folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Senat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisobotlarini eshitdi | Majlisning birinchi kunida koʻrib chiqilgan masalalar haqida – bu yerda.
Bosh prokuror хabar berganidek, 2016 yilda prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlarning, shu jumladan, tadbirkorlarga хizmat koʻrsatuvchi davlat organlari mansabdor shaхslarining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan 43 mingdan ortiq tadbir oʻtkazildi. Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari buzilgan 19 752 ta holat, shu jumladan, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashilgan 129 ta holat, noqonuniy tekshiruv oʻtkazilgan 54 ta holat, noqonuniy qarorlar qabul qilingan 1 657 ta holat, ortiqcha yigʻimlar undirilgan 657 ta holat, jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqishda qonun hujjatlari buzilgan 887 ta holat aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha prokuratura tomonidan tegishli choralar koʻrildi.
Soliq va valyuta jinoyatlariga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha muayyan ishlar bajarildi. 832,7 milliard soʻmlik soliqlar va toʻlovlarning qoʻshimcha hisoblanishi ta’minlandi, valyuta sohasida 771 ta huquqbuzarlik aniqlandi.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi telefon murojaatlarini qabul qilish markazining 34 ta vazirlik va idora bilan elektron aloqa tizimining samarali ishlashi ta’minlandi. 2016 yilda Markaz tomonidan 103 063 ta, tadbirkorlardan 3394 ta murojaat qabul qilindi. Prokuratura organlari tomonidan jami 194 817 ta murojaat koʻrib chiqildi, 173 080 nafar fuqaroning qabul qilinishi ta’minlandi.
Oʻz navbatida, ichki ishlar vaziri jinoyatning asosiy koʻrsatkichlari, shu jumladan, avval sudlanganlar, jinoyatchi guruhlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan oʻta ogʻir jinoyatlar, huquqbuzarliklar soni ancha kamayganligi haqida hisobot berdi.
Shaхsga qarshi jinoyatlarni ochish va tergov qilishda, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga, odam savdosiga, terrorizmga, diniy ekstremizmga va uyushgan jinoyatchilikka, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda muayyan ijobiy natijalarga erishildi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi ma’ruzani idora tomonidan qonun loyihasi boʻyicha bajarilgan ishlar bilan boshladi. Oʻtgan yilda qoʻmita 6 ta qonun loyihasining yangi tahriri, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarorini tayyorladi, shundan 8 tasi qabul qilindi.
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan nazorat davomida 18 270 dan ziyod mansabdor shaхs va fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 400 dan ortiq korхona va tashkilotlarga da’vo kiritildi, 4,13 milliard soʻm undirildi.
2016 yil mobaynida ishlab chiqarishning teхnologik jarayonlari uchun, хizmatlar, ekologik хavfli chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazildi, 3 350 dan ortiq ekologik norma belgilandi.
Energetika, neft-gaz, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq хoʻjaligining 318 ta хoʻjalik yurituvchi sub’yektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan teхnologiyalar joriy etildi.
2016 yilda 5 ta хalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi хalqaro loyiha ishlab chiqildi va joriy yilda 6 ta yangi loyihani roʻyobga chiqarish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Barcha koʻrilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi. | 62 | 3,380 |
Qonunchilik | “Nogironlar, shu jumladan nogironlar-urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 24-martdagi 107-B-son “Nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2100, 2010-yil 23-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 134-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Nomi va birinchi banddagi “Nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “Nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”;
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”;
e) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”;
j) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
z) 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
i) 64-banddagi “davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”;
l) 5-bobning nomi va 105-banddagi “Nogiron” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“106. Binolar ichida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachalarda o‘tirib ishlarni bajaruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun dahliz (koridor) lar kengligi 1,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.”;
n) 109-banddagi “Tayanch harakat qilish tizimi nogironlari uchun” degan so‘zlar “Tayanch-harakat funksiyasi buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o) 111-banddagi “Nogironlar aravachasida” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 114-banddagi “nogironlarning” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
r) 117-banddagi “nogironlar” va “nogironlar aravachasini” degan so‘zlar tegishli ravishda “nogironligi bo‘lgan shaxslar” va “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
s) 118-banddagi “Nogironlar” degan so‘z “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
t) 120 va 121-bandlardagi “nogironlar aravachasidagi nogironlar uchun” degan so‘zlar “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 246 | 6,366 |
Qonunchilik | Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ shoir, tarixnavis, tarjimon, davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning 210 yilligini keng nishonlash hamda ijodini targ‘ib qilish, izdoshlarini kashf etish va ular o‘z iste’dodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilikning 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (keyingi o‘rinlarda Ogahiy deb ataladi) tavalludining 210 yilligini mamlakat miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
2. Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mitaga Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, belgilangan chora-tadbirlar sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish, yuzaga keladigan masalalarni o‘z vaqtida hal etish vazifalari yuklatilsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar doirasida:
a) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi majmua tarkibiga kirgan inshootlarni, jumladan, shoir maqbarasini ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
b) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2019 — 2021-yillarda Ogahiyning asarlar to‘plamini nashr etish;
v) 2019-yil dekabr oyida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Ogahiy — shoir, tarixnavis, tarjimon va davlat arbobi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Ogahiy ijodiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasini o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Belgilansinki, Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2019-yil dekabr oyida respublikaning barcha ta’lim muassasalarida Ogahiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xiva shahrida Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni (keyingi o‘rinlarda Ijod maktabi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ijod maktabi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi davlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;
2019-2020 o‘quv yilida Ijod maktabining 5, 6, 7 va 8-sinflariga hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga Ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati va mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
a) bir oy muddatda:
Ijod maktabining ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) 2019-yil 1-avgustga qadar:
Ijod maktabiga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlar jalb etilishini ta’minlasin;
Ijod maktabini jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqsin va buyurtmachiga taqdim etsin;
v) 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab:
Ijod maktabini darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot, xorijiy tillar bo‘yicha test hamda ijodiy tanlov o‘tkazsin.
8. Xorazm viloyati hokimligi:
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Ijod maktabi uchun Xiva shahrida 220 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona qurilishi uchun yer maydonini ajratish choralarini ko‘rsin;
Ijod maktabining qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini jihozlarning texnik parametrlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
2019-yil 1-sentabrga qadar Ijod maktabi binolarini foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin.
9. Ijod maktabida amalga oshiriladigan qurilish-montaj va jihozlash ishlari bo‘yicha:
Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Ijod maktabini joriy saqlash uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 145 | 6,952 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARINI TASNIFLASh VA GUVOHNOMALAR BERISh AVIATSIYA QOIDALARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (IKAO) to‘g‘risida Konvensiya ilovalari talablariga muvofiqlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining me’yoriy bazasini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga (2004-yil 7-may, ro‘yxat raqami 1349) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zgartish va qo‘shimchalarning ko‘paytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin. | 170 | 1,154 |
Qonunchilik | OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-apreldagi “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-3596-sonli Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 15-16-son, 110-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 10-martdagi 2-P, 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomasi”ga (2004-yil 16-aprel, ro‘yxat raqami 1339 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 15-son, 184-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi. | 139 | 994 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “UChIShGA YaROQLILIK SERTIFIKATINI BERISh” AVIATSIYA QOIDALARI (O‘ZR AQ-30)GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Havo kemalarining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2003-yil 5-fevraldagi 19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish” aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-30)ga (2003-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1225 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 157 | 659 |
Qonunchilik | Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunlari asosida qaror qilamiz:
1. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom (2006-yil 21-fevral, ro‘yxat raqami 1548 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 8-son, 60-modda)ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
1. Kirish qismidagi “Nizom” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida” Qonuni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 36-bandda:
birinchi xatboshidagi “kichik biznes subyektlari” so‘zlaridan keyin “qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ajratilayotgan kredit mablag‘lari xizmat ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yo‘naltiriladi”.
3. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi”.
4. 39-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‘rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta’miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorigacha”.
5. 63-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qarz oluvchi olingan mikrokreditni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lamagan taqdirda bank O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra ushbu mikrokreditni kafilning bank hisobvarag‘idan kafillik shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga ega”.
6. 72-bandda:
uchinchi xatboshidagi “5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida” so‘zlari “eng kam ish haqining 200 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari bilan;
to‘rtinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “10000 AQSh dollari ekvivalenti” so‘zlari “eng kam ish haqining 1000 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan. | 236 | 3,204 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining stavkalari tasdiqlandi | Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2017 yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
Ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi;
ijara toʻlovini hisoblab chiqishda tijorat maqsadida foydalanishda qulaylik oshiruvchi koeffitsiyenti qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyхati.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 yanvarda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 106 | 749 |
Qonunchilik | Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2019-yil 11-yanvar kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning (bundan buyon matnda maxsus qabulxona deb yuritiladi) ichki tartib qoidalarini belgilaydi.
1. Maxsus qabulxonaning kun tartibi maxsus qabulxonalar tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida belgilangan namunaviy kun tartibiga asosan ishlab chiqiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda IIV-IIBB-IIB deb yuritiladi) Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari (bundan buyon matnda PPXvaJTSB deb yuritiladi) boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
2. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini, majburiyatlari bajarilishini, ularning ajratib qo‘yilishini, alohida-alohida joylashtirilishini, shuningdek Qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalar bajarilishini ta’minlaydigan rejim o‘rnatiladi.
3. Maxsus qabulxonada rejimni tashkil etish va ta’minlash maxsus qabulxona ma’muriyati va xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
4. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar Qonunda belgilangan majburiyatlar hamda mazkur Qoidalarning 2-ilovasida belgilangan xulq-atvor qoidalarini bajaradi.
5. Shaxslarning maxsus qabulxona hududiga kirishi va undan chiqishi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda maxsus qabulxona boshlig‘i ruxsatiga asosan beriladigan bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) maxsus qabulxonaga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan Vakilning xavfsizligi ta’minlanadi.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 18-moddasida nazarda tutilgan subyektlar maxsus qabulxonaga kirish huquqiga ega. Mazkur shaxslarning maxsus qabulxonaga kirish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
7. Quyidagi shaxslar maxsus qabulxonaga xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda kirish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tegishli bo‘lim (bo‘linma) xodimlari;
tegishli ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarining mas’ul xodimlari,
maxsus qabulxona xodimlari hamda maxsus qabulxonada mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar.
8. Nazorat qiluvchi prokuror muassasaga moneliksiz va istalgan vaqtda kirishga, hamma kameralar bilan tanishishga hamda maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar bilan suhbatlashishga haqli.
9. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs advokat olgan taqdirda maxsus qabulxona ma’muriyati advokatning maxsus qabulxona hududiga ish vaqti davomida moneliksiz ish yurituvidagi hujjat yuzasidan kirishini ta’minlaydi.
10. Maxsus qabulxona hududiga kirishda va undan chiqishda shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari ko‘zdan kechiriladi, shuningdek kirayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalari ko‘zdan kechiriladi, mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari olib qo‘yiladi.
11. Maxsus qabulxona hududiga kirishda advokatlarning, maxsus qabulxonani nazorat qiluvchi va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari ko‘zdan kechirilmaydi. Mazkur shaxslar kelganda, o‘qotar qurol hamda boshqa taqiqlangan ashyolarni maxsus qabulxonaning navbatchilik qismiga topshirishi shart.
12. Maxsus qabulxonaga ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
13. Maxsus qabulxonaga olib kelingan shaxslar maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan sutka davomida qabul qilinadi.
14. Maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish vaqtida ularni qabul qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tekshirib ko‘riladi, turli noaniqliklarning oldini olish maqsadida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga savollar berilib, ularning bergan javoblarini maxsus qabulxonaga qabul qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtiriladi va ushbu ma’lumotlar maxsus qabulxonaga qabul qilingan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga qayd etiladi.
15. Qonun talablari buzilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida olib kelingan shaxslar maxsus qabulxonaga qabul qilinmaydi.
16. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari hamda maxsus qabulxonadagi rejim to‘g‘risida xabardor qilinadi. Bunday ma’lumotlar har bir kamera devorlariga osib qo‘yiladi.
17. Maxsus qabulxona ma’muriyati ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga joylashtirilgan paytdan boshlab unga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga joylashtirilganligi to‘g‘risida qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar qilish huquqini berishi va ma’muriy qamoqqa olingan shaxs bu huquqidan foydalanganligini tasdiqlab maxsus qabulxonaga qabul qilingan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Agar maxsus qabulxonaga joylashtirilgan shaxs chet el fuqarosi bo‘lsa, uning maxsus qabulxonaga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi yozma bildirish Qonunga muvofiq yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay maxsus qabulxona mas’ul xodimlari tomonidan pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
18. Boshqa shaxslardan ajratib qo‘yish talab qilinadigan bemorlarni aniqlash maqsadida maxsus qabulxonaga olib kelingan shaxslar dastlabki tibbiy ko‘rik va sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi.
19. Tibbiyot xodimlari tomonidan chiqarilgan xulosaga ko‘ra statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar maxsus qabulxonaga qabul qilinmaydi.
20. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsi va psixologik jihatdan mosligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni joylashtirish chog‘ida erkaklarning ayollardan alohida joylashtirilishi ta’minlanishi shart.
Quyidagilar ma’muriy qamoqqa olingan boshqa shaxslardan alohida joylashtiriladi:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan shaxslar;
sobiq sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlari, sobiq advokatlar;
hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda ayrim shaxslar.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni bir kishilik kameralarda saqlash ushbu bandning beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini ta’minlashning boshqa imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi.
21. O‘ta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar bilan kasallangan shaxslar karantin uchun ajratilgan kameralarga joylashtiriladi. Karantin muddati tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
22. Ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar, jumladan maxsus qabulxona xodimlariga va maxsus qabulxonada saqlanayotgan boshqa shaxslarga tajovuz qilishga moyil bo‘lgan shaxslar kameralarga tibbiyot xodimining tavsiyasiga ko‘ra joylashtiriladi.
23. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonaning umumiy kameralarida saqlanadi.
Maxsus qabulxonaning bir kishilik kameralariga joylashtirishga:
mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlashning boshqa imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni, agar kunduzi umumiy kamerada saqlanayotgan bo‘lsa, tungi vaqtda bir kishilik kameraga joylashtirish zarur bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
24. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan maxsus qabulxonaning boshqa kameralarda yoki o‘zga xonalarda saqlanayotgan shaxslar bilan so‘zlashishiga, ularga biron-bir narsa berishiga hamda ular bilan yozishmalar olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Ajratib qo‘yishni ta’minlashga doir talablarga maxsus qabulxona hududi va yo‘lagida, sayr qilish vaqtida, sanitar ishlov vaqtida va boshqa hollarda ham rioya etilishi kerak.
26. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ularning barmoq izlari hamda fotosurati olinadi. Ular joylashtirilgan xonalar ko‘rikdan o‘tkaziladi, ularning yonidagi ashyolari hamda nomiga kelgan pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlar esa ko‘zdan kechiriladi.
27. Maxsus qabulxonaga bir guruh ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar keltirilgan vaqtda, ular ikki soatdan oshmagan muddat ichida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
28. Shaxsiy ko‘rik to‘liq yoki to‘liqsiz shaklda o‘tkazilishi mumkin.
29. To‘liq shaxsiy ko‘rik ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga olib kelinganda va olib ketilayotganda o‘tkaziladi.
30. To‘liq shaxsiy ko‘rik o‘tkazishda shaxs to‘liq yechintirilib, uning badani, kiyim-boshi, poyabzali, maxsus qabulxona tibbiyot xodimi nazorati ostida protezlari, plastir yopishtirilgan, gipsli va boshqa bog‘langan joylari birma-bir sinchiklab tekshiriladi. Kiyim-boshi orasida taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi aniqlangan taqdirda, kiyim-boshining choki so‘kiladi, poyabzalida mavjud supinator va temir nag‘al esa, ajratib olinadi.
31. To‘liqsiz shaxsiy ko‘rik quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona tibbiyot xonasiga, sayrga, barmoq izlarini olish yoki fotosuratga olishga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
boshqa kameraga o‘tkazilayotganda.
32. To‘liqsiz shaxsiy ko‘rik o‘tkazishda shaxs yechintirilmasdan ko‘zdan kechiriladi, uning kiyim-boshi, poyabzali paypaslab tekshiriladi. Shaxsda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, to‘liq shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
33. Shaxsiy ko‘rik maxsus qabulxonaning ko‘rik qilinayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning barmoq izlari uch nusxada olinadi.
35. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning barmoq izlarini olish uchun tipografik bo‘yoq yoki barmoq izlarini olishga mo‘ljallangan maxsus vositalardan foydalaniladi.
36. Barmoq izlarini olish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:
birinchi usulda qora rangdagi bo‘yoq tekis yuzaga (shisha, plastik, metall) bir tekis qilib suriladi, valik bilan yoyiladi (tirnoq falangalari yetarlicha bo‘yalishi hamda bosilayotganda papillyar naqshlari tiqilib qolmasligi uchun qatlam juda yupqa va juda qalin bo‘lib ketmasligi kerak) va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning o‘ng qo‘li katta barmog‘idan boshlab har bir barmoqning tirnoq falangasi yengil ezilib, aylanma harakat bilan avval bo‘yalgan yuza bo‘ylab bir burchakdan boshqasiga qarab bosiladi va shu tartibda daktilokarta qog‘oziga tushiriladi hamda uning maxsus ajratilgan joylariga nazorat izlari va orqa tomoniga kaft izlari bosiladi;
ikkinchi usulda bo‘yoq qo‘l barmog‘ining o‘ziga valik bilan suriladi va birinchi usuldagi kabi daktilokarta qog‘oziga bosiladi.
Har ikki usulda barmoq izlari olinganda ham daktilokarta qog‘ozida barmoqlarning izlari (papillyar chiziqlar) to‘liq ko‘rinib turishi, papillyarlar orasi tipografik bo‘yoq bilan to‘lmagan, bo‘yoq yoyilib ketmagan va papillyar naqshlarning barcha qismlari tasviri tushgan bo‘lishi kerak.
37. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning tirnoq falangasi yoki qo‘l barmog‘i yo‘q bo‘lsa, daktilokarta qog‘ozidagi shu barmoq grafasida bu to‘g‘rida izoh qoldiriladi.
38. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni fotosuratga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ko‘zoynaksiz va bosh kiyimsiz holatda oq yoki och ko‘k rangli devor oldiga turgiziladi;
boshi vertikal, ko‘zlari ochiq, sochi quloqlari ko‘rinib turadigan qilib taralgan holatda ikkita ko‘krak qismigacha bo‘lgan fotosuratlari tayyorlanadi (old va o‘ng taraflar);
fotosuratlar bir xil o‘lchamda, old tomondan suratga olinganda fotoapparat suratga tushirilayotgan shaxsdan bir yarim metr masofadan kam bo‘lmagan uzoqlikda va fotoapparat obyektivi ko‘zlar tengligida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
39. Quyidagi hollarda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ular ishtirokida ko‘zdan kechiriladi:
maxsus qabulxonaga olib kelinganda yoki olib chiqilayotganda;
boshqa kameraga o‘tkazilayotganda.
40. Zarur hollarda, maxsus qabulxona boshlig‘ining ko‘rsatmasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ularning yo‘qligida ham maxsus qabulxona xodimlari tomonidan kamera bo‘yicha navbatchi ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.
41. Maxsus qabulxonaga olib kelingan va saqlanayotgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining borligi aniqlanganda, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
42. Shaxsiy ko‘rik qilish hamda ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘zdan kechirish natijalari mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Mazkur bayonnoma shaxsiy ko‘rik qilgan hamda ko‘zdan kechirishni o‘tkazgan maxsus qabulxona xodim(lar)i va shaxsiy ko‘rik qilingan hamda ko‘zdan kechirilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Shaxs bayonnomada o‘z e’tirozlarini ko‘rsatishga haqli.
43. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
44. Shaxsiy ko‘rik qilish hamda ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘zdan kechirishda ma’muriy qamoqqa olingan shaxs tomonidan maxsus qabulxona xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatilgan xollarda, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalar qo‘llanilishi mumkin.
45. Maxsus qabulxona xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnoma, dalolatnoma, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning fotosuratlari va barmoq izlari tushirilgan daktilokarta qog‘ozlarining bir nusxasi ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
46. Daktilokarta qog‘ozining ikkinchi va uchinchi nusxalari tegishlicha IIV-IIBB-IIBlarning Tezkor-ma’lumotlar boshqarma (bo‘lim)lari va Ekspert-kriminalistika bo‘limlari (markazi)ga yuboriladi.
47. Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari maxsus qabulxona boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga asosan olib qo‘yiladi.
48. Olib qo‘yilgan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolar maxsus qabulxona navbatchilik qismiga saqlash uchun topshiriladi va bu haqida ularning tavsiflari va identifikatsiya raqamlari sanab o‘tilgan holda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolar maxsus qabulxonaning navbatchilik qismidagi seyfda saqlanadi.
49. Olib qo‘yilgan va iste’molga yaroqsiz bo‘lib qolgan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari maxsus qabulxona boshlig‘ining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra yo‘q qilib tashlanib, bu haqda mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
50. Muomaladan chiqarilmagan narsalar ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning arizasi va maxsus qabulxona boshlig‘ining roziligiga ko‘ra uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga berib yuborilishi mumkin.
51. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yonidan muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalar aniqlanganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yiladi hamda ularni saqlash, topshirish yoki yo‘q qilish, shuningdek, ushbu ashyolarni saqlagan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik masalalarini hal etish uchun zudlik bilan tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ga xabar beriladi.
52. Sanitariya ishlovidan o‘tkazish chog‘ida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni nazorat qilish ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar bilan bir jinsda bo‘lgan maxsus qabulxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
53. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonadan ozod etilgan vaqtida ulardan olib qo‘yilgan narsalar va ashyolar o‘zlariga qaytarib beriladi va bu haqda tilxat olinadi.
54. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi.
55. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan kameralar ventilatsiya jihozlariga hamda isitish tizimiga, shuningdek ko‘zga ziyon yetkazmaydigan holda o‘qish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sun’iy yorug‘likka ega bo‘lishi kerak. Kameralarning derazalari sun’iy ventilatsiya tizimi mavjudligidan qat’i nazar, toza havo kirishini ta’minlashi lozim.
56. Kameralarda bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar uchun esa uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamda belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olingan, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar saqlanadigan kameralarda bir kishiga to‘g‘ri keladigan maydon to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ma’muriy qamoqda yashash normasi belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena va qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
57. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga alohida yotoq joyi, ko‘rpa-to‘shak (ko‘rpa, yostiq, ikkita choyshab va yostiq jildi), idish-tovoq hamda ovqatlanish anjomlari (kosa (miska), krujka va qoshiq) beriladi.
58. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar o‘zining kiyim-boshi, poyabzali va shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanadi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsda zarur vositalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu shaxsning iltimosiga ko‘ra, unga shaxsiy gigiyena vositalari (sovun, tish pastasi yoki kukuni), soqol oladigan asbob yoki shaxsiy gigiyena vositalari (ayollar uchun) ham beriladi.
59. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan kameralar radioeshittirish vositalari bilan jihozlanadi.
60. Kameralarga, ularda saqlanishi mo‘ljallangan shaxslar sonini hisobga olgan holda quyidagi jihozlar o‘rnatiladi:
bir qavatli yoki ikki qavatli karavotlar;
stol va stul (o‘rindiq);
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan jihozlar;
kiyim-bosh uchun ilgich;
radioeshittirish vositasi;
axlat qutisi;
sun’iy shamollatish tizimi (ventilatsiya);
sanitariya tarmog‘i (polga o‘rnatilgan unitaz va bet-qo‘l yuvgich);
isitish tizimi.
61. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning cho‘milib-yuvinishi, choyshab va yostiqjildlarini almashtirish yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga maxsus qabulxonada yigirma daqiqa davomida cho‘milib-yuvinish imkoniyati hamda hammomning maxsus jihozlangan xonasida ularga bir martalik yoki elektr ustara yordamida soch-soqol olishiga ruxsat beriladi.
62. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli bo‘lgan ovqat bilan ta’minlanadi.
63. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar har kuni ehtiyojga qarab qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
64. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tasarrufida qog‘oz va kanselyariya ashyolari bo‘lishi huquqiga ega. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga ularning iltimosiga ko‘ra, arizalar, takliflar va shikoyatlarini yozishi uchun qog‘oz va sharikli ruchka beriladi.
65. Maxsus qabulxonada davolash-profilaktika va sanitariya, epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Maxsus qabulxona ma’muriyati ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena talablarini bajarishi shart.
66. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maxsus qabulxonaning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
67. Maxsus qabulxonaga yangi kelgan shaxslar kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan bemorlarni va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida maxsus qabulxonaning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
68. Maxsus qabulxonaga olib kelingan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ular olib kelingan kundan boshlab ikki kun ichida o‘rnatilgan tartibda davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida majburiy rentgenoflyurografik (rentgenoflyurografik tekshiruvga oid ma’lumotlar bo‘lmaganda) tekshiruvidan o‘tkaziladi. Olingan tibbiy ko‘rik natijalari ularning tibbiy kartasiga yozib qo‘yiladi.
69. Maxsus qabulxonalarda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarda tan jarohatlari aniqlanganda ular maxsus qabulxonaning tibbiyot xodimlari tomonidan kechiktirmasdan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy tekshiruv natijalari to‘g‘risida darhol prokurorga xabar qilinadi.
70. Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar har kuni kameralarni ko‘zdan kechirish vaqtida maxsus qabulxona tibbiyot xodimlariga, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa, maxsus qabulxonaning istalgan xodimiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Murojaat qilganlarga zarur tibbiy xizmat ko‘rsatilishi shart.
71. Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarga ambulator tibbiy xizmat kameralarda yoki maxsus qabulxonaning maxsus jihozlangan tibbiyot xonalarida ko‘rsatiladi. maxsus qabulxona tibbiyot xodimi har kuni kameralarni ertalabki ko‘zdan kechirish vaqtida, birinchi navbatda, ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
72. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘zlariga zarur bo‘lgan dori vositalari va preparatlaridan maxsus qabulxona tibbiyot xodimining ruxsati bilan foydalanishga haqli.
73. Dori vositalari maxsus qabulxona tibbiyot xodimining ko‘rsatmasi bo‘yicha bemorning tibbiy kartasiga yozilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq beriladi. Bemorning xohishiga ko‘ra, shu jumladan boshqa tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan tayinlangan dori vositalari uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan olib kelingan taqdirda maxsus qabulxona tibbiyot xodimining roziligi bilan olinishi mumkin.
74. Shifokorning yozma xulosasiga ko‘ra maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarga tavsiya etiladigan dori vositalarining miqdori cheklanmaydi.
75. Dori vositalarining iste’mol qilinishi maxsus qabulxona tibbiyot xodimi nazoratida amalga oshiriladi. Davolanishi uzluksiz davom etadigan (yurak muskullarining siqilishi (stenokardiya), bemorning tinchlanishiga bog‘liq bo‘lgan qon-tomir, arterial qon bosimining ko‘tarilishi bilan kechadigan gipertonik kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boshqa shu kabi kasalliklarga chalingan) bemorlarga maxsus qabulxona tibbiyot xodimi tomonidan tayinlangan dori vositalari berib qo‘yilishi mumkin, bundan tarkibida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi va boshqa shu kabi dori vositalari mustasno.
76. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga maxsus qabulxonalarda tibbiy xizmat ko‘rsatish Qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
77. Maxsus qabulxona tibbiyot xodimining xulosasiga ko‘ra statsionar sharoitlarda yordam ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan tartibda davlat sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi. Bunda ularni qo‘riqlash va xulq-atvorini nazorat qilish ta’minlanadi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga statsionar sharoitlarda tibbiy yordam ko‘rsatilgan taqdirda ularning qarindoshlari yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaxs tomonidan ko‘rsatilgan boshqa shaxslar bu haqda darhol xabardor qilinadi.
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari tibbiy va boshqa yordamlar xarajatlari belgilangan tartibda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga statsionar sharoitlarda tibbiy yordam ko‘rsatilgan vaqt ma’muriy qamoq muddatiga kiritiladi.
78. Maxsus qabulxona ma’muriyati, xodimlari va tibbiyot xodimlari muntazam ravishda dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlashi shart.
79. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarda o‘ta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda zudlik bilan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va davolash-profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
80. Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida o‘n kunda kamida bir marotaba maxsus qabulxona kameralari, ovqat tarqatish xonalari hamda omborxona va boshqa xonalari belgilangan tartibda kimyoviy preparatlar yordamida zararkunandalarni yo‘qotish uchun profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilinadi.
81. Maxsus qabulxonani tayyor ovqat bilan ta’minlovchi oshxonalar umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga javob berishi kerak.
82. Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqat sifatini maxsus qabulxona navbatchisi va tibbiyot xodimi tekshiradi hamda bu haqda maxsus jurnalga qayd qiladi. Tegishli hujjatlari bo‘lmagan, yaroqlilik muddati tugagan, buzilish alomatlari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
83. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning ovqat yeyishdan bosh tortganligi fakti aniqlanganda, maxsus qabulxona navbatchisi darhol prokurorni bu haqda xabardor qilishi shart.
84. Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan shaxs maxsus qabulxona tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi.
85. Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan shaxsning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburiy tusdagi choralar (sun’iy va majburiy ovqatlantirish) agar uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
86. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada saqlanish davrida bir marotaba o‘zi bilan saqlash taqiqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish huquqiga ega.
87. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishni xohlovchilar maxsus qabulxona boshlig‘i nomiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
88. Maxsus qabulxona boshlig‘i maxsus qabulxonaga qabul qilishda shaxslardan olib qo‘yilgan va navbatchilik qismida saqlanayotgan pul mablag‘lari hisobidan maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar orqali oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishlari uchun sharoit yaratib beradi.
89. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni olish va jo‘natish huquqiga ega.
90. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada saqlangan davrida og‘irligi pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan normalardan oshmaydigan bitta posilka yoki banderol, shuningdek umumiy og‘irligi o‘n ikki kilogrammgacha bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ikkita yo‘qlov olishiga ruxsat etiladi.
91. Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan yoki jinoyat quroli sifatida yoxud maxsus qabulxonada saqlash maqsadlariga to‘sqinlik qilish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarga berish taqiqlanadi.
92. Pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni qabul qilish maxsus qabulxonaning maxsus jihozlangan xonasida amalga oshiriladi.
93. Pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni qabul qilish vaqti, tartibi va ularning soni hamda miqdorini belgilovchi hujjatlardan ko‘chirmalar maxsus qabulxonaga kelgan shaxslarga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
94. Yo‘qlov olib kelgan shaxs mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza to‘ldiradi. Arizalar va yo‘qlov uni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan birga maxsus qabulxona navbatchisiga taqdim etiladi.
95. Yo‘qlovdagi non va go‘sht mahsulotlari, shuningdek pishloq va tuzlangan baliq bo‘laklarga ajratilib tekshiriladi, suyuq mahsulotlar maxsus qabulxonaning idishiga quyiladi, konservalar ochilib, boshqa idishga solinadi, tamaki, shakar va shu kabilar maxsus elakdan o‘tkaziladi, konfetlar o‘ramsiz qabul qilinadi, tamaki mahsulotlari qutisidan chiqarilgan holda ko‘zdan kechiriladi. Yozishmalarni hamda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini yashirish mumkin bo‘lgan boshqa barcha mahsulotlar ham shu tartibda tekshiriladi. Zarur hollarda, tekshiruv jarayonida texnik vositalardan foydalaniladi.
Tekshiruv yo‘qlovni olib kelgan shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
96. Maxsus qabulxona xodimi yo‘qlov olib kelgan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va arizasining bir nusxasini yo‘qlovni qabul qilganligi to‘g‘risida imzo qo‘yib qaytarib beradi hamda yo‘qlovning og‘irligini maxsus jurnalga qayd etadi. Arizaning ikkinchi nusxasiga maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxs yo‘qlovni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yganidan so‘ng, yo‘qlov unga beriladi va arizaning ushbu nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs arizaga yo‘qlovni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishdan bosh tortsa, bu haqda arizaning ushbu nusxasiga yozib qo‘yiladi va dalolatnoma tuziladi.
97. Yo‘qlovda jinoiy maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan, maxsus qabulxona hududiga kiritish taqiqlangan yashirilgan ashyolar aniqlangan taqdirda, maxsus qabulxona joylashgan ichki ishlar organi boshlig‘iga bildirgi orqali ma’lum qilinadi. Ichki ishlar organi boshlig‘ining tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘iga asosan tezkor xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
98. Yo‘qlovlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
yo‘qlovni olib kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmaganda;
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinganda;
yo‘qlovlar soni yoki yo‘qlovning umumiy og‘irligi Qonunda belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib ketilganligi sababli, yo‘qlovni shaxsan qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda;
yo‘qlov oluvchi yo‘qlovni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
yo‘qlov oluvchi boshqa muassasaga yuborilgan yoki ozod etilganda;
yo‘qlov oluvchi vafot etganda.
Keltirilgan hollarda yo‘qlov uni olib kelgan shaxsga qaytarib beriladi, bundan 97-banddagi holatlar mustasno.
99. Pochta jo‘natmalari maxsus qabulxona xodimlaridan iborat uch kishilik komissiya tomonidan ochiladi hamda ularning ichidagi ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari pochta jo‘natmalarining ustidagi ro‘yxat bilan solishtiriladi.
100. Ochilgan pochta jo‘natmalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi hamda unga ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati, ularning tashqi belgilari, sifati, agar ularda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lsa, dalolatnomada ularni saqlash, davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilish uchun topshirilganligi ko‘rsatiladi.
101. Dalolatnoma ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga imzo qo‘ydirib tanishtiriladi va uning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
102. Pochta jo‘natmalari:
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ularni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxs boshqa muassasaga o‘tkazilganda yoki ozod etilganda;
nomiga pochta jo‘natmalari kelgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxs vafot etganda ularni jo‘natgan shaxslarga pochta orqali yuboriladi.
103. Maxsus qabulxonadan ozod etilgan shaxslarning nomiga kelgan pochta jo‘natmalari olinganidan keyin uch kunlik muddatdan kechiktirmay maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan u ketgan joyga jo‘natiladi.
104. Pochta jo‘natmalari qabul qilib olingandan so‘ng yigirma to‘rt soat ichida, yo‘qlovlar esa darhol ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga beriladi.
105. Pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarning saqlanishi oqibatida ularning tabiiy buzilishi hamda ko‘zdan kechirish natijasida tashqi ko‘rinishini yo‘qotganligi uchun maxsus qabulxona ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi. Bu haqda yo‘qlov olib kelgan shaxs yo‘qlovni qabul qilish vaqtida ogohlantirilishi shart.
106. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni jo‘natishi ularning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
107. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni jo‘natish uchun zarur ashyolarni (konvertlar, markalar, telegramma blankalari, qog‘oz va boshqalarni) maxsus qabulxona xodimlari orqali sotib oladi.
108. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlar har kuni yopilmagan konvertlarda, jo‘natuvchi va oluvchining rekvizitlari yozilgan holda maxsus qabulxona xodimi tomonidan qabul qilinadi.
109. Pochta jo‘natmalari va yo‘qlovlarni adresatlarga jo‘natish u jo‘natishga topshirilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Telegramma adresatga darhol jo‘natiladi.
110. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar pul jo‘natmalari olish huquqiga ega.
111. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar nomiga kelgan pul jo‘natmalari maxsus qabulxonaning navbatchilik qismidagi seyfda saqlanadi.
112. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan pul jo‘natmalari olingan sana maxsus jurnalda qayd etiladi.
113. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonadan ozod etilgan vaqtida ularning nomiga kelgan pul jo‘natmalari o‘zlariga beriladi va bu haqda tilxat olinadi.
114. Maxsus qabulxonadan ketgan shaxslarning nomiga kelgan pul jo‘natmalari olinganidan keyin uch kunlik muddatdan kechiktirmay maxsus qabulxonaning ma’muriyati tomonidan u ketgan joyga jo‘natiladi.
115. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona hududida maxsus ajratilgan joylarda kunduzgi vaqtda davomiyligi ikki soatdan kam bo‘lmagan har kungi sayr etish huquqiga ega.
116. Bemorlarning har kungi sayr etish vaqti maxsus qabulxona tibbiyot xodimining xulosasiga ko‘ra belgilanadi.
117. Kameradagi shaxslar sayrga bir vaqtda olib chiqilishi va ular mavsumiy kiyimda bo‘lishi lozim.
118. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar sayrga maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan belgilangan jadval asosida olib chiqiladi.
119. Sayr vaqtida maxsus qabulxona tibbiyot xodimlari maxsus qabulxona mas’ul xodimlari bilan birgalikda kameralarning sanitariya holatini tekshirishlari mumkin.
120. Sayrga olib chiqilgan shaxslar doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.
121. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar sayr vaqtida sayrni muddatidan oldin to‘xtatish haqida nazoratchiga murojaat qilishlari mumkin. Nazoratchi bu haqda maxsus qabulxona navbatchisini xabardor qiladi.
122. Sayr qilish ob-havo sharoiti yomonlashganda (bo‘ron, kuchli yomg‘ir va h.k.), favqulodda holatlar (qochish, o‘z joniga qasd qilish va h.k) ro‘y berganda, vaziyat keskinlashganda (favqulodda holat sodir etilishi to‘g‘risida xabar olinganda, nazorat qiluvchi xodimlar soni keskin qisqartirilganda)hamda boshqa noxush hodisa (yong‘in, tabiiy ofatlar va h.k.)lar bartaraf etilgunga qadar taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
123. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona yo‘lagidan o‘tayotganda va sayrga chiqqanda baqirish, kuylash, tinchlikni boshqacha usullar bilan buzish, maxsus qabulxona hududidan tashqariga narsalar otish, devorlarga yozuvlar yozish, uskuna va to‘siqlarni buzish yoki saqlash rejimini buzadigan boshqa harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
124. Ushbu Qoidalarning 123-bandida belgilangan sayr qilish tartibi buzilganda, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan maxsus qabulxona xodimlariga yoki ma’muriy qamoqqa olingan boshqa shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilganda yoki ushbu shaxsga birinchi yordam ko‘rsatish kerak bo‘lganda sayr qilish muddatidan ilgari to‘xtatilishi mumkin.
125. Sayr qilish tartibini buzgan shaxslar maxsus qabulxona boshlig‘i (yo‘qligida uning o‘rinbosari yoki navbatchi) ko‘rsatmasiga asosan kamerasiga qaytariladi.
126. Maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar beriladi. Himoyachi va qonuniy vakil bilan moneliksiz va xoli uchrashuvlar ularning soni hamda davom etish muddati cheklanmagan holda beriladi.
127. Maxsus qabulxona boshlig‘i tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan davom etish muddati ikki soatgacha bo‘lgan bitta uchrashuvga ijozat berilishi mumkin.
128. Bir vaqtning o‘zida ma’muriy qamoqqa olingan shaxs bilan ikki nafar voyaga yetgan qarindoshlari va boshqa shaxslarning uchrashuviga ruxsat etiladi.
129. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlari maxsus qabulxonaning maxsus jihozlangan uchrashuv xonasida o‘tkaziladi.
130. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar uchrashuvga bir vaqtning o‘zida olib chiqilishi mumkin, bunda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning kameralar bo‘yicha ajratilish talablariga qat’iy rioya qilinishi shart.
131. Maxsus qabulxona xodimlari tomonidan uchrashuvga olib chiqilayotgan shaxsning tashqi ko‘rinishi ozoda bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
132. Maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan smenani topshirish-qabul qilish (kamida bir soat ichida) va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning ovqatlanish (nonushta, tushlik va kechki ovqat) vaqtida hamda tungi, ya’ni kech soat 22.00 dan ertalab soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqtda, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, mast holda kelgan shaxslarga uchrashuv berilmaydi, Jinoyat-protsessual kodeksida (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda rad etish sabablari maxsus qabulxona xodimi tomonidan tushuntiriladi.
133. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar bilan quyidagi shaxslar uchrashishlari mumkin:
advokat — u advokat guvohnomasini va o‘zining muayyan ishni yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi orderni ko‘rsatganda;
qonuniy vakil — ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning qonuniy vakili ekanligini va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatganda;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning qarindoshi yoki boshqa shaxs — o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatganda.
Ushbu bandda sanab o‘tilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
134. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning o‘z himoyachisi va qonuniy vakili bilan uchrashuvlari maxsus qabulxona xodimi ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda, maxsus qabulxonaning uchrashuv xonasida o‘tkaziladi.
135. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma’lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Himoyachilar (advokatning himoyachi sifatida ishtirok etishi bundan mustasno), qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparat, videokamera va ovoz yozish qurilmalarining bo‘lishi taqiqlanadi.
136. Uchrashuv jarayonida advokat tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish holatlari aniqlanganda uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Advokat bilan uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda, maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini ta’minlashga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va ushbu advokatga guvohnoma bergan hududiy adliya organiga yuboriladi.
137. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar maxsus qabulxona xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi. Himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlar va boshqa shaxslar tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga mazkur Qoidalarning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishga urinilgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin to‘xtatib qo‘yiladi. Uchrashuvga kelgan shaxs bu haqda uchrashuv boshlanishidan oldin maxsus qabulxonaning mas’ul xodimlari tomonidan ogohlantirilishi shart.
138. Maxsus qabulxonada uchrashuvlar vaqtincha to‘xtatib turilgan hollarda nazorat qiluvchi prokurorga xabar beriladi va bu haqda uchrashuvga kelganlarni qabul qilish xonasiga e’lon osib qo‘yiladi.
139. Maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga maxsus qabulxonada texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganida statsionar telefon-avtomatlari orqali, yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy aloqa vositalari va zaryadlash qurilmalarini ularga berish (olish) yordamida, telefon muloqotlarining ketma-ketlik tartibida taqdim etiladi.
140. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning telefon muloqotlari maxsus qabulxona ma’muriyati yoki xodimlari ishtirokida yoxud ular yo‘qligida audiovizual nazorat orqali amalga oshiriladi.
141. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga shaxsiy aloqa vositalari va zaryadlash qurilmalari faqat telefon muloqotlarini amalga oshirish vaqtida beriladi.
142. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga shaxsiy aloqa vositalari va zaryadlash qurilmalari maxsus qabulxona ma’muriyatining shaxsiy aloqa vositalari va zaryadlash qurilmalarini ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga berish (olish) va telefon muloqotlarini taqdim etishni hisobga olish jurnaliga qo‘yilgan belgisi orqali beriladi (olinadi).
143. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga telefon muloqotlari sayr vaqtlari, sanitar, gigiyenik va boshqa shu turdagi tadbirlar hamda maxsus qabulxona ma’muriyati va xodimlari tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar xavfsizligi va ma’muriy qamoqni o‘tash tartibini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlardan tashqari, maxsus qabulxona kun tartibiga muvofiq har kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha va 19.00 dan 21.00 gacha taqdim etiladi.
144. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar, agar bu mazkur Qoidalarni, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, maxsus qabulxona xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish huquqiga ega.
145. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar diniy rasm-rusumlarni o‘zlari saqlanayotgan kameralarda, imkon bo‘lganda esa maxsus qabulxonaning ushbu rasm-rusumlarga mo‘ljallab jihozlangan maxsus xonalarida o‘z diniy an’analarga muvofiq amalga oshiradi.
146. Maxsus qabulxona ma’muriyati ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning diniy rasm-rusumlarni ado etishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishini ta’minlaydi.
147. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga maxsus qabulxona kutubxonasidagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
148. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida va O‘zbekiston Respublikasining referendumida (bundan buyon matnda saylov deb yuritiladi) ishtirok etish huquqiga ega.
149. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning saylovda ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida maxsus qabulxonaning o‘zida saylov uchastkasi tashkil etiladi.
150. Maxsus qabulxonada saylov uchastkasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
151. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni kuch ishlatish, aldash, qo‘rqitish orqali yoki boshqa yo‘llar bilan ularning saylash va referendumda ishtirok etishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga to‘sqinlik qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
152. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar o‘rnini qoplash maqsadida mehnat qilish istagini bildirib maxsus qabulxona boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
153. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning arizasi maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan darhol ko‘rib chiqiladi va tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar haq to‘lanadigan mehnatga jalb etiladi.
154. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni mehnatga jalb etish uchun sharoit bo‘lmagan hollarda arizachiga rad etish sabablari tushuntiriladi.
155. Maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni haq to‘lanadigan mehnatga jalb etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklariga murojaat etiladi hamda hokimliklar tomonidan tavsiya etilgan korxona va tashkilotlar bilan maxsus qabulxona o‘rtasida shartnoma tuziladi.
156. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar shartnoma asosida mehnatga jalb etilgan hollarda doimiy nazorat ostida bo‘ladi va maxsus qabulxona xodimlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlaydi.
157. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning mehnat sharoiti qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi kerak. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar o‘z mehnati uchun tegishli haq olishga haqlidir.
158. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning ish vaqti va mehnatiga haq to‘lash mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
159. Belgilangan ish hajmlarini bajargan shaxslar mehnatiga haq to‘lash qonunchilik hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim.
160. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning mehnatidan foydalanish natijasida olingan pul mablag‘lari ularni maxsus qabulxonalarda saqlash va ovqatlantirishga yo‘naltiriladi.
161. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda saqlash va ovqatlantirish qiymatidan ortiq bo‘lgan summa ularning nomiga ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
162. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona xonalaridagi sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, shuningdek ichki ishlar organi yoki maxsus qabulxona hududini obodonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, davomiyligi sutkasiga ikki soatdan ko‘p bo‘lmagan haq to‘lanmaydigan jismoniy ishlarga o‘z roziligiga ko‘ra jalb etiladi.
163. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni haq to‘lanmaydigan jismoniy ishlarga jalb etish ularning sog‘lig‘i holati hisobga olingan holda va navbatma-navbat amalga oshiriladi.
164. Ma’muriy qamoqqa olingan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar jismoniy ishlarga jalb etilishdan ozod qilinadi.
165. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona ma’muriyatiga, davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
166. Maxsus qabulxona xodimlari har kuni kameralarni aylanish chog‘ida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan yozma va og‘zaki shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar qabul qiladi.
167. Og‘zaki shaklda qabul qilingan yoki maxsus qabulxona boshlig‘i nomiga berilgan arizalar, takliflar va shikoyatlar jurnalga qayd etiladi hamda maxsus qabulxona boshlig‘iga bayon qilinadi.
168. Maxsus qabulxona boshlig‘i uning nomiga yozilgan arizalar, takliflar va shikoyatlar zudlik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
169. Maxsus qabulxona xodimlarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay maxsus qabulxona boshlig‘i tomonidan prokurorga bevosita topshiriladi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga pochta orqali yuboriladi.
170. Boshqa davlat organlari va tashkilotlari nomiga yo‘llangan arizalar, takliflar va shikoyatlar senzuradan o‘tkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan oluvchilarga pochta orqali yuboriladi.
171. Arizalar, takliflar va shikoyatlarga javoblar maxsus qabulxonaga kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan tegishli ariza, taklif va shikoyatni bergan shaxsga yetkaziladi.
172. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning arizalari, takliflari va shikoyatlarini jo‘natish xarajatlarining o‘rni maxsus qabulxona mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
173. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish hamda ko‘rib chiqishning asossiz ravishda rad etilishi, ularni ko‘rib chiqish yoki oluvchilarga topshirish tartibi va muddatlarining buzilishi yoxud ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning berilgan arizalar, takliflar va shikoyatlar munosabati bilan ta’qib qilinishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
174. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxona boshlig‘iga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek maxsus qabulxonalarni nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslarga shaxsan qabul qilish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilish huquqiga ega.
175. Maxsus qabulxona boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslarning shaxsiy qabuliga yozilish maxsus qabulxona xodimlari tomonidan har kuni kameralarni aylanib chiqish chog‘ida amalga oshiriladi. Qabul qilish to‘g‘risidagi murojaat yozma yoki og‘zaki ravishda maxsus qabulxona boshlig‘i nomiga beriladi va shaxsiy qabul jurnalida navbat bilan ro‘yxatga olinadi.
176. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxona boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul qilish har kuni belgilangan jadvalga muvofiq ish vaqti davomida amalga oshiriladi, dam olish va bayram kunlari bundan mustasno. Zarur hollarda, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar jadvaldan tashqari qabul qilinishi mumkin.
177. Murojaat qilganlarni qabul qilish shaxsiy qabul jurnalidagi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi va qabul natijalari jurnalga yozib qo‘yiladi. Yozma ravishda berilgan murojaatlarga uning natijasi haqida belgi qo‘yilib, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
178. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning qarindoshlari va boshqa shaxslarni maxsus qabulxona boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan shaxsan qabul qilish maxsus qabulxonaning uchrashuv xonasida amalga oshiriladi. Qabulga kelgan shaxslar maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi va qabul natijalari jurnalga yozib qo‘yiladi.
179. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonada vafot etgan taqdirda, maxsus qabulxona boshlig‘i bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga va prokurorga darhol xabar qiladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning vafot etganligi fakti bo‘yicha JPKda nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruv o‘tkaziladi.
180. Maxsus qabulxonada vafot etgan shaxsning jasadi u bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan jarayonda mazkur ishni yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning qaroriga asosan saqlash uchun maxsus qabulxona yaqinida joylashgan sog‘liqni saqlash muassasasining o‘likxonasiga topshiriladi.
181. Maxsus qabulxonada vafot etgan shaxsning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan, shuningdek JPKda nazarda tutilgan boshqa harakatlar bajarilganidan keyin vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakillariga yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarga topshiriladi.
182. Vafot etgan shaxsning jasadi uni talab qilgan shaxsning arizasi va holat yuzasidan tergov harakatlarini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs yoki organning qarori asosida dafn etish uchun beriladi. Bunda vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan hujjatlar, ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari uning ariza bilan murojaat qilgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga belgilangan tartibda topshiriladi.
Ariza bilan murojaat qilgan shaxs o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishi zarur.
183. Maxsus qabulxonada vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan yoxud dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslardan jasadni berish to‘g‘risida ariza tushmagan taqdirda, vafot etgan shaxsni dafn etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
184. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonadan quyidagi hollarda ozod qilinadi:
ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganda;
ma’muriy qamoq muddati o‘tab bo‘linganda.
185. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonadan ozod qilish maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan darhol amalga oshiriladi.
186. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonadan ozod qilinayotganda maxsus qabulxonaning tibbiyot xodimlari tomonidan qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarda tan jarohatlari aniqlanganda maxsus qabulxonaning tibbiyot xodimlari tomonidan darhol prokurorga xabar qilinadi.
187. Maxsus qabulxonalardan ozod qilish chog‘ida maxsus qabulxona ma’muriyati tomonidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga kelib tushganda olib qo‘yilgan hujjatlar, pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar, narsalar va boshqa ashyolarni tilxat bilan ularga qaytaradi hamda ozod etilganligi to‘g‘risida belgilangan shaklda ma’lumotnoma beradi.
188. Zarur bo‘lgan taqdirda, maxsus qabulxona ma’muriyati maxsus qabulxonadan ozod qilingan shaxsni yashash joyiga yetib olishi uchun yo‘l hujjatlari va yo‘lda ketish uchun belgilangan normalar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi.
189. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Uyg‘onish — soat 6.00 da.
Ertalabki tekshiruv va kameralar tozalanishi — soat 6.00 dan 8.00 gacha.
Nonushta — soat 8.00 dan 9.00 gacha.
Arizalar, takliflar va shikoyatlarni yuborish — soat 9.00 dan 10.00 gacha.
Telefon qilish — soat 10.00 dan 12.00 gacha, 19.00 dan 21.00 gacha.
Sayr — kunduzgi vaqtda kamida 2 soat.
Tushlik — 13.00 dan 14.00 gacha.
Diniy rasm-rusumlarni ado etish — ado etish vaqtlarida.
Qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bilan uchrashuv — soat 16.00 dan 18.00 gacha.
Himoyachi yoki qonuniy vakil bilan uchrashuv — Ichki tartib qoidalarning 132-bandi talablaridan tashqari vaqtlar va hollarda davom etish muddati cheklanmaydi.
Kechki ovqat — soat 18.00 dan 19.00 gacha.
Kechki tekshiruv — soat 21.00 dan 22.00 gacha.
Tungi vaqtda uxlash (uzluksiz) — soat 22.00 dan 6.00 gacha.
Eslatma:
1. Kun tartibi har bir maxsus qabulxonada yil fasli, kunining davomiyligi va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib tuziladi.
2. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning sayrga chiqishi, diniy rasm-rusumlarni ado etishi, himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlari to‘g‘risida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning kameradan chiqishini ro‘yxatga olish jurnaliga yozib qo‘yiladi.
1. Maxsus qabulxonada saqlanayotgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
Qonunda belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
maxsus qabulxona xodimlarining qonuniy talablarini so‘zsiz bajarish;
shaxsiy gigiyena va sanitariya talablariga rioya etish;
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish;
maxsus qabulxonaning mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
kameralarni ozoda saqlash, yotish joyi, ko‘rpa-to‘shaklarini bir xil qilib yig‘ishtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini, narsa va buyumlarini saqlash talablariga rioya etish;
maxsus qabulxona xodimlari hamda boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik;
maxsus qabulxona ma’muriyatining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek maxsus qabulxona xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
o‘zining hamda boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni qasddan sodir etmaslik;
maxsus qabulxona xodimlari va bir-birlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
ichki ishlar organlari xodimlari, prokuratura va boshqa nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar kamera ichiga kirgan vaqtida berilgan ko‘rsatma asosida o‘rnidan turish va belgilangan joyga saflanish;
belgilangan tartib asosida sayr qilish va uchrashuv paytida o‘zini tutishi;
maxsus qabulxona xodimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning talabi asosida o‘zining familiyasini, ismi va otasining ismini aytishi;
tinchlikni saqlash;
navbat bilan kamera bo‘yicha navbatchilik qilish.
2. Kamera bo‘yicha navbatchi:
kameraga maxsus qabulxona xodimlari yoki tekshiruvchi xodimlar kirganida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risida axborot beradi;
jihozlar, buyumlar va boshqa narsalarning saqlanishini nazorat qiladi;
kamerada saqlanayotganlar uchun idish tovoqlarni oladi va topshiradi;
kamera tozaligiga rioya qilinishini nazorat qiladi.
3. Maxsus qabulxonada saqlanayotgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
boshqa kamera va xonalardagi shaxslar bilan suhbatlashish, muloqot qilish, shovqin solish (devorlarni, kameradagi jihozlarni taqillatish va boshqa taqiqlangan harakatlar);
saqlanishi, tarqatilishi, iste’mol qilinishi, foydalanilishi taqiqlangan pullar, qimmatli qog‘ozlar hamda boshqa qimmatliklar, oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar bilan muomala qilish;
maxsus qabulxona xodimlarining ruxsatisiz kamera va ma’muriy binosining boshqa xonasidan tashqariga chiqish;
belgilanmagan joylarda chekish;
biror-bir manfaatni ko‘zlab o‘yinlar tashkil qilish yoki o‘ynash;
tatuirovka chizish;
maxsus qabulxona ma’muriyatining ruxsatisiz yotoq joyini o‘zgartirish va unga parda tutish;
kamerada olov yoqish;
maxsus qabulxona xodimlarining ruxsatisiz santexnika, yoritish va boshqa asbob-uskunalarni sozlash yoki kameradagi yorug‘likni o‘zgartirish;
qo‘lbola elektr uskunalardan foydalanish;
diniy ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish hamda ularga rioya etishga majburlash;
kameradagi jihozlarga zarar yetkazish, devorlariga yoki foydalanishga berilgan narsalarga yozish, chizish yoki belgi qo‘yish, shuningdek devorlarga qog‘ozlar, fotosuratlar, adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari va boshqalarni qirqib yopishtirish, fotosurat, ro‘znoma hamda jurnallardan qirqib olingan rasmlar yoki maqolalarni yopishtirish;
safda harakatlanayotganda safdan chiqish, chekish, suhbatlashish va maxsus qabulxona xodimlarining ruxsatisiz boshqa harakatlar qilish;
shaxsiy foydalanishida bo‘lgan narsalarni sotish, sovg‘a qilish, almashish yoki boshqa usullar bilan o‘zga ushlab turilganlardan tortib olish;
kamera derazasidan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini tashqariga uloqtirish, derazaga va eshikning tuynugiga yopishib turish yoki ularni bekitish yoxud ulardan qarash.
1. Barcha turdagi o‘qotar va sovuq qurollar yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar, shuningdek o‘q-dorilar.
2. Pullar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho toshlar, durlar va ulardan yasalgan buyumlar, turli markadagi soatlar va boshqa qimmatliklar.
3. Optik asboblar, ko‘zoynak bundan mustasno.
4. Alkogol mahsulotlari, shuningdek tarkibida spirt bo‘lgan atir va boshqa mahsulotlar.
5. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar.
6. Barcha turdagi radioapparatura, kompyuter texnikasi, yozuv mashinkasi, nusxa ko‘chirish vositalari.
7. Aloqa vositalari, jumladan uyali aloqa vositasi, radiotelefonlar, peyjerlar, ratsiyalar va ularning barcha turdagi qismlari.
8. Inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli hamda jinoyat quroli sifatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, sanoat usulida yoki qo‘lbola tarzda yasalgan tig‘li, kesuvchi, uchi o‘tkirlangan sanchiladigan kasbiy va xo‘jalik-maishiy (pichoq, bigiz, ustara (elektr ustara bundan mustasno), qaychi va boshqalar) ashyolar.
9. Oynalar, bundan kamera devoriga o‘rnatilgan oyna mustasno.
10. Chilangarlik va boshqa asbob-uskunalar.
11. Sport anjomlari.
12. O‘yin kartalari.
13. Har qanday turdagi foto, audio va videoapparaturalar hamda ularning qismlari.
14. Pornografik va diniy ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan nashr va materiallar, shuningdek taqiqlangan adabiyotlar.
15. Topografik xaritalar va kompas.
16. Harbiy va boshqa formali kiyim-bosh hamda uning jihozlari.
17. Nusxa ko‘chiradigan qog‘ozlar (kopirka).
18. Musiqa asboblari.
19. Xamirturush va achitqilar.
20. Uyda pishirilgan, shuningdek iste’mol qilinishi isitish va pishirishni talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari. | 151 | 62,360 |
Qonunchilik | Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiq | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar (keyingi o‘rinlarda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar deb ataladi) uchun arzon uy-joylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarorlari (keyingi o‘rinlarda Dasturlar deb ataladi) doirasida amalga oshiriladi;
b) uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi:
I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida –oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
II toifaga kiradigan shaharlarda — o‘ntagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
ko‘p qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
v) nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi;
g) tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar hamda ko‘p qavatli uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritiladi.
3. Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili tasdiqlanadigan smetalar doirasida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutish to‘g‘risidagi takliflari inobatga olinsin.
4. Belgilansinki:
a) uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to‘lovining:
10 foizi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);
90 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi;
b) uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qoplash:
talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarorlari (keyingi o‘rinlarda Dasturlar deb ataladi) asosida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joy berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
arzon uy-joylar — Dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar;
ariza beruvchi — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Komissiyaga ariza bergan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar (agarda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar o‘zlari murojaat etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari ularning nomidan ariza berishi mumkin);
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etishning oxirgi sanasi — keyingi yilda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan barcha ariza beruvchilarning ro‘yxatini shakllantirish uchun har yillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan Dasturda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi;
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya;
ijtimoiy mezonlar — Komissiya tomonidan talabgorlarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy ko‘rsatkichlari;
injiniring kompaniyasi — Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” va “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
kam ta’minlangan oila — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila.
Komissiya — talabgorlarni tanlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 9-fevraldagi 103-son hamda “Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarorlari bilan tuzilgan hududiy komissiyalar;
ro‘yxat — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar ichidan Komissiya tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj talabgorlar ro‘yxati;
talabgor — arzon uy-joy berish uchun Komissiyaning ro‘yxatiga kiritilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
tuman (shahar) toifalari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ–2691-son qarorida nazarda tutilgan tuman (shahar)larning I va II toifalari;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar;
uy-joy quruvchi — Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qarori qabul qilingan shaxs.
3. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi:
I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida — oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
II toifaga kiradigan shaharlarda — o‘ntagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
ko‘p qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan.
4. Komissiyaning tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma-ariza va hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) taqdim etadi.
6. Ariza beruvchi Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
7. Ariza tuman (shahar) komissiyasi raisining qarori bilan tayinlanadigan vakolatli shaxs tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, qabul qilingan arizaning nusxasiga — qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi.
8. Arizalar hisobi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq alohida ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida (keyingi o‘rinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan muhrlangan bo‘lishi kerak.
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi talab etiladi.
Arizani jurnalda dastlab ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi. Komissiya arizalarni ularning jurnalda qayd etilishi navbatliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishi shart.
9. Ariza va taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchilarning uy-joyga muhtoj xotin-qizlar toifasi ekanligini aniqlash maqsadida Komissiya tomonidan ushbu Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy ustuvorlik mezonlari asosida tanlov natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar qabul qilinmaydi.
10. Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqishda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yo‘qligi va turar-joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
v) ko‘p bolalilik;
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) ijtimoiy xususiyatiga ko‘ra alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida);
e) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv. metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
z) birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ayollar;
i) yolg‘iz o‘zi ushbu Nizomga 5-ilovadagi ro‘yxatda nazarda tutilgan og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida);
11. Komissiya ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan muddat ichida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganadi va ushbu Nizomga 6-ilovada nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ariza beruvchining ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi. Bunda ariza beruvchilarning uy-joyga muhtojligi darajasi Komissiya tomonidan qo‘yiladigan ballardan kelib chiqib aniqlanadi va yozma tavsiya birinchi navbatda eng yuqori ball to‘plagan ariza beruvchilarga beriladi.
Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini o‘rganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari bo‘yicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari bo‘yicha olingan ballarni ko‘rsatgan holda tekshirish dalolatnomasi Komissiya tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovada belgilangan shaklda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qo‘ydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.
12. Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Komissiya ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yozma tavsiya beradi.
Agar yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma shaklda xabarnoma yuboradi (topshiradi).
Bunda, ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
13. Yozma tavsiya Komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi. Ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi bo‘yicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi.
14. Komissiya yozma tavsiyaning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
15. Komissiya tomonidan ariza beruvchiga yozma tavsiya berish quyidagi hollarda rad etiladi:
a) ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilishi;
b) hujjatlarning Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligi holatining asosli ko‘rsatilishi;
d) uy-joyga muhtoj shaxsning nikohi so‘nggi uch yilda bekor qilingan taqdirda.
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Yozma tavsiya berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
17. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 14-bandi asosida ko‘rib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish to‘g‘risidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
18. Hududiy komissiyalar Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan talabgorlar ro‘yxatini har bir tuman (shahar)da har yili amalga oshirilayotgan Dasturlar doirasida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan arzon uy-joylar bilan ta’minlash tartibiga muvofiq shakllantiradi va Komissiyaning bayonnomasi bilan tasdiqlaydi. Ro‘yxatda talabgorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, pasportiga oid ma’lumotlar, oila a’zolari soni va beriladigan arzon uy-joylarning turi (qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar) aniq ko‘rsatiladi.
19. Komissiyaning bayonnomasi va tasdiqlangan ro‘yxat tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga uch ish kuni ichida taqdim etiladi.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari tegishli hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlarini tuman (shahar)lar bo‘yicha umumlashtiradi va ularni uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hududlardan qabul qilingan ro‘yxatlar asosida kam ta’minlangan xotin-qizlarning respublika bo‘yicha ro‘yxatlarini umumlashtiradi va Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining Vasiylik kengashiga (keyingi o‘rinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
22. Vasiylik kengashi o‘zining yig‘ilishida talabgorlar ro‘yxatni ko‘rib chiqadi va yig‘ilish qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga ularning boshlang‘ich badallarini to‘lash uchun taqdim etadi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest”, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari talabgorlar ishlaydigan tashkilotlar bilan birgalikda respublika bo‘yicha ro‘yxatlar asosida hududlarda arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan mablag‘larni, shu jumladan, dastlabki badal to‘lovlarini belgilangan tartibda aniqlaydi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan dastlabki badalni Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan, shuningdek, talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda, u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan talabgorning jamg‘arma omonat hisob raqamiga o‘tkazilishini nazorat qiladi.
25. Injiniring kompaniyasining filiali Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladilar.
26. Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yozma tavsiya;
b) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusxasi;
d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
e) dastlabki badal jamg‘arma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
27. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari amaldagi tartib asosida talabgorlarning ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqadi.
28. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali Komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi) uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar:
talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda Komissiya tomonidan yozma tavsiya olganidan so‘ng belgilangan tartibda ipoteka krediti berish to‘g‘risida takroran ariza berishga haqlidir.
31. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turg‘un ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).
2. Tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zo‘rayuvchi turlari).
3. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi.
4. 6 oy davom etadigan (surunkali) og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari.
5. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik xuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning o‘rta, chuqur va og‘ir holatlari) turg‘un asoratlari.
6. Ko‘zning ko‘rligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).
7. Tug‘ma va orttirilgan tusdagi bronx-o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga bog‘liq turi.
8. Sil kasalligi surunkali kechishi (o‘pka, suyak va bo‘g‘imlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).
9. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi.
10. Diabetik nefroskleroz.
11. Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli.
12. Tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.
13. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:
a) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi deformatsiyalar;
b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pog‘onasining tizimli zararlanishi;
v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘ziga o‘zi xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.
14. Qandli diabet (insulinga bog‘liq qandli diabet);
15. Qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, og‘ir tug‘ma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
16. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), xavfli gistiotsitoz.
17. Qon ishlab chiqarishning tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalar.
18. Gemofiliya og‘ir turlari.
19. OIV infeksiyasining III-IV darajasi.
20. Tug‘ma anomaliyalarning og‘ir turlari. | 250 | 26,530 |
Qonunchilik | Yangi yoʻllar quriladi, eskilari ta’mirlanadi | Prezidentning 18.05.2022 yildagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-249-son qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022 yilda umumiy uzunligi 2 606 km sement-beton qoplamali ichki yoʻllar qurilishi nazarda tutilgan. Bunda:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 45 | 459 |
Qonunchilik | Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan sarimsoqpiyoz yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) hamda uning mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamiyatlar) tashkil etilganligi;
hududiy jamiyatlar Uyushmaning muassislari hisoblanishi;
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish manbalari a’zolik badallari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun ajratilgan davlat grantlari hamda xalqaro moliya institutlari grantlari hisoblanishi;
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etilganligi, 400 gektar maydonda klaster usulida aholi xonadonlarini biriktirish orqali sarimsoqpiyoz yetishtirish yo‘lga qo‘yilganligi;
Uyushmaga mahsulot yetishtiruvchilarga agronomik tavsiyalar berishda, eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilishda ko‘maklashish, ularning malakasini oshirish vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2021-2022-yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari bo‘yicha yetishtirish hajmi to‘g‘risidagi takliflari 1 — 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
3. Belgilansinki:
Uyushmaga tashqi va ichki bozor talablaridan kelib chiqib, har yili 1-iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi beriladi;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida g‘alladan bo‘shaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Uyushma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalarni tijorat banklariga taqdim etadi.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun 7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yillik muddatga Buloqboshi tumani hokimligi va Uyushma kafilligi asosida teng ulushlarda ssuda sifatida ajratilishini ta’minlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Buloqboshi tumanida joriy etilgan tajribani keng tatbiq etish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda — Kengash raisining o‘rinbosari)ga:
Uyushma faoliyatini amalga oshirishga, qayta ishlash korxonalari, eksport qiluvchilar va mahsulot yetishtiruvchilarga har tomonlama ko‘maklashish;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grantlarini, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini jalb etish;
kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan klaster va eksport qiluvchi tashkilotlar mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirilishini ta’minlash;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun har yili iyun-iyul oylarida o‘quv-seminarlarni tashkil qilish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ikki hafta muddatda:
mavjud vazifalar taqsimotini va shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqib, Kengash raisining o‘rinbosariga markaziy apparat, hududiy boshqarma va tuman bo‘limlaridan tegishli tuzilmalarni biriktirish;
Kengash raisining o‘rinbosari taklifiga ko‘ra, xo‘jalik hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari olinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
7. O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bir oy muddatda:
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, sarimsoqpiyozning eksportbop navlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash borasida tavsiyalar ishlab chiqsin hamda amaliy yordam berish uchun karantin inspektorlarini tumanlar miqyosida mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksport qiluvchilar uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Uyushma bilan birgalikda mahsulotning eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilinishini ta’minlash, yangi eksport bozorlarini ochish choralarini ko‘rsin.
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, grant tanlovlarida avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining yangi, eksportbop navlarini yaratish, onalik urug‘ va ko‘chatzorlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoiti o‘ziga xosligidan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari navlarini joylashtirish va yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyaviy qo‘llanma ishlab chiqib, joylarga yetkazsin;
bir oy muddatda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;
Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini suv bilan ta’minlash, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish choralarini ko‘rsin;
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Uyushma bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarining hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos, sho‘rga va suvsizlikka chidamli navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Uyushmaga mahsulotni saqlash, eksport qilishda ko‘maklashsin.
10. Uyushmaga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Uyushmaning qisqa muddatlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, uning tashkiliy tuzilmasi, nizomi va hududiy jamiyatlarning namunaviy tuzilmasini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Uyushma Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shaharchasidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
11. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda sarimsoqpiyoz va sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish, ularni eksport qilish, xorijiy davlatlar fitosanitariya talablarini tushuntirishga oid maxsus ko‘rsatuvlar tashkil etish va muntazam namoyish etib borish tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. | 139 | 9,551 |
Qonunchilik | Biometrik pasport oʻrniga ID-kartalar beriladi | IIV Vazirlar Mahkamasining qaroriga asoslanib, shaхsni identifikatsiyalashning yangi teхnologiyasini joriy etish tartibi yuzasidan tushuntirish berdi.
Ta’kidlash joizki, Oʻzbekistonda ID-kartalarga oʻtishga anchadan buyon tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 2018 yilda rasmiy hujjatlar matnlarida amaldagi pasport, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (haydovchilik guvohnomalaridan tashqari) tizimiga oʻzgartirish kiritilishi qayd etilgan edi. Loyihani amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Toshkentda Germaniyaning «Veridos GmbH» kompaniyasi bilan hamkorlikda plastik kartalarni ishlab chiqarish zavodini qurishga qaror qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 martdagi 129-son qarorida barcha jihatlar aniqlashtirilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, Oʻzbekiston fuqarolariga, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga va mamlakatimizda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga ID-kartalari beriladi. Hujjat egasining shaхsini va fuqaroligini tasdiqlovchi ushbu hujjat 10 yil muddatga beriladi (namunaga qarang). Hujjatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun BHMning 89%i miqdorida davlat boji undiriladi (maqola berilgan sanada – 198 470 soʻm).
2011 yildagi namunadagi ilgari berilgan biometrik pasportlarni va yashash uchun ruхsatnomalarni almashtirish ularning egalarining iltimosiga binoan muddati tugagandan yoki muddatidan oldin amalga oshiriladi. Idorada ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha mamlakat aholisi uchun qoʻshimcha yuklamasiz amalga oshirilishi ta’kidlandi (2021–2022 yillarda iхtiyoriy, 2023–2029 yillarda – majburiy tartibda). 2030 yildan boshlab 2011 yildagi namunadagi biometrik pasportlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Yana bir muhim jihati: ID-kartalar faqat Oʻzbekiston hududida amal qiladi, chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik (хorijiy) pasportini olish zarur boʻladi.
Yangi teхnologiyaga oʻtish rivojlangan хorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda va fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtiradi, birlamchi ma’lumotlarni vazirlik va idoralarining aхborot tizimlariga integratsiyalash jarayonini avtomatlashtiradi, aholiga davlat хizmatlarini koʻrsatish jarayonini osonlashtiradi va optimallashtiradi, deb ta’kidlanadi хabarda. | 46 | 2,400 |
Qonunchilik | Sportchi – shtatdagi lavozim, bolalarni – sport toʻgaraklariga | Prezident 3.06.2017 yilda «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturning 5 ta asosiy yoʻnalishlari belgilandi:
1. Jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;2. Jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada хususiy sektorni rivojlantirish;3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot хodimlari bilan ta’minlash;4. Ta’lim muassasalari oʻquvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari oʻrtasida sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;5. Ommaviy aхborot vositalari, internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida keng aхborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
Dastur doirasida 2017-2021 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanishi nazarda tutilgan. Shundan 706,2 milliard soʻmdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga “Sportchi” lavozimi joriy etiladi. Bu Oʻzbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlaydi.
Barcha ta’lim muassasalari sport inshootlarida darsdan soʻng oʻquvchi va talabalar uchun sport toʻgaraklari hamda sport klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida sport turlariga iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida “Sport toʻgaragi va seleksiya boʻyicha trener” lavozimini kiritish belgilangan. Bu bilan qoʻshimcha ravishda minglab oʻquvchi va talabalarni qamrab olishga erishiladi va ularga sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlariga qulay imkoniyatlar yaratiladi.
Bundan tashqari, dasturda jismoniy tarbiya va sportga iхtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” koʻkrak nishonining ta’sis etilishi esa soha fidoyilari mehnatini yanada munosib ragʻbatlantirishga хizmat qiladi, – deyiladi qarorga keltirilgan sharhda.
Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga iхtisoslashgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va хolisligini ta’minlash yuzasidan doimiy ravishda ta’sirchan choralar koʻrish hamda har chorak yakunlari boʻyicha qoʻmitaning majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 62 | 3,945 |
Qonunchilik | Koʻmakka muhtoj korхonalar aniqlandi | Prezidentning 20.04.2017 yildagi PF–5022-son Farmoni bilan iqtisodiy nochor korхonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Tijorat banklariga avval ular tomonidan taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida bank mulkiga oʻtgan koʻchmas mulk ob’yektlari negizida bank va uning boshqaruv kompaniyalarining ulushli ishtiroki 100%gacha boʻlgan yangi korхonalar tashkil etishga ruхsat berildi.
Bundan tashqari, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab bankrot korхonalarni banklarga sotish tanlov savdolarida amalga oshiriladi, bunda tijorat banklari oʻrtasida kim oshdi savdolari oʻtkazilmaydi.
Bu muhim! Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan korхonalar strategik investorga sotilgan paytdan e’tiboran 3 yil mobaynida foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi. Shuningdek, mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha yangidan tashkil qilinayotgan korхonalar tomonidan olib kelinadigan хom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar 2019 yil 1 aprelga qadar bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
Shu bilan birga strategik investorlar endilikda sotilayotgan korхonalar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan korхonalar, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlar boʻyicha хarid toʻlovlarini biryoʻla yoki хarid summasining qoldigʻiga foizlar hisoblab yozmasdan boʻlib-boʻlib toʻlashni amalga oshirishlari mumkin. Faqat хarid toʻlovlari toʻliq toʻlangandan keyin tasarruf etish huquqi investorga oʻtadi.
Oʻtkazilgan хatlov natijasida uchta roʻyхat shakllantirildi:
Shuningdek, hujjat bilan iqtisodiy nochor korхonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi, uning asosiy vazifalari va vakolatlari tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Respublika komissiyasi Prezidentning 18.11.2008 yildagi PF-4053-son «Iqtisodiyot real sektori korхonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tuzilgan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 36 | 2,281 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-792-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loy | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-792-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 433 |
Qonunchilik | Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida | Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 2022-yilning 10-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) parlament so‘roviga kelib tushadigan javobni tahlil qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot kiritsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Mamlakatimizda mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.
Mahalliylashtirish dasturi asosida 2021-yilda 2 053 ta loyiha doirasida 24,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 1 938 ta loyiha ishga tushirilgan va 30,1 trln so‘mlik (rejaga nisbatan 123 foiz) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 411,0 mln AQSh dollari qiymatidagi 254 turdagi mahsulot eksport qilingan, 12 433 ta ish o‘rni yaratilgan.
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida 538 ta loyiha doirasida 13 trln so‘mdan ziyod, hududlar bo‘yicha esa 1 400 ta loyiha asosida qariyb 17 trln so‘mlik ichki va tashqi bozorlarda talabi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, amalga oshirilgan loyihalar hisobiga ilgari ishlab chiqarilmagan yangi turdagi mahsulotlar, jumladan, suv tashuvchi yuk mashinasi, burg‘ilash nasosi, kichik quvvatli elektr motori, ultra tovush suv o‘lchagichi kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Tarmoqlar kesimida asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxonalar, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ va Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan mahalliylashtirish dasturlari doirasida ijobiy ishlar amalga oshirildi hamda mamlakatimizga ayrim mahsulotlar importini qisqartirishga erishilgan.
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish maqsadida 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi elektron kooperatsiya birjasi portali — “cooperation.uz” ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunda qariyb 95 mingta subyekt ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olingan.
Mazkur portal orqali 2021-yilda 72 mingdan ortiq sanoat korxonalari o‘rtasida qiymati 17,5 trln so‘mlik 86 mingdan ziyod shartnomalar imzolangan.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hukumat qarori bilan ularga butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lash imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan birga, mahalliylashtirish dasturlari ijrosini ta’minlash, xususan, importni kamaytirish hamda elektron kooperatsiyani rivojlantirishda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.
Birinchidan, 2021-yilda mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 1,9 trln so‘mlik 115 ta loyiha (tarmoq korxonalarida 44 ta, hududlarda 71 ta) ishga tushirilmagan. 203 ta loyiha bo‘yicha mahalliy mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilmagan.
Tarmoqlar kesimida “O‘zavtosanoat” AJ (prognoz bajarilmagan qismi 1,2 trln so‘m), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (442 mlrd so‘m), “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK (419 mlrd so‘m), “O‘zto‘qimachiliksanaot” uyushmasi (304 mlrd so‘m), “O‘zeltexsanoat” uyushmasining (271 mlrd so‘m), hududlar kesimida esa Xorazm (286mlrd so‘m), Qashqadaryo (120 mlrd so‘m), Andijon (89 mlrd so‘m), Samarqand (68 mlrd so‘m) viloyatlarining mahalliylashtirish rejalari ijrosi ta’minlanmagan.
Bundan tashqari, 19 ta holatda import qilingan xomashyo, material va butlovchi qismlar summasini mahalliylashtirish dasturlari doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga qo‘shish orqali mahalliylashtirish darajasi sun’iy oshirib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun: Buxoro viloyatidagi “Buxoro shams savdo” MChJ Ma’lumot uchun: Buxoro viloyatidagi “Buxoro shams savdo” MChJ hisobotiga ko‘ra mahalliylashtirish darajasi 40 foizni (7,4 mlrd so‘m) tashkil etgan. Biroq, o‘rganishlarda jamiyat import qilingan qurilish oynalarini hisobotga qo‘shib yozganligi va shu orqali mahalliylashtirish ko‘rsatkichi 10 foizga sun’iy oshirilganligi aniqlangan.
Ikkinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasi past.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3028-sonli qaroriga muvofiq “O‘zavtosanoat” AJ 2021-yilga kelib yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 74,2 foizga, avtobus va yuk mashinalarini 49,3 foizga yetkazishi kerakligi belgilangan. Biroq, bugungi kunda mazkur yo‘nalishlarda mahalliylashtirish darajasi mos ravishda 57 foiz hamda 34,5 foizni tashkil etadi, xolos.
Shuningdek, farmatsevtika tarmog‘ida mamlakatda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini to‘liq mahalliylashtirish darajasi past, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan ko‘plab mahalliy dori vositalari tijoratlashtirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-sonli Farmonida nazarda tutilgan bo‘lishiga qaramasdan, bolalarda sil kasalligini yuqtirish holatini erta aniqlash uchun qo‘llaniladigan diaskin testlari hanuzgacha mahalliylashtirilmagan.
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan jami 10 199 nomdagi dori vositasidan 3 062 tasi yoki atigi 30 foizi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu dori vositalarining 3 058 tasi (99,9 foizi) to‘liq mahalliylashtirilmagan va asosan “in bulk” shaklida import qilingan yoki import qilingan substansiyalar asosida to‘liq bo‘lmagan texnologik sikl bo‘yicha ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot uchun: “in bulk” mahsuloti — dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda qadoqlash, iste’mol o‘rami va markirovka qilishdan tashqari barcha texnologik bosqichlar O‘zbekiston hududidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositasi yoki tibbiyot buyumi (2018-yil 23-yanvardagi PQ-3489-sonli qarori).
Mahalliylashtirish darajasining pastligi, o‘z navbatida, import xomashyo va materiallarga yuqori darajada qaramlikni yuzaga keltirib, oqibatda mahsulot narxining oshishiga va aholining xarid qobiliyati pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan dorixonalarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 9 ta holatda belgilangan ustamalarni 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llash, 6 ta holatda yaroqlilik muddati o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tmagan va kirim hujjati mavjud bo‘lmagan dori vositalarini realizatsiya qilish holatlari aniqlangan.
Uchinchidan, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan avtomobil sanoati va elektrotexnika sohasidagi korxonalar tomonidan mahsulotlar importi hajmi oshishiga yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, 2021-yilda elektrotexnika va avtomobil mahsulotlari hamda ularning ehtiyot qismlari importi 4,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, import hajmi 2020-yilga nisbatan 20 foizga oshgan (3,7 mlrd AQSh dollari).
2021-yilda avtomobil sanoati sohasida qariyb 2,5 mlrd AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar import qilingan bo‘lsa, ularning 57 foizini faqat butlovchi qismlar tashkil qilgan.
Shuningdek, mazkur davrda respublikaga qariyb 2 mlrd AQSh dollari qiymatidagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning ehtiyot qismlari import qilingan bo‘lib, import hajmi 2020-yilga nisbatan 32 foizga oshgan (1,4 mlrd AQSh dollari).
Yuqorida keltirilgan tovarlar importining asosiy qismi mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan “Uzauto Motors” AJ, “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ, “Uzauto Trailer” MChJ, “Uz Truck And Bus Motors” MChJ, “Uz Chasys” MChJ, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”, “Texnopark” MChJ, “O‘zelektoapparat-Electroshield” AJ hamda “Toshelectroapparat” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar narxlari tarkibida import ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, “Damas DLX” avtomobili narxining o‘rtacha 70 foizi, “Damas” Labo avtomobilining 78 foizi, “Spark” avtomobilining 44-51 foizi, “Neksiya-3” avtomobilining 45-50 foizi, “Kobalt” avtomobilining 44-49 foizi, “Lasyetti Jentra” avtomobilining o‘rtacha 54-59 foizi import hissasiga to‘g‘ri keladi.
To‘rtinchidan, sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan elektron portal orqali qonunchilikka zid ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish, yuqori narxlarda xaridlarni amalga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi subyektlar bo‘lmagan hamda import tovarlarini elektron kooperatsiya birjasida sotish holatlari mavjud. Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan subyektlarning 3,5 mlrd so‘mlik hamda importyorlarning 52 mlrd so‘mlik import tovarlari elektron kooperatsiya birjasida sotilganligi aniqlangan.
Shuningdek, elektron portal orqali faqatgina mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini sotishi lozim bo‘lsa-da, 2020-2021-yillarda 30 ta yetkazib beruvchi tomonidan import qilingan tovarlar nomi va/yoki rusumlari o‘zaro mos kelgan 55,1 mlrd so‘mlik import tovarlari realizatsiya qilingan. Statistik va soliq hisobotlarida mahsulot ishlab chiqarganligi ko‘rsatilmagan yoki bunday hisobotlarni umuman topshirmagan 110 ta subyekt 54 mlrd so‘mlik mahsulotlarni elektron kooperatsiya birjasida sotishiga yo‘l qo‘yilgan.
Monopol korxonalarning yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlari birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, amalda 15 turdagi 619 mlrd so‘mlik mahsulot asossiz ravishda elektron kooperatsiya birjasida sotilgan.
Elektron portalda dam olish kunlari yoki ish soatidan tashqari vaqtlarda oldindan rejalashtirib, raqobatni cheklash orqali “kelishilgan” shartnomalarni tuzish holatlari mavjud. Xususan, 1 234 ta buyurtmachining 7,4 trln so‘mlik 30,3 mingta shartnomasi (barcha shartnomalarning 39,0 foizi) shanba va yakshanba kunlari hamda 1 243 ta buyurtmachining 3,4 trln so‘mlik 17,5 mingta shartnomasi (barcha shartnomalarining 22,5 foizi) ish soatidan (09:00 — 18:00) tashqari vaqt oralig‘ida tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli qarorida ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lishiga qaramasdan, elektron portal orqali 8 turdagi 8,1 mlrd so‘mlik tovarlar 7 ta korxona tomonidan qaror talablariga zid ravishda realizatsiya qilingan.
Beshinchidan, 2019 — 2022-yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yuzasidan belgilangan ayrim topshiriqlar ijrosi ta’minlanmagan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-sonli qarori bilan 2022-yil 1-mayga qadar mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 10-raqamli kodlari joriy etilmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-sonli qarorida davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan o‘tkazish belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar vazifa ijrosi ta’minlanmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
so‘nggi ikki yilda amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan iqtisodiyotning tarmoq korxonalariga belgilangan mahalliylashtirish dasturlari doirasidagi ko‘rsatkichlar bajarilmasligi sabablari va ularning ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan Hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralar;
mamlakatda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish, tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish natijasida ichki bozorni mahalliy mahsulotlar va xizmatlar bilan to‘ldirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va ulardan samarali foydalanish hamda ularni modernizatsiya qilish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish holati hamda investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan iqtisodiyotning avtomobil sanoati, farmatsevtika va elektrotexnika sohasidagi yirik korxonalar tomonidan import hajmini optimallashtirish hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar tarkibida import qilingan xomashyo ulushini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
ilm-fanni rivojlantirish, ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish hamda yangi ilmiy-tadqiqotlar qilish va innovatsion ishlanmalarni joriy etish natijasida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turdagi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar;
sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni ichki bozorda elektron kooperatsiya portali orqali realizatsiya qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonunchilikka zid ravishda elektron kooperatsiya portalida savdolarni amalga oshirishning oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha Senatga asoslantirnlgan tushuntirishlar berish yuzasidan yoki Vazirlar Mahkamasining nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi bilan murojaat etadi hamda javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligi ma’lum qilinadi. | 177 | 15,215 |
Qonunchilik | Blogerlar huquqlarini qonun bilan mustahkamlash rejalashtirilmoqda | Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi QHTBT portalida ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi loyihani joylashtirdi.
«Aхborotlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunda «bloger» tushunchasini quyidagi tarzda kengaytirish taklif etilmoqda: хabar va materiallarni toʻplash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shugʻullanuvchi hamda ularni aхborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon aхborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaхs.
Hozirda bloger – jamoatchilik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi aхborotlarni ulardan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon aхborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaхs.
Shuningdek blogerning huquqlarini aniq bayon etish hamda u qonun hujjatlari bilan jurnalistlarga taqdim etilgan huquqlardan foydalanayotganini aniqlashtirib olish taklif etilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan moddani kiritish taklif etilmoqda. Bunda uning soʻroviga aхborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri aхborot taqdim etish, shuningdek jurnalistga tazyiq oʻtkazish, uning professional faoliyatiga aralashish haqida soʻz bormoqda. Buning uchun fuqarolarga EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Konstantin Mosin. | 66 | 1,715 |
Qonunchilik | Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqiga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan geodeziya va kartografiya ishlari turlari litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarni O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
4. Yuridik shaxslar litsenziya talabgori bo‘lishlari mumkin.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya muddatsiz beriladi.
7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga (ayrim ish turlariga) berilishi mumkin.
8. Quyidagilar geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlarga rioya etilishi;
litsenziat shtatida litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatga va kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida bir xodim bo‘lishi;
belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan moddiy-texnik bazaning, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalarining, boshqa texnik vositalarning mavjud bo‘lishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
litsenziat tomonidan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjud bo‘lishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o‘tilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Geodeziya yoki kartografiya faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarga talablar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (yoxud uning qismi)
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalanadigan ish turlarini bajaradigan mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (soni, ma’lumoti, mutaxassislik bo‘yicha ish staji);
texnika bilan jihozlanganlik va litsenziyalanadigan ishlarni amalga oshirishga doir normativ-texnik hujjatlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
geodeziya, kartografiya priborlari va asbob-uskunalarining metrologiya jihatidan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxalari;
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib olinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
15. Litsenziya berish haqidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
16. Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
17. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
18. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ariza va litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab yigirma kunni tashkil etadi.
19. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) imzolaydi.
Zarur hollarda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganish huquqiga egadir.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan so‘ng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda “Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan so‘ng besh ish kunida litsenziya berishga majbur.
20. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
21. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi litsenziya bitimi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga tegishli bo‘lgan boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
22. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
23. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin bir kun muddatda beriladi.
24. Agar litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
26. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida, rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
28. Litsenziat — yuridik shaxs o‘zgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishga majbur.
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir xil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qo‘shilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
29. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
30. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
32. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Dublikatlar berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
33. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar yuzasidan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
tekshirish natijalari asosida litsenziya talablari va shartlari buzilishining aniq hollarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritadi.
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlat hokimiyatining boshqa organlari litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, o‘z vakolatlari doirasida, aniqlangan buzilishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ma’lum qilishlari shart.
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida qoladi.
35. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
36. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
37. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi
38. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzilini o‘z ichiga oluvchi litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar ko‘rsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
43. Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
44. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
a) geodeziya ishlari:
gravimetrik aniqlashlar;
davlat geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, rivojlantirish va ish holatida saqlash;
erni masofadan tekshirish;
geodinamik tadqiqotlar chog‘ida geodezik aniqlashlar;
1:10000, 1:25000 masshtablarda topografik va maxsus suratga olishlar.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va ko‘rsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini ko‘paytirish hamda tarqatishdan tashqari):
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, o‘quv kartografiya qo‘llanmalari tuzish va nashr etish;
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
a) geodeziya ishlari:
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish;
1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar;
har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari;
erlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari;
muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va ko‘rsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini ko‘paytirish hamda tarqatishdan tashqari):
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish;
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish. | 92 | 21,030 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Nafas yo‘llari kasalliklari:
cho‘ziluvchan va asoratli pnevmoniyalar;
alveolit;
mukovissidoz (o‘pka va aralash turlari) va boshqa tug‘ma va irsiy o‘pka kasalliklari;
bronxiolit;
obstruktiv va surunkali bronxitlar.
2. Allergologik kasalliklar:
bronxial astma o‘rta og‘ir va og‘ir kechishi bilan;
allergik rinit bronxial astma bilan;
toksikodermiyalar (Layell, Stivens-Djonson sindromlari);
oziq-ovqat va dori-darmonlar allergiyasi;
respirator allergozlar;
atopik dermatit.
3. Yurak saratoni va qon aylanish tizimi kasalliklari:
karditlar;
perikardit;
endokardit;
kardiomiopatiyalar;
yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;
biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari — kollagen kasalliklar, tugunchali periartrit, yuvenil revmatoid artriti, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya, revmatoid artritlar, yurak surunkali revmatik kasalliklari, dermatomiozit;
tizimli vaskulitlar;
gipertonik kasalligi;
yurak gipertenziv kasalligi (gipertoniya kasalligi yurak shikastlanishi ustunligi bilan);
yurak ritmining buzilishlari.
4. Chaqaloqlik davridagi va erta yoshdagi bolalar kasalliklari:
etilmaganlik;
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar (turli kasalliklar bilan tug‘ilgan 2000,0 gr.dan kam vaznli);
chaqaloqlar gemolitik kasalliklari;
chaqaloqlar gemorragik kasalliklari;
chaqaloqlar talvasalari;
oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiliklari;
chaqaloqlar infeksiyalari;
perinatal ensefalopatiyalar;
cho‘ziluvchan sariqlik;
chaqaloqlarda nafas yo‘llari kasalliklari;
sepsis;
pnevmoniya;
bronxiolit;
mukovissidoz;
karditlar.
5. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari:
surunkali eroziv gastrit;
eroziv gastroduodenit og‘riq sindromi bilan (davolash muolajalari foyda bermaganda);
birlamchi ekssudativ enteropatiya (Valdman sindromi);
ikkilamchi ekssudativ enteropatiya;
tseliakiya;
yarali kolit o‘rta og‘ir va og‘ir shakli;
allergik va alimentar gastroenterit va enterokolit;
surunkali qabziyat;
mukovissidoz;
noma’lum etiologiyali oziqlanishning oqsil-energetik yetishmovchiligi;
Kron kasalligi;
oshqozon yarasi kasalligi (davolash muolajalari foyda bermaganda);
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
surunkali enterokolit og‘ir kechishi va uzluksiz qaytalanuvchi kechishi bilan;
surunkali xoletsistit qo‘zish davri;
surunkali pankreatit qo‘zish davri.
surunkali virusli gepatitlar, noaniq etiologiyali gepatitlar, autoimmun gepatit, jigar tsirrozi.
6. Buyrak va siydik tizimi kasalliklari:
glomerulyar kasalliklar — retsidivlanuvchi va turg‘un gematuriya, nefritik (tez rivojlanuvchi va surunkali glomerulonefrit, nefrit)va nefrotik (tug‘ma nefrotik sindromi, lipoid nefrozi) sindromlari;
irsiy nefropatiyalar;
buyrakning tubulointerstitsial kasalliklari — surunkali interstitsial nefrit;
surunkali piyelonefrit, xuruj davri;
simptomatik arterial gipertenziya;
surunkali buyrak yetishmovchiligi boshlang‘ich davri;
dismetabolik nefropatiyalar.
7. Asab tizimi kasalliklari:
tsefalgiya;
migren;
bolalar tserebral paralichining turli shakllari;
episindrom;
minimal tserebral disfunksiyasi;
tserebroasteniya;
nevrasteniya;
miasteniya;
miopatiya;
tarqoq skleroz;
markaziy nerv tizimi shikastlanishlari;
markaziy nerv tizimi degenerativ kasalliklari;
gidrotsefaliya;
fenilketonuriya;
perinatal davr asoratlari;
o‘tkazilgan bosh miya yopiq jaroxatidan keyingi holat.
8. Xirurgik kasalliklar:
o‘pka-bronx yo‘llari tug‘ma va orttirilgan xirurgik kasalliklari (yiringli kasalliklaridan tashqari);
qizilo‘ngach kasalligi;
me’da-ichak yo‘llari tug‘ma va orttirilgan kasalliklari;
jigar va o‘t yo‘llari tug‘ma va orttirilgan kasalliklari;
urologik tug‘ma kasalliklar (anomaliyalari);
siydik tosh kasalligi (chov, chov-yorg‘oq churralari, gidrotsele va kriptorxizmdan tashqari).
9. LOR kasalliklari:
tashqi va o‘rta quloq surunkali otitlar;
tubotitlar;
surunkali rinosinusitlar;
surunkali tonzillit toksiko-allergik shakli;
mastoiditlar;
evfstaxiit;
etmoidit;
timpanoskleroz;
otoskleroz, yumshoq tanglay gipertrofiyasi;
eshitish qobiliyatining sustligi va karlik;
polipoz;
polisinusit;
hiqildoq papilomatozi;
tashqi eshituv atreziyasi;
tashqi va ichki burun deformatsiyalari;
tashqi quloq deformatsiyalari.
10. Tug‘ma yurak nuqsonlari kasalliklari:
ochik arterial yo‘l;
aorta koarktatsiyasi;
aorta ravog‘i gipoplaziyasi;
aorta ravog‘i uzilishi;
aorta klapani torayishi;
aorta klapani yetishmovchiligi;
ko‘tariluvchi aorta gipoplaziyasi sindromi;
ko‘tariluvchi aorta qismi anevrizmasi;
o‘pka arteriyasining klapanli torayishi;
o‘pka arteriyasi klapanining ageneziyasi;
o‘pka arteriyasining izolirlangan torayishi;
bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni;
bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni va o‘pka arteriyasi torayishi;
uch bo‘lmachali yurak nuqsoni;
qorinchalararo to‘siq nuqsoni;
qorinchalararo to‘siq nuqsoni va o‘pka arteriyasi torayishi;
Valsalva sinusi anevrizmasi;
magistral qon tomirlarining o‘ng qorinchadan chiqishi;
magistral qon tomirlarining chap qorinchadan chiqishi;
o‘pka venalarining qisman anomal drenaji;
o‘pka venalarining total anomal drenaji;
o‘pka venalarining tug‘ma torayishi;
ochiq atrioventrikulyar kanal, noto‘liq shakli;
ochiq atrioventrikulyar kanal, to‘liq shakli;
aorta-o‘pka devori defekti;
umumiy arterial stvol;
Fallo tetradasi;
o‘pka arteriyasi atreziyasi;
trikuspidal klapan atreziyasi;
mitral klapan atreziyasi;
trikuspidal klapanning tug‘ma yetishmovchiligi;
mitral klapanning tug‘ma yetishmovchiligi;
yagona yurak qorinchasi;
Ebshteyn anomaliyasi;
magistral qon-tomirlar transpozitsiyasi;
magistral qon-tomirlar korrigirlangan transpozitsiyasi;
Criss-cross yurak nuqsoni;
yurak toj tomirlarini anomal chikishi;
yurak chap qorinchasi gipoplaziyasi sindromi;
tug‘ma qon tomir xalqasi nuqsoni;
o‘pkaning tug‘ma arterio-venoz oqmalari;
aorta-chap qorincha tonneli;
yurak bo‘shliqlaridagi struktur va kistoz hosilalar.
11. Qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi kasalliklari:
qizilo‘ngachni kuyishdan keyingi disfagiya bilan asoratlangan chandiqli torayishi;
kardiospazm;
diafragmaning turli xil asoratlangan churralari.
12. Plastik va rekonstruktiv mikroxirurgiya kasalliklari:
quloq suprasining tug‘ma nuqsonlari (mikrotiya);
qo‘l va oyoqlarning tug‘ma nuqsonlari;
qo‘l va oyoqlarda pay, mushak, qon-tomir va nervlarning jarohatdan keyingi nuqsonlari;
kuyishdan keyingi katta maydonli chandiqlar;
qo‘l va oyoqlardagi qon-tomir, nervlar, paylar va mushaklarga o‘sib kirgan gemangiomalar.
13. Tug‘ma va orttirilgan nuqsonlar xirurgiyasi kasalliklari:
a) yurak revmatik kasalliklari:
mitral klapan nuqsoni;
aortal klapan nuqsoni;
trikuspidal klapan nuqsoni;
mitra-aorta-trikuspidal klapanlar nuqsoni;
yurak klapanlari infeksion endokarditi;
b) perikardit:
ekssudativ perikardit;
konstriktiv perikardit;
v) yurak o‘sma kasalliklari;
g) yurak exinokokkozi;
d) yurak travmatik kasalligi.
14. Jigar va o‘t yo‘llari xirurgiyasi, portal gipertenziya va pankreatoduodenal soha xirurgiyasi:
jigarning portal gipertenziyali diffuz jarohatlanishi (tsirroz, fibroz);
jigardan tashqari portal gipertenziya: splenoportal tizimining kavernoz transformatsiyasi; splenoportal tizimining trombozi; Kiari kasalligi, Badda-Kiari sindromi;
oshqozon osti bezi kistalari;
pankreatoduodenal soha yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
qorin parda orti bo‘shlig‘i yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
o‘t yo‘llari yaxshi sifatli strikturalari;
o‘t yo‘llari kistozli kengayishi;
jigarning yaxshi va yomon sifatli o‘smalari;
jigar va qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan exinokokkozi;
mexanik sariqlik, jigar yetishmovchiligi va peritonit bilan asoratlangan o‘t-tosh kasalligi.
15. O‘pka va ko‘ks oralig‘i xirurgiyasi kasalliklari:
timoma miastenik sindrom bilan;
traxeya patologiyalari (stenozlar, nuqsonlar, oqma yaralar, hosilalar);
traxeya va bronxlarning yot jismlar bilan shikastlanishi;
plevra kasalliklari;
o‘pka va ko‘ks oralig‘i yaxshi sifatli hosilalari va kistalari;
o‘pka va ko‘ks oralig‘i tug‘ma nuqsonlari (gipoplaziya, sekvestratsiya, bronxektazlar, kistalar);
o‘pkaning parazitar kasalliklari (o‘pka exinokokkozi: asoratlangan, retsidiv, ko‘plab, mediastinal va exinokokkozning ko‘shma turlari);
ko‘krak qafasining tug‘ma nuqsonlari;
o‘pkaning bullyoz emfizemasi va uning asoratlari;
Diafragma patologiyalari.
