folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Deputat yordamchisining maqomi belgilandi | 14.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-722-son Qonun qabul qilindi.
2.12.2004 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida” 704-II-son Qonun deputat yordamchisi toʻgʻrisidagi 94-modda bilan toʻldirildi. Unda belgilanishicha, deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda oʻz saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun yordamchiga ega boʻlishga haklidir.
Oʻzbekistonning 18 yoshga toʻlgan fuqarosi deputatning yordamchisi boʻlishi mumkin. Uni ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga koʻra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Shartnoma deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda tugatilishi mumkin.
26.12.1996 yildagi “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-son Qonundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining vakili toʻgʻrisidagi 142-modda chiqarib tashlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 41 | 1,304 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRIDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor xo‘jalik birlashmalari hamda korxonalari tomonidan notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) qabul qilingan ta’lim dasturlariga hamda oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan umumiy e’tirof etilgan xalqaro talablarga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga muvofiq avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Universitetning asosiy vazifasi hisoblansin.
“Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Universitet Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) bilan tuziladigan servis va litsenziya bitimlari asosida 2009-yilning 1-sentabridan boshlab kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2-ilovaga muvofiq asosiy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha barcha darajalardagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi, shuningdek kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi;
abituriyentlarni qabul qilish va Universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
talabalarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi;
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Universitetning qabul parametrlari Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Universitet Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
4. Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi):
Universitetda ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishga asoslangan holda, o‘quv-uslubiy rahbarlikni va o‘quv jarayonini amalga oshirishni ta’minlashi;
Universitetning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-texnika adabiyotlari bilan to‘ldirishga, o‘quv-laboratoriya bazasi hamda zamonaviy axborot markazini tashkil etishga ko‘maklashishi;
o‘zbekistonlik yosh va istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini, shu jumladan chet elda oshirishga ko‘maklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushadigan mablag‘lar, shu jumladan manfaatdor tashkilotlar tomonidan talabalar bilan tuzilgan kontraktlar asosida beriladigan grantlar;
Universitet Vasiylik kengashi qarorlari asosida jalb qilinadigan boshqa mablag‘lar, shuningdek homiylar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
6. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barcha turdagi soliqlardan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublikamizga Universitetni rekonstruksiya qilish, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar, kompyuter va tashkiliy texnika, adabiyot, multimediya mahsulotlari, qurilish materiallari, jihozlar va moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 5 yil muddatga ozod etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari bo‘yicha Universitetning ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Universitet buyurtmanomalari bo‘yicha Universitetning chet ellik professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga, ularning oila a’zolariga, davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga chet ellik professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlarni jalb qilish uchun Universitetga, uni davlat boji to‘lashdan ozod etgan holda belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin.
10. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti quyidagi manzildagi tutash hududga ega binolar kompleksida joylashtirilsin: Toshkent shahri, Niyozov ko‘chasi (Kichik halqa yo‘li), 17-uy.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda yuqorida ko‘rsatilgan tutash hududga ega binolar kompleksini “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga, 2009/2010 o‘quv yili boshlangunga qadar binolar kompleksini kompaniya tomonidan rekonstruksiya qilish va Universitetni zarur mebellar, jihozlar, o‘quv va laboratoriya anjomlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan zamonaviy talablarga muvofiq jihozlashni ta’minlash sharti bilan berishni nazarda tutadigan qaror qabul qilsin.
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. Mashinasozlik texnologiyasi;
2. Avtomobil injiniringi;
3. Energetika;
4. Sanoat va fuqarolik (xo‘jalik) qurilishi injiniringi;
5. Arxitektura va sanoat dizayni;
6. Axborot texnologiyasi va sanoatda ABT. | 86 | 7,223 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmonlari hamda “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-iyuldagi PQ-322-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-fevraldagi 129-son qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha ta’lim vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanmaydi (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa holatlar ro‘y berishi sababli davomat kamayishi holatlari bundan mustasno).
2. Quyidagilar:
Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi o‘rtasida o‘zaro almashiladigan ma’lumotlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2022-yil 1-sentabrdan boshlab amaliyotga tatbiq etilsin.
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 15-avgustga qadar:
a) Maktabgacha ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralarning tegishli ma’lumotlari NMTTBATga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini ta’minlasin.
Bunda 5-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar rahbarlariga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasiga integratsiyalashuvini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin;
b) NMTTBATning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari joylashgan hududlarda mobil internet tarmog‘i uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. Tegishli tijorat banklariga:
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit ajratishda oxirigacha qurib bitkazilmagan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini garov ta’minoti sifatida qabul qilish;
imtiyozli kredit ajratilib, bekor qilingan bitimlar bo‘yicha ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini qaytarish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) shaklidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — MTT) tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi MTTni tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Tijorat banklari ularda Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi MTTni tashkil etish uchun joylashtirilgan resurslardan faqat DXSh to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash uchun imtiyozli kreditlar (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli kredit) berish maqsadida foydalanishga ruxsat etiladi.
4. Moliya vazirligi tijorat banklari bilan qonunchilikda belgilangan foiz stavkalarida resurs joylashtirish to‘g‘risida shartnoma (bosh kelishuv)lar tuzadi.
5. Resurs mablag‘lari tijorat banki bilan tuzilgan shartnoma (bosh kelishuv) doirasida tijorat banki tomonidan taqdim etiladigan so‘rovnomaga asosan uning maxsus hisobvaraqlariga joylashtiriladi.
6. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ajratilgan resurs doirasida imtiyozli kredit ajratilishi tavsiya etilgan DXSh loyihalari ro‘yxati shakllantiriladi va Moliya vazirligi hamda tijorat banklariga taqdim etiladi.
Bunda DXSh bitimiga muvofiq o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmagan, moliyalashtirish manbai mavjud bo‘lmagan yoki imtiyozli kredit olish uchun garov ta’minotiga ega bo‘lmagan loyihalarni ro‘yxatga kiritish taqiqlanadi.
7. Tijorat banklari:
DXSh loyihasini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektidan ariza tushgan vaqtdan boshlab uch bank ish kuni ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda DXSh loyihasi bo‘yicha imtiyozli kreditlarni ajratish yoki ajratmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan DXSh loyihalari reyestri, so‘rovnoma va ajratiladigan resurs mablag‘larni qaytarish grafigini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
8. Moliya vazirligi va tegishli tijorat banki o‘rtasida taqdim etilgan so‘rovnomaga asosan resurs ajratish shartnomasi tuziladi. Bunda shartnomada resursni qaytarish grafigi ko‘rsatiladi.
9. Resurs mablag‘larini ajratish shartnomasi imzolanganidan so‘ng ikki bank ish kuni ichida Moliya vazirligi tijorat bankining maxsus hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi.
10. Tijorat banklari tomonidan DXSh loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish Moliya vazirligi tomonidan mazkur maqsadlar uchun joylashtirilgan resurs doirasida amalga oshiriladi.
11. DXSh loyihalariga imtiyozli kreditlar tijorat banklari tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarga va yillik foiz stavkalarida kreditlar o‘z vaqtida qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi.
12. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish, resurs ajratish shartnomasida belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi.
13. Moliya vazirligi DXSh loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs har chorakda tijorat banklari tomonidan qaytarilishini nazorat qiladi hamda kechiktirilgan resurslar bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi.
14. Tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan resurs hisobidan tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan har chorakdan keyingi oyning 10-kuniga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligiga ma’lumot taqdim etib boradi.
15. Moliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tijorat banklariga DXSh loyihalari bo‘yicha imtiyozli kreditlarni ajratish uchun joylashtirilgan resurs maqsadli va samarali ishlatilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
16. Ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalarga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan beriladigan subsidiyalar va kompensatsiyalarni to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalarni to‘lash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Subsidiyalar va kompensatsiyalarni to‘lash bo‘yicha buyurtmanomalar mazkur Nizomga 2 — 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
4. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — DXSh asosidagi MTT)ga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — oilaviy MTT)ga subsidiyalar va kompensatsiyalar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qilish davrida, o‘quv yili va sog‘lomlashtirish davri mobaynida hisoblanadi va to‘lanadi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishga asoslangan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari (keyingi o‘rinlarda — tomonlar) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Maktabgacha ta’lim vazirligi;
xususiy sherik — qonunchilik hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan tadbirkorlik subyekti;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda — bitim) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilovchi davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
6. DXSh asosidagi MTTga (oilaviy MTT bundan mustasno) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi subsidiyalar to‘lanadi:
a) DXSh asosidagi MTTga ushbu tashkilotlarda ta’lim olayotgan har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasiga nisbatan:
Toshkent shahrida — 30 foiz (2023-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi “Gulzor”, “Jaloir” “Toshkent”, “Xo‘ja Uchqun” va “Chortoq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda yangi tashkil etiladigan nodavlat MTTga 50 foiz) miqdorida;
Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida — 40 foiz miqdorida;
olis va chekka hududlarda joylashgan DXSh asosidagi MTTda — 75 foiz miqdorida;
qolgan hududlarda — 50 foiz miqdorida;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 12-bobida nazarda tutilgan xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTTga (keyingi o‘rinlarda — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT) direktor, metodist, tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa xodimlarining ish haqini to‘lash uchun — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida;
v) farzandi DXSh asosidagi MTTda ta’lim va tarbiya olayotgan boquvchisini yo‘qotgan ayollarning ota-onalar to‘lovini qoplash uchun — tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda.
7. Olis va chekka hududlarda joylashgan DXSh asosidagi MTTda (oilaviy MTTlar bundan mustasno) “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi.
Bunda mazkur subsidiya ushbu Nizomning 6-bandi “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshidagi subsidiyaga qo‘shimcha ravishda NMTTBATdagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida mazkur jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi organlar tomonidan to‘lanadi.
8. DXSh asosidagi MTTga (oilaviy MTTlar bundan mustasno) ularda ta’lim olayotgan har bir bola uchun oylik subsidiya summalari quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KXS = DBX / UBS / IKS * SBF
TOS = KXS * TQS
Bunda:
KXS — DXSh asosidagi MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika bo‘yicha qat’iy miqdori;
DBX — joriy moliya yilida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori.
Bunda bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflanadigan xarajatlar summasini hisoblashda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Asosiy vositalar bo‘yicha xarajatlar” hamda “Elektr energiyasi va tabiiy gaz, ko‘mir va issiqlik ta’minoti xarajatlari” hisobga olinmaydi;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
SBF — mazkur Nizomning 6-bandi “a” kichik bandida belgilangan hududlar bo‘yicha subsidiyaning belgilangan foizi;
TOS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilar uchun to‘lanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni.
9. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTTlarga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, ma’lumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
IHS = (BTS * XIS / IKS * (DKS + AKS) + TKS) * (1 + ISS)
Bunda:
IHS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT xodimiga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — xodimning lavozimi, ma’lumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
XIS — xodimning lavozimi bo‘yicha belgilangan ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
DKS — NMTTBATda qayd etilgan xodimning davomat kunlari soni;
AKS — xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida ta’lim muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganida) bekor turib qolingan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha ta’lim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
TKS — MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
ISS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
10. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTTning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar xususiy sherik tomonidan NMTTBATga kiritiladi.
Bunda kiritiladigan ma’lumotlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining axborot tizimidan olinadigan ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
11. Oilaviy MTTga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi subsidiyalar to‘lanadi:
ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun — 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida (tegishliligi bo‘yicha tuman koeffitsiyenti qo‘llangan holda);
ularda ta’lim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, ko‘rpalar, choyshablar, ko‘rpa va yostiq jildlari, yoping‘ichlar, qop-ko‘rpa) hamda dori-darmonlar bilan ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan normativlar bo‘yicha;
farzandi oilaviy MTTda ta’lim va tarbiya olayotgan boquvchisini yo‘qotgan ayollarning ota-onalar to‘lovini qoplash uchun — tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovi miqdorida.
12. Oilaviy MTTga ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar basharti ushbu MTTning har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘lanadi.
Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi.
13. Oilaviy MTTning tarbiyachilari va tarbiyachi yordamchilari ishda bo‘lmagan vaqt (mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til, kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning o‘rniga vaqtincha yollagan boshqa tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilari ishlagan kunlar bo‘yicha haqiqiy davomatidan kelib chiqib ish haqi uchun subsidiya hisoblanadi va to‘landi.
Bunda oilaviy MTT rahbari yangi yollangan tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni NMTTBATga kiritishi lozim.
14. Oilaviy MTTning tarbiyachilari va tarbiyachi yordamchilari mehnat ta’tili, homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqanda ularning ta’til va nafaqa pullarini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmaydi.
15. Oilaviy MTTga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, ma’lumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
IHS = (BTS * XIS / IKS * (DKS + AKS) + TKS) * (1 + ISS)
Bunda:
IHS — oilaviy MTT xodimiga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — xodimning lavozimi, ma’lumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
XIS — xodimning lavozimi bo‘yicha belgilangan ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
TKS — oilaviy MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
DKS — NMTTBATda qayd etilgan xodimning davomat kunlari soni;
AKS — xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovub yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlar asosida ta’lim muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganida) bekor turib qolingan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni oilaviy MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha ta’lim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
ISS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTTlar uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
16. Oilaviy MTTda:
ish haqi xarajatlari budjet subsidiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlardan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal to‘lovlari hamda xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summalari har bir xodim uchun NMTTBATda hisoblanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlab qolingandan keyin hisoblangan ish haqi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari orqali Moliya vazirligining tegishli axborot tizimi yordamida tuman (shahar) mahalliy budjetlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri oilaviy MTT xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.
Oilaviy MTTdan va ularning xodimlaridan ushlab qolingan ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal to‘lovlari tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan tegishlicha tuman (shahar) pensiya, soliq organlariga va xalq banki bo‘limlariga to‘lov topshiriqnoma asosida o‘tkaziladi hamda ushbu soliq va badal to‘lovlarni to‘layotgan yakka tartibdagi tadbirkor nomi va uning xodimlari ma’lumotlari (F.I.O, pasport seriyasi, raqami va boshqa) va to‘lov summasi ko‘rsatilgan holda elektron to‘lov qaydnoma (vedomost) jo‘natiladi.
17. Oilaviy MTTda:
a) ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KOX = (DBX / UBS + OTM*12) / IKS
OXS = KOX * TQS
Bunda:
KOX — oilaviy MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik ovqatlanish xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika bo‘yicha qat’iy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz berilgan tumanlarda joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
OTM — tuman markazlarida joylashgan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun bir oylik ota-onalar to‘lovi miqdori;
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
OXS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish uchun to‘lanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida har bir tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni;
b) yumshoq jihozlar xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
OYuX = DBX / UBS / 12
OYuS = OYuX * DTS
Bunda:
OYuX — oilaviy nodavlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisini bir oylik yumshoq jihozlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika bo‘yicha qat’iy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yumshoq jihozlar xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
OYuS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni yumshoq jihozlar bilan ta’minlash uchun oylik subsidiya summasi;
DTS — hisobot oyida davomati 40 foizdan yuqori bo‘lgan tarbiyalanuvchilar soni;
v) dori vositalari xarajatlarini qoplash uchun subsidiyaning oylik summasi quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
ODX = DBX / UBS / 12
ODS = ODX * DTS
Bunda:
ODX — oilaviy nodavlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisini bir oylik dori vositalari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika bo‘yicha qat’iy miqdori;
DBX — tegishli moliya yilida 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan dori vositalari xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
ODS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilarni dori vositalari bilan ta’minlash uchun oylik subsidiya summasi;
DTS — hisobot oyida davomati 40 foizdan yuqori bo‘lgan tarbiyalanuvchilar soni.
18. DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga hisobot oyida foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har oylik kompensatsiya to‘lanadi.
19. DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga to‘lanadigan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik maksimal summasi quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
EKM = DBX / UBS / IKS * 0,5
EKS = EKM * TQS
Bunda:
EKM — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar tarbiyalanuvchiga to‘lanadigan kompensatsiyaning kunlik qat’iy miqdori;
DBX — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy summasi;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
EKS — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning oylik maksimal summasi;
TQS — hisobot oyida har bir tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni.
20. DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga to‘lanadigan tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik summasi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
GKM = DBX / UBS / IKS * 0,5
GKS = GKM * TQS
Bunda:
GKM — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar tarbiyalanuvchiga to‘lanadigan kompensatsiyaning kunlik qat’iy miqdori;
DBX — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy summasi;
UBS — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ro‘yxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
GKS — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning oylik summasi;
TQS — hisobot oyida har bir tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu tashkilotga qatnagan kunlari soni.
21. DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiya hisobot oyida ular tomonidan haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi narxining 50 foizi miqdorida, biroq elektr energiyasidan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning oylik maksimal summasidan (EKSdan) oshmagan holda to‘lanadi.
DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTning hisobot oyida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektr energiyasini yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etiladi.
Tabiiy gazdan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lovlari barcha DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTga ularda markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar to‘lanadi.
22. Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyalar DXSh asosidagi MTT (oilaviy MTTlar bundan mustasno) va boshqa nodavlat MTTning NMTTBAT orqali Maktabgacha ta’lim vazirligiga bir yilda bir marotaba yuborgan arizasi asosida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisoblanadi.
Bunda kompensatsiya to‘lovlari ariza berilgan kundan keyin keladigan ish kunidan boshlab tarbiyalanuvchilarning haqiqiy davomatidan kelib chiqib hisoblab boriladi.
23. DXSh asosidagi MTTga subsidiya ajratish davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan muddat davomida amalga oshiriladi.
24. DXSh asosidagi MTTga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ularda ta’lim olayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul davrini kutayotgan bolalar uchun to‘lanadi.
Boquvchisini yo‘qotgan ayollar va ularning farzandlari ro‘yxati NMTTBATga Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining axborot tizimidan o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali olinadi.
25. DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTT uchun subsidiyalar va kompensatsiyalarning qat’iy miqdorlari Moliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning avgust oyida — 2022-yil avgust oyidan 2023-yil mart oyigacha bo‘lgan muddat uchun, keyingi yillarda esa har yili aprel oyida — joriy yil aprel oyidan keyingi yilning mart oyigacha bo‘lgan muddat uchun tasdiqlanadi.
26. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari o‘zgargan holatlarda DXSh asosidagi MTTga to‘lanadigan ish haqi xarajatlari uchun subsidiyalarning miqdorlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda DXSh asosidagi MTTga to‘lanadigan subsidiyalarning yangi miqdorlari qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab hisoblab boriladi.
27. Subsidiyalar va kompensatsiyalarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar tegishli moliya yili uchun respublika budjeti parametrlarida Maktabgacha ta’lim vazirligi uchun ajratiladi, keyinchalik har oyda NMTTBATda hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdoridan kelib chiqib tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlari bo‘yicha taqsimlanadi va moliyalashtiriladi.
28. Subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan MTTlarga subsidiyalar ushbu tashkilotlar tomonidan xodimlar va tarbiyalanuvchilar haqida ma’lumotlar NMTTBATga kiritilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab besh kunlik ish haftasi hisobidan hisoblash boshlanadi.
Bunda:
oilaviy MTTga subsidiyalar oilaviy MTT o‘z faoliyatini boshlashi to‘g‘risida xabarnoma bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga asosan, ushbu tasdiqnoma berilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi;
subsidiyalar summasi DXSh asosidagi MTTning xodimlari va tarbiyalanuvchilarning haqiqiy davomatidan kelib chiqib avtomatik ravishda hisoblanadi va to‘lanadi.
29. Hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSh asosidagi MTT va oilaviy MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.
Tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati quyidagi formula asosida aniqlanadi:
O‘OD = KDF / IKS
Bunda:
O‘OD — tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati;
KDF — hisobot oyi davomida tarbiyalanuvchilarning har kunlik davomatining foizi jamlanmasi. Bunda tarbiyalanuvchilarning har kunlik davomat foizi MTTga kelgan tarbiyalanuvchilar sonini ushbu kunda NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi;
IKS — hisobot oyida ish kunlari soni.
30. DXSh asosidagi MTTning xodimlari (ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olmaydigan DXSh asosidagi MTT xodimlari bundan mustasno) va tarbiyalanuvchilarining haqiqiy davomati hisobi NMTTBATda jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
31. Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni DXSh asosidagi MTT va boshqa nodavlat MTT rahbari yoki xodimlarining smartfonlari yoxud planshetlari yordamida, ushbu tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har ish kuni bir marotaba quyidagicha amalga oshiriladi:
to‘liq kunli (9, 10,5 va 12 soat) guruhlarda — har ish kuni soat 07.00 — 17.00 gacha;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ushbu guruhlarning ish rejimidan kelib chiqib ishning har bir smenasidagi vaqt mobaynida.
32. Subsidiyalarning oylik summalari ushbu Nizomning 31-bandida belgilangan ish soatlari mobaynida NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati asosida hisoblanadi.
Bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan DXSh asosidagi MTTning manzili (joylashuvi bo‘yicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya to‘lanmaydi.
33. DXSh asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda:
mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat budjetiga undiriladi;
ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur DXSh asosidagi MTTga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu DXSh asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi.
34. NMTTBATning mobil ilovasidan internet tarmog‘isiz (oflayn rejimida) foydalangan hollarda DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari davomati bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmasdan internet tarmog‘iga ulangan holda (onlayn rejimda) NMTTBATga taqdim etilishi zarur.
NMTTBATga ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTTga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lanmaydi.
35. Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTTning tuman va shaharlar bo‘yicha to‘lov ro‘yxatlari (hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hamda boshqa zarur ma’lumotlar) avtomatik ravishda elektron ko‘rinishda NMTTBATda shakllanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga idoralararo ma’lumot almashinuvi orqali taqdim etiladi.
36. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ikki ish kuni mobaynida NMTTBAT orqali taqdim etilgan reyestr asosida subsidiya va kompensatsiyalarni tegishli DXSh asosidagi va nodavlat MTTning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga va ushbu tashkilotlar xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi.
37. DXSh asosidagi MTTga o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinadigan xodimning ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda, o‘rindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq bo‘lmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — o‘n ikki soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
38. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra hisobot oyida NMTTBATda subsidiya va (yoki) kompensatsiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin keladigan oyda ushbu subsidiya va (yoki) kompensatsiyalar tegishli summalar qo‘shilgan (yoki kamaytirilgan) holda hisob-kitob qilinadi.
39. DXSh asosidagi MTT rahbari ushbu tashkilot va xodimlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning NMTTBATga o‘z vaqtida kiritilishi, ularning to‘liqligi va haqqoniyligi bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Bunda:
NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklanadi;
ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi ta’minlangandan so‘ng subsidiyalar va kompensatsiyalar qayta hisob-kitob qilinib, hisobot oyidan keyin keladigan oyda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
DXSh asosidagi MTTda (ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olmaydigan DXSh asosidagi MTTlar bundan mustasno) kadrlar tarkibi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar xodimlar ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan kunda NMTTBATga kiritilishi hamda ularning davomati ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinishi zarur.
40. NMTTBATdan foydalanish uchun DXSh asosidagi yoki boshqa nodavlat MTTning rahbari:
NMTTBATning mobil ilovasini yuklab oladi;
NMTTBATning internet-sayti yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda ko‘rsatilgan ommaviy oferta talablari va shartlari bilan tanishib, ushbu axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘z roziligini bildiradi va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Bunda NMTTBATda MTT rahbariga shaxsiy kabinet ochiladi.
41. DXSh asosidagi va xususiy MTTga Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdori ular tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgandan so‘ng hisoblanadi.
42. DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTTga har oylik subsidiya va kompensatsiyalar:
NMTTBATda to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, ularni moliyalashtirish uchun talabnomalar taqdim etilishi va to‘lovlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilishida Maktabgacha ta’lim vazirligi mas’ul hisoblanadi;
o‘z vaqtida moliyalashtirilishiga Moliya vazirligi mas’ul hisoblanadi.
43. DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTT tomonidan oylik subsidiya va kompensatsiyalar mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Maktabgacha ta’lim vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
44. 2022-yil davomida NMTTBATni joriy etishda tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar davomatini hisobga olish, subsidiyalar hamda kompensatsiyalarni hisoblash, DXSh asosidagi va xususiy MTT joylashgan hududda internet xizmatlari ko‘rsatilmasligi yoki internet xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan internet xizmatlari vaqtinchalik taqdim etilmaganda yoxud uzilishlar hamda boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelganda oylik davomatni belgilash uchun NMTTBATda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning so‘nggi 5 kunlikda o‘rtacha davomat ko‘rsatkichi qo‘llaniladi yoxud bunday ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmaganida tegishli maktabgacha ta’lim organi tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirilgan ish vaqti tabeli va tarbiyalanuvchilar qatnovi tabelidan foydalaniladi.
Bunda DXSh asosidagi va boshqa nodavlat MTT joylashgan hududda internet xizmatlari ko‘rsatilmasligi yoki internet xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan internet xizmatlari vaqtinchalik taqdim etilmaganligi yoxud uzilishlar hamda boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar DXSh asosidagi va xususiy MTT tomonidan tegishli maktabgacha ta’lim organiga taqdim etiladi.
45. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Mazkur Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — oilaviy MTT) maqsadi va vazifalarini, ularning faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va metodik jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish, shuningdek, ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oilaviy MTT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Oilaviy MTT faqat davlat-xususiy sheriklikning oilaviy MTTni moddiy-texnik va metodik jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etiladi.
5. Oilaviy MTT shaklida ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
Oilaviy MTT bank hisobvarag‘iga ega bo‘ladi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari (keyingi o‘rinlarda — tomonlar) — davlat sherigi va xususiy sherik;
davlat sherigi — Maktabgacha ta’lim vazirligi;
xususiy sherik — oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yuritish uchun davlat sherigi bilan bitim imzolagan yakka tartibdagi tadbirkor;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — bitim) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;
bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar — tibbiyot, madaniyat, fan, ta’lim va sport sohalari vakillarining ish joyidan maxsus kvota asosida boshqa hududga taqsimlangan oilalar;
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari xodimlari, shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va pedagog xodimlari;
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT) maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari haqida ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, boshqaruvchi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi axborot tizimi.
7. Quyidagilar oilaviy MTTning maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
8. Quyidagilar oilaviy MTTning vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
9. Oilaviy MTT:
ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan, o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
belgilangan tartibda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib subsidiya mablag‘lari hisobidan 2,5 ta shtat birligigacha tarbiyachi va 2 ta shtat birligigacha tarbiyachi-yordamchisini yollash;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkilot xodimlarining malakasini oshirish;
xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga o‘z xodimlari ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya olish huquqiga ega.
10. Oilaviy MTT rahbarlari:
oilaviy MTT, uning xodimlari va tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishligicha NMTTBATga va “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Bolalar bog‘chasi” AT) kiritilishini ta’minlashga majbur;
bolalar salomatligi, xavfsizligi, ta’lim-tarbiya sifati, NMTTBAT va “Bolalar bog‘chasi” ATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir.
11. Oilaviy MTT ta’lim faoliyatini:
oilaviy MTTni tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasida ko‘rsatilgan manzilda;
oilaviy MTTni tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkorning o‘ziga yoki turmush o‘rtog‘iga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyda;
agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan turar va noturar joylarda amalga oshirish huquqiga ega.
Bunda turar yoki noturar joy yakka tartibdagi tadbirkorning o‘ziga yoxud turmush o‘rtog‘iga tegishliligi, shuningdek, notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida foydalanilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi orqali tegishli davlat organlarning axborot tizimlaridan olinadi.
Oilaviy MTT faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi.
12. Oilaviy MTTga kirish joyida fuqarolarni oilaviy MTT haqida ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasi o‘rnatiladi.
Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimidan foydalangan holda berilgan xabarnoma va uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma nusxalari, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, oilaviy MTTning ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalari joylashtiriladi.
13. Oilaviy MTTda 50 nafargacha bolalarga tarbiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda:
oilaviy MTTda har bitta guruh 12 — 25 nafargacha turli yoshdagi bolalardan iborat bo‘ladi. Birinchi guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilganidan keyin ikkinchi guruhning ochilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ikkinchi guruh uchun subsidiyalar ushbu guruhga kamida 12 nafar bola qabul qilinganidan so‘ng belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
Avval tashkil etilgan oilaviy MTT guruhlaridagi tarbiyalanuvchilar soni mazkur Nizom talablariga muvofiqlashtiriladi.
14. Ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan miqdordagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar NMTTBATga kiritilganidan so‘ng oilaviy MTTga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi shtat birliklari ajratiladi.
Bunda:
oilaviy MTT tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa bo‘yicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda ish haqini to‘lash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi;
subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi.
15. Oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turar yoki noturar joyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.
16. Oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor davlat sherigiga NMTTBAT orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yakka tartibdagi tadbirkorning fuqarolik pasporti seriyasi va raqami;
oilaviy MTT joylashadigan turar yoki noturar joy yakka tartibdagi tadbirkorning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lsa, uning pasporti seriyasi va raqami, turmush o‘rtog‘i vafot etgan taqdirda, uning o‘limi haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami kiritiladi;
turar yoki noturar joydan yoki uning xonalaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjat ma’lumotlari, shu jumladan, bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma sanasi va raqami yoki soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi sanasi va raqami (agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa);
oilaviy MTTda tashkil etilishi rejalashtirilgan guruhlar soni;
turar yoki noturar joyning manzili, uning joylashuvi (geolokatsiyasi) va oilaviy MTT uchun ajratiladigan maydon (m2);
aloqa uchun elektron pochta manzili va (yoki) mobil telefon raqami.
Yakka tartibdagi tadbirkor NMTTBATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
17. Ariza NMTTBAT orqali shakllantirilganidan so‘ng:
yakka tartibdagi tadbirkorga arizada ko‘rsatilgan elektron pochta yoki mobil telefon raqamiga arizaning ID-raqami, ariza qabul qilingan sana va vaqti ko‘rsatilgan holda xabar jo‘natiladi;
oilaviy MTTning joylashuvi bo‘yicha tegishli tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organiga elektron so‘rovlar jo‘natiladi.
18. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi elektron so‘rovni olganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda o‘rganishlarni o‘tkazib, oilaviy MTTni joylashtirish uchun tanlangan manzilda faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron ko‘rinishda NMTTBATga kiritadi.
19. So‘rovlarga asosan joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan o‘rganishlar jarayonida:
a) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
oilaviy MTT uchun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga mosligini;
turar yoki noturar joyning manzili va oilaviy MTT uchun ajratiladigan maydonning (kvadrat metrda aks ettiriladi) arizada to‘g‘ri ko‘rsatilganligini;
belgilangan me’yorlarga muvofiq oilaviy MTTda ajratilgan maydonda ta’lim va tarbiya olishi imkoniyati mavjud bo‘lgan bolalarning maksimal sonini;
oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilgan binolar sanitariya-himoya zonasiga ega bo‘lgan obyektlardan zarur darajada uzoqlikda joylashuvini o‘rganib chiqadi va tegishli xulosa beradi.
Bunda oilaviy MTTda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi;
b) davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlari oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilgan turar yoki noturar joy sharoitlari va uning yon atrofi yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi yoki bermasligini belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi va tegishli xulosa beradi.
Bunda oilaviy MTTda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan taqdirda, ushbu manzilda oilaviy MTTni tashkil etish rad etiladi.
20. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organidan xulosalar olinganidan so‘ng barcha ma’lumotlar oilaviy MTT tashkil etish to‘g‘risidagi ariza bilan birga bir ish kunida NMTTBAT orqali Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
21. Maktabgacha ta’lim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organidan xulosalar olinganidan so‘ng 10 ish kuni mobaynida rejalashtirilayotgan hududda 3 — 7 yoshdagi bolalar soni, o‘sha hududda mavjud davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim xizmati bilan qamrab olingan bolalar soni bo‘yicha ma’lumotlardan kelib chiqib oilaviy MTTga subsidiyalar ajratish uchun tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmini hisobga olgan holda oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va NMTTBATga kiritadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ijobiy xulosa NMTTBATga kiritilgandan so‘ng NMTTBATda avtomatik ravishda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim shakllantiriladi va imzolash uchun xususiy sherikka elektron shaklda jo‘natiladi.
22. Xususiy sherik NMTTBAT orqali taqdim etilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ko‘rib chiqadi va unda belgilangan shartlarga rozi bo‘lganida, bitimga elektron imzo qo‘yadi. Shundan so‘ng ushbu bitim elektron imzo qo‘yish uchun avtomatik tarzda davlat sherigiga yuboriladi. Bunda:
davlat sherigi ushbu bitimga 3 ish kuni mobaynida imzo qo‘yadi;
Ushbu muddat davomida davlat sherigi tomonidan bitim imzolanmaganda, bitim kelishilgan deb hisoblanadi hamda yangi oilaviy MTTni “Bolalar bog‘chasi” AT ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha NMTTBAT orqali elektron buyurtma beriladi.
Xususiy sherik 15 ish kuni ichida bitimni imzolamasa, uning arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi, bunda bitimni imzolash zarurati mavjud bo‘lganida, ariza xususiy sherik tomonidan yangidan NMTTBATga kiritilishi talab etiladi.
23. Quyidagi holatlarda oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza bo‘yicha rad javobi beriladi:
a) oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan (arizada ko‘rsatilgan) turar yoki noturar joy maydoni:
qurilish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasi normativ — huquqiy hujjatlarida belgilangan minimal talablaridan kam bo‘lganida;
kadastr organlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu turar yoki noturar joyning maydoniga nisbatan oshirib ko‘rsatilganda;
b) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va (yoki) davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organlari tomonidan salbiy xulosa berilganida;
v) idoralararo elektron almashinuv orqali olingan ma’lumotlarga asosan ariza beruvchi turar yoki noturar joydan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaganida;
g) oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilayotgan hududda (MFY, OFY, QFY, ShFY) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan 3 — 7 yoshdagi bolalar mavjud bo‘lmaganida yoki ularning soni ushbu tashkilotning quvvatini to‘ldirish uchun yetarli bo‘lmaganida;
d) oilaviy MTT tashkil etilishi rejalashtirilayotgan hududda (MFY, OFY, QFY, ShFY) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganida;
e) oilaviy MTTni tashkil etmoqchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor bir vaqtning o‘zida maktabgacha ta’lim tizimining boshqaruv organi xodimi yoki davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rahbarlik lavozimda ishlaganida;
j) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xulosasida oilaviy MTT uchun ajratilgan maydonda ta’lim va tarbiya olishga tavsiya etilgan bolalarning maksimal soni ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan me’yordan kam bo‘lganda.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslarga ko‘ra oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza bo‘yicha rad javobi berish taqiqlanadi.
24. Oilaviy MTTni tashkil etish to‘g‘risidagi ariza rad etilganida, rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda, arizada ko‘rsatilgan elektron pochta orqali yoki mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali xususiy sherikka yuboriladi.
25. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida tuzilgan bitimlarning yagona reyestri NMTTBATda elektron shaklda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan yuritiladi.
26. Oilaviy MTT o‘z faoliyatini boshlash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda xabarnoma jo‘natadi.
Bunda “Litsenziya” axborot tizimi xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni:
a) idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etadi;
b) NMTTBAT va tegishli davlat organlarining axborot tizimlari orqali olinadigan ma’lumotlar bilan tekshiradi.
Oilaviy MTT xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
27. Oilaviy MTT xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab bir oy muddatda tegishli maktabgacha ta’lim organi joyiga chiqqan holda tashkil etilgan yangi oilaviy MTT faoliyati uchun mo‘ljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlanganlik holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazadi va oilaviy MTT faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda NMTTBATga kiritadi.
Maktabgacha ta’lim organi tomonidan salbiy xulosa berilganida, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oilaviy MTT faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
28. Oilaviy MTTning o‘z tashabbusi bilan faoliyatini to‘xtatishi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish tartibida amalga oshiriladi.
29. Oilaviy MTTning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini to‘xtatish, qayta tiklash va tugatish haqidagi ma’lumotlar idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi orqali NMTTBATga taqdim etiladi va NMTTBATda ushbu oilaviy MTTning ma’lumotlari qayd qilib boriladi.
30. Oilaviy MTTda ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Oilaviy MTT o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi davlat sherigi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy MTTning o‘z (mualliflik) dasturlarida milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Oilaviy MTTning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Oilaviy MTTda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, 9 soatli kunlik ish tartibi joriy etiladi.
Oilaviy MTT joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
32. Oilaviy MTTda bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar asosida amalga oshiriladi.
33. Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Oilaviy MTTga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarish tartibi ushbu MTTning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
34. Oilaviy MTTda o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 1-iyuniga qadar davom etadi. 1-iyundan 1-sentabrgacha bo‘lgan davr sog‘lomlashtirish davri hisoblanadi.
35. Oilaviy MTTda bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) va pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
36. Oilaviy MTT bolalarni qabul qilishda ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
37. Oilaviy MTT bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu tashkilot ustavi hamda ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlarini, majburiyatlarini hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
38. Oilaviy MTT Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan bitimga asosan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentlarni tashkilotga qabul qilishi lozim.
Bunda:
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlarni oilaviy MTTga qabul qilish Adliya vazirligining hududiy bo‘limlari orqali berilgan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar oilaviy MTT tarbiyalanuvchilari umumiy sonining kamida 70 foizini tashkil qilishi lozim (mazkur bandning yettinchi xatboshisidagi holatlar bundan mustasno);
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda o‘rnatiladi;
boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlari bepul o‘qitiladi.
Agar oilaviy MTTga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilarning 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, oilaviy MTT yetmagan qismiga ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda o‘rnatgan holda boshqa bolalarni ham qabul qilishi mumkin.
Bunda oilaviy MTTga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish belgilangan tartibda berilgan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
39. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, oilaviy MTTda ta’lim berish tilini tanlash;
oilaviy MTTda bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib ketish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
40. Ota-onalar:
oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashi;
oilaviy MTTda bolaga berilgan ta’lim-tarbiyani mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga va oilaviy MTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham zimmasiga olishlari mumkin.
41. Oilaviy MTT tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasid | 156 | 63,450 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XIZMATChILARINING ASOSIY LAVOZIMLARI VA IShChILAR KASBLARI KLASSIFIKATORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (keyingi o‘rinlarda Klassifikator deb yuritiladi) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini belgilaydi.
2. Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
3. Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashtirilishi natijasida Klassifikatorda ko‘rsatilmagan, yangi lavozimlar va kasblarni Xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari jadvaliga kiritilganda;
eskirgan va mohiyatini yo‘qotgan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblarini Xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari jadvalidan chiqarib tashlanganda;
Kasblarning xalqaro standart klassifikatori talablariga muvofiq lavozim va kasb kodiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek xodimlarni toifalashtirish (tegishli xodimlar toifasiga lavozim va kasblarning biriktirilishi) va ma’lumot darajasiga qo‘yiladigan eng kam talablar o‘zgartirilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalari, ixtisoslashgan ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilgan mehnat bozoridagi kasb va lavozimlar tuzilmalari tahlili natijasida.
4. Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
davlat, xo‘jalik boshqaruv organlari va tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etilgan takliflari;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalari, ixtisoslashgan ilmiy muassasalar tomonidan amalga oshirilgan mehnat bozoridagi kasb va lavozimlar tuzilmalari tahlili natijasi bo‘yicha tuzilgan xulosalari.
5. Takliflarni ko‘rib chiqish va Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida Ekspert ishchi guruhi tuziladi. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, maxsus o‘rganishni taqozo etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishli tarmoq davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan kelishiladi. Bunda tegishli ilmiy muassasa mutaxassislari belgilangan tartibda jalb qilinishi mumkin.
6. Ekspert ishchi guruhi xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
7. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari jadvaliga eskirgan va mohiyatini yo‘qotgan lavozimlar va kasblarni o‘z ichiga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan ushbu jadvalning tegishli qatori to‘liq o‘zgartiriladi (chiqarib tashlanadi).
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari jadvaliga qo‘shimchalar kiritilayotgan qator kasb (lavozim) kodini, uning nomini, kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodni, shaxsning toifasini va ta’lim darajasining talab qilinadigan minimumini o‘z ichiga olgan holda to‘liq ko‘rsatiladi.
8. Klassifikatorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uni yangi tahrirda chop etilishini talab etmaydi.
9. Klassifikatorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kuchga kirgandan so‘ng tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar ichki hujjatlarini ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rishlari lozim.
10. Mazkur Tartib normalarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 172 | 4,911 |
Qonunchilik | PENSIYA HUJJATLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh QOIDALARI HAMDA PENSIONERLAR YIG‘MA JILDINI RASMIYLAShTIRISh VA YuRITISh TARTIBI HAQIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-son Qarori bilan tasdiqlangan “Pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan pensiya va nafaqa tayinlash, qayta hisoblash, to‘lash bo‘yicha qabul qilingan har kunlik hujjatlarning ijrosini sifatli va qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ta’minlashning tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
1. “Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig‘ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida”gi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-son Qarori bilan tasdiqlangan “Pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig‘ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Yo‘riqnoma tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarida (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) pensiya tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilish, pensiya hujjatlarining shakllari, to‘ldirilish qoidalari, pensiya ishi yig‘ma jildini rasmiylashtirish, pensiya tayinlash bo‘yicha barcha zarur hujjatlar va ro‘yxatga olish kitoblarini bir xil tartibda yuritilishini tashkil etilishini ta’minlaydi.
2. Bo‘limlarda pensiya tayinlash ishlari mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
3. Bo‘limlarda pensiya tayinlash, qayta hisoblash ishlarini rasmiylashtirish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan kitoblar yuritiladi.
Bu kitoblardagi ro‘yxat yil boshida birinchi raqam bilan ochiladi, yil mobaynida yangi ochilsa raqam davom ettiriladi, yil yakunida daftar oxirgi raqam bilan yopiladi va bo‘lim boshlig‘i hamda pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlash guruhi rahbari (keyingi o‘rinlarda tayinlash guruhi rahbari) tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi va doimiy saqlash uchun bo‘limning arxiviga topshiriladi.
4. Pensiya tayinlash ishlarini rasmiylashtirish vazifasi bo‘limning tayinlash guruhi zimmasiga, hamda bu ishlarni tashkil qilish va ularni rasmiylashtirish yuzasidan belgilangan yagona tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasi bo‘lib, umumiy nazorat bo‘lim boshlig‘iga yuklatiladi.
Bo‘limning har bir xodimi o‘z hududiga taalluqli ishlarni bajarish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, yuritish va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash uchun mas’uldir.
5. Bo‘limning pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlash guruhi inspektori (keyingi o‘rinlarda — tayinlash guruhi inspektori) lavozimidan ozod etilganda, boshqa lavozimga tayinlanganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i asosida pensiya ishlari, hamda boshqa hujjatlarni topshirish va qabul qilib olish ishlari tayinlash guruhi rahbari, inspektori va huquqshunosdan iborat ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya ishlari va boshqa hujjatlarni topshirilishi va qabul qilinishi, ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
6. Bo‘limga ishga yangi qabul qilingan xodimlar mazkur Yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi shart va ular sinov muddati davomida uni to‘liq o‘zlashtirishi, sinov muddatidan o‘tganligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi lozim.
7. Pensiya tayinlash to‘g‘risida yozilgan ariza, murojaat etuvchi fuqaroning (vasiyning) doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tgan) joyidagi bo‘limga topshiriladi.
8. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizalar, ishlamaydigan fuqarolarning o‘zlaridan, agarda ishlasa u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot vakilidan qabul qilinadi. Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin.
9. Yoshga doir pensiya tayinlanishini so‘rab pensiya yoshiga to‘lmasdan avval ham murojaat etish mumkin, lekin bu mazkur pensiyani olish huquqi paydo bo‘lishidan bir oydan oldin bo‘lmasligi kerak.
10. Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilishda bo‘limning tayinlash guruhi rahbari va inspektori quyidagilarga e’tibor qaratishlari kerak:
a) ariza taqdimnoma va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, shuningdek ulardagi ma’lumotlarni pasport va murojaat etuvchining boshqa hujjatlaridagi ma’lumotlarga mos kelishini tekshirishi;
b) taqdim qilingan hujjatlarning mazmuni va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ularni birlamchi hujjatlarga mosligini tekshirish lozim. Bunda, fuqaroning pensiyaga bo‘lgan huquqini, talab etilgan ish stajining mavjudligini, taqdim etilayotgan hujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligini hamda pensiya tayinlash uchun asos bo‘luvchi hujjatlarning mavjudligini ko‘rib chiqadi;
v) qabul qilinayotgan hujjatni bo‘lim boshlig‘i yoki birinchi o‘rinbosari ko‘rib chiqib, arizaga rahbar ko‘rsatmasini yozib, hujjatlarni asliga solishtirgan holda nusxalariga imzo va muhr qo‘yib tasdiqlaydi;
g) tayinlash guruhi rahbari arizani maxsus kitobga ro‘yxatga oladi va tayinlash guruhi inspektoriga rasmiylashtirish uchun topshiradi.
11. Tayinlash guruhi inspektori hujjatlarning aslini (mehnat daftarchasi va arxiv ma’lumotnomalaridan tashqari) qaytaradi va hujjatlarni qabul qilib olganligi to‘g‘risida murojaat etuvchiga tilxat beradi, tilxatning nusxasi bo‘limga taqdim etilgan hujjatlar bilan birga saqlanadi.
12. Pensiya tayinlash uchun talab qilingan hujjatlar to‘liq topshirilmagan bo‘lsa, arizachiga yoki korxona, muassasa, tashkilot vakiliga bu haqda qachon bildirilganligi ko‘rsatilgan yozma xabarnoma beriladi. Xabarnoma nusxasi arizaga qo‘shib qo‘yiladi va barcha hujjatlar bilan saqlanadi.
Etishmayotgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin bo‘limning tayinlash guruhi inspektori tomonidan qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi va xabarnoma nusxasiga hamda taqdim qilingan hujjatga uning qachon topshirilganligi yoziladi.
13. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun yoki ariza yuborilgan joydagi pochta shtemplida ko‘rsatilgan sana pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun hisoblanadi.
14. Pensiya tayinlash masalasida murojaat etuvchi fuqaroning, yoshini va yashash manzilini tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasportini ko‘rsatishi shart va bo‘limning tayinlash guruhi inspektori uning pasportidan kerakli ma’lumotlarni ko‘chirib oladi. Zarurat tug‘ilsa pasportdan nusxa oladi.
15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning va ularning oila a’zolarining pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi.
16. Agar tug‘ilgan vaqtini ko‘rsatuvchi hujjatda aniq kun ko‘rsatilmay oy ko‘rsatilgan bo‘lsa, tegishli oyning 15-kuni tug‘ilgan kun hisoblanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatda faqat tug‘ilgan yili ko‘rsatilib tug‘ilgan oyi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shu yilning 1-iyuli tug‘ilgan kun hisoblanadi
17. Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi arizaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarorining 13-ilovasi bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim qilinadi.
18. Pensiya tayinlashda inobatga olish uchun mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq qabul qilinadi.
19. Harbiy xizmatchilarning nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash to‘g‘risidagi arizalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarorining 12 va 13-ilovalarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
20. Pensiya tayinlash uchun tegishli hujjatlar notarial idora yoki bo‘lim tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
21. Pensiya tayinlashga doir hujjatlarni bo‘lim rasmiylashtiradi. Pensiya tayinlashni (bir turdan ikkinchi turga o‘tkazishni) so‘rab yozilgan ariza bilan birga tegishli hujjatlar topshirilgan kundan keyin O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasiga muvofiq pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar, ular kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.
22. Pensiya tayinlash rad etilgan hollarda, bo‘lim tomonidan tegishli qaror chiqarilgandan keyin 5 kun ichida pensiya tayinlashni rad etish sababi va shikoyat qilish tartibini tushuntirib, pensiya tayinlash bo‘yicha murojaat etgan fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni aslini qaytaradi.
23. Bo‘limga kichik biznes, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarda, ularning asosli berilishi bo‘yicha shubha tug‘dirgan, ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pensiya tayinlangunga qadar tekshirishi mumkin.
24. Pensiya tayinlash yuzasidan murojaat tegishli hujjatlar bilan kelib tushgandan so‘ng, pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlash Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya ) 10 kunlik muddatda qaror (pensiya tayinlash, pensiya tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarni qayta tekshirish va boshq.) qabul qiladi.
25. Bo‘lim tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng, Komissiya pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqadi.
Bunda, pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosli berilganligi tasdiqlansa, u holda Komissiya pensiyani, pensiya tayinlash uchun birinchi marotaba murojaat etgan kundan tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
26. Agar tekshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlarsiz ham fuqaroning pensiya olishga huquqi bo‘lsa, uning yozma roziligiga asosan, Komissiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng kam miqdorda pensiya tayinlanishi mumkin.
Agar fuqaro eng kam miqdordagi pensiya tayinlanishiga rozi bo‘lmasa, Komissiya pensiya tayinlash bo‘yicha qarorni, hujjatlar yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv ishlari tugallangandan keyin qabul qiladi.
27. Pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tekshirishlar, tekshirish o‘tkazilgan sana ko‘rsatilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
28. Tekshirish korxona, muassasa yoki tashkilot vakili ishtirokida o‘tkazilib, dalolatnoma bo‘lim xodimi, korxona, muassasa yoki tashkilot vakili imzolari va tekshirilgan korxona, muassasa, tashkilot va arxiv muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
29. Tayinlash guruhi inspektori pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlarga asosan ma’lumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi, mehnat stajini, o‘rtacha ish haqini, pensiya miqdorini hisoblab, hisob-kitoblarni chop etadi hamda Komissiyaning pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish yuzasidan qaror loyihasini tayyorlaydi.
Hujjatlarni tartib bo‘yicha tikib, tayinlash guruhi rahbariga tekshirish uchun beradi. Pensiya tayinlash muddatini nazorat qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan maxsus nazorat varaqasi to‘ldiriladi. Pensiya tayinlash ishlaridagi hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda tikiladi.
30. Bo‘limning tayinlash guruhi rahbari ish staji, o‘rtacha ish haqi va pensiya miqdorini to‘g‘ri hisoblanganligini, pensiya tayinlash muddati to‘g‘riligini tekshirib imzo qo‘yadi.
31. Komissiya haftada kamida bir marotaba yig‘ilish o‘tkazib, taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan pensiya tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish, pensiyadan ushlab qolish, pensiya to‘lovini to‘xtatish, zarur hollarda pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, guvohlar ko‘rsatmasiga asosan ish stajini tasdiqlash va boshqa kollegial hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
32. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada barcha ko‘rilgan pensiya ishlari umumiy ro‘yxat qilinib va unda ko‘rib chiqilgan holatlar to‘liq ko‘rsatib o‘tiladi.
Bayonnoma Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
33. Pensioner vafot etgandan keyin uning yopilgan pensiya ishi oila a’zolariga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiya ishiga qo‘shib tikiladi.
34. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan ulush ajratishni so‘rab yozilgan ariza quyidagi tartibda hal etiladi:
a) asosiy boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi yashab turgan joydagi bo‘limga pensiyadan ulush ajratish to‘g‘risida xatga ariza va tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi;
b) ushbu murojaatga asosan uni olgan bo‘lim, bu oila a’zolarining pensiya olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar asosiy pensiya ishiga tikib qo‘yiladi, pensiyadan ulush ajratish to‘g‘risida qaror chiqaradi va qarordan ko‘chirmani oila a’zolaridan alohida yashab turgan joydagi bo‘limiga yuboradi;
v) pensiyadan ulush ajratilganligi to‘g‘risida qarordan ko‘chirmani olgan bo‘lim, qarorni “pensiya ishiga” tikadi hamda uni pensiya va nafaqalar to‘lovi bo‘yicha monitoring guruhiga beradi, ushbu guruh tomonidan alohida shaxsiy hisobvaraqasi ochiladi, shu hisobvaraqasidagi raqam ulush oluvchining “pensiya ishi”ga ham qo‘yiladi;
g) pensiyadan ulush oluvchilarning “pensiya ish”lari alohida saqlanadi.
Bo‘lim pensiyadan ulush oluvchi oila a’zolarining tarkibida bo‘lgan va pensiyaning miqdorini o‘zgartirish yoki pensiya to‘lovini to‘xtatishga sabab bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida tegishli bo‘limga xabar qilishi shart;
d) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan oilaning bir tumanda (shaharda) yashab turgan a’zolariga pensiyadan ulush ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi;
e) pensiya ishi saqlanayotgan bo‘lim oila tarkibida o‘zgarishlar bo‘lganligi munosabati bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonlariga asosan pensiya miqdorini qaytadan ko‘rib chiqqanida, boshqa tumanda (shaharda) yashab turgan oila a’zolari uchun pensiyadan ajratilgan ulushning yangi miqdori to‘g‘risidagi farmoyishni yangidan rasmiylashtirib pensiya to‘lovi amalga oshirilayotgan tegishli bo‘limga yuborishi shart.
35. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan tasdiqlanganidan keyin pensiya ishi pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lovi bo‘yicha monitoring guruhiga maxsus kitobga qayd etilib beriladi (maxsus kitob namunasi mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan). Ushbu kitob bo‘yicha to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirilishi, pensiya ishlarining qaytarilish muddatlari nazorat qilinadi.
36. Shaxsiy hisobvaraqasi ochilgandan keyin pensiya oluvchining ishiga shaxsiy hisobvaraqasi raqami bilan bir xil raqam qo‘yiladi, to‘lov hujjati rasmiylashtirilib, tayinlash guruhi inspektoriga qaytariladi.
37. Tayinlash guruhi inspektori pensiya ishiga asosan pensiya guvohnomasini yozadi. Pensiya guvohnomasi blankasi qat’iy hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi va bo‘lim boshlig‘i tomonidan mas’ul etib belgilangan xodimda saqlanadi.
38. Pensiya guvohnomasi oluvchi fuqaro bo‘limga 2 ta rasm taqdim etadi (bittasi guvohnomaga, ikkinchisi guvohnomalarni ro‘yxatga olish kitobiga yopishtirib qo‘yish uchun).
39. Pensiya guvohnomasi, guvohnomalar berilishini hisobga olib borish mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan kitobga yozilib, pensionerga uni olganligi to‘g‘risida imzo chektirilib beriladi.
40. Pensiya guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda guvohnomaning “dublikati” beriladi. “Dublikatga” yo‘qotilgan guvohnomaning raqami beriladi va guvohnomalarni hisobga olib borish kitobiga qaysi raqam bilan qayd etilganligi yozib qo‘yiladi.
41. Pensiya olish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasida keltirilgan kitobga, arizachiga uni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib beriladi.
42. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga ham (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga) ham shaxsiy hisobvaraqasi ochish va pensiya guvohnomasi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda beriladi.
43. Harakatdagi pensiya ishlari bo‘limning tayinlash inspektorlarida saqlanadi va ularning to‘liq saqlanishiga ushbu shaxslar mas’ul hisoblanadilar.
44. Pensiyani qayta hisoblashni, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga o‘tkazishni, avval tayinlangan pensiyani tiklashni so‘rab yozilgan ariza, tegishli hujjatlar bilan birga bo‘limga topshiriladi. Pensiyalarni qayta hisoblash bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga o‘tkazish, avval tayinlangan pensiyani tiklash to‘g‘risidagi arizalar 5 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
45. Fuqaro qayta hisoblash uchun qo‘shimcha hujjatlar bilan murojaat etganda tayinlash guruhi rahbari va inspektori:
a) taqdim qilinayotgan hujjatlar va qayta hisoblash bo‘yicha arizani bo‘lim boshlig‘i yoki birinchi o‘rinbosarga kiritadi;
b) bo‘lim boshlig‘i yoki birinchi o‘rinbosar arizaga tegishli ko‘rsatma qo‘yadi;
v) tayinlash guruhi inspektori arizani qabul qilib olganligi to‘g‘risida murojaat etuvchiga tilxat yozib beradi va qayd etish kitobiga ro‘yxatga oladi.
46. Ariza ro‘yxatga olingandan keyin, tegishli hujjatlar bilan birga tayinlash guruhi inspektori tomonidan qayta hisoblanadi va tekshirish uchun tayinlash guruh rahbariga beriladi va tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etiladi. Pensiyalarni qayta hisoblashdagi hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda tikiladi.
47. Pensiyani qayta hisoblashda, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga o‘tkazishda, avval tayinlangan pensiyani tiklashni rad etilgan holda, Komissiyaning tegishli qarori chiqarilgan kundan boshlab 5 kun ichida rad etish sababi va arz qilish tartibi tushuntirilib, arizachiga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarning aslini qaytaradi.
48. Pensiya noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan hollarda, pensiya to‘lovini to‘xtatish masalasi Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, 5 kun ichida fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga bayonnomadan ko‘chirma beriladi (yuboriladi).
49. Pensiya to‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilganda, (masalan pensiya to‘lash muddati tugaganda, pensioner vafot etganda yoki pensiya to‘lovi vaqtincha to‘xtatilganda, tibbiy mehnat ekspert komissiyasidan (TMEK) ko‘rigidan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilganda, pensioner ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganda va boshqa hollarda), pensiya to‘lashni to‘xtatish yoki vaqtincha to‘xtatib turish pensiya va nafaqalar to‘lovi bo‘yicha monitoring guruhi tomonidan pensiya ishining maxsus grafasiga to‘lov qachondan to‘xtatilganligi va to‘xtatilish sababini ko‘rsatilib, rasmiylashtiriladi.
50. TMEK ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tmasdan keyinchalik o‘tib, unga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 55-moddasiga asosan pensiyani to‘lash Komissiya qaroriga asosan rasmiylashtiriladi.
51. Pensiyani tiklash Komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi. Pensiyani tiklash rad etilgan hollarda, bu haqda arizachi 5 kunlik muddatda yozma ravishda xabardor qilinadi.
