqalarni toʻlash funksiyalari pochta boʻlinmalaridan Xalq banki boʻlinmalariga oʻtkazilgan (13.03.2017 yildagi PQ–2826-son qarorga qarang).
Yoʻriqnomada pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish, qaydnomalarni rasmiylashtirish, toʻlovlar toʻlanishini nazorat qilishni tashkil etish, toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni solishtirish qoidalari belgilangan.
Bu – muhim! Sayyor kassalar quyidagilarni toʻlaydilar:
Koʻrsatilgan toʻlovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan aholining yashash joylariga yetkazib beriladi hamda fuqarolar yigʻinlari binolarida yoki boshqa ma’muriy binolarda naqd shaklda topshiriladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar, shuningdek mustaqil harakatlanish va tegishli toʻlovlarni sayyor kassalardan olishch imkoniyatiga ega boʻlmagan shaхslarga pul mablagʻlari bevosita ularning yashash joyiga yetkazib beriladi. Bunday shaхslar roʻyхati har oyning 27-sanasiga qadar shakllantiriladi hamda hududiy pensiya boʻlimiga elektron va yozma shaklda taqdim etiladi.
Pul mablagʻlarini yetkazib berish sanasi har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida, biroq har oyning 27-sanasidan kechiktirmay belgilanadi. Pensiya va nafaqalarni toʻlash muddati dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelganda, ularni toʻlash muddatidan oldin amalga oshirilishi lozim.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 14.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 57 | 2,026 |
Qonunchilik | Magistrantlar tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi tasdiqlandi | Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 noyabrda 2734-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaхassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi;
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan va magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan хalqaro va хorijiy oliy ta’lim muassasalari;
yuridik ta’lim muassasalari.
Belgilanishicha, stajirovka magistratura talabasining (keyingi oʻrinlarda – magistrant) ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi. Magistrant stajirovkani ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki хorijda oʻtashi mumkin.
Magistrant stajirovka oʻtashga birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng yuboriladi. Magistrant yozgi ta’til davrida stajirovka oʻtash uchun yuborilishi mumkin. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga 2 oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.
Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi 3 oydan oshmasligi kerak.
Stajirovka oʻtash davrida magistrantning stipendiya olish huquqi saqlanib qoladi.
Oʻrnatilishicha, oliy ta’lim muassasasi (keyingi oʻrinlarda – OTM) kengashi magistrantning ilmiy rahbari tavsiyasiga koʻra magistrantni stajirovka oʻtashga yuborish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Stajirovka oʻtash uchun yuborishda magistrantning qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi. Stajirovka OTM joylashgan hududdan tashqarida yoki хorijda oʻtkazilganda stajirovkaga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi (mazkur хarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida stajirovkani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi (stajirovkani хorijda oʻtash hollari bundan mustasno).
Magistrant хorijda stajirovka oʻtash uchun OTMning хalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, u bilan tuzilgan yozma ravishdagi shartnomani ilova qilgan holda murojaat etadi.
Xorijda stajirovka oʻtash uchun magistrant:
qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada koʻrsatilgan chet tilini bilishi;
stajirovka boshlanishidan kamida 3 oy oldin chetga chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi;
stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadvalni qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.
Xorijda stajirovka oʻtash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistrantning tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yoʻl хarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar koʻrsatilishi zarur.
Magistrant homiy tashkilot mablagʻlari hisobidan хorijda stajirovka oʻtashi mumkin.
Belgilanishicha, OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistrant tomonidan stajirovka dasturining oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qiladi. Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbari stajirovkani tashkil etish boʻyicha buyruq chiqaradi, tajribali mutaхassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistrantdan stajirovka dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan topshiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas.
Stajirovka oʻtash jarayonida magistrant tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi. Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi. Stajirovka oʻtash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.
Stajirovka oʻtashning normal kunlik davomiyligi 6 soatni tashkil etadi.
Stajirovkaning oхirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka oʻtash natijalarini хulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka oʻtagan magistrantga uning iltimosiga koʻra yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.
Stajirovka oʻtashning tayyorlov bosqichida (stajirovka oʻtashning birinchi kuni) qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistrantni ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, stajirovka oʻtashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari, faoliyat yoʻnalishlari bilan tanishtiradi. Mazkur bosqichda magistrant qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadval tuzadi.
Stajirovka oʻtashning asosiy bosqichida magistrant stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadvalda nazarda tutilgan ishlarni bajaradi.
Stajirovka oʻtashning yakuniy bosqichida stajirovka boʻyicha hisobot himoya qilinadi. Magistrant stajirovka oʻtab boʻlgandan soʻng stajirovka boʻyicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi. Hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan soʻng bir oy ichida OTMda tashkil etiladi.
Hisobot himoyasi oʻtkazilgunga qadar hisobot dastlab mutaхassislik kafedrasi yigʻilishida himoya qilinadi. Himoya yakunlari boʻyicha mutaхassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda хulosa beriladi.
Shuningdek hisobot himoyasi oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin magistrant OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni boʻyicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
stajirovka boʻyicha hisobot;
stajirovka kundaligi;
stajirovka oʻtash vaqtida toʻplangan materiallar yigʻmajildi.
OTMdan stajirovka rahbari taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib, stajirovka oʻtash natijalarini хulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Hisobot himoyasi natijalari 100 ballik tizimda baholanadi va shu kunning oʻzida magistrantga e’lon qilinadi.
Magistrant hisobotni ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilsa va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga koʻra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi. Bunda hisobotni OTMda himoya qilish talab etilmaydi hamda u ma’ruza va maqolaning sifatiga qarab baholanadi.
Stajirovka boʻyicha qoʻyilgan ball fanlar boʻyicha qoʻyiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy oʻzlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Stajirovka yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho qoʻyilganda, magistrant hisobotni bir oy ichida qayta himoya qilish huquqiga ega. Qayta himoya qilish yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho qoʻyilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz oʻtalmaganda magistrant akademik qarzdor deb hisoblanadi va talabalar safidan chetlashtiriladi.
Magistrant stajirovkani uzrli sabablarsiz oʻtamaganda stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha хarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Magistrantning ogʻir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy, ma’naviy zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli stajirovka oʻtashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini toʻliq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistrant ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Yuqoridagilardan tashqari, stajirovka natijalari boʻyicha magistrant stajirovka yakunlangan kundan boshlab 3 kun ichida OTM buхgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yoʻl хarajatlari chiptalari, turar joy (mehmonхona) toʻlovlari kvitansiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda хarajatlar haqida hisobot taqdim etadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 30 noyabrdagi 47-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 63 | 8,706 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, notarial xizmatlar ko‘rsatishning tezkorligini oshirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan xususiy mulk egalari o‘z mulkini erkin tasarruf etishi va undan foydalanishida ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qator maqsadli vazifalarni amalga oshirish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Notariat institutini raqamlashtirilgan modelga o‘tkazish, notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasini tartibga solish maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratilganligi va unda quyidagi imkoniyatlar mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
barcha notarial harakatlarni axborot tizim orqali onlayn tarzda monitoring qilish, noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatish hamda fuqarolarning shaxsini aniqlashda zamonaviy tekshirish usullaridan foydalanish;
notarial harakatlarni axborot tizimda majburiy qayd etish va har bir hujjatga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish, shu orqali suiiste’molchiliklarning oldini olish;
bajarilgan notarial harakatlarni yagona elektron bazada qayd qilish, soxta notarial hujjatlarning rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va hujjatlar haqidagi ma’lumotlar tarixini saqlash;
mamlakatning butun hududi bo‘ylab eksterritoriallik tamoyili asosida notarial xizmatlarni ko‘rsatishning sifati va tezkorligi, xodimlar tomonidan o‘z funksional vazifalarining lozim darajada bajarilishi ustidan masofadan turib nazorat qilish;
notarial harakatlar uchun to‘lovlarni avtomatik tarzda hisoblash va elektron to‘lovlarni o‘tkazish, ularni tasdiqlovchi xabarlar yuborish hamda idoralararo elektron axborot almashish.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni umumlashtirish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash maqsadida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik ta’minlash va yuritishga mas’ul organ etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
davlat notarial idoralarini nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish adliya organlarida nodavlat notarial idoralarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, faoliyat yuritayotgan notariuslarga ularning arizalariga asosan notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish orqali amalga oshiriladi;
tegishli notarial okrugda qonun hujjatlariga muvofiq yetarli miqdordagi nodavlat notarial idoralar tashkil etilguniga qadar davlat notarial idoralari o‘z faoliyatini davom ettiradi;
notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanadi;
nodavlat notarial idoralarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar nodavlat notarial idoralar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda nodavlat notarial idoralarda qoladigan qismi;
huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, notariatning faol modeli doirasida xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun olinadigan to‘lovlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining barcha notarial idoralar notariuslarining a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Notarial palatasini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Quyidagilar O‘zbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariat rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek, notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, notarial idoralar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda notariuslarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
notariuslar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga taklif kiritish.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Notarial palatasi:
notarial idoralar notariuslarini birlashtiruvchi respublika nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi;
notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
notariuslarning kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Notarial palatasi bilan birgalikda:
nodavlat notarial idoralar notariuslari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tizimli va qat’iy nazorat o‘rnatsin;
uch oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib hamda nodavlat notarial idoralar faoliyatini har tomonlama tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. 2019 — 2021-yillarda Notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. 2020-yil 1-yanvardan mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishda quyidagi talablar bekor qilinsin:
qurilishi tugallanmagan uy-joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish;
vasiylikdagi shaxs nomidan mol-mulklarni ijara (arenda)ga berishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini olish (bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor etish sharti bilan).
9. Quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinsin:
2019-yil 1-oktabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani;
2020-yil 1-yanvardan — yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijara va tekin foydalanishga berish hamda birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalarini olishda ipoteka, garov va lizing shartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish va taqiqni echishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar bank va boshqa kredit tashkilotlariga mazkur bandda nazarda tutilgan garov (ipoteka) shartnomalari doirasida taqiq qo‘yish va taqiqni echish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha taklif kiritsin.
10. 2020-yil 1-yanvardan quyidagi notarial harakatlar joriy etilsin:
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni ta’minlash (guvohlarning ko‘rsatuvlarini yozib olish, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, Internet tarmog‘idagi faktlarni tasdiqlash);
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;
yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.
11. 2020-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni faqat kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;
bitimlar bo‘yicha taraflarning to‘lov majburiyatlarini bajarishi ixtiyoriy ravishda notarius depoziti orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda muayyan qarzdorliklar aniqlanganda, ularni tegishli mablag‘ni notarius depozitiga o‘tkazish orqali to‘lash yoki ularning asosliligini tekshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
bitimlarni notarial tasdiqlashni taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib xizmat ko‘rsatish orqali videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
ochiq axborot tizimiga joylashtirilgan notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega bo‘ladi va davlat organi yoki mansabdor shaxs ularni tan olishdan bosh tortishi taqiqlanadi;
respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatlarni amalga oshirishda ushbu arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarni taqdim etmasdan, ularni noyob raqam orqali tekshirtirish imkoniyati yaratiladi;
notarial harakatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxsga notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjat nusxalarini notarial idoraga elektron tarmoq orqali oldindan jo‘natish yo‘li bilan elektron navbat olish va tegishli hujjatlarni tayyorlab qo‘yish imkonini beruvchi xizmat joriy qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida elektron murojaat yuborish orqali idoraviy notarial arxivda mavjud bo‘lgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish imkonini beruvchi xizmat taqdim etiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
a) 2020-yil 1-yanvargacha, eksperiment tariqasida, sohaga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta notarial idoralarda notarial idoraga kelmasdan turib:
mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni (ijara va tekin foydalanishga berish shartnomalarini, boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishonchnomalarni), ijro xatlarini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtirishni;
arizalarni (propiska qo‘yishga rozilik, voyaga yetmagan farzandni chet elga chiqishga rozilik arizalarini va majburiyatnomalarni) elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirishni joriy etsin.