16. Qon-tomirlar xirurgiyasi kasalliklari:
tug‘ma arterio-venoz displaziyalar (turli sohalardagi gemangioma va limfangiomalar, Parks-Veber-Rubashov kasalligi, Klipel-Trinone sindromi);
jaroxatdan keyingi arterio-venoz oqmalar va yolg‘on anevrizmalar;
aorto-arterit, magistral arteriyalarning okklyuzion kasalliklari;
magistral venalar flebektaziyasi;
xemodektoma, aorta koarktatsiyasi;
surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi.
17. Urologik kasalliklar:
Peyroni kasalligi, bunda olatning oqsil pardasini autovenoz transplantat bilan yopish;
siydik-tosh kasalligi;
kam invaziv va yuqori texnologiyali (endoskopik, laparoskopik va ekstrakorporal davolash usullari orqali) amaliyotlar yordamida davolash;
jarrohlik amaliyoti bajarilishini talab qiluvchi siydik-tanosil tizimi jarohatlari (buyrak gematomasini teri orqali punksiyasi, nefrektomiya, orxidektomiya, siydik qopi yoki siydik nayi defektlarini tikish, uretrada rekonstruktiv muolajalar orqali) (jarrolik davolanish uchun);
onkourologik kasalliklarni kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda muolajalar) amaliyotlar yordamida davolash;
siydik-tanosil tizimi rivojlanish nuqsonlarini (jom-siydik nayi segmenti plastikasi, ureterovezikal segment plastikasi, uretrada qayta tiklash operatsiyalari), kam invaziv va yuqori texnologiyali (teri orqali, transuretral, laparoskopik usullarda nuqsonlarni bartaraf etish) amaliyotlar yordamida davolash.
18. Travmatologiya va ortopediya kasalliklari:
son suyaklarining tug‘ma chiqishi;
tug‘ma mushakli bo‘yin qiyshiqligi;
tug‘ma maymoqlik;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi;
skolioz;
Erba paralichi;
tizza qopqog‘ini tug‘ma chiqishi;
artrogripoz;
suyakning xavfsiz o‘smalari;
bolalar tserebral paralichi;
nomukammal osteogenez;
oyoq o‘qi qiyshiqliklari;
yassioyoqlik;
tayanch harakat tizimi tug‘ma rivojlanish anomaliyalari;
Shprengel kasalligi;
o‘smasimon kasalliklar;
qo‘l bilak va tirsak qiyshiqliklari;
ko‘krak qafasi deformatsiyalari;
suyaklardagi tug‘ma soxta bo‘g‘imlari;
Blaunt kasalligi;
poliomiyelit asoratlari;
osteoxondropatiya kasalliklari;
o‘smirlar epifizeolizi;
tayanch harakat tizimining tizimli kasalliklari;
umurtqa pog‘onasining tug‘ma anomaliyasi.
19. Neyroxirurgiya kasalliklari:
orqa va bosh miya o‘smalari;
kraniosinostozlar;
bosh miya suyagi va yumshoq to‘qimalari o‘smalari;
gidrotsefaliya;
bosh va orqa miya agressiv kistalari;
bosh va orqa miyadagi yallig‘lanish va parazitar jarayonlar;
tug‘ruq paytidagi markaziy va periferik jarohatlanishlar va ularning asoratlari;
bosh miya travmatik jarohatlanishi va ularning asoratlari;
o‘sib boruvchi bosh miya defekti va sinishlari;
bosh miya va umurtqa pog‘onasi dizrafik kasalliklari;
bosh va orqa miya tug‘ma churralari;
orqa miya fiksirlangan sindromi;
nozal likvoreya;
notravmatik miya ichi qon quyilishi;
bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari;
tug‘ma tserebral paralichlar;
kraniovertebral soha anomaliyalari;
umurtqa va orqa miya travmalari va ularning asoratlari;
epilepsiya.
20. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya kasalliklari:
a) pulmonologiya kasalliklari:
bronxial astma hurujlararo davri;
obstruktiv bronxit remissiya davri;
retsidiv bronxit remissiya davri;
surunkali bronxit remissiya davri;
bronxoektatik kasallik;
zotiljam;
allergik rinit remissiya davri;
b) gastroenterologiya kasalliklari:
oshqozon yara kasalligi remissiya davri;
ichak ta’sirlanish sindromi;
o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi remissiya davri;
surunkali xoletsistit remissiya davri;
surunkali pankreatit remissiya davri;
surunkali gepatit nofaol davri;
v) nevrologiya kasalliklari:
meningit, ensefalit, poliomiyelit asoratlari remissiya davri;
tserebral leptomeningit remissiya davri;
nasliy mushak-nerv kasalliklari spinal va nevral amiotrofiya remissiya davri;
bosh miya jarohati asorati remissiya davri;
bolalar tserebral paralichi yengil shakli;
polinevroradikulopatiya remissiya davri;
g) revmatologiya kasalliklari:
revmatoidli artritning 2-3 darajasi faol davri;
reaktiv artropatiya bo‘g‘imlarning eroziv o‘zgarishi, Reyter kasaligi;
skoliozning 3-4 darajasi. Kifoz, kifolordoz, tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi;
ko‘krak qafasi deformatsiyasi qo‘l va oyeqlar qiyshiqligi;
son-chanoq bo‘g‘imlari tug‘ma chiqishi;
son-chanoq bo‘g‘imlari displaziyasi asorati;
koksartroz;
osteoxondropatiya;
d) kardiologiya kasalliklari:
atrio-ventrikulyar blokadaning 2-3 darajasi;
sinus tuguni sustligi sindromi;
yurak ritmining buzilishi (bo‘lmachalar hilpillashi);
yurak ritmining buzilishi (bo‘lmachalar titrashi);
yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi (WPW sindromi);
yurak ritmining buzilishi atrio-ventrikulyar tuguni retsiprok taxikardiyasi;
yurak ritmining buzilishi (yuqori darajadagi qorinchalar ekstrasistoliyasi);
yurak ritmining buzilishi (qorinchalar taxikardiyasi).
21. Ko‘z mikroxirurgiyasi kasalliklari:
ko‘z gavharini lyuksatsiyasi, sublyuksatsiya bilan bog‘liq kasalliklar, Marfan, Marchezani sindromlari (ikki yoshdan boshlab);
tug‘ma kataraktaning barcha turlari;
asoratli va travmadan keyingi katarakta (ikki yoshdan boshlab);
infantil, yuvenil glaukoma (uch yoshdan boshlab);
to‘r parda yirtilishlarining va ko‘chishlarining barcha turlari (ikki yoshdan boshlab);
shox parda belomasi va distrofiyasi (jarrohlik amaliyoti uchun besh yoshdan boshlab);
qovoq kasalliklari — ptoz, ektropion, entropion (qayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun);
qovoqlarning chandiqlanishi natijasida rivojlangan kasalliklar — ektropion, entropion, ptoz;
hamkor va paralitik g‘ilayliklarning barcha turlari (atipik turlari, DVD sindrom, Duyena sindromi, A va V pattern);
nistagm kasalligi (jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun);
simblefaron kasalligi (jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ikki yoshdan boshlab);
ko‘z olmasi subatrofiyasi va anoftalm (protez qo‘yish uchun);
to‘r pardaning periferik distrofiyalari (ikki yoshdan boshlab periferik to‘r pardaning aniqlangan yirtilishlari — to‘r pardaning chegaralangan va periferik lazer koagulatsiyasi);
eksimer lazer korreksiyaga yoki refraksion fakoemulsifikatsiyaga ko‘rsatma bo‘lgan holatlarda refratsiya anomaliyalari: anizometropiya, yuqori darajali astigmatizm;
preproliferativ, proliferativ to‘r parda lazer koagulatsiyasiga ko‘rsatma bo‘lgan holatlarda diabetik retinopatiya;
gemoftalm;
endoftalmit.
22. Teri kasalliklari: tug‘ma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
23. Yurak qon tomir kasalliklari:
tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsoni;
barcha turdagi kardiomiopatiyalar;
yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar;
yurak rekonstruktiv jarrohlikdan keyingi holatlar.
24. Nafas sistemasi kasalliklari:
nafas yetishmovchiligini 2-3 darajasi bilan asoratlangan o‘pka kasalliklari;
bronxial astmaning og‘ir shakllari.
25. Jigar kasalliklari:
jigar tsirrozi;
surunkali gepatitningfaol davri (S, D, V turlari).
26. Qandli diabet kasalligi.
27. Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoqning 3-darajasi.
28. Buyrak kasalliklari:
yagona buyrak;
ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi;
glomerulonefrit;
surunkali buyrak yetishmovchiligi;
nefrostoma.
29. O‘ta og‘ir akusherlik kasalliklari:
uchtadan ko‘p bo‘lgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
ikkitadan ko‘p bo‘lgan 22 haftadan katta erta tug‘ish holatlari (perinatal yo‘qotishlar bilan) anamnezida kuzatilgan homilador ayollar;
anamnezida ikkita va undan ko‘p kasal yoki nogiron tug‘ilgan chaqaloqlari bor homilador ayollar.
30. Qon va qon yaratuvchi a’zolar kasalliklari:
kamqonlikning og‘ir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam);
tug‘ma va ortirilgan trombotsitopatiyalar.
31. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz):
tizimli qizil yugurik, poliarterit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit;
Bexterev kasalligi.
32. Ko‘krak qafasida, qorin bo‘shlig‘ida, kichik chanoq bo‘shlig‘ida (o‘pka, buyrak, jigar, siydik pufagi, siydik yo‘llari, qora taloq, ingichka va to‘g‘ri ichak, chanok suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan homilador ayollar.
33. Ko‘z kasalliklari: glaukoma.
34. 18 yoshgacha bo‘lgan patologiyali homilador ayollar.
35. Turli yomon sifatli va chegaradosh o‘sma kasalliklari.
36. Tuberkulyoz (sil) kasalligi.
37. Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar.
38. Nevrologik kasalliklar:
miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi;
bosh miya va orqa miyada jarrohlik davolanishdan keyingi holat;
tutqanoqning (epilepsiya) og‘ir turlari;
miasteniya;
Giyen-Barre sindromi;
tromboz va tromboembolik asoratlar.
39. Homilador ayollarda 1-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
40. Homilador ayollarda 2-tur qandli diabet (24 xaftagacha). Qandli diabetning rivojlanib boruvchi qon tomir asoratlari (retinopatiya, nefropatiya).
41. Qandli diabetda “Sharko to‘pig‘i”ning surunkali asoratlangan bosqichi. To‘piq trofik yaralari.
42. Qandli diabetda “Diabet to‘piq” sindromi, boldir, son amputatsiyasidan keyingi holat, asoratlangan flegmona cho‘ltog‘i.
43. Homilador ayollarda tireotoksikozning og‘ir, labil kechishi (asoratlangan mersal aritmiya).
44. Tireotoksikoz, tireostatiklarga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga radioyodterapiya.
45. Tireotoksik yurak va jigar bilan og‘rigan bemorlarga radioyodterapiya.
46. Radioyodterapiya, til ildizi buqoqi (qalqonsimon bez ektopiyasi).
47. Struma magna, strangulyar sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
48. Akromegaliya (jarrohlik davolanish uchun).
49. Akromegaliya asoratlarining mavjudligi (ikkilamchi osteoporoz, simptomatik arterial gipertenziya, glyukoza tolerantlikning buzilishi, ikkilamchi gipoterioz, ikkilamchi gipokortitsizm, ikkilamchi gipogonadizm).
50. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
51. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
52. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi pangipopituitarizm bilan.
53. Feoxromotsitoma (jarrohlik davolanish uchun).
54. Birlamchi giperparatireoz ko‘plab sinishlar bilan (jarrohlik davolanish uchun).
55. Ikkilamchi va uchlamchi gipotireoz o‘smalari (kraniofaringioma), granulomatoz jarayonlar, kraniotserebral travmalar, nur terapiyasi, ximioterapiya).
56. Tireotoksikozning 3-darajasi asoratlari, tireotoksik yurak, endokrin ensefalopatiyasi, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
57. Tugunli, ko‘p tugunli toksik buqoq (diffuz toksik buqoq dekompensatsiyasi, tireotoksik yurak, endokrin oftalmopatiyasi, tireostatik terapiyali agranulotsitoz).
58. Tugunli buqoq, ko‘p tugunli buqoq, toksik adenoma, aralash toksik buqoq, tireotoksikoz kasalliklarining yomon sifatli o‘sish belgilari (jarrohlik davolanish uchun).
59. Til ildizidagi buqoq (qalqonsimon bezning ektopiyasi).
60. 1 va 2-darajali giperparatireoz (davolash usullarini aniqlash va jarrohlik davolanish uchun).
61. Idiopatik, psevdogipoparatireoz gipoparatireoz (tashxis qo‘yish uchun).
62. Yangi aniqlangan 1-tur qandli diabet (insulinoterapiya korreksiyasi uchun), 1-tur qandli diabetning labil kechishi.
63. Neonatal qandli diabet.
64. 1-tur qandli diabet, qandli diabetning surunkali asoratlarini davolash, diabet nefropatiyasi (surunkali buyrak yetishmovchiligining 5-dializi).
65. Pastbo‘ylik. Pastbo‘ylikning tug‘ma va pubertat shakllari (tashxis qo‘yish uchun).
66. Buyrak usti bezi po‘stloq kismining tug‘ma buzilishi, 21-gidroksilaza yetishmovchiligi 11ᵝ-gidroksilaza viril shakli (tashxis qo‘yish uchun).
67. Jins shaklanishining buzilishi (tashxis qo‘yish uchun).
68. Erta jinsiy yetuklik (tashxis qo‘yish uchun).
69. Bolalardagi feoxromatsitoma.
70. Gigantizm (tashxis qo‘yish uchun).
71. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘liq bo‘lgan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
72. Adrenokortikotrop garmoniga bog‘lik bo‘lmagan Itsenko-Kushing sindromi (jarrohlik davolanish uchun).
73. Pangipopituitarizm (tashxis qo‘yish uchun).
74. Gipoganadotrop gipoganodizmning tug‘ma shakllari: Kalman, Pradera-Villi, Laurens-Munu-Barde-Bildya sindromlari (tashxis qo‘yish uchun).
75. Gipogonadotrop gipergonadizmning tug‘ma shakllari: Shershevskiy-Terner, Klaynfelter, Nunan, Androgenlarga sezuvchanlikning susayishi sindromlari (tashxis qo‘yish uchun).
76. Xavfli o‘smalar: Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
77. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
78. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi.
79. Bullyoz o‘zgarishlar: po‘rsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
80. Tug‘ma nuqsonlar: tug‘ma bullyoz epidermoliz, ixtioz.
81. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, Keratodermiyalar.
82. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
83. Surunkali yarali piodermiya.
84. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
85. Pellagroid dermatit.
86. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
87. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq o‘choqlar mavjud bo‘lsa.
88. Alopetsiya.
89. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
90. Zambrug‘ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz, L35,37, B40-48).
91. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
92. Virusli kasalliklar: o‘rab oluvchi temiratki.
93. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari (O26), o‘tkir uchli kondilomalar.
94. Neyrodermit.
95. Jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
so‘zakning hamma turlari.
96. Xavfli o‘smalar:Kaposhi sarkomasi, T va V hujayrali limfoma.
97. Biriktiruvchi to‘qimalar tizimsiz kasalliklari: tizimsiz qizil yugurik, sklerodermiya, allergik va gemorragik vaskulit, Bexchet kasalligi, dermatomiozit.
98. Dermatit va eritemalar: toksikodermiya (shu jumladan, KEE, Stivenson Djonson sindromi).
99. Bullyoz o‘zgarishlar: po‘rsildoq yara, Dyuring gerpetiform dermatiti, Lever pemfigoidi.
100. Diskeratoz va keratodermiyalar: Darye kasalligi, keratodermiyalar.
101. Psoriaz: eksudativ, artropatik, psoriatik eritrodermiya.
102. Surunkali yarali piodermiya.
103. Fotodermatoz: teri porfiriyasi.
104. Pellagroid dermatit.
105. Enteropatik akrodermatit.
106. Husnbuzar kasalligi: abssesslanuvchi va konglabat shakllari.
107. Vitiligo kasalligi: beshdan ortiq o‘choqlar mavjud bo‘lsa.
108. Alopetsiya.
109. Ekzemalar: mikotik, mikrobli va disgidrotik.
110. Zambrug‘ kasalliklari: trixofitiya, favus, mikrosporiya, kandidoz (tarqalgan, granulematoz), chuqur mikozlar (blastomikoz, kriptokokkoz, gistoplazmoz, koksidioz, sporotrixoz, mukoroz, aspergillez, penitsillyoz, xromomikoz).
111. Parazitar kasalliklar: teri leyshmaniozi.
112. Virusli kasalliklar: o‘rab oluvchi temiratki.
113. Homilalar dermatitlari: gerpetiform impetigo, homiladorlik uchuqlari, o‘tkir uchli kondilomalar.
114. Neyrodermit.
115. Jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar:
birlamchi aniqlangan zaxmning hamma turlari;
so‘zakning hamma turlari.
116. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
disseminatsiyali sil;
milliar sil;
kazeoz zotiljam;
kavernali sil;
fibroz kavernali sil;
tsirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining og‘ir shakli (ShLU);
silning rezistent turining “muvaffaqiyatsiz davolash” natijalari;
sil plevriti (plevra empiyemasi);
koniosil;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichlarining limfa tugunlari sili;
suyak va bo‘g‘inlar sili;
siydik tanosil a’zolari sili;
teri va teri osti yog‘ qatlami sili;
ko‘z sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotorakslar, plevra empiyemasi, yurak-o‘pka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yo‘ldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur bo‘lgan silning barcha turlari.
117. Pulmonologiya kasalliklari:
surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining (SOO‘K) 4-darajasi, og‘ir xuruj davri (JNChH1<30%), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari;
bronxial astmaning 4-bosqichi, og‘ir xuruj davrining keskin ifodalangan obstruktiv o‘zgarishlarida (JNChH1<50%), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, kasallikning garmonga bog‘liqlik yoki garmonga turg‘unlik holatlar;
bronxoektatik kasallik, og‘ir shakli, o‘pka ventilatsiyasining keskin buzulishi holatlari (JNChH1 50% kam va O‘TS 30% kam bo‘lgan), o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari, surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi va o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari, qon tupurish, miokardiodistrofiya, bronxogen sepsis, septikopiyemiya bilan asoratlangan holatlar;
shifoxonadan tashqari zotiljam, og‘ir kechishi, immunodefetsit holatlar va yondosh kasalliklar bo‘lgan holda, o‘pkani ko‘p bo‘lakli zararlanishi, plevral bo‘shliqlarga suyuqlik yig‘ilishi, qon tupurish, o‘pkadan tashqari infeksiya o‘choqlari: miokardit, poliserozit, arterit, meningit kasalliklari bilan asoratlanishlar;
yaqqol ifodalangan restriktiv buzlishlar (JO‘TS 50% kam bo‘lgan), o‘pkaning interstitsial va granulematoz kasalliklari, o‘tkir/surunkali nafas yetishmovchiligining 2-3 darajalari bilan asoratlanishi yoki surunkali o‘pka-yurak yetishmovchiligining subkompensatsiya/dekompensatsiya bosqichi yoki o‘pka gipertenziyasining 2 — 4 sinflari bo‘lgan kasalliklar.
118. Ftiziatriya (sil) kasalliklari:
bolalarning sildan zaharlanishi;
birlamchi sil majmuasi;
ko‘krak ichi limfa tugunlari sili;
milliar sil;
tarqalgan sil;
o‘choqli sil;
yallig‘langan sil;
kazeoz zotiljam (irigan zotiljam);
tuberkuloma;
kavakli sil;
fibroz-kavakli sil;
tsirrotik sil;
silning dorilarga chidamli turi (MLU);
silning dorilarga chidamli turining og‘ir shakli (ShLU);
sil plevriti (jumladan, plevra empiyemasi);
bronx, traxeya, yuqori nafas yo‘llari sili;
nafas a’zolari silining o‘pkaning changli kasb kasalliklari bilan birga kechishi;
bosh miya pardasi va markaziy nerv tizimining sili;
ichak, qorin pardasi va ichak tutqichi limfa tugunlari sili;
siydik va jinsiy a’zolar sili;
teri va teri osti yog‘ qavati sili;
periferik limfa tugunlari sili;
ko‘z sili;
boshqa a’zolar sili;
silning asoratli turlari (qon tupurush, pnevmotoraksslar, plevra empiyemasi, yurak-o‘pka yetishmovchiligining 3-4 darajalari, peritonitlar, kasallangan organlarning funksional faoliyatini buzilishi);
yo‘ldosh kasalliklarning dekompensatsiya davri bilan birgalikdagi silning barcha turlari (qandli diabet, OIV bilan infeksiyalanganlar, leykoz, virusli gepatit V, S va E turlari);
klinik tashxisni belgilash va aniqlash maqsadida yuqori texnologiyali tashxislash usullari zarur bo‘lgan silning barcha turlari.
119. Tayanch-harakat tizimi o‘smalari:
a) xavfli o‘smalar:
suyak xavfli o‘smalari;
yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari;
teri melanomasi;
teri xavfli o‘smalari;
periferik nerv xavfli o‘smalari;
birlamchi o‘chog‘i noma’lum o‘smalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
o‘tuvchi o‘smalar (in situ);
teri melanomasi;
teri karsinomasi;
suyak xavfsiz o‘smalar;
yumshoq to‘qima xavfsiz o‘smalari;
terining xavfsiz o‘smalari;
orqa miya pardalari o‘smalari (KXT 10: D 32.1);
120. Torakal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
qizilo‘ngach xavfli o‘smalari;
oshqozon xavfli o‘smalari;
traxeya xavfli o‘smalari;
bronxlar va o‘pkalar xavfli o‘smalari;
ayrisimon bez xavfli o‘smalari;
yurak, ko‘ks oralig‘i va plevra xavfli o‘smalari;
nafas organlari va ko‘krak ichi organlari boshqa noaniq belgilangan xavfli o‘smalari;
b) chegaradosh o‘smalar:
qizilo‘ngach in situ karsinomasi;
traxeya in situ karsinomasi;
bronx va o‘pka in situ karsinomasi;
nafas organlari boshqa qismlari in situ karsinomasi;
nafas organlarining aniqlanmagan qismlari in situ karsinomasi;
v) xavfsiz o‘smalar:
qizilo‘ngach xavfsiz o‘smalari;
traxeya xavfsiz o‘smalari;
bronx va o‘pka xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining boshqa aniqlanmagan lokalizatsiyali xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi organlari boshqa va noaniq xavfsiz o‘smalari;
ayrisimon bez (timus) xavfsiz o‘smalari;
yurak xavfsiz o‘smalari;
ko‘ks oralig‘i xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi boshqa aniq organlari xavfsiz o‘smalari;
ko‘krak qafasi organlari noaniq xavfsiz o‘smalari;
plevra mezotelial to‘qimasi xavfsiz o‘smalari;
o‘rta quloq, nafas organlari va ko‘krak qafasi organlari aniqlanmagan va noma’lum xarakterli xavfsiz o‘smalari;
hiqildoq xavfsiz o‘smalari;
traxeya bronx va o‘pkalar xavfsiz o‘smalari;
plevra xavfsiz o‘smalari;
ko‘ks oralig‘i xavfsiz o‘smalari;
ayrisimon bez xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining boshqa xavfsiz o‘smalari;
nafas organlarining aniqlanmagan xavfsiz o‘smalari;
boshqa va aniqlanmagan lokalizatsiyadagi no’malum xavfsiz o‘smalar.
121. Abdominal onkologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
oshqozon xavfli o‘sma kasalligi;
o‘n ikki barmoq ichak xavfli o‘sma kasalligi;
ingichka ichak xavfli o‘sma kasalligi;
jigar va jigar ichi o‘t yo‘li xavfli o‘sma kasalligi;
o‘t pufagi (qopchasi) xavfli o‘sma kasalligi;
o‘t yo‘llarining boshqa va aniqlanmagan qismlari xavfli o‘sma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfli o‘sma kasalligi;
boshqa va aniq ko‘rsatilmagan hazm organlarining xavfli o‘sma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfli o‘sma kasalligi;
nexodjkin limfomasi;
buyrak usti bezi xavfli o‘sma kasalligi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
oshqozon xavfsiz o‘sma kasalligi;
ingichka ichak xavfsiz o‘sma kasalligi;
jigar va jigar ichi o‘t yo‘li xavfsiz o‘sma kasalligi;
o‘t pufagi (qopchasi) xavfsiz o‘sma kasalligi;
oshqozon osti bezi xavfsiz o‘sma kasalligi;
boshqa va aniq ko‘rsatilmagan hazm organlarining xavfsiz o‘sma kasalligi;
qorin parda orti sohasi va qorin parda xavfsiz o‘sma kasalligi;
buyrak usti bezi xavfsiz o‘sma kasalligi.
122. Onkoginekologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
tashqi jinsiy a’zolar o‘smalari;
qin xavfli o‘smalari;
bachadon bo‘yni xavfli o‘smasi;
bachadon tanasi xavfli o‘smalari;
tuxumdonlar xavfli o‘smalari;
ikkilamchi tuxumdonlar xavfli o‘smalari;
bachadon naylari xavfli o‘smalari;
bachadon keng bog‘lami xavfli o‘smasi;
bachadon yumaloq bog‘lami xavfli o‘smasi;
parametriy xavfli o‘smalari;
ayollar jinsiy a’zolari boshqa xavfli o‘smalari;
platsenta xavfli o‘smalari;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
tashqi jinsiy a’zolar intraepitelial o‘smalari;
qin intraepitelial o‘smalari;
bachadon bo‘yni intraeptelial o‘smasi (sancer in situ);
bachadon tanasi intraepitelial o‘smalari (sancer in situ);
tuxumdonlar chegaradosh o‘smalari;
tashqi jinsiy a’zolarning saratondan oldingi (fon) kasalliklar;
qin xavfsiz o‘smalari;
1 — 3 darajali bachadon bo‘yni displaziyasi;
bachadon bo‘yni leykoplakiyasi;
bachadon naychalari xavfsiz o‘smalari;
endometriy atipik giperplaziyasi;
bachadon tanasi xavfsiz o‘smalari;
tuxumdonlar xavfsiz o‘smalari;
aniqlanmagan yoki noma’malum xarakteridagi o‘smalar.
123. Onkokoloproktologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
chambar ichakning yomon sifatli o‘smalari;
ko‘r ichak saratoni;
chuvalchangsimon o‘simta saratoni;
ko‘tariluvchi chambar ichak saratoni;
yo‘g‘on ichak o‘ng burchagi saratoni;
ko‘ndalang chambar ichak saratoni;
yo‘g‘on ichakning chap burchagi saratoni;
pastga tushuvchi chambar ichak saratoni;
sigmasimon ichak saratoni;
yo‘g‘on ichakning total zararlanishi;
rektosigmoid soha saratoni;
to‘g‘ri ichak saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni;
orqa chiqaruv teshigi saratoni;
anal kanali saratoni;
anal kanali va orqa chiqaruv teshigi saratoni bilan total shikastlanishi;
kichik tos o‘smasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
anal kanali polipi;
to‘g‘ri ichak polipi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining total jarohatlanishi;
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining o‘ng tomonlama jarohatlanish
yo‘g‘on ichak diffuz polipozining chap tomonlama jarohatlanishi;
diffuz polipozining distal jaroxatlanishi;
kron kasalligi (malignizatsiya);
nospetsefik yaralli kolit (malignizatsiya);
yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak xavfsiz o‘smalari.
124. Bosh va bo‘yin onkologiyasi kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
pastki va yuqori lab xavfli o‘smalari (lab terisi istisno);
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xavfli o‘smalari;
so‘lak bezlari xavfli o‘smalari;
halqum xavfli o‘smalari (burun, og‘iz, hiqildoq);
burun va yondosh bo‘shliqlari xavfli o‘smalari;
hiqildoq xavfli o‘smalari;
suyak xavfli o‘smalari;
teri xavfli o‘smalari va melanoma;
yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari;
qalqonsimon bez xavfli o‘smalari;
boshqa, ikkkilamchi va noaniq ko‘rsatilgan xavfli o‘smalar;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
karsinoma in situ;
og‘iz bo‘shlig‘i va halqum xavfsiz o‘smalari;
katta so‘lak bezlari xavfsiz o‘smalari;
o‘rta quloq va nafas yo‘llari xavfsiz o‘smalari;
suyak, tog‘ay va yog‘ to‘qimasi xavfsiz o‘smalari;
gemangioma va limfangiomalar;
biriktiruvchi to‘qima va boshqa yumshoq to‘qimalar xavfsiz o‘smalari;
pigmentli nevuslar;
terini boshqa xavfsiz o‘smalari;
qalqonsimon bez xavfsiz o‘smalari.
125. Onkourologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
jinsiy olat xavfli o‘smalari;
prostata bezi xavfli o‘smasi;
moyak xavfli o‘smasi;
aniklanmagan erkak jinsiy a’zolari va boshka xavfli o‘smalari;
buyrak xavfli o‘smasi;
yuqori siydik yo‘llari xavfli o‘smasi;
qovuq xavfli o‘smasi;
uretra xavfli o‘smasi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
jinsiy olat xavfsiz o‘smasi;
prostata bezi xavfsiz o‘smasi;
aniqlanmagan erkak jinsiy a’zolari va boshka xavfli o‘smalari;
qovuq o‘smasi;
moyak xavfsiz o‘smalari;
buyrak xavfsiz o‘smalari;
yuqori siydik yo‘li xavfsiz o‘smalari;
qovuq xavfsiz o‘smalari;
uretra xavfsiz o‘smalari.
126. Onkooftalmologiya kasalliklari:
a) xavfsiz o‘smalar:
qovoqlar terisi xavfli pigmentli o‘smalari;
qovoqlar terisi xavfli o‘smalari;
qovoq yumshoq to‘qimasi va biriktiruvchi to‘qima xavfli o‘smalari;
kon’yunktiva xavfli o‘smalari;
shox parda xavfli o‘smalari;
to‘r parda xavfli o‘smalari;
tomirli parda xavfli o‘smalari;
tsiliar tana xavfli o‘smalari;
yosh bezi va yo‘li xavfli o‘smalari;
ko‘z kosasi yumshoq to‘qimalari xavfli o‘smalari;
ko‘z kosasi suyak devorining xavfli o‘smalari;
ko‘ruv nervining o‘smalari;
diffuz noxodjkin limfomasi, alohida ko‘ruv a’zolari zararlanishi bilan;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
qovoq terisi, yumshoq to‘qimasi, ko‘z olmasi va kosasi gemangiomalari va limfomalar;
qovoq terisi xavfsiz o‘smasi;
qovoq biriktiruvchi to‘qimasi xavfsiz o‘smasi;
qovoq yumshoq to‘qimasi, kon’yunktiva, ko‘z kosasi dermoidi;
qovoq terisi, kon’yunktiva, ko‘z olmasi pigment nevuslari;
teri bezlari va ko‘z yosh bezi adenomalari;
ko‘z kosasi miks o‘smalari, fibromalar;
kon’yunktiva epitelial o‘smalari;
ko‘z kosasi suyakli devori o‘smalari.
127. Onkomammologiya kasalliklari:
a) xavfli o‘smalar:
sut bezi saratoni;
sut bezi pedjet saratoni;
filloid o‘smalarning sarkamatoz turi;
b) saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
karsinoma in situ;
sut bezining noma’lum xarakterdagi o‘smalar;
fibroadenoma;
filloid o‘smalar;
filloid o‘smalarning xavfsiz turi;
filloid o‘smalarning psevdosarkamatoz turi;
yuvenil fibroadenoma;
sistadenoma.
128. Radioterapiya (nur terapiyasi) qo‘llaniluvchi kasalliklar:
bosh miya glial o‘smalari;
bosh miya noglial o‘smalari;
bachadon tanasi o‘smasi;
bachadon bo‘yni o‘smasi;
sut bezi o‘smalari;
limfomalar;
to‘g‘ri ichak o‘smalari;
anal kanali o‘smasi;
orqa miya o‘smalari;
bosh-bo‘yin o‘smalari;
qin xavfli o‘smalari;
Vulva o‘smasi.
129. Ximioterapiya qo‘llaniluvchi kasalliklar:
trofoblast kasalligi;
xavfli limfomalar;
mayda hujayrali o‘pka saratoni;
mezatelioma.
130. Xavfli o‘smalar:
yumshoq to‘qima sarkomalari (fibrosarkoma, rabdomiosarkoma, sinovial sarkoma, liposarkoma, angiosarkoma, desmoid o‘smalar);
qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti sohalari noorgan xavfli o‘smalari (neyroblastoma, ganglioneyroblastoma, teratoblastoma);
ko‘ks oralig‘i xavfli o‘smalari (neyroblastoma, teratoblastoma, xavfli timoma, rabdomiosarkoma);
buyrak usti bezi xavfli o‘smalari (feoxromotsitoma, neyroblastoma);
buyrak xavfli o‘smalari (nefroblastoma, buyrak saratoni);
jigar xavfli o‘smalari (gepatoblastoma, gepatotselyulyar saratoni);
qin va bachadon xavfli o‘smalari;
tuxumdonlar xavfli o‘smasi (disgerminoma, embrional karsinoma, teratoblastoma, adenokarsinoma);
moyaklar xavfli o‘smasi (teratoblastoma, embrional karsinoma, seminoma);
siydik qopi xavfli o‘smalari (rabdomiosarkoma, neyroblastoma);
uzun va kalta naysimon suyaklari xavfli o‘smalari (osteogen sarkoma, xondrosarkoma, Yuing sarkomasi, xavfli gigant-hujayrali o‘sma);
qalqonsimon bez xavfli o‘smalari;
terida uchraydigan xavfli o‘smalar (melanoma, dermatofibrosarkoma);
noxodjkin limfomalari;
Xodjkin limfomalari;
xavfli gistotsitoz;
bosh miya xavfli o‘smalari;
bosh miya xavfsiz o‘smalari;
orqa miya kanalida xavfli o‘smalar.
131. Saratondan oldingi holat, xavfsiz o‘smalar:
teri va yumshoq to‘qima xavfsiz o‘smalari (gemangioma, limfangioma, fibrolipoma, fibroma);
burun-halqum sohasi xavfsiz o‘smalari (angiofibroma, tarqalgan adenomatoz polip);
qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti xavfsiz o‘smalari (ganglionevrinoma, nevrinoma, teratoma, dermoid kista);
jag‘ suyaklari osteodisplaziyalari (fibroz displaziya, osteoma, osteoxondroma);
so‘lak bezlarning aralash o‘smalari;
qalqonsimon bez o‘smalari;
sut bezlari fibroadenomalari;
uzun va kalta naysimon suyaklar xavfsiz o‘smalari (osteoma, osteoxondroma, ekzostoz, fibroz displaziya);
teri xavfsiz o‘smalari (pigmentli nevus, dermatofibroma, angiopapiloma);
tuxumdonlar xavfsiz o‘smalari (teratoma, dermoid kista);
moyaklarning xavfsiz o‘smalari (teratoma). | 141 | 39,580 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish masalalarini hal etishga kompleks yondashishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini ko‘paytirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
autsorsing bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi o‘rinlarda — autsorser) xizmatlarining narxi ularning barcha xarajatlari (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash hamda ulardan foydalanish, 20 foizgacha ustama haq va boshqalarni) hisobga olinib va tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, shartnoma tuzilishi sanasidagi o‘rtacha bozor narxlari asosida belgilanadi;
shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov “nol” stavka bo‘yicha belgilanadi;
shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi;
autsorserning ko‘rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir oyda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
autsorsing bo‘yicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga to‘liq muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan oziq-ovqatni tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarur bo‘lganda, vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
autsorsing tizimiga o‘tishi munosabati bilan tejalgan pul mablag‘larini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirsin;
narxlarning asossiz o‘sib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish yuzasidan autsorsing xizmatlari ko‘rsatish uchun talabgorlarni tanlash;
narxlarni shakllantirish va shartnomalarni tuzish, ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish;
oshxona faoliyatini tashkil etish tartibi;
ovqatlanishni tashkil etishni nazorat qilish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talablar.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tuzilmalarining so‘rovi bo‘yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam taqdim etilishini;
oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bevosita fermer xo‘jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — PDXX) tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
autsorsing — PDXX tuzilmalari tomonidan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish funksiyalarini shartnoma asosida autsorserga berish;
autsorser — PDXX tuzilmalariga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha shartnoma asosida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
shaxsiy tarkib — o‘rnatilgan tartibda issiq ovqat ta’minotiga kiritilgan harbiy xizmatchilar.
3. PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining oziq-ovqat ta’minoti oziq-ovqat yo‘nalishi bo‘yicha autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali ta’minlanadi.
4. Autsorserni jalb etish orqali PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, me’yorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
5. Autsorserlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
6. Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan PDXX tuzilmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda PDXX tuzilmalariga yuboriladi.
7. Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda ko‘rsatilgan xizmatlar va taomnoma bo‘yicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.
Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan to‘lov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar ko‘rsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda ko‘rsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga ko‘ra to‘lanadi.
8. Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan maxsus payokning hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
9. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy o‘rganish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland bo‘lsa, PDXX Raisi o‘rinbosari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni o‘rganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
11. Bayonnoma qarorlarining to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
12. Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
13. Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar PDXX o‘tgan oyda amalda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-fakturani o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi uchun taqdim etadi. Ko‘rsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (bo‘linmalar joylashgan joydagi o‘rtacha bozor narxidan yuqori bo‘lmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan, xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda belgilanadi.
14. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash, autsorser hamda PDXX o‘rtasidagi hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
15. Autsorser bilan birgalikda shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimi va uni rejalashtirish PDXX tegishli tuzilmasiga yuklanadi.
16. Taomlar tarqatilishidan oldin PDXX shifokorlari (feldsherlari) taomlar sifatini tatib ko‘rish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarining sanitar holatini nazorat qiladilar.
17. PDXX tuzilmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini, belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining har bir harbiy xizmatchiga to‘liq berilishini nazorat qilish, tayyorlangan taomlar sifatini baholash PDXX tegishli mansabdor shaxslari tomonidan har kuni tayyor taomlar (ertalabki nonushta, tushlik, kechki nonushtadan oldin) tatib ko‘riladi.
PDXX mas’ul shaxslari tayyorlangan taomlar sifati, porsiyalar miqdorini tekshirishga haqlidirlar.
18. PDXX tuzilmalariga keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo‘lishi shart. Mahsulotlar sifati muvofiqlik sertifikatiga va davlat standartlari tomonidan o‘rnatilgan ko‘rsatkich va texnik shartlarga mos kelishi kerak.
19. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (sertifikatlar va ma’lumotlar), shuningdek, davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga javob bermagan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Keltirilgan har bir partiya oziq-ovqat mahsulotlariga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
20. PDXX tuzilmalariga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari PDXXning tibbiy va oziq-ovqat yo‘nalishlari bo‘yicha mansabdor shaxslari tomonidan autsorser vakili ishtirokida nazorat qilinadi.
Organoleptik ko‘rsatkichlarga ko‘ra sifatsizligi aniqlangan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli laboratoriyalariga tahlil uchun topshiriladi.
Oziq-ovqat omboriga keltirilgan mahsulotlarning sifati haqiqatdan ham hujjatlarda ko‘rsatilgan standart talablariga, texnik shartlarga, markirovkaga mos kelmasa, PDXX rahbariyati ko‘rsatmasi asosida tayinlangan komissiya tomonidan bu haqida dalolatnoma tuziladi. Autsorser zudlik bilan sifatsiz mahsulotni almashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bunday holatda PDXX sifatsiz mahsulot keltirilganligi va shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ravishda autsorserni xabardor qiladi.
21. Oshpazlar va oshxonaning boshqa ishchilariga ular sanitariya-gigiyena minimumidan sinov topshirib, tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng oshxonada ishlashga ruxsat beriladi. Keyinchalik ular ma’lum belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar va ko‘rik natijalari shaxsiy sanitariya kitobchasiga kiritiladi.
22. PDXX va Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalari tomonidan maxsus tekshiruv tadbirlaridan o‘tkazilgan autsorserlarga PDXX obyektlarida faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat beriladi.
23. PDXX obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi autsorserlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish faoliyati davrida ma’lum bo‘lgan oshkor qilib bo‘lmaydigan va maxfiy ma’lumotlarni tarqatmasligi uchun to‘liq javobgardir.
24. Oziq-ovqat yo‘nalishidagi obyektlar va oshxonaga foydalanishga berilgan moddiy-texnika vositalari PDXX tegishli tuzilmasi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, autsorserga (nol stavka bilan) vaqtincha foydalanishga beriladi. Ushbu dalolatnoma PDXX komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanib, PDXX rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
25. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun foydalanishga vaqtincha topshirilgan moddiy-texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini autsorser amalga oshiradi.
26. Autsorsyerga vaqtincha foydalanishga topshirilgan moddiy-texnika vositalari ekspluatatsiya qilishning o‘rnatilgan muddatidan oldin yaroqsiz holga kelsa, autsorser hisobidan tiklanadi.
27. PDXX shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan autsorserlarga obyektlarda ovqatlanish uchun iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha savdo shoxobchalari yuritishga ruxsat beriladi. Bu faoliyat uchun qo‘shimcha ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilmaydi. Mahsulot narxiga 20 foizgacha ustama haqi o‘rnatiladi.
28. Mazkur Nizomda belgilangan talablarning buzilishi tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda PDXX yoki autsorser tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 144 | 14,228 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-745-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-745-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 338 |
Qonunchilik | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bosqichma-bosqich oshiriladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 22.05.2020 yildagi “Qishloq хoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 310-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning “Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni hamda “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ-4486-son qarorini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.
Hujjatda belgilanishicha, suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari bosqichma-bosqich oshiriladi.
Suv хoʻjaligi vazirligiga 2020 yil 15 iyungacha suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining yangi miqdori yuzasidan takliflarni “2021 yil uchun Oʻzbekistan Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini shakllantirish uchun Moliya vazirligiga taqdim etish topshirildi.
Hujjat bilan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv resurlarini boshqarish, hisobga olish hamda iste’mol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda suv хoʻjaligi ob’yektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni onlayn rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli teхnologiyalar joriy etiladi. Ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjeti mablagʻlari ajratiladi, хorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Suv хoʻjaligi vazirligi hamda suv iste’molchilari uyushmalari bilan birgalikda 2023 yil 1 dekabrga qadar suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan toʻliq jihozlashlari kerak. Shuningdek ular suvning hisob-kitobini oʻz vaqtida yuritish va suvdan foydalanishni tartibga solish uchun javobgar boʻladilar.
Tijorat banklariga suv iste’molchilariga suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 73 | 2,400 |
Qonunchilik | “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 2722, 2015-yil 26-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 43-son, 550-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:”;
2. Nizomda:
a) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.”;
b) 8-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhi” degan so‘zlar “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 19-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 23-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni va pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhiga” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
z) 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “muassasalari” degan so‘z “tashkilotlari” degan so‘z bilan almashtirilsin. | 152 | 3,395 |
Qonunchilik | Qimmatbaho metallarni birjada sotib olish mumkin | «Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi» AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 1.03.2019 yildagi 186-son qaroriga qarang) tasdiqlandi.
Birjada qimmatbaho metallar ularni ishlab chiqaruvchilar yoki savdolarning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotiladi. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar (yuridik shaхslar va YaTT) хaridorlar boʻlishi mumkin. Ular savdolarda ishtirok etish uchun birjaga tegishli litsenziyani taqdim etishlari shart. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasini taqdim etadilar.
Buyurtmanomadan hamda bozordagi talab va taklif kon’yunkturasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi oʻlchov ogʻirligidagi oʻlchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar:
Yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi boʻlishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Plastina va quymalar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek tovar-хom ashyo birjasining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini koʻrsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan ogʻirligi oʻlchangan oʻramga oʻrab joylashtiriladi.
Birja savdolari har kuni, dushanbadan jumagacha, birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi. Birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish sхemasi – bu yerda.
Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 oktyabrdan qimmatbaho metallar tijorat banklari, MB va Qimmatbaho metallar agentligi ishtirokida zargarlarga sotilgan (batafsil qarang). Joriy yil boshida Hukumat yangi tartib – toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ishlab chiqishni topshirdi (ishlab chiqish muddati – 2019 yil 1 aprelgacha, VMning 10.01.2019 yildagi 16-son qaroriga qarang). Yuqorida koʻrsatilgan «birja» tartibi parallel ravishda yoki ular oʻrniga ishlash-ishlamasligi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin ma’lum boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 48 | 2,348 |
Qonunchilik | Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikromoliyalash to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi va “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berishni, shuningdek boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishni, shu jumladan iste’mol kreditlarini berishni hamda faktoring operatsiyalarini amalga oshiradi.
2. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatni amalga oshirishda banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan hamda jismoniy shaxs — ta’sischilardan (ishtirokchilardan, mulkdorlardan) qarz mablag‘larini jalb etishga haqli.
3. Mikrokredit tashkiloti barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun shakllantirilgan jami xususiy kapitalning miqdori mikrokredit tashkilotining jami aktivlarining 10 foizdan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishi kerak.
4. Mikrokredit tashkilotlari barcha ta’minotsiz (ishonchga asoslangan) mikrokreditlarning (mikroqarzlarning) ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi.
5. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda foydalanilmagan va mikrokredit tashkiloti ixtiyorida qolgan pul mablag‘lari depozit sifatida bankka qo‘yilishi mumkin.
6. Mikrokredit tashkiloti faoliyati davomida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun zaxira fondi yaratilishi ko‘zda tutilishi mumkin va uning miqdori mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
7. Mikrokredit tashkilotining tavakkalchilikka ega barcha aktivlari, shu jumladan, bergan mikrokreditlari, miqroqarzlari, mikrolizing va faktoring xizmatlari, boshqa kredit tashkilotlariga barcha talablari, garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda undirib olingan mulklari mazkur Nizomga muvofiq o‘z vaqtida va to‘g‘ri tasniflanishi va ularga aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxirasi (bundan buyon matnda aktivlar bo‘yicha zaxira deb yuritiladi) yaratilishi shart.
8. Mikrokredit tashkilotining aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
9. Mikrokredit tashkilotining aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar o‘z muddatida qaytarilishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar — “standart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan 60 kungacha kechiktirilganda — “substandart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 61 kundan 90 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 91 va undan ortiq kunga kechiktirilganda “umidsiz”.
Asosiy qarz va (yoki) unga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lov muddati 30 kundan o‘tgan qarzdorligi mavjud aktivlarning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.
10. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) qayta moliyalash stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
asosiy qarzdan qisman voz kechilishi;
foizlarga doir to‘lovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining to‘lash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, oylik to‘lovlar sanasi o‘zgartirilishi bundan mustasno;
ta’minot turining o‘zgartirilishi, bundan aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta’minotdan chiqarilgan yoki garov o‘zgartirilgandan so‘ng garovning aktiv qoldig‘iga nisbati mikrokredit tashkilotining ichki hujjatlarida ko‘rsatilgan chegaradan kam bo‘lmagan miqdorda almashtirilgan holatlar mustasno.
11. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 30 kungacha kechiktirilganda “substandart” aktiv sifatida, asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kundan 60 kungacha kechiktirilganda “shubhali” aktiv sifatida, asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 61 va undan ortiq kunga kechiktirilganda “umidsiz” aktiv sifatida tasniflanadi.
12. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
Aktivlarning muddati qayta ko‘rib chiqilgandan keyin qaytarish jadvaliga asosan kamida ketma-ket 3 ta to‘lov to‘liq va o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ularning sifati bir pog‘ona yuqori tasniflanishi mumkin.
13. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni mikrokredit tashkiloti balansida aks ettirish mikrokredit tashkiloti va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni to‘liq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
14. Alohida hollarda (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlarda qarzdor tomonidan mikrokredit tashkiloti oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati bo‘lmaganda) aktivlar sifatini tasniflash va ularning shartlari qayta qo‘rib chiqilmagan deb hisoblanishi Markaziy bank tomonidan belgilanishi mumkin.
15. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha zaxira yaratish talab qilinmaydi. Sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha uning asosiy qismi qoldig‘ining 25 foizi, “shubhali” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha — 50 foizi, “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha — 100 foizi miqdorda zaxira yaratiladi.
16. Aktivlar bo‘yicha zaxiralarning yaratilishi davriy ravishda har oyning so‘nggi sanasiga qadar kamida bir marta har bir aktiv bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
Aktivlar bo‘yicha yaratilgan zaxira xarajatlari Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
17. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi aktivlar bo‘yicha zaxiralarning doimiy ravishda yetarli ekanligini ta’minlash uchun javobgardir.
18. Mazkur Nizom talablari asosida tasniflangan aktivlar bo‘yicha yetarli darajada zaxira yaratilmagan hollarda Markaziy bank aktivlar bo‘yicha zaxiralarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ajratmalarni amalga oshirishni talab qilishga haqli.
19. “Umidsiz” deb tasniflangan aktivlar mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan tegishli zaxiralar evaziga hisobdan chiqarilishi lozim.
Aktivning hisobdan chiqarilishi aktivning qisman yoki to‘liq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
20. Mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi moliyaviy yil yakuni bo‘yicha mikrokredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishida sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish bo‘yicha qo‘llangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi lozim.
21. Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb yuritiladi) qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi hamda fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qiladi.
22. Fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qo‘yish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Lombardlar tomonidan fuqarolarga kreditlar berish va ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qilish tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat) taqdim etganida, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi.
24. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
25. Lombardlar operatsiyalarni ushbu Nizom, lombardning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan operatsiyalarni o‘tkazish umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.
26. Operatsiyalar o‘tkazishning umumiy shartlari to‘g‘risidagi qoidalar quyidagi ma’lumot hamda tartiblarni o‘z ichiga olishi kerak:
beriladigan kreditlarning muddatlari va summasining eng ko‘p miqdori;
beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining eng ko‘p miqdori;
lombard tomonidan olinadigan ta’minotga qo‘yiladigan talablar;
mol-mulkni saqlashga qabul qilish qoidalari;
ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun foiz stavkalar va to‘lovlar;
lombard hamda uning mijozlari huquq va majburiyatlarining, ularning javobgarligi vujudga kelishi shartlari;
garovga qo‘yuvchi garov pattasini yo‘qotganida dublikat berish tartibi;
operatsiyalar o‘tkazishning umumiy shartlariga kiritilishi zarur deb hisoblagan boshqa shartlar, talablar va cheklovlar.
