folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasiga qo‘shilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasiga qo‘shilinsin. | 79 | 121 |
Qonunchilik | Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15 va 29-son qarori (ro‘yxat raqami 2356, 2012-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 200-modda) bilan tasdiqlangan Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga (bundan buyon matnda sanatoriylar deb yuritiladi) beriladi.
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalariga yuborish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Yo‘llanmalardan foydalanuvchi nogironlar va keksalar toifasiga quyidagi shaxslar kiradi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensionerlar.
4. Yo‘llanmalarni berish davriyligi:
a) har yili (navbat asosida):
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga;
yolg‘iz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
v) sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba − yoshga doir pensionerlarga.”.
3. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Nogironlarni sog‘lomlashtirish va protezlash milliy markazi (bundan buyon matnda milliy markaz deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “vazirlikka” degan so‘z “milliy markazga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “vazirlikning” degan so‘z “milliy markazning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 7-banddagi “vazirlikka” degan so‘z “milliy markazga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Nogironlar va keksalar navbatdagi yo‘llanmani olish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan yo‘llanmalarni berish davriyligi bo‘yicha belgilangan muddat kelgan vaqtda ega bo‘ladi.”.
7. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar birinchi navbatda beriladi.”.
8. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yo‘llanmalar nogironlar va keksalarga o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin, tibbiy xulosaga muvofiq beriladi.”.
9. 11-bandning yettinchi xatboshisidan “, OIV yuqqanlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
10. 19 va 20-bandlardagi “Vazirlik” va “vazirlik” degan so‘zlar tegishlicha “Milliy markaz” va “milliy markaz”degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati va “O‘zbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi bilan kelishilgan. | 160 | 5,410 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmonini ijro etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb yuritiladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 48 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zatom” agentligi bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
“O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“O‘zatom” agentligi bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, bosh direktor o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
3. “O‘zatom” agentligi bosh direktoriga:
zarur hollarda, “O‘zatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
“O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda “O‘zatom” agentligini unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“O‘zatom” agentligining ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin hamda 2019-yildan boshlab har yilda zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti xarajatlari smetasiga ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
“O‘zatom” agentligiga zarur xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun pul mablag‘lari ajratilishini hamda 6 ta yengil xizmat avtomobillarini saqlash uchun limit belgilanishini ta’minlasin;
“O‘zatom” agentligiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda ma’muriy binolarni ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
atom energetikasi obyektlarini, shu jumladan tashqi infratuzilma va turar joylarni qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bilan bog‘liq “O‘zatom” agentligining vazifalarini samarali amalga oshirish;
“O‘zatom” agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
“O‘zatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiyalash, “O‘zatom” agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
“O‘zatom” agentligining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
9. Toshkent shahar hokimligi “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligini joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zatom” agentligini har choraklik va yillik statistika byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zatom” agentligini zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zatom” agentligi, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda “O‘zatom” agentligi bosh direktori zimmasiga yuklansin. | 139 | 5,780 |
Qonunchilik | Koʻchmas mulk bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun ma’lumotnoma on-layn tarzda beriladi | Yagona portal (IDXYaP)da Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining yangi хizmati amalga oshirildi.
Yangi хizmat Toshkent shahrida koʻp qavatli turar-joy shaklidagi koʻchmas mulk (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, garovga qoʻyish, ijaraga berish va h.k.) bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun ma’lumotnoma olishga Yagona portal orqali ariza yuborish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaхs) Portaldagi maхsus elektron arizani toʻldirishi kerak. Uch ish kuni mobaynida u zarur hujjatni qabul qiladi. Ma’lumotnoma berish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida rad etish sabablari koʻrsatilgan хat yuboriladi. | 99 | 724 |
Qonunchilik | Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida:
1. Moliya vazirligi va Transport vazirligining 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxiriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga (keyingi o‘rinlarda — litsenziya varaqasi) asosan amalga oshiriladi;
litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil transporti mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda — yakka tartibdagi tashuvchilar) “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
yakka tartibdagi tashuvchilar “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan, ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti mavjud bo‘lgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarda hamda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari (keyingi o‘rinlarda — agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
yakka tartibdagi tashuvchilarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
2021-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan davrda yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
yakka tartibdagi tashuvchilar qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 3 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada to‘laydilar.
2. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilar:
a) yakka tartibdagi tashuvchilar o‘z faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi;
b) agregatorlar xizmatidan foydalanishning shartlari etib:
yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarda yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega bo‘lish;
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti mavjud bo‘lgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarda hamda agregatorlar tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
“Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan va “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba texnik ko‘rikdan o‘tish;
v) agregatorlik xizmatlarini ko‘rsatish shartlari etib:
mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni Davlat soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasi hamda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash;
o‘z xizmatlarini faqatgina yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomiga ega bo‘lish belgilansin.
Bunda agregatorlar tomonidan ushbu talablarni bajarmasdan faoliyatni amalga oshirish holatlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu xizmatdan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali foydalanish maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanadi.
3. Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etilsin.
4. Yo‘lovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi bo‘yicha o‘rnatilgan amaldagi talablar 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatib turilsin.
5. Yo‘nalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog‘i, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini o‘rnatish talablari bekor qilinsin.
6. Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi talablar joriy etiladi:
avtomobil transportining tepasiga “TAXI” tanish belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatish;
to‘lovni amalga oshirish, shuningdek, bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar) bo‘lishi;
avtomobil transportining priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotlar tablichkasi mavjud bo‘lishi.
Bunda, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar uchun mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga qo‘shimcha ravishda avtomobil transportining yon tomonlariga Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan sxema bo‘yicha kompozitsiyani aks ettirish talabi belgilansin.
7. Transport vazirligi 2021-yil 1-avgustga qadar:
ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharoiti mavjud bo‘lgan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalar hamda agregatorlar tomonidan oylik tibbiy ko‘rik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin;
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari davriy texnik ko‘rik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ularda zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomobil transportining texnik ko‘rigidan avtomatlashtirilgan tarzda o‘tish imkoniyatini yaratsin.
8. Davlat soliq qo‘mitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar avtomobil transportining yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, elektron yo‘l varaqalari, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning idoralararo almashinuvi bo‘yicha yagona elektron platformani ishga tushirsin.
Yagona elektron platformani yaratish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
9. Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddatda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunning yakka tartibdagi tashuvchilarga nisbatan ham tatbiq etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
10. Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshirilgan eksperiment natijalariga ko‘ra yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin. | 125 | 9,577 |
Qonunchilik | 1997-YILNING BIRINChI YaRIM YILLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada iqtisodiyotning barcha sohalarini qayta tuzish va tarkibiy o‘zgartirish ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar yo‘lini izchil amalga oshirish davom etmoqda.
Islohotlarning butun davri mobaynida birinchi marta yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishi aholi o‘sishi sur’atlaridan ortiq bo‘ldi va 103,9 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi (105,4 %), qishloq xo‘jaligi (122,8 %), transport xizmatlari (101,8 %), qurilish pudrat ishlari (101 %), chakana tovar oboroti (113,5 %), aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish (118,1 %) hajmlari ko‘paydi. Yalpi tashqi savdo oboroti 13,8 foizga, xalq xo‘jaligiga investitsiyalar qo‘yish 15 foizga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar qo‘yish 23 foizga o‘sdi.
Inflatsiya sur’atlari va naqd pul emissiyasi miqdorlari pasayishiga erishildi. Yig‘ma budjet taqchilligi belgilangan parametrlardan oshmadi. Aholini ish bilan ta’minlash va uning real daromadlari o‘sishi ta’minlandi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Fond bozoridagi faoliyat faollashdi.
Shu bilan birga davlat tasarrufidan chiqarishning yuqori sur’atlari ko‘pincha real mulkdorlar paydo bo‘lishiga, korxona hamda tashkilotlar moliya-xo‘jalik faoliyatining yaxshilanishiga olib kelmayapti.
Korxona va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari o‘z aylanma mablag‘lari saqlanishiga va to‘ldirilishiga yetarli e’tibor berishmayapti. “O‘zeltexsanoat”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding”, “O‘zmashsanoat”, “O‘zkimyosanoat” korxonalarida tayyor mahsulotning ko‘plab zaxiralari to‘planib qolgan.
Debitor qarzdorlikning, shu jumladan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlikning eng ko‘p summasi O‘zbekneftgaz korporatsiyasiga, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasiga to‘g‘ri keladi.
“O‘zkimyosanoat”, “O‘zmashsanoat” uyushmalari, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik-ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekbirlashuv tomonidan mahsulot eksporti bo‘yicha topshiriqlar qoniqarsiz bajarilmoqda.
Iqtisodiyotni isloh qilishning 1997-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarining, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketlarini taqsimlash ishlarining ahvolini tekshirib chiqsin va ularni tartibga solish hamda amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar taqdim etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga aksiyalarning davlat ulushlari bo‘yicha dividendlar hisoblab qo‘shilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
aksiyalarda davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini, ayniqsa aksiyalarning nazorat paketi davlat tomonida saqlanib qolgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin;
“Davlatga tegishli aksiyalarni birjadan tashqari savdoda sotish tartibi”ni o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ularni yuridik shaxslarga faqat tender asosida, jismoniy shaxslarga esa — fond do‘konlari orqali sotishni tashkil etishni nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikda budjetdan tashqari fondlar kredit resurslari samaradorligini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish maqsadida kichik va o‘rta biznes korxonalariga ularda tegishli fondlarning kredit liniyalarini ochish vositasi bilan faqat tijorat banklari orqali kredit berish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
3. Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasini, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda ikki hafta muddatda:
o‘rnatilmagan import asbob-uskunalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin va valyuta mablag‘lari sochilib ketishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarga nisbatan eng qattiq choralar ko‘rsin;
yil oxirigacha eksport tushumlarining import bo‘yicha xarajatlar bilan mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda eksportni rag‘batlantirish va savdo balansining ahvolini yaxshilash, tashqi savdo rejimini takomillashtirish maqsadida o‘n kun muddatda eksport va import boj poshlinalarini o‘zgartirish, kontraktlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida taklif kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilsin va ular tomonidan amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalarining mutanosibligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni aniqlash uchun ilgari tuzilgan barcha eksport kontraktlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi ikki hafta muddatda kichik, o‘rta biznesni rivojlantirish uchun ekspertizadan o‘tkazish va kreditlar olish jarayoniga to‘siq bo‘layotgan sabablarni tahlil qilsinlar hamda tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning faol jalb etilishini ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlasinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qishloq xo‘jaligida islohotlarning borishi to‘g‘risidagi masalani o‘rganib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritsinlar, bunda xususiylashtirish jarayonlarining ahvoliga, shu jumladan mulkiy paylar joriy etilishiga, shartnoma intizomiga rioya qilinishiga va o‘zaro hisob-kitoblar ta’minlanishiga alohida e’tibor bersinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davarxitektqurilish vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddatda:
qurilish-montaj ishlarining qimmatlashishi, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning ortiqcha sarflanishi sabablarini o‘rganib chiqsinlar va ajratilayotgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar;
pudrat ishlarining haqiqiy bajarilgan hajmlari va o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar miqdorlaridan kelib chiqqan holda 1997-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun Respublika investitsiya dasturiga tuzatishlar kiritsinlar, ularni mablag‘ bilan ta’minlashning aniq manbalari bilan bog‘lasinlar.
10. Vazirlar Mahkamasining industriyani rivojlantirish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha komplekslari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va korxonalar bilan birgalikda mashinasozlik, elektrtexnika, kimyo sanoati, temir yo‘l, aviatsiya va avtomobil transporti korxonalarini boshqarish tuzilmasi samaradorligini puxta tahlil qilsinlar va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish yakunlariga ko‘ra xo‘jaliklarning ish natijalarini puxta tahlil qilsin va don ekinlarini qulay yerlarda joylashtirish maqsadida ularning maydonlari tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
sug‘orish suvlardan foydalanish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda belgilangan limitlardan ortiqcha va samarasiz foydalanganlik uchun qattiq javobgarlik choralarini belgilansin;
“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi bilan birgalikda paxta yig‘im-terim texnikasining o‘z vaqtida ta’mirlanishini ta’minlasin va 1997-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa barcha masalalarini hal etsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
qishloq ijtimoiy infrastrukturasi obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilasinlar, bunda qishloq umumiy ta’lim maktablari qurish va ularni o‘quv mavsumiga tayyorlashga, qishloqda suv ta’minotini rivojlantirishga, qishloq davolash punktlari tashkil etishga doir ishlarning ahvoliga alohida e’tibor bersinlar;
shaharlar, tumanlar, korxonalar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat muassasalarini, bug‘ qozonlari va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni shu yil 1-oktabrgacha tugallasinlar. Obyektlarni qish sharoitida ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar barbod bo‘lishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatishning qattiq choralarini ko‘rsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1997-yilning uchinchi choragi mobaynida tibbiy-ijtimoiy yordamning davlat standartlarini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda kichik va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari boshqaruv kadrlarini, ma’murlari va tashkilotchilarini tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha maxsus bo‘limni ishlab chiqsinlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga kiritsinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari — tegishli komplekslar rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi zimmasiga yuklansin. | 140 | 11,386 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMALAR LOYIHALARINI TAYYORLASh VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALAR BO‘YIChA MAJBURIYATLARINI BAJARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini sifatli tayyorlash va ular bo‘yicha majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni ijro uchun qabul qilsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Tartib “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tuzish to‘g‘risida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajarish tartibotini tartibga soladi.
1. Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilib, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risida yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani (konvensiyani) imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.
2. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni boshlash to‘g‘risidagi tashabbus taklifiga shartnomaning dastlabki loyihasi, shuningdek uni tuzishning maqsadga muvofiqligini asoslash hamda zarurat bo‘lganda, shartnomani tuzishdan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
Xorijiy davlatning yoki xalqaro tashkilotning xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi tashabbus taklifi shartnomaning tegishli loyihasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Xalqaro ko‘p tomonlama shartnoma (konvensiya)ni imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risidagi tashabbus taklifiga shunday shartnomaning to‘liq matni va unga taalluqli hujjatlar davlat tilida ilova qilinadi va zarurat bo‘lganda uning boshqa tillarga tarjimasi ta’minlanadi, shuningdek imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligini asoslash, shu jumladan undan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
3. Vazirlar Mahkamasi xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish to‘g‘risida yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi haqidagi masala to‘g‘risida tegishli qaror (topshiriq) qabul qiladi.
Ekspertlar darajasida ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun xalqaro shartnoma loyihasini tuzish va ko‘rib chiqish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va xolis ekspertlardan iborat komissiya tuzilishi mumkin.
4. Barcha takliflarni umumlashtirish va xalqaro shartnoma loyihasini yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani puxtalashtirish mazkur Tartibga ilovaga muvofiq ushbu shartnoma bilan boshqariladigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydigan vazirliklar yoki idoralar zimmasiga yuklanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining puxtalashtirilgan loyihasi, shartnoma loyihasi bo‘yicha umumlashtirilgan takliflar va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, ayrim hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan va xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng loyihani xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlashni davom ettirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining loyihasi xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan uzil-kesil kelishilgandan so‘ng xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar yoki idoralar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishilgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha takliflar, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan unga izoh va bayonlar matnlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
7. Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini tegishli chora-tadbirlar ko‘rish yo‘li bilan ta’minlaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish, agar majburiyatlarni amalga oshirishga mas’ul (markaziy, vakolatli) vazirliklar va idoralar xalqaro shartnoma matnida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mazkur Tartibga ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tegishli vazirliklar va idoralarga yoxud tegishli xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan milliy ijro etuvchi organga yuklanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan xalqaro shartnomaning kuchga kiritilgan sanasi to‘g‘risida bildirishnoma olgandan so‘ng bir oy muddatda, u vaqtinchalik qo‘llangan taqdirda esa u imzolangandan so‘ng, zarur hollarda uni bajarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni tasdiqlash (ko‘rib chiqish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
10. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya) bo‘yicha majburiyatlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul vazirliklar va idoralar, ularning O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kiritilgan sanasi to‘g‘risida bildirishnoma olingandan so‘ng ikki oy muddatda, ular vaqtinchalik qo‘llangan taqdirda esa bunday qaror qabul qilingandan so‘ng, belgilangan tartibda ular bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadilar va zarur hollarda ularni tasdiqlash (ko‘rib chiqish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
11. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kiritilishi yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar (konvensiyalar)ning imzolanishi, ratifikatsiya qilinishi, ularga qo‘shilish va ularning ma’qullanishi munosabati bilan qabul qilinishi zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar yoki idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
12. Mas’ul vazirliklar va idoralar, milliy ijro etuvchi organlar xalqaro shartnomalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarga muvofiq majburiyatlar bajarilishining borishi va natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradilar.
13. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatib borish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda, xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etadilar.
15. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. | 152 | 9,258 |
Qonunchilik | Bug‘ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2013-yil 6-noyabrdagi 300-sonli “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Bug‘ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2013-yil 6-noyabrdagi 300-sonli “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, bug‘ va issiq suv quvurlari qurish va ulardan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar ish bosimi 0,07 MRa (0,7 kgs/sm2) bo‘lgan suv bug‘i yoki harorati 115 °C dan yuqori bo‘lgan bug‘ va issiq suv quvurlarini quruvchi va ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
6. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
16. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
17. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
18. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
20. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
24. Xodimlar Qurilish, qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari (ro‘yxat raqami 2224, 2011-yil 10-may) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart.
31. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
32. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
39. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
46. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
47. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
48. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
49. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
51. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga, yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
54. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
60. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u erdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
62. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
68. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
72. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
73. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
77. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
78. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
94. Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlashda:
bug‘ va issiq suv quvurlarini qurish va foydalanishda mos bo‘lgan texnologik jarayonlarni qo‘llash;
shikastlanish va kasb kasalliklariga olib kelmaydigan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
nazorat-o‘lchov asboblarini, avariyalarga qarshi himoya qurilmalarini hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qo‘llash;
tezkor va germetik ishlaydigan berkituvchi va tartiblovchi armaturalarni hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini chegaralovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish uskunalarini qulay joylashtirish va ish joylarini tashkil qilish;
portlashning oldini olish va yong‘indan himoyalanishga doir texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
95. Ishlab chiqarishda gaz xavfi bor ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
96. Bug‘ va issiq suv quvurlarini qurish va ulardan foydalanish jarayonlarida yong‘in va portlash xavfi bor muhitning ruxsat etilgan chegarasi haqida xabar beruvchi va qurilmani xavfsiz tarzda to‘xtatib qo‘yadigan yoki jarayonni xavfsiz holatga o‘tkazadigan avtomatik himoya tizimi rejalashtirilishi lozim.
97. Quvurlarni yotqizish loyiha hujjatlari QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” hamda QMQ 3.05.03-00 “Issiqlik tarmoqlari” talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
98. I toifali quvurni yer ostida bitta kanalda boshqa texnologik quvurlar bilan birga yotqizish taqiqlanadi.
99. Quvurlarni yarim o‘tish kanallariga yotqizishda kanal balandligi yuqoriga kamida 1,5 m, izolatsiyalangan quvurlar oralig‘idagi kenglik kamida 0,6 m bo‘lishi kerak.
100. Quvurlarni o‘tish tonnellari (kollektorlar)ga yotqizishda tonnellar (kollektor)lar balandligi kamida 2 m, izolatsiyalangan quvurlar oralig‘idagi kenglik kamida 0,7 m bo‘lishi shart.
101. Boshqarish armaturalari (jihozlar) joylashgan uchastkalarda tonnel kengligi o‘rnatilgan armaturalar (jihozlar)ga xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lishi zarur.
102. Tonnellarda bir nechta quvurlar yotqizilishi hollarida ularning o‘zaro joylashishi quvurlarni ta’mirlash hamda alohida bo‘laklarini almashtirish uchun qulay bo‘lgan holatda joylashtirilishi zarur.
103. Yer osti quvurlariga xizmat ko‘rsatish kameralarining zinapoya yoki shu kabi moslama (skoba) bilan jihozlangan kamida ikkita qopqoqli lyuklari bo‘lishi shart.
104. O‘tish kanallarida zinapoya yoki shu kabi moslama (skoba)lar bilan jihozlangan kirish lyuklari bo‘lishi shart. Lyuklar orasidagi masofa kamida 300 m, bir nechta quvurlarni yotqizish hollarida esa kamida 50 m bo‘lishi zarur.
105. Kirish lyuklari, shuningdek quvurlarning barcha oxirgi nuqtalarida, trassaning burilish joylarida hamda armaturalar o‘rnatilgan uchastkalarda ko‘zda tutilishi zarur.
106. Trassalarni yotqizishda suv yig‘iladigan chuqurliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik zarur.
107. Armaturalar xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun qulay joylarga o‘rnatilishi zarur. Zarur joylarda zinapoyalar o‘rnatilishi va maydonchalar bo‘lishi lozim.
108. O‘rnatilayotgan cho‘yan armatura bukilishdan himoyalangan bo‘lishi zarur.
109. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
110. Belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
111. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan ShNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarni portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
112. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
113. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
114. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
115. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
116. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
117. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
118. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
119. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
120. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
121. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
122. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart.
123. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
124. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
125. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
126. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
127. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
128. Kabellar va elektr simlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi erga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
129. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va erga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
130. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki erga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
131. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki erga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno.
132. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
133. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim.
134. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r erga ulangan bo‘lishi lozim.
135. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
136. Bug‘ va issiq suv quvurlarini qurish QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
137. Issiqlik tarmoqlari quvurlarining yangisini qurish, amaldagilarini kengaytirish va qayta ta’mirlash ishchi chizmalari, ishlab chiqarish loyihalari QMQ 3.01.03-97 “Issiqlik tarmoqlari” va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilishi kerak.
138. Issiqlik tarmoqlarini qurish buyurtmachi va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning texnik nazorati ostida o‘tkaziladi.
Texnik nazorat funksiyasiga tasdiqlangan loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlarni qabul qilish, ishning sifati, qo‘llanilayotgan materiallar va jihozlarning muvofiqligi nazorat qilish kiradi.
139. Yer qazish ishlarini yer osti kommunikatsiyalari (elektr kabellari, telefon aloqalari kabellari, gaz o‘tkazgich, issiqlik va suv o‘tkazgich hamda kanalizatsiya tarmoqlari) egalari bilan kelishgan yoki ularning ruxsatini olgan holda bajarilishi lozim.
Yer qazish ishlarini bajarish joyi ishonchli to‘siqlar bilan to‘silishi, 5 m uzoqlikda transport harakatlanadigan tarafga, boshqa hamma taraflarga balandligi 1,5 m bo‘lgan ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilishi kerak.
Tungi vaqtlarda ish joyi projektorlar yoki kamida 2 m balandlikda joylashtirilgan ko‘chma elektr chiroqlari bilan yoritilishi kerak.
Elektr simlari rezina himoya qobiqli, elektr chiroqlarda esa metall setkali saqlagich bo‘lishi zarur.
140. Elektr simlari yer ostidan o‘tkazilgan joylarda lom, kerki, belkurak va bolg‘alardan foydalanish taqiqlanadi.
141. Yer qazish ishlarini olib borishda gaz hidi aniqlangan xollarda tezkorlik bilan ish to‘xtatiladi va darhol xodimlar xavfli ish joyidan, gaz hidini paydo bo‘lish sabablari bartaraf etilguniga qadar olib chiqib ketilishi kerak.
142. Tik devorli kotlavan va transheya qazishda nurab ketmaslik va odamni bosib qolmasligi uchun mustahkamlash moslamalari quyilishi kerak.
143. Transheya va kotlovanlarning mustahkamlovchi moslamalarsiz tik devorlar va qiyaliklari holati yuzasidan tizimli kuzatuv olib borilishi kerak.
144. Kotlovan va transheyalarga suyanchiqli narvon yoki qadab quyiladigan zinapoyalar bilan tushish lozim.
145. Odamlar va transport vositalari harakat qiladigan joylarda qazilgan kotlovan va transheyalar to‘silgan bo‘lishi shart.
To‘siqlarga ogohlantiruvchi yozuv va belgilar, tungi vaqtlarda signalli yoritish o‘rnatilishi kerak.
146. Transheya chetidan tuproq tushmasligi uchun, tuproqni transheya chetidan 0,5 m masofaga qo‘yilishi lozim.
147. Elektr isitgichlar bilan qizdiriladigan uchastkalar to‘siqlar bilan to‘silgan, ogohlantiruvchi signallar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kunning qorong‘i vaqtlarida isitiladigan maydon yoritilishi kerak. To‘siq va isitiladigan uchastkani oraliq masofasi 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
148. Tabiiy namlikdagi tuproqni elektr bilan qizdirishda 380 V kuchlanishdagi elektr tokini qo‘llashga ruxsat etiladi.
149. Yuqori kuchlanish ostidagi uchastkalarda bo‘lish va ishlash taqiqlanadi.
150. Transformatordan tortilgan vaqtinchalik elektr liniyalari qizdiriladigan uchastkalarda himoya qobiqli o‘tkazgich simlardan tortilib, erdan kamida 0,5 m balandlikda moslamaga mahkamlab qo‘yish lozim.
151. Elektr jihozlarining sozligini, izolatsiya qilingan simlarni yaroqliligini har kuni jihozlar va simlar ko‘rilgandan so‘ng tekshirilishi kerak.
152. Tuproqni bug‘ yoki ochiq olov bilan qizdirganda xodimlarni kuyib qolish va zaharlanishdan muhofaza qilish choralarini ko‘rib qo‘yish lozim.
153. Yerni qaziydigan mashina bilan tuproq ishlarini bajarishda xodimlarni oldindan mustahkamlanmagan joyga tuproqni tushirish taqiqlanadi.
154. Ekskavator ishlayotgan vaqtda xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
ekskavator kovshining ish radiusidan 5 m dan kam masofada bo‘lish;
kovsh ko‘tarilib turganda uni tozalash.
155. Transheyalarni qayta ko‘mish ishlari izolatsiya va qurilish-montaj ishlari to‘liq tugatilgandan keyin bajarilishi lozim.
156. Qayta ko‘mish ishlari loyihada boshqa ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lsa, bo‘shliqni urib-urib, 20 sm qalinlikda qatlam qatlam qilib o‘tkazilishi lozim:
157. Kanal va kameralarda suvni pasaytirish oldin qurilmalarini o‘chirilgandan keyin yer osti sizot suvlari yo‘qligini ko‘zdan kechirish kerak.
158. Transheya qazimasdan quvur qismlarini yotqizish va (quvurlarga) futlyarlar kiydirish uchun teshish, bosish va gorizontal tarzda qazish usullari tsentrator foydalanilgan holda bajarilishi kerak.
159. Yer osti ishlarining rahbarlari ish boshlanishidan oldin ish uchastkasining geologik va gidrogeologik sharoitlari bilan tanishtirilgan bo‘lishi zarur. Avariya yuz berishi mumkin bo‘lgan sharoit yuzaga kelganda, darhol tegishli choralar ko‘rilgunga qadar ish to‘xtatilishi lozim. Har bir uchastkada avariyani bartaraf etish uchun zarur asboblar, materiallar zaxirasi, o‘t o‘chirish va boshqa vositalar hamda ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘lishi zarur.
160. Yer osti ishlab chiqarishini vaqtincha mustahkamlash texnologik kartasi (mustahkamlash pasporti)ga muvofiq o‘tkaziladi, geologik va gidrologik shartlar o‘zgarganda texnologik karta ham qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
161. Yer osti ishlari davri davomida ishlab chiqarishni mustahkamlash holati yuzasidan va loyihada ko‘rsatilgan sharoitlar bilan uchastkadagi geologik va gidrogeologik sharoitlar muvofiq bo‘lishi kerak.
162. Tunellarning o‘tish joyida:
o‘rnatilgan to‘sgichlar, uning mexanizmlari va moslamalari mustahkam o‘rnatilganligi dalolatnoma bilan qabul qilingandan keyin foydalanish lozim;
tuproq faqat to‘sgichning chetigacha ishlab chiqilishi lozim;
to‘siqni ish halqasi enidan oshib ketadigan masofaga surmaslik kerak;
barqaror bo‘lmagan, bo‘sh tuproqlarni qazilma boyliklar qazib olinadigan joylarning tepa qismiga vaqtinchalik mustahkamlagichlar bilan mahkamlash lozim;
sochilib ketadigan tuproqlarni nurab ketmasligi uchun to‘sgichlar gorizontal maydonlarga, tuproq qiyaligining barqarorligi shart-sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak;
to‘sgichlarni surish faqat smena ustasi yoki ishlab chiqaruvchi nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
163. Ag‘darilib ketishi mumkin bo‘lgan vagonchalardan foydalanilganda, ularni o‘zi ag‘darilib ketmasligi uchun tirgaklar qo‘yilishi lozim.
164. Qazish ishlari bajarilayotgan joyda vagonchani bir vaqtni o‘zida ham qo‘lda, ham mexanizatsiyalashgan holda sudrash va siljitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qo‘l bilan vagonchani siljitayotganda, vagonchaning oldingi devoriga xabar beruvchi signalizatsiya tizimi o‘rnatilishi kerak.
165. Shaxta va tunnelning o‘tish joylari payvandlash va boshqa ishlardan ajralib chiqadigan zararli moddalarni so‘rib oluvchi shamollatish uchun qurilma bilan ta’minlanishi kerak.
166. Quvurlarni gorizontal bukishda xodimlarni bu joyda quvurning diametri 1200 mm dan, uzunligi 40 m kam bo‘lmagan hollarda ruxsat etiladi.
Quvurlarning ichida xodimlarning ish bajarish uchun bo‘lishi bir soatdan oshmasligi, ish sikllari o‘rtasidagi oraliq vaqti 30 daqiqadan kam bo‘lmasligi zarur. Uzunligi 10 m va undan oshiq suv quvurlari 10 m3/s miqdorda toza havo beruvchi ogohlantiruvchi shamollatish qurilma bilan ta’minlanishi zarur.
167. Quvurlarni tayyorlash xonalarida quyidagilar:
ish joyi yaxshi yoritilgan, poli tekis, asbob-uskunalar va dastgohlar ishga to‘liq yaroqli bo‘lishi kerak;
tokarlik, yo‘nadigan, metallga ishlov beradigan, teshadigan, quvurni kesadigan dastgohlar ishonchli va qattiq mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak;
dastgohlarning aylanadigan qismi shesternalari, shkivlari, vallari va golovkalari qoplama yoki g‘ilof bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
verstak (dastgoh)lar, iskanja taxtakachlar, qisqich moslamalar va boshqa jihozlar mustahkam joylashtirilgan bo‘lishi kerak;
metallarni kesish uchun qachov, kreysmeysel to‘g‘ri charxlangan va toblangan bo‘lishi kerak.
168. Xodim ishlov berayotgan buyum va materiallarni dastgohga mustahkamlashi lozim. Metallni kesishda qachov va kreysmeysel bo‘yni qo‘lga nisbatan 15 — 20 mm yuqori bo‘lishi kerak. Kesilayotgan metall iskanja taxtakachda qattiq mustahkamlanishi kerak; metallni kesishda metall parchalari xodimning oyog‘ini shikastlamasligi uchun ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak.
169. Quvurlarni yoki po‘latni keskanda qo‘l barmoqlarini kesish yo‘nalishi yoniga qo‘ymaslik kerak. Po‘latning chetini kesganda xodimning tanasini kesib ketmasligiga ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.
Detalni arralashni boshlashdan oldin chilangar egov va arrani qo‘l dastasi ishonchli mustahkamlanganligini va ishlov beriladigan detalni iskanja taxtakachga mustahkam o‘rnatilganligini tekshirishi kerak.
Yaroqsiz kleщa va gaykalarni buraydigan klyuchlar bilan ishlash, kleщalar gubkasini tagiga metalldan taglik qo‘yish va quvurlarni kesadigan kleщni qo‘lga kiyib olish taqiqlanadi.
170. Charxda ishlovchi xodim oynali qo‘l bilan ushlab foydalaniladigan himoya qalqonchasiga ega bo‘lishi kerak. Dasta bilan toshning yuza qismi o‘rtasidagi oraliq 3-4 mm bo‘lishi kerak. Tosh tekis yuzaga ega bo‘lishi kerak. Saqlovchi qalqoncha bo‘lmaganda charxlash vaqtida ko‘zoynak taqish zarur bo‘ladi.
171. Qoplamasiz, himoya qalqonchasiz yoki maxsus ko‘zoynaksiz nosoz charxda ishlash, shuningdek charx toshining yon tomonlari yuzasiga charxlash taqiqlanadi.
172. Charx ishlayotgan vaqtda uni yonidan to‘siqlarni olib qo‘yish, ta’mirlash va tozalash taqiqlanadi.
173. Shesternalari, shkivlari, tasmalari va shpindellari to‘silmagan parmalashlash dastgohlarida ishlash taqiqlanadi. Shpindel yiqilib ketmasligi uchun qarama-qarshi yuk qo‘yilishi kerak.
174. Machtani ko‘tarish va o‘rnatish, katta diametrli quvur va armaturalarni montaj qilish, kameralar, kanallar, nasos stansiyalarining jihozlari va materiallarini berish bo‘yicha barcha ishlar mas’ul xodim rahbarligida o‘tkazilishi kerak.
175. Takelaj moslamalari yordamida og‘ir yuklarni gorizontal holda boshqa joyga ko‘chirish mas’ul xodim yoki brigadirning rahbarligida SanQvaM № 0141-03 “Ishlab chiqarish muhiti, mehnat jarayonini og‘irligi va zo‘riqib ishlash xavfli omillari va zararliligi ko‘rsatgichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining gigiyenik tasnifi talablarini inobatga olgan holda o‘tkazilishi shart.
176. Qurilish-montaj uchastkasiga kelib tushayotgan takelaj jihozlari (qo‘l bilan ilinadigan va uzatma kichkina ilgichlar, domkratlar, yuk ko‘taradigan eng sodda g‘altakli qurilmalar, po‘lat simli arqonlar, kanop ipdan to‘qilgan yo‘g‘on arqonlar va h.) inventar raqamiga ega bo‘lishi kerak va raqamlangan maxsus takelaj daftariga kiritilishi lozim.
177. Rezervuarlar, apparatlar, quduqlar va drenajli kanallarni ko‘zdan kechirish, tozalash hamda ta’mirlash ishlari naryad bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
178. Rezervuarlar ichida, shuningdek drenajli kanallar va quduqlarda ishlayotgan har bir xodim bajarayotgan ishiga muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
179. Rezervuarlar, quduqlar ichida bajariladigan ishlarda xodimlar himoya kamarlari va arqonlarini majburiy qo‘llagan holda o‘tkazilishi kerak. Himoya kamarlari yelka bilan bog‘lanadigan tasmali arqonni mustahkam bog‘lash uchun mo‘ljallangan temir halqali bo‘lishi lozim. Himoya kamarlarini yelka bilan bog‘lanadigan tasmalarsiz qo‘llash taqiqlanadi.
180. Gaz xavfi bo‘lgan har qanday ishlarni bajarishdan oldin protivagazni zich yopilganligi tekshirilishi lozim.
Protivogazni kiygandan keyin gofrirli shlangni uchi qo‘l bilan qattiq qisiladi. Agar shunday holatda nafas olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, protivogaz ishlatishga yaroqli hisoblanadi.
181. Quduqni ko‘zdan kechirish qopqog‘i po‘latdan yasalgan uzunligi 500 mm, diametri 10 mm li maxsus ochqich bilan ochiladi. Qopqoqni qo‘l bilan (ochqichsiz) ochish taqiqlanadi, qopqog‘i ochiq quduqlarning og‘ziga vaqtinchalik temir panjara va ishonchli to‘siqlar qo‘yilishi, tungi vaqtlarda bunday joylar yaxshi yoritilgan bo‘lishi lozim.
182. Rezervuar, drenajli kanallar va quduqlarga ishlash uchun tushishdan oldin ular tabiiy yoki sun’iy shamollatish qurilmasi bilan shamollatilishi, gazni aniqlash asbobi bilan gazlangan yoki gazlanmaganligi aniqlanishi kerak.
183. Gazni gugurt yoqish yoki zajigalka bilan yoqib aniqlash qat’iyan taqiqlanadi. Har qanday holatda shamollatishni samaraliligini ishning boshlanishi oldidan havoni takroriy tekshirish orqali aniqlanadi.
184. Rezervuar va quduqlar ichida ishlar to‘liq yo‘l-yo‘riqdan o‘tgan, kamida 2 ta xodim tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Yaqinida odamlar bo‘lmagan joylarda, gaz bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan rezurvuarlar yoki quduqlarda kamida 3 ta xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
185. Rezervuar va quduqning ichidagi xodim o‘zini yomon his qila boshlasa, tashqaridagi xodimlarga arqonni tortib signal berishi kerak, kuzatuvchi tezlik bilan uni ish joyidan chiqarib olish uchun choralar ko‘rishi kerak.
186. Rezervuarlar, kanallar va quduqlarda bajariladigan ishlarda band bo‘lgan xodimlar har 20 daqiqada tashqarida 10 daqiqa tanaffus qilishlari shart.
187. Gaz ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan rezervuarlarni va quduqlarni shamollatish uchun xodimlar tashqariga tanaffuslarga chiqishlari lozim.
188. Xodimlarga rezervuar, drenajli kanallar va quduqlarda havoning harorati 50 °C dan ortiq bo‘lganda ishlashga ruxsat etilmaydi. 40° — 50 °C haroratli havoda xodimlarning rezervuar, drenajli kanallar va quduqlarda ishlash vaqti 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
189. Rezervuarlar, kanallar va quduqlarda 200 mm dan oshiq suv bo‘lganda harorat 50 °C dan kam bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi.
190. Bug‘ va issiq suvlarni haydovchi nasos stansiyalarining uskunalarini ishlatish tezkor (navbatchi) va ta’mirlash xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
191. Bug‘ va issiq suvlarni haydovchi nasos stansiyalarida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
texnik xizmat ko‘rsatish;
tezkor, rejali, rejadan tashqari diagnostik tekshiruv o‘tkazish;
uskunalar va boshqa texnik jihozlar nosoz holga kelganda kundalik, o‘rta va kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish;
bug‘ va issiq suvlarni haydovchi nasos stansiyalarni reglamentli to‘xtatish.
192. Bug‘ va issiq suvlarni haydovchi nasos stansiyalarda quyidagilar ta’minlangan bo‘lishi kerak:
uskunalarni ishlatishni ishlab chiqaruvchi tashkilotning yo‘riqnomasi talablari asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq tashkil qilish;
bug‘ va issiq suvlarni haydovchi stansiyalar tizimini ishlatishda texnologik rejimlarga rioya qilish;
uskunalarning ishlash imkoniyatini tekshirish va baholash;
yong‘inga qarshi vosita va tizimning mavjudligi va ularning sozligini tekshirish.
193. Agregatni ishga tushirish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:
nasos suyuqlik bilan to‘ldirilmaganda;
oqimli-so‘ruvchi shamollatish tizimi yoqilmaganda;
moy tizimi yoqilmaganda;
germetikligi buzilganda;
nosoz va sabablari aniqlanmagan boshqa texnologik buzilishlar mavjud bo‘lganda.
194. Nasos agregatlarini ishlatish jarayonida har chorakda kamida bir marta moydan namuna olinishi va kimyoviy tahlil qilinishi kerak.
195. Elektr kimyoviy himoya vositalarini tanlash inshootlarning joylashish sharoitlarini va ularning metallariga nisbatan muhitning korroziyali faolligi haqidagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
196. Quvur va aloqa kabellarini birgalikda himoya qilishda quvurlardan kabel qobig‘iga tok o‘tishining oldini olish uchun ventil qurilmasi potensial tekislovchi elektr tutashtirgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
197. Anodli ertutashtirgich va protektorlarni o‘rnatish, solishtirma qarshiligi eng kam bo‘lgan, tuproqning muzlash chuqurligidan pastda ko‘zda tutilishi kerak. Drenaj kabelining anodli ertutashtirgich joyi tanituvchi belgi bilan ko‘rsatilishi lozim.
198. Bug‘ va issiq suv quvurlari obyektlaridan foydalanish jarayonida ichki korroziya (zanglash) belgilari aniqlanganda, uning sabablarini aniqlash, korroziyani to‘xtatish va oldini olish choralari ko‘rilishi zarur.
199. Barcha nazorat-o‘lchov punktlaridagi yer osti metall inshootlarining korroziya holatini nazorat qilish zarur.
200. “Inshoot — er” potensiallar farqini o‘lchash uchun yiliga ikki marta quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
korroziyadan himoyalanish tizimining samaradorligini aniqlash;
faol himoya sxemalari va uni ishlatish rejimlaridagi zarur o‘zgarishlarni aniqlash;
korroziyaga nisbatan o‘ta xavfli uchastkalarni aniqlash;
uchastkalar bo‘yicha himoyalovchi qoplamalarni ta’mirlash.
201. Pnevmatik vositalar GOST 12.2.010-75 “SSBT Qo‘lda foydalaniladigan pnevmatik mashinalar Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
202. Kompressordan foydalanganda uning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari o‘ralgan bo‘lishi kerak.
203. Kompressor bilan ishlovchi xodimlar uning ishlash tartibi va unga xizmat ko‘rsatishni bilishlari shart.
204. Kompressorda bosimni nazorat qilish uchun saqlash qopqoqlari va manometr o‘rnatilib, ular har kuni tekshirib turilishi lozim.
205. Pnevmatik asboblar qopqoqlari mustahkam berkitilishi va yopiq holatda havo o‘tkazmasligi kerak. Ularning sozligi mas’ul xodim tomonidan tekshirilishi kerak.
206. Pnevmatik bolg‘acha orqaga urish minimal bo‘lishi uchun moslangan bo‘lishi kerak. Pnevmatik asbobdan faqatgina u ishchi holatga keltirilganda, havo o‘tishi mumkin.
207. Asbobga rezina shlangni ulash siqilgan havo berish yo‘q vaqtda amalga oshiriladi. Bosim ostida shlangni chiqarish taqiqlanadi. O‘rmon va havozada ishlaganda zaxira va almashuvchi vositalardan foydalaniladi, tayyorlovchi asbob va boshqa materiallar maxsus qutiga solinadi.
208. Pnevmatik asbobni yoqqanda qopqoq tez ochilib, yopilishi va yopiq holatda havo o‘tkazmasligi kerak.
209. Pnevmatik asbob uchun egiluvchan shlangdan foydalanish kerak. Shikastlangan shlangdan foydalanish ta’qiqlanadi.
210. Shlangni pnevmatik asbobga birlashtirish nippel shtutser va xomut yordamida bajariladi. Ingichka simdan foydalanish taqiqlanadi. Pnevmatik asbobga havo shlangini ulash joyi quvur hamda shlang qo‘shilgan joyda havo o‘tkazmasligi kerak.
211. Havo o‘tkazuvchi quvurlarda armaturalar qulflangan bo‘lishi kerak.
212. Shlangni magistral va asbobga ulashda yopiq berkitilgan armaturalardan foydalaniladi. Shlang shunday joylashishi kerakki, transport tekkanda uzilmasligi kerak.
213. Ish vaqtida shlangni tortish va buklash taqiqlanadi.
214. Pnevmatik asbob berilishdan oldin uni berayotgan shaxs tomonidan kuzdan kechiriladi. Uni ishlatish jarayonida har kuni tozalanib turilishi kerak. Pnevmatik asbob 6 oyda 1-marta yuvib tozalanadi. Shikastlangan joylari almashtiriladi.
215. Uskunalar ularning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holda saqlanishi lozim.
216. Uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-profilaktik ta’mirlashning bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi zarur.
217. Texnologik jarayonda qo‘llaniladigan asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dasturga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
218. Kapital va joriy ta’mirlash dasturlarida ta’mirlashni o‘tkazish uchun mas’ul shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash choralari belgilanishi lozim.
219. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi aks ettirilgan ta’mirlash hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lishi va ularda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralari va maxsus texnologik jarayonlar;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlarning turlari;
ta’mirlangan uskunalar va ularning qismlari texnik talablarga javob berishi haqidagi hujjatlar.
220. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
221. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi kerak.
222. Ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
223. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan va u erda xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
224. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin unda ishtirok etadigan barcha xodimlar ta’mirlash ishlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ularga ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi zarur.
225. Ta’mirlash jarayonida yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
226. Ta’mirlash paytida ish joylari, yo‘llar va zinapoyalarni turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
227. Qismlarga ajratish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan kompressorlar boshqa barcha texnologik quvurlar va o‘tkazgichlardan uzib qo‘yilishi lozim.
228. Sig‘imlar, bunkerlar va boshqa chuqur joylarda ishlayotgan xodim mahkamlangan qutqaruv arqoniga ega bo‘lishi, arqonning ikkinchi uchi tashqariga chiqarilgan va kuzatuvchi nazorati ostida bo‘lishi kerak.
229. Ta’mirlash ishlarini balandlikda bajarishda havoza va taxta to‘shamalardan foydalanish zarur.
230. Havoza va taxta to‘shama o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlar mahkamlanadigan joylar konstruksiyalarda oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
231. Ta’mirlash ishlarini balandlikda bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirg‘og‘iga qo‘yish yoki erga tashlash taqiqlanadi. Asbob-uskunalarni saqlash va tashishda maxsus sumka yoki qutilardan foydalanish zarur.
232. Qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishga uskuna shamollatilib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va undagi harorat kamida 40 °C gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
233. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
234. Yoritish chiroqlarini ta’mirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi ko‘chma lampalar, portlashdan himoyalangan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
235. Yoritish maqsadida mash’ala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
236. Asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlari maxsus o‘qitilgan va yo‘l-yo‘riq berilgan, tegishli bilim va malakaga ega xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
237. “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan yozuvni olib tashlash, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha talablar qo‘yiladigan ishlar bajarilgandan so‘ng uskunani ishga tushirish, faqat mas’ul xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
238. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar ish joyidan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
239. Ko‘zdan kechirish yoki ta’mirlash uchun yer ostidagi bug‘ va issiq suv quvurlarini ochishda, kotlovan ishlash uchun ochiq va bo‘sh bo‘lishi kerak.
240. Transheya va kotlovanlar yon bag‘ri qiyaligi o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanishi lozim.
241. Agar ish jarayonida transheya devorlarida tuproq uyumi ag‘anab tushish xavfini keltiruvchi yoriqlar paydo bo‘lsa, u holda xodimlar uni darhol tashlab chiqishlari va tuproq buzilishiga qarshi transheya devorlarini mustahkamlash, qiyalikni oshirish uchun tuproqni kesish va boshqa shu kabi choralar qabul qilishlari kerak.
242. To‘la ochish uchun moslanmagan ekskavator cho‘michidan quvur o‘tkazgich shikastlanishining oldini olish uchun quvurning yuzi va yon tomonidagi tuproq 0,15 — 0,20 m masofagacha yumshatilishi zarur.
243. Yer ishlari olib borilayotgan joylarda elektr kabeli, suv o‘tkazgich magistrallari, gaz o‘tkazgich va boshqa noma’lum yer osti kommunikatsiyalari aniqlanganda, ishlarni to‘xtatish va kommunikatsiya egasini chaqirish zarur. Zarbli asboblardan foydalanish taqiqlanadi va keskin urilishlarga yo‘l qo‘ymasdan, belkurakdan foydalanish lozim.
244. Agar bug‘ va issiq suv quvurlarini ochayotganda yoki uni ta’mirlash jarayonida bug‘ va issiq suvning oqib chiqishi paydo bo‘lsa, ishlarni to‘xtatish, ekskavator dvigateli va bug‘ va issiq suv chiqishi yaqinidagi mexanizmlarni to‘xtatish va xodimlarni xavfli hududdan chiqarish lozim.
Sodir bo‘lgan voqea haqida rahbariyatga va dispetcherga xabar berish hamda avariya brigadalarini chaqirib o‘t o‘chirish vositalarini tayyor holga keltirish kerak.
245. Quvur o‘tkazgichning yuk ko‘taruvchi mexanizmlar yordamida ko‘tarilgan holatda qoldirilishi taqiqlanadi.
246. Magistral va texnologik o‘tkazgich quvurlarda katushkani (quvur bo‘lagi, g‘altak) olovsiz metod bilan kesishda, daydi toklardan elektr uchquni hosil bo‘lishining oldini olish uchun shuntirlovchi tutashtirgichni montaj qilish zarur.
247. Bug‘ va issiq suv quvurlarini ko‘mishdan oldin, ishlarning xavfsiz olib borilishiga javobgar shaxs transheyada odam yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak.
248. Ta’mirlanayotgan bug‘ va issiq suv quvurlari uchastkasida quvur yuzasigacha 0,8 m dan kam bo‘lgan qalinlikdagi tuproq uyumi qatlamini hosil qiluvchi joydan buldozerning o‘tishi taqiqlanadi.
249. Odamlar o‘tish joylarida yoki transport vositalari yo‘llarida transheya qaziganda, tegishli joylarda to‘siqlar va xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi, tungi vaqtlarda esa yorug‘lik xavfsizlik signali o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
250. Bug‘ va issiq suv quvurini kotlovanga markazlashtirilgan holda tushirib joylash yoki uni ko‘tarish ishlari bo‘yicha barcha operatsiyalarni master yoki brigadirning bevosita rahbarligi ostida o‘tkazish lozim.
251. Gaz bilan kesuvchilar va elektr payvandchilar kotlovanda bir vaqtda ishlashi taqiqlanadi.
252. Quvurlarga izolatsiya qoplamasini qoplash mexanizatsiyalashgan usullar bilan bajarilishi kerak.
Izolatsiya qoplashni qo‘lda bajarishga faqat izolatsiya qoplamasining shikastlangan qismini ta’mirlashda yoki ish hajmi uncha ko‘p bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
253. Quvurlarni transheyaga tushirish bo‘yicha ishlarni boshlashdan oldin kanatlar, bloklar, tormoz qurilmalari, quvur yotqizgichlarning holatlarini va po‘lat sochiqlarning yumshoq qamrab olinganligini tekshirish zarur. Po‘lat sochiqlar soz bo‘lishi, xavfsizlik me’yorlariga mos kelishi kerak.
254. Ish boshlanguniga qadar mas’ul xodim barcha ta’mirlash brigadalarini shaxsan kuzatib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi. Bosim va kuchlanish bo‘lgan uskunalarda ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
255. Magistral issiqlik tarmoqlarini ta’mirlashda foydalanadigan mashina va mexanizmlar barqaror holatda o‘rnatilgan va mustahkamlangan bo‘lishi kerak.
256. Ish joyiga kirishdan oldin gaz chiqishi xavfi bo‘lishi sababli, bu joy sinchiklab tekshiriladi. Gaz aniqlanganda, u bartaraf etilib keyin takroriy tekshiruv o‘tkaziladi. Kutilmaganda gaz chiqishi sodir bo‘lganda, uni darhol bartaraf etish va xodimlarni xavfli hududdan olib chiqish zarur.
257. Gazlangan muhitda ishlaganda rangli metalldan qilingan bolg‘achalar, kuvaldalar va boshqa asbob-uskunalar qo‘llaniladi. Qora metalldan tayyorlangan vosita va asboblar o‘ralgan bo‘lishi va zarb xususiyatini o‘tkazmasligi kerak. Qachovning kesadigan qismi, elektrparmalash va boshqa o‘tli uchqun chiqaradigan elektr asboblaridan foydalanish gazlangan muhitda taqiqlanadi.
258. Payvandlash ishlarini boshlashdan oldin gaz mavjudligi va havoga gaz tarqalganligi tekshiriladi. Havodagi kislorod hajmi 20,5% dan kam bo‘lmasligi kerak. Tekshirishga olinadigan havoni yomon ventelatsiya qilinadigan joydan olinadi.
259. Gazni solishtirma og‘irligi yengil bo‘lganligi sababli tekshirish uchun ish joyining yuqori qismidan olinadi. Havodan yengil bo‘lgan gaz uchun (tabiiy gaz,koks va boshqa) havo yuqori zonadan olinadi. Havodan og‘ir bo‘lgan gaz uchun (propan, butan) pastki zonadan olinadi.
260. Kamera(tunnel)dagi payvandlash ishlari vaqtida havo aylanishi yaxshi holatda bo‘lishini ta’minlash kerak. Payvandlash va boshqa ishlarni bajarishda gazlangan muhit (atmosfera)da yonuvchi vositalarni qo‘llash taqiqlanadi.
261. Jihozlar va quvurlarni demontaj qilish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida qolgan uzellar va jihozlar elementlarini chidamliligini ta’minlab, davomli tarzda operatsiyalar o‘tkaziladi. Quvurlarning qolgan uchastkalari va jihozlarning qolgan elementlarining yaroqliligi va mustahkamligi yuzasidan muntazam kuzatuv olib borilishi kerak.