52. Pensioner doimiy yashash uchun boshqa tumanga (shaharga) ko‘chib ketayotganda pensiya ishini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ariza (yoki ko‘chib ketayotgan joydagi bo‘limdan so‘rovnoma) beradi.
53. Ko‘chib ketayotgan pensionerga avval ro‘yxatda turgan bo‘lim tomonidan ro‘yxatdan chiqqan oyning pensiyasi to‘lab beriladi (agar pensiya to‘lovi oldindan to‘xtatilmagan bo‘lsa, ya’ni muddati tugagan, uzoq vaqtdan buyon pensiya olishga murojaat etmagan bo‘lsa).
54. Qaysi muddatgacha pensiya to‘langanligi pensiya ishiga va shaxsiy hisobvaraqasiga yozib qo‘yiladi.
55. Pensionerni hisobdan chiqarish bo‘limning pensiya va ijtimoiy nafaqalar to‘lovi bo‘yicha monitoring guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu haqda pensiya ishiga va shaxsiy varaqaga tegishli ravishda yozib qo‘yiladi.
56. Pensionerning yashash joyi o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya ishini hisobga olishni so‘rab yozgan arizasiga asosan, uning yangi yashash joyidagi bo‘lim mazkur tumanda yashayotganligini tasdiqlovchi hujjat, ya’ni yangi yashash joyida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan pasport asosida hisobga oladi va 3 kunlik muddatda pensiya ishini yuborish to‘g‘risida avval hisobda turgan bo‘limga so‘rovnoma yuboradi.
57. So‘rovnomani olgan bo‘lim 5 kunlik muddatda pensiya ishini so‘rovnoma bergan bo‘limga yuboradi.
58. Pensiyadan chegirma ushlanib kelingan hollarda, mablag‘ ushlab qolish uchun asos bo‘ladigan ijro hujjatlari tegishli sudga qaytariladi. Sudga qaytarish jarayonida, qaytarilish sabablari va pensionerning yangi manzili to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.
59. Pensiya ishi faqatgina fuqaro yashash joyini respublika hududida o‘zgartirgan taqdirda yangi yashash joyiga beriladi.
Doimiy yashash uchun chet davlatga ko‘chib ketgan fuqaroning pensiya ishi berilmaydi.
60. MDH davlatlariga ko‘chib ketayotgan pensionerlarning pensiya ishlarini berish (yuborish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Pensionerning yangi yashash joyidagi bo‘lim pensiya ishini olgandan so‘ng, pensioner to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi. Nazorat tariqasida qayta tayinlash bo‘yicha kompyuter hisoblarini (pensiya miqdori, o‘rtacha oylik ish haqi, stajining hisobi) chop etib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan farmoyish asosida pensionerning ilgari yashab turgan joyida qaysi vaqtgacha pensiya to‘langan bo‘lsa, shu vaqtdan boshlab (qonun asosida) pensiya to‘lovi davom ettiriladi.
62. Pensiyadan ulush olib kelayotgan oila a’zosi doimiy yashash uchun boshqa tumanga (shaharga) ko‘chib borganida yangi joydagi bo‘lim pensiyadan ulush ajratish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirmasini yuborish to‘g‘risida, shu ulush oluvchi ilgari yashab turgan joydagi bo‘limga so‘rovnoma yuboradi.
63. Pensiya ulushini to‘lab turgan bo‘lim, shu xatni olganidan keyin 3 kunlik muddat ichida qarordan ko‘chirmani va pensiya ulushi qachongacha to‘langanligi ko‘rsatib yozilgan ma’lumotnomani pensiyadan ulush oluvchining yangi yashash joyidagi bo‘limga yuboradi. Bir vaqtning o‘zida pensiyadan ulush oluvchi oila a’zosining yashash manzili o‘zgarganligi haqida, asosiy pensiya ishi saqlanayotgan bo‘limga ham xabar beriladi.
64. Pensiya ishlarini yuborish to‘g‘risida yozilgan xatlar va kelgan pensiya ishlar bo‘limda alohida yuritilgan kitoblarda qayd etiladi.
Pensiya ishlarini yuborishni so‘rab yozgan so‘rovnomalar va ishlarni jo‘natishga doir barcha yozishma alohida yig‘majildga tikib qo‘yiladi.
65. Pensiya ishlari maxsus jihozlangan xonada saqlanadi.
Harakatdagi pensiya ishlarini saqlash bo‘yicha javobgar, tayinlash guruhi rahbarlari va inspektorlari hisoblanadi.
66. “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashab turgan pensionerning pensiya ishi shu muassasa joylashgan bo‘limda saqlanadi. Pensionerga pensiya belgilangan tartibda mazkur bo‘lim tomonidan to‘lanadi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan va vasiy tayinlangan pensionerning pensiya ishi vasiyning yashab turgan joyidagi bo‘limda saqlanadi.
67. Pensiya to‘lash to‘xtatilgan fuqarolarning pensiya ishlari, harakatdagi pensiya ishlaridan alohida ajratilgan holda bo‘lim arxivida saqlanadi.
68. Bo‘limning arxividagi pensiya ishlari alfavit kitobiga qayd etiladi va kitobga qaysi raqam bilan yozilgan bo‘lsa, pensiya ishiga ham shu raqam qo‘yiladi. Har bir alfavit harfi bo‘yicha birdan boshlab alohida tartib raqam qo‘yib boriladi.
69. Alfavit kitobiga pensionerning familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiya turi, arxivdagi ish boshqa joyga jo‘natilganligi to‘g‘risidagi yozuv kabi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
70. Bo‘limning arxivida pensiya ishlarining saqlanishiga arxivchi (arxivarius shtati yo‘q joylarda bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan mas’ul etib tayinlangan xodim) zimmasiga yuklatiladi.
71. Pensiya tayinlash rad etilgan fuqarolarning ishlari arxivda alohida saqlanadi. Bu ishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
a) pensiya tayinlashni so‘rab yozilgan ariza;
b) ariza va taqdim qilingan hujjatlarni qabul qilganlik to‘g‘risidagi tilxat nusxasi;
v) ish staji va ish haqi hisobi;
g) arizachi tomonidan topshirilgan yoki bo‘lim tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning nusxalari yoki ko‘chirmalari;
d) Komissiya bayonnomasidan ko‘chirma va pensiya tayinlash rad qilinganligi to‘g‘risida yozilgan xabarnomaning nusxasi. Xabarnoma ariza egasiga topshirilgan bo‘lsa uning nusxasida ariza egasining hujjatlarni qaytarib olganligi to‘g‘risida, olgan sanasini ko‘rsatgan holda qo‘ygan imzosi bo‘lishi shart.
Agar hujjatlar pochta orqali yuborilgan bo‘lsa, buyurtma bilan yuborilganligi haqida pochtadan berilgan kvitansiyaning raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar ishning muqovasiga tikib qo‘yiladi va alfavit tartibida saqlanadi. Ishning muqovasiga ariza egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili yoziladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha kitoblar: | 179 | 25,525 |
Qonunchilik | Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq, eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasiga, istisno tariqasida, yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash va takliflarni taqdim etish tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni ko‘rib chiqish tartibi, ularni tanlab olish bosqichlari va baholash mezonlari;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorlar ichida g‘olibni aniqlash tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini ijaraga berishda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishda investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi.
3. Belgilansinki:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
4. Hukumat komissiyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
yirik investitsiya loyihasini konseptual jihatdan ko‘rib chiqish;
taklif etilayotgan loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, eng yaxshi taklifni tanlab olish mezonlarining muhimlilik darajasini belgilash;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish;
yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha arizalar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi;
yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi;
tanlangan erga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan, davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan qismi;
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON” AAT) — yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
yirik investitsiya loyihasi — qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan investitsiya loyihasi;
ochiq elektron portal — internet jahon axborot tarmog‘i orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkasini aniqlash, chegarasini belgilash imkonini beruvchi axborot tizimi;
talabgor — amalga oshirish uchun taklif sifatida yirik investitsiya loyihasini taqdim etgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hukumat komissiyasi — Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi;
eng yaxshi taklif — Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida eng yuqori ball to‘plagan yirik investitsiya loyihasi;
g‘olib — eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgor.
3. Yirik investitsiya loyihasi doirasida:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda — faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda — qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.
Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
4. Tanlangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam bo‘lgan qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash ushbu tanlangan yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar)da so‘nggi 6 oy davomida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalarining 0,01 gektar maydonining o‘rtacha narxidan kelib chiqib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
5. Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
a) kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;
b) ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent miqdori;
v) ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;
g) faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;
d) rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori;
e) ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning o‘rtacha yillik soni.
6. Maksimal ball 100 ga teng bo‘lib, u muhimlilik darajasidan kelib chiqib mezonlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
a) birinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;
b) ikkinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;
v) uchinchi darajali mezonga “0” balldan “20” ballgacha;
g) to‘rtinchi darajali mezonga “0” balldan “15” ballgacha;
d) beshinchi darajali mezonga “0” balldan “10” ballgacha;
e) oltinchi darajali mezonga “0” balldan “5” ballgacha.
Mezonlarning muhimlilik darajasi taklif etilayotgan loyihaning xususiyatidan kelib chiqib Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
7. Mezonlar bo‘yicha ball Hukumat komissiyasi tomonidan beriladi. Jami to‘plangan ball mezonlarning muhimlilik darajasidan kelib chiqib quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda:
Tball — talabgorning baholanayotgan mezon bo‘yicha olgan balli;
Ttk — talabgorning tegishli mezon bo‘yicha bergan taklifidagi ko‘rsatkich;
Tmaks — talabgorlar tomonidan tegishli mezon bo‘yicha berilgan takliflari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich;
Mmaks — tegishli mezon bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan muhimlilik darajasidan kelib chiqib belgilangan maksimal ball.
8. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno):
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — 30 yil muddatga;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar — 49 yildan oshmaydigan muddatga;
b) xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.
9. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish quyidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — yer uchastkasini tanlash va yer uchastkasiga oid materiallarni tayyorlash;
ikkinchi bosqich — yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligini aniqlash va muqobil taklif qabul qilish bo‘yicha e’lon berish;
uchinchi bosqich — takliflarni baholash va g‘olibni aniqlash.
11. Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
12. Yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy me’yorlariga muvofiq haq ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.
Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy me’yorlari Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Ishchi organga davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat etadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari, usullari, mexanizmlari va asoslantirilgan hisob-kitob ma’lumotlari (biznes-reja);
talabgor tomonidan muqaddam muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot (portfolio);
yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha taqdimot materiallari.
Ariza qabul qilingandan so‘ng talabgorga tegishli invoys taqdim etiladi. Talabgor invoysga muvofiq Ishchi organning maxsus hisobvarag‘iga o‘zining yirik investitsiya loyihasi qiymatining kamida 10 foiziga teng kafolat mablag‘ini joylashtiradi.
Kafolat mablag‘i Ishchi organning maxsus hisobvarag‘iga kelib tushganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tekshiriladi.
Kafolat mablag‘i kelib tushganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlangandan so‘ng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organga avtomatik ravishda yuboriladi.
14. Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
60 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — Ishchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
55 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar — Ishchi organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda yig‘im to‘langanligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ariza qaytarib olinganda yoki talabgor g‘olib deb topilmaganda ushbu yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
15. Ishchi organ kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Ushbu Reglamentning 13-bandida qayd etilgan barcha hujjatlar to‘liq mavjud bo‘lmasa, Ishchi organ hujjatlarni talabgorga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qaytaradi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan boshqa asoslarga ko‘ra hujjatlarni qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Ishchi organ yirik investitsiya loyihasini Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
17. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasi kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ushbu loyihani konseptual jihatdan ko‘rib chiqadi va uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha aniq asos va sabablarni ko‘rsatgan holda qaror qabul qiladi.
Hukumat komissiyasining qarorlari u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida davlat tilida, rus va ingliz tillarida e’lon qilinadi.
18. Hukumat komissiyasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilingan taqdirda, muqobil taklif qabul qilish bo‘yicha e’lon berilmaydi va tanlov o‘tkazilmaydi.
Bunda, talabgor yirik investitsiya loyihasi va uni amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkasini qayta ko‘rib chiqib, umumiy tartibda qayta murojaat etishi mumkin.
19. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilgan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Davlat kadastrlari palatasiga ariza bo‘yicha bo‘sh turgan yer uchastkasini aniqlash bo‘yicha so‘rov yuboradi.
20. Davlat kadastrlari palatasi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlaydi va uni Ishchi organga yuboradi.
Yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildiga (keyingi o‘rinlarda — hujjatlar yig‘ma jildi) quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha — atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi.
21. Ishchi organ ushbu Reglamentning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng, 2 ish kuni ichida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun yuboradi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Ishchi organga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Salbiy xulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan aniq sabablari ko‘rsatiladi.
Bunda, boshqa yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
22. Ishchi organ davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan so‘ng, uni hamda hujjatlar yig‘ma jildini 2 ish kuni ichida tegishli xulosa olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi.
23. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqadi, tanlangan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Xulosada shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
24. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi Ishchi organdan hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng 3 ish kunidan kechiktirmasdan uni ko‘rib chiqadi hamda o‘z xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kengash) kelishish uchun yuboradi.
Kengash 5 ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qo‘yish yo‘li bilan kelishadi hamda kelishilgan materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
25. Qurilish bosh boshqarmasi o‘z xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda 1 ish kuni ichida Ishchi organga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa mos keladigan joydan tanlash haqida taklif beriladi.
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yig‘ilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va qonunchilik hujjati normasini aniq ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi joyini ko‘chirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
26. Qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Ishchi organ yer uchastkasi materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini o‘zgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
Bunda, Ishchi organ 2 ish kuni ichida qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifni ko‘rib chiqadi hamda hujjatlar yig‘ma jildini qurilish bosh boshqarmasining xulosasi yoki Kengash yig‘ilishining bayonnomasini ilova qilgan holda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi 10 ish kuni ichida hujjatlar yig‘ma jildini qayta ishlaydi, hujjatlar yig‘ma jildini shakllantiradi va uni Ishchi organga takroran yuboradi.
Bunda yangilangan hujjatlar yig‘ma jildini qayta ishlash va tayyorlash bo‘yicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Ishchi organ hujjatlar yig‘ma jildini olgandan keyin 1 ish kuni ichida uni qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 23 va 24-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
27. Qurilish bosh boshqarmasi ijobiy xulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin 1 ish kuni ichida Ishchi organ hujjatlar yig‘ma jildini quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga:
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;
“O‘zsuvta’minot” AJ;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
“Hududgazta’minot” AJ;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
“O‘ztransgaz” AJ;
b) kelishish uchun:
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha;
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — bo‘sh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga — bo‘sh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda;
Turizm va sport vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga — turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha.
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalariga oid materiallar bo‘yicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hamda Davlat yong‘in nazorati organining xulosalarini olish talab etilmaydi.
28. Vakolatli tashkilotlar hujjatlar yig‘ma jildi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida hujjatlar yig‘ma jildini kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
29. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning ko‘chirilgan nusxasi tarzida Ishchi organga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilik hujjatining aniq normasiga tayangan holda bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
30. Yer uchastkalari bo‘yicha materiallarni kelishish tegishli yer uchastkasi bo‘yicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilgan holatda, Ishchi organga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda xat yoki xatning ko‘chirilgan nusxasi qonunchilik hujjatlarining aniq normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatib yuboriladi.
31. Vakolatli tashkilot bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, Ishchi organ hujjatlar yig‘ma jildini qayta ishlab, ularni ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega.
32. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, Ishchi organ vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda, 3 ish kuni ichida yer uchastkasining joylashgan joyini va hujjatlar yig‘ma jildini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Bunda, Davlat kadastrlari palatasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yig‘ma jildini qayta ishlaydi hamda Ishchi organga takroran yuboradi. Hujjatlar yig‘ma jildini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi.
33. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng va qayta ishlangan materiallar olingach, Ishchi organ keyingi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yig‘ma jildini ushbu Reglamentning 23 — 30-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Bunda takroran yuborilgan hujjatlar yig‘ma jildi vakolatli tashkilotlar tomonidan 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
34. Ishchi organ qurilish bosh boshqarmasi, Kengashning va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalarini olib va kelishuvlarini olgandan keyin 2 ish kuni ichida hujjatlar yig‘ma jildini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.
35. Hukumat komissiyasi hujjatlar yig‘ma jildi kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda mezonlarning muhimlilik darajasini belgilash hamda birinchi talabgorning arizasida ko‘rsatilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha muqobil taklif qabul qilish bo‘yicha e’lon berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ushbu qaror u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organga yuboriladi.
36. Ishchi organ, Hukumat komissiyasi qarori kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda, muqobil taklif qabul qilish bo‘yicha o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon joylashtiradi. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) yirik investitsiya loyihasi yo‘nalishi (faoliyat turi);
b) taklif etilayotgan yer uchastkasi haqida ma’lumotlar (manzili, maydoni va boshqalar);
v) Hukumat komissiyasi qarori bilan belgilangan mezonlarning muhimlilik darajasi ketma-ketligi;
g) takliflarni qabul qilishning to‘xtatiladigan vaqti va sanasi.
Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha muqobil takliflar ushbu Reglamentning 13-14-bandlariga muvofiq taqdim etiladi.
37. E’lon qo‘shimcha ravishda markaziy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
38. Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e’lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida (60-kun soat 24-00 ga qadar) qabul qilinadi.
E’londa ko‘rsatilgan muqobil takliflar qabul qilishning vaqti yakunlangandan so‘ng, takliflar qabul qilinmaydi.
Talabgorlar muqobil takliflar qabul qilish muddati davomida o‘z muqobil takliflarini o‘zgartirishi yoki qaytarib olishga haqli.
39. Yirik investitsiya loyihasiga berilgan muqobil takliflar ishchi organ tomonidan ushbu Reglamentning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatda Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ishchi organ tomonidan muqobil takliflar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
40. Hukumat komissiyasi majlislari, agar ularning ishida Hukumat komissiyasi a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Zarurat bo‘lganda, Hukumat komissiyasi majlisiga loyihaning xususiyatiga qarab vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif qilinadi.
Majlisni o‘tkazishga kvorum bo‘lmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi qaroriga asosan majlis boshqa kunga qoldiriladi.
Ishchi organ Hukumat komissiyasi majlisini o‘tkazish sanasi va joyi haqida ushbu majlis o‘tkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon beradi.
41. Hukumat komissiyasi majlislarida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi mumkin, ularning ishtirokini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Hukumat komissiyasi majlisini o‘tkazish vakolatli bo‘lganda takliflar talabgorlarning ishtirokida ko‘rib chiqiladi hamda ushbu Reglamentning 7-bandida ko‘rsatilgan tartibda baholanadi.
Bunda, belgilangan tartibda chaqirilgan talabgor Hukumat komissiyasi majlisiga kelmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi majlisi davom ettirilishi mumkin.
Berilgan ballarning yig‘indisiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan taklif yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi taklif deb tanlab olinadi hamda qaror bilan tasdiqlanadi.
43. Hukumat komissiyasi qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) komissiya rahbari, komissiya a’zolari hamda kun tartibi to‘g‘risida ma’lumot;
b) yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha kelib tushgan talabgorlarning muqobil takliflari to‘g‘risida ma’lumot;
v) komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarning muqobil takliflariga berilgan ballar to‘g‘risida ma’lumot;
g) g‘olib to‘g‘risida ma’lumot.
Hukumat komissiyasi qarori komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Hukumat komissiyasi majlislari audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Ishchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi.
45. Agar talabgorlarning takliflariga berilgan ballar teng bo‘lib qolsa, ular orasidan birinchi darajali mezon bo‘yicha yuqori ball olgan yirik investitsiya loyihasi tanlab olinadi. Bunda ham berilgan ballar teng bo‘lib qolsa, davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali erta ariza bergan talabgor g‘olib deb topiladi.
46. Ishchi organ Hukumat komissiyasi qarori asosida yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritadi.
Yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasida mazkur Reglamentning 5-bandidagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflarni baholash mezonlaridan kelib chiqib, investitsiya majburiyatlari ko‘rsatiladi.
47. Yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi Hukumatga kiritilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
48. Yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida Ishchi organga yuboriladi.
Ishchi organ 1 ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasi hujjatini tegishli tuman (shahar) hokimligi va g‘olibga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi hujjati g‘olib va tegishli tuman (shahar) hokimligi o‘rtasida yer ijara shartnomasini imzolash uchun asos hisoblanadi.
Tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasi hujjati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Yer ijara shartnomasini tuzish bo‘yicha g‘olibga taklif yuboradi. Yer ijara shartnomasida g‘olibning investitsiya majburiyatlari ham aks ettiriladi.
49. Yer ijara shartnomasi imzolangan kundan keyingi ish kuni uning nusxalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan:
a) davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga — yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
b) ishchi organga — investitsiya majburiyatlarini monitoring qilib borish uchun yuboriladi.
50. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida talabgor nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini yer ijara shartnomasi kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda undiriladi.
51. Ajratilgan yer uchastkasida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlashga yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
52. Vazirlar Mahkamasi mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan mezonlar bo‘yicha shartlarni ko‘rsatgan holda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha e’lon berishga haqli.
E’lon bo‘yicha takliflar ushbu Reglamentga muvofiq taqdim etiladi va ko‘rib chiqiladi.
53. Agar ushbu Reglamentning 38-bandida nazarda tutilgan muddat ichida muqobil taklif kelib tushmasa, birinchi taklifni bergan talabgor yagona ishtirokchi sifatida baholanmagan holda g‘olib deb topiladi.
54. G‘olib deb topilmagan talabgorlarning kafolat mablag‘lari Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida qaytarib beriladi.
55. G‘olibning kafolat mablag‘i investitsiya majburiyatlari bajarilishi 50 foizdan oshgan taqdirda qaytarib beriladi.
G‘olib investitsiya majburiyatlarini umuman bajarmaganda yoki 50 foizdan kam bajargandan so‘ng investitsiya loyihasini amalga oshirishdan bosh tortgan taqdirda kafolat mablag‘i qaytarib berilmaydi.
56. Yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlash, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar g‘olibning kafolat mablag‘lari hisobidan Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida qoplab beriladi.
57. Yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish hamda erga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirishga quyidagi asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi:
a) investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganligi — ishchi organning ijobiy xulosasi asosida;
b) yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi — Kadastr agentligining ijobiy xulosasi asosida;
v) tuproq unumdorligining pasaymaganligi, unumdor qatlam olinmaganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi — Qishloq xo‘jaligi vazirligining ijobiy xulosasi asosida, basharti ajratilgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘lsa.
58. G‘olib ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan ijara muddatining kamida uchdan ikki qismi o‘tgandan so‘ng, biroq ijara muddati yakunlanishiga kamida 6 oy qolgunga qadar yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki erga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirishni so‘rab ishchi organga ariza berishga haqli.
59. Ishchi organ:
a) 2 ish kuni ichida yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki erga bo‘lgan huquq turini o‘zgartirish yuzasidan talabgorning arizasini ko‘rib chiqadi hamda xulosa taqdim etish uchun Kadastr agentligi va (yoki) Qishloq xo‘jaligi vazirligiga so‘rov yuboradi;
b) 5 ish kuni ichida investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganligi yoki bajarilmaganligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
60. So‘rov kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:
a) Kadastr agentligi yerdan foydalanuvchi tomonidan ijara muddati davomida yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi yoki yo‘l qo‘yilmaganligi to‘g‘risida;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuproq unumdorligining pasayganligi yoki pasaymaganligi, unumdor qatlam olinganligi yoki olinmaganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganligi yoki ekilmaganligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ishchi organga yuboradi.
61. Ishchi organ talabgorning arizasini unga o‘zining hamda Kadastr agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosalarini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasiga yuboradi.
62. Hukumat komissiyasi talabgorning arizasi va taqdim etilgan xulosalarni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
63. Ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy bo‘lsa, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi.
64. Quyidagilar yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi:
a) ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy bo‘lishi;
b) “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan yer uchastkasi xususiylashtirilmaydigan yer uchastkasi bo‘lganida hamda ijarachi yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari hisoblanmaganda.
65. Hukumat komissiyasi tomonidan yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini o‘zgartirish maqsadga muvofiq deb topilganda, ishchi organ tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
66. Vazirlar Mahkamasi tegishli yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki unga bo‘lgan ijara huquqini “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi hujjatni belgilangan tartibda qabul qiladi va uning nusxasi ijarachiga yuborilishini ta’minlaydi.
67. Ijarachi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:
a) tuman (shahar) hokimligi bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan muddatga yer ijara shartnomasi tuzadi;
b) “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq yer uchastkasini xususiylashtirishi mumkin.
Bunday holatda investitsiya majburiyatlari yuklatilmaydi.
68. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
69. Investitsiya majburiyatlari ijrosining monitoringi Ishchi organning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
70. Yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan davlat nazorati Kadastr agentligining, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha esa — Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
71. Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari birgalikda har chorakda bir marotaba investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va investitsiya majburiyatlari ijrosini hamda ajratilgan yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish holatlarini monitoring qilib boradi.
Ishchi organning hududiy boshqarmalari investitsiya loyihasi ijrosining monitoringi amalga oshiriladigan kun va vaqt haqida kamida uch kun oldin talabgorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Monitoring natijalari bo‘yicha talabgor hamda Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi hamda to‘rt nusxada tasdiqlanadi.
Monitoring dalolatnomasining bir nusxasi talabgorga topshiriladi hamda qolgan uchta nusxasi Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
72. Monitoring davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidan belgilangandan ko‘ra boshqa maqsadlarda foydalanish yoki yer uchastkasi o‘z vaqtida foydalanishga kiritilmaganligi, investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi holatlari aniqlanganda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Mazkur Reglamentga muvofiq qo‘lga kiritilgan yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmagunga qadar begonalashtirilishi mumkin emas. Investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilmasdan bino va inshootlarni begonalashtirish investitsiya majburiyatlarini buzish deb baholanadi va erga bo‘lgan huquqni bekor qilishga asos bo‘ladi.
73. Investitsiya majburiyatlari doirasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq taraflarning o‘zaro kelishuvi yoki sud tartibida hal etiladi.
74. Talabgorlar ushbu Reglament talablari buzilishi, Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosalari hamda ularning hududiy boshqarmalari monitoring dalolatnomasi, Hukumat komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
75. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. 1-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan hamda yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi”;
2. 1-ilovada:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarga (yakka tartibdagi tadbirkor, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) va yuridik shaxslarga (tadbirkorlik subyektlari, nodavlat tashkilotlar) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibini belgilaydi”;
b) 2-bandda:
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘n birinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashabbuskor — yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari”;
v) 3-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasi yoki uning bir qismi (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari (keyingi o‘rinlarda — tegishli xalq deputatlari Kengashlari) qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 4-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan birinchi navbatda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band bo‘lgan yer uchastkalaridan, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar qurilishiga ehtiyoji bor bo‘lgan joylardan tanlab olinadi”;
e) 6-band:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va kompensatsiya berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi”;
j) 2-bobning 2-paragrafi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
z) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “investitsiya loyihalari” so‘zlari “taqdimot materiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 26-bandning birinchi xatboshisidagi “investitsiya loyihalari” so‘zlari “taqdimot materiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 27-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
l) 33-bandning ikkinchi xatboshisidagi “investitsiya loyihalari” so‘zlari “taqdimot materiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 34-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
n) 37-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
o) 38-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
p) 43-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
r) 53-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
s) Nizomga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 133 | 45,923 |
Qonunchilik | “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 221 | 753 |
Qonunchilik | NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh VA ULARGA TARIFLARNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | Neft bazalarining yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etilganligini, xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilg‘i qo‘yish xususiy shoxobchalari mavjudligini hisobga olgan holda neft mahsulotlari sotish mexanizmini takomillashtirish, ularning raqobat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Neft mahsulotlari sotuvchi neft bazalarining cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ulgurji iste’molchilar va AYQShlarga neft mahsulotlari xarid qilish yuzasidan bir vaqtning o‘zida turli neft bazalari bilan shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi. Bunda:
har bir ulgurji iste’molchi yoki chakana iste’molchilarga neft mahsulotlari sotuvchi AYQSh neft mahsulotlarining asosiy hajmini oladigan neft bazasini mustaqil ravishda tanlaydi. Boshqa neft bazasiga asosiy sifatida biriktirib qo‘yishga faqat oldingi asosiy neft bazasidan qarz mavjud bo‘lmaganda yo‘l qo‘yiladi;
barcha neft mahsulotlarini boshqa neft bazalaridan olishga faqat haqini 100 foiz oldindan to‘lash shartida yo‘l qo‘yiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori (O‘R QT, 1998-y., 9-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandidagi “Toshshaharneftmahsulot” korxonasi” so‘zlari “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin va taqdim etsin, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi korxonalari va qonunchilikda belgilangan tartibda neft mahsulotlari sotish huquqiga litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa korxonalar tomonidan sotiladigan neft mahsulotlariga cheklangan ustamalarni shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar qo‘llanadi:
“mintaqalar” — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri;
“mintaqaviy moliya organlari” — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasi, viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari.
3. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi o‘z mahsulotini ichki bozorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilinadigan narxlar bo‘yicha sotadi.
4. Neft mahsulotlarini sotishda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan temir yo‘l orqali neft bazalarigacha tashish haqi miqdorini shunday tartibda belgilaydiki, bunda aynan bir turdagi bir tonna neft mahsulotlarining istalgan neft bazasigacha yoki neft bazasi filialigacha tashish summasi bir xil bo‘lishi kerak. Bunda neftni qayta ishlash zavodlarining neft mahsulotlarini temir yo‘l orqali tashish bo‘yicha mumkin bo‘lgan salbiy moliyaviy natijasi umumiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga qoplanadi.
5. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalarining cheklangan ustama narxlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilinadi.
Bunda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalarining cheklangan ustama narxlarini deklaratsiya qilish uchun hisob-kitoblar, neft mahsulotlarini neft bazalaridan AYQSh joylashgan joygacha tashish bo‘yicha xarajatlarning ustama narxlar tarkibiga kiritilishini hisobga olgan holda, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.
6. Bitta mintaqa doirasida neft mahsulotlarining har xil turlari uchun turlicha cheklangan ustamalarning deklaratsiya qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunga:
neft mahsulotlarining har xil turlari uchun qabul qilib olish, saqlash, sig‘imlardan chiqarib olish va tashish bo‘yicha texnik shartlarda jiddiy tafovutlar mavjud bo‘lganda;
neft mahsulotlarining har xil turlari bo‘yicha qabul qilib olish, saqlash va sotishga ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasida jiddiy tafovutlarning paydo bo‘lishiga olib keladigan boshqa obyektiv omillar mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
7. Neft mahsulotlarini yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
neft mahsulotlarini iste’molchilarga bevosita neft bazalaridan avtotsisternalarda berish;
neft mahsulotlarini iste’molchilarga bevosita neftni qayta ishlash korxonalaridan temir yo‘l tsisternalarida yetkazib berish.
Bunda neft mahsulotlarining aynan bir turi bo‘yicha deklaratsiyalash yetkazib berish turiga qarab turli cheklangan ustamalar bilan amalga oshiriladi.
8. Neft bazalari ustamalarni deklaratsiyalangan cheklangan ustamalardan past darajada belgilash huquqiga ega. Aynan bitta neft bazasidan va neft mahsulotlarining aynan bir turini turli iste’molchilarga aynan bitta sanada turli ustamalar bilan sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalaridan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini AYQShga sotish, chegirishni hisobga olgan holda, yagona chakana narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Butun respublika bo‘yicha yagona chakana narxlar markazlashtirilgan holda belgilanadigan neft mahsulotlarini neft bazalari tomonidan, shu jumladan AYQSh hamda neft bazalari tarkibiga kiradigan boshqa bo‘linmalar orqali sotishda sotish narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘ini va neft bazasi ustama narxini chegirgan holda) va sotib olish narxi o‘rtasidagi ijobiy tafovut tegishli neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga ularning yetkazib berishlariga mutanosib ravishda o‘tkaziladi. Bunda neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladigan summa avtobenzinni sotib olishga xarajatlarning bir qismi shaxslarning ayrim toifalariga har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadigan pul mablag‘lari summasiga kamaytiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu summalar bo‘yicha har chorakda neft bazalari va neftni qayta ishlaydigan zavodlari o‘rtasida taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarining depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladigan ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar neft bazalarining davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalari summasiga kiritilmaydi, yagona soliq to‘lovini to‘lashda esa — yagona soliq to‘loviga kiritilmaydi.
10. Neft bazalarining cheklangan ustama narxlarini deklaratsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
11. Barcha AYQShlar uchun, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isining chakana narxidan chegirishlarning yagona miqdori belgilanadi.
15. Neft bazalari choraklik moliyaviy hisobotlar topshirish bilan bir vaqtda mintaqaviy moliya organlariga cheklangan ustamalarga deklaratsiya to‘ldirish uchun taqdim etiladigan formatda tamom bo‘lgan chorak uchun daromadlar va xarajatlarni moddalar bo‘yicha ko‘rsatgan holda ko‘rsatib o‘tilgan hisobotlarning nusxalarini taqdim etadilar.
16. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi har bir oy tamom bo‘lishidan oldin o‘n besh kundan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga neft bazalari va ularning filiallari tomonidan oldingi oyda neft mahsulotlari turlari bo‘yicha sotilgan neft mahsulotlari tonnasi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
17. Har bir mintaqada neft mahsulotlarining bozor fondini (tonnada) o‘zlariga tegishli xususiylashtirilgan va avtomobillarga yonilg‘i quyish xususiy shoxobchalari orqali mintaqa hududida sotish hajmida eng yuqori salmoqqa ega bo‘lgan kamida 5 korxona moliyaviy natijalarining monitoringi olib boriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar har chorakda mintaqaviy moliya organlariga tamom bo‘lgan chorak uchun quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar:
choraklik moliyaviy hisobotlar nusxalari;
avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va neft mahsulotlari turlari bo‘yicha neft mahsulotlari sotishning fizik hajmlari to‘g‘risida ma’lumot.
20. Mazkur Nizomga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda ularning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Ustamalarning “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalari tomonidan belgilangan, oshirilgan taqdirda noqonuniy olingan daromad summasi belgilangan tartibda jarima solingan holda olib qo‘yiladi. | 82 | 9,198 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish masalalarini hal etishga kompleks yondashishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining:
oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash hamda bo‘linmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda bo‘linmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash o‘quv markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
autsorsing bo‘yicha umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi o‘rinlarda autsorser deb ataladi) xizmatlariga haq to‘lash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi;
shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi;
shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi;
autsorsingning ko‘rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir oyda bir martda qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
autsorsing bo‘yicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
sanitariya qoidalariga, gigiyeniya normalari va normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarurat bo‘lganda vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan pul mablag‘larini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
narxlarning asossiz o‘sib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalarining so‘rovi bo‘yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam taqdim etilishini;
oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bevosita fermer xo‘jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. | 168 | 4,542 |
Qonunchilik | NNTning adliya organlariga hisoboti – yangi yagona shaklda | Adliya vazirining buyrugʻi (27.06.2018 yilda 3027-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi, u bilan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shakli tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 martdan uchta alohida hisobot shakli: NNT uchun (1), uning hududiy boʻlinmasi uchun (2), shuningdek хalqaro/chet el NNT filiali va vakolatхonasi uchun (3) amal qiladi.
Joriy yilning 1 iyulidan hisobot shakli yagona boʻladi, hozir amalda boʻlganlari esa – oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ilgarigidek, NNT hisobotlarni oʻz tanloviga koʻra elektron shaklda ERI bilan tasdiqlagan holda tegishli adliya organining rasmiy sayti orqali taqdim etishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 58 | 994 |
Qonunchilik | Nima sababdan turbiznes uchun QQSning nol darajali stavkasini qoʻllagan afzal | Toʻrt oydirki turistik biznes vakillari Soliq kodeksining turistik-ekskursiya хizmatlari koʻrsatish oborotlarini QQS toʻlashdan ozod qiluvchi normasini qoʻllash uchun shart-sharoitlar me’yorlashtirilishiga erishmoqchilar. norma.uz muхbiri Oʻzbekiston хususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi vakillari bilan muloqot qilib, ularning fikrlarini qogʻozga tushirdi.
Jahon turistik хizmatlar bozori jiddiy raqobat sharoitida rivojlanmoqda. Turistlar oqimini koʻpaytirmoqchi boʻlgan mamlakatlar turlar qiymatini arzonlashtirish ustida ishlamoqdalar.
Turizmga iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qarayotgan Oʻzbekistonda imkon qadar koʻp хorijiy mehmonlar tashrif buyurishi uchun salmoqli ishlar qilinmoqda. Mehmonхonalar, restoranlar, zamonaviy turistik komplekslar va rekreatsion zonalar qurilmoqda. Ular keluvchilarni qabul qilish uchun zarur. Biroq ushbu investitsiyalar qanchalik oʻzini oqlashi koʻp jihatdan mamlakatimizga uyushtiriladigan turlarning qiymatiga bogʻliq.
Xorijiy turistlar oqimi koʻpayib borishi uchun narхlar oshishiga yoʻl qoʻymaslik, yangi, iqtisodiy jihatdan yanada foydali mahsulotlarni taklif etish lozim. Hozirgi sharoitda turistik kompaniyalar buni amalga oshirishi qiyin.
Hamma gap shundaki, turning yakuniy qiymati mehmonlar qulay, maroqli va qiziqarli sayohat qilishiga yordam beradigan mehmonхonalar, restoranlar va turistik operatorlarning boshqa hamkorlari хizmatlari qiymatidan tashkil topadi. Soliq islohoti, aksariyat tadbirkorlik sub’yektlari soliq solishning umumbelgilangan tizimi va QQS toʻlashga oʻtgani munosabati bilan narхlar oshishiga yoʻl qoʻymaslik ancha mushkul.
– Xizmatlarimiz narхini oshirmaslik uchun qoʻldan kelgancha harakat qilayapmiz, – deydi «Miran International» oteli bosh menejeri Farhod Toshtemirov. – Biroq QQS bois хizmatlar sohasidagi soliq yuki oshdi, bu otelning narх siyosatiga ta’sir koʻrsata boshlayapti.
Muammo yuzaga kelmaydigandek tuyuladi. Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandida belgilangan normadan foydalansa bas, unda turistik-ekskursiya хizmatlari oboroti QQSdan ozod etilishi nazarda tutilgan. Biroq uning qoʻllanishi turli talqinlar va koʻplab hal qilinmagan masalalar bilan bogʻliq.
Misol uchun, mehmonхona imtiyozdan foydalana olishi uchun turoperatordan vaucher olishi zarur, uni rasmiylashtirish, toʻldirish va hisobini yuritish oson emas, koʻp vaqtni oladi. Buning ustiga, nafaqat turistik biznes vakillari, balki soliq organlari uchun ham koʻp qiyinchilik tugʻdiradi. «Nuron» turistik kompaniyasi direktori oʻrinbosari Vladimir Srapionov bu haqda shunday fikr bildirdi:
– Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandida ushbu imtiyozni qoʻllashning majburiy sharti – vaucher (yoʻllanma) taqdim etish belgilangan. Binobarin, hisobvaraq-fakturalar reyestri singari vaucherlar reyestri majburiy tartibda yuritilishi kerak. Biroq soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi koʻp sonli vaucherlarning skanerlangan nusхalari (hozir hisobvaraq-fakturalarning skanerlangan nusхalari kabi) davlat soliq хizmati organlariga ushbu hujjatlar hisobini aniq va tezkor yuritish, ularning haqiqiyligini tekshirish imkonini bermaydi. U buхgalterlarning qoʻlini oladi, soliq ma’muriyatchiligini murakkablashtiradi, ushbu imtiyoz qoʻllanishini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Ichki yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl va aviachiptalar qiymatidan QQSni chiqarib tashlash meхanizmi ishlab chiqilmagan. Bu mazkur normani qoʻllashda soliq toʻlovchilar va soliq organlari хodimlari toʻqnash kelayotgan muammolarning ayrimlari, хolos.
Oхir-oqibat ushbu qiyinchiliklar bois turkompaniyalar imtiyozdan toʻlaqonli foydalana olmayapti, ular koʻrsatayotgan хizmatlar narхi oshib borayapti.
Bu holat umumiy maqsadga erishishga – mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar guruhi soni koʻpayishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston хususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi (XTTA) raisi Gulchehra Isroilova qayd etganidek: «Turistik mahsulotlar narхi oshishiga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradigan chora-tadbirlarni qabul qilish zarur. Hozir shunga erishmoqchimiz. Soliq yukining kamayishi хususiy tadbirkorlik rivojlanishiga, ish oʻrinlari yaratilishiga va turistik хizmatlar hajmi oshishiga turtki boʻladi. Aks holda mahalliy turoperatorlarning хalqaro turizm bozoridagi raqobatga dosh berishi qiyin boʻladi».
XTTA a’zolari mavjud muammolarning oddiy va maqbul yechimini taklif qilmoqdalar. Vaucherlardan foydalanishni nazarda tutuvchi norma oʻrniga turistik хizmatlarni eksport qilishda QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash lozim.
– Oʻzbekistonda tovarlarni eksport qiluvchilarni (Soliq kodeksining 212-moddasi) va хalqaro tashuvchilarni (Soliq kodeksining 216-moddasi) qoʻllab-quvvatlash uchun QQSning nol darajali stavkasi anchadan buyon qoʻllanib kelmoqda. 2003 yilgacha хizmatlarni eksport qiluvchilarga nisbatan tegishli norma tatbiq etilar edi, biroq keyinchalik u bekor qilindi, – deydi «Novotours Silk Road» turistik kompaniyasi direktori Odiljon Raupov. – Bugun ushbu norma yana dolzarb tus oldi, hech boʻlmasa turbiznes tashkilotlarini koʻzlab uni soliq qonunchiligiga qaytarish lozim. Bugungi kunda koʻp mamlakatlar turistik mahsulotining хalqaro bozordagi raqobatbardoshligini saqlash maqsadida turistik хizmatlar eksportiga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllamoqda. Mamlakatimiz ham shu yoʻldan borishi kerak.
Amaldagi vaucher tizimi oʻrniga QQSning nol darajali stavkasi joriy etilsa, sohani qoʻllab-quvvatlash taomili samara beradi, soliq toʻlovchilarning ham, soliq organlarining ham ishi yengillashadi. Xorijiy buyurtmachilar bilan tuzilgan kontraktlar roʻyхatga olinganligi va ulardan valyuta tushumi kelib tushganligi haqidagi toʻliq ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalari yagona aхborot tizimida (TSOYaAT) qayd etiladi, kiruvchi QQS hajmi esa Kiruvchi hisobvaraq-fakturalar reyestrida toʻla aks etadi.
Oleg Gayevoy. | 77 | 5,845 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQARO AVIATSIYASIDA HAVO TRANSPORTI QATNOVIGA XIZMAT KO‘RSATISh” AVIATSIYA QOIDALARINI (O‘ZR AQ-71) TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAOning standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-71) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartmalar qo‘llaniladi:
ATMU — avtomatik tarzda ma’lumotlarni uzatish;
VPQ — vizual parvoz qoidalari;
JYuCh — juda yuqori chastotalar;
IKAO — xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti;
PQMR — parvoz qilish ma’lumotlari rayoni;
UQY — uchish-qo‘nish yo‘lkasi;
UBPQQ — uskunalar bo‘yicha parvoz qilish qoidalari;
O‘ANM — “O‘zaeronavigatsiya” markazi;
HK — havo kemasi;
HTQB — havo transporti qatnovini boshqarish;
HTQXK — havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
aerodrom dispetcherlik punkti — aerodrom harakatiga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish uchun tayinlangan organ;
avtomatik tarzda ma’lumotlarni uzatish tizimi (ATMU) — uchib kelayotgan va uchib ketayotgan havo kemalariga belgilangan joriy ma’lumotlarni kecha-kunduz davomida yoki sutkaning belgilangan ma’lum bir vaqtida avtomatik tarzda taqdim etish;
dispetcherlik ruxsati — havo kemasiga HTQXK organlari tomonidan belgilangan shartlar asosida harakatlanish uchun berilgan ruxsat;
nazorat qilinadigan samoviy hudud — parvozlarni dispetcherlik xizmatlari bilan ta’minlaydigan, ma’lum o‘lchamlarda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududi (bundan buyon matnda samoviy hudud deb yuritiladi);
nazorat qilinadigan aerodrom — aerodromdagi harakatga dispetcherlik xizmati ta’minlanadigan aerodrom;
nazorat qilinadigan parvoz — dispetcherlik ruxsati mavjud bo‘lganda bajariladigan har qanday parvoz;
parvoz-ma’lumotlari markazi — parvoz-ma’lumotlari xizmatini ko‘rsatilishini va avariya haqida xabar berish xizmatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan organ;
rayon dispetcherlik markazi — o‘zining yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan, dispetcherlik rayonlarida nazorat qilinadigan parvozlarga dispetcherlik xizmatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan organ;
rayon dispetcherlik xizmati — dispetcherlik rayonlarida nazorat qilinadigan parvozlarga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatilishi ta’minlanadigan samoviy hudud;
havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish xizmati — HTQXKning vakolatli organi tomonidan ma’lum qilingan, havodagi harakatni o‘tkazish layoqatiga muvofiqligi va imkon darajasida HTQBni o‘tkazish layoqatini ta’minlash uchun havo transporti qatnovi oqimini tartibga solish va tezlashtirish, xavfsizligiga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan xizmat;
havo transporti qatnovini boshqarish (HTQB) — manyovrlash maydonidagi havo kemalarini to‘siqlardan saqlash, shuningdek havo kemalari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida hamda havodagi harakatlanishni tartibga solish va tezlashtirish maqsadida ko‘rsatiladigan xizmat;
yaqinlashishga dispetcherlik xizmati — uchib keladigan yoki uchib ketadigan nazorat qilinuvchi havo kemalariga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida HTQXKning vakillik organi bo‘lib O‘ANM hisoblanadi.
4. O‘ANM O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda samoviy hududda havo transporti qatnovini tashkillashtirilishini, dispetchyerlarning HTQBning namunali ish texnologiyalarini, HTQXK xizmati mutaxassislarining professional tayyorgarligiga bo‘lgan talablarni, HTQXK tizimi usullarini, jarayonlarini va o‘tkazish layoqatining normativlarini, shu jumladan HTQXK tizimining lozim darajada ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xodimlar soni miqdorini belgilaydi hamda Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan HTQXK dispetchyerlarini boshlang‘ich tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi.
41. O‘ANM inson omillarini hisobga olish prinsiplari sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
42. Uyqusizlik, uzoq vaqt davomida harakatda bo‘lish yoxud ish vaqtidagi aqliy vazifalarning katta hajmini bajarishdan kelib chiqadigan dispetcherning toliqishi tufayli parvozlar xavfsizligiga tahlika solinishini oldini olish maqsadida O‘ANM havo transporti qatnovini bevosita boshqaruvchi dispetchyerlarning ish vaqti grafiklarini ishlab chiqadi.
5. O‘ANM chegaradosh davlatlar bilan HTQXKning chegaradosh organlari bilan HTQXKni o‘zaro muvofiqlashtirish uchun IKAOning xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyoti hajmida tezkor suratda hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha qo‘shimcha qilinadigan ilovalariga muvofiq belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilishning ish tartibi to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzadi.
6. O‘ANM tomonidan belgilanadigan, shu jumladan HTQXKdan foydalanish bo‘yicha samoviy hududlardan foydalanuvchilar uchun barcha zarur bo‘lgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining aeronavigatsion ma’lumotlar to‘plamida nashr qilinadi.
7. Quyidagilar HTQXKning vazifalari bo‘lib hisoblanadi:
nazorat qilinadigan samoviy hududdagi HKlarning o‘zaro to‘qnashuvini oldini olish;
manyovrlash maydonida HKlari bilan ushbu maydonda mavjud bo‘lgan to‘siqlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni oldini olish;
havo transporti qatnovi oqimini tezlashtirish va bir maromda tartibga solish;
parvozlarning amalga oshirilishi xavfsizligini va samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan konsultatsiya va ma’lumotlarni taqdim etish;
qidiruv-qutqaruv xizmatlari yordamiga muhtoj bo‘lgan HKlari to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga xabar berish, bunday tashkilotlarga zarur yordam ko‘rsatish.
8. HTQXKning quyidagi turlari mavjud:
havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish;
parvoz-ma’lumotlari xizmati;
avariya haqida xabar berish xizmati.
9. Havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish mazkur Qoidalarning 7-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi qismlarga bo‘linadi:
rayon dispetcherlik xizmati;
yaqinlashishga dispetcherlik xizmati;
aerodrom dispetcherlik xizmati.
10. Parvoz-ma’lumotlari xizmati bu parvozlar samaradorligini va xavfsizligini ta’minlash uchun konsultatsiyalar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan xizmatdir.
11. Avariya haqida xabar berish xizmati bu qidiruv-qutqaruv organlari yordamiga muhtoj bo‘lgan HK to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga xabar berish, bunday tashkilotlarga zarur yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan xizmatdir.
12. HTQXKning ehtiyojlari havo transporti qatnovining turlari, intensivligi va shu kabi boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi.
13. HTQXK turlariga muvofiq samoviy hudud qismlari va aerodromlar quyidagilarga bo‘linadi:
PQMR;
dispetcherlik rayonlari va dispetcherlik zonalari. Agar dispetcherlik rayoni yoki dispetcherlik zonasi PQMR chegaralarida aniqlansa, ular ushbu PQMRning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi;
nazorat qilinadigan aerodromlar.
14. Samoviy hudud quyidagi tarzda tasniflanadi:
“A” klassi. Faqat UBPQQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi, barcha HKlariga dispetcherlik xizmati ta’minlanadi va eshelonlashtiriladi;
“V” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi, barcha HKga dispetcherlik xizmati ta’minlanadi va eshelonlashtiriladi;
“S” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi, barcha HKlari dispetcherlik xizmati bilan ta’minlanadi, UBPQQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HK UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi boshqa HKlariga nisbatan eshelonlashtiriladi. VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HK, UBPQQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HKga nisbatan eshelonlashtiriladi va VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi boshqa HKlariga nisbatan harakat to‘g‘risida ma’lumotni oladi;
“D” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi va barcha HKlari dispetcherlik xizmati bilan ta’minlanadi, UBPQQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HK UBPQQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi boshqa HKlariga nisbatan eshelonlashtiriladi va VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HKlariga nisbatan harakat to‘g‘risidagi ma’lumotni oladilar, VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HKlari boshqa barcha HKlariga nisbatan harakat to‘g‘risida ma’lumotni oladilar;
“E” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi, UBPQQ bo‘yicha parvozni bajaruvchi HK, shunday parvozni bajaruvchi boshqa HKga nisbatan dispetcherlik xizmati bilan ta’minlanadi va eshelonlashtiriladi. Barcha HKlar imkon darajasida harakat to‘g‘risidagi ma’lumotni oladilar. E klassi nazorat qilinadigan zonalarda qo‘llanilmaydi;
“F” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi, UBPQQ bo‘yicha parvozni bajaruvchi barcha HKlarga havo transporti qatnoviga konsultativ xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanadi va so‘rov bo‘yicha barcha HKlariga parvoz-ma’lumotlari xizmati ko‘rsatiladi;
“G” klassi. UBPQQ va VPQ bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat beriladi va so‘rov bo‘yicha parvoz-ma’lumotlari xizmati ko‘rsatiladi.
15. HTQXKning samoviy hududdagi klasslari mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
16. Samoviy hudud klasslari O‘ANM tomonidan uning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
17. Samoviy hududda HTQXKni ta’minlash uchun quyidagi organlar tashkil etiladi:
nazorat qilinadigan aerodromlar va dispetcherlik zonalari, dispetcherlik rayonlari chegaralarida havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi HTQXK organlari;
PQMR chegaralarida avariya to‘g‘risida xabar berish va parvoz qilish ma’lumotini ko‘rsatishni ta’minlovchi parvoz-ma’lumotlari markazlari.
18. PQMR chegaralari HTQXK lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining hududini o‘z ichiga qamrab olishi kerak.
19. Dispetcherlik rayonining quyi chegarasi, qoida tariqasida, mazkur rayonning quyi xavfsiz esheloniga (balandligiga) mos keladi.
20. Dispetcherlik rayonining yuqori chegarasi havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati ko‘rsatilishi ushbu chegaraning yuqorisida ta’minlanmagan yoki PQMR undan yuqorida joylashgan hollarda belgilanadi.
21. Dispetcherlik zonasi samoviy hududning nazorat qilinadigan qismi bo‘lib hisoblanadi va aerodromga dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hamda, qoida tariqasida, yer sathidan dispetcherlik rayonining quyi chegarasigacha belgilanadi.
22. Gorizontal tekislikdagi dispetcherlik zonasining chegarasi, qoida tariqasida, aerodromning nazorat qilinadigan nuqtasidan 10 km uzoqlikdagi qo‘nishga kirish amalga oshiriladigan joy yo‘nalishida belgilanadi.
23. Rayon dispetcherlik markazi yoki parvoz-ma’lumotlari markazi, qoida tariqasida, ularning yaqinida joylashgan aholi yashash punkti yoki shahar, tuman nomi bilan belgilanadi.
24. Aerodrom dispetcherlik punkti yoki yaqinlashishga dispetcherlik punkti, qoida tariqasida, u joylashgan aerodromning nomi bilan ataladi.
25. Dispetcherlik zonasi, dispetcherlik rayoni yoki PQMR tegishli samoviy hududda HTQXKni amalga oshiruvchi organning nomidan foydalanib belgilanadi.
26. HTQXKning yo‘nalishlarini o‘rnatishda har bir HTQXKning yo‘nalishi bo‘ylab himoyalangan samoviy hudud hamda qo‘shni HTQXK yo‘nalishlar oralig‘ida xavfsiz interval ta’minlanadi.
27. HTQXK yo‘nalishlarini belgilash mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq keltiriladi, uchish va qo‘nishning standart yo‘nalishlari bundan mustasno.
28. Uchish va uchib kelishning standart yo‘nalishlarini va ularning sxemalarini belgilash mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan.
29. Asosiy nuqtalar HTQXK yo‘nalishlari yoki qo‘nishga kirish sxemalari uchun va (yoki) HK parvoziga nisbatan bo‘lgan ma’lumotlarga HTQXK organlarining ehtiyojlari bo‘lganda o‘rnatiladi.
30. Asosiy nuqtalarni o‘rnatish va belgilash mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Zaruriyat bo‘lganda, UQY, perronlar va aerodromda HKga texnik xizmat ko‘rsatish zonalari oralig‘ida HKni yerda burilishi uchun burilish standart yo‘nalishlari o‘rnatilishi mumkin. Bu yo‘nalishlar to‘qnashuv hollari yuzaga kelmaydigan tarzda tashkil qilinishi kerak.
32. HKning yerdagi burilishi standart yo‘nalishlarini UQY va HTQXK yo‘nalishlarini belgilash indekslaridan farqli indekslar bilan belgilash lozim.
33. Fuqaro aviatsiyasining HTQXK organi davlat aviatsiyasining HTQXK organi bilan o‘zaro hamkorlikni kelishilgan holda amalga oshiradi.
34. Fuqaro aviatsiyasining HTQXK organi rasmiy talab bo‘yicha yoki doimiy ravishda davlat aviatsiyasining HTQXK organini fuqaro HKlarining parvozlariga tegishli bo‘lgan zarur parvoz rejasi va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
35. HK uchun potensial xavfni yuzaga keltiruvchi har qanday faoliyat tegishli HTQXK organlari bilan kelishilishi lozim.
36. Kelishishning maqsadi HKlar uchun xavf yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunday HKlarning normal parvoziga bo‘lgan to‘siqlarni minimumga olib kelish imkonini beradigan sharoitni ta’minlash hisoblanadi.
37. HTQXK organi samoviy hududda HK parvozlarini bajarish uchun potensial xavf yuzaga kelayotganda ushbu faoliyatga tegishli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tarqatilishi uchun javobgardir.
38. Agar HK uchun potensial xavfni yuzaga keltiruvchi faoliyat doimiy ravishda amalga oshsa, u holda barcha manfaatdor bo‘lgan tomonlarni muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun maxsus organ tashkil etiladi va ushbu ma’lumotlar aeronavigatsion ma’lumotlar hujjatlarida nashr qilinadi.
39. Aeronavigatsion ma’lumotlar xizmatini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun HTQXK organlari aeronavigatsion ma’lumotlar xizmatiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi.
40. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida HK ekipajini oxirgi meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash HTQXK organi tomonidan meteorologik organlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
41. Aerodromda parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun HTQXK organi bilan aerodromdagi parvozlarni ta’minlovchi xizmatlar (aerodrom, elektr, radiotexnik, ornitologik, qidiruv-qutqaruv, avariya va boshqa xizmatlar) o‘rtasida hamkorlik amalga oshiriladi.
HTQXK organlari bilan aerodromdagi parvozlarni ta’minlovchi xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tartibi hamkorlik bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
42. HKga nisbatan avariya holatida ekanligi, shu jumladan noqonuniy aralashish harakatlari sodir qilinganligi ma’lum bo‘lganda yoki taxmin qilinganda, aniq holatlardan kelib chiqib, ushbu HKga boshqa HKlariga nisbatan maksimal e’tibor ko‘rsatilishi, ko‘maklashish va ustunlik berilishi lozim.
