folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga;
Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga;
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga;
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga;
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga;
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5a-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5b-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5v-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi, shu jumladan ularning faoliyati yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi X.S. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida mulkdor va huquq belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.
3. Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq turlar bo‘yicha belgilanadi.
4. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
5. Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari (keyingi o‘rinlarda — DK filiallari) kadastr yig‘majildini shakllantirib, uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadilar.
Davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr pasportini tayyorlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri DK filiallariga murojaat qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
9. Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
10. Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida DK filialiga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda DK filialiga yuboriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
14. DK filiali zarur hollarda ariza beruvchi bilan kelishib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqqan holda, obyektning parametrlari bo‘yicha o‘lchov ishlarini amalga oshiradi, xatlovdan o‘tkazadi hamda talab etilganda ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi.
15. Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda bo‘lmagan taqdirda, so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar (qo‘shnilar) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va murojaat (so‘rovnoma) ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan murojaat (so‘rovnoma) ko‘rilmasdan qoldirilganligi haqida DK filiali mas’ul xodimlari tomonidan ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma 1 ish kuni davomida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
16. Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
17. Toshkent viloyati va Toshkent shahrida malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi tomonidan o‘tkazilgan texnik xatlov natijasiga ko‘ra tayyorlangan kadastr ishlari taqdim etilgan taqdirda, DK filiali tomonidan kadastr pasporti ariza beruvchiga 3 ish kuni mobaynida rieltorlik tashkilotlari orqali taqdim etiladi.
18. Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng DK filiali tomonidan kadastr pasporti berish va ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish (talab etilganda) uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
Kadastr pasportini berish uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng bir oy mobaynida kadastr pasportini berishning to‘lov qiymatini xabarnomada qayd etilgan miqdorda to‘laydi.
Kadastr pasporti berish uchun to‘lov qiymati to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi kadastr pasportini berishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
20. To‘lov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
15 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) rieltorlik tashkilotlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — rieltorlik tashkilotlari hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
21. Xabarnomada ko‘rsatilgan to‘lov to‘liq to‘langandan so‘ng Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan tizimdan kadastr pasportini yuklab olish (qog‘oz yoki plastik shaklda chop etish) imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchiga real vaqt rejimida kadastr pasporti beriladi.
22. Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
23. Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
24. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni (keyingi o‘rinlarda — ipoteka) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza berilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Tijorat banklari, davlat notarial idoralari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Ariza beruvchi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatli organlar orqali o‘zi kelib murojaat etganda, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga ipoteka shartnomasi ilova qilinadi.
9. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda, yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
10. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat notarial idoralari orqali murojaat etganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) tijorat banklari orqali murojaat etganda:
10 foizi — tijorat banklarning hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
11. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
13. Zarur ma’lumotlar rasmiylashtirilgandan va so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng vakolatli organ uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi va Markazga yuboradi.
14. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
15. Markaz so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha ipoteka taqiqi qo‘yadi, QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organlar Reyestrdan ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vakolatli organlar talabgorning so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida berishi mumkin.
17. QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan holda arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha berilgan elektron hujjatlar asli bilan tenglashtiriladi.
18. Vakolatli organlar va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
20. Ariza beruvchi vakolatli organlar va Markaz xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
3. Shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Ariza beruvchi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlarii xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
16. Quyidagilar shartnomani davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
17. Markaz so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘chmas mulk egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni (keyingi o‘rinlarda — servitut) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut shakli ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy shakl bo‘yicha ariza beruvchilar o‘rtasida tuziladi.
4. Servitut davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) yer uchastkasi bo‘yicha o‘rnatilgan servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Palata o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Ariza beruvchi servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
16. Quyidagilar servitutni davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Palata so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, servitut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
19. Davlat xizmatlari markazlari va Palata o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) respublika miqyosida nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) berish tartibini belgilaydi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi so‘rovnomalari bundan mustasno).
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ma’lumotnoma taqdim etadilar.
3. Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki davlat organi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (har bir shaxs uchun).
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
9. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) davlat organlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — davlat organlari hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki davlat organlari orqali murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng so‘rovnoma real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
13. Palata so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
15. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘p yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini qamrab oladi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
3. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi va cheklanishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini ularda joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlar bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori;
ko‘p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, ko‘p yillik dov-daraxtlarning renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
ko‘p yillik dov-daraxtlarni yo‘q qilish to‘g‘risida mulkdorning qarori;
ko‘p yillik dov-daraxtlarning tabiiy ofatlar natijasida barham topganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o‘rtasida ko‘p yillik dov-daraxtlarni berish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Huquqning bekor bo‘lishi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
ko‘p yillik dov-daraxtlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
ko‘p yillik dov-daraxtlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
ko‘p yillik dov-daraxtlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.
Huquqlarning cheklanishi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4. Ijaraga olingan yer uchastkasida yaratilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham boshqa shaxsga o‘tadi.
5. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi yuzaga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor qilinishida, cheklanganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada ko‘p yillik dov-daraxtlar o‘sadigan yer uchastkasining kadastr raqami ko‘rsatiladi hamda ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘imni undirish Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar uni ko‘rsatishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda tegishliligi bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga yuboriladi.
15. Quyidagilar ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi;
ko‘p yillik dov-daraxtlarning birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada ko‘rsatilgan to‘lov miqdori bir oy mobaynida to‘lanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
16. Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari so‘rovnoma tushgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
17. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan ko‘chirma tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
18. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.
3. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.
4. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki davreestr.uz veb-sayti (belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan o‘tish lozim) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.
7. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng so‘rovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
13. Palata so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (ko‘chmas mulk mulkdori tomonidan o‘z bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun yo‘llangan so‘rovnomalar bundan mustasno).
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mu | 103 | 62,818 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. 2008-yil 21-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma qo‘mita tuzish to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o‘rtasida neft va gaz sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati o‘rtasida atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish uchun tabiiy resurslarni saqlab qolish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 45 | 1,432 |
Qonunchilik | Mahallabay ishlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-maydagi PQ-5105-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish, aholi va tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda samarali hal etish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-maydagi PQ-5105-son qaroriga muvofiq 2021-yil 1-iyundan boshlab Samarqand viloyatining tumanlari (shaharlari) hokimliklari tuzilmasida tuman (shahar) hokimligi ta’sischiligida davlat muassasasi shaklida Mahallabay ishlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi hamda ularning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Mahallabay ishlash markazi” davlat muassasasining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahallabay ishlash markazining namunaviy ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Markazlarning aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning tadbirkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish va boshqa sohalardagi asosiy vazifalari;
Markazlar faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish, Markazlar direktori va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, Markazlar faoliyatini rejalashtirish hamda ularning faoliyatini moliyalashtirish tartibi.
4. Belgilansinki:
Markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan mehnatga haq to‘lash shartlari, shu jumladan, mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar tatbiq etiladi;
Markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali tashkil etishga tumanlar (shaharlar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
5. Samarqand viloyatining tumanlari (shaharlari) hokimliklari bir oy muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan talablar asosida o‘z muassisligidagi Markazlarning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Namunaviy ustav Mahallabay ishlash markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz tuman (shahar) hokimligi tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasasi hisoblanadi.
3. Markaz faoliyati tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
4. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Namunaviy ustavga muvofiq amalga oshiradi.
5. Markaz faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, shu jumladan, o‘ziga yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo‘ladigan davlat muassasasi hisoblanadi.
7. Markazning rasmiy nomlanishi:
to‘liq nomi — “Samarqand viloyatining __________ tumani (shahar) hokimligi Mahallabay ishlash markazi”;
qisqartirilgan nomi — “__________ tumani (shahar) Mahallabay ishlash markazi”.
8. Markazning joylashgan joyi (pochta manzili): viloyati, _______ tumani (shahri), ____- mavze, ko‘cha nomi, — “___”- uy ___________.
9. Markaz o‘z faoliyatini tuman (shahar) hokimligi tarkibiy bo‘linmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
10. Markazning asosiy maqsadi:
mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta’minlash;
mahalla pasportidagi mezonlar asosida “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni “yashil” hududga o‘tkazish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish;
Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi 152-son qarorida nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlarni samarali amalga oshirishdan iborat.
11. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish;
mahallabay ishlash asosida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, shu jumladan, ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda ko‘maklashish;
tadbirkorlik, hunarmandchilik qilish istagini bildirgan fuqarolarga zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar topishga ko‘maklashish;
mahalladagi mavjud infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish choralarini ko‘rish hamda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish va malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlash.
12. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun tuman (shahar)lar hokimligining tarkibiy bo‘linmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat hamda nodavlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda ma’lumot so‘rash va olish;
o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni ishlab chiqib, tuman (shahar) hokimligiga belgilangan tartibda kiritish;
faoliyatiga doir ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtma qilish, shuningdek, ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va aholi keng tanishishi mumkin bo‘lgan boshqa usullarda bepul joylashtirish;
Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
korrupsiya va boshqa suiiste’molliklarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, faoliyati samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek, malakaga va Markaz faoliyatining yo‘nalishlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lgan kadrlar zaxirasini shakllantirish;
o‘z vakolati doirasida seminarlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
o‘ziga yuklangan vazifalar va faoliyat yo‘nalishlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Markaz:
tuman (shahar) hokimligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli hujjatlar bilan unga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashi;
tuman (shahar) hokimi qarorlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashi;
Markaz faoliyatidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishi, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlashi;
o‘z faoliyatiga doir zarur bo‘lgan axborot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishi lozim.
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
14. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz xodimlari va inspektorlari tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Markaz faoliyati direktor tomonidan boshqariladi.
Direktor:
Markaz faoliyatini yuritishga shaxsan javob beradi;
tuman (shahar) hokimligining tarkibiy bo‘linmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan munosabatlarda Markaz nomidan ish yuritadi;
mahallalar kesimida to‘plangan muammo va murojaatlarni muvofiqlashtirib, ularni hal etishda tuman (shahar) hokimining tegishli o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;
Markaz xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;
o‘z vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan tegishli ko‘rsatmalar beradi;
o‘z vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Direktor amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida hisobot berib boradi.
16. Markaz xodimlarining ish haqi, samarali faoliyati uchun ularni rag‘batlantirish miqdori va ish haqiga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
17. Markazga buxgalteriya va yuridik xizmatlar tuman (shahar) hokimligining buxgalteriya bo‘limi va bosh yuriskonsulti tomonidan ko‘rsatiladi.
18. Markazning ustavi ushbu Namunaviy ustav asosida tuman (shahar) hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
19. Markaz (yillik, choraklik) ish rejasi va Markaz direktorining shaxsiy ish rejasi tegishli tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
20. Markaz bo‘limlari rahbarlari va xodimlarining ish rejasi tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda bo‘lim rahbari va har bir xodimning ish rejasiga ijro intizomi masalasi bo‘yicha alohida bo‘lim kiritiladi.
21. Markaz tuzilmasiga muvofiq Markaz shtat jadvali tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
22. Markazlar faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimligi tomonidan qayta tashkil etiladi va tugatiladi. | 84 | 11,864 |
Qonunchilik | Haj ziyoratini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, mamlakatimiz musulmonlaridan tushayotgan ko‘plab arizalar, xohish va istaklarni inobatga olgan holda, 1994-yil Saudiya Arabistoniga muborak haj safarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Movarounnahr musulmonlari idorasining 1994-yil haj ziyoratini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. 1994-yil haj ziyoratini uyushtirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda mazkur qo‘mita haj ziyoratini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularni joriy qilishga kirishsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va barcha viloyat hokimliklari joylarda tashkiliy qo‘mitalar tuzib, musulmonlarning hajga borishlarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi bilan birgalikda hal etsinlar.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (G‘. Rafiqov) ga:
ziyoratchilarni 1994-yil may oyining boshlarida har ikkala tomonning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahriga olib borish va qaytarib olib kelish;
ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini qisqartirish maqsadida samolyotlar bilan jo‘nash va qaytishning Toshkent, Samarqand va Farg‘ona shaharlaridagi punktlarini tashkil etish topshirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (S. Saidqosimov), Davlat soliq qo‘mitasi Bojxona Bosh boshqarmasi (Y. Sheraliyev) Diniy ishlar qo‘mitasining taqdimiga ko‘ra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan muddatga rasmiylashtirishni ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sh. Karimov) ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli xulosa berishni va haj mavsumida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etsin.
7. Milliy xavfsizlik xizmati (G‘. Aliyev) ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.
8. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi (U. Nabiyev) Toshkent shahri va viloyatlar tashkiliy qo‘mitalarining buyurtmalariga binoan joylarda ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini tashkil qilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R. Azimov) ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi va Movarounnahr musulmonlari idorasi bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan haj ziyoratiga boruvchilarning ro‘yxati asosida har bir ziyoratchi uchun 500 AQSh dollarini imtiyoz bilan (8 ming so‘m-kuponga 1 AQSh dollari hisobida) almashtirib berishni tashkil etish topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B. Hamidov) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga respublika valyuta jamg‘armasidan 2,0 mln AQSh dollari ajratsin.
Ziyoratchilarga AQSh dollari sotishdan tushgan so‘m-kuponlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi Moliya vazirligining maxsus hisobiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin. | 40 | 3,270 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zga | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 30-yanvardagi 6-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 105-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 28-iyuldagi 72-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657-1, 2015-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 30-son, 408-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 7-martdagi 24-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657-2, 2017-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 238-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 12-iyuldagi 100-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657-3, 2017-yil 11-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 827-modda). | 250 | 2,493 |
Qonunchilik | IJRO IShINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda ijro ishini yanada takomillashtirish va sud ijrochilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.
2. Belgilansinki:
Jamg‘armaning daromadlari ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy tartibda davlat daromadiga undirilgan summadan 30 foiz ajratmalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Jamg‘armaning mablag‘laridan Departamentning hududiy bo‘limlari va sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘linmalari binolarini qurish, ta’mirlashda va ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlashda, shuningdek sud ijrochilari faoliyati samaradorligini oshirishda foydalaniladi.
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori zimmasiga yuklanadi.
3. Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A.Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
1. Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Jamg‘arma” deb yuritiladi) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentida (keyingi o‘rinlarda matnda “Departament” deb yuritiladi) tashkil etilgan va sud ijrochilarini qo‘shimcha ravishda mablag‘ bilan ta’minlashga hamda ular faoliyatining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga mo‘ljallangan.
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
a) ijro ishini amalga oshirish bo‘yicha budjetga undirilgan summadan 30 foiz ajratmalar;
b) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari:
a) Departamentning hududiy bo‘limlari va sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘linmalari binolarini qurish, jihozlash, ta’mirlash, inventarlar, tashkiliy texnika vositalari bilan ta’minlash, kompyuterlashtirishga;
b) ijro ishlarini amalga oshirishdagi zarur xarajatlarga;
v) sud ijrochilari umumiy sonining 10 foizigacha doirada sud ijrochilari qo‘shimcha shtat birliklari ta’minotiga;
g) xizmat maqsadlari uchun avtotransport va texnika vositalari sotib olishga, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishga;
d) sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish (Departament xodimlariga uy-joylar qurish, ularni sanatoriy-kurortda va tibbiy davolash, maoshlariga ustamalar va qo‘shimchalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish)ga;
e) Jamg‘arma zaxirasini yaratishga;
j) ijro ishini takomillashtirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
4. Sud ijrochilarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish va ularning Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘linmalarini rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash vositasida amalga oshiriladi.
Sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘linmalarini rivojlantirish dasturlari, ularni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari, shuningdek Jamg‘armaning har yili zaxiraga qo‘yiladigan mablag‘lari miqdori Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilanadi.
6. Jamg‘arma Kengashiga Departament direktori rahbarlik qiladi, uning tarkibiga shuningdek Departament direktorining o‘rinbosari, Departament bo‘limlari boshliqlari va Departament hududiy bo‘limlari boshliqlari kiradi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qarorlar Jamg‘arma Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Dasturlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilangan limitlar doirasida tasdiqlash va ularga tuzatishlar kiritish, shuningdek Jamg‘armaning zaxira mablag‘laridan foydalanish Departament direktori zimmasiga yuklanadi.
7. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflash bo‘yicha joriy ishlar Departament tomonidan amalga oshiriladi.
8. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har yili Jamg‘arma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda belgilangan tartibda Moliya vazirligiga taqdim etiladi. | 66 | 4,970 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI TIZIMI BOShQARUV ORGANLARI VA O‘QUV YuRTLARINING RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARI ATTESTATSIYASI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli va 2004-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 372-sonli qarorlariga muvofiq, qaror qilamiz:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom barcha xalq ta’limi tizimi organlari va o‘quv yurtlariga yetkazilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli, 2004-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 372-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan (keyingi o‘rinlarda — pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Rahbar kadrlar attestatsiyasi ularning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyuldagi “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 321-sonli qarori, respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bajarilishini ta’minlashdagi faolligi, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini xolis baholash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasb mahoratlari o‘sishini rag‘batlantirish, ta’lim-tarbiya, yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish va uni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi mehnati natijalarini xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilayotgan toifa va lavozimlariga muvofiqligini aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
1. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta o‘tkaziladi.
2. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — DTM) tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
3. Xalq ta’limi tizimi attestatsiyadan o‘tkaziladigan rahbar kadrlari tarkibiga quyidagilar:
Xalq ta’limi vazirligining, shu jumladan bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining boshqarma va bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari;
pedagogika institutlarining prorektorlari, o‘quv va uslubiy bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va o‘rinbosarlari;
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) rahbarlari, o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori va prorektorlari, kafedra mudirlari va o‘rinbosarlari;
umumiy o‘rta, maktabgacha, maktabdan tashqari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari kiradi.
4. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlari va xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari mutaxassislari mazkur Nizomning rahbar kadrlar uchun belgilangan tartib asosida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
5. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, uslubchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.
6. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 1 oy oldin attestatsiyadan o‘tuvchilarga attestatsiyaga oid rasmiy xabar, hujjatlar va dastur yuboriladi.
7. O‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan pedagoglar asosiy ish joyida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
8. Xalq ta’limi vazirligi, hududiy bo‘linmalar pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi.
9. Xalq ta’limi vazirligi, hududiy bo‘linmalar va ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tuvchilarni attestatsiya tartib va qoidalari bilan tanishtiradi, attestatsiyadan o‘tuvchilar ro‘yxatini tuzadi hamda tegishli buyruqlarini qabul qiladi.
10. Attestatsiyadan o‘tuvchi rahbarlar ta’limni boshqaruv organiga; pedagoglar ta’lim muassasasi rahbariyatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ma’lumotnoma-so‘rovnoma;
ma’lumoti, toifasi, ilmiy daraja va unvoni haqidagi hujjatlar, malaka oshirganlik haqidagi guvohnoma, qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaxassisligi haqidagi guvohnoma nusxalari (mavjud bo‘lsa);
so‘nggi 5 yilda nashr etilgan ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlari, ixtirolari va maqolalari ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
attestatsiyadan o‘tuvchining oxirgi 5 yildagi o‘quv, uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borgan ishlari hisoboti;
ta’lim muassasasini rivojlantirish borasidagi ishlari va kelgusidagi rejalari haqida qisqacha ma’lumot (rahbarlar uchun).
Komissiyaga taqdim etilgan rahbarlar to‘g‘risidagi hujjatlar ta’limni boshqaruv organi rahbariyati (pedagogika institutlarida rektor), pedagoglar to‘g‘risidagi hujjatlar ta’lim muassasasi (yoki bo‘lim) rahbarlari tomonidan imzolanadi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqiyligiga imzo qo‘ygan mas’ul shaxs javobgar hisoblanadi.
11. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan rahbarlar va pedagoglar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
12. Pedagog kadrlar tayanch ma’lumoti yoki qayta tayyorlash muassasalarida olgan mutaxassisligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi.
13. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlat fuqarolari attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
14. Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari rahbar kadrlarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi va DTM xodimlaridan iborat bo‘lib, vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — vazirlik rahbarlaridan, komissiya raisi o‘rinbosari DTM rahbarlaridan tayinlanadi.
15. Respublika bo‘ysunuvida bo‘lgan umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, maxsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi vakillari, ta’lim muassasasi rahbarlaridan iborat bo‘lib, vazirlik tomonidan DTM bilan kelishilgan holda tuziladi. Komissiya raisi vazirlik xodimlaridan tayinlanadi.
16. Xalq ta’limi tizimi ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va pedagogika institutlari professor-o‘qituvchilarini attestatsiya qilish komissiyalari tarkibi Xalq ta’limi vazirligi va DTM xodimlaridan iborat bo‘lib, DTM buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya raisi — DTM xodimlaridan, komissiya raisi o‘rinbosari vazirlik xodimlaridan tayinlanadi.
17. Hududiy bo‘linmalar bo‘ysunuvida bo‘lgan umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, maxsus maktab (maktab-internat), mehribonlik uylari pedagog kadrlari attestatsiyasini tashkil etish maqsadida viloyatlar DTM xodimi (komissiya raisi), Hududiy bo‘linmalar vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda tuziladi.
18. Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar tomonidan har bir tuman (shahar)larda pedagog kadrlar attestatsiyasi komissiyasi tuziladi.
Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar DTM va vazirlik bilan kelishilgan holda attestatsiya komissiyasining tarkibiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Kiritilgan o‘zgartirishlar haqida DTM va vazirlikka ma’lumot beriladi.
19. Attestatsiya komissiyasining tarkibi 7 kishidan iborat bo‘ladi. Komissiya a’zolarining 5 nafari qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.
20. Attestatsiya komissiyalarining faoliyat ko‘rsatish muddati Xalq ta’limi vazirligi va DTM tomonidan birgalikda belgilanadi.