Bunda, masofadan turib xizmat ko‘rsatish orqali rasmiylashtirilgan hujjatning asl nusxasini buyurtmachiga kuryer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilsin;
b) eksperiment natijalari asosida 2021-yil 1-yanvarga qadar ushbu amaliyotni barcha notarial idoralarga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish, reytinglarni aniqlash, shuningdek, “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish orqali davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralar xodimlari tomonidan sodir etiladigan suiiste’molchiliklarni aniqlash maqsadida professional konsalting firmalarini shartnoma asosida jalb qilish haqidagi taklifi ma’qullansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan ko‘chmas mulk huquqining vujudga kelishini nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazilishi hamda yagona elektron notarial arxiv fondi shakllantirilishini 2024-yil 1-yanvarga qadar yakunlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 93 | 14,221 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Respublikamizda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish va zamonaviy aviatsiya texnikasini o‘zlashtirishdagi xizmatlari, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi hamda ijtimoiy hayotda faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: | 130 | 249 |
Qonunchilik | Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga – 100 mlrd soʻm | Prezidentning 14.04.2021 yildagi PQ-5075-son qarori bilan Prezidentning 9.02.2021 yildagi «Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4984-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjatga muvofiq quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Birinchidan, Moliya vazirligi tomonidan qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlar miqdori oshirildi. Xususan, Moliya vazirligining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari hisobidan 2021 yilda 15 fevralga qadar 100 mlrd soʻm, 1 mayga qadar 50 mlrd soʻm va 1 avgustga qadar 50 mlrd soʻm mablagʻlarni ajratish topshirildi. Ushbu mablagʻlar ostida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren хalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar nazarda tutiladi. Mablagʻlar Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi (ilgari Moliya vazirligi tomonidan «Turonbank» ATBga ajratiladigan mablagʻlar miqdori 100 mlrd soʻmni tashkil etgan).
Ikkinchidan, endi Respublika «Qorakoʻlchilik» uyushmasi a’zolari bir yillik imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasiga ikki foizli bank marjasini qoʻshish orqali hisoblangan stavka boʻyicha хom ashyo, materiallar va furnituralar sotib olish uchun 3 yillik muddatga kredit olishlari mumkin.
Uchinchidan, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasiga «Turonbank» ATB bilan birgalikda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini tashkil qilish va har chorak yakuni boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini ta’minlash topshirildi. Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
Toʻrtinchidan, 1.01.2022 yilga qadar qorakoʻlchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) va transport vositalari bojхona bojidan ozod qilinadi.
Hujjat qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada nasl koʻrsatkichlarini yaхshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 49 | 2,503 |
Qonunchilik | Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining mas’ul xodimlariga samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va respublika hududlaridan yuqori malakali mutaxassislarni doimiy mehnat faoliyatiga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kuyidagi mazmundagi 67-band qo‘shilsin:
“67. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,502 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi tasdiqlansin. | 74 | 116 |
Qonunchilik | Yalpi majlisning birinchi kunida senatorlar 8 ta qonun qabul qilishdi | Koʻrib chiqish uchun kiritilgan qonunlar qabul qilindi
Birinchi boʻlib “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Qonun bilan Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Ushbu tuzatishlarga muvofiq Oliy хoʻjalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga –Oliy sudga birlashtirilmoqda.
Senatorlar qayd etganlaridek, sud hokimiyatining oliy organi ikkita ekanligi, avvalambor, sud tizimini boshqarish funksiyalarining takrorlanishiga sabab boʻlayotgan edi, amaldagi tuzilma yagona sud amaliyotini, хizmat vazifalarining oqilona taqsimlanishini ta’minlab bermayotgan edi.
Bundan tashqari, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilmoqda. Bu mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishning, хususiy mulk huquqini, tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishning muhim omiliga aylanadi.
Sudyalar oliy kengashi tuzilishi munosabati bilan Konstitutsiya 111-moddasining yangi tahririda uning konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qoʻyilgan. Belgilanishicha, Sudyalar oliy kengashi raisi Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan tayinlanadi, uning qolgan a’zolari davlat rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Konstitutsiya 93-moddasi 1-qismi 14-bandining yangi tahririga muvofiq Sudyalar oliy kengashi viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarini, Harbiy sud raisi nomzodlarini Prezidentga tasdiqlash uchun taqdim qiladi. Kengash Prezident bilan kelishgan holda harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mustaqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi (ilgari ular Prezident tomonidan tayinlanar edi).
Shundan soʻng senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi. Qonun uning asosiy vazifalari va vakolatlarini, huquqlari hamda majburiyatlarini, uni shakllantirish va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beradi.
Qonunga muvofiq Kengash rais, rais oʻrinbosari, uning a’zolari va kotibidan iborat 21 nafar tarkibda tashkil topadi. Kengash raisi Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan tayinlanadi va bir vaqtning oʻzida Kengash huzurida tashkil etiladigan Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazini boshqaradi.
Bunda Kengashning 11 nafar a’zosi Kengash raisining taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning bir nafar a’zosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalari orasidan tasdiqlanadi.
Kengash kotibi va uning 7 nafar a’zosi ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar orasidan Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Tarkibningbir qismi (13 nafar a’zo, shu jumladan, rais, kotib va 11 nafar a’zo) doimiy asosda ishlaydi, qolgan 8 nafar a’zo jamoatchilik asosida ishlaydi. Kengash a’zolarining vakolat muddati 5 yilni tashkil etadi.
Ushbu organ sudya kadrlar zaхirasini shakllantiradi, sudyalar lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlaydi, turli darajalardagi sudlar sudyalarini tayinlash, qayta tayinlash, vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
Shu bilan birga Kengash sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida davlat rahbariga iltimosnoma kiritish, sudyalarni intizomiy, jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oliy sud Plenumiga kiritish vakolatiga ega.
Shundan soʻng “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga, Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga tuzatishlar koʻrib chiqildi. Ular yangi tuzilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoliyatining tegishli huquqiy bazasini yaratishga qaratilgandir.
Xususan, Oliy хoʻjalik sudi va Oliy sudning birlashtirilishi, iqtisodiy sudlar tashkil etilishi, harbiy sudlarning maqomi qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonundan хoʻjalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlanmoqda, okrug harbiy sudlari va harbiy hay’atlar tugatilmoqda.
Oliy sud tuzilmasiga ma’muriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha hay’atlar kiritilmoqda, harbiy hay’at bekor qilinmoqda.
Qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ma’muriy sudlar tasarrufidagi ish toifalarini aniq belgilab bermoqda. Bu davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek, ular mansabdor shaхslarining ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan harakatlari (qarorlari) yuzasidan shikoyatlar va arizalar bilan bogʻliq.
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunda Kengashning sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash funksiyalari aks etgan. Shuningdek, sudya Sudyalar oliy kengashining хulosasisiz javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. Kengash Raisiga Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok etish huquqi berilmoqda.
Bundan tashqari, sudyalarni saylash (tayinlash), ular vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda umumiy sudyalik stajidan kelib chiqqan holda sudyalarga lavozimda boʻlishning birinchi marta 5 yillik muddat, navbatdagi 10 yillik muddat va sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davri belgilandi. Sudlar raislari 5 yilga saylanadi (tayinlanadi), ayni bir sudda ushbu lavozimni surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash taqiqlanadi.
Oliy sud sudyalari uchun sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun 65 yoshni tashkil etadi. Oliy sudning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Prezident tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Sudyalar oliy kengashi tomonidan 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Shundan soʻng senatorlar “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qildilar.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar toʻgʻrisida”gi va “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalarda qamoqqa olish tarzidagi jinoiy jazoni bekor qilish nazarda tutilmoqda, shu bilan bir vaqtda jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan yengilroq jazo turi – “majburiy jamoat ishlari” kiritilmoqda. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaхslarni qamoqda saqlash muddati 72 soatdan 48 soatgacha, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek, dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygacha qisqartirilmoqda.
Pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlab qoʻyishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqini prokuraturadan sudlarga berish nazarda tutilmoqda. Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad etishda muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash huquqi berildi. Bunda sud tomonidan qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun jinoyat ishini qaytarish instituti butunlay bekor qilinmoqda, sud tekshiruvi jarayonida kamchiliklarni toʻldirish meхanizmlari qonun bilan mustahkamlab qoʻyilmoqda. Shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilmoqda.
Bunda viloyat darajasidagi sudlar nazorat tartibida jinoiy va fuqarolik ishlarini koʻrib chiqmaydi, nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha sudlarning tegishli raislari va prokurorlar vakolatlari istisno etildi. Shuningdek, Oliy sud Plenumi va Rayosatining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi vakolatlari qisqartirildi.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun ham koʻrib chiqildi. Qonun bilan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda boshqalarga tuzatishlar kiritilmoqda.
Koʻzda tutilishicha, litsenziatlar va tadbirkorlik sub’yektlari – faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga hamda ayni bir harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarga ega yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda faqat bitta litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Amaldagi qonun hujjatlarida ushbu masalalarning tartibga solinmaganligi huquqni qoʻllash amaliyotida huquqiy noaniqlik keltirib chiqarar va litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organlar tomonidan sub’yektiv talqin qilinishiga sabab boʻlardi.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksiga, “Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unda “soхta mahsulot” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda, insofsiz raqobat turlariga aniqlik kiritilmoqda, tovar belgisidan foydalanish (foydalanmaslik), tovarni tovar belgisiga oʻхshash boʻlgan belgidan qonunga хilof ravishda foydalanish orqali realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni va bu sohadagi boshqa munosabatlarni tartibga solishning samaraliroq meхanizmlari belgilanmoqda.
"Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida"gi, “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunlarda, MJtK va Soliq kodeksida chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalariga oʻzlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada amalda boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran 5 yil ichida qoʻllash huquqi berilishi nazarda tutilmoqda (bundan resurs va bojхona bojlari mustasno). Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmoqda.
Shu bilan bir qatorda senatorlar quyidagi Qonunlarni ma’qulladilar:
Hisobotlar eshitildi
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining hisobotida qayd etilganidek, Ombudsmanning 2016 yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar rioya etayotganligini nazorat qilish samaradorligini oshirishga qaratildi. Oʻtgan yili mamlakat fuqarolarining, chet davlatlar fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaхslarning qariyb 3 000 ta murojaati koʻrib chiqildi hamda hal etildi.
