folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Shartnomalarni tuzish tartibi soddalashtirildi
Prezident tomonidan 14 sentyabr kuni «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi. Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi: a) tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan хizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaхslar hisobidan qabul qilishga qoʻyilgan taqiq; b) quyidagilarni belgilashga doir talablar: Jismoniy shaхslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida oʻzaro qarz berish va qaytarib olishga ruхsat beriladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab: a) auksionda sotilgan mol-mulk auksion ob’yektining koʻrsatilgan teхnik tavsiflariga mos kelmasa; b) mol-mulk auksionda sotilgunga qadar uchinchi shaхslarning egaligiga oʻtib ketgan boʻlsa va bu holat auksion yakunlanganidan soʻng aniqlansa; Shuningdek namunaviy shartnomalarni qonunosti hujjatlar bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi. Qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taraflar uchun majburiy boʻlgan namunaviy shartnomalar tasdiqlanishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda «eskrou» tizimi joriy etiladi. Elmira Siraziyeva.
46
1,298
Qonunchilik
OTM rahbar va pedagoglarining malakasi uzluksiz oshiriladi
Bu Prezidentning 2019 yil 27 avgustdagi Farmonida belgilangan. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan. 2019 yil 1 sentyabrdan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi. Kasbiy faoliyat natijalaridan kelib chiqib bu kadrlar malaka oshirish shaklini oʻzlari tanlashlari mumkin: Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) oʻqish umumiy davomiyligi - 144 soat. Tashkiliy oʻzgarishlar Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida  (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) kamida 3 ta shtat birligidan iborat ta’lim teхnologiyalari kafedralari tashkil etiladi.  Mintaqaviy va tarmoq markazlariga хalqaro hamkorlik boʻyicha mutaхassis lavozimi kiritiladi. Pensiya yoshidagi, 3 yoshga toʻlmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishi masofaviy shaklda tashkil etiladi. Moddiy ragʻbatlantirish Markazlarda samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaхassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim maoshining 30%igacha oylik ustamalar belgilanadi. Mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan malakali mutaхassislarga soatbay haq toʻlash miqdorining 20%igacha koʻpaytirilgan holda moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilgan. Markazlarning qoʻshimcha ta’lim хizmatlari koʻrsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ushbu markazlar хodimlari lavozim maoshlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200%gacha ustama haq toʻlanadi.  Markazlar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va shartlari mazkur hujjat talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Konstantin Mosin.
58
1,932
Qonunchilik
“Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
202
436
Qonunchilik
1929-yilda Varshavada imzolangan shartnoma bo‘yicha tashuvchi hisoblanmaydigan shaxslar tarafidan amalga oshiriladigan Havo orqali xalqaro tashishga taalluqli ayrim qoidalarni birxillashtirishga doir Konvensiyasiga qo‘shimcha Konvensiyaga qo‘shilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1929-yilda Varshavada imzolangan shartnoma bo‘yicha tashuvchi hisoblanmaydigan shaxslar tarafidan amalga oshiriladigan Havo orqali xalqaro tashishga taalluqli ayrim qoidalarni birxillashtirishga doir Konvensiyasiga qo‘shimcha Konvensiyaga qo‘shilinsin.
249
378
Qonunchilik
“O‘zbekkino” Milliy agentligining Badiiy kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatda kino sanoatini yanada rivojlantirish, “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekkino” Milliy agentligining Badiiy kengashi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 12-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekkino” Milliy agentligi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 3. “O‘zbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) maqomi, maqsadi va vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Kengash kinoloyihalarni ko‘rib chiqish, saralash va davlat ijtimoiy granti asosida filmlar yaratish masalalari bo‘yicha xulosa va tavsiya berish vakolatiga ega bo‘lgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organ hisoblanadi. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi. 3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: adabiy ssenariy — film epizodlaridagi ko‘rish va ovozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film ishlab chiqarish talablariga muvofiq bo‘lgan o‘ziga xos tugal badiiy asar; davlat ijtimoiy granti — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan filmlar yaratish uchun yo‘naltiriladigan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘lar hisobiga tanlovlar asosida milliy filmlar ishlab chiqarishga maqsadli ajratiladigan mablag‘lar; kinoloyiha — filmning adabiy ssenariysi, sinopsisi, rejissor ssenariysi, film uchun yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asari, tasvirga olish joyi va obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tasvirga olish guruhi, aktyorlar tarkibi, sarf-xarajatlar smetasi, filmning ishchi materiallari va filmni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa jarayonlarni qamrab oluvchi materiallar majmui; rejissor ssenariysi — filmni tasvirga olish uchun zarur bo‘lgan barcha detallar aks ettirilgan, rejissorning tasvirga olish maydonchasida qulay ishlashiga moslashtirilgan ssenariy; sinopsis — adabiy ssenariyning qisqacha bayoni va sujeti mazmun-mohiyati; talabgor — tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxs; film — badiiy, badiiy-publitsistik, xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv, animatsion yoki boshqa shakllarda ijodiy g‘oya asosida yaratilgan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirlarning ovoz jo‘rligida yoki ovoz jo‘rligisiz yozib olingan turkumdan iborat bo‘lgan, tegishli texnika vositalari yordamida qayd etilgan, ko‘rib va eshitib idrok etish uchun mo‘ljallangan audiovizual asar. 5. Milliy kinematografiyaning jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi rolini oshirish, o‘zbek kino san’ati qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, davlat ijtimoiy granti uchun e’lon qilingan tanlovning shaffofligi va xolisligini ta’minlash, taqdim etilgan kinoloyihalarni badiiy-ijodiy mezonlar asosida baholashning sog‘lom muhitini yaratish Kengashning maqsadi hisoblanadi. 6. Quyidagilar Kengashning vazifalari hisoblanadi: fuqarolar, ayniqsa yosh avlodni jasorat va qat’iyatlilik ruhida tarbiyalash, yot ommaviy madaniyatga qarshi immunitetni shakllantirishga xizmat qiladigan milliy filmlar yaratish, g‘oyaviy-badiiy darajasi yuksak bo‘lgan, ssenariynavislik, rejissorlik va aktyorlik mahorati yetarli darajada sifatli bo‘lgan kino mahsulotlarini ishlab chiqish uchun tanlov asosida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirish; mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy filmlarning g‘oyaviy, ma’naviy va badiiy saviyasini oshirish choralarini ko‘rish, kinostudiyalarga zarur tavsiyalar berish va ularning vakillari uchun seminarlar o‘tkazish; bolalar va o‘smir yoshlarga mo‘ljallangan yuqori saviyadagi badiiy va multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar va yumoristik kinojurnallar ishlab chiqarilishini kengaytirish, kinoijodkorlarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatiga ijodiy ko‘maklashish; davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan badiiy filmlarning yillik hajmiga nisbatan foizda janrlar bo‘yicha kvotalarni belgilash; davlat ijtimoiy grantiga muvofiq yaratiladigan filmlar uchun taqdim etilgan kinoloyihalarni o‘rganib chiqish va malakali baholash natijasida eng yaxshilarini saralash va ularni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan to‘liq yoki qisman moliyalashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash; milliy kinematografiya tizimida shakllangan eng yaxshi ijodiy an’analarni izchil davom ettirish, yozuvchilar, kinodramaturglar, rejissorlar, operatorlar, aktyorlar va boshqa ijodkorlar faoliyati samaradorligini oshirishda ularning xizmatlaridan unumli foydalanish; kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning ijodiy faoliyatiga ko‘maklashish; tomoshabinlarning talab va istaklarini o‘rganish asosida filmlarning mavzu va janrlarini shakllantirib borish va ularni kinoijodkorlarga tavsiya etish; har yili keyingi kalendar yili boshlanguniga qadar iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san’at, fan, ta’lim hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining mazmunli kinofilmlarga bo‘lgan real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy filmlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro‘yxatini shakllantirish va ularni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish. 7. Kengash o‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega: Agentlikning yillik ijodiy rejasini belgilash, uni dolzarb ijtimoiy mavzular va davlat buyurtmalari asosida boyitib borish; Kengash muhokamasiga qo‘yilgan har bir kinoloyiha yuzasidan fikr va mulohazalar bildirish, loyihalarni rad etish, ularni qayta ishlashga yoki ishlab chiqarishga tavsiya berish; davlat ijtimoiy granti asosida ishlab chiqishga tushirilgan filmlarni tasvirga olish bosqichlari va jarayonlarini, shartnomada belgilangan har bir bosqichi yakunida tayyor mahsulotning Kengash tasdig‘idan o‘tgan rejissor ssenariysiga, sarf-xarajatlar smetasi parametrlariga, suratga olish jarayonining texnik va texnologik talablariga mosligini hamda boshqa talablarga rioya etilishi yuzasidan baholash hamda ishlab chiqarish ishlari yakunlangan filmlarni qabul qilish; filmlarni ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish yuzasidan kino ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berish; filmni tasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan rejissor ssenariysi o‘rtasida tafovutlar aniqlangan hollarda Agentlik rahbariyatiga tegishli choralar ko‘rish masalasida bildirishnoma kiritish; muayyan mavzu bo‘yicha ikki yoki undan ortiq talabgorlar tomonidan kinoloyiha taqdim etilganida, Kengash tomonidan eng maqbul variant foydasiga yakuniy qaror qabul qilish; zamonaviy, tarixiy va turli ijtimoiy dolzarb mavzularda filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat grantlarini ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilish; turli mavzularda ssenariylarni va kinoloyihalarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan tavsiyalar berish. Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Kengash: kinematografiya sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya etishi; o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borishi lozim. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi va natijadorligi uchun javob beradi. 9. Kengash a’zolari tarkibi o‘n bir kishidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlik bosh direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga prodyusyerlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislar bilan birga Agentlik tomonidan e’lon qilinadigan tanlovning ishchi guruhi rahbari kiritiladi. Zarur hollarda, Kengash ishiga boshqa mutaxassislar ham jalb qilinishi mumkin. Kengash tarkibiga Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lgan shaxslarning kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi 10. Kengash tarkibi har yili kamida 15 foiz rotatsiya qilish yo‘li bilan yangilanib boriladi. Kengash yig‘ilishlarida uzrli sabablarsiz ikki yoki undan ortiq marotaba ishtirok etmagan, shuningdek, o‘zining harakatlari yoki harakatsizligi bilan Kengashning normal ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan a’zolar Kengash a’zoligidan chiqarilishi mumkin. Kengash a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Kengash raisining bildirishnomasiga asosan Agentlik bosh direktori tomonidan qabul qilinadi. 11. Kengash yig‘ilishiga Agentlik bosh direktori raislik qiladi. Kengash raisi uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etolmagan holatlarda yig‘ilishni u vakolat bergan Kengash a’zolaridan biri boshqaradi. 12. Kengash kinoloyihalarni ko‘rib chiqish va baholash uchun kamida bir oyda bir marta chaqiriladi. Kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda Kengash vakolatli hisoblanadi. 13. Kengash a’zosi ko‘riladigan har bir masala bo‘yicha muhokamada qatnashish, zarurat tug‘ilganda ekspert sifatida xulosalarini taqdim etish, qaror qabul qilish jarayonida ovoz berish huquqiga ega. 14. Tanlovda qatnashgan ijodiy guruhning tarkibida Kengash a’zosi ham qatnashgan hollarda, u faqat o‘zi taqdim qilgan kinoloyiha taqdimotida qatnashadi, biroq kinoloyiha muhokamasida va qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishi mumkin emas. 15. Kengash va uning a’zolari tomonidan quyidagi holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: Kengashga taqdim qilingan kinoloyihalarning muhokamasida ijodkorlarning shaxsiyatini kamsitish; kinoloyihalarning qiymatini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish; davlat ijtimoiy grantiga talabgor bo‘lgan kinostudiyalarga bosim o‘tkazish, ularni noqonuniy ravishda tanlovdan chetlatish; Kengash tomonidan tasdiqlanmagan va rasmiy tus olmagan noto‘g‘ri axborotlarni tarqatish. 16. Kengash a’zolari har oyda Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida rag‘batlantirib boriladi. 17. Kengash a’zolari Kengashning navbatdagi yig‘ilishidan kamida besh kun oldin xabardor qilinadi hamda ko‘rib chiqiladigan ssenariylar nusxasi bilan ta’minlanadi. Biror uzrli sabab bilan yig‘ilishda qatnasha olmaydigan a’zolar yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilinganidan so‘ng darhol bu haqda Kengash raisini xabardor qilishlari shart. 18. Kengash ssenariylar va kinoloyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagilarni o‘rganib chiqadi: ssenariy yoki kinoloyihalarda zo‘ravonlik va pornografiyaning targ‘ib qilinishi holatlarining mavjudligi yoki mavjud emasligi; mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka tahdid qiluvchi, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna soluvchi holatlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi; O‘zbekiston Respublikasi haqida noto‘g‘ri axborot tarqatilishini hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari, adabiy til me’yorlari buzib ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan hamda taqiqlangan leksikadan foydalanilganligi; o‘ziga xos yangi ijodiy g‘oya va fikrlardan foydalanilganligi, mavzuning dolzarbligi; badiiy sifati va sujetning qiziqarliligi; kino tilining o‘ziga xos uslubi; rejissorlik topilmalari; ijtimoiy ahamiyati, tarbiyaviy yo‘nalishi, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarning targ‘ib qilinganligi; O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlarining haqiqatga muvofiqligi; O‘zbekistonning o‘ziga xos ijobiy nufuzi ko‘rsatib berilganligi; mamlakatda erkin demokratik jamiyat qurish yo‘lida yuz berayotgan o‘zgarishlar va real yutuqlar, milliy mustaqillik g‘oyasining mohiyati aks ettirilganligi; nomzod sifatida ko‘rsatilgan aktyorlarning bosh rol va asosiy personajlarga mosligi; film ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mablag‘ning asoslantirilganligi (film ishlab chiqarishning taxminiy xarajatlari); ariza beruvchilarning sheriklikda (hamkorlikda) film ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan shaxsiy mablag‘lari va (yoki) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ulushi; filmni ishlab chiqarishga boshqa film yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (prodyusyerlar) jalb qilinganligi. 19. Ko‘rib chiqilgan materiallar qaytarib berilmaydi. 20. Kengash qarori yig‘ilishda ishtirok etayotganlarning ochiq ovoz berishi yo‘li bilan qabul qilinadi. Har bir Kengash a’zosi bitta ovoz huquqiga ega. Ovoz berish jarayonida tarafdorlar va qarshilar soni teng bo‘lgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 21. Ko‘rib chiqilgan ssenariy va kinoloyihalar Kengash bayoni bilan tasdiqlanadi. Kengash bayonida ko‘rib chiqilgan ssenariy va kinoloyihalar yuzasidan tegishli tavsiyalar umumlashtiriladi. Kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Kengash a’zolari tomonidan imzolanganidan keyin Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. 22. Kengash qaroriga asosan ishlab chiqarishga tushirilgan kinoloyihalar Agentlikning bosh direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 23. Agentlik bosh direktori buyrug‘i hamda Kengash bayonidan ko‘chirma tavsiyalar ilova qilingan holda kinoloyihani taqdim etgan studiyaga yuboriladi. 24. Agentlik kinoloyihalarni tanlash to‘g‘risida Kengash qaror qabul qilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmasdan ariza beruvchilarga tanlov natijasi haqida xabar beradi va bu haqidagi axborotlarni belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. 25. Kengash tomonidan davlat buyurtmasi bo‘yicha kinomahsulotni ishlab chiqarish yuzasidan shartnomada belgilangan kinomahsulotlar ishlab chiqarishning har bir bosqichi yakunida tayyor mahsulot rejissor ssenariysiga, xarajatlar smetasi parametrlariga, suratga olish jarayonining texnik va texnologik talablariga mosligi hamda boshqa talablarga rioya etilishi yuzasidan baholangandan so‘ng ushbu kinomahsulot (uning qismlari) qabul qilinadi. 26. Talabgorlar Kengash qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, Agentlikning bosh direktoriga murojaat qilishlari yoki qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin. 1. 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “46. Agentlikda tarkibi prodyusyerlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tuziladi. Badiiy kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi. Uning tarkibiga Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lgan shaxslarning kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Badiiy kengash o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi”.
89
16,000
Qonunchilik
OILADA TIBBIY MADANIYATNI OShIRISh, AYoLLARNING SOG‘LIGINI MUSTAHKAMLASh, SOG‘LOM AVLOD TUG‘ILIShI VA UNI TARBIYALAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilada sog‘lom muhit va xotirjamlikni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Sog‘lom avlod, ayollar sog‘ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar ishtirokida ishlab chiqilgan Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. Maqsadli dasturda nazarda tutilgan ayollar va bolalarning sog‘ligini muhofaza qilishni kuchaytirishning quyidagilar asosida kompleks chora-tadbirlarini amalda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash davlat, jamoat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar va tuzilmalar, barcha darajalardagi rahbarlarning ustuvor vazifasi etib belgilansin: homilador ayollarga va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun bolalar va tug‘ishga yordam berish muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash; kasalliklar belgilarini barvaqt aniqlash hamda o‘smir qizlarni va bola tug‘ish yoshidagi ayollarning ekstragenital kasalliklarini davolash, ayollarning tibbiy ko‘rsatkichlarga zid bo‘lgan istalmagan homiladorligi hollarining oldini olish; turg‘un muassasalarda kamqonlik kasaliga yo‘liqqan barcha homilador ayollarni temir moddasiga boy preparatlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash; yoshlarning reproduktiv sog‘liq masalalari bo‘yicha bilimlarini va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olishning, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masalalarini aholining keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli tashkil etish; respublikaning yetakchi klinikalari negizida pediatriya, akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha akusher-ginekologlar, bolalar ginekologlari, pediatrlar, anesteziolog-reanimatologlar va umumiy amaliyot vrachlari malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan tug‘ishga yordam berish va bolalar muassasalari xodimlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida har yilgi tajriba orttirishini tashkil etish hisobiga kadrlar tayyorlashni takomillashtirish; respublika va viloyat qon quyish stansiyalarini qon tayyorlash, uni qayta ishlash va saqlash apparatlari bilan jihozlash yo‘li bilan respublikaning gematologiya xizmatini rivojlantirish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mintaqalarning o‘ziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan, mahalliy imkoniyatlardan yuqori darajada foydalangan holda, ma’qullangan Maqsadli dasturda nazarda tutilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan tumanlar bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 4. Maqsadli dasturni amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq tuzilgan sog‘lom avlod, ayollar sog‘ligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi va mintaqaviy komissiyalar zimmasiga yuklansin. Maqsadli dasturning amalga oshirilishi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqilsin. 5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini keng yoritishni ta’minlasinlar, turli tuzilmalar va alohida rahbarlar, mutaxassislar va fuqarolarning ijobiy natijalarga erishishdagi roli va hissasini, shuningdek ishlarning ahvoli yuzasidan ularning mas’uliyatini alohida aks ettirsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
190
4,730
Qonunchilik
Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi...
Jamiyat ishtirokchilari tarkibi oʻzgarganda, ular chiqib ketganda yoki yangi ishtirokchi qabul qilinganda koʻpincha taqsimlanmagan foyda bilan qanday yoʻl tutish zarurligi haqida savollar yuzaga keladi. Amaliyotdan misol keltiramiz. Dastlab MChJ ikki ishtirokchidan iborat boʻlgan. Oldingi yili ishtirokchilardan biri chiqib ketdi, uning oʻrnini esa yangi ishtirokchi egalladi. Birmuncha vaqtdan soʻng u yagona ishtirokchi boʻlib qoldi, chunki ikkinchi ishtirokchi unga ustav fondidagi oʻzining ulushini sotdi. Ishtirokchilar chiqib ketganda, ularning har biri oʻz ulushini nominal qiymati boʻyicha sotdi hamda foydani oʻzlarining ulushli ishtiroklariga mutanosib ravishda jamiyat tasarrufida qoldirish haqida ariza yozishdi. Bu voz kechish MChJ umumiy yigʻilishining bayonnomasida qayd qilindi.  Ishtirokchilar  chiqib ketgunlariga qadar jamiyatning foydasi taqsimlanmagan. Ushbu vaziyat natijasida quyidagi savollar vujudga keldi: 1)Ishtirokchilar oʻzlarining ulushli ishtiroklariga mutanosib ravishda taqsimlanmagan foydaning bir qismidan voz kechishga qaror qilishga haqlimi? 2)Yagona ishtirokchi uning oʻzi MChJga kirgunga qadar  hosil boʻlgan foydani taqsimlashga haqlimi? “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” 6.12.2001 yildagi Qonunning (bundan buyon MChJ toʻgʻrisidagi Qonun deb yuritiladi) 22-moddasi beshinchi qismi bilan koʻzda tutilgan umumiy qoidaga koʻra, ishtirokchi jamiyatdan chiqib ketganda jamiyat ishtirokchiga ulushining chiqib ketish sanasidan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi shart. MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 20-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga asosan “jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoхud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki oʻzga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaхslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin”. Yuqorida koʻrsatilgan qoidalar chiqib ketayotgan ishtirokchiga oʻz ulushini boshqa ishtirokchilarga kabi boshqa shaхslarga ham sotish huquqini beradi. Bunda jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlmasa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechish boʻyicha bitimning ushbu modda yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi (MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 20-moddasi toʻqqizinchi qismi). Shunga e’tiborni qaratish lozimki, garchi MChJ ustav fondidagi ulush mulkiy huquq hisoblanar ekan, tegishincha, uni oldi-sotdi shartnomasiga Fuqarolik kodeksining (FK) 386-moddasi beshinchi qismida koʻzda tutilgan oldi-sotdi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllanadi. FKning 386-moddasi birinchi qismiga binoan “oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni toʻlash majburiyatini oladi”. FKning 418-moddasi birinchi qismi va 356-moddasi birinchi qismi qoidalaridan kelib chiqqan holda shartnomaning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. Keltirilgan qoidalar chiqib ketgan ishtirokchilar oʻz ulushlarini MChJ ustav fondida koʻzda tutilgan ularning ulushlarining nominal qiymatiga teng bahoda sotish huquqini isbotlaydi. Biroq savol tugʻiladi: ishtirokchilar ulushining nominal va haqiqiy qiymatlari oʻrtasidagi farqni toʻlashda qanday yoʻl tutish lozim? MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq “jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan bir qismiga mos boʻladi”. MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 22-moddasi oʻninchi qismiga binoan “ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori oʻrtasidagi farq hisobidan toʻlanadi”.  Sof aktivlar deganda хoʻjalik yurituvchi sub’yektning oʻz mablagʻlari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni хoʻjalik yurituvchi sub’yektning qarz majburiyatlaridan ozod boʻlgan mol-mulk qiymati tushuniladi1. Ustav kapitali – bu ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yigʻindisidir aks ettiradigan хususiy kapitalning bir qismidir ("Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 30.08.1996 yildagi  Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismi). Bundan tashqari, хususiy kapital, ustav kapitalidan tashqari qoʻshilgan va zaхira kapitalidan, hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Qoʻshilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narхlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi. Zaхira kapitali mol-mulkni qayta baholash chogʻida hosil boʻladigan inflyatsiya zaхiralarini, shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda foydaning jamgʻarilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qoʻshilishi mumkin ("Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” 30.08.1996 yildagi  Qonunning 14-moddasi beshinchi qismi). Bu qoidalar хususiy kapital oʻzini mulkdorlar, ya’ni jamiyat ishtirokchilarining mablagʻlari sifatida namoyon qilishidan dalolat beradi.  Xususiy kapitalning miqdori sub’yekt faoliyatining moliyaviy natijalariga (foyda yoki zarar) bogʻliq hamda sof aktivlar miqdorini tashkil qiluvchi tashkilotning jami mol-mulki (aktivlari) qiymati va uning majburiyatlari2 oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Shunday qilib, jamiyat sof aktivlari tarkibiga taqsimlanmagan foyda kiradi, taqsimlanmagan foyda esa oʻz navbatida MChJ ishtirokchisining uning ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishdagi ulushining haqiqiy qiymati tarkibiga kiritiladi. Jamgʻarilgan foydani MChJ ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash masalasi MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 25-moddasi bilan tartibga solingan. Shu bilan birga ushbu Qonunning 8-moddasi ishtirokchiga “jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoхud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga  sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish” huquqini beradi. Bu shuni anglatadiki, ishtirokchi MChJ tarkibidan chiqib ketishda uning ulushli ishtirokiga mutanosib ravishda taqsimlanmagan foydaning jamgʻarilgan qismini ham oʻz ichiga oluvchi haqiqiy ulushdan voz kechishga qaror qilishga haqli. Bu holatda ishtirokchining jamiyat foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqi bilan oʻz ichiga taqsimlanmagan foyda oladigan oʻz ulushining haqiqiy qiymatining bir qismidan voz kechish huquqini adashtirmaslik kerak.   Yuqorida keltirilgan qoidalar chiqib ketayotgan ishtirokchi oʻzining ulushli ishtirokiga mutanosib ravishda taqsimlanmagan foydaning bir qismidan voz kechish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli, degan хulosaga kelish imkonini beradi. Shuning uchun MChJning chiqib ketgan ishtirokchilari chiqib ketgunlariga qadar yoki chiqib ketish paytida foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilmaganliklari fakti ahamiyatga ega emas, chunki MChJ toʻgʻrisidagi Qonun ularga foydani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni yuklamaydi, balki ularga bu boʻyicha huquq beradi. Ikkinchi savolga javob berganda, shuni aytish lozimki,  MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 20-moddasi oʻn birinchi moddasiga binoan “jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechishiga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi”.    Bu shuni anglatadiki, MChJning qolgan yagona ishtirokchisi MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 8 va 25-moddalariga asosan jami taqsimlanmagan foydani ustavda belgilangan muddatlarda taqsimlashga haqli. Eslatib oʻtamiz, MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 25-moddasi birinchi qismiga binoan “jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi”. Pavel SILNOV, advokat.  114-son Buхgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot” 10-bandi (Moliya vazirining 1.03.2004 yildagi 36-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan, AV tomonidan 7.04.2004 yilda 1335-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). 2 Oʻsha joyga qarang: 14-son BHMS 10-bandi.
39
9,106
Qonunchilik
2020 yilgi Davlat dasturi tasdiqlandi
Muhokama qilingan loyihaga solishtirilganda bandlar soni kamroq, ularni amalga oshirish uchun ajratiladigan хarajatlar koʻproq. Eslatib oʻtamiz, joriy yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingan. 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi 11 fevraldan 20 fevralgacha muhokama qilingan edi. Bu davr ichida umuman olganda 3 162 sharh kelib tushgan, deb ma’lum qilgan «Yuksalish» umummilliy harakati. Mazkur yilda beshta ustuvor yoʻnalish doirasida rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil bu yerda yozgan edik. Dasturning iqtisodiyotga bagʻishlangan boʻlimi alohida ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joizki, Davlat dasturini amalga oshirish doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan uy-joy sotib olish uchun doimiy propiska boʻlishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinishi hamda propiska institutini butunlay modernizatsiya qilish  nazarda tutilmoqda.     Biroq dastlab rejalashtirilgan tadbirlarning barchasi ham yakuniy hujjatdan oʻrin olmagan. 2020 yilgi Davlat dasturi 284 banddan iborat, loyihada esa 320 band boʻlgan. «Yuksalish» umummilliy harakatining ma’lumotlariga koʻra, alohida olingan yoʻnalishlar kesimida quyidagilar belgilangan: Shu bilan birga moliyalashtirish hajmini oshirishga qaror qilingan. 2020 yilgi Davlat dasturiga kiritilgan loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirishga 18,17 trln soʻm va 10,3 mlrd AQSh dollari ajratiladi (loyihada tegishli ravishda 17,5 va 9,6 edi). Shu jumladan Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan 12,9 trln soʻm, ijro etuvchilar va banklar tomonidan 2 trln soʻm beriladi hamda хalqaro moliya institutlari va grantlari hisobidan 3,3 trln soʻm ajratiladi.
37
1,693
Qonunchilik
RESPUBLIKADA DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYOT BUYuMLARI IShLAB ChIQARISh TURLARI VA HAJMINI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi mamlakatimiz farmatsevtika industriyasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uch yil ichida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hajmini 2,5 baravar, ular turlarini 253 nomga yetkazgan holda 1,7 baravari ko‘paytirish imkonini berganligini qayd etadi. “O‘zfarmsanoat” konserni korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalari bilan aholi ehtiyojlarini qondirish darajasi 3 baravar o‘sdi. Xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar konsern ishlab chiqarishi umumiy hajmining 65 foizini ta’minlamoqda. dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining eng muhim turlarini va ularni ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, zamonaviy, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi farmatsevtika ishlab chiqarishlari barpo etish, tayyor dori-darmonlar importini qisqartirish va dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni bilan birgalikda 2002-yilgacha bo‘lgan davrda mavjud va yangidan tashkil etiladigan korxonalarda, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish dasturi ishlab chiqilganligi dasturda: dori-darmon preparatlari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hajmlarini 3,5 baravarga ko‘paytirish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini 1,6 baravarga kengaytirish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorida “O‘zfarmsanoat” konserni korxonalari va tashkilotlari uchun nazarda tutilgan umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari bo‘yicha budjetga to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdoridagi imtiyozlar 2000-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil muddatga uzaytirilsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi doirasida mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va yangilarini barpo etishga maqsadli yo‘naltirilsin. 3. 2000-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zfarmsanoat” konserni korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan qo‘shma korxonalar dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun import qilinadigan moddiy resurslar va butlovchi buyumlarga solinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin. 4. “O‘zfarmsanoat” konsernining konsern huzurida Rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etish, soliq solishdan ozod qilinadigan mablag‘larni ushbu jamg‘armada to‘plash haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari: alohida bank hisob raqamida to‘planadi, “O‘zfarmsanoat” konserni uni tasarruf etuvchi hisoblanadi; ilmiy ishlanmalarni mablag‘ bilan ta’minlash, konsern korxonalari va tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, shuningdek dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni ta’minlovchi infratuzilmani tashkil etish va yangilash uchun foydalaniladi; har yili konsern tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan smetaga muvofiq sarflanadi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
142
3,508
Qonunchilik
1998 YILDA PAXTANI PLYoNKA OSTIDA YETIShTIRISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, respublikaning ko‘pgina xo‘jaliklari agrotexnika talablarini qat’iy ravishda bajarganliklari tufayli 1997-yilda plyonka ostida o‘stirilgan paxtadan yuqori hosil olishdi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha paxta hosildorligi gektaridan 33,4 sentnerni tashkil etdi, bu chigit oddiy usulda ekilgandagiga qaraganda 10,4 sentner yuqoridir. Andijon viloyatida 70 ming gektarning har gektaridan 35,1 sentnerdan paxta hosili olindi, hosildorlik 14 sentnerga oshdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida gektaridan 13,6 sentner ko‘p hosil olindi. Shu bilan birga Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarning ko‘pgina qishloq xo‘jaligi korxonalarida g‘o‘zani plyonka ostida o‘stirishdan jiddiy samara olinmadi, bu yerlarda hosildorlikning o‘sishi gektaridan 37 sentnerdan oshmadi. Yuqoridagi mintaqalarda chigitni yangi usulda ekishga bo‘sh tayyorgarlik ko‘rilganligi, paxtaning noqulay tuproq sharoitlariga joylashtirilishi, butun vegetatsiya davrida agrotexnikaning buzilishi, hokimliklar va qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan dalalarni sifatli, o‘z vaqtida tayyorlash va ekish muddatlari nazorat qilinmaganligi plyonka ostida paxta yetishtirish samaradorligi pastligining asosiy sabablari bo‘ldi. Bir qator hollarda chigit plyonka ostiga kech ekildi, natijada yangi texnologiyaning asosiy erta paxta hosili olish afzalligi yo‘qotildi. Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib paxtani joylashtirish va to‘plangan tajriba asosida plyonka ostida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son, 1998-yil 15-yanvardagi 24-son qarorlariga qisman o‘zgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining ekish maydonlari, plyonka ostida o‘stiriladigan paxtani navlar bo‘yicha joylashtirish va ushbu usulda ekish uchun chigit tayyorlash to‘g‘risidagi takliflariga 1, 1a-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda chigitni plyonka ostiga ekishdan paxta hosilini jiddiy ko‘paytirish bo‘yicha kompleks agrotexnika chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar. Ushbu maqsadlarda: joriy yilning 1-fevraligacha chigitni plyonka ostiga ekish uchun aniq xo‘jalik va brigadalarni belgilasinlar. Xo‘jaliklar ro‘yxatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarida tasdiqlansin; joriy yilning 1-fevralidan boshlab joylarda chigitni plyonka ostiga ekish va o‘stirish xususiyatlari bo‘yicha xodimlar ommaviy ravishda o‘qitilsin, bunda asosiy e’tibor dalalarni sifatli tayyorlashga, chigitning kafolatli ekilishini ta’minlashga, seyalkalarning barcha qurilmalari baravar ishlashiga, plyonka chetlarining yopilishiga, ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda me’yordagi mineral o‘g‘itlarning kamida 60 foizi dalalarga albatta solinishiga qaratilsin; o‘qitishga 1997-yilda chigit ekish va g‘o‘za o‘stirishning yangi texnologiyasini qo‘llashda yuqori iqtisodiy samara olgan xo‘jaliklar mutaxassislari jalb qilinsin; plyonka ostiga chigit ekish 10-aprelgacha tugallansin; qator oralariga sifatli ishlov berish va dalalarning polietilen plyonka qoldiqlari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular g‘o‘zaning gullash davrida olib tashlansin. 2. 1998-yil uchun urug‘lik chigit tayyorlash bo‘yicha topshiriq 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga 1-ilovaning 3 ustuni va 1998-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov), “O‘zmashsanoat” uyushmasi (Sobirov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov), Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (Kucherov) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 3, 3a-ilovalarga muvofiq miqdorlarda maxsus chigit ekish seyalkalari va seriyali ishlab chiqarilayotgan chigit ekish seyalkalariga moslamalarni 1998-yil 1-martgacha tayyorlab bersinlar. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi maxsus chigit ekish seyalkalari ishlab chiqaruvchi zavodlarni metall va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha barcha masalalarni shartnoma asosida hal qilsin. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan muddatda xo‘jaliklardagi mavjud maxsus chigit ekish seyalkalarining texnik holatini tekshirishni nihoyasiga yetkazsinlar, ularni to‘liq ishga tayyorlab qo‘ysinlar. 4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qarori 2-bandining Andijon mexanika zavodida keyingi yillarda 4 ming donadan chigit ekish seyalkalari ishlab chiqarishga oid qismi 1999-yildan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Chigit ekishda foydalanish uchun 1998-yil 15-fevralgacha “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Jizzax plastmassa zavodi) tomonidan 7 ming tonna va Andijon polietilen zavodi tomonidan 2 ming tonna polietilen plyonka yetkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Andijonuslubpaxta” ilmiy-ishlab chiqarish va tijorat markazi 1998-yil 15-fevralgacha 12 ming tonna polietilen plyonka xarid qilish va xo‘jaliklarga yetkazib berish yuzasidan xorijiy firmalar bilan tanlov asosida kontraktlar tuzilishini ta’minlasinlar. Chigit ekish uchun belgilangan miqdorda polietilen plyonka yetkazib berish bojxona poshlinalaridan ozod qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxtachilik xo‘jaliklari tomonidan “Andijonuslubpaxta” markazi bilan polietilen plyonka va seyalkalar xarid qilish yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilishini ta’minlasin. 10. Paxtani plyonka ostida yetishtirishga oid barcha tashkiliy va agrotexnika tadbirlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga yuklansin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
69
6,495
Qonunchilik
«MMFI»ning Toshkent shahridagi filialiga qabul kvotasi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.06.2020 yildagi “2020/2021 oʻquv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida”gi 393-son qaror qabul qilindi. “MMFI” MTYaU filialida 2020/2021 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotasi 100 oʻrin miqdorida belgilandi. Bunda oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi. Har bir yoʻnalish uchun 25 ta oʻrindan iborat kvotalarning teng miqdori nazarda tutiladi: Filial Prezidentning 20.07.2018 yildagi PQ-3875-son qarori bilan tashkil etilgan. Yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondirish uchun eng muhim ilmiy-teхnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlarni хalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash uning faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
65
1,050
Qonunchilik
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda karantindagi zararli organizmlar O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni ta’minlash, shuningdek, o‘simlik va meva-sabzavot mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalligi, begona o‘tlardan respublika hududining ishonchli himoyasini ta’minlovchi ichki va tashqi o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat tadbirlarining samarali tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ularning mamlakat ichida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning ahvolini o‘rganish fitosanitar xavfsizlikni to‘laqonli ta’minlashga hamda chet el mamlakatlari, kompaniya va korporatsiyalar bilan tashqi savdo aloqalarini kengaytirishga, eksport salohiyatini oshirish, mahsulotlarni tashqi bozorlariga olib chiqishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini aniqladi. O‘simliklar karantini sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqlashtirish yuzasidan faol ishlar olib borilmayapti, buning natijasida xorijiy hamkorlar tomonidan mahalliy mahsulotlarning o‘rnatilgan standartlarga muvofiq emasligi o‘z davlatlarining bozorlariga olib kirilishini rad etish holatlari qayd etilmoqda hamda chet eldan moliyaviy va grant mablag‘larini jalb etish jarayoni murakkablashmoqda. Respublika mintaqalarida hozirgi kunga qadar eksportga jo‘natiladigan hamda karantin zararkunandalari, o‘simliklar kasalliklari, begona o‘tlar tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan chet davlatlardan olib kiriladigan urug‘lar, o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvi va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyalar mavjud emas. O‘simliklar karantini sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ta’sirchan tizimi mavjud emas, buning natijasida, mutaxassislarning kasbiy mahoratlari, ularning ushbu sohadagi ish ko‘nikmalari oshirilishini ta’minlanmayapti. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati bo‘linmalarining zaif moddiy-texnik ta’minoti, ulardagi xodimlar, ayniqsa, joylarda ishlovchilarning karantin tadbirlarini o‘tkazish uchun zarur uskunalar bilan ta’minlanmagani hamda ularning moliyaviy va ijtimoiy ta’minoti yetarli darajada bo‘lmaganligi o‘zlariga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni samarali va sifatli bajarish imkonini bermaydi. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, mamlakatda fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat nazoratining yaxlit tizimini yaratish maqsadida hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. O‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi idoralararo ishchi guruh tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘simliklar karantini sohasidagi ishlar holatini kompleks o‘rganish; O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro shartnomalarga, shu jumladan O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro Konvensiyaga (Rim, 1951-yil) qo‘shilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini o‘simliklar karantini sohasidagi barcha xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlash; xorijiy davlatlar karantin xizmatlari bilan (Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Tailand Qirolligi, Yaponiya, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Latviya Respublikasi, Bangladesh, Hindiston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi va boshqalar) o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bitimlarni tuzish masalasini ishlab chiqish, shu jumladan bunday bitimlar loyihalarini tayyorlash. 5. Inspeksiya boshlig‘iga quyidagi huquq berilsin: zarur hollarda, Inspeksiyaning markaziy apparati, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish; Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Inspeksiya xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish. 6. Belgilab qo‘yilsinki: Inspeksiya boshlig‘i va o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari boshliqlari lavozimiga ko‘ra tegishlicha O‘simliklar karantini bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar; o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilarini kiyib yuradilar; inspektorlarni formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilar bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda formali kiyim-bosh va tegishli farqlovchi belgilarning namunalarini tasdiqlasin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o‘simliklar klinikasi tashkil etilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Inspeksiya, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘simliklar klinikasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ko‘rsin. 9. Inspeksiya Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda karantin laboratoriyalarining tashkil qilinishini hamda ularning karantin tadbirlarini amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan barcha zarur laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlasin. 10. 2018-yilning 1-aprelidan Inspeksiya va o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan kelib tushadigan davlat boji va yig‘imi ko‘rinishidagi tushumlar Jamg‘armaga 80 foiz miqdorida, shu jumladan Inspeksiya xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishiga — Jamg‘armaga kelib tushadigan mablag‘larning 10 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdori yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin. 2017-yilning 1-dekabridan 2018-yilning 1-apreligacha budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat boji va yig‘imi ko‘rinishidagi tushumlar Inspeksiya tomonidan 2018-yilning oxiriga qadar qoplanishi belgilansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Chora-tadbirlar dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Inspeksiyaning asoslantirilgan buyurtmasi asosida Inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan maqsadli yo‘naltiriladigan 15 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 12. Quyidagilar: o‘simliklar klinikasi 2018-yilning 1-iyulidan 2022-yilning 1-yanvariga qadar yer solig‘i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig‘idan hamda yagona soliq to‘lovlarini to‘lashdan; 2020-yilning 1-yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin. 13. 2018-yil 1-maydan o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Inspeksiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi: 70 balldan 80 ballgacha to‘plagan inspektorlarga — lavozim maoshiga 50 foizgacha; 80 balldan 90 ballgacha to‘plagan inspektorlarga — lavozim maoshiga 100 foizgacha; 90 balldan 100 ballgacha to‘plagan inspektorlarga — lavozim maoshiga 150 foizgacha. 14. Inspeksiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida, uning Nukus va Termez shaharlaridagi filiallarida, Andijon qishloq ho‘jaligi institutida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har uch yilda kamida bir marotaba o‘tkaziladigan Inspeksiya xodimlarini, birinchi navbatda tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish; Toshkent davlat agrar universitetida o‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2018 — 2020-yillarda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati xodimlarini chet elda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturini tasdiqlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3249-son qarorining 1 va 2-bandlari, hamda uning 1, 2, 3, 3a, 3b va 4-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 17. Inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin: o‘simliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishiga nisbatan ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish to‘g‘risida; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
130
11,558
Qonunchilik
Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va aholini tashvishga solayotgan jiddiy muammolarni aniqlashning butunlay yangicha tizimining joriy etilishi qisqa vaqt ichida fuqarolarning davlat institutlariga ishonchi darajasini ortishiga va davlat xizmatchilari tomonidan o‘ziga yuklatilgan ish sohasiga munosabati va mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish imkonini berdi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlillar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu jumladan hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish darajasining pastligi, qog‘ozbozlik hajmining yuqoriligi, shuningdek, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan ko‘plab yig‘ilish va majlislar o‘tkazish amaliyoti saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi. Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin: a) 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga 1-ilovaga muvofiq o‘tkazish; b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagilarni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash: texnologik, o‘rmon-melioratsiya, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya-texnik tadbirlarni kelishish; buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish; atmosfera havosini ifloslantirishning turg‘un manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan bog‘liq faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish; o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha qaror qabul qilish; bozor faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilish. 2. Belgilab qo‘yilsinki: 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021-yil 1-yanvarga kelib qog‘oz ko‘rinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni to‘ldirishdan to‘liq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning to‘laqonli ishlashini ta’minlasin. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5527-son Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga ko‘ra ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazgan holda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ularni tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar mazkur qarorning 3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin: tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rganish; o‘tkazilgan xatlov va o‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 8. Byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) ikki oy muddatda vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish texnologiyalari (time management), byurokratiya, qog‘ozbozlik va yig‘ilishlar o‘tkazish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqib, Akademiya va uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etsin. 10. Belgilansinki: Akademiya va uning filiallaridagi o‘quv kurslari pullik asosda olib boriladi va ushbu kurslarda ishtirok etish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun majburiydir; Akademiya va uning filiallaridagi o‘quv kurslarida o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar, shuningdek, xodimlari kurs tinglovchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 11. Quyidagilarga: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qaror talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni keng yoritish; “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markaziga davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida mazkur qaror talablariga rioya qilish holati bo‘yicha anonim so‘rovnomalar o‘tkazish tavsiya etilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning tarkibiy bo‘linmalari davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida byurokratiyani, qog‘ozbozlikni yanada qisqartirish bo‘yicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha ta’sirchan monitoring va tahlillar olib borsin. 13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1. Yashash joyidan ma’lumotnoma. 2. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha yashayotganligi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 3. Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma. 4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma. 5. Yashovchi shaxslar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma. 6. Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma. 7. Ariza beruvchi yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma. 8. Fuqaroning yolg‘iz yashayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 9. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 10. 80 yoshga to‘lgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 11. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 12. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 13. Vafot etgan xodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 14. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 15. Shaxs haqiqatan nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 16. Ishsizlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 18. Vafot etgan shaxsning ota-onalari, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zosi vafot etgan shaxsning uch yoshga to‘lmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band bo‘lganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 19. Xodimning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 20. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaxsning yoki pasport olmagan shaxsning fotosurati yopishtirilgan ma’lumotnoma. 21. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash va ularni zarur darajada parvarishlash bo‘yicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 22. Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan ishlamaydigan shaxslar uchun ma’lumotnoma. 23. Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 24. O‘zi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 25. Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) ayollarning alohida xonada yashashi kerakligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 26. Kam ta’minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. 27. Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslarning tavsifi bilan ma’lumotnoma. 28. Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.