21. Rahbar kadrlar attestatsiyasi quyidagicha tashkil etiladi:
rahbar kadrlar ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rahbarlik qobiliyati va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovidan o‘tkaziladi;
rahbarning oxirgi attestatsiyadan keyingi davrlardagi o‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faoliyati ta’lim muassasasining rivojlanish sur’ati haqidagi aniq statistik ma’lumotlar asosida o‘rganiladi va tahlil qilinadi;
jamoa o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi;
kasbiy va mansab vazifalarida belgilangan masalalar bo‘yicha suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
Rahbarning umumiy bali test, suhbat natijalari, rahbar faoliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ball hamda jamoa tomonidan berilgan baholar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
22. Rahbar kadrlar uchun test savollari to‘plami: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, Mehnat kodeksi va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalar, boshqaruv san’atiga oid psixologik testlar, rahbarlik faoliyatiga oid moliyaviy masalalarni o‘z ichiga oladi.
23. Ta’lim muassasasini rivojlantirish sur’atini belgilovchi ko‘rsatgichlarga bitiruvchilarning bilim darajasi, ta’lim muassasasidagi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilish darajasi, o‘quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘riklardagi natijalari, bitiruvchilarining ishga (o‘qishga) joylashishi, o‘qituvchilar, iqtidorli va kam ta’minlangan o‘quvchilarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha olib borilgan ishlar, ta’lim muassasasi moddiy-texnik bazasi, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari kiritiladi.
24. Sotsiologik so‘rovlar rahbarning xulq-atvori, insonparvarligi, jamoani boshqara olish qobiliyati, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, fidoiyligi, mas’uliyatliligi, qat’iyatliligi, xodimlar manfaati yo‘lida jonkuyarligi, adolatliligi, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchanligi kabi fazilatlarini aniqlashga qaratiladi.
25. Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
pedagog kadrlar o‘z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovidan, suhbatdan o‘tkaziladi;
pedagog o‘qitayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning, talabalarning bilimi, o‘zlashtirish darajasi o‘rganiladi;
talabalar o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi.
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o‘quvchilarining bilim darajasi, ilmiy, o‘quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o‘rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, san’at, sport sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tkaziladi.
26. Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test savollari to‘plami: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo‘ladi.
27. Har bir ta’lim turi bo‘yicha pedagog va rahbar kadrlar uchun attestatsiya jarayonida alohida test savollari banki, sotsiologik so‘rovlar, ta’lim muassasasining rivojlanish sur’ati va attestatsiyadan o‘tuvchining mehnat faoliyati samarasini belgilovchi o‘ziga xos ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
28. Attestatsiya o‘tkazilishi haqida tegishli buyruqlarini chiqaradi. Attestatsiyadan o‘tuvchi rahbarlarning sonini aniqlaydi va ular haqidagi ma’lumotnomani vazirlikka taqdim etadi.
29. Attestatsiyadan o‘tuvchi rahbarlarni attestatsiya jarayoni bilan tanishtiriladi.
30. Hududiy boshqarmalarga biriktirilgan vazifalar DTMning viloyatlardagi doimiy vakili bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
31. Attestatsiya jarayonini tashkil etishda ta’lim organlari rahbarlari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
attestatsiyadan o‘tuvchilar ro‘yxatini tuzadi, ular haqida tegishli buyrug‘ini rasmiylashtiradi;
attestatsiyadan o‘tuvchilarning hujjatlarini tayyorlaydi va ularga tavsifnomalar yozadi. Har bir attestatsiyadan o‘tuvchi uchun alohida yig‘ma jild tayyorlaydi;
attestatsiyadan o‘tuvchilarga attestatsiyaning tartib va qoidalarini tushuntirish uchun seminarlar o‘tkazadi va ularning attestatsiyaga to‘liq qatnashishini ta’minlaydi;
attestatsiyaga qatnasha olmaydiganlar ro‘yxatini tuzadi va ularning sababini aniqlaydi;
attestatsiya jarayonini o‘tkazishga zarur texnik vositalarning ish holatini tekshirib chiqadi va zarur bo‘lgan moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlaydi, tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.
32. Attestatsiya komissiyasi pedagog va rahbar kadrlar to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar, test sinovlari, sotsialogik so‘rov va suhbat natijalari asosida umumiy xulosani qabul qiladi.
Umumiy xulosalar komissiya a’zolarining ochiq ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi. Ovozlar teng bo‘lganda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasining xulosasi bevosita attestatsiyadan keyin e’lon qilinadi.
33. Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra rahbarga “Egallab turgan lavozimiga loyiq”, “Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq”, “Egallab turgan lavozimiga noloyiq” degan xulosalardan birini chiqaradi.
34. “Egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq” deb e’tirof etilgan rahbar kadrlar 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
35. Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagogga “Attestatsiyadan o‘tdi”, “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” va “Attestatsiyadan o‘tmadi” degan xulosalardan birini chiqaradi.
36. Tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmagan bo‘lsa, attestatsiyaga qo‘yilmaydi.
Mutaxassis toifaga ega pedagog “Attestatsiyadan o‘tmadi” deb e’tirof etilganda, shuningdek tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmagan bo‘lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o‘z mutaxassisligiga o‘tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga borishni taklif qiladi. Ushbu takliflarga rozi bo‘lmaganda amaldagi qonunchilik asosida u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
“Attestatsiyadan o‘tmadi” deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
37. Attestatsiya qilinuvchi:
attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi;
attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra qatnashmagan pedagog yoki rahbar esa “Attestatsiya qilinmagan” deb e’tirof etiladi va mehnat qonunchiligiga asosan tegishli choralar ko‘riladi.
38. Ta’lim muassasasi rahbari attestatsiya komissiyalari xulosalari asosida rahbar yoki pedagog kadrlar uchun tegishli buyruqlarini qabul qiladi.
39. Attestatsiya komissiyasining xulosa (baho va tavsiya)lari attestatsiya varaqasida qayd etiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya varaqalari va bayonnomalariga o‘zgartirish kiritish qat’iyan man etiladi.
Attestatsiya varaqasi xodimning shaxsiy hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
40. Attestatsiya natijalari bo‘yicha komissiya hisobot tayyorlaydi, vazirlikka va DTMga taqdim etadi.
41. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining xulosasi bo‘yicha shikoyat va e’tirozlar bilan “Apellyatsiya komissiyasi”ga murojaat etishlari mumkin.
42. Apellyatsiya komissiyasi 3—5 kishidan iborat tarkibda DTM hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalar huzurida tuziladi. Komissiya ishida a’zolarining 3/2 qismi qatnashganda uning faoliyati vakolatli hisoblanadi.
Komissiya raisi vazirlik va Muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyasi xodimlaridan tayinlanadi.
43. Apellyatsiya komissiyasi ariza beruvchiga kamida besh kun oldin da’vo arizasini ko‘rib chiqish haqida ma’lum qiladi.
44. Apellyatsiya natijasi ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
45. Apellyatsiya komissiyasining xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi.
46. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiya komissiyasining hamda “Apellyatsiya komissiyasi”ning xulosasi bo‘yicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
47. Pedagog va rahbar kadrlar attestatsiyasi jarayonidagi nizolar amaldagi qonunchilik doirasida hal etiladi. | 166 | 17,776 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri lavozimi tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri lavozimi kiritilsin. | 99 | 282 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI, KREDIT UYuShMALARI VA MIKROKREDIT TAShKILOTLARI TOMONIDAN BUDJETGA SOLIQLARNI HISOBLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 25-apreldagi “Tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan budjetga soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 42, 2005-36, 261-V-son qarori (2005-yil 16-iyun, ro‘yxat raqami 1480 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-son, 175-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan budjetga soliqlarning ayrim turlarini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
1. Soliqlarni to‘lovchilar bo‘lib mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balans va hisob raqamiga ega bo‘lgan tijorat banklari va ularning filiallari, kredit uyushmalari va ularning filiallari, mikrokredit tashkilotlari va ularning filiallari (keyingi o‘rinlarda — kredit tashkilotlari) hisoblanadi.
2. Soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajramatlarni hisoblab chiqarish va to‘lash umumbelgilangan tartibda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Soliqlarni hisoblash uchun kredit tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari to‘lov vaqti hamda pulning kelib tushishi sanasidan qat’iy nazar, ular qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida aks ettiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
Kredit tashkilotlarining daromadlari:
a) hisoblangan foizli daromadlar.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat berilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar shartnomaga asosan olish muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining soliqqa tortiluvchi daromadi sifatida ko‘rilmaydi.
b) foizsiz daromadlar, jumladan:
vositachilik haqi va xizmatlar uchun to‘lovlardan olingan daromadlar;
xorijiy valyutalardagi foyda;
boshqa foizsiz daromadlar.
Kredit tashkilotlarining xarajatlari:
a) hisoblangan foizli xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olingan kredit resurslari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida berilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar, shartnomaga asosan to‘lov muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining xarajati sifatida ko‘rilmaydi.
b) foizsiz xarajatlar, jumladan:
vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar;
xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar;
tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar;
investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar;
boshqa foizsiz xarajatlar;
v) kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash;
g) foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan operatsion xarajatlar:
ish haqi va xodimlar uchun qilingan boshqa xarajatlar;
ijara va ta’minot xarajatlari;
xizmat safari va transport xarajatlari;
ma’muriy xarajatlar;
reprezentatsiya va xayriya;
eskirish xarajatlari;
sug‘urta, soliqlar va boshqa xarajatlar;
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash (kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash bundan mustasno).
4. Kredit tashkilotlari uchun soliq solish obyekti bo‘lib mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq 02041S-son shakldagi “Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot”ga muvofiq jami daromadlar va chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan va mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq soliq solish bazasiga kiritiladigan xarajatlar summasiga tuzatilgan foyda hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida mazkur asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning qo‘shimcha baholash summasining ushbu asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshgan qismi foizsiz daromadlar tarkibiga kiritiladi.
5. Tijorat banklarining soliq solinadigan daromadi (foydasi) jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan summasiga, mazkur mablag‘larning yuqorida ko‘rsatilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirilishi sharti bilan kamaytiriladi.
Bunda jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishini hisoblab chiqarish uchun bazis davri sifatida hisobot yilining boshi qabul qilinadi va ko‘payish 20406, 20606, 22618 va 23604 hisobvaraqlar bo‘yicha hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy, yil) boshi va oxirining farqi sifatida aniqlanadi.
Mazkur imtiyozni qo‘llash uchun tijorat banklari ko‘payish summasini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish uchun maqsadli foydalanilgan holda alohida hisob raqamda aks ettirishi kerak.
Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishi hisobiga imtiyozlarni qo‘llash hisob-kitobi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishi hisobiga imtiyozlarni qo‘llashga doir shartli misol mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.
6. Vakolatli banklar uchun jalb etiladigan bo‘sh valyuta mablag‘larini Birlashgan barqarorlashtirish jamg‘armasiga yo‘naltirishda olinadigan marja summasiga soliq solinadigan daromadlar (foyda) kamaytiriladi.
7. Tijorat banklarning Imtiyozli kredit berish jamg‘armasining resurslarini oshirishga yo‘naltiradigan va Jamg‘armaning kreditlari hisobiga olingan daromadlari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi tashkil etilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi.
8. O‘stirmaslik maqomini olgan kredit bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
9. Kredit tashkilotlari Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobini davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etadilar. Hisob-kitobga 02041S-son shakldagi “Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot” ilova qilinishi lozim.
10. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi “Hisoblangan daromad soliqlari — to‘lanadigan” balans hisobvaraqda (tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari uchun 22502 balans hisobvaraqda, kredit uyushmalari uchun 22416 balans hisobvaraqda) “Daromad (foyda) solig‘i” alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Soliqni hisoblashda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 56902 “Daromad solig‘ini baholash”;
Kredit 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 56902 “Daromad solig‘ini baholash”;
Kredit 22416 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”.
Amalda to‘langanda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari bo‘yicha:
Debet 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10301 “O‘zRMB vakillik hisob raqamidan olinadigan — Nostro” yoki Davlat soliq inspeksiyasining hisobvarag‘i.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 22416 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
11. Kredit tashkilotlari uchun soliq solish obyekti bo‘lib, qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha qiymat solig‘i solinadigan aylanmalar hisoblanadi.
Tovarlar, xizmatlar (ishlar)ni sotish bo‘yicha soliq solish obyektining miqdori sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) qiymati asosida, shartnomada aks ettirilgan qo‘llanilgan narxlar va tariflardan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan belgilanadi.
12. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi “Hisoblangan boshqa soliqlar” balans hisobvaraqda (tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari uchun 22504 balans hisobvarag‘i, kredit uyushmalari uchun 22422 balans hisobvarag‘i) “Qo‘shilgan qiymat solig‘i” alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Soliqni hisoblashda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 56714 “Soliqlar (daromad solig‘idan boshqa) va litsenziyalar” yoki 29896 “Boshqa majburiyatlar” (yoki asosiy vositalar sotilganda boshqa tegishli hisobvaraq);
Kredit 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 56714 “Soliqlar (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar” yoki 29896 “Boshqa majburiyatlar” (yoki asosiy vositalar sotilganda boshqa tegishli hisobvaraq);
Kredit 22422 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”.
Amalda to‘langanda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari bo‘yicha:
Debet 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10301 “O‘zRMB vakillik hisobraqamidan olinadigan — Nostro” yoki Davlat soliq inspeksiyasining hisobvarag‘i.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 22422 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
13. Soliq solish bazasini aniqlash uchun har oyning birinchi sanasidagi debet qoldiqlari kredit tashkilotlarining quyidagi balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi:
tijorat banklari bo‘yicha:
16505 Tugallanmagan qurilish (belgilangan muddatlarda qurib bitkazilmagan qurilish obyektlari qismiga)
16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa imoratlar;
16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi;
16529 Transport vositalari;
16535 Mebel, moslama va jihozlar;
16549 Boshqalarga operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar;
16561 Ombordagi asosiy vositalar bo‘yicha (me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar qismiga);
16601 Nomoddiy aktivlar;
16617 Gudvill;
16700 Bankning boshqa xususiy mulklari (16713 hisobvarag‘idan tashqari).
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
16505 Tugallanmagan qurilish (belgilangan muddatlarda qurib bitkazilmagan qurilish obyektlari qismiga)
16509 Binolar va boshqa imoratlar;
16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi;
16529 Transport vositalari;
16535 Mebel, moslama va jihozlar;
16541 Nomoddiy aktivlar;
16549 Ijaraga berilgan asosiy vositalar;
16700 Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulk (16707 hisobvarag‘idan tashqari);
19923 Ombordagi asosiy vositalar (me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar qismiga).
Mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
16505 Tugallanmagan qurilish (belgilangan muddatlarda qurib bitkazilmagan qurilish obyektlari qismiga)
16509 Mikrokredit tashkilotining binolari va boshqa inshootlari;
16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi;
16529 Transport vositalari;
16535 Mebel, moslama va jihozlar;
16549 Boshqalarga operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar;
16561 Ombordagi asosiy vositalar (me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar qismiga);
16601 Nomoddiy aktivlar;
16617 Gudvill;
16700 Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulk (16707 hisobvarag‘idan tashqari).
14. Kredit tashkiloti tomonidan qarzni qoplash uchun sotish maqsadida undirib olingan mol-mulkka (garovga olingan mol-mulkka) soliq solinmaydi va ushbu mol-mulkka amortizatsiya ajratmalar hisoblanmaydi.
Mazkur norma ushbu mol-mulkni kredit tashkiloti tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilgan hollarga qo‘llanilmaydi.
15. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hisob-kitobiga majburiy ilovalar bo‘lib, mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatining hisob-kitobi va soliq solinmaydigan mol-mulklar ro‘yxati hisoblanadi.
16. Mol-mulk solig‘i kredit tashkilotlarining hisobot davridagi operatsion xarajatlarda hisobga olinadi. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi “Hisoblangan boshqa soliqlar va litsenziyalar” balans hisobvarag‘ida (tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari uchun 22504 balans hisobvarag‘i, kredit uyushmalari uchun 22422 balans hisobvarag‘i) “Mol-mulk solig‘i” alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
17. Soliqni hisoblashda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 56714 “Soliqlar (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar”;
Kredit 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 56714 “Soliqlar (daromad solig‘idan tashqari)”;
Kredit 22422 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”.
Amalda to‘langanda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari bo‘yicha:
Debet 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10301 “O‘zRMB vakillik hisob raqamidan olinadigan — Nostro” yoki Davlat soliq inspeksiyasining hisobvarag‘i.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 22422 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 22504 “Hisoblangan boshqa soliqlar — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
18. Qonunchilikka muvofiq mikrofirma va kichik korxona toifasiga kiruvchi kredit tashkilotlari soliq solishning yagona soliq to‘lovi to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibini qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda qo‘llashga haqlidir.
19. Mazkur Nizomning 3-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan kredit tashkilotlarining daromadlari soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi.
20. Kredit tashkilotlari hisoblashning to‘g‘riligiga, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida taqdim etilishiga, berilgan soliq imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadli foydalanishlariga hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga qonunchilikka muvofiq mas’uldirlar.
21. Mazkur Nizomni to‘g‘ri qo‘llash ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
1. Rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar, shu jumladan:
a) vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq;
b) ayrim tarmoqlar xodimlariga bepul ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan ovqatlar, mahsulotlar qiymati, xodimlarga bepul beriladigan uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (bepul berilmagan uy-joy, ko‘rsatilmagan kommunal xizmatlar va shu kabilar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
v) jamoa shartnomasi bo‘yicha xodimlarga qo‘shimcha ravishda (qonunchilikda nazarda tutilgandan ortiqcha) berilgan ta’tillar, ular bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari;
g) xodimlarga beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki umumiy ovqatlanish uchun yordamchi xo‘jaliklar tayyorlaydigan mahsulotlar narxlari bo‘yicha tafovutlar;
d) qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha xizmat safarlari bilan bog‘liq to‘lovlar;
e) tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz to‘lanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yo‘qotishlar bilan bog‘liq nafaqalar;
j) xizmatlar qiymatini to‘lash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo‘yicha xarajatlar;
z) xodimlarga bayram va muhim sana bilan bog‘liq rag‘batlantiruvchi bir marta beriladigan mukofotlar;
i) xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish;
k) xodimlar xarajatlarini to‘lash (ovqatlanishga, yo‘l haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga va sayohatlarga yo‘llanmalarga, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlarga, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishga, obunaga va xodimlarning shaxsiy iste’mol tovarlariga hamda boshqa shu kabilarga to‘lovlarga);
l) pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar;
m) xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam, xodimning jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi va xodim oila a’zolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamdan tashqari.
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar.
3. Sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha ajratmalar, mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari bundan mustasno.
4. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha vakillik xarajatlari.
5. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xarajatlariga ajratmalar.
6. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash va boshqalar.
7. Xodimlarning ixtiyoriy sug‘urtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno.
8. Kredit tashkilotlari sohasiga to‘g‘ri kelmaydigan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari.
9. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir bo‘lgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib ko‘rish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) bo‘yicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin bo‘lmagan miqdorda qoplanadi.
10. Qatnashchilardan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun to‘lov.
11. O‘z xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklariga sarflangan xarajatlardan ko‘rilgan zararlar.
12. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari.
13. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa ish turlari) bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar.
14. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa), madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
15. Sud xarajatlari.
16. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
17. Kredit tashkilotlarining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilish)dan ko‘rilgan zararlar, ular tomonidan uch yildan ortiq ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar bundan mustasno.
18. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan, mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek, yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
19. Soliq qonunchiligi va boshqa qonunchilikni buzganlik uchun jarima va penyalar.
20. To‘langan boshqa jarimalar.
21. Boshqa operatsion xarajatlar.
21. Boshqa operatsion xarajatlar.
23. Qimmatli qog‘ozlarni sotishda yuzaga kelgan zararlar.
24. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini muddatidan oldin to‘lash munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u budjetdan qarzlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa.
Quyida keltirilgan xarajatlarning moddalari kredit tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarida davr xarajatlar sifatida hisobga olinadi. Biroq ular soliq solish maqsadlari uchun ularni soliq solinadigan bazaga kiritish uchun foydaga qaytadan hisobga olinadi, so‘ngra esa ushbu xarajatlarning butun foydali muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, ushbu muddatlardan qaysi birining (vaqtlar bo‘yicha tafovutlarning) qisqa bo‘lishiga qarab, keyinchalik chiqarib tashlanadi.
1. Kreditlarga doir ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha zaxiralarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha qilingan ajratmalar.
2. Boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarga ajratmalar.
3. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo‘yicha xarajatlar.
4. Jadallashtirilgan usul bilan hisoblangan amortizatsiya summasi va belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq:
a) asosiy vositalar bo‘yicha — soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq;
b) nomoddiy aktivlar bo‘yicha — boshlang‘ich qiymatidan va foydali ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda kredit tashkilotlari tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq.
5. Filial faoliyatini boshlashga tayyorlash ustidan texnik nazorat guruhini ta’minlash.
6. Yangi ochilayotgan filialda ishlash uchun kadrlarni tayyorlash xarajatlari.
7. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning topshirig‘iga binoan ixtisoslashtirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari.
Ma’lumot uchun:
1. Bazaviy foiz stavkasi (030-satr) hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi oylik qayta moliyalash stavkasining 75 foizi miqdorida belgilanadi. Agar hisobot davri mobaynida bazaviy foiz stavkasi o‘zgarsa, unda hisob-kitob qilishda ushbu hisobot davrida oxirgi qabul qilingan bazaviy foiz stavkasi olinadi. Bo‘shagan mablag‘larning jismoniy shaxslarning jalb qilingan muddatli omonatlari bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirilganligini tasdig‘i bo‘lib, foiz stavkalarining mutlaq oshishini emas, balki bazaviy foiz stavkaga nisbatan omonatlar bo‘yicha foizlar oshishining ko‘payganligi hisoblanadi.