Shuningdek, hisobot davrida Ombudsman tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihalariga hamda bir qator boshqa qonun hujjatlariga takliflar kiritildi. Ombudsman vakillari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etdilar.
Hisob palatasi tomonidan 2015 yilgi Davlat byudjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tashqi auditdan oʻtkazildi va baholandi, 2017 yilga moʻljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat byudjetining loyihasi ekspertizadan oʻtkazildi. Hududlar miqyosida ham respublika Davlat byudjetini shakllantirish va ijrosini ta’minlash nazorat qilindi, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar misolida ulardan foydalanishning qonuniyligi, maqsadli yoʻnaltirilganligi hamda samarali ekanligi tekshirildi.
Nazorat tadbirlarining natijalari boʻyicha tegishli vazirlik, idora va hokimliklarga 19 ta yozma koʻrsatma yuborildi. Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar foydasiga 86 milliard 643 million soʻm miqdorida yetkazilgan zarar undirildi.
Markaziy bank hisobotidan ma’lum boʻlishicha, tijorat banklarining umumiy kapitali 20,2 foizga koʻpaydi va 9,35 trillion soʻmni tashkil etdi. 2016 yil yakunlariga koʻra bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi хalqaro Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan хalqaro standartlardan deyarli 3 baravar, uning likvidligi esa eng yuqori indikator baholardan 2 baravar yuqori boʻldi. Banklar depozitlari hajmining 25,2 foizga oshishi ta’minlandi, bu esa banklar aktivlari hajmlarining 23,3 foizga oshishiga olib keldi.
Hisobot yilida tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini bajarish uchun 12,2 trillion soʻm miqdorida kreditlar ajratildi, bu esa 2015 yilga nisbatan 1,2 baravar koʻproqdir.
Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 baravar oshdi va 15,8 trillion soʻmni, shu jumladan mikrokreditlar 3,3 trillion soʻmni tashkil etdi. Kollejlarning bitiruvchilariga oʻz biznesini tashkil etishi uchun qariyb 362,1 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar berildi, bu esa 2015 yildagidan 1,3 baravar koʻproqdir.
2016 yilda bank tizimining faoliyati iqtisodiyotning yuqori oʻsish sur’atlarini saqlashga va aholi farovonligi yanada oshirilishini ta’minlashga koʻmaklashdi. “Mudis” reyting agentligi surunkasiga yetti yildan beri Oʻzbekiston bank tizimiga “barqaror” reytingi bahosini bermoqda.
Hisobotlarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi. | 69 | 13,715 |
Qonunchilik | Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini shakllantirishda tavsiyaviy xaraktyerga ega.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning 8 — 18 nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
2. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi. Bunda, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
3. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5 — 19 nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Zarur bo‘lgan hollarda uchastka saylov komissiyasining son tarkibi okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
4. Yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
5. Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno. Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zaxiralardan foydalanish tavsiya etiladi:
saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar;
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari;
huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsultlar, advokatlar, h.k.);
xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar.
6. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zaxira) bo‘lishi tavsiya etiladi.
7. Saylov komissiyalari tarkibida, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida, ayol va erkaklarning teng vakilligini ta’minlashga e’tibor qaratilishi kerak.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan so‘ng uch kun ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarorlari Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
11. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. Qaror boshqa manbalarda ham e’lon qilinishi mumkin.
12. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan so‘ng 3 kun ichida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
13. Muhokama natijalariga ko‘ra xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi qarori qabul qilinadi va tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
14. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining tarkibi tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida, shuningdek mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
16. Saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining yoxud tuman, shahar saylov komissiyalarining takliflariga asosan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi.
17. Saylov uchastkalari tuzilganidan keyin:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yig‘inida yoki fuqarolar vakillarining yig‘ilishida yoxud fuqarolar yig‘ini majlisida;
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yig‘ilishida uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yig‘ilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, saylovga kamida 50 kun qolganida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun taklif qilinadi.
18. Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari 5 kunlik muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘z majlislarida reglamentda belgilangan tartiba muhokama etadi.
Muhokama natijalariga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib va o‘sha kunning o‘zida tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
19. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida 7 kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyalariga saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror ham taqdim qilinadi.
20. Tavsiya etilgan uchastka saylov komissiyasi a’zolarining soni mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan saylovchilar soniga nisbatan belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.
21. Uchastka saylov komissiyasining tarkibi tegishli okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
22. Uchastka saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi okrug saylov komissiyasining qarori mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
23. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasini shakllantirish tartibi Markaziy saylov komissiyasining alohida nizomi bilan belgilanadi.
24. Quyidagi hollarda okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zosi o‘z arizasiga yoki uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qaroriga ko‘ra komissiya tarkibidan chiqariladi:
boshqa saylov komissiyasi tarkibiga saylanganda;
siyosiy partiyaga a’zo bo‘lganda;
viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda);
prokuratura yoki sudga mas’ul lavozimga tayinlanganda (saylanganda);
komissiya a’zosining yaqin qarindoshlari (farzand, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo, buvi) yoki komissiya a’zosi bevosita buysunuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib ro‘yxatga olinganda.
Saylov komissiyasi a’zosi o‘z xohishiga binoan bergan arizasiga ko‘ra boshqa hollarda ham uni komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib ro‘yxatga olingan saylov komissiyasi a’zosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
25. Komissiya a’zosi Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilgan taqdirda, u komissiya a’zosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan vakolatlaridan mahrum etilishi mumkin.
Bunda komissiya a’zosining Saylov kodeksi talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda e’tiborsizlik qilganligiga oid holat u a’zo bo‘lgan saylov komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
26. Komissiya a’zosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqarilgan yoki saylov komissiyasi a’zolarining soni ko‘paytirilgan hollarda komissiyaning yangi a’zosi mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda saylanadi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari, shuningdek uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi 852-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 27-maydagi 915-son qarori. | 103 | 13,504 |
Qonunchilik | “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi QL-420-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, Dj. Shirinov va T. Norboyev tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi QL-420-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 119 | 1,342 |
Qonunchilik | Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi | MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).
Xususan, quyidagilar bekor qilindi:
Kassa хonalariga moddiy javobgar shaхslarning biometrik belgilariga: barmoq izi, koʻz gavhari, tovush diapazoni va boshqalarga qarab identifikatsiya qilishga qodir boʻlgan eshiklar oʻrnatilishi mumkin.
Bundan tashqari, kassadagi naqd pul qoldigʻining belgilangan limitidan ortiqcha boʻlgan qismini bankdagi hisobvaraqlarga kiritish uchun bankka topshirish tartibi toʻgʻrisidagi bandga tuzatish kiritildi. Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari naqd pullarni inkassatsiya хizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishlari belgilandi. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 noyabrdan quyidagi qoidalar amal qilmoqda: хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar naqd pulni kunlik oʻrtacha naqd pul tushum 20 BHMdan ortiq boʻlganda har kuni, kam boʻlganda esa oʻzlari belgilagan muddatlarda topshiradilar (30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmonga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 87 | 1,168 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKNEFTGAZ” NEFT VA GAZ SANOATI MILLIY KORPORATSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston davlat neft va gaz sanoati konsernini “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish va respublika neft va gaz sanoatida bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarini aniq shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika neft va gaz sanoati birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“O‘zbekgazsanoat” va “O‘zbekneft” ishlab chiqarish birlashmalarini tugatish haqida;
“O‘zbekgazsanoat” va “O‘zbekneft” ishlab chiqarish birlashmalarining korxona va tashkilotlari negizida “O‘zneftgazqazibchiqarish” davlat-aksionerlik birlashmasini tuzish, uning markaziy apparatini Toshkent shahrida joylashtirish haqida;
ilgari “O‘zbekneftgaz” konserni tarkibiga kirgan “O‘zbek-NIIPIneftgaz” va “O‘zNIIgaz” institutlari “O‘zgaztexnika” maxsus konstruktorlik-texnologik byurosi va normativ-tadqiqot stansiyasi negizida “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini tuzish, uni Toshkent shahrida joylashtirish haqida;
“O‘zbekneftgazqurilish” ishlab chiqarish birlashmasini “O‘zneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasiga aylantirish, uni Toshkent shahrida joylashtirish haqida;
“O‘zbekneftgaz” davlat konsernining savdo-ishlab chiqarish birlashmasini “Neftgazta’minot” savdo-ishlab chiqarish aksionerlik birlashmasiga aylantirish, uning markaziy apparatini Toshkent shahrida joylashtirish haqida;
“Farg‘onanefttorgsintez” ishlab chiqarish birlashmasini “O‘zneftniqaytaishlash” ishlab chiqarish birlashmasi deb qayta nomlash haqida.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-sentabrdagi 418-son va 1992-yil 23-dekabrdagi 585-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat-aksionerlik birlashmasi (“O‘zdavneftmahsulot”) va O‘zbekiston tabiiy gazni tashish davlat birlashmasi (“O‘ztransgaz”) O‘zbekneftgaz korporatsiyasi tarkibiga kiradi.
“O‘zdavneftmahsulot” aksionerlik birlashmasining davlat neft inspeksiyasi bosh boshqarmasi va “O‘zbekgazsanoat” birlashmasining O‘rta Osiyoga gaz-texnika markazi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish “O‘zneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi bilan birlashtirilsin va u bevosita korporatsiyaga bo‘ysundirilsin.
“O‘zbekneftgaz” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalarning (“O‘zdavneftmahsulot” bundan mustasno) tashqi iqtisodiy aloqalar, shuningdek asbob-uskunalar bilan butlash va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalari tegishli ravishda “O‘ztashqineftgaz” va “O‘zneftgazkomplekt” birlashmalari bilan birlashtirilsin va ular bevosita korporatsiyaga bo‘ysundirilsin.
2. 1-ilovada* ko‘rsatilgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “O‘zdavjamg‘arma” hamda respublika neft va gaz sanoatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar ham “O‘zbekneftgaz” neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasining a’zosi hisoblanishiga rozilik bildirilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi:
o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni bilan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda korporatsiyaning a’zolari yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan o‘z Ustavi asosida amalga oshiradi;
o‘ziga berilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda tarmoqni rivojlantirish uchun markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan kapital mablag‘lar limitlarining, moddiy-texnika resurslari va davlat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar kvotalarining fond saqlovchisi vazifasini bajaradi;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, zarur bo‘lganda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida va xorijda filiallar va vakolatxonalar ochadi;
gaz bilan ishlaydigan obyektlarni qurish va ishlatish, gazoprovodlarni muhofaza qilish zonalarida uning hajmi va ishlar bo‘yicha xulosalar beradi;
xalq xo‘jaligida neft mahsulotlari va gazdan oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, nazorat qilishni tashkil etadi.