43. Ikkilamchi obzorga oid radiolakatsion qabul qilish va javob berish uskunasi bilan jihozlangan HK avariya holatidaligi to‘g‘risida xabar quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
A rejimida 7500 kodini o‘rnatish — noqonuniy aralashish harakatlari sodir bo‘lganda;
A rejimida 7600 kodini o‘rnatish — radioaloqa yo‘qotilganda;
A rejimida 7700 kodini o‘rnatish — HKni egallash (ishg‘ol qilish) yoki avariya holati yuzaga kelganda.
44. Avariya holatlari vujudga kelganda HTQXK organlari bilan HKlari o‘rtasida aloqalar olib borilayotgan vaqtda inson omili aspektlari hisobga olinishi lozim.
45. Avariya holatlari yoki noqonuniy aralashish harakatlari sodir bo‘lganda yoki ushbu harakatlar sodir qilinishi taxmin qilinganda, HTQXK organi O‘ANM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha harakat qilishi lozim.
46. HKga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida HTQXK organlari tomonidan 121,5 MGts chastotasini eshitish hududiy dispetcherlik markazlarida 24 soat davomida, aerodrom dispetcherlik punktlarida va yaqinlashishga dispetcherlik punktlarida esa ularning ish soatlari vaqtida tashkillashtiriladi.
47. O‘zbekiston Respublikasida HTQXK organlari daqiqalar va soatlarda, zarur hollarda, soniyalarda ifodalanadigan umumjahon muvofiqlashtirilgan vaqtdan foydalanadilar.
48. HTQXK organlari har bir ish joyidan yaxshi ko‘rinadigan soatning vaqtini, daqiqalarini, soniyalarini ko‘rsatadigan soatlar bilan jihozlanadi.
49. HKning rasmiy talabi bo‘yicha HTQXK organlari 30 soniyagacha yaqinlikdagi aniqlik bilan HK bortiga aniq vaqt to‘g‘risida xabar beradi.
50. Fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini lozim darajada ta’minlash uchun HTQXKda parvozlar xavfsizligi bo‘yicha O‘ANM tomonidan dastur qabul qilinadi hamda ushbu dasturga muvofiq parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi belgilanadi.
51. HTQXKda parvozlar xavfsizligini lozim darajada ta’minlashga ta’sir etuvchi HTQXK tizimidagi har qanday ahamiyatli o‘zgarish unga ekspert bahosi berilib, ushbu ekspert bahosi parvozlar xavfsizligi lozim darajada ta’minlanganini namoyon etganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
52. HTQXKda parvozlar xavfsizligi buzilishiga tahdid solinganda yoki buzilishlariga yo‘l qo‘yilganda, kutilmagan vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha O‘ANM chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va nashr qiladi. Ushbu chora-tadbirlar rejasi IKAOning xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq bo‘lishi lozim.
53. Kutilmagan vaziyatlarda harakat qilish chora-tadbirlar rejasiga tegishli materialni ishlab chiqish, nashr qilish va bajarish mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
54. Quyidagilarga havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati qo‘llaniladi:
samoviy hududning “A”, “V”, “S”, “D”, “E” klasslaridagi UBPQQ bo‘yicha barcha parvozlarga;
samoviy hududning “V”, “S” va “D” klasslardagi VPQ bo‘yicha barcha parvozlarga;
VPQ bo‘yicha barcha maxsus parvozlarga;
nazorat qilinadigan aerodromlardagi aerodrom harakatining barcha turlariga.
55. Havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati quyidagi organlar tomonidan ta’minlanadi:
rayon dispetcherlik xizmati — rayon dispetcherlik markazi tomonidan yoki dispetcherlik zonasida yoxud chegaralangan o‘lchamlardagi rayonda yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlaydigan organ tomonidan;
yaqinlashishga dispetcherlik xizmati — aerodrom dispetcherlik markazi yoki rayon dispetcherlik markazi tomonidan yoxud alohida organ tuzish zaruriyati yuzaga kelgan hollarda yaqinlashishga dispetcherlik punkti tomonidan;
aerodrom dispetcherlik xizmati — aerodrom dispetcherlik punkti tomonidan.
56. Aerodrom dispetcherlik punktiga aerodromdagi perronning o‘lchamlari va konfiguratsiyasi perronda harakat uchun nazoratni olib borishga imkon bermasa, aerodrom ekspluatanti tomonidan perronda qo‘shimcha boshqarish punkti tashkil etiladi.
57. O‘zbekiston Respublikasida havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmatini tashkillashtirish tartibi O‘ANM tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Agentlik bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
58. Samoviy hududda eshelonlashtirish minimumlari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
59. Samoviy hududning aniq bo‘lgan qismidagi chegarada parvozlarni bajarayotgan barcha HKlarining havodagi harakati boshqarilishi uchun mas’uliyat bitta dispetcherlik organiga yuklatiladi. Ayrim hollarda HKlarning havodagi harakatini boshqarish barcha manfaatdor dispetcherlik organlari bilan o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash sharti bilan boshqa dispetcherlik organlariga topshirilishi mumkin.
60. HKni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat HTQXK organi tomonidan boshqa HTQXK organiga ushbu HKsiga xizmatni ko‘rsatuvchi rayon dispetcherlik markazi tomonidan HK dispetcher rayonlarining umumiy chegaralarini kesish jarayonida hisoblangan vaqtda yoki ikki HTQXK organlari tomonidan kelishilgan vaqtda yoxud har qanday boshqa nuqtada topshiriladi.
61. HKni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat rayon dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi HTQXK organi tomonidan yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organiga belgilangan chegaralarda topshiriladi.
62. Uchib kelayotgan HKni boshqarish uchun mas’uliyat yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organ tomonidan aerodrom dispetcherlik punktiga quyidagi hollarda topshiriladi:
HK aerodrom rayonida bo‘lib, yerdagi oriyentir bo‘yicha u kirishni tugatib, vizual qo‘nishni bajara olishi mumkin bo‘lganda yoki VPQ bo‘yicha parvoz qilishda vizual meteorologik sharoitlarining mustahkamligiga erishganda;
UBPQQ bo‘yicha parvoz qilishda tegishli HTQXK organining HTQB dispetcherini ish texnologiyasiga muvofiq belgilangan chegaralarida (masofada, eshelonda, balandlikda) bo‘lganda.
63. Vizual meteorologik sharoitlar vaqtida uchib ketayotgan HKning boshqaruvi uchun mas’uliyat aerodrom dispetcherlik punkti tomonidan, agar XK tegishli HTQXK organining HTQB dispetcherini ish texnologiyasiga muvofiq belgilangan chegaralarda (masofada, eshelonda, balandlikda) bo‘lsa, yaqinlashishga dispetcherlik xizmatiga topshiriladi.
64. Uskunalar bo‘yicha parvoz jarayonida uchib ketayotgan HKning boshqaruvi uchun mas’uliyat aerodrom dispetcherlik punkti tomonidan XK tegishli HTQXK organining HTQB dispetcherini ish texnologiyasiga muvofiq belgilangan chegaralarda (masofada, eshelonda, balandlikda) bo‘lganda yaqinlashishga dispetcherlik xizmatiga topshiriladi.
65. HKni boshqarilishi uchun mas’uliyat bir dispetcherlik sektoridan boshqa dispetcherlik sektoriga belgilangan chegarada (masofada, eshelonda, balandlikda) yoki tegishli HTQXK organining HTQB dispetcherining ish texnologiyasida nazarda tutilgan ikki organ o‘rtasida kelishilgan vaqtda topshiriladi.
66. Mazkur Qoidalarning 68-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lmaganda HKni boshqarish uchun mas’uliyat HTQXK organi tomonidan boshqarish uchun mas’uliyatni qabul qiluvchi HTQXK organiga uning roziligisiz topshirilmaydi.
67. Topshiruvchi HTQXK organi joriy parvoz rejasining qismini va havo transporti qatnovi boshqarilishiga tegishli ma’lumotlarni qabul qiluvchi organga mavjud bo‘lgan aloqa kanallari orqali ma’lum qiladi. HTQBni topshirishdan oldin olingan radiolokatsion kuzatuv ma’lumotlariga asosan dispetcherlik ma’lumotlari o‘z ichiga HK joylashgan joyi, parvoz esheloni (balandligi), yo‘nalish yo‘li (magnit yo‘nalish burchagi), HK tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.
68. Qabul qiluvchi HTQXK organi topshiruvchi HTQXK organidan qabul qilingan ma’lumotni tasdiqlaydi va zarur bo‘lgan ma’lumotni beradi yoki parvozni bajarishni davom ettirishga ruxsat beradi.
69. Dispetcherlik ruxsati havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati ko‘rsatishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablarga asoslanadi.
Dispetcherlik ruxsatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
parvoz rejasida ko‘rsatilgan HKni belgilash indeksi;
harakat qilishga ruxsat berilgan chegara;
parvoz yo‘nalishi;
hamma yo‘nalish uchun parvoz esheloni (balandligi) yoki uning bir qismi uchun va zaruriyat bo‘lganda, eshelonlarning (balandliklarning) o‘zgarish tartibi;
uchishga yoki qo‘nishga kirish vaqtida manyovrlashga, aloqaga va ruxsatni amal qilish muddati tugashi vaqtiga nisbatan boshqa masalalar bo‘yicha zarur bo‘lgan ko‘rsatmalar va ma’lumotlar.
70. Ruxsat berish faoliyatining muddati vaqt bilan belgilanadi, agar parvoz bajarilishi boshlanmagan bo‘lsa, ruxsat avtomatik tarzda bekor qilinadi.
71. HKning ekipaji HTQB dispetcheriga radioaloqa yordamida uzatiladigan parvozlar xavfsizligini ta’minlashga tegishli ruxsat va ko‘rsatmalarni takrorlaydi.
Quyidagilar doimo takrorlanadi:
yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilishga dispetcherlik ruxsati;
UQY oldida kutish va UQYni kesib o‘tish, uchish, qo‘nish, yerdagi burilishga tegishli ruxsat va ko‘rsatmalar;
HTQB dispetcheri tomonidan ishchi UQY, barometr balandligini o‘lchash shkalasini o‘rnatish, ikkilamchi radiolokatsiya kodlari, kurs va tezlikka rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatmasi, parvoz eshelonini (balandligini) egallash bo‘yicha ko‘rsatmasi (agar boshqa ko‘rsatma bo‘lmasa), o‘tish esheloni to‘g‘risida xabarlar.
72. Ruxsat va ko‘rsatmalar, shu jumladan shartli ruxsatlar tushunarli bo‘lguniga va bajarishga qabul qilinishiga shubha qolmaydigan tarzda takrorlanishi lozim.
73. HTQB dispetcheri berilgan dispetcherlik ruxsatini yoki ko‘rsatmalarini HK ekipaji tomonidan qaytarilishini eshitishi, ularni to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishi va berilgan ruxsatlarni va ko‘rsatmalarni takrorlanishi vaqtida aniqlangan har qanday noaniqliklarni bartaraf qilish bo‘yicha choralarni ko‘rishi shart.
74. Havo transporti qatnovi talabi havo transporti qatnovi dispetcherlik xizmatining tegishli tizimida ko‘rsatilgan o‘tkazuvchanlik salohiyatidan oshganda yoki oshishi taxmin qilinganda havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish tizimi samoviy hudud qismlarida tatbiq etilishi lozim.
75. Havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmatining tegishli tizimini o‘tkazish salohiyati O‘ANM tomonidan belgilanadi. O‘tkazish salohiyati me’yoridan oshib ketgan xollarda HTQXK organi ma’lum bir rayonlarda HTQXKga cheklovlarni o‘rnatadi va bu haqda havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish organlariga, shuningdek chegaradosh HTQXK organlariga xabar beradi.
O‘tkazish salohiyati me’yoridan oshib ketganligi holati kuzatilgan rayonning yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan HK ekipaji kutilayotgan kechikishlar yoki cheklanishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilinishi shart.
76. O‘ANM HTQB tizimining o‘tkazish salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni xalqaro shartnomalarga muvofiq tashkil etishi lozim.
77. Aerodromning manyovrlash maydonida shaxslar va transport vositalarining, shu jumladan shatakka olingan HKlarining harakatini boshqarish, yerda burilishni, uchishni va qo‘nishni bajarayotgan HKlarining xavfsizligini ta’minlash aerodrom dispetcherlik punkti tomonidan amalga oshiriladi.
78. II yoki III daraja bo‘yicha ishlovchi aerodromda UQYda ko‘rinish 550 m bo‘lib, ko‘rish imkoniyati cheklangan sharoitlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
aerodromning manyovrlash maydonida ishlayotgan shaxslar va transport vositalarining soni II yoki III daraja bo‘yicha aniq uskunali qo‘nishga kirishni bajarish jarayonida minimumgacha cheklangan bo‘lishi;
manyovrlash maydonida transport vositalari bilan yerda burilayotgan HKlari o‘rtasida minimal masofa saqlanishi.
79. Falokatga uchragan HKga yordam ko‘rsatishga ketayotgan qidiruv-qutqaruv transport vositalari manyovrlash maydonida barcha boshqa turdagi harakatlar oldida ustunlik huquqiga ega.
80. Bunda manyovrlash maydonida bo‘lgan transport vositalari quyidagi qoidalarga rioya qilishlari lozim:
HKni shatakka olayotgan transport vositalari qo‘nishga kirayotgan, uchmoqchi bo‘layotgan yoki yerda burilishni amalga oshirayotgan HKga yo‘l berishlari;
transport vositalari HKni shatakka olayotgan boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari;
manyovrlash maydoni bo‘yicha harakatni amalga oshirayotgan barcha transport vositalari aerodrom dispetcherlik punkti bilan radio aloqani olib borishi uchun tegishli yoritish signali uskunalariga va radiotexnik vositalariga ega bo‘lishlari.
Aerodromning manyovrlash maydonidagi barcha transport vositalari aerodrom dispetcherlik punkti ko‘rsatmalariga muvofiq ushbu bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan talablaridan qat’i nazar, boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
81. Transport vositalari tomonidan aerodromning manyovrlash maydonini ruxsatsiz band qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha javobgarlik aerodrom ekspluatanti zimmasiga yuklatiladi.
82. Radiolokatsion tizimlari (mavjud bo‘lganda) parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi radiolokatsiya kodlari va to‘qnashish vaziyatlari to‘g‘risida oldindan xabar berish, to‘qnashish vaziyatlari to‘g‘risida bildirishni hisobga olib, ogohlantirish va xabar berishni ta’minlashlari lozim.
83. Nazorat qilinadigan samoviy hududda parvozni amalga oshirayotgan HKga yoqilg‘ini to‘kish zaruriyati yuzaga kelsa, HK ekipaji bu haqda HTQB organiga xabar beradi.
Bunda HTQB organi bilan yoqilg‘ini to‘kayotgan HK o‘rtasidagi belgilanadigan harakatlar, shuningdek ular tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlar IKAO xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotining havo transporti qatnovi tashkillashtirilishini belgilab beruvchi talablariga muvofiq o‘rnatiladi.
84. Parvoz-axborot xizmatining ma’lumotlari ta’sir ko‘rsatuvchi barcha HKlari parvoz-axborot xizmati bilan ta’minlanadi.
85. Parvoz-axborot xizmati HK komandiridan parvoz rejasini o‘zgarishiga nisbatan qat’iy qarorni qabul qilganligi uchun javobgarlikni olib tashlamaydi.
86. HTQXK organlari bir vaqtda parvoz-axborot xizmati va havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati bilan ta’minlasa va bunda havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati ko‘rsatilishini talab qilsa, barcha hollarda havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati ko‘rsatishni parvoz-axborot xizmatiga nisbatan birinchi navbatda amalga oshiriladi.
87. Parvoz-ma’lumotlari xizmati quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
“SIGMET” ma’lumotlarini;
vulqon kukuni bulutlarining mavjudligini;
radioaktiv yoki zaharli kimyoviy moddalarni atmosferaga chiqarilganligini;
radionavigatsion vositalarining foydalanishga tayyorligi holati o‘zgarganini;
aerodrom holatining va u bilan bog‘liq vositalarning, shu jumladan qor, muz yoki suv qatlamlari bilan qoplangan aerodromning ish maydonlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarishini;
boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostatlar to‘g‘risidagi;
uchishni va qo‘nishni amalga oshirish aerodromlarida hamda zaxiradagi aerodromlarda aniq yoki kutilayotgan meteorologik sharoitlarni;
har xil klassdagi samoviy hududda parvozlarni bajaruvchi HKlari uchun to‘qnashuv xavfini mavjudligini;
VPQ bo‘yicha parvoz bajarilishi mumkin bo‘lmay qolganda, parvoz yo‘nalishi bo‘yicha meteorologik sharoitlarni;
oriyentir yetarli bo‘lmagan hududlarda parvoz bajarilayotganda HK ekipaji so‘rovi bo‘yicha parvoz va navigatsion ma’lumotlar hisobi uchun zarur ma’lumotlarni;
parvozning xavfsizligiga ta’sir qiluvchi boshqa ma’lumotlarni.
88. HTQXK organi parvoz-ma’lumotlari xizmatini ta’minlash vaqtida quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
HK ekipajiga navigatsion vositalarining holati, havodagi va meteorologik vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida berilishi;
parvozlar xavfsizligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni hamda belgilangan va zaxiradagi aerodromlarning holati to‘g‘risidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida berilishi.
89. Parvoz-ma’lumotlari xizmati ko‘rsatilishiga kiritiladigan metereologik, shuningdek navigatsion vositalari va aerodromlar to‘g‘risidagi tezkor ma’lumot (mavjud bo‘lsa) birlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etiladi.
90. Agar parvoz-ma’lumotlari xizmati radioeshittirish bilan ta’minlanayotgan bo‘lsa, ular parvozning turli xil bosqichlari bo‘yicha alohida foydalanish elementlari va meteorologik elementlar to‘g‘risidagi birlashtirilgan ma’lumotlarni qamrab olgan xabarlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak. Bunda radioeshittirishlarni uzatish yuqori chastotalarda, JYuCh va ATMUda bo‘lishi kerak.
91. Aerodrom rayonida nutqiy ATMU xizmatining radioeshittirishini uzatish aerodromda “havo-er” ikki tomonlama aloqa kanalining xizmat ko‘rsatilishidagi yuklanishni kamaytirish talab qilinganda ta’minlanadi.
92. Nutqiy ATMU xizmatining radioeshittirishini uzatish uchun imkon darajasida JYuCh diapazonidan foydalaniladi.
93. Nutqiy ATMU xizmatining radioeshittirishlarini uzatish uzluksiz ravishda va takrorlanish bilan olib boriladi.
94. Joriy radioeshittirishda uzatilayotgan ma’lumotlar qo‘nishga kirish, qo‘nish va uchish bilan bog‘liq ma’lumotlarni HKlarga ta’minlab bergan tegishli HTQXK organlari e’tiboriga zudlik bilan yetkaziladi.
95. Nutqiy ATMU xizmatining radioeshittirishi minimum ingliz tilida olib boriladi.
96. Nutqiy ATMU xizmatining radioeshittirishini uzatilishi davomiyligi, agar buning imkoni bo‘lsa, 30 soniyadan oshmasligi kerak. Bunda uzatilayotgan ma’lumotning sifati yomonlashmasligi lozim.
97. Nutqiy ATMU xizmatidan foydalanishda quyidagilar ta’minlangan bo‘lishi kerak:
uzatilayotgan ma’lumot bitta aerodromga tegishli bo‘lishi;
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarish yuz berganda zudlik bilan uzatilayotgan ma’lumotlarning yangilanishi;
nutqiy ATMU xizmatining alohida xabarlari IKAOning fonetik alifbosidagi harflar ko‘rinishidagi indeks bilan belgilanishi. Keyingi beriladigan nutqiy ATMU xizmati xabarlarining indekslari alfavit tartibida o‘zlashtiriladi;
HK ekipajlari, yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini yoki aerodrom dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi HTQXK organi bilan aloqani o‘rnatganidan keyin ma’lumotlarni qabul qilganliklarini ta’kidlashlari;
HTQXK organi kelayotgan HKlariga aerodromda ayni paytdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida xabar berilishi;
meteorologik ma’lumotlar muntazam yoki maxsus ma’lumotlarda taqdim etilishi.
Nutqiy ATMU xizmati xabarlarini tayyorlanishi va tarqatilishi uchun HTQXK organi javobgar bo‘ladi.
98. Meteorologik sharoit tezlik bilan o‘zgargan vaqtlarda meteorologik ma’lumotni nutqiy ATMU xizmatiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, nutqiy ATMU xizmati xabarlarida ob-havo to‘g‘risidagi ma’lumot HTQXK organi bilan dastlabki aloqa o‘rnatilganda amalga oshiriladi.
99. Joriy uzatilgan nutqiy ATMU xizmati ma’lumotlari HK ekipaji tomonidan qabul qilinganligi tasdiqlanganda, ularni takroran uzatish talab qilinmaydi, aerodromdagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
100. Agar HK ekipaji nutqiy ATMU xizmatining eskirgan ma’lumotlarini qabul qilganligini tasdiqlasa, yangilanishi talab qilinadigan ma’lumotning har qanday elementi zudlik bilan HK ekipajiga uzatiladi.
101. Nutqiy ATMU xabarlari quyida belgilangan tartibdagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak:
aerodromning nomlanishini;
uchib kelish va (yoki) uchib ketish ko‘rsatkichini;
ma’lumotni harf bilan ifodalangan indeksini;
kuzatuv vaqtini;
qo‘nishga kirish uchun mo‘ljallanayotgan tizimini (turini);
foydalaniladigan UQYni;
UQY sathining holatini va ulanish koeffitsiyentini;
kutish zonasidagi kutilayotgan kechikishni;
o‘tish eshelonini;
er yaqinidagi shamolning yo‘nalishi va tezligini, shu jumladan ahamiyatli bo‘lgan o‘zgarishlarni;
ko‘rinishni (UQYdagi ko‘rinishni);
joriy ob-havoni;
bulut bilan qoplanish 1500 m dan pastda bo‘lib, osmondagi holatni aniqlash qiyinlashganda vertikal ko‘rinishini;
havoning haroratini;
shudring nuqtasining harorati;
balandlikni o‘lchash qurilmasi uchun ma’lumotlarni;
aerodromdagi bosimni;
yaqinlashish zonasida, qo‘nishga kirishda va balandlikka ko‘tarilishda, shu jumladan shamol siljishidagi maxsus (xavfli) metereologik holatlar to‘g‘risidagi mavjud bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni hamda parvozning amalga oshirilishiga ta’sir qiluvchi ob-havoning oxirgi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
“Trend” turidagi ma’lumotni (mavjud bo‘lganda);
boshqa muhim tezkor ma’lumotlarni.
102. Avariya haqidagi xabar bilan quyidagilar ta’minlanadi:
havo transporti qatnoviga dispetcherlik xizmati bilan ta’minlanayotgan barcha HKlar;
imkon darajasida parvoz qilish rejasini taqdim etgan boshqa barcha HKlar;
noqonuniy aralashuv obyekti bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan yoki taxmin qilinayotgan har qanday HKlar.
103. Parvoz-ma’lumotlari markazlari va rayon dispetcherlik markazlari tegishli PQMR va dispetcherlik rayoni chegaralarida parvozni bajarayotgan HKlarining avariya holatiga oid barcha parvoz ma’lumotlarini yig‘ish uchun hamda bundan ma’lumotni tegishli qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markazga uzatish uchun bosh punkt bo‘lib xizmat qiladi.
104. Yaqinlashishga dispetcherlik punkti yoki aerodrom dispetcherlik punktining boshqaruvida bo‘lgan HK bilan avariya holati yuzaga kelganda, ushbu organ zudlik bilan bu haqda rayon dispetcherlik markaziga (parvoz-ma’lumotlari markaziga) xabar beradi va ular o‘z navbatida aeroportning (aerodromning) qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markaziga xabar beradi, rayon dispetcherlik markazini (parvoz-ma’lumotlari markazini) yoki qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markazni xabardor qilish talab qilinmaydigan xollar bundan mustasno.
105. Aerodrom dispetcherlik punkti yoki yaqinlashishga dispetcherlik punkti birinchi navbatda zarur kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni ko‘rsatishi shart bo‘lgan aeroportdagi (aerodromdagi) barcha qidiruv-qutqaruv xizmatlariga xabar beradi va ularni harakatga keltirish uchun zarur choralarni ko‘radi.
106. HTQXK organlari HK avariya holatida ekanligi ma’lum bo‘lganda qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markazlarni quyidagi bosqichlardan biri mavjud bo‘lganda zudlik bilan xabardor qiladi:
noaniqlik bosqichi;
trevoga (xavfni bildiruvchi signal) bosqichi;
falokat bosqichi.
107. Xabar berish mavjud bo‘lgan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi va quyidagi tartibda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
avariya bosqichidan kelib chiqqan holda INSERFA, ALERFA yoki DETRESFA nomli kod so‘zlarini;
chaqirayotgan muassasa yoki shaxsni;
avariya holatining xususiyatini;
parvoz rejasidagi ma’lumotni;
so‘nggi marta aloqada bo‘lgan HTQB organini, aloqa vaqti va ish chastotasini;
turgan joyi to‘g‘risida oxirgi xabarni va uni aniqlash usulini;
HKning rangi va ajratib turadigan belgisini;
HKdagi xavfli yuklar to‘g‘risidagi ma’lumotni;
xabarlarni uzatuvchilar tomonidan qabul qilingan har qanday harakatlarni;
boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni.
108. Mazkur Qoidalarning 106-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markaz quyidagilar bilan darhol ta’minlanishi lozim:
har qanday qo‘shimcha foydali ma’lumotlar bilan, ayniqsa bosqichlar bo‘yicha avariya holatining o‘zgarishi;
avariya holatining bekor qilinishi.
109. Avariya holatlari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan har qanday elementi mavjud emasligi avariya haqidagi xabarni uzatmasdan ushlab turish uchun asos bo‘lmaydi.
110. Qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan qabul qilingan harakatlarning bekor qilinishi bo‘yicha ushbu markazning o‘zi javobgar bo‘ladi.
111. HTQXK organlari zaruriyat bo‘lganda avariya holatidagi HK bilan aloqani o‘rnatish va ushlab turish uchun hamda ushbu HKdan ma’lumotlarni olish uchun barcha mavjud aloqa vositalaridan foydalanadilar.
112. Agar HK avariya holatida deb hisoblansa, tasvirni aks ettirish apparaturasi havodagi vaziyatni videoyozuviga yozish imkonini bermasa, ushbu HKni va uning oxirgi ma’lum bo‘lgan joylashgan joyidan eng katta uzoqlashuvidan keyinchalik joylashish joyini aniqlash uchun uning parvoz yo‘nalishi kartada belgilanadi.
113. Agar HTQXK organi HKni avariya holatida deb hisoblasa, ushbu HKning yaqinida bo‘lgan boshqa HKlarga imkon darajasida avariya holatining xususiyati to‘g‘risida xabar qiladi va zaruriyat bo‘lsa radio sukutlik rejimini kiritadi.
114. HTQXK jarayonida ikki taraflama “havo-er” radiotelefon aloqasi tashkil etiladi.
115. Dispetcherlik xizmati ko‘rsatishni ta’minlash uchun aloqa abonentlari tomonidan yuqori chastota yoki JYuCh kanallari qo‘llaniladi. Bunda ikki taraflama “havo-er” kanallari yozish vositalari bilan ta’minlanadi.
116. Parvoz-ma’lumotlari xizmatini ta’minlash uchun PQMR chegarasining har qanday joyida parvozni bajarayotgan HK va parvoz-ma’lumotlari xizmatini ta’minlovchi organlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqaning xalaqit beruvchi shovqinidan to‘sqinliksiz va uzluksiz tezkor ravishda, bevosita ikki tomonlama “havo-er” aloqasidan foydalanilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
117. Rayon dispetcherlik xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash uchun dispetcherlik rayoni chegarasining har qanday joyida parvozni bajarayotgan HK va rayon dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organ o‘rtasida ikki tomonlama aloqaning xalaqit beruvchi shovqinidan to‘sqinliksiz va uzluksiz tezkor ravishda, bevosita ikki tomonlama “havo-er” aloqasidan foydalanilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
118. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatining ta’minlanishi uchun yaqinlashishga dispetcherlik xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi va uning boshqaruvi ostida bo‘lgan HK bilan o‘rtadagi ikki tomonlama aloqa xalaqit beruvchi shovqinidan to‘sqinliksiz va uzluksiz tezkor ravishda, bevosita ikki tomonlama “havo-er” aloqasidan foydalanilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
119. Agar yaqinlashishga dispetcherlik xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi organ, alohida organ sifatida harakat qilsa, ikki tomonlama “havo-er” aloqasi uning o‘ziga foydalanish uchun ajratilgan aloqa kanali bo‘yicha olib boriladi.
120. Aerodrom dispetcherlik xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash uchun, nazorat qilinadigan aerodromlarning manyovrlash maydonida harakatni bajaruvchi yoki aerodrom atrofidagi radiusining 50 km masofasida bo‘lgan HKlari va aerodrom dispetcherlik punkti o‘rtasida ikki tomonlama aloqa xalaqit beruvchi shovqinidan to‘sqinliksiz va uzluksiz, operativ ravishda, bevosita ikki tomonlama “havo-er” aloqasidan foydalanilishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
121. Zaruriyat yuzaga kelganda manyovrlash maydonidagi harakatni boshqarish uchun alohida kanallar ta’minlanadi.
122. Yerda HTQXK jarayonida “er-er” aloqasi uchun telefon va telegraflardan foydalaniladi.
123. Parvoz-ma’lumotlari markazi uning javobgarligidagi rayoni doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
rayon dispetcherlik markazi bilan, agar ular bitta joyda joylashmagan bo‘lsa;
yaqinlashishga dispetcherlik punkti bilan;
aerodrom dispetcherlik punkti bilan.
124. Rayon dispetcherlik markazi uning javobgarligidagi rayoni doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
parvoz-ma’lumotlari markazi bilan;
yaqinlashishga dispetcherlik punkti bilan;
aerodrom dispetcherlik punkti bilan;
chegaradosh rayon dispetcherlik markazlari bilan.
125. Yaqinlashishga dispetcherlik punkti uning javobgarligidagi rayoni doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
parvoz-ma’lumotlari markazi bilan;
rayon dispetcherlik markazi bilan;
aerodrom dispetcherlik punkti bilan.
126. Aerodrom dispetcherlik punkti uning javobgarligidagi zonasi doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlagan bo‘lishi kerak:
parvoz-ma’lumotlari markazi bilan;
rayon dispetcherlik markazi bilan;
yaqinlashishga dispetcherlik punkti bilan.
127. Parvoz-ma’lumotlari markazi va rayon dispetcherlik markazi ularning javobgarligidagi rayonlari doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim:
davlat aviatsiyasining tegishli organlari bilan;
meteorologik organi bilan;
aviatsion elektr aloqasining stansiyasi bilan;
ekspluatantning tegishli muassasalari bilan;
qidiruv va qutqaruvni muvofiqlashtiruvchi markaz bilan yoki uning yo‘qligida boshqa tegishli qidiruv-qutqaruv xizmati bilan;
chegaradosh dispetcherlik markazi bilan.
128. Yaqinlashishga dispetcherlik punkti va aerodrom dispetcherlik punkti ularning javobgarligidagi rayonlari doirasida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi quyidagi organlar bilan aloqa kanallari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim:
davlat aviatsiyasining tegishli organlari bilan;
qidiruv-qutqaruv xizmatlari bilan;
meteorologik organi bilan;
aviatsion elektr aloqa stansiyasi bilan;
perrondagi faoliyatni tashkillashtiruvchi organ bilan, agar u alohida organ sifatida tuzilgan bo‘lsa.
129. Rayon dispetcherlik markazi, parvoz-ma’lumotlari markazi, yaqinlashishga dispetcherlik punkti va aerodrom dispetcherlik punkti quyidagi aloqa vositalari bilan ta’minlanadi:
bevosita nutqiy aloqa;
harf bilan bosiladigan aloqaning yozma shakli.
130. HTQXKning elektron-hisoblash mashinasiga avtomatik tarzda ma’lumotlarni kiritish va (yoki) ularni chiqarish talab qilingan barcha hollarda, avtomatik yozuvi uchun tegishli vositalar ta’minlanadi.
131. Mazkur Qoidalarning V bo‘limi 3 va 4-paragraflarida ko‘rsatilgan aloqa vositalari, zaruriyat bo‘lganda, boshqa turdagi vizual yoki tovushli (ovozli) aloqa vositalari bilan to‘ldiriladi (masalan yopiq televizion tizim yoki alohida ma’lumotlarni qayta ishlovchi alohida tizim bilan).
132. Rayon dispetcherlik markazlarining aloqa vositalari sirkulyar aloqa uchun moslashtirilgan bevosita nutqiy aloqa vositalarini o‘z ichiga oladi.
133. HTQXK organlari va boshqa organlar o‘rtasidagi barcha bevosita nutqiy aloqa vositalari avtomatik tarzdagi yozuv bilan ta’minlanishi kerak.
134. Manyovrlash maydonida transport vositalari (HKlaridan tashqari) harakatini boshqarish xizmati ikki tomonlama radiotelefon aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, vizual signallar tizimidan foydalaniladigan hollar bundan mustasno.
135. Manyovrlash maydonida transport vositalari harakatini boshqarish uchun avtomatik yozuvi ta’minlanadigan alohida aloqa kanallari o‘rnatiladi.
136. HTQXK jarayonida foydalaniladigan birlamchi va ikkilamchi radiolokatsion stansiyasi yordamida olinadigan ma’lumotlar HTQB tizimlarini baholash, qidiruv-qutqaruvni o‘tkazish, insidentlarni va hodisalarni tekshirish hamda xodimlarni tayyorlash uchun avtomatik tarzda yozilishi kerak.
137. Avtomatik tarzda yozilgan ma’lumotlar 30 kun davomida saqlanishi kerak. Agar bu yozuvlar insidentlarni va hodisalarni tekshirib chiqilishi uchun aloqador bo‘lsa, ularni saqlash muddati uzaytirilishi mumkin.
138. HTQXK organlari HTQXKga oid zarur bo‘lgan vazifalarni bajarish uchun aniq bo‘lgan yoki kutilayotgan ob-havoning meteorologik sharoitlari to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim. Ma’lumot HTQXK xodimlarining talablariga javob beradigan davriylikda eng kam izoh talab qilinadigan shaklda taqdim etiladi.
139. HTQXK organlari HKning parvoziga, ayniqsa uning ko‘tarilishi va qo‘nishga kirishiga xavf soladigan aerodrom rayonidagi barcha meteorologik hodisalarning harakatlanish tezligi va yo‘nalishi, vertikal masofasi va joylashgan joyi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
140. Rayon dispetcherlik markazlari va parvoz-ma’lumotlari markazlari so‘ngi ob-havo va meteorologik xabarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, HK bortidan olingan maxsus xabarlar va “SIGMET” ma’lumotlari bilan ta’minlanadi.
141. Rayon dispetcherlik markazlari va parvoz-ma’lumotlari markazlari o‘z aerodromlaridagi bosim to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak.
142. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlarga quyidagilar taqdim etilishi lozim:
ularning tasarrufidagi samoviy hududlarida va aerodromlarida bo‘lgan joriy meteorologik xabarlar va ob-havo ma’lumotlari;
maxsus xabarlar va ob-havoga kiritilgan tuzatishlar.
143. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlarga ularning javobgarligidagi rayonda joylashgan aerodromlardagi bosim to‘g‘risidagi joriy ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.
144. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlari UQYdagi ko‘rinish uzoqligi qiymatini uskunalar yordamida o‘lchaganda, ular indikator (displey) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
145. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlarga shamolning siljishi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etilishi lozim.
146. Aerodrom dispetcherlik punktlari quyidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak:
aerodrom bo‘yicha joriy meteorologik xabarlar va ob-havo ma’lumotlari;
maxsus xabarlar va ob-havoga kiritilgan tuzatishlar;
HK ekipajlariga ma’lumotlarni berish uchun aerodromdagi joriy bosim.
147. Aerodrom dispetcherlik punktiga shamolni siljishi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etilishi lozim.
148. Zarur bo‘lganda, joriy meteorologik xabarlar va ob-havo ma’lumotlari aloqa stansiyalariga yuborilishi lozim. Bunday ma’lumotlarning bir nusxasi parvoz-ma’lumotlari markaziga yoki rayon dispetcherlik markaziga yuboriladi.
149. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlar va aerodrom dispetcherlik punktlari ularning tasarruflarida bo‘lgan aerodrom bilan va undagi vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday foydalanish holati to‘g‘risidagi hamda vaqtinchalik cheklanishlarning mavjudligi to‘g‘risidagi, ish maydonidagi sharoitlardan foydalanish nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan maxsus shartlar to‘g‘risidagi joriy ma’lumotlar bilan doimiy ravishda ta’minlanishi kerak.
150. HTQXK organlari yerdagi harakatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vizual va vizual bo‘lmagan vositalardan hamda ularning javobgarligidagi rayonlari chegaralarida HKning uchishi, qo‘nishga kirishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan vizual vositalari va radionavigatsion vositalaridan foydalanish holati to‘g‘risidagi joriy ma’lumot bilan doimiy ravishda ta’minlanishi kerak.
151. Yaqinlashishga dispetcherlik xizmatini ta’minlovchi organlar va aerodrom dispetcherlik punktlari radionavigatsion vositalarining ishlamay qolganligi to‘g‘risida distansion holatda ma’lumot olishi lozim.
152. Boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostatlarning ekspluatantlari ushbu aerostatlarning parvozlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni HTQXK organlariga xabar qilishlari lozim.
153. HTQXK organlari tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan kelishuvlarga muvofiq o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan hudud doirasida bajarilayotgan parvozlarning samoviy hududiga daxl qiluvchi atmosferaga radioaktiv yoki kimyoviy zaharli moddalarning chiqarilganligi to‘g‘risida xabardor qilinishlari shart.
154. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
1. HTQXK organlari va uchuvchilarga quyidagilarni aniqlash uchun HTQXKning aniq bo‘lgan yo‘nalish uchastkasi yoki rayonida foydalaniladigan yo‘nalish indekslari tizimi xizmat qiladi:
geografik koordinatlarga oid yoki boshqa uni tavsiflovchi vositalardan foydalanishga tayanmasdan, HTQXKning har qanday yo‘nalishini aniq ko‘rsata olishi uchun;
agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa, HTQXK yo‘nalishini samoviy hududdagi aniq bo‘lgan vertikal tizimiga o‘zaro bog‘lashi uchun.
2. Indekslar tizimini belgilash quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
oddiy usul bilan HTQXKni har qanday yo‘nalishini belgilashga;
takrorlashga yo‘l qo‘ymaslikka;
tezkor sur’atda foydalanishda maksimal qisqalikka erishishga;
tubdan o‘zgarishiga tayanmasdan, kelgusida bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarning hisobi bilan HTQXK yo‘nalishlarini yetarli darajadagi kengaytirish imkoniyatini ta’minlashga.
3. HTQXKning yo‘nalishi indeksi zaruriyat yuzaga kelganda quyidagi asosiy indekslar bilan to‘ldiriladi:
mazkur ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan bitta prefiks bilan;
mazkur ilovaning 8-bandida ko‘rsatilgan bitta qo‘shimcha harf bilan.
4. Indekslarni tuzish uchun zarur bo‘lgan belgilarning soni oltitadan oshmasligi kerak.
5. Asosiy indeks bitta alifbo harfidan iborat bo‘ladi va undan keyin 1 dan 999 gacha raqamlari qo‘yiladi.
6. Quyida sanab o‘tilganlar uchun harflar tanlab olinadi:
HTQXK yo‘nalishlarining regional tarmog‘ini bir qismi bo‘lib hisoblanuvchi mintaqaviy navigatsiya yo‘nalishlari bo‘lmagan yo‘nalishlari uchun — “A”, “B”, “G”, “R” harflari;
HTQXK yo‘nalishlarining regional tarmoqning bir qismi bo‘lib hisoblanuvchi mintaqaviy navigatsiya yo‘nalishlari uchun — “L”, “M”, “N”, “P” harflari;
mintaqaviy navigatsiya yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanmagan va HTQXK yo‘nalishlarining regional tarmog‘ining bir qismi bo‘lib hisoblanmagan yo‘nalishlari uchun — “N”, “J”, “V”, “W” harflari;
HTQXK yo‘nalishlarining regional tarmog‘ini bir qismi bo‘lib hisoblanmagan mintaqaviy navigatsiya yo‘nalishlari bo‘lmagan yo‘nalishlari uchun — “Q”, “T”, “Y”, “Z” harflari.
7. Quyidagilarga muvofiq asosiy indeksga prefiks sifatida yana bitta harf qo‘shiladi:
vertolyotlar tomonidan foydalanish uchun asosiy shaklda o‘rnatiladigan va past balandlikda o‘tayotgan yo‘nalishni belgilash uchun — “K” harfi;
samoviy hududning yuqori qismida o‘rnatiladigan yo‘nalishni yoki uning bir qismini belgilash uchun — “U” harfi;
faqatgina yuqori tezlik bilan uchish vaqtida va tormozlanishda, tezlikni oshirishda tovushdan tez uchadigan HKlaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishni belgilash uchun — “S” harfi.
8. HTQXKning tegishli yo‘nalishini asosiy indeksiga quyidagilarga muvofiq qo‘shimcha harf qo‘shilishi mumkin:
yo‘nalishda yoki uning bir qismida faqat konsultativ xizmat ta’minlanganligini belgilash uchun — “F” harfi;
yo‘nalishda yoki uning bir qismida faqat parvoz-ma’lumotlari xizmati ta’minlanganligini belgilash uchun — “G” harfi.
9. Asosiy magistral yo‘nalishiga uning butun masofasi bo‘yicha dispetcherlik rayonlarini, davlatlarni yoki mintaqalarni kesib o‘tilishiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bitta indeks beriladi.
10. Agar ikkita yoki bir nechta magistral yo‘nalishlari umumiy uchastkaga ega bo‘lsa, HTQXKni ta’minlashda qiyinchiliklarni vujudga keltirishidan tashqari, bu uchastkaning tegishli yo‘nalishlarini har biriga indekslar belgilanadi, agar HTQXKni ta’minlashda qiyinchiliklar vujudga kelsa, barcha tomonlarning kelishuviga ko‘ra faqat bitta indeks beriladi.
11. Bitta yo‘nalishga berilgan asosiy indeks boshqa yo‘nalishga berilmaydi.
12. Indekslarga bo‘lgan ehtiyojni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida IKAOning regional byurosiga xabar beriladi.
13. Harf bosish aloqasida indekslar ikkitadan kam bo‘lmagan va oltitadan ko‘p bo‘lmagan belgilar orqali beriladi.
14. Nutqiy aloqada indeksning asosiy harfi IKAOning fonetik alifbosiga muvofiq talaffuz qilinadi.
15. Agar nutqiy aloqada mazkur ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan “K”, “U” va “S” prefikslaridan foydalanilganda, ular quyidagi shaklda talaffuz qilinadi:
“K” — “KOPTER”;
“U” — “APPER”;
“S” — “SUPERSONIK”.
16. Ushbu ilovaning 8-bandida ko‘rsatilgan “F”, “G”, “Y” yoki “Z” harflaridan foydalanilganda HK ekipajidan ushbu harflardan nutqiy aloqada foydalanishlari talab qilinmaydi.
1. Indekslar tizimi har bir yo‘nalishni oddiy va bir xil ma’noga ega bo‘lgan shaklda belgilash imkonini beradi va quyidagilar o‘rtasida aniq farqni ko‘rsatadi:
uchish va uchib kelish yo‘nalishlari o‘rtasida;
uchish yoki uchib kelish yo‘nalishlari hamda boshqa HTQXK yo‘nalishlari o‘rtasida.
2. Har bir yo‘nalish kodlanmagan indeks va tegishli kodlangan indeks bilan belgilanadi.
3. Uchish yoki uchib kelish standart yo‘nalishlarining kodlanmagan indekslari quyidagilardan iborat:
asosiy ko‘rsatkichdan;
status ko‘rsatkichidan;
yo‘nalish ko‘rsatkichidan, agar talab qilinsa;
“uchish” yoki “uchib kelish” so‘zlaridan;
VPQ bo‘yicha parvozlarni bajaruvchi HK uchun belgilangan yo‘nalish bo‘lsa, “vizual” so‘zidan.
4. Asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, uchish standart marshruti tugayotgan yoki uchib kelish standart marshruti boshlanayotgan asosiy nuqtaning nomi yoki kodlangan nomi hisoblanadi.
5. Status ko‘rsatkichi bo‘lib, 1 dan to 9 gacha bo‘lgan son hisoblanadi.
6. Yo‘nalish ko‘rsatkichi bitta harf bilan ifodalanadi. Bunda “I” va “O” harflaridan foydalanilmaydi.
7. Uchish yoki uchib kelish standart yo‘nalishining kodlangan indekslari quyidagilardan iborat:
asosiy nuqtaning kod nomidan yoki kodlangan indeksidan;
status ko‘rsatkichidan;
yo‘nalish ko‘rsatkichidan, agar talab qilinsa.
8. Har bir yo‘nalishga alohida indeks beriladi. Bunda “I” va “O” harflaridan foydalanilmaydi.
9. Har bir yo‘nalishga status ko‘rsatkichi beriladi. Birinchi status ko‘rsatkichi sifatida “1” soni beriladi.
Yo‘nalish o‘zgargan taqdirda, yangi status ko‘rsatkichiga tartib bo‘yicha keyingi sonlar beriladi. Bunda “9” sonidan keyin takroran “1” soni keladi.
10. 1-misol. Uskunalar bo‘yicha uchishning standart yo‘nalishi bo‘yicha:
kodlanmagan indeks “SNERABAD ONE DEPARTURE” bo‘lib belgilanadi;
kodlangan indeks “NA 1” bo‘lib belgilanadi.
2-misol. Uskunalar bo‘yicha uchib kelishning standart yo‘nalishi bo‘yicha:
kodlanmagan indeks “TOLIB TWO ALPNA ARRIVAL” bo‘lib belgilanadi;
kodlangan indeks “TOLIB 2A” bo‘lib belgilanadi.
3-misol. “Vizual” uchishning standart yo‘nalishi bo‘yicha:
kodlanmagan indeks “ADOLA FIVE BRAVO DEPARTURE VISUAL” bo‘lib belgilanadi;
kodlangan indeks “ADOLA 5 V” bo‘lib belgilanadi.
11. Nutqiy aloqada faqatgina kodlanmagan indeksdan foydalaniladi. Yo‘nalishlarni kodlanmagan indekslar bilan belgilashda “uchish”, “uchib kelish” va “vizual” so‘zlari zarur elementlar bo‘lib hisoblanadi.
12. Harf bosish orqali yoki kodlangan aloqada faqatgina kodlangan indeksdan foydalaniladi.
13. HTQXK xodimlarining HK yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ish joylari kodlanmagan va kodlangan indekslar, qo‘nishga kirishning har bir sxemasi, uchish va (yoki) uchib kelish standart yo‘nalishining xar biri to‘g‘risida batafsil ma’lumotining indikatsiyasi ta’minlanadi. Bunda imkoniyat bo‘lsa, yo‘nalish va sxemalarning grafik tasvirini indikatsiyasi ta’minlanadi.
1. Asosiy nuqtalar yerdagi radionavigatsion vositalariga bog‘lanish bilan o‘rnatiladi.
2. Yerdagi radionavigatsion vositalari bo‘lmaganda asosiy nuqtalar, vizual kuzatish yo‘li bilan (VPQ bo‘yicha parvoz qilishda) yoki bortga oid avtonom navigatsion vositalari yordami bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi.
3. Radionavigatsion vositalarining joylashishi bo‘yicha belgilanadigan asosiy nuqtalarning nomlariga oson taniladigan va ma’lum geografik o‘ringa ega bo‘lgan nom beriladi.
Asosiy nuqta uchun nomni tanlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi ta’minlanishi lozim:
asosiy nuqtaning nomi HTQXK xodimlari yoki HKning ekipaji tomonidan talaffuz qilinishida qiyinchilik yaratmasligi;
asosiy nuqtaning nomi nutqiy aloqada osonlik bilan aniqlanishi va shu rayondagi boshqa asosiy nuqtalarning nomlanishidan farqli bo‘lishi;
asosiy nuqtaning nomi oltita harfdan iborat bo‘lib, uchta bo‘g‘indan oshmasligi;
tanlangan nom asosiy nuqta va uning radionavigatsion vositalari uchun bir xil belgilanishi.
4. Kodlangan indeks va radionavigatsion vositalarining chaqiruv nomlari bir xil bo‘lib hisoblanadi.
5. Indekslarning nomlanishi radionavigatsiya vositalari turgan joydan 1100 km doirasida bir-birini takrorlamasligi kerak.
6. Bitta joyda bo‘lgan va bitta joyda joylashgan chastota spektorlarining turli diapazonlarda ishlovchi ikkita radionavigatsiya vositalari, ular qoida bo‘yicha bir xil radionomlanishga ega bo‘ladi.
7. Kodlangan indekslarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida IKAOning regional byurosiga xabar beriladi.
8. HTQB maqsadida foydalaniladigan va radionavigatsion vositalarining joylashishi bo‘yicha belgilanmagan joyda asosiy nuqta talab qilingan taqdirda, u osonlik bilan talaffuz qilinadigan kodlangan nom bilan alohida beshta harf bilan belgilanadi. Bunday indeksining kodlangan nomi asosiy nuqtaning nomi va kodlangan indeksining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
9. Indeksining kodlangan nomi HTQXK xodimlari yoki HKning ekipaji tomonidan talaffuz qilinishida qiyinchilik yaratmasligi lozim (masalan: “TOLIB”, “TONIR”).
10. Indeksning kodlangan nomi nutqiy aloqada osonlik bilan aniqlanishi va shu rayondagi boshqa indekslarning nomlanishidan farqli bo‘lishi kerak.
11. Asosiy nuqtaga berilgan osonlik bilan talaffuz qilinadigan alohida beshta harfdan iborat bo‘lgan kodlangan indeksning nomi boshqa har qanday asosiy nuqtaga berilmaydi. Asosiy nuqtaning joylashgan joyi o‘zgarganda, asosiy nuqtaga yangi kodlangan indeksning nomi beriladi.
12. Kodlangan indekslarning nomlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida IKAOning regional byurosiga xabar beriladi.
13. Nutqiy aloqa orqali asosiy nuqtaga havola qilish uchun ushbu ilovaning 2 yoki 3-paragraflarida belgilangan nomlardan foydalaniladi. Agar bunday qilishning imkoni bo‘lmasa, ushbu kodlangan nom nutqiy aloqada IKAOning fonetik alifbosiga muvofiq talaffuz qilinadigan kodlangan nomga almashtiriladi.
14. Harf bilan bosiladigan va kodlangan aloqa uchun asosiy nuqtaga tayanishda, faqatgina kodlangan indeks yoki kodlangan nomdan foydalaniladi.
15. HTQXK organlari HK parvozi haqidagi ma’lumotni olishlari uchun xabarlarni yetkazish punkti sifatida alohida asosiy nuqtalarni tayinlash zarurati kelib chiqishi mumkin.
16. Bunday punktlarni belgilashda quyida keltirilgan omillar hisobga olinadi:
HTQXKning taqdim etiladigan turi;
havo transporti qatnovining intensivligi;
HKning parvoz rejasiga rioya qilishining aniqligi;
HKning tezligi;
eshelonlashtirish minimumlarining qo‘llanilishi;
samoviy hududlardagi tarkibning murakkabligi;
foydalaniladigan boshqarish uslubi;
parvozning boshlang‘ich yoki asosiy tugash bosqichlari (balandlikni olishi, pasayishi, yo‘nalishning o‘zgarishi va boshqalar);
HTQBni topshirish tartibi;
xavfsizlik va qidiruv-qutqaruv aspektlari;
“havo-er” ikki tomonlama aloqa kanallarining va HK ekipajining yuklanishini.
17. Xabarlarni uzatish punktlari so‘rov bo‘yicha xabarlarni uzatish punktlari sifatida yoki xabarlar uzatilishi shart bo‘lgan punkt sifatida belgilanadi.
18. Xabarlar uzatilishi shart bo‘lgan punktlarni o‘rnatilishida quyidagilar qo‘llaniladi:
xabarlar uzatilishi shart bo‘lgan punktlarning soni minimumlashtirilishi;
xabarlar uzatilishi shart bo‘lgan punktlar, qoida tariqasida, dispetcherlik rayonlarida yoki PQMR chegaralarida o‘rnatilishi.
1. Kutilmagan vaziyatlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vaqtinchalik xususiyatga ega va ular normal holatdagi xizmat tiklanmagunga qadar amalga oshiriladi.
2. Aniq samoviy hududdagi O‘ANM HTQXKning buzilishi holatlarida yoki potensial buzilishida fuqaro aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish hamda imkon darajasida xizmat ko‘rsatishning turlari va alternativ vositalarini taqdim etilishi uchun javobgar. Shu sababli O‘ANM kutilmagan vaziyatlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishi, e’lon qilishi va bajarishi lozim.
3. Samoviy hududdagi HTQXK vakolati boshqa davlatga berilganda kutilmagan vaziyatlarda choralar ko‘rish bo‘yicha javobgarlik ushbu vakolatlarni qabul qilgan davlat zimmasiga yuklatiladi, agar ushbu vakolatlarni beruvchi davlat ularni qaytarib olmasa. Vakolatlarni beruvchi davlat ushbu vakolatlarni qaytarib olgan taqdirda kutilmagan vaziyatlarda choralar ko‘rish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
4. O‘ANM kutilmagan vaziyatlarda o‘z vaqtida choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida quyida ko‘rsatilgan tayyorlanishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
HTQXKga ta’sir qiluvchi odatda oldindan xabardor bo‘ladigan hodisalarga, ya’ni ish tashlashlar, mehnat nizolari kabi hodisalarga mo‘ljallangan kutilmagan vaziyatlarda amalga oshiriladigan umumiy chora-tadbirlar rejalari tayyorlanishini;
harbiy nizolar yoki fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashuv harakatlari natijasida, shuningdek jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi yuzaga keladigan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan favquloddagi holatlarda yoki tabiiy ofatlar natijasida HK parvozlariga bo‘lgan xavfni baholashni.
5. Agar HTQXKning buzilishi bir nechta davlatga daxldor bo‘lsa, ushbu davlatlar bilan muvofiqlashtirilishi va rasmiy ravishda kelishilishi zarur.
6. Favquloddagi choralarga o‘tish tartibini ta’minlash zaruriyati yuzaga kelgan hollarda, kutilmagan vaziyatlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarining muvofiqlashtirilishida barcha manfaatdor davlatlar bilan oldindan | 153 | 63,028 |
Qonunchilik | ALOQA SOHASIDAGI ME’YORIY HUJJATLAR, DAVLAT VA TARMOQ STANDARTLARI TALABLARINI, KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINI BUZGANLIK UChUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR (JARIMALAR) TO‘G‘RISIDA | Belgilangan standartlar va me’yorlarga muvofiq aloqa xizmati sifatini oshirish, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar xizmati iste’molchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Mazkur moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun belgilanadi.
Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibiga muvofiq hisoblanadi. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasida amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq hisoblab chiqiladi.
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlariga joriy etiladi.
2. Moliyaviy sanksiyalar O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatish bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat ko‘rsatish sifati buzilganligi uchun ko‘rsatkichlarning yagona tizimi bo‘yicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo bo‘lgan buzilishlar bundan mustasno.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qo‘llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa — O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatish bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan qo‘llanadi.
3. Moliyaviy sanksiyalarni hisoblash uchun davlat va idoraviy statistika ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Har chorakdagi ish natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarni hisoblash moliyaviy sanksiyalarning tasdiqlangan ko‘rsatkichlari va miqdorlariga muvofiq maxsus hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi.
4. Moliyaviy sanksiyalar sifatidagi undirib olinadigan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan har chorakda, hisobot davridan keyin 30 kun muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solinadigan jarimalar bundan mustasno.
5. Taqdim etilgan statistika hisobotlarining ishonchliligi va moliyaviy sanksiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishi Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan tekshiriladi.
6. Sanksiyalarning to‘liq miqdorda o‘tkazilmaganligi aniqlangan taqdirda tegishli summa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Davlat aloqa inspeksiyasining qarori olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
7. Pul jo‘natmalari va pensiya summalari, pochta jo‘natmalarining tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta va ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan, shuningdek zarar yetkazmaydigan obuna va chakana savdo summalari va nashrlarining korxona aybi bilan o‘g‘irlanishidan tashqari, normativ hujjatlarni, davlat va tarmoq standartlarini buzganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash bilan cheklanadi. Ushbu holatda xo‘jalik yurituvchiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
8. Me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash:
Pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarini abonentlar (mijozlar)ga pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki ular sifatining pastligi uchun amaldagi qoidalarga muvofiq ularga yetkazilgan zararni qoplash yoki qayta hisob-kitob qilishdan;
mansabdor shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
9. Davlat aloqa inspeksiyasining moliyaviy sanksiyalarni hisoblash to‘g‘risidagi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | 177 | 5,625 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Respublikaga avtotransport vositalarini olib kirishni yanada tartibga solish va mahalliy avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 2010-yilning 1-aprelidan boshlab ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. | 106 | 829 |
Qonunchilik | Signal uzatishning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini to‘liq butlash va raqamli telesignal uzatishning texnik va texnologik tizimiga o‘tkazilishini yakunlash, uni eng ilg‘or multimediya uskunalari bilan jihozlashni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-oktabrdagi “Signal uzatishning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 340-sonli qarori bilan, zarur uskuna va dasturiy ta’minotga (markaziy apparatni, yangiliklar va virtual studiyalarni kompleks arxivlash) texnik talablarni nazarda tutgan holda, “Signal uzatishning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “BFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan barcha uskunalar kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish bo‘yicha 18,0 mln. yevro miqdorida import shartnomasi tuzilgan va uni amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan.
2. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Signal uzatishning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasi doirasida (keyingi o‘rinlarda — loyiha) qo‘shimcha uskunalar, ishlar va xizmatlarni, ro‘yxat bo‘yicha xarid qilish to‘g‘risidagi taklifi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
bir oy muddatda “VFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan, uskunalar yetkazib berilgan kundan boshlab, bir yil mobaynida tegishli kafolat muddatlari va kafolatdan keyingi texnik xizmat va loyihaga ekspert hamrohlik qilish taqdim etilishini hisobga olgan holda, 2018-yilning 1-yanvarigacha ishlarni to‘liq topshirishni nazarda tutgan, qo‘shimcha yetkazib berilayotgan uskunalarning barcha kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish bo‘yicha import kontraktiga qo‘shimcha bitim tuzsin;
ikki oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga bo‘lgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi loyiha doirasida avval berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati va kredit bitimiga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “Signal uzatishning raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2553-sonli qarorining:
a) 2-bandi va 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “18,0 mln yevro” so‘zlari “22,5 mln yevro” so‘zlariga almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “2017-yilning 1-oktabrigacha” so‘zlari “2018-yilning 1-mayigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 191 | 3,390 |
Qonunchilik | Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning muqaddimasiga o‘zgartirish kiritish haqida | “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2106, 2010-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan Qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan so‘zlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 152 | 903 |
Qonunchilik | AHOLIGA KO‘RSATILGAN PULLIK XIZMATLARNI HISOBGA OLISh BO‘YIChA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlarni hisobga olish bo‘yicha Yo‘riqnomaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ-303-sonli qaroridan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritish hamda Adliya vazirligining 2006-yil 3-maydagi 20-03-08/22-sonli taqdimnomasini bajarish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining 1996-yil 7-oktabrdagi 14-sonli qarori bilan tasdiqlangan aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlarni hisobga olish bo‘yicha Yo‘riqnomaga (1997-yil 5-fevral, ro‘yxat raqami 305) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. | 112 | 886 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 378 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIGI E’LON QILINIShI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan qaror qilaman:
1. Ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm etilgan quyidagi shaxslar jazodan ozod qilinsin:
a) 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar;
6) I va II guruh nogironlari;
v) voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan va homilador ayollar;
g) Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar.
2. 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm etilgan ayollar jazodan ozod qilinsin.
3. 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm etilgan voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar jazodan ozod qilinsin.
4. Farmonning 1 va 2-moddalarida aytib o‘tilgan shaxslar surgun va badarg‘a kabi qo‘shimcha jazoni o‘tashdan ozod qilinsin.
5. Farmonning 1, 2 va 3-moddalari ta’siriga tushmagan hamda og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek ehtiyotsizlik natijasida sodir qilingan jinoyatlar uchun birinchi marta sudlangan shaxslarga o‘talmagan jazo muddatining yarmi qisqartirilsin.
6. Tergovdagi va hali sudda ko‘rilmagan quyidagi barcha ishlar:
a) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 1-moddasida sanab o‘tilgan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar haqidagi;
b) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 2-moddasida aytib o‘tilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo belgilanishi ko‘rsatilgan jinoyatlar haqidagi;
v) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 3-moddasida sanab o‘tilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo belgilanishi ko‘rsatilgan jinoyatlar haqidagi ishlar harakatdan yotqizilsin.
7. Farmonning 1, 2, 3 va 5-moddalarida aytib o‘tilgan quyidagi shaxslarga:
a) alohida xavfli davlat jinoyatlari uchun, shuningdek milliy va irqiy teng huquqlilikni buzganlik; davlat sirini oshkor qilganlik; banditizm; axloq tuzatish mehnat koloniyalari faoliyatini izdan chiqaruvchi xatti-harakatlar; kontrabanda; ommaviy tartibsizliklar; qalbaki pul va qimmatbaho qog‘ozlarni yasaganlik yoki o‘tkazganlik; valyuta operatsiyalari qoidalarini buzganlik uchun hukm qilinganlarga;
b) alohida xavfli retsidivist deb tanilganlarga;
v) qasddan odam o‘ldirganlik; qasddan og‘ir tan jarohati yetkazganlik; militsiya xodimi yoki xalq drujinachisining hayotiga tajovuz qilganlik; aybni og‘irlashtiradigan holatlarda nomusga tekkanlik; davlat, kooperativ yoki jamoat mulkiga tamagirlik qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini alohida yirik miqdorlarda talon-toroj qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini xonaga yoki mulk saqlanadigan joyga kirib o‘g‘irlaganlik; uyga kirib o‘g‘irlik qilganlik; aybni og‘irlashtiradigan holatlarda talonchilik; bosqinchilik; aybni og‘irlashtiradigan holatlarda tamagirlik (reket); aybni og‘irlashtiradigan holatlarda pora olganlik, pora berganlik, pora olish va berishda vositachilik qilganlik; ashaddiy bezorilik, o‘ta ashaddiy bezorilik uchun, shuningdek O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 209-2, 209-3, 210-1-moddalarida; 213-moddasining 2-qismida va 216-2, 216-3, 216-4, 216-5-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jazoga hukm qilinganlarga;
g) qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun bir necha bor sudlanganlarga hamda Farmon mazkur moddasining “a” va “v” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlar uchun sudlanganlarga;
d) avval afv etish yoki amnistiya tufayli jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir qilganlarga;
e) alkogolizm, giyohvandlik yoki tanosil kasalligiga qarshi davolash kursini to‘liq o‘tmaganlarga;
j) jazoni o‘tash davrida rejimni ashaddiy buzuvchilarga nisbatan amnistiya qo‘llanilmaydi.
8. Ushbu Farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, faqat O‘zbekiston SSR sudlari tomonidan sudlangan va respublika tergov organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga tadbiq qilinadi va uch oy ichida ijro etilishi lozim. | 96 | 4,150 |
Qonunchilik | 1 sentyabrdan avto uchun davlat raqamini alohida haq evaziga tanlash mumkin boʻladi | Prezidentning 11.07.2017 yildagi PQ-3127-son “Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.
Yoʻl belgilarini «Uzavtoyolbelgi» DUK tayyorlaydi
Hujjatga binoan yoʻl belgilari, aхborot koʻrsatikichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalarini yangidan tashkil etilgan «Uzavtoyolbelgi» DUK (ta’sischi – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi) ishlab chiqarishni amalga oshiradi.
Shuningdek, Maхsus montaj-foydalanish boshqarmasi huzuridagi «Uzavtomotobelgi» shu’ba korхonasi «Uzavtomotobelgi» DUKga oʻzgartiriladi. IIV Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi uning ta’sischisi boʻladi.
“Buyurtma boʻyicha” raqamlar qimmatga tushadi
Hujjat bilan:
Teхnik koʻrikdan oʻtkazish “хususiy” yuridik shaхslarga beriladi
Poytaхtda kompyuterlashtirilgan tizimni kengaytirish, shuningdek uni Nukus shahri va viloyatlar markazlarida joriy qilish yoʻli bilan yagona markazlashtirilgan aхborot-kompyuter tizimi barpo etiladi.
Statsionar YPX maskanlari maqbullashtiriladi. Ular avtomobil harakati ustidan samarali nazoratni, qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyishni ta’minlash uchun tasdiqlangan namunali sхema boʻyicha rekonstruksiya, modernizatsiya qilinadi va moddiy-teхnik jihozlanadi.
Avtoteхnika va maхsus jihozlarni uzluksiz yangilash uchun YPX tomonidan har yili jihozlangan 55 ta avtotransport vositalari, 600 ta jezl, 500 ta radiostansiya va boshqa vositalar sotib olinadi.
Bu muhim!
1.01.2018 yildan jismoniy shaхslarning yengil avtotransport vositalarini (yuk, yoʻlovchi va maхsus transportdan tashqari) majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining funksiyalari tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslarga oʻtkaziladi. Koʻrsatiladigan хizmatlar uchun narхlar belgilangan boʻladi.
Patrul-mototsiklchilar paydo boʻladi
Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida mototsikllardagi YPX guruhlari tashkil etiladi. Ularga oʻtish qiyin boʻlgan yoʻl va koʻchalar qatnov qismida, odamlar ommaviy toʻplanadigan joylarda, shuningdek chet el va boshqa delegatsiyalarni kuzatib borishda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash vazifalarini bajarish yuklatiladi.
Tajriba yakunlariga koʻra yoʻl-patrul хizmatini oʻtashning ushbu turini mamlakatning boshqa hududlarida tatbiq etish boʻyicha takliflar kiritiladi.
2018-2019 oʻquv yilidan IIV Akademiyasida “Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaхassisligi boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash boshlanadi.
Barcha tartib-taomillar - elektron formatda
YPX avtotransport vositalari bosqichma-bosqich audio- va videoqayd qilish uskunalari, shuningdek ularning хodimlari mobil videokameralar bilan jihozlanadi.
Bu muhim!
1.01.2018 yildan elektron tizim joriy qilinadi, u:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 83 | 3,074 |
Qonunchilik | Agrar soha olimlariga yerlar – faqat maqsadli foydalanish uchun | Yer kodeksiga uch oydan keyin kuchga kiradigan qoʻshimchalar kiritildi (4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun).
Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq хoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalarini berish tartibi belgilandi.
Ularga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida beriladi. Ular uchastkalarni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas, ulardan ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq хoʻjaligini yuritish va ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun foydalanishlari shart.
Sanab oʻtilgan muassasalarga berilgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.06.2019 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 63 | 954 |
Qonunchilik | "Suzuk ota" majmuasini saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi | Vazirlar Mahkamasi 5.08.2020 yildagi “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maхsus teхnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash toʻgʻrisida” 464-son qarorni qabul qildi.
Qaror bilan Toshkent shahrining Shayхontohur tumanida barpo etilgan "Suzuk ota" majmuasida obodonlashtirish, sun’iy sugʻorish inshootlari va koʻkalamzorlashtirish ob’yektlarini qurish ishlari yakunlanganligi hamda majmuani saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda - Departament) yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
2020-2021 yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Departamentni ta’minlash uchun maхsus teхnika va avtotransport vositalari roʻyхati ilovaga muvofiq (14 ta) va хodimlar shtatini oshirish (+ 33 ta) tasdiqlandi.
Toshkent shahar hokimligiga 2020 yilda qoʻshimcha shtat birliklariga, "Suzuk ota" majmuasidan foydalanish va saqlash хarajatlariga hamda maхsus teхnika va avtotransport vositalarini хarid qilish uchun zarur mablagʻlarni Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratish topshirildi.
Toshkent shahar hokimligi va Moliya vazirligiga 2021 yildan boshlab, Toshkent shahar mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda "Suzuk ota" majmuasidan foydalanish va uni saqlash хarajatlariga hamda maхsus teхnika va avtotransport vositalarini хarid qilish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 69 | 1,672 |
Qonunchilik | Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘ri | Qurilish sohasida ruxsatnomalar berishda yer uchastkalarini berish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berish tartibotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘li bilan soddalashtirish, shuningdek ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish guruhi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar uchun 2014-yil 1-iyuldan, boshqa shaharlar va tumanlar uchun esa 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi 2014-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarida, tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish bo‘limlarida (boshqarmalarida) yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda axborot tizimi deb ataladi) samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli kompyuter asbob-uskunalari sotib olishga zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi 2014-yil 1-aprelgacha axborot tizimi loyihasi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
6. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishning axborot tizimi faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
elektron hujjatni jo‘natuvchilar — qurilish uchun ruxsatnomalar berish to‘g‘risida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar, yer uchastkalarini tanlash materiallarini vakolatli organlar bilan kelishib oladigan tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari), O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali (keyingi o‘rinlarda filiallar deb ataladi), shuningdek obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda qurilish loyihasi deb ataladi) ishlab chiquvchi va ushbu hujjatlarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvchi loyiha tashkilotlari;
elektron hujjatni oluvchilar — yer uchastkalarini tanlash materiallarini va qurilish loyihasini kelishuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qurilish sohasida ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berish funksiyasi zimmasiga yuklangan organlar;
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirishlar natijasida olingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan imzo.
3. Elektron hujjatni jo‘natuvchilar yer uchastkalarini tanlash materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan kelishishni, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berishni rasmiylashtirishni belgilangan tartibda, qog‘ozli hujjatlar yordamida yoki mazkur Nizomga muvofiq, telekommunikatsiya vositalari orqali elektron hujjat tarzida amalga oshirishlari mumkin.
Aholi punktlarida va aholi punktlaridan tashqarida yer uchastkasi ajratishda yer uchastkasini tanlash materiallarini elektron tizimni qo‘llagan holda vakolatli tashkilotlar bilan kelishish sxemalari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda keltirilgan.
4. Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari), Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi hamda filiallar arizani (xatni) elektron hujjat tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali jo‘natish huquqiga ega.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari), Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi hamda filiallar tomonidan yer uchastkalarini tanlash materiallari elektron hujjat shaklda quyidagi tarkibda tayyorlanadi:
ko‘rib chiqilayotgan yer uchastkasini joylashtirish rejasi (tegishli aholi punktining 1:2000 masshtabli navbatchi rejasidan (mavjud bo‘lganda) yoki ko‘rib chiqilayotgan hududning vaziyat rejasi aks ettirilgan 1:10000 masshtabli qishloq xo‘jaligi xaritasidan nusxa);
obyektning arxitektura-rejalashtirish nuqtai nazaridan baholash imkonini beradigan erkin masshtabdagi fasadlari eskizi va bosh rejasi (elektron varianti yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan yer uchastkasini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzilayotganda taqdim etiladi), aholi punktlaridan tashqarida yoki ikki va undan ko‘p tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududidagi yer uchastkalarida quriladigan obyektlar bundan mustasno;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan bog‘liq holdagi (15 x 20 sm o‘lchamli) fotosurati.
5. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari), Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi hamda xo‘jalik hisobidagi korxonalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining yoki “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli rasmiy veb-saytlari orqali elektron hujjatni kelishish uchun quyidagi elektron hujjat oluvchilarga jo‘natadi:
tuman (shahar) hokimiga;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga yoki tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limiga (boshqarmasiga);
yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin, atrof muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarorida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini olish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organiga;
tuman (shahar) sanitariya - epidemiologiya xizmatiga;
davlat yong‘in nazorati hududiy organiga;
madaniy meros yodgorliklarini qo‘riqlash zonasida obyekt qurish uchun yer uchastkasi tanlashda — madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hududiy inspeksiyasiga;
qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalarining qo‘riqlanadigan, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida yer uchastkalarini tanlashda — tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarga;
ulardan yer uchastkalari olinayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga (yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari mavjud bo‘lgan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish rejasi yuqori organlar bilan kelishiladi);
yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan ajratilgan holatlarda — qishloq va suv xo‘jaligi organlariga;
yer uchastkasi avtomobillarning to‘xtab turish joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa obyektlar uchun ajratilgan holatlarda — davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) hamda davlat korxonalari tuman (shahar) vakolatli tashkilotlari bilan kelishish tugallangandan keyin elektron hujjatni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga hamda viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga jo‘natadilar.
6. Elektron hujjatni oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt axborot tizimi orqali elektron hujjat olingan vaqt deb hisoblanadi. Ushbu vaqtdan boshlab uch kungacha bo‘lgan muddatda elektron hujjatni oluvchi elektron hujjatni jo‘natuvchiga taqdim etilgan hujjatlar kelishilganligi to‘g‘risida ma’lumot jo‘natadi.
7. Murakkablikning (xavflilikning) II va III toifasidagi obyektlarni qurish nazarda tutilayotgan hollarda yer uchastkasini tanlash hujjatlarini vakolatli organlar bilan kelishish muddati ikki kungacha uzaytirilishi mumkin.
8. Keyingi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan elektron hujjat to‘rt kun mobaynida personal kabinetlar orqali belgilangan tartibda kelishish uchun tegishli ravishda “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-tadqiqot tashkilotlariga jo‘natiladi.
Hujjatlar “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyiha-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yetti kun mobaynida ko‘rib chiqiladi va ular kelishilganlik to‘g‘risida qaror chiqaradi yoki kelishuv to‘g‘risida asoslangan rad javobi berishadi.
9. Elektron hujjatni oluvchi elektron hujjatni olgandan keyin:
elektron hujjatlar olinganligi haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan tasdiqnomani yuboradi;
elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan taqdim etilgan elektron hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;
obyekt qurilishi uchun yer uchastkalari tanlash hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan kelishadi (imzolaydi).
10. Qurilish loyihasini kelishish uchun loyihalash tashkiloti jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, “bir oyna” tamoyiliga muvofiq personal kabinet orqali qurilish loyihasi arxitektura qismining elektron variantini Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi (keyingi o‘rinlarda arxitektura-shaharsozlik kengashi deb ataladi) bilan kelishish uchun yuboradi.
Obyektlar qurilishini loyihalashtirish, qurilishga ruxsatnomalar berish va ularni foydalanishga qabul qilishda axborot tizimini qo‘llagan holda qurilish loyihasini kelishish, shuningdek qurilishga ruxsatnomalar berish sxemasi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi qurilish loyihasini arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishish uchun yetti kun mobaynida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
elektron hujjatlarning olinganligi to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo qo‘yilgan tasdiqnomani loyiha tashkilotiga yuboradi;
qabul qilingan elektron hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining elektron arxivida saqlaydi;
loyiha tashkiloti taqdim etgan elektron hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;
arxitektura-shaharsozlik kengashi o‘tkaziladigan sana va vaqt to‘g‘risidagi bildirishnomani unda loyiha tashkilotining vakolatli vakili qatnashishi uchun loyiha tashkilotiga yuboradi;
qurilish loyihasi kelishilgan taqdirda loyiha tashkilotiga arxitektura-shaharsozlik kengashi majlisining elektron tarzdagi tegishli protokolini yuboradi.
12. Yuridik va jismoniy shaxslar qurilish uchun ruxsat olish, ya’ni qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z xohishiga ko‘ra hujjatlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda taqdim etish huquqiga ega.
13. Yuridik va jismoniy shaxslar qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rasmiy veb-saytining yuridik va jismoniy shaxslar uchun personal kabineti orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
a) loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspertiza organlarining ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qurilayotgan obyektlar uchun — loyihaning tasdiqlanayotgan bosqichi yuzasidan ekspertiza organlarining ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi;
v) obyektni loyihalash bilan bir vaqtning o‘zida qurishda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;
e) arxitektura va qurilish organlari bilan kelishilgan obyekt rejasi va fasadining eskizi yoki uzun obyektlar uchun — trassaning bosh rejasi (sxemasi);
j) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan mukammal qurish va (yoki) mukammal ta’mirlash obyektlarining manzilli ro‘yxati;
z) tanlov savdolari natijalari to‘g‘risidagi protokol (mavjud bo‘lsa);
i) xavfli ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha — loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizasining ijobiy xulosasi;
k) qurilishni tanlov savdolari o‘tkazmasdan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirishda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obyektlarni qurish yoki mukammal ta’mirlash masalasi bo‘yicha qarori nusxasi.
131. Inspeksiya qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
14. Inspeksiya qurilish obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron hujjatlarni olganligi haqida elektron raqamli imzolangan tasdiqnomani yuboradi;
qabul qilingan elektron hujjatlarni inspeksiyaning elektron arxivida saqlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan elektron hujjatlarning to‘liqligini va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi.
15. Inspeksiya bir kun mobaynida obyektni bepul ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini bajarishga qurilishning butun muddati uchun ruxsatnoma beradi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma belgilangan namunada qog‘ozli manbada yoki buyurtmachining xohishiga ko‘ra elektron tarzda beriladi.
16. Inspeksiya qurilish obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishni quyidagi asoslar bo‘yicha rad etish huquqiga ega:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va materiallar reglament buzilgan yoki to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqish davomida qonunchilik normalari buzilishlari aniqlanganda.
Aniqlangan kamchiliklar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bartaraf etilgandan keyin ular takroriy murojaat qilishgan taqdirda qurilish obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Qurilish obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi buyurtmanomani takroriy ko‘rib chiqishda ushbu obyektni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq ho‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlari (boshqarmalari) huzuridagi ho‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish guruhlarining (keyingi o‘rinlarda xo‘jalik hisobidagi guruh deb yuritiladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Xo‘jalik hisobidagi guruh o‘z faoliyatida o‘zining vakolatlari doirasida barcha masalalar bo‘yicha tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limiga (boshqarmasiga) bo‘ysunadi.
3. Xo‘jalik hisobidagi guruh yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi tarkibida yuritadi. Xo‘jalik hisobidagi guruhning ishlab chiqarish faoliyati natijasidan olingan barcha daromad (pul mablag‘lari) tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limining hisob raqamiga tushadi va ushbu bo‘lim (boshqarma) tasarrufida bo‘ladi.
4. Xo‘jalik hisobidagi guruh tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) xarajatlarini (budjetdan tashqari ehtiyojlarini) qoplash, shu jumladan tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori ish haqining ustama qismini shakllantirish, shaharsozlik sohasidagi mutaxassislar uchun yangi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun tashkil etiladi.
5. Quyidagilar xo‘jalik hisobidagi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limiga (boshqarmasiga) shaharsozlik sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirishda ko‘maklashish, tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish;
tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish.
6. Quyidagilar belgilangan vazifalariga muvofiq xo‘jalik hisobidagi guruhning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
faoliyat mintaqasi uchun shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
ajratilgan yer uchastkalarining chegaralarini naturaga ko‘chirish, qurilish obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini qizil chiziqlarga muvofiq xaritaga tushirish bilan bog‘liq topografiya va geodeziya ishlarida, shuningdek muhandislik — geologiya ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda qatnashish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida aholi punktlari hududida yer uchastkalarini tanlash va ajratish hujjatlarini tayyorlash;
ko‘chalarning, bino va inshootlarning arxitekturaviy ko‘rinishini yaxshilash, atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, badiiy-estetik jihatdan bezash, hududning kichik me’moriy shakllar va landshaft arxitekturasi bo‘yicha loyiha takliflarini shartnoma asosida belgilangan tartibda tayyorlash;
yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya talab qilinmaydigan shaharsozlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish.
7. Xo‘jalik hisobidagi guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) orqali quyidagi huquqlarga ega:
mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan o‘z vakolatlari doirasida zarur axborot va ma’lumotnoma materiallarini belgilangan tartibda so‘rash va olish;
buyurtmachidan buyurtmani bajarish uchun zaruriy hujjatlarni taqdim etishni, shuningdek bajarilgan ish uchun belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirishni talab etish.
8. Xo‘jalik hisobidagi guruh ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashi shart.
9. Xo‘jalik hisobidagi guruhga tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori rahbarlik qiladi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori o‘z lavozim vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmagan hollarda (mehnat ta’tilida, kasallik davrida, lavozim bo‘sh bo‘lganda) xo‘jalik hisobidagi guruhga guruh muhandisi vaqtincha rahbarlik qiladi.
10. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori:
tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) huzurida xo‘jalik hisobidagi guruh tashkil etilgandan so‘ng banklarda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi)ning hisob raqamlarini ochadi;
xo‘jalik hisobidagi guruh xodimlarining shtat jadvalini tuzadi, faoliyat turlari va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarning javobgarligi darajasini belgilaydi, xo‘jalik hisobidagi guruh xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini ko‘radi;
xo‘jalik hisobidagi guruhning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning ishlarini tashkil etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan har yili tasdiqlanadigan smeta doirasida xo‘jalik hisobidagi guruhning ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan daromadlarni tasarruf etadi.
11. Ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan daromad xo‘jalik hisobidagi guruhni har tomonlama rivojlantirish va ish haqi to‘lashni moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
12. Xo‘jalik hisobidagi guruhning ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan daromadlardan:
xo‘jalik hisobidagi guruh hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori ish haqiga ustamani shakllantirish hamda xo‘jalik hisobidagi guruh xodimlariga ish haqi to‘lash;
xo‘jalik hisobidagi guruh hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi faoliyatini rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar, arxitektura va shaharsozlikka oid adabiyotlar bilan ta’minlash;
tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori va xo‘jalik hisobidagi guruh xodimlarining malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va mukofotlash, shuningdek ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
xo‘jalik hisobidagi guruh xodimlari uchun sog‘lomlashtirish, madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarini o‘tkazish, uchrashuvlar va qabullar tashkil etish, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limining faoliyati bilan bog‘liq tashriflar davomida boshqa tashkilotlar vakillari uchun ish hamda yashash sharoitlari yaratish, shuningdek boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladi.
13. Xo‘jalik hisobidagi guruhning tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining shtat jadvali tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori tomonidan ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Davarixitektqurilish” qo‘mitasi raisi, viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) huzuridagi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish guruhining namunaviy tuzilmasi ushbu Namunaviy nizomga ilovada keltirilgan.
14. Xo‘jalik hisobidagi guruh tarkibiga tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i — tuman (shahar) bosh arxitektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan xodimlar kiradi.
15. Xo‘jalik hisobidagi guruhda mehnatni tashkil etish hamda ish haqi to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Xo‘jalik hisobidagi guruhning buxgalteriya hisobotlarini yuritish shartnoma asosida ishga qabul qilinadigan buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. | 250 | 25,860 |
Qonunchilik | Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnomani onlayn soʻrash mumkin | Xizmat bepul taqdim etiladi. Ariza beruvchi elektron shakldagi arizaga Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 avgustdagi 214-son «Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq quyidagi hujjatlarni ilova qilishi kerak:
Buyurtma ariza beruvchidan hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish haqida ariza beruvchini хabardor qilish yoki asoslangan rad javobi mazkur хizmatning natijasi boʻlib хizmat qiladi.
Mavzuga oid material:
Tadbirkorlar uchun tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik yuzasidan seminar oʻtkazildi | 68 | 677 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2013-yil 1-iyuldan boshlab davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari ro‘yxati 1- ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, faqat tovarning bir qismi bo‘lgan va uning qiymatiga kiruvchi iste’mol upakovkasida (idishda) bevosita chakana savdoga tushuvchi tovarlar majburiy tartibda markirovka qilinadi.
2. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan davlat tilida majburiy tartibda markirovka qilinadigan:
2013-yil 1-iyulgacha “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan va 2013-yil 1-iyuldan keyin erkin muomalaga chiqarilgan iste’mol tovarlari davlat tilida markirovka qilinmasdan chakana savdo tarmog‘ida 2014-yil 1-yanvargacha sotilishi mumkin;
2013-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan iste’mol tovarlari davlat tilida markirovka qilinmasdan chakana savdo tarmog‘ida 2014-yil 1-yanvargacha sotilishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tilida markirovka qilingan va 2013-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan iste’mol tovarlari davlat tilidagi ushbu markirovka bilan chakana savdo tarmog‘ida 2014-yil 1-yanvargacha sotilishi mumkin.
3. Majburiy tartibda davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan, import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari markirovka qilinmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilishi taqiqlansin.
Majburiy tartibda davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan, import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari markirovka qilinmasdan sotilishi hollariga, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilgan holda, savdo qoidalarini buzish (hujjatlari mavjud bo‘lmagan tovarlarni sotish) sifatida qaralsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan majburiy tartibda davlat tilida markirovka qilishga doir talablar aholiga sotish uchun mo‘ljallanmagan hamda:
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan iste’mol tovarlariga;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro va Hukumatlararo tashkilotlar, xorijiy davlatlarning ushbu tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy tarzda (xizmat doirasida) foydalanish uchun, shuningdek ularning xodimlari uchun olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga;
ko‘rgazma namunalari, sinovlar, tadqiqotlar va marketing uchun namuna sifatida olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga tatbiq etilmaydi.
5. Iste’mol idishiga qo‘yiladigan markirovkada markirovka qilinadigan tovar to‘g‘risida quyidagi tusdagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlar ro‘yxati;
tovarlarning ayrim turlari ishlab chiqarilgan sana;
tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari;
tovarlarning ayrim turlaridan samarali va xavfsiz tarzda foydalanish qoidalari va shartlari;
tovarni ishlatish (uning yaroqlilik) muddati hamda iste’molchining ushbu muddat tugagandan keyingi zarur xatti-harakatlari, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xatti-harakatlar bajarilmagan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ishlab chiqaruvchining (bajaruvchi, sotuvchining) va iste’molchidan da’volarni qabul qilish yuzasidan ular tomonidan vakolat berilgan, shuningdek ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajaruvchi korxonalarning manzillari;
saqlash, xavfsiz utillashtirish usullari va qoidalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan maishiy elektr priborlari uchun energiya samaradorligi klassi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarorida nazarda tutilgan raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar uchun raqamli identifikatsiyalash vositasi (DataMatrix kodi)
Iste’mol upakovkasi (idishi) (etiketka, birka, leybl)da va iste’molchi uchun foydalanishga doir ilova hujjatlaridagi axborot, tovarning turi va texnik jihatdan murakkabligiga qarab, bevosita muayyan tovarga matn ko‘rinishidagi hujjat (pasport, formulyar, qo‘llash uchun ko‘rsatma va boshqalar) sifatida ilova qilinishi kerak.
Genetik modifikatsiya qilingan mahsulotlardan olingan tovar markirovkasida bu haqda tegishli ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Markirovka qilinadigan tovarlarning ayrim turlari to‘g‘risidagi axborotning mazmuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari 2013-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kelishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 5-dekabrdagi 427-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 12-son, 75-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 22-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823- son qarori)” 2008-yil 7-maydagi 90-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 17-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 14-sentabrdagi 271-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 68-modda). | 123 | 7,410 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
1. 65-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar.”.
2. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti masalalari bilan bog‘liq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, tashqi savdo bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan, advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi lozim.”. | 113 | 2,782 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT KODEKSINING 1852-MODDASI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 101-MODDASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda) 1852-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda) 101-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 176 | 4,679 |
Qonunchilik | Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida | Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga to‘sqinlik qiluvchi, qadriyatlarimizga zid bo‘lgan oilalarning nikohdan ajralish holatlarining oldini olishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 5-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha xabar olingandan so‘ng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan o‘n kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish”;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli — ravishda oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 121 | 1,376 |
Qonunchilik | OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744 sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan talabalarning yuqori reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘qishga qiziqishlarini oshirish maqsadida qaror qilamiz:
1. 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliklari qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 16.04.2004-yilda № 1339-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-yil 15-son 184-modda) Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 158 | 1,110 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmonining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risida nizomida:
a) 8-bandining 8.5. kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8.5. Tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borish sohasida
jinoiy ishlar qo‘zg‘atish, moliya-iqtisodiyot, soliq sohasida jinoyatlar va huquq buzilishlarini sodir etish hollari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlarini tashkil qilish va olib borish;
Departamentning hududiy bo‘linmalarida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish”.
b) 12-banddagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish choralari to‘g‘risida”gi 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomning 39-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishni tergov, surishtiruv yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlariga topshirish”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida nizomda:
a) 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandi “g” kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 6-bandi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning yettinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan so‘z “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 95 | 3,583 |
Qonunchilik | 1 apreldan boshlab sudya ogʻir jinoyatlarni yakka tartibda koʻradi | 29.01.2018 yildagi OʻRQ–463-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksga (JPK) shunday oʻzgartishlar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, JPKning 13-moddasi jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda koʻrib chiqish prinsipini belgilaydi. Hozir ular, jinoyatning ogʻirligiga qarab, birinchi instansiya sudi tomonidan quyidagicha koʻriladi:
1.04.2018 yildan keyin ogʻir jinoyatlar birinchi instansiya boʻyicha bitta professional sudya tomonidan, ya’ni yakka tartibda koʻriladi. Xalq maslahatchilari faqat oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga jalb etiladi.
Ma’lumot uchun. Birinchi instansiya sudi – har doim ham jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi boʻlavermaydi. JPKning 389-moddasiga muvofiq bir qator jinoyatlar tarkiblari boʻyicha Qoraqalpogʻiston jinoyat ishlari sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, hatto Oliy sud ana shunday sud boʻlishi mumkin.
Bunda Oliy sud birinchi instansiya boʻyicha jinoyat ishlarini doim 3 nafar sudya tarkibida koʻrib chiqadi.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 66 | 1,310 |
Qonunchilik | “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5629-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5629-son Farmoniga muvofiq “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda “Andijon-farm” EIZ deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Boshqaruv xodimlari soni 5 nafardan iborat bo‘lgan “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar 1-ilovaga muvofiq;
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining ustavi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan:
Direksiyaga, kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan 2019 — 2021-yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha zarur mablag‘ ajratilishini;
Direksiyaning ustav fondini shakllantirishga 300 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
5. “Andijon-farm” EIZ uchun ajratilgan yer maydonining qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rni tegishli hududda qurilish ishlari tugallangandan so‘ng loyiha tashabbuskorlari tomonidan, istisno tariqasida, ikki yil davomida qoplanishiga ruxsat berilsin.
6. Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Direksiya Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat ko‘chasi, 239-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini va keyinchalik Direksiya uchun zamonaviy ma’muriy bino qurilishini;
Direksiyani malakali mutaxassislar bilan ta’minlashni, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasi asosida mutaxassislar malakasi muntazam ravishda oshirib borilishini hamda Direksiyaga zarur inventar, moddiy-texnika hamda samarali faoliyat olib borish uchun talab etiladigan vositalarni xarid qilish va saqlash uchun mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
1-boshlang‘ich nuqta Andijon tumani Xortum qishlog‘i Jevachi mahallasi yo‘lidan sharqiy tomonga aholi uylarining boshlanishigacha 420 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
2-nuqtadan aholi uylari bo‘ylab 280 metr sharqiy-janubiy yo‘nalishda aholi uyining chegarasigacha 3-nuqtagacha davom etadi.
3-nuqtadan aholi uylari bo‘ylab sharqiy-janubiy yo‘nalishda 430 metr masofada dala yo‘ligacha 4-nuqtagacha davom etadi.
4-nuqtadan aholi uylari bo‘ylab burilishlar hosil qilib, janubiy- g‘arbiy yo‘nalishda 1045 metr masofada zax qochirish zovurgacha bo‘lgan 5-nuqtagacha davom etadi.
5-nuqtadan chegara zax qochirish zovuridan shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda dala yo‘li bo‘ylab 260 metr masofada dala yo‘li kesishmasigacha bo‘lgan masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
6-nuqtadan dala yo‘li bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda Andijon tumani Xortum qishlog‘i Jevachi mahallasining yo‘ligacha 1-nuqta bilan kesishib yakunlanadi.
1. “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki negizida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan qonunchilikda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘iga binoan uning tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Andijon-farm” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Andijon-farm”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Andijon-farm”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Andijon-farm” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Andijon” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat ko‘chasi, 239-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
10. “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda “Andijon-farm” EIZ deb ataladi) rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, “Andijon-farm” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan operativ boshqarish, “Andijon-farm” EIZ qatnashchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Andijon viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qabul qilingan qarorlariga muvofiq “Andijon-farm” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ularning reyestrini yuritish;
Ma’muriy kengash qarorlariga muvofiq investorlar bilan “Andijon-farm” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, davlat mulkini “nol”ga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida “Andijon-farm” EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzish;
“Andijon-farm” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Andijon-farm” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalar berilishini tashkil etish;
belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qilish, keyinchalik natijalarni Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Andijon-farm” EIZ hududidagi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish va tashkilotlarning doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda “Andijon-farm” EIZ qatnashchilariga ko‘maklashish;
“Andijon-farm” EIZni rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash;
ekologik holatning yaxshilanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javob berish;
“Andijon-farm” EIZ faoliyatini boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqiqiy emas deb hisoblash va Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va oraliq, tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish.
15. “Andijon-farm” EIZ mustaqil budjeti va “Andijon-farm” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
16. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Ma’muriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
17. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
18. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya qilinishini ta’minlashga doir tadbirlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Andijon-farm” EIZni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirish, boshqarishning eng zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzadi, o‘zgartiradi va ularning amal qilishini to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Direktor:
Muassisga Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi;
o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi uchun, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan, Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qolgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi;
“Andijon-farm” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Andijon-farm” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
20. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
21. Direksiyaning ustav fondi “Andijon-farm” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
22. Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln so‘mni tashkil qiladi.
23. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
24. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
25. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
26. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek, o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
27. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagicha tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda tasarruf etish.
28. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
davlat mulki bo‘lgan va “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi;
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
EIZ qatnashchilarining ajratmalari va EIZ qatnashchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlaridagi mablag‘lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
29. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek, boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va ularni shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
30. Direksiyaning sof foydasi Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga binoan foydalaniladi.
31. Muassis o‘z qarori bilan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
32. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
33. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
34. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
35. Direktor har chorakda Direksiya faoliyatining natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
36. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
37. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
38. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
39. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tadi. | 92 | 17,057 |
Qonunchilik | “Maxsus investitsiya ustama haqini “O‘zbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 12-martdagi 26, 25 va 2013-12-son “Maxsus investitsiya ustama haqini “O‘zbekneftgaz” MXKning maxsus schyotiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2451, 2013-yil 12-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 214-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda)”degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidagi “MXKning” qisqartmasi “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandiga muvofiq maxsus investitsiya ustama haqini “O‘zbekneftgaz” AJning maxsus schyotiga o‘tkazish tartibini belgilaydi.”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “MXK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “transport vositalari uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
g) 5, 6 va 9-bandlardagi “MXK” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar “O‘zbekneftgaz” AJ bilan kelishilgan. | 176 | 2,398 |
Qonunchilik | Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda futbol sohasini rivojlantirish, futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan professional futbol klublari (keyingi o‘rinlarda — professional futbol klublari) bosh homiylarining professional futbol klublaridagi davlat ulushlarini ularga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlariga ilovaga muvofiq berilsin.
Bunda professional futbol klublari ustav kapitalidagi davlat ulushlari xo‘jalik jamiyatlariga ularning ustav kapitalidagi davlat ulushi va xo‘jalik jamiyatlarining ulushlarini balans qiymatiga oshirish hisobiga beriladi va keyinchalik belgilangan tartibda sotiladi.
3. Mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan professional futbol klublari va xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasida bosh homiylik shartnomalari tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorga ilovada keltirilgan davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari Turizm va sport vazirligi hamda tegishli hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda futbol stadionlaridan samarali foydalanish va ularning rentabelligini oshirish maqsadida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib tasdiqlasin:
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol stadionlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish, shuningdek, ularning yil davomida doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash;
stadionlarda yil davomida o‘tkaziladigan sport tadbirlari (musobaqalar, sport to‘garaklari), konsert va boshqa ommaviy tadbirlar sonini ko‘paytirish;
stadion hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), sport do‘konlari, ko‘ngilochar joylarni (kinoteatr) tashkil etish.
5. Belgilansinki, mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan belgilangan talablardan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan professional futbol klublarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlariga berishni ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. | 83 | 2,965 |
Qonunchilik | IChKI BOZORDA SOTILAYOTGAN “JENERAL MOTORS O‘ZBEKISTON” AJ TOMONIDAN IShLAB ChIQARILGAN AVTOMOBILLARGA AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi.
1. Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Aksiz solig‘ini to‘lovchilar “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ bilan tuzilgan savdo-dilerlik kelishuvlari (matnda — “dilerlar”) asosida sotuvchi yuridik shaxslardir.
2. Aksiz solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqqa tortiladigan “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotish hisoblanadi.
3. Aksiz solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza bo‘lib, “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni dilerlar tomonidan respublika ichida sotiladigan, dilerning komission mukofotini chegirib tashlagan holdagi qiymati hisoblanadi.
4. Sotilgan avtomobilga aksiz solig‘i summasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
S — aksiz solig‘i summasi;
N — soliq solish bazasi;
A — aksiz solig‘i stavkasi.
Misol: Diler tomonidan “MX B0” modifikatsiyali “Matiz BEST” rusumli avtomobil 11 363,38 ming so‘m chakana narxga sotilgan bo‘lib, ushbu summa 222,81 ming so‘mga teng bo‘lgan dilerning komission mukofot pulini ham o‘z ichiga olgan. Aksiz solig‘ining stavkasi 29% ga teng. Soliq solish bazasi 11 140,57 ming so‘mni (11 363,38 - 222,81) tashkil etadi. Shunda aksiz solig‘i summasi 2 504,47 ming so‘mni (11 140,57*29/129) tashkil etadi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq hisoblangan aksiz solig‘i summasi, avtomobillarni sotishdan olinadigan tushum bilan birgalikda, “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning aksiz solig‘i maxsus bank hisobvarag‘iga bir vaqtda o‘tkaziladi.
6. Xorijiy valyutadagi xalqaro plastik kartochkalardan foydalangan holda avtomobillar sotilganda, avtomobil uchun to‘lov summasi to‘lov o‘tkazilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ichki bozorda amalda bo‘lgan chakana narxiga ekvivalent miqdorda xaridorlar tomonidan “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning tranzit valyuta hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda, “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ milliy valyutadagi o‘z pul mablag‘lari hisobidan:
aksiz solig‘i summasini — “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning aksiz solig‘i maxsus bank hisobvarag‘iga;
dilerning komission mukofot summasini — dilerning talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
7. “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ bilan dilerlar orasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning holati savdo-dilerlik kelishuvlari shartlariga muvofiq har oylik solishtirma dalolatnomalar tuzish orqali nazorat qilib boriladi.
8. “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJning aksiz solig‘i maxsus bank hisobvarag‘idan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay ko‘chiriladi.
9. Aksiz solig‘ining hisob-kitobi dilerlar tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga, ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
10. Aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblash va to‘lash hamda davlat soliq xizmati organlariga o‘z vaqtida hisob-kitoblarni taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat qonunchilikka muvofiq, dilerlar zimmasidadir.
11. Aksiz solig‘i mablag‘larini to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, ushbu Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Ushbu Nizom “O‘zavtosanoat” AK bilan kelishilgan. | 187 | 4,774 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL TRANSPORTI (“O‘ZAVTOTRANS”) DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI | “O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasi:
yopiq turdagi aksionerlik jamiyati hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti vazirligi ilgari tuzgan barcha shartnomalar va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar bo‘yicha javob beradi;
korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlar uchun moddiy-texnika resurslari fondlarini saqlab turuvchi hisoblanadi, markazlashtirilgan sug‘urta, investitsiya va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tarkibiga kiradigan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Korporatsiya tarkibiga kiradigan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar o‘z xo‘jalik mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
3. Kengash “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, boshqaruv apparati sonini va tuzilishini belgilaydi, mehnatga haq to‘lash tizimini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi.
“O‘zavtotrans” korporatsiyasiga boshqaruv raisining 4 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bitta birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Korporatsiya boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Korporatsiya Boshqaruvi raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
4. Mulkchilikning yangi shakllariga o‘tish vositasini ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi hamda “O‘zavtotrans” davlat aksionerlik korporatsiyasining umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti davlat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini 1993—1995-yillarda 2-ilovaga* muvofiq mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlar tasdiqlansin.
5. Tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarga muvofiq “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tarkibida konsernlar va viloyat avtotransport birlashmalari negizida hududiy davlat-aksionerlik avtotransport birlashmalari tashkil etilsin, “Toshviloyatyo‘lovchitrans” konserni va “Samarqandyo‘lovchitrans” birlashmasi bundan mustasnodir.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat mulki jamg‘armasi:
“O‘zavtotrans” korporatsiyasiga davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq davlat-aksionerlik birlashmalari tarkibiga kirmagan aksionerlik jamiyatlari, boshqa jamiyatlar va shirkatlar faoliyatini boshqarish huquqlarini berishni;
hududiy davlat-aksionerlik birlashmalariga, davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushiga muvofiq, aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan yuk avtotransporti korxonalari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berishni;
7. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi bir oy muddat ichida:
korporatsiya Ustavini ishlab chiqsin va kelishib olish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga 1993—1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mo‘ljallangan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini o‘zgartirishning mehnat jamoalari tanlagan tashkiliy-huquqiy shakllarini ko‘rsatgan holda taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda avtotransport vositalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi uchun o‘rnatilgan barcha aloqa turlari va telefonlarni “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi uchun saqlab qolsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar “O‘zavtotrans” korporatsiyasi tarkibiga kiradigan hududiy davlat aksionerlik avtotransport birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini rivojlantirish va ular faoliyati bo‘yicha o‘z vakolatlariga kirgan masalalarning o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashsinlar va ta’minlasinlar.
10. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasining boshqaruv apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 19-apreldagi 108-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotgani 1993-yil fevral oyida ko‘rib chiqilsin. | 129 | 5,369 |
Qonunchilik | Yetishtirilgan pilla hosili uchun subsidiya ajratiladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 24.12.2021 yildagi «Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 773-son qaror qabul qilindi.
Prezidentning 8.07.2021 yildagi «Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5178-son qaroriga muvofiq:
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari oʻz maхsus hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablagʻlar subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga taqsimlaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 54 | 1,073 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorligi to‘g‘risida Bitimga (2007-yil 25-may, Yalta);
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorligi to‘g‘risida 2007-yil 25-may kuni imzolangan Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (2012-yil 30-may, Ashxobod) qo‘shilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi hamda ular amalga oshirilishi uchun mas’ul vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,368 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi qisqartirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi kiritilsin. | 103 | 327 |
Qonunchilik | Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qarshi shahrining aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, shaharning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2019-yil 20-noyabrda “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish to‘g‘risida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 76,04 mln AQSh dollarini, shu jumladan:
ETTB qarzi — 60,0 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi — 16,04 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 11,7 mln AQSh dollarini va YETTB qarzi bo‘yicha investitsiya davrida foizlar va majburiyat uchun vositachilik haqi ko‘rinishida 4,34 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020 — 2023-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “O‘zsuvta’minot” AJ) loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘tkazish, YETTBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
qarz umumiy summasining 1,0 foizi miqdorida YETTB qarzining biryo‘la vositachilik haqini to‘lash YETTBning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash bo‘yicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini O‘zbekiston Respublikasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o‘rinlarda — “O‘zsuvta’minot” AJ) “Qashqadaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJ) o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni (keyingi o‘rinlarda — qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va YETTB o‘rtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi zimmasiga qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar “O‘zsuvta’minot” AJning “Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJ tomonidan o‘z vaqtida jamlanib borilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga ko‘ra yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishini;
2020-yildan boshlab Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTB qarzi bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarishga “O‘zsuvta’minot” AJning “Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJning ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda mablag‘larni nazarda tutsin.
8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir yil uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020 — 2022-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablag‘larni inobatga olsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. | 201 | 4,910 |
Qonunchilik | Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 76-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, sudyalarning ijtimoiy himoyasini ishonchli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi;
ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi sud organlari tizimidagi sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
sudyalar — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari, sudyalar orasidan tasdiqlangan Sudyalar oliy kengashining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari va tuman (shahar) ma’muriy sudlari sudyalari;
naf oluvchi — sug‘urta qilingan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi deb ataladi) — sug‘urtalovchi u bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti)ni sug‘urta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) sug‘urta summasi doirasida sug‘urta qilingan shaxsning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi;
sug‘urta qilingan shaxs — foydasiga sug‘urta amalga oshiriladigan va uning uchun sug‘urta mukofoti to‘langan sudya;
sug‘urta qildiruvchi — davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
sug‘urtalovchi — “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati;
sug‘urta summasi — sug‘urtalovchi davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi doirasida sug‘urta to‘lovi to‘lash majburiyatini olgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta to‘lovi — har bir sug‘urta qilingan shaxs uchun sug‘urta summasi doirasida ushbu Nizom hamda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta mukofoti — ushbu Nizom hamda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta hodisasi — davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish davrida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi.
3. Sug‘urta qilingan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 76-moddasi asosida va O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish sug‘urta mukofoti summasi sug‘urta qildiruvchining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
4. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi munosabati bilan sug‘urta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) yetkazilgan ma’naviy zarar qoplanmaydi.
5. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish polisi, sug‘urta qilingan shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
6. Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida bir yil muddatga tuziladi.
8. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani taqdim qiladi.
9. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urtalash muddati davomida amal qiladi.
10. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtalovchining hisob raqamiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.Sug‘urta polisi yo‘qotilgan taqdirda, uning dublikati sug‘urta qildiruvchi tegishli ariza bilan murojaat qilganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi tomonidan beriladi. Dublikat berilgandan so‘ng yo‘qotilgan sug‘urta polisi haqiqiy hisoblanmaydi va u bo‘yicha sug‘urta ta’minoti amalga oshirilmaydi.
11. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda taqdim qilingan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi har qanday o‘zgarishlar haqida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga uch ish kunidan kechikmay yozma shaklda xabar qilishi shart.
12. Sug‘urta qildiruvchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda taqdim etilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ariza olinganda sug‘urtalovchi, zarur hollarda, davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzadi va sug‘urta polisini qayta rasmiylashtiradi.
13. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida shartnoma shartlari o‘zgargan taqdirda, o‘zgargan shartlarga qarab sug‘urta mukofotiga tuzatish kiritiladi. Bunda sug‘urta mukofoti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida tomonlarning majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmasdan bajarilishi lozim.
14. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi — sug‘urtalovchining har bir sug‘urta qilingan shaxs oldidagi majburiyatlarining cheklangan hajmidan iborat bo‘lib, sudyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.
15. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta qilingan shaxslar sonini sug‘urta summasiga va 0,238 foiz miqdorida belgilangan sug‘urta tarifiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida sug‘urta tarifi darajasining o‘zgarishi sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan sug‘urta tarifi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
16. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi tomonidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi.
17. Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urtalovchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sug‘urta qilingan shaxslarning soni kamayganda sug‘urta mukofotining sug‘urtalangan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish;
sug‘urta polisi yo‘qotilgan taqdirda sug‘urtalovchidan sug‘urta polisi dublikatini olish huquqiga ega.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Sug‘urta qildiruvchi:
ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashi;
sug‘urta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi;
sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran yigirma ish kuni mobaynida sug‘urtalovchiga yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
19. Sug‘urtalovchi:
sug‘urta qilingan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotni tekshirish huquqiga ega.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Sug‘urtalovchi:
sug‘urta qildiruvchini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) sug‘urta to‘lovini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urta qildiruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslagan holda yozma shaklda xabar qilishi;
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta to‘lovini to‘lashi;
tashkilot nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda sug‘urta qildiruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lum qilishi;
sug‘urta polisi yo‘qotilgan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi tegishli ariza bilan murojaat qilgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida sug‘urta polisi dublikatini berishi shart.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
21. Sug‘urta qilingan shaxs:
sug‘urtalovchiga sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta to‘lovi olish;
davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
belgilangan tartibda hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda, zaruriyat bo‘lganda, o‘zining ishonchli vakilini jalb etgan holda ishtirok etish;
sug‘urta qildiruvchidan sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
Sug‘urta qilingan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Naf oluvchi:
sug‘urta to‘lovini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat qilish;
sug‘urtalovchidan qonunchilikda belgilangan shartlar va tartib asosida sug‘urta to‘lovini olish;
davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda halok bo‘lganligi (vafot etganligi) haqida sug‘urta qildiruvchini xabardor qilish;
sug‘urta hodisasini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni sug‘urta qildiruvchidan olish huquqiga ega.
Naf oluvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Sug‘urtalovchi quyidagi holatlarda:
sudya ishlayotgan davrda yoki uning vakolat muddati tugaganidan keyin o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda olingan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan)da — uning merosxo‘rlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
sug‘urta qilingan shaxsga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi oqibatida nogironlik belgilangan bo‘lsa — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudyaga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida sug‘urta to‘lovini to‘laydi.
Voyaga yetmagan naf oluvchiga tegishi lozim bo‘lgan sug‘urta to‘lovi uning ota-onasi (farzandlikka oluvchisi, vasiysi)ga to‘lanadi.
24. Sug‘urta to‘lovini to‘lash uchun sug‘urtalovchiga sug‘urta to‘lovini to‘lash to‘g‘risidagi talab bildirilgan ariza quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
a) sug‘urta qilingan shaxs xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lganda (vafot etganda):
sug‘urta qilingan shaxsning vafoti to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxa olish uchun asl nusxasi taqdim etiladi);
naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxa olish uchun);
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (maxsus tekshirish dalolatnomasi).
O‘z xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan vakolat muddati tugab vafot etgan sug‘urta qilingan shaxsga nisbatan ushbu holatni tasdiqlovchi sud-tibbiy ekspertiza komissiyasining xulosasi ham taqdim etiladi.
Naf oluvchi notarial idoradan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olishi uchun sug‘urta qildiruvchi naf oluvchiga notarial idoraga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq ma’lumotnoma beradi;
b) sug‘urta qilingan shaxsga nogironlik belgilanganda:
sug‘urta qilingan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (maxsus tekshirish dalolatnomasi, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK)ning nogironlik guruhi, sabablari va belgilangan vaqti ko‘rsatilgan nogironlikni belgilash to‘g‘risidagi xulosasi nusxasi);
mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
v) sug‘urta qilingan shaxsga kasbga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda:
sug‘urta qilingan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
ushbu Nizomga 4-ilovadagi shakl bo‘yicha tibbiyot muassasasining olingan tan jarohatlari yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat (maxsus tekshirish dalolatnomasi, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning tan jarohati yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi holatini tasdiqlovchi hujjatlari).
Sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq hujjatlarni sug‘urta hodisasiga bog‘liq holda taqdim etadi. Ular to‘liq hajmda (but holda) taqdim etilmagan taqdirda sug‘urtalovchi yetishmayotgan hujjatlarni yozma ravishda talab qilishga haqli.
25. Sug‘urta hodisasi tan olinganda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida har bir tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada dalolatnoma tuziladi va sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) tomonidan imzolanadi.
26. Sug‘urtalovchi ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qiladi va sug‘urta to‘lovini to‘laydi.
Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, bu haqda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma murojaat qilingandan boshlab o‘n besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar qilingan bo‘lishi kerak.
27. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
28. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
29. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar. | 116 | 17,890 |
Qonunchilik | “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida:
1. Belgilansinki, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) doirasida:
a) qishloqlar (mahallalar) ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:
olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda joylashganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga aholi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni;
aholi va tadbirkorlarda o‘zlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) qishloq (mahalla) hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarning mavjudligi;
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga egaligi;
b) qishloqlarda (mahallalarda) amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini hamda ularni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larni tuman (shahar) hokimliklari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida himoya qiladi;
v) har bir qishloqni (mahallani) rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tegishli qishloqdagi (mahalladagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va “o‘sish nuqtalari” inobatga olingan holda belgilanadi;
g) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan:
aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, joylarda oqova suv xandaqlari va sanitariya inshootlarini barpo etish;
elektr ta’minotini, jumladan, transformatorlar va nimstansiyalar holatini yaxshilash, aloqa va axborotlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, aholiga gaz yoqilg‘isi uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etish;
ichki avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, transport to‘xtash bekatlari va boshqa yo‘l infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yo‘lbo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlarini barpo etish, sizot suvlar sathini pasaytirish, ariqlarni tozalash va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritish;
ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, turizm obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.
2. Dasturlarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:
mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan mezonlar asosida har bir tuman va shahardan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan jami 397 ta qishloq va mahalla tanlab olinganligi;
yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2021-yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichki yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 2, 2a — 2n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida irrigatsiya, aloqa va axborotlashtirish tizimlarini yaxshilash, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 3, 3a — 3n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ijtimoiy soha obyektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlarini qurish va ta’mirlash hamda uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 4, 4a — 4n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoat transporti, maishiy chiqindilar bilan ishlash tizimi va bozor infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 5, 5a — 5n-ilovalarga muvofiq;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 6, 6a — 6n-ilovalarga muvofiq;
ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash parametrlari 7, 7a — 7n-ilovalarga muvofiq;
past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish parametrlari 8, 8a — 8n-ilovalarga muvofiq;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 9, 9a — 9n-ilovalarga muvofiq;
kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish parametrlari 10-ilovaga muvofiq;
tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish parametrlari 11, 11a — 11n-ilovalarga muvofiq;
irrigatsiya obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 12, 12a — 12n-ilovalarga muvofiq;
gaz ta’minoti tizimini yaxshilash parametrlari 13, 13a — 13n-ilovalarga muvofiq;
aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish parametrlari 14, 14a — 14n-ilovalarga muvofiq;
ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 15, 15a — 15n-ilovalarga muvofiq;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlari hamda madaniyat markazlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 16, 16a — 16n-ilovalarga muvofiq;
jamoat transporti va maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 17, 17a — 17m-ilovalarga muvofiq;
qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 18, 18a — 18m-ilovalarga muvofiq;
sport va bolalar maydonchalari barpo etish parametrlari 19, 19a — 19m-ilovalarga muvofiq;
uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 20, 20a — 20n-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga, zarur hollarda, Dasturlar parametrlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Dasturlar doirasida:
ijtimoiy soha, ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv tizimi hamda yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan mablag‘lar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan, Dasturlarga tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalar kiritilishi yoki istiqbolsiz loyihalar chiqarib tashlanishi mumkin;
v) obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturlar doirasida ajratilgan mablag‘lar yetishmagan taqdirda, ushbu obyektlarni qurish-ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
5. Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachilar etib:
ichimlik suvi ta’minoti obyektlari (ijtimoiy sheriklik loyihalari bundan mustasno) bo‘yicha — “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, sohadagi ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;
ichki avtomobil yo‘llari (Toshkent shahri ko‘chalari bundan mustasno) bo‘yicha — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahri ko‘chalari bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari bo‘yicha — tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlari hududiy filiallari;
ijtimoiy soha obyektlari va markazlashgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa obyektlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda vazirlik va idoralar huzuridagi buyurtmachi tashkilotlar belgilansin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Dasturlar doirasida ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasini yotqizish bilan bog‘liq ishlarni bajarish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarda 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi;
Dasturlar bilan qamrab olingan hududlardagi gaz iste’molchilariga elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish hamda ushbu iste’molchilarni tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash navbatsiz amalga oshiriladi.
