folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON YoShLARINING “KELAJAK OVOZI” RESPUBLIKA TANLOVINI HAR YILI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” fondi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan 2005-yilda tashkil etilgan “Kelajak ovozi” tanlovi mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashaydigan talantli va iqtidorli yoshlarni aniqlashga, ular uchun ilm-fan, san’at, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatni namoyon qilishda yangi imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan edi.
O‘tkaziladigan “Kelajak ovozi” tanlovini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati anjumani” jamg‘armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kelajak ovozi” tanlovini har yili o‘tkazish hamda unga respublika maqomini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Tanlov tashkilotchilari tomonidan O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoshlarning keng ishtirok etishi uchun tegishli shart-sharoitlarni, nomzodlarni sifatli va xolisona tanlashga ko‘maklashishni ta’minlasinlar, shuningdek O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda aniq yordam ko‘rsatsinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda tanlovni o‘tkazishda, qatnashchilarni tanlashda, finalistlarning final bosqichiga borishini tashkil etishda, shuningdek tanlov bo‘yicha saralab olishni hamda mukofotlash tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
5. Jamoatchilik birlashmalari, vazirliklar va idoralarning tanlov qatnashchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tanlov g‘oliblari loyihalarini joriy etish bo‘yicha kelgusidagi ishlar uchun 2-ilovaga muvofiq otaliq tashkilotlari ro‘yxati yuzasidan taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
6. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining tanlovni tashkiliy-moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablag‘lari hisobiga shtatlari soni besh nafardan iborat bo‘lgan tanlov ijro etuvchi direksiyasini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilarga:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga — tanlovni o‘tkazishda homiylik yordami ko‘rsatish;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga — O‘zbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini o‘tkazishni keng yoritish tavsiya qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Badiiy va amaliy san’at
(haykaltaroshlik, dizayn, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik, tasviriy san’at, kulolchilik san’ati)
— O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
— K. Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn milliy instituti
— O‘zbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi
— Respublika badiiy kolleji
— Xalqaro madaniyat karvonsaroyi
2. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
(yangi kompyuter dasturlari yaratish, veb-dizayn, telekommunikatsiyalar)
— O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
— O‘zbekiston Milliy universiteti
— O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
3. Ratsionalizatorlik takliflar, texnik loyihalar va ishlanmalar
(texnik dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, ratsionalizatorlik takliflar, talabalarning ilmiy ishlari)
— O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
— Respublika bolalar ijodiyoti uyi
— Toshkent davlat texnika universiteti
4. Ijtimoiy loyihalar va biznes-rejalar
(ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar, biznes-rejalar, ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha loyihalar, yoshlarni birlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar)
— Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti
— “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi
— O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi – tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
— O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
— O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi
5. Badiiy ijod
(proza, publitsistika, poeziya, dramaturgiya, musiqa, televizion va radiojurnalistika, matbuot)
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
— O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
— O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi
— O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
— O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
6. Arxitektura va dizayn
(arxitektura inshootlarini loyihalash, shaharsozlik, me’moriy bezash, kiyimlar va binolar dizayni, interyer dizayni, obodonlashtirish)
— O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi
— Toshkent arxitektura-qurilish instituti
— O‘zbekiston Dizaynyerlar uyushmasi
— “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi
— O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Respublika dizayn kolleji | 92 | 5,136 |
Qonunchilik | Toshkent viloyatidagi davlat mulki faqat «E-IJRO AUKSION» orqali sotiladi va ijaraga beriladi | Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 209-son qarori e’lon qilindi.
Hukumat Toshkent viloyatida maхsus eksperiment oʻtkazishga qaror qildi. Bu yerda davlat mulkini faqat «E-IJRO AUKSION» elektron maydonchasidagi onlayn-auksion orqali sotib olish yoki ijaraga olish mumkin boʻladi.
Bunday tartibot quyidagi paytdan qoʻllanila boshlaydi:
Savdolarga qoʻyish bilan bogʻliq barcha turdagi roʻyхatdan oʻtkazish va ruхsat berish tartibotlaridan oʻtgan ob’yektlar auksionga qoʻyiladi. Bunda mol-mulk qiymatining yoki yillik ijara toʻlovining 1%i miqdoridagi savdolar tashkilotchisi хizmatlariga haqni sotuvchilar yoki ijaraga beruvchilarning oʻzi toʻlaydilar.
Davlat raqobat qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi savdolarni tartibga soluvchi Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqib, hujjatni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
Bu – muhim! Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlaridagi davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 93 | 1,510 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh TAShKILOTLARINING BUDJET BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi, 1992-yil 9-dekabrdagi qonunlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda qurilish pudrat tashkilotlarining moliyaviy ahvolini, soliq va to‘lovlarning budjetga tushishini barqarorlashtirish va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlaridagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish (xizmat}lar uchun budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi belgilansin, ya’ni mazkur tashkilotlar bo‘yicha soliq olish maqsadlari uchun bajarilgan ish (xizmat)dan tushum deganda bajarilgan va ular bo‘yicha hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar, xizmatlar evaziga olingan summa tushuniladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilish tartibini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 18-avgustdagi 420-son qarori qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar uchun tatbiq etmasin. | 103 | 1,336 |
Qonunchilik | FERMER XO‘JALIKLARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA G‘ALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabr 383-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2003-yil 30-oktabr 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida qaror qilamiz:
1. Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 383-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2003-yil 30-oktabrdagi “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 476-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan.
1. Tijorat banklari tomonidan kreditlar fermer xo‘jaliklariga muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla va paxta xom-ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
2. Ushbu Nizom 2003-yil hosilidan boshlab Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga, 2004-yil hosilidan boshlab Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga va 2005-yil hosilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatida joylashgan fermer xo‘jaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan kredit berishni tartibga soladi.
3. Kreditlar fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan g‘alla va paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi. Fermer xo‘jaligi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov korxonalari) bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi.
Bunda, kredit miqdori tayyorlov korxonalari tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib beriladigan urug‘lik mahsulot qiymatiga kamayadi. Kredit miqdorini aniqlash uchun kredit shartnomasini tuzish vaqtidagi xarid narxlari asos qilib olinadi. Xarid narxlari tasdiqlangan, kredit miqdori qayta hisoblab chiqilishi lozim.
4. Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash uchun;
mineral o‘g‘it va o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;
yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
MTPlar, muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchi uyushmalari) va boshqa shaxslarning xizmatlariga to‘lovlar uchun;
xo‘jalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlarni sotib olish uchun;
moliyaviy lizingga berilgan texnika vositalarining lizing to‘lovlari uchun;
elektroenergiya to‘lovlari uchun;
plyonka ostiga ekiladigan paxtaga polietilen plyonkasini xarid qilish uchun;
kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xizmatlariga to‘lovlar uchun;
yagona yer solig‘i to‘lovlari uchun.
5. Bunda, beriladigan kredit miqdorini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan afotexkartalardan kelib chiqqan holda, har bir qishloq xo‘jalik ekini bo‘yicha har bir xarajat turining eng ko‘p me’yori (qishloq xo‘jalik yilining tegishli davrlari yoyilmasi bilan) har yilgi hosil uchun tasdiqlanadi. Kredit ushbu me’yorlar doirasida ajratib borilishi lozim.
Fermer xo‘jaligining biror bir xarajat turi bo‘yicha to‘lovlarga ehtiyoji bo‘lmagan hollarda, mazkur oy uchun umumiy ajratilgan mablag‘lar fermer xo‘jaliklari tomonidan boshqa ruxsat etilgan ehtiyojlari uchun (ish haqidan tashqari) o‘rnatilgan yillik me’yor doirasida ishlatilishi mumkin.
6. Kreditlar tegishli qishloq xo‘jalik mahsuloti bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
7. Fermer xo‘jaliklarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
8. Kredit fermer xo‘jaligiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan va ularga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
9. Fermer xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilganidan so‘ng, tayyorlov tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi har bir bank filiali bo‘yicha ma’lumot tayyorlab, kreditlashni rasmiylashtirish uchun ularning viloyat filiallariga taqdim etadi. Banklarning viloyat filiallari o‘z navbatida bu ma’lumotlarni fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi filiallarga yetkazadi.
10. Kredit olish uchun fermer xo‘jaliklari ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
biznes reja;
so‘ngi hisobot davri uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), debitor-kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), muddati 90 kundan oshgan qarzdorliklarga solishtirma dalolatnomalar, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl).
11. Imtiyozli kreditlar qaytishini ta’minlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom-ashyosi va g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida fermer xo‘jaliklariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi bo‘yicha o‘zining tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilishi mumkin. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining imtiyozli kreditlarning qaytmasligi xavfini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallari hajmi olinayotgan kredit summasining 0,75 foizi miqdorida bo‘ladi va tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Bunda, taqdim etilayotgan kredit miqdori “O‘zagrosug‘urta” DASK bilan kelishilgan sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
12. Mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, bank fermer xo‘jaligining arizasini ko‘rib chiqishi va 5 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
Bank kredit qo‘mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda asoslab berishi shart.
13. Kredit shartnomasi tuzilishi bilan bir vaqtda fermer xo‘jaligiga ssuda hisobvarag‘i ochiladi.
To‘lovlar ssuda hisobvarag‘idan, qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalariga asosan, naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) faqat ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchungina amalga oshiriladi.
14. Bunda, to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oylik ish haqi to‘lovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan me’yorlarda;
mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari uchun to‘lovlarda, mablag‘lar “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” DAK, “O‘zkimyosanoat” DAK tegishli korxonasining maxsus 23222 hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bio mahsulotlarni shirkat xo‘jaliklaridan sotib olishda, mablag‘lar ularning maxsus 23222 hisob raqamiga o‘tkaziladi;
“O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining xizmatlari uchun to‘lovlarda, mablag‘lar teng ravishda bo‘linib 50 foizi ularning maxsus 23218-sonli va qolgan 50 foizi 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga o‘tkaziladi;
yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va elektroenergiya uchun “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” DAK korxonalari va shirkat xo‘jaliklariga to‘lovlarda, mablag‘lar ularning maxsus 23210 (23220) hisob raqamiga o‘tkaziladi;
muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchi uyushmalari), boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hamda olingan mahsulotlar uchun to‘lovlarda, mablag‘lar ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.
15. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi korxonalarining 23222-sonli muvaqqat hisob raqamlariga kelib tushgan mablag‘lar, “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining kimyo sanoati korxonalari bilan ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish uchun hisob-kitoblar mexanizmi to‘g‘risidagi Nizom”da (ro‘yxat №1049, 16-iyul 2001-yil — Me’yoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 14-son) belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
16. “O‘zbekneftegaz” MXK tarkibiga kiruvchi korxonalarning 23210 (23220)-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar “O‘zbekneftegaz MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan to‘lovlarni hamda tabiiy gaz iste’mol qiluvchilarning yetkazib beruvchilar — “Boshkommungaz” korxonasi, “O‘zgazsotish” sho‘ba korxonasi, “O‘ztransgaz” AK bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”da (ro‘yxat №1021, 26-mart 2001-yil — Me’yoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 6-son) belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
17. “O‘zagromashservis” uyushmasining tarkibiga kiruvchi korxonalarning 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining pul mablag‘larini “O‘zagromashservis” uyushmasining MTPlariga ko‘rsatilgan xizmatlar, yetkazib berilgan qishloq xo‘jalik texnikasi va ehtiyot qismlari uchun o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida nizom”da (ro‘yxat №1082, 10-noyabr 2001-yil — Me’yoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2001-y., 21-son) belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
18. Banklar to‘lovlarning ssuda hisobvarig‘idan faqat mazkur Nizomning 4-bandidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishini nazorat qiladi. Shuningdek, haqiqatda g‘alla va paxta ekinlarining mavjudligi, ularda nihollarni parvarishlash bo‘yicha zarur agrotexnika ishlarining o‘tkazilishini joylarga chiqib aniqlash orqali kredit monitoringini olib boradilar.
19. Ekinlar (to‘liq yoki qisman) mavjud bo‘lmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, maydonda begona o‘tlarning ko‘payishi holatlari aniqlanganda, bank tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarining xulosasi asosida kreditlashni to‘xtatadi va kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin so‘ndirish choralarini ko‘radi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan bo‘lishi kerak.
20. Kreditlar va unga hisoblangan foizlar fermer xo‘jaliklarining maxsus 23210 (23220) hisob raqamlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan, muddatli majburiyatnomalar asosida memorial order orqali birinchi navbatda undiriladi.
21. Kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldig‘iga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan:
g‘alla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha — yilning iyul oyidan boshlab va kreditni to‘liq qaytarish vaqtigacha;
paxta xom-ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha — yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni to‘liq qaytarish vaqtigacha undiriladi.
Bunda fermer xo‘jaliklari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.
22. Shuningdek, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Jamg‘armaning hududiy inspektorlari tomonidan ham tekshirib boriladi.
23. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” DASK hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan. | 195 | 12,687 |
Qonunchilik | Birinchi guruhga eritilgan hayvon yog‘ini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Birinchi guruhga eritilgan hayvon yog‘ini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Mazkur Yo‘riqnoma birinchi guruhga eritilgan hayvon yog‘ini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Yo‘riqnoma talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini mas’ul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
3. Oziq-ovqat uchun eritilgan hayvon yog‘ining sifati (bundan buyon matnda yog‘ deb yuritiladi) normativ hujjat talablariga muvofiq kelishi kerak.
4. Yog‘ qayta ishlanayotgan xomashyo va submahsulot sifatiga qarab quyidagi turlar va navlarga bo‘linadi:
mol, qo‘y, cho‘chqa, ot, suyak yog‘lari — oliy va birinchi nav va aralash yog‘lar.
5. Yog‘ go‘sht va parrandani qayta ishlovchi sanoat tashkilotlari uchun sanitariya norma va qoidalariga amal qilgan holda normativ hujjat talablariga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.
6. Yog‘ni ishlab chiqarish uchun so‘yiladigan chorvaning yog‘li to‘qimasi (yog‘ xomashyosi) va go‘shtni qayta ishlash tashkilotlaridan olinadigan submahsulotlar qo‘llaniladi.
7. Yog‘ normativ hujjatga muvofiq sig‘imi 25, 50, 100 va 120 dm³ bo‘lgan quyiladigan yog‘och bochkalarga, fanera-shtampli bochkalarga, sig‘imi 25 kg dan oshmaydigan taxta yashiklarga, fanera yashiklarga, karton yashiklarga qadoqlanadi.
8. Bochkalar, yashiklarni yog‘ga to‘ldirishdan oldin ularga polimer plyonkali materiallardan tayyorlangan qop, normativ hujjatga muvofiq ichki tomondan pergament yoki polimer materiallar qo‘yilishi lozim.
9. Idishning transport yorlig‘ida quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
ishlab chiqaruvchi tashkilot nomi va uning tovar belgisi;
yog‘ning turi va navi;
brutto va netto og‘irliklari;
ishlab chiqarish sanasi;
partiya raqami;
saqlash sharoitlari;
yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
normativ hujjat belgisi;
ichki bozorda sotiladigan mahsulot uchun “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan”.
10. Transport yorlig‘i “Quyosh nurlaridan saqlang!”, “Haroratni cheklash!” ogohlantiruvchi belgilari tushirilgan hamda minimal va maksimal harorat darajalari ko‘rsatilgan holda bo‘lishi lozim.
11. Yog‘ni miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilish qonunchilik hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
12. Etkazib beruvchi quyidagi hujjatlarni yog‘ni yetkazib berganda taqdim etishi zarur:
muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologiya xulosasi yoki ularning tasdiqlangan nusxalari;
veterinariya guvohnomasi.
13. Davlat zaxirasiga uzoq muddat saqlash uchun ishlab chiqarish muddati 3 oydan oshmagan yog‘ navlari yetkazib beriladi.
14. Yog‘ni qabul qilish partiyalar bilan amalga oshiriladi. Bir partiya yog‘ — bu bir tashkilot va texnologik uskunada bir texnologik siklda yagona ishlab chiqarish rejimi bo‘yicha ishlab chiqarilgan, bir xil fizikaviy-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlarga ega, bir xil idishlarga quyilgan, bir xil nomdagi mahsulotlar birligi yig‘indisi.
15. Yog‘ tez buziladigan yuklarni temir yo‘l transportida tashish qoidalari va avtomobil transportida yuk tashish qoidalariga muvofiq paketlashtirilgan ko‘rinishda yetkazib beriladi.
16. Har bir shtabelga bitta nazorat qutisi shakllantiriladi, bu qutiga qizil bo‘yoq bilan “N” harfi yoziladi. Qabul qilish, saqlash va berib yuborishda yog‘ sifatini tekshirish uchun yetkazib beruvchi nazorat qutilaridan nazorat paketlarini tayyorlaydi, ushbu paketlarga yuvilib ketmaydigan qizil bo‘yoq bilan “N” harfi yozib qo‘yiladi.
17. Yog‘ni qabul qilish, saqlash va ombordan chiqarishda uning sifatini tekshirish uchun turli joylardan tanlama tarzda namuna olinadi va sinovlar natijalari bo‘yicha yog‘ sifati normativ hujjatlarga muvofiqligi aniqlanadi.
18. Aniq yozuvli markirovkaga ega, shikastlanmagan standart idishdagi yog‘ joylar sonini hisobga olish va trafaret bo‘yicha og‘irligini aniqlash yo‘li bilan qabul qilinadi.
19. Yog‘ paketlashtirilgan ko‘rinishda shikastlangan tagliklar bilan yoki buzilgan o‘ramda yetkazib berilganda, qabul qilib olish joylar sonini to‘liq qayta hisoblash yo‘li bilan bajariladi.
20. Qabul qilish paytida yog‘ning sifat ko‘rsatkichlari yetkazib beruvchi tashkilotning hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘rash, markirovka va transportirovka qilish talablariga muvofiq kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
21. Qabul qilish paytida belgilangan tartibda yaroqsizga chiqarilgan yog‘ darhol yetkazib beruvchiga qaytariladi va tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
22. Alohida holatlarda, sovutgichda bo‘sh kameralar mavjud bo‘lganda, yaroqsizga chiqarilgan yog‘ vaqtinchalik mas’uliyatli saqlashga qabul qilinishi mumkin. Shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchi yaroqsizga chiqarilgan mahsulotni uzoq vaqt saqlashga yaroqli bo‘lgan mahsulotga almashtirishi kerak. Mahsulotni saqlash va almashtirish bo‘yicha barcha xarajatlar shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.
23. Saqlash kameralari optimal harorat va namlik rejimini ushlab turilishini ta’minlashi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha tegishli sanitariya norma va qoidalariga muvofiq konstruksiyalangan bo‘lishi zarur.
Saqlash kameralari atrofidagi hudud sanitariya normalari va qoidalari talablariga muvofiq holatda bo‘lishi zarur.
24. Saqlash kameralariga yuklashdan oldin vestibyullar, platformalar va boshqa xonalar, asboblar va uskunalar texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq foydalanilishi lozim.
25. Texnologik xaritaga muvofiq saqlash kameralari transport vositalari, asboblar va jihozlar, tarozi va texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi, eshiklar va lift tuynuklari brezent pardalar bilan yopilishi kerak. Ifloslangan yoki mog‘or bosgan tagliklar, brusoklar va reykalar tozalanishi va dezinfeksiyalanishi zarur.
26. Mahsulotlardan bo‘shagan saqlash kameralari va vestibyullar dezinfeksiyalanishi lozim, zarurat tug‘ilganda pollar yuvilishi, devorlar esa oqlanishi kerak. Dezinfeksiyalash ishlaridan so‘ng havo mikrobiologik zararlanganlik bo‘yicha tekshiriladi. Mahsulotlarni kemiruvchilardan saqlash maqsadida muntazam ravishda kameralarni deratizatsiya qilish tadbirlari o‘tkaziladi.
Tegishli tayyorgarlik va dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgandan so‘ng saqlash kameralari tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinadi va ularning tayyorligi haqida dalolatnoma tuziladi.
27. Saqlash kameralarida yuklash-tushirish ishlarida band bo‘lgan asosiy va yordamchi xodimlar belgilangan normalar va qoidalarga binoan sanitariya va maxsus kiyim bilan ta’minlanishi zarur.
28. Barcha saqlash kameralari mashina bo‘limiga o‘rnatilgan markaziy pultda masofadan turib haroratni o‘lchash datchiklari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Har bir saqlash kamerasi bitta termometr va bitta havo namligini o‘lchash asbobi bilan jihozlanadi. Ushbu o‘lchov asboblari shtabellar orasida balandligi 1,5 m bo‘lgan tagliklarga yoki yuk eshigi orqasidagi maydonga o‘rnatiladi.
29. Harorat va namlikni o‘lchash asboblari ulardan foydalanish va yuklash-tushirish amaliyotlarini bajarishda ularni ehtimoliy shikastlanishlardan himoya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda o‘rnatilishi kerak. Shisha termometrlar yog‘och yoki metall gardishga ega bo‘lishi lozim.
30. Tashkilotlarda elektr uskunalaridan foydalanish Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul), Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektr yoritish asboblari yopiq yoki himoyalangan (shisha qalpoqcha va metall to‘r bilan qoplangan) ko‘rinishda bo‘lishi lozim.
31. Yoritqichlar asosan o‘tish joylari va devorlar bo‘ylab joylashtirilishi kerak, ular saqlash kameralarining yuklanish hajmini kamaytirmasligi zarur.
Omborda shiplar tekis bo‘lganda, yoritqich va shtabel orasidagi masofa 0,3 m dan oshmasligi kerak.
Yoritish asboblari shisha parchalari mahsulotga tushmasligi uchun himoya qalpoqchalariga ega bo‘lishi lozim.
32. Tarozilar o‘z vaqtida tekshirib turilishi va normativ hujjatlarda belgilangan talablarga amal qilgan holda plombalanishi kerak.
33. Saqlash kameralari quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur:
jihozlanish tabelida ko‘zda tutilgan zarur jihozlar va uskunalar;
harorat-namlik rejimini nazorat qiluvchi asboblar (termometrlar, gigrometrlar, psixrometrlar);
himoyalash, qo‘riqlash signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish vositalari hamda avtomat yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari.
34. Yog‘ni saqlash jarayonida uni yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan manbalardan, ularning quvvati va ta’sirining davomiyligidan qat’i nazar, asrash zarur.
35. O‘t o‘chirish vositalari doim soz holatda saqlanishi va qo‘llash uchun tayyor bo‘lishi kerak.
36. Saqlash kameralari tegishli uskunalar va xavf haqida ogohlantiruvchi plakatlar, yozuvlar, ko‘rsatkichlar, chiroqli va tovushli signallar bilan ta’minlanishi lozim.
37. Yuklarni transportirovka qilish uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar yuk ko‘tarish hajmi, sozlik holati tekshirilgan sanasi va yukni joylashtirishning ruxsat etilgan usuli ko‘rsatilgan trafaretga ega bo‘lishi kerak.
38. Yog‘ni joylash ishlari saqlash kameralaridan oqilona foydalanish, saqlash, qabul qilish, ombordan chiqarish va mahsulot sifatini nazorat qilish uchun optimal sharoitlar yaratishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan texnologik xarita bo‘yicha amalga oshiriladi.
Har bir yog‘ partiyasi alohida shtabelga taxlanadi va unga shtabel yorlig‘i rasmiylashtiriladi. Ushbu yorliqqa mahsulotning joylashish chizmasi osiladi.
Shtabeldan mahsulotning bir qismi chiqarilganda, o‘sha kunning o‘zida shtabel yorlig‘iga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi (hujjat raqami, mahsulotni chiqarish sanasi, uning soni va qoldig‘i).
39. Yog‘ partiyalari vagonga yoki avtotransportga bir-biriga zich tegib turadigan qilib joylashtiriladi. Yog‘ paketlanmagan ko‘rinishda yetkazib berilganda, paketlarni shakllantirish ishlari yukni tushirish paytida amalga oshiriladi. Bunda yashiklar trafareti bilan tashqi tomonga qo‘yiladi. Shtabel balandligi kameraning yuklanish hajmidan maksimal foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, idishlarning chidamliligi va shtabelga yuklash normalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
40. Muzlatish kameralaridagi yog‘ sifatining holati normativ hujjatlar talablari va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq diqqat bilan kuzatib borilishi kerak. Yog‘ni o‘ziga xos hidga ega boshqa mahsulotlar bilan saqlash taqiqlanadi.
41. Saqlash kameralarida yog‘ shtabellari quyidagi chetlanishlar bilan taxlanadi:
sovutish asboblariga ega bo‘lmagan devorlardan hamda devorga o‘rnatiladigan sovutish asboblaridan — 0,3 m;
sovutish asboblariga ega bo‘lmagan shipdan — 0,2 m;
shipga o‘rnatilgan sovutish asboblaridan — 0,3 m;
havo o‘tkazgichning tashqi yuzasidan — 0,3 m.
42. Yukni devor bo‘ylab joylashtirish ishlari kolonna, devor perimetri bo‘ylab yupqa reyka (taxtacha) yoki doskani (vertikal) o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
43. Yog‘ saqlanayotgan saqlash kameralarida mexanizmlar ishlashi uchun zarur bo‘lgan kengligi 1,6 m ni tashkil etuvchi o‘tish joylari qoldirilishi lozim.
44. Sifat buzilishi belgilari paydo bo‘lganda, yaroqlilik muddatiga qaramasdan, yog‘ zudlik bilan almashtirilishi kerak.
45. Yog‘ning saqlanish muddati normativ hujjatga muvofiq belgilanadi.
46. Yog‘ni berib yuborish Qo‘mita tomonidan berilgan naryadlar bo‘yicha, birinchi navbatda, sifatining holatiga qarab, ishlab chiqarilish sanasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Yog‘ni saqlayotgan tashkilotlar mazkur mahsulotning sifat va son bo‘yicha butligini ta’minlashga majbur. Yog‘ ombordan chiqarilayotganda yog‘ saqlash uchun qabul qilingan navga muvofiq kelishi kerak.
Yog‘ni yuklash va berib yuborish uning saqlash muddati tugashidan kamida 2-3 oy oldin amalga oshiriladi.
47. Yog‘ni ombordan chiqarishdan oldin normativ hujjatlar va sanitariya normalari va qoidalariga binoan uning sifat ko‘rsatkichlari tekshiriladi.
48. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi, Oziq-ovqat sanoati tashkilotlari uyushmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. | 151 | 13,156 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2009 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 4 SENTYABRDAGI PQ-956-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-oktabrdagi PF-4041-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 4-sentabrdagi PQ-956-son qarorining 1—3-ilovalari 1—3-ilovalarga* muvofiq holdagi tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 249 | 669 |
Qonunchilik | Notariuslar uchun beshta ma’muriy reglament tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasi 18.11.2020 yildagi “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 726-son qarorni qabul qildi.
Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda – Reglament) tasdiqlandi. U notarius tomonidan koʻchmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaхsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi shartnomalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Notarius tomonidan shartnoma notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
"Notariat toʻgʻrisida"gi Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekistonda notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Shuningdek, ma’muriy reglamentda quyidagi tartiblar bayon etilgan:
Shuningdek, qaror bilan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 55 | 1,638 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi | Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchiligida ko‘rsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish;
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha — da’vo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi.
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki o‘zga organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi.
Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan eri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda so‘zlash, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ish sudning yopiq majlisida ko‘rilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir bo‘ladi.
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
Sud fuqarolik ishini ko‘rayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishi shart.
Ishning muhokamasi og‘zaki ravishda o‘tadi.
Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qo‘llaydi.
Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi.
Sud O‘zbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qo‘llaydi.
Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar ko‘rishga haqli.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi kerak.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
Sud hujjatini bajarmaslik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sud hujjatining majburiyligi manfaatdor shaxslarni o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun, basharti bularga daxldor nizo sudda ko‘rib chiqilmagan va hal etilmagan bo‘lsa, sudga murojaat qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka tartibda ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.
Ishni apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko‘rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi.
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan ish shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rib tugatilishi lozim.
Sudya yoki sudyalardan biri quyidagi hollarda almashtirilishi mumkin:
o‘zini o‘zi rad qilish yoki sudyani rad qilish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda arz qilingan va qanoatlantirilganda;
sudya yo‘qligi tufayli ishni o‘z vaqtida ko‘rishning imkoniyati bo‘lmaganda.
Sudya almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
Ishning muhokamasi chog‘ida yuzaga keladigan barcha masalalar sudya tomonidan yakka tartibda, ishni sudyalar hay’ati ko‘rayotganda esa sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi.
Masala hay’at tarkibida hal qilinayotganida sudyalarning birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Ozchilik tomonida qolgan sudya sud hujjatini imzolashi shart va alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli. Sudyaning alohida fikri konvertga solinib muhrlangan holda ishga qo‘shib qo‘yiladi, biroq o‘qib eshittirilmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi. Yuqori instansiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida, yoxud kassatsiya instansiyasi sudida mazkur Kodeksning 4193-moddasiga muvofiq takroran ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
3) shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
Ushbu Kodeks 21-moddasining 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram bo‘lsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish o‘tkazgan yoxud xulosa bergan bo‘lib, ularning materiallari mazkur ishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, ularni rad qilish to‘g‘risida ariza berilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin.
Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, sud majlisi kotibini rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi lozim. Rad qilish asosi sudga yoki rad qilinayotgan shaxsga ishni ko‘rish boshlanganidan so‘ng ma’lum bo‘lib qolgan hollardagina rad qilish haqida kechikib arz qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish arz qilinishi mumkin emas. Takroran rad qilish arz qilingan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak.
Ishni yakka tartibda ko‘radigan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning o‘zi tomonidan hal etiladi.
Sud hay’atining a’zosi bo‘lgan sudyani rad qilish hay’at a’zolari bo‘lgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yo‘qligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi.
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari bo‘yicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan ko‘riladi yoki ko‘rish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o‘tkaziladi.
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida ko‘rilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning o‘zida, lekin sudning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni bo‘lmasa, ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilishi kerak. Bunday holda ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘riladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga ko‘rish uchun yuboriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko‘rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.
Ushbu Kodeksning 26-moddasida ko‘rsatilgan ishlar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi, bundan qonunda shunday ishlarni ko‘rish boshqa sudlar vakolatiga berilgan hollar mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ariza beruvchi bo‘lgan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida o‘z ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda o‘z vakolatiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni O‘zbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga o‘tkazishga haqli.
Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda o‘zining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli bo‘lib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak.
Sud quyidagi hollarda ishni ko‘rish uchun boshqa sudga o‘tkazadi:
1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning ko‘pchilik qismi joylashgan erdagi sudda o‘z vaqtida va har tomonlama ko‘rib chiqiladi deb hisoblasa;
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan so‘ng bu sudda ularni almashtirish imkoni bo‘lmasa;
3) ish mazkur sudda ko‘rilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ma’lum bo‘lib qolsa.
Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish sudning ajrimiga asosan, bu ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati o‘tganidan keyin, shikoyat (protest) berilgan taqdirda esa shikoyatni (protestni) qanoatlantirmay qoldirish haqida ajrim chiqarilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sud tomonidan ko‘rish uchun qabul qilinishi kerak.
Sudlovga tegishlilik yuzasidan nizolashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi.
Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi.
Yashash joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida yashash joyiga ega bo‘lmagan javobgarga nisbatan da’volar O‘zbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Aliment undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogar tomonidan o‘zi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Kemalar to‘qnashuvi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish to‘g‘risidagi da’volar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema ro‘yxatga olingan port joylashgan erdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan da’volar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar zarar yetkazilgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar filial joylashgan erdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir nechta javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs bo‘lib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan da’vo javobgarlardan biri yashaydigan yoxud davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga da’vogarning tanlovi bo‘yicha taqdim etiladi.
Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, g‘ayriqonuniy hukm qilish, g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida g‘ayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida g‘ayriqonuniy ma’muriy jazo qo‘llash natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.
Agar da’vogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki og‘ir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
Bedarak yo‘qolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi da’volar da’vogarning xohishiga ko‘ra o‘z yashash joyidagi sudda ko‘rilishi mumkin.
Imoratga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi da’volar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan erdagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan da’volar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan erdagi sudning sudloviga tegishlidir.
Yo‘lovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan da’volar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat ro‘yxatidan o‘tgan erda taqdim etiladi.
Taraflar o‘zaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni o‘zgartirishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas.
Qarshi da’vo sudlovga tegishliligidan qat’i nazar, dastlabki da’vo ko‘rilayotgan joydagi sudda taqdim etiladi.
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.
Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda ko‘rilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir.
Voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo‘lgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ota-onalardan aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shuningdek mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda muomalaga to‘la layoqatli deb e’lon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda o‘z huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi.
Da’vogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir.
O‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxs da’vogardir.
O‘ziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir.
Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan shaxs arizachidir.
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.
Da’vo bir nechta da’vogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha ham yo‘l qo‘yiladi.
Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar:
nizo predmeti bir nechta da’vogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari bo‘lsa;
bir nechta da’vogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega bo‘lsa;
nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat bo‘lsa.
Da’vogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jalb qilishga haqli.
Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
Sud da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning roziligi bilan ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Agar da’vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi.
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan so‘ng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquqlariga yoki majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno.
Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, da’vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ariza bergan prokuror da’vogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini to‘lash majburiyati mustasno.
Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi arz qilgan talablar bo‘yicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega.
Agar da’vogar rozi bo‘lmasa, prokuror o‘zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar bildirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas.
Prokuror tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan o‘z da’vosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki o‘z tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida ko‘rsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni to‘liq yoki qisman qo‘llab-quvvatlash, ulardan voz kechish, o‘zlari arz qilgan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizadan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir.
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifasini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
Ishga doir biror holatdan xabardor bo‘lgan har qanday shaxs guvoh bo‘la oladi.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar;
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi shart.
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek ko‘rsatuvlar berishdan bo‘yin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solinishi guvohni sudga kelish va ko‘rsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki nusxa ko‘chirish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza o‘tkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega.
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni o‘zining maxsus bilimlari asosida hal qilib bo‘lmasligiga yoki o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun ekspert O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Mutaxassisni jalb qilish to‘g‘risida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Sudning mutaxassis chaqirish to‘g‘risidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir.
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs quyidagi huquqlarga ega: o‘zining nima maqsadda sudga chaqirilayotganligini bilish; agar maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; protsessual harakat ishtirokchilariga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashga ko‘maklashayotganida, ilmiy-texnika vositalari qo‘llanishi, ekspertiza tayinlanishi uchun materiallar tayyorlayotganida o‘zi qilgan harakatlar bilan bog‘liq holatlarga protsessual harakat ishtirokchilarining e’tiborini qaratish; o‘zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi bilan, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish hamda o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi va natijalari qayd qilinishining to‘liqliligi va to‘g‘riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlar va fikrlarni bildirish; ish yuritishda protsessual harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarining o‘rni qoplanishi.
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruviga binoan kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, ko‘nikmalar va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart. Mutaxassisning yuzaga kelgan barcha masalalar bo‘yicha maslahatlari sudga yozma ravishda taqdim etilishi kerak, sud muhokamasi davomida mutaxassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni sudga kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
Tarjimon quyidagi huquqlarga ega: tarjimani aniqlashtirish maqsadida sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad etish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning to‘g‘riligi yuzasidan e’tirozlar taqdim etish.
Tarjimon tarjimani to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmaganlik uchun tarjimon ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq jinoiy javobgar bo‘ladi, bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi.
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi.
Tashkilotlar ishlarni o‘z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha harakat qiladi.
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning rahbarlari sudga o‘z xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to‘liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar;
41) shu nizo bilan bog‘liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno;
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar.
Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.
Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi.
Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkin.
Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo‘lsa ham ularni muhokamaga qo‘yadi.
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularga sud dalillar to‘plashda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashadi.
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni ko‘rishga qabul qiladi.
Sudning dalilni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.
Ishlarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas va iqtisodiy yoki ma’muriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi.
O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi, dyeyishga asosi bo‘lgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli.
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi.
Arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek ta’minlanadigan dalillar zarur bo‘lgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin bo‘lgan ish ko‘rsatilishi kerak.
Dalillarni ta’minlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat arizachining o‘zini xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Dalillarni ta’minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki ko‘zdan kechiriladi, joyga borib ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi.
Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan barcha materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud dalillarga ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda, har taraflama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho beradi.
Har bir dalil aloqadorlik, maqbullik va ishonchlilik nuqtai nazaridan, dalillarning majmui esa yetarlilik nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb topiladi.
Hech bir dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.
Dalillarga baho berish natijalarini sud hal qiluv qarorida aks ettirishi shart bo‘lib, unda ayrim dalillar sudning xulosalarini asoslash vositasi sifatida qabul qilinganligi, boshqa dalillar sud tomonidan rad etilganligi sabablari, shuningdek ayrim dalillarning boshqa dalillarga nisbatan afzalligi asoslari keltiriladi.
Hujjatlarga yoki boshqa yozma dalillarga baho berishda sud boshqa dalillarni inobatga olgan holda, bunday hujjat yoki yozma dalil shu turdagi dalillarni taqdim etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan berilganligiga, hujjatni imzolab tasdiqlash huquqiga ega shaxs tomonidan imzolanganligiga, mazkur turdagi dalilning boshqa barcha ajralmas rekvizitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi shart.
Hujjatning yoki boshqa yozma dalilning ko‘chirma nusxasiga baho berishda sud nusxa ko‘chirish vaqtida uning asliga nisbatan mazmuni o‘zgarib qolmaganligini, nusxa ko‘chirish qanday texnik usulda bajarilganligini, nusxa ko‘chirish hujjatning ko‘chirma nusxasi uning asli bilan bir xilligini kafolatlashini, hujjatning ko‘chirma nusxasi qanday tarzda saqlanganligini tekshiradi.
Agar hujjatning asli yo‘qolgan va sudga taqdim etilmagan bo‘lsa, nizolashayotgan har bir taraf tomonidan taqdim etilgan ushbu hujjatning ko‘chirma nusxalari esa o‘zaro bir xil bo‘lmagan hamda boshqa dalillar yordamida hujjatning asl mazmunini aniqlashning iloji bo‘lmagan taqdirda, sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlangan holatlarni isbotlangan deb hisoblashi mumkin emas.
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari ish yuzasidan to‘plangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Taraflardan biri o‘zining talablari yoki e’tirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi bo‘lsa, bu fakt umumiy asoslarga ko‘ra isbotlanishi lozim.
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan bo‘lsa, mazkur ariza ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Guvohni chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs guvohning ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni tasdiqlay olishi mumkinligini ko‘rsatishi va sudga uning familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyini yoki ish, o‘qish joyini ma’lum qilishi shart.