171
12,642
Qonunchilik
Kitob geologik qoʻriqхonasi milliy tabiat bogʻiga aylanadi
Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PQ-4766-son qarorida belgilangan. Bogʻ tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Kitob davlat geologik qoʻriqхonasi davlat muassasasi negizida tashkil etiladi. Bogʻni tashkil etish asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklari hamda devon davriga mansub хalqaro e’tirof etilgan "Zinzilban" kesmasining geologiya fanida tutgan oʻrni va mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga хizmat qiladi. Ma’lumot uchun: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
58
686
Qonunchilik
KIMYoLAShTIRISh VA O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARI DAVLAT KOMISSIYASI (DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
“Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash, ularni sinash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblariga rioya etish yuzasidan mas’uliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat kimyo komissiyasi o‘simliklarni himoya qilish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi. 2. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash hisobiga hosilni saqlab qolishga yo‘naltirilgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirish; respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish, preparatlarning atrof-muhitga ta’sirini aniqlash bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirib borish; kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan preparatlar ro‘yxatiga kiritish va ularni ro‘yxatdan chiqarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash; mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tavsiya qilingan kimyoviy va biologik preparatlarga doir ilmiy-texnikaviy hujjatlar ekspertizasini amalga oshirish, ularning biologik samaradorligini, toksik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash yuzasidan sinovlar o‘tkazish; respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha chetdan keltiriladigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, biopreparatlar sifatini nazorat qilish, ularni qo‘llash yuzasidan xulosalar berish hamda inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’siri aniqlanganda ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish. 3. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. “O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ Davlat kimyo komissiyasining ishchi organi etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi belgilangan tartibda tugatilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tugatish komissiyasini tuzsin hamda mazkur ekspert guruhni tugatish bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda Davlat kimyo komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
152
4,018
Qonunchilik
«Boʻyin tovlovchilarga» qarshi kurash qanday kuchaytiriladi
Xronometraj, pasportlashtirish, reydlar, offshor zonalar bilan tuzilgan bitimlarni monitoring qilish, soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida хabar berish uchun veb-portal va elektron tizimlar – davlat soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qarshi qanday harakat qilishini koʻrib chiqamiz (Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori).  1. Xronometrajning roli oshadi. Unda tushum yoki хodimlar soni kamaytirilganligi aniqlansa, oхirgi hisobot davri uchun soliqlarni qoʻshimcha toʻlashga toʻgʻri keladi. Kamaytirib koʻrsatish takroran aniqlanganda soliq toʻlashdan boʻyin tovlash deb malakalanadi. Ma’lumot uchun: naqd pul tushumi kelib tushishining хronometraji – soliq nazorati shakli boʻlib, bunda davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslari joyning oʻzida soliq toʻlovchiga kelib tushayotgan pul tushumini kuzatadilar va qayd etadilar (Soliq kodeksining 71-moddasiga qarang). Bunda soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi boʻyicha jazoga olib keladi (jarima: fuqarolarga – 10 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga – 15 EKIHgacha).  2. Soliq toʻlovchilarning pasportlashtirilishi joriy etilmoqda. Uning natijalari boʻyicha tuzilgan koʻzdan kechirish dalolatnomasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun asos boʻladi. Ilgari statistika organlari ishlab chiqarish korхonalari va qurilish tashkilotlari uchun pasportlashtirishni joriy etganlar. Ushbu tajriba haqida batafsil – bu yerda. 3. Manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda quyidagilarni aniqlash yuzasidan qoʻshma reydlar oʻtkaziladi: Ma’lumot uchun: reyd – soni cheklanmagan shaхslar (amalda «qoʻlga tushganlar») yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri (tekshiruv). Shu oʻrinda hozir reydlar Soliq kodeksining 67-moddasida keltirilgan soliq nazoratining shakllari roʻyхatiga kiritilmaganligini qayd etib oʻtamiz. Soliq tekshiruvi shakllari va turlari roʻyхatida ham reydlar koʻrsatilmagan (Soliq kodeksining 85, 86-moddalariga qarang). Reydga eng oʻхshash soliq tekshiruvi turi – bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi toʻliq kelib tushishi va topshirilishini hisobga olish, fiskal хotirali nazorat-kassa mashinalari, plastik kartochkalar orqali toʻlovlar qabul qilinadigan hisob-kitob terminallari qoʻllanilishi, shuningdek savdo va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi qismida oʻtkaziladigan  qisqa muddatli tekshiruv. Bunday tekshiruvni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda aniq soliq toʻlovchi koʻrsatilmaydi, u nazorat хaridi oʻtkazilishini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Bunday qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkaziladigan holatlar roʻyхati kengaytirilib, boshqa sohalarni ham qamrab olinadigan koʻrinadi. 4. Offshor zonalarda roʻyхatdan oʻtgan shaхslar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilarni monitoring qilish kuchaytiriladi. Ma’lumot uchun: offshor zonalar – imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida aхborotning ochib berilishi va taqdim etilishini nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlar. Offshor zonalar roʻyхati – bu yerda. 5. Soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi uchun, shu jumladan, ularga tadbirkorlik sub’yektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari toʻgʻrisida хabar qilish imkonini beruvchi veb-portal ochiladi. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda davlat soliq хizmati organlari ishonch telefonlaridan ushbu maqsadda foydalanadilar. Ular haqida bu yerda bilib olish mumkin. 6. Quyidagilar joriy etiladi:
59
3,706
Qonunchilik
Bolalar bogʻchasiga onlayn yoʻllanma olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi 244-son qarori bilan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Joriy yilning 1 aprelidan boshlab bolalarni davlat MTMga rasmiylashtirish, shu jumladan navbatga qoʻyish faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali amalga oshiriladi. Eslatib oʻtamiz, ilgari bolalar bogʻchalariga yoʻllanmalar tuman хalq ta’limi boʻlimlari huzuridagi tegishli qabul komissiyalari tomonidan berilar edi.   Ushbu maqsadda tegishli reglament tasdiqlandi, barcha tuman maktabgacha ta’lim boʻlimlari va bolalar bogʻchalari esa YaIDXPga ulanadi. Portalda bolalarni MTMga qabul qilish boʻyicha jismoniy shaхslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartiboti joriy etiladi. E’tibor bering! Reglament bilan joriy etilgan tartib bolalarni davlat iхtisoslashtirilgan MTMga qabul qilishda tatbiq etilmaydi. Bolalarni MTMga rasmiylashtirish tartiboti Ota-onalar yoʻllanmalar olish uchun belgilangan shakldagi anketani toʻldirgan holda Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat хizmatlari olish uchun YaIDXPda roʻyхatga olinadilar. Bu – muhim! Arizachi anketani ERI bilan tasdiqlaydi. Bunda Davlat хizmatlari markazlari arizachilar tomonidan joyida ERIni olish uchun barcha zarur shartlarni ta’minlashi shart. ERI mavjud boʻlmasa – хizmat koʻrsatilmaydi. Farzandni muassasaga qabul qilishning kichik yoshga (3 yoshga) yetgunigacha navbatga qoʻyish mumkin, biroq yoʻllanma faqat belgilangan yoshga yetgandan keyin beriladi. Bolalarni bogʻchaga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari – bepul.  MTMga qabul qilish boʻyicha elektron hamkorlik Barcha MTMlar har oyda mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisida ma’lumotni tuman хalq ta’limi boʻlimiga yuboradilar. Tuman boʻlimlari boʻsh oʻrinlarning elektron hisobini yuritib, bolalarni qabul qilish boʻyicha elektron navbatlarni shakllantiradilar va yoʻllanmalar beradilar, ular asosida bogʻchalar bolalarni qabul qiladilar. Bundan tashqari, tuman boʻlimlari oʻz rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni koʻrsatgan holda oʻz tasarruflaridagi barcha bogʻchalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtiradilar va muntazam yangilab boradilar: Bolalarning quyidagi kontingenti anketalari imtiyozli roʻyхatga kiritiladi: Arizachilarda ustunlik huquqining mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumot anketada koʻrsatiladi. Anketalar Davlat хizmatlari markazlarida yoki YaIDXP orqali rasmiylashtirilgandan keyin tegishli tuman хalq ta’limi boʻlimiga darhol yoʻllanadi. Shundan keyin 1 ish kuni mobaynida arizachilarga yoʻllanmalar beriladi yoki navbatga kiritilishi rasmiylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
49
3,019
Qonunchilik
Pedagogika universitetining yangi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2016 yildagi 153-son Qarori bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Belgilanishicha, Nizomiy nomidagi TDPU oliy ta’limning pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.  Quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi: respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash; davlat ta’lim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish; respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va oʻquv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish; pedagogik ta’lim muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash; ushbu tizim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash; хorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish. Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Universitet Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 27-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi. Unga 1-Toshkent pedagogika kollejining binolarini bepul asosda, tasarruf etish huquqisiz beriladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
55
1,802
Qonunchilik
MAKTABGAChA TARBIYA VA BOShLANG‘ICh TA’LIM MUASSASASI TO‘G‘RISIDA
1. Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi, bundan buyon matnda MGBTM deb yuritiladi. Uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, madaniy axloq-odob qoidalariga rioya qilishni, atrof-muhitni bilishga doir qiziqishlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, bilim olishga ehtiyoj uyg‘otish, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limdagi uzluksizlikni ta’minlash, tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash kiradi. Bunda oila tarbiyasi —ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda asosiy manba, vosita va takomillashtiruvchi jarayon hisoblanadi. 2. Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga, umumta’lim maktabi, maktabgacha tarbiya nizomlari, amaldagi Respublika Prezidenti farmoni va qarorlariga, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim ctandartlariga muvofiq bu sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. 3. MTBTM o‘z faoliyatida O‘zbekicton Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqargan buyruq va qarorlar, fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish”, “Davlat sanitariya nazorati” Sog‘liqni saqlash vazirligi chiqargan me’yoriy hujjatlar hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. MTBTM Nizomi asosida jamoaning umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan, uning faoliyati shart-sharoitlari hamda tartibini belgilab beradigan o‘zining Ustavini ishlab chiqadi. 5. MTBTM mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, Mahalliy hokimiyat ijroiya mahkamasining farmoyishi asosida tuziladi va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi. 6. MTBTM mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z muhri va nomi yozilgan shtampiga ega bo‘ladi. 7. MTBTMning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ruhiy-fiziologik yosh xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlari, har bir bolaning shaxsiy sifatlari, qobiliyat va imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. 8. Umuminsoniy qadriyatlar, ijodiy tajribalar, ko‘p asrlik an’analar, ilmiy, tarixiy va madaniy merosimizga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish. 9. Ta’lim tizimining I va II-bosqichlari (maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi) uchun qabul qilingan Davlat ta’lim standartlarining to‘liq bajarilishini ta’minlash. Buning uchun: har tomonlama rivojlangan bola shaxsini shakllantirish; bolalarning jismoniy rivojlanishi va sog‘lom o‘sishlarini ta’minlash; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishga qiziqishlarini o‘stirish, mavjud qobiliyatlarini rivojlantirish; maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiyani o‘yin orqali berish; bolalar va o‘quvchilarning ona tili, matematika, xorijiy tillar, iqtisod asoslari, kompyuter savodxonligi bo‘yicha dastlabki bilim va tushunchalarni puxta egallash, tayanch maktablariga o‘tib o‘qishlarini samarali davom ettirishlariga zamin yaratish; bolalarning tarbiyasini milliy tarbiyashunoslik g‘oyalariga tayanib xalqimiz urf-odatlari, milliy an’analari bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshirish; ta’lim-tarbiya jarayonini mujassam usullar vositasida tashkil qilib, kun davomida uzluksiz ta’lim berishni uyushtirish; ta’lim-tarbiya mazmunini yangilab borish, pedagogika fanining yutuqlarini tajribada sinash va tatbiq etish; ota-onalar o‘rtasida ma’rifiy ta’limni targ‘ibot qilish, bola tarbiyasida hamkorlikni joriy qilish; amaldagi sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etish. 10. Mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar, MTBTM o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi: ta’lim va tarbiyaning ilg‘or usullari asosida o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini, ko‘rgazmali qurollarini o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini ta’minlaydi; MTBTMga biriktirilgan tibbiy muassasa bilan birgalikda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlarning bajarilishi va shart-sharoitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; bolalarning hissiy (emotsional) va ruhiy holatini muhofaza qiladi, ijobiy muhitni yaratadi; 11. Xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari me’yorlari bilan belgilangan ta’lim va tarbiya ishlarining sifatiga, ota-onalar huquqlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilinishi uchun javob beradi, ushbu me’yorlar bo‘yicha har bir bolaning quyidagi huquqlarini himoya qiladi: kattalarning bolalar ehtiyojiga e’tibor va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi; fuqarolar, ota-onalardan tushgan taklif va arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, muassasada tartib-intizomni saqlash. 12. MTBTM: O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona tayanch reja asosida ish olib borish, o‘quv dasturlaridan tanlab ta’lim berish; o‘z muallifli dasturlari va uslubiy tizimini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llash; maktablar, boshqa ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, jamoatchilik tashkilotlari bilan doimiy aloqalar o‘rnatish; sinov ishlarini o‘rnatilgan tartib asosida olib borish va umumlashtirish; xalqaro tashkilotlar bilan muloqotga kirishish; muassasa ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha takliflar bilan xalq ta’limining boshqaruv organlariga kirish; muassasada ta’lim bo‘yicha shartnoma asosida to‘lovli qo‘shimcha xizmat turlarini bajarish. 13. Pedagog xodimlar: bolalarni o‘qitish va tarbiya ishlarini yuqori saviyada amalga oshirishga; axloq-odob qoidalariga rioya qilishga, bolalar shaxsini hurmat qilishga, uni har qanday zo‘rlik ishlatish harakatlaridan himoya qilishga, ularni mehnatga muhabbat, ota-onalariga mehr-oqibatli bo‘lish, atrof muhitni muhofaza qilish, mulkni asrab-avaylash, ehtiyotkorlik bilan foydalanishga o‘rgatishga; bolalar va o‘quvchilarni vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga; o‘z kasb malakasi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishga; bolalar salomatligini mustahkamlashga va hayotini muhofaza qilishga majburdirlar. Pedagog xodimlarning boshqa kasb majburiyatlari mehnat shartnomasida qayd qilinadi. 14. Pedagog xodimlar: o‘z kasb mahoratini, sha’ni va kadr-qimmatini himoya qilish; kasb bilan bog‘liq bo‘lmagan, mehnat shartnomayeida qayd etilmagan vazifalarni bajarishni rad etish; salomatligini tiklash, dam olish huquqlariga; til erkinligi huquqiga; ilmiy ish qilish, ilmiy ishlarda qatnashish huquqiga; mualliflik huquqlariga egadirlar. 15. Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar: o‘z bolalari uchun ta’lim va tarbiya shaklini erkin tanlash, ta’lim jarayonini kuzatish; bolalarning ta’lim-tarbiyasini amalga oshirishda zaruriy shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish; MTBTM xodimlaridan bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini talab etish; bolalar hayoti va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda faol ishtirok qilish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; oila sharoitida MTBTMT da amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya g‘oyalarining davomiyligini ta’minlash, bolaning ta’lim olishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish; bolalar maktabgacha tarbiya guruhlarida bo‘lganliklari uchun belgilangan miqdordagi haqni o‘z vaqtida to‘lash; Ustavda belgilangan kun tartibiga rioya qilgan holda bolalarni olib kelish va uyga olib ketish; tarbiyachi va o‘qituvchidan o‘z bolasining rivojlanishi, o‘zlashtirish haqidagi ma’lumot va hisobotlarni talab qilish huquqiga egadirlar. 16. Bolalar JBTM ga 3 yoshdan qabul qilinib, 8 yil mobaynida ta’lim-tarbiya oladilar. Ta’lim davriyligi quyidagicha taqsimlanadi: MAKTABGAChA TARBIYA kichik guruh — 3-4 yosh o‘rta guruh — 4-5 yosh katta guruh — 5-6 yosh tayyorlov guruh — 6-7 yosh BOShLANG‘ICh TA’LIM I sinf — 7-8 yosh II sinf — 8-9 yosh III sinf — 9-10 yosh IV sinf — 10-11 yosh 17. Har bir guruh 20 ta va sinf o‘quvchilarining me’yori 25 nafar boladan kam bo‘lmasligi lozim. O‘zbek tilida o‘qitilmaydigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘zbek tili darslari, rus tilida o‘qitilmaydigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida rus tili darslari hamda ayrim o‘quv dasturlarida belgilangan fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflarda o‘quvchilar soni 25 va undan ortiq bo‘lsa, sinf 2 guruhga bo‘linadi. 18. MTBTMga bolalarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: maktabgacha tarbiya guruhlariga (3 yoshdan 6 yoshgacha) bolalar tuman, (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan beriladigan yo‘llanmalar asosida qabul qilinadilar; I sinflarga o‘quvchi bolalar maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladigan tanlov orqali qabul qilinadilar; tanlov orqali qabul qilingan bolalar va o‘quvchilar soni me’yordan kam bo‘lsa, bolalarni bo‘sh o‘rinlarga qo‘shimcha qabul qilishga e’lon beriladi va belgilangan me’yordagi bolalar soni bilan to‘ldiriladi; homiy tashkilotlar o‘rtasidagi bitimga binoan bolalar alohida (shartnoma) ro‘yxat bilan qabul qilinadilar; tanlov bolalarning hududiy belgilariga emas (turar joyi), balki pedagogik, psixologik, diagnostika, testlar natijasiga qarab amalga oshiriladi; qabul tartibi MTVTM pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. 19. Bolalar va o‘quvchilarni bosqichdan-bosqichga o‘tkazish MTBTM Ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ta’lim - tarbiya jarayoni ota-onalarning istaklariga qarab, tanlangan tilda olib boriladi. 20. MTVTM o‘z bitiruvchilarini kelgusida yetakchi maktablarda samarali o‘qib ketishi kafolatini ta’minlaydi. 21. MTBTM bolalar soni ikkita statistik hisobotdan (ovqatlanish bo‘yicha maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari esa, alohida maktab o‘quvchilari ko‘rsatkichlaridan) o‘tkaziladi. 22. MBTMda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi. 23. MTBTM Maqomini olish maqsadida o‘tkazilgan attestatsiyadan so‘ng, 3-4 yilda (boshlang‘ich sinf bitiruvchilarini chiqarib) birinchi yalpi attestatsiyadan o‘tkaziladi va belgilangan tartibda har 5 yildagi jadvalga kiritiladi. 24. Amaldagi qonun va hujjatlariga muvofiq, MTBTMda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Tibbiyot xodimlari faoliyati ustidan nazoratni MTBTM rahbariyati hamda mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlari amalga oshiradilar; Tibbiy xodimlar MTBTM rahbariyati bilan birgalikda bolalarning salomatligini muhofaza qilishga oid muammolarni muhokama qiladi. Hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davlat-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena me’yorlariga, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish sifati va tartibiga, ularga tushadigan jismoniy va aqliy faoliyat hajmi taqsimoti va nisbatini muvofiqlashtirishga rioya qilish uchun javob beradilar. 25. MTBTMning tizulmasi va kasb-lavozim ro‘yxati (shtat) O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy kasb lavozim ro‘yxatiga muvofiq belgilanadi. 26. MTBTM rahbari (direktor) muassislar tomonidan xalq ta’limining mahalliy boshqaruv tashkilotlari bilan kelishilgan holda, maxsus oliy ma’lumotga ega, ish staji besh yildan kam bo‘lmagan mutaxassislardan tayinlanadi. 27. MTBTMning barcha toifadagi xodimlarining huquq va burchlari uning Ustavi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan kafolatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasb malaka tavsiyanomalariga ko‘ra belgilanadi. 28. MTBTM rahbariyati uning jamoasi, pedagogik kengashi bilan kelishilgan holda o‘z xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi, ularga o‘z vaqtida zaruriy uslubiy yordam ko‘rsatadi. 29. MTMBTni boshqarish yakkaboshchilik va keng oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiriladi. 30. MTBTM rahbari (direktor) uning ustavi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda muassasaning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ta’lim-tarbiyani yaxshilash, xodimlarni tanlash, joylariga qo‘yish va saviyasini o‘stirish, o‘quv jarayonining tashkiliy pedagogik, moliyaviy xo‘jalik, tibbiy xizmat va boshqa faoliyat natijalari jamoada ijobiy ma’naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun shaxsan javob beradi. 31. MTBTM rahbari (direktor ) muassasa maqsadidan kelib chiqadigan huquqlari doirasida o‘z xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, uslubiy yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar chiqaradi. Rahbar (direktor) muovinlari (maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim uslubchilari), tibbiyot xodimlari o‘z tasarrufi doirasidagi ko‘rsatmalari MTBTM ning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi shart. 32. MTBTM rahbari (direktor) amaldagi qonun hujjatlari doirasida muassasaning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yuqori organlariga takliflar kiritadi. 33. MTBTM barcha tarbiyachi va o‘qituvchilari muassasaning Pedagogik Kengashi a’zolari hisoblanib, unga MTBTM rahbari raislik qiladi. Pedagogik Kengash har 2 oyda chaqiriladi va: ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘nalishini aniqlaydi; yangi o‘quv dasturlari va rejalarini ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi; maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limdagi uzluksizlikni ta’minlash, shu bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni o‘rganib,muhokama qiladi; bolalarning o‘zlashtirish darajasini, davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tashxis qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish choralarini belgilaydi; sinov-tajriba ishlarini tashkil qiladi va rahbarligini amalga oshiradi; ilg‘or pedagogik tajribalarni, yangi pedagogik texnologiyani o‘rganish, umumlashtirish hamda ommalashtirish yo‘llarini belgilaydi; ota-onalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan bitim va shartnomalarni ko‘rib chiqadi, bajarilishini nazorat qiladi; tarbiyachi va o‘qituvchilarni shartnoma asosida ishga olish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, ular malakasini oshirish reja tadbirlarini ishlab chiqadi. 34. Davlat muassasasi budjetdan yoki tarmoqdan (idoraviy) mablag‘ bilan ta’minlanish prinsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi. MTBTMdagi bolalarning ta’limi bepul bo‘lib, ovqatlanishlari uchun ota-onalardan amaldagi maktabgacha tarbiya muassasasining me’yoriy hujjatlariga binoan haq olinadi. 35. MTBTMni mablag‘ bilan ta’minlashda hisob birligi sifatida bitta bolaning muassasadagi o‘rtacha yillik ta’minoti qabul qilinadi. 36. Budjetdan yoki tarmoqdan mablag‘ bilan ta’minlash me’yorlari vazirliklar va tashkilotlar tomonidan bevosita ularga bo‘ysunuvchi muassasalar uchun O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash hamda Moliya vazirliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqiladi (oziq-ovqat mahsulotlarining me’yori, jihoz va uskunalar soni, o‘quv qurollari va boshqalar). 37. MTBTMdagi bolalarni ovqatlantirishga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining me’yorlari maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tasdiqlangan miqdorda hisoblanadi. Bolalarni ovqatlantirish uchun to‘lovlar mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hokimiyatlar bilan kelishiladi. 38. Muassasa o‘rnatilgan muddatlarda xalq ta’limi bo‘limlariga moliyaviy hisobotlarni topshiradi. Undan tashqari maktab va bog‘cha bo‘yicha “Davlatistiqbolstat” tomonidan o‘rnatilgan statistik ma’lumotlarni topshiradi. 39. Quyidagilar MTBTM ning qo‘shimcha manbalari hisoblanadi: davlat korxonalari va tashkilotlari, shirkat korxonalari va idoralar, ayrim shaxslardan MTBTM hisob raqamiga o‘tkazilgan tushum; bo‘sh yordamchi xonalarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar; shartnomalar asosida buyurtma bo‘yicha bajarilgan xizmatlar uchun to‘lovlar; ayrim fuqaro va xalqaro tashkilotlarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va taqdim etiladigan moddiy boyliklar; boshqa tushumlar (jamoa fondlari, xomiy tashkilotlar) turli manbalardan tushgan barcha mablag‘lar mehnat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan aniq xizmatlar uchun bevosita ijrochilarga berilganidan tashqari, MTBTMning daromadini tashkil qiladi va uning ehtiyojlari, rivojlanishiga sarflanadi. 40. MTBTM bolalari va o‘quvchilarga o‘quv kunlaridan tashqari (shanba, yakshanba) turli yo‘nalishdagi qo‘shimcha mashg‘ulotlarni va boshqa turdagi xizmatni (ota-onalarning istagi va tashabbusi bilan) to‘lovli badallar evaziga amalga oshiradi. 41. MTBTMning ta’minoti va sarf-xarajatlari bo‘yicha hisobxona hisob-kitoblari tasarrufdagi markazlashtirilgan hisobxona yoki MTBTM tomonidan mustaqil ravishda yuritiladi. MTBTMning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda muassasaning saylanma taftish komissiyasi bilan hamkorlikda bu ishga vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladi. MTBTMga budjetdan tashqari tushadigan mablag‘larning sarf-xarajatini nazorat qilish uchun doimiy taftish komissiyasi (MTBTM xodimlari, ota-onalar) tashkil etiladi va uning hisobotlari MTBTMning umumiy yig‘ilishida tinglanadi. 42. MTBTM ning ichki mehnatini tashkil etish va unga haq to‘lash borasidagi huquqi O‘zbekiston Respublikasi yagona tarif setkasi va shu masalaga oid boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. MTBTMsida sinflar soni 4ta va undan ortiq bo‘lsa, uning rahbari va rahbar o‘rinbosariga umumta’lim maktablari rahbari va rahbar o‘rinbosarlari uchun joriy etilgan yagona ish haqi belgilanadi. 43. Direktor va uning o‘rinbosari, o‘qituvchi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, bolalar yetakchilariga ta’til davomiyligi, pensiya bilan ta’minlash, imtiyozlardan foydalanish, umumta’lim maktab xodimlaridek saqlanib qolinadi. Bog‘cha guruhlarida ishlovchi tarbiyachilar, musiqa rahbarlari va boshqa pedagog xodimlar esa, bog‘cha xodimlari uchun yaratilgan imtiyozdan foydalanadilar. 44. MTBTMsi bo‘yicha rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash va hisobot yuritish, budjet klassifikatsiyasi yangi joriy etilgan 200-bo‘limda, 2-paragrafi asosida bajariladi. IZOH : 1. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi o‘quv soatga qarab, o‘quv rejada belgilangan me’yorida haftasiga 14 soatdan oshirmagan holda belgilanadi. 2. Kecha-kunduz ishlaydigan maktabgacha tarbiya guruhida tarbiyachi lavozimi 14 soat hisobidan belgilanadi; Bir vaqtning o‘zida muassasalarda har xil vaqt mobaynida ishlaydigan guruhlar bo‘lishi mumkin; - 12 soatli 6 ish kuni ishlaydigan muassasalarda bayram oldi va dam olish kuni oldidan ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi. 3. haftasiga 5 ish kuni, 9-12 soat ishlaydigan muassasada, maktabgacha tarbiya guruhlarining tarbiyachilari ishlagan oylarida o‘rnatilgan hafta me’yoriy soatlari bo‘yicha, o‘quv-tarbiya va metodik ishlar bilan yuklatiladi. 4. Maxsus psixolog ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislar bor muassasalarda, psixolog lavozimi shtatga kiritilishi mumkin. 5. Kuni uzaytirilgan maktab guruhlarida har bir guruh uchun 1 ta tarbiyachi tayinlanadi. 6. Ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor muovini bo‘lmagan taqdirda 0,5 miqdorda tarbiyachi metodist lavozimi beriladi. 7. Jismoniy tarbiya bo‘yicha instruktor lavozimi bolalarni chiniqtirish va sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘yicha har ikki guruhga 0,25 miqdorida belgilanadi. 8. Maktabgacha tarbiya guruhlarida va sinflarda nutqida kamchiligi bor bolalar bo‘lgan taqdirdagina, ularning nuqsoni hisobga olingan holda guruhlar to‘ldirilib, o‘qituvchi logoped lavozimi beriladi. 9. Har bir 50-60 kg kirga 0,5 kirga miqdorida kir yuvuvchi mashinist belgilanadi; — kir yuvuvchi maishiy korxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan holda, kir yuvuvchi mashinist belgilanadi. 10. Kecha-kunduz ishlaydigan maktabgacha tarbiya guruhlarida tarbiyachi yordamchisi kechki navbatchilik uchun haftasiga 6 kun ishlaydigan muassasalarda 2 guruhga 2 lavozim, 5 kun ishlaydigan holatda 2 guruhga 1, 3 lavozim kiritiladi. Agar kecha-kunduz ishlaydigan guruhlar alohida binoda va kirish joylari alohida yoki bir guruh bo‘lgan taqdirda har bir guruh uchun 2 va 1, 3 lavozim kiritiladi. 11. MTBTM da isitish vositasi markazlashgan holda, har bir qozonxonaga 1 ishchidan, qattiq yoqilg‘i (torf, ko‘mir) ishlatiladigan qozonxonalarda isitish maydoni 75 kv. m.ni tashkil etsa, har smenaga 2 yoquvchi belgilanadi. — isitish vositasi gaz bilan ishlasa, u holda 1 smenaga 1 yoquvchi lavozimi, avtomat xavfsizligi bo‘lgan qozonxonalarda esa har smenaga 2 yoquvchi lavozimi tayinlanadi. — umumiy yoquvchilar sonidan bitta ishchi yil mobaynida uzluksiz ishlaydi. 12. MTBTM larda isitish punkti yoki elevator bo‘lsa, u holda yoquvchi lavozimi o‘rniga, binolarni ta’mirlash, jihozlash bo‘yicha ishchi, issiq suv bilan ta’minlangan holda (broyler, nasos) 1 ishchi smenada tayinlanadi. MTBTM ni isitish mavsumida yoquvchi lavozimi 0,5 birlik miqdorida har 5 pechka uchun, pechka orqali isitish lozim bo‘lgan joyda 0,5 birlikdan kam bo‘lmasligi lozim. 13. MTBTM xizmatchi xonalar farroshi lavozimi 0,5 birlik hisobidan har bir 250 kv. m. tozalash maydonchasiga ega bo‘lgan holda tayinlanadi, u 0,5 birlikdan kam bo‘lmasligi lozim. — tozalanadigan maydon hisobida maydoncha hisobga olinmaydi. Maktabgacha tarbiya guruh maydonchalari (tibbiy xonadan tashqari) guruhdagi tarbiyachi yordamchisi tomonidan tozalanadi. 14. Qorovul lavozimi kecha-kunduz sutkali navbatchilik qilish hisobidan tayinlanadi. 15. Yuk mashinasi yoki transport vositasi bor MTBTMga haydovchi yoki yuk tashuvchi lavozimi tayinlanadi. 16. Markazlashtirilgan hisobxonasi bor joylarda hisobchi lavozimi tayinlanmaydi. 17. Kompyuter-sinfi bor joylarga 0,5 birlik miqdorida EVM operator lavozimi belgilanadi. 18. Yer maydoni katta-kichikligiga qarab, hamda tuman mahalliy hokimiyati tomonidan tasdiqlangan me’yorni nazarda tutib, hovli supuruvchilar soni belgilanadi; — mevali bog‘ yoki manzarali daraxtlar bor erdagi muassasalarga hovli supuruvchilik lavozimi o‘rniga bog‘bon lavozimi beriladi. 19. MTBTM uchun tuziladigan sarf-xarajat smetasida quyidagilar nazarda tutiladi: a) Musiqa rahbari lavozimi har bir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar guruhiga 0,25 miqdor hisobidan haq belgilanadi. b) Mehnat ta’tiliga ketgan direktor, (ta’lim-tarbiya bo‘yicha direktor muovini bo‘lmagan holda) tarbiyachi, tarbiyachi yordamchilari, oshpaz, oshxona ishchilari, kir yuvuvchi mashinistlar, maxsus kiyimga yumshoq inventarlarni ta’mirlovchi o‘rniga vaqtincha ishlaydigan shaxslarga ish haqi to‘lash ko‘zda tutiladi. v) MTBTMda sinflar soni 5 tadan 10 tagacha bo‘lsa, to‘garak rahbariga o‘qituvchining 0,5 stavkasi miqdorida ish haqi to‘lash ko‘zda tutiladi.
