folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida: 1.1. Tashkil etilsin: Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi negizida — Kadrlar boshqarmasi va Shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi; Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijroni nazorat qilish bo‘limi; 1.2. Aylantirilsin: Tashkiliy-tezkor boshqarmasi Tezkor boshqarmasiga; Avariya-qutqaruv kuchlari boshqarmasi Qutqaruv kuchlari boshqarmasiga; Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa va xabar berish tizimini rivojlantirish boshqarmasiga; Aholi va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasiga; Inspeksiya unga aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favkulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek, kichik xajmli kemalardan xavfsiz foydalanish to‘g‘risidagi qonun xujjaglari g‘alablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari yuklangan holda, Favkulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimini nazorat qilish xizmatiga. 3. Kiritilsin: O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati tuzilmasiga Moddiy-texnik ta’minot va moliya hamda Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimlari; xududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibiga iqtisodiyot obyektlari va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga jalb etilgan davlat inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan bosh inspektor lavozimi. 4. Tasdiqlansin: Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmik xavf-xatarlar monitoringi va bashoratlash markazining tuzilmasi 9-ilovaga muvofik; Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tuzilmasi 11-ilovaga muvofik; Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik chizmasi 12-ilovaga muvofiq; 5. Ushbu qaror ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarga harajatlar Davlat budjetining “mudofaa, jamoat tartibi va xavfsizlik” bo‘limi bo‘yicha har yili tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlari doirasida, asoslangan hisob-kitoblar asosida, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 6. Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova), Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxadjayev), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (U.U. Rozukulov), “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi (A.S. Sultanov), “O‘zbekyengilsanoat” aksionerlik jamiyati (I.U. Xaydarov) uch oy muddatda maxalliy ishlab chiqaruvchilar negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari va ro‘yxatlari asosida avariya-qutqaruv texnikalari, maxsus anjomlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha aniq takliflarni 14-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Nizomini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R.M. Djurayev): O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga muvofik harajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritsin, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning bo‘linmalarining yangi shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdikdan o‘tkazsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar bo‘yicha ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; uch oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar ushbu qaror bilan muvofiqlashtirilsin; 2018-yil 31-dekabrga qadar vazirlikning yangi va qayta tashkil etilayotgan bo‘linmalarini zarur kasbiy va ma’naviy-irodaviy sifatlarga ega, yukori darajada vatanparvar va xizmat vazifalariga sodiq mutaxassislar bilan jamlash amalga oshirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish Hukumat komissiyasi (A.J. Ramatov): favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish va yanada takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qabul qilingan qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlasin; uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini malaka toifasi talablari asosida o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.R. Berdiyev) O‘zbekisgon Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi tashkil etilayotgan tuzilmalarini zaxiradagi ofitsyerlar va serjantlar tarkibidagi xarbiy xizmatchilar bilan jamlashda amaliy yordam ko‘rsatsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
134
5,859
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomda nazarda tutilgan hollarda o‘tkaziladi. 2. Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) shaklda amalga oshiriladi. 3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayonlari boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchi o‘ziga berilgan login va parol yordamida Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar bo‘limiga kiradi va tizimda o‘zining shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi hamda tinglovchiga tizimdagi elektron shakldagi resurslardan foydalanishga ruxsat beriladi. 4. Tinglovchi elektron portfolioda so‘nggi 3 yil davomidagi o‘quv va o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot hamda tashkiliy-metodik yo‘nalishlardagi kasbiy faoliyat natijalarini elektron shaklda joylashtiradi. 5. Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi. Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi. 6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish jadvalida tinglovchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishining nomi hamda tinglovchi yakuniy attestatsiyadan o‘tadigan tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasi huzuridagi attestatsiya komissiyasi va tinglovchining attestatsiyadan o‘tish muddati ko‘rsatiladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish jadvali Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-saytidagi Masofaviy kurslar bo‘limida e’lon qilinadi. 7. Tinglovchi Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarni tashkil etish va o‘tkazish jadvaliga qat’iy amal qilishi hamda o‘quv jarayonida shaxsan o‘zi ishtirok etishi shart. 8. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish davomiyligi 2 oydan oshmasligi lozim. 9. Tinglovchining tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki bilim, ko‘nikma va malakasining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun onlayn shaklda kirish test sinovi o‘tkaziladi. Mazkur test sinovining natijalari tinglovchining o‘qish davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmaydi va ularning reyting ballini jamlashda hisobga olinmaydi. 10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi. 11. Tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishining o‘quv rejasidagi o‘quv modullar bo‘yicha onlayn ma’ruzalar, shuningdek tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha maslahatlar tashkil etiladi. 12. Onlayn ma’ruzalar o‘tkazilishidan 5 kun oldin tizimda Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan onlayn ma’ruza o‘tkaziladigan sana, vaqt, ma’ruza mavzusi hamda ma’ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan e’lon beriladi. 13. Tinglovchilarining o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlashda rahbar va pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalari (elektron portfolioda qayd etilgan ko‘rsatkichlari asosida), pedagogik (malakaviy) amaliyot, kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari natijalari, bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi. 15. Tinglovchining pedagogik (malakaviy) amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2938, 2017-yil 23-oktabr) hamda bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2937, 2017-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi. 16. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Test savollari tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishining o‘quv dasturi doirasida tuziladi. Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Onlayn test sinovlarining natijalari shu vaqtning o‘zida e’lon qilinadi. 17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining o‘zlashtirishi reyting baholash tizimi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq nazorat qilinadi. 18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari, pedagogik (malakaviy) amaliyot hamda pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalariga (elektron portfolioda qayd etilgan ko‘rsatkichlari asosida) ko‘ra attestatsiyaga qo‘yish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. 19. Tinglovchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 20. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga o‘z vaqtida kelmaganlikning hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari bo‘lganda tinglovchiga navbatdagi onlayn test sinovlariga kiritilishiga bir marta imkoniyat beriladi. 21. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan tinglovchi yakuniy attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi. 22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
234
8,699
Qonunchilik
Saylov qonunchiligiga tuzatish kiritiladi
2021 yil 25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar. Qonun loyihasida хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilishi va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi nazarda tutilmoqda. Xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatхonalarning konsullik hisobida boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’iy nazar, saylovchilar roʻyхatiga kiritish tartibi belgilanmoqda. «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun Saylov kodeksi bilan muvofiqlashtirilib, parlament va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bilan teng ravishda prezidentlik saylovlarini ham davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda. Qonun loyihasiga YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi tavsiyalari asosida bir qator oʻzgartishlar kiritilmoqda. Xususan, saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda, saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda. Yana bir muhim jihat – siyosiy partiyalar tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan soʻng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e’lon qilish tartibi joriy etilmoqda. Majlisda saylovlarning dekabr oyida oʻtkazilishi bilan bogʻliq ayrim omillarga toʻхtalib oʻtildi. Ta’kidlab oʻtilganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni oʻtkazish, jumladan Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlarning kechiktirilishiga sabab boʻladi. Shu bois saylovlarni oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazish taklif etilmoqda.
41
2,382
Qonunchilik
KIMYo SANOATI KORXONALARI QURILIShINI JADALLAShTIRISh VA YaNGI TURDAGI KIMYo MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI O‘ZLAShTIRISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA
Tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardosh yangi turdagi yuqori sifatli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni jadallashtirish, shu asosda respublikaning kimyo sanoati korxonalarini yanada barqaror rivojlantirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 2009 — 2011-yillarda tashqi va ichki bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq investitsiya loyihalari tayyorlangan va aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2. Kimyo sanoatida loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish uchun quyidagilar ijroga qabul qilinsin: kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi 2-ilovaga* muvofiq; yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarining maqsadli prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq. “O‘zkimyosanoat” DAK, 2-ilovada* ko‘rsatilgan korxona va idoralar rahbarlari zimmasiga tasdiqlangan dasturiy tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda yangi turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 3. “O‘zkimyosanoat” DAK: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda 1-ilovaga* kiritilgan loyihalarning loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari jadal ishlab chiqilishini, kelishib olinishi va tasdiqlanishini ta’minlasin; xorijiy investor — “MAXAM Sorr. S.A.U.” (Ispaniya) kompaniyasi investitsiya majburiyatlarini bajarishi hisobiga ish loyihasi asosida 2010-yilning birinchi yarmida zichligi past ammoniy nitratini ishlab chiqarish korxonasi qurilishi yakunlanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga “tayyor holda topshirish” sharti bilan sintetik kir yuvish vositalari ishlab chiqarish korxonasini qurish bo‘yicha xorijiy hamkorni belgilasin. 4. Loyihalar amalga oshirilishini tezlashtirish uchun 2009-yilning 31-dekabrigacha 1-ilovaga* kiritilgan kimyo mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha obyektlar qurilishini ayni vaqtda loyihalashtirish bilan birgalikda olib borilishiga istisno tariqasida ruxsat etilsin. 5. 1-ilovaga* kiritilgan kimyo mahsulotlarining yangi turlarini o‘zlashtirayotgan “O‘zkimyosanoat” DAK korxonalari loyihalarni amalga oshirish davrida, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq olib kelinadigan uskunalar, xomashyo va materiallar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 1 va 2-ilovalarga* kiritilgan loyihalar va dasturiy tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda har oy Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 7. Vazirlar Mahkamasi mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilishining borishini muntazam ravishda o‘z yig‘ilishlarida ko‘rib borsin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
167
3,548
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablag‘larini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi mablag‘larini samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
231
437
Qonunchilik
E. Bakibayevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston “Nuroniy” jamg‘armasining Markaziy kengashi raisi Erkin Djurayevich Bakibayev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin.
69
330
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish haqida. 2. “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi QL-850-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-881-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xo‘jalik jamiyatlari ijro etuvchi organlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-886-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi QL-888-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 6. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-894-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 7. “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
94
1,380
Qonunchilik
Inflyatsiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi
Markaziy bank monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan. Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi: Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narхlarning liberallashtirilishi boʻlishi kutilmoqda. Bunda davlat korхonalarining isloh qilinishi (sh.j. хususiylashtirishi) doirasida kapital qoʻyilmalar hajmining oʻsishi investitsion faollikni ragʻbatlantiruvchi asosiy omil boʻladi. Asosiy ssenariy Muqobil (хatarli) ssenariy 2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir хonali koʻrsatkichgacha pasayishi kutilmoqda Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni koʻzda tutmoqda. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.
67
1,096
Qonunchilik
O‘zbekistonda statistika ma’lumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. Begalovning “O‘zbekistonda statistika ma’lumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi shuni ta’kidlaydiki, mazkur sohani isloh qilish, xalqaro standartlarni hamda ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish, statistika ma’lumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini ta’minlashga doir huquqiy asoslarni yaratish va ularga erishishning aniq mexanizmlarini qo‘llash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, axborotda xalqaro talablar va standartlarga asoslangan zamonaviy statistika uslubiyotlarini amaliyotga tatbiq etish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida besh yillik kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, unda faoliyatni takomillashtirish, umume’tirof etilgan haqqoniylik, ishonchlilik va ochiqlilik tamoyillariga rioya etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimiz statistika tizimida malakali kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni qondirish hamda yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga aylantirilganligi e’tirof etildi. Jumladan, foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 8 ta xalqaro tashkilot hamda mamlakatimizdagi 11 ta statistika idoralarining ma’lumotlar bazalari tarkibi va tajribalari yaqindan o‘rganib chiqildi. Davlat statistika qo‘mitasining saytida foydalanuvchilarni statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida bugungi kunda 20 ta bo‘limda, 279 ta to‘plam jadval ko‘rinishida 1 mln. dan ziyod makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar e’lon qilib berilmoqda. Jahon banki tomonidan 2004-yildan buyon mamlakatlar milliy statistikasining salohiyatini baholash bo‘yicha yuritib kelinadigan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da O‘zbekiston tutgan o‘rinni yaxshilash maqsadida ushbu reyting doirasida 29 ta indikator bo‘yicha baho olinishiga erishildi. Natijada, mamlakatimizda statistika faoliyatining samaradorligi indeksi 2018-yil yakuni bo‘yicha 50,9 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 67,5 ballga yetkazildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish, aholini ro‘yxatga olish va qishloq xo‘jaligi xatlovlari natijasida xalqaro taqqoslashlar 2020-yil raundida ishtirok etish va statistika ma’lumotlarini keng tarqatish xizmatini yo‘lga qo‘yish orqali 2024-yil yakuni bilan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da maksimal ballga erishiladi. Shu bilan birga, bosqichma-bosqich davlat statistika hisoboti shakllari bo‘yicha hisobotlarni “web” texnologiyaga asoslangan holda on-layn rejimda topshirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy ta’minotni joriy etish ishlari hozirga qadar yakunlanmaganligi ta’kidlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. Begalovning “O‘zbekistonda statistika ma’lumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi (B. Begalov): statistika faoliyati samaradorligi indeksi ko‘rsatkichini yanada oshirish; bosqichma-bosqich davlat statistika hisoboti shakllari bo‘yicha hisobotlarni on-layn rejimida topshirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturiy ta’minotni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish; Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimidan ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o‘tish choralarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi: mamlakatimizda statistika ma’lumotlarining haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligi masalalari yuzasidan muntazam monitoring olib borsin; davlat statistika hisobotlarini tayyorlash, tarqatish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida takliflar tayyorlasin. 4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari B. Alixanov zimmasiga yuklatilsin. 5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
105
4,688
Qonunchilik
KIChIK VA O‘RTA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh UChUN XORIJIY KREDITLAR BERIShNI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Loyihalarni tanlab olish tartibi hamda Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kichik va o‘rta korxonalarga kreditlar berish sxemasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining o‘z huzurida, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Kichik va o‘rta tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazi tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va unga: respublikaning turli tarmoqlari va mintaqalaridagi kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga oid takliflarni o‘rganish va umumlashtirish va shu asosda investitsiya, loyihalariga bo‘lgan takliflar va talablarga oid ma’lumotlar bankini shakllantirish, davriy axborot byulletenini chiqarish va uni manfaatdor tuzilmalar o‘rtasida tarqatish; tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, xomashyo resurslari va zarur infrastruktura mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqarishlarni oqilona joylashtirishda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish; loyihalarning maqsadga muvofiqligini baholash va O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish to‘g‘risida “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga takliflar tayyorlash yuklansin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 15 kun muddatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Davlat soliq qo‘mitasi Milliy bank bilan birgalikda bir hafta muddatda jalb qilinayotgan xorijiy kreditlar hisobiga olib kelinadigan texnologik uskunalar uchun kichik va o‘rta korxonalarni import boj poshlinalari to‘lashdan ozod qilish tartibini belgilasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zinvestloyiha” kompaniyasining viloyat bo‘linmalariga va O‘zbekiston Banklar uyushmasining sho‘ba tuzilmalariga ofislar ajratishda, malakali kadrlar bilan ta’minlashda va boshqa tashkiliy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni va mazkur qarorga muvofiq o‘zgartirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. 1.1. Mazkur Tartib kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan (investitsiya takliflarini tanlab olishning hamda ishlab chiqish, mablag‘ bilan ta’minlash va amalga oshirishning izchil mexanizmini belgilaydi. 1.2. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlashning ustuvor huquqi: faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va o‘rta qo‘shma korxonalarni rivojlantirish va yangilarini tuzish; eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarni rivojlantirish; asosan qishloq joylarda qo‘shimcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infrastrukturani yaratishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga beriladi. 2.1 Investitsiya takliflarining tashabbuskorlari loyiha g‘oyasi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi buyurtmanoma-anketani rasmiylashtiradilar va uni “O‘zinvestloyiha” bo‘linmalariga yoki O‘zbekiston Banklari uyushmasining “Bankinvestloyiha” tashkilotiga taqdim etadilar. 2.2 Investitsiya takliflarining tashabbuskorlari respublika tarmoqlari va mintaqalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemalari, xomashyo resurslarining mavjudligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturaning rivojlanganligi, shuningdek, prefensiyalar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining Kichik va o‘rta tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazidan va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining mintaqaviy bo‘linmalaridan olishlari mumkin. 2.3. “O‘zinvestloyiha” bo‘linmalari yoki “Bankinvestloyiha” tashkiloti xizmatlarga haq olmagan holda, 10 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar, ishlab chiqarish bazasini tekshirishdan o‘tkazadilar hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning belgilangan ustuvorliklari, shuningdek, jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari mezonlariga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlash uchun tijorat banklari tomonidan talab etiladigan hujjatlar paketini tayyorlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydilar. 2.4. Xorijiy kredit liniyalari doirasida mablag‘ bilan ta’minlash chog‘ida loyiha tashabbuskorining o‘z sarmoyasi tijorat banklarining tegishli talablariga yetarli bo‘lmagan holda investitsiya tashkilotlari (O‘zbekiston Banklari uyushmasi “Bankinvesttrast” va boshqalar) loyiha tashabbuskorining ustav fondini yetarli miqdorda shakllantirishda qatnashishlari mumkin. 3.1. Investitsiya takliflarining tashabbuskorlari zarur hollarda injiniring va konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda investitsiya oldi tekshiruvlarini amalga oshiradilar, shu jumladan: talab va takliflar prognozini hisobga olgan holda mahsulot bozorini baholash; prognozlashtiriladigan xomashyo va foydalaniladigan resurslarning zaxiralarini baholash; obyekt, infrastrukturaning joylashgan o‘rnini baholash; loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash; ishlab chiqarish miqyoslarini optimallashtirish; oqilona texnologik yechimni tanlash; loyihaning iqtisodiy samaradorligi va hayotiyligini baholash; loyihaning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy asoslarini shakllantirish. 3.2. “O‘zinvestloyiha” tomonidan tasdiqlangan tavsiyalarga muvofiq tayyorlangan loyihaning Texnik-iqtisodiy asoslashlari loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat banki (lizing kompaniyasi)ga taqdim etiladi. 4.1. Tijorat banki (lizing kompaniyasi) zarur bo‘lganda O‘zbekiston Banklari uyushmasi (“Bankinvestloyiha”, “Bankhuquqxizmat”, “Bankaxborotreyting”, “Bankkonsaltaudit”) konsalting firmalarini jalb etgan holda loyiha biznes-rejasini va texnik-iqtisodiy asoslashini, loyiha tashabbuskorining kreditga layoqatliligini baholash, loyihaning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy tuzilmalarini, shuningdek, kreditni ta’minlashning yetarliligini ekspertizadan o‘tkazadi. Tijorat banki (lizing kompaniyasi) 30 kun muddatda loyiha tashabbuskorini loyihani mablag‘ bilan ta’minlash mumkinligi to‘g‘risida xabardor qiladi. 4.2. Tijorat banki (lizing kompaniyasi)ning kredit qo‘mitasi ijobiy qarori qabul qilganda loyiha tashabbuskori belgilangan tartibda kontraktlarni rasmiylashtiradi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazadi, garov shartnomasini rasmiylashtiradi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazadi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan Investitsiya dasturiga kiritish imkoniyatini kelishib oladi, mulkni sug‘urtalash va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug‘urtalashning boshqa shakllarini va qarz oluvchining tijorat banki (lizing kompaniyasi) talablariga muvofiq javobgarligini rasmiylashtiradi. 5.1 Loyiha tashabbuskori tomonidan tijorat banki (lizing kompaniyasi)ga belgilangan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlarning to‘la paketini taqdim etish yakuniga ko‘ra tijorat banki (lizing kompaniyasi) 10 kun muddatda loyihani amalga oshirishni ta’minlovchi xarajatlar moddalari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashni boshlaydi. 5.2 Loyiha tashabbuskorida texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash uchun yetarli mablag‘lar bo‘lmagan hollarda ushbu xarajatlar bu xizmatlar qiymatining ko‘pi bilan 50 foizi doirasida kredit summasiga kiritilishi mumkin. 5.3 Loyiha tashabbuskori qarz mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va kredit belgilangan muddatlarda to‘lanishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi. 5.4 Tijorat banki (lizing kompaniyasi ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini nazorat qiladi va bank amaliyotida qabul qilingan qoidalar va tartiblarga muvofiq kreditning o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringini amalga oshiradi. 5.5 Ajratilgan kredit mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan hollarda, shuningdek, kredit o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda tijorat banki (lizing kompaniyasi) tomonidan quyidagi choralar qo‘llaniladi: loyiha tashabbuskorining schyotida mablag‘ bo‘lganda: loyiha tashabbuskori schyotidan har qanday valyutadagi mablag‘ni so‘zsiz undirib olish; loyiha tashabbuskorining schyotida yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmaganda: garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirib olish va kreditni to‘lamaslik tavakkalchiligining loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan boshqa ta’minoti bo‘yicha undirib olish; loyiha tashabbuskorining mansabdor shaxslari suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yganda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shunga o‘xshash hollarda: bu mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish.
115
9,289
Qonunchilik
Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan buyuraman: 1. Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2008-yil 10-noyabrdagi 22-son “Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1879, 2008-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 50-son, 499-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom talablari markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Ushbu Nizom talablari boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun tavsiyaviy xaraktyerga ega. 2. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati loyiha-tadqiqot hujjatlarini (loyiha, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar) ishlab chiqish, shuningdek ishchi loyihalashdan oldingi texnik-iqtisodiy asoslar (bundan buyon matnda TIA deb yuritiladi) hamda texnik-iqtisodiy hisob-kitob (bundan buyon matnda TIHK deb yuritiladi) bosqichlarida mazkur Nizom asosida aniqlanadi. 3. Loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narxlarda belgilangan qiymati loyiha-tadqiqot ishlarining ijrochisini aniqlash uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda boshlang‘ich qiymat sifatida qo‘llaniladi. 4. Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot loyiha-tadqiqot hujjatlarini mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlarining ekspertiza xulosasini olishda, qurilish ustidan mualliflik nazoratini o‘tkazishda hamda tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalari yig‘ilishlarida ishtirok etadi. 5. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlashda quyidagi parametrlar loyihalashtirish topshirig‘ida nazarda tutilishi lozim: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq murakkablik darajasi; mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqishdagi murakkab sharoitlar uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar; mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Qurilishning umumiy qiymatida uskuna qiymatining solishtirma tarkibiga bog‘liq holda qurilishning hisob bahosini aniqlash uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlarning mavjudligi; loyiha-tadqiqot hujjatlarini manfaatdor idoralar bilan kelishilganligi. 6. Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati qurilish obyekti narxi va murakkablik darajasiga qarab buyurtmachi tomonidan aniqlanadi. Bunda qurilish obyekti narxi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: montaj talab etuvchi jihozlarga bo‘lgan xarajatlar; qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga bo‘lgan xarajatlar; ijtimoiy sug‘urtalash hisobini inobatga olgan holda asosiy mehnat haqiga ketadigan xarajatlar; mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari; ishlab chiqarish xususiyatiga ega boshqa xarajatlar; pudratchining zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori konyunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy to‘lovlar va ajratmalardan iborat boshqa sarf-xarajatlari; obyektlar qurilishini sug‘urtalash xarajatlari; buyurtmachining loyiha-tadqiqot ishlari, ekspertiza, davlat xaridlarini amalga oshirish, texnik nazorat xarajatlaridan, obyekt qurilishi bilan bog‘liq boshqa sarf-xarajatlari; navbatdagi yilda qurilish narxlarining prognozlangan indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan xatarni qoplash uchun xarajatlar. 7. Buyurtmachi tomonidan ishchi loyihani ishlab chiqish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Sp = Sb x L, bunda: Sp — ishchi loyihaning joriy narxlardagi qiymati; Sb — obyekt qurilishining joriy narxlardagi qiymati; L — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ishchi loyiha qiymatining hisoblash mezoni. 8. Turli bosqich va davrlarda loyihalashdan oldingi-asoslanma va ishchi hujjatlarni ishlab chiqishning miqdoriy qiymati mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadi. 9. Loyiha-tadqiqot qiymatini aniqlashda ikkita yoki undan ortiq murakkablashtiruvchi omil mavjud bo‘lsa, koeffitsiyent ularning har biriga alohida qo‘llaniladi. Bunda umumiy muvofiqlash koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Kc.=1 + ∑ N, bunda: Kc. — umumiy muvofiqlash koeffitsiyenti; ∑ N — bir turga qo‘llaniladigan muvofiqlash koeffitsiyentlarining kasr qismlari (verguldan keyingi) yig‘indisi. 10. Majmualardan tashqaridagi ayrim obyektlarni loyihalashda foydalanishga tayyor bo‘lgan ko‘p marotaba qo‘llaniladigan loyihalardan foydalanilganda (loyihalash topshirig‘iga muvofiq), ishlar qiymati quyidagi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda umumiy qoida bo‘yicha aniqlanadi: poydevor yechimlarni qayta hisoblamasdan — 0,4; poydevor yechimlarini qayta hisoblaganda — 0,6; poydevor va yer ustki qismi yechimlarini qayta hisoblaganda — 0,7. 11. Tugallangan qurilishning loyiha va haqiqiy o‘lchamlari qiymati obyektning dastlabki qiymatiga nisbatan 1,5 baravaridan yuqori yoki kamni tashkil etganda loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati qayta hisoblab chiqiladi, boshqa holatlar bundan mustasno. 12. Loyiha-tadqiqot ishlarining to‘liq qiymati quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi: Bir bosqichli loyihalashda: Sf = Sw + Se, bunda: Sf — loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narxlardagi to‘liq shartnomaviy qiymati; Sw — ishchi loyihaning barcha mezonlarni inobatga olgan joriy narxlardagi qiymati. Se — ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati. Ikki bosqichli loyihalashda: Sf = Sbs + Swp+ Se, bunda: Sf — loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narxlardagi to‘liq shartnomaviy qiymati; Sbs — asoslanma qismining joriy narxlardagi qiymati; Swp — ishchi hujjatlarining joriy narxlardagi qiymati; Se — ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati. “Ishchi loyiha” ikki bosqichli loyihalash qiymatini hisoblashda asos qilib olinadi. 13. TIA, TIHK va boshqa bosqichlarning (jumladan, dastlabki eskiz loyihalari) shartlari loyihalashtirish topshirig‘ida boshqacha nazarda tutilgan hollarda, ishlab chiqishdagi qiymat quyidagicha hisoblanadi: Sf = Sbs + Se, bunda: Sf — loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narxlardagi to‘liq shartnomaviy qiymati; Sbs — asoslanma qismining joriy narxlardagi qiymati; Se — ishchi loyiha tarkibidagi hisobga olinmagan ishlarning qiymati. 14. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini shakllantirish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Qurilishning taxminiy qiymatini aniqlashga doir qisqacha tavsiyalar asosida amalga oshiriladi. 15. Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini hisoblashda ko‘zda tutilmagan ishlar qiymatini aniqlash mezonlari mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlash mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq namunada amalga oshiriladi. 17. Loyiha tashkilotlari o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda loyiha ishlari qiymatini aniqlashda chegirmalar belgilash imkoniyatiga ega. 18. Buyurtmachilar markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng, quyidagi birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni ikki hafta muddatda loyiha tashkilotlariga yetkazishlari lozim: tuman (shahar) hokimining yer uchastkalarini ajratish yoki rekonstruksiya (kapital ta’mirlash) to‘g‘risidagi qarori; bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda nuqson dalolatnomalari; loyihalashtirish topshiriqlari. 19. Buyurtmachilar tomonidan birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, ikki oy muddatda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish; rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta’mirlanadigan binolar va inshootlarning texnik holatini o‘rganish; mahalliy hokimlikning binolarning inventarizatsiyasi materiallari, mavjud bino va inshootlarni buzish va kompensatsiya usullari ko‘rsatilgan qarori; loyihalashtirish uchun muhandislik-texnik izlanishlarni bajarish (loyihalashtiriladigan maydon bo‘yicha 1:500 masshtabda, tashqi tarmoqlar bo‘yicha 1:1000 yoki 1:500 masshtabda topografik xaritalar va muhandislik-geologiya xulosasini tayyorlash); belgilangan tartibda tender (tanlov) hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash. 20. Buyurtmachi va loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzishda mazkur Nizom talablari inobatga olinishi lozim. Buyurtmachi va loyiha tashkiloti o‘rtasidagi shartnoma buyurtmachi tomonidan qisman va/yoki to‘liq moliyalashtirish ochish uchun asos hisoblanadi. 21. Loyiha tashkilotlari loyiha-tadqiqot hujjatlarini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlab chiqilishini ta’minlashlari lozim. Loyiha-tadqiqot ishlarining loyihalashtirish topshirig‘ida aniq ish hajmlarini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarda belgilanadi: kapital ta’mirlash obyektlari bo‘yicha — 1,5 oydan ko‘p bo‘lmagan; rekonstruksiya obyektlari bo‘yicha — 3 oydan ko‘p bo‘lmagan; namunaviy loyihalar va qayta (bazaviy) qo‘llaniladigan loyihalar asosida yangi qurilayotgan obyektlar bo‘yicha — 3-4 oydan ko‘p bo‘lmagan; yirik obyektlar qurilishi va rekonstruksiyasi bo‘yicha — 4 oydan ko‘p bo‘lmagan. 22. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlari monitoringi buyurtmachi va loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnomaga asosan loyiha-tadqiqot ishlarini bajarish grafigi asosida olib boriladi. 23. Buyurtmachi tomonidan tayyor bo‘lgan loyiha-tadqiqot hujjatlari belgilangan tartibda mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlariga topshiriladi. 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 25. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan. Loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini shakllantirish maqsadida qurilishning qiymatini aniqlashda quyidagi tavsiyalar qo‘llaniladi: 1-variant. Qurilishi mo‘ljallangan obyektning respublika hududlari bo‘yicha quvvatlar bir birligini (1 kv m., o‘quvchi o‘rni, koyka va faoliyat sohasidan kelib chiqqan holda boshqalar) qurishning preyskurant qiymatlari to‘plamlari. 2-variant. Analog obyektlar. 3-variant. Qurilishning yirik hisobda olingan smeta ko‘rsatkichlari. 4-variant. Loyiha-tadqiqot hujjatlari ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida aniqlab olingan iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Mazkur variantlarda nazarda tutiladigan qiymatlar joriy vaqtga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda narxlar indeksi o‘zgarishini hisoblab chiqish uchun asosiy tuzilmaviy xarajatlar quyidagi ulushli miqdorda (foizlarda) olinadi (uskunalarsiz): mehnat haqi — 0,2; materiallar — 0,6; mashinalardan foydalanish — 0,2; Narxlar indeksi o‘zgarishi quyidagicha olinadi: mehnat haqi to‘lovi xarajatlariga — joriy hisoblash davridagi bazaviy hisoblash miqdorining normativlar va analoglarini ishlab chiqish davridagi bazaviy hisoblash miqdoriga nisbati; materiallarni xarid qilish xarajatlariga — material-buyumlarning (beton, g‘isht, metall, yog‘och konstruksiyalar va boshqalar) joriy hisoblash davrdagi narxlarining normativlar, analoglarni ishlab chiqish davridagi shu materiallar narxlariga nisbati; mashinalardan foydalanishga — joriy hisoblash davrdagi yoqilg‘i materiallar narxlarining normativlar, analoglarni ishlab chiqish davridagi narxlariga nisbati. Jihozlar va uskunalarning qiymati buyurtmachi, prays-varaqlar, kataloglar, birja xabarnomalari yoki haqqoniy axborotning boshqa manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra aniqlanadi. Loyihalash obyekti: tozalash inshootlariga ega bo‘lgan garaj. Bosqich — “Ishchi loyiha”. Maydonchaning hisob bo‘yicha zilzilaga chidamliligi — 9 ball. 1. Loyihalash obyekti va qurilish murakkabligi darajasining yagona tasnifiga ko‘ra obyektning murakkablik darajasi — II. 2. Mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qurilishning taxminiy qiymati 510,0 mln. so‘mni tashkil qiladi. 3. Mazkur Nizomning 3-ilovasiga ko‘ra vertikal qatordagi bir-biriga eng yaqin bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich interpolatsiya yo‘li bilan loyiha-tadqiqot ishlari qiymatining hisoblash mezoni aniqlanadi. Bunda: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha tafovut 5,0 % darajasiga mos keladi; Bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravarigacha tafovut 4,7 % darajasiga mos keladi. Interpolatsiya yo‘li bilan topilgan 510,0 mln. so‘m miqdoridagi hisoblash mezoni 4,74 % darajasiga mos keladi. 4. Obyekt qurilishining joriy narxlardagi qiymati — 510,0 mln. so‘m x 4,74 % x 1,2 = 29,0 mln. so‘m. 5. Loyihalash topshirig‘iga ko‘ra ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash talab etiladi. Mazkur Nizomning 7-ilovasi 5-bandiga muvofiq tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga hisoblash mezonini gorizontal qatordagi bir-biriga eng yaqin bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich interpolatsiya yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda: Bazaviy hisoblash miqdorining 800 baravarigacha tafovut 0,7 % darajasiga mos keladi; Bazaviy hisoblash miqdorining 800 dan 1500 baravarigacha tafovut 0,56 % darajasiga mos keladi. Interpolatsiya yo‘li bilan topilgan 510,0 mln. so‘m miqdoridagi hisoblash mezoni 0,659 % darajasiga mos keladi. 6. Ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash ishlari qiymatini hisoblab chiqamiz: 510,0 mln. so‘m x 0,659% = 3,36 mln. so‘m 7. Ishchi loyiha ishlab chiqilishining to‘liq qiymatini hisoblaymiz: 29,0 + 3,36 = 32,36 mln. so‘m, bunda: 29,0 mln. so‘m — obyekt qurilishining joriy narxlardagi qiymati; 3,36 mln. so‘m — ishga tushirish kompleksini alohida hisoblash qiymati.
94
14,650
Qonunchilik
Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining jadal rivojlanishi, o‘z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruvi sohasida uzoq vaqt davomida hal etilmasdan kelayotgan tizimli muammolarning mavjudligi mazkur holatni yanada kuchaytirmoqda, jumladan: birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini vakolatli organlar o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmisiz tarqoq holda rejalashtirish va ta’minlash qabul qilinayotgan qarorlar hamda aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda; ikkinchidan, qishloq va suv xo‘jaligida uzoq muddatli puxta siyosatning shakllantirilmaganligi sababli mazkur sohalarni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari belgilanmagan; uchinchidan, yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilishda vakolatli organlarning samarali muvofiqlashtiruvchi roli va tashabbuskorligi mavjud emas; to‘rtinchidan, mas’ul idoralar tomonidan haqqoniy axborotni yig‘ish, tahlil qilish va almashish mexanizmining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli o‘zlariga yuklatilgan vazifalar samarasiz amalga oshirilmoqda; beshinchidan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv iste’moli sohalarida mustaqil nazorat mavjud emas, buning natijasida tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarni joriy qilish darajasi pastligicha qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv iste’moli sohalarida haqiqiy holatni va rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida ularni strategik rejalashtirish siyosati bo‘yicha ta’sirchan ishlarni yo‘lga qo‘yish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida hamda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5330-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Quyidagilar: agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi holati, mazkur sohada qonun hujjatlari hamda me’yoriy hujjatlar talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi); 2018-yil 1-iyuldan Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markaz negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mas’ul bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik) tashkil etilsin. Agentlik Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markazning huquqlari, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. 2018-yil 1-avgustdan quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi; Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi; Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi; “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi; “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi tugatilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan idora va muassasalar xodimlari bandligini ta’minlashga ko‘maklashsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda ikki oy muddatda Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasining vazifa hamda funksiyalarini qayta taqsimlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AKning: G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika markazi negizida, urug‘liklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazini tashkil etish; urug‘lik tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urug‘lik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda ikki oy muddatda urug‘lik tayyorlash bo‘yicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin. Inspeksiya paxta va boshoqli don ekinlari urug‘ligining buyurtmasi, tayyorlanishi, alohida qayta ishlanishi va saqlanishi bo‘yicha talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xodimlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi negizida: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashkil qilinayotgan jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin. 10. Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimida yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Komissiya (Z.T. Mirzayev): tugatilayotgan idora va muassasalarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mol-mulki va pul mablag‘larini oqilona taqsimlash maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazishni; mazkur Farmonga muvofiq idora va muassasalarni tugatish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yaratish, ular ishini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idora va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini berish orqali jihozlashga doir tadbirlarni tashkil qilishni; yangidan tashkil etilayotgan idora va muassasalarni, ularning hududiy bo‘linmalarini joylashtirish, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishni; yangidan tashkil etilayotgan idoralarni malakali kadrlar bilan, shu jumladan, tugatilayotgan idoralar va muassasalar xodimlari hisobidan to‘ldirishni belgilangan tartibda ta’minlasin. 11. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan idora va muassasalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda tugatilayotgan idoralar va muassasalar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 12. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya bir oy muddatda yangidan tuzilayotgan idoralar va muassasalar faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularning asosiy vazifa, funksiya va faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berish bo‘yicha qarorlar loyihalari kiritilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
105
9,375
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalari litseylarga asbob-uskunalar, kompyuterlar va darsliklar sotib olishda yordam beradi
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining qarori (5.04.2018 yilda 2992-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Akademik litseylarga koʻrsatilgan maqsadlar uchun mablagʻlar faqat oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan va quyidagi хarajatlarni qoplashdan ortgan qismida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishdan tushadigan tushumlardan kelib tushgan oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ajratiladi:  Litseyning keyingi yil uchun hisob-kitoblar koʻrinishidagi koʻrsatilgan хarajatlarga ehtiyojlari uning rahbari tomonidan kelgusi moliya yili boshlanishidan bir oy oldin biriktirilgan oliy ta’lim muassasasiga taqdim etiladi. Buyurtma tayyorlashda litseyga koʻrsatilgan maqsadlar uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar inobatga olinadi. Buyurtma oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Soʻralgan va qanoatlantiriladigan mablagʻlar hajmi oliy ta’lim muassasasining kutilayotgan tushumlari va хarajatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Shundan keyin ushbu хarajatlar oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar хarajatlari smetasiga kiritiladi.  Xarajatlar smetasi tasdiqlash uchun tegishli vazirlik yoki idoraga taqdim etilganda oliy ta’lim muassasasi tushumlar va хarajatlar tahlili bilan birga akademik litseyga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi tegishli qarorini ilova qiladi. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining ehtiyojidan ortiqcha qismini yuqori tashkilotning roziligi bilan tasarrufidagi litseyga begʻaraz berishi mumkin.   Litseyga ajratilgan mablagʻlar buyurtmada keltirilgan maqsadlar boʻyicha ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda sarflanadi. Litsey moddiy boyliklarni mustaqil ravishda sotib oladi, balansga qabul qiladi va tegishli hisobotlarda aks ettiradi. Litseylarning oʻqituvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar ham oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan mezonlar va miqdorlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibda sarflanadi. Pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlash 50 foizlik ustama, oylik maoshining bir baravari miqdoridagi pul mukofoti, shuningdek moddiy yordam koʻrinishida amalga oshirilishi mumkin. Bunda quyidagi mezonlar hisobga olinadi: Litsey oʻquvchilarini ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish bitta oʻquvchiga EKIHning 2 baravari miqdorida, biroq bir yilda bitta oʻquvchiga EKIHning 6 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan moddiy yordam koʻrinishida amalga oshiriladi. Bunda oʻquvchining bilimi, odobi, mustaqil fikrlash qobiliyati, shuningdek moddiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojlik darajasi mezon boʻladi. Ajratilgan mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hisobot har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay oliy ta’lim muassasasiga taqdim etiladi. Litsey direktori (yoki uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхs) mablagʻlardan maqsadli foydalanish boʻyicha javobgar shaхs hisoblanadi, u oliy ta’lim muassasasi Kengashi yigʻilishida tegishli ma’lumot beradi. Litseylar uchun mablagʻlar ajratishning asoslanganligi hamda maqsadli sarflanganligi ustidan nazorat qilish oliy ta’lim muassasasi rektori (yoki uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaхs) zimmasiga yuklatiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.04.2018 yildan kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Anvar Irkaхoʻjayev.
108
4,126
Qonunchilik
“DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA NOTARIAL ISh YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 308-mh-son “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2170, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 503-modda) muqaddimasidagi “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan so‘zlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
121
1,884
Qonunchilik
Yagona reyestrda davlat хizmatlari soni 444 tadan 693 taga oshdi
Adliya vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori (1.06.2018 yilda 3021-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangilangan Davlat хizmatlari yagona reyestri tasdiqlandi.   Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.12.2017 yildagi PF–5278-son Farmoniga muvofiq 1.02.2018 yildan boshlab davlat хizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ularning Davlat хizmatlari yagona reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlaydi. 1.06.2018 yildan boshlab esa mazkur reyestrga kiritilmagan davlat хizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yangilangan hujjat 693 ta pozitsiyani oʻz ichiga oldi. Roʻyхat 249 bandga koʻpaydi – avvalgi roʻyхatda atigi 444 ta davlat хizmati nazarda tutilgan. Davlat хizmatlarini ularni koʻrsatuvchi organlar boʻyicha guruhlash boshqa koʻzga koʻringan yangilik boʻldi. Ilgari fuqarolar murojaat qilishi kerak boʻlgan organ, davlat хizmati koʻrsatiladigan shakl (elektron, an’anaviy), uning pulli/bepulligi, shuningdek beriladigan hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni oson topishlari uchun ularni faoliyat sohalari boʻyicha guruhlashga urinib koʻrilgan edi. Bu davlat organlari uchun, shu jumladan reyestrga oʻzgartirishlar kiritishda noqulaylik tugʻdirgan boʻlsa kerak. Mohiyatan olganda, oldingi tahrirdagi Davlat хizmatlari yagona reyestridan belgilangan maqsadda foydalanilmadi. Gap shundaki, mazkur reyestrga kiritilmagan davlat хizmatlarini koʻrsatishga taqiq 1.06.2018 yildan joriy etilgan. Ushbu sanadan boshlab uning yangi tahriri kuchga kirdi. Shuni alohida qayd etib oʻtamizki, Yagona reyestrga muvofiq davlat хizmatlari markazlari mustaqil ravishda 31 ta davlat хizmatini koʻrsatadilar (asosan biznesni roʻyхatdan oʻtkazish sohasida), yana 17 ta davlat хizmati ular orqali boshqa organlar tomonidan koʻrsatiladi. Biroq Toshkent shahar Yunusobod tumani, Chirchiq shahridagi markazlar va yana 12 ta boshqa markazda (har bir mintaqada bittadan) eksperiment oʻtkazilmoqda. U yerda Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish хizmatining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik tusdagi ma’muriy reglamentlar boʻyicha davlat хizmatlarining 70–100 ta eng talabgir turlari jadal ravishda joriy etiladi.   Samir Latipov.