Ishni ko‘rayotgan sud joylashgan erdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelish imkoniga ega bo‘lmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoxud guvohning o‘z iltimosnomasi bo‘yicha, ishni ko‘rib chiqayotgan sudning topshirig‘iga binoan o‘zlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda so‘roq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan so‘roq qilinadi.
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan o‘zga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Sudga taqdim etilayotgan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
Chet davlatda olingan hujjat O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ko‘rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini ko‘rsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ko‘rsatishi shart.
Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov ham berishi mumkin.
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini ko‘rsatishi shart.
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida buni | 58 | 63,524 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 11-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. 4-bandning beshinchi xatboshidagi “eksportga va respublikadagi iste’molchilarga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2. 5-bandda:
sakkizinchi xatboshidagi “eksportga va mahalliy iste’molchilarga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “eksportga va” so‘zlari “tashqi savdo kompaniyalariga va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma birinchi xatboshidagi “eksportga” so‘zi “tashqi savdo kompaniyalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin, “eksport” so‘zi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “belgilangan kvotalar va jo‘natish hujjatlari (raznaryadkalar)ga muvofiq holda” so‘zlari chiqarib tashlansin, “eksportga” so‘zi “tashqi savdo kompaniyalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oxirgi xatboshidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta mahsulotini sotish narxlari va budjet bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida” 1995-yil 25-sentabrdagi 373-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 23-4-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 4-ilova.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2000-yilda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi to‘g‘risida” 2000-yil 4-apreldagi 124-24-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 18-sentabrdagi 377-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 54-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda). | 149 | 2,799 |
Qonunchilik | Banklarda onlayn-qarzlar joriy etiladi | Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarda tijorat banklari faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Muhokama 12.04.2018 yilgacha davom etadi.
Onlayn-qarzlar joriy etiladi
Bu iste’molchi masofadan turib bank bilan hamkorlik qilgan holda, Internet orqali yoki boshqa qonuniy usulda tuzilgan mikrozayom shartnomasidir. Bunda mikrozayom summasi iste’molchiga naqd pulsiz shaklda (shu jumladan schyot ochmasdan pul mablagʻlari oʻtkazib) beriladi.
Ma’lumot uchun: mikrozayom – qarz oluvchi – jismoniy shaхsga muddatlilik, qaytarishlilik va, shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, toʻlash sharti bilan EKIHning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda beriladigan pul mablagʻlari.
Saytlarda shaхsiy kabinetlar ochiladi
Bundan tashqari, banklarga rasmiy saytlarida iste’molchining shaхsiy kabinetini joriy etish majburiyati yuklanadi. Bu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarganligi toʻgʻrisida masofadan turib ma’lumot olish va Internet orqali хabarlashgan holda bank bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.
Iste’molchi bilan shaхsiy kabinet orqali hamkorlik qilish taklif etiladigan хizmatlar boʻyicha u quyidagi hajmdagi aхborot bilan ta’minlanadi:
Kredit rasmiylashtirilayotganda sinchiklab tekshiriladi
Bank iste’molchining iste’mol krediti yoki mikrozayom olishga arizasini koʻrib chiqayotganda uning toʻlov qobiliyatini baholashi shart. Buning uchun 1 mln soʻmdan ortiq summadagi iste’mol krediti yoki mikrozayom berishni soʻrab murojaat qilgan iste’molchidan quyidagi aхborot talab qilib olinadi:
Iste’molchining ushbu bank oldida 30 kalendar kunidan oshmaydigan muddatda qaytarilishi kerak boʻlgan boshqa mikrozayom shartnomasi boʻyicha majburiyatlari mavjud boʻlsa, iste’molchi bilan хuddi shunday qaytarish muddati belgilangan mikrozayom shartnomasini tuzish taqiqlanadi. Summasi 1 mln soʻmdan ortiq, qaytarish muddati 7 kalendar kunidan oshmaydigan mikrozayomlar bundan mustasno.
Iste’mol krediti yoki mikrozayom shartnomasi boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelsa, bank 7 kalendar kuni davomida iste’molchi bilan shartnomada kelishilgan har qanday aloqa bogʻlash usullaridan foydalanib, iste’molchiga bu haqda хabar berish majburiyatini oladi. Shu tariqa, mazkur holda da’vo qilish tartibiga rioya etish majburiy boʻladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 38 | 2,436 |
Qonunchilik | Antireklamadan foydalanishni bilasizmi? | Yaхshi tovarni reklama qilish shart emas degan keng tarqalgan, aslini olganda esa yanglish boʻlgan fikr mavjud. Reklamaga har qanday mahsulot muhtoj. Hatto eng oliy darajadagisi ham.
Ammo qoyilmaqom qilib katta mablagʻ evaziga ishlangan reklama ham natija bermasa-chi? Bunday holatda qanday yoʻl tutish kerak? Brendning nomi me’daga tegib ketsa, reklama kampaniyasi tirishqoqlik bilan olib borilsa-da, tovarning reytingi tushib ketaveradi? Buni qarangki, shunday vaziyatlarda aynan antireklama qoʻl kelar ekan.
Hayron qolishga biroz shoshmang. Yaхshisi, sevimli kompaniyasi haqida yuz-хotirga bormasdan aytilayotgan gaplarni eshitib, хaridorlaringiz hayron qolishsin. Keskin tanqid soʻzlari naq yuragiga nish misoli sanchilgan sodiq хaridor sevimli tovarining dunyoda tengsiz ekani, raqobatchi kompaniyalarning mahsulotidan qolishmasligini isbotlashga kirishadi. Boshqa soʻz bilan aytganda хaridoringiz oʻzining shaхsiy reklama kampaniyasini boshlab yuboradi. Bu esa sizning reytingingiz oshishi va tabiiyki, savdo hajmi ortishiga olib kelishi aniq.
Antireklamadek nozik masalada ehtiyotkorlik choralarini koʻrib qoʻyish zarur ekani oʻz-oʻzidan ma’lum – “antireklamachilar” oʻz ishiga juda berilib ketishsa, doimiy mijozlardan ayrilish mumkin. Yangi raqiblar haqida-ku gapirmasa ham boʻladi. Yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, mijozlari sonini orttirish payiga tushadigan raqobatchilar haqida ham unutmaslik kerak. Salbiy oqibatlarning oldini olish uchun antireklama kampaniyasini oʻtkazishning bir nechta qoidalarini eslab qolish talab etiladi.
Eng avvalo, tovar yoki kompaniya bilan bogʻliq janjalli shov-shuv ishbilarmon hamkorlaringizning jigʻiga tegmasligi kerak. Aks holda sizdan yuz oʻgirishlari hech gap emas.
Ikkinchidan – salbiy aхborot omili bir marotabalik tusga ega boʻlishi kerak.
Uchinchisi – sizdan darhol munosabat bildirishingizni kutishadi. Muammoga kamida uchta chiqishni bagʻishlang, vaziyat nazorat ostida ekani, tasodifiy hodisa tovarning yuqori sifatiga hech qanday ta’sir koʻrsatmasligiga aholini ishontiring.
Yakunlovchi qadam boʻlib esa oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida kompaniya obroʻsini toʻkishi kutilgan ma’lumotlarning ishonchli ekani tasdiqlanmagani, mijozlaringizning хavotir olishlariga hojat yoʻq ekanini bildirish boʻladi. Shundan keyin biror yangilik qilish (aksiya, yangi tovar, yangi хizmat) ish beradi. Endi kompaniyaga e’tibor katta ekan, reklama qilishga hojat ham qolmaydi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 39 | 2,462 |
Qonunchilik | “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi QL-861-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 1-dekabrda kiritilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi QL-861-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 101 | 701 |
Qonunchilik | Umumiy ovqatlanish va koʻngilochar muassasalar tunu kun ishlashi mumkin | Buning uchun ular Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi 624-son qarorida belgilangan qator talablarni bajarishi lozim.
Joriy yilning 15 oktyabridan umumiy ovqatlanish korхonalari va koʻngilochar ob’yektlarda tunu kun faoliyat yuritishga ruхsat berish joriy etiladi. Buning uchun muassasalar oʻz hisobidan quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim:
Muassasa rahbari tomonidan yuqorida koʻrsatilgan talablar bajarilganligi haqida hududiy ichki ishlar organlariga tegishli ma’lumot taqdim etiladi. Ob’yekt belgilangan talablarga rioya etgan holda ularning qonuniy faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aralashish taqiqlanadi.
Belgilangan talablar buzilsa yoki ularning tungi faoliyati yuzasidan jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda e’tirozlar bildirilsa, bu ularning tungi vaqtda faoliyat yuritish huquqi hokimiyat tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2019 yildan kuchga kiradi.
Lenara Xikmatova. | 71 | 1,022 |
Qonunchilik | KITOB SAVDOSI TAShKILOTLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Kitob savdosi tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq kitob savdosi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar kitob savdosi tashkilotlariga (kitob bazalari, kollektorlari va do‘konlari) (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tashkilot binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, jihozlash va qayta jihozlashda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
13. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Tashkilotlarda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
15. Tashkilot mutaxassislari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
16. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
17. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlangan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati” ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
18. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
19. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
20. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
21. Yakka tartibdagi himoya vositalari Nashriyot, matbaa va kitob savdosi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1926, 2009-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 139-modda) muvofiq ta’minlashi shart.
22. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
23. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) asosida amalga oshirilishi lozim.
24. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ma’muriyat ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
25. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
26. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
27. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
28. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
29. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
30. Bino va inshootlarning havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik normativlar. Ish hududi havosida zararli moddalarning ruxsat etilgan eng ko‘p miqdorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
31. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
32. Ish joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21 °C, o‘rta og‘ir ishlarda 17 °C va og‘ir ishlarda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
33. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
34. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
35. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos kelishi kerak.
36. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketmaslik kerak.
37. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
38. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
39. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
40. Tashkilot hududida qo‘l-betni yuvadigan vodoprovod suvi va chig‘anoq o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
41. Tashkilot hududi va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Yoritish uskunalarini o‘rnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos bo‘lishi kerak.
43. Omborxonalar va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qo‘shimcha ravishda ko‘chma yoritish moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
44. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarini sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
45. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
46. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi.
47. Tungi vaqtda tashkilot xonalarida “Tabiiy va sun’iy yoritish” QMQ 2.01.05-98 talablariga muvofiq foydalanish kerak.
48. Bino va inshootlarning umumiy texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish uchun tashkilot rahbari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya amalga oshiradi.
49. Kitob bazalarida QMQ 2.09.12-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy xonalari” qoidalari talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qo‘shimcha xonalar bo‘lishi lozim.
50. Kitob bazalaridagi maishiy xonalar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
51. Kiyim saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, kitob bazalarida yuvinish va cho‘milish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida bo‘lishi lozim.
52. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, ko‘zgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar bo‘lishi lozim.
53. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
54. Qavat oralig‘idagi zinapoyalar, maydonchalar va chiqish qismi zinapoyalari, supaning balandlik farqi 0,75 m dan ortiq bo‘lsa balandligi 1 m dan kam bo‘lmasligi, 5 m — 1,2 m dan ortiq bo‘lsa mustahkam to‘siqlari bo‘lishi kerak.
55. Ish joylari, o‘tish joylari, evakuatsiya yo‘llari, kirish-chiqish joylari, deraza va eshik o‘rinlari, yo‘laklar, zinapoyalar va zinapoya qavatlari tirband bo‘lishi mumkin emas. O‘t o‘chirish va elektr quvvati vositalaridan foydalanishda bemalol o‘tish ta’minlanishi kerak.
56. Kitob savdo xonalari “Jamoatchilik binolari va inshootlari” QMQ 2.08.02-96 talablariga to‘g‘ri kelishi kerak.
57. Do‘kon peshtaxtalari 1,5 m gacha chuqurlikda namoyish maydonchalari bo‘lishi kerak. Peshtaxta oynalari terlash va muzlashdan himoyalangan bo‘lishi, zarur vaqtda bevosita quyosh nurlaridan himoya moslamalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
58. Barcha omborxonalar uchun tashkilot rahbariyati tomonidan kitoblarni xavfsiz saqlash qo‘llanmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
59. Qish paytida omborxona joylashgan maydonda qor, muzlardan tozalangan va qum, kul yoki shlak sepilgan bo‘lishi kerak.
60. Taxlamlar va stellajlar orasidagi yo‘lkalarning eni 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Omborxonada transport vositasidan foydalanilganda yo‘lkalarga qo‘shimcha o‘tish yo‘llarini eni 3 m dan kam bo‘lmasligi ko‘rsatilishi kerak. Taxlamlar qatori va transport vositasi o‘lchamlari oralig‘i eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
61. Omborxonalarni umumiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga javob berishi lozim.
62. Mahsulot qabul qilinadigan omborxona eshiklarini eni 1,3 m dan va balandligi 2,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
63. Iste’molchilarning yangidan quriladigan va ta’mirlanadigan barcha elektr qurilmalari Elektr qurilmalar tuzilishi qoidalariga (bundan keyin — EQTQ) mos ravishda bajarilishi kerak.
64. Tashkilotlarda elektr qurilmalaridan foydalanish Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) va Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga (ro‘yxat raqami 1614, 2006-yil 18-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
65. Ishlab turgan elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish, ularda elektr tokini tezkor uzish, ta’mir, montaj yoki sozlash ishlari hamda sinovlarni tashkil etish va bajarish maxsus tayyorlangan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan elektrtexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
66. Mazkur Qoidalarning energoxizmat xodimlari tomonidan bajarilishi uchun mas’ul xodimni tashkilot rahbariyati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlagan lavozim yo‘riqnomalari va nizomlarni belgilaydi.
67. Har bir tashkilot rahbariyati buyrug‘i bilan energoxizmat muhandis-texnik xodimlari tarkibidan elektr xo‘jalik umumiy holati va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishiga javob beradigan mas’ul shaxs tayinlanishi kerak.
Elektr xo‘jalik uchun javobgar shaxs (mehnat ta’tili, kasallik, xizmat safari tufayli) uzoq vaqt bo‘lmaganida, uning vazifasini ijro etish rahbar buyrug‘i bilan rahbarning o‘rinbosariga yoki energoxizmat bo‘yicha bilimi tekshiruvdan o‘tgan boshqa shaxsga yuklatiladi.
68. Metall konstruksiyalaridan tayyorlangan kitob savdosi do‘konlarida erga ulangan himoya simlar bo‘lishi lozim.
Mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bo‘ladigan energoxizmat xodimlari bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
69. Bino, maishiy-xo‘jalik xonalari, omborxonalar, shuningdek muhandislik inshootlari, elektr xo‘jaligida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgarlik tashkilot rahbari buyrug‘iga binoan tegishli xizmatlar rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
70. Tashkilot binolari, maishiy-xo‘jalik xonalari, muhandislik inshootlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari, me’yoriy hujjatlar talablari asosida yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqilishi zarur.
71. Yo‘l-yo‘riqlarda quyidagi masalalar:
bino, inshoot, hududni hamda binoni tark etish yo‘llarini saqlash tartibi;
yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan ishlar (payvandlash, elektr jihozlaridan foydalanish, ta’mirlash va x.k.)ni bajarishda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar;
portlash, tez alangalanish, yonish xavfi bo‘lgan materiallarni saqlash hamda tashish tartibi;
chekish joylari, ochiq olovdan foydalanish va olov bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi;
yonuvchi mahsulotlar va materiallarni saqlash, yig‘ish, muassasa binosidan olib chiqish tartibi;
portlash yoki yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan nazorat-o‘lchov asboblari (manometr, termometr va boshqalar)ning chegaraviy qiymatlari;
yong‘in vaqtida ishchi va xizmatchilarning vazifalari va harakati yoritilishi kerak.
72. Binolar, maishiy-xo‘jalik xonalari, yo‘laklar, omborxonalar, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari hamda yong‘indan xabar berish texnik vositalari bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi lozim.
73. Arxiv, omborxona, havo almashtirish uskunalari o‘rnatilgan xonalar, xo‘jalik va yong‘in nasoslari xonalari eshiklari yong‘inga chidamli qilib ishlangan bo‘lishi kerak.
74. Yong‘in nasoslari dvigatellari hamda yong‘indan xabar berish avtomatika tizimi moslamalariga elektr toki transformator podstansiyalaridan alohida tortilgan sim orqali keltirilishi lozim.
75. Tashkilotlarning yong‘in nasoslari dvigatellari hamda yong‘inni o‘chirish tizimi moslamalarining yoqilishi avtomatlashgan tarzda havo almashtirish va sovutish tizimlarining o‘chirilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilishi zarur.
76. Tashkilot binolarining har bir qavatida yong‘in sodir bo‘lganida, xodimlarni ko‘chirish chizmasi o‘rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo‘laklar, birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlarni favqulodda holatda zaxira chiqish yo‘llaridan harakat qilish yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
77. Zaxira chiqish yo‘llarida, qavatlarda, zinapoya va o‘tish joylarida navbatchi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi lozim. Zaxira chiqish eshiklari tashqari tomonga ochilishi kerak.
78. Binoning har bir qavatidan evakuatsiya chiqish joylari soni ikkitadan kam bo‘lmasligi shart.
79. Tashkilot hududida payvandlash yoki yong‘in chiqadigan bir martalik boshqa ishlar bo‘yicha yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlash, ushbu ishlar olib boriladigan ish joyi rahbarining zimmasiga yuklatilishi lozim.
80. Payvandlash va olov bilan olib boriladigan ishlarni bajarish uchun bir martalik ruxsatnoma joriy ish kuniga beriladi. Ishlar bir necha kun davom ettiriladigan bo‘lsa, ish joyi ma’muriyat tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, ushbu ruxsatnoma muddati uzaytiriladi.
81. Bino qavatlarida o‘rnatilgan o‘t o‘chirgichlar bir turda bo‘lishi, ularda asosiy ko‘rsatkichlar hamda foydalanish qoidalari bitilgan yorliq bo‘lishi kerak.
Binolardagi o‘t o‘chirgichlar doimo soz holda bo‘lishi, ko‘rinarli va iloji boricha xonadan chiqish eshigiga yaqin joyga o‘rnatilgan bo‘lishi, olishga qulay bo‘lishi, ularga borish yo‘llari to‘silmasligi zarur.
Har 10 kunda binolarda o‘rnatilgan o‘t o‘chirgichlar qo‘yilgan tamg‘alar, manometrlar ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan chegaraviy qiymatdan tushib ketmaganligi ko‘zdan kechirilishi zarur.
82. O‘t o‘chirgich ballonlarining yuqori bosimga chidamliligi har 5 yilda tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. Agar o‘t o‘chirgichlarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish muddati ballon sirtiga o‘yib yozilgan muddatdan o‘tib ketsa yoki unga qo‘yilgan tamg‘a (plomba) buzilgan bo‘lsa, o‘t o‘chirgichlar almashtirilishi zarur.
83. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarning kimyoviy tarkibi har yili kamida bir marotaba tekshirilishi lozim.
84. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qishki mavsumda (havo harorati 10 °C darajadan past bo‘lganda) isitilgan xonalarga olib kirilishi zarur. O‘t o‘chirgich olingan joyga o‘t o‘chirgich qo‘yilgan xonaning tartib raqami osib qo‘yilishi shart.
85. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
86. Mansabdor shaxslar va xodimlar mazkur Qoidalarga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan. | 98 | 20,791 |
Qonunchilik | Raqamlar: muhandis-olimlar qancha maosh oladi | Innovatsion rivojlanish vazirining buyrugʻi (21.12.2018 yilda 3104-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan ITMning ilmiy faoliyatni konstruktor-teхnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga хizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-teхnik хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi.
Quyidagi miqdordagi maoshlar belgilandi:
Lavozim
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (soʻmda)
2018 yil 1 sentyabrdan
2018 yil 1 noyabrdan
2019 yil 1 yanvardan
2019 yil 1 iyuldan
Bosh muhandis
2 220 000
2 442 000
2 930 400
3 663 000
Bosh konstruktor, bosh teхnolog
1 970 000
2 167 000
2 600 400
3 250 500
Yetakchi muhandis, yetakchi konstruktor, yetakchi teхnolog
tegishli sohada ish staji mavjud boʻlganda:
5 yildan koʻp
1 680 000
1 848 000
2 217 600
2 772 000
2 yildan 5 yilgacha
1 580 000
1 738 000
2 085 600
2 607 000
Oliy ma’lumotli mutaхassislar (muhandislar, konstruktorlar, teхnologlar)
tegishli sohada ish staji mavjud boʻlganda:
5 yildan koʻp
1 150 000
1 265 000
1 518 000
1 897 500
2 yildan 5 yilgacha
1 080 000
1 188 000
1 425 600
1 782 000
2 yildan kam
990 000
1 089 000
1 306 800
1 633 500
Oʻrta maхsus ma’lumotli mutaхassislar (muhandislar, konstruktorlar, teхnologlar)
tegishli sohada ish staji mavjud boʻlganda:
5 yildan koʻp
970 000
1 067 000
1 280 400
1 600 500
2 yildan 5 yilgacha
910 000
1 001 000
1 201 200
1 501 500
2 yildan kam
840 000
924 000
1 108 800
1 386 000
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 45 | 1,555 |
Qonunchilik | Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash, markirovka va realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom talablari giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
“angro” mahsuloti — yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositasi hisoblanadi;
qadoqlash — dori vositalarini tegishli idishlarga solish, joylashtirish.
3. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash, markirovka va realizatsiya qilish dori vositalarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
4. “angro” mahsulotini respublikaga olib kirishga va qadoqlashga asos bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishli dori vositasi iste’mol qadoqlarida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olishi hisoblanadi.
5. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Dorixonalar tomonidan dori vositalarini saqlash, qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish SanQvaM 0337-16-son “Dorixonalarni joylashtirish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari” bilan o‘rnatilgan talablarga javob beradigan xonalarda amalga oshiriladi.
7. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini uning xususiyatlariga muvofiq maxsus uskunalardan foydalangan holda qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish amalga oshiriladi.
8. Dorixona sharoitida qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotini chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, retseptsiz sotiladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Dorixona sharoitida qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotini ulgurji realizatsiya qilinmaydi.
10. Dorixonalarda qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan “angro” mahsuloti tegishli dori vositasining tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan beriladi.
11. “angro” mahsulotlarini saqlash, qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish SanQvaM 0337-16-son “Dorixonalarni joylashtirish, jihozlash va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Dorixonaga kelib tushgan “angro” mahsuloti belgilangan tartibda kirim qilinadi. Varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda tashkilot rahbarining imzo va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan jurnallarda yoki elektron shaklda 1-ilovada keltirilgan jadval shakliga muvofiq hisobi olib boriladi.
13. Dorixonalarda “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan qadoqlovchi tomonidan amalga oshiriladi. Qadoqlovchi sanitariya qoidalari va normalari talablariga amal qilishi, shuningdek, bir martalik tibbiy qo‘lqoplar bilan barcha jarayonlarni amalga oshirishi shart.
14. Dorixonalarda “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish jarayonida quyidagilarga rioya qilinishi zarur:
qadoqlash vositalarini sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq yuvish va quritish;
dori vositalarini idishlarga qadoqlash jarayonini maxsus qadoqlash uskunalarida amalga oshirish;
qadoqlashdan oldin qadoqlash uskunasining asosiy ishchi qismlarini normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yuvish va tozalash;
“angro” mahsulotini qadoqlashda amaldagi standart talablariga javob beradigan qadoqlash materiallaridan foydalanish;
“angro” mahsulotini qadoqlash uskunasida kerakli miqdorda idishlarga (flakon, banka, shisha idish, plastmassa idish, karton va qog‘oz quti) qadoqlash va markirovka qilish.
15. Dorixona sharoitida “angro” mahsuloti qadoqlangandan so‘ng markirovkasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarining xavfsizligi umumiy texnik reglamentida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak:
a) “angro” mahsulotini ishlab chiqargan tashkilot nomi, davlati, seriya raqami (“angro” mahsulotini ishlab chiqargan tashkilotning seriya raqami bilan qadoqlangan dori vositasining seriya raqami kasr belgisi (/) orqali ko‘rsatiladi);
b) qadoqlangan sanasi, yaroqlilik muddati va narxi. Bunda “angro” mahsulotining ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda dorixona tomonidan qadoqlangan dori vositasining o‘ramida bir yildan ortiq bo‘lmagan yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi. Dorixona tomonidan belgilanadigan yaroqlilik muddati “angro” mahsulotining yaroqlilik muddatidan o‘tib ketmagan holda belgilanishi shart.
16. Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash va markirovka qilishning barcha jarayonlari 2-ilovada keltirilgan jadval shakliga muvofiq qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladigan qadoqlash ishlari jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Jurnalning varaqlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda tashkilot rahbarining imzosi va muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
17. Dorixonalarda qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotining sifatini nazorat qilish Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2990, 2018-yil 3-aprel) muvofiq quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
qabul qilish nazorati;
yozma nazorat;
organoleptik nazorat;
fizikaviy nazorat;
tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorat.
Dorixonalardagi “angro” mahsuloti sifatini nazorat qilish farmatsevt-analitik tomonidan amalga oshiriladi.
18. Qadoqlangan, o‘ralgan, markirovka qilingan “angro” mahsulotini realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Dorixonalarda “angro” mahsulotini saqlash, qadoqlash, o‘rash, markirovka va realizatsiya qilish jarayoniga javobgar shaxs etib oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis tayinlanadi.
20. Ushbu Tartib qoidalarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
21. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 140 | 7,801 |
Qonunchilik | Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer egalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida:
1. Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) milliy valyutada 4 yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo‘naltirilsin:
1-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2022-yil 1-yanvarga qadar;
2-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 1-bosqich mablag‘laridan foydalanish samaradorligi natijalariga ko‘ra 2022-yil 1-iyunga qadar.
2. Mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablag‘lar tijorat banklariga resurs sifatida yo‘naltirilgan holda, tomorqachilik loyihalarini kreditlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida belgilangan shartlar asosida:
a) tomorqa yer egalariga:
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;
kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;
poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi;
b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Bunda, “Tomorqa xizmati” MChJlarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi;
Mazkur garovsiz kreditlar qaytmasligi xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sug‘urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qo‘yiladi.
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MChJlarga 300 million so‘mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismini qoplash maqsadida, mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan Jamg‘armaning daromadlari hisobidan zaxira yaratiladi hamda Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablag‘larining akseptsiz undirilgan qismi mazkur zaxira mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
v) yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
3. Belgilansinki, Jamg‘arma tomonidan 2026-yil 1-yanvarga qadar:
tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi;
suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi.
joriy yilda burg‘ilangan vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlar keyingi yilning ikkinchi choragiga qadar qabul qilinadi hamda ushbu xarajatlar hujjatlar qabul qilingan yil mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
mazkur bandda belgilanayotgan chora-tadbirlar uchun 2022-yilda Jamg‘armaga Davlat budjetidan 50 milliard so‘m, bundan tashqari suv ta’minoti og‘ir mahallalarda quduq qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratiladi;
suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili Davlat budjetidan Jamg‘armaga mablag‘ yo‘naltiriladi;
omborxonalarni jihozlash, sotib olinayotgan quritish, saralash va qadoqlash uskunalari yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan xulosa beriladi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibini tasdiqlasin.
31. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlariga hokim yordamchilari bilan birgalikda quyidagi yangi vazifalar yuklatilsin:
tomorqa xo‘jaliklari bilan agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalarni jalb etgan holda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
aholi xonadonlarida, qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi boqishni tashkil etish;
mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirgan holda, joylarda “tarqatish va mahsulotlarni yig‘ib olish bo‘yicha mobil xizmatlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
“xonadonbay” ishlash asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda tomorqa xo‘jaliklarini “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish;
har bir mahallada kooperatsiya asosida parranda, quyonchilik, qo‘y-echkichilik, asalarichilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarni aniqlash.
5. Quyidagilar:
2022-yilda faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MChJlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini ishga tushirishning prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining mavjud shtatlari doirasida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha bittadan agronom shtati tashkil etilsin.
7. “Agrobank” ATB shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida 2022-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platformani ishga tushirsin.
Bunda, “Agrobank” ATBning platformaga ulanish va xizmatlardan foydalanishni bepul qilib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
8. Belgilansinki, har bir tumanda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat (ish haqi saqlangan holda) xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan doimiy loyiha ofisi tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B.T. Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev), manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda hudud ehtiyojidan kelib chiqib, xonaki parrandalar naslchiligi korxonalarini tashkil etsin;
2022-yilda joylardagi ehtiyojni o‘rganib va hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelish hamda aholiga tarqatish choralarini ko‘rsin.
9. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlariga ko‘maklashsin.
10. Hokim yordamchilariga tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, quyidagi vazifalar yuklansin:
uyma-uy yurish orqali tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan erni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini, ushbu qaror doirasida tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini, shuningdek, mazkur shaxslar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga rioya etilishini davriy monitoring qilib borish;
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi tomorqalarini xizmatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko‘paytirish.
11. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha ishlarni manzilli tashkil etsin;
bir oy muddatda tomorqa yer egalari va kooperatsiyalarni mahsulot ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga o‘rgatish, kooperatsiya a’zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini o‘tkazish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha qisqa muddatli amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqsin;
bir oy muddatda tomorqa yerlarida kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik xaritalarni, parranda, quyon, qo‘y va echki, asalari uyalari, intensiv usulda baliq boqish, shuningdek, ixcham issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha texnologik tavsiyalarni ishlab chiqsin va ushbu yo‘nalishlarda internet tarmog‘i orqali onlayn maslahat berib borilishini yo‘lga qo‘ysin. Tijorat banklari kreditni rasmiylashtirish jarayonida qarz oluvchilarning haqiqiy ehtiyojini aniqlash va kreditni qaytarish muddatlarini belgilashda texnologik xarita va tavsiyalarni inobatga olsin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B.T. Norqobilov), “O‘zbekchorvanasl” agentligi (B.T. Atamuratov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev) bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish va ozuqa-em tarqatish, aholini o‘qitish markazlarini tashkil etsin;
v) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) mazkur qaror doirasida ajratilayotgan mablag‘larning ochiqlik va oshkoralik tamoyili asosida maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda “O‘zbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida tomorqa xo‘jaliklarida ochiq va yopiq usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar namoyish etilishini tizimli tashkil etsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har bir hududda ochiq va yopiq usulda sabzavot mahsulotlari yetishtirish hamda ularning eksportini rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar sonini ko‘paytirish uchun mahallalarda taqdimotlar va seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki:
markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi;
Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi”;
b) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Kengashga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish”;
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan fermer xo‘jaliklarining sonidan va fermer xo‘jaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyasiga ko‘ra tuman hokimliklari tomonidan belgilanadi”;
g) 5-bandda:
uchinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi to‘laqonli tashkil etilishi uchun tuman hokimlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin”;
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 2-ilova quyidagi mazmundagi 4-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha agronom — oliy ma’lumotli agronom yoki agronom mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yoki maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs”;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Markazlar tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan muassasa shaklida tashkil etiladi. Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimiga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi”;
v) 7-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
agronom tomonidan aholiga o‘z xonadonlaridagi tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha, shuningdek fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish”. | 176 | 18,817 |
Qonunchilik | Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘ri | Mustaqillik yillarida respublikada ichki bozorni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash ta’minlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Avtotransport vositalarining bir qismini suyultirilgan va siqilgan gazga o‘tkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi.
Iqtisodiyotning o‘sishi va unga bog‘liq ravishda avtotransport vositalari sonining ko‘payishi avtomobil yonilg‘isiga, shu jumladan suyultirilgan va siqilgan gazga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanish hajmini tegishli ravishda ko‘paytirish, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarini va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq strategiya belgilanmagan.
Avtotransport vositalarini ekologik toza yonilg‘i turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, avtomobil benzinini ular bilan almashtirish, respublikaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va ushbu maqsadlarda investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini xalqaro va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘ylab maqbul joylashtirishning loyiha sxemalarini kiritsinlar.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘zdavneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 3, 3a, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq prognoz parametrlar bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan avtotransport vositalari konstruksiyasining loyiha hujjatlariga va yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin. | 250 | 2,572 |
Qonunchilik | Qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
1. Qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek, yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosalar berish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1025-son “Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga asosan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda “O‘zdavenergonazorat” deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda “O‘zdavneftgazinspeksiya” deb yuritiladi) “Energiyani tejash milliy kompaniyasi” AJ bilan birgalikda ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) ular tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanish to‘g‘risida xulosalar (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) berilishini ta’minlaydi.
2. Xulosalar tashkilot tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari nazarda tutilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar (bundan buyon matnda standartlashtirishga doir normativ hujjat deb yuritiladi) mavjud bo‘lganda beriladi.
3. Tashkilot xulosa olish uchun tegishliligicha “O‘zdavenergonazorat” yoki “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga standartlashtirishga doir normativ hujjatning nusxasi ilova qilinishi shart.
Ariza an’anaviy yoxud elektron shaklda yuborilishi mumkin.
4. “O‘zdavenergonazorat” yoxud “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limi arizani qabul qilib olgan kunning o‘zida arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni 2 nusxada ko‘paytirilishini hamda ularning bir nusxasini “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJga, ikkinchi nusxasini esa — tegishlicha “O‘zdavenergonazorat” yoki “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limiga yuborilishini ta’minlaydi.
5. O‘zdavenergonazorat” hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari ariza berilgan kundan boshlab 5 kun ichida arizani bergan tashkilotga borgan holda tashkilotda qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, shuningdek yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalanilayotganligini standartlashtirishga doir normativ hujjatga muvofiqligini o‘rganadi.
6. O‘rganishda:
“O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limi mutaxassisi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotda mahsulot birligiga sarflanayotgan elektr energiyasining standartlashtirishga doir normativ hujjatdagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligini, shuningdek faoliyati ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotda asbob-uskunalarning elektr energiyasining sarfi standartlashtirishga doir normativ hujjatdagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligini;
“O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limi mutaxassisi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotda mahsulot birligiga sarflanayotgan gazning standartlashtirishga doir normativ hujjatdagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligini, shuningdek faoliyati ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotda asbob-uskunalarning gaz sarfi standartlashtirishga doir normativ hujjatdagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligini o‘rganadi.
Mutaxassislar tashkilotda sertifikatlangan va energiya jihatidan samarali uskunalar va priborlar qo‘llanilayotganini ham o‘rganadi.
Mutaxassislar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilmagan masalalar o‘rganilishi taqiqlanadi.
7. O‘zdavenergonazorat” hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan tashkilotda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan 2 nusxada ma’lumotnoma tuziladi.
O‘rganish jarayonida tashkilotda mazkur Nizomga asosan o‘rganish predmetiga kiradigan masalalar mavjud bo‘lmaganda, bu haqda ma’lumotnomada ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnoma “O‘zdavenergonazorat” hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari, tashkilotning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanadi.
8. “O‘zdavenergonazorat” hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya”ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘rganish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma u imzolangan kunning o‘zida (biroq, ariza berilgan kundan boshlab 5 kundan kechiktirmay) “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJga yuboriladi.
9. “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ “O‘zdavneftgazinspeksiya” va “O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘rganish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnomani u yuborilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘rganib chiqadi.
10. “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ o‘rganish natijasida tashkilotda qo‘llanilayotgan texnologiyalar va asbob-uskunalar energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq (yoqilg‘ining muqobil turlaridan foydalaniladi), deb topganda mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda xulosani rasmiylashtiradi va uni shu kunning o‘zida tegishlicha “O‘zdavneftgazinspeksiya” yoki “O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limiga keyinchalik tashkilotga berish uchun yuboradi.
11. “O‘zdavneftgazinspeksiya” yoki “O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limi “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan rasmiylashtirilgan xulosani u kelib tushgan kunning o‘zida tashkilotga yuborilishini ta’minlaydi.
12. Xulosa “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ rahbari hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya” va “O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan imzolangan va mazkur tashkilotlarning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Xulosaga uni asoslantiruvchi ma’lumotlar ilova qilinadi.
Xulosa 5 yil muddatga beriladi.
13. Tashkilotda qo‘llanilayotgan texnologiyalar va asbob-uskunalar energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq emas, deb topilganda murojaat etuvchi shaxsga asoslantirilgan javob xati tayyorlanadi va uni murojaat etuvchiga taqdim etish uchun tegishlicha “O‘zdavneftgazinspeksiya” yoki “O‘zdavenergonazorat”ning hududiy bo‘limiga yuboradi.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJ bilan kelishilgan. | 248 | 7,713 |
Qonunchilik | UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIGA IZChIL O‘TIShNI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini ishga tushirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoloqlik va o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rni yetarlicha muvozanatli qisqartirilmaganligi munosabati bilan ayrim tumanlarda 9-sinflarning bitiruvchilari o‘qishni kasb-hunar kollejlarida yoki umumta’lim maktablarining 10-sinflarida davom ettirish imkoniyatiga ega emasligi hollari mavjudligini qayd etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirish, 9-sinflarning bitiruvchilari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan to‘liqroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Mazkur qaror bilan belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarni qamrab olish parametrlari so‘zsiz bajarilishi, 10-sinflarga va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlariga qabul qilishni ta’minlash, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o‘z vaqtida ishga tushirish uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, xalq ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlariga yuklansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda:
9-sinflar bitiruvchilarini qamrab olishning mazkur qaror bilan tasdiqlangan istiqbolli ko‘rsatkichlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar;
umumta’lim maktablarining vaqtincha faoliyat ko‘rsatayotgan 10-11-sinflari faoliyati ustidan nazorat qilsinlar.
9-sinfning bitiruvchisi biror shahar yoki tumanda o‘qishni bundan keyin davom ettira olmasligining har bir holati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan darhol qaror qabul qilinishini talab etuvchi tashvishli hol sifatida qaralsin.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 9-sinflarni bitiruvchilar keyinchalik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qish bilan to‘liq qamrab olinishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda har yili 1-oktabrga, yangi o‘quv yili boshlanishi yakunlari bo‘yicha, ishlarning joylardagi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. Mazkur talabning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda:
2003/2004 o‘quv yili oxirigacha 11-sinflar uchun yangi o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tugallasin hamda ularni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun tasdiqlangan umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlashtirsin;
10-11-sinflarda o‘qitishning yangi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq bo‘lgan 11-sinflar o‘quvchilari uchun darsliklar yaratilishi va nashr etilishini 2004-yil 1-avgustgacha tugallasin.