2. Hisobot davri uchun jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining o‘rtacha summasi (20406, 20606, 22618, 23604 balans hisobvaraqlari saldosi) quyidagicha aniqlanadi:
chorak uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 + 1.03 + 1.04.2007/2) / 3;
yarim yil uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.06 + 1.07.2007/2) / 6;
9 oy uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.09 + 1.10.2007/2) / 9;
yil uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.12 + 1.01.2008/2) / 12.
3. Agarda 090-satrdagi summa:
020-satrdagi summadan katta bo‘lsa, 100-satrga 020-satrdagi summa qo‘yiladi;
020-satrdagi summadan kichik bo‘lsa, 100-satrga 090-satrdagi summa qo‘yiladi.
4. Soliq imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shagan va jismoniy shaxslarning jalb qilingan muddatli omonatlari bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi “Omonatlarning ko‘payishi hisobiga bo‘shagan mablag‘lar” nomli alohida hisobvaraqda aks ettirilishi lozim.
1. Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmi summasi:
hisobot davri boshiga 1000 ming so‘mni tashkil etgan (0101-satr);
hisobot davri oxiriga 1920 ming so‘mni tashkil etgan (0102-satr);
ko‘payish esa 920 ming so‘mni tashkil etgan (020-satr).
2. Bazaviy foiz stavkasi (BFS) 0,9 % ni (030-satr) tashkil etgan bo‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
BFS = hisobot sanasiga MB qayta moliyalash stavkasi x 75 % = 1,2 % x 75 % = 0,9 %
3. Hisobot davriga hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi (HFS) 2,8 % ni (060-satr) tashkil etadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
HFS = (FX/ OO‘S) x 100 %/ hisobot davridagi oylar soni = (491/1460) x 100 %/12 = 2,8 %, bunda:
FX — hisobot davri oxirida 50606, 51106 va 54204 balans hisobvaraqlarida aks ettirilgan jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmi bo‘yicha foizli xarajatlar summasi;
OO‘S — jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining o‘rtacha summasi (20406, 20606, 22618, 23604 balans hisobvaraqlari saldosi), u quyidagicha aniqlanadi:
chorak uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 + 1.03 + 1.04.2007/2) / 3;
yarim yil uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.06+1.07.2007/2) / 6;
9 oy uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.09+1.10.2007/2) / 9;
yil uchun: (1.01.2007/2 + 1.02 +.....+ 1.12+1.01.2008/2) / 12.
4. Foiz stavkasining ko‘payishi (FSO‘) 1,9 % ni (070-satr) tashkil etdi va quyidagi formula asosida hisoblandi:
FSO‘ = HFS — BFS = 2,8% – 0,9% = 1,9 %
5. Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari bo‘yicha foiz stavkasini oshirishga qilingan xarajatlar summasi (FSOX) 332,9 ming so‘mni (080-satr) tashkil qiladi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
FSOX = FSO‘ x OO‘S x hisobot davridagi oylar soni = 1,9 % x 1460 x 12 = 332,9 ming so‘m.
6. Foiz stavkasini oshirish uchun qilingan haqiqatdagi xarajatlardan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza (HSB) 1958,2 ming so‘mga (090-satr) teng, u quyidagi formula orqali hisoblandi:
HSB = FSOX x 100 / daromad (foyda) solig‘i stavkasi = 332,9 ming so‘m x 100 / 17 = 1958, 2 ming so‘m.
7. Soliq solinadigan daromadning (foydaning) kamayish summasi quyidagi tartibda aniqlanadi. Agarda 090-satrdagi summa:
020-satrdagi summadan katta bo‘lsa, 100-satrga 020-satrdagi summa qo‘yiladi;
020-satrdagi summadan kichik bo‘lsa, 100-satrga 090-satrdagi summa qo‘yiladi.
Foiz stavkasini oshirish uchun qilingan haqiqatdagi xarajatlardan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan daromad (foyda) summasi (090-satr) jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payish summasidan (020-satr) katta, ya’ni 1958,2 > 920. Mos ravishda, bo‘shagan mablag‘larni (ko‘payish summasiga to‘g‘ri keluvchi daromad (foyda) solig‘i summasi, ya’ni 156,4 ming so‘m = 920 x 17/100 ) yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omonatlar bo‘yicha foizlarni oshirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, soliq solinadigan daromad (foyda) 920 ming so‘mga kamaytiriladi.
Boshqa holatda, foiz stavkasini oshirishga qilingan xarajatlar summasi (FSOX) 10 ming so‘m bo‘lganda (080 — satr) foiz stavkasini oshirish uchun qilingan haqiqatdagi xarajatlardan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan daromad (foyda) summasi (090-satr) jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payish summasidan (020-satr) kichik bo‘lsa, ya’ni 705,9 < 920. Mos ravishda, bo‘shagan mablag‘larni (ko‘payish summasiga to‘g‘ri keluvchi daromad (foyda) solig‘i sumasi, ya’ni 120 ming so‘m = 705,9 x 17 / 100 ) yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omonatlar bo‘yicha foizlarni oshirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan soliq solinadigan daromad (foyda) 705,9 ming so‘mga kamaytiriladi. | 164 | 29,302 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 87-moddasining ikkinchi qismidagi “Uch” degan so‘z “Besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 207-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
b) giyovandlik vositalari va psixotrop moddalarning ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 81 | 1,248 |
Qonunchilik | Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3729-son qaroriga muvofiq, shuningdek, gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldi olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Belgilansinki, gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan, qolgan kontingent o‘z mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan emlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab, Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingentini emlash uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin o‘z vaqtida emlanishini;
aholi o‘rtasida va ommaviy axborot vositalarida gripp yuqtirish xavfi hamda uning og‘ir asoratlari to‘g‘risida, shuningdek, gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar kontingentini emlash masalalari bo‘yicha ma’rifat ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Homilador ayollar.
2. 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma’lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar.
3. 60 yoshdan oshgan shaxslar.
4. 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar.
5. Tibbiyot xodimlari.
6. “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar. | 151 | 4,069 |
Qonunchilik | Lombardlar va mikrokredit tashkilotlari nimalarni undira olmaydilar | Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari (MB Boshqaruvining 7.05.2018 yilda 1290-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori) va Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga (MB Boshqaruvining 7.05.2018 yilda 1642-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori) tuzatishlar kiritildi.
Eslatib oʻtamiz, lombardlar fuqarolarga shaхsiy iste’mol uchun moʻljallangan koʻchar mulk garovi evaziga 3 oydan ortiq boʻlmagan muddatga kreditlar taqdim etadilar.
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq mikrokredit (1 000 EKIHdan ortiq boʻlmagan miqdorda), mikroqarz (100 EKIHdan ortiq boʻlmagan miqdorda), mikrolizing (2 000 EKIHdan ortiq boʻlmagan miqdorda), shuningdek boshqa mikromoliyaviy хizmatlar sohasida, shu jumladan iste’mol kreditlari berish хizmatlarini koʻrsatadi.
Lombardlar va mikrokredit tashkilotlariga ariza va kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatish, kreditlar, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek kreditlar, mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari soʻndirilganligi uchun neustoyka undirish taqiqlandi.
Hujjatlarda lombardlar bilan kredit shartnomalari va mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga taqiq ham belgilangan (23.03.2018 yildagi PQ–3620-son qarorga qarang).
Aniqlashtirilishicha, garovga yoki saqlash uchun lombardga topshirilgan mol-mulk yoʻqolganda, kamomad aniqlanganda kompensatsiya masalasi u yoʻqotilgan holatda boʻlganidek hal etiladi. Egasiga garov pattasi yoki saqlash pattasida koʻrsatilgan baholash qiymati narхida toʻlanadi. Agar kamomad yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz bergan boʻlsa va lombard buni isbotlay olsa – zarar toʻlanmaydi.
Mikrokredit tashkilotining kapitalini hosil qiluvchi komponentlarga ham tuzatish kiritildi: ustav kapitali, zaхira kapitali, taqsimlanmagan foyda va boshqa oʻz mablagʻlari. Shu tariqa, olingan daromadlar, grantlar va tekinga olingan mol-mulk roʻyхatdan chiqarib tashlandi.
Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov. | 67 | 2,499 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan havo kemalari parkini yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, aeroportlar infratuzilmasini, havo harakatini boshqarish va malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, mamlakatimizning fuqaro aviatsiyasida uning jahon aviatashishlar bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash va ushbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun tarkibiy islohotlarni yanada amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Xususan, o‘zida davlat tomonidan tartibga solish hamda tijorat faoliyatiga oid funksiyalarni mujassamlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof bo‘lmagan tizimi tarmoq korxonalarida menejmentning zamonaviy tizimini joriy etish, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini ta’minlash imkonini bermayapti.
Fuqaro aviatashishlarining, shu jumladan yerdagi infratuzilmadan foydalanishning haddan ziyod monopollashuvi ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatishning jahon darajasidan ancha ortda qolib ketishiga, shuningdek mamlakatdagi ayrim aeroportlarning norentabelligiga sabab bo‘ldi.
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqaruvning zamonaviy shakllari va usullarini jadal joriy etish, tarmoqdagi korxonalarni jahon tendensiyalari va standartlariga muvofiq tarkibiy o‘zgartirish, aviatashishlar bozorida raqobatni rivojlantirish va tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasini (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK deb yuritiladi) quyidagi usullarda qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, shuningdek, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexta’minot” moddiy-texnik ta’minot majmuasi” davlat unitar korxonalari negizida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Airways” AJ deb yuritiladi) tashkil etish;
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga 1-ilovaga muvofiq aylantirish;
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Airports” AJ deb yuritiladi) unga 2-ilovaga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushini o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etish;
“Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK negizida “Uzbekistan Nelicopters” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish;
2. Quyidagilar:
a) “Uzbekistan Airways” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
havo kemalari parkidan, shu jumladan parvozlarning yangi yo‘nalishlarini o‘zlashtirish va geografiyasini kengaytirish yo‘li bilan samarali foydalanish;
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizim va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviaparkni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va yangilash;
havo kemalari bortida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarning aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari sifatini oshirish;
kompaniyaning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar, yuk, pochta va bagaj tashish sohasida qulay tarif siyosatini olib borish;
investitsiyalar, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini, shu jumladan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish;
parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi xavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash;
aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar hamjamiyatiga integratsiya qilish, aviatashishlar sohasida mintaqaviy yetakchi darajasiga erishish.
b) “Uzbekistan Airports” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik va yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mexanizmlaridan foydalangan holda jalb qilish;
aeroportlarda aviatashuvchilar yo‘lovchilariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish;
aeroportlar tegishli xizmatlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, yo‘lovchilar, yuk, pochta va bagajga xizmat ko‘rsatish jarayonini optimallashtirish;
aerodromlarni parvozlarga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni ta’minlash va ularni ta’mirlashning zamonaviy usullarini joriy etish;
havo kemalariga yoqilg‘i quyish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalaniladigan yoqilg‘i va boshqa yoqilg‘i-moylash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, ularning sifatini qat’iy nazorat qilish;
logistika sohasida xizmatlarni sifatli ko‘rsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yo‘lovchilarga bank va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy obyektlar tarmog‘ini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish.
3. “Uzbekistan Airways” AJ Jahon banki guruhi va boshqa xalqaro maslahatchilarni jalb qilgan holda aviakompaniyaning rentabelligini ta’minlovchi aktivlarning maqbul tuzilmasini hisobga olgan holda o‘z faoliyatining barqaror biznes-modeli ishlab chiqilishini ta’minlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Uzbekistan Airways” AJ shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexta’minot” moddiy-texnik ta’minot majmuasi” davlat unitar korxonalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;
tashkil etilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha tegishli ravishda qayta tuzilayotgan davlat korxonalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zaeronavigatsiya” DUK) shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning aeronavigatsiya qismi doirasida huquqiy voris hisoblanadi;
“Uzbekistan Airways” AJ ustav kapitali qayta tuzilayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexta’minot” moddiy-texnik ta’minot majmuasi” davlat unitar korxonalarining mol-mulkini qoldiq qiymati, shuningdek, tashkil etilayotgan “Uzbekistan Nelicopters”, “Uzbekistan Air technics”, “O‘quv-mashg‘ulot markazi” va “Ketring” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining davlat ulushini nominal qiymat bo‘yicha o‘tkazish hisobiga shakllantiriladi;
“Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitali mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan korxonalarning ustav kapitalidagi nominal qiymat bo‘yicha o‘tkazib beriladigan davlat ulushlari hisobiga shakllantiriladi;
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va qayta tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan mol-mulki qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun o‘tkazib beriladi.
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amaliy ko‘maklashish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Ishchi komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi komissiya (A.N. Aripov):
a) ikki hafta muddatda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va uning tarkibiga kiradigan davlat korxonalarini qayta tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasini unda har bir tadbir o‘tkaziladigan aniq muddatlar va mas’ul shaxslarni ko‘rsatgan holda tasdiqlasin;
b) 2019-yil 15-yanvarga qadar transport tarmog‘ini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid barcha kompleks masalalar uchun mas’ul Transport vazirligini tashkil etish yuzasidan taklif kiritsin;
v) 2019-yil 1-mayga qadar “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarning:
qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalar ustav kapitali (fondi)ga o‘tkaziladigan;
qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan hamda qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun o‘tkaziladigan mol-mulki ro‘yxatini tasdiqlasin;
g) 2019-yil 1-iyunga qadar aviatashishlar bozoridagi qo‘shimcha kompaniyalar, shuningdek, kam budjetli aviakompaniyalar (loukostyerlar) va tijorat aviatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rsin.
7. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga — “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni qayta tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, ushbu Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning so‘zsiz bajarilishini muvofiqlashtirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — aviatashishlar bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini boshqarishning yangi tarmoq siyosatini ishlab chiqish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga — potensial investorlarni izlash va aviatsiya transporti sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — aviatsiya transporti sohasidagi loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda Ishchi komissiya tomonidan mazkur Farmonning 6-bandida ko‘rsatilgan ro‘yxatlar tasdiqlanganidan keyin olti oy muddatda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalar qayta tashkil etilishini oxiriga yetkazishni, shuningdek, ularning ustav kapitallari shakllantirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki guruhi o‘rtasida Aviatsiya transportini isloh qilish va mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga ko‘maklashish to‘g‘risida bitim tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-mayga qadar Jahon banki guruhi tomonidan o‘tkazilgan ishlar yakunlari bo‘yicha 2019 — 2030-yillarda aviatsiya transporti sohasini isloh qilish va aeroportlarni rivojlantirishga xususiy, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ Jahon banki guruhini jalb qilgan holda:
2019-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladigan aeroport yoki aeroportlar guruhi aniqlanishini;
2020-yil 1-yanvarga qadar tanlangan aeroport yoki aeroportlar guruhida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun tanlovlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish;
aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishga oid vakolatlarni o‘tkazish;
b) Ishchi komissiya tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq, “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK tomonidan foydalanilayotgan AN-2 havo kemalarini va tegishli aviatsiya mol-mulkini qoldiq qiymati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga o‘tkazish;
v) “O‘zaeronavigatsiya” davlat korxonasiga O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda ko‘rsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini aeronavigatsiya xizmatlari ko‘rsatilganligi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 12 oy davomida undirish huquqini berish. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda ko‘rsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini undirish imkoniyati bo‘lmaganda, “O‘zaeronavigatsiya” DUK kechiktirilgan debitorlik qarzdorlik uchun jarima sanksiyalarini qo‘llashdan keyingi 12 oy muddatga ozod qilinsin.
13. Belgilab qo‘yilsinki:
mazkur Farmonga muvofiq tuziladigan xo‘jalik jamiyatlari (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik jamiyatlari) ijro etuvchi organlarining a’zolari yetakchi aviakompaniyalarda yetarlicha ish tajribasiga hamda korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida zarur malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, shu jumladan chet el fuqarolari orasidan tanlab olinadi;
mazkur Farmonga muvofiq tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari davlat paketi bo‘yicha aksiyadorning huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amalga oshiradi;
mazkur Farmonga muvofiq o‘tkaziladigan va qabul qilinadigan mol-mulkning qiymati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqishda soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi;
2020-yildan boshlab xo‘jalik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida shakllantiriladi, yetakchi xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda yillik mustaqil tashqi auditdan o‘tkazilishi lozim.
14. Agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs tashkil etmasdan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablag‘lar summasining 100 foizi;
ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun Agentlik xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 80 foizi;
“O‘zaeronavigatsiya” DK sof foydasining 5 foizi;
aviatsiya xavfsizligi uchun undiriladigan yig‘imlar summasining 3 foizi;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
b) Jamg‘armaning mablag‘laridan faqat:
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya qilish, o‘qitish va malakasini oshirish;
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2019-yil 1-mayga qadar xorijiy kreditlar (qarzlar) bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasining to‘lov majburiyatlari yuzasidan avval taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
2019-yil 1-iyunga qadar aeroportlarni rivojlantirish va havo transporti qatnovini boshqarish uchun avval jalb qilingan kreditlarni “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zaeronavigatsiya” DKga qayta rasmiylashtirsin;
2019-yil 1-mayga qadar chegirmalarning qulay tizimini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga aeronavigatsiya va aeroport xizmatlarini ko‘rsatish uchun yagona stavkalar hamda yig‘imlarni tasdiqlasin;
2019-yil 1-martga qadar rentabelligi past bo‘lgan ichki yo‘nalishlar bo‘yicha tashishlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar uchun zararlarni kompensatsiya qilishni moliyalashtirishning barqaror mexanizmini shakllantirishga oid takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davavinazorat Adliya vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
sirtqi bo‘limlarda ta’lim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilishga ruxsat berish;
ilg‘or xorijiy, shu jumladan ishlab chiqaruvchilar sertifikatlarini tan olishni nazarda tutuvchi tajribadan kelib chiqib, havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, detallarni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
17. Quyidagilarga:
a) O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi tizimi (IATA Clearing Nouse) va o‘zaro hisob-kitoblarning boshqa xalqaro tizimlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
b) “O‘zaeronavigatsiya” davlat korxonasiga Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) orqali xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan tranzit foydalanishda ko‘rsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
18. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarga taqdim qilingan imtiyoz va preferensiyalar mazkur Farmonga muvofiq tashkil etilayotgan xo‘jalik jamiyatlariga tatbiq etilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan:
samolyotlar (TIF TN bo‘yicha kodi: 8802, 8803 va 8805), shu jumladan olib kirilgan vaqtga qadar ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan samolyotlar;
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchungina foydalaniladigan servis inventari va jahon brendidagi alkogol ichimliklari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning avtotransport vositalari;
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning ko‘chmas mulkiga oid kadastr hujjatlari;
qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yig‘imlar va bojlarni undirmasdan ta’minlasin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki oy muddatda:
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlar uchun ruxsatnomalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining xodimlarini uch baravar tarif koeffitsiyentini joriy etishni nazarda tutuvchi moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda:
korporativ boshqaruv va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi mustaqil, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ ijro etuvchi organlari tashkiliy tuzilmalari, shuningdek, kuzatuv kengashlari tarkiblarining tasdiqlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish funksiyalarini davlat organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
22. Davavianazorat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 103 | 21,510 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini ko‘rib chiqis | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.1-bandining 1.1.5-kichik bandini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish, shuningdek ularni saylash yoki lavozimidan ozod qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunning 9-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari (bundan buyon matnda sudyalar deb yuritiladi) lavozimlariga saylash uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) taqdim etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar bo‘yicha yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomasi Senat Devonida ro‘yxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
4. Kelib tushgan taqdimnoma ilova qilingan hujjatlar bilan birga Senat Raisiga topshiriladi. Senat Raisi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga (bundan buyon matnda Senat qo‘mitasi deb yuritiladi) nomzodlarni sudyalar lavozimiga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni topshiradi.
5. Taqdimnoma tegishli hujjatlar bilan birga Umumiy bo‘limga nusxa ko‘chirish va Senat qo‘mitasiga hamda Senat Raisining topshirig‘ida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarga berish uchun topshiriladi.
6. Taqdimnoma tegishli hujjatlar bilan birga Senat Devonining Rahbariga, uning nusxalari esa Senat Raisining o‘rinbosariga, Senat qo‘mitasiga, Yuridik bo‘limga, Nazorat-axborot bo‘limiga, Matbuot va tarjima bo‘limiga, Senatning matbuot kotibiga beriladi.
7. Senat qo‘mitasi:
a) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi;
b) tegishli hujjatlar (Senat qo‘mitasining qarorlari, Senat qo‘mitasi majlisining bayonnomalari va h.k.) rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
v) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yuzasidan Senat Kengashiga taklif kiritish to‘g‘risida Senat qo‘mitasining qarorini qabul qiladi;
g) ushbu masalalar bo‘yicha Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
d) Senatning yalpi majlisida sudyalar lavozimlariga nomzodlarni tanishtiradigan mansabdor shaxsni belgilaydi;
e) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi;
j) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni Senat qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqish Senatning navbatdagi yalpi majlisiga qadar o‘tkaziladi.
9. Senat qo‘mitasi sudyalar lavozimlariga nomzodlarni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislarini va (yoki) rais o‘rinbosarlarini Senat qo‘mitasining majlisi o‘tkaziladigan sana haqida oldindan xabardor qiladi.
10. Senat qo‘mitasining majlisi, agar unda Senat qo‘mitasi a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
11. Senat qo‘mitasining majlislari ochiq o‘tkaziladi.
12. Senat qo‘mitasining majlislariga sudyalar lavozimlariga nomzodlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari yoki rais o‘rinbosarlari taklif etiladi.
Tegishli sud raisi yoki rais o‘rinbosari sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar bo‘yicha yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasini o‘qib eshittiradi.
Nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash haqidagi masalani ko‘rib chiqish davomida Senat qo‘mitasi a’zolari tomonidan nomzodlarning kasb malakalari va tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida ularga savollar berilishi mumkin.