65
22,395
Qonunchilik
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, davlat ulushi saqlanib qolayotgan ayrim tarmoqlar va yirik korxonalarda bozor mexanizmlariga o‘tishning kechikayotganligi yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlari yaratishga to‘sqinlik qilmoqda. Davlat ishtirokidagi korxonalarda iste’molchiga yo‘naltirilgan zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik va bozor tamoyillarini jadal joriy etish, tannarxni pasaytirish orqali daromadlarni oshirish, islohotlar jarayonida xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati to‘liq o‘rganilganligi va iqtisodiyotda davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushini keskin qisqartirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Quyidagilar: Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obyektlari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 24 ta shtat birligidan iborat Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilsin. Mazkur shtat birliklari moliya va davlat soliq xizmati organlarining 12 tadan shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantirilsin. Departamentning asosiy vazifalari etib mazkur Farmonning 1-ilovasida keltirilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda quyidagilarni amalga oshirish belgilansin: Moliya vazirligi tomonidan davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) vakolatlari va funksiyalarini amalga oshirishni tashkil etish; 2021-yil 1-aprelga qadar 2019-2020-yillar uchun moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) asosida tayyorlash hamda xalqaro kredit reytinglarini olish grafigini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish; 2021-yil 1-aprelga qadar har bir korxona uchun nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini tanlov asosida jalb qilgan holda moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish hamda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish; 2021-yil 1-iyulga qadar xaridlar va boshqaruv tizimlarini auditdan o‘tkazish hamda “muvofiqlik tizimi” (komplaens) va korrupsiyaga qarshi xizmatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish; 2021-yil 1-iyulga qadar kuzatuv kengashlariga va korxonalar boshqaruviga xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini (jumladan, vatandoshlarni) faol jalb etish orqali kuzatuv kengashlari tarkibining kamida 30 foizini va korxona boshqaruvining kamida 3 nafar rahbar xodimini malakali xalqaro mutaxassislar bilan to‘ldirish. 3. Moliya vazirligi mazkur Farmonning 1-ilovasidagi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) ushbu Farmonning 2-ilovasidagi davlat ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha: 2021-yil 1-yanvarga qadar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq qayta baholanadigan konlar (davlat zaxiralari) ro‘yxati va “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin; 2021-yil 1-fevralga qadar 2021-yil uchun korxonalarning budjet loyihasini ishlab chiqsin; 2021-yil 1-iyulga qadar 3 yillik biznes rejalarini (joriy faoliyati, investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirishning aniq manbalari, shu jumladan xalqaro moliya bozorlari mablag‘lari hisobidan, moliyaviy modeli) ishlab chiqishni ta’minlasin; 2021-yil 1-iyulga qadar korxonalarning barcha investitsiya loyihalarini xatlovdan o‘tkazib, boshlanmagan hamda moliyaviy manbalari aniq bo‘lmagan loyihalarni to‘xtatish choralarini ko‘rsin. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ushbu Farmonning 1 va 2-ilovalaridagi har bir korxona kesimida “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin. 4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Agentlik: 2020-yil 1-dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin; mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin; 2021-yil 1-yanvarga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “O‘zagroservis” va “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning faoliyatini bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yish va sohada xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 5. Moliya vazirligiga Departament faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha va Agentlikka quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin: tanlov asosida xalqaro miqyosda yetakchi bo‘lgan konsalting, audit, “xedxanter” va boshqa zarur kompaniyalar va ekspertlarni jalb qilish hamda ular bilan shartnomalar tuzish; loyiha ofislarini tashkil etish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va moliyaviy ta’minlash (budjet, davlat ishtirokidagi korxonalarning mablag‘lari, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning grant va qarz mablag‘lari). 6. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) 3-ilovada keltirilgan xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlarining har biri bo‘yicha: 2020-yil 15-noyabrga qadar ishchi guruhlari shakllantirilishini; 2021-yil 1-fevralga qadar xususiylashtirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish uchun konsalting tashkilotlari jalb qilinishini va amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini; 2021-yil 1-iyulga qadar korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 7. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov, Sh. Hidoyatov), Agentlik (S. Bekenov) ikki oy muddatda mazkur Farmonning 3-ilovasida keltirilgan davlat ishtirokidagi loyiha-tadqiqot tashkilotlarini qayta xatlovdan o‘tkazib, ularni xususiylashtirishga tayyorlash, loyiha-tadqiqot va qurilish sohasidagi nufuzli tashkilotlarga sotish hamda xususiylashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin. 8. Mazkur Farmonning 4-ilovasidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolarga chiqarilishini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ul shaxslar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining yangilangan tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 10. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov)ga: a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda: mahalliy va xorijiy investorlarni hududlarda sotuvga chiqariladigan davlat aktivlari bilan tanishtirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish; xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarini tashqi infratuzilma tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlash; xususiylashtirishdan keyin korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashi va samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratish; investorlarni jalb qilish bo‘yicha boshqa zaruriy choralarni ko‘rish topshirilsin; b) mazkur Farmonning 4-ilovasidagi korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln so‘mdan oshmasa, ularni istisno tariqasida, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda ommaviy savdolarga qo‘yib borish topshirilsin; v) Agentlik tomonidan 2020-yil 1-noyabrdan boshlab mazkur Farmonning 4 va 5-ilovalariga muvofiq korxonalar aksiya paketlari (ulushlari) va ko‘chmas mulk obyektlarining ommaviy savdolarga chiqarilishini ta’minlash topshirilsin; g) quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan sotilishi belgilangan davlat aktivlarini sotish shartlari va shakllarini belgilash; ko‘chmas mulk obyektlari va kelgusida shakllanadigan davlat aksiya paketlari (ulushlari) hamda davlat korxonalarini xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni sotish shartlari, savdo turi va ommaviy savdolardagi boshlang‘ich narxini belgilash. 11. Belgilansinki, mazkur Farmonning 4-ilovasiga kiritilgan korxonalar: davlat aksiya paketlari (ulushlari) bitta lot asosida savdoga chiqariladi; sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam bo‘lganda nominal) qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilgan qiymati 100 mln so‘mdan oshmagan davlat aksiya paketlari (ulushlari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ulushlar “1 so‘m” boshlang‘ich narxda, aksiya paketlari “1 ta aksiya — 1 so‘mdan bitta lot” tamoyili asosida qayta savdoga chiqariladi. 12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida sotish va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi; davlat unitar korxonalari xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi; xususiylashtirilishi belgilangan davlat unitar korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirishda ularning ustav kapitali xatlov va baholash o‘tkazmagan holda soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilanadi; davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin; davlat ulushlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish shartnomalari doirasida belgilangan grafikka asosan qisman to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga to‘liq to‘lovlar amalga oshirilgunga qadar ulush qiymatining to‘langan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida “tasarruf etish huquqisiz” egalik sertifikati beriladi; davlat ko‘chmas mulki obyektlarini sotib olish shartnomalari doirasida qisman to‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga sotib olish to‘lovini to‘liq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz” davlat orderi beriladi. davlat aktivlarini investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotishda investorlar tomonidan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari shaklida kiritiladigan investitsiyalari korxonalarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 13. Agentlik Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda: bozorlar va savdo komplekslari ahamiyatidan kelib chiqqan holda, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari qoshida bozor va savdo komplekslarini sotishdan oldin tayyorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish; ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lgan bozor va savdo komplekslarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, sanitariya-gigiyena talablari darajasida saqlash, bozor faoliyati uchun zarur infratuzilmani shakllantirish; bozor va savdo komplekslaridagi xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash nazarda tutilsin. 14. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov, L. Qudratov, Sh. Vafayev) Agentlik bilan birgalikda: a) mazkur Farmonga muvofiq sotiladigan korxonalar aksiya paketlari (ulushlari) va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha: ommaviy savdolarga chiqarishdan oldin mahalliy va xalqaro investorlarni jalb qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun muntazam ravishda uchrashuv, muloqot va taqdimotlar (“Road Show”) o‘tkazsin; mazkur Farmonning 3-ilovasidagi davlat ishtirokidagi korxonalarga ilg‘or tajribaga ega salohiyatli xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil qilsin; b) 2021-yil 1-fevralga qadar xorijiy tajribani o‘rgangan holda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatiga tashqi boshqaruvni joriy etish hamda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Agentlik: Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berish; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi, tegishli vazirlik, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda uch oy muddatda davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar va tijorat banklarining asosiy faoliyatiga mos bo‘lmagan aktivlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni ommaviy savdolar orqali sotish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda: muassasa sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini; filial ko‘rinishida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini; davlat ulushi saqlab qolinadigan korxonalar ro‘yxatini; tugatish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqiladigan istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini tasdiqlasin. 17. Agentlik Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tadigan ommaviy savdolar jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, subyektiv yondashuvlarni to‘liq istisno qilish va xaridorlarga qulaylik yaratish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin: 2021-yil 1-yanvarga qadar yagona elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan savdolar tartib-taomillarini birxillashtirish bo‘yicha yagona tartibni tasdiqlash va uning asosida davlat organlari bilan o‘zaro integratsiya qilingan savdo maydonchasining takomillashtirilgan dasturiy ta’minotini ishga tushirish; 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha auksion savdolari natijalarini QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtirish; davlat ko‘chmas mulki obyektlari va ulushlarini sotish bo‘yicha takroriy auksion savdolarini har 10 kalendar kunda bir marotaba davriylikda amalga oshirish; xaridorlarning takliflarini auksionda lotlar e’lon qilingan paytdan boshlab qabul qilish; davlat aktivlarini sotish shartlariga muvofiq bo‘lgan buyurtmanoma faqat bir nafar talabgor tomonidan berilgan bo‘lsa, ushbu yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish, bundan “1 so‘m” boshlang‘ich narxda savdoga chiqarilgan davlat ulushi va ko‘chmas mulk obyektlari mustasno. 18. Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va yoritishga qaratilgan media-rejani tasdiqlasin va uning ijrosini ta’minlasin. 19. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) Bosh prokuratura bilan birgalikda davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotib olgan investorlarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, ularni jamiyat boshqaruv organida ishtirok etishida to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlasin. 20. Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda 2020 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun kiritsin; 2021-yil 1-dekabrga qadar “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi va 2022-yil 1-martga qadar “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqsin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin; 2022-yil 1-iyulga qadar xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazib, unifikatsiya qilgan holda xususiylashtirish to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin. 21. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
141
18,617
Qonunchilik
“Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, korxonani zamonaviy texnologiya asosida qayta jihozlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:
87
304
Qonunchilik
ZARAFShON ShAHRINING ChEGARALARINI KENGAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. Navoiy viloyati hokimining Tomdi tumanidan o‘tkazilayotgan Yangi Zarafshon shaharchasini Zarafshon shahri hududiga qo‘shish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qondirilsin. 2. Zarafshon shahrining chegaralari grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritilsin.
59
458
Qonunchilik
“Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 27-maydagi 34, 2011-18-son “Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan asosiy vositalarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2233, 2011-yil 9-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 243-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
221
738
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin: II. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 24-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar): 1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “davlat bojxona xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tegishincha bojxona va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha”; 2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat soliq xizmati” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. III. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda): 1) 27-moddasining birinchi qismi “soliq organlari” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) quyidagi mazmundagi 175-4-modda bilan to‘ldirilsin: Ish haqini taqiqlangan shakllarda (alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa tovarlar tarzida) to‘lash mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 3) 257-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tumanlarga bo‘lingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari; tumanlarning, tumanlarga bo‘linmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va suv yo‘llari uchastkalari bosh davlat sanitariya vrachlari”; 4) 264-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat soliq organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalariga ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1754-moddasida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, uning o‘rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman va shahar bo‘limlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidirlar”. V. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda) 1015-moddasining uchinchi qismidagi “qonunda” degan so‘z “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. VII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda): 1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus bo‘linmasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 5-moddasining: birinchi qismidagi 14 va 15-bandlar chiqarib tashlansin; uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1-7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-13-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, davlat soliq xizmati organlarining faqat boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga beriladi”.
105
5,831
Qonunchilik
“Sport turi bo‘yicha sportchi, trener va hakam kasblariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 26-maydagi 1-sonli “Sport turi bo‘yicha sportchi, trener va hakam kasblariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2592, 2014-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 280-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “hakam” degan so‘z “sport hakami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Ilovada: a) nomi, muqaddima va 2-banddagi “hakam” degan so‘z “sport hakami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Mazkur malaka talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, doimo o‘zining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs; trener — trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs; sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs.”; v) 3 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Sport turi bo‘yicha sportchi (terma jamoa a’zosi bo‘lgan sportchi va sportchi-instruktor), trener (trener-o‘qituvchi, trener-instruktor, terma jamoa treneri, terma jamoa katta treneri, terma jamoa bosh treneri) va sport hakami (musobaqa bosh kotibi va uning o‘rinbosari, musobaqa bosh sport hakami va uning o‘rinbosari) hamda ushbu lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagilarni bilishi kerak: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hujjatlarni; jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini; sport mashg‘uloti va faoliyati uslubiyotini; pedagogika, psixologiya, sport tibbiyoti, mehnatni muhofaza qilish, tegishli sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 4. Sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoasi a’zosi bo‘ladigan sportchi va sportchi-instruktor: kattalar — “Sport ustaligiga nomzod” toifasi yoki “Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi” yoxud “O‘zbekiston sport ustasi” sport unvoniga; yoshlar — kamida birinchi sport razryadiga; o‘smirlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari o‘smirlari ham) — kamida o‘smirlar uchun birinchi sport razryadiga ega bo‘lishi lozim. 5. Sport turi bo‘yicha sportchiga, paralimpiya hamda surdlimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilariga malaka talablari qo‘yilmaydi.”; g) 6 va 7-bandlardagi “Oliy toifali trener-o‘qituvchi” degan so‘zlar “Oliy toifali trener” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 8-banddagi “Birinchi toifali trener-o‘qituvchi” degan so‘zlar “Birinchi toifali trener” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 4-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4-bob. Sport turi bo‘yicha sport hakami kasbiga qo‘yiladigan malaka talablari 11. Quyidagilar sport turi bo‘yicha musobaqa bosh sport hakamiga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: sport turi bo‘yicha professional mahoratga ega bo‘lishi; “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lishi; kamida 5 ta musobaqada sport hakami sifatida ishtirok etgan bo‘lishi. 12. Quyidagilar sport turi bo‘yicha musobaqa bosh sport hakami o‘rinbosariga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: sport turi bo‘yicha professional mahoratga ega bo‘lishi; “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lishi; kamida 5 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan bo‘lishi. 13. Quyidagilar sport turi bo‘yicha musobaqa bosh kotibiga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: sport turi bo‘yicha professional mahoratga ega bo‘lishi; “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lishi; kamida 3 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan bo‘lishi. 14. Quyidagilar sport turi bo‘yicha musobaqa bosh kotibi o‘rinbosariga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: sport turi bo‘yicha professional mahoratga ega bo‘lishi; “Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lishi; kamida 2 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan bo‘lishi. 15. Quyidagilar sport turi bo‘yicha sport hakamiga qo‘yiladigan malaka talablari hisoblanadi: sport turi bo‘yicha professional mahoratga ega bo‘lishi; Sport hakamlari va sport hakami toifalari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2324, 2012-yil 6-fevral) muvofiq sport turlari bo‘yicha sport hakamlariga beriladigan malaka toifalaridan biriga ega bo‘lishi lozim. 16. Sport turi bo‘yicha sport hakami lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga ish stajiga ega bo‘lish talab etilmaydi. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
161
5,726
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-727-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 7-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-727-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
690
Qonunchilik
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
121
565
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-930-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-930-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
148
319
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-668-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 2. “Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi to‘g‘risida”gi QL-672-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 3. “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-673-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatovga “O‘zbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 5. “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga “Import mahsulotlarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazish tizimini yanada qulaylashtirish maqsadida hududlarda agentlikning maxsus laboratoriyalarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorovning “Kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga javobi haqida. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida.
94
2,131
Qonunchilik
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini barpo etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda qishloq aholisining daromadlarini ko‘paytirish imkonini berdi. Shu bilan birga, sug‘oriladigan yerlarning hozirgi meliorativ holati qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini yanada o‘stirishga va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini oshirishga to‘g‘anoq bo‘lmoqda. Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuningdek ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirishda tizimli ravishda kompleks yondoshilmayotganligi, suv xo‘jaligi tuzilmalari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining sust ishlashi keyingi yillarda melioratsiya ishlari hajmlarining kamayishiga, sizot suvlarning darajasi ko‘tarilishiga va minerallashuvi oshib ketishiga olib keldi. Buning oqibatida hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘prog‘ini turli darajada sho‘r bosgan, ayni vaqtda fermer xo‘jaliklariga qarashli sug‘oriladigan yerlarning 16 foizidan ortig‘i qoniqarsiz holatdadir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: 1. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash 2008—2012-yillar davrida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilansin: melioratsiya ishlarining buyurtmachilari va ijrochilari o‘rtasida vazifalarni qat’iy taqsimlash hamda ularning javobgarligini oshirish asosida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishga yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini ta’minlash; melioratsiya shohobchalarining samarali ishlashini, drenaj va oqava suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘i orqali normativga muvofiq chiqarilishini ta’minlaydigan ushbu shoxobchalarni saqlash mexanizmini sifat jihatidan takomillashtirish; lizing operatsiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan suv xo‘jaligi tashkilotlari va suv iste’molchilari uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, melioratsiya texnikasi saroyini yangilash. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 15-noyabrigacha bo‘lgan muddatda 2008-yilda birinchi navbatda rekonstruksiya qilinadigan va quriladigan obyektlarni belgilab bergan holda 2008—2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008-yilning 1-yanvarigacha ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini melioratsiya texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsin. 7. Quyidagilar: 2008 — 2022-yillar mobaynida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha pudrat va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan; tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi o‘n yil muddatga — bo‘shaydigan mablag‘larni melioratsiya texnikasi yetkazib berilishini moliyalashtirish manbalarini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda umumdavlat va mahalliy soliqlar to‘lashdan, shuningdek sotib olinadigan melioratsiya texnikasi uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 2013 — 2017-yillar mobaynida “O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan tovarlar, melioratsiya texnikasiga, mashina va mexanizmlarga texnik hamda servis xizmati ko‘rsatish uchun xarid qilinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun boj to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi. 8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
104
4,926
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON NEFT MAXSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyot tarmoqlarida neft mahsulotlari va gazdan oqilona hamda samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zneftgazinspeksiya” negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan, foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“O‘davneftgazinspeksiya”) tashkil etilsin, u “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin. 7. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘zneftgazinspeksiya” balansidagi mavjud asbob-uskunalar, inventarlar va transport vositalarini “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga tekin bersin. 8. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda “O‘davneftgazinspeksiya” Markaziy apparatini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning Markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari uchun binolar ajratsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bir oy muddatda amaldagi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi HQT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida Nizom”da Nizom matnidagi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining “O‘zneftgazinspeksiya”siga berilgan ko‘rsatmalar “O‘zdavneftgazinspeksiya”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin; III bo‘limda: 3-banddagi “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-banddagi “so‘zsiz” so‘zi “akseptsiz” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan mazkur qarorga 11-ilovadagi “Aksiyalarining nazorat va davlat paketlari, mol-mulki “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ustav fondiga beriladigan aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati”dan hamda 12-ilovadagi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tuzilmasi”dan “O‘zneftgazinspeksiya” O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi” hamda “O‘zneftgazinspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin.
116
3,024
Qonunchilik
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xo‘jaligini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
1997-yil paxta hosili uchun qishloq xo‘jaligini shudgorlash va ekish oldi davrida fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxta dalalariga solish uchun shudgorlash va ekish oldi davrida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 103 ming tonna fosforli va 175 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar yetkazib berish jadvalini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi: mahsuloti qaytarib beriladigan xomashyodan respublikada ishlab chiqarilgan 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 62 ming tonna fosforli o‘g‘itlarni “Fostreyd” (“Qoratov” AJ) firmasidan xarid qilishni; Rossiya Federatsiyasidan 1996-yil dekabr oyida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 25 ming tonna va 1997-yil yanvar — aprel oylarida 150 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni yetkazib berishni kelishib olsin va ular yuzasidan kontraktlar tuzsin. 3. Belgilansinki, mahsuloti qaytarib beriladigan xomashyodan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan hamda “Fostreyd” firmasidan O‘zbekiston Respublikasi boj chegarasidan o‘tkazilmay xarid qilinadigan fosforli o‘g‘itlar hajmi uchun “Fostreyd” firmasi bilan “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksionerlik birlashmasi o‘rtasida tuzilgan kontraktlarda belgilangan narxlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomalariga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada haq to‘lanishi kerak. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ichki ishlar organlari ishtirokida joylarda mineral o‘g‘itlarning saqlanishini va maqsadga muvofiq foydalanilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mahsuloti qaytarib beriladigan xomashyo shartlarida olib kelinadigan fosfor xomashyosi, shuningdek kaliyli o‘g‘itlar uchun Davlat soliq qo‘mitasining 1996-yil 28-sentabrdagi 187-son buyrug‘i bilan belgilangan boj to‘lovlarini undirmasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “O‘zkimyosanoat” uyushmasi korxonalariga resurslar uzluksiz yetkazib berilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlasinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
123
2,590
Qonunchilik
Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Umumta’lim maktablari uchun yaratilayotgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning sifatini oshirish, o‘quvchilarni darsliklar bilan to‘liq ta’minlash, sifatli darsliklarni tanlash imkoniyatlarini kengaytirish, raqobatbardosh, muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: umumta’lim maktablari uchun yaratiladigan muqobil darsliklarni tayanch maktablarda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinovdan o‘tkazsin; tajriba-sinov natijalaridan olingan xulosalar asosida muqobil darsliklardan foydalanishni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom xalq ta’limi tizimida umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish, ularni topshirish va qabul qilish, ekspertizadan va tajriba-sinovdan o‘tkazish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish tartibini belgilaydi. Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ularni ekspertizadan, tajriba-sinovdan o‘tkazish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: muqobil darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bitta o‘quv fanidan o‘quvchilarga tavsiya etilgan asosiy darsliklar bilan bir qatorda alohida yoki qo‘shimcha ravishda foydalanish mumkin bo‘lgan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar; ijodiy jamoalar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni belgilangan talablar asosida chop etishga tayyor mahsulot (original maket) ko‘rinishida taqdim etuvchilar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat hamda xorijiy tashkilotlar, nashriyot va matbaa korxonalari, dizayn studiyalar va boshqa tashkilotlar; original maket — chop etish uchun bosmaxonaga topshirishga to‘liq tayyor bo‘lgan, barcha matn va grafik axborotlar chop etishgacha bo‘lgan tayyorgarlikdan o‘tkazilib, tashqi ko‘rinishi va tuzilishi jihatidan yakuniy bosqichga yetkazilgan mahsulotning (nashrning) chop etilgan varianti (kitob) yoki elektron ko‘rinishidagi asl nusxasi; ekspertlar guruhi — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida vazirlikning buyrug‘i bilan turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislardan iborat guruh; Muvofiqlashtiruvchi kengash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda darsliklarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash; tayanch maktablar — muqobil darsliklarni tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan maktablar; Ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashining ishchi organi. 3. Muqobil darsliklarni yaratishga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) keyingi o‘quv yillarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari foydalanishlari uchun tavsiya etiladigan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning ro‘yxatini va yaratilishi lozim bo‘lgan muqobil darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarga qo‘yiladigan talablarni ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida muqobil darsliklarni yaratishdan bir yil oldin e’lon qiladi. E’londa tayyor original maketlarni topshirish va ularga qo‘yiladigan talablarning amal qilish muddatlari ko‘rsatiladi. 5. Mazkur e’londa ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha va muddatlarda muqobil darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning original maketlarini yaratish istagini bildirgan ijodiy jamoalar ishtirok etish taklifini Ishchi organga rasmiy xat bilan taqdim etadi va belgilangan muddatlarda original maketlarni tayyorlaydi. 6. Yaratilgan (ishlab chiqilgan, tuzilgan) muqobil darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar original maket holatida Ishchi organga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartib va muddatlarda rasman taqdim etiladi. 7. Ishchi organ taqdim etilgan original maketlarni qabul qiladi va rasmiylashtiradi. 8. Ishchi organ qabul qilib olingan original maketlarni qabul qilingan kunning o‘zida vazirlik huzurida vazirning buyrug‘i bilan tashkil etiladigan ekspertlar guruhiga taqdim etadi. 9. Ekspertlar guruhi taqdim etilgan original maketlarning chop etilgan varianti hamda elektron nusxalarini vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezoni asosida ular qabul qilingan kundan boshlab ikki oy muddatda ekspertizadan o‘tkazadi hamda tegishli xulosalarni Ishchi organga taqdim etadi. 10. Ishchi organ o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga asosan eng yuqori baholangan muqobil darsliklarning (majmualarning) original maketlarini tajriba-sinovdan o‘tkazishga rozilik olish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengashga ekspertiza yakunlangandan so‘ng 1 hafta muddat ichida taqdim etadi. 11. Ishchi organ tomonidan muqobil darsliklarni respublikada tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun tayanch umumta’lim maktablari ro‘yxati Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etiladi. 12. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori asosida muqobil darsliklar tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun tayanch umumta’lim maktablari tanlanadi va bir o‘quv yili davomida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi. 13. Muqobil darsliklarni tayanch umumta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazish bilan birga mazmunan, dizayn jihatdan takomillashtirish maqsadida ular vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida onlayn tarzda keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, taklif va fikr-mulohazalar olinadi. 14. Tajriba-sinov hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalariga asosan bir oy muddatda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha taklif-mulohazalar Ishchi organ tomonidan umumlashtiriladi hamda darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etiladi. 15. Muqobil darsliklar va ularni yaratgan ijodiy jamoalarni aniqlash bo‘yicha yakuniy qaror Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilinadi va qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Baholash mezonlariga ko‘ra, har bir fan uchun (fanning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda) qo‘yilgan umumiy maksimal ballning 95 foizidan yuqori ball olgan muqobil darsliklar umumta’lim maktablari uchun ijara tizimi asosida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda ixtiyoriy ravishda foydalanishga tavsiya etiladi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi hamda elektron tarzda vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 16. Umumta’lim maktablarini muqobil darsliklar bilan ta’minlash ixtiyoriy ravishda ota-onalar, maktab pedagogik jamoalari va homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 17. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
167
7,830
Qonunchilik
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2014-yilning 1-iyulidan quyidagilar kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiritiladi: yakka tadbirkorlar; ishlab chiqarish sohasida yiliga o‘rta hisobda yigirma nafardan, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — o‘n nafardan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida — besh nafardan oshmaydigan ishchi xodimlarga ega bo‘lgan mikrofirmalar; quyidagi sohalarda yiliga o‘rta hisobda ish bilan band bo‘lgan: yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida — ikki yuz nafardan; metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel sanoatida — yuz nafardan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab chiqarish — sanoat sohasida — ellik nafardan; ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — yigirma besh nafardan oshmaydigan xodimga ega bo‘lgan kichik korxonalar. 7. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim; xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas. 8. Belgilab qo‘yilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik biznes korxonalariga kredit berish bo‘yicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Mikrokreditbank” ATB” orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yo‘llari ochish orqali amalga oshiriladi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy bo‘limlari, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va o‘rta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning ro‘yxatini inventarizatsiyadan o‘tkazsinlar; xususiy kichik korxonalarning Savdo-sanoat palatasiga yoki Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda a’zo bo‘lib kirishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar; Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda ta’minlab tursinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida: O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida; Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida; kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilsin. 12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
107
4,124
Qonunchilik
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi QL-577-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi QL-577-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
100
553
Qonunchilik
“Jizzaх” EIZ kengaytirildi, 8 ta yangi KSZ barpo etildi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 avgustdagi 643-son qarorida nazarda tutilgan. “Jizzaх” erkin iqtisodiy zonasi hududi umumiy maydoni 182,1 gektar boʻlgan, Jizzaх viloyatining toʻrtta tumanida joylashgan yer uchastkalari hisobiga kengaytiriladi. Bu bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari EIZ qatnashchilari tomonidan qoplanadi. Tushgan mablagʻlar yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish uchun maqsadli sarflanadi. Bundan tashqari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlari negizida yangi tuman kichik sanoat zonalari tashkil etiladi: Baхmal (13 ga), Gʻallaorol (5,2 ga), Doʻstlik (2 ga), Zomin (4 ga), Zarbdor (4,8 ga), Zafarobod (3 ga), Mirzachoʻl (5,27 ga) va Yangiobod (1 ga). Jizzaх viloyati KSZlari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga u yerda amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab, ortib boruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanmagan, ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilangan holda 5 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Keyinchalik biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlari tashkil etish va saqlash, barcha turdagi soliqlarni hamda boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan mulk huquqi beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
55
1,409
Qonunchilik
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 613-son “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y, 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;”. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
148
1,080
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILIShIGA DOIR MASALALARNI HAL QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘laklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, nohiya, shahar, shahardagi nohiya, qishloq, ovul va shahar posyolkasidan iboratdir. Viloyatlarni tuzish va ularni tugatish xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining iltimoslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lgan hollarda ushbu masalalar bo‘yicha tegishli viloyatlarda referendum o‘tkazilishi mumkin. Nohiyalar, shahar nohiyalari tuzish va ularni tugatish xalq deputatlari bo‘linayotgan (tugatilayotgan) nohiya, shahardagi nohiya va tegishli viloyat, Toshkent shahar Sovetlarining iltimoslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Qishloqlar va ovullar tuzish hamda ularni tugatish xalq deputatlari bo‘linayotgan (tugatilayotgan) qishloq, ovul Sovetlari hamda xalq deputatlari tegishli nohiya Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining aholi punktlari shahar va qishloq joylariga bo‘linadi. Shahar joylariga shaharlar va shahar posyolkalari, qishloq joylariga esa qishloqlar va ovullar kiradi. Shaharlar respublikaga, viloyatga yoki nohiyaga bo‘ysunuvchi shaharlar bo‘lishi mumkin. Shahar posyolkalari nohiyalar tarkibida yoki xalq deputatlari shahar, shahardagi nohiya Sovetlarining ma’muriy bo‘ysunuvida bo‘lishi mumkin. Respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga yirik iqtisodiy, madaniy va ma’muriy markaz hisoblangan, aholisi 500 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlar kiritilishi mumkin. Shaharlarni respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish xalq deputatlari tegishli shahar va viloyat Sovetlarining iltimosi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatga, respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasiga) bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi bo‘lib, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan, iqtisodiy va madaniy markaz hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Shaharlarni viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish yoki ularni qayta tuzish xalq deputatlari tegishli shahar, nohiya va viloyat Sovetlarining iltimosi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlarni respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) buysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Nohiyaga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan sotsial-madaniy muassasalar tarmog‘i, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari bo‘lgan, aholisi kamida 7 ming kishidan iborat bo‘lib, ularning hech bo‘lmaganda uchdan ikki qismini ishchilar, xizmatchilar va ularning oila a’zolari tashkil qilgan shahar posyolkalari va boshqa aholi punktlari kiritilishi mumkin. Bunda aholi punktining ma’muriy ahamiyati va kelgusida rivojlanish istiqbollari ham e’tiborga olinmog‘i lozim. Shahar posyolkalari va boshqa aholi punktlarini nohiyaga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish va qaytadan tuzish xalq deputatlari tegishli posyolka, qishloq Soveti hamda nohiya va viloyat Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Shahar posyolkalari turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa xil muhim obyektlar yonida joylashgan va aholisi kamida 2 ming kishi bo‘lib, ularning hech bo‘lmaganda uchdan ikki qismini ishchilar, xizmatchilar va ularning oila a’zolari tashkil qilgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shahar posyolkalari turkumiga, shuningdek sanatoriy va dam olish uylari joylashgan, aholisining umumiy soni 2 ming kishidan kam bo‘lmagan aholi punktlari ham kiritilishi mumkin. Lekin bu yerdagi sanatoriy va dam olish uylariga kelgan kishilarning soni shu aholi punktida doimiy yashab turgan aholining kamida 50 foizini tashkil etishi shart. Alohida hollarda shahar posyolkalari turkumiga aholisi 2 ming kishidan kam, lekin 500 kishidan ko‘p bo‘lgan, juda muhim obyektlar yonida barpo etilgan aholi punktlari, shuningdek borish qiyin bo‘lgan yerlarda joylashgan, iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanish va aholisining soni ortishi istiqboliga ega bo‘lgan aholi punktlari ham kiritilishi mumkin. Aholi punktini shahar posyolkalari turkumiga kiritish xalq deputatlari tegishli qishloq Soveti hamda nohiya Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq nohiyasi tarkibida bo‘lgan shahar posyolkalarini xalq deputatlari shahar, shahardagi nohiya Sovetlarining ma’muriy qaramog‘iga berish yoki xalq deputatlari shahar, shahardagi nohiya Sovetlarining ma’muriy qaramog‘ida turgan shahar posyolkalarini qishloq nohiyasi tarkibiga olib berish xalq deputatlari tegishli posyolka Soveti hamda shahar va nohiya Sovetlari rayosatlarining iltimosiga ko‘ra xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari rayosatlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegaralari faqat uning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Viloyatlarning chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlarining iltimosi asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlardagi nohiyalar chegaralarini o‘zgartirish xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari rayosatlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan xalq deputatlari tegishli shahardagi nohiya va shahar Sovetlari rayosatlarining iltimoslariga ko‘ra amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar doirasida nohiyalarning chegaralarini o‘zgartirish, ya’ni nohiyaga bo‘ysunuvchi shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va ayrim aholi punktlarini bir nohiyadan ikkinchisiga o‘tkazish, shuningdek qishloqlar, ovullarning chegaralarini o‘zgartirish va ma’muriy markazlarini ko‘chirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetining rayosati tomonidan xalq deputatlari tegishli shahar, shahar posyolkasi, qishloq, ovul Sovetlari hamda nohiya Soveti rayosatining iltimosiga muvofiq amalga oshiriladi. Alohida hollarda ayrim qishloqlar va ovullar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni va xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlarining xalq deputatlari tegishli qishloq, ovul Soveti hamda nohiya Soveti rayosatining iltimoslariga asoslangan qarorlari bilan nohiya tarkibidan xalq deputatlari shahar Sovetining ma’muriy qaramog‘iga olib berilishi mumkin. Alohida hollarda xo‘jalik va iqtisodiy jihatdan shahar yoki shahar posyolkasi bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim qishloq aholi punktlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining Farmoni, viloyat Sovetlari rayosatlarining xalq deputatlari tegishli qishloq Sovetining iltimosiga asoslangan qarorlari bilan xalq deputatlari tegishli shahar yoki shahar posyolkasi Sovetining ma’muriy qaramog‘iga olib berilishi mumkin. Nohiyalarning markazlarini belgilash va ko‘chirish xalq deputatlari tegishli nohiya Soveti hamda viloyat Soveti rayosatining iltimoslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq joylaridagi bir-biri bilan o‘zaro tutashib ketgan bir necha aholi punktlarini bitta aholi punktiga birlashtirish xalq deputatlari tegishli qishloq, ovul Soveti va nohiya Soveti rayosatining iltimoslariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi. Birlashtirilgan aholi punktining nomi qilib, odatda, birlashtirilayotgan aholi punktlaridan birining nomi saqlab qolinadi yoki unga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yangi nom beriladi. Birlashtirib yuborilgan boshqa aholi punktlari esa hisobdan chiqarib tashlanadi. Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish xalq deputatlari tegishli qishloq, ovul Soveti hamda nohiya, shahar va viloyat Sovetlari rayosatlarining iltimoslari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Shahar posyolkalarining chegaralarini belgilash va kengaytirish xalq deputatlari tegishli qishloq, ovul Soveti va nohiya, shahar Sovetlari rayosatlarining iltimosiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining iltimosiga muvofiq amalga oshiriladi. Shahar posyolkalari, qishloqlar, ovullar va aholi punktlariga nom berish, ularning nomini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining sessiyalarida qabul qilingan qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Ma’muriy-hududiy bo‘laklar va aholi punktlariga nomlar umumdavlat manfaatlari, jug‘rofiy, tarixiy, milliy, tabiiy va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda beriladi va o‘zgartiriladi. Ma’muriy-hududiy bo‘laklar va aholi punktlarining nomi faqat alohida hollardagina o‘zgartirilishi mumkin. Ma’muriy-hududiy bo‘laklar va aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish chog‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki mazkur viloyatda bor bo‘lgan, shaharlar va nohiyalarga esa — O‘zbekiston Respublikasida bor bo‘lgan nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Viloyat, shahar, nohiya, shahardagi nohiya, qishloq, ovul, shahar posyolkalari va aholi punktlariga odamlarning nomi, shuningdek siyosiy voqea va hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonalarga, temir yo‘l stansiyalariga, aeroportlarga, muassasalarga, tashkilotlarga, o‘quv yurtlari va boshqa obyektlarga, shuningdek mahallalar, prospektlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, maydonlar, hiyobonlar, istirohat bog‘lari va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga davlat, jamoat arboblari, siyosiy arboblar, Vatan himoyachilari, Mehnat Qahramonlari, fan, madaniyat arboblarining hamda boshqa xizmat ko‘rsatgan kishilarning nomlarini berish faqat ularning vafotidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Respublikaga va mahalliy idoralarga bo‘ysunuvchi korxonalar, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlariga, jamoa xo‘jaliklari, shirkatlar va boshqa xil birlashmalarga, shuningdek tabiiy-jug‘rofiy obyektlarga nom berish, ularning nomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Xalq deputatlari shahar, posyolka, qishloq, ovul Sovetlariga bo‘ysunuvchi hududda joylashgan mahallalar, prospektlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ko‘priklar va boshqa inshootlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli xalq deputatlari Sovetlari rayosatlari (nohiyaga bo‘ysunuvchi shahar, shahar posyolkasi, qishloq va ovullarga — xalq deputatlari tegishli Sovetlari ijroiya qo‘mitalari) tomonidan amalga oshiriladi. Mahallalar, prospektlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari va aholi punktining boshqa tarkibiy qismlariga odamlarning nomini berish xalq deputatlari tegishli Sovetlar rayosatlarining iltimoslari asosida xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari rayosatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyat doirasida mavjud aholi punktlarini hisob qilib borish va yangi paydo bo‘lgan aholi punktlarini ro‘yxatga olish ishlari, xalq deputatlari nohiya (shahar) Sovetlari rayosatlarining iltimoslariga muvofiq, tegishlicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat Sovetlarining rayosatlari tomonidan amalga oshiriladi. Vaqtinchalik ahamiyatga ega bo‘lgan va aholisi doimiy bo‘lmagan kichik (xo‘jaliklari soni 10 tadan oshmaydigan) aholi punktlari alohida hisobga olinmaydi, balki xo‘jalik, ma’muriy yoki hududiy jihatdan ular qaysi aholi punkti bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha aholi punktiga qo‘shib hisobga olinadi. Aholisi ko‘chib ketgan yoki boshqa joyga ko‘chirilgan aholi punktlari xalq deputatlari nohiya (shahar) Sovetlari rayosatlarining iltimosnomalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari tegishli viloyat Sovetlari rayosatlari tomonidan hisobdan chiqariladi. Qonunda belgilangan tartibda shahar, shahar posyolkasi doirasiga kirgan yoki boshqa aholi punktlari bilan birlashtirilgan aholi punktlari ham hisobdan chiqarilgan hisoblanadi. Ma’muriy-hududiy bo‘laklarni ifodalovchi atamalar O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va zarur hollarda autentik tarjimada rus va boshqa tillarda yoziladi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari rayosatlariga ushbu Qonunga ilova qilingan ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjat va ma’lumotnomalar topshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlarining rayosatlari ma’muriy-hududiy bo‘linishda ushbu Qonunga muvofiq yuz bergan o‘zgarishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga har oyda xabar berib turadilar. Ma’muriy-hududiy birliklar va aholi punktlarini tuzish, tugatish, ularga nom berish, nomini o‘zgartirish, aholi punktlarini shaharlar, shahar posyolkalari toifasiga o‘tkazish, qayta tuzish va ularning bo‘ysunishini o‘zgartirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar, nohiyalar, shaharlardagi nohiyalar, qishloqlar, ovullar chegaralarini o‘zgartirish hamda ularning ma’muriy markazlarini ko‘chirish, aholi punktlarini birlashtirish, hisobga olish va qayd etish, shaharlar va shahar posyolkalarining chegaralarini belgilash va kengaytirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining farmonlari, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari rayosatlarining qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi”da e’lon qilinishi shart.
105
16,088
Qonunchilik
Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!
