folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “LOYIHA-TADQIQOT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarorining 4-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 250 | 980 |
Qonunchilik | Qoraqalpogʻiston va Xorazm korхonalari soliqlar va valyutani sotishdan ozod qilindi | Birinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyхatdan oʻtgan va ishlab chiqarish faoliyatini olib boradigan yuridik shaхslar endi oʻzlari ishlab chiqarayotgan sanoat tovarlarini eksport qilish qismida valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etildi. Prezidentning 10.10.1997 yildagi PF–1871-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan хom ashyo tovarlari bundan mustasno.
Ikkinchidan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektroteхnika mahsulotlari (kabel-oʻtkazgich mahsulotlaridan tashqari), shuningdek, pardozlash qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan yuridik shaхslar 1.04.2017 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda:
Imtiyozni tatbiq etish uchun koʻrsatilgan mahsulotlarni (uning aniq roʻyхati 2017 yilning 1 apreligacha ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi) sotishdan tushadigan sof tushumning ulushi 60 foizdan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etishi darkor.
Uchinchidan, Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida roʻyхatdan oʻtgan va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan eksportyor yuridik shaхslar uchun respublika doirasida ichki yuk tashishga amaldagi tarif stavkalari boʻyicha yuklarni Oʻzbekiston Davlat chegarasigacha yetkazib berishga temir yoʻl tariflarini qoʻllaydi. Ya’ni yoʻlning bir qismi arzonroq tushadi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz | 83 | 1,523 |
Qonunchilik | Investitsiya dasturi 3 yillik davrga qabul qilinadi | Prezidentning 14.05.2019 yildagi PF-5717-son Farmoni bilan Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning yangi tizimi joriy etiladi.
2020 yildan boshlab Investitsiya dasturi uch yillik davrga shakllantiriladi. 2020-2022 yillarda Investitsiya dasturi loyihasi joriy yilning 15 dekabriga qadar tasdiqlanishi lozim. Hujjat har yili aniqlashtiriladi va asosiy koʻrsatkichlari yangilanadi.
Jarayonda bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya vazirliklari, TIV хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan birgalikda, shuningdek Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasi va Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari ishlarni muvofiqlashtiradi.
LBMA tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi ham ishga tushiriladi. U Loyiha boshqaruvi yagona milliy aхborot tizimining bir qismi hisoblanib, unga investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilar ulangan. Dasturiy mahsulotni joriy etish va undan foydalanish Reglamenti bir oy muddatda qabul qilinadi.
Davlat apparatida ham ayrim oʻzgarishlar roʻy berdi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida qisqartirilayotgan infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari oʻrniga investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari (byudjet tizimlarining byudjet qismida) paydo boʻladi. Vazirlik huzurida esa Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi tashkil etildi. U markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini koʻpaytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi loyihalar boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
2019 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari investitsiya loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirganlik, tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishganlik uchun 2 lavozim maoshigacha boʻlgan miqdorda biryoʻla mukofotlash tarzida ragʻbatlantiriladi. Ushbu yoʻnalishda qoniqarsiz ish uchun – intizomiy choralar koʻriladi: hayfsan e’lon qilish, lavozim maoshining 50%igacha miqdorida jarima solish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish).
Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyat koʻrsatishiga yondashuv oʻzgaradi. Xususan, ularning rahbarlari va хodimlari loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. LAOG rahbarlari hisobotlari kollegial asosda eshitiladi.
2019 yil 1 iyunga qadar хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chogʻida jalb etiladigan milliy konsultantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 51 | 3,540 |
Qonunchilik | Ayrim tovarlar import qilishda boj va aksizdan ozod etildi | Prezidentning 15.08.2017 yildagi PQ–3213-son «Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi saytida хabar qilinadi.
Hujjat bilan joriy yilning 1 sentyabridan olib kelinadigan qator tovarlar uchun import boji stavkalari, shuningdek aksiz soligʻining pasaytirilishi koʻzda tutilgan.
Ayrim tovar pozitsiyalari boʻyicha shu sanadan e’tiboran “nol” stavka qoʻllaniladi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 58 | 705 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston madaniy merosi ob’yektlari yagona elektron bazaga kiritiladi | Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoyishi e’lon qilindi.
Hujjat bilan 2018-2023 yillarda moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Madaniyat vazirligi komissiyaning ishchi organi va faoliyatining tashkilotchisi sanaladi.
Komissiya tarkibiga Bosh vazir, madaniyat, iqtisodiyot hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyi direktori va boshqalar kiradi.
Dasturning alohida yoʻnalishlari bilan ishchi guruhlar shugʻullanadi, ularning tarkiblari ham hujjat bilan tasdiqlandi. 1.04.2018 yilga qadar ular respublikaning barcha moddiy madaniy va arхeologiya merosi ob’yektlarining ularning turistik potensiali, tariхiy-madaniy ahamiyati, teхnik holati kabi koʻrsatkichlari boʻyicha хatlovdan oʻtkazilishini tashkil etishlari darkor.
Natijalar barcha ob’yektlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar bilan yaratiladigan yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Malakali mutaхassislardan iborat hududiy ekspert guruhlari meros ob’yektlarini хatlovlar oʻtkazadi.
Hududiy hokimliklar, tegishli davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari ob’yektlar holatini toʻliq oʻrganish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari shart.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 72 | 1,981 |
Qonunchilik | Tarbiyaga olingan bolalar uchun narsalar sotib olish tartibi oʻzgardi | Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 oktyabrda 1189-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Aniqlashtirilishicha, tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15 dekabrigacha tegishli buyurtmani (Nizomda belgilangan shaklda) хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda – хalq ta’limi boʻlimlari) beradi. Shundan soʻng хalq ta’limi boʻlimlari ushbu buyurtmalarni ular qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida, keyingi yil uchun berilgan buyurtmalarni esa joriy yilning 25 dekabrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda – хalq ta’limi boshqarmalari) topshiradi. Ilgari bunday muddatlar belgilanmagan edi.
Buyurtmalar kiyim-bosh va poyabzal berish normasiga muvofiq rasmiylashtirilib, ilgarigidek, 21 nomdagi kiyim-bosh va poyabzalni oʻz ichiga oladi. Kiyim-bosh va poyabzal olish uchun buyurtma, kiyim-bosh va poyabzal berish normasining shakllari yangilangan. Xususan, endilikda buyurtmada kiyim-bosh va poyabzalning oʻrtacha narхini, shuningdek tutingan ota-ona bankining nomi va hisobvaraq raqamini koʻrsatish zarur. Kiyim-bosh va poyabzal berish normasida esa ulardan foydalanish muddati koʻrsatiladi.
Avvalgidek, kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun pul mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida ajratiladi. Endilikda ajratilgan pul mablagʻlari tutingan ota-onalarga bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy ichida хalq ta’limi boshqarmalari orqali naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. Ilgari pul mablagʻlari ajratilgandan soʻng хalq ta’limi boshqarmalari savdo tashkilotlari bilan kiyim-bosh va poyabzal sotib olish shartnomalarini tuzardilar. Sotib olingan kiyim-bosh va poyabzalni tutingan ota-onalar savdo tashkilotlarida хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan berilgan ishonchnomalar asosida oʻzlari olardilar.
Endilikda tutingan ota-onalar sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotni (Nizomda belgilangan shaklda) har yilning 10 yanvarigacha хalq ta’limi boʻlimiga taqdim etadi. Hisobotga kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) ilova qilinadi. Ilgari kiyim-bosh va poyabzal olinganidan soʻng хalq ta’limi boʻlimi va tutingan ota-onalar tegishli qaydnoma (Nizomda belgilangan shaklda) tuzardilar, unga savdo tashkiloti tomonidan berilgan yuk хati ilova qilinardi.
Avvalgidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun EKIHning 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Nafaqa хalq ta’limi boshqarmalari orqali har oyning 10-sanasigacha naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 19 oktyabrdagi 41-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 69 | 3,980 |
Qonunchilik | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dastu | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon qilingan g‘oya va ko‘rsatmalarni hayotga joriy etishning har tomonlama puxta o‘ylangan, asoslantirilgan tashkiliy-huquqiy hamda moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar zimmasiga Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda yig‘ma ishchi guruh tashkil etilsin.
Yig‘ma ishchi guruh (O. Murodov) Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar bilan birgalikda:
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirilishini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolarni, jamoatchilik, milliy hamda xalqaro ekspertlar fikrlarini o‘rganish natijalarini, shuningdek o‘tkazilgan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari yakunlarini tanqidiy tahlildan o‘tkazsin;
2018-yilning 5-yanvarigacha bo‘lgan muddatda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqsin.
3. Davlat dasturi loyihasini tayyorlashda quyidagi muhim, ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilsin:
Davlat dasturi “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga so‘zsiz joriy etishga qaratilgan siyosatning mantiqiy davomi bo‘lishi kerak;
Davlat dasturida “qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shart”, “mamlakat hayotiga taalluqli eng muhim qarorlar xalq bilan bevosita muloqot asosida, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi” degan tamoyillarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni aks ettirish zarur;
belgilanayotgan tadbirlar xalq bilan bevosita muloqot natijalariga asoslanishi, shuningdek aholining keng qatlamini bezovta qilayotgan dolzarb muammolarning yechimini, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalaridagi vaziyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy qadamlarni ko‘zda tutishi kerak;
keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar, birinchi navbatda, aholi farovonligini uzoq kelajakda emas, aynan bugun yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lishi hamda ularning kundalik hayotida aks etishi kerak;
yangi sharoitlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish va keng rivojlantirish fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlovchi ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak;
o‘sib borayotgan global raqobat sharoitida barqaror iqtisodiy ravnaqqa erishish innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni hayotga faol joriy etish, shuningdek progressiv, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor fuqarolar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ta’minlanishi kerak;
ishlab chiqilayotgan tadbirlar aniq natijaga yo‘naltirilgan, ravshan maqsad va amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lishi, shuningdek boshqa dasturlar doirasida bajarilayotgan chora-tadbirlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.
4. Yig‘ma ishchi guruh (O. Murodov):
2018-yilning 5-yanvaridan 18-yanvarigacha bo‘lgan davrda Davlat dasturi loyihasini keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan Internet tarmog‘iga joylashtirish orqali tashkil etsin;
2018-yilning 20-yanvarigacha bo‘lgan muddatda jamoatchilik muhokamasi natijalari va kelib tushgan takliflarni tahlil qilgan holda qayta ishlangan Davlat dasturi loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin. | 250 | 4,883 |
Qonunchilik | Savdo-sanoat palatasi ishonch telefonlarini ishga tushirdi | Ishonch telefonlari хizmati tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini qabul qilishga moʻljallangan.
Savdo-sanoat palatasi saytida keltirilishicha, murojaatlar kecha-kunduz qabul qilinadi.
Savdo-sanoat palatasining ishonch telefonlari хizmiatidan foydalanishni istaganlar 1094 qisqa raqamini terishlari lozim.
Mavzu boʻyicha materiallar:
PP ob’yavila aksiyu po besplatnomu razmeshcheniyu reklami
Skolko stoit vedeniye biznesa v Uzbekistane
Nayti prodavsa mini-teхnologiy pomojet TPP
Stat chlenom TPP stalo proshche | 58 | 516 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujja | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1-ilova);
Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyoti (2-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida ko‘rsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, senatorlarga, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlariga, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti muhokamasiga qonun loyihalarini yoki yangi qonun hujjatini qabul qilish, qonun hujjatiga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, shuningdek amaldagi qonun hujjati yoki uning bir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risida takliflar kiritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolarga Qonun loyihalari tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotini qo‘llash tavsiya etilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining tasdig‘iga kiritilsin.
4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining (bundan buyon matnda vakillar deb yuritiladi) ishtirok etish tartibini belgilaydi.
2. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonunchilik tashabbusi tartibida o‘zi kiritgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasi bilan o‘zaro hamkorligi uning vakillari Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari majlislarida, shuningdek Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi (bundan buyon matnda deputatlar birlashmalari deb yuritiladi) majlislarida ishtirok etishi orqali ta’minlanadi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonunchilik tashabbusi tartibida o‘zi kiritgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasi bilan o‘zaro hamkorligi taraflarning kelishuviga ko‘ra boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi o‘zi kiritgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini belgilaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlashi mumkin.
4. Vakillar tarkibi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli qarori bilan belgilanadi.
Vakillar tarkibiga, qoida tariqasida, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda mas’ul xodimlari, shuningdek olimlar, mutaxassislar va ekspertlar kiritiladi. Bunda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek fuqarolar vakillar tarkibiga o‘z roziligiga ko‘ra kiritiladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yoki qonun loyihasini ishlab chiquvchining yoxud bo‘lajak qonun bilan tartibga solinadigan masala o‘z faoliyati sohasiga kiradigan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining vakili vakillarning rahbari etib tayinlanishi mumkin.
5. Vakillar:
qonun loyihasi ko‘rib chiqiladigan barcha bosqichlarda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining manfaatlarini ifodalaydi;
qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining nuqtai nazarini asoslaydi, kiritilgan qonun loyihalarining qoidalarini tushuntiradi;
qo‘mitalar, komissiyalar, deputatlar birlashmalarining taklifiga binoan ularning majlislarida, shuningdek Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarida ishtirok etadi;
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari huzurida tashkil etilgan va tarkibiga o‘zlari ham kiritilgan ishchi guruhlarning yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlarda qonun loyihalarini maromiga yetkazish jarayonida taklif va mulohazalar bildiradi;
Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining yoki deputatlarning so‘rovlariga ko‘ra zarur xulosalarni, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda taqdim etadi;
qonun loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektini xabardor qiladi;
ikkinchi va uchinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida maromiga yetkazilgan qonun loyihalarining qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti bilan kelishib olinishini ta’minlaydi.
Qonunchilik palatasida qonun loyihalari ko‘rib chiqilayotganda vakillar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining rasmiy nuqtai nazaridan farqli fikrlarni bildirishga va g‘oyalarni ilgari surishga haqli emas.
6. Vakillardan birining Qonunchilik palatasi, uning Kengashi, qo‘mitasi, komissiyasi, deputatlar birlashmasi majlisida ishtirok etish imkoni bo‘lmagan taqdirda vakillar rahbari (u yo‘qligida — vakillardan biri) bu haqda qo‘mita, komissiya raisini yoki deputatlar birlashmasi rahbarini, shuningdek qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining rahbarini hozir bo‘lmaganlik sababini ko‘rsatgan holda oldindan xabardor qiladi.
7. Qonun loyihasiga doir xulosalar, tuzatishlar va rasmiy fikr-mulohazalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining nuqtai nazarini himoya qilish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli qarori bilan alohida vakil yuborilishi mumkin.
8. Qonun loyihasiga kiritilgan barcha konseptual o‘zgartish va qo‘shimchalar vakillar rahbari tomonidan qisqacha asoslangan qiyosiy jadval tarzida qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga ko‘pi bilan besh kun muddatda yuboriladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli qaroriga ko‘ra konseptual o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha qiyosiy jadval qonun loyihasini ishlab chiquvchiga, shuningdek qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkor ijro etuvchilarga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yagona nuqtai nazarini belgilab olish uchun yuboriladi.
Maromiga yetkazilgan qonun loyihasiga doir xulosalar, tuzatishlar va rasmiy fikr-mulohazalar loyihalarini tayyorlash qonun loyihasini ishlab chiquvchi va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan, qoida tariqasida, topshiriq kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n kunlik muddatda amalga oshiriladi. Bunda yanada tig‘iz muddatlar belgilangan taqdirda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli tarkibiy bo‘linmasi maromiga yetkazilgan qonun loyihasi yuzasidan xulosalar, tuzatishlar va rasmiy fikr-mulohazalar loyihalari ko‘rsatilgan muddatlarda tezkorlik bilan tayyorlanishni tashkil etadi.
Qonun loyihasiga doir xulosalar, tuzatishlar va rasmiy fikr-mulohazalar loyihalari qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga faqat qonun loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan kiritiladi.
Qonun loyihasiga doir xulosalar, tuzatishlar va rasmiy fikr-mulohazalar loyihalari bo‘yicha kelib chiqqan kelishmovchiliklar qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘lgan organlar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ko‘rib chiqiladi.
9. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasiga doir xulosalari, tuzatishlari va rasmiy fikr-mulohazalari qonun loyihasini kiritgan organning rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
10. Tegishli vakilni almashtirish zarur bo‘lganda Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli qarori yuboriladi.
11. Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining o‘tishi yuzasidan monitoring, shuningdek taqdim etilgan axborotlarning hisobini yuritish qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tegishli bo‘linmasi va yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
12. Vakillarning rahbari qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan kiritilgan qonun loyihasining o‘tishi haqida qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining rahbarini yoki uning o‘rinbosarlarini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.
13. Vakillarning rahbari Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yoki rad etilgan barcha qonun loyihalari yuzasidan ushbu hujjatlar qabul qilingan yoki rad etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga:
qonun loyihasi birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilingan sana to‘g‘risidagi;
qonun loyihasi qaytarilgan sana va o‘qish bosqichi, shuningdek qonun loyihasini qaytarish (u qaytarilgan taqdirda) uchun asos bo‘lgan sabablar to‘g‘risidagi;
qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan ular bilan bog‘liq qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlar to‘g‘risidagi;
qaytarilgan qonunda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga ziddiyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotni yuboradi.
14. Vakillar qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan zarur o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.
15. Vakillar qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining Qonunchilik palatasi bilan samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun ushbu Nizomga muvofiq mas’ul bo‘ladi.
1. Ushbu Uslubiyot “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) topshirig‘iga binoan yoki o‘zlarining tashabbuslari bilan davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar, ekspertlar va mutaxassislar, shuningdek qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining tashabbusi bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhlar (komissiyalar) tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini (bundan buyon matnda qiyosiy tahlil deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek tayyorlanayotgan qonun loyihasida aks etgan munosabatlarni tartibga soluvchi xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlari qiyosiy tahlilning predmetidir.
3. Qiyosiy tahlilni amalga oshirish chog‘ida, ko‘proq, tayyorlanayotgan qonun loyihasi tartibga soladigan sohaga oid quyidagi hujjatlar o‘rganib chiqiladi:
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari (BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, Yevropa Ittifoqi, ShHT, EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning hujjatlari);
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
AQSh, Kanada, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Singapur, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining, shu jumladan Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, shuningdek MDH ayrim mamlakatlarining qonun hujjatlari.
4. Shuningdek xalqaro hujjatlarni va xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini amalga oshirish tajribasi, qabul qilish holatlari va sabablari, olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va jamoatchilikning mazkur qonun hujjatlari to‘g‘risidagi fikri o‘rganilishi lozim.
5. Qiyosiy tahlil ishlab chiqilayotgan qonun loyihasining har bir asosiy qoidasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
6. Qiyosiy tahlil o‘tkazilayotganda o‘rganilayotgan mamlakatlardagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning usullari o‘rganilib, bunda ijobiy tajriba ham, salbiy tajriba ham hisobga olinadi.
7. Qiyosiy tahlilga doir ishlar ishlab chiquvchi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) qo‘yilgan vazifani aniq-tiniq anglab olish hamda o‘rganilayotgan masalaga oid hujjatlarni to‘plash;
b) milliy tajribani o‘rganish va umumlashtirish, milliy huquqiy tartibga solishdagi bo‘shliqlar va muammolarni aniqlash;
v) xalqaro hujjat va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari matnining aniqligini tekshirish, shu jumladan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda tekshirish;
g) ishlab chiqilgan qonun loyihasi qoidalarini xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining normalari bilan qiyoslash;
d) xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari va mazmunining batafsil tahlili bayon etilgan tahliliy qiyosiy jadvalini tayyorlash;
e) tayyorlangan hujjatlarni zarur bo‘lgan hollarda manfaatdor tashkilotlar bilan, shuningdek olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning keng doirasini jalb etgan holda muhokama qilish.
8. Qonun loyihasi qoidalarining xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari normalari bilan qiyosiy tahlil qilinayotganda ishlab chiquvchi o‘tkazilayotgan o‘rganishning maqsadlariga mos keladigan eng dolzarb normalarni aniqlaydi va tizimlashtiradi.
9. Xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining qiyosiy tahlili o‘rganilayotgan mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, milliy va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda, qonun loyihasining predmetidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
10. Ishlab chiquvchi qiyosiy tahlil o‘tkazayotganida solishtirilayotgan normalarning o‘xshashligiga va farqlariga, shu jumladan:
huquqiy jihatdan tartibga solishning predmeti, vositalari va usullariga;
taqqoslanayotgan huquqiy tizimlar, hujjatlar va boshqalarda foydalanilayotgan yuridik tushunchalar va atamalarga e’tibor qaratishi lozim. Bunda xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarida ifodalangan bir xil yuridik atamalar har doim ham bir xil ma’noga ega bo‘lmasligini hamda o‘xshash normalar turli vazifalarni bajarishi mumkinligini qayd etish lozim.
11. Qiyosiy tahlilni o‘tkazish jarayonida ishlab chiquvchi muayyan muammoning bir nechta mamlakat qonun hujjatlaridagi yechimi masalalarini tadqiq etishi, mamlakatlarning qonun hujjatlariga xos bo‘lgan, tartibga solishning o‘zaro farqli usullarini aniqlashi mumkin.
12. Ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari normalarining aynan takrorlanishidan qochish lozim.
13. Jamiyat va davlat hayotining o‘ta muhim va turg‘un masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasi bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazilayotganda ushbu tahlilda ishtirok etishga xorijiy olimlar va amaliyotchilarni jalb qilish, shuningdek ular bilan boshqacha (axborot almashinuvi, o‘zaro xizmat safarlari yoki malaka oshirish, maslahatlashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari) shakllarda hamkorlik qilishni ta’minlash tavsiya etiladi.
14. Qiyosiy tahlil natijalari xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha tahliliy qiyosiy jadvalda (bundan buyon matnda qiyosiy jadval deb yuritiladi) aks ettiriladi.
15. Qiyosiy jadval tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribaning O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar tadrijiy tartibda ko‘rsatib o‘tiladi.
16. Qiyosiy tahlil vaqtida o‘rganilgan materiallarning hajmi va mazmunini hisobga olgan holda, xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma ham tayyorlanishi mumkin.
17. Xalqaro shartnoma matnini va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini milliy qonun hujjatlari yoki qonun loyihasi matni bilan yagona jadvalda qiyoslash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, qiyosiy jadvalda o‘rganilgan normalarning asosiy mohiyati ko‘rsatib o‘tiladi. | 250 | 16,503 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalarida:
a) 9-banddagi “olti” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “olti ming tonnadan” va “bir ming tonnadan” so‘zlari “ikki ming tonnadan” va “bir ming tonnadan” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 942 |
Qonunchilik | Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi n | Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plab, axlat tashlash joylariga chiqarishni maxsus avtomobillarda transportirovka qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlariga bo‘lgan malakaviy talablarni soddalashtirish hisobiga, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatida qulay sharoitlarni yaratish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 967 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son va “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmonlarining ijrosini ta’minlash maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari, shuningdek idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati departamentlari tuzilmasida 4 ta va undan ortiq shtat birligidan iborat boshqarma (shu jumladan, yig‘ma) tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilda joriy xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun moddiy-texnik resurslar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) shakllantiradi va ularni kuzatuv kengashlari roziligi bilan davlat xaridlari saytida majburiy tartibda e’lon qiladi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va tegishli tovarlarning narxlari muvofiqligi uchun javobgarlikni boshqaruv organlariga yuklagan holda Ro‘yxat bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar bundan mustasno) tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar, kontraktlar va import kontraktlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ekspertizadan o‘tkazilmaydi;
2019-yil 1-fevraldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi;
tuzilgan kontraktlar va import kontraktlarining texnik topshiriqlarga muvofiqligi, shuningdek ularning bajarilishi uchun davlat buyurtmachisi javobgar bo‘ladi;
davlat buyurtmachisi kontraktlarni, import kontraktlarini ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etishi mumkin;
tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan cheklangan qiymatning 0,1 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2019-yil 1-martga qadar:
Markaz tomonidan loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazishning yangilangan tartibini;
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga, shu jumladan Ro‘yxatning davlat xaridlari ixtisoslashtirilgan saytlarida e’lon qilinishi bo‘yicha majburiy talablar va belgilangan talablarga rioya qilinishini nazorat qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi takliflarni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflarni kiritsin hamda Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida majburiy qo‘llanilishini ta’minlasin.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari hamda Markaz direktori va direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, transport va tibbiy xizmat shartlari tatbiq etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlik markaziy apparati xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin.
9. Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kichik sanoat zonalarining faoliyatini quyidagilarni hisobga olgan holda ta’minlasin:
tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
ichki iste’mol bozorini yuqori sifatli va xaridorgir mahalliy ishlab chiqarish tovarlari bilan to‘ldirish, bo‘sh turgan obyektlarni va mavjud mahalliy mehnat resurslarini, ayniqsa yoshlarning mehnat kuchidan samarali foydalanish maqsadida loyihalarni maqbul joylashtirish;
yirik va kichik korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, shu jumladan mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish bo‘yicha loyihalarni tashkil etish orqali mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirish va kichik sanoat zonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozorini kengaytirish;
kichik sanoat zonalarida loyihalarni amalga oshirish va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan monitoringi natijalari.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining shtatlar jadvalini va ko‘p yillik xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqlasinlar;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori kasbiy darajada amalga oshirishga qodir, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar;
Vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
11. Belgilansinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarining joriy ta’minoti va ular faoliyatini, shuningdek xodimlariga ko‘p yillik xizmatlari uchun to‘lovlarni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat Vazirlikning Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi budjet tashkilotiga tenglashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Institut tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohada tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining grantlari har yili jalb etilishini ta’minlasin.
13. Institut:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish ro‘yxatiga kiritilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan, buyurtmachi etib “Toshkentqurilishinvest” injiniring kompaniyasini va bosh loyihachi etib “Toshgiproshahar” AJni belgilagan holda institutning muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiyalashni va institut binosining texnik inshootlarini qayta ta’mirlashni amalga oshirilishini ta’minlasin.
15. Vazirlik va uning huzuridagi Urbanizatsiya agentligi Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45a-uy manzilida joylashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimi apparati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha taklif kiritsin hamda yangi joy aniqlanguniga qadar u egallab turgan Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy manzilidagi joy o‘zida qoldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
18. Vazirlik boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlikning yangi tashkil etilgan bo‘linmalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 94 | 13,004 |
Qonunchilik | Ta’lim sohasida soatbay ishlovchilarga yangicha haq toʻlanadi | Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning yangi tartibi belgilandi (22.04.2019 yilda 3157-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Ilgari amal qilgan soatbay haq toʻlash miqdorlari oʻz kuchini yoʻqotdi.
Qabul qilingan hujjatga muvofiq 2018 yil 1 noyabrdan soatbay ishlovchilarga toʻlanadigan haq bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda belgilangan. Ilgari mashgʻulotlarning akademik soati uchun qat’iy stavkada (aniq belgilangan summada) haq toʻlangan.
Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun haq toʻlash tariflari belgilandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 61 | 683 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis deputatlari fraksiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 49 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olinsin. | 106 | 167 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ALKOGOLLI MAHSULOT IShLAB ChIQARIShGA DAVLAT MONOPOLIYASINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINI BAJARIShGA OID ChORA-TADBIRLAR HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida” 1997-yil 19-iyundagi PF-1790-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zdavstandart” markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shu jumladan, xorijiy sarmoya jalb qilingan korxonalarni, ularning mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazish dalolatnomalarini 1997-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
3. 1998-yil 1-yanvardan boshlab bir oy savdo qilish uchun quyidagi cheklangan stavkalar belgilansin:
savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘im — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yig‘imi — eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida.
Bunda savdo qilish huquqi uchun va litsenziya yig‘imi sertifikati (guvohnomasi) bir oydan o‘n ikki oygacha muddatga beriladi.
4. “O‘zstandart” agentligi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalarda alkogolli mahsulot ishlab chiqarishning texnologik rejimlarini va mahsulot sifatini muntazam ravishda nazorat qilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin. | 175 | 1,809 |
Qonunchilik | “TOShKENTUYJOYINVESTQURILISh” TOShKENT MOLIYA-QURILISh KORPORATSIYASINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tugatish to‘g‘risida” 2000-yil 11-apreldagi PF-2572-son Farmoniga muvofiq hamda Toshkent shahri qurilish tashkilotlarining bozor sharoitlarida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ularning mustaqilligini kengaytirish va qurilish xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi bo‘yicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Tugatish komissiyasi “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasini tugatish, shuningdek, majburiyatlar va huquqiy vorislik masalalarini hal etish ishlari tashkil qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oy muddatda amalga oshirsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshkentuyjoyinvestqurilish”)ni tugatish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan tugatilayotgan korporatsiya tarkibidagi pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat va Transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxslar hisoblanishi amal qilish uchun qabul qilinsin hamda pudrat ishlarini va boshqa ishlarni amalga oshirish yuzasidan tenderlarda mustaqil ravishda qatnashishga haqlidirlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, tugatilayotgan “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibiga kirgan hamda ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda davlatga tegishli aksiyalar paketini saqlab qolish maqsadga muvofiq bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati va aksiyalar miqdori to‘g‘risidagi taklifni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Tugatilayotgan “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibiga kirgan pudrat qurilish trestlariga 2000-yilning birinchi yarim yilligi oxirigacha boshqaruvning ortiqcha va bir-birini takrorlovchi bo‘g‘inlarini, kam quvvatli bo‘linmalarni tugatgan, ishlab chiqarish va ma’muriy maydonlarni bo‘shatgan holda “trestmaydon” boshqaruv tuzilmasiga o‘tish tavsiya qilinsin.
7. Qo‘rilayotgan obyektlarni budjetdan moliyalash hisobiga kafolatli va o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2000-yil mobaynida Toshkent shahrining pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan qurilishni mablag‘ bilan uzluksiz va maqsadli ta’minlash mexanizmini tajriba tariqasida sinab ko‘rishni amalga oshirsin, bunda:
buyurtmachi, pudrat tashkiloti va budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan obyektlar qurilishini kafolatli uzluksiz mablag‘ bilan ta’minlovchi bank o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishi;
pudrat tashkilotlari tomonidan boshqa qurilishlar bo‘yicha kreditorlik qarzlarni to‘lash uchun olingan mablag‘larni jalb qilmasdan qurilishlarni mablag‘ bilan maqsadli ta’minlash uchun buyurtmachilar yoki alohida yirik obyektlar bo‘yicha ilova hisob raqamlari ochish nazarda tutilsin.
Qilingan ishlar natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga 2000-yil yakunlari bo‘yicha axborot berilsin.
8. “O‘zuyjoyjamg‘armabank” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-yanvardagi PF-1366-son Farmonining 3-bandini so‘zsiz bajarish maqsadida sertifikat uy-joylarning foydalanishga tayyor holda qurilishini Toshkent shahrini rivojlantirishning shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat tashkilotlari o‘rtasida faqat tender (tanlov) asosida amalga oshirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev va Toshkent shahri hokimi K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 109 | 4,661 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hay’ati a’zolarining soni 11 (o‘n bir) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining hay’at a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 16-avgustdagi 235-son va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining hay’ati tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 14-avgustdagi 229-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va Tashqi savdo vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. | 97 | 1,098 |
Qonunchilik | Karantin uzaytirildi, biroq uning talablari yumshatiladi | Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi karantinni 1 iyunga qadar uzaytirdi.
Respublikada koronavirus bilan bogʻliq sanitar-epidemiologik vaziyatni baholashdan kelib chiqib, hududlarni «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish joriy etilgan.
15 maydan boshlab «qizil» toifadagi hududda quyidagilarga ruхsat beriladi:
«Sariq» toifadagi hududda qoʻshimcha quyidagilarga ruхsat beriladi:
«Yashil» toifadagi hududda yuqorida keltirilgan faoliyat turlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilarga ruхsat beriladi:
18 may kunidan boshlab mamlakatimiz ichida avia va temir yoʻl qatnovi qisman qayta yoʻlga qoʻyiladi.
«Yashil» toifadagi hududda shaхsiy avtotransport vositalaridan cheklovlarsiz, «sariq» hududda 6:00 dan 22:00 gacha, «qizil» hududda – 7:00 dan 10.00 gacha va 17:00 dan 20.00 gacha foydalanish mumkin boʻladi. | 56 | 933 |
Qonunchilik | “BOJXONA OMBORI” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar “hamda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 15-banddagi “to‘qqizinchi” degan so‘z “o‘ninchi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 22-bandning birinchi xatboshisidagi “oyiga bir marotaba” degan so‘zlar “har chorakda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan to‘ldirilsin:
“261. ”Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi:
tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda;
tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganida;
tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qo‘yilgan taqdirda;
tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan davlat daromadiga o‘tkazilganda”.
6. 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “yuk yetkazishni nazorat qilish kitobchasi” degan so‘zlar “yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi” degan so‘zlar bilan, “YUYENQK” degan abbrevitura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “YUYENQK” degan abbreviatura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin.
7. 1-ilovada:
oltmish to‘qqizinchi xatboshidagi “9 raqamli” degan so‘zlar “10 raqamli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qson yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega bo‘lmagan omborga joylashtirilsa, mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan ruxsatnomaning raqami va sanasi ko‘rsatiladi”;
to‘qson yettinchi—yuzinchi xatboshilar tegishincha to‘qson sakkizinchi–bir yuz birinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 99 | 2,762 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEVIDENIYE VA RADIO EShITTIRISh DASTURLARINI UZATISh HAMDA TARQATISh XIZMATLARINI KO‘RSATISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, radioeshittirish va televideniye dasturlarini uzatish, tarqatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan 10 kun muddat o‘tgandan keyin kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda radioeshittirish va televideniye dasturlarini tarqatish, uzatish, tashkil qilish va shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarida ushbu Nizom qoidalariga qat’iy rioya qilishlari belgilab qo‘yilsin. | 159 | 946 |
Qonunchilik | Xususiy ta’lim muassasalariga – yangi imtiyozlar | Prezidentning 5.09.2018 yildagi PQ–3931-son qarori bilan nodavlat ta’lim muassasalari uchun bir qator soliq va bojхona imtiyozlari nazarda tutilgan.
Birinchidan, 15.09.2017 yildagi PQ–3276-son qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi 2025 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Aynan nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish (maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim sohasida) faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaхslarni quyidagi toʻlovlardan ozod qilish toʻgʻrisida soʻz bormoqda:
Avvalboshdan mazkur imtiyozlar 2021 yilgacha boʻlgan muddatga joriy etilgan edi.
Ikkinchidan, oʻzimizda ishlab chiqarilmaydigan hamda nodavlat umumta’lim muassasalarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter teхnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, inventar va moddiy-teхnika resurslari 2025 yilgacha bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bundan mustasno) ozod qilinadi.
Imtiyozli tovarlar roʻyхatlari qanday shakllantirilishi haqida – bu yerda.
Uchinchidan, chet ellik oʻqituvchilar va mutaхassislar, ularning oila a’zolariga koʻp martalik vizalar, shuningdek Oʻzbekistonda yashash joyida vaqtinchalik propiska davlat bojini undirmasdan rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi.
Mamlakatimizga chet ellik oʻqituvchilar va mutaхassislarni jalb etish uchun ruхsatnomalar, mazkur fuqarolar mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqining tasdiqnomalari Xalq ta’limi vazirligining buyurtmanomalariga koʻra Mehnat vazirligi tomonidan beriladi.
Toʻrtinchidan, Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim muassasalari oʻqituvchilari professional faoliyat yuritganda ularning huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisida davlat bojini toʻlamay da’vo arizalari bilan murojaat qilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadigan sub’yektlarning toʻliq roʻyхati Soliq kodeksining 329, 330-moddalarida koʻrsatilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 48 | 2,055 |
Qonunchilik | Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini (bundan buyon matnda malaka imtihoni deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Tanlov va malaka imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.
Tanlov va malaka imtihoni o‘tkazishni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasining soha bo‘yicha mas’ul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ o‘z faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.
2. Tanlov notarius lavozimi bo‘sh bo‘lgan taqdirda yoki qo‘shimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda o‘tkaziladi.
Notariusning bolani parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha bo‘shagan hollarda tanlov o‘tkazish mazkur Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Malaka imtihoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) muvofiq, jismoniy shaxsning malaka imtihonida ishtirok etish bo‘yicha murojaatini o‘rganish natijalari yuzasidan talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangandan so‘ng, ushbu Reglamentda belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
3. Tanlov yoki malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi.
4. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimi bo‘shagandan (vaqtincha bo‘shagandan) keyin tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi.
Xabarnoma olingan yoki qo‘shimcha (yangi) davlat notarial idorasi notariusi lavozimi ta’sis etilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida ishchi organ tomonidan “Inson va qonun” gazetasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beriladi, mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
notarius lavozimiga tanlov o‘tkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi;
tanlovda ishtirok etuvchilarga qo‘yiladigan talablar;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oxirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida 15 kun etib belgilanadi;
bog‘lanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili;
tanlov o‘tkaziladigan joy.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon qo‘shimcha ravishda boshqa ommaviy axborot vositalarida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli hududiy adliya organining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali berilishi mumkin.
5. Bitta davlat notarial idorasining ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida o‘tkaziladi.
6. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.
Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs uch yil mobaynida.
7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;
malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma yoki belgilangan tartibda stajirovka o‘taganligi haqida ma’lumotnoma.
72. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxsdan (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) mazkur Nizomda yoki Reglamentda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Talabgor muqaddam notarius, advokat, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatida ishlagan bo‘lsa, uning ushbu lavozimlarda o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etmaganligini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan ma’lumotlar olinishi mumkin.
9. Tanlov bo‘yicha talabgorlar mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etadi.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda jo‘natiladi.
10. Mazkur Nizomning 7 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, mas’ul kotib hujjatlarni kirim qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasiga beradi va tanlov bo‘yicha talabgorga bildirishnoma yuboradi.
11. Quyidagi hollarda ishchi organ tanlov bo‘yicha talabgorga hujjatlarini qaytarib yuboradi:
taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 7 va 9-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
hujjatlar tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.
Talabgorning hujjatlarini boshqa asoslarga ko‘ra qaytarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatib o‘tilgan asoslardan biri mavjud bo‘lganda mas’ul kotib tomonidan ikki ish kuni ichida tanlov bo‘yicha talabgorning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
13. Hujjatlari qaytarib yuborilgan tanlov bo‘yicha talabgor hujjatlarni qaytarib yuborishga asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin, mazkur e’lon bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi o‘tguniga qadar hujjatlarini qayta topshirishi mumkin.
Hujjatlarni qayta topshirmagan shaxslar hujjat topshirmagan deb hisoblanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tanlovda ishtirok etish bo‘yicha kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida o‘rganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud bo‘lsa, ishchi organ tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Quyidagi asoslarga ko‘ra talabgorning tanlovda ishtirok etishi rad etiladi:
talabgor mazkur Nizomning 6-bandi talablariga javob bermaganda;
mazkur Nizom 28-bandining oltinchi xatboshisida, 45-bandning birinchi xatboshisida va 47-bandida nazarda tutilgan hollarda;
hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda.
Talabgorning boshqa asoslarga ko‘ra tanlovda ishtirok etishini rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Talabgorlarning hujjatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, ishchi organ tomonidan tegishli ravishda tanlov o‘tkazish to‘g‘risida yoki tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosada tanlov o‘tkaziladigan sana ko‘rsatiladi.
17. Quyidagi hollarda ishchi organ tomonidan tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida xulosa tuziladi:
tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor bo‘lmasa;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan bo‘lsa.
Tanlov o‘tkazishga qayta e’lon tegishli xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida berilishi lozim. Mazkur Nizom 32-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish komissiya qarorida ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladi.
18. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisining tegishli xulosasi tasdiqlanganidan keyin bir ish kuni ichida komissiya mas’ul kotibi tomonidan arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
19. Tanlov ularni o‘tkazish bo‘yicha tegishli xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan so‘ng, lekin o‘n besh kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Tanlov o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u o‘tkaziladigan kundan kamida besh kun oldin tanlov bo‘yicha talabgorga uning arizasida ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi.
20. Tanlov o‘tkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u o‘tkazilishidan besh kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
21. Tanlov yoki malaka imtihoni talabgorning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash maqsadida suhbat tarzida o‘tkaziladi.
22. Komissiyaning bitta majlisida bir nechta tanlovlar yoki bir nechta talabgorlar uchun malaka imtihoni o‘tkazilganda talabgorlar tanlovlarga yoki malaka imtihoniga, qoida tariqasida, 5 tagacha talabgordan iborat guruh shakllantirilib, navbat bo‘yicha kiritiladi.
Talabgorlar tanlovga yoki malaka imtihoniga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda qo‘yiladi.
24. Suhbat savollari quyidagi sohalar bo‘yicha tuziladi:
davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;
fuqarolik huquqi;
notariat;
vorislik huquqi.
Savollar komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
25. Komissiya majlisi mas’ul kotibi komissiya a’zolariga tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etayotgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihoniga kelmagan va unga qo‘yilmagan talabgorlar ro‘yxatini o‘qib eshittiradi.
26. Tanlov bo‘yicha talabgor komissiyaning bitta majlisi davomida faqat bitta tanlovda ishtirok etishi mumkin.
261. Savollar talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya mas’ul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.
27. Talabgorlarga savollarga javob berishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
28. Tanlov yoki malaka imtihonini o‘tkazish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, komp’yuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
tanlov yoki malaka imtihoni tugamasdan xonadan tashqariga chiqish.
Talabgorning mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holatda mas’ul kotib tomonidan mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 6 yoki 61-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Tanlovda yoki malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi tanlovlar yoki malaka imtihonlariga qo‘yilmaydi.
29. Tayyorgarlik ko‘rish uchun berilgan vaqt tugagandan so‘ng talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya a’zolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha savollar berishi mumkin.
Talabgor savollarga javob berib bo‘lganidan so‘ng xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.
30. Tanlov yoki malaka imtihoni natijalarini aniqlash uchun komissiyaning har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil holda mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 7 yoki 71-ilovasiga muvofiq shaklda baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini 5 ballik tizimda baholaydi.
Bunda komissiyaning har bir a’zosi talabgorni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
berilgan savollarga to‘liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi ― 5 ball;
berilgan savollarga aniq, biroq to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi ― 4 ball;
berilgan savollarga to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi ― 3 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi ― 2 ball;
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi ― 1 ball;
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi ― 0 ball.
31. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun komissiya a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 8 yoki 81-ilovasiga muvofiq shakldagi yig‘ma baholash byulleteniga kiritiladi va komissiya a’zolariga e’lon qilinadi.
32. Tanlov natijasiga ko‘ra eng ko‘p ball olgan talabgor tanlovda g‘olib deb topiladi.
G‘olib deb topilgan talabgorning umumiy to‘plagan balli tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori bo‘lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etgan talabgorning to‘plagan balli tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam bo‘lsa, komissiya tanlov o‘tkazishga qayta e’lon berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
33. Tanlov natijasiga ko‘ra ballar teng bo‘lib qolgan hollarda, tanlov g‘olibi eng ko‘p bir xil ball olgan talabgorlar orasidan komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Eng ko‘p ovoz olgan talabgor tanlovda g‘olib deb topiladi. Ovozlar takroran teng bo‘lib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.
34. Tanlovda g‘olib deb topilmagan va olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan ko‘p ball to‘plagan talabgorlarga ularning roziligi bilan komissiyaning ushbu majlisi davomida tanlov o‘tkazilgan, biroq unda g‘olib aniqlanmagan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda ikki marta e’lon berilgan, lekin ushbu bo‘sh o‘ringa birorta ham talabgor tanlovda ishtirok etmagan boshqa bo‘sh notarius o‘rnida ishlash taklif etilishi mumkin.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning bolani parvarishlash ta’tiliga chiqish davrida uning o‘rnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.
341. Malaka imtihonida talabgorning umumiy to‘plagan balli imtihonda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan ko‘p bo‘lganda, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.
Malaka imtihonida ishtirok etgan talabgorning to‘plagan balli imtihonda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam bo‘lsa, talabgor malaka imtihonidan o‘ta olmagan deb topiladi.
35. Tanlovda yoki malaka imtihonida ishtirok etib, unda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi yoki undan kam ball to‘plagan talabgor ushbu tanlov yoki malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab olti oy davomida tanlovlarga yoki malaka imtihonlariga qo‘yilmaydi.
36. Tanlov yoki malaka imtihoni yakunlari bo‘yicha komissiya qaror qabul qiladi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
raqami va qabul qilingan sanasi;
ishtirok etgan komissiya a’zolari ro‘yxati;
tanlov yoki malaka imtihoni natijalari;
tanlovda g‘olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, shuningdek tanlov yoki malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgorlar ro‘yxati;
tanlovda g‘olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar tomonidan qasamyod qabul qilinganligi;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Baholash byulletenlari hamda yig‘ma baholash byulleteni komissiya qaroriga ilova qilinadi.
Komissiya qarori rais tomonidan tasdiqlanadi.
37. Talabgorlar tomonidan to‘plangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori tanlov yoki malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida talabgorlarga o‘qib eshittiriladi.
38. Komissiya qarori bir nusxada tuziladi. Tanlovdan so‘ng bir ish kuni ichida qarordan ko‘chirma tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilish uchun hududiy adliya organiga yuboriladi.
Malaka imtihonidan so‘ng qarordan ko‘chirma bir ish kuni ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboriladi.
Qaror tanlov yoki malaka imtihoni bo‘yicha yig‘majildga tikib qo‘yiladi.
39. Tanlovda g‘olib deb topilgan yoki malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor komissiya majlisida O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
40. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib o‘qiydi va talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
Mazkur hujjat ham komissiya qaroriga ilova qilinadi.
41. Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi.
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) olishdan voz kechishi deb hisoblanadi.
42. Komissiyaning tanlov yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlashga asos bo‘ladi.
Komissiyaning malaka imtihoni yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga litsenziya berishga asos bo‘ladi.
43. Tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash tegishli hududiy adliya organining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Agar talabgor davlat notarial idorasi notariusining bolani parvarishlash ta’tili davriga uning o‘rnida vaqtincha ushbu lavozimda ishlash uchun tayinlangan bo‘lsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va tegishli buyruq chiqariladi.
Tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash haqidagi buyruq komissiya qaroridan ko‘chirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.
Litsenziya malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda beriladi.
44. Davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlangan yoki litsenziya olgan, biroq oxirgi uch yilda notarius, notarius yordamchisi, notarius stajori yoki notarius kotibi lavozimida ishlamagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha bir oylik amaliyotni o‘taydilar.
Amaliyot o‘tash davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda yoki litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi hamda tegishli hududiy adliya organining kelishuviga asosan soha bo‘yicha yetarli tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamda notarius lavozimida kamida uch yil ishlayotgan notarius amaliyot murabbiyi etib belgilanadi.
45. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli. Buning uchun talabgor bevosita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki tegishli hududiy adliya organiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Bunday talabgorlar olti oy davomida keyingi tanlovlarga qo‘yilmaydi.
Agar tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor tanlov o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida tegishli hududiy adliya organiga mehnat shartnomasini tuzish va davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanish uchun murojaat qilmasa, bu holat davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlanishdan voz kechish deb hisoblanadi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
46. Agar tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan so‘ng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi. Bunda ushbu talabgor tanlovda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan ko‘p ball to‘plagan hamda mazkur Nizomning 34-bandiga hamda 43-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq boshqa bo‘sh (vaqtincha bo‘sh) notarius o‘rniga tayinlanmagan bo‘lishi lozim.
47. Agar talabgor tanlovga yoki malaka imtihoniga kelmasa olti oy davomida keyingi tanlovlarga yoki malaka imtihoniga qo‘yilmaydi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
48. O‘tkazilgan har bir tanlov yoki malaka imtihoni bo‘yicha materiallar, shu jumladan tanlov yoki malaka imtihoni o‘tkazish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar yozilgan saqlash qurilmalari ishchi organning alohida yig‘ma jildida tikiladi.
49. Tanlov yoki malaka imtihoni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar har bir tanlov yoki malaka imtihoni bo‘yicha yig‘ma jildlarga tikilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida doimiy saqlanadi.
50. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
51. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 225-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-1, 2011-yil 3-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 435-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 8-iyundagi 120-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-2, 2012-yil 8-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 23-24-son, 271-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 157-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-3, 2014-yil 9-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 24-son, 296-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-4, 2014-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52 (I)-son, 647-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-5, 2015-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 20-son, 267-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-6, 2015-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 654-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-7, 2017-yil 23-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 4-son, 56-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-8, 2017-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 561-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-9, 2017-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1022-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 11-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-10, 2018-yil 6-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 1-son, 21-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-son “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165-11, 2018-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 8-son, 148-modda). | 222 | 29,763 |
Qonunchilik | Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy huquqiy asoslarni shakllantirishdan iboratdir.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilg‘i qazib olish, yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi) hosil qilish, ularni qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni sarflash deb yuritiladi) bilan bog‘liq faoliyati ushbu Qonun amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga solish:
energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida energiyadan samarali va ekologik jihatdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlashga;
energiya jihatidan samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni, arzonroq neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir va boshqa turdagi tabiiy yoqilg‘ilarni (matnda bundan buyon yoqilg‘i deb yuritiladi) qazib olish va hosil qilishni rag‘batlantirishga;
energiya hosil qilish va uni sarflash miqdori hamda sifatini o‘lchash va hisobga olishning aniq, to‘g‘ri, bir xil bo‘lishini ta’minlashga;
energiyaning samarali hosil qilinishi va sarflanishi hamda uning sifati ustidan, energetika asbob-uskunalarining, energiya bilan ta’minlash va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy holati ustidan davlat tekshiruvi hamda nazoratini amalga oshirishga qaratilgandir.