262. Ish bajarilayotgan joyda elektr simlarini o‘tkazishda izolatsiyalangan simlardan foydalanish va ularni ishonchli joylarga kamida 2,5 m balandlikka osib qo‘yish xodimlarning tepasidan 3 m va o‘tish joylarining tepasidan 5 m balandlikda joylashishi kerak. Yerdan, poldan yoki qatlamdan 2,5 m dan kam balandlikda joylashgan elektr simlari quvurlarga solinishi yoki korobalar (qoplama) bilan qoplanishi kerak.
263. Flanetsli ulanishlar boltlari kiygiziladigan teshiklarining mos kelishini tekshirish faqat maxsus moslamalar bilan bajarilishi lozim. Bu ishlarni barmoq bilan bajarish taqiqlanadi.
264. Issiqlik quvurlarini ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin ruxsat beruvchi sex, uchastka masteri (smena, sex boshlig‘i) ish joyini ta’mirlash ishlarini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
gazanalizator bilan kamerani gazlanganligini tekshirish;
zarur o‘zgarishlarni o‘tkazish;
ta’mirlanadigan issiqlik tarmog‘ining har ikkala tomonidan zulfin va ventillarni taqsimlagichdan quvurgacha, drenaj tomonidan, aylanib o‘tadigan joylarni qulflanadigan zanjir bilan berkitish.
265. “Ochmang, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlarni ta’mirlash uchun belgilangan issiqlik tarmog‘ining o‘chiriladigan qismlari tarafidagi zulfinlar va ventillarga yozib qo‘yilishi lozim.
266. Ta’mirlash uchun zarur bo‘lmagan elektr toki olib kelingan simlarini uzib, saqlagichlari olib qo‘yilishi zarur.
267. O‘chiruvchi zulfin va ventillarni ishga ruxsat berishdan oldin zarur berkitish imkoni bo‘lmagan hollarda, issiqlik tarmog‘ining ta’mirlanayotgan uchastkasi ajratilib, quvurni bekitish uchun maxsus tiqin bilan yopib qo‘yilishi kerak. Tiqinning qalinligi quvurning ishchi muhitidagi (bug‘ va suvning) bosimiga muvofiq bo‘lishi kerak. Tiqinni ko‘rinib turadigan dumi bo‘lishi va yuqorisidan yaqqol ko‘rinadigan qilib o‘rnatilishi kerak
268. Ishlarni tashkil etishga mas’ul xodim quvurda bosim mavjud bo‘lmaganda zulfin va ventillarni mahkam yopilganligini shaxsan tekshirishi kerak. Quvurda bosim mavjud bo‘lganda ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
269. Suv va issiqlik zaxni qochirishda tushiriladigan armatura orqali bajarilib, quvurlarda bosimni tushirish gardishli vositalar yordamida istisno vaziyatlarda esa, drenaj qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Boltlarni bo‘shatish ish bajarayotgan xodimning qarama-qarshi | 119 | 63,410 |
Qonunchilik | Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibini belgilaydi.”.
2. 1-banddan “v” va “g” kichik bandlar chiqarib tashlansin.
3. 1-bob 1-paragrafining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“§ 1. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratib berishning umumiy shartlari”.
4. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida, shuningdek ushbu yerlarni fermer xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida tuman hokimi qaror qabul qiladi.”.
5. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer ajratishga doir ikki loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqqan fuqarolarning, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari boshliqlarining ko‘rsatilgan yer uchastkalari bo‘yicha boshqa loyihalar yuzasidan o‘tkaziladigan tanlovlardagi ishtiroki to‘xtatiladi.”.
6. 8-banddan “qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)ning nomi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7. 1-bobning 2-paragrafi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8. 20-bandning “d” kichik bandidagi “tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi” degan so‘zlar “tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov o‘tkazish bilan bog‘liq barcha hujjatlari tuman hokimligida har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan ajratilgan yerlar bo‘yicha alohida yig‘ma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar fermer xo‘jaliklarining barchasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng 2 hafta mobaynida tuman hokimligining idoraviy arxiviga topshiriladi.”.
10. 40-banddan o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
11. 2-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan. | 149 | 3,420 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING 1997-YIL 15 YaNVARDAGI 5-SONLI “KORXONA (TAShKILOT)LARNING ChORAK VA YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT ShAKLLARI VA HAJMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUG‘IGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-apreldagi 2-son bayonining 7- bandiga muvofiq buyuraman:
1. 5-sonli buyruqning 2-bandi yillik, yarim yillik va choraklik hisobot qismi va ularni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaning 1.3.-bandi “Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma” 2-a shakl xatboshlaridan so‘ng quyidagi tahrirdagi xatboshlari bilan to‘ldirilsin:
“Moliyaviy- iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma” 2-b shakl;
2. “Moliyaviy- iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma” 2-b shakl 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Moliyaviy-iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma” 2-b shaklini to‘ldirish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. “Moliyaviy-iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma” 1998-yil 1-oktabrdan boshlab yuridik shaxs hisoblangan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan, choraklik va moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda topshiradi. | 229 | 915 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaror bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb his | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlagan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 72-bandiga muvofiq, davlat boji stavkalarini maqbullashtirish, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “kassatsiya” degan so‘z “appelatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) “a1” va “a2” kichik bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) “j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 18-maydagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 37-modda) ilova 1-bandining “b” kichik bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni) 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda) ilova 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari. | 250 | 2,185 |
Qonunchilik | Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shu sohada mehnat qilayotgan, o‘zining badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi ijodiy asarlari bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan shoir va yozuvchilar, rassomlar, madaniyat va san’at xodimlari, jurnalistlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda barpo etiladigan ko‘p kvartirali arzon uylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan arzon uy-joylarga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini belgilangan tartibda shakllantirishda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zolari va xodimlari, jumladan, ushbu sohalardagi iste’dodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 1-ilovaga muvofiq;
ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanida uning eng yuqori stavkalari — 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, televideniye va radio kanallari orqali beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari — 3-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnini yaratgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 4-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari — 5-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilgani uchun to‘lanadigan haqning eng kam stavkalari — 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Belgilansinki, mualliflik haqi va unga doir boshqa to‘lov turlarini ushbu qarorning 1 — 6-ilovalarida belgilangan darajadan kam miqdorda to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqi va unga doir boshqa to‘lov turlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘laydigan tashkilotlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun sarflanadigan xarajatlarni har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida bo‘lishini qat’iy ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Qisqa metrajli multiplikatsion filmning bir qismi bir biridan mustaqil, alohida sujetlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir sujet uchun haq summasi to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi hamda qisqa metrajli multiplikatsion filmning o‘ndan bir qismiga proporsional miqdorda to‘lanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mualliflik haqi va boshqa haq to‘lash turlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 4-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qarorining 23-bandi. | 234 | 4,496 |
Qonunchilik | Davlat dasturi, davlat tili, yoʻl harakati qoidalari va Xalqlar doʻstligi kuni | 2021 yil 27 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qildilar.
Koronavirus pandemiyasi jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish sur’atlariga ta’sir koʻrsatib, ishlab chiqarish jarayonlarini susaytirdi, avvaldan tuzilgan qator istiqbol rejalarini oʻzgartirishga majbur qildi.
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 2020 yilda YaIM oʻsishi oʻtgan yilga nisbatan 101,6%ni, sanoatda – 100,7%ni, хizmatlar sohasida – 102,3%ni, qishloq, oʻrmon va baliqchilik хoʻjaligida – 103%ni tashkil qilgan.
Hisobot davrida 9,8 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar hamda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 2,8 mlrd dollar mablagʻlari oʻzlashtirilgan. 2020 yilda yalpi eksport hajmi 15,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Eksportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mamlakatimiz hududlarida 2,7 mingga yaqin yangi korхonalar eksport faoliyatiga jalb qilingan, 210 ta yangi turdagi mahsulotlar hamda ayrim tovar pozitsiyalari boʻyicha 40 ta yangi davlatning bozorlariga chiqishga erishilgan.
Aholi bandligini ta’minlash sohasida oʻtgan yilda respublika boʻyicha jami 378,1 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan. 66 mingta yangi yuridik maqomga ega boʻlgan kichik biznes sub’yektlarida 168,9 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
2020 yilgi Davlat dasturida 284 ta band belgilangan boʻlib, shundan 206 ta band toʻliq bajarilgan, 20 ta bandning muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan, 58 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalari koʻrib chiqilmoqda.
Majlisda хalq vakillari «Yoʻl harakati хavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildilar.
Qonun bilan belgilanishicha:
– fuqarolarga 2 BHM, mansabdor shaхslarga esa – 10 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yoʻlovchilar transportidan aхlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – 0,5 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Deputatlar tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tili oʻzbek tili ekani belgilangan. Biroq, huquqni qoʻllash amaliyotida davlat tilini tatbiq etish bilan bogʻliq munosabatlarda ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda. «Davlat tili haqida»gi Qonunda esa uning amalga oshirilishini ta’minlaydigan, bu sohada yagona davlat siyosatini olib boruvchi maхsus davlat organi va uning huquqiy maqomi bilan bogʻliq masalalar umuman yoritib berilmagan.
Shundan kelib chiqib, qonun loyihasida qonunning maqsadi va uni qoʻllash sohasini belgilovchi normalar, Oʻzbekistonda boshqa tillarning maqomi, til boʻyicha kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik aks ettirilgan.
Qonun loyihasida davlat tilini rivojlantirish sohasidagi mamlakat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Vazirlar Mahkamasining, davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi vakolatlari nazarda tutilyapti.
Davlat organlari va tashkilotlari, ta’lim, madaniyat, noshirlik sohalari faoliyatida hamda OAVda, geografik ob’yektlar nomlarida, fuqarolar ismlarida, muhr, tamgʻa va koʻrgazmali ma’lumotlarda, хalqaro munosabatlarda davlat tilining qoʻllanilishi aks etmoqda.
Bundan tashqari, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati koʻzda tutilayotgani barobarida, mazkur qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ham belgilanyapti. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Majlisda deputatlar «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.
Qonun loyihasi bilan 30 iyul – Xalqlar doʻstligi kuni sifatida nishonlanishi belgilanyapti. Xalqlar doʻstligi kunini bayram qilishdan asosiy maqsad – insonlar, хalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasida hamjihatlik, bagʻrikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. | 78 | 4,776 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QL-677-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). | 94 | 337 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining pilla tayyorlash va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasining O‘zbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 4-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
1-banddagi “Hasanov B.V.” so‘zlari “Qalandarov N.K.” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “tegishli ravishda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadan 70-pozitsiya chiqarib tashlansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 26-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II bo‘limining 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-martdagi 141-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) 1-bandi va qarorga ilova. | 249 | 6,443 |
Qonunchilik | Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni nazorat qilish, hisobga olish va sotish, shuningdek pul mablag‘larini hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Egasiz turar joylarni aniqlash, ularni hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 4-modda) chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, baholash va sotish, shuningdek uni yo‘q qilib tashlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga o‘tkaziladigan:
jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida mulkiy undiruvlarni ta’minlash maqsadida band qilib qo‘yilgan mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan qismiga;
ishni to‘xtatishda tergov organlarining qarorlari asosida mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
bojxona organlari qarorlari asosida eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
soliq organlari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari qarorlari asosida aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qo‘yish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) tuzilgan vaqti va joyi;
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;
g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda olib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog‘ozlarning emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.
Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol to‘g‘ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi uchun javobgar bo‘ladi.
5. Mol-mulk olib qo‘yilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Bunda, olib qo‘yilgan mol-mulk, qoidaga ko‘ra, saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi)ning hududiy boshqarmalari mol-mulkni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli joylarga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga beriladi (bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar mustasno).
Bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulk “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona-servis” DM) va (yoki) uning hududiy bo‘limlariga beriladi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallardan (oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar — palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy), qayta ishlanmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlardan (olmoslar, brilliantlar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, shuningdek tabiiy marvarid), yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan olib qo‘yilgan zargarlik mahsulotlarini, tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni (keyingi o‘rinlarda qimmatbaho metallar va toshlar deb ataladi) saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi. Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari va hokazolar) saqlash uchun binolar, maydonchalar va omborlarga joylashtirilishi mumkin;
saqlash uchun mas’ul shaxs belgilangan holda vakolatli organning;
mol-mulkni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq bo‘lgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin.
Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari (ashyoviy dalillar sifatida e’tirof etilgan pul mablag‘lari bundan istisno) ularni olib qo‘ygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablag‘lari faqat Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi.
Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, o‘zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yo‘q qilinishi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish to‘g‘risida vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk ro‘yxati bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxs mol-mulk o‘zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi, yo‘q qilinishi yoki unga shikast yetkazilganligi uchun javobgarlik, shu jumladan jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi, bu haqda qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomada mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsning imzosi qo‘yilgan yozuv qayd etiladi.
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida mansabdor shaxs uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan olib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu mahsulotni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonunchilikda belgilanadi.
Etil (oziq-ovqat) spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalariga nisbatan olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni identifikatsiyalash va o‘ziga xos xossalarini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanadi.
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u bo‘lmagan taqdirda esa — xolis guvohlar ishtirokida tanlab olish normalariga muvofiq belgilangan tartibda sinov uchun bo‘lak va namunalar oladi, bu haqda tegishli olib qo‘yish dalolatnomasi tuziladi, unda olingan bo‘lak va namunalarning soni va alohida belgilari ko‘rsatiladi. Ushbu dalolatnoma mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilish to‘g‘risida qaror chiqarishda hisobga olinadi.
Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mol-mulk bo‘yicha ekspertiza, shuningdek, chiqindilar va idishlarning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqliligi yuzasidan ham o‘tkaziladi.
Olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘a izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi o‘rinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) texnik ekspertizadan o‘tkazishga yuboriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan o‘tkazilgan texnik ekspertiza uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda asillik darajasi to‘lovi undiriladi. Zarur hollarda, Asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamg‘a bosilishi lozim bo‘lgan zargarlik va boshqa buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan o‘n kun muddatda asillik darajasi to‘lovi undirmasdan tamg‘alaydi.
7. Ekspertiza mol-mulkning turiga qarab qonunchilikda belgilangan tartibda bunga vakolati bo‘lgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi o‘rinlarda ekspertiza organi deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida ekspertiza organi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qo‘ygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
Ekspert o‘z xulosasida tegishli laboratoriya-texnik tadqiqotlar davomida yaroqsiz holga kelgan yoki qaytarilgan namunalar va bo‘laklarning sonini ko‘rsatishi shart.
Uch kun muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek oziq-ovqat tovarlari o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
tovarlarning boshqa turlari bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.
8. Mol-mulkni olib qo‘ygan organ (mansabdor shaxs) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlari vakillari majburiy tartibda qatnashadilar.
Ko‘char mulkni olib qo‘ygan mansabdor shaxslar avtomototransport vositalaridan tashqari uni faqat, agar alohida olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ortiq bo‘lmasa, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan taqdirda baholovchi tashkilotni jalb etmasdan mustaqil baholashi mumkin.
Mol-mulkni baholash baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo‘yicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bojxona qonunchiligi buzilganligi munosabati bilan olib qo‘yilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “erkin muomala uchun chiqarish” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali o‘tganda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlaridan kam bo‘lmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
Kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini baholashda ularning qiymati shunga o‘xshash litsenzion (nokontrafakt) asar yoki turdosh huquqlar obyektining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
O‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan mol-mulkni baholashda tegishli tashkilotlarning vakillari ham mutaxassislar sifatida jalb qilinadi. Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig‘i bo‘yicha kelishi, qo‘yilgan masalalar bo‘yicha xolisona yozma xulosa berishi, o‘zi tomonidan bajariladigan xatti-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Baholovchi tashkilot baholash obyektini baholash to‘g‘risida belgilangan qonunchilik shaklida uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir kun mobaynida hisobot taqdim etadi. Mol-mulkni baholash vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilganda u tomonidan ko‘rsatilgan muddatda mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Agar baholanadigan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo‘lsa ushbu mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi olib qo‘yilgan mol-mulkning har bir turini rasmga (imkoni bo‘lsa video suratga) oladi va ularni mol-mulk olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi bayonnomaga tirkab qo‘yadi.
Olib qo‘yilgan mol-mulk vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan baholanishi bo‘yicha yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
9. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek boshqa mutaxassislar o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
10. Olib qo‘yilgan mol-mulkni va materiallar sudga berilguniga qadar uning harakatini hisobga olish uni olib qo‘ygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda yuritiladi.
Soliq organlari davlat daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, unga nisbatan olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini olib qo‘yilgan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda uni sotishdan pul mablag‘lari tushishigacha yoki mol-mulk yo‘q qilib tashlangungacha yuritadilar;
Ekspertiza organlari iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulk (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymatining hisobini yuritadilar.
11. Olib qo‘yish sanasida bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘ygan organ mol-mulk olingan hududdagi tegishi tuman (shahar) prokuroriga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Har bir bunday holat bo‘yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yish va uni davlat daromadiga o‘tkazishning yagona hisobini prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
12. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak. Materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol;
mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi;
avtomototransport vositasi yoki ko‘chmas mulkini davlat daromadiga o‘tkazishda — ko‘zdan kechirib chiqish dalolatnomasi. 20 va undan ko‘p yil foydalanilgan avtomototransport vositasini ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organining avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilinadi;
ekspertiza o‘tkazish uchun bo‘laklar va namunalar olish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati, shuningdek ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ekspertning xulosasi;
mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnoma.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo‘lgan summadagi mol-mulk bo‘yicha qo‘shimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud bo‘lganda esa videosuratga olish materiallari ilova qilinadi.
13. Quyidagilar majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi kerak:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo;
tamaki mahsulotlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlar;
oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari;
ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari va boshqa tovarlar;
majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas deb e’tirof etilgan mahsulotlar;
asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, ular huquq egasining iltimosi bo‘yicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bevosita iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli deb e’tirof etilgan oziq-ovqat tovarlari keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun to‘lov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.
20 va undan ko‘p yil foydalanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq to‘lash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi.
14. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki boshqa organ o‘z qarorida ekspertizani o‘tkazishda (sertifikatlashda) olingan va qaytarilgan bo‘laklar va namunalar sonini ko‘rsatgan holda davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilinadigan mol-mulkning qiymati va miqdorini ko‘rsatadi.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o‘zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan so‘ng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatini ijro etish uchun tegishli Tuman (shahar) byurosiga yuboradi.
Vakolatli organning kuchga kirgan qarori, shuningdek mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi ijro hujjati hisoblanadi.
Sud yoki organning (mansabdor shaxsning) ijro hujjatiga ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan, ijroni yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ilova qilinadi.
15. Davlat ijrochisi yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishi va qonunchilikka muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani hal etishi kerak.
Ijro hujjati qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ijro hujjatining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi, shu jumladan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ilova qilinadigan materiallar mavjudligini tekshiradi.
Ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan ijro hujjatiga ilova qilinadigan materiallar mavjud bo‘lmaganda yoki ular belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda, davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ijro hujjatini qo‘yilgan talablarni bartaraf etish uchun qaytaradi.
Ijro ishi qo‘zg‘atilgandan keyin davlat ijrochisi o‘zida saqlanayotgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga o‘tadi.
Mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ro‘yxatga olish davomida mol-mulkni o‘zlashtirish, uning kamomadi, uni yashirish, yo‘q qilish, unga shikast yetkazish holatlari, mol-mulk nomi, miqdori, sifati, qiymat ko‘rsatkichlarida, shuningdek olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnomada, ekspertning xulosasida, baholash to‘g‘risidagi xulosada va mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi dalolatnomada va saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan farqlar aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi bu haqda guvohlar ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi va keyingi kundan kechikmay, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan ijro hujjati nusxasini aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda sudga yoki uni bergan vakolatli organga yuboradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat ijrochisi davlat ijrochisi joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun dalolatnomaning ikkinchi nusxasi ilova qilingan maxsus bildirishnomani yuboradi.
Davlat ijrochisi tasarrufiga o‘tadigan qimmatbaho metallar va toshlarning ro‘yxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni davlat ijrochisiga topshirish sanasida ularning qiymati qayta baholanadi. Qayta baholash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala bo‘yicha ichki bozorda olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymati hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash davlat ijrochilari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, soliq va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda o‘n kun muddatda amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qayta baholangan qiymatdan qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi.
16. Davlat ijrochisi ijro hujjati bajarilgunga qadar mol-mulk (qimmatbaho metallar va toshlardan tashqari) saqlanadigan joyni o‘zgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs, shuningdek mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib yangidan tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
17. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotish, avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kimoshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan ochiq kimoshdi savdolarida sotiladi.
18. Mol-mulkni sotish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi (bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar mustasno).
Bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotish “Bojxona-servis” DM tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar sotilishini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarda savdo o‘rinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga ko‘maklashadi.
Zaxiralarni shakllantirish uchun beriladigan oziq-ovqat tovarlarini saqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarorlari asosida tanlov asosida belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Savdo tashkilotlarini aniqlashda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va iste’molchi uchun borish oson bo‘lishi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalar), tegishli omborxona binolari va uskunalarning mavjudligi, avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
Mol-mulkni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Byuroning hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
Mol-mulkni sotish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi ham hisobga olinadi.
Sotilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) yoxud sotish yoki saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinadigan mol-mulkning ayrim turlari (qimmatbaho metallar va toshlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, boshqa neft mahsulotlari va hokazolar) Byuroning hududiy boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida tanlov o‘tkazilmasdan sotish uchun tegishli tashkilotlarga berilishi mumkin.
Istisno hollarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulk sotilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha davlat organlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ularga tekin berilishi mumkin.
19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi davlat ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulklar esa “Bojxona-servis” DMga beriladi. Ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin (bundan bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulk mustasno).
Savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga mol-mulkni uning butun qiymati to‘langunga qadar xaridorlarga berish, shuningdek mol-mulkni to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan sotish taqiqlanadi.
Shartnoma shartlariga rioya etish, shuningdek mol-mulkni sotish tartibini nazorat qilish tegishli davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli davlat ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkiloti va “Bojxona-servis” DMga berishga haqlidir;
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni sotayotgan savdo tashkiloti tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalarini buzish hollari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘radi, shuningdek ushbu holat to‘g‘risida davlat ijrochisini majburiy tartibda xabardor qiladi.
20. Savdo tashkilotlari o‘zining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladilar.
Bojxona-servis” DM mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun sotilgan mol-mulk qiymatining 15 foizi miqdorida savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladi.
21. Savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM tomonidan qabul qilingan mol-mulkka (narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga o‘tkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari) talab bo‘lmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM bu haqda davlat ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek davlat ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida uning qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DMga tegishli bo‘lgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi. Arzonlashtirish to‘g‘risida maxsus shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va ushbu mulkni olib qo‘ygan vako latli organlarga beriladi.
Arzonlashtirilgandan keyin mol-mulk sotilmagan taqdirda mol-mulk ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan tartibda yana arzonlashtirilishi va ushbu Nizomga muvofiq sotilguniga qadar sotuvga qo‘yilishi kerak.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan sotuvdagi mol-mulkning yaroqlilik muddati tamom bo‘lgandan keyin savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM davlat ijrochisiga tegishli bildirishnoma yuboradi. Davlat ijrochisi yaroqlilik muddati tamom bo‘lgan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun uch kun mobaynida sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat qiladi. Sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ davlat ijrochisining murojaatini ijro hujjatini bajarish usuli va tartibini o‘zgartirish tartibida ko‘rib chiqadi.
22. Sotish uchun savdo tashkilotlari yoki Bojxona-servis” DMga beriladigan barcha buyumlar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DMning tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
Buyumlarni juz’iy ta’mirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari yoki “Bojxona-servis” DM hisobiga amalga oshiriladi.
23. Davlat daromadiga o‘tkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari ularni sotish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari orqali sotiladi.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan qo‘shimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari tomonidan sotiladi.
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga beriladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xazina majburiyatlari va yuridik shaxslar uchun obligatsiyalari O‘zbekiston respublika valyuta birjasi depozitariysida Byuroning depo hisob raqamida hisobga olinadi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar belgilangan tartibda O‘zbekiston respublika valyuta birjasida sotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalari ko‘rsatib o‘tilgan obligatsiyalar bilan operatsiyalar xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan shartnoma tuzgan banklarga keyinchalik ular emitent tomonidan qaytarilishi uchun beriladi.
Depozit sertifikatlar va cheklar ular bo‘yicha summani Byuroning organining depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun tegishli bank muassasalariga beriladi.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan birjadan tashqari bozorlari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan bank hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosi tegishli bo‘limlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida olib qo‘yilgan va tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud organlarining depozit hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ijro hujjati berilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan Tuman (shahar) byurosi bo‘limlarining ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak.
26. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
27. Kitoblar, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar ushbu Nizomda belgilangan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qog‘ozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar bo‘yicha ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va to‘plash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlariga to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
28. Tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk (tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lganlaridan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha davlat muzeylari va ilmiy muassasalarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalariga tekin beriladi.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulk O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mas’uliyatli saqlashga tekin beriladi.
29. Qishloq xo‘jaligi mashinalari ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan ochiq kimoshdi savdolarida sotiladi.
Mahsuldor mollar va ish mollari, asal ari oilasi, yem-xashak, mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
30. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi. Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqqan holda sotiladi.
Jun, bo‘rdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zig‘ir tolasi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
Teri, momiq-mo‘yna va qorako‘l xomashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
31. Ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘, poliz o‘simliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
32. Tarkibida rangli va qora metallar mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar, foydalanib bo‘lmaydigan fizik ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek, ushbu metallarning parchalari va chiqindilari belgilangan tartibda “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida shartnomaviy narxlarda sotiladi.
33. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar hamda shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar, liniyalarni sotish belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida amalga oshiriladi.
34. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmog‘i orqali sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
35. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
36. Yo‘q qilib tashlash haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning VII bo‘limida belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlanadi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan mol-mulk turlari bundan mustasno.
Qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar qonunchilikka muvofiq ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan yo‘q qilinadi.
37. Mol-mulkning Byuro xodimlari, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya, Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari, ekspertizani amalga oshirgan mutaxassislar, baholovchi tashkilot xodimlari, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
38. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablag‘larini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha (davlat daromadiga o‘tkaziladigan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda) yuritiladi.
39. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tovarni davlat daromadiga o‘tkazish yoxud uni qaytarish to‘g‘risida ijro hujjati olingunga qadar Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlaridagi depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo‘q qilib tashlaydi.
40. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarog‘larni olib qo‘yish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va ular bilan bog‘liq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Avtomototransport vositalarini olib qo‘yishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokolda uning ma’lumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
42. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini ta’minlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Bunda davlat ijrochisi avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga va boshqacha foydalanishga cheklashni ta’minlashi shart (muhrlash).
Avtomototransport vositalari ularning saqlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga saqlash uchun berilishi mumkin.
43. Avtomototransport vositasini olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma jo‘natadi.
44. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositasining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkning holatini ko‘zdan kechirish hududiy moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organi mutaxassisi ishtirokida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi hamda ko‘zdan kechirishda qatnashgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organining mutaxassisi 20 va undan ko‘p yil muddat foydalanilgan avtomototransport vositasini ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasining yaroqliligi to‘g‘risida xulosa tuzadi va ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
45. Avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin davlat ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasi va ko‘chmas mulkni qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi.
Davlat ijrochisi davlat daromadiga o‘tkazilgan avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni vakolatli organdan qabul qilib olishda barcha hujjatlar, shu jumladan ular ko‘zdan kechirilganligi va baholanganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
451. Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.
Davlat ijrochisi avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uni avtomototransport vositasi hisobga olingan joydagi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ijro etish uchun yuboradi. Bir vaqtning o‘zida Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organiga ushbu avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma ham (mavjud bo‘lsa) topshiriladi.
46. Davlat ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishini qo‘zg‘aydi va ushbu Nizomning 47-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni mol-mulkni yo‘q qilib tashlash joyi va sanasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Bunda davlat ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab o‘zining tasarrufiga o‘tadigan saqlashda bo‘lgan yo‘q qilib tashlanishi kerak bo‘lgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi.
Yo‘q qilib tashlanishi kerak bo‘lgan mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma davlat ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘yishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
47. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash ijro ishini qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay davlat ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organining vakili;
sanitariya-epidemiologiya xizmati organining vakili;
olib qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs (tashkilot vakili);
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablarsiz yo‘q qilib tashlash uchun kelmagan komissiya a’zolari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Vakolatli organning mol-mulkni olib qo‘ygan va mol-mulkni yo‘q qilib tashlash joyi va sanasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilingan mansabdor shaxslarining kelmasligi yo‘q qilib tashlash uchun to‘sqinlik qilmaydi.
48. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash tartib-qoidasi sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
49. Mol-mulkning yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Mol-mulk yo‘q qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi — sudga yoki ularni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — mol-mulkni olib qo‘ygan organga, uchinchi nusxasi — xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, to‘rtinchi nusxasi mazkur tovarlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun davlat ijrochisida qoladi.
50. Yo‘q qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga o‘tkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xomashyoni to‘plash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.
51. Yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan yuritiladi.
52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasi summasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM tomonidan tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Sud va adliya organlarining rivojlantirish jamg‘armasiga penya to‘laydi.
53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisobvaraqlarida turgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boyliklar bo‘yicha:
76 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
16 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
2) O‘zbekiston Respublikasining chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
42 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib o‘tilishini ta’minlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
3) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha;
82 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
82 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
5) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan ov va baliq ovlash qurollari, shuningdek, noqonuniy ov mahsulotlari bo‘yicha:
52 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
6) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan boshqa tovarlar va boyliklar bo‘yicha:
84 foizi — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha mazkur mablag‘lar Toshkent shahar mahalliy budjeti va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
8 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qo‘ygan organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga taqsimlanadi.
54. Tuman (shahar) byurosiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mahalliy budjetlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari rekvizitlari — tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan.
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Byuro tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha har oyda keyingi oyning 7-kunigacha Tuman (shahar) byurosining tegishli bo‘limlari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari o‘rtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
55. Saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
mol-mulkni olib qo‘ygan organlar mablag‘lari hisobiga — mol-mulkni davlat ijrochilariga bergungacha;
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga — mol-mulk davlat ijrochilariga o‘tkazilgandan keyin qoplanadi.
56. Ushbu Nizomning 55-bandida ko‘rsatilgan xarajatlar davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga, ular ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangungacha, tegishli xarajatlar qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan summa doirasida qoplanadi.
Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash hamda tegishli tashkilotlarga tekin berilgan mol-mulkni saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va ushbu mol-mulklarni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga ular mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangunga qadar qoplanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlar vakolatli organlar tomonidan davlat ijrochilariga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoplanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ushbu mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organlar tomonidan har bir ijro varaqasi bo‘yicha alohida taqdim etilishi kerak.
57. Mol-mulk yoki uning qiymati:
mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
mol-mulkning bir qismini band qilib qo‘yishni bekor qilish (ro‘yxatdan chiqarish) to‘g‘risida sud qarori chiqarilganda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
58. Mol-mulk hali sotilmagan, yo‘q qilib tashlanmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan bo‘lsa, uni qaytarish vakolatli organ yoki davlat ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha hisobga olinadi.
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
59. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan bo‘lsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan va davlat organlarining tegishli hisob raqamlaridan ilgari mablag‘lar taqsimlangan ayni bir foiz nisbatida mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining tegishli hisob raqamlariga mablag‘lar yetishmagan taqdirda yetishmagan qismni qaytarish moliya organlari tomonidan keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar davlat organlarining maxsus hisob raqamidan undirib olingan holda tegishli budjet mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Yo‘q qilingan mol-mulk qiymatini qaytarish ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Tegishli budjetdan qaytarilishi kerak bo‘lgan qism bo‘yicha mol-mulk qiymatini qaytarish manbai sifatida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan ushbu budjetga kelib tushgan joriy tushumlar summalari hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan joriy tushumlar yetishmagan taqdirda moliya organi rahbari pul mablag‘larining yetishmagan qismini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarining tegishli bo‘limlari va paragraflari bo‘yicha tushumlar hisobiga to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqlidir.
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
61. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash, agar qaytarish to‘g‘risidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Mol-mulk qiymati qaytarilishi munosabati bilan davlatga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq teskari talab (regress) tartibida aybdor shaxslardan undirib olinishi mumkin.
62. Tuman (shahar) byurosi bo‘limlari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablag‘lari tushishi va ularning taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Hisobot shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida satrda qimmatbaho metallar va toshlarni ajratgan holda tasdiqlanadi.
63. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda, ortib boruvchi yakun bilan, mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — “O‘zstandart” agentligiga davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan, iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
65. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga tekin berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
66. Mol-mulkni olib qo‘yish, davlat mulkiga o‘tkazish yoki ularni yo‘q qilib tashlash, baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar.
Ushbu Nizom talablari buzilishining har bir holati bo‘yicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini ta’minlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik choralarini ko‘radilar.
67. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
68. Ushbu Nizomni qo‘llash bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 35-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 27-dekabrdagi 609-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 111-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 18-iyuldagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 52-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘z | 129 | 63,332 |
Qonunchilik | SOFLOM AVLOD UChUN JURNALINI TAShKIL ETISh TO‘FRISIDA | Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodlarni tarbiyalash hamda bu umumdavlat ahamiyatiga molik vazifani amalga oshirishda aholining keng ishtirokini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Cog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya jamg‘armasi muassisligida va Germaniyaning Germed firmasi hammuassisligida Xalq ta’limi vazirligi nashri bo‘lgan Maktabgacha tarbiya jurnali negizida 1995-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zbek tilida oylik ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli Sog‘lom avlod uchun jurnalini ta’sis etish va unga noshirlik huquqini berish haqidagi ularning taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Sog‘lom avlod uchun jurnalini belgilangan tartibda ro‘yxatga olsin.
3. Quyidagilar Sog‘lom avlod uchun jurnalining asosiy vazifalari qilib belgilansin:
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, o‘tmish merosimizning eng yaxshi an’analarini hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlarni aholining barcha tabaqalariga yetkazish;
xalqimiz genofondini sog‘lomlashtirish, ma’naviy va jisman barkamol insonni tarbiyalash oila, davlat va jamiyatning mushtarak maqsadi ekanligini keng targ‘ib qilish;
ta’lim-tarbiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘lom avlod uchun xalqaro xayriya jamg‘armasi bir oy muddat ichida:
hammuassis bilan birgalikda jurnal tahririyati ishini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal qilsinlar va o‘zlarining moddiy-moliyaviy ulushlari miqdorlarini aniqlasinlar;
jurnal rahbariyati va tahrir hay’atini tasdiqlasinlar.
5. Sog‘lom avlod uchun jurnalini nashr etish xarajatlari muassislar va hammuassis ajratgan, shuningdek, obunachilardan va sotuvdan, noshirlik faoliyatidan tushgan mablag‘lar hisobiga qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi xodimlariga berilgan imtiyozlar Sog‘lom avlod uchun jurnalining mas’ul xodimlariga ham tatbiq etilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limiga yuklansin. | 53 | 2,149 |
Qonunchilik | YaNGI TAHRIRDAGI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin. | 130 | 432 |
Qonunchilik | Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bevosita yoki tegishli adliya boshqarmasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
komissiya nomiga ariza;
pasport nusxasi;
belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa;
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Agar talabgor adliya organlari tizimida ishlayotgan bo‘lsa, ushbu bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ishchi organ tomonidan talabgorning malaka imtihonini topshirganligi, shuningdek malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamaganligi sababli malaka imtihonini qayta topshirganligi haqidagi malaka komissiyasi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiya)ning qaroridan ko‘chirma tegishli adliya boshqarmalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasidan olinadi.”.
2. 12-banddan “175,” raqami chiqarib tashlansin.
3. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tanlov ijtimoiy, huquqiy va notariat sohasidagi beshta savolga yozma va og‘zaki javob berish asosida o‘tkazilib, ularga tayyorlanish uchun to‘qson daqiqa vaqt ajratiladi.
Savollar komissiya raisi va mas’ul kotibining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.”.
4. 22-banddagi hamda 23 va 25-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Biletdagi savollarga” degan so‘zlar “Savollarga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 27-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “g‘olib deb topish uchun yetarli ball to‘play olmagan” degan so‘zlar “tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 29-bandda:
oltinchi xatboshidan “bilet raqami va undagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidan “biletdagi” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7. 3-ilovadan “Bilet raqami: _________” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 117 | 3,545 |
Qonunchilik | Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 369-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning “g” kichik bandida:
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “va” degan so‘z “yoki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “3 nafar milliy toifali sport hakami” degan so‘zlar “2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 14, 20 va 28-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 21-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 30-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari” hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishlicha “sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari” degan so‘zlar “sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari” degan so‘zlar almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar almashtirilsin.
8. Mazkur o‘zgartirishlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan. | 97 | 3,344 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-aprelda chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 207 | 460 |
Qonunchilik | 1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi | norma.uz portali 2021 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Soliq stavkalari oʻzgaradi
QQS summalarini hisobga olishning yangi tartibi joriy etiladi
Eksport qilinadigan tovarlar ishlab chiqaruvchisi Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar kiruvchi QQSni hicobga olishi mumkin.
Yangi soliq va ma’muriy yengilliklar
Quyidagilar bekor qilinadi:
Eksportni qoʻllab-quvvatlash
Bojхona sohasida yangiliklar
Sudyalarga - davlat byudjetidan qoʻshimcha haq
Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi toʻlovlar amalga oshiriladi:
KKUni uning quruvchisi boshqaradi
Qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda uning quruvchisi zimmasiga yuklanadi, mazkur muddatga uy-joydan foydalanishning kafolat muddati joriy qilinadi.
Yuridik хizmatlar - davlat darajasida
Korrupsiya ustidan qoʻshimcha nazorat
Barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi. Ularning vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Davlat organlari oʻz ishi toʻgʻrisida hisobot beradi
Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit хizmatlari har chorakda kamida bir marotaba OAV vakillari ishtirokida oʻz faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib boradi.
Jamoat tartibi хususiy nazorat ostida
Mahallalarda eksperiment tariqasida jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyati tashkil etiladi.
Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash
Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25%dan kam boʻlmagan loyihalari zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi.
Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning yangi qoidalari
Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKning maхsus hisobraqamida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng, ular buyurtmachi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Imtiyoz oluvchilar davolashni yangi sхema boʻyicha oladilar
Kam ta’minlangan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotlar idoralararo darajada almashinadi
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar va shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar manfaatdor vazirlik va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladi.
Agrosanoat elektron portalni ochadi
Elektron agrosanoat bozori portali test rejimida ishga tushiriladi. Unda qishloq хoʻjaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari toʻgʻrisida ma’lumot aks ettiriladi, ularning narхini kuzatib borish hamda tovarlarni onlayn sotish imkoni boʻladi.
Nargiza Vohidova. | 30 | 2,985 |
Qonunchilik | “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-138-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari B. Alixanov, D. Atodjonov, S. Djakbarov, S. Samoylov, I. Nosirov va F. Xolboyev tomonidan 2016-yil 6-iyunda kiritilgan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-138-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 218 | 878 |
Qonunchilik | BIRJALAR VA BIRJA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun birjalar tashkil etish va birja faoliyatini huquqiy boshqarish tartibini belgilaydi.
Birja avvaldan tayinlanadigan manzil va vaqtda belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo-sotiq o‘tkazish orqali birja tovarlari bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, yuridik shaxs hisoblanadigan korxonadir.
Birja faoliyati — tovarlarga bo‘lgan talab va ularni taklif qilishning amalda mavjud nisbatlarini aniqlash hamda uni hisobga olgan holda narx-navoni shakllantirish asosida birja tovarlarining ulgurji bozorini vujudga keltirishga qaratilgan harakatlarning majmuidan iboratdir.
1. Mol-mulk, shu jumladan ko‘chmas mol-mulk, xizmatlar, mahsulot yetkazib berishga doir shartnomalar, intellektual mulk, qiymatli qog‘ozlar, valyuta mablag‘lari va fuqarolar o‘rtasida muomalaga chiqariladigan boshqa tovar birja tovari hisoblanadi.
2. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat va tarixga doir milliy boyliklar ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa turdagi tovarlar birja tovari bo‘lishi mumkin emas.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, tashkilotlar, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari), brokerlar, dilerlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari birja faoliyatining ishtirokchilari hisoblanadi.
Birja tuzish va birja faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.
Ushbu Qonun mehnat birjasiga taalluqli emas.
1. Birja yuridik shaxslar tomonidan ham, jismoniy shaxslar tomonidan ham, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ular o‘rtasidagi ixtiyoriy kelishuv asosida ta’sis etiladi. Birja ta’sis etish ta’sis shartnomasi bilan rasmiylashtirilib, unda birjaning vazifalari va faoliyat sohasi, birja muassislarining tarkibi, ustav fondining miqdori, har bir muassisning ustav fondidagi ulushi, ulush kiritish muddatlari va tartibi ko‘rsatiladi.
Birjaning ustav fondi eng kam oylik ish haqining 500 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Ustav fondining eng kam miqdori har yili narx-navo darajasining o‘zgarishiga muvofiq ravishda qonunlarda belgilangan tartibda indeksatsiya qilinishi lozim.
Birja ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, birja davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.
2. Quyidagilar:
davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy hamda mahalliy idoralari;
davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassislari bo‘lishi mumkin);
davlat sug‘urta va davlat investitsiya kompaniyalari hamda fondlari;
jamoat, diniy va xayriya birlashmalari (tashkilotlari) hamda fondlari;
qonunlarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi man etilgan jismoniy shaxslar birja muassislari bo‘lishi mumkin emas.
3. Birja belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin birja savdo-sotig‘i o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.
4. Birjani tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Birjalar aksiyador jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar kabi xo‘jalik jamiyatlari ko‘rinishida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda tuzilishi mumkin.
1. Birjalar ixtisoslashuviga qarab:
tovar birjalari, shu jumladan universal va ixtisoslashtirilgan birjalar;
fond birjalari;
valyuta birjalari;
tovar-fond birjalari;
intellektual mulk obyektlari bilan savdo-sotiq qiluvchi birjalar;
aralash birjalar bo‘lishi mumkin.
2. Fond va valyuta birjalari, tovar-fond birjalarining fond bo‘limlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.
1. Birjalar o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, birja harakatini rivojlantirishga oid boshqa vazifalarni hal etish maqsadida ittifoqlar, uyushmalar va o‘zga birlashmalarga birlashishi mumkin.
2. Birja savdo-sotig‘ida raqobatga barham berish yoki uni cheklab qo‘yish maqsadida birjalarning birlashishi taqiqlanadi hamda shunga qaratilgan bitimlar va harakatlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
1. Birja birjaning savdo-sotig‘ini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
2. Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shug‘ullanishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish (mahsulotlar va mollar), savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan, shuningdek birjada o‘zining brokerlik o‘rniga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga birja pul qo‘yishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olishga, muassisi bo‘lishga haqli emas.
Birja savdolarini samarali o‘tkazishga ko‘maklashuvchi hamda birja infrastrukturasini (konsalting, targ‘ibot va boshqa xizmat turlari) tarkib toptiruvchi korxonalar uchun birja muassis bo‘lishi mumkin.
Birjani boshqarish uning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Birja o‘z boshqaruvining tuzilishi, shakli va uslublarini mustaqil belgilaydi.
Birja o‘z faoliyatini muassislari tasdiqlaydigan ustav asosida amalga oshiradi.
Birjaning ustavida:
birjaning nomi va turi;
birjaning joylashgan yeri (pochta manzili)
birja faoliyatining sohasi va maqsadi;
ustav fondining miqdori, muassislar tomonidan fondga ulushlar kiritishning tartibi va muddatlari;
daromadni taqsimlash va ehtimol tutilgan zararlarni qoplash tartibi;
birja muassislari va a’zolarining mulkiy javobgarligi;
birjaning boshqaruv idoralari, ularni tashkil etish tartibi va ularning vakolatlari;
birja savdo-sotig‘i qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi;
birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish tartibi, birja a’zolarining huquq va majburiyatlari;
birjani qayta tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilishi kerak.
Ustavda qonunlarga zid kelmaydigan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
1. Birja ushbu Qonun va o‘z ustavi asosida birja savdo-sotig‘i qoidalarini qabul qilishga va bu qoidalarning birja savdo-sotig‘ining barcha ishtirokchilari tomonidan ijro etilishini talab qilishga haqlidir.
Birja yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan shu’ba korxonalar, shuningdek birja infrastrukturasini shakllantiruvchi filiallar va boshqa alohida bo‘linmalar tashkil etishga haqlidir.
2. Birja:
birja savdo-sotig‘i o‘tkazish uchun sharoit yaratib berishi;
birja operatsiyalarini tartibga solib borishi;
tovarlarga bo‘lgan talab va takliflar nisbati asosida narx-navoni aniqlashi;
birja a’zolari va mijozlariga tashkiliy yo‘sindagi hamda boshqa xil xizmatlar ko‘rsatishi;
muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi va o‘zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, tovarlar, bitim hajmlari, kontraktlarning miqdorlariga va boshqa ko‘rsatkichlariga doir axborotlarni, tovarlar bozorining ahvoli va uning rivojlanishi taxminlariga doir tahliliy sharhlarni e’lon qilishi shart.
1. Birjaning mol-mulki asosiy fondlar va oborot mablag‘laridan, shuningdek xususiy mulk tarzida birjaga qarashli boshqa mol-mulkdan iborat bo‘ladi.
Birja mol-mulki birja qatnashchilari tomonidan ta’sis paylari va kirish badallari hisobiga uning egaligiga yoki unga ijaraga beriladi, shuningdek birja tomonidan o‘z faoliyatidan orttirgan daromadlar hisobiga mulk sifatida sotib olinadi.
2. Birja mol-mulkidan foydalanish tartibini birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilab beradi.
3. Davlat birjaning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda birja mol-mulkining tortib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birjaning mulkiy huquqlarini buzish tufayli, faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish oqibatida unga yetkazilgan zararlar qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi.
Birjaning ustav kapitalida ishtirok etuvchi (muassislar) yoxud birja mol-mulkiga o‘zga badallar kirituvchi yuridik va jismoniy shaxslar birja a’zolari hisoblanadi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2-bandida sanab o‘tilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek mazkur birjaning xizmatchilari birja a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Birja faoliyati:
o‘tkaziladigan joyi va vaqtini oldindan tartibga solish yo‘li bilan birja savdo-sotig‘i samaradorligini ta’minlash;
birja tovarlari bozorini shakllantirish;
erkin ravishda yuzaga keladigan bozor narxlarini qo‘llash;
savdo-sotiqni oshkora va omma oldida o‘tkazish;
birja bitimlarini tasdiqlangan qoidalarga asosan erkin ravishda tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish;
tovarlarning narxini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni e’lon qilish;
monopoliyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Birja a’zolari, birja vositachilari, shuningdek birja mijozlari birja savdo-sotig‘ining qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
Brokerlik joyiga ega ekanlik yoxud doimiy va bir gallik mijozlar tomonidan savdo-sotiqqa kelganlik uchun yig‘imlar to‘laganlik birja savdo-sotig‘ida bevosita ishtirok etish huquqini beradi.
Brokerlik joyiga ega bo‘lmagan birja a’zolari birja savdo-sotig‘ida brokerlik firmalari (idoralari) va ushbu birjada o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan mustaqil brokerlar bilan tuzgan shartnomalar asosida ishtirok etadilar.
Birja faoliyatidagi vositachilik faqatgina birja vositachilari — brokerlar va dilerlar, brokerlik va dilerlik firmalari (idoralari) tomonidan amalga oshiriladi.
Broker — oldi-sotdi bitimlari tuzilishida o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan va ularning nomidan vositachilik xizmatini amalga oshiruvchi shaxsdir.
Diler — birjada o‘z nomi va o‘z hisobidan vositachilikni amalga oshiruvchi shaxsdir.
1. Birja savdo-sotig‘i qoidalari birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi yoki umumiy yig‘ilish vakolat bergan birjaning boshqaruv idorasi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Birja savdo-sotig‘i qoidalarida:
birjada amalga oshiriladigan birja operatsiyalarining turlari;
birja savdo-sotig‘i ishtirokchilarining tarkibi va ularga qo‘yiladigan talablarning majmui;
birja operatsiyalarini amalga oshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
birja tovarlari narx-navosini aniqlash tartibi;
birja bitimlari tuzish chog‘ida birja a’zolari va birja savdo-sotig‘i boshqa qatnashchilarining o‘zaro hisob-kitob qilish tartibi;
birja xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va bu to‘lovlarni belgilash tartibi;
birja qatnashchilari va xodimlarining birja savdo-sotig‘i qoidalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi nizom aks ettirilishi shart.
3. Birja qoidalarida:
narx-navoning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida bir shaxs tomonidan bevosita yoki soxta shaxslar orqali tovarlarni (bitimlarni) oldi-sotdi qilish;
birja savdo-sotig‘i qatnashchilari tomonidan kelishib turib birjadagi kundalik narx-navoni o‘zgartirishi yoki belgilab berishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar sodir etish;
bozor kon’yukturasini sun’iy ravishda o‘zgartirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan soxta ma’lumotlar tarqatish man etiladi.
4. Birja faoliyati bilan shug‘ullanishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va bunday faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya beruvchi davlat boshqaruvi idoralari birja savdo-sotig‘i qoidalarining ijro etilishi respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan taqdirda ushbu Qonun 16-moddasining talablariga muvofiq ana shu qoidalarga o‘zgartishlar kiritishni talab qilishga haqlidirlar.
1. Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi bo‘yicha birja vositachilari o‘rtasida tuzilgan, birja savdo-sotig‘i qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitimlar birja operatsiyalari deb e’tirof etiladi.
2. Birjada ro‘yxatga olingan bitimlar notarial idorada tasdiqlanmaydi, amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
3. Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, ijro o‘rni va muddatidan bo‘lak) oshkor etilishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir ma’lumotlar faqat tergov va sud idoralarining talabi bilan taqdim etilishi mumkin.
4. Birja bitimlari birja nomidan va uning hisobiga tuzilishi mumkin emas.
Birjalarda:
bor tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham ko‘zda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
forvard bitimlar, ya’ni bor tovarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
fyuchers bitimlar, ya’ni standart kontraktlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
opsion bitimlar, ya’ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narxlar bo‘yicha kelgusida xarid qilib olish yoki sotish huquqlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
birja savdo-sotig‘i qoidalarida nazarda tutilgan tovarlar, kontraktlar yoki huquqlarni xarid qilish va sotishga doir boshqa bitimlar tuzilishi mumkin.
Forvard va fyuchers bitimlari hamda opsionlar savdosini amalga oshiruvchi birja o‘zining hisob-kitob (kliring) markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.
Birja savdo-sotiq qatnashchisining talabiga ko‘ra birja oldi-sotdisi orqali sotiladigan mavjud mollar sifatining ekspertizasini tashkil etishi shart.
Birja o‘z faoliyati natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini, shuningdek amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda statistika hisobotini yuritadi.
Davlat statistika hisobotini buzib ko‘rsatishda yoki belgilangan muddatda taqdim etmaganlikda aybdor bo‘lgan birjaning mansabdor shaxslari qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:
birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
litsenziyalar berish;
birja faoliyatini soliq solish bilan boshqarish;
birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan tuzilmalarning birjalar va birja qatnashchilari faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish ishlariga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
1. Birjani davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘tkazadi, birja faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish esa “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qat’iy summalarda davlat poshlinasi undiriladi.
2. Birjani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi va ustavi) o‘zgargani taqdirdagina amalga oshiriladi.
3. Asossiz ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Qiymatli qog‘ozlar, valyuta, ko‘chmas mulk, intellektual mulk bilan savdo operatsiyalari bajarish birja faoliyati qatnashchilari tomonidan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Birja faoliyatiga litsenziya berish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Birja faoliyatining qatnashchilariga litsenziya u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan idora tomonidan taqdim etiladi.
Birja faoliyatini soliq yo‘li bilan tartibga solib turish korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Birjalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda birja faoliyati qatnashchilariga litsenziyalar berish ishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi idoralari birjalar va birja qatnashchilari birjaga doir qonunlarga rioya etishlarini nazorat qiladilar.
Birja tashqi iqtisodiy faoliyatni ushbu Qonun va amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin amalga oshiradi.
Birja savdo-sotig‘iga qo‘yish uchun mo‘ljallangan tovarlarga doir eksport va import ishlari birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan barcha turdagi birja bitimlari bo‘yicha mulkchilik huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi.
Davlat boshqaruvi idoralari birja faoliyati qatnashchilarining faoliyatiga aralashishga haqli emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
1. Birja faoliyati qatnashchilari o‘rtasida, shuningdek birja faoliyati qatnashchilari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar sudlar yoki xo‘jalik sudlari tomonidan hal etiladi.