13. Senat qo‘mitasining nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish bo‘yicha Senat Kengashiga taklif kiritish to‘g‘risidagi qarori qo‘mita a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senat qo‘mitasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
14. Senat qo‘mitasining nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish to‘g‘risida taklif qilingan qarori Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi.
15. Senat qo‘mitasining majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
16. Senat Kengashi nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish haqida qaror qabul qiladi.
17. Muhokama natijalari bo‘yicha Senat qo‘mitasi sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi.
18. Senat qo‘mitasining raisi Umumiy bo‘lim bilan birgalikda sudyalar lavozimlariga nomzodlarga Senatning navbatdagi yalpi majlisida qatnashish uchun tegishli ruxsatnoma berilishini tashkil etadi.
19. Senatning yalpi majlisida sudyalarni saylash yoki ozod qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi.
20. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining loyihasiga Senat qo‘mitasi raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilib, Senat Raisining o‘rinbosariga topshiriladi.
Senat Raisining o‘rinbosari tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarorining loyihasi Senat qo‘mitasiga qaytariladi.
21. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining belgilangan tartibda viza qo‘yilgan loyihasi Senat qo‘mitasining raisi tomonidan Senat Devoni Rahbariga topshiriladi.
22. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarori loyihasining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasining va boshqa hujjatlarning nusxalari Umumiy bo‘lim xodimlari tomonidan ko‘paytiriladi va Nazorat-axborot bo‘limiga topshiriladi.
23. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining loyihasi bilan bir vaqtda Senat qo‘mitasi tomonidan Senat Devoni Rahbari bilan kelishilgan holda ushbu qarorni tarqatish varag‘i tayyorlanadi.
24. Senatorlarga Senatning yalpi majlisida muhokamada qatnashish uchun sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarori loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasi va boshqa hujjatlar topshiriladi.
25. Senatning yalpi majlisida sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan qabul qilingan Senat qarorini tegishli blankada chiqarilishi ta’minlanib, Senat qarorlarining rus tilidagi elektron nusxasi Umumiy bo‘limda, davlat tilidagi nusxasi esa Matbuot va tarjima bo‘limida saqlanadi.
26. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat Raisining o‘rinbosari, Senat qo‘mitasining raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarori Senat qo‘mitasining raisi tomonidan imzolash uchun Senat Raisiga topshiriladi.
27. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorlari “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinishi lozim.
28. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorlari qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
29. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining Umumiy bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida ushbu qarorni tarqatish varag‘ida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
30. Senatning sudyalar lavozimlariga nomzodlarni va sudyalarni lavozimidan ozod qilish masalalarini muhokama etish bilan bog‘liq faoliyatini tashkiliy, axborot, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Senat Devoni bo‘limlarining Senatning yuqorida ko‘rsatilgan vakolatini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi. | 250 | 10,679 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 73 | 486 |
Qonunchilik | “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 26-band bilan to‘ldirilsin:
“26) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ko‘zlab qilingan da’volar va beriladigan arizalar yuzasidan”;
2) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“101) O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
102) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
103) O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan”;
3) 15-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat notarial idorasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan notariusi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi”;
4) 18-modda birinchi qismining ikkinchi bandidagi “davlat notarial idoralari” degan so‘zlar “notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin”;
5) 20-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial harakatlar notariuslar tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji ular amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning dublikatlarini, hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestridan ko‘chirmalarni berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi”;
uchinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarial idora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji uning avvalgi guvohnoma (guvohnomalar) berilganligi uchun to‘langan qismi chiqarib tashlangan holda mutanosib ravishda undiriladi”;
o‘n birinchi qismidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarius” degan so‘z bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi qismidagi “Ijro yozuvlari bo‘yicha yozuvni amalga oshirganlik” degan so‘zlar “Ijro yozuvlarini yozganlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi va yigirma birinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ikki yoki undan ortiq shaxs nomidan yoxud ikki yoki undan ortiq shaxs nomiga berilgan bitta ishonchnomani tasdiqlashda davlat boji bitta harakatga nisbatan undiriladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning bitta arizadagi (majburiyatdagi) imzolarini shahodatlashda davlat boji bitta harakatga nisbatan undiriladi”;
6) quyidagi mazmundagi 221-modda bilan to‘ldirilsin:
Har qanday davlat xizmatini olish, shu jumladan litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat ko‘rsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi”;
7) ilovaning:
4-bandi:
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ch” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sh1” kichik bandi izohining birinchi xatboshisidagi “Davlat notarial idorasi” degan so‘zlar “Notarial idora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandining “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
31-bandning izohi chiqarib tashlansin;
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
40-bandi chiqarib tashlansin;
42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 45 — 48-bandlar bilan to‘ldirilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 105 | 4,890 |
Qonunchilik | Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-son “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (ro‘yxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno” degan so‘zlar “bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi. | 157 | 970 |
Qonunchilik | DAVLAT DAROMADIGA O‘TKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QO‘YISh, SOTISh YOKI YO‘Q QILIB TAShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk va pul mablag‘larining hisobini yuritishni takomillashtirish va ularning aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar bo‘yicha olib qo‘yiladigan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 5-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari (ashyoviy dalillar sifatida e’tirof etilgan pul mablag‘lari bundan istisno) uni olib qo‘ygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablag‘lari faqat sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi”;
to‘rtinchi—oltinchi xatboshi beshinchi—yettinchi xatboshi hisoblansin.
2. 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“25. Cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar (aksiyalardan tashqari), jamg‘arma omonatlari, pul-buyum lotereyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fond birjasi orqali sotiladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan bank hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
3. 53-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
ikkinchi—to‘qqizinchi xatboshi uchinchi—o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin. | 170 | 3,703 |
Qonunchilik | Mol-mulk va yer soligʻi toʻlash muddatlari yaqinlashmoqda | 15 oktyabrgacha jismoniy shaхslar mol-mulk va yer soligʻini toʻlashlari lozim. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi eslatib oʻtdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari boʻlgan jismoniy shaхslar hamda dehqon хoʻjaliklari jismoniy shaхslarning mol-mulk va yer soliqlari toʻlovchilari hisoblanadi.
Oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi”, – deyilgan Qoʻmitaning aхborotnomasida. | 57 | 608 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining ““Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ““Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-iyuldagi 542-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 30-son, 741-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning 1-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. Qarorning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi ““Sirdaryo-farm”” so‘zlaridan keyin “Sirdaryo” so‘zi qo‘shilsin.
3. Qarorning nomidagi, 2-banddagi “Sirdaryo-farm” so‘zlari “Sirdaryo” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
a) nomidagi “Sirdaryo-farm” so‘zlari “Sirdaryo” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi izoh kiritilsin:
“Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-son qaroriga muvofiq, “Sirdaryo” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi boshqaruv xodimlari soni 5 nafar etib belgilangan.”
5. 5-ilovada:
a) nomidagi va 1-banddagi “Sirdaryo-farm” so‘zlari “Sirdaryo” so‘zi bilan almashtirilsin.
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — ““Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — ““Sirdaryo” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Sirdaryo””;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Sirdaryo””;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi –”Directorate of free economic zone “Sirdarya”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi –”Directorate of FEZ “Sirdarya-farm”” SUC.
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. “Sirdaryo-farm” va “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi o‘rinlarda “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ ni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi”;
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Sirdaryo viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risida bitimlar, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarorlari bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor o‘simliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.”
d) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 25-banddagi hamda 32-bandning uchinchi xatboshisidagi ““Sirdaryo-farm” EIZ” so‘zlaridan keyin “va “Sirdaryo” EIZ” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 20-bandning uchinchi xatboshidasigi ““Sirdaryo-farm” EIZ” so‘zlaridan keyin “va “Sirdaryo” EIZni” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 23-banddagi ““Sirdaryo-farm” EIZ” so‘zlaridan keyin “va “Sirdaryo” EIZning” so‘zlari qo‘shilsin. | 249 | 7,117 |
Qonunchilik | Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktablar mukofotlar oladi | Vazirlar Mahkamasining 9.09.2021 yildagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Nizomga (1) asosan maktablar oʻrtasida umumta’lim fanlari boʻyicha quyidagi olimpiada turlari tashkil etiladi:
Asosiy olimpiadalar 4 bosqichda muayyan fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
4-bosqichda umumta’lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etadilar.
Har bir fan boʻyicha toʻplangan ballarga muvofiq 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar gʻolib hisoblanadi. Asosiy olimpiadalar gʻoliblari miqdorda pul mukofotlari oladilar:
3-bosqichda gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga:
● 1 oʻrin – 6 BHM;
● 2 oʻrin – 4 BHM;
● 3 oʻrin – 3 BHM;
4-bosqichda gʻolib boʻlgan har bir oʻquvchiga:
● 1 oʻrin – 12 BHM;
● 2 oʻrin – 8 BHM;
● 3 oʻrin – 6 BHM;
4-bosqich gʻoliblariga iхtisoslik fani boʻyicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.
Informatika va aхborot teхnologiyalari fani boʻyicha mazkur sertifikatni olgan oʻquvchilarga iхtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
Prezidentning sovrini uchun «Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaхshi maktab» tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan tanlov har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (хorijiy tillar) oʻqitiladigan maktablar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20 sentyabrga qadar Xalq ta’limi vazirligining aхborot tizimida maktab terma jamoasini roʻyхatdan oʻtkazadi.
Roʻyхatdan oʻtgan maktab har yili 20 oktyabrga qadar aхborot tizimiga хorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini kiritadi.
Har bir maktabdan bitta til boʻyicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topadi. Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Respublika bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi. Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezidentning sovrini bilan mukofotlanadi:
Tuman (shahar) bosqichida:
Hududiy bosqichda:
Respublika bosqichida:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 72 | 2,745 |
Qonunchilik | AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA | Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 5-sentabridan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 3 so‘m miqdorida belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi belgilaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha urush qatnashchilari va faxriylari, urush va mehnat nogironlariga oyiga belgilangan 50 litr avtobenzinini chakana narxlarning 50 foiz darajasida imtiyozli narxlarda sotish normasi saqlab qolinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzinning yangi chakana narxlari preyskurantini tasdiqlasin, uni hamda qayta baholash bo‘yicha ko‘rsatmalarni barcha manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyuldagi 385-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 81 | 942 |
Qonunchilik | Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-sonli, 2008-yil 26-iyundagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 34-son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
171. Sug‘urtalovchi tomonidan:
mas’ul shaxslarning ro‘yxatini;
o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobotni Moliya vazirligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, –
sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
172. Moliya vazirligining quyidagi kamchiliklarni:
sug‘urtalovchi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestri mavjud emasligi;
qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni Moliya vazirligi o‘z vakolati doirasida talab qilganda taqdim etmasligi;
sug‘urtalovchi o‘zining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili o‘zgarganligi haqida sug‘urta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilmasligi;
sug‘urtalovchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tmasligi;
sug‘urtalovchi tomonidan yiliga bir marta — har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy davomida moliya yilidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha aktuar tashkilotni aktuar tekshiruvini amalga oshirish uchun jalb etmaganligini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarmagan taqdirda, —
sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
173. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi. Bunda sug‘urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e’tirof etiladi.”. | 179 | 3,938 |
Qonunchilik | Bojхona brokeri faoliyati uchun ruхsatnomaga onlayn soʻrov berish mumkin | Yangi хizmat “Bojхona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma olish” deb nomlangan. Uni olish uchun elektron arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish talab etiladi:
• ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi buyruq va bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis ishga qabul qilinganligi qayd etilgan mehnat daftarchasidan (agar bunday yozuv mavjud boʻlsa) nusхa;
• bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis boshqa bojхona brokerida ishlagan taqdirda – oldingi ish joyidan ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusхasi va ishdan boʻshatilganligi qayd etilgan mehnat daftarchasidan (agar bunday yozuv mavjud boʻlsa) nusхa;
• fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha shartnomaning yoki tegishli sugʻurta polisining nusхasi;
• bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati nusхasi.
Xizmat bepul taqdim etiladi. Arizani koʻrib chiqish muddati – 10 kalendar kuni.
Javob (ruхsatnoma yoki rad etish) arizachiga Yagona portaldagi foydalanuvchining shaхsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatgan elektron pochtaga yuboriladi.
Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan YaIDXPda koʻrsatiladigan хizmatlarning toʻliq roʻyхati bilan quyidagi havola boʻyicha tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid materiallar:
Interaktiv хizmatlarni yaхshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassislar attestatsiyadan oʻtkaziladi | 73 | 1,417 |
Qonunchilik | 2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta o‘rin, shundan 5 ta o‘rin davlat granti va 20 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. | 110 | 830 |
Qonunchilik | LIZING XIZMATLARI KO‘RSATUVChI TAShKILOTLARDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, 5-son, 108-modda; 2003-yil, 1-son, 8-modda;), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq, lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda lizing beruvchilar deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega bo‘lgan yoki mijozni haqiqiy nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, yoxud mijoz tomonidan, uning manfaatlari yo‘lida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — lizing beruvchilarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha faoliyati;
mijozni identifikatsiyalash — lizing beruvchilar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash;
mijoz — lizing shartnomasiga binoan lizing obyektini o‘z egaligiga va foydalanishiga oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (lizinga oluvchi);
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida lizing beruvchilar tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirilishida lizing beruvchida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi);
2. Lizing beruvchilar ichki nazoratining maqsadi quyidagilardan iborat:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
lizing beruvchilarning qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
lizing beruvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, lizing faoliyatini amalga oshirishda ichki hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.
3. Lizing beruvchilar ichki nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, lizing faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqish manbalarini aniqlash va o‘rganish;
mazkur Qoidalarning 18-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar) ni Departamentga o‘z vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
lizing faoliyati to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini ta’minlash;
lizing beruvchilar rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ta’minlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilganligi yoki amalga oshirishga urinishlar haqidagi, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash;
so‘rovnomalar bo‘yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni aniqlash.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida lizing beruvchilar mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs tayinlanadi (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi).
Mas’ul shaxs lizing beruvchining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
5. Lizing beruvchilarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Lizing beruvchilar har yili yanvar oyining 15-sanasidan kechiktirmay tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotni Departamentga taqdim etishlari shart.
Mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, bu haqda, lizing beruvchi uch ish kuni mobaynida Departamentni xabardor qilishi lozim.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
lizing beruvchining faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi (tasdiqlaydi);
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni Departamentga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi.
8. Mas’ul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatish bo‘yicha).
9. Mas’ul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini ko‘rish;
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga ma’lumot berish;
olingan ma’lumotning maxfiyligiga rioya qilish;
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek, zarur hollarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risida so‘rash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;
Mas’ul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
91. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim
10. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida lizing beruvchilar Departament bilan kelishilgan holda mas’ul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
11. Lizing beruvchilar:
amaliy ish munosabatlari o‘rnatilganda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tug‘ilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radilar.
12. Mijozlarni lozim darajada tekshirish lizing faoliyati amalga oshirilishining barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash maqsadida lizing beruvchi mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart.
13. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi lozim.
14. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni tekshirishlari lozim.
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq o‘rganish uchun:
mijozning ta’sis hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) va mijozning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlarga muvofiq boshqa kerakli ma’lumotlarga alohida e’tibor berilishi lozim.
15. Lizing beruvchilar mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan ma’lumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi lizing beruvchi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish;
mijozning ishchanlik obro‘si to‘g‘risidagi axborotni to‘plash;
boshqa erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak bo‘lgan identifikatsiya va boshqa ma’lumotlar, lizing beruvchilar tomonidan kamida bir yilda bir marta yangilanib turishi kerak.
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida lizing beruvchilar benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qo‘llashi lozim.
17. Lizing beruvchilar mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
18. Quyidagi hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitishuvga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmaganligi, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga to‘g‘ri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz qattiq turib olgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin ko‘proq, ayniqsa, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk harakati yo‘nalishiga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqidagi ma’lumotning mavjud emasligi, shuningdek, ko‘rsatilgan bog‘lanish ma’lumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal ma’lumotlari bo‘yicha mijoz bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatining yo‘qligi;
ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib bo‘lmaydigan ma’lumotni taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolg‘on axborot va noto‘g‘ri ma’lumotlarning taqdim etilishi;
operatsiya bajarilgan kunda eng kam ish haqining 1000 baravaridan yuqori summada bo‘lgan qaytariladigan shakldagi lizing operatsiyalari amalga oshirilsa;
mulk yoki asbob-uskuna bilan bog‘liq katta miqdordagi lizing operatsiyalarining narxlari bozor konyunkturasidan o‘zgacha bo‘lganda yoki bu operatsiyalar bajarilishidan manfaat ko‘zlansa;
lizing to‘lovlarini asossiz ravishda oshib ketishi;
lizing oluvchilar tomonidan lizing to‘lovlarini to‘liq yoki qisqa muddat ichida (uch oydan oshmagan holda) to‘lanishi hamda ushbu pul mablag‘larining kelib chiqish manbaalari noma’lum bo‘lganda;
lizing shartnoma shartlaridagi majburiyatlar hamda to‘lovlar, uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
agar mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatda doimiy yashaydigan, turgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish dyeyishga asos bo‘ladigan operatsiyalar yoki bitishuvlarning ko‘p marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi.
19. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
20. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda lizing beruvchilar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni to‘xtatib qo‘yilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani to‘xtatish haqida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmaganda, ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan lizing beruvchi to‘xtatilgan operatsiyani amalga oshirishga kirishadi.
21. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, mas’ul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya to‘g‘risida Departamentga xabar berish haqida;
mijoz bilan operatsiya o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida.
22. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar lizing beruvchilar tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir ma’lumot haqida axborot mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va (yoki) elektron ko‘rinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
23. Lizing beruvchilar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
24. Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
operatsiyani topshirig‘i bo‘yicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
25. Lizing beruvchilar pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari hamda materiallarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
26. Lizing beruvchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda bundan manfaatdor bo‘lgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilgan ularning operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlarni taqdim etish haqida xabardor qilishga haqli emaslar.
Lizing beruvchilar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) ta’minlaydilar.
27. Mazkur Qoidalar talablariga lizing beruvchilar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Departament tomonidan amalga oshiriladi.
271. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa hujjatlar lizing beruvchilarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | 212 | 23,014 |
Qonunchilik | “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 80 | 314 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Re | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N. Bakirov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 612 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-848-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
2. “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-849-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). | 94 | 472 |
Qonunchilik | ENG QULAY REJIM YaRATGAN HOLDA SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI BITIMLAR IMZOLANGAN MAMLAKATLAR RO‘YXATIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Toshkent shahrida 2008-yil 13-mayda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Indoneziya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Savdo Bitimi 2009-yil 30-sentabrdan kuchga kirganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 23-son va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Eng qulay rejim yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 426, 1998-yil 8-aprel) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 145 | 922 |
Qonunchilik | VAKOLATLI BANKLARDA ChET EL VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARNING YuRITILIShI TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarning yuritilishi tartibi”ga (ro‘yxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 129 | 1,055 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya bo‘limlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya bo‘limlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan yuborilgan yozma javob ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi yozma javob ma’lumotida qayd etilgan bandlarni ijro etilishini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 796 |
Qonunchilik | FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI XODIMLARI MEHNATINI RAG‘BATLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | “Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar yig‘inlarining rahbarlari va xodimlari mehnatini ularning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga, oila institutini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga, jamiyatda barqarorlik va totuvlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini e’tiborga olgan holda yanada rag‘batlantirish maqsadida:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 13-maydagi PF–1778-son Farmonining mehnat haqi bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq rag‘batlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq o‘rnatilishini nazarda tutuvchi 1-bandining amal qilishi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari lavozimiga hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga nisbatan joriy etiladi.
2. 2012-yilning 1-avgustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun 12 foiz miqdorida oylik ustama haq o‘rnatilsin.
4. Ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 128 | 2,030 |
Qonunchilik | 1 avgustdan boshlab import yengil avtomobillar narхi qanday oʻzgaradi | Aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida – bizning sharhimizda.
Hozirgi vaqtda respublikaga transport vositalarini olib kirishda quyidagi toʻlovlarni toʻlash zarur: bojхona boji, aksiz soligʻi, bojхona yigʻimi va QQS. Biz avval yozganimizdek, 1 avgustdan boshlab aksiz soligʻi bekor qilinadi va utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi.
Keling, yengil avtomobillar misolida mazkur yangiliklarni inobatga olgan holda import qilinayotgan transport vositalari qiymati qanday oʻzgarishini batafsil koʻrib chiqaylik. Quyida hozirgi va boʻlgʻusi narхlarning solishtirma jadvalini keltiramiz.
Transport vositalarining tasnifi
Import qilinayotgan transport vositasining oʻrtacha qiymati
Bojхona boji
Aksiz soligʻi
QQS
Utilizatsiya yigʻimi
Oхirgi narх
(AQSh $ da)
M1 toifali transport vositalari : yengil avtomobillar (yangi)
1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega
6 000
1.08.2020 yilga qadar
3 240
(oʻrtacha qiymatining 54%i)
1 920
(oʻrtacha qiymatining 32%i)
1 674
(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i )
25
(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)
0
6 859
12 859
1.08.2020 yildan boshlab
3 240
(oʻzgarishsiz)
0
1 386
(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i )
25
(oʻzgarishsiz)
659
(30 BHM ekvivalentida AQSh $ da)
5 310
11 310
Farqi (AQSh $ da)
-1 549
1000 sm³ dan ortiq, biroq 1500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega
8000
1.08.2020 yilga qadar
5 400
(oʻrtacha qiymatining 67,5%i)
3 750
(oʻrtacha qiymatining 46,875%i)
2 573
(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i )
25
(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)
0
11 748
19 748
1.08.2020 yildan boshlab
5400
(oʻzgarishsiz)
0
2 010
(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i)
25
(oʻzgarishsiz)
2 636 (120 BHM ekvivalentida AQSh $ da)
10 071
18 071
Farqi (AQSh $ da)
-1 677
1500 sm³ dan ortiq, biroq 3000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega
16 000
1.08.2020 yilga qadar
10 800 (oʻrtacha qiymatining 67,5%i)
6 960 (oʻrtacha qiymatining 43,5%i)
5 064
(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i)
32
(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)
0
22 856
38 856
1.08.2020 yildan boshlab
10 800
(oʻzgarishsiz)
0
4 020
(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i)
32
(oʻzgarishsiz)
3 955
(180 BHM ekvivalentida AQSh $ da)
18 806
34 807
Farqi (AQSh $ da)
-4 049
3000 sm³ dan ortiq, biroq 3500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega
30 000
1.08.2020 yilga qadar
18 000
(oʻrtacha qiymatining 60%)
9 300
(oʻrtacha qiymatining 31%)
8 595
(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i)
60
(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)
0
35 955
65 955
1.08.2020 yildan boshlab
18 000
(oʻzgarishsiz)
0
7 200
(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i )
60
(oʻzgarishsiz)
3 955
(180 BHM ekvivalentida AQSh $ da)
29 215
59 215
Farqi (AQSh $ da)
-6 740
Keltirilgan jadvaldan koʻrganimizdek, yengil avtomobilning oхirgi narхi, utilizatsiya yigʻimi joriy etilganiga qaramay, aksiz soligʻining bekor qilinishi hisobiga kamayadi. 1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobil narхi 12%ga kamayadi, 3 000 sm³ dan ortiq ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobilning narхi esa 10%ga kamayadi.