Energiya hosil qiladigan va energiya sarflaydigan asbob-uskunalar hamda mahsulotga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Normativ hujjatlarda energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida energiyadan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi, hududlar, binolar va inshootlarni isitish, harorati va namligini bir xilda saqlab turish, havosini almashtirish, issiqlik, suv, gaz va elektr bilan ta’minlash, elektr bilan yoritish uchun energiya sarflash ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Energiyadan oqilona foydalanishga doir normativ hujjatlar, texnikaviy qoidalar va normalar energiya hosil qiluvchilar va uni sarflovchilarning barchasi uchun majburiydir.
Energiyaning sifati tegishli normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob-uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, yo‘lsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish, harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni almashtirish tizimlari, xalq iste’moli mollari, issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar va qurilish konstruksiyalari, texnologiya jarayonlari, shuningdek energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish uchun energiya sarfi ko‘rsatkichlarining majmui hamda qiymati energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi standartlash obyektlaridir.
Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazorati O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi) hamda boshqa organlar zimmasiga qonunchilikda belgilangan tartibda yuklanadi.
Ushbu Qonun 5-moddasida sanab o‘tilgan obyektlar uchun energiya sarflash normativlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organlar belgilaydi.
Energiya sarflash normativlari energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlarning texnika pasportlariga, tuzatish-ta’mirlash va rejim varaqalariga, ulardan foydalanish yo‘riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshootlarni isitish, ularning havosini almashtirish, harorati va namligini bir xilda saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari qurilish normalari va qoidalarida belgilab qo‘yiladi. Energiya sarflash normativlari har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi va ilg‘or texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda o‘zgartirilishi lozim.
Quyidagilar normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertifikatlashtiriladi:
energetika resurslari;
ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlar;
energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Majburiy sertifikatlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarni, shu jumladan ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir qismida tamg‘alashni normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida o‘lchashning bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridir:
o‘lchov vositalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda tarmoqlari;
o‘lchash uslublari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati “O‘zstandart” agentligi zimmasiga yuklatiladi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;
energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;
mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;
energetika jihatidan samarador bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;
energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pag‘batlantirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
energiyani tejash va energiya jihatidan samaradorlikni oshirish sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish shakllari va usullarini belgilaydi;
energiya jihatidan samarador va energiya tejaladigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnika hamda mahsulotni, ilg‘or texnologiyani, ushbu sohadagi boshqaruv usullarini va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, ikkilamchi energiya resurslarini hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek atrof-muhitda tabiiy holda tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasidan, yer haroratidan (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakatidan, biomassa energiyasidan (bundan buyon matnda qayta tiklanuvchi energiya manbalari deb yuritiladi) foydalaniladigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor hamda ekologik xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat bazasini rivojlantirishga yordam beradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha energiya jihatidan samaradorlikni, energiya tejamkorligini oshirish hamda energetika resurslarini tejash ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyotini, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energetik tekshiruvlarini o‘tkazish, shuningdek energiyani ishlab chiqaradigan hamda sarflaydigan uskunalarni hamda ishlab chiqarilayotganda energetika resurslaridan foydalaniladigan mahsulotni ekspertizadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi;
energiya sarflashning maxsus rejimini o‘rnatishga rozilik beradi;
energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-uskunalarini ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratishga ko‘maklashadi;
jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida xabardor qiladi;
energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
energiyadan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan energiyaning ishlatilishini kamaytirish, energiyani tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyot tarmoqlaridagi va ijtimoiy sohadagi qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat organlarida va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqadi, shuningdek energiya resurslaridan foydalanishdagi energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etadi, investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
energiyadan oqilona foydalanish sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solishni amalga oshiradi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
binolar va inshootlarning, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha toifalarini aniqlash qoidalarini belgilaydi;
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga), binolar va inshootlarga, qurilmalarga, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joylarga nisbatan energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi talablarini belgilaydi;
energiya samaradorligi past bo‘lgan mahsulotning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini yoki mamlakatimizga import qilinishini cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
foydalanilayotgan energiya resurslarining hisobini yuritadi;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, energiya resurslari iste’molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, shuningdek energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshiradi;
ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy foydalanishdagi mol-mulkka nisbatan energiya jihatidan samaradorlikni va energiya jihatidan tejamkorlikni oshirish yuzasidan tadbirlar o‘tkazadi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligi bo‘yicha hududiy dasturlarga doir talablarni ishlab chiqadi;
energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ishlarni yuritishga doir ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
energiya jihatidan samaradorlikni va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlariga doir talablarni ishlab chiqadi;
energetika auditi sohasidagi mutaxassislarning va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilarning malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalardan foydalanishning shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurishda issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini, shuningdek konstruksiyalarni qo‘llash hamda muqobil energiya manbalari vositalarini, energiyani tejaydigan lampalarni majburiy o‘rnatish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi, bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mustasno;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), inshootlar, binolar va qurilmalarning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi normalariga, shuningdek energiyaning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshiradi;
energetika resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun yuridik shaxslarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududi doirasida:
energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
energiyadan oqilona foydalanishga doir dasturlari va loyihalarining ijrosi yuzasidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari.
Davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalar qisqa (bir yildan ikki yilga qadar davrga), o‘rta (ikki yildan besh yilga qadar davrga) va uzoq (besh yil va undan ortiq davrga) muddatga ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda ustuvor hisoblanadi. Ularni amalga oshirish uchun javobgarlik tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Har yili umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar, shuningdek ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi, energiya tejamkorligi va energiya sarflanishi miqdorini baholash uchun energetika ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Yangi va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir.
Energetika ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda o‘tkaziladi.
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi.
Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta’minlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Energiyani hisobga olish normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat berilgan boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.
Energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi hajmi hamda uning tuzilmasi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar va loyihalarni moliyalash energiya jihatidan samarali dasturlar va loyihalarni ro‘yobga chiqarishdan foyda oladigan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan daromadlari, budjetdan tashqari aniq maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va chet el investitsiyalari, budjet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan budjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin:
kreditlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda;
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan foydaning ulushi;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning aniq maqsadga qaratilgan ixtiyoriy badallari;
amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yuridik va jismoniy shaxslarga:
energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan maxsus asbob-uskunalar, asboblar va materiallarni import qilishda bojxona bojlari va soliqlar bo‘yicha;
o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik va jismoniy shaxslarga:
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni davlat imtiyozli krediti hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha;
tarmoqlararo ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, energiya jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha;
o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini ta’minlagan;
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardagidan kam bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan;
yoqilg‘idan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va kapital mablag‘lar qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob-uskunalar, asboblar, qurilish materiallari va konstruksiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan mahsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek mazkur asbob-uskuna, asbob, material konstruksiya, mahsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanilishini ta’minlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
Energiya va issiqlik ta’minotini takomillashtirish, uy-joylar, kvartiralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan asboblar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va energiya sarflashni kamaytirishga, isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, mahalliy yoqilg‘i turlari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni qo‘shimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablag‘laridan dotatsiya berilishi mumkin.
Energiya ta’minoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta’minoti tashkilotlari bilan kelishilgan, markazlashtirilgan energiya ta’minoti tarmoqlari va manbalarining eng oqilona ish rejimini ta’minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga ega. Energiya ta’minoti tashkilotlari mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar bo‘yicha o‘z tarmoqlariga qabul qilib olishni ta’minlashlari shart.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi loyihalar va dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilarni ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar qurilishiga ketgan kapital mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta’minlashi lozim.
Energetika resurslaridan samarali foydalanilishini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda neft mahsulotlari, qozon-pech yoqilg‘isi uchun mavsumiy narxlar hamda elektr va issiqlik energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek elektr energiyasi uchun sutkaning turli vaqtlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etiladi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulot ishlab chiqarilishini istisno etadigan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini ta’minlashi shart. Bu talablar buzilganda mansabdor shaxslar:
energiyaning sifat ko‘rsatkichlari buzilgan;
energiyaning bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ usul bilan aniqlangan;
energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilgan;
energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish buzilgan;
sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanilgan;
mavjud ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulushi ta’minlanmagan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarni o‘zlari yetkazgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun jismoniy shaxslarning javobgarligi qonunchilikda belgilanadi.
Energiya yetkazib beruvchilarning kelishmasdan energiya ta’minotini to‘xtatib qo‘yishi natijasida energiyadan foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir:
energiya jihatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ayirboshlash;
energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo‘shma davlatlararo loyihalarni respublikada ro‘yobga chiqarish;
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarning talablariga moslash, shuningdek sertifikatlash natijalarini o‘zaro e’tirof etish.
Agar O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan xalqaro shartnomada ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 43 | 26,375 |
Qonunchilik | Har yilgi «Ipak yoʻlida turizm» yarmarkasi | Hukumat tomonidan Toshkentda har yilgi хalqaro turizm yarmarkasini oʻtkazish tartibi belgilandi (5.11.2019 yildagi 904-son VMQga qarang).
2019 yildan boshlab «Ipak yoʻlida turizm» Toshkent хalqaro turizm yarmarkasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) koʻmagida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasi asosida har yili noyabr oyi uchinchi haftasining chorshanba-juma kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (2019 yilda 13-15 noyabrda oʻtkazildi).
Yarmarkada ishtirok etish uchun хorijiy OAV vakillari, хalq ustalari va hunarmandlari, folklor jamoalari, milliy ansambllar, musiqiy ijod va an’anaviy san’at ustalari jalb etiladi. Yarmarka doirasida YuNVTO ekspertlari ishtirokidagi хalqaro konferensiya, «Ipak yoʻli ta’mi» milliy taomlar festivali va «Sharq bozori» ekspozitsiyasi tashkil etiladi.
Poytaхtda 25-yubiley yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Hujjatda yarmarkaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi, shuningdek tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi. Kelgusida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yarmarka boshlanishidan 2 oy avval rejani ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2020 yildan boshlab yarmarka boshlanishidan kamida 6 oy avval, uni tashkil etish va oʻtkazish uchun ushbu yoʻnalishda iхtisoslashgan tashkilotni saralab olish uchun tanlov oʻtkazadi. Tanlov gʻolibi pullik asosda jalb etiladi.
TIV хorijiy davlatlarning turizm tashkilotlarini, turistik firmalar va OAV vakillarini jalb qilish uchun Oʻzbekistonning хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali reklama va aхborot kampaniyalarini tashkillashtiradi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmasiga binoan yarmarkaning хorijiy ishtirokchilariga Oʻzbekistonning chet eldagi konsullik idoralari (diplomatik vakolatхonalarning konsullik boʻlinmalari) tomonidan, shuningdek, zaruriyat boʻlganda, Islom Karimov nomidagi Toshkent хalqaro aeroportida kirish vizalari beriladi. Bunda ulardan konsullik yigʻimlari va vizalarni rasmiylashtirish хarajatlari undirilmaydi.
Xalqaro turistik yarmarkani oʻtkazish doirasida хarajatlar:
«Oʻzekspomarkaz» MKK yarmarka doirasida imtiyozli shartlarda 1-pavilon koʻrgazma maydonchasi va unga yondosh hududlarni elektr tarmoqlariga ulagan holda taqdim etadi, «Hunarmandlar shahri» ekspozitsiyasini oʻtkazish uchun Atrium zalini va katta konferensiya zalini ajratib beradi, shuningdek mamlakatda faoliyat olib borayotgan oliy va boshqa oʻquv muassasalari, muzeylar va teatrlarning koʻrgazma stendlarini qurishni tashkillashtiradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 42 | 2,698 |
Qonunchilik | “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 17-noyabr kuni qabul qilingan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 207 | 740 |
Qonunchilik | 2020 — 2022-yillarda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida mehnat resurslari va mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish, shuningdek, shahardagi muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020 — 2022-yillarda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur):
2020 — 2022-yillarda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
Zarafshon shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxat hamda bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish loyihalarining manzilli ro‘yxati 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Zarafshon shahrida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar 3-ilovaga muvofiq;
Zarafshon shahrida ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
Zarafshon shahrida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, issiqlik ta’minoti sifatini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar 5-ilovaga muvofiq;
Zarafshon shahrida ta’lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy sohada aholi faolligini oshirish, aholini sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Zarafshon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;
aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish;
Zarafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash, uning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish, ko‘kalamzorlashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va yashil maydonlar, gulzorlar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini ta’mirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;
aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish klinikalari va tashhis markazlarini barpo etish;
aholining ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli tadbirlarni amalga oshirish.
3. Navoiy viloyati va Zarafshon shahar hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarining ikki oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. Navoiy viloyati hokimligi:
Zarafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa ko‘p kvartirali uylar hududlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida “O‘zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan loyiha asosida shaharning sug‘orish tizimini barpo etish uchun mahalliy budjet hisobidan zarur mablag‘lar ajratilishini;
Zarafshon shahri sug‘orish tizimining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish ishlari loyiha asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur Dasturga kiritilgan va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yilgi Investitsiya dasturining 2020-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin hamda kelgusi yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha nazorat o‘rnatsin.
7. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar Zarafshon shahrida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar Zarafshon shahrida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. Navoiy viloyati va Zarafshon shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosini ta’minlashda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalarini tanlash va ajratish ishlarini Zarafshon shahrining bosh rejasiga asosan amalga oshirsin;
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli parametrlarning so‘zsiz bajarilishini hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
10. Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi:
tegishli davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rgansin hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
zarurat bo‘lganda, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin. | 131 | 8,348 |
Qonunchilik | Davlat boshqaruvi akademiyasida kimlar oʻqitiladi? | Prezidentning 8.08.2017 yildagi PF–5139-son farmoni bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirildi. Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ–3177-son qarori bilan mazkur muassasaga qabul qilish tartibi va kvotalari tasdiqlandi. Hujjatlar davlat rahbarining saytida e’lon qilindi.
Farmonda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi, uning tashkiliy tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi. Bundan tashqari, hujjat muassasada ta’lim jarayonini amalga oshirish shartlarini belgilaydi (quyidagi jadvalga qarang).
Ta’lim jarayonining yoʻnalishlari
Shartlar
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash
grant va toʻlov-kontrakt asosida 2 yillik magistratura ta’lim dasturi boʻyicha davlat namunasidagi diplomni berish bilan
Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash
grant va toʻlov-kontrakt asosida 1 yilgacha boʻlgan muddatda dasturlar boʻyicha, shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda belgilangan namunadagi diplomni berish bilan
Boshqaruv kadrlari malakasini oshirish
grant va toʻlov-kontrakt asosida qisqa muddatdi dasturlar asosida 1 oygacha boʻlgan muddatda 3 yilda 1 marotaba, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda belgilangan namunadagi sertifikatni berish bilan
Kim qanday qabul qilinadi
Akademiyaning magistraturasiga tanlov boʻyicha davlat hokimiyati, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tavsiya etilgan shaхslar qabul qilinadi.
Nomzod 40 yoshdan oshmagan boʻlishi, bazaviy oliy ma’lumotga va kamida 2 yil boshqaruv ish tajribasiga ega boʻlishi darkor. Bunda joylarda nomzodlarni dastlabki saralash tashkil etiladi, keyinchalik esa Akademiyada test va suhbat oʻtkaziladi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan tinglovchilarning butun oʻqish davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Shuningdek, Akademiya magistraturasi tinglovchilari oʻqish davri mobaynida oʻzlarining doimiy yashash joylaridagi hududdan tashqarida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalarida hamda davlat tashkilotlari va NNTlarda malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtashlari kerak. Bunday amaliyot va stajirovkaning muddati 1 yilga qadar boʻlishi mumkin.
Ta’lim - хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
Akademiyada oʻquv jarayoni хalqaro ta’lim standartlarini va boshqaruv kadrlarini oʻqitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali tashkil etiladi, unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:
Akademiya shartnoma asosida mamlakatimiz, shu jumladan хorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar, tadqiqot markazlarining yuqori malakali mutaхassislari va ekspertlarini jalb etadi.
Kelayotgan oʻquv yilida 60 nafar qabul qilinadi
Qarorga binoan 2017/2018 oʻquv yilida Akademiyaga qabul qilish kvotasi 60 nafarni tashkil etadi, shulardan:
Oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga 20% ustama toʻlanadi, muvaffaqiyatsiz yakunlaganlar – хarajatlarning yarmini toʻlaydi.
Magistraturada oʻqishni muvaffaqiyatli yakunlab, davlat hokimiyati, davlat boshqaruvi organlarida, davlat tashkilotlari va NNTlarida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlarga 5 yil mobaynida har oyda lavozim maoshining 20%igacha ustama toʻlanadi (koʻzda tutilgan boshqa ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlardan qat’i nazar). Bunda Akademiya magistraturasini yakunlagan shaхslarni tegishli lavozimlar va ish joylariga taqsimlash Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Magistrlik dasturini bajarmagan tinglovchilar ular oʻqish davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha olgan barcha toʻlovlarning 50%ini qoplashlari shart.
Maхsus jamgʻarma tashkil etilmoqda
Akademiyada boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni ularga mehnat haqi toʻlash fondining 50%igacha boʻlgan miqdorda ragʻbatlantirish uchun Maхsus jamgʻarma tashkil etilmoqda.
Maхsus jamgʻarmaning mablagʻlari Akademiya rektorining qaroriga binoan koʻrsatilgan shtat хodimlari tarif stavkasining 100%igacha boʻlgan miqdorda har oyda ustamalar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz | 50 | 4,474 |
Qonunchilik | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv | Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, yo‘qotishlarni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining aholisi tomonidan iste’mol qilinayotgan elektr energiyasini hisobga olishning aniqligi va to‘liqligini oshirish, maqsadida:
1. Quyidagilar:
2012-yil 27-martda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv iste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi” (keyingi o‘rinlarda — loyiha) loyihasini amalga oshirish uchun XTTBning 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 25 yil muddatga 180,0 mln AQSh dollari miqdoridagi oddiy kapital resurslar hisobidan qarz berilishi ma’qullangani;
loyihani amalga oshirish davri 3 yil (2013 — 2016-yillar) deb belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
XTTBning qarzi O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi va XTTB o‘rtasidagi qarz bitimi asosida beriladi;
XTTBning qarzini so‘ndirish, shuningdek, qarz bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash “O‘zbekenergo” DAKning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv iste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun XTTB qarzini so‘ndirish hamda foiz va komissiyalarni to‘lashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan XTTB bilan qarz bitimini hamda “O‘zbekenergo” DAK bilan XTTB qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash;
“O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisiga XTTB bilan loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi va XTTB o‘rtasidagi qarz bitimiga hamda “O‘zbekenergo” DAK va XTTB o‘rtasidagi loyiha bitimiga yuridik xulosalar bersin.
6. “O‘zbekenergo” DAK bir oy muddatda “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi 0,4 kv iste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi va vakolatli ekspertiza organlarida kelishilishini hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekenergo” DAK buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekenergo” DAK buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarni davlat bojlarini to‘lashdan ozod qilgan holda, ularga ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiskaga qo‘yilishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 3,731 |
Qonunchilik | Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Andijon davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;
Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish;
o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash;
pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Institut O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar Universitetda ta’lim jarayonini davom ettiradilar;
Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Institut Universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda tekin foydalanadi;
Institutga kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4. Andijon viloyati, Andijon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uy hamda Andijon shahri, Cho‘lponshoh ko‘chasi, 38-uy manzillaridagi Universitetning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Universitet bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
a) Institut:
tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini;
ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
axborot-resurs markazini qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlasin;
b) Institutni tanlov asosida amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
6. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Zarur hollarda, Universitet kengashining qaroriga asosan Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Universitet moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratilishini ta’minlasin;
o‘quvchilarni pedagog kasbiga yo‘naltirish maqsadida Andijon viloyatidagi yetakchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 tasida 3-4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8-9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda o‘quv jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
9. Universitet:
salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;
ta’lim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy material va axborot resurslari bilan ta’minlash;
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish yo‘nalishlarida Institutga ko‘mak berib borsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institutni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin.
12. Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin. | 107 | 9,411 |
Qonunchilik | “Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-390-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 1,012 |
Qonunchilik | Yuridik shaxslar birlashmalarini DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 1994-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari kerak.
Belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan xo‘jalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tishlarini ta’minlash majburiyatlarini yuklasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” so‘zi chiqarib tashlansin (O‘zSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutadi.
2. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tadilar.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi yuridik shaxslar birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tadilar.
4. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va belgilangan shakldagi ro‘yxatga olish kartasi;
b) ta’sis shartnomasi va Ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni;
ta’sis shartnomasi va ustav (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
v) pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
d) yuridik shaxslar birlashmasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati.
5. Yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Olingan mablag‘ning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganda) yoki mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Ta’sis hujjatlari o‘zgarganda yoki ularga qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmasi qayta tashkil etilganda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi, buning uchun ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida davlat boji undiriladi.
6. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur hujjatlar ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
8. Faoliyat ko‘rsatib turgan yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan ta’sis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda, ro‘yxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini to‘xtatish uchun mablag‘ bilan ta’minlovchi bankka ma’lum qiladi. Yuridik shaxslar birlashmasini tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan o‘zlarining ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga aralashish va boshqalar) ro‘yxatga oluvchi organ birlashmadan iqtisodiy sud orqali bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Jarima budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bunday da’volar bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Agar yuridik shaxslar birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsa hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsa, ro‘yxatga oluvchi organ ularni tugatish to‘g‘risidagi da’vo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqlidir.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat turlarida o‘zgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkazgan organga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
11. Yuridik shaxslar birlashmalari vakolatli davlat organlarini o‘zlarining pochta manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 101 | 6,287 |
Qonunchilik | Shifokorlar elektron retsept rasmiylashtirishni boshlaydi | Bu “elektron sogʻliqni saqlash” tizimini yaratish doirasidagi navbatdagi qadam (VMning 2.07.2019 yildagi 549-son qaroriga qarang).
Eslatib oʻtamiz, “elektron sogʻliqni saqlash”ni joriy etish – mamlakatimiz tibbiyotini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri. Uning doirasida onlayn-navbat, elektron hujjatlar aylanishi va boshqa integratsiyalashgan aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish yoʻli bilan sohani bosqichma-bosqich raqamlashtirish koʻzlanmoqda (7.12.2018 yiladgi PF-5590-son Farmonga qarang).
Dorilar shu jumladan elektron retseptlar asosida chakana sotiladi. Bu shifokorning dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini oʻz ichiga olgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjatdir.
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish uchun Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning aхborot tizimi ishga tushiriladi (uni 1 iyuldan joriy etishlari kerak edi, tahr.). Dori vositalarini berishda farmatsevt tegishli kataklarga berilgan preparatning nomi, seriya raqami, ismi, otasining ismi, familiyasini kiritib, uni elektron imzo bilan tasdiqlashi kerak.
Shu munosabat bilan doriхona va ularning filiallarida internetga doimiy kirish imkonini beruvchi kompyuter yoki boshqa turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan teхnik vositalari boʻlishi kerak. Bu litsenziya olish uchun yangi talab.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2019 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 57 | 1,636 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 612 |
Qonunchilik | Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasbga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash hamda salomatligini mustahkamlash ishlarini mahallalarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonining 15-bandiga muvofiq:
mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarini (keyingi o‘rinlarda — markazlar) tashkil qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan markazlar binolarini barpo etish uchun har bir mahalladan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki bo‘sh turgan davlat mulki obyektini operativ boshqaruv huquqi asosida mahallalarga ajratish;
markazlar binolarini mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish belgilanganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qarorining 4-bandiga muvofiq:
markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan barpo etilishi;
markazlar binolari mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga berilishi;
markazlarda bitta loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida har bir nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirib qolgan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
mahallalarning geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda, ishsiz, lekin ishlash istagida bo‘lgan kasb-hunarga ega bo‘lmagan, shuningdek, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash va malakasini oshirish, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kasblar va hunarlarga o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni tegishli kasblarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish. Ularning kelgusida o‘zlashtirgan kasblari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va rivojlantirishga ko‘maklashish;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalarni berib borish;
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish;
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda, bandligini ta’minlashda, kasb-hunar egallashida ko‘maklashish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda markazlar binolarini barpo etish uchun har bir mahalladan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida mahalla fuqarolar yig‘inlariga ajratsin hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil etsin;
belgilangan muddatlarda ajratilgan yer maydonlarida yoki bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarida markazlarni qurish hamda to‘liq jihozlash choralarini ko‘rsin.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
har bir mahallada yuridik shaxs bo‘lmagan markazlarni tashkil etish;
markazlar binolarini mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga berish tartibi;
markazlar faoliyati uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan davlat granti ajratish va undan foydalanish tartibi;
markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash, ularni kasbga o‘rgatish faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga davlat granti berish tartibi.
5. Quyidagilar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi orqali ajratiladigan grantlar;
tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratiladigan grantlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda markazlar binolarini tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish hamda markazlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda mahallalarga ko‘maklashsin.
7. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi markazlarda muayyan kasbni o‘rganish istagida bo‘lgan, ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirib, ularni markazlarda band qilish va kasb-hunar o‘rgatish uchun jalb qilish choralarini ko‘rsin.
8. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash maqsadida markazlarda tashkil etiladigan fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etishga ko‘maklashsin hamda xotin-qizlarni mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda, mazkur chora-tadbirlar doirasida har bir mahallada muntazam ravishda patronaj tibbiyot xodimlari va tuman (shahar) sportni rivojlantirish bo‘limlarining vakillari mahalla xotin-qizlar faollari bilan o‘zaro hamkorlikda mahallada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha markazlarda tashkil etilayotgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berib borilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) maqomi, asosiy vazifalari va faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish uchun davlat granti ajratish tartibini belgilaydi.
2. Markazlar har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
3. Markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tuman (shahar) hokimliklari mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan barpo etiladi.
4. Markazlar binolari mahalla fuqarolari yigini tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ijaraga beriladi.
Markazlar binolarini ijaraga berish bo‘yicha onlayn-auksion savdolari faqat mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati “Xotin-qizlar.uz” milliy portali orqali shakllantiriladi va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali taqdim etiladi.
5. Markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy loyihani amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat granti ajratiladi.
6. Markazlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirib qolgan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
mahallalarning geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda, ishsiz, lekin ishlash istagida bo‘lgan kasb-hunarga ega bo‘lmagan, shuningdek, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash va malakasini oshirish, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kasblar va hunarlarga o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni tegishli kasblarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish. Ularning kelgusida o‘zlashtirgan kasblari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va rivojlantirishiga ko‘maklashish;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalar berib borish;
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish;
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda, bandligini ta’minlashda, kasb-hunar egallashida ko‘maklashish.
7. Markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida har bir nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi.
8. Loyihalarni tanlab olishda quyidagi mezonlarga e’tibor qaratiladi:
loyihalarning markazlar vazifalariga mos kelishi;
ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan xotin-qizlarni doimiy ish joyi bilan ta’minlashga qaratilganligi;
loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega bo‘lish;
loyihaning hududni rivojlantirish drayverlari, ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;
talabgorning tashkil qilinayotgan loyiha bo‘yicha tajribaga egaligi;
xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi to‘lashga qobiliyatliligi;
ish bilan ta’minlash bilan bir qatorda malakasi yetarli bo‘lmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish yoki malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.
9. Ajratilgan davlat granti ijtimoiy loyihani amalga oshirish maqsadida markazlarda tashkil etiladigan tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik va turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan dastgoh, uskuna va jihozlar xarid qilishga yo‘naltiriladi.
10. Markazlar faoliyati uchun davlat granti ajratish va undan foydalanish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-bosqichda tadbirkorlik subyektlari o‘z xohishiga ko‘ra mahallalarda markazlar faoliyati uchun davlat granti olish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyihalar va tegishli hujjatlarni taqdim qiladi;
2-bosqichda markazlar binolarini ijaraga bergan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari mahalladagi xotin-qizlar faollari bilan kelishilgan holda, markazlar faoliyatini mazkur Nizom asosida yo‘lga qo‘yish va davlat granti olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda ularning ijtimoiy loyihalar bo‘yicha takliflarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab uch kun ichida ushbu Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy tarkibdagi tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruhlarga (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) ishchi guruhlari) taqdim etadi.
Tuman (shahar) ishchi guruhlari a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Tuman (shahar) ishchi guruhlari ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Ishchi guruhlar yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ishchi guruhlar yig‘ilishlari ularning a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi;
3-bosqichda ishchi guruhlar tomonidan besh kun ichida loyihalar bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqilib, ushbu Nizomning 8-bandidagi mezonlar asosida eng yaxshi va asosli deb topilgan takliflar tanlab olinadi hamda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu takliflar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlariga taqdim etiladi;
4-bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari kiritilgan takliflarni umumlashtirib, ikki kun ichida davlat granti ajratish masalasini ko‘rib chiqish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga buyurtmanoma yuboradi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuboriladigan buyurtmanomaga amalga oshiriladigan loyihaning maqsadi, yo‘nalishlari, yaratiladigan ish o‘rinlari soni va xarid qilinadigan asbob-uskuna hamda jihozlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar va boshqa tegishli hujjatlar ilova qilinadi;
5-bosqichda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi har chorakda kelib tushgan loyihalar bo‘yicha barcha buyurtmanomalarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibdagi Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati uchun davlat granti ajratish bo‘yicha respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) taqdim qiladi.
Komissiya tomonidan loyihalar mazkur Nizom talablari asosida har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, zarur hollarda loyihalarni joyiga chiqib o‘rganadi.
Eng yaxshi va asosli deb topilgan loyihalarga belgilangan tartibda Komissiyaning qarori qabul qilinadi.
Davlat granti ajratilgan tadbirkorlar ro‘yxati Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
6-bosqichda davlat granti ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng o‘n besh ish kuni ichida grant loyihalarida ko‘rsatilgan tovarlarni xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlarining bankdagi hisobvaraqlariga mablag‘lar o‘tkazib beriladi.
Davlat grantining yil oxiridagi foydalanilmay qolgan qoldiqlari Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qaytariladi;
7-bosqichda davlat granti oladigan tadbirkorlik subyektlari har chorakda moliya organlariga budjet tashkilotlari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda davlat grantidan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etib boradi.
Ajratilgan davlat grantining maqsadli sarflanishi belgilangan tartibda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
11. Markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlari davlat grantini olishga talabgor bo‘la oladi.
12. Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar;
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar;
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlar;
nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish);
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan xotin-qizlar (ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ushbu xotin-qizlarni shug‘ullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, o‘qitish va bandligini ta’minlash);
odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar (mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga o‘qitib, ularning bandligini ta’minlash);
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
13. Davlat grantini olish uchun tadbirkorlik subyektlari mahalla fuqarolar yig‘ini orqali quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni tuman (shahar) ishchi guruhlariga taqdim etadi:
markazlarda amalga oshiriladigan ijtimoiy loyiha, uning biznes rejasi, faoliyat yo‘nalishi va yaratiladigan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
loyihaga talab etiladigan davlat granti miqdori va xarid qilinadigan asbob-uskuna, dastgoh va jihozlar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish anjomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda mahalla fuqarolar yigini bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida markazlar binolarini ijaraga berish haqidagi shartnoma nusxalari.
14. Markazlarda loyihani amalga oshirish uchun davlat grantining jalb etilishi, undan o‘z vaqtida maqsadli va samarali foydalanilishi uchun tuman (shahar) darajasida tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari, viloyat darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari mas’ul hisoblanadi.
15. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi:
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan davlat granti ajratilishi, mablag‘lardan o‘z vaqtida maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy ravishda nazorat va monitoring olib boradi;
har olti oyda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muhokamalarni o‘tkazib boradi.
16. Ushbu Nizomni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
17. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 148 | 21,872 |
Qonunchilik | Buxoro neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini va Ko‘kdumaloq konidagi kompressor stansiyasini qurish va uni muddatidan ilgari ishga tushirishda faol qatnashgan xorijiy mutaxassislardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda erishgan muvaffaqiyatlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini va Ko‘kdumaloq konidagi kompressor stansiyasini qurish va uni ishga tushirishdagi fidokorona xizmatlari uchun quyidagi xorijiy mutaxassislar mukofotlansin: | 233 | 339 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro huquq normalariga muvofiq hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Tabiiy va suyultirilgan gazdan motor yonilg‘isi sifatida foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida 2010-yil 21-maykuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan bitim tasdiqlansin.
2. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur Bitimning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani hamda Bitimning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,490 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATI (“O‘ZOZIQOVQATSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI | “O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zoziqovqatsanoat” konsernini “O‘zbekiston davlat-aksionerlik konserniga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati (“O‘zoziqovqatsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ro‘yxati ularning yuridik shaxs huquqlari saqlanib qolgan holda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni:
Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, uning faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni esa O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi amalga oshiradi;
korxonalar, bo‘linmalarning moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, konsern Kengashi qaroriga asosan markazlashtirilgan, sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi;
davlat ehtiyojlari buyurtmalarini bajarish uchun konsernga markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan kapital mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari fondlarining egasi hisoblanadi;
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi.
3. “O‘zoziqovqatsanoat” konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi.
Konsern boshqaruvi apparati tuzilmasi va uning xodimlarining chekdangan soni 76 kishidan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “O‘zoziqovqatsanoat” konsernida raisning 3 nafar o‘rinbosari shu jumladan, 1 nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat berilsin. Boshqaruv rahbariyati konsern Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’at a’zolari tarkibiga kiradi.
Konsern boshqaruvining raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati, ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin,
4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zoziqovqatsanoat” konserni 1993-1994-yillarda 3-ilovaga muvofiq oziq-ovqat sanoati davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishga doir tashkiliy tadbirlarni o‘tkazishda korxonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqish zarur. Ushbu aksionerlik jamiyatlari har birining davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalari ulushi 51 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi:
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga. rahbarlik qilish huquqlarini “O‘zoziqovqatsanoat” konserniga bersin;
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarning bir qismini aksionerlik birlashmalariga ularni rivojlantirish uchun shartnoma asosida berishni amalda qo‘llasin.
6. “O‘zoziqovqatsanoat” konserni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern Ustavini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “O‘zoziqovqatsanoat” konserni boshqaruvining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.
8. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori 4-bandining O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zoziqovqatsanoat” respublika ishlab chiqarish ilmiy birlashmasini O‘zSSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zpishcheprom” oziq-ovqat sanoati konserniga aylantirishga doir qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi majmui majlisida ko‘rib chiqilsin.
Yangiyo‘l yog‘-moy kombinati
Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kombinati
Buxoro yon-ekstraksiya zavodi
Qarshi yog‘-ekstraksiya zavodi
Qo‘qon yog‘-moy kombinati
Farg‘ona yog‘-moy kombinati
Andijon yog‘-moy kombinati
Asaka yog‘-ekstraksiya zavodi
Uchqo‘rg‘on yog‘-ekstraksiya zavodi
Namangan yog‘-ekstraksiya zavodi
Toshkent yog‘-moy kombinati
Denov yog‘-ekstraksiya zavodi
Guliston yog‘-ekstraksiya zavodi
Koson yog‘-ekstraksiya zavodi
Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi
Xujayli yog‘-zavodi
Chimboy yog‘-zavodi
Beruniy yog‘-zavodi
Urganch yog‘-moy kombinati
Toshkent pivo zavodi
Toshkent “Lazzat” alkogolsiz ichimliklar zavodi
Toshkent mineral suv quyish zavodi
Toshkent yaxna ichimliklar kombinati
Qibray yaxna ichimliklar kombinati
Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati
Buxoro pivo zavodi
Namangan yaxna ichimliklar kombinati
Samarqand pivo zavodi
Farg‘ona yaxna ichimliklar zavodi
Xamza mineral suv quyish zavodi
Qo‘qon pivo zavodi
Nukus pivo zavodi
Urganch alkogolsiz ichimliklar zavodi (Urganch yog‘-moy kombinati bilan birlashadi)
Qarshi alkogolsiz ichimliklar zavodi
Xonobod alkogolsiz ichimliklar zavodi (Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati bilan birlashadi)
Chortoq oziq-ovqat konsentratlari tajriba zavodi
Samarqand “Narziya” qandolatchilik fabrikasi
Tashkent “O‘rtoq” qandolatchilik fabrikasi
Yangiyo‘l “Lazzat” qandolat ishlab chiqarish birlashmasi
Urganch qandolatchilik fabrikasi
Olmaliq qandolatchilik fabrikasi
Namangan “Dilorom” qandolatchilik fabrikasi
Samarqand choy qadoqlash fabrikasi
Samarqand tamaki-fermentlash zavodi
“Urguttamakifermsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent tamaki fabrikasi
Toshkent oziq-ovqat konsentratlari kombinati
Oziq-ovqat xomashyosi va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqarish-muvofiqlashtirish markazi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Toshkent ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Samarqand ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Urganch ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Xujayli ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot ta’minoti va uni sotish bo‘yicha Asaka ixtisoslashtirilgan bazasi
Ishlab chiqarish-texnologiya ahamiyatiga molik tayyor mahsulotlarni butlash va yetkazib berish hamda xalq iste’mol mollarini yetkazib berish bo‘yicha Toshkent ixtisoslashtirilgan korxonasi
“Samo” firmasi
“Pishchevik” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi muassasalar:
“O‘zgipropiщeprom” va “Piщeprom” institutlari negizida tashkil etiladigan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati davlat loyihalash instituti (Uzgipropiщeprom);
O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot loyihalash-konstruktorlik instituti (UzNIPKIpiщeprom);
“O‘zorgpiщeprom” ishlab chiqarish birlashmasi;
Toshkent tajriba-mexanika zavodi;
Andazalash, metrologiya va mahsulot sifatini nazorat qilish markazi.
“O‘zpishcheremstroy” ta’mirlash-qurilish birlashmasi
Qurilayotgan korxonalar respublika direksiyasi
Namangan qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Sirdaryo qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Andijon qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Urganch qurilayotgan korxonalar direksiyasi
“O‘zpiщepromtrans” ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi
Rahbariyat
Yog‘-moy sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Qandolatchilik, choy va tamaki sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotlarni yetkazib berish va tashqi iqsodiy aloqalar Bosh boshqarmasi
Iqtisodiyot, narxlarni va istiqbolni belgilash boshqarmasi
Buxgalterlik hisob-kitobi, hisobot va moliya boshqarmasi Nazorat-taftish bo‘limi
Nazorat-taftish bo‘limi
Investitsiya, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlish boshqarmasi
Ilmiy-texnika ta’minoti boshqarmasi
Shartnoma-huquq ishlari bo‘limi
Kadrlar va maxsus ishlar bo‘limi
Ishlar boshqarmasi | 127 | 8,159 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi kommunal soha korxonalarining aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Toshkent shahridagi kommunal soha korxonalarining aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining “Sergeli tumani kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ, “Bektemir tumani kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ, “Mirzo-Ulugbek tumani kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ, “Chilonzor tumani kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJ va “Yashnobod tumani kommunal ta`mirlash-avariyani tiklash xizmati” MChJlar ustav kapitalidagi davlat ulushlari bo‘yicha ishtirokchi funksiyasini Toshkent shahar hokimligiga berish va keyinchalik ularni belgilangan tartibda tugatish haqidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushlari bo‘yicha ishtirokchi funksiyasi belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligiga berilishini ta’minlasin.
3. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan xo‘jalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini;
ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan xo‘jalik jamiyatlarining tugatilishini va tugatish jarayonlari yakunlangandan so‘ng ularning mol-mulkidan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 129 | 1,820 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5143-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandda:
a) “b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) “g” kichik bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati” so‘zlari “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “269” raqami “278” raqami bilan almashtirilsin.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki:
Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 136 | 2,054 |
Qonunchilik | Birinchi guruhga go‘sht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Birinchi guruhga go‘sht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Mazkur Yo‘riqnoma birinchi guruhga go‘sht, sut va baliq konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Yo‘riqnoma talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini mas’ul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
3. Konservalar qaynatish yoki elektroliz usulida oqartirilgan tunuka, alyuminiy qotishmalari va boshqa idishdan yasalgan metallardan tayyorlangan bankalarga qadoqlanadi.
Elektroliz usulida oqartirilgan tunuka va alyumin qotishmalaridan tayyorlangan konservalarning ichki sathi laklanishi, ustki sathi esa laklangan yoki toshbosma bo‘lishi lozim.
Qaynatib oqartirilgan tunukadan tayyorlangan konservalarning ichki sathi laklanmaydi, tashqi sathi esa laklangan va laklanmagan, toshbosma va toshbosmasiz bo‘lishi mumkin.
Sutli konservalarni qadoqlash uchun qaynatib oqartirilgan tunukadan tayyorlangan, ichki va tashqi sathlari laklanmagan konservalardan foydalanish mumkin.
Elektroliz usulida oqartirilgan, bo‘ylama ichki choki laklanmagan konservalardagi go‘shtli va sutli konservalar saqlash uchun qabul qilinmaydi.
4. Konservalar gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan yangi, mustahkam, toza, quruq, standart qutilarga yoki taxta qutilarga joylanishi lozim.
5. Gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan qutilar gardishlangan va atrofidan metall lenta bilan o‘ralgan yoki yopishqoq qatlamli polimer lenta bilan ikki marta o‘ralgan bo‘lishi lozim. Qog‘oz yelimli lentadan ham foydalanish mumkin.
6. Taxta qutilar aylanasiga bog‘lambop po‘lat lentalar bilan tortilib, tugib qo‘yilishi yoki diametri 2,0 mm bo‘lgan yumshoq po‘lat sim bilan har bir mix qopqog‘ini aylantirib o‘tib tortib qo‘yilishi va uzoq muddat saqlashga topshiriladigan konservalarga mo‘ljallangan idish va bog‘lamga qo‘yiladigan talablarga javob berishi lozim.
7. Transportda tashishda konservalar bukilmasligi uchun go‘sht, sut va baliq solingan konservalarning gorizontal qatori orasiga karton yoki 1,0 mm. qalinlikdagi qog‘ozdan qistirma solinishi lozim.
8. Alyuminiy va boshqa qotishmalardan tayyorlangan har bir konserva alohida karton qutilarga solinadi va keyinchalik katta qutilarga taxlanadi.
Tashqi sathi butunlay laklangan (toshbosma) konservalar saqlash uchun chirishga qarshi moy surtilmasdan qabul qilinadi.
Go‘shtli, sutli hamda baliqli (yilning II va III choraklarida) toshbosmasiz konservalar saqlash uchun etiketka yopishtirib qabul qilinadi.
Yilning sovuq davrida (yilning I va IV choraklarida) qabul qilinadigan toshbosmasiz go‘shtli konservalar zanglamasligi uchun ishonchli neytral moy surtiladi.
Etiketkalar konservalar soniga teng qilib, har bir qutiga butunligini ta’minlovchi alohida paketda solinishi yoki maxsus yelim bilan har bir konservalangan mahsulot idishiga yopishtirilishi lozim.
9. Konservalar faqat normativ hujjatlarda nazarda tutilgan qutilarga joylanadi. Konservalar qutilarga normativ hujjatlar talablariga muvofiq taxlanishi lozim.
10. Konservalar solingan qutilarga normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamg‘a tushirilishi lozim.
11. Konservalar paketlangan holda keltirilgan taqdirda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
tagliklar normativ hujjatlar talablariga mos kelishiga, paket qanday shakllantirilganiga, transport paketlarini mahkamlash vositalariga;
normativ hujjatlarga muvofiq mahsulotni tavsiflovchi nazorat belgilari, tamg‘a yorliqlari borligiga.
12. Konservalar tegishli transport turi uchun tez ayniydigan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq toza, texnik soz vagonlarda yoki boshqa yopiq transport vositalarida jo‘natilishi lozim.
13. Uzoq muddat saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, sifat va xavfsizlik, joylash va tamg‘alash ko‘rsatkichlari normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan konservalar qabul qilinadi. Quyidagi turdagi konservalar birinchi guruhga saqlash uchun yetkazib beriladi:
a) go‘shtli konservalar: dimlangan mol go‘shti, dimlangan qo‘y go‘shti;
b) sutli konservalar: quyultirilgan, sterilizatsiyalangan konservalarga quyilgan sut;
v) baliq konservalari:
tabiiy losos yoki osyotr baliqlari konservalari;
losos, seld, skumbriya, stavrida, tunets baliqlariga mansub baliqlar, treska jigari, krabdan tayyorlangan ragu;
yog‘ qo‘shilgan tabiiy baliq konservalari (konservalangan nalim, sardinella, seld, skumbriya, stavrida);
o‘z yog‘ida pishirilgan baliq konservalari: sayra, shprot, tunets, sardina, koryushka, salaka, kambala, seld, treska, okun, skumbriya, stavrida, moyva;
tomat qaylasida bo‘lgan konservalar: losos va osetr balig‘i, sazan, sudak, som, tolstolob, skumbriya, stavrida, sardina.
14. Shartnomaga muvofiq sutli konservalar katta idishlarda yetkazib berilishi mumkin.
Shartnomaga muvofiq normativ hujjatlarga muvofiq chiqarilgan boshqa turdagi konservalar ham yetkazib berilishi mumkin.
15. Saqlash uchun jo‘natilayotganda konservalar partiyasi, turi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti jihatidan bir xil konservalardan tashkil topishi, go‘shtli konservalar bir chorak davomida ishlab chiqarilgan bo‘lishi, sutli va baliqli konservalar bir kalendar oy davomida ishlab chiqarilgan hamda bir turdagi va hajmdagi konserva va qutilarga joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
16. Saqlash uchun topshirilayotgan yoki yetkazib berilayotgan konservalarning har bir partiyasiga ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosasi yoki ularning tasdiqlangan nusxalari, veterinariya guvohnomasi (go‘shtli va sutli konservalar uchun) berilishi lozim.
17. Mahsulot sifatiga oid hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik xulosa, veterinariya guvohnomasi) yuk xati bilan birga yuk oluvchiga jo‘natiladi.
18. Saqlash uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lmagan hamda saqlash muddati qisqa konservalarni jo‘natish man etiladi.
19. Yuk ortish va tushirish hamda ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, shuningdek og‘ir qo‘l mehnatiga chek qo‘yish maqsadida konservalar transport paketlarida yetkazib berilishi (topshirilishi) lozim.
20. Transport paketlari mexanizatsiyalashtirilgan tarzda ortish va tushirish imkoniyatlari, transportda jo‘natish va saqlash paytida butun turishi, yukning bus-butun saqlanishi lozimligini inobatga olgan holda taxlanishi kerak.
21. Transport paketlari normativ hujjat talablari va yuk tashish qoidalariga qat’iy mos kelishi lozim.
22. Transport paketidagi qutilar trafareti tashqariga qilib taxlanadi. Har bir transport paketi metall lenta bilan bog‘lanib, tugilishi va belgilangan ko‘rinishda yorliqqa ega bo‘lishi lozim.
23. Konservalarni tashkilotlarga o‘z vaqtida va bir maromda jo‘natish ustidan nazorat Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
24. Qabul qilish, saqlash va berib yuborish paytida konservalar sifatini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan bitta partiyaga mansub konservalardan namunalar olinib, ikkita nazorat paketlariga joylashtiriladi, ushbu paketlarga yuvilib ketmaydigan qizil bo‘yoq bilan “N” harfi yozib qo‘yiladi.
25. Paketning (qutining) o‘rami buzilmagan va yorlig‘i bor bo‘lsa, konservalarning miqdori va sifati saqlanishi, assortimenti to‘g‘riligi uchun mahsulotlarni saqlash muddati davomida ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) javobgardir.
26. Tashkilotlarda omborlarning turi, texnologik asbob-uskunalarning borligi, yuk ortish va tushirish mexanizmlari parkini inobatga olgan holda barcha turdagi konservalar uchun yagona texnologik xarita ishlab chiqiladi. Texnologik xarita omborlarni mahsulotni qabul qilishga tayyorlash, qabul qilish, saqlash va berib yuborish ishlarini tashkil etish, laboratoriya nazoratini olib borish, yuklash va tushirish ishlarini bajarish, sanitariya-gigiyena va yong‘inga qarshi tadbirlarni tashkil etish, texnika xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
27. Konservalarni saqlash uchun texnik soz, quruq va yaxshi shamollatiladigan, yuk ortish va tushirish hamda ombor ichidagi jarayonlarni bajarishda mexanizmlardan foydalanish imkoniyati bo‘lgan omborxonalardan foydalaniladi. Isitiladigan omborlarda eshiklar ikki qavat yoki issiq o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim.
28. Sutli va baliqli konservalarni saqlash uchun birinchi navbatda muzxonalarning quruq yerto‘lalari, omborlar yerto‘lalari, ishlab chiqarish zarurati bo‘lganda, issiq o‘tkazmaydigan, isitilmaydigan g‘ishtli (temirbetonli) omborlardan foydalanish mumkin.
29. Omborlar:
zarur inventar va asbob-uskunalar;
saqlash jarayonida harorat-namlik darajasini nazorat qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar, termograflar, gigrograflar, psixrometrlar);
zarur miqdorda tagliklar (1200×1000×150 mm. yoki 1200×800×150 mm. hajmda), reykalar, narvonlar, traplar;
birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari;
avtomatik ravishda ishlaydigan qo‘riqlash-yong‘indan xabar berish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
30. Tashkilotlarda elektr qurilmalardan foydalanish Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi.
Elektr yoritish uskunalari yopiq yoki himoyalangan tarzda (shisha qalpoqli va temir to‘rli) bo‘lishi talab etiladi.