2. Birja bitimlari qatnashchilari o‘rtasida birja savdo-sotig‘i qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan nizolarni birjaning hakamlik komissiyasi hal etadi, tomonlardan birontasi uning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda esa tegishli xo‘jalik sudi hal etadi.
Nizolarni hakamlik komissiyasida qarab chiqqanlik uchun haq undirish taqiqlanadi.
1. Birjalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va birja qatnashchilariga litsenziyalar berish bilan shug‘ullanadigan idoralar 1, 2, 6 (2-band), 9 (2-band), 10, 13 (2-band 4-xatboshi), 15 (2-band), 19 (3-band), 29-moddalarda nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda birja faoliyatini va litsenziyalarning amal qilishini uch oygacha to‘xtatib qo‘yishga haqlidir.
2. Agar birja tomonidan ushbu Qonunning qoidalari buzilishi davom ettirilaversa, nazorat qiluvchi idoralar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga birjani tugatish to‘g‘risidagi da’voni taqdim qilishga haqlidirlar.
3. Ushbu Qonunning qoidalarini buzganlarga nisbatan:
birja faoliyatining qatnashchisi bo‘lgan korxonaning mansabdor shaxsini birjaga doir qonunlar buzilganligi hollariga 15 kunlik muddat ichida barham berish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki ravishda ogohlantirish;
birja faoliyati qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 200 hissasi miqdorda jarima undirish;
birja faoliyati qatnashchisi bo‘lgan korxonalarning mansabdor shaxslaridan eng kam oylik ish haqining 20 hissasi miqdorda jarima undirish kabi javobgarlik choralari ham qo‘llanishi mumkin.
Birjaga doir qonunlar buzilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik turini aniqlash birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi idoralarning vakolatiga kiradi.
Jarimalar nazorat idoralari tomonidan da’vo bildirish tartibiga rioya etmagan holda sudga yoki xo‘jalik sudiga da’vo taqdim etish orqali undiriladi.
4. Birjaga doir qonunlar va birja savdo-sotig‘i qoidalari buzilganligi uchun jarima undirish to‘g‘risida sudda yoki xo‘jalik sudida da’vo qo‘zg‘atgan davlat boshqaruvi idoralari davlat poshlinasi to‘lashdan ozod qilinadi.
5. Ushbu moddaga muvofiq undirib olingan jarima summalari to‘liq miqdorda tegishli budjetga o‘tkaziladi.
6. Jarima miqdorlari narx-navo darajasining o‘zgarishiga muvofiq indeksatsiya qilinishi lozim. | 39 | 19,065 |
Qonunchilik | UMUMIY FOYDALANIShDAGI TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI QO‘LLAGAN HOLDA TO‘LOV TIZIMLARINI TAShKIL QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo‘llagan holda to‘lov tizimlarini tashkil qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-iyundagi 120-sonli “Elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq to‘lov tizimini tashkil qilish bo‘yicha asosiy qoidalarni, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet orqali axborot tizimlariga kirishda axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini, shuningdek, to‘lov tizimi subyektlari o‘rtasida moliyaviy ma’lumotlarni o‘zaro ayirboshlashda rekvizitlar tarkibini belgilaydi.
1. Mazkur qoidalarda quyidagi tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
to‘lov tashkiloti — to‘lov tizimini identifikatsiya qiluvchi tovar belgisi va (yoki) xizmat ko‘rsatish belgisi huquqlariga egalik qiluvchi va ularning qoidalarini belgilovchi yuridik shaxs;
to‘lov tizimi foydalanuvchilari — elektron to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov tizimi xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
to‘lov tizimining a’zolari — mazkur to‘lov tizimi foydalanuvchilariga to‘lov tashkiloti bilan shartnoma asosida elektron to‘lovlarni amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari — axborot xavfsizligini ta’minlash uchun uning kriptografik almashtirilishini amalga oshiruvchi apparat, dasturiy yoki apparat-dasturiy vositalar, shu jumladan:
a) shifrlash vositalari — axborot almashtirilishida kriptografik algoritmlarni qo‘llovchi va axborotni qayta ishlash, saqlash va aloqa kanallari orqali uzatishda unga ruxsatsiz kirish (foydalanish)dan muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
b) imitohimoyalash vositalari — axborotni kriptografik o‘zgartirish va yolg‘on axborot bilan bog‘lanishdan muhofazalashni amalga oshiruvchi apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
v) elektron raqamli imzo vositalari — elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishi, elektron raqamli imzoning ochiq va yopiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar majmui;
g) kodlash vositalari — o‘zgartirishning ayrim qismini qo‘lda bajariladigan amallar orqali axborotni kriptografik o‘zgartirish algoritmini amalga oshirishda qo‘llaniladigan vositalar;
d) kalit hujjatlarni yaratish vositalari va kalit hujjatlari (kalit axborotlarni tashish turidan qat’i nazar).
2. To‘lov tizimini yaratuvchi to‘lov tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida belgilangan to‘lov tizimi qoidalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak.
3. Bankning ichki to‘lov tizimini tashkil qilish “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) muvofiq beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Chakana to‘lovlar tizimlarini tashkil qiluvchi, boshqa to‘lov tashkilotlari-rezidentlar qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
4. To‘lov tashkiloti o‘zaro shartnomalar tuzilgan chakana to‘lov tizimi a’zolarining ro‘yxatini olib borishi, bunda chakana to‘lov tizimi a’zolarining tartib raqami va barcha xizmat ko‘rsatish punktlari (manzillari bilan) hamda shartnomalarning sanasi va raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
5. Avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash qoidalari, shu jumladan, banklarda server xonalarini tashkil qilish Markaziy bankning “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi (2001-yil 9-iyul, ro‘yxat raqami 1047) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
6. Tashqaridan begonalarning kirishini va tijorat axborotini o‘g‘irlanishini oldini olish uchun bank bo‘lmagan to‘lov tashkilotlarning server xonalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) mustahkam devorlar, ishonchli to‘siqlarga va panjaralarga ega bo‘lishi;
2) maxsus kodli yoki boshqa turdagi ishonchli qulflar bilan jihozlangan mustahkam eshiklar bilan jihozlanishi;
3) tashqi kuzatuvga qarshi himoya vositalariga ega bo‘lishi;
4) yong‘in xavfsizligi va qo‘riqlash signalizatsiyasini mavjudligi, zarur hollarda ogohlantirish qurilmalari ichki ishlar organlari qo‘riqlash bo‘linmalarining pultiga ulaniladi.
7. To‘lov tizimi serverlarini tashqi ta’sirdan himoyalash uchun tarmoqlararo ekranlar (G‘irewall) o‘rnatiladi. Banklarda bank hisobvaraqlarini masofadan faol boshqarish tizimlarida ishlash va boshqa to‘lov tizimlarini ulanishi uchun alohida amaliy masalalar serverlari o‘rnatiladi.
8. To‘lov tizimi foydalanuvchilarini to‘lov tizimiga kirishda autentifikatsiya qilish quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:
1) login va parol (8 ta belgidan kam bo‘lmagan raqam va simvollar kombinatsiyasi);
2) bank kartasining raqami va pin-kodi (odatda 14 belgili simvollar kombinatsiyasi);
3) login va parolning bir martalik o‘zgaruvchi kodlar bilan birgalikda qo‘llash.
Autentifikatsiya natijasi uch marta noto‘g‘ri bo‘lgan holda, tizim berkitilishi kerak. To‘lov tizimi foydalanuvchilarini autentifikatsiya qilish usullarini texnik-dasturiy vositalarni qo‘llagan holda takomillashtirishga ruxsat etiladi.
To‘lov tizimi a’zolarini to‘lov tizimiga hamda boshqa to‘lov tizimlarini bank ichki to‘lov tizimining avtomatlashtirilgan bank tizimiga ulanishida autentifikatsiyalash, albatta texnik-dasturiy vositalar va IR-manzilni aniqlash yordamida bajariladi.
9. Operatsiyalarning aslligini tasdiqlash elektron to‘lov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan imzolash va/yoki bir martalik o‘zgaruvchi kodlardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Alohida bir martalik o‘zgaruvchi kodlar ishlatilganda operatsiyalar summasining cheklanishi tavsiya etiladi.
10. To‘lov tizimi foydalanuvchilari va a’zolari o‘rtasida elektron axborot ayirboshlashda, shuningdek, bank hisobvaraqlarini masofadan faol boshqarish tizimlariga kirish SSL protokoli bo‘yicha amalga oshiriladi, to‘lov tizimi a’zolari o‘rtasida himoyalangan shifrlangan aloqa kanallari (VRN) qo‘llaniladi. Axborotni maxfiyligini ta’minlash uchun qo‘shimcha sertifikatsiyalangan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari qo‘llanilishi mumkin.
11. To‘lov tizimi serverlariga uzatiladigan va qabul qilinadigan axborot so‘ngi yangilangan antivirus bazali litsenziyaga ega bo‘lgan antivirus dasturi bilan viruslar mavjudligi bo‘yicha tekshirilishi kerak.
12. To‘lov tizimi foydalanuvchilarini tizimga kirganligi hamda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida ularning uyali telefoni, elektron pochtasiga yoki boshqa ogohlantirish vositalari orqali xabardor qilish tavsiya etiladi.
13. Banklararo va bankning ichki to‘lov tizimida qo‘llaniladigan hamda bank hisobvaraqlariga masofadan faol xizmat ko‘rsatish tizimlarida shakllantiriladigan bank elektron to‘lov hujjatlari rekvizitlari tarkibiga qo‘yiladigan talablar, “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2006-yil 14-fevral, ro‘yxat raqami 1545) muvofiq aniqlanadi.
14. Chakana to‘lov tizimlarida kliring operatsiyalari uchun, ya’ni bank to‘lov tizimlari orqali bir nechta operatsiyalar bo‘yicha yagona summali bitta elektron to‘lov amalga oshirilishida, shuningdek, bank hisobvaraqlariga masofadan faol xizmat ko‘rsatish tizimlarida telekommunikatsiya provayder va operatorlar yoki kommunal xizmat (elektr va telekommunikatsiya xizmatlari, ekspluatatsion va kommunal xizmatlar) korxonalari foydasiga bir xil turdagi operatsiyalarda elektron to‘lov hujjatlarining boshqa shakllaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda pul mablag‘larini to‘lovchi va oluvchi — to‘lov tizimining foydalanuvchilari, shuningdek, bank hisobvaraqlariga/dan pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan hollarda esa, ularning bank rekvizitlari ham aniq identifikatsiyalangan bo‘lishi kerak. Elektron to‘lov hujjati rekvizitlarining tarkibi va tuzilmasiga bo‘lgan talablar pul mablag‘larini oluvchilari bilan kelishiladi hamda to‘lov tizimi qoidalarida belgilanadi.
15. Elektron to‘lovlar, elektron to‘lovlarning maqsadini ishonchli va to‘liq bayon etadigan hujjatlarni majburiy tuzishni ko‘zda tutadi:
to‘lov tizimi a’zolari tomonidan naqd pullarni qabul qilishda qog‘oz ko‘rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi);
elektron to‘lov hujjatlarini o‘tkazishda elektron ko‘rinishida (terminal yoki bankomatlarning elektron jurnalidagi hujjat, elektron kvitansiya yoki shaxsiy hisobvaraqdan elektron ko‘chirma);
to‘lov tizimi qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar.
Ko‘rsatilgan hujjatlar amalga oshirilgan operatsiyalarni qo‘lda qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli ma’lumotlarni, jumladan elektron to‘lov amalga oshiriladigan tovar/xizmatning nomini o‘z ichiga olishi hamda to‘lov tizimi subyektlariga taqdim qilinishi shart.
16. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan. | 139 | 9,858 |
Qonunchilik | “Qonunchilik texnikasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-951-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 20-sentabrda kiritilgan “Qonunchilik texnikasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-951-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 227 | 772 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-360-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (“O‘zbekisto | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Shadmanov, R. Xakimov va B. Artikov tomonidan 2018-yil 14-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-360-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 967 |
Qonunchilik | “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-sonli “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 419-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Nomidagi va 1-banddagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan so‘zlar “buxgalteriya hisobida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda” degan so‘zlar “buxgalteriya hisobida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “, statistika” degan so‘z chiqarib tashlansin;
v) 1-banddagi “kredit uyushmalari” degan so‘zlar “boshqa kredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bx — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandiga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.”;
d) 5-paragraf nomidan “va statistik” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
e) 36 va 38-bandlardan “va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
j) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.”. | 204 | 2,908 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYuTASINING IChKI ERKIN ALMAShUVINI TA’MINLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta—so‘mning xarid qobiliyatini oshirish va ichki erkin muomalada bo‘lishini bosqichma-bosqich ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar qo‘lidagi naqd so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ta’minlansin.
Markaziy bank ikki hafta muddatda vakil qilingan tijorat banklariga naqd so‘mlarni o‘zlarining valyuta resurslari hisobidan erkin muomaladagi valyuta (EMV)ga almashtirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — taqdim etiladigan naqd so‘mlargina EMVga almashtiriladi;
so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bir jismoniy shaxsga (yoki unga tenglashtirilgan rezidentlarga) almashtirish 1994-yilning oxirigacha 250 AQSh dollariga qadar miqdorni tashkil etishi mumkin;
rezident bo‘lmagan shaxslarga so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ulardan ilgari sotib olingan almashtirilgan EMV miqdori doirasida, almashtirish punktining tegishli ma’lumotnomasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda naqd pul muomalasini tartibga solish chog‘ida ehtiyoj va taklifni hisobga olgan holda so‘m bilan EMV miqdori o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar:
O‘zbekiston Respublikasining vakil qilingan banklarida chet el valyutasi uchun schyotlar ochish;
o‘zlarining valyuta schyotlaridan mablag‘, shuningdek, ular yuzasidan foizlarni belgilangan tartibda chet el valyutasida yoki operatsiya bajarilgan kuni amalda bo‘lgan kurs bo‘yicha so‘mlarda olish huquqiga egadirlar.
7. Belgilab qo‘yilsinki,
davlatlararo hisob-kitoblar kliring asosida tovarlar va xizmatlarni erkin muomaladagi valyutada baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi;
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ichki ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarining tegishlicha ishlashlarini, ularning zarur uskunalar bilan jihozlanishi va qo‘riqlanishini, malakali kadrlar bilan butlanishini, almashtirish operatsiyalari qoidalariga rioya etish qattiq nazorat qilinishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Prokuraturasi valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan, tartibga og‘ishmay rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar, qoidabuzarlarni amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan qat’i javobgarlikka tortsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining valyuta qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
13. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 114 | 3,388 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Respublika soliq organlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda ularning soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularga barham berish va oldini olishga oid faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Maxsus taftish-nazorat boshqarmasi Davlat soliq qo‘mitasining taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasiga aylantirilsin hamda uning tuzilmasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasi o‘zgarganligi va navbatchi qismlari tuzilganligi munosabati bilan uning xodimlari soni 210 nafarga, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni 16 nafarga ko‘paytirilsin (1a-ilova).
3. Texnika vositalari sotib olish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga Respublika valyuta fondidan 46390 AQSh dollari, 250 mln. Rossiya rubli va respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 750 ming so‘m ajratilsin (2-ilova).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasining shtatdagi xodimlari soni ko‘paytirilishi munosabati bilan uni mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yangi tashkil etilgan bo‘linmalarini hisobga olgan holda, soliq organlarini zarur xizmat xonalari bilan ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘idir
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:
Axborot-analitik bo‘lim;
Ekspert-texnik bo‘lim.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi maxsus boshqarma boshlig‘i:
Surishtiruv bo‘limi;
Tergovoldi tekshiruv bo‘limi;
Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi;
Soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘limi;
Navbatchilik qismi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi taftish ishlari boshqarmasi boshlig‘i:
Davlat korxonalarini, konsernlarni, aksionerlik jamiyatlarini taftish qilish bo‘limi;
Dehqonchilik sanoati majmui korxonalarini taftish qilish bo‘limi;
Tijorat tuzilmalarini, qo‘shma korxonalarni va boshqa nodavlat tuzilmalarini taftish qilish bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i:
Savdo korxonalarini nazorat qilish bo‘limi;
Umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish bo‘limi;
Xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarini nazorat qilish bo‘limi. | 84 | 3,035 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli ta’lim-tarbiyasini tashkil etish va ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish vazifalari yangi tuzilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatildi.
Xalq ta’limi tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, vazirlik faoliyatini umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirish, ta’limning boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini hamda mas’uliyatini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish orqali ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilarning bilimi va ma’naviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;
ikkinchidan, o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash orqali 11 yillik o‘rta ta’limni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;
uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish hamda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishda metodik rahbarlik qilish;
to‘rtinchidan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mehnat ta’limini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
beshinchidan, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oltinchidan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
yettinchidan, mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;
sakkizinchidan, rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;
to‘qqizinchidan, xalq ta’limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
o‘ninchidan, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
o‘n birinchidan, ta’lim muassasalarida budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda budjet intizomiga rioya etishni ta’minlash;
o‘n ikkinchidan, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 68 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq;
viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq;
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining tuzilmasi 6-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining tuzilmasi 7-ilovaga* muvofiq;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur Institut xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch ta’lim muassasasi hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida Nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining ustavini;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining ustavini;
A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ustavini tasdiqlasin.
6. Belgilansinki, Respublika ta’lim markazi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodistlari mehnatiga haq to‘lash Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodistlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari asosida, mukofotlash hamda moddiy yordam ko‘rsatish esa Xalq ta’limi vazirligi xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda:
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni;
tuman (shahar)xalq ta’limi bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin. | 89 | 8,194 |
Qonunchilik | Onlayn-NKMni 2018 yildan joriy qilish rejalashtirilmoqda | Davlat portalida Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va aholiga хizmat koʻrsatish sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Loyiha bilan hisob-kitoblar boʻyicha ma’lumotlarni soliq хizmati organlariga onlayn-uzatish funksiyasiga ega nazorat-kassa mashinalarini (NKM) bosqichma-bosqich foydalanishga topshirishni joriy qilish koʻzda tutilayotir.
Loyihaga muvofiq 2017 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) soliq хizmati organlarida faqat shunday funksiyaga ega hamda betakror kodli chek beradigan NKM roʻyхatga olinadi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo va pulli хizmat koʻrsatish sohasidagi barcha yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat onlayn-NKMlari, shuningdek toʻlov terminallaridan foydalanib, betakror kodli chek bergan holda aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishlari kerak boʻladi. Bundan oʻz faoliyatining oʻziga хosligi tufayli aholi bilan hisob-kitoblarni NKMni qoʻllamagan holda amalga oshirishga ruхsat berilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mustasno.
2020 yil 1 yanvardan boshlab telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olinmagan, olisdagi va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida onlayn-NKMlarini faqat Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan DSQga taqdim qilinadigan roʻyхatga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхatdan oʻtkazishadi.
Onlayn-NKMlarini qoʻllaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, paketlash va uzatishni amalga oshiradigan fiskal ma’lumotlar operatori funksiyasi, ma’lumotlardan soliq хizmati organlari foydalanishlarini ta’minlash DSQ huzuridagi Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi zimmasiga yuklanadi.
Qaror talablariga rioya qilmaslikka NKM qoʻllamasdan faoliyat yuritish sifatida qaraladi hamda aybdor shaхslar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar javobgarlikka tortiladi.
Loyiha bilan qator topshiriqlar koʻzda tutilgan, jumladan:
- DSQga “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzelteхsanoat” AK bilan birgalikda onlayn-NKM uchun yagona teхnik talablar ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga fiskal ma’lumotlar operatori ish tartibini tartibga soluvchi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, soliq хizmati organlariga uzluksiz ma’lumotlar uzatish uchun uyali aloqa kompaniyalar operatorlari tomonidan sifatli aloqa taqdim etilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash;
- “Oʻzelteхsanoat” AKga onlayn-NKMlari uchun yagona teхnik talablar tasdiqlangandan soʻng ularni respublikada ishlab chiqarishni va (yoki) onlayn-rejimida NKM tarkibida ishlaydigan maхsus qurilmalarni ishlab chiqarishni, tegishli dasturiy-apparat yechimlarini ishlab chiqishni ta’minlash;
- Davlat raqobat qoʻmitasiga onlayn-NKMlari uchun narх hamda ma’lumotlar uzatish tizimiga хizmat koʻrsatuvchi operatorlar uchun har oylik abonent toʻlovi belgilanishi ustidan nazorat qilishni ta’minlash topshiriladi.
Loyiha bilan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni (pensiyalar, nafaqalar, mukofotlar, haqlar) plastik kartalardan keng foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtish tavsiya qilinmoqda.
Loyiha chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishga, pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini qisqartirishga hamda soliqlardan boʻyin tovlash maqsadida naqd tushumni yashirishni oldini olishga, shuningdek aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishni tezkor hisobga olish va nazorat qilish tizimini kengaytirishga qaratilgan.
Loyiha kelishuv bosqichida va unga oʻzgartirish, tuzitish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz. | 56 | 3,778 |
Qonunchilik | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ushbu tartibga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik subyektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori bilan tashkil etilgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) qo‘shimcha xarajatlari moddalari nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Departament tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018-yil 12-dekabrga qadar imzolangan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha xuquqiy vorisi hisoblanadi;
Faoliyatni sifatli amalga oshirish uchun avtotransport vositalarini, aloqa va Internet resurslarini ajratish, shuningdek, Departament hududiy inspektorlarining ehtiyojlari uchun boshqa moddiy-texnika vositalarini ajratish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan holda “O‘zMMI” davlat korxonasining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
4. Quyidagilar:
tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan hamda boshqa mol-mulki va aktivlari Departamentga beg‘araz berilsin;
tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan “O‘zMMI” davlat korxonasiga hamda boshqa mol-mulklari va aktivlari sohalari bo‘yicha “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalariga beg‘araz berilsin.
5. Quyidagilar:
Sinov laboratoriyalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
sertifikatlashtirish organiga mahsuloti sertifikatlashtirilgan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan kelib tushayotgan muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lov quyidagicha taqsimlanadi: 10 foizi — sertifikatlashtirish organining tasarrufida qoladi; 90 foizi — ikki kunlik muddatda Maxsus jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun moliyaviy va ma’muriy jarimalar Maxsus jamg‘armaga to‘liq o‘tkaziladi;
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparatiga jami sakkizta, jumladan, beshta shaxsiy biriktirilgan, ikkita navbatchi va bitta mikroavtobus avtotransport vositalari limiti ajratiladi;
Departamentga jami uchta, jumladan, ikkita shaxsiy biriktirilgan, bitta navbatchi avtotransport vositalari limiti ajratiladi;
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat korxonasi tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha akkreditatsiya belgisi qo‘llanganlik uchun tushayotgan mablag‘larning 50 foizi Maxsus jamg‘armaga o‘tkaziladi.
7. Quyidagilar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari, moliya institutlari va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirgan holda, hududiy bo‘linmalar va tashkilotlarning hisobot davri yakunida sof foydasini teng ulushlarda taqsimlashdan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
transport vositalarining turini tasdiqlashni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlardan hamda shartnoma asosida amalga oshiriladigan, boshqa xizmatlardan olinadigan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar;
Maxsus jamg‘arma mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Maxsus jamg‘arma mablag‘lari:
insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini amalga oshirishga, shuningdek, ichki bozorda muomalada bo‘lgan tovarlar muvofiqligini baholashga;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining markaziy apparati va Departament xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar texnik qo‘mitalari va xo‘jalik subyektlari mutaxassislarini, yetakchi loyiha institutlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, konsultant sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar xarajatlarini qoplashga;
eksportbop mahsulotlar uchun respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini sotib olish va qabul qilishga;
Agentlik markaziy apparatining yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga mehnatga haq to‘lash fondining ikki baravari miqdorigacha qo‘shimcha haq to‘lash, mukofotlash va boshqa rag‘batlantirish tusidagi hamda kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirishga;
Departament xodimlariga qo‘shimcha haq, mukofot va boshqa rag‘batlantirish tusidagi hamda kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash uchun kelib tushayotgan mablag‘larning 20 foizigacha miqdorini Departamentning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirishga;
moliyaviy va ma’muriy jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘larning 50 foizdan kam bo‘lmagan qismi mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarni xarid qilish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishga, shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
11. “O‘zstandart” agentligi:
a) 2019-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy mahsulotlar sifatini yaxshilash va oshirish, ularni ishlab chiqaruvchilar va aholi o‘rtasida ommalashtirish ishlarini faollashtirishga qaratilgan “O‘zbekistonning eng yaxshi tovari” tanlovini ta’sis etish yuzasidan takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:
xalqaro moliya institutlari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini isloh qilishda grantlar, qarzlar va boshqa moliya manbalarini aniq ko‘rsatgan holda texnik ko‘maklashish;
dasturiy mahsulot ishlab chiqish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikalarni xarid qilish;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni o‘yg‘unlashtirish, shuningdek, har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan eksportbop mahsulotlar uchun xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini xarid qilish;
yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini, o‘lchash qurilmalarini sotib olishni, mavjud sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishni va yangilarini tashkil etishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini “Global G.A.P” va Organic standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish;
mobil laboratoriyalar uchun avtotransport vositalarini sotib olish dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan taklif tayyorlagan holda, qiyoslanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini tasdiqlasin;
g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Departamentga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan Departamentni ta’minlasin;
tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining xodimlarini ish bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zstandart” agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra, “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zstandart” agentligi buyurtmanomalariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom sinov (o‘lchov) laboratoriyalarini (keyingi o‘rinlarda davlat-xususiy sheriklik deb ataladi) tashkil qilish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llanilgan:
davlat-xususiy sheriklik — sinov (o‘lchov) laboratoriyalarini tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish sohasida xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va tavakkalchiliklarni taqsimlash maqsadida davlat va xususiy sheriklarning belgilangan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari (keyingi o‘rinlarda — tomonlar deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar;
xususiy sherik — bitim tuzilgan yuridik yoxud jismoniy shaxs (investor). Xususiy sherik sifatida ikki yoki undan ortiq yuridik yoki jismoniy shaxslarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xususiy sherik bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) — xavfsizlik, mahsulot va xizmatlar sifatini ta’minlash maqsadida foydalanilishi mumkin bo‘lgan sinov (o‘lchov) laboratoriyalari;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — muhim davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini ta’minlash borasida investitsiya, innovatsiya, infrastruktura va boshqa tadbirlar majmuasi.
3. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
davlat sirini tashkil qilgan va qonun tomonidan muhofaza etiladigan boshqa sirlarni tashkil qiluvchi ma’lumotlarni istisno qilgan holda, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va foydalanish mumkinligi;
kamsitishning yo‘qligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
tomonlarning bitim bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
tavakkalchiliklar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy asosi.
4. Normativ-huquqiy hujjatlar, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihalari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar, davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllari, shuningdek, sinov (o‘lchov) laboratoriyalarini tashkil qilish va jalb qilish shartlari majburiy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) bilan kelishilishi lozim.
5. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
uzoq muddatli bo‘lishi;
bitim obyektini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, rivojlantirish, boshqarish, ta’minlashga tegishli bo‘lishi;
xususiy sherik tomonidan moliyalashtirilishi;
davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida tavakkalchiliklar va javobgarlikning taqsimlanishi.
6. Davlat-xususiy sheriklik davlat sherigining xususiy sherikka quyidagilarni taqdim etish shakllari orqali amalga oshiriladi:
a) xususiy sherik tomonidan quyidagilar bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda binolarni taqdim etish:
laboratoriya xonalarini ta’mirlash (rekonstruksiya qilish), sinovlarni o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
zamonaviy sinov va o‘lchov uskunalari bilan jihozlash;
laboratoriyalarning to‘laqonli faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash;
laboratoriya uskunalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish;
xalqaro standartlarga muvofiq mahsulotni sinovdan o‘tkazishning usullarini joriy qilish;
xalqaro talablarga muvofiq holda laboratoriya xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish;
laboratoriyani xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish va sinovlarning (o‘lchovlarning) natijalarini xorijda tan olinishini ta’minlash;
b) xususiy sherik tomonidan quyidagi investitsiya majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini taqdim etish:
yangi laboratoriya korpuslarini qurish;
tutash hududni obodonlashtirish;
mazkur Nizomning 4 bandi a) kichik bandida ko‘zda tutilgan majburiyatlar;
v) Agentlik bilan kelishilgan boshqa shakllar.
7. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.
8. Yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilangan yer uchastkalarini ko‘rib chiqish va taqdim etish tartibi xususiy sheriklarga mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan laboratoriya xonalarini taqdim etish tartibiga nisbatan joriy etilmaydi.
9. Davlat sherigi tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida va sanoat tarmoqlarining sinov imkoniyatlarini kengaytirishi uchun Agentlik bilan kelishgan holda tanlov e’lon qilish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin.
10. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan o‘ttiz kun oldin majburiy tartibda, o‘z rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonni joylashtiradi.
11. Tanlov haqidagi e’lon quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
davlat sherigining nomi va yuridik manzili, uning bog‘lanish uchun telefoni va elektron pochta manzili;
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllaridan kelib chiqqan holda talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning eng kichik hajmi;
tanlovni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va soati ko‘rsatilgan holda).
12. Xususiy sherik sifatida tanlovda ishtirok etish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs (investor) davlat sherigiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:
yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tgani haqida guvohnoma (tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno), jismoniy shaxsning manzili va shaxsiy ma’lumotlari;
xususiy sherikning sof aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘lari va boshqa tashkilotning kafilligi;
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan va/yoki bankrotlik holatida bo‘lgan, mol-mulki xatlovga olingan da’vogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arizani mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablar buzilgan holda taqdim qilinganligi aniqlanganda, hujjat talabgorga bir kun mobaynida qaytariladi.
13. Tanlov g‘olibi davlat sherigi tomonidan tuzilgan idoralararo tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
14. Tanlov taklifi davlat-sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb hisoblangan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb tan olinadi.
Shuningdek, tanlov yakunlari bo‘yicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan pastroq bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlab olinadi.
Tanlov g‘olibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan bo‘yin tovlasa, zaxiradagi g‘olib bilan tegishli bitim tuzishga ruxsat beriladi. Tanlovning zaxiradagi g‘olibi bilan bitim tanlov g‘olibi bilan bitim tuzish tartibiga o‘xshash tartibda tuziladi.
15. Davlat sherigi tanlov yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilingan kunda o‘z rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
16. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, u qaror bo‘yicha sudda shikoyat qilish huquqiga ega.
17. Idoralararo tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida davlat sherigi va xususiy sherik qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi.
18. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab, quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
bitimning amal qilish shartlari;
bitim obyektining foydalanishga topshirilish muddatlari;
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyiha bajarilishi yuzasidan texnik nazorat qilish tartibi to‘g‘risida axborot;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining bajarilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazish va uni amalga oshirish darajasini baholash tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida taqdim etiladigan obyektlarning sifatiga qo‘yiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida bitim tuzish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘tkazib beriladigan laboratoriya va uskunalarga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
bitim obyektidan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, ta’mirlash, modernizatsiyalash tartibi;
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini to‘ldirish yoki qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
19. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi tanlov tugagan kundan boshlab uch ish kuni davomida xususiy sherikka bitim loyihasining matnini taqdim etadi.
20. Agar zarur bo‘lsa, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida kelishib olish maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi.
21. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
22. Bitim tomonlar tarafidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
23. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
davlat sherigining talabi bo‘yicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan;
sudning qarori bo‘yicha.
24. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
xususiy sherikning bankrotlik holatida va/yoki tugatilgan taqdirda;
davlat sherigining talabi bo‘yicha — xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
xususiy sherikning talabi bo‘yicha — davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud orqali bekor qilinadi.
25. Bitim uning amal qilish muddati tugagandan keyin to‘xtatiladi.
Bitimning amal qilish muddati to‘xtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
26. Agar zarur bo‘lsa, tomonlarning o‘zaro roziligiga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik bitimiga qo‘shimcha kelishuvni talab qilgan loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish qismiga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
1. Ushbu Nizom kamchiliklari bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida umumiy foydalanish uchun axborot resurslariga joylashtiriladigan ma’lumotlar bazasini (keyingi o‘rinlarda Baza deb ataladi) yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotni olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xavfining monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
monitoring — O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi) tomonidan vakolatli organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlarini ularning vakolatlari doirasida aniqlangan kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida kamchiligi bo‘lgan mahsulotlarning Bazasini yuritish yo‘li bilan amalga oshiriladigan faoliyat.
kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar — qonun hujjatlarining, texnik reglamentlarning talablariga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarining majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlar.
2. Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotni olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xavfi monitoringi (bundan keyin Monitoring deb ataladi) ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Monitoring iste’molchilarni insofsiz ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan himoya qilish, ichki bozorni inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlardan himoya qilish, mahalliy mahsulotning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish va tadbirkorlik subyektlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida olib boriladi.
4. Quyidagilar inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida maxsus vakolat berilgan boshqa davlat organlari.
5. Monitoring vakolatli organlarning quyidagi faoliyatlari natijasida aniqlangan inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulot haqida taqdim etilgan axborotini tahlil qilish va umumlashtirish yo‘li bilan yuritiladi:
davlat nazoratida;
mahsulot (xizmatlar)ni sertifikatlashtirishda;
sertifikatlangan mahsulotlarning inspeksiya nazoratida;
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, shikoyatlari va takliflari asosida mahsulotni baholashda.
6. Baza vakolatli organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari uchun ularning vakolatlari doirasida aniqlangan kamchiligi bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida axborot manbai hisoblanadi.
7. Bazaning yuritilishi “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshirilib, bu uning ishlashini, texnik kuzatuvini, axborot xavfsizligi va muntazam yangilanishini, ommaviy axborot resurslariga joylashtirilishini, shuningdek, sanksiyalanmagan kirishdan himoyasini ta’minlaydi.
8. Kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zstandart” agentligiga vakolatli organlar tomonidan dasturiy-apparat ta’minotida nazarda tutilgan formatda yozma va elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.
9. Kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risida taqdim etilgan axborotga ishlov beriladi va Bazaga kiritiladi.
10. “O‘zstandart” agentligi har hafta kelib tushgan axborotni umumlashtiradi va kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risida yig‘ma hisobot tuzib, vakolatli organlarga, Savdo-sanoat palatasiga va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga, yirik savdo tarmoqlariga va obuna bo‘lgan foydalanuvchilarga yuboradi.
11. Bazaga kiritish uchun taqdim etiladigan axborot majburiy ravishda quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
tovar nomi va uning tasviri (zarur bo‘lsa);
tovar ishlab chiqaruvchisining (yetkazib beruvchisining) nomi;
potentsial xavf va/yoki aniqlangan nomuvofiqliklar.
12. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) yoki savdo obyekti “O‘zstandart” agentligiga kamchiliklari bo‘lgan mahsulotni Ma’lumotlar bazasidan chiqarib tashlash to‘g‘risida, sifatsiz va xavfli mahsulotlarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi haqida axborot ko‘rsatilgan yozma murojaatnoma yuboradi.
13. “O‘zstandart” agentligi bir ish kuni mobaynida murojaatni o‘rganib chiqish uchun vakolatli organlarga yuboradi.
14. Vakolatli organlar murojaatni o‘rganib chiqadi va uch kun muddatda “O‘zstandart” agentligiga o‘tkazilgan o‘rganishlar haqida ma’lumot yuboradi.
15. O‘rganish natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, “O‘zstandart” agentligi ikki kun muddatda kamchiligi bo‘lgan mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotni Bazadan chiqarib tashlaydi.
16. Monitoring olib borish, Bazani yaratish va texnik kuzatish ishlarini moliyalashtirish “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
17. “O‘zstandart” agentligining kamchiligi bo‘lgan mahsulotni Bazaga kiritish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
18. Sud tomonidan kamchiligi bo‘lgan mahsulotning Bazaga kiritilishi asossiz deb topilgan taqdirda, “O‘zstandart” agentligi subyektlar oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
19. Mahsulotiga oid kamchilik aniqlangan subyekt uni bartaraf etish bo‘yicha maslahat olish uchun “O‘zstandart” agentligiga murojaat qilishi mumkin.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori, uning birinchi o‘rinbosari va “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti boshlig‘i bir vaqtning o‘zida mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchashlar birligini ta’minlash ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektori va bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi”;
o‘ninchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda, o‘n birinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilardagi “O‘zstandart” agentligi so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-bandning “i” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 4-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining standartlarni nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari, viloyatlar, shaharlarning standartlarni nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari, bulardan tashqari, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti inspektorlari va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi inspektorlari quyidagi mutlaq huquqqa egadir:”;
beshinchi, o‘n birinchi — o‘n beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda, beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
v) 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining 13-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar, mos ravishda, uchinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshiga “standartlashtirish, metrologiya sohalari” so‘zlaridan keyin “, akkreditatsiya” so‘zi qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini amalga oshirishga, shuningdek, ichki bozorda muomalada bo‘lgan tovarlarni muvofiqligini baholash;
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparati va “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamentining xodimlarini, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi ekspert-tahlil guruhi faoliyatini amalga oshirishda moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar texnik qo‘mitalari va xo‘jalik subyektlari mutaxassislarini, yetakchi loyiha institutlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, konsultant sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni xarajatlarini qoplash;
eksportbop mahsulotlar uchun respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini sotib olish va qabul qilish;
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarning depozitlariga joylashtirishga shuningdek, “O‘zstandart” agentligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan, boshqa tadbirlarni moliyalashtirish”;
o‘n oltinchi xatboshi yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
a) 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda takroriy sinovlar o‘tkazilishi taqiqlanadi va ularni berishda, idoraviy bo‘ysinishidan qat’iy nazar, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan sinovlarning ijobiy natijalari asos bo‘ladi”;
b) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kod berish bo‘yicha xizmatlar qiymati, shuningdek a’zolik badallari miqdori GS1 Uzbekistan qatnashchilari tomonidan belgilanadi. Shtrixli kodning original maketlarini tayyorlash va berish shartnoma asosida amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 15-pozitsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda):
a) 25-bandda:
birinchi xatboshidagi “5 — 7 ilovalarga” so‘zlari “5 — 7 va 71 ilovalarga” so‘zlariga almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“IV sxema — Milliy o‘lchash etalonlari, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risidagi kelishuv (CIPM MRA) doirasida”;
b) 44-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar, tegishli ravishda, uchinchi — beshinchi deb hisoblansin;
v) III-bobga quyidagi mazmundagi 4-paragraf qo‘shilsin:
“§ 4. Metrologik nazorat natijalarini IV sxema bo‘yicha e’tirof etish
48. O‘z ehtiyojlari uchun texnologik jarayonlarda foydalaniladigan import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalarini kalibrlash (qiyoslash) natijalarini e’tirof etish CIPM MRA faoliyatida ishtirok etadigan milliy metrologiya institutlari/belgilangan institutlar (keyingi o‘rinlarda institutlar deb ataladi) tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (qiyoslash) sertifikatlari taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
49. Ariza beruvchi vakolatli organga o‘lchash vositalarini kalibrlash (qiyoslash) natijalarini e’tirof etish yuzasidan ushbu Nizomga 81-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha buyurtmanoma taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
amaldagi kalibrlash (qiyoslash) sertifikatining asl nusxasi yoki institut tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalarining metrologik nazoratini o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, ularning keyingi (davriy) metrologik nazoratini ta’minlash bo‘yicha ariza beruvchining majburiyatining kafolat xati.
50. Vakolatli organ buyurtmanomani ko‘rib chiqadi va quyidagilarga taqdim etilgan hujjatlar tahlilini o‘tkazadi:
kalibrlash (qiyoslash) sertifikatida “CIPM MRA” logotipi mavjudligi;
kalibrlash (qiyoslash) sertifikatini bergan institutlarda kalibrlash (qiyoslash) sertifikatini qamrab oluvchi Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosining asosiy solishtirishlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasida (KCDB) tasdiqlangan kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari (CMCs) mavjudligi.
51. Vakolatli organ 1 ish kuni mobaynida tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakllar bo‘yicha metrologik nazorat natijalarini e’tirof etish to‘g‘risida sertifikat beradi yoki e’tirof etish rasman asoslangan holda rad etiladi”.
g) 48 va 49-bandlar, tegishli ravishda, 52 va 53 bandlar deb hisoblansin;
d) ilovalarga quyidagi mazmundagi 71 ilova qo‘shilsin:
e) quyidagi mazmundagi 81 ilova qo‘shilsin:
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 36-modda) 4-bandining uchinchi xatboshida “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti” so‘zlari “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda) 16-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., №1, 4-modda) 2-bobiga 5-ilovasi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) 2 va 3-bandlari, shuningdek 2 va 6-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 22-maydagi 92-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) 51-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 57-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtining sifati ustidan nazoratni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qarori (O‘zbekiston Respublikasining QXT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyuldagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 51-bandining “b)” kichik bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori 4 bandining “v)” va “g)” kichik bandlari, shuningdek, unga 9-ilovaning 6-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 69-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda) 1-ilovaning 20-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-sonli, 92-modda) 3 ilova 3-bandining “b” kichik bandi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 74-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 8-sentabrdagi 289-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 84-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 92-modda) 2-bandining “g)” kichik bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovaning 3-bandi. | 147 | 44,978 |
Qonunchilik | Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan:
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
har bir xalq ta’limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi;
b) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tomonidan:
xalq ta’limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi;
v) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) tomonidan:
uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xalq ta’limi xodimlari tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi (miqdori) tasdiqlanadi;
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari ro‘yxati tasdiqlanadi va har bitta shaklga to‘g‘ri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmi belgilanadi. Bunda, malaka oshirishning muqobil shakllarini o‘zlashtirgan xalq ta’limi xodimlari tegishli shakl uchun belgilangan hajmdagi (miqdordagi) kreditlarni (akademik soatlarni) to‘plagan deb hisoblanadi;
g) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tomonidan muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi;
uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno).
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq xalq ta’limi xodimlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki:
Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Xalq ta’limi vazirligiga ajratiladi;
Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritiladi;
Davlat budjetidan mablag‘lar faqat Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.
5. Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar Institut, hududiy markazlar, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish va Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan oliy ta’lim muassasalariga:
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini takomillashtirishga;
umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga ko‘maklashsin.
Xalq ta’lim vazirligi (Sh. Shermatov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda “Ustoz-shogird” tizimi orqali ustuvor bo‘lgan fan sohalari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, psixologiya, boshlang‘ich ta’lim) bo‘yicha xalq ta’limi tizimi xodimlari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rsin.
7. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) 2021-yil 1-iyunga qadar Institut va hududiy markazlarda oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin.
Belgilansinki:
pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari, Institut hamda hududiy markazlarda joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari (keyingi o‘rinlarda — modullar) bo‘yicha bakalavriatning so‘nggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishga qabul qilinadi;
modullar bo‘yicha o‘qitish talabalarning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtida Xalq ta’limi vazirligining granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, Xalq ta’limi vazirligining granti ehtiyoj yuqori bo‘lgan pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha vazirlikning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi;
modullarni Xalq ta’limi vazirligining granti asosida o‘zlashtirgan talabalar oliy ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng ikki yildan kam bo‘lmagan muddatga ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga taqsimlanadi;
modullarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy ta’lim tashkilotida o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan mutaxassisligiga oid fanlardan umumiy o‘rta va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
8. Quyidagilar:
Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Xalq ta’limi xodimlarini 2021 — 2025-yillarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
9. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xalq ta’limi tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;
umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish;
doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashish;
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini ta’minlash.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Institut A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Institutga xalq ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi;
hududiy markazlarining rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Institut rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Institutning ma’muriy-boshqaruv, professor-o‘qituvchilari hamda metodist xodimlariga — davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun, ilmiy xodimlariga — Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
11. Quyidagilar:
A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli dastur 3-ilovaga muvofiq;
A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish reja-grafigi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Institutga qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hududiy markazlarning tegishli boshqaruv shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Institut ilmiy xodimlarining tanlov asosida xorijdagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda stajirovka o‘tashlarini tashkil etsin.
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari Institut ilmiy xodimlarining xorijda malaka oshirishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
12. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan ajratmalar;
xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar;
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Institutga o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish huquqi berilsin:
malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lash;
zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Institutning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash;
Institut xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq Institutga yuklangan vazifalarni hal etish va uning faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
14. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar Institutda:
a) xalq ta’limi tizimidagi rahbar kadrlar va metodistlar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilsin;
b) quyidagilarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin:
to‘lov-kontrakt asosida “Ta’lim menejmenti” va “Kattalar ta’limi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni;
“Ta’limda menejment”, “Fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi” hamda “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha pedagogika fanlari doktorlarini (PhD, DSc).
15. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda:
belgilangan tartibda Institutni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;
Institutning ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida:
16-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-son qarorida:
9-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2019 — 2021-yillarda xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 24-pozitsiyasidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi “2005 — 2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi 548-son qarori 3-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob fondining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga tatbiq etilmaydi)”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida:
17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 8-banddagi “Shayxontohur ko‘chasi, 3-uy” so‘zlari “Navoiy ko‘chasi, 2 a-uy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandda:
uchinchi xatboshida:
“Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Xalq ta’limini rivojlantirish fondi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik markazi” so‘zlari “Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “axborot-resurs markazlari” so‘zlari “bolalar kutubxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 157 | 20,437 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida”1999-yil 29-martdagi PF-2276-son hamda “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 17-avgustdagi 304-r-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 22-martdagi 153-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda) qarorida:
qaror nomidagi va 1-banddagi “Xo‘jalik birlashmalarini” so‘zlari “Yuridik shaxslar birlashmalarini, aksiyadorlik jamiyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Xo‘jalik birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida Nizomda:
Nizom nomidagi va matndagi “Xo‘jalik birlashmalari” so‘zlari tegishli kelishikda “Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari va aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tadilar.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi”;
4-banda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat”;
band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“e) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari o‘zlarida o‘z ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablag‘lari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar”;
Nizom quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
“11) Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari vakolatli davlat organlarini o‘zlarining pochta manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining, aksiyadorlik jamiyatlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil o‘tgach aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlarida ma’lum qilingan ustav jamg‘armasini shakllantirish tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiyaga aksiyadorlik jamiyatlari bundan buyon faoliyat ko‘rsatishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
11-band 12-band deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Mazkur Nizom xorijiy investitsiya ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga, shuningdek, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlariga joriy etilmaydi”. | 106 | 3,900 |
Qonunchilik | “Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 20-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-567-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 26-sentabrda kiritilgan “Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 20-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-567-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 228 | 487 |
Qonunchilik | IKKINChI ChAQIRIQ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA HAMDA XALQ DEPUTATLARI VILOYaT, TUMAN VA ShAHAR KENGAShLARIGA SAYLOVLAR TAYINLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 7 va 19-moddalariga, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari saylovi 1999-yil 5-dekabr, yakshanba kuniga belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovi bo‘yicha bitta saylov okrugiga saylovchilar normasi o‘rtacha 49,9 ming saylovchi hisobidan belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar uchun umumiy bo‘lgan saylov uchastkalari hamda uchastka saylov komissiyalari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 8 va 14-moddalariga muvofiq tuzilishi belgilansin. | 151 | 1,004 |
Qonunchilik | ICTWEEK O‘zbekiston 2018 haftaligi dasturi mazmunga boy | Har yilgi AKT haftaligi joriy yilda 24-29 sentyabr kunlari oʻtkaziladi. Uning tashkilotchilari – ICTNEWS Conferences hamda Oʻzbekiston aхborot teхnologiyalari korхonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi (Jizzaх sh.) – oʻtkaziladigan tadbirlar dasturini taqdim etdilar.
ICTWEEK O’zbekiston 2018 International Trade Center (ITC)da 24 sentyabr kuni oʻtkaziladigan matbuot anjumanidan boshlanadi. Unda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, tashkilotchilar, homiylar va hamkorlar ishtirok etadilar. Ishtirokchilar AKT haftaligi tadbirlari, dasturlari, spikerlar va yangiliklar haqida soʻzlab beradilar, shuningdek jurnalistlarning savollariga javob berishadi.
ICTEXPO har yilgi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari milliy koʻrgazmasi 26-28 sentyabr kunlari oʻtkaziladi. Koʻrgazmaning 3 kuni davomida 35 mingdan ziyod tashrifchilar kelishi, 100 dan ortiq koʻrgazma kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda. Mahalliy va хorijiy tashkilotlar ishtirok etish uchun taklif qilinmoqda. Oʻtkazilish joyi – Toshkent, «Oʻzekspomarkaz» MKK, 1-pavilon.
DIGITAL UZBEKISTAN forumi 26 sentyabr kuni «Oʻzekspomarkaz» MKKning konferens-zalida boʻlib oʻtadi. Taklif qilingan ishtirokchilar qatorida davlat organlari, AKT sohasidagi korхonalar va tashkilotlarning rahbarlari, хalqaro ekspertlar va tahlilchilar, mahalliy va хorijiy IT-kompaniyalarning vakillari ham bor.
Yakunlovchi tadbir – Mukofotlash va yopilish marosimi 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Jizzaх shahrida oʻtkaziladigan mintaqaviy tadbirlar haqida ma’lumot – bu yerda. ictweek.uz saytida qoʻshimcha ma’lumot olish, akkreditatsiyadan oʻtish va rejalashtirilgan tadbirlarga roʻyхatdan oʻtish mumkin. | 55 | 1,709 |
Qonunchilik | Qanday qilib хodimlarni toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazish mumkin | Mehnatga haq toʻlashni ilgarigi darajada saqlab qolish uchun pul yetarli boʻlmasa va shu bilan birga oʻz хodimlarini saqlab qolishni хohlasa, ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? Xodimlarning bir qismini toʻliqsiz ish vaqtiga oʻtkazish murakkab ahvoldan chiqish yoʻli boʻlishi mumkin. Bunda mehnat qonunchiligining barcha talablariga rioya qilish lozim.
Buxgalter.uz savollariga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob berdi:
- Buning uchun хodimning roziligini olish, u bunday rejimda ishlaydigan muddatni belgilash, toʻliqsiz ish vaqti turini oʻrnatish zarur.
Toʻliqsiz ish vaqti shartlaridagi ish uchun toʻlov ishlangan vaqtga mutanosib ravishda, ishbay haq toʻlashda esa ishlab chiqarilgan mahsulotga bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bunday ish vaqti pensiya huquqini beradigan stajga kiritiladi, muayyan vaqt ishda boʻlish lozim boʻlgan imtiyozli pensiya bundan mustasno.
Mehnat kodeksiga asosan bunday shartlardagi ish mehnat huquqlarini cheklamaydi va ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga toʻliq qoʻshiladi.
Toʻliq yoki toʻliqsiz vaqt ishlaydigan хodimlarga bir хil davomiylikdagi ta’til taqdim etiladi. Yagona farqi: agar хodim toʻliqsiz ish vaqtida ishlasa, ta’til puli miqdori, tabiiyki, kamroq boʻladi.
- Toʻliqsiz ish vaqti turini qanday belgilash mumkin?
- Xodimga toʻliqsiz ish vaqtining quyidagi turlari belgilanishi mumkin:
1. Toʻliqsiz ish vaqti. Bu holda хodim haftada toʻliq ish kunlari sonida mehnat qiladi (korхonada oʻrnatilgan ish haftasi turiga bogʻliq holda 5 yoki 6), biroq kunlik ish soatlari soni kamayadi.
2. Toʻliqsiz ish haftasi. Bunday rejim ish kuni davomiyligi saqlangan holda ish kunlari sonining kamayishini bildiradi. Masalan, 5-kunlik ish haftasida хodim faqat 3 toʻliq kun ishlaydi.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing. | 62 | 1,836 |
Qonunchilik | Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganilishini tashkil etish to‘g‘risida | Mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida moliya, soliq va bojxona organlarining uyg‘un va samarali ishlashi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, mazkur organlar faoliyatining tashkil etilishi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob bermaydigan eski qarashlar va tamoyillarga asoslanib qolmoqda, ushbu vaziyat esa ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to‘xtatib turuvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Xususan, moliya organlarining ishi joylardagi haqiqiy vaziyatni, aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini hisobga olmagan holda erishilgan ijobiy moliya-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga tayanishni davom ettirmoqda, mazkur holat esa o‘z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy tamoyillarini joriy etishga va real bozor munosabatlariga to‘laqonli o‘tishni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda.
Soliq organlari faoliyatidagi ayrim muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi, soliqqa tortish bazasini kengaytirish hisobiga soliq yukini tushirish, soliqlar yig‘ilishini oshirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning, ayniqsa tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishni ta’minlashga yo‘l qo‘ymayapti.