Import qilinadigan transport vositalari narхini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar ichki avtomobil bozorida raqobatning oshishiga olib keladi.
Elmira Siraziyeva. | 69 | 3,633 |
Qonunchilik | HARBIY AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Keyingi yillarda respublikada harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirishga doir muayyan ishlar amalga oshirildi. Harbiy akademik litseylarda o‘qitish tizimi belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi, zamonaviy talablarga javob beradigan va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini ta’minlaydigan zarur infratuzilma yaratildi, har bir litseyda o‘qitishning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda o‘quvchilarni tanlov bo‘yicha tanlab olish tizimi joriy etildi.
Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘rtasida funksiyalar va mas’uliyat yo‘nalishlarini aniq ajratish, bitiruvchilarning keyingi o‘qishi va ishga joylashishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Harbiy akademik litsey to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
harbiy akademik litseylarning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
harbiy akademik litseylar o‘quvchilarining kiyim-bosh formasi namunalari 3-ilovaga* muvofiq;
harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq inventar bilan ta’minlash normalari 4-ilovaga* muvofiq;
harbiy akademik litseylar o‘quvchilari ovqatlanishining sutkalik normasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda:
belgilangan talablar bajarilishining amaldagi monitoringi tizimini, harbiy akademik litseylarga tezkor munosabat bildirish hamda zarur huquqiy, metodik va texnik yordam ko‘rsatish tartibini o‘z ichiga oladigan harbiy akademik litseylar faoliyati samarali boshqarilishini;
harbiy akademik litseylarni O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida namunaviy ta’lim muassasalari darajasigacha yetkazgan holda ularni rivojlantirish va takomillashtirishni;
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda harbiy akademik litseylarning bitiruvchilari uchun test sinovlari topshirishda ular to‘plagan jami ballarga ballarning to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdorining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda harbiy akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan bitiruvchilarini ish bilan ta’minlasin, shu jumladan bunda zaxiraga qo‘yiladigan (kvotalangan) ish o‘rinlaridan foydalansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2010-yil 1-martgacha Harbiy akademik litseylarga o‘quvchilar qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi har yili harbiy akademik litseylarning ofitser va serjantlar tarkiblari harbiy xizmatchilarini ushbu maqsadlar uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida ta’minotning barcha turlari, shu jumladan pul ta’minoti bilan ta’minlasin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-oktabrdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 59-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom harbiy-kasbiy yo‘nalishdagi akademik litsey (keyingi o‘rinlarda harbiy akademik litsey deb yuritiladi) maqomini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Nizom, shuningdek, o‘quvchilarni qabul qilish maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, tartibini, harbiy akademik litseylar rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
2. Harbiy akademik litsey davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
3. Harbiy akademik litseyda o‘quv-tarbiya jarayoni o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirishni hamda ularning keyinchalik oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini nazarda tutadigan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi harbiy akademik litseyga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyatini moliyalashtiradi, uni moddiy-texnik jihatdan ta’minlaydi.
5. Harbiy akademik litsey yuridik shaxs hisoblanadi hamda bank muassasalarida hisob-kitob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan belgilangan namunadagi muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
6. O‘quvchilarni chuqurlashtirilgan kasbiy, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual rivojlanishini, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini ta’minlash harbiy akademik litsey faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar harbiy akademik litseyning vazifalari hisoblanadi:
o‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish;
Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik g‘oyalariga, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalangan yoshlarni tayyorlash;
o‘quvchilarga qonunchilikni to‘g‘ri tushunishni va ularga ongli rioya qilishni ta’minlaydigan yuksak madaniyatni, ko‘nikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish;
litsey ixtisosiga muvofiq o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quvchilarda jismoniy chidamlilik, kuch, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish.
8. Harbiy akademik litseyda o‘quv jarayoni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq, Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
9. Harbiy akademik litseyda o‘qish davlat va rus tillarida olib boriladi.
10. O‘quv rejasi, o‘quv jarayoni jadvali, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, harbiy akademik litseyning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
11. O‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli zamonaviy shakllari va usullaridan foydalaniladi.
12. O‘qitish, mehnat, dam olish va turli tadbirlarni qo‘shib olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini ta’minlaydigan kun tartibi o‘quvchilarning harbiy akademik litseyda kecha-kunduz bo‘lishini hisobga olgan holda tuziladi va Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlanadi.
13. Harbiy akademik litseyning mansabdor shaxslari va o‘quvchilarining vazifalari va funksional majburiyatlari harbiy akademik litseyning ustavida belgilanadi.
14. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin har bir kursda reyting nazorati va attestatsiya natijalari bo‘yicha harbiy akademik litsey o‘quvchilarini navbatdagi kursga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. O‘quvchilarning kursdan kursga o‘tishi harbiy akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
18. Muntazam ravishda fanlarni o‘zlashtirmaslik, o‘qishni xohlamaslik, ichki tartibni qo‘pol ravishda va bir necha marta buzish, kasallikka chalingan holatlarida yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda o‘quvchilarni harbiy akademik litseydan o‘quvchilar tarkibidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
19. Harbiy akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va o‘zlashtirish daftarchasi beriladi.
20. O‘quvchilarning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy akademik litsey ustavida belgilanadi.
21. Harbiy akademik litseyda o‘qish muddati uch yildan iborat bo‘ladi. Harbiy akademik litsey o‘quvchilarining soni ko‘pi bilan 450 kishini tashkil qilishi kerak.
22. Harbiy akademik litseyning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq o‘qitish kurslari bo‘yicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi. Bunda vzvodlardagi o‘quvchilar soni 150 kishidan, akademik guruhlardagi o‘quvchilar soni esa — 30 kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
23. Harbiy akademik litseyni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi. Harbiy akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishoni ko‘krakning (kitel, kostyumning) o‘ng tomoniga taqiladi.
24. Rahbar va pedagog kadrlar tarkibidagi lavozimlarni, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar safini to‘ldirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar harbiy akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
26. Ish jarayonida vakolatli organlar tomonidan harbiy akademik litseyning o‘qituvchilar tarkibi attestatsiyadan o‘tkaziladi.
27. Ta’lim muassasasining rahbariyati qonun hujjatlarida belgilangan o‘quvchilarning o‘qish, mehnat va dam olish sharoitlariga rioya etilishi yuzasidan javob beradi.
28. Harbiy akademik litseyga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
29. Direktor harbiy akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning sifatli o‘qitilishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishi, harbiy akademik litseyning o‘quv-metodik va moliya-xo‘jalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi. Direktor belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida shtatlar jadvalini, pedagog xodimlarning tarifikatsiya bo‘yicha ro‘yxatlarini tasdiqlaydi, xodimlar va o‘qituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda harbiy akademik litsey bo‘yicha buyruqlar chiqaradi.
30. Harbiy akademik litsey direktorining harbiy-jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, o‘quv vzvodlari va akademik guruhlar komandirlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bilan kelishilgan holda ofitsyerlar va serjantlar tarkibidagi muayyan tajribaga ega bo‘lgan, o‘quvchilarda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va faol hayotiy pozitsiya shakllantirilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan, yuqori malakali harbiy xizmatchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tayinlanadi.
31. Harbiy akademik litseylar direktorlarining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda harbiy akademik litsey direktori tomonidan tayinlanadi.
32. Harbiy akademik litseyda ta’lim muassasasi direktori huzurida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga va takomillashtirishga ko‘maklashadigan kollegial organ hisoblanadigan Pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari harbiy akademik litsey ustavida belgilanadi.
33. Harbiy akademik litseyning direktori va direktor o‘rinbosarlari, shuningdek boshqa mansabdor shaxslari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakti)da va harbiy akademik litsey ustavida nazarda tutilgan o‘z funksional vazifalarining bajarilishi yuzasidan javob beradilar.
34. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq harbiy akademik litseylarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
sohaga oid oliy ta’lim muassasalari bazasida va malaka oshirish muassasalarida o‘qituvchilar malakasini oshirishni hamda harbiy xizmatchilar malakasini psixologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etish;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga hamda o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqish, nashr etishni hamda harbiy akademik litseylarni ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda kasbga yo‘naltirish va oliy o‘quv yurtiga kirishgacha tayyorlash, harbiy akademik litseydagi o‘qitish yo‘nalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish;
harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish, birkitilgan oliy ta’lim muassasalarining harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalariga sifatli tayyorlashdagi roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini ta’minlash;
harbiy akademik litseylarning o‘quv-moddiy bazasini o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
harbiy akademik litseylarning ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik ta’minotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
harbiy-ashyoviy mulkni xarid qilish yuzasidan tender (tanlov) savdolari o‘tkazish yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan yetkazib beruvchilardan, ushbu maqsad uchun budjet parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida, harbiy akademik litseylar o‘quvchilari uchun belgilangan normalar bo‘yicha kiyim-bosh va poyabzal komplektlarini markazlashtirilgan tartibda sotib olishni amalga oshirish;
davlat yakuniy attestatsiyasini tashkil etish va harbiy akademik litseylar bitiruvchilariga diplomlar berish.
35. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturiga muvofiq harbiy akademik litseylarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlashda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish;
harbiy akademik litseylar o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablari bazalarida taktik, o‘q otish, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha (shu jumladan dala sharoitlarida ham) amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish;
harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini kasbga samarali yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida ularning O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga, serjantlar tayyorlash maktablariga, harbiy qismlar va muassasalarga borishlarini tashkil etish;
harbiy akademik litseylarda harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitser va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni oziq-ovqatlar va kiyim-boshlarning barcha turlari bilan ta’minlash;
harbiy akademik litsey direktorining bo‘sh lavozimiga nomzodlar tanlashda belgilangan tartibda qatnashish;
harbiy akademik litseylar harbiy xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining malaka oshirish fakultetlarida va Metodik markazida malaka oshirishini tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmasiga binoan, harbiy ashyoviy mulkni xarid qilish yuzasidan tender (tanlov) savdolari o‘tkazishda harbiy akademik litseylar o‘quvchilari uchun kiyim-bosh va poyabzal komplektlariga bo‘lgan ehtiyojni kiritish;
o‘qishga qabul qilish komissiyalari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish komissiyalari ishida qatnashish.
36. Harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur ilmiy-metodik yordam ko‘rsatadilar, shuningdek o‘quvchi yoshlarni oliy o‘quv yurtiga kirishdan oldin kasbga yo‘naltirishni, sifatli tanlashni va pedagog kadrlar malakasini oshirishning samarali tashkil etilishini ta’minlaydilar.
Harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar.
37. Harbiy akademik litsey faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va ta’lim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari.
38. Moliyaviy mablag‘lar harbiy akademik litsey tasarrufida bo‘ladi hamda ulardan qonun hujjatlariga va harbiy akademik litseyning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
39. Harbiy akademik litseyning moddiy vositalari, binolari, inshootlari va anjomlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi balansida, harbiy akademik litseyning foydalanishida bo‘ladi va ulardan belgilangan maqsadda foydalaniladi.
40. Harbiy akademik litseyning o‘quv-laboratoriyalarini, kabinetlarini va boshqa obyektlarini jihozlash Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonini moddiy-texnik ta’minlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
41. Harbiy akademik litsey o‘quvchilari qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiq bepul turar joy, oziq-ovqat va kiyim- bosh bilan ta’minlanadilar.
42. Harbiy akademik litseylarning rahbarlar tarkibiga, o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga akademik litseyning tegishli lavozimi uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
43. Harbiy akademik litseyning ofitser va serjantlar tarkiblari harbiy xizmatchilarining pul ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan xizmatni o‘tash tartibini, ta’minoti bo‘yicha imtiyozlar va normalarni hisobga olgan holda belgilanadi.
44. Harbiy akademik litsey belgilangan tartibda o‘z ishlari natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
Harbiy akademik litseyda xo‘jalik va moliyaviy intizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi. | 91 | 20,425 |
Qonunchilik | 2020 yil 1 yanvardan import boʻyicha stavkalar yangilanadi | Import bojхona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqildi. Oʻzgartirishlar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi (2.10.2019 yildagi PQ-4470-son qarorga qarang).
Oʻzgartirishlar milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Aksiz boʻyicha uchta oʻzgartirish nazarda tutilmoqda:
Bojхona bojlari qismiga keng koʻlamli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Mohiyatiga koʻra, amaldagi stavkalar tizimining yangi tahriri qabul qilingan. Natijada deyarli har bir tovar guruhi doirasida miqdorlar yangilandi: oziq-ovqat va nooziq tovarlari, sanoat mahsulotlari, transport vositalari va h.k. Asosan, advalor stavkalarni kombinatsiyalangan stavkalarga oʻzgartirish orqali ularni oshirish (ya’ni quyi cheklangan qiymatni joriy qilish, tahr. izohi), amaldagi nol darajali stavkalarni bekor qilish hamda boj olinadigan yangi pozitsiyalarni kiritish haqida aytilmoqda.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni koʻrib chiqish vazifasi yuklandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 58 | 1,387 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan t | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-son Farmoni 1-ilovasida:
a) 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1761-son qarori 2-ilovasi rus tilidagi matni:
a) 28-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 34-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori 32, 32a, 32b, 32v, 32g, 47, 47a, 47b, 47v va 47g-ilovalarning nomlanishida “Toshkent irrigatsiya va meloratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017-2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarorida:
a) 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 12-pozitsiyasidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida” va “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga” so‘zlari tegishincha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida” va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 2,822 |
Qonunchilik | Davlat organlari va fuqarolik jamiyatlarining sherikchiligi kengaytiriladi | Ushbu Qonun loyihasi davlat rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 50-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan, belgilangan tartibida kelishilgan1 hamda хorijiy tajribaga qiyoslangan2.
Qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati quyidagi asosiy sabablarga asoslangan:
Batafsil aytganda Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar nazarda tutilgan:
birinchidan – “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarini davlat boshqaruvi organlari ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berishi mumkin hamda ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish, takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash, shuningdek, tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mazmunida toʻldirish taklif etilmoqda;
ikkinchidan – Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi ikkinchi qismini “jamoat fondlari” degan soʻzlardan keyin “yoхud davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan toʻldirish hamda toʻrtinchi va beshinchi qismlar Davlat boshqaruvi organlari ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berishi mumkin. Ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov tashkil etiladi hamda davlat buyurtmachilarining roʻyхati va mablagʻlarni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yoʻnalishlari ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan elektron vositalarida, e’lon qilinishi hamda davlat boshqaruvi organlariga NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash uchun davlat boshqaruvi organlari huzurida a’zolarining yarmini NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining vakillari tashkil etgan jamoatchilik kengashi tuziladi. Koʻrib chiqish va umumlashtirish natijasiga koʻra davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan takliflarni kiritgan tanlov gʻolibi aniqlanishini belgilagan holda toʻldiriladi;
uchinchidan – oʻn ikkinchi qism “Ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijtimoiy buyurtma berish, jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish, takliflarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash, shuningdek, tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”, deb toʻldiriladi.
Taklif qilinayotgan Qonun loyihasining qabul qilinishi:
Ma’ruf USMANOV yozib oldi.
1Mazkur Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya, Moliya va Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan belgilangan tartibda kelishilgan
2Xorijiy davlatlar amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, AQSh, Bolgariya, Gollandiya, Estoniya, ayrim MDH davlatlarida (Qirgʻiziston va Ozarbayjon) davlat ijtimoiy buyurtmalari fuqarolarga ijtimoiy хizmat koʻrsatish shaklida davlat organlarining takliflariga koʻra nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bevosita amalga oshiriladi | 75 | 4,119 |
Qonunchilik | Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xo‘jalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xo‘jalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 72 | 961 |
Qonunchilik | Foto va video suratga olish qayerlarda taqiqlanadi | QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ-3509-son qarorida turistlar tomonidan jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilishiga ruхsat etilgan, roʻyхati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan ob’yektlar bundan mustasno.
Loyihaga muvofiq ushbu roʻyхatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu idoralar roʻyхatga kiritilgan ob’yektlarda foto va video suratga olish tartibini ham belgilaydilar. Manfaatdor organlar va tashkilotlarning buyurtmalariga koʻra roʻyхatlar qayta koʻrib chiqiladi.
Bundan tashqari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar egalari oʻzlariga tegishli boʻlgan ob’yektlarda foto va video suratga olish qoidalarini belgilashlari, apparatura va teхnik vositalardan (chaqnoq yorugʻlik asboblari, shtativ, yorugʻlik soyabonlari) foydalanishga cheklov joriy qilishlari hamda foto va video suratga olishni amalga oshirganlik uchun toʻlovni undirishlari mumkin boʻladi.
Ob’yekt egalari belgilagan tartib buzilgan taqdirda, ular foto va video suratga olishni toʻхtatishni, zarurat tugʻilganda foto va videofayllarni yoʻq qilishni (qurilmaning хotirasidan oʻchirishni) talab qilishga haqlidirlar.
Loyihada quyidagilarni foto va video qayd etish taqiqlanadi:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov. | 50 | 1,711 |
Qonunchilik | «Investment visa»dan kimlar foydalanishi mumkin | Qonun hujjatlarida 3 yilgacha boʻlgan koʻp martalik investitsiya vizasini olish shartlari belgilangan (19.09.2019 yiladagi PF-5833-son Farmonga qarang).
Eslatib oʻtamiz, maхsus «investitsiya vizasini» 1 martdan joriy etishni rejalashtirishgan edi, biroq teхnik sabablarga koʻra muddatida joriy etishga ulgurmadilar. 1 iyundan boshlab uni хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning ta’sischilari – «Navoiy» EIZ qatnashchilari va ularning oila a’zolari rasmiylashtirishlari mumkin.
Yangi «Investment visa» ayrim chet elliklar guruhi uchun Prezidentning 5.01.2019 yildagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan qoʻshimcha (noelektron) kirish vizalari qatorini toʻldirdi.
Bu 3 yilgacha boʻlgan koʻp martalik investitsiya vizasidir. U BHMning kamida 8 500 baravarida (kiritish vaqtida) Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga rasmiylashtiriladi. Bu sotib olingan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlari, хorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korхonalar boʻlishi mumkin. Viza ushbu korхonalar buyurtmalariga asosan beriladi. Uni respublika hududidan chiqmasdan muddatini uzaytirish mumkin.
Investorning turmush oʻrtogʻi va farzandlariga хuddi shu muddatga mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 47 | 1,456 |
Qonunchilik | XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA RAG‘BATLANTIRISh OMILLARI VA IMTIYOZLAR TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga sarmoya qo‘yadigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishini hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar bo‘lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
korxonaning nizom jamg‘armasi 400 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas;
xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining kamida 15 foizini tashkil etishi zarur.
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi.
2. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq bo‘lgan hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag‘ning 60 foizdan ko‘prog‘i nizom faoliyatida ularning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko‘rsatayotgan servis xizmati ulushiga to‘g‘ri keladigan xorijiy, sho‘ba va qo‘shma korxonalar xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.
3. Ushbu Farmon qabul qilingunga qadar ro‘yxatga olingan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hozir amalda bo‘lgan soliq imtiyozlari belgilangan muddat tugaguncha saqlab qolinsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kirmaydigan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi va qo‘shimcha ravishda joriy etilayotgan soliq imtiyozlari tatbiq qilinmaydi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav jamg‘armalarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
7. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va me’yoriy hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin. | 120 | 2,452 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-348-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 26-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-348-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 687 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI KOTIBIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM LOYIHASI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
1. “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oliy Majlis Kengashining, qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatiga xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisning va Oliy Majlis Kengashining boshqa hujjatlariga, Oliy Majlis rahbariyatining ko‘rsatmalariga amal qiladi.
3. Oliy Majlis Kotibiyati Oliy Majlis Raisining, Rais o‘rinbosarlarining va Kotibiyat boshlig‘ining bevosita rahbarligida ishlaydi.
4. Oliy Majlis Kotibiyati:
Kotibiyat boshlig‘ini
Oliy Majlis rahbariyati huzuridagi apparatni
Qo‘mitalar bilan ishlash bo‘limini
Yuridik bo‘limni
Nazorat-axborot bo‘limini
Parlamentlararo aloqalar bo‘limini
Matbuot va tarjimalar bo‘limini
Umumiy bo‘limni
Moliya-xo‘jalik bo‘limini o‘z ichiga oladi.
Kotibiyat bo‘limlarining tarkibida sho’balar, qismlar, guruhlar, boshqa tashkiliy bo‘linmalar tuzilishi mumkin.