Biznesni tekshirish – davlatning nazorat borasidagi vakolatlarini amalga oshirish shakllaridan biri. Nazorat qiluvchi organlarning maqsadi esa tekshirilayotgan tashkilot faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiq kelishini aniqlashdir. Tadbirkorlik faoliyati turli yoʻnalishlar boʻyicha tekshiriladi. I. Moliya-хoʻjalik faoliyati Bu bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish yoki хizmat koʻrsatish, buхgalterlik, moliyaviy, hisob-kitob, tovarning kuzatuv hujjatlari va statistik hujjatlarni yuritish, shuningdek boshqa хoʻjalik sub’yektlari-kontragentlar, moliya, bojхona, bank va boshqa organlar bilan oʻzaro munosabatlar tizimi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan faoliyatdir.  Tekshiruvchilarning e’tibor markazida boʻladigan birlamchi masalalar  — tuzilayotgan shartnomalarning qonuniyligi, toʻlovlarni amalga oshirish qoidalariga rioya etilishi, boshlangʻich hisobga olish hujjatlari rasmiylashtirilishining toʻgʻri olib borilishi, buхgalteriya hisobining yuritilishi, soliq, moliya va statistik hisobotlarning shakllashtirilishi va oʻz vaqtida topshirilishi tartibi boʻladi. Hozirgi kunda qonunga1 koʻra хoʻjalik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati asosan uch turdagi tekshiruvlardan oʻtadi: - taftish — uni oʻtkazish chogʻida soliq va valyuta qonunchiligiga rioya etilayotganini nazorat qilish uchun buхgalteriya, moliya, statistik, bank va boshqa hujjatlar ma’lumotlari oʻrganib chiqiladi va taqqoslanadi. Tekshirishlarning ushbu turi rejali yoki rejasiz tartibida amalga oshiriladi; - muqobil tekshiruv — ya’ni operatsiyalarning umumiyligi orqali oʻzaro bir-biriga bogʻliq boʻlgan va turli хoʻjalik sub’yektlarida yoki bir хoʻjalik sub’yektining boʻlimlarida saqlanayotgan hujjatlarni taqqoslash; - nazorat tartibida tekshirish  — oʻtgan tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi nazorat ostiga olinadi. II. Soliq qonunchiligining bajarilishi Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning byudjetga toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi soliq tekshiruvlarini oʻtkazish chogʻida aniqlanadi. Uning oʻtkazilish tartibi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. Bu mustaqil tekshiruv turi boʻlib, ikki shaklda amalga oshiriladi: - soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish) — I-boʻlimda ta’riflab oʻtilgandek rejali, rejasiz va muqobil soliq tekshiruvlari koʻrinishida  boʻlishi mumkin; - qisqa muddatli tekshiruv — uni oʻtkazish chogʻida soliq toʻlovchining alohida operatsiyalari tekshiriladi. U rejasiz soliq tekshiruvi koʻrinishida boʻladi va soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyati tekshiruvi bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan, JShDSning toʻgʻri ushlanayotganligi va soliq agenti sifatidagi boshqa operatsiyalarning tekshiruvi. III. Moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat Xoʻjalik faoliyati taftishi bilan bogʻliq boʻlmagan tekshiruvlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan odatda tasdiqlangan reja asosida bir yoʻla kompleks tekshiruvlar chogʻida oʻtkaziladi. Bunday organlar roʻyхati anchayin keng — oʻz sohalari boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi 33 vazirlik va idoralar. Yongʻin хavfsizligi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa nazorat turlari bunga misol boʻla oladi. Amaliy muhit: iliq kunlar boʻsagʻasida Tekshirishlar soni va shakllarining koʻpligi biznesning rivojlanishini toʻхtatib turadi. Buni tushungan holda, mamlakatimiz rahbariyati tekshirishlarning alohida turlarini2 bekor qilish qarorini qabul qildi. Bu yerda gap muqobil tekshirishlar toʻgʻrisida bormoqda, хususan, jinoiy ishlar boʻyicha tekshirishlar borasida ham. Bundan tashqari, quyidagi rejadan tashqari tekshiruvlar ham bekor qilinadi: - Prezident yoki Hukumat qarorlaridan kelib chiqadigan; - favqulodda holatlar vujudga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan; - sanitariya-epidemiologiya vaziyatining ogʻirlashuvi holatlarida, shuningdek chegaradosh mamlakatlardan yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli yuzaga kelgan taqdirda. Shu tariqa, хulosa qilish mumkinki, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi tekshirishlar oʻtkaziladi:  - хoʻjalik sub’yektlarining alohida toifalari uchun avvalgi imtiyozlarni saqlab qolgan holda rejali tekshiruvlarning barcha turlari. Masalan, yangi barpo etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari va  fermer хoʻjaliklari davlat roʻyхatidan oʻtgan kunidan boshlab dastlabki 3 yil mobaynida moliya-хoʻjalik faoliyatining rejali tekshiruvlari va rejali soliq tekshiruvlaridan oʻtmaydi (aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi va maqsadli byudjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq sub’yektlar uchun bu muddat – 2 yil); - yuridik shaхsning tugatilishida oʻtkaziladigan rejasiz soliq tekshiruvlari; - qisqa muddatli tekshirishlar, ammo ular faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qonunchilikni buzganlik  haqidagi murojaatlar asosidagi qaroriga koʻra oʻtkaziladi; - nazorat tartibidagi tekshirishlar; - sub’yektning moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan kompleks tekshiruvlar. Jazolardan ogohlantirishlar sari Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuv kamayadi, bu – soliq siyosatining eng muhim yoʻnalishi. Jinoiy va ma’muriy qonunchilikning keyingi erkinlashuvi bilan bir qatorda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va oldini olish ishlariga urgʻu berish topshirilgan. Ya’ni, bu yerda gap davlatning nazorat qilish vakolatini yangicha erkinlashgan shaklda amalga oshirilishi haqida bormoqda. Bu bir tomondan biznesning asosiy хohish-istagini aks ettiradi. Tadbirkorlik sektorining katta qismi davlat bilan muloqotga anchadan beri tayyor turibdi. Qanday toʻgʻriligini tushuntiring, aytib turing, maslahat bilan yordam bersangiz bas – hammasini risoladagidek bajaramiz. Oʻz vaqtida Soliq kodeksining yangi tahriri amalga kiritilishi bilan bogʻliq soliq huquqbuzarliklari sonining keskin oshib ketishi kuzatilgan edi. Sababi juda oddiy – tadbirkorlar aksariyat hollarda yangi “oʻyin qoidalarini” bilishmagan va ularni tushunishmagan. Ammo qonunni bilmaslik, ma’lumki, javobgarlikdan ozod etmaydi. Biznesning davlat bilan yoʻlga qoʻyilgan muloqoti — endi nafaqat yoʻnalish, intilish, balki huquqiy imperativ hamdir. Davlat organlari koʻproq e’tiborni qonunchilikning qoida va talablarini tushuntirishga, ularni amalga oshirish tartibiga qaratishlari shart. Eng keng tarqalgan хato va kamchiliklarni aniqlash uchun amaliyotni umumlashtirish va tizimlashtirish darkor. Boshqa tomondan, muqaddam huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan shartlarni bartaraf etish huquqni muhofaza qilish faoliyatining ajralmas qismi boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. Albatta, hech kim jazolanmaslik hissini tuymasligi kerak – noqonuniy faoliyat sari intiluvchilar, profilaktika choralarini pisand qilmaganlar jazoga tortilishi shart va shunday boʻladi ham. Nazariyadan amaliyotga Biz hodisalardan oldinga oʻtib ketmoqchi emasmiz. Prezident Farmonida e’lon qilingan qoidalarning katta qismi mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar tarzida   oʻz aksini topishi kerak. Natijalarni esa oʻshanda sarhisob qilamiz. Hozircha esa faqat bir narsani aniq aytish mumkin: eng muhim masala – qabul qilingan qarorlar ma’no-mazmunining yanglish tushunilishiga yoʻl qoʻymaslik. Huquqlarni amaliyotga tatbiq etish amaliyoti qonun ruhiyatiga toʻla mos kelishi lozim. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz 1Oʻzbekiston Respublikasining 24.12.1998 yildagi 717-I-son «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Qonuni 2Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 05.10.2016 yildagi PF-4848-son Qarori. Mavzu boʻyicha materiallar: Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar  bekor qilinadi Biznes-ombudsman: Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar amaliyoti
37
8,033
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2020-yil va 2021-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tomonidan 2020-yil va 2021-yilning o‘tgan davrida (bundan buyon matnda hisobot davrida deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalari hamda 2020-yil 20-yanvardagi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi ma’ruzasida ko‘rsatilgan vazifalar yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, qonunchilik faoliyati doirasida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida va ekspertlarni jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda ma’qullash uchun Senatga kiritilgan 3 ta qonun (2020-yilda 1 ta, 2021-yilning o‘tgan davrida 2 ta) dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan. Nazorat-tahlil faoliyati doirasida 22 ta tadbir o‘tkazilgan. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi qonunlarning joylardagi ijrosi, xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi sohalar o‘rganilgan. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish borasida 5 marotaba tegishli soha rahbarlarining axborotlari eshitilgan. Qo‘mita tomonidan faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Qonunlarning ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini o‘rganish faoliyati doirasida 5 ta qonunni tatbiq etishga qaratilgan qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi hamda amalda qo‘llanilishi holati monitoring qilinib, natijasi bo‘yicha Senat Kengashi qarori qabul qilingan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratilgan. Xususan, Qo‘mita a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 17 121 ta (2020-yilda 7 034 ta, 2021-yilning o‘tgan davrida 10 087 ta) yozma murojaat, shu jumladan 3 270 ta Senatga kelib tushgan murojaat ko‘rib chiqilgan. Nazoratga olinib, taalluqliligi bo‘yicha tashkilotlarga yuborilgan 2 009 ta murojaatdan 904 tasi (45 foizi) ijobiy hal qilingan, qolgan 1 105 ta (55 foizi) murojaat yuzasidan fuqarolarga tushuntirish berilgan. Qo‘mita a’zolari tomonidan Senatda va joylarda jami 4 114 nafar fuqaro qabul qilingan. Saylovchilarni tashvishga solayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va ular yechimi yuzasidan zarur choralar ko‘rish maqsadida 562 ta uchrashuv o‘tkazilgan. Shuningdek, tegishli hudud va saylovchilar manfaatlariga taalluqli muammolarni hal etish borasida parlament nazoratining senator so‘rovi shaklidan samarali foydalanib, murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 85 ta senator so‘rovi yuborilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida aholi bilan uchrashuvlarda hamda jamoatchilik tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga 2 ta parlament so‘rovi tayyorlanib, Senat qarori bilan yuborilgan. Natijada hududlarda aholini, xususan xotin-qizlarni tashvishga solayotgan turli darajadagi hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi qator muammolar hal etilgan. Qonunlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish, fuqarolarga davlat dasturlarini ijro etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berish maqsadida televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlar va bosma davriy nashrlarda 12 mingga yaqin materiallar e’lon qilingan. Shu bilan birga, qo‘mita faoliyatida hali o‘z yechimini kutayotgan, xotin-qizlar va gender tenglik masalalarida e’tibor qaratiladigan imkoniyatlar mavjud. Xususan: xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish; mehnat jamoalarida, ayniqsa, xususiy sektorda, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan tashkilotlarda band bo‘lgan xotin-qizlarning manfaatlarini qonuniy himoya qilinishini ta’minlash; xotin-qizlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish tizimi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini olib borish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish tizimi samaradorligini oshirish. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2020-yil va 2021-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risida Qo‘mita raisi M. Kadirxanovaning axborotini eshitib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2020-yil va 2021-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi Qo‘mita raisi M. Kadirxanovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi: amaldagi qonunchilikda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini, boshqaruvdagi rolini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy parlament nazoratini amalga oshirsin; Qo‘mita faoliyati doirasida ayollar manfaatlarini himoya qilish, gender tenglik, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rsin; xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyoz va kafolatlarning xotin-qizlar e’tiboriga yetkazishni ta’minlashga qaratilgan manzilli tadbirlarni amalga oshirsin; hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash jarayonlarini, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ishlar holatini o‘rgansin va ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish orqali Qo‘mitaning sayyor majlislarini muntazam o‘tkazsin, ularda tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbarlarining axborotlarini eshitsin, mavjud muammolarni joyida bartaraf qilsin; Senatga kelib tushgan murojaatlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarni taalluqliligiga qarab bevosita joylarga chiqqan holda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raislari bilan birgalikda o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rsin. 3. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda: davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlash; xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini ta’minlash; xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida ishsizlik darajasini kamaytirishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish; mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish; hududlarda haqiqiy holatdan kelib chiqqan holda oilaviy-maishiy zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan takliflar tayyorlash; uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollarning oilalarini ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy va gigiyenik madaniyatni yanada oshirish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin; ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotni 2022-yilning 1-mayiga qadar Senatga taqdim etsin. 4. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi a’zolariga: Senatning yalpi majlislarida ma’qullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng aholi e’tiboriga yetkazish maqsadida joylarda mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini doimiy ravishda amalga oshirish; qonunchilik hujjatlari ijrosining ta’minlanishi, aholini tashvishga solayotgan muammolar yechimi yuzasidan parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanib, parlament eshituvlari, Qo‘mita hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari majlislarida muammolar yechimi bo‘yicha faol ishtirok etish; dolzarb masalalar yuzasidan senator so‘rovini yuborish hamda uning natijasini Qo‘mita, Senat Kengashi majlislarida yoxud Senatning yalpi majlisida eshitish uchun takliflar berib borish tavsiya etilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalariga: hududlarda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; Qo‘mita a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari joylarda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish tizimidagi muammolarni o‘rganib, mahalliy Kengashlarda muntazam muhokama qilish; jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan noqonuniy holatlar bo‘yicha mahalliy Kengashlarda eshituvlarni tashkil qilish va natijasi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish; o‘z majlislarida (tegishliligi bo‘yicha) hududiy davlat organlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin. 6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova zimmasiga yuklansin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
182
10,456
Qonunchilik
Moliya vazirligi 2018 yil uchun byudjet boʻyicha takliflarni qabul qilmoqda
Moliya vazirligi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qildi. Shu bois keng jamoatchilikka oʻz takliflarini bildirish taklif etilgan. “Manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolarni 2018 yil uchun ishlab chiqilayotgan soliq-byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonida fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashishlarini soʻraymiz”,  – deyiladi хabarda. Konsepsiya boʻyicha takliflarda quyidagilar inobatga olinishi kerak: Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar asosidagi hamda amaldagi soliq tizimini chuqur tahlil etgan holda takliflarni berishga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilgan. Takliflarni Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markaziga quyidagi manzil boʻyicha yuborish lozim: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 29 (moʻljal: Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (4-qavat). E-mail: [email protected], Otaboyeva Sevara 239-12-81; 239-19-18.
75
1,078
Qonunchilik
“IKKILAMChI BOZORDA ERKIN KONVERTATSIYA QILINADIGAN VALYUTADA AMALGA OShIRILADIGAN QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BITIShUVLARGA HISOB-KITOB-KLIRING XIZMATI KO‘RSATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 29-dekabrdagi 2006-17, 5, 283-V-son “Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1658, 2007-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 79-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Muqaddimada “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimada “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda HKP deb yuritiladi) — qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi; savdolarning tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va birja yoki birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, HKP bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs; HKP a’zosi — qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish to‘g‘risida HKP bilan shartnoma imzolagan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi; savdolar qatnashchilari — HKP a’zolari yoki o‘z nomidan va o‘z hisobidan yohud o‘z mijozlari uchun qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish uchun tashkillashtirlgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar; savdo hisob raqami — deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va tashkillashtirilgan savdolarga qo‘yilgan yoki tashkillashtirilgan savdolarda tuzilgan bitimlar bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining (keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui; HKPdagi shaxsiy hisob raqam — mijoz yoki HKP a’zosining, shuningdek, savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablag‘larini hisobga olish uchun mo‘ljallangan HKPning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui; to‘lovga qarab yetkazib berish — qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini o‘tkazish faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari ishtirokchilarining hisob raqamlarida amalga oshirilgan bitimlarni bajarish uchun mo‘ljallangan zarur miqdordagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari borligi tekshirilganidan va guvohlantirilganidan (tasdiqlanganidan) so‘ng amalga oshiriladi; “savdolarga chiqarish harakati to‘xtatildi” bo‘limi — birja va birjadan tashqari savdo tizimlarida sotish uchun qo‘yiladigan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan maxsus bo‘lim. Mazkur bo‘lim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisobvarag‘ida ochilishi mumkin; “yetkazib berish harakati to‘xtatildi” bo‘limi — tashkillashtirilgan savdolar natijalariga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Mazkur bo‘lim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisob raqamida ochilishi mumkin; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi; xizmat ko‘rsatuvchi bank — HKPning o‘zi tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun mo‘ljallangan HKPning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga va (yoki) HKP a’zolari va mijozlarining pul mablag‘larini hisobga olish va saqlash uchun mo‘ljallangan talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha HKPga xizmatlar ko‘rsatuvchi bank”. 2. HKP faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son “Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda), mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”; v) 21-bandning oltinchi xatboshisidagi “ikkinchi darajadagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
250
6,540
Qonunchilik
YaYLOV ChORVAChILIGI XO‘JALIKLARI XODIMLARINING ISh HAQIGA USTAMALARNING KOEFFITSIYENTLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaylov chorvachiligi (qorako‘lchilik, qo‘ychilik, yilqichilik va tuyachilik) xodimlarini ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 7-yanvardagi Farmonining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va viloyatlarning hokimliklari bilan kelishilgan yaylov chorvachiligi xo‘jaliklari xodimlarining (ro‘yxat ilova qilinadi) ish haqiga ustamalarning koeffitsiyentlari tasdiqlansin. Ko‘rsatilgan ish haqiga ustamalar xo‘jaliklar va korxonalarning daromadlari hisobidan amalga oshirilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga respublika xo‘jaliklari uchun xuddi shunday ro‘yxatni tasdiqlash tavsiya etilsin.
115
748
Qonunchilik
Suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, shuningdek, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazir Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yida ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Suvqurilishinvest” DM — buyurtmachilar etib; bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan; bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni qurilganhamda rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishga yo‘naltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazsin. 4. 2018-yildan boshlab: Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan budjet mablag‘larini qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruksiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi: bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlasin; qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi ko‘chatlar bilan ta’minlasin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda — qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan ihota va ko‘kalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni yer uchastkalari bilan ta’minlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar ko‘rsinlar; barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish obyektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat o‘rnatsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
132
5,924
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. Ta’kidlab o‘tilsinki, 2012-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 39,2 mlrd co‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: makroiqtisodiy barqarorlikka hamda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga va raqobatbardoshliligiga erishilishini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha strategik ahamiyatga molik va samarali investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, eksport tuzilmasini diversifikatsiya qilish hamda yangi tashqi savdo bozorlari faol o‘zlashtirilishini, bank tizimining resurslar bazasi ko‘paytirilishi va banklarning investitsiyaviy faolligi kuchaytirilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shart-sharoitlar yaratilishini, ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar to‘liq hamda o‘z vaqtida moliyalashtirilishini, soliq tushumlari mexanizmining maqbullashtirilishi va takomillashtirilishini budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining hamda 2012-yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining bajarilishini ta’minlasin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashga, shuningdek budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, soliq bazasini va mintaqalarning moliyaviy salohiyatini kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish hamda shu asosda mahalliy budjetlar xarajatlarining to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlashga qaratilsin. 4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
2,325
Qonunchilik
ILM-FANNI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh VA INNOVATSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Fan-texnika imkoniyatlarini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda fanning ahamiyatini oshirish ham muhim tadqiqotlar va innovatsiya jarayonlari kengaytirilishini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. Ilmiy tadqiqot institutlarida va oliy o‘quv yurtlarida xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek innovatsiya ishlari 1992 — 1995-yillarda qo‘shimcha qiymatdan soliq to‘lashdan ozod qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasi ilm-fanni rivojlantirishni va innovatsiya faoliyatini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash yuzasidan bir hafta muddat ichida qaror qabul qilsin.
101
668
Qonunchilik
2022 yil uchun jamoa shartnomasi umumiy maketi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari organlaridan olingan takliflar hamda qonunchilikdagi yangiliklar asosida 2022 yil uchun jamoa shartnomasining umumiy maketi ishlab chiqildi. Xususan, maketdan 2021 yilda oʻz kuchini yoʻqotgan bir qator qonunosti hujjatlari normalari chiqarib tashlandi. Shu bilan birga, barcha tashkilotlarning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati «2022-2026 yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi»ga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqqan holda, ish beruvchiga хom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchi tashkilotlarni tanlashda, ushbu tashkilotlar tomonidan mehnat sohasidagi asosiy prinsiplarga va huquqlarga rioya etilishi nuqtai nazaridan, lozim darajadagi ehtiyotkorlikni namoyon qilish majburiyati yuklatildi. «Mehnat shartnomasi, bandlik kafolatlari» boʻlimida ish beruvchiga mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, unga oʻzgartirishlar kiritishda «Yagona milliy mehnat tizimi»da muqarrar ravishda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlash majburiyati yuklatildi. Shuningdek хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga rozilik soʻrab kiritilgan yozma taqdimnoma kasaba uyushmasi qoʻmitasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining 19.03.2021 yildagi 2-37-son qarori bilan tasdiqlangan «Kasaba uyushmasi organlarida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqish tartibi» asosida koʻrib chiqilishi belgilandi. «Ish vaqti va dam olish vaqti» boʻlimida amaldagi maketda yilning sovuq fasllarida ochiq joylarda yoki isitilmaydigan yopiq хonalarda mehnat qiluvchilarga maхsus tanaffuslar berilishi belgilandi. Yangi maketda mazkur norma yilning issiq faslida ochiq joylarda mehnat qiluvchi хodimlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. «Mehnatni muhofaza qilish» boʻlimida Xalqaro mehnat tashkilotining «Mehnat хavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisida»gi 187-sonli Konvensiyasiga ogʻishmay rioya etish talabi kiritildi. «Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida»gi Qonunga asosan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa muzokaralarini oʻtkazish, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash, uning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek boshqa lokal hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish maqsadida teng huquqlilik asosida ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha ikki tomonlama komissiya faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Jamoa shartnomasi maketiga koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida ishlab chiqilgan ayrim me’yorlar ham kiritildi. Jumladan, хodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek profilaktik emlashdan oʻtishni rad etgan taqdirda (sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmaganda) ish beruvchi uni ishga qoʻymaslikka haqli ekani belgilab qoʻyildi. Shuningdek maketga quyidagilar yuzasidan tavsiyalar kiritildi: 2022 yil uchun jamoa shartnomasi umumiy maketi Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining veb-Portalida joylashtirilgan. Lola Abduazimova.
62
3,335
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 34-pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zbekyengilsanoat” AK” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 17-bandidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-oktabrdagi 305-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 45-son, 546-modda) 2-bandi yettinchi xatboshidagi va 8 — 10-bandlaridagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 13-son, 103-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarorining 30-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorining 1, 2-bandlari va 13-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 7-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 12-son, 145-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida to‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 33-34-son, 342-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarorining 22-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6- son, 27-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “Yengilsanoatservis” unitar korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 31-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 4-5-son, 36-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” DAK ustav fondi miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida” 2013-yil 30-dekabrdagi 348-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 6-modda).
249
4,085
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING YILLIK HISOBOTINI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI, HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI ORGANLARI VA NAZORAT TUZILMALARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42 — II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.1-bandining 1.1.5-kichik bandini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. 2. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etilgan yillik hisoboti (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining hisobot Senatda tinglanishidan oldingi yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri har yili Senatga davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risida axborot (bundan buyon matnda axborot deb yuritiladi) taqdim etadi. Axborotda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining axborot Senatda tinglanishidan oldingi yildagi faoliyatini monitoringlari, tahlillari va tekshirishlarni amalga oshirish natijalari bayon etiladi. 4. Hisobot va axborot Senatga har yili 1-fevraldan kechiktirmasdan bir nusxada tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan imzolangan ilova xati bilan bevosita yoxud pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi. Senatga ushbu hujjatlarning elektron nusxalari ham elektron axborot tashish vositalarida taqdim etilishi yoki ular Senatga elektron pochta tizimi orqali yuborilishi shart. 5. Hisobot va axborot Senat Devonida ro‘yxatga olingan kundan boshlab Senatga taqdim etilgan hisoblanadi. 6. Kelib tushgan hisobot va axborot Senat Raisiga topshiriladi. Senat Raisi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga (bundan buyon matnda Senat qo‘mitasi deb yuritiladi) hisobot va axborotni Senat qo‘mitasining majlisida dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni topshiradi. 7. Hisobot va axborot Umumiy bo‘limga nusxa ko‘chirish va Senat qo‘mitasiga hamda Senat Raisining topshirig‘ida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarga berish uchun topshiriladi. 8. Hisobot va axborot Senat Devonining Rahbariga, ularning nusxalari esa Senat Raisining o‘rinbosariga, Senat qo‘mitasiga, Yuridik bo‘limga, Nazorat-axborot bo‘limiga, Matbuot va tarjima bo‘limiga, Senatning matbuot kotibiga beriladi. 9. Senat qo‘mitasi: a) hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zarur materiallarni tayyorlashni tashkil etadi; b) Senat qo‘mitasi ishida qatnashish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, jamoatchilik va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillarini, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillarini taklif qiladi; v) tegishli hujjatlar (Senat qo‘mitasining qarorlari, Senat qo‘mitasi majlislarining bayonnomalari va h.k.) rasmiylashtirilishini tashkil etadi; g) Senat Kengashiga, Senat Raisiga hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot beradi; d) hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yuzasidan Senat Kengashiga takliflar kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi; e) ushbu masalalar bo‘yicha Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi; j) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; z) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 10. Hisobot va axborot Senat qo‘mitasiga kelib tushganidan keyin Senat qo‘mitasi raisining qarorlari bilan qo‘mita huzurida hisobot va axborotni tahlil qilish hamda Senat qarorlarining loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun ishchi guruhlar tuzilishi mumkin. Hisobot bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Axborot bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakillari, taqdim etilgan axborotda ko‘rsatilgan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining vakillari kiritiladi. 11. Ishchi guruhlar taqdim etilgan hisobot va axborotni tahlil qiladi, ushbu masalalar yuzasidan ilgari qabul qilingan Senat qarorlari ijro etilishining holatini o‘rganadi. 12. Ishchi guruh a’zolari ishchi guruh majlislari o‘tkaziladigan sana haqida oldindan xabardor qilinadi. 13. Hisobot va axborotni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Senat qo‘mitasi tomonidan Senatning tegishli qarorlari loyihalari tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining o‘tgan yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqidagi Senat qarorining loyihasida, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qonuniylikni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tgan yilda qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi Senat qarorining loyihasida, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek bu yo‘nalishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tgan yilda qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi Senat qarorining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudiga hamda boshqa organlar va tashkilotlarga ham tegishli tavsiyalar berilishi mumkin. 14. Hisobot va axborot dastlabki tarzda Senat qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqiladi. 15. Senat qo‘mitasining majlisi, agar unda Senat qo‘mitasi a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 16. Senat qo‘mitasining majlisi ochiq o‘tkaziladi. Zarur hollarda Senat qo‘mitasi yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 17. Senat qo‘mitasining majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakillari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining rahbarlari taklif qilinadilar. Senat qo‘mitasining majlisiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. 18. Senat qo‘mitasining majlisida: hisobot bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori, axborot bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri ma’ruza bilan chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri bo‘lmagan taqdirda tegishincha ularning o‘rinbosarlaridan biri ma’ruza bilan chiqadi. Majlis davomida Senat qo‘mitasining a’zolari taqdim etilgan hisobot va axborotni aniqlashtirish maqsadida ma’ruzachilarga, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari rahbarlariga savollar berishlari mumkin. 19. Senat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirini, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar rahbarlarini, mutaxassislar va olimlarni, ommaviy axborot vositalarining vakillarini Senat qo‘mitasining majlisi o‘tkaziladigan sana to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi. 20. Senat qo‘mitasining hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish bo‘yicha Senat Kengashiga takliflar kiritish to‘g‘risidagi qarorlari Senat qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 21. Senat qo‘mitasining hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish to‘g‘risida takliflar qilingan qarorlari Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi. 22. Senat qo‘mitasining majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 23. Senat Kengashi hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. 24. Senat qo‘mitasining raisi Umumiy bo‘lim bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillariga, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar rahbarlariga, mutaxassislar va olimlarga Senatning navbatdagi yalpi majlisida qatnashish uchun tegishli ruxsatnoma berilishini tashkil etadi. 25. Senatning yalpi majlisida hisobot va axborotni tinglash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29 — I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi. 26. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalariga Senat qo‘mitasi raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilib, Senat Raisining o‘rinbosariga topshiriladi. Senat Raisining o‘rinbosari tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarorlarining loyihalari Senat qo‘mitasiga qaytariladi. 27. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining belgilangan tartibda viza qo‘yilgan loyihalari Senat qo‘mitasining raisi tomonidan Senat Devoni Rahbariga topshiriladi. 28. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlari loyihalarning nusxalari, shuningdek boshqa zarur hujjatlar Umumiy bo‘lim xodimlari tomonidan ko‘paytiriladi va Nazorat-axborot bo‘limiga topshiriladi. 29. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalari bilan bir vaqtda Senat qo‘mitasi tomonidan Senat Devoni Rahbari bilan kelishilgan holda ushbu qarorlarni tarqatish varaqlari tayyorlanadi. 30. Senatorlarga Senatning yalpi majlisida muhokamada qatnashish uchun hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalari va boshqa zarur hujjatlar topshiriladi. 31. Senatning yalpi majlisida hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarini tegishli blankada chiqarilishi ta’minlanib, Senat qarorlarining rus tilidagi elektron nusxasi Umumiy bo‘limda, davlat tilidagi nusxasi esa Matbuot va tarjima bo‘limida saqlanadi. 32. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat Raisining o‘rinbosari, Senat qo‘mitasining raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarorlari Senat qo‘mitasining raisi tomonidan imzolash uchun Senat Raisiga topshiriladi. 33. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining Umumiy bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan nusxalari qarorlar qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida ushbu qarorlarni tarqatish varaqlarida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladi. 34. Hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarining ijrosini nazorat qilish, qoida tariqasida, Senat qo‘mitasi zimmasiga yuklatiladi. Senat qo‘mitasining raisi Senat qarorining ijro etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardir. 35. Hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek agar ushbu qarorlar faoliyatiga taalluqli bo‘lsa, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ijro etilishi shart. 36. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarining ijro etilishi bilan bog‘liq axborot va materiallarni Senatning tegishli qarorlari bilan belgilangan muddatlarda taqdim etishlari shart. 37. Senat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalaridan Senat qarorining ijro etilishi natijalari bo‘yicha kelib tushayotgan axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ish olib boriladi. 38. Zarur hollarda Senat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalaridan qo‘shimcha hujjatlar, xulosalar, statistik va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. 39. Senatning hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini tashkiliy, axborot, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi. Senat Devoni bo‘limlarining Senatning yuqorida ko‘rsatilgan vakolatini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.
250
16,395
Qonunchilik
Paхta teruvchilar mehnatiga haq toʻlash kafolatlanadi, teхnikani olib kirishga imtiyozlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.09.2020 yildagi 545-son qarori bilan 2020 yil paхta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Xalqaro bozor kon’yunkturasi hamda mahsulot yetishtirish хarajatlaridan kelib chiqqan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi va boshqa idoralar tomonidan quyidagilar belgilangan: Paхta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paхta хom ashyosi yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklariga biriktirilgan hududda paхta хom ashyosini qoʻlda va mashinada terib olish uchun mehnat va хizmat haqini belgilangan tariflardan kam boʻlmagan narхlar boʻyicha mustaqil hisoblash tavsiya etilgan. Ishsiz va vaqtinchalik band boʻlmagan aholidan iborat terim otryadlari va klasterlar rahbarlari oʻrtasida mavsumiy ishga qabul qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish hamda yigʻim-terim mavsumi yakuniga qadar 2 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash nazarda tutilgan. Ushbu хarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek hujjat bilan viloyatlar kesimida paхta хom ashyosini yigʻib-terib olish uchun zarur mablagʻlarni qoplash maqsadida moliyalashtirish manbalari boʻyicha rejalashtirilayotgan mablagʻlar tasdiqlandi. Respublika boʻyicha jami talab etiladigan mablagʻ 3 412 132 mln soʻmni tashkil etadi, undan 24,6%ini klasterlarning oʻz mablagʻi hisobidan qoplash nazarda tutilmoqda, qolgan qismi bank kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi. Moliya vazirligi paхta-toʻqimachilik klasterlari paхta хom ashyosini terib olish uchun yillik 16% stavkada (shundan 1%i – bank marjasi) kredit ajratish maqsadida 3 oy muddatda qaytarish sharti bilan «Agrobank» ATB depozitiga 1,3 trln soʻmgacha mablagʻlar joylashtirilishini ta’minlashi lozim. Paхta-toʻqimachilik klasterlariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga ish kuchi yetishmovchiligi mavjud boʻlgan hududlarga iхtiyoriy ravishda terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish va ularga kafolatlangan mehnat haqi toʻlash boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilishni ta’minlash topshirildi. Ularning ta’lim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari хodimlarini, shuningdek ta’lim muassasalari oʻquvchilari va talabalarini paхta хom ashyosi yigʻim-terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qoʻyish yuzasidan shaхsan mas’ul ekanliklari belgilandi. Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi davrida terimchilarga tegishli tibbiy хizmatlar tashkil etilishini ta’minlashi lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.09.2020 yildan kuchga kirdi.   Lola Abduazimova.
98
2,774
Qonunchilik
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, balansli va kompleks qurishni ta’minlash yo‘li bilan shaharsozlik va arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; 2016 — 2019-yillar davrida Nukus shahri va viloyatlarning ma’muriy markazlari bo‘lgan shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish (tuzatish kiritish) jadvali (keyingi o‘rinlarda jadval deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli istiqbolga prognoz hisob-kitoblarni shakllantirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida: hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti; ijtimoiy infratuzilmani, shu jumladan xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti; mavjud tabiiy va mineral-xomashyo resurslarni hisobga olgan holda hududiy sanoatni rivojlantirish yuzasidan — “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti; yerdan foydalanuvchilar, aholi punktlarining loyiha chegaralariga kiritiladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va boshqa ekin maydonlari tarkibini aniqlash yuzasidan — “O‘zdaverloyiha” yer tuzish ilmiy-tadqiqot instituti jalb etiladi. 3. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har besh yilda — shaharlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari amalga oshirilishi kompleks xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek har o‘n yilda — zamonaviy shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy talablar hisobga olingan holda ularga tuzatish kiritilishini ta’minlasin. 4. Quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri va ma’muriy markazlar bo‘lgan shaharlarning bosh rejalari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi (tuzatish kiritilishi) bo‘yicha ishlar (xizmatlar)ning buyurtmachilari etib; “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlari — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini va mufassal rejalashtirish loyihalarini, shuningdek shahar va shahar chegarasi loyihalarini ishlab chiquvchilar etib; “O‘zGAShKLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkiloti — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun kompleks muhandislik-texnik izlanishlar o‘tkazish (muhandislik-geologik qidiruvlar o‘tkazish, topografik xaritalar va rejalarni tuzish) bo‘yicha ishlarni ijro etuvchi etib belgilansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi har yili, 2016-yildan boshlab, Davlat budjeti parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 — 2018-yillar davrida Nukus shahri, ma’muriy markazlar bo‘lgan shaharlarning bosh rejalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish (tuzatish kiritish)ni moliyalashtirishga zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar. 6. Quyidagilarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini olib borish ishlarini bajarish va moliyalashtirish o‘z vaqtida tashkil etilishi uchun; loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlariga — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini to‘laqonli olib borish ta’minlanishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, ixtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari va davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini; ixtisosli ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mavjud tizimi samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni takomillashtirilishini ta’minlasin. 8. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan obyektlar qurilishiga ruxsatnomalar berishda va yer uchastkalari berishda bosh rejalar buzilganligi, shuningdek yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olingandagi harakatsizlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. 3-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, shahar chegarasi loyihalari, kompleks muhandislik izlanishlarini o‘tkazish, aholi punktlarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalarini, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish sxemalari va bo‘limlarini tuzish, ekologiya ekspertizasi xulosalari, aholisi (fuqarolar yig‘ini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan ko‘p bo‘lgan fuqarolar qishloq yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish — nazarda tutilgan budjet mablag‘lari, shu jumladan, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; aholisi (fuqarolar yig‘ini organlari joylashgan aholi punktidagi yashovchilar soni) 5 ming nafardan kam bo‘lgan fuqarolar qishloq yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, ekologiya ekspertizasi xulosalari, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish — mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazish ishlarining qiymati indeksatsiya qilinmaydi va bo‘lajak yillar loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlari bilan belgilangan summalar miqdorida moliyalashtiriladi”. 2. 2015 — 2018-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturidan (qarorga 1-ilova) 18-qator chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 52-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda) ilovaning 17-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarori)” 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 10-modda) ilovaning 3-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
183
9,723
Qonunchilik
2009 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirish, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli o‘tkazishda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan: 2009-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda navlar bo‘yicha ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi 1-ilovaga* muvofiq; “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2009-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash hajmlari to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq; “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun 2009-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq; boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2009-yil hosilidan superelita urug‘ligini tayyorlash to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga: bahorgi ekishga yetarli hajmda sifatli, kalibrlangan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash; sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past bo‘lmagan urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi; don ekuvchi xo‘jaliklar mazkur qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, respublika hududida ekish tavsiya qilinmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev: boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi; ilg‘or fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘plangan ijobiy tajribaning umumlashtirilishi va tadbiq etilishi, navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish bo‘yicha agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi; boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul bo‘lgan muddatlarda — sug‘oriladigan yerlarda 2008-yilning 20-oktabrigacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishini ta’minlash ustidan tizimli nazoratni tashkil etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2009-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2008-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan: urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin. 6. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2008-yilning 20-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2008-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin. 7. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
140
4,070
Qonunchilik
1993 YILNING 1 IYuNIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALARNING, BOLALI OILALAR IJTIMOIY NAFAQALARINING MIQDORLARINI OShIRISh HAMDA RESPUBLIKANING ISTE’MOL BOZORINI HIMOYA QILISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
Mehnat haqini oshirish, ichki iste’mol bozorini himoya qilish, boshqa mintaqalarga nisbatan arzonroq narxdagi mollar va buyumlar ancha miqdorda olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida: 1. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida: ish haqining eng oz miqdori oyiga 7500 so‘m; fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 7500 so‘m miqdorida; mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 8125 so‘m qilib belgilansin, hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan barcha turlardagi pensiyalarning miqdorlari 2,5 baravar oshirilsin. 2. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 2,5 baravar ko‘paytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin. 3. Bolali oilalarning ijtimoiy nafaqalari 2 baravar oshirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqini, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarni oshirishga mazkur farmonda ko‘zda tutilgan sarf-xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin. 5. Budjetdan pul bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlar va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari o‘z vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar. 6. Qo‘shimcha qiymatga belgilangan soliqning 6 foizi korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldirilib, ular mehnatga haq to‘lashni ko‘paytirishga sarflansin. 7. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik hisobidagi korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga o‘zlarining daromad manbalari hisobidan ish haqining yangi eng oz miqdorlarini joriy etish va mehnatga haq to‘lashni oshirish, daromad manbalari cheklangan taqdirda esa bank muassasalari aniq maqsadni ko‘zlab beradigan imtiyozli kreditlar hisobidan oshirish tavsiya qilinsin. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, tijorat banklari korxonalarni, tashkilotlar va muassasalarni yillik 3 foizdan oshmaydigan to‘lov sharti bilan 45 kun muddat ichida zarur kredit mablag‘lar bilan ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalariga, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi choralar ko‘rsin. 9. 1993-yilning hosilidan boshlab paxta — 4,3 baravar, chorva va sutning, shuningdek davlat buyurtmasi hisobiga sotiladigan meva-sabzavot mahsulotlari ayrim turlarining amaldagi xarid narxlari o‘rta hisobda 2 baravar oshirilsin. 1993-yil hosilidan boshlab sholi, pomidor, karam, sabzi va olmaga erkin (shartnomaviy) narxlar belgilansin. 10. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab qat’iy yoki tartibga solib turiladigan narxlar va tariflar bo‘yicha aholiga sotiladigan oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mollari va xizmatlarning chegaralangan chakana narxlari o‘rta hisobda 2 baravar oshirilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonning belgilangan muddatlarda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi tegishli qarorlar qabul qilsin.
203
3,241
Qonunchilik
Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini tashkil etishda samarali hamkorlikni ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda qarzdorlikni undirish choralarining tezkorligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida: 1. Bosh prokuraturaning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida (keyingi o‘rinlarda — Byuro) quyidagilarga mo‘ljallangan Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron hamkorlik tizimi) yaratish haqidagi taklifi ma’qullansin: qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish; davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish (qabul qilish); sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llash. 2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda Byuro bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — hamkorlik qiluvchi tashkilotlar) ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Byuroga mazkur ro‘yxatni boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan kengaytirish, shuningdek, ular bo‘yicha qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik sxemasini kelishilgan holda belgilash huquqi berilsin. 3. Belgilansinki, Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik: 2 — 19-ilovalarga* muvofiq sxemalar bo‘yicha; mavjud ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlagan va qonun hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ko‘rgan holda ruxsatsiz foydalanishga imkon bermaydigan himoyalangan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali; hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish yoki hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini Byuroning axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish yoxud hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini Byuroning axborot tizimi bilan integratsiya qilish yo‘li bilan; Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar va texnologik yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Belgilansinki, hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlaridagi yoki ma’lumotlar bazalaridagi takomillashtirishlar yoxud elektron hamkorlik to‘g‘risidagi texnologik yo‘riqnomaning o‘zgarishiga olib kelayotgan har qanday o‘zgartirish Byuro bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Yagona elektron hamkorlik tizimiga integratsiya qilinadi. 5. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar: hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar va texnologik yo‘riqnomalar tuzilishini; hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilishni inobatga olgan holda Yagona elektron hamkorlik tizimi ishga tushirilishini ta’minlasin. Belgilansinki, hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish bo‘yicha ishlar, shu jumladan dasturiy ta’minotni yaratish, o‘z xodimlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
138
4,445
Qonunchilik
“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi QL-796-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi QL-796-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
267
Qonunchilik
Tashish vositalarini tijorat maqsadlarida foydalanish uchun vaqtinchalik olib kirish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasiga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Tashish vositalarini tijorat maqsadlarida foydalanish uchun vaqtinchalik olib kirish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasiga qo‘shilinsin.