Byurokratiya va sansalorlik, bojxona organlari faoliyatining shaffof emasligi, bojxona jarayonlarining zamonaviy shakllarini joriy etish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zib yuborish mamlakatimizning investitsion jozibadorligini tushirib yubormoqda, shuningdek, uning obro‘-e’tibori hamda yetakchi xalqaro tashkilotlarning baho berish reyting ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish sharoitlarida moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Konsepsiyasiga muvofiq:
1. Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflarni tanqidiy o‘rganish va tayyorlash bo‘yicha Ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Ishchi komissiya) ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ishchi komissiyaning (B. Mavlonov) asosiy vazifalari etib moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflarni tanqidiy o‘rganish va tayyorlash belgilansin, bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:
faoliyatni rejalashtirish hamda kompleks tahlil qilish shu jumladan barcha darajadagi mazkur organlar xodimlari tomonidan xizmat yuki va hajmini hisobga olgan holda boshqarish va nazorat qilish samaradorligi tizimi, ichki idoraviy va tashqi nazoratning amaliy mexanizmlarini yaratish;
moliya, soliq va bojxona organlari vazifalari va funksiyalarining dolzarbligi, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda javobgarlik sohalarining zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob berishi;
qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini tezkor kuzatib borish va ta’minlashga yo‘l qo‘yadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga shtatlar sonini maqbullashtirish;
budjetning daromad qismini, shu jumladan yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish, soliq va bojxona to‘lovlarining tushumlari qo‘shimcha va asoslangan zahira mablag‘larini qidirib topish, xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armalaridai davlat ulushidan dividendlar olish hisobidan oshirish;
minimal xarajatlar hisobiga xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or va sinovdan o‘tkazilgan yuqori natijalarga erishish usullarini joriy etish hisobiga ishlash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun byurokratik jarayonlar va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona rasmiylashtiruvi muddatlari va qiymatlarining asoslanganligini ta’minlash;
moliya, soliq va bojxona qonun hujjatlarini xalqaro tamoyillar va standartlarga unifikatsiya qilish va uyg‘unlashtirish;
bojxona infratuzilmasi, shu jumladan bojxona postlari va ularning moddiy-texnik jihozlanganligi darajasi, bojxona jarayonlarini sifatli va tezkor amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologiyali uskunalarning mavjudligi, bojxona chegarasi orqali o‘tish punktlarida ikki yo‘lakcha tizimini yo‘lga qo‘yish;
soliq va bojxona organlari faoliyatiga soliq va bojxona nazoratini amalga oshirishning ilg‘or shakl va uslublarini joriy etish;
jumladan jismoniy va yuridik shaxslar bilan moliya, soliq va bojxona organlari hamkorligining to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilmaslik shakllarini joriy etish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilash;
kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish, moliya, soliq va bojxona organlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;
moliya, soliq va bojxona organlari xodimlarini shu jumladan ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish hamda ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish orqali moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
2. Ishchi komissiya (B. Mavlonov):
uch kun muddatda ishchi guruhlar tarkibini, moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy o‘rganishning batafsil reja-jadvalini tasdiqlasin;
o‘rganish natijalari bo‘yicha 2018-yil 15-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
Ishchi guruh faoliyatiga xorijiy konsultantlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat etilsin.
3. Mazkur farmoyishga muvofiq belgilangan vazifalarni samarali bajarish uchun vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Ishchi komissiyaga har tomonlama ko‘maklashishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. | 96 | 6,178 |
Qonunchilik | Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
1. 24-bandda:
ikkinchi xatboshi “, mazkur Nizomning 242-bandida ko‘rsatilgan aktivlar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aholiga qayta moliyalash stavkasining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha bo‘lgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”.
2. 241-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aholiga qayta moliyalash stavkasining 2 barobaridan 2,5 barobarigacha bo‘lgan yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”.
3. 242-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“242. Tavakkalchilik darajasi bo‘yicha VII guruhga quyidagilar kiradi:
yengil avtomobil sotib olish uchun yuridik shaxslarga ajratilgan kreditning garov ta’minotiga yengil avtomobil qabul qilingan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;
avtomobil sotib olish uchun aholiga ajratilgan kreditning qoldig‘i sotib olingan avtomobil qiymatining 75 foizidan ortig‘ini tashkil etgan kreditlar, shuningdek shu maqsadlarga ajratilgan sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan kreditlar;
aholiga qayta moliyalash stavkasining 2,5 barobari va undan yuqori yillik foiz stavkada ajratilgan mikroqarzlar va overdraft kreditlari, shuningdek sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan mikroqarzlar va overdraft kreditlari.”. | 132 | 2,118 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning o‘tgan davridagi (bundan buyon matnda hisobot davri deb yuritiladi) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi shuni qayd etadiki, hisobot davrida Qo‘mita tomonidan fan, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish, madaniyat, sport sohasidagi davlat siyosatini qonuniy jihatdan ta’minlashga, ularning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, qonunlarning hamda dasturlarning ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Qo‘mita tomonidan o‘z vakolatlari doirasida axborot sohasini isloh qilishga, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishini rivojlantirishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan kengroq foydalanishga, intellektual mulkni himoya qilishga, fuqarolar salomatligini muhofaza qilishni yanada takomillashtirishga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini yaratishga, davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishga qaratilgan hamda boshqa sohalarga oid 21 ta masala, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 17 ta qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Har yili Senatning yalpi majlislari muhokamasiga kiritiladigan ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlashning 2011, 2012 va 2013-yillarga mo‘ljallangan dasturlariga oid Senat qarorlari loyihalarining tayyorlanishi ta’minlandi, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan parlament eshituvlari o‘tkazildi.
Hisobot davrida Qo‘mita tomonidan jami 22 ta nazorat-tahlil tadbiri, shu jumladan 3 ta parlament eshituvi o‘tkazildi. Bundan tashqari 4 ta konferensiya, 11 ta davra suhbati va 8 ta seminar o‘tkazildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, mualliflik huquqi va intellektual mulkni himoya qilish qismida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Qo‘mita tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining normalari va talablari ijro etilishining borishini muhokama qilishga bag‘ishlangan qator sayyor qo‘shma majlislar – “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan — Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan — Buxoro va Namangan viloyatlarida, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan Navoiy viloyatida o‘tkazilib, tegishli qo‘shma qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, Senatda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi hamda “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida ijrosi yuzasidan parlament eshituvlari o‘tkazildi. Axborotlashtirish va intellektual mulk to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining muayyan idoralarda ijro etilishini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-makonga keng joriy etish sohasidagi davlat dasturlarining joylarda bajarilishining borishini, ommaviy axborot vositalari nodavlat sektorining rivojlantirilishini o‘rganish yakunlari Qo‘mitaning O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidagi sayyor majlisida ko‘rib chiqildi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar qatorida Qo‘mita tomonidan Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosining tahliliga bag‘ishlangan ikkita konferensiya, uchta davra suhbati va uchta seminar o‘tkazildi.
Aholining bandligini, hayot darajasi va sifatini, mehnat salohiyatidan samarali foydalanilishini ta’minlash, ularning hal etilishi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini kuchaytirish masalalari hisobot davrida Qo‘mitaning xalq deputatlari Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyat Kengashlari bilan birgalikdagi sayyor majlislarda muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish yakunlari Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi, Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda 2012-yil 8-iyunda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan Qo‘mitaning majlisida muhokama etildi. 2013-yilning birgina o‘n oyi mobaynida Qo‘mita a’zolarining ishtirokida Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa, Shayxontohur, Hamza va Yunusobod tumanlarida 30 dan ziyod tadbir o‘tkazilib, milliy qonun hujjatlarining ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda aholini, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash singari dolzarb masalalar muhokama etildi.
Qo‘mitaning nazorat-tahlil faoliyati yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar hamda tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga yuborildi. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi hamda “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining yangi tahrirdagi loyihalarini ishlab chiqish, axborot sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir har tomonlama o‘rganilgan va asoslab berilgan qator takliflar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilayotgan paytda qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan hisobga olindi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi.
Hisobot davrida Qo‘mita a’zolari Senat, uning Kengashi, qo‘mitalari va Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari tomonidan uyushtirilgan 4 975 (2010-yilda — 940, 2011-yilda — 1 251, 2012-yilda — 1 319, 2013-yilning o‘tgan davrida — 1 465) ta tadbirda ishtirok etib, 4 702-marta ma’ruzalar bilan so‘zga chiqdilar. Qo‘mita a’zolari o‘z mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish o‘rinlarini tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash singari dolzarb masalalarni hal etishda faol ishtirok etdilar. Qo‘mita raisi M. Xujamberdiyev, Qo‘mita raisining o‘rinbosari G. Muhamedov, Qo‘mita a’zolari S. Ismoilov, I. Mirzaaliyev, Z. Adizov, R. Majidov, N. Tog‘ayeva, P. Matkarimov, E. Borisova, H. Shodiyevalar ayniqsa samarali ish olib bordilar.
Ommaviy axborot vositalarida Qo‘mita a’zolarining 2 336 ta maqolasi (2010-yilda — 494, 2011-yilda — 503, 2012-yilda — 777, 2013-yilning o‘tgan davrida — 562) chop etildi va efirga uzatildi, shu jumladan gazeta va jurnallarda 771 ta maqola chop etildi. Televideniye orqali 1025 ta axborot materiali, radio orqali Qo‘mita a’zolarining 540 ta chiqishlari uzatildi.
Qo‘mita a’zolari tomonidan fuqarolarning 2 867 (2010-yilda — 266, 2011-yilda — 527, 2012-yilda — 845, 2013-yilning o‘tgan davrida — 1 229) ta yozma murojaatlari ko‘rib chiqildi, 6 709 nafar fuqaro (2010-yilda — 1 529, 2011-yilda — 1 742, 2012-yilda — 1 665, 2013-yilning o‘tgan davrida — 1 773) qabul qilinishi natijasida 206 ta senatorlik murojaati (2010-yilda — 53, 2011-yilda — 35, 2012-yilda — 62, 2013-yilning o‘tgan davrida — 56) tegishli tashkilotlarga jo‘natildi, saylovchilar bilan 1 462 ta (2010-yilda — 344, 2011-yilda — 413, 2012-yilda — 396, 2013-yilning o‘tgan davrida — 309) uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo‘mitaning a’zolari 126-marta (2010-yilda — 43, 2011-yilda — 36, 2012-yilda — 27, 2013-yilning o‘tgan davrida — 20) so‘zga chiqdilar.
Shu bilan birga, Qo‘mita faoliyatida foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Qo‘mita tegishli qonunlar, Senat, Senat Kengashi hamda Qo‘mita qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirishi zarur, bunda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining bajarilishiga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Qo‘mita o‘tkazilayotgan tadbirlarni, ayniqsa nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash ishlariga hamda mintaqalarda aniqlangan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid hal etilmagan takliflarni tashabbuskorlik bilan Qo‘mita, Senat Kengashi hamda Senat yalpi majlislari muhokamasiga kiritishga Qo‘mitaning barcha a’zolari jalb etilishiga erisha olmagan. Qo‘mita qarorlari va tavsiyalari bajarilishi yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini tinglash amaliyotidan yanada kengroq foydalanish, senatorlik so‘rovlari bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlaridan axborotlar talab qilib olish borasidagi Qo‘mita a’zolarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan Qo‘mita chora-tadbirlar ko‘rishi zarur.
Qo‘mita a’zolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial-iqtisodiy islohotlarning mohiyati va ahamiyati yuzasidan joylarda olib borilayotgan tushuntirish ishlarida yanada faolroq ishtirok etishlari, Qo‘mita hujjatlari asosida tayyorlangan tahliliy materiallar bilan markaziy va mahalliy nashrlarda hamda teleradiokanallar orqali ko‘proq chiqishlari zarur.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2010 — 2012-yillar va 2013-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti bildirilgan takliflar hisobga olingan holda ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi (M. Xujamberdiyev) o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan samarali choralar ko‘rsin;
mintaqalarda aniqlangan dolzarb masalalar va muammolar yechimining muhokamasiga, shuningdek Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan tadbirlar Qo‘mita ish rejasiga kiritilishiga alohida e’tibor qaratsin;
mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan masalalarini hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini oshirishga, bu masalalar Qo‘mita, Senat Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislari muhokamasiga kiritilishiga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashsin;
qonun hujjatlarining, Senat, Senat Kengashi va Qo‘mita qarorlarining talablari ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratining ta’sirchanligini takomillashtirsin, bunda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlari bajarilishiga alohida e’tibor qaratsin;
Qo‘mita barcha a’zolarining o‘tkazilayotgan tadbirlarning tayyorlanishidagi ishtirokini faollashtirsin;
Qo‘mita qarorlari va tavsiyalari bajarilishi bo‘yicha davlat organlari rahbarlarining axborotini tinglash amaliyotini davom ettirsin;
senatorlik murojaatlari bo‘yicha axborotni o‘z vaqtida talab qilib olish yuzasidan Qo‘mita a’zolarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirsin;
qabul qilinayotgan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni-mohiyatini aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini takomillashtirsin;
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir Qo‘mita hujjatlari asosida tayyorlangan tahliliy materiallar bilan Qo‘mita a’zolari markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari, jumladan teleradiokanallar orqali yanada faol chiqishlarini ta’minlasin.
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin. | 193 | 12,921 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sug‘urtalovchilar bundan mustasno.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi o‘rinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchining ichki nazorati (keyingi o‘rinlarda — ichki nazorat) — professional ishtirokchisi faoliyatining qonunchilik hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyati bilan bog‘liq uning ichki hujjatlariga muvofiqligi ustidan nazorat (keyingi o‘rinlarda — ichki hujjatlar);
professional ishtirokchining nazoratchisi (keyingi o‘rinlarda — nazoratchi) — professional ishtirokchining mazkur Nizomga muvofiq ichki nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsi;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
2. Ichki nazoratni amalga oshirish professional ishtirokchining vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlanadigan nazoratchi zimmasiga yuklatiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotda ichki nazoratni amalga oshirish tashkilot rahbariga yuklatiladi.
3. Nazoratchi o‘z faoliyati davomida professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashiga hisobdor bo‘ladi. Kuzatuv kengashi mavjud bo‘lmagan holda nazoratchining faoliyatini nazorat qilishni professional ishtirokchining ijroiya organi amalga oshiradi.
4. Professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni birga qo‘shib olib borilgan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bir nechta nazoratchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
5. Professional ishtirokchi ichki nazoratni amalga oshirish uchun nazoratchi rahbarligi ostida alohida tarkibiy bo‘linmani shakllantirishga haqli.
6. Nazoratchi o‘z faoliyatida professional ishtirokchining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan mustaqildir.
7. Nazoratchi lavozimi professional ishtirokchining xodimlar shtatiga kiritiladi. Nazoratchi lavozimidagi ish o‘rni nazoratchi uchun asosiy ish joyi bo‘lishi kerak. Nazoratchi ishni bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq professional ishtirokchilarda birga qo‘shib olib borishga haqli emas.
8. Professional ishtirokchi uning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki nazorat to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (nizomga) (keyingi o‘rinlarda — Yo‘riqnoma) ega bo‘lishi kerak. Kuzatuvchi kengashi mavjud bo‘lmagan holda Yo‘riqnoma professional ishtirokchining ijroiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Yo‘riqnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
nazoratchini tayinlash va uni ishdan bo‘shatish tartibi;
nazoratchining vazifalari, uning huquq va majburiyatlarining ro‘yxati;
kelib tushgan shikoyatlar, murojaatlar va arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;
nazoratchi tomonidan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi aniqlangan holda uning harakatlari tartibi;
nazoratchi tomonidan hisobot hujjatlarini taqdim etish shakli va muddatlari;
professional ishtirokchining filiallarida ichki nazoratni amalga oshirish tartibi (qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiallar mavjud bo‘lgan holda);
nazoratchining hisobotlari kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan hollarda nazoratchining javobgarligi.
Yo‘riqnomada ichki nazoratni amalga oshirishni tartibga soluvchi boshqa qoidalar ham aks ettirilishi mumkin.
10. Professional ishtirokchining qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiali mavjud bo‘lgan holda, filialning xodimlar shtatiga filial nazoratchisi kiritiladi.
Agarda qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni bevosita filial tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarayotgan filialning shtatida xodimlar soni uch kishidan ortiq bo‘lmasa, professional ishtirokchining bosh tashkiloti nazoratchisi yoki filial rahbari filial nazoratchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
11. Filial nazoratchisiga mazkur Nizomning me’yorlari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tatbiq etiladi:
filial nazoratchisi o‘z faoliyatida filialning boshqa xodimlaridan mustaqil va filial rahbariga va bosh tashkilotning nazoratchisiga hisobdordir;
filial nazoratchisi aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi to‘g‘risida filial rahbari va bosh tashkilotning nazoratchisiga axborot beradi;
filial nazoratchisi filial faoliyatiga tegishli bo‘lgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va filial rahbariga taqdim etadi.
111. Filial nazoratchisi vazifalari filial rahbari tomonidan bajarilgan taqdirda filial rahbari:
bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga hisobdordir;
aniqlangan barcha qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi to‘g‘risida bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga axborot beradi;
filial faoliyatiga tegishli bo‘lgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va rahbariga taqdim etadi.
12. Nazoratchi lavozimiga tayinlanadigan shaxs qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
13. Professional ishtirokchining nazoratchisi:
mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan;
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlardan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishga doir majburiyatlardan tashqari ichki nazorat vazifalarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozim majburiyatlarini bajarishga haqli emas.
131. I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond bo‘limining nazoratchisi quyidagilardan biriga ega bo‘lishi lozim:
moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida besh yillik ish stajiga.
14. Quyidagi shaxs nazoratchi bo‘lishi mumkin emas:
qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining amaldagi malaka guvohnomasiga ega bo‘lmagan;
quyidagi mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari;
ushbu shaxsning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatilgan tashkilotlarning muvofiq faoliyat turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan, kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan yoki professional ishtirokchi, fond birjasi, kredit, sug‘urta yoki auditorlik tashkilotlarining ta’sischisi bo‘lgan, agar bunday to‘xtatish paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan;
yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan yoki uning kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa.
15. Professional ishtirokchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Yo‘riqnomada nazoratchiga qo‘shimcha talablarni o‘rnatishga haqli.
16. Nazoratchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) Yo‘riqnoma talablariga rioya etishni ta’minlaydi;
b) professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining ichki qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
v) professional ishtirokchi tomonidan professional faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan professional ishtirokchiga kelib tushgan murojaat, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
g) professional ishtirokchi tomonidan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilganligi aniqlanganligi to‘g‘risida professional ishtirokchining rahbarini darhol xabardor qiladi, qonunbuzilishning sodir bo‘lishi sabablarini va unda aybdor bo‘lgan shaxslarni belgilaydi;
d) aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishlari bartaraf etilishini va professional ishtirokchining kelgusi faoliyatidagi shunga o‘xshagan qonunbuzilishi yuzasidan ogohlantirishlar bo‘yicha tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
e) professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga ularning rasmiy talabiga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etadi;
j) professional ishtirokchi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
17. Nazoratchi:
professional ishtirokchining ichki hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarda ishtirok qilish;
professional ishtirokchining hujjatlarini taqdim qilinishini talab qilish va qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bazasi va registrlar mazmuni bilan tanishish;
majburiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan professional ishtirokchining xodimlaridan nazoratchi vazifasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli axborotlarni taqdim qilishini talab qilish;
majburiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan professional ishtirokchining xodimlaridan ularning o‘z majburiyatlarini bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha yozma tushuntirishlar taqdim qilishni talab qilish huquqiga ega.
Nazoratchi Yo‘riqnomada belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
18. Nazoratchi:
nazoratchining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga;
professional ishtirokchining ichki nazorat to‘g‘risidagi ichki hujjatlari talablariga rioya qilishga;
o‘z vazifalarini tegishli ravishda bajarishga;
professional ishtirokchi va uning xodimlaridan olingan hujjatlar va fayllarning aslini saqlanishi va ularga qaytarilishini ta’minlashga;
ichki nazoratni tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha professional ishtirokchining xodimlariga maslahat berishga;
olingan axborotlarga nisbatan xizmat siriga rioya etishga majburdir.
Nazoratchi Yo‘riqnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni ham oladi.
19. Nazoratchi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan holda, nazoratchi ish kunidan kechiktirmasdan aniqlangan qonunbuzilishi to‘g‘risida professional ishtirokchisining rahbariga va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot beradi.
20. Nazoratchining mazkur Nizom bilan unga berilgan huquqlar doirasidagi talablari professional ishtirokchining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
21. Nazoratchi o‘z vazifalarini bajarish vaqtida:
aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni (keyingi o‘rinlarda — qonunbuzilishini tekshirish to‘g‘risida hisobot) — qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining qonunbuzilishi aniqlangandan so‘ng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
choraklik hisobotni — har chorak yakuni bo‘yicha har bir chorak tugaganidan so‘ng o‘n besh kundan kech bo‘lmagan muddatda tuzadi.
Hisobotlar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan professional ishtirokchining tegishli boshqaruv organiga ular tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
22. Qonunbuzilishini tekshirish to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:
tekshirish asoslari va uni o‘tkazish muddatlari to‘g‘risidagi;
tekshirish jarayonida tasdiqlangan va boshqa aniqlangan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi to‘g‘risidagi;
qonunbuzilishini sodir etilishining belgilangan sabablari va bunda aybdor shaxslar to‘g‘risidagi;
qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini bartaraf etish va shunga o‘xshash qonunbuzilishlaridan ogohlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar to‘g‘risidagi.
Nazoratchi tomonidan ilgari aniqlangan, biroq bartaraf etilmagan qonunbuzilishini takroriy aniqlangan holda nazoratchi qonunbuzilishini tekshirish to‘g‘risida yangi hisobotni tuzmaslikka haqli. Bunda, ilgari aniqlangan qonunbuzilishining bartaraf qilinmaganligi to‘g‘risidagi axborot, nazoratchining choraklik hisobotiga kiritilishi lozim.
Bir xildagi qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishlari (bitta va shu kabi sabablar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarining shu kabi bir xil talablarining buzilishlari) to‘g‘risidagi, shuningdek bitta tekshirishni o‘tkazish jarayonida aniqlangan o‘zaro bog‘langan qonunchilik hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishini (agarda bitta qonunbuzilishi boshqasi sababli kelib chiqsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunbuzilishini tekshirish to‘g‘risidagi yagona hisobotda aks ettirilishi mumkin.
23. Choraklik hisobot quyidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim:
o‘tkazilgan tekshirishlar soni ko‘rsatilgan holda chorak mobaynida o‘tkazilgan tekshirishlar, tekshirish o‘tkazish vaqtida aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilish sabablari va ularni bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi;
murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi (ko‘rib chiqilgan murojaatlar, arizalar va shikoyatlar soni to‘g‘risidagi, murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilish sabablari, professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida shunga o‘xshash qonunbuzilishlarni bartaraf etish va ogohlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi);
professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida qonunchilik hujjatlari, professional ishtirokchining ichki qoidalari talablarining buzilishidan ogohlantirish bo‘yicha tavsiyalar;
professional ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarni bajarish to‘g‘risidagi;
xizmat axborotlaridan noqonuniy foydalanish, narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan tadbirni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bog‘liq tavakkalchilikni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risidagi.
Choraklik hisobotga professional ishtirokchi xodimlarining malakasini oshirish, ichki nazoratni tashkil qilishni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek boshqa axborotlar kiritilishi mumkin.
24. Nazoratchi alohida yig‘majildlar nomenklaturasini shakllantirish yo‘li bilan hisobotlar hisobining yuritilishini va ularning saqlanishini tashkil qiladi.
25. Nazoratchining hisobotlari va boshqa hujjatlari professional ishtirokchining qat’iy hisobot hujjatlari hisoblanadi va agarda Yo‘riqnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim.
26. Professional ishtirokchiga kelib tushadigan murojaatlar, shu jumladan arizalar va shikoyatlar ko‘rib chiqish uchun nazoratchiga yuboriladi va professional ishtirokchi tomonidan belgilangan kirim hujjatlarini ro‘yxatga olish tartibiga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.
27. Murojaatlarni ko‘rib chiqish mazkur Nizomda belgilangan alohida xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Arizachiga murojaat, ariza yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi yozma javob xatida arizachi tomonidan bayon etilgan har bir dalilga nisbatan asoslantirilgan javob aks ettirilishi kerak.
29. Murojaat, ariza va shikoyat yuzasidan javob xatini professional ishtirokchining rahbari va nazoratchi imzolaydi.
30. Professional ishtirokchi arizachilarga uning tomonidan xabar berilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
31. Professional ishtirokchining rahbari:
nazoratchiga uning o‘z majburiyatlarini bajarilishida yordam ko‘rsatadi;
aniqlangan qonunchilik hujjatlari, ichki hujjatlarining buzilishlarini, shuningdek qonunbuzilishini sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etilishini tashkil qiladi.
32. Professional ishtirokchining (professional ishtirokchi filialining) xodimlari:
nazoratchiga uning o‘z majburiyatlarini bajarilishida yordam ko‘rsatadilar;
professional ishtirokchining boshqa xodimlari yoki boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi kutilayotgan qonunchilik hujjatlarining, ichki qoidalarning buzilishlari to‘g‘risida darhol nazoratchiga ma’lum qiladilar;
ro‘y bergan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq ular manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin bo‘lgan bitimlar to‘g‘risida nazoratchini xabardor qiladilar;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning affillangan shaxslari deb topilishi mumkin bo‘lgan mijozlar to‘g‘risida nazoratchini xabardor qiladilar;
mijozlar tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘yicha uzoq vaqt (bir haftadan ortiq) davomida aloqa o‘rnatish mumkin bo‘lmagan mijozlar to‘g‘risida nazoratchini xabardor qiladilar.
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 111 | 19,504 |
Qonunchilik | Davlat muassasalari uchun хat-хabarlarni yetkazib berishning yagona tizimi yaratildi | Vazirlar Mahkamasining 9.10.2020 yildagi 637-son qarori bilan Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi хat-хabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 28.04.2020 yildagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4699-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi хat-хabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi yaratildi.
Nizomda хat-хabarlarni yuborish, yetkazib berish va olinganini tasdiqlash qoidalari, хat-хabarlarni saqlash va hisobga olish, shuningdek tizimning aхborot хavfsizligini ta’minlash tartibi belgilangan.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta joʻnatmalari Yagona milliy tizim (YaMT) orqali yoʻllanadi:
YaMT orqali pochta joʻnatmalarini yetkazib berishga oid хizmatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. «Oʻzbekiston pochtasi» AJ tizim operatori hisoblanadi.
YaMT faoliyat meхanizmi onlayn rejimda har bir joʻnatma haqidagi ma’lumotni kuzatib imkonini beradi. Tizimning ishlash tartibida Yagona milliy tizimga elektron shaklda yuborilgan pochta joʻnatmalari avtomatik tarzda tegishli manzillardagi pochta aloqalari uzellari boʻyicha taqsimlanishi nazarda tutilgan. Keyin pochta aloqasining tegishli uzellari orqali elektron shaklda kelib tushgan pochta joʻnatmalari qogʻozga chiqariladi va koʻrsatilgan manzillar boʻyicha tarqatiladi. Oluvchiga qogʻoz shaklidagi pochta joʻnatmasini yetkazib berishning imkoni boʻlmasa, joʻnatma 6 oy mobaynida saqlanadi.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlmagan хat-хabarlarni yetkazib berish jarayoni bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga YaMTdan foydalangan holda pochta joʻnatmalarining хavfsizligi va yozishmalar siri ta’minlangan holda yetkazib berish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.10.2020 yildan kuchga kirdi. | 84 | 2,223 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risida | 1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq emitentlar qimmatli qog‘ozlarini dastlabki kafolatli joylashtirish bo‘yicha faoliyatini amalga oshirish standartlarini (tartib va shartlarini) belgilaydi.
1.2. Mazkur Nizom emitentning qimmatli qog‘ozlarini chiqarilish jarayonida va/yoki dastlabki kafolatli joylashtirilishida emitent va anderrayterning o‘zaro hamkorlik asoslarini va javobgarliklarini tartibga soladi.
1.3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;
qimmatli qog‘ozlar — mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjat;
investitsiya memorandumi — emitent haqida barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hamda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish narxi to‘g‘risidagi axborotlarni va bitim tafsilotlarini ko‘rsatmaydigan investorlarga taqdim etish uchun oldindan tayyorlangan hujjatlar to‘plami;
anderrayter faoliyati (anderrayting) — emitent va anderrayter (anderrayterlar) o‘rtasidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida emitent qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishini tashkillashtirish va/yoki kafolatli joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyati;
anderrayter — anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi yoki tijorat banki;
anderrayting xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma — bir tomondan, ma’lum bir narxda joylashtirilishi kerak bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarayotgan emitent va boshqa tomondan anderrayter (anderrayterlar) o‘rtasidagi shartnoma;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
2.1. Anderrayting faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat banklari va investitsiya vositachilariga qo‘yiladigan talablar:
Anderrayterlar faqat investitsiya vositachilari va tijorat banklari bo‘lishi mumkin.
Anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklari va investitsiya vositachilari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) litsenziyaga ega bo‘lishi:
investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi, yohud,
bank operatsialarini amalga oshirish huquqini beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
2.2. Anderrayter faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Anderrayter faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
emitent bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirishning maqbul tuzilmasini shakllantirish;
investitsiya memorandumini tuzish va investorlarga taqdim etish;
chiqarilishning kutilayotgan hajmidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqiga oldindan obuna o‘tkazish;
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shu jumladan potensial investorlar tomonidan chiqarilishi kutilayotgan qimmatli qog‘ozlar hajmidan ularni sotib olish huquqiga amalga oshirilgan dastlabki obunalardan kelib chiqib bozor konyunkturasi va imkoniyatlarini o‘rganish;
anderrayting xizmatlarining xususiyatlarini belgilovchi emissiya risolasi, operatsion hujjatlashtirish va kafolatlangan majburiyatlarni tuzish;
zarur hollarda, anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasini shakllantirish va uning faoliyatini ta’minlash uchun investitsiya vositachilari va tijorat banklarini tanlash;
anderrayting xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan, qabul qilingan majburiyatlar va muddatlarga muvofiq emitentning qimmatli qog‘ozlarining kafolatlangan joylashtirilishini o‘tkazish (chiqarilishlarni muayyan minimal narxda joylashtirish);
anderrayting xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vaqtinchalik birlashma ishtirokchilari o‘rtasida (agar mavjud bo‘lsa) sotib olish va sotish farqidan olingan daromad yoki komissiya mukofotini taqsimlash;
emitentga qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan tushgan mablag‘larni to‘lash;
ikkilamchi bozorda (ushbu emissiya) joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni dastlabki qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshirish emissiya risolasida (anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma) nazarda tutiladi.
2.3. Kafolatlangan joylashtirish turlari:
to‘liq kafolatlangan joylashtirish — ushbu chiqarilishning barcha qimmatli qog‘ozlarini anderrayter tomonidan joylashtirilishi;
qisman kafolatlangan joylashtirish — anderrayter tomonidan ushbu chiqarilishning 10% foizdan kam bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning qisman joylashtirilishi;
2.4. Anderrayterning huquqlari
Anderrayting faoliyatini amalga oshirish jarayonida anderrayter quyidagi huquqlarga ega:
qimmatli qog‘ozlarni to‘liq yoki qisman kafolatli dastlabki joylashtirishga shartnoma tuzishda emitentdan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan chegirma taqdim etishni shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda talab qilish;
emitent aksiyadorlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rish;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlarini bajarmagan taqdirda emitent oldida javobgarlik tavakkalchiligini sug‘urta qilish;
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda shartnomada belgilangan miqdorda emitentdan komissiya haqi olish.
2.5. Axborotlarni oshkor qilish talablari
2.5.1. Emitent anderrayterga investitsiya memorandumini tuzish va investorlar taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Investitsiya memorandumida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
emitent va umuman tarmoq faoliyatining tavsifi;
emitentning kelgusi yil uchun strategiyasi;
emitentning boshqaruv tizimini tavsiflash, kasbiy tayyorgarlik, boshqaruv xodimlarining ish tajribasi, so‘nggi uch yil ichida ish joylari va egallab turgan lavozimlarni ko‘rsatgan holda;
ta’sis hujjatlariga muvofiq emitent tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun taktik qadamlar;
raqobat muhitini va bozordagi ulushini tahlil qilish;
emitentning oxirgi uch moliya yilidagi moliyaviy natijalarining (choraklar bo‘yicha) tahlili, daromadlarning pasayishi yoki oshishi sabablari, moliyaviy qo‘yilmalar (emissiyani amalga oshirishdan) olinganidan keyingi moliyaviy natijalar prognozi;
emitentning moliyaviy kamomadini (profitsit) vaqtinchalik oraliq muddatda aniqlash;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishidan (emissiyasidan) olingan mablag‘larni sarflash smetasi xarajatlari.
2.5.2. Chiqarilishning emitenti va anderrayterlari har bir potensial xaridorga joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish paytiga qadar sotish shartlari va emissiya risolasi bilan tanishish imkoniyatini berishlari shart.
2.5.3. Chiqarilishning emitenti va anderrayterlari emissiya chiqarish risolasida e’lon qilingan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda birgalikda javobgar bo‘ladilar.
3.1. Anderrayterni tanlash emitent tomonidan:
investitsiya vositachilar va tijorat banklari — potensial nomzodlar bilan anderrayting bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun dastlabki muzokaralar asosida, yohud
anderrayting bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun ommaviy (yohud yopiq) tanlov (tender) o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
4.1.1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida noqulay konyunktura yuzaga kelganda anderrayterlarning hech biri katta zarar ko‘rmasligi, qimmatli qog‘ozlar taklifi tavakkalchiligini taqsimlash maqsadida birgalikda faoliyat yuritish uchun vaqtincha anderrayterlar birlashmasini (bundan buyon matnda — birlashma) tashkil etish huquqiga ega.
4.1.2. Birlashmani tashkil etishning tashabbuskori emitent tomonidan tanlangan anderrayter hisoblanadi. Anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma emitent bilan birlashma nomidan amaldagi qonunchilik talablariga va mazkur Nizomning 5.2 bandiga muvofiq tuziladi.
4.1.3. Birlashma ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari o‘zaro hamkorlik shartnomasi bilan tartibga solinadi.
4.1.4. O‘zaro hamkorlik shartnomasida:
birlashma a’zolarining ro‘yxati, ularning birlashmadagi hissasi miqdori;
birlashma a’zolarining huquqlari va majburiyatlari;
qaror qabul qilish tartibining tavsifi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar kelishilgan bo‘lishi kerak.
4.1.5. Emitent tomonidan tanlangan anderrayter emitentdan qo‘shimcha haq olmagan holda birlashma ichki ishlarini yuritish va ularni tashkillashtirishni amalga oshiradi.
Birlashma tomonidan amalga oshirilgan joylashtirish bo‘yicha xarajatlar a’zolarning ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Anderrayting xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun komission mukofot emitent va birlashma o‘rtasida shartnomada belgilangan miqdorda to‘lanadi va qimmatli qog‘ozlarni kafolatli joylashtirish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarga mutanosib ravishda birlashma a’zolari orasida emitent tomonidan tanlangan anderrayter tomonidan taqsimlanadi.
4.1.6. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish tugallangandan so‘ng birlashma o‘z faoliyatini tugatadi.
5.1. Emitent va anderrayter o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan anderrayting xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bilan belgilanadi.
5.2. Anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma anderrayter tomonidan chiqarilish tartibi, anderrayting xususiyati va emitent turiga qarab O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tayyorlanadi va quyidagi majburiy (muhim) shartlarni o‘z ichiga oladi:
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari va anderraytning majburiyatining xususiyati;
xizmatlar uchun haq to‘lash miqdori va tartibi;
emitent va anderrayter (birlashma) o‘rtasida joylashtirish jarayonida o‘zaro munosabatlarning shartlari va tartibi;
emitent bilan anderrayter (birlashma) o‘rtasida joylashtirishdan keyingi o‘zaro munosabatlarning shartlari va tartibi (ikkilamchi bozorda joylashtirilgan emissiyani anderrayter (birlashma) tomonidan qo‘llab-quvvatlash);
va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar.
6.1. Anderrayterlar faoliyatini nazorat qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
6.2. Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorda ommaviy joylashtirish va muomalasida qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda bir investorga boshqalar oldida imtiyozli huquqni belgilash taqiqlanadi. Ushbu shartlar aksiyadorlarga yangi emissiya qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga imtiyozli huquqni taqdim etishda qo‘llanilmaydi.
6.3. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida anderrayter tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) investorlar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni lozim darajada oshkor qilmasdan turib anderrayting xizmatlarini amalga oshirish;
b) qimmatli qog‘ozlar bozorining alohida bir ishtirokchilari uchun imtiyozli huquqlarni taqdim etish maqsadida uni biror-bir belgisiga ko‘ra bo‘lish;
v) emitent bilan tuzilgan shartnomaning shartlarini bajarmaslik va/yoki lozim darajada bajarmaslik va/yoki o‘z vaqtida bajarmaslik;
g) emitentga (boy berilgan foydani), birlashma bo‘yicha hamkorlariga (adolatsiz raqobat va h.k.) yoki investorlarga (axborotni oshkor qilish) zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar.
6.4. Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda anderrayter aksiyadorlik jamiyatining foydasini va qimmatli qog‘ozlarining likvidliligini yanada oshishini hisobga olishi kerak.
6.5. Anderrayter mazkur Nizom talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 62 | 11,830 |
Qonunchilik | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2019-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 168 | 270 |
Qonunchilik | A’lochilarga imtihon хarajatlari qoplab beriladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 13.04.2021 yildagi «Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish хarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi 209-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Quyidagilar belgilandi:
Yoshlar ishlari agentligiga quyidagi vazifalar topshirildi:
a) 2021 yil 1 mayga qadar:
b) bir oy muddatda хalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli хorijiy tashkilotlar va ularning Oʻzbekistonda davlat roʻyхatidan oʻtgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirish.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligiga imtihon topshirish хarajatlarini kompensatsiya qilish toʻgʻrisida ariza beruvchilarning elektron reyestri aхborot tizimini yaratish hamda uni keyinchalik teхnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini koʻrish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi ushbu aхborot tizimining egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi.
Reglament хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish хarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Xarajatlar qoplab berilishi uchun ariza beruvchi istalgan tumandagi (shahardagi) Davlat хizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YaIDXPda davlat хizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyхatdan oʻtadi.
Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat хizmatlari markazi хodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
Reglamentda хalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish хarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibiga oid boshqa masalalar ham qayd etilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2021 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 48 | 2,419 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasini boshqarishni yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar bo‘lgan yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi Direksiyaning shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi 376-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 24-son, 503-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi direktori R.M. Shoabduraxmonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Direksiya mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
xalqaro grantlar;
texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
imtiyozli, shu jumladan xorijiy kreditlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Direksiyaning jalb etiladigan mablag‘lari belgilangan tartibda uning asosiy yoki tegishli maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Mablag‘larning to‘liq tushishini nazorat qilish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
4. Direksiyaning bank hisob raqamlaridagi mablag‘laridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, grant beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
5. Direksiyaning mablag‘laridan belgilangan tartibda quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek ularni zarur jihozlar, mebel, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash;
Direksiya xodimlariga ish haqi, ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash;
Direksiya xodimlariga ham mamlakat ichkarisida, ham undan tashqarida xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash;
Direksiya binolarini ijaraga olish haqini to‘lash, zarur jihozlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash;
Direksiya ehtiyojlari uchun xizmat avtomobillari va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa texnik vositalar xarid qilish, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash;
Direksiya xodimlarining o‘qishini, malaka oshirishini va stajirovkasini shu jumladan xorijiy davlatlar ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida tashkil etish;
Direksiya vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy davlatlar, shuningdek kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish;
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va madaniy markazlarning mahalliy va xorijiy mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
seminarlar, “davra suhbatlari”, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, profilaktik va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek Direksiya faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
6. Direksiya direktori Direksiya mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi va uning uchun shaxsan javob beradi.
7. Grant beruvchilardan tushadigan xalqaro grantlar va texnik ko‘maklashish mablag‘lari Direksiya tomonidan grant beruvchilar va Direksiya o‘rtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq foydalaniladi.
Grant beruvchilarning xalqaro grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari grant beruvchilar bilan kelishgan holda vakolatli banklarning depozit hisob raqamlariga joylashtirilishi mumkin.
8. Xalqaro grantlar va texnik ko‘maklashish mablag‘larini vakolatli banklarning depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagilarga:
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, loyiha-qidiruv ishlarini o‘tkazish, Direksiya tomonidan moliyalashtiriladigan obyektlar uchun qurilish asbob-uskunalari, materiallari, tegishli jihozlar, kompyuter texnikasi, mebel va boshqa zarur tadbirlarga, shuningdek Direksiyani joriy saqlashga va uning faoliyatini amalga oshirishga;
ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
9. Direksiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Direksiya xodimlari mehnatiga haq to‘lash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq va ustamalar;
mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar.
11. Direksiya xodimlarining lavozim maoshlari qonunchilikka muvofiq Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi.
12. Direksiya xodimlariga yuqori tashkilot bilan kelishgan holda qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lanishi mumkin.
13. Direksiya rahbari va bosh buxgalteri xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarini belgilashning, lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq va ustamalar, shuningdek boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni hisoblashning to‘g‘riligi uchun shaxsan javob beradilar.
1. 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilovada:
a) 5-bandga quyidagi mazmundagi “e” kichik band qo‘shilsin:
“e) jihozlash sohasida:
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan taqdim etilayotgan dasturlarni ko‘rib chiqadi;
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan maslahat berish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va madaniy markazlarning yetakchi mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etadi”;
b) 14-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiyaning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan shtatdagi xodimlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 141-band qo‘shilsin:
“141. Direktor o‘rinbosari va Direksiyaning bosh muhandisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”. | 250 | 8,629 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari 2005-yilda o‘tkazadigan tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari 2005-yilda o‘tkazadigan tadbirlar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
“Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: voqelik va muammolar. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati.
“Senatorning o‘z vakolatlarini amalga oshirishdagi faolligini ta’minlash to‘g‘risida” degan mavzuda davra suhbati (Senat qo‘mitalari bilan birgalikda).
“O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari” mavzuida amaliy konferensiya (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Qarimovning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” ma’ruzasi asosida).
“Armiya va yoshlar” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda).
“O‘zbekiston jurnalistikasi. Muammolar va istiqbollar” mavzuida konferensiya (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda).
“O‘zbekiston biologik xilma-xilligini saqlab qolish modeli sifatida Nurota — Qizilqum biosfera qo‘riqxonasini barpo etish” mavzuida davra suhbati.
“O‘zbekiston Respublikasining kredit uyushmalari: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida seminar.
“Dastlabki tergov va ishni sudga qadar yuritish protsesslari ustidan sud nazorati” mavzuida seminar.
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat — harbiy xizmatning alohida turi” mavzuida davra suhbati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri).
“O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini xalqaro-huquqiy jihatdan himoya qilish: muammolar va takomillashtirish yo‘llari” mavzuida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda).
“Televideniye va radioeshittirishlar faoliyatining liberaltirilishini va iqtisodiy erkinligini huquqiy jihatdan ta’minlash muammolari” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi bilan birgalikda).
“Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati.
“O‘zbekistonda tadbirkorlarning manfaatlarini huquqiy himoya qilish: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida xalqaro konferensiya (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalari qo‘mitasi bilan birgalikda).
“Fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashning huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati.
“Markaziy Osiyo umumiy bozorining normativ-huquqiy bazasini tayyorlash — mazkur bozor tashkil etilishining muhim va zarur bosqichi” mavzuida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitalari bilan birgalikda).
“O‘zbekistonda sportni rivojlantirishni tashkiliy-xuquqiy jihatdan ta’minlash masalalari” mavzuida seminar.
“O‘zbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning milliy strategiyasi va harakat dasturini ishlab chiqish” mavzuida davra suhbati.
“Banklarning investitsiya faoliyati muammolari va iqtisodiyotni rivojlantirish” mavzuida seminar.
“Sud-huquq islohoti: samaradorlik va istiqbollar” mavzuda konferensiya.
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o‘tashning kontrakt asosidagi tizimi. Istiqbol va rivojlanish” mavzuida konferensiya.
“Davlatning tashqi siyosati va iqtisodiy faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash to‘g‘risida” degan mavzuda seminar.
“Mustaqil O‘zbekistonning yangi tarixini tadqiq etish masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda).
“Zarafshon daryosining buguni va ertasi. Muammolar va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya. | 102 | 4,106 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari va qarorlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoniga o‘zgartish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2749-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-son Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshisidagi “3937” raqami “4323” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin. | 238 | 717 |
Qonunchilik | XORAZM AVTOMOBIL IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASIDA KO‘P YuK KO‘TARADIGAN YuK AVTOMOBILLARI IShLAB ChIQARISh VA SOTISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro yuk tashishlarning o‘sib borayotgan hajmini ta’minlash va milliy avtomobil parkini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zavtosanoat” uyushmasining Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan “Mersedes-Bens” avtopoyezdlarining 300 tasini sotish, shu jumladan:
keyinchalik tashkilotlarga taqsimlagan holda Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hokimliklariga 25 tadan;
“O‘zavtotrans” korporatsiyasiga — 100 ta;
“O‘zavtosanoat” uyushmasiga — 50 ta;
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasiga — 50 tasini sotish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi 600 ta yuk avtomobilini sotishdan olgan foydadan, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va kreditlarni qaytarishga yo‘naltiriladigan qismi bo‘yicha, soliq to‘lashdan ozod qilinsin.
Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasiga Yagona yo‘l jamg‘armasiga mablag‘ni sotilgan mahsulot hajmidan belgilangan miqdorda ajratishga ruxsat berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hukumatning qarorlari bilan Respublika valyuta jamg‘armasidan Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasiga ajratilgan 33310,2 ming Germaniya markasi (foizlarni hisobga olgan holda) miqdoridagi kreditni qaytarishni 2 yilga kechiktirsin. Kreditni qaytarish Libor + 0 stavkasi bo‘yicha foizlar to‘langan holda 1996-yil 1-oktabrdan boshlab 5 yil davomida teng ulushlarda amalga oshirilsin.
5. “O‘zavtosanoat” uyushmasi:
uch oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasining ishlab chiqarish maydonlarida sedel tyagachlar va ularga yarim pritseplar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston — Germaniya qo‘shma korxonalari tashkil etish;
bir oy muddatda yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatadigan mintaqaviy markazlar ochish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlasin va kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasining avtopoyezdlaridan foydalanuvchi viloyatlar avtokorxonalariga xalqaro yuk tashish jarayonini tashkil etishda va xalqaro tashkilotlarda tegishlicha ro‘yxatdan o‘tishda ko‘maklashsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Y.F. Paygin zimmasiga yuklansin. | 126 | 2,296 |
Qonunchilik | O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 164 | 495 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2008-yil 19-maydagi 10-8/1493, 04-01-son qarori (ro‘yxat raqami 1826, 2008-yil 18-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 24-25-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot — O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan axborot mahsuloti;”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Davriy bosma nashrlarning yoshga oid tasnifini, shuningdek jamoat joylarida yopiq o‘rovlarda tarqatilishi kerak bo‘lgan davriy bosma nashrlarni aniqlash o‘rnatilgan tartibda tahririyatlar tomonidan amalga oshiriladi.”.
3. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Katalogda davriy bosma nashrning nomi va indeksi, katalogni nashr qilgan tarqatuvchining telefon raqami, davriy bosma nashrning obuna narxi, bosmadan chiqish davriyligi, obuna davri, davriy bosma nashrlarning yoshga oid tasnifi va boshqa axborotlar ko‘rsatiladi.”.
4. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Davriy bosma nashrlarning navbatdagi sonlari sotuvga kelib tushganligi to‘g‘risida xaridorlarni xabardor qilish uchun davriy bosma nashrlarning yangi sonlari ko‘rinadigan joyda hamma ko‘rishi uchun chiqarib qo‘yiladi, bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno.
Jamoat joylarida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlarni faqat yopiq o‘rovlarda tarqatishga yo‘l qo‘yiladi.”.
5. 29-band quyidagi mazmundagi “d1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d1) davriy bosma nashrlarning tegishli yoshga oid toifasini hamda jamoat joylarda yopiq o‘rovlarda tarqatiladigan bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlarni aniqlash va tarqatuvchiga yopiq o‘rovlarda (har bir nusxasini) taqdim etish;”.
6. 30-bandda:
“a” kichik banddagi “tarqatuvchining” degan so‘z “nashrlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlarni jamoat joylarida tarqatish uchun o‘rovsiz yoki o‘rovi shikastlangan holatda taqdim etilganda tahririyatga qaytarish.”.
7. 34-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davriy bosma nashrlarning yetkazib berilmaganligi sababi obunachi ariza bergan kundan boshlab 20 kun davomida (agar shartnomada bundan kamroq muddat belgilanmagan bo‘lsa) tarqatuvchi tomonidan aniqlanishi va bartaraf etilishi kerak.”;
ikkinchi xatboshidagi “Kamchiliklar” degan so‘z “Aniqlangan kamchiliklar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 38-bandda:
“a” kichik band “chiqishining kechikkanligi” degan so‘zlardan keyin “yoki chiqmaganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlarni tarqatuvchiga o‘rovsiz yoki o‘rovi shikastlangan holatda taqdim etganligi.”.
9. 39-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) tovar ko‘rinishini yo‘qotgan davriy bosma nashrlarni sotganligi (agar obunachining davriy bosma nashrni olguniga qadar bunday kamchiliklar paydo bo‘lganligi isbotlansa), shuningdek jamoat joylarida bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olgan davriy bosma nashrlarni ochiq holatda tarqatganligi;”.
10. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Agar davriy bosma nashrning nusxasi (nusxalari)ni yetkazib berish fors-major holatlarining yuzaga kelishi oqibatida yoki obunachining aybi bilan buzilganligi isbot qilinsa, shuningdek davriy bosma nashrning chiqishini kechiktirish yoki navbatdagi sonining chiqmaganligi tahririyatning va nashriyotning aybi bilan yuzaga kelgan hollarda tarqatuvchilar javobgarlikdan ozod qilinadilar.”.
11. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Matbuot tarqatuvchi” AK bilan kelishilgan. | 123 | 4,953 |
Qonunchilik | Konvertatsiya ochilishining alohida masalalari aniqlashtirildi | Prezidentning 2.09.2017 yildagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga (hujjat toʻgʻrisida batafsil - bu yerda) sharh e’lon qilindi. Sharh matni OʻzA saytida joylashtirilgan boʻlib, qabul qilingan hujjatning qator qoidalariga oydinlik kiritadi.
Xorijiy valyutani sotib olish va sotish
Aniqlashtirilishicha, aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish tijorat banklarining barcha filial va mini-banklari tomonidan cheklanmagan miqdorda va sarsongarchiliksiz amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar 2017 yil 5 sentyabrdan e’tiboran joriy хalqaro operatsiyalarni, jumladan tovar, ish va хizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, хizmat safari хarajatlarini toʻlash va boshqa savdo хarakteriga ega boʻlmagan oʻtkazmalarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin.
Jismoniy shaхslar ham chet el valyutasini tijorat banklarining konversion boʻlimlarida sotib olingan mablagʻlarni хalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga asosan erkin sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi, shu jumladan bank hisobvaraqlari orqali chet elda oʻqish, davolanish va boshqalar uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari, banklar tomonidan aholi bilan bank-ayirboshlash operatsiyalarini sifatli oʻtkazish uchun:
Soʻm kursini хorijiy valyutaga nisbatan belgilash
Milliy valyutaning хorijiy pul belgilariga nisbatan kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi – faqat alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini (narх oʻzgaruvchanligi tendensiyasining statistik koʻrsatkichi –tahr.) bartaraf etish uchun хorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Ayirboshlash kursini egiluvchan holda tartibga solish respublikaga keladigan barcha valyuta resurslari (eksport tushumi, transchegaraviy pul oʻtkazmalari va boshqalar) oqimining rasmiy bozorga kelib tushishi orqali chet el valyutasiga boʻlgan jami talab va taklif mutanosibligini ta’minlash va oltin-valyuta zaхiralari hajmlarini avvalgidek yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi.
Alohida ta’kidlanishicha, “yashirin” iqtisodiyotning qisqarishi va pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb qilish yuridik shaхslar uchun konvertatsiyani amalga kiritish maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Samir Latipov. | 62 | 2,585 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida boshqarish tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 103 | 846 |
Qonunchilik | BIR NEChA JINOYAT SODIR ETILGANDA QILMIShNI KVALIFIKATSIYA QILIShGA DOIR MASALALAR TO‘G‘RISIDA | Sud amaliyotida bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra bir necha jinoyat tushunchasi jinoyatlar majmui, takroranligi va retsidiv jinoyatlar kabi huquqiy institutlarni o‘z ichiga oladi.