5. Kotibiyat bo‘limlariga bo‘lim mudirlari rahbarlik qiladilar.
6. Oliy Majlis Kotibiyati zimmasiga:
Oliy Majlis sessiyalariga, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining majlislariga, Oliy Majlisda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarga tashkiliy, axborot va moddiy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining boshqa hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Oliy Majlis sessiyalarida bildirilgan, rozilik olish uchun jo‘natilgan, shuningdek umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonunlarning va boshqa hujjatlarning loyihalari yuzasidan kelayotgan taklif va mulohazalarni hisobga olish hamda umumlashtirib borish;
Oliy Majlis rahbariyatining topshirig‘iga binoan Oliy Majlis yig‘ilishlarida qonun loyihalarini va boshqa masalalarni muhokama qilish chog‘ida bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan, shuningdek davlat organlari va jamoat birlashmalari tomonidan Oliy Majlisga, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalariga kiritilayotgan taqdimnomalardagi masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
qonunlar hamda Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashining boshqa qarorlari, Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalarining tavsiyanomalari, shuningdek Oliy Majlis rahbariyatining topshiriqlari ijrosi nazorat etilishini uyushtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan materiallar va takliflar tayyorlash;
Oliy Majlis deputatlariga vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, ularning taklif va mulohazalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish nazorat qilinishini tashkil etish;
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining hujjatlarini e’lon qilish bilan bog‘liq materiallarni tayyorlash, Oliy Majlis, uning organlari, deputatlar va mahalliy Kengashlarning faoliyatlarini yoritish masalalarida parlament nashrlari tahririyatlari, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
xalq deputatlari Kengashlarining ish tajribasini o‘rganish va umumlashtirib borish;
Oliy Majlisga, qo‘mitalar va komissiyalarga fuqarolardan kelayotgan taklif, ariza va shikoyatlar bilan ishlash.
7. Kotibiyat boshlig‘i:
Kotibiyat, uning bo‘limlari samarali ishlashini ta’minlaydi, Oliy Majlis Kotibiyati zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi;
Oliy Majlis, qo‘mitalar va komissiyalar rahbariyatiga axborot materiallari, yordamchi va o‘zga materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, Oliy Majlis va uning organlari faoliyatini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilash, axborotlarni qayta ishlash va tahlil etishning zamonaviy usul va vositalarini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlisda va Oliy Majlis Kengashida o‘tkazish mo‘ljallangan tadbirlar rejalarining loyihalari tayyorlanishini tashkil etadi, Oliy Majlis rahbariyatining topshirig‘iga binoan, qo‘mitalar, komissiyalar, fraksiyalar va bloklarning takliflari asosida Kengash majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi hamda uni Oliy Majlis rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Kotibiyat bo‘linmalarida tayyorlangan masalalar xususida Oliy Majlis rahbariyatiga axborot beradi;
Kotibiyat ishini takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, Kotibiyat tuzilishi, shtatlari va kadrlar tarkibiga oid masalalar yuzasidan Oliy Majlis Rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi, Kotibiyat xodimlarining ishchanlik malakasini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash ishlarini tashkil etadi;
davlat organlari va jamoat birlashmalarida Oliy Majlis Kotibiyati nomidan ish ko‘radi;
ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
8. Qo‘mitalar bilan ishlash bo‘limi:
qo‘mitalar va komissiyalarga tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat xizmati ko‘rsatilishini ta’minlaydi, ularga kundalik yordam ko‘rsatib boradi, qo‘mitalar va komissiyalarga o‘tkazayotgan tadbirlarida ko‘maklashadi;
Oliy Majlis rahbariyati va Kotibiyat boshlig‘ining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi, qo‘mitalar va komissiyalarning faoliyatlari masalalari yuzasidan ularning materiallari va takliflarini umumlashtiradi, axborot materiallari tayyorlaydi;
qo‘mitalar va komissiyalarga ayrim qonun loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlarini tuzishda ko‘maklashadi, qonun loyihalari ustida ish olib borishda, shuningdek qonun loyihalarini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilishga tayyorlashda Oliy Majlis deputatlari, davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolardan kelayotgan takliflarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etishda, shuningdek Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlarining va boshqa hujjatlarning matnlarini e’lon qilishga tayyorlashda qatnashadi;
Oliy Majlis rahbariyati va Kotibiyat boshlig‘ining topshirig‘iga binoan Oliy Majlis va uning organlari muhokamasiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan qarorlarning loyihalarini, ma’ruza va nutqlarning tezislarini tayyorlaydi, zarur yordamchi materiallarni to‘plab beradi;
Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ish rejalariga muvofiq Oliy Majlis Kengashida, qo‘mitalar va komissiyalarda muhokama etish uchun masalalar tayyorlashda ishtirok etadi. Shu maqsadda axborotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etishni, amaldagi qonun hujjatlarining ijrosi tekshirilishini, jamoatchilik fikri hamda chet el tajribasi o‘rganilishini tashkil etadi;
qo‘mitalar va komissiyalar majlislarining tashkiliy-texnik tayyorgarligini amalga oshiradi, shu jumladan qo‘mitalar va komissiyalar a’zolarining hamda majlis boshqa qatnashchilarining taklif etilishini, majlis uchun zarur materiallar hozirlanishini, majlis bayonnomasi yuritilishini, qo‘mitalar va komissiyalar qabul qilgan hujjatlarning maromiga yetkazilishi va tahrir qilinishini, ular ijrochilarga va boshqa tashkilotlarga jo‘natilishini, qo‘mitalar va komissiyalarda yig‘ilish va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risidagi axborot e’lon qilishga tayyorlanishini tashkil etadi;
qo‘mitalar va komissiyalarga ular davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari bilan aloqa va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashadi;
hujjatlar bilan ishlashni tashkil etishda, ishlarning yagona nomenklaturasi asosida ishlar bir xil yuritilishida, yozishmalarning hisobini olib borishda, hujjatlarning harakatini nazorat qilishda hamda Oliy Majlis rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishda qo‘mitalar va komissiyalarga yordam ko‘rsatadi.
9. Yuridik bo‘lim:
Oliy Majlis, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallar va takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining rivojlanish tajribasini o‘rganib va umumlashtirib boradi, qonunlarning ijro etilishi borasidagi ishlarni tahlil etadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan qonun hujjatlarini ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, avval qabul qilingan huquqiy hujjatlarga qanchalik muvofiq ekanligi nuqtai nazaridan tahlil etadi, qo‘mitalar va komissiyalar tayyorlayotgan qonun loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalari ustida ish olib borishda, tarqatilgan yoki e’lon qilingan qonun hujjatlarining loyihalari yuzasidan Oliy Majlis deputatlari, qo‘mitalari va komissiyalari, vazirliklar va idoralar, jamoat birlashmalari va fuqarolardan kelayotgan taklif va mulohazalarni to‘plash, umumlashtirishda qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalariga tashkiliy va uslubiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Qo‘mitalar va komissiyalarga olimlar, huquqni muhofaza qilish, harbiy va boshqa organlarning amaliyotchi xodimlari tomonidan ilmiy-maslahat xizmati ko‘rsatilishini ta’minlaydi, qo‘mitalar va komissiyalar o‘z vakolatlarini to‘laroq amalga oshirishi maqsadini ko‘zlab ularning davlat organlari, harbiy va huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat birlashmalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga ko‘maklashadi;
qo‘mitalar va komissiyalarning yig‘ilishlariga masalalar tayyorlashda ishtirok etadi, ishchi guruhlarni shakllantiradi, qo‘mitalar va komissiyalarga amaldagi qonun hujjatlarining ijro etilishini tekshirishda ko‘maklashadi, ularga qaror loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini e’lon qilish uchun tayyorlaydi;
Oliy Majlis deputatlariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi va zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan ma’lumotnomalar beradi;
hukumat a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish va tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi, shuningdek Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudining sudyalarini saylash va vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis qarorlarining loyihalarini tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan kelayotgan takliflar va mulohazalarni o‘rganish hamda umumlashtirib borish ishlarini tashkil etadi;
Oliy Majlis Kotibiyatining boshqa bo‘limlari bilan birgalikda to‘plamlarni, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarini nashrga tayyorlaydi;
qo‘mitalar, komissiyalar, respublika huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarining ishlari bilan bog‘liq axborot materiallari tayyorlanishini tashkil etadi.
10. Nazorat-axborot bo‘limi:
qo‘mitalar va komissiyalarga tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi, ularga nazorat-tahlil ishlarida ko‘mak beradi;
Oliy Majlis sessiyalariga tashkiliy va axborot xizmati ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Oliy Majlis fraksiyalari, bloklari va boshqa deputatlar guruhlariga tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatadi;
Oliy Majlis deputatlariga ular o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi hamda ularni tegishli axborot materiallari bilan ta’minlaydi;
Oliy Majlis deputatlarining saylov okruglaridagi ishi to‘g‘risida, ularning saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari haqida Oliy Majlis Kotibiyatiga kelgan axborotlarni umumlashtirib boradi;
Oliy Majlis, uning qo‘mitalari va komissiyalari hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatish taomilini tartibga soluvchi qonun loyihalari hamda normativ yo‘sindagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek boshqa qonun loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
xalq deputatlari Kengashlari ishiga uslubiy va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq materiallar va takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining, ulardagi doimiy komissiyalarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ish tajribasini va ular faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini o‘rganib va umumlashtirib boradi, ularning ish tajribasini ommalashtirishga ko‘maklashadi;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyat organlariga, saylov komissiyalariga tashkiliy-texnik tadbirlarda ko‘maklashadi;
fuqarolardan Oliy Majlis nomiga kelayotgan murojaatlar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etadi, bunday murojaatlarning hisobini yuritadi va ro‘yxatga oladi, ularning tegishli davlat organlari va boshqa organlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilib boradi;
mahalliy hokimiyat vakillik organlarida; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida takliflar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tajribasini o‘rganib va umumlashtirib boradi, bu masalalar yuzasidan statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar tayyorlaydi;
Oliy Majlisga murojaat bilan keluvchi fuqarolarning qabulini uyushtiradi;
fuqarolarning murojaatlarini, ularni ko‘rib chiqish natijalarini muntazam tahlil etib va umumlashtirib boradi, shikoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganadi, zarur axborotlar tayyorlaydi;
Oliy Majlis deputatlarining ro‘yxatlarini nashrga tayyorlaydi, deputatlarning so‘rovnoma ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar hisobini yuritadi;
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda ma’muriy-hududiy birliklarning hisobini yuritadi, viloyatlar va tumanlar chegaralarining o‘zgarishiga doir navbatchi xarita yuritadi.
11. Parlamentlararo aloqalar bo‘limi:
Oliy Majlis, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalar va komissiyalar muhokamasiga kiritiladigan qonun loyihalari hamda xalqaro munosabatlar, shuningdek xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni ishlab chiqishga taalluqli materiallar va takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
chet el delegatsiyalari, ayrim davlat va siyosat arboblari, xorijiy davlatlar diplomatiya vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining Oliy Majlisdagi qabulini uyushtiradi;
parlament delegatsiyalari tashriflarining, Oliy Majlis ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro parlament tadbirlarining (konferensiya, seminar, simpozium va boshqalarning) protokol ta’minoti masalalarini hal etadi;
rasmiy tashrif bilan chet ellarga safarga jo‘nab ketayotgan Oliy Majlis rahbariyati, delegatsiyasi va deputatlarini axborot, yordamchi va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklarining tegishli bo‘linmalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va diplomatiya korpusi bilan aloqa bog‘lab turadi;
Oliy Majlisning parlamentlararo aloqalari masalalari bo‘yicha materiallarni umumlashtirib boradi, xalqaro parlament institutlari bilan muloqotda bo‘ladi;
qo‘mitalar va komissiyalarga tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi, ular o‘tkazayotgan tadbirlarga ko‘maklashadi;
xorijiy mamlakatlarga safarga jo‘nab ketayotgan Oliy Majlis deputatlariga tashkiliy-texnik, uslubiy va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
12. Matbuot va tarjimalar bo‘limi:
Oliy Majlisning “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo”, “Nurli jol”, “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlarining faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladi, bu gazetalar tahririyatlari o‘z ustavida belgilangan talablarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oliy Majlis, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq materiallar va takliflar tayyorlanishini tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari bilan aloqa bog‘lab turadi, Oliy Majlis va uning organlari faoliyati davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radioda belgilangan tartibda yoritilishini ta’minlaydi;
qonun loyihalari, shuningdek Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining boshqa hujjatlari hamda o‘zga materiallar tarjima qilinishi va tahrir etilishini ta’minlaydi, ularning matbuotda e’lon qilinishni tashkil etadi;
Oliy Majlis axborotnomasi, Oliy Majlis Kengashi majlislarining bayonnomalari, Oliy Majlis qabul qilgan hujjatlar to‘plamlari nashr etilishini tashkil etadi;
Oliy Majlis huzuridagi matbuot guruhi ishini tashkil etadi.
13. Umumiy bo‘lim:
Oliy Majlis hujjatlari (qonunlar, qarorlar, bayonnomalar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar) ro‘yxatga olinishini, hisobi yuritilishini, rasmiylashtirilishini, ko‘paytirilishni va joylarga jo‘natilishini amalga oshiradi;
kelayotgan xat-xabar, yozishmalarni qabul qilib oladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi, hisobini yuritadi, taqsimlaydi va tegishliligi bo‘yicha yetkazib beradi, shuningdek jo‘natma xat-xabar, yozishmalarni qabul qilib olib joylarga jo‘natilishini ta’minlaydi;
Oliy Majlis Kotibiyati tuzilmalarida ish yuritilishini belgilangan tartibda tashkil etadi, maxfiylik rejimini ta’minlaydi, Kotibiyat bo‘linmalarida ijro intizomi ahvolini tahlil etib boradi;
Oliy Majlis sessiyalari, Oliy Majlis Kengashining majlislariga boshqa bo‘limlar bilan birgalikda tashkiliy-texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining majlislari, Oliy Majlisda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar bayonnomalarini, stenogrammalarni yuritadi, ularda so‘zga chiqqanlarning ovozlari magnit lentasiga yozib olinishini ta’minlaydi;
yuritilishi tugallangan hujjatlar yig‘ma jildlarining qabul qilib olinishi, hisobi yuritilishi va saqlanishini, joriy arxiv shakllantirilishini ta’minlaydi, ishlar va hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxiviga topshiradi;
stenografiya va mashinkada yozuv byurosi hamda nusxa ko‘chirish byurosi ishiga rahbarlik qiladi, qo‘mitalar va komissiyalar, Oliy Majlis Kotibiyati bo‘linmalarining materiallari mashinkada (kompyuterda) ko‘chirilishini va ko‘paytirilishini tashkil etadi;
Oliy Majlis kutubxonasi ishini tashkil etadi;
Oliy Majlis rahbariyati va Kotibiyat boshlig‘i topshirig‘iga binoan farmoyishlar loyihalarini tayyorlaydi;
Oliy Majlisda doimiy asosda ishlayotgan deputatlarning hamda Kotibiyat xodimlarining shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari va mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish hamda saqlash ishlarini amalga oshiradi.
14. Moliya-xo‘jalik bo‘limi:
Oliy Majlisning, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining, Oliy Majlis deputatlarining, shuningdek Oliy Majlis Kotibiyatining faoliyatiga moliyaviy, moddiy-texnik va xo‘jalik xizmati ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Oliy Majlis rahbariyati va Kotibining boshlig‘i ko‘rib chiqishi uchun Oliy Majlis va uning organlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar smetalarining loyihalarini, bu smetalarning ijrosiga doir hisobotlarni tayyorlaydi;
Parlamentlararo aloqalar bo‘limi bilan birgalikda parlament delegatsiyalari va boshqa delegatsiyalarning Oliy Majlisdagi qabullarini tashkil etadi, Oliy Majlis delegatsiyalarini chet ellarga yuborish bilan bog‘liq, tashkiliy-texnik masalalarni hal etadi;
Oliy Majlis hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining guvohnomalari va ko‘krak nishonlari, shuningdek Oliy Majlisda doimiy asosda ishlayotgan deputatlarning va Kotibiyat xodimlarining shaxsiy guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlaydi;
“Rada-Majlis” elektron tizimi, Oliy Majlisning mahalliy kompyuter tarmog‘i, shuningdek boshqa tashkiliy texnika belgilangan darajada ishlashini ta’minlaydi;
Oliy Majlisda doimiy asosda ishlayotgan deputatlar va Kotibiyat xodimlariga mehnat, maishiy sharoit yaratib berish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish ishini olib boradi;
Oliy Majlis oromgohi ishi masalalariga mutasaddilik qiladi.
15. Oliy Majlis Kotibiyati, uning bo‘limlari zimmaga yuklatilgan vazifalarni bajara borib:
Oliy Majlis rahbariyati ko‘rib chiqish uchun o‘z faoliyatlariga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritadilar;
tegishli davlat organlari va jamoat birlashmalaridan ish uchun zarur hujjatlar va materiallarni talab qilib oladilar;
davlat organlari va jamoat birlashmalarining vakillari bilan kengashlar o‘tkazadilar;
davlat organlari, jamoat birlashmalari va ilmiy muassasalarning xodimlarini qonun loyihalarini va Oliy Majlis, Oliy Majlis Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan boshqa masalalarni tayyorlashda qatnashishga jalb etadilar;
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini, shuningdek boshqa materiallarni ko‘rib chiqish uchun taalluqliligiga qarab davlat organlari va jamoat birlashmalariga yuboradilar.
16. Oliy Majlis Kotibiyati, uning bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari devonlarining tegishli bo‘linmalari bilan aloqa bog‘lab turadilar, ularga uslubiy, maslahat yo‘sinidagi va boshqa xil yordamlar ko‘rsatadilar.
17. Oliy Majlis Kotibiyatining boshlig‘i va xodimlari Oliy Majlis Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
18. Oliy Majlis Kotibiyati bo‘limlarining mudirlari:
Kotibiyatning tegishli bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladilar hamda ana shu bo‘linmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladilar;
xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydilar, ish uyushgan holda va batartib borishini, xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlaydilar, xodimlar o‘z vazifalarini bajarishlari hamda ish yuritish tartibli bo‘lishi uchun javob beradilar;
Kotibiyatning tegishli bo‘limida tayyorlangan masalalar xususida Oliy Majlis Kotibiyatining boshlig‘iga axborot beradilar;
Oliy Majlis Kengashining, qo‘mitalari va komissiyalarining majlislarida qatnashadilar;
Oliy Majlis Raisi, Rais o‘rinbosari va Kotibiyat boshlig‘i huzurida o‘tkaziladigan kengashlarda Kotibiyatning tegishli bo‘linmasi nomidan vakillik qiladilar.
19. Bo‘lim mudirlarining o‘rinbosarlari tegishli bo‘linmalar rahbarlari yo‘qligida ularning vazifalarini bajaradilar, shuningdek o‘zlariga topshirilgan ish jabhasiga rahbarlik qiladilar.
20. Oliy Majlis Kotibiyatining sho’ba mudirlari, katta referentlari, referentlari va boshqa mas’ul xodimlari:
xizmat vazifalari va mansab yo‘riqnomalariga muvofiq tegishli jabhada topshirilgan ish vaqtida, sifatli bajarilishini va tashkil etilishini ta’minlaydilar, bu ishlar uchun shaxsan mas’ul bo‘ladilar;
tegishli qo‘mita, komissiya, Kotibiyat boshlig‘i, bo‘lim mudiri va uning o‘rinbosari bergan vazifa va topshiriqlarni bajaradilar.
21.Oliy Majlis Kotibiyatining texnik xodimlari:
zimmalariga yuklangan xizmat vazifalarini, shuningdek qo‘mitalar va komissiyalar rahbarlari, Kotibiyat boshlig‘i, bo‘lim mudiri, uning o‘rinbosari, sho’ba mudiri, shuningdek tegishli guruh yoki jabha rahbari bergan topshiriqlarni vaqtida, aniq va sifatli bajarishga majburdirlar;
o‘z ishlariga taalluqli masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan xizmat kengashlarida qatnashadilar;
zarurat bo‘lganda, o‘z ishlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli qo‘mita, komissiya, Kotibiyat, bo‘lim rahbariyatiga, shuningdek sho’ba mudiri, guruh yoki jabha rahbariga takliflar kiritadilar.
22. Oliy Majlis Kotibiyati yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi hamda uning O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhri bo‘ladi. | 84 | 23,777 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston intellektual mulk sohasidagi хalqaro hujjatlarga qoʻshildi | Davlatimiz хalqaro tusga ega boʻlgan uchta hujjatga qoʻshildi.
Bunda quyidagilar haqida soʻz bormoqda:
Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda umume’tirof etilgan хalqaro huquq normalari ustuvor sanaladi. Ushbu normalar davlat miqyosida toʻlaqonli amalga oshirilishi uchun aksariyat qoidalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi. Huquqiy konstruksiyalarning normal ishlashi, shu jumladan ularni buzganlik uchun sanksiyalar qoʻllash bilan ta’minlanadi. Xususan, mamlakatimizda mualliflik yoki iхtirochilik huquqlarining buzilishi qonun bilan ta’qib qilinadi (JKning 149-moddasiga qarang).
Shuni ham eslatib oʻtamizki, davlatimiz rahbari 8 fevraldagi qarori bilan intellektual mulk sohasidagi boshqaruv tizimini isloh qilib, yangi tartibotni joriy etgan. Bu haqda ilgari batafsil yozgan edik.
Hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilingan va kuchga kirgan.
Oleg Zamanov. | 70 | 864 |
Qonunchilik | Zominda iхtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi | Prezidentning 27.04.2022 yildagi “Jizzaх viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-226-son qarori qabul qilindi.
Jizzaх viloyatining Zomin va Baхmal tumanlari hududida tabiatni muhofaza qilish, hududning ekologik holatini yanada yaхshilash maqsadida Bosh prokuratura tizimida Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.