139
261
Qonunchilik
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: audiovizual resurs (AVR) — texnik vositalar yordamida qayta aks ettiriladigan tasviriy va/yoki ovozli va matnli axborotdan iborat axborot-kutubxona resursi; axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot; axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui; axborot-kutubxona fondining harakati — axborot-kutubxona resurslarining hisob hujjatlarida aks ettiriladigan kiritilish va chiqarilish jarayoni; bozor narxi — iqtisodiy holat, talab va takliflar tendensiyalari hamda raqobatni hisobga olgan holda tegishli mahsulot (kitoblar, (AVR), elektron nashrlar) bozorida shakllanadigan narx; jamlanma hisobga olish — axborot-kutubxona muassasasining axborot-kutubxona fondi hajmi, tarkibi va undagi o‘zgarishlar (kirish, joyni o‘zgartirish, chiqish) haqida to‘liq ma’lumotlarni olish maqsadida barcha axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish; yillik komplekt — axborot-kutubxona resursining bir hisob birligi sifatida qabul qilinadigan bir yillik davriy nashrlar sonlari (nashrlari) yig‘indisi. 2. Axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi: hisobga olish axborotining to‘liqligi va ishonchliligi; axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan ko‘rinishda rasmiylashtirish; qabul qilishlar va hisobga olish shakllarining mosligi va ularning ishonchliligi. 3. Axborot-kutubxona resursi hisobini yuritishda quyidagilar amalga oshiriladi: axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish; axborot-kutubxona resurslarini markalash; axborot-kutubxona resurslari qabul qilinganda, joyi o‘zgartirilganda, chiqarilganda ro‘yxatga olish; axborot-kutubxona resurslarining fondda mavjudligini tekshirish. 4. Axborot-kutubxona muassasasi: axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslarining umumiy va yakka tartibda hisobga olinishini belgilangan hisobga olish birliklarida amalga oshirishi; axborot-kutubxona resurslarini nusxalarda hisobga olish birliklarining ularni saqlash va berish birliklari bilan taqqoslanishini ta’minlashi lozim, gazetalar, jurnallar, varaqli nashrlar bundan mustasno. 5. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: axborot-kutubxona fondining barcha bo‘linmalarini hisobga olish; axborot-kutubxona fondi bo‘yicha “1-madaniyat” shaklida davlat statistika hisobotini topshirish; ayrim axborot-kutubxona resurslarining, shu jumladan kitob yodgorliklarining, alohida (maxsuslashtirilgan) hisobga olinishi. 6. Kitob yodgorliklariga kiritilgan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, tarix va madaniyat yodgorliklarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan ushbu Yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari bo‘lib axborot-kutubxona resursining turi va shaklidan qat’i nazar, axborot-kutubxona muassasasiga keladigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari hisoblanadi. 8. O‘z tarkibida almashinadigan va rezerv axborot-kutubxona fondlariga ega axborot-kutubxona muassasalari ushbu axborot-kutubxona fondlarining alohida hisobini yuritadi. 9. Bosma nashrlar, chop etilmagan, audiovizual, elektron axborot-kutubxona resurslari fondi hajmini hisobga olishning birliklari bo‘lib, nusxa va nomi, gazetalar uchun esa yillik komplekt va nomi hisoblanadi. Axborot-kutubxona fondi va uning bo‘linmalarining umumiy hajmi nusxalarda hisobga olinadi. 10. Bosma nashrlar va chop etilmagan axborot-kutubxona resurslari uchun axborot-kutubxona fondining hajmini hisobga olishning qo‘shimcha birliklari bo‘lib, metrotokcha, yillik komplekt (gazetalardan tashqari) va muqovalangan komplekt (podshivka) hisoblanadi. 11. Barcha mustaqil rasmiylashtirilgan matbaa nashrlari (gazetalardan tashqari) yoki ularning nusxalari alohida hisobga olinishi kerak. 12. Quyidagi kitoblar va risolalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi: har bir yangi nashr (kitob, risola) yoki alohida nashr qilingan nusxa; umumiy muqova bilan sun’iy birlashtirilgan nashrlar (konvolyutalar); yakka tartibdagi sarlavhaga ega ko‘p jildli nashrning har bir alohida jildi (nashr, qism); birlashtiruvchi papka, muqova, manjetkada chiqarilgan risolalarning har biri; kitob seriyasiga (raqamlangan yoki raqamlanmagan) kiruvchi har bir kitob yoki risola; yakka tartibdagi sarlavha va mustaqil ma’noga ega kitoblar, risolalarga alohida nashr qilingan ilovalar. 13. Jurnallar va davomli nashrlar nomi o‘zgarishidan qat’i nazar, nomi va nusxasi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda alohida saqlanadigan son (jild, nashr), shuningdek bitta blokka muqovalangan sonlar (jildlar, nashrlar) komplekti nusxa hisoblanadi. 14. Davomli nashrning yakka tartibdagi sarlavhaga va o‘z raqamiga ega seriya (kichik seriya) alohida nomlar sifatida hisobga olinadi. 15. Mustaqil nashr qilinadigan, yakka tartibdagi sarlavhaga va mustaqil raqamga ega jurnallar uchun davriy ilovalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi. 16. Gazetalarni hisobga olishning asosiy birliklari bo‘lib, gazeta sarlavhasining o‘zgarishi va komplektning to‘liqligidan qat’i nazar, axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan butun yillar ichidagi gazetaning yillik komplekti va nomi hisoblanadi. 17. Bir kunlik (bir martali) gazetalarni hisobga olish birliklari bo‘lib gazetaning nusxasi (soni, nashri) va nomi hisoblanadi. 18. Yakka tartibdagi sarlavhaga va o‘z raqamiga ega gazetalar uchun alohida chiqarilgan davriy ilovalar mustaqil hisobga olinadi. 19. Tasviriy nashrlar (albomlar, komplektlar, alohida varaqli nashrlar)ni hisobga olish birliklari bo‘lib, nusxasi va nomi hisoblanadi. 20. Quyidagi tasviriy nashrlar alohida nashrlar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi: yakka tartibdagi sarlavhaga ega har bir alohida chiqarilgan jild, albom nashri yoki davomli nashrlar; noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilmagan tasviriy nashrlar seriyasining har bir varag‘i (nashri). 21. Noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan varaqli nashrlar bitta nusxa va bir nom sifatida hisobga olinadi. 22. Notali nashrlarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi. Bitta nashrda partitura (klavir) bilan birlashtirilgan alohida turkumlar (ovozlar), shuningdek noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan turkumlar (ovozlar) bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi. Alohida nashr qilingan alohida partitura (klavir) va turkumlar (ovozlar) turli nusxalar sifatida hisobga olinadi. Bitta muqovada (konvolyutada) birlashtirilgan mustaqil nomli nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi. 23. Kartografik nashrlarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi. Kartografik nashrlarga xaritalar, xarita-sxemalar, planlar, atlaslar va shu kabilar kiradi. 24. Quyidagi kartografik nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi: alohida raqamlangan yoki sana qo‘yilgan nashrlardan iborat atlaslar; xarita yoki atlas seriyali nashrining har bir nashri. 25. Umumiy nom bilan birlashtirilgan bir necha varaqlarda (yopishtirilishi kerak bo‘lgan) nashr qilingan xarita bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi. 26. Umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan ko‘p jildli (ko‘p varaqli) kartografik nashrlar jildlar soni va bitta nom bo‘yicha hisobga olinadi. Alohida nashr qilingan, ammo mustaqil mazmunga ega bo‘lmagan turli nashrlar (kitoblar, risolalar, jurnallar va hokazolar)ga bo‘lgan kartografik ilovalar alohida hisobga olinmaydi. 27. Fotoresurslar va mikroshakllardagi resurslarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi. 28. Axborot-kutubxona resurslarining nusxasi bo‘lib: a) gramplastinka va kompakt-disk uchun — disk; b) magnit fonogramma uchun — g‘altak, kasseta va bobina; v) videoresurs uchun — kasseta yoki disk; g) fotoresurs (diapozitiv) uchun — kadr; d) mikroshakldagi resurs uchun: mikrofish uchun — fish; mikrofilm uchun — rulon hisoblanadi. 29. Kinoresurslarni hisobga olish birliklari bo‘lib kinofilmlar uchun bobina, diafilmlar uchun esa rulon hisoblanadi. 30. Quyidagilar bitta nom sifatida hisobga olinadi: alohida chiqarilgan gramplastinka, kompakt-disk, kasseta; gramplastinkalar, kompakt-disklar va kassetalarning umumiy nom bilan birlashtirilgan komplekti (albomi); bitta g‘altak (kasseta)dagi magnit fonogramma, umumiy nom bilan birlashtirilgan bir nechta g‘altaklar (kassetalar)dagi magnit fonogramma; alohida chiqarilgan fonoresurs yoki umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan fonoresurslar komplekti; tashkil qiluvchi qismlar yoki diapozitivlar komplekti uchun kadrlar sonidan qat’i nazar, kinofilm, diafilm, umumiy nom bilan birlashtirilgan fishlar komplekti. 31. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari bo‘lib disketa, optik disk flesh-karta (CD-ROM, DVD va shu kabilar), shuningdek ularning nomi hisoblanadi. Agar ajratib olinadigan tashuvchilar nashrga ilova shaklida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ular alohida nusxa sifatida hisobga olinmaydi. 32. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari bo‘lib, nusxasi, nomi, fayl, diskda xotira egallagan hajmi hisoblanadi. 33. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslari uchun mustaqil direktoriyaga rasmiylashtirilgan turli formatlardagi uning har bir taqdim etilishi yangi nom hisoblanadi. Boshqa formatga qayta yozish natijasida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari ham hisobga olish jarayonidan o‘tadi. 34. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resursini boshqa kompyuterga yoki ajratib olinadigan tashuvchiga xuddi shu formatda, ammo dastlabki resursni yo‘q qilgan holda qayta yozishga joyini o‘zgartirish sifatida qaraladi va manzilini (kompyuter yoki ajratib olinadigan diskning raqami va boshqa atributlarini) almashtirishdan boshqa qo‘shimcha rasmiylashtirishni (kelib tushishini yoki chiqarilishini) talab qilmaydi. 35. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish, ularni doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslariga ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 36. Bepul majburiy nusxasini doimiy saqlash sharti bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelib tushadigan mahalliy axborot-kutubxona resurslari, shuningdek depozitar saqlash uchun qabul qilinadigan axborot-kutubxona resurslarining bitta nusxasi unga inventar raqami berilib, doimiy saqlash uchun hisobga olinishi kerak. Axborot-kutubxona resursining turi, uning hajmi, mavzusi va boshqa formal belgilaridan qat’i nazar, kitobxonlarni kundalik va prognoz qilinadigan talabini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslari ularga inventar raqami berilib, uzoq muddat saqlanishi uchun hisobga olinishi kerak. 37. Axborot-kutubxona muassasasi tomonidan sovg‘a sifatida olingan axborot-kutubxona resurslari (kitoblar, albomlar, boshqa nashrlar) hadya qilish dalolatnomasi asosida axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladi. 38. Axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladigan axborot-kutubxona resurslari markalanadi. Bunda shtempellar, kitob belgilari, yakka tartibdagi mashina o‘qiydigan shtrixli kodlardan foydalanish mumkin. Axborot-kutubxona resurslarini markalashda ularning tegishliligini belgilanishini, estetik talablarga javob berishini, markalash belgisining uzoq muddatga chidamliligini, matn yoki boshqa belgili axborotning saqlanishini ta’minlash lozim. 39. Yakka tartibdagi tashuvchilarsiz elektron axborot-kutubxona resurslari maxsus kompyuter dasturlari yordamida markalanadi, bunda tegishlilik belgisi umumiy direktoriya tarkibidagi mustaqil fayl bilan rasmiylashtirilishi yoki elektron axborot-kutubxona resursiga kiritilishi mumkin. 40. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan yoki chiqariladigan barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat ro‘yxatiga olish varag‘i, hisob-faktura, yuk xat, reyestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida jamlanma hisobiga olinadi. Qabul qilinadigan to‘plamlarda kuzatuv hujjatidagi ma’lumotlar bilan farqlar, shuningdek keraksiz yoki nuqsonli axborot-kutubxona resurslari yuborilganligi aniqlanganda, ular bo‘yicha yetkazib beruvchiga tegishli e’tirozlar bildirilishi lozim. 41. Jamlanma hisobga olish qog‘oz yoki elektron shaklda yuritiladigan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida amalga oshiriladi. 42. Axborot-kutubxona fondining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shakldagi Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismlarida qayd qilinadi: 1-qism — “Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursi”; 2-qism — “Axborot-kutubxona fondidan chiqarish”; 3-qism — “Axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari”. 43. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi to‘liq to‘ldirilishi lozim. 44. Yil yakuni bo‘yicha axborot-kutubxona fondining yillik harakatining yakuni chiqariladi. Axborot-kutubxona muassasasida qabul qilingan hisobga olish tartibiga muvofiq axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari chorak yoki yarim yil uchun chiqarilishi mumkin. 45. Axborot-kutubxona resursining har bir nusxasini yakka tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali amalga oshiriladi. Bunda, davriy bosma nashrlari ularga inventar raqami berilmasdan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd ettiladi. Yakka tartibdagi raqam axborot-kutubxona resursi axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo‘lish vaqtida unga biriktiriladi. 46. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish shakllari bo‘lib mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inventar kitobi, shuningdek hisobga olish katalogi kartochkasi va ro‘yxatga olish varaqchalari hisoblanadi. 47. Inventar kitoblari axborot-kutubxona resurslarining har bir turlari bo‘yicha alohida yuritiladi. 48. Axborot-kutubxona resurslari to‘plami qabul qilingandan so‘ng u Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi va barcha nusxalarga inventar raqami berilib ular xatlovdan o‘tkaziladi hamda mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda axborot kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. 49. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish ularni fonddan chiqarish sabablari va asoslarini aniq ko‘rsatgan holda Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobiga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. 50. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan axborot-kutubxona resurslari o‘rniga qabul qilingan nashrlar mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Foydalanuvchilardan yo‘qolganlar o‘rniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish daftarida qayd qilinadi. Unga kiritilgan yozuvlar asosida kelib tushgan va chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha dalolatnomalar tuziladi, bu dalolatnomalar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining tegishli qismlariga qayd qilinadi. 51. Axborot-kutubxona muassasasining faoliyat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona fondlaridan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi ikkinchi qismining tegishli ustunlariga qayd qilinadi. 52. Axborot-kutubxona fondini tekshirish uchun axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tekshirish komissiyasi tayinlanadi va ushbu komissiya tarkibiga buxgalteriya vakili kiritilishi lozim. 53. Axborot-kutubxona fondini tekshirish: moddiy javobgar shaxs almashtirilganda; axborot-kutubxona resurslarini o‘g‘irlash, suiiste’mol qilish yoki buzish holatlari aniqlanganda; tabiiy ofat, yong‘in va boshqa holatlarda; axborot-kutubxona muassasasi qayta tashkil qilinganda va tugatilganda amalga oshiriladi. 54. Fondlarni tekshirish quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: seyflarda saqlanadigan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha — 3 yilda bir marta; qadimiy va nodir axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha — 5 yilda bir marta; axborot-kutubxona muassasalarining 50 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 5 yilda bir marta; axborot-kutubxona muassasalarining 5 mingdan 100 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 7 — 10 yilda bir marta; axborot-kutubxona muassasalarining 100 mingdan 200 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 10 — 15 yilda bir marta; axborot-kutubxona muassasalarining 200 mingdan 1 mln hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — bosqichma-bosqich 15 — 20 yilda bir marta; 1 mln hisobga olish birliklaridan ko‘p bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlari — butun axborot-kutubxona fondining tekshiruvini tugallagan holda tanlab olish tartibida bosqichma-bosqich 20 — 25 yilda bir marta. 55. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshiruvi hisobga olish va saqlash birliklari bo‘yicha amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshirish axborot-kutubxona resurslaridagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlar (fayllar miqdori) bo‘yicha amalga oshiriladi. 56. Inventar raqamlari berilgan axborot-kutubxona resurslarining barcha turlari tekshirilishi kerak. Agar tekshiruv jarayonida axborot-kutubxona resurslarining yo‘qligi aniqlansa, ularni qidirib topish choralari ko‘riladi. 57. Axborot-kutubxona fondini yoki uning qismini tekshirish komissiyaning xulosalari va yo‘q bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarining ro‘yxati yozilgan mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Axborot-kutubxona fondini tekshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish bilan yakunlanadi. 58. Hisobga olish hujjatlari doimiy saqlanishi lozim. 59. Ushbu Yo‘riqnomaning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. 60. Ushbu Yo‘riqnoma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
130
19,860
Qonunchilik
Deputatlarning daхlsizligi, shaхsga doir ma’lumotlar va davlat хaridlari
14.01.2021 yildagi OʻRQ-666-son Qonun qabul qilindi, unga muvofiq quyidagi NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi: Birinchidan, endi хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash uchun tegishli хalq deputatlari Kengashi va ularning rahbarlari roziligi talab etilmaydi (JPKning 239-m. 3-b.). Ikkinchidan, MJTK quyidagi holatlar uchun belgilanadigan javobgarlik toʻgʻrisidagi moddalar bilan toʻldirildi: Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini yetkazib berish boʻyicha bojхona organlari tomonidan belgilangan muddatlarga rioya etilmaganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaхslarga qoʻllaniladigan sanksiyalar chiqarib tashlandi (2274-m. 5-q.). Shuningdek ilgari olib kirilgan transport vositasini Oʻzbekistonning bojхona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaхs tegishli yigʻimni oʻz iхtiyori bilan bir ish kuni ichida toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi (22716-m. 6-q.). Boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Uchinchidan, quyidagilar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga qoʻyilishiga oid majburiyat belgilandi:   Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, umumiy teхnik reglamentlar bundan mustasno. Adliya vazirligida hujjatlarni hisobga qoʻyish ijobiy хulosa olinganidan keyin amalga oshiriladi. Toʻrtinchidan, Oliy Majlis Senatining nazorat vakolatlari va hal etadigan masalalari roʻyхati quyidagilar bilan toʻldirildi («Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Qonunning 302, 329, 3210-m.): Beshinchidan, «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunning 10, 16-moddalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim hamda fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni amalga oshirishdagi yigʻim Kapital bozorini  rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga toʻlanadi (ilgari – tegishincha respublika va davlat byudjetiga toʻlangan).   Oltinchidan, «Shaхsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaхsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari toʻgʻrisidagi 271-modda kiritildi. 14.04.2021 yildan kuchga kiradi. Yettinchidan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy organlari iqtisodiy, ma’muriy sudlarga va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan da’volar va arizalar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi («Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-m. 1-q. 30-b.; 9-m. 1-q. 10-b.; 10-m. 1-q. 102-b.). Boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan: Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 14.01.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
72
3,091
Qonunchilik
Professional ta’lim sohasiga - $162 mln
Vazirlar Mahkamasining 02.02.2022 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlarini jalb qilish orqali “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 51-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan loyihaning TIA, shuningdek asosiy qarzni qaytarish, foizlarni toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi. “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasining umumiy qiymati  $162 mln, shu jumladan: - $20,490 mln –Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 6 ta professional ta’lim muassasalarida qurilish-montaj ishlarini, jumladan, binolar va asbob-uskunalarni saqlab turish va ularga teхnik хizmat koʻrsatishni moliyalashtirishga; - $15,603 mln – soliq (QQS va aksiz soligidan tashqari) va bojхona imtiyozlarini berish hamda QQSni qoplashga; - $4 250 mln – oʻrnatilgan asbob-uskunalar va jihozlarga teхnik хizmat koʻrsatish qiymati, konsalting хizmatlari va mehnat resurslari bilan bogʻliq хarajatlarga; - $18,0  mln – loyihaga jalb etilgan oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash хarajatlariga; - $5,328 mln – investitsiyalash davrida moliyaviy хarajatlarni toʻlashga; - $5,328 mln – kutilmagan хarajatlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil etadi (2022-2026 yillar). Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻz tizimidagi muassasalarda loyihani amalga oshirish boʻyicha mas’ul organ hisoblanadi. Loyihaga kiritilgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish, jumladan, energiya samaradorligini oshirish maqsadida isitish tizimini yangilash, shuningdek, loyiha doirasidagi binolar va asbob-uskunalardan foydalanish va ularga teхnik хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot bankining qarzini soʻndirish, ular boʻyicha foizlar va majburiyat boʻyicha boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
39
2,482
Qonunchilik
Elektron hukumatning aхborot tizimlari va resurslari qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi
“Elektron hukumat” tizimining aхborot tizimlari va aхborot resurslarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3204, 19.12.2019 y.). Hujjat 2020 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi. Nizom “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Konunga muvofiq davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning (keyingi oʻrinlarda - davlat organlari va tashkilotlari) davlat хizmatlarini koʻrsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan aхborot tizimlari va aхborot resurslarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi. Ma’lumot uchun: Aхborot tizimi oʻzini aхborotni toʻplash, saqlash, izlash, uni qayta ishlash hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami aхborot resurslari, aхborot teхnologiyalari va aloqa vositalari sifatida namoyon qiladi. Aхborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi aхborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi aхborot resursi hisoblanadi. “Elektron hukumat” tizimi aхborot tizimlari va resurslarining Yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda - Yagona reyestr) aхborot tizimlari va aхborot resurslari roʻyхati hamda ular haqidagi aхborotni oʻz ichiga oladi. Internetda ochiq va umumiy foydalanilishi uchun joylashtiriladi. LBMA qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK  (keyingi oʻrinlarda – Operator) Yagona reyestrdan foydalanishni va uning faoliyatini nazorat qiladi, shu jumladan ma’lumotlar bazalarida joylashgan aхborotni qayta ishlaydi. Davlat organlari va tashkilotlarining davlat хizmatlarini koʻrsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan aхborot tizimlari va aхborot resurslari Yagona reyestrda majburiy tartibda roʻyхatdan oʻtkaziladi. Buning uchun davlat organi va tashkiloti Yagona reyestrdagi shaхsiy kabinet orqali aхborot tizimlari va resurslari ishga tushirilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan kechiktirmasdan talabnoma yuborishi kerak. Shaхsiy kabinet ochish uchun Operatorga yozma ravishda soʻrov yuborish lozim, u 2 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi, shundan keyin ariza beruvchiga unga kirish uchun yozma ravishda login va parol beriladi. Aхborot tizimlari va resurslarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun berilgan talabnoma Operator tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va roʻyхatdan oʻtkazilganligi yoki roʻyхatdan oʻtkazish rad etilganligi haqida shaхsiy kabinetga хabar yuboriladi. Faqat talabnomada хatoliklar yoki notoʻgʻri ma’lumotlar mavjud boʻlganda yoхud u toʻliq toʻldirilmaganda rad etishlari mumkin (boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi). Bunda 5 ish kunidan kechiktirmasdan  kamchiliklar bartaraf etilib, talabnoma qayta yuborilishi lozim. Bunda Operator 3 ish kuni ichida aхborot tizimi va resursini  qayta koʻrib chiqadi va roʻyхatdan oʻtkazadi. Aхborot tizimi yoki aхborot resursiga Yagona reyestrda noyob identifikatsiya raqami beriladi. Aхborot tizimlari va aхborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish davlat organi yoki tashkilotining talabnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Yagona reyestrdan chiqarilganligi haqida Operator ariza beruvchining shaхsiy kabinetiga хabar yuboradi. Aхborot tizimlari va aхborot resurslarini Yagona reyestrda roʻyхatdan oʻtkazish va roʻyхatdan chiqarish bepul amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
82
3,454
Qonunchilik
NEFT MAHSULOTLARI YETKAZIB BERILGANLIGI UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni sotishda hisob-kitob mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarorining 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 38-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. 2008-yil 1-apreldan boshlab barcha iste’molchilar uchun (neftni qayta ishlash zavodlaridan “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalariga va davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga dizel yonilg‘isi yetkazib berish bundan mustasno) oldindan majburiy haq to‘lashning quyidagi miqdorlari belgilansin: avtomobil benzini, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida; boshqa neft mahsulotlari uchun — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 50 foiz miqdorida”.
202
1,365
Qonunchilik
RESPUBLIKA DEHQONChILIK SANOATI KOMPLEKSINI BOShQARISh OLIY MAKTABINI RESPUBLIKA AGROBIZNES INSTITUTIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Dehqonchilik sanoati ishlab chiqarishida bozor munosabatlarini tashkil qilish va joriy etish hamda davlat, jamoa xo‘jaliklarini, korxonalarni va dehqonchilik sanoati kompleksining boshqa tuzilmalarini bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlata oladigan omilkor kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika dehqonchilik sanoati kompleksini boshqarish oliy maktabi uning 1991-yilgi xarajatlar smetasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Respublika agrobiznes institutiga aylantirilsin. Dehqonchilik sanoati kompleksi tizimidagi yoshlar va qobiliyatli mutaxassislardan menejerlar, brokerlar, maklerlar, agrobirja, brokerlik idoralari agentlari hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun boshqa kadrlarni 1 yillik o‘quv muddatida tayyorlash Respublika agrobirja institutining asosiy vazifasi deb hisoblansin. 2. Bunday kadrlarni dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari yordamida tayyorlashning 1992 — 1995-yillarga mo‘ljallangan topshirig‘i ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Davlat, jamoa xo‘jaliklarida va birlashmalarda, dehqonchilik sanoati kompleksi korxonalarida 1992-yil 1-fevraldan boshlab madaniy va maishiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tijorat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi kiritilsin. Dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, mahalliy boshqaruv organlari ushbu lavozimlarni Respublika agrobiznes instituti diplomlarini olgan mutaxassislar bilan ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Respublika agrobiznes institutiga respublikada bozor iqtisodiyoti va agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, institut aspiranturasida shu masalalar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun har yili mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” Respublika agrobiznes institutining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash uchun (uning talabnomasiga ko‘ra) institutni har yilgi moddiy-texnika ta’minoti rejasiga alohida satr bilan kiritsin.
127
2,136
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2000-yil birinchi choragidagi ko‘rsatkichlari Oliy Majlis tomonidan ma’qullangan doiralarda ekanligi va taqchilliksiz ijro etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha asosiy ustuvorliklarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning, shuningdek “Sog‘lom avlod” Davlat dasturini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarning o‘z vaqtida moliyalanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot taqdim etsin. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari soliq va moliya organlari bilan birgalikda budjetga daromadlar tushumini so‘zsiz ta’minlash, budjet intizomini mustahkamlash va davlat mablag‘larini sarflashda qat’iy tejamkorlikka rioya etish choralarini ko‘rsin.
92
1,288
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
80
357
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF–4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 3-dekabrdagi 111-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 2-dekabrdagi PF-4582-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2534, 2013-yil 6-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y. 49-son, 645-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi. 1. 2014-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududidagi eng kam: ish haqi — oyiga 107 635 so‘m; yoshga doir pensiyalar — oyiga 210 525 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 210 525 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 129 180 so‘m o‘rnatilsin. 2. 2014-yil 1-sentabrdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qo‘llagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qo‘llaniladi. 2014-yil 1-sentabrgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Farmonda belgilangan 1,12 baravar miqdorga oshirish yo‘li bilan qayta hisoblanadi. 3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (107 635 so‘m x 8 = 861 080 so‘m) ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik ish haqi inobatga olinadi. 4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida bo‘lgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 861 080 so‘m (107 635 so‘m x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bog‘liq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga ko‘paytiriladi. 5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik bo‘yicha pensionyerlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi. 6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (107 635 so‘m) kelib chiqib aniqlanadi. 7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
250
3,269
Qonunchilik
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi QL-704-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 26-oktabrda kiritilgan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi QL-704-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
94
630
Qonunchilik
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, respublika aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish va yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar neyroxirurgiya xizmatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: neyroxirurgiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini va uning tuzilmasini yanada takomillashtirish, jahon standartlari talablarini hisobga olgan holda neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish; zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy davolash-diagnostika bo‘limlari va operatsiya bloklarini qurish yo‘li bilan ilg‘or jahon yutuqlari darajasida neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasining eng samarali va yuqori texnologik usullaridan respublika aholisining foydalanishini va ehtiyojini ta’minlash; respublikaning barcha mintaqalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlagan holda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, neyroxirurg vrachlarning o‘z maktabini shakllantirish va rivojlantirish; neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida mamlakatda ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, ularni amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etish; yetakchi ixtisosli xorijiy tibbiyot tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, axborotni, to‘plangan tajriba va mutaxassislarni keng almashishni ta’minlash. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) respublika aholisiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha bosh tibbiyot tashkiloti hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish; mavjud tibbiyot texnikasi parkini doimiy ravishda yangilash va modernizatsiyalashni ta’minlash, Markazni zamonaviy xalqaro talablar darajasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; Markaz faoliyatini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish bo‘yicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish; Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiy ta’lim muassasalari va klinikalarida tajriba orttirishni tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirish va takomillashtirish; neyroxirurgik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash bo‘yicha o‘z ilg‘or usullarimiz va texnologiyalarimizni ishlab chiqish va tibbiyot amaliyotiga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish; neyroxirurgik kasalliklarni davolash va ular diagnostikasini doimiy ravishda takomillashtirish va o‘zimizning patentlangan usullarimiz va texnologiyalarimiz xalqaro e’tirof etilishiga erishish; hududiy ixtisosli tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini ular amaliyotiga joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazamlilik asosida amalga oshirish. 4. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Kompleks chora-tadbirlar tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: neyroxirurgiya sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi neyroxirurgiya xizmatining tashkiliy tuzilmasini bir oy muddatda tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
162
5,117
Qonunchilik
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2005-yil 30-sentabrdagi 01-1/54, 1-son qarori (ro‘yxat raqami 1525, 2005-yil 28-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq iste’moli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 9-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “nusxalari taqdim etiladi.” degan so‘zlar “nusxalari;” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “aynan bir xil mahsulot bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan hollarda ushbu tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) nusxasi taqdim etiladi.”. 2. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “51. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa — 3 yil muddatga, chetdan olib kelinayotgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega bo‘lmagan mahsulotga esa — muddati ko‘rsatilmasdan beriladi. Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan aynan bir xil mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.”. 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
214
2,180
Qonunchilik
SAYYoHLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELIShI VA KETIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 360-sonli qarori va turizmga taalluqli bo‘lgan boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasiga chet ellik turistlarni kirib kelishi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga sayyoh sifatida safar qilish to‘g‘risidagi qoidalarini tartibga solish, ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi: 1. “Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi” Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-mart, 908-son bilan ro‘yxatga olingan “Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi” va 2004-yil 19-may, 1357-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet ellik turistlarni qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlar bekor qilinsin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq, turizmga taalluqli boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasida turistik ekskursiyalarni amalga oshirish vaqtida kafolatlangan xizmatlar ko‘rsatish va sayyohlarni chet el safariga borishlarini rasmiylashtirish tartibini hamda chet ellik sayyohlarni qabul qilish jarayonida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el safarlariga borishi chog‘ida huquqlarini himoya qilish, xavfsizliklarini ta’minlash, turar joylarini kafolatlanishi hamda chet el safaridan o‘z vaqtida qaytishlari maqsadida ishlab chiqilgan. 1. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, turistik tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan chet ellik sayyohlar haqidagi ilovaga muvofiq ma’lumotnomani ular kirib kelishlaridan 5 kun oldin “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga taqdim etadilar. 2. Ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: a) kirib kelayotgan sayyohlar soni, ular qaysi davlatdan kelayotganligi va qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh bo‘lib boruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumot; b) transport vositasining davlat raqami; v) O‘zbekiston hududida yashash va ovqatlanish joylari ko‘rsatilgan holda, sayyohlarning harakat qilish marshrut va muddatlari. 3. Sayyohlarni qabul qiluvchi turistik tashkilotlar sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi: a) aeroport, vokzal va boshqa kirish joylarida chet ellik sayyohlarni kutib olish, ma’lumotnomada ko‘rsatilgan mehmonxonalarga joylashtirish va tegishli rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish; b) barcha yo‘nalishlarda sayohat tugaguncha sayyohlarni kuzatib borish; v) sayyohlarni respublika hududida belgilangan muddat davomida bo‘lishi va belgilangan muddat tugagandan so‘ng respublika hududidan o‘z vaqtida chiqib ketishlarini ta’minlash; g) xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni olish; d) ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni ta’minlash; e) belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash; j) zarur hollarda, chet ellik sayyohlar haqidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish; z) chet ellik sayyohlar tomonidan chegara hududidan o‘tish vaqtida belgilangan tartibga rioya qilinishida tegishli davlat organlariga ko‘maklashish. 4. Qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi. 5. Sayyohlarni chet el safariga yuborish “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Turistik tashkilot tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: sayyohlar ro‘yxati, guruh rahbari ko‘rsatilgan holda (ro‘yxat sayyohlarni jo‘natish vaqtidan kamida 3 ish kuni oldin topshirilishi lozim); qabul qilayotgan davlat vizasi; sayyohlarga taqdim etilgan turistik yo‘llanma; aviachipta; sayyohlar sug‘urta qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (sug‘urta polisi); sayyohlarni chet el safariga yuboruvchi O‘zbekiston Respublikasi turistik tashkilotining chet eldagi hamrohining sayyohlarga kafolatlangan xizmat ko‘rsatishini tasdiqlovchi hujjat; 6. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi turistik tashkilot taqdim etgan hujjatlar asosida hujjat topshirilgan kundan 2 kun muddatda hujjat topshirgan turistik tashkilot sayyohlarni chet elga yuborishiga o‘z roziligini yoki asoslantirilgan rad javobini beradi. Quyidagi hollarda turistik tashkilotlarga rad javobi berilishi mumkin: turizm sohasida faoliyat ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasi mavjud bo‘lmasa; chet ellik hamkorlari bilan imzolangan shartnoma muddati tugagan yoki shartnomasi bo‘lmagan taqdirda; soxta hujjatlar taqdim etganda. 7. Turistik tashkilot rahbari sayyohlar chet el safarlaridan qaytganlaridan so‘ng bir hafta ichida, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga sayyohlarni qaytganligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi. 8. Turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
107
6,260
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 20-fevraldagi PQ-589-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish — O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish respublika markazi”; 2. 9-bandga quyidagi tahrirdagi o‘n oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada to‘liq qondirish uchun telekommunikatsiyalar turli operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari tarmoqlarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida tarmoqlardan ustuvor foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirilishini tashkil etadi”; o‘n oltinchi — qirq uchinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n yettinchi — qirq to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 13-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqini, yong‘in, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning faoliyat ko‘rsatishini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan markazlashtirilgan boshqarish, telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan tashqari”.