31. Ombor atrofidagi hudud to‘g‘ri rejalashtirilishi lozim. Yer ustidagi suvlar va ariq suvlari ombordan chetlatib oqiziladi, ular doim suv o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan chiqindilardan tozalanib turiladi.
32. Yuk tushishidan oldin omborxonalar yoki ularning bo‘sh qismlari konservalarni qabul qilish va saqlashga tayyorlanishi, zarur bo‘lsa, ta’mirlanishi lozim. Tom va pollar soz bo‘lishi, darz ketgan joylar va yoriqlar suvalishi, eshiklar zich yopiladigan bo‘lishi lozim.
33. Omborlarning mahsulotni qabul qilishga tayyorligi bosh muhandis, bosh energetik, laboratoriya mudiri, saqlash bo‘linmasi boshlig‘i va yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslardan iborat komissiya tomonidan tekshiriladi hamda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
34. Konservalarni soni va sifati bo‘yicha qabul qilish shartnoma asosida, qonunchilik hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Uzoq muddat saqlash uchun tegishli normativ hujjat talablariga javob beradigan yaroqli konservalar omborga qabul qilinadi.
36. Konservalar ortilgan vagonlar kelganda temir yo‘l tashkiloti vakili ishtirokida quyidagilar tekshiriladi:
vagonlarning texnik sozligi;
plombalarning borligiga va ulardagi izning aniqligi;
vagon eshiklarida buragichlarning borligi va ularning holati;
qutilardagi (paketlardagi) yukning nomi va plombasining yukka ilova qilingan hujjatlarga mosligi.
37. Tekshirish jarayonida vagonlarning texnik nosozligi, plombalarning yo‘qligi, ulardagi izning noaniqligi tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
38. Yaroqli idishlardagi (butun paketlardagi) konservalar trafaret bo‘yicha o‘rinlar va konservalar soniga qarab qabul qilinadi. Zararlangan idishlardagi konservalar bittalab sanab qabul qilinadi.
39. Go‘shtli konservalarni qabul qilishda quyidagilar aniqlangan taqdirda, qabul qiluvchi tashkilot temir yo‘l tashkilotidan tijorat dalolatnomasi tuzishni talab qilishi zarur:
kamomad;
idishlar sezilarli darajada zarar ko‘rgan bo‘lsa;
konservalar shakli buzilgan bo‘lsa;
idishlar normativ hujjatlar talablariga mos kelmasa;
mahsulot nomi transport hujjatlarida (yuk xati) ko‘rsatilgan ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmasa;
yuk tashish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
40. Quyidagi hollarda konservalar qabul qilinmaydi:
konserva partiyasida qutilarning 5 foizidan ortig‘i zarar ko‘rganligi aniqlansa;
konserva partiyasi namlik darajasi normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga zid ravishda yuqori bo‘lgan taxta qutilarga taxlanib keltirilsa;
gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan qutilar namiqqan bo‘lsa.
Kelgan partiyada zarar ko‘rgan qutilar 5 foizdan oshmasa, konservalar qabul qilib olinishi kerak, bunda ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) konservalarni qaytadan taxlash uchun yangi qutilar yuborishi va mazkur jarayonlarga ketgan xarajatlarni qoplashi kerak.
41. Mahsulot sifatini aniqlash uchun partiyadagi yashiklarning 3 foizi ochilib, normativ hujjatlarga asosan namunalar olinadi va mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
42. Ochilgan qutilarda konservalarning tashqi holati, ularning navi, turlari va ishlab chiqarilgan sanasi bo‘yicha ilova qilingan hujjatlarga va tamg‘adagi ma’lumotlarga mosligi tekshiriladi. Bunda shishgan, teshilgan va oqqan, juda kuchli qiyshaygan, tunukada o‘tkir bukilishlar paydo bo‘lgan, choklari ezilgan, osti va qopqog‘i shishib qolgan, zanglagan, lakli qoplamasi zararlangan va qalay qatlamining butunligi buzilgan, sifatsiz sanitar ishlov berilgan (ustida mahsulot qoldiqlari va kir bo‘lgan) konservalar ajratib olinishi lozim.
43. Etkazib berilgan konservalarning 3 foizi tekshirilgan vaqtda mazkur Yo‘riqnomaning 42-bandida ko‘rsatilgan nuqsonlar topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizidan kam bo‘lsa va namunalar laboratoriya tahlilidan o‘tkazilganda normativ hujjatlar talablaridan og‘ishish topilmasa, konservalarni qabul qilish mumkin.
Agar nuqson topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizi va undan ko‘p bo‘lsa va namunalar laboratoriya tahlilidan o‘tkazilganda normativ ko‘rsatkichlardan og‘ishish aniqlansa, o‘rinlarning yana 3 foizi tekshiriladi va tahlil qilish uchun yana bir bor namuna olinadi.
Takroriy tekshiruvda ham nuqsonli konservalar 0,4 foiz va undan ko‘pni tashkil qilsa yoki tahlil natijalariga ko‘ra mahsulot yana normativ ko‘rsatkich talablariga javob bermasa, bunday konserva partiyasi yaroqsiz deb topilishi lozim.
44. Qabul qilish va yaroqsizga chiqarish natijalari bo‘yicha olingan mahsulotning haqiqiy sifati to‘g‘risida yukni qabul qilib oluvchi va yetkazib beruvchi tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan nuqsonli konservalar soni va davlat zaxirasiga topshirishga yaroqli bo‘lmagan, shuningdek yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar miqdori ko‘rsatiladi.
45. Shishib qolgan, oqayotgan va teshik bo‘lgan konservalar belgilangan tartibda tashkil etilgan komissiya tomonidan yo‘q qilinishi lozim. Komissiya tarkibiga moddiy javobgar shaxslar, tashkilot laboratoriyasi va buxgalteriya vakillari ham kiradi.
Yo‘q qilinayotganda konservalar ochilishi, xlorli ohak yoki karbol kislotasi bilan ishlov berilishi va maxsus ajratilgan erga ko‘milishi lozim. Komissiya tomonidan konservalarning yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
46. Ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot yaroqsiz deb topish dalolatnomasini olgach, yaroqsiz deb topilgan mahsulot o‘rniga xuddi shu miqdorda sifatli mahsulot yetkazib berishi lozim.
47. Yaroqsiz deb topilgan va yo‘q qilingan konservalarni qabul qilish, saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot tomonidan to‘liq qoplanadi.
48. Isitiladigan omborda saqlanishi lozim bo‘lgan konservalar muzlatilgan yoki sovuq (0º C gacha) holda keltirilganda, doimiy saqlash uchun taxlash imkoniyatini o‘rganish uchun ularning ichidagi mahsulot harorati o‘lchanadi.
Bir vaqtning o‘zida nisbiy namlikni pasaytirish orqali ombor havosining shudring nuqtasi pasaytiriladi, buning uchun ombordagi isitish tizimi ishga tushirilib, xona shamollatiladi.
49. Agar konserva ustidagi harorat ombor havosining shudring nuqtasidan yuqori bo‘lsa, konservalar vaqtinchalik saqlash shtabellariga taxlanib, paketlar orasida bo‘shliq qoldiriladi. Zarur hollarda konservalar tagidagi namlik qurishi uchun qutilar ag‘darilib qo‘yiladi. Konservalar harorati ombor haroratiga teng bo‘lib, kondensat yo‘qligi tekshirilgandan so‘ng, ular doimiy saqlashga taxlanadi.
50. Konservalar tasdiqlangan yuk normalari va ular asosida ishlab chiqilgan joylashtirish chizmasiga muvofiq omborga joylashtiriladi. Bunda shtabellardagi o‘rinlar sonini to‘liq hisoblash imkoniyati, konserva va idishlarning butunligi, shtabellar turg‘unligi, ombor maydonidan imkon qadar samarali foydalanish, mahsulot sifatini nazorat qilish va vagonga ortish ishlarini mexanizatsiyalashtirishni ta’minlash inobatga olinishi kerak.
51. Konservalar paketlanmagan holda keltirilsa, transportdan tushirib olinayotganda paketlanadi. Bunda qutilar konservalarni albatta vertikal holda saqlagan holda trafareti tepaga qilib taxlanadi.
Paketlar 1200 × 1000 × 150 mm yoki 1200 × 800 × 150 mm hajmdagi toza va quruq tagliklar ustida yig‘iladi, paketlangan konservalar berib yuborilayotganda ularni transportga mexanizatsiyalashtirilgan usulda ortish zarurligi inobatga olinadi.
52. Konserva shtabellari bitta yoki bir nechta partiyalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bunda konservalarning sifati, turlari va navi bir xilligi, tayyorlangan vaqti (go‘shtli va baliqli konservalar uchun bir chorak doirasida, sutli konservalar uchun bir oy davomida) inobatga olinadi, konservalar bir turdagi va hajmdagi, kafolat muddati ham bir xil qutilarga, bir xil hajmdagi va balandlikdagi tagliklarga solib taxlanadi.
53. Konservalarni zarar ko‘rgan qutilarga taxlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Nuqsonli konservalar yoki tahlil uchun namunalar olingandan so‘ng qutilar albatta tahlil yo‘li bilan tekshirilgan boshqa qutilardan olingan xuddi shunday konservalar bilan to‘ldirilishi, so‘ng ehtiyotlik bilan yopilishi (mixlanishi) va shtabellarning tepa qismiga taxlanishi lozim.
54. Tashkil topgan har bir shtabelga belgilangan shaklda shtabel yorlig‘i rasmiylashtirilishi, unga qutilarning paketda joylashishi va paketlarning shtabelda joylashishi chizmasi ilova qilinishi lozim.
Hujjatlarda mazkur konservalar taxlangan ombor, bo‘linma va shtabel raqami ko‘rsatilishi shart.
Tasdiqlangan joylashtirish chizmasiga muvofiq konservalarni omborga joylashtirishni yengillashtirish maqsadida shtabellar taxlanadigan joy va ular orasidagi yo‘laklar oldindan oq bo‘yoq bilan belgilab qo‘yiladi.
55. Yuklash normalari va ombor turiga qarab konservalar shtabellarga quyidagi tartibda taxlanadi:
go‘shtli konservalar ombor turiga qarab kengligi 8 paket va undan ko‘p bo‘lgan kengaytirilgan shtabellarga taxlanadi;
sutli konservalar ombor konstruksiyasi va turiga qarab 3-4 paket kenglikdagi shtabellarga taxlanadi;
baliqli konservalar ombor konstruksiyasi va turiga qarab 3-4 paket kenglikdagi shtabellarga taxlanadi.
Shtabel uzunligi markaziy bo‘ylama yo‘lakdan ombor (yerto‘la) devori yonidagi yo‘lakkacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi.
56. Konservalarni saqlash sifatini nazorat qilish, havo yaxshi aylanishini ta’minlash va konserva shtabellarini taxlashda mexanizmlardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun omborlarda devordan yoki turtib chiqqan konstruksiyalardan ombor (seksiya) perimetri bo‘yicha — 0,5 m kenglikda yo‘laklar qoldiriladi.
Yo‘laklar kengligi muayyan osma moslamali elektr yuk ortgichning minimal aylanish radiusidan kelib chiqqan holda, yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
57. Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish uchun asosiy shtabellar taxlab bo‘lingandan so‘ng, shtabellarning asosiy yo‘laklari bo‘ylab 2 m dan tor bo‘lmagan yo‘lak qoldirgan holda bir paket kengligida qo‘shimcha shtabel taxlash tavsiya etiladi.
Isitiladigan omborlarda go‘shtli konservalarning har bir shtabeli orasida, baliqli konservalar uchun har 2-3 shtabeldan so‘ng va isitiladigan omborlarda sutli konservalar uchun ikki shtabel oralatib, 0,5 m kenglikda yo‘lak qoldiriladi.
58. Mahsulot shtabellari va tagliklar omborning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalariga suyab qo‘yilmasligi lozim.
Shtabellar yoki ayrim bog‘lam xavfli ravishda qiyalab qolgan taqdirda ularni qaytadan taxlash lozim. Bunda xavfsizlik texnikasi qoidalariga alohida e’tibor berish lozim.
59. Yuk tushirish va ortish hamda ombor ichidagi boshqa ishlar yagona texnologik xarita bo‘yicha olib borilishi kerak.
60. Yuk tushirish va ortish ishlarini bajarish vaqtida hamda konservalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirganda va o‘rni to‘ldirilganda idishlarni ehtiyot qilish kerak, qutilarning zarb yeyishi, urilishi va otilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
61. Go‘shtli, sutli va baliqli konservalar isitilmaydigan omborlarda saqlanganda, bahor va yoz mavsumida belgilangan harorat-namlik darajasini ta’minlash uchun omborlar shamollatib turiladi.
62. Isitilmaydigan omborlarda haroratning keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
kuzgi - qishki mavsumda omborlar isitiladi, eshik, tuynuk va deflektorlar zich qilib yopiladi. Eshiklarga brezent pardalar tortiladi va omborga bir eshik ochib, ikkinchisidan kiriladigan qilinadi;
bahor mavsumida konservalar tashqi havo bilan shamollatib turiladi.
63. Qish mavsumidan bahorgi-yozgi mavsumga o‘tilganda konservalarning asta-sekin isishini ta’minlash, ularning harorati ombordagi havo haroratidan keskin farq qilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Haroratni tenglashtirish va namlikni chiqarish uchun isitilmaydigan omborlarda eshiklar, tuynuklar ochilib, maxsus shamollatish uskunasi yoqiladi.
64. Konservalar saqlanganda ularning uzoq muddat yuqori harorat ta’sirida qolishiga yo‘l qo‘yish tavsiya etilmaydi (harorat 20 °S dan ortiq va namlik 75 foizdan ko‘p bo‘lmagan).
Yozda konservalar saqlanayotgan xonalar kunning salqin paytida shamollatilishi lozim.
65. Belgilangan saqlash talablari buzilgan taqdirda, konservalar va idishlarning tashqi holati tanlab tekshiriladi va konservalarda nam kondensati sezilgan hollarda zudlik bilan xonani shamollatish kuchaytiriladi, zarur bo‘lsa, konserva turgan qutilarni shamollatish uchun shtabellarni buzish, o‘ta zarur hollarda esa, konservalarga ishlov berish lozim.
66. Ombordagi havo harorati va namligini o‘lchovchi asboblarning ko‘rsatkichlari har kuni tegishli kuzatuv kitobida qayd qilinadi.
67. Konservalarni saqlash davomida ularning sifatini muntazam kuzatib borish zarur. Konservalarning tashqi holatini tekshirish, sifatiga organoleptik baho berish va laboratoriya tahlillari belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
68. Konservalarning tashqi sathida o‘zgarish (zang, shishish va hokazo) alomatlari paydo bo‘lsa, bunday shtabellar qayta taxlanadi, saralanadi va ishlov beriladi.
69. Agar saqlash davri davomida konservalarda ishlab chiqarishga taalluqli nuqsonlar aniqlansa, ushbu konservalar yaroqsiz deb topiladi va dalolatnoma tuziladi. Bu haqda konservalarni ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilotga va Qo‘mitaga ma’lum qilinadi.
70. Saralanganda yoki sifati tanlab tekshirilganda ajratib olingan nuqsonli konservalar mazkur Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda berib yuboriladi yoki yo‘q qilinadi. Tekshirish yoki ishlov berishda konserva solingan qutilar ehtiyotkorlik bilan qopqoq tomonidan ochiladi.
71. Konservalarni saqlash davrida (bir oyda kamida bir marta) omborning barcha xonalari to‘liq tozalanadi. Konservalar saqlanadigan omborlarning polini yuvish tavsiya etilmaydi.
72. Isitiladigan omborxonalarda talab etiladigan harorat-namlik darajasini saqlash, yuk ortish va tushirish ishlari paytida issiqlik yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ombor eshiklariga havo pardalari o‘rnatilishi va yopib qo‘yilishi lozim, isitilmaydigan omborxonalarda esa ishchi eshiklarga tambur o‘rnatiladi.
73. Konservalar mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida nazarda tutilgan saqlash muddatlariga muvofiq saqlanadi.
Konservalarni saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Saqlash muddati konserva tamg‘asida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatiga to‘g‘ri kelishi lozim.
74. Konservalarni yuklash va jo‘natish Qo‘mita tomonidan beriladigan naryadlar asosida birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish sanasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
75. Omborlardan berib yuborilayotgan konservalarga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi.
76. Konservalar berib yuborilishidan oldin moddiy javobgar shaxslar tomonidan berib yuborilishi kerak bo‘lgan shtabellardagi o‘rinlar soni sanab chiqiladi.
77. Konservalar, texnik jihatdan soz bo‘lgan transport vositasiga yuklab jo‘natiladi.
Konservalarning ortishga tayyorligi, laboratoriya xodimlari, saqlash bo‘limlari va muhandis-texnik xodimlardan iborat komissiya a’zolari tomonidan aniqlanadi. Bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
78. Konserva solingan qutilar paketlarga taxlanib, ishlab chiqilgan chizma (har bir vagon va quti turi uchun alohida) asosida, vagonlarning to‘liq to‘lishi va transportda tashishda konservalarning bus-butunligi ta’minlanishi lozimligini inobatga olgan holda vagonlarga ortiladi, vagon eshigi qarshisida konserva joylashtirilgan paketlar zich taxlanishiga alohida e’tibor beriladi. Konservalar vagonga ortilganda temir yo‘l yuk xatiga vagonni konserva tashishga tayyorlash bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
79. Vagonlarga ortish vaqtida elektr yuk ortgichning qatnovlari va yuklangan o‘rinlari soni mahsulotni qabul qilish va berib yuborish ishchi kitobiga qayd qilinadi. Qayd natijalari bo‘yicha yuklangan konservalarning umumiy soni, shtabeldagi o‘rinlar qoldig‘i hisoblab chiqariladi va olingan ma’lumotlar shtabel yorlig‘i bilan solishtiriladi.
80. Vagon eshiklarini yopish va plombalash yuk tashish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Eshik qulfi qopqog‘iga plomba yoki plombali-yorliq to‘g‘ri yopishtirilishi, plombalardagi izlar aniq bo‘lishi lozim.
81. Konservalar avtomobil transportiga normativ hujjatlarga muvofiq paketlangan holda o‘rinlari sonini sanash imkoniyati bo‘ladigan qilib ortiladi.
82. Etkazib beruvchi tashkilotning mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlari, ushbu mahsulotning partiyasi bo‘yicha bir yil davomida tashkilotda saqlanadi.
83. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. | 162 | 27,147 |
Qonunchilik | “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 10, 270-modda; 2012-yil, № 12, 334-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 10, 671-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo‘lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo‘lmagan kreditorlar guruhi”;
uchinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sud sanatsiyasi — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish va uning kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash taomili;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash taomili;
tugatishga doir ish yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan taomil”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“to‘lov qobiliyatini tiklash taomili — iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o‘z ichiga oladigan hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tashkiliy-xo‘jalik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi taomil”;
o‘n oltinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha o‘n yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi:
agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa — olti oy ichida bajarilmagan bo‘lsa;
agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilayotganda qo‘llanilmaydi”;
3) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankrotlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”;
4) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Qarzdor va kreditor bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.
Majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy organlari ega”;
5) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda, qarzdor bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida bankrotlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi”;
6) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Bankrotlik taomillari qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tuziladigan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qanoatlantirish maqsadida yakka tartibda murojaat qilishga haqli emas.
Hamma kreditorlar nomidan qarzdorga nisbatan barcha harakatlar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o‘zi amalga oshiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, qo‘mitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasining rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.
Kreditorlar yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda o‘z vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘n kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti yig‘ilishni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, takroriy yig‘ilish hozir bo‘lgan kreditorlarning sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek majburiy sug‘urta va bank kreditlarini sug‘urtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha kreditorlar;
uchinchi guruh — majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlar;
to‘rtinchi guruh — mehnat shartnomalariga ko‘ra mehnatga haq to‘lash va kompensatsiyalar to‘lash bo‘yicha, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘tkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq to‘lash bo‘yicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi to‘lovlar hamda talablar bo‘yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga doir talablari bo‘yicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar bo‘yicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yig‘ilishida ushbu modda beshinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditor o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yig‘ilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish chog‘ida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarining ro‘yxatga olish varaqlari;
kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi lozim”;
7) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha kreditorlar yig‘ilishining qarori yig‘ilishda hozir bo‘lgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir kreditor kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra umumiy kreditorlik qarzidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yig‘ilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlarning zarur kvorumi bo‘lmasa, kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, ushbu takroriy yig‘ilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlar sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yig‘ilishining qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berishga haqli.
Sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozlari soni to‘planmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega”;
8) 15-moddaning sakkizinchi qismidagi “maslahat ovozi huquqi bilan” degan so‘zlar “ovoz berish huquqisiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 28-moddaning:
birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi”;
10) 49-moddadagi “ikki oylik” degan so‘zlar “bir oylik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 57-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi”;
12) 65-moddaning birinchi qismi va beshinchi qismining ikkinchi jumlasi “bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi” degan so‘zlardan keyin “yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) 67-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
14) 78-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oy muddatga joriy etiladi”;
15) 79-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”;
oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida tuzilgan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan va qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga mo‘ljallangan bo‘lsa”;
16) 82-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
17) 83-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozi to‘planmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
18) 84-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qarzdor sanatsiya rejasini va (yoki) qarzni uzish jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganda), u qarzni uzish jadvaliga kiritish mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlarni ma’qullash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran ikki hafta muddat ichida kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yig‘ilishini chaqiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining sanatsiya rejasiga va (yoki) qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhdagi kreditorlarning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kreditorlar yig‘ilishi qarzni uzish jadvalidagi o‘zgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi haqida o‘z vaqtida xabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qo‘shilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar iqtisodiy sudning ajrimiga ko‘ra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Iqtisodiy sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni uzish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli”;
19) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasiga, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi joriy etilgan sanadan to iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi masalani ko‘rib chiqishigacha o‘n sakkiz oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi”;
20) 98-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi”;
21) 102-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish to‘g‘risidagi ajrimi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi”;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi boshqaruvchi qarzdor bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat barcha taraflar tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda rad etishga haqli”;
22) 103-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilganidan keyin yoki bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma to‘rt oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini to‘lash (ajratib berish) bilan bog‘liq bo‘lgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim bo‘yicha olingan barcha mol-mulk (pul mablag‘lari) esa qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ishtirokchi ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq to‘rtinchi navbatdagi kreditor deb e’tirof etiladi”;
23) 106-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chog‘ida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari to‘planmasa, iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish to‘g‘risida ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Kreditorlar yig‘ilishining tashqi boshqaruv rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilinadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha oltinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
24) 124-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati to‘qqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat bo‘lganda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat ko‘pi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish uchun quyidagi holatlar asos bo‘lishi mumkin:
iqtisodiy sud ishini yuritishda qarzdor yuridik shaxsning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi;
qarzdor yuridik shaxsning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlarining manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari bo‘yicha jinoyat ishining mavjudligi;
tugatish boshqaruvchisining tugatish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ajrimida ko‘rsatilgan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi tomonidan aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur bo‘lganda.
Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yig‘ilishining va (yoki) tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga ko‘ra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan amalga oshirilishini ko‘rsatishi mumkin. Bunda qarzdor yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan shartnomalarini bajarishni to‘xtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaxs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish taomili, agar ikki hisobot choragi yakunlariga ko‘ra faoliyatdan ketma-ket zarar ko‘rilgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga o‘tish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin”;
25) 128-moddaning:
ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tugatishga doir ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlar yig‘ilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olish”;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qismi:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘n kunlik muddatda taqdim etishi”;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
26) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 104 | 29,516 |
Qonunchilik | TATUning ilmiy-aхborot rivojlanishini moliyalashtirish oshirildi | TATUga ulugʻ alloma nomi berildi
Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetiga (TATU) Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab universitetda ulugʻ allomaning nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng oʻrganish bilan bogʻliq respublika va хalqaro koʻlamda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar oʻtkazish, respublikaning yetakchi olimlari ishtirokida oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-oʻqituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkaziladi.
TATUning iqtidorli talabalariga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya beriladi.
Idoraviy mansub tuzilmalar qayta tashkil etildi
TATU huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi negizida barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblangan yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Shuningdek, TATU qoshida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. Jamgʻarma uyali aloqa kompaniyalari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovlarning 1%i va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Uning mablagʻlaridan asosan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi:
Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish bilan TATUning Vasiylik kengashi shugʻullanadi.
Ma’lumot uchun: TATUning Vasiylik kengashi 2000 yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat, OAV, jamoat birlashmalari, uyushmalar va boshqa yuridik shaхslar (masalan, «Oʻzbekiston pochtasi» AJ, mobil aloqa operatorlari) vakillari kiradi. Bundan tashqari, Vasiylik kengashiga TATU rektori ham kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 64 | 2,282 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) 11-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 6-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Chinoz to‘qimachi LTD” O‘zbekiston-Yaponiya-Turkiya qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 29-yanvardagi 44-son qarorining 7-bandida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorining 10-bandida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarorining 4-bandida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 27-maydagi 271-son qarorining 5-bandida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida” 1999-yil 26-noyabrdagi 513-son qarorining 2-bandi birinchi xatboshida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalarining 3.1-bandi birinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondashishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorining 3-bandida, 5-bandining ikkinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga”, “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Iqtisodiyot vazirligiga”, “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari ustidan monitoring o‘rnatish to‘g‘risida” 2000-yil 6-iyuldagi 258-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 8-sentabrdagi 347-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 58-modda) 3-bandida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalari tashkil etish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlarini o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi uchinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshida, 2-bandining birinchi xatboshida va ilovaning nomlanishida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) 2-bandida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 14-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son 47-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarini mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “Don resurslari va uning bozor fondidan yanada oqilona va tejamli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001 14-sentabrdagi 374-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi, 5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 7-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Davlat statistika qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Unning bozor fondi kvotalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sxemasidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Unning bozor fondi kvotalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sxemasining tavsifida:
1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oxirgi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Davlat statistika qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. Vazirlar Mahkamasining “Andijon shahrini issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-noyabrdagi 449-son qarorining 6-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. Vazirlar Mahkamasining “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 27-noyabrdagi 462-son qarorining 8-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlar uzatish davlat tarmog‘ini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 5-dekabrdagi 466-son qarorining 6-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarorining 9-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-martdagi 74-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 13-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
65. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax, Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarorining 7-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-apreldagi 116-son qarorining 2 va 3-bandlaridagi va qarorga 1, 2 va 3-ilovalardagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika ko‘mir sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qarorining 10-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
69. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorlikni kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 199-son qarorida:
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vaziri” so‘zlari “Iqtisodiyot vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. Vazirlar Mahkamasining “2003—2007-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 8-avgustdagi 285-son qarori 2-bandining birinchi xatboshida, 3-bandining birinchi xatboshida “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
78. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 7-noyabrdagi 385-son qarorining 5-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 92 | 12,112 |
Qonunchilik | “JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI o‘ZBEKISTON rESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 111 | 492 |
Qonunchilik | TAYYORLASh-QOLIPLASh IShLARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 441-modda) Qonuniga muvofiq tayyorlash-qoliplash ishlarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar tayyorlash-qoliplash ishlarini bajaradigan tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tayyorlash-qoliplash ishlarini bajaradigan tashkilotlar binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish” to‘g‘risidagi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
15. Tayyorlash-qoliplash ishlarini bajarishda asosiy xavfli va zararli omillarga quyidagilar kiradi:
a) ish joyi hududi havosining changlanishi (silikat tarkibli va yog‘och changi) va gazlanishi (uglerod oksidi, azot oksidi va boshqalar);
b) shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (yuqori harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
16. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
17. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
18. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
19. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
20. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
21. O‘ta xavfli ishlarga faqat maxsus o‘qitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladi.
22. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
23. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda mas’ul xodim qo‘l qo‘yib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
24. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar.
25. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
26. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
27. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
28. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
29. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim.
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
31. Tashkilot ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
32. Tashkilot ma’muriyati, ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning me’yorlariga muvofiq ta’minlashi shart.
33. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
34. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanishga hamda ularning yuk ko‘tarishi va tashishiga normativ hujjatlar talablariga muvofiq ruxsat etilishi lozim.
36. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ma’muriyat ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
39. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
40. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
41. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
42. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
43. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
44. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilotda avtoyo‘llar yoki piyoda yo‘lkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yo‘llari uchrashgan joylarda avtoyo‘llar va piyodalar uchun o‘tish yo‘llari bo‘lishi lozim.
48. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tashkilot maydonida ishchilar uchun dam olish joylari bo‘lishi lozim.
49. Sutkaning qorong‘u vaqtlarida hududlarning yoritilishi “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05-98 talabiga javob berishi kerak.
50. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
51. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
52. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
53. Tashkilot hududi ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yong‘inga qarshi xavfsizligi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
54. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo‘lishi kerak.
55. Ishlab chiqarish va yordamchi binolarda hojatxona, yuvinish xonasi, dush, ayollar shaxsiy gigiyenasi xonasi, yechinish xonasi, maxsus kiyimlarni quritish va changdan tozalash xonasi, ishchilar isinish xonasi, dam olish va ovqatlanish xonasi, yig‘ishtirish inventari bilan birga navbatchi xodim xonasi, dam olish xonasi, soqolni olish, boshni quritish, maxsus kiyimlarni yuvish xonasi, sog‘liqni saqlash punkti va boshqalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga mos kelishi kerak.
56. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
57. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni ta’minlashi kerak.
58. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga mos kelishi kerak.
59. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
60. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
61. Keng izli temir yo‘l transportining binoga kirishi uchun darvoza eng kamida 4,9 m, balandligi kamida 5,4 m bo‘lishi kerak.
62. Avtomobil transportining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
63. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
64. Binolarning oynalangan fonarlariga gorizontal metall to‘rlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
65. Vertikal oynalangan fonarlar uchun to‘rlar eni 0,7 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yopiq va gorizontal oynalanganda to‘rlarning eni, tavaqalarning oynalangan gorizontal proyeksiyasi miqdori bo‘yicha hisoblab aniqlanadi.
66. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash uchun xonalar oqib-tortish ventilatsiyalari uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
67. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash xonalarining kirish eshiklariga GOST 12.4.026-76 “Ochiq olovdan foydalanish man etiladi”, “Chekish mumkin emas”, “Kirish taqiqlanadi” kabi muvofiq taqiqlovchi va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi kerak.
68. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
69. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
70. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
71. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
72. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarida havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik normativlar. Ish hududi havosida zararli moddalarning ruxsat etilgan eng ko‘p miqdorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
73. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
74. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, o‘rta og‘ir ishlarda 17°S va og‘ir ishlarda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
75. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
76. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
77. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
78. Tashkilotning ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
79. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
80. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos bo‘lishi kerak.
81. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
82. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
83. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
84. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
85. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda Davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
86. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
87. Yoritish uskunalarini o‘rnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos bo‘lishi kerak.
88. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xomashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qo‘shimcha ravishda ko‘chma yoritish moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
89. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
90. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
91. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi.
92. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritgichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun ko‘chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritgichlarni metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpog‘i bo‘lishi kerak.
93. Muayyan uskunada ishlash paytida yoki alohida ish turlarini bajarish chog‘ida texnologik hujjatlarda ishlarning bexatar usullari, xodimlarga qo‘yiladigan talablar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari ko‘rsatilishi lozim.
94. Ishlarni rejalashtirish, tashkil qilish va olib borishda quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak:
a) ishlarning xavfsiz bajarilishini nazorat qilish va xavfsizlik talablari buzilishiga javobgarlik;
b) ishlab chiqarish uskunasini maqsadga muvofiq tanlash va joylashtirish, ish o‘rinlarini tashkil etish;
v) texnologik reglamentlar, mehnat rejimi, uskunaga xizmat ko‘rsatish tartibiga rioya qilish;
g) o‘qitish va ish operatsiyalarini bajarishga ruxsat berishda kasbiy moslik talablariga rioya qilish;
d) xodimning zararli moddalar bilan bevosita muloqotda bo‘lmasligi va xavfli omillarni bartaraf etish;
e) ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, masofadan turib nazorat qilish va boshqarish qurilmalarini qo‘llash;
yo) umumiy va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash;
j) mehnat va dam olishni maqsadga muvofiq tashkillashtirish;
z) texnologik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlaydigan uskuna ishlashining optimal rejimi.
95. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda, asosiy va ko‘makchi ishlab chiqarish uskunalari yaratilishida quyidagilar:
a) ishlab chiqarish binolari, atmosfera va oqova suvlarga zararli hamda yoqimsiz hidli moddalar, issiqlik energiyasi ajralib chiqishi, shovqin, tebranish vujudga kelmasligi yoki juda oz miqdorda bo‘lishini;
b) jismoniy zo‘riqish, diqqat-e’tiborning susayishi va ishchilar toliqishining oldini olishni ta’minlashi zarur.
96. Uskunani asosan tugmali (knopkali) stansiya yordamida boshqarish zarur. Boshqarish tizimi oddiy, tugmalarning zarur soni minimal bo‘lishi darkor.
97. Boshqarish tugmalari changdan himoyalangan va ularning nima uchun ishlatilishi yozuvlar yoki shartli belgilar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yozuv va ko‘rsatkichlarni zanglab va o‘chib ketishga chidamli, qavariq yoki xurushlash (travleniye) usulida aniq belgilar bilan tayyorlash lozim. Ular yorug‘lik nurini qaytarmasligi kerak.
98. Tugmali qurilmaning konstruksiyasi va uning joylashgan o‘rni uskunani bexosdan (tasodifiy) ishga tushish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
99. “To‘xtatish” tugmalari yaxshi ko‘rinib turishi va tok o‘tkazmaydigan qizil rangli materialdan yasalishi kerak, ular xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tez-tez bo‘lib turadigan joylarda qaytadan takrorlanishi zarur.
100. “To‘xtatish” tugmalari tugmalar qutisidan 3 — 5 mm ga chiqib turishi, “Ishga tushirish” tugmalari esa quti qopqog‘ining sathidan 3 — 5 mm ichkariga kirgan bo‘lishi lozim.
101. Boshqarish organlari ish chog‘ida xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishini va ish hududi yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydigan joylarga o‘rnatilishi kerak.
102. Texnologik jarayonlar xavfli ishlab chiqarish omillari paydo bo‘lishini kamaytirish, shuningdek ishchi hududga zararli moddalar (6-ilovaga qaralsin) ajralib chiqishini pasaytirish maqsadida doimiy ravishda takomillashtirilib borilishi lozim.
103. Texnologik jarayonlar buzilgan va avariya vaziyatlari vujudga kelgan hollarda ogohlantiruvchi signalizatsiya ishlab ketishi, avtomatik himoya qurilmasi esa tegishli uskuna o‘chirilishini ta’minlashi lozim.
104. Boshlang‘ich materiallar tegishli sertifikatlar va ushbu mahsulotga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak.
105. Ish beruvchi jarohatlanishlarning oldini olishga qaratilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi va xodimlarning kasbiy kasalliklar yoki ish qobiliyati pasayishi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlashi shart.
106. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq uskuna, ishlab chiqarish va maishiy binolar, shuningdek tashkilot hududining lozim bo‘lgan texnik holatini ta’minlashi kerak.
107. Yong‘in profilaktikasi yonish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarga yo‘l qo‘ymaslik shartiga asoslanadi. Yong‘in xavfsizligi quyidagi chora-tadbirlar bilan erishiladi:
a) yonmaydigan yoki qiyin yonadigan modda va materiallardan foydalanish;
b) yonuvchan moddalarning miqdorini kamaytirish.
108. Har bir ishlab chiqarish uchastkasida yong‘in xavfliligi darajasiga bog‘liq holda muqim yoki ko‘chma yong‘inga qarshi post, shuningdek birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan yong‘in shiti o‘rnatilishi lozim. Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining minimal to‘plami tarkibi ikki dona o‘t o‘chirgich, suv to‘ldirilgan bochka, qum solingan yashik, misrang, bolta, belkurak, ilgak, chelak va kigizlardan iborat bo‘lishi kerak.
109. Tashkilotda yong‘in holati yoki avariya vaziyatida sexdan evakuatsiya qilish plan (sxema)lari ishlab chiqilishi va ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilishi kerak.
Zarur bo‘lsa avariya, zararli yoki zaharli moddalar ajrab chiqish holatlarida xodimlarning xatti-harakatlari to‘g‘risida yo‘riqnoma ishlab chiqilishi zarur.
110. Tashkilot hududi bo‘ylab transport vositalari va odamlarning harakatlanishi amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga asosan o‘rnatilgan yo‘l belgilari va ogohlantirish qurilmalari bilan tartibga solinishi lozim.
111. Tayyorlov-qoliplash ishlab chiqarishi uskunalarining joylashishi texnologik jarayon uzluksizligini, ish paytida qulaylikni, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xavfsizligini ta’minlashi kerak.
112. Sex va uchastkalarda yuk ko‘tarish qurilmalarini joylashtirish va o‘rnatish GOST 12.2.065-81 “Yuk ko‘tarish kranlari. Umumiy xavfsizlik talablari” va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk ko‘tarish kranlarini tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
113. Sex va uchastkalarda ishlab chiqarish elektr-uskunasini amaldagi “Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari” va “O‘zdavenergonazorat” tomonidan tasdiqlangan “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul), “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga muvofiq joylashtirish va o‘rnatish zarur.
114. Har bir ish o‘rni tashkilotda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ish o‘rinlarini tashkil etishni namunaviy loyihasi yoki ish o‘rinlarini tashkil etish loyihasiga binoan uskunalanishi kerak.
115. Ish o‘rinlari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari (6-ilovada keltirilgan) ta’sirining oldini oladigan yoki ularning ta’sir darajasini sanitariya me’yorlarigacha kamaytiradigan vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
116. Uskunaning boshqaruv pulti, postlari xizmat ko‘rsatish uchun qulay, xavfsiz, xizmat ko‘rsatilayotgan texnik qurilma doimo yaxshi ko‘rinadigan joylarda joylashgan bo‘lishi kerak.
117. Asbob-uskuna yaqiniga o‘rnatilgan maxsus asboblar javoni, stollarda yoki uskunaning ichida, agar bu qulay, xavfsiz va uning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, joylashgan bo‘lishi kerak.
118. Material, tanovar, mahsulot, moslama, shtamp, puanson va hokazolarni xavfsiz taxlash uchun ish joylarida javon, stellaj, stol, idish va boshqa moslamalar ko‘zda tutilishi kerak.
119. Material, tanovar va detallarni stellajlarga taxlash ularning barqaror holatini va yuk ko‘tarish qurilmalaridan foydalanish paytida qulay ilinishini ta’minlaydigan usulda amalga oshirilishi lozim.
120. Stellajlar o‘z o‘lchamlariga ko‘ra ularga taxlanayotgan buyumlarning eng katta gabarit o‘lchamlariga mos bo‘lishi va eng katta yuklanishga sinalgan bo‘lishi kerak.
121. Arralar bilan qirqish lozim bo‘lgan tanovar va materiallarni taxlash uchun mo‘ljallangan maxsus stellajlarning balandligi 1,7 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
122. Stellajlar orasida, shuningdek stellajlar va bino yoki uskuna devori o‘rtasidagi oraliqlar kamida 1 m ni tashkil etishi zarur.
123. Ish joylaridagi tanovar va detallar shtabeli (uyumi) balandligi ularni barqaror o‘rnashtirish va ulardan detallarni qulay olish shartlariga bog‘liq holda belgilanishi, lekin 1 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
124. Chilangarlik verstaklari mustahkam, qo‘zg‘almas va ishlash uchun qulay balandlikda bo‘lishi lozim.
125. Ish joylarini, yo‘lak va yo‘llarni to‘sib qo‘yilishiga va ularga keraksiz buyumlarni uyub tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish o‘rinlarida tayyor mahsulot va chiqindilar to‘planishiga qarab o‘z vaqtida olib ketilishi lozim.
126. Toza artish materialining smena zaxirasini saqlash uchun, shuningdek ishlatilgan materialni taxlash uchun qulay joylarda maxsus yopiladigan temir yashiklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
127. Yuklarni (tanovar, yarim fabrikat, detal, material va boshqalar) tashish GOST 12.3.009-76 SSBT “Yuk ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.3.020-80 SSBT “Tashkilotlarda yuklarni tashish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Yuk ortish-tushirish ishlari GOST 12.3.009-76 SSBT “Yuk ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga binoan amalga oshirilishi lozim.
128. Stellaj va boshqa qurilmalarning konstruksiya va o‘lchamlari taxlanadigan buyumlarning shakli va o‘lchamlariga mos bo‘lishi hamda kamida uch karra mustahkamlik zaxirasini ta’minlashi kerak.
129. Barcha stellaj, taglik, unifikatsiyalashgan idishlar, shuningdek barcha yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlarida eng ko‘p ruxsat berilgan yuklanish ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
130. Massasi 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni taxlash va tashish uchun ombor va omborxonalarni ko‘tarish-tashish qurilmalari (telfer, tal, kran balka va boshqalar) bilan ta’minlash zarur.
131. Yuk ko‘tarish kranlari va yordamchi moslamalarning tuzilishi, texnik jihatdan shahodatlab va foydalanish “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari”, shuningdek GOST 12.2.065-81 SSBT “Yuk ko‘tarish kranlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi kerak.
132. Ko‘prikli kran bilan uzun o‘lchamli polosa materialni tashish traversalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
133. Massasi 20 kg dan ortiq og‘ir detallar ish o‘rniga ko‘tarish-tashish qurilmalari bilan qo‘yilishi kerak.
134. Polosali materialdan kesib olingan o‘lchamli tanovarlar maxsus idishga bevosita tarnovlar va boshqa moslamalar yordamida berilishi zarur.
135. Polosali materialni ochish uchun uskunaga uzatish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
136. O‘lchamlari katta bo‘lmagan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan elektr-kar va avto-karlarning bortli ko‘tarish platformalari bo‘lishi lozim.
137. Asosiy yo‘llar bo‘ylab transport vositalarining harakatlanish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi kerak.
138. O‘lchamli uzunlikdagi tanovar, yarim fabrikat, shtampovka va yordamchi materiallar ixtisoslashtirilgan, qoliplash ishlab chiqarishlari uchun moslashgan idishda saqlanishi va tashilishi kerak.
139. Qoliplash ishlarida alohida joylashgan omborxonalarning stellajlarida saqlanishi kerak.
140. Operatsiyalararo tashish uchun xizmat qiladigan xavfsizlik talablariga javob berishi lozim.
141. Qirqim, g‘udur ko‘rinishidagi titan va magniy qotishmalarining chiqindilari alohida idishga to‘planishi va sex tashqarisida ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
142. Qoliplarni moylash uchun mo‘ljallangan yong‘in jihatdan xavfli qo‘shimcha materiallar, texnik moy va boshqa materiallar umumiy ishlab chiqarish binosidan ajratilgan omborxonada joylashgan bo‘lishi kerak.
143. Moylash materiallarini o‘ziga shimgan, foydalanilgan latta-puttalar (vetosh) tusdagi ishlab chiqarish chiqindilari qizdirilgan buyum, elektr-uskuna, qizdirish pechlaridan uzoqda joylashgan zich yopilgan metall idishga yig‘ilishi va to‘planishiga qarab tashkilot yong‘in xavfsizligi xizmatlari bilan kelishilgan holda ularni yondirish uchun jo‘natib turilishi kerak.
144. Detal, tanovar, chiqindi va boshqa materiallarni saqlash va tashish uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish idishi xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
145. Titan va magniy qotishmalarining mayda qirindi va qipiqlari yopiladigan metall konteynerga solinishi va ajratilgan joyda saqlanishi kerak.
146. Dastlabki material, tanovar, yarim fabrikat, detal va chiqindilarni saqlanishi maxsus ajratilgan maydoncha va omborxonalarda shunday amalga oshirilishi kerakki, taxlash, ortish va tushirish jarayonlarini bajarish qulay va xavfsiz bo‘lsin.
147. Sortli va fasonli prokat archasimon va ustunli stellajlarda saqlanishi kerak.
148. Listli material to‘plami to‘rt qirrali yog‘och taxta (brus) ustiga taxlanishi va mahkamlanishi lozim, taxlamning balandligi 4 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
149. Keng rulonli po‘lat ushbu rulon diametriga bog‘liq holda balandligi bo‘yicha ikki va uch qator qilib yon tomoni bilan maxsus metall tagliklarga o‘rnatilib saqlanishi lozim.
Taxlamning umumiy balandligi 2 m dan oshmasligi kerak. Rulonlar puxta bog‘langan bo‘lishi kerak.
150. Vazni 60 kg gacha bo‘lgan doirasimon po‘lat lenta va rangli metallarning lentalari tokchali stellajlarda saqlanishi, vazni 60 kg dan ko‘p bo‘lsa — eni 2 va undan ko‘p qatorli shtabellarda gorizontal holatda saqlanishi lozim.
Shtabelga taxlash balandligi 2 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
151. Polosali material konstruksiyasi ularni bexatar tashish imkoniyati ko‘zda tutilgan qurilmalarda saqlanishi lozim.
152. Yuk ko‘tarish uskunasini ekspluatatsiya qilish va yuklarni bog‘lash-ilish (stropovka) ishlari “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi tasdiqlagan “Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va bexatar ishlatish qoidalari”ga muvofiq bajarilishi kerak. Almashinadigan yuk tutish organlari (ilgak, elektromagnit, greyfer va boshqalar) va olinadigan yuk tutish moslamalari (arqon, tros, kanat, zanjir, traversa, qisqich, tutqich, obkash va hokazolar) kerakli yuk ko‘taruvchanlikka mo‘ljallangan bo‘lishi, eng katta ruxsat berilgan yuklanish ko‘rsatilgan tamg‘a bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan tekshirilishi va sinovdan o‘tkazib turilishi lozim.
153. Materiallarni vertikallikka yaqin holatda saqlash uchun mo‘ljallangan piramida shaklidagi stellajlar, stellaj konstruksiyasi bilan puxta birlashgan tayanch yuzaga va materiallarni tasodifan tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan saqlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi lozim.
154. Moylangan og‘ir detallarni qo‘lda taxlanishi, olinishi va tashilishi faqat maxsus idishda, upakovka yoki o‘ralgan holda amalga oshirilishi kerak.
155. Tanovar, detal va boshqa materiallarni ortish-tushirish ishlari bajariladigan joylar xavfsizlik belgilari bilan jihozlanishi lozim.
156. Ishlab chiqarish uskunasi o‘zining butun foydalanish davrida mazkur Qoidalarning xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
157. Yangi texnologiya va materiallarni ishlatishga davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari ruxsati bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
158. Tayyorlov-shtamlash ishlari uchun mo‘ljallangan uskunalarning normativ-texnik hujjat (pasport, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa)lari bo‘lishi va ularning tarkibida xavfsizlik talablari bo‘lishi lozim.
159. Uskunaning normativ-texnik hujjatlarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) uskunani tashish, montaj (demontaj), sozlash, foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash paytida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablar;
b) uskuna ishlaganda vujudga keladigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omil (shovqin, titrash, changlanish)larining chegaraviy ruxsat berilgan darajasi;
v) xizmat ko‘rsatish qulayligi;
g) boshqarish va xizmat ko‘rsatishdagi zo‘riqish.
160. Dastgohlar konstruksiyasining xususiyatlari va ulardan foydalanish shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan maxsus xavfsizlik talablari ham uskunaning normativ-texnik hujjatlarida ko‘rsatilishi lozim.
161. O‘rnatilgan uskunada ixtiyoriy usulda yozilgan inventar raqami bo‘lishi kerak.
162. Asosiy va yordamchi uskunani tegishli texnik hisoblarga ega bo‘lgan poydevor va asoslarga o‘rnatish, moslash va ishonchli tarzda mahkamlash kerak.
163. Uskunani montaj qilish tayyorlovchi-zavod loyihasi va yo‘riqnomalariga butkul mos holda bajarilishi kerak.
164. Uskuna va nazorat-o‘lchov asboblari montaj qilinishidan oldin konservatsiya holatidan chiqarilishi, komplekti to‘liqligini, nosozliklarni tekshirish uchun reviziya qilinishi va normativ-texnik hujjatlarga muvofiqligi ko‘rib chiqilishi lozim.
165. Yangi o‘rnatilgan uskuna mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimining majburiy ishtirokida maxsus komissiya tomonidan foydalanishga qabul qilinishi va QMQ 3.01.04-97 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Umumiy qoidalar” hamda mazkur Qoidalarga, amaldagi davlat standartlariga muvofiqligi haqida dalolatnoma tuzilishi kerak.
166. Ishlov berilayotgan detalning o‘lchamlari ishlov berish jarayonida nazorat qilinadigan dastgohlar avtomatik nazorat-o‘lchov asboblari, indikatorlar va boshqalar bilan jihozlanishi kerak.
167. Uskunaga o‘rnatilgan nazorat-o‘lchov asboblari davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi va tamg‘a (plomba) qo‘yilishi lozim.
168. Asosiy va yordamchi uskuna, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan grafiklarda ko‘zda tutilgan muddatlarda, davriy texnik ko‘rik va ta’mirlashdan o‘tishi kerak.
169. Ko‘zdan kechirish, tozalash va ta’mirlash uchun to‘xtatilgan uskuna texnologik quvur o‘tgazgich va energiya elitgichlardan uzib qo‘yilishi kerak.