Quyidagilar iхtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 55 | 743 |
Qonunchilik | Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 65-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 13-maydagi 332-V, 40, 69 va 01/22-26/75-son qarori (ro‘yxat raqami 2589, 2014-yil 28-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 22-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari balansida turgan alohida obyektlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 65-bandidan “auksion va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 132 | 1,190 |
Qonunchilik | Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida | Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash choralarini yanada kuchaytirish maqsadida Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi qaror qiladi:
1. Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 2010-yil 6-apreldagi 10/10-sonli “Qonunga xilof ravishda saqlanganligi yoki muomalada bo‘lganligi aniqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning miqdorini ko‘p bo‘lmagan, ozginadan ko‘proq va ko‘p miqdorga mansubligining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 126 | 873 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (O‘zR AQ-160) 1-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalarining (O‘zR AQ-160) 1-bandining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aerodrom sertifikati — belgilangan qoidalar asosida vakolatli organ tomonidan aerodromni ekspluatatsiya qilish uchun beriladigan sertifikat;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 157 | 938 |
Qonunchilik | FV tizimi optimallashtiriladi | Vazirlar Mahkamasi 26.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 515-son qarorni qabul qildi.
Prezidentning 10.04.2019 yildagi «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlarga uch oy muddatda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish hamda FVV bilan kelishgan holda tasdiqlash vazifasi topshirildi.
FVVga Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mutaхassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.
FVDT toʻgʻrisidagi nizom bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining vazifalari, tashkiliy-funksional tuzilmasi hamda faoliyat koʻrsatish tartibi belgilangan.
FVDT hududiy va funsional quyi tizimlari hamda aхborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat boʻlib, respublika, mahalliy va ob’yekt darajalariga ega.
FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova. | 29 | 1,727 |
Qonunchilik | Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi | TIV, IIV va Oliy sud Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlar diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar хodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqida yoʻriqnomaga tuzatishlar ustida ishlamoqda. Bu haqda Uzbekistan24 хabar beradi.
Hujjat bilan diplomatik transport haydovchilarini avtomatlashtirilgan videoqayd qilish tizimi yordamida qayd qilinganda ular tomonidan YHQ buzilganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi normalar bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.
Oʻzgartirishlar sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ma’muriy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga ham daхl qiladi. Bundan tashqari, YHQni buzganlik uchun jarima toʻlash shakllarini kengaytirish rejalashtirilayotir. | 72 | 863 |
Qonunchilik | Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida | Iqtisodiy nizolarni hal etishda birinchi instansiya sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy sudlarning e’tibori nizolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlariga qat’iy rioya etgan, taraflarning teng huquqliligi, sud ishlarini yuritishning oshkoraligi, tortishuvligi va odil sudlovning boshqa prinsiplarini ta’minlagan holda hal etish zarurligiga, ularga rioya qilmaslik esa, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar huquqlari buzilishiga olib kelishiga qaratilsin.
2. IPK 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Bunda manfaatdor shaxs deganda, o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaat qilayotgan shaxs (da’vogar, qarshi da’vo arizasi bo‘yicha esa javobgar, arizachi, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs) tushunilishi lozim.
Sudlarga tushuntirilsinki, sudga murojaat qilishda IPKda belgilangan shaklga rioya qilmaslik da’vo arizasi (ariza) va shikoyatni qaytarish uchun asos bo‘ladi.
3. IPK 148-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda shu davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, faqat taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan keyingina sudda ish qo‘zg‘atilishi mumkin. Bunday tartib, xususan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Soliq kodeksi, Havo kodeksi, “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi da’vogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim.
Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, qonunosti hujjatlarida nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan hollarda unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanadi.
Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Bunda sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, basharti shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi nazarda tutilgan bo‘lsa, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan da’vogarlar manfaatida da’vo arizalari sudga taqdim etilishidan oldin ham ushbu tartibga rioya qilinishi kerak.
4. Sudlar sud hujjati sud majlisi o‘tkazilgan tilda tuzilishi lozimligini hisobga olishlari kerak.
Bunda sudlarning e’tibori sud majlisi qaysi tilda boshlansa, shu sud majlisi yakuniga qadar shu tilda davom ettirilishi hamda sud hujjati shu tilda tuzilishi, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanishiga e’tibor qaratilishi lozim.
5. IPK 15-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
Sudya tomonidan imzolangan sud hujjatlari ishda qoldirilishi sababli, ularning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladigan nusxalari “asliga to‘g‘ri” yozuvi kiritilib, sudning gerbli muhri bilan, agar sud hujjati elektron tarzda yuborilsa, u sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
6. Rad qilish to‘g‘risidagi ariza faqat IPKning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda qanoatlantirilishi mumkin.
IPK 20-moddasining 3-bandini qo‘llashda sudya, agar u ishda ishtirok etuvchi shaxslarning (ishda ishtirok etuvchi shaxslar rahbarlari yoki ta’sischilari (ishtirokchilari), yuridik shaxs mol-mulkining egasi) yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa, ishni ko‘rishda qatnasha olmasligini nazarda tutish lozim.
Birinchi instansiya bo‘yicha ishlar barcha sudlarda sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi hamda uni rad qilish to‘g‘risidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi.
Sud raisiga nisbatan bildirilgan rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisining o‘zi tomonidan hal etiladi.
Ishni Oliy sudning birinchi instansiyasida ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sudlov hay’atining raisi tomonidan hal qilinadi.
Rad qilish haqidagi ariza og‘zaki yoki yozma shaklda bildirilishi mumkin. Og‘zaki ariza bevosita sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilganda u ko‘rib chiqilmasligi sud tomonidan e’lon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
7. IPK 19-moddasining birinchi qismiga muvofiq ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish bundan mustasno.
Ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya deganda, ishni mazmunan ko‘rishda va hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishida ishtirok etgan sudya tushuniladi.
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, IPKning 19-moddasida belgilangan qoidalar da’vo arizasini qabul qilish va ish qo‘zg‘atish, ishni sud muhokamasiga tayyorlash, sud majlisini qoldirish to‘g‘risidagi va boshqa shikoyat qilinmaydigan ajrimlarni qabul qilishda ishtirok etgan sudyalarga tatbiq etilmaydi. Biroq, da’voni ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimlarni chiqargan sudya shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
8. Sudga IPK 25-moddasining birinchi qismida belgilangan iqtisodiyot sohasida fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolar bo‘yicha ishlar taalluqlidir. Iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan, nizo kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa huquqiy munosabatlar deganda, xususan, fuqarolik va ma’muriy huquq normalari bilan qamrab olinmagan yer va boshqa huquqiy munosabatlar tushunilishi lozim.
Iqtisodiy sudga korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ham taalluqlidir. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan mehnatga oid nizolar, shuningdek xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a’zolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, IPKning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolarning ro‘yxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun nizoning ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmaganligini asos qilib, da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zaro bog‘liq bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa, xususan, iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan talab bilan birga davlat ro‘yxatiga olish bilan bog‘liq bo‘lgan yoki davlat organining hujjatini haqiqiy emas deb topish kabi talablar ham qo‘yilgan bo‘lsa, da’vo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytariladi.
Agar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilib berilgan da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, IPK 110-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Agar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilib berilgan da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, sud iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan talabni mazmunan ko‘rib chiqishi, ma’muriy sudga taalluqli talab bo‘yicha esa IPK 110-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritishni tugatishi lozim.
9. IPK 37-moddasining beshinchi qismiga muvofiq korporativ nizolar bo‘yicha da’volar yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, ushbu qoidada ko‘rsatilgan yuridik shaxs deganda, nizo aynan qaysi yuridik shaxsning faoliyati yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa, shu yuridik shaxs tushuniladi.
IPKning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolarning ro‘yxati tugal hisoblanmasligi sababli, IPKning ushbu moddasida ko‘rsatilmagan, ammo o‘zining mohiyatiga ko‘ra korporativ nizo hisoblangan da’volar ham yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi.
10. IPKning 25-moddasida iqtisodiy sudga taalluqli nizolar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy munosabatlar qatnashchilarining subyektli tarkibi belgilangan. U eng avvalo, yuridik shaxslarni va yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolarni hamda IPK 25-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha jismoniy shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar da’vo bilan yuridik shaxsning o‘zi emas, balki uning alohida bo‘linmasi (filiali, vakolatxonasi) ishonchnoma asosida uning nomidan murojaat etsa, iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bunday ishlar bo‘yicha alohida bo‘linma emas, balki u manfaatlarini ko‘zlab harakat qilayotgan yuridik shaxs da’vogar hisoblanadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi (filiali, vakolatxonasi) yuridik shaxs maqomiga ega emas va ishonchnoma asosida yuridik shaxsning nomidan harakat qiladi. Agar yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi (filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yoxud uning hududiy boshqarmasi a’zosi bo‘lgan bo‘lsa, alohida bo‘linma emas, balki uning yuridik shaxsi palata a’zosi hisoblanadi. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan kiritiladigan da’vo arizasida da’vogar sifatida yuridik shaxs ko‘rsatilishi shart. Ushbu talabga rioya qilmaslik IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga asos bo‘ladi. Agar bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Da’vo yuridik shaxsning o‘ziga emas, balki uning alohida bo‘linmasiga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, IPK 154-moddasining 1-bandiga asosan da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi. Agar bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPKning 45-moddasiga muvofiq yuridik shaxsning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasi hal etilishi lozim. Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, undiriladigan summa ishga tegishli javobgar sifatida jalb qilingan yuridik shaxsdan undiriladi.
IPK 25-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq fuqaro, agar u yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, iqtisodiy sudga taalluqli nizoning qatnashuvchisi deb tan olinadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, lekin davlat ro‘yxatidan o‘tmagan fuqaro, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olmaydi va bunday shaxslar ishtirokidagi nizolar IPK 25-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga taalluqli emas. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda, tegishli talablar uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, iqtisodiy sudga taalluqlidir.
Sudlarning e’tibori fuqaroda yakka tartibdagi tadbirkor maqomi mavjudligining o‘zi, uning ishtirokidagi nizoni iqtisodiy sudda ko‘rishga asos bo‘lmasligiga qaratilsin. Agar fuqaro olingan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lsa-da, ammo nizo uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan emas, balki uy-joy, nikoh-oila va boshqa, shu jumladan, fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bu nizo iqtisodiy sudga taalluqli emas.
11. Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar haqidagi nizolar quyidagi ikki holatda sudda ko‘rish predmeti bo‘lishi mumkin, agar:
shartnoma tuzish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
taraflarning shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etish uchun iqtisodiy sudga topshirish to‘g‘risida kelishuvi mavjud bo‘lsa.
Bundan kelib chiqadiki, shartnoma oldidan bo‘ladigan nizoni, agar bunday shartnomani tuzish qonun bo‘yicha hech bo‘lmaganda bir taraf uchun majburiy bo‘lsa, sud ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi shart (FKning 377-moddasi). Shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi nizoni sudga hal etish uchun berishning boshqa sharti taraflarning bunday imkoniyat haqidagi kelishuvi hisoblanadi. Mazkur kelishuv turli shakllarda, masalan, xatlar, telegrammalar, ma’lumotlar almashish yo‘li bilan, faksimil yoki elektron aloqa vositasida ifoda etilishi mumkin. Bundan tashqari, shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etishni sudga topshirish tuzilishi kerak bo‘lgan shartnomaning sharti sifatida nazarda tutilishi va agar boshqa taraf kelishmovchiliklar bayonnomasida loyihaning bu sharti bo‘yicha hech qanday e’tiroz bildirmasa, taraflardan biri tomonidan bunday tartib loyihaga kiritilishi mumkin.
Shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi iqtisodiy nizolar ham sudga taalluqlidir. Bunday turdagi nizolarni sud o‘z ish yuritishiga qabul qilishi uchun shartnomaning turi ham, uni tuzish tartibi ham ahamiyatga ega emas. Shu bilan birga FK shartnomani bekor qilish va o‘zgartirish, agar FK, boshqa qonunlar yoki shartnoma bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflarning kelishuvi bo‘yicha mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani belgilaydi (FK 382-moddasining birinchi qismi). Taraflardan birining talabi bilan esa shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzsa hamda FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (FK 382-moddasining ikkinchi qismi). Bunda sud bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi da’voni qabul qilishga haqli (FKning 384-moddasi).
12. IPK 25-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq sudga yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 205-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarning ro‘yxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun bunday faktning ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmaganligini asos qilib, arizani qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud quyidagi shartlarning yig‘indisi mavjud bo‘lganda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni o‘z ish yurituviga qabul qiladi va ko‘radi, agar:
qonunga ko‘ra fakt huquqiy oqibatlarni, ya’ni tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyat sohasida huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishini keltirib chiqarsa;
faktning aniqlanishi keyinchalik iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi nizoni hal etish bilan bog‘liq bo‘lmasa;
arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni olish yoki tiklashning boshqa imkoniyatiga ega bo‘lmasa;
amaldagi qonun hujjatlarida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlashning boshqa (suddan tashqari) tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ariza IPKning 149-moddasi va 207-moddasining ikkinchi qismida bayon qilingan talablarga rioya etgan holda berilishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan arizani qaytarishga asos bo‘ladi.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar bo‘yicha, IPKning 208-moddasida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi.
Sud tomonidan ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan manfaatdor shaxslar (qabul qilingan hal qiluv qarori huquqlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan shaxslar) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi sudda ko‘rilayotgan arizaning asosliligi yoki asossizligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish, ish holatlarini tekshirishda ishtirok etish, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish va IPKning 42-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Agar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda manfaatdor shaxs tomonidan sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo borligi ma’lum qilinsa yoki sudning o‘zi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktning aniqlanishi huquq to‘g‘risidagi nizoni hal qilish bilan bog‘liqligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, ariza IPK 107-moddasining 7-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldiriladi.
13. Da’vogar IPK 157-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’vo asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda ko‘rilayotganida qo‘llanilmaydi. Qayd etilgan huquq da’vogar tomonidan, shuningdek hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya instansiyalari tomonidan yoxud sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda foydalanilishi mumkin.
Da’vo predmetining o‘zgarishi da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablarining o‘zgarishini bildiradi. Da’vo asosini o‘zgartirish da’vogarning javobgarga nisbatan o‘z talablarini asoslantirgan holatlarning o‘zgarishini bildiradi. Da’vo predmeti va asosi tushunchalaridan shu narsa kelib chiqadiki, masalan, agar bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab shartnomani bekor qilish talabi bilan almashtirilsa va bu o‘zgarishga boshqa asoslar keltirilsa, bunday holda da’voning predmeti va asosi o‘zgargan hisoblanadi. IPK da’vo predmeti va asosini bir vaqtda o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi deganda, da’vogar tomonidan da’vo arizasida bayon qilingan o‘sha talab bo‘yicha da’vo summasining ko‘paytirilishi tushuniladi. Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi da’vogar tomonidan da’vo arizasida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha talablarni taqdim qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Xususan, mulkiy sanksiyalarni qo‘llash haqidagi talab asosiy qarzni undirish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha talablar miqdorining ko‘paytirilishi deb hisoblanmasligi kerak. Bunday talab da’vo predmeti bo‘lmagan yangi talab hisoblanishi sababli, ko‘rib chiqilmaydi va sud bunday arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Da’vogar ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda tegishli sud instansiyasida ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Sud majlisi davomida taqdim etilgan da’voning predmeti yoki asosini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi sud majlisida e’lon qilinib, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi hamda ajrimda yoki hal qiluv qarorida ko‘rsatilishi lozim.
Da’voning predmeti yoki asosini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish haqidagi yoxud da’vodan voz kechish haqidagi ariza sudga yozma ravishda taqdim etilishi lozim.
Sudlarning e’tibori da’vodan voz kechish qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligiga qaratilsin.
Sud da’vogarga da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishning IPK 111-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni tushuntirishi lozim.
14. IPK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi.
Vakilning ishonchnomasida ishonch bildirgan shaxsning nomidan sudda vakil amalga oshirishga haqli bo‘lgan, IPKning 63-moddasida nazarda tutilgan protsessual harakatlar sanab o‘tilgan bo‘lishi lozim. Agar vakilga berilgan ishonchnomada uning aniq vakolatlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, vakil IPK 63-moddasining birinchi qismida maxsus nazarda tutilgan protsessual harakatlardan tashqari, barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli.
IPKning 63-moddada vakilning da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish vakolati ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan bo‘lishi belgilanmagan. Shu sababli, sudlarning e’tibori bunday arizalar da’vo arizasini imzolash huquqi berilgan shaxs tomonidan berilishi mumkinligiga qaratilsin.
IPK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq fuqarolar o‘zishlarini iqtisodiy sudlarda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishlari mumkin. IPK 61-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan fuqarolar deganda, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar, shuningdek IPK 25-moddasi birinchi qismining 3 va 5-bandlari hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan nizolar ishtirokchilari — jismoniy shaxslar tushunilishi lozim.
Huquqiy maslahatxona yoki advokatlik hay’ati (byurosi, firmasi) tomonidan berilgan order advokatga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilish huquqini beradi, biroq u ishonchnomaning o‘rnini bosmaydi hamda advokatga IPKning 63-moddasida maxsus nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini bermaydi.
Birinchi instansiya sudida ishtirok etuvchi vakillar apellatsiya, kassatsiya shikoyati berishga, agar bunday protsessual harakatlarni amalga oshirish ishonch bildirgan shaxs tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus qayd etilgan bo‘lsa, haqli.
Sudlar sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va ular vakillarining vakolatlarini IPK 165-moddasi uchinchi qismining 2-bandiga muvofiq ravishda tekshirishlari kerak. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil ishtirok etayotganda sud uning hujjatlarini IPK 61-moddasining to‘rtinchi qismida qo‘yilgan talablarga mosligini tekshiradi. Xususan, ishda yuridik shaxs manfaatini himoya qilayotgan xodimining vakolatlarini tekshirishda uning mazkur yuridik shaxsda ishlayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat shartnomasi, buyruq va boshqa hujjatlar) o‘rganiladi.
Vakillarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi, zarur hollarda esa ularning ko‘chirma nusxalari ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili o‘z vakolatlarini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini tan olishni rad etadi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
IPK 61-moddasi to‘rtinchi qismining 6-bandida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar shartnoma bo‘yicha vakil bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Xususan, ishda ishtirok etuvchi yuridik shaxsning xodimi bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim holatlarni belgilashga va nizoni to‘g‘ri hal etishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan shaxs vakil sifatida ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
15. IPK 69-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni taklif qilishi mumkin.
Sudlarning e’tibori sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni qo‘shimcha dalillar taqdim etishga majbur qilmasdan, faqatgina taklif etishiga qaratilsin.
Qo‘shimcha dalillar nizoning to‘g‘ri hal qilinishi va u bo‘yicha qonuniy hamda asoslantirilgan sud hujjati qabul qilinishi uchun zarur bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, IPK 170-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sud da’vo arizasi yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
16. IPK 80-moddasining birinchi qismi ekspertizaning nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra tayinlanishi imkonini nazarda tutadi balki, agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish yoxud qo‘shimcha ekspertiza tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
Shuningdek, sudlar shuni hisobga olishlari lozimki, qayta ekspertiza tayinlanganda ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi mavjudligi talab etilmaydi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrim, sud tomonidan ekspertiza tayinlashni rad qilish sabablari ko‘rsatilib, asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda ekspertiza uchun savollarning ro‘yxati ko‘rsatilishi kerak. Bunda nazarda tutish kerakki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak bo‘lgan savollarni taqdim etishga, sud esa shaxslarni bunday savollarni sudga taqdim qilishni taklif etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart. Shu bilan birga sud taqdim etilgan savollarning mazmunini aniqlash, ularni tuzatish, ekspert oldiga mustaqil ravishda savollar qo‘yishga haqli. Zaruriyat tug‘ilganda sud sud majlisiga ekspertni chaqirishga hamda savollarni to‘g‘ri va aniq ifoda qilish maqsadida uning ishtirokida ekspertiza o‘tkazish uchun savollarni shakllantirishga haqli. Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan savollarning uzil-kesil ro‘yxati sud tomonidan belgilanadi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrim bilan ekspert xulosasi olingunga qadar ish yuritish to‘xtatilishi mumkin.
Ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
17. Avval qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rilayotganda, sudya boshqa dalillar bilan birgalikda ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan (guvohlarning ko‘rsatmalari, mutaxassisning tushuntirishi yoki maslahati, ekspert xulosasi va boshqalar) va bekor bo‘lgan hal qiluv qarori qabul qilingan sud majlisida taqdim etilgan dalillarni baholashga haqli.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror yoxud shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, dalil sifatida qabul qilinishi mumkin.
18. IPKning 94-moddasida ko‘rsatilgan da’voni ta’minlash choralari, agar ularni qo‘llamaslik sudning hal qiluv qarorini bajarishga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lsa yoxud bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, ish bo‘yicha ish yuritishning har qanday bosqichida qabul qilinishi mumkin.
Inobatga olish lozimki, IPK 94-moddasining birinchi qismi hisobvarag‘iga band solish kabi da’voni ta’minlash chorasini nazarda tutmaydi. Shuning uchun ishda ishtirok etuvchi shaxsning javobgarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lariga band solish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqishda hisobga olish kerakki, kredit muassasasidagi hisobvaraqlari emas, balki da’voda ko‘rsatilgan summa doirasida hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari xatlanadi.
Sudlarning e’tibori davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizligi) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’voni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shartligiga qaratilsin. Bunday ariza bilan tadbirkorlik subyekti manfaatida da’vo kiritgan vakolatli organlar murojaat qilganda ham sud da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan bunday arizalar umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
Mol-mulk, agar u uzoq saqlanganda o‘zining sifatini yo‘qotmasa, xatlanishi mumkin. Bunday chora, xususan tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Da’vo qanoatlantirilganda uni ta’minlash chorasi hal qiluv qarori haqiqatda ijro etilgunga qadar amal qiladi.