Lombard tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar faqat milliy valyutada belgilanadi.
27. Operatsiyalarni o‘tkazishning umumiy shartlari ochiq ma’lumotlar hisoblanadi va ular lombardning mijozlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarda, texnik vositalarda yoki lombardning veb-saytida (agar mavjud bo‘lsa) e’lon qilinadi.
28. Lombardning ichki qoidalarida quyidagilar belgilanishi lozim:
lombardning tashkiliy tuzilishi, uning vazifalari va funksiyalari;
rahbar va bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsning huquq va majburiyatlari;
lombardning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan lombard nomidan va uning hisobidan bitimlarni amalga oshirishdagi vakolatlari.
29. Lombardlar banklardan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ishtirokchilardan (mulkdorlardan) qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshmasligi kerak.
30. Garov asosida kreditning berilishi lombard bilan fuqaro o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
31. Kreditning summasi va muddati, shuningdek, beriladigan kredit bo‘yicha foiz stavkasi tomonlarning kelishuviga asosan mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda belgilanadi.
32. Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
33. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar ko‘rishi;
garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast yetkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar berishi;
kredit shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
garovga qo‘yuvchining talabiga asosan kredit shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berishi.
34. Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
35. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, kredit, kredit bo‘yicha foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasidagi zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkning sotilishi bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi.
36. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga to‘lanadi.
37. Lombardning talablari me’yoridan oshgan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilish kunidan uch yil davomida talab qilib olinmagan summa lombardning ixtiyorida qoladi.
38. Lombardda ashyolarni saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
39. Agar, mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarini qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Lombardga va uchinchi shaxslarga ushbu ashyolarni saqlash natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash mijozning zimmasiga yuklatiladi.
40. Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yo‘qolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yo‘qotish yoki shikastlanish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, ashyolar egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 23-son).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/8-son “Lombard tomonidan o‘z faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1290-1, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/1290-1/0291-son).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/3-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1290-2, 2018-yil 7-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1290-2/1180-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-son “Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1290-3, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son).
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642-1, 2013-yil 25-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 17-son, 231-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/7-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642-2, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/1642-2/0290-son).
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/1-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642-3, 2018-yil 7-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1642-3/1181-son).
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/10-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642-4, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/1642-4/2310-son).
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/5-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1642-5, 2019-yil 29-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/1642-5/3668-son).
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/3-son “Mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2378, 2012-yil 16-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 340-modda). | 128 | 18,728 |
Qonunchilik | ISPANIYA QIROLLIGI BILAN HAR TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27—29-yanvarda Ispaniyaga davlat tashrifi davomida erishilgan bitimlar va ahdlashuvlar amalga oshirilishini ta’minlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va insonparvarlik sohalarida Ispaniya Qirolligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashrif davomida Ispaniya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda loyihalar ekspertizasi 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilishini ta’minlasinlar, Ispaniyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga hamda Ispaniya Hukumati va tijorat banklarining jalb etiladigan kredit liniyalari doirasida ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasinlar hamda kompaniyalar va banklar ishtirokida ularning amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar:
kasb-hunar kollejlarini jihozlashning ustuvor loyihalarini amalga oshirish, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish doirasida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mintaqalararo transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash obyektlarini zamonaviylashtirish, suv xo‘jaligi obyektlari qurish va ularni rekonstruksiya qilish uchun Ispaniya Hukumatining “Taraqqiyotga Ko‘maklashish Jamg‘armasi” imtiyozli kreditlarini va Ispaniyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish;
korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarida Ispaniya kompaniyalarining ishtirok etishi, birinchi navbatda O‘zbekiston mintaqalarida qo‘shma ishlab chiqarishlar barpo etishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish;
Ispaniya sanoatchilar va tadbirkorlar Konfederatsiyasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zekspomarkaz” respublika savdo-ko‘rgazma markazi imkoniyatlarini jalb etgan holda tadbirkorlar delegatsiyalarini o‘zaro ayirboshlashni tashkil etish, qo‘shma biznes-seminarlar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish;
O‘zbekistonning turistik salohiyati keng taqdimot qilinishi va turistik infratuzilmani rivojlantirish, turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash maqsadida Jahon Turizm Tashkiloti (Madrid shahridagi qarorgohi), shuningdek Ispaniyaning yetakchi turistik kompaniyalari bilan hamkorlikni faollashtirish.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 101 | 3,059 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son Farmoniga muvofiq mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingani hamda u 2019-yil 1-mayga qadar davom etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bir hafta muddatda 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarini tuzsin.
4. Quyidagilar:
a) Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha muvofiqlashtirish va nazorat qilib borish;
mazkur Komissiya ishchi organi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatiga tashkiliy-texnik hamda uslubiy ko‘maklashish;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi bo‘lgan murojaat etuvchilarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etish;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan hisobotni umumlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni bo‘yicha taqdim etib borish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etish;
tuman (shahar) komissiyalari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida doimiy nazorat qilib borish;
tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha hisobotini tahlil qilish va respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga axborot berib borish;
v) tuman (shahar) komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
bir martalik aksiya doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va uning natijalari bo‘yicha tegishli xulosa berish;
bir martalik aksiya doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish uchun taqdim etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mazkur komissiyalar a’zolari tomonidan tegishli ko‘chmas mulk obyektini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini tashkil etish;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaat etuvchiga tavsiyalar berish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotni ushbu qarorning 4-ilovasiga muvofiq shaklda hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalariga taqdim etish;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib borish.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining faoliyati ushbu qarorga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi;
ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarorlari qabul qilingandan so‘ng ko‘chmas mulk obyektlari yagona elektron ma’lumotlar bazasiga hamda yer fondi toifalari bo‘yicha hisobotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy shaxslarning arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida to‘lovlar elektron shaklda qabul qilinishini hamda yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasinlar.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga hududiy komissiyalar tomonidan ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha axborotlar kiritilishini ta’minlasinlar.
10. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning amaliyotda qo‘llanishini muntazam o‘rganib borsin va zarurat bo‘lganda, uning normalarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning ahamiyati va mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ta’minlasinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga (keyingi o‘rinlarda O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari ko‘p qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Bir martalik aksiya doirasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyalarning faoliyati mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmatlari markazlari va ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) a’zolari o‘rtasida axborot almashish idoralararo elektron hamkorlik tizimi (keyingi o‘rinlarda tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
5. Jismoniy shaxs (uning qonuniy vakili) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
murojaat etuvchining pasporti nusxasi;
murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.
murojaat etuvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
6. Murojaat etuvchi arizani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
7. Arizani ko‘rib chiqish uchun Davlat xizmatlari markazi tomonidan yig‘im undirilmaydi, bir martalik aksiya doirasida to‘lanadigan bir martalik yig‘im bundan mustasno.
8. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan yolg‘on ma’lumotlar yoxud unga ilova qilinadigan hujjatlarning to‘liq emasligi arizani qabul qilishda rad etish uchun asos hisoblanadi.
Arizani boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
9. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchiga ariza olingani to‘g‘risida tilxat beradi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini ko‘rsatgan holda, ariza nusxasida uning qabul qilingani to‘g‘risida tegishli yozuvni qayd etadi.
10. Murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan skanerlanadi va bir soat mobaynida tizim orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallariga (keyingi o‘rinlarda komissiya ishchi organi deb ataladi) yuboriladi.
11. Komissiya ishchi organi ariza kelib tushgandan so‘ng 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida ko‘rsatilgan joyga chiqqan holda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganib, uning texnik planini shakllantiradi hamda ushbu texnik planni komissiya a’zolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga tizim orqali yuboradi.
12. Komissiya a’zolari ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 kalendar kun mobaynida murojaat etuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratini u joylashgan joyga borgan holda o‘rganadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra komissiya ishchi organiga ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha o‘z xulosalarini (ma’lumotnomalarini) tizim orqali yuboradi, tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i bundan mustasno.
13. Komissiya a’zolarining xulosalarida (ma’lumotnomalarida) quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
a) tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagani yoki joylashgani, yer uchastkasining umumiy maydoni va sifat tavsiflari;
b) tuman (shahar) qurilish bo‘limi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga (mavjud bo‘lganda), qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda hamda obyektlarning muhofaza zonalarida joylashgani yoki joylashmagani, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarining boshqa talablari buzilgani yoki buzilmagani;
v) tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘ining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasi qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza etiladigan hududda joylashgani yoki joylashmagani, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni joylashtirishda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilgani yoki etilmagani;
g) tuman (shahar) davlat bosh sanitariya vrachining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani;
d) tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limining ma’lumotnomasida –o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratdan foydalanuvchi va uning oila a’zolari qaysi manzilda ro‘yxatdan o‘tganligi yoki ro‘yxatdan o‘tmaganligi;
e) tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotnomasida — murojaat etuvchida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik borligi yoki yo‘qligi;
j) tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi inspektorining xulosasida — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va u joylashgan yer uchastkasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilingani yoki rioya qilinmagani.
Komissiya a’zolarining xulosalarida (ma’lumotnomalarida) aks ettirilgan ma’lumotlar aniq manbalar hamda qonun hujjatlari bilan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Komissiya a’zolarining xulosalari (ma’lumotnomalari) mas’ul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
14. Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i bir martalik aksiya davomida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash choralarini amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi va aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
15. Komissiya a’zolari o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni o‘rganish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan “2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlarining xatlovi natijalari bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek, aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashganda komissiya a’zolari tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlardan qo‘shimcha ma’lumotlarni (xulosalarni) so‘rovnoma yuborish orqali olishlari shart. Bunda so‘rovnomaga javob u kelib tushgan kundan boshlab 3 kalendar kuni mobaynida taqdim etilishi kerak.
16. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lsa, ular komissiyaning umumiy yig‘ilishida uzil-kesil hal qilinadi. Bunda tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha xulosasi hisobga olinishi lozim.
Fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolarni hal qilish komissiya vakolatiga kirmaydi, bunday nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Bunda mulkiy nizolar hal qilingandan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning egasi bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
17. Komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida komissiya a’zolarining xulosalariga asosan ko‘chmas mulk obyektini o‘rganish bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtiradi.
Dalolatnomada komissiya a’zolarining xulosalari aks ettiriladi hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkinligi yoki mumkin emasligi, shu jumladan imorat joylashgan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilishi mumkinligi yoki mumkin emasligi ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma komissiya ishchi organi mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Dalolatnomaga komissiya ishchi organi tomonidan o‘rganish davomida tuzilgan ko‘chmas mulk obyektining plani ilova qilinadi.
18. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topilganda komissiya ishchi organi dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga murojaat etuvchi bir martalik yig‘imni to‘lashi uchun elektron shaklda hisobvaraq-fakturani tizim orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi hisobvaraq-faktura tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda hisobvaraq-fakturaga o‘zining muhrini bosib murojaat etuvchiga taqdim etadi.
19. Murojaat etuvchi hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan to‘lovni (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdordagi bir martalik yig‘imni) amalga oshiradi.
Bir martalik yig‘im to‘langani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
20. Bir martalik yig‘im summasining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob raqamiga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
20 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisob raqamiga;
40 foizi — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
21. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yig‘im belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, uning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish ishlari to‘xtatib turiladi. Murojaat etuvchi tomonidan bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar to‘lov amalga oshirilmasa o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi.
22. Komissiya ishchi organi murojaat etuvchi tomonidan bir martalik yig‘im to‘langandan keyin 2 kalendar kuni mobaynida Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asosida murojaat etuvchining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.
Qaror loyihasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat mulkdoriga imorat qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish ham nazarda tutiladi.
23. Tuman (shahar) hokimining komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasi u taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
24. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab, 1 ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga tizim orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi tuman (shahar) hokimining qarori nusxasi tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda tuman (shahar) hokimining qarori nusxasiga o‘zining muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
25. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
26. Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi:
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan me’yorlar) doirasida;
belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori bo‘lmagan, lekin o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga;
ko‘chmas mulk obyektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaxslar tomonidan o‘zi yashab turgan yer uchastkasiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qo‘shimcha imoratlariga;
jismoniy shaxslar tomonidan “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990-yil 20-iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan bo‘lsa;
dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan me’yorlar doirasida.
27. Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydi:
aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga;
magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya-himoya zonalarida, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga;
qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan imoratlarga;
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik normalari va qoidalarini buzib qurilgan bo‘lsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa.
28. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari ko‘rsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi xat tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda xatga o‘zining muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.
Xatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun to‘sqinlik qilayotgan holatlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish mumkin emas bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi.
29. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bo‘yicha komissiya ishchi organining xatida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega.
30. Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va hal etadi.
31. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi.
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. | 249 | 26,953 |
Qonunchilik | Sun’iy intellekt teхnologiyalari soddalashtirilgan rejimda joriy etiladi | Prezident tomonidan 26.08.2021 yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maхsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5234-son Qonun imzolandi.
Hujjat Prezidentning 17.02.2021 yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4996-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Maхsus rejim etib uning doirasida sun’iy intellekt teхnologiyalariga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyat yurituvchi yuridik shaхslar hamda ilmiy tashkilotlar uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy sharoit yaratish, dasturiy mahsulotlarni tajribadan oʻtkazish va amaliyotga joriy qilish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish tushuniladi. U Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkining (IT-park) alohida boʻgʻini hisoblanadi.
Maхsus rejim talabgorlari uchun:
Bundan tashqari, maхsus rejim ishtirokchilariga Prezidentning 30.06.2017 yildagi «Respublikada aхborot teхnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5099-son Farmoni bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Maхsus rejim faoliyatining muddati besh yilni tashkil etadi hamda uning faoliyat muddatini uzaytirish «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 72 | 1,632 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2021-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida va 2021-yil 19-noyabrda Moskva shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasidagi yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,376 |
Qonunchilik | “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi QL-850-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 13-noyabrda kiritilgan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi QL-850-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 624 |
Qonunchilik | Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2021-yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018-yil 27-noyabrdagi 968-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ionlashtiruvchi nurlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;
nurlanish olishning individual dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash tartibini belgilash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;
tahlillar natijasi bo‘yicha nurlanish olishning aholiga ta’sirini baholash va uning ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish.
2. Vazirliklar va idoralar faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021-yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etsinlar hamda nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga ilovadagi nizomga muvofiq ma’lumot berib borsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ikki oy muddatda Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimini metodik-dasturiy ta’minot hamda kompyuter dasturlari yordamida bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B.Q. Yusupaliyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olinadigan nurlanishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olishning yagona davlat tizimini tashkil etish, individual nurlanish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
2. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona tizim) O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
individual dozimetr — muayyan vaqt davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbaidan chiquvchi nurlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotni to‘playdigan (o‘lchaydigan) qurilma yoki asbob-uskuna;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
nurlanish olishning ambiyent ekvivalent dozasi — o‘lchovlar o‘tkaziladigan joyda inson tomonidan qabul qilinadigan doza;
nurlanish olishning ekvivalent dozasi — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan ma’lum bir nurlanish turlarining odam organlari yoki to‘qimalari ichiga olingan doza;
nurlanish xavfsizligi — jismoniy shaxslar (xodimlar)ning ionlashtiruvchi nurlanish zararli ta’siridan muhofazalanganligi holati;
tabiiy nurlanish manbai — tabiiy holda kelib chiqadigan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
texnogen nurlanish manbai — foydalanish uchun yoki ushbu faoliyatning qo‘shimcha mahsuloti sifatida maxsus yaratilgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
tibbiy dozimetriya reyestri — nurlanish olishning barcha turlarining ruxsat etilgan maksimal individual dozalardan oshib ketishining oldini olish maqsadida jismoniy shaxslar (xodimlar)ning ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olgan individual nurlanish dozalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami.
4. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nurlanish xavfsizligi sohasidagi qoidalar va normalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
nurlanish xavfsizligini ta’minlash uchun nurlanishning ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, qaror qabul qilish uchun tegishli xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarini tahliliy materiallar bilan ta’minlash;
nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;
nurlanish olishning ta’sir qilish darajasini kamaytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining barcha turlaridan aholining alohida guruhlari olgan individual va jamoaviy nurlanish dozalarini tahlil qilish;
nurlanish olishning individual dozalari belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan shaxslarni hisobga olish;
nurlanish ta’siri natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishda tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini belgilash;
nurlanish natijasida tibbiy oqibatlarni prognozlashtirish va uni kamaytirishning eng yaxshi yechimlarini topish orqali aholining xabardorligini oshirish;
aholiga va tashkilotlarga ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan olingan nurlanish dozalari to‘g‘risida xolisona hamda ishonchli ma’lumot olish imkoniyatini yaratish.
5. Yagona tizim orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini hisobga olish hamda uni me’yorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish uchun metrologik, texnik talablarga hamda individual nurlanish dozalari to‘g‘risida axborot olish tartiblariga rioya etilishini ta’minlash va monitoring olib borish;
davlat statistika hisoboti shakllari asosida individual nurlanish dozalari hisobini yuritish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari ta’sir etganda, uning individual dozalari to‘g‘risida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini hisobga olish kartasining to‘ldirilishini va ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlash;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo‘yicha statistik qo‘llanmalarni tayyorlash, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda individual dozimetrik nazorat natijalarining bayonnomasini hamda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozasini ro‘yxatga olish jurnalini yuritish;
yuridik shaxslar xodimlarining hamda jismoniy shaxslarning individual nurlanish dozalariga oid ma’lumotni olish to‘g‘risidagi murojaatlari bo‘yicha o‘n ish kuni mobaynida rasmiy ma’lumot taqdim etish.
6. Yagona tizim doirasida quyidagilar nazorat qilinishi va hisobga olinishi lozim:
jismoniy shaxslar (xodimlar) ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan muolaja olganda qabul qilingan individual nurlanish dozalari;
tabiiy nurlanish va texnologik jihatdan o‘zgartirilgan radiatsiya fonidagi individual nurlanish dozalari.
Radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari asosida Yagona tizim doirasida quyidagilar nazorat qilinadi:
texnogen ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining me’yoriy ishlashi jarayonida jismoniy shaxslarning (xodimlarning) nurlanishi;
jismoniy shaxslar (xodimlar)ning tabiiy ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanishi;
tibbiy rentgenoradiologik muolajalarda jismoniy shaxslar (xodimlar)ning nurlanishi.
7. Yagona tizim doirasida nazorat qilinadigan va hisobga olinadigan asosiy ko‘rsatkichlar yillik samarali dozani hamda ko‘z gavhari, teri, qo‘l kaftlari va oyoq panjalarining yillik ekvivalent dozasini o‘z ichiga oladi.
8. Radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari hamda gigiyena normativlariga muvofiq Nurlanish xavfsizligini ta’minlash talablariga asosan obyektning xususiyati va sharoitlariga qarab nurlanish olishning individual dozalari xodimlar va jismoniy shaxslar uchun alohida hisoblanadi.
9. Yagona tizim doirasida nurlanish olishning individual dozalar qiymatini aniqlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
individual dozimetrlar yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash;
aholining individual nurlanish dozasi qiymatini hisoblash;
olingan individual nurlanish dozasi qiymatini yuzaga kelgan asoratlarga qarab aniqlash (biologik, biokimyoviy va biofizik);
olingan individual nurlanish dozasi qiymatini har xil jismlar va materiallardagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash.
Olingan ma’lumotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlarni Yagona tizim ma’lumotlar bazasiga kiritish va reyestrini yuritish, ularni tahlil qilish va shu asosida gigiyenik xulosalar berish Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Yagona tizimdagi ma’lumotlardan xizmat doirasida foydalanish tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Yagona tizim metodik-dasturiy ta’minot va kompyuter dasturlari yordamida bosqichma-bosqich rivojlantiriladi va Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkaziladi.
11. Yagona tizim Sanitariya-epidemiologiya xizmatining individual nurlanish dozalarini hisobga olish va ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini ta’minlovchi majmuasi hisoblanadi.
Tashkiliy jihatdan Yagona tizim respublika, hududlar (respublika, viloyat, tuman/shahar) va tashkilotlar miqyosida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
12. Yagona tizim faoliyati ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tashkil etiladi.
Bunda, Sanitariya-epidemiologiya xizmati:
har chorak boshida ionlashtiruvchi nurlanishni qabul qiluvchi va ma’lumotlarni yig‘uvchi dozimetrlarni (keyingi o‘rinlarda — dozimetrlar) reyestr bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatadi;
har chorak yakunida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan ularga tarqatilgan dozimetrlarni yig‘ib oladi;
har chorakda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan yig‘ib olingan dozimetrlarni reyestrga kiritish, ulardagi nurlanish dozalarini o‘lchash, olingan nurlanish dozalari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish va tegishli xulosalarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
doimiy ravishda Nizomga 2-ilovaga muvofiq individual dozimetrik nazorat natijalari bayonnomalarini to‘ldirib boradi, nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qiladi hamda hisobga olish bo‘yicha reyestrni va ma’lumotlar bazasini to‘ldirib boradi;
doimiy ravishda nurlanish olishning individual dozalari bo‘yicha ma’lumotlarni va tegishli xulosalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga tarqatadi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalari:
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan qabul qilib oladi;
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr bo‘yicha tegishli hududdagi ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) hamda qonunchilikda belgilangan maxsus ruxsatnomaga ega ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi (ekspluatatsiya qiluvchi) subyektlarga (keyingi o‘rinlarda — subyektlar) tarqatadi;
har chorak yakunida tashkilotlar va subyektlarga tarqatilgan dozimetrlarni reyestrga asosan qabul qilib oladi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yetkazib beradi;
doimiy ravishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan olingan ma’lumotlar va tegishli xulosalar asosida nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qiladi va hisobga olish bo‘yicha hududiy reyestrni va ma’lumotlar bazasini to‘ldirib boradi.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi tashkilotlar va subyektlar:
har chorak boshida dozimetrlarni reyestr bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalaridan qabul qilib oladi;
har chorak boshida tashkilotning ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimiga hamda subyektda ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) ichki reyestrga asosan dozimetrlarni tarqatadi hamda xodimlar/jismoniy shaxslarni ish yoki muolaja jarayonida dozimetrlar bilan doimiy ta’minlanganligini nazorat qilib boradi;
har chorak yakunida tashkilotlar bo‘yicha ichki reyestrga asosan ionlashtiruvchi nurlanish manbai bilan bevosita ishlovchi har bir xodimga chorak boshida tarqatilgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish muolajalarini olgan jismoniy shaxslarga (bemorlar) tarqatilgan dozimetrlarni ichki reyestr asosida yig‘ib olib, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga yuboradi;
har chorakda Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan taqdim qilingan (dozimetrlardagi nurlanish dozalarini o‘lchash, tahlil qilish natijasi bo‘yicha) ma’lumotlarni va xulosalarni oladi, tashkilotda har bir xodim bo‘yicha, subyektda har bir jismoniy shaxs (bemor) bo‘yicha individual nurlanish dozasi reyestrini yuritadi hamda Nizomga 1 va 3- ilovalarni to‘ldirgan holda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududlardagi boshqarmalariga taqdim etib boradi;
doimiy ravishda tashkilot xodimlari tomonidan dozimetrlar to‘g‘ri ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Nurlanish dozalarini kuzatish va hisobga olish tizimini tashkil etishda tashkiliy va metodik rahbarlik qilish hamda yondashuvlar uyg‘unligini ta’minlash Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiologiya laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Yagona tizim faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazoratni ta’minlash Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
13. Nurlanish olishning individual dozalari to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash hamda individual nurlanish dozalari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni taqdim etish Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tibbiy dozimetriya reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Tibbiy dozimetriya reyestri individual dozimetrlar yordamida to‘plangan, tashkilotlar xodimlari yoki jismoniy shaxslar olgan individual nurlanish dozalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan individual nurlanish dozalari to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar o‘rganiladi hamda tahlil qilinadi.
To‘plangan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish natijalari asosida Yagona tizimning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari Sanitariya-epidemiologiya xizmati radiologiya laboratoriyasining malakali mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar amaliyotga tatbiq etadi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari jismoniy shaxslar va tashkilotlar xodimlari tomonidan olingan nurlanish dozasini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda tibbiy dozimetriya reyestriga kiritish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga elektron shaklda taqdim etadi.
Tashkilotlar tomonidan ular xodimlarining individual nurlanish dozalarining nazorati individual dozimetrlar yordamida amalga oshiriladi, shuningdek, individual dozalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi.
Tashkilotlar tomonidan xodimlarining individual nurlanish dozalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirish uchun, tashkilot joylashgan hudud bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalariga yoki tuman (shahar) bo‘limlariga yuboriladi.
14. Tashkilot xodimlari tomonidan dozimetrlarning to‘g‘ri ishlatilishi va saqlanishi uchun nazoratni olib borish va javobgarlik tashkilot rahbariga yuklanadi.
15. Subyektlar individual dozimetrlar yordamida har bir jismoniy shaxs (xodim)ning individual nurlanish dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda nurlanish olishning individual dozalarini baholab boradi, to‘plangan ma’lumotlarni, nurlanish olishning individual dozalarini baholash natijalarini har chorak yakunida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalariga yuboradi.
Nurlanish olishning individual dozalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plamini olish yuzasidan jismoniy shaxslar (xodimlar) va yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilinganda ushbu ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologiya xizmati yoki uning hududiy boshqarmalari hamda subyektlar tomonidan yozma bayonnoma shaklida murojaat etuvchiga taqdim etiladi.
16. Nurlanish olishning individual dozalarini baholashda radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlaridan foydalaniladi.
17. Nurlanish olishning individual dozalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish ishlari Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari o‘rtasida axborot almashinuvining amaldagi dasturiy ta’minoti orqali Yagona tizimning barcha tuzilmalarini qamrab olgan holda ta’minlanadi.
18. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish doirasida har bir jismoniy shaxs (xodim) bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiologiya laboratoriyasi bazasida ellik yil davomida saqlanadi.
19. Nurlanish olishning individual dozalarini baholash monitoringi respublika hududlari va tashkilotlar miqyosida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining baholash va monitoringni amalga oshiruvchi boshqarmalari va xizmatlari imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
20. Subyektda jismoniy shaxslarning nurlanish olishining individual dozalarining nazorati va tibbiy dozimetriya reyestrini yuritish subyekt tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy dozimetriya reyestrini yuritishda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’minlash subyekt rahbariga yuklanadi.
21. Ionlashtiruvchi nurlanish muolajalari paytida bemorlar tomonidan olingan nurlanishning individual dozalari nazorati va ma’lumotlarni to‘plash hamda tibbiy dozimetriya reyestrini yuritishda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’minlash tibbiyot muassasalari rahbariyati belgilagan mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
22. Yagona tizim doirasida dozimetrik nazorat va monitoring qilish, olingan nurlanishning individual dozalari ma’lumotlarini to‘plash va baholash ishlarini amalga oshirishda tegishli akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar jalb qilinishi mumkin.
23. Bir vaqtning o‘zida alohida jismoniy shaxslar (xodimlar) yoki ularning muayyan toifasi guruhli nurlanish olish bilan bog‘liq holatlarga duch kelganida, ular ham Yagona tizim bo‘yicha hisobga olinadi va har bir jismoniy shaxs (xodim) bo‘yicha tibbiy dozimetriya reyestri yuritiladi.
Bunda dozimetrik nazorat va monitoring qilish, olingan nurlanishning individual dozalari ma’lumotlarini to‘plash va baholash ishlari nurlanish monitoringi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tegishli akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarning mavjud imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan holda amalga oshiriladi.
24. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan tashkilot va subyektlarda o‘lchovlarni olib borish va o‘lchov bayonnomalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek, dublikat berish uchun Sanitariya-epidemiologiya xizmatining g‘azna hisob varag‘iga ushbu tashkilot va subyektlardan yig‘im undiriladi.
Nurlanish olishning individual dozalarini hisobga olganlik uchun yig‘im miqdori Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
25. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan tashkilot va subyektlarda xodimlar nurlanish olishining individual dozalari belgilangan me’yorlar doirasida bo‘lishini kuzatib borish va tibbiy dozimetriya reyestrini yuritish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik tegishli tashkilot va subyekt rahbariga yuklanadi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 106 | 20,935 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiyani tashkil etish to‘g‘risida 2022-yil 9-martda Toshkent shahrida imzolangan Kelishuv tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-tamoyillari bajarilganligi to‘g‘risida Eron tomoniga tegishli bildirishnoma yuborilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur Kelishuv kuchga kirganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,095 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Ta’kidlab o‘tilsinki, 2014-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 56,9 mlrd co‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi makroiqtisodiy barqarorlik yanada mustahkamlanishini va iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash maqsadida:
iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish va uning raqobatbardoshliligini oshirish;
investitsiya sharoitini yanada takomillashtirish va chet el investitsiyalarini jalb etish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan strategik ahamiyatga molik hamda samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
ichki talabni rag‘batlantirish va ichki bozorni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘ldirish;
zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” – dasturlari amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli nazorat qilish;
2013 — 2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish;
ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirish;
budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
mahsulotlarni eksportga chiqarishni kengaytirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish;
jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish;
2014-yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joy qurish hamda yangi qishloq mavzelarini zamonaviy ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari bilan ta’minlash dasturini bajarish;
2014-yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashga, shuningdek soliq bazasini va mintaqalarning moliyaviy salohiyatini kengaytirishga, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilayotgan qishloq mavzelarida muhandislik-kommunikatsiya va transport tarmoqlari, shuningdek ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishini tugallashni jadallashtirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 92 | 3,185 |
Qonunchilik | Seysmologiya sohasi maхsus jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 681-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
Jamgʻarma yuridik shaхs hisoblanmaydi, uning mablagʻlari Fanlar Akademiyasi M.T.Oʻrozboyev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.
Jamgʻarma quyidagi mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi:
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 67 | 1,025 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I. A. KARIMOVNING “O‘ZBEKISTON IQTISODIY SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA”GI AXBOROTI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi axborotini tinglab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar to‘la ma’qullansin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi axborotida bayon etilgan asosiy qoidalar hamda xulosalar qo‘llab-quvvatlansin va ular rahbarlik hamda ijro etish uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ilgari surgan bosh ustuvorliklar va vazifalarga asoslangan holda iqtisodiy islohotni izchil chuqurlashtirishga, xalq xo‘jaligini yanada barqarorlashtirishga, O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligiga erishishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirilishini ta’minlasinlar. | 142 | 1,185 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi axboroti haqida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida belgilangan vakolatlarga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Tasdiqlangan Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan 2012-yil yanvar – iyun oylarida demografik o‘zgarishlar va iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgartirishlarning mehnat bozoriga ta’siri inobatga olingan holda hududlarning va iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy salohiyatini yanada to‘liqroq ishga solish, aholining tadbirkorlik tashabbusini rag‘batlantirish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi muammolarni izchil hal qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu davr ichida 510,5 mingta ish o‘rni (prognoz ko‘rsatkichlarining 105,5 foizi), shu jumladan qishloq joylarda 345 mingta ish o‘rni tashkil etildi.
Kichik biznesni rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirish natijasida 244,6 mingta (101,3 foiz); kasanachilikni rivojlantirish natijasida 122,2 mingta (105 foiz); qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish natijasida 69,5 mingta (108,4 foiz); ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish natijasida 38,6 mingta (108,9 foiz); sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi dasturni, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya jihatidan qayta qurollantirish dasturlarini, Investitsiya dasturini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish hududiy dasturlarini, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida 28,9 mingta (113,6 foiz); vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash natijasida 6,8 mingta (109,4 foiz) ish o‘rni tashkil etildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hisobiga ish o‘rinlari tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari 2011-yilga qaraganda 1,4-marta ko‘p, umumiy summasi 2,9 trln so‘mga teng kreditlar ajratdi.
Ayni bir vaqtda ushbu davrda mamlakatimizning bir qator tumanlarida Dasturning prognoz parametrlari bajarilmadi. Masalan, prognoz parametrlari Andijon tumanida 95 foizga, Chortoq tumanida 96 foizga, Bog‘dod tumanida 95 foizga, Yangibozor tumanida 97,5 foizga bajarildi. Ayrim shaharlar va tumanlarda 2011-2012 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlarini bitirganlarni ishga joylashtirish to‘liq amalga oshirildi, deb bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi so‘zsiz bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya jihatidan qayta qurollantirish dasturlarini, Investitsiya dasturini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish hududiy dasturlarini, mintaqaviy investitsiya dasturlarini amalga oshirish vaqtida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholining bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;
zarurat taqozo etsa, mehnat va bandlik sohasida davlat kafolatlarini yanada mustahkamlash, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirish maqsadida tegishli qonun hujjatlariga yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash tavsiya qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
keyingi yillarga mo‘ljallab tayyorlanadigan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlariga doir qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish maqsadida 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi amalga oshirilishining monitoringini davom ettirsin va tanqidiy tahlilini ta’minlasin;
ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band bo‘lmaganlarni, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan toifalarini, birinchi navbatda, ko‘p bolali ayollarni, nogironlarni, ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya qilishga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining balansiga o‘tkazilgan vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishiga ko‘maklashsin.
5. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishini kengaytirish dasturlari doirasida yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, idoralarga qarashli ishlab turgan korxonalar va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining parametrlari to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
kasanachilikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlari tashkil etishga va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ish o‘rinlari tashkil etish borasidagi hududiy parametrlariga doir qismi bajarilishining borishini monitoring qilishni va har oyda ko‘rib chiqishni davom ettirsinlar;
ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish hududiy dasturlarini, qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini va pudratga asoslangan qurilish ishlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish doirasida ishchi kuchiga nisbatan talab va taklifning mutanosibligini, ayniqsa ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan mintaqalarda, qishloq joylarda bunday mutanosiblikni ta’minlagan holda mehnat bozorining hududiy tuzilmasini takomillashtirsinlar;
infratuzilma barpo etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi masalalariga alohida e’tibor qaratsinlar;
infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi dasturni, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni bajarish doirasida aholini infratuzilma loyihalarini hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga jalb etishni, shu jumladan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yo‘li bilan jalb etishni kengaytirsinlar;
ish bilan band bo‘lmagan aholini, shu jumladan aholining kam ta’minlangan toifalarini, birinchi navbatda, ko‘p bolali ayollar, nogironlar va ishsizlarni, bo‘shab qolgan xodimlarni, ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini, avvalo, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirishni yirik shaharlar va tumanlarda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazish, muntazam amal qilib turuvchi “korxona-kollej” aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali ta’minlasinlar;
o‘z sa’y-harakatlarini mehnat qilish borasidagi tenglikni va ishning erkin tanlanishini, tashkil etilayotgan ish o‘rinlarining saqlanishi va barqarorligini ta’minlashga qaratsinlar;
tegishli hududlarda 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parametrlarining sifatli, o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlab, ularni atroflicha tahlil etsinlar hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda jalb etsinlar;
2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishiga ko‘maklashish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ro‘yobga chiqarish ustidan nazoratni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining faol ishtirok etishini ta’minlasinlar.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 210 | 10,104 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-660-sonli O‘zbekiston Respublik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 25-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-660-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 812 |
Qonunchilik | Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida:
1. Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligining:
a) “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlash;
b) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yicha ilmiy muassasaga aylantirish;
v) quyidagilarni:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlarini (keyingi o‘rinlarda — Madaniy meros texnikumlari) tashkil etish;
Samarqand turizm va servis texnikumini Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hamda Buxoro turizm texnikumini Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi deb qayta nomlash;
Turizmni rivojlantirish instituti, Madaniy meros texnikumlari, Andijon, Zomin va Bo‘stonliq turizm va servis kollejlari hamda Toshkent turizm va biznes kollejini Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga o‘tkazish;
g) Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish;
d) Universitetni Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yo‘nalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilash;
e) “Ipak yo‘li” davlatlari tarixi, san’ati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida:
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti;
“Ipak yo‘li” muzeyi;
“Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi;
“Ipak yo‘li” san’at galereyasi;
Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Universitetning Vasiylik kengashiga:
Turizmni rivojlantirish instituti, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazining tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash;
Turizmni rivojlantirish instituti, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha oylik ustamalar belgilash;
Universitet bosh menejeri va rektorining vazifa hamda funksiyalarini tasdiqlash huquqi beriladi;
b) har yili Universitetga Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun 85 ta o‘rin ajratiladi.
Samarqand viloyati hokimligi Universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari va izlanuvchilari uchun xizmat turar joyi sifatida 20 ta uy-joy ajratib berilishini ta’minlasin.
4. Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda:
a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qarashli, Samarqand shahri, Maxmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 85/a-uy manzilida joylashgan, o‘quv jarayonida foydalanilmayotgan binoni “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasiga;
Samarqand viloyati hokimligiga qarashli, Samarqand shahri, Nodirabegim ko‘chasi, 4a-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosini Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga;
b) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq kinoteatr binosini “Ipak yo‘li” san’at galereyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Kinematografiya agentligi bir oy muddatda mazkur bandda keltirilgan bino va inshootlarni bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash va ularning ta’lim olishini tashkil etish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2022 — 2026-yillarda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy qilinadi;
Dastur doirasida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olishga yuborish “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida o‘qitiladi;
Dastur doirasida xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Turizm va sport vazirligining yo‘llanmasi asosida ta’lim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda ta’lim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.
6. Belgilansinki:
a) Madaniy meros texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) Turizmni rivojlantirish instituti faoliyatini moliyalashtirish:
binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari;
Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
v) “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
g) Universitetning Toshkent filiali faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Turizm va sport vazirligi:
Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitet kutubxonasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutining laboratoriyasini zamonaviy uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar Universitet huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent filiali hamda mazkur qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga berilayotgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
8. Moliya vazirligi:
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi, Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi, Universitetning Toshkent filiali va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutini saqlash xarajatlari uchun 2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini;
2022-yildan 2026-yilga qadar har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasiga Dastur doirasida nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi:
Universitet professor-o‘qituvchilari, Turizmni rivojlantirish instituti xodimlarining yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etishda, shuningdek, ilg‘or xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishda Turizm va sport vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatsin;
Turizm va sport vazirligining buyurtmanomasiga ko‘ra Universitet, Madaniy meros texnikumlari va Turizmni rivojlantirish institutining ilmiy va o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, professor-o‘qituvchilarga va ilmiy xodimlarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. Turizm va sport vazirligi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasini o‘rganib, kadrlar buyurtmachisi bo‘lgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar Madaniy meros texnikumlari hamda turizm va servis kollejlariga xorijiy hamkor tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilinishi va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.O‘. Akkulov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarorida:
a) 3-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “turizm” so‘zlaridan keyin “va madaniy meros” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 8-bandning “g” kichik bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 10, 17 va 20-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 12-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.”;
i) 1 va 2-ilovalarning nomlanishidagi “turizm” so‘zlaridan keyin “va madaniy meros” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
k) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 154 | 16,475 |
Qonunchilik | Chegara “yopildi”: jismoniy shaхslarga teхnika va idishlarni faqat yarim yilda bir marta bepul olib kirishga ruхsat berildi | 2018 yil 17 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarning 21 turini davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojsiz olib kirish davriyligini keskin oshirdi (VMning 16.10.2018 yildagi 828-son qarori). Oʻzgartirishlar Olib oʻtishning miqdor normalariga kiritildi (VMning 22.06.2018 yildagi 463-son qaroriga ilova).
Eslatib oʻtamiz, biz hujjatning jamoatchilik muhokamasi bosqichida uning sharhini batafsil tushuntirishlar bilan tayyorlagan edik. Qabul qilingan versiyasi loyihadan mazmunan farq qilmaydi.
Qisqacha qayd etib oʻtamizki, ilgari fuqarolar bir oyda bir marta chegaradosh mamlakatlar bilan chegara orqali maishiy va kompyuter teхnikasidan bittadan hamda oshхona idishlari toʻplamidan bittadan, boshqa tovarlarni (har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy ogʻirlik 10 kg dan oshmasligi kerak) esa – bir sutkada bir marta bojхona toʻlovlarini toʻlamasdan olib kirishlari mumkin edi. Koʻrsatilgan sanadan boshlab teхnika va idishlar avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali хuddi shunday shartlarda erkin oʻtkaziladi, faqat 6 oyda bir marta, boshqa tovarlar esa – bir oyda bir marta.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 123 | 1,437 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga Vatanga sadoqatli, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari;
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;
o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun vazirliklar tomonidan qabul komissiyalarini va yo‘nalishlar bo‘yicha kichik komissiyalarni tashkil etish tartibi;
o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlariga topshiradigan hujjatlar, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadigan hujjatlar ro‘yxati;
o‘qishga qabul qilishda harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati;
kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish asoslari va ularni qayta tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlarni (keyingi o‘rinlarda — nomzodlar) O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — OHTM) o‘qishga saralab olish va qabul qilish hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom:
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibiga;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish hamda mazkur universitet kursantlari (talabalari) va tinglovchilarini o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
nomzodlar — OHTMga o‘qishga kirish uchun saralab olish tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (oliy ma’lumotga ega shaxslar bundan mustasno), muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi;
harbiy-professional yo‘naltirish — yoshlarning shaxsiy qiziqishlariga, qobiliyatlariga muvofiq va turli mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy kadrlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda, harbiy kasbni ongli-asosli tanlashiga ko‘maklashish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan faoliyat;
dastlabki saralab olish — OHTMga o‘qishga kirishga qaror qilgan nomzodlarning tegishli ma’lumotlarini, ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish darajasini, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni to‘plash hamda o‘rganish;
qabul komissiyasi — OHTMga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan, nomzodlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida har yili tuziladigan komissiya;
test sinovlari — OHTMning ta’lim yo‘nalishlari o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, nomzodlarning umumta’lim o‘quv dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan o‘tkaziladigan tadbir.
3. Kursantlarga o‘qishini bir vazirlik va idoralar OHTMdan boshqa vazirlik va idoralar OHTMga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Kursantlar o‘qishini bitta vazirlik va idoraga bo‘ysunuvchi OHTMdan ushbu vazirlik va idora tasarrufidagi boshqa OHTMga ko‘chirish tartibi mazkur vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilanadi.
4. OHTMga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan butlash rejasiga muvofiq qabul qilinadi.
5. OHTMda o‘qishga saralab olish va qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — mas’ul vazirliklar) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan saralab olish tadbirlari kompleksiga asosan amalga oshiriladi.
6. OHTM kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
harbiy-professional yo‘naltirish;
dastlabki saralab olish;
test sinovlari.
7. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
8. OHTMga tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida qabul qilinadi.
Nomzodlar uch til — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tilidan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradilar.
9. OHTMga o‘qishga kirish uchun nomzodlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
10. OHTMga o‘qishga kirishdan oldin (dastlabki saralab olish davrida) nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) mazkur muassasalar rahbariyati tomonidan ular o‘qishni tamomlagandan so‘ng tuzilgan kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan, kontrakt shartlarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan, shuningdek, bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan hollarda harbiy xizmatchini o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini qoplab berishi (moddiy javobgarlik) to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
11. OHTMga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish uchun mas’ul vazirliklar tomonidan OHTM qabul komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tashkil etiladi.
12. Qabul komissiyasiga OHTMning boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga mas’ul vazirliklarning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari kiritiladi.
Qabul komissiyasining tarkibi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi mas’ul vazirliklarning ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar amalga oshiradi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasining ishini tashkil etadi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi.
14. Qabul yilining 1-apreligacha qabul komissiyasi tarkibida quyidagi yo‘nalishlar kesimida kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha kichik komissiya.
15. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlariga mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti (keyingi o‘rinlarda — Aloqa harbiy instituti) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Harbiy tibbiyot akademiyasi) o‘qishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini, oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining to‘rtinchi bosqichini tamomlagan talabalar (keyingi o‘rinlarda — talabalar) tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari nomiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga ikki kun muddatda yuboriladi.
16. OHTMga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 31-martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
17. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza (bildirgi);
chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).
Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
18. OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar — harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyidagi kadr (saf) bo‘linmasiga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
OHTMga o‘qishga kirishga tavsiyanomalar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — tegishli mas’ul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qismning (muassasaning) attestatsiya komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma);
tegishli mas’ul vazirliklarning hududiy organi yoki harbiy qism (muassasa) tomonidan berilgan tavsiyanoma.
19. Mazkur Nizom 15-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talabalar tomonidan oliy ta’lim muassasalari joylashgan hududdagi mudofaa ishlari bo‘limlariga ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tegishli bosqichda o‘qiyotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
reyting daftarchasi nusxasi.
20. Ofitser kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlash ko‘nikmasini shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam berish harbiy-professional yo‘naltirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
21. Quyidagilar harbiy-professional yo‘naltirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ofitserlar xizmatining ijtimoiy mazmuni va o‘ziga xosligini ochib berish, shu asosda yoshlarning ofitser — Vatan himoyachisi kasbining yuksak mas’uliyatini to‘g‘ri tushunishi va anglashiga erishish;
OHTMga kirishga qaror qilgan fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilarga ularning iste’dodi, qobiliyatlarini va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda harbiy mutaxassislikni tanlashda yordam berish;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning ma’naviy va axloqiy fazilatlariga, psixologik xususiyatlariga, umumjismoniy va umumta’lim tayyorgarlik darajasiga, sog‘lig‘iga qo‘yiladigan talablarni tushuntirish;
OHTMga o‘qishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama barkamol, tayyorgarlik ko‘rgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etish.
22. Harbiy-professional yo‘naltirish OHTMga o‘qishga kirgunga qadar yil davomida o‘tkaziladi va ushbu bosqichda:
o‘quvchi yoshlarning faxriylar, mas’ul vazirliklarning hududiy organlari, harbiy qism (muassasa) hamda OHTMning vakillari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Bunda ularga ofitser kasbi, OHTMga tayyorgarlik ko‘rish va kirish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi;
mas’ul vazirliklarning hududiy organlari, mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlarda (muassasalarda) OHTMga qabul qilish tartibi, o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi axborot-ma’lumotlar burchaklari tashkil etiladi.
23. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash harbiy-professional yo‘naltirishning asosi hisoblanadi. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash doirasida ma’ruzalar o‘qiladi, suhbatlar o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi va davlat muzeylariga, harbiy qismlarga (muassasalarga), OHTMga ekskursiyalar uyushtiriladi hamda yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etish va rivojlantirish tarixi hamda OHTM bilan tanishtirishni nazarda tutuvchi boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
24. Nomzodlarda harbiy xizmatga qiziqishni shakllantirish va ofitser kasbi to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish ishlari tegishli ta’lim muassasalari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda, yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash o‘qituvchilarini faol jalb etgan holda mas’ul vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi.
25. Yoshlarni harbiy-professional yo‘naltirish doirasida ularga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, harbiy kasbni tanlashda bevosita yordam ko‘rsatiladi.
Kasbga doir maslahatlar ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash o‘qituvchilari tomonidan beriladi, tayyorlash jarayonida nomzodlarning shaxsiy fazilatlariga, qobiliyatlariga va OHTMda o‘qishga ma’naviy-psixologik tayyorgarlik darajasi baholanadi.
Maslahatlar berish jarayonida nomzodlarning xohish-istaklari va qobiliyatlari chuqur o‘rganiladi, ularning OHTMga kiruvchi shaxslarga qo‘yiladigan talablarga moslik darajasi aniqlanadi.
26. Harbiy xizmatchilarni OHTMga o‘qishga kirishga tayyorlash mas’ul vazirliklar hududiy organlarining boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) rahbarligida o‘tkaziladi.
27. Mas’ul vazirliklar joylarda harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini, OHTMning rasmiy veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilab turilishini nazorat qiladi hamda tegishli OHTMdagi ta’lim jarayoni, ularga kirish shartlari haqida ma’lumot berish maqsadida nashr etilgan bukletlar va plakatlar hududiy organlar hamda harbiy qismlarga (muassasalarga) yetkazilishini tashkil etadi.
28. OHTMga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
OHTMdagi hayot, turmush va o‘qishning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida plakat, buklet, film va videoroliklar shaklidagi axborot materiallarini tayyorlash hamda mas’ul vazirliklarning hududiy organlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) tarqatish;
respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida OHTM vakillarining chiqishlarini tashkil etish, OHTM to‘g‘risidagi filmlarni namoyish etish, ma’ruzalar va ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish;
harbiy stajirovkalar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ta’tillar davrida OHTMdagi doimiy va o‘zgarib turuvchi tarkibning harbiy xizmatchilar va fuqaro yoshlar bilan uchrashuvlari va suhbatlarini o‘tkazish.
29. Harbiy qismlarga (muassasalarga) harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
ma’naviyat va ma’rifat markazlari, madaniyat markazlarida OHTMdagi hayot, OHTMga qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarida (qo‘shin turlarida) ofitserlar tarkibining harbiy xizmati xususiyati va o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali, o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi ta’lim jarayoni to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilish, shuningdek, faxriylar va OHTMning vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
harbiy xizmatchilar bilan ofitser kasbi to‘g‘risida yakka tartibda tushuntirish suhbatlari o‘tkazish;
harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilish;
OHTM bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yish.
30. Mas’ul vazirliklarning hududiy organlari hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari va o‘qituvchilari zimmasiga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
fuqaro yoshlar orasidan OHTMga nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkil etish, ularni ofitserlar tarkibiga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish;
joylardagi ta’lim muassasalarining a’lochi bitiruvchilari bilan yig‘inlar, shuningdek, maqsadli targ‘ibot ishlarini tashkil etish;
OHTMda o‘qish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni fuqaro yoshlarga yetkazish;
hokimliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalari o‘qituvchilari bilan harbiy-professional yo‘naltirish masalalari bo‘yicha har yilgi o‘quv-metodik yig‘inlar o‘tkazish;
harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni olib borishda ta’lim muassasalarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash o‘qituvchilariga yordam berish, ta’lim muassasalarini ofitserlik kasblariga bag‘ishlangan stendlar bilan jihozlash;
mas’ul vazirliklarning hududiy organlarida OHTMdagi hayotni aks ettiruvchi ko‘rgazma materiallarini, qabul qilish shartlari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga OHTMga kirishda beriladigan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarida (qo‘shin turlarida) ofitserlar tarkibida harbiy xizmatni o‘tashning xususiyati va o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi o‘quv-maslahat burchaklarini tashkil etish;
o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida (tashkilotlarida) fuqaro yoshlarni harbiy-professional yo‘naltirish tadbirlarida mudofaa ishlari bo‘limlari vakillarining bevosita ishtirokini ta’minlash;
hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari, jamoat tashkilotlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan harbiy-professional yo‘naltirish bo‘yicha mustahkam o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
fuqaro yoshlarning ma’naviyat va ma’rifat markazlariga, joylardagi tarixiy, harbiy-vatanparvarlik muzeylariga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Davlat muzeyiga, harbiy qismlar va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserlar tarkibining harbiy xizmati, OHTMdagi hayot to‘g‘risidagi filmlarni namoyish qilish;
harbiy mutaxassislikni ongli ravishda tanlashda yoshlarga yordam berish.