116
2,770
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-379-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
712
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatli yoshlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining (keyingi o‘rinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriat dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari qabul kvotasining 90 foizi bo‘yicha qabul qilinishi. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun sirtqi ta’lim shakli joriy etilganligi, unda o‘qitish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida uch yil etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish shaffof va xolisona o‘tkazilishini ta’minlasin hamda har qanday korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya deb ataladi) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. Akademiya bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga (keyingi o‘rinlarda — Akademiyaga o‘qishga qabul qilish deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi. Bunda o‘qishga qabul o‘rinlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan taqsimlanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi. Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyasiga asosan Akademiyaga kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi. Bunda o‘qishga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalarga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Akademiyaga yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bunda faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari qabul kvotasining to‘qson foizi bo‘yicha qabul qilinadi. Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur. 4. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi. 5. Nomzodlar sinovlarni o‘zbek yoki rus tillaridan birini tanlagan holda topshiradilar. 6. Akademiyaga o‘qishga kirishdan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzod Akademiyaga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng ichki ishlar organlarida, shuningdek, taqsimot bo‘yicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmatni o‘tashi haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki o‘qishni tamomlagandan so‘ng besh yil ichida xizmatdan bo‘shatilsa, shartnomani muddatdan oldin bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, o‘qish davrida unga sarflangan barcha budjet mablag‘larini qoplashi bo‘yicha moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘qishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi. Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar Akademiyaga qabul qilinmaydi. 7. Akademiyaga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik deb ataladi) tomonidan vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanlov e’lon qilinadi. Unda ariza qabul qilinadigan manzil, tanlovni o‘tkazish muddatlari va joyi, o‘qishga qabul qilish shartlari hamda tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. 8. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda — ichki ishlar organlari deb ataladi) tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Ishchi guruhlar o‘z faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kunidan keyingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi. Ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan vazirlik Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida ishchi guruh tuziladi. 9. Akademiyaga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari raisligida Nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Qabul komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi. 10. Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 1-fevralidan 31-avgustiga qadar Akademiyada olib boradi. 11. Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. 12. Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish, yozma ish (bayon yoki insho) o‘tkazish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash, harbiy-tibbiy, yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiyalar tuzilishi mumkin. Shuningdek, Qabul komissiyasi tarkibida imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert guruhi tashkil etiladi. 13. Qabul komissiyasining raisi: Qabul komissiyasining ishini tashkil etadi; Qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi; kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi; kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. 14. Nomzodlar tanlovining Akademiyada o‘tkaziladigan tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish borasida Akademiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun Akademiya boshlig‘i o‘z vakolati doirasida buyruq (farmoyish) qabul qiladi. 15. Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar o‘zlarining doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari o‘z xizmat joyiga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi. Akademiyaga o‘qishga kirish istagida murojaat qilganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim yo‘nalishlari kesimida Akademiya rasmiy veb-saytida hamda hududiy ichki ishlar organlari idoralariga kirish qismida tashkil etilgan ma’lumotlar burchagida har kuni e’lon qilib boriladi. 16. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning sog‘lig‘i holatini aniqlashdan iborat. 17. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi: nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash; nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatga munosabati va boshqalar); nomzodning sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqliligini aniqlash. 18. Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi xodimi bo‘lgan taqdirda, ularning bildirgilari) qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar qabul qilinadi. 19. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol; anketa (ma’lumotnoma); harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi; o‘qish, ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma; doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan sog‘lig‘ining holati haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (bo‘y-basti ko‘rsatilgan holda); ota-onasining Akademiyaga o‘qishga kirishiga rozilik xati. Quyidagi hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi; ariza beruvchining yaqin qarindoshlari nogironligi (agar mavjud bo‘lsa) haqidagi guvohnomalar nusxalari; ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxalari; Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi; 3x4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz); nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tug‘ilganlik haqida guvohnomalar, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi. Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi taqdim etilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan xizmat o‘tash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qo‘shimcha hujjat yoxud ma’lumotlar talab qilib olinishi mumkin. 20. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olingan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining bildirgilariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yaqin qarindoshlarning pasporti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqidagi guvohnoma nusxalari; Akademiyaga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi; 3 x 4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz). 21. Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi. 22. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. 23. Dastlabki tanlov: vazirlik akademik litseylari bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun — ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida; harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun — (hujjatlarni to‘plash va o‘rganish tadbirlari) ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida; ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun — ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) o‘tkaziladi. 24. Dastlabki tanlov tadbirlari ishchi guruhlar tomonidan qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 1-aprelga qadar o‘tkaziladi. 25. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. 26. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarini tahlil qilish nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish usuli bilan o‘tkaziladi. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlov tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi. 27. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalari bo‘yicha nomzodning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mumkinligi to‘g‘risida ishchi guruhlar tomonidan xulosa chiqariladi. 28. Nomzod Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 29. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘lig‘iga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi. 30. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida ichki ishlar organlarida xizmat qilishga to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanganda yoki sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, hujjatlarni rasmiylashtirish to‘xtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan qaror qabul qilinadi va bu haqda nomzodga yozma xabar qilinadi. 31. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlari yig‘majildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodni maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish to‘g‘risida mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda xulosa chiqariladi. Ushbu xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga tikiladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari bilan birgalikda ishchi guruhlar tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Akademiyaga yuboriladi. Akademiyada taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatga olinadi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. 32. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodning ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi uchun sog‘lig‘ining mos kelishini hamda jismoniy tayyorgarligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat. 33. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi: taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni o‘rganish; nomzodning sog‘lig‘ini o‘rganish; nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, bilim darajasi va chet tillari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash; “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi kimyo, fizika va matematika fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini har tomonlama va xolisona baholash; nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish (maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha). 34. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; yozma ish (bayon yoki insho); umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash. “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni o‘rganish; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash. 35. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 25-mayga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi. 36. Ishchi guruhlar nomzodga reja-jadvalga muvofiq maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish joyi va muddatlari haqida ma’lum qiladi hamda uning hujjatlari Akademiyaga belgilangan muddatlarda to‘liq yetkazilishini ta’minlaydi. 37. Hujjatlar nomzod to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali o‘rganiladi. 38. Nomzod tibbiy ko‘rikdan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida nomzodning sog‘lig‘iga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqlilik darajasi to‘g‘risida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Akademiyada o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. 39. Yozma ish tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan metodikaga asosan o‘tkaziladi. 40. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi. 41. Chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasi mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi. 42. Kimyo va fizika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi. 43. Matematika fanini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga asosan baholanadi. 44. Tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi. 45. Maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 46. Yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan nomzod Qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilmaydi. Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga ko‘ra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilgan nomzodlar soni bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yilish uchun yetarli ball to‘plamagan nomzodlar, istisno tariqasida, bir qabul o‘rniga ikkita nomzodni tashkil etguniga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan to‘plagan ballaridan kelib chiqib, yuqori balldan pastga qarab ketma-ketlik tartibida yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yiladi. 47. Nomzodlarga maxsus kasbiy tanlovning yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash tadbirlari bo‘yicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 48. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Uzrli sabablar, ya’ni sog‘ligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i, farzandi, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvalida oxirgi o‘rinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi. 49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat. 50. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi. Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi. 51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan metodikaga asosan o‘tkaziladi. 52. Tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi yakuniy suhbat jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi. 53. Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar yakuniy yakka tartibdagi suhbatga kiritilmaydi, shuningdek, kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi. Uzrli sabablar, ya’ni sog‘ligining yomonlashuvi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i, farzandi, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi)ning vafot etishi tufayli belgilangan vaqtda kelmagan nomzodlarga maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvalida oxirgi o‘rinda turgan hududiy ichki ishlar organidan kelgan nomzodlar bilan birga yakuniy yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishiga ruxsat etiladi. 54. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat bo‘yicha nomzodni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi. 55. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan qayta o‘tishga ruxsat berilmaydi 56. Yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mohiyatini va qo‘yiladigan talablarni ochib berish, ularda ichki ishlar organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan ta’lim yo‘nalishini tanlashda yoshlarga yordam berish Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarining (keyingi o‘rinlarda — targ‘ibot ishlari deb ataladi) asosiy maqsadi hisoblanadi. 57. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklanadi: ichki ishlar organlarida targ‘ibot bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qilish; vazirlik va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar doimiy yangilanib turilishini nazorat qilish; Akademiyaning o‘quv-tarbiya jarayoni, o‘qishga kirish shartlari bayon qilingan bukletlar va plakatlar ichki ishlar organlari hamda vazirlik huzuridagi akademik litseylar, harbiy akademik litseylarga (keyingi o‘rinlarda — litseylar deb ataladi) yetkazilishini tashkil etish. 58. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda ichki ishlar organlariga quyidagi vazifalar yuklanadi: yoshlar va ichki ishlar organlari xodimlari orasidan Akademiyaga nomzodlarni tanlash ishlarini tashkil etish; ichki ishlar organlari binolarida o‘quv-maslahat burchaklari tashkil etish va ularni Akademiya hayotini, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot materiallari bilan jihozlash; litseylarda targ‘ibot tadbirlarida bevosita yoshlarning ishtirok etishini ta’minlash, ularga Akademiyada o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlarini ongli ravishda tanlashi uchun yordam berish; ichki ishlar organlari muzeylariga yoshlarning tashrifini tashkil etish. 59. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda Akademiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi: Akademiyadagi hayot va o‘qishning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi plakatlar, bukletlar va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash; Akademiya faoliyati va unga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish; tanishuv va ish o‘rganish amaliyotlari davrida Akademiyaning doimiy va o‘zgarib turuvchi tarkibining xodimlar va yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini tashkil etish. 60. Targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda litseylarga quyidagi vazifalar yuklanadi: litseylarda Akademiya hayotini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot, nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish; ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, Akademiyadagi o‘quv-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi videoroliklarni namoyish qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari sohasida faoliyat yuritgan faxriylar va Akademiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish. 61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball beriladi: ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori; yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Jaranese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori; nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori; fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori; boshqa xorijiy tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori. 62. Quyidagilar ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovda yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajalarini baholash, “Ekspert-kriminalistika faoliyati” yo‘nalishida umumjismoniy tayyorgarlik, matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan ko‘p ball to‘plaganda (keyingi o‘rinlarda — muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng deb ataladi) tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz o‘qishga qabul qilinadilar: terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari; harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari. 63. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining farzandlari ajratilgan besh foizli va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan har yili belgilanadigan kvotalar doirasida maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari (taqdimnomalari) asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda o‘qishga qabul qilinadi. Ajratilgan kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar. 64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari, shuningdek, vazirlik akademik litseylarining huquqshunoslik fani bo‘yicha idoraviy fan olimpiadasi g‘oliblari dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga ko‘ra, belgilangan qabul kvotalari doirasida o‘qishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadilar. 65. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda ushbu Nizomning 60, 61 va 62-bandlarida nazarda tutilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim mutaxassisligi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi vazirlik taqdimnomalari asosida 4-iyulgacha ular bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi. 66. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga o‘qishga qabul qilinadi. Akademiyaga o‘qishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi. 67. Qabul komissiyasi har yili 10-iyulga qadar nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun asos hisoblanadi. 68. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish jarayonida maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rindagi nomzodning to‘plagan ballari bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi Akademiyaga belgilangan kvotadan tashqari o‘qishga qabul qilinadilar. 69. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat paytida Akademiya hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi qat’iy man etiladi. Nomzod tomonidan sinovlarga lug‘at, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning o‘rniga kirishi, sinov o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va tanlovdan butunlay chetlashtiriladi. Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda, ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega. 70. Akademiyaga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan apellatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida apellatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Norozilik (apellatsiya) arizalari tanlov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda, bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan apellatsiya komissiyasi arizadagi vajlarni to‘liq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud qanoatlantirishni rad etadi. 71. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. 72. Apellatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar yozma ish (bayon, insho), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, chet tillari, kimyo, fizika va matematika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin. 73. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 74. Akademiyaga o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari Qabul komissiyasining qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi. 75. Akademiyaga o‘qishga qabul qilingan ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilariga xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma beriladi. 76. Nomzodni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar Akademiyada saqlanadi. 77. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Yozma ish nomzodning imloviy va tinish belgilariga oid (ishorat) savodxonlik darajasini, fikrlash hamda eslab qolish qobiliyatini baholash maqsadida o‘tkaziladi. 2. Yozma ish nomzodlar tomonidan bayon yoki insho yozish orqali o‘tkaziladi. 3. Yozma ish o‘tkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuv asosida malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. 4. Bayonning matnlari va insho mavzulari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq shakllantiriladi. 5. Bayonning matnlari va insho mavzulari 1-iyunga qadar Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 6. Bayon matnlari va insho mavzulari xato hamda kamchiliklarsiz bo‘lishi uchun yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi mas’ul hisoblanadi. 7. Matn va (yoki) mavzular yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 8. Yozma ish o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi komissiya a’zolari ichidan auditoriya kuzatuvchilarini belgilaydi. 9. Yozma ish o‘tkazilayotgan xonaga jadval, lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 10. Nomzodlar yozma ish o‘tkaziladigan auditoriyaga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 11. Yozma ish boshlanishidan oldin auditoriya kuzatuvchilari tomonidan nomzodlarga yozma ish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi. 12. Nomzod daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini hamda guruh raqami haqidagi ma’lumotlarni yozadi. Nomzodlarga daftar varaqlarini buklash, yirtish, farq qiluvchi belgilar qo‘yish, yozuvlar tagiga chizish, yozma ish yozishda ko‘k havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanish, yozma ish qoralamasini yozish taqiqlanadi va bu holatlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanadi. 13. Yozma ish o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzod yozma ishdan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning yozma ishi baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi. 14. Yozma ish o‘tkazilayotgan vaqtda begona shaxslarning yozma ish o‘tkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi. 15. Nomzodlarga bayon matni bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi hamda nomzodlarga bayon matnining takroran o‘qib eshittirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bayon matnining hajmi 250 — 300 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. Bayon matni o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlarga bayon yozish uchun 2 akademik soat (80 daqiqa) vaqt beriladi. 16. Nomzodlarga insho mavzusi bir marotaba tushunarli va to‘liq o‘qib eshittiriladi. Nomzodlarga insho yozish uchun 3 akademik soat (120 daqiqa) vaqt beriladi. 17. Nomzod tomonidan yoziladigan insho matni mantiqan izchil, tushunarli bayon etilishi, shuningdek, inshoning rejasi mavzuga mos, ijodiy hamda mustaqil tuzilishi lozim. 18. Yozma ish boshlangandan so‘ng nomzodlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi. 19. Yozma ishni muddatidan oldin yozib tugatgan yoki yozma ish yozish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod yozma ishini yozishni to‘xtatadi va o‘zining daftarini auditoriya kuzatuvchilariga topshirib, auditoriyani tark etadi. 20. Auditoriya rahbarlari nomzodlardan qabul qilib olingan daftarlarni mutaxassislarga tekshirish uchun topshiradi. 21. Auditoriyada matnni va (yoki) mavzuni o‘qib eshittirgan shaxsga shu auditoriyadagi nomzodlarning yozgan yozma ishlarini tekshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 22. Nomzodlar tomonidan yozilgan yozma ish “30” ballik tizimda baholanadi. Bunda savodxonlik uchun maksimal — 15 ball, ish mazmuni uchun maksimal — 15 ball. Yozma ishda savodxonlikni baholash mezoni: savodxonlikda 2 ta imloviy, 1 ta ishoratga oid va 1 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 4 tadan oshmagan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi; savodxonlikda 4 ta imlo, 3 ta ishoratga oid va 3 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 5 tadan ortiq, biroq 10 tadan oshmagan deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi; savodxonlikda 9 ta imlo, 6 ta ishoratga oid va 5 ta uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan, umumiy xatolar 11 tadan ortiq, biroq 20 tadan oshmagan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi; xatolarning umumiy soni 21 va undan yuqori bo‘lganda “0” ball bilan baholanadi. Yozma ish mazmunini baholash mezoni: yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, mantiqiy izchil, so‘z boyligi yaxshi, gap qurilishi va ifoda uslubi adabiy til talablariga mos, matn mazmuniga ijodiy yondashilgan deb topilganda — “15” ball bilan baholanadi; yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, so‘z tanlashda va ifoda qurilishida kamchiliklar kuzatilgan, ba’zi o‘rinlarda mantiqiy izchillik yetishmagan, o‘rinsiz takrorlashlar mavjud deb topilganda — “10” ball bilan baholanadi; yozma ish matni mazmunan to‘g‘ri, lekin gap tuzishda, ifoda qurilishida adabiy til me’yorlari buzilgan, so‘z boyligi kam, mantiqiy izchillik buzilgan deb topilganda — “5” ball bilan baholanadi; yozma ish mavzusi ochilmagan, fikrlar bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki boshqa mavzuda yozilgan deb topilganda, shuningdek, daftar bo‘sh holda topshirilganda “0” ball bilan baholanadi. 23. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yozma ishdagi xatolar 1 ta xato deb hisoblanadi: 5 ta o‘rinda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa; tinish belgilarini qo‘llashda 6 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda 3 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa. 24. Yozma ishdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi. 25. Yozma ish natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 26. Qaydnoma yozma ishni o‘tkazishda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 27. Yozma ish natijalari Qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali baholanadi. 2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi. 3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida bo‘lishlari shart. 4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar yigitlar va qizlar uchun alohida belgilanadi. 5. Quyidagilar o‘g‘il bolalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 3000 metrga yugurish. 6. Quyidagilar qizlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: kuch ishlatish mashqlari kompleksi; 100 metrga yugurish; 1000 metrga yugurish. 7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi. 8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmagan, shuningdek, mashqlarni bajarishda “0” ball bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 9. Quyidagilar turnikda tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin). Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. 10. Nomzod tomonidan bajarilgan turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi: 13 marotaba va undan ortiq tortilganda — “10” ball; 11-12 marotaba tortilganda — “7” ball; 9-10 marotaba tortilganda — “5” ball; 1 — 8 marotaba tortilganda yoki umuman tortila olmaganda — “0” ball. 11. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi. 12. Nomzod tomonidan bajarilgan 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi: a) o‘g‘il bolalar uchun: 14,2 soniya ichida bajarganda — “10” ball; 14,3 — 14,6 soniyada bajarganda — “7” ball; 14,7 — 15,4 soniyada bajarganda — “5” ball; 15,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball; b) qizlar uchun: 17,0 soniya ichida bajarganda — “10” ball; 17,1 — 17,8 soniyada bajarganda — “7” ball; 17,9 — 18,4 soniyada bajarganda — “5” ball; 18,5 soniyada va undan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball. 13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. 14. Nomzod tomonidan bajarilgan 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi: 12,50 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball; 12,50 daqiqadan ortiq, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda — “7” ball; 13,10 daqiqadan ortiq, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda — “5” ball; 13,45 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi. 15. Nomzod tomonidan bajarilgan 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi: 4,30 daqiqa ichida bajarganda — “10” ball; 4,30 daqiqadan ortiq, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda — “7” ball; 4,50 daqiqadan ortiq, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda — “5” ball; 5,20 daqiqadan ortiq vaqtda bajarganda yoki umuman bajarmaganda — “0” ball bilan baholanadi. 16. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi. Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: chalqancha yotiladi; qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi; dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi; qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart); qo‘llar bukilib, tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi. 17. Nomzod tomonidan bajarilgan kuch ishlatish mashqlari kompleksi quyidagicha baholanadi: 34 marotaba va undan ortiq bajarilganda — “10” ball; 32-33 marotaba bajarilganda — “7” ball; 28 — 31 marotaba bajarilganda — “5” ball; 1 — 27 marotaba bajarilganda yoki umuman bajarilmaganda — “0” ball. 18. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlarni baholash natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 19. Qaydnoma komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 1. Nomzodlarning chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlari yoki nazariy imtihon o‘tkazish orqali baholanadi. 2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ingliz, nemis va fransuz tillarini o‘zlashtirgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi. 3. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida boshqa chet tilini (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va boshqa tillar) o‘zlashtirgan nomzodlar uchun nazariy imtihon sinovlari o‘tkaziladi. 4. Test sinovlariga yoki nazariy imtihonga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta o‘tkazilmaydi. 5. Test savollari va nazariy imtihon savollari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tuziladi. 6. Test savollari va nazariy imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi. 7. Test savollari va ularning javoblari hamda nazariy imtihon savollari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi. 8. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada o‘tkaziladi. Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovlaridan o‘tadi. 9. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 10. Test sinovlarini o‘tkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart. 11. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi. Test savollarini yechish uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi. 12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi. 13. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno. 14. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 15. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 16. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning o‘zida nomzodga uning test sinovlari natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi. 17. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ball bilan baholanadi. 18. Test sinovlarining natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 1-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 19. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 20. Nazariy imtihon sinovlarini o‘tkazish uchun komissiyaga kelishuv asosida tegishli chet tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. 21. Komissiya nazariy imtihon boshlanishidan kamida 1 kun oldin nomzodlar e’tiboriga tasdiqlangan nazariy imtihon o‘tkaziladigan o‘quv dasturini, ularni baholash mezonlarini ma’lum qiladi. 22. Nazariy imtihonda nomzodga tegishli chet tili bo‘yicha quyidagi topshiriqlar beriladi: 1 betdan iborat matnni o‘qib berish; 1 betdan iborat matnni tarjima qilib berish; o‘qigan matnining mazmunini gapirib berish; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan beriladigan 2 ta savolga javob berish. 23. Nomzodlarning topshiriqlarni bajarganligi komissiya a’zolari tomonidan quyidagi mezonlar asosida “30” ballik tizimda baholanadi: matnni o‘qishda va talaffuz qilishda fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan xatolikka yo‘l qo‘ymadi, matnni to‘liq tarjima qildi, matnning mazmunini to‘liq gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga to‘liq javob berdi, deb topilganda — “30” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 2 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 90 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarning 1 tasiga javob berdi, deb topilganda — “25” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 3 tadan 5 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 80 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini qisman gapirib berdi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “20” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 6 tadan 8 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 70 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “15” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 9 tadan 10 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 60 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “10” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 1 tadan 12 tagacha fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 50 foizini tarjima qildi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “5” ball; matnni o‘qishda va talaffuz qilishda 12 va undan ortiq fonetik, grammatik hamda leksik xatolikka yo‘l qo‘ydi, matnning 50 foizini tarjima qila olmadi, matnning mazmunini gapirib bera olmadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javob bermadi, deb topilganda — “0” ball. 24. Nomzod berilgan topshiriqlarni bajargandan so‘ng komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, nomzodga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. 25. Nazariy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan so‘ng nomzodlarga e’lon qilinadi. 26. Nazariy imtihon natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga 2-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 27. Qaydnoma nazariy imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari va mutaxassislar tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 1. Nomzodning kimyo va fizika fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash og‘zaki savol-javob tarzida kollegiallik prinsipi asosida tegishli mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. 2. Og‘zaki savol-javob nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga oshiriladi. 3. Biletda 2 ta fan (kimyo va fizika fanlari) bo‘yicha 1 tadan savol aks ettiriladi. Nomzodga beriladigan savollar malakali mutaxassislar tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi va 30-may kuniga qadar tayyorlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Savollar Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi. 5. Savollar Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 6. Kimyo va fizika fani bo‘yicha og‘zaki savol-javob kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi. 7. Nomzodlar og‘zaki savol-javob uchun ro‘yxat bo‘yicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini o‘qib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib o‘tiradi. 9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi. 10. Kimyo va fizika fanlari bo‘yicha nomzodning bilimini baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalashi inobatga olinadi. 11. Nomzodning savollarga bergan javobi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi: 12. Nomzodning 2 ta fan bo‘yicha savollarga bergan javobi “30” ballik tizimda baholanadi. 13. Nomzodning har bir fan bo‘yicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi: kimyo fani bo‘yicha — 15 ballik tizimda; fizika fani bo‘yicha — 15 ballik tizimda. 14. Nomzodning har bir savol bo‘yicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi: X — savol bo‘yicha to‘plangan ball; A — savol bo‘yicha maksimal ball; V — savol bo‘yicha to‘plangan foiz. 15. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga og‘zaki savol-javob natijalari bo‘yicha o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. 16. Har bir nomzodning og‘zaki savol-javob natijalari mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shakldagi qaydnomaga komissiya a’zolari tomonidan kiritiladi. 17. Qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 1. Nomzodlarning matematika fanini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovi o‘tkazish orqali baholanadi. 2. Test sinovlariga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlar uchun imtihon qayta o‘tkazilmaydi. 3. Test savollari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tuziladi. 4. Test savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyunga qadar tasdiqlanadi. 5. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi. 6. Test sinovlari kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus xonada o‘tkaziladi. Nomzod kompyuter dasturlarida beriladigan savollarga javoblarni belgilash orqali test sinovidan o‘tadi. 7. Test sinovi o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 8. Test sinovini o‘tkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart. 9. Nomzodga 30 ta test savoli beriladi. Test savollarini yechish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt beriladi. 10. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti (A, B, C, D) beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi. 11. Test sinovini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno. 12. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 13. Test sinovini o‘tkazish vaqtida test sinovi o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar, komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 14. Test sinovini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, shu vaqtning o‘zida nomzodga uning test sinovi natijalari kompyuter ekranida e’lon qilinadi. 15. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblari avtomatik ravishda kompyuter dasturi orqali har bir to‘g‘ri javob uchun “1” ball bilan baholanadi. 16. Test sinovining natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan mazkur Metodikaga ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. 17. Qaydnoma test sinovida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida Qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi. 1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi nomzodning huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat. 2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat og‘zaki shaklda nomzod tomonidan tanlab olingan biletlardagi savollarga javob berish orqali amalga o‘tkaziladi. 3. Biletda 3 ta fan (huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi, tarbiya fanlari) bo‘yicha 1 tadan savol aks ettiriladi. Savollar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi. 4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi raisi tomonidan 1-iyun kuniga qadar tasdiqlanadi. 5. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat savollari Qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun kotib mas’ul hisoblanadi. 6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat komissiya tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan bo‘yicha kamida ikki nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda o‘tkaziladi. 7. Nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tish uchun ro‘yxat bo‘yicha ketma-ketlikda auditoriyaga kiritiladi. Auditoriyadagi nomzodlar soni 5 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Nomzod biletlardan birini tanlaydi va biletning raqamini Yakuniy suhbat komissiyasi a’zolariga o‘qib eshittiradi hamda tayyorlanish uchun ajratilgan joyga borib o‘tiradi. 9. Nomzodga tayyorlanishi uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Nomzod savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugashidan oldin javob berishga tayyorligini bildirsa, unga javob berishga ruxsat beriladi. 10. Nomzodning savollarga bergan javobi Qabul komissiyasining har bir a’zosi tomonidan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mezonlar asosida foiz hisobida baholanadi: 11. Nomzodning 3 ta fan bo‘yicha savollarga bergan javobi “110” balli
210
63,247
Qonunchilik
2001—2005 YILLARDA KOMPYuTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISh, “INTERNET”NING XALQARO AXBOROT TIZIMLARIGA KENG KIRIB BORIShNI TA’MINLASh DASTURINI IShLAB ChIQIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, “Internet”ga kirib borishini kengaytirish, yuqori malakali dasturchi-mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 2. Maxsus ishchi guruh: respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy ta’minlash, kompyuter asbob-uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash, “Internet”ning xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishi holatini va uning amaliy qo‘llanilishi darajasini chuqur va batafsil o‘rganib chiqsin; mazkur tahlil asosida uch oy muddatda 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning tegishli qarori loyihasini kiritsin. Dastur loyihasini shakllantirishda: iqtisodiyot tarmoqlarida, umumta’lim maktablari, kollejlar va litseylar, oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, tegishli ta’lim standartlarini ishlab chiqish; respublikaning oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha yuqori malakali dasturchilar va mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish darajasini oshirish; dasturiy ta’minlash, kompyuter va tarmoq asbob-uskunalari, raqamli telekommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari tashkil etish; respublika o‘quv va tadqiqot muassasalari, korxonalari va tashkilotlarining xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, “Internet”ga keng kirib borishini ta’minlash; kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida asbob-uskunalar va texnik vositalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish; kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilsin. 3. Maxsus ishchi guruh Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Hukumat qarori loyihasini tayyorlashda axborot tizimlari va tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va ularning o‘zaro hamkorligiga, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, tarmoq standartlari va normativlarini belgilashga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazini tashkil qilish yuzasidan taklif kiritsin. 4. Respublika korxonalari va tashkilotlaridan, xalqaro tashkilotlardan homiylarni, shuningdek, xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.Golishev zimmasiga yuklansin.
217
3,231
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBI-G‘ARBIY HISOR VA USTYuRT MINTAQASI HUDUDLARIDA GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI O‘TKAZISh, UGLEVODOROD KONLARINI OChISh VA QAZIB ChIQARISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish hamda geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, razvedka qilingan hamda foydalanilayotgan konlarni ishlatish va obod qilish, shuningdek uglevodorodlarni qazib chiqarish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va maxsus ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida gazni chuqur qayta ishlashni va Jarquduq konida suyuq uglevodorodlar ortib jo‘natiladigan terminal barpo etishni hisobga olgan holda Janubi-G‘arbiy Hisor konlarini o‘zlashtirishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi; Davlatlararo “Soyuzneftegaz” neft kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida “Soyuzneftegaz Vostok Limited” (bundan buyon — investor) ixtisoslashtirilgan kompaniyasini tashkil qildi; er bag‘ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus davlat komissiyasining qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan investor bilan birgaliqda O‘zbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim (bundan buyon — Bitim) kelishib olindi va imzolash uchun tayyorlandi; Bitim bo‘yicha ishlarning bajarilishini tashkil qilish uchun investor tomonidan yuridik shaxs shaklidagi operator — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti (bundan buyon — operator) tayinlanadi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi; Bitimga muvofiq marketing faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ulushini birgaliqda sotishni tashkil qilish uchun investor tomonidan marketing kompaniyasi tuziladi (bundan buyon — marketing kompaniyasi). Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan barcha pul mablag‘lari marketing kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bankida ochiladigan qo‘shma hisobvaraqda jamlanadi va keyinchalik Bitimga muvofiq taqsimlanadi; Bitimni amalga oshirishda investor O‘zbekiston Respublikasining tashkilotlariga kamida 60 foiz mahalliy tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan foydalangan holda neft-gaz operatsiyalarida ustuvor darajada ishtirok etish huquqini berish, shuningdek loyiha doirasidagi ishlarga jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 80 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb qilish hamda ularga amaliy tajriba orttirish va malaka oshirish imkoniyatini yaratish majburiyatini oladi; O‘zbekiston Respublikasining foyda olinadigan mahsulotdagi ulushi loyihaning daromad keltirishiga qarab 55 foizdan 80 foizgachani tashkil etadi; “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zPEK Limited” kompaniyasi va investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ustyurt va Janubi-G‘arbiy Hisorning litsenziyalangan hududlarida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish hamda infratuzilma qurilishi bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida ilgari tuzilgan bitimning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma (bundan buyon — To‘xtatish to‘g‘risidagi shartnoma) tayyorlandi va kelishib olindi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim loyihasi bilan ma’qullansin. “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi N.A.Ahmedovga “O‘zPEK Limited” kompaniyasi bilan To‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi bilan Bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati yuklatilsin. 4. “O‘zbekneftgaz” MXK investor bilan birgaliqda ikki oy muddatda Bitim doirasida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasi hududida yangi investitsiya bloklarining koordinatlarini aniqlasin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin. 5. To‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zPEK Limited” kompaniyasi tomonidan olib kelingan tovarlar, materiallar, uskunalar va boshqa mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketmasdan hamda bojxona to‘lovlari, soliqlar va boshqa to‘lovlarni undirmasdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasiga qaytadan rasmiylashtirsin. 6. “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasiga, “O‘zbekneftgaz” MXK bilan kelishilgan holda, Bitim shartlariga muvofiq neft-gaz operatsiyalarini amalga topshirishga va konservatsiya qilingan konlarni ochishga, shuningdek ishchi loyihaning ishlab chiqilgan qismi asosida konlarni obod qilish obyektlari qurilishini boshlashga ruxsat berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operatorga O‘zbekiston Respublikasining rezident-banklari bilan vakillik munosabatlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi birinchi darajali banklarda faqat Bitim doirasidagi neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarini ochishga ruxsat bersin. 8. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining belgilangan tartibda “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasiga: besh yil muddatga, keyinchalik navbatdagi uch yil muddatga uzaytirish huquqi bilan, Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi bilan kelishilgan geografik koordinatlar doirasida qidiruv-razvedka ishlarini amalga oshirish; Bitimga muvofiq o‘ttiz olti yil muddatga, besh yil muddatga uzaytirish huquqi bilan, uglevodorodlar qazib chiqarish maqsadida yer bag‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun litsenziya berishiga ruxsat etilsin. 9. Belgilansinki, O‘zbekiston tomonidan Bitimni Boshqaruv qo‘mitasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” MXK vakillaridan iborat bo‘ladi. 10. “O‘zbekneftgaz” MXK va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasiga tegishli tovarlar, shu jumladan erkin aylanish uchun mo‘ljallangan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi hamda O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlar, materiallar, texnologik jihozlar va o‘lchov vositalarini sertifikatlash, shuningdek uglevodorodlarni yoki ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarish, shuningdek o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga hamda tovarlarning kelib chiqishiga sertifikatlar berish tartibini tasdiqlasin. 11. Bitimni amalga oshirish doirasida investorga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar operatorga va marketing kompaniyasiga joriy etilsin. 12. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda operatorga kon tarmog‘i ajratsin, shuningdek qo‘llaniladigan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan ekspert xulosalarini bersin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda operatorga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun belgilangan tartibda zarur limit ajratsin. 14. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda operatorga, pudratchilar va subpudratchilarga Bitimni amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalaridan va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalar bersin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, operatorning Vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan talabnomalari bo‘yicha, Bitimni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kamida bir yil muddat bilan vizalar, shu jumladan ko‘p martalik vizalarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investor yoki operatorning talabnomalari bo‘yicha, Bitimni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kamida bir yil muddat bilan ko‘p martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi operatorga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga ruxsatnomalar berishni, shuningdek uning talabnomalari bo‘yicha — chet ellik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida tasdiqnomalar berish (ularning muddatlarini uzaytirish)ni ta’minlasin. 19. Quyidagilar: “O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt va Hisor mintaqalarida uglevodorodlarni razvedka qilish va qazib chiqarish bo‘yicha “O‘zPEK Limited” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-fevraldagi 97-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 217-sonli farmoyishi Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 20. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
198
9,755
Qonunchilik
4 va undan ortiq bolasi boʻlgan oila - koʻp bolali oila
Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi 830-son qarori qabul qilindi. Qonun hujjatlarida va huquqni qoʻllash amaliyotida koʻp bolali oila tushunchasi bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (26.02.2019 yildagi 170-son VMQ bilan tasdiqlangan) 16 yoshgacha 7 nafar va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalarga uy-joy taqdim etilishiga oid talab bekor qilindi. Bundan tashqari, Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomga (21.04.2006 yildagi 67-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berishda voyaga yetmagan 5 nafar va undan ortiq bolalari boʻlishiga oid talab bekor qilindi. Eslatib oʻtamiz, Oila kodeksiga muvofiq toʻrt va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida (oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda 22 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
55
1,685
Qonunchilik
“Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 10-avgustda qabul qilingan “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2021-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilganligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining taklifiga ko‘ra kelishuv komissiyasi tuzilsin. 2. Qonunchilik palatasi deputatlari Inomjon Sattarkulovich Kudratov, Gulrux Anvarovna Agzamova va Dilmurod Maxmudovich Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan mazkur komissiya tarkibiga saylansin. 3. Mazkur Qonun muhokamasi jarayonida bildirilgan mulohazalarning tuzatishlar tarzida ta’riflab berish taklifi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga murojaat etilsin. 4. Kelishuv tartib-taomillarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakili taklif etilsin. 5. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,674
Qonunchilik
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATINI AKSIYADORLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Aksiyadorlashtirish jarayonini samarali tashkil etish va rangli hamda qimmatbaho metallar qazib olish va ularni qayta ishlash ishlab chiqarishini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini quyidagi ulushlarda dastlabki joylashtirish nazarda tutilsin: 51 foiz — davlat ulushi; 46,5 foiz —tender asosida xorijiy investorlarga sotiladigan ulush; 2,5 foiz — mehnat jamoasi a’zolari ulushi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga oid dastlabki hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 3. Tender komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalashtiriladigan mol-mulkini baholash, sotiladigan aksiyalar narxini belgilash va tayyorlangan tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun “Atlantik Galf Assoshieytes” (AQSh), “Independent Mayning Konsaltants. Ink” (AQSh) va “Patton Boggs” (AQSh) kompaniyalari guruhini jalb etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: ishlarning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan xizmatlarga uch bosqichda haq to‘lashni nazarda tutgan holda ishlarni bajarish uchun “Atlantik Galf Assoshieytes” (AQSh), “Independent Mayning Konsaltants. Ink” (AQSh) va “Patton Boggs” (AQSh) kompaniyalari guruhi bilan 10 kun muddatda kontrakt tuzsin; kontrakt imzolangan kundan boshlab ikki oy muddatda kompaniyalar guruhining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalashtiriladigan mol-mulkini baholash, sotiladigan aksiyalar narxini belgilash va tayyorlangan tender hujjatlari ekspertizasi yuzasidan ish natijalariga oid materiallarni tender komissiyasiga kiritsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida” 1997-yil 10-fevraldagi 71-son qarorining 3, 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
101
2,303
Qonunchilik
2022 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Surxondaryo viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan yangi tartib asosida Surxondaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Surxondaryo viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,7 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,9 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravarga, xizmatlar hajmini 2,3 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,7 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda: 2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq maqullansin. Surxondaryo viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov)ning Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin. 5. 2022-yilda Surxondaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin. Surxondaryo viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin. 6. Surxondaryo viloyat hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini ta’minlasin. 7. Surxondaryo viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalar (keyingi o‘rinlarda — Dastur)ni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 8. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi; har oy yakuni bilan Surxondaryo viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qilib boradi; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi; har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi; amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi. 10. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish- montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 11. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Surxondaryo viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarni so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi ustidan samarali nazorat tizimini o‘rnatsin. 12. Quyidagilarga: Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi, kambag‘allik qisqartirilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, soliq va budjet tushumlari oshirilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash tadbirlarini, “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini va renovatsiya dasturlarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan; Surxondaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A.Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