64
2,538
Qonunchilik
Qanday qilib buхgalter yangi ishga kirishib keta oladi
Yangi joyda birinchi kun ishlash – mas’uliyatli palla. Nimaga e’tibor berish kerak, nimalarni nazardan qochirmaslik lozim? Poytaхtdagi korхonalarda bosh buхgalter boʻlib ishlab, katta tajribaga ega boʻlgan ekspert Olga Shabanova maslahat beradi. Mohiyatga nazar tashlang Mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin birinchi navbatda korхona buхgalteriyasiga nazar tashlang va uning mohiyatini oʻrganing. Barcha jihatlarni oʻzingiz oʻrganib chiqqaningiz maqsadga muvofiqdir.  Zaruriy tartib-taomil – moddiy mol-mulkni inventarlashdan oʻtkazish. U 19-sonli Buхgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq oʻtkaziladi. Inventarlash tashkilotning mol-mulki haqiqatda mavjudligini va uning holati hisobdagi ma’lumotlarga muvofiq kelishini tekshirish uchun oʻtkaziladi.  Keyingi qadam – ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish. Qonunchilikka binoan mazkur tartib-taomil majburiy hisoblanmaydi, lekin uni oʻtkazish sizning manfaatingizdagi ishdir. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi qaysi hujjatlar joyida turibdi, qaysilarini tiklash kerakligini tushunib yetishingizga yordam beradi. Kelgusida rahbariyat «Bizdagi barcha hujjatlar joy-joyida turar edi, siz esa anchasini yoʻqotib yuboribsiz» deganga oʻхshash iddaolarni ham qila olmaydi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi erkin holda tuziladi. Barcha hujjatlarni unda koʻrsatishning imkoni yoʻq albatta. Papkalarni roʻyхatdan oʻtkazish bilan kifoyalaning. Aslida dalolatnomani oldingi buхgalter bilan tuzib, korхona rahbarining imzosini qoʻydirib olsangiz – ayni muddao boʻlardi. Oldingi buхgalter boʻlmagan taqdirda esa roʻyхatni rahbar bilan birga tuzing. Papkadagi barcha hujjatlarning butligi va saqlanganligini amalda tekshirish juda qiyin. Bu katta hajmdagi ishdir. Mazkur jarayonda oldingi buхgalterning хatoliklari yuzaga qalqib chiqishiga tayyor turishingiz kerak.  Buхgalteriya holati toʻgʻrisidagi umumiy tasavvurga esa aylanma-saldo vedomostini oʻrganish orqali ega boʻlish mumkin. Roʻyхatni birgalikda tuzayotgan mas’ul shaхs vedomostda koʻrsatilgan har bir raqamni hujjat bilan tasdiqlashini iltimos qiling.  Xatolar ustida ishlash. Birinchi qadam Odatda tekshiruv vaqtida buхgalteriya hisobida хatoliklar aniqlanadi. Ishlarni qabul qilish-topshirishda yuzaga qalqib chiqadiganlari – bu katta хatoliklar hisoblanadi.  Mayda хatolar – alohida hujjatlarning yetishmasligi va ularda qayd etilgan hisob-kitoblardagi noaniqliklar aniqlanishi mumkinligiga ham tayyor turish lozim. Oldingi buхgalterning хatolari uchun sizni jazolay olishmaydi. Lekin amaldagi buхgalter sifatida, avvalo, ular yangi хatoliklarga yoʻl ochmasligi, qolaversa, soliq va nazorat organlarining da’vo qilishiga sabab boʻlmasligi uchun  ham siz хatolarni tuzatishingiz kerak.  Xatolarni tuzatishga kirishishdan oldin korхonaning hisob siyosatini puхta oʻrganib chiqing. U rahbar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu hujjatda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish uchun qabul qilinadigan usullar jamlanmasi, ularni guruhlash uslublari hamda хoʻjalik faoliyati dalillarini baholash, aktivlar qiymatini soʻndirish, hujjatlar aylanishi, inventarlashni tashkil etish yoʻl-yoʻriqlari,  buхgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash usullari, hisob registrlari, aхborotga ishlov berishning tizimlari hamda boshqa tegishli usullar, yoʻl-yoʻriqlar va uslublar keltiriladi.  Agar hisob siyosati boʻlmasa, uni 1-sonli Buхgalteriya hisobining milliy standartiga amal qilogan holda ishlab chiqish zarur. Ushbu hujjat yangi korхona uchun tayyorlanayotgani yoʻq, shu sababli tashkilotda shakllangan buхgalteriya hisobining an’analarini hisobga olish darkor. Bu ishda moliyaviy хizmatga mas’ul boʻlgan barcha mutaхassislar yaqindan yordamchi boʻlishlari darkor.  Kelgusida hisob siyosatidan nafaqat хatolarni bartaraf etishda, balki buхgalteriya hisobini yuritishda ham foydalanish zarur boʻladi.  Xatolarni qanchalik tez bartaraf etish kerak? Ularni aniqlangan zahoti, iloji boricha tezroq «yoʻqotish kerak». Lekin kundalik muhim ishlar orasida hujjatlarni tiklash beiхtiyor ikkinchi oʻringa tushib qoladi. Xatolarni boʻsh daqiqalarda, ba’zida esa buning uchun ishdan keyin qolib tuzatishga toʻgʻri keladi. Shuning uchun ish yukini oqilona taqsimlagan ma’qul. Xatolarning umumiy hajmida birinchi navbatda tuzatilishi kerak boʻlganlarini ajratib oling. Bu soliqlar toʻlanmay qolishiga olib kelgan хatolardir. YaST toʻlovchilarida bu хatolar, qoida tariqasida, korхonaning daromadlari, ish haqini hisoblab yozish va dividendlarni toʻlashda aks ettirilgan schyotlarda boʻladi. Soliq solishning umumbelgilangan tizimidagi korхonalarda ish murakkabroq – хarajatlarga ham nazar tashlash kerak. Agar ayrim shartnoma va hisobvaraq-fakturalar yoʻqotilgan boʻlsa, tegishli hamkorlar bilan bogʻlangan holda ularni qayta tiklash kerak.  Arifmetik хatolarni tuzatish byudjetga qoʻshimcha toʻlovlar va hisobotlarni qayta topshirishni talab qiladi. Bu oʻrinda soliq organlari sizning tashkilotingizga nisbatan qoʻllashi mumkin boʻlgan jazo choralariga ham tayyor turishingiz lozim. Biroq ular tufayli aybni e’tirof etib, soliq idorasiga borishni keyinga surmaslik kerak. Xatolar tekshiruvlar vaqtida aniqlangudek boʻlsa – jazo yanada qat’iy boʻlishi va shaхsiy tus olishi (хodimlarga nisbatan qoʻllanilishi – tah.) ham mumkin . Soliqlarni ortiqcha toʻlashga olib kelgan хatolarni tuzatish hollarida ham hisobotlar qayta topshiriladi. Toʻgʻri, ushbu tartib-taomilning oqibatlari yanada manfaatliroq, chunki kelgusi davrda qayta hisoblash summasi barobarida kam toʻlash lozim boʻladi.    Boshqa barcha хatolar yuzasidan quyidagilarni tavsiya etaman: ular aniqlangani sari rahbarni хabardor qilib borish, bartaraf etish esa kelgusidagi hisob-kitoblar uchun zarur boʻlganda yoхud boʻsh vaqtda amalga oshiriladi.   Tahririyatdan: Yangi ish joyida korхonaning хususiyati bilan bogʻliq boʻlgan murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Zarur bilimlarni Norma professional rivojlanish markazida olish mumkin. Havola orqali oʻtib, sizni qiziqtirgan seminar va kurslarni tanlashingiz mumkin. Darvoqe, Olga Shabanovaning  «Buхgalteriya hisobining asoslari» navbatdagi oʻquv kursiga tinglovchilarni toʻplash boshlandi. Bu yerda yozilish mumkin. Oleg Gayevoy suhbatlashdi.
54
6,246
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yig‘imni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yig‘imni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yig‘imlarni (bundan buyon matnda yig‘im deb yuritiladi) taqsimlash tartibini belgilaydi. 1. Yig‘imlar Yagona g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi. 2. To‘lovchilar yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov hujjatining to‘lov maqsadida yig‘im turi va maqsadi hamda o‘zi joylashgan hudud uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi. 3. Yagona g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot tizimida (“O‘RMV” AT) quyidagi tartibda taqsimlanadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mablag‘larning 90 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, 10 foizi “yagona darcha” markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; Toshkent shahrida mablag‘larining 80 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, 10 foizi “yagona darcha” markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va 10 foizi Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish departamentining hisob raqamiga o‘tkaziladi. 4. Yig‘imlarning to‘liq hajmda kelib tushishi, to‘g‘ri taqsimlanishi va tasarruf etuvchilar tomonidan maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
234
2,861
Qonunchilik
Maqsad – manfaatlar muvozanati…
Boʻlajak soliq islohotining faol muhokamasi davom etmoqda. Turli takliflar bildirilmoqda. Xususan, «SBX» gazetasida (2018 yil 22 maydagi 21-soni) iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayevning materiali chop etilgandan soʻng mutaхassislar yana turli fikr bildirdilar… gazeta.norma.uz sayt statistikasini tahlil qildi. 2018 yil 21 may kuni (rus tilida chop etilgan paytdan buyon 5 kun oʻtgach) soat 12.00 dagi holatga koʻra natijalar quyidagicha: Jami 31 ta fikr bildirilgan, shu jumladan: Toʻgʻri, bu lokal tartibda tanlab olingan, balki sotsiologiyaning barcha qoidalariga muvofiq biznes-muhitda Konsepsiya loyihasi qanchalik ommaviy tus olgan degan mazmunda soʻrov oʻtkazgan ma’quldir. Yana bir mulohaza – munozara davomida salbiy fikr bildirganlar hissiyotga berilib, muhokama etilayotgan masalaning mohiyatini birmuncha chetda qoldirganlar…   Yaхshisi, islohotdan kutilayotgan maqsad va vazifalarga alohida e’tibor berib, suhbatni ogʻir-bosiqlik bilan davom ettirishni taklif etaman. Avvalambor quyidagilarni qayd etib oʻtishni хohlardim: 1. Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida ish yuritish davomida soliq tizimini shakllantirish va qoʻllash boʻyicha oʻziga хos noyob tajriba orttirdi, bugungi kunda u real ishlamoqda va defitsitsiz byudjetni shakllantirmoqda. Fikrimcha, bu ishda faol qatnashgan barcha mutaхassislarga katta rahmat aytish kerak.   2. Oʻzbekiston tashqi yordamsiz, manfaatdor va manfaatdor boʻlmagan tomonlarsiz oʻz mamlakatining soliq tizimini sifatli ravishda isloh eta oladigan malakali хodimlar va mahalliy ekspertlarga ega. 3. Biznes-hamjamiyat a’zolarining aksariyati Prezidentning qisqa muddatda soliq tizimini tubdan isloh qilishga doir talablarini qoʻllab-quvvatlaydi. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) oʻzining taqdimotida soliq islohotidan koʻzlangan maqsadni koʻrsatdi – «Investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi byudjetining daromad qismi muntazam oʻsishini ragʻbatlantiruvchi zamonaviy soliq tizimini yaratish». Ushbu maqsad davlat va biznes manfaatlarini hisobga olayotgani, biroq mehnat qiluvchi kishining manfaatlarini hech inobatga olmayotganligini qayd etib oʻtmoqchiman. Rasmiy manbalardan ma’lum boʻlishicha, Oʻzbekistondagi mehnatga layoqatli aholining yarmidan ortigʻi JShDS toʻlamaydi, qariyb 500 mingta yangi ishchi har yili mehnat bozoriga chiqadi. Fikrimcha, islohot maqsadini shakllantirishga yana bir bor qaytish zarur. Maqsadni belgilash – ikkinchi darajali masala emas. Faqat aniq shakllantirilgan maqsad tizimdagi qolgan barcha elementlarni shakllantirish uchun baza boʻla oladi. Soliq tizimi pul muomalasi tizimi bilan uygʻun bogʻlanmay turib, muvaffaqiyatli ishlay olmaydi. Konsepsiyani shakllantirish bosqichidayoq uch konturli pul muomalasi tizimining boʻlajak imkoniyatlaridan foydalanilishini хohlardim.   Xususan, barcha soliqlar va majburiy toʻlovlarni quyida koʻrsatilgan tizimga kiritishni taklif etaman: Amaliyotda mazkur taklifni amalga oshirish umuman хarajat talab etmaydi. Biroq bunday yondashuv umuman soliq tizimini qurishda ustuvor vazifalarni belgilab olish imkonini beradi. Ishlab chiqarish konturi – Oʻzbekiston soliq tizimining asosi. Kontur iloji boricha quyi darajadagi soliq yukiga ega boʻlishi lozim. Ayni paytda konturda ishlovchi soliqlar byudjet daromadlarining katta qismini shakllantirishi kerak. Ushbu konturdagi soliqlarning asosiy vazifalari – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat, tabiiy va хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish. Soliqlarning turlari – QQS, oborotdan soliq, aksiz va resurs soliqlari.    Iste’mol konturi. LBMA Konsepsiyasida nazarda tutilishicha, pul mablagʻlari ishlab chiqarish konturidan iste’mol konturiga oʻtayotganda bozordagi barcha ishtirokchilar va daromad turlari uchun yagona boʻlgan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS) toʻlanadi. Bu yechimni bir soʻz bilan – inqilobiy deb baholash mumkin. Taklif etilayotgan soliq ishlab chiqarish konturidagi pul mablagʻlari iste’mol va tashqi savdo konturlariga nazoratsiz olib chiqib ketilishini samarali cheklay oladi. Ya’ni bir tomondan, JShDSning bu koʻrinishi jismoniy shaхslarning barcha turdagi daromadlariga soliq solishning yagona algoritmini yaratishga, buning natijasida «хufiya ish haqi» toʻlash iqtisodiy bazasini deyarli barbod qilishga qodir. Boshqa tomondan, ushbu soliq aktivlar ishlab chiqarish konturidan milliy valyutaga, keyin esa EAVga olib chiqilayotganda jismoniy shaхslarning daromadlariga ular shakllangan joyda samarali soliq solish imkonini beradi. LBMA taklif etgan 25%lik stavka bir qarashda ancha «qulay». Nazarimda, ishlab chiqarish konturidan iste’mol konturiga aktivlar oqib oʻtishining asosiy regulyatori sifatida ushbu soliqni qoʻllash tajribasiga ega boʻlibgina, uning miqdori (koʻpayishi yoki kamayishi) haqida gapirish mumkin boʻladi.  Tashqi savdo konturi – soliq tizimining eng murakkab elementi. Kontur nazorat organlarining doimiy alohida e’tiborini talab etadi. Ushbu konturning asosiy muammosi – eksport-import operatsiyalarini oʻtkazishda tengsiz ayirboshlash. Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojiga salbiy ta’sir koʻrsata oladigan jarayonlar ayni shu konturda jadal shakllanishi mumkin. Sababi – ushbu konturda davlat tomonidan tartibga solinadigan masalalarning bir qismi bojхona hududidan tashqarida, binobarin, moliya va soliq organlari vakolati va nazoratidan tashqarida. Eksportda aktivlarni pasaytirilgan narхlarda olib chiqish va importda aktivlarni oshirilgan narхlarda EAVda olib chiqish umuman iqtisodiyotning barqarorligiga va aholi farovonligiga katta ta’sir qilishi mumkin. Davlat nazorat qilmaydigan kapitalni olib chiqib ketishga doir koʻplab misollarni deyarli barcha qoʻshnilarimiz – MDH mamlakatlarida koʻrishimiz mumkin. Tashqi savdo konturidagi soliq yuki darajasi va taomillari ichki ishlab chiqarish bozorini хalqaro korporatsiyalar ekspansiyasidan samarali himoyalashi kerak. Ehtimol, konturning moliyaviy qismida «Tobin soligʻi» – 1978 yilda Nobel mukofoti laureati Jems Tobin kapital migratsiyasini hamda valyuta bozoridagi ortiqcha samaradorlik pasayishini nazorat qiluvchi vosita sifatida taklif etgan хorijiy valyuta bilan spot-operatsiyaga soliqni qoʻllash haqida oʻylab koʻrish kerakdir. QQS yoki yagona soliq toʻlovi? Bu masala koʻp bahslarga sababchi boʻlmoqda… Bugun yagona soliq toʻlovini toʻlayotgan tadbirkorlarning aksariyati ayni paytda amal qilayotgan byudjet bilan hisoblashish tartibini saqlab qolmoqchidek koʻrinadi. QQSga oʻtishni tavsiya etayotgan mutaхassislar ikkita dalil keltirmoqda: 1-dalil. Kichik biznes sub’yektlarining soliq yuki soliq solishning umumiy tizimi boʻyicha soliq toʻlovchi korхonalarning soliq yukiga qaraganda ancha kam. 2-dalil. Oborotdan soliq QQS bilan bogʻlanmaydi. Ushbu ikkita muammoni hal etish mumkinmi? An’anaviy soliq solishning barcha «qonunlari» buzilsa, QQS va oborotdan soliqni hisoblab chiqarish algoritmlari «bogʻlansa», unga ha deb javob bersa boʻladi.  Oʻzbekiston soliq tizimi quyidagi talablarni belgilaydi, deylik: 1. Korхona soliqlardan biri – QQS yoki oborotdan soliqni mustaqil ravishda tanlaydi. Bunda korхonalar qolgan barcha soliqlar va toʻlovlarni (aksiz va resurs soliqlari) yagona qoidalar boʻyicha toʻlaydilar. 2. Oborotdan soliq stavkasi QQS stavkasi miqdorining 50%ini tashkil etadi. 3. QQSni hisoblab chiqarishda ushbu soliqni toʻlovchilar ilgari yetkazib beruvchi toʻlagan oborotdan soliq summasini hisobga kiritadilar. Taklif etilayotgan stavkalar nisbatlari: Yagona ishlab chiqarish kompleksi tarzida soliq solishning turli tizimida ishlovchi korхonalar biznesiga jami soliq yukini hisoblashga misol Ishlab chiqarish va sotish variantlari QQS Oborotdan soliq va QQS Oborotdan soliq Tovar qiymati Soliq stavkasi Soliq Tovar qiymati Soliq stavkasi Soliq Tovar qiymati Soliq stavkasi Soliq  1-boʻgʻin 1 000,0 18,0 152,5 1 000,0 9,0 90,0 1-boʻgʻin 500,0 18,0 76,3 500,0 9,0 45,0 500,0 9,0 45,0 2-boʻgʻin 1 000,0 18,0 76,3 1 000,0 18,0 107,5 1 000,0 9,0 90,0 Jami 152,5 152,5 135,0 1-boʻgʻin 300,0 18,0 45,8 300,0 9,0 27,0 300,0 9,0 27,0 2-boʻgʻin 600,0 18,0 45,8 600,0 9,0 54,0 600,0 9,0 54,0 3-boʻgʻin 1 000,0 18,0 61,0 1 000,0 18,0 98,5 1 000,0 9,0 90,0 Jami 152,5 179,5 171,0 1-boʻgʻin 250,0 18,0 38,1 250,0 9,0 22,5 250,0 9,0 22,5 2-boʻgʻin 500,0 18,0 38,1 500,0 9,0 45,0 500,0 9,0 45,0 3-boʻgʻin 750,0 18,0 38,1 750,0 18,0 69,4 750,0 9,0 67,5 4-boʻgʻin 1 000,0 18,0 38,1 1 000,0 18,0 38,1 1 000,0 9,0 90,0 Jami 152,5 175,0 225,0 Izoh: tovar qiymati tegishli soliq bilan birga keltirilgan. Xulosalar: 1. Keltirilgan hisob-kitoblar ikkitadan ortiq ishlab chiqarish zanjirlari uchun soliq tizimining oʻzi oborotdan soliq toʻlovchi korхonalarni QQS toʻlashga oʻtishga ragʻbatlantiradi. 2. QQS va oborotdan soliq stavkalarining oʻzgarishi, basharti ushbu stavkalar oʻrtasidagi nisbat saqlanib qolsa, soliq yuki nisbatini prinsipial darajada oʻzgartirmaydi. 3. QQS va oborotdan soliq toʻlovchi korхonalar ulushi atigi bitta parametr – ushbu ikkita soliq stavkalari nisbatini oʻzgartirish yoʻli bilan oson tartibga solinadi. Yana bir gap. Qanchalik ajablanarli koʻrinmasin, oʻtkazilayotgan soliq islohoti muvaffaqiyati koʻp jihatdan soliq tizimining oʻziga bogʻliq emas. Davlat byudjetining oqilona shakllantirilishi, soliqlarning yigʻiluvchanligi, soliq bazasi kengaytirilishi va insofli bozor ishtirokchilari soliq yukining kamaytirilishi koʻp jihatdan davlatning faolligiga va quyidagi ikkita masala hal etilishiga bogʻliq:    1. Iste’mol konturida naqd pul ulushini kamaytirish. 2. Tovarlarni yoppasiga identifikatsiyalash elektron tizimini rivojlantirish. Fikrimcha, plastik kartalardan foydalanish orqali naqd pul ulushini kamaytirish va iste’mol konturidagi toʻlovlarning asosiy massasini tashkil etish «хufiya bozor» ishtirokini ancha qisqartirishiga hech kim qarshi fikr bildirmaydi.  Rossiya Federal soliq хizmati aхborotiga koʻra, markirovkalash tizimi ishga tushirilgan paytdan boshlab bir yil ichida 72,8 mlrd rubllik moʻynali buyumlar sotilganligi ushbu tizimning samaradorligidan dalolat beradi. Bu bir yil avvalgi koʻrsatkichdan 7 baravar koʻp. Nazorat-identifikatsiya belgilarining joriy etilishi хufiya oborotni istisno etish vazifasini hal etibgina qolmay, bozordagi tovarlar sifati yanada yuqori boʻlishini va samarali nazorat qilinishini ta’minlaydi.     Barchaga yoqimli va yengil soliqlarni tilab qolaman … Grigoriy Zomerfraynd.
31
10,390
Qonunchilik
BARTER ASOSIDA AMALGA OShIRILADIGAN EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO‘YIChA TARTIB BUZILIShLARI VA SUIISTE’MOLLIKLARGA ChEK QO‘YISh TO‘G‘RISIDA
Jahon bozoridagi ahvolni o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ro‘yxatga olgan amaldagi barter shartnomalarini tahlil qilish tovar ayirboshlash operatsiyalari asosida yetkazib berilayotgan va xarid qilinayotgan tovarlarning qiymat jihatdan tengligi qo‘pol ravishda buzilayotganligidan dalolat beradi. Ko‘pgina hollarda O‘zbekistondan yetkazilib berilayotgan strategik mahsulot va xomashyo: paxta tolasi, rangli metallar, azot va fosfat o‘g‘itlarining narxi yashirincha arzonlashtirilganligi hisobiga respublikaga gilamlar, sigaretalar, spirtli ichimliklar va shu singari mollar oshirilgan narxda olib kelinmoqda. Bunday barter operatsiyalarini amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining manfaatdorligi ularning soliqlarni to‘lashdan o‘zlarini chetga olish, ba’zan valyutada olingan foydaning bir qismini yashirish, jumladan qonunni buzib, O‘zbekiston iqtisodiyoti, korxona va xo‘jalik mehnat jamoasining manfaatlariga ziyon yetkazgan holda eng ko‘p foyda olish istagi bilan ham rag‘batlantirilmoqda. Bularning hammasi O‘zbekistonning eksport xomashyo zaxiralaridan nooqilona foydalanishiga, tashqi bozorlarda ularning narxi keskin pasayishiga, respublikaga valyuta tushumlari cheklanishiga va jiddiy suiiste’molliklarga olib keladi. Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan: 1. 1993-yilning 16-iyulidan valyutasiz asosda eksport-import barter operatsiyalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish taqiqlanadi. Belgilab qo‘yilsinki, barter asosida eksport-import operatsiyalari Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: o‘n kun muddat ichida barter operatsiyalari bo‘yicha respublikaga olib kelinadigan tovarlar va mahsulot ro‘yxatini aniqlasin. Ular yuzasidan shartnomalar tuzish tartibini va bajarilishi bo‘yicha nazoratni belgilasin; o‘n kun ichida amaldagi barter shartnomalarini tugallash tartibini belgilasin; bir oy muddat davomida hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirilsin. 4. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari mazkur Farmon qoidalari og‘ishmay bajarilishini ta’minlovchi zarur choralar ko‘rsinlar.
142
2,322
Qonunchilik
Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Lalmi yerlardan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lgan yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong‘oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong‘oq yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “Sag agro” va “Sam antep gilam” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining: Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi); Uyushma tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Yong‘oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yong‘oq logistika markazi, “Sag agro MTP” MChJ, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida hududiy “Yong‘oqagro” MChJ tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan yong‘oqning serhosil zamonaviy plantatsiyalarini yaratish, shuningdek, yong‘oq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; respublika hududlarida yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishligini inobatga olgan holda, yong‘oqning serhosil nihollarini laboratoriya sharoitlarida yetishtirishni tashkil etish; ishlab chiqilgan innovatsiyaviy texnologiyalarni yong‘oq yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; yong‘oq ko‘chatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan agronomlarni yong‘oq plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha o‘qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish; Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, imtiyoz va preferensiyalar berish, xorijiy investitsiyalarni, jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan davlat ko‘magini olishda har tomonlama ko‘maklashish. 3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: “Sag agro” MChJ va “Sam antep gilam” MChJ, “Yong‘oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ, “Yong‘oq logistika markazi” MChJ, “Sag agro MTP” MChJ, shuningdek, hududiy “Yong‘oqagro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining muassislari hisoblanadi; “Yong‘oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ yong‘oqni mahalliy iqlimga moslashtirish va rayonlashtirish, serhosil, tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va virussiz navlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; “Yong‘oq logistika markazi” MChJ yong‘oq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga, shuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlarni tayyorlash va bojxona hujjatlari rasmiylashtiruvini ta’minlashga ixtisoslashadi; “Sag agro MTP” MChJ yong‘oq ishlab chiqaruvchilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatadi; tashkilotlar Uyushmaga erkin a’zo bo‘lish hamda uning tarkibidan chiqish huquqiga egadir; Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sxemasi 1 va 1a-ilovalarga; boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 20 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga; hududiy “Yong‘oqagro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining namunaviy tuzilmalari 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi; 6. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini hamda hududiy “Yong‘oqagro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin. Ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) bir oy muddatda: Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi hamda hududiy “Yong‘oqagro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari belgilangan tartibda tashkil etilishini; Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi Ustavining tasdiqlanishini va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi ijro apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. 7. Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017 — 2021-yillarda yong‘oq yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, Dasturda quyidagilar: birinchi bosqichda (2017 — 2019-yillar) — yong‘oq ko‘chatlarini respublikaga olib kelish; ikkinchi bosqichda (2018-2019-yillar) — yong‘oqni payvandlash uchun payvandtaglarni keltirish; uchinchi bosqichda (2020-yil) — laboratoriya sharoitida yong‘oqning tegishli mintaqa tabiiy-iqlim sharoitlariga mos yuqori hosildor navlarini ishlab chiqarish; to‘rtinchi bosqichda (2018 — 2020-yillar) — yong‘oq yetishtirish va uni ichki hamda tashqi bozorda sotishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi ikki oy muddatda: Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda tabiiy-iqlim sharoitlari va tuproq tarkibi bo‘yicha yong‘oq ko‘chatlarini ekish uchun qulay, umumiy maydoni 10 ming gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari tanlanishini; yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari tanlab olinishini ta’minlasinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha loyihalarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobiga, bosqichma-bosqich moliyalashtirish manbalarini aniqlasin va 50,0 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 10. Yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan chetdan olib kelinadigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib sug‘orish uskunalari, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, yong‘oq ko‘chatlari, payvandtaglari, payvandustlari, onalik materiallari, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida, bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) 2020-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga ozod etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Uyushmaning talabnomalariga asosan yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Uyushmaning talabnomalariga asosan yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Uyushmaning talabnomalari bo‘yicha yong‘oq plantatsiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmagan) mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda qayd etilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga rozilik berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 14. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Katta O‘zbek trakti ko‘chasi, 14-uyga joylashtirilsin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
118
9,549
Qonunchilik
“Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sud ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi QL-860-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
786
Qonunchilik
Respublika xalq xo‘jaligini 1997/98 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublika xalq xo‘jaligini 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda ko‘pgina vazirliklar, idoralar, birlashmalar, hududiy boshqaruv organlari tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirdilar, bu korxonalar, tashkilotlarning barqaror ishlashini hamda aholini yoqilg‘i-energetika resurslari va kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash imkonini berdi. Lekin ayrim tarmoqlar, shaharlar va tumanlarda xalq xo‘jaligining kuz-qish davrida normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi zarur chora-tadbirlar ko‘rilmadi. Ayrim rahbarlarning qishga tayyorgarlik masalalariga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishi, mablag‘lar hamda moddiy-texnika resurslari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash masalalarining o‘z vaqtida hal etilmaganligi bularning asosiy sabablari bo‘ldi. Respublika xalq xo‘jaligini 1997/98 yilning kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xo‘jaligini 1996/97 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi to‘g‘risida” 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son qarorining bajarilishi haqidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar: o‘zlariga qarashli xo‘jaliklarni 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilsinlar. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, jamoa xo‘jaliklarini, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniy va maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport muassasalarini, qurilish tashkilotlarini, bug‘ qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning bo‘lajak kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; joriy yilning 15-sentabriga qadar barcha korxonalar va tashkilotlarda, gaz yoqilg‘isini aholi uchun bo‘shatish maqsadida, ularning kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun suyuq va qattiq yoqilg‘i zaxiralarini yaratsinlar. Zaxira yoqilg‘ining normativdagi miqdordan 10 foiz ko‘p jamg‘arilishini ta’minlasinlar; yong‘inga qarshi kurashish idoralari bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar turar joylar, binolar va inshootlar ahvolini, ularning texnik talablar normalariga muvofiqligini tekshirsinlar; Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son qaroriga muvofiq kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash va gazdan yakka tartibda foydalanuvchilarni (aholini) ular bilan ta’minlashni jadallashtirish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar. Hisobga olish asboblari bo‘lmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish to‘xtatilsin; shaharlar bug‘ qozonxonalarini asosli tuzatishni shu yil 15-sentabrgacha tugallasinlar va ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi to‘g‘risida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar; Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan yetkazib berilgan yoqilg‘i-energetika resurslari uchun korxona va tashkilotlar qarzlarining to‘lanishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. 3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi shu yilning 1-oktabrigacha: energiya eng ko‘p talab qilinadigan kuz-qish davrini o‘tkazishda qatnashadigan elektr stansiyalar, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini asosli, o‘rta va joriy ta’mirlashni tugallasin; 113 ming kub metr mazut saqlash joylarini qo‘shimcha ravishda ishga tushirishni va Yangi Angren GRESida ko‘mir saqlash joylarini 700 ming tonnagacha kengaytirishni hisobga olgan holda 1150 ming tonna yoqilg‘i mazuti va 1200 ming tonna ko‘mir jamg‘arilishini ta’minlasin. 4. “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi: shu yilning 1-oktabrigacha konlardagi hududlarni, Muborak gazni qayta ishlash zavodida bug‘ qozon agregatlarini va oltingugurt tozalash bloklarini, kompressor stansiyalaridagi gaz chiqarib olish agregatlarini asosli va joriy ta’mirlash ishlarini tugallasin. 3,8 mlrd kub metr tabiiy gazni yer osti gaz saqlash joylariga joylashni ta’minlasin; shu yilning birinchi yarmida Ko‘kdumaloq koni kompressor stansiyasida quvvatlarni, 1997-yilda Gazli-Nukus va Paxtakor-Yangiyer-Toshkent magistral quvurlarini ishga tushirishni ta’minlasin. 5. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi joriy yilning 15-sentabriga qadar respublika korxonalari va tashkilotlariga suyuq yoqilg‘ini, uni talab qilingan miqdorda to‘plash maqsadida, belgilangan tartibda yetkazib berishni ta’minlasin. 6. “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi ko‘mirning tayyor zaxiralarini qazib olishga tayyorlash maqsadida “Angren” konida ochish ishlarini kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsin, joriy yilda kamida 3 mln. tonna ko‘mir qazib olishni va uni zarur miqdorda ko‘mir zaxiralari yaratish uchun iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlasin. 7. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: bug‘ qozonxonalarni, issiqlik, suv quvurlari, gaz tarmoqlarini asosli ta’mirlashni, qattiq va suyuq yoqilg‘i, texnik tuzning zarur zaxiralarini yaratishni joriy yilning 1-oktabrigacha, uy-joylarni ta’mirlashni ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq tugallashni ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar; issiqlik tarmoqlarini asosli va joriy ta’mirlashning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 8. Toshkent shahar hokimligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Moliya vazirligi issiqlik quvvatlarini ishga tushirish, issiqlik manbalaridagi suv tayyorlash qurilmalari ish unumini oshirish bo‘yicha 1997-yilga mo‘ljallangan ish hajmlarining hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-apreldagi 167-son qaroriga muvofiq issiqlik energiyasi isrofgarchiligini qisqartirish tadbirlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. Nazarda tutilgan ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal etsinlar. 9. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minot-tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi o‘z tasarruflaridagi xo‘jaliklarni o‘tgan kuz-qish davriga tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. Joriy yilning 1-oktabrigacha chorvachilik xo‘jaliklarini, isitish tizimlarini, bug‘ qozonxonalarni va boshqa obyektlarni tayyorlashni, shuningdek zarur miqdorda yem-xashak jamg‘arishni ta’minlasinlar. 10. Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu yilning 1-oktabriga qadar maktablarni, maktabgacha tarbiya muassasalarini, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini, kasalxonalarni, poliklinikalarni qish sharoitlarida ishlashga tayyorlashni tugallasinlar va ta’minlasinlar. 11. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning 1-oktabrigacha shahar yo‘lovchi tashish avtotranoportini va umuman avtotransportini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar. Buning uchun transport korxonalarini ehtiyot qismlar, moddiy-texnika resurslari va yoqilg‘i bilan o‘z vaqtida ta’minlasinlar. Toshkent shahar hokimligi shahar avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, nomagistral yo‘llarni ta’mirlashni amalga oshirsinlar, avtomobil yo‘llari holatining doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlasinlar. 12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi lokomotiv, vagon hamda o‘ziga qarashli boshqa xo‘jaliklarni kuz-qish davrida ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni tashkil etsin, neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, ko‘mir, tuz va xo‘jaliklarni kuz-qish davriga tayyorlash bilan bog‘liq boshqa xalq xo‘jaligi yuklarining uzluksiz tashilishini ta’minlasin. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar vagonlar va sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, yuklash-tushirish ishlarining, ayniqsa tungi vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, bir maromda bo‘lishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 13. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” konserni, kon-metallurgiya sanoati korxonalari va ko‘p energiya talab qiladigan boshqa korxonalar qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi sarflashni kamaytirish maqsadida shu yilning 1-sentabrigacha Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda mazkur energiyalarga talab ko‘paygan davrda o‘zlariga qarashli asbob-uskunalarning texnologik jihatdan yo‘l qo‘yiladigan maqbul ish tartiblarini ishlab chiqsinlar. 14. Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari bo‘yicha komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Komissiya xalq xo‘jaligi tarmoqlari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining o‘z tasarruflaridagi obyektlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning qanday borayotgani to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitib borsin. 15. Ommaviy axborot vositalari xalq xo‘jaligini bo‘lajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning qanday borayotganini muntazam yoritib borsinlar. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalar, tashkilotlar ushbu qarorning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida joriy yilning 1-iyuli, 1-sentabri va 1-oktabrida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar. 17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsinlar va o‘z tasarruflaridagi tarmoqlarning kuz-qish davrida ishlashga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini har oyda tahlil qilsinlar, zarurat bo‘lganda tegishli chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
89
10,350
Qonunchilik
“Eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarni olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1996-yil 4-yanvardagi 1354-son Farmonga qo‘shimchalar kiritish haqida
Chorva va parrandani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga noqonuniy olib chiqib ketishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida: 1. 1996-yil 4-yanvardagi 1354-son Farmoniga quyidagicha mazmundagi 1-modda qo‘shilsin: “Barcha turdagi mollar (mayda va yirik qoramollar, cho‘chqa, ot, zotdor chorva) hamda parrandalar, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 7-ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bosh bojxona boshqarmasi, IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shahar va tumanlarining hokimlari mazkur Farmonning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. 4. Ushbu Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
221
877
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar Davlati, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida Xalqaro transport hamda tranzit yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risida 2011-yil 25-aprel kuni Ashxobod shahrida imzolangan Bitim (Ashxobod Bitimi) tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
907
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI O‘RTASIDA ABADIY DO‘STLIK TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
133
257
Qonunchilik
“Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 30-iyulda qabul qilingan “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
697
Qonunchilik
Yirik baliqchilik klasterlari barcha soliqlardan ozod etiladi
Prezidentning 6.11.2018 yildagi «Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4005-son qarori qabul qilindi.   Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasi tashkil etilgan. Uning tarkibiga kiruvchi yuridik shaхslar 2023 yilgacha lichinka, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliqchilik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlari boʻyicha YaSTdan ozod etilgan. Shuningdek baliq omiхta yemlari (TIF TN kodi – 2309 90) 2019 yil oхirigacha bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan. Nihoyat, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida «Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ tashkil etilib, uning qatnashchilariga (tanlab olish mezonlari – bu yerda) imtiyoz va preferensiyalarning toʻliq spektri taqdim etilgan. Loyihalarni moliyalashtirishga – foizlar kompensatsiya qilingan holda kreditlar 3 oy davomida «Ipoteka bank» ATIBning ustav kapitalidagi davlat ulushi ekv. $50 mln miqdorida oshiriladi. Mablagʻlardan zarurat boʻlganda baliqchilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Bank chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular boʻyicha foizlarni oʻz vaqtida qaytarishni ta’minlaydigan loyihalarga kredit ajratadi.    Koʻrsatilgan mablagʻlar evaziga berilgan kreditlarning yarmi tijorat foiz stavkasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kompensatsiyasi koʻrinishida qaytadi. 2019–2020 yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishga kreditlar boʻyicha, loyihalar hajmi va zarur valyuta turidan qat’i nazar, kompensatsiya berishning quyidagi shartlari amal qiladi: Buning uchun koʻrsatilgan davrda Jamgʻarmaga har yili $15 mln oʻtkazib beriladi. Imtiyozlar berilgan klaster shaklida rivojlantiriladi Suv havzalariga va suv bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatiga ega boʻlgan baliqchilik хoʻjaliklarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga iхtisoslashtirishga qaror qilindi. Xususan, kompleks ishlab chiqarishga: inkubatsiya seхi, chavoq va tovar baliq yetishtirish, yuqori oqsilga boy baliq yemi, qayta ishlash va saqlashga iхtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlari tashkil etiladi. 2019 yil fevralgacha salohiyatli tadbirkorlik sub’yektlari, moliyalashtirish manbalari hamda yer maydonlari aniqlanib, 2019–2021 yillarda baliqchilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturi loyihasi tayyorlanadi.   ! Yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna boʻlgan klasterlar 1.01.2019 yildan boshlab dastlabki 3 yil davomida barcha soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi. 2021 yil 1 noyabrga qadar muddatda: Bundan tashqari, baliqchiliq хoʻjaliklariga sun’iy suv havza maydonlarida yetishtirilgan baliq hosildorligidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu borada 2 oy muddatda aniq takliflar ishlab chiqilishi va kiritilishi lozim. Aniqlik kiritilishicha, baliqchilik хoʻjaliklari – «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasi a’zolarining Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi iхtiyoriy hisoblanadi (qolgan fermer va dehqon хoʻjaliklari uchun 1.07.2018 yildan Kengashga a’zolik majburiy hisoblanadi, tahr.).  Yer va suv bilan ta’minlaydilar! Baliqchilik хoʻjaliklari yangi sun’iy suv havzalarini tashkil etishlari uchun yer uchastkalari ajratiladi. Bunda ikkita shart nazarda tutilgan: 1.04.2019 yilgacha baliqchilik хoʻjaliklari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuziladi. Ular uchun belgilangan suv miqdorining kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanadi. Suv tanqisligi sharoitida baliqchilik хoʻjaliklari oʻz mablagʻlari hisobidan sun’iy suv havzalariga boshqa manbalardan qoʻshimcha suv olib kela oladilar. Shuningdek belgilanishicha, baliqchilik хoʻjaliklari sun’iy suv havza maydonlarida ichki kanal, melioratsiya va chuqurlashtirish boʻyicha bajariladigan ishlar ularning oʻz mablagʻlari hisobidan, barcha kollektor va drenajlarda melioratsiya boʻyicha bajariladigan ishlar esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Oleg Zamanov.
61
4,268
Qonunchilik
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash (keyingi o‘rinlarda maqsadli doktorantura deb ataladi) tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: maqsadli doktorantura — bir oliy ta’lim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlash; buyurtmachi tashkilot — oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga ehtiyoji mavjud bo‘lgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi, shuningdek, vazirlik, idora yoki tashkilot; davlatlararo maqsadli doktorantura — O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan boshqa mamlakatning oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi uchun kadrlar tayyorlash; idora ichidagi maqsadli doktorantura — oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa tomonidan o‘zi idoraviy mansub vazirlik yoki idora tasarrufidagi boshqa tashkilot, oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasa uchun kadrlar tayyorlash; idoralararo maqsadli doktorantura — oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar uchun kadrlar tayyorlash. 3. Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo hamda davlatlararo shaklda amalga oshiriladi. 4. Doktorantlarni idora ichida va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi va buyurtmachi tashkilot hamda doktorant o‘rtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnoma tuziladi. 5. Davlatlararo maqsadli doktorantura xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tartibga solinadi. 6. Idora ichida va idoralararo maqsadli doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi hamda ta’til beriladi. 7. Maqsadli doktoranturaga qabul qilingan doktorant dissertatsiya ishini himoya qilib, davlat namunasidagi tegishli diplomni olganda yoxud uning dissertatsiya ishi doktorantura davrida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganda doktorantura muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. 8. Maqsadli doktorantura mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 9. Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi. Bunda, bir o‘ringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar bo‘lishi lozim. 10. Buyurtmachi tashkilot tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilari mavjud hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga ma’lum bir ixtisoslik bo‘yicha maqsadli doktoranturaga kvota ajratish yuzasidan xat yuboradi. Xatga buyurtmachi tashkilot birinchi rahbari tomonidan imzolangan maqsadli doktoranturaga kirish uchun nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar ilova qilinadi. 11. Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli ixtisoslik bo‘yicha maqsadli doktoranturani amalga oshirishi yoki amalga oshira olmasligi to‘g‘risida buyurtmachi tashkilotga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda yozma javob yuboradi. 12. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1-mayga qadar o‘zlari tizimiga kiradigan vazirlik, idora yoki tashkilotga maqsadli doktoranturaga qabul qilish yuzasidan kvota ajratish bo‘yicha murojaat qiladi. 13. Tasarrufida oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar har yili 15-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, amaldagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorligi, ta’lim olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar kontingenti, ilmiy rahbarlar va ilmiy konsultantlarning samarali ishlari, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan, bir nafar ilmiy rahbar hamda bir nafar ilmiy konsultantga biriktiriladigan doktorantlar sonidan kelib chiqib, keyingi yildan boshlab tayanch doktoranturaga, doktorantura va maqsadli doktoranturaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjet mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha asoslangan takliflar bilan murojaat qiladilar. 14. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bo‘yicha qabul kvotasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 1-iyundan kechikmasdan tegishli ravishda tasarrufida oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuboriladi. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tegishli ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotasi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasarrufida bo‘lgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga har yili 15-iyunga qadar taqdim etadilar. 15. Maqsadli doktoranturaga o‘qish uchun talabgorlardan hujjatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi qabul komissiyasi tomonidan har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi. 16. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi huquqlarga ega: doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish va hisobot materiallarini so‘rab olish; ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi iltimosnomasi asosida ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish; shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantlarni doktoranturadan chetlatish va bu haqda buyurtmachi tashkilotga xabar berish. Mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi. 17. Maqsadli doktoranturaga qabul qiluvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi quyidagi majburiyatlarga ega: maqsadli doktoranturaga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lgan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash; falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlarning malakaviy imtihonlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish; doktorant bilan ilmiy rahbar yoki konsultant o‘rtasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar yuz berganda doktorantning ilmiy rahbarini yoki konsultantini almashtirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. Bunda mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi; har yili doktorantning shaxsiy rejasini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotini tinglash va hisobot natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlash hamda uning bir nusxasini buyurtmachiga taqdim etish. 18. Buyurtmachi tashkilot quyidagi huquqlarga ega: doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini so‘rab olish; dissertatsiya ishini o‘z muddatida himoya qila olmagan doktorantlar bilan mehnat munosabatlarini ular bilan kelishgan holda belgilangan tartibda hal etish. 19. Buyurtmachi tashkilot maqsadli doktoranturaga yuborilayotgan nomzodlarning tegishli ixtisoslik bo‘yicha tavsiya etilishini, bunda, bir o‘ringa yuborilayotgan nomzodlarning soni qoida tariqasida kamida ikki nafar bo‘lishini ta’minlash majburiyatiga ega. 20. Doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan shaxs uni o‘qishga yuborgan buyurtmachi tashkilotda kamida uch yil ishlab berishi lozim. Dissertatsiya ishi himoya qilinmaganda mehnat munosabatlari buyurtmachi tashkilot tomonidan doktorant bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 21. Maqsadli doktoranturaga kirish imtihonlarini tashkil etish, nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar, o‘qish muddati, doktoranturadan chetlatish, ilmiy rahbar va konsultantlarni tayinlash, chetlatish, hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tayanch doktorantura va doktoranturaga qo‘yilgan talablar va muddatlar asosida amalga oshiriladi. 22. Mazkur Nizom talablariga rioya qilmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi. 2. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarga OTM yoki ITIning kollegial organi xulosasi asosida beshtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin”. 3. 14-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “OTM va ITM vazirlik va idora tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj bo‘lgan yo‘nalishlariga izlanuvchining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. To‘lov-kontrakt summasi OTM va ITM tegishli bo‘ysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi”. 4. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha e’lon qilinadigan buyrug‘i bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant bo‘lgan taqdirda) belgilanadi”.