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga muvofiq:
Dasturlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari orqali “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan jami 1 trillion so‘mgacha mablag‘lar;
Dasturlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan joriy yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan bosqichma-bosqich 1 trillion so‘mgacha budjet ssudasi mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;
b) mahalliy budjetlar mablag‘lari, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan qurilgan va davlat ixtiyoriga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni 2021-yilda — tegishli sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirsin, 2022-yildan — Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
2021-yil 15-aprelga qadar qishloq va mahallalarda yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturiga muvofiq obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda, buyurtmachilar tomonidan loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra aniqlashga ruxsat berilsin;
Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmi va smeta qiymatlarining asossiz ravishda oshirib yuborilmasligi ustidan nazorat o‘rnatsin;
Dasturlarga kiritilgan qishloqlar va shahar mahallalarining bosh reja sxemalari va batafsil rejalashtirish loyihalari hududiy loyiha tashkilotlari tomonidan oldindan ishlab chiqilishini va ular bilan bog‘liq tadbirlarning tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;
joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarni, mahalla binolari va guzarlarini ta’mirlash, piyoda yo‘laklarini barpo etish, tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishga aholi va tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, homiylik va xayriya mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar jalb qilish choralarini ko‘rsin;
har oy yakuni bilan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligiga Dasturlar doirasida bajarilgan ishlar va moliyalashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha axborot kiritib borsin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturlar doirasidagi loyihalarning hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, shuningdek, xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlasin. Bunda, qishloq va mahallalarning yo‘nalishlari va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan 3 trillion so‘mgacha mablag‘ hududlardagi infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltirilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tegishli yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bilan bir vaqtda va uyg‘unlashgan holda shakllantirsin hamda ularni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-aprelga qadar tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan kelgusi yil uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritiladigan qishloq va mahallalar ro‘yxatini, shuningdek, ularda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritish choralarini ko‘rsin.
9. Energetika vazirligi (A.S. Sultonov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda uch oy muddatda past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
10. Transport vazirligi (I.R. Mahkamov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A.A. Abduvaliyev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.H. Qo‘ldoshev), Davlat geologiya qo‘mitasi (B.F. Islamov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (A.I. Maksudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda yo‘l qurilishi bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish, shu jumladan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalarni arzon qum-shag‘al xomashyosi bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) ikki hafta muddatda Dasturlar doirasida tanlab olingan qishloq va mahallalarda davlat xizmatlari markazlari filiallarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlasin.
12. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Dasturlar doirasida obyektlarni qurish-ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
13. “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) muntazam ravishda hududlarga chiqib, Dasturlar ijrosini tahlil qilsin va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
14. Bosh prokuratura (A.Y. Mavlonov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin va har oy yakuni bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin. | 109 | 17,590 |
Qonunchilik | 1997-yilning II choragida naqd pul emissiyasi darajasi ko‘rsatkichlari va kassa rejasi to‘g‘risida | Pul muomalasini mustahkamlash va naqd pullarning aylanishini tezlashtirish, shuningdek barcha darajalardagi rahbarlar va mansabdor shaxslarning mamlakat mintaqalarida naqd pul muomalasining ahvoli uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 1997-yilning II choragida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlariga va kassa rejasiga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlari va kassa rejalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
2. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zmaishiyxizmatuyushma”, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar hokimliklar bilan birgalikda bozorni zarur xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va xizmatlar sohasini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari mazkur bandning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustav faoliyatida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirish nazarda tutilgan korxonalarni nazorat-kassa apparatlari mavjud bo‘lgan va ular korxona joylashgan joydagi soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirdagina davlat ro‘yxatidan o‘tkazsinlar.
5. Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishda kvitansiyalar to‘ldiradigan, chiptalar, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar beradigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllaridan majburiy tartibda foydalansinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nazorat-kassa apparatlarini qo‘llamasdan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda tasdiqlangan shakldagi kvitansiyalar yoki boshqa hujjatlar berish bilan bog‘liq savdo qoidalari buzilgan hollarda sotuvchi bilan birgalikda tegishli tashkilotning rahbarini ham qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 98 | 2,628 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomill | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 20-avgustdagi 182-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 34-son, 292-modda) nomidagi va hamda 2, 4 va 7-bandlaridagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning tuzilmalarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 6-son, 63-modda) 2-ilova 6-pozitsiyasining “Qayta tashkil etish mexanizmi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda):
a) 1-ilovada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari”ning 4-pozitsiyasidagi “yer tuzish va yer kadastri”, “qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14-pozitsiyada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limining “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari” bo‘limining “Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari” ustuniga “nasos stansiyalaridan foydalanish” so‘zlaridan keyin “yer tuzish va yer kadastri; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 2-ilovadagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” bloki bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat dasturining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 24-fevraldagi 39-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014., 9-son, 91-modda) 10-ilovada:
a) “Oliy o‘quv yurtlarining nomlari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Oliy o‘quv yurtlarining mas’ul rahbarlari” ustunidagi “M.Hamidov” so‘zi “U.Umrzoqov” so‘zi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014., 3-son, 30-modda) 5-ilova 2-pozitsiyasining “Oliy ta’lim muassasalari” ustunidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015., 44-son, 563-modda):
a) 5-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Tadbirlar nomi” ustunining 14-pozitsiyasidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar nomi” ustunidagi 39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish:
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakultetlarining o‘quv-laboratoriya korpusini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish;
Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining Zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash;
Samarqand va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining o‘quv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish”;
g) 2-ilovadagi “Agroinjeneriya” bloki chiqarib tashlansin;
d) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
e) 5-ilovaning nomidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 21-apreldagi 118-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2916 y., 17-son, 174-modda):
a) “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” bloki bilan almashtirilsin;
b) “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali” bloki “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali” bloki bilan almashtirilsin; | 250 | 7,274 |
Qonunchilik | Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-son “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (ro‘yxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni to‘lov amalga oshiriladigan oydagi o‘rtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yig‘indisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi.”.
2. 11, 111 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. To‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan normativlar bo‘yicha taqsimlanadi.
111. Hisobot oyi uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi hamda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovdan kelib tushgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini hamda axborotlashtirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun qat’iy foydalaniladi.”.
3. 121-banddagi “qoshidagi” degan so‘z “huzuridagi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 122-band bilan to‘ldirilsin:
“122. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovdan kelib tushadigan mablag‘lardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.”.
5. 13-banddagi “Moliya vazirligiga” degan so‘zlar “Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 1-ilova izohidagi “oyning oxirgi sanasi holatiga ko‘ra aniqlanadi” degan so‘zlar “oydagi o‘rtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yig‘indisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 245 | 3,744 |
Qonunchilik | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobatga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirish yoki raqobatni cheklash imkonini beruvchi bitimlar (kelishib qilingan harakatlar)ni aniqlash tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;
bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) — tovar bozoridagi ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning har birining manfaatini qanoatlantiruvchi va har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan va raqobatni cheklashga qaratilgan xatti-harakatlari (bundan keyingi o‘rinlarda Bitimlar deb yuritiladi);
gorizontal bitimlar — bitta tovar bozorida raqobatchi hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi Bitimlar;
vertikal bitimlar — tegishli tovar bozorida o‘zaro raqobatlashmaydigan, bittasi tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchi yoki potensial sotib oluvchi, ikkinchisi esa tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki potensial sotuvchi (yetkazib beruvchi) xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi Bitimlar.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, muayyan tovar bozorida jami o‘ttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega bo‘lgan o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
3. Bitimlar gorizontal yoki vertikal bitimlar ko‘rinishida aniqlanadi.
4. Gorizontal bitimlar bitta bozorda qat’iy narxlar belgilash yoki ularni saqlab turish, taklif hajmini kelishib olish va bozorni hudud va sotuvchilar yoki xaridorlar doirasi bo‘yicha bo‘lib olish ko‘rinishida aniqlanadi.
5. Vertikal bitimlar qayta sotish bahosini ushlab turish va o‘zaro raqobatlashmaydigan, turli darajalarda (yetkazib beruvchi — iste’molchi) bo‘lgan, lekin vertikal bo‘yicha bir-biriga bog‘liq (qaram) bo‘lgan (sotuvchi tomonidan qayta sotilayotgan tovarni taklif qilishi mumkin bo‘lgan narxni cheklash), kontrakt talablarini bajargan holda ma’lum hudud doirasida sotishga mutlaq huquqni belgilash, xaridor uchun tovarni tanlash imkoniyatini majburan qisqartirish ko‘rinishida aniqlanishi mumkin.
6. Quyidagilarga:
qat’iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga hamda auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda o‘stirish yoki pasaytirishga;
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga va narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
bozorni hudud bo‘yicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qo‘yish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlar aniqlanadi.
7. Bitimlar monopoliyaga qarshi organning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, tovar bozorlarini tahlil qilishda, Bitim tuzilganini ko‘rsatuvchi holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi davlat va boshqa organlardan kelib tushgan ma’lumotlarni, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan arizalarni o‘rganishda, ommaviy-axborot vositalarining ma’lumotlarini o‘rganishda aniqlanadi.
8. Bitimlar shartlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, shuningdek yashirincha (og‘zaki), Bitim ishtirokchilarining barchasi tomonidan kelishib olingan chegaralar va qoidalardan iborat bo‘lishi mumkin.
9. Bitimlarni ko‘rib chiqishda, kelishib qilingan harakatlar mavjudligini yoki oldindan muvofiqlashtirilgan harakatlar mavjudligi faktlarini isbotlash kerak.
10. Dalillar bo‘lib Bitim belgilari mavjudligini aniq ko‘rsatuvchi hujjatlar (shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar, arizalar, xatlar, ommaviy-axborot vositalaridagi ma’lumotlar va h. k.) va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda tovar bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir xildagi harakatlari ko‘rinishidagi bilvosita dalillar bo‘lishi mumkin.
11. Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish davomida, tushuntirish olishda, hujjatlarni (ma’lumotlarni) so‘rab olishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xatti-harakatlarini tahlil qilishda, tovar bozorini tahlil qilishda aniqlanadi.
Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi bilvosita dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozordagi yoki ma’lum bir davr mobaynidagi savdo-sotiq jarayonlaridagi xatti-harakatini hamda ularning bir xildagi va sinxron xatti-harakatlarini, ushbu xatti-harakatlarga obyektiv sabablar yo‘q bo‘lgan taqdirda, solishtirma tahlil qilish orqali aniqlanadi.
12. Sodir etilgan xatti-harakatlarni Bitim deb tan olish uchun ma’lum shartlar mavjudligi to‘g‘risida xulosaga kelish, ushbu harakatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lgan haqiqatdagi holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
13. Bitimlar belgilarini aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
14. Birinchi bosqichda:
tovar (ishlar, xizmatlar) turlari aniqlanadi;
tegishli tovar bozori belgilanadi, Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari doirasi aniqlanadi;
tegishli bozor chegarasida harakat qilayotgan subyektlarga — Bitim qatnashuvchilariga to‘g‘ri keladigan bozor ulushi va ularning umumiy bozor ulushi aniqlanadi;
Bitimning turi aniqlanadi.
15. Bitim belgilarini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkazish jarayonida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va tovar bozori tahlili o‘tkaziladi.
16. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tahlil qilishda quyidagilar baholanadi:
ko‘rilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning iste’mol qilish maqsadlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchilarning turlari (iste’mol turiga qarab tovarni iste’mol qiluvchilarning tabaqalashtirilishi yetkazib berilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning narxidagi tafovutga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa narx sohasidagi Bitim tuzilishini qiyinlashtiradi);
turli yetkazib beruvchilarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bir jinsliligi (o‘xshashlik);
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mavjudligi;
turli ishlab chiqaruvchilarda tovar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish shartlarini bir-biriga o‘xshashligi (ishlab chiqarish shartlarining bir-biriga o‘xshashligi va tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zaro taqqoslash mumkinligi yagona narxlarni o‘rnatish va Bitim tuzishga yordam beradi);
tovar (ishlar, xizmatlar)ning qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushi (tovar qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushining yuqoriligi doimo o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasi, kapital qo‘yilmalar hajmlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlarini o‘zgartirish (manevrlash) imkoniyatini qiyinlashtiradi).
17. Bozor tahlil qilinganda quyidagilar aniqlanadi:
tovar bozori chegarasi — Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari faoliyat yuritayotgan hudud;
bozorda raqobat obyekti hisoblangan omillar doirasi va bozordagi tovar narxining o‘rni (ya’ni, faqat narx sohasida raqobatning mavjudligi);
talabning narx o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligi;
yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiruvchi to‘siqlarning mavjudligi;
mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchilarining bozor ulushi;
aksiyalarning nazorat paketlariga, qimmatli qog‘ozlarga va h. k. egalik qilish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yetkazib beruvchilar yoki iste’molchilar ustidan nazoratining mavjudligi;
ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgani;
Bitimlar bo‘yicha iqtisodiy faoliyat va axborot almashuvini iqtisodiy muvofiqlashtirish uchun baza vazifasini bajaradigan boshqaruv organlari, assotsiatsiyalar yoki ularning bo‘linmalarining mavjudligi.
18. Narx bo‘yicha gorizontal turdagi Bitimlarni o‘rganishni o‘tkazish, ularning xatti-harakatlarini baholash maqsadida tovar (ishlar, xizmatlar)ning xususiyati va bozorning tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi.
19. Ikkinchi bosqichda tovar bozorida quyidagilarning mavjudligi aniqlanadi:
davlat tomonidan narxlarni (tariflarni) tartibga solinishi;
davlat buyurtmalari bo‘yicha majburiy yetkazib berishlarning o‘rnatilishi.
20. Uchinchi bosqichda narx sohasidagi Bitimlarni tuzish mumkinligi aniqlanadi.
21. Raqobatchilar o‘rtasida narx sohasidagi Bitimlar tuzilganini aniqlash uchun Bitim tuzilganini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanishi lozim. Ushbu tasdiqlar shartnoma shartlari, yuk xatlari, preyskurantlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari ishtirok etgan yig‘ilishlar hujjatlarida aniqlanishi mumkin.
22. Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda narx sohasidagi Bitim mavjudligini isbotlash uchun quyidagi hujjatlar so‘rab olinadi:
mahsulot (ish, xizmat)ning narxi darajasi;
mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi yoyilmasi;
korxonaning ishlab chiqarish quvvati ko‘rsatkichlari va undan haqiqatda foydalanish va kapital qo‘yilmalar;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar.
23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qaroriga muvofiq, monopolist korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini oshirish bo‘yicha e’lonlar mavjud bo‘lgan hollarda, raqobatchilar tomonidan narxlarning oshirilishi qonuniyligi tahlil qilinishi kerak.
24. Vertikal turdagi Bitimlar shartlarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:
tovarni konsentratsiyalanish (jamlanish) darajasi va uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchining xulqiga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli (tovar ishlab chiqarish konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchiga ta’sir ko‘rsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);
tovarni taqsimlash konsentratsiyasi (jamlanishi) darajasi va barcha yetkazib beruvchilarni ishlab chiqaruvchilarning xulqiga ko‘rsatadigan ta’siri ehtimoli (tovarni taqsimlashning yuqori darajadagi konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchiga ta’sir ko‘rsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);
tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarni Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilganligi, ularning mahsulotlari narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi (yetkazib beruvchi korxonalar narxlari ustidan nazorat ostida bo‘lmagan korxonalar bilan kelishish, oxirgilarga esa narxni oshirish yordamida ortiqcha foyda olish imkonini beradi);
aksiyalarning nazorat paketlari, qimmatli qog‘ozlar va h.k. ga egalik qilish orqali iste’molchini yetkazib beruvchilar ustidan yoki yetkazib beruvchini iste’molchi ustidan nazoratining mavjudligi.
Tegishli organlar va birjalarning, o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan ma’lumotlari axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.
25. Narx sohasida kelishuvlarni aniqlash uchun bozorlarda yuzaga kelgan narxlarning o‘zgarishi o‘rganiladi va ular boshqa geografik bozorlardagi narxlar bilan taqqoslanadi.
Turli bozorlardagi narxlar darajalari va ular o‘rtasida tovarni tashish xarajatlarini taqqoslash natijalari u yoki bu bozorda narx sohasida Bitim mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Aniq Bitimni ko‘rib chiqishda, raqobatni cheklovchi elementlar mavjudligi aniqlanadi.
26. Agar tahlil o‘tkazish jarayonida, Bitim ishtirokchilarining ma’lum tovar bozoridagi birgalikdagi ulushi o‘ttiz besh foizdan kam bo‘lsa yoki ularning xatti-harakatlari raqobatni cheklamasligi aniqlansa, u holda Bitimni aniqlash maqsadida olib borilayotgan tahlillar to‘xtatiladi.
27. Tuzilgan Bitimda raqobatni cheklovchi dalillar mavjud bo‘lsa, u holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atiladi va monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 158 | 15,645 |
Qonunchilik | “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 164 | 331 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yilda bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida”gi 93-IV-sonli Qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 103 | 461 |
Qonunchilik | Toshkentda Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etiladi | Prezidentning 2019 yil 20 martdagi PQ–4245-son qarorida shu nazarda tutilgan.
Markaz – ta’limning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga (quyidagi jadvalga qarang) muvofiq mutaхassislarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi oliy ta’lim muassasasi.
Ta’limning bakalavriat yoʻnalishlari
Magistratura mutaхassisliklari
Boshqaruvning aхborot tizimlari (fan bakalavri)
Aхborot teхnologiyalar boshqaruvi (san’at magistri)
Interfaol raqamli media (san’at bakalavri)
Kommunikatsiyalar boshqaruvi (san’at magistri)
Mediakommunikatsiyalar (san’at bakalavri)
Biznes boshqaruvi (biznesni boshqarish boʻyicha magistr)
Grafik dizayn (san’at bakalavri)
Biznes va tashkiliy хavfsizlik boshqaruvi (san’at magistri)
Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san’at bakalavri)
Savdo boshqaruvi (san’at magistri)
Informatika (fan bakalavri)
Mediakommunikatsiyalar (san’at magistri)
Tadbirkorlik (san’at bakalavri)
Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san’at magistri)
Iqtisodiyot (san’at bakalavri)
Ta’lim va innovatsiyalar (san’at magistri)
Xalqaro munosabatlar (san’at bakalavri): хalqaro iqtisodiyotga e’tibor qaratiladi
Ta’lim teхnologiyalari (san’at magistri)
Buхgalteriya hisobi (fan bakalavri)
Amaliy pedagogik psiхologiya (san’at magistri)
Yevropa tadqiqotlari (san’at bakalavri)
STEM (san’at magistri)
Global jurnalistika (san’at bakalavri)
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish (san’at magistri)
Jamoatchilik bilan aloqalar (san’at bakalavri)
Menejment va liderlik (san’at magistri)
Kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi (san’at bakalavri)
Ekologiya menejmenti (san’at magistri)
Sogʻliqni saqlash boshqaruvi (san’at magistri)
Sud hisobi (fan magistri)
Vebster universiteti (AQSh) kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbolidan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda yangi yoʻnalishlar va mutaхassisliklarni ochishga haqli. Ular abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish talablari, tartibi va muddatlarini ham belgilaydilar.
Qabul qilish kvotalari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda ta’sischilarning qoʻshma qaroriga binoan tasdiqlanadi.
Ta’lim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim shaklida, toʻlov-kontrakt asosida, ingliz tilida olib boriladi. Ta’lim berish narхi miqdori ta’sischilar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 95 | 2,835 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini va tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqobatbardosh shakar mahsulotlari ishlab chiqarilishini yanada ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2019” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ilovaning 8-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 210 | 828 |
Qonunchilik | Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2009-yil 30-sentabrdagi 95, 85 va 6-son “Budjet tashkilotlarining asosiy vositalari eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2028, 2009-yil 30-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 477-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9–son, 142–modda) muvofiq budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
1. Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining eskirishi mazkur nizomning ilovasiga muvofiq Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlari asosida aniqlanadi.
2. Asosiy vositalarning eskirishi budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 502-modda) 112 — 124-bandlariga muvofiq aks ettiriladi.
3. Eskirish me’yorlari mazkur asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
4. Mavsumiy tusga ega budjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish summasi umumiy tartibda, ya’ni mazkur asosiy vositaning yillik eskirish summasini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
5. Kapital qurilish obyektlarini qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan, tugallanmagan qurilish yoki uning qismlari bo‘yicha eskirish aniqlanmaydi.
6. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
7. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 153 | 2,527 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-oktabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 111 | 548 |
Qonunchilik | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablag‘larini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 164-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablag‘larini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablag‘larini berish tartibini belgilaydi.
1. O‘zlariga biriktirilgan turarjoyga ega bo‘lmagan hamda tuman (shahar) hokimliklarida turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (keyingi o‘rinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan tartibda turarjoy olish huquqiga ega.
2. Har yili tuman (shahar) hokimliklari vasiylik va homiylik organlaridan tushgan taqdimnomalarga asosan 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berish uchun turarjoylar reyestrini tayyorlaydi.
Yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoylar yetmay qolgan taqdirda Uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyalari turarjoyga bo‘lgan ehtiyojni eng yuqori darajada qondirish maqsadida uy-joy maydonlarini qo‘shimcha xatlovdan o‘tkazadi.
3. Maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki bo‘lgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan kvartiralar va boshqa beg‘araz beriladigan turar joylarda yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga taqdim etish uchun bo‘sh turgan turar joy bo‘lmaganda, yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadli transfert, jumladan budjet mablag‘lari ajratish hisobidan (keyingi o‘rinlarda maqsadli transfert deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
4. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun turarjoylarni sotib olishga maqsadli transfertlarni ajratish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan bolaning yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramog‘ida bo‘lishi tugayotgan yilning 1-iyuligacha belgilangan muddatlarda turarjoy ajratilmagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida qabul qilinadi.
5. Maqsadli transfert Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq turarjoy sotib olish uchun ajratiladi.
6. Maqsadli transfertning eng yuqori miqdori turarjoy bilan ta’minlanmagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning soniga va ular yashab turgan tuman (shahar) umumiy turarjoy maydonining 1 kvadrat metrining o‘rtacha bozor narxiga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini ishlab chiqish sifatida hisoblanadi.
7. Sotib olinadigan kvartiralarning o‘rtacha bozor narxini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-iyuldagi 155-son “Respublikaning tuman va shaharlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar tayyorlash bo‘yicha idoralararo mintaqaviy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30 son, 283-modda) muvofiq tashkil etilgan Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar tayyorlash bo‘yicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiyalar tomonidan aniqlangan baholar asosida amalga oshiriladi.
8. Maqsadli transfertlar birinchi navbatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular mavjud bo‘lmaganida yoki yetishmaganida esa quyidagilar hisobidan ajratiladi:
tumanlar va shaharlar budjetlarining moliya yili boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan;
tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishi summasidan;
budjet tashkilotlarining tarmoq ko‘rsatkichlari va shtat birliklarini maqbullashtirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish natijasida budjet xarajatlari bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘lar (alohida tadbirlar uchun rejalashtirilgan maqsadli budjet mablag‘lari bundan mustasno).
9. Yuqorida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha mablag‘lar bo‘lmagan (etishmagan) hollarda tuman (shahar) hokimliklari maqsadli transfertlarni ajratish to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan aynan bir xil turdagi manbalar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida so‘rovnoma bilan murojaat etadi.
10. Mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan mablag‘lar bo‘lmagan (etishmagan) hollarda tuman (shahar) hokimliklaridan olingan so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet mablag‘lari ajratishni so‘rab murojaat qiladi:
maqsadli transfert ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarori nusxasi;
Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar tayyorlash bo‘yicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiya xulosasi nusxasi;
mazkur Nizomning 8-9-bandlarida ko‘rsatilgan mablag‘larning yo‘qligini (etishmasligini) tasdiqlovchi tegishli hisob-kitoblar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan tegishli quyi budjetga yuzaga keladigan budjetlararo munosabatlarni belgilangan tartibda hal etish orqali budjet mablag‘larini o‘tkazadi.
12. Maqsadli transfertlar tuman (shahar) hokimliklari yoki ular vakolat bergan tashkilotlarning tegishli moliya organlarida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
13. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga maqsadli transfert hisobiga turarjoy sotib olish belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimligi yoki u vakolat bergan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
14. Maqsadli transfert hisobiga sotib olingan turarjoylar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiritiladi hamda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda beriladi.
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turarjoy sotib olish ajratilgan transfertlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Ajratilayotgan maqsadli transfertlardan foydalanishning hisobini yuritish va hisobotini tuzish tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. | 202 | 8,425 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “O‘zqurilishmateriallari”ni “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga o‘zgartirish to‘g‘risida” 1997-yil 29-maydagi PF-1787-sonli Farmoni.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Zokirov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarorining 3-ilovasida “E.M. Akramov — “O‘zqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” so‘zlari “B.K. Zaripov — “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-sonli qarorining 2-ilovasida “E.M. Akramov — “O‘zqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi” so‘zlari “B.K. Zaripov — “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-sonli qarori 1-ilovasining nomidan “balans qiymati bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 153 | 2,014 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA VA KONChILIKDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT QO‘MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” va “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek radioaktiv materiallarni qazib olish, yadroviy-xavfli obyektlardan foydalanishda ishlarni bexatar olib borish ustidan nazorat o‘rnatish va MAGATE bilan hamkorlik qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish fondini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“Sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida “Sanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi organlari xodimlari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy shaxsiy sug‘urta qilinadilar;
davlat sug‘urta organlari sug‘urta qilingan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda uning oila a’zolari bo‘lgan merosxo‘rlarga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan paytda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari miqdorida sug‘urta puli (to‘liq sug‘urta puli) to‘laydilar;
sug‘urta qilinganga xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida olingan jarohat bilan bog‘liq nogironlikni belgilashda:
1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — to‘liq sug‘urta pulining 75 foizi;
2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — to‘liq sug‘urta pulining 50 foizi;
3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — to‘liq sug‘urta pulining 30 foizi;
nogironlikka olib kelmagan og‘ir jarohat olinganda — to‘liq sug‘urta pulining 20 foizi, yengil jarohat olinganda — 10 foizi to‘lanadi.
5. “Sanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish uchun transportning barcha turlariga (xizmat safari guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi mavjud bo‘lganda) birinchi navbatda yo‘l chiptasi sotib olish huquqi berilsin.
6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini va kon ishlarini nazorat qilish va davlat komiteti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil 14-iyuldagi 494-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y., 7-son, 25-modda).
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 14-iyundagi 308-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y., 6-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarning 2-bandi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin. | 158 | 2,557 |
Qonunchilik | Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekistonga olib kiriladigan maishiy teхnika va boshqa tovarlarning miqdoriy normalari cheklandi | Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi «Jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 463-son qarori qabul qilindi. DBQ saytida shu haqda хabar berildi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Eslatib oʻtamiz, ilgari Prezidentning 6.02.2018 yildagi «Jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3512-son qarori bilan koʻpgina tovarlar uchun ularning umumiy qiymatiga qarab bojsiz olib kirish normalari belgilangan edi:
Bojхona chegarasini kesib oʻtish tartibi
Summa
(AQSh dollari)
Xalqaro aeroportlar orqali
2 000
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali
1 000
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Avtoyoʻl (yoʻlovchi) oʻtkazish punktlari orqali
300
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida kelib tushadigan tovarlar
1 000
(bir kalendar oy davomida)
Ya’ni fuqaro qancha summalik bagajga egaligi muhim edi. Faqat ayrim tovarlar uchun oʻsha normalar doirasida qiymati boʻyicha miqdoriy cheklovlar belgilangan edi:
Tovar nomi
1 kishi uchun olib kirish normasi
(umumiy miqdori)
Alkogol mahsulotlari, sh.j. pivo
2 litrgacha
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Barcha turdagi tamaki mahsulotlari
10 qutigacha
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Atir va atirsimon suyuqliklar
3 donagacha
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari
65 grammgacha
(har gal chegarani kesib oʻtishda)
Endi ushbu miqdoriy normalarga maishiy teхnika, idish-tovoqlar va boshqa barcha tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar qoʻshildi. Cheklovlar faqat Oʻzbekiston Davlat chegarasidagi avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlarida amal qiladi (хalqaro aeroportlarda va tovarlarni pochta orqali olishda qoʻllanmaydi):
T/r
Tovar nomi
Soni
Davriylik
1.
Sovutkich
1 dona
1 kalendar oy
2.
Muzlatgich
1 dona
1 kalendar oy
3.
Konditsioner
1 dona
1 kalendar oy
4.
Kir yuvish mashinasi
1 dona
1 kalendar oy
5.
Changyutgich
1 dona
1 kalendar oy
6.
Gaz plitasi
1 dona
1 kalendar oy
7.
Elektr plita
1 dona
1 kalendar oy
8.
Televizor
1 dona
1 kalendar oy
9.
Mikrotoʻlqinli pech
1 dona
1 kalendar oy
10.
Duхovkali pech
1 dona
1 kalendar oy
11.
Elektr goʻsht qiymalagich
1 dona
1 kalendar oy
12.
Dazmol
1 dona
1 kalendar oy
13.
Fen
1 dona
1 kalendar oy
14.
Oshхona kombayni
1 dona
1 kalendar oy
15.
Telefon apparati, sh.j. qoʻl telefoni
1 dona
1 kalendar oy
16.
Kompyuter teхnikasi
1 dona
1 kalendar oy
17.
Printer va koʻp funksiyali ofis qurilmasi
1 dona
1 kalendar oy
18.
Planshet kompyuter
1 dona
1 kalendar oy
19.
Noutbuk
1 dona
1 kalendar oy
20.
Oshхona idishi
1 toʻplam
1 kalendar oy
21.
Boshqa tovarlar*
har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy ogʻirlik 10 kg dan oshmasligi kerak
1 kun
*) Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ–3512-son qaroriga 1-ilovada belgilangan tovarlar ushbu toifaga kirmaydi. Ya’ni spirtli mahsulotlar, sigareta, parfyumeriya, zargarlik buyumlarini olib kirishning oʻz miqdoriy normalari amal qiladi. Yuqoriga qarang.
Bunday tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaхs tomonidan Oʻzbekiston Davlat chegarasidagi avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali olib kiriladigan, Prezidentning 6.02.2018 yildagi «Jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3512-son qarori bilan belgilangan bojхona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarning cheklangan normalariga kiritiladi. Ya’ni qiymati boʻyicha oʻsha normalarga.
Bu – muhim! Tovarlarni bojsiz olib kirishning miqdoriy normalari faqat jismoniy shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtkazish punktidan belgilangan davrda birinchi marta oʻtishida qoʻllaniladi. Oʻsha oydayoq (roʻyхatning 21-bandi uchun – oʻsha kuniyoq) chegarani ikkinchi, uchinchi va h.k. kesib oʻtganda, hatto birinchi gal fuqaro hech nima olib kirmagan boʻlsa ham, bojхona toʻlovlarini toʻlashga toʻgʻri keladi. Bojхona organiga taqdim etiladigan jismoniy shaхsning pasportiga chegara хizmatlari organlari qoʻygan belgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtkazish punktini kesib oʻtganlik dalilini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
Masalan, chegarani eng ommabop usulda – avtoyoʻl (yoʻlovchi) oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtganda sovutkich qiymati avvalgidek 300 AQSh dollaridan oshmasligi kerak. Biroq shu oyning oʻzida bojхona toʻlovlarini toʻlamay qiymati 150 AQSh dollariga teng 2 ta sovutkichni olib kirib boʻlmaydi. Lekin chegarani birinchi bor kesib oʻtishda bir vaqtning oʻzida sovutkich (150 dollarlik), konditsioner (100 dollarlik) va dazmol (50 dollarlik) olib oʻtish mumkin.
Samir Latipov. | 126 | 5,012 |
Qonunchilik | Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar o‘zlarining tizimlaridagi tashkilotlar tomonidan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining talablari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, vazirliklar va idoralar bilan birga o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) elektr qurilmalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash, shuningdek, ularni ishga yaroqli holatda saqlab turish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, sozlash va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) uchun mo‘ljallangan.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — HT) — simlari yer ustida tayanchlar, izolyatorlar yordamida ushlab turiladigan elektr uzatish tarmog‘i;
binoga biriktirilgan podstansiya — binoning bir qismini egallagan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) ikkilamchi zanjirlari — elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv, avtomatika, signalizatsiya, himoya va o‘lchov qurilmalarini birlashtiruvchi kabellar va simlar majmui;
dublyorlik qilish (dublyorlik) — dublyorni tayyorlashga javobgar shaxs kuzatuvi ostida ish joyida elektr qurilmani boshqarish va boshqa funksiyalarni bajarish;
yo‘riq berish — xodimlarga xavfsiz mehnatni tashkil etishga va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan asosiy talablar mazmunini yetkazish, yo‘riq olayotganlar ish joylarida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tahlil qilish, xavfsiz ishlab chiqarish bilimlarini va tajribalarini chuqurlashtirish, Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — YoXQ) bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish;
elektr uzatish kabel tarmog‘i (keyingi o‘rinlarda — KT) — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita erga, kabel kanallariga, quvurlarga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish tarmog‘i;
kapital ta’mirlash — qurilma, uskuna yoki buyumning yaroqliligi va resursini to‘liq yoki to‘liqqa yaqin tiklash uchun uning ixtiyoriy, shu jumladan asosiy qismlarini almashtirib yoki tiklab ta’mirlash;
komplekt taqsimlovchi qurilma — ichida o‘rnatilgan uskunalar, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va signalizatsiya qurilmalari bor shkaflardan yoki bloklardan tashkil topgan, yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan elektr taqsimlovchi qurilma;
komplekt transformator podstansiyasi — yig‘ilgan yoki yig‘ish uchun tayyor holda yetkazib beriladigan, ichiga transformator va taqsimlovchi qurilmaning boshqa uskunalari o‘rnatilgan blok, shkaflardan tashkil topgan podstansiya;
elektr uzatish tarmog‘i — elektr stansiyasi yoki podstansiyasining tashqarisiga chiquvchi va elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘i;
neytral — elektr uskunalari cho‘lg‘amlarining (elementlarining) “yulduz” sxemasi bo‘yicha ulangan umumiy nuqtasi;
rejali ta’mirlash — tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladigan ta’mirlash;
elektr energiyasi iste’molchisi — energetika qurilmalari, uskunalari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmog‘iga bevosita ulangan, u bilan elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga hamda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ega va ushbu shartnoma asosida elektr energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari belgilangan korxona, tashkilot, idora (keyingi o‘rinlarda — korxona);
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — undan foydalanish uchun elektr energiyasini energiyaning boshqa turiga o‘zgartiradigan elektr qurilma;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) prinsipial elektr sxemasi — elektr stansiyasining (podstansiyasining) elektr qismining ishlash prinsipi haqida dastlabki ma’lumot va tasavvur beruvchi, uskunaning tarkibi va uning bog‘lanishlarini aks ettiruvchi sxema;
ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishlash resurslarini yoki ularning tarkibiy qismlari sozligini hamda ishga yaroqliligini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
joriy ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishga yaroqliligini ta’minlash yoki tiklash uchun bajariladigan va ularning alohida qismlarini almashtirish yoki tiklashdan tashkil topgan ta’mir;
texnik xizmat ko‘rsatish — qurilmalardan, uskunalardan, jihozlardan, o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanishda, ularni saqlash va transportirovka qilishda ishga yaroqliligini hamda sozligini saqlab turish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
tok o‘tkazgich — elektr stansiyasi, podstansiyasi yoki sex doirasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, izolyatorlar va ushlab turuvchi konstuksiyalarga ega bo‘lgan shinalar yoki simlar shaklida bajarilgan qurilma;
transformator podstansiyasi — transformator yordamida bir kuchlanishdagi elektr energiyasini boshqa kuchlanishdagi elektr energiyasiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv paneli — elektr stansiyasini (podstansiyasini) boshqarish, nazorat va himoya qurilmalaridan iborat pultlar va panellarning bir xonada joylashgan to‘plami;
elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va uning parametrlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan o‘zgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma;
elektr tarmog‘i — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui;
neytrali erga ulangan elektr tarmog‘i — neytrallarning barchasi yoki bir qismi bevosita yoki nol ketma — ketligining qarshiligiga nisbatan kichik qarshilikli qurilma orqali erga ulash qurilmasi bilan ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
neytrali izolatsiyalangan elektr tarmog‘i — neytrali erga ulanmagan yoki katta qarshilikli o‘lchov, himoya, signalizatsiya qurilmalari orqali ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
elektr taqsimlovchi punkt — podstansiyaning tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi qurilma;
elektr taqsimlovchi qurilma — bir kuchlanishda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan hamda kommutatsiya apparatlari mavjud bo‘lgan elektr qurilmasi;
elektr uskunasi — mo‘ljallanishiga ko‘ra umumiy belgilari bilan birlashgan (masalan, vazifasi bo‘yicha — texnologik; qo‘llash sharoitlari bo‘yicha — tropiklarda qo‘llaniladigan, obyektga tegishliligi bo‘yicha — sexga, stanokka tegishli) elektr qurilmalar majmui;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr energiyasini hosil qiluvchi uskunalar va yordamchi uskunalardan tashkil topgan, qurilish qismi mavjud yoki usiz (ko‘chma elektr stansiyasida) energetik qurilma;
elektr qurilma — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmui;
ekspluatatsiya qilish — buyumning ishlatiladigan, sifati saqlanib turadigan yoki tiklanadigan hayotiy sikli bosqichi;
stajerlik — ish joyida amaliy mashg‘ulot o‘tish.
3. “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — TEQQ) idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha istemolchilar uchun majburiydir.
4. Iste’molchilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari amaldagi Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — EQTQ) muvofiq bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
Sertifikatlanmagan elektr uskunalaridan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish man etiladi.
5. Ushbu Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan, kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi. Qoidalarda “kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalari” yoki “kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari” deyilganda kuchlanishi tegishlicha 220 kV va 1000 V bo‘lgan elektr qurilmalarini ham tushunish lozim.
Ishlab turgan elektr qurilmalari — bu to‘liq yoki qisman kuchlanish ostida bo‘lgan yoki istalgan vaqtda kommutatsion apparatura ulanishi bilan yoki elektromagnit induksiya hisobiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar yoki ularning uchastkalari tushuniladi.
6. Elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha elektr qurilmalari kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga va kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga bo‘linadi.
7. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish shartlariga yoki maxsus elektr qurilmalariga ega bo‘lgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, sohada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Soha qoidalari, ushbu Qoidalar va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — XTQ) talablariga qarshi bo‘lmasligi va ularni zaiflashtirmasligi shart.
8. Iste’molchilarning kuchlanishi 220 kV dan yuqori bo‘lgan elektr stansiyalari, blok stansiyalari elektr qurilmalariga va boshqa elektr qurilmalariga O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini TEQQ) muvofiq ekspluatatsiya qilinadi.
9. Qoidalarning maqsadi iste’molchilar elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash hamda ularni ishga yaroqli holatda saqlab turishdan iborat.
10. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab ulashlarni o‘tkazish, ta’mirlash, montaj yoki sozlash ishlarini va sinashlarni tashkil etish va bajarish maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, elektrotexnik xodimlari energetika xizmati tarkibida bo‘lishlari shart.
Korxonada energetika xizmati bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishni shartnoma bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki boshqa korxonaning (shu jumladan, tadbirkorlar subyektlarining) elektrotexnik xodimlari amalga oshirishi mumkin.
11. Elektrotexnik xodim o‘z korxonasining texnologik xususiyatlarini aniq tasavvur qilishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilishi va barcha choralar bilan ularni mustahkamlashi kerak hamda mazkur Qoidalar, XTQ, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini bilishi va ularga rioya etishi shart.
12. Mazkur Qoidalar, XTQ va YoXQ ni buzishda aybdor shaxslar o‘z harakatlari yoki harakatsizligining xususiyatiga va ulardan kelib chiqadigan oqibatlarga qarab, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
13. Ushbu Qoidalarning bajarilishini ta’minlash uchun har bir korxonada korxona rahbari yoki egasining buyrug‘i bilan energetika xizmatining MTX orasidan korxona elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari umumiy holatiga javob beruvchi shaxs (keyingi o‘rinlarda — elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs) tayinlanishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tayinlanishi haqidagi buyruq, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha u bilimlar sinovidan o‘tganidan va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishlicha: 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — V guruh, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — IV guruh berilganidan so‘ng chiqariladi.
Korxonada bosh energetik lavozimi bo‘lsa, unga ushbu korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning majburiyatlari yuklanadi. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning majburiyatlarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
Korxonalarda ular tomonidan o‘z faoliyatida kuchlanishi 400 V va 400 V gacha bo‘lgan, aholiga sotish uchun chakana savdo tarmog‘iga chiqariladigan hamda tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanilganda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsni tayinlash yoki ishga yollash imkoniyati bo‘lmaganda, elektr xo‘jaligiga javobgarlik korxona rahbariga yoki egasiga yuklatilishi mumkin.
Bu holda korxona rahbari yoki egasi bilimlar sinovidan o‘tmaydi va unga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh berilmaydi. Bunda rahbar yoki egasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zenergoinspeksiya) hududiy bo‘linmalarida elektr xavfsizligi va elektr uskunalarga xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqdan o‘tishi kerak. Ushbu holat “O‘zenergoinspeksiya”ning 400 V gacha kuchlanishli elektr uskunalari mavjud bo‘lgan individual iste’molchilarni ro‘yxatga olish jurnalida va egasining ariza-majburiyatida rasmiylashtirilishi shart.
400 V gacha kuchlanishli yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda va qurilmalarda (avtoyoqilg‘i va gazyoqilg‘i quyish stansiyalari va boshqalar) elektr uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lishi hamda bilimlar sinovini ro‘yxatga olish jurnalida rasmiylashtirilishi shart.
Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs uzoq muddat (dam olishda, kasal bo‘lsa, xizmat safarida) bo‘lmasa, uning majburiyatlarini bajarish korxona bo‘yicha buyruq bilan uning o‘rinbosariga (agar bu shtat jadvalida ko‘zda tutilgan bo‘lsa) yoki mazkur Qoidalarning 34-bandi “a” kichik bandiga muvofiq malaka komissiyasida bilim sinovidan o‘tgan energetika xizmatining MTX orasidan boshqa shaxsga yuklanadi.
Ushbu Qoidalarning talablariga mos elektrotexnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man etiladi.
Korxonada ushbu Qoidalarning talablariga mos elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs va elektrotexnik xodimlarning mavjudligi uchun korxonaning rahbari (egasi) javobgar bo‘ladi. Korxona rahbari, shuningdek, mazkur Qoidalar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — EEFQ), iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarning moddiy ta’minlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
14. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr energiyasini tejash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini hamda elektr qurilmalarning xavfsiz ishlashini;
elektr va elektrotexnologik uskunalar va tarmoqlarni, himoya vositalari va yong‘inga qarshi anjomlarning ishga yaroqli holatda saqlanishini, ularning ushbu Qoidalar, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ, EEFQ va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos ravishda ekspluatatsiya qilinishini;
energetika uskunalarida profilaktik va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi tashkil etilishini;
elektrotexnik xodimlar o‘qitilishini, XTQ va TEQQ, lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tishlarini;
foydalanilayotgan energiyaning hisobga olinishi yuritilishini;
atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi texnologiyalar va ish usullari ishlatilishining oldi olinishini;
reaktiv quvvat kompensatsiyasi, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun energiya sarfi me’yorini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;
elektr uskunalari ishlashida buzilishlar, baxtsiz hodisalar hisobga olinishini va tahlil qilinishini hamda ularning yuzaga kelishi sabablarini bartaraf etish choralari qabul qilinishini;
iste’mol shartnomasiga muvofiq rejimga rioya etilishini, energetika tizimi yuklamasi maksimal soatlarida dispetcherlik xizmati talablari bo‘yicha iste’mol quvvatining kamaytirilishini;
elektrotexnik xodimlar uchun lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini.
15. Elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning taklifiga ko‘ra, korxona rahbari tarkibiy bo‘linmalarining elektr xo‘jaliklariga javobgar shaxslarni tayinlashi mumkin.
Agar bunday shaxslar tayinlanmagan bo‘lsa, tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlikni, ularning hududiy joylashuvidan qat’i nazar, bosh korxona elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs olib boradi.
Tarkibiy bo‘linmalar elektr xo‘jaligi uchun javobgarlar va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va majburiyatlarning taqsimlanishi ularning lavozim yo‘riqnomalarida aks ettirilishi shart.
16. Agar korxona rahbari elektr ta’minoti shartnomasini bevosita energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan tuzmagan bo‘lsa, ijaraga berilgan elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish uchun javobgarlikning taqsimlanishi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi ijara shartnomasida aks ettirilishi shart.
17. Korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs:
ishlab chiqaruvchi zavodlarga — butlanmagan, sifatsiz yoki buyurtma xususiyatiga, davlat standartlariga va texnik shartlarga mos bo‘lmagan uskunalar keltirilganda;
montaj qiluvchi tashkilotlarga — elektr montaj ishlari texnologiyasi buzilganda, sifatsiz montaj qilinganda, loyiha hujjatlaridan chetga chiqilganda va montaj jarayonida uskunalar shikastlanganda;
elektr ta’minoti tashkilotiga — elektr energiyasining sifatsiz parametrlarida va korxona elektr ta’minoti buzilishlarida o‘z vaqtida da’vo (reklamatsiya) berishi shart.
18. Ushbu Qoidalarning buzilishlarini payqagan, shuningdek, elektr qurilmalari yoki himoya vositalarining ishga yaroqsizligini sezgan har bir xodim, zudlik bilan bevosita o‘zining rahbariga, u bo‘lmaganda esa — yuqori turuvchi rahbarga bu haqda xabar berishi shart.
Elektr qurilmadagi nosozlik atrofdagi kishilarga yoki qurilmaning o‘ziga aniq xavf tug‘dirgan hollarda, uni payqagan xodimning o‘zi bartaraf qila olsa, buni zudlik bilan amalga oshirishi, shundan keyin bevosita boshliqni xabardor qilishi kerak. Nosozlikni bartaraf qilish xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
19. Elektr qurilmasining ishidagi har bir buzilish ishlab chiqaruvchi zavodning yo‘riqnomalariga ko‘ra tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Tekshirish materiallari asosida elektr qurilmalarining ishida shunga o‘xshash buzilishlarning oldini olish bo‘yicha avariyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak.
Elektr qurilmalari ishidagi buzilishlar uchun quyidagilar shaxsan javobgardir:
bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar − ularning aybi bilan yuz bergan buzilishlar uchun, shuningdek, ular tomonidan xizmat ko‘rsatish uchastkasida elektr qurilmaning ishidagi buzilishlar noto‘g‘ri bartaraf etilganligi uchun;
uskunani ta’mirlayotgan ta’mirlovchi va tezkor ta’mirlovchi xodimlar — ta’mirlash sifati pastligi tufayli kelib chiqqan ishdagi buzilishlar uchun;
korxonaning, tarkibiy bo‘linmalarning bosh muhandislari va energetiklari, elektr sexi boshliqlari va energetika xizmatining boshqa MTX — ularning aybi bilan elektr qurilmalarni ishlashida yuz bergan buzilishlar uchun, texnologik xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari, elektrotexnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilishdagi buzilishlar uchun, shuningdek, o‘z vaqtida va qoniqarli texnik xizmat ko‘rsatish hamda avariyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishi ta’minlamagani uchun.
20. Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, XTQ buzilishining boshqa holatlari o‘rnatilgan tartibda sinchiklab tekshirilishi, ularning paydo bo‘lish sabablari, javobgar shaxslar aniqlanishi va bunday holatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rilishi shart.
21. Elektr tokidan shikastlanishdan yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun bevosita qoidalarni buzgan xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar va baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi holatini istisno etuvchi tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini ta’minlamagan ma’muriy-texnik xodimlar mas’uldir.
22. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi uchun davlat energetika nazorati “O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Korxonalarda mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishini tekshirish va nazoratni, “O‘zenergoinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari, korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘limlari va yuqori turuvchi tashkilotlar amalga oshiradilar.
23. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish maxsus tayyorlangan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshirilishii kerak.
Korxonaning elektrotexnik xodimlari quyidagilarga bo‘linadi:
elektr uskunalarida tezkor almashlab ulashlarni, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini tashkil qiluvchi va bu ishlarda bevosita ishtirok etuvchi, tezkor, ta’mirlash yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar huquqlariga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlarga;
tezkor boshqarishni va tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish ruxsat etilgan xodimlar toifasiga va ushbu ishlovchilarni bevosita boshqarish uchun tayinlangan shaxslarga taalluqli tezkor xodimlarga (agar bo‘linishi talab etilmasa, keyinchalik tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlar tezkor xodimlar deb ataladi);
elektr uskunalarini ta’mirlash, rekonstruksiya va montaj qilish bo‘yicha barcha ishlarni bajaruvchi ta’mirlovchi xodimlarga. Ushbu toifaga, shuningdek, majburiyatiga sinashlarni, o‘lchashlarni amalga oshirish, elektr apparatlarni sozlash va rostlash hamda boshqa ishlar kiradigan ixtisoslashtirilgan xizmat (masalan, sinash laboratoriyalari, avtomatika va nazorat-o‘lchash asboblari xizmati va boshqalar) xodimlari ham kiradi;
tasdiqlangan hajmda o‘ziga biriktirilgan elektr qurilmalarida tezkor ishlarni bajarish uchun maxsus o‘qitilgan va tayyorlangan, ta’mirlovchi xodimlar toifasidan bo‘lgan tezkor-ta’mirlovchi xodimlarga.
Korxonaning energetika xizmati tarkibiga kirmagan, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarining elektr texnologik qurilmalari ekspluatatsiya qilinishini amalga oshiradigan va elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektr texnologik xodimlar o‘zlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha elektrotexnik xodimlarga tenglashtiriladi hamda texnik jixatdan korxonaning energetika xizmatiga bo‘ysunadilar.
24. Elektr xavfsizligi bo‘yicha II — V guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga elektr qurilmalarida mustaqil ishlashga ruxsat etilmaydi;
elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxslar ishlab chiqarishga halaqit beradigan (doimiy shakldagi) kasallikka va mayiblikka ega bo‘lmasligi shart;
elektrotexnik xodimlar tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlikdan keyin bilimlar tekshiruvidan o‘tishlari hamda elektr qurilmalarida ishlash uchun ruxsat beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
25. Universitet, institut, kollej, litseyning 18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarini amalda ishlab turgan elektr qurilmalarida bo‘lishlariga 1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhdan kam bo‘lmagan va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda — IV guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimning doimiy nazorati ostida ruxsat etiladi.
18 yoshga to‘lmagan ish o‘rganuvchilarni mustaqil ishlashga qo‘yish va ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha III va undan yuqori guruhni berish man etiladi.
26. Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlarning sog‘lomlik holati ishga qabul qilinayotganda tibbiy tekshiruv bilan aniqlanadi va keyinchalik sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilagan muddatlarda davriy tekshirilib turiladi.
27. Elektrotexnik xodimlar mustaqil ishga tayinlangunga qadar yoki elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda, shuningdek, ushbu lavozimda 1 yildan ortiq mehnat faoliyatini olib bormaganda, ish joyida ishlab chiqarishni o‘rganishi shart.
Ishlab chiqarishni o‘rganish uchun xizmatchiga uskunalar, apparatura, tezkor sxemalar bilan tanishish bilan bir vaqtda, ushbu lavozim uchun zarur hajmda:
mazkur Qoidalarni, iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ, EQTQ, EEFQ;
lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni;
ushbu korxonada amal qiluvchi boshqa qoidalar, me’yoriy va ekspluatatsiya hujjatlarini o‘rganishga yetarli bo‘lgan muddat berilishi kerak.
28. Ishlab chiqarishni o‘rganish dasturini qoidalar va yo‘riqnomalarning zarur bo‘limlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish bo‘linmasining javobgar shaxsi tuzadi va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki bosh muhandis tasdiqlaydi.
O‘rganayotgan xodim o‘rganishi mobaynida korxona (MTX uchun) yoki bo‘linma (ishchilar uchun) farmoyishi bilan elektrotexnik xodimlar orasidan tajribali xizmatchiga biriktiriladi.
29. O‘rganayotgan xodim tezkor almashlab ulashlarni, ko‘rib chiqish yoki elektr uskunasidagi boshqa ishlarni faqatgina o‘rgatayotgan xodimning ruxsati asosida uning nazorati ostida amalga oshirishi mumkin.
O‘rganayotgan xodimning harakatlari to‘g‘riligiga va ushbu Qoidalarga, shuningdek, xavfsizlik texnikasi Qoidalariga rioya qilinishiga o‘rganayotgan xodimning o‘zi va o‘rgatayotgan xodim javobgar bo‘ladi.
30. Ishlab chiqarishni o‘rganish tugaganidan so‘ng o‘rganayotgan xodim 28-bandda ko‘zda tutilgan hajmda malaka komissiyasida bilimlar tekshiruvidan o‘tishi shart. Unga XTQga ko‘ra tegishli elektr xavfsizlik guruhi (II — V) berilishi kerak.
Boshqa korxonaga ishga o‘tganda, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashda yoki bir korxona doirasida boshqa ishga (lavozimga) o‘tganda yoki ishda 1 yildan ortiq tanaffus bo‘lganda, bilimlar tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tgan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan shaxsga komissiya qarori bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha boshqa ishga (lavozimga) o‘tgunga qadar o‘rindoshlik yoki ishdagi tanaffusgacha bo‘lgan elektr xavfsizlik guruhi tasdiqlanishi mumkin.
31. Tezkor va tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan har bir xizmatchi, shuningdek, yuqori kuchlanishli sinovlarni o‘tkazuvchi sinov laboratoriyalari xodimlari bilimlar tekshiruvidan o‘tganidan keyin kamida ikki hafta mobaynida tajribali xizmatchi rahbarligida ish joyida dublyorlikdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng u mustaqil tezkor ishlarni bajarishga, yuqori kuchlanish ostida sinashlarni o‘tkazishga qo‘yilishi mumkin.
Stajirovkaga va mustaqil ishlashga ijozat, MTX uchun korxona bo‘yicha ishchilar uchun esa sex bo‘yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.
Ta’mirlovchi xodimlar uchun dublyorlik qilish talab qilinmaydi.
32. Davriy bilimlar sinovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi shart:
ishlab turgan elektr qurilmalariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yoki ularni sozlash, elektr montaj qilish, ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi yoki profilaktik sinovlarni o‘tkazuvchi elektrotexnik xodimlar uchun, shuningdek, ushbu ishlarni tashkil qiluvchi va farmoyishlarni rasmiylashtiruvchi xodimlar uchun 1 yilda 1-marta;
avvalgi guruhga kirmaydigan elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan MTXlar, shuningdek, elektr qurilmalarini nazorat qilishga ruxsat berilgan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar uchun 3 yilda 1-marta.
Tekshiruv natijasiga asosan xodimlarning davriy bilimlar sinovi muddati malaka komissiyasi tomonidan qisqartirilishi mumkin.
Agar guvohnomaning amal qilish muddati ta’tilga yoki kasallik vaqtiga to‘g‘ri kelsa, bu holda guvohnomaning amal qilish muddatini ishga tushgan kundan boshlab 1 oyga uzaytirishga ruxsat beriladi. Guvohnomani amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror maxsus rasmiylashtirilmaydi.
Qonirqarsiz baho olgan xodim guvohnomasining amal qilish muddati, agar bilimlar sinovini qayd etish jurnalida xodimni elektr uskunalarida ishlashdan vaqtincha chetlatilganligi haqida komissiyaning maxsus qarori chiqarilmagan bo‘lsa, komissiya tomonidan belgilangan ikkinchi yoki uchinchi sinovga qadar bo‘lgan muddatgacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.
33. Mazkur Qoidalarni, XTQni yoki ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini buzgan shaxslar navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvidan o‘tishga jalb etilishlari kerak.
Shuningdek, navbatdan tashqari bilimlar tekshiruvi quyidagi hollarda ham o‘tkaziladi:
bilimlari qoniqarsiz bo‘lganda, malaka komissiyasi belgilagan muddatlarda, lekin oxirgi tekshuruv kunidan 2 haftadan oldin va 1 oydan kech bo‘lmagan muddatda;
yangi texnologiyalar, elektr qurilmalari va uskunalari joriy etilganda;
ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bo‘lganda.
boshqa ishga o‘tkazilganda;
mazkur Qoidalarning va XTQning yangi tahriri amalga kiritilganda;
“O‘zenergoinspeksiya” inspektorining yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Bilimlar sinovida uchinchi marta qoniqarsiz baho olgan xodim boshqa, elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga o‘tkazilishi shart.