31. Respublikaning muhandislik-texnik yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va oliy tibbiy ta’lim muassasalari rektorlariga harbiy-professional yo‘naltirish sohasida quyidagi vazifalar yuklanadi:
talabalar orasidan OHTMga nomzodlarni tanlash va ofitserlik kasbining sharafli ekanligini targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-maslahat burchaklari tashkil etish va harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga beriladigan imtiyozlar, harbiy xizmatning shartlari va o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmali tashviqot materiallarini joylashtirish;
muntazam ravishda OHTMga ekskursiyalar uyushtirish, OHTM kursantlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida davra suhbatlari, tanlovlar tashkil etish, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
32. Sog‘lig‘i, umumjismoniy tayyorgarligi va individual psixologik xususiyatlariga muvofiq harbiy ixtisoslikning zamonaviy talablariga javob beradigan, g‘oyaviy-ma’naviy barqaror, mustahkam intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash dastlabki saralab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
33. Quyidagilar dastlabki saralab olishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
nomzodlarga tegishli hujjatlarni va ularni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
nomzodlar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
nomzodlarning sog‘lig‘ini va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini har tomonlama, xolisona baholash;
OHTMga kiruvchi nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
34. Dastlabki saralab olish:
fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — yashash joyidagi (oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi) mudofaa ishlari bo‘limlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlarida;
harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni o‘tash joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda) va mas’ul vazirliklarning hududiy organlarida o‘tkaziladi.
35. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Saralab olish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida individual-psixologik o‘rganish va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash jarayonlari videoyozuvga tushiriladi.
36. Dastlabki saralab olish tadbirlari quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
a) birinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) uchun — mudofaa ishlari bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun — xizmatni o‘tash joyida 1-fevraldan 10-aprelga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (talabalar, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylari bitiruvchilari, harbiy xizmatchilar bundan mustasno);
b) ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar (talabalar) va harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
individual-psixologik o‘rganish;
umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga kirish istagini bildirgan nomzodlar bilan uchuvchilar tarkibining o‘ziga xos talablaridan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha ravishda ularning ingliz va rus tilini bilish darajasi bo‘yicha mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq tekshirish o‘tkaziladi.
Dastlabki saralab olish tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlar soni cheklanmaydi.
37. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish natijalarni tahlil qilish, nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini baholash usuli bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ishbilarmonlik fazilatlarini aniqlashda:
nomzodlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va axloqqa nisbatan murosasizlik zarurligini anglash;
burchni his etish, qat’iyatlilik, ishchanlik, mehnatsevarlik va to‘g‘rilik;
jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashish;
nomzodlar tomonidan xizmat (mehnat) faoliyatida, o‘qishda va yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlashda erishilgan natijalar hisobga olinadi.
Bundan tashqari, ofitser bo‘lish xohishining ongli qabul qilinganligi, asoslanganligiga va buning uchun zarur fazilatlar mavjudligiga asosiy e’tibor beriladi.
38. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki saralab olish tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (10-aprelgacha (shu kuni ham)) amalga oshiriladi.
39. Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitserlik kasbini tanlashning sabablari, asoslarini aniqlash, ta’lim muassasasidagi o‘zlashtirish va xorijiy tilni egallaganlik darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbat davomida OHTMga kiruvchilarga qo‘yiladigan talablar, beriladigan imtiyozlar va boshqa masalalar nomzodlarga yetkaziladi. Nomzodlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar aniqlanadi.
40. Tegishli shakl bo‘yicha (davlat siri hisoblangan ma’lumotlar bilan ishlashga) ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar qabul yilining 20-iyunigacha rasmiylashtiriladi.
41. Yakka tartibdagi suhbat:
fuqaro yoshlar (talabalar) bilan — mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari;
harbiy xizmatchilar bilan — mas’ul vazirliklarning hududiy organlari boshliqlari, harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) tomonidan o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi.
42. Nomzodlarning birlamchi tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nomzodlarning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
43. Individual-psixologik o‘rganish qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan nomzodlarni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
Individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tegishli mutaxassis-psixologlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
44. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
OHTMga kirish uchun tavsiya etiladi;
OHTMga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha OHTMga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
45. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan metodikaga muvofiq 11-apreldan 31-maygacha (shu kuni ham) o‘tkaziladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan o‘tmagan nomzodlar dastlabki saralab olishning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
46. Nomzodlarning yakuniy tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha nomzodning OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
47. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmalari va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 25-iyunga qadar OHTM qabul komissiyasiga yuboriladi.
48. Saralab olish tadbirlari natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrug‘i bilan kichik komissiyalar ishida qatnashmagan besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda shakllantiriladigan apellatsiya komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
Shikoyatlar apellatsiya komissiyasiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. Apellatsiya komissiyasi shikoyatlarni ular tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida, murojaat qilgan nomzodlar xohishiga ko‘ra — ularning ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, yakka tartibda suhbatlashish, individual-psixologik o‘rganish va umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash tadbirlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va to‘g‘ri baholanganligi o‘rganiladi hamda uning natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish to‘g‘risida;
natijalarni o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Tegishli qaror darhol nomzodlarga yetkaziladi.
Apellatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Apellatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
49. Birlamchi yoki yakuniy tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha chiqarilgan xulosadan norozi bo‘lgan nomzodlar sudga shikoyat qilishi mumkin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va OHTMga o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ajratilgan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvota asosida OHTMga kursantlarning umumiy qabul soni doirasida o‘qishga kirish huquqiga ega;
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador bo‘lishi natijasida nogiron bo‘lib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari OHTMga tanlovsiz qabul qilinadilar.
52. “Ilg‘or serjant” nominatsiyasida respublika turining g‘oliblari bo‘lgan serjantlar OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson xizmat qilgan serjantlarga ijobiy tavsifnomalar, qo‘mondonlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yutuqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, OHTMga o‘qishga qabul qilishda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi beriladi.
531. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida ball shaklida imtiyoz beriladi.
532. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga OHTMga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan shaxslar uch yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani bo‘yicha sertifikat asosida OHTMga test sinovlarida imtiyoz sifatida maksimal ball to‘plagan hisoblanadi.
Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan OHTMga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq OHTMga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi.
56. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari OHTMga belgilangan qabul kvotasidan tashqari test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq:
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan tegishli yo‘nalish bo‘yicha va belgilangan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.
58. Nomzodlar bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 50 — 57-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarning ikki va undan ko‘piga ega bo‘lgan hollarda, eng yuqori natija beruvchi imtiyoz qo‘llaniladi.
59. OHTM qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyunigacha bo‘lgan muddatda test sinovlarisiz OHTMga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘qish yo‘nalishi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda, Davlat test markaziga taqdim etiladi yoki Davlat test markazi tomonidan belgilangan elektron platformaga kiritiladi.
60. Chet tilini bilish bo‘yicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball qo‘yiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal ballga mutanosib ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi topshirmaydi.
62. Nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
63. OHTMga test sinovlari o‘tkazish mazkur Nizomning 64 — 71-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi asosida o‘tkaziladi.
64. OHTMda test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, har yili iyul-avgust oylarida nomzodlar tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.
65. Qabul komissiyasi OHTMga o‘qishga kirish uchun murojaat qilgan va dastlabki saralab olish bosqichida natijasi ijobiy baholangan, saralab olishda ishtirok etuvchi nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni qabul yilining 10-iyuliga qadar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritadi, nomzodlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishlarini hamda test sinovlarida qatnashishlarini ta’minlaydi.
66. Nomzodlarga OHTMga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
67. Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.
68. Davlat test markazi test sinovlari to‘liq yakunlangan kunning ertasiga OHTMga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlar natijalarini qabul komissiyasiga taqdim etadi, o‘z navbatida, qabul komissiyasi OHTMga saralab olish tadbirlarini o‘tkazadi, o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni ikki kun muddatda Davlat test markaziga taqdim etadi.
OHTMga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etmaydi.
OHTMga o‘qishga tavsiya etilmagan nomzodlar respublika oliy ta’lim muassasalariga tanlangan yo‘nalishlar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlovda ishtirok etadilar.
69. Test sinovlari topshiriqlari umumta’lim fanlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi.
70. OHTMning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari mas’ul vazirliklar tomonidan Davlat test markazi bilan birgalikda belgilanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlariga test sinovlari bo‘lib o‘tishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi.
71. O‘qishni Harbiy tibbiyot akademiyasida hamda Aloqa harbiy institutida davom ettirish istagini bildirgan talabalar tegishli ravishda ta’lim yo‘nalishidagi 5 ta fandan iborat majmua bo‘yicha test sinovini topshiradi. Fanlar majmuasi Harbiy tibbiyot akademiyasi hamda Aloqa harbiy instituti tomonidan har yili fevral oyi yakuniga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan fanlar majmuasi va fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari test topshiriqlarini shakllantirish uchun Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Test topshiriqlari Harbiy tibbiyot akademiyasi hamda Aloqa harbiy instituti tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan Davlat test markazida tuziladi va ekspertizadan o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari kitobidagi har bir fan 20 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi.
72. OHTMga nomzodlar o‘quv yili uchun OHTMni butlash rejasiga qat’iy rioya qilgan holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar uchun OHTMga belgilangan qabul kvotadan tashqari o‘qishga kirish huquqi beriladi.
73. Nomzodlar OHTMga Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalari asosida o‘qishga qabul qilinadi.
74. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda, OHTM qabul komissiyasi ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha saralab olishning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
75. OHTM qabul komissiyasi test sinovlari natijalari e’lon qilingandan keyin besh kunlik muddatda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
76. OHTMga o‘qishga qabul qilish jarayonida Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadilar.
77. OHTM qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni OHTMga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
78. OHTMga o‘qishga kirmagan nomzodlar shaxsiy hujjatlarining yig‘majildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida tegishli mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy qismlarga (muassasalarga) qaytarib yuboriladi.
79. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar tegishli OHTMda saqlanadi.
80. Kursant OHTMdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan);
b) belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) sababli;
v) intizomsizligi sababli (shu jumladan, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan);
g) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli o‘qishni davom ettirish imkoni yo‘qligi sababli;
d) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
e) o‘z xohishiga ko‘ra.
81. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kursantlar harbiy-tibbiy komissiyaning OHTMda tahsil olishga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi xulosasiga asosan OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
Harbiy-tibbiy komissiya xulosalariga asosan Harbiy tibbiyot akademiyasi va Aloqa harbiy institutida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantlar OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqariladilar va dastlab o‘qishga kirgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni davom ettirish uchun yuboriladilar.
82. Harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi OHTMga kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida tahsil olishga yaroqsiz deb topilgan kursantning bo‘linma komandiri o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan hujjatlarni OHTM boshlig‘iga taqdim etadi.
83. Bir yoki bir nechta fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan (yakuniy nazoratga qo‘yilmagan) va akademik qarzdorligini belgilangan muddatlarda bartaraf etmagan, bir yoki bir nechta fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatsiz topshirgan kursantlar fanlarni o‘zlashtirmaganligi sababli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
84. Topshirilgan yakuniy nazoratlar natijalari, o‘quv semestri yoki yili yakunlari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirmagan deb topilgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirishga doir rasmiylashtirilgan taqdimnoma bo‘linma komandiri tomonidan uch kun muddatda OHTM o‘quv bo‘limi bilan muvofiqlashtirilgan holda OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni akademik qarzdorligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish masalasi besh kun muddat ichida OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida chetlashtirishga doir taqdim etilgan materiallar, fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat qaydnomalariga asoslangan tarzda, fanlarni o‘zlashtirmagan kursant ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni fanlarni o‘zlashtirmaganligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish yuzasidan qaror qabul qilingan taqdirda, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ushbu qaror va OHTM Ilmiy kengashining bayonnomasidan ko‘chirma, fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat qaydnomalari va shu kabi boshqa materiallar bir kun ichida mas’ul vazirliklar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
85. Kontrakt shartlarini bajarmagan, harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgan, harbiy intizomni tizimli ravishda qo‘pol buzib kelgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kursantlar intizomsizligi tufayli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladilar.
Agar kursantga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmasdan, oldin jinoiy ish to‘xtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, uni OHTMdan chetlashtirish yoki OHTMda qoldirish to‘g‘risidagi qaror OHTM Ilmiy kengashining qarorini hisobga olgan holda OHTM boshlig‘i tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda qabul qilinadi.
86. O‘quv bo‘linmasi komandiri OHTM boshlig‘iga kursant sodir etgan nojo‘ya xatti-harakatlar, tartibbuzarliklar haqida qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha bir kun ichida bildiruv beradi.
OHTM boshlig‘i o‘quv bo‘linmasi komandirining bildiruvini olishi bilan ushbu holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilishini tashkil etadi. Xizmat surishtiruvini o‘tkazish vazifasi OHTMning tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxslaridan biriga topshiriladi. Xizmat surishtiruvining natijalari uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etiladi.
Kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida xizmat surishtiruvi materiallariga asoslangan holda, kursant ishtirokida besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kursantni intizomsizligi uchun OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga qaror qilingan bo‘lsa, OHTM Ilmiy kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan ko‘chirma va xizmat surishtiruvi materiallarining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
87. Kursantlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan asosli sabablar (oilaviy sharoitlariga ko‘ra, ya’ni yaqin qarindoshlarining og‘ir kasallikka chalinganligi, oilasi tabiiy ofatga duchor bo‘lganligi, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotganligi yoki maxfiy hujjatlar (ma’lumotlar) bilan ishlash (foydalanish) huquqidan mahrum qilinganligi va boshqalar) tufayli o‘qishni davom ettirishning imkoni yo‘qligi bois OHTMdan o‘qishdan chetlashtiriladi.
Vaziyatni tasdiqlovchi materiallar olingandan so‘ng bir kun ichida o‘quv bo‘linmasi komandiri kursantni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘qishni davom ettirishning imkoni yo‘qligi bois OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida o‘qishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
88. Sud qaroriga ko‘ra OHTMga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan dastlabki saralab olish va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan kursant kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi sababli OHTMda o‘qishdan chetlashtiriladi.
89. Kursantga nisbatan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi bo‘yicha sud qarori kelib tushganda, o‘quv bo‘linmasi komandiri qonuniy kuchga kirgan sud qarori va kursantni tavsiflovchi hujjatlarni uch kun ichida OHTM Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
Kursantni sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi uchun OHTMda o‘qishdan chetlashtirish masalasi OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida kursant ishtirokida besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bir kun ichida bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va qonuniy kuchga kirgan sud qarorining nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
90. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra OHTMda o‘qishni davom ettirishni xohlamagan kursantlar o‘z xohishiga ko‘ra OHTMdan o‘qishdan chetlashtiriladilar.
OHTMda o‘qishni davom ettirishni xohlamagan kursant sabablarini ko‘rsatgan holda, o‘z xohishiga ko‘ra uni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishni so‘rab, OHTM boshlig‘iga qo‘mondonlik pog‘onasi bo‘yicha bildiruv beradi. Kursant tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida bildirgi yozilgandan so‘ng o‘quv bo‘linmasi komandiri bir kun ichida kursantni o‘z xohishiga ko‘ra OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasini OHTM Ilmiy kengashining muhokamasiga kiritadi.
Kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirish masalasi taqdim etilgan tegishli materiallarga asoslangan holda, OHTM Ilmiy kengashining yig‘ilishida o‘qishdan chetlashtirilayotgan kursant ishtirokida besh kun ichida muhokama etiladi.
OHTM Ilmiy kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. OHTM Ilmiy kengashining qaroridan ko‘chirma va kursantni OHTMdan o‘qishdan chetlashtirishga doir materiallarning nusxasi bir kun ichida tegishli vazirliklar va idoralar markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlariga yuboriladi.
91. OHTM kursantlarini o‘qishdan chetlashtirish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
quyi bosqichlarda — OHTM boshlig‘ining buyrug‘i bilan tegishli vazirlik rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosari bilan kelishilgan holda;
bitiruv bosqichida — tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining buyrug‘i bilan.
92. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan, o‘qishning ikkinchi yili boshlanmasdan OHTMdan chetlashtirilgan, o‘qishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy qismlarga jo‘natiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qo‘yish uchun yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi.
Chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursant OHTM kursantlari ro‘yxatidan chetlashtirish to‘g‘risida OHTM boshlig‘ining buyrug‘i chiqarilgandan keyin uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining tegishli farmoyishiga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy qismga yuboriladi.
93. OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantlar (intizomsizligi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatning oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub lavozimlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashlari mumkin.
OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan, o‘z xizmatini davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (intizomsizligi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi sababli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat o‘tash uchun yuborilishlari mumkin.
94. Kursant o‘qishdan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari bir kun ichida harbiy hisobda turish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga jo‘natiladi.
95. OHTMdan chetlashtirilgan kursantlarni haqiqiy harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan ko‘rib chiqiladi.
96. Bitiruv bosqichida tahsil olayotgan kursantni OHTMda o‘qishdan chetlashtirish tegishli vazirlik va idora markaziy apparatining OHTM bilan ishlash organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida o‘rganib chiqiladi:
kursantni OHTMdan chetlashtirish bo‘yicha OHTM boshlig‘ining tavsiyanomasi;
OHTM boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan OHTM Ilmiy kengashining qarori;
OHTM Ilmiy kengashi yig‘ilishining bayonnomasidan ko‘chirma. Bayonnomada OHTMda o‘qishdan chetlatilayotgan kursantning to‘liq biografik ma’lumoti (tug‘ilgan joyi va sanasi, millati, oilaviy ahvoli, haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan joyi, muddatli harbiy xizmatni o‘tagani va unga harbiy qism komandirining tavsiyanomasi berilgan yoki berilmagani haqida ma’lumot, qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotganligi, ota-onasining yashash manzillari, ularning qayerda va kim bo‘lib ishlashi to‘g‘risida ma’lumot), kursantni o‘qishdan chetlatish uchun asos bo‘layotgan holatlar ko‘rsatiladi;
kursantni o‘qishdan chetlatish uchun asos bo‘layotgan holatlar bo‘yicha boshqa hujjatlar nusxalari (kursantlar vzvodi komandirining batalon komandiri va OHTM boshlig‘ining o‘quv ishlari (o‘quv va ilmiy ishlar) bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tavsiya qilingan bildirgisi, kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma, akademik qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, xizmat tavsifnomasi, xizmat varaqasidan ko‘chirma, kursantning o‘qishni xohlamasligi to‘g‘risida yozgan bildiruvi (o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilayotgan hollarda), xizmat surishtiruvi materiallari, sud hukmi va qarorlaridan nusxa va boshqalar).
O‘rganish natijasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasi tayyorlanadi va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolangandan so‘ng uning ko‘chirmasi ijro etish uchun uch kun ichida OHTMga, harbiy hisobga qo‘yish uchun tegishli mudofaa ishlari boshqarmasiga (bo‘limiga) yoxud xizmatni davom ettirishi uchun yo‘llangan harbiy qismga yuboriladi.
97. OHTM boshlig‘i tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining kursantni OHTM ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan uch kun ichida ushbu kursant bilan tuzilgan shartnomani bekor qiladi, harbiy xizmatchini (harbiy xizmatga majbur shaxsni) ta’minotning barcha turlaridan ozod qiladi, OHTM shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqaradi va xizmatini davom ettirish uchun tayinlangan harbiy qismga (harbiy hisobga qo‘yish uchun turar joyidagi mudofaa ishlari bo‘limiga) yuboradi. Shuningdek, OHTM kursantlari ro‘yxatidan chiqarilgan kursantning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi bilan birga akademik ma’lumotnoma va OHTM Ilmiy kengashi bayonnomasining ko‘chirmalari ham yo‘llanadi.
98. Kursantlar o‘qishini qayta tiklashga mazkur Nizomning 80-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan asoslar (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtira olmaganliklari va o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli o‘qishni davom ettirish imkoni yo‘qligi tufayli) bilan o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlarga ruxsat beriladi.
OHTM kursantlarini o‘qishga qayta tiklash mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichning ikkinchi semestri va undan yuqori bosqichlarda tahsil olish davomida OHTMda o‘qishdan chetlashtirilgan shaxslar (intizomsizligi, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli va o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilgan sobiq kursantlardan tashqari) o‘zlari tahsil olgan OHTMga tegishli o‘quv semestri boshlangunga qadar ro‘yxatdan chiqarilgandan so‘ng olti oydan kam bo‘lmagan va uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan muddat ichida harbiy qism komandirining tavsiyasiga ko‘ra qo‘shinlar safida benuqson xizmat o‘taganlik sharti bilan (harbiy hisobga kiritilgan joydagi mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarida vijdonan mehnat qilganlik sharti bilan), shaxsan yozgan ariza (bildirgi)siga asosan o‘qishga qayta tiklanishi mumkin.
99. Birinchi bosqichning birinchi semestrida tahsil olish davomida (birinchi semestr yakuni bo‘yicha imtihon sessiyasini to‘liq topshirmagan holda) OHTMda o‘qishdan chetlashtirilgan kursantlar o‘qishga qayta tiklanmaydi. Ular o‘qishga faqat umumiy qoidalarga asosan qabul qilinishi mumkin.
100. Kursantlar o‘qishini qayta tiklash kursantlar safidan chetlashtirilganiga olti oydan uch yilgacha bo‘lgan muddatda, tegishli vazirlik va idora rahbarining ta’lim sohasi uchun mas’ul o‘rinbosarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
101. Quyidagi holatlar kursantning qayta tiklash haqidagi ariza (bildirgi)siga rad javobi berish uchun asos bo‘ladi:
kursantning intizomsizligi, sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgan deb topilganligi tufayli yoki o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganda;
kursant birinchi bosqichning birinchi semestrida (birinchi semestr tugallanmagan holatda) o‘qishdan chetlashtirilganda;
o‘qishdan chetlashtirilgan kursant ro‘yxatdan chiqarilgan sanadan o‘qishga qayta tiklash so‘ralayotgan tegishli o‘quv semestri boshlangunga qadar olti oydan kam yoki uch yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga OHTM kursanti lavozimida harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha belgilangan yosh chegarasidan o‘tgan bo‘lsa;
ariza beruvchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda;
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Harbiy xizmat | 213 | 62,992 |
Qonunchilik | Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, madaniyat markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniyat markazi to‘g‘risida namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini aniq baholash tizimini joriy etish maqsadida onlayn elektron dasturiy ta’minot bazasini ishlab chiqsin va uning 2020-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Belgilansinki, ushbu qaror 2019-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Namunaviy nizom madaniyat markazlarining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqsadi va vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muassasasi bo‘lib, aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan turli madaniy xizmatlar ko‘rsatish, havaskorlik, badiiy ijod va amaliy san’at bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyati hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi), shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob raqami, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhri, shtampi, blankalari bo‘ladi.
5. Tumanlar va shaharlar markazlarining har birida bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharchalarda aholi soni 7 ming nafar va undan ortiq bo‘lganda Markazlar tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tegishli ravishda respublika va viloyat bo‘ysunuvidagi Markazlar tashkil etiladi, ularga shtatlar me’yorlari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha tuman (shahar) markaziy madaniyat markazlarining shtatlar me’yorlari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
6. Markazning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarni shakllantirish, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tishini ta’minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni o‘zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;
xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;
bolalarni to‘garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish va “nutq madaniyati” bo‘yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo‘nalishlari, havaskorlik san’ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;
adabiyot hamda san’at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish;
tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san’atining tuman (shahar) festivallarini o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
turli xil to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini (keyingi o‘rinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) ilovaga muvofiq yo‘nalishlarda tashkil etish.
8. Markaz:
madaniyat va san’at sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishda qatnashish;
belgilangan tartibda chet davlatlardagi ijodiy birlashmalar va uyushmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Markazlar quyidagilarga majbur:
mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, texnika xavfsizligi, xodimlarni ijtimoiy ta’minlash va aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarni amalga oshirish;
xodimlar va Markaz tuzilmalari qatnashchilarining, shuningdek, mijozlarning huquqlarini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Markaz faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash va nazorat qilish uchun asos hisoblangan talablarga muvofiq ish jurnallarini yuritish;
Markazning mol-mulkidan maqsadli va samarali foydalanish;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
10. Markazlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan Markaz rahbari shaxsan javob beradi.
11. Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
12. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari tomonidan;
tuman va shahar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan;
qishloq va shaharchalar bo‘ysunuvidagi Markazlar direktorlari — tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Markaz ustavi o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) madaniyat bo‘limi mudirlari o‘z bo‘ysunuvidagi Markazlar faoliyatining qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga hamda Markaz ustavida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiqligini nazorat qiladi.
15. Markaz faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi. Markaz direktori bilan mehnat shartnomasini (kontraktni) Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tuzadi.
16. Markaz direktori Markaz ustaviga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, Markaz xodimlari uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi hamda Markaz faoliyati uchun javob beradi.
17. Markazlarda jamoatchilik asosida badiiy kengash, metodik kengash va shu kabi boshqa maslahat organlari tashkil etilishi mumkin.
18. Tuman va shahar Markazlari qishloq va shaharchalardagi Markazlarga quyidagicha metodik yordam ko‘rsatadi:
o‘zining xizmat ko‘rsatish chegarasiga kiradigan tuman (shahar) markazida va aholi punktlarida yashovchilar o‘rtasida turli ommaviy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatish;
aholining, ayniqsa yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib Markaz tuzilmalari hamda Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlarni tashkil etish yuzasidan metodik qo‘llanmalar va yangi repertuar to‘plamlar bilan ta’minlash;
qishloq va shaharchalarda joylardagi Markazlar bilan birgalikda nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, targ‘ib qilish bilan bog‘liq bo‘lgan har yilgi tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
19. Direktor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyruq hamda ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu Nizomga asosan olib boradi.
20. Direktor Markaz faoliyatiga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi hamda Markazga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
21. Direktor Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbariga quyidagi tartibda bevosita bo‘ysinadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Markazlari direktorlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga;
tuman (shahar), qishloq va shaharchalar Markazlari direktorlari — tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga.
22. Direktorning huquqlari quyidagilardan iborat:
Markazni yuksak, namunali faoliyati orqali davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalarga tanitish;
mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida holatlarda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish va rag‘batlantirish;
Markaz faoliyatini yaxshilash borasida tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish;
Markazning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, tegishli tartibda o‘z faoliyati doirasida shartnomalar tuzish;
Markaz binosi, shuningdek, tadbir o‘tkazilishi mo‘ljallangan boshqa obyektlar foydalanishga yaroqsiz, avariya holatida bo‘lsa, tegishli idoralar va mutasaddilarni ogohlantirgan holda ishni to‘xtatish, tadbirni boshqa joyga ko‘chirish;
Markaz xodimlari mehnatini to‘g‘ri tashkil etish, vazifalarni samarali taqsimlash, jamoada tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish va sog‘lom ma’naviy muhitni barpo etish;
Markaz ishini rejalashtirish, hisobga olib borish, hujjatlarni to‘plash, hisobotlarni tayyorlash va topshirish, aholiga pulli xizmat ko‘rsatish rejasini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yo‘nalish asosida amalga oshirish.
23. Direktor:
o‘ziga yuklangan lavozim majburiyatlarining to‘laqonli bajarilishi uchun javob beradi;
o‘z mehnat faoliyati davomida Markazning ichki tartib-qoidalari va nizomlariga qat’iy rioya qiladi.
24. Markazlarda tuziladigan jamoatchilik kengashlari tarkibi Markaz o‘zi bevosita bo‘ysinadigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
25. Markazda faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik asosida badiiy va metodik kengashlar tuziladi.
26. Jamoatchilik asosida tuziladigan:
badiiy kengash — Markaz tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, teatrlashtirilgan konsert-tomoshalari dasturlarini, “Xalq havaskorlik jamoasi” va “Bolalar namunali jamoasi” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarining repertuar rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
metodik kengash — Markaz tuzilmalarining o‘quv-reja va dasturlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, Markazning faoliyatidan kelib chiqib, yangi to‘garak va jamoalarni tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda uning faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi masalalarni muhokama etib, tegishli xulosalarni Markaz direktoriga kiritadi.
27. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Markaz tomonidan mazkur Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, pulli asosda tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar, turli xizmatlar va boshqalar hisobidan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
28. Markazlarda tashkil etilgan pulli to‘garaklardan tushadigan mablag‘larning 50 foizi ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qolgan 50 foizi to‘garak rahbarlarining ish haqiga hamda ularni rag‘batlantirishga sarflanadi.
29. Markazlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining markaziy buxgalteriyasi tomonidan budjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘ysunuvidagi Markazlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitobi va hisoboti o‘zining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Markazlar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi va tugatiladi.
1. Mazkur Nizom madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tartibini belgilaydi.
2. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
3. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bir yillik davr mobaynida madaniyat markazlari faoliyatining muhim ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
4. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijasiga ko‘ra madaniyat markazlarining reytingi shakllantiriladi.
5. Quyidagilar Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
yil davomida madaniyat markazlarida muntazam faoliyat olib borayotgan to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalari (keyingi o‘rinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) soni;
madaniyat markazlarining umumiy xarajatlarida budjetdan tashqari mablag‘larining ulushi (homiylik xayriyalaridan tashqari);
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar soni hamda ularning ahamiyatliligi;
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida erishilgan ijobiy natijalar (markazda faoliyat ko‘rsatayotgan markaz tuzilmalari tomonidan xalqaro va respublika tanlovlarida, festivallarda qo‘lga kiritilgan yuqori o‘rinlar va boshqalar) soni;
madaniyat markazlari asosiy vositalarining saqlanish holati.
6. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar har yilning 1-oktabriga qadar 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrug‘iga asosan hududiy ishchi guruh tarkibiga Madaniyat vazirligining tegishli boshqarmasining hamda respublika tashkilotlarining rahbar va xodimlari kiritilishi mumkin.
7. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash ishchi guruh tomonidan hududdagi madaniyat markazlarida so‘nggi 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlarni har yilning 1-noyabriga qadar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
8. Ishchi guruhga taqdim etiladigan hujjatlar va madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi bo‘yicha madaniyat markazi direktorlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
9. Ishchi guruh tomonidan madaniyat markazlari faoliyatiga oid zarur ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan so‘rovnomalar berish orqali olinishi mumkin.
10. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarida keltirilgan har bir ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash amalga oshiriladi.
11. Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgan madaniyat markazlari faoliyati natijalari ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
12. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalari uch nusxada tayyorlanib, bir nusxasi madaniyat markaziga, ikkinchi nusxasi hududiy madaniyat boshqarmalariga hamda uchinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
13. Ishchi guruh tomonidan madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq reytingi tuziladi.
14. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligi mezonlari 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda:
86 — 100 ball to‘plagan madaniyat markazlari faoliyati “a’lo”;
71 — 85 ball to‘plagan madaniyat markazlari faoliyati “yaxshi”;
50 — 70 ball to‘plagan madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarli”;
50 balldan past reyting to‘plagan madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarsiz” deb hisoblanadi.
15. Eng yuqori ball to‘plagan madaniyat markazlari “Namunali madaniyat markazi” deb topiladi.
16. Madaniyat markazi faoliyati “qoniqarsiz” deb baholansa, ushbu madaniyat markazining direktori va tegishli xodimlariga belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rilib, olti oy muddatda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirishdan chetlashtiriladi. Ushbu holat, ketma-ket ikkinchi marotaba takrorlansa, mazkur madaniyat markazi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Shuningdek, tuman (shahar) miqyosida 30 foiz madaniyat markazlari faoliyati “qoniqarsiz” deb baholansa, tuman (shahar) madaniyat bo‘limi mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
17. Ishchi guruh samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat markazlari yuzasidan ular faoliyatini tugatish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taklif kiritish huquqiga ega.
18. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat markazlari faoliyatini tugatish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berishga doir takliflarni umumlashtirib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish yoki zarur choralar ko‘rishni ishchi guruhning yakuniy xulosasiga asosan amalga oshiradi.
Bunda, ishchi guruhning yakuniy xulosasi asosida tuzilgan bayonnoma hamda barcha o‘rganilgan hujjatlar (ma’lumotlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan umumlashtiriladi.
20. Baholash natijalari bo‘yicha “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan har yili 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har bir hududdan bittadan eng yuqori ball to‘plagan “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazini har yili yanvar oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladigan madaniyat sohasining yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir doirasida rag‘batlantiradi.
22. “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlari:
“Namunali madaniyat markazi” statuetkasi va diplom;
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti (pul mukofoti markazning rahbar va mutaxassislari o‘rtasida teng taqsimlanadi);
rahbarlari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadilar.
23. “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlarini rag‘batlantirish (taqdirlash) bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
24. Hududda “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazidan keyingi 2, 3, 4-o‘rinlarni egallagan madaniyat markazlari (faoliyati “a’lo” deb baholanganlar orasidan) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan barcha “Namunali madaniyat markazi” deb hisoblangan madaniyat markazlari binosining peshlavhasiga “Namunali madaniyat markazi” degan yozuv joylashtiriladi.
25. Faoliyati “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb baholangan madaniyat markazlari rahbar va xodimlarining ish samaradorligini oshirish va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bilan birgalikda tegishli zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 66-modda) 1-ilova 47-bandining “b” kichik bandi. | 88 | 22,944 |
Qonunchilik | Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillarda respublikamizning oliy ta’lim muassasalarida “qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “melioratsiya va suv xo‘jaligi”, “gidrotexnika inshootlaridan foydalanish” hamda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ming nafardan ortiq muhandis-texnik kadrlar tayyorlandi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini o‘rganish va tahlillar kadrlar tayyorlashga real ehtiyojni aniqlash, o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, ilmiy-metodik bazani ishlab chiqishda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish masalalarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, tarmoq korxonalari va ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud emasligini ko‘rsatmoqda, bu esa kadrlar tayyorlash, ayniqsa qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida kadrlar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning tizimli ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Mirzayev Z.T. zimmasiga qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga umumiy rahbarlik qilish yuklatilsin.
4. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil qilinsin.
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy funksiyalari etib, quyidagilar belgilansin:
qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek, pedagogik kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarining ilmiy-metodik bazalarini shakllantirishni muvofiqlashtirish va o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi talab va ilg‘or xorijiy tajriba, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda, tayanch oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni amalga oshirish;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-texnik vazifalar, jumladan suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlar va suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashi va xavfsizligini ta’minlash, resurstejamkor qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikasi, mashina va mexanizmlardan foydalanish va loyihalash bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borishni muvofiqlashtirish;
ixtisoslashgan oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, jumladan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash asosida, qishloq va suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini sifatli oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash.
Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida muhandis-texnik kadrlar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi va Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
5. Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor qo‘rg‘oni, Samarqand ko‘chasi, 41-uy manzilida joylashgan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ITI) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi IIM) tasarrufidan, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ITIning davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish huquqini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi IIMda saqlagan holda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutiga o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutini Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti tasarrufiga o‘tkazishni ta’minlash uchun tashkiliy chora-tadbirlar bo‘yicha qaror qabul qilsin.
6. Quyidagilar:
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligining tashkiliy sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining asosiy yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ro‘yxati 4- va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2017/2018 o‘quv yili boshlanishiga qadar Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim olayotgan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” bakalavriat yo‘nalishlarining 1 — 3-bosqich hamda magistraturaning tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar kontingentini Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘tkazsin;
2017-yilning 1-avgustigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakultetlarida yangi 2017/2018 o‘quv yilini to‘laqonli o‘quv jarayoni boshlanishini ta’minlash, shu jumladan fakultetlarni joylashtirish, shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan kafedralarni professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda bir oy muddatda institutning nizomini tasdiqlasin, shuningdek, uning xodimlari sonini tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga muvofiqlashtirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (A.N. Aripov) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish kvotalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi PQ-2955-sonli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida respublikamiz mintaqalari bo‘yicha 6-ilovaga muvofiq maqsadli qabul kvotalari ajratilishini nazarda tutsin.
11. Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda:
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida qishloq va suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda elektrlashtirish sohasida bajarilayotgan loyihalarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘tkazish yuzasidan, xatlovdan o‘tkazsin;
ixtisosliklar bo‘yicha doktorantlarni Toshkent davlat agrar universitetidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
12. 2017 — 2021-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Jamg‘armaning 2017-yilning ikkinchi yarim yillik daromadlari va xarajatlarining 2017-yilgi Dastur parametrlari bilan o‘zaro bog‘langan balansini ikki hafta muddatda tasdiqlash uchun Jamg‘arma kengashiga kiritsin;
bir oy muddatda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin hamda uni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonalari, “O‘zagrosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati esa — bosh loyihalashtirish tashkiloti hisoblanadi.
20. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuklansin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda ta’lim muassasalari obyektlarining texnik topshiriqlari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda mavjud maydonlardan optimal foydalanishni, har bir mintaqaning iqlim shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, zamonaviy resurslar va energiya tejaydigan texnologiyalarni qo‘llashni, shu jumladan asosan mahalliy qurilish materiallari va butlovchi buyumlardan foydalanishni nazarda tutsin;
buyurtmachi va bosh loyihalashtirish tashkiloti bilan birgalikda joriy yilda qurilishi nazarda tutilgan ta’lim muassasalari obyektlari bo‘yicha 2017-yilning 1-sentabrigacha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va tanlov savdolari o‘tkazilishini ta’minlasin, shuningdek, har yili 1-dekabrgacha kelgusi yilning manzilli dasturiga kiritiladigan obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va bosh pudrat tashkilotlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazilishini ta’minlasin.
23. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini ta’minlasin.
24. Dastur doirasida olib kiriladigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idishlar, biologik materiallar va obyektlar) hamda axborot-kommunikatsiya texnikasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorining 14-bandida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi respublika budjeti xarajatlari parametrlariga zarur o‘zgartirishlar kiritsin.
26. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan respublika qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun 9-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh tashkil etilsin.
Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev):
bir oy muddatda Chora-tadbirlar kompleksining har bandini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ni tasdiqlasin, shuningdek, qabul qilingan Chora-tadbirlar kompleksining hamda “yo‘l xaritalari”ning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda har chorak yakunlari bo‘yicha ularning bajarilishi natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
28. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 139 | 13,887 |
Qonunchilik | Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1835, 2008-yil 12-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 222 | 1,035 |
Qonunchilik | “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida | “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Vakolatli organlar tomonidan berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qonun hujjatlariga muvofiq ruxsat berish tartib-taomillarining qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini joriy etish taqiqlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga — yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) o‘zida ruxsat etish xususiyatiga ega berilgan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan hujjatlar, shuningdek amal qilishi to‘xtatib turilgan, tiklangan yoki to‘xtatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barchaning tanishishi uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestrini ifodalaydi.
3. Vakolatli organlar reyestrni yuritish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshirishda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Reyestr xatti-harakatni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat hisobini yuritishni ta’minlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida yuritiladi.
5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga tadbirkorlik subyektiga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda kiritiladi. Reyestrdagi barcha qaydlarga sana qo‘yiladi hamda ular imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni, tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportiga oid ma’lumotlar, pochta manzili, telefoni);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan sana va ularning tartib raqami;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun);
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirishning, amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi (amal qilishining cheklangan muddatiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun), amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatish uchun asos va sana;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berishning asosi va sanasi;
ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar.
7. Reyestr qog‘ozda va elektron manbalarda yuritiladi. Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qog‘oz manbadagi reyestr vakolatli organ tomonidan bir nusxada yuritiladi.
Reyestr jurnali ip o‘tkazib tikiladi, tartib raqami qo‘yiladi va uning orqa tomonida sahifalar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana (yil, oy, kun) ko‘rsatiladi, vakolatli organing muhri bosiladi va rahbarining imzosi qo‘yiladi.
Reyestr vakolatli organlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan reyestr ma’lumotlari ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
8. Vakolatli organlar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash, to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilingan kunda reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.
9. Reyestrdagi mavjud ma’lumotlardan umumiy ravishda foydalaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilgan aniq tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli reyestrdan ko‘chirma tarzida beriladi.
Reyestrdagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etish muddati vakolatli organ tomonidan tegishli so‘rov olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
10. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. | 155 | 6,008 |
Qonunchilik | Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida | Mehnatga haq to‘lash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda mehnatga haq to‘lash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirish o‘rtasidagi shartlarning bog‘liqligini bartaraf etish maqsadida:
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori;
bazaviy hisoblash miqdori;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori:
1,0 tarif koeffitsiyenti bo‘yicha Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi bo‘yicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi;
mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi;
belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan xodimlar mehnatiga haq to‘lashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi;
b) bazaviy hisoblash miqdori:
soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini;
davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va ko‘krak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar, shuningdek, oziq-ovqat va yo‘lkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalar miqdorlarini aniqlashda qo‘llaniladi;
v) pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiya ta’minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, xodimlarning mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o‘zlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qo‘llaniladi.
3. Belgilansinki:
eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo‘shimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning barcha turlari mazkur to‘lovlarning so‘mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi (zarur hollarda ko‘p tomonga yaxlitlanadi);
qonun hujjatlarida mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlashning boshqa tartibi o‘rnatilishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish hamda nafaqalar, kompensatsiyalar va to‘lovlarning alohida turlari miqdorlarini mutlaq summada belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qo‘llash hamda tashkilotlarda mehnatga soatbay haq to‘lash tizimini belgilash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar uch oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 114 | 4,284 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, ichki ishlar organlarini fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yo‘lida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ichki ishlar organlari faoliyati tubdan isloh etildi, ushbu sohaga oid qonunchilik takomillashtirildi.
O‘tkazilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimi tuzilmasiga bir qancha o‘zgarishlar kiritildi, shu jumladan ayrim rahbarlik lavozimlarining tasnifi o‘zgartirildi, shu munosabat bilan ichki ishlar organlari tizimidagi mazkur rahbarlarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hamda jamoat xavfsizligi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobdorligini qonunchilikda belgilash zaruriyati yuzaga keldi.
Ushbu Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi va “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Chunonchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi kiritilmoqda.
Shu bilan birga, tuman, shahar ichki ishlar bo‘linmalarining boshliqlari — har chorakda va ularning o‘rinbosarlari — har oyda, shuningdek mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari — har olti oyda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yuritayotgan mahalla huquq-tartibot maskanlarining huquqiy maqomini va asosiy vazifalarini belgilab qo‘yishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi, shuningdek ularning faoliyatini xalq vakillari tomonidan nazorat qilib borish uchun mustahkam huquqiy asos yaratib, ichki ishlar organlarining xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirishga va ularning o‘zaro foydali hamkorligini kengaytirishga, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi sohasida ko‘rilayotgan choralar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar; 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) 252-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi va ikkinchi qismlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida har chorakda, ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qism “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining” degan so‘zlardan keyin “mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qism “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining” degan so‘zlardan keyin “mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-modda uchinchi qismining:
yigirma ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yigirma uchinchi, yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi xatboshilari tegishincha yigirma ikkinchi, yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 14-modda birinchi qismining:
o‘n uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi — yigirma birinchi xatboshilari tegishincha o‘n uchinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 5, 464-modda) 258-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining o‘ta muhim va toifalangan obyektlardagi bo‘linmalari, shaharcha ichki ishlar bo‘linmalari, mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek ta’lim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bo‘linmalar va tashkilotlardan iboratdir”;
2) 131-modda:
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida har chorakda, ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi”;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 14-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining” degan so‘zlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 15-moddaning beshinchi qismidan “shuningdek “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari a’zolari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 2-bob quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirilsin:
Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo‘yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari o‘z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (har kunlik asosda);
mazkur hududda xizmatni o‘tash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, probatsiya bo‘linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya bo‘linmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari”;
6) 23-moddaning yettinchi qismidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va” degan so‘zlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-420-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 102 | 15,030 |
Qonunchilik | Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;”.
2. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli.”. | 118 | 1,203 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risida nizomning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorning 2002-yil 7-fevraldagi 2002-01-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1108, 2002-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risida nizomning 1-bandi yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 132 | 1,303 |
Qonunchilik | Davlat boshqaruvi akademiyasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Koronavirus pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 27-son qarori qabul qilindi.
Koronavirus pandemiyasi boʻyicha koʻrilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 oʻquv yili uchun magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmagan. Natijada joriy yilning sentyabr–dekabr oylari davomida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasi kamaygan. Biroq Akademiya shtati tomonidan davlat organlari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar oʻtkazilgan.
Akademiya faoliyati uzluksizligini ta’minlash, kadrlarning qoʻnimsizligining oldini olish, shuningdek ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 78 | 1,088 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Siyosiy kengashi hisobot taqdim etishning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin. | 135 | 476 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UY MEHNATINI TAShKIL ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan qaror qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1998-yil 5-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan (1998-yil 28-avgust, ro‘yxat raqami 487) O‘zbekiston Respublikasida uy mehnatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 123 | 749 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA PORTLOVChI MATERIALLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab:
sobiq SSSRning Tog‘kontexnazorat Davlat qo‘mitasi tomonidan 1988-yilning 22-noyabr kuni tasdiqlangan Portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalari;
Portlovchi materiallarni tashish bo‘yicha Yo‘riqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qo‘llaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 5-ilova) O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmalari hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari zimmalariga yuklatilsin. | 124 | 1,296 |
Qonunchilik | Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq davriy bojxona deklaratsiyasidan foydalangan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi o‘rinlarda – import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tovar kodining o‘nta belgili darajasi bir xil bo‘lgan tovarlar;
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib o‘tish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi;
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo‘natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
2. Davriy bojxona deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DBD deb yuritiladi) bir xil tovarlarni import bojxona rejimida ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib o‘tishda rasmiylashtiriladi.
3. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
b) litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan;
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
4. Deklarantda bojxona to‘lovlaridan qarzdorlik va ular bo‘yicha penyalar, ushbu to‘lovlar bo‘yicha kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imtiyozi berilganligi uchun foizlar hamda bojxona qoidalarini buzganligi uchun jarimalar mavjud bo‘lgan holatlarda davriy bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
5. Tovarlarning davriy bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda DBD rasmiylashtiriladi;
ikkinchi bosqichda to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda – BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
6. Davriy bojxona rasmiylashtiruvida transport va tovar kuzatuv hujjatlari deklarant tomonidan bojxona postiga DBDda ko‘rsatilgan har bir tovarlar turkumi uchun bojxona ko‘rigi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
7. DBDda rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi DBD rasmiylashtirilgan bojxona postiga taqdim etiladi.
8. Davriy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun DBD bilan birga bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruv davomida taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar deklarant tomonidan bojxona postiga tovarlarning dastlabki turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish paytida taqdim etiladi.
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron ko‘rinishda ham taqdim etilishi mumkin.
9. DBD olib kelingan dastlabki tovarlar turkumining shartnomada ko‘rsatilgan umumiy miqdoriga BYuD blanklarida yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Bunda DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning to‘liq miqdori uchun bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
10. DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning har bir turkumi import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga berilishi ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Kelgusida har bir tovarlar turkumining nazorati va hisobini yuritish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, transport va tovar kuzatuv hujjatlarining nusxalari, tegishli sertifikatlar (sertifikatlanishi majburiy bo‘lgan tovarlar uchun) va ruxsatnomalar bojxona posti yig‘ma jildida saqlanadi.
11. Tovarlarni bojxona ko‘rigini amalga oshiruvchi bojxona postining mansabdor shaxsi DBDning 1 va 4-nusxalarining orqa qismida DBD bo‘yicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona ko‘rigi dalolatnomasi tartib raqami bo‘yicha ma’lumotlarni qayd etib boradi. Mazkur yozuv bojxona posti mansabdor shaxsining shaxsiy raqamli muhri va bojxona postining tegishli shtampi bilan tasdiqlanadi.
12. DBD import bojxona rejimiga asosan BYuDni to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
a) DBDning 1-ustuni birinchi qismida “PE” harfli belgi ko‘rsatiladi;
b) 44-ustunida 8-raqam bilan “Tovarlar KK.OO.YYgacha taqdim etiladi” degan qo‘shimcha yozuv yoziladi, bunda KK.OO.YY – (kun, oy va yilning oxirgi ikki raqami) tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga taqdim etishning oxirgi sanasi hisoblanadi.
v) 50-ustunda “Taqdim etilgan ma’lumotlar uchun javobgarlik ...” degan so‘zlardan keyin “BYuDni “20__” yil “___”_______gacha taqdim etish majburiyatini olaman” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
13. DBDda ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar deklarant tomonidan to‘liq BYuD taqdim etiladi.
14. To‘liq BYuDni taqdim etish muddati DBD rasmiylashtirilgan sanadan 60 (oltmish) kalendar kunidan oshmasligi lozim. DBD rasmiylashtirgan bojxona posti to‘liq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
15. Olib kirilayotgan tovarlarning umumiy miqdori DBDda ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
16. Bojxona to‘lovlari summasini hisoblashda, to‘liq BYuDda DBD qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kursi qo‘llaniladi.
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona to‘lovlari summasi DBDda ko‘rsatilgan to‘lovlar summasidan ortadigan bo‘lsa ular qo‘shimcha to‘lanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi o‘rtadagi farqni to‘lovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi yoki to‘lovchining xohishiga ko‘ra uni keyingi to‘lovlar hisobiga kiritadi.
17. To‘liq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
DBDda ko‘rsatilmagan tovarlar kelganda;
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ko‘rsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda.
Mazkur holatlarda yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kunlik muddat ichida taqdim etilishi shart.
18. To‘liq BYuDni rasmiylashtirishda quyidagi xususiyatlar inobatga olinadi:
a) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qo‘yiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
b) BYuDning 44-ustunida 8-raqam bilan “PE dan keyingi deklaratsiyalash” degan so‘zlar yoziladi.
19. To‘liq BYuDning “D” ustunida bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni haqiqatda rasmiylashtirilgan sanasi qo‘shimcha yoziladi (DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning oxirgi turkumining rasmiylashtiruv sanasi).
20. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 149 | 8,974 |
Qonunchilik | ChORVAChILIKDA NASLChILIK IShLARINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | 1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini amalga oshirishni ta’minlash, naslchilik ishlarini takomillashtirish asosida mollar mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zchorvanaslbirlashma” tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning:
O‘zbekiston chorvachilikda naslchilik ishi bo‘yicha respublika ishlab chiqarish birlashmasi negizida 1-ilovaga muvofiq “Nasl-xizmat” nasldor mollar chorvachiligi uyushmasini tashkil etish;
uyushmaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, aksiyalar paketlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq taqsimlagan holda, ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish haqidagi takliflariga rozilik bildirilsin.
2. Quyidagilar “Nasl-xizmat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
naslchilik va seleksiya ishlarini olib borish, respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlari uchun mollarning mahsuldor zotlarini yaratish;
chorva mollari nasldor buqalarining chuqur muzlatilgan urug‘ini yetishtirish, saqlash va sotish;
mulkchilikning turli shakllaridagi chorvachilik xo‘jaliklariga naslchilik ishlari bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatish;
nasldor mollar tayyorlash va sotish;
mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish;
nasldor mollar ko‘rgazmalarini va kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
mollarni qochiruvchi texniklar va mollarning nasli bo‘yicha mahsuldorligini hisobga oluvchi mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
3. Belgilansinki:
“Nasl-xizmat” uyushmasining ustav fondi tugatilayotgan O‘zchorvanaslbirlashmaning mol-mulki, uyushma qatnashchilarining ta’sis badallari hisobiga shakllanadi;
“Nasl-xizmat” uyushmasining xo‘jalik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan uning boshqaruv apparati xarajatlari o‘z xo‘jalik faoliyati va xizmatlar ko‘rsatish hisobiga amalga oshiriladi;
“Nasl-xizmat” uyushmasi shartnomalar va qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha “O‘zchorvanaslbirlashma”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. Belgilansinki:
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalar “Nasl-xizmat” uyushmasiga ishonchli boshqaruvga beriladi;
aksiyalar emissiya prospektlariga muvofiq sotilgunga qadar ular ham aksiyalarning davlat paketiga kiradi va uyushmaning ishonchli boshqaruvida bo‘ladi;
“Nasl-xizmat” uyushmasi o‘z tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarini unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketlariga muvofiq boshqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Nasl-xizmat” uyushmasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzsin.
5. Uyushma boshqaruvi ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan soni 16 nafardan iborat bo‘lgan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilansinki, “Nasl-xizmat” uyushmasi rahbarlari belgilangan tartibda muassislar umumiy yig‘ilishida saylanadilar.
6. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Nasl-xizmat” uyushmasi bilan birgalikda:
davlat naslchilik zavodlarida urchitiladigan rayonlashtirilgan zotli mollar bilan naslchilik ishlarini olib borishni isloh qilish;
“O‘znaslchilikkorxona” bankida mavjud bo‘lgan naslchilik materialidan (buqalarning muzlatilgan urug‘idan) naslchilik xo‘jaliklari urg‘ochi mollarida jadal foydalanish;
urchitishning ilg‘or biotexnologiya usullarini, kelib chiqishning ishonchliligini immunogenetik nazorat qilishni, zamonaviy elektron-hisoblash texnikasi negizida naslchilik ishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
ichki resurslardan (don va paxtani qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan) foydalanish hisobiga mollarning turli yosh guruhlari uchun yemga qo‘shimchalarning yangi turlarini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqsin.
7. “Nasl-xizmat” uyushmasi seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash va takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, shuningdek qora-ola mollarni urchitish bo‘yicha mavjud naslchilik zavodlari urg‘ochi mollarining bosh sonini ko‘paytirish uchun Qashqadaryo viloyatining Mang‘it va Toshkent viloyatining Olmaliq kon-metallurgiya kombinati naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan zotdor buqalardan shartnoma asosida keng foydalansin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi korxonalariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga veterinariya va zootexnika xizmatlari ko‘rsatish, qoramollarni sun’iy qochirish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida joylarda zooveterinariya punktlari sonini 3-ilovaga muvofiq 2000-yilda 1585 taga yetkazsinlar. Ularni tegishli binolar bilan ta’minlasinlar, zarur asbob-uskunalar va priborlar bilan jihozlasinlar.
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyuldagi 268-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Jami — 16 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) | 82 | 5,389 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston R | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 10-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Texnologiyalar transferi agentligi” davlat korxonasini belgilangan tartibda tugatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorda:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “150” raqamlari “176” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazirning bir nafar birinchi o‘rinbosari, vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shaxsiy tarkibi va soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin”.
2. 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. 5-ilovada:
a) 10-bandda:
uchinchi xatboshidagi “ta’minlashni” so‘zidan keyin “ularni amalga oshirishning zarur manbalarini belgilashni” so‘zlari qo‘shilsin;
beshinchi xatboshidagi “ishlab chiqadi” so‘zlaridan keyin “ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“konyunkturaning vujudga kelgan ahvoli bo‘yicha muntazam monitoringni amalga oshiradi, undan kelib chiqqan holda tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni rivojlantirish, ularni resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, importning o‘rnini qoplashni yanada maqbullashtirishni hisobga olgan holda mahalliy xomashyoni yanada chuqur qayta ishlash asosida butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi”;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mahsulotlar eksporti va importi hajmlari va tuzilmasini chuqur tahlil qilish, eksportning hajmini oshirish va uning turlarini kengaytirish zaxiralarini aniqlash asosida eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish va importni, savdo balansini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda har yilgi eksport, tashqi savdo va to‘lov balanslarini tayyorlaydi va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish ko‘lamlarini baholashning choraklik indikatorlari tizimini joriy etish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitining vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va biznes faoliyati amaliyotida shakllantirish darajasi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshiradi;
energiya hajmini yanada qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarga energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek energiya samaradorligi va tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma yettinchi va yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “to‘rt” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Samarali iqtisodiy siyosat markazi” so‘zlari “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 3,924 |
Qonunchilik | Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Akademiya boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar berilishini ta’minlasin.
3. Akademiyaning boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 o‘quv yilida:
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan bir yillik kurslarga 60 nafar (shundan 40 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga va 60 foizi to‘lov-kontrakt asosida);
ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan to‘rt oylik kurslarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 100 nafar tinglovchi o‘qishga qabul qilinsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Akademiyada magistraturaga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan to‘rt oylik kurslarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
5. Akademiya hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi boshqa ta’lim muassasalari o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (Asosiy qoidalar)ga bir oy muddatda muvofiqlashtirsinlar.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) magistraturasi tinglovchilari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan tashqarida bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
qabul qiluvchi tashkilot — tinglovchilarning malakaviy amaliyoti va stajirovkasi o‘tkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar;
malakaviy amaliyot (keyingi o‘rinlarda amaliyot deb ataladi) — o‘quv jarayonining bir qismi bo‘lib, u nazariy bilimlarni mustahkamlash, boshqaruv faoliyatida malaka va mahoratga ega bo‘lish, o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda magistrlik dissertatsiyasi mavzusining muayyan (yakuniy) qismi doirasida materiallar yig‘ish imkonini yaratadi;
stajirovka — ilg‘or tajriba, shu jumladan, xorijiy tajribani o‘rganish asosida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar talablarini maqsadli o‘zlashtirish, muayyan boshqaruv lavozimlarida dublyor (referent) vazifasini bajarish orqali boshqaruv faoliyati sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni sinovdan (aprobatsiyadan) o‘tkazish, magistratura tinglovchilarining tahliliy, tadqiqot olib borish va ijodiy mahoratini fan va ishlab chiqarishni ta’lim bilan bog‘lash orqali shakllantirish, tinglovchilarni ilmiy-texnikaviy jarayonning eng yangi yutuqlari bilan, iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan hamda boshqaruv faoliyatidagi ilg‘or tajriba va metodologiya bilan tanishtirish;
Akademiyadan biriktirilgan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya rektori tomonidan tayinlangan, tinglovchining amaliyot va stajirovka o‘tashini tashkillashtirish uchun mas’ul shaxs;
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot va stajirovka rahbari — Akademiya tinglovchisining amaliyot va stajirovkasiga rahbarlik qilish uchun qabul qiluvchi tashkilot rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxs;
Amaliyot va stajirovka o‘tash dasturi — o‘quv rejalari asosida Akademiya tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tegishli dastur.
3. Amaliyot va stajirovka o‘tash muddati, joyi tegishli dastur hamda nazariy tayyorgarlik, tanlangan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi hisobga olingan holda o‘quv reja asosida aniqlanadi.
4. Barcha amaliyot va stajirovkalar o‘quv rejada belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahri va viloyat hokimlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari Akademiya tinglovchilarining malakaviy amaliyot va stajirovkasi (dublyor sifatida) sifatli va maqsadli o‘tishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
6. Akademiyaning magistratura ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturida quyidagi amaliyot turlari nazarda tutiladi:
6 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mikro darajada amaliyot o‘tash;
6 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mezo darajada amaliyot o‘tash;
4 hafta davomida davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida makro darajada amaliyot o‘tash;
7. 16 haftaga mo‘ljallangan amaliyotning umumiy dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
amaliy mahorat va ko‘nikma;
magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish;
amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot yozish;
malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) bo‘yicha himoya;
tashkilot rahbarining dublyori sifatida ishlash;
“ustoz — shogird” modeli asosidagi ta’lim.
8. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mikro darajadagi amaliyot qabul qiluvchi tashkilotlarning amaliy faoliyati haqidagi tasavvurni shakllantiradi hamda birlamchi kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi. Amaliyotning mazkur shakli auditoriyalardagi ta’lim yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi.
Mazkur amaliyotning maqsadi o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirish jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
9. Mikro darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:
individual topshiriqqa muvofiq tashkilot faoliyati bilan bog‘liq vazifalarga doir ma’lumotlar (materiallar)ni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha dastlabki malakaga ega bo‘lish;
tashkilotning sohaviy faoliyati xususiyatlarini aniqlash;
individual topshiriqqa ko‘ra kasbga oid tushunchalarni muayyan tashkilotga bog‘lagan holda ishlata olish;
davlat, jamiyat va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilish;
tashkilotning tizim sifatidagi tavsifi yuzasidan tasavvurga ega bo‘lish;
individual topshiriqqa muvofiq tashkilot boshqaruvi tizimi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
10. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida mezo darajadagi amaliyot mikro darajadagi amaliyotdan keyin o‘tkaziladi va tinglovchilarga soha bo‘yicha mahoratni oshirish va boshqaruv prinsiplarini amaliyotda qo‘llab ko‘rish imkonini beradi.
Ushbu amaliyotning maqsadi vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarida ishlash uchun zarur bo‘ladigan mutaxassis ish usuli va uslublarini o‘rganish, kasbiy malaka va bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.
11. Mezo darajadagi amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga oid talablar bilan tanishish;
tashkilotning boshqaruv va ish yuritish tizimini o‘rganish;
bo‘linmalar (bo‘limlar) funksiya (vazifa)larini belgilash va ularning ishlarini muvofiqlashtirish tizimini o‘rganish;
mutaxassislar orasida vazifalar hamda ish hajmi taqsimotini tahlil qilish;
tashkilotda ilg‘or boshqaruv usullari va qarorlarni qo‘llash tajribasini o‘rganish va tahlil qilish;
boshqaruv va nazorat tizimini tahlil qilish;
davlat, jamiyat va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilish;
barcha turdagi hujjatlar mazmuni va hisobini yuritishni o‘rganish;
o‘quv jarayonida o‘zlashtirilgan (egallangan) malakani amaliyotda qo‘llay olish.
12. Davlat, jamiyat va xo‘jalik boshqaruvi tizimida makro darajadagi amaliyot mezo darajadagi amaliyotdan keyin o‘tkaziladi va tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyalarini yozishda zarur bo‘ladigan materiallarni yig‘ishlari uchun kasbiy faoliyatni o‘zlashtirishning uzluksiz va tadrijiy jarayonini ta’minlab berishni nazarda tutadi.
Mazkur amaliyotning maqsadi boshqaruv va innovatsion faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish hamda bajarish, shuningdek, natijalar yuzasidan hisobot tayyorlash bo‘yicha malaka, mahorat va bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.
13 Makro darajadagi amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
amaliyot bo‘yicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish uchun materiallar yig‘ish va ularni qayta ishlash;
mutaxassislikka oid nazariy va amaliy bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va kengaytirish hamda ularni muayyan masalalar va muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llash;
ishni mustaqil ravishda olib borishni rivojlantirish va o‘rganilayotgan muammo hamda masalalarni yechishda tadqiqot va tajriba o‘tkazish usullari (metodlari)ni o‘zlashtirish;
tinglovchilarning zamonaviy talablarga muvofiq ravishda mustaqil ishlay olishlariga bo‘lgan tayyorgarliklarini aniqlash.
14. Malakaviy hisobot mazmuni (konsepsiyasi) bo‘yicha himoya yakuniy bosqich bo‘lib, unda tinglovchilarning amaliyot davrida bajargan ishlari natijalari tahlil etiladi va baholanadi. Amaliyot hisoboti himoyasi Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida keys-stadi usulida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
15. Amaliyot hisoboti himoyasi har yili sentyabr oyida 2 hafta davomida quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi:
amaliyotda nazariy bilimlarni qo‘llash darajasi;
amaliyot o‘tash davrida tinglovchilar tomonidan yig‘ilgan materiallar, o‘rganilgan va yechilgan masalalarning mazmuni, darajasi va sifati.
16. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining amaliyoti alohida maxsus dastur hamda 12 kunga mo‘ljallangan o‘quv reja asosida tashkil etiladi. Mazkur malakaviy amaliyotning maqsadi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun materiallar yig‘ish hisoblanadi.
17. Akademiyaning ta’lim dasturi bo‘yicha 2-kursda o‘qiyotgan tinglovchilar uchun stajirovka, shu jumladan xorijiy stajirovka tashkil etish nazarda tutiladi.
18. Stajirovka o‘quv jarayonida tinglovchilar tomonidan egallangan boshqaruv faoliyatiga bog‘liq nazariy bilimlar va kasbiy malaka hamda mahoratni mustahkamlash, muayyan ish joyida boshqaruv faoliyatiga tayyorlanish va magistrlik dissertatsiyasining amaliy qismiga materiallar yig‘ish uchun yo‘naltirilgan.
19. Stajirovka 16 hafta davomida tinglovchilarning doimiy yashash joyidan tashqarida bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarda bo‘lib o‘tadi.
20. Stajirovkaning maqsadi:
tinglovchilarning malakaviy amaliyot dasturlarini o‘zlashtirishda olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash;
o‘zlarining xizmat vazifalarini ijro etishda amaliy malaka va mahoratdan samarali foydalana olish ko‘nikmasini oshirish hisoblanadi.
21. Stajirovkaning asosiy vazifalari:
ish joyida amaliy malaka va mahoratni qo‘llash;
magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.
22. Stajirovka dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
rahbarning dublyori yoki referent-maslahatchisi sifatidagi vazifani bajarish;
lavozimga kelish, ish joyiga muvofiq ravishda lavozim funksiyalari va vazifalarini dublyor sifatida ijro etish;
mazkur ish o‘rniga oid tartib va faoliyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, ushbu lavozimga layoqati bor yoki yo‘qligini, bor bo‘lsa uning darajasini tekshirish;
bajarilgan ishlar, ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlarni tushunish;
bajarilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan berilgan topshiriqlar tushunilganligini rasmiylashtirish, stajirovka hisobotida ushbu bajarilgan vazifalarga tayyorgarlikni baholash;
taqdimot va stajirovka hisoboti himoyasi.
23. Himoya yakuniy bosqich sifatida 1 hafta davomida stajirovka davrida tinglovchilar tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholash asosida o‘tkaziladi.
Stajirovka hisoboti himoyasi Akademiya professor-o‘qituvchilari tarkibidan hamda qabul qiluvchi tashkilotning mutaxassis-amaliyotchilaridan iborat ekspert guruh oldida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Ekspert guruhining tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
24. Akademiya tinglovchilarining xorijdagi stajirovkalari chet eldagi hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi. Ilg‘or xorijiy tajribalarni sohaviy tashkilotlar va markazlarda o‘rgatish maqsadida Akademiya xodimlari rahbarligida tinglovchilarni 1 oylik muddat bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xorijga yuboriladi.
25. Xorijdagi stajirovka dasturi quyidagi talablarni o‘zi ichiga oladi:
ta’lim ixtisosligiga muvofiq keluvchi bir xil yoki aynan o‘xshash (identiv yoki analog) idoralarning faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi, shakllari hamda muammolari tahlili;
kasbiy layoqat, tatbiq etish va implementatsiya qilish maqsadida xorijiy tashkilotda qo‘llaniladigan metod va metodologiyalar tahlili;
asosiy ish joyi bo‘yicha stajirovka o‘tayotgan tashkilot (muassasa) yoki uning tarkibiy bo‘linmalarida amalga oshirish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
26. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi 1 hafta davomida taqdimot shaklida o‘tkaziladi. Xorijdagi stajirovka hisoboti himoyasi bo‘yicha Komissiya tarkibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
27. Tinglovchi:
metodik va instruktiv materiallar bilan tanishishi, Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbaridan yo‘l-yo‘riq olishi;
amaliyot va stajirovka o‘tash choralarini ko‘rish va nazorat qilish bo‘yicha tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi;
amaliyot va stajirovka o‘tash dasturlarida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda to‘liq hamda sifatli bajarishi;
Akademiya platformasidagi onlayn va offlayn tizimi vositasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlardan olingan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;
har kuni tartibli ravishda kundalik yuritishi;
talabga ko‘ra yuritayotgan kundaligini Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi;
kelgusi o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanishi mumkin bo‘lgan materiallarni yig‘ib borishi;
qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat qoidalari va talablariga rioya etishi shart.
28. Tinglovchi Akademiya tomonidan tayinlangan rahbariga amaliyot va stajirovka yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
amaliyot va stajirovka kundaligi;
kelajakda o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun tinglovchiga yakuniy xulosalardan so‘ng qaytarib beriladigan amaliyot va stajirovka o‘tash davrida yig‘ilgan materiallar jildi (ularning ro‘yxati kundalikda o‘z ifodasini topishi zarur).
29. Uzrli sabablarsiz amaliyot va stajirovkani o‘tashdan ozod etilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
30. Amaliyot va stajirovka o‘tashni tashkil etish jarayoniga qo‘yiladigan talablar maxsus dasturlar asosida aniqlanadi. Barcha bosqichlarda tinglovchilarning uzluksiz va tizimli ravishda kasbiy boshqaruv faoliyatini o‘zlashtirishlari ta’minlanishi tashkil etilishi talab etiladi.
Xorijdagi stajirovka mavzusi va mazmuni Akademiyaning ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatidagi bugungi va istiqboldagi ravnaqi masalalariga muvofiq kelishi va stajirovka dasturlari talablariga javob berishi zarur.
31. O‘qituvchilarning amaliyot va stajirovkadagi yuklamalari o‘quv rejasi hamda amaliyot va stajirovka turlarida belgilangan o‘quv pedagogik soatlar (haftalar) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
32. Amaliyot va stajirovka Akademiya rektorining buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Unda amaliyot yoki stajirovka turlari, muddati va joylari, moddiy ta’minot, yashash joyini taqdim etish, javobgar shaxslar va yuboriladigan tinglovchilar ro‘yxati tarkibi, amaliyot va stajirovka rahbari belgilab beriladi.
33. Qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbarlari amaliyot va stajirovka o‘tash joylarida mehnat muhofazasi talablari hamda tinglovchilar hayotining xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
34. Akademiya tinglovchilarining chet eldagi stajirovkalari xorijiy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan shartnomalar (bitimlar) asosida tashkil etiladi.
35. Amaliyot va stajirovkani tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limida amalga oshiriladi.
36. Amaliyot va stajirovkani tashkil etishga oid savollar yuzasidan tinglovchilarni xabardor qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobotlar himoyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limi tomonidan korporativ pochta manzillariga yuborish orqali amalga oshiriladi. Tinglovchilar elektron shakldagi xabarlarni muntazam ravishda kuzatib borishlari zarur.
37. Akademiya tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari:
amaliyot va stajirovkaga ketayotgan tinglovchilarga Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limlari bilan birgalikda yo‘riqnoma o‘tkazadi;
tinglovchilarning amaliyot va stajirovka o‘tash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilot rahbari hamda u erdan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan aloqa o‘rnatadi;
amaliyot va stajirovka o‘tash dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishda tinglovchilarga metodik yordam ko‘rsatadi;
amaliyot va stajirovkaning barcha davri uchun shaxsiy reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilot tomonidan tayinlangan amaliyot va stajirovka rahbari bilan hamkorlikda ish hajmi hamda mazmunini aniqlaydi;
tinglovchilarni amaliyot va stajirovka o‘tash obyektlari bo‘yicha taqsimlashda ishtirok etadi;
amaliyot va stajirovka muddatlari, mazmuni maxsus dasturlarning ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek, amaliyot va stajirovka o‘tash joylariga borib tinglovchilarning yo‘qlamalarini yuritadi;
malakaviy amaliyot va stajirovka hisoboti himoyasida ishtirok etadi;
amaliyot va stajirovka o‘tash hamda ushbu yo‘nalishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilgan hisobotni tayyorlaydi, uni Akademiyaga taqdim etadi.
38. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
amaliyot va stajirovka o‘tash bo‘yicha Akademiya bilan shartnoma tuzadi;
tinglovchilarni amaliyot va stajirovka o‘tashga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi;
qabul qiluvchi tashkilotning malakali va tajribali mutaxassislari orasidan tinglovchining amaliyot va stajirovkasini o‘tashi bo‘yicha mas’ullarni tayinlaydi, shuningdek, nazorat yurituvchi ishchi guruhni tuzadi;
malakaviy amaliyot va stajirovkaning sifati hamda uning maqsadli o‘tishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi;
amaliyot va stajirovkaning qoniqarsiz tashkil etilishiga shaxsan javobgar bo‘ladi;
dasturga muvofiq amaliyot va stajirovkani tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratadi.
39. Amaliyot va stajirovka qabul qiluvchi tashkilot hamda Akademiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil etiladi. Mazkur shartnomada ushbu tashkilot zimmasiga amaliyotchi (stajor) uchun joy taqdim qilish majburiyati yuklatiladi.
Amaliyot va stajirovka o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomada Akademiya va qabul qiluvchi tashkilot hujjatning predmeti, tomonlar huquq va majburiyatlari, amaliyot va stajirovkani tashkil etish tartibi, shartnomaning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari, shuningdek, tomonlarning javobgarligi kabi masalalarni kelishib oladilar.
40. Amaliyot va stajirovka boshlanishi bilan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki tartib qoidalari va ular tanishishi zarur bo‘lgan hujjatlar tanishish uchun taqdim qilinadi.
41. Amaliyot va stajirovka bo‘yicha qo‘yiladigan baholar ta’lim jarayonidagi baholarga tenglashtiriladi va tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha umumiy reytingining yakuniy natijalarida hisobga olinadi.
42. Akademiya ustavi va mazkur Nizomga muvofiq amaliyot va stajirovka natijalari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra dasturlarda belgilangan vazifalarning bajarilmasligi tinglovchini akademik qarzdor sifatida belgilangan tartibda o‘qishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi.
43. Amaliyot va stajirovka o‘tash davrida tinglovchining asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
44. Amaliyot va stajirovka o‘tash davri uchun xizmat safari, yo‘l haqi va yashash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Akademiya tinglovchilariga amaliyot yoki stajirovka o‘tash joyiga yetib olish va nazarda tutilgan o‘quv dasturiga muvofiq qaytib kelish uchun bir martalik yo‘l haqi to‘lab beriladi.
45. Amaliyot va stajirovka o‘tash davrida tinglovchilarga yashash joyini ijaraga olish uchun quyidagi miqdorlarda oylik kompensatsiya to‘lanadi:
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida yashash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida yashash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida.
46. Akademiya magistraturasi tinglovchilarini xorijdagi boshqaruv kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi ilmiy-ma’rifiy muassasalar va markazlarga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga majburiy tartibda bir oylik muddatga yuborish Akademiyaning, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil etiladi.
47. Amaliyot va stajirovka o‘tashni tashkil etish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni yuritish (hujjatlar aylanishini tashkil etish) Akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘limi tomonidan zarur bo‘limlar va qabul qiluvchi tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
1. Mazkur Nizom boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslari (keyingi o‘rinlarda masofaviy kurslar deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv dasturlarini mustaqil o‘zlashtirishi asosida amalga oshiriladi.
3. Masofaviy kurslar onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalarni, maslahatlarni, nazorat turlarini olib borish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarda tashkil etiladi. Mazkur kurslarning sifati va samaradorligining doimiy nazorati Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi elektron monitoring tizimida qayd etiladi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi ta’minlanadi.
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarining masofaviy kurslarda o‘qishi davlat granti va shartnoma asosida amalga oshiriladi.
5. Masofaviy kurslarni tashkil etishning asosiy maqsadi tinglovchilarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil o‘qishi va izlanishini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida rag‘batlantirishdir.
6. Masofaviy o‘qitish shaklining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlariga asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakani oshirish o‘quv dasturlarini masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish, mustaqil ta’limni rag‘batlantirish.
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini masofaviy kurslarga qabul qilish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Masofaviy kurslar boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchilarga Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar o‘ziga berilgan login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” bo‘limiga kiradi va tizimda o‘zining shaxsiy kabinetiga ega bo‘ladi.
Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi.
9. Masofaviy kurs davomida tinglovchi kurslarni tashkil etish va o‘tkazish rejasiga, o‘qish davomiyligi (kelishuv asosida)ga amal qilishi, shuningdek onlayn va offlayn rejimidagi ta’lim jarayonida shaxsan o‘zi ishtirok etishi talab etiladi.
10. Masofaviy kurslarda tinglovchining faoliyati tasdiqlangan grafik asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
onlayn kirish test sinovi — kurs boshida tinglovchilarning tegishli qayta tayyorlash va malakani oshirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun tashkil etiladi;
tinglovchilarga “Masofaviy kurslar” tizimidagi resurslar (mustaqil ta’lim uchun taqdimotlar, o‘quv, audio va video materiallar)dan foydalanishga ruxsat beriladi.
11. Yo‘nalish o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish ketma-ketligi O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan belgilanadi. Bunda tinglovchi o‘quv fanlari mazmunini elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtiradi.
12. Masofaviy kurslarda qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv rejasidagi o‘quv fanlari bo‘yicha onlayn ma’ruzalar (vebinar) tashkil etiladi.
13. Onlayn ma’ruzalar (vebinarlar) o‘tkazilishidan 3 kun oldin tizimda O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan onlayn ma’ruza o‘tkaziladigan sana, vaqt, ma’ruza mavzusi hamda ma’ruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan e’lon beriladi.
14. Tinglovchining o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun kurs davomida tinglovchi o‘quv rejasidagi har bir fan mavzulari bo‘yicha assesment (joriy nazorat) topshiriqlarini bajaradi.
Assesment topshiriqlari har bir fan mavzulari to‘liq o‘zlashtirsagina (56 % dan oshsa) navbatdagi mavzuga o‘tadi va ularni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga navbatdagi fanlarni o‘zlashtirishga ruxsat beriladi.
Assesment topshiriqlari test yoki professor-o‘qituvchi tomonidan tekshirib baholanadigan vazifa tarzida berilishi mumkin.
O‘quv rejasidagi barcha fanlar bo‘yicha tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ularning elektron reyting daftarchasida qayd etilib boriladi.
15. Kurs davomida tinglovchilarga buyurtmachilar ehtiyojlardan kelib chiqqan holda o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, maslahatlar onlayn yoki offlayn shaklda, maxsus reja asosida tashkil etiladi.
16. Bitiruv ishi mavzusi tinglovchi tomonidan tizimdagi mavjud mavzular doirasida ixtiyoriy tanlanadi va Akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bitiruv ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Masofaviy kurslarda tinglovchilarning amaliyoti (stajirovka) tinglovchi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotning tegishli yo‘nalish tuzilmalari bazasida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Rahbar kadrlarning malakaviy amaliyoti Akademiyaning amaliyot, stajirovka va joylardagi mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘limi orqali shakllantiriladi va nazorat qilinadi.
Amaliyot yakunlari bo‘yicha tinglovchining hisoboti va natijalari qayd etilgan bayonnoma ko‘chirmasi tasdiqlangan holda tizimning tegishli qismiga ilova qilinadi.
18. Oraliq (chiqish) onlayn test sinovlari masofaviy kurs dasturi doirasida tayyorlangan savollar asosida, belgilangan reja bo‘yicha tashkil etiladi.
Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Test sinovlarining natijalari shu vaqtning o‘zida e’lon qilinadi.
Bunda tinglovchilarga oraliq (chiqish) onlayn test sinovlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli markazlarda, belgilangan vaqtda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashayotgan boshqa tinglovchilar bilan birgalikda topshirishga ruxsat beriladi.
19. Masofaviy kurs davomida tinglovchining joriy (assesment ballari, elektron portfolio ko‘rsatkichlari va amaliyot natijalari) va oraliq nazorat (chiqish testi) turlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Akademiya Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash fakulteti tizimida qayd etib boriladi.
20. Masofaviy kurslarda o‘qish davomiyligi belgilangan reja asosida amalga oshiriladi. Bunda kurslarning o‘quv dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan, joriy va oraliq nazorat topshiriqlariga ajratilgan maksimal ballning 56 foizidan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga yakuniy attestatsiyaga kirishga ruxsat beriladi.
21. Agar tinglovchi uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy attestatsiyaga kela olmasa, unga takroriy attestatsiyadan o‘tish muddatidan kelib chiqqan holda keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida yakuniy nazoratga kirishga ruxsat beriladi.
Belgilangan muddat davomida kurslarning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirmagan tinglovchilar masofaviy kurslardan o‘tmagan hisoblanadi.
22. Masofaviy kurslar tinglovchilarini yakuniy baholash tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Akademiyada tashkil etiladigan imtihon komissiyalari tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
23. Masofaviy o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Akademiya Kengashi tomonidan hal etiladi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari (keyingi o‘rinlarda ta’lim xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
buyurtmachi — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar;
ta’lim oluvchi — o‘rnatilgan tartibda Akademiyada ta’lim dasturlari asosida bilim oluvchi jismoniy shaxs;
ta’lim xizmati — Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan buyurtmachining hisobidan va talabi asosida ta’lim berish faoliyati;
asosiy ta’lim dasturi — buyurtmachi talabi asosida Akademiya tomonidan shakllantirilgan ta’lim dasturi;
qo‘shimcha ta’lim dasturi — Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan hamda buyurtmachiga taklif etilgan ta’lim dasturi.
3. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish Akademiya ustaviga muvofiq amalga oshiriladi, undan kelib tushadigan mablag‘lar Akademiya ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
4. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish narxi o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda har yili Akademiya kengashi tomonidan belgilanadi. Tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumotlar Akademiya rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
5. Akademiya o‘quv dasturi va shartnoma shartlarida belgilangan ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari malakasini oshirish Akademiyaning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
6. Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuzilganidan so‘ng ta’lim xizmatlari ko‘rsatish narxini o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ikki tomonning roziligi bilan shartnoma predmeti kengaytirilgan hollar bundan mustasno.
Akademiya va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘ladi. Bir shartnoma doirasida ikki va undan ortiq guruh tinglovchilariga ta’lim xizmatlari bir vaqtda yoki turli vaqtda ko‘rsatilishi mumkin.
7. Akademiya tomonidan quyidagi ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin:
Akademiya o‘quv jarayoni dasturlari asosida ta’lim oluvchilarning malakasini oshirish;
buyurtmachi talabiga asosan ta’lim oluvchilarning malakasini oshirish;
Akademiyaning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tayyorlash.
8. Akademiya buyurtmachi bilan shartnoma tuzishga qadar ta’lim xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni buyurtmachiga taqdim etishi lozim.
9. Buyurtmachiga taqdim etiladigan ma’lumotlarda quyidagilar o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak:
Akademiyaning joylashgan manzili;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish yo‘nalishlari;
ta’lim xizmatlari ro‘yxati va ularni ko‘rsatish tartibi;
ta’lim xizmatlari narxi;
ta’limni tugatgandan keyin beriladigan hujjat shakli;
Akademiyaning ichki tartib-qoidalari.
10. Buyurtmachining so‘roviga binoan Akademiya quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi kerak:
Akademiya ustavi hamda o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar;
shartnoma namunalari;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlari;
ta’lim xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar.
11. Ma’lumotlar buyurtmachiga quyidagi usullarda yetkaziladi:
Akademiya rasmiy veb-sayti;
bukletlar;
prospektlar.
12. Ma’lumotlar o‘zbek tilida yoki buyurtmachining so‘roviga ko‘ra rus tilida taqdim etiladi.
13. Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun tomonlar o‘rtasida tuzilgan ta’lim xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) asos bo‘lib hisoblanadi.
14. Shartnoma tuzishda bir buyurtmachiga boshqasiga nisbatan ustuvorlik berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. Shartnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Akademiya to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot;
buyurtmachi — yuridik shaxsning to‘liq nomi, pochta manzili, uning nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili;
ta’lim oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami;
ijrochi, buyurtmachi va ta’lim oluvchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
ta’lim xizmati narxi va uni to‘lash tartibi;
ta’lim dasturining turi va yo‘nalishi;
ta’lim muddati;
ta’lim dasturini egallagan ta’lim oluvchiga beriladigan hujjat shakli;
shartnomani talablarini o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish va bekor qilish asoslari;
ta’lim xizmati xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa ma’lumotlar.
16. Shartnomaga ta’lim oluvchining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Shartnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Akademiyada saqlanadi, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga, uchinchi nusxasi ta’lim oluvchiga taqdim etiladi.
18. Shartnoma Akademiya nomidan Rektor tomonidan imzolanadi.
19. Buyurtmachi shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va muddatda ta’lim xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshiradi.
Akademiya ta’lim xizmatini ko‘rsatish davomida o‘quv jarayoni uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etadi.
20. Tomonlar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
21. O‘quv dasturlarida nazarda tutilgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklar uchun buyurtmachi quyidagilarni talab qilishga haqli:
pul to‘lash shartisiz ta’lim xizmatini ko‘rsatish;
ta’lim xizmati ko‘rsatish narxini mos ravishda pasaytirishni;
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan xarajatlarni qoplashni.
Agar buyurtmachini yuqorida qayd etilgan holatlar qanoatlantirmasa, u holda buyurtmachi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi mumkin.
22. Quyidagi hollarda shartnoma Akademiya tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin:
ta’lim oluvchining o‘quv dasturida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganligi;
ta’lim xizmati ko‘rsatish uchun to‘lovning shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmaganligi;
Akademiya ichki tartib-qoidalariga rioya qilinmaganligi.
23. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega. | 140 | 39,450 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son qarori (ro‘yxat raqami 1141, 2002-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 12 va 13-bandlarning “j” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. 16-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) agar obligatsiyada uning raqami, qiymati va sotilgan sanasining o‘zgartirilganligi yoki qalbakilashtirilganligi belgilari bo‘lmasa;”.
3. 18-banddan “, bank-agent muhri bilan amalga oshirilgan qaydlarni tasdiqlaydi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 29-banddan “va bank-agentning muhri bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 37-banddan “va bank-agentning muhri bilan tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 177 | 1,580 |
Qonunchilik | Pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi | Prezident tomonidan 4 may kuni “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Hujjatda aytilishicha, bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy aхborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qogʻoz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yigʻish jarayonini raqamlashtirishga toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Qarorga asosan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
2022 yil 1 iyuldan boshlab:
Pensiya jamgʻarmasiga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadning 20%ini Pensiya jamgʻarmasi хodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish huquqi berildi.
2022 yil 1 iyulga qadar Pensiya jamgʻarmasining binolari boʻyicha minimal talablarga asosan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan har bir hududda bittadan Pensiya jamgʻarmasining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi” tashkil etiladi.
2024 yilga qadar bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari binolari minimal talablarga moslashtiriladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Elmira Siraziyeva. | 44 | 1,442 |
Qonunchilik | Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida | Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludiga 660 yil to‘lishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ko‘rsatilgan qutlug‘ sana 1996-yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda keng nishonlansin.
2. Amir Temur tavalludining 660 yilligini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini ishlab chiqsin va ularning ijro etilishini tashkil etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1996-yilda “Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Moliya vazirligi bir oy muddatda Fanlar akademiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Amir Temur nomi bilan bog‘liq obidalar va qadamjolarni ta’mirlash, konservatsiyalash va obodonlashtirish, “Temuriylar davri madaniyati va san’ati” mavzusida maxsus xalqaro turistik marshrutlar ochish yuzasidan 1995 — 2000-yillarda amalga oshiriladigan konsepsiya dasturini 4-ilovaga muvofiq ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining tasdig‘iga kiritsinlar. Shu jumladan, 1995-1996-yillarda bajarilayotgan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va tegishli mablag‘ ajratilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 1996-yilda Amir Temur sharafiga Samarqand va Shahrisabz shaharlarida yodgorlik majmui barpo etish masalasini hal etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Amir Temur va uning davri fani, madaniyati va san’atiga oid yangi asarlarni, shu jumladan, chet ellarda nashr etilgan adabiyotlardan namunalarni nashr etishni o‘z rejasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi turkum ko‘rsatuvlar dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin.
9. O‘zbekiston davlat kinokompaniyasi Amir Temurning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida 1995-1996-yillarda badiiy film yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsin.
10. Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Amir Temur xiyobonida temuriylar davri tarixi muzeyini qurish va uni zarur eksponatlar bilan jihozlash yuzasidan tadbirlar belgilasin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddat ichida Amir Temurning jahon tarixida, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari taqdirida tutgan o‘rnini xolis o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish bo‘yicha o‘z dasturlarini ishlab chiqsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi 1995-1996-yillarga mo‘ljallangan istiqbol ishlarini belgilashda Tashkiliy qo‘mita tasdiqlagan tadbirlarga kirgan obyektlar qurilishi, tarixiy obidalarni ta’mirlash, obodonlashtirish uchun belgilangan tartibda markazlashgan sarmoya va respublika budjetidan tegishli mablag‘ ajratishni nazarda tutsinlar.
13. Vazirliklar, hokimliklar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek jamg‘armalar va fuqarolarning belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda o‘z moddiy-moliyaviy ulushlari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
1 Mamlakat miqyosida o‘tadigan bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha mahalliy hokimiyat idoralari, vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
2. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining tugallangan balansiga, bank muassasalarida joriy hisob-kitob hamda valyuta schyotlariga ega bo‘ladi.
U belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritadi va hisobotlar tuzadi.
O‘z nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga va blanklarga ega bo‘ladi.
Direksiyaning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
3. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi va unga muntazam hisob berib boradi.
4. Direksiya xodimlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
5. Direksiya rahbari mehnatga haq to‘lash, moddiy-tibbiy ta’minot shartlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi bo‘limining sho‘ba mudiriga tenglashtiriladi.
6. Direksiya xodimlari ish haqi, moddiy-tibbiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi bo‘limining katta eksperti va ekspertiga tenglashtiriladi.
7. Direksiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqadi, uning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi hamda nazoratni tashkil etadi;
tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda yubiley tadbirlarini tayyorlash va ularni o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar smetalarini tuzadi hamda uning maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qiladi;
xalqaro tashkilotlar va chet ellik ishtirokchilar bilan yubiley tadbirlariga aloqador munosabatlarni tezkorlik bilan hal etib boradi;
yubiley tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha muntazam ravishda tashkiliy qo‘mitaga hisobot berib boradi;
budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish;
yubiley ramzlarini, esdaliklari va buyumlarini tanlash, loyihalash, tayyorlash va taqsimlash ishlarini tashkil etadi;
o‘z huzurida mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Badiiy kengash tuzadi;
o‘zaro shartnomalar asosida qo‘shimcha ijodiy kuchlarni jalb etadi va belgilangan tadbir uchun ajratilgan mablag‘ hisobidan ularga haq to‘laydi. | 61 | 6,359 |
Qonunchilik | TOShKENT DAVLAT AVIATSIYA INSTITUTINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat aviatsiya institutini tashkil qilish to‘g‘risida” 1995-yil 31-maydagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent davlat aviatsiya instituti 1995-yilning 1-iyulidan boshlab tashkil etilsin.
Institut tarkibida Toshkent aviatsiya texnikumi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining o‘quv markazi negizida Toshkent aviatsiya kolleji va uchish-texnika o‘quv markazi barpo etilsin, bunda ularni mablag‘ bilan ta’minlash va faoliyat ko‘rsatishning mavjud tartibi saqlab qolinsin.
2. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zbekkoinot” agentligi Toshkent davlat aviatsiya institutining bazaviy korxonalari etib belgilansin, o‘qitiladigan talabalarning 50 foizi ularning buyurtmanomalari bo‘yicha test sinovlari yo‘li bilan reyting asosida, talabalarni o‘qitish xarajatlari to‘liq to‘langan holda qabul qilinadi.
Bazaviy korxonalar institutga o‘zining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy asbob-uskunalar va o‘qitishning texnika vositalari, kompyuter, audio va videotexnika, tashkiliy texnika va grafika chizadigan asbob-uskunalar bilan jihozlashda muntazam yordam ko‘rsatib tursinlar.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
manfaatdor vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda institut ustavini, kollej va o‘qish-texnika o‘quv markazi to‘g‘risida nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zbekkoinot” agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamda idoralar bilan kelishgan holda Toshkent davlat aviatsiya institutida va uning tarkibiy bo‘linmalarida kadrlar tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro‘yxatini tasdiqlasin.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining aviakompaniya xodimlari uchun belgilangan imtiyozlarni Toshkent davlat aviatsiya institutining barcha o‘qituvchilari va xodimlariga joriy qilish to‘g‘risidagi, shuningdek, o‘qituvchi-professorlar tarkibining ish haqiga aviakompaniya mablag‘lari hisobiga ustamalar berish haqidagi. taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida Toshkent davlat aviatsiya institutini ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
6. Toshkent shahar hokimligi Toshkent davlat aviatsiya institutini va uning bo‘linmalarini Usmon Yusupov ko‘chasi, 107; Oxunboboyev ko‘chasi, 12; Gogol ko‘chasi, 77-uydagi binolarga va Toshkent, 167, Aeroport, uchish-texnika o‘quv markaziga joylashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin. | 93 | 2,769 |
Qonunchilik | Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 28-bandning uchinchi xatboshisidagi “muhrlashi, o‘z imzosi va muhri bilan tasdiqlashi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar “imzo bilan tasdiqlashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 38-bandning birinchi xatboshisidan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. 43-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olish-nazorat qilish varag‘ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.”. | 108 | 1,384 |
Qonunchilik | Tadbirkorlar Toshkentni eng goʻzal shaharga aylantirishadi | Jumladan, Toshkent shahar hokimi, hokimlik huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi va biznes sohasi vakillarining ochiq, oshkora va oʻzaro ishonchli munosabatlarni oʻrnatishga bagʻishlangan ma’ruzalari tinglanadi. Forum doirasida tadbirkorlarning “Tor 500” hamjamiyati tashkil etiladi. U shahrimiz qiyofasini oʻzgartirish va Markaziy Osiyoning yirik shaharlari orasida uni yetakchiga aylantirish yoʻlida хizmat qiladi.
— Maqsadimiz biznes sohasi vakillarining ham hokimlik ishlarida faol qatnashishlari uchun sharoit yaratish — dedi shu mavzuga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqхoʻjayev. — Hech kimni majburlamaymiz, shunchaki oʻz tashabbusi bilan shahrimiz rivojiga hissa qoʻshishni istaydigan tadbirkorlarimiz juda koʻp. Hamjamiyatga u yoki bu tarzda poytaхtimiz rivojiga hissa qoʻshishga tayyor va uni uddalay oladigan hamshaharlarimizning barchasini taklif etamiz. Ular forumga tashrif buyurib, gʻoya va takliflarini bildirishlari mumkin.
Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, forumda mavjud muammolar ochiq va oshkora oʻrtaga tashlanadi va birgalikda ularga javob izlanadi, hokimlik ham investorlar va biznes hamjamiyati bilan oʻzaro ishonchga asoslangan, manfaatli munosabatlarni oʻrnatishga tayyor ekanini namoyish etadi.
Yangi tuziladigan hamjamiyat esa tadbirkorlar va soliq organlari, prokuratura, shahar va tumanlar hokimliklari, SES organlari oʻrtasida tengma-teng muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda.
— Avvaliga shahrimiz hokimiga kichik guruhdan iborat tashabbuskorlar hamjamiyatini tashkil etish fikrini bildirgan edim, ammo ular bu loyihani kengqamrovli amalga oshirgan ma’qul ekanini aytdilar. Va, Top-500 tadbirkorlar hamjamiyatini tuzishga qaror qildik, — dedi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov.
Forum chogʻida shahrimiz hokimi SWOT, ya’ni shahrimizning kuchli jihatlari, kamchiliklari, imkoniyatlari va хavflar tahlilini taqdim etadi va shuning asosida hamjamiyatning keyingi faoliyat yoʻnalishlari aniqlanadi. Xususan, hokim shaharni rivojlantirish, unda ham shaharliklar, ham sayyohlar va mehmonlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga doir qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilish borasidagi investitsion salohiyatni koʻrsatib berishi kutilmoqda.
“Tor 500” hamjamiyati Oʻzbekiston uchun mutlaqo yangi tuzilma boʻlib, uning maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va tarkibi bilan Hikmat Abduraхmonov tanishtiradi. Tadbirga 200-00-99 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib roʻyхatdan oʻtish mumkin.
Fozila Ashurova. | 58 | 2,532 |
Qonunchilik | Biznesni 30 daqiqada onlayn rejimida roʻyхatdan oʻtkazish mumkin | Mazkur hujjatning loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida 2016 yilning noyabr oyiga qadar muhokama qilingan edi. Oʻquvchilarimiz uning mazmuni bilan sharhimizda tanishib chiqish imkoniga ega boʻlishgan.
Eslatib oʻtamiz, 28.10.2016 yildagi PQ–2646-son Qarorga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarini (bundan banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatхonalari, shuningdek, NNT mustasno) davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimini 2017 yil 1 apreldan boshlab YaIDXPga integratsiyalashgan Internet tarmogʻidagi tizim orqali kechayu-kunduz amalga oshiriladi.
I-bosqich: soʻrovnomani shakllantirish
Tadbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyхatdan oʻtish uchun ariza beruvchi “Biznesni roʻyхatdan oʻtkazish” davlat хizmatini tanlaydi va quyidagi belgilangan shakllar boʻyicha soʻrovnomani shakllantiradi:
Ta’kidlash kerakki, firma nomi ariza beruvchi tomonidan lotin alifbosidagi ochiq firma nomlaridan soʻrovnoma shakllantirish jarayonida tanlanadi. Uning adashtirib yuborish darajasida bir хilligi yuzasidan tekshirish avtomat ravishda amalga oshiriladi. Tanlangan firma nomi 60 kalendar kuni mobaynida ariza beruvchi nomiga saqlanib turiladi. Shu tariqa, endi firma nomini zaхiraga olish hamda uning zaхiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol taqdim etish talab etilmaydi.
Soʻrovnomaga tegishincha quyidagilar ilova qilinadi:
Soʻrovnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Skaner qilingan hujjatlarni nusхa koʻrinishida «PDF» formatida ilova qilish ham mumkin.
Bu muhim! Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuborilayotgan har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida soʻrovnomaga ilova qilinishi kerak. Bitta faylning miqdori 10 Mbdan oshmasligi kerak.
Bulardan tashqari, ikki va undan ortiq muassislari boʻlgan yuridik shaхslarda muassisning soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga tizim tomonidan yuborilgan хabarnoma va uning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʻli bilan har bir muassisning muassislar tarkibiga kiritilganligiga roziligi mavjud boʻlishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaхslar bundan mustasno.
Muassislari tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaхslar koʻrsatilgan хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korхonalar, boshqa sub’yektlar arizani majburiy tartibda oʻz elektron raqamli imzosi bilan imzolashi kerak.
II-bosqich: davlat boji toʻlovi
Soʻrovnomani shakllantirish nihoyasiga yetganidan soʻng ariza beruvchi davlat boji toʻlaydi, uning stavkasi avtomat tarzda tasdiqlangan miqdorlar boʻyicha belgilanadi. Bunda Internet orqali roʻyхatdan oʻtishda stavkalar hozir boʻlish tartibida roʻyхatdan oʻtishga nisbatan ikki barobar arzon.
Toʻlov quyida taklif etiladigan usullardan biri vositasida amalga oshiriladi:
Bu muhim! Toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ortiqcha toʻlangan summalar bundan mustasno.
Davlat boji toʻlangan paytdan boshlab soʻrovnoma tizim tomonidan saqlanadi, u roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ mas’ul хodimining shaхsiy kabinetiga avtomat tarzda хabarnoma yuboradi.
III-bosqich: sub’yektni roʻyхatdan oʻtkazish va guvohnomani shakllantirish
Keyinchalik tizim belgilangan muddatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshiradi va ular tizimning tegishli ma’lumotlar bazalarida saqlanadigan ma’lumotlarga muvofiq boʻlganda:
Roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ mas’ul хodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtriх kod), shuningdek identifikatsiya raqamlarini saqlashi kerak.
Ariza beruvchi Yagona portaldagi elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanayotgan oʻzining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishga, shuningdek ularning nusхalarini qogʻozda chop etishga haqli.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 64 | 4,312 |
Qonunchilik | Chigitni qayta ishlashga kim haqli? | Kiritilgan tuzatishlarga koʻra chigit faqat “Oʻzpaхtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar roʻyхatiga kiritilgan yogʻ-moy tarmogʻi korхonalari tomonidan qayta ishlanadi (2015 yil 28 oktyabrdagi PQ-2422-son qarorga 5a-ilova).
Roʻyхatga kiritilmagan korхonalarda, shuningdek maishiy sharoitda chigitni qayta ishlash va paхta yogʻi ishlab chiqarish amaldagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi. Chigitni qayta ishlash va paхta yogʻi ishlab chiqarish bilan noqonuniy shugʻullanayotgan shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻriladi (JKning 1862-moddasi).
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 35 | 873 |
Qonunchilik | OBODONLAShTIRISh XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining xodimlarning ish haqini o‘rtacha 1,25 baravar oshirishni nazarda tutuvchi Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasini 2010-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning 1-ilovaga muvofiq tarmoq tarif setkasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet parametrlarini shakllantirishda Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasidan kelib chiqqan holda 2010-yildan boshlab obodonlashtirish xodimlari ish haqiga xarajatlarni nazarda tutsin.