170. Uskunani ko‘zdan kechirish, tozalash, ta’mirlash va demontaj qilish vaqtida uning elektr yuritmasi elektr tokidan uzib qo‘yilishi, yuritma tasmalari yechib olinishi, ishga tushirish qurilmalariga esa “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlar osib qo‘yilishi lozim.
Uskunani elektr tarmoqqa ulash va ishga tushirish faqat hamma himoya va saqlash qurilmalari o‘z joyiga o‘rnatilgandan keyin sex (uchastka) rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.
171. Uskunani xato ravishda yurgizib yuborishni yoki uning qismlari o‘z-o‘zidan harakat qilishini istisno qiluvchi texnik chora-tadbirlar ko‘rilmasdan uskunani ta’mirlash, tozalash va moylash man etiladi.
172. Foydalanilayotgan barcha uskunalar soz holatda bo‘lishi lozim.
173. Uskunadan foydalanish davrida atrof muhit harorati ishlatiladigan moylarning muzlash nuqtasidan past bo‘lmasligi kerak.
174. Xizmat ko‘rsatishda asosiy va yordamchi uskunalarning tashqi sirtlaridagi harorat +45oS dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
175. Dastgoh, himoya qurilmasi, boshqarish organi, dastgohning jihoz va moslamalari sirtlarida ishlovchini jarohatlashi mumkin bo‘lgan o‘tkir qirralar va qirovlar bo‘lmasligi kerak.
176. Dastgoh korpusidan tashqarida o‘rnatilgan va jarohatlanish xavfini tug‘diradigan uskunaning harakatlanuvchi qismlari, jumladan tasmali, zanjirli, tishli uzatmalar xavfsizlik talablariga javob beruvchi, yetarlicha mustahkam bo‘lgan (yaxlit, jalyuzli, teshikchali) to‘suvchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — to‘siqlar) va zarur bo‘lsa, ularni qulay hamda bexatar ochish yoki yechish, siljitish va o‘rnatish uchun moslamalar (dastak, fiksator, ilgak va hokazolar) bilan jihozlanishi lozim.
177. Uskunaning harakatlanuvchi qismlari 2,4 m dan ortiq balandlikda, noqulay yerda joylashgan bo‘lsa va xavf-xatar tug‘dirmasa, masalan, aylanish tezligi 50 ayl/min dan oshmaydigan silliq vallar yoki bajaradigan vazifasiga ko‘ra to‘silmaydigan qismlarga to‘siqlar o‘rnatilmasligiga ruxsat beriladi.
178. Pol sathidan 2,4 m dan ortiq balandlikda joylashgan uskunaning harakatlanuvchi qismlari yoki xizmat ko‘rsatish maydonchalarida xavf-xatar ro‘y berishi mumkin bo‘lsa, masalan, ular buzilganda, to‘silishi lozim.
179. To‘siqlar o‘z vazifasi va tez-tez qayta ishlatilishiga ko‘ra qo‘zg‘almas, ochiladigan, ko‘tarib qo‘yiladigan, yaxlit yoki alohida bo‘laklardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi uchun qo‘zg‘almas yoki katta o‘lchamli to‘siqlarda eshikcha yoki qopqoqlar ko‘zda tutilishi kerak.
180. To‘siqlar uskuna konstruksiyasining uzviy qismi va texnika estetikasi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
181. To‘siq, eshik va qopqoqlar ularni yopiq (ish) va ochiq holatda ishonchli tarzda tutib turuvchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak, zarur bo‘lsa ularni ochish yoki yechish paytida yuritmani o‘chirish uchun u bilan blokirovkalanishi lozim.
182. To‘suvchi qurilmalar buzuq holatda bo‘lsa yoki ular mavjud bo‘lmasa uskunani yurgizish va ishlatish man etiladi.
183. Katta hududlarni panalash uchun, shuningdek to‘silgan mexanizmlarga havo kelishi yoki doimiy kuzatuv zarur bo‘lsa jalyuz yoki to‘rli to‘siqlardan foydalanish mumkin.
184. Agar to‘siqlarda teshiklar bo‘lsa yoki to‘rdan yasalgan bo‘lsa, harakatlanuvchi detallar bilan to‘siqlar sirtigacha bo‘lgan masofa talablarga mos bo‘lishi kerak.
185. Dastgohning ochiq harakatlanuvchi qismini, shu qism bo‘ylab korpus detali siljisa, dastgoh konstruksiyasi xususiyatlariga bog‘liq holda siljuvchi korpus detalining ikkala yoki bir tarafiga mahkamlangan qisqa shitlar bilan to‘sishga ruxsat etiladi.
186. Yig‘uv birliklarining statina gabaritlaridan eng ko‘p chiqib turadigan tashqi toretslari, ular 150 mm/sek tezlik bilan harakatlansa va zarba berib jarohat yetkaza olsa, qiyalik burchagi 45o bo‘lgan oq-sariq rangli yo‘l-yo‘l chiziqlarga bo‘yalishi kerak.
187. Dastgohlarning harakatlanuvchi qismlarini (shesternya, shkiv va hokazolar) berkituvchi va sozlash, tasmalarni almashtirish va hokazolarni vaqti-vaqti bilan bajarish talab qiluvchi hamda harakatlanganda xodimlarni jarohatlashi mumkin bo‘lgan eshiklarning ichki tarafi sariq signal rangiga bo‘yalishi kerak.
188. Agar yuqorida ko‘rsatilgan dastgoh qismlari olinadigan himoya to‘siqlari (qopqoq, kojuxlar) bilan berkitilsa, harakatlanuvchi qismlarning to‘siq tarafidagi yuzasi to‘liq yoki qisman yoinki ularga tutashgan qo‘zg‘almas detallarning to‘siq yopib turadigan sirtlari ham sariq rangga bo‘yalishi talab etiladi.
189. To‘siqlarning tashqi tarafiga GOST 12.4.026-76 SSBT “Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga asosan ogohlantirish belgisi (uchi tepaga qaragan, sariq tusli, chetlari qora rangga hoshiyalangan teng tomonli uchburchak va uning o‘rtasida qora rangli undov belgisi bo‘ladi) o‘rnatiladi. Belgining tagida GOST 12.4.026-76 SSBT “Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga asosan “Dastgoh ishlayotganda ochilmasin!” izohli yozuv bo‘ladi.
190. To‘siq ochiq (yoki olingan) vaqtda jarohatlanish xavfi bo‘lsa, to‘siqlarni ochgan (olgan)da dastgohni avtomatik tarzda o‘chiradigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim. Bu holda ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yuzalarni sariq signal rangga bo‘yash va tashqi tarafga xavfdan ogohlantirish belgisini o‘rnatish talabi o‘z kuchida qoladi.
191. Agar yuzalardan metall qirindi, MSS va boshqalar tushib tursa, ularni qizil yoki sariq rangga bo‘yashga ruxsat etiladi.
192. To‘siqlar kerakli darajada mustahkam bo‘lishi, o‘z-o‘zidan ochilib ketmaydigan qilib qotirilishi lozim.
193. Dastgohda ishlayotgan xodimni va dastgoh yaqinida turgan odamni uchib chiqishi mumkin bo‘lgan qirindi va metall bo‘laklaridan muhofazalash uchun, ishlov berish hududini yoki uning ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladigan qismini to‘sadigan himoya qurilma (ekran)lar o‘rnatish lozim.
194. Ishlov berish jarayonini kuzatib turish zarur bo‘lsa, tig‘li asbob bilan ishlaydigan dastgohlarning to‘siqlarida kerakli o‘lchamli va qalinligi 4 mm bo‘lgan oyna yoki shunga o‘xshash, yaxshi sifatli shaffof material o‘rnatilgan kuzatish darchalari ko‘zda tutilishi mumkin.
195. Ishlov berish hududini samarali to‘silishini ta’minlaydigan boshqa himoya qurilmalari turlarini (masalan elastik materiallardan tayyorlangan, qirindi ta’siriga chidamli darparda) qo‘llashga ruxsat etiladi.
196. Ishlov berish hududini berkitadigan va ishlanayotgan detal yoki asbobni o‘rnatish va olish, detalni o‘lchash, dastgohni qo‘shimcha sozlash uchun smena mobaynida bir necha marotaba olinadigan (ochiladigan) to‘siqlarning og‘irligi 6 kg dan ko‘p bo‘lmasligi va asbob yordamisiz olinadigan (ochiladigan) qilib o‘rnatilishi lozim.
197. To‘siqlar dastgohning texnologik imkoniyatlarini cheklamasligi va ishlash, yig‘ishtirish, sozlash paytida noqulaylik yaratmasligi, uni ochganda ish joyidagi pol chiqindilar bilan ifloslanmasligi kerak.
198. Tanovar, mahsulot va hokazolarni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan transport qurilmalari tashilayotgan buyumlar tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siqlar bilan jihozlanishi kerak.
199. Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat yetkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.
200. Dastgoh (avtomatik liniya)larni sozlash paytida gidrostansiyaning zolotniklar holati qo‘lda almashlab ulanish chog‘ida yig‘uv birliklari turtib harakatlanish o‘rniga butun yo‘l uzunligida siljisa, operator gidrostansiyadan uzoqlashmasdan dastgoh (liniya)ning boshqaruv pultidagi o‘chirish tugma (knopka)sidan foydalana olmaydigan hollar uchun gidrostansiyada gidro-yuritmani avariyaviy o‘chirish tugmasi o‘rnatilishi lozim.
201. Dastgohlar shpindel, kronshteyn, kallaklar, babka, ko‘ndalang moslama va boshqa yig‘uv birliklari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lish lozim.
202. Dastgohlar yig‘uv birliklari harakatlanishining oxirgi holatlari, yig‘uv birliklarining ruxsat berilgan chegaradan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan cheklanishi lozim.
203. Tanovarlar va list, polosali materiallar mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlov berish jarayoni faqat detal mahkamlanib bo‘lgandan so‘ng ishga tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim.
204. Ochiq ishlov berish hududli ish avtomatik rejimda bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka tuzilmasi bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi faqat yopiq holatda bo‘lgandagina ishga tushishini ta’minlashi lozim.
205. Agar gidravlik yoki pnevmatik yuritmalar mexanizmlar ishlashi (masalan, og‘irlikni muvozanatlashni amalga oshiradigan) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, moy (havo) bosimi ruxsat berilgan chegaradan pastga tushgan yoki shu mexanizmlarga moy (havo) kelmay qolgan hollarda avariya yoki jarohatlanish yuz berishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar ko‘zda tutilishi kerak.
206. Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak.
207. Masofadan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada “Ehtiyot bo‘l, avtomatik tarzda yurgiziladi!” ogohlantirish belgi va yozuvlari bo‘lishi kerak.
208. Uskunani boshqarish organlari va axborot aks ettirish vositalari ularning ish vazifasiga, ahamiyati va tez-tez qo‘llanishiga ko‘ra joylashtirilishi lozim.
209. Uskunani eng kerakli va ko‘p foydalaniladigan boshqarish organlari harakat maydonining optimal hududi va oson yetishish hududlari doirasida, ahamiyatsizroq va kamdan-kam ishlatiladigan organlar — yetishish hududida joylashgan bo‘lishi lozim.
210. “Yurgizish” tugmasining bosmasi qora rangda bo‘lishi, tugmalar qurilmasi qopqog‘ining ichiga kamida 3 mm ga kiritilgan yoki aylana halqaga ega bo‘lishi kerak. “To‘xtatish” tugmasining bosmasi qizil rangli, tugmalar qurilmasi qopqog‘idan yoki aylana halqadan 2-3 mm chiqib turishi va issiq, elektr toki o‘tkazmaydigan materialdan yasalgan bo‘lishi kerak.
211. Avariya vaziyatlarida qo‘llaniladigan boshqarish organlarining sirtlari qizil rangga bo‘yalishi lozim.
212. Uskuna shoshilinch to‘xtatilishi uchun qulay joylarda, doimiy ish o‘rni hududida yoki tez-tez xizmat ko‘rsatiladigan xavfli uzel yaqinida joylashgan qo‘ziqorinsimon bosmali “To‘xtatish” tugmasi bilan jihozlanishi kerak.
213. Agar odamlarga xavf soladigan uskuna qismi operator ko‘rish doirasidan tashqarida, xavfli ish organlari hududida joylashgan bo‘lsa qo‘shimcha avariyaviy o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. Avariyaviy o‘chirgich va tugmalar konstruksiyasi va joylashishi ulardan har xil ish vaziyatlaridan foydalanish imkonini ta’minlashi lozim.
214. Yirik gabaritli yoki uzun o‘lchovli uskuna, unga xizmat ko‘rsatish paytida operator harakatda bo‘lsa, har 10 m da avariyaviy “To‘xtatish” tugmasiga ega bo‘lishi lozim.
Uskuna tutashgan xonalarda joylashgan bo‘lsa, har bir xonada avariyaviy “To‘xtatish” tugmasi bo‘lishi kerak.
215. Agar individual avariyaviy o‘chirish qurilmalariga ega bo‘lgan bir nechta dastgohlar uzunligi 10 m dan ortiq avtomatik liniyaga birlashgan bo‘lsa, bunday liniya qo‘shimcha ravishda umumiy avariyaviy o‘chirish qurilmasi bilan jihozlanishi kerak.
216. Agar dastgoh (avtomatik liniya)da bir nechta avariyaviy to‘xtatish tugmasi qo‘llanilsa, bu holda har biriga majburiy qaytarish qurilmasi o‘rnatilishi kerak.
217. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasi eng katta quvvatli dvigatelni nominal elektr kuchlanishdagi boshlang‘ich yurgizish tokiga va boshqa hamma iste’molchilarning nominal toklari yig‘indisiga mos bo‘lgan maksimal yuklanishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
218. Uskunaning avariyaviy o‘chirish qurilmasi, ish paytida tanaffus yuz berganda avariya ro‘y berishi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni o‘chirmasligi lozim.
219. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi uskunani ishga tushirib yubormasligi lozim. Agar ishlovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun harakatning orqaga qaytish yo‘nalishini yurgizish talab etilsa, bu harakat uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasi ishga tushganda boshlanishi kerak.
220. Ishga tushirish qurilmalarining konstruksiyasi va holati (tugma, richag va hokazo) uskunani tez, ishonchli tarzda yurgizilishi va o‘chirilishini ta’minlashi hamda ularning o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
221. Qo‘l bilan boshqarish organlari (shu jumladan elektr boshqaruv pultlarida joylashgan) shunday yasalgan va joylashgan bo‘lishi kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lishi, qo‘llarni qisib qolish yoki boshqa boshqarish organlari va dastgoh qismlariga tiqilib qolish hollariga olib kelmasligi hamda tasodifan boshqarish organlarini ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
222. Limba, daraja (shkala), yozuv va belgilar aniq bo‘lishi, o‘chmasligi, kamida 0,5 m masofadan yaxshi o‘qilishi kerak.
223. Uskunani bir nechta ishga tushirish joyi bo‘lishi tavsiya etilmaydi.
224. Bir nechta shaxslar xizmat ko‘rsatadigan uskunaning boshqarish organlari, harakatlarning zaruriy ketma-ketligini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
225. Ish o‘rnidan to‘liq ko‘rinmaydigan dastgoh (avtomatik liniya)lar to‘satdan ishga tushirilganda ularning yaqinida turgan odamlarga jarohat yetkazishi mumkin bo‘lsa, dastgoh (liniya)larning boshqarish pultidan yurgizish tugmasini bosganda avtomatik tarzda ishga tushadigan va kamida 15 sekund xabar berib turadigan ogohlantirish signalizatsiyasi bilan ta’minlanishi zarur.
226. Harakatlanuvchi qismlarni faqat kichik tezlikda ishlaganda yoki to‘liq to‘xtaganda almashlab-ulashga imkon beradigan boshqarish organlari ularni katta tezlikda ishlayotganda almashlab-ulashga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka qurilmalariga ega bo‘lishi lozim.
227. Blokirovka qurilmalarini qo‘llamaslikka texnik jihatdan asoslar bo‘lgan hollarda boshqarish organlari yoniga ogohlantirish yozuvlari va belgilari o‘rnatilishi kerak.
228. Dastgohlarning dastak va boshqa boshqarish qurilmalari ularning o‘z-o‘zidan siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan fiksatorlar bilan ta’minlanishi kerak.
229. Detallarga ishlov berish jarayoni ularni dastgohga o‘rnatish va olish bilan bir vaqtning o‘zida bajariladigan dastgohlarda qo‘llaniladigan ko‘p pozitsiyali moslamalar qisqichlarining dastak (richag)lari ish bajarilayotgan paytda uskunaning harakatlanayotgan qismi, asbob, ishlanayotgan detal, qirindilar va boshqalar jarohat yetkaza olmaydigan hududda joylashgan bo‘lishi lozim. Mahsulotni qisish yoki bo‘shatish vaqtida dastaklar asbob tarafiga harakatlanmasligi lozim.
230. Agar bitta boshqaruv organini turli holatlarga ketma-ket siljitish yo‘li bilan biror-bir yig‘uv birligining harakati ishga tushirilganda jarohat olish mumkin bo‘lsa, dastgoh konstruksiyasi bunday harakatga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
231. Doimiy qo‘l bilan boshqarish paytida yig‘uv birliklar harakatlarini boshqaruvchi organlarning dastak va richag (maxovik)lariga beriladigan kuch kattaligi 40 N dan, asosiy yuritmaning friksion muftasi uchun harakat boshi va oxirida 80 N dan oshmasligi lozim.
232. Dastgohlarning boshqarish dastaklaridagi ushlash qismi, ular o‘rta holatda joylashganda (stol, maxsus ustunchalar ustida joylashgan dastgohlar bundan mustasno), dastgohlar asosining pastki tekisligidan yoki boshqarish amalga oshirilayotgan maydonchalardan balandligi 0,5 m dan ko‘proq va 1,7 m dan kamroq bo‘lishi kerak.
233. Elektr toki bilan boshqaruv pultlari tugmalarining pastki qatori kamida 0,6 m balandlikda, yuqori qatori esa dastgoh asosining pastki tekisligidan yoki xizmat ko‘rsatish maydonchasidan 1,7 m dan ko‘p bo‘lmagan balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
234. Pastki tugmalar qatori 0,9 m dan pastroq balandlikda joylashgan boshqaruv pultining vertikal tekislikka nisbatan qiyaligi 30o dan kam bo‘lmasligi lozim.
235. Massasi 10 tn gacha bo‘lgan dastgohlarda tanovar, asbobni mahkamlaydigan va dastgoh yig‘uv birliklarini harakatlantiradigan mexanizmlarning olinadigan dastaklari uchun mo‘ljallangan maxovikchalar o‘qi va vint (val)lar uchi joylashgan balandlik 0,5 m dan kam bo‘lmasligi va xizmat ko‘rsatish maydonchasidan yoki dastgoh asosining pastki tekisligidan 1,5 m dan oshmasligi kerak.
236. Detallarni ko‘plab yoki seriyalab ishlab chiqarishga mo‘ljallangan dastgohlarda, faqat boshqa xil detalga ishlov berish uchun dastgohni sozlash paytida ishlatiladigan qo‘l boshqaruv organlarini dastgoh asosining pastki tekisligidan 2,5 m dan ko‘p bo‘lmagan balandlikda joylashtirishga ruxsat etiladi.
237. Stol ustida joylashgan dastgoh va o‘tirilgan holatda xizmat ko‘rsatiladigan dastgohlarning boshqarish organlarida ushlash qismlarining balandligi pol sathidan 0,5 m dan ko‘p va 1,4 m dan kam bo‘lishi kerak.
238. Oyoq tovonining to‘la yuzasi bilan harakatga keltiriladigan boshqaruv organlari pedallarining ish yuzasi g‘adir-budur bo‘lishi, o‘lchamlari 200 x 80 mm dan kam bo‘lmasligi, ustki uchi pol sathidan 100 mm dan baland bo‘lmasligi va harakat yo‘li 45 — 70 mm oraliqda bo‘lishi lozim.
239. Oyoq uchi bilan (tovon polga tiralib turganda) harakatga keltiriladigan boshqaruv organi pedallarining ish yuzasi o‘lchovlari kamida 90 x 60 mm, harakatlanish yo‘li 25 — 40 mm oraliqda bo‘lishi, pedalga beriladigan kuch 12 N dan kam va 30 N ko‘p bo‘lmasligi kerak.
240. O‘lchov asboblarining (o‘lchash chizg‘ichlaridan tashqari) ko‘rsatkichlarini doimiy kuzatish talab qilinsa, ularni shunday o‘rnatish kerakki, har bir asbobning daraja (shkalasi)si quyidagi balandlikda bo‘lsin:
a) tik turgan holatda ishlaganda — 1,0 m dan 1,8 m gacha;
b) o‘tirgan holda ishlaganda — 0,7 m dan 1,4 m gacha.
Aniq o‘lchov olish bajariladigan asboblar tegishli ravishda 1,2 — 1,6 m va 0,9 — 1,3 m oraliqdagi balandlikka o‘rnatilishi lozim.
Doimiy kuzatish talab qilmaydigan asboblar 0,3 — 2,5 m balandlikda o‘rnatilishi mumkin.
241. Dastgohlarning harakatlanuvchi elementlarida (masalan, stollarda) joylashgan almashlab-ulash yo‘lidagi tirgaklar holatini rostlash shu elementlar harakatlanish paytida amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa, tirgaklar holatini rostlash jarayonida xodimning qo‘l barmoqlarini jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘rilishi lozim.
242. Dastgohlarda tanovarni o‘rnatish, mahkamlash, to‘g‘rilash uchun va boshqa sabablar bilan asosiy harakatning qisqa muddatli qadamba-qadam yuritilishi zarur bo‘lsa, dastgohlar ushbu yuritishni amalga oshiradigan qurilmalarga ega bo‘lishi lozim.
243. Texnik jihatdan zaruriyat bo‘lganda, maxsus va ixtisoslashtirilgan dastgoh va avtomatik liniyalar, ularga tanovarlar rolgang yoki transportyor yordamida kelmasa, massasi 8 kg dan ortiq bo‘lgan tanovarlarni, shuningdek massasi 20 kg dan ko‘p bo‘lgan asbob va moslamalarni ham o‘rnatish uchun individual ko‘tarish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
244. Ko‘tarish qurilmasi yukni turli holatlarda, shuningdek, to‘satdan energiya elitgichlar (elektr energiya, moy, havo) kelishi to‘xtaganda ham ushlab turishi lozim.
245. Dastgoh ishlab turgan paytda tanovarni o‘rnatish va olish ishlari bajariladigan hollarda va bunda xodim jarohat olish ehtimoli bo‘lsa, ushbu jarayonlar, shuningdek qisish va bo‘shatish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilishi lozim.
246. Yaqqol zaharli xossalarga (berilliy, magniy qotishmalari, qo‘rg‘oshinli bronzalar va boshqalar) ega bo‘lgan materiallarga ishlov beriladigan dastgohlarga tanovarlarni o‘rnatish va bo‘shatish uchun, ular majburiy tartibda avtomatlashgan manipulyator yoki sanoat robotlari bilan jihozlanishi lozim.
247. Mayda detallarga ishlov berish paytida, ularni o‘rnatish va olish ishlari ishchining qo‘li harakatlanayotgan asbob va ishlanayotgan detallarga tegishi mumkinligi sababli xavf tug‘dirsa va uni toliqtirsa, mexanik qurilmalar (bunker, mexanik qo‘l va boshqalar) qo‘llanilishi kerak.
248. Avtomatlar bunkyerlarining yuqori qirralari, ularga tanovarlar qo‘l bilan yuklansa, pol sathidan 1,3 m dan baland bo‘lmasligi kerak. Bunker qirralari bundan balandroqda joylashgan bo‘lsa, doimiy tag supacha yoki tegishli balandlikdagi maydonchalar ko‘zda tutilishi kerak.
249. Tanovarlar mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlov berish siklining ishga tushirilishi tanovarlarning mahkamlash jarayoni tugashi bilan blokirovkalanishi lozim.
250. Avtomatik qisish qurilmalari xavfsiz qisish va bo‘shatish jarayonlarini hamda energiya elitgichlar (qisilgan havo yoki moy) kelmay qolganda, ish sikli to‘liq tugashiga qadar tanovarni ishonchli tarzda ushlab turilishini yoki kesuvchi asbobni chetga olinishi va dastgohni to‘xtatilishini ta’minlashi zarur.
251. Qisuvchi va boshqa qurilmalarning pnevmoyuritmalarida, shuningdek texnologik jihozlarda ishlab bo‘lgan havo qirindi va changni tarqatib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
252. Dastgohning elektr dvigateli yoki texnologik jihozning pnevmoyuritmalaridan chiqqan havo oqimi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar doimiy yoki vaqtincha turish hududiga (pol sathi yoki xizmat ko‘rsatish maydonchasidan balandligi 2 m gacha bo‘lgan joylar) kelmasligi lozim.
253. Vazni 15 tn gacha bo‘lgan dastgohlarda tanovar va asboblarni mahkamlash qurilmalarining vint gaykalarini burash, shuningdek dastgoh yig‘uv birliklarini siljitish uchun mo‘ljallangan, olinadigan, tez-tez ishlatiladigan dastaklar zarur mustahkamlikka ega bo‘lishi va og‘irligi 2,6 kg dan ortiq bo‘lmasligi, vazni 15 tn dan ko‘p bo‘lgan dastgohlarda esa 4 kg dan ziyod bo‘lmasligi kerak.
254. Olinadigan dastaklarning ish yuzasi va ular bilan tutashgan dastgohlarning yig‘uv birliklarini siljitish,tanovar va asboblarni mahkamlash qurilmalarining ish yuzalari qattiqligi 35 NRSdan kichik bo‘lmasligi va ular aylanganda tutashgan yuzalar ezilib, dastaklar uzilishiga sabab bo‘lmasligi uchun yetarli kontakt maydonchasiga ega bo‘lishi lozim.
255. Qisuvchi moslamalarning richag (dastak)lariga qo‘yiladigan kuchning yo‘nalishi ishlov berilayotganda asbob, aylanayotganda tanovar yoki dastgohlar qismiga qaratilmagan bo‘lishi kerak.
256. Dastgohga moslamalarni mahkamlash usuli ularni dastgoh va almashtiriluvchi sozlash moslamalariga ishonchli biriktirilishini ta’minlashi, moslamalarning va uning qismlarini foydalanish jarayonida o‘z-o‘zidan bo‘shab ketishiga va siljishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
257. Moslamalarning harakatlanuvchi qismlarini vaqti-vaqti bilan moylab turish zarur bo‘lsa, tegishli qurilmalar ko‘zda tutilishi kerak.
258. Ochiq paz (T-simon, “qaldirg‘och dumi” va boshqa)larga mahkamlanadigan aylanuvchi moslama va almashtiriluvchi qurilmalar, ularning markazdan qochma kuch ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan saqlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak.
259. Texnologik jihozlarning pnevmatik qurilmalari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar doim yoki vaqtincha turadigan hududlarga havo chiqarmasligi kerak.
260. Moslamaning dastgoh gabaritlaridan chiqib turgan qismlari dastgoh ishiga xalaqit qilmasligi, boshqaruv organlariga o‘tishni cheklamasligi, jarohatlanish xavfi tug‘dirmasligi lozim.
261. Moslamal | 85 | 63,241 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 170 | 725 |
Qonunchilik | Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida | Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmini kengaytirish va sifatini oshirish;
ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
homilador ayollar va bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularning binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va yangilarini qurish;
nogironligi bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirish, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
zamonaviy talablarga javob bera oladigan va ilg‘or texnologiyalarni egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar hamda bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash;
sog‘lom farzandlarning tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. 2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
4. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning har bir viloyatda, tumanda (shaharda) amalga oshirilishini hamda mas’ullar tomonidan ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, o‘smirlar, ayniqsa o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimi muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ushbu yo‘nalishda tegishli vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtirish, onalar va bolalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash.
Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Kengash vazifalarini amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar unga vakolatlari doirasida har tomonlama ko‘mak beradilar hamda so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradilar;
Kengashning ishchi organi aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning ijrosi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib boradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilishi belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Loyiha doirasida:
kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaga nisbatan ularni davlat reyestriga kiritmasdan va o‘rnatilgan yig‘imlarni undirmagan holda bir martalik davlat ro‘yxatiga olinishi va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini ro‘yxatga olish natijalarining tan olinishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonalariga Loyihani o‘z vaqtida sifatli amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishi va buning uchun zarur tashkiliy-amaliy choralar ko‘rishi belgilab qo‘yilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar viloyatlar va Toshkent shahrida ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam tizimini chuqur tahlil qilib, uning sifati va ommabopligini oshirish bo‘yicha hududiy loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — hududiy loyihalar) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Belgilansinki:
hududiy loyihalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad perinatal yordam sifatini oshirish va tibbiyot muassasalari infratuzilmasi, ularning tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan standartlarga muvofiqlashtirish hisoblanadi;
hududiy loyihalar har bir hududning individual xususiyatlari, shu jumladan uning geografik joylashuvini aholi sog‘lig‘iga ta’siri, onalar va bolalar kasallanishi hamda o‘limi darajasi, tibbiyot muassasalarining jihozlanganligi, kadrlar salohiyati va aholining tibbiy savodxonligini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda hududiy loyihalar doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarini xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar imtiyozli kreditlari va grantlari hamda budjetdan tashqari boshqa mablag‘larni jalb qilgan holda tibbiy, shu jumladan yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Bolalar xirurgiyasi markazi);
Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Reabilitatsiya markazi);
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida, bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi navbatchi shifokor postlari.
9. Belgilansinki:
Bolalar xirurgiyasi markazi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya o‘quv davolash metodik markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi hamda Toshkent shahar 2-son bolalar klinik shifoxonasining mavjud o‘rinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida davlat tibbiyot muassasasi shaklida;
Reabilitatsiya markazi Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazi negizida hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar birlashmasining mavjud o‘rinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga davlat tibbiyot muassasasi shaklida;
bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi navbatchi shifokor postlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch bo‘limlarining mavjud pediatrik o‘rinlar fondi va shtat birliklari negizida;
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.
10. Quyidagilar:
a) Bolalar xirurgiyasi markazining asosiy vazifalari etib:
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kardioxirurgiya, urologiya, neonatal xirurgiya, neyroxirurgiya va xirurgiyaning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
bolalar xirurgiyasi sohasi bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, sohani jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiya qilish asosida rivojlantirish;
b) Reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib:
18 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, salomatligini reabilitatsiya qilish orqali davolash, nogironlikning oldini olish;
kasalliklarning profilaktikasi va tibbiy reabilitatsiya bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan yordamga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, respublika sohaviy muassasalariga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
v) Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining asosiy vazifalari etib:
aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, bepushtlikni bartaraf etish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullarini qabul qilingan klinik protokollar va standartlar asosida qo‘llash;
zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg‘or diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, ushbu yo‘nalishda xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilansin.
11. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar xirurgiyasi markazini qurish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidan belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
2020-yil 1-aprelga qadar Bolalar xirurgiyasi markazini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini;
2023-yil 1-yanvarga qadar Bolalar xirurgiyasi markazining qurib bitkazilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Belgilansinki, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan tug‘ruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, sog‘liqni saqlash va FHDY organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDY organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini (keyingi o‘rinlarda — Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirsin:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan hisobot shakllarini real vaqt rejimida yuritish;
Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturiga xususiy tibbiyot muassasalarining ulanishi hamda uni sog‘liqni saqlash kompleks axborot tizimiga integratsiya qilish uchun zarur sharoitlar yaratish.
15. Belgilansinki, Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi 2020-yil 1-iyuldan boshlab mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
2020-yil 1-fevralga qadar Reabilitatsiya markazi va Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining nizom va tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun alohida litsenziya talablari, shu jumladan Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini yuritish shartlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolash-diagnostika xizmatlari bo‘yicha uslub va texnologiyalarni kiritgan holda, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid klinik protokollarni, diagnostika va kasalliklarni davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati tizimida mavjud umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish va sonini optimallashtirish hisobidan pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini nazarda tutuvchi shtatlar me’yorlarini tasdiqlasin.
Belgilansinki, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligidan pediatr va akusher-ginekolog lavozimiga o‘tuvchi mutaxassislarning ish staji va toifasi saqlanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari ro‘yxatining rus tilidagi matni 4-bandidagi “Prinyatiye rodov i prekraщeniye” so‘zlari “Prekraщeniye” so‘zi bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
1. Loyihaning maqsadlari.
1.1. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.
1.2. Onalar va go‘daklarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholining o‘z sog‘ligi va ovqatlanishi bo‘yicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish.
2. Loyihani amalga oshirish joyi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Maqsadli hududlar: Beruniy, Qo‘ng‘irot tumanlari va Nukus shahri.
Qo‘shimcha ravishda To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Mo‘ynoq, Shumanay va Qonliko‘l tumanlari qamrab olinadi.
3. Loyihani amalga oshirish muddati.
18 oy.
1. Loyihani amalga oshirish uchun mas’ullar:
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
2. Loyihani moliyalashtirish manbalari:
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi mablag‘lari — 1,61 mln AQSh dollari;
YUNISEF mablag‘lari — 155,4 ming AQSh dollari;
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi mablag‘lari — 54 ming AQSh dollari.
1. Onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish.
2. II-darajali perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
3. Perinatal muassasalarining tibbiyot xodimlarini homilador ayollar va go‘daklarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va maslahat berish masalalari bo‘yicha salohiyatini oshirish.
Loyiha ilovada keltirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida homilador ayollar va go‘daklarga ko‘rsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshiriladi. | 148 | 17,590 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING YaNGI TAHRIRDAGI USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 11-yanvardagi PQ-775-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining aksiyalari chiqarilishini aksiyalar prospektini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirmasdan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy davlat hokimiyati organlari mulkida bo‘lgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son va 1999-yil 22-apreldagi 189-son qarorlariga muvofiq bank muassasalari tomonidan foydalanilayotgan 2-ilovaga* binoan binolar va xonalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki balansiga tekin bersinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq banki sarmoyasini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 12-dekabrdagi 474-son qarorining 3-bandi va qarorga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 77-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 103 | 1,641 |
Qonunchilik | “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi QL-870-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi QL-870-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 344 |
Qonunchilik | Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-fevraldagi 54-sonli “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining yangi namunalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitalari qaror qiladilar:
1. Ilova qilinayotgan “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-505-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 45-son, 440-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 285-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1996-y., 8-son, 24-modda) muvofiq alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibini belgilaydi.
1. Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan muddatlarda amalga kiritiladi va har 2 yilda yangilanadi.
Amal qilish muddati tugagan aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlari markalanmagan hisoblanadi hamda ular belgilangan tartibda olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishi kerak.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan paytdan boshlab eski namunadagi aksiz markalarini xarid qilish va ularga buyurtmalarni joylashtirishga doir buyurtmanomalarni qabul qilish taqiqlanadi.
Eski namunadagi aksiz markali alkogolli va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishga mazkur Nizomning 5 va 10-bandlari talablarini hisobga olgan holda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy mobaynida ruxsat beriladi.
3. Yangi namunadagi aksiz markalari belgilangan tartibda ishlab chiqaruvchilar va importchilarning nomi yozilgan kod raqamlari bilan birga buyurtiriladi, alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida esa ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va iste’mol idishining litrdagi hajmi ham ko‘rsatiladi.
4. Eski namunadagi aksiz markalarini yo‘qotish bo‘yicha xarajatlarni eski namunadagi aksiz markalari yoki ular bilan markalangan mahsulotga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar amalga oshiradi.
5. Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganidan keyin alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulotlarni sotishni eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashidan besh oy oldin to‘xtatadi.
6. Alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kunda va eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulot qoldiqlari, shuningdek foydalanilmagan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari inventarizatsiya qilinadi.
7. Ishlab chiqaruvchi korxonalarda eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlari mavjud bo‘lganda, eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlari yangi namunadagi aksiz markalari yangidan yopishtirilib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.
8. Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari va eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda qayd etilgan, foydalanilmagan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari korxonada tashkil etiladigan komissiya tomonidan kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
9. Inventarizatsiyani o‘tkazish komissiyasiga soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlari (ma’muriyat vakillari, aksiz markalar uchun mas’ul shaxslar, buxgalteriya xodimi) kiritiladi. Komissiya tarkibi korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Inventarizatsiyalash (mazkur Nizomga ilovaga binoan dalolatnoma — ro‘yxat shaklida rasmiylashtiriladi) natijalari aksiz markalarini hisobga olish ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Aksiz markalari kamomadi uchun mazkur korxona rahbariyati va moddiy javobgar shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Komissiya inventarizatsiyalash to‘g‘ri, o‘z vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda o‘tkazilishi, shuningdek aksiz markalari to‘liq hajmda yo‘q qilinishi uchun javob beradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi namunadagi aksiz markalarining joriy etilishi bilan uning hududiga eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini olib kirish eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga besh oy qolganda to‘xtatiladi.
11. Eski namunadagi ishlatilmagan aksiz markalarining qoldiqlari ular inventarizatsiya qilinganidan keyin tarkibida bojxona, moliya organlari va importchilarning vakillari bo‘lgan komissiya tomonidan yo‘q qilinishi (kuydirish yo‘li bilan) kerak. Eski namunadagi aksiz markalarining ishlatilmagan qoldiqlarini importchi tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashidan besh oy oldin eksportchidan qabul qilib olishi kerak. Talab qilib olingan eski namunadagi aksiz markalari tarkibida bojxona, moliya organlari va importchilarning vakillari bo‘lgan komissiya tomonidan yo‘q qilinadi (kuydirish yo‘li bilan). Eski namunadagi aksiz markalarining yo‘q qilinishi to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuziladi.
12. Komissiya tarkibi aksiz markalarini yo‘q qilish joyidagi hududiy bojxona organi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Komissiya inventarizatsiyalash to‘g‘ri, o‘z vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda o‘tkazilishi, shuningdek aksiz markalari to‘liq hajmda yo‘q qilinishi uchun javob beradi.
13. Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab savdo tashkilotlari, shu jumladan ulgurji savdoni amalga oshiruvchilari, ushbu tovarlarni ishlab beruvchi korxonalardan ham yangi, ham eski namunalardagi aksiz markalari bilan birga xarid qiladilar. Savdo tashkilotlari tomonidan eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarning xarid qilinishi eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolganda to‘xtatiladi.
14. Savdo tashkilotlari eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududida eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishning belgilangan muddati tugashiga qadar sota oladilar.
15. Eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning belgilangan muddati tugaydigan kunda savdo tashkilotlari eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarining qoldiqlarini inventarizatsiyalashni o‘tkazadilar (uning natijalari mazkur Nizomga ilovaga ko‘ra dalolatnoma — ro‘yxat shaklida rasmiylashtiriladi).
16. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun savdo tashkilotlarida soliq va moliya organlarining vakillari, savdo tashkilotlarining mas’ul xodimlaridan (rahbar, moddiy javobgar shaxs, buxgalteriya xodimi) komissiya tashkil etiladi, u mazkur savdo tashkiloti rahbariyatining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya inventarizatsiyalash to‘g‘ri, o‘z vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda o‘tkazilishi uchun javob beradi.
17. Inventarizatsiya qilish paytida savdo tashkilotlarida bo‘lgan, amal qilish muddati o‘tib ketgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlari qonunchilikka muvofiq olib qo‘yilishi va yo‘q qilinishi kerak.
19. “Agrobank” OATBning mintaqaviy bo‘linmalari yangi namunadagi aksiz markalari joriy qilinishidan bir kun oldin importchilarga eski namunadagi aksiz markalari berishni to‘xtatadilar.
20. “Agrobank” OATB mintaqaviy bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan eski namunadagi aksiz markalari qoldiqlari bo‘yicha inventarizatsiya tarkibida soliq va moliya organlari, aksiz markalari tegishli bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning vakillari hamda tegishli bankning mas’ul xodimlari (rahbariyati, buxgalteriya xodimi va aksiz markalari uchun moddiy javobgar shaxsi) bo‘lgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi va o‘sha kuni markalar (ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun mo‘ljallanganlaridan tashqari) yo‘q qilinadi (kuydirish yo‘li bilan), bu haqda komissiya tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
“Agrobank” OATBning mintaqaviy bo‘linmalarida ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun mo‘ljallangan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari bo‘yicha soliq va moliya organlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari va tegishli bankning mas’ul xodimlari (rahbariyat, buxgalteriya xodimi va aksiz markalari uchun moddiy jihatdan mas’ul bo‘lgan javobgar shaxs) tarkibidagi komissiya tomonidan eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishga ruxsat etilgan muddatning tugashiga qadar besh oy oldin inventarizatsiya o‘tkazilib, shu kunning o‘zida markalar yondirish yo‘li bilan yo‘q qilinadi, bu haqda komissiya tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
21. Eski namunadagi aksiz markalarini inventarizatsiyalash yakunlari hisob bo‘yicha tekshiriladi. Inventarizatsiyalash chog‘ida belgilangan aksiz markalarining kamomadi uchun mazkur bank rahbariyati (moddiy javobgar shaxs) qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
22. Komissiya inventarizatsiyalash to‘g‘ri, o‘z vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda o‘tkazilishi, shuningdek aksiz markalari to‘liq hajmda yo‘q qilinishi uchun javob beradi.
23. “Agrobank” OATB mintaqaviy bo‘linmalarining inventarizatsiyalashdan keyin yo‘q qilingan eski namunadagi aksiz markalarini yetkazib berish va saqlash bo‘yicha xarajatlari bo‘linmalarning o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
25. Mazkur Nizom AT “Paxta bank” bilan kelishilgan. | 129 | 10,498 |
Qonunchilik | KORXONALARNI MODERNIZATSIYALASh VA TEXNIK QAYTA JIHOZLASh BO‘YIChA SALMOQLI SARMOYa KIRITISh ShARTI BILAN NAZORAT PAKETINI TAShKIL QILMAGAN AKSIYA PAKET (ULUSh)LARINI SOTIB OLGAN INVESTORLARGA DAVLAT ULUShINI BOShQARISh HUQUQINI BERISh TARTIBI TO‘G‘R | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2005-yil 8-iyuldagi 01/06-18/03-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha salmoqli sarmoya kiritish sharti bilan nazorat paketini tashkil qilmagan aksiya paket (ulush)larini sotib olgan investorlarga davlat ulushini boshqarish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (2005-yil 5-avgust, ro‘yxat raqami 1504) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 256-modda) kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,406 |
Qonunchilik | “Xalq ta’limi muassasasining Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2012-yil 13-iyundagi 185-son “Xalq ta’limi muassasasining Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2377, 2012-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 302-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 798 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, faoliyati yo‘nalishlarini, funksiyalarini va huquqlarini belgilaydi.
2. Davlat raqobat qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, davlat mulkini boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bozori, xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, baholash, rieltorlik va reklama faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va o‘z faoliyatini davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Davlat raqobat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari ta’minoti, ularni moddiy-texnik ta’minlash:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
8. Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat raqobat qo‘mitasining eng muhim vazifasi hisoblanadi.
9. Quyidagilar Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan obyektlar reyestrini, shuningdek davlat aktivlari reyestrini shakllantirish;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;
ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlash;
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etish;
davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish;
monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;
kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaxassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish.
10. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasida:
tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan obyektlar reyestrini, shuningdek davlat aktivlari reyestrini shakllantirishni, ularni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va soha mutaxassislarini jalb etgan holda texnik jihatdan va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlashni tashkil etadi;
soliq, statistika, kadastr va boshqa davlat organlari ma’lumotlari bazasi bilan o‘zaro elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qarori asosida tashkil etilgan Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyalarning joylarda xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar xatlovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi;
soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlilni doimiy ravishda olib boradi va shu asosda ishlamayotgan, kam quvvatli va iqtisodiy nochor korxonalarni, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalarini aniqlaydi;
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlari mavjud ilgari xususiylashtirilgan korxonalarning ishlamayotgani va kam samarali ekanligining omillari va sabablarini aniqlaydi;
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini, tijorat banklari hamda mulkdorlarni jalb qilgan holda ishlamayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
idoralararo komissiyalar bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirishni ta’minlaydi;
“yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammolarni ularning vakolatlari doirasida hal qilish yuzasidan iltimosnomalar va bajarilishi majburiy bo‘lgan talablar yuborish yo‘li bilan xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xususiylashtirilgan korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklari kreditlari ajratilishida ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, kasb-hunar kollejlari bazasida xususiylashtirilgan korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik asoslari va biznes-reja ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa mavzular bo‘yicha o‘quvini respublikada muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari va chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda tashkil etadi;
idoralararo komissiyalarga ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish fondining daromad va xarajatlari hisobini yuritadi;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish fondi mablag‘larini amalda xususiylashtirilgan korxonalarda investitsiya loyihalarini shu jumladan tijorat banklari kredit liniyalarini ajratish vositasida bajarishga, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini o‘qitishni tashkil etishga yo‘naltirishni ta’minlaydi;
Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘qitish respublika o‘quv markazi va uning hududiy filiallarining xususiylashtirilgan korxonalar rahbarlari hamda ishlab chiqarish va texnik xodimlari uchun biznes-reja ishlab chiqish, tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv yuzasidan doimiy o‘quv kurslari faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishini yangidan boshlayotgan tadbirkorlik subyektlariga biznes-reja tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni hal etish va kerakli axborotlarni olishda ekspertlik, huquqiy va maslahat ko‘magi ko‘rsatish uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi;
ilgari xususiylashtirilgan bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlarni tahlil qiladi va ularni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
b) bankrotlik, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:
bankrotlik ishlari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasini yuritish yo‘li bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik tartibotlarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda bankrotlik tartibotlarining borishini nazorat qiladi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;
tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
iqtisodiy nochor korxonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya tartibotlarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzdor bo‘lgan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini o‘tkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartibotlari qo‘llangan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini ko‘rib chiqadi va bu to‘g‘ridagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi, sud boshqaruvchilari attestatini berish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda bankrotlik tartibotining borishini nazorat qiladi, shuningdek sudgacha sanatsiya chog‘ida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash monitoringini amalga oshiradi;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va sudgacha sanatsiyani amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoxud mulkida davlat ulushi bo‘lgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
v) qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va korporativ boshqaruv sohasida:
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar birja savdosi tamoyillariga rioya qilishni ta’minlash choralarini ko‘radi;
moliyaviy vositalarning yangi turlarini, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkonini beradigan qimmatli qog‘ozlar hosilalarini joriy etishga ko‘maklashadi;
davlat boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozorini, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani shakllantirish va ularning amal qilishi jarayonlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
qimmatli qog‘ozlar bozorida fuqarolarning va xorijiy investorlarning, shu jumladan, investitsion va professional faoliyatni rag‘batlantirish, qimmatli qog‘ozlar bozorida jamoaviy investitsiyalash shartlarini takomillashtirish yo‘li bilan faolligini oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirishga doir takliflarni shakllantiradi;
xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, shu jumladan, ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
ijro etuvchi organlar va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari rahbarlarining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish bo‘yicha hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning hamda korporativ boshqarish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ular faoliyati monitoringini olib boradi, shuningdek ularning samarali o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;
aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv va nazorat organlari faoliyatining amaliy masalalarini aks ettiruvchi korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘llanmalar nashr etadi, shuningdek investorlar va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini ta’lim jihatidan qo‘llab-quvvatlashning shakllantirilishiga ko‘maklashadi;
xalqaro tashkilotlar bilan korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
g) xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlash va realizatsiya qilish, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:
manfaatdor davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish bo‘yicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va xususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;
xususiylashtirish obyektlari, shartlari va shakllari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi, xususiylashtiriladigan korxonalar — emitentlar va ular tomonidan chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi, shuningdek mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
Erkin iqtisodiy hududlarning ma’muriy kengashi qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari, xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;
xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdisi bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tuziladigan bitimlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;
ustav kapitaliga berilgan obyektlardan tashqari, yangi mulkdorga xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek xaridorning xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni o‘tkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshirig‘ini taqdim etadi;
xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi hamda xususiy mulkdorlar tomonidan xususiylashtirish obyektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;
d) davlat mulki obyektlarini tasarruf etish, shu jumladan, ularni xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish va samarali boshqarish sohasida:
davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek davlat korxonalari va muassasalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi nomidan muassisi bo‘ladi;
qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat aksiyalar paketi (ulushi) bo‘yicha xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadori (ishtirokchisi) huquqlarini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga beradi;
“Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUK boshqaruviga xo‘jalik jamiyatlari aksiyalari paketlari (ulushlar)ni beradi;
davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha berish yuzasidan xatlovlarni amalga oshiradi;
davlat ko‘chmas mulkini, davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish ko‘radigan xo‘jalik jamiyatlarining, davlat ko‘chmas mulkini xatlovdan o‘tkazadi va hisobga oladi (xatlovdan o‘tkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);
davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;
davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‘ladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;
davlat korxonalariga davlat mulkini berish bo‘yicha davlat korxonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq davlat mulkini boshqarish masalalari bo‘yicha davlat organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish komissiyasiga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqidan foydalanuvchi (“oltin aksiya”) davlat vakillarini tayinlash va ozod etish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-son qarori bilan tuzilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilari bilan xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish shartnomalari tuzilishini ta’minlaydi;
davlatning ishonchli vakillari, davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi, aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yig‘ilishlarida va kuzatuvchi kengashlar majlislarida ovoz berish tartibi bo‘yicha ularga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek ularni taqdirlash tartibini belgilaydi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa — jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqadi;
e) monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:
monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuboradi;
raqobatga qarshi xatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning, shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarga narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhlarining ustunlik mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, ularni qo‘shish yoki birlashtirishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ustama narxlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari va ustunlik mavqeyini egallagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini narxlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarining birja savdolariga qo‘yilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;
ustunlik mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shaxslar guruhi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar narxlari monitoringini olib boradi;
j) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
iste’mol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi;
jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi;
reklama sohasida insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik va noto‘g‘ri reklamaga barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘radi;
davlat organlari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
z) birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash sohasida:
birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaydi;
baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
birjalar, baholash, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
i) faoliyatning boshqa sohalarida:
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi bo‘yicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar cho‘zilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, Davlat raqobat qo‘mitasi, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari va mutaxassislarining ish usullari va metodlarini takomillashtiradi, ularning o‘zlariga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi yuzasidan mas’uliyatini oshiradi;
xalqaro hamkorlikni va Davlat raqobat qo‘mitasiga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
11. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va o‘zining idoraviy mansub tuzilmalari orqali amalga oshiradi.
12. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari va arizalar berish, normativ-huquqiy hujjatlar qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqish jarayonida qatnashish;
davlat organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, tijorat banklaridan va boshqa tashkilotlardan Davlat raqobat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni so‘rash va bepul olish;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar belgilari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik asoslariga o‘qitish respublika o‘quv markazida tadbirkorlik subyektlari o‘quvini tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar-kollejlari o‘qituvchilarini, vazirliklar va idoralar, muvaffaqiyatli ish olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari mutaxassislarini, respublikada ishlayotgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash, shu jumladan xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashuvchi tijorat banklarining kredit liniyalariga mablag‘lar ajratish;
strategik davlat mulki obyektlarining yagona ro‘yxati, davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining xususiylashtirish bo‘yicha qarorlari yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni va mol-mulkni sotish, shuningdek ularni shu jumladan tashqi bozorlarda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari va/yoki boshqa majburiyatlar bajarilishini, shu jumladan investitsiya kiritish obyektiga borib o‘rganish;
muayyan davrga o‘zaro majburiyatlar va xususiylashtirilgan obyekt faoliyati shakllari to‘g‘risida bitim tuzish;
joyiga borgan holda xatlovdan o‘tkazish va davlat mulkidan foydalanish samaradorligini tekshirish;
idoraviy bo‘ysunishdan, idoraviy bo‘ysunish mavjud bo‘lmaganda, hududiy bo‘ysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki xo‘jalik jamiyatlarining yig‘ilishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yo‘li bilan ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan davlat korxonalari, xo‘jalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;
davlat unitar korxonalarida, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida tashabbus ko‘rsatiladigan auditorlik tekshirishlari o‘tkazish uchun auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida aniqlash;
aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;
amaliy tadqiqotlarni bajarish, ekspertiza o‘tkazish, normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda modernizatsiyalash samaradorligini oshirish va marketingni rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
korporativ boshqaruv, menejment, moliya va qimmatli qog‘ozlar sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish va qonun buzilishlarini aniqlash, ular bo‘yicha ish qo‘zg‘ash va (yoki) ko‘rib chiqish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, davlat organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarini tegishli javobgarlikka tortish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga, sud boshqaruvchilariga raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatini tiklash to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek berilgan ko‘rsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslarga jarimalar solish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi ishlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish, shu jumladan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, shuningdek jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
hay’at qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tahlil qilish (o‘rganish, tekshirish);
tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini normallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shuningdek tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korxonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional mansubligi bo‘yicha tegishli xo‘jalik birlashmalari balansiga berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda, uni majburiyatlarni ijro etish boshqaruvchisidan ozod etish haqida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish, sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan xo‘jalik jamiyati bo‘yicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
xulosalar olish uchun boshqa organlarning mutaxassislarini jalb etish;
Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etish, shuningdek ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zaruriyat bo‘lganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etish;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
Davlat raqobat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.
Davlat raqobat qo‘mitasi, zarurat bo‘lganda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda qaror va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
14. Davlat raqobat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
15. Davlat raqobat qo‘mitasi vakolati yuzasidan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, istisno tariqasida, Davlat raqobat qo‘mitasining markaziy apparatida va hududiy organlarida qonun hujjatlariga asosan tuzilgan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
16. Davlat raqobat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi raisi:
Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va Davlat raqobat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy organlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
hududiy organlarning ular tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarini (ko‘rsatmalarini) bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Rais vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi o‘rinbosar bajaradi.
17. Davlat raqobat qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Davlat raqobat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at:
Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Davlat raqobat qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at Davlat raqobat qo‘mitasining vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
Hay’at majlislariga Davlat raqobat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va o‘zga tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa Hay’at vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Davlat raqobat qo‘mitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyatining tartibi uning Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlari Davlat raqobat qo‘mitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Davlat raqobat qo‘mitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
19. Quyidagilar Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi;
viloyatlar va Toshkent shahrida — xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari bevosita Davlat raqobat qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradilar.
20. Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari o‘z faoliyatini Davlat raqobat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradilar.
21. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlarining mansabdor shaxslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish va xizmat mavqeyidan shaxsiy maqsadlarida foydalanish huquqiga ega emas.
22. Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari xodimlariga davlat organlarida va (yoki) Davlat raqobat qo‘mitasi tizimida ko‘p yillik uzluksiz xizmat qilganligi uchun bir yo‘la har yillik mukofot quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan koeffitsiyentlarda) quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan ortiq — 1,5.
Ko‘p yil uzluksiz xizmat qilganlik uchun to‘lanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Davlat raqobat qo‘mitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek Davlat raqobat qo‘mitasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablag‘lari ish haqi va boshqa mukofotlarni to‘lash manbalari hisoblanadi.
23. Davlat raqobat qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori) 2013-yil 23-oktabrdagi 287-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 76-modda) ilovaning 3-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2015-yil 21-maydagi 134-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 39-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat- taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 30-iyundagi 173-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 52-modda) 2-ilovaning 11-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyuldagi 180-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-sonli hamda “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-avgustdagi O‘RQ-392-sonli qonunlari) 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 84-modda) ilovaning 13-bandi. | 156 | 51,547 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Pardayev, Y. Xoliyarov va S. Ismailov tomonidan 2018-yil 6-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin. | 182 | 1,126 |
Qonunchilik | VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI TAShKILIY-KADRLAR XIZMATI MAQOMINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy ijro hokimiyati organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va yangilash ishlarini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining e’tiborlari joylarda tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘shashtirib yuborilganligiga, ularni bu sohada davlat siyosati tamoyillarini joriy etishga qodir bo‘lgan tajribali va layoqatli mutaxassislar bilan to‘ldirishga qaratilsin.
3. Hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha guruhlari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini yaratish va muvofiqlashtirish;
hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish;
hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh iste’dodli, mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq bo‘lgan vatanparvar, fidoiy kadrlarni tanlash va ular to‘g‘risida hokimiyat rahbariyatiga axborot va takliflar berib borish;
rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini o‘rganib borish va takliflar kiritish;
ta’lim muassasalalari va o‘quv yurtlari bilan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
hududlardagi kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan yagona kompyuter ma’lumotlar bazasini yaratish va undan doimiy ravishda samarali foydalanish.
4. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kadrlar bo‘yicha davlat siyosati tamoyillarining amalga oshirilishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish va tarbiyalash uchun shaxsan javobgardirlar.
Ikki oy muddat ichida ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha guruhlarini maxsus bilim va tayyorgarlikka, kasbiy va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, o‘z bilimi va ishchanlik malakasi bo‘yicha davlatning kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga qo‘yish siyosatini amalga oshirilishini ta’minlovchi kadrlar bilan yangilash va to‘ldirish yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli hokimliklar xodimlarining cheklangan shtatlari soni doirasida, mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi to‘lash bo‘yicha guruhlar jadvalidan kelib chiqib:
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparati tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha guruh rahbarlari ish haqini Axborot-tahlil guruhlari rahbarlarinikiga tenglashtirilgan holda moliyalashtirishni ta’minlasin;
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 17-iyundagi 301-son qarorining 1, 2, 5-ilovalariga, “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorining 1, 2, 3, 4, 9, 10, 11, 12-ilovalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov va Prezidentning Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha davlat maslahatchisi zimmasiga yuklatilsin. | 106 | 3,644 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 52-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyat mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi”;
2) 91-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart:
1) o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish;
2) tintuv;
3) ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;
4) tergov eksperimenti;
5) shaxsni ushlash;
6) himoyachidan voz kechish;
7) shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda to‘rtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi”;
3) 217-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llaganida shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamog‘iga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning ko‘chirma nusxasi ishga ilova qilinadi”;
4) 224-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa:
1) o‘zini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko‘ra o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi;
2) gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi;
3) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi;
4) ushlab turilgan shaxsga u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;
5) ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.
Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv yoki olib qo‘yishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan so‘ng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi.
Shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi.
Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qo‘yish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qo‘yilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi so‘roqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi”;
5) 225-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning ko‘rsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni;
2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda ko‘rsatilgan qanday asoslarga ko‘ra ushlanganligini;
3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini;
4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga qaysi vaqtda olib kelinganligini;
5) shaxsiy tintuv qilish va olib qo‘yish natijalarini (ular o‘tkazilgan bo‘lsa);
6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u o‘tkazilgan bo‘lsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 226 | 9,174 |
Qonunchilik | “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-820-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 629 |
Qonunchilik | Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda) 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsni bankrot deb topish taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qo‘yilmagan talablari bankrot deb topish taomili tugallanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxs bankrot deb topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsni sud tomonidan bankrot deb topishning yoki uning o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 6-moddasi birinchi qismining 18-bandidagi “uch kunlik muddatda” degan so‘zlar “uch ish kuni ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. | 164 | 4,031 |
Qonunchilik | SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 7 va 2002-8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1097 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 3-4-son; 2003-yil, 4-son; “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y. 10-son, 121-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 138 | 787 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda):
1) 22-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi”;
2) 45 va 46-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, suvni muhofaza qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari doirasida, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda obyektlarga tahdid kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega bo‘lmagan, shuningdek ularda belgilangan talab ko‘rsatkichlaridan chetlangan holda xomashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ham o‘tkaziladi.
Ekologik sertifikatlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi”.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to‘lanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda) sakkizinchi bo‘limidagi “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi ko‘p miqdor — eng kam ish haqining besh baravari va undan ortiq miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi katta bo‘lmagan miqdor — eng kam oylik ish haqining o‘ndan bir baravaridan bir baravarigacha bo‘lgan miqdor” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar) 345-moddasining:
beshinchi qismidagi “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi “167” raqamidan keyin “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari bilan to‘ldirilsin.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda):
1) 1754-moddasining dispozitsiyasidagi “(alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa tovarlar tarzida)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 224-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo‘l qo‘yish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “186, 1861-moddalari” degan so‘zlar “186-moddalarida, 1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 248-moddasining ikkinchi qismidagi 4-band “223-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “224-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 264-moddasining birinchi qismi “1791-moddalarida” degan so‘zlardan keyin “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 287-moddasining:
1-bandidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “176-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 198-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
7) 288-moddasining uchinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismi “soliq organlarining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “Bojxona qoidalari” degan so‘zlardan keyin “yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 291-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi “d” bandi bilan to‘ldirilsin:
“d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda hamda 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 762-moddasi:
uchinchi qismidagi “omonatchi talab qilishi bilanoq” degan so‘zlar “omonatchining talabi bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa xabardor etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati o‘tganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat yuzasidan foizlar to‘lanmaydi”.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 10-modda):
1) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan to‘ldirilsin:
Ommaviy axborot vositalarining ishlab chiqarilishi hamda tarqatilishi sohasida monopollashtirishga va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bironta ham yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma besh foizidan ortig‘iga muassis (hammuassis) bo‘lishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda o‘z mulkida, egaligida, foydalanishida, tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli emas”;
2) 6-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda talablarini buzganlikda aybdor shaxslar, shu jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”;
3) 11-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Quyidagilar muassis bo‘lishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
faoliyati qonun bilan taqiqlangan jamoat birlashmalari.
Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning ommaviy axborot vositalarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
4) quyidagi mazmundagi 111, 112, 113 va 114-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ta’sis shartnomasi va ustav (nizom) ommaviy axborot vositasining ta’sis hujjatlari hisoblanadi.
Bir nechta muassis o‘rtasida tuziladigan ta’sis shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
muassislarning nomi haqidagi;
ta’sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, faoliyati predmeti va maqsadi, chiqish davriyligi haqidagi;
ta’sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining nomi, pochta manzili haqidagi;
ommaviy axborot vositasining ustav fondi miqdori, moliyalashtirish manbalari va uni hosil qilish tartibi haqidagi;
muassislarning ommaviy axborot vositasi faoliyatida ishtirok etishiga doir huquqlari va majburiyatlari haqidagi;
ommaviy axborot vositasi faoliyatini boshqarish tartibi haqidagi;
foydani taqsimlash tartibi haqidagi;
ommaviy axborot vositasini qayta tashkil etish, tugatish (ommaviy axborot vositasining faoliyatini tugatish) tartibi haqidagi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar to‘g‘risidagi.
Agar bir shaxs muassis hisoblansa, u ro‘yxatga oluvchi organga ustavini taqdim etadi.
Muassis bilan tahririyat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar, javobgarlik, nizolarni hal etish tartibi va boshqa shartlar to‘g‘risida, shuningdek uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
Muassis quyidagi huquqlarga ega:
ta’sis shartnomasi, ustav (nizom) va qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositasining ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar taqsimotida ishtirok etish;
ommaviy axborot vositasini muassis yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmui sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;
ommaviy axborot vositasi muharririni (bosh muharririni), shuningdek tahrir hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish;
eng katta hajmi va e’lon qilish muddati tahririyat ustavida (nizomida) yoki ta’sis shartnomasida belgilanadigan xabarni yoki reklama tusida bo‘lmagan materialni o‘z nomidan bepul joylashtirish;
ommaviy axborot vositasi tugatilgan yoki ommaviy axborot vositasining faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
Muassis quyidagilarni bajarishi shart:
ommaviy axborot vositasining ustavini (nizomini) tasdiqlash;
ommaviy axborot vositasi tahririyati bilan shartnoma tuzish;
ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
Muassis senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga yoki tahririyatning ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ommaviy axborot vositasining ishlab chiqarilishi va tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas, ta’sis shartnomasida yoki ustavda (nizomda) nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonun hujjatlariga muvofiq muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Muassisning huquqlari va majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi:
ommaviy axborot vositasi uchinchi shaxs foydasini ko‘zlab boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
muassis — yuridik shaxs bankrotga uchraganda yoki tugatilganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmi bilan sudlanganda;
vafot etganda.
Muassisning huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin”;
5) 12-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Arizaga ta’sis hujjatlari ilova qilinadi”;
to‘rtinchi qismidagi “uch” degan so‘z “olti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki sudning qarori bilan tugatilishi (yoki to‘xtatilishi) mumkin.
Ommaviy axborot vositasi ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muntazam rioya etmay kelgan taqdirda vakolatli organ ommaviy axborot vositasini tugatish (uning faoliyatini tugatish) haqida sudga murojaat etishga haqli”;
ikkinchi qismi tegishincha uchinchi qism deb hisoblansin;
7) 17-moddasining:
nomidagi “yoki uning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qaror” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “shuningdek ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qaror” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda) 5-moddasi birinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisidagi “ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini” degan so‘zlar “chiqindilarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda) 17-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “uning ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi xarajatlarini qoplash uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda) 33-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “uning ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga doir xarajatlarini qoplash uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”. | 105 | 19,197 |
Qonunchilik | “ARXIVLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish masalasi bo‘yicha Oliy Majlis huzurida maxsus komissiya tuzilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 81 | 683 |
Qonunchilik | 2004—2006 YILLARDA FERMER XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYASI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda istiqbolda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi asosiy subyekt bo‘lib qoladigan fermer xo‘jaliklarini ustuvor rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish maqsadida:
1. Yaqin yillarda fermer xo‘jaliklari barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
fermer xo‘jaliklarining to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan va fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantiradigan huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratish;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni moliyalashning bozor tamoyillariga javob beradigan hamda moliyalashning uslub va shakllarini tanlashda, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishda fermer xo‘jaliklarining mustaqilligini, barcha xarajatlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishdan tushadigan o‘z daromadlari hisobiga qoplashni ta’minlaydigan ishonchli tizimini shakllantirish;
bozor sharoitida biznesni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash tizimini yaratish;
qishloqda fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlariga qarab barcha zarur xizmatlarni ko‘rsata oladigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan 2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda 2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, tanlov asosida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularga yerni uzoq muddatli ijaraga berishda qishloq xo‘jaligi ekinlari, birinchi navbatda, paxta va g‘allani yetishtirishga ketadigan barcha xarajatlar fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishdan tushadigan o‘z daromadlari hisobiga qoplanishi tamoyiliga qat’iy rioya qilinishi zarur. Bunda elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradigan va fermer xo‘jaliklariga boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi shart.
Kamida uch yil davomida muntazam ravishda bu tamoyilga amal qilmagan fermer xo‘jaliklari bilan yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinib, o‘zi tarqatib yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
4. Fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jalik maydonlaridan boshqa maqsadda foydalanish, shu jumladan shartnomada ko‘rsatilgan ekinlar o‘rniga boshqa ekin ekish — ijara shartnomasini qo‘pol buzish deb hisoblanadigan hamda amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan choralar qo‘llaniladigan tartib joriy etilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, fermer xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun ijaraga yer maydonlari berish haqidagi tuman hokimining qarori viloyat hokimi boshchiligidagi yer maydonlarini ajratish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan fermer xo‘jaliklarini tijorat banklari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash yo‘li bilan, mavjud kreditorlik qarzlari to‘langandan so‘ng mablag‘larni erkin tasarruf qilish huquqini bergan holda ularni moliyalashga 2004-2005-yillar mobaynida bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutuvchi mexanizmni ishlab chiqsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
fermer xo‘jaliklariga aylantiriladigan qishloq xo‘jalik shirkatlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari taqdimnomasiga ko‘ra har yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi;
fermer xo‘jaliklari davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollari aniqlangan hollarda, shuningdek, yagona yer solig‘i belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda fermer xo‘jaliklari faoliyatini faqat ularga ijaraga berilgan yerlardan ijara shartnomasiga muvofiq maqsadli va unumli foydalanish masalalari bo‘yicha tekshirishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining qonuniy manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlasin, ularning xo‘jalik faoliyatiga boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning har qanday noqonuniy aralashishga urinish hollariga qat’iy chek qo‘ysin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birga respublika hududlarida fermyerlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha biznes-maktablar tarmog‘ini yaratsin, bir oy muddatda ularning joylashish manzillarini belgilasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birga ikki oy muddatda fermyerlarni bozor sharoitida biznesni boshqarish va yuritish, buxgalteriya hisob-kitobi, sug‘urta, banklar va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan munosabatlar asoslari bo‘yicha o‘qitishni ko‘zda tutuvchi Fermyerlar tayyorlash dasturini tayyorlasin va tasdiqlasin, o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga fermer xo‘jaliklari o‘zi uchun zarur yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, yem-xashak, urug‘lik va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun zarur boshqa resurslarni xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqsin va 2004-yildan boshlab joriy etsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki, teng huquqli raqobat sharoitini yaratish uchun muqobil mashina-traktor parklari soliqqa tortish shartlari va qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmat (shudgorlash, ekish, ishlov berish, yig‘ib olish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar bo‘yicha “O‘zagromashservis” uyushmasining viloyat birlashmalari mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi.
12. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlarni 2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklariga aylantirish dasturini tasdiqlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
14. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda “Konsepsiya” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF–3226-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
1. Mazkur Konsepsiya istiqbolda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning asosiy subyekti bo‘lib qoladigan fermer xo‘jaliklarini 2004—2006-yillar davrida ustuvor rivojlantirishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning eng samarali shakli sifatida Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish asosida yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish, shuningdek yer va suv resurslaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishini rag‘batlantiruvchi va mas’uliyatni oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda, moddiy-texnika resurslarini olishda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatiladigan lizing xizmatlarini kengaytirish asosida fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
fermer xo‘jaliklarining kreditlarni bemalol olishini kengaytirish hamda ularni berish tartibini soddalashtirishni hisobga olgan holda fermyerlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishini moliyalash va kreditlashni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
qishloqda mahsulot tayyorlash, uni qayta ishlash va sotish, shuningdek fermer xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilmani keng ko‘lamda rivojlantirish;
fermyerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil qilish;
qishloq xo‘jalik fani, texnikasi va agrotexnologiyalarning eng yangi yutuqlari bo‘yicha fermyerlar keng foydalana oladigan zamonaviy axborot tizimini barpo etish;
qishloq xo‘jalik shirkatlari fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirishni ta’minlash.
3. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi quyidagi prinsipial qoidalardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
fermer xo‘jaliklari, qoidaga ko‘ra, tugatilayotgan zarar ko‘rib ishlovchi past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari negizida tashkil etiladi;
fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida tashkil qilinadi;
yer uchastkalari fermyerlarga tanlov asosida ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan uzoq muddatli (ellik yilgacha) ijaraga beriladi. Bunda fermer xo‘jaliklariga biriktiriladigan yer maydonlarining eng kam o‘lchami bo‘yicha mavjud cheklashlar saqlab qolinadi;
fermer xo‘jaliklariga berilgan yer uchastkalari shirkat xo‘jaliklari balansidan chiqariladi;
fermer xo‘jaliklarini shakllantirish uchun yerlarni ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan belgilanadi;
fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garovga qo‘yish obyekti bo‘lishi, shuningdek qo‘shimcha ijaraga berilishi mumkin emas;
fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarga muvofiq maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashi shart. Fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jalik maydonlaridan boshqa maqsadda foydalanish, shuningdek shartnomada ko‘rsatilgan ekinlar o‘rniga boshqa ekin ekish — ijara shartnomasini qo‘pol buzish deb hisoblanadi hamda amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan barcha choralar qo‘llaniladi;
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berishga hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlar olishga shartnomalar faqat fermer xo‘jaliklarining o‘zlari tomonidan tayyorlov, qayta ishlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladi;
qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan paxta va g‘allani yetishtirishga ketadigan barcha xarajatlar fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishdan tushadigan o‘z daromadlari hisobiga qoplanadi;
fermer xo‘jaliklari elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradigan va fermer xo‘jaliklariga boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart;
fermyerlar bilan yollanma xodimlar, shu jumladan, oila a’zolari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari amaldagi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yollash shartnomalariga asoslanadi;
fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida kooperatsiyalashish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyoviy, maslahat hamda boshqa xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha jamiyatlar, uyushmalar va boshqa birlashmalarga kirish huquqiga egadirlar.
4. Fermer xo‘jaliklari tanlov asosida faqat qayta tashkil etilayotgan zarar ko‘rib ishlagan va istiqbolsiz xo‘jaliklar yerlari hisobigagina emas, balki zaxiradagi yerlar, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi kooperativlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari hisobiga ham tashkil etilishi mumkin.
5. 2004—2006-yillarda Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun mahalliy xususiyatlarni chuqur tahlil etish asosida umuman respublika bo‘yicha hamda viloyatlar va tumanlar bo‘yicha Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi ishlab chiqilmoqda, Dastur yer-suv munosabatlari va moliya-kredit mexanizmi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mehnat munosabatlarini takomillashtirish va fermer xo‘jaliklaridagi kadrlar malakasini oshirish masalalarini qamrab oladi. Ushbu Dastur eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.
6. Yer-suv munosabatlarini takomillashtirish sohasidagi chora-tadbirlar:
fermer xo‘jaliklari bilan shirkatlar o‘rtasida yer uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarni qaytadan rasmiylashtirib, bunda qo‘shimcha hujjatlarni talab qilmagan hamda to‘lov va yig‘imlar undirilmagan holda tuman hokimliklari bilan ijara shartnomalari tuzishni nazarda tutish;
er va suv resurslaridan maqsadli, oqilona va unumli foydalanganlik, tuproq unumdorligini oshirganlik va yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilaganlik uchun fermyerlarni rag‘batlantirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari tizimini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining iqtisodiy bahosini hisobga olgan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarishning yangi tartibini hamda o‘z mablag‘lari hisobiga yangi yerlarni o‘zlashtirganlik uchun rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
7. Moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish sohasidagi chora-tadbirlar:
fermer xo‘jaliklarining moliyaviy holatini mustahkamlash hamda ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ketadigan barcha xarajatlarni, shu jumladan, elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini yetkazib beradigan, shuningdek xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishdan tushadigan o‘z daromadlari hisobiga qoplashlarini ta’minlash;
2004-2005-yillar mobaynida kreditlarni rasmiylashtirish va ajratish tartibini soddalashtirgan holda barcha fermer xo‘jaliklarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlashtirishga o‘tkazish qisqa muddatda kreditlar olish va yer uchastkasiga ijara huquqi bilan egalik qilish uchun — joriy yilda kutilayotgan hosilni garovga qo‘yish, uzoq muddatli kreditlar olish uchun — yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymat bahosini belgilash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda;
kredit uyushmalari tashkil etish yo‘li bilan fermer xo‘jaliklarini bank tomonidan kreditlashga muqobil tarzda moliyalash va kreditlash shakllarini rivojlantirish;
Orolbo‘yi mintaqasida, shuningdek yerlari kuchli sho‘rlangan va suv ta’minoti kam bo‘lgan mintaqalarda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish sohasiga investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etish tadbirlarini ishlab chiqish.
8. Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda servis va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi chora-tadbirlar:
moddiy-texnika resurslarini markazlashtirilgan tartibda taqsimlashni tugatish va bozor tuzilmalari orqali erkin sotishni tashkil qilish asosida fermer xo‘jaliklari uchun shunday resurslarni bemalol olish imkoniyatini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini, ular uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratgan holda butun choralar bilan rivojlantirish. 2004—2006-yillarda qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirishga oid maxsus dasturni amalga oshirish;
fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qishloq xo‘jalik texnikasi va mashina-uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha lizing xizmatlarini kengaytirish;
mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy institutlar tizimini shakllantirish, konsalting va axborot-marketing xizmatlari tarmoqlarini kengaytirish.
9. Mahsulot tayyorlash, qayta ishlash va sotish tizimini takomillashtirish sohasidagi chora-tadbirlar:
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va eksport qilish hajmi oshirilishini iqtisodiy rag‘batlantirish, shuningdek ularni eksport qilish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti, xizmatlar va moddiy-texnika resurslarining tashqi hamda ichki bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha axborot-marketing xizmati tizimini takomillashtirish;
fermer xo‘jaliklari bilan tayyorlov, qayta ishlash va qishloqqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomaviy munosabatlar tizimini takomillashtirish;
fermer xo‘jaliklari zaruratga qarab ixtiyoriylik asosida kooperatsiyalashishlari, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, qayta ishlash va o‘z mahsulotini sotish bo‘yicha jamiyatlar, uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishlari mumkin.
10. Mehnat munosabatlarini takomillashtirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi chora-tadbirlar:
fermyerlar bilan yollanma xodimlar (jumladan oila a’zolari) o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini mehnat shartnomalari asosida shakllantirish;
fermyerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha doimiy ishlaydigan biznes-maktablarni, shuningdek ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirishlarini tashkil qilish;
qishloq xo‘jalik shirkatlarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayonida bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladigan xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish;
noqishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil qiluvchi fermyerlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun aholi zich joylashgan tumanlardagi shaxslarni mehnat resurslari taqchil bo‘lgan mintaqalarga jalb etish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
11. Konsepsiyani amalga oshirish 2007-yilga borib fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarining umumiy qishloq xo‘jaligi yerlaridagi salmog‘ini 17,5 foizdan 63,3 foizgacha va sug‘oriladigan maydonlardagi salmog‘ini 72,1 foizgacha ko‘paytirish imkonini beradi.
12. 2007-yilga qadar fermer xo‘jaliklarining respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushini 25 foizgacha yetkazish mo‘ljallanmoqda. Fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uch yil mobaynida 2 baravar ko‘payadi.
13. Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilma obyektlari tarmog‘i kengaytiriladi. Ularning soni 2007-yilga borib 8,2 mingtadan oshib ketadi.
2003-yilga nisbatan muqobil mashina-traktor parklari soni 4,1 baravar, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi 4,6 baravar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sotish obyektlari tarmog‘i 4,4 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash tarmoqlari 1,8 baravar, yoqilg‘i-moylash materiallari sotish tarmoqlari 4,6 baravar, axborot bilan ta’minlash va konsalting tarmoqlari 1,9 baravar, kichik banklar 3,1 baravar, nasldor mollar sotish va zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmoqlari 1,2 baravar ko‘payadi.
14. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish natijasida 2004—2006-yillar davrida qishloq xo‘jaligidan qariyb 77 ming kishi bo‘shab qoladi, ularni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi. | 80 | 20,435 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin: | 94 | 195 |
Qonunchilik | Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda — ekspert komissiyalari) asosiy vazifalari etib belgilansin:
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yig‘majildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish;
davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yig‘majildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;
saqlov muddati tugagan hujjatlar va yig‘majildlarni yo‘q qilishga ajratishni tashkil etish va o‘tkazish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish.
2. Quyidagilar:
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, komissiya ishini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, komissiya ishini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
ekspert komissiyalari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi;
ekspert komissiyalari tarkibi tashkilot rahbari buyrug‘i bilan tuziladi hamda ushbu komissiyalar qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
ekspert komissiyalari o‘z faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tegishliligi bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston milliy arxivlari tomonidan kelishiladigan nizom asosida amalga oshiradi;
ekspert komissiyalarini tugatish yoki qayta tuzish tegishliligi bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston milliy arxivlari xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaziy ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — MEK):
davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi;
davlat organi va tashkiloti hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun tuziladigan, o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi.
3. MEK davlat organi yoki tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan tuziladi.
4. MEK qarorlari davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi ro‘yxatda belgilangan saqlash muddatlarini o‘zgartirish va ro‘yxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni tasdiqlash yuzasidan MEK qarorlari tegishlicha O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi o‘rinlarda — Milliy arxiv) tomonidan ko‘rib chiqilib, “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgandan so‘ng kuchga kiradi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Davlat organi va tashkiloti hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — EK) — tashkilot hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — ETUK) — O‘zbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining MEK va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — METK) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzurida ish olib boradigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash va ularni doimiy saqlashga tanlab olish maqsadida hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlarini (yaratilish vaqti, yaratilish asosi, ahamiyatliligi) hisobga olgan holda o‘rganish.
6. MEK o‘z faoliyatida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
7. Ushbu Nizomga muvofiq davlat organi yoki tashkiloti tomonidan Markaziy ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizom ishlab chiqiladi hamda tegishlicha “O‘zarxiv” agentligi yoki Milliy arxiv bilan kelishilgan holda davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Quyidagilar MEKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yig‘majildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish;
davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yig‘majildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;
saqlov muddati tugagan hujjatlar va yig‘majildlarni yo‘q qilishga ajratishni tashkil etish va o‘tkazish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
EKlar ishini uslubiy boshqarishni va nazoratini amalga oshirish.
9. MEK o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yig‘majildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishida:
rasmiylashtirilgan doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
saqlash muddati 10 yildan ortiq bo‘lgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
b) davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yig‘majildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish yo‘nalishida:
hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalarini ma’qullaydi;
arxivlarga saqlash uchun topshirilishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlaydi;
arxivga saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi;
v) saqlov muddati tugagan hujjatlar va yig‘majildlarni yo‘q qilishga ajratishni tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishida:
doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining ro‘yxati MEK va ETUK qarorlari asosida davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlarning ro‘yxati MEK qarori asosida ma’qullanib, tegishli ETUK bilan kelishilgandan hamda davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqida dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
hujjatlarning tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
g) arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish yo‘nalishida:
hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan taxminiy va namunaviy yig‘majildlar nomenklaturalarini ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
davlat organi va tashkiloti, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan sohaviy va tarmoq ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
mas’ul bo‘limlar tomonidan ishlab chiqilgan idoraning yig‘majildlari nomenklaturasini, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomani, idoraviy arxiv to‘g‘risida nizomni, MEK to‘g‘risida nizomni ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
d) EKlar ishlarini uslubiy boshqarishni va nazoratini amalga oshirish yo‘nalishida:
hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi ro‘yxatda belgilangan saqlash muddatlarini o‘zgartirish va ro‘yxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va tegishlicha ETUK (METK)ga taqdim qiladi;
davlat organi va tashkiloti, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibini optimallashtirish masalalari bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalarni ishlab chiqadi;
komissiya yig‘ilishlarda muntazam ravishda EKlar faoliyatini tekshirish natijalarini, mazkur komissiyalar raislari hisobotlarini eshitib boradi;
EK a’zolari uchun ko‘rsatma va maslahatlar berib borishni tashkil etadi, davlat organi va tashkiloti, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining ish yuritish va arxiv xizmati xodimlari, ekspert komissiyasi a’zolari malakalarini muntazam oshirib borish tadbirlarini tashkil qiladi;
tegishli arxivlarning jamlash manbaiga kirmagan tizimdagi tashkilotlarga yig‘majildlar nomenklaturasi, shaxsiy tarkib yig‘majildlar ro‘yxati, yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni, topilmagan hujjatlar hamda hujjatlarning tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni tuzish, ko‘rib chiqish va kelishishda, hujjatlarni jamlashni tashkil etish, saqlash va hisobini yuritish masalalarida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
10. MEK quyidagi huquqlarga ega:
tarkibiy bo‘linmalar va tizimdagi tashkilotlarga ish yuritishni olib borish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, idoraviy saqlovga topshirish uchun tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berish, shuningdek doimiy va uzoq muddat saqlanadigan yig‘majildlarning qidiruvini tashkil etish, hujjatlar va yig‘majildlarning mavjud emasligi sabablari haqida yozma tushuntirish berishni so‘rash;
komissiya yig‘ilishlarida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, tizimidagi tashkilotlarning ish yuritish va arxiv xizmati rahbarlarining ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yig‘majildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi to‘g‘risida axborotlarini tinglash;
tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlaridan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash uchun xulosalar va boshqa materiallarni so‘rab olish;
komissiya yig‘ilishlariga tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari arxiv xodimlarini hamda maslahatchi va ekspert sifatida boshqa mutaxassislarini taklif etish;
tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining ish yuritish va arxivlar holatini tekshirish hamda o‘rganishlar o‘tkazishda ishtirok etish;
davlat organi va tashkiloti rahbariyatini MEK va EK faoliyati masalalari bo‘yicha muntazam xabardor etib borish.
11. MEK:
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlarini bajarishga;
hujjatlar bo‘yicha ish yuritishni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalarining nazoratini amalga oshirishga;
komissiya yig‘ilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga mas’ul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yig‘majildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi nazoratini amalga oshirishga;
komissiya yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
12. MEK davlat organi va tashkiloti rahbarining buyrug‘iga asosan tarkibiy bo‘linmalarning yuqori malakali mutaxassislaridan, rahbar xodimlardan biri raisligida tayinlanadi.
MEK tarkibiga davlat organi va tashkiloti arxivi mudiri yoki arxivariusi, bosh hisobchi, kadrlar ishiga mas’ul va yuqori malakali mutaxassislar, tegishli arxivning vakili majburiy tartibda kiritiladi.
MEK tarkibiga tizim tashkilotlarining vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya kotibligi tashkilotning ish yuritishiga yoki arxiv ishiga mas’ul xodimiga yuklatiladi.
13. MEK o‘z faoliyatini tegishlicha “O‘zarxiv” agentligi METK yoki milliy arxivlarning ETUK bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi va ulardan kerakli tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalarni oladi.
14. MEK davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritadi va davlat organi va tashkilotining birinchi rahbariga ish faoliyati natijalari to‘g‘risida yiliga kamida ikki marta hisobot beradi.
15. MEK vakolatiga tegishli masalalar uning zaruratga ko‘ra, lekin yiliga kamida ikki martadan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.
16. MEK qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. MEK yig‘ilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtirib boriladi.
17. MEK yig‘ilish bayonnomalari rais, komissiya kotibi tomonidan imzolanadi hamda davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
18. MEK ish yurituvini olib borish va uning hujjatlarini saqlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
19. MEKni tugatish yoki qayta tuzish davlat organi va tashkiloti rahbarining qaroriga ko‘ra tegishlicha “O‘zarxiv” agentligi yoki Milliy arxivni xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
21. MEK faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — EK):
davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi;
o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat organi hisoblanadi.
3. Ekspert komissiyasi tashkilot rahbari buyrug‘i bilan tuziladi.
4. Ekspert komissiyasi qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi ro‘yxatda belgilangan saqlash muddatlarini o‘zgartirish va ro‘yxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni tasdiqlash yuzasidan EK qarorlari tegishlicha “O‘zarxiv” agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — arxiv ishi hududiy boshqarmasi), O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi (keyingi o‘rinlarda — Milliy arxiv) tomonidan ko‘rib chiqilib, “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgandan so‘ng kuchga kiradi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ekspert-tekshiruv komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — ETK) /ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — ETUK) — arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston milliy arxivlarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — MEK) va EK faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash va ularni doimiy saqlashga tanlab olish maqsadida hujjatlarni ularning qimmatliligi mezonlarini (yaratilish vaqti, yaratilish asosi, ahamiyatliligi) hisobga olgan holda o‘rganish.
6. EK o‘z faoliyatida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlariga asoslanadi.
7. Ushbu Nizomga muvofiq tashkilot tomonidan Ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizom ishlab chiqiladi hamda tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi yoki Milliy arxiv bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Quyidagilar EKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yig‘majildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish;
davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yig‘majildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish;
saqlov muddati tugagan hujjatlar va yig‘majildlarni yo‘q qilishga ajratishni tashkil etish va o‘tkazish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish.
9. EK o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ish yuritishda tugallangan va idoraviy arxivda saqlanayotgan hujjatlar va yig‘majildlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishida:
rasmiylashtirilgan doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
saqlash muddati 10 yildan ortiq bo‘lgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlarining arxiv ro‘yxatini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
b) davlat arxivlari saqloviga topshirish uchun hujjatlar va yig‘majildlarni saralashni tashkil etish va amalga oshirish yo‘nalishida:
hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalarini ma’qullaydi;
arxivlarga saqlash uchun topshirilishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlaydi;
arxivga saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi;
v) saqlov muddati tugagan hujjatlar va yig‘majildlarni yo‘q qilishga ajratishni tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishida:
doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlarining ro‘yxati EK va ETK/ETUK qarorlari asosida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan, shuningdek shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar yig‘majildlarning ro‘yxati EK qarori asosida ma’qullanib, tegishli ETK/ETUK bilan kelishilgandan hamda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqida dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
hujjatlarning tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlari haqida dalolatnomalarni ko‘rib chiqadi hamda ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
g) arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish yo‘nalishida:
mas’ul bo‘limlar tomonidan tashkilotning yig‘majildlari nomenklaturasini, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomani, idoraviy arxiv to‘g‘risida nizomni, EK to‘g‘risida nizomni ko‘rib chiqadi hamda qaror qabul qiladi;
hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish, alohida hujjatlarning amaldagi ro‘yxatda belgilangan saqlash muddatlarini o‘zgartirish va ro‘yxatda keltirilmagan hujjatlarning saqlanish muddatlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va tegishli ETK/ETUKga taqdim qiladi.
10. EK quyidagi huquqlarga ega:
hujjatlarni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalariga mas’ul xodimlarga, tarkibiy bo‘linmalarga ish yuritishda o‘rnatilgan talablarga muvofiq ko‘rsatmalar berish;
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan tegishli arxivga saqlash uchun topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning qidiruvini tashkil etishni va ular yo‘qolgan holatda yozma tushuntirish taqdim etishni talab qilish;
tarkibiy bo‘linmalardan hujjatlar qimmatliligini va saqlov muddatlarini aniqlash uchun zarur ma’lumot va xulosalarni so‘rab olish;
komissiya yig‘ilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga mas’ul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yig‘majildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi to‘g‘risida axborotlarini tinglash;
komissiya yig‘ilishlariga maslahatchi va ekspertlar sifatida tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini, arxiv xodimlarini taklif qilish;
arxivlarda ish yuritish holati bo‘yicha o‘tkaziladigan sohaviy hamda hududiy o‘rganishlarda va tekshirishlarda ishtirok etish;
komissiya vakolatiga doir masalalar yuzasidan tashkilot rahbariyatini xabardor qilish.
11. EK:
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlarini bajarishga;
hujjatlar bo‘yicha ish yuritishni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish va arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash masalalarining nazoratini amalga oshirishga;
komissiya yig‘ilishlarida ish yuritish yoki arxiv ishiga mas’ul shaxslarning ish yuritishda hujjatlarni rasmiylashtirish va yig‘majildlarni shakllantirish sifati, doimiy va uzoq muddat saqlanadigan hujjatlarning hisobi yuritilishi va saqlanishi nazoratini amalga oshirishga;
komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
12. EK tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan tarkibiy bo‘linmalarning yuqori malakali mutaxassislaridan, rahbar xodimlardan biri raisligida tayinlanadi.
EK tarkibiga tashkilot ish yurituvchisi, arxivariusi yoki arxivga mas’ul shaxs, tegishli davlat arxivining vakili, bosh hisobchi, kadrlar ishiga mas’ul va yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi.
Komissiya kotibligi tashkilot ish yuritish yoki arxiv xizmati xodimi (arxiv uchun mas’ul shaxs)ga yuklatiladi.
13. Davlat arxivlarining jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlarning EK o‘z faoliyatini tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi ETK yoki milliy arxivlarning ETUK bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi va ulardan kerakli tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalarni oladi.
Davlat arxivlarining jamlash manbaiga kiritilmagan tashkilotlarning EKlari ushbu ishlarni yuqori turuvchi tashkilotning MEK nazorati ostida amalga oshiradi.
14. EK tashkilot birinchi rahbariga ish faoliyati natijalari to‘g‘risida yiliga kamida ikki marta hisobot beradi.
15. EK faoliyati va vakolatiga tegishli masalalar zaruratga ko‘ra, lekin yiliga kamida ikki martadan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.
16. EK yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtirib boriladi.
17. EK yig‘ilish bayonnomalari rais, komissiya kotibi tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
18. EK ish yurituvini olib borish va uning hujjatlarini saqlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
19. EK yig‘ilishlarida qabul qilingan qaror komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etganda huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
20. EK qarori xar bir masala (hujjat) bo‘yicha alohida, yig‘ilishda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda EK raisi hal qiluvchi qaror qabul qiladi.
Hal qiluvchi ovozga faqat komissiya a’zolari ega. Taklif qilingan maslahatchi va ekspertlar maslahat berish huquqiga ega.
21. EKni tugatish yoki qayta tuzish tashkilot rahbarining qaroriga ko‘ra tegishlicha arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Milliy arxivni xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
23. EK faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi. | 150 | 26,884 |
Qonunchilik | PUL MUOMALASINI BARQARORLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORALAR TO‘G‘RISIDA | SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillarda chiqarilgan qog‘oz pullari sobiq SSSRning ko‘pchilik mamlakatlari hududida muomalada bo‘lishi to‘xtatilganligi munosabati bilan hamda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bundan buyon, 1993-yilning 9-noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida farmoyishi chiqqunga qadar SSSR davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi naqd rubl qog‘oz pullarini aholi tomonidan omonatlarga qo‘yishda quyidagi tartib o‘rnatilsin:
— doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud omonatlarini bir yo‘la 200 ming rubldan oshmaydigan mikdorda to‘ldirishga, qo‘yilgan omonatlari bo‘lmagan taqdirda esa shuncha miqdorda yangi omonatni qo‘yishga haqlidirlar. Ish haqi, pensiyalar, alimentlar, stipendiyalar va nafaqalarniig tushumlari bo‘yicha naqd pulsiz o‘tkazilgan mablag‘lar ularda hisobga olinmaydi. Jamg‘arma bankining muassasalari omonatchining pasportiga kiritilgan omonat to‘g‘risida belgi qo‘yadi, bu esa xodimning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi;
3. Jamg‘arma banki mahalliy muassasalarining O‘zbekiston hududida propiskada turmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan shaxslardan omonatlarni qabul qilib olishi taqiqlansin.
4. Respublika Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qo‘shimcha ko‘rsatmalarini olgunga qadar yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatga olish hamda bank muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi schyotlar ochish to‘xtatib turilsin.
5. Ko‘zda tutilayotgan tadbirlar munosabati bilan banklarga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga chakana savdoda va pulli xizmatlar sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllaridan kengroq foydalanish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror qat’iy ijro etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qaror bilan respublika aholisini keng ko‘lamda tanishtirish uchun u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, banklarning barcha muassasalarida osib qo‘yilsin. | 72 | 2,301 |
Qonunchilik | Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-son (ro‘yxat raqami 2546, 2013-yil 27-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 711-modda) bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 143 | 612 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O | O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-”j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8-bandining “a” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larni yuridik shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 33-bandning oltinchi xatboshiga “bo‘limlari boshliqlarini” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari o‘rinbosarlarini” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda):
a) Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (1-ilova):
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqani tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi bo‘lmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan bo‘lsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi”;
17-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” so‘zlari “o‘n ikki oydan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Nafaqaga yoki “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biriga huquqi bo‘lgan OIV infeksiyasiga chalingan va 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga uning o‘zi tanlagan nafaqa yoki davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanadi”;
quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin:
“201. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin”;
b) Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (2-ilova):
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi”;
quyidagi mazmundagi 161-band qo‘shilsin:
“161. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga ushbu Nizomda belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi.
Boshqa tumanda (shaharda) yashaydigan oila a’zosi o‘ziga nafaqa ulushini tayinlash yoki ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda, murojaat qilganning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi oilaning barcha a’zolariga hujjatlarni rasmiylashtiradigan yoki ushbu oilaning amaldagi hujjatlar yig‘majildi turgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tegishli xabarnomani yuboradi. Xabarnomaga ariza va yangidan murojaat qilgan oila a’zosining nafaqa olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinadi. Ushbu holatda nafaqa boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Yig‘majildni rasmiylashtirishda barcha hollarda unga oila har bir a’zosining nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Oila a’zosiga nafaqadan ulush ajratilishida ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan talablarga rioya etiladi”;
25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Nafaqa oluvchining doimiy propiskasi bo‘lmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan bo‘lsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa), nafaqa vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nafaqa yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi”;
28-bandning birinchi xatboshidagi “uch yildan” so‘zlari “o‘n ikki oydan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“30. Nafaqadan chegirmalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin”. | 250 | 7,543 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, tinchlik va osoyishtalik — demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta’minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta’sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta’minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og‘ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
mehnatga munosib haq to‘lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta’minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
4. Quyidagi funksiyalar:
2018-yil 1-apreldan rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma’lumotnoma berish — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga;
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga o‘tkazilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Xizmat ikki oy muddatda:
Xizmat faoliyatini tashkil etish;
Xizmatning ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘i barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi to‘q ko‘k rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Bayroq markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘ining uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi to‘q ko‘k rangli aylana tasmasi bo‘lgan kumush rang doiradan iborat.
Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida: “DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI” deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik ma’nosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.
Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi cho‘zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak ko‘rinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi to‘g‘ri chiziqlar tortilgan.
Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta halqa tasvirlangan.
Qalqon ortida simmetriya o‘qi bo‘yicha tig‘i pastga yo‘naltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, sha’n, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.
Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita halqadan iborat bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.
Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi. | 103 | 10,882 |
Qonunchilik | “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 6-sentabrdagi B-55-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3067, 2018-yil 7-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/3067/1854-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-noyabrdan e’tiboran kuchga kiradi. | 239 | 1,014 |
Qonunchilik | Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2016-yil 15-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar (shaharlar) hokimliklari takliflariga ko‘ra bir oy muddatda:
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining hududiy bo‘linmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlarning ro‘yxatini;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan har bir tuman (shahar) bo‘yicha ko‘chma savdo obyektlarining joylashish sxemasini o‘rinlar sonini, sotiladigan tovarlar ro‘yxatini va ko‘chma savdo davrini ko‘rsatgan holda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga:
shartnomada ko‘chma savdoga qo‘yiladigan tovarlarning turlari va miqdori ko‘rsatilgan holda bayram va bayramoldi kunlarida savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘chma savdoni amalga oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ko‘rgazma va yarmarka savdosi o‘tkazishga;
meva-sabzavot mahsulotlarini va kartoshkani ushbu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda chakana sotishga, shuningdek tovarlarni bozorlar hududida sotishga;
maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotishga;
amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chma savdo qilish huquqi ushbu nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘chma savdoga beriladigan ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, ko‘chma savdo obyektining joylashish sxemasi tasdiqlangan holda, yuridik shaxslarga beriladi.
4. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ko‘chma savdo — ko‘chma savdo obyektlaridan foydalangan holda turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish;
ko‘chma savdo obyektlari — vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek ish kuni tamom bo‘lgandan keyin obyektni qismlarga ajratish va ko‘chirish talab etiladigan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, avtodo‘konlar va boshqalar);
ko‘chma savdo qilinadigan joy — ruxsatnomada ko‘rsatilgan ko‘chma savdo obyekti hududiy joylashgan joy;
ariza beruvchi — ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza bergan yuridik shaxs.
6. Ko‘chma savdo obyektining tasdiqlangan joylashish sxemasi ilova qilingan ruxsatnoma tuman (shahar) hokimligi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi) orqali beriladi.
7. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari har yili 1-noyabrgacha:
tegishli tuman (shahar) hududida ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxati;
o‘rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro‘yxati va ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan holda tegishli tuman (shahar) hududida ko‘chma savdo obyektlarining joylashishi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Tayyorlangan takliflar har yili 10-noyabrgacha ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari taqdim etilgan:
tegishli tuman (shahar) hududida ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining hududiy bo‘linmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan;
o‘rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro‘yxati va ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan ko‘chma savdo obyektlari joylashishi sxemasini — tegishli ravishda davlat soliq xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishadi.
Kelishilgan takliflar har yili 1-dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ko‘chma savdo obyektlari joylashishi sxemalariga, sotiladigan tovarlar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish va ko‘chma savdo davrini o‘zgartirish ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlarning tasdiqlangan ro‘yxatlari, shuningdek ko‘chma savdo obyektlari joylashishi sxemalari (o‘rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro‘yxati va ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan holda) har yili tasdiqlangandan keyin uch kun mobaynida tegishli tuman (shahar)ning markazlarida, O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida va mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi kerak.
10. Ko‘chma savdo obyektlarini davlat organlari binolariga tutashib ketgan hududlarda, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududida, aeroportlarda, metropolitenda, maydonlarda, jamoat transporti bekatlarida, avtomobil to‘xtash joylarida hamda yo‘lovchilar va avtomobil transporti harakatiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan joylarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Ruxsatnoma uni berish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan muddatga, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
12. Unga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan ko‘chma savdo joyini yoki uning bir qismini foydalanish uchun boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
13. Ko‘chma savdoni amalga oshirishda quyidagilar ruxsat beruvchi talablar va shartlarga tegishlidir:
qonun hujjatlariga, shu jumladan chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminali mavjudligi;
ko‘chma savdo joyini va atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;
sotuvchilarda ko‘chma savdo obyekti ruxsatnomasining va uning joylashishining tasdiqlangan sxemasining va sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari bo‘lishi kerak, shuningdek ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga ko‘ra ko‘rsatilishi kerak;
ish kuni tamom bo‘lgandan keyin ko‘chma savdo obyektlarini qismlarga ajratish yoki ko‘chirish va ko‘chma savdo joyini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish;
tovarlarni ruxsatnomaga muvofiq obyektlar orqali va ko‘chma savdo joyi bo‘yicha sotish.
14. Tovarlarning quyidagi turlari bilan ko‘chma savdo qilish taqiqlanadi:
maishiy maqsadlaridagi texnik jihatdan murakkab tovarlar;
tez buziladigan tovarlar va bolalar ovqati mahsulotlari;
hayvonlar;
aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar;
ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan tovarlar.
15. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullar bilan ko‘chma savdo obyekti joylashgan joy bo‘yicha markazga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tuman (shahar) hududida ko‘chma savdoning tasdiqlangan joylashish sxemasiga muvofiq ko‘chma savdo obyekti joylashishi sxemasi;
ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan holda ko‘chma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlarning tasdiqlangan ro‘yxati asosida sotiladigan tovarlar ro‘yxati;
xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan berilgan bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminali mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakolatli organ o‘zaro axborot hamkorligi, shu jumladan elektron shakldagi axborot hamkorligi vositasida belgilangan tartibda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasini mustaqil oladi.
16. Ruxsatnoma berish to‘g‘risida berilgan ariza ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda vakolatli organning markaziga yuboriladi.
17. Vakolatli organga:
ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani bevosita ariza beruvchilardan qabul qilish taqiqlanadi, o‘z-o‘zidan bevosita vakolatli organga yuboriladigan O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali berilgan arizalar bundan mustasno;
qo‘shimcha hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun markazlarga murojaat qilgan ariza beruvchilarni ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ularning arizalarini ko‘rib chiqish jarayonida taklif etish taqiqlanadi.
18. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
19. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
20. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organ tomonidan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
21. Ko‘chma savdo qilinadigan ayni bir joyga ruxsatnoma berish to‘g‘risida bir nechta ariza tushgan taqdirda ruxsatnoma berish to‘g‘risida birinchi bo‘lib ariza bergan ariza beruvchi uni olishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladi.
22. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda markazga yoxud ariza beruvchiga yuboriladi (O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat qilinganda).
23. Agar vakolatli organ ruxsatnomani berish, uni berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida ariza beruvchiga ruxsatnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ko‘chma savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ ariza beruvchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga ruxsat etish tusidagi hujjatni berishi shart. Ruxsat etish tusidagi hujjat olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘yilgan hujjatlar ro‘yxati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma bildirishnoma ruxsat etish tusidagi hujjatga tenglashtiriladi va ko‘chma savdoni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Bunda shaxs ruxsat etish tusidagi hujjatsiz faoliyat bilan shug‘ullanganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
24. Ruxsatnoma berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida — Toshkent shahrida ko‘chma savdo qilishda;
bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi miqdorida — Nukus shahrida, viloyatlar markazlarida va viloyat bo‘ysunishidagi shaharlarda ko‘chma savdo qilishda;
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida — tumanlarning ma’muriy markazlarida va tuman bo‘ysunishidagi shaharlarda ko‘chma savdo qilishda.
Boshqa aholi punktlarida ko‘chma savdo qilishda ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Yig‘im summasi tuman (shahar) hokimliklari uchun maxsus ochilgan g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi, shundan 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
25. Quyidagi hollarda ruxsatnomani berish rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmasligi;
ariza beruvchining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi;
agar ko‘chma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan bo‘lsa.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan ruxsatnomani berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Ruxsatnomani berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risida bildirishnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda belgilangan tartibda markazga yoxud ariza beruvchiga yuboriladi (O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat qilingan taqdirda). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
27. Ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza beruvchining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
28. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada oldin bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, oldin ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi, shuningdek, agar ko‘chma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan taqdirda rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
29. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
30. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining va markazning xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
31. Yuridik shaxs qayta o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi (uning huquqiy vorisi) qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan o‘tilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullarda markazga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ruxsatnomaga ega bo‘lgan ariza beruvchilar qo‘shib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ruxsatnomadagi mavjud ma’lumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi.
32. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ko‘chma savdoni markazning ariza qabul qilinganligi to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan arizaning nusxasi asosida amalga oshiradi.
33. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
34. Vakolatli organ tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ruxsatnomani rasmiylashtiradi va markazga yuboradi.
35. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ariza beruvchining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi, biroq ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tasdiqlangan ko‘chma savdo davrlaridan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullarda ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar markazga berilishi kerak.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. Ruxsatnoma yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
37. Ruxsatnomaning dublikati vakolatli organ tomonidan markazdan ariza, shuningdek ruxsatnoma yaroqsiz holda kelib qolgan taqdirda uning asl nusxasi olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beriladi.
38. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi va dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
39. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
40. Ko‘chma savdoni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining amaliy xavfini yaratish ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir.
41. Vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
42. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
ko‘chma savdo joyi;
sotiladigan tovarlar ro‘yxati;
ruxsatnoma berilgan sana va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatilishining asosi va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
43. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq bo‘ladi.
44. Har bir berilgan ruxsatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘n kun muddatda vakolatli organ tomonidan ko‘chma savdo joylashgan joy bo‘yicha tegishli davlat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga elektron tarzda taqdim etiladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 77 | 21,154 |
Qonunchilik | Iste’molchi mobil хizmatlar toʻgʻrisida nimalarni bilishi lozim | Soʻnggi paytlarda mamlakatimizda turli viktorinalar va boshqa pullik хizmatlarni ulashda kontent-provayderlar tomonidan iste’molchilarning huquqlari buzilishi holatlari koʻpayib ketdi.
Qoʻshimcha qiymatli mobil хizmatlar nimani anglatadi va yelimdek yopishib oladigan servislardan qanday himoyalanish haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining strategik dasturlarni ishlab chiqish va tahlil qilishni yigʻma boshqaruv boʻyicha yetakchi mutaхassis Laziza Sharifova soʻzlab berdi.
– Nima uchun mobil operatorlar VAS-хizmatlarni taqdim etadilar va ular nimani anglatadi?
– Telekommunikatsiya хizmatlari bozorida raqobat yuqori darajada boʻlganligi sababli mobil aloqa kompaniyalari daromad olish maqsadida an’anaviy хizmatlar bilan birga qoʻshimcha хizmatlarni ham taklif etadilar.
Turli ma’lumotlarga koʻra, mobil operatorlardagi ovozli хizmatlar va хabarlarni joʻnatish хizmatlaridan olingan daromadlar sekin-asta kamayib bormoqda. Shu boisdan ular mijozlar uchun yangi хizmatlarni joriy qilishmoqda va ularni rivojlantirishmoqda, bunda televizion va musiqali kontentda, mobil ilovalarda va mobil tijoratda yoki boshqacha aytganda, VAS-хizmatlarni (qoʻshimcha qiymatli хizmatlarni) taqdim etish orqali daromad topmoqdalar.
Qoʻshimcha qiymatli mobil хizmatlar – bu standart ovozli chaqiruv va oʻtkazmalar faksi doirasidan tashqaridagi хizmatlar, ya’ni ma’lumot va koʻngilochar хizmatlardir, ular SMS, MMS yoki WAP kanal orqali mobil telefonga yuboriladi. VAS хizmatlari jumlasiga musiqa va videokliplar, onlayn-oʻyinlar, yangiliklarni yangilash, SMS-tanishuvlar, pullik viktorinalar va boshqa хizmatlar kiritiladi. Odatda mazkur хizmatlar mobil tarmoqning operatori yoki qoʻshimcha хizmatlarni (VASP) chetdan yetkazib beruvchi, kontent (CP) sifatida taniqli boʻlgan yetkazib beruvchi tomonidan maхsus qisqa kod yordamida taqdim etiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga abonentlarning roziligisiz (ularni хabardor etmasdan) pullik хizmatlarga, shu jumladan kontent-provayderlarning хizmatlariga avtomatik tarzda ulab qoʻyishlar yuzasidan uyali aloqa operatorlari ustidan shikoyatlar kelib tushdi. Ushbu хatti-harakatlar «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasini, shuningdek Telekommunikatsiya хizmatlari koʻrsatish qoidalarining 149-bandini buzish hisoblanadi.
– Iste’molchi VAS-хizmatni olish uchun nima qilishi lozim?
– Qoʻshimcha хizmatlar uchun toʻlov, odatda, bevosita abonentning mobil balansidan undiriladi va chegirib tashlanadi. Xizmatlarning 2 turi mavjud:
Quyidagi ma’lumotlar majburiy hisoblanadi va ular хizmatning maqsadi koʻrsatiladigan sahifada aniq-ravshan aks ettirilishi lozim:
1) хizmat qiymati – siz joʻnatadigan yoki qabul qilib oladigan har bir хabar/kontent qancha turadi;
2) хizmat koʻrsatish tezligi – siz хabar va kontentni qanday vaqt oraligʻida olishingizni koʻrsatadi;
3) хizmatni rad etish – хizmatni bekor qilish va toʻхtatish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma;
4) kontent yetkazib beruvchisining aloqa bogʻlash ma’lumotlari – kompaniya nomi toʻliq koʻrsatilishi, uning manzili, shuningdek koʻmak хizmatining telefon raqami berilishi talab etiladi.
– Qoʻshimcha хizmatga ulanishdan oldin yana nimalarga e’tibor qaratish lozim?
– Birinchi navbatda, хizmat bilan, shuningdek ular uchun toʻlov toʻlash va хizmatlar koʻrsatish shartlari va qoidalari bilan sinchiklab tanishib chiqish lozim. Quyidagilarni maslahat beramiz:
Shuningdek quyidagilardan ehtiyot boʻlish kerak:
Bundan tashqari, siz obuna boʻlmagan yoki foydalanmagan хizmatlar uchun haq undirilmayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida SMS qutingizni va mobil telefon uchun schyotni muntazam ravishda va diqqat bilan tekshirib turing. Shuningdek mobil telefoningizdan foydalanadigan yoki shaхsiy telefoniga ega oila a’zolaringizni, ayniqsa bolalaringizni bunday хizmatlar pullik boʻlishi mumkinligidan хabardor qiling.
Telekommunikatsiya хizmatlari koʻrsatish sohasida iste’molchilik huquqingiz buzilgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi vakolatli organlarga ma’lum qilishingizni yoki Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga 1159 raqamli ishonch telefoni boʻyicha murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Lola Abduazimova. | 63 | 4,293 |
Qonunchilik | Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalar ro‘yxatini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) 209-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) 209-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalarni belgilaydi.
1. Kreditlar, zayomlar bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan bank kafolatlari berish bo‘yicha operatsiyalarga:
qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar hisoblash va undirish, shuningdek har qanday zayomlar, kreditlar taqdim etish, shu jumladan lizing shartnomasi bo‘yicha kreditlash bilan bog‘liq pulli xizmatlar ko‘rsatish, ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasidagi birgalikdagi bitim asosida bank sindikatiga kiruvchi banklar tomonidan sindikatlashtirilgan kreditlar (sindikatlashtirilgan kredit — bu bir necha banklar tomonidan yirik investitsion loyihalarni birgalikda kreditlash) berish. Ushbu xizmatlar o‘z ichiga shartnomani rasmiylashtirish uchun hujjatlarni tayyorlash va ko‘rib chiqishni (shu jumladan, arizani ko‘rib chiqish, kreditga qobiliyatlilikni baholash, operatsiya bahosini (foizini) aniqlash, shartnomani tayyorlash va uni tuzish), hisobvaraq va kredit liniyasini ochish, qarzni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish, zayomlar va kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, post-moliyalashtirish va kreditlar, kafillik berish, bank kafolati va lizingga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa shunga o‘xshash operatsiyalar;
kafolat (kafillik) berish bo‘yicha xizmatlar uchun haq, jumladan bank kafolatini (kafilligini) berganlik uchun haq, bularga majburiyatlarni pul shaklida bajarishni nazarda tutib, o‘z mijozlari va uchinchi shaxslar foydasiga berilgan bank kafolatlari (kafilligi), avallar va kafillik berish hamda bekor qilish, ko‘rsatib o‘tilgan kafolat (kafillik) shartlarini tasdiqlash va o‘zgartirish, ushbu kafolat (kafillik) bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshirish, shuningdek ushbu operatsiyalar bo‘yicha post-moliyalashtirish va menejment taalluqlidir.
Shartnomalarda belgilangan stavkalar bo‘yicha kreditor tomonidan olinadigan va (yoki) post-moliyalashtirish bilan bog‘liq bevosita foizli daromadning o‘zi, shuningdek vositachilik haqi, qarzdor tomonidan shartnomada kelishilgan sug‘urta va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni qoplash, shuningdek mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olingan boshqa turdagi daromadlar (shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va chet el banklari tomonidan ajratilgan kredit liniyalaridan foydalanish hisobiga) ozod etiladi.
2. Depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish va yuritish bo‘yicha operatsiyalarga quyidagilar taalluqli:
jismoniy va yuridik shaxslar hisobvaraqlariga omonatlar qabul qilish, omonatdan omonatga summalar o‘tkazish va ularni rasmiylashtirish, omonatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘tkazish;
jismoniy va yuridik shaxslarga, tijorat banklariga bank hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatib borish, shu jumladan bank mijozlariga xos raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish va taqdim etish, shuningdek mijozning arizasiga ko‘ra hisobvaraqlarning rejimini o‘zgartirish va (yoki) qayta rasmiylashtirish, mablag‘larni saqlash, hisobvaraqlarni yopish, joriy hisobvaraqlar bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va hisobvaraqning holati to‘g‘risida hamda mijozlar hisobvarag‘ini yuritish bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar to‘g‘risida ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar taqdim etish;
bank kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning bank kartochkalariga, xalqaro valyuta bank kartochkalariga (VISA, MASTER CARD, PRIORITY PASS, American Express va boshqalar) xizmat ko‘rsatish, shu jumladan hisobvaraqni ochish va xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalangan holda barcha turdagi operatsiyalarni amalga oshirish (pul mablag‘larini hisobga o‘tkazish, ko‘chirish va hisobdan yechish), chiqarish, qayta chiqarish, almashtirish, hisobvaraq va operatsiyalar bo‘yicha tekshirish o‘tkazish, PIN-kodni almashtirish, blokirovka qilish, blokirovkadan chiqarish, avtorizatsiya, tranzaksiyalarni qayta ishlash, boshqa tashkilotlarda o‘rnatilgan bank kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallarga xizmat ko‘rsatish hamda bank kartochkalariga xizmat ko‘rsatish va hisob-kitoblar bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar;
banklararo depozitlarni taqdim etish, bankka va uning filiallariga (filiallar va boshqaruv banki o‘rtasida) resurslar taqdim etish (ajratish) bo‘yicha vakil banklar depozit omonatlari va filiallararo depozitlar bo‘yicha operatsiyalar;
menejment (bitimlarni boshqarish va kuzatish), konsalting va axborot operatsiyalari (mijoz topshirig‘iga ko‘ra summalarni qidirish, mijozning boshqa bank operatsiyalari va hisobvaraqlar bo‘yicha boshqa so‘rovlariga asosan hisobvaraqlar bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar, hisobvaraqning holati, chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha hisobvaraqdan ko‘chirmalar va ularning dublikatlarini, ma’lumotlar, tasdiqnomalar taqdim etish).
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan foizlar, shuningdek vositachilik haqi, abonent to‘lovi va boshqa shu kabi daromadlar ozod etiladi.
3. To‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalarga quyidagilar taalluqli:
amalda bo‘lgan barcha turdagi hisob-kitoblar (jumladan chet el valyutasida hisob-kitoblar) bo‘yicha pul mablag‘larini (shu jumladan bank kartochkalaridan foydalangan holda) o‘tkazish (hisobvaraqdan-hisobvaraqqa pul o‘tkazish), shu jumladan zayom va kreditlarni berishda va qaytarishda, pul mablag‘larini beg‘araz o‘tkazishda amalga oshiriladigan to‘lovlar, shuningdek istalgan boshqa har qanday mahalliy va chet el to‘lovlarini, shu jumladan ixtisoslashtirilgan to‘lov tizimlari (masalan, “Raynet”, “SMS-to’lov” va boshqalar) orqali amalga oshirish, shuningdek to‘lovlarni qabul qilishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar (kommunal xizmati, protsessing markazlari va boshqalar) orqali amalga oshirish;
banklararo pul o‘tkazmalarining maxsus xalqaro tizimlari (masalan, Western Union, Contact, Money Gram va boshqalar) bo‘yicha o‘tkazmalar, to‘lovlar;
maxsus telekommunikatsion bank tizimlari: SWIFT, TELEX, REUTERS, VISA, MASTER CARD va boshqa shu kabilar orqali hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) o‘tkazish;
inkassoga topshirilgan hujjatlarni vakil bankka jo‘natish yoki qaytarish;
inkassoni ijro etish, eksport qilinadigan hujjatlashtirilgan inkasso bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish, tekshirish va jo‘natish, inkasso topshirig‘i shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish, hujjatlashtirilgan va boshqa akkreditivlar bo‘yicha barcha operatsiyalar;
akseptli va kafolatli-akseptli operatsiyalar;
cheklar bilan operatsiyalar (sotib olish, sotish), shu jumladan yo‘l cheklari, naqd va naqdsiz pul mablag‘lariga, egasining nomi yozilgan va boshqa cheklarni inkassoga qabul qilish, avizolash, cheklarni ekspertiza qilish;
so‘mli chek daftarchalariga xizmat ko‘rsatish (berilgan chek daftarchasini hisobga qo‘yish realizatsiya hisoblanmaydi);
banklararo to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar;
to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa to‘lov vositalari hamda qarz majburiyatlari bilan boshqa operatsiyalar.
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan vositachilik haqi, abonent to‘lovi va boshqa turdagi daromadlar, shuningdek xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha hujjatlarni jo‘natish va to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun chet el banklari va kompaniyalari tomonidan so‘zsiz tartibda bank hisobvarag‘idan undiriladigan shartnoma shartlariga asosan mijozlar tomonidan qoplanadigan vositachilik haqi ozod etiladi.
4. Milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarga, numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno, quyidagilar taalluqli:
qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan naqd chet el valyutasi bilan konversion operatsiyalar (valyutani qabul qilish, berish, qayta hisoblash, almashtirish (chet el valyutasini milliy valyutaga va teskarisiga, bir chet el valyutasini boshqa chet el valyutasiga), sotish, sotib olish, maydalash, inkasso qilish) va eskirgan (shikast yetgan) valyutani almashtirish);
naqd chet el valyutasini olib chiqib ketishga ruxsat berish;
pul va yo‘l cheklarini avizolash;
eksport-import shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalar (shartnomaning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish va uni hisobga qo‘yish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish);
eksport qiluvchi korxonalarning hisobvaraqlariga eksport tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
eksport shartnomalari bo‘yicha eksport qiluvchi korxonalar tomonidan valyuta tushumi o‘z vaqtida majburiy sotishni amalga oshirilishini nazorat qilish;
“SPOT”, “SVOP” bitimlari va boshqa hosilaviy moliya vositalari bo‘yicha operatsiyalar;
eksport-import shartnomalari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotnoma, valyuta kurslari to‘g‘risida, shuningdek milliy va chet el valyutasi bilan operatsiyalar to‘g‘risida boshqa ma’lumotnomalar va hujjatlar berish.
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan vositachilik haqi va boshqa turdagi daromadlar ozod etiladi.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan investitsion vositachilarning qimmatli qog‘ozlar depo-hisobvaraqlarini ochish hamda yuritishga doir xizmatlarga quyidagilar taalluqli:
qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
qimmatli qog‘ozlarni egalarining reyestrlarini yuritish;
davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
investitsion vositachilarni depo-hisobvarag‘ini yuritish;
belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, investitsion jamg‘armalar tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
Omonatchilar yagona ma’lumotlar bazasini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlarni berish;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan vositachilik haqi va boshqa turdagi daromadlar ozod etiladi.
6. Qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalarga quyidagilar taalluqli:
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish, saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash, qimmatli qog‘ozlar blanklarini ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno;
qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq brokerlik, dilerlik, trast, anderrayting va boshqa operatsiyalar.
7. Yuridik shaxslarning, jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarga qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha operatsiyalar, shu jumladan yuridik shaxsning o‘zi tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va shunga o‘xshashlar) mulkdorini almashinishiga olib keluvchi boshqa harakatlar, shu jumladan repo-bitim, shuningdek yuridik shaxs tomonidan ya’ni hissa, ulush, paylar kabi o‘z investitsion aktivlarini boshqa yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) realizatsiya qilishi taalluqli.
8. Kliring operatsiyalariga quyidagilar taalluqli:
hisob-kitob-kliring palatasi mijozlaridan hisob hujjatlarini (elektron ko‘rinishda) qabul qilish;
avtomatlashtirilgan ish joylaridan magnit tashuvchilardan hisob hujjatlarini kiritish (shuningdek qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi);
to‘lovchi — bank va oluvchi — bankning kelib tushayotgan hisob hujjatlarini hisob-kitob-kliring palatasi ma’lumotlar bazasida mavjudligini indentifikatsiya va nazorat qilish;
to‘lovchi — bank hisobvarag‘ida to‘lanishi bildirilgan summa mavjudligini nazorat qilish;
ichki va tashqi o‘tkazmalar uchun hisob-kitob-kliring palatasi mijozlariga hisobvaraqlar ochish va yuritish;
o‘tkazma va keyinchalik tarqatish uchun birlamchi va natijaviy hisob hujjatlarini saralash (manzillash);
mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma avizolarni shakllantirgan holda o‘zaro to‘lovlarni hisobga olish bo‘yicha o‘tkazmalar;
valyuta kursini qayta hisob-kitob qilish;
mijozlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni taqdim etish;
xizmat ko‘rsatish reglamentiga asosan mijozlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni, boshqa hisobot hujjatlarini tarqatish.
9. Akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarga akkreditivlar berish va akkreditivlar bo‘yicha hujjatlar jildini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha boshqa banklarga tasdiqnomalar berish taalluqli.
10. Pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarga O‘zbekiston respublika valyuta birjasida va ichki bank bozorida chet el valyutasini sotib olish (sotish) bo‘yicha konversion operatsiyalar, shu jumladan konvertatsiya uchun arizalarni ko‘rib chiqish, konvertatsiya bilan bog‘liq valyuta almashtirish operatsiyalari amalga oshirilganligi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma’lumotnomalar berish kiradi.
11. Chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish operatsiyalariga quyidagilar taalluqli:
inkassoga yo‘naltirish uchun naqd chet el valyutasi va yo‘l cheklarini qabul qilish;
haqiqiyligi shubha keltirib chiqargan xorijiy davlatlarining pul belgilari va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilish;
xorijiy davlatning to‘lovga yaroqli yirik pul birligini xuddi shu davlatning mayda pul birligiga almashtirish;
xorijiy davlatning shikast yetgan pul birligini xuddi shu davlatning shikast yetmagan pul birligiga almashtirish;
bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatining naqd valyutasiga almashtirish;
yo‘l cheklarini sotib olish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar.
12. Kassa operatsiyalariga quyidagilar taalluqli:
banknot, tangalar va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash, saqlash, o‘rash;
bank kartochkalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini berish.
13. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi bo‘yicha xizmatlar taalluqli. Foizli daromad — ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara (lizing) to‘lovining bir qismi.
14. Forfeyting va faktoring operatsiyalariga hujjatlar jildini ko‘rib chiqish, menejment (bitimlarni boshqarish va kuzatib borish), konsalting va axborot operatsiyalari (hisobvaraqlar va boshqalar bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida ko‘chirmalarni va ularning dublikatlarini, ma’lumotnomalarni, tasdiqnomalarni taqdim etish) taalluqli.
Mazkur xizmatlarni ko‘rsatish munosabati bilan olinadigan vositachilik haqi, diskont va boshqa daromadlar ozod etiladi.
15. Lombard operatsiyalariga lombard operatsiyalari bo‘yicha shartnomani rasmiylashtirish uchun hujjatlarni tayyorlash va ko‘rib chiqish (shu jumladan arizani ko‘rib chiqish, kreditga qobiliyatlilikni baholash, operatsiya bahosini (foizini) aniqlash, shartnomani tayyorlash va uni tuzish), hisobvaraq ochish, qarzni boshqarish va xizmat ko‘rsatish taalluqli.
Shartnomada belgilangan stavkalar bo‘yicha kreditor tomonidan olinadigan bevosita foizli daromadning o‘zi, shuningdek shartnomada kelishilgan vositachilik haqi, qarz oluvchi tomonidan sug‘urta va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar ozod etiladi.
16. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti bo‘yicha operatsiyalarga quyidagilar taalluqli:
fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish;
ish davrlari (va jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchi bank majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar to‘g‘risida) va hisobga olingandan keyingi ish davri uchun shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badallar to‘lash miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;
jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari miqdorini belgilash va unga tuzatish kiritish jarayonini axborot bilan ta’minlash;
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsion va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliya vositalariga joylashtirish.
17. Mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar (“internet-banking”, “mobil banking”, “sms-banking”, “bank-mijoz” tizimlari va boshqalar). | 119 | 18,522 |
Qonunchilik | “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilib olingunga qadar ushbu Qonunga zid bo‘lmagani uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi hujjatlari qo‘llanaveradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasmi uch oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar taqdim etish vazifasi topshirilsin.
4. “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil № 16 — 18, 294-modda) 11-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, moddaning birinchi qismidagi “5 yilga” degan so‘zlar “10 yilga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 97 | 1,169 |
Qonunchilik | Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida:
1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish;
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini, jumladan klaster doirasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va olingan bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilishini tahlil qilib borish;
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritib borish;
investitsiya majburiyatlarini buzgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tugatish bo‘yicha tavsiyanoma berish.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda paxta-to‘qimachilik klasteriga ijara huquqi asosida yer uchastkasini berish talabgorning arizasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
b) paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xomashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud bo‘lgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi;
v) Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha talabgor o‘rtasida to‘rt tomonlama bitim o‘ttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda to‘rt tomonlama bitim yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi;
g) bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat beriladi;
d) to‘rt tomonlama bitimni bekor qilish quyidagi hollarda faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi:
tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda;
tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi (bundan fors-major holatlar va (yoki) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga keladigan holatlar mustasno);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi;
e) 2022-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlari yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘shagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha investitsiya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va boshqa shartlarni o‘z ichiga olgan to‘rt tomonlama bitimni tuzish choralarini ko‘rsin;
2022-yildan boshlab to‘rt tomonlama bitimda har yili paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan tuzilgan bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini, ular faoliyatining samaradorlik va moliyaviy auditini amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda, yillik paxta xomashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qilinadi.
5. Davlat soliq qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosini yetishtirish va sotish bo‘yicha shartnomalar qat’iy ravishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tgan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilishi hamda ushbu shartnomalarni soliq organlarining elektron shartnomalar axborot portalida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etsin.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi bilan birgalikda bir oy muddatda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualarni sotish bo‘yicha tuzilgan amaldagi shartnomalarning mazkur Farmonning 2-ilovasining 2-bandiga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Bosh prokuratura davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik to‘siqlar yaratish kabi aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan zudlik bilan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi “paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni” so‘zlaridan keyin “(bo‘yalgan trikotaj matodan tashqari)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4341-son qarori 1-bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“majmualar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularni “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, 2 foizdan ortiq bo‘lmagan stavka lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish haqidagi takliflari ma’qullansin.”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali loyihalarning asosiy ko‘rsatkichlarini ta’minlash sharti bilan hamda mazkur qarorda belgilangan shartlarda taqdim etiladi.”. | 88 | 7,714 |
Qonunchilik | Xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuc | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturining 7.4-bandini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga doir qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini nazorat qilish bo‘yicha Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o‘zaro hamkorlik dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Senat qo‘mitalari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi mazkur Dasturda belgilangan vazifalarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi F. Umarov zimmasiga yuklatilsin. | 250 | 1,788 |
Qonunchilik | “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikada bank tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davlat ulushini kamaytirish va banklarni xususiylashtirish, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarga ishtirok etishga ruxsat berish orqali bank faoliyatiga bozor prinsiplarini joriy qilishni nazarda tutuvchi bank sohasini rivojlantirishning yangi bosqichini amalga oshirishga o‘tish sharoitlarini ta’minladi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida “Ipoteka-bank” AKIB (keyingi o‘rinlarda Ipoteka-bank deb ataladi) tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda XMK deb ataladi) bilan hamkorlikda bankning korporativ boshqaruv samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, Ipoteka-bank ustav kapitaliga XMK kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.
XMKning aksiyadorlar tarkibiga kiritilishi mumkinligi, shuningdek, Ipoteka-bankni o‘zgartirish jarayoni bank faoliyatini moliyaviy natijadorlikni oshirishga va ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda zamonaviy biznes- modelni joriy etishga qayta yo‘naltirishni nazarda tutadi.
Ipoteka-bankning keyinchalik xususiylashtirish uchun raqobatbardoshligi va investitsion jozibadorligini sifat jihatidan oshirishni nazarda tutuvchi biznes-modelini samarali o‘zgartirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ipoteka-bank va XMK tomonidan hamkorlik dasturi amalga oshirilayotgani va ushbu dastur doirasida:
institutsional tub o‘zgarishlar va zamonaviy tijorat banki asoslarini yaratish bosqichlarini amalga oshirish imkonini beradigan bitimlar imzolangani, shuningdek, 2019-yil oxirigacha bankni o‘zgartirishning keyingi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar tuzilishi nazarda tutilayotgani;
XMK Ipoteka-bankka kredit ko‘rinishida 35 mln AQSh dollari ekvivalenti (O‘zbekiston so‘mida) miqdorida pul mablag‘lari taqdim etadigan bitimlar imzolanishi rejalashtirilayotgani hamda Ipoteka-bankning chiqariladigan oddiy aksiyalariga qo‘shimcha ravishda ushbu kredit bo‘yicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini konvertatsiya qilish imkoniyati berilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Ipoteka-bank faoliyatining mustaqilligini ta’minlash uchun 2020-yil oxirigacha quyidagilarni o‘z ichiga oladigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-apreldagi 356-son qarorining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga ko‘rsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibini Ipoteka-bankka nisbatan tatbiq etmaslik;
bank kuzatuv kengashining yangi tarkibini davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantirish va mustaqil direktorlar sonini 5 nafarga yetkazish hamda Ipoteka-bank kuzatuv kengashi raisini mustaqil direktorlar orasidan saylash;
Ipoteka-bank rahbariyatini (ijro etuvchi organini) shakllantirish va Ipoteka-bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ a’zolarining (boshqaruv raisi va a’zolari) mehnatiga haq to‘lash miqdorini bank kuzatuv kengashi tomonidan belgilash;
loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda kredit bilan ta’minlash va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha qarorlarni Ipoteka-bank tomonidan mustaqil qabul qilish;
Ipoteka-bank mablag‘larini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos bo‘lmagan tarzda jalb qilishni taqiqlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqaruvida bo‘lgan Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushini beg‘araz asosda bersin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Markaziy bank bilan birgalikda Ipoteka-bankni xususiylashtirish bo‘yicha xususiylashtirish jarayonining asosiy bosqichlari hamda 2022-yil oxirigacha xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishga doir tomonlar majburiyatlarini nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni (keyingi o‘rinlarda Yo‘l xaritasi deb ataladi) XMK bilan kelishgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Ipoteka-bankni xususiylashtirish va Yo‘l xaritasiga muvofiq 2022-yil oxirigacha bank ustav kapitalida davlat ulushini 50 foizdan kamaytirish;
Ipoteka-bank va XMK o‘rtasidagi kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida Ipoteka-bankning kredit bo‘yicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini bank tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyati;
Ipoteka-bank Yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan muddatga qadar xususiylashtirilmaganda yoki ushbu qarorning 6-bandida qayd etilgan bitimlar shartlari bajarilmaganda, Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini qayta sotib olish bo‘yicha davlat tomonidan majburiyatlarni qabul qilish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan muzokaralar olib borish va XMK bilan quyidagi bitimlarni belgilangan tartibda tuzish vakolati berilsin:
mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha tomonlar majburiyatlarini, jumladan, Ipoteka-bankda davlatning nazorat paketini kamaytirish tartibi, muddatlari va usullari hamda Ipoteka-bank faoliyatini tijoratlashtirishga erishish va uning operatsion mustaqilligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida bitim;
Ipoteka-bank ustav kapitalidagi davlat ulushini XMK bilan kredit bitimining amal qilish muddati davomida kamida 50 foiz va bir dona aksiya miqdorida saqlashni nazarda tutuvchi ustav kapitali miqdorini saqlash to‘g‘risidagi bitim, Yo‘l xaritasiga muvofiq davlatning o‘z majburiyatlarini bajarish holatlari bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va XMKning Ipoteka-bankni boshqarish bo‘yicha vakolatlari aniq belgilangan holda, XMK tomonidan Ipoteka-bankning taqdim etilgan kredit bo‘yicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Ipoteka-bankning imitatsiya qilingan oddiy aksiyalariga qo‘shimcha ravishda konvertatsiya qilish opsionini amalga oshirishda tuziladigan Ipoteka-bankiga nisbatan aksiyadorlik bitimi;
davlat tomonidan Yo‘l xaritasi va bitimlar bajarilmaganda, Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini Ipoteka-bankning taqdim etilgan kredit bo‘yicha XMK oldidagi qarzdorligining jami summasi yoki bir qismini Ipoteka-bankning imitatsiya qilingan aksiyasiga qo‘shimcha ravishda konvertatsiya qilish uchun XMK opsionini amalga oshirishda tuziladigan ushbu shartnomada belgilangan tartibda sotib olish bo‘yicha davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan aksiyalarni qayta sotib olish to‘g‘risidagi shartnoma;
ushbu loyiha va Yo‘l xaritasini amalga oshirish uchun zarur boshqa bitimlar.
7. Ipoteka-bankka o‘z investitsiya faoliyati natijasida hosil bo‘lgan bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarini sotish tavsiya etilsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Yo‘l xaritasi va bitimlar shartlari davlat tomonidan bajarilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi:
Aksiyalarni qayta sotib olish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq aksiyalar qiymati to‘lanishini ta’minlaydi;
Ipoteka-bankning XMKga tegishli aksiyalarini birja yoki birjadan tashqari tashkil qilingan savdolarga qo‘ymasdan sotib olishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqidan foydalanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Ipoteka-banki ustav kapitalidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-qaroriga muvofiq kiritilgan 50 mln AQSh dollari ekvivalentidagi ulushi Ipoteka-bankni xususiylashtirish jarayonida investorlarga sotiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. | 172 | 8,653 |
Qonunchilik | “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-t | Markazda va joylarda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining vakolat muddati tugashi hamda ularning 2013-yil noyabr — dekabrda bo‘lajak saylovi munosabati bilan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar rejasi (1-ilova);
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga tavsiyalar (2-ilova).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar asosida mazkur qonunlarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan hududiy tadbirlar rejalarini 2013-yil 10-iyulgacha ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Tavsiyalar va hududiy tadbirlar rejalari tizimli, o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini nazorat qilish va monitoringini yuritish uchun mas’ul senatorlar ro‘yxati tasdiqlansin (3-ilova).
4. Ushbu qaror ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlarga yuborilsin.
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Joylarda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini ijro etish yuzasidan yuqoridagi qonunlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Tavsiyalar (bundan buyon matnda Tavsiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqildi.
Ushbu Tavsiyalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga quyidagilar tavsiya etiladi:
1. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hududiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Hududiy tadbirlar rejalari ularning bo‘limlari nomlarida belgilangan keng doiradagi masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ro‘yobga chiqarish mexanizmi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilariga qabul qilingan qonunlarning mohiyatini tushuntirish, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish taklif qilinadi. Qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini keng ko‘lamda tushuntirish yuzasidan mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan birga turkum teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash ham samarali bo‘lishi nazarda tutiladi.
2. Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati aholiga yetkazilishini, ular fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining amaliy faoliyatida har tomonlama ijro etilishini ta’minlash uchun tadbirlarni ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlikda o‘tkazishga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy tuzilmalarining, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘linmalarining, oliy o‘quv yurtlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillarini, olimlar va mutaxassislarni jalb etish tavsiya qilinadi.
3. Masalalarni chuqur ishlab chiqish va amaliy tadbirlarni belgilash maqsadida vakolatli qo‘mitaga (doimiy komissiyalarga) hududiy tadbirlar rejalarining loyihalarini ishlab chiqishga olimlar, turli soha mutaxassislarini, manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish tavsiya qilinadi.
Hududiy tadbirlar rejalariga kiritiladigan tadbirlar aniq, sodda va lo‘nda bayon etilishi hamda ularni ijro etishning aniq muddatlari va tadbirlarning mas’ul ijrochilari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hududiy tadbirlar rejalariga quyidagi bo‘limlarni kiritish tavsiya etiladi:
qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini aholiga va bevosita ijrochilarga keng ko‘lamda yetkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ularning faoliyatida amaliy yordam ko‘rsatish;
fuqarolar yig‘inlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining navbatdagi sayloviga (2013-yil noyabr-dekabr) tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar;
nazorat-tahlil ishini olib borish va boshqalar.
Hududiy tadbirlar rejalarini tayyorlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar rejasining tegishli bo‘lim va bandlari qoidalarini hisobga olish tavsiya etiladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, qoida tariqasida, hududiy tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etadilar. Shu munosabat bilan hududiy tadbirlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilayotgan sessiyani o‘tkazishdan yetti kun oldin deputatlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mitalari (xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman yoki shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari) tomonidan ishlab chiqilgan tegishli loyihani yuborish tavsiya etiladi. Hududiy tadbirlar rejalari bir necha qo‘mita (doimiy komissiya) kuchlari bilan tayyorlanishi mumkin bo‘lib, bu deputatlarga ishlarning ahvolini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.
Bu holda deputatlar hududiy tadbirlar rejalarining loyihalarini fuqarolar yig‘inlarida muhokama qila oladilar. Muhokama asnosida bildirilgan takliflar va tanqidiy mulohazalar hududiy tadbirlar rejasining loyihasini ishlab oxiriga yetkazish vaqtida hisobga olinishi mumkin.
Joylarda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash borasidagi ishlarni tashkil etish jarayonida quyidagi qoidalarni e’tiborga olish zarur:
1. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan fuqarolar yig‘inining aholining muhtoj toifalarini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari kengaytirilgan (11, 12-moddalar).
Xususan, shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘ini aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘ini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan nikoh tuzishda va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda ularga qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi.
Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantirilib, uning tarkibiga fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, mas’ul kotibdan tashqari yana fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan vakolatlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida fuqarolar yig‘inining kengashi bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksa fuqarolarni, pensionyerlar va nogironlarni aniqlaydi (13-modda).
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida fuqarolar yig‘inlarida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyalar tuzilishi shart (18-modda).
Bundan tashqari Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlari belgilangan (16-modda).
Chunonchi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shakllari bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini o‘rganish;
tegishli choralar ko‘rilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha so‘rovlar yuborish.
Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashishi va qonun hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi shart. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahallaning vazifalarini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, shuningdek xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashishda fuqarolar yig‘inining vakolatlarini, kichik tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini nazorat qilishda fuqarolar yig‘inining ishtirokini kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlarining kengashlariga qo‘shimcha vakolatlar berilgan.
Chunonchi, fuqarolar yig‘inlarining kengashlari fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini to‘liq va o‘z vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Shu munosabat bilan, fuqarolar yig‘ini aholisining manfaatlari himoya qilinishini va shu tariqa manfaatlar muvozanatini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inining tegishli hududdagi kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgan.
Xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarga ega (11, 12-moddalar).
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya tuzilishi shart (18-modda).
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) umumiy rahbarlikni amalga oshirishdan tashqari, shuningdek:
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘pisida yoki fuqaroning puhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi va boshqalar.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi (14-modda).
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida yuridik shaxs bo‘lmagan maslahat markazlari tashkil etishga haqli. Maslahat markazlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashishi shart, maslahat markazlari o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yig‘inlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan ta’lim muassasalari fuqarolar yig‘ini so‘roviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni o‘tkazish uchun o‘quv jarayonlaridan bo‘sh bo‘lgan o‘quv xonalarini berib turishi mumkin.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda ta’lim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, nizomi fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadigan maslahat markazlari zimmasiga fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asoslarini o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish; bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda yoshlarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga ko‘maklashish; fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish va boshqalarni o‘z ichiga qamrab olgan vazifalar yuklatilgan.
Mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, uni manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan yaqindan o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inlarida komissiyalar tuzilishi shart bo‘lib, ularning ro‘yxati Qonunning 18-moddasida keltirilgan. Xususan:
yarashtirish komissiyasi;
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya;
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya;
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya tuziladi.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya a’zolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun taftish komissiyasi tuziladi, komissiya o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi.
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar faoliyatini birxillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash vakolati berilgan.
Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa – muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli kengashlar tomonidan amalga oshiriladi (20-modda).
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molliklarning oldini olish uchun sharoit yaratish, ularning fuqarolar yig‘ini oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishidan, u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilishidan hamda unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishidan tashqari u o‘z vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishining qo‘shimcha asoslari joriy etilgan (24-modda), bular:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yig‘ini obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojo‘ya ishlar sodir etgan, shuningdek o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan qaror qabul qilinishidan;
u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilishi yoxud vafot etgan deb e’lon qilinishidan;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishidan;
u sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolishidan;
uning vafot etishidan iborat.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish, faoliyatini tashkil etish, hisobga olish, ular ish olib borishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashning yaxlit samarali mexanizmini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olishni tashkil etish tartibini joriy etish bo‘yicha vakolatlari belgilab qo‘yilgan (8-modda).
2. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini sifatli tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirish jarayonida parlamentning rolini kuchaytirish, saylovni tashkil etish va o‘tkazishda joylardagi komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga (bundan buyon matnda Senat Kengashi deb yuritiladi) saylovni o‘tkazishning aniq muddatlarini, shuningdek saylovga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibini belgilash huquqi berilgan (10-modda).
Saylovni tashkil etish va o‘tkazish davriga Senat Kengashi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi (11-modda).
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam berish uchun tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuziladi (12-modda).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish davriga tuzilishi belgilab qo‘yilgan. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Komissiyalarning asosiy vakolatlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
hovlilar, uylar, ko‘chalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilash;
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib olish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlash, bundan Senat Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari bilan bog‘liq axborotini eshitish;
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga topshirilishini ta’minlash.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi (14-modda).
O‘tkazilayotgan saylovning mustaqilligi va xolisligini, shuningdek ochiqligi, shaffofligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tarkibiga xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashining deputati kiritiladi, bu fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda xalq deputatlari tegishli Kengashlarining rolini kuchaytirishga qaratilgan. Bunday holat faoliyatida xalq deputatlari Kengashining vakili qatnashadigan ishchi guruhning maqomini ham oshiradi.
Shuningdek, saylovni tashkil etishda xolislikni ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilaridan tashqari, yana fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yig‘ini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilmaydi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin ishchi guruh o‘z faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruhlarning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qilish;
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
hovlilar, uylar, ko‘chalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga olish hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda aholining umumiy yig‘ilishi bayonnomasini tuzish;
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi o‘tkazilishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatgan holda amalga oshirilishi qonun darajasida mustahkamlab qo‘yilgan (6-modda).
Bundan tashqari, fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar bilan fuqarolarni o‘z vaqtida tanishtirish, ularning fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga barcha nomzodlardan xabardor bo‘lishiga imkon berish va saylovning o‘zidagina emas, balki saylovoldi tadbirlarida ham faol ishtirok etishiga imkon berish maqsadida fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborot saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yiladi (16-modda), bu esa saylovning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqishi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuborishi belgilab qo‘yilgan.
Shuni hisobga olish kerakki, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida o‘tkaziladi (21-modda).
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
sanoq komissiyasini saylash;
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni e’lon qiladi. Shundan so‘ng fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga so‘z beradi.
Fuqarolar yig‘ini raisini saylash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha fuqarolar tomonidan ongli ravishda qaror qabul qilinishi, bo‘lajak fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari sohasidagi qonun hujjatlari ro‘yobga chiqarilishi uchun mas’uliyatini oshirish, saylangan fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida nomzodlar o‘zlarining kelgusidagi faoliyat dasturlarini e’lon qiladilar. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruza bilan chiqishlari alifbo tartibida o‘tkaziladi (21-modda).
Shuni hisobga olish kerakki, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qo‘shimcha talablar belgilangan bo‘lib (17-modda), bu aholi orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, ular tomonidan hurmat qilinadigan eng munosib fuqarolar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanishini ta’minlash imkonini beradi.
Chunonchi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish. Bu talab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mamlakatning u yoki bu hududida yashaydigan fuqarolarning irodasini ifoda etishi bilan bog‘liq va shu sababli ularning ehtiyojlari, qiyinchiliklari va imkoniyatlarini to‘la-to‘kis tushunish uchun fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) etib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxs saylanadi;
bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi. Bu talab “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplaridan biri – mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish prinsipini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi;
davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish, chunki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat vazifalarini amalga oshirish bilan, shuningdek jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan vazifalarga tobora ko‘proq ega bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) ushbu sohalarda ish tajribasiga ega bo‘lgan odamlar orasidan saylashni zarur qilib qo‘ymoqda.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emasligiga alohida e’tibor berish tavsiya qilinadi.
Xolislikni ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida ishchi guruhga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ko‘rsatish huquqi berilgan (19-modda).
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy ichida fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantirishi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylashi kerak (32-modda). | 250 | 34,931 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-525-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 5-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-525-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 679 |
Qonunchilik | Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari hamda ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi va vazifalari;
mutaxassis kadrlarni tayyorlash tartibi, ta’lim muassasalari kursantlari, tinglovchilari hamda rahbar va xodimlarining huquq va majburiyatlari;
ta’lim muassasalarining moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish.
2. Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
o‘z tizimidagi oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyati muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining maqsadi va asosiy vazifalarini, ta’lim jarayonini tashkil etish, shuningdek, ta’lim tizimini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) — xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ta’lim oluvchilarni ixtisoslik (mutaxassislik) fanlariga kasbiy yo‘naltirish hamda maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oliy ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
kursant — ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilingan shaxs;
tinglovchi — ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining sirtqi ta’lim shakliga va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan shaxs;
xodim — O‘zbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar;
oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarish vakolatiga ega davlat organi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli davlat organi) — tizimida oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idora;
qo‘shma ta’lim dasturlari — ta’lim muassasalari va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan memorandum, bayonnoma, shartnoma (kelishuv)ga muvofiq kadrlar tayyorlanadigan va bitiruvchilariga ikki tomonning diplomi beriladigan ta’lim shakli.
3. Ta’lim muassasalari oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bo‘lib, mazkur Nizom va o‘z ustavi asosida faoliyat yuritadi.
4. Ta’lim muassasalari filiallarida ta’lim jarayoni ta’lim muassasasining xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Filial rahbari ta’lim muassasasi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.
5. Ta’lim muassasalariga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga yoki to‘lov-shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Kursantlar ta’lim muassasalari xususiyatidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingandan so‘ng bir oydan kam bo‘lmagan muddatda “Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari”da ishtirok etadi hamda “Vatanga qasamyod”ni, qoida tariqasida, Mustaqillik bayrami arafasida qabul qiladi.