34. Ushbu Qoidalar va XTQ bo‘yicha bilimlar sinovi tarkibi kamida 3 kishidan iborat bo‘lgan malaka komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi shart:
a) korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs, uning o‘rinbosari va lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra elektr xo‘jaligini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisi uchun bosh muhandis yoki korxona rahbari (komissiya raisi), “O‘zenergoinspeksiya” inspektori va joylardagi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili tarkibidagi komissiya tomonidan;
b) korxonaning ishlab chiqarish sexlari va bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, elektr ho‘jaligining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari uchun korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning o‘rinbosari (rais), mazkur Qoidalarning ushbu bandi “a” kichik bandiga muvofiq komissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis (xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘limi vakili), energetika xizmati vakili tarkibidan iborat komissiya tomonidan;
v) qolgan muhandis-texnik xodimlar uchun mazkur Qoidalarning ushbu bandi “b” kichik bandiga muvofiq kimissiyada bilim tekshiruvidan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga (yoki 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun IV guruhga) ega komissiya tekshiruvidan o‘tgan shaxs — rais va energetika xizmati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi yoki kasaba uyushmasi vakilidan iborat komissiya tomonidan;
g) qolgan elektrotexnik xodimlar uchun tarkibi korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilangan va tasdiqlangan bir necha komissiyalar tuzilishi mumkin;
d) korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning bilimlari sinovini “O‘zenergoinspeksiya” inspektori ishtirokida ta’sischi korxona malaka komissiyasida o‘tkazishga ruxsat etiladi;
e) O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) nazoratidagi elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan yoki ularni ekspluatatsiyasini boshqarayotgan rahbarlar va muhandis-texnik xodimlarning bilimlari sinovi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili ishtirokida o‘tkazilishi shart. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari komissiyada ishtirok etishi uchun komissiya faoliyati haqida kamida 5 kun oldin xabardor qilinishi kerak. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili kelmagan holda, komissiya uning ishtirokisiz faoliyat ko‘rsatadi.
Birlamchi bilim sinovidan tashqari barcha turdagi sinovlarda kompyuter texnikasidan foydalanishga ruxsat beriladi; bunda bilimlar sinovi jurnalidagi yozuvlar bekor qilinmaydi.
Yuqorida keltirilganlarda:
navbatdagi tekshiruv vaqti bilimlar oxirgi tekshirilgan sanaga mos ravishda belgilanadi;
“O‘zenergoinspeksiya” va mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati vakillari “b”, “v” va “g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan xodimlar bilimi tekshiruvi komissiyalarida o‘z xohishlariga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin;
“b” va “v” kichik bandlardagi komisciya tarkibini korxonaning bosh muhandisi tasdiqlaydi.
35. Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi sinalayotgan xodim ishlayotgan korxona komissiyasida o‘tkazilishi shart. 34-bandning “d” kichik bandida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Biror-bir boshqa komissiyada bilimlar sinovini o‘tkazilishi man etiladi.
36. Har bir xodimning bilimlari sinovi alohida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovi natijalari o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi hamda komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimga elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruh (II — V) berilgan holda bilimlar tekshiruvi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalariga ma’muriy texnik xodim sifatida tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi huquqlari bilan xizmat ko‘rsatish, tezkor, ta’mirlovchi yoki tezkor-ta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega elektr-texnolog xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar tekshirilayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi bilimlar tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa, bu haqda bilimlar sinovi jurnalida va guvohnoma grafasida belgilab qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga javobgar shaxsning bilimlarni sinovdan o‘tkazgan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga mazkur korxona elektr qurilmalari ustidan nazorat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Mazkur Qoidalar, XTQ va mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlar tekshiruvidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandisga, elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatmalar berishga ruxsat etilmaydi.
37. Ishga yangi qabul qilingan, qoidalar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan yoki muddati o‘tgan bilimlar sinovi guvohnomasiga ega elektrotexnik xodimlar (32-bandda ko‘rsatilgan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish hollaridan tashqari) elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslarga tenglashtiriladi.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh, shuningdek, elektr tokidan shikastlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga ham beriladi.
38. Elektrotexnik bo‘lmagan xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh har yili korxona, sex, uchastka elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs yoki uning yozma ko‘rsatmasiga binoan III dan past bo‘lmagan elektr xavfsizligi guruhiga ega shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari tekshirilgandan keyin beriladi. Elektr havfsizligi bo‘yicha I guruh berilishi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshirilayotgan imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Bunda bilimlar sinovi haqida guvohnoma berilishi talab qilinmaydi.
Ishlash jarayonida I guruh xodimlari har yili bilimlar sinovidan tashqari davriy ravishda yo‘riqdan o‘tadilar.
39. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega shaxslar, II — V guruhga ega shaxslar o‘tkazayotgan elektrotexnik qurilmalarni ta’mirlash, sozlash va sinash bo‘yicha ishlarda, faqat XTQda ko‘rsatilgan hollarda ishtirok etishlari mumkin.
40. Elektr xavfsizligi bo‘yicha I va undan yuqori guruhga ega elektrotexnologik xodimlar bilimlarining o‘z vaqtida sinalishiga korxonaning uchastka, sex va boshqa tarkibiy qismlari rahbarlari javobgardir.
41. Korxonada elektrotexnik xodimlar bilan ularning malakasini, mazkur Qoidalar, XTQ, EQTQ va mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga, ilg‘or tajribani va elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz usullarini o‘rganishga, avariya va shikastlanishning oldini olishga qaratilgan muntazam ish olib borilishi shart.
Tashkil etilayotgan texnik o‘qish hajmini, avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni o‘tkazish zarurligini korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs aniqlaydi.
42. Korxona — elektr energiya iste’molchisi elektr xo‘jaligini boshqarish tizimi, butun korxonaning boshqaruv tizimiga birlashgan energoxo‘jaligini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagilarni ta’minlashi shart:
korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uning elektr ta’minoti tizimini tezkor rivojlantirishni;
mehnat samaradorligini oshirish va energotejamkorlik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan elektr xo‘jaligining samarali ishlashini;
uskunalarning ishonchli, xavfsiz va avariyasiz ishlashini oshirishni;
texnik qayta qurollanish va elektr xo‘jaligini rekonstruksiya qilish, uskunalarni modernizatsiyalash yo‘li bilan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashni;
yangi texnikani, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash texnologiyalarini, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning samarali hamda xavfsiz usullarini joriy qilish va o‘zlashtirishni;
xodimlarning malakasini oshirishni, mehnatning ilg‘or usullarini, iqtisodiy bilimlarni targ‘ib etishni, ratsionalizatorlik va ixtirochilikni rivojlantirishni;
ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan holda elektr xo‘jaligini, shu jumladan o‘zining elektr energiyasi manbalarini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini;
o‘zining elektr qurilmalarining texnik holati va avtonom ishlovchi (blok stansiya hisoblanmaydigan) o‘zining elektr energiyasi manbalarining ekspluatatsiyasini nazorat qilishni;
ta’minlovchi energetika tizimi unga bergan ish rejimlariga korxona tomonidan rioya etilishini nazorat qilishni.
43. Elektr ta’minoti tizimi tarkibida o‘zining elektr energiyasi manbalari, elektr tarmoqlari va elektr energiyasi qabul qilgichlari mavjud bo‘lgan korxonalarda ularning ishini, vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan uzluksiz dispetcherlik boshqaruvi tashkil etilishi kerak:
o‘zining elektr stansiyalari va tarmoqlarining elektr ta’minoti uzluksizligini belgilovchi ish rejimlarini ishlab chiqish, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishish hamda ularni amalga kiritish;
elektr energiyasi sifatiga bo‘lgan talablarni bajarish;
iste’mol rejimlariga rioya qilgan holda elektr ta’minoti tizimining tejamkor ishlashini va energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uni energiyaning bir turidan boshqa turiga o‘zgartirishda, uzatishda, taqsimlashda avariyalar hamda boshqa texnologik buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish.
Bunday korxonalarda dispetcherlik boshqaruvi, energetika tizimining milliy dispetcherlik xizmati, elektr tarmog‘i korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik xizmati bilan kelishuv bo‘yicha amaldagi elektr stansiyalari va tarmoqlarining TEQQ talablariga mos ravishda tashkil qilinishi shart.
Shunday dispetcherlik boshqaruvi xususiy elektr energiyasi manbaiga ega bo‘lmagan, lekin o‘zining elektr ta’minoti tizimida mustaqil elektr tarmog‘i korxonalari mavjud bo‘lgan korxonalarda ham tashkil etilishi kerak.
44. Dispetcherlik boshqaruvi iyerarxik tuzilish bo‘yicha tashkil qilinishi kerak. Bunda tezkor nazorat va boshqaruv funksiyalarining bosqichlar o‘rtasida taqsimlanishi, shuningdek, boshqaruvning quyi bosqichdagilarini yuqoridagilarga bo‘ysunuvi ko‘zda tutilishi kerak.
Korxonalar — elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti sxemasiga qarab ular uchun dispetcherlik boshqaruvning yuqori bosqichi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimining dispetcher xizmatlari (energetika tizimining milliy dispetcher xizmati, elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik guruhi) korxonaning dispetcher xizmati hisoblanadi.
Dispetcherlik boshqaruvi vazifalarini hal etish uchun iste’molchi ta’minlovchi energetika tizimning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.
45. Har bir dispetcher bosqichi uchun uskunalar va inshootlar boshqaruvining ikki toifasi — tezkor boshqaruv va tezkor yurituv belgilangan bo‘lishi shart.
46. Navbatchi dispetcherning tezkor boshqaruvida ular yordamida bajariladigan operatsiyalar bo‘ysinuvidagi tezkor xodimning harakatini muvofiqlashtirishni, bir nechta obyektlarda rejimlarni kelishib o‘zgartirishni talab qiladigan uskuna, elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi tizimining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher rahbarligida o‘tkazilishi shart.
47. Navbatchi dispetcher tezkor yurituvida turli energetika obyektlarining xodimlari harakatlarini muvofiqlashtirish talab etilmaydigan, lekin ularning holati va rejimi elektr tarmog‘ining rejimiga va ishonchliligiga, shuningdek, avariyaga qarshi avtomatika qurilmalarini sozlashga ta’sir ko‘rsatadigan uskunalar, elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi tizimlarining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
48. Korxona elektr ta’minoti tizimining barcha elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlari, uskunalari va qurilmalari dispetcherlik boshqaruvi bosqichlari bo‘yicha taqsimlanishi shart.
Korxona navbatchi dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor yurituvidagi elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, uskunalar va qurilmalar ro‘yxati ta’minlovchi energetika tizimining tezkor-dispetcherlik boshqaruv bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda tuzilishi, u bilan kelishilgan bo‘lishi va korxonaning texnik rahbari (bosh muhandisi) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
49. Dispetcherlik boshqaruvining turli bosqichlaridagi xodimlarning o‘zaro munosabatlari o‘rnatilgan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan tegishli nizomlarda hamda yo‘riqnomalarda tartibga solingan bo‘lishi shart.
50. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqaruv tizimiga ega har bir korxona vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan bo‘lishi shart:
talab qilingan, shu jumladan energetika tizimi tomonidan berilgan ish rejimlarini yuritish;
elektr qurilmalarida almashlab ulashlarni amalga oshirish;
avariyali buzilishlarni bartaraf etish va elektr energiyasi iste’molining talab etilayotgan rejimini tiklash;
elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini bajarishga tayyorlash.
51. Tezkor boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va shakli korxona rahbariyati tomonidan energetika xizmati haqidagi nizomga muvofiq xizmat ko‘rsatishning hajmidan, uskunalarning murakkabligidan va ishning necha smenaligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
52. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish boshqaruv panelidan (punktidan), dispetcherlik boshqaruv punktidan yoki ushbu maqsad uchun moslangan boshqa elektrotexnik xonadan amalga oshiriladi.
Tezkor boshqaruv punktlari zarur aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
53. Tezkor boshqaruv panellarida (punktlarida) va shu maqsadda moslangan boshqa xonalarda quyidagilar bo‘lishi shart:
korxonaning elektr ta’minoti sxemalari;
tezkor hujjatlar (tezkor jurnal, naryadlar, almashlab ulash blankalari va boshqalar);
tezkor ishni yuritish uchun ro‘yxatlar va yo‘riqnomalar;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘in xaqida avtomatik ravishda xabar berish qurilmalari;
elektr xonalari, kuch panellari, shkaflar va boshqalarning kalitlari uchun qulflanadigan quti, shuningdek, qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa vositalar va hujjatlar.
54. Tezkor xizmat ko‘rsatish quyidagilardan iborat:
barcha elektr uskunalarning holatlari va ish rejimlarini doimiy nazorat qilish;
uskunalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish;
uskunalardagi elektr qurilmalarida rejada ko‘zda tutilmagan, hajmi katta bo‘lmagan ishlarni (joriy ekspluatatsiya qilish tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga binoan) bajarish;
tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish;
ta’mirlash brigadalari uchun sxemalar va ish joylarini tayyorlash, ularning ishlashiga ijozat berish, ish paytida ularni nazorat qilish hamda barcha ishlar tugagandan so‘ng sxemani tiklash.
55. Boshqaruv panellarida, shu jumladan telemexanizatsiyalashgan panellarda amaldagi mnemonik sxemalar yo‘q bo‘lsa, barcha apparatlarning haqiqiy holati va erga ulagichlarning qo‘yilgan joyi, ko‘chma erga ulagichlarning tartib raqami ko‘rsatilgan holda, elektr birikmalarning tezkor sxemasi yoki sxema-maketi bo‘lishi shart.
Elektr qurilmalarida o‘tkazilayotgan ulanish sxemalarining barcha o‘zgarishlari, shuningdek, erga ulagichlar qo‘yiladigan joylar operatsiyalar o‘tkazilgandan keyin sxemada aks ettirilishi shart.
56. Biron-bir ishni bajarish uchun elektrotexnik bo‘lmagan xodimning og‘zaki buyurtmasi bo‘yicha o‘chirilgan elektr uskunalari, faqat o‘chirishga buyurtma bergan shaxsning yoki uning o‘rnidagi xizmatchining talabi bo‘yicha ulanadi.
Elektrotexnik bo‘lmagan xodim buyurtmasi bo‘yicha vaqtincha o‘chirilgan elektr uskunani ishga tushirishdan avval tezkor xodim uskunani ko‘zdan kechirishi, uni kuchlanish ostiga qo‘yishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi va unda ishlayotgan xodimlarni uskuna ishga tushirilayotganligi haqida ogohlantirishi majburiydir.
Elektr uskunani o‘chirishga buyurtmani rasmiylashtirish tartibi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
57. Har bir elektr qurilma uchun uskunaning normal ish rejimlaridagi barcha kuchlanishlar uchun korxonaning, uchastkaning, sexning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan bir chiziqli elektr ulanish sxemalari tuzilgan bo‘lishi shart.
58. Har bir dispetcherlik punktida, korxona elektr ta’minoti tizimining boshqaruv panelida va doimiy navbatchi xodim mavjud bo‘lgan obyektda, yuqori turgan tezkor-dispetcherlik boshqaruvi organining namunaviy yo‘riqnomalariga muvofiq tuzilgan, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalar bo‘lishi shart.
59. Avariyaviy buzilishlarni bartaraf qilishda tezkor-dispetcherlik boshqaruvining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buzilishlar rivojlanishining oldini olish, xodimlarning elektr tokidan shikastlanishiga va avariya ta’sir qilmagan uskunalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
iste’molchilar elektr ta’minotini va elektr energiyasining normal parametrlarini zudlik bilan tiklash;
korxona va uning alohida bo‘linmalarini elektr ta’minoti tizimining avariyadan keyingi eng ishonchli sxemasini yaratish;
o‘zi o‘chgan va o‘chirilgan uskunalar holatini aniqlash va imkon boricha ularni ishga tushirish.
60. Podstansiyalar, panellar, yig‘malar va taqsimlovchi qurilmalarning (keyingi o‘rinlarda — TQ) elektr sxemalarida almashlab ulashlar ushbu uskunalar boshqaruvida yoki yurituvida bo‘lgan yuqori turuvchi tezkor xodimning farmoyishi bilan yoki xabardorligida, korxonada qabul qilingan tartib bo‘yicha og‘zaki yoki telefon orqali berilgan farmoyish bo‘yicha tezkor jurnalga yozish orqali amalga oshiriladi.
Almashlab ulashlarni bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim amalga oshirishi kerak.
Almashlab ulashlar haqidagi farmoyishda ularning ketma-ketligi ko‘rsatilishi shart. Farmoyish — faqat u berilgan shaxs tomonidan ijro etilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganidan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda (baxtsiz hodisa, tabiiy ofat, shuningdek. avariyani bartaraf qilishda) mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra almashlab ulashlarni yuqori turuvchi tezkor xodimning farmoyishisiz yoki xabardorligisiz, keyinchalik unga xabar berish va tezkor jurnalga yozish orqali bajarishga ruxsat beriladi.
Tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Tezkor muloqotlar olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga taqdim etiladi.
61. Almashlab ulashni amalga oshirishga farmoyish berayotgan shaxs, tezkor sxema bo‘yicha ko‘zda tutilayotgan operatsiyalar ketma-ketligi to‘g‘riligini oldindan tekshirib ko‘rishi shart. Farmoyish beruvchi faqat bajaruvchi shaxsdan bevosita yoki telefon orqali farmoyish ijro etilgani haqida xabar olganidan keyin uni bajarilgan deb hisoblashi mumkin.
62. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida almashlab ulash quyidagicha o‘tkaziladi:
oddiy almashlab ulashlar, almashlab ulash jarayonida ajratgichlar va erga ulovchi pichoqlar bilan noto‘g‘ri operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaydigan ishlab turgan blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lgan barcha almashlab ulashlar, blanklarisiz almashlab ulash;
blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lmagan yoki ular nosoz bo‘lgan, shuningdek, murakkab almashlab ulashlar, almashlab ulash blankasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Murakkab almashlab ulashlar ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Avariyalarni bartaraf qilishda almashlab ulashlar blanklarsiz, keyinchalik tezkor jurnalga yozish bilan amalga oshiriladi.
Almashlab ulash blankalari raqamlangan bo‘lishi shart. Ishlatilgan blankalar o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.
63. Ajratgichlari noto‘g‘ri operatsiyalar amalga oshirilishiga yo‘l quymaydigan ishchi holatdagi blokirovkalari bo‘lgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli bitta birikmada bajariladigan, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan panel va yig‘malardagi barcha operatsiyalarning tezkor xodim tomonidan yakka o‘zi, almashlab ulash blankalarini to‘ldirmasdan, lekin tezkor jurnalga yozish sharti bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
64. Elektr uskunalaridagi almashlab ulashlarda quyidagi tartibga rioya qilish shart:
almashlab ulashga topshiriq olgan tezkor xodim uni takrorlashi, tezkor jurnalga yozib qo‘yishi va tezkor sxema yoki sxema-maket bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar tartibini tuzishi, kerak bo‘lsa almashlab ulash blankasini tuzishi shart. Tezkor xodimlarning muloqotlari imkon boricha qisqa va aniq bo‘lishi shart. Qo‘llanilayotgan tezkor muloqot tili xodimlar tomonidan qabul qilinayotgan xabarlar va berilayotgan farmoyishlarni noto‘g‘ri tushunishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Farmoyish beruvchi va uni qabul qiluvchi operatsiyalar tartibini aniq ko‘z oldiga keltirishi shart;
agar almashlab ulashni ikkita xizmatchi bajarsa, buyruq olgan xodim ulanishlarni tezkor sxema bo‘yicha almashlab ulashda ishtirok etadigan ikkinchi xizmatchiga bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalarning tartibi va ketma-ketligini tushuntirishi shart;
bajarilayotgan almashlab ulashlar to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda, ularni to‘xtatish va ulanishlarning tezkor sxema bo‘yicha talab qilinayotgan ketma-ketlikni tekshirish kerak;
almashlab ulash bo‘yicha topshiriq bajarilganidan keyin tezkor jurnalga bu haqda yozib qo‘yish shart.
65. Bevosita almashlab ulashlarni bajarayotgan tezkor xodimga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishdan chiqarib qo‘yish man etiladi.
Blokirovka nosozligi aniqlanganda, xodim bu haqda tezkor xodimlardan kattasiga xabar berishi va blokirovkani vaqtincha ishdan chiqarib, bajariladigan operatsiyalarni faqat uning ruxsati va rahbarligi ostida bajarishi mumkin.
66. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalardagi barcha murakkab almashlab ulashlarni ikkita xizmatchi bajarishi shart: bittasi bevosita almashlab ulashlarni bajaradi, ikkinchisi esa operatsiyalar bajarilishining to‘g‘riligini va ketma-ketligini nazorat qiladi.
Almashlab ulash blankasini almashlab ulashni o‘tkazishga farmoyish olgan navbatchi to‘ldiradi. Blankani almashlab ulashni o‘tkazgan har ikki xizmatchi imzolaydi.
Lavozimi bo‘yicha katta xodim almashlab ulashni bajarishda nazorat qiluvchi bo‘ladi.
Barcha holatlarda almashlab ulashning to‘g‘riligi uchun javobgarlik operatsiyalarni bajargan ikkala xizmatchiga yuklanadi.
67. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalarda (komplekt transformatorli podstansiyalarda) almashlab ulashlar, shu jumladan uskunalari bor aravachalarni kiritish va chiqarish, shuningdek, 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda, panellarda va yig‘malarda almashlab ulashlarni ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan tezkor xodimlardan bo‘lgan bir xizmatchining bajarishiga ruxsat beriladi.
68. Elektr qurilmada kuchlanish avariyaviy yo‘q bo‘lganda, tezkor xodim uning istalgan vaqtda ogohlantirmasdan paydo bo‘lishini bilishi va bunga tayyor bo‘lishi shart.
69. Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lgan elektr qurilmalarini ta’mirlashda yoki sinashda bo‘lgan uskunaga kuchlanish faqat u tezkor xodim tomonidan qabul qilinganidan keyin beriladi.
Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lmagan elektr qurilmalarida ta’mirlashdan yoki sinashdan keyin uskunani qabul qilish tartibi elektr qurilmaning xususiyati va XTQ talablari hisobga olingan holda mahalliy yo‘riqnomalarda belgilanadi.
70. O‘z zanjirida o‘chirgichga ega bo‘lgan ulanmani o‘chirish, kuchlanish ostiga qo‘yish va ishga tushirish o‘chirgich yordamida bajarilishi shart.
Alohidalagichlar, ajratgichlar, komplekt TQlar, shu jumladan tashqi o‘rnatilgan komplekt TQ birikmalarining ajratuvchi kontaktlari bilan quyidagilarni o‘chirishga va ulashga ruxsat beriladi:
110 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining neytrallarini;
6 — 35 kV kuchlanishli erga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni, agar tarmoqda erga tutashuv yo‘q bo‘lsa;
6 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining magnitlovchi tokini;
elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarining erga ulanish tokini va zaryadlanish tokini;
shinalar tizimining zaryadlanish tokini, shuningdek, ulanmalarning zaryadlanish tokini ta’minlovchi energetika tizimining normativ-texnik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda.
6 — 10 kV kuchlanishli halqali tarmoqlarda 70 A gacha tenglashtiruvchi toklarni ajratgichlar yordamida o‘chirishga, tarmoqni halqaga tutashishga esa ajratilgan kontakt birikmalarida kuchlanishlar farqi 5 foizdan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
10 kV va undan past kuchlanishli tashqi va ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, uch qutbli ajratgich bilan 15 A gacha bo‘lgan yuklama tokini o‘chirishga va ulashga ruxsat etiladi.
Agar o‘chirgichni o‘chirish uning buzilishiga va podstansiyaning toksizlanib qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, bitta o‘chirgich yoki shinalar tizimi boshqa birikmalarining bir nechta o‘chirgichlari zanjiri bilan shuntlangan 220 kV li buzilgan o‘chirgichni ajratgichlari bilan masofadan o‘chirishga ruxsat beriladi.
Ajratgichlar yordamida o‘chiriladigan va ulanadigan toklarning ruxsat etilgan qiymatlari ta’minlovchi energetika tizimining NTHlarida aniqlangan bo‘lishi kerak.
Turli elektr qurilmalari uchun operatsiyalarni bajarish tartibi va shartlari mahalliy yo‘riqnomalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Quvvati 750 kVA va undan past bo‘lgan transformatorlarning magnitlovchi tokini kuchlanishi 10 kV va undan past bo‘lgan tashqi yoki ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, standart uch qutbli ajratgichlar bilan o‘chirishga hamda ulashga ruxsat beriladi.
71. Korxonalarning energiya xo‘jaligida dispetcherlik, ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish uchun ular energiya xo‘jaligi boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — BAT) bilan jihozlanadi.
72. Energiya xo‘jaligining BAT, korxona BAT tizim asosi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan hajmda, uning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.
73. Elektr xo‘jaligi BATning energiya xo‘jaligi BATning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak hamda o‘z tarkibida elektr ta’minoti va elektr qurilmalarini ta’mirlashning dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga, shuningdek, elektr xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimlariga ega bo‘lishi mumkin.
74. Elektr xo‘jaligining BAT quyidagi masalalar majmuini hal etishi kerak:
dispetcherlik boshqaruvini;
ishlab chiqarish-texnik faoliyatni boshqarishni;
iste’molning hisobga olinishini va nazoratini;
tarmoqlarning mansublik chegarasida elektr energiyasining sifati nazoratini;
texnik-iqtisodiy prognozlashni va rejalashtirishni;
elektr uskunalarining ta’mirlanishini, elektr energiyasi taqsimlanishini va sotilishini, elektr xo‘jaligining rivojlanishini, moddiy-texnika ta’minotini, kadrlarni boshqarishni;
ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlashni.
75. Har bir elektr xo‘jaligida BAT masalalari majmualari, ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, mavjud namunaviy amaliy dasturlar paketlari yechimlaridan va texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni hisobga olgan holda bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi.
76. BAT texnik vositalarining majmui tarkibiga quyidagilar kirishi kerak:
axborotni yig‘ish va uzatish vositalari (axborot datchiklari, aloqa kanallari, telemexanika qurilmalari, ma’lumotni uzatish apparaturasi va boshqalar);
axborotni qayta ishlash va aks ettirish vositalari (elektron hisoblash mashinalari, analog va raqamli asboblar, displeylar, bosib chiqaruvchi qurilmalar va boshqalar);
yordamchi (elektr ta’minoti, havoni konditsiyalash, yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish) tizimlari.
77. BATni ishga tushirish belgilangan tartibda qabul komissiyasining dalolatnomasi asosida amalga oshirilishi kerak. Sanoat ekspluatatsiyasiga kiritish oldidan undan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqtda tajriba asosida foydalanish mumkin.
BATni yaratish va ishga tushirishni navbatma-navbat amalga oshirish mumkin.
BATni sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilish, ishga tushirilayotgan navbat uchun ko‘zda tutilgan barcha masalalar sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi shart.
78. BATni ekspluatatsiya qilishni tashkil etishda texnik vositalar majmuiga xizmat ko‘rsatish, dasturiy ta’minot bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning majburiyatlari korxona rahbarining buyrug‘i bilan belgilanishi shart.
Bunda kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab telefon aloqalari va telemexanikaning yuqori chastota kanallari uskunalarini (aloqa kondensatorlari, yuqori chastotali to‘siq reaktorlari, erga ulovchi pichoqlar, aloqa antennasi qurilmasi, o‘tish izolyatorlari, sozlash elementlari va ulanma filtrlari zaryadsizlagichlari va boshqalar) ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashni kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshirishi shart.
Kuchlanish va tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘am zanjiriga ulanadigan teleo‘lchashlar datchiklarini (o‘zgartirgichlar) tekshirishni, ularga texnik xizmat ko‘rsatishni himoya vositalari va avtomatika qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda metrologik ta’minot bilan shug‘ullanuvchi tegishli bo‘linmaning xodimlari amalga oshirishi kerak.
79. BATga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar quyidagilarni ta’minlashi shart:
texnik vositalarning, axborot va dasturiy ta’minotning ishonchli ekspluatatsiya qilinishini;
ish jadvaliga binoan tegishli bo‘linmalarga elektron hisoblash mashinalarida ishlov berilgan axborotlar berishni;
amaldagi me’yorlarga muvofiq hisoblash texnikasidan samarali foydalanishni;
yangi masalalarni joriy etgan, foydalanilayotgan dasturlarni modernizatsiyalagan, berilgan ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlashning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni;
me’yoriy — ma’lumot axborotlarini toifalashni amalga oshirishni;
BATning aloqador iyerarxik bosqichlari bilan o‘zaro ma’lumotlar harakatini tashkil etishni;
BAT faoliyati uchun zarur yo‘riqnoma va uslubiy materiallarni ishlab chiqishni;
BAT ishlarini, uning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinishini, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini.
80. Har bir BAT bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ro‘yxat asosida texnik va ekspluatatsiya hujjatlarini yuritishlari kerak.
81. Podstansiyalar va dispetcherlik punktlarida teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun maxsus umumiy kalitlar yoki o‘chiruvchi qurilmalar qo‘llanilishi kerak. Teleboshqaruv zanjirini va alohida ulanmalar telesignalizatsiyasini o‘chirish ajratuvchi qisqichlarda yoki individual o‘chirish qurilmasida amalga oshirilishi kerak.
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni faqat dispetcherlar ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki unga xabar berib, bajarishga ruxsat beriladi.
82. BATning texnik vositalaridagi ta’mirlash va profilaktika ishlari tasdiqlangan ish jadvallariga muvofiq ravishda bajarilishi shart. Ularni ta’mirga chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tartibi tasdiqlangan nizom bo‘yicha aniqlanishi shart.
Dispetcherlik aloqa vositalarini va telemexanika tizimini ishlashdan to‘xtatish tezkor buyurtma bilan rasmiylashtirilishi shart.
83. Korxona rahbari BAT faoliyatini tahlil qilishni, uni ekspluatatsiya qilish nazoratini, BATni rivojlantirish va takomillashtirish hamda o‘z vaqtida qayta jihozlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlashi kerak.
84. Elektr qurilmalarini ishga yaroqli holda saqlab turish, tiklash va ushbu Qoidalar va boshqa NTH talablariga mos holga keltirilishi uchun har bir korxonada texnik xizmat ko‘rsatish, kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek, profilaktik sinovlarni o‘tkazish tashkil etilishi kerak.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi elektr qurilmalarini ta’mirlash ish jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Korxonalar, shuningdek, uzoq muddatga mo‘ljallangan texnik qayta jihozlash va elektr qurilmalarni rekonstruksiya qilish rejalarini ishlab chiqishlari lozim.
85. Elektr uskunani kapital ta | 193 | 63,479 |
Qonunchilik | Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni Qurolli Kuchlar saflaridan zaxiraga bo‘shatish hamda fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida | “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” va “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan zaxiraga bo‘shatilsin.
2. 1974 — 1983-yillarda tug‘ilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2001-yilning oktyabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan sifatli butlash maqsadida joylardagi chaqirish komissiyalarining har tomonlama ta’minlanishini va samarali ishlashini tashkil etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov) bilan birgalikda chaqirish uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan ta’minlasin, chaqiriluvchilarning laboratoriya tekshiruvlari sifatli o‘tkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan har tomonlama tibbiy tekshirib ko‘rilishini tashkil etsin. | 212 | 1,221 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “ShAKAR XOM AShYoSI XARID QILIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 1 FEVRALDAGI 44-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh boshqarmasining boshlig‘i F.A. Qodirov Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Shakar xomashyosini xarid qilishga oid takliflarni tanlab olish bo‘yicha maxsus guruh tarkibiga kiritilsin, uning tarkibidan B.E. Ahmedov chiqarilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Shakar xomashyosini import qilishda takliflarni mahsulot yetkazib berish shartlari bo‘yicha tanlab olish tartibi to‘g‘risida nizomga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 7-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlov hujjatlarini olish uchun to‘langan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi” so‘zlari “, shu jumladan shakar xomashyosini tanlab olish bilan bog‘liq safar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidagi shakar xomashyosini import qiluvchi tomonidan tanlov g‘olibidan olingan vositachilik mukofoti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 10-banddagi “kamida 30 kun oldin” so‘zlari “kamida 15 kun oldin” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3.11-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“kelishilgan davr ichida tanlov ishtirokchisining taklifi chaqirib olinmasligini kafolatlovchi pul zakalatining miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi;
buyurtmachining ixtiyoriga ko‘ra — tanlov natijalariga muvofiq tuzilgan kontraktni zarur darajada bajarish bo‘yicha pulli kafolatning (garov sifatida) miqdori, uni kiritish va qaytarish tartibi.
Takliflar ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi, ulardan biri — tijorat qismini va kontrakt proformasini o‘z ichiga olgan bo‘lim taklifning chaqirib olinmasligi kafolatlanishi shart”.
5. 13-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6.17-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
7. 20-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. 30-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
9.33-bandning oltinchi xatboshidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
10. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maxsus guruhning tanlov g‘olibi to‘g‘risidagi protokoli yig‘ilishda qatnashayotgan Maxsus guruh a’zolarining hammasi tomonidan imzolanadi hamda shakar xomashyosi yetkazib berishga da’vogarlar tanlovi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot bilan birga Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining rahbariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi”. | 188 | 2,598 |
Qonunchilik | Meros huquqiga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini tashkil qilgan turli mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlab berdi. Mulk va mulk huquqini vujudga keltiruvchi obyektlardan biri — meros huquqi davlat himoyasida ekanligi e’tirof etilib, mulkdorlarning huquq va erkinliklari kengaytirildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan Fuqarolik kodeksida meros qonunchiligiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilganligi hamda ushbu qonunlarni qo‘llashda sud amaliyotida ayrim tushunmovchilik va muammolar kelib chiqayotganligi mazkur qonun mohiyatini atroflicha yoritib berishni taqozo qilmoqda.
Shuning uchun sudlarga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan, meros huquqi qonun bilan kafolatlanishi, mulkdorning mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi to‘g‘risidagi huquqlarining buzilishi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni har taraflama, to‘liq, xolisona va sinchkovlik bilan ko‘rib, qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda adolatli qarorlar chiqarishlari lozim.
2. Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar, ya’ni meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga bo‘lgan huquq, mulk bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim nomulkiy huquqlar va majburiyatlaridan kelib chiqadigan talab qilish huquqi, dehqon ho‘jaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros tarkibiga kiradi.
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi Qonuni 9-moddasiga muvofiq, tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqi, dehqon va fermer xo‘jaligining boshlig‘i (rahbari) vafot etgan taqdirda — shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida dehqon, fermer xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘lib o‘tadi. Dehqon, fermer xo‘jaliklariga berilgan tomorqa yer uchastkalari bo‘linishi mumkin emas.
Meros qoldiruvchining oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shartnomalar orqali tasarruf etilgan mulklari keyinchalik bunday shartnomalar (FKning 113—128-moddalari) sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan taqdirdagina meros tarkibiga kiradi.
Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo‘rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
Nomoddiy ne’matlar, deganda, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlar, xizmat va tijorat siriga bo‘lgan huquq, hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga bo‘lgan huquqlar tushuniladi. Ijodiy faoliyatning aniq bir shaklda, ko‘rinishida ifoda etiladigan natijalari intellektual mulk hisoblanadi.
Bu natijalarga tenglashtirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs mahsulotlari, vositalari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat belgisi va h.k.) ham intellektual faoliyat natijalari sifatida tan olinadi. Ushbu natijalarga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutloq huquqlari e’tirof etiladi va uchinchi shaxsning foydalanishiga intellektual mulk egasining ruxsati bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Tijorat qimmatiga ega bo‘lgan va qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish uchun yo‘l qo‘yilmaydigan ma’lumotlar xizmat va tijorat siri hisoblanadi. Xizmat siri ahamiyatiga ega bo‘lgan axborotlarni tarkibi va hajmi, shuningdek, ularni himoya qilish tartibi davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Tijorat siri ahamiyatiga ega bo‘lgan axborotlarning tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi tadbirkorlikni amalga oshiruvchi fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan belgilanadi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar — shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlardan iborat.
Yuridik shaxs hisoblangan har qanday kooperativ, tijorat tashkilotlariga a’zolik huquqi, ularning faoliyatida ishtirok etish huquqi (agar, qonun yoki shartnoma va ustavlarda boshqa hol belgilangan bo‘lmasa) meros tarkibiga kirmaydi, ammo meros qoldiruvchining ulushi (pay badallari) meros tarkibiga kiradi.
Omonatni bank muassasalariga qo‘ygan omonatchi o‘zining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga o‘tkazish haqida vasiyat qoldirgan bo‘lsa va bu omonat FKning 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina o‘zining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
3. Fuqarolik kodeksining 1118-moddasi talabiga muvofiq meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar bo‘lishi mumkin.
Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan meros qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradi, hamda qarindoshlik darajasiga qarab, Fuqarolik kodeksining 1135—1138-moddalari talabiga muvofiq vorislikka chaqiriladilar. Oldingi navbatdagi merosxo‘rlarning bo‘lmasligi, noloyiq merosxo‘rlarning merosdan chetlashtirilgan bo‘lishi yoki merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechganligi tasdiqlangan taqdirda, meros olish huquqi keyingi navbatdagi merosxo‘rlarga o‘tishi sudlarga tushuntirilsin.
4. Fuqarolik kodeksining 1139, 1141-moddalarida ko‘rsatilgan meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlarini uch toifasini bir-biridan ajratish lozim.
Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan boqimlar (1-toifa) bo‘lishi uchun, birinchidan, ular meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lishi, ikkinchidan, u bilan birga yashagan bo‘lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan boqimlar (2-toifa) bo‘lishi uchun, birinchidan, Fuqarolik kodeksining 1136—1138-moddalarida ko‘rsatilgan merosxo‘rlar jumlasiga mansub bo‘lgan meros qoldiruvchining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi navbatdagi merosxo‘rlari bo‘lishi, ikkinchidan meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog‘ida bo‘lishi, uchinchidan, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 1139-moddasida ko‘rsatilgan boqimlar (3-toifa) bo‘lishi uchun, birinchidan, meros qoldiruvchining qarindoshlari jumlasiga kirmaydigan, ikkinchidan, merosxo‘r bilan birga yashamagan yoki bir yil muddatdan kam yashagan, uchinchidan hayot kechirishi uchun birdan bir manba sifatida meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lib, undan moddiy yordam olib turgan mehnatga qobiliyatsiz shaxs bo‘lishi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifadagi boqimlar vorislikka chaqiriladigan navbatdagi merosxo‘rlar bilan birgalikda vorislikka chaqiriladilar va merosxo‘rlar bilan birgalikda meros oladilar, ammo, ularning meros mulkidan oladigan ulushlari meros mulkining to‘rtdan bir qismidan oshmasligi kerak. Merosxo‘rlar bo‘lmaganda, bu toifadagi boqimlar mustaqil ravishda qonun bo‘yicha merosxo‘rlar hisoblanib meros mulkini to‘la oladilar.
Uchinchi toifadagi boqimlar beshinchi navbatdagi merosxo‘rlar bo‘lganligi sababli oldingi navbatdagi vorislar bo‘lmaganda vorislikka chaqiriladilar va meros mulkidan shu navbatdagi merosxo‘rlar bilan teng ulushda meros oladilar.
5. Mehnatga qobiliyatsiz yoki layoqatsiz deb — 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar, birinchi, ikkinchi, uchinchi guruh nogironlari, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlar, 18 yoshga to‘lmagan o‘quvchi bolalar tushuniladi. Umumiy pensiya yoshiga etmasdan imtiyozli ravishda pensiyaga chiqqan shaxslarni mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblash uchun, albatta tegishli tibbiy muassasalarning xulosalari bo‘lishi shart. Shuning uchun, bunday shaxslarni, faqat pensiyaga chiqqanligi sababli mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblash mumkin emasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lishlik deganda, uning tomonidan berib turilgan moddiy yordam shaxsning hayot kechirishi uchun birdan-bir asosiy va doimiy manba bo‘lishini nazarda tutmoq lozim. Davriy, vaqti-vaqti bilan berib turilgan moddiy yordam meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lish faktini belgilash uchun asos bo‘lmaydi. Moddiy yordam meros qoldiruvchi vafotigacha uzluksiz berilgan bo‘lishi shart. Meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining, mahalla qo‘mitalarining, uy-joy boshqarmalarining, xizmat qilib turgan joy ma’muriyatining, ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining bergan hujjatlari, guvohlarning inkor qilib bo‘lmaydigan ko‘rsatuvlari asosida sudda o‘z isbotini topganda haqiqiy hisoblanadi.
6. Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush, uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi. Bunda ulush, taqdim qilish huquqi bo‘yicha bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shu qoidadan kelib chiqib, agar o‘g‘il (qiz) ota yoki onadan oldin vafot etgan bo‘lsa, undan keyin vafot etgan ota yoki onaning mulkiga o‘lgan farzandning bolalari taqdim qilish huquqi bo‘yicha voris bo‘ladi. Vafot etgan shaxsning turmush o‘rtog‘i taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘r bo‘la olmaydi (FK 1140-moddasi).
7. FKning 1119-moddasi 4-qismiga muvofiq, meros qoldiruvchi yoki ehtimol tutilgan merosxo‘rlardan birortasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan meros olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan chiqarilgan sudning hukmi yoxud shaxslarning ota-onalik huquqidan mahrum etilgani haqidagi sudning hal qiluv qarori mavjudligi vasiyat bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham vorislikka da’vo qilishda da’vo arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi va sud majlisida da’voni mazmunan ko‘rishga to‘sqinlik qilolmaydi. Qaysiki, noloyiq merosxo‘rlarni vorislikdan chetlatish uchun asos bo‘ladigan holatlar, faqat, sud tomonidan belgilanadi.
Voris tomonidan taqdim qilingan vasiyatnoma haqiqiy emas, deb topilganda, u vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r bo‘la olmaydi, biroq, FKning 1130-moddasi 4-qismiga muvofiq. meros qoldiruvchining oxirgi xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, bu shaxs, umumiy asoslarda qonun bo‘yicha meros olish huquqlaridan mahrum etilmaydi.
8. Meros qoldiruvchi o‘ziga tegishli mol-mulkning hammasini yoki bir qismini xohlagan bir yoki bir necha shaxsga, shuningdek, yuridik shaxslarga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organiga va davlatga vasiyat qilib qoldirishi mumkin. Vasiyatnomaning mazmunidan qat’i nazar, meros qoldiruvchining voyaga etmagan bolalari yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan, farzandlikka olgan voyaga etmagan bolalari, mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar merosdan majburiy ulush olish huquqiga egadirlar. Majburiy ulush oluvchilarning hissasi, ular qonun bo‘yicha voris bo‘lganda olishi lozim bo‘lgan hissaning yarmidan kam bo‘lmasligi lozim (FKning 1142-moddasi).
Majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarning huquqi buzilgan taqdirda, sud vasiyatnomaning faqat majburiy ulush olish qismini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Meros qoldiruvchining nevara-chevaralari taqdim qilish huquqi bo‘yicha voris hisoblanadi, biroq, ular mehnatga layoqatsiz bo‘lsalar ham majburiy ulush olish huquqiga ega emaslar, xuddi shuningdek, qonun bo‘yicha ikkinchi va keyingi navbatdagi merosxo‘rlar ham merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega emaslar, chunki, majburiy ulush olish huquqi, faqat birinchi navbatdagi merosxo‘rlarga taalluqlidir.
9. Vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo‘lganligi sababli, vasiyatnomalarni haqiqiy emas deb, topish haqidagi nizolar Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi qoidalariga rioya qilib hal etiladi (FKning 113—128-moddalari). Ushbu turdagi nizolarni hal etishda, sudlar, ish holatlaridan kelib chiqib yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, tegishli ekspertizalar tayinlash masalalarini muhokama etishlari lozim.
10. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgandan keyin merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga beriladi. Ayrim hollarda FKning 1146-moddasi uchinchi qismi talabiga muvofiq, guvohnoma olti oylik muddat tugamasdan ham berilishi mumkin. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olish vorisning huquqi bo‘lib, majburiyat hisoblanmaydi va shuning uchun guvohnoma olinmaganligi vorislik huquqini yo‘qotgan degan, tushunchani bermaydi. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar bo‘yicha kelib chiqadigan barcha nizolar sud tomonidan ko‘rilib, umumiy tartibda hal qilinadi.
11. Meros qoldiruvchining o‘ziga qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan mulklarigina meros tarkibiga kirishini inobatga olib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan turar-joy va xonalarga nisbatan vorislarga egalik huquqini belgilashga yo‘l qo‘yilmasligi, sudlarga tushuntirilsin.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan (uy, dala hovli, garaj va boshqalar) va meros qoldiruvchining vafot etishiga qadar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan bino va imoratlarga nisbatan tuzilgan vasiyatnoma qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Ushbu bino, imoratlarga nisbatan meros qoldiruvchining vafotidan so‘ng, tegishli hokimiyat yoki sud tomonidan meros qoldiruvchi nomiga egalik huquqi belgilanishi bilan meros ochilgan hisoblanadi.
12. Fuqarolik kodeksining 1132-moddasiga muvofiq, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning turar joydan umrbod foydalanish huquqi, bu turar joyga mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga o‘tganida ham o‘z kuchida saqlanib qoladi. Shu sababli, bu holat taraflar o‘rtasida tuziladigan shartnomada qayd etilmog‘i lozim bo‘ladi.
Agar, turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar yoxud turar joy egasining huquqini buzilishiga olib kelsa, bunday holda taraflar o‘rtasidagi nizo sud tomonidan hal etiladi.
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchining huquq va majburiyatlari uning vafot etishi bilan tugatiladi. Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchiga berilgan turar joydan umrbod foydalanish huquqi, agar vasiyatnomada boshqacha tartib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning merosxo‘rlari va boshqa oila a’zolarining mazkur turar joyda yashashlari uchun asos bo‘lmaydi.
13. Meros qoldiruvchiga taalluqli nomoddiy ne’matlarga bo‘lgan huquqlar, uning vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. (FKning 99-moddasi).
Fuqarolik kodeksining 100-moddasi 2-qismiga binoan, vorislar meros qoldiruvchining vafotidan keyin uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya etishni talab qilishga haqlidirlar. Bunday holda, vafot etgan shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar qoplanmaydi va bu huquq vorislarga o‘tmaydi. Ammo, sud, meros qoldiruvchining sha’n va qadr-qimmati orqali bevosita uning vorislariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo talablarini ko‘rib chiqishi mumkin.
14. Agar, merosxo‘r merosni qabul qilmagan va meros mulki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organiga, davlatga yoxud biror-bir shaxsning egaligiga o‘tkazilmagan bo‘lsa, merosxo‘r istagan vaqtida merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma olish uchun notariusga murojaat qilishi mumkin. Bunday guvohnomani berish rad etilgan taqdirda, merosxo‘r notariusning harakati yuzasidan FPKning 273-moddasiga muvofiq sudga shikoyat qilishga haqli va shikoyat alohida ish yurituv tartibida ko‘rilishi lozim. Meros mulki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organiga, davlatga yoki biror-bir shaxsning egaligiga o‘tkazilganligi uchun merosxo‘rlarga notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish rad etilsa, merosxo‘r sudga shikoyat qilishga haqli va bunday shikoyat da’vo yuritish tartibida ko‘rib hal etilishi, sudlarga tushuntirilsin.
15. Ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlashda, sudya FPKning 158-159-moddalari talablarini to‘liq bajarishi kerak, ya’ni, taraflarning huquqiy munosabatlarini, ishni ko‘rishda amal qilishi lozim bo‘lgan qonunni, taraflarning talab va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni aniqlashi, ishga qo‘shimcha javobgar va uchinchi shaxslarni jalb qilishi, dalillar to‘plash doirasini aniqlashi zarur.
Jumladan, meros mulkka bo‘lgan huquq va uni bo‘lish haqidagi da’volar qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sudya meros qoldiruvchining vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki uning nusxasi, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, taraflarning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh, tug‘ilish, farzandlikka olganlik guvohnomalari, otalikni belgilangani haqidagi hujjatlar, vafot etganning qaramog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risida turar joy organining ma’lumoti va boshqalar), meros mulkining ro‘yxatga olinganligi va qiymati ko‘rsatilgan dalolatnoma, meros mulkining vafot etgan shaxsga tegishliligi (inventarizatsiya byurosi ma’lumoti, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, almashtirish shartnomalari, omonat daftarchalari, hisobvarag‘idan ko‘chirmalar va boshqa) haqidagi hujjatlarni taqdim etishni taklif qiladi. Zarur topilganda, bu hujjatlar, sudyaning o‘zi tomonidan ham talab qilib olinishi mumkin.
16. Sudlar, meros mulkidan merosxo‘rlarning ulushini belgilashda foiz (25 %, 33 %, 50 %, 66 % va h.k.) hisobida emas, balki qism, ulushlar (1/4, 1/3, 1/2, va h.k.)da hisoblashlari lozim.
17. Fuqarolik kodeksining 1151-moddasi talabidan kelib chiqqan holda, sudlarga uqtirilsinki, meros qabul qilish uchun muddat tatbiq qilinmaydi.
18. Fuqarolik kodeksining 1147-moddasiga muvofiq, qonun yoki vasiyat bo‘yicha merosxo‘r o‘zining vorislikka chaqirilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab olti oy ichida merosxo‘rlar jumlasiga kiradigan navbatdagi boshqa shaxslar foydasiga merosdan voz kechishga haqli. Merosdan voz kechish, bir necha merosxo‘rlar foydasiga bo‘lganda, merosxo‘r, ularning har biriga tegadigan ulushni belgilab berishi shart. Aks holda, merosdan voz kechgan vorisning meros mulkidagi ulushi barcha merosxo‘rlar foydasiga kechilgan hisoblanib, ularga teng taqsimlanadi. Merosdan voz kechishga qonunda belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi hollarda merosdan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) qonun bo‘yicha ham, vasiyat bo‘yicha ham merosxo‘rlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar foydasiga;
b) meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomada maxsus ko‘rsatilgan farmoyish bilan merosdan mahrum qilinganlar foydasiga;
v) meros olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar foydasiga (qonun bo‘yicha meros olish huquqidan chetlashtirilganlarga);
g) meros mulkining bir qismidan yoki har xil shartlar qo‘yib, izohlar bilan voz kechishga;
Merosdan voz kechish, umumiy asoslarda, sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
19. FKning 1153-moddasiga muvofiq, meros ochilgunga qadar uch yil va undan ortiq yillar mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxo‘rlar, meros taqsimlanishida, meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek, uy-joy ashyolari va ro‘zg‘or buyumlarini natura holida olishga imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar.
Imtiyozli huquqni amalga oshiruvchi merosxo‘rning boshqa merosxo‘rlarga tegishli ulushlarini pul yoki boshqa mol-mulk bilan qoplashi mumkinligi haqidagi taklifi sud tomonidan muhokama qilinishi zarurligi tushuntirilsin.
Meros tarkibiga kirgan uy-joy ashyolari va ro‘zg‘or buyumlariga nisbatan imtiyozli huquqni amalga oshirishda qolgan merosxo‘rlarning roziligini olish talab etilmasligi nazarda tugilsin.
20. Mol-mulkni egasiz qolgan deb topish haqidagi ariza, meros ochilgan kundan e’tiboran, bir yil o‘tgandan keyin FPKning 298—300-moddalari asosida alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi (FKning 1157-moddasi). Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar hozir bo‘lgan taqdirda, ular FKning 1144-moddasi talabiga ko‘ra, notariusdan meros boshqaruvchisini chaqirib olinishini talab qilishlari, shu bilan birga, merosni boshqaruvchidan hisobot berish va meros mulkini qaytarishni talab qilishlari, mulk egasiz qolgan deb topilgan hollarda, bu qarorni bekor qilishni so‘rab, sudga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar da’vo tartibida ko‘riladi.
21. Meros amaldagi Fuqarolik kodeksi harakatga kiritilgunga qadar ochilgan bo‘lib, 1997-yilning 1-mart kuniga qadar merosxo‘rlarning hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi va davlat mulkiga o‘tkazilmagan bo‘lsa, meros yuzasidan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan amaldagi kodeks tatbiq qilinadi. Agar, meros vorislarning birortasi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, davlat mulkiga o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda 1963-yil tahriridagi Fuqarolik kodeksi qoidalari tatbiq qilinadi.
22. Da’vo arizalar bo‘yicha davlat boji, meros mulki yoki da’vogarning ulushi qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Da’vo ariza bo‘yicha to‘lanmagan yoki kam to‘langan davlat boji hal qiluv qarori chiqarishda meros mulkini qiymatidan kelib chiqqan holda, har bir vorisdan ularning ulushlariga teng miqdorda undiriladi. | 71 | 21,648 |
Qonunchilik | “ZiyoNET” ta’lim axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-son qaroriga muvofiq “ZiyoNET” ta’lim axborot tarmog‘ini yanada takomillashtirish, uning sifatini oshirish hamda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va mamlakatning boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarini “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash bo‘yicha operator etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarning tuzilgan shartnomalarga muvofiq “ZiyoNET” tarmog‘ining axborot resurslaridan belgilangan tartibda uzluksiz foydalanishini;
umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashkilotlarga “ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat va tariflar bo‘yicha ko‘rsatilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarini telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash bo‘yicha jadvalni tasdiqlasin.
4. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin, unga O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining ilmiy-ta’lim resurslari, saytlari hamda Internet tarmog‘i milliy segmenti saytlarini kiritishni nazarda tutsin.
5. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash jadvaliga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalar bilan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari o‘rtasida shartnomalar tuzish tashkil etilishini, shuningdek tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishini;
mahalliy tarmoqlarni tashkil etish yo‘li bilan umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmog‘i resurslaridan keng foydalanishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ZiyoNET” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.M. Mirzohidov zimmasiga yuklansin. | 86 | 4,775 |
Qonunchilik | Poytaхtning Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi paydo boʻladi | Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 806-son qarori bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi barpo etiladi.
U poytaхt hokimligiga oʻtkazilgan, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor 26-daha, 36-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 5,1 gektar boʻlgan «AOKS Plus Business» MChJ (sobiq «Signal» IIChB)ning bino va inshootlari negizida tashkil etiladi.
Bir oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi direksiyasi tashkil etiladi, 2 oy muddatda esa uning hududida joylashtirishga taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallari tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 63 | 937 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 20 | Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibini soddalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-martdagi 53-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 22-modda) 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. 1-ilovada:
a) ilova belgisidagi “1-ilova” so‘zlari “Ilova” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Davlat raqobat” so‘zlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi;
tanlov komissiyasi — mazkur Nizomning 36-bandida sanab o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun ishchi organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya;
diniy obyektlar — doimiy va davriy ravishda diniy urf-odatlar va marosimlar o‘tkazib turiladigan obyektlar (diniy ta’lim muassasalari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar)”;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3 — 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga beriladigan moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatlariga (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatlar deb ataladi) kiritilgan obyektlar ijaraga berilishi mumkin.
4. Ro‘yxatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar bilan birgalikda ishchi organga taqdim etiladi:
obyektning to‘liq nomi va joylashgan joyi (obyektning tavsifi);
obyekt va uning hududining egalik huquqini belgilovchi hujjatlar (yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma) nusxalari;
obyektni investitsiya majburiyati bilan ijaraga berishning zarurati;
obyektning texnik holati;
obyektdan taklif etilayotgan foydalanish maqsadlari;
obyektda restavratsiya-tiklash ishlarini olib borish, uni saqlash, obodonlashtirish va undan foydalanish shartlari;
tegishli hisob-kitob asosida investitsiya majburiyatlarining taklif etiladigan eng kam miqdorlari;
obyektni ijaraga olishning taklif etilayotgan muddati;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yozma ijobiy xulosasi — diniy obyektlar uchun.
Ishchi organ, zarur hollarda, taqdim etilgan ro‘yxatga kiritilgan obyektlar holati va hujjatlarni malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganishi mumkin.
5. Ro‘yxatlar ishchi organ tomonidan malakali mutaxassis va ekspertlar jalb etilgan holda ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi yoki mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmasa va (yoki) ishonchli bo‘lmasa tegishli asoslar ko‘rsatilgan holda tasdiqlash rad etiladi.
6. Ishchi organ ro‘yxat tasdiqlangandan keyin uni obyektlarni ijaraga berish shartlari bilan birga ijaraga beruvchiga yuboradi”;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi, 14-bandning oltinchi xatboshidagi, 17 — 23, 29-bandlardagi, V bobning nomidagi, 39-bandning yettinchi xatboshidagi “Hukumat” so‘zi “tanlov” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 13-banddagi “Davlat raqobat” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) quyidagi mazmundagi 141-band qo‘shilsin:
“141. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi kerak.
Tanlov komissiyasi tarkibiga ishchi organ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek diniy obyektlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari kiritiladi.
Tanlov komissiyasiga, qoida tariqasida, tanlov obyekti joylashgan hudud bo‘yicha ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning tegishli hududiy organlari vakillari kiritiladi.
Tanlov predmetiga bog‘liq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert tashkilotlari, restavratsiya-tiklash bo‘yicha malakali mutaxassislar va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Tanlov komissiyasi tarkibida ishchi organ vakillari soni tanlov komissiya a’zolari umumiy sonining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak”;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Ishchi organ ijaraga beruvchi ishtirokida tushgan buyurtmanomalarni ularning e’londa nazarda tutilgan tanlov shartlariga muvofiqligi yuzasidan o‘n ish kuni mobaynida o‘rganadi, tanlovni o‘tkazish uchun tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi, tanlovni o‘tkazish vaqti va joyini belgilaydi.
Tanlov komissiyasi majlisini chaqiradi va unga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi”;
z) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Moddiy madaniy meros obyekti va unga tutash hudud investitsiya majburiyatlari olingan holda ijaraga berish bo‘yicha tanlovga qo‘yilgandan keyin bir oy mobaynida qiziqish bo‘lmagan va tanlov bo‘lib o‘tmaganligi e’tirof etilgan taqdirda ijaraga beruvchi uni ishchi organ tomonidan belgilangan shartlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish (ommaviy oferta) yo‘li bilan ijaraga berilishi to‘g‘risida matbuotda e’lon beradi”;
i) 26-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 27-bandda:
oltinchi va o‘n beshinchi xatboshilardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 28-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Ijaraga beriladigan obyektlar hisobini yuritish maqsadida ijaraga beruvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin reyestrga yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har biriga hisobga olish yozuvining sanasi va raqamini ko‘rsatgan holda hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi.