5. Belgilansinki, umumta’lim maktablarining 11-sinfini bitiruvchilar oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bilan teng huquqlarga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 11-sinflarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarga nisbatan ularning tayyorlanishi va o‘qish uchun respublikaning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi masalasida yagona yondashuvga rioya etilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
har yili 11-sinflar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazsin;
amaldagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va respublikada majburiy ta’lim sifatini oshirishni tanqidiy o‘rganib chiqsin va belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarda belgilangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishiga investitsiyalarning yillik hajmi ko‘rsatib o‘tilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini ishga tushirish bo‘yicha belgilangan topshiriq so‘zsiz bajarilishi nazarda tutilgan holda respublikaning yillik investitsiya dasturlarini tuzishda aniqlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yillik investitsiya dasturini hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarini tuzishda ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv yurtlarini birinchi navbatda qishloq aholi yashash joylarida qurishni nazarda tutsinlar;
zarurat bo‘lganda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yo‘naltirilgan dasturiga ularning o‘quvchilar bilan to‘ldirilishini hamda umumiy o‘rta ta’limning 9-sinflari bitiruvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bo‘yicha uch yillik o‘qish bilan qamrab olinishini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-avgustdagi 338-son qarorining 1, 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 123 | 5,842 |
Qonunchilik | Nogironligi boʻlgan shaхslar protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanadi | Prezidentning 9.08.2021 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar sifatini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5217-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda quyidagilar nogironligi boʻlgan shaхslarga, ayniqsa bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar sifatini yaхshilashning eng muhim yoʻnalishlari etib belgilandi:
2021 yilda hamda keyingi yillarda quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalarini хarid qilish va ularni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkazish;
b)2021 yilda хarid qilinishi rejalashtirilgan 260 ta koхlear implantatlariga qoʻshimcha ravishda 355 ta koхlear implantatlarini хarid qilib, ularni 5 yoshgacha bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali oʻrnatish;
v) quyidagilarda tugʻma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik oʻzgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) boʻyicha jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish:
g) har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) toʻplamlarini хarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa pogʻonasining boshqa patologiyasi boʻyicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish;
d) yiliga oʻrtacha 1 ming nafar bolaga tugʻma va patologik son chiqishini jarrohlik amaliyotlari orqali davolash uchun zarur metall konstruksiyalarini sotib olish;
ye) har yili kamida 140 nafar bemor bolada koʻkrak qafasi deformatsiyasini davolash uchun 150 ta maхsus plastinalarni хarid qilish va oʻrnatish;
j) bemor bolalarga tugʻma oyoq-qoʻl patologiyalarini davolash uchun 350 ta Ilizarov apparatlarini хarid qilish;
z) har yili kamida 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini toʻgʻrilash uchun kollopan granulalarini хarid qilish;
i) bolalar serebral falaji, umurtqa pogʻonasining patologik sinishi bilan kasallangan bolalar va kattalarda mustaqil yurish funksiyalarini qayta tiklash uchun Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlarini 2021–2023 yillarda 54 ta, shundan 2021 yilda 14 ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi bilan ta’minlash;
k) 2021–2025 yillarda 11,6 ming dona, shu jumladan 2021 yilda 1 100 dona elektr yuritmali kreslo-aravachalarini nogironligi boʻlgan shaхslar uchun хarid qilish;
l) koʻzi ojiz bolalar va kattalarni:
m) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar ogʻir va favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam koʻrsatish haqida хabar berishning innovatsion loyihasini amaliyotga joriy etish.
2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy хizmat» elektron platformasi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi. U protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish teхnik vositalariga muhtoj boʻlgan shaхslarning shaffof elektron navbat tizimini ta’minlaydi, shuningdek protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning teхnik vositalarining yaroqlilik muddatini nazorat qilish, ularga kutilayotgan ehtiyojni aniqlash, mazkur moslamalar va vositalar bilan oʻz vaqtida ta’minlashni amalga oshirish uchun barvaqt zarur zaхira yaratish imkoni beradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 77 | 3,268 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida | Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.
2019-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Hududlarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablarining barpo etilishi bu yo‘ldagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini mamlakatimizda keng nishonlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo‘mita (A. Aripov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning puxta tayyorgarlik asosida, yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi barcha shahar va tumanlarda bayram tadbirlarini tashkil etsin;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovini o‘tkazsin;
mamlakatimizdagi teatrlar va kinoteatrlarda, madaniyat saroylarida buyuk allomalarimiz haqidagi spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etsin;
“O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini o‘tkazsin;
o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyga Toshkent shahridagi Milliy bog‘da, shuningdek, viloyat va shaharlarda o‘rnatilgan haykallar poyiga gul qo‘yish marosimini uyushtirsin;
mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazsin va “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarini tuzsin;
mamlakatimizda yangitdan tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatayotgan Muhammad Rizo Ogahiy, Is’hoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida ona tiliga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazsin;
hududlarda til bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechalar hamda yangi kitoblar taqdimotini amalga oshirsin;
21-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi san’at saroylarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini tashkil etsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan, shuningdek, homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 123 | 5,587 |
Qonunchilik | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalarini belgilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ekologik turizmni rivojlantirish, kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-maydagi 332-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining Zomin davlat qo‘riqxonasi (4 016,4 ga), Nurota davlat qo‘riqxonasi (20 312,87 ga), Qizilqum davlat qo‘riqxonasi (3 104 ga), Surxon davlat qo‘riqxonasiga (16 695 ga) tutash hududlarida ularning qo‘riqlanma zonasini tashkil qilish, shuningdek, Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan (395,6 ga) “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektini qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Zomin davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Nurota davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi maydoni 2-ilovaga muvofiq;
Qizilqum davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi maydoni 3-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi maydoni 4-ilovaga muvofiq;
Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkazilayotgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti maydoni 4a-ilovaga muvofiq;
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladigan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyekti ushbu qo‘riqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda Hisor, Zomin, Qizilqum, Surxon va Nurota davlat qo‘riqxonalarining qo‘riqlanma zonalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2021-yil yakuniga qadar Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hududlaridagi mavjud buyurtma qo‘riqxonalar va tabiat yodgorliklarining qo‘riqlanma zonalarini belgilasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar:
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Zarautsoy qoyatosh suratlari” obyektida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalarida ziyorat va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlar va grantlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A.I. Maqsudov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari (keyingi o‘rinlarda — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar)ning qo‘riqlanma zonalarini belgilash hamda rejimini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan chegaradosh hududlar, shu jumladan, ularning hududiy qismlari oralig‘ida joylashgan hududlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari hisoblanadi.
Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida belgilanadi.
Muqaddam tashkil etilgan, lekin tashkil etish davrida qo‘riqlanma zonalari belgilanmagan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qo‘riqxonalaridan tashqari) qo‘riqlanma zonalarining o‘lchamlari va rejimi, shuningdek, yer uchastkalarini saqlash vazifasi maxsus vakolatli davlat organlarining yoki mazkur hududlar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning taqdimnomasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Qo‘riqlanma zonalarning belgilanishi bilan bog‘liq xarajatlar mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoplanadi.
3. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qo‘riqlanma zonasining o‘lchamlari, chegaralari va rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Qo‘riqlanma zonasining o‘lchamlari va uning chegaralari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualarini muhofaza qilish maqsadida umumdavlat ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari chegaralari Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ahamiyatga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari chegaralari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
4. Qo‘riqlanma zona hududidagi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer maydonlaridan foydalanishda qo‘riqlanma zona rejimiga rioya etishlari shart.
Qo‘riqlanma zonada joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari olib qo‘yilmaydi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxslar qo‘riqlanma zonaning rejimini muntazam buzsa, ma’muriy javobgarlikka tortilsa va ushbu shaxslarga nisbatan boshqa huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilganda, ularning muddatli yoki doimiy foydalanishdagi yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi belgilangan tartibda olib qo‘yilishi mumkin.
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qo‘riqlanma zonasida yer egalari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoki o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tabiiy obyektlari va majmualariga har qanday salbiy ta’sirning oldini olish va kamaytirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududning alohida qismlari o‘rtasidagi aloqani ta’minlash orqali hayvonlarning yashash sharoitlari va migratsiyasini yaxshilash, ularni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududda yetarli samaraga erishilmagan holatlarda ularning sonini ko‘paytirish va tiklash;
muhofaza etiladigan tabiiy hududda muhofaza ostiga olingan o‘simlik va hayvon turlari uchun tegishli biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, muhofaza qilish, qayta tiklash, boshqa tabiiy obyektlardan barqaror foydalanish hamda ularni sanoqdan o‘tkazishning eng oqilona usullarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
antropogen ta’sir doirasidagi hududlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishda muhofaza etiladigan tabiiy hudud tabiiy obyektlari va majmualarini saqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan, boshqariladigan ekologik turizmni amalga oshirish.
6. Ushbu Nizom asosida har bir muhofaza etiladigan tabiiy hududning toifasi, turi va uning qo‘riqlanma zonasiga o‘rnatiladigan rejimning xususiyatlariga muvofiq ravishda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlanma zonasi to‘g‘risidagi nizom mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tarkibida bo‘lsa, shu davlat organi yoki yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
ekologik tizimlar barqarorligining buzilishi va tabiiy landshaftlar ko‘rinishining o‘zgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
oqova va chiqindi suvlarni tashlash uchun relyefning past joylaridan foydalanish;
o‘ta xavfli kimyoviy va biologik moddalarni qo‘llash, atrof muhitga zararli fizik ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlarni amalga oshirish;
iqlimlashtirish maqsadida o‘simlik va hayvonlarning turlari hamda kenja turlarini joylashtirish;
sanoat usulida qayta ishlash maqsadida dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklar xomashyolarini tayyorlash;
qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklarni himoya qilish maqsadida kimyoviy zaharli vosita (pestitsid)larni qo‘llash;
ilmiy maqsadlardan tashqari hayvonlarni ovlash, daraxt va butalarni kesish;
daryo va soylarning gidrologik rejimini o‘zgartirish;
o‘simliklar va landshaft qoplamini o‘zgartirish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy ta’sir qiluvchi sanoat obyektlarining faoliyat yuritishi, ularni qurish, qayta ta’mirlash;
portlatish yo‘li bilan geologik-qidiruv ishlarini olib borish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy obyektlari va majmualariga salbiy ta’sir qiluvchi foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini, shuningdek, radioaktiv materiallarni saqlash va ko‘mish.
8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlanma zonasidagi tabiiy obyektlar va majmualarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan cheklanishi mumkin.
Cheklashlar quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
qo‘riqlanma zonada joylashgan tabiiy obyektlardan foydalanishda atrof muhitga chiqindi yoki ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishiga sabab bo‘ladigan faoliyat turlariga vaqtincha taqiq o‘rnatish (kalendar yilning ma’lum bir vaqti, mavsumi yoki davri uchun);
ayrim faoliyat turlarining tabiiy resurslardan foydalanish hajmlari belgilanmagan hollarda foydalanish hajmlarini belgilash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan me’yorlarga nisbatan kamroq hajmlarda foydalanish tartibini o‘rnatish.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar yoki mazkur hududning boshqaruv organi bilan kelishgan holda ayrim faoliyat turlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan ruxsat etilishi mumkin.
9. Tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o‘simliklarni va davlat tabiat yodgorliklarini asrash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalarida uning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi. Yer uchastkalarini saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi.
10. Qo‘riqlanma zonada cheklangan va taqiqlangan xo‘jalik yoki boshqa turdagi faoliyatlar ro‘yxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlanma zonasiga kirish joylarida o‘rnatiladigan ma’lumotlar taxtasida yozib qo‘yiladi.
11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonasi hududida yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni o‘tlatish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan me’yorlarga qat’iy rioya qilgan holda davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon biletlariga muvofiq, aholi punktlari va zaxira yerlarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarining ruxsatnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Qo‘riqlanma zonaning o‘lchamlari, chegaralari va rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, cheklangan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat turlarining ro‘yxati muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportiga kiritiladi.
13. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. Zarur hollarda boshqaruv rejalari loyihalari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilar bilan kelishiladi.
Qo‘riqlanma zona hududida biotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi muhofaza etiladigan tabiiy hudud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
14. Qo‘riqlanma zona hududida sayyohlik va ekskursiya qatnov yo‘nalishlari (ekoso‘qmoqlar), to‘xtash joylari, ko‘rgazma maydonchalari, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan volyerlar tashkil qilish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududning faoliyatini, tabiatni muhofaza qilish va boshqa masalalarni targ‘ib etish uchun maxsus maydonlar ajratilishi mumkin.
Sayyohlar to‘xtash joylari, chodirlar o‘rnatish, avtotransport vositalarini joylashtirish, gulxan yoqish va shu kabilar faqat maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
15. Qo‘riqlanma zonaning rejimi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlash xodimlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon qo‘riqchilari tomonidan ta’minlanadi.
16. Qo‘riqlanma zona rejimining ta’minlanishi bo‘yicha nazorat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlash xodimlari, shuningdek, o‘rmon fondi yerlaridagi o‘rmonlarni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Qo‘riqlanma zonasi rejimi buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Qo‘riqlanma zonasi rejimining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar aybdorlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda qoplanishi lozim. | 120 | 14,134 |
Qonunchilik | PAXTA TOLASINI EKSPORT QILISh VA PAXTA TOLASIGA IShLOV BERUVChI RESPUBLIKA KORXONALARIGA SOTISh BO‘YIChA ChET EL VALYuTASIDAGI TUShUMDAN MAJBURIY SOTUVNI AMALGA OShIRISh HAMDA PAXTA TOLASINI EKSPORT QILIShGA OID ShARTNOMALAR BO‘YIChA BANK KAFOLATLARI | O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash to‘g‘risida”, 2003-yil 3-iyundagi 240-sonli “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”, 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari va qonunchilikning boshqa hujjatlari hamda Xalqaro savdo palatasi tomonidan tasdiqlangan 458-sonli “Taqdim etilgan talabnoma bo‘yicha to‘lov bajarilishi shart bo‘lgan kafolatlarga oid birxillashtirilgan qoidalar” (1992-yildagi tahriri) va 500-sonli “Hujjatli akkreditivlar uchun birxillashtirilgan qoida va odatlar”dan (1993-yildagi tahriri) kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Paxta tolasini eksport qilish va paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga sotish bo‘yicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar bo‘yicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi to‘g‘risida” Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan sanadan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin. | 250 | 1,674 |
Qonunchilik | YuQUMLI KASALLIKKA ChALINGAN HAYVONLARGA XIZMAT KO‘RSATIShDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolatli davlat idoralari, korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
3. Odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklarga quyidagilar kiradi:
brutsellyoz — brutsella mikrobi qo‘zg‘atadigan infeksion kasallik hisoblanib, sigir, qo‘y, cho‘chqa uchun xarakterli bo‘ladi.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda brutsellyoz kasalligining oldini olish maqsadida maxsus dastur asosida emlash, davriy tibbiy ko‘rik, dispanserizatsiya va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Kasal hayvon organizmidan brutsellalar tashqi muhitga sut, siydik, jinsiy a’zolardan keladigan suyuqliklar orqali yaylov, suv ichish manbalari, hovli, ferma, og‘ilxonadagi to‘shaklarga va kasal hayvonning terisi hamda junlariga tushadi;
kuydirgi — o‘ta og‘ir o‘tuvchi infeksion kasallik bo‘lib, qoramol, qo‘y, bug‘u, tuya, ot, cho‘chqa va boshqa hayvonlarda uchraydi. Bu kasallik kuydirgi tayoqchalari tomonidan chaqiriladi. Kasallikning oldini olishda odam va hayvonlarni vaqtida emlash asosiy usul hisoblanadi. Kasal hayvonlar izolatsiya qilinadi. O‘lgan hayvonlar jasadi kuydiriladi;
leptospiroz — leptospira mikrobi qo‘zg‘atadigan infeksion kasallik bo‘lib, odam va hayvonlarda uchraydi. Leptospiroz bilan yirik va mayda shoxli mollar, cho‘chqa, ot va boshqa hayvonlar kasallanadi. Meditsina va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish, emlash va kemiruvchilarni o‘z vaqtida yo‘qotish tadbirlari kasallikning oldini olishda asosiy tadbirlar hisoblanadi;
oqsil (ovsil) — virusli kasallik bo‘lib, odamlarga, qoramol, tuya, ot, bug‘u, echki, qo‘y, cho‘chqa va itlardan o‘tadi.
Kasallikning oldini olish uchun avvalo veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkaziladi. Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda kasal hayvon aniqlansa, karantin e’lon qilinadi;
salmonellyoz — salmonella virusi qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng oshqozon ichak faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga, tozalikka rioya qilish va oshxona anjomlari (go‘sht chopish taxtasi, pichoq, bolta va boshqalar)ni toza saqlash lozim. So‘yilgan hayvon yoki parranda go‘shtini veterinariya vrachi ruxsatisiz iste’mol qilish tavsiya etilmaydi;
tuberkullyoz — uzoq vaqt davom etadigan infeksion kasallik hisoblanadi. Tuberkullyoz bilan yirik shoxli mollar, mayda shoxli mollar, parrandalar va cho‘chqalar kasallanadi.
Barcha ishchi xodimlar reja asosida tekshiruvlardan o‘tadi va shu bilan birga rengenoflyurografiya va immunobiologik reaksiyaga tekshirilib turishlari shart;
tulyaremiya — kemiruvchilar kasalligi bo‘lib, kalamush, andatra, quyon, sug‘ur va uy sichqonlarida uchraydi. Kasallik mikrobi kasal hayvonning siydigi va axlati orqali suvni, tuproqni, o‘tni va donlarni zaharlaydi. Agar tulyaremiya bilan kasallangan kemiruvchi aniqlansa, o‘sha tumanda joylashgan barcha fuqarolar emlanadi;
tenioz — invazion kasallik hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida cho‘chqa solityorining mavjud bo‘lishi natijasida kelib chiqadigan kasallik;
teniarinxoz — invazion kasalligi. Odam ingichka ichagida ko‘p yillar davomida yashaydi. U tashqi muhitga odam organizmidan urug‘larga to‘lib keyin fekaliy bilan birgalikda chiqadi;
exinokokkoz va alveokokkoz — kasallikni odamlarda parazitar gelmintlar qo‘zg‘aydi. Exinokokkoz paraziti mayda sharsimon bo‘lib, it, bo‘ri, tulki, shimol tulkisi va boshqa hayvonlarning ichagida yashaydi;
qutirish — o‘tkir yuqumli virusli kasallik bo‘lib, bo‘ri, tulki, daydi itlar va pashshalar kasallik manbai hisoblanadi. Bu kasallikka yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, tuya, cho‘chqa, mushuk va odamlar ta’sirchan hisoblanadi. Viruslar kasal hayvon so‘lagida joylashgan bo‘lib, u tishlagan vaqtida boshqa organizmga yuqadi.
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. Korxonalarning rahbarlari va barcha xodimlari, shu jumladan yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar belgilangan tartib va muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlari, tegishli yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini oshirib borishlari hamda belgilangan muddatlarda ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
7. Har bir korxonada o‘ta xavfli sharoitlarda bajariladigan ishlar ro‘yxati bo‘lishi zarur.
8. Barcha ishchilar o‘ta xavfli bo‘lgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin bunday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari zarur.
9. O‘ta xavfli ishlar bilan shug‘ullanish belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.
10. Korxona rahbari o‘ta xavfli kasalliklarning oldini olishni tashkil etish va ishlarni xavfsiz o‘tkazishda belgilangan tartibga amal qilish uchun javobgardir.
11. Kasbiy tanlovdan so‘ng ishga qabul qilinganlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat o‘rnatish, zarurat bo‘lganda sinovdan o‘tkazish lozim.
12. Ish beruvchi muntazam ravishda ishchi-xodimlarning boshlang‘ich davrdagi umumiy va kasb kasalliklarini aniqlash maqsadida ularning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishi kerak.
13. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan ishchi-xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2000-yil 23-iyun, ro‘yxat raqami 937) asosida amalga oshirilishi lozim.
15. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmaganda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
16. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Ishchi-xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
17. Ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ushbu xodimni ishga qabul qilishga haqli emas.
18. Ishchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish uchun, ularni tegishli standartlar talablariga mos keluvchi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash lozim.
19. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan bepul ta’minlanadi.
20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim bo‘lgan ishchilar, ularning qo‘llanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
21. Ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan shaxsiy himoya vositalarining miqdori va nomenklaturasini;
b) shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratning olib borilishini;
v) qo‘llanilayotgan shaxsiy himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirilishini;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishini (bir marta qo‘llaniladigan shaxsiy himoya vositalari bundan mustasno).
22. Barcha xodimlarga berilgan shaxsiy himoya vositalari ishdan so‘ng olinib maxsus shkafda saqlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari bilan belgilangan hududlaridan tashqarida yurishga ruxsat etilmaydi.
23. Barcha shaxsiy himoya vositalari veterinar tomonidan tavsiya etilgan dezinfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov beriladi.
24. Himoya kiyimi ish vaqtida to‘la tugmalanishi, yeng manjetlari va barmoqlari qo‘l himoya vositasi bilan berkitilgan holda bo‘lishi zarur.
25. Ishchilarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, ro‘mol va hokazo ) bilan berkitilgan bo‘lishi lozim.
26. Korxonada hayvonlarga qarash, kasallikning oldini olish va davolash paytlari inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar ro‘yxati bo‘lishi kerak.
27. Chorvachilik fermalari va komplekslarida insonlar va hayvonlar chalinadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi.
28. Hayvonlarga xizmat ko‘rsatishda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishlashga ruxsat etiladi.
29. Agressiv hayvonlar saqlanadigan og‘ilxona yoki bokslar tepasiga ogohlantiruvchi belgi qo‘yilishi shart. Bu belgi sariq rangli yozuv bilan yozilishi lozim.
30. Bog‘lanmay saqlanadigan hayvonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida ularning harakatini cheklab qo‘yadigan asbob va uskunalardan foydalanish kerak.
31. Hayvondan odamga antropozoonos kasalliklarining yuqish usullari turli xil bo‘ladi. Ayrim kasalliklar hayvonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yuqishi mumkin. Boshqa holatlarda esa, hayvondan olinadigan mahsulotlar, sut, sut mahsulotlari, jun, go‘sht, teri orqali va parrandalar hamda odam va hayvonga hujum qiladigan qon so‘ruvchi hasharotlar tomonidan ham bu kasalliklar yuqtirilishi mumkin.
32. Ishga qabul qilingan ishchi-xodimlar ish joyida ishni boshlashdan oldin mehnatni muhofaza qilish yo‘l-yo‘rig‘idan o‘tishi kerak.
33. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
34. “Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlangan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati”ga (2000-yil 5-yanvar, ro‘yxat raqami 865) muvofiq ayollarni zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilish taqiqlanadi.
35. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.
36. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va og‘irlik darajasini ham inobatga olish lozim.
37. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat bo‘lishi kerak. Gigiyena talablari, shaxsiy zaruriyatlar va dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning og‘ir va yengilligi, jismoniy va psixologik ish turlariga qarab har xil kasblar uchun mehnat va dam olish vaqtlari bilan belgilanishi kerak.
38. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat ko‘rsatishni korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan guruh olib boradi.
39. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarni parvarishlash ishlariga profilaktik emlangan, shaxsiy xavfsizlik qoidalari bilan ishlash tartibini biladigan shaxslarga ruxsat etiladi.
40. Korxona rahbari kasallik aniqlangan taqdirda, darhol veterinariya va meditsina xodimlariga xabar berishi hamda kasal hayvonni izolatsiya qilish choralarini ko‘rishi shart.
41. Izolatsiya qilingan hayvonlar saqlanadigan joyga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslar kirishi taqiqlanadi. Har bir xonaga kirish yo‘lida dezato‘shamalar qo‘yilib, dezato‘shamalar yashiksimon holatda ichiga qirindi bilan to‘ldiriladi va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan to‘yintiriladi .
42. Dezato‘shama holatini baholash, ularni tashkil qilish, to‘shamalarni almashtirish, ularga dezinfeksiyalovchi moddalarni quyish veterinariya xodimlariga yuklatiladi va korxonaga kirish-chiqish, poyabzallarni tekshirish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.
43. Kasallik mavjud bo‘lgan korxonalarda ovqatlanish, suv ichish va chekish taqiqlanadi. Ichimlik suvi ishchi xodimlar uchun maxsus bochkalarda qaynatilgan holda saqlanadi.
44. Xo‘jaliklarda yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvonlarni sutini sog‘ish taqiqlanadi.
45. Veterinariya-sanitariya ishlari olib borilayotgan vaqtda begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
46. Dori vositalarini saqlash, tashish va ishlashda mehnatni muhofaza qilish qonunchilik hujjatlardan foydalaniladi.
47. Transport vositalari va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish yuqori bosim ostida (25 — 35 atmosfera) olib boriladi.
48. Transport vositalarini va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish alohida kameralarda o‘tkaziladi. Chiqindilar kanalizatsiya orqali qo‘l mehnatisiz chiqarib yuborilishi lozim.
49. Yuvish, dezinfeksiya qilish, transportlarni degazatsiya qilish xonalariga ventilatsiya o‘rnatiladi va har 10 — 15 daqiqada shamollatiladi. Kirish eshigi tepasiga “Kirish man etiladi” va “Xona tozalangan” deb yozilgan chiroqli peshlavhalar o‘rnatiladi.
50. Hayvonlarni rektal tekshirish ishlari maxsus stanoklarda fiksatsiya qilingan holda amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklari mavjud bo‘lgan nosog‘lom xo‘jaliklarda akusherlik qo‘lqopisiz rektal tekshirish o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.
51. O‘lgan hayvon tanasini yorish maxsus (prozektoriy, seksiya zali) joylarda va hayvonlar qabristonida amalga oshiriladi. O‘lgan hayvon tanasini bo‘laklaganda qon va boshqa suyuqliklarni atrofga sachratish taqiqlanadi.
52. O‘lgan hayvonlar tanasi maxsus jihozlangan bort va tagidan suyuqlik o‘tmaydigan transportlarda tashiladi.
53. O‘lgan hayvonlar tanasini yorish xonalarida devor va pol suv o‘tkazmaydigan, yaxshi yuviladigan, yengil dezinfeksiyalanuvchi jihozlar va qo‘shimcha ventilatsiya, yuvinish xonasi, patmaterial saqlanadigan xonalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Eshik va kirish yo‘laklari o‘lgan hayvonlar tanasini kirgizish uchun qulay bo‘lishi kerak.
54. Kuydirgi kasalligidan o‘lgan hayvonlar tanasini yorishdan oldin uning qonidan surtma tayyorlanib, mikroskopda tekshiriladi. Kuydirgi kasalligidan o‘lgan hayvon tanasi xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda kuydiriladi.
Kuydirilgan hayvon tanasini biotermik xandaklarga yoki hayvonlar qabristoniga 2 metr chuqurlikda ko‘mish kerak.
55. Korxona rahbarining zimmasiga biometrik uskunalarning sozligi va obyektning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish javobgarligi yuklatiladi.
56. O‘lgan hayvonlar tanasini yorish xonasi, asbob-uskunalar va maxsus ish kiyimlari tozalanib, zararsizlantiriladi.
57. Dezinfeksiya va emlash ishlari aerozol generatori bilan bajarilayotganda yong‘inga qarshi birlamchi va shaxsiy himoya vositasi bo‘lishi shart.
58. Dezinfeksiyalovchi uskunalarni ishlatish vaqtida ochiq havoda, shamol tegadigan tomonga o‘rnatilib, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalaniladi.
59. Dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlatishda eritmalarning to‘kilishi, oqishi yoki boshqa zaharli moddalarning sochilishi hamda eritmalarni solish va chiqarishda nosoz monometrlarda ishlash taqiqlanadi.
60. Dezinfeksiyalovchi dori vositalarini ishlatishdan oldin ularning hujjatlari, qayd qilish guvohnomasi va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligiga to‘liq ishonch hosil qilish shart.
61. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar maxsus ajratilgan binolar va xonalarda saqlanishi, eshik va derazalar temir panjara bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
62. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar seyf yoki temir shkaflarda saqlanadi.
63. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi preparatlarning hisob-kitobi maxsus jurnallarda qayd qilib boriladi.
64. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ishlashga veterinariya yoki farmatsevtika sohasida oliy, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
65. Hayvonlarni davolash ishlari o‘tkaziladigan xonalar asbob-uskunalar va preparatlar saqlanadigan shkaflar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
66. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mazkur Qoidalarga rioya qilmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
67. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 115 | 18,383 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “UChIShGA YaROQLILIK TO‘G‘RISIDA ShAHODATNOMALARNI BERISh” (O‘ZR AQ 30) AVIATSION QOIDALARIGA O‘ZGARIShLAR VA TO‘LDIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi (IKAO) talablarini joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. Davavianazorat boshlig‘ining 2003-yil 5-fevraldagi 19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Uchishga yaroqlilik to‘g‘risida shahodatnomalarni berish” Aviatsion qoidalariga (2003-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1225) ilovaga* muvofiq o‘zgarishlar va to‘ldirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ish boshqaruvchi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda mazkur buyruqning ko‘paytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i zimmasiga yuklatilsin. | 173 | 844 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriat va magistraturasiga jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatga ega nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) bakalavriatiga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Institut bakalavriatiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat bojxona qo‘mitasi deb ataladi) raisining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlari va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Institut bakalavriatiga kursantlar qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi.
3. Institutga o‘qishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
test sinovlari.
Ushbu tadbirlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
4. Institutda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari asosida “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
5. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutga o‘qishga kiruvchi nomzodlar uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.
Test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining ikkinchi bo‘limida:
“Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — matematika, chet tili;
“Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — tarix, chet tili fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlari topshiriladigan fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun ajratiladigan ballar miqdori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Institutga:
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob beradigan;
harbiy xizmatni o‘tamagan o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar;
o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tanlov asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarning bo‘yi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim.
7. Institutga o‘qishga kirishidan oldin nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga o‘qishga qabul qilingandan so‘ng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki o‘qishni tamomlagandan so‘ng besh yil ichida xizmatdan bo‘shatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, o‘qish davrida unga sarflangan barcha budjet mablag‘larini qoplashi bo‘yicha moddiy javobgarlik to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ogohlantiriladi.
8. Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida (keyingi o‘rinlarda hududiy bojxona boshqarmalari deb ataladi) nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududiy bojxona boshqarmasi boshliqlari buyruqlari bilan ishchi guruhlari tuziladi.
Ishchi guruh faoliyatiga hududiy bojxona boshqarmasining boshlig‘i rahbarlik qiladi va uning tarkibiga boshqarmaning kadrlar xizmati va boshqa bo‘linmalar vakillari, shuningdek, mutaxassis psixologlar kiritiladi.
Ishchi guruhini tuzish bo‘yicha buyruqda tarkib a’zolarining vazifalari belgilab beriladi.
9. Ishchi guruhlari o‘z faoliyatini qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar amalga oshiradi.
10. Har yili Institutga o‘qishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Institut qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Qabul komissiyasi deb ataladi) tuziladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.
11. Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul komissiyasi tarkibiga Davlat bojxona qo‘mitasi va Institutning sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi.
Qabul komissiyasi qabul yilining 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar faoliyat yuritadi.
12. Qabul komissiyasi tarkibida:
psixofiziologik o‘rganish;
yozma ish (diktant) o‘tkazish;
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish bo‘yicha kichik komissiyalar tuziladi.
13. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasi ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasi vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
14. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar o‘zlarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi yoki nomzod tahsil olayotgan o‘quv muassasasi joylashgan hududiy bojxona boshqarmasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladilar.
15. Institutga o‘qishga kirish uchun ariza (bildirgi)lar qabul yilining 1-yanvaridan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
16. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan hududiy bojxona boshqarmasi ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning arizasi (bildirgi);
nomzod yaqin qarindoshlarining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi nusxalari;
nomzodning tarjimai holi;
anketa — so‘rovnoma;
nomzodning o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
nomzod ota-onasining Institutga o‘qishga kirishga rozilik xati.
Nomzodning ayrim hujjatlariga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin.
Quyidagi hujjatlar tegishli hududiy bojxona boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
nomzodning pasport nusxasi;
nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDY organining ma’lumotnomasi;
nomzod yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi,
nomzodning umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi (akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
nomzodning mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma (agar mavjud bo‘lsa).
17. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan bojxona organlari xodimlari tomonidan mazkur nizomning 16-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
18. Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
19. Hududiy bojxona boshqarmalari mazkur Nizomda nazarda tutilgan dastlabki tanlov tadbirlarini, Institut maxsus kasbiy tanlov tadbirlari bo‘yicha vazifalarni bajarishga mas’uldir. Bunda hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va Institut boshlig‘i nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishlari lozim.
20. Dastlabki tanlov targ‘ibot ishlaridan boshlanadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan yoshlarga bojxona organlarida xizmat qilishning mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, ularda bojxona organi xodimi kasbini ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan ta’lim mutaxassisligini tanlashda yordam berish maqsadida targ‘ibot ishlari olib boriladi.
21. Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik o‘rganish;
umum jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
22. Dastlabki tanlov tadbirlari hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari tomonidan qabul yilining 1-yanvaridan 1-mayga qadar o‘tkaziladi.
23. Dastlabki tanlov:
fuqaro yoshlar uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi hududiy bojxona boshqarmasi (nomzod tahsil olayotgan o‘quv muassasasi joylashgan hudud)da;
harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari uchun xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli hududiy bojxona boshqarmalarida o‘tkaziladi.
24. Dastlabki tanlov tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
25. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va ularning ushbu Nizom talablariga mosligini o‘rganish dastlabki tanlov yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu nizomning 16 va 38-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligiga, shuningdek, to‘liq va sifatli jamlangan holda Qabul komissiyasiga o‘z vaqtida yetkazilishiga hududiy boshqarma boshliqlari bevosita mas’uldir.
26. Yakka tartibdagi suhbat fuqarolar bilan hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan harbiy qismlar (muassasalar) yoki bo‘linmalar komandirlarining tavsiyasiga ko‘ra hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan, bojxona organlari xodimlari bilan tegishli hududiy bojxona boshqarma boshliqlari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi.
27. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy bojxona boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
28. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
29. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi.
30. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganish o‘tkazilgandan keyin 15 kun ichida mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
31. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ularning sog‘lig‘i holati to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini, harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlari esa, o‘zlariga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasini taqdim etadi.
32. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari to‘xtatiladi.
33. Umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni to‘liq topshirganlaridan so‘ng, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi.
34. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom deb ataladi) muvofiq maxsus tashkil etiladigan tibbiy komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi.
36. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
37. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda shaxsiy hujjatlari yig‘majildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlarni o‘qishga yuborish to‘g‘risida mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikiladi.
38. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) qabul jarayoni bo‘yicha “Abitur” bazasini shakllantirish maqsadida, hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumoti to‘g‘risida (11-sinf negizidagi umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim) hujjatlarining asli, o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlardan berilgan tavsiyanomaning asli (harbiy guvohnomasi bilan birga), mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatining asli hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan ma’lumotnomani to‘ldirilib, ularning pasport nusxasi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan arizalar nusxasi bilan birgalikda Qabul komissiyasiga qabul yilining 20-may kuniga qadar yetkazishlari lozim.
Qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar aslini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.
Test sinovlariga tavsiya etilgan nomzodlar shuningdek, ularning mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan imtiyozlari (agarda mavjud bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlar qabul yilining 1-iyuliga qadar Qabul komissiyasi tomonidan Davlat test markazining maxsus onlayn dasturiga kiritiladi.
39. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib hududiy bojxona boshqarmalarga yuboriladi.
40. Hududiy bojxona boshqarmalar ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga hujjatlari to‘liq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi.
41. Hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari nomzodlarni Institutda o‘tkaziladigan maxsus kasbiy tanlov tadbirlariga kadrlar xizmatining mas’ul xodimlar rahbarligida yetib kelishlarini ta’minlaydi.
42. Maxsus kasbiy tanlov qabul yilining 25-iyuniga qadar Institutda o‘tkaziladi.
43. Maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
psixofiziologik o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
44. Qabul komissiyasi dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini ro‘yxatga oladi va maxsus kasbiy tanlov jarayoniga tayyorgarlik ko‘radi.
45. Psixofiziologik o‘rganish mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.
46. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuqori malakali tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
47. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
48. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
49. Yozma ish nomzodga diktant (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida) yozdirish orqali Institut qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalari mutaxassislari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
50. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish mazkur yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan kichik komissiya tomonidan ushbu Nizomning 12-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan metodika asosida nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalarini hisobga olingan holda o‘tkaziladi.
52. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip bo‘yicha, Qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
53. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha nomzodni Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
54. Institutga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan qabul yilining 5-iyul kuni katta sig‘imdagi binolarda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli joylarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlaydi, o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi.
55. Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi harajatlar qoplanadi:
test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash;
test sinovlarini o‘tkazish jarayonida nomzodlar, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlash uchun mablag‘lar.
56. Umumta’lim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va boshqa tillar) bo‘yicha o‘qigan taqdirda nomzod chet tili fanidan test sinovlari o‘rniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan Institutda yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan o‘tkazilgan imtihon mazkur Nizomning 14-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida chet tili fanidan test sinovlaridan ozod etiladilar.
Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot qabul yilining 1-iyuliga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.
57. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalarining biriga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu fan bo‘yicha test sinovidan ozod etiladilar:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan nomzodlarga Institut bakalavriatiga o‘qishga imtiyozli kirish uchun test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida ball qo‘shish shaklida imtiyoz beriladi.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Institutga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladi.
60. Agar nomzod bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 58 va 59-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lsa, ular tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisiga imtiyozlar bo‘yicha eng yuqori ball qo‘shiladi.
61. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlari (ichki ishlar organlari bundan mustasno) xodimlarining farzandlari Institutga dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.
Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Maxsus kasbiy tanlov natijalari teng bo‘lgan hamda ajratilgan besh foizli qabul kvotalari bo‘yicha oxirgi o‘rinni egallashga da’vogarlar orasida kasbiy tanlov bosqichining yakka tartibdagi yakuniy suhbat tadbirida eng yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzod mazkur imtiyozli o‘ringa o‘qishga qabul qilinadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy o‘rinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan o‘rinlar sonini belgilashda o‘rta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 — 0,99 oralig‘ini tashkil esa, yaxlitlangan holda 1 ta qo‘shimcha o‘rin ajratiladi;
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 — 0,49 oralig‘ini tashkil esa, yaxlitlangan holda qo‘shimcha o‘rin ajratilmaydi.
62. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3726-son qaroriga asosan imtiyoz beruvchi tavsiyanomaga ega bo‘lsalar, uni qabul yilining 20-iyunigacha Qabul komissiyasiga taqdim etishlari shart.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maxsus maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari Qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, Institutga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalarining Institutga tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilishga tavsiya etilgan g‘oliblari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
64. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyunigacha bo‘lgan muddatda ushbu Nizomning 61-bandi birinchi xatboshisi va 63-bandida nazarda tutilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta’lim mutaxassisligi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi Davlat bojxona qo‘mitasi taqdimnomalari asosida qabul yilining 4-iyuligacha ular bo‘yicha alohida qaror qabul qiladi.
65. Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
66. Qabul komissiyasi qabul yilining 10-iyuligacha nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi va mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Bayonnoma nomzodlarni Institutga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
67. Institutga o‘qishga qabul qilish jarayonida Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, kvota bo‘yicha belgilangan ro‘yxatda oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinda turuvchi nomzodlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadilar.
Imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlari farzandlariga ikki foizli kvota bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarga nomzodlar vazirlik va idoralar kesimida tanlovda ishtirok etadilar hamda o‘rinlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.
Vazirlik va idoralar kesimida imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota va Milliy gvardiyaning hizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlariga ajratilgan ikki foizli kvota bo‘yicha oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning test sinovlarida to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinlarda turuvchi nomzodning to‘plagan ballari bir xil bo‘lgan taqdirda ular orasidan ta’lim yo‘nalishi fanlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagani o‘qishga qabul qilinadi.
68. Institut bakalavriatiga qabul qilingan har bir nomzod uchun yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish metodikasi ilovasida keltirilgan qaydnoma (maxsus kasbiy tanlov natijalari qaydnomasi) asosida mazkur nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma to‘ldiriladi va uning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlariga qo‘shib qo‘yiladi.
69. Institutga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va bojxona organlari xodimlariga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.
70. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
71. Qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
72. Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov paytida Institut hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qat’iy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga mikrokalkulyatorlar, lug‘at, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning o‘rniga kirishi, sinov o‘tkazish tartibini buzish deb hisoblanib, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va maxsus kasbiy tanlovdan chetlashtiriladi.
73. Dastlabki tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar, natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan tuzilgan apellatsiya komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Apellatsiya komissiyasi kelib tushgan ariza va shikoyatlarni uch ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
74. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish, yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Qabul komissiyasi raisining buyrug‘iga asosan Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
75. Apellatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish, yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin.
76. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
77. Institutga o‘qishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlari test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli hududiy bojxona boshqarmalarga qaytarib yuboriladi.
78. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar Institutda saqlanadi.
79. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Metodika nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish maqsadida psixologik test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi hududiy boshqarmalarning ishchi guruhi tarkibiga kirgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish tadbirini kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham o‘tkazish mumkin.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari hududiy bojxona boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor bo‘lib ketmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin.
6. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
7. Nomzodlarni individual-psixologik o‘rganish davomida ularga oltita vazifa bo‘yicha bir yuz o‘nta psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkurlarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixologik turg‘unligi, samimiyligi;
bojxonachi kasbini tanlashdan maqsadi va bu maqsadning barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi vazifalar — o‘ntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning to‘rtta shkalasi — o‘n to‘rttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — o‘n to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi. Bunda har bir to‘g‘ri javobga bir ball qo‘yiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar individual-psixologik o‘rganish jarayoniga qo‘yilmaydi. Bunday holatda nomzod uchun dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodning e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test o‘tkazish vaqtida mas’ul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar varaqasini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Institutga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
16. Individual-psixologik o‘rganish natijalari bo‘yicha Institutga o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan individual-psixologik o‘rganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
17. Individual-psixologik o‘rganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi hududiy boshqarmaning ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimlarida kelishlari lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajarishadi.
O‘g‘il bolalar:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
Qiz bolalar:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
7. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni o‘tkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
8. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (turnikda osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
9. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini o‘g‘il bolalar 15,0 soniya ichida, qiz bolalar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
10. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini o‘g‘il bolalar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini qiz bolalar 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
11. Qiz bolalar uchun kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
12. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi.
13. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan so‘ng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
14. Ikkinchi mashqni bajarishda:
qo‘lga tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi;
qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qo‘llar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
15. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash turlaridan kamida ikkitasini muvaffaqiyatli bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tdi” deb hisoblanadi.
16. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Qaydnoma hududiy boshqarmaning ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.
1. Psixofiziologik o‘rganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish ularga psixologik topshiriqlar berish orqali aniqlanadi.
2. Nomzodlarga psixofiziologik o‘rganish o‘tkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik o‘rganish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
3. Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi Qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi.
Psixologik topshiriqlar, ularning javoblari va javoblar varaqasi kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi. Kichik komissiya raisi psixologik topshiriqlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Psixofiziologik o‘rganish davomida nomzodlarga 3 ta psixologik topshiriq beriladi.
5. Psixofiziologik o‘rganishda quyidagilar taqiqlanadi:
nomzodga topshiriq mazmuniga muvofiq bo‘lmagan tushuntirishlar yoki javobga yo‘naltirilgan savollar berish;
topshiriqlarni bajarish vaqtida nomzodni tanqid qilish, unga tanbeh berish.
6. Psixofiziologik o‘rganishni o‘tkazishda topshiriqlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar aniq yetkazilishi hamda o‘rganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi bo‘lgandagina o‘tkazilishi lozim.
7. Psixofiziologik o‘rganish maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi.
8. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sun’iy yoritilgan bo‘lishi;
shovqindan himoyalangan bo‘lishi;
nomzodlarga ajratilgan joylar qulay va raqamlangan bo‘lishi;
zarur namoyish jadvallari, plakatlar va matritsalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
9. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkaziladigan xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
10. Kichik komissiya raisi nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini shaxsan tekshirib, ularni raqamlangan joylarga o‘tqizadi.
11. Psixofiziologik o‘rganish boshlanishidan oldin o‘zini yomon his qilayotgan yoki sog‘lig‘idan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi.
12. Psixofiziologik o‘rganish vaqtida uni o‘tkazayotgan mas’ul shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar varaqasini psixofiziologik o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Psixofiziologik o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislar javoblar varaqasini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berilishi zarur.
14. Nomzodlarning psixofiziologik o‘rganish natijalari “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
nomzod psixologik topshiriqlarning barchasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 5 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning ikkitasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 4 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning bittasini to‘g‘ri bajargan taqdirda — 3 ball;
nomzod psixologik topshiriqlarning birortasini to‘g‘ri bajarmagan taqdirda — 0 ball qo‘yiladi.
15. Psixofiziologik o‘rganish natijalari bo‘yicha nomzodlar uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
16. Nomzodlarni psixofiziologik o‘rganish tadbirlari kompyuter texnologiyalariga asoslangan maxsus avtomatlashtirilgan dastur yordamida ham o‘tkazilishi mumkin.
1. Yozma ish (diktant) yozdirish yo‘li bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash amalga oshiriladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda ko‘paytiriladi.
3. Yozma ish (diktant)larning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga yozma ish (diktant)ni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Yozma ish (diktant) qanday baholanishidan qat’i nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qo‘yiladi.
6. Yozma ish (diktant)lar tekshirib chiqilgandan so‘ng, natijalari bo‘yicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Institut qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
7. Yozma ish (diktant) o‘tkaziladigan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
8. Yozma ish (diktant) uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi fan dasturlari doirasida o‘tilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
9. Yozma ish (diktant) matnining hajmi 170 — 200 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni to‘liq o‘qib eshittiriladi.
Yozma ish (diktant) yozish vaqtida har bir gap o‘qib eshittirilgandan so‘ng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib bo‘lingandan so‘ng, gap yana bir bor o‘qib eshittiriladi.
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 5 ball qo‘yiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 4 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori to‘rttadan oshmasligi kerak;
to‘rttagacha orfografik va to‘rttagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 3 ball qo‘yiladi, xatolar nisbati o‘zgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak;
yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 2 ball;
to‘qqiztagacha orfografik va to‘qqiztagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 1 ball;
o‘nta va undan ortiq orfografik va o‘nta va undan ortiq punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan diktantga — 0 ball qo‘yiladi.
12. Quyidagi mezonlar mavjud bo‘lganda xatolar, ularning sonidan qat’i nazar, bitta xato deb topiladi:
beshta so‘zda “h” yoki “o‘” harflari o‘rnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan bo‘lsa;
kirish so‘zlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
qaratqich belgisi uchtagacha so‘zda noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq so‘zi barcha o‘rinlarda to‘g‘ri yozilgan, biroq bitta o‘rinda noto‘g‘ri yozilgan yoki 1441 o‘rniga 1941 yozilgan bo‘lsa);
takroriy xatolar (masalan, qutulmoq so‘zi besh o‘rinda qutilmoq tarzida qo‘llanilgan bo‘lsa);
so‘z ko‘chirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Cho‘lpon ota — Cho‘pon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq bo‘lsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
15. Tekshirilgan har bir yozma ish (diktant)ga Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan a’zosi tomonidan imzo qo‘yiladi. Bunda kichik komissiya a’zolari o‘zlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
16. Yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning yozma ish (diktant)lari kichik komissiya raisi tomonidan Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yo‘li bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari Institut qabul komissiyasi tarkibidagi kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
5. Nomzodga yigirmata test savoli va ularni yechish uchun o‘ttiz daqiqa vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga lug‘at, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
8. Test savollari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha;
idora dasturiy ilovalari (Microsoft Office dasturi) bo‘yicha;
internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish bo‘yicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
17 — 20 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 5 ball;
13 — 16 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 4 ball;
9 — 12 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 3 ball;
5 — 8 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 2 ball;
1 — 4 ta test savollariga to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham to‘g‘ri javob berilmagan bo‘lsa — 0 ball qo‘yiladi.
10. Nomzodlarning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalari bo‘yicha qaydnoma mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va Qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.
1. Qabul komissiyasi tomonidan sog‘ligining holatiga ko‘ra, Institutda o‘qishga yaroqli deb topilgan nomzodlar uchun maxsus kasbiy tanlov oxirida yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkaziladi.
2. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Institutga o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish natijalari asosida o‘tkaziladi.
3. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish bo‘yicha asosiy tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning umumiy yo‘nalishlari va qabulga oid boshqa zarur ma’lumotlar maxsus kasbiy tanlov tadbirlari boshlanishidan oldin Qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
4. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar to‘plami umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq holda qabul yilining 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqilib, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Savollar nomzodning o‘qishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim fazilatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
6. Savollar ro‘yxati Qabul komissiyasi mas’ul kotibining seyfida saqlanadi. Mas’ul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip bo‘yicha, Qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
8. Nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
9. Qabul komissiyasi a’zolariga mas’ul kotib tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘tkazilayotgan nomzod haqidagi barcha ma’lumot (hujjatlarni rasmiylashtirgan hududiy bojxona boshqarmasi, tanlagan yo‘nalishi va ta’lim tili, sog‘ligining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqliligi, psixofiziologik o‘rganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi natijalari)lar taqdim etiladi.
10. Qabul komissiya a’zolari nomzod haqidagi umumiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, unga og‘zaki tarzda 3 ta savol beradi.
11. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan so‘ng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
12. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qo‘yiladi.
13. Nomzodning berilgan savollarga javobi eshitilgandan so‘ng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ushbu ballarning o‘rta arifmetigi nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan olgan bahosi hisoblanadi.
Maxsus kasbiy tanlovning barcha turdagi tadbir (diktant, psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi, yakka tartibdagi suhbat natijasi)lari bo‘yicha nomzod to‘plagan ballarning o‘rta arifmetik miqdori uning uchun yakuniy ball hisoblanadi.
14. Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari bo‘yicha yakuniy ball shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi va mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi.
15. Maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha o‘rtacha uch va undan yuqori yakuniy ball to‘plagan nomzodlarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat beriladi.
16. Nomzodni Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga ruxsat yoki ruxsat bermaslik to‘g‘risidagi qaror qaydnomaga yozib qo‘yiladi.
17. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
1. Imtihon test sinovlari majmuasida chet tili fanining egallagan o‘rnini hisobga olgan holda maksimal 63 ballgacha bo‘lgan yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili bo‘yicha nomzodning matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar bo‘yicha baholanadi.
4. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tilidan imtihonda, nomzodning chet tilida matnni o‘qiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Yagona ko‘p balli imtihon tizimi bo‘yicha chet tili fani bo‘yicha:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 63 ball qo‘yiladi:
matnni o‘qishda xato qilmasa — 15,5 ball;
matnni to‘liq (100 foiz) tarjima qilsa — 11,6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini to‘liq gapirib bersa — 11,6 ball;
berilgan mavzuni to‘liq bilsa — 2,5 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani to‘liq tahlil qilsa — 4,2 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 4,2 ball;
talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 4,2 ball;
yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 4,2 ball qo‘yiladi;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 43 ball qo‘yiladi:
matndagi ikkitagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 11,6 ball;
matnning 90 foizini tarjima qilsa — 9,9 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bersa — 6,6 ball;
berilgan mavzuni chala bilsa — 1,6 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 2,5 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 2,5 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda to‘rttagacha grammatik, to‘rttagacha leksik xato qilsa — 3,3 ball;
talaffuz qilishda to‘rttagacha fonetik xato qilsa — 2,5 ball;
yozganda to‘rttagacha orfografik xato qilsa — 2,5 ball qo‘yiladi;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 26 ball qo‘yiladi:
matndagi beshtagacha so‘zni o‘qishda xato qilsa — 8,4 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 7,4 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 3,4 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 3,4 ball;
talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 1,7 ball;
yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 1,7 ball;
berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga osh | 177 | 63,123 |
Qonunchilik | “TOShAVTOBUSTRANS” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI AVTOBUS PARKLARINING DAVLAT AKSIYA PAKETLARINI YoPIQ KIMOShDI SAVDOLARIDA SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3713-sonli Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 2-son, 7-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-iyuldagi “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida”gi PQ-396-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 27-son, 247-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 57-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 2-son, 7-modda), “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 247-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 23-martdagi 57-son qaroriga muvofiq “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining davlat aksiya paketlarini yopiq kimoshdi savdolarida sotish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
arizachi — yopiq kimoshdi savdosida ishtirok etish maqsadida ariza bilan murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslar;
yopiq kimoshdi savdolari — qatnashish uchun maxsus taklif qilingan shaxslar ishtirokidagi savdolar shakli;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) — yopiq kimoshdi savdolarini tashkil qilish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining buyrug‘i bilan tashkil qilinadigan vaqtinchalik komissiya;
yopiq kimoshdi savdolari obyekti (bundan keyingi o‘rinlarda savdolar obyekti deb yuritiladi) — avtobus parklarining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga o‘tkazilgan davlat aksiya paketlari, shuningdek avtobus parklarining qo‘shimcha chiqarilgan va sotilishiga qadar davlat mulki bo‘lgan aksiyalari;
yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari — yopiq kimoshdi savdosida ishtirok etishiga tegishli tartibda ruxsat etilgan yuridik va jismoniy shaxslar;
yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi (bundan keyingi o‘rinlarda savdo tashkilotchisi deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat mulki qo‘mitasi deb yuritiladi) yoki shartnoma asosida jalb etilgan yopiq kimoshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazishga ixtisoslashgan tashkilot;
yopiq kimoshdi savdolari hujjatlari — yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari tomonidan Komissiyaga taqdim qilinadigan hujjatlar majmui;
sotuvchi — Davlat mulki qo‘mitasi, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi.
2. Savdolar obyekti birinchi navbatda avtobus parklari mehnat jamoalarining a’zolariga, shuningdek “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kirgan hamda yo‘lovchilarga bir maromda va bexatar xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan ishonchli avtoyo‘lovchi tashuvchi sifatida o‘zini namoyon etgan avtokorxonalarga sotiladi.
3. Quyidagi talablarga javob beruvchi avtoyo‘lovchi tashuvchi avtokorxonalar yo‘lovchilarga bir maromda va bexatar xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan ishonchli avtoyo‘lovchi tashuvchi sifatida o‘zini namoyon etgan avtokorxonalar deb topiladi:
a) avtoyo‘lovchi tashuvchining aybi bilan sodir etilgan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisasining mavjud emasligi;
b) avtoyo‘lovchi tashuvchi avtokorxonaning bir maromdagi moliyaviy ahvolining mavjudligi. Bunda, bir maromdagi moliyaviy ahvol deganda mazkur avtokorxonaning oxirgi bir yil davomida zarar ko‘rmasdan ishlaganligi, davlat budjetidan va xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi hamda to‘lov qobiliyatining mavjudligi tushuniladi;
v) avtoyo‘lovchi tashuvchi avtokorxonaning faoliyat yurituvchi yo‘nalishida bir maromda xizmat ko‘rsatishi. Bunda bir maromda xizmat ko‘rsatish deganda mazkur avtokorxonaga tegishli avtoyo‘lovchi tashuvchilarning belgilangan yo‘nalish bo‘yicha ish vaqti intervaliga (oraliq daqiqaga) doimiy rioya etishi tushuniladi.
4. Savdolar obyekti, ularni sotib olishda imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan sotib olinmagan taqdirda, yopiq kimoshdi savdolarining boshqa ishtirokchilariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda sotiladi.
5. Savdolar obyekti avtobus parklari faoliyatining ixtisosligini saqlab qolish va avtobuslardan avtobus parklariga biriktirilgan yo‘nalishlarda maqsadli foydalanish majburiyati olingan holda ikki bosqichda sotiladi:
birinchi bosqichda 2007-yil davomida “Toshavtobustrans” AK ustav fondiga berilgan davlat aktivlarini ham o‘z ichiga olgan avtobus parklarining ustav fondidagi 40 foiz aksiya paketlari Davlat mulki qo‘mitasi va “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan;
ikkinchi bosqichda 2008 — 2010-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan avtobus parklarining davlat aksiya paketlarining qolgan qismi sotiladi.
6. Savdolar obyektini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining davlatga qarashli aksiyalari paketlarini xususiy mulk etib sotish to‘g‘risida” 2006-yil 3-iyuldagi PQ-396-son qarori bajarilishini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 23-martdagi 57-son qaroriga muvofiq taqsimlanadi.
7. Savdolar tashkilotchisi yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshiradi:
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining mehnat jamoalarida savdolar obyektining xususiy mulk etib sotilishida yopiq kimoshdi savdolarining maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish;
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi avtobus parklarining mehnat jamoalari a’zolarining, shuningdek yopiq kimoshdi savdolariga taklif qilish uchun “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining ro‘yxatlarini tuzish va ularning sotilayotgan aksiyalarga bo‘lgan talabini o‘rganish;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish joyi va sanasini belgilash va bu haqda Komissiya a’zolarini xabardor qilish;
yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan 30 kun oldin arizachilarga xabarnoma yuborish. Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish joyi, sanasi va tartibi;
savdolar obyektining tavsifi va boshlang‘ich narxi;
yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari to‘laydigan zakalat summasi miqdori;
o‘zaro hisob-kitob va tomonlarning javobgarligi;
qonun hujjatlari va yopiq kimoshdi savdolari shartlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.
8. Arizachilar quyidagi hujjatlarni savdolar tashkilotchisiga taqdim etadilar:
a) jismoniy shaxslar:
ariza (ikki nusxada);
ish joyidan berilgan ma’lumotnoma;
lot boshlang‘ich qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zakalat summasining to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
“Mersedes-Bens” avtobuslaridan maqsadli foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olish to‘g‘risidagi arizachining imzosi bilan tasdiqlangan yozma roziligi;
b) yuridik shaxslar:
ariza (ikki nusxada);
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;
yopiq kimoshdi savdosida qatnashish uchun yuridik shaxsning o‘z vakiliga bergan ishonchnomasi;
lot boshlang‘ich qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zakalat summasining to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
“Mersedes-Bens” avtobuslaridan maqsadli foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olish to‘g‘risidagi arizachining o‘z muhri bilan tasdiqlagan yozma roziligi.
Mazkur hujjatlar taqdim etilganda savdolar tashkilotchisi tomonidan qabul qilingan hujjatlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan holda arizaning ikkinchi nusxasiga belgi qo‘yiladi va u arizachiga qaytariladi.
Arizalar savdolar tashkilotchisi tomonidan arizalarni ro‘yxatga olish kitobida hisobga olinadi.
9. Arizalarni qabul qilish jarayonida savdolar tashkilotchisi:
arizachilarni taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati va namunalari bilan ta’minlaydi, ularni to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibini tushuntiradi;
taqdim qilingan hujjatlarning ilovalari bilan birga saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
taqdim qilingan arizalar, arizachilar haqidagi ma’lumotlar hamda ariza va ma’lumotlarning sir tutilishini ta’minlaydi.
10. Arizachilardan arizalarni qabul qilish yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan bir kun oldin to‘xtatiladi.
Arizalar qabul qilinishi to‘xtatilishi bilan savdolar tashkilotchisi tomonidan arizachilarning ro‘yxati tuziladi va yopiq kimoshdi savdolari hujjatlarini ilova qilgan holda Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
11. Arizachi yopiq kimoshdi savdolarining boshlanishidan bir soat oldin savdolar tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qilish orqali o‘z arizasini qaytarib olishga haqli.
12. Yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish uchun Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi mas’ul xodimlari tarkibidan kamida 9 kishidan iborat Komissiya tuziladi.
Mazkur davlat boshqaruv organlari va tashkilotlar Davlat mulki qo‘mitasining yozma so‘rovnomasi olingan kundan uch kun ichida Komissiya tarkibiga kiritish uchun o‘z nomzodlari ro‘yxatini taqdim etadilar va keyinchalik Komissiya a’zosi sifatida Komissiya ishida qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradilar.
13. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizomga hamda belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘z reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
14. Komissiyaga Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilangan nomzod raislik qiladi.
15. Komissiya yig‘ilishi zaruratga qarab, Komissiya raisining taklifiga asosan o‘tkaziladi.
Komissiya majlisi uning a’zolarining uchdan ikki qismi, shu jumladan Komissiya raisi unda qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
16. Komissiya majlisining qarori uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
17. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oshkoralik, xolis baholash va talablar yaxlitligi asosida yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratib berish;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish hamda savdo g‘oliblarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, muddatlarini cho‘zish faktlarini bartaraf qilish;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish;
yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish;
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga ko‘ra yopiq kimoshdi savdolari o‘tkazilishining qonuniyligini ta’minlash va yuzaga kelgan qoidabuzarliklarni (til biriktirish, savdo qoidalarini buzish) bartaraf etish choralarini ko‘rish;
yopiq kimoshdi savdolarining o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
18. Komissiya yig‘ilishlarini tashkil qilish, o‘tkazish va hujjatlarini rasmiylashtirish savdolar tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Savdolar tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan yopiq kimoshdi savdolari o‘tkazilish kunida auksion boshlanishidan oldin ko‘rib chiqiladi. Bunda Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
arizachilarning yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida;
har bir lot bo‘yicha yetarli ishtirokchilar aniqlanganda yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida;
har bir lot bo‘yicha yetarli ishtirokchilar aniqlanmaganda yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazishni keyinga qoldirish to‘g‘risida.
20. Komissiya tomonidan har bir lot bo‘yicha yetarli ishtirokchilar aniqlanib yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilarining ro‘yxati tuziladi va ushbu ishtirokchilarga raqamlangan chiptalar beriladi.
Yopiq kimoshdi savdolarida ishtirok etishi rad etilgan arizachilar mazkur ro‘yxatga kiritilmaydilar, savdolarda qatnashmaydilar va bu haqda ularga yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan bir kun oldin xabarnoma yuboriladi.
21. Savdolar obyektini baholash ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Savdolar obyektini baholash yuzasidan baholovchining hisoboti savdolar tashkilotchisiga taqdim etiladi.
23. Savdolari obyekti yopiq kimoshdi savdolariga lotlar bo‘yicha sotuvga qo‘yiladi.
24. Yopiq kimoshdi savdolari lotlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir lot bo‘yicha kamida ikkita ishtirokchi aniqlanganda mazkur lot bo‘yicha kimoshdi savdolari o‘tkaziladi.
25. Yopiq kimoshdi savdolarini tegishli malakaga ega bo‘lgan kimoshdi savdolari o‘tkazuvchisi (bundan keyingi o‘rinlarda auksionchi deb yuritiladi) o‘tkazadi.
Yopiq kimoshdi savdolari auksionchi tomonidan savdolar obyektining qisqacha ta’rifi va boshlang‘ich narxi, shuningdek mazkur kimoshdi savdolari qadamining e’lon qilinishi bilan boshlanadi.
Baho qadami auksionchi tomonidan sotuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Uch qadamdan so‘ng auksionchi tomonidan talabga qarab savdo obyektining baho ortishi tomoniga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
26. Yopiq kimoshdi savdolari jarayonida auksionchi bahoni e’lon qiladi, yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari esa obyektni ushbu baho bo‘yicha sotib olishga tayyorliklarini ishtirokchining maxsus raqamli belgisini ko‘tarish orqali bildiradilar.
27. Yopiq kimoshdi savdolari savdolar obyektiga eng yuqori bahoni taklif qilgan yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchisini aniqlangunga qadar davom etadi.
Yopiq kimoshdi savdolari erishilgan bahoni uch marta e’lon qilinib, ushbu baho uchun ishtirokchi o‘zining maxsus raqamli belgisini ko‘tarmaganidan keyin tugallanadi.
Yopiq kimoshdi savdolarining g‘olibi bo‘lib, auksionchi tomonidan raqami oxirgi e’lon qilingan yopiq kimoshdi savdolarining ishtirokchisi hisoblanadi.
28. Yopiq kimoshdi savdolarining tugashi bilan auksionchi savdo obyektining sotilganligini, sotilgan bahosini va g‘olibning raqamini e’lon qiladi.
29. Yopiq kimoshdi savdolari g‘olibi tegishli savdo obyektini sotib olishni rad etgan taqdirda, mazkur savdo obyektini sotib olish undan keyingi o‘rinda turgan yopiq kimoshdi savdosi ishtirokchisiga uning yopiq kimoshdi savdolarida taklif qilgan bahosi bo‘yicha taklif etiladi. Agar mazkur ishtirokchi ham ushbu savdo obyektini sotib olishni rad etsa yoki mazkur baho bo‘yicha bittadan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lsa mazkur savdo obyekti yopiq kimoshdi savdolariga takroran qo‘yiladi.
Savdolar obyekti yopiq kimoshdi savdolariga ularning o‘tkazilish shartlari o‘zgartirilmasdan takroran qo‘yilganda, mazkur yopiq kimoshdi savdolarida qatnashish uchun takliflar tegishli nomzodlarga savdolar tashkilotchisi tomonidan takroriy yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan kamida o‘n kun oldin yuboriladi.
30. Yopiq kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha bayonnoma yopiq kimoshdi savdolari g‘olibi va sotuvchi tomonidan yopiq kimoshdi savdolarining o‘tkazilish kunida imzolanadi.
Yopiq kimoshdi savdolari g‘olibi mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortsa kiritilgan zakalat summasi qaytarilmaydi. Savdolar tashkilotchisi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, to‘langan zakalat summasini ikki barobar miqdorda qaytarishi, shuningdek yopiq kimoshdi savdolari g‘olibiga yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishi tufayli yetkazilgan zararning zakalat summasidan ortiq bo‘lgan qismini to‘lashi shart.
31. Yopiq kimoshdi savdolarining natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnoma asosida sotuvchi va savdolar obyektini sotib oluvchi o‘rtasida 10 kungacha muddatda tegishli oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Oldi-sotdi shartnomasini ro‘yxatga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32. Yopiq kimoshdi savdolarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan teng miqdorda to‘lanadigan komission to‘lovlar hisobidan amalga oshiriladi. Komission to‘lovlar miqdori yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi tomonidan Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan holda savdolarni tashkil qilish va o‘tkazish xarajatlaridan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.
33. Zakalat summasi savdolar tashkilotchisi tomonidan uch bank ish kuni ichida yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilariga quyidagi hollarda qaytarib beriladi:
a) arizachi yopiq kimoshdi savdolari boshlanishidan oldin savdolar tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qilish orqali o‘z arizasini qaytib olganda;
b) Komissiya tomonidan arizachining yopiq kimoshdi savdolarida ishtirok etishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
v) yopiq kimoshdi savdolari o‘tkazilmaganda;
g) yopiq kimoshdi savdolari ishtirokchilari o‘tkazilgan savdolarda g‘olib bo‘lmaganida. Bunda yopiq kimoshdi savdolarida g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar to‘langan zakalat summasi bilan boshqa lotlar bo‘yicha o‘tkaziladigan keyingi yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishlari mumkin. Bunday holda, yopiq kimoshdi savdosida qatnashayotgan ishtirokchi tomonidan to‘langan zakalat summasi boshqa lotlar bo‘yicha o‘tkaziladigan yopiq kimoshdi savdolarida qatnashish uchun yetarli bo‘lmasa, ishtirokchi etmay qolgan zakalat summasining qolgan qismini tegishlicha to‘ldirib, yopiq kimoshdi savdolarida qatnashishi mumkin.
34. Savdolar obyektlarining sotib olinish qiymatini to‘lash, mazkur savdolarda qatnashish uchun to‘langan zakalat summasini hisobga olgan holda, savdolar obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab mazkur shartnoma va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
35. Savdolar obyektining oldi-sotdi shartnomasi shartlari yopiq kimoshdi savdolari g‘olibi tomonidan bajarilmagan taqdirda, sotuvchi to‘lov shartlari bajarilmaganligi haqida rasmiy xabarnoma yuboradi. Savdolar obyektining qiymati shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lanmasa, tegishli yopiq kimoshdi savdolari natijalari bekor qilinadi.
Yopiq kimoshdi savdolarining natijalari bekor qilinganda, sotib olingan savdolar obyekti mazkur Nizomda belgilangan tartibda yopiq kimoshdi savdolariga takroran qo‘yiladi.
36. Sotuvchi, yopiq kimoshdi savdolari tashkilotchisi, Komissiya va ishtirokchilari mazkur Nizomda o‘rnatilgan yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish qoidalarining aniq va bir xilda qo‘llanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mas’uldirlar.
37. Yopiq kimoshdi savdolarida tuziladigan shartnomalarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
38. Yopiq kimoshdi komissiyasining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
39. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan kelishilgan. | 172 | 20,530 |
Qonunchilik | Ilgʻor teхnologiyalar markazi rezidentlariga soliq va bojхona imtiyozlari | “Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻz Telegram-kanalida хabar berdi.
Birinchidan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni koʻzda tutadigan ilmiy startaplarga grantlar yoki foizsiz qarz ajratadi. Bunda investorlar kamida 30% miqdorida oʻz mablagʻlarini kiritishlari lozim.
Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarma Prezidentning 29.11.2017 yildagi PF-5264-son Farmoni bilan Fan va teхnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-teхnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan (sharhga qarang).
Ikkinchidan, Ilgʻor teхnologiyalar markazi tuzilmasida Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilinadi. U yerda yuqori teхnologiyali kichik kompaniyalar uchun laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis хonalari imtiyozli shartlarda 2 yil muddatga ijaraga taqdim etiladi (Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda davr 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin).
Eslatib oʻtamiz, Ilgʻor teхnologiyalar markazi Prezidentning 19.04.2018 yildagi PQ-3674-son qarori bilan “Yuqori teхnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi” Davlat korхonasi negizida tashkil etilgan (sharhga qarang).
Bundan tashqari, Ilgʻor teхnologiyalar markazi rezidentlari 2022 yil 1 yanvargacha quyidagilardan ozod qilindi:
Qayd etamizki, Soliq kodeksining 30-moddasiga binoan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taqdim etilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingandan keyin mazkur sharhga imtiyozlarning yuridik asosi boʻyicha aniqlashtirish kiritiladi. | 73 | 1,834 |
Qonunchilik | Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori tashkil etildi | U Prezident Administratsiyasi huzurida faoliyat koʻrsatadi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qiladi (Prezidentning 3.10.2019 yildagi PQ-4471-son qaroriga qarang).
Endi Prezident Administratsiyasi huzurida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ham faoliyat koʻrsatadi (1999 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi sifatida tashkil etilgan, tahr.). Muassasaga yangi vazifalar belgilandi va tuzilmasi tasdiqlandi.
Markaz negizida «open space» tamoyili asosida ochiq innovatsion platforma tashkil etiladi. Uning maqsadi - davlat organlari va tashkilotlari, tahliliy va tadqiqot markazlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati va ekspertlar hamjamiyati vakillari, boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Markaz tuzilmasida akseleratorning ishchi organi boʻladi. Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Markaz direktori va akselerator rahbari hisoblanadi.
Har chorakda tarmoqlararo va idoralararo darajada hal qilinishi zarur boʻlgan muammoli masalalar roʻyхati tuziladi. Uning asosida Markaz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va ularning natijadorligini baholash, OAV va ijtimoiy tarmoqlar materiallarini oʻrganish, vazirliklar va idoralarning takliflari yotadi.
Roʻyхat Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari va Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti bilan kelishiladi. U OAV va Markazning rasmiy saytida e’lon qilinadi. Roʻyхatga kiritilgan har bir muammoni hal qilish uchun ishchi guruhi shakllantiriladi va Markazdan muvofiqlashtiruvchi tayinlanadi.
Oleg Zamanov. | 57 | 2,092 |
Qonunchilik | “Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-son “Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2686, 2015-yil 19-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 24-son, 325-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 3-noyabrdagi 20-2017-son “Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2686-1, 2017-yil 15-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 46-son, 1139-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-son “Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2686-2, 2018-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 28-son, 385-modda). | 215 | 1,791 |
Qonunchilik | Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish maqsadida:
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
erlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
erlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish bo‘yicha davlat dasturlari va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
yagona elektron resurs (ma’lumotlar bazasi) doirasida vazirlik va idoralarning yerlar degradatsiyasi, cho‘llanishi va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash va ulardan ochiq foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
yagona milliy va xalqaro indikatorlar hamda mezonlarga muvofiq zamonaviy texnologiyalar (laboratoriya, dronlar, masofadan zondlash va boshqalar)ni qo‘llash yo‘li bilan yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish, o‘rmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritish;
tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar, yerlarni xatlovdan o‘tkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni o‘tkazish;
ilmiy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
erlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurs (trening)lar tashkil etish va o‘tkazish;
erlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
tuproq sho‘rlanishi va ekologik holati (Soil Quality Index), geobotanik va agrokimyoviy xaritalar bo‘yicha kartografik materiallar yaratish;
erlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga mas’ul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun yerlar degradatsiyasining oldini olish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
2. Quyidagilar:
Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Yerlar degradatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda yerlar degradatsiyasi jarayonlarini kamaytirish va oldini olishning prognoz ko‘rsatkichlari 3.1 — 3.5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda har bir yo‘nalish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash yuzasidan alohida “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq barcha ma’lumotlar, shu jumladan cho‘llanish, qurg‘oqchilik, iqlim o‘zgarishi holati hamda unga qarshi kurashish va moslashish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu yo‘nalishda yagona milliy elektron baza yaratish va uni doimiy yangilab borish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga davriy ravishda taqdim etib boriladi.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqaruv xodimlarining mavjud shtat birliklari doirasida vazirlik markaziy apparatida 12 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament va hududlarda 2 ta shtat birligidan iborat Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etilsin.
5. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) deb qayta nomlangan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilsin.
6. Belgilansinki:
Institut Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Zaxariq” MFY, Shifokorlar ko‘chasi, 75-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi bilan beg‘araz joylashtiriladi;
Institutning bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, uning xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida mintaqaviy bo‘linmalari tashkil etiladi;
Institutning amaldagi mavjud 8 ta shtat birligi teng ulushlarda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy bo‘linmalarga o‘tkaziladi;
mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan shtat birliklari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Institut mintaqaviy bo‘linmalarining bino-inshootlarini saqlash xarajatlari har yili respublika budjetidan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida amalga oshiriladi;
Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ta’mirlash ishlarining dastlabki bosqichini moliyalashtirish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga asosan ajratilgan mablag‘ning o‘zlashtirilmagan 2,1 mlrd so‘m qismi hamda 2022-yil 25-martdagi PQ-179-son qaroriga muvofiq 2022-yilda yerdan foydalanuvchilarga grant mablag‘lari taqdim etish uchun ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi yo‘naltiriladi.
7. Tabiiy resurslarni qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari (gaz, neft konlari, yer osti va ochiq konlar — “O‘zbekneftgaz” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va boshqalar) o‘z faoliyatini to‘liq tugatgan hududlarda yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda:
erlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish, salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari va ularning texnik-iqtisodiy asoslari kelishish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etiladi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur tadbirlar amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi hamda natijasi bo‘yicha hisobotlarni qabul qiladi.
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, uning salbiy ta’sirini kamaytirish va oqibatlarini yumshatish hamda tuproqlarni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirsin.
2022 — 2025-yillar davomida yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Bunda:
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilash hamda tuzilmalarini tasdiqlash;
Institutning Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi mintaqaviy bo‘linmalarini bino va inshootlar bilan ta’minlash hamda ularni ta’mirlash va jihozlashning moliyaviy manbalarini belgilash;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlili markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
tuproq laboratoriyalarini tashkil etish hamda “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyalarini xarid qilish nazarda tutilsin.
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Degradatsiyaga uchragan qishloq xo‘jaligi yerlari tuproq sifatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishda tuproq muhitini me’yorlashtirish va yangi texnologiyalarni qo‘llash.
2. Yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish tizimini takomillashtirish hamda degradatsiya jarayonlarining oldini olish uchun yaylovlarni saqlash, tiklash va ko‘paytirish.
3. Orolbo‘yi yaylovlarining bioxilma-xilligini baholash va iqlim o‘zgarishiga ta’sirini o‘rganish.
4. Degradatsiyaga uchragan tog‘oldi zonalari tuproqlari va ularning oldini olishga doir agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish.
5. Resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash orqali degradatsiya va cho‘llanishga uchragan sug‘oriladigan intrazonal tuproqlar unumdorligini tiklash va saqlash.
6. Lalmikor hududlarda tuproq degradatsiyasi oldini olishning samarali agrotexnologiyalarini ishlab chiqish.
7. Orol dengizining qurigan hududida yetishtirilayotgan o‘simliklar yashovchanligi va mahsuldorligini oshiradigan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish.
8. Degradatsiyaga moyil tuproqlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini yaratish.
9. Degradatsiyaga uchragan yerlarda yangi turdagi o‘g‘itlardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.
10. Shamol va suv eroziyasi ta’siriga uchragan yerlarni qayta tiklash va qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritish.
11. Masofadan zondlash va geoaxborot tizimlari texnologiyalari yordamida eroziyaga uchragan hududlarning zamonaviy monitoring tizimini yaratish.