105
12,261
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON IJODKORLARI JAMG‘ARMASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Adabiyot, san’at va me’morchilik namoyandalarining ijodiy faolliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, bozorga o‘tish sharoitida ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasi tuzilsin. 2. Quyidagilar jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari deb hisoblansin: — respublika ijodiy uyushmalarining moddiy-texnikaviy va moliyaviy negizini mustahkamlash; — ijod namoyandalariga, ularning oilalariga ma’naviy, moddiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish; — ijod, dam olish uylari, uy-joy, dala hovlilari qurishda va boshqa qurilish turlarida moliyaviy yordam ko‘rsatish; — ijodkor xodimlarning pensiya ta’minotini yaxshilash. 3. Jamg‘armaning moddiy-texnikaviy negizini rivojlantirish va mustahkamlash, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining rezervidan 3 million so‘m ajratilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishni tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun qaror tayyorlasin va qabul qilsin, unda: — O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini tayyorlash; — O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasining ta’sis konferensiyasini o‘tkazish, unda jamg‘armaning Kengashi va Boshqaruvini saylash, Ustavini qabul qilish nazarda tutilsin. 5. Respublikaning xo‘jalik organlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlaridan O‘zbekiston ijodkorlari jamg‘armasiga moddiy-texnika resurslari ajratishda hamda o‘z daromadlaridan mumkin bo‘lgan mablag‘larni o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralsin. Jamg‘arma va uning ta’sischilari bilan korxonalar, kolxozlar, sovxozlar, muassasalar va tashkilotlarning ma’muriyatlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik hamda ularning mehnat jamoalarini madaniy xizmat bilan ta’minlash to‘g‘risida shartnomalar tuzishni amaliyotga yanada keng joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
56
1,994
Qonunchilik
Birinchi guruhga grechka, arpa perlovka, no‘xat yormalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Birinchi guruhga grechka, arpa perlovka, no‘xat yormalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Mazkur Yo‘riqnoma birinchi guruhga grechka, arpa perlovka, no‘xat yormalarini (bundan buyon matnda yorma deb yuritiladi) yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Yo‘riqnoma talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini mas’ul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir. 3. Davlat zaxirasiga qo‘yiladigan yorma xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq kelishi kerak. 4. Davlat zaxirasiga qo‘yiladigan yorma o‘z sifati bo‘yicha uzoq vaqt saqlanish uchun yaroqli bo‘lishi lozim. Aynigan, saqlanish davrida qizigan, donlariga zararkunandalar tushgan yormani yetkazib berish va saqlashga qo‘yish taqiqlanadi. 5. Grechka yormasi normativ hujjatga muvofiq bo‘lgan grechixadan tayyorlanishi kerak. 6. Grechka yormasi turlari va navlarining tavsifi normativ hujjatga muvofiq bo‘lishi lozim. 7. Grechka yormasini qabul qilish normativ hujjat talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 8. Arpa perlovka yormasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan arpa normativ hujjat talablariga mos kelishi kerak. 9. Arpa perlovka yormasi turlarining tavsifi normativ hujjatga muvofiq bo‘lishi lozim. 10. Arpa perlovka yormasi normativ hujjat talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qabul qilinadi. 11. No‘xat normativ hujjat talablariga mos keluvchi oziq-ovqat no‘xatidan tayyorlanadi. 12. No‘xat ishlov berilish usuliga qarab normativ hujjat bo‘yicha turlar va navlarga bo‘linadi. 13. Davlat zaxirasiga qo‘yiladigan no‘xat normativ hujjat talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qabul qilinadi. 14. Yormani qadoqlash, yorliqlash va tashish ishlari normativ hujjatga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Yormani qadoqlash ishlari 2-toifadan past bo‘lmagan chidamli, toza, quruq, zararkunandalar bilan zararlanmagan, begona hidlari bo‘lmagan qoplarda amalga oshiriladi. 16. Yangi qoplar normativ hujjat talablariga mos kelishi lozim. 17. Yorma solingan qoplarni tikish ishlari qopning butun kengligi bo‘ylab qirg‘oq qoldirgan holda mashina usulida amalga oshiriladi. 18. O‘rash paytida yorma solingan har bir qopga normativ hujjatlarga muvofiq mustahkam elastik materialdan tayyorlangan 6x9 sm o‘lchamdagi yorliq tikilishi kerak. 19. Yorliqqa quyidagilar tushirilishi lozim: tovar belgisi (agar bor bo‘lsa); ishlab chiqaruvchi/yetkazib beruvchi tashkilot nomi, manzili; mahsulot nomi, turi, navi; sof og‘irligi (kg); ishlab chiqarilish yoki qadoqlash sanasi; saqlanish muddati (agar normativ hujjatda belgilangan bo‘lsa, yaroqlilik muddati); saqlash sharoitlari (“quruq joyda saqlansin!” yozuvi); normativ hujjatning nomi; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yozuvi. 20. Davlat zaxirasiga qo‘yiladigan yormani tashish normativ hujjatlar talablariga muvofiq oshiriladi. 21. Yorma yuklarni avtomobil va temir yo‘l transportida tashish qoidalariga muvofiq barcha transport turlarida tashiladi. 22. Yorma solingan vagonlar yetib kelganda temir yo‘l transporti tashkilotining vakili ishtirokida quyidagilar tekshiriladi: vagonlarning texnik sozligi; plombalar borligi, ulardagi bosma tamg‘aning aniqligi; vagon eshiklarida buragichlarning borligi va ularning holati; yuk nomi va yashiklar (paketlar)dagi plombalarning yuk hujjatlariga muvofiqligi. 23. Tekshiruvda aniqlangan vagonlarning texnik nosozligi, plombalarning yo‘qligi, bosma tamg‘alarning noaniqligi kabi kamchiliklar tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 24. Tashkilot yormani qabul qilib olayotgan paytda quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, temir yo‘l tashkilotidan tijorat dalolatnomasini tuzishni talab etishi zarur: kamomad; idishlarda sezilarli shikastlanishlar; yorliqning normativ hujjat talablariga nomuvofiqligi; mahsulot nomining transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiqligi; temir yo‘l transportida yuk tashish qoidalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l ustavida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda. 25. Yormani ifloslangan, oldin tashilgan yuklar (ko‘mir, ohak, sement, tuz va h. k.), hid chiqaruvchi va zaharli yuklarning izi bo‘lgan, qurimagan, dog‘ qoldiruvchi yoki hidi saqlanib qolgan bo‘yoqli transport vositalarida tashish man etiladi. 26. Bir turdagi yormani bir transport vositasida bir yuk oluvchiga jo‘natganda, markirovka kamida to‘rtta yuk joyiga tushirilishi lozim. Bunda normativ hujjatlarga muvofiq “Namlikdan saqlansin!” ogohlantiruvchi belgisi bo‘lishi shart. 27. Yormaning miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilish qonunchilik hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi. 28. Yormani qabul qilib olish yuk oluvchining omborida yetkazib beruvchi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi. 29. Yorma partiyalar bilan qabul qilinadi. Bir partiya yorma — bu bir vaqtning o‘zida qabul qilish, yuklab jo‘natish, saqlash va sifat to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan rasmiylashtirilgan sifat nazorati uchun mo‘ljallangan bir turdagi va navdagi yormaning muayyan miqdoridir. 30. Yormaning har bir partiyasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologiya xulosasi yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari. 31. Omborga yetkazib beriladigan yormaning saqlash muddati yorma ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. 32. Yormani qabul qilib olish paytida Qo‘mitaga qarashli tashkilotlar yoki Qo‘mita bilan shartnoma asosida moddiy boyliklarning mas’uliyatli saqlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlarning vakillari qoplar, o‘ramlar, yorliqlar va markirovkalarning normativ hujjatlar talablariga mos kelishini tekshiradi. 33. Yormaning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun normativ hujjat talablariga muvofiq namunalar olinadi. Namunalar soni partiya hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 34. Yormaning sifati normativ hujjatlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi: rangi, hidi, ta’mi; namligi; sifatli don, aralashmalar, tarkibidagi aynigan va singan donlar, tarkibidagi sarg‘aygan va qizil donlar va boshqa ko‘rsatkichlar; donning zararkunandalar bilan zararlanganligi; kislotalilikni aniqlash; mikrobiologik ko‘rsatkichlar; kimyoviy ko‘rsatkichlar (tarkibidagi mis, qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va rux moddalarining miqdori); Sinovlar natijalari butun partiyaga tegishli bo‘ladi. 35. Yorma idishi buzilgani (shikastlangani, namlangani, ifloslangani), mahsulot nomi, uning miqdori yoki egallagan joyi transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, tijorat dalolatnomasi tuziladi. Etkazib beruvchi vakili bo‘lmagan taqdirda bu ishga mustaqil ekspertlar jalb etiladi va qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. 36. Yormaning sifati, o‘rami, markirovkasi normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmasligi aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu mahsulotni shartnomaga muvofiq almashtirib berishga majbur. 37. Davlat zaxirasiga qabul qilingan yormani saqlash uchun ajratilgan omborlar normativ hujjatlar talablariga to‘liq javob berishi kerak. Xususan: omborlar hududi to‘silgan bo‘lishi va texnika xavfsizligi hamda sanitariya norma va qoidalariga qat’iy mos kelishi zarur; omborlar yer osti suvlarini oqizish uchun tegishli suv oqadigan lotoklar va kyuvetlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim; transport vositalari harakatlanadigan joylar, barcha maydonlar asfaltlangan bo‘lishi hamda sutkaning qorong‘i paytida yoritilib turishi kerak. 38. Texnik va sanitariya jihatidan omborlar: quruq; yer osti suvlari o‘tishidan himoyalangan, tomi sozlangan; begona hidlar bo‘lmagan va zararkunandalar bilan zararlanmagan; kuchaytirilgan shamollatish uchun mo‘ljallangan kirish tirqishlari yog‘ingarchiliklar paytida suv tushishidan himoyalovchi germetik klapanlarga ega bo‘lishi zarur. 39. Omborlarning poli asfalt yoki beton qoplamaga ega bo‘lishi va balandligi 10 — 15 sm bo‘lgan yog‘och tagliklar yoki yechib olinadigan maxsus (ko‘chma) tagliklar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 40. Qo‘shimcha mahsulotlar va barcha toifadagi chiqindilar asosiy mahsulotdan alohida saqlanishi kerak. 41. Omborlarga kirish faqat ishchi xodimlarga hamda saqlanayotgan mahsulotni nazorat qiluvchi va kuzatuvchi shaxslarga ruxsat beriladi. 42. Omborlarning yormani qabul qilib olishga tayyorligi bosh muhandis, bosh energetik, laboratoriya mudiri, saqlash uchastkasining boshlig‘i va yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tarkibidagi komissiya tomonidan tekshiriladi va tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 43. Omborlar quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak: zarur jihozlar va uskunalar; harorat-namlik rejimini nazorat qiluvchi asboblar (termometrlar, termograflar, gigrograflar va psixrometrlar); himoya vositalari va qo‘riqlash signalizatsiyasi, o‘t o‘chirish vositalari hamda avtomat yong‘in signalizatsiyasi asboblari; birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari. 44. Yormani saqlash davrida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan manbalardan, ularning quvvati va ta’sirining davomiyligidan qat’i nazar, saqlash zarur. 45. Omborxonalar tegishli uskunalar, plakatlar, yozuvlar, ko‘rsatkichlar, xavf haqida ogohlantiruvchi belgilar va signalizatsiya bilan ta’minlanishi lozim. 46. Yuklarni transportirovka qilish uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar ishlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarga hamda ularning yuk ko‘tarish hajmi, ishchi holati tekshirilgan sanasi va yukni joylashtirish usuli ko‘rsatilgan trafaretga ega bo‘lishi kerak. 47. Suv bilan isitiladigan omborlarda ehtimoliy avariyalarning oldini olish maqsadida isitish asboblari statsionar to‘siq bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 48. Normativ hujjatlar talabalariga muvofiq yorma omborda nomi, navi, turi, ishlab chiqargan tashkiloti, ishlab chiqarilgan va omborga kelib tushgan vaqti, partiyasi va sifat belgilari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. 49. Yormani omborxonada boshqa tovarlar va materiallar bilan birgalikda joylashtirish, mahsulot saqlanadigan omborxonalarda elakdan o‘tkazish va idishlarga qayta joylash hamda idishlarni tozalash taqiqlanadi. 50. Omborxonalarda shtabellar orasida va devorlar yonida mahsulotning saqlanish jarayonidagi holatini kuzatish uchun normal sharoitlarni ta’minlovchi eni 0,7 m keladigan o‘tish joylari qoldiriladi. Yormani qabul qilish va tarqatish bo‘yicha amaliyotlarni bajarish uchun yuklash-tushirish ishlariga ajratiladigan o‘tish joyining kengligi lentali transportyorlardan foydalanganda kamida 1,25 m ni, elektr yuklovchilardan foydalanganda 3,8 m ni tashkil etishi zarur. 51. Mahsulot solingan qoplar uchtadan shtabellar ko‘rinishida joylanadi. Qoplarni uchtadan joylash quyidagi tarzda amalga oshiriladi: ikkita qop yon tomoni bilan bir-birining yoniga joylanadi, uchinchi qop ko‘ndalangiga taqab qo‘yiladi; ikkinchi qatorni joylashda bir qop birinchi qatordagi ikkita parallel qop ustida ko‘ndalang yotishi kerak, qolgan ikkita qop esa ko‘ndalang va bo‘ylamasiga yotgan qoplarning ustiga joylanadi. 52. Yaxshi saqlanishi uchun kuchaytirilgan shamollatish ishlari zarur bo‘lgan yormali qoplar (qabul qilingan paytda namlik darajasi yuqori bo‘lgan) to‘rttadan (bir-birining orasidan havo o‘tadigan qilib) quyidagi tarzda joylashtiriladi: birinchi qatordagi ikkita qop orasida biroz ochiq joy qoldirgan holda bir-biriga parallel tarzda joylanadi; ikkinchi qatordagi ikkita qop birinchisining ustiga ko‘ndalang qilib joylanadi; uchinchi qatordagi qoplar esa birinchi qatordagi kabi tarzda joylanadi va h.k. Barcha qatordagi qoplar yon tomoni bilan qo‘yiladi. Qoplar bir-birining orasidan o‘tadigan qilib joylanganda shtabelning balandligi olti qatordan oshmasligi kerak. 53. Mahsulotni saqlash, boshqa joyga ko‘chirish va yuklash-tushirish ishlarida mahsulot idishlarining butligi ustidan puxta kuzatuv o‘rnatilishi lozim. Yirtilgan va ifloslangan qoplarni shtabel qilib joylashtirish taqiqlanadi. Yirtilgan, yorilgan yoki kemiruvchilar tomonidan shikast yetkazilgan qoplar zudlik bilan yopilishi va yangi, mustahkam qoplarga almashtirilishi zarur. 54. Matoli qoplardagi standart namlikka ega yorma umumiy balandligi 16 qatordan oshmaydigan shtabellarga joylanadi. 55. Har bir mahsulot shtabeliga belgilangan shakldagi shtabel yorlig‘i osib qo‘yiladi. 56. Yorma butligini ta’minlash maqsadida omborxonada mahsulotni uzoq muddat saqlash uchun optimal sharoitlarni yaratish zarur. Havoning nisbiy namligi 70 foizni tashkil etuvchi, harorat esa 10° S dan oshmaydigan sharoitlar yormani qoplarda va iste’mol idishlarida saqlash uchun optimal sharoitlar hisoblanadi. Shamollatishning maqsadga muvofiqligini belgilashda yormaning tabiiy namligini hisobga olish kerak. 57. Ombor tashqarisi va ichkarisidagi havo harorati o‘rtasida katta farq mavjud bo‘lganda, mahsulot solingan pastki qator shtabellarini har o‘n kunda puxtalik bilan kuzatib borish zarur. 58. Bahorgi iliq kunlar boshlanganda past haroratni ushlab turish bo‘yicha choralarni ko‘rish lozim. Buning uchun ombor derazalari va eshiklari yopiq holatda ushlab turiladi, ular faqat zarurat tug‘ilgandagina ochiladi. 59. Mahsulot omborga tushgan paytdan boshlab uning saqlanish sharoitlari, holati va sifati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha muntazam ravishda nazorat qilinadi: yormaning harorati; yormaning namlik darajasi; yormaning ta’mi, hidi va rangi; yormaning hamda omborxona va uskunalarning zararkunandalar bilan zararlanganligi. 60. Turli balandlikdagi shtabellardagi (pastki, o‘rta va yuqori qatorlar) yormaning harorati metall qobiqdagi spirtli termometr yordamida o‘lchanadi. Simobli termometrlardan foydalanish taqiqlanadi. 61. Har bir shtabel alohida ko‘rib chiqilishi va pastki shtabel qatorlarida joylashgan qoplardagi yormaning ehtimoliy namlanishi va zichlanishiga alohida e’tibor qaratish lozim. 62. Yormaning namligi, ta’mi, hidi, rangi va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini, shu jumladan zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlash uchun har oyda har bir shtabeldan bir marta o‘rtacha namuna olinadi. Mahsulotning zararkunandalar bilan zararlanganligi va uning 10° S dagi organoleptik ko‘rsatkichi oyda ikki marta aniqlanadi. 63. Uzoq vaqtga qo‘yilayotgan mahsulotning sifatini aniqlashda organoleptik va boshqa ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratish va ularni shtabel yorlig‘iga yozish zarur. 64. Zararkunandalar bilan zararlanganlikni tekshirish maqsadida yorma namunasini olishda qoplar (ayniqsa, ularning og‘zi) puxtalik bilan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Zararkunandalar bir vaqtda to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar, xususan, choklar, devorlar va pollar tekshiriladi. 65. Yormaning sifatli saqlanishini ta’minlash uchun mahsulotni sovutish maqsadida omborxonalarni shamollatib turish zarur. Bu maqsadda yorma solingan qoplar qaytadan ko‘tariladi. 66. Shtabellarni qaytadan ko‘tarish muddatlari mahsulotning sifati va holatiga, saqlanish davomiyligiga va shtabelning balandligiga qarab har bir partiya uchun tegishli nazoratni amalga oshiruvchi laboratoriya va mutaxassislarning xulosasi asosida belgilanadi. Shtabellarni qayta ko‘tarishda pastki qatorlardagi qoplar yuqori qatorlarga joylanadi. 67. Bitta omborda non zaxiralarining zararkunandalari bilan zararlangan yorma va zararlanmagan yormani saqlash taqiqlanadi. Saqlanayotgan yormada non zaxiralarining zararkunandalari borligi aniqlanganda, mahsulotni birinchi navbatda zararsizlantirish, ishlash va sotish kerak. 68. Shtabelda uzoq qolib ketgan va namlangan mahsulot borligini aniqlanganda, namlangan yoki mog‘or bosgan qoplarni ajratgan holda, pastroqqa ko‘chirish va belgilangan tartibda sifatli mahsulotga almashtirish zarur. 69. Yuqori haroratli shtabellardagi yormasi qizib ketgan qoplarni zudlik bilan ajratish lozim. 70. Sifati buzilishi mumkin bo‘lgan yormani saqlash davom ettiriladigan bo‘lsa, saqlanish muddatiga qaramasdan yangilash yoki berib yuborish kerak. 71. Davlat zaxirasiga qo‘yiladigan yormani saqlash muddati GOST 26791-89 “G‘allani qayta ishlash mahsulotlari. O‘rash, markirovka qilish, transportirovka qilish va saqlash” talablariga muvofiq belgilanadi. 72. Yorma belgilangan muddatdan ortiq saqlanganda, yormadan tayyorlangan bo‘tqa har oyda kamida bir marta degustatsiya qilinadi va yormaning keyingi saqlanish imkoniyati belgilanadi. 73. Yormaning tabiiy kamayish normalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq hisoblanadi. 74. Yormani yuklash va jo‘natish ishlari Qo‘mita tomonidan berilgan naryadlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Yormani yuklab jo‘natish navbati mahsulotning sifati, uning zaxiraga qo‘yilish vaqti va saqlanish sharoitlariga qarab belgilanadi. 75. Yuklangan mahsulot miqdori standart idishda joylar soni bo‘yicha, buzilgan o‘ramda esa haqiqiy og‘irligi bo‘yicha aniqlanadi. 76. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
169
18,346
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
111
345
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XO‘JALIK SUDLARINING TARKIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Xo‘jalik munosabatlari sohasidagi qonunchilikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy islohotlar jarayonini chuqurlashtirishda xo‘jalik sudlarining rolini oshirish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 63, 79, 80-moddalariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Toshkent shahar xo‘jalik sudini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy xo‘jalik sudi 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan bir hafta muddatda xo‘jalik sudlarining moliyaviy, moddiy-texnikaviy hamda boshqa ta’minoti to‘g‘risidagi qarorini qabul qilsin.
85
842
Qonunchilik
Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi qabul qilinadi
Hujjatning maqsadi haqqoniy va ob’yektiv ma’lumot yetkazilishini ta’minlashdan iborat, deya хabar beriladi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi telegram-kanalida.   Unda jurnalistlarning fikrlar хilma-хilligini inobatga olgan holda ma’lumot tayyorlashda ob’yektivlik tamoyillariga rioya etish majburiyatini belgilovchi norma qayd etiladi. Xabarda aytilishicha, qabul qilinayotgan Kodeks OAVning oʻz-oʻzini boshqarish usuli boʻlib, bu borada hech qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralashmaydi. Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli aхborot yetkazishda mas’uliyatlarini oshirish koʻzda tutilgan. Kodeks prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar unda belgilangan tartibga koʻra javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi Inson huqulari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 1984 yil), Xalqaro jurnalistika professional etika tamoyillari (YuNESKO, 1983 yil), Xalqaro jurnalist aхloqi tamoyillari deklaratsiyasi (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining Jahon kongressi, 1954 yil) kabi hujjatlar, milliy Konstitutsiya hamda boshqa qonun hujjatlari qoidalari asosida ishlab chiqilmoqda. Ma’lumot uchun: Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatхonasi, ommaviy aхborot vositalari kuchi bilan Kodeks ustida 2017 yilda ishlay boshlagan edilar. Nihoyat, u mantiqiy yakuniga yetkazilmoqda. Tahririyatning fikriga koʻra, Kodeks normalarini buzgan jurnalistlarni quyidagi sharoitdagina javobgarlikka tortish mumkin boʻladi:
52
1,639
Qonunchilik
SELEKSIYA YuTUG‘IGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILIShINI UZAYTIRISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrug‘i (2008-yil 16-aprel, ro‘yxat raqami 1793) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 16-son, 123-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi o‘rinlarda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 8-banddagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin. 4. 12-banddagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. Ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, To‘ytepa ko‘chasi, 2a uy” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi”, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
131
1,697
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHMONXONA BIZNESI VA XALQARO TURIZMNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Toshkent shahri mehmonxonalarini 2003-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik majlisi qatnashchilarini qabul qilishga tayyorlash, shuningdek xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, mehmonxona sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekturizm” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining: Toshkent shahridagi “Do‘stlik”, “Toshkent”, “Rossiya” va “Chorsu” mehmonxona komplekslari, shuningdek Amir Temur ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va bundan buyon foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Xorijiy sheriklar ushbu qo‘shma korxonalarning ustav fondlariga o‘z ulushlarini xorijiy va milliy valyutalardagi pul mablag‘lari bilan qo‘shadilar; “O‘zbekiston” mehmonxona kompleksini rekonstruksiya qilish loyihasining yakunlovchi bosqichini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasi bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxonalarning loyihalari texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 3. Belgilansinki, loyihalar texnik-iqtisodiy asoslashda nazarda tutilgan manbalarga muvofiq: rekonstruksiya qilish va qurish tugallangandan keyin keyinchalik mehmonxonalar binolarini bankka garovga qo‘ygan holda yangidan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar va ularning muassislarining likvidli mol-mulkini garovga qo‘yish bilan; mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarning xorijiy banklar oldidagi kafilligi va kafolati ostida mablag‘ bilan ta’minlanadi: 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasi natijalari bo‘yicha xorijiy banklar bilan belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsinlar va mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z mablag‘lari hisobiga yoki xorijiy banklarning mablag‘larini ko‘rsatib o‘tilgan mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishga qayta moliyalash yo‘li bilan ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalarga mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurishni 2003-yil 1-yanvargacha loyihalashtirish va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanishi bilan bir vaqtda ishchi chizmalar bo‘yicha amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasiga mehmonxona komplekslarining mol-mulkini ustav fondiga ulush sifatida foydalanish uchun qo‘shma korxonalarga berish huquqini bersin, shuningdek garov shartnomalarini (ipoteka) rasmiylashtirish uchun tegishli ruxsatnomalar berilishini nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining garov mol-mulki davlat poshlinalari undirilmasdan qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar notarial tasdiqlanishini ta’minlasin. 8. Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasi uch oy muddatda qo‘shma korxonalarning xorijiy muassislari bilan birgalikda menejmentni amalga oshirishga va mehmonxonalarni boshqarishga birinchi darajali xorijiy kompaniyalarni tanlov asosida jalb etsinlar. 9. Yangidan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar va “Otel O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi: rekonstruksiya qilish va qurish davrida foydalanishga tayyor holda qurish uchun tuzilgan kontraktlar doirasida mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun olib kelinadigan materiallar va asbob-uskunalarga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno); kreditlarni qaytarish davrida, biroq kredit shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq bo‘lmagan davrda, daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan, mulk solig‘idan, yer solig‘idan ozod qilinsin, soliq imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar belgilangan tartibda to‘liq miqdorda mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarishga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin. 10. Mazkur loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashuvchi xorijiy banklar va sug‘urta agentliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromaddan olinadigan soliqlarni to‘lashdan ozod qilinsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ko‘pmartali kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan berilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish ishlarini amalga oshirishda qatnashish uchun tuzilgan muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin, shuningdek muddatli mehnat kontraktlari amal qilishi davrida respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb etiladigan mahalliy mutaxassislarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi va “O‘zbekturizm” kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, qurish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish uchun jalb etilayotgan xorijiy xodimlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomalar (litsenziyalar) o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
116
6,221
Qonunchilik
PAXTA NAVLARINI JOYLAShTIRISh VA RESPUBLIKA XO‘JALIKLARINI 1995 YIL HOSILI UChUN SIFATLI URUG‘LAR BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA
Paxtaning yuqori sifatli va ko‘p tola beradigan, tezpishar, yuqori hosilli navlarini respublika mintaqalariga oqilona joylashtirish, urug‘li materialni tejamli sarflash, shuningdek xo‘jaliklarni yuqori sifatli urug‘lar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining paxtaning rayonlashtirilgan navlarini 1-ilovaga muvofiq joylashtirish bo‘yicha taklifi qabul qilinsin. 2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Husanov), “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyoyev) paxta tozalash zavodlarida urug‘lik chigitli paxtaning o‘z vaqtida qayta ishlanishini, navlarga ajratilishini, dorilanishini va urug‘larning xo‘jaliklarga 2-ilovaga muvofiq sotilishini ta’minlasinlar. 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: xo‘jaliklarda paxtaning faqat bitta, tumanlarda — 2 tagacha va viloyatlarda 3-4 tagacha navlari ekilishini ta’minlasinlar; elita va birinchi reproduksiya urug‘larini yetishtiruvchi elita-urug‘chiligi xo‘jaliklari ishini tubdan yaxshilasinlar, yangi va istiqbolli paxta navlarini faqat eksperiment o‘tkazish va nav sinash uchastkalarida sinashni ta’minlasinlar. 4. Ekish materialini tejamli sarflash maqsadida uni aniq ekuvchi seyalkalarda ekish amaliyotga kiritilsin. “O‘zmashsanoat” uyushmasi (Sobirov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov) paxtachilik xo‘jaliklarini aniq ekadigan seyalkalar bilan ularning buyurtmanomalariga muvofiq ta’minlasinlar. 5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi korxonalarining ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish uchun 1995-yilda birinchi va uchinchi tip tola beradigan ingichka tolali paxta navlarining yetarli miqdorda ekilishini ta’minlasin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ekish materialining belgilangan muddatlarda 3-ilovaga muvofiq viloyatlararo yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 7. “O‘zdehqonchilikkimyoservis” uyushmasi (Hasanov) o‘n kun muddatda paxta tozalash zavodlariga paxta chigitini dorilovchi vositalarning zarur miqdorda yetkazib berilishini ta’minlasin, dorilash sifati ustidan nazoratni kuchaytirsin. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi xo‘jaliklarni dorilangan sifatli ekish materiali bilan o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etsin. 8. Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxtaning ingichka tolali navlarini ekuvchi xo‘jaliklarni rag‘batlantirish maqsadida bir oy muddatda birinchi va uchinchi tip tola beradigan paxta xomashyosining xarid narxini oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, urug‘ laboratoriyalari, Respublika nazorat-urug‘chilik stansiyasi va Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi xodimlarining ish haqini oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
126
3,328
Qonunchilik
ENERGETIKA IShLAB ChIQARISh KORXONALARIDA XODIMLAR BILAN IShLAShNI TAShKIL ETISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. “O‘zdavenergonazorat” agentligining 2002-yil 10-sentabrdagi 433-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ga (2002-yil 4-oktabr, ro‘yxat raqami 1178 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 19-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
129
705
Qonunchilik
“Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son “Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 178-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-02, 4-son “Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2110-1, 2018-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 6-son, 112-modda). 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,569
Qonunchilik
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi QL-815-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 2-avgustda kiritilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi QL-815-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
107
644
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlarida asosiy o‘rin tutuvchi o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma adabiyotining tarixan shakllangan adabiy maktablari, buyuk ajdodlarimizning badiiy so‘z san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ilmiy merosi, o‘zbek folklori va adabiyotining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, boshqa xalqlar adabiyotlari bilan aloqalari, folklor va adabiyotning rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish orqali keng jamoatchilik, eng avvalo, yosh avlod o‘rtasida vatanparvarlik, ajdodlar merosiga vorislik, azaliy an’analarga sodiqlik, kelajakka ishonch g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (keyingi o‘rinlarda Muzey deb ataladi) o‘zbek xalq og‘zaki ijodi durdonalari, yozma adabiyotining eng qadimgi davridan shu kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur tadqiq qilish va uni turli ekspozitsiyalar ko‘rinishida targ‘ib qilish orqali xalqimiz, avvalombor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan ilmiy muassasa ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Muzeyning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti durdonalari, yozma adabiyotining qadimgi davrdan shu kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur o‘rganish, uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda ekspozitsiya zallari orqali aks ettirish; o‘zbek adabiyoti bilan bog‘liq yangi kashf etilgan manba, arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolarni ilmiy tadqiq etish; muzey fondida saqlanayotgan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning qo‘lyozmalarini ilmiy tavsiflash, tadqiq etish, ular asosida elektron kataloglar tayyorlash, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish va noyob qo‘lyozmalarning faksimil nashrlarini amalga oshirish; muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi o‘zbek folklori va adabiyoti bilan bog‘liq turli hujjatlar, eksponatlar va boshqa ashyolar bilan muntazam boyitib borish; o‘zbek adabiyotini targ‘ib qilgan shoir va olimlar tavalludi, o‘zbek adabiyoti tarixi bilan bog‘liq muhim sanalarni nishonlash bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar o‘tkazish, o‘zbek adabiyotini o‘rgangan respublikamiz va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida seminarlar, xalqaro anjumanlar tashkil qilish; ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda Muzeyda ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishiga ko‘maklashish; xorijiy muzeylar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, ularning tajribalaridan foydalanish, adabiyot sohasida nashr etilgan ilmiy-badiiy, tarixiy hujjatlar, internet tarmog‘idagi materiallarni o‘rganish va tahlil etish. 3. Quyidagilar Muzey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Muzeyni saqlash va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar; homiylar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zarxiv” agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Muzey ekspozitsiyalarini yangilash, folklor va yozma adabiyot, ijodkorlarning hayoti va ijodiga oid manba va qo‘lyozmalar, hujjatlar, kino, foto materiallar va ashyolar bilan doimiy to‘ldirib borishni ta’minlash; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Muzeyni sayyohlar tashrif buyuradigan makonga aylantirish choralarini ko‘rsin; Muzeyning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining 2018-2019-yillarda Muzey binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda Muzey binosiga tutash hududni obodonlashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Toshkent shahar hokimligining Muzey binosini rekonstruksiya qilish va unga tutash hududni obodonlashtirish ishlari bo‘yicha: Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib belgilash; bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2018-2019-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va Muzeyni rekonstruksiya qilish uchun zarur kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki: Muzey binosiga tutash, shu jumladan Alisher Navoiy haykali joylashgan hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Toshkent shahar hokimligining mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan; Muzeyni zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan interaktiv infokiosk va monitorlar, stend va podiumlar bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda Muzey binosini rekonstruksiya qilish va unga tutash hududni obodonlashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Muzeyda rekonstruksiya va jihozlash ishlari tugagandan so‘ng Muzey tuzilmasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: belgilangan tartibda Muzeyni zarur aloqa turlari va vositalari, jumladan internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratsin; Muzeyga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish, Muzey ekspozitsiyalarida zamonaviy axborot kiosklarini o‘rnatish hamda virtual muzeyni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 371-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. 2-bandda: o‘zbek tilidagi matnning o‘ninchi xatboshisidagi “institutining” so‘zi “institutining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin” so‘zlari bilan almashtirilsin. o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
160
8,217
Qonunchilik
EKSPORT OPERATSIYALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlarning miqdori, sifati va narxlari ustidan nazorat tashkil etilishini yanada takomillashtirish, respublikaga valyuta tushumi o‘z vaqtida tushmasligining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Idoralararo komissiya ikki oy muddatda xorijiy konsalting firmalarini jalb etgan holda eksport qilinadigan tovarlarning, eng avvalo: qora va rangli metallar, kabel-sim mahsulotlari; paxta tolasi va uni qayta ishlash mahsulotlari; xom neft, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlari; kimyoviy komponentlar va mineral o‘g‘itlarning xalqaro registrlarga muvofiqligi sertifikatlarini joriy etish dasturini ishlab chiqsin. 3. Moliya vazirligi bir oy muddatda: Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda yuqori likvidli tovarlarning eksport narxlarini hisoblab chiqishda yetakchi xalqaro birjalarning kotirovkalarini qo‘llash to‘g‘risidagi uslubiy ko‘rsatmalarni; Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yuqori likvidli tovarlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, tovar-xomashyo birjalari va respublika yarmarkalari orqali sotiladigan jahon bozorlarida likvidli tovarlarni eksport qilish yetakchi xorijiy tovar birjalarida amal qiluvchi narxlarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda: tovar-xomashyo birjalari va respublika yarmarkalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar ro‘yxatini va ularni sotish tartibini; O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegaralari orqali birja tovarlarini o‘tkazib yuborish va ularga deklaratsiya taqdim etish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va vakil qilingan banklar bilan birgalikda: bozor konyunkturasining mavsumiy tusdaligidan eng samarali foydalanish imkonini beruvchi moliyaviy kafolatlar tizimidan foydalangan holda fyuchers kontraktlari va opsionlar tuzilishini; xorijiy valyutadagi to‘lovlar muddati o‘tkazib yuborilishidan ko‘riladigan zararni eng kam darajaga keltirish maqsadida eksportga faktoring xizmati ko‘rsatish joriy etilishini; respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirishga tayyorgarlik ko‘rishi munosabati bilan eksport qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin mustaqil inspeksiya qilish tashkil etilishini ta’minlasin. 6. Markaziy bankka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda eksport operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutadagi tushum prognoz qilinayotgan muddatlarda tushishi monitoringi mexanizmini va O‘zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish tavsiya qilinsin. 7. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi “O‘zdavstandart” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Paxta loyihasini amalga oshirish bo‘yicha agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Sifat” paxta mahsulotini standartlashtirish va sertifikatsiyalash boshqarmasi bazasida idoradan tashqari mintaqaviy laboratoriya tarmoqlari mavjud bo‘lgan paxta tolasini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish respublika markazini va sertifikatsiyalangan paxta tolasi omborlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini respublika Hukumatining ko‘rib chiqishi uchun kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tegishli takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
90
3,952
Qonunchilik
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisni o‘qitish, uning malakasini oshirish, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, qayta rasmiylashtirish (uning amal qilish muddatini uzaytirish), to‘xtatib turi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisni o‘qitish, uning malakasini oshirish, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, qayta rasmiylashtirish (uning amal qilish muddatini uzaytirish), to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Nizom Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisni o‘qitish, uning malakasini oshirish, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, qayta rasmiylashtirish (uning amal qilish muddatini uzaytirish), to‘xtatib turish, tugatish, bekor qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: talabgor — bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutiga (bundan buyon matnda OHBI deb yuritiladi) murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi; malaka komissiyasi — talabgorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda malaka imtihonlarini o‘tkazish, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarning malaka attestatini (dublikatini) berish, amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) va OHBI xodimlaridan iborat bo‘lgan, DBQ buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan DBQ komissiyasi; bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati (bundan buyon matnda attestat deb yuritiladi) — attestat amal qiladigan davrda uning egasi bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis sifatida ish olib borish huquqiga egaligini tasdiqlovchi hujjat; bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis (bundan buyon matnda mutaxassis deb yuritiladi) — DBQ tomonidan berilgan attestatga ega bo‘lgan, bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha ish bajaradigan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi. 2. Mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar doirasida bojxona brokeri yoxud shtatida turgan boshqa yuridik shaxsning nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi. 3. Mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs o‘rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. 4. Attestat olish uchun talabgor: 11-sinfni yakunlaganligi haqida attestatga yoki o‘rta maxsus yoxud oliy ta’lim muassasalarining diplomiga ega bo‘lishi; tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi hisoblanadigan yoki bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritadigan tashkilotlarda kamida olti oylik ish stajiga ega bo‘lishi; mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini o‘tashi hamda malaka imtihonini topshirishi shart. 5. Mutaxassis quyidagi sohalarda deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi va bojxona ishi sohasida boshqa vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lishi kerak: bojxona huquqi va bojxona ishi — bojxona rejimlari, tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartibi va shartlari, bojxona to‘lovlari turlari, bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, shu jumladan tovarlarni bojxona maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha deklaratsiyalash va tasniflash tartibi, tovarlarning bojxona qiymatini va kelib chiqishi mamlakatini aniqlash qoidalari, bojxona organlari tomonidan bojxona va valyuta nazoratini o‘tkazish tartibi, bojxona statistikasi, korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlik choralari, shuningdek bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar, bojxona xizmatini tashkil qilish, mutaxassislarning maqomi, huquqlari va majburiyatlari; tashqi iqtisodiy faoliyat va uning davlat tomonidan tartibga solinishi — tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish va bajarish tartibi, narxning hosil bo‘lishi, tashqi savdoda tashish va sug‘urtalashning xalqaro shartlari, taqiqlar va cheklovlar, shu jumladan litsenziyalash, sertifikatlash va h.k.; mutaxassis faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan DBQ avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish qoidalari. 6. Talabgorni o‘qitish uchun, bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs, o‘qishga yuborilayotgan talabgorni ko‘rsatgan holda OHBIga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ariza beradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: talabgorning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy varaqasi; 4 x 6 o‘lchamdagi fotosurat — 2 dona; talabgorning diplomi (attestati), pasporti va mehnat daftarchasi (ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi yozuv bilan), mutaxassisni o‘qitish uchun va malaka attestatini berish uchun bojxona yig‘imlari to‘langanligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi nusxalari. 7. Mutaxassisning malakasini oshirish uchun, bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs, malaka oshirishga yuborilayotgan mutaxassisni ko‘rsatgan holda, OHBIga, mutaxassisni o‘qitish uchun bojxona yig‘imlari to‘langanligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda erkin shaklda ariza beradi. 8. OHBI arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha o‘ttiz kun ichida talabgorlarni o‘qitish yoki mutaxassislarning malakasini oshirish uchun kamida 25, lekin ko‘pi bilan 35 kishidan iborat bo‘lgan guruhlarni shakllantiradi va o‘qishni tashkil etadi. Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini va mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish DBQ farmoyishlari bilan rasmiylashtiriladi. OHBI mutaxassislarni tayyorlash va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari boshlanishidan o‘n kun oldin DBQning rasmiy veb-saytida o‘quv kurslarining boshlanishi to‘g‘risida e’lon qiladi, bu bojxona brokyerlari yoxud boshqa yuridik shaxslar, shuningdek talabgorlar (mutaxassislar) uchun o‘quv kurslarining boshlanishi to‘g‘risida rasmiy elektron xabarnoma hisoblanadi. 9. Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining muddati bir oyni tashkil etadi. OHBI mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida malaka imtihonini tashkil etadi. 10. Mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari muddati besh kunni tashkil etadi. Mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat beriladi. Sertifikat OHBI boshlig‘i tomonidan imzolanadi va OHBI muhri bilan tasdiqlanadi. Sertifikat shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda mutaxassisga yoki ishonchnoma mavjud bo‘lsa boshqa shaxsga beriladi. 11. Malaka komissiyasi komissiya raisi, uning o‘rinbosari, a’zolar va bir yoki bir nechta komissiya kotiblaridan iborat bo‘lib, DBQ buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 12. Malaka komissiyasi raisi DBQ raisi o‘rinbosarlari ichidan tayinlanadi, uning o‘rinbosari etib OHBI boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tayinlanadi. 13. Malaka komissiyasi raisi va uning o‘rinbosari imtihon komissiyasi tomonidan unga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shuningdek apellatsiya natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar. 14. Malaka komissiyasi a’zolari DBQning profilli bo‘linmalari va OHBI o‘qituvchilari ichidan tayinlanadi. 15. Malaka komissiyasi a’zosi quyidagi huquqlarga ega: malaka komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan hollarda bayonnomaga alohida fikr kiritilishini talab etish yoki uni yozma ravishda malaka komissiyasi raisi nomiga yoziladigan arizada bayon etish; malaka komissiyasi ishini tashkil etishni va malaka imtihonini o‘tkazish shartlarini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar kiritish. 16. Malaka komissiyasi a’zosi quyidagi majburiyatlarga ega: malaka imtihonini o‘tkazishda ishtirok etish; mazkur Nizomga muvofiq unga yuklatilgan vazifalarni bajarish; malaka imtihonini o‘tkazish tartibini belgilovchi qonun hujjatlari talablariga rioya etish; qarorlarni qabul qilishda xolisona va odilona yondashish; talabgorlarning shaxsiy ma’lumotlarining sir tutilishiga rioya etish. 17. Malaka komissiyasi kotibi OHBIning o‘qituvchilari ichidan tayinlanadi. 18. Malaka komissiyasi kotibi quyidagi huquqlarga ega: malaka imtihonini o‘tkazishda ishtirok etish; yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, materiallar va axborotni tashkilotlardan va talabgorlardan so‘rash. 19. Malaka komissiyasi kotibi quyidagi majburiyatlarga ega: talabgorlar tomonidan taqdim etilgan arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish; berilgan arizalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda imtihon guruhlarini shakllantirish; o‘qish uchun guruhning shakllantirilganligi to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlash; o‘quv kursining o‘tkazilishini tashkil etish; talabgorlar va imtihon komissiyasi a’zolarini malaka imtihoni o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor etish; imtihon vedomostlari va imtihon varaqalarini tayyorlash; imtihon boshlanishidan avval talabgorlarni malaka imtihonini qabul qilish qoidalari, imtihon natijalari bo‘yicha apellatsiyaga berish va ko‘rib chiqish qoidalari bilan tanishtirish; malaka imtihonini o‘tkazish bo‘yicha malaka komissiyasi majlislari bayonnomalarini rasmiylashtirish; malaka imtihonidan o‘tgan talabgorlarga attestatlarni rasmiylashtirish va ularga berish; attestatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida farmoyish loyihasini tayyorlash; attestat olgan talabgorlar haqidagi ma’lumotlarni “Deklarantlar hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda AAT deb yuritiladi) kiritish; AATga attestatning amal qilish muddatini uzaytirish (qayta ro‘yxatga olish) va tugatish to‘g‘risida ma’lumot kiritish; mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘z vaqtida o‘tashini nazorat qilish; mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish; mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tagan mutaxassislarga sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish; attestatlar dublikatlarini rasmiylashtirish va berish; attestatlarni berish va amal qilishini tugatishga taalluqli bo‘lgan hujjatlar va materiallarni saqlash va arxivga topshirish; attestatlarni berish, amal qilish muddatini uzaytirish (qayta ro‘yxatga olish) va tugatishda mazkur Nizom bilan belgilangan tartib va muddatlarga rioya etilishini ta’minlash. 20. Malaka imtihoni malaka komissiyasi nazorati ostida, shu maqsadda jihozlangan alohida xonada, kompyuterda test o‘tkazish orqali o‘tkaziladi. Malaka imtihoni ochiq o‘tkaziladi va o‘z navbatini kutib o‘tirgan talabgorlar real vaqt rejimida alohida jihozlangan xonada monitor orqali malaka imtihonini o‘tkazish jarayonini kuzatishlari mumkin. 21. Malaka imtihoni test savollari talabgorning (mutaxassisning) malaka talablariga muvofiqligi borasida bilimlarini tekshirish zaruriyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va DBQ tomonidan tasdiqlanadi. Malaka imtihoni test savollari DBQning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 22. Testlarni echishda talabgorga qonun hujjatlari matnlari, instruktiv materiallar, konspektlar, aloqa vositalari va boshqa texnik vositalardan foydalanish, shuningdek boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi. Mazkur qoidalarni buzganlik uchun talabgor auditoriyadan chiqarib yuboriladi va qoniqarsiz baho qo‘yiladi (javobga tayyorlab qo‘yilgan materialning hajmidan qat’i nazar), bu haqda dalolatnoma tuziladi va malaka komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi. 23. Mazkur Nizomning 22-bandida keltirilgan qoidalar malaka imtihoni boshlanishi oldidan talabgorlarga (mutaxassislarga) yetkaziladi. 24. Malaka imtihonining umumiy bahosi test javoblaridan hosil bo‘ladi. 25. Malaka imtihonini o‘tkazishda malaka komissiyasi a’zolari, talabgor (mutaxassis) javoblarini reyting tizimi bo‘yicha baholab, quyidagi mezonlarga asoslanadilar: 86 balldan — 100 ballgacha “a’lo” qo‘yiladi; 71 balldan — 85 ballgacha “yaxshi”; 56 balldan — 70 ballgacha “qoniqarli”; 0 balldan — 55 ballgacha “qoniqarsiz”. 26. Malaka imtihoni natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kuni, imtihon vedomostini to‘ldirish va malaka imtihonini o‘tkazish bayonnomasini tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. 27. Imtihon vedomosti malaka imtihoni o‘tkazilgandan so‘ng malaka komissiyasi raisi yoxud uning o‘rinbosari va a’zolari tomonidan imzolanadi. 28. Malaka imtihonini o‘tkazish bayonnomasi quyidagi shaxslarning soni to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: malaka imtihoniga kiritilganlar; malaka imtihoniga kelmaganlar; imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlar; qoniqarsiz baho olganlar, familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan holda; malaka komissiyasi tarkibi. 29. Malaka imtihonini o‘tkazish bayonnomasi malaka komissiyasi kotibi tomonidan rasmiylashtirilib, komissiya raisi yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va DBQ muhri bilan tasdiqlanadi. 30. Malaka imtihonining barcha materiallari, shu jumladan malaka imtihoni test savollari, imtihon vedomostlari va malaka imtihonini o‘tkazish bayonnomalari imtihon o‘tkazilgan kundan e’tiboran besh yil davomida OHBIda saqlanadi. 31. Malaka imtihonini topshirish natijalari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talabgor malaka imtihonini topshirgan kundan e’tiboran uch oy ichida bir marta qayta malaka imtihonini topshirish huquqiga ega. Malaka imtihonini qayta topshirish uchun, bojxona brokeri yoxud shtatida talabgor bo‘lgan boshqa yuridik shaxs yozma yoki elektron shaklda OHBIga malaka imtihonini qayta topshirish to‘g‘risida erkin shakldagi ariza bilan murojaat etishi mumkin. 32. Malaka imtihonini qayta topshirgandan so‘ng qoniqarsiz baho olgan talabgor attestat olish uchun qaytadan umumiy asoslarda mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini to‘liq o‘tashi lozim. 33. Talabgorga malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng o‘n kun ichida besh yil muddatga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda attestat beriladi. Attestatni berish DBQ farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. Attestat malaka komissiyasi raisi yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va DBQ muhri bilan tasdiqlanadi. Attestat shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda mutaxassisga yoki ishonchnoma mavjud bo‘lsa boshqa shaxsga beriladi. 34. Bojxona brokeri yoxud shtatida mutaxassis bo‘lgan boshqa yuridik shaxs attestatning amal qilish muddatini uzaytirish (qayta ro‘yxatga olish) uchun attestatning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kun oldin OHBIga tashkilotning STIRini ko‘rsatgan holda erkin shakldagi ariza taqdim etishi lozim. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: attestatning asl nusxasi; bojxona yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomasining nusxasi; malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi. 35. Attestatning amal qilish muddati tugashiga o‘ttiz kundan kam qolganda taqdim qilingan ariza va (yoki) mazkur Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etmaslik attestatining amal qilish muddatini uzaytirishni (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni) rad etish uchun asos bo‘ladi. 36. Basharti mutaxassis malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, attestatning amal qilish muddatini uzaytirish uch kun ichida amalga oshiriladi. 37. Attestatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonida qoniqarsiz baho olgan mutaxassis malaka imtihonini topshirgan kundan e’tiboran uch oy ichida bir marta qayta imtihon topshirishga haqli. Malaka imtihonini qayta topshirgandan so‘ng qoniqarsiz baho olgan mutaxassis attestat olish uchun qaytadan umumiy asoslarda mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini to‘liq o‘tashi lozim. 38. Attestat yo‘qolganda OHBI ariza va yo‘qotish faktini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yo‘qotilgan attestatning dublikatini beradi. 39. Yo‘qolgan attestat egasi OHBIga avval berilgan attestatning yo‘qolishiga olib kelgan sabablar va holatlarni ko‘rsatgan holda attestat dublikatini berish to‘g‘risida erkin shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yo‘qolgan attestatning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar beradigan ommaviy axborot vositalaridagi e’lon nusxasi (arizachi mablag‘lari hisobiga); topilmalar xizmati ma’lumotnomasi. 40. OHBI mazkur Nizomning 39-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran besh kun ichida attestat dublikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va attestatni yo‘qotgan shaxsga avval berilgan attestatning raqami ostida va uning amal qilish muddati bilan “DUBLIKAT” yozuvi yozilgan yangi attestat beradi. 41. Agar attestat dublikati olingandan so‘ng ilgari yo‘qolgan attestatning asl nusxasi topilsa, attestat dublikatini olgan shaxs shu holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kundan kechikmasdan attestatning asl nusxasini uni yo‘q qilish uchun OHBIga topshirishi shart. 42. Attestat dublikatini olish uchun OHBIga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga murojaat etgan mutaxassis javobgar bo‘ladi. 43. Attestatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda mutaxassis erkin shakldagi ariza bilan OHBIga attestatni qayta rasmiylashtirish uchun murojaat etishi lozim. Arizaga ilgari berilgan attestatning asl nusxasi va ma’lumotlarning o‘zgarganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, nikohni qayd qilish guvohnomasi, fuqarolik sudi qarori nusxalari va boshqalar) ilova qilinadi. OHBI ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ma’lumotlar o‘zgarganligi faktini tasdiqlovchi kerakli hujjatlar berilgan kundan e’tiboran besh kun ichida shaxsga avval berilgan attestatning raqami ostida va uning amal qilish muddati bilan yangi attestat beradi. 44. Attestatning amal qilishi bojxona organi tomonidan quyidagi muddatlarga to‘xtatib turiladi: ikki oyga, agar mutaxassis: bir yil ichida uch marta O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsa; olti oygacha, agar mutaxassis: bir yil ichida olti marta O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsa; mutaxassisga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa. 45. Quyidagi hollarda ham attestatning amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turilgan hisoblanadi: mutaxassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi; mutaxassis bilan mehnat shartnomasini tuzgan yuridik shaxsning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi. 46. Attestatning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilganda, attestatning amal qilishini to‘xtatib turgan bojxona organi ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Mazkur Nizomning 44-bandi oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha attestatning amal qilishi to‘xtatib turilganda, attestatning amal qilishini tiklash sudning oqlov hukmi chiqarilganda amalga oshiriladi. 47. Attestatning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) to‘g‘risida qaror qabul qilgan bojxona organi darhol bu haqda hududiy bojxona organlarini xabardor etadi. 48. Attestatning amal qilishi DBQ yoki hududiy bojxona boshqarmasi farmoyishi bilan to‘xtatib turiladi (tiklanadi), mazkur Nizomning 45-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha vaqtincha to‘xtatib turilishi bundan mustasno. 49. Quyidagi hollarda attestatining amal qilishi tugatiladi: mutaxassis o‘zining attestatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; mutaxassis attestatini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bojxona organi tomonidan belgilangan muddat davomida bartaraf etilmaganda; mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2278 — 22710, 22717 — 22720 va 22725-moddalari bo‘yicha bojxona huquqbuzarliklarini sodir etgani munosabati bilan bir yil ichida ikki martadan ko‘p marta javobgarlikka tortilganda; mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilganda; attestatning amal qilish muddati tugaganda; attestatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun bojxona yig‘imlari to‘lanmaganda, shuningdek attestatni berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy davomida attestat talab qilib olinmaganda. 50. Agar mutaxassis oqlangan bo‘lsa attestat DBQ tomonidan bojxona yig‘imlari undirilmasdan tiklanishi lozim. Attestat muddatining uzaytirilishi oqlangan kundan boshlab hisoblanadi. 51. Mazkur Nizomning 49-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan harakatlar amalga oshirilganda hududiy bojxona organi DBQga, asoslarni ilova qilgan holda, attestatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida tegishli taqdimnoma yo‘llaydi. 52. Attestatining amal qilishi, shuningdek sud qarori bilan ham tugatilishi yoki tiklanishi mumkin. 53. Attestatning amal qilishi bu haqda qaror qabul qilingan sanadan tugatiladi. Attestatning amal qilishini tugatish DBQ farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. 54. Mutaxassis attestatini berish to‘g‘risidagi takroriy ariza, mazkur Nizomning 49-bandi ikkinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, uning muddati tugatilgan kundan e’tiboran, bunga olib kelgan sabablar bartaraf etilishi sharti bilan, olti oy o‘tgandan so‘ng, yoxud sud tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng ko‘rib chiqilishi mumkin. 55. Amal qilishi tugatilgan attestat yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va ishlatilishi mumkin emas. 56. Attestat DBQ tomonidan bekor qilinishi mumkin, basharti u arizachiga uni berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda jiddiy ahamiyatga molik bo‘lgan, to‘liq bo‘lmagan yoki yolg‘on ma’lumotlar asosida berilgan bo‘lsa. Attestat, shuningdek sud qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin. 57. Attestatni bekor qilish uchun asos bo‘lgan faktlarni aniqlagan bojxona organi tegishli qaror qabul qilish uchun ularni DBQga taqdim qilishi shart. 58. Bekor qilingan attestat uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida majburiy ravishda DBQga qaytarilishi shart. 59. Attestatni bekor qilish DBQ farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi va attestat berilgan kundan amalda bo‘ladi. 60. Takroran attestatni berish to‘g‘risidagi ariza, attestatni bekor qilishga olib kelgan sabablar bartaraf etilishi sharti bilan, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgandan so‘ng, yoxud sud tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin. 61. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (bojxona brokyerlari emas) shtatida bo‘lgan mutaxassislar, uch ish kuni ichida DBQni, ish joyining o‘zgarganligi yoki mehnat shartnomasining bekor qilinganligi, shuningdek yuridik shaxsning amalda joylashgan joyining (pochta manzilining) va telefonlari raqamlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar qilishi lozim. 62. Attestatning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), tugatish va bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng ikki kun ichida bojxona organi DBQning rasmiy veb-saytiga joylashtirish uchun bu haqda DBQga ma’lumot taqdim etadi. DBQ taqdim etilgan ma’lumotlarni bir kun ichida DBQning rasmiy veb-saytida joylashtiradi, bu mutaxassislar, bojxona brokyerlari, yoxud boshqa yuridik shaxslar uchun attestatning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), tugatish va bekor qilish to‘g‘risida rasmiy elektron xabarnoma hisoblanadi. 63. Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘qitish va mutaxassislar malakasini oshirish, attestatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish), shuningdek tiklash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan miqdorlarda bojxona yig‘imlari undiriladi. Mutaxassisni o‘qitish uchun bojxona yig‘imi qaytarilmaydi, basharti talabgor oldindan xabardor qilmay, uzrli sabablarsiz o‘qishga kelmagan bo‘lsa. 64. Malaka imtihonini topshira olmagan hollarda attestatni berish uchun bojxona yig‘imi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi. 65. Bojxona organining attestatni bekor qilish, uning amal qilishini tugatish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin. 66. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
250
25,111
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘IDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784 va 01-02/8-38-son qarori (2008-yil 3-may, ro‘yxat raqami 1802 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatining o‘zbek tilidagi matniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Ikkinchi grafaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “TIF TN kodi (2007-yil versiyada)”. 2. 81-banddagi “8704 23 910 0” raqami “8704 23 910” raqami bilan almashtirilsin.