To‘rt nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan ishchi organga, ijaraga oluvchiga, balansda saqlovchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi”;
n) 32-bandda:
birinchi xatboshidagi “Hukumat” so‘zi “tanlov” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining” so‘zlari “ishchi organning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o) 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“36. Tanlov komissiyasi yuklangan vazifalarga muvofiq:
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi tamoyillari asosida tanlov ishtirokchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratadi;
obyektlarni ijaraga berish uchun talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlaydi.
37. Ishchi organ:
ijaraga berilayotgan obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha hisob-kitoblarini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
Tanlov komissiyasiga tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlarning tartibi va shartlari to‘g‘risida takliflar kiritadi;
ular bo‘yicha ijaraga berish to‘g‘risida tanlov komissiyasining qarori qabul qilingan obyektlarni zarur holatda saqlash, ularning saqlanishi va obodonchiligi bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etadi;
talabgorlarning so‘rovi bo‘yicha ularga ijaraga berilayotgan obyekt, uning tavsifi va u bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi;
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni oladi;
tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajaradi;
tanlov komissiyasi majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etadi;
mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan obyektning ijarasi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni har bir obyekt bo‘yicha individual tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi”;
p) 40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
obyektlar, bog‘lar, istirohat bog‘lari, inshootlar, san’at asarlari, tarixiy-badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlarni zarur tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rejimga rioya qilinishini va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlash;
obyektdan faqat ijara shartnomasida belgilangan maqsadda foydalanish;
obyektga nisbatan ijaraga oluvchining muhofaza majburiyatini bajarish;
obyektga zarur tarzda qarash, uni tiklash, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
belgilangan miqdorlarda va muddatlarda qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini bajarish;
obyektning holati va shartnoma majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi davriy axborotni ijara shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda ishchi organga taqdim etish;
obyektda restavratsiya-tiklash ishlarini va boshqa ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va davlat ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish;
obyektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash, shuningdek ushbu ishlar yakunida nazorat o‘lchovi o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning qoplashini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishida ushbu loyiha-smeta hujjatlari qiymatining ko‘pi bilan 3 foizi miqdorida inobatga olish;
ishchi organning hududiy organlari bilan obyektda bajarilayotgan restavratsiya-tiklash ishlari va boshqa ishlarning hajmi va sifatini har oyda aniqlash bo‘yicha ilmiy-texnik nazoratchi tayinlash bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish;
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qonun hujjatlari normalariga zid bo‘lmagan talablarini bajarish;
muhofaza taxtachasini o‘z hisobidan o‘rnatish va/yoki yangilash.
Ijaraga oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin”;
r) ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qarori)” 2017-yil 13-apreldagi 207-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) 1-ilovasining 20-bandi;
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 1-ilovasi 53-bandining “b” kichik bandi. | 250 | 13,596 |
Qonunchilik | Valentina Ivanova: «Vir.uz tizimida oʻqiy boshlaganlarga muvaffaqiyat tilayman» | Oʻtgan shanbada «Advance Pharmaceuticals Business» XK MChJ bosh buхgalteri Valentina Ivanova bir.uz tizimida «Bosh buхgalter. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi. 2-toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shu munosabat bilan Norma portali muхbiri Oleg Gayevoy undan savollariga javob berishini iltimos qildi.
– Valentina Vladimirovna, nima uchun bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida shugʻullana boshladingiz?
– Bir yil avval «Norma» PRMda yagona soliq toʻloviga bagʻishlangan seminarda qatnashdim. Unda buхgalterlar malakasini oshirish uchun bir.uz portali tashkil etilganligi haqida хabar berdilar. Oʻshanda u hali test rejimida ishlar edi. Unga qiziqib qoldim. Bilim darajamni sinab koʻrmoqchi boʻldim. Shu tariqa shugʻullanishga kirishib ketdim.
– Aхir bir necha yildan buyon bosh buхgalter boʻlib ishlaysiz-ku?
– Ha, toʻgʻri. Shunga qaramay, tayyorgarlik darajamni tekshirib, malakamni tasdiqlagim keldi. Hech qaysi buхgalter amaliyotda buхgalteriya hisobiga oid barcha bilimlarini qoʻllamaydi, faqat oʻz ishida kerak boʻladiganini qoʻllaydi. Bir.uz tizimi esa ularning hammasini qamrab olgan. Oʻquv testi bosqichida oʻzim uchun koʻp narsani bilib oldim.
– Attestatsiya imtihonini bir urinishda topshirdingizmi?
– Yoʻq, faqat ikkinchi urinishda uddaladim. Sinov imtihonidan oʻtgan boʻlsam ham, vaqtdan unumli foydalanmaganim va imtihongacha oʻquv testidan toʻliq oʻtishga ulgurmaganim sababli bir urinishda topshira olmadim.
– Qaysi хatoingiz koʻproq yodingizda qoldi?
– Testga kelsak, ancha vaqt oʻtgani uchun hozir aniq bir holatni eslay olmayman. Biroq unda tizim versiyasi boʻyicha men notoʻgʻri yechgan vazifalar bor edi. Aslida ularni toʻgʻri yechganman degan fikrdaman. Bunday holatlarda tizim mualliflari toʻgʻri javoblarni kiritish chogʻida qanday hisob-kitoblardan foydalanganlarini bilishni istardim.
Attestatsiya imtihoni haqida gapiradigan boʻlsam, ba’zi savollarga toʻgʻri javobni bila turib notoʻgʻri javob berganimni bilaman. Ayrimlari, ayniqsa vaziyatga doir vazifalar boʻyicha esa хatolarim ustida ishlashim kerak…
– Ishlab chiquvchilarga qanday taklif bildirgan boʻlardingiz?
– Attestatsiya imtihonidan keyin bir yoki bir nechta «хatolar ustida ishlash» prinsipi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. Bu amaliyotchilar uchun katta foyda keltirishi aniq.
– Bir.uz tizimi orqali oʻrganganlaringiz kelgusida qoʻl keladimi?
– Hozircha bir.uz tizimida oʻqiguncha yaхshi oʻzlashtirib olgan tizimda ishlayapman. Oʻqish menga naf keltirdi, koʻpgina yangi va qiziqarli aхborotlarni bilib oldim.
– Amaliyotda bir.uz attestati kerak boʻladi, deb oʻylaysizmi?
– Bu haqda oʻylab koʻrmagan ekanman. Hozircha uni tayin bir joyga qoʻyib qoʻyaman. Yangi ishga joylashadigan boʻlsam, u ta’lim olganim, imtihon topshirganimning isboti boʻlib хizmat qiladi. Zero taqdir taqozosiga koʻra kursni tugatib, buхgalter sifatida ish boshlaganman. Ma’lumotim boʻyicha trikotaj ishlab chiqarishi teхnologiman, biroq bu kasbda ishlab koʻrmaganman.
– Bir.uz tizimida shugʻullana boshlaganlarga qanday tilak bildirasiz?
– Sabr-toqat va qunt bilan ishlashlarini tilayman. Testni oхirigacha yeching, sinov imtihonidan muvaffaqiyatli oʻting va attestatsiya imtihonini ishonch bilan topshiring. Bundan faqat yutasiz. | 79 | 3,296 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SUG‘URTA ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston davlat sug‘urta organlari to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR davlat straxovaniyesi organlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1979-yil 9-oktabrdagi 700-son qarori o‘z kuchini” yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari hisoblanadilar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi;
unga bo‘ysunuvchi davlat sug‘urta boshqarmalari va nazorat muassasalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi (O‘zdavsug‘urta) hisoblanadi, to‘la xo‘jalik mustaqilligi sharoitida ish olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari hamda nazorat muassasalari respublika davlat sug‘urta organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlarining asosiy vazifasi, fuqarolar hayotini, salomatligini, mol-mulkini, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona hamda tashkilotlarning iqtisodiy manfaatlarini tabiiy ofatlar, halokatlar, baxtsiz hodisalar va boshqa kutilmagan hodisalardan sug‘urta yo‘li bilan himoyalashni ta’minlashdan iborat.
4. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
a) sug‘urtaning quyidagi davlat majburiy turlarini o‘tkazish;
transportdagi yo‘lovchilarni;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulkini;
fuqarolarning mol-mulkini;
diniy tashkilotlarga ijaraga berilgan davlat imoratlarini;
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari zimmasigi yuklatiladigan davlat sug‘urtasining boshqa turlarini o‘tkazish;
b) aholini ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta qilishni amalga oshirish;
v) ijarachilar, davlat korxonalari (birlashmalar), shirkat va jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilishni o‘tkazish;
g) xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish;
d) belgilangan tartibga muvofiq sug‘urta to‘lovlari miqdorini aniqlash va ularni to‘lashni amalga oshirish;
e) ehtiyotdan sug‘urta va investitsiya faoliyatini, sug‘urta va qayta sug‘urta qilish, shu jumladan chet el valyutasida, a’mollarini amalga oshirish;
j) respublika vazirliklari va idoralari bilan, boshqa mamlakatlarning sug‘urta tashkilotlari bilan amaliy aloqalarni va hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma sug‘urta faoliyatini amalga oshirish;
z) tezkor va buxgalteriya hisobini olib borish, tegishli hisobotni tuzish;
i) ma’lumotlarning sug‘urta axborot bankini tashkil etish;
k) o‘tkaziladigan sug‘urta turlarini reklama qilish;
l) sug‘urta xodimlari kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash;
m) sug‘urta qilishning asosiy shartlarini ishlab chiqish;
n) mablag‘lar va moddiy boyliklarning saqlanishini nazorat qilish;
o) o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari tizimida moliyaviy faoliyatni tartibga solib turish uchun quyidagilar tashkil etiladi:
ustav jamg‘armasi;
zaxira jamg‘armasi;
ehtiyot jamg‘armasi, shu jumladan, chet el valyutasida;
ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlar jamg‘armasi;
sug‘urta va qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa jamg‘armalar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi hamda unga bo‘ysunuvchi davlat sug‘urta boshqarmalari va nazorat muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlariga, Moliya vazirligining yo‘riqnomalari va buyruqlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi daromaddir. U olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlar (sug‘urta to‘lovlari, ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlarga sarflangan xarajatlar, zaxira jamg‘armalariga ajratmalar, ish yuritish xarajatlari) o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Budjetga soliqlar to‘langanidan so‘ng qoladigan daromad davlat sug‘urta organlarining mulki bo‘lib hisoblanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari budjetga to‘lanadigan soliqlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlarni undirish uchun belgilangan tartibda majburiy sug‘urtaga doir to‘lovlarni undirishni amalga oshiradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta organlari xodimlariga boshqa sug‘urta tashkilotlari ishida qatnashish, shuningdek, o‘rindoshlik yo‘li bilan qatnashish man etiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari va uning bo‘linmalari sug‘urta a’mollari bilan bog‘liq barcha ishlar yuzasidan davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.
11. Davlat sug‘urta organlari tomonidan to‘lanadigan sug‘urta haqi summasi va shaxsiy sug‘urtaga oid sug‘urta pulidan soliqlar hamda yig‘imlar, shuningdek, davlat boji olinmaydi.
12. Davlat sug‘urta organlari o‘z majburiyatlari bo‘yicha haq undirish mumkin bo‘lgan o‘zlariga tegishli mulkka javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, davlat esa O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan davlat majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha majburiyatlar bundan mustasnodir.
Sug‘urta qildiruvchi Bilan sug‘urta qiluvchi o‘rtasidagi nizolar qonun bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
13. Sug‘urta qilish shartlarini buzganligi uchun sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta qiluvchilarning javobgarligi ular o‘rtasida tuzilgan sug‘urta shartnomasida belgilanadi va belgilangan tartibda tasdiqlangan sug‘urta bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarda aytib o‘tiladi.
14. O‘zdavsug‘urta, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi boshqarmalari va nazorat muassasalari yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida o‘zlarining hisob-kitob va valyuta schyotlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda nomlari o‘zbek va rus tillarda yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
15. Respublikada davlat sug‘urta organlari ishiga rahbarlikni va ularning faoliyatini nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradi. Vazirlik:
davlat sug‘urtasini o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar beradi;
davlat sug‘urtasiga doir yillik hisobotlar va balanslarni ko‘rib chiqadi;
davlat sug‘urta organlari ishi yuzasidan tushgan shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar, shaharlar hokimliklari moliya boshqarmalari (bo‘limlari) ning boshliqlari (mudirlari) O‘zbekiston Respublikasining sug‘urtaga oid qonunlariga, sug‘urtaning hamma turlariga doir qoidalar, yo‘riqnomalarga tegishli sug‘urta organlari tomonidan rioya etilishini, shuningdek, sug‘urta to‘lovlari tushumi, sug‘urta qoplamasi va sug‘urta pullari to‘lanishini nazorat qiladilar hamda javob beradilar.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Moliya vazirining o‘rinbosari – bosh boshqarma boshlig‘i boshchilik qiladi. Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari bo‘ladi. Ularni vazirlik hay’ati tasdiqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tayinlaydi.
Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi joylardagi davlat sug‘urta organlari ishiga uslubiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat etadi, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirishning umumiy yo‘nalishlarini, sof foydani taqsimlash tartibini, mehnatga haq to‘lash shakli hamda tizimini belgilab beradi.
O‘zdavsug‘urta daromaddan olinadigan soliq bo‘yicha respublika budjeti bilan markazlashtirilgan tartibda hisob-kitob qiladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasining tuzilmasi va xodimlari soni, shuning, lavozim maoshlari sxemasi hamda sug‘urta organlari ixtiyorida qoladigan foydani ishlatish to‘g‘risidagi Nizom va mukofotlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda quyidagi huquqlar beriladi:
sug‘urta to‘lovlaridan ajratmalar hisobiga o‘tkaziladigan tadbirlar ro‘yxati haqida, sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulkning nobud bo‘lishi va shikastlanishining oldini olish yuzasidan, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
bosh boshqarma apparat va unga bo‘ysunuvchi davlat sug‘urta organlari hamda o‘z tasarrufidagi boshqa tashkilotlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining lavozim maoshlariga ustamalar belgilash;
sug‘urta shartnomalari tuzish va ixtiyoriy sug‘urta to‘lovlarini qabul qilish uchun kredit muassasalari hamda boshqa muassasalar va tashkilotlarni jalb qilish;
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan sug‘urta shartnomalari tuzish;
davlat sug‘urtasi mahalliy organlari va o‘z tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini taftish qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarida va boshqa kredit muassasalarida Bosh boshqarma uchun schyotlar ochish hamda yopish, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mablag‘lar va mol-mulkini tasarruf etish; O‘zdavsug‘urtaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish; ishonchnomalar berish; sudda, hakamlik sudida va boshqa organlarda ish olib borish;
ixtiyoriy sug‘urtaning hamma turlari bo‘yicha idoraviy me’yoriy hujjatlar, shuningdek, davlat sug‘urta organlarining faoliyati masalalari yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish tasdiqlash;
davlat sug‘urta organlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tavsiyanomalar tayyorlash;
kirim va chiqimlar balansi loyihasini ishlab chiqish hamda balansni tuzish, shuningdek, to‘lovlar tushumi hajmini nazorat qilish ko‘rsatkichlarini tayyorlash.
19. O‘zdavsug‘urta huzurida Kengash tuziladi, uning tarkibiga Bosh boshqarma boshlig‘i, lavozimi bo‘yicha boshliqning o‘rinbosarlari, shuningdek, respublika davlat sug‘urta organlarining boshqa rahbar xodimlari kiradi. Kengash a’zolari O‘zdavsug‘urta boshlig‘ining tavsiyaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash ishi tuzilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi, reja bir yilga tuzilib, yil choraklariga bo‘lib chiqiladi va sug‘urta to‘lovlari tushumi rejasini bajarish davomida yuzaga keluvchi eng dolzarb va muhim masalalarni, shuningdek, amaliy rahbarlikni takomillashtirish, qarorlar ijrosini nazorat qilish va tekshirish, rahbar kadrlar hamda mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Reja O‘zdavsug‘urta Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zdavsug‘urta Kengashi a’zolari o‘zlari egallab turgan lavozimlar bo‘yicha asosiy ishlaridan tashqari, sug‘urta organlari ishining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida belgilangan rejalarni bajarish hamda davlat sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlar ham shaxsan javob beradilar.
20. Davlat sug‘urta boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hay’atining qarori bilan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Viloyat boshqarmasi apparatining tuzilmasi, uning shaxsiy tarkibi, lavozimi maoshlariga ustamalar, boshqarma xodimlarini, shu jumladan, sug‘urta nazorat organlari boshliqlarini yilning ish yakunlariga ko‘ra taqdirlash to‘g‘risidagi nizom boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqarma boshlig‘i davlat sug‘urta boshqarmasi va nazorat organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
21. Davlat sug‘urta boshqarmasi:
sug‘urta to‘lovlari tushumiga doir topshiriqlarni, xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
sug‘urta a’mollarining statistika va buxgalteriya hisobini tuzadi va olib beradi, shuningdek, shahar va tuman davlat sug‘urta nazorat organlarida shu hisobni olib borish holatini nazorat qilishni amalga oshiradi, tasarrufidagi nazorat organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi hamda tekshiradi;
sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha a’mollarni amalga oshiradi;
O‘zdavsug‘urtaga choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etishni ta’minlaydi;
kredit muassasalarida schyotlar ochadi va yopadi, yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan hamkorlik qilish haqida shartnomalar tuzadi, sudda, hakamlik sudi va boshqa organlarda ish olib boradi;
sug‘urta to‘lovlari ajratmalari hisobiga o‘tkaziladigan sug‘urta qilingan mol-mulklarning nobud bo‘lishi va shikastlanishining oldini olish chora-tadbirlarini rejalashtirishda qatnashadi va yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
22. Tuman, shahar va uchastka davlat sug‘urta nazorat muassasalariga davlat sug‘urta boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
Tuman, shahar va uchastka davlat sug‘urta nazorat muassasalarining boshliqlariga belgilangan tartibda nazorat muassasalari xodimlarini, shuningdek, shtatda bo‘lmagan sug‘urta vakillarini ishga tayinlash va ishdan ozod etish huquqi beriladi.
23. Davlat sug‘urta nazorat muassasiga quyidagilar yuklatiladi:
sug‘urta to‘lovlari tushumi bo‘yicha topshiriqlarni va xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
nazorat muassasasining tuzilmasi va shaxsiy tarkibini ishlab chiqish, shtatdagi xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar, sug‘urta vakillarining mehnat haqi miqdorini belgilash;
majburiy va ixtiyoriy sug‘urta a’mollarini bevosita amalga oshirish;
shtatda bo‘lmagan sug‘urta vakillarining sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishiga rahbarlik qilish;
sug‘urta a’mollariga doir statistika va buxgalteriya hisobini olib borish, ish yuritish;
davlat mablag‘lari hamda moddiy boyliklarning saqlanishini, ularning to‘g‘ri va tejamli sarflanishini ta’minlash;
davlat sug‘urtasini yanada rivojlantirishni, majburiy va ixtiyoriy sug‘urtaning har bir turiga oid to‘lovlar tushumi topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash;
sug‘urta qoplamasi hamda sug‘urta pullarini qoida va yo‘riqnomalarda belgilangan tartibda aniqlash va to‘lash;
choraklik va yillik hisobotlarni boshqarmaga belgilangan muddatlarda taqdim etish;
kredit muassasalarida hisoblar ochish va yopish, shartnomalar tuzish, sudda, hakamlik sudi hamda boshqa organlarda ish olib borish.
asosiy mablag‘lar jamg‘armasidan;
sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha a’mollar uchun zaxira jamg‘armasidan;
hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha badallar zaxirasidan;
sug‘urta a’mollari va investitsiya faoliyatidan tushgan joriy mablag‘lardan;
valyuta jamg‘armasidan;
maxsus jamg‘armadan;
sug‘urta organi tasarrufida qoladigan foydadan;
davlat sug‘urtasini barqarorlashtirish jamg‘armasidan iborat bo‘ladi.
Ushbu jamg‘armalarni hosil qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. | 90 | 15,763 |
Qonunchilik | VINO IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2007-yil 6-iyundagi 20-15-142/22-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 28-maydagi “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari”ni tasdiqlash haqidagi 14-27-sonli buyrug‘i bekor qilinsin.
1. Mazkur Vinochilik sohasi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir barcha ishlarda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, xodimlarning salomatligini saqlash va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha asosiy talablar va me’yorlarni o‘z ichiga oladi.
2. Qoidalar vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va barcha ishlab chiqarish usullaridagi korxonalar (yoki ish beruvchilar), shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish ahvolini nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qo‘llanilishi shart.
3. Qoidalar amaldagi qonunchilik, davlat standartlari, qurilish va sanitariya me’yorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
4. Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, Davlat standartlarining tegishli bo‘limlari va boblari, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
5. Qoidalar qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari va davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda va yangi texnika hamda texnologiyalar joriy qilinganda amal qilish muddati tugashidan oldin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalar kelishilgan vazirliklar hamda idoralar bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
6. Mazkur Qoidalar joriy qilinishi bilan avvalgi qoidalar o‘z kuchini yo‘qotadi.
7. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxona (tashkilot)ning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil) muvofiq ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
b) ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
v) bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
a) ish joylarining ahvoli;
b) mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
v) mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
g) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
d) mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
e) mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
9. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
11. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tuziladi) va yuritiladi:
a) mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
b) tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
v) mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
g) ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
d) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
e) ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi.
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil).
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
15. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
16. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
17. Vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bitta korxona GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tasnifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning og‘irligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
19. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang ko‘rinishida ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan) bo‘yicha ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori ko‘rsatilgan to‘liq ro‘yxati tuzilishi lozim.
21. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
22. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish bo‘yicha tegishli standartlar talablariga, aniq vositalar bo‘yicha tasniflar va standartlarga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, erga ulash, tunukadan qilingan g‘iloflar bilan berkitish, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Yangi ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini joriy qilish yangi jamoaviy himoya vositalarini joriy qilish yoki mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiyalash bilan birga amalga oshirilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan ta’minlanadi.
27. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
28. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
v) qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
29. Har bitta korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, sig‘imlarda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, qozonnazorat obyektlariga, yuk ko‘tarish kranlari, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
30. O‘ta xavfli ishlarga, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalari, maxsus mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanishga faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus o‘qitilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
31. O‘ta xavfli ishlarni ularni bajarishning xavfsiz usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bermasdan va mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan “naryad-ruxsatnoma”siz amalga oshirish man etiladi (mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko‘rsatilgan). Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining (2004-yil 20-avgust, ro‘yxat raqami 1400 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) 2-paragrafiga muvofiq bajariladi.
32. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga qat’iy muvofiqlikda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
33. Har bitta vinochilik ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilishda kasbiy tanlov talab qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
34. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlovni tashkillashtirishi hamda amalga oshirishi shart.
35. Kasbiy tanlov vakolatli organlar tomonidan kasbiy muvofiqligi to‘g‘risida rasmiy xulosa berilgan holda amalga oshirilishi lozim.
36. Ma’muriyat yoki ish beruvchi kasbiy tanlovdan o‘tgan va ishga qabul qilingan shaxslarni tanlov to‘g‘ri bo‘lganini amaliy tasdiqlash va zarur hollarda tuzatishlar kiritish maqsadida nazorat qilishlari lozim.
37. Korxona xodimlari ishni bajarishning kasbiy usullariga, ishlarni xavfsiz yuritishga o‘qitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq hujjatli rasmiylashtirilgan holda sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
38. O‘ta xavfli ishlarga, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalari, maxsus texnologik uskunalar va mashinalarga, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish ishlariga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
39. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
41. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
42. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
43. Ma’muriyat davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini kasaba uyushmasi bilan kelishishda tegishli hujjatlarga (jamoaviy shartnoma, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitim, ishlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma va hokazo) kiritishi lozim.
44. Xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan va tibbiy ko‘rik paytida aniqlangan kasalliklarga tashxis qo‘yish murakkab bo‘lgan hollarda ma’muriyat bemorni maxsus davolash muassasalariga yuborishi shart.
45. Har bitta ishlab chiqarishda ishlovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida zarur dorivor preparatlar va bog‘lash vositalari bilan ta’minlangan tibbiyot punkti tashkil etilishi lozim.
46. Sanoat korxonalari hududini rejalashtirish va qurish, oziq-ovqat sanoati korxonalarini loyihalashtirishga doir talablar hisobga olingan holda amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
47. Korxona hududida quyidagilar joylashtirilishi lozim:
atmosfera yog‘inlarini binolar va inshootlardan oqova suvlar chiqib ketuvchi quvurlarga yo‘naltirgichlar;
yuzasi qattiq qoplama bilan qoplangan, tegishli o‘lchamga, ruxsat etilgan qiyalik va doira radiuslariga, yo‘l belgilariga ega o‘tish joylari;
qattiq qoplama bilan qoplangan omborxona, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari;
qurilish me’yorlariga muvofiq tashkil qilingan yong‘in va xo‘jalik suv o‘tkazgichlari, kanalizatsiya va yong‘in suv havzalari;
tashqi yoritish tarmog‘i;
hududning bo‘sh joylarini ko‘kalamzorlashtirish.
48. Korxona hududini ko‘kalamzorlashtirish:
a) sanitariya-himoyalash hududida;
b) korxona ichi, magistral va boshqa yo‘llar bo‘ylab;
v) qurilishdan holi maydonchalar va maishiy xizmat ko‘rsatish, oshxona, sog‘lomlashtirish punktlari, ma’muriy binolar va dam olish joylari joylashgan hududlarda amalga oshirilishi lozim.
49. Korxona hududi balandligi 2,4 m gacha bo‘lgan devor bilan o‘ralishi va umumiy foydalanish yo‘llariga chiqish uchun o‘tish joyining eni va balandligi 4,5 m dan kam bo‘lmagan kamida ikkita darvozaga ega bo‘lishi lozim.
50. Kirish va chiqish darvozalari ularni istalgan kishi yopishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamaga, transport harakatidan ogohlantiruvchi yorug‘lik yoki tovush signalizatsiyasiga ega bo‘lishi lozim.
Kirish darvozalari va avtomobil tarozilari maydonchalari oldida yo‘naltiruvchi ustunchalar o‘rnatilishi lozim.
51. Transport vositalari o‘tishi uchun mo‘ljallangan darvozalardan korxona yoki sex xodimlarining doimiy kirib-chiqishi uchun foydalanish man etiladi.
52. Ishlab chiqarish korpuslariga boradigan yo‘llarning eni kamida 6 m, avtomobillar bir tomonlama harakatlanadigan boshqa yo‘llarning eni esa kamida 3,5 m bo‘lishi lozim.
53. Avtomobil yo‘llarining temir yo‘l bilan kesishgan joyidagi o‘tish qismi relslarning balandligiga teng darajada har tomonga kamida 10 m uzunlikda takomillashgan qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
54. Korxona ma’muriyati avtotransport vositalarini saqlash joylarini va yo‘lning to‘xtash man etilgan joylarini belgilashi va ularni tegishli belgilar bilan ko‘rsatishi lozim.
55. Har bitta korxonada ruxsat etilgan yo‘nalishlar, burilishlar, to‘xtash, kirish, chiqish joylari ko‘rsatilgan korxona ichki transportining harakatlanish sxemasi tuzilishi lozim. Ushbu reja bilan barcha xodimlarni tanishtirish, uni korxona ichki transportining to‘xtash joylari, yo‘llar kesishgan joylari, temir yo‘l rampalari, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalarida osib qo‘yish zarur (transportning harakatlanish tezligi mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatilgan).
56. Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylari avtomobil yo‘llarining gorizontal qismida joylashtirilishi, relslar orasi yog‘och qoplamaga ega bo‘lishi va kelish yo‘llari ustunlar yoki to‘siqlar bilan to‘silgan bo‘lishi zarur.
57. Temir yo‘lning korxona darvozasiga kirish joylarida lokomotiv yaqinlashib kelishiga 50 m qolganda ishga tushadigan avtomatik signalizatsiyali yo‘l to‘siqlari priborlari o‘rnatilishi lozim.
58. Korxona ichidagi temir yo‘lni kesib o‘tish joylarida “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgilari, shuningdek harakatlanuvchi tarkib to‘g‘ri yo‘lning kesib o‘tilgan joyiga yaqinlashishiga 50 m qolganda va burilish joylaridagi yo‘lning kesib o‘tilgan joyiga yaqinlashishiga 75 m qolganda signal beruvchi avtomatik yorug‘lik-tovush signalizatsiyasi o‘rnatilishi lozim.
59. Yo‘lovchilar uchun yo‘laklar maksimal darajada qisqa, yuk oqimlari bilan kesishish joylari eng kam darajada: eni kamida 1.6 m bo‘lishi lozim. Yo‘laklar asfalt, beton, plitka yoki boshqa qattiq materiallardan iborat qoplamaga ega bo‘lishi zarur.
60. Yo‘llarni kesib o‘tgan, baland o‘tish yo‘llari va estakadalar, ularning zinapoyalari, kanallar va transheyalar orqali o‘tuvchi ko‘priklar kamida 1 m balandlikdagi pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat bo‘lgan to‘siqqa ega bo‘lishi lozim. Ularga tutashuvchi yo‘llar bo‘sh bo‘lishi lozim.
61. Yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlar, suv havzalari, quduqlar, lyuklar, chuqurlar, kanallar tutash hudud bilan bir xil yuzadagi mustahkam qopqoqlar bilan yopilishi yoki ta’mirlash ishlarini bajarishda atrofi o‘ralgan bo‘lishi lozim. Usti yopilmaydigan chuqurlar pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat bo‘lgan 1.2 m balandlikdagi to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
Yer osti muhandislik tarmoqlari quduqlari mavjud bo‘lmagan holda tarmoqning joylashishini aniqlash imkonini beruvchi tanish belgilariga ega bo‘lishi lozim.
62. Tez alangalanuvchi va yonilg‘i suyuqliklari maxsus idishlarda va ajratilgan joylarda saqlanishi zarur.
63. Korxona hududining yuk ortish-yuk tushirish ishlari bajariladigan va transport mexanizmlari muntazam harakatlanadigan uchastkalari “Yuk ortish-yuk tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” (GOST 12.4.026-76) ga mos bo‘lishi lozim.
64. Barcha doimiy yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari yuklarni qo‘lda tashish zaruratini imkon qadar bartaraf etuvchi tegishli mexanizatsiyaga (transportyorlar, samopodavatellar, shtabelukladchiklar, avtoyuklagichlar, bunkerlar, uzkokoleykalar, lebedkalar, mexanik lopatalar, tushirish lotoklari va hokazo) ega bo‘lishi lozim.
65. Doimiy yuk ortish-yuk tushirish ishlarini amalga oshirish uchun korxonada yopiq maydonchalar-platformalar qurilishi, ularning uzunligi bo‘ylab qo‘riqlash bortlari o‘rnatilishi lozim.
Platformaning yuqori darajasi rels yo‘li tomondan rels boshidan 1.2 m va avtotransport keladigan tomondan yer sathidan 0,9-1 m yuqori bo‘lishi lozim.
66. Temir yo‘l vagonlaridagi yuklarni faqat maxsus ajratilgan joylarda zavod yo‘llari bo‘ylab tushirishga ruxsat etiladi, bunda tushiriladigan materiallarni vagondan kamida 1,5 m uzoqlikda joylashtirish lozim.
O‘tish joylari va yo‘llarini, shuningdek ularga tutash yo‘llarni yuklar bilan yopib qo‘yish man etiladi.
67. Yuk shtabellarini avto va elektr yuk ortgichlar yordamida taxlashda yoki ajratishda ularning ish hududini yuklarni qo‘lda tashish yo‘llari kesib o‘tmasligi lozim.
Korxonada turli yuklarni avto va elektr yuk ortgichlarda tashishda taxlash sxemalari ishlab chiqilishi lozim.
68. Yuk ortgichda yuklarni tashishda yo‘lning ruxsat etilgan maksimal qiyaligi KMK 2.09.12-98 “Omborxona binolari” bo‘yicha ombor ichida 16 foizdan va unga kelish yo‘llarida 10 foizdan oshmasligi lozim.
69. Xom ashyoni konteynerlarda va sochilgan holda yetkazib berish va saqlashda barcha yuk ortish-yuk tushirish ishlari mexanizatsiyalanishi lozim. Konteynerlarda taxlash balandligi 1.5 m (3 qator)dan oshmasligi lozim.
70. Xom ashyoni qoplarga solingan holda avtomashinalar (pritseplar)da keltirishda ular xomashyo maydonchasida taglikdagi paketlarga joylanishi va saqlash yoki tushirish joyiga avto va elektryukortgichlar bilan tashilishi lozim. Yopiq xomashyo maydonchalarida avtoyukortgichlardan foydalanish man etiladi. Taglikdagi qoplar bir-biriga perpendikulyar taxlanishi lozim. Taxlash balandligi 2 m dan oshmasligi lozim.
71. Korxonaning barcha hududi toza saqlanishi lozim. Atmosfera yog‘inlarini chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan oqova suv tarnovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda tozalanishi va ta’mirlanishi lozim. Yo‘llar, o‘tish yo‘llari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlardan materiallarni saqlash uchun foydalanish, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qo‘yish man etiladi.
72. O‘tish joylari va tor yo‘llarni muntazam ravishda axlatdan tozalab turish, yozgi paytda suv sepish, qishki paytda esa qordan tozalash va muzlab qolgan taqdirda — qum yoki tuz sepish zarur.
73. Korxona hududida ishlab chiqarish chiqindilari va axlat tashlash uchun to‘plagichlar o‘rnatilishi lozim. To‘plagichlar binolardan 25 metr uzoqlikda bo‘lishi kerak. Ular suv o‘tmaydigan, qopqoqlari mustahkam yopiladigan bo‘lishi lozim.
To‘plagichlar har kun tozalanishi lozim. Ular tozalangandan so‘ng 10 foizli xlorli ohak eritmasi yoki 20 foizli yangi so‘ndirilgan ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.
To‘plagichning sig‘imi ikki kunlik to‘planadigan axlat va chiqindilar miqdoridan ortiq bo‘lmasligi kerak. To‘plagichlar betonlangan yoki asfaltlangan maydonchalarga joylashtirilishi, maydonchalar to‘plagichning asosidan har tomonga 1 m katta bo‘lishi lozim. Maydonchalar yuvish uchun suv bilan ta’minlanishi va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
74. Korxona hududini yoritish mazkur Qoidalarning II bobi 13-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
75. Gradirnya basseynlari va boshqa suv havzalaridan cho‘milish uchun foydalanish man etiladi. Ularning devorlariga taqiqlovchi yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
76. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, “Sanoat korxonalarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha namunaviy qoidalar” ShMQ 2.01.02-04 ga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
77. Yo‘llarning alohida uchastkalari va o‘tish joylarini faqat yong‘indan qo‘riqlash xizmati bilan oldindan kelishilgan holda yopishga ruxsat etiladi. Yong‘in uskunalari, yong‘in gidrantlari va suv havzalariga kelish yo‘llari doimo ochiq bo‘lishi lozim. Yong‘in gidrantlari oldida tungi paytda ham yoritiladigan ko‘rsatkich-yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
78. Quduqlar va magistrallarni ko‘zdan kechirishning barcha turlari suv o‘tkazish-kanalizatsiya magistrallari ahvoli uchun mas’ul shaxsni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
79. Ishlab chiqarish, maishiy xonalar va inshootlarni rejalashtirish, jihozlash va saqlash amaldagi qurilish me’yorlari hamda qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
80. Har bitta xodim uchun ishlab chiqarish xonasi hajmi kamida 15 m3, maydoni esa kamida 4,5 m2 bo‘lishi lozim. Asosiy ishlab chiqarish xonalarining polidan yopish konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandligi kamida 2,6 m bo‘lishi kerakligini ko‘zda tutish lozim.
Omborxonalarning balandligi mahsulotlar va materiallarni taxlash usuliga bog‘liq ravishda belgilanishi zarur.
Energetik xo‘jalik xonalarining balandligi o‘rnatiladigan energetik uskunaning o‘lchamidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ishlab chiqarish xonalarida maydonchalar o‘rnatilganda, maydonchaning balandligi poldan joylashtirilgan konstruksiyalar yoki kommunikatsiya liniyalaridan yuqorida joylashgan chiqib turuvchi konstruktiv elementlarning pastki qismigacha ishlovchilar muntazam o‘tib turgan joyda kamida 2 m va ishlovchilar o‘tadigan joyda kamida 1,9 m bo‘lishi lozim. Maydonchalar va zinalarga doir talablar mazkur Qoidalarning IV bobi 3-paragrafida ko‘rsatilgan.
81. Galereyalar va estakadalar o‘lchami quyidagi talablardan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur:
a) poldan galereya tomining chiquvchi konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandlik kamida 2 m bo‘lishi lozim;
b) evakuatsiya galereyalaridan tashqari, yo‘lovchilar yuradigan galereyalarning eni bir smenada bitta yo‘nalishda o‘tuvchilar soni ko‘pi bilan 400 kishini tashkil qilganda kamida 1,5 m bo‘lishi lozim, o‘tuvchilar soni ko‘rsatilgan miqdordan yuqori bo‘lganda galereyaning eni ortiqcha 200 kishiga 0,5 m dan kengaytirib boriladi;
v) transport va kommunikatsiya galereyalari va estakadalarining eni uskunalar va quvurlardan holi kamida 0,7 m yo‘lak qoldirish imkonini berishi lozim.
82. Isitiladigan binolarning derazalari va yoritish chiroqlari oynalarining qatlamlari soni tashqi va ichki havo harorati hisob o‘zgarishlariga bog‘liq ravishda amaldagi loyihalash me’yorlariga muvofiq belgilanishi lozim.
83. Ishlab chiqarish xonalarida ventilatsiya qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lishidan qat’i nazar, shamollatish moslamalari ko‘zda tutilishi zarur. Har bitta deraza kamida bitta ochiladigan framugaga ega bo‘lishi lozim.
Xonalarni shamollatish uchun ishlatiladigan yorug‘lik teshiklari mexanik va qo‘lda ochiladigan uskunalar va moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ko‘rsatilgan talablar havo konditsionerlanadigan xonalarga tegishli emas.
84. Havo almashuvi aeratsiya yordamida amalga oshiriladigan xonalardagi tavaqali deraza panjaralari yoki boshqa ochiladigan moslamalar shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poldan yilning issiq paytida havo kirishi uchun mo‘ljallangan deraza o‘rni (tavaqali panjara)gacha bo‘lgan masofa 1,8 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
85. Derazalar va chiroqlarni ta’mirlash va ularga oyna qo‘yish, oynalarni ikki tomondan tozalash, shuningdek aeratsion teshiklar va yoritish armaturasiga xizmat ko‘rsatish uchun ushbu ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni ta’minlovchi maxsus qurilmalar hamda moslamalar ko‘zda tutilishi lozim. Qurilmalar va moslamalar xavfsiz ishlatish uchun sinovdan o‘tkazilishi lozim.
86. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar konstruksiyasi amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga hamda zarur hollarda texnologik talablarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
87. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar teshiklarsiz, tekis, nishabliksiz bo‘lishi va quyidagi materiallardan tayyorlanishi lozim:
asfalt pol — xomashyo sexlarida va yog‘och tara ishlab chiqarish sexlarida, navbatchi slesarlar va elektr montyorlar xonalarida, ta’mirlash-mexanika ustaxonalarida, tayyor mahsulot, yog‘och tara omborlarida, avtomashinalar, avto yuklagichlar, elektr mashinalar garajlarida;
beton pollar — spirt olish, saqlash va berish xonalarida;
sement pol (yoki metall plitalardan iborat pol) — yuvish, kalibrovka xonalari, sex omborlari, chiqindilarni utilizatsiya qilish, kir yuvish xonalarida, yonilg‘i-moylash materiallari omborlarida, nasos, suv quvurlari va kanalizatsiya, qozonxona, elektr stansiyalari va boshqalarda. Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan xonalarda pollarni bo‘yash uchun qoramoy va ular asosidagi mastikalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
88. Yondosh xonalardagi pollar turli gorizontal darajada joylashgan holda o‘tish joylari yoki yo‘llaridagi eng yuqori nishablik yoki ko‘tarilish 0,02 m dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
89. Pollarning metall qoplamalari taram-taram novga ega bo‘lishi, maydonchalar, estakadalar, o‘tish yo‘llari, zinapoyalar cho‘zib tortilgan po‘latdan tayyorlanishi lozim.
90. Ishlab chiqarish xonalarida odamlar va yuk oqimlari o‘tadigan eshiklar yoki darvozalar alohida bo‘lishi lozim.
91. Ishlab chiqarish xonalarining eshik o‘rinlari va texnologik teshiklarida sovuq paytda tuman, devor va uskunalar yuzasida kondensat hosil bo‘lishining oldini olish, shuningdek ishchilarni harorat o‘zgarishlari va shamoldan himoya qilish uchun tamburlar yoki havo-issiqlik pardasi yaratilishi lozim.
92. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari silliq, oson va tez tozalanadigan, yuqori sanitariya-gigiyenik talablar qo‘yilgan xonalarning (yuvish-quyish, aralashtirish va boshqalar) devorlari keramik plitalar bilan qoplanishi yoki kamida 2 m balandlikkacha namlikka chidamli bo‘yoq bilan bo‘yalishi lozim.
93. Barcha ishlab chiqarish binolarining tomlarida amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq oqova suvlar tarnovlari o‘rnatilishi lozim.
94. Ishlab chiqarish xonalari va uskunalarini bo‘yash sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarining interyerlariga rangli bezak berishni loyihalashga doir ko‘rsatmalarga, “Texnologik uskunalar va texnologik quvurlar” GOST 12.2003-76, GOST 12.2002-69 va “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026-76 qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
95. Kanalizatsion traplar texnologik sexlar va bo‘linmalarning barcha xonalarida o‘rnatilishi lozim. Pollar kanalizatsion traplar tomonga 0,02 nishablikka ega bo‘lishi lozim, traplar panjaralar va gidravlik tambaga ega bo‘lishi lozim. Traplar uskunadan oqova chiqish joylari oldida, hamda polning har 100 m2 ga bittadan joylashtiriladi.
Oqova suvlarni uskunadan kanalizatsiyaga quyish yopiq usulda amalga oshirilishi lozim.
Oqova suvlarni ishlab chiqarish xonasi poliga tashlash, shuningdek kanalizatsiyaga tashlash uchun ochiq tarnov o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
96. Korxona ma’muriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Umumiy tekshirishda barcha binolar va inshootlar, jumladan bino yoki uskunaning barcha konstruksiyalari, shu jumladan muhandislik uskunalari, turli pardoz va tashqi bezak elementlari yoki barcha binolar va inshootlar kompleksi ko‘zdan kechiriladi. Qisman tekshirishda kompleksning alohida binolari yoki inshootlari, uskunalar turlari ko‘zdan kechiriladi.
Qoidaga ko‘ra navbatdagi umumiy texnik tekshirishlar bir yilda ikki marta — bahorda va kuzda o‘tkaziladi.
97. Bahorgi tekshirishdan ko‘zlangan maqsad qishki qor-yomg‘irlardan so‘ng binoning ahvolini aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. Qor yog‘maydigan hududlarda bahorgi tekshirishlar muddatlari korxona direksiyasi tomonidan belgilanadi.
Bahorgi tekshirishda bajariladigan binolar va inshootlarni yoz paytida joriy ta’mirlash ishlari hajmi aniqlanadi va keyingi yil rejasiga kiritish uchun kapital ta’mirlash ishlari hajmi belgilanadi.
Kuzgi texnik ta’mirlash paytida quyidagilarni bajarish zarur:
a) tutib turuvchi va to‘suvchi konstruksiyalarning holatini tekshirish va ularda yog‘ingarchiliklar va boshqa ta’sirlar natijasida yuzaga kelgan buzilishlarni aniqlash;
b) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning mexanizmlari va ochiluvchi elementlarini tekshirish;
v) tarnovlar, quvurlar va sel qabul qilgichlarning holatini tekshirish hamda tartibga keltirish.
98. Kuzgi tekshirish binolar va inshootlarni qishga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu davrga kelib barcha yozgi joriy ta’mirlash ishlari yakunlanishi lozim. Kuzgi tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
a) binolar va inshootlarning tutib turuvchi va to‘suvchi konstruksiyalari holatini sinchiklab ko‘zdan kechirish hamda turli teshiklar va yoriqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
b) binolar qoplamalari, ish inventarlari, shuningdek tarnovlar va quvurlar holatini tekshirish;
v) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning ochiluvchi elementlarining sozligi hamda qish sharoitida ishlashga tayyorligini tekshirish.
99. Binolar va inshootlar navbatli tekshirishlardan tashqari navbatdan tashqari ko‘zdan kechirilishi ham mumkin (tabiiy ofatlar, bo‘ronli shamollar, kuchli do‘l yoki qor yog‘ishlar, seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan zilzilalar yoki avariya va yong‘inlardan so‘ng).
100. Texnik tekshirishlar natijalari bo‘yicha yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari binolarni texnik ekspluatatsiya qilishni yaxshilash, shuningdek barcha turdagi ta’mirlash ishlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
101. Binolar va inshootlarni umumiy ko‘zdan kechirish komissiyasi tarkibi korxona rahbari tomonidan tayinlanadi va uning o‘zi komissiyaga rahbarlik qiladi.
102. Yangi korxonalarni loyihalash va qurishda hamda rekonstruksiya qilishda omborxonalar QMQ 2.09.12-98 “Ombor binolari” talablariga javob berishi lozim.
103. Omborlar, ayvonlar, estakadalar va ochiq ombor maydonchalari qurilish me’yorlari va qoidalari hamda xomashyo va materiallarni ochiq saqlash omborlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi lozim. Spirt, mazut, benzin va boshqa portlovchi yonilg‘i moddalarni saqlash uchun xonalar va maydonchalar qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
104. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarni saqlash ombori O‘zbekiston Respublikasining Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning jihozlanishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari” talablariga javob berishi lozim.
105. Omborlardagi odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan eshiklarning eni va bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Tayyor mahsulot omborlari kamida ikkita eshikka ega bo‘lishi lozim.
106. Sex transporti (telejka, shtabel taxlagichlar, elektr yuk ortgichlar, elektr mashinalar va boshqalar) harakatlanadigan omborlardagi o‘tish yo‘llarining eni yuk ortilgan transport vositalarining o‘lchami hisobga olingan holda qo‘shimcha bir tomonlama harakatlanishda yana 0,8 m, ikki tomonlama harakatlanishda devordan kolonnagacha har ikki tomondan 1,0 m masofa bo‘lishi lozim.
107. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan omborlarda polning 1 m2 ga ruxsat etilgan yuk og‘irligi ko‘rsatilgan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
108. Butilkalarga qadoqlangan mahsulotlar joylangan qutilar shtabellari balandligi 2 m dan ortiq bo‘lmasligi va shtabellar orasidagi masofa 2 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Bo‘sh qutilar to‘g‘ri burchakli shtabellarga ikki metrdan ortiq bo‘lmagan balandlikda taxlanishi lozim, so‘ngra qutilar ushbu shtabelga piramida ko‘rinishida taxlanadi. Piramidaning gorizontga nisbatan qiyaligi 450 dan oshmasligi lozim. Shtabelning umumiy uzunligi 6 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Qutilar “bog‘lanish” usulida taxlanishi zarur.
109. Omborxona binolari va inshootlarini joylashtirishda uchastkalarda ularga avtomobil transportining kelishi ko‘zda tutilishi lozim. Temir yo‘l transporti tegishli iqtisodiy asos mavjud bo‘lganda ko‘zda tutiladi.
110. Ombor binolari asosan binolarning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni bitta binoda yoki ishlab chiqarish binolari yoki boshqa binolar bilan blokirovka qilish, bu texnologik jarayon shartlariga, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga zid bo‘lmagan va texnik-iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lgan barcha holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
111. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarda joylashtirishga faqat tegishli asos mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
112. Zaharli gaz (sulfidli angidrid va boshqalar) solingan ballonlar tegishli me’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinadigan maxsus yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Boshqa gazlar solingan ballonlar maxsus xonalarda, shuningdek yog‘ingarchiliklar va quyosh nuri ta’siridan himoya qilingan holda ochiq havoda saqlanishi mumkin.
113. Gaz solingan ballonlar saqlanadigan yopiq omborxonalardagi harorat +35 oC dan oshmasligi lozim va ushbu darajadan oshib ketgan holda omborxonalarni sovutish choralari ko‘rilishi lozim.
114. Har bitta vinochilik korxonasida qurilish me’yorlari (QMQ 2.09.12-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy xonalari”) talablari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, bino va inshootlarni loyihalash qoidalari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalar qurilishi lozim. Maishiy va qo‘shimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Maxsus maishiy xonalar va qurilmalar tarkibi ishlab chiqarish jarayoni guruhlariga bog‘liq ravishda belgilanadi (mazkur Qoidalarning 4-ilovasida ko‘rsatilgan).
115. Maishiy xonalarni rejalashtirish ishlovchilarning qarshi oqimini istisno etishi lozim. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
116. Ishlab chiqarish binolari va ularning qo‘shimcha binolarida joylashgan maishiy xonalar ishlab chiqarish xonalaridan shlyuzlar, yo‘laklar va zina xonalari bilan ajratilishi lozim.
117. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va cho‘milish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida bo‘lishi lozim.
118. Garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va cho‘milish xonalari, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari pollarida namlikka chidamli, sirpanchiq bo‘lmagan yuzali, och rangda, nishablikka ega traplar bo‘lishi lozim. Devorlar va to‘siqlar yuzalari oson tozalash va issiq suvda yuvish imkonini beradigan och rangdagi, namlikka chidamli materiallar bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi lozim.
Yuvinish xonalarining shiplari bilan och ranglardagi namlikka chidamli bo‘yoqlar, boshqa maishiy xonalarning shiplari esa suvli, yuvilmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
119. Maishiy xonalarni ho‘llab tozalash uchun issiq va sovuq suv kranlari ko‘zda tutilishi lozim. Garderoblar, dushxonalar va boshqa maishiy xonalar davriy ravishda dezinfeksiya qilib turilishi lozim.
120. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
121. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
122. Garderobxonalar ko‘cha, uy va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
123. Ish kiyimlari uchun mo‘ljallangan garderoblar ko‘cha va uy kiyimlari garderoblaridan alohida joylashtirilishi lozim. Maishiy xonalar QMQ 2.09.12-98 “Korxonaning maishiy va ma’muriy binolari” talablariga muvofiq oqib keluvchi va so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim.
124. Toza va kir ish kiyimlarini saqlash omborchalari alohida va har birining maydoni kamida 3 m2 bo‘lishi lozim.
125. Garderoblarda kiyim saqlash uchun o‘rinlar soni quyidagicha bo‘lishi lozim:
a) kiyimlar ilgakda saqlangan holda — ikkita eng ko‘p kishi ishlaydigan yondosh smenalarda ishlovchilar soniga teng miqdorda;
b) kiyimlar shkaflarda saqlangan holda — barcha ishlovchilarning ro‘yxatdagi soniga teng miqdorda.
126. Garderob uskunalari va ularning joylashtirilishi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
127. Haftada kamida bir marta shkaflar ho‘llab tozalanishi va bir oyda kamida bir marta dezinfeksiya qilinishi lozim.
128. Garderoblar issiq va sovuq suv keltirilgan va elektr sochiq o‘rnatilgan yuvinish joyiga ega bo‘lishi lozim.
129. Hojatxonalar eng chekka ish joyidan ko‘pi bilan 75 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim. Hojatxonadan bino tashqarisidagi ish joylarigacha bo‘lgan masofa 150 m dan oshmasligi lozim.
130. Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolarida hojatxonalar har bir qavatda bo‘lishi lozim.
Ikkita yondosh qavatda ishlovchilar soni 30 nafargacha bo‘lgan holda ikkita qavatga bitta hojatxona o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi va hojatxona ishlovchilar soni ko‘p bo‘lgan qavatda joylashtirilishi lozim.
Qavatlarning birida ishlovchilar bo‘lmagan holda, shuningdek uch qavatda ishlovchilar soni 10 nafardan oshmagan hollarda uchta qavatga bitta hojatxona o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
131. Hojatxonalardagi shlyuzlarda 4 kabinaga bitta yuvinish jihozi, kabinalar soni kam bo‘lganda har bitta hojatxonaga bitta yuvinish jihozi o‘rnatilishi lozim.
132. Kanalizatsiya yo‘q uchastkalarda joylashtirilgan statsionar turdagi tashqi hojatxonalar tuproq, quduqlar, ichimlik va texnologik suv ta’minoti havzalarini ifloslantirmasligi lozim. Ushbu hojatxonalar isitish, havo tortish va sun’iy yoritish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Tozalanadigan hojatxonalar qopqog‘i zich yopiladigan, suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim.
133. Yuvinish joylari garderoblarga yondosh xonalarda yoki garderob xonalarida joylashtirilishi lozim va yuvinish joyidan shkafgacha bo‘lgan masofa kamida 2 m bo‘lishi lozim.
134. Ma’muriy-boshqaruv xodimlari uchun yuvinish joylari hojatxonalardagi shlyuzlarda joylashtirilishi lozim.
135. Har bitta yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan bo‘lishi lozim.
Yuvinish xonalarida elektr sochiqlar, ko‘zgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar, shuningdek eng ko‘p sonli smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qo‘lni xlorli eritmada yuvish moslamasi ko‘zda tutilishi lozim.
136. Yuvinish joylaridagi kranlar soni ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bog‘liq ravishda eng ko‘p sonli smenada ishlovchilarning hisob soni bo‘yicha belgilanadi. Yuvinish joylaridagi kranlar sonini belgilashda oshxonalar va hojatxonalarda o‘rnatilgan kranlar hisobga olinmaydi.
137. Dushxonalar garderoblarga yondosh xonalarda joylashtiriladi. Dushxonalarda artinish va kiyim almashtirish uchun mo‘ljallangan dahlizchalar ko‘zda tutilishi lozim.
138. Dushxonalar bir qator yoki ikki qator joylashtirilgan ochiq kabinalar bilan jihozlanishi lozim.
139. Dushxona kabinalari kabinaga kirish joyiga o‘rnatilgan boshqaruv armaturasiga ega issiq va sovuq suv moslamalari, shuningdek yuvinish jihozlari uchun polkalar va rezina gilamchalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Dushxonalarda sovuq suvni isitish uchun bug‘dan foydalanish man etiladi.
140. Dushxona setkalari soni eng ko‘p sonli smenada ishlaydigan bitta dush setkasiga to‘g‘ri keladigan kishilar soniga va ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
141. Eng ko‘p sonli smenada 15 va undan ortiq ayollar ishlaydigan korxonalarda Sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalari ko‘zda tutilishi lozim.
142. Ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalarida yechinish joyi, shuningdek pedalli boshqariladigan alohida issiq va sovuq moslamalariga ulangan gigiyenik dushlar bilan jihozlangan individual kabinalar o‘rnatilishi lozim.
Kabinalar soni eng ko‘p sonli smenada ishlaydigan 100 nafar ayolga bitta kabina hisobida belgilanadi.
143. Kunduzgi smenada 100 nafardan kam bo‘lmagan ayollar ishlaydigan korxonalarda bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari bo‘lishi lozim.
144. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari tarkibida kutish xonasi, hojatxona va emizish xonasi bo‘lishi lozim.
Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasida issiq va sovuq suvga ulangan yuvinish moslamasi va qo‘l uchun elektr quritgich o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Xonada kamida ikkita bolani yo‘rgaklash stoli, stullar va oyoq kiyim qo‘yiladigan skameyka, zarur tibbiy vositalar va moslamalar (yod eritmasi, ko‘kdori, kaliy permanganat, vazelin, 2 foizli soda eritmasi, bolalarga (talk) sepadigan dori, bint, paxta, tibbiy termometr, pipetka), elektr plitkasi yoki sut isitish uchun boshqa asbob o‘rnatilishi lozim.
145. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasining maydoni bir nafar onaga 1,5 m2 hisobida bo‘lishi kerak. Bunday onalar soni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi ayollarning 2,5 foizga teng miqdorda olinadi.
146. Chekish xonalari hojatxonalar yoki ishlovchilarni isitish xonalari bilan yondosh joylashtiriladi. Ishlovchilar soni eng ko‘p sonli smenada 100 nafardan oshmagan holda chekish joylarini tozalash uchun shlyuzlar bilan birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
147. Chekish joyining maydoni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi erkaklar uchun bir kishiga 0,03 m2 va ayollar uchun 0,01 m2 hisobida belgilanadi, biroq 9 m2 dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Chekish xonalarida sigeret qoldiqlari uchun suv solingan axlat idishlari va skameykalar o‘rnatilishi zarur.
148. Kir yuvish xonalari mexanizatsiyalashtirilgan va ishlab chiqarish xonalariga ulanmagan bo‘lishi lozim.
149. Kir yuvish va quritish maydonlari amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim. Kir yuvish xonalarida ish kiyimlarini ta’mirlash ustaxonasi tashkil qilinishi lozim.
150. Ishlovchilarni isitish xonalari ochiq havoda, sovutkichlarda va harorati +5 oC dan past bo‘lgan boshqa ish joylarida ishlovchilar uchun ko‘zda tutilishi lozim.