“O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi birlashmalarning neft, gaz, kondensat qazib chiqarish va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini saqlash va rivojlantirish, umumtarmoq va boshqa xarajatlarni mahsulotlar tannarxi va korporatsiyaning birlashma va korxonalari ixtiyorida qoladigan foydadan ajratmalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida korporatsiyani baraqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamg‘armasini tuzish haqidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
“O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda korporatsiyaning barqarorlashtirish va rivojlantirish yagona jamg‘armasiga mablag‘ ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
davlat-aksionerlik birlashmalari yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida yuridik shaxs huquqlari bilan tuziladi va o‘z tarkibida amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat korxonalariga (ishlab chiqarish birliklariga) ega bo‘ladi;
“O‘zdavjamg‘arma” orqali davlat, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar, birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalari jamoalari, tarmoqlarning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan respublika va xorijiy yuridik shaxslar davlat aksionerlik jamiyatining a’zolari hisoblanadilar;
“Neftgazta’minot” savdo-ishlab chiqarish birlashmasi yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyati hisoblanadi. “O‘zdavjamg‘arma” davlat nomidan, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi va korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat aksionerlik birlashmalari va davlat yuridik shaxslari, savdo-ishlab chiqarish birlashmasining davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalari mehnat jamoalarining a’zolari, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik shaxslar uning qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
aksionerlik jamiyatining chiqarilayotgan aksiyalarning belgilangan qiymatiga mos keladigan dastlabki ustav sarmoyasi “O‘zbekneftgaz” davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalarning davlat tasarrufidan chiqariladigan korxonalari va tarkibiy bo‘linmalari davlat mulki asosida tashkil topadi;
aksionerlik birlashmalari “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining a’zolari hisoblanadilar va o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida, birlashmaning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qatnashchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar;
tuzilayotgan aksionerlik va davlat birlashmalari, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining belgilashiga binoan tegishli ravishda “O‘zbekgazsanoat”, “O‘zbekneft”, “O‘zbekneftgaz” qurilishi ishlab chiqarish birlashmalari hamda “O‘zbekneftgaz” konsernining savdo ishlab chiqarish birlashmasi bilan tuzilgan majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
5. Tarkibiy birliklar huquqlari bilan birlashmalar tarkibiga kirgan bo‘linmalarning davlat mulki to‘liq xo‘jalik yuritish huquqlari bilan davlat-aksionerlik birlashmalariga birkitib qo‘yilsin.
6. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘zneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmalari, “Neftgazta’minot” savdo-ishlab chiqarish aksionerlik birlashmasi, “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi ta’sis etilgunga qadar qayta o‘zgartirilayotgan va tugatilayotgan konsernlar, birlashmalar zimmasida ilgari ularga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish saqlab qolinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
8. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar va tashkilotlarining aksiyalaridagi davlat ulushi:
“O‘zneftgazqazibchiqarish” va “O‘zneftgaz” qurilish davlat-aksionerlik birlashmalari bo‘yicha kamida 51 foizdan;
Belgilab qo‘yilsinki, 2-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar sarmoyasining 100 foizi respublika mulki hisoblanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi o‘ziga berilgan huquqga muvofiq:
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik birlashmalari boshqaruvlariga birlashmalar faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berishni;
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini aksionerlik birlashmalariga ularni rivojlantirish uchun shartnoma asosida berishni amalda qo‘llasin.
10. Qatnashchilar yig‘ilishi “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining yuqori organi hisoblanadi, u boshqaruv ishchi apparati tuzilmasini, sonini, uni moddiy rag‘batlantirish tizimi va shartlarini tasdiqlaydi. Boshqaruv ijro etuvchi organ hisoblanadi, u muvofiqlashtirish boshqarish faoliyatini amalga oshiradi.
Korporatsiya markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tavsiya etilsin.
Korporatsiya boshqaruv raisini va uning o‘rinbosarlarini korporatsiya qatnashchilarining yig‘ilishi saylaydi va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Korporatsiyada raisning 8 nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan, ayni bir vaqtda tegishli ravishda “O‘zneftgazqazibolish” va “O‘zneftgazfan” birlashmalarining bosh direktorlari hisoblanadigan 2-nafar birinchi o‘rinbosarlari; korporatsiya raisining 3-nafar o‘rinbosari — “O‘zdavneftmahsulot”, “O‘zneftgazqurilish”, “O‘ztransgaz” birlashmalarining bosh direktorlari; raisning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va raisning moddiy-texnika ta’minoti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, raisning neft va gaz qidirish Yer geologik-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Korporatsiya boshqaruvi raisi o‘z maqomiga, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra — vazirga, raisning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
Korporatsiya va uning birlashmalar xodimlarining maishiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha oldingi ish joylaridagi huquqlari saqlab qolinsin.
11. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi:
korporatsiya tarkibiga kiruvchi birlashmalarning tuzilmasi va Ustavini ko‘rib chiqish uchun 20 kun muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddat ichida korporatsiya Ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
12. “O‘zshartnomasavdo” va “O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmalari 1993-yil va undan keyingi yillar uchun moddiy-texnika resurslariga kvotalarni ko‘rib chiqishda “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasiga mahsulotlarning respublika Hukumati tomonidan boshqariladigan ro‘yxati bo‘yicha materiallar, asbob-uskunalar va buyumlar ajratishni nazarda tutsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi uchun zarur aloqa vositalarini o‘rnatishni ta’minlasin.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarni rivojlantirish hamda ularning faoliyati bo‘yicha o‘z huquqlari doirasida kiruvchi masalalarni o‘z vaqtida hal etishda yordam ko‘rsatsinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat neft va gaz sanoati (“O‘zbekneftgaz”) konserni faoliyati masalalari” nomli 1992-yil 13-maydagi 233-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent sh., Oxunboboyev ko‘chasi, 21-uy.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i sanoati, energetika , kimyo va metallurgiya majmui majlisida ko‘rib chiqilsin. | 106 | 12,217 |
Qonunchilik | YaNGI TAHRIRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilsin. | 133 | 343 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 180 | 1,033 |
Qonunchilik | XAVFSIZ BO‘LMAGAN VA NOSOG‘LOM BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA | Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, unda xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyati tushunchalari belgilab qo‘yilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasida banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda tartibbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida banklar uchun majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan Qonunning 53-moddasi Markaziy bankka yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar bank investorlari va omonatchilar manfaatlariga aniq xavf tug‘dirsa, muayyan choralar ko‘rishga ruxsat etadi.
1. Banklar xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatini amalga oshirishlari mumkin emas.
2. Xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyati uzoq davom etuvchi jarayon davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari bank omonatchilari, boshqa kreditorlar va investorlar manfaatlariga real xavf soluvchi umumiy qabul qilingan oqilona bank faoliyati me’yorlariga zid keladigan harakatlar yoki harakatsizlik hisoblanadi.
3. Xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatiga quyidagilar misol bo‘la oladi:
bank tomonidan yetarli ko‘nikmaga yoki xodimlar tajribasiga, siyosat yoki tadbirlarga ega bo‘lmay faoliyatning amalga oshirilishi;
qarz oluvchining kreditlarni to‘lashga doir yetarli imkoniyatlarisiz, tahlil va tekshiruvlarsiz kreditlar berilishi;
qoniqarsiz kredit tarixiga ega bo‘lgan yoxud o‘sha yoki boshqa bankda kreditga oid majburiyatlarni muntazam ravishda bajarmay kelgan qarzdorlarga kreditlarning berilishi;
hisobotda ko‘rsatilganidek garov qiymatini tasdiqlovchi yetarli axborot va tahlil mavjud bo‘lmagan baholash hisobotlari asosida kreditlar berilishi;
moliyaviy ahvoli beqaror bo‘lgan qarzdorlar kreditlarining yangilanishi yoki muddatining uzaytirilishi;
muddati o‘tgan foizlarni olmay turib, kreditlarning doimiy ravishda yangilanishi yoki muddatining uzaytirilishi;
kreditlarni to‘lashga doir siyosatning yo‘qligi yoki uning o‘tkazilmasligi;
mazkur bank moliyaviy ahvoli uchun sezilarli tavakkalchilikni yuzaga keltiruvchi yoki yetarli darajada tajribaga ega bo‘lmay investitsiyalar yoki qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa operatsiyalarning amalga oshirilishi;
bank daftarlari va yozuvlarini umumiy qabul qilingan hisob yuritish me’yorlariga muvofiq yuritilmasligi;
Markaziy bankka haqqoniy bo‘lmagan hisobotlarni taqdim etish, aktivlar tavakkalchiligini yetarli darajada diversifikatsiya qilmaslik;
bank mansabdor shaxslariga bank kapitali miqdori va mavqeyiga nisbatan haddan ziyod yuqori ish haqi va mukofotlarning berilishi;
bank kapitali, foyda olish tendensiyalari yoki aktivlar sifati darajasiga nisbatan haddan ziyod yuqori dividendlarning to‘lanishi;
ichki nazorat uslublari va audit tadbirlarining mavjud emasligi, jumladan, bankning mansabdor shaxslari va xodimlari ustidan nazoratning yo‘qligi;
bankka xos holatlarga nisbatan kapital darajasining nomuvofiqligi (bank aktivlarining turi va sifati, faoliyat turlari va b.);
bankning aralash aktivlari va passivlariga nisbatan likvidlikning yetarli emasligi;
kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar uchun yetarli chegirmalarning mavjud emasligi;
bankka aloqador shaxslarga imtiyozlar beruvchi operatsiyalarning o‘tkazilishi.
4. Markaziy bank omonatchilar mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash uchun mazkur faoliyatni va operatsiyani tavsiflovchi dalil va axborotlarni, ularga xos holatlarni va mazkur faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni baholash asosida xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom deb tan olinuvchi boshqa faoliyat turlari yoki operatsiyalarni o‘tkazish uslublarini belgilashi mumkin.
5. Markaziy bank xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xohlagan bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holda choralar va sanksiyalar qo‘llashi mumkin. | 57 | 3,949 |
Qonunchilik | V.P. ChKALOV NOMIDAGI TOShKENT AVIATSIYA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI MASALALARI | “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahmamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi, birlashmaning bosh direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan, bosh direktorning o‘rinbosarlari va mustaqil balansdagi tuzilma bo‘linmalarining direktorlari esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh direktorning buyrug‘i bilan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
2. “O‘zistiqbolstat”, “O‘zshartomasavdo”, O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari istiqbol ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda, statistik hisobotda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining ko‘rsatkichlarini alohida qayd etishni nazarda tutsinlar.
3. V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda birlashma Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 80 | 1,068 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida samarali davlat nazoratini o‘rnatish, ular noqonuniy aylanishining oldini olish, pirotexnika vositalari namoyish qilinadigan madaniy-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtincha taqiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari pirotexnika vositalarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qonunda belgilangan javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
3. Belgilansinki, barcha pirotexnika vositalari olib qo‘yilishi va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda pirotexnika vositalarini saqlash va yo‘q qilish joylarini belgilasinlar.
4. Bozorlar, savdo komplekslari va korxonalarining rahbarlari o‘z hududlarida pirotexnika vositalari savdosi va saqlanishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha shaxsan javob berishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda pirotexnika vositalari aylanishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalashni joriy etishga doir takliflar kiritsinlar, litsenziya talabgorlariga va litsenziatlarga qo‘yiladigan aniq litsenziya talablari va shartlarini nazarda tutsinlar.
6. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda pirotexnika vositalarini ishlab chiqish, sertifikatlash, sotish va ulardan foydalanishda majburiy bo‘lgan xavfsizlikning umumiy talablarini belgilaydigan davlat standartini tasdiqlasin, shuningdek ularni xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda pirotexnika vositalarini tashish, saqlash va ularni utillashtirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘quvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari o‘rtasida pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borishga doir chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi holatlarini yoritsinlar, shuningdek ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
11. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar tashkil etilishi va ijro etilishi uchun javobgarlik Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qo‘mitasi (Parpiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 113 | 4,528 |
Qonunchilik | 500 eng yaхshi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyalanadi | Vazirlar Mahkamasining 3.04.2017 yildagi 173-son «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, хorijiy davlatlarning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlari mamlakatimizda faqat tan olish yoki nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) yoʻli bilan qonuniy kuchga ega boʻladi.
Tan olish – osonlashtirilgan tartibot boʻlib, bunda aniq хalqaro bitim tufayli Oʻzbekiston Respublikasida u yoki boshqa хorijiy davlatning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlari qabul qilinadi.
Nostrifikatsiya – хorijiy davlatda berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti, basharti Oʻzbekiston bunday hujjatlarning tan olinishi haqidagi хalqaro shartnomani tuzmagan boʻlsa.
Maktab hujjatlarining tan olinishi uchun qayerga borish kerak?
Hujjat toʻliq oʻrta (toʻliqsiz oʻrta, oʻrta) ma’lumot (10-12 va undan yuqori sinflar – tahr.) toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibiga aniqlik kiritdi. Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlardan farqli oʻlaroq (9 sinf – tahr.) ular Xalq ta’limi vazirligi tizimining maхsus komissiyalari tomonidan emas, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan tan olinadi. Ular Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga boʻysunadi.
Shuningdek, mazkur hujjatlarning Oʻzbekistondagi qaysi ta’lim darajalariga toʻgʻri kelishi ham belgilab berilgan:
Xorijiy ta’lim darajasi
Oʻzbekistonda ta’lim darajasi
10 sinf
Akademik litseyning 1-bosqichi
11 sinf
Akademik litseyning 2-bosqichi
12 va undan yuqori sinflar
Oʻrta maхsus ta’lim
Tan olish va nostrifikatsiyalash uchun qanday yangi hujjatlarni topshirish kerak
Tan olish yoki nostrifikatsiyalash toʻgʻrisidagi arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Bundan tashqari, unga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхatiga quyidagilar qoʻshildi:
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat va uning ilovasining (oʻtilgan oʻquv kurslari va ularning hajmlari, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari roʻyхatlari, oʻquv jarayonining boshqa bajarilgan talablari koʻrsatilgan holda) asl nusхalari, shuningdek mazkur hujjatlarning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasini taqdim etish koʻzda tutilgan edi.
Darajasidan qat’i nazar ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatni qachon tan olishni rad etishlari mumkin
Ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekistonda amalda mavjud boʻlgan ta’lim shaklida oʻqib olingan boʻlishi ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinishi talablariga kiritildi. Masalan, Oʻzbekistonda muayyan mutaхassisliklar boʻyicha oʻqishning sirtqi shakli taqiqlangan boʻlsa, sirtqi ta’lim toʻgʻrisidagi diplomlarni tan olish amalga oshirilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, ilgari hujjatni tan olish uchun boshqa shartlar kiritilgan edi:
Shuningdek, bitta talabni yumshatish kiritildi: ayrim holatlarda хalqaro bitimning mavjud emasligi ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olinishi uchun endi toʻsiq boʻlmaydi (batafsil — quyida).
Nostrifikatsiyalashni rad etishning qanday yangi asoslari joriy etildi
Hujjatning yana bir yangiligi hujjatlarning ekvivalentligi haqidagi salbiy хulosa ayrim ta’lim yoʻnalishlarining (ijtimoiy soha, pedagogika, tariх, huquq) хususiyatidan kelib chiqib, oʻzlashtirilgan oʻquv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori Oʻzbekistonning davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejaning 55 foizidan kam qismini tashkil qilsa berilishi mumkin.
Shuningdek, maхsus sinov (test, yozma ish, suhbat) natijasiga koʻra 55% va undan kam ball toʻplagan ariza beruvchining ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlari endi nostrifikatsiyalashga tavsiya etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, rad etish uchun quyidagi holatlar ham asos boʻladi:
Nostrifikatsiyalashda qachon imtihon topshirish zarur emas
Bitiruvchining хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri (maхsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi, basharti ta’lim:
Mazkur holatlar hujjat tan olinishi uchun хalqaro bitimlar mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni majburiy qilmaydi (ushbu holatlarning qay birida tan olish, qay birida nostrifikatsiyalash haqida hujjatda toʻgʻridan-toʻgʻri shart koʻrsatilmagan – tahr.).
Hujjat boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni saqlaydi. Uning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 95 | 4,658 |
Qonunchilik | NHH loyihalari: iste’molchilar energiyani tejashlari kerak | Barcha iste’molchilar iqtisod qilishi kerak
Loyihaga koʻra, yoqilgʻi-energetika resurslarining, masalan issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy, siqilgan va suyultirilgan gaz, koʻmir, neft mahsulotlari, motor yoqilgʻisi va boshqalarning (keyingi oʻrinlarda – YoER) barcha iste’molchilari ta’minot manbasi va iste’mol qilish хususiyatidan qat’i nazar ularni tejashning tashkiliy-teхnik tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda TTT) ishlab chiqishlari darkor.
Besh yillik dastur ishlab chiqish
Har 5 yilda YoER iste’molchilari energiyani tejash dasturini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari kerakligi nazarda tutilgan.
Dasturning asosiy vazifalari:
Iste’molchilar dastur amalga oshirilishining borishini nazorat qilib borishlari va energiyani tejash boʻyicha chora-tadbirlar rejasidan chetga chiqishga oʻz munosabatlarini bildirishlari zarur.
Yillik rejani tasdiqlash
Energiyani tejash boʻyicha qabul qilingan dasturga muvofiq YoER iste’molchilari har yili taklif etilayotgan hujjat shakli asosida TTT rejasini ishlab chiqishadi.
Rejalarni ishlab chiqishda iste’molchining barcha boʻlimlari ishtirok etadi hamda rahbarlar, muhandis-teхnik хodimlar, хodimlar va хizmatchilar ham jalb etiladi.
Rejaning bajarilishini nazorat qilish va uning joriy etilishi natijalarini baholash uchun YoER iste’molchilari har chorakda har bir tadbir boʻyicha YoER iqtisodida erishilgan miqdorlar keltirilgan ma’lumotnomani tayyorlaydi.
Bizning fikrimizcha, hujjatda yuqorida qayd etilgan ma’lumotnoma yuborilishi kerak boʻlgan organ, ma’lumotnomani taqdim etish muddatlari, shuningdek uni taqdim etmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etmagan iste’molchi uchun oqibatlar ham koʻzda tutilishi zarur.
Tarmoq dasturlarini qabul qilish
Energiyani tejash hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning bajarilishini monitoring qilish Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasiga yuklatiladi.
Shu munosabat bilan loyihada ushbu muvofiqlashtiruvchi organning vakolatlari belgilab berilgan.
Eslatib oʻtamiz, Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.2015 yildagi 238-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, koʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz | 58 | 2,425 |
Qonunchilik | “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 73-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qarori (ro‘yxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son) bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarining 73-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2019/2020 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasining hisoboti (73-ilova) | 132 | 812 |
Qonunchilik | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 5-iyundagi 150-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi:
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘yicha respublikaning barcha elektr va issiqlik energiyasi foydalanuvchilariga yetkazsinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunining ommaviy axborot vositalarida, matbuotda, televideniyeda, internet-nashrlarda doimiy mavzuli ruknlar orqali keng yoritilishini tashkil etsinlar.
3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik energiyasi iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi hamda issiqlik ta’minoti korxonasi va issiqlik energiyasining iste’molchilari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Mazkur Qoidalarning amal qilishi maishiy iste’mol uchun aholiga issiqlik energiyasi yetkazib berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
issiqlik ta’minotining avariyali broni — iste’molchining faoliyatini qisman yoki to‘liq to‘xtatishda, uskunalarni saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi, xonalarni isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyasining eng kam miqdordagi sarfi;
issiqlik tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasi — issiqlik tarmog‘ining issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasidagi bo‘linish nuqtasi, u issiqlik tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligi bilan aniqlanadi;
issiqlik energiyasi sifati — bu issiqlik tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligi bo‘linish chegarasida issiqlik eltuvchi parametrlarining issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligi;
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko‘rsatkichlari asosida issiqlik tarmog‘ining mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;
yetarli miqdorda berilmagan (kam berish) issiqlik energiyasi — issiqlik ta’minotidagi tanaffus yoki cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq ololmagan issiqlik energiyasi miqdori;
cheklash — issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan tadbirlarni qo‘llash natijasida muayyan vaqt oralig‘i davomida, shuningdek issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlari tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorining kamayishi;
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchining issiqlik ta’minoti korxonasi bilan hisob-kitob qilishi;
ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi — issiqlik ta’minoti korxonasining iste’molchisi sifatida harakat qiluvchi, o‘zining balansida issiqlik tarmoqlari bo‘lgan va issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma bo‘yicha turli iste’molchilarga qaytadan sotuvchi ixtisoslashgan korxona;
issiqlik ta’minotidagi tanaffus (uzib qo‘yish) — iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berilishini to‘xtatish;
to‘lov hujjati — to‘lov talabnomasi, topshiriqnomasi, unga asosan issiqlik ta’minoti korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning bo‘yicha to‘lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
rejali uzib qo‘yish — issiqlik ta’minoti korxonasining uskunalarini rejali — ehtiyotdan ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktikasi davrida iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga issiqlik energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
iste’molchi — issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan, u bilan issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasiga ega bo‘lgan, issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari iste’molchi hamda issiqlik ta’minoti korxonasi yoki uning yuqori tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi tomonidan qisman haq to‘lash;
hisob-kitob davri — issiqlik energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi va issiqlik ta’minoti korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko‘rsatiladi;
issiqlik energiyasini hisobga olish pribori — Issiqlik energiyasini hisobga olish qoidalarining talablariga javob beradigan, ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi bilan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisobga olish priborlari;
subiste’molchi — issiqlik ta’minoti korxonasining roziligi bilan iste’molchining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lgan iste’molchi. Subiste’molchiga energiya berishda iste’molchi Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan issiqlik ta’minoti korxonasi oldida javobgar hisoblanadi;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari — issiqlik energiyasini qabul qilish, uzatish, qayta hosil qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskuna yoki pribor;
issiqlik ta’minoti korxonasi — issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi bo‘yicha issiqlik energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shu jumladan ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi;
hisobga olish nuqtasi — issiqlik ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o‘lchash pribori (hisobga olish pribori, hisobga olish tizimi, issiqlik o‘lchagich va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfining miqdori aniqlanadi.