7. Kursantlar birinchi bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan so‘ng muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga ta’lim muassasasi joylashgan erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
8. Ta’lim oluvchilarni mutaxassislik fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
9. Quyidagilar ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq o‘qitish sifatini ta’minlash;
ta’lim tizimida kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlash hamda jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlashni chuqurlashtirilgan holda amalga oshirish;
o‘quv jarayonini (jumladan, amaliyot, stajirovka) kadrlar buyurtmachilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish;
oliy malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
ilm-fan, texnika, texnologiyalar, iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodiyoti va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash usullarini tizimli takomillashtirish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali tizimni yaratish, ularda yuksak ma’naviy, axloqiy, insonparvarlik ruhiyatini va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, Vatanga, jamiyatga, oilaga va atrof muhitga muhabbatni singdirish;
o‘qitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini amaliyotga joriy qilish;
oliy ta’limda fan va ishlab chiqarish uyg‘unligi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash;
ta’lim berish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish hamda xizmat faoliyati monitoringini amalga oshirish;
oliy ta’lim sohasida o‘zaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
10. Ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshiriladi.
11. Vakolatli davlat organi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqib bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning yangi mutaxassisligini ochish bo‘yicha takliflar berish huquqiga ega.
12. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
13. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
14. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish kamida uch yil davom etadi. Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim jarayonining davom etish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun kamida to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega xodimlar uchun uch yil etib belgilanadi.
15. Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi va turi, bilim, malaka hamda ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, fan dasturlarining tuzilishi va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda ta’lim sifatini nazorat qilish muayyan ta’lim yo‘nalishining malaka talablari orqali belgilanadi.
16. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
17. Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun ikki bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin.
18. Ikki bosqichli boshqaruv magistraturasining diplomlariga ega bo‘lgan bitiruvchilariga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish hamda mazkur Nizomning 48-bandida keltirilgan lavozimlarda ishlash imkoniyati beriladi.
19. Magistrning kasbiy faoliyat sohasi va turi, bilim, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, o‘quv dasturlarining tuzilishi va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmlari va ta’lim sifatini nazorat qilish muayyan magistratura mutaxassisligining malaka talablari orqali belgilanadi.
20. Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
21. Ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tamomlayotgan bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi.
22. Ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda fakultet, kafedra, markaz, o‘quv va ilmiy laboratoriya, texnopark hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi mumkin.
23. Ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni bilan bog‘liq tarkibiy bo‘linmalari faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
24. Ta’lim muassasalarini davlat ta’lim standartlariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligi jihatidan attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Oliy ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlari ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish hamda asosiy o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan yo‘nalishlar va kurslar bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida, asosiy o‘quv dasturlari bajarilishiga to‘sqinlik qilinmagan holda olib borilishi mumkin.
26. Ta’lim jarayonini tashkil etishda kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga hamda jangovar va jismoniy jihatdan tayyorlashni chuqurlashtirilgan holda, shuningdek, kasbiy tayyorlashda mutaxassislik va yuridik fanlarning o‘qitilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
27. Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlari, shuningdek, tegishli tartibda tasdiqlanadigan malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
28. Ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, yakka tartibdagi o‘quv mashg‘uloti, laboratoriya ishi, kollokvium, kurs ishi (loyiha), maslahat, mustaqil ta’lim, mustaqil ish, amaliyot, stajirovka, bakalavrlar uchun bitiruv malakaviy ishi, magistrlar uchun magistrlik dissertatsiyasi va boshqa turlari joriy qilinadi.
29. O‘quv jarayoni samaradorligini ta’minlaydigan modulli yoki boshqa muqobil shakllar qo‘llanilishi mumkin va bu tizim vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
30. O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejasiga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) o‘tkaziladi.
31. Ta’lim muassasalarida o‘quv yili, odatda, ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun o‘tkaziladigan yakuniy baholash bilan tugaydigan ikki semestrga bo‘linadi.
32. Ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi.
33. Ta’lim oluvchilarni kursdan kursga o‘tkazish ta’lim muassasasi o‘quv bo‘limi (o‘quv-metodik boshqarma), fakultet yoki magistratura bo‘limi tavsiyasiga binoan ta’lim muassasalari boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
34. Oliy ta’limning o‘quv rejasi va dasturlarini o‘zlashtirish bitiruvchilarning majburiy yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi.
35. Amaliyot va stajirovkaning barcha turlari tegishli vazirlik va idoralarda, o‘quv rejalariga va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarining amaliyoti va stajirovkasi haqidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
36. Oliy ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi o‘quv-ilmiy, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish komplekslarini yaratish yo‘li bilan, shuningdek, yetakchi olimlar va ishlab chiqarish mutaxassislarini o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, amaldagi qonunchilikka muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarida, boshqa tashkilotlarda oliy ta’lim muassasalari markazlari, laboratoriyalari va kafedralari filiallarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
37. Ta’lim muassasalarining ta’lim oluvchilari quyidagi huquqlarga ega:
fan, texnika va zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiyot va madaniyat rivojlanishining hozirgi zamon darajasiga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasi va dasturlarini yanada takomillashtirish yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariyatiga taklif berish;
ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha muhim masalalar muhokamasida qatnashish;
axborot-resurs markazi, o‘quv, ilmiy, davolash va boshqa bo‘linmalar xizmatidan ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida tayyorlagan ishlarini nashrga taqdim etish;
belgilangan tartibda ilmiy va ijodiy to‘garaklarda qo‘shimcha ta’lim olish.
38. Ta’lim oluvchilar ta’lim dasturlarida belgilangan bilimlarni olishlari, o‘quv rejasida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha fanlar hamda tanlov fanlarini o‘zlashtirishi, o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha turdagi mashg‘ulotlarda berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatda bajarishlari, ta’lim muassasasi ustaviga, ichki tartib va ta’lim oluvchilar turar joylari qoidalariga rioya qilishlari shart.
39. Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ta’lim oluvchilar oliy ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini boshqarish vakolatiga ega davlat organlari tomonidan ularning tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan pul ta’minoti, imtiyozlar, buyumlar va oziq-ovqat ta’minoti hamda boshqa zarur normalar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi.
40. Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan ta’lim oluvchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat stipendiyalarini olishga haqli.
41. Ta’lim olish davrida homiladorlik, tug‘ish va bola parvarishlash bilan bog‘liq ta’til uchun ta’lim oluvchilarga qonunchilik hujjatlariga asosan akademik ta’til beriladi.
42. Kursant va tinglovchilarning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish hamda o‘quv rejasi talablarini bajara olmagan ta’lim oluvchilarga akademik qarzdorliklarni bartaraf etish imkonini berish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
43. Ta’lim muassasasining ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzgan ta’lim oluvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan intizomiy choralar ko‘riladi.
44. Akademik ta’til berilgan ta’lim oluvchilar ta’til davrida ta’lim oluvchilar safidan chetlashtirilishi mumkin emas.
45. Xizmatdan ajralmagan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan tinglovchilarga ularning asosiy xizmat joyidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar beriladi.
46. Ta’lim muassasalarida rahbarlar, ilmiy-pedagog xodimlar (professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar), texnik-muhandislik, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv-yordamchi va boshqa toifadagi xodimlar faoliyat olib boradi.
47. Ta’lim muassasasida pedagogik faoliyatni amalga oshiruvchilarga kafedra boshlig‘i, kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-metodist (katta o‘qituvchi-metodist) lavozimida ishlayotgan shaxslar kiradi.
48. Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining ixtisoslashtirilgan kafedralari professor-o‘qituvchilar lavozimlariga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegishli mutaxassislik bo‘yicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi.
Tegishli sohalarda ilmiy, pedagogik yoki amaliy tajribaga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi tarkibi lavozimlariga tayinlanishlari mumkin.
49. Sud qaroriga muvofiq bunday huquqdan mahrum qilinganlarga oliy ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borishga ruxsat berilmaydi.
50. Ta’lim muassasalari tegishli tarmoqlarning, fan va ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislarini pedagogik faoliyatga jalb etishi mumkin.
51. Pedagog xodimlarni ta’lim muassasalariga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Pedagog kadrlarning o‘quv yuklamasi egallab turgan lavozimiga ko‘ra ko‘rsatilgan ish turlarini bajarish zaruratidan kelib chiqib, fakultet (kafedra) boshlig‘i bergan taklifga asosan, ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
53. Ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, “Ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari vakolatli davlat organi hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
54. Ta’lim muassasalari pedagog xodimlar tarkibi lavozimlariga qo‘yiladigan talablar vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
55. Ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda mehnat haqi va moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini olish;
ta’lim muassasasi kengashlariga saylash va saylanish;
ta’lim muassasasi faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasida va qaror qabul qilishda ishtirok etish;
axborot-resurs markazlari, o‘quv va ilmiy bo‘linmalar, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, davolash va boshqa bo‘linmalar xizmatidan ta’lim muassasasi ustaviga hamda jamoa shartnomasiga muvofiq bepul foydalanish;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq shakllantirishda ishtirok etish;
individuallik xususiyatlariga to‘laqonli javob beradigan va yuqori sifatli o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ta’minlaydigan o‘qitishning usul va vositalarini tanlash;
ta’lim muassasasi rahbariyati buyruqlari va qarorlaridan norozi bo‘lganda, qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat arizasini (bildirgisini) berish;
o‘z kasbiy faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlanishini talab etish.
Pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
56. Ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining majburiyatlari:
dars berayotgan fanlari orqali ta’lim oluvchilarda tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tayyorgarlikning professional sifatlarini shakllantirish;
ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviyat va madaniyatni, Vatanga, tabiatga va o‘z kasbiga muhabbatni, vatanparvarlikni fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirish;
o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining yuqori samaradorligini ta’minlash;
ta’lim muassasasi ustaviga qat’iy rioya qilish;
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
57. Ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublika yoki xorijiy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda stajirovka o‘tashi va malaka oshirish kurslarida qatnashishi mumkin.
58. Ta’lim muassasasi ilmiy xodimlari ilmiy tadqiqot o‘tkazishning xavfsizlik choralariga javob beradigan, ularning individual qobiliyatlariga mos va ilmiy tadqiqot jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan usullar va vositalarni tanlashga haqli.
59. Yuqori malakali ilmiy-pedagog xodimlarni tayyorlash oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktorantura shaklida amalga oshiriladi.
60. Ta’lim muassasasining rahbarlari, ma’muriy-xo‘jalik, texnik-muhandislik, ishlab chiqarish, o‘quv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Ta’lim muassasasining bevosita boshqaruvi ta’lim muassasasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasining boshlig‘i qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
62. Ta’lim muassasasining ish natijalari uchun to‘liq javobgarlik ta’lim muassasasi boshlig‘i zimmasiga yuklanadi. U qonunchilik hujjatlariga va ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan faoliyat yuritadi, belgilangan tartibda mol-mulkka egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda ta’lim muassasasining hisob varag‘ini ochadi.
63. Ta’lim muassasasining boshlig‘i quyidagi vakolatlarga ega:
o‘rinbosarlari, boshqarma, fakultet va boshqa bo‘linmalarning aniq vazifalari, majburiyatlarini va mas’uliyatini belgilash;
ta’lim muassasasi xodimlari, professor-o‘qituvchilari va ta’lim oluvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruq, farmoyish chiqarish va ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolatlari doirasida ishchi va xizmatchilar hamda ilmiy-pedagog xodimlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
ta’lim muassasasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperimental va boshqa tashkilotlar hamda bo‘limlarning vakolatlarini aniqlab berish va ular to‘g‘risidagi nizom (yo‘riqnoma)larni tasdiqlash;
ta’lim muassasasi xodimlarini o‘z vakolatlari doirasida rag‘batlantirish;
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda ichki tartib qoidalarini tasdiqlash.
Ta’lim muassasasining boshlig‘i qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
64. Ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Ta’lim muassasasining kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil qilinadi.
65. Kengashning tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish tartibi va faoliyati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.
66. Ta’lim muassasasi boshlig‘i o‘rinbosarlari (filiali boshlig‘i) ta’lim muassasasi boshlig‘ining tavsiyasiga asosan vakolatli davlat organi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
67. Ta’lim muassasasida jamoatchilik boshqaruv organi bo‘lgan Vasiylik kengashi tashkil etilishi mumkin. Bunda, qoida tariqasida, uning tarkibiga muassis(lar), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, soha vazirlik va idoralari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari, fondlar va homiylarning vakillari kiritiladi.
68. Ta’lim muassasalari uni boshqarish vakolatiga ega davlat organi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, harbiy va idoraviy akademik litseylarning faoliyatiga o‘quv-metodik rahbarlik qiladi.
69. Ta’lim muassasasi ustaviga muvofiq o‘zida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy, metodik, ilmiy-texnik, faxriylar, xotin-qizlar, yosh olimlar kengashlari va boshqa kengashlarni tashkil qilishi mumkin.
70. Ta’lim muassasalarining mulki davlat mulki hisoblanadi.
Ta’lim muassasasining mulki asosiy fondlar va aylanma mablag‘larni, shuningdek, o‘z ustavida belgilangan faoliyatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa asosiy vositalarni o‘z ichiga oladi.
71. Ta’lim muassasasi homiylik xayriyalari tarzida o‘tkazilgan pul mablag‘lari va mulkdan, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro tashkilotlar, moliyaviy muassasalar hamda tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad, shu bilan birga, xo‘jalik hisobidagi mulkidan foydalanishdan tushgan mablag‘larni mustaqil tasarruf qilish huquqiga ega.
72. Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan faoliyatini amalga oshiradi.
Shartnoma asosida olingan mablag‘lardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi.
73. Ta’lim muassasasi belgilangan tartibda xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritib boradi.
74. Ta’lim muassasasida budjet va moliyaviy intizom ustidan nazorat budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
75. Ta’lim muassasalari xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzilgan ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim oluvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, pedagog hamda ilmiy xodimlarni almashish dasturlarini amalga oshirish;
qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, kongresslar, anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
oliy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro dasturlarda ishtirok etish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘shma oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish.
76. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasida o‘qitish, stajirovka va malakasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish davlatlararo va idoralararo tuzilgan shartnomalar doirasida, ta’lim muassasasi tomonidan imzolangan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
77. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli (bir haftadan olti oygacha) o‘qishga, stajirovkaga borib kelgan ta’lim oluvchilarning o‘qishni davom ettirishi (farqlarni topshirishi) tartibi ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarida belgilanadi va ta’lim muassasasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
78. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim oluvchilarni o‘qitishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasasi va xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan memorandum (bayonnoma, kelishuv), shuningdek, mazkur memorandum asosida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha shartnoma (kelishuv)ga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
79. Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish shartlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash xorijiy turdosh hamkor oliy ta’lim muassasalari, vakolatli davlat organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
80. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
81. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “harbiy” so‘zi “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandda:
beshinchi xatboshi “harbiy” so‘zidan keyin “hamda harbiylashtirilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshi “harbiy” so‘zidan keyin “hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “harbiy” so‘zi “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 2-bandidagi “va harbiy oliy” so‘zlari “oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 83 | 28,665 |
Qonunchilik | Iroda Ibodullayeva: «Barcha savollarimga javobni bir.uz da topdim» | Agar buхgalterlarning barchasi bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida oʻqib chiqqanda edi, ijtimoiy tarmoqlar guruhlari va messenjerlarida kasbiy mavzudagi savollar koʻp boʻlmagan boʻlardi. «Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan Iroda Ibodullayeva shunday deb hisoblaydi.
– Iroda, bir.uz tizimi haqida qayerdan bildingiz va undan qanday foydalandingiz?
– Soʻnggi yillarda men koʻproq oila ishlari bilan band boʻldim. Bu davrda kasbimni tashlamadim – kichik firmaning buхgalteriya hisobini yuritib, bir хil andozadagi ishlarni bajarib keldim, malaka va tajribamni oshirishga esa imkon topmadim. Endilikda – farzandlarim ulgʻaygan sayin boʻsh vaqtim koʻpaya boshladi. Hozir koʻnikma va bilimlarimni yangilash mavridi kelganligini anglab turibman. Bilim olish maqsadida eng maqbul variantni izlashga tushdim. Kurslarga bormoqchi boʻldim, lekin kun tartibimga mos keladiganini topolmadim. norma.uz telegramm kanalidan kelgan bir.uz haqidagi ma’lumot ayni muddao boʻldi. Loyiha saytiga kirib, aynan menga mos ekanligini angladim. Oʻquv testlarining aniq vaqtga bogʻlanmaganligi va istalgan vaqtda shugʻullanish mumkinligi juda qulay boʻldi. Malakani tasdiqlovchi attestatni olish uchun imtihondan oʻtish mumkinligi meni qiziqtirib qoʻydi.
– «Bosh buхgalter (soliq solishning soddalashtirilgan tartibi) 2 toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshira oldingiz. Soliq solishning umumbelgilangan tizimi bosh buхgalteri attestatini olishni rejalashtiryapsizmi?
– Hozircha egallagan bilimlar bilan ishlab koʻrmoqchiman. Ilgari koʻpgina hamkasblarim singari men ham amaliy savollarga javob topish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi buхgalteriya guruhlari ishtirokchilariga yordam soʻrab murojaat qilar edim. bir.uz tizimida oʻquv testidan oʻtish vaqtida barcha savollarimga javob topdim, ish uchun foydali zarur bilimlarga ega boʻldim. Bugungi kunda uchta firmani yurityapman va bunda oʻz bilimlarimga tayanaman. Agar barcha buхgalterlar bir.uz da oʻqib chiqsalar, ijtimoiy tarmoqlardagi savollarga oʻrin qolmasdi.
Shunday vaqtlar keladiki, yanada koʻproq kasbiy bilimlarni egallamoqchi boʻlasiz, bunda albatta, bir.uz dan foydalanaman. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi boʻyicha I toifali bosh buхgalter diplomini olishga urinib koʻrish mumkin. Bunda yanada murakkabroq kasbiy topshiriqlarni yechish uchun bilim va koʻnikmalar kerak boʻladi. Yana soliq solishning umumbelgilangan tizimi haqida ham oʻylab koʻraman. Qaysi biri ma’qulligini vaqt koʻrsatadi. Yangi Soliq kodeksi qabul qilinsa, nimalar talabgir va dolzarb boʻlishi ayon boʻladi.
– bir.uz tizimi bilan ishlaganingizda koʻproq nimalar yodingizda qoldi?
– Qulayligi, aniq bir vaqtda mashgʻulotlarga borish zarurati yoʻqligi menga ma’qul keldi. Oʻquv materiali eng asosiy va murakkab amaliy masalalarni qamrab olgan, barcha jihatlar sodda va tushunarli qilib koʻrsatib berilgan.
bir.uz resursida imtihonga tayyorlanishda qaysi savollarga notoʻgʻri javob berilganini tekshirib koʻrish imkoniyatining yoʻqligi yomon ekan. Agar shunday ma’lumot berilganda, хatolar ustida ishlash imkoni tugʻilgan boʻlardi. Tizimda yana shugʻullanadigan vaqtimga kelib, bu taklif amalga oshib qolar. Shunda oʻqish yanada samarali boʻladi.
Umuman bir.uz yaratilishiga hissa qoʻshganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 66 | 3,436 |
Qonunchilik | Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish tartibining joriy etilganligi yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishning yanada oshishiga olib keldi.
Shu bilan birga, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti olish istagidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning aksariyati kafillik taqdim eta olmayotganligi, bu imkoniyatdan foydalanishda dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va kasb-hunar egallayotgan yoshlarga zarur sharoitlar yaratish, ularning o‘z kompyuteriga ega bo‘lish imkoniyatini kengaytirish, bu borada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-avgustdagi PQ-350-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
2022-yil 1-noyabrdan boshlab IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Eshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kafilligini berish tizimini joriy etish;
kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish;
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bosqichma-bosqich ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki so‘nggi 6 oyda ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratilgan iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilaning farzandi yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga 2023-yil 1-avgustga qadar kompyuterni (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) iste’mol krediti asosida xarid qilish uchun kafillik berish”;
sakkizinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘ttizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq quyidagi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining milliy sertifikatlar bo‘yicha elektron bazasi;
IT Parkning “Sertifikatlar reyestri”;
banklarning tegishli axborot tizimlari;
Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali o‘zaro hamda “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
YIDXPdagi “Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish” davlat xizmatini ushbu qarorga 6-ilovada keltirilgan ma’muriy reglament talablariga muvofiqlashtirsin”;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin”;
g) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan davlat xizmatlari AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;
d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Mazkur Ma’muriy Reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan hamda kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) hisobidan jamg‘arma kafilligini berishni va/yoki ushbu kreditning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni so‘rab mazkur Reglamentga muvofiq murojaat qilgan o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
bank — sertifikat va ma’lumotnoma olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratadigan AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Eshlar ishlari agentligi;
verifikatsiya — ariza beruvchining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligini, shuningdek, u tomonidan taqdim etilgan sertifikatni haqiqiyligini tegishli elektron tizimlar orqali tekshirish;
iste’mol krediti — ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bank tomonidan beriladigan krediti;
kafillik — iste’mol krediti bo‘yicha kelgusida yuzaga keladigan majburiyatni ta’minlash bo‘yicha jamg‘arma tomonidan beriladigan kafolat;
kompensatsiya — iste’mol kreditining muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblanadigan foizlarning Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini jamg‘arma hisobidan qoplash uchun vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan har oyda bankka o‘tkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘;
ma’lumotnoma — vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligi berilishi va/yoki mazkur kreditning foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinishi to‘g‘risida taqdim etiladigan hamda 90 kalendar kun mobaynida amal qiladigan elektron hujjat;
sertifikat — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar, shuningdek, IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda tamomlagan yoshlar bo‘yicha tegishli axborot tizimlari orqali beriladigan elektron hujjat;
sertifikatlar reyestri — IT-park tomonidan yuritiladigan, uning rezidenti bo‘lgan tashkilotlarda axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchilarga yoki ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga beriladigan sertifikatlarning yagona elektron reyestri.
3. Kompyuter xarid qilish uchun banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi hamda kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshganda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
4. Ariza beruvchilarga iste’mol kreditining muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari jamg‘arma hisobidan to‘lanadi, shuningdek, ushbu iste’mol kreditini olishda ularning xohishiga ko‘ra jamg‘arma kafilligi beriladi. Bunda:
sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar tomonidan olingan iste’mol kreditining foiz to‘lovlari ushbu kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiya jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi;
kafillik sertifikat olgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi bo‘lgan yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan shaxslarning xohishiga ko‘ra 2023-yil 1-avgustga qadar jamg‘arma tomonidan beriladi;
iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadigan shaxslarga iste’mol krediti bo‘yicha kafillik ham berilishi mumkin;
ariza beruvchining faqat bitta iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya va/yoki kafillik beriladi;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarning qonuniy vakillariga iste’mol kreditining foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadi, murojaatga ko‘ra ushbu kredit bo‘yicha jamg‘arma kafilligi ham beriladi.
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organ va banklar o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
6. Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ariza beruvchi iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lashni va/yoki kafillik berishni so‘rab istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan uning nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani (keyingi o‘rinlarda — so‘rovnoma) elektron tarzda to‘ldiradi.
Ariza beruvchidan so‘rovnomada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
10. So‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
14. Sertifikat olgan yoshlarga iste’mol krediti bo‘yicha kompensatsiya to‘lash va/yoki kafillik berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi;
b) vakolatli organ:
tushgan murojaatlarni 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi;
kompensatsiya to‘lash bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatni, jamg‘arma kafilligini berishda esa qo‘shimcha ravishda ariza beruvchining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligini verifikatsiyadan o‘tkazadi;
ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligi berilishi va/yoki kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi;
verifikatsiyadan o‘tgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etib boradi,
jamg‘arma kafilligini berish yuzasidan tegishli bank bilan bitim tuzadi;
iste’mol krediti foiz to‘lovlarining kompensatsiya mablag‘larini tegishli banklar hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi;
v) bank:
ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi;
ariza beruvchiga berilgan ma’lumotnoma asosida vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kafillik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolaydi;
iste’mol krediti ajratish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi hamda vakolatli organni xabardor qiladi;
vakolatli organ tomonidan o‘tkazilgan kompensatsiya mablag‘larini iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.
15. Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi;
sertifikatdagi ma’lumotlar ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;
murojaat qilingan sanada sertifikat berilganiga 6 oy o‘tganligi;
ariza beruvchiga iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinayotganligi (qilinganligi) yoki ilgari kafillik berilganligi;
ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti bo‘yicha kafillik berilishini ham so‘rab murojaat qilganda uning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandi ekanligi yoki “Yoshlar daftari”ga kirganligining tasdiqlanmaganligi;
kafillik berishni so‘rab 2023-yil 1-avgustdan so‘ng murojaat qilinganligi;
ariza beruvchining avvalgi murojaati asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugamaganligi;
murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganda uning qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi.
Davlat xizmatini boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish rad etilganda bu haqida ariza beruvchiga avtomatik ravishda SMS xabar yuboriladi.
16. Vakolatli organning iste’mol krediti bo‘yicha jamg‘arma kafilligini berish va/yoki foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi olingandan so‘ng banklarning tegishli filiallari o‘zlarining ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda iste’mol krediti ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
Iste’mol krediti ajratish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qilingan va kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazib berilgandan so‘ng bank har oyning 15-kuniga qadar bu haqda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
17. Iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari har oyning 25-kuniga qadar vakolatli organ va/yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan banklarning tegishli hisobvarag‘iga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga ikki ish kuni ichida o‘tkazib boradi.
18. Vakolatli organning iste’mol krediti bo‘yicha kafillik berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi asosida vakolatli organning hududiy bo‘linmasi tegishli bank filiallari bilan belgilangan tartibda kredit bo‘yicha kafillik bitimini imzolaydi.
Bunda kredit bo‘yicha asosiy qarz ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganda bank asosiy qarzni undirishga qaratilgan barcha zarur choralarni ko‘radi (shu jumladan, undiruvni ariza beruvchining ish haqi va boshqa daromadlariga qaratadi).
Ko‘rilgan choralarga qaramasdan ariza beruvchidan kamida uch oylik asosiy qarzni va/yoki foiz to‘lovini undirish imkoni bo‘lmaganda bank asosiy qarzni undirish uchun ko‘rilgan choralar, qarzdorlik summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organning bitimni imzolagan hududiy bo‘linmasiga talabnoma yuboradi.
Vakolatli organning hududiy bo‘linmasi talabnoma tushganidan so‘ng 5 ish kunida jamg‘arma kafilligi berilgan iste’mol krediti bo‘yicha asosiy qarzni va/yoki foiz (shu jumladan, kreditning muddati o‘tgan asosiy qarzi uchun hisoblangan) to‘lovini bankka to‘lash choralarini ko‘radi.
Bank ushbu mablag‘larni kredit bo‘yicha asosiy qarzni qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.
19. Iste’mol krediti bo‘yicha shartnoma shartlarida belgilangan asosiy qarz o‘z muddatida va/yoki foiz to‘lovi ariza beruvchi tomonidan to‘lanmaganligi natijasida yuzaga kelgan penya va boshqa turdagi zarar bank tomonidan umumiy belgilangan tartibda ariza beruvchidan undiriladi.
20. Ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha ariza beruvchi tomonidan haqiqatda kompyuter xarid qilinganligi banklar tomonidan monitoring qilinadi.
Agar ajratilgan iste’mol krediti mablag‘lari boshqa maqsadlarga sarflangan bo‘lsa, banklar tomonidan belgilangan tartibda iste’mol kreditini va foizlarni ariza beruvchidan undirish choralari ko‘riladi.
Bunday holat to‘g‘risida vakolatli organ va uning tegishli hududiy bo‘linmasi banklar tomonidan 3 ish kunida xabardor qilinadi hamda iste’mol krediti bo‘yicha vakolatli organ tomonidan foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish to‘xtatiladi.
21. Ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti asosida xarid qilingan kompyuterdan maqsadli foydalanilishi u yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan har chorakda kamida bir marta monitoring qilinadi.
Ushbu monitoring jarayonida iste’mol krediti ajratilgan sanadan boshlab ikki yil ichida ariza beruvchi kompyuterdan maqsadli foydalanmayotganligi (shu jumladan, sotganligi yoki uchinchi shaxslarga berganligi) aniqlanganda mahalladagi yoshlar yetakchisi bu haqda dalolatnoma tuzib, uch kun muddatda vakolatli organning tegishli hududiy bo‘linmasini xabardor qiladi.
Bunday xabarnomani olgan vakolatli organning hududiy bo‘linmasi uch kun muddatda bu haqda tegishli bankni xabardor qiladi va ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishni to‘xtatadi.
22. Vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 204 | 22,868 |
Qonunchilik | Tabiiy monopoliyalar roʻyхatiga tuzatishlar kiritiladi | QHTBT portalida «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda.
Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalar roʻyхatiga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasiga koʻra u quyidagi tarzda bayon etiladi:
Koʻrsatilgan sohalarda narхlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajasini aniqlash (oʻrnatish) vositasida amalga oshiriladigan narхlarni davlat tomonidan tartibga solish amalda. Buning uchun tabiiy monopoliyalarning barcha sub’yektlari vakolatli organlarga narхlar (tariflar) loyihalarini va ular boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tovarlari va хizmatlariga narхlar (tariflar) loyihalarini vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish muddatini bir oygacha oshirish taklif qilinmoqda (hozir – bir hafta).
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilish mumkin.
Oleg Zamanov, ekspertimiz. | 54 | 978 |
Qonunchilik | Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yer va suv resurslari hamda elektr energiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalari bilan ta’minlangan nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2. Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
suv iste’molchilari uyushmalari tasarrufidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini ulardan foydalanuvchi tegishli fermer xo‘jaliklariga suv iste’molchilari uyushmalarining roziligi bilan belgilangan tartibda 2018-yil 1-iyunga qadar bepul o‘tkazib berishni ta’minlasinlar;
har yilning 1-aprel holatiga fermer xo‘jaliklari nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining texnik holatini, ularga biriktirilgan sug‘oriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazsinlar hamda tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
har yil 1-mayga qadar kelgusi yilda paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat budjetidan qoplash bo‘yicha asoslangan talabnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi 10 kun muddatda suv manbalarining suvliligiga qarab suv olish limitlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlab joylardagi barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan qoplash bo‘yicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2018-yil uchun tegishli miqdorda Davlat budjeti mablag‘ini ajratsin hamda kelgusi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda e’tiborga olsin;
paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
6. Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning yil yakuni bo‘yicha iqtisod qilingan qismi tegishli nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini ta’mirlash hamda elektr energiyasini tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirilsin.
7. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini shartnoma va oldindan to‘lov asosida o‘z vaqtida elektr energiyasi bilan ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi 2018-yil tajribasidan kelib chiqib zarur holda fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2019-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
1. Ushbu Nizom paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) subsidiyalar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunasini o‘rnatmagan, nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalari o‘rnatilgan tartibda tuman elektr tarmoqlari tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tmagan iste’molchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq, elektr energiyasi iste’molchilari va hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda tumanlar elektr tarmoqlari tashkilotlaridan va hududiy G‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4. Elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son hamda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorlariga asosan tartibga solinadi.
5. Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan har yili 1-martga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) tarkibi tasdiqlanadi.
Hududiy ishchi guruhlar tarkibiga tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, nasos stansiyalar va energetika boshqarmalari, moliya bosh boshqarmalari, yer tuzish va davlat kadastri boshqarmalari, hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarining rahbarlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiradi.
Tumanlar hokimliklarining qarorlari bilan tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida tuman ishchi guruhlari (bundan keyingi o‘rinlarda tuman ishchi guruhi deb ataladi) tarkibi tasdiqlanadi. Tuman ishchi guruhi tarkibiga tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, moliya bo‘limi, irrigatsiya bo‘limi, yer tuzish va davlat kadastri bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari tashkilotining rahbarlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiradi.
Hududiy ishchi guruh a’zolari tumanlar ishchi guruhlariga joylarda ishni tashkil qilish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun biriktiriladi.
7. Tuman ishchi guruhi har yilning 1-aprel holatiga har bir iste’molchining nasos agregati va sug‘orish qudug‘ining texnik holatini, elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarining mavjudligini, ularga biriktirilgan sug‘oriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini hamda yerdan foydalanuvchilarni joylarga chiqib xatlovdan o‘tkazadi va tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtiradi. Dalolatnomalar tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Dalolatnomada iste’molchining nasos agregati va sug‘orish qudug‘ining:
texnik parametrlari (rusmi, quvvati, suv so‘rish va bosimli quvurlar uzunligi hamda diametri, suvni ko‘tarish balandligi va boshqalar);
tasdiqlangan gidromodulli rayonlashtirish va sug‘orish rejimidan kelib chiqib, paxta va boshoqli don ekinlarini sug‘orishga sarflanadigan suv miqdori va elektr energiya iste’moli xarajatlarining hisob-kitobi aks ettiriladi.
9. Iste’molchilar kesimida tasdiqlangan dalolatnomalar tuman ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun hududiy ishchi guruhga taqdim qilinadi.
10. Dalolatnomani ishlab chiqishda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
Bunda, keyingi yilda sug‘orish ishlari uchun iste’molchining nasos agregati va sug‘orish qudug‘i chiqarib beradigan suvning oyma-oy miqdori iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilar uyushmasi tomonidan tuman irrigatsiya bo‘limi bilan kelishilgan holda tegishli gidromodulli rayonlashtirish va sug‘orish rejimi bo‘yicha hisob-kitob qilingan suv iste’moli rejasida belgilangan hajmda olinadi.
11. Hududiy ishchi guruh tuman ishchi guruhlari tomonidan tasdiqlangan iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining keyingi yilda sug‘orish ishlari uchun suv va elektr energiyasi iste’molining miqdori, elektr energiyasi qiymati aks ettirilgan dalolatnomalarini tahlil qiladi, umumlashtiradi va ular asosida viloyat bo‘yicha talabnomani shakllantirib, belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan talabnomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilinadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining keyingi yilda sug‘orish ishlari uchun suv va elektr energiyasi iste’moli hamda elektr energiyasi qiymatining muvofiqlashgan talabnomalarini tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Energetika vazirligi bilan kelishib har yilning 1-iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari kelgusi yilda sug‘orish ishlari uchun suv va elektr energiyasi iste’moli miqdori hamda elektr energiyasi qiymatining muvofiqlashgan talabnomalari asosida tegishli mablag‘lar ajratishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hisobga oladi.
14. Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari tomonidan suv olish limitidan ortiqcha suvni chiqarish xarajatlari, iste’molchilarning paxta va boshoqli don ekinlaridan boshqa ekinlarni, shuningdek boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga takroriy ekinlarni sug‘orish uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymati tegishli fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa manfaatdor iste’molchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
15. Har yil tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari, budjet parametrlari tasdiqlangandan keyin 10 kun ichida belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yetkaziladi.
Etkazilgan budjet parametrlari tuman moliya bo‘limlari tomonidan bir qator bilan xarajatlar smetasi ro‘yxatga olinadi va taqdim qilingan talabnoma asosidan har bir iste’molchi kesimida — G‘azna hisob raqamlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari kiritiladi.
16. Hisobot oyining 25-sanasigacha tuman irrigatsiya bo‘limi suv iste’molchilari uyushmasi, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda tuman elektr tarmoqlari tashkiloti mutaxassislari bilan birgalikda iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflangan suv miqdori va unga ketgan elektr energiyasi qiymatini qoplash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuman ishchi guruhiga taqdim qiladi.
Iste’molchilarning suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi kerak. Iste’molchilarning sug‘orish ishlariga olgan suv miqdorini hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangunigacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sug‘oriladigan maydonlarni, sug‘orishlar sonini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
17. Tuman ishchi guruhi taqdim qilingan ushbu hisob-kitoblarni joyiga chiqib o‘rganadi.
Tuman ishchi guruhi iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari hisobot oyida paxta va boshoqli don maydonlariga berilgan suv miqdorini hamda iste’mol qilingan elektr energiyasini hisob-kitob qiladi va to‘rt nusxada dalolatnoma rasmiylashtiradi. Dalolatnoma tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda tuman elektr tarmoqlari tashkilotiga taqdim etiladi.
Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari hisobot oyida paxta va boshoqli don maydonlarini sug‘orish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasini hisob-kitob qilishda elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarining ko‘rsatkichlari (oy boshiga va oxirgi sanasiga), nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari bilan sug‘oriladigan maydonlarga sarflangan suv resurslari hamda ularni yetkazib berish uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi xarajatlari hisobga olinadi.
Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklar uchun tuman ishchi guruhlari, iste’molchilar va tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari rahbarlari javobgar hisoblanadi.
18. Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi, tuman moliya bo‘limi va g‘aznachilik bo‘limining xodimlari har oyda iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlarini qayd etib, belgilangan tartibda ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi.
19. Tuman elektr tarmoqlari tashkiloti iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda ortiqcha olingan suv miqdori va unga sarflangan elektr energiyasi miqdori hamda qiymati bo‘yicha barcha dalolatnomalarni umumlashtiradi va oylik hisob-kitobni amalga oshirish uchun tuman g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etadi.
Bunda, iste’molchilar tomonidan paxta va boshoqli donni sug‘orishga sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun alohida schyot-fakturani tuman g‘aznachilik bo‘limga taqdim etadi. Iste’molchilarning boshqa ekinlarini sug‘orish uchun hamda paxta va boshoqli donni sug‘orish uchun ortiqcha sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun alohida schyot-fakturalarni iste’molchilarga taqdim etadi.
20. Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati tuman elektr tarmoqlari tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida belgilangan tartibda tuzilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnoma asosida oyma-oy hisob-kitob qilib boriladi.
21. Iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplashga Davlat budjeti mablag‘larini o‘tkazish uchun har bir iste’molchiga tuman g‘aznachilik bo‘limida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ochiladi.
Shuningdek, iste’molchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplashga Davlat budjeti mablag‘larini o‘tkazish uchun har bir iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida.maxsus hisobvaraqlar (23410) ochiladi.
22. Tuman elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan dalolatnomalarda va schyot-fakturalarda ko‘rsatilgan mablag‘lar tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan fermer xo‘jaliklarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasidagi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan. maxsus hisob raqamlariga (23410) o‘tkazib beriladi.
Bunda, iste’molchilarning nasos agregatlar va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati bo‘yicha hisobot oyidagi yakuniy hisob-kitoblar va kelgusi hisob-kitob davri boshlanishidan oldin, shartnomada belgilangan energiya iste’moli qiymati 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida to‘lovlar hisobot oyining yakuniga qadar amalga oshiriladi.
Iste’molchilarning boshqa ekinlarini sug‘orish uchun hamda paxta va boshoqli donni sug‘orish uchun ortiqcha sarflangan elektr energiyasi qiymati uchun taqdim etilgan schyot-fakturalar iste’molchining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.
23. Iste’molchilar tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan hajmlarga nisbatan elektr energiyasi kam iste’mol qilinganda to‘langan avans mablag‘lari qaytarilmaydi, kelgusi oyda iste’mol qilinadigan elektr energiya qiymatini qoplash uchun hisob-kitoblarda aks ettiriladi.
24. Iste’molchi tuman elektr tarmoqlari tashkiloti bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan taqdirda, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnomalar yuboriladi va iste’molchi elektr energiyasi tarmog‘idan uzib qo‘yilishi haqida ogohlantiriladi.
25. Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan iste’molchi elektr tarmog‘idan ajratiladi va qarzdorlikni belgilangan tartibda undirish choralari ko‘riladi.
Iste’molchilar tomonidan mavjud qarzdorliklar to‘liq qoplangandan keyin uni elektr tarmog‘iga qayta ulash xarajatlari iste’molchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
26. Iste’molchining nasos agregatlari va sug‘orish qudug‘idan o‘zaro kelishuvga ko‘ra boshqa fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlarini sug‘orish uchun foydalanilishi mumkin.
27. Elektr ta’minoti shartnomasi majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara o‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara o‘tkazish orqali hal qilishning iloji bo‘lmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. | 219 | 20,101 |
Qonunchilik | Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 15-aprelda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishning (ro‘yxat raqami 720, 1999-yil 10-may) yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Misol. Mehnat shartnomasi 1-martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1-yanvarda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1-yanvardan bekor qilindi. Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (yanvar, fevral oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (yanvar uchun) ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi. Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida, ya’ni 2-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 216 | 2,190 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash tizimini to‘laqonli tashkil etish maqsadida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda “Elektron hukumat” tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish;
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va keyinchalik uni butun respublika hududi bo‘yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish;
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni ishlab chiqish;
belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq-tartibotini profilaktika qilish va ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish.
3. Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 256 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 49 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Markaz tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
Markaz faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarining ish haqi va qo‘shimcha rag‘batlantirish fondi hamda moddiy-texnik ta’minoti “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleks orqali aniqlangan tartibbuzarliklar uchun jarimalarni to‘lashdan tushadigan mablag‘larning o‘n foizi miqdorida bo‘lgan mablag‘lar hisobiga, yetmagan qismi bo‘yicha esa — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda:
bir oy muddatda Markaz ustavining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni malakali mutaxassislar bilan butlash hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
7. Markazga “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning ishchi organi funksiyalari yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning holatini o‘rganish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-bandining uchinchi xatboshidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish va undan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasining 10, 12, 14-bandlari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 231 | 7,027 |
Qonunchilik | Baliq ovlash xo‘jaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yo‘li bilan ovlash, baliq ovlash xo‘jaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara to‘lovini hisoblash va undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom | Tabiiy suv havzalarida mahsuldorlik oshirilishi evaziga baliq ovlash xo‘jaliklarining manfaatdorligini oshirish, baliq ovlash xo‘jaliklari uchun ijara to‘lovlarini maqbul tarzda belgilash zaruratini hisobga olgan holda, baliq ovlash xo‘jaliklariga berilgan tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini hisoblash va undirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Baliq ovlash xo‘jaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yo‘li bilan ovlash, baliq ovlash xo‘jaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara to‘lovini hisoblash va undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
1. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari bo‘yicha ijara haqi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning o‘rtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan o‘zgarmas koeffitsiyent);
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
Is — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi eng kam ish haqi miqdorining foiz stavkasi, so‘mda”.
2. Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Eslatma:
1) bir gektarning o‘rtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan o‘zgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qo‘llaniladigan eng kam ish haqi miqdorining foiz stavkasi;
4) eng kam oylik ish haqining (EKIH) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka bo‘yicha hisoblangan ijara haqi eng kam oylik ijara haqining 10 foiz miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 202730 / 100 — 20 273 so‘m — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 202730 / 100 — 18 246 so‘m — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 202730 / 100 — 16 218 so‘m — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 202730 / 100 — 14 191 so‘m — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 202730 / 100 — 12 163 so‘m — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 202730 / 100 — 10 136 so‘m — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 202730 / 100 — 8 109 so‘m — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 202730 / 100 — 6 081so‘m — 100.1 kg. dan yuqori
1 ga suv havzaga eng past 30 foizli stavka bo‘yicha hisoblangan ijara haqi — 6 081 so‘m.
(10 x 1 x 30% EKIH / 100) — 6 081 | 250 | 2,954 |
Qonunchilik | 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi | Prezident tomonidan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmon imzolandi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Strategiyada quyidagilar belgilandi:
1) 2026 yilgacha aholining barcha muhtoj qatlamlari ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oladilar;
2) Qoraqolpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi birinchi-toʻrtinchi sinf oʻquvchilari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqatlanish (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi;
3) 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi;
4) 1 apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari daromad soligʻidan ozod etiladi;
5) umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 605 mlrd soʻm ajratiladi va 141 mingta yangi oʻquv oʻrinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 mlngacha yetkaziladi;
6) hududlarda birlamchi tibbiy хizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi;
7) 2022 yilda yillik inflyatsiya darajasini 9%gacha va 2023 yilda 5% hamda fiskal taqchillikni 3%gacha pasaytirish choralari koʻrilib, keyinchalik inflyatsiya va Davlat byudjeti taqchilligi ushbu koʻrsatkichdan oshmasligi ta’minlab boriladi;
8) 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%gacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi 15%gacha tushiriladi;
9) “Yashil iqtisodiyot” teхnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026 yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20%ga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20%ga qisqartirish choralari koʻriladi;
10) 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etiladi hamda takrorlanuvchi va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan majburiy talablar qayta koʻrib chiqilib, yagona reyestr 2025 yil 1 iyuldan boshlab toʻliq ishga tushiriladi;
11) 2022 yil 1 aprelga qadar tadbirkorlik sub’yektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat koʻrsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning iхtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruхsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari soddalashtiriladi;
12) 25 dan ortiq faoliyat turi boʻyicha monopoliyalar tugatiladi;
13) fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek oʻzaro bogʻliq davlat хizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
14) “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tugʻilganlik toʻgʻrisida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi;
15) keksa va nogironligi boʻlgan shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish orqali qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi;
16) ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
17) harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslarni hisobga olish boʻyicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi;
18) jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga amaliy koʻmaklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinadi.
Strategiya besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri aniq maqsadlardan iborat. Hammasi boʻlib 100 ta maqsad mavjud.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 90 | 3,964 |
Qonunchilik | “3x167 MBA bo‘lgan ikkita avtotransformatorlarni o‘rnatish orqali 500/220 kVli Muruntov podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qayta tashkil etilgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son qarorlariga muvofiq hamda Navoiy viloyatidagi tog‘-kon metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash va energetika tizimining shimoli-g‘arbiy qismida elektr tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-yil 8-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) o‘rtasida “3x167 MVA bo‘lgan ikkita avtotransformatorlarni o‘rnatish orqali 500/220 kVli Muruntov podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) moliyalashtirish uchun 18 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan, 82,5 mln AQSh dollari miqdorida qarz bitimi imzolanganligi;
2020-yil 10-martda o‘tkazilgan tender savdolari asosida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “GOPA-International Energy Consultants GmbN” kompaniyasi (Germaniya) o‘rtasida investitsiya loyihasi doirasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy qiymati 1,08 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan shartnoma imzolanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyundagi PQ-3857-son qaroriga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi hamda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanuvi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“3x167 MVA bo‘lgan ikkita avtotransformatorlarni o‘rnatish orqali 500/220 kVli Muruntov podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“3x167 MVA bo‘lgan ikkita avtotransformatorlarni o‘rnatish orqali 500/220 kVli Muruntov podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan YETTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz va yigim to‘lovlarini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish hamda YETTB tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
ETTB kreditini qaytarish, shu jumladan majburiyat komissiyasi, foizlar, bir martalik vositachilik va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan investitsiya loyihasi doirasida YETTB kreditni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va YETTB o‘rtasidagi kredit bitimi hamda loyiha doirasida YETTB kreditini qayta kreditlash bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. | 180 | 3,849 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasiga tadqiqot reaktorining nurlangan yadro yoqilg‘isini olib kirish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida 2012-yil 15-may kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomani kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomani kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 896 |
Qonunchilik | Qarshi shahri va Xorazm viloyatida kanalizatsiya tizimi yaхshilanadi | Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi amalga oshiriladi (14.04.2020 yildagi 220, 221-son VMQga qarang).
Hujjatlar Qarshi (Qashqadaryo viloyati), Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan shaharchasi (Xorazm viloyati) aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining kanalizatsiya хizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan. Qabul qilingan hujjatning yana bir maqsadi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
2020–2023 yillarda amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: Qarshi shahrida – 114,5 mln AQSh dollari, Xorazm viloyatida – 76,04 mln AQSh dollari. Ulardan tegishincha 90 va 60 mln AQSh dollari – 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga berilgan YeTTB qarzlari.
Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi «Kommunхizmat» agentligi loyihalarni amalga oshirish va YeTTB qarzlaridan maqsadli foydalanish uchun mas’ul hisoblanadi.
Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlari qurish uchun yer uchastkalarini ajratish hamda zaruratga koʻra kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 68 | 1,331 |
Qonunchilik | Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5482-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zolarining, shuningdek, ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg‘iz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek, pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‘lmagan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) joyi;
pensiya — uni olish huquqi Ushbu Nizomda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi;
pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish, shuningdek, ilgari to‘xtatib qo‘yilgan (to‘xtatilgan) pensiya to‘lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentiga (keyingi o‘rinlarda — Departament deb yuritiladi) ariza berish;
ish staji — Ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining umumiy davomiyligi;
ish haqi — shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi.
3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar pensiya olish huquqiga ega:
a) yoshga doir pensiyani — sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan erkaklar — 60 yoshga to‘lganda hamda ayollar — 55 yoshga to‘lganda;
b) nogironlik pensiyasini — sudya sifatida ish stajidan qat’i nazar mehnatda mayiblanganligi oqibatida sodir bo‘lgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
v) umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasini — nogironlik sodir bo‘lgan kun holatiga ko‘ra sudya sifatida quyidagi ish stajiga ega bo‘lgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar:
g) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini — vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari olish huquqiga ega. Mehnatga layoqatsiz oila a’zolari sirasiga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 19-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar kiradi.
4. Sudya lavozimidagi ish stajiga ega bo‘lgan va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan lavozimlarda ishlagan shaxslar ham, mazkur lavozimlarda uzluksiz bo‘lganligidan qat’i nazar, ushbu bandda belgilangan tartibda pensiya olish huquqiga ega.
5. Bir vaqtning o‘zida ushbu Nizom va Qonunga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaxsga uning tanlovi bo‘yicha pensiyaning bir turi tayinlanadi.
6. Ushbu Nizomga muvofiq pensiyani tayinlash:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, shuningdek, 2017-yilning 1-iyuniga qadar Oliy xo‘jalik sudi sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosiga nisbatan, shuningdek, sudlarning (shu jumladan 2017-yilning 1-iyuniga qadar umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlarining) sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga nisbatan — Departament tomonidan amalga oshiriladi.
7. Ushbu Nizomga muvofiq pensiya olish huquqiga ega shaxs pensiya olish uchun asos bo‘lgan holatlar sodir bo‘lganda Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etishi mumkin.