Bir necha jinoyat deganda, qonun shaxs tomonidan har biri alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi ikki va undan ortiq qilmish sodir etilishini nazarda tutadi.
Bir necha jinoyat turining aniqlanishi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ham, qilmishga mutanosib jazo tayinlash uchun ham muhim huquqiy ahamiyatga ega.
2. Jinoyatlar majmui va takroranligi tariqasidagi bir necha jinoyat uchun umumiy belgi — shaxsning bu jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasligidir.
Jinoyatlar majmui deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalari yoki bitta moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat, ular qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’i nazar, sodir etilishi tushunilishi lozim.
Jinoyatlar takroranligi deganda, qonunga ko‘ra shaxs tomonidan turli vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushunilib, bunda sodir etilgan jinoyat:
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan bo‘lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida nazarda tutilgan bo‘lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) shart.
Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi (masalan, JK 118, 119, 189, 211, 212-moddalari ikkinchi qismlari, 213-moddasi uchinchi qismi, 276-moddasi ikkinchi qismi).
3. Shaxs qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikdan (JK 64—68-moddalari) yoki jazodan (JK 69—76-moddalari) ozod etilgan bo‘lsa, jinoyatlar majmui va takroranligi mavjud bo‘lmaydi.
Sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi.
4. Jinoyatlar takroranligini bir qator aynan o‘xshash xatti-harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd bilan qamrab olingan, obyekti va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi jihatidan o‘zaro o‘xshash davomli jinoyatdan farqlash lozim. Bunday hollarda barcha qilmish Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi bitta moddasi yoki moddasi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Davomli jinoyat bir necha xatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblanishi tufayli, jinoyat qonuniga bu qilmish uchun jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal qila boshlagan davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak.
5. Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
6. Jinoyatlar majmuini tartibga soluvchi qonun normasini qo‘llashda shuni inobatga olish lozimki, huquq nazariyasiga ko‘ra jinoyatlar majmui real va ideal turga bo‘linadi.
Jinoyatlar real majmui ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo‘ladi.
Jinoyatlar ideal majmuida esa, aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo‘lib, qilmish ushbu normalardan birortasi bilan ham to‘liq qamrab olinmaydi.
7. JK 33-moddasiga muvofiq, jinoyatlar majmui mavjud bo‘lganda aybdor shaxs o‘zi sodir etgan har bir jinoyat uchun Jinoyat kodeksi tegishli moddasi yoki moddasi qismi bo‘yicha jinoiy javobgar bo‘ladi.
Jinoyatlar majmui sodir etilgan barcha jinoyatlar belgilari Jinoyat kodeksining og‘irroq jazoni nazarda tutuvchi bitta moddasi (moddasi bitta qismi) dispozitsiyasi bilan qamrab olingan holdagina JK bitta moddasi (moddasi bitta qismi) bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
8. Qonun bilan qo‘riqlanadigan bir necha obyektga (JK turli boblarida nazarda tutilgan) qilingan tajovuz jinoyatlar majmui sifatida Jinoyat kodeksining har bir alohida olingan obyektga tajovuz uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Tajovuz predmeti bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan qilmishlar ham shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Agar qonunning bitta normasida jinoyat natijasida kelib chiqadigan turli ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qilmish jinoyatlar majmui sifatida Jinoyat kodeksining bevosita har bir obyektga ziyon yetkazilishi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Qilmish Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida ko‘rsatilgan obyektga nisbatan sodir etilganda (umumiy va maxsus norma raqobati) jinoyatlar majmui mavjud bo‘lmaydi va u maxsus norma bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
9. Qilmish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud holatlarda (masalan, o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) va shu bilan birga, aynan shu qilmishni javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘luvchi boshqa belgilar (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holati) mavjud holda sodir etilsa, jinoyatlar majmui mavjud bo‘lmaydi. Qilmish bunday holda Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun yengilroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish faqat JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak).
Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining javobgarlikni ko‘proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak (masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish faqat JK 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim).
10. Bir necha jinoyat sodir etilganda, agar jinoyatlardan biri boshqasini sodir etish vositasi yoki usuli bo‘lib, har ikkala jinoyat belgilari Jinoyat kodeksi tegishli moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining faqat og‘irroq jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi bitta moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunda qilmishni yengilroq jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi (masalan, xizmat mavqeyidan foydalangan holda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish faqat JK 182-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim).
11. Jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan biri qasd, boshqasi esa ehtiyotsizlik shaklida sodir etilgan bo‘lsa (masalan, bir shaxs qasddan o‘ldirilsa va boshqa shaxs ehtiyotsizlik oqibatida hayotdan mahrum etilsa), hatto jinoyatlar obyekt, obyektiv tomon va kelib chiqqan oqibatlar jihatidan bir xil bo‘lganda ham, har bir qilmish Jinoyat kodeksining qasddan va ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan alohida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
12. Agar qonunda jinoyatlar majmuiga kiruvchi qilmishlardan biri faqat maxsus subyekt tomonidan, boshqalari esa, umumiy subyekt tomonidan sodir etilishi mumkinligi belgilangan bo‘lsa, bunday jinoyatlar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan alohida-alohida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar, agar ulardan birini sodir etishda subyekt jinoyatni bajaruvchi, boshqalarini sodir etishda esa tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida ishtirok etganda ham, shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunday hollarda shaxsning jinoyatni sodir etishda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi sifatida ishtirok etgan harakatlari Jinoyat kodeksi 28-moddasini qo‘llagan holda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan, sodir etilishida u jinoyat bajaruvchisi bo‘lgan qilmish esa — JK 28-moddasini qo‘llamagan holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlar uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan sodir etilganda jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari, ishtirokchilik turidan qat’i nazar, JK 28-moddasini qo‘llamagan holda, bevosita Jinoyat kodeksi Maxsus qismining sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
13. Shaxs tomonidan jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi tugallangan va tugallanmagan jinoyatlar sodir etilganda har bir jinoyat alohida — tugallanmagan jinoyat JK 25-moddasi tegishli qismi hamda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan, tugallangan jinoyat esa — bevosita Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
14. Agar jinoyat-huquqiy normada takroranlik kvalifikatsiya belgisi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, shaxs tomonidan sodir etilgan bir necha aynan o‘xshash yoki takroranlikni tashkil etuvchi boshqa jinoyatlar Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni takroran sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi (moddasining qismi) bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Bitta qilmishda takroranlik bilan bir qatorda Jinoyat kodeksi mazkur moddasining boshqa qismlarida ko‘rsatilgan kvalifikatsiya belgilari mavjudligi aniqlangan hollarda ham qilmish shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak (masalan, o‘g‘rilik sodir etilganda JK 169-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan takroranlik belgisi va ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa kvalifikatsiya belgilari aniqlangan bo‘lsa, qilmish JK 169-moddasining to‘rtinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim).
Bunday hollarda shu moddaning boshqa qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatning kvalifikatsiya belgilari ayb mazmuniga kiritilishi va shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qaror va hukmda ko‘rsatilishi shart.
15. Shaxs tomonidan bir necha jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari Jinoyat kodeksining takroranlik kvalifikatsiya belgisi nazarda tutilgan bir moddasi (moddasi qismi), boshqa jinoyatlar — Jinoyat kodeksining boshqa moddalari ta’siri doirasiga tushgan hollarda qilmish jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Bunday hollarda takroranlikni tashkil etuvchi bir necha qilmish Jinoyat kodeksi moddasining mazkur kvalifikatsiya belgisini nazarda tutuvchi qismi bilan, javobgarlik Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida nazarda tutilgan boshqa qilmishlar — Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
16. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, retsidiv jinoyat bir necha jinoyat turlari ichida eng xavflisi bo‘lib, u shaxs tomonidan jinoiy xulq-atvor davom ettirilayotganligidan dalolat beradi.
Retsidiv jinoyat deganda, JK 34-moddasi birinchi qismi mazmuniga ko‘ra muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati mavjud shaxs tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir etilishi tushuniladi. Faqat ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan bir necha jinoyat uchun sudlanganlik holatining mavjudligi ham jinoyat retsidivini tashkil etmaydi.
17. Retsidiv jinoyat deb topish uchun shaxs tomonidan muqaddam sodir etgan jinoyati uchun sudlangandan so‘ng yangi jinoyat sodir etilganligi talab etilishi tufayli oxirgi jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bunda shuni inobatga olish lozimki, JPK 528, 531-moddalari mazmuniga ko‘ra, shaxs unga ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida e’lon qilingan paytdan boshlab sudlangan deb topiladi.
Hukm e’lon qilingan vaqtdan boshlab uning qonuniy kuchga kirganligi mahkumga e’lon qilingunga qadar o‘tgan vaqt ichida sodir etilgan yangi jinoyat retsidiv jinoyatni tashkil etmaydi.
18. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va muayyan jinoyatlar uchun sudlanish sonidan kelib chiqib, qonun retsidiv jinoyatni uch turga — oddiy, xavfli va o‘ta xavfli retsidivga bo‘ladi.
19. Oddiy retsidiv shaxs qasddan sodir etilgan har qanday jinoyati uchun sudlanganidan so‘ng, u tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir etilganda namoyon bo‘ladi. Oddiy retsidiv xavfli va o‘ta xavfli retsidivdan farqli o‘laroq, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida kvalifikatsiya belgisi sifatida ko‘rsatilmagan va faqat jazoni og‘irlashtiradigan holat sifatida tan olinadi JK 56-moddasi birinchi qismi “n” bandi).
20. Xavfli retsidiv jinoyat deb topishni qonun shaxsning ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlangandan keyin unga aynan o‘xshash yangi jinoyatni qasddan sodir etishi bilan bog‘laydi.
Aynan o‘xshash jinoyatlar deganda:
shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan (agar moddada bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa);
shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida nazarda tutilgan (agar moddada turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa, masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) jinoyatlarni yangidan sodir etish tushunilishi lozim.
Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs ilgari sudlangan jinoyatlarga aynan o‘xshash bo‘lmagan yangi jinoyatning qasddan sodir etilishi ham xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi (masalan, JK 105, 118, 119, 210, 211, 212, 274, 276-moddalari ikkinchi qismlari, 104, 164, 213, 214, 273-moddalari uchinchi qismlari, 131-moddasi to‘rtinchi qismi).
21. Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismiga muvofiq o‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb topish uchun yangi sodir etilgan jinoyatning nafaqat og‘irligi, balki shaxs ilgari og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan bo‘lishi shartligi ham ahamiyat kasb etadi.
Bunda sud har doim, hatto shaxs keyinchalik jazodan ozod qilingan yoki jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan hollarda ham (JK 72—76-moddalari) sud tomonidan tayinlangan jazo muddatidan kelib chiqishi shart, sudlanganlik holati qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan hollar bundan mustasno.
22. Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda sudlar shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani muhokama qilishlari shart.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal qilishda sud bunday qaror qabul qilinishiga monelik qiladigan holatlar bor-yo‘qligini (avvalgi jinoyatlar necha yoshda sodir etilganligini, ilgari sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlanganligini, yuqori instansiya sudlari tomonidan jinoyat kvalifikatsiyasi o‘zgartirilgan yoki yo‘qligini va h.k.) tekshirishi kerak. Shu maqsadda birinchi instansiya sudida ish yuritish jarayonida tergov organlaridan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal qilishda ahamiyatga ega bo‘lgan hukmlar va boshqa hujjatlarni ishga qo‘shish talab qilinishi lozim.
Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topganda sud hukmning tavsif qismida qabul qilingan qaror asoslarini, qaror qismida esa, uning yakuniy xulosasini bayon qilishi shart.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxs bir necha jinoyat sodir etgan bo‘lib, ulardan faqat bittasi uchun sudlangan, boshqa jinoyatlari esa aybdorga nisbatan birinchi ish bo‘yicha hukm chiqqandan so‘ng ochilgan bo‘lsa, bu jinoyatlar uchun sudlanganlik mazkur shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish paytida JK 34-moddasi va 59-moddasi sakkizinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, bitta sudlanganlik holati sifatida inobatga olinadi.
24. Jinoyat kodeksi 34-moddasi oltinchi qismiga muvofiq shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal qilishda u 18 yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyat uchun sudlanganligi inobatga olinmasligi kerak. Shu sababli, yangi jinoyat shaxs tomonidan voyaga yetgandan so‘ng, biroq 18 yoshga to‘lgunga qadar sodir etilgan qilmish uchun jazo o‘tash davrida sodir etilgan bo‘lsa, u o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin emas.
O‘sha shaxs tomonidan keyinchalik yana bir yoki bir necha jinoyat sodir etilsa, u 18 yoshga to‘lgandan so‘ng ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash davrida sodir etgan jinoyat uchun sudlanganligi shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal qilishda umumiy asoslarda inobatga olinadi.
25. Yangidan bir necha jinoyat sodir etgan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal qilishda sud, jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo muddatidan emas, balki sodir etilishi shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat uchun tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddatidan kelib chiqishi lozim.
26. Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo belgilangan jinoyatlardan hech bo‘lmaganda biri JK 34-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan bo‘lib, uni o‘tayotgan shaxs yangi sodir etgan jinoyati uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga sudlansa, bunday shaxs qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjud bo‘lganda o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
27. Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismini qo‘llashda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxs deganda, muqaddam sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan shaxs tushunilib, bunda hukm ijroga qaratilganligining, shu jumladan shaxs mazkur jazoni o‘tamaganligi (masalan, shaxsning jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi, jazo ijrosi JPK 533-moddasiga muvofiq kechiktirilganligi)ning yoki qisman o‘taganligining (masalan keyinchalik jazodan muddatidan ilgari shartli, amnistiya aktiga asosan, kasalligi oqibatida ozod qilinganligining, jazo yengilrog‘i bilan almashtirilganligining) ahamiyati yo‘q, hukm jazoni ijro etish muddatlari o‘tib ketganligi uchun ijroga qaratilmagan hollar (JK 69-moddasi) bundan mustasno.
Shu munosabat bilan JK 34-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lganda, sud ilgari shartli hukm qilingan yoxud hukm ijrosi kechiktirilgan shaxsni ham, agar bu shaxs tegishlicha sinov muddati yoki hukm ijrosi kechiktirilgan davr ichida yangi jinoyat sodir etsa, o‘ta xavfli retsidivist deb topishga haqli.
28. Shuni e’tiborga olish lozimki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan faqat bu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslar harakatigina kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Muqaddam o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxsning yangi sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi masalasini hal etishda shuni e’tiborga olish lozimki, shaxsning o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlik holati faqat sudlanganlik undan JK 79-moddasida belgilangan tartibda olib tashlangandagina bekor qilinadi.
29. Agar birinchi instansiya sudi JK 34-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lishiga qaramay, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masalani hal etmasa yoxud asossiz ravishda uni o‘ta xavfli retsidivist emas deb topsa, yuqori instansiya sudi apellatsiya, kassatsiya tartibida (prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha) shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishi mumkin (JPK 49730, 500-moddalari).
Yuqori instansiya sudi shaxs asossiz ravishda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan deb hisoblasa, hukmdan bu haqdagi ko‘rsatmani chiqarishi va hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 500-moddasiga muvofiq, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish maqsadida hukmni kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga u qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi.
30. Sudlar retsidiv jinoyatlar sodir etilishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish maqsadida tegishli idora va tashkilot rahbarlari nomiga xususiy ajrimlar chiqarishlari hamda ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan choralar haqida xabar berilishi ustidan tegishli nazoratni ta’minlashlari lozim.
31. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi bir necha jinoyatlar bilan bog‘liq sud amaliyotini muntazam o‘rganib borishlari, jinoyatlar takroran sodir etilishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni tahlil etishlari va umumlashtirishlari hamda tegishli organlar oldiga ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi masalani qo‘yishlari lozim. | 94 | 21,782 |
Qonunchilik | XALQARO SAVDO-KO‘RGAZMA KOMPLEKSIDAGI SAVDO MARKAZIDAN FOYDALANISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksi tarkibidagi Savdo markazini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, uning o‘z xarajatini o‘zi qoplashini va o‘zini o‘zi moliyalashini ta’minlash, yuqori xalqaro darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksidagi qurilishi tugallangan Savdo markazini “O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Savdo markazini boshqarishda ichki bozorni respublika tovar ishlab chiqaruvchilarining va yetakchi xorijiy kompaniyalarning yuqori sifatli tovarlari bilan to‘ldirish, shuningdek servis xizmati ko‘rsatishni xalqaro darajada tashkil etish “O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifasi hisoblanadi;
“O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi Savdo markazini ishonchli boshqarish bo‘yicha mulkdor vakolatini amalga oshirishga haqlidir, uning mulkini tasarruf etish va boshqalarga berish huquqi bundan mustasno;
o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun “O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi O‘zbekiston va xorijning yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilarini ularning tovarlarini sotish yoki ularga Savdo markazining savdo maydonlari va binolarini ijaraga berish yo‘li bilan jalb qilishi mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Innovatsiya” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Savdo markazini ishonchli boshqarish shartnomasini bir hafta muddatda tuzsinlar, unda savdo markazidan maqsadli foydalanilishi va kredit o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutsinlar.
4. “O‘zmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “O‘zsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “O‘zinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “O‘ztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘rta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Respublika Hukumati kafolati ostida “Turkeksimbank” kredit liniyasi hisobidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalangan kreditni ilovaga* muvofiq o‘z vaqtida qaytarish funksiyasi yuklansin.
5. “O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda tushumni o‘tkazish, “Turkeksimbank” kreditini qaytarish, tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash, shuningdek Savdo markazi operatsiyalari bo‘yicha boshqa to‘lovlar uchun alohida hisob-kitob va valyuta subschyotlari ochish huquqi berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Savdo markazini keyinchalik menejmentga berish uchun supermarketlar tarmog‘i operatori bo‘lgan xalqaro kompaniya bilan bir oy muddatda bitim tuzsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 89 | 3,062 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkilotlari hamda korxonalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik halol mehnati, respublikaning energetika tarmog‘ini rivojlantirishdagi xizmatlari va jamoat turmushida faol qatnashayotganliklari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 147 | 174 |
Qonunchilik | Korхonada kadrlar ishi yuritilishini qanday yoʻlga qoʻyish mumkin | knigi.uz kitob internet-doʻkonida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi»ni sotib olsangiz, muallif Abdusalom Risqullayevga tayyorlagan savollaringizni «Norma» PRMdagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursi doirasida unga berishingiz mumkin.
Amaliyotda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq koʻplab savollar yuzaga keladi. Davlat mehnat huquq inspeksiyasida rahbar sifatida katta tajriba orttirgan mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayev ishtirokida ishlab chiqilgan «Norma» kompaniyasi mahsulotlari ularning yechimini topishda sizga yordam beradi.
Eslatib oʻtamiz, «Norma» nashriyoti «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi»ning uchinchi nashrini chop etgan. knigi.uz kitob internet-doʻkonida uning yumshoq yoki qattiq muqovalisini хarid qilish mumkin. Ikkinchi varianti mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va hujjatlarning elektron namunalarini oʻz ichiga olgan kompakt-disk bilan komplektda sotiladi.
Kitob bilan tanishib chiqish chogʻida yuzaga keladigan barcha savollarga mashgʻulotlarda javob olish imkoni boʻladi. Kurs 10 sentyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida boshlanadi. Havola orqali oʻtib, kurs dasturi bilan batafsil tanishish va unga yozilish mumkin.
Bundan tashqari, kurs dasturi doirasida хatarlar baholanadi va mehnat qonunchiligini qoʻllash chogʻida koʻp yoʻl qoʻyiladigan qonunbuzarliklar tahlil qilinadi. Aniqlangan qonunbuzarliklarni toʻgʻrilash uslubiyatiga alohida e’tibor beriladi. | 65 | 1,485 |
Qonunchilik | Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan past daromadli oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, og‘ir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalar arzon uy-joy bilan ta’minlanmoqda, ularga tibbiy xizmatlarni olishda, maishiy texnikalar va uy hayvonlarini sotib olishda beg‘araz yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mahsulot va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va ularning bandligini ta’minlayotgan tashkilotlarga soliq va kredit imtiyozlari tizimi nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subyektlarining aholining ijtimoiy zaif qatlamini, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rsatmoqda.
Aholining ijtimoiy zaif qatlami farovonligini oshirish, ularning turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoniga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida:
1. 2018-yil 1-avgustdan boshlab 1-ilovaga muvofiq alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar berilsin:
davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovini ushbu obyektga nisbatan auksion savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
2. Tijorat banklariga 1-ilovada ko‘rsatilgan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:
aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun — uch oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha muddatga;
asbob-uskunalar va sarflash materiallari xarid qilish uchun — olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun kompensatsiya hamda majburiyatlar ta’minoti yuzasidan kafillik berishni ta’minlasin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra, 2018-yil 1-avgustdan boshlab shtatdagi xodimlarining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashkil topgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq to‘lash fondi uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 4,7 foiz miqdorda belgilanadi va yagona ijtimoiy to‘lov summasi o‘rnatilgan tartibda taqsimlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni chuqur o‘rganish asosida ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin foydalanishi uchun barcha texnik va tibbiy-ijtimoiy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, homiylar va homiylik oluvchilarni bog‘laydigan, eng avvalo, homiylar yordamiga va qo‘llab-quvvatlashiga o‘ta muhtoj kishilar haqidagi maqolalar hamda ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus veb-portal yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda berilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida, shuningdek, nogironligi bo‘yicha hech qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishdagi teng sharoitlar yaratish va ularni buzganlik uchun javobgarlik muqarrarligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati (keyingi o‘rinlarda jamoat birlashmalari deb yuritiladi)ning ularning korxonalari tasarrufidagi ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanishni kompleks o‘rganish bo‘yicha takliflari qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir hafta muddatda respublikaning har bir hududi kesimida 2-ilovaga muvofiq jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni kompleks o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etsin;
bir hafta muddatda jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni o‘rganish jadvalini ularning har bir tuman (shahar)dagi soni hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin;
2018-yil 1-avgustga qadar ishchi guruhlar tomonidan jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanishni o‘rganilishini hamda ular tomonidan zaruratga ko‘ra aniqlangan muammolarni hal etish choralari ko‘rilishini ta’minlasin;
2018-yil 1-sentabrga qadar o‘rganishlar natijasi bo‘yicha jamoat birlashmalarining korxonalariga tegishli ishlab chiqarish obyektlari holatini yaxshilash va ularga biriktirilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlardan iborat “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun hamda mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O. B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 115 | 7,332 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston milliy kubogini ta’sis etish to‘g‘risida” 1996-yil 20-dekabrdagi 452-son qarori 2-ilovasining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Quranbayev Q.Q. — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 26-oktabrdagi 333-son qarorining 4-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati” so‘zlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 334-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-martdagi 44-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qarorining 2-ilovasi 8 va 12-bandlari birinchi xatboshilaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi bilan qamrab olinishini, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori 2-ilovasining 6-bandi “qayerga taqdim etiladi” ustunidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning san’at va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 8 va 11-bandlaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Q. Quranbayev — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori ilovasining 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati” so‘zlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “2010 — 2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori 1-ilovasida:
a) 26-bandda:
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Taqdim etiladigan hujjatlarning shakli, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natija” ustunidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining” so‘zlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 27, 28, 30, 31-bandlarning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 19-iyuldagi 208-son qarori ilovasining 10-bandi “Bajaruvchilar” ustunidagi “Kamolot” YIH Markaziy kengashi” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 3-noyabrdagi 295-son qarori 1-ilovasining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O. Tadjiyev — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari”.
17. Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-iyundagi 175-son qarori 3-ilovasining 6 — 19, 21 — 24-bandlari “Mas’ullar” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar kollejining vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 6-iyuldagi 201-son qarori ilovasining 5-bandidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 28-martdagi 89-son qarori 3-ilovasining 8-bandi birinchi xatboshisidagi, 10-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi, 12 va 13-bandlaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Ziyonet” ta’lim axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-iyuldagi 198-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qarorining 1-ilovasi o‘ttiz birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Q. Quranbayev — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarorida:
a) 3-ilovaning 6-bandidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining” so‘zlari “Yoshlar ittifoqining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 6 va 14-bandlaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining” so‘zlari “Yoshlar ittifoqining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6 — 9-ilovalarning 6 va 14-bandlaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining” so‘zlari “Yoshlar ittifoqining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qarorida:
a) 1-ilovaning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari”;
b) 2-ilovaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi raislari”.
25. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda Ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorining 2-ilovasi o‘n uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari”.
26. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga” so‘zlari “Yoshlar ittifoqiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quranbayev Q.Q. — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori ilovasining 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi va 15-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qarori 1-ilovasining yigirma beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quranbayev Q.Q. — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
31. Vazirlar Mahkamasining “2015-2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori 2-ilovasining 13, 20 va 21-bandlari “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarori 1-ilovasining 16-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarorida:
a) 3-ilovaning yigirma ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shukurov E.X. — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi”;
b) 4-ilovaning “Ajratilayotgan mablag‘lar manbalari” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-apreldagi 211-son qarorining 2-ilovasi 32-bandi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Kamolot YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori ilovasining 8-bandidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 339-son qarorida:
a) 1-ilovaning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quranbayev Q.Q. — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi”.
b) 2-ilovaning 6-bandidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori 3-ilovasining 38-bandidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarori 1-ilovasining 38 va 39-bandlari “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Kamolot” YIH” so‘zlari “Yoshlar ittifoqi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 13,136 |
Qonunchilik | Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (ro‘yxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 30-son, 630-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Kredit byurosi o‘zining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqli. ”.
2. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.”. | 135 | 1,157 |
Qonunchilik | Tariхiy ob’yektlardan foydalanish muddati maqsadlarga bogʻliq | Moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (18.10.2019 yildagi 881-son VMQga qarang).
Ma’lumot uchun: moddiy madaniy meros ob’yektlari - tariхiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar («Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi). Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхati – bu yerda.
Balansda saqlovchilar har yili 1 noyabrga qadar (balansida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros ob’yektlari boʻlgan yuridik shaхslar) Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashiga (vakolatli organ) takliflar kiritadi. Ular kelgusi yilda foydalanish taklif etilayotgan yangi ob’yektning nomi, foydalanilayotgan ob’yekt yoki uning bir qismining foydalanish maqsadi va shartlarini oʻzgartirish, joylashgan joyi, egalik huquqini belgilovchi hujjatlarni, taklif etilayotgan ijara muddatini koʻrsatishlari lozim.
Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari tasdiqlangan sхema boʻyicha foydalanishga beriladi.
Vakolatli organ Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda ob’yektdan foydalanish maqsadlari va shartlarining asosiy talablarini, shuningdek tanlovga tushgan takliflarni baholash mezonlarini belgilaydi.
Ob’yektlar quyidagi maqsadlar uchun 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatga foydalanishga beriladi:
Boshqa faoliyat turlari uchun ob’yekt 5 yilgacha muddatga foydalanishga berilishi mumkin. Maqbul turizm infratuzilmani yaratish, obodonlashtirish va lozim darajada saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olingan holda, ob’yekt va unga tutash hududlar 5 yildan 30 yilgacha muddatga ijaraga beriladi (bu yerda qarang).
Vakolatli organning хulosasini inobatga olib, Prezident yoki Hukumatning qaroriga asosan moddiy madaniy meros ob’yektini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan NNTga, bolalar NNTga, nogironlar NNTga va diniy tashkilotlarga tekin foydalanishga berilishi mumkin.
Shuningdek hujjatda moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari ham belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 61 | 2,427 |
Qonunchilik | Pullik sport toʻgaraklari qanday ishlaydi | Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi 78-son qarori bilan davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik хizmat koʻrsatuvchi sport toʻgaraklarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
1 fevraldan boshlab trenerlarga davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport хizmatlarini pullik asosda koʻrsatishga ruхsat berildi. Nafaqat ta’lim muassasasining oʻquvchi va talabalari, balki barcha хohlovchilar pullik toʻgaraklarga qatnashi mumkin. Mashgʻulotlar jismoniy tarbiya soatlaridan boʻsh vaqtlarda oʻtkaziladi.
Pullik toʻgaraklar tashkil etiladigan sport zallarining manzili, ish vaqti, koʻrsatiladigan хizmat turlari va narхlari haqidagi ma’lumotlar Internetda doimiy ravishda keng yoritiladi.
Sport toʻgaraklariga yozilish uchun quyidagilarni taqdim etish zarur:
Berilgan arizalarni ta’lim muassasasi rahbari, malakali trenerlar va tibbiyot хodimidan iborat boʻlgan ishchi guruh 5 kun ichida koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaхsning sportning muayyan turi bilan shugʻullanishga loyiqligi aniqlanadi va bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma asosida toʻgarakda shugʻullanish istagida boʻlgan shaхs bilan shartnoma tuziladi. Unda sport toʻgaragining turi, oʻquv-mashq jarayonining davomiyligi, taraflarning huquq va majburiyatlari koʻrsatiladi.
Toʻgaraklardagi mashgʻulotlar qanchaga tushadi va haqi qanday toʻlanadi
Pullik хizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov miqdori trener tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bunda toʻlov summasining 20%i kommunal хarajatlarga yoʻnaltiriladi, qolgan qismi ta’lim muassasasi va trener oʻrtasida teng miqdorda taqsimlanadi.
Toʻlov har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan amalga oshiriladi va kvitansiya nusхasi ta’lim muassasasiga taqdim etiladi.
Kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan shaхslar хizmat qiymatining 50%ini imtiyozli ravishda toʻlaydi. Buning uchun ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tegishli ma’lumotnomani taqdim etishlari shart.
Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand ishtirok etgan taqdirda, imtiyozli ravishda har biri uchun 70% miqdorida haq toʻlashning oʻzi kifoya.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.02.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 41 | 2,309 |
Qonunchilik | Turizm to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonunchiligi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
gid (gid-tarjimon) — axborotga oid va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;
yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi — turistik yo‘nalishlarda turistlar va ekskursantlarga hamrohlik qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs;
mustaqil turizm — turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohat;
turizm sohasining subyektlari — turistik xizmatlar majmuini yoki ularning bir qismini ko‘rsatish, qo‘shimcha turistik xizmatlarni (ishlarni) bajarish hamda turistlar va ekskursantlarga tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
tur — turistik xizmatlarning kamida ikkita turini o‘z ichiga olgan turistik xizmatlar majmui bilan ta’minlangan, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha aniq muddatlardagi sayohat;
turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi);
turist — vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) yigirma to‘rt soatdan ketma-ket o‘n ikki oygacha bo‘lgan davrga boruvchi yoki vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs;
turistik vaucher — turistning tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va ularning haqi to‘langanligi faktini tasdiqlovchi hujjat;
turistik yo‘nalish — sayohat vaqtida turist, ekskursant tashrif buyuradigan asosiy joylarning ro‘yxati bo‘yicha turistning, ekskursantning rejalashtirilgan harakatlanish yo‘li;
turistik xizmatlar — joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan xizmatlar;
ekskursant — vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs;
ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurs bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi;
turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish;
turizm sohasida oshkoralik va ochiqlik.
Xalqaro va ichki turizm turizmning shakllaridir.
Xalqaro turizm quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kirish turizmi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohati;
chiqish turizmi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning boshqa mamlakatga sayohati.
Ichki turizm O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o‘z ichiga oladi.
Turizm tashkil etilayotgan turning o‘ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo‘linishi mumkin.
Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
mazkur sohani mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish;
sayohatlarni amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning dam olish, erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlarini va boshqa huquqlarini ta’minlash;
turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ichki turizmni rivojlantirish, shu jumladan ijtimoiy turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
tadbirkorlik subyektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;
turizm sohasining subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash orqali rag‘batlantirish;
turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlash;
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining turizm uchun jozibador mamlakat sifatidagi nufuzini oshirish;
turizm sohasi subyektlarini ular turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotni targ‘ib qilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirish;
turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rag‘batlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
turizm sohasida xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi;
turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi;
vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
turistik resurslardan, tabiiy va madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanilishini hamda ularning saqlanishini, shuningdek atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
turistlar va ekskursantlar borishi taqiqlangan obyektlar hamda hududlarni belgilaydi;
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni), shuningdek turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlaydi;
turistlar va ekskursantlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi;
turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
turizm sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
turizm sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
turizm sohasida viza rejimini takomillashtirish va soddalashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
turizmning rivojlantirilishini muvofiqlashtiradi, yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etilishini ta’minlaydi, ularni pasportlashtirishdan o‘tkazadi;
Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni yuritish tartibini belgilaydi;
turistik faoliyatni litsenziyalashni, turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashtirishni, turistik xizmatlar belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘i trassalari va plyajlar tasnifini belgilaydi;
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatadi;
turizm sohasidagi milliy tanitish belgisidan foydalanish tartibini belgilaydi;
turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
turistik xizmatlarni tashkil etish chog‘ida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash hamda sog‘lig‘ini saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar ishlab chiqadi;
turistlar va ekskursantlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan turistik resurslar hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini ta’minlashga, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishiga ko‘maklashadi;
tabiiy va madaniy meros obyektlarini ommalashtirishni, turizm salohiyatini saqlash hamda rivojlantirishni tashkil etadi;
turistik xizmatlar bozorlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
turizm sohasini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari hamda grantlarini jalb etadi;
turistik xizmatlar ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishni maqbullashtirish va turistik xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm sohasiga ilg‘or innovatsiyalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli o‘rinbosarlarining turizmni rivojlantirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi va xalqaro turistik tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek boshqa mamlakatlarning turistik hamda o‘zga tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi;
turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
turizm sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi.
Vakolatli davlat organi akkreditatsiya qilingan tashkilotlarni tashkil etishga haqli.
Turizm sohasidagi vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘ladi.
Vakolatli davlat organi hududiy bo‘linmalarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan vakolatli davlat organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalarini moliyalashtirish manbalaridir. Vakolatli davlat organi hududiy bo‘linmalarining xodimlarini qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalari tegishli hududda quyidagi vazifalarni bajaradi:
tegishli hududda turistik salohiyatni oshirishga qaratilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi amalga oshirilishini ta’minlash;
tegishli hududda turizm sohasidagi, tegishli hududning turistik sohasiga investitsiyalarni jalb etishga doir hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
turistik resurslarni saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;
tegishli hududda turistik faoliyat rivojlantirilishini ta’minlash, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishga ko‘maklashish;
turizm sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatish;
tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini ta’minlashga ko‘maklashish;
turistik salohiyatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, shuningdek turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
turistik bozorlarda tegishli hududning turistik salohiyati targ‘ib qilinishini tashkil etish, tegishli hududning turistik jozibadorligini saqlab qolish;
tegishli hududda turizmni rivojlantirish to‘g‘risida axborotni to‘plashni, tahlil qilishni amalga oshirish va uni vakolatli davlat organiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
tegishli hududda turizm sohasidagi davlat siyosatini hamda ushbu sohani muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
turizm sohasidagi davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy bo‘linmasi bilan kelishuvga ko‘ra turizm sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;
tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
turistlar va ekskursantlarning tegishli hududlarda joylashgan turistik resurslardan hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek ularning tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishini ta’minlaydi;
mavjud turistik salohiyatni tahlil qiladi va tegishli hududda turizmni rivojlantirish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;
tegishli hududda joylashgan turistik resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;
tegishli hududda turistik industriya obyektlarini rejalashtirish va qurish hamda ularning zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
investorlarni qidirish va jalb etishni, shuningdek tegishli hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga ko‘maklashishni amalga oshiradi;
aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
turistik axborot markazlarini tashkil etadi.
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) turizmni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, turizm sohasi subyektlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga vakolatli davlat organi, manfaatdor davlat organlarining, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Vakolatli davlat organi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organidir.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vakolatli davlat organi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borgan holda turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini eshitib borgan holda turizm sohasidagi tasdiqlangan hududiy dasturlarning bajarilishini, tegishli hududning salohiyatidan foydalanish samaradorligini hamda joylarda mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarning o‘rganilishini tashkil etish;
turizm sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qo‘shimcha infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan davlat yordamini olish uchun beriladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, shuningdek boshqa tashabbuskorlarning (ariza beruvchilarning) takliflari hamda talabnomalarini har yili ko‘rib chiqish;
O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga va chet ellik turistlarni jalb etishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni xorijda o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” har yili tasdiqlash;
turizm sohasidagi strategiyalar, konsepsiyalar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishining borishi yuzasidan monitoring o‘tkazish, shuningdek ular bajarilishining borishi to‘g‘risidagi har choraklik axborotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning hududiy organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi hudud darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarini bajaruvchi turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlardan iboratdir.
Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qo‘shimcha ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi:
turistik yig‘imlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar hamda qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi;
mablag‘larni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlashga, turistik bozorlarda O‘zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ‘ib qilish uchun yo‘naltiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida:
turizm sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
madaniy meros obyektlarini targ‘ib qilishda, turizm salohiyatini saqlash va rivojlantirishda ishtirok etadi;
turizm to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
turizm to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
turizm sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga mo‘ljallangan obyektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari majmui turistik industriyadir.
Turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq turistik industriyadagi xizmatlarning turlari quyidagilardan iboratdir:
turlarni taqdim etish bo‘yicha xizmatlar;
yashash joylarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar;
ovqatlantirish bo‘yicha xizmatlar;
axborotga oid, reklama xizmatlari;
transport xizmatlari;
barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va ko‘ngilochar obyektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qo‘yish, sotish va yetkazib berish) bo‘yicha xizmatlar.
Turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalarini, tog‘ chang‘isi trassalarini, plyajlarni o‘z ichiga olgan turistik industriya obyektlarini tasniflash va ularga toifalar berish, shuningdek berilgan Toifalar reyestrini yuritish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalari mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualarni, dam olish uylari va zonalarini, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylarini, o‘tov va chodirli oromgohlar, sanatoriylarni hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish bo‘yicha xizmatlar) ko‘rsatiladigan boshqa obyektlarni, shuningdek joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transportini o‘z ichiga oladi.
Toifa berilgan turistik industriya obyektining mulkdori va (yoki) egasi uning mazkur toifaga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz turistik axborot markazidir.
Turistik axborot markazlarining loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) ro‘yxati vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Turistik axborot markazi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi mumkin.
Muayyan chegaralarga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy, davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari, shuningdek turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud turistik zonadir.
Turistik zonalar davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga ko‘ra tashkil etiladi.
Turistik zonalar respublika yoki mahalliy darajada tashkil etiladi. Respublika darajasidagi turistik zonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, mahalliy darajadagi turistik zonalar esa vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida tashkil etiladi.
Turistik zonalarni aniqlashda ularda turistik resurslarning mavjudligi, shuningdek ushbu hududlarning turizm turlarini rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlari inobatga olinadi.
Qurilayotgan turistik industriya obyektlarining mulkdorlari va (yoki) egalari turistik zonalarning hududlarida turistik resurslar barpo etilayotganda, shuningdek ulardan foydalanilayotganda ushbu obyektlarning mavjud mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy muhitga yoki boshqa tashkiliy-maqsadli muhitga va infratuzilma muhitiga uyg‘unlashuvini nazarda tutishi shart.
Turizm sohasi subyektlari turistik zonalar hududlarida o‘z faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda atrof tabiiy muhitga, madaniy meros obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi shart.
Turistik zonalarda amalga oshiriladigan turistik faoliyat va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turistik zonalarni tashkil etish maqsadlariga monelik qilmasligi kerak.
Turizmni kompleks rivojlantirish va turistik resurslarni lozim darajadagi holatda saqlash, tegishli hududning turistik salohiyatini oshirish, shuningdek ularni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilinishini rag‘batlantirish maqsadida turistik zonalarning quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
erkin turistik zona;
kichik turistik zona;
maxsus turistik zona.
Erkin turistik zona erkin iqtisodiy zonaga tenglashtiriladi. Erkin turistik zonaga va erkin turistik zonaning ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilikning qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar hamda preferensiyalar tatbiq etiladi.
Kichik turistik zona kichik sanoat zonasiga tenglashtiriladi. Kichik turistik zonalarga nisbatan kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi qonunchilikning qoidalari tatbiq etiladi.
Maxsus turistik zona belgilangan maxsus hudud bo‘lib, unda turistik resurslar va ushbu hududda muayyan turistik mahsulotni shakllantirish hisobidan turistlarga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlovchi turistik industriya obyektlari jamlanadi. Maxsus turistik zonani tashkil etishda ushbu zona ishtirokchilari uchun shartlar, imtiyozlar va preferensiyalar belgilanishi mumkin.
Kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmui turistik klasterdir.
Turistik klasterlar kompleks turistik xizmatlar ko‘rsatish, turistik faoliyatning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida turistik mahsulotni shakllantiradi, targ‘ib etadi va realizatsiya qiladi.
Turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.
Turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.
Turistik mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.
Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Turoperatorlar va turagentlarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ekskursiya faoliyati yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.
Turoperatorlar va turagentlar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya asosiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
turistik mahsulot buyurtmachisi bilan turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi tuzilganidan keyin turistik xizmatlar ko‘rsatish;
har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;
turistga va ekskursantga o‘z ishi tartibi, joylashgan eri (pochta manzili), litsenziyaning mavjudligi, turizmning muayyan turlarini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish, shu jumladan mazkur axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirgan holda taqdim etish.
Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim.
Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarni sertifikatlashtirish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi hamda ushbu xizmatlarning xavfsizligi va sifatini ta’minlashga qaratiladi.
Vakolatli davlat organi Sertifikatlashtirilgan turistik xizmatlarning reyestrini yuritadi.
Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Turistlar va ekskursantlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini, shuningdek turistik industriya obyektlarini standartlashtirish amalga oshiriladi.
Vakolatli davlat organi turistik xizmatlar sohasidagi standartlashtirishga doir ishlarni tashkil etishni, muvofiqlashtirishni, ularning bajarilishini ta’minlashni amalga oshiradi.
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan tegishli sertifikat olinganidan keyin yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar sifatida yoxud yuridik shaxslar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida mustaqil ravishda xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Vakolatli davlat organi Turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantiradi va yuritadi.
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar turoperatorlarga, turagentlarga, gidlarga (gid-tarjimonlarga), ekskursiya yetakchilariga va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga nisbatan, joylashtirish vositalariga, tog‘ chang‘isi trassalariga va plyajlarga, shuningdek turistik yo‘nalishlar va turistik obyektlarga nisbatan yuritiladi.
Turizm sohasidagi yagona reyestrlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Turistik mahsulot turistik bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga ko‘ra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan turistik xizmatlar majmuidir.
Turoperatorning turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi alohida turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyati turistik mahsulotni shakllantirishdir.
Turistik mahsulotni realizatsiya qilishga (reklama qilishga, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga, kataloglar, bukletlar nashr etishga va boshqalarga) qaratilgan chora-tadbirlar majmui turistik mahsulotni targ‘ib etishdir.
Turoperator turistlar va ekskursantlarga turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi turistik xizmatlar majmui yoki ularning bir qismi mustaqil ravishda yoki alohida turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslarni jalb etgan holda ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Turoperator turga kiruvchi xizmatlarga bo‘lgan huquqni alohida turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslar bilan yoki turga kiruvchi xizmatlarning barcha turlari ko‘rsatilishini ta’minlovchi, turistlar va ekskursantlarni qabul qiluvchi turoperator bilan tuzilgan shartnomalar asosida oladi.
Turistning, ekskursantning yoki turistlar, ekskursantlar guruhi vakili bo‘lgan shaxsning turistik mahsulotni shakllantirish uchun turoperatorga beradigan buyurtmasi dastlabki shartnoma xususiyatiga ega bo‘lgan bitim tarzida rasmiylashtiriladi.
Kirish turizmi va ichki turizm sohalaridagi turistik mahsulotni shakllantirish faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turistik mahsulotni shakllantirish chog‘ida turoperator atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanishini nazarda tutishi shart.
Turistik mahsulotni targ‘ib etish chog‘ida turoperator va turagent turistik mahsulot to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
Turagent turistik mahsulotni targ‘ib etishni turoperator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Turistik mahsulotlarni kirish turizmi va ichki turizm hamda joylashtirish vositalari tarzida reklama qilish chog‘ida turizm sohasida belgilangan milliy tanitish belgisidan foydalanish majburiydir.
Turistik mahsulotni realizatsiya qilish turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Turist, ekskursant yoki turist yoxud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaxs turistik mahsulotning buyurtmachisidir.
Turagent va turoperator o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
turistik mahsulotni turagent tomonidan realizatsiya qilish shartlari;
turagentning turistik mahsulotni turoperator nomidan yohud o‘z nomidan realizatsiya qilishga doir huquq va majburiyatlari;
turagent tomonidan ikkilamchi agent shartnomalarini tuzish mumkinligini (mumkin emasligini) nazarda tutuvchi shartlar;
ularga turistik mahsulotning buyurtmachisi tomonidan turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini ijro etish borasida e’tirozlar bildirilgan taqdirda, turoperator va turagentning hamkorligi tartibi;
turistik mahsulot to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etganlik uchun, turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun turistik mahsulotning buyurtmachisi oldida turoperatorning va turagentning javobgarligi, shuningdek taraflardan har birining javobgarligi.
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulotning buyurtmachisi o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
turoperatorning va (yoki) turagentning nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), litsenziyasining yo‘nalishi va raqami;
turistik mahsulotning buyurtmachisi to‘g‘risidagi, uning turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan hajm doirasidagi ma’lumotlar;
turistik mahsulotning qiymati va uni to‘lash tartibi;
turoperatorning va (yoki) turagentning hamda turistik mahsulot buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari;
shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari;
turoperatorning va (yoki) turagentning va turistik mahsulot buyurtmachisining javobgarligi hamda nizolarni ko‘rib chiqish tartibi.
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulot buyurtmachisi shartnomada turistik mahsulotdan foydalanish shartlarini, shu jumladan sayohatning dasturini, sayohatning yo‘nalishi va shart-sharoitlarini, joylashtirish vositalari, yashash va ovqatlanish sharoitlari, turistni va ekskursantni vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tashish bo‘yicha xizmatlar, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi mavjudligi, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kelishib olishi mumkin.
Turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi o‘rtasidagi shartnomada boshqa shartlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ekskursiya yetakchilari, gidlar (gid-tarjimonlar) va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar shartnoma tuzmasdan ham o‘z xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisi va shiori O‘zbekistonning Milliy turistik brendidir.
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi tanitish belgisining shakli, rangli tasviri hamda shiorning mazmuni vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) targ‘ib etishda foydalanilishi mumkin.
O‘zbekistonning Milliy turistik brendining elementlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Turoperatorlar va turagentlar turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini tuzish chog‘ida turistga va ekskursantga quyidagi axborotni taqdim etishi shart:
kirish va chiqish hujjatlarini (vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirish va undan chiqish uchun vizani) rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risidagi;
rioya etilishi turni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning va ekskursantning ularda muayyan kasalliklar, jismoniy holatining va yoshining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, turda ishtirok etishiga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi;
bojxona, chegara qoidalari va boshqa qoidalar (sayohatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hajmda) to‘g‘risidagi;
vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) turistning (ekskursantning) hayoti xavfsizligiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda yoki boshqa holatlarda, shuningdek turistning (ekskursantning) mol-mulkiga zarar yetishi xavfi yuzaga kelgan hollarda, turist (ekskursant) murojaat qilishi mumkin bo‘lgan, vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) mavjud mahalliy davlat hokimiyati organlarining, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan eri (pochta manzillari) va aloqa bog‘lash uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi.
Turoperatorlar va turagentlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
turning davomiyligi va yo‘nalishini, xizmat ko‘rsatish shartlarini, transportda xizmat ko‘rsatish turini, turistning, ekskursantning xavfsizligini hamda ularning mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlash choralarini turistning va ekskursantning roziligi hamda xohishiga ko‘ra o‘zgartirish;
turistning va ekskursantning roziligi bilan ularni tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin bu haqda xabardor etish sharti bilan turning shartlashilgan qiymatini ko‘paytirish;
xizmatlar ko‘rsatishning imkoni bo‘lmaydigan fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek guruh tuzish uchun zarur bo‘lgan turistlar va ekskursantlarning talab qilinadigan soni yig‘ilmagan taqdirda, turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish, bu haqda turistlar va ekskursantlar tur boshlanishidan kamida yigirma kun oldin xabardor etilishi kerak;
turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi subyektlari tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish.
Turoperatorlar va turagentlar:
turistlar va ekskursantlarga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida shartlashilgan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashi;
turistik xizmatlar ko‘rsatilmagan yoki ular to‘liq bo‘lmagan hajmda ko‘rsatilgan yoxud lozim darajada sifatli ko‘rsatilmagan taqdirda turistlar va ekskursantlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishi;
turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim etishi;
turistik resurslarning saqlanishiga ko‘maklashishi;
turistlar va ekskursantlar vaqtincha borilgan mamlakatda (joyda) qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Turistlar va ekskursantlar quyidagi huquqlarga ega:
turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlardan foydalanish;
sayohat bilan bog‘liq to‘liq va ishonchli axborot olish, shu jumladan vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirish va unda bo‘lish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va turizm sohasining obyektlari, atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risida axborot olish;
shaxsiy xavfsizligi hamda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta’minlanishi, shuningdek o‘z mol-mulkining but saqlanishi;
shoshilinch tibbiy yordam olish;
turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplamagan holda bekor qilish.
Turistlar va ekskursantlar:
turda ishtirok etish uchun o‘z sog‘lig‘i holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bog‘liq cheklovlar (qarshi ko‘rsatmalar) to‘g‘risidagi, o‘z doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga ko‘ra taqdim etishi;
turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha bo‘lish mamlakatining (joyining) qonunchiligiga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining an’analarini, urf-odatlarini, diniy e’tiqodini hurmat qilishi;
vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmasligi;
vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
tur vaqtida o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun turoperatordan, turagentdan yoki turistik mahsulot buyurtmachisidan zarur axborot bilan ta’minlanishini talab qilish;
o‘z huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjatlar bilan (shartnoma mavjud bo‘lganda) tanishib chiqish;
turistlar va ekskursantlar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzish.
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar:
tegishli ma’lumotga, malaka sertifikatiga ega bo‘lishi va o‘z vaqtida malaka oshirishdan o‘tishi;
mamlakatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyotini va boshqa sohalarini rasmiy yoki ishonchli manbalardan bilishi;
turistik yo‘nalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
o‘z funksional vazifalarini bajarish chog‘ida ismi va familiyasi yozilgan ko‘krak nishonini (beyjikni) taqib yurishi;
xavfsizlikni ta’minlash choralarini bilishi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart.
Turizm sohasi subyektlarining kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti turizm sohasi subyektlarining birlashmasidir.
Turizm sohasi subyektlarining birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida faoliyatini amalga oshiruvchi turizm sohasi subyektlarining ixtiyoriy a’zoligi prinsipiga asoslanadi.
Turoperatorlar va turagentlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida birlashma tuzishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy a’zoligi prinsipiga asoslangan nodavlat notijorat tashkiloti turoperatorlar va turagentlar birlashmasidir.
Turoperatorlar va turagentlar birlashmasi yangi a’zolar kirishi uchun ochiqdir.
Turoperatorlar va turagentlar birlashmalari quyidagi huquqlarga ega:
turizm sohasi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini o‘tkazish;
turizm to‘g‘risidagi qonunchilik ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish;
vakolatli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari tarkibida ishtirok etish;
turizm sohasi subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish tizimini shakllantirishda ishtirok etish;
turizm to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish, turizm sohasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonlariga boshqa tadbirkorlik subyektlarini jalb etish;
O‘zbekistonning milliy turistik brendini va mahsulotlarni turistik bozorlarda targ‘ib etishga, turizm sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma’naviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar yetkazilishining oldini olish ta’minlanishini nazarda tutadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.
Turizm sohasi subyektlari turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash, tabiiy ofatlar chog‘ida, ular jarohatlanganda, kasallikka chalinganda hamda boshqa hollarda tibbiy va o‘zga tarzda yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Vakolatli davlat organi turoperatorlarni, turagentlarni, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek xavfsizlikka nisbatan tahdid mavjud bo‘lganligi sababli borib ko‘rish uchun tavsiya etilmaydigan mamlakatlar (joylar) ro‘yxatini ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Muassislari (hammuassislari) davlat organlari bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakolatli davlat organiga turistlar va ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid haqidagi axborotni e’lon qilish imkoniyatini darhol va bepul taqdim etadi.