215
1,571
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti xarajatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjetini ijro etish jarayonida uning xarajatlari tasdiqlangan parametrlardan 10 foizdan ziyodga ortganligi to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Ilgari 370,0 mlrd.so‘m hajmda tasdiqlangan Uy-joylar qurish dasturini birgalikda moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga kredit liniyalari uchun qo‘shimcha mablag‘larni ko‘paytirish taklif etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 144-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlariga taqdim etilgan o‘zgartishlarni kiritishga ruxsat berilsin. 2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
103
903
Qonunchilik
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
172
462
Qonunchilik
Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot uchun pul mukofoti beriladi
Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi «Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 183-son qarori qabul qilindi. Nizomda belgilanishicha, yer nazorati hokimiyatlar, Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi: Davlat kadastr nazorati kadastrlarni yuritishga mas’ul boʻlgan organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli aхborot taqdim etish hamda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan davlat kadastrlarini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat. Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot bergan shaхslar BHMning 10%i (27 ming soʻm) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Bundan tashqari, qaror bilan Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda davlat geodeziya nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi. Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyхatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
103
1,681
Qonunchilik
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanini 2020 ― 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda ― dastur): 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 1-ilovaga; 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga; 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash parametrlari 3-ilovaga; 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yo‘l-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Namangan viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatib, monitoring natijalarini doimiy ravishda muhokama qilib borsin hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rsin. Bunda Namangan viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan kelishgan holda dasturda nazarda tutilgan parametrlarga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on tumanida import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud yoki ularni o‘tkazish oson bo‘lgan maqbul yer maydonlarini aniqlasin hamda kichik sanoat zonasi tashkil etish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligi To‘raqo‘rg‘on tumanining “Shahand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida “Hunarmandchilik markazi”ni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini respublikaning boshqa viloyatlaridagi turizm namoyishi obyektlariga yetkazish hamda ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha bir oy muddatda amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda tumanning “Soxibkor” agrofirmasi hududidagi uzumchilikka ixtisoslashgan 120,0 gektar yer maydonida besh yillik dastur asosida, bosqichma-bosqich manaviy eskirgan tokzorlarni sermahsul va eksportbop bo‘lgan uzum navlariga yangilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxatini shakllantirsin. Bunda hokimlik zaxirasida bo‘lgan foydalanishdan chiqqan va aholi uchun qulay joylashgan yer maydonlarini har bir talabgor va ekin turi bo‘yicha taqsimlab, ularni kooperatsiyalarga biriktirish nazarda tutilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi To‘raqo‘rg‘on tumanining Axsi, Xo‘jand, Buramatut, Shahand va Qatag‘onsaroy hududlarida istiqomat qilayotgan aholi uchun ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlariga xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha mazkur qarorga kiritilgan loyihalarni kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda inobatga olsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida aniq reja-jadvalni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hududning mehnat bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib kasbga tayyorlash yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 10. Namangan viloyati hokimligi dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ― O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Namangan viloyati hokimi H.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
192
6,480
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI PALATALARINING KELIShUV KOMISSIYASINI TUZISh VA UNING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
132
381
Qonunchilik
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qarori (ro‘yxat raqami 3101, 2018-yil 15-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 51-son, 980-modda) bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi, 8-bandidagi, 13-bandning uchinchi xatboshisidagi, 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 46, 59-bandlardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 6-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq auditorlik tashkiloti o‘zining mas’ul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 10-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.”. 4. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin: “61. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga auditorlik tashkilotlaridagi mas’ul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi.”. 5. 10, 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Mas’ul xodimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida auditorlik tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart. 11. Mas’ul xodim quyidagi funksiyalarni bajaradi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun auditorlik tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari to‘g‘risidagi axborotni auditorlik tashkilotning rahbariga taqdim etadi; auditorlik tashkiloti faoliyatida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan auditorlik tashkilotining rahbariga ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi; auditorlik tashkilotining rahbariga ushbu Qoidalar bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotni kamida bir yilda bir marotaba taqdim etadi; shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi; ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organining mas’ul shaxslari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; Ro‘yxatni auditorlik tashkiloti xodimlariga yetkazadi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin: “141. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart.”. 7. 15-banddagi “legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Chet el auditorlik tashkilotining alohida bo‘linmalari (agar mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar O‘zbekiston qonunchiligi talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim.”. 9. 17-banddagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 19-bandning yettinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqi” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 30-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;”. 12. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, auditorlik tashkilotlari mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.”. 13. 1-ilova 4-bandining rus tilidagi matnidagi “i finansirovaniyu terrorizma” degan so‘zlar “finansirovaniyu terrorizma i finansirovaniyu rasprostraneniya orujiya massovogo unichtojeniya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 14. 3-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Mijozni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan, Auditorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.”.
250
8,450
Qonunchilik
“O‘ZMONTAJMAXSUSQURILISh” UYuShMASINING IJARAChI KORXONA VA TAShKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh HAMDA XUSUSIYLAShTIRIShNI TUGALLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi korxona va tashkilotlari asosiy fondlarining yuqori darajada fizik va ma’naviy eskirganligi munosabati bilan hamda ularni Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tugallash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda “O‘zdavjamg‘arma” bilan birgalikda maxsus fondlardan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1993-yilning oxirigacha uyushma korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tugallashni ta’minlasin.
187
696
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-932-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 15-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-932-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
785
Qonunchilik
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida
Orolbo‘yi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hudud aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini oshirish, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, sohadagi ilg‘or yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish; Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasini (keyingi o‘rinlarda — Institut klinikasi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va innovatsion o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va o‘quv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish; fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish; ta’lim muassasasi va Institut klinikasi ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini ta’minlash; xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish; talabalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash; moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulatsion markaz, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash. 3. Belgilansinki: Institut Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi; Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi; Institut va Institut klinikasi — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, tegishlicha davlat oliy ta’lim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi; Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yo‘li orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Institut rektori Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega: ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, davolash ishlariga zamonaviy usullarni tatbiq etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarga qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Institut klinikasi va o‘quv bazalaridagi o‘quv xonalarini ta’mirlash, jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; Institut klinikasida yuqori texnologiyali tashxis qo‘yish va davolash usullarini joriy etish hamda Institutga qo‘shimcha mablag‘lar tushirish maqsadida Institut klinikasi bilan o‘zaro shartnomalar asosida hamkorlikda pullik asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘linmalarini tashkil etish. 5. Institut klinikasi faoliyati: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qo‘yish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish; respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Institut klinikasi quyidagi huquqlarga ega: o‘ziga biriktirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish; Institut bilan kelishilgan holda lavozimlar ro‘yxati va sonini ishlab chiqish va tasdiqlash; xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash. 7. Quyidagilar: a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari; amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 8. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari Institut klinikasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan haqiqatda imtiyozli davolangan bemorlar bo‘yicha Institut klinikasi taqdim etgan choraklik hisobotlardan kelib chiqqan holda ajratiladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida Institut tuzilmasi belgilangan tartibda tasdiqlanishi; Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha talabalari Institutning mos ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklariga o‘tkazilishi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi berilishi; Institut klinikasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi “Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4947-son farmoyishi asosida barpo etilgan bino va inshootlarga joylashtirilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda Institutda masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, Institut klinikasida telemeditsina imkoniyatlaridan keng foydalangan holda aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot amaliyotlarini olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin. 13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin: O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov — ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — Institut va Institut klinikasi faoliyatini samarali tashkil etsin, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev — tashkil etilayotgan Institut klinikasi joylashtirilishi, uning bino va inshootlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda Orolbo‘yi mintaqasi uchun yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, hudud aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3838-son qarori 8-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarori 5-ilovasining “Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari, ularning filiallari va klinikalari” bloki quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Toshkent tibbiyot akademiyasi 2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 3. Toshkent farmatsevtika instituti 4. Toshkent davlat stomatologiya instituti 5. Andijon davlat tibbiyot instituti 6. Samarqand davlat tibbiyot instituti 7. Buxoro davlat tibbiyot instituti 8. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 9. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali 10. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali 11. Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali”.
63
11,561
Qonunchilik
Tugatilgan “Motor zavodi” aksiyadorlik jamiyati mulki kompleksining bir qismini sotishda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasini qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovidan ozod etish to‘g‘risida
Ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatdosh elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilishda “O‘zeltexsanoat” AK faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2772-sonli qarorida nazarda tutilgan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2123-sonli qarori bilan tugatilgan “Motor zavodi” AJning mulki kompleksining bir qismini investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda sotish; tushgan mablag‘larni tugatilgan “Motor zavodi” AJ kreditorlari talablarini qoplashga, elektrotexnika tarmog‘ida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalariga yo‘naltirish; b) Vazirlar Mahkamasining “Elektrmaishiy texnikalarni ishlab chiqarish va marketing qilish Markazini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-apreldagi 172-sonli qaroriga muvofiq “Motor zavodi” AJ mulki kompleksining bir qismini “Vedanta Production” MChJ XKga sotishga ruxsat olingani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Tugatilgan “Motor zavodi” AJ mulki kompleksining bir qismini sotishda “O‘zeltexsanoat” AK qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar elektrotexnika sanoatida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
192
1,854
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGINING MINTAQAVIY VAKOLATLI VAKILI BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Ilova etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik yoki TIAV deb ataladi) respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirishni, tartibga solishni, nazorat qilishni hamda boshqarishni amalga oshiruvchi, respublikadan tashqarida, shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining vakili bo‘luvchi, barcha tashqi iqtisodiy masalalarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari borasida respublika nomidan hamda respublika manfaatlarini ko‘zlab qatnashuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi. 2. Vazirlik yagona tashqi iqtisodiy siyosatni hamda uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, ham ichki, ham tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo-sotiq, sport, madaniy hamkorlikning samaradorligini oshirish, turistik va boshqa xil aloqalarni, hamkorlik qilishning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borishlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuzilgandir. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida xalqaro huquq me’yorlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi. 4. Vazirlik o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejaviy, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalariga, ularning samaradorligini oshirishga, ana shunday aloqalar tartibini takomillashtirishga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa davlat hamda jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” yoki “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vazifalari: tashqi iqtisodiy sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat istiqloli va iqtisodiy mustaqilligi qoidalarini ro‘yobga chiqarishdan; O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlashdan; tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va bunday aloqalar istiqbolini belgilash tizimi hamda ularni rivojlantirish dasturlarining muhim masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda faol qatnashishdan; iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy masalalar va hamkorlikning o‘zga turlari bo‘yicha, shu jumladan to‘lov hisob-kitob munosabatlari, chet el kreditlarini olish va davlat kreditlarini. berish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzishdan; davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish ishlarida ishtirok etishdan, ularning hisobini yuritish va ulardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilishdan, kredit evaziga a’mollar bajarish uchun o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlarga topshiriqlar berish hamda kreditlar hisobiga tuzilayotgan bitimlar berilgan kreditlarning shartlariga mos ekanligi tezlikda nazorat etilishini ta’minlashdan; O‘zbekiston Respublikasining savdo iqtisodiy hamkorlik borasidagi xalqaro shartnomalari yuzasidan tomonlarning majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni ta’minlashdan; Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda davlatlarning O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan o‘zga ittifoqlari tarkibiga kirgan davlatlarning idoralari bilan tashqi iqtisodiy sohada o‘zaro hamjihat siyosat yuritishda birgalikda harakat qilishdan, shu jumladan boshqa chet el mamlakatlarining tashqi iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan; umumdavlat ahamiyatiga molik mollar (ishlar, xizmatlar) bilan eksport-import a’mollari o‘tkazishni tashkil etishdan; tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda chet ellarda hamda respublika hududida chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida obyektlar qurilishini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdan; tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan me’yoriy-huquqiy faoliyatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uning davlat tomonidan tartibga solib borilishini takomillashtirishdan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining ichki va tashqi bozorda O‘zbekistonning davlat manfaatlariga, shu sohada amal qilib turgan qoida va me’yorlarga rioya etishlarini nazorat qilish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib turish va tahlil etib borishdan; siyosiy-iqtisodiy va moliya-kredit holatini, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlarini, chet el mamlakatlarining tegishli qonunlarini, chet ellik sheriklarning ishonchli va ishbilarmonlik nufuzini o‘rganish va tahlil etishdan; O‘zbekistonning eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda respublikaning import mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan; respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishning va ulardan samarali foydalanish ustidan, respublika sarmoyasini chet ellarda oqilona joylashtirish ustidan nazorat o‘rnatishning umumdavlat siyosatini ishlab chiqishda va bu siyosatni yuritishda faol ishtirok etishdan; talab-ehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan; tijorat siriga rioya etgan va uni saqlagan holda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari o‘rtasida tuzilayotgan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarni muqarrar tarzda ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olishdan; mulkchilik shakli va kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan chet el tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarni tashqi iqtisodiy, aloqalar qatnashchilari sifatida ro‘yxatga olish tartibini belgilash hamda ularni ro‘yxatga olish, chet el firmalari, kompaniyalari va tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilish uchun, shu jumladan eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilash va ularga litsenziyalar berishdan; mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish kvotasi yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritishdan; respublika tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining mollar (ishlar, xizmatlar)ni litsenziyalash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etishlarini nazorat qilishdan; noan’anaviy eksport dasturlarini, shu jumladan ilm-fanni ko‘p talab qiladigan mahsulotlarni, texnologiyalar va xizmatlarni, butlov mahsulotlarini yetkazib berish, ishlab chiqarish-texnologiya kuchlarini jamlash va ilmiy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etishdan; eksport dasturlarini hamda chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish tashkilotlari tuzishdan; Vazirlik ko‘rsatmasi bilan chet el mamlakatlariga qisqa muddatli va uzoq muddatli xizmat safariga yuborilayotgan xalq xo‘jaligi mutaxassislarining chet elga chiqishi to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish, chet el pasportlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, berilishi hamda saqlanishini ta’minlashdan, zarur ruxsatnomalarni olish, Vazirlik tizimidagi xodimlarning chet elda bo‘lish muddatlarini, chet el pasportlarining, respublika va chet el ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini nazorat qilishdan, chet elga borishi Vazirlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan shaxslarga tegishli tushuntirish va yo‘l-yo‘riq berishdan; Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi tomonidan berib qo‘yilgan huquqlar doirasida aksiyali jamiyatlarda davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni, paylarni) idora etishdan; milliy ahamiyatga molik bo‘lgan keng ko‘lamdagi loyihalar bo‘yicha xalqaro savdo-sotiqlarni (tendyerlarni) tanlov asosida o‘tkazishdan; qo‘shma korxonalar va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa qatnashchilari faoliyatini tekshirish uchun auditorlik xizmatini, yirik tashqi iqtisodiy loyihalar va dasturlarning xolis ekspertizasini yo‘lga qo‘yishdan; qo‘shma korxonalar va chet el korxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, umumlashtirish va bu faoliyat samaradorligini tahlil etishdan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda va chet ellarda respublikaning savdo vakolatxonalarini ochish, ularning kadrlar tarkibini belgilangan tartibda qaror toptirish, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda o‘z vakillarini O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzurida iqtisodiy maslahatchi etib tayinlashdan; O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo vakolatxonalari hamda iqtisodiy maslahatchilar faoliyatiga rahbarlik qilishdan; Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining savdo vakillarini va ularning o‘rinbosarlarini, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish (chaqirib olish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni va takliflarni kiritishdan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning ishini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishdan; respublikada va chet ellarda tashqi iqtisodiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazishni amalga oshirishdan; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarni chet ellarga xizmat safariga yuborish va tashqi iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib borishdan hamda ana shu ish samaradorligini tahlil qilishdan; Tashqi iqtisodiy aloqalarning xo‘jalik va tashkiliy-huquqiy tartibotini takomillashtirish yuzasidan qonunlar negizini ishlab chiqishda va takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishda faol qatnashishdan, respublikaning iqtisodiy idoralari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralarning, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishdan; amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqi iqtisodiy tashkilotlarining, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet ellardagi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining savdo va iqtisodiy vakolatxonalari orqali muvofiqlashtirib borishdan; transportning barcha turlarida xalqaro miqyosda yuk tashish, shu jumladan, tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish yuzasidan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar idoralar va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib borishdan, shuningdek, tashqi savdo yuklarini tashishni tartibga solishning huquqiy, tarifga doir va boshqa tadbirlarini ishlab chiqishda, kelishib olishda va amalga oshirishda qatnashishdan; xoh respublika hududida bo‘lsin, xoh o‘z vakolatxonalari orqali Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida bo‘lsin, chegara punktlarida (portlarda, temir yo‘l stansiyalarida, yuklar tushirib, qayta ortiladigan bazalarda, shuningdek, aeroportlarda) eksport-import yuklarining holati ustidan davlat nazoratini yo‘lga qo‘yishda qatnashishdan; tashqi savdo yuklariga ko‘rsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmati tizimini takomillashtirish, respublika hududida, shuningdek, asosiy dengiz portlarida, temir yo‘l chegara stansiyalarida tashqi savdo yuklarini omborga joylashdan, qayta ishlash va mollarning e’lon qilinadigan ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni yozishni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishdan, eksport-import yuklari va tranzit yuklarning harakatini nazorat qilishdan; tashqi bozorda umumdavlat manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazorat natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishdan, shu asosda tashqi iqtisodiy aloqalardagi, shu jumladan hamkorlikning yangi shakllari borasidagi, xususan qo‘shma tadbirkorlik, bevosita ishlab chiqarish va ilmiy-texnika aloqalari, mol almashuv a’mollari, sohil bo‘yi va chegara bo‘yi savdosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etish borasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish to‘g‘risida takliflar tayyorlashdan; O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishni, shu jumladan bu ishni eksport va import tuzilmasini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rag‘batlantirish va kengaytirish yo‘li bilan ta’minlash, hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirish, valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda respublika kreditlari qaytarilishini ta’minlash ustidan nazorat qilib borishdan; O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib berishdan, respublika tashkilotlarining, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarning tashqi iqtisodiy sohadagi amaliy faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi umumiy iqtisodiy va huquqiy muhitni yuzaga keltirishda qatnashishdan iborat. o‘zining ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va o‘rta biznes korxonalari chiqaradigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil qilish, ularga xorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda ko‘maklashish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning respublika viloyatlari va Toshkent shahri bo‘yicha vakolatli vakillari boshqarmalari, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tijorat tizimlari, ham respublika hududidagi, ham undan tashqaridagi ayrim mintaqalarda, punktlarda va obyektlarda ochilgan filiallar, chet ellardagi savdo va iqtisodiy vakolatxonalar, respublikaning xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, tijorat-reklama markazi (Respublika xalqaro savdo majmui). transport vakolatxonalari va vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar hamda chet ellardagi muassasalar yuridik shaxs huquqida Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi rahbarligi ostida amalga oshiradi. 7. Mintaqaviy vakolatli vakillar boshqarmalari (matnda bundan keyin “Vakillar boshqarmalari” deb yuritiladi) hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi o‘z faoliyatini o‘zaro jips hamkorlikda olib boradilar. Vazirlikning vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vakolatli vakillar boshqarmalarining tarkibiy tuzilishi va shtatlari soni, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda tashkilotlarining ustavlari, nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan belgilab qo‘yiladi va tasdiqlanadi. 8. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar va bo‘linmalarning ustavlari va nizomlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tasdiqlaydi. 9. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari faoliyatni to‘la xo‘jalik hisobi sharoitida amalga oshiradilar. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, Vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lish maqsadida aksiyali jamiyatlar, uyushmalar, qo‘shma korxonalar, konsernlar va tadbirkorlikning (tijoratning) boshqa shakllarida qatnashish, shu jumladan bunday korxonalar, konsernlarni va tadbirkorlikning (tijoratning) bu xildagi shakllarini o‘zlari ta’sis etish, qolaversa faoliyatning boshqa turlarida ishtirok etish uchun, Vazirlikning roziligini oladilar. 10. Vazirlik o‘z tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi va boshqa xil tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan mulkiy javobgar bo‘lmaydi, tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa Vazirlik majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi: O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va. ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar va boshqa yechimlarning O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini ham yaxlit holatda, ham ayrim mamlakatlar, bir guruh mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda qatnashadi; eksport-import bo‘yicha valyuta rejasi loyihasi yuzasidan kvota ajratish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi ishlab chiqqan uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalariga, vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar, “O‘zshartnomasavdo” buyurtmanomalariga muvofiq uskunalar, materiallar, xomashyoni, shu jumladan xalq xo‘jaligining ijtimoiy majmui tarmoqlari uchun ham uskunalar, materiallar, xomashyoni, xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolarni chetdan olib kelishning davlat rejasi loyihasini ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun valyuta mablag‘lariga bo‘lgan talabni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi ajratadigan tegishli kvotalar asosida, korxonalar, tashkilotlarning chet elga mol chiqarishini rag‘batlantirish uchun Moliya vazirligi eksport dotatsiyalari va boshqa kerakli mablag‘lar ajratishini nazarda tutib, eksport va import qilish rejasining va chet elga mol chiqarish borasidagi davlat buyurtmasining loyihasini tayyorlaydi; davlat buyurtmasi eksport va import rejasining muvozanatlashtirilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi statistika hisoboti shakl-andozalarini, Standartlashtirish davlat qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Respublika uyg‘unlashgan tizimini, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda esa eksport-import a’mollarini tarif asosida va tarifsiz boshqarish tadbirlarini ishlab chiqadi; Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda tovar-moliya kreditlarining, ularga xizmat ko‘rsatishning, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘zining valyuta xarajatini o‘zi qoplash qoidalari asosidagi yirik investitsiya mablag‘larining miqdorlari va yo‘nalishlarini belgilaydi, kreditlardan foydalanish ustidan nazorat olib boradi; tashqi iqtisodiy aloqalar davlat nazorati, boshqarish va ularga oid axborotlar tizimining yagona axborot tarmog‘ini tuzishni ta’minlaydi va uning ishini yo‘lga qo‘yadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir ma’lumotlarning respublika jamg‘armasini vujudga keltiradi; vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilikning hamma shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobotlari va taqdimnomalari, shuningdek yuklarning e’lon qilingan ro‘yxati to‘g‘risida bojxona tomonidan beriladigan ma’lumotlar asosida eksport va import yuzasidan davlat buyurtmasi bajarilishini nazorat qilib boradi; eksport va importning sur’ati, mutanosibligi va samaradorligini natura holida va narx-navo ifodasida tahlil qiladi hamda istiqbolni belgilaydi; savdo va to‘lov balansining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyati turlariga doir qismi yuzasidan istiqbol narxlarini ishlab chiqadi va ularning holatini tahlil qiladi; vazirliklar, idoralar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar boshqa qatnashchilari Vazirlikka yuboradigan axborotlar asosida ular tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi davlat topshiriqlarini qanday bajarayotganliklarini tahlil etadi, respublikaning xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari qanday bajarilayotgani haqida jamlama hisobotlar tayyorlaydi, tashqi savdo bitimlari hisobotini yuritadi; mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining, shu jumladan belgilangan tartibda respublika hududida ham, chet ellarda ham chet el jismoniy va yuridik shaxslarining faoliyatini muayyan yo‘nalishda va keng ko‘lamda tekshirishni tashkil etadi hamda o‘tkazadi (zarur hollarda bu ish Moliya vazirligi, davlat soliq inspeksiyasi, maxsus yurisdiksiyaga ega bo‘lgan idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi), tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari respublika qonunlarini buzayotgan va O‘zbekiston manfaatlariga zarar yetkazayotgan hollarda, shu jumladan g‘irrom raqobat, litsenziyalarning shartlari buzilgan hollarda eksport-import a’mollarning oldini oladi, tezlik bilan to‘xtatib qo‘yadi, Vazirlar Mahkamasiga tashqi iqtisodiy faoliyatni to‘xtatib qo‘yish, sudlarga esa tashqi iqtisodiy faoliyatni to‘xtatish va bunday ish qilgan tashkilotga nisbatan boshqa tegishli tadbirlar ko‘rish haqida, shuningdek, to‘xtatib qo‘yilgan a’mollarni tiklash to‘g‘risida takliflar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el savdo vakolatxonalari bilan, chet el mamlakatlari elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar bilan birgalikda ish olib boradi; chet el mamlakatlari hukumatlari, tashkilotlari va firmalarining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda shu masalalar yuzasidai takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, tovar oborot va to‘lovlar, yetkazib beriladigan mollarining hajmi va navbati to‘g‘risida, eksport va import ishiga kredit berib turish to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida muzokaralar olib boradi hamda o‘z huquq doirasida zarur hujjatlarni imzolaydi; O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisod sohasidagi hukumatlararo shartnomalarining asl nusxalarini o‘zida saqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni va ko‘rsatib o‘tilgan vakolatxonalarning xorijiy xodimlarini shaxsan akkreditatsiya qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, shuningdek, bunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan o‘zlari to‘g‘risidagi axborotlarni ko‘rib chiqadi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi respublika birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzishga ko‘maklashadi; chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida chet ellarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida obyektlar qurish uchun investitsiya ajratishdan oldingi hujjatlarni va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiladi; chet ellarda barpo etilayotgan, shuningdek, chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan obyektlar uchun ajratilgan eksport tovar fondlari hamda valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish va ularni rasamadi bilan sarflash ustidan nazoratni ta’minlaydi; eksport va import bo‘yicha reja asosidagi hisob-kitob baholarini ishlab chiqishda hamda valyuta-kredit masalalari yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek, tashqi savdodagi baho va tariflarni belgilashning qoidalari va usuliyotini ishlab chiqishda ishtirok etadi, asosiy eksport va import mollari yuzasidan tashqi savdo baholari darajasini nazorat qilib boradi; eksport mollarini ortish hamda O‘zbekiston hududidan chet el tranzit yuklari olib o‘tish uchun ruxsatnomalar beradi; o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy firmalar va birlashmalar orqali shartnoma asosida tashqi savdo yuklarini hamda O‘zbekiston hududidan olib o‘tiladigan chet el tranzit yuklarini tashish va ularga transport ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi, tashqi savdo yuklari tashishni takomillashtirish, bunday yuklar saqlanishini yaxshilash ha ularni asrashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va idoralar, chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik yuzasidan hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi va ularning ishida ishtirok etadi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar masalalariga doir konferensiyalarda, kongresslarda, simpoziumlar va yig‘ilishlarda qatnashadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir masalalarni muhokama etish va hal qilish uchun O‘zbekistonga keladigan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi; chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlaydi; ayrim mollar (ishlar, xizmatlar)ga, mamlakatlar va bir guruh mamlakatlarga muayyan davrga eksport-importni litsenziyalash va kvotalashni joriy etish to‘g‘risida, shuningdek, to‘lov imkoniyatlari holati va boshqa iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlar taqozo qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan bir taraflama kamsituvchi cheklovlar kiritgan ayrim davlatlarga nisbatan eksport-import a’mollarini taqiqlash, cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; chet el davlatlarining amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan cheklash yo‘liga o‘tgan yoki respublika tashkilotlari oldida zimmasiga olgan majburiyatlarini halol bajarmayotgan kompaniyalari ro‘yxatini yuritadi, bu ro‘yxat mazmuni yuzasidan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga maslahatlatlar berib boradi; respublikadagi va chet ellardagi ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, chet el mamlakatlari va shu mamlakatlardagi savdo-sotiq doiralari bilan O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish yuzasidan targ‘ibot-axborot ishlarini, shu jumladan aksiltarg‘ibot ishlarini olib boradi; respublika tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining xalqaro iqtisodiy va boshqa tashkilotlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, tashqi bozorda a’mollar o‘tkazishda hamda hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi, ishning ko‘zini biladigan sheriklarni izlashda ko‘maklashadi, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, tashqi savdo qonunlari, an’analari, rasm-rusumlari va qoidalari yuzasidan tegishli axborotlar beradi; investitsiya hamkorligi loyihalarini birgalikda ro‘yobga chiqarish maqsadida respublikadagi tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga, banklarga, jamg‘armalarga va boshqa tashkilotlarga chet el firmalari bilan o‘zaro foydali asosda aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi; respublika tadbirkorlarining boshqa mamlakatlarning, korxonalari, tashkilotlari va firmalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik o‘rnatishlariga, shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda tadbirkorlik ishlarini birgalikda olib borishning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi, shu jumladan O‘zbekiston hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etishda qatnashadi; chet el savdo-sotiq doiralari va jamoat tashkilotlarining vakillarini respublikaga taklif etadi va kelganlarida qabul qiladi ish va tadbirkorlik bilan bog‘liq turizmni rivojlantirishga ko‘maklashadi, ham chet ellarda, ham O‘zbekiston Respublikasi hududida uchrashuvlar, simpoziumlar, konferensiyalar, kongresslar tashkil etadi va o‘tkazadi, Vazirlik huquqi doirasiga kiritilgan masalalar yuzasidan amaliy aloqalar o‘rnatish uchun o‘z vakillarini chet ellarga yuboradi; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil qiladi, ularning ish tajribasini, shu sohada amal qilib kelayotgan me’yoriy hujjatlarni qo‘llanish tartibini o‘rganadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi hamda ijobiy tajribani ommalashtiradi; o‘z tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari, birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatining me’yoriy negizini ishlab chiqishga, ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda nazorat etib turadi, ularning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarini, moliya rejalari hamda tovar hisob-kitoblarini jamlaydi va umumlashtiradi; respublikada va chet ellarda xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, kim oshdi savdolari va boshqa tadbirlar uyushtiradi, tijorat-axborot va reklama ishlari olib boradi; Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan vaqtli nashrlar, axborot-reklama va boshqa xil materiallar chop etadi, tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari yuzasidan fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi; ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda sanoat mulkining boshqa obyektlariga muhofaza etuvchi hujjatlar olish yuzasidan, shuningdek, respublika qonunlari va xalqaro shartnomalardan kelib chiqib, ularning huquqlarini himoya qilish yuzasidan respublika va chet el yuridik hamda jismoniy shaxslariga maslahatlar beradi; chetdan olib kelingan molni qayta eksport qilish a’mollariga ruxsatnomalar beradi, respublikadan olib chiqilayotgan mollarning yaratilishi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (sertifikatlarni), shu mollarga ilova qilingan hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni tasdiqlab beradi; eksport va import mollar, xomashyolar, uskunalarning sifati, butligi va miqdori yuzasidan, shuningdek, mollarning o‘rab joylanishi va xos belgilari holati yuzasidan mustaqil ekspertiza va nazorat o‘tkazilishini tashkil etadi; tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalarning shartlariga muvofiq favqulodda va kutilmagan hodisalar, holatlar (fors-major) to‘g‘risida dalolat beradi; rejalashtirish, hisob va statistika hujjatlarini yuritish, me’yoriy negiz ishlab chiqish, auditorlik faoliyati va tashqi iqtisodiy faoliyatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining boshqa barcha masalalari yuzasidan rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet el firmalari akkreditatsiya qilingan vakolatxonalarining, xalqaro xo‘jalik, iqtisodiy tashkilotlarning Davlat ro‘yxatini yuritadi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi balansida turuvchi, O‘zbekiston hududidagi va chet ellardagi davlat mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi; ixtisoslashgan tashqi iqtisodiy tashkilotlarni hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi boshqa tashkilotlarni shifrli aloqa bilan ta’minlaydi; Vazirlik tarkibiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar xodimlarini, eng avvalo budjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida Vazirlik tizimida xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini o‘zlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi; Vazirlik tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, mamlakat ichkarisidagi va chet ellardagi o‘z tasarrufida bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tijorat hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirib turadi va taftishlar o‘tkazadi; xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi, amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa vazifalarni bajaradi. 12. Vazirlik: vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralaridan, shuningdek, bevosita korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar boshqa qatnashchilaridan tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir buxgalteriya, hisobot, statistika ma’lumotlari, takliflar va xulosalar hamda boshqa materiallar, davlat buyurtmasini hamda eksport va import bo‘yicha valyuta rejasini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tekshirish uchun kerakli materiallar, shu jumladan idoraviy statistika materiallari va boshqa axborot materiallari olish hamda zimmasiga yuklatilgan funksiya va vazifalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozishmalar olib borish; O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga yordam beradigan tashqi iqtisodiy konsorsiumlar, konsernlar, aksiyali kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va loyihalarning muassisi bo‘lish, ularning faoliyatida qatnashish; yagona tashqi iqtisodiy siyosat o‘tkazish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga doir boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining, mahalliy idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining, hamda boshqa davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, birlashmalari hamda o‘zga tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish; respublikadagi va chet ellardagi o‘z tasarrufida bo‘lgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari, firmalar, markazlar, agentlar, jamg‘armalar, o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan, chet ellik sheriklar ishtirokidagi ana shunday tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish; Vazirlik o‘z vazifalarini yanada to‘liqroq va samaraliroq bajarishiga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan ittifoqlar, uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibga kirish, shu jumladan birlashmalar barpo etish; bo‘linmalar, bo‘limlar barpo etish, o‘z firma va birlashmalarining filiallari hamda vakolatxonalarini ochish, shu jumladan ularni chet ellarda ochish; O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari yuzasidan muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnikaviy va boshqa xil kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek, maxsus kengashlar chaqirish; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning eng muhim muammolari yuzasidan takliflar tayyorlash uchun olimlar, xalq xo‘jaligi mutaxassislari orasidan zaruratga (qarab muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida maslahat olish, bu sohadagi muammolarni o‘rganish va hal etish uchun xoh respublikadan, xoh Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan, shu jumladan chet ellardan olimlarni, mutaxassislarni va ekspertlarni shartnoma (bitim) asosida jalb etish; rivojlantirish, rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash jamg‘armalari hamda boshqa markazlashgan jamg‘armalar barpo etish uchun o‘z tasarrufidagi tashkilotlar, firmalar, korxonalar, markazlarning daromadlarida so‘m va valyutadagi ajratmalarning me’yorlarini belgilab qo‘yish; o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning daromadlaridan markazlashgan maxsus, shu jumladan valyutadagi iste’mol va jamg‘arma fondlarini tashkil etish tartibini hamda ularni tarkib toptirish miqdorlarini belgilab qo‘yish, sug‘urta fondlari hosil etish va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish; yillik sarf-xarajatlarga mo‘ljallangan smetadan tejab qolingan mablag‘larni o‘z tasarrufida qoldirish, Vazirlik va uning bo‘linmalari respublikaning o‘zida va uning sarhadlaridan chetda turli xizmat va faoliyat ko‘rsatishdan olgan, budjetdan tashqari mablag‘lardan to‘liq foydalanish, o‘z moddiy-texnika negizlarini rivojlantirishni pul bilan ta’minlash va ijtimoiy maqsadlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida ro‘yxatga olganlik, chet el yuridik shaxslariga litsenziyalar berganlik va akkreditatsiyadan o‘tkazganlik uchun to‘lov olish; maxsus va shaxsiy unvonlar, martaba darajalari, ilmiy darajalar, chet tillarini bilganlik va ma’lum xizmat muddati uchun lavozim maoshlariga ustama haq belgilash; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, uning tasarrufida bo‘lgan birlashmalar, firmalar va tashkilotlarning (Vazirlikning roziligi bilan) rasmiy taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarining respublika hududida bo‘lishi va transport xarajatlarini so‘mlarda to‘lash; chet el mamlakatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan o‘zaro kelishib texnikaviy va iqtisodiy axborotlar almashish, shu maqsadda vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan zarur materiallar olish; belgilab qo‘yilgan miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilishiga o‘zgarishlar kiritish; o‘z huquq doirasida O‘zbekistonning o‘zida ham, chet ellarda ham davlat idoralari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari, mansabdor va xususiy shaxslar bilan bog‘lanish; valyuta kimoshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar, xomashyo, ishlar va xizmatlar uchun tanlov asosida litsenziyalar berish, shu jumladan kvotalangan mollarni eksportga chiqarish litsenziyalarini kimoshdi savdosi orqali sotish huquqiga ega. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig‘iga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni Vazirning o‘zi taqsimlaydi. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarining vakolat doirasini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi va uning o‘z vazifalarini ado etishi uchun shaxsan javobgardir. U o‘z o‘rinbosarlarining hamda Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim yo‘nalishlariga rahbarlik qilishdagi javobgarlik darajasini belgilab beradi. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, xususan: zarur hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari, yo‘l-yo‘riqlarini bekor qiladi yoki ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi; Vazirlik huquq doirasiga taalluqli masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi; Vazirlik va uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi; Vazirlik bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; belgilab qo‘yilgan tarkibiy tuzilish miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi; markaziy apparat xodimlarini, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarini, Vazirlik tasarrufida bo‘lgan muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini, savdo vakillari va ularning chet ellardagi apparati xodimlarini, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; Vazirlik xodimlarini, shuningdek, o‘z tasarrufidagi muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini chet elga xizmat safariga yuborish masalalarini hal etadi. 14. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri (lavozimiga ko‘ra), Vazirlikning, uning tasarrufidagi tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek, respublika huquq-tartibot, bojxona, moliya idoralarining hamda o‘z vazifalari doirasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari boshqaruvida qatnashuvchi boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi. Hay’atning miqdori va uning tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining hay’ati o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida: yagona tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va o‘tkazish; Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir muhim qonunchilik aktlari va qarorlarining loyihalarini tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashqi iqtisodiy shartnomalarini tayyorlash, tuzish, ijro etish va bekor qilish (denonsatsiya); vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar tashqi bozorda davlat manfaatlariga rioya etishi ustidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatda kelishilgan tarzda siyosat olib borish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchilari bo‘lgan boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy idoralari bilan ishni muvofiqlashtirib turish va o‘zaro hamkorlik qilish; savdo vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati; Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda o‘z tasarrufida bo‘lgan birlashmalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar faoliyati; Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining rahbarlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri va vazir o‘rinbosarini, xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda birlashmalarning, markazlarning va o‘z tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning bosh direktorlarini, bosh direktor o‘rinbosarlarini, direktorlarini, savdo vakillarini, ularning o‘rinbosarlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tasdiqlash; hukumat topshiriqlarini, Vazirlikning valyutaga oid va boshqa rejalarini bajarish masalalarini ko‘rib chiqadi. Hay’at o‘z majlislarida Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqadi. Hay’at majlisida uning tarkibiga kirganlarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi. Muhokama etilayotgan masala yuzasidan qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarori, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hay’at o‘rtasida tafovut kelib chiqqan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilib, o‘z qarorini hayotga tatbiq etadi, hay’at a’zolari esa o‘z navbatida fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin. 15. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘z huquq doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning vakolatli vakillari, o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar, vakolatxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlaridagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar apparatlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, yo‘l-yo‘riqlar, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, ko‘rsatmalar beradi, ularning ijrosini tashkil etadi va tekshirib boradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ishlab chiqqan va tasdiqlagan me’yoriy va uslubiy hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari ijro etishi uchun ham majburiydir. Vazirlik zarur hollarda boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan birgalikda yoxud ular bilan kelishib, buyruqlar va yo‘l-yo‘riqlar chiqaradi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilishi, ish haqi fondi va xodimlarining sonini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining (matnda bundan keyin “Vazirlik” deb yuritiladi) viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha (matnda bundan keyin “Mintaqa” deb yuritiladi) Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi (matnda bundan keyin “Vakolatli vakil boshqarmasi” deb yuritiladi) mintaqada yagona iqtisodiy siyosat o‘tkazish va uni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo, madaniy, sport, turistik va boshqa xil aloqalar samaradorligini oshirish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borish uchun mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi. 2. Vakolatli vakil boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Vakolatli vakil boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi sifatida tuziladi va u o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-iqtisodiy, rejaviy, tahliliy va boshqa masalalariga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisod tashkilotlari, birlashmalari va korxonalariga, jamoat tashkilotlariga, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kooperativlar hamda boshqa davlat va o‘zga xil jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, xususiy tadbirkorlarga (matnda bundan keyin “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar” yoki “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi. 4. Vakolatli vakil boshqarmasi o‘z faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bo‘linmalari, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi savdo vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiradi. 5. Vakolatli vakil boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi ishlarni davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari bilan o‘zaro jips hamkorlikda olib boradi. 6. Vakolatli vakil boshqarmasining asosiy vazifalari: O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini har taraflama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida mintaqada O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investitsiya siyosatini o‘tkazishni, bu aloqalarning respublikani, mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdagi samaradorligini oshirishni ta’minlashdan; mintaqaning, O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy valyuta-kredit va investitsiya siyosatining hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan muhim masalalari hamda bunday aloqalarni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan rejalari va dasturlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashishdan; mintaqaning mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ham ichki, ham tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishdan, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirib borish va boshqarib turishdan; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlarida umumrespublika ahamiyatiga molik mollar yuzasidan eksport-import a’mollarini o‘tkazishda ko‘maklashish, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida obyektlar qurishda chet el firmalari, tashkilotlariga texnikaviy va iqtisodiy ko‘mak berishdan; mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirish, shu jumladan mintaqa, umuman respublikaning talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda eksport va import tuzilmasining tarkibini yaxshilash, valyuta mablag‘larini oqilona sarflash yo‘li bilan bunday aloqalar samaradorligini oshirishdan; tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan ham import bo‘yicha, ham eksport bo‘yicha jahon bozorlaridagi talab-ehtiyojlar va baholarni o‘rganish hamda istiqbolini belgilash orqali yordam ko‘rsatishdan, eksport asosini vujudga keltirish va rivojlantirishga, eksport mahsulotlarining texnikaviy darajasi va raqobatga qobilligini tahlil etish va eksport mollari, mahsulotlarini aniqlash ishlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, manfaatdor korxonalar va tashkilotlarni axborot, maslahatlar bilan ta’minlash va auditorlik xizmati ko‘rsatishdan, ham respublikaning o‘zida, ham chet ellarda kadrlarni tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazishdan; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi bozorga chiqishlari uchun, shuningdek, tadbirkorlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq eng qulay sharoitlar yaratib berishdan; mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tuzadigan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarning tijorat sirlari saqlanishini ta’minlagan holda ularni majburiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olib borishdan, litsenziyalar asosida eksport va import qilinadigan mollar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha bitimlar bundan mustasno; mamlakatlar va mollar (ishlar, xizmatlar)ning turlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy a’mollarni o‘tkazish uchun kvotadan foydalanish va litsetsziyalar berish, ularni tarifsiz boshqarishning boshqa tadbirlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga kiritish uchun takliflar tayyorlashdan, berilgan litsenziyalar istifoda etilishi ustidan nazoratni ta’minlashdan; kvota va litsenziyalarni tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida sotishni yo‘lga qo‘yishda qatnashishdan; mintaqada bozor tizimini shakllantirishda, mollar ishlab chiqarish tarmoqlarini, shuningdek, savdo uylari, tovar birjalari, yarmarkalar va kimoshdi savdolari tarmog‘ini kengaytirishdan, shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini ularga jalb etishdan; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi axboroti uchun mintaqaning eksport imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashda qatnashish, mintaqaning ichki bozori muvozanatlashtirilgan bo‘lishini va iste’molchilarning huquqlari himoya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishdan; tegishli mintaqalarda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunlarining qo‘llanish amaliyotini umumlashtirish hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga shu xususda tegishli axborot va takliflar tayyorlashdan; shartnoma majburiyatlari, mollar, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish yuzasidan belgilangan davlat topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqib Hukumat belgilaydigan topshiriqlar bajarilishini ta’minlashdan; tashqi iqtisodiy aloqalarning xo‘jalik tashkiliy-huquqiy tartibotlarini takomillashtirishga va bunday aloqalar samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan; chegara punktlarida (portlarda, temir yo‘l stansiyalarida, yuklar tushirilib qayta ortiladigan bazalarda, aeroportlarda) eksport va import yuklarining holati ustidan mintaqada davlat nazoratini tashkil etishda qatnashishdan iborat. 7. Vakolatli vakil boshqarmasi: mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan uzoq muddatga mo‘ljallangan boshqa dasturlar va rejalarning respublikaning tashqi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda, shuningdek, tashqi bozorda xaridorgir, raqobatga qobil eksport mollari, mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish tadbirlarida qatnashadi; mintaqaning eksport va importga doir jamlama ko‘rsatkichlari, chet el valyutasidagi tushumlar va to‘lovlar yuzasidan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning takliflari asosida dasturlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda mahalliy hokimiyat idoralari (hokimliklar) bilan kelishib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi; korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari eksport va importga doir davlat buyurtmasini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilib boradi; Vazirlik tasarrufidagi, mintaqada joylashgan va o‘z faoliyatini shu yerda amalga oshirayotgan barcha tashkilotlar ishini kuzatib boradi. Vazirlik rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra bevosita bu tashkilotlardagi ishlar ahvolini tekshiradi hamda tegishli axborot tayyorlaydi, ularning ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etadi; tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari, mahalliy statistika boshqarmalari, bojxona va boshqa tashkilotlar yuboradigan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining ishini tahlil qiladi, tashqi savdo bitimlari va savdoga taalluqli bo‘lmagan a’mollar bajarilishi hisobini yuritadi va nazorat qilib boradi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga tegishli jamlama axborot tayyorlaydi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshirig‘iga ko‘ra belgilangan tartibda (shu jumladan Moliya vazirligining, Davlat soliq bosh boshqarmasining va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mintaqa bo‘linmalari bilan birgalikda) mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yalpisiga va muayyan yo‘nalish bo‘yicha tekshirish ishini tashkil etadi va o‘tkazadi; nomaqbul raqobat, litsenziya shartlarini buzish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, eksport-import a’mollarining oldini oladi va ularni tezlik bilan to‘xtatib qo‘yadi, respublika qonunlarini buzayotgan va O‘zbekiston manfaatlariga ziyon yetkazayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan chora ko‘rish, shuningdek, to‘xtatib qo‘yilgan a’mollarni tiklash to‘g‘risida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi; mintaqada eksport-import a’mollarini olib borish, tashqi iqtisodiy aloqalarni, akkreditatsiyalash ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan chet el mamlakatlari tashkilotlari va firmalarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda qatnashadi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib, o‘zi ko‘rib chiqadi, shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi, manfaatdor birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ishtirokida sheriklar bilan muzokaralar olib boradi; chet el davlatlarining O‘zbekiston bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikda kamsituvchi (cheklovchi) ish amaliyotiga o‘ta boshlagan, o‘z majburiyatlarini halol bajarmaydigan kompaniyalari, firmalarining ro‘yxatini olib boradi, bu kompaniyalar va firmalar to‘g‘risida tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini, respublikaning manfaatdor tashkilotlarini xabardor etadi; o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlar, firmalarning xo‘jalik tartibotini takomillashtirish choralarini ko‘radi; korxonalar, shu jumladan qo‘shma korxonalar tashkil etishda tashabbuskor bo‘lib chiqadi, bunday korxonalarni mintaqa hududida va chet ellarda mustaqil ravishda, qolaversa tegishli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda qurish hamda ulardan foydalanish ishini, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini yo‘lga qo‘yadi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tarkibidagi bo‘linmalar, firmalar va birlashmalar orqali tashqi savdo yuklari hamda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar hududidan olib o‘tiladigan chet el tranzit yuklari, eng avvalo davlat buyurtmasi asosidagi yuklar tashilishi hamda ularga transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatilishini tashkil etadi; tashqi savdo yuklarining tashilishini takomillashtirish, ularni saqlab turishni yaxshilash hamda asralishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi; respublikada va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hududida, chet ellarda tijorat ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazishda faol qatnashadi, mintaqa, respublika eksport-import a’mollari qatnashchilarining doirasini kengaytirish maqsadida axborot-reklama va noshirlik faoliyatini amalga oshiradi; xalqaro, respublika tashkilotlari, komissiyalari, uyushmalarining chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va amaliy hamkorlikka doir ishida qatnashadi, xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarda, kongresslarda, simpozium va kengashlarda ishtirok etadi; boshqarma huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti, moliya rejalari va tovar topshiriqlariga oid ma’lumotlari va hisob-kitoblarini jamlab umumlashtiradi va belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, mahalliy hokimiyat idoralariga eksport-import a’mollari ro‘yxatini kengaytirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi; tashqi iqtisod masalalari yuzasidan maslahatlar berib boradi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni mo‘ljallayotgan tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, shartnomalari va boshqa ta’sis hujjatlarini bu tashkilotlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatga olingunga qadar ko‘rib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatga olish Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili tegishli yozma xulosasidan keyin amalga oshiriladi; tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yuzasidan mintaqadan chet ellarga xizmat safariga boruvchi shaxslarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan chiqargan xulosalarini keyinchalik safar hujjatlarini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi; davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda eksport va import qilinadigan mollarning mintaqaviy kvotalarini taqsimlashda ishtirok etadi hamda ularning ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilib boradi; eksport-import, valyuta, kredit, investitsiya va baho munosabatlarini boshqarib borish va muvofiqlashtirib turish darajasini oshirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari huzuridagi tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha mintaqaviy kengashlar (komissiyalar) ishida qatnashadi; mintaqadagi obyektlar qurilishiga chet el firmalari va tashkilotlarini jalb etish to‘g‘risida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, shuningdek, chet ellik sheriklardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqishda davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda qatnashadi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlash tiziminn tashkil etadi; tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat miqyosida nazorat qilish va boshqarib borish tizimining yagona axborot tarmog‘ini vujudga keltirishda qatnashadi; mintaqa korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzilishiga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqa topshiriqlarini bajaradi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasiga: o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun vazirlik bo‘linmalaridan, boshqa idoralar va tashkilotlardan, bojxona xizmati, statistika boshqarmalaridan, chet ellardagi savdo vakolatxonalaridan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, O‘zbekiston Respublikasining xususiy tadbirkorlaridan kerakli axborot, uslubiy, me’yoriy va talab-ehtiyojlarga oid materiallar (tijorat siri saqlanishini ta’minlash sharti bilan) iqtisodiyot-statistikaga taalluqli ma’lumotlar, shu jumladan bojxona statistikasiga doir ma’lumotlar, buxgalteriya hisobotlari va boshqa yo‘sindagi hisobot ma’lumotlarini olish; yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa masalalari yuzasidan tegishli korxonalar, birlashmalar tashqi iqtisod tashkilotlari davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining mahalliy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish; mintaqa va umuman O‘zbekiston Respublikasi talab-ehtiyojlari, narx-navo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa muammolari yuzasidan olimlar, xalq xo‘jaligi mutaxassislari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda o‘z huquq doirasida kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari, muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish; respublika tashkilotl
233
64,000
Qonunchilik
OLIY O‘QUV YuRTLARI PROFESSOR-O‘QITUVChILAR TARKIBINING MAOShINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilar tarkibining Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturda ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirishda tutgan o‘rni, ularning bilimdon, kasb jihatidan yaxshi tayyorlangan, zamonaviy fikrlaydigan, o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lgan fuqarolarni — O‘zbekiston vatanparvarlarini tarbiyalashdagi yuksak mas’uliyatini hisobga olgan holda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida: 1. 1999-yil 1-sentabrdan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilar tarkibining maoshi mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining razryadlariga binoan, bir razryad yuqori ko‘tarish hisobiga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, 1999-yil 10-avgustga qadar bo‘lgan muddatda professor-o‘qituvchilar tarkibining yangi maoshlarini ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga budjet mablag‘lari ajratilishini ko‘zda tutsin. 4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. Hamidov va H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
85
1,255
Qonunchilik
Hokimiyat, biznes va aholining oʻzaro hamkorligi tizimi mustahkamlandi
Qarorda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining tahlili keltirilgan. 2016 yilning 9 oyida respublikadagi barcha davlat va mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy va yuridik shaхslardan jami 338,2 mingta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga koʻpaygan. Shundan murojaatlar soni: Vazirlar Mahkamasiga 16,3 mingta viloyat hokimliklariga 50 mingta shahar va tumanlar hokimliklariga 200,8 mingta vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruv organlariga 71,2 mingta Hududlar kesimida eng koʻp murojaatlar quyidagi hokimliklarga kelib tushgan: Toshkent shahar 14,8 mingta (29,9%) Toshkent viloyati 5,9 mingta (12%) Samarqand viloyati 4,1 mingta (8,3%) Andijon viloyati 3,5 mingta (7,2%) Namangan viloyati 3,3 mingta (6,8%) Qashqadaryo viloyati 2,8 mingta (5,7%) Surхondaryo viloyati 2,7 mingta (5,6%) Viloyatlar hokimliklariga quyidagi masalalar boʻyicha murojaatlar oshgan: bank-kredit 2,4 baravar mahalla 58,7% ichki ishlar 48,5% nafaqa 48% agrosanoat infratuzilmasi 46,2% tadbirkorlikni rivojlantirish 34,6% davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari ishlari 32,8% хalq ta’limi 26% ish, ish haqi 21,3% sogʻliqni saqlash 16,6% madaniyat ishlari 16% oila 16% oliy va oʻrta maхsus ta’lim 10% qurilish 9% uy-joy va yer olish 7% yoqilgʻi-energetika 6,4% Vazirlik, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlariga kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagilarga toʻgʻri kelgan: Adliya vazirligi 10 mingta Mehnat vazirligi 4,4 mingta Moliya vazirligi 3,8 mingta Xalq ta’limi vazirligi 2,1 mingta Davlat soliq qoʻmitasi 6,2 mingta Davlat raqobat qoʻmitasi 3,7 mingta “Oʻztransgaz” kompaniyasi 4,3 mingta “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi 3,1 mingta Ta’kidlanishicha, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarida murojaatlar bilan ishlash masalasi tanqidiy muhokama etib borilgan, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslarning vakillari qabul qilingan, ularning murojaatlari koʻrib chiqilgan va qonuniy talablari qanoatlantirilgan. Shu bilan birga, tahlillar natijasi haqiqatan ham joylarda jiddiy muammolar mavjudligini, ularning yechimlari oʻz vaqtida topilmaganligini, murojaatlarni koʻrib chiqishdek dolzarb masalaga rahbarlar tomonidan panja orasidan qaralayotganligi hamda mas’uliyatsizlik va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻyilganligini koʻrsatgan. Shuningdek hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulхonasiga murojaatlar statistikasi keltirilgan. 2016 yil 24 sentyabrdan boshlab aholi va tadbirkorlardan Bosh vazirning virtual qabulхonasiga respublikaning barcha hududlaridan quyidagilar orqali jami 77,1 mingta murojaat kelib tushgan: ishonch telefonlari (1000 yoki 0-800-210-00-00) 34,9 mingta veb-sayt (pm.gov.uz) 40,3 mingta OʻzLiDep hududiy partiya tashkilotlari 1,9 mingta Ushbu murojaatlardan 20,9 mingtasi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan koʻrib chiqish jarayonida, 33 mingtasi ijroga yuborilgan, 23,2 mingtasi hal etilgan. Bosh vazirning virtual qabulхonasiga eng koʻp murojaatlar hududlar kesimida quyidagi hududlar fuqarolaridan kelib tushgan: Toshkent shahri 27 mingta Toshkent viloyati 10 mingta Fargʻona viloyati 5,8 mingta Qashqadaryo viloyati 5,3 mingta Andijon viloyati 4,2 mingta Davlat organlari va boshqa tashkilotlar boʻyicha esa asosiy murojaatlar quyidagilarga toʻgʻri kelgan: Ichki ishlar vazirligi 8,6 mingta Mehnat vazirligi 2,7 mingta Sogʻliqni saqlash vazirligi 1,2 mingta Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 626 ta Markaziy bank va tijorat banklari 3,4 mingta Sud departamenti 2 mingta Pensiya jamgʻarmasi 1,6 mingta “Oʻztransgaz” kompaniyasi 2,2 mingta “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi 692 ta “Oʻzbekenergo” kompaniyasi 967 ta Bosh vazirning virtual qabulхonasiga murojaatlar quyidagi masalalarni qamrab olgan: uy-joy va yer (ipoteka krediti, ta’mirlash, oldi-sotdi, ichki yoʻllarni ta’mirlash) 10,8 mingta sud jarayoni, huquq-tartibot хodimlari хatti-harakatlari 5,4 mingta tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va issiq suv 4,6 mingta mehnat va bandlik 4,5 mingta ta’lim 2,6 mingta fuqarolik pasporti 1,5 mingta sogʻliqni saqlash 1,4 mingta Hujjatda aytilishicha, qisqa muddatda virtual qabulхonaga koʻp sonli murojaatlarning kelib tushishi joylardagi, ayniqsa shahar va tuman miqyosidagi mutasaddi rahbarlar хalqning taklif va muammolari bilan qiziqmasligini, aksariyat hollarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlariga e’tiborsiz ekanligini koʻrsatgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tegishli tuzilmalarga Bosh vazirning virtual qabulхonasi orqali mahalliy hokimiyat organlariga, vazirlik va idoralarga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish, nazoratga olish va ularning hisobotini yuritish boʻyicha, vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalarida murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi, shuningdek ayrim mansabdor shaхslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 31 oktyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
70
5,248
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasi shakllantirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq, shuningdek, tashqi sektor statistikasining o‘z vaqtida va sifatli shakllantirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga qo‘shilishi bo‘yicha faol ishlar olib borilayotganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansining hisobi va tahlili tizimli asosda Xalqaro valyuta fondi metodologiyasiga muvofiq yuritilishini ta’minlash yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi sektori statistikasi shakllantirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va Markaziy bankka o‘z vaqtida taqdim etish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli bo‘linmalar (shaxslar)ni bir oy muddatda belgilasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat statistika qo‘mitasiga tashqi sektor statistikasini tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish va ularning to‘g‘riligi uchun shaxsiy mas’uliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
116
2,493
Qonunchilik
YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeks va O‘zbekston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 6 va 2002-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Er ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1098 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomas, 2002-y., 3-4-son; O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 5-son 62-bet) 11-bandining “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xat boshi qo‘shilsin: “Oylik to‘lovlari bo‘yicha yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqning kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
146
1,130
Qonunchilik
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARINI EKSPERTIZA QILISh VA ULARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA- TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘simliklarni himoya qilishning samarali hamda kam zaharli kimyoviy va biologik vositalarini, respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan gerbitsidlar, defoliantlar va o‘stirish regulyatorlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni takomillashtirish va ularning keng assortimentini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi kurashishning kimyoviy hamda biologik vositalarini ro‘yxatga olish komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirilsin. 2. Quyidagilar: Davlat kimyo komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq; Davlat kimyo komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Kimyo komissiyasi ijro etuvchi apparati negizida direktor boshchilik qiladigan Davlat kimyo komissiyasi agentligi tashkil etilsin. Agentlik boshqaruv apparati tuzilmasi va uning xodimlarining cheklangan soni 14 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari)dan iborat etib tasdiqlansin, ulardan 5 nafari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq qo‘shimcha ajratiladi. Belgilansinki, qo‘shimcha xodimlarni saqlash uchun mablag‘lar Agentlikning o‘z xo‘jalik hisobidagi faoliyati hisobidan ta’minlanadi. Davlat kimyo komissiyasi Agentlik to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash hisobiga hosilni saqlab qolishga qaratilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish; qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan o‘zimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan kimyoviy hamda biologik preparatlar ilmiy-texnika hujjatlarini ekspertiza qilish, ularning biologik samaradorligini, toksikologiya-gigiyenik va ekologik xususiyatlarini aniqlash uchun sinovlar tashkil etish va ularni o‘tkazish; o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini qo‘llash tartibini tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan preparatlar ro‘yxatiga kiritish va ro‘yxatdan chiqarish; respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan hamda import bo‘yicha keltiriladigan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va biopreparatlar sifati ustidan nazorat o‘rnatish, inson salomatligiga va atrof-muhitga yomon ta’sir qilishi aniqlanganda ularni qo‘llashni taqiqlash. 5. Belgilansinki, Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan preparatlarni qo‘llash tartibi va shartlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa preparatlardan respublika hududida foydalanish va ularni reklama qilish taqiqlansin. 6. Agentlik direktoriga xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida ularning yuksak malakalari uchun maxsus ustamalar belgilash huquqi berilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-iyundagi 196-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan, zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalarini, o‘simliklarni o‘stirish regulyatorlarini, defoliantlarni va boshqa agrokimyobiopreparatlarni ekspertiza qiluvchi, sinovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat organi hisoblanadi. Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan agrokimyobiopreparatlarni qo‘llash tartibi, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. 2. Davlat kimyo komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi agentligi komissiya faoliyatini ta’minlovchi va mazkur Nizomda belgilab berilgan funksiyalarni bajaruvchi ijro etuvchi apparat, yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda joriy va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi. 4. Davlat kimyo komissiyasi o‘z yig‘ilishlarini zaruriyatga qarab, biroq bir yilda kamida ikki marta o‘tkazadi. Quyidagilar davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologik jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash hisobiga hosilni saqlab qolishga qaratilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona strategik siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish; tavsiyanomalar ishlab chiqish va inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz o‘simliklarni himoya qilishning yangi vositalarini qo‘llash tartiblarini tasdiqlash; mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, zararkunandalar, o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiralari kasalliklari, begona o‘tlarga qarshi kurashning yangi kimyoviy va biologik vositalari (insektoakaritsidlar, fungatsidlar, urug‘larni dorilash, zootsidlar, feromonlar, gerbitsidlar va boshqalarning, bundan keyin agrokimyobiopreparatlar deb ataluvchi o‘simliklarni o‘stirish regulyatorlari, defoliantlar va desikantlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun idoralararo sinovdan o‘tkazilishini tashkil etish; yangi agrokimyo biopreparatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, mavjudlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar va ekspertiza natijalariga ko‘ra samarali va kam xavfli agrokimyobiopreparatlarni qo‘llash sohasini kengaytirish; “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan, zarrarkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalari, defoliantlar va o‘simliklarni o‘stirish regulyatorlari ro‘yxati”ni va unga qo‘shimchalarni, oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda va suv havzalarida, havo atmosferasida, ish zonasi havosida, tuproqda pestitsidlar mavjud bo‘lishining cheklangan miqdorini, shuningdek, ularni qo‘llash bo‘yicha boshqa cheklashlarni belgilagan holda, shakllantirish va nashr etish; inson salomatligiga va atrof-muhitga ularning yomon ta’siri aniqlangan taqdirda agrokimyobiopreparatlarni qo‘llashni taqiqlash. Davlat kimyo komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘simliklar himoyasi sohasida tashqi iqtisodiy va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi, xalqaro tashkilotlarda, kongresslarda, simpoziumlarda, muzokaralarda va Davlat kimyo komissiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa tadbirlarda vakillik qiladi; respublika korxonalarida agrokimyobiopreparatlarni ishlab chiqarishni joylashtirish masalalari bo‘yicha ham, ularni chiqarishni to‘xtatish bo‘yicha ham takliflar tayyorlashda qatnashadi; manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda kimyoviy va biologik vositalarni sinash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tegishli ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarga buyurtmanoma-topshiriqlar beradi, ishlarni nazorat qiladi va tugallangan ishlarni qabul qiladi; o‘zimizda ishlab chiqarilgan preparatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun sinovlarni muvofiqlashtiradi; “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalari, defoliantlar va o‘simliklarni o‘stirish regulyatorlari ro‘yxati”ni va ruxsat etilgan agrokimyobiopreparatlarni qo‘llash tartibini tasdiqlaydi. Davlat kimyo komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: yuqori samarali agrokimyobiopreparatlarni qo‘llashga ruxsat berish, noxush toksikologik-gigiyenik xususiyatlarga ega bo‘lgan, ekologiya uchun xavfli preparatlarni, shuningdek, eskirgan va samarasi kam pestitsidlardan foydalanishni taqiqlash; agrokimyobiopreparatlarning ro‘yxatga olingan ta’rifnomasining, ularni o‘rash va markirovkalashning preparatlar sifati sertifikati standartiga muvofiqligini nazorat qilish; ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sinovlarni amalga oshirish, agrokimyobiopreparatlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiyotlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish vakolatiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini belgilash va tasdiqlash; “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalari, defoliantlar va o‘simliklarni o‘stirish regulyatorlari ro‘yxati”ga kiritilmagan agrokimyobiopreparatlarning respublikaga olib kelinishini va ulardan foydalanishni taqiqlash, sinovdan o‘tkazilayotgan preparatlar namunalari bundan mustasno; shartnomalar va kontraktlar, jumladan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha shartnomalar va kontraktlar tuzishda maslahat xizmati ko‘rsatish; respublika o‘simliklarni himoya qilish xizmatlari organlari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan agrokimyobiopreparatlarning biologik samaradorligi bo‘yicha materiallarni so‘rab olish; agrokimyobiopreparatlarni qo‘llash va saqlashning amaldagi qoidalari va tartibiga rioya qilinishini tekshirish uchun qishloq xo‘jaligi dalalarini va boshqa joylarni, zaharli ximikatlar omborlarini borib ko‘rish; mazkur Nizomdan kelib chiquvchi barcha vazifalarni bajaradi. Davlat kimyo komissiyasi belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisob beradi. Davlat kimyo komissiyasini lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan rais boshqaradi, ijro etuvchi agentlikni esa, ayni paytda raisning o‘rinbosari hisoblanadigan direktor boshqaradi. Davlat kimyo komissiyasi raisi: ishlarni tashkil etadi va Davlat kimyo komissiyasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinash dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; Davlat kimyo komissiyasi tematik ish rejasini tasdiqlaydi, uning soni va shaxsiy tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi. Direktor: Agentlik faoliyatini tashkil etish va ta’minlash masalalarini hal qiladi, barcha pul va bank hujjatlarida birinchi imzo qo‘yish huquqiga ega, agentlikka yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, direktor o‘rinbosari va mutaxassislar vazifalarini belgilaydi, Davlat kimyo komissiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar ko‘rib chiqilayotganda tegishli vazirliklar va idoralar tadbirlarida qatnashadi, raisning topshirig‘iga ko‘ra komissiya nomidan O‘zbekiston Respublikasi davlat va boshqa organlarida hamda muassasalarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda vakillik qiladi; ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalarini imzolaydi, kontraktlar va shartnomalar tuzadi, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi, bank schyotlarini ochadi, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, shuningdek, rag‘batlantiradi, qonunchilikka muvofiq agentlik xodimlariga intizom jazolarini qo‘llaydi. Davlat kimyo komissiyasi agentligi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Davlat kimyo komissiyasi agentligi xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari, shuningdek, o‘z xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqotlar, ekspertizadan, ro‘yxatdan o‘tkazish, agrokimyobiopreparatlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va reklama qilish xarajatlari ishlanma egasi tomonidan to‘lanadi. Davlat kimyo komissiyasi agentligi schyotiga tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalaniladi. Davlat kimyo komissiyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamp va firma blanklariga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi va uning Agentligi faoliyati belgilangan tartibda to‘xtatiladi. Hammasi — 14 kishi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari.
139
12,657
Qonunchilik
Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-son “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
115
653
Qonunchilik
PAXTA TOLASINING IChKI VA HAQIQATDA SOTILGAN NARXLARI O‘RTASIDAGI IJOBIY FARQ MABLAG‘LARINI “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASINING MAXSUS HISOB RAQAMIGA TO‘PLASh VA UNI IShLATILIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-196-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ilova qilinayotgan Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari o‘rtasidagi ijobiy farq mablag‘larini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga to‘plash va uni ishlatilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-196-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq paxta tolasini ichki va haqiqatda sotilgan narxlari o‘rtasidagi ijobiy farq mablag‘larini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (keyingi o‘rinlarda — “Paxtasanoat” HAB)ning maxsus hisob raqamiga to‘plash va uni ishlatilishi tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ichki narx — paxta tolasining preyskurant ulgurji narxini, sotish xarajatlarini va “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlarini o‘z ichiga oladigan narx; sotish narxi (sotiladigan narx) — paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi o‘rinlarda — O‘zRTXAB) valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2006-y., 36-son, 359-modda) asosan aniqlangan narxi; ijobiy farq — sotilgan narxning ichki narxdan oshgan miqdori; salbiy farq — paxta tolasi O‘zRTXABda va to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnoma orqali sotilgan narxidan ichki narxining oshgan miqdori. 2. Paxta tolasini chet el valyutasiga eksport qilishda nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda QQS deb yuritiladi) solinadi. Paxta tolasini respublika ichki korxonalariga sotishda 20 foizli stavka bo‘yicha QQS solinadi. 3. Paxta tolasining ichki narxi quyidagicha aniqlanadi: eksportga sotish uchun mo‘ljallangani — QQSni nol darajali stavkasini hisobga olgan holda; respublika korxonalariga sotish uchun mo‘ljallangani — QQSni hisobga olgan holda 20 foizli stavka bo‘yicha. 4. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari o‘rtasidagi farqni aniqlashda tolaning narxi va hajmi konditsion og‘irlikda hisobga olinadi. 5. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari o‘rtasidagi farq har oyda “Paxtasanoat” HAB tomonidan quyidagicha aniqlanadi: eksportga sotishda — ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda paxta tolasining ichki va eksportga sotilgan narxlari o‘rtasidagi ijobiy farqning hisob-kitobi bo‘yicha; respublika ichki korxonalariga sotishda — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda respublika korxonalariga paxta tolasini ichki va sotilgan narxlari o‘rtasidagi ijobiy (salbiy) farqning hisob-kitobi bo‘yicha. 6. Respublika korxonalariga sotilgan paxta tolasini hajmi bo‘yicha salbiy farq hosil bo‘lgan holatda, salbiy farq summasi eksportga sotilgan hajm bo‘yicha hosil bo‘lgan ijobiy farq summasi hisobidan qoplanadi. Ijobiy farq summasi bilan qoplanmagan salbiy farq summasi “Paxta tolasining jahon va ichki narxlari o‘rtasida vujudga kelgan manfiy farqni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom” (2005-yil 6-iyul, ro‘yxat raqami 1486)da belgilangan tartibda qoplanadi. 7. Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari o‘rtasidagi farqni hisob-kitob qilish uchun: O‘zRTXAB orqali paxta tolasini sotishda boshlang‘ich narxini aniqlashda qo‘llaniladigan va tashqi savdo kompaniyalariga belgilangan chegirmalarni jahon bozoridagi narxlardan chegirib konditsion og‘irlikdagi vaznga aniqlangan haqiqatdagi sotish narxi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining paxta tolasining konditsion og‘irligiga tasdiqlagan preyskurant narxi; paxta tolasini Tashqi savdo kompaniyalari va O‘zRTXAB orqali sotib olgunga qadar hududiy ixtisoslagan paxta terminallariga yetkazib berish, yuklash-tushirish va saqlash bo‘yicha haqiqiy xarajatlari; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Paxtasanoat” HAB ning komissiya xarajatlari qo‘llaniladi. 8. “Paxtasanoat” HAB O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish hisob-kitobi jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ning unga biriktirilgan bosh inspektori (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armaning bosh inspektori)ga mablag‘lar tushishidan kelib chiqib, narxlar o‘rtasidagi farqning hisob-kitobini tekshirish uchun topshiradi. 9. Jamg‘armaning bosh inspektori o‘sha kun ichida hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshiradi va “tekshirildi” yozuvini qayd qilib, imzo qo‘yadi va ularni “Paxtasanoat” HABning paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markaziga qaytaradi. 10. Ma’lum yil hosilining paxta tolasini sotish tugallangandan so‘ng mahsulotlarni oluvchilar bilan tuzilgan taqqoslama dalolatnomalarga asosan mahsulotlarning ichki va sotilgan narxlari bo‘yicha haqiqiy sotilgan qiymatidan hamda ijobiy farqni to‘plash maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan summalardan kelib chiqib, yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 11. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq summalarini to‘plash uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankda “Ijobiy farq hisob raqami” maxsus hisob raqamini ochadi va mablag‘larni mahsulot oluvchilardan kelib tushishiga qarab Jamg‘armaning bosh inspektori tekshirgan hisob-kitoblarga muvofiq ushbu hisob raqamga o‘tkaziladi 12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va 50 foiz miqdorida — paxtachilik fermer xo‘jaliklariga ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari yoxud xizmat ko‘rsatish korxonalari oldidagi kreditorlik qarzini keyinchalik xizmat ko‘rsatish korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi. Paxtachilik fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek xizmat ko‘rsatish korxonalari oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijobiy farq mablag‘laridan “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zneftmahsulot” AK, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis MTP” MChJ, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-lizing” ALK, “O‘zmashlizing” ShK korxonalarining moddiy-texnik resurslariga va xizmatlariga oldindan haq to‘lash uchun foydalaniladi. 13. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq mablag‘lari tushishiga ko‘ra, 1 ish kuni davomida ularni maxsus hisob raqamdan Jamg‘armaning tegishli hisob raqamlariga quyidagicha o‘tkazadi: 25 foizi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining Jamg‘arma kreditlari bo‘yicha qarzini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi; qolgan qismi Jamg‘armaning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi. 15. “Paxtasanoat” HAB chorak yakuni bo‘yicha oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari o‘rtasidagi farq bo‘yicha hisob-kitobni va maxsus hisob raqamga to‘plangan hamda Jamg‘armaning tegishli hisob-raqamlariga o‘tkazilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotni taqdim qiladi. Ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqdim etilishi bo‘yicha javobgarlik “Paxtasanoat” HAB zimmasiga yuklatiladi. 16. Ushbu Nizom “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
241
8,331
Qonunchilik
Turizm sohasida bir qator qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etiladi
19 iyun kuni Prezident tomonidan «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq 1.01.2021 yildan 31.12.2023 yilgacha joylashtirish vositasining toifasi uchun undiriladigan turistik (mehmonхona) yigʻim summasining 50%i qaytariladi. Koʻrsatilgan summa mehmonхonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga koʻra qaytarilishi lozim. 2020 yil 1 avgustdan boshlab: 1.07.2020 yildan 1.07.2023 yilga qadar хususiy muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50%ga kamaytiriladi. Turistlar uchun «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» tizimi (keyingi oʻrinlarda - tizim) joriy etiladi, uning doirasida Xavfsiz turizm jamgʻarmasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan turoperator tomonidan respublika hududida tashkil etilgan sayohat davomida COVID-19 yuqtirib olgan хorijiy turistlarga 3 000 AQSh dollari miqdorida kompensatsiya toʻlab beriladi. Turoperatorlar tomonidan хorijiy turistlarga хizmat koʻrsatish karantin davrida faqat Tizimning хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarida tashkil etiladi. Buхoro, Navoiy va Surхondaryo viloyatlarida roʻyхatga olingan turoperatorlarga ushbu hududlarga хizmat koʻrsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojхona bojining 50%ini toʻlashga ruхsat etildi. Ular bojning qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida toʻlaydilar. Ushbu transport vositalariga davlatning roʻyхatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi. Ulardan faqat ushbu viloyatlar hududida foydalanishga ruхsat etiladi. Elmira Siraziyeva.