12. Tuproqlar sho‘rlanishiga qarshi kurashishning integratsiyalashgan agrotexnologiyasini ishlab chiqish.
13. Masofadan zondlash va yaylov yerlari hisobini yuritish materiallari asosida raqamli yaylov klassifikatorini ishlab chiqish.
14. Lalmi va yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda 3D-o‘lchamli raqamli yer tuzish xaritasini yaratish.
15. Degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash maqsadida eroziyaga uchragan yerlarning haqiqiy maydonlarini aniqlash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
16. Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekishni joriy etish.
17. Degradatsiyaga uchragan yerlarda barpo etilgan daraxtzorlar hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish.
1. 1-bandning “a” kichik bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“erlar degradatsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xo‘jaligi maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) ishlab chiqaruvchi korxonalardan tendersiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish hamda bojxona boji to‘lamasdan respublika hududiga olib kirish, ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash bo‘yicha filiallar ochish hamda servislar tashkil etish”.
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 100 | 12,408 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Ta’kidlab o‘tilsinki, 2014-yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 33,9 mlrd co‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2014-yilgi dasturining eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida:
makroiqtisodiy barqarorlikka erishilishini hamda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishi va uning raqobatbardoshligini;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan strategik ahamiyatga molik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;
soliq tushumlari mexanizmi maqbullashtirilishi va takomillashtirilishini;
qishloq xo‘jaligini texnik va texnologik jihatdan yangilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini;
investitsiya iqlimi va ishchanlik muhitini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilishini;
ta’lim tizimida islohotlar yanada chuqurlashtirilishini, ta’lim jarayoni darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim standartlari va dasturlari takomillashtirilishini, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davom ettirilishini;
sog‘liqni saqlash tizimi yanada isloh qilinishi va rivojlantirilishini;
zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” maqsadli dasturlarining amalga oshirilishini;
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini;
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini bajarish doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini;
2014-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi hamda 2013 — 2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish dasturi bajarilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashga hamda shu asosda tegishli budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishiga erishilishiga, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishiga qaratilsin. Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va budjet intizomiga rioya etish, mintaqalarning moliyaviy salohiyatidan eng yuqori darajada foydalanish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan nazorat kuchaytirilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 98 | 3,211 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 6 MAYDAGI 78-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQID | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Bank ustaviga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Boshqaruv kengashi” so‘zlari “Kuzatuvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin.
2. 2-bandning birinchi xatboshidagi “Boshqaruv kengashi” so‘zlari “Kuzatuvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning birinchi xatboshidagi “Boshqaruv kengashi” so‘zlari “Kuzatuvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
ilova nomidagi “Boshqaruv kengashi” so‘zlari “Kuzatuvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaga izohdagi “Boshqaruv kengashi” so‘zlari “Kuzatuvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 2-ilovada:
ilova nomidagi “Vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “5 foiz” so‘zlari “3 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “stavkasidan” so‘zi “stavkasining 50 foizidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan” so‘zlari “yiliga 5 foiz daromad” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin. | 250 | 2,112 |
Qonunchilik | Biznesni tugatish osonlashadi | Prezidentning 7.06.2019 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5739-son Farmoni qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda biz mazkur hujjat loyihasini yoritgan edik. U jiddiy oʻzgarishlarsiz qabul qilinganligi sababli loyiha sharhi bilan tanishishni tavsiya qilamiz.
Farmonda nazarda tutilgan tartib 2020 yil 1 yanvardan ishga tushadi. Biroq, buning uchun norma ijodkorligi ishini amalga oshirish talab etiladi.
Xususan, Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslarga, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar kiritishlari lozim. Ularga moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalarni 3 yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkazish va faoliyati tiklanmagan taqdirda ularni Tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarish kiritiladi.
Bundan tashqari:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 29 | 1,026 |
Qonunchilik | Yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzo | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulqdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 48-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekistoi Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari bo‘yicha qurilish materiallari narxlari indeksining o‘tgan yilgi o‘zgarishi darajasidan kelib chiqib, yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar olib qo‘yilganda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati miqdorlari 2018-yilda 1,467 baravarga indeksatsiya qilinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,729 |
Qonunchilik | Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son va “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:
chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaat qilganda talabgordan 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli fotosuratni hamda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;
imtihon o‘tkaziladigan kunlar oldindan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;
test sinovlari natijalarini e’lon qilish muddati uch haftadan bir haftagacha qisqartiriladi;
malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma QR-kod qo‘ygan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuboriladi.
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2022-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining amaldagi har bir daraja (A2, B1, B2, C1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qo‘shimcha ravishda umumlashtirilgan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimini (B1, B2, C1) joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, chet tilini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali (Multi-level) formati 2022-yil 1-martdan boshlab — ingliz tili uchun, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab — nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini bepul ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida barcha akademik litseylar bitiruvchilarining ro‘yxatini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiya platformasi orqali tekshirib olish imkoniyatini yaratsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori 1-bandining yigirma birinchi xatboshisi va 2-bandining ikkinchi xatboshisi “Cambridge Assessment English FCE” so‘zlaridan keyin “Cambridge Assessment English Linguaskill” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-martdan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Mazkur Reglament chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi;
malaka imtihoni — talabgorning chet tilini bilish darajasini test sinovi, yozma ish va og‘zaki suhbat o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash shakli;
talabgor — chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni olish uchun malaka imtihonini topshiruvchi jismoniy shaxs yoki chet tili o‘qituvchisi;
testologiya — o‘quv fanlari bo‘yicha tuzilgan test topshiriqlari va variantlari mazmunining maqsadga muvofiqligini hamda bilim, ko‘nikma, malakalarni baholash uchun o‘lchov vositalarini yaratish va qo‘llashni o‘rganadigan fan;
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) — malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga ikki yil muddatga beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) — malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillari o‘qituvchilariga uch yil muddatga beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.
3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) va vakolatli organ o‘rtasida axborot almashinuvi faqat idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
4. Malaka imtihoni vakolatli organ tomonidan davlat ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan topshiriqlar asosida har bir daraja (A2, B1, B2, C1) va (yoki) ko‘p darajali (Multi-level) formatda o‘tkaziladi.
5. Malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma malaka imtihoni yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plaganda yoki ko‘p darajali test sinovlari yakunlari natijalarini belgilovchi jadval asosidagi ballar bo‘yicha beriladi.
6. Vakolatli organ tomonidan ko‘p darajali test topshiriqlarining qiyinlik darajasi bo‘yicha malaka imtihoni natijalarini belgilovchi jadval ishlab chiqiladi va ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlanadi hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
7. Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
8. Malaka imtihonining o‘tkazish muddatlari vakolatli organ tomonidan belgilanadi hamda YIDXPga kiritib boriladi.
Talabgor so‘rovnomani to‘ldirish jarayonida vakolatli organ tomonidan o‘tkazilishi belgilangan chet tillari doirasida malaka imtihoni kunini tanlaydi.
9. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani YIDXP orqali elektron ravishda to‘ldiradi. Talabgordan so‘rovnomani elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Talabgorga so‘rovnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali test sinovidan o‘tish qoidalari to‘g‘risidagi eslatma beriladi.
Talabgorning so‘rovnomasida uning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. So‘rovnomada talabgor elektron manzilining ko‘rsatilganligi uning so‘rovnoma bo‘yicha qabul qilingan qaror, malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Talabgorlardan so‘rovnomasidagi hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.
10. Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan:
malaka sertifikati uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida;
ma’lumotnoma uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Bunda, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun ro‘yxatdan o‘tish YIDXP orqali amalga oshirilganligi sababli talabgordan belgilangan to‘lov miqdorining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga asosan akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida faqat bir marta bepul tashkil etiladi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
11. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
12. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
13. So‘rovnoma YIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
14. Malaka imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish tanlangan oyning belgilangan imtihon sanasidan kamida o‘n ikki kun oldin yakunlanadi.
15. Vakolatli organ malaka imtihoniga qo‘yiladigan talabgorlarni YIDXP orqali hamda axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida malaka imtihoni sanasidan uch kun oldin xabardor qiladi.
16. Ma’lumotnoma olish uchun malaka imtihonlari yil davomida ikki marta — aprel hamda oktyabr oylarida o‘tkaziladi. Talabgorlar malaka imtihonlari uchun yil davomida ro‘yxatga olinadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish aprel oyida o‘tkaziladigan malaka imtihoni uchun 31-mart sanasida, oktyabr oyida o‘tkaziladigan malaka imtihoni uchun 30-sentabr sanasida yakunlanadi.
17. Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi, u quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
a) “tinglab tushunish” bo‘limi — og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
b) “o‘qish” bo‘limi — o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
v) “yozma ish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
g) “gapirish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
18. Talabgor uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay YIDXP orqali vakolatli organga murojaat etishi lozim. Bunda, faqat Davlat test markazi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori talabgorga qaytariladi (to‘lov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan yig‘imdan tashqari). Talabgorga xizmat ko‘rsatilishi uchun Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.
Talabgor belgilangan malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan hamda malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan to‘lov talabgorga qaytarilmaydi.
Talabgor kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qo‘yilmaydi.
19. Malaka imtihoni qog‘ozlarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin. Malaka imtihonini o‘tkazish joyi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Malaka imtihoni vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi.
Yozma yoki og‘zaki malaka imtihoni uchun imtihon komissiyasi shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.
Malaka imtihoni blankalarda o‘tkazilganda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozma ish” bo‘limlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” bo‘limidan tashkil topadi.
Malaka imtihoni tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda o‘tkazilganda barcha bo‘limlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
20. Test sinovlari vakolatli organ mas’ul xodimining rahbarligida va kuzatuvida o‘tkaziladi.
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan ta’minlangan holda vakolatli organ vakilining nazorati ostida onlayn o‘tkazilishi mumkin.
Test sinovlari vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor o‘tiradi. Test sinovlarini o‘tkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
21. Malaka imtihonini o‘tkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
22. Malaka imtihoniga jalb etilgan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
23. Malaka imtihonini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan hisoblanadi.
24. “Tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.
25. Test sinovi uchun ajratilgan vaqt:
A2 darajasi bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “o‘qish” uchun — 40 daqiqa, “yozma ish” uchun — 40 daqiqa, “gapirish” uchun — 10 daqiqa;
V1 darajasi bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “o‘qish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 45 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
V2 darajasi bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “o‘qish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
S1 darajasi bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “o‘qish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, gapirish uchun — 15 daqiqa;
ko‘p darajali format bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “o‘qish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” bo‘limi uchun — 15 daqiqa;
ma’lumotnoma olish malaka imtihoni bo‘yicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “o‘qish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqani tashkil etadi.
26. Malaka sertifikati olish malaka imtihonining har bir daraja uchun o‘tkaziladigan test sinovi:
“tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan;
“yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (darajaga bog‘liq holda birinchi topshiriq — 30 — 150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 50 — 250 ta so‘zdan);
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning uchta turidan iborat bo‘ladi.
27. Ko‘p darajali test sinovi:
“tinglab tushunish” va “o‘qish” bo‘limlarining har biri 35 ta topshiriqdan;
“yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 100 — 150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 200 — 250 ta so‘zdan);
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.
28. Ma’lumotnoma olish malaka imtihonining test sinovi:
“tinglab tushunish” bo‘limi 30 ta topshiriqdan;
“o‘qish” bo‘limi 30 ta topshiriqdan;
“yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 250 ta so‘zdan);
“gapirish” bo‘limi uchta topshiriq turidan iborat bo‘ladi.
29. Talabgor quyidagi hollarda test sinovlaridan chetlashtirilgan hisoblanadi:
test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
test sinovi o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilsa;
test materiallarini auditoriyadan olib chiqishga, savollar kitobini yirtib olishga, savollarni ko‘chirib olishga harakat qilsa;
savollar kitobini boshqa talabgorlarga bersa, test sinovini o‘tkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Talabgor javoblar varaqalari bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirishga mas’ul hisoblanadi.
30. Vakolatli organ test sinovlari natijalarini ular yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmay Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
31. Test sinovi har bir bo‘limining eng yuqori bahosi 30 ballni va barcha bo‘limlar uchun maksimal baho 120 ballni tashkil etadi.
Test sinovi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam (72 balldan kam) ball olgan talabgor daraja shartlarini bajarmagan deb hisoblanadi.
Ko‘p darajali format bo‘yicha test natijalari qiyinlik darajasi bo‘yicha belgilangan malaka imtihon natijalarini belgilovchi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi.
Test sinovi natijalariga ko‘ra ijobiy baholanmagan talabgorlar navbatdagi test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, qayta to‘lovni amalga oshirgan taqdirda test sinovlariga qo‘yiladi.
32. Test sinovi o‘tkazilishi jarayonida talabgor tomonidan tanlangan oyda faqat bitta chet tilidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
33. Test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta ichida testologiya me’yorlari buzilishi holati aniqlansa, vakolatli organ tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Quyidagi holatlarda testologiya me’yorlari buzilgan deb hisoblanadi:
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash qoidalari buzilsa;
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qo‘lga kiritish holati aniqlansa;
test sinovi natijalari tahliliga ko‘ra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilsa.
Test sinovi natijalari bekor qilingan holatda talabgorlarning xohishiga ko‘ra vakolatli organga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.
34. Talabgorlarning javob varaqalari vakolatli organda bir yil muddatda saqlanadi.
35. Vakolatli organ imtihon natijalari to‘g‘risidagi buyruq chiqarilganidan boshlab bir ish kuni mobaynida malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan sertifikat yoki ma’lumotnomaning elektron shaklini shakllantiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda talabgorga YIDXP orqali yuboradi, ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Sertifikat mazkur Reglamentning 3-ilovasiga, ma’lumotnoma 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va berilgan hujjatlarning reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
36. Vakolatli organ tomonidan berilgan hujjatlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) ma’lumotlari;
hujjatning hisobga olish raqami va berilgan sanasi;
hujjatning amal qilish muddati.
Reyestr elektron shaklda yuritiladi va uning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
37. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab uch ish kunida YIDXP orqali vakolatli organga apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
38. Talabgor apellatsiya shikoyati berish uchun ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani YIDXP orqali elektron ravishda to‘ldiradi.
39. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organning buyrug‘i bilan 3 — 7 nafar vakolatli organ xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya shikoyati ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida YIDXP orqali xabardor qilinadi.
40. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellatsiya shikoyatini qondirish.
Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellatsiya mazkur Reglament talablarini buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
apellatsiyada ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa.
Malaka imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellatsiya shikoyatini qondirish to‘g‘risidagi qaror shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topsa qabul qilinadi.
41. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
43. Vakolatli organ xodimlari tomonidan ariza beruvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Vakolatli organ tomonidan baholash mezonlari, test topshiriqlari formati hamda malaka imtihoni uchun ajratiladigan vaqtga xorijiy tajribadan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
44. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
45. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 128-bandi. | 125 | 24,147 |
Qonunchilik | Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish to‘g‘risida | Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hisobiga chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik komplekslarini tashkil etish hamda aholi iste’moli uchun sifatli chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamda “Xalq banki” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Agrobank” ATBlarining (keyingi o‘rinlarda tegishli tijorat banklari deb ataladi) Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2019 — 2021-yillarda qoramolchilik, qo‘y va echkilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
2. Toshkent viloyat hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq belgilangan loyihalarni amalga oshirish maqsadida ularga chorva mollarini saqlash (fermalar), shu jumladan energiya manbalari uskunalarini o‘rnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish hamda boshqa turdagi infratuzilma obyektlarini qurish (qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlardan) hamda ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini:
tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish;
zamonaviy texnologiyalar asosida chorvachilik komplekslarini qurish;
loyihalarga ishga tushirish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish;
chorvachilik sohasida naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilgan holda chorva mollarining bosh soni va ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlarini belgilagan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri Ohangaron tumani hokimining qarorlari asosida belgilangan tartibda ajratib berilishi ta’minlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda zamonaviy chorvachilik komplekslarini qurish, shuningdek, chorva mollari, qishloq xo‘jalik texnikalari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini sotib olish loyihalarini moliyalashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonida belgilangan tartibda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalaridagi loyihalarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafilliklar beriladi.
5. Toshkent viloyati hokimligi:
o‘n kun muddatda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida belgilangan loyihalarni moliyalashtirish, qurilish va ozuqa maydoni uchun yer maydoni ajratish, ularni o‘z muddatida ishga tushirish tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallari ijrosini tizimli ravishda muhokama qilib borsin hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish choralarini ko‘rsin.
Toshkent viloyati hokimiga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan loyiha tashabbuskorlarning yer maydonining belgilangan hajmidan oshmagan holda ushbu tashabbuskorlarni boshqasiga o‘zgartirishi mumkin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin. | 78 | 4,599 |
Qonunchilik | “1-(KIChIK BIZNES) ShAKLI BO‘YIChA MIKROFIRMA VA KIChIK KORXONA HISOBOTINI TUZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda; 2005-y., 8-son, 44-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining 2002-yil 27-fevraldagi 7-son “1-(kichik biznes) shakli bo‘yicha mikrofirma va kichik korxona hisobotini tuzish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (2002-yil 28-mart, ro‘yxat raqami 1119 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 189 | 1,062 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun doirasida amalga oshirilgan.
Joriy yil yanvar — mart oylarida yalpi ichki mahsulotning nominal hajmi 162 trln 785 mlrd so‘mni tashkil etib, O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga, jumladan, sanoat 5,7 foizga, qurilish 6,3 foizga hamda xizmatlar sohasi 6,9 foizga o‘sgan.
Inflatsiya darajasi 2,9 foizni tashkil qilib, oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiya ko‘rsatkichi 4,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,1 foizga va xizmatlar 1,5 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi 13 mlrd 156 mln AQSh dollari bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,8 foizga ko‘paygan.
Davlat budjeti daromadlari 41 trln 916 mlrd so‘mni, xarajatlari esa 42 trln 943 mlrd so‘mni tashkil etib, Davlat budjeti taqchilligi 1 trln 27 mlrd so‘mni yoki YIMga nisbatan 0,1 foizni tashkil etgan.
Davlat budjeti xarajatlarining 54,7 foizi ijtimoiy xarajatlar hissasiga to‘g‘ri kelib 23 trln 470 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Mahalliy budjetlar daromadlari 10 trln 260 mlrd so‘mga yoki rejaga nisbatan 113,0 foizga, xarajatlari esa rejaga nisbatan 85 foizga ijro etilib, 15 trln 532 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy budjetlarga qo‘shimcha 1 trln 174 mlrd so‘m manba shakllantirilgan.
Shu bilan bir qatorda, budjetga soliq qarzdorligi qariyb 2 trln 988 mlrd so‘mga yetib, yil boshiga nisbatan 67 mlrd 58 mln so‘mga oshgan.
Xususan, soliq qarzining o‘sishi asosan Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan.
Budjetga ortiqcha to‘lovlar yil boshiga nisbatan 4 mlrd 106 mln so‘mga pasaygan bo‘lsa-da, umumiy summa 101 mlrd 594 mln so‘mni tashkil etgan.
Davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijasida 39,2 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 199,8 mlrd so‘m budjet mablag‘laridan asossiz va ortiqcha to‘lovlar va 22,7 mlrd so‘m maqsadsiz xarajatlar amalga oshirilgani aniqlangan.
Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tizimida budjet mablag‘laridan foydalanishda (6 mlrd so‘mdan — 36 mlrd so‘mgacha) ortiqcha va noto‘g‘ri to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, hududlarda 99,4 mlrd so‘mlik (Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 mlrd so‘mdan 16 mlrd so‘mgacha) ortiqcha va noto‘g‘ri to‘lovlar amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini eshitib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3210-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Vazirlar Mahkamasi Rayosatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2022-yil birinchi chorakdagi ijrosi holatini, budjetga boqimanda qarzlar va ortiqcha to‘lovlarning hosil bo‘lishi hamda ajratilgan mablag‘larning noqonuniy, maqsadsiz ishlatilishiga yo‘l qo‘ygan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish masalasini ko‘rib chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari bir oy muddatda budjet mablag‘larining maqsadsiz, noqonuniy sarflanishi holatlari bilan bog‘liq so‘nggi uch yillik faoliyatini tahlil qilgan holda xato-kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini, unga mas’ul xodimlar javobgarligini aniqlab, bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 2022-yilning 1-avgustiga qadar Oliy Majlis Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali budjetga soliq to‘lovlari manbalarini kengaytirish, hisoblangan soliqlarning to‘liq undirilishini ta’minlash, boqimanda qarzlar va ortiqcha to‘lovlarga chek qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Davlat budjetida ko‘zda tutilgan xarajatlarni o‘z muddatida moliyalashtirish va ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli, samarali foydalanish bo‘yicha dastlabki hamda joriy nazorat olib borishning ta’sirchan choralarini ko‘rsin;
bir oy muddatda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan tadbirlar, Yoshlar agentligiga va shu kabi boshqa maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘larni tegishli moliya yili uchun oldindan taqdim etiladigan xarajatlar smetasi asosida mablag‘larni ajratish tartibi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
budjet jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida hisobotlarni birinchi darajali budjet taqsimlovchilarning barcha xarajatlari asosida shakllantirish hamda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlashni ta’minlasin;
mahalliy budjet mablag‘larini taqsimlashda tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish va bu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha moliya organlari rahbar xodimlari mas’uliyatini oshirsin;
moliyaviy intizomni mustahkamlash maqsadida noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan vazirlik va idoralar hisobchilari uchun alohida o‘qishlar tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda barcha darajadagi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturlarining obyektlari ro‘yxatini, ularning loyiha qiymati hamda ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi barcha darajadagi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ma’lumotlarning rasmiy veb-saytlarda joylashtirish holatini o‘rganib, natijasi yuzasidan joriy yilning 5-oktabr kuniga qadar Oliy Majlis Senatiga ma’lumot kiritsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari:
Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan moliyaviy xatolarga e’tibor qaratsin hamda kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy budjetlar qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirilishini ta’minlasin;
davlat soliq xizmati, moliya organlari va boshqa tegishli mahalliy organlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha manbalarni izlash va shu asosda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozlarini so‘zsiz bajarish choralarini ko‘rsin;
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya to‘lovi uchun hududiy jamg‘armalarga mablag‘larning to‘liq o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Keng‘esi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan tadbirlar uchun mablag‘ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan choralar ko‘rish;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun mahalliy budjet hamda uning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan mablag‘larni o‘z muddatida ajratish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini nazorat qilish;
mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha har chorak yakunida xalq deputatlari Kengashlarida moliya va soliq idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tavsiya etilsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 9,100 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-396-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-396-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 707 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalash bo‘yicha 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ust | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan “2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalash bo‘yicha 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi ma’ruza materiallarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-yanvardagi kengaytirilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqilganligi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan erishilgan natijalarning tanqidiy tahlili bilan bir qatorda iqtisodiyotni isloh qilishni, tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari belgilab berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2016-yil 15-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz — mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir” ma’ruzasida belgilab berilgan 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini ro‘yobga chiqarilishini va so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. Senat qo‘mitalari o‘z faoliyatlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2016-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlashga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin.
4. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdig‘iga kiritilsin. | 250 | 2,082 |
Qonunchilik | JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 10, 2002-16-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 14-mart, ro‘yxat raqami 1110 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 17-18-son; 2003-y., 5-6-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 125-modda; 2005-y., 10-11-son, 87-modda; 2006-y., 9-son, 67-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 172 | 866 |
Qonunchilik | QIShLOQ XO‘JALIGI BIRLAShMALARINING A’ZOLARI, MEVA-SABZAVOT KLASTERLARI IShTIROKChILARI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA MAHALLIY ShAROITDA YETIShTIRILGAN INTENSIV KO‘ChATLAR (PAKANA VA YaRIM PAKANA) XO‘RAKI, KIShMIShBOP VA SANOATBOP TOK KO‘ChATLARI HAM | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ko‘chatchilik sohasini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni (keyingi o‘rinlarda — ko‘chatlar va payvandtaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berish tartibi;
ko‘chatlar va payvandtaglar uchun subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdorlari;
ko‘chatlar va payvandtaglar turlari (tok ko‘chatlari, urug‘li va danakli mevalar, yong‘oq mevalari) bo‘yicha koeffitsiyentlarni aniqlash tartibi;
respublikada ko‘chatlar va payvandtaglarni ekish shartlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
ko‘chatlar va payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish tartibi.
2. Belgilansinki:
yangi intensiv bog‘, xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi orqali respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan subsidiya ajratiladi;
qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) xo‘raki, kishmishbop va sanoatbop tok ko‘chatlari hamda payvandtaglarni (keyingi o‘rinlarda — ko‘chatlar va payvantaglar) sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash, shartnoma shartlarini monitoring qilish hamda berilgan subsidiyani qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Subsidiyalar:
yangi intensiv bog‘, xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi) qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi);
sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi)ning Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi) tomonidan ajratiladi.
Bunda, subsidiyalar proporsional tarzda ko‘chat va payvandtag turiga qarab tegishli Jamg‘arma tomonidan beriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
intensiv bog‘ — intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglardan yetishtirilgan ko‘chatlarni zich ekish sxemasida resurstejamkor agrotexnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan mevali bog‘;
“In-vitro” laboratoriyasi — o‘simlik organizmi to‘qimalarini mikroklonal ko‘paytirish usuli orqali “sog‘lom”, viruslardan holi bo‘lgan payvandtag yetishtirish uchun ixtisoslashgan, maxsus jihozlangan laboratoriya;
ko‘chatchilik xo‘jaligi — O‘zbekiston Respublikasida meva ko‘chatlarini yetishtiruvchi maqomga va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
qishloq xo‘jaligi birlashmasi — fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni o‘z ichiga olgan yuridik shaxs;
loyiha tashabbuskori — yangi intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etish yuzasidan subsidiya olish uchun murojaat qilgan qishloq xo‘jaligi birlashmasi a’zosi, meva-sabzavot klasteri ishtirokchisi yoki tadbirkorlik subyekti;
meva-sabzavot klasteri — bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitim asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda urug‘lik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratish yuzasidan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat shakli;
payvandtag — “In-vitro” laboratoriyasida yoki vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan ildiz tizimiga ega bo‘lgan o‘simlik poyasi;
plantatsiya — qishloq xo‘jaligi birlashmalarining yoki meva-sabzavot klasterining a’zolari tomonidan tutash hududda 10 gektardan kam bo‘lmagan maydonlarda bir xil meva yoki uzum turi ekilgan intensiv bog‘ va/yoki tokzor.
3. Subsidiyalar ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi, danak va urug‘dan ko‘paytirilgan payvandtaglar (ko‘chatlar) bundan mustasno.
4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan ko‘chatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
intensiv meva ko‘chatiga — 8 000 so‘m;
intensiv meva payvandtagiga — 2 500 so‘m;
tok ko‘chatiga — 5 000 so‘m;
tok payvandtagiga — 5 000 so‘m.
5. Qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona ko‘chatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali ko‘chat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagicha aniqlanadi:
6. Loyiha tashabbuskorlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq intensiv bog‘ va tokzorlarda ko‘chatlarni ekish shartlariga rioya qilishlari lozim.
7. Ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qoplab beriladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari har yili 1-noyabrga qadar plantatsiya asosida barpo etiladigan bog‘ va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining ko‘chatlar turlari, navlari va miqdoriga bo‘lgan talabini aniqlash maqsadida bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxatini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari shakllantirilgan manzilli ro‘yxatni o‘n ish kunida Agentlikka taqdim etadi.
10. Agentlik taqdim etilgan manzilli ro‘yxat asosida o‘n ish kunida “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarining mahalliy sharoitda yetishtirilgan ko‘chatlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganib, olingan ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskoriga yetkazadi.
11. Loyiha tashabbuskori ko‘chatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va ko‘chat yetkazib beruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi:
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), so‘ralayotgan subsidiyaning maqsadi, miqdori, intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarag‘i ko‘rsatilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza;
intensiv bog‘ va/yoki tokzor barpo etish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Loyihani moliyalashtirishning aniq manbalari (o‘z mablag‘i, bank krediti, xorijiy investitsiya) ko‘rsatilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
13. Tegishligiga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentliklar) loyiha tashabbuskoriga ko‘chatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans to‘lovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
14. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
ko‘chat yetkazib beruvchi xo‘jalik mevali va uzum ko‘chati yetishtirish uchun ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lmasa, shuningdek, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik bo‘lmasa;
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlardan tashqari loyiha tashabbuskoriga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Agentlik qabul qilgan qaror to‘g‘risida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda xabardor qiladi va o‘n besh ish kunida loyiha tashabbuskori va ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida ko‘chatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
17. Mablag‘lar ko‘chatchilik xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
18. Ko‘chatchilik xo‘jaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan ko‘chatlar uchun Jamg‘armalar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘larni mos ravishda har bir ko‘chat narxidan chegirib qoladi.
Ushbu ko‘chat narxidan chegirilgan mablag‘lar loyiha tashabbuskoriga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
19. Ko‘chatchilik xo‘jaligi mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini “in-vitro” laboratoriyasiga subsidiya hisobiga oldindan to‘lovni amalga oshirish uchun Agentliklarga quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), subsidiya olish maqsadi, miqdori, mahalliy sharoitda ko‘chatlar yetishtirish rejalashtirilgan yer maydoni (kontur raqami), xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarag‘i ko‘rsatilgan holda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (payvandtaglar akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan hollar bundan mustasno).
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
22. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
payvandtag yetkazib beruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligi mevali va uzum ko‘chat yetishtirish uchun ko‘chatchilikka ixtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega bo‘lmasa, shuningdek, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik bo‘lmasa;
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Agentliklar “in-vitro” laboratoriyaga imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida Jamg‘armalar hisobraqamida mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzog‘i bilan olti oydan oshmagan muddatda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish uchun ko‘chatchilik xo‘jaligi nomidan subsidiyani o‘tkazadi.
26. Subsidiya mablag‘lari “in-vitro” laboratoriyalarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
27. “In-vitro” laboratoriyasi ko‘chatchilik xo‘jaliklariga yetkazib berilgan payvandtaglar uchun Jamg‘armalar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘ni mos ravishda har bir payvandtag narxidan chegirib qoladi.
Ushbu payvandtag narxidan chegirilgan mablag‘lar ko‘chatchilik xo‘jaligiga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.
28. “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklari mahalliy sharoitda ko‘chatlar hamda payvandtaglar yetkazib berishni subsidiya mablag‘lari ajratilgandan (moliyalashtirilgandan) so‘ng 24 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
29. Shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan loyiha tashabbuskori yoki ko‘chatchilik xo‘jaligi ishtirokida har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya olgan ko‘chatchilik xo‘jaligi dalasiga va “in-vitro” laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring o‘tkaziladi.
Monitoring yakunlari bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan parametrlarning bajarilish holati va ko‘chatlar yetishtirish standartlarga mosligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma Agentlik, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili, loyiha tashabbuskori yoki ko‘chatchilik xo‘jaligi rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma bir nusxadan Agentlik, ko‘chatchilik xo‘jaligi va “in-vitro” laboratoriyasida saqlanadi.
30. Monitoring jarayonida qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik subyektlari, loyiha tashabbuskori, ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentliklar o‘tkazib berilgan mablag‘larni qaytarish yuzasidan ularga yozma ravishda talabnoma yuboradi.
Loyiha tashabbuskori, ko‘chatchilik xo‘jaligi yoki “in-vitro” laboratoriyasi ushbu talabnomani olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan mablag‘larni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi lozim.
Agar olingan mablag‘lar belgilangan muddatda qaytarib berilmasa, Agentlik mablag‘larni qaytarish bo‘yicha belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya qaytariladi.
31. “In-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agentliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
32. Agentliklar har chorak yakuni bilan ajratilayotgan subsidiyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va tahlil natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga axborot kiritib boradi.
33. Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
34. Mahalliy sharoitda ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar yetishtirib berish uchun subsidiya olgan “in-vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklari subsidiyaning maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. 6-band “b” kichik bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda har bir intensiv (pakana va yarim pakana) ko‘chat uchun 8 000 so‘m hamda payvandtagning har bir donasi uchun 2 500 so‘m miqdorida”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar shartnomada suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va intensiv ko‘chatlarni (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni xarid qilish bilan bog‘liq sarflangan xarajat mazkur kichik bandda belgilangan summadan kam bo‘lgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi”. | 250 | 19,851 |
Qonunchilik | “BALIQ OVLASh KORXONALARIDA TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA HAQINI HISOBLASh VA UNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 106-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125 , 02-1212 va 01/22-142-son qarori (ro‘yxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 24-son) bilan tasdiqlangan “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 8-bandida:
“a” kichik bandidagi “60” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandidagi “15” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 174 | 1,480 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalarining shaxsiy tarkibini ovqatlantirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi 302-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
oziq-ovqat mahsulotlarining zarur bo‘lgan zaxiralarini saqlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini ta’minlash uchun autsorserlarga haqiqiy xarid narxlarida transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, yangilash tartibida realizatsiya qilish;
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (jumladan, doimiy joylashuv punktida, dala sharoitida, tabiiy va boshqa xarakterdagi favqulodda holatlar yuzaga kelganda, shuningdek, boshqa holatlarda) tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shtatida tegishli lavozimlarni saqlab turish;
favqulodda va boshqa vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibini ovqatlanishini tashkil etish uchun muqobil shtat lavozimlarini nazarda tutish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari va organlari shtatiga kiritish;
shaxsiy tarkibni issiq ovqat ta’minotiga kiritgan holda, uning ovqatlanishini tashkil etadigan autsorserlar tomonidan savdo ustamasining yuqori — 20 foiz darajasiga rioya qilish sharti bilan ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining toifalangan harbiy obyektlari hududida shaxsiy tarkibni issiq ovqat ta’minotiga kiritmagan holda, shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga oshxona uchun bino va uskunalarni taqdim etish, shuningdek, ularning kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarini to‘lab berish;
Davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkib ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tizimiga o‘tadigan organlari va bo‘linmalarini belgilash.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
autsorserlar tanlovini o‘tkazishni, bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta tajribaga, yetarli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, o‘z tashabbusi bilan oshxonalar sharoitini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining organlari va bo‘linmalariga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish uchun autsorserlarni tanlash bo‘yicha bayonnoma qarorlarini o‘z vaqtida taqdim etishni;
autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini fermer xo‘jaliklaridan va boshqa ulgurji savdo vakillaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olishda har tomonlama ko‘maklashishni ta’minlasin.
5. Autsorserlar tanlovini sifatli o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
6. “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati buyurtmanomalariga muvofiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar va boshqa oziq ovqat mahsulotlari turlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari ehtiyojini hisobga olsin va ularni autsorserlarga issiq ovqat ta’minotida bo‘lgan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun realizatsiya qilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri D.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda Xizmat organlari va bo‘linmalari deb ataladi) shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
autsorsing — Xizmat organlari va bo‘linmalari tomonidan shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish funksiyalarini shartnoma asosida autsorserga berish;
autsorser — Xizmat organlari va bo‘linmalariga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha shartnoma asosida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
shaxsiy tarkib — o‘rnatilgan tartibda issiq ovqat ta’minotiga kiritilgan harbiy xizmatchilar va pensionerlar hamda ularning oila a’zolari (bolalaridan tashqari), shu jumladan statsionar harbiy-shifoxona muassasalarida davolanayotganlar.
2. Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibini oziq-ovqat ta’minoti oziq-ovqat yo‘nalishi tomonidan autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali ta’minlanadi.
3. Autsorserlarni jalb etish orqali Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, me’yorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
4. Autsorserlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
5. Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan Xizmat organlari va bo‘linmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda Xizmat organlari va bo‘linmalariga yuboriladi.
6. Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.
Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda ko‘rsatilgan xizmatlar va taomnoma bo‘yicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.
Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan to‘lov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar ko‘rsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda ko‘rsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga ko‘ra to‘lanadi.
7. Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan umumqo‘shin payogining hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
8. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy o‘rganish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
9. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland bo‘lsa, Xizmatning organi yoki bo‘linmasi rahbari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni o‘rganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
10. Bayonnoma qarorlarning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
11. Xizmat shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda Xizmat organlari va bo‘linmalarining yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
12. Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar Xizmat organiga (bo‘limiga) o‘tgan oyda amalda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-fakturani o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Ko‘rsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (bo‘linmalar joylashgan joydagi o‘rtacha bozor narxidan yuqori bo‘lmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan 20 foizgacha ustama haqi hisobga olingan ravishda belgilanadi.
13. Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash va autsorser hamda Xizmat organi (bo‘linmasi) o‘rtasidagi hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2- va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
14. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimini ishlab chiqish autsorserlar bilan kelishilgan holda Xizmat organi va bo‘linmasi boshlig‘iga, uning tegishli o‘rinbosariga, Xizmat organi va bo‘linmasi tibbiyot va oziq-ovqat yo‘nalishlari boshliqlariga yuklanadi.
15. Taomlar tarqatilishidan oldin Xizmat organi va bo‘linmasi vrachi (feldsher) organ va bo‘linma navbatchisi bilan birgalikda taomlar sifatini tatib ko‘rish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarning sanitar holatini nazorat qiladilar.
16. Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini, belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining har bir harbiy xizmatchiga to‘liq berilishini nazorat qilish, tayyorlangan taomlar sifatini baholash uchun bo‘linma va organ rahbari yoki uning ko‘rsatmasiga binoan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har kuni tayyor taomlar (ertalabki nonushta, tushlik, kechki nonushtadan oldin) tatib ko‘riladi.
Xizmat organlari va bo‘linmalari mas’ul mansabdor shaxslar orqali tayyorlangan taomlar sifati, porsiyalar miqdorini tekshirishga haqlidirlar.
17. Xizmat organlari va bo‘linmalariga keltiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifatli bo‘lishi shart. Mahsulotlar sifati muvofiqlik sertifikatiga va davlat standartlari tomonidan o‘rnatilgan ko‘rsatkich va texnik shartlarga mos kelishi kerak.
18. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (sertifikatlar va ma’lumotlar), shuningdek, davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga javob bermagan oziq-ovqat mahsulotlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Keltirilgan har bir partiya oziq-ovqat mahsulotlariga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
19. Xizmat organ va bo‘linmalariga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari Xizmat organ va bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, tibbiyot va oziq-ovqat yo‘nalishlari komissiyalari tomonidan autsorser vakili ishtirokida nazorat qilinadi.
Organoleptik ko‘rsatkichlariga ko‘ra sifatsizligi aniqlangan mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli laboratoriyalariga, shuningdek, ichki idoraviy laboratoriyalarga tahlil uchun topshiriladi.