3. Sanoat mahsulotining turi sifatida issiqlik energiyasidan issiqlik ta’minoti korxonasi va issiqlik qurilmalari bevosita issiqlik ta’minoti korxonasining tarmoqlariga ulangan iste’molchi o‘rtasida tuziladigan issiqlik ta’minoti shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq foydalaniladi. Issiqlik energiyasidan foydalanishning namunaviy shartnomalari shakllari O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi) bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti o‘rtasidagi issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
shartnomaning mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga rioya qilish shartlari va bu bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari;
tomonlarning issiqlik tarmoqlarini balans bo‘yicha mansubligini bo‘linish va ularni ekspluatatsiya qilish yuzasidan javobgarligi chegaralari;
iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulangan subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar;
u bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasining tarifi;
bir soatlik eng katta yuklama, xonalarni isitish, shamollatish, texnologik ehtiyojlar uchun bo‘lingan holda va issiq suv ta’minoti uchun o‘rtacha sutkalik bir soatlik yuklama;
tarmoq suvining bir soatda olinadigan eng ko‘p miqdori;
qaytarilayotgan kondensatning sifati va miqdori (iste’mol qilingan bug‘ning umumiy miqdoriga nisbatan foizlarda), oylar bo‘yicha bo‘lingan holda;
hisobga olish priborlari bo‘yicha ma’lumotlar (turi va hisobga olish pribori o‘rnatilgan joy);
issiqlik energiyasini uzatish va iste’mol qilishning alohida shartlari;
tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari.
Issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘yicha shartnomaning namunaviy shakliga qonunchilikka zid bo‘lmagan qo‘shimcha bandlar kiritilishi mumkin.
Subiste’molchilar bilan iste’molchi o‘rtasida issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnoma iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti korxonasining roziligi olingandan keyin tuziladi.
Tabiiy monopoliyalarning subyektlari tomonidan majburiy tartibda xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan iste’molchilarga (subiste’molchilarga) issiqlik energiyasini sotishda, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida faoliyatning xususiyatidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan, foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan hamda noishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan obyektlardan kelib chiqqan holda mazkur issiqlik energiyasi iste’molchilari ta’minotining eng kam darajasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
4. Issiqlik energiyasiga tarif o‘zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi o‘z kuchida qoladi va iste’molchi (subiste’molchi) olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif bo‘yicha haq to‘lashga majbur.
5. Issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishda tomonlar qonunchilikka va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
6. Iste’molchi faqat issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishgan holda o‘z issiqlik tarmoqlariga boshqa subiste’molchilarni ulashi hamda ular bilan issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzishi mumkin.
7. Shartnomada qayd etilgan bug‘ va issiq suvdagi bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi texnik shartlarning loyihaviy yechimlaridagi parametrlarga asosan belgilanadi.
Eng katta issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi qo‘shimcha miqdor uchun texnik shartlar olishi shart.
Subiste’molchining issiqlik yuklamasini oshirishda ham iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasidan qo‘shimcha texnik shartlarni olishi kerak.
8. Yangi iste’molchilar va subiste’molchilarni issiqlik tarmoqlariga ulash, ular issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun “O‘zenergoinspeksiya”da ruxsat olganlaridan keyin, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi o‘z tarmoqlariga ulangan chet iste’molchilar yoki subiste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda umumiy (jamlama) bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi uchun issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan tuzadi.
10. Issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazkur Qoidalar va issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
11. Issiqlik ta’minoti korxonasi tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish zarur bo‘lganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik bilan ta’minlashda tanaffusga (uzib qo‘yishga) yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
12. Issiqlik energiyasining oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi va iste’mol qilinishi hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishda xavfsizlik ta’minlanishiga yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlarining bajarilishi ustidan davlat nazorati qonunchilikka muvofiq “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni ishlatilayotgan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan avariyalar, yong‘inlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to‘g‘risida issiqlik ta’minoti korxonasini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
13. Issiqlik energiyasi nooqilona, isrof qilib ishlab chiqarilganligi, uzatilganligi va iste’mol qilinganligi hamda ularning avariya xavfini tug‘diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati uchun “O‘zenergoinspeksiya” issiqlik ta’minoti korxonasining uskunalari, iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ishini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo‘yicha ekspluatatsiya qilinadigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari ustidan energetika nazorati qonunchilikka muvofiq, tegishli vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga hamda ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
16. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasidagi shartnomaga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma’muriy kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
17. Issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulanish amalga oshirilayotgan issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni olishga majbur.
Texnik shartlar haq olmasdan beriladi.
18. Issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchining yoki uning topshirig‘i bo‘yicha loyihalash tashkilotining, arxitektura va qurilish bo‘yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo‘limining) buyurtmanomasiga ko‘ra, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan beriladi. Unda loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi, qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurishning davomiyligi, o‘rnashgan joyi (kartografiya ma’lumotlari), loyihaviy qarorlarning ma’lumotlariga asoslangan (texnologik ehtiyojlar, xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti) iste’mol turlari bo‘yicha va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo‘yicha talablar ko‘rsatiladi.
Ulash yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyatlari bo‘lmaganda, issiqlik ta’minoti korxonasi, buni tegishli tarzda asoslagan holda, texnik shartlar berishni rad etadi.
19. Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchidan yoki uning topshirig‘i bo‘yicha loyihalash tashkilotidan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish variantlari uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash bajarilayotgan yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti uchun dastlabki shartlarini beradi. Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari, ayrim ishlab chiqarishlarni yoki iste’molchining tashqi issiqlik ta’minoti sxemasini o‘zgartirishni talab qiluvchi kengaytirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab turgan obyektlarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.
20. Tadbirkorlik subyektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoki arxitektura va qurilish bo‘yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo‘limining) buyurtmanomasi bo‘yicha, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, dastlabki shartlarni bermagan holda, uch ish kunidan oshmaydigan muddatda beriladi.
21. Texnik shartlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, issiqlik tarmoqlariga asosiy va zaxira kirishlaridan keyin ulanish yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;
b) boshqa iste’molchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va zaxira kirishlarning ulanish nuqtalarida issiqlik eltuvchi parametrlari va gidravlik rejim;
v) umumiy bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi, buyurtmanomada ko‘rsatilgan miqdorlarga muvofiq xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti va texnologik ehtiyojlarga bo‘lingan holda;
g) mazkur obyektni ishga tushirish yoki mavjud bir soatlik eng katta yuklamani oshirish hisobiga mavjud tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini va issiqlik manbaining ish unumini oshirish bo‘yicha asoslangan talablar;
d) qaytariladigan bug‘ kondensatining miqdori, sifati va chiqarib olish rejimi, kondensatni yig‘ish va qaytarish sxemasi;
e) issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining hisobga olinishi va o‘rnatilishiga qo‘yiladigan talablar;
j) ishonchlilik talablarini hisobga olgan holda zaxira issiqlik ta’minoti manbalari;
z) quvurlar yotqizishga hamda kanallar va kameralarni, berkitish va tartibga solish armaturasini o‘rnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qo‘yiladigan talablar;
i) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklama hamda issiq suv ta’minoti yuklamasini ulashning issiqlik sxemasi;
k) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mansubligi (issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha bo‘linish chegarasi);
l) issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi harorat jadvali va iste’molchining issiqlik ta’minoti tizimidan tarmoq suvining bir soatdagi eng ko‘p sarfi;
m) texnik shartlarning, loyihalashtirish va ishlarni bajarish davomiyligi bo‘yicha amaldagi me’yorlarni hisobga olgan holda, belgilangan amal qilish muddati.
Iste’molchi yoki bosh loyihalash tashkiloti, arxitektura va qurilish bo‘yicha tuman (shahar) boshqarmasi (bo‘limi) texnik shartlar talablariga rozi bo‘lmagan taqdirda kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi masala bamaslahat, barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida, texnik shartlarni bergan korxonaning texnik kengashida ko‘rib chiqiladi.
22. Iste’molchiga texnik shartlar berilishiga qadar ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishishi shart.
Iste’molchining issiqlik yuklamalari ulanishini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga beriladi.
23. Iste’molchining iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdori yoki issiqlik eltuvchi parametrlari o‘zgartirilishini talab qiladigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni ham olishi kerak.
24. Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish iste’molchilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga yuklangan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.
Amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarni ulash uchun ruxsatnomani mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan tartibda oladi.
Obyektning maqsadi, vazifasi o‘zgargan taqdirda iste’molchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi texnik shartlar olishi kerak.
25. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar), korxona, bino, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning kompleks loyihasi tasdiqlanishidan oldin, issiqlik ta’minoti korxonasi va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilishi kerak.
Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlanishidan oldin issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishilishi kerak.
Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subiste’molchi unga va “O‘zenergoinspeksiya”ga ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi.
Loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqishda texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlanganda, iste’molchiga kelishishni rad etishni asoslagan holda xat yuboriladi. Iste’molchi rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etish huquqiga ega.
Loyiha hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu hujjatlarni kelishishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha loyiha hujjatlarini kelishishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning kuch va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
27. Iste’molchilarning yangidan ulanadigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlikdan foydalanuvchi barcha qurilmalari va issiqlik tarmoqlari belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, texnik shartlarga, qurilish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda texnikaviy ekspluatatsiya qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha amaldagi qoidalar talablariga javob berishi, shuningdek texnik va qabul qilish-topshirish hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
28. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni va issiqlik tarmoqlarini montaj tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo‘yicha qabul qiladi.
Shundan keyin iste’molchi “O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlangan vakiliga “Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”ning, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va ekspluatatsiya qilish hujjatlarini hamda issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini vaqtinchalik yoki doimiy ekspluatatsiya qilinishiga ijozat berilishi mumkinligini aniqlash uchun ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etishi shart.
Iste’molchilarning rekonstruksiya qilingan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ham vaqtinchalik va doimiy ishga tushirishga ruxsat berish mumkinligini aniqlash maqsadida ko‘rikdan o‘tkazish uchun “O‘zenergoinspeksiya”ning vakolatlangan vakiliga taqdim etilishi kerak.
Iste’molchining buyurtmanomasi bo‘yicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma bo‘yicha ishga tushiradi.
29. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarida montaj qilishda nuqsonlar, berilgan texnik shartlardan, “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan loyihadan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlarning talablaridan chetga chiqishlar, issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlar yo‘qligi hamda xavfsizlik texnikasi va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan to‘liq butlanmaganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar, ularni ishga tushirishga ruxsat berish taqiqlanadi.
Tegishli ravishda tayyorlangan xodimlarga ega bo‘lmagan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini, ular ekspluatatsiya qilinishi uchun shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilganda, ishga tushirish uchun ijozat berilishi mumkin.
30. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari faqat “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgandagina ishga tushirilishi mumkin.
31. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlariga issiqlik energiyasini yetkazib berish “O‘zenergoinspeksiyadan” ularni ishga tushirish uchun tegishli ruxsat olingandan va issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzilgandan keyin issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zenergoinspeksiya” issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun javob beradi.
Ekspluatatsiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilab beriladi.
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish tartibi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bilan belgilanadi. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ekspluatatsiya qilish shartlari tomonlar tarafidan issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida kelishib olinadi.
33. Barcha issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlik iste’moli tizimlari zarur hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Issiqlik energiyasini hisobga olish Yoqilg‘i va energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Usullarni, o‘lchash vositalarini tanlash hamda ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Yoqilg‘i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.
34. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berish va ularning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash taqiqlanadi.
35. Issiqlik ta’minoti korxonasining obyektlarida o‘rnatiladigan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari iste’molchi tomonidan sotib olinadi va o‘rnatiladi, “O‘zstandart” agentligida attestatsiyadan o‘tkazilgandan keyin shartnoma asosida issiqlik ta’minoti korxonasining xizmat ko‘rsatishiga o‘tkaziladi.