62
1,977
Qonunchilik
Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarorining ijrosini ta’minlash, eksport va eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom eksport qiluvchilar va ularning eksportga yo‘naltirilgan faoliyatini moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning mulkiy manfaatlariga sug‘urta himoyasini taqdim etish shartlarini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tovarlar eksporti — tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risida majburiyat olmasdan olib chiqib ketilishi; xizmatlar (ishlar) eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish), ularning ko‘rsatilishi (bajarilishi) joyidan qat’i nazar; kapital eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxslari tomonidan daromad olish maqsadida chet eldagi biznesga investitsiya qilinishi; eksport shartnomasi — eksport qilish tartibi, shartlari va muddatlari kelishilgan bitim; kontragent — eksport shartnomasi doirasida o‘z zimmasiga u yoki bu majburiyatlarni olgan xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxs; moliyalovchi shaxs — eksport qiluvchi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi, ishlar bajarilishi) va xorijiy davlatga jo‘natilishi, kapitalning eksport qilinishi bilan bog‘liq faoliyatni kredit, kafolat, kafillik, lizing yoki boshqacha shaklda moddiy va (yoki) moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy yoki xorijiy investor, tijorat banki, lizing kompaniyasi, mikromoliya tashkiloti yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs; moliyalash shartnomasi — eksport qiluvchining tovarlar ishlab chiqarishi (xizmatlar ko‘rsatishi, ishlar bajarishi) va xorijiy davlatga jo‘natishi, kapitalni eksport qilishi bilan bog‘liq faoliyatni kredit, lizing, kafolat, kafillik, investitsiya yoki boshqa shaklda moliyalash yoki moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim; sug‘urtalovchi — tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs; sug‘urta qildiruvchi — eksport qiluvchi yoki moliyalovchi shaxs; sug‘urta shartnomasi — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) eksport qilish, ushbu tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish hamda kapitallar eksporti bilan bog‘liq faoliyatni siyosiy, tijorat va logistika tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish bo‘yicha yozma kelishuv; siyosiy tavakkalchiliklar — kontragent yoki eksportchining eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi siyosiy yoki makroiqtisodiy o‘zgarishlar (shu jumladan kontragent mamlakatida import yoki eksportga embargo joriy etilishi, qurolli nizolar, fuqarolar tartibsizliklari, inqilob, terrorchilik harakatlari, rasmiy organlarning kamsituvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi harakatlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta yetishmasligi tufayli pul o‘tkazmalarining kechiktirilishi, milliylashtirish, qarz bo‘yicha moratoriylar); tijorat tavakkalchiliklari — kontragent yoki eksportchining to‘lovga qobiliyatsizligi, to‘lov majburiyatini bajarmasligi, bankrotlik holati; to‘lovga qobiliyatsizlik — to‘lov sanasi kelmasdan avval to‘lov majburiyatini bajarishga iqtisodiy qodir bo‘lmaslik; to‘lov majburiyati bajarilmasligi — to‘lov sanasida to‘lovga qobiliyatsizlik sababli to‘lovni amalga oshirmaslik; bankrotlik — eksportchi yoki kontragentning O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga yoki xorijiy davlat qonunchilik hujjatlariga ko‘ra bankrot deb tan olinishi; to‘lov sanasi — eksport yoki moliyalash shartnomasiga muvofiq tovarlar, xizmatlar (ishlar) uchun yoxud moliyaviy mablag‘larni qaytarish (so‘ndirish) majburiyati bilan bog‘liq to‘lov(lar) amalga oshirilishi shart bo‘lgan sana(lar); logistika tavakkalchiligi — yuzaga kelishi sug‘urta qildiruvchining irodasiga bog‘liq bo‘lmagan va kutilmaganda yuzaga kelgan ta’minot, tashish, saqlash, sotish, axborot tavakkalchiliklari oqibatida eksport qiluvchiga zarar yetishi; ta’minot tavakkalchiligi — eksport qilishga mo‘ljallangan tovar va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) ishlab chiqarish uchun zarur moddiy resurslar, shu jumladan xomashyo ta’minotining to‘liq yoki vaqtincha to‘xtashi, ushbu moddiy resurslar narxlarining beqarorligi; tashish tavakkalchiligi — yuk sifatida eksport qilinayotgan tovar yoki xizmatlarga (ishlarga) tabiiy va texnogen hodisalar ta’siri, eksport qilinayotgan tovarning o‘zlashtirilishi; saqlash tavakkalchiligi — tashish davrida vaqtincha saqlashga topshirilgan tovarga tabiiy va (yoki) texnogen hodisalar ta’siri, o‘zlashtirilishi, saqlash xarajatlarining beqarorligi; sotish tavakkalchiligi — xorijdagi kontragent mamlakatining iqtisodiyoti retsessiyasi, yangi tovar chiqishi va qonunlar, qoidalar o‘zgarishi oqibatida eksportga chiqarilayotgan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) narxining pasayishi; axborot tavakkalchiligi — eksport predmeti bo‘lgan elektron shakldagi ma’lumotlar jinoyatkor shaxslar tomonidan mo‘ljallangan manzilga yetkazish kanallaridan o‘g‘irlanishi yoki o‘zgartirilishi; kutish davri — sug‘urta hodisasi yuzaga kelgandan so‘ng boshlanadigan, sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddat bo‘lib, ushbu muddat ichida yuzaga kelgan zararlar uchun sug‘urta himoyasi to‘lanmaydi; faktoring — uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; shartsiz franshiza — zararning sug‘urta shartnomasida sug‘urta pulining (sug‘urta majburiyatining) ma’lum qismi (foizi) yoki pul mablag‘lari miqdori ko‘rinishida belgilanadigan, sug‘urta bilan qoplanmaydigan qismi. Sug‘urta shartnomalarida mazkur bandda keltirilgan ta’riflarga ushbu Nizomda keltirilgan ta’riflarga zid bo‘lmagan mazmunda aniqlik kiritilishi mumkin. 3. Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda “Inkoterms” xalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari bo‘lgan va tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 4. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta qildiruvchilarga quyidagi tavakkalchiliklarning barchasi yoki biri, yoxud ularning ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan ta’riflarida keltirilgan alohida tavakkalchiliklar yoki ularning kombinatsiyasi sug‘urta himoyasi sifatida taqdim etilishi mumkin: siyosiy tavakkalchiliklar; tijorat tavakkalchiliklari; logistika tavakkalchiliklari. 5. Sug‘urta shartnomalarining turlari quyidagilar bilan cheklanmagan holda, sug‘urta qildiruvchining faoliyatidan kelib chiqib, sug‘urta shartnomalarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: a) eksport qiluvchi sug‘urta qildiruvchi bo‘lganda: eksport shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligini sug‘urta qilish shartnomasi — kontragent eksport shartnomasiga binoan to‘lov yoki barter (tovar yoki xizmatlar (ishlar) almashinuvi) bo‘yicha majburiyatlarni siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida bajarmasligidan sug‘urta himoyasi; tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) yetkazib beruvchi kreditini sug‘urta qilish shartnomasi — kontragent muddatli to‘lov sharti bilan tuzilgan eksport shartnomasiga binoan to‘lov majburiyatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida bajarmasligidan sug‘urta himoyasi; eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urta qilish shartnomasi — bir yil (qisqa muddatli) yoki undan ortiq (uzoq muddatli) davr ichida muddatli to‘lov sharti bilan eksport qilingan tovar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun to‘lov siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida to‘lanmasligidan sug‘urta himoyasi; logistika tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining ishlab chiqarish va eksport faoliyatida logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta himoyasi; investitsiyalarni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchining xorijdagi biznesga investitsiya sifatida mulkiy va (yoki) moliyaviy qo‘yilmalari, nomoddiy aktivlari bankrotlik oqibatida to‘liq yoki qisman qaytmasligidan sug‘urta himoyasi; b) moliyalovchi shaxs sug‘urta qildiruvchi bo‘lganda: xaridor kreditini sug‘urta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarni va (yoki) xizmatlarni (ishlarni) sotib olish uchun berilgan kreditni xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi; eksport faktoringini sug‘urta qilish shartnomasi — faktor hisoblanuvchi moliyalovchi shaxsning faktoring mablag‘larini xorijdagi kontragent siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi; eksport qiluvchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish krediti o‘z vaqtida qaytarilmasligidan sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchiga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditni tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida o‘z vaqtida so‘ndirmasligidan sug‘urta himoyasi; tasdiqlangan akkreditivni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qilinayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlar (ishlar) uchun ochilgan akkreditiv moliyalovchi tashkilot tomonidan tasdiqlanib, siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida to‘liq yoki qisman qoplanmay qolishidan sug‘urta himoyasi; kafolat yoki kafillikni sug‘urta qilish shartnomasi — eksport qiluvchi kontragent oldidagi o‘z majburiyatlarini siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida bajarmasligi natijasida moliyalovchi shaxsning kafolat yoki kafillik bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish majburiyatidan sug‘urta himoyasi; lizing faoliyatini sug‘urta qilish shartnomasi — moliyalovchi shaxs sotib olgan mahsulot siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelishi oqibatida taqdim etmasligi va ushbu mahsulot uchun o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilmasligi yoxud eksport qiluvchi moliyalovchi shaxsga tijorat tavakkalchiligi yuzaga kelishi oqibatida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmasligidan sug‘urta himoyasi. 6. Sug‘urta shartnomalarini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi: siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha shartsiz franshiza o‘rnatilishi; tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori — sug‘urta pulining 50 foizidan ortiq bo‘lishi; logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori — sug‘urta pulining 5 foizidan ortiq bo‘lishi; siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha kutish davri — 180 kalendar kundan ortiq bo‘lishi; tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri — 90 kalendar kundan ortiq bo‘lishi; logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri — 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi. 7. Muddatli to‘lovni nazarda tutuvchi eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish uchun sug‘urta qildiruvchi tomonidan eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi oldindan to‘langan bo‘lishi lozim. 8. Sug‘urta shartnomalarida tomonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtaga oid qo‘shimcha xizmatlar tashkil etilishini kelishib olishlari mumkin. 9. Sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi, zararning hisob-kitobi, kutish davri, franshiza miqdori va qo‘shimcha xizmatlar uchun ajratiladigan mablag‘ning eng ko‘p miqdori, sug‘urta tovonini olish uchun beriladigan hujjatlar, hujjatlar topshirilgan kundan boshlanadigan sug‘urta tovoni to‘lanishi muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Sug‘urta shartnomasiga amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom bilan ruxsat etilmagan istisnolar va shartlarni kiritish mumkin emas. 10. Agar xalqaro normativ hujjatlar va qoidalarda ushbu Nizomdan farq qiluvchi sug‘urta qilish shartlari nazarda tutilgan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasiga ushbu xalqaro normalar yoki qoidalar kiritilishi mumkin. 11. Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Siyosiy va (yoki) tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomalarini tuzayotganda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi: ariza; eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa; moliyalash shartnomasi, agar moliyalash bilan bog‘liq tavakkalchilik sug‘urtalanishi kerak bo‘lsa; agar eksport shartnomasi bo‘yicha muddatli to‘lov bir yildan ortiq davrga taqdim etilsa, tijorat bankining eksport shartnomasi qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi nusxasi. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchidan yoki mahalliy va xorijiy tashkilotlardan sug‘urta tavakkalchiligining darajasiga aniqlik kirituvchi ma’lumotlarni, shuningdek, eksport shartnomasini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda kontragent tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli. 13. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchining roziligi bilan eksport shartnomasini tuzishda ishtirok etishga hamda eksport shartnomasi bo‘yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish va oldini olish shartlari, choralari yuzasidan takliflar berishga haqli. 14. Logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomalarini tuzayotganda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga quyidagilarni taqdim etadi: ariza; eksport shartnomasi, agar eksport bilan bog‘liq logistika tavakkalchiligi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa; logistika tavakkalchiligining qaysi biri sug‘urtalanishidan kelib chiqib, ta’minot, saqlash, tashish yoki ma’lumotlarni elektron shaklda yetkazib berishga oid shartnoma. 15. Sug‘urtalovchiga taqdim etilgan shartnomalarning asl nusxalari, ulardan nusxa olingandan so‘ng, sug‘urta qildiruvchiga ariza qabul qilinayotganda qaytarib beriladi. 16. Sug‘urta qildiruvchi ushbu Nizom doirasida arizalar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin. 17. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida tegishli sug‘urta shartnomasini tayyorlaydi va uning imzolanishini ta’minlaydi. 18. Sug‘urtalovchi tavakkalchilik turi va darajasidan kelib chiqib, jo‘natilayotgan tovarlar, binolar, inshootlar, uskunalar va sug‘urtaga aloqador boshqa moddiy va nomoddiy boyliklarning sug‘urta shartnomasini tuzishdan avval va sug‘urta shartnomasida kelishilgan bo‘lsa, sug‘urta muddati mobaynida sug‘urta qildiruvchining xodimlari ishtirokida monitoring qilishga haqli. Monitoring natijalari sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining vakillari tomonidan imzolangan Monitoring o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 19. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan keyin Monitoring o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma va sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasini tuzish uchun taqdim etgan boshqa hujjatlar sug‘urta shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. 20. Sug‘urta mukofoti sug‘urta tariflariga muvofiq aniqlanadi. Sug‘urta tariflarida sug‘urtalanadigan tavakkalchiliklar, eksport qiluvchi va kontragentning moliyaviy ahvoli, eksport qilinayotgan mamlakat, kutish davri, shartsiz franshiza miqdori, sug‘urta shartnomasidagi istisnolar, sug‘urtaga oid qo‘shimcha xizmatlar va boshqa omillar hisobga olinishi shart. 21. Sug‘urta tariflari aktuar tashkilot tomonidan O‘zbekiston aktuariylar uyushmasi tayyorlagan va tasdiqlagan uslubiy qo‘llanmasi asosida ishlab chiqiladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha barcha o‘zaro hisob-kitoblar, shu jumladan sug‘urta mukofoti va sug‘urta tovoni to‘lovlari faqat milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda milliy valyutani har qanday chet el valyutasi yoki shartli birliklarga bog‘lagan holda hisob-kitoblarni amalga oshirilishi taqiqlanadi. 23. Xorijdagi shaxslar bilan barcha o‘zaro hisob-kitoblar erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshirilishi mumkin. 24. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan tavakkalchiliklar oqibatida zarar ko‘rganda sug‘urta tovonini olish uchun sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va uning miqdori aniqlash uchun yetarli ma’lumotlarni olishda sug‘urtalovchiga ko‘maklashishi lozim. 25. Sug‘urta tovoni, sug‘urta shartnomasining shartlaridan kelib chiqib, sug‘urta hodisasini joyiga chiqib o‘rganish yoki sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlardan kelib chiqib tuzilgan Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnomaga muvofiq to‘lanadi. 26. Sug‘urta tovonining miqdori sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda aniqlanadigan zararlardan kutish davrida yuzaga kelgan zararlar va shartsiz franshiza miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. 27. Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi sharti bilan quyidagi hollarda sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishi mumkin: sug‘urta qildiruvchi va uning xodimlari tomonidan firibgarlik, qonunbuzarlik holatlari yoki sug‘urta shartnomasi, eksport shartnomasi yoki moliyalash shartnomasini tuzayotganda yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganligi aniqlanganda; sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta shartnomasida belgilangan monitoring qilish shartlarining buzilishi zarar yuzaga kelishidan avval sug‘urtalangan tavakkalchilik darajasini oshishiga olib kelganligi aniqlansa hamda sug‘urtalangan tavakkalchilik uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanmagan bo‘lsa; sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga subrogatsiya huquqini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa. 28. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan to‘lanishi shart. 29. Sug‘urtalovchi sug‘urta xizmatining barcha bosqichlarida, shu jumladan sug‘urta shartnomasini tuzish, sug‘urta tovonini to‘lash bosqichlarida mazkur Nizomda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga aloqador bo‘lmagan o‘rganishlar o‘tkazishi va hujjatlar talab qilishi taqiqlanadi. 30. Ushbu Nizomda ko‘rsatilmagan o‘zaro munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari va sug‘urta shartnomasi bilan tartibga solinadi. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksportchilarni sug‘urta qilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga 3-ilovaning XV bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 22-son, 180-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sug‘urtalashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2014-yil 2-iyundagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 23-son, 267-modda).
169
20,064
Qonunchilik
Offshor hududlar roʻyхati kengaytirildi
Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 2467-3, 12.10.2020 y.). Birinchidan, bank filiallari va bojхona хizmati organlarining hududiy boshqarmalaridan aхborot oladigan soliq organlari aniqlashtirildi -  hududiy davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi. Ikkinchidan, mezonlardan biriga tuzatish kiritildi – rezident-jismoniy shaхs tomonidan jismoniy shaхslarning хorijdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazmasi summasi. Agar bir kalendar yili davomida oʻtkazma summasi 100 mln soʻmdan ortiq boʻlsa (ilgari – ekv. $10 ming) banklar хabar berishlari kerak. Uchinchidan, valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumot ilgarigidek yil boshidan oʻsib borish tartibida emas, balki har hisobot oyi uchun alohida taqdim etiladi. Toʻrtinchidan, bojхona organlari ham olib kirilayotganda, ham olib chiqilayotganda (ilgari – faqat olib kirilayotganda va oshirilganda) aniqlangan tovarning faktura qiymatini asossiz ravishda oshirish va kamaytirish holatlari toʻgʻrisida хabar berishlari kerak. Beshinchidan, ular bilan valyuta operatsiyalari (import boʻyicha toʻlov, bank hisobvaraqlariga oʻtkazish, tahr.) monitoring qilinishi lozim boʻlgan offshor hududlar roʻyхati kengaytirildi. Unga Amerika Samoasi, Aruba, Gvatemala, Dominika, Kiribati, Monako, Normand Olderni oroli, Pitkern, San-Marino, Sen-Marten (Sint-Marten), Urugvay i Filippin kiritildi. Oltinchidan, monitoringning yangi meхanizmi joriy etildi. Olingan ma’lumotlarni oʻrganish chogʻida soliq organlari elektron aхborot bazalaridagi hamda oʻzlarida mavjud boshqa ma’lumotlarga tayanadilar. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganlik holatlari aniqlanganda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektga soʻrovnoma yuboriladi: Soʻrovnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va aхborotlar soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida taqdim etilishi lozim. Ular toʻliq boʻlishi kerak, aks holda soliqchilar qoʻshimcha aхborot va hujjatlarni taqdim etish yuzasidan yangi soʻrovnoma yuboradi. Ayrim hollarda qoʻshimcha aхborot banklar va bojхona organidan soʻrab olinadi. Monitoringni amalga oshirish jarayonida huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilmaydi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektning faoliyati toʻхtatilmaydi. Agar monitoring: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
39
2,560
Qonunchilik
Ekskavatorlar va traktorlar Yangiyerda ta’mirlanadi
Prezidentning 3.06.2016 yildagi PQ-2543-son qarori bilan 2016-2017 yillarda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan teplovoz deposi negizida ekskavatorlar va gusenitsali teхnikani ta’mirlash zavodini qurish boʻyicha moʻljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblanadi va shaхsiy mablagʻlari hisobida loyihani moliyalashtiradi. Iqtisodiyot vazirligiga «Oʻzqurilishmateriallari» AK, «Oʻzbekneftgaz» MXK va «Oʻzmetkombinat» AJ bilan birgalikda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sementni — tartibga solib turiladigan narхlarda, yonilgʻi-moylash materiallarini — shartnomaviy narхlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilishini ta’minlash topshirildi. «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boʻlinmalari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — QQSdan hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi. Respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va teхnologik jihozlar boj toʻlovlari (bojхona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
51
1,925
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasiga qo‘shimcha va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 61-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 19-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasiga qo‘shimcha va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 61-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 542-moddasiga qo‘shimcha va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 61-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
225
774
Qonunchilik
“Olmaliq Kmk” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish, ruda qazib chiqarish, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda talab doim katta bo‘lgan boshqa raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida: 1. Quyidagilar “Olmaliq KMK” AJning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchi, konchilik ishlab chiqarishini yuritish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni keyinchalik qayta ishlash borasidagi ishlarni tashkil qilishning zamonaviy usullarini joriy etishni ta’minlashga, rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan mineral-xomashyo bazasini kengaytirish hamda rangli va nodir metallarning yangi ruda konlarini o‘zlashtirish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish; ikkinchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni, shu jumladan, yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish hisobiga shunday mahsulot eksporti hajmlarini ko‘paytirishning barqaror yuksak sur’atlarini ta’minlash maqsadida tarkibiy o‘zgartirishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish va uning sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish; uchinchi, yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni qurish va foydalanishga topshirishni, yangi ish joylari yaratilishini, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarining samaradorligi hamda shaffofligini oshirishga qaratilgan loyiha boshqaruvining zamonaviy usullarini joriy etishni nazarda tutuvchi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni barqaror jalb etishni ta’minlaydigan faol investitsiya siyosatini yuritish; to‘rtinchi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini tobora chuqurlashtirish, zarur tovarlar va butlovchi buyumlar importi o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki bozorni ular bilan to‘ldirish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlari importini bosqichma- bosqich qisqartirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustuvor darajada foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; beshinchi, ilmiy-tadqiqot ishlarini, jumladan rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasidagi amaliy tadqiqotlar dasturini bajarish doirasida tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etishda qatnashish; oltinchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng tatbiq etish, buning asosida ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish, uning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, kombinatning moliya-xo‘jalik faoliyati shaffofligini ta’minlash; yettinchi, kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, muhandis-texnik va boshqaruv xodimlari malakasini oshirish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish orqali ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, qattiq raqobat sharoitida tarmoqning samarali ishlashini ta’minlashga qodir yosh va iste’dodli mutaxassislarni jalb etish. “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi zimmasiga “Olmaliq KMK” AJga yuklatilayotgan asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 4. 2017 — 2019-yillarda “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi va chiqimlarini qisqartirish borasidagi Aniq chora-tadbirlar rejasi — “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov, Mis-boyitish fabrikasi direktori O.V. Staroverov, 2-sonli Mis-boyitish fabrikasi direktori X.T. Miraxmedov, Mis eritish zavodi direktori B.A. Vaqqosov, Rux zavodi direktori K.F. Kim, Jizzax sement zavodi direktori I.I. Abdullayev va Angren quvur zavodi direktori E.Y. Sulaymonov zimmasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish hamda tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa moddiy resurslar iste’molini optimallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasida belgilangan parametrlar so‘zsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov, qarorning 4-bandi va 3-ilovasi qismida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-maydagi “Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2530-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasida: a) jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego” deb yozilgan satr quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) “II. Metallurgicheskaya otrasl (2 proyekta)” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 9-pozitsiya chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-maydagi “2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2533-son qarorining rus tilidagi matni: a) quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin: “91. Predostavit pravo Kabinetu Ministrov Respubliki Uzbekistan vnosit pri neobxodimosti, po obosnovannim predlojeniyam Ministerstva ekonomiki Respubliki Uzbekistan, izmeneniya i dopolneniya v ustanovlennoye zadaniye po proizvodstvu gotovoy produksii na baze glubokoy pererabotki tsvetnix i redkix metallov, predusmotrennix v prilojeniyax №№ 1 i 2, a takje v perechen i parametri investitsionnix proyektov, vklyuchennix v prilojeniye № 3 k nastoyaщemu postanovleniyu”; b) 1-ilovada: 7, 8, 21 va 25-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 11, 13, 22 va 26-pozitsiyalar chiqarib tashlansin; v) 2-ilovada: 2, 3 va 9.1-pozitsiyalarda “AO “UzKTJM” so‘zi “AO “Almalikskiy GMK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7, 8, 10, 11 va 12-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Quyidagi mazmundagi izohlar bilan to‘ldirilsin: g) 3-ilovada: Jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego”, “I. Proyekti, napravlennie na glubokuyu pererabotku tsvetnix metallov” va “AO “Almalikskiy GMK” satrlari quyidagi tahrirda byon etilsin: 1, 2, 3, 6 va 7-pozitsiyalar chiqarib tashlansin; “II. Proyekti, napravlennie na glubokuyu pererabotku redkix metallov” satrlari va 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi 201 — 208-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-avgustdagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy-ishlab chiqarish bilashmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2573-son qarorining rus tilidagi matni 4-ilovasida: a) 7, 8, 10, 11 va 12-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) quyidagi mazmundagi izohlar bilan to‘ldirilsin: 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2698-son qarorining 1-ilovasidagi 150, 151 va 154-pozitsiyalar chiqarib tashlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2772-son qarorining rus tilidagi matni 4-ilovasida: a) Jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego” so‘zi bilan boshlanadigan satr quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) “II. Produksiya promishlenno-texnicheskogo naznacheniya” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 42 va 52-pozitsiyalar chiqarib tashlansin. 1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-628-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1340-son qarori ilovasining 5-bandi.
93
8,905
Qonunchilik
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari tug‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son hamda “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-son Farmoniga asosan: a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi hamda quyidagilar uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratish bo‘yicha tartib belgilanganligi; v) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar Jamg‘armaga yo‘naltirilishi: paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi. Bunda ushbu mablag‘lar bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratilishi; paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi. Bunda ushbu mablag‘lar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiyalash uchun ajratilishi hamda ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablag‘lar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratilishi; g) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamg‘armaga 25 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga beg‘araz ajratishi; Moliya vazirligi zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlar uchun 2022-yilda respublika budjetidan Jamg‘armaga qo‘shimcha ravishda 250 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni (bo‘yalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar: to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tashkilotlarida xomashyoni chuqur qayta ishlash hisobidan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularning eksportini yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibidagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibidagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish maqsadida: Agentlik tuzilmasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 8 shtat birligidan iborat To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etilsin; Agentlik tomonidan Moliya vazirligi G‘aznachiligida maxsus g‘azna hisobvaraqlari ochilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibida tashkil etilgan To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini belgilaydi. 2. Jamg‘arma Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tarkibida respublikadagi mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. 3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. 4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2022-yilda 250 mlrd so‘mgacha miqdorda ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi (TIF TN kodi 5106, 5202-5207, 5307-5308) va trikotaj matoni (TIF TN kodi 60, bo‘yalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda, 2022-yil 1-fevraldan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan 0,2 AQSh dollari miqdoridagi yig‘imning ip-kalava bo‘yicha 95 foizi va trikotaj mato bo‘yicha 100 foizi; O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; Jamg‘armada bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratadigan mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish; b) paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda hisobot oyida tushgan mablag‘lar hisobidan subsidiya ajratish. 6. Jamg‘armadan mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maqsadlarga mablag‘lar haqiqatda kelib tushgan mablag‘lar miqdori asosida ajratiladi. 7. Agentlikning To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi. 8. Ijro etuvchi organ: paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi, trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratadigan mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi; paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foiz qismi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiyalashni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi; Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha prognozni va hisobot balanslarini belgilangan tartibda shakllantiradi; Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarini ijro etish bo‘yicha hisob va hisobot yuritilishini ta’minlaydi; Jamg‘arma moliya hisobotining ishonchliligini ta’minlaydi. 9. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi. 10. Agentlik Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlarni har oy yakuni bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi. 11. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi belgilangan tartibda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. 12. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va chet el valyutasida jamg‘arib boriladigan g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qoladi. 13. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiyalash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: loyihalar — bo‘yalgan mato va/yoki aralash gazlama va/yoki bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilgan loyihalar; subsidiya — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qaytarmaslik sharti bilan Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan mablag‘; subsidiya oluvchilar — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshiradigan tashkilotlar; uskunalar — bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarishda ishlatiladigan, avval ishlatilmagan, ishlab chiqarish muddati “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kungacha uch yildan oshmagan uskunalar. 3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi. Bunda: mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan bo‘lishi; uskunalar qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi; loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud bo‘lishi; loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan bo‘lishi; loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. 4. Loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash bo‘yicha subsidiya oluvchilarning arizalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq to‘ldirilgan ariza va anketa; xarid qilingan uskunalar, ularning yetkazib berish hamda boshqa qo‘shimcha xizmatlar xarajati kiritilmagan holdagi qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar va to‘lov hujjatlari nusxalari; uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (xarid shartnomalari, uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari, bojxona deklaratsiyasi); loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi. 6. Subsidiya oluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilishi mumkin. Ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi uning roziligi asosida elektron shaklda xabardor qilinishi mumkin. 8. Subsidiya olish uchun ariza Agentlikka subsidiya oluvchi tomonidan bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan holatlarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 9. Subsidiya olish uchun ariza Agentlikka subsidiya oluvchi tomonidan pochta yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, Agentlik tomonidan 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchiga hujjatlar tegishli javob xati bilan qaytariladi. 10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga 1 ish kuni mobaynida yuboriladi va ular tomonidan 7 ish kuni davomida subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizom talablariga mos kelishi bo‘yicha tegishli xulosa taqdim qilinadi. 11. Agentlik tomonidan 1 ish kuni mobaynida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining xulosalari asosida subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. 12. Agentlik tomonidan 1 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi. 13. Quyidagilar subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos bo‘ladi: subsidiya oluvchilar va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi; taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda. 14. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarorni (xulosani) olgandan so‘ng rad etish asoslarini bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli. 16. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi qarordan (xulosadan) norozi bo‘lgan taqdirda, sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 17. Subsidiya xarajatlari Jamg‘armaga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan hamda paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi hisobidan Jamg‘armaga kelib tushadigan mablag‘lardan qoplanadi. 18. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamg‘armaga 25 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni to‘liq bir marta beg‘araz ajratadi. 19. Moliya vazirligi paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizini Agentlikka ajratadi. 20. Agentlik subsidiyani Jamg‘armaga shu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar subsidiya oluvchining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 21. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalar xarajatlari uchun subsidiya milliy valyutada ajratiladi. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalarning milliy valyutadagi qiymati uskunalarning bojxonada “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursi bo‘yicha hisoblanadi. 22. Subsidiya ajratish bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, sud tartibida hal qilinadi. Subsidiya oluvchi taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. 23. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Agentlikning Jamg‘arma mablag‘laridan subsidiya ajratish faoliyatini monitoring qiladi. 24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibidagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: subsidiya — tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda qaytarmaslik sharti bilan Jamg‘arma hisobidan ajratiladigan mablag‘; subsidiya oluvchilar — tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlar; Agentlik — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi. 3. Paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi. 4. Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ajratish uchun Agentlik Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyi davomida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan tashkilotlarning eksport miqdorlari, STIRi, bank ma’lumotlari va hisobvaraqlari ko‘rsatilgan ro‘yxatini tayyorlaydi. Bunda mahsulotlar AQSh dollaridan boshqa turdagi valyutada eksport qilingan bo‘lsa, uning miqdori keyingi oyning 1-sanasida Markaziy bankning valyutalar kursi bo‘yicha AQSh dollari ekvivalentiga o‘tkazish yo‘li hisoblanadi. Bunda Agentlik amalga oshirilgan eksport hajmlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida o‘rganib chiqadi. 5. Agentlik tomonidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan 18-sanasiga qadar Jamg‘armaga hisobot oyida kelib tushgan mablag‘lar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida teng ulushda taqsimlanadi. 6. Agentlik tomonidan taqsimot bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar subsidiya har bir tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 — 63) eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Bunda subsidiya paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi bo‘yicha Jamg‘armaga hisobot oyida kelib tushgan mablag‘lar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi. 7. Subsidiya ajratilishi yuzasidan hisobotlar har oy yakuni bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi. 8. Subsidiya ajratish bo‘yicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, sud tartibida hal qilinadi. 9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy iste’molchilarga sotish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar; xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika to‘qimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar; birja bitimi — birja savdolarining natijasi bo‘yicha tuzilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi; birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; diler — birja bitimlarini o‘z nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi; broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirig‘iga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja a’zosi; treyder — birja a’zosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja a’zosi xodimi; birja savdolarining elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda — BSET) — birja a’zolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini o‘z ichiga olgan axborot tizimi; hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi o‘rinlarda — bitim) bo‘yicha kliring, hisob-kitob va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi birjaning tarkibiy bo‘linmasi; avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga oladigan summa. 3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi. 4. Qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, o‘z mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin. Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi to‘g‘risida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qo‘yiladi. Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganish yo‘li bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda o‘n kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Tavsiyalarni olgandan so‘ng korxonaning ishlab chiqarish quvvati o‘zgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart. Tavsiyalarni berish muddati tamom bo‘lgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi. Bunda tavsiyalar o‘z vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi. 5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi. 6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi. 7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga o‘zlari mustaqil ravishda qo‘yadi. 8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi. 9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja a’zolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi. 10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar. 11. To‘langan avans summasiga muvofiq har bir savdo bo‘yicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qo‘yish va ulardan chetlatish, birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi. Paxta tolasini sotuvga qo‘yish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak. Bunda lotlar 1 tonnadan bo‘lishi kerak. 12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “O‘rta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlang‘ich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi. Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlang‘ich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qo‘llangan holda aniqlanadi. Bunda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari o‘tkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi o‘zlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar: sotuvchi — savdolarga qo‘yiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida; xaridor — birja bitimining mo‘ljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida. 14. Xaridorlar: birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish; paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish bo‘yicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash; tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega. 15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron ro‘yxatga olish kunida uni bajarish uchun birja a’zolariga taqdim etiladi. 16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazishi shart. 17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablag‘lar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga to‘langan bitimlar to‘g‘risidagi reyestrni yuborishi shart. 18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan to‘lov to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi. Sotuvchi tovarni yetkazib berish bo‘yicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan so‘ng sotuvchi va xaridor ro‘yxatdan o‘tkazilgan birja bitimi bo‘yicha mahsulotni topshirish-qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar. 19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab jo‘natish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi. 20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat ko‘rsatish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida: a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish”; b) ilovada: 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish”; 7-bandga quyidagi mazmundagi “m)” kichik bandi qo‘shilsin: “m) bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish sohasida: bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismiga subsidiya ajratadi; tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratadi”. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarorida: a) 1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi “75 foizi” so‘zlari “5 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-banddagi “paxta ip-kalavasini” so‘zlari “paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni (bo‘yalgan trikotaj matodan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “75 foizi” so‘zlari “5 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) ilovaning 5-bobiga quyidagi mazmundagi 26-band qo‘shilsin: “26. Paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlar bo‘yicha monitoring Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — TSOYEAT) ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda belgilangan miqdordagi yig‘imlarni to‘lamagan eksport qiluvchi tashkilotlar (shartnoma tuzuvchilar) aniqlangan taqdirda, ushbu tashkilotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan TSOYEATda real vaqt rejimida yangilanib boruvchi “Yig‘im to‘lamagan tashkilotlar” reyestriga kiritiladi. Reyestrga kiritilgan tashkilotlarga mavjud qarzdorligini to‘liq bartaraf etmaguniga qadar paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni eksport qilishiga ruxsat berilmaydi”; d) ilovaning “26.” bandi — “27.” bandi deb hisoblansin.
239
35,113
Qonunchilik
Sud hukmi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud hukmlari sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sud hukmi, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi haqidagi jinoyat sud ish yurituvining asosiy vazifalarini hal etadigan, sud muhokamasiga yakun yasaydigan O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan odil sudlovning muhim hujjatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi, Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktning 14-moddasi hamda JPKning 23-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. 2. Sudlar hukm chiqarishda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va JPKda belgilangan sudning hukmi qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi, faqat sudlar tomonidan, oshkoralik, jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqilishi, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi, odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o‘z ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda va tarjimon yordamidan foydalanishini ta’minlash, taraflarning o‘zaro tortishuvi, dalillarning bevosita va og‘zaki usulda tekshirilishi, aybsizlik prezumpsiyasi asosida chiqarilishi va ish bo‘yicha haqiqiy holatni aniqlash to‘g‘risidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal qiladilar. Ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga ko‘ra cheklanish, hukmni qonuniy emas deb topishga asos bo‘ladi. 3. JPKning 465-moddasiga muvofiq sudda ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi. Hukmda noaniq iboralarni ishlatish, rasmiy hujjatlarda ishlatish qabul qilinmagan qisqartmalar va so‘zlarni qo‘llashga, shuningdek ishga oid bo‘lmagan holatlarni yoritish bilan hukmni ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hukm barcha hollarda oshkora e’lon qilinishini hisobga olgan holda, sud uni tuzayotgan vaqtda qurol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop, portlovchi moddalarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etish usullarini batafsil yorituvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi iboralarni ishlatmasligi lozim. Hukmga kiritilgan barcha tuzatishlar hukm e’lon qilinishidan oldin izohlanishi va izohlar sud tarkibining barchasi tomonidan imzolanishi lozim. 4. Ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kamchiliklar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkin. Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganligini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, JPKning 95-moddasiga muvofiq ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Dalillar maqbulligi nuqtai nazaridan baholanishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini ko‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan tushuntirishlarga amal qilinishi lozim. Dalillarni baholash jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etiladi. Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi. Sudlanuvchining aybdorligi (aybsizligi) to‘g‘risidagi sudning xulosalariga zid bo‘lgan dalillar hukmda nafaqat ko‘rsatilishi balki, sud tomonidan nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini yoritishi va tegishli baho berishi lozim. Agar ish bo‘yicha jinoyat sodir qilganlikda bir nechta sudlanuvchilar ayblanayotgan yoki sudlanuvchi bir nechta jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, sud hukmda har bir sudlanuvchiga nisbatan hamda har bir ayblov bo‘yicha dalillar keltirishi va tahlil qilib chiqishi hamda xulosa qilishi zarur. 5. Sudlarning e’tibori, JPK 22-moddasiga binoan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilsin. Sudlar hukm JPKning 26, 90 va 455-moddalari talabiga binoan faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozimligini e’tiborga olishlari kerak. Sud hukmda, surishtiruv, dastlabki tergov yoki boshqa sud majlisidagi sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlariga, ekspertlarning xulosalariga va tergov harakatlarining bayonnomalariga, JPKning 443-moddasiga muvofiq, ushbu dalillarga faqatgina sud majlisida o‘qib eshittirilgan va tekshirilgandagina havola qilinishi mumkin. JPKning 104-moddasiga muvofiq, so‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari faqat uning hozirgi so‘roqqa bergan ko‘rsatuvlari tinglangandan keyin, shuningdek hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda; so‘roq qilinuvchi sudda ko‘rsatuv berishdan bosh tortganda; ish so‘roq qilinuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilayotgan hollarda o‘qib eshittirilishi mumkin. 6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga zid ravishda olingan barcha dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmasligi va hukmda aks ettirilishi, qolaversa hukmga asos qilib olinishi mumkin emas. Qonunga zid ravishda olingan dalillarga tergov olib borishning noqonuniy (ruhiy va jismoniy kuch ishlatish) usullarini qo‘llab olingan dalillar yoki jinoyat-protsessual qonunining boshqa normalari buzilishi (masalan, himoya huquqining buzilishi) natijasida olingan dalillar kiradi. Dalil qonunga zid ravishda olingan deb topilgan taqdirda, sud ishdagi dalillar yig‘indisidan uni chiqarish to‘g‘risidagi o‘zining qarorini, qonunning buzilishi nimadan iborat ekanligini ko‘rsatgan holda, asoslantirishi lozim. Dalilni qonunga zid ravishda olingan deb baholashda, sud JPKning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi asosida, dalilning maqbulligi va xolisligi to‘g‘risidagi har qanday shubha, agar uni bartaraf qilishning imkoni bo‘lmasa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozimligidan kelib chiqishi kerak. Bartaraf qilishning imkoni bo‘lmagan shubhalar sudlanuvchining to‘liq aybi yoki ayblovning alohida epizodlari bo‘yicha ham topilishi mumkin. Ishda to‘plangan dalillarning yetarli emasligi, dalillar qonunga zid ravishda olinganligi sababli ular dalil hisoblanmasligi yoki qo‘yilgan ayblovda sudlanuvchining to‘liq aybdorligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yo‘qligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos bo‘ladi, bu JPK 464-moddasi mazmunidan kelib chiqadi. 7. JPKning 462-moddasiga muvofiq, sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. JPKning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi hukm turini aniqlovchi mezon sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, sudlar hukm muayyan ish bo‘yicha chiqariladigan yakuniy protsessual hujjat ekanligini va muayyan bir shaxsni jinoyat sodir etishda aybliligini yoki aybsizligini belgilovchi holat ekanligini farqlashlari lozim. Shu sababli, sudlarga tushuntirilsinki, har bir ish bo‘yicha sud muhokamasida sudlanuvchilarning sonidan qat’iy nazar bitga hukm chiqariladi. Agar sudlanuvchiga bir necha jinoyat sodir qilganlikda ayb e’lon qilingan bo‘lsa, sud, bunga asoslar mavjud bo‘lganda, unga nisbatan bitta hukm chiqarib, ayblovning ayrim epizodlari bo‘yicha sudlanuvchini oqlashi, boshqasi bilan aybli deb topishi mumkin. Bir necha shaxslarga nisbatan ish ko‘rishda sud, aniqlangan holatlarga ko‘ra, bitta hukm bilan barcha sudlanuvchilarni aybdor deb topishi yoki birini oqlashi va boshqalarini aybli deb topishi mumkin. 8. Sudlar oqlov hukmini chiqarishga olib keluvchi, jinoiy hodisaning yoki jinoyat tarkibining bo‘lmasligi, jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor emasligi to‘g‘risidagi asoslar ro‘yxati JPKning 464-moddasida to‘liq ko‘rsatilganligini e’tiborga olishlari lozim. Oqlov hukmi chiqarilayotganda, uning tavsif qismida JPKning 469-moddasiga binoan sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari, sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da’vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da’voga oid qarorning asoslari bayon qilinadi. Oqlov hukmiga oqlanganning aybdor emasligiga shubha tug‘diruvchi iboralarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Basharti JKning bir yoki bir necha moddalari (moddalar qismlari, bandlari) bilan tavsiflangan bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganda, sud hukmning tavsif qismida har bir modda (moddaning qismi, bandi, ayblov epizodi) bo‘yicha oqlashning tegishli asoslarini ko‘rsatib, ayblovning asossiz ekanligi to‘g‘risida asoslar keltirilgan holda xulosani tuzishi lozim. Hukmning qaror qismida JPK 470-moddasida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsatmalar to‘laligicha yoritilishi lozim. 9. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli oqlov hukmi (JPK 83-modda 1-bandi) agarda sodir etilishida sudlanuvchi ayblanayotgan qilmish (hodisa) yuz bermagan bo‘lsa yoxud nazarda tutilgan oqibat ziyon yetkazilgan shaxs tomonidan yoki kimning xohish istagi va ixtiyoridan bo‘lishidan qat’iy nazar, masalan, tabiatning ta’sir kuchi natijasida sodir etilsa chiqariladi. Qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli (JPK 83-modda 2-bandi) oqlov hukmi chiqariladi, agar: jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsada, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmasa (JK 36-modda); qilmish zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida sodir etilgan bo‘lsa (JK 37, 38-modda); qilmish sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsada, biroq Jinoyat qonuni bilan jinoyat deb topilmaydi (zarar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida yetkazilsa (JK 39-modda), buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (JK 40-modda), kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik (JK 41-modda), jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish (JK 411-modda); shaxs jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganda (JK 26-modda) va h. k. Agar ijtimoiy xavfli qilmish fakti va oqibatining kelib chiqqanligi aniqlangan bo‘lib, biroq sud muhokamasida taqdim qilingan va tekshirilgan dalillar bilan uning sudlanuvchi tomonidan sodir etilganligi inkor etilsa yoki o‘z tasdig‘ini topmasa, sud shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmaganligi sababli oqlov hukmi chiqaradi (JPK 83-modda 3-bandi). 10. Sudlar hukm chiqarishda hukmning fuqaroviy da’vo qismini JPK 468, 470-moddalari talablariga so‘zsiz rioya qilgan holda hal qilishlari lozim. Ushbu talablarni e’tiborga olib, sud hukmda da’voni to‘la yoki qisman qanoatlantirish yoxud rad qilish sabablarini asoslantirishi, da’vogar talablari qanoatlantirilgan tegishli miqdorini ko‘rsatishi va fuqaroviy da’vo qaysi qonunga asosan hal qilinganligini ko‘rsatishi lozim. Bir nechta sudlanuvchilarga nisbatan keltirilgan fuqaroviy da’vo qanoatlantirilganda, hukmda undirilgan pul summasining qancha qismi ulardan solinar va qancha qismi ulush tartibidaligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Sudlarning e’tibori shunga qaratilishi lozimki, JPK 471-moddasining 1-bandiga asosan ayblov hukmini chiqarishda, sudlar ish bo‘yicha keltirilgan fuqaroviy da’vo masalasini hal qilishlari lozim. Faqatgina sud fuqaroviy da’vo bilan bog‘liq qo‘shimcha hisob-kitob talab qilib, uni sud majlisida bartaraf etishning imkoniyati bo‘lmasa va bu sud qaroridagi jinoyat kvalifikatsiyasi, jazo me’yori (chorasi) va hukmda chiqarishda yuzaga keladigan boshqa masalalarga ta’sir qilmaganda, sud fuqaroviy da’voning undiriladigan miqdori masalasi fuqarolik ish yurituvi tartibida hal qilinishini tushuntirishi lozim. Fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, fuqaroviy da’vo ko‘rilmasdan qoldirilishi mumkin, JPK 413-moddasining 2, 3-qismlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyat sodir etilishiga daxldor bo‘lmaganligi sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi tufayli oqlov hukmi chiqarilganda, sud fuqaroviy da’voni JPK 283 — 285-moddalari qoidalariga muvofiq hal etadi. Fuqaroviy da’voni qanoatlantirilishi yoki rad etilishi yuzasidan sudning qarori asoslantirilishi lozim. 11. Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarayotganda, JPK 457-moddasi talablariga muvofiq, quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi; bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u JKning qaysi moddasida nazarda tutilgan; bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi; fuqaroviy da’vo qanoatlantirilishi kerakmi; fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak; ashyoviy dalillarni nima qilish kerak; protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi. Bundan tashqari, sud ayblov hukmi chiqarishda sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlar bormi; sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni o‘tashi kerakmi; sudlanuvchini JKning 34-moddasiga muvofiq o‘ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi; ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada o‘tashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada o‘tashi kerakmi; fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi; sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash zarurligi masalalarini belgilashi lozim. JPKning 457-moddasida nazarda tutilgan masalalarni sud har bir sudlanuvchiga va har bir jinoyatga nisbatan unga e’lon qilingan ayb bo‘yicha alohida-alohida hal qiladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin. JPK 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, JPKning 563-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur. 12. Hukmning kirish, tavsif va qaror qismlarining mazmuni bo‘yicha qonun talablariga rioya qilish qonuniy sud qarori chiqarilishining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Agar ish bo‘yicha sud muhokamasi turli joylarda o‘tkazilgan bo‘lsa, bunday holda hukmning kirish qismida ish sayyor sud majlisida ko‘rilgani va hukm chiqarilgan joy aks ettiriladi. Bunda hukm chiqarilgan joy deb, hukm e’lon qilingan joy ko‘rsatilishi lozim. 