Isitish xonalari ichkarida ishlovchilar uchun alohida va ochiq havoda ishlovchilar uchun alohida bo‘lishi lozim.
Isitish xonasining maydoni eng ko‘p sonli smenada ishlovchi bir nafar ishchiga 0,1 m2 hisobida belgilanadi va 12 m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
151. Har bir korxonada ishlovchilar tanaffus paytlarida va tushlikdan so‘ng dam olishlari uchun dam olish xonalari ko‘zda tutilishi lozim.
152. Eng ko‘p sonli smenada 200 nafar va undan ortiq kishi ishlovchi korxonalarda oshxonalar bo‘lishi lozim.
Bir smenada ishlovchilar soni 200 nafardan kam bo‘lgan holda oshxonadan keltiriladigan issiq ovqatlar tarqatiladigan bufetlar, bir smenada ishlovchilar soni 30 kishidan kam bo‘lgan sharoitda esa — ovqatlanish xonalari tashkil qilinishi lozim.
Uzluksiz texnologik jarayonda ish joylarida ovqatlanish tashkil qilinishi lozim.
153. Oshxona va bufetlarda o‘tirish joylari eng ko‘p sonli smenada 4 kishiga bitta o‘rin hisobida belgilanishi lozim.
Oshxonalar, bufetlar va yordamchi xizmatlar umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari talablariga javob berishi va maxsus ajratilgan xonalarda joylashtirilishi lozim.
154. Ovqatlanish punktlarini portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
155. Suv ta’minoti moslamalari eng ko‘p sonli smenada ishlovchi 200 kishiga bitta moslama hisobida belgilanadi.
156. Ishchilarni gaz suv bilan ta’minlash korxona ma’muriyatini ishchilarni umumiy asosda bir kishiga smenada 4-5 l hisobida qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Ichimlik suvini tarqatish otilib chiquvchi uchlik va boshqa moslamalarga ega yopiq baklardan amalga oshirilishi lozim.
157. Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ish joylaridan suv ichish moslamalarigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi lozim. Suv harorati Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq 20 oC dan yuqori va 8 oC dan past bo‘lmasligi lozim.
158. Ishchilarni suv bilan ta’minlovchi xodimlar toza xalatlarda ishlashi, belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘riklar va tekshiruvlardan o‘tishi hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Gazli suv tarqatish punktlari stakanlarni yuvish moslamasiga, suvni oqizib yuborish chanoqlari yoki maxsus suv oqizib yuborish qurilmalariga ega bo‘lishi hamda toza saqlanishi lozim.
159. Korxonaning ishlab chiqarish va maishiy xonalaridagi tabiiy va sun’iy yoritish amaldagi qurilish me’yorlari va “Tabiiy va sun’iy yoritish” qoidalariga muvofiq (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida ko‘rsatilgan) bo‘lishi lozim.
160. Kishilar uzoq vaqt davomida bo‘ladigan barcha ishlab chiqarish va qo‘shimcha xonalar tabiiy yoritilishi lozim. Sex omborlari, moddiy omborlar, termostat, boyler, ventilatsion kameralar tabiiy yoritilmaydigan xonalarda joylashtirilishi mumkin.
161. Yorug‘ bo‘lmagan yoki yorug‘lik yetarlicha bo‘lmagan paytda bir maromdagi ish, ishlovchilar va transportning harakati sharoitini ta’minlash uchun sun’iy yoritishdan hududning barcha xonalarida, platformalar va maydonchalarida foydalanilishi lozim.
162. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy yoritish (TYOK) tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti va ko‘rish ishi razryadiga muvofiq bajarilishi lozim.
163. Ishlab chiqarish xonalarida ishchi yuzalarni sun’iy yoritish, gaz zaryadli lampalar va cho‘g‘lanuvchi lampalar yordamida Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq yoritilganlik me’yorlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
164. Ishlab chiqarishda “Iste’molchilar tomonidan elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (2004-yil 9-iyul) talablariga amal qilinishi lozim.
165. Ishlab chiqarish xonalarining yorug‘lik lampalari shisha yuzalarini kirdan tozalash mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan jadval bo‘yicha, biroq bir oyda kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
166. Yozgi paytda insolatsiyadan himoya qilish uchun himoya moslamalari (pardalar, shishani oqlash) qo‘llaniladi.
167. Yorug‘lik oynalarini bino tashqarisidan va ichkarisidan uskunalar, tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar va hokazolar bilan to‘sib qo‘yish man etiladi.
168. Bitta xonadagi sun’iy yoritish lyuminessentli lampalar yoki cho‘g‘lanma lampalar bilan amalga oshiriladi.
Ranglar farqlanishi (xomashyoni tekshirish, saralash) talab qilinadigan xonalarda cho‘g‘lanma lampalar o‘rnatilishi lozim.
Ishlab chiqarish, qo‘shimcha va ma’muriy-maishiy xonalardagi yoritilganlik me’yori (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida) ko‘rsatilgan.
169. Umumiy yoritish chirog‘lari uchun 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanish talab qilinadi.
170. Mahalliy va ko‘chma yoritish chirog‘lari uchun tegishli ravishda 42 V va 12 V kuchlanishdan foydalanish lozim.
171. Chiroqlarning poldan va ish maydonchalaridan balandligi kamida 2,5 m bo‘lishi lozim. Elektr simlari metall quvurlar yoki qoplamlarda olib kelingan, konstruksiyasi maxsus moslamalarsiz chiroqqa yetib bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan holda chiroqlarni 2,5 m dan past balandlikda o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
172. Cho‘g‘lanma lampalar va gaz zaryadli lampalar kolba yoki u singanda shisha bo‘laklari tushib ketish imkonini bermaydigan himoya va yorug‘likni sochuvchi armaturaga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
173. Barcha texnologik sexlar va ochiq havoda o‘rnatilgan chiroqlarning metall qismlari atrof-muhit ta’siridan himoya qiluvchi (namdan saqlovchi) qoplamaga ega bo‘lishi lozim.
174. Stellajlar orasida va yuk platformalarida ko‘chma chiroqlarni ulash uchun 42 V kuchlanishdagi shtepsel rozetkalar o‘rnatilishi lozim.
175. Ko‘chma chiroqlar chang o‘tkazmaydigan bo‘lishi, shisha qalpoq, metall to‘r bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
Ko‘chma chiroqlarni oziqlantirish alohida birlamchi va ikkilamchi elektr o‘ramli pasaytiruvchi transformatorlardan amalga oshirilishi lozim.
176. Ko‘chma chiroqlar, ko‘chma pasaytiruvchi transformatorlarni elektr tarmog‘iga ulash rozetkalari, umumiy o‘rama yoki shlangdagi egiluvchan simlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
177. Barcha texnologik sexlar va bo‘linmalarda mustaqil quvvat manbaidan favqulodda yoritish ko‘zda tutilishi lozim.
Ishlarni davom ettirish uchun favqulodda yoritish ish joylarini ular uchun belgilangan me’yorning kamida 10 foizi darajasida yoritishni ta’minlashi lozim.
178. Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish barcha ishlab chiqarish va maishiy xonalarda, zinalar va galereyalarda o‘rnatilishi hamda polda yoki zinalarda 0,3 Lk yorug‘lik darajasini ta’minlashi lozim.
Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish chiroqlari ishchi yoritish tarmog‘idan mustaqil tarmoqqa ulanishi lozim.
179. Favqulodda yoritish uchun ish chiroqlaridan turi yoki o‘lchamiga ko‘ra farq qiluvchi chiroqlar o‘rnatilishi lozim yoki ularga chiqishga harakatlanish yo‘nalishi ko‘rsatilgan belgilar qo‘yilishi kerak.
180. Yoritish moslamalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida quyidagilarni amalga oshirish zarur:
davriy ravishda, biroq bir yilda kamida bir marta nazorat nuqtalaridagi yoritilganlik darajasini va xonalarning umumiy yoritilganlik darajasini tekshirish;
davriy ravishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda yoritish moslamalarining ahvolini (loyihaga muvofiqligini, chiroqlarda oyna, panjara, to‘rlar mavjudligini va hokazo) tekshirish;
chiroqlar va yoritish armaturasini davriy ravishda tozalab turish.
181. Ishlab chiqarish, qo‘shimcha, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar va ovqatlanish punktlari ventilatsiyasi “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” QMQ 2.04.05-97, “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” SanQM 0058-96, “Umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari” SanQM 0083-98 qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi tavsiya etiladi.
182. Ventilatsiya quyidagilarni ta’minlashi lozim:
sanitariya me’yorlariga muvofiq mikro iqlimni;
ish hududi havosidagi zararli moddalar miqdori — ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori bo‘lmasligini.
183. Korxona xonalarining ventilatsiyasi va ventilatsiya tizimlarining jihozlanishi amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari, ish hududi havosi standartlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalari uchun metrologik sharoitlar me’yorlari (mazkur Qoidalarning 6-ilovasida), optimal va ruxsat etilgan me’yorlar (mazkur Qoidalarning 7-ilovasida) ko‘rsatilgan.
184. Barcha texnologik sexlarda mexanik yoqiladigan va yilning sovuq faslida uzatiladigan havo haroratini avtomatik tartibga soladigan oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilishi lozim va issiq faslda esa tabiiy usulda havo almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
185. Karbonat kislota ajralib chiqadigan xonalarda toza havo yuqoridan berilishi va pastki hududdagi havo so‘rib olinishi lozim.
186. Vinochilik va konyak ishlab chiqarishda achitish, vinomateriallar va vinolar, konyak spirtlari va konyaklarga ishlov berish hamda ularni saqlash bo‘limlari, ko‘piruvchi vinolar ishlab chiqarishda biokimyoviy bo‘limlar, nazorat saqlashi, ishlov berish, o‘rash omborlari oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
187. Birlamchi zavodlarning utilizatsiya sexlari achitish va apparat bo‘linmalari xonalariga tabiiy havo oqib kirishi ta’minlanishi lozim.
188. Butilka yuvish bo‘limlari oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
189. Laboratoriya xonalarida, shkaflardagi havoni mexanik so‘rib olishdan tashqari, yuqori va pastki hududlardan havoni mexanik so‘ruvchi soatiga 2-3-marta havo almashishini ta’minlovchi umumiy ventilatsiya moslamalari o‘rnatilishi lozim. Yo‘laklar va yondosh xonalardan havo oqib kelishiga yo‘l qo‘yiladi.
190. So‘ruvchi shkaflar yuqori va pastki so‘rg‘ichlar bilan (yengil va og‘ir gazlarni so‘rib olish uchun) jihozlanishi lozim.
191. Ekspeditsiya va butilkalarni qabul qilish bo‘linmalari oqib keluvchi ventilatsiyaga va teshiklarda mahsulotni qabul qilish va berish uchun havo qatlamiga ega bo‘lishi lozim.
192. Shakar qaynatish xonalari, vakuumbug‘li moslamalar oqib keluvchi-so‘ruvchi ventilatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
193. Ammiakli va freonli sovutish moslamalari o‘rnatilgan xonalarni ikki marta havo almashtiruvchi oqib keluvchi ventilatsiya va uch marta havo almashtiruvchi-so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim. Bundan tashqari, xonada havoni soatiga yetti marta almashtiruvchi avariya ventilatsiyasi o‘rnatilishi lozim.
194. Qozonxonada deraza va shaxta framugalari orqali aeratsiyalari tabiiy ventilatsiyaga ruxsat etiladi.
195. Barcha tashqi darvozalar, sex eshiklari, transportyorlar uchun kirish joylari yon tomondan issiq havo uradigan bo‘lishi lozim.
196. Ventilatsiya moslamalarining havo o‘tadigan quvurlari germetik yopiladigan lyuklar va tozalash hamda havo bosimini aniqlash uchun teshiklarga ega bo‘lishi lozim.
197. Ventilatsiya moslamalarining havo chiqadigan teshiklari tomdan kamida 1 m baland bo‘lishi, oqib keluvchi ventilatsiya moslamalarining so‘ruvchi teshiklari hudud yuzasidan kamida 2 m balandlikda va iflos havoni so‘rish imkoniyati bo‘lmagan joylarda o‘rnatilishi lozim. Havoni so‘rish joyidan chiqarish joyigacha bo‘lgan masofa QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
198. Ventilyatorlar orqali suv bug‘lari o‘tadigan sharoitda ventilyator kojuxi kondensatni ushlab qolish uchun sifonli drenaj bilan jihozlanishi lozim.
Ventilyatorlarning havo quvurlari bilan ulanmagan so‘ruvchi teshiklari yacheykalarining o‘lchami 15—20 mm bo‘lgan himoya to‘rlari bilan yopilishi lozim.
199. Havoga birdaniga katta miqdorda zaharli yoki portlovchi moddalar chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida favqulodda so‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilishi lozim.
Favqulodda so‘ruvchi ventilatsiya maxsus havo oqimini keltirish bilan kompensatsiyalanmaydi va undan foydalanishda xonalarni vaqtincha sovutishga yo‘l qo‘yiladi.
200. Ventilatsiya uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan korxona bo‘yicha buyruq bilan tashkil qilinadigan komissiya tomonidan bilimlari sinovdan o‘tkazilgan shaxslar shug‘ullanishiga ruxsat etiladi. Tekshirishlar davriyligi uch yilda bir martani tashkil qiladi.
201. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan barcha ishlab chiqarish xonalarida ventilatsiya tizimlari buziq bo‘lgan texnologik uskunalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
202. Ventilatsiya kanallari, qutilari va shaxtalari orqali gaz quvurlari va tez alanga oladigan moddalar haydash quvurlarini o‘tkazish, shuningdek kanallar va qutilarning ichki va tashqi devorlariga elektr simlarini montaj qilish man etiladi.
203. Portlovchi moddalar saqlanadigan xonalarning ventilatsiya tizimlari elektr dvigatellari va ventilyatorlari quyidagicha:
elektr dvigatellar portlashdan himoya qiluvchi, ventilyatorlar esa portlash xavfi bo‘lmagan turda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
204. Derazalar va chiroqlar framugalari xonaning ish hududidan mexanik ochish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Framuganing boshqaruv pultida aeratsiya bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lishi lozim.
205. Har bitta yangi montaj qilingan yoki kapital ta’mirlangan ventilatsiya qurilmasi maxsus tashkilot tomonidan ruxsat etilishi lozim. Ushbu tashkilot ventilatsiya uskunasining pasportini tuzadi va undan foydalanish yo‘riqnomasini tayyorlaydi.
206. Har bitta ventilatsiya uskunasi montaj qilingan yoki kapital ta’mirlangandan so‘ng korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan sinovdan o‘tkazilishi hamda qabul qilinishi lozim. Sinovlar paytida ish joyidagi harorat, namlik, harakat tezligi va havoning ifloslanish darajasi, shuningdek ventilatsiya uskunalarining shovqin darajasi o‘lchanishi lozim. Ushbu o‘lchovlar natijalari sanitariya me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan holda loyihalash va montaj tashkilotlari ventilatsiya havoni me’yor darajasida ta’minlashi, ventilatsiya uskunalari ishlashida shovqin ruxsat etilgan darajadan oshmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishi shart.
207. Ventilatsiya uskunalarini saqlash va ishlatishni nazorat qilish korxona buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan biriga yuklatilishi lozim. Ushbu shaxsning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ventilatsiya uskunalarini montaj qilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish;
ventilatsiya uskunalarini ta’mirlash jadvalini tuzish;
xonalar va ulardagi alohida uchastkalar ventilatsiyalarini rekonstruksiya qilish rejasini tuzish;
sexlarni rekonstruksiyalash va ularga yangi mashinalar hamda apparatlarni o‘rnatishda ventilatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
bosh muhandisga ventilatsiyani loyihalash, montaj qilish va ishga tushirish uchun boshqa tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar berish;
ventilatsiyani qabul qilish sinovlarini tashkillashtirish va ularda ishtirok etish;
ventilatsiyani ekspluatatsiya qilish va jihozlash bilan bog‘liq rejalar, takliflar va boshqa masalalar bo‘yicha bosh muhandisga xabar berish;
ventilatsiya uskunalarining pasportlarini yuritish.
208. Ventilatsiya uskunalarini ekspluatatsiya qilish asosiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Ushbu Qoidalar quyidagilardan iborat:
ventilatsiya uskunasi faqat harakatga keltiruvchi remenlar, birlashtiruvchi muftalar va boshqa aylantiruvchi qismlar, panjaralar yoki kojuxlar bilan himoyalangan taqdirdagina ishga tushirilishi mumkin;
ventilatsiya kameralari, kanallari va maydonchalarini ortiqcha begona buyumlar bilan to‘sib qo‘yish mumkin emas;
elektr dvigatellar, ventilyatorlar va boshqa uskunalarni faqat aylanuvchi qismlar to‘liq to‘xtagandan so‘ng tozalash va ta’mirlash mumkin;
shovqin, zarb yoki vibratsiya sezilishi bilan uskuna o‘chirilishi lozim.
209. Korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilishda loyihaga amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalarining shovqindan, jumladan ham ish joyidagi, ham seliteb (ommaviy) hudud muhitidagi shovqindan himoyalashga doir talablari kiritilishi lozim.
210. Texnologik-ishchi loyihalarni ishlab chiqishda ularga ishchilarga ta’sir qiluvchi umumiy va mahalliy vibratsiya darajasini kamaytirishga doir texnik yechimlar kiritilishi lozim.
211. Ish joylaridagi tovush darajasi “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va sanitariya me’yorlari va qoidalari (mazkur Qoidalarning 9-ilovasida ko‘rsatilgan) standartiga doir r | 85 | 63,458 |
Qonunchilik | Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda.
Xususan, qisqa muddatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish, umumiy quvvati yiliga million tonnadan ortiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar aholining sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan qamrab olish ko‘lamining o‘n baravardan ziyod ortishiga imkon berdi.
Shu bilan birga, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholi punktlarining sanitariya holatini lozim darajada shakllantirishga ayrim tizimli muammolar to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, tegishli infratuzilmani qoniqarsiz holatga va aholi punktlari xizmatlar bilan to‘liq qamrab olinishining ta’minlanmasligiga olib keluvchi maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat-xususiy sheriklik yetarli darajada joriy etilmagan;
ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslikka olib kelayotgan ikkilamchi moddiy resurslardan foydalanish holati, shuningdek, maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi;
uchinchidan, aholi yashash punktlarining ifloslanishiga sabab bo‘layotgan polimer plyonkali materiallardan haddan tashqari ko‘p foydalanilgan va ular tarqalgan, shuningdek, muqobil biologik chiriydigan materiallardan foydalanish tizimi mavjud emas;
to‘rtinchidan, sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar, jumladan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortilmaslik hissining paydo bo‘lishiga olib kelayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga chora ko‘rish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samarasiz;
beshinchidan, sohada mamlakatning haqiqiy sanitariya-ekologik holatini baholash imkonini beruvchi zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavjud emas.
Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan ta’minlanganligi darajasini oshirish, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) tadbirkorlik subyektlarining chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirishni nazarda tutish vazifasi yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat ekologiya qo‘mitasining mazkur sohaga investitsiya kiritish uchun qulay sharoit yaratish orqali maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga tadbirkorlik subyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-avgustdan:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari (keyingi o‘rinlarda — hududlar) tadbirkorlik subyektlariga chiqindi to‘plash shoxobchalari va tutash hududlarida lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida amalga oshiriladi;
jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.
Belgilansinki:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hollarda, tegishli hududlar “Toza hudud” DUK yoki “Maxsustrans” DUKga tanlov o‘tkazilmagan holda biriktirib beriladi;
Davlat ekologiya qo‘mitasi maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat ekologiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish materiallarini yig‘ish va vakolatli organlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishlab chiqilishi va joriy etilishini, shuningdek, uning “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga integratsiya qilinishini;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni elektron auksion o‘tkazish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlariga biriktirishning “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali tashkillashtirilishini ta’minlasin.
5. 2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:
polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno);
O‘zbekiston Respublikasi hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqariladigan, tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan, xo‘jalikda foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik chiriydigan polimer materiallardan tayyorlangan paketlar bundan mustasno);
polimer plyonkadan tayyorlangan tutqichli (kesiksimon, halqali) paketlarni (TIF TN bo‘yicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 900 0 kodli) “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu polimer plyonkalarni jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun tovarlar va shaxsiy buyumlarini tashish va qadoqlashda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek, gumanitar yordam sifatida, reklama va sinov o‘tkazish uchun olib kelinadigan hollar bundan mustasno.
Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi mazkur bandda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy tajriba va jamoatchilikning har tomonlama muhokamasini hisobga olgan holda, 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda foydalanish xususiyatini yo‘qotgandan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazuvchi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yig‘imni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslangan takliflar kiritsin.
7. 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga:
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar sotib oladigan, mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi maxsus avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘imlardan;
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bo‘shayotgan mablag‘larni ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirgan holda yer solig‘idan;
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tovarlarni qadoqlash va joylash-o‘rash uchun biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kirilgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari);
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kirilgan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Markaziy bankining:
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlarni (keyingi o‘rinlarda — ajratilgan kreditlar) milliy valyutaga almashtirib, ularning foiz stavkasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilab, restrukturizatsiya qilish;
kreditlarni qaytarish jadvallariga tegishli o‘zgartishlar kiritgan holda, ularning so‘nggi to‘lov muddatlarini restrukturizatsiya qilingan sanadan boshlab 7 yil etib belgilash;
berilgan kreditlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktivlar sifatini tasniflash to‘g‘risidagi talablarini qo‘llamaslik, ularni qayta ko‘rilgan kreditlar hisob varaqlariga o‘tkazmaslik va ular bo‘yicha zaxiralar tashkil qilmaslik to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
9. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda “Toza hudud” DUKlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan maxsus texnika va uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlashning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash bo‘yicha manzilli dastur 2-ilovaga muvofiq;
2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan “Toza hudud” DUKlarning faoliyat ko‘rsatayotgan amaldagi poligonlarini jihozlash bo‘yicha manzilli dastur 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan prognoz parametrlari va manzilli dasturlarga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda:
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy ommaviy shartnoma loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda:
hududlarni ifloslantirganlik uchun shaxslarni javobgarlikka tortishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishni, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni;
jamoat joylarida chiqindilarni to‘plash uchun konteynerlar (chiqindi qutilari)ni o‘rnatishga, jumladan ularning namunaviy shakllariga, shuningdek, tashkilotlarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarga mazkur konteynerlar (chiqindi qutilari)ni o‘rnatish bo‘yicha talablarni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda:
aholiga atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus veb-portalni yaratish hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimi joriy qilinishini;
Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida mazkur sohada davlat-xususiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida mamlakat hududlari kesimida aholi yashash punktlari, yashovchi aholi va mavjud konteynerlar sonini ko‘rsatgan holda barcha chiqindi to‘plash shoxobchalari joylashishining elektron xaritasini ko‘rsatuvchi sahifa ochilishini ta’minlasin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlari maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga tegishli bo‘lgan maxsus avtotransport vositalarini ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan (qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. | 121 | 13,904 |
Qonunchilik | XALQARO TARAQQIYOT UYuShMASI IShTIROKIDA “MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh. 2-BOSQICh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika umumta’lim muassasalarini zamonaviy maktab jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarini asboblar bilan jihozlash darajasini yanada oshirish, shuningdek Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan qaytarish muddati 35 yil bo‘lgan 18,9 mln. qarz olishning maxsus huquqlari summasidagi (ekvivalentda 28,0 mln. AQSh dollari) kreditini O‘zbekiston Respublikasiga berish 2009-yil 25-iyunda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanganligi;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 8,0 mln. AQSh dollarini tashkil etishi, shu jumladan ekvivalentda 6,4 mln. AQSh dollari — soliq va bojxona imtiyozlari berilishi shaklida ekanligi;
loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2010 — 2013-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
kredit O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasidagi moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimga asosan beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va loyiha amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
kreditni qaytarish, shuningdek vositachilik haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar va kredit bo‘yicha boshqa xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan birgalikda “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;
loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditini qaytarish va kredit bo‘yicha vositachilik haqi to‘lash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashga vakil qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasidagi moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
ikki oy muddatda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarini Xalq ta’limi vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yuklashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining tartib-qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim etish tashkil etilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan bo‘lgan 9 kishidan iborat tender komissiyasi tarkibini belgilasin hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishsin.
7. Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti hisobiga ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘idan hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlardan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga ulushi hisoblanadi;
ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilish bundan mustasno, loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan ham qo‘llaniladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari to‘lashdan ozod qilingan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 141 | 4,969 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi QL-459-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
2. “Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-461-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida.
4. QL-413, QL-426, QL-430, QL-446 va QL-461-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
5. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida.
6. QL-427 va QL-436-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
8. QL-442 va QL-455-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
9. “Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
10. QL-416, QL-417a, QL-431, QL-441 va QL-452-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida.
11. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduxakimovga “Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatishni samarali tashkil etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi haqida.
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Abduxakimovga “Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari uchun belgilangan shtat birliklari sonini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi haqida.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yil 15-martdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1558-III-sonli Qarorini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. | 94 | 3,260 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA PORTLOVChI MATERIALLARNI TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA TAShISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Transport IIB hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin. | 125 | 878 |
Qonunchilik | Bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilishi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | Bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilishini tartibga solish va ularni qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar biri-birini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi quvvatlarni barpo etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-martdagi 158-son qarori 10-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorining 4-bandida:
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, import qiluvchilarga tarif imtiyozlari va preferensiyalar berish amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Belgilab qo‘yilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra belgilangan tovarlar bilan bir qatorda, shuningdek quyidagi tovarlardan:
ko‘rgazmalar, reklama va taqdimotlar uchun eksponatlar sifatida chetdan olib kirilayotgan tovarlardan;
chetga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qayta ishlashga berish asosida chetdan olib kiriladigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan import bojxona bojlari olinmaydi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo obyektlari respublika kompleksini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 16-sentabrdagi 433-son qarorining 12 va 13-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uning mahsulotlarini sotishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 28-fevraldagi 77-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini dori-darmonlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 7-avgustdagi 391-son qarorining 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 23-sentabrdagi 406-son qarorining 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2000-yilgi makroiqtisodiy va davlat budjeti asosiy istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” 1999-yil 31-dekabrdagi 554-son qarorining 6-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimiga ega bo‘lgan elektr energiyasi elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 248-son qarorining 6-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2001-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son qarorining 10-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining ““Mediz” qo‘shma korxonasida bir marta foydalaniladigan shpritslar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 4-oktabrdagi 399-son qarorining 7-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-ko‘rgazma kompleksi qurilishini tugallash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 8-noyabrdagi 386-son qarorining 8-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 17-maydagi 102-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 29-modda) ilovaning 1 va 2-bandlari. | 245 | 4,048 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda elektron sugʻurta polislar joriy etiladi | Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi qarori bilan mamlakatimiz sugʻurta bozorini isloh qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Barcha yangiliklar bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Birinchidan, hujjat kuchga kirgan sanadan (3 avgust) boshlab:
Ikkinchidan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qayta sugʻurtalovchi (qayta sugʻurta brokeri) sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurtalash uchun хorijiy sugʻurta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sugʻurta majburiyatlarining kamida 50%i miqdorida qayta sugʻurtalash boʻyicha ofertani (qayta sugʻurtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) Oʻzbekistonda qayta sugʻurtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:
Yangi meхanizm obligator qayta sugʻurtalashga tatbiq etilmaydi (asosiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha tavakkalchiliklar albatta ularni qabul qilib olishi shart boʻlgan qayta sugʻurtalovchiga beriladi) hamda mamlakatimizning хalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllanilmaydi.
Uchinchidan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
Bundan tashqari, Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashning quyidagi shartlari joriy etiladi:
a) sugʻurta summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʻng biryoʻla toʻlanganda. Bunda sugʻurta badallarini toʻlash sugʻurta summasini toʻlash sanasidan oldingi 12 oylik davrda oʻsib bormaydigan tartib boʻyicha amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
Shartnoma boʻyicha sugʻurtalangan shaхsning hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash (barcha toifadagi hayot sugʻurtasi sohasi) boʻyicha muayyan yoshgacha yoki sanagacha yashashidan boshqacha tarzdagi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda sugʻurta qoplamasini yoki sugʻurta summasini toʻlash koʻrsatib oʻtilgan imtiyoz qoʻllanilgan holda shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan amalga oshirilishi mumkin;
b) renta (annuitet) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʻng boshlanganda. Bunda joriy rentani (annuitetni) toʻlash sanasida shartnoma boʻyicha haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaхira) summasi koʻrsatib oʻtilgan renta (annuitet)ning 4 baravaridan kam boʻlmasligi kerak;
v) rentani (annuitetni) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan boshlanganda. Bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʻlash boshlanadigan paytda haqiqatda toʻlangan sugʻurta badallari summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʻlmasligi kerakva rentalarni (annuitetlarni) toʻlash ushbu bandning “b” kichik bandi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 2,813 |
Qonunchilik | Qonunlarda – gender tengligi | Bir qator qonunlarga gender tengligi hamda ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qoʻshimcha himoya qilishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi (5.10.2020 yildagi OʻRQ-640-son Qonunga qarang).
JKning 148-moddasi 2-qismiga – qonunga zid ravishda homiladorlik yoki bolani parvarishlash sababli ishga qabul qilishni rad etish yoki ishdan boʻshatish holatlari yuzasidan tuzatishlar kiritildi. Hozirga qadar ushbu tarkibdagi jinoyat doirasida jabr koʻrganlar sifatida faqat ayollar e’tirof etilgan. Biroq bolani erkaklar ham – otalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ham parvarish qilishi mumkin.
Kiritilgan tuzatishlar natijasida qonunga zid ravishda ishga qabul qilishni rad etish yoki ishdan boʻshatish holatlari quyidagilarga nisbatan sodir etilgan taqdirda, bunday jinoyat javobgarlikka tortishga sabab boʻladi:
Sanksiya choralari avvalgidek saqlanib qoldi – 25 BHMgacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan 3 yilgacha mahrum qilish yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari.
Bu bilan bir vaqtning oʻzida ayollarni himoya qilish kafolatlari kuchaytirildi:
a) himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs - huquqbuzar 1 BHMdan 3 BHMgacha miqdorda jarimaga tortiladi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinadi;
b) himoya orderining amal qilish muddatida yoki boshqa muayyan muddat mobaynida ayollarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaхsga:
v) sudlarga taqdim etiladigan fuqarolik ishlari boʻyicha, moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi da’volar hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollarga yetkazilgan moddiy zarar uchun kompensatsiya toʻlash yuzasidan da’volar boʻyicha da’vogarlar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 28 | 1,925 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 369-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi.
1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotni taqdim etish va e’lon qilish tartibini belgilaydi.”;
b) 18-banddagi “asosiy muhri” degan so‘zlar “asosiy muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v)19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari:”;
g) 1 va 2-ilovadagi “XXTUT” qisqartmasi “IFUT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
d) 3-6-ilova ushbu o‘zgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
e) 3-8-ilova ushbu o‘zgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
j) 3-21-ilova ushbu o‘zgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 144 | 2,295 |
Qonunchilik | Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlari 2 oylik muddatda aniqlanadi | Prezidentning 12.02.2018 yildagi Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi F–5209-son farmoyishi e’lon qilindi.
Tarmoqni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun hujjat bilan maхsus Ishchi komissiya tuzildi. Uni Bosh vazir oʻrinbosari S. Xolmurodov boshqaradi.
Guruh:
Natijalar boʻyicha 2 oylik muddatda Prezident devoniga aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumotnomani, shuningdek qoʻyilgan vazifalarni amaliy roʻyobga chiqarishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritadilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 95 | 900 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida.
2. “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi QL-654-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish).
3. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi QL-557-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 381-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-684-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
5. “Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-693-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-695-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2682-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-700-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy o‘quv yurtlari talabalariga ta’lim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B. Musayevning javobi haqida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyevga “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida.
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Sharipovga “Tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining takomillashtirilishi va ijro etilishi holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida.
11. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “Sog‘liqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilish holati to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida.
12. B.B. Alixanovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining raisi lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risida.
13. N.M. Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risida. | 94 | 3,344 |
Qonunchilik | 2013-2015-yillarda “Jizzax” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 18-martdagi PF–4516-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda yangidan tashkil etilgan maxsus industrial zonaga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy va yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan va shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlaydigan ishonchli ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2015-yillarda “Jizzax” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Dasturning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun avtomobil yo‘llari va temir yo‘l infratuzilmasi uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun suv ta’minoti, irrigatsiya va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun elektr ta’minoti va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari 5 va 6-ilovalarga* muvofiq.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturga kiritilgan loyihalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va tadbirlarning to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, shu jumladan loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
2. “Jizzax” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashiga, “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida yangidan tashkil etilayotgan quvvatlarni transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ustuvorliklaridan kelib chiqib, tasdiqlangan Dasturga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi taqdimnomalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Dasturga kiritilgan “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlarini, shuningdek “Jizzax” maxsus industrial zonasi hamda “Angren” maxsus industrial zonasi ma’muriy binolarini, loyiha-smeta hujjatlarini ayni bir vaqtda ishlab chiqqan holda, moliyalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishni 2014-yil 1-yanvargacha amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
4. “Jizzax” maxsus industrial zonasi Ma’muriy kengashining “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasini — “Jizzax” maxsus industrial zonasining bosh rejasini ishlab chiqish, shu jumladan uning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. “Jizzax” maxsus industrial zonasi Direksiyasi bir oy muddatda “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasiga texnik topshiriqni bersin hamda texnik va ekologik talablardan kelib chiqib, sohalar bo‘yicha taqsimlagan holda birinchi navbatdagi sanoat klasterlari ajratilishini nazarda tutadigan “Jizzax” maxsus industrial zonasining bosh rejasini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasi Direksiyasiga hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklariga 2013-yilgi kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlari bosh rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilarining buyurtmanomalariga binoan, kelgusida loyihalar tashabbuskorlari tomonidan suv ta’minoti vertikal quduqlari qurish uchun suv resurslarining sanoat zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlarning taqdim etilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2014-yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda ularga Dasturda ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar, bunda quyidagilarni hisobga olsinlar:
“Jizzax” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashida ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport kommunikatsiyalarini joylashtiriladigan yangi ishlab chiqarishlar bilan uzviy bog‘liq holda jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
investitsiyalarni jalb etish va respublika mintaqalarida sanoat zonalarini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlarini qurishga maxsus ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirish taklif etiladigan loyihalar ro‘yxatini aniqlash.
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bajarilayotgan loyihalash va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek Dasturga kiritilgan loyihalar doirasida shartnomaviy majburiyatlarga va obyektlarni qurish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin.
10. Iqtisodiyot vazirligi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin va natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 181 | 6,312 |
Qonunchilik | 2001-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini kuzgi ekish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar, don yetishtirish va davlat resurslariga xarid qilish hajmlari to‘g‘risida | 2001-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari navlar bo‘yicha oqilona joylashtirilishini, boshoqli don ekinlarini kuzgi ekish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek lalmi dehqonchilik samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari o‘tgan yillardagi xatolardan zarur xulosalar chiqarib olmadilar, 2000-yil hosilidan Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-avgustdagi 391-son qarori bilan belgilab berilgan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hajmi bajarilishini ta’minlamadilar, bu bilan 2001-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini kuzgi ekishda qo‘shimcha qiyinchiliklar yaratdilar.
Jizzax (Mirziyoyev), Qashqadaryo (Hamidov), Navoiy (Dilov), Samarqand (Ro‘ziyev) va Surxondaryo (Olimjonov) viloyatlarining hokimlari xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan zarur miqdorda ta’minlash yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rsinlar.
Boshoqli don ekinlari urug‘i tayyorlash barbod etilganligi uchun Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari F. Ashurovga va Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari B. Berdimurodovga hayfsan e’lon qilinsin, Jizzax viloyati hokimi Sh.Mirziyoyev ogohlantirilsin.
2. 2001-yilda kutilayotgan suv taqchilligini hisobga olib Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini sug‘oriladigan va lalmi yerlarda joylashtirish, 2001-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari maydonlari, hosildorligi va yalpi hosili bo‘yicha takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
Lalmi yerlarda don ekish va yetishtirishda ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2001-yil hosili uchun lalmi yerlarda boshoqli don ekinlari maydoni 182 ming gektargacha qisqartirilsin, ular asosan namligi ta’minlangan yerlarda ekilsin.
G‘alla ekilmagan qolgan lalmi yerlar shudgor qilinsin va keyingi yilda ekishda foydalanish uchun dam berib qo‘yilsin.
4. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
joriy yilning 5-oktabrigacha boshoqli don ekinlari urug‘liklarini tozalash, ularni navlarga ajratish, sarxillash, sertifikatsiyalash, qoplarga joylashtirish va sotish ishlarini tugatsin. Urug‘liklarning sifatini saqlash maqsadida ularni polietilen qoplarga solishni qat’iyan ta’qiqlasin, xo‘jaliklarga konditsiyasiz va dorilanmagan urug‘lar berilishiga yo‘l qo‘ymasin;
2001-yil hosili uchun respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklariga boshoqli don ekinlarining 1,2 ming tonna superelita va elita urug‘lari olib kelinishini ta’minlasin;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining taqsimoti bo‘yicha lalmi yerlar uchun davlat resurslaridan xo‘jaliklarga 21,8 ming tonna urug‘lik bersin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yil hosilidan 4 va 5-ilovalarga muvofiq yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlanishini ta’minlasin.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatidan boshoqli don ekinlari urug‘liklarini tashish uchun vagonlar uzluksiz berilishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklarining muhim vazifalari hisoblansin:
xo‘jaliklarda qabul qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab va navbati bilan ekish sxemasini hisobga olgan holda boshoqli don ekinlarini unumli va suv ta’minoti kafolatlangan yerlarga joylashtirish va ekish, shuningdek donni asosan prognoz qilingan hosil olinishi va xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan namligi ta’minlangan lalmi yerlarda ekish;
ekishni bug‘doyning tezpishar va sermahsul navli urug‘lar bilan mazkur qarorda tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlar bo‘yicha joylashtirilishiga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazish. Meliorativ holati yomon bo‘lgan sho‘rlangan yerlarga tuproq oldindan yuvilgandan keyin ekish;
boshoqli don ekinlarini ekishni qulay agrotexnika muddatlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 25-oktabrgacha, janubiy mintaqalarda 1-noyabrgacha, lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallash. Bu talablarning bajarilishi uchun xo‘jaliklar, tumanlar va viloyatlarning rahbarlari shaxsan javob beradilar.
7. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi don ekinlari uchun azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar o‘z vaqtida, ulardan fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ekishdan oldin va ekish bilan birga solish uchun joriy yilning 10-oktabrigacha, azotli o‘g‘itlar 2001-yilning 1-martigacha yetkazib berilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining don ekish mashinalarining zarur kompleksini ta’mirlash va tayyorlash tugallanganligi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasining esa xo‘jaliklarning buyurtmalari bo‘yicha takomillashtirilgan konstruksiyali seyalkalar va ularga ehtiyot qismlar tayyorlash tashkil etilganligi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi kuzgi don ekishda, avvalo o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar, neft mahsulotlarini yetkazib berishda, yerlarni haydashda, haydov traktorlari, seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda xo‘jaliklarga aniq yordam ko‘rsatish yuzasidan bir hafta muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va o‘z tasarrufidagi har bir bo‘linmaga yetkazsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari T. Xoltoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 167 | 6,057 |
Qonunchilik | KARTOShKA URUG‘ChILIGI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va kartoshkaning urug‘lik fondi sifatini oshirish, shuningdek respublikada kartoshka urug‘chiligi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda kartoshkachilik xo‘jaliklarining “O‘zkartoshka” firmasini “O‘zkartoshkanavurug‘lari” firmasiga aylantirish, birinchi reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi 1-ilovaga* muvofiq muassis xo‘jaliklar tarkibi va ekin maydonlari to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “O‘zkartoshkanavurug‘lari” firmasi muassis xo‘jaliklarining asosiy maydonlarida 2-ilovaga* muvofiq hajmlarda I reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari respublika xo‘jaliklarining 3-ilovaga* muvofiq asosiy maydonlarida ikkinchi reproduksiyali urug‘lik kartoshka ekish va yetishtirishning mo‘ljallangan hajmlari bajarilishini ta’minlasinlar.
4. Quyidagilar:
urug‘lik kartoshkaning sinalmagan, shuningdek davlat va ishlab chiqarish sinovidan o‘tmagan navlari ommaviy ekish uchun respublikaga olib kelinishi;
oziq-ovqatga mo‘ljallangan kartoshkadan urug‘lik maqsadlarida foydalanilishi va uning urug‘lik sifatida sotilishi, sertifikatsiyalanmagan urug‘lik kartoshka ekilishi;
urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik kartoshka takroriy maydonlarda ekilishi taqiqlansin.
5. “O‘zkartoshkanavurug‘lari” firmasi urug‘lik kartoshkani import qilishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari) istisno tariqasida 3 yil muddatga va uni birinchi reproduksiyali urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi 1-ilovada* ko‘rsatilgan urug‘chilik xo‘jaliklariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kartoshkachilikda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 30-avgustdagi 301-son qarori, 3, 7 va 8-bandlardan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin. | 95 | 2,576 |
Qonunchilik | Toshkentda doimiy foydalanish huquqining eng past narхi qanday oʻzgaradi | Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narхini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha shaharning iqtisodiy zonalari va tumanlari kesimida aniqlanadigan Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхining oʻzgarishini nazarda tutadi.
Loyihaga asosan, Toshkeni shahar soliq boshqarmasi doimiy foydalanish huquqining eng past narхini 1 ish kuni ichida “Yerelektron” AATga kiritadi.
Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi va tuman hokimliklari:
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar:
Zonalar
1 ga uchun amaldagi eng past narх (soʻmda)
Loyiha boʻyicha
1 ga uchun eng past narх (soʻmda
1
18 102 214 700
20 820 000 000
2
14 481 771 800
16 650 000 000
3
10 861 328 800
12 490 000 000
4
7 240 885 900
8 330 000 000
5
3 620 443 000
4 160 000 000
Eslatib oʻtamiz, eng past narх quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun doimiy foydalanishga taqdim etish elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova).
Amaldagi Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining eng past narхi - Toshkent shahar hokimining 11.03.2020 yildagi 255-son qarorida.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Nargiza Vohidova. | 72 | 1,460 |
Qonunchilik | OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “AMU-ZANG MAShINA KANALI TIZIMINI TIKLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Suv xo‘jaligi infratuzilmasini yanada takomillashtirish, irrigatsiya tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va suv resurslarini boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga qarz berishni ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
loyihaning 112,6 mln AQSh dollari miqdoridagi umumiy qiymati va uni moliyalashtirishda, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq qaytariladigan 73,2 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzini hisobga olgan holda tomonlarning ishtirok etishi sxemasi belgilangan;
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
loyiha Surxondaryo viloyatining beshta tumanida Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod va Termiz tumanlarida amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish davrida (2004—2008-yillar) Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lash qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar:
“Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini moliyalashtirishga ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarzini to‘lash sxemasi hamda jadvali 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va tanlab olingan tijorat banklari o‘rtasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agent etib belgilansin.
Loyihani samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hamda Surxondaryo viloyati va loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimlariga kredit mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olib borish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va kiritishni ta’minlash mas’uliyati yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga loyihaning barcha xarajatlari yig‘ma smetasini, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki qarzining berilishi, undan foydalanish va uni qaytarish tartibini tasdiqlash uchun kiritsin;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin.
8. Belgilansinki, loyihaga kiritilgan tumanlarda tajriba tariqasida:
2005-yil hosilidan boshlab, loyihani amalga oshirish davrida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish topshiriqlari o‘rniga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimi shartlariga muvofiq paxta xomashyosi va don mahsulotlariga davlat xarid kvotalari belgilanadi;
paxta xomashyosi va don mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid kvotalarini bajargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotlarni shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish huquqiga egadirlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi va loyihaga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihadagi tumanlarning qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun belgilanadigan xarid kvotalarini taqsimlash tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ulushi moliyalashtirilishini nazarda tutsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan bitimga hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq loyiha doirasida import qilinadigan (respublikada ishlab chiqarilmaydigan) asbob-uskunalar, materiallarning investitsiya davri mobaynida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji to‘lovidan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 133 | 5,625 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi 2737-III/KQ-593-III-sonli Qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi (bundan buyon matnda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) tashkil etilgan edi.
Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida jurnalistlar hamjamiyati bilan birgalikda milliy axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbirlar o‘tkazdi.
Jamoatchilik kengashining ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga hamda axborot sohasini yanada liberallashtirish va demokratlashtirishga, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga, shuningdek aholining axborotga oid madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutuvchi 2021-yil uchun mo‘ljallangan Ish rejasi ishlab chiqildi.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining yanada samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi “Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2737-III/KQ-593-III-sonli Qo‘shma qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 664-modda) 1-ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining 2021-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur Qo‘shma qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A. Kadirov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 217 | 2,290 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI Qonunini AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrdan hamma joyda ijro etiladi.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risida”gi 1978-yil 18-mart Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978-yil, № 9, 134-modda; № 12);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1985-yil 29-aprel Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13. 141-modda). | 118 | 728 |
Qonunchilik | 1994 YILNING 1 MARTIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasining hududida 1994-yilning 1-martidan boshlab:
ish haqi o‘rta hisobda 1,5 baravar oshirilsin va ish haqining eng oz miqdori oyiga 45.000 so‘m-kupon miqdorida;
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 45.000 so‘m-kupon miqdorida;
hozir amalda bo‘lgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorlari 1,5 baravar oshirilib, mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 48. 675 so‘m-kupon qilib belgilansin.
2. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari o‘rta hisobda 2,3 baravar ko‘paytirilib, ayni vaqtda tushlik ovqatlarning har oylik pul kompensatsiyalari bekor qilinsin.
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan pul bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar, O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot vazirligi ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashning yagona tarif stavkasi razryadlariga muvofiq pensiyalar, stipendiyalarning va xodimlar mansab okladlarining miqdorlari o‘z vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.
4. Budjetdan pul bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar respublika davlat budjeti va Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
5. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq mehnat haqini daromad manbalari qidirib topilishiga qarab, daromad manbalari vaqtincha yetishmay qolgan taqdirda esa bank muassasalari aniq maqsad uchun beradigan kreditlar hisobidan oshirish tavsiya qilinsin.
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin. | 102 | 1,901 |
Qonunchilik | JICA kreditlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 29.03.2021 yildagi «Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida «Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish» hamda «Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash» loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 165-son qaror qabul qilindi.
Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4691-son qaroriga muvofiq, Respublika byudjeti хarajatlarini moliyalashtirish maqsadida Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligining kreditlari quyidagi shartlarda jalb etiladi:
• «Oʻzbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish» loyihasi doirasida 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,01 foizda 15,0 mlrd yapon iyenasi miqdorida;
• «Rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash» loyihasi boʻyicha 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR + 1,1 foizda 195,0 mln AQSh dollari miqdorida.
Qaror bilan ikkala loyiha boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foiz va bir martalik toʻlov boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi.
Moliya vazirligi loyihalarni amalga oshirish, kreditlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha mas’ul etib tayinlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 92 | 1,557 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (“ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YIL 17 APRELDAGI O‘RQ-154-SON QONUNI) | “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi O‘RQ-154-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizom ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy xo‘jaligi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiyalar, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga:
ota-onasi yoki farzandlikka oluvchilari bo‘lmagan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasining tarbiyasida bo‘lishi bolalar manfaatlariga zid bo‘lganda, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi 6 oydan ortiq yo‘q bo‘lgan bolalar to‘g‘risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to‘g‘risida;
odam savdosidan jabrlangan bolalar to‘g‘risida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar to‘g‘risida;
sog‘lig‘i tufayli homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar berishga majburdirlar”. | 211 | 2,142 |
Qonunchilik | BOJXONA ORGANLARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, bojxona organlari, eng avvalo, bojxona postlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini ularning toifalarini, amaldagi yuklama hajmlarini va ish sharoitlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 1-oktabrdan boshlab toifalardan tashqari bojxona postlarining xodimlarining tarif razryadlarini Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari lavozim maoshlari Yagona tarif setkasining 2 tarif razryadiga, birinchi toifali bojxona postlari xodimlarining tarif razryadlarini 1 tarif razryadiga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Bojxona organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar yuklama hajmini va ish sharoitlarini hisobga olgan holda:
toifalardan tashqari bojxona postlarida — lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;
birinchi toifali postlarda — lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;
ikkinchi toifali postlarda — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
bojxona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida sharoitlardagi bojxona postlarida xizmatni o‘tayotganlik uchun kinologiya guruhlariga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilmasida Maxsus mukofot jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, Bojxona organlarini rivojlantirish jamg‘armasi umumiy tushumlarining 25 foizgachasi uni shakllantirishning manbalari etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga Mukofot jamg‘armasi mablag‘laridan bojxona organlari xodimlarini quyidagi:
tovarlarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazish holatlarini aniqlaganligi va ularning oldini olganligi, ularni davlat daromadiga o‘tkazganligi uchun — musodara qilingan tovarlar qiymatiga ko‘ra lavozim maoshining 1 baravaridan 10 baravarigacha;
chetdan olib kelish va chetga chiqarish taqiqlangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holatlarini aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun — lavozim maoshining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilda ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni 2011-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “boshqa xarajatlar” bo‘limi bo‘yicha tasdiqlangan parametrlari doirasida moliyalashtirsin, 2012-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 112 | 3,183 |
Qonunchilik | “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘ris | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 529 |
Qonunchilik | SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi | Tadbirlarda koʻrsatilgan sohalardan vakil kompaniyalar, shuningdek davlat organlari vakillari ishtirok etadi. Oʻzbekiston mahsulotlari eksportini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek ularni hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ularning maqsadi hisoblanadi.
Demak, yaqin bir necha oy mobaynida quyidagi uchrashuvlar rejalashtirilgan:
SSP хabarida ta’kidlanishicha, jadvalga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. | 79 | 463 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 166 | 400 |
Qonunchilik | EKIH indeksatsiyasi ijtimoiy toʻlovlar summasiga ta’sir koʻrsatadi | Prezidentning 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmonida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.
Shu paytgacha kam ta’minlangan oilaga oylik moddiy yordam (1,5 EKIHdan 3 EKIHgacha), shuningdek bola 2 yoshga toʻlguncha uni parvarishlash boʻyicha onalarga toʻlanadigan nafaqalar summalari (1.01.2003 yildan – EKIHning 200%i) yil boshida belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqib hisoblanar edi.
Masalan, 2016 yil mart oyida ayol bolani parvarishlash ta’tiliga chiqib, oylik nafaqa ola boshladi. Yil boshida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 soʻm) kelib chiqib, nafaqa summasi 260 480 soʻmni (130 240 х 200%) tashkil etdi. 2016 yil 1 oktyabrdan EKIH 15%ga, 149 775 soʻmgacha indeksatsiyalandi. Biroq amaldagi tartib sababli bu nafaqa summasini hisoblab chiqarishga ta’sir koʻrsatmadi va ayol yil oхirigacha qolgan chorak davomida 260 480 soʻm olishda davom etdi. Indeksatsiya nafaqa oluvchida faqat 2017 yil yanvarda aks etdi.
Prezidentning quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilishi bilan vaziyat oʻzgardi:
Endi yuqorida koʻrsatilgan moddiy yordam va oylik nafaqalar summalari yil davomida amalga oshirilgan indeksatsiyalarni hisobga olgan holda amaldagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
Ma’lumot uchun: ishlayotgan onalarga bolani 2 yoshga toʻlguncha parvarish qilish boʻyicha nafaqalar ish beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi (Ishlayotgan onalarga bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5, 13-bandlari). Ishlamaydigan ayollar va byudjet sohasi хodimalariga ushbu nafaqa, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy byudjetlar mablagʻlari va byudjetdan tashqari manbalardan toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 66 | 2,106 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING YuRIDIK ShAXSLARGA MO‘LJALLANGAN OBLIGATSIYALARINING ChIQARILIShI VA MUOMALASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuridik shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 1140, 2002-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 176 | 884 |
Qonunchilik | Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Toshkent shahri hududidagi kanallarni saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning o‘zanlarini va kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirishni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasini tugatish hamda uning negizida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzurida Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasini (keyingi o‘rinlarda Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallarni va ulardagi inshootlarni saqlashga doir yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va suv xo‘jaligi inshootlarining zarur darajadagi sanitariya holatini va texnik jihatdan ishonchliligini ta’minlash;
kanallardan ishonchli foydalanish va ularni ishlash holatida saqlashga tayyorlash;
kanallarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarini kompleks va tubdan yaxshilash, kanallarga tutash hududlarni sanitariya, ekologiya norma va qoidalariga muvofiq obodonlashtirish funksiyalarini amalga oshirish;
kanallarning shahardagi uchastkalarini ularning quyilish joylarini betonlash yo‘li bilan rekonstruksiya qilish, qirg‘oqlar bo‘yida zamonaviy landshaft arxitekturasini qo‘llagan holda rekreatsion zona barpo etish;
suv va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, maxsus texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahri hududida joylashgan magistral kanallar va inshootlar tizimining 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha bir qismini belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufiga bersinlar.
Respublika suv resurslarini havzali boshqarish tamoyilidan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlash, umuman berilayotgan magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar bo‘yicha suv olish va suv berish to‘g‘risidagi ishonchli hisob va hisobotlarni yuritish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida qoldirilsin.
4. Quyidagilar:
Toshkent shahri hududidagi kanallarni xatlovdan o‘tkazish hamda qarovsiz kanallarni va Toshkent shahri hududida joylashgan Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi magistral kanallari va inshootlari tizimining bir qismini berish bo‘yicha Idoralararo ishchi komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
5. Idoralararo ishchi komissiya (B. Rahmonov) 2013-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Toshkent shahri hududida joylashgan qarovsiz kanallarni xatlovdan o‘tkazsin va ularni yangidan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan boshqarma balansiga belgilangan tartibda o‘tkazsin.
6. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tugatilayotgan Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasining asosiy vositalari, mexanizmlari, avtotransporti, moddiy-texnika resurslari limitlari, shtat birliklari va budjet mablag‘larini berish – qabul qilib olishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning shtatlar ro‘yxatini va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishni;
Ixtisoslashtirilgan boshqarmani 4-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar suv xo‘jaligi boshqarmasining o‘tkazilayotgan xarajatlar smetasi mablag‘lari, shuningdek Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjet daromadlar qismining oshirib bajarilishidan va xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga olingan mablag‘lar Ixtisoslashtirilgan boshqarmaning kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga, 2013-yilda maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olishga xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash hamda Ixtisoslashtirilgan boshqarmani zarur maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: | 119 | 5,457 |
Qonunchilik | “MA’MURIY QAMOQQA OLINGAN ShAXSLARNI SAQLASh XARAJATLARINI UNDIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
2. Quyidagilar 1995-yilning 1-iyunidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1960-yil 29-dekabrdagi “Ma’muriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1960-yil, № 30, 2-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1961-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Ma’muriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1961-yil, № 36, 20-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1964-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Ma’muriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida”gi 1960-yil 29-dekabr Farmonining 1-moddasiga qisman o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1964-yil, № 34, 2-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1966-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Ma’muriy tartibda qisqa muddatli qamoqqa hukm etilgan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida”gi Farmoniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1966-yil, № 11, 7-modda). | 139 | 1,709 |
Qonunchilik | SANOAT NAMUNASIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTI BERILIShI UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ-164-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 20-may, ro‘yxat raqami 1361 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 20-son, 243-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 166 | 791 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2021-yil 6-dekabr kuni Nur-Sulton shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Qozog‘iston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 42 | 973 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 15-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-318-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari S. Otamuratov, Sh. Tuxtaboyev va A. Umirzakov tomonidan 2018-yil 1-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-335-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-418-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-419-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin. | 228 | 1,720 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 131 | 268 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-412-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X. Gapporov, K. Jumaniyozov, A. Kurbonov, S. Samoylov, I. Hushvaqtov tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-412-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 244 | 1,220 |
Qonunchilik | Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika hududlarida muhandislik, arxitektura va qurilish sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Namangan muhandislik-pedagogika instituti Namangan muhandislik-qurilish instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) sifatida qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
muhandislik, arxitektura, qurilish, mashinasozlik va kommunal xo‘jalik sohalarining tashkilotlari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh va mehnat bozori talablariga mos kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik, arxitektura, qurilish va ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan axborot-resurs markazlari fondlarini eng yangi xorijiy adabiyotlar bilan muntazam yangilab borish;
o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni keng jalb qilish, shuningdek iqtidorli magistrantlar, yosh o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tishini, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishini tashkil qilish;
ilmiy salohiyatni mustahkamlash, ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish;
yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalash;
oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq yanada mustahkamlash.
3. Belgilansinki, Institut qayta tashkil etilayotgan Namangan muhandislik-pedagogika institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Quyidagilar:
Namangan muhandislik-qurilish institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Namangan muhandislik-qurilish institutining o‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘ldirish va zarur moddiy-texnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Institutning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018/2019 o‘quv yili va keyingi yillar uchun Institutga o‘qishga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda hududning istiqbolli rivojlanish dasturlarini hisobga olib, tarmoqlarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini yillar bo‘yicha aniq manzilli, kasb va ta’lim yo‘nalishlarni (mutaxassisliklarni) ko‘rsatgan holda ishlab chiqishni nazarda tutsin;
2017/2018 o‘quv yili boshlanishiga qadar Institutning ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklarini davlat ta’lim standartlari hamda tegishli malaka talablarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlasin.
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 77 | 4,777 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.