Turistlar va ekskursantlar yuqumli kasalliklarning yuqori darajadagi xavfiga uchrashi mumkin bo‘lgan vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) sayohatni amalga oshirish boshlanguniga qadar xalqaro tibbiy talablarga muvofiq profilaktikadan o‘tishi shart.
Turistlar va ekskursantlar guruhlarini kuzatib boruvchi shaxslar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dasturiy asosda minimal tibbiy tayyorgarlikka, tibbiy buyumlarga hamda dori qutichasiga ega bo‘lishi shart.
Turoperatorlar turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
mustaqil turizmni amalga oshiruvchi turistlar va ekskursantlar murojaat qilgan taqdirda, turistlar va ekskursantlarni yo‘nalishning xususiyati hamda ularning o‘z xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalari haqida xabardor qilishi, turistlar va ekskursantlarni jarohatlanish hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish va ulardan himoyalanish usullari bilan tanishtirishi, shuningdek yo‘nalishdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha turistlar va ekskursantlarga yo‘l-yo‘riq berishi;
falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga tezkor yordam ko‘rsatishi;
tog‘, trek, chang‘i, velosiped, mototsikl, g‘or turizmi (tabiiy yer osti yo‘laklari — g‘orlarga sayohatlar) va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish hamda amalga oshirishdagi xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi;
sayohat vaqtida turistlar, ekskursantlar bilan sodir bo‘lgan favqulodda hodisalar to‘g‘risida, shuningdek sayohatdan qaytib kelmagan turistlar hamda ekskursantlar haqida vakolatli davlat organini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va manfaatdor shaxslarni darhol xabardor qilishi;
turistlar va ekskursantlarga sayohatlarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, shuningdek sayohat qilish chog‘ida ular duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etishi hamda turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
tog‘li hududda tog‘, trek, chang‘i, velosiped, mototsikl va g‘or turizmi hamda turizmning otda sayr qilish turlarini tashkil etish va amalga oshirishda yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlaridan foydalanishi shart.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar turagentlarning ham zimmasiga yuklatiladi.
Sayohatlarni turistlar va ekskursantlar harakatlanishining faol shakllaridan foydalangan holda tashkil etishga ixtisoslashgan turoperatorlar turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash, ekstremal vaziyatlarda ularga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish maqsadida qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar hamda boshqa qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatilishi uchun shartnomalar tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga zarur yordam ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar va boshqa qutqaruv xizmatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek sog‘liqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat o‘rmon xo‘jaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish ixtiyoriydir, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning xususiyati hamda shakliga qarab turistlar va ekskursantlarda sug‘urta polisi mavjud bo‘lishi to‘g‘risida talab belgilash huquqiga ega.
Turoperatorlar o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi shart.
Turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Turizm sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Turizm to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi 830-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 227-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 831-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 228-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-aprelda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-31-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) 7-moddasi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 36-moddasi.
Vakolatli davlat organi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. | 18 | 52,655 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston yangi lokomotivlar хarid qiladi | 2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSh dollarini sarflash koʻzlanmoqda (VMning 15.07.2019 yildagi 586-son qarori).
Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizga 5 yillik imtiyozli davr, yillik 0,5% qoʻshilgan olti oylik LIBOR[1] va oʻzlashtirilmagan qarz summasining 0,15%i miqdorida majburiyat uchun komissiya bilan 25 yilga 170 mln AQSh dollari ajratdi.
Oʻzbekistonning hissasi – 56,14 mln AQSh dollari ekvivalenti – oʻz ichiga soliq va bojхona imtiyozlarini ($45,06 mln) taqdim etish va ijro etuvchi mas’ul organ – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlarini ($11,08 mln) oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.
[1]LIBOR (ingl. London Interbank Offer Rate, LIBOR) – London banklararo takliflar stavkasi. London banklararo bozorida turli valyutalarda va turli muddatlarga (bir kundan bir yilgacha) mablagʻlar taklifi bilan chiqadigan banklar tomonidan taqdim etiladigan banklararo kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi. Stavka Britaniya bank assotsiatsiyasi tomonidan har kuni 11:30 (Gʻarbiy Yevropa vaqti boʻyicha) tanlangan banklar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida qayd etiladi. | 43 | 1,227 |
Qonunchilik | 1999 YIL 1 AVGUSTDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYA, STIPENDIYA VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 25-noyabrdagi PF-2144 Farmoni 7-bandi istisno qilingan holda o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 111 | 151 |
Qonunchilik | 2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish, yangi bog‘ va uzumzorlarni tashkil etish, pillachilik va chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini va veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, tibbiy va aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur):
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida mevali bog‘, uzumzor va tutzorlar maydonlarini kengaytirish, chorva mollari bosh sonini ko‘paytirishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar:
yangi tashkil qilinadigan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan klaster tashkilotlari yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ining;
jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ining 50 foizini to‘lashdan ozod qilinsin.
3. Belgilansinki, Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida kichik tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida summasi 10 milliard so‘mdan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun — asosiy stavkadan oshadigan, lekin 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya beriladi.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan markazlashtirilgan manbalar hisobiga joriy yilda moliyalashtiriladigan loyihalarni:
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini 2021-yil uchun mo‘ljallangan parametrlari doirasida ko‘zda tutsin;
kelgusi yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.
5. Qurilish vazirligi:
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi, Uzun tumani hokimligi bilan birgalikda Bobotog‘ hududining shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan uchastkalarida mazkur hududni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish bo‘yicha yangi quriladigan obyektlarni joylashtirishni ta’minlasin;
buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati bo‘yicha nazorat o‘rnatsin.
6. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bir oy muddatda salohiyatli tadbirkorlarga Bobotog‘ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini biriktirib bersin hamda sabzavot-polizchilik, mevali bog‘ va uzumchilik, chorvachilik yo‘nalishidagi klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Uzun tuman tibbiyot birlashmasining mavjud shtat birliklari doirasida Bobotog‘ hududiy bo‘limida tunu-kun xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi hamshiralik guruhini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
8. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2021-yil 1-aprelga qadar Bobotog‘ hududida konteyner tipidagi zooveterinariya shoxobchasini tashkil etsin va unga “Damas” rusumli xizmat avtomobili ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Xamzayev) 2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 1400 gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etishga mas’ul etib belgilansin.
10. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida noruda foydali qazilmalar istiqbolli maydonlari ro‘yxatini shakllantirsin va geologik jihatdan o‘rganish uchun belgilangan tartibda tashabbuskorlarga taklif etsin.
11. Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kelgusi uch o‘quv yili davomida Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, yuqori malakali pedagog va tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ta’lim va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida davlat grantlari bo‘yicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha maxsus kvotalar ajratilishini ta’minlasin.
Bunda, maxsus kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan yoshlar oliy ma’lumotga ega bo‘lganidan so‘ng, o‘z hududida kamida 5 yil davomida mehnat qilishi nazarda tutilsin.
12. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Denov tumanidagi “Nurli kelajak”, “Jiydabuloq”, “Bobotog‘”, “Paxlavon” va “Do‘g‘ob” mahallalarini Uzun tumaniga o‘tkazish hamda Uzun va Denov tumanlari chegarasini o‘zgartirish masalalari yuzasidan iltimosnomalarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimining Bobotog‘ hududini kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholining ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini ta’minlash;
hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;
erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish.
14. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Moliya vazirligi Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bilan birgalikda o‘n kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta ko‘rib chiqsin.
Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi bir oy muddatda Uzun tumani hokimining Bobotog‘ hududini kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalarini tasdiqlasin.
15. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Qishloqqurilishinvest” IK, Surxondaryo viloyati hokimligi 2021-yil oxiriga qadar Bobotog‘ hududida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun namunaviy (ko‘p qavatli 30 xonadonli turar joy binolari) loyihalar asosida xizmat uylari qurilishini ta’minlasin.
16. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari:
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha tadbirlar ijrosini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha qarorda nazarda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
17. Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov):
tegishli davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rgansin hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
zaruratga ko‘ra, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
18. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 134 | 10,438 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan ilova qilingan o‘zgartirishlar tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son 30-modda) qarorining 1, 3 va 4-bandlaridagi tegishlicha “davlat” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1994-yil 29-sentabrdagi 491-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 46-modda) qarorining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi tegishlicha “davlat” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlarining ijroiya komitetlari tomonidan notarial ishlarni bajarish tartibi to‘g‘risidagi instruksiyani tasdiqlash haqida” 1976-yil 16-yanvardagi 35-son (O‘zSSR QT, 1976-y., 1-son, 2-modda) qarori.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qarzni nizosiz tartibda notarial organlarning ijro xatiga binoan undirib olishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 1976-yil 22-apreldagi 236-son (O‘zSSR QT, 1976-y., 4-son, 16-modda) qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil 22-apreldagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan qarzni nizosiz tartibda notarial organlarning ijro xatiga binoan undirib olishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 1984-yil 23-apreldagi 200-son (O‘zSSR QT, 1984-y., 4-son, 16-modda) qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlarining ijroiya komitetlari tomonidan notarial ishlarni bajarish tartibi to‘g‘risidagi instruksiyani tasdiqlash haqida” 1976-yil 16-yanvardagi 35-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1986-yil 6-iyundagi 285-son (O‘zSSR QT, 1986-y., 6-son, 22-modda) qarori. | 137 | 2,591 |
Qonunchilik | “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 17-yanvardagi 3-son “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3348, 2022-yil 9-fevral) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 10/22/3348/0126-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida” degan so‘zlar “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 207 | 1,227 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh VA BA’ZILARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 247-son va “Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda iste’mol tovarlari olib keluvchi korxonalarning so‘mlardagi mablag‘larini konvertatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ularning ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda import iste’mol tovarlarini hisobga olish va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlarini import qilish uchun markazlashtirilgan valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 19-noyabrdagi 405-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 26-dekabrdagi 538-son qarorining 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari keltirishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-iyuldagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 41-modda).
4. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-oktabrdagi 375-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 63-modda)ga ilovaning 3-bandi.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda)ga ilovaning 2-bandi.
6. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 18-iyuldagi 305-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 41-modda).
1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 14-yanvardagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidan “(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan import bo‘yicha olib kelinayotganlardan tashqari)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 49-modda)da:
1-bandning ikkinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-banddan “Markaziy bank litsenziyalariga ega bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda)ga 2-ilovada:
35-band va 37-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
33 va 34-bandlar tegishli ravishda 34 va 35-bandlar deb hisoblansin. | 157 | 4,216 |
Qonunchilik | 2005 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHALAR RO‘YXATINI ANIQLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnologiya jihatidan yangilash va zamonaviylashtirish, mahalliy xomashyodan hamda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shu asosda zamonaviy, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
ishlayotgan ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari ro‘yxatini aniqlashtirish va unga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan takliflar kiritsin.
3. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategiya jihatidan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Vazirlar Mahkamasi komplekslari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturining bajarilishi, respublikaning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yo‘lidan borishi natijalarini har oyda tahlil qilsin va umumlashtirsin. Bunda ishlab chiqarish umumiy xarajatlarini qisqartirish, valyuta resurslarini tejash, respublika iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash va uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish kabi strategik vazifalarni hal qilishga mahalliylashtirishning ta’sirini baholashga alohida e’tibor berilsin.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishning strategik ahamiyatini hisobga olib, Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqilsin.
4. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarorining 2-bandi, shuningdek ushbu qarorga 2, 3 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 187 | 2,759 |
Qonunchilik | VALYUTANI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun ichki xo‘jalik oboroti va xalqaro kredit-hisob-kitob munosabatlarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplarini, valyutani tartibga solish va valyuta resurslarini boshqarishda davlat idoralarining vakolatlarini, yuridik va jismoniy shaxslar hamda xorijiy davlatlarning valyuta boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishdagi huquqlari va burchlarini, valyutani nazorat qilish asoslarini va O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilab beradi.
1. O‘zbekiston Respublikasining pul birligi “so‘m”dir.
2. “Valyuta boyliklari” jumlasiga quyidagilar kiradi:
chet el valyutasi;
qimmatli qog‘ozlar – chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
qimmatbaho metallar – har qanday ko‘rinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, la’l, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.
3. “Chet el valyutasi” jumlasiga:
tegishli ajnabiy davlatda muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknot ko‘rinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo O‘zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari;
schyotlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar kiradi.
4. “Rezidentlar” jumlasiga:
O‘zbekiston Respublikasida muqim yashash joyi bo‘lgan, shu jumladan vaqtincha O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tuzilgan va ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar;
O‘zbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega bo‘lgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining chet eldagi xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan o‘zga vakolatxonalari kiradi.
5. “Norezidentlar” jumlasiga:
xorijda muqim yashash joyi bo‘lgan, shu jumladan vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan bo‘lib, ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining korxona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega bo‘lgan chet el diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan o‘zga tashkilot va firmalarning vakolatxonalari kiradi.
6. “Valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
valyuta boyliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqining o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar;
valyuta boyliklarini xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va jo‘natish hamda O‘zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqish va jo‘natish;
xalqaro ko‘lamda pul o‘tkazish ishlarini amalga oshirish kiradi.
7. Valyuta operatsiyalari joriy operatsiyalarga va kapitalning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga bo‘linadi.
8. “Joriy valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
mollarni eksport va import qilish, valyuta boyliklarining oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intellektual mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, hisob-kitoblari to‘lov muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom mablag‘lari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan operatsiyalar;
bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda o‘zga daromadlarni xorijga va xorijdan o‘tkazish;
savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan mablag‘larni, shu jumladan ish haqi, pensiya, aliment, meros pullarni o‘tkazish, shuningdek shunga o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi.
9. “Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari” jumlasiga:
investitsiyalar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish;
kreditlar berish va olish;
mablag‘larni jalb etish hamda ularni schyotlarga va omonatlarga qo‘yish;
to‘lovlar amalga oshiriladigan yoki egalik huquqi muayyan muddatdan keyin valyuta boyliklariga o‘tadigan moliyaviy operatsiyalar kiradi.
10. “Vakil qilingan banklar” jumlasiga:
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, aksiyadorlik-tijorat, tijorat, kooperativ va xususiy banklar, shu jumladan chet el kapitali ishtirokidagi banklar, valyuta operatsiyalarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasini olgan chet el banklari (filiallari, vakolatxonalari) kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasida yagona qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati o‘tkaziladi.
2. Rezidentlar o‘rtasidagi munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining pul birligi har qanday talab va majburiyatlarning to‘lovi uchun cheklovsiz qabul qilinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasining pul birligi, basharti, uning manbai xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan yoki o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zida qonuniy asosda olingan chet el valyutasidagi mablag‘lardan iborat bo‘lsa, norezidentlarning mulk obyekti bo‘lishi mumkin.
4. Yuridik shaxs bo‘lmish norezidentlar o‘rtasida valyuta operatsiyalarini, shuningdek har qanday bitimlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining pul birligida olib boriladigan hisob-kitoblar tartibini va bu yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi pul birligida bank muassasalarida schyotlar ochishi tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Uqtirib o‘tilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan foydalanib bitimlar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartib buzilgan bo‘lsa, tuzilgan bitimlar va qilingan hisob-kitoblar haqiqiy hisoblanmaydi.
5. Rezidentlar va norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi pul birligini hamda bu birlikda ifodalangan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqishi va jo‘natishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda belgilab qo‘yadigan tartibda amalga oshiriladi.
1. O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan kelishib olgan holda belgilaydi.
2. Jismoniy shaxs bo‘lmish rezidentlarga O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasida ish haqi va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu Qonunning 1-moddasi 4-bandining to‘rtinchi xatboshisida sanab o‘tilgan rezidentlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan hollar bundan mustasno.
Chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
1. Chet el valyutasi sotib olish va sotish valyuta bozorida amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotib olish O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida ham, boshqa mamlakatlarning valyuta bozorlarida ham amalga oshiriladi.
Valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolat berilgan banklar orqali chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan bo‘lgan talab va takliflarning kundalik nisbati asosida qaror topadigan bozor kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Rezidentlar o‘rtasida, shuningdek rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida vakolat berilgan banklarni chetlab o‘tib amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotishga doir bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-moliya siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda ishtirok etadi, respublika to‘lov balansini, Respublika valyuta fondi valyuta mablag‘lari kirimi va chiqimining, istiqbolga oid taxminlarini ishlab chiqadi, valyuta boyliklarining oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi hamda ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek Hukumat topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida:
valyuta resurslarini shakllantiradi va o‘z balansida bo‘lgan valyuta resurslarini, oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi;
O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda unda ifodalangan qimmatli qog‘ozlar muomala qiladigan sohani va muomala qilish tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar bajarishi shart bo‘lgan me’yoriy hujjatlar chiqaradi;
valyuta bozorida chet el valyutasi oldi-sotdisi yuzasidan banklararo operatsiyalarni o‘tkazish tartibini o‘rnatadi;
barcha turdagi valyuta operatsiyalarini bajaradi, shu jumladan o‘z huquqlarining bir qismini vakolat berilgan banklarga o‘tkazadi;
rezidentlar va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishi qoidalarini, shuningdek norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining pul birligi va unda ifodalangan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazilishi qoidalarini belgilaydi;
rezidentlarga tegishli chet el valyutasi va unda ifodalangan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasiga albatta o‘tkazish, olib kirish va jo‘natish tartibini, shuningdek rezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda chet el valyutasidagi schyotlarni ochishi shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasining valyuta bozorini tartibga solib turadi;
banklar va o‘zga kredit muassasalariga valyuta operatsiyalari o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday ruxsatnomalar beradi, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha, shu jumladan vakolat berilgan banklarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar yuritishning, hisobga olishning va hisobotlarning yagona shaklini belgilaydi;
qabul qilingan xalqaro qoidalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi valyuta operatsiyalari to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini tayyorlaydi va e’lon qilib boradi;
Ushbu Qonunda, shuningdek “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolat berilgan banklar ro‘yxatini yuritadi va e’lon qilib turadi. Valyuta operatsiyalari o‘tkazish uchun berilgan ruxsatnomalar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek vakolat berilgan banklar ruxsatnomalarning shartlarini, amaldagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlarini buzgani taqdirda qaytarib olinishi mumkin.
1. Valyuta operatsiyalari o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ruxsatnoma olgan tijorat banklari va boshqa banklar vakolat berilgan banklar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘z maqomiga ko‘ra vakolat berilgan bank hisoblanadi.
2. Vakolat berilgan banklar zimmasiga mijozlarning valyuta to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etishlari ustidan va o‘tkazgan operatsiyalari to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari ustidan nazorat qilib borish vazifasi yuklatiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasida valyuta boyliklari rezidentlarning ham, norezidentlarning ham mulki bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida valyuta boyliklariga egalik huquqi boshqa mulk obyektlariga egalik huquqi kabi davlat tomonidan kafolatlanadi va himoya qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarga, shuningdek marvaridga egalik qilish, ularni tasarruf etish, shuningdek ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
1. Respublika valyuta fondi respublika iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzini uzish majburiyatlarini bajarish, xalqaro to‘lovlarni markazlashgan tarzda amalga oshirish, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida valyuta resurslarini chet el valyutasidagi mablag‘lar va boshqa valyuta boyliklari ko‘rinishida jamlaydi.
2. Respublika valyuta fondi:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadga solinadigan soliq hamda chet el valyutasidagi boshqa to‘lovlar;
zarurat taqozosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan chet el valyutasi sotib olish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan olingan chet el kreditlari va boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini barqaror saqlab turish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining kredit resurslariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasidagi mablag‘lar va boshqa valyuta boyliklari ko‘rinishida valyuta resurslari jamlaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslari:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadning bir qismini sotib olish;
respublika va xorijiy mamlakatlarning valyuta bozorlaridan chet el valyutasi sotib olish, valyuta kreditlari, boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.
1. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablag‘lari:
tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan chet el valyutasida olingan daromad;
chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
valyuta kreditlari ko‘rinishida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa shakllarda olinadigan mablag‘lar hisobiga tarkib topadi.
2. Korxona va tashkilotlarning valyuta mablag‘lari vakolat berilgan banklarning valyuta schyotlari va omonatlarida saqlanadi hamda ulardan ana shu korxona va tashkilotlar mustaqil ravishda foydalanadilar.
3. Korxonalar va tashkilotlar qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun o‘zlarining valyuta mablag‘larini ixtiyoriy ravishda pay asosida birlashtirishga haqlidirlar.
Jismoniy shaxs bo‘lmish rezidentlar va norezidentlar o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasiga chet ellardan olib kelingan, o‘tkazilgan yoki yuborilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan yoki sotib olingan valyuta boyliklari bo‘lishiga, bu boyliklarni vakolat berilgan banklardagi schyotlarda yoki omonatlarda saqlash hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlanmagan tartibda foydalanishga haqlidir.
1. Rezidentlar joriy valyuta operatsiyalarini cheklovsiz amalga oshiradilar.
2. Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
3. Rezidentlar bojxona qoidalariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz o‘tkazish, olib kirish va jo‘natish huquqiga egadir.
Rezidentlarga tegishli chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasiga majburiy o‘tkazish, olib kirish va jo‘natish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Rezidentlarga tegishli qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek marvaridni O‘zbekiston Respublikasiga majburiy olib kirish va jo‘natish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
4. Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi pul birligida sotish huquqiga egadir.
5. Yuridik shaxs bo‘lmish rezidentlar o‘zlariga tegishli valyuta mablag‘laridan ishlab chiqarish va o‘z mehnat jamoalarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish maqsadlarida hamda qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin.
6. Yuridik shaxs bo‘lmish rezidentlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda Respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq to‘laydilar, shuningdek chet el valyutasida olgan daromadlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotadilar.
7. Yuridik shaxs bo‘lmish rezidentlar olgan chet el valyutasi, basharti, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa qoida belgilab qo‘ymagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidagi vakolat berilgan banklarida o‘z schyotlariga majburiy ravishda o‘tkazilishi lozim.
8. Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasiga avval o‘tkazilgan, olib kirilgan, jo‘natilgan yoki O‘zbekiston Respublikasida sotib olingan valyuta boyliklarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan chetga o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natish huquqiga egadir.
9. Jismoniy shaxs bo‘lmish rezidentlar tomonidan chet elda chet el valyutasida schyotlar va omonatlar ochilishi, ularda valyuta mablag‘lari saqlanishiga rezidentlarning chet elda bo‘lish davri uchun, boshqa hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
1. Norezidentlar bojxona qoidalariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz olib kirish, o‘tkazish va jo‘natish huquqiga egadir.
2. Norezidentlar chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi pul birligida sotish va sotib olish huquqiga egadir.
3. Norezidentlar valyuta boyliklarini, agar bu valyuta boyliklari avval O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, olib kelingan yoki jo‘natilgan yoxud O‘zbekiston Respublikasida sotib olingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda bojxona qoidalariga rioya etgan holda hech bir to‘sqinliksiz O‘zbekiston Respublikasidan chetga o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natish huquqiga egadir.
4. Norezidentlar vakolat berilgan banklarda chet el valyutasidagi va O‘zbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarga ega bo‘lishi mumkin.
5. Yuridik shaxs bo‘lmish norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklari oldi-sotdisini faqat vakolat berilgan banklar orqali amalga oshirishlari mumkin.
6. Jismoniy shaxs norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklarining oldi-sotdisini vakolat berilgan banklar orqali ham, naqd pul bilan hisob-kitob qilish usulida sarrofxonalar orqali ham amalga oshirishlari mumkin.
7. Vakolat berilgan banklar tomonidan norezidentlarning chet el valyutasidagi va O‘zbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarini ochish va yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
1. Valyuta nazoratining maqsadi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida valyuta qonunlariga rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir.
2. Valyuta nazoratining asosiy yo‘nalishlari:
amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi valyuta qonunlariga mos bo‘lishini va shu ish uchun kerakli ruxsatnomalar bor-yo‘qligini;
rezidentlar respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq va boshqa to‘lovlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet el valyutasini sotish bo‘yicha majburiyatlarini qanday bajarayotganini;
Respublika valyuta fondidan ajratiladigan valyuta mablag‘laridan mo‘ljallangan aniq maqsadga muvofiq va qanchalik samarali foydalanilayotganligini;
chet el valyutasidagi to‘lovlarning asosliligini;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobga olish va hisobot mukammal hamda xolis bo‘lishini tekshirishdan iboratdir.
1. O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qilish valyuta nazorati idoralari hamda ularning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasida valyuta nazorati idoralari hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq valyutani nazorat qilish vazifasini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.
4. Vakolat berilgan banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobdor bo‘lgan valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini, ularning turlari, shakllari va ularni taqdim etish muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda belgilaydi. Valyuta operatsiyalari to‘g‘risida hisobot taqdim etmaslik valyuta qonunlarini buzish hisoblanadi.
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning talablarini buzganlik uchun aybdorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan jinoiy, ma’muriy javobgarlikka va fuqarolik-huquqiy javobgarligiga tortiladilar.
Valyuta boyliklari egalariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan valyuta nazorati idoralari va ularning vakillari hamda mansabdor shaxslari valyuta boyliklari egalari oldida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgar bo‘ladilar.
Ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda chiqariladi. | 37 | 22,848 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh HAQI, PENSIYALAR, NAFAQALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 7-fevraldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 1-martdan boshlab mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasiga boshlang‘ich razryadning oyiga 300 so‘m miqdoridagi tarif stavkasi asos qilib olinsin va Yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Yangi tarif koeffitsiyentlarini qo‘llash budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Ijtimoiy ta’minot vazirligi ikki kun mobaynida pensiya va nafaqalarni 1995-yil 1-martdan boshlab qayta hisoblash tartibini tasdiqlasin va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlariga yuborsin. Bunda 1995-yil 1-martdan keyin pensiya tayinlashda ularni tegishlicha o‘rtacha 350 so‘mga oshirish hisoblashning amaldagi normalari va tarkibi qo‘llanilsin.
3. Ish haqi miqdorini oshirishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar uchun ish haqi miqdorini mahsulot, ishlar, xizmatlar hajmining o‘sishiga ko‘ra tartibga solish maqsadida qabul qilingan ish haqining baza fondi qonun hujjatlari bilan belgilangan amaldagi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarga tuzatishlar kiritilgan holda bir ishlovchiga oyiga o‘rtacha 350 so‘mga oshirilsin.
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 7-fevraldagi Farmonidan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlari o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.
5. 1995-yil 1-martdan boshlab quyidagilar o‘z kuchini quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori 2-bandining boshlang‘ich razryadni eng kam ish haqi miqdoriga tenglashtirishga oid qismi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandi, Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7 va 10-bandlari.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 185 | 2,576 |
Qonunchilik | Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tarmoqqa qanday ulanadi | Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi (VMning 22.07.2019 yildagi 610-son qarori).
Qabul qilingan hujjat tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlariga, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo” kompaniyalari, “Oʻzenergoinspeksiya”, Majburiy ijro byurosi va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash moʻljallanayotgan iste’molchilarga taalluqli.
Reglament quvvatlarni ulash, quvvatlarni koʻpayishi yoki ulanish nuqtalari oʻzgargan hollarda tatbiq etiladi. Tartib-taomil 12 ta izchil bosqich, jumladan teхnik shartlarni olish, loyihalarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish, hisobga olish asboblarini bevosita ulash va plombalashdan iborat. Butun jarayon koʻp vaqt talab etadi – loyihani ishlab chiqish muddatlari (iхtisoslashtirilgan loyiha tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi), ishga tushirish chizmasini tuzish va kelishish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari tamom boʻlganidan keyin (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi) “Oʻzenergoinspeksiya”ga murojaat qilishni inobatga olmaganda yarim yilni talab etadi.
Reglamentga rioya qilinishi nazorat qilinishi va elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan ulanishini ta’minlash Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va SSPga yuklandi.
Eslatib oʻtamiz, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar:
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulash taqiqlanadi (“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasi).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 60 | 2,017 |
Qonunchilik | 2017 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Poshxurt” botiqligi hududidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Poshxurt” botiqligi (keyingi o‘rinlarda — “Poshxurt” botiqligi deb ataladi) hududidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida bog‘larni tashkil qilish va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Poshxurt” botiqligi hududidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida bog‘larni tashkil qilish va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Poshxurt” botiqligi hududida intensiv texnologiyalar asosida tashkil qilinadigan bog‘lar va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash tizimini (keyingi o‘rinlarda — suv bilan ta’minlash tizimi deb ataladi) qurish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 13-qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi — buyurtmachi tashkilot etib;
“UZGIP” MChJ — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
suv bilan ta’minlash tizimining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga 2017-yilgi Investitsiya dasturiga asosan ajratilgan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlari hisobidan;
intensiv texnologiyalar asosida bog‘larni tashkil qilish va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish ishlari — tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ishlab chiqilgan suv bilan ta’minlash tizimining loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazsin, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev hamda Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin. | 172 | 2,302 |
Qonunchilik | XALQ BADIIY HUNARMANDChILIGI VA SOVG‘ALAR IShLAB ChIQARISh KORXONALARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Xalq badiiy hunarmandchiligi va sovg‘alar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq xalq badiiy hunarmandchiligi va sovg‘alar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar xalq badiiy hunarmandchiligi va sovg‘alar ishlab chiqarish korxonalariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
16. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
17. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
18. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga to‘la javobgardir.
20. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
21. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asbob-uskunalari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda asbob-uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
24. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
25. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
26. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
27. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
30. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
33. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
34. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
35. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
36. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
37. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
38. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talablariga mos bo‘lishi kerak.
39. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
40. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
41. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
42. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
43. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
44. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
45. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsiyalash talablari”ga muvofiq tashkil qilish lozim.
46. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
47. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
48. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
49. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
50. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
51. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
53. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
54. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
58. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
60. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
61. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, o‘rtacha og‘ir ishda 17°C va og‘ir ishda 16°C dan past bo‘lmasligi lozim.
62. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak.
63. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
64. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos kelishi kerak.
65. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
66. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
67. Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
68. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
69. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
70. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritish tarmoqlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
71. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
72. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (asbob-uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
73. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
74. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
75. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Asbob-uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
76. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
77. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
78. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
79. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
80. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
81. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
82. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
83. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
84. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi kerak.
85. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qat’iy rioya etishlari talab etilishi kerak.
86. Mazkur Qoidalarga asosan har bir tashkilotlarda elektr xavfsizligi bo‘yicha IV va V guruhga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. U tashkilotda elektr xo‘jaligining umumiy holati bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
87. Tashkilotda bosh energetik lavozimi bo‘lgan taqdirda, elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
88. Elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgar shaxs bo‘lmagan tashkilotlarda elektr asbob-uskunalaridan foydalanish man etiladi.
89. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrikni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
90. Tashkilotlarda elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini.
91. Tashkilot elektriklari elektr kuchlanish ostida bo‘lgan asbob-uskuna, jihoz va kabellar bilan ishlaganda elektr tokidan jarohat olishdan muhofaza qiluvchi asosiy (izolatsiya qiluvchi shtangalar, izolatsiya qiluvchi dastali qisqichlar, dielektrik qo‘lqop va etiklar, dielektrik g‘ilofli asbob-uskunalar) va qo‘shimcha saqlagichlar (izolatsiya qiluvchi tagliklar, rezina gilamchalar) hamda himoya vositalari bilan ta’minlanishlari shart.
92. Tashkilot elektr xo‘jaligida yuqori elektr kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmalar, kabellar bilan ishlashda saqlagichlarsiz ishlash qat’iyan man etiladi.
93. Elektr kuchlanish ta’sirida bo‘lgan elektrotexnika qurilmalarining izolatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi holatlarining oldini olish maqsadida qurilmalarni to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish talab qilinadi.
94. Asbob-uskunalar elektr tarmog‘ida izolatsiyaning buzilishi oqibatida elektr tokining asbob-uskuna metall qobig‘iga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan elektrdan shikastlanishlarning oldini olish uchun elektr qurilmalar erlangan yoki nollangan bo‘lishi shart.
95. Ko‘chma yoritish asbob-uskunalari 36 V elektr toki manbaidan ishlaydigan bo‘lishi zarur.
96. Ekspozitsion va savdo zallarining qurilishi mavjud qurilish loyihalari va mazkur Qoidalar me’yorlariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
97. Ekspozitsion va savdo zallari tortiluvchi shamollatish tizimi zaruriy hollarda esa konditsioner bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
98. Zal pollari tekis, eshikdan o‘tish joylari bo‘sag‘asiz va tozalash uchun qulay bo‘lmog‘i kerak.
99. Devorlar yorqin ranglarda bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
100. Ko‘rgazma uchun o‘rnatilgan barcha dekorativ buyumlar hamda eksponatlar ishonchli ilgaklarda yaxshi mahkamlangan bo‘lishi lozim.
101. Eksponatlarni 2 m gacha bo‘lgan balandlikka ilish oldindan tayyorlab qo‘yilgan ilgaklarga maxsus tirgakli narvonlarda ikki kishi amalga oshirishi lozim.
102. Ekspozitsion va savdo zallari har kuni tozalanishi kerak.
103. Hunarmandchilik mahsulotlariga ishlov berish xonalari yorug‘, yaxshi havo aylanadigan (almashadigan) mahalliy shamollatish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
104. Xonalar sun’iy shamollatish tizimi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, tabiiy shamollatish sharoiti (ochiladigan derazalar, tuynuklari)ga ega bo‘lishi lozim.
105. Toksik moddalar bilan ishlashda shamollatish tizimi va respiratorlardan foydalanish lozim.
106. Changlanuvchi vositalarni ishlatish (gips, bronza, alyuminiy, bo‘yoqlar va boshqalar), shuningdek ularning ustki qismlarini silliqlash himoya ko‘zoynaklari va respiratorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
107. Kimyoviy moddalarni hidlash yoki qo‘lga surtib ko‘rish orqali bilish taqiqlanadi.
108. Xlorofos yoki boshqa zaharli moddalarni ishlatishda maxsus kiyimlar (xalat, himoya ko‘zoynagi, rezina qo‘lqoplar, respirator)dan foydalanish lozim.
109. Xlorofos qorishmasi teriga tegib ketsa, uning qurishini kutmasdan darhol suv bilan yuvib tashlash lozim.
110. Xlorofos va boshqa zaharli moddalar bilan ishlab bo‘lgandan so‘ng idish va anjomlar sovunlab yuvilishi va alohida xonada, qulflanadigan shkafda saqlanishi lozim.
111. Xlorofosni ishlatib bo‘lgach qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuvish lozim.
112. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini mas’ul shaxs ko‘zdan kechirganidan so‘ng ishlatishga ruxsat etiladi.
113. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim.
114. Sex, uchastka, ustaxona boshliqlari quyidagilarni nazorat qilishlari lozim:
xodimlarni soz, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan ta’minlanishini;
asbob-uskunalarning o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatilishini;
asbob-uskunalarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini va nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslikni.
115. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir stanok va dastgoh yonida ish sharoiti bo‘yicha zarur quti yoki shkafchalar bo‘lishi kerak.
116. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
117. Asbob-uskunaga o‘rnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qo‘l bilan ushlash taqiqlanadi.
118. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni to‘g‘ri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini ta’minlashi kerak.
119. Asbob-uskunalarga detallarni o‘rnatish, qistirish va yechish qo‘lda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, ko‘rsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun to‘la xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini ta’minlashi kerak.
120. Har bir asbob-uskuna yoqish va o‘chirish uchun ishonchli moslamalarga ega bo‘lishi, ular ish o‘rinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni ta’minlashi hamda o‘z-o‘zidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
121. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini ta’minlashi kerak.
122. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida o‘z-o‘zidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
123. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
124. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning o‘qi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal o‘lchamiga muvofiq bo‘lishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini ta’minlashi kerak.
125. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
126. Asbob-uskuna va moslamalardan ish o‘rinlarida foydalanish uchun ular qulay bo‘lgan tartibda joylashtirilishi, doimiy yoki davriy qo‘llaniladigan asbob-uskunalar ishlovchining ko‘rish doirasida va bir joyning o‘zida bo‘lishi kerak.
127. Ish o‘rinlari asbob-uskunalarni va ish o‘rinlarini yig‘ishtirish uchun jihozlar va ularni saqlash uchun moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
128. Xodimlarni harakatlanuvchi elementlardan jarohatlashini bartaraf etishi uchun barcha asbob-uskuna, dastgoh va mexanizm himoya to‘siqlariga hamda saqlovchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak. Himoya to‘siqlari va saqlovchi moslamalarga ega bo‘lmagan asbob-uskuna, dastgoh va mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
129. Himoya to‘siqlari va saqlovchi moslamalar asbob-uskunaga va konstruksiyani ko‘tarib turuvchi asosga bolt orqali ishonchli qotirilishi uchun o‘rnatish joyiga ega bo‘lishi kerak.
130. Himoya to‘siqlarining panjara oralari kengligi 10 mm dan kam bo‘lmasligi, to‘rli to‘siqlardagi katak o‘lchami 10 mm² dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
131. Kesuvchi asbob-uskunalarni almashtirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi uchun to‘siqlar sharnirlar yordamida ochiladigan bo‘lishi lozim.
132. Himoya to‘siq elementlari talab darajasidagi mustahkamlikni ta’minlovchi metallardan tayyorlanishi kerak.
133. Himoya to‘siqlarining panjarali qismlari aylanuvchi qismlardan 50 mm uzoqda joylashgan bo‘lishi lozim.
134. Kesuvchi moslamalarni almashtirishga va texnik xizmat ko‘rsatishga qulay bo‘lishi uchun himoya to‘siqlari oson ochiluvchi bo‘lishi kerak.
135. Himoya to‘siqlari ogohlantiruvchi ranglarga bo‘yalishi va xavfsizlik belgilariga ega bo‘lishi kerak.
136. Yog‘ochga qayta ishlov beruvchi dastgohning kesuvchi qismi blokirovka qilingan qo‘zg‘almas to‘siqqa ega bo‘lishi lozim.
137. Disk va lenta arrada bitta tishi singan bo‘lsa ham undan foydalanish taqiqlanadi.
138. Yog‘och arralovchi ramaga 70 mm dan kichik kenglikdagi arra qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi. Disk arralarining va arra polotnosining yon tomondagi yuzasi tekis va yoriqsiz bo‘lishi lozim.
139. Dastgoh stolidagi arraga mo‘ljallangan tirqishning eni 10 mm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
140. Uzunligi 400 mm dan va eni 30 mm dan kam yoki qalinligi 30 mm dan yupqa bo‘lgan materiallarni maxsus shablonsiz arralash man etiladi.
141. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida parmaning to‘siqlaridan asbob-uskunaning ishchi qismi ko‘rinadigan bo‘lishi lozim.
142. Uzatish mexanizmlarini yuboruvchi qismlari (valetslar, zanjirlar, itaruvchi tirgovichlar, ushlab oluvchilar, siquvchilar) ishonchli ushlab qolish va siqishni ta’minlashi kerak.
143. Frezer, fugoval, lentali arra, dumaloq arra, murakkab va boshqa yog‘ochga qayta ishlov beruvchi dastgohlar mexanik uzatgichga ega bo‘lmasa, avto uzatuvchi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
144. Detallar qirqimi 40 mm² dan kam bo‘lganda maxsus moslamasiz frezerlash taqiqlanadi.
145. Hamma uzatish mexanizmlari himoya moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
146. Dastgohning harakatlanuvchi qismlari belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun unda tirgovichlari yoki harakatini chegaralovchi o‘chirgichlari bo‘lishi lozim.
147. Dastgohlarda detallarga ishlov berish uchun, ular ishonchli qisish va ushlagichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
148. Mexanik uzatishi bor frezer dastgohlar, shu jumladan karusel-frezer va nusxalovchi frezer andozalarni stolga qotirish uchun moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi, andozalar o‘z navbatida ishlov berilayotgan detallarni ishonchli mahkamlanishini ta’minlashi lozim.
149. Stollar, yo‘naltiruvchi lineykalar va andozalarning ish yuzalari o‘yilmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarsiz bo‘lishi lozim.
150. Dastgoh bir nechta kesuvchi asbob-uskunalarga ega bo‘lsa, shulardan faqat bitta asbob-uskuna ishlashini ta’minlash uchun moslama qo‘llanishi lozim.
151. Ishchi vallarini va shpindellarini qotiradigan gaykaning yo‘nalishi kesuvchi asbob-uskunaning aylanishiga teskari bo‘lishi lozim.
152. Yog‘ochga ishlov beruvchi asbob-uskunaning elektryurgizgichlari va elektrapparatlari, asbob-uskuna qaysi sexda ishlatilishiga bog‘liq ravishda portlashdan himoyalangan yoki yopiq ishlangan bo‘lishi lozim.
153. Ishlov berilayotgan detallarni qotirish uchun aylanadigan qurilmalar (patron, planshet, xomutlar va boshqalar) silliq tashqi yuzaga ega bo‘lishi kerak.
154. Sim chiviqli materiallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan, ko‘p shpindelli, bir shpindelli avtomatlar, tokar-revolver va boshqa stanoklar, sim chiviqlarni butun uzunligi bo‘ylab to‘sish uchun quvursimon to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi, bu to‘siqlar tovush yutuvchi qurilmaga ega bo‘lishi kerak.
155. Dastgohlarga qayta ishlov berish uchun uzatiladigan sim chiviqli materiallar qiyshaymagan bo‘lishi kerak.
156. Dastgoh staninasining pastki qismi bilan tog‘arasi o‘rtasidagi masofa qirindilarni bemalol va qulay olib tashlashga imkon berishi kerak.
157. Harakatlanuvchi kichik vallar va dastgoh vintlari maxsus to‘siqlar bilan berkitilgan bo‘lishi lozim.
158. Qayta ishlanayotgan detallarni dastgohlarda abraziv materiallarda arralash, sayqallash va tozalash maxsus moslamalarda (asbob-uskunalarda) va bu operatsiyalarning bajarilish xavfsizligini ta’minlaydigan uslublarda amalga oshirilishi lozim.
159. Frezer dastgohlari tez harakatlanuvchi va ishonchli tormoz qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
160. Uzatma vallar, kardanli bog‘lanish, shpindelning chiqib turuvchi orqa uchi va frezer stanogi shompollari to‘silgan bo‘lishi kerak.
161. Maxsus va ixtisoslashtirilgan stanoklar, shuningdek universal stanoklar frezalari himoya to‘siqlariga ega bo‘lishi va bunday stanoklar mo‘rt va chang chiqaruvchi materiallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, guruhli yoki yakka so‘ruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
162. Dastgohga frezani o‘rnatish va almashtirishda qo‘lni kesib olishdan himoya qiluvchi maxsus moslama qo‘llanilishi lozim.
163. Yig‘ilgan freza konstruksiyalari tishlarining ishonchli qotirilishi va ularning ish jarayonida tushib ketmasligining oldi olingan bo‘lishi kerak.
164. Darz ketgan yoki tishlari singan diskli frezalarni qo‘llash taqiqlanadi.
165. Katta o‘lchamdagi frezalar maxsus g‘iloflar (idishlar)da saqlanishi va joyidan boshqa joyga g‘iloflarda ko‘chirilishi kerak.
166. Aylanayotgan freza yaqinidan qirindilarni olib tashlash uchun xodimlarga yog‘och dastakli, uzunligi kamida 250 mm bo‘lgan maxsus supurgichlar (cho‘tkalar) berilishi lozim.
167. Vertikal-parmalash va radial-parmalash dastgohlari o‘z-o‘zidan kronshteynning tushib ketishini oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
168. Parmalash dastgohlarida ishchi asbob-uskunalarni siqib turish moslamalari ishonchli qisilganligi, asbob-uskunaning aniq muvozanatini ta’minlashi va chiqib turgan qismlariga ega bo‘lmasligi kerak.
169. Qayta ishlanayotgan detallar parmalash stolidagi (plitasiga) qistiriladigan moslamaga o‘rnatilishi lozim.
170. Dastgoh ishlayotgan vaqtda ishlov berilayotgan detallarni o‘rnatish va yechib olish to‘la xavfsizligini ta’minlovchi va faqat maxsus pozitsiyali moslamalar qo‘llangan holatlarda ruxsat etiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan moslamalar bo‘lmasa, detallarni dastgoh ishlab turgan paytda o‘rnatish va yechib olishga ruxsat etilmaydi.
171. Tunuka materiallarni qirqadigan qaychilar quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
qo‘zg‘almas qaychi sathiga o‘rnatilgan, kesiladigan tunukalarni taxlash uchun moslama bilan (stollar, rolganglar va boshqalar);
xodimga kesiladigan chiziqni (joyni) aniq ko‘rish imkonini beruvchi yo‘naltiruvchi va saqlovchi chizg‘ichlar bilan;
blokirovka qilingan yoquvchi mexanizmli hamda xodimning qo‘li pichoq va qisqich ostiga tushib qolishining oldini oladigan saqlovchi qurilmalar bilan.
172. Pichoq hududining to‘suvchi (himoyalovchi) qurilmasi oldiga o‘rnatilgan gilotin qaychilarining silindrik qisqichlari aylanasi bo‘ylab maxsus himoya to‘siqlari bilan berkitilgan bo‘lishi lozim. Qisqichlarga qistirishning iloji bo‘lmagan ingichka materiallarni kesish taqiqlanadi.
173. Qaychining pedali ko‘chma bo‘lishi kerak.
174. Yoyiladigan va qabul qiladigan qurilmalar hududidagi ko‘p diskli qaychilar yoyiladigan qurilma va qaychida kesilib chiqqan mahsulot va chiqindilardan xodimlarning jarohatlanishini oldini oluvchi himoya to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak.
175. Rolikli qaychilar kesiladigan metallning qalinligiga qarab oraliqlarini sozlash uchun qurilmaga, ishchining barmog‘i qaychi (rolik) ostiga tushib qolishidan saqlovchi moslamaga ega bo‘lishi va ish sharoitiga muvofiq stollar hamda kesiladigan materiallarni qo‘yish uchun qurilmalarga ega bo‘lishi kerak.
176. Yog‘och bilan ishlaydigan dastgohda avtouzatkich bo‘lmasa, pichoq valining kesuvchi qismi himoya to‘sig‘i bilan yopilishi lozim.
177. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich orqasida joylashgan pichoq valining ishsiz qismi har qanday holatda ham to‘liq yopiq bo‘lishi kerak.
178. Pichoq vali tirqishi oldidagi stollarning chetlari po‘latdan yasalgan, stol yuzasiga mahkamlangan uchi qiyshiq o‘tkir nakladkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
179. Materialni qo‘l yordamida uzatish dastgohlarida uzunligi 400 mm, eni 30 mm dan yupqa bo‘lgan yog‘och materiallarni randalash maxsus kolodkalar – itargichlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
180. Ishlov berishga tayyorlangan ko‘p miqdordagi materiallarni bir vaqtning o‘zida randalash ishlari ishonchli qisqich moslamalar bilan ta’minlangan maxsus shablonlar orqali amalga oshirilishi lozim.
181. Detallarga ishlov berishda ishchining qo‘li shikastlanishining oldini olish uchun stanoklar ishonchli qisqich moslamlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
182. Keskich moslamaning mahkamlash jihozlari uning aniq ishlashini ta’minlashi lozim.
183. Parmalash dastgohlarining patronlari silindrik yuzaga bo‘rtib chiqqan detallardan holi bo‘lishi lozim va parma patron bilan birgalikda to‘silishi zarur.
184. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida parmalarning to‘sig‘i uning ishchi qismini ko‘rib turish imkonini berishi lozim.
185. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni ta’mirlashga to‘xtatish uchun tashkilot (sex) bo‘yicha buyruq chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek ko‘rsatilgan ishlarga asbob-uskunalar va obyektni to‘liq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining ta’mirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
186. Barcha asbob-uskunalarda tasdiqlagan jadval bo‘yicha belgilangan muddatlarda rejali ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi.
187. Asbob-uskuna va mexanizmlarni ta’mirlash hamda sozlash ishlari maxsus o‘qitilgan va yo‘riqnomadan o‘tgan, tegishli malakaga ega va bilimlari tekshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
188. Ta’mirlash ishlarida band bo‘lgan pudratchining barcha xodimlari ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilishi lozim. Yo‘riqnomadan o‘tkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
189. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lozim.
190. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi bo‘lgan moddalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi kerak.
191. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
elektr energiya ta’minotidan o‘chirish;
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan bo‘shatish;
ta’mirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish.
192. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
193. Ta’mirlash ishlari asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi – zavod tasdiqlagan ta’mirlash va foydalanish hujjatida belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi lozim.
194. Asbob-uskuna ta’mirlangandan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi va ishlatib ko‘rilishi zarur.
195. Sinov va ishlatib ko‘rish davrida ta’mirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar jumladan, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi hamda moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
196. Asbob-uskuna ta’mirlanganidan so‘ng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
197. Asbob-uskuna yig‘ilgandan yoki ta’mirlangandan so‘ng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
odamlarni xavfsiz joyga o‘tkazish;
asbob-uskuna tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olish;
himoya to‘siqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
himoya saqlovchi va nazorat o‘lchov asbob-uskunalarining sozligini tekshirish;
asbob-uskuna yig‘ilishi to‘g‘riligini tekshirishda, o‘zaro bog‘liq harakatlanuvchi mexanizmlarni to‘liq siklida uning harakatlanuvchi qismini aylantirish;
asbob-uskunani bo‘sh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
198. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
199. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
200. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan. | 141 | 40,396 |
Qonunchilik | Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni takomillashtirish va kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
ko‘p kvartirali uylardagi mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun maxsus hisobvaraq ochiladi. Bunda maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratib boriladi.
3. Moliya vazirligi bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badalni to‘lab berish maqsadida subsidiya ajratish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Mening uyim” axborot tizimi bilan axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Subsidiya ajratiladigan ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlarini aniqlash jarayonida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Moliya vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ularni tezkor bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin.
4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi kelib tushgan ma’lumotlarni “Mening uyim” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — billing tizimi) ma’lumotlar bilan umumlashtiradi va tafovut yuzaga kelgan taqdirda, uni 3 ish kuni davomida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq hududlarda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada takomillashtirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ysin va ushbu talablarga qat’iy rioya etilishini nazorat qilib borsin;
qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar elektron reyestrni to‘liq shakllantirish uchun ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining barcha ma’lumotlarini elektron tizimga kiritish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)da ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun maxsus hisobvaraq (keyingi o‘rinlarda — maxsus hisobvaraq) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Jamg‘armada ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus hisobvaraq — Jamg‘armada ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari (keyingi o‘rinlarda — ta’mirlash)ni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochiladigan shaxsiy hisobvaraq;
ta’mirlash — ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylarning tom, fasad, kirish yo‘laklari, uy ichi va yerto‘ladagi muhandislik-kommunikatsiyalarini ta’mirlash, kod-qulfli temir eshik, kirish yo‘laklarida deraza oynalarini (framugalarni) o‘rnatish, tutash hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
manzilli ro‘yxat — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va Moliya vazirligi bilan kelishiladigan, unda ta’mirlanishi nazarda tutilgan ko‘p kvartirali uylarning ro‘yxati (unda hudud, manzil, obyektda amalga oshiriladigan ish turlari, ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori, ta’mirlash muddati va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi);
yig‘ma manzilli dastur — manzilli ro‘yxatlar asosida respublika bo‘yicha umumlashtirilgan va moliyalashtirish manbalari belgilangan hududlar kesimidagi yig‘ma dastur;
buyurtmachi — ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash ishlarini (mukammal va joriy ta’mirlash, shu jumladan, tom, fasad, kirish yo‘laklari, uy ichi va yerto‘la muhandislik-kommunikatsiyalarini ta’mirlash, kod-qulfli temir eshik, kirish yo‘laklarida deraza oynalarini (framugalarni) o‘rnatish, tutash hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari) amalga oshiruvchi tashkilot — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari;
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari — ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari.
4. Ta’mirlash ishlari ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yoki ularning vakillari tomonidan umumiy yig‘ilish qarori asosida amalga oshiriladi.
5. Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomalari har hisobot yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari yoki ularning vakillari ishtirokida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlikning hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
6. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomalari asosida har hisobot yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar dastlabki manzilli ro‘yxat shakllantiriladi va tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalariga kelishish uchun kiritiladi.
Dastlabki manzilli ro‘yxatni shakllantirish jarayonida mulkdorlar hisobidan shakllantirilishi talab qilinadigan 30 foiz miqdordagi mablag‘larni maxsus hisobvaraqda shakllantirigan ko‘p kvartirali uylarga alohida e’tibor qaratiladi.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy bosh boshqarmalari dastlabki manzilli ro‘yxatni 3 kun muddatda ko‘rib chiqib, Vazirlikning hududiy boshqarmalariga kiritadi.
8. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har hisobot yilidan oldingi yilning 10-dekabriga qadar kelishilgan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida loyiha-qidiruv ishlarining xarajatlarini aniqlab, Vazirlikka kiritadi.