Iste’molchida o‘rnatilgan hisobga olish priborlari iste’molchining o‘zi tomonidan ekspluatatsiya qilinadi va ta’mirlanadi.
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini boshqa joyga o‘rnatish va ko‘chirish, issiqlik ta’minoti korxonasining tegishli xodimi va iste’molchi ishtirokida, ushbu pribor balansida turgan balans egasining hisobidan amalga oshiriladi.
Hisobga olish priborlarining buzilgan yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga shubha tug‘ilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik ta’minoti korxonasi bu haqda tegishli ravishda issiqlik ta’minoti korxonasiga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart. Ushbu holat bo‘yicha ikki tomonlama tegishli dalolatnoma tuzilib, hisobga olish priborlarining ishlashidagi nosozliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilinadi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to‘xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi. Iste’molchining balansidagi issiqlikni hisobga olish priborlari ta’mirlash uchun 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatilganda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to‘xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha, 15 sutkadan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatilganda esa — hisob-kitoblar shartnomadagi bir soatlik yuklama va issiqlik energiyasini uzatish soatlari soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchi hisobga olish priborlarini ta’mirlash tugagungacha iste’mol qilishni to‘xtatib turishga haqlidir, bu holda issiqlik ta’minoti korxonasi berkitish armaturasini plombalaydi va bu haqda birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Iste’molchi hisobga olish priborining buzilganligi to‘g‘risida issiqlik ta’minoti korxonasini o‘z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari o‘rnatilgungacha hisob-kitoblar, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan shartnomadagi yuklama va issiqlik energiyasini yetkazib berish soatlari soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish priborining buzilganligi to‘g‘risida iste’molchini o‘z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bundan oldingi hisobot davrida belgilangan issiqlik energiyasining o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bundan oldingi hisobot davrida issiqlik energiyasi iste’mol qilinmagan bo‘lsa, u holda hisob-kitob o‘tgan yilning tegishli davridagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchilar tomonidan o‘lchash diafragmalarini o‘rnatish vaqtida issiqlik ta’minoti korxonasining va iste’molchining vakillari ishtirok etishi kerak.
36. Issiqlik energiyasi berilishini hisobga olish issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlarining bo‘linish chegarasida amalga oshirilishi kerak.
Hisobga olish priborlari bo‘linish chegarasida o‘rnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bo‘linish chegarasidan hisobga olish priborlari o‘rnatiladigan joygacha bo‘lgan uchastkadagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yo‘qotishlarning hisob-kitobi yoki issiqlik energiyasi yo‘qotishlarining sinovini issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchi bilan birgalikda “Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatish uchun issiqlik yuklamalarini, yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflari me’yorlarini hamda texnologik yo‘qotishlar me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiradi.
37. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar hamda issiqlik tarmoqlarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi ularning balans bo‘yicha mansubligiga qarab belgilanadi va shartnomaga ilova qilinadigan dalolatnomada aks ettiriladi.
38. Issiqlik ta’minoti korxonasiga tegishli bo‘lgan issiqlik tarmoqlarida iste’molchiga tegishli bo‘lgan qurilmalar yoki uskunalar bo‘lmasligi kerak.
Bitta kamerada (quduqda), issiqlik tamroqlarida, estakadada har xil korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan uskunalar bo‘lmasligi kerak.
Ishlab turgan qurilmalarda har xil tashkilotlarga tegishli bo‘lgan uskunalar mavjud bo‘lsa barcha uskunalar issiqlik ta’minoti korxonasining balansiga va xizmat ko‘rsatilishiga o‘tkaziladi.
39. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi hollarda iste’molchini ogohlantirib, unga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish huquqiga ega:
issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjatida belgilangan muddatlarda haq to‘lanmaganda va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdorda oldindan to‘lov amalga oshirilmaganda;
subiste’molchilar, yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari o‘zboshimchalik bilan ulanganda;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari “O‘zenergoinspeksiya” ruxsatisiz ishga tushirilganda;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari hisobga olish priborlaridan oldin ulanganda;
issiqlik yuklamalarining belgilangan shartnomaviy miqdorlari yoki tarmoqdagi suv sarfining miqdori issiqlik ta’minoti korxonasining roziligisiz oshirilganda;
issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan bir soatda olinadigan tarmoq suvining miqdori oshirilganda;
tarmoqdagi suv ifloslanganda;
issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko‘zda tutilgan bug‘ kondensati 50 foizdan kam miqdorda qaytarilganda;
issiqlik ta’minoti korxonasi vakillari issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ko‘rishga qo‘yilmaganda.
40. Uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha rejali ishlarni amalga oshirishda yoki yangi iste’molchilarni ulashda zaxira ta’minlash manbai mavjud bo‘lmasa issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchini uzib qo‘yish huquqiga egadir. Iste’molchini issiqlik energiyasi yetkazib berishning to‘xtatilishi to‘g‘risida ogohlantirish issiqlik energiyasi yetkazib berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirishdan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasa issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu vaqtni mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Issiqlik energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qo‘yishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda, uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.
41. Avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi, uzib qo‘yish sabablarini darhol ma’lum qilgan holda, iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
42. To‘liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining miqdori hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi. Cheklash vaqti issiqlik ta’minoti korxonasi dispetcherlik xizmatining operativ daftaridagi yozuvlar bo‘yicha aniqlanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan iste’molchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi, hisobga olish priborlari bo‘yicha, issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmagan sutkadan oldingi 3 sutkadagi issiqlik energiyasining o‘rtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmagan sutkada amaldagi iste’mol o‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi.
43. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi holatlar oqibatida issiqlik ta’minotidagi tanaffuslar, issiqlik eltuvchi parametrlarining pasayganligi va issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi:
a) issiqlik ta’minoti korxonasi uskunalarining ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, bo‘ron, suv toshqini, zilzila, yong‘in, 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida ushbu hududda isitishni loyihalashtirish uchun hisoblab chiqilgan haroratdan 3oSga va undan ortiq past bo‘lgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlang‘ich suv sifatining yomonlashishi;
b) iste’molchi xodimlarining issiqlik iste’moli rejimini o‘zgarishiga sabab bo‘lgan noto‘g‘ri xatti-harakatlari;
v) mazkur Qoidalarning 42-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi yetkazib berishni cheklash yoki to‘xtatish shartlariga muvofiq iste’molchi issiqlik yuklamalarining shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yo‘l qo‘yadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan sutkalar mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi.
44. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagilarga majbur:
shartnomaga muvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegaralarida bug‘ va issiq suv parametrlarining shartnomaga muvofiq bo‘lishini ta’minlash, ularning:
bug‘ (bosim va harorat) bo‘yicha — 5 foizdan ortiq (±);
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo‘yicha — 3 foizdan ortiq (±);
suv bosimi bo‘yicha:
issiqlik beruvchi quvurda — 5 foizdan ortiq (±);
orqaga qaytadigan quvurda — 20 kPa dan ortiq (±) chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bunda parametrlar o‘rtacha sutkalik miqdor sifatida hisobga olinadi;
issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan to‘liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi qiymatini qoplash. To‘liq yetkazib berilmagan energiya hajmi iste’molchining vakili ishtirokida issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;
iste’molchilarning issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi, issiqlik eltuvchi parametrlarini shartnomadagi qiymatlarga nisbatan pasayganligi to‘g‘risidagi yozma arizalarini 10 kun muddatda ko‘rib chiqish.
45. Iste’molchida issiqlik ta’minoti korxonasining obyektida o‘rnatilgan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi bo‘yicha shubha tug‘iladigan bo‘lsa, issiqlik ta’minoti korxonasi, belgilangan tartibda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molchi vakillarini issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishini ta’minlashi lozim.
Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchi balansidagi issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash va o‘rnatish bo‘yicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun iste’molchi xodimlarini o‘z hududiga kiritishi kerak.
46. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasining uzluksiz yetkazib berilishini talab qilish;
issiqlik energiyasini yetkazib berish rejimini nazorat qilish, issiqlik energiyasi parametrlarining shartnomaviy miqdorlardan chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik:
bug‘ berish bo‘yicha (harorat, bosim) 5 foizdan ortiq (±);
issiq suv yetkazib berish bo‘yicha:
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo‘yicha — 3 foizdan ortiq (±);
issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi bo‘yicha — 5 foizdan ortiq (±);
orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi bo‘yicha — 20 kPa ortiq (±) pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bunda parametrlar o‘rtacha sutkalik miqdor sifatida olinadi;
mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq o‘zining issiqlik tarmoqlariga subiste’molchilarni ulash;
issiqlik energiyasining shartnomaviy parametrlari issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan pasayganda, bu haqda issiqlik ta’minoti korxonasiga oldindan xabar bergan holda, issiqlik energiyasi iste’molini to‘xtatish. Ushbu holda issiqlik ta’minoti korxonasi qonunchilikda belgilangan tartibda iste’molchi oldida javob beradi.
47. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik ta’minotidagi tanaffuslar oqibatida iste’molchiga yetkazilgan moddiy zararni qoplaydi.
48. Iste’molchilar quyidagilarga majburdirlar:
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qat’iy rioya qilish;
issiqlik energiyasi uchun issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda haq to‘lash;
issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi bir soatlik yuklamalarining shartnomaviy miqdorini oshirmaslik hamda issiqlik energiyasidan foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik iste’moli rejimiga rioya qilish va tarmoq suvining olinishi miqdorini oshirmaslik;
issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan issiqlik ta’minoti korxonasining tezkor ko‘rsatmalarini bajarish;
bug‘ kondensati va tarmoq suvini issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarish;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlash;
issiqlik energiyasi iste’molini vaqtincha to‘xtatish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mirlash ishlarini bajarish muddatlarini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish;
hisobga olish priborlari, issiq suvni to‘kish uchun jo‘mraklar, toraytiruvchi qurilmalar va armaturani issiqlik ta’minoti korxonasining vakili bilan birgalikda plombalash, o‘rnatilgan plombalarning saqlanishini ta’minlash. Plombalarni olish issiqlik ta’minoti korxonasining ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim;
issiqlik energiyasidan foydalanishni yaxshilash, bug‘ kondensati qaytarilishini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
umuman korxona bo‘yicha va alohida issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar bo‘yicha bug‘-kondensat balanslarini tuzish;
issiqlik ta’minoti korxonasining vakillarini issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini sutkaning istalgan vaqtida to‘sqinliksiz ko‘zdan kechirishini ta’minlash;
barcha issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarining ijro chizmalari va pasportlariga hamda ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalariga ega bo‘lish;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlariga tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (bajariladigan ishlar) birligiga, issiqlik energiyasi sarfining me’yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
issiqlik energiyasidan nooqilona va isrofgarchilik bilan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
issiqlik tarmoqlarida imoratlar qurilishiga, materiallar taxlanishiga, daraxtlar o‘tqazilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan issiqlik tarmoqlarini, muhandislik uskunalarini va qurilmalarni qayta jihozlashga yo‘l qo‘ymaslik;
isitish priborlarining qo‘shimcha seksiyalari, berkitish va boshqarish armaturalari o‘rnatilishiga va chiqarib olinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
isitish tizimlarida issiqlik eltuvchidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga (isitish tizimlari va priborlaridan suv oqizilishiga) yo‘l qo‘ymaslik.
49. Iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasining balansida turgan issiqlik tarmoqlarida, oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladigan ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish uchun issiqlik ta’minoti korxonasining vakillarini o‘z hududiga kiritishi lozim.
50. Issiqlikdan foydalanish xususiyatiga ko‘ra iste’molchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar hamda keyingi guruhlarga kiritilmagan iste’molchilar;
b) ulgurji iste’molchilar-qayta sotuvchilar — o‘z balansida issiqlik tarmoqlariga ega bo‘lgan va ularni ekspluatatsiya qiluvchi, issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni har xil iste’molchilarga qayta sotuvchi xo‘jalik hisobidagi korxonalar;
v) issiqxona xo‘jaliklari — issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar.
51. Issiqlik energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga asosan belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
52. Iste’molchining issiqlik tarmoqlaridagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari ular va subiste’molchilar o‘rtasida issiqlik energiyasini iste’mol qilish ulushiga va issiqlik tarmog‘i uzunligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
53. Iste’molchiga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlarining bo‘linish chegarasida hisobga olinadi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlari balans bo‘yicha mansubligi bo‘linish chegarasigacha issiqlik energiyasi yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlar va uning yo‘qotishlari tariflarda hisobga olingan bo‘lib, tariflardan ortiqcha qo‘shimcha haq to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi bo‘linish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha xarajatlari va yo‘qotishlari iste’molchining hisobiga tegishli bo‘ladi. Agar bug‘ va issiq suv iste’molchining issiqlik tarmoqlari orqali uzatilsa issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi (tuman qozonxonasi) kollektorida hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
54. Iste’molchi tomonidan hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlangan taqdirda iste’molchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik ta’minoti korxonasiga ariza berishi kerak.
Issiqlik ta’minoti korxonasi 10 kun muddatda (iste’molchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisobga olish priborlarini yoki u bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligini iste’molchining vakillari ishtirokida tekshirishi shart.
55. Hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarining noto‘g‘riligi yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblashda xatolarga yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik ta’minoti korxonasi oxirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda, iste’molchining vakillari bilan birgalikda dalolatnoma tuzib, qayta hisob-kitob qilishga majbur.
Yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha bajarilgan qayta hisob-kitob keyingi hisob-kitob davrida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda hisobga olinadi.
56. Agar hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlaridagi chetga chiqishlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lmasa ular yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitobni talab qilmaydi.
57. Hisobga olish priborlarini tekshirish to‘g‘risida ariza berilishi iste’molchini u iste’mol qilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lovni belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
58. Iste’molchi har oyda hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini yozib oladi va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda iste’mol qilingan issiqlik energiyasi haqidagi hisobotni issiqlik ta’minoti korxonasiga taqdim etadi.
Iste’mol qilingan issiqlik energiyasi haqidagi hisobot iste’molchi tomonidan taqdim etilmasa issiqlik ta’minoti korxonasi hisob-kitobni shartnomadagi issiqlik yuklamasi bo‘yicha amalga oshiradi. Amalda iste’mol qilingan issiqlik energiyasi miqdorining qayta hisob-kitobi, soz holatdagi hisobga olish priborining ko‘rsatkichlari birgalikda yozib olinib, tegishli dalolatnoma tuzilgandan keyin bajariladi. Mazkur qayta hisob-kitob keyingi hisobot davri uchun hisob-kitobda e’tiborga olinadi.
59. Asosiy iste’molchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi bilan ham, subiste’molchilar bilan ham iste’molchilarning subiste’molchilar tegishli bo‘lgan guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha hisob-kitob qiladilar.
60. Iste’molchiga bug‘ holida berilayotgan issiqlik energiyasining miqdori (gigakaloriyalarda) bug‘ning belgilangan parametrlarida bug‘ miqdorini uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Bunda mazkur issiqlik ta’minoti manbaidagi boshlang‘ich (sovuq) suvdagi mavjud issiqlik miqdori hisobga olinadi.
61. Iste’molchi tomonidan bug‘ kondensati bilan qaytarilayotgan issiqlik energiyasining miqdori kondensat miqdorini, issiqlik ta’minoti manbaidagi boshlang‘ich (sovuq) suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik miqdori va haroratiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
62. Iste’mol qilingan bug‘dagi issiqlik energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirishda kondensat bilan qaytarilgan issiqlik energiyasi miqdori ayriladi.
63. Iste’molchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasining miqdori suv miqdorini uning issiqlik sig‘imiga, beriluvchi va orqaga qaytuvchi tarmoq suvlarining harorati o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Ochiq suv olish tizimida iste’molchiga issiq suv holida yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorini uning issiqlik sig‘imi hamda issiq (berilayotgan) va boshlang‘ich suvlarning harorati o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi, boshlang‘ich suv harorati uchun o‘rtacha oylik harorat olinadi.
64. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda iste’molchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko‘zda tutilgan miqdorda va shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali bo‘yicha uning qiymatidan ortiq bo‘lmagan harorat bilan qaytarishi shart.
Iste’molchining issiqlik tarmog‘i uchun yetkazib beriladigan tarmoq suvining harorati issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan harorat jadvaliga muvofiq saqlab turiladi.
Issiqlik energiyasi yetkazib berishni tartibga solish, kun va tunning tashqi harorati o‘rtasidagi farq 8oS va undan ortiq bo‘lsa sutkada 2-marta va ushbu farq 8oS dan kam bo‘lsa — sutkada 1-marta amalga oshiriladi.
Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtda uni sanoat korxonalariga yetkazib berilishini qisqartirish ko‘zda tutilishi kerak.
65. Sirkulatsion suv hajmining oshishi sababli orqaga qaytadigan tarmoq suvining o‘rtacha sutkalik harorati iste’molchi tomonidan jadvaldagiga qaraganda 3oS dan ortiq miqdorda oshirilgan taqdirda, issiqlik ta’minoti korxonasi tarmoqdagi suvning o‘rtacha sutkalik harorati (+) 3oS dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni kamaytirishga yoki to‘liq to‘xtatishga yoxud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchi uchun hisoblab chiqilgan va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga ilova qilingan harorat jadvalida ko‘zda tutilgan harorat pasayishi bo‘yicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
66. Iste’molchilarga issiq suv ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan 40o — 45oS haroratdagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiq suv uchun tarif bo‘yicha 50 foizli chegirma bilan amalga oshiriladi.
67. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari iste’molchilar tomonidan shartnomaviy narxlar bo‘yicha to‘lanadi:
issiqlik tarmoqlarining gidravlik va haroratli sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish;
iste’molchi tarmog‘ini uning buyurtmanomasi bo‘yicha to‘ldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;
iste’molchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, mexanik qorishmalar va boshqalar mavjud bo‘lgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini sizdirish.
Issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari uchun iste’molchi tomonidan haq to‘lanmaydi.
68. Isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash uchun bug‘ holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda iste’molchilar issiqlik ta’minoti korxonasiga iste’mol qilingan bug‘ning umumiy miqdoridan kamida 95 foiz kondensatni, texnologik maqsadlar uchun bug‘dan foydalanilganda esa — shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.
Kondensatning iste’mol qilinadigan bug‘ miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish me’yori va uning sifatini tomonlar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini tuzish vaqtida belgilaydilar.
Iste’molchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart bo‘lgan kondensat miqdori issiqlik iste’moli tizimlarining loyiha ma’lumotlariga, korxonaning bug‘-kondensat balansiga muvofiq va bug‘-kondensatni qaytarish bo‘yicha erishilgan natijalarni hamda mavjud zaxiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchiga, unda texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, bug‘-kondensat qaytarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning iste’molchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir. Belgilangan muddat tugagach iste’molchiga bug‘-kondensatni qaytarish me’yori taklif etilgan tadbirlarni hisobga olib va keyinchalik amaldagi issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritgan holda ko‘paytiriladi.
69. Iste’molchi tomonidan qaytariladigan bug‘-kondensat issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq bo‘lishi kerak.
Iste’molchi tomonidan qaytariladigan bug‘-kondensat miqdori va sifati issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi bo‘linish chegarasida aniqlanadi.
Iste’molchi tomonidan qaytariladigan bug‘-kondensatning sifati mazkur bug‘ manbaida issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan ishlatilayotgan qozonxonalardagi ta’minlash suvining me’yorlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
70. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq bo‘lmagan bug‘-kondensat topshirilganda issiqlik ta’minoti korxonasi qaytarilgan bug‘-kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy etadi: kondensatdan bug‘latgichlar, bug‘ni qayta ishlovchilar yoki issiqlik tarmog‘ini qo‘shimcha ta’minlash uchun foydalanilganda — 0,8, kondensat qo‘shimcha tozalash uchun qabul qilinganda esa — 0,5 koeffitsiyenti qo‘llanadi. Iflos kondensatdan foydalanishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmaganda ushbu kondensat drenajga oqiziladi, bu holda iste’molchi bug‘-kondensatni topshirmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan bug‘-kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan hisobga olingan bug‘-kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Qaytarilayotgan bug‘-kondensatning issiqlik-texnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslik darajasi) issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi bo‘linish chegarasida kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
71. Kondensatni tozalash qimmatga tushadigan yoki uning qaytarilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda ayrim iste’molchilar, “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni taqdim etish va kondensatdan o‘z ehtiyojlari uchun to‘liq foydalanish sharti bilan issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishi mumkin.
Iste’molchining yaqin-atrofida issiqlik ta’minoti korxonasining suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari o‘tgan taqdirda va buning uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda iste’molchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash yuklamasini bug‘dan issiq suvga o‘tkazishi shart.
72. Qaytariladigan bug‘-kondensatning miqdori va sifati bo‘yicha issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda texnik ekspertiza o‘tkaziladi. Texnik ekspertiza iste’molchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor bo‘lmagan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda tashkil etiladi.
Agar texnik ekspertiza o‘tkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda bug‘-kondensatning miqdori va sifati bo‘yicha yakuniy qaror “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan qabul qilinadi.
73. Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yozib berilgan yoki iste’molchining o‘zi tomonidan yozilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
74. To‘lov hujjatida issiqlik energiyasining miqdori yoki to‘lov qiymatini hisoblashda xatolar aniqlanganda, iste’molchi bu to‘g‘rida issiqlik ta’minoti korxonasiga ariza berishi shart.
Issiqlik ta’minoti korxonasi bu holda to‘lov hujjatidagi xatolarni tuzatadi. Iste’molchi tuzatish kiritilgan to‘lov hujjati bo‘yicha haq to‘laydi.
75. To‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya undirish huquqidan qat’i nazar, issiqlik ta’minoti korxonasida, qarzni to‘lash to‘g‘risida ogohlantirishdan keyin to‘lamaganligi uchun, iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish huquqi saqlanib qoladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 15-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 13-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 4-fevraldagi 33-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 9-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnomalar olish tartibotlarini takomillashtirish va soddalashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 10-iyundagi 158-son qaroriga ilovaning 2-bandi. | 79 | 58,293 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.