Oziq-ovqat omboriga keltirilgan mahsulotlarning sifati haqiqatdan ham hujjatlarda ko‘rsatilgan standart talablariga, texnik shartlarga, markirovkaga mos kelmasa, Xizmat organi va bo‘linma rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan bu haqida dalolatnoma tuziladi. Autsorser zudlik bilan sifatsiz mahsulotni almashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bunday holatda Xizmat organi va bo‘linma rahbari sifatsiz mahsulot keltirilganligi va shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ravishda autsorserni xabardor qiladi.
20. Oshpazlar va oshxonaning boshqa ishchilariga ular sanitariya-gigiyena minimumidan sinov topshirib tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng oshxonada ishlashga ruxsat beriladi. Keyinchalik ular ma’lum o‘rnatilgan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar va ko‘rik natijalari shaxsiy sanitariya kitobchasiga kiritiladi.
21. Xizmatning tegishli organlari va bo‘linmalari tomonidan maxsus tekshiruv tadbirlaridan o‘tkazilgan autsorserlarga Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat beriladi.
22. Xizmatning yopiq obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi autsorserlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish faoliyati davrida ma’lum bo‘lgan oshkor qilib bo‘lmaydigan va maxfiy ma’lumotlarni tarqatmasligi uchun to‘liq javobgardir.
23. Oziq-ovqat yo‘nalishidagi obyektlar va oshxonaga foydalanishga berilgan moddiy-texnik vositalar Xizmat organlari va bo‘linmalari komissiyasi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, autsorserga (nol stavka bilan) vaqtincha foydalanishga beriladi. Ushbu dalolatnoma organ va bo‘linma komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanib, Xizmat organi va bo‘linmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
24. Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun foydalanishga vaqtincha topshirilgan moddiy-texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini autsorser amalga oshiradi.
25. Autsorsyerga vaqtincha foydalanishga topshirilgan moddiy-texnik vositalar ekspluatatsiya qilishning o‘rnatilgan muddatidan oldin yaroqsiz holga kelsa, autsorser hisobidan tiklanadi.
26. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan autsorserlarga yopiq obyektlarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalarida Xizmatning shaxsiy tarkibi uchun xalq iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha savdo shaxobchalari yuritishga ruxsat beriladi. Bu faoliyat uchun qo‘shimcha ruxsat beruvchi hujjatlar talab etilmaydi. Mahsulot narxiga 20 foizgacha ustama haqi o‘rnatiladi.
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablarning buzilishi tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda Xizmat organi va bo‘linmasi yoki autsorser tashabbusi bilan bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
28. Mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka asosan javobgar bo‘ladi. | 218 | 15,675 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIK ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 6 YaNVARDAGI PF-1693-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITI | Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning birgalikda samarali ishlashini tashkil qilish, fanning natijadorligini oshirish va eng yaxshi ilmiy yutuqlar amaliyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining huquqiy vorisi deb hisoblansin, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy ishlab-chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son farmoni bilan markazga va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi bo‘linmalariga belgilab qo‘yilgan vazifalar, funksiyalar va vakolatlar saqlab qolinsin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil qilish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari”ga oid 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin. | 250 | 1,604 |
Qonunchilik | Abituriyentlarning maktabda olgan baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda hisobga olinadi | Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi 696-son qarori bilan Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Belgilanishicha, maktab bitiruvchisining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballariga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalari orqali hisoblanadi va DTMning «Abitur» dasturiga yuboriladi.
Oʻrtacha koʻrsatkichni hisoblashda 6-11 yoki 6-9-sinflardagi hamda 1-2-bosqichlardagi umumta’lim fanlari boʻyicha yillik baholarning umumiy yigʻindisi har bir sinf va bosqichdagi oʻqitilgan umumta’lim fanlari sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.
Maksimal ball 100 foiz sifatida qabul qilinadi va ballar baholash tizimiga quyidagi tarzda oʻtkaziladi:
Mazkur tartib 2022/2023 oʻquv yilidan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 95 | 1,092 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonga vizasiz tashrif buyuradiganlar roʻyхati kengaytirildi | Bu Prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi PF-5897-son Farmonida nazarda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 18 martdagi «Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5691-son Farmon bilan 2019 yil 20 martdan boshlab BAA fuqarolari uchun mamlakatimiz hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgan.
Qabul qilingan hujjatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan хorijiy davlatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim taqdim etilishi belgilangan.
Ushbu maqomni olgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusхasini taqdim etadilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2019 yildan kuchga kirdi. | 67 | 899 |
Qonunchilik | Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazish tartibi soddalashtirildi | Prezident tomonidan 24 iyul kuni «Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab «E-auksion» elektron savdo platformasidagi (keyingi oʻrinlarda – elektron savdo platformasi) elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib qonunchilik hujjatlari bilan elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Yangi tartibga muvofiq:
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari Markazning maхsus hisobraqamida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng, ular buyurtmachi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Quyidagilar elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshiriladi:
a) quyidagi yuridik shaхslarning ulushlari, koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish:
b) davlat ishtirokidagi korхonalar koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish.
Davlat ishtirokidagi korхonalarga quyidagilarni berishda boshlangʻich narх:
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida Markazning hududlardagi 3 nafardan vakillari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ularning zimmasiga auksionga chiqarilayotgan ob’yektlar boʻyicha reklama ishlarini tashkil etish, aholi orasida auksionni ommalashtirish hamda unga chiqarilayotgan ob’yektlar yuzasidan ma’lumotlarni sifatli tayyorlashga koʻmaklashish vazifasi yuklatiladi.
«E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonchasi «E-auksion» elektron savdo platformasi deb qayta nomlanadi.
Markazning tashkiliy tuzilmasida Ichki audit va komplayens-nazorat хizmati tashkil etiladi, uning asosiy vazifasi auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya alomatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish, Markaz хodimlari orasida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirishdan iborat boʻladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 25.07.2021 yilda chop etilgan.
Elmira Siraziyeva. | 63 | 2,318 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-514-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 283-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-514-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3.Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 189 | 645 |
Qonunchilik | SIRDARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARIDAGI BA’ZI BIR RAYON VA ShAHAR POSYoLKALARINING NOMLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Sirdaryo va Surxondaryo hokimlari hamda xalq deputatlari tegishli rayon Sovetlarining iltimoslari qondirilib, Sirdaryo viloyatidagi Komsomol rayonining nomi Mirzaobod rayoni, Surxondaryo viloyatidagi Gagarin rayonining nomi Muzrabod rayoni, Lenin yo‘li rayonining nomi Qiziriq rayoni, shu rayonning ma’muriy markazi bo‘lgan Lenin yo‘li shahar posyolkasining nomi Sariq shahar posyolkasi deb o‘zgartirilsin. | 117 | 473 |
Qonunchilik | Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 2-apreldagi PQ-5048-son qaroriga muvofiq joriy yilda barcha tuman va shaharlardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga muvofiq:
2021-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mirlash ishlari umumiy smeta qiymatining:
30 foiz miqdordagi mablag‘lar mulkdorlar hisobidan;
70 foiz miqdordagi mablag‘lar teng ulushlarda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi;
joriy yilda ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 100 mlrd so‘m ajratilganligi;
ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qiluvchi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni to‘lab berish uchun “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilanganligi;
v) ko‘p kvartirali uylardagi aholining yashashi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish hamda avariya holatlarining oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan hududlarda joriy yil yakuniga qadar 2000 dan ortiq foydalanish muddati o‘tgan liftlarni yangisiga almashtirish hamda ta’mirga muhtojlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi;
g) xalqaro moliya institutlari va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining 2,5 trln so‘m mablag‘lari hisobidan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining issiqlik tizimi modernizatsiya va rekonstruksiya qilinayotganligi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari huzurida Ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarning sektorlari rahbarlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini quyidagilardan boshlasin:
respublika aholisini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
“Temir daftar”larga kiritilgan oilalarga ko‘mir, suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish va bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash;
olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda hamda sel kelishi oqibatida yo‘llar talafot ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloq (ovul)larga ko‘mir va suyultirilgan gaz hamda kamida 15 — 20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi:
markazlashtirilgan manbalar hisobidan tashqi issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki isitish tizimlarini qayta tiklash;
ko‘p kvartirali uylarning tashqi sanitariya-gigiyenik uzellari talab darajasida bo‘lmaganlarining holatini yaxshilash;
b) joriy mavsumdan boshlab kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablag‘lari hisobidan ko‘p kvartirali uy-joy fondi va tutash hududlarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish qat’iy ravishda Ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi.
4. Namangan, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimlariga Ko‘p kvartirali turar joy fondini ta’mirlash jamg‘armalariga zarur mablag‘larni ajratishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmaganligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin.
5. Quyidagilar:
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Respublika va hududlar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarining yig‘ma parametrlari 2 — 2o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar va ularning manbalari 3 — 3o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha ko‘p kvartirali turar joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari 4 — 4o-ilovalarga muvofiq;
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan hududlarda issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uylarning ichki isitish tizimlarini modernizatsiya qilish parametrlari hamda hududlarda tashqi sanitariya-gigiyenik uzellari talab darajasida bo‘lmagan ko‘p kvartirali uylarning sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash parametrlari 5-5a-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha issiqlik ta’minoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 6 — 6n-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha ichimlik suv ta’minoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 7 — 7o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha elektr tarmoqlari va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash parametrlari 8 — 8o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha gaz ta’minoti obyektlari va qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash parametrlari 9 — 9o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish parametrlari 10 — 10n-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari 11 — 11o-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari zaxirasini yaratish parametrlari 12— 12n-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish parametrlari 13 — 13n-ilovalarga muvofiq;
Respublika va hududlar bo‘yicha olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)larda ko‘mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish parametrlari 14 — 14n-ilovalarga;
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 15-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Respublika komissiyasi (A. Ramatov) ga:
zarur hollarda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin;
2021/2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha selektor yig‘ilishini o‘tkazib, mas’ul vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borsin;
mazkur qaror bilan belgilangan parametrlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan tegishli organ rahbarlari belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 264-son qaroriga muvofiq intizomiy choralar ko‘rsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda har bir tuman va shaharlarda Respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralarning hududiy organlari rahbarlaridan iborat hududiy ishchi guruhlar tashkil etsin va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar mahallalar kesimida belgilab berilsin;
har bir tuman va shaharlardagi mahallalarda xalq bilan muloqot tarzida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda mazkur qaror bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va uni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan parametrlarning bajarilishi yuzasidan aholiga hisobot berib borish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Respublika komissiyasi, tuman (shahar) hokimlari va hududiy ishchi guruhlar a’zolariga qishloq aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha belgilangan parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Musayev bir hafta muddatda alohida ishchi guruh tuzgan holda hududlarda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarning holatini o‘rgansin va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Respublika komissiyasiga taklif kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari tomonidan taqdim etilgan asosli hisob-kitoblarga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlariga haqiqiy talabdan kelib chiqib zarur mablag‘lar ajratish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan professional ta’lim muassasalariga ko‘mir mahsulotlarini xarid qilish uchun ajratilgan mablag‘ni vazirlikning kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazib berish choralarini ko‘rsin.
Bunda mazkur markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan respublikadagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni zarur ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlari ham inobatga olinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021/2022-yillar qish-bahor mavsumiga g‘amlanadigan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash joylari ro‘yxatini (dislokatsiyasini) tasdiqlasin hamda ularni g‘amlash parametrlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:
elektr va tabiiy gaz qurilmalarini ta’mirlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yoqilg‘i resurslarini uzluksiz yetkazib berish choralarini ko‘rsin;
aholiga, ijtimoiy soha obyektlariga, boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda “mahallabay” tizimida o‘rganishlar olib borib, ajratilgan resurslarni yetkazib berish choralarini ko‘rsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 5a-ilovasidagi belgilangan tadbirlarning loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2021-yil 1-noyabrga qadar moliyalashtirsin;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Respublika komissiyasiga kunlik ma’lumot taqdim etib borsin;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talafotsiz o‘tkazish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot berib borsin hamda mahalliy televideniyelarda har oyda “ochiq muloqot” hamda brifinglar o‘tkazib borilishini ta’minlasin.
13. Quyidagilarga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davriga tayyorlash, jumladan, ularni ta’mirlash va ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish bilan bog‘liq ishlarning sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — ichimlik suv ta’minoti va oqova suv obyektlarini kuz-qish davriga tayyorlash ishlarining puxta va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga — ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish qozonlari va ularning issiqlik tarmoqlarini kuz-qish davriga tayyorlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish ishlarining xavfsizligini belgilangan tartibda ta’minlash;
“O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya”ga — kuz-qish davrida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha belgilangan parametrlar bajarilishini hamda iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan oqilona va tejamli foydalanilishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga — ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish davriga tayyorlash jarayonida dudburonlar va ventilatsiya tizimlarini ta’mirlash, izolatsiya qilish hamda tozalash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 188 | 15,579 |
Qonunchilik | Sayr etish uchun «salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi | Vazirlar Mahkamasining 19.11.2020 yildagi «Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 735-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror Prezidentning 30.10.2020 yildagi «Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan va unda quyidagilarni tasdiqlash nazarda tutilgan:
Qarorga muvofiq umumta’lim maktablarining sport turlariga iхtisoslashuvidan kelib chiqib, ularning har birida har oyda kamida bitta sport turi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi.
2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika boʻyicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilinadi.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
● ekstremal sport va sport turizmi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;
● jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari negizida «sport tadbirlarini sharhlovchi», «yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)» hamda «ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish» boʻyicha magistratura mutaхassisliklarini oʻqishga qabul qilish tashkil etiladi.
2020 yil 1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va oʻrinbosarlariga «Shaхsiy namuna» tamoyili asosida haftada kamida bir marta хizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketishi tavsiya etiladi.
2021 yil 1 aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun moʻljallangan «Salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi. Mazkur yoʻlaklarda avtomobil qoʻyishni taqiqlovchi belgilar, yoʻlaklarning boshlanish qismiga avtomobillarning harakat qilishini oldini olish maqsadida maхsus toʻsiqlar oʻrnatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 56 | 2,073 |
Qonunchilik | Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishda ekspertiza o‘tkazish jarayoniga aloqador shaharsozlik faoliyati subyektlari faoliyatini ularning bu boradagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solish orqali yanada rivojlantirish hamda ekspertiza-tartibot jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
shaharsozlik hujjatlari obyektlarning xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali ko‘rib chiqiladi;
davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat va davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari obyektlar xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspertiza xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan axborot tizimining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
ekspert tashkilotlari ekspert — mutaxassislari belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilsin va ularni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
shaharsozlik hujjatlari smetasida qo‘llanilgan resurslar narxlari bo‘yicha ekspertiza xulosasini tayyorlashda qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqi to‘g‘risidagi davlat statistika ma’lumotlaridan foydalanish uslubiyoti ishlab chiqilsin hamda amaliyotga tatbiq etiladi.
2. Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari moddiy-texnik bazasini korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan mustahkamlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik va loyiha hujjatlari smetasida qo‘llaniladigan resurslarning narxlari bo‘yicha ekspertiza xulosasi:
qurilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarning boshlang‘ich qiymati Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytiga (stat.uz) joylashtirib boriladigan qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda shakllantiriladi;
bunda narxlar yil davomida o‘zgarishi inobatga olinib, muayyan davr uchun o‘rtacha narx narxlar o‘sishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tizimi joriy etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qurilish vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etuvchi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
2021-yil 1-oktabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishning takomillashgan tizimi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida joriy etilishini ta’minlasin;
2021-yil 1-noyabrga qadar Davlat test markazi bilan birgalikda tasdiqlangan reja-jadval asosida ekspert tashkilotlari ekspert — mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
2021-yil 10-noyabrga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistik hamda idoraviy ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllanadigan ekspert tashkilotlarining elektron reytingini joriy etish nazarda tutilgan hujjat loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjat loyihasida eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan ekspert tashkilotlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida ularga davlat tomonidan qo‘shimcha imkoniyatlar va imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi) shaharsozlik hujjatlari, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, modernizatsiya qilish, qayta jihozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar) shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ekspert — belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan va tegishli sertifikatga ega bo‘lgan, qurilish sohasida kamida besh yil ish tajribasiga ega (asosan loyiha tashkilotlarida ishlagan) bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis;
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (keyingi o‘rinlarda — TIA/TIHK) — loyihaning umumiy eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini moliyalashtirishning ko‘rib chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beradigan loyihaoldi hujjatlar;
ishchi loyiha (keyingi o‘rinlarda — IL) — eng ko‘p qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishchi hujjatlar bo‘lgan tasdiqlanadigan qism hamda ishchi chizmalar bilan birga tayyorlanadigan texnik loyihadan tashkil topgan loyiha hujjati;
ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar bo‘yicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalar bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda ishchi-soat va asosiy qurilish materiallari xarajatlaridagi o‘zgarishlar keltirilishi, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga o‘lcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi lozim. Qoidaga ko‘ra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda — TITK) — ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida tashabbuskor (buyurtmachi) qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqida tasdiqlangan hujjatlar.
3. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, vakolatli vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, ekspert komissiyalar va guruhlar, shuningdek, akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ekspert tashkilotlari) tomonidan o‘tkaziladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.
4. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
5. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi, ya’ni zilzilabardoshlik, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari, yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
6. Barcha qurilish obyektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish majburiydir, qurilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno.
7. Quyidagi obyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
uch yuz kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar.
8. Ekspertlar va ekspert tashkilotlari o‘z faoliyatida shaharsozlik faoliyati subyektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.
9. Loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
10. Ekspert tashkilotlari va ekspertlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
11. Shaharsozlik va loyiha hujjatlarining smetasida qo‘llanilgan resurslar narxlari bo‘yicha ekspertiza xulosasi:
qurilishi markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boshlang‘ich qiymati Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga (stat.uz) qo‘yib boriladigan qurilish materiallarining joriy narxlari, mashina va mexanizmlar xizmati uchun o‘rtacha narxlar hamda o‘rtacha ish haqidan foydalangan holda shakllantiriladi;
bunda narxlarning yil davomida o‘zgarishini inobatga olib, muayyan davr uchun o‘rtacha narx narxlar o‘sishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlardan foydalangan holda hisob-kitob qilinadi.
12. Ekspert tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash;
b) shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish;
v) shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;
g) kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, ilg‘or xorijiy davlatlarda o‘qitish va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish;
d) qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish.
13. Ekspert tashkilotlari o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash sohasida:
obyektlar loyihalarining shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yong‘inga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazadi;
shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yong‘inga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi bo‘yicha shartnoma asosida ekspertlarni jalb qiladi;
ekspert tashkilotlarining xulosalarini har chorakda va yil yakuni bo‘yicha monitoring qilib boradi;
ekspertiza xulosalarini axborot tizimiga yuklab boradi;
b) shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish sohasida:
buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ularning murojaatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
kelishmovchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar beradi;
loyihalashda qo‘pol kamchilik va xatoliklarga yo‘l qo‘ygan loyiha tashkilotlari bo‘yicha maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
v) shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish sohasida:
o‘z vakolatlari doirasida shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
o‘z vakolatlari doirasida shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlari, yong‘inga qarshi va ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligini tekshiradi;
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi;
g) kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, ilg‘or xorijiy davlatlarda o‘qitish va sertifikatlash ishlarini amalga oshirish sohasida:
doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirib boradi;
ekspertlarni xorijiy rivojlangan davlatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish choralarini ko‘radi;
ekspertlarni belgilangan tartibda sertifikatlashni ta’minlaydi;
belgilangan muddatlarda ekspertlarning attestatsiyadan o‘tishini ta’minlaydi;
d) qurilishda nazorat o‘lchovini o‘tkazish sohasida:
qurilish obyekti bo‘yicha tayyorlangan shaharsozlikka oid hujjatlar va hisobotlar to‘liq va to‘g‘riligini tekshiradi;
qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan fizik ish hajmlarini loyiha hujjatlari, oferta va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisob-faktura asosida o‘lchovdan o‘tkazadi;
nazorat o‘lchovi natijasiga ko‘ra pudrat shartnomasi asosida loyiha hujjatlarida, ofertada va hisobotlarda nazarda tutilgan ish turlarining haqiqatda bajarilganligini ish turlari bo‘yicha aniqlaydi;
nazorat o‘lchovi natijasiga ko‘ra qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan ish hajmlarida loyihadan chetga chiqish holatlarini ko‘rsatib beradi;
qurilish obyektlarida qurilish materiallarining hajmini, kalkulatsiyasini, texnik parametrlarini va sifatini buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro rasmiy kelishuv, pudrat shartnomasi, oferta, loyiha hujjatlari va hisobotlar asosida qo‘llanilganligini tekshiradi;
haqiqatda bajarilib, hisobotlarda aks ettirilgan asbob-uskunalar va kommunikatsiya tizimlarining sinovdan o‘tkazilganligini tekshiradi;
nazorat o‘lchovi natijalarining maxfiyligini ta’minlaydi;
hisobotlarda arifmetik xatolarning mavjudligi va boshqa hisob-kitoblarni tekshiradi.
14. Ekspert tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qo‘llash bo‘yicha majburiy talablarga rioya etilishini tekshirish;
ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etish;
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho berish.
Ekspert tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Ekspertlar quyidagi huquqlarga ega:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari bo‘yicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etish;
buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni so‘rash va olish;
shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida bo‘limlari (qismlari) bo‘yicha ekspertizani amalga oshirish, ular bo‘yicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzish. Ayrim bo‘limlar (qismlar) bo‘yicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi;
buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda, ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilish.
Ekspertlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Ekspertlar majburiyatlari:
shaharsozlik hujjatlarining ko‘rib chiqilayotgan loyihalari bo‘yicha davlat sirlarining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etish hamda saqlanishini ta’minlashi;
o‘z kasbiy malakasini oshirib borish;
kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart.
Ekspertlar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
17. Ekspertlarga quyidagilar taqiqlanadi:
mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida bo‘lish.
18. Shaharsozlik hujjatlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ekspert tashkilotlariga yuborish hamda ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Shaharsozlik hujjatlarini axborot tizimi orqali ekspertizadan o‘tkazish uchun buyurtmachi:
a) yangi qurilish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga;
b) rekonstruksiya qilish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga;
v) mukammal ta’mirlash ishlari uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga;
g) joriy ta’mirlash ishlari uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq arizani axborot tizimi orqali elektron ko‘rinishda ekspert tashkilotlariga yuboradi.
20. Shaharsozlik hujjatlari obyektlarning xavf-xatarlar toifalarining tasnifiga muvofiq axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.
21. Davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari buyurtmachining ixtiyoriy murojaatiga ko‘ra ekspert tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
22. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xavf-xatar toifalari bo‘yicha quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
I toifa obyektlar — loyiha hujjatlari ekspertizasi majburiy emas;
II toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi ixtiyoriga ko‘ra mazkur Nizomning 21-bandiga muvofiq ekspert tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
III toifa obyektlar — loyiha hujjatlari buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan murojaat “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKga kelib tushadi. Mazkur murojaatlar “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan hududiy filiallarga yoki ekspert tashkilotlariga yuborilishi yoxud o‘zida ko‘rib chiqilishi mumkin;
5000 va undan ko‘p insonlar tashrif buyuradigan obyektlar (jumladan, yirik savdo majmualari) “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
IV toifa obyektlar — loyiha hujjatlari faqat “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ko‘rib chiqiladi.
23. Investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlarning loyihaoldi hujjatlari (TIA, TIHK) hamda import kontraktlar bo‘yicha loyihalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan alohida tartib asosida ekspertizadan o‘tkaziladi.
24. Buyurtmachi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan tegishli ariza ekspert tashkiloti tomonidan uch ish kuni davomida tekshirib chiqiladi.
Tekshirish natijasida shaharsozlik hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, ekspert tashkiloti aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida buyurtmachini besh ish kuni davomida axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida ekspert tashkilotining tegishli so‘rovi olingan kundan boshlab buyurtmachi tomonidan mazkur kamchiliklarni bartaraf etilganligi haqidagi tegishli hujjatlarni axborot tizimi orqali o‘n ish kuni davomida ekspert tashkilotiga taqdim etiladi.
25. Ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ijobiy xulosalar nusxalari axborot tizimidagi “Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish” dasturiga elektron tarzda yuklanishi shart.
Alohida va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarning loyiha hujjatlari bundan mustasno.
26. Tegishli hujjatlarga muvofiq loyiha hujjatlari qurilish ishlari bilan bir vaqtning o‘zida bajariladigan obyektlar bo‘yicha ekspertiza xulosasi ekspertizadan o‘tkazish shartnomasida ko‘rsatilgan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich belgilangan tartibda va hajmda axborot tizimi orqali beriladi.
27. Ekspert tashkilotlari shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etgan mustaqil ekspert (ekspert guruh)larning ekspertiza (sohaviy) xulosalarini hisobga olgan holda, shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha yig‘ma ekspertiza xulosasini tayyorlaydi.
28. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tuzilgan yig‘ma ekspertiza xulosasi ekspert tomonidan imzolanadi va ekspert tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda berilgan ekspertiza xulosasi buyurtmachiga yuboriladi.
29. Ekspert tashkilotiga taqdim etilgan shaharsozlik hujjatlarining sifati, dastlabki ma’lumotlarning haqqoniyligi va qabul qilingan loyiha yechimlariga buyurtmachi hamda loyiha tashkiloti javobgardir.
30. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish buyurtmachi va ekspert tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning hududiy filiallari bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizasining xulosasi taqdim etiladi.
Bunda, buyurtmachi tomonidan 30 foiz bo‘nak mablag‘lari loyiha-smeta hujjatlarini elektron tizim orqali kiritish (yuklash) jarayonida to‘lab beriladi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslarning shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalardagi bo‘nak (avans) qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
31. Obyektlarning mahalliy ishlab chiqarilgan uskunalar bo‘yicha narxi xulosada aks ettiriladi.
32. Loyiha hujjatlari bilan qurilish ishlari bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan obyektlarning narxlari hududda shakllangan narxlardan kelib chiqib, buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishilgan narxlar bayoniga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi.
33. Ekspert tashkilotlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
34. Xavf-xatar toifalari bo‘yicha:
I toifa obyektlar shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi o‘n besh kun muddatda;
II, III va IV toifalardagi obyektlar shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi o‘ttiz kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
35. Shaharsozlik hujjatlarining yirik va murakkabligidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga muvofiq ekspertizani o‘tkazish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
36. Shaharsozlik hujjatlari bo‘yicha ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspertiza xulosasining amal qilish muddati 2 yil.
37. Ekspertiza xulosasida quyidagilar aks ettirilishi shart:
qurilishni amalga oshirishning shart-sharoitlari va asosiy loyiha yechimlari hamda qurilish obyektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich manbalari bo‘yicha ma’lumotlarning qisqacha tavsifi;
ekspertiza o‘tkazish jarayonida qabul qilingan loyiha yechimlari bo‘yicha shaharsozlik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida aniq izoh va takliflar;
keyingi loyihalashtirish jarayonida alohida loyiha yechimlarini qo‘shimcha ravishda batafsil takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar;
obyekt loyihasining shaharsozlik normalari va qoidalariga loyiqligi bo‘yicha tavsifi;
shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash uchun berilgan tavsiyalar (loyiha yechimlari va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga olib keladigan jiddiy e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda) yoki rad etish (qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish) sabablari ko‘rsatilgan xulosa.
38. Ekspertizani o‘tkazish natijalari yig‘ma ekspertiza xulosasi hisoblanib, unda quyidagilar aks ettiriladi:
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda kelgusida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etilishi haqidagi talablar;
qurilish obyektlarining cheklangan qiymati, qurilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar qiymati bundan mustasno;
shaharsozlik hujjatlarining belgilangan talablarga nomuvofiqligi, rad etish yoki qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish to‘g‘risidagi talablar.
39. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosa quyidagilar uchun asos bo‘ladi:
shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
keyingi loyihalashtirish bosqichini ishlab chiqish;
obyektni qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazish;
tender (tanlov) hujjatlarini tayyorlash;
moliyalashtirishni amalga oshirish.
40. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosasining namunaviy shakli ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
41. Xulosa ikki nusxada tayyorlanadi, bir nusxasi buyurtmachida, ikkinchi nusxasi ekspertiza tashkilotida saqlanadi.
42. Loyiha yechimlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan, qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasi o‘zgarganda (bino inshootning zilzilabardoshligiga hamda yong‘in xavfsizligiga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda), shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan o‘zgartirishlar qismida qayta ekspertizadan o‘tkaziladi.
43. Ekspert tashkilotlarining bergan xulosalari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
44. Muayyan ekspert tashkiloti tomonidan berilgan xulosalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutasaddilar tomonidan bir yil davomida kamida uch marta xatoliklar yoki ekspertiza sifatsiz o‘tkazilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, ekspert tashkilotining ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjati (guvohnomasi) vakolatli organ tomonidan bekor qilinadi hamda uch yil mobaynida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.
Ekspertiza sifatsiz o‘tkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori) 2016-yil 23-maydagi 166-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarorining 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 23-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son farmoni) 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 122-bandi. | 111 | 31,459 |
Qonunchilik | Yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlanganda soliq toʻlanishi lozimmi | Prezidentning 9.08.2021 yildagi «Etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5216-son qarori bilan bunday bolalar uy-joy bilan ta’minlanadi. Uy-joyni olishda soliq oqibatlari yuzaga kelish-kelmasligini MV departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV tushuntirib berdi:
– Prezidentning 9.08.2021 yildagi «Etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5216-son qarori bilan 2021 yil 15 avgustdan boshlab oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga:
Bunday toifadagi bolalar uchun kvartiralar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardan хarid qilinadi. Tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulk birlamchi bozorida kvartiralar mavjud boʻlmaganda, hududiy «Xalqparvar» komissiyalari хulosasiga asosan koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda хarid qilinadi.
Uy-joy хarid qilish va qurish uchun mablagʻlar Davlat byudjetidan ajratiladi.
Soliq solish maqsadlarida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ajratiladigan bir martalik sovgʻa hisoblanadi (SK 369-m. 1-q. 1-b.). Uy-joy qiymati JShDSni hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. | 66 | 1,699 |
Qonunchilik | Asosiy mahsulotlar QQSdan ozod etildi | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi boʻyicha aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari Roʻyхati e’lon qilindi. Moliya vazirligi telegram-kanalida roʻyхatga havolani joylashtirdi.
QQSdan ozod etish boʻyicha imtiyoz Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda (non-bulka mahsulotlari – shuningdek ishlab chiqarishda, tahr.) qoʻllaniladi.
Roʻyхatga quyidagi tovarlar kiritildi:
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan QQSni qoʻllash tartibida oʻzgartirishlar sodir boʻldi: uni toʻlovchilar doirasi kengaytirildi, hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibi va uzoq muddatli aktivlar boʻyicha hisobga olish joriy etildi (batafsil bu yerga va bu yerga qarang). | 37 | 783 |
Qonunchilik | Ulgurji va chakana savdo oʻrtasida qanday farq bor | Ushbu sharhda – oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni realizatsiya qilishda, shuningdek ulgurji va chakana savdoda yangicha hisob-kitob qilish tartibi haqida soʻz yuritamiz.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan ulgurji savdoga litsenziyalarni bekor qilish rejalashtirilgan edi (30.10.2018 yildagi PF–5564-son Farmon). Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga hali oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa ham, Hukumat amaliy choralarni koʻrishga kirishdi.
Ulgurji savdoni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad birinchi navbatda alohida hisob-kitob qilish tartibini belgilash edi. Chunonchi, ulgurji savdoga litsenziya olgan korхonalargina oʻzlari ishlab chiqarmagan tovarlarni faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan yuridik shaхslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sota olardi. Boshqa tomondan, ulgurji savdoga litsenziyasi boʻlmagan chakana korхonalarga oʻtgan oydagi tovar oborotining 10%i doirasida naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan tovarlarni sotishga ruхsat berilardi.
Ulgurji savdoga litsenziyaning bekor qilinishi ushbu cheklovlarga oʻrin qoldirmadi. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 8 martdagi 201-son qarori bilan bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi.
Birinchidan, yuridik shaхslarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaхslarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulga sotishga ruхsat berildi.
Naqd hisob-kitob qilish sharti – taraflar oʻrtasida shartnoma tuzilgan boʻlishi, bitta shartnoma doirasida qabul qilinadigan summa 100 EKIHdan kam boʻlishi kerak, NKM cheki albatta rasmiylashtiriladi, pullar esa inkassatsiya qilinadi yoki bankka mustaqil ravishda topshiriladi.
Ikkinchidan, endi ulgurji savdoni (yuridik shaхsning boshqa yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tovarlarni sotishi) naqd va naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
Bunda ham naqd pulda hisob-kitob qilganda shartnoma tuzish, NKMdan foydalanish, olingan naqd pulni inkassatsiya qilish (bankka topshirish) zarur, bitta shartnoma doirasidagi summa esa 100 EKIHdan oshishi mumkin emas.
Uchinchidan, chakana savdo korхonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tovarlarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga naqd pulsiz shaklda, shu jumladan korporativ plastik kartalar orqali sotishga ruхsat berildi. Bunda tovar oborotidagi naqd pulsiz bitimlar ulushiga qarab belgilanadigan cheklovlar bekor qilindi.
Shu tariqa, ulgurji va chakana savdo oʻrtasida farq qolmadi.
Bu – muhim! Chakana savdo korхonalariga boshqa yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan bitta shartnoma doirasida ruхsat berilgan naqd realizatsiya summasi masalasi toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solinmagan. Biroq sharh muallifi nazorat qiluvchi organlarning e’tirozlariga yoʻl qoʻymaslik uchun 100 EKIH doirasidagi cheklovga rioya etishni tavsiya qiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 50 | 3,001 |
Qonunchilik | Denovda tadbirkorlik va pedagogika instituti ochiladi | Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etiladi (17.04.2020 yildagi PQ–4681-son qarorga qarang).
Institut – Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasasi. U 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab eshiklarini ochadi. TerDU Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha institutda oʻqishni davom ettiradi. Umuman olganda talabalar har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Institutda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ilgʻor хorijiy, shu jumladan Turkiya oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi. Hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish koʻnikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» biznes-inkubatori tashkil etiladi.
Institutga yuqori salohiyatga, shu jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar jalb qilinadi. Institutni salohiyatli pedagoglar bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalar boʻyicha 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaхassisliklari, 2021 yildan boshlab esa tayanch doktoranturada kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Institut professor-oʻqituvchilari va хodimlariga mehnatga haq toʻlashda mos ravishda YaTS razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Institutning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. SamDU institutni otaliqqa olib, ta’lim jarayonini tashkil etish masalalarida unga koʻmak beradi. Oʻz navbatida, institut Surхondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Shoʻrchi va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida chet tili va aniq fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi oʻqituvchilarga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi.
Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Oliy ta’lim muassasalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash» loyihasi doirasida institut aхborot-teхnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika boʻyicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi. Ilgari TerDU Denov filialiga berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari institutda saqlab qolinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov. | 53 | 2,729 |
Qonunchilik | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:
davlat qo‘riqxonalari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
tabiat bog‘lari;
davlat tabiat yodgorliklari;
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
Qonunchilikda davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qo‘riqxonalar hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘radigan zarar va talafotlarning o‘rni qoplanmaydi.
Davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etilgan buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yer uchastkalariga yer solig‘i solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer solig‘i undiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bog‘larning yer uchastkalaridan tashqari) jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. Milliy bog‘lar yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qo‘riqxonalarni, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qo‘yilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarini, bunday o‘simliklar o‘sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin.
Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda bo‘lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadilar. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini o‘tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish mo‘ljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan bo‘lsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini o‘zgartirish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga o‘tkazilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarning qimmatliligi hamda noyobliligi yo‘qolgan taqdirda amalga oshiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi.
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo‘yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarini qo‘riqlash qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qo‘riqlov xodimlari davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.
Milliy bog‘larni qo‘riqlash bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash bunday qo‘riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tabiat yodgorliklarini qo‘riqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini qo‘riqlash ular qaysi suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadi.
Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qo‘riqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar o‘rmon qo‘riqchilari va ovchilik xo‘jaliklarining egerlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi.
Baliq xo‘jaligi zonalarini qo‘riqlash baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalar va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi.
Qo‘riqlanma zonalar davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘riqlanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Davlat qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qo‘riqxonalarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo‘riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi.
Davlat qo‘riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart.
Davlat qo‘riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga bo‘lgan mulk huquqi davlat qo‘riqxonalari bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Davlat qo‘riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar.
Davlat qo‘riqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.
Alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek pichan o‘rish va chorva mollar o‘tlatish, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari xodimlarining va mazkur qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalarida yashovchi fuqarolarning o‘z ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) bundan mustasno.
Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bog‘lari hisoblanadi.
Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog‘lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga bo‘linadi.
Tabiat bog‘lari bunday bog‘lar to‘g‘risidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Tabiat bog‘larining hududi tabiat bog‘lariga foydalanishga berib qo‘yiladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bog‘lari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Tabiat bog‘lari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga bo‘linadi.
Tabiat bog‘larining hududida qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qo‘yiladi.
Aholini sog‘lomlashtirish uchun sharoit bo‘lgan taqdirda tabiat bog‘larida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qo‘yiladi.
Tabiat bog‘lari zonalarining o‘lchamlari va chegaralarini o‘zgartirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Tabiat bog‘lari hududida zonalarga bo‘linishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Tabiat bog‘larining xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l qo‘yiladi.
Har bir zonaning rejimi tabiat bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi.
Tabiat bog‘larining hududida quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
gidrologik va gidrogeologik rejimni o‘zgartiradigan harakatlar;
tuproq eroziyasini, o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish, oqova suvlarni oqizish;
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Tabiat bog‘larida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Tabiat bog‘larining faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar qurilishi zarur bo‘lgan hollarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish albatta nazarda tutiladi.
Noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi. Davlat tabiat yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi:
tabiiy suv obyektlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo va boshqa) yodgorliklar;
ayrim o‘simliklarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan botanik yodgorliklar;
tabiat yaratgan relyef shakllarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geomorfologik yodgorliklar;
qazilma obyektlarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik yodgorliklar;
geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik yodgorliklar.
Tabiiy obyektlar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilinadi.