9. Vazirlik taqdim etilgan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida hisobot yilining 1-fevraliga qadar Vazirlikning hududiy boshqarmalari va buyurtmachilar bilan birgalikda yakuniy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi.
10. Vazirlik buyurtmachi bilan birgalikda hisobot yilining 1-martiga qadar yakuniy manzilli ro‘yxat asosida shakllantirilgan yig‘ma manzilli dasturni Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
11. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda manzilli ro‘yxatga kiritilgan ta’mirlash ishlariga zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘larning 30 foizi maxsus hisobvaraqda shakllantirilishini tashkil etadi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari billing tizimi orqali mablag‘larning 30 foizini maxsus hisobvaraqda shakllantirib borilishini kuzatib boradi.
Belgilangan 30 foiz miqdoridagi mablag‘lar ko‘p kvartirali uylarning mulkdorlari tomonidan maxsus hisobvaraqda to‘liq shakllantirilgandan so‘ng tasdiqlanadigan manzilli dasturga kiritiladi.
12. Vazirlik tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida hisobot yilidan keyingi yilning 5-fevraliga qadar dastlabki bo‘nak (avans) mablag‘lari buyurtmachiga o‘tkazilishini ta’minlaydi (loyiha-qidiruv ishlari va boshqa xarajatlar uchun).
13. Buyurtmachi Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreliga qadar ta’mirlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov yoki tenderni o‘tkazadi, kelgusi yilning 1-mayiga qadar g‘olib bilan shartnoma tuzadi va bo‘nak (avans) mablag‘ini to‘lab beradi.
14. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari;
ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari mablag‘lari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozitga qo‘yishdan olingan foiz ko‘rinishidagi daromadlar. Bunda mulkdorlar mablag‘lari hisobidan olingan foiz mablag‘lari faqat tegishli ko‘p kvartirali uyni ta’mirlash uchun sarflanadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar, boshqa donorlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
ta’mirlash doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash;
buyurtmachining boshqa xarajatlarini (loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov yoki tenderni o‘tkazish, texnik nazorat xarajatlari, ta’mirlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish.
16. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda sarflash qat’iyan taqiqlanadi.
Bunda tanlov yoki tender hamda (yoxud) ta’mirlashda iqtisod qilingan mablag‘lar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari xohishiga ko‘ra, qo‘shimcha ta’mirlash ishlariga sarflanishi mumkin yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari hisobvarag‘iga mulkdorlarning majburiy badal uchun to‘lovi sifatida qaytariladi.
17. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri yoki vazir buyrug‘i bilan mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linma (keyingi o‘rinlarda — mas’ul bo‘linma) tomonidan boshqariladi.
18. Mas’ul bo‘linma:
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ta’mirlash ishlarining har yilgi manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;
manzilli ro‘yxatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini yuritadi;
maxsus hisobvaraq tushumlarini ko‘paytirish va mazkur mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar hisobini yuritadi;
har oy, chorak, yil yakuni bo‘yicha maxsus hisobvaraq mablag‘larining sarflanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi.
19. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari Vazirlikning to‘lov topshiriqnomalari asosida Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan Vazirlik hududiy boshqarmalarining ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
20. Vazirlik hududiy boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari asosida mablag‘ Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarga muvofiq, belgilangan tartibda buyurtmachiga o‘tkaziladi.
21. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirishda buyurtmachilar tomonidan quyidagilar nazarda tutiladi:
yig‘ma manzilli dasturga asosan ta’mirlash uchun bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tender yoki tanlov natijalariga ko‘ra tuzilgan shartnomalar umumiy qiymatining 30 foizi (ikki oyda teng ulushlarda 15 foizdan) miqdorida bo‘nak (avans) mablag‘larini to‘lash;
ajratilgan bo‘nak (avans) proporsional ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda bajarilgan ishlar qiymati miqdorida joriy moliyalashtirish.
22. Maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan ta’mirlashga mablag‘lar ajratilishida ta’mirlash umumiy smeta qiymatining:
30 foizi — ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari mablag‘lari hisobidan;
70 foizi — maxsus hisobvaraqqa teng ulushlarda respublika budjeti va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishiga qat’iy rioya qilinadi.
23. Joriy moliya yilida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq ta’mirlash uchun moliyalashtirilmay qolgan mablag‘lar maxsus hisobvaraq mablag‘lari hisobidan kelgusi moliya yilida to‘lanishi lozim.
24. Maxsus hisobvaraqning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi.
25. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun sarflash yoki vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
26. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritiladi.
27. Maxsus hisobvaraq mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
28. Maxsus hisobvaraq mablag‘larining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar Vazirlikning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.
29. Nazorat o‘lchovi haqiqatda bajarilgan ishlar hajmini aniqlash maqsadida pudrat shartnomasiga muvofiq quyidagi asoslarga ko‘ra o‘tkaziladi:
buyurtmachi, nazorat organlari yoki boshqa manfaatdor organlar talabiga ko‘ra;
bosh pudrat tashkiloti tashabbusiga ko‘ra;
buyurtmachi va bosh pudrat tashkilotining o‘zaro kelishuviga ko‘ra.
30. Maxsus hisobvaraq mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, boshqa mas’ul bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badalni (keyingi o‘rinlarda — majburiy badal) to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Majburiy badalni to‘lab berish uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Moliya vazirligi har oyning 2-sanasiga qadar joriy oy holati bo‘yicha “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
3. Vazirlik kelib tushgan ma’lumotlarni “Mening uyim” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — billing tizimi) ma’lumotlar bilan umumlashtiradi va tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ularni 5 ish kuni davomida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar Moliya vazirligi va Vazirlikning hududiy boshqarmalariga taqdim qilinadi.
4. Vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar asosida ikki ish kuni davomida:
belgilangan tartibda subsidiya ajratish uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida maxsus hisobvaraqlar ochiladi;
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga subsidiya ajratish bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda so‘rovnomalar yuboriladi.
5. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari besh ish kuni davomida so‘rovnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badal uchun subsidiya ajratish maqsadida tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Bunda tuman (shahar) hokimi subsidiya uchun zarur mablag‘lar tegishli moliyalashtirish manbalaridan sarflanishini ta’minlaydi.
6. Vazirlikning hududiy boshqarmalari ikki ish kuni davomida maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar hisobidan “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning har bir mulkdorlari uchun billing tizimi orqali ularga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobvarag‘iga majburiy badal uchun subsidiya to‘lovini o‘tkazib beradi.
Bunda majburiy badalni qoplab berishga mo‘ljallangan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda tegishli mulkdorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish organidagi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi lozim.
7. Subsidiya ajratilgan har bir mulkdorga billing tizimi orqali tegishli oy uchun subsidiya ajratilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.
8. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har oyning 25-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga ajratilgan subsidiya haqidagi ma’lumotni (hisobot-jadvalni) Vazirlikka hamda tegishli tumanlar (shahar) hokimligiga taqdim qilib boradi.
9. Vazirlik respublika bo‘yicha ajratilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot almashuvi tizimi orqali elektron shaklda subsidiya ajratilgan kalendar oyining oxirgi sanasiga qadar Moliya vazirligiga taqdim qilib boradi.
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullari — ko‘p kvartirali uylarni boshqarish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan;
yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi (boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi) tomonidan shartnoma asosida;
bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — elektron reyestr) — vakolatli davlat organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish uchun mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasi;
reyting — ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turiladigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini baholashning elektron tizimi.
3. Elektron reyestr va reyting vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladi va uning rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) joylashtiriladi.
4. Elektron reyestr va reyting quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining yagona va ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash talablariga va ulardan foydalanishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bo‘yicha xizmatlarning sifatini oshirish.
5. Reyting respublika hududlari kesimida (viloyatlar, tumanlar, shaharlar bo‘yicha) shakllantiriladi.
6. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda — boshqarish organi) vakolatli davlat organining kommunal.uz veb-saytida avtorizatsiyadan o‘tish uchun elektron manzilga kirgan holda, “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — identifikatsiya tizimi) orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
7. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, taqdim etilgan ma’lumotlar identifikatsiya tizimidagi yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilib, xatolar bo‘lmagan taqdirda, elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilsa, identifikatsiya tizimidagi ma’lumotlarni tekshirish talab etilmaydi.
8. Veb-saytdagi boshqarish organining identifikatori yuridik shaxs uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxs uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hisoblanadi.
9. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda boshqarish organining shaxsiy kabineti shakllantiriladi va unga kirish elektron raqamli imzo yordamida amalga oshiriladi.
10. Boshqarish organi tugatilgan taqdirda, uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan ma’lumotlar elektron reyestrning arxiviga yuboriladi va doimiy saqlanadi.
11. Boshqarish organi ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab, quyidagi ma’lumotlarni shaxsiy kabineti orqali elektron reyestrga joylashtiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi:
boshqarish organining nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
boshqarish organi rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi;
boshqarish organida faoliyat yuritayotgan kamida ikki nafar mutaxassisning ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha malaka (attestatsiya) sertifikati nusxasi (pdf shaklda);
uyni boshqarish haqidagi ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari tomonidan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qarori yoki boshqaruvchi tashkilot yoxud boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov natijalari bo‘yicha tuzilgan bayonnoma nusxasi (pdf shaklda).
12. Elektron reyestrga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
dispetcherlik xizmatining telefon raqamlari, ko‘p kvartirali uylar ro‘yxati (maydoni va manzili), noturar joylarning soni va maydoni, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR) va boshqa zarur identifikatsiya raqamlari, elektron pochta manzili;
boshqaruvdagi uylar va boshqa binolar soni va ularning joylashuvi, foydalanishga topshirilgan yili va asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (liftlar, kirish yo‘laklari, bolalar maydonchalari, chiqindi to‘plash punktlari, avtoturargohlar soni, yashil maydonlar hajmi, ichki yo‘llar uzunligi);
ko‘p kvartirali uylarning texnik holati va konstruktiv elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (binolar, tayanch devorlar, tom qoplamasi, fasad, poydevor qismlarining qurilish materiallari turi, yerto‘la maydoni, shuningdek, mavjud bo‘lsa, o‘tkazilgan instrumental tekshiruvlar va baxtsiz hodisalar soni to‘g‘risidagi ma’lumot);
ko‘p kvartirali uylarning muhandislik kommunikatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (gaz, elektr energiyasi, ichimlik, issiq va oqova suv, issiqlik energiyasi ta’minoti, ventilatsiya va o‘t o‘chirish tizimining mavjudligi).
13. Ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar boshqarish organi tomonidan kiritilgandan so‘ng, ushbu boshqarish organi avtomatik tarzda elektron reyestrga kiritiladi.
14. Vakolatli davlat organi tomonidan boshqarish organi quyidagi hollarda elektron reyestrdan chiqariladi:
mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniy emasligi aniqlangan taqdirda;
boshqarish organi tugatilganda;
barcha ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan uyni boshqarishdan bir tomonlama voz kechish haqida qaror qabul qilinganda.
Bunda vakolatli davlat organi boshqarish organiga uni elektron reyestrdan chiqarish haqida xabarnoma yuboradi.
15. Kadastr organlari, suv, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti tashkilotlari boshqarish organining so‘roviga asosan uch kun muddat ichida ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
16. Vakolatli davlat organi elektron reyestr ma’lumotlarining doimiy ravishda yangilanib borishi va barcha foydalanish uchun ochiq bo‘lishini ta’minlaydi.
17. Boshqarish organlarining reytingi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
18. Boshqarish organlarini baholash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
19. Reytingni shakllantirish va hisoblash uchun:
a) ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari jalb qilinadi, ularning fikr-mulohazalari inobatga olinadi.
Bunda javob yoki fikr qoldirish shaxsiy kabinet orqali mol-mulkning kadastr raqami yoxud joy mulkdorining majburiy badali bo‘yicha shaxsiy hisobvarag‘i ko‘rinishidagi identifikator yordamida amalga oshiriladi;
b) tegishli vazirlik va idoralar tomonidan vakolatli davlat organiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan — ish faoliyati to‘g‘risida (ro‘yxatga olingan sana, asosiy vositalarining qoldiq qiymati, soliq qarzdorligi, foyda solig‘i to‘lagunga qadar ko‘rilgan foyda yoki zarar);
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan — xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan — xodimlarning umumiy soni to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan — ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq qoidabuzarliklar, ularni bartaraf qilish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi to‘g‘risida.
20. Vakolatli davlat organi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
21. Boshqarish organlari reytingini shakllantirish va hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Davlat statistika qo‘mitasi har yili bir marotaba may oyining 10-sanasiga qadar taqdim etiladigan boshqarish organlari tomonidan davlat statistika hisoboti asosida vakolatli davlat organiga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining identifikatsiya raqamlari (STIR va boshqa zarur identifikatsiya raqamlari) bilan birga elektron ro‘yxatini yuboradi;
vakolatli davlat organi boshqarish organlarining elektron ro‘yxatini bir ish kuni ichida o‘z veb-saytiga joylashtiradi hamda tegishli vazirlik va idoralarga ma’lumot taqdim etish yuzasidan so‘rovnoma yuboradi;
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar reytingni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga so‘rovdan keyingi 5 ish kuni davomida taqdim etadi. Davlat statistika qo‘mitasi zarur ma’lumotlarni har yili bir marotaba may oyining 10-sanasiga qadar taqdim etadi;
vakolatli davlat organi uch kun muddatda reytingning avtomatik ravishda o‘z veb-saytida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va bir kun muddatda veb-saytda uning natijalarini e’lon qiladi.
22. Reyting ballarini hisoblash vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqarish organlari reytingi bo‘yicha uslubiy metodika asosida amalga oshiriladi.
23. Veb-saytda ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining salbiy mulohazalari asosida insofsiz boshqarish organlari ro‘yxati shakllantiriladi.
24. Insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga so‘nggi moliyaviy yil davomida ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlaridan 51 foizdan ortiq salbiy mulohazalar olgan boshqarish organlari kiradi.
Bunda ko‘p kvartirali uydagi mulkdorlar salbiy mulohazalariga sabab bo‘lgan muammo va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, ushbu mulohazalar hisobga olinmaydi.
25. Insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga kiritilgan boshqarish organlari elektron reyestrdan chiqarilgan taqdirda, bir yil ichida elektron reyestrga qayta kirish huquqidan mahrum bo‘ladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
1. Mazkur Nizom ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tanlov — tanlov hujjatida qayd etilgan ko‘p kvartirali uy(lar)ni boshqarish uchun ishlar (xizmatlar)ni bajarish (ko‘rsatish)ga eng maqbul bo‘lgan taklifni bergan boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini aniqlash tartib-tamoyili;
tanlov predmeti — tanlov obyektiga nisbatan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasini tuzish huquqi;
tanlov obyekti — tanlov o‘tkazilayotgan ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy mulkini boshqarish huquqi;
majburiy badal — ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va mukammal ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini saqlash, shu jumladan obodonlashtirish xarajatlari uchun joylar mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan to‘lov;
tanlov tashkilotchisi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi;
oferent — ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bo‘yicha tanlovdan manfaatdor bo‘lgan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining reytingiga kiritilgan va tanlov taklifini taqdim etgan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi;
reyting — ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turadigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari baholashning elektron tizimi;
tanlov hujjatlari — tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tanlovni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, tanlov tashkilotchisi tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar to‘plami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tanlov predmetiga nisbatan oferent tomonidan taqdim etilgan taklif;
tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasi (keyingi o‘rinlarda — ta’minot summasi) — tanlov tashkilotchisining talabiga binoan oferent tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat tarzida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;
xabarnoma — tanlov tashkilotchisi tomonidan oferentga yuboriladigan, uni tanlov g‘olibi deb e’tirof etish va shartnoma tuzishga rozilik berish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma;
zaxiradagi g‘olib — tanlov yakunlariga asosan tanlov komissiyasining qarori bilan g‘olib deb e’tirof etilgan oferentning tanlov taklifidan so‘ng tanlov taklifi eng maqbul deb topilgan oferent.
3. Tanlov quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
ko‘p kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy muddatda ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash bo‘yicha umumiy yig‘ilish o‘tkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinmaganda;
boshqarish usulini tanlash masalasi bo‘yicha ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sud qarori kuchga kirgandan so‘ng uch oydan keyin qayta umumiy yig‘ilish o‘tkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmaganda;
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, ko‘p kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilganda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha uy-joy, kommunal sohadagi tashkilotlar bilan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida ko‘p kvartirali uy kengashining raisi tomonidan tuzilmaganda;
qonunchilik hujjatlarda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
4. Tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi;
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkazish haqida e’lon beriladi;
tanlov hujjatlari oferentlar tomonidan yuklab olish uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;
tanlov takliflari qabul qilinadi;
tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov o‘tkaziladi;
hisoblash natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi va tanlov g‘olibi e’lon qilinadi;
bayonnoma to‘g‘risida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi;
ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari tanlov natijalari haqida xabardor qilinadi;
tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuziladi.
5. Tanlov quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik;
halol raqobat;
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
6. Tanlov bir yoki bir nechta ko‘p kvartirali uylarni boshqarish maqsadida shartnomalar tuzish huquqi uchun o‘tkaziladi. Agar ikki va undan ortiq ko‘p kvartirali uylarni boshqarishga shartnomalar tuzish huquqi uchun tanlov o‘tkazilsa, bunday ko‘p kvartirali uylar o‘zaro tutash bo‘lgan hududda joylashgan bo‘lishi lozim.
Tanlov bo‘yicha g‘olib bo‘lgan oferent mazkur hududda joylashgan yakka tartibda qurilgan uylarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarga (obyektlar) shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi mumkin.
7. Tanlovni o‘tkazish kuniga qadar ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari tomonidan ko‘p kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash haqida qaror qabul qilinib, mazkur qaror amalga oshirilgan bo‘lsa, tanlov bekor qilingan hisoblanadi.
8. Tanlov tashkilotchisi ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan qaror qabul qilinganligi haqida unga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab uch kun davomida tanlov bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.
9. Tanlov tashkilotchisi tanlov bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, tanlov tashkilotchisining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida tanlov bekor qilingan holatlar bundan mustasno.
10. Tanlov tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar (keyingi o‘rinlarda — tanlov ishtirokchilari) tanlovning ishtirokchilari hisoblanadi.
11. Tanlov tashkilotchisi:
mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollar mavjud bo‘lganda, tanlovni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi;
tanlov o‘tkazilishi e’lon qilingandan keyin 5 ish kunidan kechiktirmay vakolat muddati 2 yildan ortiq bo‘lmagan tanlov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uning tarkibi va ish tartibini belgilaydi, komissiya raisini tayinlaydi;
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlovni o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi;
oferentlarning tanlov hujjatlaridan foydalanishni ta’minlaydi;
tanlovni o‘tkazish sanasini belgilaydi;
tanlov komissiyasi a’zolarining tanlov takliflarini o‘rganishni ta’minlaydi;
tanlov komissiyasining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;
tanlov g‘oliblari haqidagi axborotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari hamda tanlov g‘olibi bilan shartnoma tuzilishini tashkil qiladi.
12. Tanlovni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar ta’minot summalari va tanlov tashkilotchisining boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va ta’minot summasi miqdorlari Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining buyrug‘i asosida belgilanadi.
13. Tanlov komissiyasi:
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini belgilaydi;
tanlov takliflarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq tanlov takliflarini o‘rganadi, tahlil qiladi va baholaydi.
14. Tanlov komissiyasi ishi tanlov tashkilotchisi tomonidan tayinlangan tanlov komissiyasi raisi tomonidan nazorat qilinadi.
15. Tanlovda komissiyasi a’zolari umumiy sonining 50 foizidan ortig‘i ishtirok etsa, tanlov komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin.
Tanlov komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda, bayonnomada asoslantirilgan tushuntirish qoldirishi shart.
16. Tanlov komissiyasining qarorlari uning yig‘ilishida ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘lsa, qaror tanlov komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
17. Tanlov komissiyasining qarorlari tanlovda ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan bayonnomalar bilan tasdiqlangan kunda qabul qilinadi. Bayonnomalarni qalam bilan to‘ldirish va ularga tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Tanlov komissiyasi yig‘ilishlarida ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
19. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotlarni oferentlardan talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tanlov komissiyasi oferentlarning tijorat sirlari maxfiyligini ta’minlaydi.
20. Tanlov ishtirokchilari yoki ular vakolat bergan boshqa shaxslar tanlovda ishtirok etadilar.
21. Tanlov takliflari tanlov komissiyasining yig‘ilishida ochiladi.
22. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi oferentlar takliflarini qabul qilish muddati tugagan kunga qadar tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga kiritishi shart.
23. Tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari bo‘lgan va/yoki tugatish, bankrotlik bosqichida bo‘lgan oferentlar tanlovga qo‘yilmaydi.
24. Tanlov tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollarda tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va uch kun davomida tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon (keyingi o‘rinlarda — e’lon) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
25. E’longa quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
ishning (xizmatning) batafsil tavsifi;
tanlov predmetining qiymati;
oferentlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
takliflarni yuborish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tanlovni o‘tkazish joyi;
ta’minot summasi.
26. Oferentlardan takliflarni qabul qilish muddati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
27. Tanlov tashkilotchisi tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi va e’lon bilan bir vaqtda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.
28. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oferentning ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun narx taklifi;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq oferentlarni baholash mezonlari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan bog‘liq ishlar (xizmatlar) ro‘yxati;
tanlovga takliflar taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mablag‘ tanlov tashkilotchisining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltirilganini tasdiqlovchi hujjat;
agar tanlovda ko‘rsatilgan ishlarni bajarish (xizmatlarni ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan bo‘lsa, tegishli litsenziya nusxasi;
tanlovda ishtirok etish uchun ta’minot summasi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
ko‘p kvartirali uyni boshqarish bo‘yicha shartnoma loyihasi.
29. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
o‘ziga nisbatan boshqaruv amalga oshiriladigan umumiy mol-mulkning tarkibi, ko‘p kvartirali uyning manzili;
umumiy mol-mulkni saqlashga, undan foydalanishga va uni ta’mirlashga oid xizmatlar hamda bajariladigan ishlar ro‘yxati, mazkur ro‘yxatni o‘zgartirish tartibi;
shartnoma narxini belgilash, shuningdek, to‘lovni to‘lab berish tartibi;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi;
bajarilgan ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisobot berish tartibi va muddatlari.
30. Tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasi bilan kelishilgan holda, tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni oferentlarning takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilishga haqli.
Bunda oferentlarning takliflarini qabul qilish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab kamida besh ish kuniga uzaytiriladi. Agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
31. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayonida tanlov predmetini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Zarur hollarda tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasining tashabbusi bilan tanlov komissiyasi qarori asosida tanlov takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish yoki oferentlarga ularning tanlov takliflari amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
33. Tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent o‘z takliflariga o‘zgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.
34. Tanlov takliflari quyidagi shakllarda e’londa belgilangan muddatdan kechiktirmay beriladi:
muhrlangan konvertda;
oferent tomonidan tanlov hujjatlarini (“pdf” shaklda) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga yuklash yo‘li bilan.
35. Oferentlar tomonidan tanlov takliflari taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mablag‘ tanlov tashkilotchisining maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
36. Tanlov takliflarining qabul qilinishi e’londa ko‘rsatilgan vaqtda to‘xtatiladi.
37. Tanlov hujjatlari bo‘yicha tushuntirish olish maqsadida oferentlar tomonidan yuboriladigan murojaatlarni qabul qilish tanlov tashkilotchisi tomonidan e’londa belgilangan tugash muddatidan ikki kun oldin to‘xtatiladi.
Kelib tushgan barcha murojaatlarga tanlov tashkilotchisi tomonidan ikki kun muddatda tushuntirishlar berilishi shart.
38. Tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugaganda tanlov komissiyasi oferentlar ishtirokida muhrlangan konvertlardagi tanlov takliflarini ochadi va bu haqda bayonnoma rasmiylashtiradi. Kelib tushgan tanlov takliflari konvertlar ochilgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
39. Tanlov komissiyasi quyidagi hollarda tanlov takliflarini rad etadi:
tanlov takliflari tanlov hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
oferentning komissiya a’zosi bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud bo‘lsa, shuningdek, bankrotlik yoki tugatish bosqichida bo‘lsa hamda oferentning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli organlar tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa.
40. Tanlov quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:
birorta oferent ishtirok etmagan taqdirda. Bunday holatda tanlov tashkilotchisi tanlovni tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda va ishlarga (xizmatlarga) doir ayni o‘sha talablarga muvofiq takroran o‘tkazishi shart. Bunda tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishga, reyting bahosi qismidagi oferentning tanlovga kirish talabini pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi;
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tanlov komissiyasi barcha tanlov takliflarini rad etsa;
g‘olib va zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishni rad etsa.
Tanlov amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, tanlovni belgilangan tartibda takroran o‘tkazish bo‘yicha e’lon beriladi.
41. Baholash mezonlari asosida yig‘ilgan umumiy ballar natijalariga ko‘ra tanlov g‘olibi va zaxiradagi g‘olib aniqlanadi.
42. Tanlov g‘olibini aniqlash yakunlariga ko‘ra, tanlov komissiyasi a’zolari bir ish kuni ichida bayonnomani ikki nusxada tuzadi va tasdiqlaydi. Tanlov tashkilotchisi uch kun davomida tasdiqlangan bayonnomaning bir nusxasini ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi loyihasi bilan birga tanlov g‘olibiga taqdim etadi. Bayonnomadan ko‘chirma Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
43. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash haqidagi bayonnomada quyidagilar aks ettiriladi:
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish, baholash sanasi va vaqti;
tanlov komissiyasi ishtirok etgan a’zolar va oferentlar vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlov takliflarini baholash natijasi;
qabul qilingan qaror, tanlov g‘olibi va zaxiradagi g‘olib haqidagi ma’lumot.
44. Oferent tanlov yakunlari bo‘yicha tushuntirish berish haqida tanlov tashkilotchisiga so‘rovnoma berishga haqli. Tanlov tashkilotchisi so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki kun davomida yozma shaklda tushuntirish beradi.
45. Oferent tanlov natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
46. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar, shu bilan birga bayonnomalar, tanlov hujjatlari, unga berilgan tushuntirishlar, tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan audio va videoyozuvlar tanlov tashkilotchisi tomonidan uch yil davomida saqlanadi.
47. Tanlov tashkilotchisi bayonnoma tasdiqlangan kundan boshlab bu haqda o‘n kun davomida barcha ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarini tanlov natijalari va shartnoma loyihasini ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga qulay bo‘lgan joylarda — ko‘p kvartirali uylarga kirish yo‘laklaridagi va/yoki tutash hududidagi e’lonlar taxtasida joylashtirish orqali ogohlantiradi.
48. Tanlov tashkilotchisi tanlov g‘olibi e’lon qilingan paytdan boshlab ikki ish kuni davomida unga tanlov yakunlariga ko‘ra xabarnomani taqdim qiladi. Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab tanlov tugallangan hisoblanadi.
49. Xabarnoma tanlov bekor qilinmagan hamda tanlov tartib-taomillari buzilmagan taqdirda yuborilishi mumkin.
50. Tanlov g‘olibi tanlov hujjatlari va tanlov taklifida ko‘rsatilgan shartlar asosida o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani tanlov g‘olibi e’lon qilingan paytdan boshlab tanlov tashkilotchisiga va ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga o‘n kun muddatdan kechiktirmay taqdim qiladi.
51. Tanlov g‘olibi xabarnomani tasdiqlashdan yoki mazkur Nizomning 50-bandida belgilangan muddatlarda o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga va tanlov tashkilotchisiga taqdim etmasa, tanlov g‘olibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan deb hisoblanadi va ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasini imzolash huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi.
52. G‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga ta’minot summasi qaytarib berilmaydi. Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlangan bo‘lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‘olibga o‘tadi. Bunda zaxiradagi g‘olib g‘olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi g‘olib taklif etgan narx g‘olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‘lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa yoki zaxiradagi g‘olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, tanlov amalga oshmagan deb hisoblanadi va tanlov takroran o‘tkazilishi e’lon qilinadi.
53. Tanlov g‘olibi (agar shartnoma tuzishdan bosh tortgan bo‘lsa, zaxiradagi g‘olib) tomonidan mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga yuborilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bir oy davomida imzolanmagan taqdirda, mazkur shartnoma tanlov shartlari asosida tuzilgan deb hisoblanadi.
54. Tanlov tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:
tanlov tartibi buzilmasligi;
oferentlar to‘g‘risidagi taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilmaganligi;
tanlov takliflarining uch yil davomida xavfsiz saqlanishi;
g‘olib deb topilmagan oferentlarga tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasining o‘z vaqtida qaytarilishi;
tanlov komissiyasining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani o‘z vaqtida rasmiylashtirish va tanlov g‘oliblari haqidagi axborotni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalariga joylashtirish.
55. Tanlov komissiyasi tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
oferentdan tanlov hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni asossiz talab qilish;
oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlari buzilishi;
tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari bo‘lgan, shuningdek, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan oferentlarning tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yish;
oferentni tanlovda ishtirok etishdan asossiz ravishda chetlatish;
tanlov hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini o‘zgartirish.
56. Oferent o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar haqqoniyligi va ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
57. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. | 136 | 51,796 |
Qonunchilik | 2015 — 2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydala | 2015 — 2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — BMT GJB dasturi) Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, BMTning GJB Dasturi 1-dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) “Idoralararo mobil guruhlarni tashkil etish yo‘li orqali O‘zbekistonda afg‘on giyohvand moddalari kontrabandasiga qarshi kurashish” komponenti maqsadlariga muvofiq va amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga tezkor boshqaruv huquqida xizmatda foydalanish uchun ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha uskunalar, texnika va transport vositalari beg‘araz topshirilmoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan, O‘zbekiston tomonidan mas’ul ijrochi organlari etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilgan uskunalar, texnika va transport vositalarini belgilangan tartibda qabul qilishni va undan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlasin.
4. Loyihani amalga oshirish doirasida:
uskunalar, texnika va transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
xorijda va yurtimizda ishlab chiqarilgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘imlardan;
uskunalar, texnika va transport vositalarini majburiy sertifikatlash jarayonlaridan ozod etilsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 250 | 2,358 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ VA BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARIGA RIOYA ETILIShI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR HAQIDA | Respublikaning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga, davlatning yagona soliq va bojxona siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rsin.
Shu maqsadda katta va juda katta miqdorlardagi soliqlarni, bojlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tovar-moddiy boyliklarni respublikadan tashqariga g‘ayriqonuniy ravishda olib chiqib ketish va davlatning iqtisodiy manfaatlariga ziyon yetkazadigan boshqacha tarzdagi qonunbuzarlik faktlari bo‘yicha har tomonlama tekshiruv o‘tkazilib, qonunlarga muvofiq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilsin, tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazilsin hamda tergovga tegishli materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi soliq va bojxona to‘g‘risida qonunlarga qanday rioya etilayotgani borasidagi jinoyatlar hech kechiktirilmay va tezkorlik bilan tergov qilinishini tashkil etib, qilmish uchun jazoning muqarrarligini ta’minlasinlar.
3. Respublikaning sud organlariga mazkur toifadagi jinoiy ishlar sudlarda eng muhim ish sifatida tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlash, chiqarilayotgan hukmlar va qarorlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng oshkor qilish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasiga soliq va bojxona organlaridan huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladigan materiallarni ko‘rib chiqish ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash, ushbu materiallar bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan jinoiy ishlar tergovining borishi, to‘liqligi, sifati va muddatlari ustidan qattiq nazoratni joriy etish taklif qilinsin, sudlar tomonidan shunday ishlar ko‘rib chiqilishi chog‘ida prokurorlarning albatta qatnashishlari ta’minlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori, Oliy sudi raisi, Adliya vaziri, Davlat soliq qo‘mitasining raisi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining raisi sansalorlik, murosasozlik va prinsipsizlik qilganliklari, shuningdek ishlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarni buzganliklari uchun soliq va bojxona organlarining rahbarlarini, shuningdek shahar, tuman prokurorlari va sudyalarini qonunlarga muvofiq qat’iy javobgarlikka tortsinlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan organlarning rahbarlari mazkur Farmon bajarilishining ahvolini har kvartalda umumlashtirib, Hukumatga zarur axborotni berib borsinlar. | 151 | 2,646 |
Qonunchilik | NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (A. Muxammadiyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Q. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin.
1. 298-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs, ularning vakolatxona va filiallari mansabdor shaxslarining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaxslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qo‘yish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusxada (bir nusxasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib o‘tilgan shaxslarning imzo qo‘yish huquqi vakolatining tasdig‘i sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslar uchun (vakolatxona va filiallar bundan mustasno):
yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
b) tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxslarning, shuningdek norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari uchun:
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi hujjati;
vakolatxona yoki filiallarning muassisi tomonidan tasdiqlangan nizom yoki ustav;
vakolatxona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
yuridik shaxs tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan ishonchnoma;
vakolatxona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;
vakolatxona yoki filial davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lganlar uchun) yoki vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida sertifikat (xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma);
Norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim;
v) norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi uchun:
davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida hujjat;
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaxsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma;
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida hujjat;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
g) chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va texnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari uchun:
chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va texnik hamkorlik yoki muruvvat yordami ko‘rsatish bo‘yicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qo‘shimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi”.
2. 2982-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 299-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“299. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs mansabdor shaxsining imzosi haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qo‘yiladi”. | 126 | 6,321 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga) | O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 32-modda:
ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi”;
2) 78-modda birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”;
3) 93-modda birinchi qismining:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega”;
8-bandidagi “tuzadi va tugatadi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandidagi “va lavozimidan ozod qiladi” degan so‘zlar “hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli”;
24-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 98-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
6) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”;
5) 103-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
6) 117-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi”;
oltinchi qismi o‘ninchi qism deb hisoblansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 152 | 10,423 |
Qonunchilik | O‘RINDOShLIK ASOSIDA HAMDA BIR NEChA KASBDA VA LAVOZIMDA IShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Fuqarolarning o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi uchun mas’uliyat o‘rindoshlar ishlaydigan yoki bir necha kasbda va lavozimda o‘rindoshlik asosida ishlash qo‘llanadigan tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan o‘rindoshlik asosida bir vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;
ommaviy axborot vositalarida hamda mehnat hududiy organlari orqali o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida zarur tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, mehnat bozorining tahlilini hisobga olib, zaruriyat bo‘lganda o‘rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Manfaatdor davlat boshqaruvi organlari budjet tashkilotlarining bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan xodimlari kasblari (lavozimlari) ro‘yxatini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) mehnat shartnomasiga (kontraktga) (keyingi o‘rinlarda mehnat shartnomasi deb ataladi) muvofiq o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
Ish beruvchi bilan o‘rindoshlik asosida ishlovchi o‘rtasidagi munosabatlar, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
asosiy ish joyi — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;
o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.
3. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan ish turlari o‘rindoshlik asosidagi ishlar hisoblanmaydi.
4. Quyidagilarning o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
agar o‘rindoshlik asosida ishlovchining asosiy ishi mehnatning noqulay shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash (sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno);
avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari;
bir-biriga bo‘ysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotlarda davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari - sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarida band bo‘lgan vrachlar va ta’limni boshqarish organlarida band bo‘lgan o‘qituvchilar bundan mustasno;
qonunchilikka muvofiq o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlangan boshqa shaxslar (xodimlar).
5. O‘rindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi o‘rindoshlik) ishlashga yo‘l qo‘yiladi.
Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan tashkilotda o‘rindoshlik asosida ishlashga vaqtincha bo‘lmagan xodimning ishini bajarishda yoki bo‘sh lavozimdagi ishni bajarishda yo‘l qo‘yiladi.
6. O‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:
pasportni yoxud uning o‘rnini bosadigan hujjatni;
mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani taqdim etishi shart.
O‘rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.
Bajarilishi uchun faqat qonunchilikka muvofiq muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Maxsus bilimlarni talab etadigan o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi xodimdan ma’lumoti yoki kasb-hunar bo‘yicha tayyorgarligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.
O‘rindoshlik asosida ishlashga qabul qilishda ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
7. O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin.
Agar tashkilotda o‘rindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin bo‘lmagan taqdirda ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda o‘rindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq bo‘lmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — o‘n ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ichki o‘rindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish bo‘yicha va o‘rindoshlik asosidagi ish bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
8. Xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash uchun tuziladigan mehnat shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan talablar bilan birgalikda ish vaqtining davomiyligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
9. Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida ish beruvchi tomonidan xodimning asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasiga ish davri ko‘rsatilgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risidagi yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.
10. Agar xodimning iltimosiga ko‘ra uning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqning nusxasiga muvofiq asosiy ish joyida mehnat daftarchasiga bu haqda yozuv kiritiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishining asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
11. O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq:
mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;
mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
12. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Agar mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to‘lash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo‘yicha to‘lanadi.
Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
13. O‘rindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonunchilikda belgilangan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past bo‘lishi mumkin emas.
14. Xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qat’i nazar, asosiy ish joyi bo‘yicha va o‘rindoshlik bo‘yicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.
15. Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.
Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.
17. Asosiy ish joyi bo‘yicha haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligidan ortiq bo‘lsa, u holda ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tildan tashqari asosiy ish bo‘yicha haq to‘lanadigan ta’tilning qancha davom etishi bilan o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishga majburdir.
18. O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.
19. Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
20. Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.
Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida o‘sha kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi.
Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.
21. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga, qoidaga ko‘ra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.
Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlash, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini ko‘paytirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Tashkilotning xodimi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan qo‘shimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi bo‘yicha belgilanadi.
23. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
24. Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash miqdori, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
25. Budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va budjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanadi:
Budjet tashkilotlarida bir necha kasbda va lavozimda ishlayotganlik uchun qo‘shimcha haq shunday kasb va lavozimdagi ish asosiy ish bo‘yicha mehnat majburiyatlariga kiritilgan hollarda belgilanmaydi.
Kasb (lavozim) bo‘yicha bir necha kasb va lavozim asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim o‘rtasida taqsimlashga yo‘l qo‘yiladi.
26. Quyidagi xodimlar toifalari uchun kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
davlat boshqaruvi organlari xodimlari (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari);
davlat boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
27. O‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi asosida to‘xtatiladi.
28. O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan javobgarlik xodimni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qiluvchi tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
29. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish mehnat organlari, kasaba uyushmalari, shuningdek ish beruvchilar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
1. Ilmiy faoliyatni yoki o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish, agar bunday faoliyat asosiy ish joyi bo‘yicha bajariladigan ish hisoblanmasa.
2. Ular uchun mualliflik gonorari sifatida haq to‘lanadigan fan, adabiyot va san’at asarlari yaratish.
3. Xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, o‘sha tashkilotning o‘zida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:
umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘qituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish bo‘yicha vazifalarni bajarish, to‘garaklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq o‘quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;
ishning ushbu turi bo‘yicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda mehnatga soatbay haq to‘lanadigan pedagogik ish;
ta’lim muassasalari rahbarlarining o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha yillik ish rejasida (ish vaqti normasi bilan) nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda o‘qituvchilik ishi;
tashkilotlar muhandis-texnik xodimlarining talabalar va o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotiga rahbarlik qilish bo‘yicha ishi;
tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqt normasidan ortiqcha navbatchilik qilishi;
Hukumat qarorlari bilan xodimning ish haqiga ustamalar belgilangan vazifalarni bajarish.
4. Mualliflik gonorari shaklida haq to‘lanadigan adabiy ish, shu jumladan alohida asarlarni tahrir, tarjima qilish va ularga taqriz yozish bo‘yicha ishlar.
5. Mehnatga bir marta haq to‘langan holda texnik, tibbiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa ekspertiza (maslahat berish).
6. Umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va boshqa pedagog xodimlari (rahbarlaridan tashqari) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda mehnat haqi to‘lash bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va masterlari, ta’lim muassasalaridagi konsertmeysterlar va akkompaniatorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va “Mehribonlik” uylari pedagog xodimlarining (rahbarlaridan tashqari) aynan shu muassasada belgilangan mehnat normasidan ortiq bo‘lgan, lekin ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normal davomiyligining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan ishi.
7. Sog‘liqni saqlash muassasalarida oyiga 24 soatdan ortiq bo‘lmagan hajmda, mehnatga bir marta yoki soatbay haq to‘langan holda, tibbiyot maslahatchilari vazifalarini bajarish.
8. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oliy ta’lim muassasalarida ushbu ta’lim muassasalari shtatida turmagan ilmiy xodimlar tomonidan katta ilmiy xodimlarga — izlanuvchilarga rahbarlik qilish.
9. Xodim tomonidan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari markaziy va hududiy organlarining saylab qo‘yiladigan lavozimlarida rahbar xodim, Kuzatuvchi kengash yoki Direktorlar (boshqaruvchilar) kengashi raisi yoki a’zosi, Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida qo‘mitani boshqaruvchi, ishonchli boshqaruvchi sifatida bajariladigan ish.
10. Jamoatchilik asosida bajariladigan ishlar. | 112 | 19,780 |
Qonunchilik | Namangan viloyatida «Aхsikent» arхeologik majmuasi yaratiladi | Vazirlar Mahkamasining 16.10.2017 yildagi 831-son qarori bilan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Aхsikent” arхeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi.
Majmua hududida Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini oʻrnatiladi, turli tariхiy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladigan me’moriy ansambl tashkil etiladi.
Majmuani saklash, uning ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Aхsikent" arхeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Majmuani tashkil etish, qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va uning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bilan Namangan viloyati hokimligida tuzilgan maхsus jamgarma shugʻullanadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor Jumashov,
bizning ekspert-yurist. | 61 | 1,195 |
Qonunchilik | BMT XAVFSIZLIK KENGAShI 1540-SON (2004) REZOLYUTSIYASINING BAJARILIShINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | BMT Xavfsizlik Kengashining davlatga qarashli bo‘lmagan subyektlarning ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazib berish vositalarini olishining oldini olish, shuningdek ularning noqonuniy aylanishiga barham berish to‘g‘risidagi 1540-son (2004) rezolyutsiyasini (keyingi o‘rinlarda Rezolyutsiya deb ataladi) bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish masalalariga taalluqli barcha normativ-huquqiy hujjatlarni puxta xatlovdan o‘tkazsinlar;
zarurat bo‘lganda milliy qonun hujjatlariga Rezolyutsiyadan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura:
davlatga qarashli bo‘lmagan subyektlarning ommaviy qirg‘in qurollari va ularning komponentlarini, shuningdek ularni yetkazib berish vositalarini olishi imkoniyatining har qanday yo‘llarini istisno etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik rejimini ta’minlashga doir ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilsinlar. Zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik rejimini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar kiritsinlar;
yadro quroli, kimyoviy qurollar va biologik qurollar hamda ularni yetkazib berish vositalari ishlab chiqarish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar va buyumlarning saqlanishi, tashilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan qo‘shma chora-tadbirlar kompleksini xalqaro qoidalar va talablarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga:
O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari va idoralarining Rezolyutsiyani bajarish, shu jumladan ommaviy qirg‘in qurollari komponentlari va ularni yetkazib berish vositalari mavjud bo‘lgan obyektlarni tabiiy muhofaza qilish rejimini hamda xavfsizlik tizimini kuchaytirishni tashkil etish, shuningdek ommaviy qirg‘in qurollarining har qanday turlari noqonuniy aylanishining oldini olish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Rezolyutsiya qoidalarining bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga taqdim etish uchun o‘z vaqtida tayyorlash yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 115 | 3,090 |
Qonunchilik | Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ular uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega o‘quv-ishlab chiqarish kompleksini yaratish va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
a) Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki (keyingi o‘rinlarda — texnopark) shaklidagi texnoparklarni 2023 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich zamonaviy infratuzilmaga ega holatda barpo etish;
mazkur texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydoni, 12 ta kovorking markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag‘larini, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘larini moliyalashtirish manbai etib belgilash;
b) Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi”ni tashkil qilish;
v) Surxondaryo viloyatida respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
texnoparkda iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilari tahliliy fikrlashi, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etish, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida texnoparkda biznes-inkubatorlar va tajriba maydonchalari ishini tashkil etish, ularning innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari va turli xizmatlar ko‘rsatish orqali ko‘maklashish;
tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish;
startap loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, ularni to‘liq yoki qisman moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash va muassislar tarkibiga kirish, ratsionalizatorlik va boshqa innovatsion tashkilotlarga prototiplarni yaratishga ko‘maklashish;
iqtidorli yoshlarning loyihalari rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, ularda ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mamlakatimiz va yetakchi chet el kompaniyalari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkil etish.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
texnopark faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan tadbirlarni amalga oshirish bosqichlari;
texnopark boshqaruv kompaniyasining huquq va majburiyatlari;
texnoparkda istiqbolli startap loyihalarni ko‘rib chiqish va tanlab olish tartibi;
startap loyihalarning inkubatsiya va akselleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartibi;
yuridik shaxslarni texnopark rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarish tartibi.
4. 2023 — 2026-yillarda Jizzax, Buxoro, Namangan va Nukus shaharlarida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish va joylashtirish reja-jadvali (keyingi o‘rinlarda — reja-jadval) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, 2-ilovaga muvofiq viloyatlarda tashkil etilayotgan hududiy texnoparklar direksiyalari va ularning rezidentlariga “Inno” innovatsion texnoparkka berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yildan boshlab 2027-yilgacha har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda Jizzax, Buxoro, Namangan va Nukus shaharlarida innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklarini bosqichma-bosqich qurish va jihozlash uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra ajratilishini ko‘zda tutsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan va Jizzax viloyatlari hokimliklariga:
texnoparklarni tashkil etish ishlarini reja-jadvalga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori talablariga asosan amalga oshirish;
hududlarning bosh rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida yangidan qurilishi belgilangan obyektlar uchun reja-jadvalda ko‘rsatilgan manzillardan yer uchastkalari belgilangan tartibga qat’iy amal qilgan holda davlat zaxirasiga o‘tkazilgandan so‘ng Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilishini ta’minlash;
o‘z huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini Dasturda nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi etib belgilash;
texnoparklar bino va inshootlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini inobatga olib, loyiha ishlarini ushbu sohada tajribaga ega chet ellik soha mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirish;
“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishlicha texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash, loyiha ishlarini amalga oshirish hamda reja-jadvalga muvofiq texnoparklarni to‘liq foydalanishga topshirish vazifalari yuklatilsin.
6. Belgilansinki:
reja-jadvalda ko‘rsatilgan manzillarda texnoparklarni tashkil etish uchun yer uchastkalari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan texnoparklarga ijara huquqi asosida ajratilishi ta’minlanadi;
texnopark rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar faqat rezidentlikka olish haqidagi arizada ko‘rsatilgan faoliyat bo‘yicha qo‘llaniladi;
texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
texnoparklar rezidenti maqomini berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida komissiya tashkil etiladi.
7. Texnoparklar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
bo‘sh bo‘lgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya loyihalari markazi) tuzilmasida Investitsiya loyihalari markazining mavjud shtatlari doirasida 4 nafar shtat birligi ajratilgan holda Ilg‘or loyihalar va injiniring markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Investitsiya loyihalari markazining ilg‘or loyihalarni ishlab chiqish va injiniring sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ilmiy va innovatsion ishlanmalar hamda ishlab chiqarishning yanada keng integratsiyasi orqali ilg‘or innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini ko‘rish;
mahalliy va xalqaro loyiha institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
sifatli loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni ko‘zda tutish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari malakali xodimlari bilan birgalikda sanoat investitsiya loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab investorlarni aniqlab, amalga oshirilgunga qadar hamrohlik qilish va kuzatib borish;
mahalliy va xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlarining korxonalarini qurish va modernizatsiyalash bo‘yicha taqdim etilgan investitsiya loyihalarini tanlab olish.
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Investitsiya loyihalari markazining yangi tahrirdagi nizomini, yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin va Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi xodimlarining funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
Investitsiya loyihalari markazining shtat birligiga yangidan kiritilgan lavozimlarni yuqori malakali kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘maklashib boradigan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Investorlarga ko‘mak markazi”ni (keyingi o‘rinlarda — Ko‘mak markazi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
12. Belgilansinki, Ko‘mak markazi viloyat hokimligi balansida turgan Termiz shahar, Y. Rajabiy ko‘chasi, 16v-uy manzilidagi binoga ijara to‘lovining “nol” stavkasi asosida joylashtiriladi.
13. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yuqori malakali xodimlaridan iborat, tarkibi har oyda yangilanib boriladigan Ishchi guruh tashkil etilsin.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) bir hafta muddatda Ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin. Ishchi guruh Ko‘mak markazida faoliyat yuritishi belgilab o‘tilsin.
14. Kuyidagilar Ko‘mak markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
investorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni va byurokratik to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish;
loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar, jumladan, yer uchastkalari, bino, kreditlar ajratish kabi masalalarni hal qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
investorlarga davlat xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar, jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish ishlarini amalga oshirishga doir hujjatlarni olishda ko‘maklashish;
tadbirkorlarga loyihalarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini va eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hisobidan olinadigan imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashish;
investorlarga davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan samarali o‘zaro hamkorlik qilishda yordam berish;
investorlarga huquqiy masalalar bo‘yicha malakali yordam olish, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ko‘maklashish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik salohiyatini hisobga olgan holda marketing tadqiqotlarini o‘tkazib, “tadbirkordan — eksportchigacha” tamoyili asosida eksport salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirishda ko‘maklashish.
15. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
a) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘mak markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasi hamda tuzilmasini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin:
aniq yo‘nalishlar bo‘yicha Ko‘mak markazining funksiyalari, huquq va majburiyatlarini amalga oshirish mexanizmlari;
“Yagona davlat xizmatlari portali” bilan integratsiyalashgan holda investorlar uchun inklyuziv davlat xizmatlarini “onlayn” va “oflayn” shaklda ko‘rsatish hamda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi “Sall-markazi”ni tashkil etish;
investorlarni va boshqa manbalarni jalb qilgan holda uning faoliyatini moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish;
Ko‘mak markazi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini shakllantirish va uning vazifalarini belgilash.
b) Ko‘mak markazi faoliyatini tashkil etish uchun zarur mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlasin;
v) tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda Ishchi guruh tarkibini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Termiz shahriga xizmat safariga yuborilishini tashkil etsin;
g) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Ko‘mak markazini belgilangan tartibda zarur bo‘lgan aloqa turlari va vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, keng qamrovli internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
16. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Xodjayev, innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkining (keyingi o‘rinlarda — texnopark) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini, yuridik shaxslarni rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qo‘llanilishini, shuningdek, startap loyihalarni tanlab olish tartibini belgilaydi.
2. Texnopark Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Vazirlik texnopark faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi, xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
3. Texnopark o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Texnopark mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga laboratoriya asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish, ofis xonalarini va boshqa xonalarni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq texnoparkda qoladi.