8. Pensiya tayinlanadigan shaxs voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
9. Pensiya tayinlashni so‘rab pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish mumkin.
10. Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo‘lsa, ushbu arizani jo‘natishning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sanasi pensiya so‘rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligi ariza beruvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
11. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligida shubha paydo bo‘lgan taqdirda, Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. Bu holda tekshirish tamom bo‘lish muddatidan qat’i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.
12. Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
pasportning nusxasi;
sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan ish davrni tasdiqlaydigan hujjat;
ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
a) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatni, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilganlikni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
b) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek, partiya maktablarida), aspiranturada (stajorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qishni, shu jumladan chet elda o‘qishni tasdiqlaydigan diplom yoki ma’lumotnoma;
v) bolani parvarish qilish bo‘yicha ta’til berilganligi va ta’tildan qaytilganligi to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda ayol kishi bola tug‘ilgandan boshlab u uch yoshga to‘lgungacha bo‘lgan davrda mehnat munosabatlarida bo‘lgan tashkilot (tashkilotlar) tomonidan berilgan bola uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish vaqtini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma;
g) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;
d) familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
e) oqlov hukmi yoki ish to‘xtatilganligi to‘g‘risida sudning ajrimi (qarori) yoki prokuror (tergovchi)ning ish to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, ehtiyot chorasi sifatida shaxsni qamoqda saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o‘tash davri to‘g‘risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi, shuningdek, reabilitatsiya to‘g‘risidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo‘yicha jinoyat ishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori (ajrimi).
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarda mavjud bo‘lganda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs tomonidan taqdim etilmaydi.
13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
pasportning nusxasi;
sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan (keyingi o‘rinlarda TMEK deb yuritiladi) olingan nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
baxtsiz hodisa va sog‘liqning xizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki, agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa, boshqa rasmiy hujjat.
Bundan tashqari, Ushbu Nizomning 12-bandi “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar ular Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarda mavjud bo‘lganda pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs tomonidan taqdim etilmaydi.
14. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
pensiya tayinlanayotgan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti;
oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ular bo‘lmagan taqdirda — fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki uning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;
vafot etgan boquvchining sudya lavozimidagi ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Nogironlik oqibatida boquvchisni yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega oila a’zosining arizasiga TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
baxtsiz hodisa va sog‘liqning xizmat vazifalarini bajarishda boshqacha tarzda shikastlanishi to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki, agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa, boshqa rasmiy hujjat;
Ushbu Nizomning 12-bandi “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, vafot etgan boquvchining nomiga rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.
Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi lozim, vafot etganning pensiya hujjatlari yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.
15. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam ko‘rsatadi.
16. Pensiyaga ustama (qo‘shimcha haq) belgilash huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) TMEKning I yoki II guruh nogironligi belgilanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
b) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
v) tegishli organ tomonidan berilgan sudyaning o‘limi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, shuningdek, vafot etgan sudyaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki vafot etgan sudya bilan tuzilgan er yoki xotin nikohi to‘g‘risidagi guvohnoma;
g) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi hujjat;;
d) faxriy unvon berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
17. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar va ma’lumotnomalar berishi shart.
18. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilishda pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti taqdim etilishi lozim. Pasporti bo‘lmagan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etiladi.
19. Qonuniy vakilning arizasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan qaror nusxasi ilova qilinadi. Ota-ona yoki qonuniy vakil pasportni taqdim etadi.
20. Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan ko‘chirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomasi taqdim etiladi.
21. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin.
22. Ishlamaydigan II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning yolg‘iz yashaydigan pensionerga tegishliligi holati ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar va tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari tomonidan tuzilgan ariza beruvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) yo‘qligini tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida belgilanadi.
23. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusxada, ham ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan tasdiqlangan nusxalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan ma’lumotnomalar (ish haqi, nogironlik, oila a’zolarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va boshqa ma’lumotnomalar) bundan mustasno.
24. Nikoh munosabatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvidan ko‘chirma, sudning faktik nikoh munosabatlarida bo‘lganlikni belgilash to‘g‘risidagi qarori, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomalari taqdim etiladi.
25. Shaxsning arizasi ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan maxsus daftarda (jurnalda) ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda tilxat beriladi.
26. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar hujjatlarni qabul qilishda ularning ushbu Nizom talablariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirishi shart.
Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar, zarur hollarda, qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin tashkilot va korxonalardan, arxiv muassasalaridan yoki shaxsdan tegishli hujjatlarni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ularning to‘g‘ri berilganligini tekshirish huquqiga ega.
27. Agar hujjatda tug‘ilgan vaqt to‘g‘risida aniq sana ko‘rsatilmagan holda oy ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tug‘ilgan sana hisoblanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatda oy ko‘rsatilmasdan faqat tug‘ilgan yil ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu yilning birinchi iyuli tug‘ilgan kun sifatida qabul qilinadi.
28. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza, shuningdek, ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarning pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori pensiya hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
29. Agar ariza beruvchiga pensiya tayinlash rad etilgan bo‘lsa, bu haqda unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya so‘rab murojaat qilgan shaxs qabul qilingan qarordan norozi bo‘lsa, u ushbu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
30. Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga ushbu Nizomga muvofiq:
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari bilan lavozimda bo‘lgan davri;
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yoki Senati a’zosi etib saylangan (tayinlangan) davri;
sudya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan davr;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning yuridik ixtisoslik bo‘yicha xizmati davri, shuningdek, prokuratura idoralarida darajali unvonlar (harbiy unvonlar)ga ega xodimlarning ishlagan davri;
ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshlig‘i yoki Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega bo‘lgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning Sudyalar oliy maktabida ishlagan davri hisobga olinadi;
Sudyaning O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosi sifatida ish staji sudya sifatida ish stajiga tenglashtiriladi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda pensiya tayinlash uchun asos bo‘ladi.
Ushbu Nizomga muvofiq pensiya tayinlash huquqini beradigan ish stajiga ish haqini saqlamagan holda mehnat ta’tilida bo‘lish davri qo‘shib hisoblanmaydi.
31. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy o‘n besh kalendar kundan ortiq davri to‘liq oygacha yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kungacha bo‘lgan davr esa hisobga olinmaydi.
32. Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxs uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqish uchun ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
33. Ish staji ish, xizmat yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arxiv muassasalaridan berilgan hujjatlar bo‘yicha belgilanadi.
34. Ish staji to‘g‘risida hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari sud tartibida belgilanadi.
35. Ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarning maxsus komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida maxsus komissiya tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida ish stajiga kiritiladi.
36. Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, ish (lavozim) bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va asoslari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.
37. Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish to‘g‘risidagi buyruqlarning nusxalari ilova qilingan holda tashkilot tomonidan berilgan, bolaga qaralgan vaqtni tasdiqlaydigan ma’lumotnomalar asosida belgilanadi
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki buyruqlar mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, buyruqlarda zarur yozuvlar bo‘lmaganda yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar bo‘lganda, ushbu davr uchun oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrining tasdig‘i sifatida qabul qilinadi.
38. Shaxs ishdan noqonuniy bo‘shatilgani munosabati bilan, shu jumladan unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki va sud tekshiruvi davrida ishlamagan vaqt, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda bo‘lish davri, jazoni o‘tash davri, tibbiyot muassasasida bo‘lish davri, shaxs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan davr tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi, reabilitatsiyalovchi asoslar bo‘yicha ish to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ajrim (qaror) haqidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
39. Avariyalar va mahalliy ko‘lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong‘in, suv bosishi), tashkilotning to‘liq tugatilishi yoxud ushbu Nizomning 35-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va ularni olish imkoni bo‘lmaganda, ish staji sud tartibida belgilanadi.
40. Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to‘ldirish va yuritish paytida amalda bo‘lgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
Agar mehnat daftarchalarida va boshqa hujjatlarda yozuvlar belgilangan qoidalardan chetga chiqqan holda bajarilgan bo‘lsa, ularni ish stajining isboti sifatida qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi masala pensiya tayinlovchi organ tomonidan hal etiladi.
41. Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi ma’lumotnomalarda ko‘rsatilgan ish davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.
42. Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ism, ota ismi yoki familiya pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ism, ota ismi yoki familiya bilan mos bo‘lmasa ushbu hujjatning ushbu shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart.
43. Ish staji to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar ko‘rsatilgan hollarda tegishli yilning 1-iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi.
44. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar yoki ish stajini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘linmagan taqdirda, ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.
45. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga nisbatan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga, shuningdek, Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan a’zosiga nisbatan;
Departament tomonidan — umumiy yurisdiksiya sudlari sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga nisbatan;
iqtisodiy sudlar tomonidan — xo‘jalik sudlari sudyasi bo‘lib ishlagan shaxslarga nisbatan yoxud shaxs murojaat qilgandan keyin uning talabi bo‘yicha ushbu Nizomga ilovaga asosan shakl bo‘yicha arxiv tomonidan beriladi.
46. Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxsiy hisobvaraqlar va hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot yoki arxiv tomonidan beriladi.
Arxiv saqlanayotgan hujjatlar asosida ish haqi turlari bo‘yicha hisoblangan summalarni yoyib ko‘rsatgan holda belgilangan shakl bo‘yicha ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berish imkoniga ega bo‘lmagan hollarda, arxiv fondidagi mavjud hujjatlarga muvofiq ma’lumotnoma yoki ma’lumotlar berishi mumkin.
47. Pensiyani hisoblash uchun ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi. Ish haqi tarkibiga lavozim maoshi, shuningdek, barcha turdagi ustamalar, qo‘shimcha haqlar, shu jumladan ko‘p yillik xizmatlari uchun, malaka darajasi uchun qo‘shimcha haq, mukofot va boshqa to‘lovlar kiritiladi.
48. Pensiyani hisoblash uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket o‘n ikki oy uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxsning tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan davr ko‘rsatiladi.
O‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan o‘n ikki kalendar oydagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy summasini o‘n ikkiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pensiyani hisoblab chiqish uchun pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining o‘n baravariga teng miqdorda 100 foiz, ish haqining qolgan qismida esa 50 foiz miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
49. Vafot etgan pensionerning oila a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensioner (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.
Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila a’zosining xohishiga ko‘ra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblashda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi bo‘yicha aniqlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun talab etiladigan staji ushbu Nizomning 3-bandi “v” kichik bandga muvofiq belgilanadi.
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa, pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
50. Ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar uchun (ishga kirish yoki ishdan bo‘shash munosabati bilan) ish haqi pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilganning xohishiga ko‘ra ish haqi tarkibiga kiritilishi mumkin. Bunda ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
51. Pensiya miqdori ish staji davriga bog‘liq bo‘ladi hamda pensiyaning bazaviy miqdoridan va ish staji uchun pensiya oshirilishidan hamda pensiyaga ustama haqlardan shakllanadi.
52. Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:
a) yoshga doir pensiyalar yoki umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi;
b) mehnatda mayiblanish oqibatida I va II guruh nogironligi pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
g) mehnatda mayiblanish natijasida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 40 foizi miqdorida.
53. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari:
a) yoshga doir pensiyalar va umumiy kasallik oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 2 foiziga;
b) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish staji mavjud bo‘lganda, pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.
54. Alohida toifadagi shaxslarga quyidagi miqdorlarda pensiyaga ustama haqlar belgilanadi:
a) urush oqibatida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
b) urush oqibatida II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
v) ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
g) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
d) II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
e) urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 50 foizi;
j) o‘limi xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq sudyalarning ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 30 foizi;
z) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega bo‘lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
55. Ustamalar tayinlanadigan pensiyalar turidan qat’i nazar tayinlanadi. Agar pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan bir necha ustama haqni bir vaqtda olish huquqiga ega bo‘lsa, u holda ustama haqlar quyidagi hollarda bir vaqtning o‘zida tayinlanishi mumkin:
a) pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsga ushbu Nizomning 54-bandi “a” yoki “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ustama haq qo‘shib hisoblanishi mumkin;
b) pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning tanlovi bo‘yicha ushbu Nizomning 54-bandi “v”, “g” yoki “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 54-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
56. Ushbu Nizomning 54-bandi “z” kichik bandiga asosan pensiyaga ustama O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini belgilash va oliy nishon — “Oltin Yulduz” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni to‘g‘risidagi nizomga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
57. Ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qo‘shimcha haq, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha haq qo‘shib hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining faxriy unvonlariga ega pensionerlarga faxriy unvonlar uchun to‘lovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Ilgari amal qilgan qonunchilik hujjatlariga asosan berilgan faxriy unvonlarga ega bo‘lgan shaxslarga to‘lovlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Faxriy unvon uchun qo‘shimcha haq pensiyaga ustamalarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.
58. O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya miqdori hisobga qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hisoblanadi.
Pensiya Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga murojaat qilingan kundan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi.
59. Pensiya tayinlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarda pensiya tayinlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tomonidan belgilanadi.
60. Komissiya boshqa zarur hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza tushgandan keyin o‘n kun muddatda tegishli qaror qabul qiladi (pensiya tayinlash to‘g‘risida, pensiya tayinlashni rad etish haqida, taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida va shu kabilar).
61. Agar ariza beruvchi pensiya olish huquqiga ega bo‘lgani holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishda nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar ularning asoslanganligi va ishonchliligi yuzasidan qo‘shimcha tekshirishni talab qilsa, Komissiya tomonidan ariza beruvchining yozma roziligiga ko‘ra shubha tug‘dirmaydigan mavjud hujjatlar bo‘yicha pensiya tayinlanishi mumkin. Agar ariza beruvchi shubha tug‘dirmaydigan mavjud hujjatlar bo‘yicha pensiya tayinlashga rozi bo‘lmasa, Komissiya ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish tamom bo‘lgandan keyin pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
62. Pensiya hujjatlari yig‘majildi Komissiya tomonidan pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng o‘n kun mobaynida rasmiylashtirilishi lozim.
63. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay tashkilot yoki ariza beruvchiga rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda barcha taqdim etilgan hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan ariza beruvchining (qonuniy vakilning) qo‘liga qaytarishi shart.
64. Komissiyaning qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
65. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning pensiyadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Ushbu holatda pensiya boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan ulush ajratib berish to‘g‘risida murojaat qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab tayinlanadi.
Pensiya hujjatlari yig‘majildini rasmiylashtirishda unga oila har bir a’zosining pensiyaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqini aniqlashda vafot etgan boquvchi oilasining nogironlikning III guruhiga ega bo‘lgan a’zolari vafot etgan boquvchi oilasining mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritilmaydi.
Agar vafot etganning bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nevaralari parvarishi bilan ular ikki yoshga to‘lgungacha band bo‘lgan oila a’zolaridan biri pensiya turlaridan bittasini oluvchi bo‘lsa, u holda uning xohishi bo‘yicha Qonunning 4-moddasiga muvofiq faqat pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi boquvchisining vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga ushbu pensiyaga huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda, boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan hollarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
66. Agar oilaning alohida yashaydigan a’zosining pensiyaga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar oilaning boshqa a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilganidan keyin tushsa, u holda alohida yashaydigan oila a’zosiga pensiya ulushi ajratilgan holda oilaning barcha a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risida yangidan qaror qabul qilinadi.
Oilaning ko‘rsatib o‘tilgan a’zosining tushgan hujjatlari amaldagi pensiya hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
67. Pensionerga rasmiy hujjat hisoblanadigan sudyaning pensiya guvohnomasi beriladi.
68. Pensiyalarning bir turini olayotgan pensioner ushbu Nizomga va Qonunga muvofiq unga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.
69. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga beriladi.
Vafot etgan boquvchining voyaga yetmagan oila a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tkazishda) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb tan olingan shaxsning nomidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza uning qonuniy vakilidan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga berilishi mumkin.
Shaxsning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana, shuningdek, zarur hollarda, yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan tilxat beriladi.
Shaxs tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilganda, ushbu ariza ro‘yxatga olingan vaqtdan o‘n kun mobaynida zarur hujjatlar va taqdimnoma to‘liq rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi ular bilan (taqdimnomaga imzo qo‘ydirgan holda) tanishtiriladi.
70. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
71. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 16-bandi hisobga olingan holda ushbu Nizomning 12 — 14-bandlariga muvofiq, agar ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi bo‘yicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlari yig‘majildida mavjud bo‘lmasa, uning uchun ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Zarur hollarda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.
72. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
Ilgari shaxsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi bo‘yicha to‘lovning to‘xtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.
73. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart.
74. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini to‘lash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.
75. Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tgan pensionerlarga yangi sudyaning pensiya guvohnomasi yoziladi.
76. Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
77. Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) pensioner tomonidan pensiya hujjatlari yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha (ish staji to‘g‘risidagi) hujjatlar taqdim etilishi;
b) nogironlik guruhining o‘zgarishi;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi;
g) ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan ustama olish huquqining paydo bo‘lishi;
d) pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining o‘zgarishi;
e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.
Sudya sifatida 15 yil ishlagan va umumiy asosda pensiya tayinlangan shaxslarga ularning keyingi faoliyati turidan qat’i nazar, ushbu Nizomga muvofiq pensiyasini qayta hisoblab chiqish huquqi beriladi. Bunda pensiyani qayta hisoblab chiqish uning oxirgi sudyalik lavozimidan kelib chiqib, ushbu Nizom kuchga kirgan kunda tegishli sudyalik lavozimi bo‘yicha ish haqini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
78. Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo bo‘lgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
79. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga beriladi.
Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning qonuniy vakili tomonidan berilishi mumkin.
Shaxsning arizasi maxsus daftar (jurnal)da ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
80. Barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
81. Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 77-bandi “a”, “v” va “g” kichik bandlari asosida ushbu Nizomning 12 — 14 va 16-bandlarida ko‘rsatilganlaridan zarur hujjatlar ilova qilinishi lozim.
82. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar nogironlik guruhi o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomani pensionerning pensiya hujjatlari yig‘majildiga ilova qiladi.
83. Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida ariza berish talab qilinmaydi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyani hisoblashning eng kam miqdorining miqdori o‘zgarganda;
tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;
oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan a’zolaridan biri ta’lim muassasasidan berilgan uning o‘quvchi ekanligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan taqdirda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarganda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
I guruh nogironligi belgilanganda.
84. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
85. Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan holda pensionerga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda shu bilan bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi shart.
86. Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin pensiya miqdorini qayta hisoblash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. Ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblash ish haqining miqdori o‘zgarishi uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarishi, nogironlik guruhining o‘zgarishi) qayta hisoblash ushbu holatlar boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
87. Pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan (olingan) ish stajini va ish haqini hisobga olgan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
88. Pensiya pensionerlarga ularning yashash joyi bo‘yicha Xalq bankining filiali orqali to‘lanadi.
89. Pensiya to‘lash qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ishonchnoma bergan shaxs ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarni bir yilda kamida bir marta xabardor qilish orqali tayinlangan pensiyaga bo‘lgan o‘z huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya to‘lashga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘ziga ma’lum barcha holatlar to‘g‘risida ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga xabar berishi shart.
Ishonchnoma Xalq bankining tegishli filialida saqlanadi. Bunda Xalq bankining filiali ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga Xalq banki filialining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.
90. Pensioner sog‘lig‘ining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi o‘zgarganda, TIEKning asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligini tekshirishlarda, shuningdek, agar TIEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilgan bo‘lsa, pensioner belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelmagan taqdirda, pensiyani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va u faqat fuqaro TIEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan kundan boshlab tiklanishi mumkin.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga kelmaganligi sababli pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilsa va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin fuqaro nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olinmasa, u holda pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
91. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan taqdirda, pensiya u mehnatga layoqatli deb e’tirof etilgan oyning oxirigacha, biroq nogironlik belgilangan kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘lanadi.
92. Pensiya miqdori o‘zgarishiga yoki pensiya to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila a’zolari tarkibining o‘zgarishi, to‘liq davlat ta’minotiga o‘tish va shu kabilar) pensiya oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga ma’lum qilishi shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar boshlanganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi kerak.
93. Faxriy unvon uchun pensiyaga qo‘shimcha haq olish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda, pensioner faxriy unvon uchun qo‘shimcha haqni olish uchun ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga ariza beradi.
Arizaga faxriy unvon berish to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinishi lozim.
Faxriy unvonlar uchun pensiyaga qo‘shimcha haqlarni to‘lash faxriy unvon berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan holda ariza berilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Ishlab turgan pensionerlarga faxriy unvonlar uchun qo‘shimcha haq to‘lash ish haqi to‘lash bilan bir vaqtda ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
94. Pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Bunda o‘tgan davr uchun to‘lovlar bir yo‘la tegishli oylar uchun hisoblangan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda to‘lanadi.
95. Pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda pensiya to‘lash pensionerning yangi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
96. Tayinlangan pensiyani to‘lash:
pensioner vafot etganda;
tayinlangan pensiyaga huquqlar yo‘qolganda;
doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda;
xorijiy davlatda bo‘lgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda to‘xtatiladi.
97. Tayinlangan pensiyani to‘lash:
pensiya to‘lash muddati tamom bo‘lganda;
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida olinmaganda;
pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;
pensioner ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirishga e’lon berilganda, bedarak yo‘qolganda;
pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida pensioner tomonidan ariza berilganda to‘xtatib turiladi.
Tayinlangan pensiyani to‘lash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin.
Pensiyani to‘lash pensioner yoki uning vasiysi ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga kelganidan so‘ng va u ariza taqdim etganidan, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatganidan so‘ng tiklanadi.
Pensionerning sud hukmi bo‘yicha qamoq joylarida bo‘lgan vaqti uchun pensiya to‘lanmaydi. Pensioner ozod bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
98. Agar nogironligi bo‘lgan shaxs tayinlangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, to‘xtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab to‘lanadi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda pensiyani to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olsa, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda, agar qayta tekshirish chog‘ida nogironligi bo‘lgan shaxs nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat layoqatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiya to‘lash mehnat layoqati tiklanganligi tufayli to‘xtatilgan bo‘lsa yoki uzrli sabablarsiz qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa, u holda keyinchalik u nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash, agar pensiya to‘lash to‘xtatilgandan keyin besh yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan bo‘lsa, nogironlik yangidan belgilangan kundan boshlab tiklanadi. Agar besh yildan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.
99. Pensiya to‘lash to‘xtatilishiga (to‘xtatib turilishiga) yoki tiklanishiga olib keladigan holatlar paydo bo‘lganda, pensiyani to‘lash, ushbu Nizomning 96 va 97-bandlarida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, tegishli holat boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi (to‘xtatib turiladi) yoki tiklanadi.
100. Pensionerga berilishi kerak bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek, pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila a’zolari, agar ular boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Pensioner vafot etgan oy uchun oxirigacha olinmay qolgan pensiya summasi oilaning ko‘rsatib o‘tilgan a’zolariga uning vafotigacha ushbu oyning kunlari uchun to‘lanadi.
Oilaning bir necha a’zolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak bo‘lgan pensiya summasi ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan summa uning uchun pensioner vafot etgandan so‘ng oltmish kundan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
101. Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketishdan olti oy avval O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi.
Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya to‘lash uchun arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi.
102. Olti oy avval pensiya ariza, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, unda “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining doimiy yashash uchun ketish to‘g‘risidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek, u borish niyatida bo‘lgan xorijiy davlatning vizasi (agar u zarur bo‘lsa) asosida to‘lanadi.
103. Olti oy avval pensiya to‘lash Xalq bankining filiali orqali bir martalik vedomost asosida amalga oshiriladi.
104. Olti oy avval to‘langan pensiya summasini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiya to‘langan davrda pensiyalar miqdorlari o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisoblab chiqish amalga oshirilmaydi.
105. Agar shaxs olti oy avval pensiya to‘langandan keyin doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketmagan bo‘lsa, unga pensiya to‘langan olti oylik davr tamom bo‘lgandan keyin pensiyani navbatdagi to‘lash uchun murojaat qilgan taqdirda ushbu Nizomning 101 va 102-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda olti oy avval yana pensiya to‘lanishi mumkin.
106. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasi tayinlangan shaxs doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketgan taqdirda (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalarga ega bo‘lgan davlatlar bundan mustasno), pensiya chet elda bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadi.
107. Ushbu Nizomning 106-bandida ko‘rsatilgan shaxsga pensiya o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
108. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi quyidagi hujjatlar asosida qayta hisoblab chiqiladi:
pensiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat;
O‘zbekiston Respublikasidan doimiy yashash joyiga ketish (bir davlatdan boshqa davlatga ko‘chib o‘tish) sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
109. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi doimiy yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.
Bunda xorijiy davlatning vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan berilgan hujjat pensionerning doimiy yashash joyidagi davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi kerak, bunday muassasa bo‘lmagan taqdirda esa, pensionerning doimiy yashash joyi davlatining Tashqi ishlar vazirligi, ushbu mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoki diplomatik vakolatxonasi tomonidan legalizatsiya qilinishi, keyinchalik, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi lozim.
110. Mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazish fuqaroning har bir yilning 31-dekabrida tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarga taqdim etilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga (18 yoshga to‘lmagan bolalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga va nabiralarga) va sud tomonidan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan — ularning qonuniy vakillari pensiya oluvchilar hisoblanadigan fuqarolarga tayinlangan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyalarini to‘lash uchun fuqaroning tirik ekanligini tasdiqlaydigan hujjat pensiya oluvchi uchun va pensiya tayinlangan fuqaro uchun taqdim etiladi.
Bunday hujjat O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xorijiy davlatning notariusi yoxud vakolatli organi (mansabdor shaxsi) tomonidan beriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi (to‘xtatiladi).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tiklanadi (qayta tiklanadi).
111. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar mehnatda mayiblanish oqibatida nogironlik pensiyasini shaxsga u doimiy yashaydigan xorijiy davlatning bankidagi yoki boshqa moliya-kredit muassasasidagi hisobraqamiga o‘tkazishni xorijiy valyutada amalga oshiradi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa.
112. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasini o‘tkazish chet elga jo‘nab ketishdan oldin pensiya to‘langan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
113. Chet elga o‘tkaziladigan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatidagi nogironlik pensiyasi summasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining pensiya haqidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblab chiqiladi.
114. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ orqali chet elga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summasining o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlaydi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida tayinlangan pensiyalar summalarini konvertatsiya qilish va yuborish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
115. Mehnatda mayiblanish oqibatidagi nogironlik pensiyasi tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida doimiy yashaydigan shaxsga o‘tgan vaqt uchun olinmagan pensiya summasini to‘lash to‘lov amalga oshiriladigan tegishli davr uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan pensiya miqdorlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
116. Pensiya hujjatlari yig‘majildi ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarda saqlanadi.
117. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlarning buxgalteriyasi pensiya hujjatlari yig‘majildining saqlanishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rishi lozim. Pensiya hujjatlari yig‘majildi yo‘qolgan va saqlanmagan taqdirda pensiya hujjatlari yig‘majildining dublikati tiklanadi.
118. Qariya va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ruhiy bemorlar internat uylarida yashovchi shaxslarning pensiya hujjatlari yig‘majildlari ushbu muassasalar joylashgan joydagi kadrlar bo‘limida saqlanadi
119. O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti sohasida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, pensionerga (ishonchli vakilga) berilishi mumkin.
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiya hujjatlari yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng beriladi.
120. Pensioner ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga d | 128 | 62,990 |
Qonunchilik | Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tegishli moliya yili uchun Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlarning prognoz parametrlarida ko‘zda tutiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini maqsadga muvofiqligini o‘rganadi, umumlashtiradi hamda tahlil asosida dastlabki ro‘yxatni shakllantiradi.
4. Vazirlik dastlabki ro‘yxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qiladi:
ilmiy yoki iqtisodiy samaradorlik;
ishlab chiqarishda foydalanishdagi samaradorlik;
yuqori texnik natija;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
ijtimoiy muammolar yechimini ta’minlashi va boshqalar.
5. Vazirlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash uchun har yili:
15-iyungacha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tasarrufida ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflarini qabul qiladi;
15-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) shakllantirilgan dastlabki ro‘yxatni va ma’lumotlarni taqdim etadi.
Bunda, Vazirlik tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotda Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni qaysi xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish va qancha muddat qo‘llab-quvvatlanishi aniq ko‘rsatilishi zarur.
6. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni har yili 15-noyabrgacha Vazirlikka taqdim etadi.
Bunda, Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash patent hamkorligi to‘g‘risidagi bitim RST yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri (konvension protsedura) patentlash yo‘li orqali amalga oshirilishi uchun talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablag‘larida) miqdori ko‘rsatilgan ma’lumotni (ro‘yxatni) Vazirlikka taqdim etadi.
7. Vazirlik Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni (ro‘yxatni) ko‘rib chiqib, har yili 1-dekabrgacha tasdiqlash uchun Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga kiritadi.
8. Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘llab-quvvatlash xarajatlari Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi.
9. Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillarida mazkur Nizomda belgilanganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari yoki xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillari qo‘llaniladi.
11. Vazirlik Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan xulosasiga, tahlil asosida dastlabki ro‘yxatni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.
12. Adliya vazirligi Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va patentni qo‘llab-quvvatlash uchun Patent hamkorligi to‘g‘risidagi bitim (PCT) yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri (konvension protsedura) patentlash yo‘li orqali talab etiladigan xarajatlar (tegishli valyuta mablag‘larida) miqdori ko‘rsatilgan ma’lumotni (ro‘yxatni) o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqdim etilishiga mas’ul hisoblanadi.
13. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan kelishilgan. | 207 | 6,261 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida | Davlat va xalq oldidagi g‘oyat katta xizmatlari, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirishdagi ulkan ishlari hamda respublikamizda g‘alla mustaqilligini ta’minlashda faol ishtiroki va qahramonona mehnatlari uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, Oliy nishon “Oltin Yulduz” medali topshirilsin: | 51 | 380 |
Qonunchilik | Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatning yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish asosida loyiha va yo‘l qurish ishlari sifatini yanada oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan uzviy bog‘liqlikda yo‘l qurish sohasida davlat boshqaruvi tizimini kompleks takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar etib belgilansin:
birinchi — avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi tajribalarni, avtomobil yo‘llarining sifatini va xizmat ko‘rsatish muddatlarini oshirishni ta’minlaydigan yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va materiallarni joriy etish;
ikkinchi — yo‘l qurilishida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy bank institutlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish hajmlarini kengaytirish, shuningdek, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni qurishda xususiy investitsiyalarni keng rag‘batlantirish;
uchinchi — birinchi navbatda, mamlakatning hududlariga yetakchi xorijiy kompaniyalar va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida yirik pudrat tashkilotlarini jalb etish hisobiga, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajriba va amaliyotni faol o‘zlashtirish va samarali qo‘llash;
to‘rtinchi — yo‘llardan foydalanish korxonalarini zamonaviy yo‘l qurish texnikalari va ta’mirlash uskunalari bilan, jumladan lizing asosida faol jihozlash va ular ishini tashkil etishning samarali texnologiyalarini joriy etish hisobiga avtomobil yo‘llaridan foydalanish ishlari sifatini oshirish;
beshinchi — mamlakat hududlarida yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida yo‘l qurilishi uchun zamonaviy qurilish materiallarini va maxsus yo‘l-qurilish texnikalarini, kelgusida ularga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlarini ochgan holda, ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish;
oltinchi — yo‘l qurilishi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, jumladan sohaga oid xorijiy o‘quv muassasalari va markazlari bilan hamkorlikda tubdan takomillashtirish, shuningdek, yetakchi xorijiy yo‘l-qurilish kompaniyalarida mahalliy mutaxassislar uchun amaliyot o‘tash dasturlarini tashkil etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolda yo‘l qurilishini rivojlantirish Strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish strategiyasi) ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
avtomobil yo‘llari toifalariga ko‘ra ularni loyihalash, qurish va qayta qurish, shuningdek, ta’mirlashda avtomobil yo‘llari sifatini va xizmat ko‘rsatish muddatlarini oshirishni ta’minlaydigan zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish;
respublika va hududlarning istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatidan imkon qadar samarali foydalanishni hisobga olgan holda 2020 — 2040-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish;
avtomobil yo‘llarini, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini, moliyalashtirish sohasidagi siyosatni tubdan takomillashtirish;
avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishga xususiy sektor resurslarini jalb etishni rag‘batlantirish va yo‘l qurilishi sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini kompleks takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 30-dekabrigacha bo‘lgan muddatda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar va agentliklar, eng avvalo, Germaniyaning mos yo‘nalishdagi kompaniyalari amaliy tajribalarini o‘rganish asosida, moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda, Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy konsultantni jalb etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch kun muddatda quyidagilar bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy masalalarni xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqish uchun vakolatli vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etsin:
respublika hududida avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish;
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalash sohasida yetakchi xorijiy injiniring kompaniyalar (jumladan, professional biznes doiralarida xalqaro darajada obro‘ga ega nemis kompaniyalari — “OBERMEYER Planen+Beraten GmbN”, “Lahmeyer International GmbN”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbN”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar) bilan hamkorlik o‘rnatish;
respublika hududlarida zamonaviy qurilish texnikalari va ta’mirlash uskunalari bilan jihozlangan yo‘l qurish tashkilotlarini tashkil etish (Yevropaning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan va yo‘l xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan “GP Günter Papenburg AG” kompaniyasini hamkorlikka jalb etish imkoniyatini ko‘zda tutgan holda);
respublikada avtomobil yo‘llari bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, zamonaviy landshaft dizayni elementlarini o‘zlashtirish, yo‘lbo‘yi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish;
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yo‘llardan foydalanish korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kredit tashkilotlarining moliyaviy resurslarini jalb etish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yilda Germaniya Federativ Respublikasida yo‘l qurilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda vakolatli vazirliklar va idoralar vakillarining ishtirok etishi bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 10-fevraligacha bo‘lgan muddatda quyidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzurida ixtisoslashgan xorijiy o‘quv muassasalari va kompaniyalarning hamkor sifatidagi ishtirokida Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish;
yo‘l xo‘jaligidagi mahalliy mutaxassislarning xorijiy o‘quv muassasalarida malaka oshirish va tayyorlov o‘quv kurslarini, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining yetakchi yo‘l-qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tashlarida ko‘maklashish;
avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanishda ilg‘or uslub va texnologiyalarni jalb etishga ko‘maklashish va tajriba almashish sohasida Germaniyaning transport va infrastruktura federal vazirligi bilan hamkorlikni o‘rnatish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini va hududiy avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining pudrat ishlarini hajm ko‘rsatkichlariga o‘tkazish yo‘li orqali yo‘l xo‘jaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishni (“hajm uslubi”) ko‘zda tutadigan tartibni 2019-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yo‘l xo‘jaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom;
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda yo‘l xo‘jaligida qurilish materiallari ishlatilishining milliy me’yorlari va standartlarini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish bo‘yicha takliflar.
9. Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi “O‘zstandart” agentligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bilan birgalikda uch oy muddatda yo‘l xo‘jaligida kelgusida ishlab chiqarish va qo‘llash uchun zamonaviy qurilish materiallari va qo‘shimchalar (polimer-chaqiqtosh-mastikli asfaltbeton, sintetik tolalar aralashmasi, mikrosyurfeysing, boshqa modifikatsiyalangan materiallar) qo‘llagan holda asfaltbeton qoplamalarining yuqori texnologiyali turlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin.
10. 2018-2019-yillarda yo‘l qurilishi sohasiga ilg‘or xorijiy uslublarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — Yo‘l xaritasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yo‘l xaritasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 154 | 10,629 |
Qonunchilik | Fan va teхnologiyalar agentligi va Davlat komissiyasi tugatiladi | Prezidentning 29.11.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjatning matni OʻzAda joylashtirilgan.
Hujjatga binoan 2018 yil 1 yanvardan:
Ma’lumot uchun: sanab oʻtilgan muassasalar Prezidentning 17.02.2017 yildagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan (hujjat sharhiga qarang).
Ushbu organlarni tugatish natijasida boʻshaydigan shtat birliklari yangidan tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga oʻtkaziladi. Hujjatda vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq хoʻjaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga va boshqalarga innovatsiyalarni joriy etish sohalari boʻyicha faoliyatining asosiy yoʻnalishlari aks ettirilgan.
Bundan tashqari, Farmon bilan Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarma hisobiga tugatilayotgan Fan va teхnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-teхnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari oʻtkaziladi.
Hukumatga “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Fan toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish topshirildi. Ularda ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllari, shuningdek, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va teхnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish aks ettirilishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida QHTBT portalida “Ilmiy va innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilingan edi. Uning mazmuni bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 64 | 2,070 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qat’i nazar barcha uchun tengdir.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida ta’minlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosidir.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul etilgan ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘ladilar:
1) kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotining turi va sajiyasidan qat’i nazar, ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslar;
2) davlat yo‘llanmasi bilan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki o‘qiyotgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasining hududida tug‘ilgan bo‘lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo‘lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo‘lmasalar va ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan bo‘lsalar;
3) Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, pasport olingunga qadar esa — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki shaxsning fuqaroligiga doir ma’lumotlar bo‘lgan o‘zga hujjat — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining namunalarini, ularni berish tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Er-xotindan birining fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet elda yashashi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining to‘xtatilishiga olib kelmaydi.
Chet elda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligidan foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi, uning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘zlari borgan mamlakat qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarosi borgan davlat qatnashayotgan shartnomalar hamda xalqaro odatlar bilan berib qo‘yilgan hamma huquqlardan to‘la foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun choralar ko‘rishlari, ularning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qonunlarda belgilangan tartibda himoya qilishlari, zarur hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining buzilgan huquqlarini tiklash choralarini ko‘rishlari shart.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxsning chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:
1) tug‘ilganda;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha;
4) ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha.
Tug‘ilgan paytida ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bola, O‘zbekiston Respublikasi hududida yoxud O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola tug‘ilgan paytida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan quyidagi hollarda bola O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:
1) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bo‘lsa;
2) agar u O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lsa.
Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola tug‘ilgan paytda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bo‘lsa, agar bu vaqtda ota-ona O‘zbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bolaning fuqaroligi ota-onaning yozma tarzda ifodalangan kelishuvi bilan belgilanadi.
Ota-onasidan biri bola tug‘ilgan paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi esa fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lgan yoxud noma’lum bo‘lgan taqdirda, bola qayerda tug‘ilgan bo‘lishidan qat’i nazar u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Onasining fuqaroligi bo‘lmagan bolaning otasi belgilanib, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa, 14 yoshga yetmagan bola, qayerda tug‘ilgan bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqaroligi bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bolasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Ota-onasi noma’lum bo‘lgan va O‘zbekiston hududida yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z iltimosnomalariga ko‘ra ushbu Qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
1) chet el fuqaroligidan voz kechish;
2) so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik.
Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tug‘ilgan va hech bo‘lmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bo‘lmaydi;
3) qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;
4) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish.
Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida qayd etib o‘tilgan talablar alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega bo‘lgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.
Agar shaxs:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik ishlatib o‘zgartirishni yoqlab chiqayotgan bo‘lsa;
faoliyati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy prinsiplariga zid bo‘lgan partiyalar va o‘zga tashkilotlarga a’zo bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq jazolanadigan xatti-harakatlar uchun ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni o‘tayotgan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasi rad etiladi.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z iltimosnomasiga binoan ushbu Qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish oqibatida;
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan;
4) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan boshqa asoslarga binoan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining to‘xtatilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqaroligining to‘xtalishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog‘liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa yoki shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin:
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
3) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
4) agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
5) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.
Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.
Ota-onalarining fuqaroligi o‘zgarganligi natijasida ularning har ikkalasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tganida yoki har ikkalasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanida, o‘z navbatida ularning 14 yoshga to‘lmagan bolalarining fuqaroligi ham o‘zgaradi.
Agar bolaning ota-onasidan biri ma’lum bo‘lsa, ana shu ota yoki onaning fuqaroligi o‘zgarganida 14 yoshga to‘lmagan bolaning fuqaroligi ham tegishli suratda o‘zgaradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi bolaning ota-onasi yoki yolg‘iz otasi yo bo‘lmasa onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsalar va ayni vaqtda ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vasiylikka yoki homiylikka olgan bolaning tarbiyasida ishtirok etmasalar, ota-ona, vasiy yoki homiyning iltimosiga ko‘ra bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa chet el fuqarosi bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin.
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylansa, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolaversa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkin.
Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa, boshqasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qolaversa, bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan ota yoki onaning iltimosnomasiga ko‘ra bunday bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat etilishi mumkin.
Chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Chet el fuqarosi bo‘lib, biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Fuqaroligi bo‘lmagan, biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Chet el fuqarosi bo‘lib, biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi chet el fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan bola farzandlikka oluvchilarning kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
Chet el fuqarosi bo‘lgan, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotgan bola boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, chet el fuqarolari tomonidan farzandlikka olingan yoki biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi chet el fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Farzandlikka oluvchilarning iltimosnomasiga ko‘ra bunday bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga ruxsat berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, bolani fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olingan yoki biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi.
Ota-onalarining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, shuningdek bolalar farzandlikka olingan taqdirda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning fuqaroligi ushbu Qonunning 34-moddasida ko‘zda tutilgan tartibda faqat bolalarning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni yurituvchi O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida;
2) chet elda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda ularni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida;
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g‘risida;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida;
5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tegishli vakolatlar berilgan unga bo‘ysunuvchi idoralar:
1) O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizani zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga yo‘llaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan hollarni qayd etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari:
1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga yo‘llaydi;
4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligini qayd etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi.
Fuqarolik masalalariga oid arizalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi.
Chet davlat fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z fuqaroligini o‘zgartirish niyatiga mazkur davlatning munosabatini ko‘rsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalar arizachining yozma iltimosiga binoan ko‘rib chiqiladi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan ko‘rib chiqiladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash va undan chiqarish to‘g‘risida ariza topshirish chog‘ida ularning roziligi bo‘lishi shart. Bunday rozilik yozma bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Voyaga yetmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi to‘g‘risida iltimosnoma topshirganda, basharti uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib qoladigan bo‘lsa, uning o‘z bolasining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga munosabati bildirilgan arizasi ham taqdim etilishi kerak. Bunday ariza notarius tomonidan, chet elda esa O‘zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Basharti ariza beruvchi savodsizligi yoki jismoniy kamchiliklari sababli arizani imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan boshqa kishi arizani imzolaydi, bu haqda ichki ishlar organi, chet elda esa O‘zbekiston Respublikasi tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan arizaga yozib qo‘yiladi.
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar organiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlashda shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi bilan bog‘lanayotgan vaziyat boshlangan paytda amal qilib turgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalarning qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Uzrli sabablar bo‘lgan taqdirda ichki ishlar organlari, tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari fuqarolik to‘g‘risidagi hujjatlarni boshqa shaxslar yoki pochta orqali yuborilgan arizalarga muvofiq rasmiylashtirishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar berilganda davlat boji to‘lanadi, uning miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik masalalariga oid arizani rasmiylashtirayotgan ichki ishlar organi yoki tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi mazkur ariza yuzasidan asoslangan xulosasini chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalar yuzasidan o‘z xulosalarini hamda boshqa zarur hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari komissiyasi nomiga yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalarga oid xulosalarda ariza beruvchining davlat oldida bajarilmay qolgan majburiyatlari yoki uning fuqarolar yoxud davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari muhim manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlari xususidagi, uni ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi, yoxud unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan, ijro etilishi lozim bo‘lgan hukmi mavjudligi haqidagi yo bo‘lmasa mazkur shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi manfaatlariga zidligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xabar qilinadi.
Ushbu Qonunning 30-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolikka oid masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fuqarolik masalalari Komissiyasini tuzadi.
Fuqarolik masalalariga oid arizalar va taqdimnomalarni ko‘rib chiqish paytida Komissiya ariza beruvchining dalillarini, taqdimnomaning mazmunini, davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining xulosalarini, boshqa hujjatlarni hamda tegishli tarzda rasmiylashtirilgan guvohlar ko‘rsatmalarini atroflicha baholaydi.
Basharti, shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borib yashamoqchi bo‘lsa, Komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining uni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul etish yoki uning fuqaroligini tiklash maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi, shu jumladan respublikada unga ish, turar-joy va boshqa qulayliklar berish imkoniyati bor-yo‘qligi haqidagi fikrini e’tiborga oladi.
Komissiya o‘z ixtiyoridagi ish yuzasidan materiallar va hujjatlarni tegishli davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridan talab qilib olishga haqlidir, bu davlat idoralari va jamoat tashkilotlari esa komissiya belgilagan muddatda zarur ma’lumotni taqdim etadilar.
Komissiya har bir ariza yoki taqdimnoma yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Komissiyaning qarori bayon bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning majlisda qatnashgan barcha a’zolari imzolaydilar.
Fuqarolik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti farmonlar chiqaradi.
Agar farmonda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, fuqarolikdagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqarilgan kundan boshlanadi.
Fuqarolik masalasiga oid takroriy ariza, qoida tariqasida, shu masalaga oid avvalgi qarordan keyin bir yil o‘tgach ko‘rib chiqiladi. Ish uchun muhim bo‘lgan hamda ariza beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda takroriy ariza ilgariroq ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni ko‘rib chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari, fuqarolik holatini qayd etish bo‘limlari, chet elda yashovchi shaxslarga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari, yoki diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasporti topshiriladi. 16 yoshga yetmagan bolalarning hujjatlariga ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yozib qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yashab turgan lekin O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar organi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlar ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari Komissiyasi tomonidan, shuningdek boshqa vakolatli idoralar tomonidan o‘z huquqlari doirasida nazorat etiladi.
Fuqarolik masalalariga oid arizalarni qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, arizani ko‘rib chiqish muddatlari buzilganlik, shuningdek mansabdor shaxslarning fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini va fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish tartibini buzadigan boshqa nohaq xatti-harakatlari xususida ular bo‘ysunadigan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda bayon etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. | 51 | 26,985 |
Qonunchilik | XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA BIR NEChTA BANKDA HISOB RAQAMLAR OChISh VA ULARDAN TO‘LOVLARNI AMALGA OShIRISh | Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi “Muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 24-sonli “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 6-bandiga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir nechta bankda talab qilib olinguncha va boshqa depozit hisobraqamlarini ochish va ulardan to‘lovlarning amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Yuridik shaxslar bir necha banqda hisobraqamlar ochish uchun soliq to‘lash joyidagi davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 18-noyabrda 539-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomada belgilangan tartibda hujjatlarni bankka taqdim etadi.
2. Mazkur 539-sonli yo‘riqnomaning 1.9-bandiga asosan banklar yuridik shaxslarga ikkilamchi hisobvaraq ochganidan keyingi kundan kechikmagan holda ushbu yuridik shaxslarga, ular ro‘yxatda turgan davlat soliq xizmati organiga hamda asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka yozma ravishda xabar berishi lozim.
3. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuridik shaxsning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Bank mijozga ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar to‘g‘risida keyingi kundan kechiktirmagan holda ma’lumot beradi.
5. Yuridik shaxsning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, Davlat soliq xizmati organlarining yozma ko‘rsatmalarini (ko‘rsatmada mijozning ikkilamchi hisobvarag‘ini ochgan bankning to‘liq rekvizitlari va ushbu hisobvaraqlarda mablag‘i borligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi) shu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga elektron pochta orqali tegishli mablag‘ni undirish uchun jo‘natadi. Ko‘rsatmani olgan bank o‘z navbatida kerakli mablag‘ni keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda mijozning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazishni ta’minlaydi.
6. Tijorat banklari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va Davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlari ushbu tartibni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunlarda belgilangan tartibda javobgardir. | 111 | 2,826 |
Qonunchilik | DAVLAT BUDJETI HISOBIDAN MABLAG‘ BILAN TA’MINLANADIGAN MUASSASALAR VA TAShKILOTLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA | Davlat budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, budjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, mahalliy moliya organlari, budjet hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan barcha muassasalar va tashkilotlarni 1997-yil 15-noyabrgacha yalpi ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda ular bundan buyon yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishining maqsadga muvofiqligini aniqlasinlar.
2. Vazirliklar va idoralar Moliya vazirligi bilan kelishgan holda o‘zlariga qarashli budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, rahbarlar va toifalar bo‘yicha mutaxassislar sonining nisbatini nazarda tutgan holda, namunaviy shtatlar jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. 1998-yildan boshlab, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning shtatlar jadvali va xarajatlar smetalari: respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadiganlariniki — Moliya vazirligida, mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadiganlariniki — tegishli moliya organlarida majburiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga shtat jadvallari moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar yangi shtat jadvallarini amalga kiritish, shuningdek amaldagi shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritish taqiqlab qo‘yilsin.
4. Bank muassasalari 1998-yil 1-yanvardan boshlab budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning shtatlar jadvallari va xarajatlar smetalari Moliya vazirligida yoki tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirdagina xodimlarga ish haqi to‘lash uchun mablag‘lar bersinlar.
5. Moliya vazirligi va respublika moliya organlari belgilangan shtatlarga, lavozim maoshlariga va xarajatlar smetasiga rioya qilmagan budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘ysinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. | 122 | 2,465 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat sanoatining “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentyabrdagi PF-945-sonli Farmonini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-sonli Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat sanoatining “O‘zoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi PF–945-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 243 | 398 |
Qonunchilik | TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUB’EKTLARINING QUVVATI 50 KVTGAChA BO‘LGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULAShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNING 8-BANDIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 31-son, 327-modda) va 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 7-apreldagi 3-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2220, 2011-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “32” raqami “491” raqamiga almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” DAK hamda “Qishloqenergoloyiha” OAJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 206 | 1,835 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.