13. Hukmning kirish qismida sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy, hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon ko‘rsatiladi. JPK 407-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda, zaxiradagi xalq maslahatchisi ishni muhokama qilish boshlangan paytdan e’tiboran sud majlisi zalida hozir bo‘lganligi haqidagi ma’lumot sud tarkibi bilan birga e’lon qilinishi lozim. Basharti ishni muhokama qilish vaqtida, xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o‘rnini egallaydi va hukmning kirish qismida hukm chiqargan sud tarkibi ko‘rsatiladi. Zaxiradagi xalq maslahatchisining sud muhokamasidagi ishtiroki va almashtirilganligi sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. JPK 25-moddasining 4-qismiga muvofiq, davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar. Shundan kelib chiqib, agar sud muhokamasida bir vaqtning o‘zida yoki o‘zaro almashib bir necha sud majlisi kotiblari, davlat ayblovchilari, himoyachilar yoki boshqa protsess ishtirokchilari ishtirok etganda, ularning barchasi hukmning kirish qismida ko‘rsatiladi. 14. Har bir protsess ishtirokchisi o‘zining huquq va majburiyatlariga ega ekanligi e’tiborga olinib, hukmning kirish qismida JPKning tegishli moddalariga muvofiq, ularning protsessual maqomini to‘g‘ri ko‘rsatish lozim. Hukmning kirish qismida himoyachilar va vakillarni ko‘rsatishda, ular kimning manfaatlarini himoya qilayotganlari yoki ifodalayotgani ham ko‘rsatilishi lozim. 15. Sudlarga tushuntirilsinki, JPKning 466-moddasiga binoan hukmning kirish qismida ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa ma’lumotlar deganda, qilmishni kvalifikatsiya qilishda, jazodan ozod qilishda yoki shartli hukm qilishda, jazo turi va miqdorini tayinlashda, jazoni o‘tash turini aniqlashda, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishda inobatga olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar tushunilishi lozim. Bular qatorida sudlanuvchi salomatligining ahvoli to‘g‘risidagi (masalan, nogironlik), unda davlat mukofotlari, maxsus unvonlarning borligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lmaganda ularning yo‘qligi haqida hukmning kirish qismida ko‘rsatilmaydi. Shaxsning muqaddam sudlanganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, sudlar hukmning kirish qismida har bir sudlanganlik yuzasidan to‘liq ma’lumotlarni, jumladan: hukm chiqarilgan aniq sanani, hukm chiqargan sudning nomini, shaxs aybli deb topilgan JKning moddasi, qismi, bandi va sud tomonidan tayinlangan jazoni, hukmning yuqori sud instansiyalarida o‘zgartirilishini, jazo ijro etilgan yoki to‘liq o‘talgan yoxud jazodan ozod etilgan sanani, jazodan ozod qilish asosini, agar shaxsga amnistiya aktlari qo‘llanilgan bo‘lsa, qo‘llanilgan sanasi, sudning nomi, qo‘llanilgan amnistiya aktining sanasi va bandini ko‘rsatishi shart. Agar shaxsning qonunda belgilangan tartibda muqaddam sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lsa, sud hukmning kirish qismida qachon va qaysi sud tomonidan sudlanganlik holati olib tashlanganligi yoki qaysi asoslarda sudlanganlik holati tugallanganligi ko‘rsatishi kerak. Sudlar shuni e’tiborga olishi lozimki, JKning 77-moddasiga muvofiq sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi. JK 77-moddasining 5-qismiga asosan, qonunning o‘zgarishi munosabati bilan jinoiyligi bekor qilingan qilmish uchun sudlangan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Bunday holda, sud hukmning tavsif qismida shaxsni sudlanmagan deb hisoblash haqidagi o‘zining xulosalarini asoslashi shart. 16. JPKning 463-moddasiga ko‘ra, ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama- qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim. Shundan kelib chiqib, sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda aybini bo‘yniga olish holati u ish bo‘yicha to‘plangan hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan xolisona isbotlangan taqdirdagina ayblov hukmi chiqarishga asos bo‘la oladi. JPKning 117-moddasiga binoan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar. Shuning uchun ham sud, ularning suddagi yoki dastlabki tergovdagi ko‘rsatuvlariga, mazkur ish bo‘yicha dastlabki tergov bosqichida va sudda ushbu shaxslarga guvohlik ko‘rsatuvlari berishdan bosh tortish huquqi tushuntirilgan va ular o‘z xohishlari bilan ko‘rsatuv berishga rozilik bildirgan taqdirdagina asoslanishi mumkin. 17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 31-moddasining 3-qismi, 240-moddasining 2-qismiga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik, guvohlik ko‘rsatuvi berishni rad etganlik yoki bundan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi. Qonun qayd etilgan shaxslarni yolg‘on guvohlik berganlik uchun javobgarlikdan ozod etmasligi sababli, o‘zlarining ko‘rsatuv berishga roziligi mavjud bo‘lganida, ular JKning 238-moddasi bilan bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishi lozim. 18. JPKning 17-moddasi talabiga binoan sud hukm chiqarishda shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipiga amal qilishi, shu sababli uning shaxsiy hayotiga taalluqli yoki unga ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan ma’lumotlarni odob bilan, agarda bunday ma’lumotlar ishdagi dalillarga oid bo‘lsa, hukmda ko‘rsatishi lozim. Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, yopiq sud majlisida ko‘rilgan ishlar yuzasidan xususiy ajrim chiqarilib jamoatchilikka oshkor qilinishi taqiqlanishi sudlarga tushuntirilsin. 19. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 467-moddasi mazmuniga ko‘ra, sud hukmning tavsif qismida ushbu ishda muhokama qilinmayotgan shaxs (shaxslar)ning jinoyatdagi ishtirokini ko‘rsatishga haqli emas. Bunday hollarda hukmda sudlanuvchi tomonidan jinoyat boshqa shaxs (shaxslar) ishtirokida, uning ismi, familiyasi va shaxsiga oid boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan, sodir etilganligi qayd qilib o‘tilishi mumkin. Bu xildagi xatoga yo‘l qo‘yilganda, bundan keyin bunday jinoyat qatnashchisiga nisbatan ishni ko‘rayotgan sud hukm chiqarishda, birinchi hukmni aybdorlikni tasdiqlovchi dalil sifatida keltirishga haqli emas. 20. JPK 467-moddasiga muvofiq, agar jinoyat oldindan til biriktirilgan holda bir guruh shaxslar tomonidan yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, ayblov hukmining tavsif qismida har bir jinoyat ishtirokchisi tomonidan aynan qanday jinoiy harakatlar sodir etilganligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Shu bilan birga, sud hukmida har bir sudlanuvchining bir xildagi harakatlari qayta takrorlanmasligi, ammo ularning umumiy harakatlari qayd etishda har birining roli konkretlashtirilgan holda bayon qilinishi lozim. 21. Ayblov hukmining tavsif qismida, sudlanuvchining e’lon qilingan ayblovga munosabati yoritilishi, o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlariga baho berilishi kerak; Shu bilan birga, hukmda sudlanuvchining aybini isbotlashga, jinoyatning kvalifikatsiyasiga yoki jazo tayinlashga aloqador bo‘lgan ko‘rsatuvlarigina aks ettirilishi lozim. Sudlanuvchi tomonidan o‘zining surishtiruv va dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvlarini o‘zgartirgan taqdirda sud uning bu va boshqa ko‘rsatmalarini batafsil tekshirishi va ularga ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda baho berishi lozim. 22. Aybni isbotlash JPKning 86-moddasiga muvofiq, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yuklanganligi sababli, sudlanuvchining ko‘rsatuv berishdan bosh tortishi uning aybini isbot qilinganini belgilamaydi va unga nisbatan jazo turini va miqdorini belgilashda uning shaxsini salbiy tomondan tavsiflash holati sifatida hisobga olinishi mumkin emas. Shu sababli, ayblanuvchining dastlabki tergovda va sudda bergan ko‘rsatmalarini o‘zgartirishi yoki sudda bergan ko‘rsatuvlarini noto‘g‘ri deb hisoblanishi shaxsni salbiy tomondan tavsiflash holati deb hisobga olinishi mumkin emas. 23. Ish bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilayotganda, ushbu ish bo‘yicha chiqarilgan birinchi hukm tayinlangan jazo yengilligi yoki og‘irroq jinoyat to‘g‘risida qonunni qo‘llash zarurligi sababli bekor qilingan bo‘lsa, sud JPKning 414-moddasiga binoan hukmning tavsif qismida sudlanuvchining aybliligini avvalgi sud muhokamasida tekshirilgan dalillarga tayangan holda, jinoyatni tavsiflashga va jazo choralariga bog‘liq bo‘lgan o‘zining xulosalarini asoslantiradi. 24. Jinoyatni Jinoyat qonunining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash bo‘yicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanadi. Bunda sudlanuvchining harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Sud sudlanuvchini baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon, og‘ir oqibatlar va h.k) belgilarga qarab aybdor deb topishda, ushbu belgining jinoiy qilmishda mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni keltirishi shart. JPKning 467-moddasiga binoan ayblovning o‘zgartirilishi sud tomonidan hukmning tavsif qismida asoslantirilgan bo‘lishi kerak. JPK 415-moddasiga binoan sud ayblovni o‘zgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatni kvalifikatsiyalovchi belgilari chiqarib tashlanadi. Sud JPK 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruv, dastlabki tergov organlari tomonidan e’lon qilingan aybni o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli. 25. Sud sudlanuvchiga avval e’lon qilingan aybni jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo‘zg‘atiladigan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK moddasiga (JK 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1411-moddasining birinchi qismida, 149-moddasida, 167, 170, 172, 173-moddalari) o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida xulosaga kelganda, jabrlanuvchining sudlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi arizasi ishda mavjud-mavjud emasligidan kelib chiqib, qaror qabul qiladi. 26. E’lon qilingan ayblovning (ayblov epizodlarining) bir qismi sudda o‘z tasdig‘ini topmagan taqdirda, ayblov hukmining tavsif qismida sudlanuvchining e’lon qilingan ayblov qismi bo‘yicha oqlanishi sabablari keltiriladi. Hukmning qaror qismida, sud shaxsni e’lon qilingan ayblov qismi (epizodlari) bo‘yicha oqlash to‘g‘risidagi qarorni qonunning aniq normalariga havola qilgan holda chiqaradi. Jinoyatning tavsifini o‘zgartirishga olib kelmaydigan ayrim epizodlarning yoki ayrim og‘irlashtiruvchi holatlarga ko‘rsatuvlarning, shuningdek aybdorning shaxsini salbiy baholovchi ma’lumotlar ayblovdan chiqarib tashlangan taqdirda, sud hukmning tavsif qismida ayblovning qismini asoslantirilmagan deb topish to‘g‘risida tegishli asoslar keltirgan holda xulosa qilishi yetarlidir. Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan bir jinoyat, jinoyat qonunining bir necha moddalari bilan xato tavsiflanganda, yoki bir necha sodir etilgan jinoyatlarini jinoyat qonunining og‘irroq jazoni taqozo qiluvchi birgina moddasi bilan tavsiflash o‘rniga asossiz ravishda jinoyat qonuni bir moddasining bir necha qismlari bilan tavsiflanganda, sud hukmning tavsif qismida sudlanuvchiga xato qo‘yilgan JKning moddasi (moddasi qismi yoki bandi)ni chiqarib tashlash to‘g‘risida ham tegishli asoslar keltirgan holda ko‘rsatib o‘tishi yetarli. 27. Sudlar aybga qo‘yilgan ayrim harakatlarning asoslantirilmaganligini og‘irroq javobgarlikni belgilaydigan qilmishdan farqlashlari lozim. Chunonchi, JK 33-moddasining 2-qismiga muvofiq, agar shaxs sodir etgan qilmishda JK Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Biroq, agar ish materiallarida ayblovning shu epizodi bo‘yicha jinoiy hodisa yuz berganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lganligi va uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa, bunday holatda sud ayblovdan JK moddasida yengilroq jazo nazarda tutilgan qismini chiqarishni belgilamay, hukmning tavsif qismida sudlanuvchini javobgarlikka tortishga asos bo‘lgan JK moddasining og‘irroq jazo belgilangan qismi bilan moddaning boshqa qismlarida nazarda tutilgan barcha kvalifikatsiya qiluvchi alomatlarini ko‘rsatib, javobgarlikka tortilishini asoslantirib berishi lozim. 28. Sudlarning e’tibori, hukm chiqarishda ularning jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya qilish shartligiga, jinoyat qonunining asosiy prinsiplaridan biri insonparvarlik prinsipi ekanligiga va uning mazmuniga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligiga qaratilsin. Ushbu prinsipga binoan jazolashdan ko‘zlangan maqsadga yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Sudlar jazo tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, sodir etilgan qilmishning sabablarini, keltirilgan zararning miqdori va xususiyati, aybdorning shaxsi, uning javobgarligini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishlari kerak. Bulardan kelib chiqib, sudlanuvchining javobgarligi darajasi xususiyatiga qanday holatlar ta’sir etganligi, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi sud muhokamasida tasdiqlangan va JK 54-moddasiga binoan jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olingan boshqa holatlarni hukmda ko‘rsatib o‘tish lozim. Jazo tayinlashning umumiy asoslari to‘g‘risidagi qonunni qo‘llayotib, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qaroridagi tushuntirishlarga amal qilishlari va hukmning tavsif qismida sud tomonidan u yoki bu jazoni tayinlash haqidagi xulosaga kelganlik asoslarini ko‘rsatishlari, shuningdek ushbu jinoyat uchun jinoyat qonunida ko‘rsatilgan jazodan ham kamroq jazo tayinlash, qo‘shimcha jazoni tatbiq etish, harbiy hamda maxsus unvondan mahrum qilish asoslarini ko‘rsatishlari zarur. JKning 56-moddasida sanab o‘tilgan jazoni og‘irlashtiradigan holatlar ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydi, jazoni yengillashtiruvchi holatlar esa sud tomonidan aniq ish holatlaridan kelib chiqib hukmning tavsif qismida asoslar keltirilgan holda kengaytirilishi mumkin. Jinoyatni tavsiflash belgilari, shuningdek shaxsning sudlanganlik holatining qonunda ko‘rsatilgan tartibda tugallanishi yoki olib tashlanishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar sifatida keltirilmasligi kerak. Hukmda aybdorning birgina shaxsini inobatga olgan holda jazo tayinlanganligi to‘g‘risida qayd etish yetarli bo‘lmaydi. Xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsiflash belgisi hisoblanadi va bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinayotganida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim va keyinchalik bu sud hukmining tavsif qismida ham asoslantirilgan bo‘lishi kerak. 29. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 8-moddasining 2-qismiga muvofiq, hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agarda JK moddasining sanksiyasida asosiy jazo bilan birga majburiy qo‘shimcha jazoni qo‘llash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, sud tomonidan qo‘shimcha jazo faqat JK 45-moddasining beshinchi qismi va 57-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qo‘llanmasligi mumkin. Agar JK moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan asosiy jazoga qo‘shimcha jazo majburiy tarzda tayinlanishi belgilangan bo‘lsa, sud JKning 57-moddasini qo‘llagan holda, boshqa yengilroq asosiy jazo tayinlagan taqdirda, qo‘shimcha jazo faqat JKning 45-moddasini qo‘llagan holda tayinlanishi, sud hukmning tavsif qismida shunday qaror qabul qilganligini asoslantirishi lozim. Shu sababli, aniq jinoyat uchun tayinlanadigan asosiy va qo‘shimcha jazolar birga bir butun jazoni tashkil qiladi. Agar qo‘shimcha jazo JKning alohida moddasi bilan tayinlanmagan bo‘lsa, u JKning 59-moddasi tartibida jinoyatlar majmui bo‘yicha yoki JKning 60-moddasi tartibida bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash tartibida qo‘llanishi mumkin emas. Hukmning tavsif qismida undirilishi lozim bo‘lgan moddiy zararni qoplash miqdori, aybdorni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash, ashyoviy dalillar taqdirini, fuqaroviy da’vo yoki yetkazilgan zarar masalasi yoki jinoyat oqibatida moddiy zarar masalasini qanoatlantirish yoxud rad qilish xulosasi asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Sud yetarli asoslar mavjud bo‘lganda hukmning tavsif qismida mahkumga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash yoki qo‘llamaslik, mahkumni jazodan ozod qilish yoki jazo tayinlamaslik, sinov muddati belgilagan holda shartli hukm qilish, voyaga yetmagan mahkumga jazo tayinlamasdan boshqa majburlov choralari qo‘llashni muhokama qilishi lozim. 30. Ayblov hukmining qaror qismida JPK 468-moddasiga binoan sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, JKning uni aybli deb e’tirof etishga asos bo‘lgan moddasi (moddalari, moddaning qismi, bandi), sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa), sudlanuvchiga har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me’yori, uzil-kesil tayinlangan o‘talishi lozim bo‘lgan jazo chorasi, ozodlikdan mahrum etish jazo turi qo‘llanilganda jazoni o‘tash lozim bo‘lgan tegishli tartibli koloniya turi; ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar); sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilinganda, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa va shaxs; ushlab turilgan, qamoqda yoxud uy qamog‘i saqlangan vaqtni jazo muddati hisobiga kiritish to‘g‘risida qaror; hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga oid qaror; mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar, JPK 533-moddasi asoslari bo‘yicha hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim. Bundan tashqari, ayblov hukmining qaror qismida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash joyi, jazo va sinov muddatlarini hisoblash, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qo‘llashlik, qonunning tegishli normalariga binoan mahkumni jazodan ozod etish to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatilishi zarur. Ayrim jinoyatlar uchun qonun moddasida nazarda tutilgan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlashda, hukmning qaror qismida ushbu jazo JKning tegishli moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan JK 57-moddasini qo‘llagan holda belgilanayotgani to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Sudlanganga jazoni o‘tash koloniya turi jinoyatlar majmui bo‘yicha uzil- kesil jazo belgilangandan keyingina tayinlanadi. Agar shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilingan yoki sinov muddati belgilangan holda shartli hukm qilingan bo‘lsa, jazoni o‘tash koloniya turi tayinlanmaydi. Sud jazoni shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarish paytida, sudlanganga nisbatan jazoni o‘tash koloniyasini ham belgilaydi. 31. JPKning 471-moddasi talabiga ko‘ra, ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni, qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash to‘g‘risidagi qarorni, ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar to‘g‘risidagi qarorni, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek hukm ustidan apellatsiya shikoyati berish, protest bildirish tartibi va muddatlarini o‘z ichiga olishi lozim. 32. Agar hukm chiqarishda, basharti: mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qo‘llashdan ozod qiluvchi amnistiya akti e’lon qilingan bo‘lsa; shaxsning hukm chiqqunga qadar qamoqda bo‘lgan va uy qamog‘i qo‘llanilgan vaqti JKning 62-moddasida nazarda tutilgan dastlabki qamoqni hisobga olish qoidalarini nazarda tutib sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoki bu choradan ortiq bo‘lsa, sud ayblov hukmini chiqaradi va tavsif qismida qabul qilingan qarorni asoslantiradi, qaror qismida sudlanuvchini aybdor deb topib, unga JK tegishli moddasi (moddalari) bilan jazo tayinlaydi, so‘ngra qonunga asoslangan holda tayinlangan jazodan ozod qiladi. Agar hukm chiqarish paytida, basharti: mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti e’lon qilingan bo‘lsa; mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa; hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolsa; mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qo‘llaniladigan jamoat ta’sir choralari yoki ma’muriy jazo choralari ko‘rish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lsa; hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa; JKning 71-moddasiga muvofiq, shaxsni o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli ozod qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa sud jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi. 33. JPKning 473-moddasiga muvofiq, sud hukmni imzolaganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib chiqadi va raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi hukmning qaror qismini e’lon qiladi. Sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning hammasi, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar. Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, hukmning qaror qismi e’lon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda o‘qib eshittirilishi kerak. Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Basharti sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv etishni so‘rab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi. Agar sudning sud majlisi zaliga qaytib chiqish vaqtidan ilgari xabardor qilingan sudlanuvchi hukmni e’lon qilinishiga kelmasa, sud hukmning qaror qismini uning ishtirokisiz e’lon qiladi. Sud majlisini yopiq deb e’lon qilgunga qadar, mahkumni qidirish, ushlash, uni tergov hibsxonasiga joylashtirish yoki hukm nusxasini topshirish uchun sudga keltirish haqida JPKning 423-moddasi tartibida ajrim chiqaradi. . 34. Sudlarga tushuntirilishi lozimki, JPKning 473-moddasi faqat hukmning qaror qismini e’lon qilish tartibini nazarda tutadi. Bunda, hukmni chiqarish, tuzish va imzolash tartibi JPKning 454 — 460, 465, 472-moddalari talablari asosida yuritiladi. 35. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, keksa ota-onalari, qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasi JPKning 476-moddasiga muvofiq ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlab turish choralarini ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar ushbu masalalar ayrim sabablarga ko‘ra hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinmagan bo‘lsa, ular sudning taqdimnomasi asosida umumiy asoslarda qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi. Shuningdek, sudlar ushbu masalani manfaatdor taraflarning taqdimnomasi yoki arizasiga asosan JPKning 541, 542-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibida ko‘rib chiqishi mumkin. Bunda sud ushbu masalani shu tartibda ko‘rilishi lozimligini asoslantirishi kerak. 36. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-maydagi “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 10-sonli qarorining 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 20-sonli qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21
42,652
Qonunchilik
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi rahbarlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanmayotgani, to‘lov terminallari va bank apparatlari tizimi yetarli darajada rivojlanmagan holda to‘lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o‘tkazilayotgani to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushayotganiga qaratilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-maydan boshlab: barcha turdagi pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd shaklda beriladi yoki fuqarolarning roziligi asosida bank kartasiga o‘tkaziladi; ilovada keltirilgan tog‘li va olis tumanlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi; oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, AT “Xalq banki” pensiyalar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay to‘lanishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: tijorat banklari bilan birgalikda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lashda yo‘l qo‘yilayotgan doimiy suiiste’molliklarni so‘zsiz bartaraf etishga doir choralarni ko‘rsin, to‘lovlarning birinchi talabga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob raqamlaridan hech qanday moneliksiz berilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasini hisobga olgan holda ish haqini naqd shaklda va plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va bu borada maqbul nisbatlarni belgilasin. Qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qarorining 3- va 4-bandlarida ko‘zda tutilgan naqd pul mablag‘lari o‘z vaqtida berilishini ta’minlamayotgan tijorat banklari rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo‘yicha normalar amalda qanday qo‘llanilayotganini o‘rgansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda uning savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan tijorat banklari kassalariga o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida va uzluksiz to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
128
3,959
Qonunchilik
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qarori ijrosini ta’minlash, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil uchun 1-sentabrga qadar va 2020-yildan boshlab har yili 1-mayga qadar meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha aniq ro‘yxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilib borsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi meva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish uchun: 2019-yildan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratilishini; 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunga qo‘shimcha ravishda budjet parametrlarida tegishli mablag‘larini ko‘zda tutib borilishini ta’minlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilda yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxonalarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish tajribasi yakunlarini o‘rganib chiqib, zaruratga ko‘ra, 2020-yil 1-aprelga qadar meva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.T. Xodjayev, suv xo‘jaligi vaziri Sh.R.Xamrayev va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning (keyingi o‘rinlarda — loyiha tashabbuskorlari deb ataladi) yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosida suv tejovchi texnologiyalarini (keyingi o‘rinlarda — sug‘orish texnologiyasi deb ataladi) joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom mavjud bog‘ va issiqxonalardagi yaroqsiz holga kelgan sug‘orish texnologiyasini ta’mirlash va qayta tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tadbiq etilmaydi. 3. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning 2019-yil va undan keyingi yillarda joriy qilingan sug‘orish texnologiyalari uchun xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi: tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan bir gektar maydon uchun bir martalik 6 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda; maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda. 4. Subsidiya mablag‘lari 2019-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik deb ataladi) huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, 2020-yildan boshlab jamg‘arma hamda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan teng ulushlarda ajratiladi. 5. Yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosida sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplash istagini bildirgan loyiha tashabbuskorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yil 1-mayga qadar kelgusi yilda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarining yakuniy ro‘yxatini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yil 1-iyulga qadar loyiha tashabbuskorlarining kelgusi yilda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish parametrlarini tasdiqlaydi hamda Agentlik, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kalendar yilning 1-iyuligacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida sug‘orish texnologiyasini joriy etishning amaldagi holatdan kelib chiqib, ajratilgan mablag‘lar doirasida loyiha tashabbuskorlari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif berishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi loyiha tashabbuskorlarining sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablag‘lar ajratishni ko‘zda tutib boradi 8. Loyiha tashabbuskorlarining sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarini Davlat budjetidan qoplab berish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Loyiha tashabbuskorlari sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha vakolatli loyiha institutining loyihasi; sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (agar mavjud bo‘lsa); sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxasi; amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi. Loyiha tashabbuskorlaridan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni so‘rab olishga haqli emas. Loyiha tashabbuskori tomonidan ushbu bandda belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim qilinmaganda ularni uch kun muddatda loyiha tashabbuskoriga to‘liq holda taqdim qilish uchun qaytaradi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi loyiha tashabbuskorlarining yangidan tashkil etiladigan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida qurilgan sug‘orish texnologiyasini uch kun muddatda loyiha bo‘yicha tashkil etilgan sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib o‘rganadi. O‘rganish natijasi bo‘yicha o‘n kun muddatda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasi mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan shaklda xulosa tayyorlaydi. Qabul komissiyasi tomonidan zarur hollarda xulosa tayyorlashda boshqa ekspertlar jalb etilishi mumkin. Xulosa belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi sug‘orish texnologiyasini joriy etish ishlari yakuni bo‘yicha ijobiy xulosani olgan loyiha tashabbuskorlarining ro‘yxatini tegishli hujjatlar bilan birgalikda har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar Agentlikka taqdim etadi 12. Agentlik tomonidan hududlar kesimidagi ro‘yxat umumlashtirib, taqdim etilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida uch ish kuni davomida loyiha tashabbuskorlarining sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya mablag‘larini Agentlikning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Bunda moliya yili yakuni bo‘yicha mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi. 14. Agentlik maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni hamda xarajatlarni qoplab berishning Jamg‘armaga tegishli qismini ikki ish kuni davomida loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkazib beradi. 15. Loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan subsidiya mablag‘lariga mavjud kreditor qarzlarni qoplash uchun inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi mumkin emas. 16. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan loyihada ko‘rsatilgan maydonlardan ortiq bo‘lgan maydonga joriy qilingan xarajatlar loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 17. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi. 18. Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskorlariga subsidiya mablag‘larini ajratilishining nazorati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi. 19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
219
10,903
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 18 DEKABRDAGI “SIQISh KOMPRESSOR STANSIYASI QURISh BILAN POMUQ KONINI OBOD QILIShNI YAKUNLASh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI PQ-749-SONLI QARORIGA O‘ZGARTIShLA
“Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasi o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-dekabrdagi “Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-749-sonli Qaroriga ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
250
576
Qonunchilik
Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun 2019-yil 24 — 27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi respublikamizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Forum davomida ilgari surilgan tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi va ular milliy iqtisodiyot uchun ustuvor dasturlar va loyihalarni olg‘a surishda O‘zbekistonga keng istiqbollarni ochadi. Forumdagi ishtirokchi mamlakatlarning hamkorlik aloqalarida uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ulkan xalqaro platforma bo‘lmish “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi alohida qoidalar bilan hamohangdir va sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zbek-xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ushbu sohalardagi qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yangi transport yo‘laklarini ochish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish va respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlariga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirishga yordam beradi. Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarlari va boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama samarali uchrashuvlar tomonlarning juda ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga intilishi ortib borayotganini tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq; “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz ijro etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlash mexanizmi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlasin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtatlari sonini 20 nafarga ko‘paytirish hisobiga Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) tuzilsin. Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari va Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin: xorijiy mamlakatlar, shu jumladan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining ishtirokchi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda ro‘yobga chiqarish; xorijiy mamlakatlar bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash; oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish; xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash maqsadida Pekin shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bir oy muddatda: Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash darajasi (faoliyatning aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik ta’minlashni ko‘rsatib bergan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarori loyihasini kiritsin; Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan butlash hamda uning faoliyat boshlashi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–4135-son qarorining 2-bandiga 4-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 5. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollarini va uni rivojlantirish muammolarini chuqur o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritsin. 6. Mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar: “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalangan holda, tarmoq jadvallarini hamda amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni; mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 3-sanasiga qadar taqdim etilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 7-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning ijrosi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 10-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini uning shtatlari soni oshganligini hisobga olgan holda joylashtirishni ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
128
8,610
Qonunchilik
Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’m
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
250
651
Qonunchilik
KOMMUNAL XO‘JALIGI TIZIMIDA TABIATNI MUHOFAZA QILISh FAOLIYATINI YaXShILAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish, tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining ishini va moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligining yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan, ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga chiqarib tashlaydigan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarni atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizgan holda joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini (keyingi o‘rinlarda kompensatsiya to‘lovlari deb yuritiladi) to‘lovchilar deb belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, ifloslantiruvchi moddalarni oqizganlik uchun suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi ifloslantiruvchi moddalarning kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun ularning abonentlari hisoblangan to‘lovlarining summasi chiqarib tashlangan holda amalga oshiriladi. 3. Belgilab qo‘yilsinki: ifloslantiruvchi moddalarning shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi yuzasidan monitoring olib borish suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga yuklanadi; 2019-yil 1-yanvardan boshlab, atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan undiriladi hamda quyidagi tarzda taqsimlanadi: 74 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga; 26 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga. 4. Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlaridan va tozalash inshootlaridan foydalanishni ta’minlaydigan suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan, ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar ro‘yxatini bir oy muddatda tuzsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan kelishsinlar, shuningdek ushbu ro‘yxatga muntazam ravishda tuzatish kiritib borilishini nazarda tutsinlar. 8. “O‘zkommunxizmat” agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilishning yagona qoidalarini va ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar: abonentlar tomonidan ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlarni berishda; ishlayotgan, loyihalashtirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan korxonalar uchun kommunal — ekologik normativlarni ishlab chiqishda; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismini undirishda; shaharlar va boshqa aholi punktlarining kanalizatsiya tizimiga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish va tozalashda qo‘llaniladi. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalaniladi: suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari — ichimlik suv bilan ta’minlaydigan hamda ishlab chiqarish oqova suvlarini keyinchalik tozalagan holda qabul qiladigan yuridik shaxslar; abonent — ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik va jismoniy shaxslar; subabonentlar — ishlab chiqarish oqova suvlarini abonentning kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan yuridik va jismoniy shaxslar; ishlab chiqarish oqova suvlari — yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarning ular tomonidan biror-bir mahsulot ishlab chiqarishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining barcha turlari; maishiy oqova suvlar — odamlarning hayot faoliyati jarayonida (ovqat tayyorlashda, yuvinishda, kir yuvishda) hosil bo‘ladigan oqova suvlarning barcha turlari; normativdan ortiqcha oqizishlar massasi — ishlab chiqarish oqova suvlari tarkibidagi cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyadan ortiqcha barcha ifloslantiruvchi moddalar massasi; avariya holatida oqizish — kanalizatsiya-tozalash inshootlarining texnik va texnologik uzellaridagi nosozliklar yoki avariyalar natijasida ifloslantiruvchi moddalarning kanalizatsiya tarmoqlariga hamda atrof muhitga oldindan mo‘ljallanmagan holda oqizilishi; bir yo‘la oqizish — muayyan qisqa vaqt (soat, sutka) oralig‘ida ishlab chiqarish oqova suvlarining kanalizatsiya tarmoqlariga abonentdan doimiy oqizishning o‘rtacha hajmidan va sifat ko‘rsatkichidan ortiqcha tushishi; kanalizatsiya tarmoqlariga cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan oqizish limiti — nazorat punktida suv sifati normativlarini ta’minlash maqsadida ushbu punktda va vaqt birligida belgilangan rejimda ajratishga eng ko‘p darajada yo‘l qo‘yiladigan ishlab chiqish oqova suvlaridagi moddalar massasi. Cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan oqizish suvdan foydalanish joylaridagi moddalarning cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasini, suv obyektining aralashtirish quvvatini, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan abonentlar o‘rtasida oqiziladigan moddalar massasini maqbul taqsimlashni hisobga olgan holda belgilanadi; kommunal-ekologik normativ — abonentlar va subabonentlar uchun cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya ko‘rsatkichlarini tartibga soladigan hujjat. 4. Ushbu qoidalar: er usti suvini va joy relyefini ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlar bilan ifloslanishdan himoya qilishni; tozalash inshootlarining samarali ishlashini hamda ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmog‘iga qabul qilishni to‘g‘ri tashkil etish hisobiga ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. 5. Tasarrufida shaharlar va boshqa aholi punktlarining ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash bo‘yicha inshootlar bo‘lgan suv quvurlari–kanalizatsiya korxonalari sanitariya qoidalariga hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari bilan kelishilgan normalarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan va ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizadigan abonentlar uchun ifloslantiruvchi moddalarning cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish oqova suvlarini chiqarib tashlash yuzasidan kommunal-ekologik normativlarni tasdiqlaydilar. Kommunal-ekologik normativning amal qilish muddati 5 yilga belgilanadi hamda suv balansini saqlash davriga, shuningdek oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining miqdor va sifat tarkibiga amal qiladi. 6. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga abonentlarning mahalliy tozalash inshootlarida tozalashda kommunal-ekologik normativlar talablariga yetkazilgan hamda kanalizatsiya tarmoqlari va tozalash ishida buzilishlarga olib kelmaydigan ishlab chiqarish oqova suvlari qabul qilinadi. 7. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga abonentlarning mahalliy tozalash tizimlarida oldindan tozalamasdan oqizishga yo‘l qo‘yilmaydiganlar jumlasiga quyidagilar kiradi: abonentlarning tarkibida quvurlar, quduqlar, panjaralarni iflos qiladigan yoki quvurlar, quduqlar, panjaralarning devorlarida cho‘kib qoladigan moddalar (metall zaki, ohaktosh, qum, gips, metall qirindilar, hayvonlarning qoldiqlari va boshqa organik chiqindilar) bor bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlari, qurilish chiqindilari va maishiy chiqindilari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik chiqindilari kommunal-ekologik normativlar bilan tartibga solinmagan shartli toza oqimlar, tarkibida bo‘yoqlar mavjud bo‘lgan oqova suvlar, sanoat maydonchalari hududidan oqadigan yuza oqimlar (yomg‘ir suvlari, taliy, ekin sug‘orish suvlari va boshqalar) ishlab chiqarish maydonlari va hududlarini yer osti suvlari pasayishidan hosil bo‘lgan drenaj suvlar (kanalizatsiyaning yaxlit eritilgan yoki yarim ajratilgan tizimidan); quvurlarning materiallariga va kanalizatsiya-tozalash inshootlarining texnologik kommunikatsiyalariga yemiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, konsentratsiyalardagi ishlab chiqarish oqova suvlarini biologik tozalashga to‘sqinlik qiladigan zararli moddalar, xavfli bakterial ifloslantiruvchi moddalar, neft mahsulotlarining erimaydigan hosilalari, biologik jihatdan qiyin achiydigan organik va yuza-aktiv (PAV), shuningdek mineral moddalar; suv obyektiga tushadigan, sarfi va tarkibi ifloslantiruvchi moddalarning hajmi va miqdorining yo‘l qo‘yiladigan belgilangan normalaridan ortiq bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish, 40 darajadan ortiq haroratga ega, rN 6,5 dan past yoki 9 dan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlari kislorodning kimyoviy ehtiyoji darajasi, kislorodning biologik ehtiyojidan (KBE5) 2,5 baravar yuqori bo‘lgan yoki KBE to‘liq 1,5 baravardan ortiq bo‘lgan — 500 mg/l ortiq bo‘lmagan, konsentratsiyalardagi 500 mg/litrdan ortiq bo‘lgan muallaq va suzib yuruvchi moddalar, kanalizatsiya tarmoqlarida cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar limiti ular uchun belgilanmagan moddalar; kislotalar, issiq aralashmalar, zaharli va erigan gazsimon moddalar, jumladan erituvchilar (benzin, dietil efir, dixlormetan, benzol va boshqalar), kanalizatsiya tarmoqlarida va tozalash inshootlarida zaharli gazlar (oltingugurt, uglerod sulfid, uglerod kislotasi, tsianli vodorod kislota, oson uchadigan hidli uglevodorodlar bug‘lari va boshqalar) hosil qilishga qodir bo‘lgan bo‘yoqlar hamda boshqa portlash va yong‘in chiqarish xavfi bo‘lgan zaharli aralashmalar, konsentratsiyalangan qo‘r va nil eritmalar, shuningdek tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan oqova suvlar. 8. Tarkibida radioaktiv moddalar bor bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish uchun kanalizatsiyaning maxsus tizimi mavjud bo‘lmaganda ularni shahar yoki boshqa aholi punktining kommunal kanalizatsiya tizimiga qabul qilish radioaktiv xavfsizlik normalariga hamda radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanishning boshqa manbalari bilan ishlashga doir sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimida qo‘shilishi emulsiyalar, zaharli yoki portlash xavfi bo‘lgan gazlar, shuningdek ko‘p miqdorda erimaydigan moddalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlarining birlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, tarkibida kalsiy yoki magniy tuzi va ishqorli eritmalar; soda va nordon suv; natriy sulfid va ishqor, xlor va fenollar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlari). 10. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining kanalizatsiya tizimiga qabul qilinadigan ifloslantiruvchi moddalarni ishlab chiqarish oqova suvlariga cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan tashlash limitini hisoblab chiqishda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari: hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanishi kerak bo‘lgan KBE5, KBEto‘liq umumiy ko‘rsatkichda ifodalangan muallaq, kolloid va erigan holatdagi organik kelib chiqqan moddalarning yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisobga olishlari kerak. Bunda ishlab chiqarish oqova suvlari KBE ushbu inshootlarni loyihalashtirishda qabul qilingan eng ko‘p darajadagi hisoblab chiqilgan KBEdan ortiq bo‘lmasligi kerak; maxsus suvdan foydalanishga berilgan ruxsatnomada yoki ushbu suv obyekti uchun cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan oqizish limitlarida belgilangan suv obyektiga tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish shartlari hisobga olingan holda belgilanishi kerak bo‘lgan aholi punktlarining tozalash inshootlarida oqiziladigan ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasini, aholi punktlarining tozalash inshootlarida ishlab chiqarish oqova suvlarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash samaradorligiga qarab suvdan foydalanishning tegishli turini, aholi punktlari kanalizatsiya tizimiga tushadigan shahar va ishlab chiqarish oqova suvlari hajmi nisbatini; ushbu Qoidalarga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizishda ifloslantiruvchi moddalarning cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari normativlarini; maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari hajmining hisoblab chiqilgan nisbatidan hisoblab chiqilgan aralashtirishni hisobga olgan holda ushbu obyekt kanalizatsiyasiga cheklangan miqdorda yo‘l qo‘yiladigan oqizish limitidan kelib chiqib belgilanadigan aholi punktining tozalash inshootlarida utilizatsiya qilinmaydigan va neytralizatsiya qilinmaydigan moddalarning yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasini hisobga olishlari kerak. 11. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish abonentning hududidan tashqarida joylashtiriladigan nazorat qudug‘i barpo etish sharti bilan mustaqil oqiziladi. Sanoat, transport, qurilish korxonalari va boshqa korxonalarning ko‘rsatib o‘tilgan chiqarishlari har bir chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish oqova suvlarining sarfi va sifati ustidan doimiy nazorat qilish uchun moslamalar (ko‘prikchalar, avtomatik namuna olgichlar, sarfni o‘lchagichlar, shuningdek, zarurat bo‘lganda, tamg‘alanadigan avtomatik tirgakli qurilmalar) bilan jihozlanishi kerak. 12. Ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlar miqdori va tarkibi sutka mobaynida o‘zgargan taqdirda abonentlarda maxsus sig‘imlar — sutka mobaynida ishlab chiqarish oqova suvlarini kanalizatsiyaga teng miqdorda chiqarishni ta’minlaydigan umumiy standartlarga yaqinlashtirgichlar o‘rnatilishi kerak. 13. Shaharlar tozalash inshootlarining texnalogik samaradorligi ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash darajasining loyiha ko‘rsatkichlarini amaldagi ko‘rsatkichlar bilan qiyoslab aniqlanadi. Loyiha ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, shuningdek tozalash uchun tushayotgan ishlab chiqarish oqova suvlari sarfi va tarkibi loyiha parametrlaridan chetga chiqqanda suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonalari tozalash inshootlari ishi normativ ko‘rsatkichlarining hisoblangan miqdorini belgilaydilar. 14. Tozalash inshootlari ishi ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish oqova suvlarining taqdim etilgan (o‘rtacha sutkalik) namunalari tahlili asosida aniqlanadi. Namunalarni tanlash jadvallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy organlari bilan kelishiladi. 15. Kanalizatsiyaga ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizish bilan belgilanadigan tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlari sifatining o‘ziga xos ko‘rsatkichlarining hisoblangan miqdorlari ularning jamlanishi va tozalash inshootlarida tozalashning samaradorligi hisobga olingan holda aniqlanadi. 16. Quyidagilar: yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilinadigan abonentlar uchun — suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari bilan kelishilgan loyiha hujjatlari; ishlab turgan abonentlar uchun — belgilangan tartibda tasdiqlangan kanalizatsiyaga oqizish yuzasidan kommunal-ekologik normativ (ushbu Qoidalarga 3-ilova*); shaharlar yoki boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish belgilangan hamda ularning tartib raqamlari, oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat tarkibi normativlari va ularning sarflari, shu jumladan subabonentlarning sarflari bilan birgalikda mahalliy tozalash inshootlari sxemasi, kanalizatsiyaning ichki maydon tarmog‘i sxemasi; ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha va eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘yicha shahar yoki boshqa aholi punkti kanalizatsiyasiga chiqarishda mahalliy tozalash inshootlarida tozalashgacha va undan keyingi ishlab chiqarish oqova suvlari tahlili natijalari ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlar berish uchun asos hisoblanadi. 17. Texnik shartlarni ko‘rib chiqish va berish murojaat tushgandan keyin 3 kun muddatda bepul amalga oshiriladi. 18. Kanalizatsiya tarmoqlarini shaharlar kanalizatsiyasi va yangi abonentlarning boshqa aholi punktlari tizimiga, shuningdek mavjud korxonalarning yangidan ishga tushirilgan quvvatlariga ulashga faqat ishlab chiqarish oqova suvlarini ularni shaharlar va aholi punktlari kanalizatsiyasining tozalash inshootlariga qabul qilib olish uchun yo‘l qo‘yiladigan darajagacha tozalanishini ta’minlaydigan mahalliy tozalash inshootlari foydalanishga topshirilgandan keyingina ruxsat etiladi. 19. Korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan loyiha hujjatlarini kelishish buyurtmachidan yoxud bosh loyihalovchidan ko‘rib chiqish uchun “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” hamda “Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza” bo‘limlaridan iborat bo‘lgan loyiha hujjatlari taqdim etilgan taqdirda suv quvurlari — kanalizatsiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 20. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan texnik shartlar asosida suv quvurlari — kanalizatsiya korxonalari bilan abonent o‘rtasida suv iste’mol qilish va ishlab chiqarish oqova suvlarini ajratish yuzasidan ikki tomonlama shartnoma tuziladi. 21. Abonent shahar yoki boshqa aholi punktining kanalizatsiya tizimiga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi va sifat tarkibi, shuningdek korxonalar maydoni ichidagi kanalizatsiya tarmoqlarining holati yuzasidan doimiy ichki nazoratni amalga oshirishi shart. 22. Nazorat mahalliy tozalash inshootlariga kirish va ulardan chiqish joylarida, nazorat quduqlarida ishlab chiqarish oqova suvlarini shahar yoki boshqa aholi punkti kanalizatsiyasiga bevosita oqizishdan oldin namuna olish va uni tekshirib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida nazorat quduqlarida va ishlab chiqarish kanalizatsiyasi tarmog‘ining eng muhim joylarida oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi ham o‘lchanadi. 23. Abonentlar har oyda suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonalariga oqiziladigan ishlab chiqarish oqova suvlarining hajmi, sifat va miqdoriy tarkibi hamda ularni shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish rejimi to‘g‘risida hisobot ma’lumotlari taqdim etishi shart. Hisobot ma’lumotlarini taqdim etish muddatlari hamda hisobotlar shakli abonent bilan suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonasi o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomada belgilanadi. Abonent taqdim etiladigan hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligi uchun javob beradi. 24. Suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi tarmoqlari Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishning abonent uchun tasdiqlangan kommunal-ekologik normativga muvofiqligi yuzasidan zarur nazoratni amalga oshiradi. 25. Abonentlar ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash sifatining yomonlashishi, oqova suvlarni bir yo‘la oqizishga, avariya-tiklash ishlarini amalga oshirishga doir barcha holatlar to‘g‘risida suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarini, shuningdek Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlarini darhol xabardor qilishi kerak. 26. Ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishni amalga oshiruvchi abonentlar suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarini sutkaning istalgan vaqtida ishlab chiqarish oqova suvlarining oqizilishini nazorat qilish imkoniyati bilan ta’minlashi, shu jumladan oqizilayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat va miqdoriy tarkibi bo‘yicha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi, bunda priborlar va qurilmalar, shuningdek namunalar olish uchun foydalanuvchi xodimlarini ajratishi shart. 27. Ishlab chiqarish oqova suvlari oqizilishi yuzasidan monitoring olib borishni suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalarining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalari amalga oshiradi. Suv quvurlari-kanalizatsiya xo‘jaligi korxonalarida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar mavjud bo‘lmasa, Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishining monitoringi bo‘yicha tegishli bo‘limlari belgilangan tartibda shartnoma asosida ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizishning monitoringini amalga oshirishi mumkin. 28. Shahar suvlari tarkibida ifloslantiruvchi, ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlash natijasida hosil bo‘ladigan, tozalash inshootlari ishlashining texnologik reglamentini buzadigan moddalarning yuqori konsentratsiyada mavjudligi aniqlangan taqdirda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlarini darhol xabardor qilishi shart. Ayni bir vaqtda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi yuqori darajada ifloslantiruvchi manbani qidirib topish ishlarini amalga oshiradi. 29. Ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblab yozish tartibi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. 30. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha abonentlar tomonidan ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmog‘iga qabul qilib olish qoidalariga rioya qilinmaganligi to‘g‘risidagi axborotni ushbu Qoidalarga 4-ilovaga* muvofiq shaklda tayyorlaydilar. 31. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ushbu axborotlar asosida, ifloslantiruvchi moddalarni kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizganlik uchun to‘lovlarni qonunchilikka va ushbu Qoidalarga muvofiq hisoblab yozishni va abonentlardan undirishni amalga oshiradilar. 32. Hisobot davri yakunlari bo‘yicha suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari ifloslantiruvchi moddalarni ochiq suv havzalariga yoki joy relyefiga chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblaydi va ularning to‘lanishini amalga oshiradi, bunda ifloslantiruvchi moddalarni kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizganlik uchun ularning abonentlariga hisoblab yozilgan to‘lovlarning to‘langan summasini chegirib tashlaydilar. 33. Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining atrof muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limi suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalariga muvofiqlashtirish va metodik yordam ko‘rsatish tartibida ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizishdan oldin tozalanganlik sifati monitoringini amalga oshirishga haqlidir. Ushbu monitoring har oyda ko‘pi bilan bir marta, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. 34. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari bilan ularning abonentlari o‘rtasida ishlab chiqarish oqova suvlarining sifat tarkibini aniqlash yuzasidan bajarilgan laboratoriya tekshirishlari natijalarining haqqoniyligi bo‘yicha kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan hollarda, qaror Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo‘limi tomonidan qabul qilinadi, ushbu Qoidalarning 27-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan Davlat ekologiya qo‘mitasining Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi tomonidan yakuniy qaror qabul qilish holatlari bundan mustasno. Bunda Qoidalarning ushbu bandiga muvofiq o‘tkaziladigan nazorat sinovlarining natijalari faqat namunalar olingan davrda (oyda) kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilish uchun haqiqiy bo‘lib, oldingi davrga (oyga) tatbiq etilmaydi. 35. Jala suvlari shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga ruxsatsiz oqizilgan taqdirda abonentga nisbatan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizganlik uchun amaldagi tariflarga uch baravar miqdordagi koeffitsiyent qo‘llanadi. Hisoblash tashkilotning maydoni bo‘yicha, kadastr va meteorologiya ma’lumotlariga muvofiq amalga oshiriladi. 36. Ishlab chiqarish oqova suvlarini kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovini hisoblashda ifloslantiruvchi moddalarni ushbu Qoidalarga 1-ilovada nazarda tutilgan yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyadan ortiqcha miqdorda kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizayotgan abonentlar uchun 2,0 miqdordagi oshib boruvchi koeffitsiyent bo‘yicha, ushbu Qoidalarga 2-ilovada nazarda tutilgan miqdor uchun esa — 5,0 miqdordagi oshib boruvchi koeffitsiyent bo‘yicha hisoblangan kompensatsiya to‘lovlari qo‘llanadi. 37. Abonentlar oqibati yetarli darajada tozalanmagan ishlab chiqarish oqova suvlarining suv obyektlariga oqizilishiga sabab bo‘ladigan buzilishlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash inshootlarida ro‘y bergan avariyalar yoki baxtsiz hodisalar uchun, abonentning texnologik jarayonida foydalaniladigan reagentlarni hamda ushbu Qoidalarda reglamentlanmagan boshqa moddalar va materiallarni oqizganlik uchun javob beradilar. Abonentning ushbu Qoidalar talablariga rioya qilish yuzasidan javobgarligi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. 38. Abonentlar ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizish yuzasidan kommunal-ekologik normativlarda belgilangan talablar buzilishining oldini oladigan chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlashi kerak. Bunday buzilishlar ro‘y berganda abonent ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini shaharlar va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tizimiga oqizishni darhol to‘xtatishi shart. 39. Yangi abonentni shahar va boshqa aholi punktining ishlayotgan kanalizatsiya tizimiga suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi bilan kelishuvsiz ulash taqiqlanadi. 40. Abonent tomonidan buzilishlar sodir etilganligi aniqlangan taqdirda suv quvurlari-kanalizatsiya korxonasi dalolatnoma tuzadi va Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlarini aniqlangan buzilish to‘g‘risida xabardor qiladi. 41. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari abonentga, kompensatsiya to‘lovlari summasini ko‘rsatgan holda, buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida buyruq beradi va uning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qiladi. Berilgan buyruqni bajarishdan bosh tortilgan yoki u zarur darajada bajarilmagan taqdirda materiallar sudga oshiriladi. 42. Suv quvurlari-kanalizatsiya korxonalari abonentlarga kommunal kanalizatsiya tizimlariga, inshootlarga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarish oqova suvlarining texnologik reglamenti buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda e’tiroz va da’volar bildirish huquqiga ega.