5. O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda boshqarmalar deb ataladi), Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi:
boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshlarini;
lavozim maoshlariga qonunchilikka muvofiq belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalarni;
boshqarmalar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalaridan to‘lanadigan mukofotlarni o‘z ichiga oladi.
3. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlangan va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarmoq tarif setkasi (keyingi o‘rinlarda tarmoq tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq to‘lash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari — shaharlar boshqarmalari kiradi.
Ikkinchi guruhga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarning boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, Toshkent shahar Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
6. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari xodimning lavozimi va malakasiga qarab tabaqalangan.
Shtat jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) bo‘yicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasblar bo‘yicha ishlarning o‘rtacha razryadidan) kelib chiqib belgilanadi.
Ishning talab qilinadigan malakasini belgilashda xizmat ko‘rsatiladigan doiraning xususiyatlari va obodonlashtirish obyektining ahamiyati hisobga olinadi.
7. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini, shuningdek ushbu boshqarma tegishli bo‘lgan guruhni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
8. Xodimlarning tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) o‘zgartirish:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilganda;
xodim ushbu boshqarmada boshqa lavozimga o‘tganda yoki ishchiga yuqoriroq malaka razryadi berilganda amalga oshiriladi.
9. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq boshqarmalarning xodimlariga tarif stavkasiga:
ish vaqtidan tashqari ishlaganlik hamda dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida;
tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib 1,5 baravar miqdorida;
bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirganlik va o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha bo‘lmagan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun – asosiy kasb (lavozim) bo‘yicha xodim uchun belgilangan mehnat normasidan ortiqcha amalda bajarilgan ish uchun soatbay tarif stavkasi miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi.
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining o‘rtacha oylik soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xodimlarning dam olish kunlari ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Soat 22.00 dan soat 6.00 gacha ishlangan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek, ixtisoslashtirilgan boshqarmalar (Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan tashqari) hamda “Qaynarsoy issiqlik manbai”, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari xodimlariga oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus shahri va shaharlar — viloyat markazlari obodonlashtirish boshqarmalari, viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublika) bo‘ysunuvidagi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga — oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 15 foizi miqdorida ustama belgilanadi; obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi;
obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) Qaynarsoy issiqlik manbai”, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari xodimlariga ovqatlanish uchun mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensatsiya to‘lanadi;
faoliyati hayvonlarning jasadlarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obodonlashtirish boshqarmalarining nazoratsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari xodimlariga mehnatning zararli sharoitlari uchun — lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustamalar belgilanadi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar (Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasidan tashqari) Qaynarsoy issiqlik manbai”, “Qaynarsoy suvoqova” va “Qaynarsoynur” davlat muassasalari xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasining, Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari, viloyatga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar hamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha to‘lovlarga xarajatlar boshqarma xarajatlarining yillik smetasida aks ettiriladi.
91. Uzluksiz ish staji quyidagi holatlarda lavozimda ishlashga kirganda:
tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud doimiy yashash joyi o‘zgargani sababli tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sabab bo‘yicha), shu jumladan, eri yoki xotini boshqa yashash joyiga o‘tganda (o‘tish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) tashkilotlardan ishdan bo‘shagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
10. Ro‘yxati qonunchilikda belgilangan noqulay tabiiy-iqlim sharoitli joylarda rayon koeffitsiyentlari bo‘yicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar to‘lanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari bilan belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladigan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab tarmoq tarif setkasi bo‘yicha belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladi.
12. Har bir boshqarmada tashkil etiladigan boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mukofotlash va moddiy yordamning manbai hisoblanadi.
Boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi ushbu boshqarma tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida budjet mablag‘lari hisobiga hosil qilinadi.
13. Xodimlarni mukofotlash umuman boshqarma bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishi sharti bilan yil choragidagi ish yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zining funksional vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda boshqarma faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qo‘shish xodimlarga mukofot yozishning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Xodimlarning har bir toifasi bo‘yicha mukofotlashning aniq ko‘rsatkichlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Bir xodim hisobiga choraklik mukofot miqdori tarmoq tarif setkasi bo‘yicha uning tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
14. Quyidagilar xodimlar mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
ishlab chiqarish topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
biriktirilgan xizmat ko‘rsatish doirasiga va boshqarmaning yuritishidagi obodonlashtirish obyektlariga xizmat ko‘rsatishning belgilangan normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash;
xizmat ko‘rsatish doirasini zarur tarzda saqlash masalalari bo‘yicha aholining asoslangan tanbeh va shikoyati yo‘qligi.
15. Asoslash hamda moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha buxgalteriya va tezkor hisobga olish ma’lumotlari ilova qilingan holda boshqarmaning tegishli bo‘linmasi rahbarining bildirgisi xodimga mukofot yozish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
16. Mukofotlash to‘g‘risidagi qaror boshqarma rahbarining buyrug‘i bilan kamida 5 kishidan (toq son bo‘lishi shart), shu jumladan komissiya raisi – boshqarma rahbari, rahbarning o‘rinbosari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va boshqarma bo‘linmasi rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
17. Komissiyaning ish tartibi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Komissiyaning majlislari, qoidaga ko‘ra, har chorakda, ayrim hollarda esa – zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi.
Mukofotlash to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining kamida uchdan biri ovoz bergan taqdirda qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
18. Mukofot amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Mehnat shartnomasi to‘xtatilishi (xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlari buzilishi sababli mehnat shartnomasi to‘xtatilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilish, harbiy xizmatga chaqirish yoki boshqa uzrli holatlar munosabati bilan mukofot yoziladigan to‘liq ishlanmagan davrda mukofot amalda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda tayinlanadi.
19. Ishlab chiqarish va texnologik yo‘riqnomalar, ichki mehnat tartibi qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum qilinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan buzishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarni mukofotdan mahrum qilish (mukofotni kamaytirish), ushbu buzishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki buzishlar aniqlangan davr uchun amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo berishda xodim ushbu jazo berilgan davr uchun mukofotdan to‘liq mahrum qilinadi.
Yo‘l qo‘yilgan buzishlar va kamchiliklar uchun xodimlarga mukofot kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin. Pasaytiruvchi ko‘rsatkichlar ro‘yxati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
20. Boshqarmada kamida o‘n yil ishlagan xodimlarga pensiyaga chiqish munosabati bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilganda boshqarmada ishlangan har bir yil uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida, biroq xodimning 5 tarif stavkasi (lavozim maoshi)dan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la nafaqa to‘lanadi.
21. Xodimlarga mukofot to‘lash komissiyaning bayonnomasi asosida boshqarma rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
22. Boshqarma rahbari xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olish tashkil etilishi, xodimlarga tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilanishining to‘g‘riligi, ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar hisoblab chiqilganligi, mukofotlar yozilganligi uchun shaxsan javob beradi. | 96 | 15,032 |
Qonunchilik | Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son qarori (ro‘yxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. YSTning eng kam miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EKMyast — YSTning eng kam miqdori;
S — yer solig‘i. Yer solig‘ini hisoblab chiqarishda mazkur joy va yer toifasi uchun belgilangan stavkalar qo‘llaniladi. Bunda, Toshkent shahrida — 5-zona uchun belgilangan yer solig‘i stavkalari qo‘llaniladi.
Yer solig‘i bir chorak hisobida hisoblab chiqariladi ((yer uchastkasi (ijaraga olingan xona) maydoni x belgilangan stavka) / 4).
Agar ushbu Nizom 2-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshlagan bo‘lsa, yer solig‘i ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib hisoblab chiqiladi (yer uchastkasi va (yoki) ijaraga olingan xona maydoni) x belgilangan stavka) / 12 x YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST hisoblab chiqarilgan va to‘langan hisobot choragidagi oylar soni).
K1 — amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib qo‘llaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent;
K2 — yuridik shaxsning joylashgan joyidan kelib chiqib qo‘llaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent.”.
2. 2-ilova “M.O‘.” degan qisqartmadan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. | 195 | 2,530 |
Qonunchilik | FUQAROLARNI GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN IShLARGA JALB ETISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2003-y., 7-son, 63-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 2007-yil 2-maydagi 8-07-sonli “Narkotik moddalarning suiiste’moli va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha 2007 — 2010-yillarga mo‘ljallangan kompleks choralar Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
1. Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga jalb etish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 210-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2003-y., 7-son, 63-modda) qaroriga muvofiq fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarga jalb etish asoslari va tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar hamda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari xodimlariga tatbiq etilmaydi.
1. Mazkur Nizom qoidalari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi (bundan keyingi o‘rinlarda yuridik shaxslar deb yuritiladi):
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash, sotish (berish), tashish, ishlab chiqarish, yo‘q qilish, tayyorlash;
yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish;
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tibbiyot va veterinariyada, ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish;
prekursorlarni saqlash, sotish va tashish.
2. Fuqarolar mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarga faqatgina yakka hamda umumiy tartibdagi ruxsatnomalar (bundan keyingi o‘rinlarda ruxsatnomalar deb yuritiladi) asosida qo‘yiladi, bunda:
a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish mas’uliyati yuklatilishi ko‘zda tutilayotgan fuqarolarga ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq yakka tartibdagi ruxsatnomalar beriladi;
b) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarish majburiyatlari umumiy tartibdagi ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarga umumiy tartibdagi ruxsatnomalarning rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.
3. Ruxsatnomalar fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq ishlarga jalb etish uchun asos bo‘ladi.
4. Ruxsatnomalarning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga binoan belgilanadi, lekin bu muddat uch yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
5. Ruxsatnomaning yo‘qotilishi bunday ruxsatnomani bergan ichki ishlar idorasi tomonidan uni qaytadan tiklashiga (kelishishiga) qadar xodimlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq ishlardan vaqtincha chetlashtirishga sabab bo‘ladi. Ruxsatnomalarni begona shaxslarga berish taqiqlanadi.
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq ishlarga jalb etilayotgan fuqarolarning soni imkon qadar cheklanishi lozim.
7. Yuridik shaxslarning rahbariyati ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish hamda to‘xtatish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida ichki ishlar idoralariga taqdim etish uchun shaxsiy javobgardir.
8. Ruxsatnomalar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan joy bo‘yicha ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
9. Yakka tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun yuridik shaxs tomonidan hududiy ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza beriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) 3 x 4 sm hajmdagi 2 fotosurat;
2) pasport nusxasi;
3) doimiy yashash joyidan ma’lumotnoma;
4) yashash joyidagi narkologik va ruhiy kasalliklar dispansyerlarining ma’lumotnomalari.
10. Ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasi mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni olganidan keyin uch ish kuni mobaynida quyidagilarga:
ichki ishlar idorasining hududiy axborot markaziga — fuqaroning qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini o‘tamaganligi yoki sudlanganligi olib tashlanmaganligi yuzasidan (fuqaro respublikaning boshqa viloyatidan kelgan taqdirda so‘rovnoma o‘sha viloyatning axborot markaziga ham yuboriladi);
ruxsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar idorasining jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasiga — qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan;
ruxsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar idorasining huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘linmasiga — ichki ishlar idorasining profilaktik hisoblari bo‘yicha tekshirish va qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan so‘rovnomalar yuboradi.
11. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan ichki ishlar idoralarining bo‘linmalari o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasiga tegishli ma’lumotlarni yuboradi.
12. So‘rovnomalarga oid ma’lumotlar olingandan keyin ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasi besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ariza bergan yuridik shaxsga rasmiylashtirilgan ruxsatnomani beradi yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
13. Fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi ruxsatnoma olinganidan keyingina uni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq chiqarilishi mumkin.
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmagan muddatda yakka tartibdagi ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
15. Umumiy tartibdagi ruxsatnomalar xodimlarga yuridik shaxsning buyrug‘i asosida beriladi. Bunda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarga umumiy tartibdagi ruxsatnomalar berilgan fuqarolarning ro‘yxati dastlab mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ichki ishlar idorasi boshlig‘i hamda narkologik va ruhiy kasalliklar dispansyerlarining bosh shifokorlari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Kelishish yoki kelishishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishning muddati ro‘yxat olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
16. Ruxsatnomalar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilayotgan joyda saqlanishi lozim.
Berilgan (kelishilgan) ruxsatnomalarning nusxalari ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasida nazorat uchun saqlanadi hamda tegishli yuridik shaxs bo‘yicha yuritiladigan yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
17. Xodim giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishdan bo‘shatilgan taqdirda, yuridik shaxs tomonidan mazkur xodimni ishdan bo‘shatish haqida chiqarilgan buyruq nusxasi uch kunlik muddat ichida ruxsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo‘linmasiga yuboriladi.
18. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruxsatnomalar quyidagi shaxslarga berilmaydi (kelishilmaydi):
1) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarga;
2) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
3) doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga;
4) surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizmga duchor bo‘lgan hamda dispanser hisobida turuvchi shaxslarga;
5) qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga;
6) ichki ishlar idoralarida unga nisbatan qoralovchi (salbiy) materiallar mavjud bo‘lgan shaxslarga.
Mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda ham ruxsatnoma berilmaydi (kelishilmaydi).
19. Yakka tartibdagi ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda yuridik shaxslar ruxsatnomalarni bergan ichki ishlar idorasiga ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Amal qilish muddati tugagan umumiy tartibdagi ruxsatnomalar mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
20. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruxsatnomalarning amal qilinishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
1) xodim tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq ishlarni davom ettirish rad qilinsa;
2) yuridik shaxs tugatilsa;
3) ruxsatnomaning amal qilish vaqtida uning berilishi (kelishilishi)ni rad qilishga sabab bo‘ladigan holatlar aniqlanganda.
21. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qaror qabul qilingan kunidan boshlab keyingi bir ish kunidan kechiktirmay yuridik shaxsga yuboriladi.
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorda mazkur Nizomning 20-bandida ko‘zda tutilgan asoslar ko‘rsatiladi.
22. Ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlarga nisbatan ularning keyinchalik giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda xizmat qilishiga to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan taqdirda, bunday shaxslarni xizmat vazifalaridan ozod etish choralari ko‘riladi hamda bu haqida ruxsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasiga xabar beriladi.
23. Yuridik shaxslarning xodimlari ruxsatnoma talab etiladigan ishlarni bajarish uchun xizmat safarlariga chiqqan taqdirda, ularning xizmat safari guvohnomalarida ruxsatnoma mavjudligi haqida tegishli belgi qo‘yiladi.
24. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish holatlarida yakka tartibdagi ruxsatnoma ularni tashish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda bo‘lishi kerak.
25. Yuridik shaxslar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda ichki ishlar va sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan amalga oshiriladi. | 153 | 11,504 |
Qonunchilik | O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash, fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish yo‘lida fidoylik namunasini ko‘rsatganligi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, yosh avlod ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona mehnatlari bilan keng jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lganligi uchun quyidagilar mukofotlansin:
Sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni yaratish, ularni o‘z yurtiga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
Yoshlar iste’dodini kamol toptirish, ularni Vatanimizning munosib fuqarolari, ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari hamda millatlararo do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
Yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ta’lim jarayoniga yangi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish borasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 162 | 1,544 |
Qonunchilik | Jizzaхda Oʻzbekiston Milliy universiteti filiali ochiladi | Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-son qarorida shu haqda bayon etilgan.
Filialning asosiy vazifasi – psiхologiya, pedagogika, matematika va tabiiy fanlar, meхanika va boshqa mutaхassisliklar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash.
Filial psiхologiya sohasida Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida malakali kadrlarni tayyorlaydi.
2019/2020 oʻquv yilida davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari Ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Filial Jizzaх shahar, Sharof Rashidov koʻchasi, 259-uy manzilidagi Jizzaх transport va aloqa kasb-hunar kollejining binosida joylashadi. Kollej oʻquvchilarining barchasi oʻqishni bitirgunlariga qadar filial binosida oʻqishni davom ettiradilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2019 yildan kuchga kirdi. | 57 | 1,144 |
Qonunchilik | Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 589-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori (ro‘yxat raqami 1742, 2007-yil 27-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 491-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi,” va “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 4-banddagi, 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 16-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 6 va 9-bandlardagi “Agentlikning” degan so‘z “Davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 12-bandning oltinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan so‘z “Davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 13-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan so‘zlar tegishincha “Davlat qo‘mitasi” va “Davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 173 | 2,658 |
Qonunchilik | Chorvadorlar uchun qoʻshimcha subsidiyalar belgilandi | Vazirlar Mahkamasi 26.09.2020 yildagi 590-son qarorni qabul qildi, u bilan 12.05.2020 yildagi “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 280-son VMQga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjat bilan 2021-2023 yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi хoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga iхtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan "merinos" zotli qoʻy va "angor" zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Subsidiya yuridik shaхslarga "merinos" zotli qoʻy hamda "angor" zotli echkilardan qirqib olinib, gilam toʻqish uchun hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm jun uchun qoʻy va echkilarni parvarish qilish хarajatlarining bir qismini qoplashga 2 000 soʻmdan ajratiladi.
Subsidiya olish uchun ariza va zarur hujjatlar bilan chorvachilikni samarali rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tuman komissiyasiga murojaat qilish zarur. U 3 ish kuni ichida subsiyadiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Viloyat komissiyasi har yili 5 mayga qadar kelasi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyхatini shakllantiradi. Mazkur roʻyхatlar "Oʻzbekchorvanasl" agentligiga, shundan keyin Davlat byudjetiga kiritilishi uchun Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova. | 53 | 1,499 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axborotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Jumladan, vazirlik tomonidan 2021-yilda 28 ta normativ-huquqiy hujjatning huquqiy monitoringi o‘tkazilib, ularning 25 tasida kamchiliklar aniqlangan.
Vazirlikka huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasidan 2 246 tasi (88 foizi) huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan, shundan 308 tasi (12 foizi) huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan, 640 tasi (28,5 foizi) e’tirozlar bilan qaytarilgan.
Shuningdek, gilotina usulida Hukumat qarorlari qayta ko‘rib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qarori bilan 1 887 ta qaror o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan. Natijada normativ-huquqiy bazada Hukumat hujjatlari 10 foizga qisqargan.
Umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir qilmaydigan qonunchilik hujjatlarini qisqartirish maqsadida 488 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilib, ularning 11 foizga qisqarishiga erishilgan.
Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish doirasida 892 ta normativ-huquqiy hujjatdan 224 tasida 660 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Bundan tashqari, jami 11 000 dan ortiq barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat tashkilotlarining hududiy organlari faoliyatida “E-qaror” elektron tizimi joriy etilgan. Bu bilan tegishli hujjatlarni avtomatik tahlil qilish va barcha jarayonlarni adliya organlari tomonidan monitoring qilib borish imkoniyati yaratilgan.
Shu bilan birga, norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Birinchidan, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish, shu bilan birga 2021-yil 1-oktabrgacha Adliya vazirligiga markazlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish vazifasi yuklatilgan.
Biroq oradan 4 oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar mazkur markazlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Jumladan, Adliya vazirligining axborotiga ko‘ra, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida tanlov uchun e’lon qilingan 1029 ta shtat birligiga 6712 nafar nomzod hujjat topshirgan va shundan 877 nafar xodim ishga qabul qilinib, vakantlar soni bugungi kunda 152 tani tashkil etmoqda.
Xususan, vacancy.adliya.uz saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, nomzodlar yetarli bo‘lishiga qaramasdan Qashqadaryo viloyatining G‘uzor, Kasbi va Dehqonobod tumanlari Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida 2 tadan vakant, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Nurota, Qiziltepa tumanlari hamda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi markazlarda esa 3 tadan (tuman va shaharlarda jami 3 yoki 4 ta shtat birligi mavjud), eng asosiysi, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bekobod shaharlaridagi hamda Bo‘ka tumanidagi markazlarda markaz boshligi lavozimlari vakantligicha qolmoqda.
Bundan tashqari, boshqa hududlardagi markazlarda ham bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa-da, ular haqidagi ma’lumotlar vacancy.adliya.uz saytiga joylashtirilmagan.
Bu esa davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida, shu bilan birga ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 27-martdagi “Toshkent shahrida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori amaldagi qonunchilikka zid ravishda qabul qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat Senat tomonidan nazoratga olinib, qaror qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, mazkur sohada aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ta’sir choralarini qo‘llash adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan bo‘lsa-da, ushbu holatda Adliya vazirligi tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan.
Aksincha, mazkur qarorning qonunchilikka zidligi to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan Senatga ma’lumot taqdim qilish bilan cheklanilgan.
Uchinchidan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab qilganda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish muddati besh kungacha, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini ko‘rib chiqish muddati esa o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan:
xalq deputatlari viloyat, tuman, (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ikki ish kuni ichida;
viloyat, tuman, (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi besh ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Biroq Adliya vazirligi tomonidan 401 ta holatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari buzilgan.
Bundan tashqari, vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi qarori loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari ham buzilgan.
Masalan, Samarqand viloyati hokimining 2021-yil 24-noyabrdagi maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bilan bog‘liq xizmatlar uchun majburiy to‘lov tariflarini belgilashga oid 165-7-0-Q/21-sonli qarorini ekspertizadan o‘tkazish muddati buzilgan.
Shu kabi muddat buzilishlari birgina Samarqand viloyatida 10 dan ortiq holatda takrorlangan.
Shuningdek, Namangan viloyati hokimi va xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi tomonidan 2021-yilning 10 oyi davomida qabul qilingan 6 ta normativ tusdagi qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari buzilgan.
Xususan, Namangan viloyati hokimining 2021-yil 15-iyuldagi viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan to‘lovlar miqdorlariga oid qarorini ekspertizadan o‘tkazish muddati buzilgan.
Bu kabi holatlar tegishli normativ-huquqiy hujjatni o‘z vaqtida qabul qilish va ma’lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muddatining kechiktirilishiga sabab bo‘lgan.
To‘rtinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning takliflariga asosan ishlab chiqiladigan va Adliya vazirligi tomonidan har uch yilda bir marotaba tasdiqlanadigan tegishli rejaga asosan o‘tkazilishi va reja tasdiqlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi bilan kelishilishi zarurligi belgilangan.
Shu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi uni ishlab chiquvchi va huquqiy ekspertiza doirasida adliya organlari tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
Biroq Adliya vazirligining axborotida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot keltirilmagan.
Shuningdek, Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra (vazirlikning 2022-yil 22-yanvardagi 3/13-1/41-sonli javob xati) 2020-2021-yillar mobaynida 5043 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning bor yo‘g‘i 3 tasida gender tenglik prinsiplari buzilganligi aniqlangan.
Beshinchidan, vazirlikning axborotini o‘rganish jarayonida Adliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarda o‘zaro nomuvofiqliklar mavjudligi aniqlandi.
Xususan, vazirlikning 2022-yil 19-yanvardagi 3/40-1/76-sonli xatida 2021-yil davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun jami 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasining kelib tushganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yil 20-yanvardagi 3/20-1/120-sonli xatida esa ushbu raqam 2 960 tani tashkil etib, oradagi farq 406 tani ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, vazirlikning 2022-yil 19-yanvardagi 3/40-1/76-sonli xatida 2021-yil davomida vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan tegishli tashkilotlarga 8 280 ta taqdimnoma kiritilganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yil 20-yanvardagi 3/20-1/120-sonli xatiga ko‘ra tegishli tashkilotlarga kiritilgan taqdimnomalar soni 24 189 tani, shundan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasidagi taqdimnomalar soni 9 149 tani tashkil etib, umumiy taqdimnomalar soni bo‘yicha oradagi farq 15 909 tani, aynan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasidagi taqdimnomalar bo‘yicha oradagi farq 869 tani ko‘rsatmoqda.
Bu kabi o‘zaro nomuvofiqlik esa vazirlik tomonidan yuritiladigan statistik ma’lumotlarning haqiqiy holatdan farq qilishidan dalolat berishi mumkin.
Yuqorida bayon etilganlarga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov):
bir oy muddatda qonun hujjatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqqan holda ularni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ular ijrosi monitoringini takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda qonunchilikni tizimlashtirish orqali ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, qonunchilik bazasidagi harakatsiz va amalda qo‘llanilmayotgan hujjatlarni tubdan qisqartirish maqsadida gilotina usulidan foydalanishni yanada kuchaytirsin;
doimiy ravishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’sirini inobatga olsin;
ikki oy muddatda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy, gender-huquqiy va korrupsiyaga qarshi o‘tkaziladigan ekspertiza xulosalari vazirlikning rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda joylashtirilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijalarini qayta tahlil qilsin hamda bu borada xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda mazkur sohadagi faoliyatni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda xalqaro va milliy qonunchilikni, huquqshunos olimlar, ekspertlarning fikr-mulohazalari va tajribasini inobatga olgan holda qonunchilikda yuridik shaxslar uchun javobgarlikni belgilash masalasini puxta o‘rganib chiqsin hamda natijasi yuzasidan tahliliy hujjatlarni Senatga kiritsin;
ikki oy muddatda amaldagi bir-biriga zid bo‘lgan qonunchilik normalarini, ayniqsa tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni ko‘rib chiqsin va tegishli takliflarni tayyorlab Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda ushbu Qarorning ijro etilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
3. Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi (F. Boqiyev):
bir oy muddatda Adliya vazirligining ochiqlikni ta’minlash borasidagi faoliyatini o‘rganib chiqsin va natijasi yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotni Senat Kengashiga kiritsin;
doimiy ravishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini monitoring qilib borsin.
4. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Umarov):
har yarim yillikda adliya organlarining davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish faoliyatini tahlil qilib, natijasi yuzasidan Qo‘mitada muhokama qilinishini ta’minlab borsin;
norma ijodkorligi faoliyati borasida davlat idoralari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirsin;
ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotni 2022-yilning 20-may kuniga qadar Senat Kengashiga kiritsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
muntazam ravishda hududiy adliya organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni eshitib, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
hududiy davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti holati ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish tavsiya etilsin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 190 | 13,792 |
Qonunchilik | PROFESSIONAL BAHOLOVChIGA QO‘YILADIGAN MALAKA TALABLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 8-maydagi 210-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Professional baholovchiga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom, O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 2003-yil 8-maydagi 210-son qaroriga muvofiq, professional baholovchiga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi va professional baholovchi attestatini olish uchun attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tishga hujjatlarni taqdim etish paytida yuridik shaxslarning asosiy ish joyi bo‘yicha shtatdagi xodimlari sifatida faoliyat yuritayotgan professional baholovchilarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etiladi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
baholash tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
professional baholovchi — baholanadigan obyekt qiymatini belgilashni bevosita amalga oshiradigan jismoniy shaxs;
baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi;
o‘quv markazi — baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan baholash faoliyati sohasiga oid dasturlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash (malakasini oshirish)ni amalga oshiruvchi tashkilot.
2. Professional baholovchi quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak:
a) iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma’lumotga hamda oxirgi o‘n yil ichida baholash faoliyati sohasida kamida bir yillik ish stajiga yoki buxgalteriya hisobi va auditorlik sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
yoxud oliy ma’lumotga hamda oxirgi o‘n yil ichida baholash faoliyati sohasida kamida ikki yillik ish stajiga yoki buxgalteriya hisobi va audit sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
yoxud iqtisod, yuridik yoki texnik fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajalariga ega bo‘lishi;
yakka tartibdagi tadbirkor uchun — iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi hamda baholovchi sifatida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lishi;
b) o‘quv markazlarida ta’lim olganligi, bunda o‘qish muddati tugagan sanadan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lishi kerak;
boshqa mamlakatlarda baholash bo‘yicha tegishli kurslarni tugatganligi to‘g‘risida chet el mamlakatining xalqaro darajadagi sertifikatlari mavjud bo‘lsa va o‘qish muddati tugagan sanadan boshlab shu vaqtga qadar uch yildan ortiq muddat o‘tmagan taqdirda, o‘quv markazlarida ta’lim olgan bo‘lishi shart emas;
v) professional baholovchi attestatiga ega bo‘lgandan so‘ng, keyingi yildan boshlab har yili o‘quv markazlarida malaka oshirish dasturlari asosida yillik hajmi oltmish soatdan kam bo‘lmagan hajmdagi o‘quv kurslarda ta’lim olishi;
boshqa mamlakatlarda o‘quv kurslarining yillik hajmi oltmish soatdan kam bo‘lmagan holda (professional baholovchi attestatiga ega bo‘lgandan so‘ng, keyingi yildan boshlab) malaka oshirish bo‘yicha tegishli kurslarni tugatganligi to‘g‘risida chet el mamlakatining xalqaro darajadagi sertifikatlariga ega bo‘lgan taqdirda, o‘quv markazlarida malaka oshirish bo‘yicha ta’lim olinishi shart emas;
g) baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan professional baholovchi attestatiga ega bo‘lishi;
d) ishchanlik obro‘siga putur yetmagan bo‘lishi kerak.
Bunda, ishchanlik obro‘siga putur yetganlar — korxona, muassasa va tashkilotlarda sud belgilagan muddat mobaynida baholash yoki moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan, yoxud yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
3. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
4. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 95 | 4,397 |
Qonunchilik | Hunarmandlarga beriladigan imtiyozlar qonunda qayd etiladi | QHTBT portalida «Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.
U Prezidentning 3.10.2019 yildagi «Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5841-son Farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan. Hujjatda hunarmandchilik faoliyati tushunchasi, shuningdek «Usta-shogird» maktabi, sub’yektlarni roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va faoliyatini tugatish tartib-taomillari belgilangan.
Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha (ular 30 tadan ortiq) ishlash, shuningdek 10 nafardan ortiq boʻlmagan shogirdlarni ishga yollash imkoni hunarmandchilik faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisoblanadi. Amaldagi Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan buyum va tovarlar (ish, хizmatlar) turlarining roʻyхatini bitta band: kigiz bosish – turli tabiiy junlardan an’anaviy teхnologiyalar asosida qoʻl mehnati yordamida kigiz bosish, turli matolar va ipak yordamida kigiz mahsulotlariga bezak berish, liboslar, oyoq kiyimlar, bosh kiyimlar, uy-roʻzgʻor va interyer buyumlari, gilam, panno, oʻyinchoqlar tayyorlash bilan toʻldirish taklif etilmoqda. Ikkita yoʻnalish: pechka va kamin yasash, shuningdek postijerlik ishi chiqarib tashlanmoqda.
«Hunarmand» uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, davlat organlarining uning faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. U hunarmand maqomini berish, Xalq amaliy san’ati ustalarining Milliy katalogiga, Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar Reyestriga kiritish huquqiga ega. Uyushma huzurida hunarmandchilik mahsulotlarini olisdagi mintaqalardan sotib oladigan hamda eksport qilishda koʻmak beradigan savdo-хarid qilish korхonalari tashkil etilishi mumkin.
Qonun loyihasida hunarmandchilik faoliyati quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi belgilangan, хususan:
«Hunarmand» uyushmasi a’zolari uchun beriladigan imtiyoz va preferensiyalarga alohida e’tibor qaratilgan, ular:
Bundan tashqari, hunarmand хususiylashtirish dasturi doirasida «nol» хarid qiymatida sotiladigan davlat mulki ob’yektini olish хohishini bildirgan taqdirda, ushbu ob’yekt unga baholangan qiymatida (boshlangʻich investitsiya majburiyatlari bilan) ochiq savdolarga (tanlovga) qoʻyilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotiladi (beriladi) (batafsil qarang). Bir necha hunarmand bir ob’yektni olish istagini bildirgan taqdirda, u ochiq savdoga (tanlovga) qoʻyiladi va unda faqat ushbu hunarmandlar ishtirok etadilar. Ushbu shartlar asosida hunarmandga berilgan ob’yektdan 5 yildan kam boʻlmagan vaqt davomida hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida foydalanilishi lozim.
Qonun loyihasi Prezident va Vazirlar Mahkamasining quyidagi hujjatlarida belgilangan norma va qoidalarni oʻzida mujassamlashtirgan:
2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5242-son;
2019 yil 28 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4539-son;
2009 yil 29 iyuldagi «Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 216-son va b.
Loyiha 2020 yil 24 aprelgacha muhokama qilish, taklif va fikr-mulohazalar bildirish uchun joylashtirilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 58 | 3,544 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda):
1. 28-moddasi quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan to‘ldirilsin:
“l) yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra— eng kam oylik ish haqining — 50 foizi”.
2. 52 va 53-moddalari quyidagi mazmunda tahrir etilsin:
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot organlari to‘laydi.
Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalar ularning ish joyida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi”.
3. 58-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Pensioner (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda o‘zi istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot bo‘limini bundan xabardor qilishi shart”.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda) 389-moddasi ikkinchi qismidan “164-moddasining to‘rtinchi qismi, 165-moddasining uchinchi qismi, 166-moddasining to‘rtinchi qismi” degan so‘zlar hamda “168-moddasining to‘rtinchi qismi, 169-moddasining to‘rtinchi qismi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. Shu qismdagi “178, 182-moddalari” degan so‘zlar “178-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 132-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995-yil, № 9, 193-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda):
1. 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko‘zlamay turib, vaqtida yoxud to‘liq o‘tkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo‘yin tovlash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
2. 245-moddaning birinchi qismidagi “170, 171, 173-moddalari” degan so‘zlar “170-moddalari, 171-moddasining birinchi qismi, 173- moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 264-moddaning birinchi qismidagi “168, 172” raqamlari “168-moddalari, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 172” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 98 | 4,181 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO‘JALIK SUDLARINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarni rivojlantirish jamg‘armasini to‘g‘risida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larni o‘tkazish uchun maxsus hisob ochsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi (o‘rtoq R.A. Xachaturov) tuzilayotgan jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta’minlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi (bundan keyin jamg‘arma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudlari tizimini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlash uchun tuziladi.
2. Jamg‘arma:
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlarining tegishli yil smetalaridan tejash;
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlarini va jazo jarimalarini to‘lashdan davlat budjetiga tushadigan mablag‘larning 15 foizi miqdoridagi ajratmalar.
xo‘jalik sudlari organlarida qonunda belgilangan tartibda hosil qilinadigan boshqa daromadlar hisobiga tashkil topadi.
3. Jamg‘arma mablag‘larining tushumlari va xarajatlari so‘mlarda va chet el valyutasida alohida hisobga olinadi.
4. Jarima mablag‘laridan:
xo‘jalik sudlari muassasalari binolarini qurish, tuzatish va jihozlashda, ularni inventar, tashkiliy texnika vositalari bilan ta’minlashda va kompyuterlashtirishda;
xo‘jalik sudlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qo‘shimcha shtatini mablag‘ bilan ta’minlashda;
texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish va ularni tuzatishda;
xo‘jalik sudlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda;
xo‘jalik sudlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
5. Jarima mablag‘laridan foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi oliy xo‘jalik sudining raisi boshchilik qiladigan jamg‘arma Kengashi hal etadi.
Jamg‘arma Kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining va viloyatlar xo‘jalik sudlarining raislari kiradilar.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qarorlar jamg‘arma Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har yili jamg‘arma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
7. Mablag‘larni to‘plash va sarflash a’mollariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish borasidagi amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun maxsus apparat tuzilmaydi. | 86 | 3,049 |
Qonunchilik | SSP reklamani bepul joylashtirish boʻyicha aksiya e’lon qildi | – Kichik va хususiy tadbirkorlik toifasiga kiradigan har qanday kompaniya reklama bannerini www.chamber.uz saytida bepul joylashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. U kompaniya haqida umumiy ma’lumotlar va yangi tovarlar yoki хizmatlar yuzasidan qandaydir betakror taklifni saqlashi mumkin, deyiladi Savdo-sanoat palatasi хabarida.
Aksiya doirasida SSP reklama (aхborot) bannerlarini joylashtirish uchun uchta zonani taqdim qiladi:
- TOP BANNER (barcha sahifalarning yuqori qismida joylashtiriladi) – 1140x70;
- SIDE BAR (barcha sahifalarning oʻng qismida joylashtiriladi) – 270x175;
- LARGE BANNER (sayt barcha sahifalarining pastki qismida joylashtiriladi) – 840x200.
Aksiyada ishtirok etish masalalari boʻyicha (+99871) 239-19-51 telefon raqami orqali murojaat qilish yoki e-mail: [email protected] elektron pochta manziliga yozish lozim. | 61 | 843 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2012-yil 11-maydagi 2012-05-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorining mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2370, 2012-yil 15-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 276-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 4-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 6-band “, bundan Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 660, 1999-yil 3-mart) belgilangan holat mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
v) 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoxud qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.”. | 180 | 2,796 |
Qonunchilik | NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim qilingan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi bo‘yicha 2010-yil 17-avgustdagi xulosaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, shuningdek, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2010-yil 13-avgustdagi AN-01-02/1180 va BT-01-21/810-son qo‘shma xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish vazirining o‘rinbosari tomonidan 1997-yil 10-yanvarda RD RUz 34-381-125-96-son bilan tasdiqlangan Maishiy abonentlar bilan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 298, 1997-yil 16-yanvar) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ushbu hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 65 | 2,166 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan oldin ushbu tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dastlabki qaror — O‘zbekiston Respublikasiga tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan olib kiriladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha bojxona organi tomonidan qabul qilinadigan hujjat;
manfaatdor shaxs — O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarning egasi bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi yoki tovarga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs;
bojxona organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar (bundan buyon matnda tovar deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun mo‘ljallangan chet el tovarlari va (yoki) transport vositalari;
bojxona yig‘imi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalarda dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun undiriladigan yig‘im.
2. Dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Bunda, bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda manfaatdor shaxsdan dastlabki qarorni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek dastlabki qarorning mavjud emasligini asos qilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish yuzasidan bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilishidan oldin murojaat qilinadi.
4. Dastlabki qaror tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan tegishli bojxona organi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi va manfaatdor shaxsga taqdim etiladi.
Agar tovarlarni bir nechta bojxona organlari orqali olib o‘tish rejalashtirilgan bo‘lsa, manfaatdor shaxs o‘z xohishiga ko‘ra ushbu bojxona organlaridan istalgan bittasiga murojaat qilishga haqli.
5. Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiy hisoblanadi.
6. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) yoxud DBQning rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
7. Tovarlar asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markalari, modellari, artikullari, modifikatsiyalari), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan yili va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlansa, arizada tovarlar mazkur belgilariga ko‘ra alohida ko‘rsatiladi.
Agar tovarlarning miqdori asosiy o‘lchov birligidan (kilogramm) farq qiladigan o‘lchov birliklarida o‘lchansa, arizada har bir tovar bo‘yicha qo‘shimcha o‘lchov birliklaridagi (dona, litr, metr, kv. metr, juft va boshqalar) miqdorlar ham ko‘rsatilishi kerak.
8. Arizaga quyidagi ma’lumotlar va hujjatlar ilova qilinadi:
a) majburiy tartibda:
konosament, avia, avtotransport yoki temir yo‘l varaqasi;
hisob-faktura (invoys) yoki proforma-invoys;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq tovarlarning kodi;
tovarlarning narxi, miqdori (qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori), asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati, ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan bojxona qiymatini tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlar;
b) mavjud bo‘lganda:
tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikat;
yuk tashish (o‘rov) varaqlari;
tovarlarni tasniflash bo‘yicha olingan dastlabki qaror;
tovarlarning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari va pasportlari, shuningdek dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar.
Manfaatdor shaxslardan ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi lozim. Bunda, ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun manfaatdor shaxs javobgar hisoblanadi.
10. Manfaatdor shaxs bojxona organiga yozma shaklda murojaat qilganda, bojxona organi xodimi tomonidan manfaatdor shaxsga ariza qabul qilinganligini tasdiqlovchi ushbu xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tegishli hujjat yoki arizaning nusxasiga ushbu ma’lumotlarni qayd etgan holda imzo qo‘yib beriladi.
11. Manfaatdor shaxs YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilganda, arizada tovarlar haqidagi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq tegishli hujjatlarning elektron nusxalarini YIDXP yoki veb-saytda biriktiradi.
Manfaatdor shaxs arizani o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan tegishli bojxona organiga yuboradi.
12. YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda, ariza DBQning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda DBQ YaAAT deb yuritiladi) avtomatik ravishda kelib tushadi. Yozma shaklda topshirilgan arizalar kelib tushgan kundan kechiktirmay bojxona organining mas’ul xodimi tomonidan DBQ YaAATga kiritiladi.
Arizalar DBQ YaAATga kelib tushgan kunning o‘zida elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
13. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng shu kunning o‘zida manfaatdor shaxsning arizasida ko‘rsatilgan telefon raqamiga ariza qabul qilinganligi va uning ro‘yxat raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yuboriladi.
YIDXP va veb-saytda arizaning ro‘yxat raqami orqali uning holatini onlayn tarzda ko‘rish mumkin.
14. Ariza DBQ YaAATda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
15. Bojxona organi mas’ul xodimi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida uning mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganadi.
16. Quyidagi hollarda arizani ko‘rib chiqish rad etiladi:
a) arizani taqdim etishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa;
b) arizaga ushbu Nizomning 8-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
v) arizada nazarda tutilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri, tovarlarning bojxona qiymatini miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini bermaydigan va hujjatlar bilan tasdiqlanmagan axborotga asoslangan bo‘lsa;
g) manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar mavjud bo‘lsa.
Arizani ko‘rib chiqish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq arizani ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning o‘zida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada arizani ko‘rib chiqishning rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
18. Manfaatdor shaxs arizani ko‘rib chiqishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda, dastlabki qarorni olish uchun qaytadan murojaat qilishi mumkin.
19. Arizani ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, takroran kiritilgan ariza ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
20. Arizani ko‘rib chiqishning rad etilishiga asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bojxona organi mas’ul xodimi arizada ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usulidan kelib chiqib, taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 44-bobiga muvofiq ko‘rib chiqadi.
21. Dastlabki qarorni olish bo‘yicha arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
22. Dastlabki qaror DBQ YaAATda bojxona organining rahbari (o‘rinbosari) tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yo‘li bilan qabul qilinadi. Tasdiqlangan dastlabki qarorga DBQ YaAAT orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qo‘yiladi.
Bunda, arizada ko‘rsatilgan tovarlarning turlari va hajmidan qat’i nazar, bitta ariza bo‘yicha bitta dastlabki qaror qabul qilinadi.
23. Dastlabki qaror qabul qilinganidan so‘ng manfaatdor shaxsning telefon raqamiga dastlabki qaror qabul qilinganligi va bojxona yig‘imini to‘lash lozimligi to‘g‘risida tegishli to‘lov bo‘yicha invoys shakllantirilgan havolali SMS xabar yuboriladi.
Bojxona yig‘imi bojxona organining shu maqsadda ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan stavkalarda dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.
Bunda, dastlabki qarorni olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, mazkur bandda ko‘rsatilgan yig‘im bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.
YIDXPda bojxona yig‘imini to‘lash imkoniyati yaratiladi.
24. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun bojxona yig‘imi manfaatdor shaxsning ko‘rsatmasiga asosan uning bojxona organi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga dastlabki tarzda o‘tkazilgan pul mablag‘laridan ham yechib olinishi mumkin.
25. Manfaatdor shaxs bojxona yig‘imini to‘laganidan so‘ng, o‘zi murojaat qilgan YIDXP yoki veb-sayt orqali arizaning ro‘yxat raqamini kiritgan holda dastlabki qarorning elektron shaklini yuklab oladi, shuningdek yozma shaklda murojaat qilingan bo‘lsa, dastlabki qarorning elektron yoki qog‘oz shaklini ariza topshirilgan bojxona organidan oladi.
26. Manfaatdor shaxs qabul qilingan dastlabki qaror uchun bojxona yig‘imini o‘ttiz kun ichida to‘lamagan taqdirda, bojxona yig‘imi bojxona organi tomonidan sud tartibida undirib olinadi.
27. Qabul qilingan dastlabki qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor shaxslar haqidagi ma’lumotlarning konfidensialligini saqlagan holda veb-saytga avtomatik tarzda joylashtirib boriladi.
28. Quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etiladi:
a) ariza yuzasidan muqaddam aynan bir manfaatdor shaxsga aynan bir xil tovarlar bo‘yicha dastlabki qaror berilgan va bunga qadar ushbu dastlabki qarorning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa;
b) arizada ko‘rsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli uni tasdiqlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarga mos emasligi aniqlangan bo‘lsa.
Dastlabki qarorni qabul qilish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning o‘zida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi sabablari ko‘rsatiladi.
30. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda bojxona organiga qaytadan murojaat qilishi mumkin.
31. Bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilishda bojxona qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari miqdoriga ta’sir etgan xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra yoki qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan amal qilish muddati tugamagan dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida murojaat qilganda, dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish mazkur Nizomda dastlabki qarorni qabul qilish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritilishi uning amal qilish muddatining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
32. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda va shaklda murojaat qiladi hamda o‘zgartirish kiritish zaruriyati va asoslovchi hujjatlarni taqdim etadi.
33. Dastlabki qarorga manfaatdor shaxsning arizasiga asosan o‘zgartirish kiritilganda, dastlabki qaror qabul qilinganligi uchun belgilangan miqdorda bojxona yig‘imi undiriladi.
Dastlabki qarorga bojxona organining tashabbusi bilan o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, bojxona yig‘imi undirilmaydi.
34. Dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritilganidan so‘ng, YIDXP, veb-sayt va DBQ YaAATga joylashtirilgan dastlabki qaror bojxona organi tomonidan uning o‘zgartirilgan holatdagi shakliga almashtirib qo‘yiladi.
35. Dastlabki qarorga kiritilgan o‘zgartirish u kiritilgan kundan boshlab amal qiladi.
36. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish uchun ataylab noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, dastlabki qaror DBQ yoki sud tomonidan bekor qilinadi.
37. DBQ tomonidan dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi.
Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinganda dastlabki qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
38. Agar bojxona hududi orqali o‘tkazilgan tovarlarning bojxona to‘lovlari bekor qilingan dastlabki qaror asosida haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan kam to‘langanligi aniqlansa, to‘lovlarning kam to‘langan qismi aybdor shaxslardan ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi.
39. Dastlabki qaror manfaatdor shaxsning aybi bilan bekor qilingan taqdirda, uning uchun to‘langan bojxona yig‘imi qaytarilmaydi.
40. Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror DBQ YaAATga elektron shaklda joylashtiriladi.
41. Dastlabki qarorga o‘zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi.
42. Dastlabki qaror qabul qilingan kundan boshlab 90 kalendar kun davomida amal qiladi.
43. Dastlabki qarorda ko‘rsatilgan tovarlar bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida olib kirilgan taqdirda, dastlabki qaror tashqi savdo shartnomasi muddati tugagunga qadar, biroq qabul qilingan kundan boshlab 90 kalendar kun davomida amal qiladi.
44. Dastlabki qaror asosida O‘zbekiston Respublikasining istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Bunda, dastlabki qarorni qabul qilish uchun taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlar bilan bir xil bo‘lishi kerak.
45. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida bojxona organining xodimlari tomonidan DBQ YaAATdan dastlabki qarorning elektron shakli manfaatdor shaxs taqdim etgan ma’lumotlar (familiya, ism, otasining ismi yoki arizaning ro‘yxat raqami) asosida istalgan vaqtda yuklab olinadi.
46. Tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari dastlabki qaror asosida amalga oshiriladi.
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
48. Manfaatdor shaxslar bojxona organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, bevosita DBQning apellatsiya kengashiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Bojxona organlari tomonidan manfaatdor shaxslardan asossiz ravishda undirilgan mablag‘lar qoplab beriladi.
49. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 205 | 16,664 |
Qonunchilik | MAHALLIY SANOATNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Mahalliy sanoatni boshqarishni yanada takomillashtirish, xususiylashtirishni chuqurlashtirish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirish, bozorning xalq iste’mol mollari bilan to‘ldirilishi uchun mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, “Mahalliy sanoat” hududiy sanoat-savdo konsernlarining:
“Mahalliy sanoat” Davlat korporatsiyasini tugatish;
mavjud “Mahalliy sanoat” hududiy sanoat-savdo konsernlari negizida respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), viloyatlar va Toshkent shahar “Mahalliy sanoat” ishlab chiqarish-savdo aksionerlik kompaniyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Mahalliy sanoat” hududiy ishlab chiqarish-savdo aksionerlik kompaniyalari:
“Mahalliy sanoat” hududiy sanoat-savdo konsernlarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi hamda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida ta’sis etiladi;
o‘z faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradilar;
o‘z faoliyatini qatnashchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy kompaniya Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
3. “Mahalliy sanoat” hududiy ishlab chiqarish-savdo aksionerlik kompaniyalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
kompaniya tarkibiga kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish va marketing faoliyati, moddiy-xomashyo resurslarini sotib olish, ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilish, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiyalash, shu jumladan xorijiy sarmoyani jalb etish asosida qaytadan jihozlash hamda rekonstruksiyalash masalalarida ularga yordam ko‘rsatish;
xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan juda to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
tegishli mintaqalar hududida, birinchi navbatda qishloq joylarda aholining ish bilan bandligini kengaytirish uchun kichik va o‘rta korxonalarni barpo qilish hamda rivojlantirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mahalliy sanoat” hududiy kompaniyalari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qilishda ularga butun choralar bilan yordam bersinlar.
4. “Mahalliy sanoat” hududiy ishlab chiqarish-savdo aksionerlik kompaniyalariga mahalliy sanoat korxonalarini tiklash va rivojlantirish Fondlarini tashkil qilishga ruxsat berilsin va quyidagilar ularning faoliyatidagi asosiy vazifalar sifatida belgilab qo‘yilsin:
kompaniya korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiyalashni moliyalash;
ish joylarini vujudga keltirish hamda mahalliy xomashyo resurslaridan va ishlab chiqarish chiqitlaridan to‘liqroq foydalanish maqsadida qishloq joylarda yangi korxonalar barpo etish va rivojlantirishni moliyalash;
mahalliy sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi infrastrukturani rivojlantirish.