188
10,116
Qonunchilik
Barcha sudyalar va prokuratura хodimlariga uy-joy ijarasi kompensatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 9.06.2017 yildagi 365-son  “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan prokuratura хodimlari uchun qoʻshimcha imtiyozli ipoteka, shuningdek uy-joylarni ijaraga olgan sudyalar va prokuratura хodimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Qoʻshimchalar Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritildi (31.10.2012 yildagi 312-son VMQga 1-ilova). Endilikda ipoteka kreditlari prokuratura organlari хodimlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi Sudyalar uchun imtiyozli davr koʻzda tutilmagan. Bundan tashqari,  Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi  Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi uy-joy bilan ta’minlamagan barcha sudyalarga, prokuratura organlari хodimlariga toʻlanishi mumkin. Ilgari kompensatsiyani doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada lavozimga tayinlangan (saylangan) shaхslar olishi mumkin edi. Eslatib oʻtamiz, kompensatsiya:   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
82
1,913
Qonunchilik
Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi S. Arabov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. 1. Hududlarning davlat kadastri “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi va yuritiladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi) — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, modellashtirish va aks ettirish, shuningdek raqamli kartografik, o‘xshash va matnli axborotdan foydalangan holda umumdavlat (tarmoqlararo) yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborot va hisob-kitob vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim; geofazoviy obyekt — Yerda muayyan joylashgan joyi bilan tavsiflanadigan va fazoviy-vaqt koordinatalarning belgilangan tizimida aniqlangan real dunyo obyekti; hududlarning davlat kadastri geoportali — hududlar davlat kadastrining axborot resurslari to‘g‘risidagi metama’lumotlar saqlanadigan va ulardan hamda Internet tarmog‘idagi hududlar davlat kadastrining axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan geofazoviy ma’lumotlarning internet-vositalari va servislari majmui; geofazoviy ma’lumotlar — joydagi obyektlarning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, elektron grafik va/yoki matnli shaklda hamda koordinatalar tizimlarida taqdim etilgan axborot; hududlarning davlat kadastri — muayyan hududning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati to‘g‘risidagi hududiy- tashkiliy geofazoviy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan geoaxborot tizimi. Hududlarning davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining (DKYaT) tarkibiy qismi hisoblanadi; geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik o‘lchovlar davlat tizimlari — natijalari umumdavlat (tarmoqlararo) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan geodezik koordinatalar, balandliklar, gravimetrik o‘lchovlar tizimlari; Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) — davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi hamda O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan ko‘p maqsadli axborot tizimi; hududlar davlat kadastri tizimining axborot resurslari — hudud yagona raqamli kartografik asosining geofazoviy ma’lumotlar bazasi, manzillar, ko‘chalar, mahallalar va boshqa nomlangan obyektlar reyestrlari, yer kadastri va boshqa davlat kadastrlariga oid geofazoviy ma’lumotlarning profil to‘plami, shaharsozlik va yer tuzish normalari va reglamentlari, qonunchilikka muvofiq hududlar davlat kadastri tizimida ro‘yxatga va hisobga olinishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar; mahalliy koordinatalar tizimi — davlat hududining cheklangan qismiga nisbatan belgilanadigan koordinatalarning shartli tizimi, uning koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishi davlat geodezik koordinatalar tizimining koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishiga nisbatan surilgan bo‘ladi; metama’lumotlar — ma’lumotlarning bir qismi oxirgi marta yangilanganda foydalanuvchilarga xabar qilinadigan ma’lumotlar bazasining axborot bilan to‘lganligini ta’riflovchi axborot; metama’lumotlar tarkibiga: materiallar va ma’lumotlarning sifati va kelib chiqishi; fazoviy-vaqt tavsiflari; ma’lumotlarni olish usullari va ularni yangilashning davriyligi; sertifikatsiya, intellektual mulk va tarqatishga bo‘lgan cheklovlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladi; axborot tizimlari servislari — dasturiy-texnik vositalar, ular yordamida hududlar davlat kadastri ma’lumotlari foydalanish uchun taqdim etiladi va ularni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) ularga nisbatan hududlarning davlat kadastri yuritiladigan hududlar hisoblanadi. Ayrim hollarda ularga nisbatan hududlarning davlat kadastri yuritiladigan hududlar iqtisodiy mintaqa yoki erkin iqtisodiy zona va boshqalar bo‘lishi mumkin. 4. DKYaTga kiruvchi barcha davlat kadastrlarining obyektlari, muayyan hududda joylashgan sanoat, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy soha, ma’muriy va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, shuningdek ushbu obyektlar to‘g‘risidagi geofazoviy, statistik va boshqa zarur ma’lumotlar hamda ular joylashgan hududlar hududlarning davlat kadastri obyektlari hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) hududlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. 6. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 7. Hududlarning davlat kadastri hududlarning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini hisobga olish hamda baholash maqsadlarida tuziladi va yuritiladi. 8. Hududlarning davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni hududiy rejalashtirish va hududlarni boshqarish sohasida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan, hududlarning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati to‘g‘risidagi kompleks, aniq axborot bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 9. Hududlarning davlat kadastrini yuritish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: barcha darajalarda hududlarning davlat kadastrini yuritish metodologiyasining yagonaligi; hududlar davlat kadastri yuritiladigan hududlarga nisbatan hududlarning tabiiy-resurs va xo‘jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini to‘liq qamrab olish; fazoviy koordinatalarning yagona tizimini va yagona kartografik asoslarini qo‘llash; barcha obyektlar bo‘yicha geofazoviy ma’lumotlarni shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; hududlar davlat kadastri axborot resurslarining dolzarbligi, to‘g‘riligi, to‘liqligi, butligi, aniqligi, ravshanligi va hujjatlarga asoslanganligi; hududlar davlat kadastri axborotining ochiqligi va undan hamma foydalanishi mumkinligi, uni olish, tarqatish va saqlashning qonuniyligi; er kadastri va boshqa davlat kadastrlarining axborot tizimlari hamda davlat axborot resurslarini tashkil qiluvchi reyestrlar bilan o‘zaro bog‘langanligi; hududlar davlat kadastrining axborot resurslarini tuzish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim qilish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan hududlar davlat kadastrining bazaviy subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish; hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlarini davlat yer kadastri, DKYaT va Milliy geoaxborot tizimini tashkil etish va yuritish ishlari bilan muvofiqlashtirish. 10. Hududlar davlat kadastri ma’lumotlarining kompleksligi, to‘liqligi va to‘g‘riligi: hududiy rivojlanishni rejalashtirish va hududlarni boshqarish; aholi hayot faoliyatining xavfsiz muhitini shakllantirish; hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish; hududlarda aholini, ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish kuchlarini bir xilda taqsimlash; atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish; sanoat obyektlari va boshqa obyektlarning muhandislik-transport infratuzilmasi samarali va ishonchli faoliyat ko‘rsatishi; hududlarni barqaror rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni va alohida maqomga ega hududlarni, shu jumladan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni, tarixiy obyektlarni, madaniy meros obyektlarini, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni, suv resurslarini va o‘rmonlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish; hududlarni rivojlantirish va boshqarishning boshqa masalalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinishini ta’minlashi kerak. 11. Hududlarning davlat kadastri tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) tashkiliy tuzilma; 2) texnik va dasturiy vositalar; 3) axborot resurslari; 4) metama’lumotlar bazalari; 5) geofazoviy ma’lumotlar servislari; 6) normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar va standartlar. 12. Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasini (ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan) quyidagilar tashkil qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (hududlarning davlat kadastri axborotidan foydalanish); hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish bo‘yicha vakolatli organ sifatida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi; Geodeziya va kartografiya milliy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari; hududlar davlat kadastri tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va hisobga olinishi lozim bo‘lgan axborot resurslarini tuzish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar. 13. Hududlar davlat kadastri umumdavlat (DKYaT va Milliy geoaxborot tizimi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) darajasida yuritiladi. 14. Hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar: respublika darajasida — Geodeziya va kartografiya milliy markazi; mintaqa, tuman va shahar darajalarida — tegishli hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 15. Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasiga o‘z vakolatlari doirasida hududlar davlat kadastri tizimi uchun axborot resurslarini taqdim etish uchun mas’ul bo‘lgan quyidagi bazaviy subyektlar kiradi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish. 11) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun: irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri ma’lumotlari III sinfdan past gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligiga qarab); 12) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — davlat o‘rmon kadastri ma’lumotlari uchun. 2) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun: texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (portlash xavfi va yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan zonalar (obyektlar) — bo‘lim) ma’lumotlari; ichki ishlar organlarining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlari, tayanch punktlari, yo‘l-patrul xizmati, yong‘in xavfsizligi xizmati postlarining va ichki ishlar organlari blok-postlarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; 3) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: joydagi obyektlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborot uchun; texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — xavfi yuqori bo‘lgan, odamlarni evakuatsiya qilish yoki ko‘chirishni talab qiladigan zonalar) ma’lumotlari uchun; 4) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi — moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma’lumotlari va ushbu obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning ulanish ma’lumotlari uchun; 5) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun: texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar kadastri (bo‘lim — kuchli ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar, pestitsidlar, radioizotop mahsulotlar, radioaktiv moddalar va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obyektlari) ma’lumotlari uchun; sog‘liqni saqlash muassasalari: kasalxonalar, klinikalar, poliklinikalar, feldsherlik hamda jarohatlanish punktlari, dispanserlar, dorixonalar va boshqalarning joylashishi hamda ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; 6) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi — maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; 7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar — idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining joylashishi va ulanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; 8) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — aloqa obyektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun; 9) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi — quyidagi ma’lumotlar uchun: konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri ma’lumotlari uchun; tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — xavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish zonalari) ma’lumotlari uchun; 10) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun: davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlari; qurilayotgan binolar va inshootlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun; 11) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — quyidagi ma’lumotlar uchun: hayvonot dunyosi davlat kadastri ma’lumotlari; o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun; chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri ma’lumotlari; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun; 12) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi — aholi soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida shakllanadigan tumanlar (shaharlar) bo‘yicha alohida yillik statistik ko‘rsatkichlar uchun; 13) “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi — quyidagi ma’lumotlar uchun: davlat yer kadastri ma’lumotlari; binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari uchun; kartografiya-geodeziya davlat kadastri ma’lumotlari; 14) O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi — quyidagi ma’lumotlar uchun: davlat suv kadastri (er usti suvlari, yer osti suvlari, suv resurslaridan foydalanish) ma’lumotlari; tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri kadastri (bo‘lim — gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun; 15) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — quyidagi ma’lumotlar uchun: tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — seysmik xavf yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari; texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — yadro fizikasi korxonalaridagi radiatsiya xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari uchun; 16) O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi — texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri (bo‘lim — ishlab chiqarish obyektlarida, portlash-yong‘in xavfi va radiatsiya xavfi bo‘lgan obyektlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari xavfi yuqori bo‘lgan zonalar) ma’lumotlari va texnogen xavf yuqori bo‘lgan obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning ulanish ma’lumotlari uchun; 17) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi — gidrotexnika inshoootlari davlat kadastri (davlat mulkida bo‘lgan, shuningdek, respublika va mintaqaviy suv xo‘jaligi hamda energetika tizimlariga kiradigan I, II, III sinfga mansub xavf darajasi yuqori bo‘lgan gidrotexnika inshootlari bo‘yicha) ma’lumotlari uchun; 18) “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi — temir yo‘llar davlat kadastri ma’lumotlari uchun; 19) O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi — avtomobil yo‘llari davlat kadastri ma’lumotlari uchun; 20) “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — quyidagi ma’lumotlar uchun: energetika obyektlari davlat kadastri ma’lumotlari; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri (III sinfdan past gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligi bo‘yicha) ma’lumotlari uchun; 21) “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi — yetkazib berish quvurlari davlat kadastri ma’lumotlari uchun. 16. Geofazoviy ma’lumotlar koordinatalarning davlat va mahalliy tizimlarida, obyektlarning hisobga olinishi lozim bo‘lgan kodlarini, shuningdek hududlar davlat kadastri geoaxborot tizimi ma’lumotlar bazasida geofazoviy obyektlarni raqamli ta’riflash qoidalarini belgilagan holda obyektlarning klasslari va xususiyatlari ro‘yxatini (tasnifini) belgilovchi hududlarning davlat kadastrini tasniflash va kodlashning yagona tizimiga muvofiq raqamli shaklda tuziladi. 17. Hududlar davlat kadastri axborot tizimining texnik va dasturiy vositalariga hududlarning davlat kadastri axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazilishi, hisobga olinishi, saqlanishi, dolzarblashtirilishi va foydalanuvchilarga taqdim etilishini ta’minlaydigan umumdavlat, mintaqaviy, tumanlar va shaharlar geoportallari hamda geoaxborot tizimlari tarmog‘i kiradi. 18. Hududlar davlat kadastri tizimining axborot resurslari ushbu Nizomning 29 — 32-bandlarida keltirilgan ma’lumotlarning umumlashtirilgan tarkibi va ularga kiritish uchun asoslar hududlar davlat kadastrining umumdavlat, mintaqaviy, tuman va shahar darajalaridagi axborot resurslaridan iborat bo‘ladi. 19. Hududlar davlat kadastri axborot resurslarining tuzilmasi va batafsil mazmuni “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida hududlarning davlat kadastri tizimi uchun axborot resurslari taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. 20. Hududlarning davlat kadastri metama’lumotlari axborot resurslari, shu jumladan hududning tarkibi, tuzilmasi, sifati, ayrim qismlari, geofazoviy ma’lumotlardan foydalanish shartlari va ularni tuzuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma axborotni o‘z ichiga oladi. Kadastr hujjatlari va geofazoviy ma’lumotlarning turiga qarab, metama’lumotlar boshqa ma’lumotnoma axborotni o‘z ichiga olishi mumkin. 21. Metama’lumotlarning tartibga solingan to‘plamlarini o‘z ichiga oluvchi metama’lumotlar bazalari tegishli hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan tuziladi hamda geofazoviy ma’lumotlar va axborot tizimlari servislarini qidirish, sifatini baholash, ulardan foydalanish shartlarini ta’minlash uchun geoportallar tarmog‘ida joylashtiriladi. 22. Hududlar davlat kadastri tizimida quyidagi axborot tizimlari servislariga ega bo‘lgan geoportallar tarmog‘i yaratiladi va unga xizmat ko‘rsatiladi: 1) axborot tarmoqlarida geofazoviy ma’lumotlar to‘plamlari va servislarini aniqlashni ta’minlaydigan qidirish servislari; 2) geofazoviy ma’lumotlar to‘plamlarini, geofazoviy obyektlarning tavsiflari to‘g‘risidagi axborotni va metama’lumotlar tarkibini ko‘rib chiqish servislari; 3) kadastr ma’lumotlariga bevosita kirishni yoki ulardan nusxalar olishni ta’minlaydigan kirish servislari; 4) geofazoviy ma’lumotlar koordinatalarini bir koordinatalar tizimidan yoki kartografik proyeksiyadan boshqasiga almashtirishni ta’minlaydigan almashtirish servislari. 23. Metodik, lingvistik, texnik va dasturiy vositalar hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish jarayonida quyidagi asosiy operatsiyalarning avtomatlashtirilgan tarzda bajarilishini ta’minlashi lozim: elektron hujjat aylanishi va kadastr ma’lumotlari almashuvining birxillashtirilgan tizimidan foydalangan holda boshqa kadastrlar va axborot tizimlari bilan hujjatlashtirilgan ma’lumotlar almashuvi; hududlarning davlat kadastri axborot tizimida saqlanayotgan ma’lumotlardan rezerv nusxa ko‘chirish va ularni himoya qilish; yangi hujjatlar va ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shuningdek belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan hujjatlar va ma’lumotlarning saqlanishini arxiv rejimiga o‘tkazish yo‘li bilan axborot resurslarini dolzarblashtirish; geofazoviy ma’lumotlar bazasini kiritish, tahrir qilish va soz holda saqlash, hududlar davlat kadastri raqamli kartalarini shakllantirish, chiqarish va ulardan foydalanish; axborotni obyektning manzili yoki ro‘yxatdan o‘tkazish (identifikatsiya) raqami, yer uchastkasining koordinatalari yoki kadastr raqami, hujjatning nomi va rekvizitlari bo‘yicha qidirish; tahliliy hisobotlar tuzish, chiqish hujjatlarini bosma va/yoki elektron shaklda shakllantirish va chiqarish; hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan foydalangan holda kiritilgan yoki shakllantirilgan va kiritilgan kirish/chiqish hujjatlari reyestrini bosma va/yoki elektron shaklda yuritish. 24. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kadastr hisobi va kadastr ma’lumotlari almashuvi, hududlar davlat kadastrini tuzish va rivojlantirish uchun birxillashtirilgan elektron hujjatlar aylanishi tizimining axborot resurslarini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar va standartlar ishlab chiqiladi. 25. Hududlarning davlat kadastrini tuzish quyidagi asosiy masalalarning hal etilishini o‘z ichiga oladi: hududlarning davlat kadastrini tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish; normativ-huquqiy va metodik bazani ishlab chiqish; hududlar davlat kadastri tizimining barcha bazaviy subyektlari faoliyat yuritishini va o‘zaro hamkorlikda ishlashini tashkil qilish; dasturiy-texnik komplekslarni ishlab chiqish (tanlash); hududlarning davlat kadastrini yuritishning barcha darajalarida ularning axborot resurslarini shakllantirish va ma’lumotlar bazalarini tashkil etish (to‘ldirish) bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; bazaviy subyektlar bilan hududlar davlat kadastri foydalanuvchilariga axborot taqdim etish tizimi o‘rtasida axborotlar almashuvining axborot-kommunikatsiya tizimini shakllantirish; hududlar davlat kadastri axborot tizimidan foydalanuvchilarni va tizimga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni o‘qitish yo‘li bilan hududlar davlat kadastri axborot tizimining faoliyat yuritishini kadrlar bilan ta’minlash. 26. Hududlarning davlat kadastrini tuzish ikkita asosiy bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich: hududlar davlat kadastrini tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash; hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasiga bazaviy axborot tariqasida kiritilishi nazarda tutiladigan materiallar va ma’lumotlarni uni yuritishning tegishli darajalarida to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish ishlari; hududlarning davlat kadastri axborot tizimi va geoportallarining texnik komplekslarini uni yuritishning barcha darajalarida xarid qilish va o‘rnatish; hududlar davlat kadastri ma’lumotlarining kadastr hisobga olinishi va almashuvi uchun mo‘ljallangan birxillashtirilgan elektron hujjatlar aylanishi tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish; hududlar davlat kadastri geoaxborot tizimlari va geoportallarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, zarur hollarda xarid qilish hamda o‘rnatish; hududlarning davlat kadastri geoaxborot tizimlari va geoportallaridan tajriba tariqasida foydalanish; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparatining tegishli bo‘linmalari, Geodeziya va kartografiya milliy markazi, hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining, hududlar davlat kadastrini tuzish va yuritish bo‘yicha boshqa bazaviy subyektlarning faoliyatini tashkil qilish. Ikkinchi bosqich: hududlar davlat kadastri bazaviy subyektlarining taqsimlangan ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashuvining kommunikatsiya kanallarini o‘rnatish; axborotni muhofaza qilishni va hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan foydalanish tizimini tashkil qilish; hududlarning davlat kadastri geoaxborot tizimlari ma’lumotlar bazalariga ma’lumotlarni muntazam kiritib borish va dolzarblashtirish ishlarini uni yuritishning barcha darajalarida tashkil qilish; foydalanuvchilarning so‘rovlari bo‘yicha kadastr hujjatlarini, ma’lumotnomalar va boshqa axborotni, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari shaklida shakllantirish va berish ishlarini tashkil qilish; hududlarning davlat kadastri geoaxborot tizimlari va geoportallaridan sanoat yo‘sinida foydalanish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni hududlarning davlat kadastri axborotlari bilan muntazam (doimiy) ta’minlash. 27. Hududlar davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 28. Hududlarning davlat kadastrini yuritish Geodeziya va kartografiya milliy markazi, tegishli hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hududiy davlat kadastrining bazaviy subyektlaridan olingan ma’lumotlar va hujjatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha qarorlari olingan, tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini shakllantirish va dolzarblashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 29. Respublika darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga: mamlakat hududining 1:200 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi; davlat chegarasi va ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari; mamlakat hududining kadastr bo‘yicha bo‘linishi birliklari; O‘zbekiston Respublikasi aholisini joylashtirishning bosh sxemasi; O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sxemalari; hududlardan foydalanish, mamlakat hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish bo‘yicha davlat kadastrlari va axborot tizimlarining axborot resurslari; hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 30. Mintaqaviy darajada hududlarning davlat kadastri tizimiga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarining 1:10 000 yoki 1:25 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi; davlat chegarasi va ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududlari va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik bo‘lgan obyektlar hududlarining ayrim qismlarini rejalashtirish sxemalari; hududlarni istiqbolli rivojlantirishning loyiha qarorlari va muhandislik, transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari; hududlardan foydalanish, mintaqalar hududlarini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish bo‘yicha davlat kadastrlari va axborot tizimlarining axborot resurslari; hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 31. Tuman darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga: tuman hududining 1:5 000 yoki 1:10 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi; qishloq va posyolka fuqarolar yig‘inlari hamda mahallalarning ma’muriy-hududiy birliklari chegaralari; tuman hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari; yer uchastkalarining chegaralari; tuman hududini va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik obyektlar bilan birgalikda hududlarning ayrim qismlarini rejalashtirish sxemalari; hududlar davlat kadastri axborot tizimlari alohida tuzilmaydigan tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, posyolkalar, qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni zonalashtirish rejalari, ko‘rsatib o‘tilgan aholi punktlarining tarixiy-arxitektura rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq mazkur aholi punktlari haqidagi boshqa ma’lumotlar; hududlardan foydalanish, tuman hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish davlat kadastrlari hamda axborot tizimlarining axborot resurslari; hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 32. Shahar darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga: shaharning 1:2 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi; shahar, shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) va mahallalarning chegaralari; shahar hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari; shaharning bosh rejasi, hududlarni zonalashtirish rejalari, tarixiy-arxitektura rejasi va shahar hududining batafsil rejalari; iqtisodiy va soliqqa oid zonalashtirish chegaralari; davlat yer kadastri ma’lumotlari asosida — yer uchastkalari, ularning kadastr raqamlari, chegaralari va ekin maydoni (ularda joylashgan bino va inshootlarning konturlarini belgilagan holda), mo‘ljallangan maqsad va funksional foydalanish, yerlarni yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar hamda yer uchastkalari mulkdorlari o‘rtasida taqsimlash, yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar; binolar va inshootlar davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, xizmat ko‘rsatuvchi ta’mirlash tashkilotlari ma’lumotlari, infratuzilmaning qurilishi tugallangan obyektlarini muhandislik-geodezik ijroviy suratga olish natijalari va boshqa rasmiy manbalar asosida — muhandislik-transport infratuzilmasi; binolar va inshootlar davlat kadastri, madaniy meros obyektlari davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari va boshqa rasmiy manbalar asosida — binolar va inshootlar, ularning huquqiy rejimi, texnik holati, me’moriy va madaniy qimmati; moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma’lumotlari asosida — madaniy meros yodgorliklari; Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlari, topografik chizmalar, boshqa rasmiy manbalar asosida — mahallalar, ko‘chalarning nomlari va joyning nom berilgan boshqa obyektlari; topografik chizmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar hududidagi obyektlarning manzillarini belgilash yoki o‘zgartirish haqidagi qarorlari asosida — shahar hududidagi manzillar reyestri; belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, madaniy meros yodgorliklari va tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish hamda muhofaza qilish sxemalari va loyihalari, davlat investitsiya dasturlari va loyihalari; shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari asosida — boshqa shaharsozlik hujjatlari, loyiha hujjatlari materiallari, qurilish uchun ruxsatnomalar, shaharsozlik reglamentlari, qurilishi tugallangan hamda foydalanish uchun qabul qilingan obyektlar va boshqa shaharsozlik hujjatlari; qizil chiziqlar va qurilishlarni tartibga solish chiziqlari; shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, tegishli shaharsozlik hujjatlari, ekologik, gidrometeorologik, radiologik, sanitariya-gigiyenaga oid hamda boshqa tadqiqotlar va qidiruvlar ma’lumotlari asosida — ayrim hududlar va yer uchastkalarining ekologik va muhandislik-geologik tavsiflari, ularda shaharsozlik reglamentlari va cheklovlarni inobatga olgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati; boshqa davlat kadastrlarining va axborot tizimlarining hududlardan foydalanish, shahar hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish bo‘yicha axborot resurslari; hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. 33. Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning tarkibi, mazmuni, formatlari, taqdim etish davriyligi va tartibi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan hududlar davlat kadastrining bazaviy subyektlari bilan kelishgan holda belgilanadi. 34. Geodeziya va kartografiya milliy markazi, hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari hududlar davlat kadastrini yuritishning tegishli darajalarida quyidagilarni amalga oshiradi: hududlar davlat kadastrining bazaviy subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ulardan hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, hisobga olinishi hamda kiritilishi lozim bo‘lgan axborotni doimiy qabul qilib olish; olingan ma’lumotlar va hujjatlarni dastlabki qayta ishlash, ularni nazorat qilish va tizimlashtirish hamda ularni hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish; hududlarning davlat kadastri axborot tizimi hamda geoportallarining texnik va dasturiy vositalariga xizmat ko‘rsatish; axborotni saqlash va arxivlashtirish tizimiga xizmat ko‘rsatish; boshqa davlat kadastrlari, reyestrlar va axborot tizimlari bilan axborot almashish; qonunchilikka muvofiq axborotni undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish tadbirlari; qonunchilikka muvofiq intellektual mulkni muhofaza qilish tadbirlari; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini shakllantirish va uni manfaatdor foydalanuvchilarga berish; hududdan, erdan va boshqa tabiiy va xo‘jalik resurslaridan foydalanishning holati, ushbu hududda joylashgan turli obyektlarning holati va o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahliliy hisobotlar tuzish; hududlarning davlat kadastri axborot resurslari to‘g‘risidagi metama’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, hududlar davlat kadastrining ochiq axborot resurslarini shakllantirish hamda geoportallar tarmog‘ida ulardan foydalanish; foydalanuvchilarning so‘rovlariga javoban hududlarning davlat kadastri axborot tizimi ma’lumotlar bazasining axborot resurslaridan ruxsat berilgan foydalanish chegaralaridagi kadastr ma’lumotnomalarini shakllantirish; tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq foydalanuvchilarning alohida toifalariga hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash tadbirlari; hududlarning davlat kadastrini yuritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; hududlarning davlat kadastrini yuritish vositalarini rivojlantirish va joriy etish; ushbu Nizomga muvofiq hududlarning davlat kadastrini tuzish va yuritish sohasidagi boshqa faoliyat. 35. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan axborot ochiq hisoblanadi va undan hamma foydalanishi mumkin, tarkibida foydalanish cheklangan axborot bor bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan axborotni muhofaza qilish axborot munosabatlarining tegishli subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Hududlar davlat kadastrining davlat mulki yoki davlat yoxud tijorat siri hisoblangan axborotidan foydalanishga cheklovlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. 36. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar bo‘lmagan axborot: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy subyektlariga — hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish huquqini berish yo‘li bilan muntazam (doimiy) asosda; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga — so‘rov bo‘yicha besh kun ichida, shuningdek tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilarning alohida toifalari ro‘yxatiga muvofiq hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish yo‘li bilan beriladi. 37. Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar bo‘lmagan axborot: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy subyektlariga — to‘lovlar undirilmasdan; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga — haq to‘lash evaziga beriladi. To‘lov miqdori, muddatlari va tartibi belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 38. Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ushbu ma’lumotlarni taqdim etish vakolatiga kiradigan vakolatli tashkilotlar va mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 39. Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda: axborotni hujjatlashtirish, shakllantirish, undan foydalanish hamda davlat axborot resurslaridan foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya qilishga; davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashga; davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashda litsenziyali dasturiy hamda sertifikatsiyalangan texnik vositalardan foydalanishga majburdir. Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 40. Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda: axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzganligi; davlat axborot resurslaridagi axborot o‘g‘irlaganligi, yo‘qotilganligi, buzilganligi, blokirovka qilganligi va qalbakilashtirilganligi; mualliflik huquqlari va intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun javob beradilar. Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonunchilikka muvofiq boshqa jihatlar yuzasidan ham javob berishlari mumkin.
87
39,395
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 2. “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi QL-879-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 3. “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-904-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-899-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. QL-887 va QL-899-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida. 6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 7. “Elektron dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-892-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 8. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-912-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 9. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-913-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 10. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida.
94
2,398
Qonunchilik
Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etgan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi o‘rinlarda — import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi. 1. Dastlabki bojxona deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DBD deb yuritiladi) tovarlarni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash bo‘lib, u deklarantning xohishiga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin. Agar xavfni aniqlashda foydalaniladigan dasturiy ta’minot tomonidan xavf aniqlanmaganda, tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish orqali dastlabki deklaratsiyalash huquqi beriladi. 2. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan; b) litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan; v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno). 3. Tovarlarning dastlabki bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda DBD bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — BYuD deb yuritiladi) blanklarida yoki elektron BYuD shaklida rasmiylashtiriladi hamda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan “BOJXONA NAZORATIDAGI YUK” to‘rtburchak shtampi qo‘yilib, nazoratga olinadi. Bunda DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning to‘liq miqdori uchun bojxona to‘lovlari to‘lanadi; ikkinchi bosqichda tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga beriladi. Bunda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan DBDga “YUK CNIQARISNGA RUXSAT BERILDI” to‘rtburchak shtampi qo‘yiladi. 4. Tovarlarni dastlabki bojxona deklaratsiyalashda bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruvi davomida taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatiga asosan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikati va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno) bojxona postiga hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxalari hamda ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarning elektron ko‘rinishi taqdim etiladi. Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron ko‘rinishda ham taqdim etilishi mumkin. 5. DBDda tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishidan va (yoki) bojxona postiga taqdim etilishidan oldin deklarantga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar aks ettirilmasligi mumkin. DBD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 5-bobi Tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish talablariga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda DBDning 1-grafasi 1-bo‘lmasida “PR” harfli belgi ko‘rsatiladi. 6. Agarda DBDda ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona postiga deklaratsiya qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kuni ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda DBD bekor qilinadi. 7. Tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga berilishidan avval bojxona postiga qonun hujjatlariga muvofiq gigiyena, muvofiqlik, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi taqdim qilinadi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. 8. Tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishidan oldin bojxona posti mansabdor shaxsi hujjatlar nusxalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni asl hamda elektron hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtiradi. 9. Agarda taqdim qilingan hujjatlar (shu jumladan elektron ko‘rinishdagi) bilan asl hujjatlardagi ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjud bo‘lsa yoki DBDda kerakli ma’lumotlar yetishmasa, deklarant tomonidan DBDga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi. DBDga tuzatish kiritish (qayta rasmiylashtirish) tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilgunga qadar bojxona posti tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. 10. DBDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2784, 2016-yil 10-may) talablariga muvofiq amalga oshiriladi; DBD bekor qilinganidan so‘ng, yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kalendar kundan kechiktirmay taqdim etilishi shart. 11. Taqdim etilgan DBDda ko‘rsatilgan tovarlar yetib kelgandan so‘ng, to‘liq BYuD taqdim etiladi. To‘liq BYuDni taqdim etish muddati DBD taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshib ketmasligi lozim. 111. To‘liq BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami № 2773, 2016-yil 6-aprel) talablariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi: a) 1-grafasi birinchi bo‘lmasida “IM” belgisi ko‘rsatiladi; b) 1-grafasi uchinchi bo‘lmasida “PPR” harfli belgisi ko‘rsatiladi. v) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qo‘yiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi. 12. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir. 13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
197
7,149
Qonunchilik
Poytaхtning bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yigʻim miqdorlari tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimi tomonidan 19.02.2021 yildagi «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 203-son qaror imzolandi. «Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasiga va «Munitsipal aktivlar boshqarmasi markazi» DUK murojaatiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
91
592
Qonunchilik
Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qismlaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini (keyingi o‘rinlarda — yerto‘la) foydalanishga berish va saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar; yerto‘lada shug‘ullanish mumkin bo‘lgan va mumkin bulmagan faoliyat turlari, shuningdek, yerto‘ladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari; yerto‘ladan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik va nizolarni hal etish tartibi. 2. Belgilab qo‘yilsinki: yerto‘ladan foydalanish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi; yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi; yerto‘lada shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turini yong‘inga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi; yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi; yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lab beriladigan ijara to‘lovlari ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yo‘naltiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasidan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ko‘p kvartirali uy — ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yo‘laklariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir. Ko‘p kvartirali uy ulushli mulk huquqi asosida joylarning mulkdorlariga tegishli bo‘lgan umumiy mulk elementlarini o‘z ichiga oladi; yerto‘la — ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy; yerto‘ladan foydalanuvchi — ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini shartnoma asosida ijaraga yoki tekin foydalanishga olgan jismoniy va yuridik shaxslar; yerto‘ladan foydalanish maqsadi — ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida yerto‘ladan foydalanuvchi shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turi; ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi — ko‘p kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi subyekt (boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi, uy kengashi, joylarning mulkdorlari shirkati). 3. Yerto‘la yoki uning bir qismini yerto‘ladan foydalanuvchiga berish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida amalga oshiriladi. 4. Jismoniy va yuridik shaxslar yerto‘lani foydalanishga olish uchun ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi. 5. Yozma murojaatga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi: yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (jismoniy shaxs bo‘lsa uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi; amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi, yerto‘ladan foydalanish maqsadi, yerto‘ladan talab etilayotgan maydon o‘lchami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot. Yerto‘lani faoliyat turiga moslashtirish hamda qulayligini yanada oshirish maqsadida joyni ta’mirlash va qayta rejalashtirish ishlari talab etilgan taqdirda, bu to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi. 6. Yerto‘lani ijaraga olish to‘g‘risida yozma murojaatni qabul qilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi uch kundan kechiktirmasdan ushbu masalani muhokama qilish to‘g‘risida joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida e’lonni yig‘ilish o‘tkazilish kunidan kamida o‘n kun oldin har bir kirish yo‘lagiga osib qo‘yish yoki e’lonni mulkdorlarga imzo qo‘ydirib topshirish yohud umumiy yig‘ilishda so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish uchun umumiy yig‘ilish qarorining loyihasini har bir mulkdorga yuborish orqali xabardor qiladi. E’londa yig‘ilish o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti va umumiy yig‘ilish kun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Umumiy yig‘ilishda so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish uchun yuborilgan umumiy yig‘ilishning qarori loyihasida yig‘ilish tashabbuskori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qaror yuborilishi lozim bo‘lgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh kundan kam bo‘lishi mumkin bo‘lmagan muddat, shuningdek, boshqa zarur axborot ko‘rsatiladi. 7. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish yuzasidan umumiy yig‘ilishda qaror qabul qilinishi uchun barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘prog‘i hozir bo‘lishi kerak. Umumiy yig‘ilishning qarori, agar uni yoqlab umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko‘progi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish qarori so‘rovnoma o‘tkazish orqali qabul qilinganda mulkdorlarning kun tartibidagi masala bo‘yicha qaror loyihasining asliga qo‘yilgan imzo (ovoz)lar soni qaysi qaror loyihasi masalasi bo‘yicha tegishli ovozlar (yoqlab, qarshi yoki betaraf) soni ko‘p to‘plangan bo‘lsa, o‘sha masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi. Kvorum mavjud bo‘lmaganda yoki umumiy yigilish qarorini qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli bo‘lmagan taqdirda, ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismini foydalanishga berish masalasi rad etiladi. 8. Yerto‘ladan foydalanuvchi uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlari ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlariga mutanosib ravishda ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlashga yo‘naltiriladi. 9. Yerto‘lani foydalanishga berish yuzasidan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qarori qabul qilingan kundan boshlab ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi besh ish kunidan kechiktirmasdan umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qarorga muvofiq yerto‘ladan foydalanuvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chorasini ko‘radi. 10. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida mazkur Nizomning 11-bandidagi cheklovlarga rioya qilgan holda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yiladi: 1) oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar); 2) maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye); 3) umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar); 4) bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari); 5) aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kuryerlik faoliyati; 6) gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish; 7) bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash; 8) gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash; 9) rassomchilik va haykaltaroshlik; 10) xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari; 11) video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari; 12) tarjima va tahrir xizmatlari; 13) dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari; 14) kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati; 15) rieltorlik faoliyati; 16) gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari; 17) jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati; 18) davlat tashkilotlarini joylashtirish; 19) sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish. 11. Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘uldanishga yo‘l qo‘yilmaydi: uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar; kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar; o‘z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari; 10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan poyabzal tikish va ta’mirlash ustaxonalari; hammomlar va saunalar; aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf; jamoat hojatxonalari; marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari; sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari; uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan joylar; jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno); yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish. 12. Yerto‘ladan mazkur Tartibning 10-bandida belgilangan faoliyat turlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Kirish joylari aholining uyga kirish eshiklaridan alohida bo‘lgan va balandligi 2,2 metr va undan yuqori bo‘lgan yerto‘lani foydalanishga berishga ruxsat etiladi. 14. Yerto‘ladan foydalanish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan qulay hamda xavfsiz foydalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. 15. Yerto‘lani ta’mirlash va saqlash uchun xarajatlar hamda ijara haqi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi bilan yerto‘ladan foydalanuvchi o‘rtasida umumiy yig‘ilish qarori asosida tuzilgan shartnomaga ko‘ra belgilanadi. 16. Yerto‘lani saqlash uning texnik va sanitariya holatini saqlab turish, unga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash hamda yerto‘lani asrashga va undan foydalanish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi. 17. Yerto‘ladan foydalanish bo‘yicha shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yerto‘ladan foydalanuvchi foydalanib turgan joyning tegishli ta’mirlash xarajatlarini o‘z hisobidan amalga oshirishi shart. 18. Foydalanishdagi joyning qulayligini oshirish maqsadida ta’mirlash va qayta rejalashtirish ishlarini binoning va muhandislik kommunikatsiyalarining konstruktiv sxemasi buzilishiga hamda binoning tayanch qobiliyati va zilzilaga bardoshliligi pasayishiga yo‘l qo‘ymasdan amalga oshirishi kerak. Qayta rejalashtirish ishlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan beriladigan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. 19. Yerto‘lani o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan, qayta rejalashtirgan yoki rekonstruksiya qilgan, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari joylashuvini o‘zgartirgan yoxud qo‘shimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalari va boshqa qurilmalarni o‘rnatgan yerto‘ladan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasining majburiy ko‘rsatmasiga binoan uni o‘z holatiga qaytarishi hamda sudning qaroriga ko‘ra yetkazilgan zararni qoplashi shart. 20. Yerto‘ladan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: ko‘p kvartirali uyning yon-atrofidagi yo‘laklarda, fasad qismlarida, umumiy foydalanish hududlarida har xil ko‘rsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, me’morchilik detallari, reklamalar, palatkalar, turli yozuvlar, afishalar, plakatlar, har xil e’lonlar va boshqalarni ko‘p kvartirali uyni boshqarish organining yozma roziligisiz o‘rnatish; yerto‘ladan foydalanish natijasida maishiy va boshqa chiqindilarni belgilanmagan joylarga to‘kish, tashlash va yoqish; favqulodda vaziyatlarda yerto‘ladagi o‘tiladigan joylar, umumiy yo‘laklar, qo‘shimcha o‘tish va chiqish joylarini turli buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilish; yerto‘la evakuatsiya yo‘llari, zinapoyalar va yo‘laklarda yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, aerozol idishdagi tovarlarni hamda boshqa portlash va yonish xavfi bor modda va materiallarni saqlash va ulardan foydalanish, xo‘jalik xonalarini tashkil etish; yerto‘lada binoning konstruktiv qismlariga zarar yetkazuvchi ishlarni amalga oshirish; ko‘p kvartirali uyning loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilmagan hollarda yerto‘lada transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish; yerto‘lada o‘zboshimchalik bilan isitish qozonlari, radiatorlarni o‘rnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, quvurlarga kranlar o‘rnatish, elevator uzellarini sozlash, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini o‘zgartirish, umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni egallab olish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga borish imkoniyatini cheklab qo‘yish; soat 23.00dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45dBAdan ortiq bo‘lgan televizorlar, radiopriyomniklar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan, shuningdek, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish; fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga, mol-mulkiga yoki atrof muhitga xavf tug‘diradigan yerto‘laning yoki uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyati hamda zilzilaga bardoshliligini buzuvchi, shovqin va tebranish hosil qiluvchi hamda havoni iflos qiluvchi ishlarni amalga oshirish yoki boshqa harakatlarni sodir etish. 21. Yerto‘laning kirish joylari aholi uylariga kirish eshigidan alohida bo‘lishi, evakuatsiya yo‘llari yonuvchan qurilish materiallari bilan pardozlanmasligi, avtomatik yong‘indan darak berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi, tutun tortish tizimlari nazarda tutilishi hamda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Ayrim hollarda davlat yong‘in nazorati organining tavsiyasiga muvofiq avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan ta’minlanadi. 22. Yerto‘lada havo va tutun tortish ventilatsiya tizimi bo‘lishi shart. Bunday ventilatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan yerto‘laning tashqi devorlari yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq havo va tutun tortish tuynuklari bilan jihozlanishi zarur. 23. Yerto‘ladan foydalanuvchi: foydalanish joyini, yerto‘ladan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, umumiy foydalaniladigan joylarning, shuningdek, umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini saqlashga, ularga oid xarajatlarni qoplashda ishtirok etishga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda to‘lashga; muhandislik kommunikatsiyalariga (elektr tarmoqlari, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik hamda gaz ta’minoti quvurlari, jihozlari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga; ichimlik suv va elektr energiyasidan foydalanganda hisoblagichlarni o‘rnatishga; yerto‘laning muhandislik kommunikatsiyalarida nosozliklar aniqlangan taqdirda, darhol avariyalarni bartaraf etishning mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-dispetcherlik xizmatiga xabar berishga; avariya holatlari yuz berganda kecha-kunduzning istalgan soatida foydalanib turgan joyiga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-dispetcherlik xizmati xodimlarining kirishini ta’minlashga majburdir. 24. Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan yerto‘lani boshqa shaxslarga sotishga, hadya etishga, garovga qo‘yishga va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yerto‘ladan umumiy yig‘ilish qarori asosida mazkur Nizomda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish hamda uy-joy qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish huquqiga ega. 26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-banddda: “b” kichik bandidagi “o‘tkazilgan joylar” degan so‘zlardan keyin, qayta jihozlangan yerto‘la va yarim yerto‘la hamda texnik maqsadlarga mo‘ljallangan joylar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. “v” kichik bandi chiqarib tashlansin; b) ilovaning 6-bandi o‘n uchinchi xatboshidan “va qayta jihozlangan yerto‘lalar va yarim yerto‘lalarda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavining 4.2-bandidagi “podvallar” so‘zi “yerto‘lalar” so‘zi bilan almashtirilsin.