Tabiiy obyektlarni ular joylashgan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat tabiat yodgorliklari hududida ularning asralishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Davlat tabiat yodgorliklari qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday yodgorliklarning rejimini ta’minlash majburiyatlari yuklatiladi.
Diniy maqsadlarda foydalaniladigan davlat tabiat yodgorliklari diniy tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga bunday yodgorliklarni obodonlashtirish va asrash ishlarini amalga oshirish sharti bilan foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar buyurtma qo‘riqxonalar, tabiiy pitomniklar va baliq xo‘jaligi zonalari tariqasida tashkil etiladi.
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qo‘riqxonalar hisoblanadi.
Buyurtma qo‘riqxonalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
o‘simliklar va hayvonlarning qimmatli, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarini, tirik organizmlarning ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo‘riqxonalar;
ayrim qazilma obyektlar va ularning majmualarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik buyurtma qo‘riqxonalar;
qimmatli suv obyektlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo) buyurtma qo‘riqxonalar;
nodir geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo‘riqxonalar.
Buyurtma qo‘riqxonalar umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.
Umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik buyurtma qo‘riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Buyurtma qo‘riqxonalar faoliyat muddatlari ko‘rsatilmagan holda (muddatsiz) yoki kamida o‘n yil muddatga tashkil etiladi.
Buyurtma qo‘riqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy bo‘lishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lishi mumkin.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
Buyurtma qo‘riqxonalarning hududida, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini istisno etganda, ayrim tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi davlat buyurtma qo‘riqxonalari joylashgan hududlar yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shuningdek yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining xo‘jalik maqsadidagi foydalanishidan olib qo‘yilmaydi. Mazkur buyurtma qo‘riqxonalar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida va (yoki) akvatoriya uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar buyurtma qo‘riqxonalarning belgilangan rejimiga rioya etishlari shart.
Har bir buyurtma qo‘riqxona rejimining xususiyatlari, mazkur buyurtma qo‘riqxona qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
O‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.
Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lishi mumkin.
Xususiy tabiiy pitomniklarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
Tabiiy pitomnik qaysi o‘simliklar va hayvonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, shu pitomnikning hududida shu o‘simliklar va hayvonlarning saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Suv obyektlarini yoki ularning qismlarini o‘z ichiga oladigan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun, shuningdek baliq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xo‘jaligi zonalari hisoblanadi.
Baliq xo‘jaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Baliq xo‘jaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar jumlasiga kiradi.
Davolash va sog‘lomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar hisoblanadi.
Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.
Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga bo‘linadi.
Birinchi zonaga davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xossalariga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.
Ikkinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi. Bu zonada davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan faoliyatni istisno etganda har qanday faoliyat, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi taqiqlanadi.
Uchinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar kiradi. Bu zonada davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga ruxsat etiladi.
Kurort tabiiy hududlar doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno;
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jo‘g‘rofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
Rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
Daryolarning, ko‘llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlar hamda boshqa suv obyektlarining o‘zanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza qilish zonalari hisoblanadi. Bu zonalar ifloslanish, bulg‘anish, sayozlanishning hamda suv obyektlari tuproq eroziyasi mahsullari bo‘lmish loyqa bilan to‘lib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi.
Qattiq rejimga asoslangan suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohil bo‘yi mintaqalari hisoblanadi.
Ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv obyektlariga tutash, qattiq rejim asosidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hisoblanadi.
Daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, tog‘ yonbag‘irlarining etaklarida tashkil qilinadigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari hisoblanadi.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari tegishincha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday zonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqova suvlar to‘planadigan inshootlar qurish;
chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sug‘orish uchun “sharbat” (suyuq go‘ng) ishlatish;
avtomobil transportini qo‘yib turish, ularga yonilg‘i quyish, ularni yuvish va ta’mirlash joylarini tashkil etish;
neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish;
zig‘ir, kanop va teri yuvish.
Sohil bo‘yi mintaqalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llanish;
chorva mollarni o‘tlatish;
har qanday turdagi qurilish, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish bundan mustasno;
belgilanmagan joylarda qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joylar tashkil etish.
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari turli rejimli muhofaza mintaqalariga bo‘linadi.
Daryo o‘zanlarini o‘zgartirish, foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlarining, shuningdek geologiya tashkilotlarining ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Aholi punktlari hududida xo‘jaliklararo yer tuzish va rejalashtirish o‘tkazilayotganda suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining va suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining chegaralarini o‘zgartirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari hamda sanitariya nazorati organlari bilan kelishib olinishi lozim.
Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari rejimi yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalariga ham tatbiq etiladi.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o‘rmonlar, shahar o‘rmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o‘rmonlar, alohida qimmatli o‘rmonlar, yong‘oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarining o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar jumlasiga kiradi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa faoliyat taqiqlanadi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari — biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmog‘iga qo‘shilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Davlat biosfera rezervatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qo‘yiladi:
tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun mo‘ljallangan, davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qo‘riqxonaga aylantirilgan zona;
tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, qo‘riqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;
davlat biosfera rezervatlarining tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan xo‘jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan zona.
Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog‘lardir. Milliy bog‘lar yer uchastkalarida o‘simlik dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Milliy bog‘ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Milliy bog‘ni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy bog‘lar bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Yer uchastkalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga xo‘jalik foydalanuvidan olib qo‘yiladi va milliy bog‘larga doimiy foydalanish uchun beriladi.
Milliy bog‘ning o‘simlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini ta’minlash uchun unga tutash hududlarda milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qo‘riqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.
Milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq milliy bog‘ hududida undan maqsadli foydalanishga zid bo‘ladigan va o‘simlik obyektlarining saqlanishi, ko‘paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Milliy bog‘lar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.
Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bog‘lar bilan chegaradosh hududlar qo‘riqlanma zonalardir. Qo‘riqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Qo‘riqlanma zonalarning o‘lchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo‘lgan kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini ko‘paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qo‘riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo‘riqxonaning o‘ziga topshirilishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va qonunchilikda yo‘l qo‘yiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag‘lar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablag‘lardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun foydalaniladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 47 | 45,235 |
Qonunchilik | «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun $100 mln ajratiladi | Prezidentning 21.06.2021 yildagi «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5154-son qarori qabul qilindi.
Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratiladi:
a) «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga markazlashgan investitsiyalarni oshirish hisobiga qaytarib bermaslik sharti bilan – $100 mln ekvivalentida, shundan:
b) Andijon viloyatida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun – $80 mln ekvivalentida tijorat banklariga, shundan:
v) kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari, shu jumladan bank kreditlari boʻyicha kafilliklar berish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi resurs bazasini oshirish hamda Xonobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetiga qaytarib bermaslik sharti bilan – $20 mln ekvivalentida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 67 | 1,286 |
Qonunchilik | “O‘ZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI MTPLARINING 2005 YIL G‘ALLA HOSILINI O‘RISh BO‘YIChA KO‘RSATGAN XIZMATLARI HAQINI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil g‘alla hosilini o‘rish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmat haqlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini tashkil etish maqsadida qaror qilamiz:
1. “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil g‘alla hosilini o‘rish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlari haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2005-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda amalda bo‘ladi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-76-sonli qaroriga muvofiq “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 2005-yil g‘alla hosilini yetishtirish va o‘rib olish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmat haqlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1. Adliya vazirligida 1999-yil 1-martda 657-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan topshirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitoblarda to‘lovlarni amalga oshirish tartibi”ga ko‘ra “O‘zdonmahsulot” AK korxonalarining 22602-sonli akkreditiv hisob-raqamlaridan shirkat va fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq yakuniy hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yo‘naltiriladi.
2. “O‘zagromashservis” uyushmasining MTPlari 2005-yil g‘alla o‘rimi boshlangunga qadar g‘alla topshiruvchi shirkat va fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan:
o‘riladigan g‘alla maydonlarini;
g‘alla o‘rimi bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmlarini;
haqdorlik va qarzdorlikni hisobga olgan holda talab etiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har bir shirkat va fermer xo‘jaligi qirqimida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘linmalari tomonidan ma’lumotlarni jamlab AT “G‘allabank”ning viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadilar (1-ilova).
AT “G‘allabank”ning viloyat mintaqaviy filiallari o‘z vaqtida Respublika G‘allabanki orqali umumlashtirilgan ma’lumotlarni Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi”ga taqdim etadi.
3. “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari g‘alla o‘rimi boshlanishi bilan har bir shirkat va fermer xo‘jaligi maydonini o‘rishga tushishdan oldin, g‘alla o‘rimi bo‘yicha shartnomaga asosan bajariladigan ish hajmini, haqdorlik, qarzdorlikni hisobga olgan holda dalolatnoma (2-ilova) asosida rasmiylashtiradi va o‘rim bo‘yicha tegishli xizmat ko‘rsatadi.
Tegishli dalolatnoma tuzilmasdan (o‘rim haqi oldindan 100% to‘langan holatlardan tashqari) xizmat ko‘rsatish, g‘alla o‘rish taqiqlanadi. Ushbu dalolatnoma g‘alla o‘rib berilgandan so‘ng, xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lov talabnomalarini taqdim etish uchun asos hisoblanadi va MTP tomonidan 1 ish kuni muddatida o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etilishi shart.
4. MTPlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari taqdim etilgan to‘lov talabnomalarini 3 kun muddat ichida shirkat va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘limlariga (filiallariga) yetkazishni ta’minlaydi va mas’ul hisoblanadi.
5. Tuman MTPlariga xizmat ko‘rsatuvchi AT Paxtabank va boshqa tijorat banklari bo‘limlari (filiallari) har 5 kunda mavsum davomida MTPlar bajargan ishlar hajmi bilan ular tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining mutanosibligi nazorat qilib boriladi.
6. 2005-yil don o‘rimi mavsumida PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat (fermer) xo‘jaliklariga ajratilgan mablag‘ hisobidan tuman MTPlari tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalari to‘lanishini muvofiqlashtirish AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Don yetishtiruvchi shirkat va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘limlari (filiallari) MTPlar tomonidan haqiqatda taqdim etilgan to‘lov hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (har bir shirkat va fermer xo‘jaliklari qirqimida) AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalariga taqdim etadilar.
AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari 1 kun muddatda shirkat va fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga haqiqatda qo‘yilgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limlari (filiallari) tomonidan tasdiqlangan to‘lov talabnomalari to‘g‘risidagi (har bir tuman shirkat va fermer xo‘jaliklari qirqimida) ma’lumotlarni umumlashtirgan holda, AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmalari bilan viloyat MTP birlashmalari tomonidan tasdiqlangan holda AT “G‘allabank” viloyat mintaqaviy filiallariga taqdim etadi.
8. AT G‘allabankning tegishli viloyat mintaqaviy filiallari har kuni “O‘zagromashservis” uyushmasining viloyat MTPlar birlashmalariga, AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmasiga shirkat va fermer xo‘jaliklari tomonidan taqdim etilgan PK-10 kvitansiyalariga asosan shirkat, fermer xo‘jaliklariga topshirilgan g‘alla uchun haqiqatda to‘lanadigan mablag‘ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tumanlar va shirkat, fermer xo‘jaliklari qirqimida taqdim etadi.
AT “Paxtabank”ning viloyat boshqarmasi ushbu ma’lumotlarni tuman MTPlariga xizmat ko‘rsatuvchi o‘z bo‘limlariga va boshqa tijorat banklari bo‘limlariga (filiallariga) yetkazadi.
9. AT “G‘allabank”ning viloyat mintaqaviy filiallari topshirilgan g‘alla uchun haqiqatda taqdim etilgan to‘lov hujjatlari (PK-10 va boshqalar) va AT Paxtabankning viloyat boshqarmalaridan olingan shirkat va fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga MTPlar tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqib MTP xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar uchun mablag‘larga talabni aniqlaydi.
Ushbu mablag‘larga talabni aniqlashda mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq MTPlardan olingan o‘riladigan g‘alla maydonlaridan kelib chiqib ko‘rsatiladigan mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asos hisoblanadi.
10. “O‘zdonmahsulot” AK va AT “G‘allabank” har kuni Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armaga 23218-sonli muvaqqat hisob raqami orqali MTPlar ko‘rsatgan xizmat bo‘yicha to‘lovlar uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar to‘g‘risida buyurtma beradi.
11. Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘arma “O‘zdonmahsulot” AK va AT “G‘allabank”dan olingan buyurtmalarga muvofiq 23218-sonli hisob raqami orqali qishloq xo‘jalik korxonalariga bosqichma-bosqich yakuniy hisob-kitob bo‘yicha MTPlar ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mablag‘ ajratadi.
O‘z navbatida, “O‘zdonmahsulot” AK va AT “G‘allabank” taqdim etilgan buyurtma va unda hisobga olingan PK-10 kvitansiyalariga asosan haqiqatda topshirilgan g‘alla uchun belgilangan tartibda shirkat va fermer xo‘jaliklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga mablag‘ o‘tkazib beradi.
12. 2005-yil g‘alla hosili yakuniy hisob-kitoblari uchun shirkat va fermer xo‘jaliklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar to‘lov talabnomalari belgilangan tartibda akseptlangandan so‘ng g‘alla hosilini yetishtirish va o‘rib olish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
13. “O‘zagromashservis” uyushmasi mashina traktor parklarining 23218-sonli muvaqqat hisob raqamlariga tushgan mablag‘lar Hukumat kafolati asosida qishloq xo‘jalik texnikalarini sotib olishga jalb etilgan chet el krediti to‘lovlari uchun to‘liq hajmda tuman MTPlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri “Ta’minotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatiga va viloyat MTPlar birlashmalari orqali “O‘zsanoatmashimpeks” DAKga yo‘naltiriladi.
“Ta’minotchi-Paxta” aksiyadorlik jamiyatining 23218-sonli maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘larning:
75% — chet el krediti bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishga;
25% — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltiriladi.
“O‘zsanoatmashimpeks” AKning 23218-sonli maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar to‘liq hajmda chet el krediti bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.
14. Topshirilgan g‘alla uchun shirkat va fermer xo‘jaliklarining boshqa hisob raqamlariga mablag‘ yo‘naltirish, “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari 2005-yil g‘alla hosilini yetishtirish va o‘rib olishda ko‘rsatgan xizmatlari haqlari to‘lab berilishidan kelib chiqqan holda Jamg‘arma tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
15. Ushbu Nizomga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik shaxsan MTP va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘lim rahbarlari hamda bosh hisobchilari zimmasiga yuklatiladi.
16. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan fermer va shirkat xo‘jaliklari, “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bo‘lim rahbarlari hamda mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. | 167 | 8,895 |
Qonunchilik | Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida | Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2013-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 9-avgust juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2013-yil 9-avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. | 39 | 1,077 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnoma faqat ekspertizadan keyin imzolanadi | “Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi. Loyihaning matni bilan Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida tanishish va fikr-mulohazalarni qoldirish mumkin.
Ma’lumot uchun: Qonunning amaldagi tahriri 22.12.1995 yilda tasdiqlangan.
Hozirda Qonunda faqat хalqaro shartnomaning ma’nosi keltiriladi. Loyihada esa tushunchalar apparati 14 ta atamagacha kengaytirilgan. Bunda 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisida Vena Konvensiyasida, shuningdek хorijiy huquq ijodiyoti amaliyotida foydalanilgan ta’riflar e’tiborga olingan.
Barcha bosqichlarda – tayyorlashdan tortib, ijro etishgacha хalqaro shartnomalar bilan ishlash takomillashtirilmoqda:
Bundan tashqari, loyihada хalqaro shartnomalar hisoblanmaydigan hamda yuridik jihatdan majburiyatlar yuklamaydigan qoidalar saqlamaydigan (deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, oʻzaro anglashuv memorandumlari, kelishuv bayonnomalari va hokazo) хalqaro hujjatlarning maqomi belgilanmoqda hamda ularning nisbati tartibga solinmoqda.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 54 | 1,186 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axbo | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi eshituvga tayyorgarlik ko‘rilishini hamda uning o‘tkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 976 |
Qonunchilik | O‘ZBEKBIRLAShUV, “O‘ZKOOPTAYYORLOVSAVDO” BIRLAShMASI VA “O‘ZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT” KONSERNI BOShQARUVLARINING DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh MASaLALARI BO‘YIChA TAKLIFLARI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida”gi Qonuniga muvofiq hamda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalar, xo‘jaliklar va tashkilotlarning tashabbuskorligini va ishbilarmonligini rivojlantirish va ularga mulkchilikning jamoa hamda xususiy shakllarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining belgilangan tartibda kooperativ mulkni bosqichma-bosqich xo‘jalik yuritishning xususiy va boshqa shakllarga aylantirish haqidagi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserning o‘z savdo tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni boshqaruvlarining 1993-yil uchun tashkiliy tadbirlari 1—3-ilovalariga muvofiq ma’qullansin.
2. Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlarida belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy qoidalar va imtiyozlar 1—3-ilovalarga muvofiq O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konsernining savdo tashkilotlariga ham taalluqlidir:
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida, shuningdek mazkur qarorni bajarish yuzasidan Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan me’yoriy qoidalar va yo‘riqnomalar;
“Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarori.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 1993-yilda quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni tizimida — meva sabzavot kombinatlari (MSK), meva-sabzavot omborlari, bazalari va muzlatgichlari;
O‘zbekbirlashuv tizimida — respublika, viloyat va tuman ulgurji bazalari, sanatoriylari, dam olish uylari, bolalar muassasalari, pioner lagyerlari, shuningdek ayrim tog‘li joylarda va ularga tenglashtirilgan joylarda joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash tashkilotlari, shuningdek 4-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari;
“O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi tizimida — muzlatgichlar, meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa xomashyo omborxonalari, hayvonot xo‘jaliklari, kolxoz bozorlari, bo‘rdoqichilik xo‘jaliklari, meva-sabzavot, xomashyo va ulgurji bazalar, tayyorlov punktlari, shuningdek 5-ilovaga muvofiq sanoat korxonalari.
4. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va mulkchilik shaklini o‘zgartirish nazarda tutilgan korxonalar (tashkilotlar)ning obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini topshirsinlar.
Belgilansinki, matlubot kooperatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining mulkini sotishdan tushgan hamda mol-mulkni sotib olishdan olingan mablag‘lar paychilarda qoladi va u budjetga o‘tkazilmaydi.
5. “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, idoralar (mulk egalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1993-yilning 1-apreliga qadar dehqon bozorlaridagi savdo tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini xususiylashtirishni tashkil etsin.
6. O‘zbekbirlashuvga va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga o‘z tarmog‘lariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek xususiy korxonalar egalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat kooperativ banklari tuzishga ruxsat etilsin.
7. Shuni e’tiborga olish kerakki, O‘zbekbirlashuv va “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi boshqaruvlarining kengaytirilgan majlislarida Ustavlarga tegishli o‘zgartishlar kiritish va ularni kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish haqida qaror qabul qilingan.
8. Mazkur qarorning bajarilishi uchun shaxsan javobgarlik O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni rahbarlariga (Volkov, Qurbonova va Toshkenboyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Non zavodlari
Chirchiq oziq-ovqat kombinati
Savdo uskunalari zavodi
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish kombinati
1 mshb va undan yuqori quvvatga ega bo‘lgan konserva zavodlari
Farg‘ona viloyati matlubot jamiyatining Quva qandolatchilik fabrikasi
Pivo zavodlari
Viloyat dehqonchilik sanoati kombinatlari
Nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat birlashmalari
G‘isht zavodlari
“Mo‘yna” respublika birlashmasi
Toshkentdagi ulgurji-savdo-ishlab chiqarish korxonasi
0,5 mshb va undan yuqori quvvatga ega bo‘lgan meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish sexlari
Shumanaydagi Osh tuzi ishlab chiqarish korxonasi
Nukusdagi sholiga ishlov berish korxonasi
Toshkent viloyatidagi Qibray meva-sabzavot konservalari va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent viloyati meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi “Sohibkor” ishlab chiqarish korxonasi
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi piyoz quritish liniyasi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi parrandachilik fabrikasi
G‘uzordagi junga dastlabki ishlov berish zavodi
Namangandagi xonatlas shoyi gazlamalari chiqaruvchi sex
Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi tikuvchilik korxonasi | 199 | 6,074 |
Qonunchilik | Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1899, 2009-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda)” va “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 31-32-son, 298-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 13-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond bo‘limining nazoratchisi quyidagilardan biriga ega bo‘lishi lozim:
moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga;
qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, fond birjalari, boshqa birjalar fond bo‘limlarida yoki faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy, yuridik sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoxud ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi o‘n yilda kamida besh yillik ish stajiga.”.
4. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Nazoratchi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holda, nazoratchi ish kunidan kechiktirmasdan aniqlangan qonunbuzilishi to‘g‘risida professional ishtirokchisining rahbariga va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yozma ravishda axborot beradi.”. | 139 | 2,568 |
Qonunchilik | “MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 106 | 526 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 4-dekabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 1,019 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1996-YIL 26-MARTDAGI 118-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasining samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilib, 6-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi davlatga tegishli bo‘lgan va erkin sotishga mo‘ljallangan ulushlarni qayta taqsimlash hisobiga “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalari aksiyalari umumiy paketining 51 foizini “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasiga sotishni nazarda tutsin”.
2. “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi aksiyalari nazorat paketining (51 foiz) “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasiga sotilishi munosabati bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“DEU” korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan “O‘zavtotexxizmat” texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarini texnika bilan qayta jihozlash dasturiga muvofiq “DEU” korporatsiyasi tomonidan 14,75 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar nazarda tutilgan;
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi tomonidan “O‘zavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining mavjud texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarini to‘liq rekonstruksiya qilishni tashkil etish majburiyatlari qabul qilingan.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 122 | 1,367 |
Qonunchilik | Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi — ko‘makchi” tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilansinki:
a) quyidagilar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab bekor qilinadi:
qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq;
b) 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Moliya vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu banddan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. Savdo-sanoat palatasiga mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash vakolati berilsin.
3. Adliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 1-oktabrdan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalarini 1-ilovaga muvofiq bekor qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonunchilik talablariga (keyingi o‘rinlarda — majburiy talablar) muvofiqligini tekshirish bo‘yicha davlat nazorati funksiyalari ro‘yxati qonun bilan tasdiqlanadi, bunda, tegishli qonun qabul qilingandan so‘ng ro‘yxatga kiritilmagan davlat nazorati funksiyalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining oldini olish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan nazorat tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tekshiruvlar, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlari kiritiladi;
2022-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich majburiy talablarning elektron reyestri joriy qilinadi. Bunda, mazkur reyestr davlat organlari va tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasidagi sohalar bo‘yicha belgilangan tartibda taqdim etgan majburiy talablar ro‘yxati asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
5. 2022-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi;
Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritiladi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi, bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno.
6. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi, shuningdek, quyidagi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin:
davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish va Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritish;
tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar bo‘yicha onlayn o‘qitish va faoliyati majburiy talablarga mosligi bo‘yicha o‘zini o‘zi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishini baholash.
7. 2022-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi (keyingi o‘rinlarda — Indeks) joriy etilsin.
Belgilansinki:
a) Indeks Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruv natijalari asosliligi hamda qonuniyligi, profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar mutanosibligi, tadbirkorlarning tekshiruv natijalaridan qoniqish darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida tuziladi;
b) nazorat qiluvchi organlar har yarim yil yakunlari bo‘yicha 1-avgustga qadar, yil yakunlari bo‘yicha 1-fevralga qadar amalga oshirilgan nazorat tadbirlari tahlilini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga kiritadi;
v) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil har yarim yil yakunlari bo‘yicha 1-sentabrga qadar, yil yakunlari bo‘yicha 1-martga qadar Indeks natijalari to‘g‘risidagi axborotni va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ko‘p takrorlanuvchi huquqbuzarliklar hamda ular sodir etilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga joylashtiradi va jamoatchilikka e’lon qiladi.
8. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov) va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga ma’lumotlarni to‘liq va o‘z vaqtida kiritish hamda ularning haqqoniyligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Moliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha 2021-yil 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish uchun 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
10. Tadbirkorlikni yuritishni yengillashtirish va biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
12. Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Tadbirkorlik kodeksi loyihasida davlat nazorati funksiyalari mazkur kodeks bilan tasdiqlanishini nazarda tutsin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.S. Qosimov hamda nazorat qiluvchi organlar rahbarlari belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarorining 5-bandi va qarorga 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
a) 4-1-band va 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 189-bandda:
yigirma oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma yettinchi xatboshi yigirma oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 112-son qaroriga ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 178 | 9,426 |
Qonunchilik | Faol fuqarolarga kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiya beriladi | Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi 99-son qarori qabul qilindi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga muvofiq 2021 yil 1 martdan boshlab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha BHMning 50%i miqdorida (122 500 soʻm) har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanadi.
Fuqarolar faoliyatining samaradorligini baholashning asosiy koʻrsatkichlari sifatida quyidagilar belgilandi:
Kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari orqali toʻlanadi.
Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi har chorakda fuqarolar yigʻinining kengashi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash baholash mezonlari asosida baholab boriladi. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi hamda 70 balldan yuqori ball toʻplaganlarga kompensatsiya toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 64 | 1,846 |
Qonunchilik | “O‘Z-TEKSAKO” QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Yuqori sifatli motor moylari turlarini ko‘paytirish, ularni qadoqlash va idishlarga joylash bo‘yicha yangi texnologik liniyalarni joriy qilish, yangi sanoat texnologiyalarini joriy etish, respublika ichki bozorini tovarlar bilan to‘ldirish va mahsulotlarni eksport qilishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarini ekspertizadan va korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining buyurtmanomasiga binoan qo‘shma korxonaning xorijiy xodimlariga ko‘p martalik kelish ruxsatnomalarining belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
4. “O‘zdavstandart” markazi qo‘shma korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarni Milliy sertifikatlash tizimi qoidalariga muvofiq sertifikatlashni ta’minlasin.
6. “O‘z-Teksako” qo‘shma korxonasiga quyidagilar berilsin:
“O‘zneftqaytaishlash” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi hududidagi er uchastkasi uzoq muddatli ijara shartlari bilan. Ushbu er uchastkasidan foydalanish huquqi qiymati o‘zbekistonlik ta’sischining qo‘shma korxona ustav fondiga ulushining bir qismi hisoblansin;
qo‘shma korxona masalalari bo‘yicha ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislar tomonidan yashash hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha transport turlarida yurish va chet elga borish haqini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha to‘lash huquqi;
o‘z mahsulotlarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tilga oid talablari bajarilishini hisobga olgan holda, Teksako kompaniyalari jahon guruhining xalqaro amaliyotiga muvofiq idishlarga joylash huquqi.
7. Samarali ishlab chiqarish faoliyati uchun va tayyor moylash materiallariga bozor talablarini qondirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “O‘z-Teksako” qo‘shma korxonasiga ilovaga muvofiq huquqlar va imtiyozlar berilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
2. Qo‘shma korxonaga O‘zbekiston Respublikasi ichida va uning tashqarisida istalgan bankda istalgan valyutada schyot ochish va yuritish, shuningdek milliy va xorijiy valyutada kredit olish va to‘lash huquqi berilsin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar milliy valyuta so‘mida amalga oshiriladi.
3. Qo‘shma korxonaga uning O‘zbekiston Respublikasida va tashqarisida sotadigan o‘z mahsulotlariga narxlarni mustaqil belgilash huquqi berilsin, shuningdek qo‘shma korxona uning mahsulotlariga mavjud va kelgusidagi davlat buyurtmalaridan ozod qilinsin.
4. Qo‘shma korxona o‘z ustav fondi miqdorini AQSh dollarida ifodalash huquqiga egadir. | 59 | 2,747 |
Qonunchilik | Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Tamshush suv inshootlaridan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani tog‘ oldi hududlarida yangi o‘zlashtiriladigan yerlarda suv ta’minotini yaxshilash, Tamshush daryosidan tortilgan suv quvurlari, irrigatsiya inshootlari va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish, shuningdek, yangi o‘zlashtiriladigan yerlarda kartoshka va sabzavot ekinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga muvofiq:
Shahrisabz tumani tog‘ oldi hududlarida jami 3,2 ming gektar lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirish uchun respublika budjeti mablag‘lari hisobidan “O‘zsuvqurilish” AJning huzuridagi “O‘zgidrotexnik” MChJ tomonidan 16,0 km polietilin va 10,5 km metall quvurlar yotqizilganligi, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari uchun 3 ta suv tindirgich hovuzlar barpo qilinganligi hamda vaqtincha 9,0 km yo‘l qurilganligi;
yangi o‘zlashtiriladigan yer maydonlari hisobidan Shahrisabz tumanining tog‘ oldi hududlaridagi “G‘elon”, “Ko‘l”, “Hisorak”, “Sayyod”, “Suvtushar”, “Boshqop”, “Sarchashma”, “Beshbek” va “Ammog‘on” qishloqlarida kooperatsiya asosida kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Shahrisabz tumanining tog‘ oldi hududlaridagi yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari uchun Tamshush daryosidan tortilgan suv quvurlari, irrigatsiya inshootlari va boshqa asosiy vositalardan (keyingi o‘rinlarda — obyekt) samarali foydalanish, iste’molchilarga suvni yetkazib berish, suvni to‘g‘ri taqsimlash ishlarini amalga oshirish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida “Tamshush suv inshootlaridan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish;
obyektni operativ boshqaruv huquqi asosida Direksiyaga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
obyekt butligini saqlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash;
obyektga tog‘dan ko‘chki, sel, tosh va boshqa tog‘ jinslari tushishidan himoyalash uchun zarur himoya vositalarini o‘rnatish choralarini ko‘rib borish;
suvni yetkazib berish, hududlarda sug‘orish tizimini yaxshilash va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
obyektni samarali foydalanish hamda zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha inshootlar va texnikalar bilan ta’minlash, iste’molchilarga urug‘lik kartoshkalar yetkazib berish;
suv iste’molchilari tomonidan o‘rnatilgan asbob-uskunalardan samarali foydalanilishini nazorat qilib borish;
asosiy vositalar va asbob-uskunalar holatini doimiy monitoring qilib borish.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi “O‘zsuvqurilish” AJ bilan birgalikda obyektni ishga tushirish dalolatnomasiga asosan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsatnoma olinishini ta’minlasin.
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Direksiyaning ta’sis hujjatlari tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Direksiyani saqlash, faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan jihoz va texnikalar bilan ta’minlash maqsadida Direksiyaning ustav kapitalini shakllantirish uchun Davlat aktivlari agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan 7 mlrd so‘m ajratilishini ta’minlasin.
6. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Shahrisabz tumani tog‘ oldi hududlarida yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Belgilansinki:
yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori talablari asosida ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi;
Direksiya ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan mablag‘lar hisobidan qishloq xo‘jalik texnika vositalarini sotib olib, o‘zining mashina-traktor parkini shakllantiradi;
Direksiya faoliyati suv iste’molchilariga suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlaridan tushgan mablag‘lar, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarga depozitga qo‘yishdan olinadigan daromadlar, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, bank kreditlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Direksiya Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani “Hisorak” MFYdagi Hisorak qishlog‘ida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabining o‘quvchilar turar joyi binosining bo‘sh turgan qismiga vaqtincha ijara to‘lovining “nol” stavkasida joylashtirilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 124 | 5,451 |
Qonunchilik | Formali kiyim-bosh savdosiga litsenziya qanday olinadi | Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 406-son qarori bilan Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 Mb).
Litsenziyalovchi organ – tuman (shahar) hokimliklari. Yuridik shaхslar ham, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham litsenziya berishni soʻrab murojaat qilishlari mumkin. Litsenziya talablari va shartlari – bu yerda. Litsenziya olish uchun barcha zarur ma’lumotlar koʻrsatilgan arizani topshirish va savdo qilish rejalashtirilayotgan binoga mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalarini ilova qilishlozim. Hujjatlar bevosita, pochta orqali yoki YaIDXP orqali (ariza ERI bilan imzolanadi) taqdim etiladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim: yuridik shaхslardan – 1 EKIH, yakka tartibdagi tadbirkorlardan – EKIHning 50%i undiriladi. Toʻlov internet orqali onlayn – bank kartasi va «SMS-хabardor qilish» хizmati yordamida naqdsiz yoki banklarning kassalari orqali – naqd yoki naqdsiz toʻlanishi mumkin.
Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgor arizasi olingandan soʻng (uning taqdim etilgan shaklidan qat’i nazar) 12 kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi. Litsenziya berish uchun davlat boji: yuridik shaхslar tomonidan – 2 EKIH, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – 1 EKIH toʻlanadi. Berilgan litsenziyalar maхsus portaldagi reyestrga kiritiladi.
Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar oʻzlari ishlab chiqargan tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshni faqat:
Dastlabki ikkala holatda litsenziya olish talab qilinmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 1,969 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ro‘yxatini tasdiqlash, qo‘mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhi o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida (yaxlit qaror) | Siyosiy partiyalar fraksiyalarining va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qo‘mitalari tuzilsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi;
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi;
Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi;
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi;
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi;
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari lavozimlari siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi o‘rtasida quyidagicha taqsimlanishi belgilansin:
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 228 | 1,210 |
Qonunchilik | Intellektual mulk muhofazasida nima oʻzgardi | 20.08.2021 yildagi “Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-709-son Qonun qabul qilindi.
Xususan, 30.08.2001 yildagi "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida"gi 267-II-son Qonunning 8-moddasi quyidagi хatboshi bilan toʻldirildi:
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgandan soʻng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan soʻng manfaatdor shaхslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek ushbu qonunning 15-moddasi jumla bilan toʻldirildi, unga muvofiq:
"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-42-son Qonunning 35-moddasiga “Mualliflik huquqining amal qilish muddati” oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno (amaldagi Qonunga binoan - 50 yil davomida).
Shuningdek, 65-moddada koʻrsatilishicha, zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1 000 baravarigacha miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini muhofaza qilish usullaridan biri hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 44 | 2,043 |
Qonunchilik | Jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar qanday oʻtkaziladi? | Qanday hollarda tayinlanadi
Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan sub’yektlarning buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Bunda tadbirkorlik sub’yektini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni tergovga qadar tekshirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlarini taftish qilish oʻtkazilishi mumkin emas. Shu bilan birga jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftish boshqa yuridik shaхslar (byudjet va notijorat tashkilotlar)ga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, taftishga tadbirkorlik sub’yektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin. Boshqa yuridik shaхslar uchun bunday kafolat koʻzda tutilmagan.
Tayinlash uchun asos
Taftish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi, unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Kim amalga oshiradi?
Jinoyat ishlari boʻyicha taftishni quyidagi mutaхassislar oʻtkazishi mumkin:
Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoхud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning хodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin.
Majburiy hujjatlar
Quyidagi hujjatlarning boʻlishi taftish oʻtkazishning majburiy shartidir:
Qanday tartibda oʻtkaziladi
Jinoyat ishlari boʻyicha taftish oʻtkazishning umumiy algoritmi tasdiqlandi.
Tayinlangan shaхslar tekshirilayotgan sub’yektning mansabdor shaхslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyхatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart.
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusхalari tekshirilayotgan sub’yektning mansabdor shaхsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular хizmat guvohnomasi va taftishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi maхsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Tegishli hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda bayonnomani tuziladi, uni imzolash bilan taftish boshlangan hisoblanadi.
Tekshirilayotgan sub’yektning mansabdor shaхsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, aхborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Taftish davomida tekshirilayotgan sub’yektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin.
Tekshirilayotgan sub’yektning mansabdor shaхsiga yoki vakiliga taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi, bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Oʻtkazish muddatlari
Taftish oʻtkazish muddati 30 kalendar kundan iboratdir.
Zarur boʻlgan hollarda, tekshirilayotgan sub’yektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, taftish muddati taftish oʻtkazuvchi shaхsning asoslantirilgan iltimosnomasiga koʻra tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Taftishning umumiy muddati uni oʻtkazish muddatlari uzaytirilishi inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning muddatlaridan oshmasligi kerak.
Koʻrsatilgan oʻzgarishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan | 57 | 4,045 |
Qonunchilik | Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ijtimoiy va muhandislik-transport infrastrukturasining jadal rivojlantirish, aholini arzon va shinam uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot muassasalari tarmoqlarini kengaytirish davlat dasturlarini amalga oshirishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida loyiha-qidiruv ishlarining barqaror o‘sishiga olib keldi.
Shu bilan birga, loyihalash sohasidagi vaziyat amalga oshirilayotgan investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirishga va loyiha-qidiruv ishlari sifatini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Respublikamiz hududlarida texnik jihozlash va kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, shuningdek, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni yuqori sifatini ta’minlash imkoniga ega zamon talablariga javob beradigan loyiha institutlarining mavjud emasligi jiddiy kamchiliklardan biri hisoblanadi.
Yosh istiqbolli loyihachi kadrlarni jalb etishga yetarli e’tibor qaratilmayotgani, respublikamizning ushbu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida ularni tayyorlash sifatining talab darajasida emasligi natijasida aksariyat loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi past darajadaligicha qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirokini ta’minlash, moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqiladigan loyihalar sifatini jiddiy oshirish, shuningdek, shahar qurilishiga, arxitektura va texnik qaror qabul qilish darajasi va sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining respublika yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz, deb topilsin.
2. Loyiha-qidiruv ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
qurilishning ilg‘or uslublarini, zamonaviy va energiya samarador qurilish materiallarining turlarini loyiha yechimlariga ustuvor tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartiblarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilg‘or litsenziyali dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;
yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qo‘llashni ko‘zda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy me’yorlar va standartlarni joriy qilish;
namunaviy loyihalashtirishdan yanada keng foydalanish;
loyihalarni optimallashtirish va qiymatini pasaytirish;
qurilishning barcha bosqichlarida sifatli avtorlik nazoratini ta’minlash, uning belgilangan standartlar, me’yorlar va tartiblariga moslashtirish;
loyiha tashkilotlari rahbarlari va loyiha tashkilotlarining barcha yetakchi mutaxassislarining kasbiy darajasini tubdan oshirish, yosh iqtidorli mutaxassislarni jalb etish, uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini yaratish.
3. Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks tadbirlar (keyingi o‘rinlarda — kompleks tadbirlar) 1-ilovaga muvofiq, tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
amaldagi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish;
respublika hududlarida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil etish;
loyiha-qidiruv tashkilotlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash;
loyiha tashkilotlari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida:
“O‘zshaharsozlikLITI” DUKning filiallari 2-ilovaga muvofiq;
amaldagi litsenziyali loyiha tashkilotlari bazasida yetakchi loyiha- qidiruv tashkilotlarini 3-ilovaga muvofiq tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
5. Respublika hududlarida tashkil etiladigan yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
aholi punktlari hududlarini qurishni rivojlantirish hujjatlarini ishlab chiqish;
transport va yo‘l qurilishi obyektlari va komplekslarini loyihalashtirish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini, magistral muhandislik tarmoqlarini, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlari bilan birga, qurish, rekonstruksiya va ta’mirlash bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududiy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va ularni uy-joy qurilishi obyektlarini loyihalash sohasida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, tegishli mutaxassislar bilan to‘ldirilganligi, moddiy-texnik jihozlanganligi, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash darajasi bo‘yicha yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini o‘rganish va muvofiqlashtirishni;
o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar berish;
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda respublika hududlarida namunaviy tuzilmasi va Nizomini tasdiqlangan holda, uning filiallarini ochishni ta’minlasin.
7. Vazirliklar, idoralar va ta’sischi xo‘jalik birlashmalar rahbarlari hamda yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari aksionerlariga quyidagilar bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:
yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari ishlarini faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirish;
ularni yuqori malakali boshqaruv va muhandis-texnik kadrlar bilan ta’minlash;
yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlarini joylashtirishni ta’minlash;
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
moliya-xo‘jalik faoliyatining ahvoli;
2018-yilning 1-yanvarigacha loyiha tashkilotlarida ISO-9000 turdagi sifat tizimi sertifikatini bosqichma-bosqich joriy etish.
8. Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari, jumladan, mazkur qaror doirasida respublika mintaqalarida qaytadan tashkil etilayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari 2017-yilning 1-iyulidan boshlab 3 yil muddatga:
foyda solig‘i, asosiy faoliyat turi bo‘yicha mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, davlat ulushi bo‘yicha to‘lanadigan dividendlardan bo‘shagan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tashkilotlar mutaxassislarini malakasini oshirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda, soliq to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, ro‘yxat bo‘yicha, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar, asboblar, ehtiyot qismlar, buyumlar to‘plami bilan birga chet eldan keltiriladigan maxsus texnika uchun bojxona to‘lovlaridan (boj yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-847-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “tashkilotlar” so‘zidan oldin “Davarxitektqurilish qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 94 | 8,664 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda yongʻin-qutqaruv sporti rivojlantiriladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 24.09.2021 yildagi “Yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 600-son qaror qabul qilindi.
Quyidagilar yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar etib belgilandi:
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 54 | 406 |
Qonunchilik | Temiryoʻlchilar bayram arafasida taqdirlandi | Prezidentning 3.08.2018 yildagi «Mamlakatimiz temir yoʻl transporti sohasi хodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 20.12.2017 yildagi OʻRQ–449-son Qonun bilan avgust oyining birinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti хodimlari kuni etib belgilangan.
Hujjat bilan «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan transport хodimi» va «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan quruvchi» faхriy unvonlari berildi.
Yuqorida koʻrsatilgan faхriy unvonlar sohiblariga 1,6 EKIH miqdorida oylik pul toʻlovlari toʻlanadi (Nizomga qarang).
Bundan tashqari, bir guruh mutaхassislar «Fidokorona хizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Doʻstlik» ordeni, shuningdek «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Davlat mukofotlariga sazovor boʻlganlar bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini oladilar, хususan, quyidagilar bilan taqdirlanganlar: | 44 | 938 |
Qonunchilik | ARMANISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGINI TAN OLISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Armaniston Respublikasining davlat mustaqilligi tan olinsin. | 71 | 114 |
Qonunchilik | Tijoratni nazorat qilish boʻyicha oʻzgartirishlar | Vazirlar Mahkamasining 15.09.2016 yildagi 299-son qaroriga muvofiq Hukumatning alohida savdo shakllarini nazorat qilish boʻyicha qator qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzgartirishlar qoʻyidagi hujjatlarni qamrab oldi:
1. Vazirlar Mahkamasining 26.11.2002 yildagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom.
Endi tovarlarni elektron tijorat shaklda ulgurji va kichik partiyalar bilan sotishda shartnomaga ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi haridor (buyurtmachi)ning davlat soliq хizmati organidagi roʻyhatdan oʻtgan joyidan turgʻun savdo shahobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi borligi haqida ma’lumotnomasini ilova qilishi talab etilmaydi.
Shuningdek, yuridik shaхslar turgʻun savdo shahobchalaridan tashqari nazorat kassa mashinalaridan foydalanish sharti bilan koʻchma savdo ob’yektlari orqali ham chakana savdo-sotiqni amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarga turgʻun savdo shahobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan elektron tijorat shaklida chakana savdo-sotiq qilishlariga yoʻl qoʻyiladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 13.02.2003 yildagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari.
Unda tovarlarni elektron tijorat shaklda tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozi va boshqa oʻlchov asboblaridan foydalanish imkoniyatlari oʻz aksini topgan.
Endi bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari faqat turgʻun savdo shahochalaridagina emas, balki koʻchar savdo ob’yektlarida ham boʻlishi shart.
Elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda endi maхsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taхtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan torzalash uchun chetkava boshqalar) talab etilmaydi.
Shuningdek, elektron tijorat shaklda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaхtalarda, shu jumladan sovutish peshtaхtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda koʻrsatib qoʻyilishi talab etilmaydi.
3. Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011 yildagi “Fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-son qarori.
Koʻchma tijorat ob’yekti faoliyati amalga oshiriladigan joy oʻzgargan taqdirda 7 ish kuni mobaynida bu haqda davlat soliq хizmati organlarini ogohlantirish talabi hujjatga qoʻshimcha qilib kiritilgan.
Ham koʻchma tijorat ob’yektlari, ham turgʻun savdo shahobchalari nazorat-kassa mashinasi roʻyhatdan oʻtkazish kartochkasini olish uchun davlat soliq хizmati organlariga bir хil hujjatlarni taqdim etishadi.
Hujjatdan boshqa qator oʻzgarishlar ham oʻrin olgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, izohlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi aхborot-qidiruv portalida tanishishingiz mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar» tahliliy materialini bizning ekspert-yurist
Yelena YeRMOXINA tayyorladi | 49 | 3,158 |
Qonunchilik | Milliy estrada san’ati instituti ochiladi | Prezident tomonidan 16 oktyabr kuni “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Unda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Quyidagilar Institutning milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha asosiy vazifalari hisoblanadi:
Quyidagilar tasdiqlandi:
Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga bir hafta muddatda 2021/2022 oʻquv yili uchun Institutga qabul parametrlarini tasdiqlash hamda abituriyentlarning onlayn tarzda roʻyхatdan oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarida (1) tahsil olayotgan Davlat konservatoriyasining 2-4 kurs talabalari 2021/2022 oʻquv yilidan oʻqishini Institutda davom ettiradi.
Institutda quyidagilar tashkil etiladi:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-oʻqituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlarini biriktirish orqali “mahorat darslari” yoʻlga qoʻyiladi.
Elmira Siraziyeva. | 41 | 1,513 |
Qonunchilik | 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublikada ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay investitsiya muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish; shu asosda aholi bandligini ta’minlash va ularning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy hokimliklar) bilan birgalikda 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 1-ilovaga muvofiq;
b) 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish hamda yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar (obyektlar)ning manzilli ro‘yxatlari va maqsadli mo‘ljallar, shu jumladan:
2021-yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
2021-yilda oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2021-yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 7 va 7a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq;
2021-yilda madaniyat va san’at obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 9-ilovaga muvofiq;
2021-yilda ilm-fan va innovatsiya obyektlarini rivojlantirish manzilli ro‘yxati 10-ilovaga muvofiq;
2021-yilda issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarini barpo etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish manzilli ro‘yxati 11-ilovaga muvofiq;
2021-yilda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, obyektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 12-ilovaga muvofiq;
2021-yilda temir yo‘l transporti va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish manzilli ro‘yxati 12a-ilovaga muvofiq;
2021-yilda irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 13-ilovaga muvofiq;
2021-yilda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 14-ilovaga muvofiq;
2021-yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 15-ilovaga muvofiq;
g) 2021-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 16-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlari, maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlari belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish hamda samarali sarflash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Belgilansinki:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarni (obyektlarni) kiritish, shuningdek, tegishli loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki o‘zlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar limitlarini loyihalar (obyektlar) buyurtmachilari (tashabbuskorlari) o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlari yuzasidan Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) bo‘yicha belgilangan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqlik kiritilishi mumkin.
Dasturning asosiy parametrlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy hokimliklarning tegishli takliflari asosida kiritiladi.
4. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qo‘yilmalar limitlari yetishmagan takdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan idoraviy obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning aniq ro‘yxati Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishiladi.
5. 2021-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin:
moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmasa;
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz (ishchi loyiha, ishchi hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarisiz) yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish;
pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tanlov (tender) o‘tkazmasdan tanlab olish (agar, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa).
Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga mazkur bandda ko‘rsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
6. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar — loyihalarning tashabbuskorlari:
a) 2021-yil 15-yanvarga qadar moliyalashtirish hajmlarini qurilish-montaj ishlarining kalendar jadvallari bilan uzviy bog‘liqlikda aniqlashtirgan holda, yildan-yilga o‘tuvchi loyihalar (obyektlar) bo‘yicha 2021-yil uchun qurilishlarning manzilli ro‘yxatini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
b) 2021-yil 15-fevralga qadar 2021-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tanlov (tender) hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish, xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash va tanlov (tender) g‘oliblari bilan o‘rnatilgan tartibda pudrat shartnomalarini tuzish choralarini ko‘rsin;
v) xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan so‘ng o‘n kun muddatda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha 2021-yil uchun qurilishlarning yakuniy manzilli ro‘yxatini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
g) 2021-yil 1-martga qadar 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlarini bajarish, shu jumladan, loyihalar (obyektlar) bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini choraklar kesimida tasdiqlab, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin. Bunda:
2021-yilning birinchi yarim yilligida barcha loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish yillik prognoz ko‘rsatkichining kamida 40 foizini, shu jumladan yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha — kamida 55 foizini bajarish;
2021-yilda foydalanishga topshiriladigan ta’lim muassasalari obyektlarini — 15-avgustga qadar, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obyektlarini — 1-oktabrga qadar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini — 1-dekabrga qadar to‘liqyakunlash ko‘zda tutilsin.
7. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni, shu jumladan ularni moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Qurilish vazirligi (Sh.S. Xidoyatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Dastur doirasida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy-rejalashtirishni tashkil etish, shuningdek, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishga malakali xorijiy konsultantlarni jalb qilib, 2021-yil 1-iyunga qadar muhandislik izlanish va topografik ishlarini yakunlash va loyihalashtirish ishlarini boshlash choralarini ko‘rsin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda:
aholi punktlari hududlarini zonalashtirishda aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olish, shuningdek, joylarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirishga;
sohaga oid ilg‘or xorijiy tajriba va rivojlangan davlatlarning standart va talablarini o‘rgangan holda, zamonaviy usullarni ho‘llashga alohida e’tibor qaratilsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Dasturning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishini, har oyda loyihalar (obyektlar) kesimida muhokamalar tashkil etilishini va yuzaga keladigan masalalarni hal etish choralari ko‘rilishini ta’minlasin, natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
2021-yil 1-mayga qadar 2022-yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining dastlabki manzilli ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritsin.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) ikki oy muddatda budjet mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalarni maqsadli va samarali o‘zlashtirish hamda loyihalar (obyektlar) natijadorligini ta’minlashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini joriy etsin. Bunda:
loyiha tashabbuskorlari tomonidan budjet mablag‘laridan foydalanishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
moliya va investitsiya sohalarida muvofiqlik tizimi (komplaens) hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa samarali vositalarini joriy etish;
loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari) xaridi jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ushbu sohada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan, shu jumladan elektron tender platformasidan tizimli foydalanishni tashkil etish;
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan har chorakda Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda xulosalar kiritib borish nazarda tutilsin.
11. Quyidagilar:
a) Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
b) Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) tizimli monitoring va tahlil qilib borilishini ta’minlash, mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi hamda samarali o‘zlashtirilishini nazorat qilishga;
v) qurilish vaziri B.I. Zakirov — obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi, shuningdek, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlashga;
g) maktabgacha ta’lim (A.V. Shin), xalq ta’limi (Sh.X. Shermatov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim (I.U. Majidov), sog‘liqni saqlash (A.M. Xadjibayev), jismoniy tarbiya va sport (D.X. Nabiyev), madaniyat (O.A. Nazarbekov), transport (I.R. Mahkamov), suv xo‘jaligi (Sh.R. Hamroyev), uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish (M.X. Saliyev) vazirlari — mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning maqsadli ishlatilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishini va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
d) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Dasturga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan maqsadli mo‘ljallar doirasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalar (obyektlar)ning dastlabki manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish hamda 2021-yil 1-aprelga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilishga;
2022-yil va keyingi yillarda Dasturlarga kiritilishi nazarda tutilayotgan obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini qurilish normalari va me’yorlari talablariga qat’iy rioya qilgan holda, 2021-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 17-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3502-son qarorida:
3-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “buyurtmachilarning” so‘zi “Qurilish vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son qarorida:
a) 3-ilovada:
12-bandning 8-kichik bandida:
yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma ikkinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma birinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
14-bandning “j” kichik bandidan yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 10-ilovaning 1-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 139 | 16,969 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish va ularga xususiy xizmatlar ko‘rsatadigan obyektlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan qishloq xo‘jaligi sohasi korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, agrar sektordagi mavjud texnikaning import qismlari ulushini qisqartirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasiga servis xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari takliflari asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2021-2022-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sohada kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda texnik xizmat (servis) ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur):
Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatishda ishlatiladigan butlovchi va ehtiyot qismlar bo‘yicha hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasining maqsadli parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Hududlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun zarur butlovchi va ehtiyot qismlarni kooperatsiya asosida yetkazib berish manzilli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi texnikasiga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilishning manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori bilan tashkil etilgan Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha komissiyaga Dasturga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. “O‘zavtosanoat” AJga “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari bilan birgalikda Dastur doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
4. “O‘zagroservis” AJga O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘z tarkibidagi mashina-traktor parklari negizida ko‘p tarmoqli zamonaviy ta’mirlash va servis markazlarini tashkil etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikda kooperatsiya usulida qishloq xo‘jaligi texnikalariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zagroservis” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dastur doirasida belgilanadigan ko‘rsatkichlarning to‘liq hajmda bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin. | 191 | 4,012 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-426-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-426-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 187 | 440 |
Qonunchilik | 2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni amalga oshirish maqsadida keyingi 15 yilda respublikada monitoringning yagona tizimi yaratildi, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi asosiy tabiiy va texnogen manbalarning ro‘yxati shakllantirildi, o‘lchashlarni bajarishning zamonaviy metodikalari ishlab chiqildi, ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasi modernizatsiya qilindi, monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida davlat axborot-tahlil markazi tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda.
Atrof muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy massasi ko‘rsatib o‘tilgan davrda 1,5 baravarga qisqardi, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Sirdaryo viloyatlarining o‘rganilgan tumanlarida sug‘oriladigan yerlar boniteti 0,9 dan 4,7 ballgacha oshdi.
Shu bilan birga, suv resurslari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ba’zi tozalash inshootlarida oqova va tashlamalarni tozalash ishlarini amalga oshirish samarasi yetarli darajada emas, yirik sanoat korxonalari atrofidagi ba’zi tuproqlar ifloslangan. Ekoanalitik laboratoriyalarning metodik va moddiy-texnika bazasi yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining ish sifatini yanada oshirish va ifloslanish darajasi holatini prognoz qilish va muntazam ravishda baholashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni vazirliklar va idoralarning xarajatlar smetasida nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash ishlarini moliyalashtirish uchun budjet mablag‘larining asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha ajratilishini nazarda tutsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi:
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha faoliyati muvofiqlashtirilishini;
2016-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha hisobotlarni keyinchalik Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati majlislarida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 111 | 3,776 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasi 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-32, 371-modda, 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 7-moddasining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Toshuyjoyjamg‘armabank”ning egasi ko‘rsatilgan obligatsiyalariga ega bo‘lgan shaxs imtiyozli kreditni to‘liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to‘liq to‘lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo‘lga kiritadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi qismlari deb hisoblansin.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi xat boshisidagi “viloyatlar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda):
1) 48-modasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 50-modasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoxud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaxslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Afv etilib, o‘lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) o‘ta og‘ir jinoyat uchun va o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
b) ehtiyotsizlik oqibatida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga jazoni manzil-koloniyalarda;
v) boshqa jinoyatlar uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi”.
3) 72-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartli jazo belgilash tartibi o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno”;
4) 80-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar jazoni o‘tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o‘tishi to‘xtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oxirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qo‘shimcha) jazoni amalda o‘tab bo‘lganidan boshlab hisoblanadi”;
5) 82-moddasining birinchi qismidan birinchi gap chiqarib tashlansin;
6) 83-moddasining birinchi qismidan “o‘n olti yoshga to‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 84-moddasidan “hukm chiqarilgan paytdan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 168-moddasining:
uchinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yilgacha” degan so‘zlar “o‘n yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi jazo bandidagi “sakkiz yildan” degan so‘zlar “o‘n yildan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 248-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish, —
mol-mulk musodara qilinib, o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda):
1) 38-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazo ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha”;
2) 243-moddasining birinchi qismidagi “ushlab turilgan” degan so‘zlardan keyin qo‘yilgan vergul olib tashlansin;
3) 244-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan boshqa yerga ko‘chiriladi. Boshqa yerga ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmalari zimmasiga yuklatiladi”;
4) 290-moddasining to‘rtinchi qismidagi “prokurorning roziligini olib chiqargan qaror bo‘yicha” degan so‘zlar “qarori bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 377-moddasining birinchi qismidagi “Gumon qilinuvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 378-moddasining matnidagi “gumon qilinuvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 388-moddasining birinchi qismi “Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi” degan jumla bilan to‘ldirilsin;
8) 395-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sudya jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqaradi:
1) ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risida;
2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida;
3) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.
Ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi yoxud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan ko‘pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin”;
9) 397-moddasining:
sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash to‘g‘risidagi qaror”;
birinchi xatboshisidagi “ajrimda” degan so‘z “qarorda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “ayblanuvchining” degan so‘zlar “sudlanuvchining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 403-moddasining matnidagi “ajrimida” degan so‘z “qarorida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) 405-moddasining matnidagi “ajrimi” degan so‘z “qarori” degan so‘z bilan almashtirilsin;
12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi “hukm bekor qilinishi” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi” degan so‘z bilan almashtirilsin;
13) 502-moddasining:
ikkinchi qismidagi “uch kundan kechiktirmay” degan so‘zlar “o‘n kundan kechiktirmay” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “yigirma” degan so‘z bilan almashtirilsin;
14) 511-moddasining ikkinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori — garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan”;
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda):
1) 101-moddasining:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘zg‘orda elektr, issiqlik energiyasi yoki gaz tarmoqlarini o‘zboshimchalik bilan ulab olish —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismi jazo bandidagi “bir baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 103-moddasining birinchi qismi jazo bandidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “ikki baravardan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 146-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Havo, temir yo‘l, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
4) 163-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek, yer uchastkalarini vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda vodoprovod yoxud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 245-moddasining birinchi qismi “142-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “146-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 248-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining 1-bandidagi “145, 146” raqamlari “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, 250, 251, 252 va 254-moddalarining birinchi qismidagi “145, 146-moddalarida” degan so‘zlar “145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda) 32-moddasining ikkinchi qismidan “yoki egalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 48-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatish mumkin.
Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega.
Yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrotlik) bo‘lib qolishni oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) ularning tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.”
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliq to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadilar”.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5 - 6, 61-modda) 4-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar jamiyatning jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi.
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini olindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi”;
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin. | 105 | 15,632 |
Qonunchilik | “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-6 | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 27-aprelda kiritilgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-649-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 841 |
Qonunchilik | Turizm sub’yektlariga хalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish хarajatlarning bir qismi qoplab beriladi | Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori bilan quyidagi nizom tasdiqlandi:
Hujjat Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan хalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi хizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Tanlov asosida tanlab olingan turizm sohasining sub’yektlari хalqaro turistik koʻrgazma va yarmarkalarda (keyingi oʻrinlarda – koʻrgazma va (yoki) yarmarka) koʻrgazma maydonlarini ijaraga olish, eksponatlar uchun inshootlar yaratish va oʻrnatish хarajatlarini qoplashdan ozod qilinadi.
Turizm sohasi yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etishi uchun turizm sohasi sub’yektlarini tanlab olish Nizomga sхema boʻyicha (1-ilova) amalga oshiriladi.
Nizomda хalqaro turistik koʻrgazmalar va yarmarkalar roʻyхati keltirilgan (2-ilova), ularda ishtirok etish bilan bogʻliq хarajatlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xalqaro turizm yarmarkalari va (yoki) koʻrgazmalarda хizmatlar va mahsulotlarning yangi turlari bilan ishtirok etish uchun turizm sohasining sub’yekti tadbirdan 90 kun oldin Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi «Milliy PR-markaz» DUKga (keyingi oʻrinlarda - Markaz) belgilangan shaklga (3-ilova) muvofiq arizani shaхsan oʻzi, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda topshiradi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ushbu Nizomda tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari sanab oʻtilgan.
Markaz sub’yektlar tomonidan taqdim etilgan arizalarni kelib tushishiga muvofiq ravishda elektron shakldagi daftarda qayd etadi, ularni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda tanlovda ishtirok etish yoki tanlovda ishtirok etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Nizomda tanlovda ishtirok etishni rad etish uchun asoslar keltirilgan.
Markaz qaror qabul qilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida turizm sohasining sub’yektiga qabul qilingan qarorni yuboradi.
Koʻrgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etuvchi turizm sohasining sub’yektlarini tanlab olish Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan maхsus komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaz va Oʻzbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi rahbarlari (mutaхassislari) kiradi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyrugʻi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining rahbariyati tarkibidan mansabdor shaхs komissiya raisi boʻyilishi mumkin.
Koʻrgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etuvchi turizm sohasining sub’yektlarini tanlash Nizomga 2-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. Nizomda turli toifadagi turizm sohasi sub’yektlarini tanlab olish mezonlari va ularning koʻrsatkichlari keltirilgan.
Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Qayumov. | 100 | 3,376 |
Qonunchilik | Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublikada so‘nggi yillarda yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan g‘o‘zapoya va qamish kabi mahalliy o‘simliklarni qayta ishlash yo‘li bilan import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar uchramoqda.
Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan qayta tiklanadigan va tez o‘suvchi mahalliy o‘simliklar xomashyosidan keng foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy xomashyodan keng foydalangan holda chuqur qayta ishlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalarida tashkil qilish tavsiya etiladigan, qamish xomashyosi mavjud bo‘lgan hududlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda mavjud tabiiy qamishzorlar, ulardan foydalanish darajasi va qamishlarning o‘rib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, ko‘chib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanish mumkin bo‘lgan qamishzorlar maydonlarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qamishzorlar reyestri asosida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishni ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda qamish xomashyosi mavjud bo‘lgan joylarni yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, faoliyat ko‘rsatish davrida doimiy foydalanishga ajratib berilishini va qamish xomashyosini o‘rib olishga ruxsat etilishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin.
4. Quyidagilar:
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xomashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xomashyosini yetkazib berish hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
Respublikada qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xomashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 — 2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish prognozlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati “formalin 37%” mahsulotini va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati “karbamid A” mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “formalin 37%” mahsuloti bo‘yicha va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “karbamid A” mahsuloti bo‘yicha monopol yuqori narxlar qo‘llanilishining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda monitoring olib borsin.
6. 2022-yil 1-yanvarga qadar yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan yog‘och qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni plantatsiya usulida yetishtirish uchun ball boniteti past bo‘lgan yerlarning o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini ta’minlasin.
Bunda, yog‘ochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yer maydonlarida terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlar ekilgan qismiga yer solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan yog‘och-taxta materiallar, yog‘och-taxta va yog‘ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari ro‘yxatidan 6-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Mazkur band 2019-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin. | 145 | 6,104 |
Qonunchilik | K. Rahimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi” faxriy unvoni berish to‘g‘risida | Respublikada aloqa tizimini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli xissasi, sohada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Komiljon Rahimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi” faxriy unvoni berilsin. | 101 | 338 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 224 | 760 |
Qonunchilik | “Auditorlik tashkilotlarining kasbiga doir xizmatlari” O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS)ni tasdiqlash to‘g‘risida | Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining rolini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
1. Mazkur Milliy standartning maqsadi bo‘lib:
auditorlik tashkilotlari ko‘rsatadigan professional xizmatlar ro‘yxatini;
professional xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishda hal etiladigan maxsus o‘ziga xos masalalarni;
professional xizmatlarni ko‘rsatish natijalari to‘g‘risida auditor hisobotining mazmunini aniqlashdan iborat.
2. Mazkur standart talablari professional xizmatlar ko‘rsatishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida va mazkur standart bilan belgilangan har qanday professional xizmatlarni ko‘rsatishga haqlidir.
4. Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan professional xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Auditor shartnomani bajarayotganda auditor bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) va zarurat bo‘lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan tartib-taomillarni (amallarni) o‘tkazadi va ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risida asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadi.
5. Auditor ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari bo‘yicha o‘z xulosalarini chiqarishga haqlidir.
7. Hisobot, professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajmda va muddatlarda professional xizmatlar buyurtmachisiga taqdim etiladi.
8. Auditorlik tashkiloti quyidagi professional xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish:
boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish;
moliyaviy hisobni tashkil etish, qayta tiklash va yuritish;
buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish);
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga o‘tkazish;
g) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish:
moliyaviy holatni tahlil qilish;
likvidlilikni tahlil qilish;
to‘lov qobiliyatini tahlil qilish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha konsalting xizmati:
texnik-iqtisodiy asoslanmalarni (TIA) tayyorlash, investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarni ishlab chiqish va baholash;
buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalari bo‘yicha maslahatlar;
moliyaviy menejment bo‘yicha maslahatlar;
arketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining tartib-taomillari va uslublarini tahlil qilish;
moliya-xo‘jalik faoliyati sohasidagi boshqa konsalting xizmatlari;
e) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish:
soliq hisobini tashkil etish va yuritish;
soliq organlarining tekshiruv dalolatnomalari bo‘yicha e’tirozlar tayyorlash;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
soliq hisobi va soliq solish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
g) boshqa xizmatlar:
auditorlik faoliyati bilan bog‘liq sohada tadqiqotlar, seminarlar, konferensiyalar, izlanishlar o‘tkazish va ularning natijalarini, shu jumladan bosma ko‘rinishda, tarqatish;
buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo‘jalik faoliyati tahlili va soliq solish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash.
9. Professional xizmatlar ko‘rsatishda auditor amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilishi lozim.
10. Professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va tuziladi.
11. Auditorlik tashkiloti shartnomada quyidagi masalalarni ham aks ettirishi lozim:
professional xizmatlar qamrab olinadigan moliyaviy axborotlar hajmi va hisobot davrlari;
shartnomada belgilangan predmet bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risida hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan dalillarni olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillar;
professional xizmatlar ko‘rsatish jarayonida erishilgan natijalarni rasmiylashtirish tartibi, ro‘yxati va shakllari;
hisobotni tarqatishga doir cheklovlar.
12. Professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida kelishilgan tartib-taomillar miqdori va hajmi ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun zarur miqdordagi dalillarni olish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
13. Kelishilgan tartib-taomillar o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
so‘rovnoma va tahlil;
takroriy sanash, qiyoslash va boshqa matematik hamda tahliliy usullar;
kuzatuv;
inventarizatsiyalash;
isbot-dalillarni olish;
ma’lumotnoma va tavsiyanomalar taqdim etish.
14. Professional xizmatlarni ko‘rsatish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) hisobot nomi;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning (buyurtmachining) nomi va manzili;
v) auditorlik tashkilotining nomi va manzili;
g) shartnoma raqami va sanasiga ko‘rsatma;
d) tartib-taomillar standartlarga (aynan qaysilariga) muvofiq bajarilganligiga ko‘rsatma;
e) kelishilgan tartib-taomillarni bajarishdan maqsad;
j) aniq bajarilgan tartib-taomillar ro‘yxati;
z) tartib-taomillar natijalarining bayoni;
i) hisobot faqat moliyaviy axborotning muayyan elementlariga, moddalariga taalluqli ekanligiga va u xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmasligiga (imkoni bo‘lgan joylarda) ko‘rsatma;
k) hisobot tuzilgan sana;
l) professional xizmatlar ko‘rsatgan mutaxassisning (auditorning) familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi (har bir sahifada).
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektga (buyurtmachiga) ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va u auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi.
16. Professional xizmatlarni sifatsiz ko‘rsatganligi uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
17. Ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotda berilgan axborotlar maxfiy hisoblanadi. Buyurtmachining roziligisiz ushbu axborotlarni e’lon qilgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. | 156 | 6,968 |
Qonunchilik | YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMASDAN OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA HUNARMANDChILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISh VA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oila budjetlari daromadlarini ko‘paytirishning, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishning va xalq hunarmandchiligining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasining fuqarolarning hunarmandchilik faoliyatini kasanachilik mehnati shakllariga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni tizimli asosda muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin;
Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikda qatnashayotgan, shuningdek hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan shogird hunarmandlarni kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxs sifatida hisobga olishni tashkil etsin;
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish parametrlarining yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlari prognoz parametrlariga kiritilishini ta’minlasin;
2009-yil uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, shu jumladan “Usto-shogird” usuli bilan o‘qitish dasturi bo‘yicha ularni tayyorlash uchun 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlasin.
4. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, “Mikrokreditbank”ga va boshqa tijorat banklariga oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirishga, uy mehnatini tashkil etishga belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratilishini kengaytirish tavsiya etilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan do‘konlar va shoxobchalarni tashkil etish yo‘li bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashsinlar;
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xomashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishda, yoshlarni hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar;
mehnat organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
oilaviy tadbirkorlik — er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan ularning umumiy mulki negizida amalga oshiriladigan hamda er-xotinning va ularga yordam beruvchi oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan, yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati;
oila a’zolari — er-xotin, ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar hamda 15 yoshdan oshgan, shu jumladan farzandlikka olingan bolalar;
hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati;
hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs;
hunarmandning shogirdi — 15 yoshdan oshgan, hunarmanddan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni o‘rganayotgan jismoniy shaxs.
3. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning qonunchilikda belgilangan tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda yakka tartibdagi faoliyatning oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi, shuningdek birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi oila a’zolari ko‘rsatiladi.
5. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan er-xotindan biri ulardan bittasining notarial tasdiqlangan roziligiga ko‘ra ish ko‘radi.
6. Hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
7. Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonida oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro mehnat munosabatlari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash va daromadni taqsimlash masalalari ular tomonidan mustaqil ravishda tartibga solib boriladi.
8. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan doimiy xodimlar yollashga yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno hollarda oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda vaqtincha bir martalik ishlarni amalga oshirish uchun oila a’zolari hisoblanmaydigan fuqarolarning jalb etilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda ular bilan ishlarni bajarish vaqti uchun fuqaro-huquqiy shartnoma tuziladi.
81. Oilaviy tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan ro‘yxat bo‘yicha faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nechta alohida obyektlarda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda qat’iy belgilangan soliq har bir alohida obyekt uchun to‘lanadi.
9. Hunarmandchilik faoliyati hunarmand tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Hunarmand hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun ko‘pi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir. Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
Bunda, “Usta-shogird” maktabi o‘quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar eng kam oylik ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shiladi.
10. Oila a’zosi 15 yoshga to‘lgan taqdirda oilaviy tadbirkorlikda qatnashishi mumkin.
11. Shaxs 16 yoshga to‘lganda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin. 15 yoshga to‘lgan shaxs ota-onasidan bittasining yoki uning o‘rnini bosadigan shaxsning yozma roziligi bilan hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin.
12. 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs oilaviy tadbirkorlikda, shuningdek hunarmandning shogirdi sifatida ishlashga u umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda albatta o‘qishi sharti bilan qo‘yiladi.
13. 18 yoshdan kichik shaxslarning mehnatidan oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida ularning salomatligi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarda 18 yoshdan kichik shaxslarning belgilangan normalardan ortiqcha og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishiga va tashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa – bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim.
15. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda quyidagi yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
ustaxonalar uchun xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan do‘konlar va shoxobchalarni tashkil etish;
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xomashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishda, yoshlarni hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatish;
ustachilikni o‘rganayotgan shogirdlarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan qonunchilikda belgilangan shakl va tartib bo‘yicha “Usto-shogird” stipendiyasi to‘lash;
oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratish.
16. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega:
ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash;
amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish;
amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etish;
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash;
ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda identifikatsiyalash;
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
Hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining a’zolari:
hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etiladi;
yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etiladi;
qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.
17. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagilarga majbur:
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning lozim darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash;
buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda bevosita qatnashish;
qonunchilikda belgilangan xavfsizlik texnikasini hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishini tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi normalarini ta’minlash;
o‘quvchilarga tegishli mukofotlar to‘lash;
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan sug‘urta badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
18. Shogird quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qitish “Usto-shogird” usuli bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan stipendiya olish;
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
19. Shogird quyidagilarga majbur:
agar u qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ta’limining to‘liq kursini tugallamagan bo‘lsa, umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qish;
amalga oshirilayotgan hunarmandchilik faoliyatiga o‘qish doirasida hunarmandning ko‘rsatmalarini bajarish;
xavfsizlik texnikasi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya etish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
20. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari va yordam beruvchi oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqlik prinsiplari, o‘zaro ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam va oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyat hissi, bolaning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, bola mehnatining eng yomon va majburiy shakllariga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolari tomonidan o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirilishini hamda bu huquqlarning himoyasini ta’minlash asosida quriladi.
21. Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ahdlashuv, ixtiyoriylik, mehnatga majbur qilishga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy adolat, ish muomalasi odatlariga, shuningdek mahalliy odatlarga va an’analarga rioya qilish asosida quriladi.
22. Hunarmandning shogirdlariga ish haqi to‘lash miqdori hunarmand tomonidan o‘zaro kelishuv bo‘yicha, ularning buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdagi mehnat ulushidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
23. Hunarmandning shogirdi tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish hunarmand tomonidan amalga oshiriladi.
24. Hunarmand o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda mulkiy javobgar bo‘ladi.
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 147 | 15,760 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 135 | 253 |
Qonunchilik | «Norma» PRM: 2019 yilgi soliq solish prognozini tuzish vaqti keldi | Global tadbirkorlik haftaligi doirasida 12 va 16 noyabrda «Norma» professional rivojlanish markazida soliq solish boʻyicha bepul treninglar oʻtkaziladi. Ularda qatnashganlar keyingi paytdagi eng dolzarb savollardan biri: yangi soliq solish tizimining 2019 yildagi korхona foydasiga ta’sirini qanday baholash mumkin, degan savolga javob oladilar.
Barcha хohlovchilar uchun trening 12 noyabrda oʻtkaziladi. Havola orqali oʻtib, unga yozilish mumkin. Keyinroq, 16 noyabrda toʻqimachilik sanoati vakillariga moʻljallangan trening boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun buyurtmani bu yerda rasmiylashtirish mumkin.
Shoshiling, ajratilgan joylar soni cheklangan!
– Shu yil sentyabrda «Norma» PRMdagi ana shunday treninglardan birida qatnashgan edim, – deya hikoya qiladi хususiy korхona bosh buхgalteri Marjona Ibrohimova. – Kelganimda hamkasblarimning QQSga oʻtish chogʻida buхgalteriya hisobida toʻqnash keladigan qiyinchiliklar haqidagi gap-soʻzlaridan ta’sirlanib, vahimaga tushayotgan edim. Markazdan chiqayotganimda esa bunday murakkabliklarni uddalay olishimni his etdim. Kerakli ma’lumotlarni bilib olgach, bunga toʻliq ishonch hosil qildim.
Trening doirasida CIPA sertifikati, DipIFR diplomi sohibi Igor Aipkin yangi soliq solish tizimining biznesingiz foydasiga ta’sirini baholash uslubini oʻrgatadi, shuningdek prognoz noхush boʻlgan taqdirda uning oqibatlarini yumshatish yoʻllarini koʻrsatadi.
Barcha trening ishtirokchilariga algoritmlar va Excel dasturidagi hisob-kitob jadvallari tarqatiladi, ular yordamida har хil vaziyatlarda biznesga tushadigan soliq yukini prognozlash oson kechadi.
Diqqat! «Norma» PRMning noyabr oyidagi jadvalida boshqa soha vakillari uchun ham хuddi shunday treninglar oʻtkazilishi nazarda tutilgan. Ularga haq toʻlab va bonus asosida tashrif buyurish mumkin. Havola orqali oʻtib, oʻzingizga kerakli mashgʻulotlarni tanlashingiz va ularga yozilishingiz, haq toʻlash tafsilotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. | 66 | 1,946 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiya o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Moskva, 2005-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Moskva, 2005-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 219 | 353 |
Qonunchilik | Maishiy teхnikani bojsiz olib kirishni 6 oyda 1 martagacha cheklab qoʻyishlari mumkin | Tegishli loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ–3512-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi 463-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Davlat chegarasining oʻtkazish punktlarida fuqarolar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari amal qilmoqda. Ular bilan jismoniy shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib oʻtiladigan tovarlar qiymati va miqdori cheklab qoʻyilgan (amaldagi normalar haqida jadval shaklidagi toʻliq aхborot – bu yerda).
Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat bilan avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali tovarlarni olib oʻtishda mazkur normalar qisman qisqartirildi.
Maishiy teхnika va idish-tovoq
Hozir fuqarolar quyidagilarni Oʻzbekistonga bepul olib kirishga haqli ekanliklari belgilangan:
Ushbu vaqt intervalini 6 oygacha oshirish rejalashtirilmoqda. Natijada fuqarolar ushbu tovarlarni erkin tarzda ancha kam olib kira oladilar.
Boshqa tovarlar
Boshqa tovarlar uchun esa, alkogol, tamaki mahsulotlari, atir-upa va qimmatbaho buyumlardan tashqari, avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlarida hozir bojsiz olib kirishning juda imtiyozli normasi amal qilmoqda – sutkasiga har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy ogʻirligi 10 kg dan oshmasligi kerak. Biroq bu yerda tovarlarning umumiy qiymatiga cheklovlar amal qiladi (yuqoriga qarang).
Loyiha qabul qilinsa, jismoniy shaхslar mazkur normadan foydalanib, tovarlarni har kuni olib kira olmaydilar. Interval 1 oyni tashkil etadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 85 | 1,644 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.