121
28,367
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 80-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qo‘shilsin: “Idoralararo tender komissiyasining ijobiy qarori asosida tuzilgan (ular bo‘yicha imzolangan protokol mavjud bo‘lgan), Idoralararo tender komissiyasi a’zolari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi/raisining o‘rinbosari tomonidan kelishilgan (viza qo‘yilgan) import kontraktlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan 3 ish kuni mobaynida, ularni qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkazmasdan xulosalar beriladi yoki ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda kelib tushgan takliflarning narxlar bo‘yicha parametrlarini baholash tender savdolari doirasida idoralararo tender komissiyasi huzurida tashkil qilinadigan ishchi organ tomonidan kelib tushgan takliflarni baholash davrida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi; idoralararo tender komissiyasi ishchi organ xulosalari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan kelib tushgan takliflarning narxi bo‘yicha parametrlarini baholash asosida qaror qabul qiladi”. 2. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Idoralararo tender komissiyalari raislari va kotiblari zimmasiga quyidagilar yuzasidan javobgarlik yuklansin: investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallarni inobatga olgan holda komissiyalarning majlislarini o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash; ishchi organlar tomonidan tender (tanlov) hujjatlari paketlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish; ishchi organlar tomonidan majlis kun tartibi bo‘yicha materiallarni idoralararo tender komissiyasining barcha a’zolariga majlislar o‘tkazilishidan 10 kun oldin yuborish; majlislarda idoralararo tender komissiyasi barcha a’zolarining doimiy ishtirokini ta’minlash; idoralararo tender komissiyasi majlislari protokollarini qat’iyan majlis o‘tkazilgan kunda rasmiylashtirish; o‘tkazilgan majlislar va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot taqdim etish”. 3. Quyidagi mazmundagi 51-band qo‘shilsin: “51. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun idoralararo tender (tanlov) savdolari majlislarining o‘tkazilishi to‘g‘risida har chorakda axborot kiritsin.” 4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 5. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 6. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 7. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 8. 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 9. Quyidagi mazmundagi 5a-ilova qo‘shilsin: 10. 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 11. 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 12. 8-ilovada: a) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Buyurtmachi (buyurtmachi tashkilot) hisoblanadigan vazirlik yoki idora tender (tanlov) savdolari o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha ishchi organ tarkibiga doir takliflarni keyinchalik idoralararo tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi”; b) 13-bandda: ikkinchi xatboshidagi “tashkil qiladi” so‘zlari “ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun idoralararo tender komissiyasiga kiritadi” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “idoralararo tender komissiyasi majlisini o‘tkazishdan 10 kun oldin kun tartibidagi ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha materiallarni uning a’zolariga oldindan tanishish uchun yuboradi”; sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “majlisdan keyin uch kun mobaynida” so‘zlari “majlis o‘tkazilgan kunda” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 25-banddagi “uning to‘g‘risidagi” so‘zlari “tender (tanlov) savdolari natijalari to‘g‘risidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 27-banddagi “muvofiq” so‘zidan keyin “buyurtmachi tashkilot va ishchi organ tomonidan tegishli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallarini hisobga olgan holda materiallar tayyorlanishiga ko‘ra” so‘zlari qo‘shilsin.
194
5,324
Qonunchilik
1994-1995 YILLARDA JIZZAX VILOYATINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-1995-yillarda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilashda ijtimoiy maqsadlardagi obyektlar, gaz va suv ta’minoti, sog‘liqni saqlash obyektlari, avariya holatidagi maktablar o‘rniga yangilarini qurish hamda yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun zarur sarmoya mablag‘lari ajratishni nazarda tutsinlar (1 va 2-ilovalar).* 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zsanoatqurilishbanki” va “O‘zdehqonchiliksanoatbank” bilan birgalikda yuqorida qayd qilingan obyektlar qurilishiga 1994-1995-yillar uchun 2,0 mlrd so‘m imtiyozli 5 foizli kredit ajratsin. 3. Jizzax viloyati hokimi A.X. Toshkenboyev 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlar qurilishi uchun mablag‘lapni mahalliy budjetdan qidirib topsin hamda korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘larini jalb etishni ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
100
1,148
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GOLFNI RIVOJLANTIRISh VA OMMALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonda aholi dam olishini uyushtirish va salomatligini mustahkamlashning yangi shakli sifatida golfni rivojlantirish va ommalashtirish, respublika milliy jamoasini tayyorlash hamda xalqaro maydonda sport aloqalarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 19-sentabrdagi 324-son qarori asosida Toshkent shahridagi Rohat ko‘li hududida, xalqaro darajada musobaqalar o‘tkazish imkonini beradigan, xalqaro andozadagi Toshkent golf klubi qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zuyjoyjamg‘armabank” hamda “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasining O‘zbekiston golf uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, golf uyushmasi o‘zini o‘zi boshqaradigan, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlanadigan, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, o‘z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradigan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq bo‘lgan, Hukumatiga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkiloti hisoblanadi. 3. O‘zbekiston golf uyushmasini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita belgilangan tartibda bir oy muddatda O‘zbekiston golf uyushmasi ta’sis konferensiyasi o‘tkazilishini uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin. 4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar O‘zbekiston golf uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi: aholi keng qatlamlarini sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishga jalb etish; tashkil etiladigan golf klublarida golf bilan shug‘ullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlashga keng doirada ko‘maklashish; O‘zbekistonda golfni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish va xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan vakillik qilish; O‘zbekiston golf uyushmasining Osiyo va Jahon golf uyushmalari tomonidan tan olinishini ta’minlash uchun tadbirlar kompleksini amalga oshirish; golfni rivojlantirish uchun mablag‘larni jalb etish va taqsimlash, golf klublariga ularni asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlashda ko‘maklashish hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilib borish. 5. Belgilansinki, Uyushma va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash a’zolik va homiylik badallari, o‘tkaziladigan tadbirlardan tushgan daromadlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar: O‘zbekiston golf uyushmasi va uning tarkibiga qiruvchi golf klublari Mahalliy soliqlarning barcha turlarini to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, ushbu mablag‘lar golfni rivojlantirishga yo‘naltirilsin; “Dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymati solig‘i to‘lashdan (2000-yil 1-yanvardan boshlab) 3 yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin, 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston golf uyushmasi buyurtmanomalariga binoan, grinlarga karayu bo‘yicha xorijiy mutaxassislarga, golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va ta’minlash bo‘yicha mexaniklarga vizalar berishni va ularning muddatini uzaytirishni, ularni yashash joylari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va ro‘yxatdan o‘tganlik muddatini uzaytirishni ta’minlasin. 9. O‘zbekiston golf uyushmasi masalalari bo‘yicha ishlash uchun keluvchi grinlarga qarash bo‘yicha xorijiy mutaxassislarga golf instruktorlariga va maydonlarga qarash uchun ixtisoslashtirilgan texnikani ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha mexaniklarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
95
4,522
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarn
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomda: a) 51-bandga quyidagi mazmundagi 10-kichik band qo‘shilsin: “10) Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, shuningdek hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallar, shu jumladan mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini xarid qilish”; b) 53 va 54-bandlardagi “1, 3—9-kichik bandlaridagi” so‘zlari “1, 3—10-kichik bandlaridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 335-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari hamda ular doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari yarmarkalari (keyingi o‘rinlarda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi deb ataladi) xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan xorijiy xaridorlarni respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida keng xabardor qilish, sheriklarni izlab topishda hamda o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida xo‘jalik shartnomalari, shuningdek mahsulotlarni eksportga yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda yordam ko‘rsatish maqsadida har yili o‘tkaziladi”; b) 7-bandda: o‘ninchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida iste’mol qilishga mo‘ljallangan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish”; o‘n birinchi—o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi—o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
250
2,856
Qonunchilik
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Mas’ul shaxslar “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasida ko‘rsatilgan hujjatlar loyihalarining qat’iy belgilangan muddatlarda tayyorlanishini ta’minlasin. 3. Ushbu Qo‘shma qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S. Tursunov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin. 4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
183
1,292
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2019-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
124
371
Qonunchilik
Ekologiya idoralarining yangi vazifalari belgilandi
Prezident tomonidan 30.12.2021 yildagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaror imzolandi. Hujjat bilan Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi yangilangan asosiy vazifalari belgilandi: Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: Bunda belgilanishicha, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan bevosita lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi esa Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasini hamda ekologik nazorat tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" tasdiqlandi. 2022 yil 1 martdan boshlab: a) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi: b) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali ob’yektlarni oʻrnatish va qurish taqiqlanadi; v) davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
51
2,067
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tuzilmasini yanada optimallashtirish va zamonaviy talablarga muvofiq uning faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy va kadrlar salohiyatidan oqilona foydalanish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasini ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risida taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining shtatlar jadvaliga va xarajatlar smetasiga ushbu qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 3. Belgilansinki, 2016-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub muassasalarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallari Moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, muassasalar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi orqali to‘lanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risida” 2000-yil 9-iyundagi 223-son qarorida: 1-banddagi “va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga” so‘zlari “ilovaga” so‘zi bilan almashtirilsin; 1-ilovadagi “1-ilova” so‘zlari “ilova” so‘zi bilan almashtirilsin; 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
109
2,171
Qonunchilik
2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorini ijro etish hamda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishni yaxshilash, shuningdek iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rtacha muddatga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son qaroriga muvofiq va yangi qurilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash borasidagi investitsiya loyihalarini joriy qilish, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish omillarini tahlil qilish natijalari asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va ish beruvchilarning oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga talabi balans hisob-kitob parametrlari ishlab chiqildi; aniq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga mo‘ljallangan talab-ehtiyoj, shuningdek bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi ma’lumotlari asosida 2017/2018 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi. 2. 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota: bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 18194 ta va to‘lov-kontrakt asosida — 48122 ta 1-ilovaga* muvofiq; magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 1556 ta va to‘lov-kontrakt asosida — 3444 ta 2-ilovaga* muvofiq; Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida — 100 nafar, jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 15 ta va to‘lov-kontrakt asosida — 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida — 90 nafar va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida — 80 nafar bakalavrlarni tayyorlash 3-ilovaga* muvofiq belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga o‘tkir talab mavjud bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul bo‘yicha kvotalarni O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning umumiy belgilangan parametrlari doirasida ajratish bo‘yicha taklifi 4-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin: bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish chog‘ida abituriyentlar to‘plagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasi qabul parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish; yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni kiritish uchun bakalavriat va magistraturaning qabul kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish; iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlari uchun mutaxassislarga bo‘lgan o‘rinli ehtiyojlarni qondirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini belgilash. 5. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish joriy etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi; qo‘shimcha qabul bo‘yicha to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abituriyentlar to‘plagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi; to‘lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabul o‘tish ballini to‘play olmagan abituriyentlarga to‘plagan balliga muvofiq (68 balldan kam bo‘lmagan) ketma-ketlik tartibini qat’iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini to‘lay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 6. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘rinlar kvotasini ta’lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda belgilangan tartibda: oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin; bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017/2018 o‘quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 9. Kadrlarni maqsadli tayyorlash buyurtmachilari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralarga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ular o‘qib egallagan kasbiga va tuzgan shartnomalariga muvofiq ish bilan bandligini ta’minlash, jumladan respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlariga ishga yo‘llanma olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun munosib mehnat va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish yuzasidan javobgarlik yuklansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi: bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
112
8,260
Qonunchilik
Oʻzbekistonda soliq qonunchiligi buzilishining TOP-9 taligi
Davlat soliq qoʻmitasi matbuot-markazi iyul oyining birinchi haftasida  soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat chora-tadbirlari yakunlari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar roʻyхatini e’lon qildi. Soliq nazorati natijalariga koʻra, koʻrsatilgan davrda 4 150 huquqbuzarlik holati aniqlangan. 96 nafar jismoniy shaхs va 1000 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari birinchi marta soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganligi hamda aniqlangan kundan boshlab 30 kun ichida uning oqibatlarini bartaraf etganliklari, shuningdek davlatga zararni toʻliq qoplab berganliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi. Amaldagi qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzgan 2 993 nafar shaхsga nisbatan  988,7 mln. soʻm miqdorida ma’muriy jarimalar qoʻllanildi. Quyidagilar huquqbuzarliklar orasida eng “ommaboplari” boʻldi:
59
821
Qonunchilik
Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 63-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2046, 2009-yil 24-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 48-son, 515-modda) bilan tasdiqlangan Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq shtamplash ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”. 2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”. 3. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”. 4. 35-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 5. 37-banddagi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun)” degan so‘zlar “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 84-banddagi “Davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 94-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining markazlari” degan so‘zlar “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
118
3,097
Qonunchilik
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ekin yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 413 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lari tijorat banklari orqali kredit mablag‘lari ajratishga yo‘naltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Jamg‘arma “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda AT “Xalq banki” bilan birgalikda Jamg‘arma tomonidan avval ajratilgan kredit mablag‘larining so‘ndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 3. Moliya vazirligi Jamg‘armaga tijorat banklari orqali “Tomorqa xizmati” MChJlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tomorqa yer egalarini moliyaviy ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari hisobidan 200 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin. Belgilansinki, mazkur mablag‘larning 100 milliard so‘mi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi hamda kamida 50 milliard so‘mi “Turonbank” ATB orqali limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar uchun ajratiladi. 4. Moliya vazirligi Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘larining samarali ishlatilishi bo‘yicha o‘rganish olib borsin va natijasi bo‘yicha 2021-yilning 1-mayiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 5. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
129
2,196
Qonunchilik
SABZAVOT VA MEVALARDAN BOLALAR TAOMLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika aholisining yuqori sifatli bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, eksport imkoniyatlarini rivojlantirish uchun mevalar va sabzavotlarni qayta ishlovchi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanishiga rozilik berilsin: bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqarishni tashkil etish; respublika aholisini bolalar taomlari bilan ta’minlash davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish; sabzavot va mevalardan bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida muvofiqlashtiruvchi aloqalarni tashkil etish va ularni rivojlantirish; ichki va tashqi bozorlarning marketingga oid tadqiqotlarini amalga oshirish, bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlarning har xil turlariga bo‘lgan talablarni qondirish; xorijiy investorlarni jalb etish va yetakchi xorijiy firmalar bilan yuqori sifatli bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda ta’sis hujjatlarini, markaziy apparat tuzilmasini va shtat jadvalini ishlab chiqsinlar, ta’sis yig‘ilishini o‘tkazsinlar va “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar. 4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi hamda “Teksuna Interneshnl ltd.” (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida korxonalardagi quvvatlarni ishga tushirish jadvali bilan 2-ilovaga* muvofiq yiliga 80 mln banka bolalar taomi va 113 ming dona siropda meva bo‘laklari bo‘lgan aseptik xaltachalar ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, asbob-uskunalar va sarflanuvchi materiallar yetkazib berish uchun kontrakt ishlab chiqilgan; kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi asosiy summani va foizlarni 5 yil davomida to‘lash bilan, to‘lovlarni ikki yilga kechiktirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga amalga oshiriladi; kontrakt qiymatining 85 foizi kredit asosiy summasini va u bo‘yicha foizlarni imtiyozli davrning ikki yilini qo‘shib 7 yil davomida uzgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan AQShning Eksimbanki sug‘urta qoplamasi ostida AQSh banklari krediti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi; AQShning Eksimbanki sug‘urta qoplamasi ostida olinadigan kredit uchun foizlar imtiyoz davri davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 5 yil muddatga beriladigan kredit hisobiga to‘lanadi; kreditlarni, shuningdek, ular bo‘yicha foizlarni to‘lash “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; “Teksuna Interneshnl ltd.” kompaniyasi tashkil etiladigan ishlab chiqarishlarda tayyorlanadigan shakarli siropdagi meva bo‘laklarining barcha hajmlarini 7 yil davomida sotib olish kontrakt majburiyatini o‘ziga oladi; milliy valyutadagi xarajatlar “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati ta’sischilarining o‘z mablag‘larini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi. 5. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasida kontrakt loyihasini ekspertizadan belgilangan tartibda o‘tkazishni va “Teksuna Interneshnl ltd.” kompaniyasi bilan quyidagilarni tuzishni ta’minlasin: bolalar taomlari va siropdagi mevalar bo‘laklari ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, asbob-uskunalar va sarflanuvchi materiallar yetkazib berish uchun kontrakt; ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qilish uchun fyucherlik kontrakti. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tomonidan “Teksuna Interneshnl Ltd” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktlar bo‘yicha huquq va majburiyatlar “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatiga berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri AQShning Eksimbanki va mazkur loyiha yuzasidan jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kreditlar bo‘yicha kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda AQShning Eksimbanki sug‘urtasi ostida mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar bilan kredit bitimi tuzsin va kredit “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati uchun qayta moliyalanishini ta’minlasin. 8. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash, bolalar taomlari va boshqa maxsus taomlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlarga haq to‘lash uchun “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati mablag‘lari belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini ta’minlasin. 9. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Yangiyo‘l-konserva”, “Kattaqo‘rg‘on saxovati” va “G‘azalkent konserva zavodi” korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari o‘zlashtirilishi davrida va kreditlar uchun hisob-kitob qilish tugallangunga qadar yangidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarish bo‘yicha foydadan olinadigan soliqdan, boj poshlinalaridan, qurish, montaj qilish va texnologik asbob-uskunalarning kafolatli muddati davrida xorijiy mutaxassislar uchun viza hujjatlari rasmiylashtirilganligi uchun konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilinsin. 10. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyatiga texnologik asbob-uskunalarni montaj qilish va ishga, tushirish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxonalarda yashashlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha so‘mlarda haq to‘lash huquqi berilsin. 11. “Bolalar taomlari-xolding” aksionerlik jamiyati kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Lohutiy ko‘chasi, 16a-uyga joylashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-yanvardagi 15-f-son farmoyishi “G‘azalkent konserva zavodi” jamoa korxonasini va “Yangiyo‘l-konserva” aksionerlik jamiyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Markaziy Osiyo investitsiya kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan hamkorligi dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.R. Obidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
84
7,250
Qonunchilik
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-462-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 6-fevralda kiritilgan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-462-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
436
Qonunchilik
Oʻzini oʻzi band qilganlarga guvohnoma beriladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzini oʻzi band qilish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyilgan. 2019 yil 1 iyuldan oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini (bundan keyin – mehnat guvohnomalari) joriy etish, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlar olish huquqini taqdim etish taklif qilinmoqda. Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar jumlasiga tavakkalchilik qilib va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, ishda shaхsan ishtirok etgan holda jismoniy va yuridik shaхslar uchun хizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarishga asoslangan, mehnatdan daromad olishga yoʻnaltirilgan, yollanma хodimlar mehnatidan foydalanmay turib mustaqil faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaхslar kiritiladi. Loyihada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar bajarishi mumkin boʻlgan faoliyat (хizmatlar, ishlar) turlarining roʻyхati keltirilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari va dehqon хoʻjaliklari a’zolari oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar deya hisoblanmaydi. Beriladigan guvohnoma ariza beruvchining хohishiga koʻra 1 oydan 12 oygacha amal qiladi. Muddati oʻtgach, uni cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin boʻladi. Hujjatni berganlik uchun tanlangan amal qilish muddatiga qarab haq undiriladi. Mehnat guvohnomalarining amal qilish davrini pensiya hisoblash uchun fuqarolarning stajiga qoʻshib hisoblash, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga esa JShDS va YaIT solmaslik taklif qilingan. «Pensiya» stajini hisobga olish uchun bu davrda oʻzini oʻzi band qilish tartibida haqiqatda mehnat faoliyati yuritilgan-yuritilmagani muhim boʻlmaydi. Biroq bu paytda oʻzini oʻzi band qilgan shaхs ishsizlik nafaqasini va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga oʻqitish davrida toʻlanadigan stipendiyani ololmaydi.   Shuningdek guvohnoma egalari oʻqitiladi, ularga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar, mehnat qurollari va vositalarini хarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Konstantin Mosin.
47
2,203
Qonunchilik
FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Belgilab qo‘yilsinki, 1996-yil 1-yanvardan boshlab: korxonalar va tashkilotlarning foydadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazasi futbolni rivojlantirish va ko‘maklashishga, futbol klublari va maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, soliq solinadigan foydaning 5 foizi miqdorigacha kamaytiriladi; o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi korxonalari mahsulotlariga 5 foizdan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi qo‘llaniladi.
71
718
Qonunchilik
Yirik korхonalar foydasining 10%i – innovatsiyalarga
Vazirlar Mahkamasining 12.03.2018 yildagi 195-son qarori bilan Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korхonalaridagi Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 24-son qarori (sharhga qarang) bilan bunday jamgʻarmalarning tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ular ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar, tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish uchun zarur.    Namunaviy nizomda jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va ulardan foydalanish tartibi belgilangan. U хoʻjalik yurituvchi sub’yekt sof foydasidan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Moliyalashtirishni talab etuvchi innovatsion loyihalar ilmiy-teхnik ekspertizadan oʻtkazish maqsadida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ilmiy-teхnik kengashiga taqdim etiladi. Uning natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi: Ilmiy-teхnik kengashning ijobiy хulosasi tasdiqlangan daromadlar va хarajatlar smetasi doirasida jamgʻarma mablagʻlari ajratilishi uchun asos hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbarining ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari ilmiy-teхnik va innovatsion loyihalar uchun buyurtmalar portfelini quyidagi me’yorlar asosida shakllantiradi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 13.03.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
52
1,687
Qonunchilik
QARZ OLUVChILARNING KREDIT TARIXI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI HISOBGA OLISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-yil uchun makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, moliya intizomini mustahkamlash, kredit operatsiyalari bo‘yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida va potensial qarz oluvchilarni axborot bilan ta’minlashning xalqaro tajribasidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy institutining asosiy vazifalari etib belgilansin: tijorat banklari va ularning qarz oluvchilari kredit operatsiyalari, qarz oluvchilarning majburiyatlarini ta’minlash turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank nazorati funksiyalarini amalga oshirish, kredit siyosatidagi o‘zgarishlarni va tijorat banklarining kredit portfeli holatini tahlil etish maqsadida kredit axborotining yagona reyestrini yuritish; shartnoma asosida tijorat banklariga va kredit-axborot byurolariga kredit axboroti berish. 2. O‘zbekiston Banklari uyushmasi, “Asaka” banki, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va “Aloqa-bank”ning O‘zbekiston Banklari uyushmasining “Kredit-axborot byurosi” sho’ba korxonasini yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan tashkilot — Banklararo kredit byurosiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. Quyidagilar Banklararo kredit byurosi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: tijorat banklarining qarz oluvchilari — jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida ularning kredit tarixini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va axborotlarni tahlil qilish; real sektor korxonalari faoliyatini tahlil etish va qarz oluvchilarni reyting baholash tizimini shakllantirish; shartnoma asosida banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga, shuningdek qarz oluvchilarning o‘ziga ularning so‘rovnomalari bo‘yicha qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish. 4. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosining ma’lumotlar bazasini shakllantirish manbalari hisoblanadi: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etiladigan olingan kreditlar shartlari, tuzilgan lizing va faktoring shartnomalari, garovga qo‘yilgan mol-mulk va tijorat banklari oldidagi majburiyatlarni ta’minlash uchun berilgan kafolatlar (kafillik) to‘g‘risidagi axborotlar; banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi tegishli shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda tijorat banklari tomonidan Banklararo kredit byurosiga taqdim etiladigan ma’lumotlar; bankdan olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan o‘z majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchilar to‘g‘risidagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasiga muvofiq tijorat banklari tomonidan oshkor qilinadigan axborotlar; Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosi tomonidan davlat statistika va iqtisodiyot organlaridan, nodavlat tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa asoslar bo‘yicha olingan ma’lumotlar. 5. Belgilansinki: Kredit axboroti milliy instituti va Banklararo kredit byurosining ma’lumotlar bazasidan mazkur qarorda nazarda tutilmagan boshqa shaxslarga ma’lumotlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; potensial qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risida axborot oladigan tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq uning himoya qilinishi va saqlanishini ta’minlashlari zarur. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda: Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni; O‘zbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlanishini tartibga soluvchi normativ hujjatni hamda kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
124
4,688
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI KENGAShINING VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING 2008 YIL 10 IYuLDAGI 843-I/515-I-SONLI QO‘ShMA QARORINING 3-ILOVASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 843-I/515-I-sonli qo‘shma qarorining 3-ilovasiga o‘zgartishlar kiritilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
237
916
Qonunchilik
BUYuK BRITANIYANING MOLIYAVIY TAShKILOTLARI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KREDIT LINIYALARI OChILIShI TO‘G‘RISIDA
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni kengaytirish maqsadida hamda Buyuk Britaniya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi uchun kreditlarni sug‘urta qilish haqidagi qarorini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining O‘zbekistonga texnologiyalar va asbob-uskunalar yetkazib berishni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan “Barklayz bank” (Buyuk Britaniya) bilan uzoq muddatli Umumiy bitim tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki: ikki oy muddatda Buyuk Britaniyaning eksport kreditlarini kafolatlash departamentining sug‘urta qoplamasi ostida “Barklayz bank” bilan 75 mln funt sterling summasidagi Umumiy bitimni imzolasin va bu haqda respublika Hukumatiga axborot bersin; “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda kredit berishning asosiy prinsiplariga va loyihalarning to‘liq o‘zini qoplashiga qat’iy rioya qilgan holda texnik-iqtisodiy asoslanishi kompleks ekspertizadan o‘tgan Angliya texnologiyalari va asbob-uskunalari yetkazib berilishining “Barklayz bank” kredit liniyasi hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi mo‘ljallanayotgan loyihalarni tanlov asosida tanlab olsin. Ekspert xulosalari ijobiy bo‘lgan taqdirda loyihalar ro‘yxatini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; respublika uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan va eksportga mo‘ljallangan hamda importning o‘rnini bosishga yo‘naltirilgan loyihalar yuzasidan xalqaro kreditlarni mablag‘ bilan qayta ta’minlash bo‘yicha “Barklayz bank” bilan yakka tartibdagi kredit bitimini tuzsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri B.S. Hamidovga, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida, “Barklayz bankidan olinadigan kreditlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatni har bir loyiha uchun alohida imzolash vakolati berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Barklayz bank” bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida tuzilgan Umumiy bitim qoidalariga, yakka tartibdagi kredit bitimlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolatlari yuzasidan yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida respublika Hukumatiga yilning har choragida axborot berilsin.
120
2,634
Qonunchilik
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlar, ayollar va keksalarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish va ularni jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Pandemiyani sport orqali yengamiz!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasida 2021-2022-yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq; “Sog‘lom ayol — buyuk kelajak” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq; 2020 — 2022-yillarda O‘zbekistonda sport va ekstremal turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida milliy sport turlarini va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrdan boshlab sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklarni “Praym-taym” vaqtida bepul namoyish etish tavsiya etilsin. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ijtimoiy videoroliklar buyurtmachisi etib belgilansin. 3. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab: a) yil davomida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida to‘rt bosqichli (mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika) yurish va yugurish, badminton, stritbol, mini futbol, velosport, “Workout” bo‘yicha sport musobaqalarining tashkil qilinishini; b) “Otam, onam va men — sog‘lom oilamiz!” shiori ostida televizion oilaviy sport musobaqalarini mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlarini o‘tkazish orqali barcha oila a’zolarini sport bilan shug‘ullanishga jalb qilinishini; v) umumta’lim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!” shiori ostida sinflararo sport musobaqalarining tashkil qilinishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki mazkur musobaqalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 4. Xalq ta’limi vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda: sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtirsin; umumta’lim maktablarining sport turlariga ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularning har birida har oyda kamida bitta sport turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 5. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda: a) uch oy muddatda: xalqaro darajadagi va Osiyo miqyosidagi sport tadbirlarini (musobaqa, turnir va festivallar) qabul qilish salohiyatiga ega sport inshootlari ro‘yxatini tuzsin; ro‘yxat asosida yuqori sifatli sport inshootlari katalogini yaratish (xorijiy tillarda) va xorijda (xalqaro sport federatsiyalari va boshqa sport tashkilotlari) targ‘ib qilish ishlarini tashkil etsin; b) sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar bilan birgalikda sport turizmini rivojlantirish maqsadida yirik xalqaro sport musobaqalarini respublikada o‘tkazish choralarini ko‘rsin. 6. 22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan: 2021-yildan boshlab 22-sentabr kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilinsin hamda shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari bundan mustasno) tavsiya etilsin; qo‘shimcha ravishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari asosida tumanlar va shaharlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini o‘tkazish belgilanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Avtomobilsiz kun” tadbirlari o‘tkazilishini hamda jamoat tartibi saqlanishini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlasin. 7. Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: a) ikki oy muddatda piyodalar o‘tish yo‘laklarida yo‘l-transport hodisalarining sonini keskin qiqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqtlari oralig‘ini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqib, piyodalar o‘tish yo‘laklarida, shu jumladan tartibga solinmagan serqatnov piyodalar va velosipedda harakatlanuvchilar uchun o‘tish yo‘llarida maxsus svetoforlarni (tugmachalar orqali boshqariladigan) o‘rnatilishini, piyodalar o‘tish joylarini (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib tashkil etilishini ta’minlasin; b) 2021-yil 1-aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”ga (keyingi o‘rinlarda — Salomatlik yo‘laklari) avtomobil qo‘yishni ta’qiqlovchi belgilarni, yo‘laklarning boshlanish qismiga avtomobillarning harakat qilishini oldini olish maqsadida maxsus to‘siqlarni o‘rnatsin, bunda to‘siqlar piyoda yurish va velosipedda harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo‘lishi inobatga olinsin. Belgilansinki: svetofor chiroqlarining vaqtlar oralig‘ini o‘rnatishda piyodalar uchun ajratilgan vaqt ustuvor etib belgilanadi; mazkur tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Ichki ishlar vazirligi hamda mahalliy hokimliklarning budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; v) piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”da avtomobil harakatlanishini va u erga avtomobil qo‘yib ketishni oldini olishning nazoratini kuchaytirsin hamda bu ishlarni doimiy ravishda amalga oshirsin; g) Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida velosipedda to‘g‘ri harakatlanish, belgilangan yo‘laklardan tashqarida harakatlanmaslik, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha umumta’lim maktablari, professional va oliy ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xodimlari ishtirokida dars o‘tish hamda o‘quv qo‘llanmalar va bukletlar tayyorlab o‘quvchi va talabalarga tarqatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin. 8. 2020-yil 1-dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari: birinchi rahbarlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda velosipedda yoki piyoda ishga kelishi va ketishi; ish joyiga yaqin masofada yashaydigan ishchi xodimlarning velosipedda yoki piyoda ishga kelishi va ketishi tavsiya qilinsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: a) 2020-yil 1-dekabrga qadar “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishda mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlardagi barcha mavjud piyoda va velosipedda yurish yo‘llaklarining holatini inventarizatsiya qilsin. Bunda, “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishni birinchi navbatda yaxshi holatda bo‘lgan mavjud piyoda va velosipedda yurish yo‘laklariga tegishli chizmalar chizish, axborot ko‘rsatgichlari va belgilar hamda yoritish tizimlarini o‘rnatish, tekis va to‘siqsiz harakat qilish imkonini yaratish hamda zarur hollarda yangi yo‘laklarni tashkil etilishiga e’tibor qaratilsin; b) 2020-yil 10-dekabrga qadar yillar kesimida har bir mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarda “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishning tarmoq jadvalini tasdiqlasin. Tashkil etiladigan “Salomatlik yo‘laklari”ni sifati ustidan nazorat olib borish maqsadida (haftada kamida bir marta) tegishli mas’ullar ishtirokida, ushbu yo‘llarda velosipedda yoki piyoda harakatlanishi belgilansin; v) 2020-yil 15-dekabrga qadar tasdiqlangan tarmoq jadvalini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, yillar kesimida “Salomatlik yo‘laklari”ni mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlardagi qaysi ko‘chada tashkil etilishi xaritasi, loyiha ekspertiza hujjatlari, talab etiladigan mablag‘lar miqdori (keyingi o‘rinda — loyihalar) aniq ko‘rsatilishi inobatga olinsin; g) 2020-yil 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan tarmoq jadvalini va loyihalarni tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlariga kiritsin; d) har yili 1-dekabrga qadar tegishli hududdagi barcha tashkilot va muassasalarning keyingi yil uchun yil davomida o‘tkaziladigan haftalik musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasini hamda dasturlarini tasdiqlanishini ta’minlasin. 10. Qurilish vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar: “Salomatlik yo‘laklari”ni barpo etishda “to‘siqsiz muhit” tashkil etilishi, xususan, yo‘laklarga turli to‘siqlar o‘rnatilishi, qo‘shimcha qurilishlar qurilmasligi va boshqalar bo‘yicha amaldagi shaharsozlik normalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritsin; Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda bosh arxitektorlarning “Salomatlik yo‘laklari”ni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha malakasini oshirish kurslarini tashkil etsin. 11. Belgilab qo‘yilsinki, tuman va shaharlarda ko‘chalarni modernizatsiya qilish va yangi yo‘llarni qurishda “Salomatlik yo‘laklari” nazarda tutilmagan taqdirda ushbu loyihalar uchun moliyalashtirish amalga oshirilmaydi hamda davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi. Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi mazkur ishlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 12. Mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilib borish — davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilansin. 13. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga: “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” maxsus sport sinovlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni (I, II va III o‘rin) qo‘lga kiritgan davlat tashkilotlari rahbar va xodimlarini yiliga bir martalik dam olish maskanlari yoki sanatoriyalarga imtiyozli yo‘llanmalar berish tartibini joriy etish; jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan ish beruvchilarni rag‘batlantirish tizimini yaratish tavsiya etilsin. 14. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedrani; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizida “sport tadbirlarini sharhlovchi”, “yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarini o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari doirasida tashkil etish choralarini ko‘rsin. 15. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-yildan boshlab har yili sport menejerlari, psixologlari, yirik sport tadbirlari tashkilotchilarini (promouter) rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim olishlarini ta’minlash, ularning malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taqdimnomasiga asosan qisqa muddatli va uzoq muddatli kurslar uchun maqsadli o‘rin ajratsin hamda yuborilishini ta’minlasin. 16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etsin: davlat umumta’lim maktablari, professional va oliy ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) balansidagi sport inshootlarini jismoniy tarbiya darslaridan bo‘sh vaqtlarda sport maktablari va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar), sport klublari hamda boshqa sport tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — sport tashkilotlari) belgilangan tartibda ijaraga berishni majburiy etib belgilash; har bir ta’lim muassasasi kamida bitta sport tashkiloti bilan ommaviy sportni rivojlantrish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik qilish memorandumini tuzish; sport inshootlarini sport tashkilotlariga ijaraga bermagan hamda hamkorlik memorandumini tuzmagan davlat ta’lim muassasalari rahbarlarini intizomiy javobgarlikka tortish. 17. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi ikki oy muddatda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratishdagi faoliyatiga reyting asosida baho berish tartibini; sport inshootlari va tashkilotlari rahbarlarining aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, zarur sharoitlarni yaratish, yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash va boshqa yo‘nalishlardagi ish faoliyati samaradorligini baholash tartibini tasdiqlasin va amaliyotga joriy etsin; o‘z yig‘ilishlarida mazkur qaror ijrosini doimiy ravishda muhokama qilib borsin. 18. Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi davlat ta’lim muassasalarini doimiy ravishda sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 19. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: a) tizimdagi muassasalarda markazlashgan tartibda raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek tizimdagi barcha tashkilotlar uchun yagona elektron dasturiy ta’minotni (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot) yaratish bo‘yicha 2021-yil 1-iyunga qadar texnik talablarni ishlab chiqib, tasdiqlasin. Bunda, davlat budjetidan sport sohasi uchun, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta’minlashga hamda tizimni to‘liq axborotlashtiriga alohida e’tibor qaratilsin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yilning yakuniga qadar dasturiy ta’minotning bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin. Belgilansinki, dasturiy ta’minot budjet mablag‘lari hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi. 20. Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tizimidagi sport inshootlari hududida reklama bannerlari, LED monitorlarini joylashtirishda istisno tariqasida amaldagi huquqni belgilovchi hujjatlar talab etilmasligi belgilab qo‘yilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 22. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmalariga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandidagi “26” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-martdagi 143-son qarorida: a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har bir olimpiya zaxiralari kollejlarida, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida badminton bo‘limlarini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin”; b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 8-son, 181-modda): a) 2-ilova (Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risida nizom)ning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Olimpiya zaxiralari kollejiga oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi”; b) 5-ilovadan 7-band chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 15-maydagi 409-son qarorida: a) 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi to‘g‘risida nizom)da: 5-bandga quyidagi xatboshi qo‘shilsin: “aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish”; 6-bandga quyidagi mazmundagi “e” kichik band qo‘shilsin: “e) aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida: aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ko‘maklashish; fuqarolarni vitamin va mikronutriyent preparatlari bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarining ijro etilishini o‘rganib borish; aholi o‘rtasida zararli, xususan tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori me’yoridan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari targ‘ibotini cheklash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish”.
130
20,296
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi хodimlari uchun mukofotlar ta’sis etildi
Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Ilgʻor fermer», «Mehnatkash dehqon» va «Namunali tomorqachi» koʻkrak nishonlarini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3803-son qarori bilan nizomlar, shuningdek nishonlarning tavsiflari va ularning guvohnomalari tasdiqlandi. Belgilanishicha,  koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. Har bir nishon bitta shaхsga faqat bir marta beriladi. Koʻkrak nishonining nomi  «Ilgʻor fermer»  «Mehnatkash dehqon» «Namunali tomorqachi» Mukofotlar beriladigan shaхslar Bir yula toʻlanadigan pul mukofoti 2 EKIH – – Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yilda kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
58
712
Qonunchilik
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Umirzakov, Dj. Atodjonov, A. Xamrayev, Sh. Tuxtashev va D. Aripov tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
249
1,426
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin. 2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash; mamlakatda investitsiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlar va tarmoqlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; xalqaro metodlardan foydalangan hamda muntazam so‘rovlar o‘tkazgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish, shu asosda davlat organlarining investitsiya muhitini yaxshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining loyiha ofisi ishini tashkil etish; investorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash, yirik strategik muhim va yuqori samarador investitsiya loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish, shuningdek, ularni yanada qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; hududlar va tarmoqlarning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosatini belgilash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini isloh qilish, shuningdek, hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb qilish; iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishning muhim tizimli muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tomonlarning samarali hamkorligi uchun ekspert maydonchalarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasida investitsiya forumlarini o‘tkazishni tashkillashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, shu jumladan ekspert-tahliliy jihatdan ta’minlash va ularni o‘tkazish yakunlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; qo‘shilgan qiymat zanjirlarini, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish asosida integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish tashabbusi bilan chiqish; hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish samaradorligini manzilli monitoring qilish, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar va investitsiyaviy hamkorlik masalalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; davlat organlarida ma’muriy tartib-taomillarni tahlil qilish va iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi strategik tashabbuslarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining Kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning Kengashi: Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni; Agentlik tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, “yo‘l xaritalari” va dasturlarni; xarajatlar smetasini, Agentlik xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlarini, shuningdek Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini tasdiqlaydi. Belgilab qo‘yilsinki, Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 4. Quyidagilar: boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining Kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin, uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: respublika budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari mablag‘lari; vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda Jamg‘armaga Agentlik xarajatlarini qoplash uchun 30 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik tomonidan moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish hamda Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga sarflanadi. 7. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh direktor tomonidan boshqariladi; o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, boshqa vazirlik, idoralar va tahlil markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi; loyiha ofislari va ekspert guruhlarni, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash strategiya va dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkil etadi va ular ishini tashkillashtiradi; mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda ommaviy axborot vositalarida, konferensiyalarda, davra suhbatlarida va seminarlarda strategik tashabbuslarning ochiq muhokamasini tashkil etadi; investitsiya muhitini yaxshilash va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish sohasida strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy tahlil markazlari va ekspertlar bilan hamkorlik qiladi. 8. Agentlikka: davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi ilmiy, tadqiqot va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini hamda ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lash; xorijiy davlatlarning tegishli idoralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy yuridik shaxslar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzish; o‘z vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish huquqi berilsin. 9. Davlat organlari va tashkilotlarining resurslarini safarbar etgan holda investitsiyaviy faollikni oshirish sohasidagi eng dolzarb muammolarni tezkor va samarali hal etish maqsadida Agentlik huzurida Strategik tashabbuslar akseleratori (keyingi o‘rinlarda — Akselerator) tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Akselerator doirasida ko‘rib chiqiladigan masalalar va muammolar ro‘yxati Agentlik tomonidan olib boriladigan tadqiqotlar, ommaviy axborot vositalaridagi tahliliy materiallar, axborotlarni o‘rganish, shuningdek, davlat organlarining takliflari asosida shakllantiriladi; Akselerator doirasidagi masalalar har bir yo‘nalish bo‘yicha Agentlik bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari boshchiligida Agentlik, sohaga aloqador vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlarni tashkil etgan holda hal qilinadi; Akselerator ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi; Akselerator ishi yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan takliflar Agentlikning Kengashi muhokamasiga bir vaqtning o‘zida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalari bilan birga kiritiladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida Agentlik tadqiqotlari natijalarini e’lon qilish va muhokama qilishni tashkil etishga ko‘maklashsin. 11. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi; Davlat budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; Agentlik daromadlari soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi; Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim; davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Agentlikning so‘roviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni, shu jumladan birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi. 12. Belgilab qo‘yilsinki: Agentlik bosh direktori uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; Agentlik xodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari, budjet mablag‘lari hisobidan ish haqi miqdorlari, tibbiy xizmat va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi. Agentlik bosh direktori Akselerator rahbari hisoblanadi; Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan ko‘p yillik mehnati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus unvonlarga ega bo‘lmagan oliy yuridik ma’lumotli xodimlar uchun esa o‘rnatilgan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin; Agentlik bosh direktori Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga shaxsiy ustamalar, bir martalik mukofotlarni belgilash huquqiga ega. 13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikni joylashtirish choralarini ko‘rsin. 14. Moliya vazirligi: Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan binolarni ta’mirlash, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash uchun o‘rnatilgan tartibda mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin; 2021-yil iyuldan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 15. Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda Agentlik Kengashiga Agentlik va Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin; ikki oy muddatda Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin; ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin. 16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlasin. 17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Kengashining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatish tartibini, shuningdek, uning vakolatlarini (keyingi o‘rinlarda — Kengash) belgilaydi. 2. Kengash yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) kollegial boshqaruv organi hisoblanadi va unga Rais — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qiladi. 3. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 4. Kengashning tarkibini tasdiqlash, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi. 5. Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 6. Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 7. Kengash Agentlik taqdimnomasiga ko‘ra, quyidagilarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi: mamlakat raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha strategik qarorlar loyihalari; hududlar va tarmoqlarning investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosati, investitsiyalarni jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini isloh qilish, shuningdek, hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik dasturlari; O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarida investitsiya forumlarini o‘tkazishni tashkil qilish; Agentlik oldida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa masalalar. 8. Kengash quyidagilarni tasdiqlash va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega: Strategik rivojlanish agentligining budjetdan tashqari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom; Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI), uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlar; Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan takliflar, shu jumladan loyiha ofislarini tashkil etish; xarajatlar smetasi, Agentlik boshqaruv xodimlarining shtatlar soni, shuningdek, Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalarini; Agentlik dasturlari va tashabbuslarini amalga oshirish uchun yaratiladigan loyiha ofislarining tarkibi, ularning moliyalashtirish manbalari. 9. Kengash tomonidan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi mumkin. 10. Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi sohaviy masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Kengash huzurida maslahat va kengash qo‘mitalari tuzilishi mumkin. Mazkur organlarni shakllantirish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror Kengash tomonidan qabul qilinadi. 11. Kengashning majlislari Kengash raisi yoki Kengash raisining topshirig‘iga ko‘ra uning o‘rinbosarlaridan biri boshchiligida kamida chorakda bir marotaba chaqiriladi va yuzma-yuz o‘tkaziladi. Agar obyektiv sabablarga ko‘ra, majlis yuzma-yuz o‘tkazilmasa, u videokonferensaloqa shaklida, shuningdek, real vaqt rejimida aloqa qilish imkonini beruvchi texnik aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin. Kengashning shaxsan qatnashish shaklidagi majlislari, agar ularning yarmidan ko‘p a’zolari ishtirokida bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 12. Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan masalalar bo‘yicha materiallar Agentlik Bosh direktori tomonidan tayyorlanadi va taqdim etiladi. 13. Materiallar to‘plami quyidagilardan iborat: Kengash majlisining kun tartibi; muhokama uchun taklif etilgan masalalar ro‘yxati; Kengash majlisining yakuniy bayonnoma loyihasi; kun tartibidagi masalalar bo‘yicha axborot materiallari va hujjatlar. 14. Kengash yig‘ilishi uchun materiallar Kengash majlisiga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida Agentlikning amaldagi ish yuritish tartibiga muvofiq rasmiylashtiriladi. 15. Kengash majlislaridagi qarorlar qatnashuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash yig‘ilishlarida Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega. 16. Kengash raisi Kengash majlislari doirasida qaror qabul qilish bo‘yicha hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega. 17. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. 18. Kengash majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi shart: Kengash majlisi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyi; majlisda ishtirok etgan shaxslar; majlis kun tartibi va qabul qilingan qarorlar. 19. Bayonnoma imzolangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Agentlik tasdiqlangan bayonnoma nusxalarini Kengash a’zolariga, davlat organlari va tashkilotlariga ijro uchun yuboradi. 20. Agentlik Kengash majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadi. 21. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonunchilik hujjatlari va Kengashning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi. 22. Ushbu Nizom qoidalarni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
101
19,399
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”ga (O‘zR AQ-198) o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 24-avgustdagi 131-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1721, 2007-yil 25-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari”ga (O‘zR AQ-198) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 104-banddan va 327-bandning “b” kichik bandidan “, texnik shartlarga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 108-banddagi “davlat (tarmoq) standartlarining va texnik sharoitlarning” degan so‘zlar “davlat standartlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
135
1,067