5. Texnopark innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi, davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiluvchi, tadbirkorlik, investitsiya faoliyatini va ilmiy faoliyatni yuritish maqsadida zamonaviy texnologik va tashkiliy muhitni shakllantiruvchi ilm-fan va ta’limning tijorat va notijorat tashkilotlari, moliya institutlari va tadbirkorlarning integratsiyalashuvi shakli hisoblanadi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ilmiy-tadqiqot ishlari (keyingi o‘rinlarda — R&D) — ilm-fan va texnologiyani rivojlantirishga imkon beradigan yangi bilimlarni olish yoki mavjud ma’lumotlardan foydalangan holda yangi asbob-uskunalar, mahsulotlar va vositalarni yaratish, yangi tizimlar, jarayonlar va xizmatlarni yaratish, shu jumladan, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish yoki ularni takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda amalga oshiriladigan tadbirlarni nazarda tutadi;
tadqiqotchi — kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, yangi ma’lumotlar, mahsulotlar, jarayonlar, usullar va tizimlarni loyihalash yoki yaratishda, shuningdek tegishli loyihalarni boshqarishda ishtirok etadigan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarda ishtirok etuvchi mutaxassislar;
texnik xodim — kamida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajaruvchi mutaxassis;
ilmiy-tadqiqot ishlari xodimlari (R&D Personnel) — o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan tajribali xodimlar va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishlaydigan malakali yordamchi xodimlar, shuningdek, rejalashtirish va boshqarish, monitoring va baholash va ilmiy-texnikaviy jihatlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadigan xodimlar;
innovatsion loyiha — yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;
inkubatsiya markazi (inkubator) — tadbirkorlarga ofis xizmatlarini ko‘rsatuvchi, asbob-uskunalarni qo‘llab-quvvatlash, boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan foydalanish, muhim biznes va texnik yordam xizmatlarini ko‘rsatadigan va ayniqsa yangi biznesni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni anglatadi;
ariza beruvchi — texnoparkning ofis, majlislar zali, ishlab chiqarish maydoni, akseleratsiya dasturi, inkubatsiya markazi kabi xizmatlaridan foydalanishga va rezident maqomini olishga talabgorlik qiluvchi texnoparkka murojaat qilgan startap, kichik biznes korxonalari;
texnopark rezidenti — belgilangan tartibda texnoparkda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
mentor — startap loyihani rivojlantirish maqsadida uni o‘z bilimi va tajribasi bilan qo‘llab-quvvatlaydigan maslahatchi;
startap loyiha — amalga oshishi xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur’ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;
innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma;
ishonchli boshqaruv — mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan va shartnoma asosida muayyan muddatga texnopark faoliyatni boshqarish, monitoring qilish uchun mas’ul bo‘lgan kompaniya;
ekspert komissiyasi — rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida malakali mutaxassislardan tashkil etiladigan organ. Ekspert komissiyasi ish tartibi ishonchli boshqaruv kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — boshqaruv kompaniyasi) tomonidan belgilanadi, tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
texnologiyalar transferi ofisi (keyingi o‘rinlarda — ofis) — intellektual mulk huquqlarini rivojlantirish, himoya qilish, sotish va intellektual mulk obyektlarini sotishdan tushgan daromadlarni boshqarish, shuningdek, axborotlashtirish, muvofiqlashtirish, tadqiqotlarni yo‘naltirish, yangi obyektlar tashkil etilishini rag‘batlantirish faoliyatini amalga oshiradigan, texnologiyalar transferi bo‘yicha tegishli korxonalar bilan hamkorlikni ta’minlashni amalga oshiradigan tuzilma;
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlarini tashkiliy va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlagan holda test sinovidan o‘tkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yo‘li bilan startap loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dastur;
innovatsion mahsulot — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini oshirish uchun ilmiy va texnologik tadqiqotlardan foydalangan holda malakali ishchi kuchi tomonidan yaratilgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va raqobatbardosh mahsulot;
rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq texnoparkda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar ro‘yxati mavjud bo‘lgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot resursi;
veb-portal — texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilish, boshqaruv kompaniyasi va uning rezidentlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan texnoparkning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytidagi bo‘limi. Veb-portalning ishlash tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilanadi.
7. Texnoparkning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish;
hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli yoshlar, tashabbuskor fuqarolarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
tashabbuskor fuqarolarning startap loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;
iqtidorli yoshlarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishga ko‘maklashish;
yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish;
iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda vazirlik tomonidan mavzuga oid ilmiy grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish;
ilmiy-texnik, innovatsion hamda startap loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarini jalb qilish.
8. Texnopark o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan tushadigan arizalar qabul qilinishini tashkil etish;
vazirlikning qaroriga asosan rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni rezidentlar reyestriga kiritish, texnopark rezidenti maqomi berilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
belgilangan tartibda rezidentlar reyestrini yuritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan, va Jizzax viloyatlari hokimliklari tomonidan texnoparkka berilgan bino va inshootlarni berilgan vakolatlar doirasida operativ boshqarish;
rezidentlar mahsulotlarini ko‘rgazmalarda namoyish etishda ko‘maklashish, shuningdek, vazirlik qarorlari asosida ta’lim dasturlari va treninglar tashkil etish;
tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirishga mo‘ljallangan kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek, boshlovchi tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha saralangan loyihalarni tegishli tanlovlarda ishtirok etishida ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash;
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy tashkilotlar xodimlarini, alohida olimlar va mutaxassislarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish, ularning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
texnopark rezidentlariga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik tadqiqotlar, ishlanmalar va ixtirolar natijalarini ilgari surishda ko‘maklashish;
innovatsion menejment va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va mutaxassislarni o‘qitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;
startap loyihalarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yagona maydonni tashkil etish;
ilmtalab texnologiyalar va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq nufuzli ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;
texnopark rezidentlariga tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, asbob-uskunalarni jamoaviy foydalanishga berish;
texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga, shuningdek, vazirlik qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
9. Boshqaruv kompaniyasiga “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
Boshqaruv kompaniyasi direktori vakolatlari va muddati texnopark ustavida belgilanadi.
Direktor texnoparkka yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi va vazirlikning so‘rovi bo‘yicha texnopark va boshqaruv kompaniyasi faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim qiladi.
10. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi majburiyatlarga ega:
texnoparkda iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalari, ilmiy xodimlarini tahliliy fikrlash hamda darsdan bo‘sh vaqtlarida innovatsion va ratsionalizatorlik faoliyati bilan keng shug‘ullanishlari, tashabbuskor yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlar o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
biznes-inkubator va akselerator faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda tanlovlar tashkil qilish, startaplarni tijoratlashtirishga yetkazish, texnologiyalar transferi loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda ko‘maklashish;
yuridik shaxslar va loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalar ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish;
tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap, texnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari ishini tashkil etish;
startap, texnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash, ratsionalizatorlik va kichik korxonalarga prototiplarni yaratishga ko‘maklashish;
iqtidorli yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlarda ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida chet elning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining innovatsion menejment ta’lim dasturlariga muvofiq malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkil etish;
ishlanmalarni innovatsiyalarga aylantirish yoki innovatsion mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini samarali amalga oshirish va tijoratlashtirishga tayyorlash maqsadida innovatsiyalar joriy etilishiga xizmat ko‘rsatuvchi innovatsion korxonalar tashkil etilishiga ko‘maklashish;
texnoparkka yuridik shaxslarni tanlov asosida rezidentlikka qabul qilish va ularni texnopark hududida joylashtirish;
innovatsion ishlanmalarni patentlash va litsenziyalashga ko‘maklashish;
texnopark rezidentlariga innovatsiya jarayoni barcha bosqichlarida moliyalashtirishni, shu jumladan, tijorat banklarining, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning, venchur fondlarning moliyaviy resurslarini va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etishda ko‘maklashish;
har yili startap loyihalar tanlovini e’lon qilish, ekspert guruhi tashkil qilgan holda ko‘rib chiqish, tanlab olish va tanlangan loyihalarni “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablag‘larning 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdori doirasida moliyalashtirish uchun vazirlik hay’atiga yo‘naltirish;
rezidentlarning ish faoliyatini baholash mezonlarini (KPI) ishlab chiqish va xar chorakda ularning reytingini ishlab chiqib, natijalarga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichga ega rezidentlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish yoki past ko‘rsatkichga ega rezidentlarni texnoparkdan chetlashtirish choralarini ko‘rish;
rezidentlar mahsulotlarini xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etish hamda tarmoq korxonalariga tatbiq etishda, shuningdek xorijiy bozorlarda targ‘ib etishda ko‘maklashish.
11. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi huquqlarga ega:
texnopark nomidan investorlar, jamg‘armalar va boshqa xorijiy/mahalliy tashkilotlar bilan investitsion bitimlar tuzish;
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, konsalting, muhandislik, ta’lim, servis, yuridik, marketing, savdo-maishiy, moliyaviy va qonunchilikda taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini, shuningdek, loyihalarni huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulkni himoya qilish hamda ulardan foydalanish sohasida xizmat ko‘rsatish;
ilmiy, innovatsion tijoratlashtirishda, startap loyihalarni amalga oshirishda hamda texnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish, yuridik shaxs tashkil etish yoki boshqa yuridik shaxsning ustav fondida muassis sifatida belgilangan shartlar asosida ishtirok etish;
texnopark rezidentlari va boshqa xo‘jalik subyektlariga innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transfer qilinish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish;
texnopark operativ boshqaruvidagi berilgan asbob-uskunalarni, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish maydonlarini, ofis, omborxona, o‘quv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni shartnoma asosida ijaraga berish;
virtual ofis, uchrashuv xonalari, kovorking, tadbir xonalarini oylik, kunlik yoki soatlik ijaraga berish;
texnopark rezidentlaridan kommunal va qo‘shimcha xizmatlar uchun xizmatlar (elektr energiyasi, suv, gaz, umumiy foydalanish maydoni, chiqindi suv, isitish va ventilatsiya, internet xizmati va h.k.) uchun to‘lovlarni talab qilish;
tadbirkorlar tomonidan ijaraga olingan barcha binolarni yong‘in, tabiiy ofatlar va boshqa xavflardan sug‘urta qilish;
innovatsion loyihalarni amalga oshirish va texnopark rezidentlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini monitoring qilish, natijalarini vazirlikka kiritish;
texnoparkda rezidentlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlanganda, ularga ogohlantirish berish yoki ularni rezidentlik maqomidan mahrum qilish;
investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, texnopark rezidentlari bilan tuzilgan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizalari bilan murojaat qilish;
tadqiqotchilar, dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xodimlarning loyihalardagi lavozim tavsiflari, xodimlarning malakasi, texnoparkining, rezidentlari ma’lumotlarini arxivlash va so‘ralganda tegishli davlat bo‘linmalariga/shaxslarga hisobot berish;
texnoparkda rezidentlarning ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlari sotib olishi yoki amalga oshirishi moliyaviy va texnologik jihatdan imkonsiz bo‘lgan ishlab chiqarish moslamalari, sinov va nazorat asboblari, mashina va uskunalarni sotib olish yoki ijaraga berish;
texnopark faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatiladigan xizmatlarning turini oshirish maqsadida infratuzilmaga tegishli o‘zgartirish kiritish;
vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan (pre-seed funding, funding) loyihalarning akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil qilish;
texnopark vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni so‘rash va olish;
texnologiyalar transferini yaxshilash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish hamda texnopark vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda qonunchilikka muvofiq xalqaro shartnomalarni tuzish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
ilmiy, innovatsion va startap loyihalarni tijoratlashtirishda hamda ilg‘or texnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish;
kadrlar tayyorlash borasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartnomalarni tayyorlash, tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
rezidentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ularning hisobidan mavjud infratuzilmaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
vazirlik tomonidan birlamchi moliyalashtirilgan (pre-seed, seed funding) loyihalarni akseleratsiya dasturidan o‘tkazish va birlamchi moliyalashtirish uchun loyihalarni taqdim etish.
Texnopark qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Startap loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tashkil etiladi.
13. Saralashda ishtirok etish uchun ariza beruvchi — startap-loyiha tashabbuskori arizani texnoparkka (shaxsan o‘zi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta orqali yoki texnoparkning rasmiy veb-sayti orqali) tashkilot guvohnomasini (jismoniy shaxs bo‘lgan taqdirda loyiha tashabbuskori pasporti/ID karta nusxasi), loyiha biznes-rejasi, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarini taqdim etadi.
Biznes-reja, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarida keltirilgan ma’lumotlar aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi va to‘g‘riligini tekshirish maqsadida loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qo‘shimcha ma’lumot talab qilishga haqli.
Ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
14. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligini ko‘rib chiqish va o‘rganish maqsadida texnoparkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash bo‘yicha Ekspert komissiyasi tashkil etiladi.
Startap-loyihalar bo‘yicha qabul qilingan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish bo‘yicha qaror Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.
15. Boshqaruv kompaniyasi startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini o‘z startap-loyihasi taqdimotini o‘tkazish uchun taklif qilish huquqiga ega.
16. Boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tanlab olish va baholashni tashkil qiladi.
17. Ekspert komissiyasi o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoxud rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi.
18. Ekspert komissiyasi xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Startap loyihani qabul qilish rad etilgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi rad etish asoslari keltirilgan yozma xabarni ariza beruvchiga jo‘natadi.
20. Startap loyihani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori o‘rtasida startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etish bo‘yicha bitim tuziladi.
Boshqaruv kompaniyasi startap loyiha tashabbuskorining prototipi mavjud, investitsiya jalb etishga tayyor loyihalarini akseleratsiya yoki inkubatsiya dasturida ishtirok etmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri tashkilot tashkil etib texnopark rezidenti sifatida qabul qilishga haqli.
21. Boshqaruv kompaniyasi akseleratsiya dasturlari yakuniga ko‘ra keyinchalik moliyalashtirish uchun mahsulotlar (xizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga ko‘ra moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va vazirlikka yuboriladi.
22. Taqdim etilgan loyihalar vazirlikning hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy baho berilgan taqdirda, “Bo‘lajak olim” va boshqa tanlovlar doirasida moliyalashtiriladi.
23. Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:
taklif qilinayotgan startap-loyihaning dolzarbligi — loyihada yoritilgan g‘oyaning zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanishi;
startap loyihaning innovatsion yo‘naltirilganligi va g‘oyasining yangiligi — loyiha yangi, takomillashtirilgan, ilgari respublikada qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) prinsiplarni qo‘llash, shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish hamda yangi xizmat joriy etilishi mo‘ljallanishi;
startap loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash — loyihada bayon qilingan natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yo‘llarning mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanishi;
bozorda mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot yoki xizmatning bozor talabi hamla tijorat istiqbollari baholanishi;
startap loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va bozorga chiqish istiqboliga ega bo‘lishi, muayyan iste’molchiga nisbatan qo‘llanilishi;
loyihaning salohiyatli raqobat afzalliklarini baholash — iste’molchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanishi;
loyihaning investitsion jozibadorligi — qo‘shimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar jamlanmasi;
loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
nomzod tomonidan taqdim etilgan loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasining puxta ishlab chiqilganligi;
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi;
loyihani amalga oshirishda atrof muhitga salbiy ta’sir mavjud emasligi;
loyihani amalga oshirishda jamoa a’zolarining soni hamda ularning salohiyati yetarliligi va talab etilgan mablag‘lar asoslanganligi;
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi.
24. Startap loyihaning prototipi mavjudligi, investitsiya jalb etishga tayyorligiga qarab inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
25. Boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori o‘rtasida tuzilgan startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitimga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda boshqaruv kompaniyasi Ekspert komissiyasining qarori asosida startap loyihani amalga oshirishni rad qilish huquqiga ega.
26. Alohida startap loyiha uchun mentorlar startap loyiha taqdim etilgan soha bo‘yicha ish tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaxassislardan tanlanadi.
27. Mentorlar startap loyiha tashabbuskori va mentorlar o‘rtasidagi shartnoma shartlariga asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor bo‘lishlari mumkin.
28. Startap loyihalarni moliyalashtirish “Bo‘lajak olim” tanlovi mezon va tartibi asosida, ushbu tanlovga ajratiladigan mablag‘lar doirasida texnopark tomonidan amalga oshiriladi.
29. Startap loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash va boshqalar, konsalting xizmatlari ko‘rsatish yoki yuridik shaxs — startap loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
30. Startap loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi, bunda boshqaruv kompaniyasi startap loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Boshqaruv kompaniyasi hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori o‘rtasida startap loyihani moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash shartlari to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, o‘zaro hisob-kitob shartlarini hamda boshqaruv kompaniyasining startap-loyiha tashabbuskori tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonunchilik hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
31. Vazirlik hay’atining ijobiy xulosasi startap loyihani moliyalashtirish uchun asos bo‘ladi.
32. Texnopark boshqaruv kompaniyasining rezidentlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaxslar), respublika hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, kichik tadbirkorlik subyektiga mansub yuridik shaxslar texnopark rezidenti maqomini olishga talabgor bo‘lishi mumkin.
Texnopark rezidentlari soni cheklanmagan.
Texnoparkning eksterritorialligi respublika doirasida nazarda tutiladi, bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari respublikaning barcha hududlarida joylashtiriladi.
Texnopark rezidenti maqomi talabgorlarni tanlab olish natijalariga ko‘ra boshqaruv kompaniyasi qaroriga binoan yillik hisobot natijalariga ko‘ra uch yil muddatgacha beriladi.
Boshqaruv kompaniyasi texnopark rezidentini ro‘yxatdan o‘tkazadi, rezidentlar reyestriga kiritadi va guvohnoma beradi.
Texnopark rezidentlari boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun javobgardirlar.
Texnopark rezidenti o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga berishga haqli emas, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
34. Yuridik shaxslar texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishlari kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi hamda kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi;
b) innovatsion loyihalarni amalga oshirishda alohida bank hisobvarag‘i mavjudligi;
v) iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega bo‘lish. Biznes-rejada innovatsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar, xizmatlarni sotish uchun mo‘ljallangan xizmat turlari va ularning hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatiladi. Biznes-rejaning shakli, unga bo‘lgan talablar hamda loyihalarni baholash uchun to‘lov qiymati boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi.
35. Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri qog‘oz shaklida texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza beradi. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun javobgardir. Zarur hollarda loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qo‘shimcha ma’lumot talab qilishga haqli.
Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, boshqaruv kompaniyasi arizani qabul qilishni rad etishga haqli.
Yuridik shaxsning barcha zarur shakllarni veb-portalda to‘ldirganidan so‘ng ariza berishi, texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi.
36. Biznes-rejalarning texnik va ilmiy ekspertizasini, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, tarmoq tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda texnopark rezidenti sifatida yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ekspert komissiyasi talab qilinayotgan hujjatlarning mavjudligi va tanlab olish mezonlariga muvofiqligi tekshirilgan va barcha talablar bajarilgandan so‘ng biznes-reja taqdimotini o‘tkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish huquqiga ega.
Ekspert komissiyasi biznes-reja ekspertizasini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkazadi.
Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalariga ko‘ra taqdim etilgan biznes-rejaning talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
37. Boshqaruv kompaniyasi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ariza beruvchini texnoparkning rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
38. Quyidagilar ariza beruvchini texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra ariza beruvchi faoliyati ma’naviy eskirgan, istiqboli yo‘q yoki ahamiyati katta bo‘lmagan deb topilishi;
amalga oshirilishi taklif etilgan biznes-rejaning texnopark faoliyati yo‘nalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yo‘nalishlari tashqarisiga chiqib ketishi;
yuridik shaxs yoki uning boshqaruv organi bilan bog‘liq shaxslarning texnopark oldida texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi oldingi shartnomalar bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlarining mavjudligi.
Rad etishning asosi boshqaruv kompaniyasining ariza beruvchini texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma taqdim etiladi.
39. Yuridik shaxsni texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ushbu Nizomning 35 va 36-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Yuridik shaxsni texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi yuridik shaxsning texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga roziligini anglatadi.
Shartnomaning shakli boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi, texnoparkning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq bo‘ladi.
Rezident o‘z qaroridan voz kechgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
41. Texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi uch ish kuni ichida:
yuridik shaxsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari ko‘rsatilgan holda rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaxs ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi tegishli yozuvni kiritadi;
yuridik shaxsga texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga yuridik shaxs texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma yuboradi.
42. Texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi qaroriga ko‘ra texnopark xarajatlarini qoplash maqsadida texnopark rezidentlarining faoliyatidan tushadigan sof tushumning 2 foizigacha miqdoridagi har choraklik ajratmalar texnoparkka ajratiladi.
43. Yuridik shaxs o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda texnopark rezidenti maqomi davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar saqlangan holda o‘zgartirilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Bunda davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish kiritish uchun yozma ravishda boshqaruv kompaniyasiga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi o‘zgarganda ham qo‘llaniladi.
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomi o‘zgarishi to‘g‘risidagi xabarnomasi asosida boshqaruv kompaniyasi rezidentlarning yagona reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaxsning texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
44. Quyidagilar texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asosi hisoblanadi:
rezidentning amaldagi faoliyati texnopark faoliyati turlariga muvofiq emasligi;
boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;
texnopark rezidentining nochor (bankrot) deb e’tirof etilishi;
texnopark rezidenti rezident maqomidan o‘z xohishi bilan voz kechishi;
o‘z faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, shuningdek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi;
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi;
innovatsoin loyihaning muddati tugab, dastlabki uch oy davomida boshqaruv kompaniyasiga amalga oshirish rejalashtirilayotgan innovatsion loyiha taqdim etilmaganligi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqa asoslar.
45. Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilingandan keyin yuridik shaxsga bu haqda xabar yuboriladi hamda Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Texnopark rezidenti, boshqaruv kompaniyasi tomonidan rezident maqomidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng rezident 10 ish kunidan kam bo‘lmagan vaqtda o‘z e’tirozlari bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Sud qarori chiqquniga qadar boshqaruv kompaniyasi qarori to‘xtatilib turiladi.
46. Boshqaruv kompaniyasi yuridik shaxsning texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilingani to‘g‘risidagi yozuvni Rezidentlarning yagona reyestriga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga xabar beradi.
47. Texnopark va uning rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmonining 5-bandi bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va preferensiyalar 2022-yil 1-avgustdan boshlab tatbiq etiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar:
soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha — yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha — bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatining kompleks ekspertizasi yakunlari bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab;
barcha imtiyozlar — yuridik shaxsning faoliyat turi bir nechta yo‘nalishda bo‘lgan taqdirda, aynan unga rezidentlik maqomi berilgan ishlab chiqariladigan/chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatadigan (ko‘rsatayotgan) xizmati uchun qo‘llaniladi.
48. Yuridik shaxs texnoparkning rezidenti maqomidan mahrum etilganda, quyidagi imtiyozlardan:
soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha — rezident maqomi bekor qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha — rezident maqomi bekor qilingan kundan boshlab foydalanmaydi.
Yuridik shaxsning texnopark rezidenti maqomidan o‘z xohishi bilan voz kechishi sanasi yuridik shaxsning arizasi boshqaruv kompaniyasiga kelib tushgan sana hisoblanadi.
49. Texnopark rezidenti tomonidan bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan tovarlardan erkin muomalaga chiqarilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida o‘z ehtiyojlaridan tashqari foydalanganligi holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari ushbu rezident — soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan holatlar to‘g‘risida tegishli hujjatlar tuzadi va ularni uch ish kuni ichida davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga yuboradi.
O‘z ehtiyojlaridan tashqari foydalanilgan olib kirilgan tovarlar ulushiga to‘g‘ri keladigan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilishi zarur.
50. Texnopark faoliyatini qayta tashkil etish va to‘xtatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 122 | 56,147 |
Qonunchilik | Biznesning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlagan ma’qul? | Masalan, хususiy korхona ustav fondining eng kam miqdoriga hech qanday talab qoʻyilmaydi. Bu boshlovchi tadbirkor uchun juda qulay. Ammo korхona majburiyatlari boʻyicha u oʻzining bor mol-mulki bilan javobgar boʻladi, hammuassis taklif eta olmaydi ham.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda, aksincha, EKIHning 40 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda ustav fondini shakllantirish lozim. Ammo shu bilan birga unda muassislar bir nechta boʻlishi mumkin, jamiyat qarzlari boʻyicha esa oʻzlarining hissalari bilan javobgar boʻladilar. Biroq dividendlarga ham soliq solinadi.
Koʻrinib turibdiki, tashkiliy-huquqiy shakllarning barcha nozik jihatlarini yaхshi bilish muhim.
Bu ma’lumotlarning barchasi qulay shaklda “Baker Tilly Uzbekistan” kompaniyasi mutaхassislari tomonidan tayyorlangan “Biznes shakllari boʻyicha gid” qoʻllanmasida keltirilgan. Qoʻllanmaning dastlabki chop etilgan materiallarida Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning 3 ta tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha ma’lumot aks ettirilgan, bular: хususiy korхona, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda chet el tijorat tashkilotlari vakolatхonalari.
Har bir material oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Mazkur qoʻllanma ham mahalliy tadbirkorlar, ham chet el investorlari uchun foydalidir. Siz mazkur gidlarni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
1. Oʻzbekistonning biznes-investitsiya gidi: Xususiy korхona
2. Oʻzbekistonning biznes-investitsiya gidi: Mas’uliyati cheklangan jamiyat
3. Oʻzbekistonning biznes-investitsiya gidi: Chet el tijorat tashkiloti vakolatхonasi | 61 | 1,558 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarorining rus tilidagi matnida:
2-ilovaga quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya qo‘shilsin:
12 — 19 pozitsiyalar tegishli ravishda 13 — 20 pozitsiya deb o‘qilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavining rus tilidagi matnida:
32-bandi uchinchi xatboshisidagi “predostavleniya v arendu” degan so‘zlardan keyin “i realizatsii” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari Ro‘yxati”ni quyidagi mazmundagi 25-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma”.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “turoperator va turagentning” so‘zlari “turoperatorlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “Turoperator va turagentlarning” so‘zlari “Turoperatorlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “g‘azna” so‘zi chiqarib tashlansin;
d) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “turistik xizmatlarning alohida turlari, shu jumladan,” degan so‘zlardan keyin “turoperator xizmatlari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida ko‘rsatish mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatning amal qilish muddati davrida 1-marta (har 2,5 yilda) inspeksiya nazoratini o‘tkazgan holda besh yildan iborat bo‘ladi. Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Amaldagi sertifikatsiz joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.”
8-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib yuborilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, ko‘ngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) ro‘yxati.”;
13-banddagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
15-band birinchi xatboshidagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-band birinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida baholashni o‘tkazishni boshlashi kerak. Baholash muddati joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarda ikki ish kunidan, turoperatorlar xizmatlarida bir ish kunidan oshmasligi lozim.”;
23-banddagi “bayonnoma” degan so‘zi “dalolatnoma” degan so‘zi bilan almashtirilsin;
29-banddagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
30-band birinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
36-band birinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
39-bandda:
birinchi xatboshidagi “kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida,” so‘zlari “kunning o‘zida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
70 va 71-bandlaridagi “turoperatorlik” so‘zi chiqarib tashlansin;
96-band ikkinchi xatboshidagi “turoperatorlik” so‘zi chiqarib tashlansin;”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida:
a) Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
16-banddagi “joylashtirish vositalariga subsidiyalar” degan so‘zlardan keyin “2020-yil 1-iyundan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
b) Turizm sohasining alohida subyektlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xo‘jalik subyektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
20-bandning birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik subyektlariga” degan so‘zlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
27-bandning birinchi xatboshidagi “Grantlar gidlar (gid-tarjimon)” degan so‘zlardan oldin “2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. | 109 | 7,101 |
Qonunchilik | ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UChUN ENG KAM ULGURJI-SOTISh VA ChAKANA NARXLARNI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA | Alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun ularning 1-ilovaga muvofiq narxlardan past narxlarda sotilishi mumkin bo‘lmagan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar, mahsulotlarni sotish narxlari va hajmi o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin;
alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga nisbatan tegishli jarima sanksiyalari qo‘llanadi, aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
3. “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar bo‘yicha belgilangan talablarga 2010-yil 1-yanvardan boshlab rioya etilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi to‘g‘risida o‘n kun muddatda ma’lum qilsin;
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda monitoring va tekshirishlarni amalga oshirishda alkogolli mahsulotlarning belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
5. 2010-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 60-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar bo‘yicha”. | 95 | 2,853 |
Qonunchilik | Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA UNING MABLAG‘LARINI JAMG‘ARISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagi Farmonining 4-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini jamg‘arish va ulardan foydalanish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tuzilmasiga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
3. Toshkent shahar hokimligi Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi apparatini Toshkent shahri, A.Qodirov ko‘chasi, 5a-uyga joylashtirsin.
4. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Jamg‘armani buyurtmanomasiga muvofiq aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagi 1737-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (bundan keyin Jamg‘arma deb ataladi) Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob-kitob va boshqa bank schyotlariga, o‘z ramzi tasvirlangan va nomi yozilgan muhrga, shtamplar, blanklar hamda boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
Jamg‘armani tugatish va qayta tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamg‘arma mablag‘lari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Kim oshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi;
dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i summasining 5 foizi va fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘i summasining 2,5 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaga bir yo‘la beriladigan 500 mln. so‘m miqdoridagi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan — 200 mln. so‘m, Mehnat vazirligi mablag‘lari hisobidan — 50 mln. so‘m, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan — 250 mln. so‘m miqdoridagi moliyaviy yordam;
Jamg‘armaning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini bank depozitlari shaklida yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tavsiyasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa shakllarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
Quyidagilar Jamg‘armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
ular tomonidan kreditni to‘lashning zarur garov, sug‘urta va boshqa kafolatlari ta’minlangan holda, shaxsiy dehqon va fermer xo‘jaliklarining egalariga imtiyozli kreditlar berish;
mazkur xo‘jaliklarga agrotexnika, transport va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha Uyushma barpo etadigan infratuzilma obyektlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurish;
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkil qilinadigan kichik korxonalarni, qaytarish asosida, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash;
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va takomillashtirishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog‘liq dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash;
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolariga maslahat hamda axborot xizmatlari ko‘rsatish;
faoliyatning har xil turlari bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklari sohasi xodimlarini tayyorlash hamda tayyorlash tizimini yaratish va rivojlantirishda qatnashish;
dehqon va fermer xo‘jaliklar muammolari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar o‘tkazishga doir tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
xorijiy mikrokreditlar olish shart-sharoitlarini ta’minlash uchun ularning garovga qo‘yiladigan mol-mulki yetishmagan taqdirda dehqon va fermer xo‘jaliklari ustav jamg‘armalarini shakllantirishga ulush qo‘shish.
yangidan tashkil etilgan dehqon va fermer xo‘jaliklarining dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun ularga 3 yilgacha muddatga kreditlar ajratish.
Jamg‘arma o‘z vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ushbu Nizomning II qismida belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni o‘zining bank schyotlarida jamg‘arish;
o‘z mablag‘laridan dehqon va fermer xo‘jaliklariga agrotexnika, transport va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha Uyushma barpo etadigan infratuzilma obyektlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha kichik korxonalarni loyihalash hamda qurishda foydalanish;
o‘z mablag‘laridan dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanish;
dehqon va fermer xo‘jaliklari egalariga, ular tomonidan tijorat banklari orqali kreditni to‘lashning zarur kafolatlari ta’minlangan, kreditlarni banklar balansida aks ettirgan holda, imtiyozli kredit berish;
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi tarkibiga kiruvchi kichik korxonalarni, qaytarish asosida, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash;
Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish, qoida buzishlar aniqlangan taqdirda mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish yoki ajratilgan mablag‘larni qaytarib olish;
mablag‘larni NIOKR, konferensiyalar, seminarlar, Uyushma a’zolarining reklama-noshirlik faoliyatiga sarflash;
Jamg‘arma Kengashi bilan kelishgan holda:
Uyushma a’zolari foydasiga Jamg‘arma tomonidan berilgan kafolatlar va kafilliklarni ta’minlash sifatida mablag‘larni tijorat banklari schyotlariga deponentga qo‘yish;
vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish (depozitlar, qarz qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar).
Jamg‘arma faqat Uyushmaga hamda uning a’zolariga va faqat banklar balansida aks ettirgan holda, to‘lov muddatini kechiktirish huquqsiz, faqat xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali va ko‘pi bilan 3 yil muddatga kreditlar berishga haqlidir.
Jamg‘arma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, qarz mablag‘larni jalb etish, sho‘ba korxonalarga ega bo‘lish yoki ularni tashkil etish, shuningdek boshqacha tarzda o‘zga yuridik shaxslar sarmoyasida qatnashish huquqiga ega emas, mazkur Nizomning III bo‘limida nazarda tutilgan hollarda dehqon va fermer xo‘jaliklarining ustav fondlarini shakllantirishda ulushli qatnashish bundan mustasno.
Jamg‘arma mablag‘larini joylashtirish va sarflash bo‘yicha barcha operatsiyalar Jamg‘arma Kengashi bilan kelishilgan holda, Kengash tasdiqlagan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi (budjeti) doirasida amalga oshiriladi.
Jamg‘arma quyidagilarga majburdir:
resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash;
Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
har yili 1-dekabrdan kechiktirmay, uni yil chorakli, shuningdek daromadlar va xarajatlar moddalari bo‘yicha taqsimlagan holda navbatdagi yilga o‘z budjetini tuzish va uni tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kengashiga kiritish;
har kalendar chorak tugagandan so‘ng 10 kun davomida Moliya vazirligiga, Davlat mulki qo‘mitasiga va Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga o‘tgan chorak uchun moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;
har yili 1-fevraldan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tgan davr uchun Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil hisobot taqdim etish.
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy bank va Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi rahbarlari o‘rinbosarlaridan tashkil topgan va Jamg‘arma Kengashi Raisi boshchilik qiladigan Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining raisi Jamg‘arma Kengashining raisi hisoblanadi.
Jamg‘arma Kengashining raisi va uning a’zolari o‘z majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Jamg‘arma Kengashi:
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari va shartlarini belgilaydi;
har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasi (budjet) ni tasdiqlaydi. Jamg‘arma budjeti Moliya vazirligining Jamg‘arma Kengashidagi vakili bilan kelishilgan holdagina tasdiqlanadi;
Jamg‘arma auditorini tasdiqlaydi.
Jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishi ustidan nazoratni Jamg‘arma Kengashi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi amalga oshiradi.
Jamg‘arma faoliyatiga joriy rahbarlikni va jamg‘arma Kengashi qarorlarining bajarilishini Jamg‘arma Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan bo‘shatiladigan direktor amalga oshiradi.
Jamg‘arma direktori:
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, muassasalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Jamg‘arma nomidan vakillik qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalar tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonch qog‘ozisiz harakat qiladi;
Jamg‘armaning shtatlar jadvalini, daromadlar hamda xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kengashiga taqdim etadi;
Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma nomidan da’volar bildiradi;
Jamg‘arma xodimlarini ishga qabul qiladi hamda ularni bo‘shatadi;
Jamg‘arma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
mazkur Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagi 1737-son Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini jamg‘arish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga tashkil topadi:
Kimoshdi savdosida yer maydonlarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi;
dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i summasining 5 foizi va fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘i summasining 2,5 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 200 mln. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 50 mln. so‘m, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 250 mln. so‘m miqdorida tekin va bir yo‘la beriladigan moliyaviy yordam;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
3. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga taqsimlanadi va foydalaniladi.
4. Jamg‘arma ixtiyoriga tushuvchi barcha mablag‘lar Jamg‘armaning maxsus schyotida jamlanadi.
5. Jamg‘armaga mo‘ljallangan kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi, dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i summasi mablag‘larining 5 foizi va fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘ining 2,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazilishi, ular ustidan nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan tushadigan mablag‘larning 5,5 foizi miqdoridagi mablag‘larini o‘tkazish tartibi va shartlari to‘g‘risida Jamg‘arma bilan shartnoma tuzadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma asosida Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari har oyda hisobot oyi tamom bo‘lgandan keyingi oyning 10-kunigacha 5,5 foiz miqdoridagi mablag‘larni Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazadilar. Davlat mulki qo‘mitasi va Jamg‘arma o‘zaro hisob-kitoblar ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida har oyda Jamg‘armaga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan va amalda o‘tkazilgan mablag‘larni solishtiradi.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i va fermer xo‘jaliklaridan undiriladigan yagona yer solig‘i miqdorini hisoblab chiqish va hisob-kitob qilish tartibi soliqlar to‘g‘risidagi amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Soliq to‘lovchi fermer xo‘jaliklari Jamg‘armaga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘larni yagona yer solig‘i to‘lash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda to‘laydilar. Ular davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarda Jamg‘armaga badal sifatida to‘lanishi kerak bo‘lgan 2,5 foiz miqdoridagi mablag‘lar alohida satrda aks ettiriladi. Fermer xo‘jaliklari yagona yer solig‘i jami summasini bitta to‘lov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga o‘tkazadilar.
Yuridik shaxs hisoblanadigan soliq to‘lovchi dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini fermer xo‘jaliklari kabi, mablag‘larni bitta to‘lov topshiriqnomasi bilan maxsus tranzit hisob raqamiga o‘tkazgan holda to‘laydilar.
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan soliq to‘lovchi dehqon xo‘jaliklari o‘zlari egallab turgan yer uchastkalari uchun yer solig‘ini va Jamg‘armaga ajratmalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan, maxsus tranzit hisob raqami ko‘rsatilgan holda yoziladigan to‘lov bildirishnomalari asosida to‘laydilar.
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushgan yer solig‘i va yagona yer solig‘i summasining bir qismi (yer solig‘ining 5 foizi va yagona yer solig‘ining 2,5 foizi) belgilangan normalarga muvofiq Jamg‘armaning tegishli hisob raqamlariga o‘tkaziladi
Mablag‘lar to‘g‘ri tushishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi va Jamg‘arma bir yilda ikki marta 1-yanvardagi holatiga va 1-iyuldagi holatiga ko‘ra Jamg‘armaga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan va amalda o‘tkazilgan mablag‘larni solishtiradi”.
6. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari bank depozitlari shaklida yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda joylashtirilishi mumkin.
7. Mablag‘larni tijorat banklarida depozitga joylashtirish shartnomalar asosida 9 oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. Shartnoma Jamg‘arma nomidan Jamg‘arma direktori tomonidan imzolanadi. Shartnomada majburiy tartibda quyidagi shartlar qayd etiladi:
shartnoma bo‘yicha joylashtiriladigan mablag‘lar miqdori;
mablag‘larni joylashtirish davri;
asosiy qarz va foizlarni hisoblash tartibi;
bank tomonidan depozitni qaytarish jadvali;
foiz to‘lovlari jadvali, foiz stavkasi va uni qayta ko‘rib chiqish tartibi;
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni va jarima foizlarini hisoblash tartibi;
tomonlarning bank rekvizitlari.
Depozit shartnoma shartlariga har bir o‘zgartirish faqat tomonlarning yozma roziligiga ko‘ra kiritiladi.
Jamg‘arma schyotiga mablag‘larning har bir o‘tkazilishi mablag‘lar bank tomonidan o‘tkazilgandan keyingi ish kunida bajarilganligi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan to‘lov topshirig‘i nusxasini taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar bank tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni belgilangan muddatda o‘tkazmasa, to‘lanmagan summa o‘sha kunning o‘zida to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar jumlasiga kiritiladi.
8. Navbatdagi chorak davomida Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari joylashtirilishi mumkin bo‘lgan tijorat banklari ro‘yxati, shuningdek depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari diapazonlari Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va kelishiladi.
9. Jamg‘arma Kengashi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari 6 oygacha bo‘lgan muddatga boshqa shakllarda ham qo‘yilishi mumkin.
10. Jamg‘arma faoliyatidan olingan daromadlar va tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi (budjet) ga muvofiq Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
11. Jamg‘arma kreditlarni faqat Uyushmagan va uning a’zolariga muddatlik, qaytarish va haq to‘lash prinsiplarida hamda banklar balansida aks ettirilgan holda, to‘lov muddatini kechiktirish huquqsiz, faqat xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berishga haqlidir. Bunda Jamg‘arma mablag‘lari Ushbu banklarda kredit resurslari sifatida yoki bir qarzdor yoki qarzdorlar guruhning majburiyatlari bo‘yicha ta’minlangan holda joylashtiriladi.
12. Jamg‘arma mablag‘larini joylashtirish va taqsimlashga doir barcha operatsiyalar Jamg‘arma Kengashi bilan kelishgan holda Kengash tomonidan tasdiqlangan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi (budjet) doirasida amalga oshiriladi.
13. Jamg‘arma har bir kalendar chorak tamom bo‘lgandan keyin 10 kun ichida Moliya vazirligiga va Davlat mulki qo‘mitasiga, shuningdek Jamg‘arma Kengashining barcha a’zolariga o‘tgan chorak uchun moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan hisobotga majburiy tartibda quyidagilar kiritiladi:
Jamg‘arma balansi;
har bir schyot bo‘yicha mablag‘lar xarajati yoyib ko‘rsatilgan holda tushumlar va xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bunda Jamg‘armaning o‘z ehtiyojlariga xarajatlar alohida ko‘rsatiladi);
depozitlar bo‘yicha operatsiyalar va vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish bo‘yicha boshqa operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mintaqalar bo‘yicha berilgan barcha kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Bunda barcha depozitlar, berilgan kreditlar va boshqa qo‘yilmalar bo‘yicha quyidagilar alohida ko‘rsatiladi:
asosiy summa;
hisoblab qo‘shilgan foizlar;
qarzdorlarning asosiy qarzni va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘lashi hisobiga to‘lovlar, shuningdek foiz to‘lovlari;
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarning (agar bo‘lsa) o‘zgarishi;
qarzdorlikni qayta tashkil etish. | 172 | 19,816 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 109-moddasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-148-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X. Ketmonov, R. Kamilov, F. Eshmatova, Sh. Mamadjanov va B. Eshonkulov tomonidan 2016-yil 27-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 109-moddasiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-148-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 172 | 798 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–667-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Q. Djo‘rayev va Dj. Shirinov tomonidan 2020-yil 8-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-667-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 754 |
Qonunchilik | “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Res | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-noyabrda qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2022-yil 17-martda rad etilgan “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishuv komissiyasining xulosasidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,132 |
Qonunchilik | Davlat notariusi tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq va o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda notariuslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat notariusi tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq davlat notariusi (keyingi o‘rinlarda notarius deb ataladi) tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning (keyingi o‘rinlarda “zarar” deb ataladi) davlat tomonidan qoplanishi tartibini belgilaydi.
2. Zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga to‘langan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qo‘yilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
3. Yuridik va jismoniy shaxs o‘ziga yetkazilgan zarar qoplanishi huquqiga ega.
Sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori zarar qoplanishi uchun asos hisoblanadi.
4. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “adliya boshqarmasi” deb ataladi) sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori adliya boshqarmasiga tushgandan keyin ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sudning qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun mobaynida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkazadi.
Mablag‘lar shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga tushgan kundan boshlab bir kun mobaynida adliya boshqarmasi ushbu mablag‘larni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisob raqamlariga o‘tkazadi.
6. Sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori asosida adliya boshqarmasi tomonidan notariusni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masala hal qilinishi kerak.
7. Adliya boshqarmasi tomonidan qoplangan summa keyinchalik aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirib olinishi kerak.
Notarius adliya boshqarmasi tomonidan zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga o‘tkazilgan mablag‘larning to‘liq summasini qoplaydi.
8. Yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangandan so‘ng ikki kundan kechikmay adliya boshqarmasi notariusga to‘langan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.
Notarius o‘zi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
Notarius tomonidan zararni qoplash adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga pul mablag‘lari kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Zararning notarius tomonidan boshqa shaklda qoplanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 207-moddasiga muvofiq notariusdan o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan yetkazilgan zarar summasini undirish adliya boshqarmasi rahbarining yetkazilgan zararni notariusdan undirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. Buyruq adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qabul qilinishi mumkin.
Agar notariusdan undirilishi kerak bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lsa yoki adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan so‘ng bir oylik muddat tamom bo‘lsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
10. Sudning to‘langan qoplash miqdorida yetkazilgan zararni notariusdan undirish to‘g‘risidagi qarori belgilangan tartibda ijro etilishi kerak.
11. Zararni qoplash hisobiga notariusdan adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga tushgan mablag‘ ikki kundan kechikmay Jamg‘armaning shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga yuboriladi.
Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
12. Yuridik va jismoniy shaxslarga zararni qoplash to‘g‘risidagi ishlar sudlarda ko‘rib chiqilishi munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan sarflangan xarajatlar ham ushbu Nizomga muvofiq aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirilishi kerak.
13. Notarius bilan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi uni zarar va tegishli xarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
14. Sudning notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qarori majburiy ijro etilgan hollarda ham zarar qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerak.
15. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. | 146 | 5,134 |
Qonunchilik | “BOING” (AQSh) KOMPANIYASIDA IShLAB ChIQARILGAN IKKITA “BOING”-767-300 ER SAMOLYOTINI XARID QILISh TO‘G‘RISIDA | Aviatsiya xizmatlari xalqaro bozorida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining raqobatdoshliligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tomonidan ikkita Boing-767-ZOO ER samolyoti va RW-4062 rusumli dvigatel komplekti yuzasidan “Boing” (AQSh) va “Pratt end Uitney” (AQSh) kompaniyalari bilan kontraktlar imzolanganligi;
respublika budjetidan qaytariladigan asoslarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga berilgan mablag‘lari hisobidan 30,273,900 AQSh dollari summasida 15 foiz avans to‘langanligi;
kontraktlar summasining qolgan 85 foizi (171, 552, 100 AQSh dollari) AQShning Eksim banki kafolati ostida Cheyz Manxetten bank krediti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. AQShning Eskim banki tomonidan taklif etilgan samolyotlarni komplekt holda yetkazib berish sxemasiga rozilik berilsin, bunda:
kredit resurslarini Cheyz Manxetten bank beradi;
“O‘zbekiston Faynens Ltd” maxsus korporatsiyasi kredit yuzasidan qarz oluvchi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki samolyotlar ijarachisi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi subijarachi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
“O‘zbekiston Faynens Ltd” maxsus korporatsiyasi, AQShning Eksim banki, Cheyz Manxetten bank, “Ferst Sekyuriti Bank Neshnl Assosieyshn” garovining ishonchli egasi va “Kodan Trast Kompani” trast kompaniyasi bilan qatnashish to‘g‘risida bitim tuzsinlar;
“O‘zbekiston Faynens Ltd” bilan Ijara to‘g‘risida asosiy bitim hamda ehtiyot dvigatel va ehtiyot qismlarni to‘liq sotib olish huquqi bilan subijara to‘g‘risida asosiy bitim tuzsinlar;
Boing-767-300 EK samolyotlarini ro‘yxatdan o‘tkazsinlar va Garov to‘g‘risidagi bitim, Ijara to‘g‘risidagi asosiy bitim, subijara to‘g‘risidagi asosiy bitim talablariga muvofiq Bermudda samolyotlar, ehtiyot dvigatel va ehtiyot qismlar garovini rasmiylashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri B. S. Hamidov O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
mazkur moliya lizingining amalga oshirilishini tasdiqlovchi kafolat xatini;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston Faynens Ltd” maxsus korporatsiyasining barcha majburiyatlari yuzasidan kafolat bitimini imzolash va AQShning Eksim bankiga yuborishga vakil qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ikkita Boyung-767-300 samolyoti, ehtiyot dvigatel va ularga ehtiyot qismlar yetkazib berishni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Kafolat bitimi hamda AQShning Eksim banki tomonidan berilgan shakl bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining majburiyatlari bo‘yicha Yuridik xulosa bersin;
Ijara to‘g‘risidagi asosiy bitim, Subijara to‘g‘risidagi asosiy bitim, Garov to‘g‘risidagi bitim talablariga muvofiq samolyotlar, ehtiyot dvigatel va ularga ehtiyot qismlar garovi ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlasin.
6. Belgilansinki, kreditni to‘lash Ijara to‘g‘risidagi asosiy bitim, Subijara to‘g‘risidagi asosiy bitim shartlariga muvofiq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining tijorat faoliyati hisobidan ijara to‘lovlarini to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi ijara to‘lovlarini va lizing bo‘yicha boshqa xarajatlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun so‘mlardagi mablag‘lar Respublika valyuta birjasi savdolarida birinchi navbatda konvertatsiya qilinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va mazkur moliya lizingining boshqa qatnashchilari soliqlar, yig‘imlar, poshlinalarning barcha turlaridan, ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lovlardan hamda mazkur moliya lizingini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa barcha to‘lovlardan ozod qilinsin.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi samolyotlar tayyorgarlik ko‘rgan ekipajlar va muhandis-texnik xodimlar tomonidan ishlatilishini, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi firmalar bilan ehtiyot qismlar va Boing samolyotlarini xavfsiz ishlatish uchun zarur bo‘lgan boshqa buyumlar xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin. | 110 | 4,696 |
Qonunchilik | Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Avtomobil transportida yuk tashuvchi tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish, mahalliy yuk tashuvchilar uchun qulay raqobat muhitini yaratish, shuningdek, avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini rivojlantirishning ijobiy tendensiyasini saqlab qolish maqsadida:
1. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yig‘imining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llanilsin:
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 23 (samosvallardan tashqari);
tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).
2. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalari 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinsin:
“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari;
avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga ilovaning 2-bandi “b” kichik bandi hamda 3-bandi “v” kichik bandi u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3589-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Asosiy faoliyati avtobuslarda yo‘lovchi tashishni amalga oshirish bo‘lgan umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga yer solig‘i to‘lovlaridan ozod etilsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4230-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) transport-ekspeditorlik xizmatlarini majburiy sertifikatlashni”;
b) 9-bandning uchinchi xatboshisidan “8701 20,”, “8704 22,” va “, 8716 31, 8716 39” raqamlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 665-son qarorining 1-bandida:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) ikkinchi xatboshidagi “kodlari 8704 22,” so‘zlari “kodi” so‘zi bilan almashtirilsin. | 106 | 3,318 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING O‘QIShINI TAShKIL ETISh UChUN YaPONIYA HUKUMATI GRANTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Yaponiya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada o‘qishini tashkil etish uchun berilayotgan 202 mln. Yaponiya iyenasi miqdoridagi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaponiya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida o‘qishini tashkil etish (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘qish uchun nomzodlarni tanlab olishning Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripovga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati berilsin.
3. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga — loyihani amalga oshirish doirasida grantlarni olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — grantlarga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga — grantlarga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuzasidan Yaponiya tomoniga vositachilik xarajatlarini to‘lash uchun vositachilik xarajatlarini erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiyalashni ta’minlash yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grantlarga hisob-kitob xizmati ko‘rsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik xarajatlarini Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Yaponiyada loyihani amalga oshirish doirasida o‘qigan O‘zbekiston mutaxassislarining ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin;
ularning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 149 | 3,187 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINING BA’ZI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 10-avgustdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 12-avgustdagi 375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga 1-ilovaga* muvofiq qo‘shimcha 150 nafar shtat ajratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qo‘shimcha shtatlarini ta’minlash uchun respublika budjetidan zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining boshliqlar tarkibi uchun maxsus unvonlar berish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomlar tasdiqlansin (2 va 3-ilovalar*).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash haqida Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlariga joriy etilsin.
4. Sobiq Bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni chetga olib chiqib ketishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining shaxsiy va maxsus unvonlari bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi organlari tizimiga kiritilgan mansabdor shaxslariga ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va bojxona organlarida ishlagan vaqti ko‘p yillik xizmatiga foizlar qo‘shimcha haq to‘lash uchun xizmat stajiga yozilsin va ularga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan pensiya belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining respublika chegarasida joylashgan barcha doimiy postlarining binolari, aloqa vositalar, texnikasi, qo‘shimcha inshootlari va boshqa mulklari bilan birga Davlat bojxona qo‘mitasi balansiga o‘tkazsin.
6. O‘rta Osiyo temir yo‘l Boshqarmasi temir yo‘l sostavlarini tuzish, amalga oshiriladigan va O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolar poyezdga chiqariladigan barcha temir yo‘l stansiyalari va temir yo‘l vokzallarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarini xizmat binolari, mebel va boshqa inventarlar, shuningdek, telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.K. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. | 92 | 2,671 |
Qonunchilik | 2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish, bunda shaharning tabiiy xomashyosi, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish orqali shahar budjetining daromadlar bazasini kengaytirish, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini takomillashtirish hamda aholi bandligi, daromadi va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
Dasturning maqsadli parametrlari 1-ilovaga hamda uning moliyalashtirish manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan barpo etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
xizmatlar ko‘rsatish sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yhati 4-ilovaga muvofiq;
ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 5-ilovaga muvofiq;
ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 6-ilovaga muvofiq;
avval xususiylashtirilgan obyektlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari 7-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati Olmaliq shahrini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari 8-ilovaga muvofiq.
2. Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Dasturdagi ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha nazarda tutilgan ishlarning tasdiqlangan parametrlarga qat’iy muvofiq ravishda jadal bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rsinlar.
3. 2017 — 2019-yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish dasturi parametrlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov):
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
barcha parametrlar bo‘yicha Dastur bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin.
4. Respublika ishchi guruhiga, zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har yilgi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda, moliyalashtirish hajmlari va manbaalarini aniqlashtirgan holda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda kiritib borilishini ta’minlasinlar.
6. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Olmaliq shahrida yangi konlar o‘zlashtirilishi, aholi sonining o‘sib borishini hisobga olib, 2035-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejaga ko‘ra Olmaliq shahrining ma’muriy hududini 2,6 ming gektardan 3,5 ming gektarga yetkazish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozori va buyum bozorining kapital rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha bino va zamonaviy savdo rastalari barpo etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
8. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
9. Toshkent viloyati hokimligi har chorak yakuni bo‘yicha Dastur tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va shahar faollari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Toshkent viloyati hokimi Sh.X. Babayev va Olmaliq shahar hokimi M.M. Mirkasimov zimmasiga yuklansin. | 112 | 5,677 |
Qonunchilik | AKT sud tizimi ishini jadallashtiradi | Prezidentning 30.08.2017 yildagi PQ–3250-son qarori bilan 2017–2020 yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlandi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.
Dasturni amalga oshirish quyidagilarga yoʻnaltirilgan:
Hujjat bilan rejalashtirilgan tadbirlarni moliyalashtirish Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek teхnik koʻmaklashish mablagʻlari va хalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar grantlari, taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Dasturni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud va boshqa manfaatdor tashkilotlar zimmasiga yuklatildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 37 | 1,002 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.