Quyidagilar mahalliy sanoat korxonalarini tiklash va rivojlantirish Fondlarining mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
hududiy ishlab chiqarish-savdo aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarining davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha dividendlarning 50 foizi;
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning hokimiyatlar tomonidan belgilangan tartibda yo‘naltiriladigan qismi;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, hududiy ishlab chiqarish — savdo aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning korxona balans foydasining ikki foiziga qadar miqdordagi erkin foydasi qoldiqlari hisobidan ajratmalari.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-sentabrdagi PF-469-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin. | 60 | 4,082 |
Qonunchilik | “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi QL-707-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi QL-707-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 98 | 269 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MARKAZIY BANKDA MAJBURIY ZAXIRALARNI DEPONENTLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 28-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2005-yil 18-yanvar, ro‘yxat raqami 1444) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 152 | 552 |
Qonunchilik | Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | Qayd etilsinki, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlayotgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, davlat xizmatlari ko‘rsatishning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda, davlat bilan ishbilarmonlar o‘rtasida tizimli muloqot yo‘lga qo‘yildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rta sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishning eng muhim omili sifatida kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Shu bilan birga, taraqqiyotning hozirgi bosqichida biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarida shakllangan yondashuvlarni qaytadan ko‘rib chiqish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning yangi tizimi yaratilishini taqozo etmoqda.
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada faol jalb etish va xususiy biznesini boshlashga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha sarsongarchiliklarsiz va qog‘ozbozliksiz tezkor hal etishga xizmat qiladigan bozor infratuzilmasining barqaror ishlashi va yanada rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmning samarali tizimini yaratish zarur.
Shu o‘rinda, maqomi, faoliyat yo‘nalishi va ko‘lami, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va vakolatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, biznes hamjamiyati va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va sog‘lom sherikchilik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlar bilan biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha dolzarb axborot almashinuvining doimiy kanalini, avvalo viloyatlar, shaharlar va tumanlarda joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning amaliy natijalariga erishish, o‘zining biznesini tashkil etish va yuritishda aholiga har tomonlama ko‘mak berish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalarining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimini tubdan qayta isloh etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib, quyidagilar belgilansin:
a) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, jumladan:
vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda uning natijalarini tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishini ta’minlash.
b) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish, jumladan:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhiti holatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish orqali tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.
v) tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida — tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish:
yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish;
tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga yordam berish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatish;
moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Savdo-sanoat palatasi a’zolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;
innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startup” loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish.
g) davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida — davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni moslanuvchanligi va natijadorligiga xizmat qiladigan samarali o‘zaro hamkorlik tizimini va yangi ish shakllarini joriy etish, jumladan:
tadbirkorlik subyektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish, “to‘g‘ridan to‘g‘ri va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;
tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil qilish;
viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
d) tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida — tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;
tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish;
ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
e) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida — respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, jumladan:
biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish;
tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi belgilangan aniq strategik maqsadlar va asosiy vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlasin, Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi majlislarida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini muntazam ko‘rib chiqsin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining strategik maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muassislarining quyidagi takliflari ma’qullansin:
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining qurultoyi oliy boshqaruv organi hisoblanadi va u har to‘rt yilda kamida bir marta yig‘iladi;
qurultoylar orasida palataning boshqaruv organi qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan 25 kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi hisoblanadi;
palataning ijro etuvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya qo‘mitasi hisoblanib, u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumiga bevosita hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi syezdining delegatlari tomonidan saylanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bo‘yicha Prezidium raisi lavozimiga Prezidium a’zolari tomonidan saylanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan tayinlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi huquqlar berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga solish masalalari bo‘yicha takliflar taqdim etish;
ekspert kengashlarini tashkil etish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha noaniqliklar va turlicha yondashuvlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy javob talab etiladigan yozma so‘rovnomalarni taqdim etish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan va cheklayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etish;
Respublika nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning muddatlari va sonini belgilashda, tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish uchun bevosita ularning faoliyati tekshiruvlarida ishtirok etish, shuningdek, tekshiruvlarning natijasi bo‘yicha qabul qilingan nazorat organlarining qarorlariga norozilik bildirish;
tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishni ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning vakolatli shaxslaridan zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish;
jinoiy ishlar bo‘yicha amaliyotda jamoat himoyachilari sifatida ishtirok etish;
davlat organlarining vakolatli shaxslari qarorlari, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari nomidan sud jarayonining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, shikoyat arizalari bilan bir qatorda apellatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, jumladan nazorat tartibida rad etish to‘g‘risidagi xatlarni taqdim etish;
davlat aktivlarini xususiylashtirish, shuningdek, davlat organlari va davlat xizmatlarining ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;
o‘zining tarkibida belgilangan tartibda ta’lim muassasalarini tashkil etish.
5. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasiga mutlaqo yoki ma’lum qismiga qarshi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlaydigan qonunchilik va ijro etish hokimiyati organlariga o‘z xulosalarini taqdim etish huquqiga ega;
tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki cheklovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish zaruriyati to‘g‘risida taqdim etilgan tavsiyalar va majburiy javobni talab qiladigan yozma murojaatlar qonunda belgilangan muddatda majburiy ravishda ko‘rib chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida asoslangan xulosalar taqdim etilishi lozim;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari majburiy tartibda davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoatchilik maslahat kengashlarining tarkibiga kiritiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibida viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida, tumanlar va shaharlardagi bo‘limlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar bilan qo‘shma joylashtirish tamoyili asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilsin.
7. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
zarur shart-sharoitlarni yaratish va bir joyning o‘zida keng ko‘lamli davlat organlari hamda bozor infratuzilmasi subyektlarining xizmatlari, biznes-xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
tadbirkorlik subyektlariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, axborot ta’minoti, davlat xizmatlaridan foydalanishda (ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish, litsenziyalash va boshqa hujjatlar) ko‘mak berish;
biznes-rejalar ishlab chiqish, shuningdek, lizing, sug‘urta va baholash xizmatlaridan foydalanish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;
moliyaviy, tovar-xomashyo va tabiiy resurslar, texnologik mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda ko‘maklashish;
soliqqa tortilish, ishchilar yollash, statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, bino va joylarni ijaraga olishda maslahatlar berish;
xalqaro standartlar va sertifikatsiya tizimini joriy etishda, jumladan tashqi savdo hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda yordam berish;
tadbirkorlik subyektlari uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha bozor infratuzilmasi subyektlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralarni tashkil etish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda “bevosita va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha amaliy va samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmini yaratish maqsadida, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda takliflarini muhokama qilish bo‘yicha maxsus portalni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil qilish amaliyotiga quyidagilar tatbiq etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolarining iqtisodiy faoliyatning muammoli masalalarini muhokama qilish, ularni hal etish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflarini, shuningdek, yangi biznes-g‘oyalar va loyihalar amalga oshirilishini muhokama qilish uchun tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari bilan hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini, shuningdek, deputatlarning sayyor qabullarini tashkil etish;
har yili biznes-hamjamiyat, mintaqaviy va xalqaro biznes vakillarining Iqtisodiy forumini o‘tkazish, uning maqsadi sifatida biznes doiralar, ilmiy hamjamiyat, Hukumat va aholi o‘rtasidagi muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston, mintaqa va jahon iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini mustaqil, xolisona tahlil qilish asosida mustahkam aloqalar o‘rnatish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
11. Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni taqdim etsin:
mazkur Farmondan kelib chiqib, qonunchilikka kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflar;
yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibida xorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. | 185 | 23,784 |
Qonunchilik | AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILG‘I, ENERGIYA VA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR ChAKANA NARXLARI HAMDA TARIFLARINI QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA | Aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiyani ishlab chiqarish va ko‘rsatiladigan xizmatlar xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 17-avgustidan boshlab aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiyaning, suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatishning davlat chakana narxlari va tariflarini oshirishning cheklangan miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z huquq doiralariga muvofiq yoqilg‘i, energiya va ko‘rsatiladigan xizmatlarning yangi chakana narxlari va tariflarini tasdiqlasinlar hamda 1992-yilning 17-avgustidan boshlab joriy etsinlar, preyskurantlarni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlasinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga aholiga ko‘rsatiladigan sanitariya-tozalash xizmati tariflarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
2. Gaz-ballonli avtomobillar uchun suyultirilgan uglevodorodli yoqilg‘i gaz bo‘yicha shartnomaviy (erkin) narxlarga o‘tish amalga oshirilsin.
3. “O‘zbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, vazirliklar hamda idoralarning ishchilar ta’minoti boshqarmalari va ishchilar ta’minoti bo‘limlari, chakana narxlarni oshirish koeffitsiyentidan kelib chiqqan holda, 1992-yilning 17-avgustigacha bo‘lgan holati bo‘yicha qolgan ko‘mirni ilovaga muvofiq qayta baholab chiqsinlar.
4. Yuqorida ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlar guruhiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan chakana narxlar darajasini oshirishning cheklangan narxlari bekor qilinsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. | 135 | 1,961 |
Qonunchilik | 2003 YIL 27 DEKABR ShANBA DAM OLISh KUNINI 2004 YIL 2 YaNVAR JUMA KUNIGA KO‘ChIRISh TO‘G‘RISIDA | Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2003-yil 27-dekabr shanba dam olish kuni 2004-yil 2-yanvar jumaga ko‘chirilsin. | 95 | 267 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik sub’yektlarini pasportlashtirish boʻyicha eksperiment boshlandi | Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 54 ta mahallada tadbirkorlik sub’yektlarining pasportlari tuzila boshladi, deya хabar berdi Davlat soliq qoʻmitasi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 oktyabrdan koʻzdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq toʻlovchilarning pasportlashtirilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Toʻplangan dalillar keyinchalik soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun asos boʻladi.
Pasport tuzish jarayonida:
Eksperiment oʻtkazish davomida qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, 1 070 nafar fuqaro roʻyхatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani, 277 ta yakka tartibdagi tadbirkorda 507 nafar shaхs tegishli ravishda rasmiylashtirilmasdan yollanma хodim sifatida ishlayotgani ma’lum boʻldi. Shu va boshqa aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. | 76 | 1,003 |
Qonunchilik | Islom madaniyati markazi qanday faoliyat koʻrsatadi? | Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 572-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Markaz Prezidentning 23.06.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan. Markazning asosiy maqsadlari va vazifalari toʻgʻrisida batafsil – bu yerda.
Oʻrnatilishicha, Markaz yuridik shaхs hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi. Islom madaniyati markazi хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Markazga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor (Sh.Sh.Minovarov) boshchilik qiladi. Direktor oʻrinbosarlari rahbarning oʻzi tomonidan tayinlanadi.
Markazning Vasiylik kengashi bir yilda kamida 1 marta chaqiriladi. Kengash:
Markazda muzey faoliyat yuritadi. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini toʻldirish, hisobga olish va ulardan foydalanish, shuningdek ular bilan bogʻliq materiallarni e’lon qilish Markaz direktorining yozma ruхsatnomasi bilan amalga oshiriladi. Muzey ashyolari va kolleksiyalarining alohida rejimda saqlanadigan ashyolari (keng jamoatchilik uchun moʻljallanmagan arхiv hujjatlari) hisoblangan tarkibiy qismlari maхsus hisobga olish hujjatlarida alohida hisobga olinadi.
Markazga bir oy muddatda:
Markaz manzili: 100002, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 47-uy. Muassasaga 2 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 1 ta yengil хizmat va 1 ta navbatchi avtotransport vositasi ajratildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 52 | 1,972 |
Qonunchilik | YaRMARKA SAVDOSINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Aholining to‘lovga qodir talabini yanada to‘laroq qondirish, ichki iste’mol bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, uni vatanimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli raqobatbardoshli tovarlar bilan to‘ldirish, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida barqaror aloqalarni o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi huzurida 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilsin.
Respublika kengashi tomonidan uning vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi.
2. Quyidagilar Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublikaning iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida mustahkam, uzoq savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ko‘maklashish;
iste’mol tovarlari sotish bo‘yicha doimiy ishlovchi va mavsumiy ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
ichki iste’mol bozorining ahvolini tahlil qilish va iste’mol tovarlarining aholi ko‘plab talab qiladigan, ilgari respublikada ishlab chiqarilmagan yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi texnologiyalarni, asbob-uskunalarni va “nou-xau”larni namoyish qilish bo‘yicha ko‘rgazmalar hamda ko‘rgazma-savdolar tashkil etish;
oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat buyumlari, boshqa nooziq-ovqat tovarlar sotish bo‘yicha yarmarka qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘zi ishlab chiqargan iste’mol tovarlarining firma savdosi shoxobchalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
respublika ulgurji yarmarkalarini o‘tkazish muddatlari va tartibini, yarmarkalar ishida qatnashish uchun jalb etiladigan ishlab chiqaruvchi korxonalar doirasini aniqlash.
3. Respublika kengashi tarkibida asosiy tovar guruhlari – oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlar bo‘yicha doimiy ishlovchi yarmarka qo‘mitalari tashkil etilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan tovar guruhlariga kiruvchi iste’mol tovarlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
Yarmarka qo‘mitalariga:
doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar hamda iste’mol tovarlari ko‘rgazma-savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
savdo tashkilotlari bilan tovar yetkazib berish shartnomalari tuzish maqsadida iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning, shu jumladan kichik biznes korxonalarining keng doirasini ulgurji yarmarkalarda qatnashish uchun jalb qilish;
iste’mol tovarlarining tegishli nomenklaturasi bo‘yicha respublika aholisi ehtiyojlarini aniqlash hamda ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirishga ko‘maklashish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar va ularni xarid qiluvchilarning ulgurji yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish.
Yarmarka qo‘mitalarining shaxsiy tarkibi 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi Nizomni hamda Yarmarka qo‘mitasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashi (Usmonov), yarmarka qo‘mitalari vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar ishtirokida:
2002-yil 20-dekabrgacha bo‘lgan davrda 2003-yilda iste’mol tovarlari yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha ulgurji yarmarkalar o‘tkazish jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
2003-yildan boshlab doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar bilan bir qatorda mavsumiy (kuz-qish, bahor-yoz) hamda ixtisoslashtirilgan yarmarkalar o‘tkazilishini ta’minlasinlar;
xaridorgir iste’mol tovarlarining aniq turlari va nomenklaturasini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni shakllantirish va respublika korxonalarida joylashtirish ishlarini faollashtirsinlar.
7. Toshkent, Urganch, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida doimiy asosda iste’mol tovarlarini sotish bo‘yicha mintaqaviy ulgurji-chakana savdo yarmarkalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mintaqaviy ulgurji-chakana savdo yarmarkalari faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar, ularni zarur binolar, zamonaviy savdo-texnologiya asbob-uskunalari, aloqa tizimlari bilan ta’minlasinlar.
8. Uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xo‘jalik va jamoat birlashmalariga, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga:
doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalar va iste’mol tovarlari ko‘rgazma-savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashish;
shartnomalarning ustuvor ravishda doimiy ishlovchi ulgurji yarmarkalarda tuzilishini va o‘z mahsulotlari sotilishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
10 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, go‘sht va baliq konservalari
Sut va sut mahsulotlari, mol yog‘i, pishloq va brinza, muzqaymoq va boshqalar
Shakar
Choy
Un, non va non-bulka mahsulotlari, yorma, guruch
Qandolatchilik (xamirli va shakarli) mahsulotlari, sharq shirinliklari, makaron mahsulotlari, xamirturush
O‘simlik yog‘i, margarin, kir sovun va atir sovun
Quruq mevalar va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari
Vino-aroq, konserva mahsulotlari, pivo va alkogolsiz ichimliklar
Tamaki mahsulotlari
Sintetik kir yuvish vositalari, tish pastasi, attorlik mahsulotlari
Tikuvchilik mahsulotlari, trikotaj mahsulotlar, paypoq buyumlari, tikuvchilik galantereyasi
Ip gazlama, shoyi, jun gazlama, gilam va gilam mahsulotlari
Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal), charm-galantereya va mo‘yna buyumlar
Chinni mahsulotlar, shtamplangan alyuminiy idish-tovoq, billur va shishadan tayyorlangan buyumlar
Mebel, mebel aksessuarlari, qog‘oz, qog‘oz buyumlar, bosma mahsulotlar
Murakkab maishiy texnika
Zargarlik buyumlari
Qurilish materiallari
Madaniy-maishiy va xo‘jalik buyumlari
Tomorqa-bog‘dorchilik ashyolari va boshqa nooziq-ovqat tovarlar | 81 | 6,951 |
Qonunchilik | XT shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatini oʻzgartirish taklif etilmoqda | QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
2019 yil 1 yanvardan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga (Vazirlar Mahkamasining 7.01.2011 yildagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan; bundan keyin – Roʻyхat) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Birinchidan, Roʻyхatdan quyidagi faoliyat turlarini chiqarib tashlash moʻljallanmoqda:
Ikkinchidan, Roʻyхatning ayrim bandlariga tuzatish kiritish koʻzlanmoqda. Masalan, 1 va 3-bandlar bitta faoliyat turiga birlashtiriladi: amaldagi tahrirdagi mazkur bandlarda belgilangan istisnolar bilan birga savdo shoхobchalarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish.
Shu sababli turgʻun shoхobchalarda aralash savdo qilish, shuningdek tovarlarni import qilish va chakana sotish (Roʻyхatning 4, 5-bandlari) roʻyхatdan chiqarib tashlanadi.
Koʻchma savdo ob’yektlarida aralash savdo qilish (vaqtincha joylashtirilgan va mavsumiy yoki maqsadli tusga ega boʻlgan, shuningdek ish kuni yakunlangandan keyin demontaj qilish va koʻchirishni talab qiluvchi ob’yektlar), ya’ni koʻchma savdo yuzaga keladi.
Eslatib oʻtamiz, koʻchma savdo Davlat хizmatlari markazlari orqali tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladigan ruхsatnomalar asosida amalga oshiriladi (batafsil qarang).
Roʻyхatning 36-bandini esa kengaytirib, 4 ta mustaqil faoliyat turiga «boʻlish» taklif etildi:
Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin. | 90 | 1,689 |
Qonunchilik | “Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2011-yil 19-avgustdagi 55, 2011-28, 04-8/3508-son “Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2268, 2011-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 39-son, 406-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 15-fevraldagi 25, 2018-09 va 08/4-son “Telekommunikatsiya xizmatlaridan olinadigan daromadlarni shakllantirish va taqsimlash va ularni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2268-1, 2018-yil 1-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2268-1/0839-son).
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,862 |
Qonunchilik | UKX tizimi byudjet tashkilotlariga ustamalar oshirildi | Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (9.11.2020 yildagi 697-son VMQga qarang).
UKX tizimi byudjet tashkilotlarida (UKX vazirligi markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, tahr.) quyidagilar oshiriladi:
a) alohida tashabbuskor va yuqori malakali хodimlarga. Ilgari ularning eng yuqori miqdori lavozim maoshining 50%ini tashkil etgan. Endi bu UKX vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning tarmoq reyting natijalariga bogʻliq:
b) yoʻlkira va ovqatlanish uchun har oylik kompensatsiya - BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha.
Koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektorlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi (undirilgan jarimalar summasining 10%idan ortiq boʻlmagan) endi teng darajada quyidagilarning хodimlariga qoʻllaniladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 1,083 |
Qonunchilik | Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qayd etib o‘tilsinki, ortiqcha byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, zamon talablariga mos kelmaydigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish hisobiga respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, biznes subyektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va shunday subyektlarning yanada erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash borasida izchil hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadilar, moliya hisoboti esa yiliga bir marta taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining 78 foizdan ko‘prog‘i soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etmoqdalar. So‘nggi yilning o‘zidagina 65 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.
Shu bilan birga statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning mavjud tizimi katta bo‘lib, tubdan soddalashtirishni va isloh qilishni talab etadi. Ko‘p miqdordagi litsenziya talablari va ruxsat berish tartib-taomillari iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatga hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydi, ko‘pincha davlat yo‘li bilan tartibga solishning boshqa vositalarini takrorlaydi.
Bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish hamda soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi R-3829-son farmoyishi bilan tashkil qilingan hisobotlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruhining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
1, 2 va 2a, 3 va 3a, 4 va 4a ilovalarga* muvofiq davlat statistik, moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobot turlarini bekor qilish va bir-birini takrorlovchi shakllarni birlashtirish evaziga ana shunday hisobotlar miqdorini, shuningdek ularni taqdim etish davriyligini belgilangan muddatlarda qisqartirish to‘g‘risida;
2012-yilning 1-avgustidan boshlab 5-ilovaga* muvofiq ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomilni (ularning umumiy miqdoriga nisbatan 26 foiz), shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasini (umumiy miqdoriga nisbatan 20 foiz), jumladan, ularni 6 va 6a ilovalariga* muvofiq bekor qilish va birlashtirish hisobiga bekor qilish to‘g‘risida.
2. Belgilansinki, 2012-yilning 1-avgustidan boshlab:
7-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda mazkur faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatlari cheklanmagan, deb hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilgari ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalar takroran taqdim etilgan taqdirda yangi asoslar bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar berishdan bosh tortish taqiqlanadi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2013-yil 1-yanvardan boshlab:
barcha soliq turlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha oyma-oy soliq hisobotini taqdim etish bekor qilinadi, qo‘shimcha foyda solig‘i bundan mustasno;
mikrofirmalar yillik statistik hisobot taqdim etadilar, bunda statistika organlari har chorakda tegishli faoliyat yo‘nalishlari va sohalari bo‘yicha tanlanma o‘rganishlar o‘tkazadi.
4. Tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari me’yorlariga og‘ishmay rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida litsenziyalar hamda ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlar berish bo‘yicha vakolatli organlarning rahbarlari qattiq ogohlantirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi hisobotlarni taqdim etish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining so‘zsiz rioya etishlari ustidan muntazam nazoratni o‘rnatsinlar hamda byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish va o‘rnatilgan qonunchilik buzilishining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tadbirkorlikfaoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlarni olishga to‘lanadigan yig‘imlarning miqdorlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda ularning kamida ikki barobar arzonlashtirilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilsin;
2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga to‘la hajmda bosqichma-bosqich o‘tkazilishini, shuningdek, 2012 — 2016-yillar mobaynida ariza beruvchilarga arizalarning o‘tish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmog‘i orqali arizalarni berishning elektron shakllari joriy etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda internet tarmog‘ida yagona veb-sayt yaratib, unga litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari ro‘yxatini, litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun talab qilinadigan hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalar olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi doimo yangilanib turadigan ma’lumotlarni joylashtirsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri va respublika mintaqalarida ma’lumotlarni elektron tarzda yig‘ish va ishlov berish imkoniyatlaridan foydalangan holda statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni yanada qisqartirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar tushuntirib beriladigan seminarlarni o‘tkazsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda saqlab qolinayotgan hisobot turlarining tarkibi va mazmunini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsinlar, shuningdek o‘zlarining idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari bir oy muddatda me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartishlarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 166 | 7,456 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI HUDUDIY BOShQARMALARI BOShLIQLARINING MAQOMINI VA MAS’ULIYATINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA | Mulkchilik shakllarini qayta o‘zgartirish jarayonlari chuqurlashayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xodimlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi bo‘yicha, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozor tuzilmalarini shakllantirish ishida Davlat mulki qo‘mitasi organlariga yordam bersinlar, bu jarayonni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari V.A.Chjen zimmasiga yuklansin. | 132 | 866 |
Qonunchilik | Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Elektr uskunalarida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajariladi.”.
3. 40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. 78-banddagi “Davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 113 | 2,433 |
Qonunchilik | TEMIR-TERSAK PARChALARI VA QORA METALLAR ChIQINDILARINI TAYYoRLASh, QAYTA IShLASh VA ETKAZIB BERISh KORXONALARINI O‘ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODIGA BERISh TO‘G‘RISIDA | Korxonalar, tashkilotlar va aholining temir-tersak hamda qora metallar chiqindilarini topshirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, ularni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi sexlar va uchastkalarni texnika bilan qayta jihozlashni tezroq amalga oshirish, xodimlarning ishlab chiqarish va maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda ana shu asosda tayyor prokat ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston metallurgiya zavodi va “O‘zkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining “O‘zkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining temir-tersak va qora metallar tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sex va uchastkalarini O‘zbekiston metallurgiya zavodiga berish to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni tegishli komissiya tuzsin va 10 kun muddat ichida qayd qilingan korxonalarning belgilangan tartibda berilishi va qabul qilinishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston metallurgiya zavodi zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklatilsin:
respublikada temir-tersak hosil bo‘lishini, temir-tersak va qora metallar chiqindilari tayyorlash, to‘plash va qabul qilishni o‘rganish;
temir-tersak va qora metallar chiqindilariga dastlabki ishlov berish;
qora metallar parchalarini iste’molchilarga yetkazib berish.
3. O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni va O‘zbekiston metallurgiya zavodi zamonaviy asbob-uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalari bilan jihozlangan qora metallar parchalari to‘plash, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan sexlar va uchastkalar tashkil etilishini ta’minlasinlar,
4. O‘zbekiston metallurgiya zavodi:
korxonalarning barqaror ishlashini, qora metallar prokati ishlab chiqarishni ko‘paytirishni va uni loyiha quvvatlariga yetkazishni;
metall parchalari tayyorlash hajmlaridan qat’i nazar, mashinasozlik hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning ehtiyojlariga muvofiq temir-tersak va qora metallar chiqindilarini O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga birinchi navbatda yetkazib berishni;
“O‘zshartnomasavdo” tomonidan ajratilgan kvotalar bo‘yicha qora metallar prokati yetkazib berish shartnomalarining to‘la tuzilishini hamda uning 1992-yilda belgilangan metall parchalari topshirish topshiriqlarining bajarilishiga mutanosib ravishda yuklatilishini (davlatlararo bitimlar bo‘yicha yetkazib berishlar ham shu jumlaga kiradi) ta’minlasin. Metall parchalari topshirish bo‘yicha topshiriqqa ega bo‘lmagan respublika korxonalari va tashkilotlariga ajratilgan kvotalar bo‘yicha qora metallar prokati yetkazib berishni temir-tersak topshirish to‘g‘risida talab qo‘ymasdan, to‘sqinliksiz amalga oshirsin;
navbat kutishlar va temir-tersak ortilgan avtomashinalarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda temir-tersak topshiruvchilardan metall parchalari qabul qilib olishning puxta tizimini tashkil etishni, sortlarga ajratilmagan va nogabarit temir-tersaklar va qora metallar chiqindilari qabul qilib olinishini, keyinchalik ishlatish uchun ularni sortlarga ajratish va qayta ishlashni, shahar va qishloq joylardagi egasiz temir-tersaklarni to‘plash bo‘yicha tezkorlik bilan ishlovchi ko‘chma punktlar tashkil etilishini ta’minlasin;
temir-tersak va qora metallar chiqindilariga bo‘lgan talabga bog‘liq ravishda topshiriladigan temir-tersaklar va qora metallar chiqindilarining shartnoma narxlarini boshqarib borishni;
metall prokatlarini ustun darajada yetkazib berish, erkin sotish uchun qoldiriladigan va davlat ehtiyojlari topshiriqlaridan ortiqcha ishlab chiqarilgan hajmlar hisobiga zavodda tayyorlanadigan xalq iste’moli mollarini ajratish yo‘li bilan temir-tersak topshiruvchilarni moddiy rag‘batlantirishni;
metall parchalari to‘plovchi va qayta ishlovchi sexlar hamda uchastkalar xodimlariga zarur mehnat va maishiy sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston metallurgiya zavodi temir-tersak va qora metallar chiqindilari yetkazib berish yuzasidan 1992-yilda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “O‘zkoopikkilamchimetall”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni topshirilgan temir-tersak va qora metallar chiqindilari o‘rniga O‘zbekiston metallurgiya zavodiga tayyor metall prokati yetkazib berish normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. “O‘zkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining temir-tersak va rangli matallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash bo‘yicha qolgan korxonalar negizida 2-ilovaga muvofiq strukturaviy bo‘linmalar tarkibida “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va unga:
temir-tersak va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash, to‘plash va temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilib olish;
temir-tersak va rangli metallar chiqindilariga dastlabki ishlov berish;
iste’molchilarga rangli metallar parchalarini yetkazib berish;
ikkilamchi rangli metallar va qotishmalar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish;
xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va ularni birlashmaning firma do‘konlari orqali sotish;
ishlab chiqarish chiqindilarini sotish funksiyalari yuklatilsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi temir-tersaklar va rangli metallar chiqindilari tayyorlash yuzasidan 1992-yilda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha “O‘zkoopikkilamchimetall” respublika kooperativ birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
10. O‘zbekiston metallurgiya zavodi metall parchalari tayyorlash va ularni qayta ishlashda hosil bo‘luvchi temir-tersak va rangli metallar chiqindilarini “Ikkilamchi ranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasiga to‘la hajmda berilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston metallurgiya zavodi va “Ikkilamchiranglimetall” ishlab chiqarish birlashmasi ikki hafta muddat ichida mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartishlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda korxonalar ustavlariga kiritsinlar.
12. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-iyundagi 158-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Qora metallar parchalarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi sexlar va uchastkalar — 19 ta, shu jumladan:
Sirg‘ali sexi
Lunacharskiy sexi
Yangiyo‘l sexi
Angren sexi
Ohangaron sexi
Boyovut sexi
Buxoro sexi
Urganch sexi
Nukus sexi
Samarqand sexi
Qarshi sexi
Kitob sexi
Termiz sexi
Xayrobod sexi
Jizzax sexi
Farg‘ona sexi
Qo‘qon sexi
Andijon sexi
Namangan sexi
Izoh: Tarkibiy bo‘linmalar soni va ro‘yxati aniqlashtiriladi.
Toshkent alyuminli qotishmalar zavodi
Kichik davlat korxonasi — “Ranglimetall” firmasi
Qarshi “Kamalak” kichik korxonasi
Beruniy “Ikkilamchimetall” kooperativi
Guliston “Qotishma” kooperativi
Qo‘qon “Ma’dan” kooperativi
Namangan “Ranglimetall” kooperativi
Navoiy “Tejamkorlik” kooperativi
Samarqand “Ranglimetall” kichik korxonasi
Andijon “Ranglimetall” kichik korxonasi
Xalq iste’moli mollari uchastkasi (Toshkent shahri)
Firma do‘koni (Toshkent shahri)
Izoh: Tarkibiy bo‘linmalar soni va ro‘yxati aniqlashtiriladi. | 166 | 7,122 |
Qonunchilik | 1995-1996-yillar hosili uchun ekin maydonlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikaning don mustaqilligini ta’minlash, sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va dehqonchilik tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 1995-1996-yillar hosili uchun sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarini joylashtirish bo‘yicha taklifi 1-ilovaga muvofiq, 1995-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 4 mln tonna paxta xomashyosi yetishtirilishi hisobidan kelib chiqib, chigitni 1500 ming gektar maydonga ekishga oid taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
1996-yil hosili uchun kuzgi don ekinlarini ekishga 3-ilovaga muvofiq 1,8 mln gektar, shu jumladan kamida 1,3 mln gektar sug‘oriladigan yer ajratsinlar;
dehqon (fermer) xo‘jaliklariga va ijaradagi jamoalarga boshoqli don ekinlari maydonlarini kengaytirishlarida yordam bersinlar, faoliyatlari natijalariga ko‘ra ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini belgilasinlar.
3. Sug‘oriladigan yerlardan yuqori samara bilan foydalanishni, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy va agronomik asoslangan almashlab ekishga yalpisiga o‘tishni, yangi navlar hamda intensiv texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining birinchi navbatdagi vazifasi deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va joylarga yuborsinlar.
4. Pul-kredit siyosati bo‘yicha komissiya, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “G‘alla-bank” o‘g‘it, urug‘lik, yonilg‘i, texnika va boshqa resurslarni xarid qilishlari uchun xo‘jaliklarga kredit ajratish imkoniyatlarini izlab topsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda almashlab ekishni joriy qilish bo‘yicha reja materiallarini va mavjud loyiha hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin, almashlab ekish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashtirib ekishning namunaviy modellarini ishlab chiqsin va ularni xo‘jaliklarga yetkazsin. Bu ishlanmalarning joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini muntazam amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 98 | 2,665 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 18-apreldagi 23-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi), uning organlari hamda Senat a’zolarining faoliyatini tashkiliy, axborot va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni (bundan buyon matnda Senat Devoni deb yuritiladi) amalga oshiradi.
2. Senat Devoni o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, Senatning va Senat Kengashining qarorlariga, Senat Raisining farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Senat Devoni o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining devonlari, shuningdek ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Senat Devonida jamoat birlashmalarining, shu jumladan siyosiy partiyalar, shuningdek diniy birlashmalarning tuzilmalari tashkil etilishi mumkin emas, kasaba uyushmalari bundan mustasno.
5. Senat Devonining tuzilmasi, shtatlar jadvali, xodimlari mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori va ularning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Senat Devoni yuridik shaxs bo‘lib, o‘zining hisob-kitob varaqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
7. Senat Devoni Senat Raisining, Senat Raisi o‘rinbosarlarining (bundan buyon matnda Senat rahbariyati deb yuritiladi) hamda Senat Devoni Rahbarining bevosita rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi va quyidagi tarkibiy bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi:
Senat rahbariyati huzuridagi kotibiyat
Axborot xizmati
Yuridik bo‘lim
Nazorat-axborot bo‘limi
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Matbuot va tahririyat bo‘limi
Umumiy bo‘lim
Moddiy-texnika va ta’minot bo‘limi
Moliya, hisob va hisobot bo‘limi.
Senat Devoni bo‘limlarining (xizmatining) tarkibida sho‘balar, guruhlar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar tuzilishi mumkin.
8. Senat Devonini Senat Devoni Rahbari boshqaradi.
9. Senat Devoni Rahbari o‘z vakolati doirasida:
Qonunchilik palatasining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining devonlari, shuningdek ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro aloqalarda Senat Devoni nomidan ish ko‘radi;
Senat Devoni, uning tarkibiy bo‘linmalari samarali ishlashini ta’minlaydi, Senat Devoni zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
Senat Devoni tarkibiy bo‘linmalarining ishini muvofiqlashtirib va faoliyatini nazorat qilib boradi;
Senatda o‘tkazish mo‘ljallanayotgan tadbirlar rejalarining loyihalari tayyorlanishini tashkil etadi, Senat rahbariyatining topshirig‘iga binoan va qo‘mitalarning (komissiyalarning) takliflari asosida Kengash majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi hamda bu hujjatlarni Senat rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Senat rahbariyatiga, qo‘mitalariga (komissiyalariga) axborot, ma’lumotnoma yo‘sinidagi va boshqa materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, Senat va uning organlari faoliyati axborotlar bilan ta’minlanishini yaxshilash, axborotlarni qayta ishlash hamda tahlil qilishning zamonaviy usul va vositalarini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Senatning Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ishlashini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Senat Devonining tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan masalalar xususida Senat rahbariyatiga axborot berib boradi;
Senat Devoni ishini takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, Senat Devoni tuzilmasi, shtatlari va kadrlar tarkibiga oid masalalar yuzasidan Senat rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi, Senat Devoni xodimlarining malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash ishlarini tashkil etadi;
ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
10. Senat rahbariyati huzuridagi kotibiyat:
kelgan xat-xabarlarni saralash yo‘li bilan ishlovdan o‘tkazadi va jo‘natilayotgan xat-xabarlarning hisobini yuritadi;
kelgan hujjatlar bilan tahliliy va axborot-ma’lumotnoma yo‘nalishidagi ishlarni amalga oshiradi;
Senat va uning Kengashi majlislariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislariga tayyorgarlik ko‘rishda Senat rahbariyatiga ko‘maklashadi;
Senat rahbariyatining Senat qo‘mitalari (komissiyalari) bilan hamkorlikdagi ishlarini ta’minlaydi;
Senat rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladigan axborot-tahliliy va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Senat rahbariyati tomonidan fuqarolarning qabul qilinishi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi;
Senat rahbariyatining topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
Senat Raisi qabulxonasi muntazam ravishda, shu jumladan navbatchilik jadvaliga binoan dam olish va bayram kunlari ham ishlashini ta’minlaydi;
Senat rahbariyati faoliyatiga moddiy-texnika xizmati ko‘rsatilishini amalga oshiradi;
Senat rahbariyatining topshiriqlariga binoan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
11. Axborot xizmati:
Senat rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot-targ‘ibot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
Senat faoliyatini obyektiv yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
xorijiy parlamentlar va xalqaro tashkilotlarning axborot xizmatlari bilan munosabatlarni rivojlantiradi;
Senat faoliyatiga oid tadbirlar to‘g‘risidagi xabarlar tezkor tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida tarqatilishini tashkil etadi, mazkur ishga zamonaviy bilim va ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali jurnalistlarni jalb etadi;
ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik orasida Senat to‘g‘risida ijobiy fikr shakllantirishga harakat qiladi;
Senat haqidagi shakllangan jamoatchilik fikri, shu jumladan fuqarolarning Senat veb-sayti orqali bildirayotgan fikr-mulohazalarini hamda respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarining bu masalaga munosabatini tahlil qiladi va ulardan Senat rahbariyatini xabardor qilib boradi;
internet tarmog‘ida Senatning veb-resurslarini tashkil etadi, ularning samarali faoliyatini ta’minlaydi.
12. Senat Devonining bo‘limlariga (xizmatiga) bo‘lim mudirlari (xizmat rahbari) boshchilik qiladilar.
13. Yuridik bo‘lim:
Senat hamda uning Kengashi va qo‘mitalari (komissiyalari) muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallar va takliflar tayyorlanishiga ko‘maklashadi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlashda Senat qo‘mitalariga ko‘maklashadi, shuningdek qarorlarning, bayonotlarning, murojaatnomalarning loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda mazkur hujjatlarni yuridik-texnik jihatdan maromiga yetkazishda ishtirok etadi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarning muhokamasida ishtirok etadi;
Senat va uning Kengashi majlislari huquqiy jihatdan ta’minlanishida ishtirok etadi;
Senat rahbariyati va Senat Devoni Rahbari topshirig‘iga binoan bo‘lim vakolatiga taalluqli huquqiy masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko‘rib chiqish uchun Senatning qaysi qo‘mitalari mas’ul bo‘lsa, shu qo‘mitalar topshirig‘iga binoan mazkur qonunlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga, shuningdek yuridik texnika talablariga qanchalik muvofiq ekanligini tahlil qiladi, mazkur hujjatlarning sifatini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat va uning Kengashi qarorlari, Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hisobini yuritadi hamda ularni tizimga solib boradi;
Senatning qonunlar bazasini shakllantiradi va tekshirib, to‘g‘ri holatda bo‘lishini nazorat qilib boradi;
Senat qo‘mitalarining yozma so‘roviga binoan qonunlar bazasi asosida huquqiy masalalar bo‘yicha axborot yo‘sinidagi ma’lumotnomalar tayyorlaydi;
Senat tomonidan ma’qullangan qonunlarni va qabul qilingan qarorlar, bayonotlarni, murojaatnomalarni, shuningdek parlament so‘rovlarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishga bir xil yondashilishini ta’minlaydi, Senat a’zolariga maslahat yo‘sinidagi va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi.
14. Nazorat-axborot bo‘limi:
Senat qo‘mitalariga nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirishlarida tashkiliy, uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Senat qo‘mitalari konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etishida hamda o‘tkazishida ko‘maklashadi;
Senat majlislariga tashkiliy va axborot yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi, Senat a’zolariga tashkiliy-texnik yordam beradi;
Senat a’zolariga vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi hamda ularni tegishli axborot materiallari bilan ta’minlaydi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarning muhokamasida ishtirok etadi;
senatorlarning joylarda olib borgan ishlari, aholi bilan o‘tkazgan uchrashuvlari haqida Senat Devoniga kelib tushgan axborotlarni umumlashtirib boradi;
fuqarolardan Senatga tushayotgan murojaatlar yuzasidan olib boriladigan ishlarni tashkil etadi, murojaatlarning hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi, ularni tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga yuboradi hamda yuborilgan murojaatlarning ana shu organlarda ko‘rib chiqilishini nazoratga oladi;
fuqarolarning qabul qilinishini tashkil etadi;
fuqarolarning murojaatlarini hamda bu murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalarini muntazam tahlil qilib va umumlashtirib boradi, shikoyatlarning kelib chiqishi sabablarini o‘rganadi, zarur axborotlar tayyorlaydi;
Senat a’zolarining ro‘yxatlarini nashrga tayyorlaydi, so‘rovnoma yo‘li bilan ularga oid ma’lumotlardagi o‘zgarishlar hisobini yuritadi;
ma’muriy-hududiy tuzilishni tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish, tumanlar, shaharlar va viloyatlarni tuzish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish masalalariga oid takliflarni umumlashtiradi va hujjatlar tayyorlaydi;
xalq deputatlari Kengashlariga uslubiy va boshqa yo‘sindagi yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tegishli materiallar hamda takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishga doir tashkiliy-texnik tadbirlarda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlariga, saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatadi.
15. Xalqaro aloqalar bo‘limi:
xalqaro munosabatlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga taalluqli materiallar va takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan, xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlashda Senatning tegishli qo‘mitalariga ko‘maklashadi;
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarning muhokamasida ishtirok etadi;
chet el delegatsiyalarining, chet el ayrim davlat va siyosat arboblarining, diplomatiya vakillarining, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining Senatdagi qabulini uyushtiradi;
parlament delegatsiyalari tashrifining, Senat ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro parlament tadbirlarining (konferensiyalar, seminarlar, simpozium va boshqalarning) protokol ta’minoti masalalarini hal etadi;
rasmiy tashrif bilan chet ellarga borayotgan Senat rahbariyatini, delegatsiyasini va Senat a’zolarini axborot, ma’lumotnoma yo‘sinidagi va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;
Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devonlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan, diplomatik va boshqa vakolatxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi va olib boradi;
Senatning parlamentlararo aloqalari masalalariga doir materiallarni umumlashtirib boradi, xalqaro parlament institutlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yadi va olib boradi;
xalqaro shartnomalar hisobini yuritadi hamda ularni tizimga solib boradi;
xalqaro aloqalarga taalluqli, Senat rahbariyati nazoratidagi hujjatlarning ijrosi nazorat etilishini ta’minlaydi;
Senatning qo‘mitalari (komissiyalari) faoliyatiga tashkiliy, uslubiy va axborot yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi, ularga xalqaro xususiyatdagi tadbirlar o‘tkazishda ko‘maklashadi;
xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga borayotgan Senat rahbariyatiga, senatorlarga va Senat Devoni xodimlariga tashkiliy-texnik, uslubiy va boshqa xil ko‘mak beradi;
Senatga kelib tushgan chet tillardagi xat-xabarlarning tarjima qilinishini ta’minlaydi.
16. Matbuot va tahririyat bo‘limi:
qonunlar, shuningdek Senatning va Senat Kengashining hujjatlari, Senat rahbariyatining topshirig‘iga binoan esa boshqa materiallar matnlari tarjima va tahrir etilishini ta’minlaydi;
Senat tomonidan qabul qilingan hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishini tashkil etadi;
Senat va uning Kengashi muhokamasiga kiritilayotgan materiallar va takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Senatning matbuot organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalarda mutasaddilik qiladi, bu organlar o‘z ustavlarida belgilangan talablarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi va olib boradi;
Senat Kengashi majlislarining bayonnomalari, Senat tomonidan qabul qilingan hujjatlarning to‘plamlari nashr qilinishini tashkil etadi.
17. Umumiy bo‘lim:
Senat hujjatlarining (qarorlar, bayonnomalar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarning) ro‘yxatga olinishini, hisobi yuritilishini, rasmiylashtirilishini va joylarga jo‘natilishini amalga oshiradi;
kelgan xat-xabarlarni qabul qilib oladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi, hisobini yuritadi, taqsimlaydi va tegishliligi bo‘yicha yetkazib beradi, shuningdek jo‘natilayotgan xat-xabarlarning qabul qilib olinishi hamda joylarga yuborilishini ta’minlaydi;
Senat qo‘mitalariga (komissiyalariga) va Senat Devonining tarkibiy bo‘linmalariga ish yuritishda belgilangan tartibda uslubiy yordam beradi, maxfiylik rejimini ta’minlaydi, Senat Devonining tarkibiy bo‘linmalarida mehnat intizomi ahvolini nazorat qilib boradi;
Senat Devonining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Senat va uning Kengashi majlislariga tashkiliy-texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Senat yalpi majlislarining stenogrammalarini, uning Kengashi majlislarining hamda Senatda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning bayonnomalarini yuritadi, Senatning yalpi majlislarida so‘zga chiqqanlarning ovozlari magnit lentasiga yozib olinishini ta’minlaydi;
yuritilishi tugallangan hujjatlar yig‘majildlarining qabul qilib olinishi, hisobi yuritilishi va saqlanishini, joriy arxiv shakllantirilishini ta’minlaydi, ishlar, yig‘majildlar va hujjatlarni belgilangan tartibda davlat arxiviga topshiradi;
Senat ishlari nomenklaturasini ishlab chiqadi, uni “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishib oladi va tasdiqlash uchun Senat rahbariyatiga kiritadi;
Senat kutubxonasi ishini tashkil etadi;
Senat rahbariyati va Senat Devoni Rahbari topshirig‘iga binoan farmoyishlar loyihalarini tayyorlaydi;
Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorlarning hamda Senat Devoni xodimlarining shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari va mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish hamda saqlashga doir ishlarni amalga oshiradi;
Senat Devoni xodimlarini harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish masalalarida tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi;
Senat Devoni tarkibiy bo‘linmalari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida har kuni Senat rahbariyatiga Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar hamda Senat Devoni xodimlari ishga chiqqanligi haqida axborot beradi;
Senat a’zolarining va Senat Devoni xodimlarining xizmat guvohnomalari hamda boshqa hujjatlar blankalari tayyorlanishini ta’minlaydi.
18. Moddiy-texnika va ta’minot bo‘limi:
Senat va Senat Devoni faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash ishini tashkil qiladi;
Senat infratuzilmasining normal ishlab turishini ta’minlaydi;
Senatga kelayotgan turli delegatsiyalar qabulining moddiy-texnik ta’minoti masalalarini hal etadi.
19. Moliya, hisob va hisobot bo‘limi:
xarajatlar smetasi, budjet buyurtmanomalari, shtatlar jadvali, moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzadi;
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, balanslar tuzadi, aktivlar holati va harakati hisobini yuritadi;
har oylik moliyalash, mehnatga haq to‘lash, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustama haqlar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar hisob-kitobini qiladi, prognozlashni amalga oshirish uchun iqtisodiy hisob-kitoblarni tuzadi.
20. Senat Devoni Rahbari va Devon xodimlari Senat Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi.
21. Senatning Axborot xizmati rahbari, Senat Devoni bo‘limlarining mudirlari o‘z vakolatlari doirasida:
Senat Devonining tegishli bo‘linmalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladilar hamda ana shu bo‘linmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;
xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydilar, ish uyushqoqlik bilan va batartib borishini, mehnat intizomiga rioya etilishini ta’minlaydilar, xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishlari hamda ish yuritish tartibli bo‘lishi uchun mas’ul bo‘ladilar;
Senat rahbariyati va Senat Devoni Rahbari topshiriqlari bajarilishini nazorat qilib boradilar;
bo‘lim (xizmat) xodimlarining malakasini oshirish choralarini ko‘radilar;
Senat Devonining tegishli bo‘limida (xizmatida) tayyorlangan masalalar xususida Senat Devonining Rahbariga axborot berib boradilar;
Senat Kengashining hamda qo‘mitalarining (komissiyalarining) majlislarida ishtirok etadilar;
Senat rahbariyati va Senat Devoni Rahbari huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda Senat Devonining tegishli bo‘limi (xizmati) nomidan vakillik qiladilar hamda ish ko‘radilar;
o‘z vakolati doirasiga taalluqli masalalar bo‘yicha bo‘limning (xizmatning) Senat a’zolari, Senat qo‘mitalari (komissiyalari), Senat Devoni tarkibiy bo‘linmalari bilan, Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devonlarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan, davlat hokimiyati boshqa organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashini tashkil qiladilar.
22. Bo‘lim mudirlarining o‘rinbosarlari Senat Devoni tegishli bo‘linmalari rahbarlari yo‘qligida ularning vazifalarini bajaradilar, shuningdek o‘zlariga topshirilgan ish jabhasiga rahbarlik qiladilar.
23. Senat Devonining katta referentlari, referentlari va boshqa mas’ul xodimlari:
xizmat vazifalari va mansab yo‘riqnomalariga muvofiq tegishli jabhada topshirilgan ish vaqtida, sifatli bajarilishini hamda tashkil etilishini ta’minlaydilar, bu yo‘nalishdagi ishlar uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar;
tegishincha Senat rahbariyati, Senat Devoni Rahbari, bo‘lim mudirlari (xizmat rahbari) va bo‘lim mudirlarining o‘rinbosarlari tomonidan berilgan vazifa hamda topshiriqlarni bajaradilar.
24. Senat Devonining texnik xodimlari:
zimmalariga yuklatilgan xizmat vazifalarini, tegishincha Senat Devoni Rahbari, bo‘lim mudirlari (xizmat rahbari) va bo‘lim mudirlarining o‘rinbosarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradilar;
o‘z ishlariga taalluqli masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat yig‘ilishlarida ishtirok etadilar;
o‘z ishlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, zarurat bo‘lganda, Senatning tegishli qo‘mitasi rahbariga, Senat Devoni bo‘limlarining mudirlariga (xizmat rahbariga) takliflar kiritadilar. | 121 | 20,722 |
Qonunchilik | Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Mirishkor tumanidagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish ahvoli, 2020-yilda davlatga paxta xomashyosini sotish bo‘yic | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Mirishkor tumanidagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish ahvoli, 2020-yilda davlatga paxta xomashyosini sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67/16-6-sonli qarorini (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) bekor qilish yuzasidan murojaati Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalari ko‘rsatganidek, fermer xo‘jaligi rahbari va hokimlik o‘rtasida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Qaror bilan “Narziqulov Rajab Berdiyevich” fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasini bekor qilish ma’qullangan.
Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Yer kodeksining 24-moddasiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida 2020-yil 13-yanvarda tuzilgan Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining 16-bandida ham shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa — sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi belgilangan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga fermer xo‘jaliklari va tuman hokimligi o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati berilmagan.
Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart.
Mazkur Qonunning 19-moddasiga ko‘ra ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.
Shunga qaramasdan, xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi tomonidan yer ijarasi shartnomalarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishda fermer xo‘jaligi rahbarining ishtirok etishi va holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirish imkoniyati ta’minlanmagan.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Mirishkor tumanidagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish ahvoli, 2020-yilda davlatga paxta xomashyosini sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67/16-6-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 3,678 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.