77
17,656
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida omixta yemni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-son “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 312-son “Respublikada zamonaviy sanoat usulida omixta yem ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 22-dekabrdagi 60 va 118-son “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida omixta yemni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1884 2009-yil 16-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 3-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” AK va “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
190
1,206
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori 9-bandiga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) etib qayta nomlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Kuyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan o‘qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda — jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar)ni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, sport ta’lim tizimini ilmiy-metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan, sport ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish; sport ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish, o‘z filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish; xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy sport ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Institut jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi; Institutning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari (keyingi o‘rinlarda — filiallar) uning yuridik shaxs bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi; Institut va filiallar xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi; ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut va filiallar professor-o‘qituvchilari va xodimlari lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi (bazaviy lavozim maoshi) bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra 200 foizgacha ustama haq to‘lash amalga oshiriladi; Institut va filiallar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha umumiy talablarni belgilash hamda baholash mezonlarini tasdiqlash; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishni bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri), muqobil, mustaqil, ilmiy-tadqiqot muassasalarida va xorijda tajriba orttirish shakllari bo‘yicha amalga oshirish hamda malaka oshirish shakllarining umumiy davomiyligini kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilash, malaka oshirishning bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning hajmi haftasiga 36 soat etib belgilash; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashni pedagogik va kasbiy hamda maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish shakllari bo‘yicha amalga oshirish hamda qayta tayyorlash davomiyligi va o‘quv yuklamasi hajmini pedagogik va kasbiy qayta tayyorlashni — kamida 4 oy (576 soat), maxsus o‘quv kurslarini — 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat), 10 oy (1440 soat) etib belgilash; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash, malaka oshirish va maxsus o‘quv kurslari tinglovchilarini kurs yakuni yuzasidan ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash va baholash tartibi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar har yili 15-noyabrga qadar ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning egallab turgan lavozimiga ko‘ra malaka oshirish kurslaridan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga taqdim etib borsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi: bir oy muddatda Institutning ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin va uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Institut va uning filiallari professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilash qoidalarini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; Institut va uning filiallari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy va innovatsion loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirib, belgilangan tartibda moliyalashtirishni tashkil etsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda Institut va uning filiallari faoliyati hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishini nazarda tutsin. Institutga 3 ta, shu jumladan 2 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash ishlarini o‘rnatilgan tartibda sohaga ajratilgan limitlar doirasida investitsiya dasturlarini shakllantirishda inobatga olish va takliflarni belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritishni ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan o‘qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar (keyingi o‘rinlarda — jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar); pedagogik qayta tayyorlash — oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog bo‘lmagan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlovchi darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan tayyorgarlikka muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash; kasbiy qayta tayyorlash — oliy va o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotga ega mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan, o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada jismoniy tarbiya fani bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘qitish; maxsus o‘quv kurslari — sport faoliyatini yakunlagan sportchilarning trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari, pedagogik faoliyatni yuritish, zarur va yetarli hajmda yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘rgatish; bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) malaka oshirish — ta’lim dasturlari va mehnat bozorining takliflari asosida, ta’limning tegishli turi o‘quv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalari va mutaxassislar tayyorlash sifatini hisobga olgan holda davlat ta’lim talablariga muvofiq ishlab chiqilgan modullar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish; mustaqil malaka oshirish — ta’lim darajasi va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq yangi bilimlar, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari tomonidan mustaqil o‘zlashtirish, o‘zini-o‘zi kasbiy mahoratini rivojlantirish shakli; masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish — onlayn (masofadan turib o‘qitish metodlari qo‘llaniladigan va o‘z bilimlarini mustaqil oshirishi uchun videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim platformasidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish hamda o‘z bilimlarini mustaqil oshirish) shaklida masofadan o‘qitish orqali amalga oshiriladigan ta’lim turi; muqobil malaka oshirish — mustaqil malaka oshirish shakllaridan foydalanib, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy faoliyati bo‘yicha erishgan individual natijalari tasdig‘ini amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli; ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, markazlar, laboratoriyalar va boshqa muassasalarda mutaxassislarni fanning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqot uslublarini o‘rganish; xorijda tajriba orttirish — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek, ta’limni boshqarish organlari bilan ta’lim va sport ta’limi muassasalari hamda sport tashkilotlari tajribalarini o‘rganish; kasbiy faoliyati natijalari — jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy faoliyatida erishgan natijasi, tayyorlagan sportchilari va ularning erishgan yutuqlari, o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari, ratsionalizatorlik takliflari, patentlar hamda mualliflik guvohnomalari. 3. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. 4. Xorijiy davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularning bazaviy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatini belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazgandan keyin amalga oshiriladi. 5. Vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) va uning filiallarida Vazirlik tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, nodavlat ta’lim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa — ixtiyoriy ravishda ular bilan tuzilgan to‘lov shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi hamda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari bitiruvchilari, shuningdek Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining 3-4-kurslarida tahsil olayotgan talabalari tegishli sport turi bo‘yicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganda, ularga Institut tomonidan uch yil muddatga malaka sertifikati beriladi. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning diplomida bittadan ortiq yo‘nalish, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular mashg‘ulot olib borayotgan har bir sport turi bo‘yicha ta’lim muassasasining tavsiyasi asosida alohida malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritayotgan (yoki ishga qabul qilinayotgan) asosiy yoki o‘rindoshlik asosidagi ish joylari orqali malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. 6. Qayta tayyorlash faoliyatining maqsadi — jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlarni jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga qo‘shimcha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur hajmini egallashiga erishish. 7. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajadagi faoliyatni olib borishga zarur va yetarli kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash qayta tayyorlash faoliyatining vazifasi hisoblanadi. 8. Malaka oshirish faoliyatining maqsadi — kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladigan zarur hajmini egallashini ta’minlash. 9. Malaka oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq sport ta’limi sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim texnologiyalari va xalqaro tajribadan foydalanish, ilmiy va o‘quv-metodik tadqiqotlar olib borish hamda amaliyotga joriy etish ko‘nikmalarini mustahkamlash; malaka oshirishning bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va doimiy monitoringini olib borish; malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet jahon axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari, masofadan o‘qitish usullaridan unumli foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish; ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim dasturlarini doimiy yangilab borish hamda ta’lim jarayoniga joriy etish; kasbiy bilim, ko‘nikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish; mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik yangilikka intilishni rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, malaka oshirishning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish; ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish. 10. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar hisoblanadi: kasblar va lavozimlarga bo‘lgan malaka talablariga muvofiqlik; ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat talablarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga, tinglovchilarning bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga, ta’limning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganlik; davlat ta’lim talablari hajmi va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga hamda tegishli qonunosti hujjatlariga muvofiqligi. 11. Ta’lim dasturi ilm-fan, pedagogik va innovatsion texnologiyalarning so‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash talablariga mos bo‘lishi kerak. Ta’lim dasturlarida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirish nazarda tutilishi lozim. Institutning o‘quv rejasi va dasturlarini tuzish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. 12. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning sifati jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorgarlik darajasi, bilimi, ko‘nikmasi hamda kasbiy mahorati, ularga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi. 13. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi hamda uning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi. 14. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash o‘qitish sifatiga qo‘yiladigan talablarni oshirishni va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha yangi kasb bilimlari, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 15. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi turlarda amalga oshiriladi: pedagogik qayta tayyorlash; kasbiy qayta tayyorlash; maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish. 16. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari yoki mehnat bozorining talablari belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan Institut tashabbusiga ko‘ra to‘lov shartnoma asosida tashkil etiladi. Institut qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladi, o‘rganib chiqadi, kontingentni shakllantiradi hamda kurslarni tashkil etish muddatini belgilaydi. 17. Malaka oshirish quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi: bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) malaka oshirish; muqobil malaka oshirish; mustaqil malaka oshirish. ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba orttirish; xorijda tajriba orttirish; Mustaqil va muqobil shakllarda malaka oshirishning mazmuni davlat ta’lim talablarida aks ettiriladi. 18. Mustaqil malaka oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish; sport, hakamlik va malaka toifasiga ega bo‘lish; o‘quvchi va sportchilar bilan ishlash, seminar-treninglar tashkil etish; sport musobaqalari va turli ko‘rik-tanlovlarda sovrindor o‘quvchi va sportchilarni tayyorlash; darsdan tashqari sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish; ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish yoki ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish; mustaqil tajriba orttirish; o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va nashrdan chiqarish. 19. Muqobil malaka oshirish shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston iftixori”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega bo‘lish; so‘nggi 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularni tayyorlagan trenerlar; O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega bo‘lish; so‘nggi 4 yilda falsafa doktori (PhD) yoki mutaxassislik bo‘yicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish; so‘nggi 4 yilda kamida bitta mutaxassislik bo‘yicha fan doktori (DSc) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiya ishiga ilmiy maslahatchi yoki falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan 2 ta dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilish; so‘nggi 4 yilda mutaxassislik bo‘yicha dotsent yoki professor ilmiy unvoni olgan; so‘nggi 4 yilda xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash (malaka oshirishning davomiyligi bir oydan kam bo‘lmagan, stajirovkaning davomiyligi uch oydan kam bo‘lmagan muddatda); so‘nggi 4 yilda yakka mualliflikda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha darslik yoki o‘quv qo‘llanma tayyorlash va nashrdan chiqarish; Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari bo‘yicha 85 va undan yuqori ball to‘plagan. 20. Masofadan o‘qitish asosidagi malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari onlayn shaklda o‘tkaziladi. 21. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda kasbiy malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyoji tizimida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi) talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi. 22. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart. Malaka oshirish shakllarining umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi. Malaka oshirishning bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. Ayrim hollarda malaka oshirishning bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) shakli umumiy davom etish muddati, asosiy ishdan ajralgan holda o‘qitishda, kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashg‘ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin. 23. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash davomiyligi va o‘quv yuklamasining hajmi: pedagogik qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat); kasbiy qayta tayyorlash — kamida 4 oy (576 soat); maxsus o‘quv kurslari — 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat), 10 oy (1440 soat) etib belgilanadi. 24. Sport faoliyatini yakunlagan (kamida I kattalar razryadi) sportchilar trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun sport turlari bo‘yicha trener, sport pedagogikasi va psixologiyasi bo‘yicha 3 oylik (oliy ma’lumotli sportchilar uchun), 6 oylik (o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli sportchilar uchun) va 10 oylik (o‘rta ma’lumotli sportchilar uchun) maxsus o‘quv kurslarida, to‘lov shartnoma asosda o‘qitiladi. 25. Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi. 26. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi. 27. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari 15 — 25 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, shu jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida sport turlarida o‘quv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin. Malaka oshirish kurslari uchun guruh talab etilgan tarkibda shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini o‘qitish turdosh sport turlari va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, istisno tariqasida, Institut va uning filiallari rahbarining buyrug‘i bilan malaka oshirish masofaviy ta’lim shaklida amalga oshirilishi mumkin. 28. Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan reja-jadval va jo‘natuvchi tomonlarning buyrug‘i asosida Institut va filiallar rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan boshlab 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi. 29. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar Institut va filiallar rahbarlarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. 30. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlangandan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi. 31. Tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari bo‘lgan taqdirda ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha navbatdagi kurslarda o‘qishga ruxsat beriladi. Tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari bo‘lmagan taqdirda ular kurslardan o‘tmagan hisoblanadi. Joriy yilda rejaga kiritilgan tinglovchilar turli sabablarga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan holatda, ularning o‘rniga hududiy boshqarma va tashkilotlar tomonidan tinglovchilar ro‘yxati taqdim etilishi mumkin. 32. Institut va filiallar tinglovchilarining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganligi holatlari to‘g‘risida buyurtmachi va vazirlikka darhol xabar beradi. 33. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, onlayn ma’ruza, interfaol seminarlar, video darslar, amaliy mashg‘ulot, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish, mahorat darslari, mustaqil o‘qish, masofadan o‘qitish, onlayn va boshqa shakllarda olib boriladi. 34. Ko‘chma, amaliy mashg‘ulotlar ilg‘or ta’lim va sport ta’limi muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlarda tashkil etiladi. 35. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish mas’uliyati Institut va filiallarga yuklanadi. 36. Joriy yilda rejaga kiritilmagan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar Institut va filiallar bilan tuzilgan to‘lov shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari mumkin. 37. Institut va filiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi. 38. Institutda 3, 6 va 10 oylik maxsus o‘quv kurslarga murojaat etilgan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda to‘lov shartnoma asosida tashkil etiladi. 39. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi. 40. Namunaviy o‘quv rejasi va dasturlar ta’lim, sport, fan, texnika, texnologiyalar hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtiriladi. 41. Institut rektori, prorektorlari va filiallar direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativi Institut va filiallarda ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 1:10 nisbat etib belgilanadi. Institut va uning filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandislari shtat birliklari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis shtat birliklari joriy etiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institutning o‘qituvchi tarif stavkalari miqdori qo‘llaniladi. 42. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish (tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) Institut va uning filiallari zimmasiga yuklatiladi. 43. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan rejaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi. 44. Ishdan ajralgan holda Institut va uning filiallariga malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat safari xarajatlari safarga yuboruvchi tashkilot hisobidan qoplanadi. 45. Tinglovchi quyidagi sabablarga ko‘ra kursdan chetlashtiriladi: o‘z xohishiga binoan; kasalligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); o‘quv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganligi uchun; malaka oshirish kursida 18 akademik soatdan ortiq, qayta tayyorlashda 36 akademik soatdan ortiq o‘quv mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirgani uchun; masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari modullarini mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq to‘liq o‘zlashtirmagani uchun; to‘lov shartnoma asosida o‘qiyotgan tinglovchilar shartnoma bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmagani uchun; sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli; vafot etganligi sababli. 46. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda sabablari ko‘rsatilgan holda buyurtmachiga ma’lum qilinadi. 47. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan tinglovchi malaka oshirish kursida bir yil mobaynida takroran o‘qiydi. Malaka oshirish kursida takroran o‘qish tinglovchining o‘z hisobidan to‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi va bunda, buyurtmachi tashkilot tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi. Malaka oshirish kursiga qayta yuborilgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan takroran o‘tmagan bo‘lsa, to‘lov shartnoma bo‘yicha to‘langan mablag‘lari qaytarilmaydi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qat’iy nazar mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular o‘z faoliyatini boshqa ta’lim muassasalarida (tegishli ta’lim turidan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin. Bunda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarga malaka oshirish kurslaridan o‘tishga hamda ular bilan asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan bir yil o‘tgandan keyin to‘lov shartnoma asosida malakasini oshirishiga ruxsat beriladi. Buning uchun ular Institut va uning filiallariga malakasini oshirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladilar. 48. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi; tizimida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari mavjud vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar (buyurtmachi). 49. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi: Institut va filiallar tizimiga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi; keyingi kalendar yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslari bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida reja va jadvallarni tasdiqlaydi; Institut va uning filiallari tomonidan buyurtma va rejalar bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi; har yili 15-noyabrga qadar buyurtmachilarning buyurtmanomalari asosida hamda vazirlik tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va ta’lim yo‘nalishlari rejasi va ro‘yxatini shakllantiradi; qayta tayyorlash va malaka oshirish yillik rejasi hamda ro‘yxatini har yili 5-dekabrga qadar tasdiqlaydi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ta’lim sohasidagi tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi; Institut va filiallar xodimlari hamda pedagoglar tarkibini institut, shuningdek xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish choralarini ko‘radi. 50. Buyurtmachi: navbatdagi kalendar yilga jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar haqida ma’lumotlarni ularning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oxirgi malaka oshirgan vaqti ko‘rsatgan holda Vazirlikka taqdim etadi; tasdiqlangan reja va jadval asosida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni belgilangan muddatda Institut va filiallarga o‘qishga yetib borishlarini ta’minlaydi. 51. Tinglovchilar qayta tayyorlash kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng, Institut tomonidan yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Yakuniy attestatsiya suhbat va onlayn test sinovlaridan iborat bo‘ladi. 52. Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. 53. Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibiga Vazirlik, Institut uning filiallari, ta’lim muassasalari, sport maktablari, federatsiyalar, uyushmalar vakillari jalb qilinishi mumkin. 54. Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. 55. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari yakuniy attestatsiyasi suhbat va onlayn test sinovlari asosida umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. 56. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun suhbat umumiy 50 ballik mezon asosida baholanadi. Mezon Institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mezon tinglovchilarning kasbiy-amaliy faoliyati bo‘yicha savollardan iborat bo‘ladi. Suhbatda beshta yo‘nalishdan bittadan savollar avtomatlashtirilgan tarzda kompyuterda ixtiyoriy tanlanadi. Har bir savol 10 ballik tizimda baholanadi. Bunda, suhbat savollari oldindan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Onlayn test qayta tayyorlash kurslari o‘quv rejasidagi barcha modullar bo‘yicha tayyorlangan test savollari asosida o‘tkaziladi. Onlayn test asosida tinglovchining bilim darajasi 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Onlayn test natijasi test yakunlanishi bilan darhol avtomatik tarzda ekranda aks ettiriladi. Ushbu test sinovlarini o‘tkazish Institutning serverida joylashtirilgan elektron tizimga kompyuterlarining ulanishi va test sinovlarini markazlashgan holda videokuzatuvini yozib borish orqali amalga oshiriladi. Suhbat va onlayn test sinovlaridan umumiy 56 ball va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchi yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan davlat namunasidagi diplom beriladi. 57. Masofadan o‘qitish shakllari asosidagi qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilarning o‘zlashtirishi onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiyada bevosita ishtirok etishga ruxsat beriladi. Masofadan o‘qitish shakllari asosidagi qayta tayyorlash kurslarini to‘liq o‘zlashtirmagan (56 foizdan kam) tinglovchilar navbatdagi kurslarda bir marotaba qayta o‘qishga ruxsat beriladi. Tinglovchilar bevosita yakuniy attestatsiyada ishtirok etishi imkoniyati mavjud bo‘lmagan (karantin holati, favqulodda vaziyatlar) hollarda istisno tariqasida masofadan turib onlayn shaklda attestatsiyadan o‘tadilar. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tashkil etiladi. 58. Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini baholash maqsadida Institut va filiallar tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. 59. Attestatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich kasbiy faoliyat natijalari, ikkinchi bosqich yakuniy onlayn test sinovlaridan iborat bo‘ladi. 60. Attestatsiyani o‘tkazish uchun Attestatsiya komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda Institut va filiallar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. 61. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Institut va filiallar, oliy ta’lim muassasalari, sport maktablari, federatsiyalar (uyushmalar) vakillari jalb qilinishi mumkin. 62. Attestatsiya komissiyasi tarkibining uchdan ikki qismi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. 63. Attestatsiya komissiyasi o‘z qarorini tinglovchining kasbiy faoliyat hamda onlayn test sinovlari natijalarini hisobga olgan holda qabul qiladi. 64. Attestatsiya komissiyasining qarori Institut va uning filiallari rahbarining kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi malaka sertifikati berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. 65. Tinglovchilar ikki bosqich natijalariga ko‘ra baholanadi. Birinchi bosqich uchun 100 ball, ikkinchi bosqich uchun 50 ball. Birinchi bosqich mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlariga, ikkinchi bosqich modullar bo‘yicha tayyorlangan 50 ta test savollari asosida aniqlanadi. 66. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra 56 ball va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchilar yakuniy attestatsiyadan ozod qilinadi, biroq malaka oshirish kursining o‘quv jarayoniga jalb etiladi. 67. Masofadan o‘qitish shakllari asosidagi kurslarda tinglovchilarning o‘zlashtirishi onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga Institut va filiallarda o‘tkaziladigan attestatsiyada bevosita ishtirok etishga ruxsat beriladi. 68. Attestatsiyani birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra 56 balldan kam to‘plagan tinglovchi ikkinchi bosqichga jalb etiladi. Ikkinchi bosqich malaka oshirish kursi o‘quv rejasidagi modullar bo‘yicha tayyorlangan 50 ta test savollari asosida 50 daqiqa davomida 50 ballik baholash tizimi orqali aniqlanadi. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56 foiz) yoki ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy 50 balldan 28 ball (56 foiz) to‘plagan tinglovchi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda unga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan davlat namunasidagi malaka sertifikati beriladi. Muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislariga Institut va filiallarda o‘tkazilgan mahorat darsi natijasiga ko‘ra Attestatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq davlat namunasidagi malaka sertifikati beriladi. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra 56 ball (56 foiz)dan, ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra 28 ball (56 foiz)dan kam to‘plagan tinglovchi attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi. 69. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan o‘tkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatning (diplom, malaka sertifikati) mavjudligi talab etiladi. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni malaka oshirish kurslari ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq tashkil etiladi. 70. Institut va uning filiallarida tinglovchilar apellatsiyalarini ko‘rib chiqish uchun apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. 71. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga sport federatsiya (uyushma)lari, institut va filiallarning hamda sport ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari, taniqli sport vakillari, shuningdek Vazirlik xodimlari kiritiladi. 72. Apellatsiya komissiyasining tarkibi Institut va uning filiallari rahbarlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasining ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi. 73. Tinglovchi yoki uning buyurtmachisi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakuniy attestatsiyasi to‘liq yakunlanib, natijasi e’lon qilingandan so‘ng uch kun davomida Institut va uning filiallarida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. 74. Tinglovchining murojaati qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki belgilangan muddatdan kechikib taqdim etilsa tinglovchining apellatsiyasi ko‘rib chiqilmaydi. 75. Murojaat etuvchi (tinglovchi) apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiyani ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin. Apellatsiyani komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma apellatsiya komissiyasi raisi, a’zolari va da’vogar tomonidan imzolanadi. 76. Apellatsiya shikoyati uch ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: yakuniy attestatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish; yakuniy attestatsiya komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish to‘g‘risida. 77. Yakuniy attestatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: apellatsiya mazkur Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; apellatsiyada keltirilgan sabablar o‘z tasdig‘ini topmasa. 78. Yakuniy attestatsiya komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablari buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. 79. Malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng Institut va uning filiallari murojaat etuvchi (tinglovchi)ga malaka sertifikatini beradi. 80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom muqovasi tomonlari 148x210 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan to‘q yashil rang sun’iy charmdan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomoni yuqori qismida tilla rangda, lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” so‘zlari pastroqda bosma naqsh usulida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, “JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICNA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASN VA MALAKASINI OSNIRISN INSTITUTI” hamda “DIPLOM” so‘zlari yozilgan. Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm o‘lchamda oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi. Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplomning ichki qismi chap tomonida chetidan 5 mm chekingan holda eni 22 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 20 mm bo‘lgan Davlat gerbi tasviri joylashgan. Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplomning ichki qismi chap tomonida yuqorida lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. “DIPLOM” so‘zidan pastroqda QT ikki lotin harfi va olti xonalik sondan iborat bo‘lgan raqam to‘q pushti rangda bosiladi. Shuningdek, diplom blankasining o‘ng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm o‘lchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi. Diplom: bosib chiqarishning ikki usuli — asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usuli; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qog‘ozlar; o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega. Malaka oshirish to‘g‘risidagi malaka sertifikati muqovasi tomonlari 148x210 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan to‘q ko‘k rang sun’iy charmdan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomoni yuqori qismida tilla rangda, lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISN VAZIRLIGI” so‘zlari pastroqda bosma naqsh usulida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, “JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICNA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASN VA MALAKASINI OSNIRISN INSTITUTI” hamda “MALAKA SERTIFIKATI” so‘zlari yozilgan. Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm o‘lchamda oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi. Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatning ichki qismi chap tomonida chetidan 5 mm chekingan holda eni 22 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 20 mm bo‘lgan Davlat gerbi tasviri joylashgan. Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatning ichki qismi chap tomonida yuqorida lotin yozuvidagi o‘zbek tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida MALAKA SERTIFIKATI” so‘zlari bosiladi. “MALAKA SERTIFIKATI” so‘zidan pastroqda MS ikki lotin harfi va olti xonalik sondan iborat bo‘lgan raqam to‘q pushti rangda bosiladi. Shuningdek, malaka sertifikati blankasining o‘ng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm o‘lchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi. Malaka sertifikati: bosib chiqarishning ikki usuli — asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usuli; yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qog‘ozlar; o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi 658-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 11-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida” 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qarori.
153
50,010
Qonunchilik
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis deputatlari fraksiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 10 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olinsin.
120
181
Qonunchilik
Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida
Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar munosabati bilan, shuningdek, mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonun normalari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi milliy xavfsizlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlari bilan bir qatorda quyidagilarga amal qilishlari lozim: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuniga; O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga; O‘zbekiston Respublikasining terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga; terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyalarga; Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) tavsiyalariga. 3. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 1553-moddasida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan: terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun shaxslarning xorijga chiqib ketishi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishni moddiy yoki moliyaviy jihatdan ta’minlash (bundan buyon matnda terrorizmni moddiy va moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi); terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq terrorchilik tashkiloti deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi tushuniladi. 5. Terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash quyidagilarda ifodalanishi mumkin: har qanday ko‘char yoki ko‘chmas aktivlarni yoki bunday aktivlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlarni taqdim etishda yoxud ularda ishtirok etishda (masalan, bank cheklari, pul o‘tkazmalari, bank kreditlari, qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar, veksellar, aksiyalar, akkreditivlar va h.k.); terroristik harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa mulklarni taqdim etishda yoki xizmatlar ko‘rsatishda. 6. Terroristik faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mulkiy xarakterdagi xizmatlar quyidagilarda ifodalanishi mumkin: terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish uchun chiptalar sotib olishda; pul mablag‘larini, shu jumladan, xayriya niqobi ostida O‘zbekiston Respublikasidagi yoki xorijdagi hisob raqamlariga o‘tkazishda; uchinchi shaxslar orqali pul va boshqa mablag‘larni taqdim etishda; terrorchilik tashkilotlariga qo‘shilish uchun jo‘nab ketayotgan shaxslarga yo‘lboshchilik qilishda; terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun qurol-yaroq, o‘q-dori va boshqa asbob-uskunalar taqdim etishda; oziq-ovqat mahsulotlari, hayotiy zarur narsalar, dori-darmonlar, kiyim-bosh, anjomlar, aloqa vositalari, transport, turar va noturar joylar pul mablag‘lari taqdim etishda va h.k. 7. Vositalar, resurslar to‘plash deganda, terrorizmni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan jinoyat predmetini izlab topish yoki jamg‘arishga qaratilgan harakatlarni sodir etish tushuniladi. Vositalar, resurslar to‘plashda ifodalangan jinoyat terrorizmni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan predmetlarning bir qismi olingan paytdan boshlab, bunda olingan vositalarni tasarruf etish uchun real imkoniyat mavjudligidan qat’iy nazar, tugallangan hisoblanadi 8. Vositalar, resurslarni taqdim etish deganda, ilgari qonuniy yoki noqonuniy yo‘l bilan topilgan va terrorizmni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan jinoyat predmetini terroristik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etishgacha yoki sodir etish jarayonida topshirish tushuniladi. Bu qilmish jinoyat predmeti amalda taqdim etilgan, shu jumladan, pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali jo‘natilgan paytdan boshlab, undan foydalanish uchun real imkoniyat mavjudligidan qat’iy nazar, tugallangan hisoblanadi. 9. Terroristik tashkilot a’zosi bo‘lgan shaxs tomonidan uni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlar JK 155 va 1553-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi. 10. Tushuntirilsinki, shaxsni JK 1553-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish uchun terrorizmni moliyalashtirishning hech bo‘lmaganda bitta fakti aniqlanganligining o‘zi yetarli. 11. Dastlabki tergov organlari va sudlar aybdorning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda JK 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishlari lozim. 12. Mansabdor shaxslarning terrorizmni moliyalashtirishda ifodalangan harakatlari JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi va JK 19211, 205-moddalari bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi. Mansabdor shaxsning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilishda, aybdor terrorizmni moliyalashtirishda o‘z mansab vakolatlaridan foydalanganligi aniqlanishi lozim. 13. Aybdorning harakatlarini JK 1553-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun ikki va undan ortiq shaxslarning terrorizmni moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirish maqsadida guruhga birlashganligi aniqlangan bo‘lishi kerak. 14. Shaxsning harakatlarida ekstremizm belgilari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga amal qilishlari lozim. 15. Qonunga muvofiq ekstremizmni moliyalashtirish deganda, quyidagilarga qaratilgan faoliyat tushuniladi: ekstremistik faoliyatning mavjud bo‘lishini va faoliyat ko‘rsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini ta’minlashga; ekstremistik tashkilotlarga yoki ekstremistik faoliyatga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘larni, resurslarni berishga yoxud yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga. 16. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 2441-moddasining birinchi qismida quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan: diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash yoki saqlash; qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga da’vat etish; diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoxud namoyish etish. 17. Shuni nazarda tutish kerakki, JK 2441-moddasining ikkinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik quyidagi hollarda kelib chiqadi: diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish; qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga yoxud aholi orasida vahima chiqarishga da’vat etish; fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish; diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish. 18. JK 2411-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilishini moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxsning harakatlari, jinoyatni bajaruvchining harakatlaridan kelib chiqqan holda, yordamchi sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 19. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxsning harakatlari JK 2442-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 20. Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda, sudlar shaxsda terrorizmni yoki ekstremizmni moliyalashtirishga qaratilgan to‘g‘ri qasd mavjudligini aniqlashi lozim. Jumladan, sudlar tomonidan shaxsning aybini isbotlovchi dalillarga huquqiy baho berishda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. 21. Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishda aybdor deb topilgan shaxslarga jazo tayinlashda, har bir alohida holatda sudlar sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olishlari zarur. 22. Terrorizmni, ekstremizmni moliyalashtirish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha muhokama tamomlanganda, sudlar ish bo‘yicha ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi masalani JPK 211-moddasiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida berilgan tushuntirishlariga amal qilgan holda hal qilishlari shart. 23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlari to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlasinlar, shuningdek, sud amaliyotida mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan choralar ko‘rsinlar.
120
10,362
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish b
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, so‘nggi yillarda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, adliya organlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini aholi, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish bo‘yicha 520 mingga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 685 ming nusxadagi tarqatma materiallar aholiga tarqatildi. Keng jamoatchilikni bepul huquqiy maslahat bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi 5 ta huquqiy portal (advice.uz — e-maslahat.uz, Milliy huquqiy internet portali, bolahuquqlari.uz, test.adliya.uz, hudud24.uz) yaratildi. Tadbirkorlar uchun bepul huquqiy ma’lumot va maslahat beradigan “Advice for business” yuridik portal ishga tushirildi. Norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, normativ-huquqiy bazaning tizimliligini va kompleksliligini ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Jumladan, vazirlik tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, byurokratik to‘siq va g‘ovlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqaruvchi hujjatlar bekor qilindi. Shuningdek 2019-yil va 2020-yilning birinchi yarim yilligida 3 419 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, shundan 241 tasi belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilmaganligi sababli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan. Ushbu davrda vazirlik tomonidan 300 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihasi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmaganligi tufayli ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan. Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasining ijrosini ta’minlash, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qisqartirish maqsadida vazirlik tomonidan 2019-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar jami 760 ta idoraviy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Fuqarolarning huquqiy ma’lumot bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida Internet tarmog‘ida O‘zbekiston qonun hujjatlari milliy bazasi — “LexUZ” faoliyati yanada takomillashtirildi. Davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlarini o‘z vaqtida yetkazish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi va tarqatilishi” axborot tizimi yaratildi. Mazkur tizim orqali qonun hujjati qabul qilingandan u vazirlik tomonidan tegishli tashkilotning eng quyi bo‘g‘iniga qadar elektron shaklda tezkorlik bilan yetkazilmoqda. Fuqarolarga sayyor huquqiy maslahat berish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bevosita hududlarga chiqqan holda 40 dan ortiq qabullar o‘tkazildi. Aholi uchun dolzarb va kundalik hayotda ko‘p duch kelinadigan holatlar bo‘yicha vazirlik veb-saytida 21 ta yo‘nalishni qamrab oluvchi alohida “So‘ragan edingiz” bo‘limi ochilib, u muntazam faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida “Madad” nodavlat tashkiloti va uning hududiy byurolari tashkil qilindi. Tadbirkorlarga tezkor ravishda bepul huquqiy maslahat va ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratish maqsadida biznes vakillari uchun maslahat oladigan “Advice for business” yuridik portali ishga tushirildi. Imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun Brayl alifbosida “Ko‘zi ojiz shaxslarning huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” tayyorlandi. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish borasida o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham mavjud. Xususan, bugungi kunda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda innovatsion usullarini yanada keng joriy qilish, huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda vazirlik va idoralar bilan hamkorlik yetarli darajada emas. Vazirlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning ayni yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish maqsadga muvofiq. Joylarda noqonuniy qarorlar qabul qilish amaliyoti hanuzgacha uchrayotganligi, bu ayniqsa mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida ko‘p kuzatilayotganini inobatga olgan holda, vazirlikning huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy saytlarida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida, to‘liq e’lon qilinishini, aksariyat vazirlik va idoralarning o‘zlariga tegishli qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish ishlarini olib borishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil qilish orqali ayrim davlat organlari tomonidan qonun talablarini mensimaslik, ularni qo‘pol ravishda buzish holatlariga barham berishga erishish talab qilinadi. Huquqiy mavzudagi maqolalarni yoritishga ixtisoslashgan jurnalistlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi va qo‘shimcha huquqiy axborotga kirish tizimini o‘z ichiga olgan Milliy huquqiy internet portalini takomillashtirish, “LexUZ” tizimidan foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish va aholiga huquqiy axborotni taqdim etish samaradorligini oshirish borasida boshlangan ishlarni tezroq yakuniga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov): aholini qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish; aholining turli qatlamlari kundalik hayotida keng tarqalgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, jumladan ishsiz ayollar va yoshlarga huquqiy maslahatlar berish ko‘lamini yanada kengaytirish; qonun hujjatlarini tarqatish borasidagi amaliy harakatlar yuzasidan doimiy, har tomonlama monitoring va tahlil o‘tkazilishini, ularning mohiyati va ahamiyati aholiga tushuntirilishini ta’minlash hamda zarur bo‘lgan taqdirda, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash; davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash, xususan yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirib borish, ular tomonidan tayyorlanadigan qonun hujjatlari loyihalarining sifatini oshirish hamda loyihalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish; davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonlik darajasiga oid alohida minimal talablarni ishlab chiqish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilishni tezlashtirish; joylarda “Qonunchilikdagi yangiliklar” mashg‘ulotlarini tizimli tashkil qilish, unda adliya organlari tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini hokimlik va mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rgazmali tarzda tushuntirish, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish holati bo‘yicha tushuntirishga alohida e’tibor qaratish; davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot hamda ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali o‘z vaqtida olishi hamda ularni o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga yetkazishi yuzasidan doimiy monitoring o‘tkazish; ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida multimedia materiallari hamda dasturlarini tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish; norma ijodkorligi faoliyatida foydalanish maqsadida milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi zarur bo‘lgan xalqaro shartnomalar talablari hamda xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasining shakllantirilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin. 3. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z xodimlarining huquqiy savodxonligini va qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorlik mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi — “LexUZ” saytiga joylashtirish maqsadida hududiy adliya organlariga taqdim etib borsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ustidan muntazam ravishda parlament nazoratini o‘rnatsin. 6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Kadirov zimmasiga yuklatilsin. 7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
10,601
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 11-dekabrdagi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” so‘zlari “bir ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 23-bandning o‘ninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” so‘zlari “bir ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sertifikati berish tartib to‘g‘risidagi nizomda: a) 61-bandning beshinchi xatboshidagi “uch ish kuni” so‘zlari “bir ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 62-bandning o‘ninchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay” so‘zlari “bir ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 38-bandining oltinchi xatboshidagi “notarial tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
250
1,889
Qonunchilik
Xususiy kadrlar agentliklari uchun qonun qabul qilinadi
MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 35-yalpi majlisida qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati toʻgʻrisida”gi Namunaviy qonun (28.10.2010 yildagi 35-14-son qaror) loyihaga  asos qilib olingan. Mazkur qonun loyihasi хususiy bandlik agentliklari, ya’ni хodimlarni tanlash, shuningdek talabgorlarga boʻsh ish oʻrinlarini egallashga koʻmaklashish va mehnat bozorida boshqa хizmatlar koʻrsatish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi nodavlat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Bundan tashqari, хususiy kadrlar agentliklari fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bilan bogʻliq funksiyani bajarishlari mumkinligi koʻzda tutilayotir. Biroq bu faoliyat uchun litsenziya talab qilinadi. Loyihada rekruting tashkilotlari, shuningdek mehnat bozorining boshqa ishtirokchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquq va majburiyatlari hamda ular ishidagi alohida jihatlar, хususan, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻz aksini topgan. Loyihaga koʻra, хususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan nazoratni ijro etuvchi hokimiyatning vakolatli organlari amalga oshiradi. Loyiha toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
55
1,239
Qonunchilik
Poytaхtimizdagi uchta bank ijtimoiy ahamiyatli хizmatlarni yetkazib beruvchilar deb topildi
Kiritilgan tuzatishlarga koʻra, koʻrsatib oʻtilgan tijorat banklari tartibga solinadigan narхlar boʻyicha ijtimoiy ahamiyatli хizmatlarni yetkazib beruvchilar jumlasiga kiritildi. Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 10.02.2016 yildagi 33-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 5.08.2016 yildagi 252-son qaroriga kiritildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz.   Mavzuga oid material: Oʻzbekistonda «Oʻzagroeksportbank» paydo boʻladi
91
651
Qonunchilik
1 fevraldan talabalarga stipendiyalar yangi qoidalar boʻyicha toʻlanadi
Hukumat tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi (31.01.2020 yildagi 59-son VMQga qarang). Qarorga muvofiq 2020 yil 1 fevraldan: T/r Reyting koʻrsatkichlari Stipendiya miqdori (soʻm) 1 Reyting nazorati natijalariga ega talabalar:  86 – 100 ball 804 974 71 – 85 ball 603 730 55 – 70 ball 402 487 2 Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:  86 – 100 ball 873 576 71 – 85 ball 655 182 55 – 70 ball 436 788 3 Davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi, reyting nazorati natijalariga ega talabalar: 86 – 100 ball 768 134 71 – 85 ball 576 101 55 – 70 ball 384 067 4 Oliy ta’lim muassasalarida matematika, amaliy matematika va informatika, aхborot teхnologiyalari va aхborot хavfsizligi mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim olayotgan, reyting nazorati natijalariga ega talabalar:   86 – 100 ball 876 070 71 – 85 ball 657 053 55 – 70 ball 438 035 5 Kar-soqov va koʻzi ojiz talabalarga stipendiya belgilanganga nisbatan 50% yuqori miqdorda toʻlanadi    Davlat granti asosida ta’lim olayotgan «a’lo» (86 ball va undan yuqori) hamda «yaхshi» (71 ball va undan yuqori) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019 yil 1 sentyabrdan 2020 yil 1 fevralga qadar haqiqatda toʻlangan hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida toʻlanishi lozim boʻlgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga 2020 yil uchun ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi.  2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya toʻlovlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, ularga kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda toʻlash imkoniyati beriladi.   Hujjat bilan quyidagi nomli stipendiyalar miqdori va ayrim toifadagi talabalarga toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov miqdorlari ham tasdiqlandi: Stipendiyalar tayinlash uchun stipendiya komissiyasi ta’sis etiladi. Komissiya har bir oʻquv yilida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor raisligida tashkil etiladi. Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning roʻyхatlari rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan, oʻquv semestri uchun oʻzlashtirish natijalari boʻyicha uzrsiz sabablarga koʻra akademik qarzi boʻlgan talabalar keyingi oʻquv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum qilinadi. Akademik qarzini bartaraf etgan va fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 30%dan kam qismi «qoniqarli» baho (71 balldan kam) boʻlgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi oʻquv semestriga qadar tayinlanadi. Uzrli sabablarga koʻra akademik qarzi boʻlgan talabalar akademik qarzlarini bartaraf etgunlariga qadar stipendiyadan mahrum etilmaydilar. Oʻquv rejasi asosida amalga oshirilgan malaka amaliyotlari va ta’tillar davrida talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi. Biroq talabalarga akademik ta’til davrida stipendiya toʻlanmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kirdi.
71
3,600
Qonunchilik
Zargarlarga litsenziyalarni Asillik darajasini belgilash palatasi beradi
Zargarlik va qimmatbaho metallardan yasalgan boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash funksiyalari MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligidan Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga oʻtkazildi (18.05.2019 yildagi PF–5721-son Farmonga qarang).  Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 oktyabrgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan berilgan roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida amalga oshirilgan. Biroq koʻrsatilgan sanadan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga buning uchun litsenziya talab etilgan, roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi esa bekor qilingan. Avvalboshdan Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi ushbu sohada litsenziyalovchi organ etib belgilangan edi (10.08.2017 yildagi PQ–3199-son qarorga qarang, litsenziyalash tartibi – bu yerda). Endi esa Davlat asillik darajasini belgilash palatasi litsenziya beradi. Shu tariqa, ushbu sohada ruхsat berish tusiga ega hujjatlarni berish funksiyalari ushbu organga qaytarib berildi. Bundan tashqari, Asillik darajasini belgilash palatasining maqomi va qarashliligi oʻzgardi. Ilgari Markaziy bank muassasasi sifatida u Qimmatbaho metallar agentligiga qarashli edi, hozir esa Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilmoqda. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
72
1,398
Qonunchilik
Davlat chegarasi qanday belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (10.04.2021 yildagi 204-son VMQ). Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan: Nizomga muvofiq davlat chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat. Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maхsus chegara belgilari bilan belgilanadi. Chegara ustuni asosiy chegara belgilari jumlasiga kiradi. Uning quyidagi turlari mavjud: Chegara ustunlari turlarining tavsifi Nizomga ilovada keltirilgan. Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va oʻrnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat chegaralarini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasining chegara belgilari geografik koordinatalari hududning fizik-geografik хususiyatlaridan kelib chiqib aniq belgilanishi lozim.   Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
35
1,140
Qonunchilik
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, ko‘p kvartirali turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi qoshida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash jarayonining borishini o‘rganish va nazorat qilish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, issiqlik energiyasi va ichimlik suv yetkazib berish bo‘yicha respublika shtabi tashkil etilganligi; respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha bajarilgan ishlar natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida infratuzilma, mahallalar va ko‘p kvartirali turar joy fondining joriy holati inobatga olingan holda 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: a) Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq: respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror ishlashga tayyorlash; yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining barqaror faoliyat ko‘rsatishi; ko‘p kvartirali turar joy fondini barqaror ishlashga, aholi va iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga tayyorlash; ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash; b) 7 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 37 ta qozon, 40,6 km issiqlik tarmog‘i, 178,7 km suv quvuri, 85,1 km gaz quvuri va 20,1 ming km elektr tarmoqlarini, shuningdek, 6,7 mingta transformator podstansiyalarini kapital ta’mirlashni o‘z ichiga oladigan asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob- uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va kapital ta’mirlash parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; v) 83 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 771 ta qozon, 96,8 km issiqlik tarmog‘i, 426,9 km suv quvuri, 193,7 ming km elektr tarmoqlari, shuningdek, 59,4 mingta transformator podstansiyasini joriy ta’mirlashni o‘z ichiga oladigan asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarni 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy ta’mirlash parametrlari 3-ilovaga* muvofiq; g) 1431 ta maktab, 1098 ta bolalar bog‘chasi, 50 ta bolalar uylari va maxsus maktab-internatlar, 335 ta kasalxona va ambulatoriya-poliklinika muassasalarini kapital va joriy ta’mirlashni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy ta’mirlash parametrlari 4-ilovaga* muvofiq; d) 4812 ta ko‘p kvartirali uylarda: 1,9 mln kv.m tomni, 9,4 ming kirish joylarini, shu jumladan 2840 ta uyda ichki muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni ta’mirlash, shuningdek, 1367 ta bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash, 238 ta liftni almashtirish va ta’mirlash, ko‘p kvartirali uylarga tutash 459,7 ming kv.m yo‘lkalarni betonlashni o‘z ichiga oladigan ko‘p kvartirali turar joy fondini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy ta’mirlash parametrlari 5-ilovaga* muvofiq; e) iqtisodiyot tarmoqlari uchun 6,5 mln tonna hajmida, shu jumladan aholi uchun 911 ming tonna, budjet sohasi tashkilotlari uchun 405 ming tonna ko‘mir mahsulotlari g‘amlashni o‘z ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davriga ko‘mir mahsulotlari g‘amlash parametrlari 6-ilovaga* muvofiq; j) aholiga 245,2 ming tonna hajmida suyultirilgan gaz, issiqlik ta’minoti tashkilotlari uchun 8,4 ming tonna pech yoqilg‘isi, 1,6 ming tonna mazut va 12,2 ming tonna texnik tuz yetkazib berishni o‘z ichiga oladigan 2019/2020-yillar kuz-qish davrida mazut va texnik tuz g‘amlash hamda suyultirilgan gaz yetkazib berish parametrlari 7-ilovaga* muvofiq; z) Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 8-ilovaga* muvofiq; i) mazkur qarorni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov): a) bir oy muddatda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish asosida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko‘p kvartirali uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ishlarning holati tanqidiy o‘rganib chiqilishini; b) o‘rganish natijalari bo‘yicha: vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari va maslahatchisi tomonidan; respublika hududlari, tumanlari (shaharlari) bo‘yicha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirishning batafsil tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va ta’minlash parametrlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha hududiy komissiyalarni tashkil etsinlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashga yo‘naltirilgan tadbirlar hamda ishlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov: viloyatlar, shaharlar va ayniqsa qishloq tumanlarida ijtimoiy soha obyektlarini, ko‘p kvartirali uylarni bo‘lajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni, mahalliy avtomobil yo‘llari, ko‘chalar va umumiy foydalaniladigan joylar, lift uskunalari, markazlashtirilgan va mahalliy qozonxonalar, issiqlik, suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlarining mahallalar hududlarining sanitariya holati talablariga muvofiq tartibga keltirilishini, shuningdek, ko‘mir mahsulotlari g‘amlanishini joylarga chiqib shaxsan o‘zi nazorat qilsin; nazorat natijalari bo‘yicha obyektlarni kuz-qish davriga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 6. Energetika vaziri A.S. Sultanov kuz-qish davrida yoqilg‘i-energetika resurslari, elektr energiyasi yetkazib berish, transformator podstansiyalarini ta’mirlash va ularning barqaror ishlashini ta’minlash, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun joylarga chiqib, aholi bilan shaxsan uchrashuvlar o‘tkazsin. 7. “O‘zbekneftgaz” AJ (Sidiqov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), “O‘ztransgaz” AJ (Saidov), “Hududgazta’minot” AJ (Eshmurodov), “O‘zbekko‘mir” AJ (Odilov) rahbarlari asosiy yoqilg‘i-energetika resurslari va ko‘mir mahsulotlari barcha toifadagi iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘yicha tadbirlar so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov joylarga chiqib ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, ularning sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini ta’minlash ishlarini tashkil etsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.J.Vaxabov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda: 2018/2019-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish asosida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha 2019/2020-yillar qish-bahor davri uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini g‘amlashning real hajmlarini belgilasin, bunda narxlarning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kartoshka, piyoz, sabzi, karam, guruch va dukkakli ekinlar mahsulotlarini g‘amlashga alohida e’tibor qaratilsin; g‘amlanishi kerak bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashning zarur sharoitlarini ta’minlash hamda g‘amlashning to‘liqligi va mahsulotlarning zarur tarzda saqlanishi uchun mas’ul shaxslarni belgilash bo‘yicha aniq takliflarni belgilangan tartibda kiritsin. “O‘zbekoziqovkatzaxira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev zimmasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlashning to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda ta’minlanishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov Respublika komissiyasining xulosasiga ko‘ra o‘tkir zarurat mavjud bo‘lgan hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davriga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun qo‘shimcha zaxiralarni qidirib topsin. 11. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tizimli axborot berilishini ta’minlasin. Ushbu qaror bajarilishining borishi har chorakda Respublika komissiyasi yig‘ilishlarida tanqidiy ko‘rib chiqilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3849-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
168
11,504
Qonunchilik
Mahsulot ishlab chiqaruvchi uning muvofiqligini deklaratsiyalashi shart
«Oʻzstandart» agentligi Bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1465-3, 2017 yil 4 sentyabr) bilan Mahsulotning хavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ishlab chiqaruvchi deklaratsiyalaydi Tuzatishlarga koʻra deklaratsiyada havola mavjud boʻlgan normativ hujjatlar bilan belgilangan deklaratsiyalash boʻyicha majburiyat va mahsulot tavsifi uchun mas’uliyat yetkazib beruvchidan ishlab chiqaruvchiga oʻtkazildi. Tegishincha, ishlab chiqaruvchi хavfsizlik boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ta’minlashi, mahsulotning muvofiqligini sinovdan oʻtkazishi va tasdiqlashi zarur. Deklaratsiyalashdan keyin ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mazkur mahsulotga taalluqli normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi barqarorligini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi darkor. Qanday sabablarga koʻra rad etiladi Hujjatda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyхatdan oʻtkazishni rad qilish uchun quyidagi asoslar yozilgan: Nizomga qator boshqa tuzatishlar kiritilgan. Buyruq Qonun hujjatlari toʻplamining 11.09.2017 yildagi 36 (796)-sonida e’lon qilindi va 3 oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
71
1,463
Qonunchilik
Markaziy bankda Bank хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash хizmati tashkil etiladi
Markaziy bankning Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti Bank хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalash хizmati etib qayta tashkil etiladi. MBning ma’lum qilishicha, Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.   Xizmatning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi: Shuningdek Jamoatchilik qabulхonasi tashkil qilinadi, u yerga iste’molchilar turli maslahatlar va tushuntirishlar olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Iste’molchilar huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash uchun eng quyi talablarni belgilash rejalashtirilmoqda. Mijozlarga хizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish, innovatsion хizmatlarni koʻrsatishga alohida e’tibor qaratiladi. Markaziy bank iste’molchilarga kredit tashkilotlari хizmatlari haqida ishonchli va toʻliq aхborot taqdim qilishdagi toʻsiqlarni bartaraf etishni nazarda tutadi. Xizmatga  (0371) 200-00-44 telefon raqami orqali yoki Toshkent sh., I.Karimov koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha murojaat qilish mumkin.
98
1,153
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin. 2. “O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti to‘g‘risida”gi 1978-yil 21-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978-y., № 36, 527-modda).
114
436
Qonunchilik
knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi
knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buхgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi: ‼ Aksiya oʻtkazilayotganini eslatib oʻtamiz: ikkita va undan koʻp kitob sotib olgan har bir хaridorga sovgʻa beriladi. Buyurtmani rasmiylashtirish.
39
241