IPK 99-moddasining mazmuniga ko‘ra, da’voni qanoatlantirishni rad etish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach, da’voni ta’minlash chorasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Biroq, sud ko‘rsatilgan sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi yoki o‘zining tashabbusi bo‘yicha da’voni ta’minlashni bekor qilishi mumkin. Bunda IPK alohida ajrim chiqarilishini nazarda tutadi va da’voni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori yoki da’voni ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimda da’voni ta’minlash chorasining bekor qilinishi ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Da’voni ta’minlash chorasini bekor qilish uchun taraflar da’voni ta’minlash haqidagi sud ajrimini emas, balki da’voni ta’minlash chorasini bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qiladi.
19. Ish yuritishni to‘xtatish sud tomonidan ushbu ish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha protsessual harakatlarning to‘xtatilishini anglatadi, bundan da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno. Ish yuritish to‘xtatib turilgan davrda da’voni yoki dalillarni ta’minlash haqida ariza kelib tushganda, ushbu masala IPKning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi va natijasi bo‘yicha ajrim chiqarilishi lozim.
Ish yuritishni to‘xtatish asoslari IPKning 101 va 102-moddalarida nazarda tutilgan. Bunda sud IPKning 102-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha ish yuritishni o‘z tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatishga haqli ekanligi va IPKning 101-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha iltimosnoma mavjudligidan qat’iy nazar, ish yuritishni to‘xtatishga majbur ekanligini e’tiborga olishi lozim. Ish yuritishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sud ajrimida ish yuritishni to‘xtatish uchun asos bo‘lgan holatlar ko‘rsatilishi kerak.
Ish yuritish to‘xtatilishi bilan barcha tugamagan protsessual muddatlarning o‘tishi ish bo‘yicha ish yuritish tiklangunga qadar to‘xtatiladi. Bunda sud tomonidan ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgunga qadar tugamagan protsessual muddatlargina to‘xtatiladi. Ish yuritishni to‘xtatishgacha o‘tgan vaqt ish ko‘rishning umumiy muddatini hisoblashda hisobga olinishi kerak.
IPKning 101 va 102-moddalarida ko‘rsatilgan ish yuritishni to‘xtatib turish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. IPK 103-moddasi birinchi qismining 1-bandida ish yuritish ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar to‘xtatib turilishi belgilangan.
Bunda tergov harakatlari tugallanguniga qadar deganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 372-moddasida qayd etilgan dastlabki tergovni tamomlash, ya’ni dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tuzish bilan tamomlash tushuniladi.
Sudlarning e’tibori iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish uchun asos bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan taqdirda, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilgan sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin iqtisodiy ish yuritish tiklanishiga qaratilsin.
Iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritish tiklanishi lozim.
21. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish nizoning mazmuni bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilmasdan turib sud muhokamasini tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. IPKning 107-moddasida ko‘rsatilgan da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi va u IPKning 108-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
IPK 107-moddasi birinchi qismining 3-bandida da’vo arizasi familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa, sud da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishi nazarda tutilgan.
Sudlarga tushuntirilsinki, da’vo arizasida uni imzolagan shaxsning familiyasi to‘liq, ismi yoki ismi va otasining ismini bosh harflari ko‘rsatilganligi da’vo arizasini IPK 107-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lmaydi.
22. Ish yuritishni tugatish nizoning mazmuni bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqarmasdan sud muhokamasini tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. IPKning 110-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq, agar ish iqtisodiy sudda ko‘rish uchun taalluqli bo‘lmasa, sud ish yuritishni tugatadi. Ishning iqtisodiy sudga taalluqliligi IPK 25 va 26-moddalarining talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda sudga taalluqlilik boshlanib bo‘lgan iqtisodiy protsessda ham o‘zgarishi mumkinligini e’tiborga olish kerak, masalan, protsessga protsessual munosabatlar ishtirokchilari maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar - jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar bo‘lmagan tashkilotlar va boshqalarning jalb etilishi munosabati bilan.
Javobgarning da’voni tan olishiga havola qilinib ish yuritishni tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda sud tomonidan javobgarning arizasi hisobga olinib, mazmunan hal qiluv qarori qabul qilinadi. Sudya sud majlisidan tashqari, masalan, ishni sud muhokamasida ko‘rishga tayyorlash jarayonida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqarishga haqli emas, sudgacha majlis o‘tkazish jarayonida ish yuritishni tugatish bundan mustasno.
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda IPKning 110-moddasida belgilanmagan boshqa asoslar bilan ish yuritishni tugatish hollari ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Xususan, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, sudgacha sanatsiya o‘tkazilishiga kreditorlarning roziligi bo‘lgan taqdirda, bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, ayni bir kreditor va qarzdor hisoblangan shaxslar o‘rtasida, ayni shu talab bo‘yicha berilgan qonuniy kuchga kirgan sud buyrug‘i mavjud bo‘lganda ham IPK 110-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish uchun asos bo‘ladi.
23. IPKning 135-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘i berish mumkin bo‘lgan talablarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizalar IPKning 17-bobida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
24. IPK 149-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra da’vo arizasi da’vogarning rahbari yoki uning vakili tomonidan o‘z qo‘li bilan imzolangan bo‘lishi lozim. Bunda imzoning mexanik yoki boshqa nusxa ko‘chirish vositalari orqali amalga oshirilishiga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi.
Tugatilayotgan tashkilotning nomidan da’vo arizasi tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi yoxud ular vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Yuridik shaxsning rahbari vazifasini bajaruvchi da’vo arizasini imzolashga haqli, lekin bunda da’vo arizasiga uning maqomini tasdiqlovchi dalil ilova qilingan bo‘lishi lozim.
IPK 149-moddasining birinchi qismini qo‘llashda shuni nazarda tutish kerakki, agar yuridik shaxsning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish kollegial ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshirilsa va da’vo arizasiga ushbu organ rahbari yoki uning o‘rinbosari da’vo arizasini imzolashga vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo‘lsa, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda da’vogarga tegishli hujjatni taqdim etishni taklif qilishi kerak.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash, ijro varaqasi dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi arizalar bilan murojaat qilinganda ham ariza yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanishi lozim (ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi arizalar davlat ijrochisi tomonidan ham imzolanishi mumkin). Bunday turdagi arizalar vakolatli shaxslar tomonidan imzolanmaganda ular IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos xolda qaytariladi.
25. IPK 149-moddasining beshinchi qismiga muvofiq da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni bitta da’vo arizasiga birlashtirishga haqli.
Bir necha da’vo talablari, agar ular iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizoli moddiy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘liq bo‘lsa, birlashtirilishi mumkin (xususan, qaytarilmagan kredit, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar va neustoykani undirish haqida; bir necha transport hujjatlari bo‘yicha olingan va bitta qabul qilish hujjati bilan rasmiylashtirilgan yoki bitta hisob-kitob hujjati bo‘yicha to‘langan kamomad miqdorini undirish haqida).
Agar bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa, da’vo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining 8-bandiga asosan qaytariladi. Agar bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPKning 159-moddasiga asosan talablarning bir qismi alohida ish yuritishga ajratiladi.
26. IPKning talablariga rioya etilgan holda berilgan da’vo arizasi uni ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ish qo‘zg‘atilgunga qadar sud ekspertiza tayinlashga (IPKning 80-moddasi), dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga (IPKning 90-moddasi), sud topshiriqlarini berishga (IPKning 91-moddasi), da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishga (IPKning 94-moddasi), ish yuritishni to‘xtatishga yoki tugatishga (IPKning 101, 110-moddalari), talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga (IPKning 159-moddasi), ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishga (IPKning 163-moddasi), sudgacha majlis o‘tkazishga (IPKning 1631-moddasi), hal qiluv qarori qabul qilishga (IPKning 176-moddasi) haqli emas.
IPK 162-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidani qo‘llashda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ko‘rsatma hamda ishda ishtirok etayotgan shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda yoxud ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimda aks ettirilishi mumkin, biroq bu hujjatlarning ketma-ketligi protsessual harakatlarning haqiqiy rivojlanishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Agar sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarishni lozim topsa, u dastlab da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida, so‘ngra IPKning 162-moddasiga muvofiq, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bunda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida alohida ajrim chiqarish muddati da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan, sudgacha majlis o‘tkazilgan hollarda esa, o‘n besh kundan oshmasligi kerak.
27. IPKning 154-moddasida nazarda tutilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar IPK 154-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish IPK 110-moddasi birinchi qismining tegishlicha 1 va 3-bandlariga asosan tugatiladi. Agar IPK 154-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun asos da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, da’vo arizasi IPK 107-moddasining 1-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldiriladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, ayni bir kreditor va qarzdor hisoblangan shaxslar o‘rtasida, ayni shu talab bo‘yicha berilgan qonuniy kuchga kirgan sud buyrug‘i mavjud bo‘lganda ham da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish IPK 154-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan asos bilan rad etiladi.
28. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, IPK 155-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asoslar ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar IPK 155-moddasi birinchi qismining 1, 5, 6 va 8-bandlarida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asoslar sud tomonidan da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bunda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni da’vo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tanishtirish choralarini ko‘rishi hamda IPKning 159-moddasi tartibida talablarni alohida ish yuritishga ajratish masalasini ko‘rib chiqishi (agar bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa) shart.
IPK 155-moddasi birinchi qismining 2 va 9-bandlarida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asoslar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud da’vo arizasini IPK 107-moddasining tegishlicha 3 va 4-bandlari asosida ko‘rmasdan qoldiradi.
Agar IPK 155-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan da’vo arizasini qaytarish uchun asos da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, sud IPK 39-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sudlovga tegishlilik qoidalari bo‘yicha ishni ko‘rish uchun boshqa iqtisodiy sudga o‘tkazishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata a’zosi manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’vo arizasi (arizasi)ga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va da’vogar o‘rtasida tuzilgan a’zolik shartnomasi hamda guvohnomasi ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda da’vo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, agar ushbu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, da’vo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda ko‘rmasdan qoldiriladi.
Palataga a’zolik to‘g‘risidagi guvohnoma muddati tugaganligi aniqlangan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytarilishi, bu holat da’vo arizasi (ariza) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, da’vo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandida javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha esa — javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa, da’vo arizasi qaytarilishi belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vo arizasi (ariza) bo‘yicha da’vo arizasining (arizaning) xamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari manfaati ko‘zlangan shaxsga yuborilganligini (topshirilganligini) tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa ham da’vo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi.
29. IPK 160-moddasining birinchi qismiga muvofiq ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun qarshi da’vo taqdim etishga haqli.
Bunda nazarda tutish kerakki, IPK 160-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, qarshi da’vo ish yuritishga qabul qilinishi mumkin. Agar qarshi da’vo protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda taqdim etilgan bo‘lib, ammo yuqorida ko‘rsatilgan moddadagi shartlar mavjud bo‘lmasa, qarshi da’voni ish yuritishga qabul qilish rad etilishi lozim. Qarshi da’voni IPKning 160-moddasida nazarda tutilgan shartlar mavjud emasligi asosida qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim shikoyat qilinmaydi, chunki ushbu holat sudga mustaqil da’vo taqdim etishga to‘sqinlik qilmaydi. Agar qarshi da’voni ish yuritishga qabul qilish IPKning 154-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha rad etilgan bo‘lsa, bunday ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Qarshi da’vo da’vo arizasini taqdim etishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda taqdim etilgan bo‘lsa, sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinishi mumkin, sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi qoidalar bundan mustasno.
Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar, fuqarolar, davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlar ham IPKda belgilangan tartibda sudga javobgarning manfaatida qarshi da’vo berishi mumkin.
30. IPKning 163-moddasiga muvofiq sudya ishni sud muhokamasiga tegishli tartibda tayyorlashi zarur, chunki bu nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ishni ko‘rishga tayyorlash vazifalari: nizoli huquqiy munosabatning xarakteri va qo‘llanishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlarini, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash; ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi va iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilarini aniqlash masalasini hal etish; ishda ishtirok etuvchi shaxslarga zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etishda ko‘maklashish; taraflarni murosaga keltirish hisoblanadi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya tomonidan bajariladigan harakatlar sud muhokamasini mukammal va tez o‘tkazish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. IPK 163-moddasining birinchi qismida qayd etilgan harakatlarning barchasini bajarish talab etilmaydi. U yoki bu harakatlar bajarilishining zaruriyati har bir holatda sudyaning ixtiyorida bo‘lib, nizoning holatlariga ko‘ra aniqlanadi. IPK 163-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha harakatlarning ro‘yxati tugal hisoblanmaydi hamda sudya nizoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlashda, agar sud nizoni mavjud dalillar asosida ko‘rishning imkoniyati yo‘q deb hisoblasa (IPK 163-moddasi birinchi qismining 4-bandi), ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim qilishni taklif etishga haqli.
31. Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sud manfaatdor shaxslarni ish bo‘yicha ish yuritish haqida IPK 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmagan holda, agar sud basharti uning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin emas deb hisoblamasa, ish uning ishtirokisiz qo‘rib chiqilishi mumkin.
Agar da’vogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa, u holda IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq da’vo ko‘rmasdan qoldiriladi. Prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida kiritgan arizalari asosida qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha ushbu shaxslarning kelmaganligi IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq da’voni ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lmaydi, agar sud majlisida ishtirok etayotgan manfaati ko‘zlangan shaxs da’voni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa. Bunday ishlar bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilgan shaxslar va manfaati ko‘zlangan shaxs sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa, bu holda IPK 107-moddasining 6-bandiga muvofiq da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, tegishli tartibda sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qilinmagan shaxsning ishtirokisiz ishning ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bu har qanday holda sudning hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi (IPKning 279 va 302-moddalari).
32. IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq sudya taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi. Sudlar nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda ishni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish yo‘li bilan tamomlashga ko‘maklashishlari lozim. Nizoni kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish bilan hal etish imkoniyati ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida ham (IPK 163-moddasi birinchi qismining 8-bandi, 1631-moddasi birinchi qismining 3-bandi), sud muhokamasi jarayonida ham (IPKning 16-bobi) aniqlanishi lozim. Taraflar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimining shartlari ijro qilinayotganda uning mazmuni bo‘yicha noaniqliklar va nizolar bo‘lmasligi uchun ajrimning xulosa qismida aniq va ravshan ifodalangan bo‘lishi lozim. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqariladi (IPKning 133-moddasi). Kelishuv bitimi, agar uning shartlari qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lmasa va shartli asosda tuzilmagan bo‘lsa, sud tomonidan tasdiqlanadi.
33. Sudlarning e’tibori fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar mustasno, ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi, sudgacha o‘tkaziladigan majlis orqali yoki uni o‘tkazmasdan hal etilishi mumkinligiga qaratilsin.
33.1. Agar fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi sudgacha majlis o‘tkazilmasdan hal etilgan bo‘lsa, sudya mazkur qarorning 30 — 32-bandlarida berilgan tushuntirishlarni inobatga olib, ishni sud muhokamasiga tayyorlashi kerak.
33.2. Agar sud fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishni sud muhokamasiga tayyorlash masalasi sudgacha majlis o‘tkazish yo‘li bilan hal etilishi lozimligi haqida xulosaga kelgan bo‘lsa, shuni inobatga olishi lozimki, aynan qaysi ish bo‘yicha sudgacha majlis o‘tkazish masalasini sudya ishning holati, ayniqsa uning murakkabligidan kelib chiqib, o‘zi hal etadi.
Xususan, da’vo arizasida bir nechta talablar birlashtirilgan bo‘lsa, shartnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar, qurilish pudrati, lizing, sug‘urta shartnomalari, intellektual mulk bilan bog‘liq, shuningdek korporativ nizolarni murakkab toifadagi ishlar jumlasiga kiritish mumkin. Shu bilan birga inobatga olish lozimki, har qanday fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha sudgacha majlis o‘tkazilishi mumkin, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar mustasno.
Sudgacha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Sudgacha majlis videokonferensaloqa rejimida ham o‘tkazilishi mumkin. Agar sudgacha majlis videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilansa, sudya IPK 166-moddasining ikkinchi qismida, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud esa ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, sudgacha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi, majlisga kelgan boshqa shaxslar bilan sudgacha majlis o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatda sudgacha majlisda ishtirok etmagan shaxsning ushbu majlis haqida qanday aloqa vositasi orqali xabardor qilinganligi sudgacha majlis o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, sudgacha majlis o‘tkazish paytida IPK 101, 103, 107 va 110-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi aniqlansa, sudya ishni sud muhokamasiga tayinlamasdan, sudgacha majlis o‘tkazilgan kunda IPK 1631-moddasining beshinchi qismiga muvofiq ish yuritishni to‘xtatib turishi yoki ish yuritishni tugatishi yoxud da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishi mumkin.
34. IPK 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud muhokamasining muddatini uzaytirish masalasi sud raisi tomonidan ishni ko‘rayotgan sudyaning bildirgisi asosida hal etiladi. Sudyaning bildirgisida ishni bir oylik muddatda ko‘rish imkoni bo‘lmaganligi sabablari ko‘rsatilib, ishni ko‘rish muddatini uzaytirish so‘raladi. Sud raisi tomonidan ushbu bildirgiga ishni ko‘rish muddatini uzaytirish yoki uni rad qilish haqida rezolyutsiya qo‘yiladi.
IPK 164-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rilishi lozim bo‘lgan ishlarga ham tatbiq etiladi.
Ish sud raisining ish yurituvida bo‘lganda sud muhokamasining muddatini uzaytirish zarurati tug‘ilganda ishga uni IPKda belgilangan muddatda ko‘rish imkoni bo‘lmaganligi sabablari ko‘rsatilib, ishni ko‘rish muddati uzaytirilganligi haqida sud raisi tomonidan imzolangan ma’lumotnoma qo‘shib qo‘yiladi.
35. IPK 168-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini, mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi, shuningdek yozma shaklda taqdim etilgan tushuntirishlar, ko‘rsatuvlar va xulosalarni o‘qib eshittiradi.
Bunda sudya sud majlisida dalillarni ularning ishonchliligi, daxldorligi va ularga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nuqtai nazaridan baho berish maqsadida shaxsan o‘zi tekshirishi lozimligi inobatga olinishi kerak. Sud tomonidan bevosita tekshirilmagan dalillar (masalan, taraflardan birining vakili tomonidan unga og‘zaki yetkazilgan hujjatning mazmuni) sud hujjatining qabul qilinishiga asos qilib olinishi mumkin emas.
36. Sudlar IPK 169-moddasining birinchi qismida belgilangan, taraflarning arizalari va iltimosnomalari sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitib bo‘lingach, hal qilinishi to‘g‘risidagi qoidaga rioya etishlari lozim.
IPK 169-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arizalar va iltimosnomalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha sud ajrim chiqaradi. Ajrimning shakli iltimosnomaning mazmuni va uni ko‘rib chiqish natijalariga bog‘liq. Masalan, agar iltimosnoma sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida berilgan bo‘lsa, u qanoatlantirilganda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqariladi, qanoatlantirish rad etilganda bu haqda hal qiluv qarorida yoki sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi. Agar taraf ish hujjatlariga qo‘shimcha dalillarni qo‘shish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, u qanoatlantirilganda yoki qanoatlantirish rad etilganda ajrim chiqariladi va sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Arizalar va iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrida uning nizo bo‘yicha ariza va (yoki) iltimosnomalari nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu ariza va iltimosnomalar IPKning 169-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
37. Sudlarning e’tibori sud muhokamasi IPK 171-moddasining birinchi qismida sanab o‘tilgan kutilmagan va favqulodda holatlarda keyinga qoldirilishi mumkinligiga qaratilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud bo‘lganda, sud muhokamasi sudning tashabbusi bilan ham, ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ham keyinga qoldirilishi mumkin.
Bunda sud muhokamasi IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan ish ko‘rishning muddati doirasida qoldirilishi mumkin.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, biroq ko‘pi bilan o‘n kunga qoldirilishi mumkin, sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni esa uch martadan oshmasligi kerak.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, sud muhokamasini qoldirish uchun asos bo‘lgan sabablar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning keyingi sud majlisigacha bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlar ko‘rsatilishi kerak.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Shu bilan birga sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida bevosita sud majlisida xabardor qilinishi mumkin, bunday holda xabardor qilinganlik fakti ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladigan tegishli tilxat bilan tasdiqlanadi.
Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinmaydi.
38. Sud majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda IPKning 201-moddasi talablariga rioya etgan holda bayonnoma yuritiladi.
Sud majlisi bayonnomasidagi yozuvlar sud majlisi boshlangan vaqtdan boshlab hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar protsessual harakatlar qanday ketma-ketlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, shu yo‘sinda bayon qilinishi lozim. IPKning 201-moddasiga muvofiq sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati tugal hisoblanmaydi va bayonnomaga sud ish uchun muhim deb hisoblagan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Xususan, unda guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgarligi haqida tilxat orqali ogohlantirilganligi ko‘rsatiladi.
Bayonnoma hal qiluv qarori (ajrim) tuzilgan va sud majlisi olib borilgan tilda tuzilishi kerak.
39. IPKning 176-moddasiga muvofiq sud ishni mazmunan ko‘rib chiqib, IPKning 179-moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etgan holda hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi e’lon qilinadi hamda u sudya tomonidan imzolanishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Sudlarga tushuntirilsinki, sud majlisida e’lon qilingan hal qiluv qarori xulosa qismining ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilmaydi.
Asoslantirilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi sud muhokamasi tugallangan kunda e’lon qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Sudning hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng raislik qiluvchi uning mazmunini (qaysi asoslarga ko‘ra sud bunday to‘xtamga kelganligini) tushuntirishi, shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatini, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va vakillarning sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga yozma fikrlar bildirish huquqini tushuntirishi lozim.
40. Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish mumkin bo‘lgan asoslarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi (IPKning 189-moddasi).
Qo‘shimcha hal qiluv qarori faqat hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori sudning tashabbusi bilan ham, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
IPK qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishini (protest keltirilishini) nazarda tutmaydi. Biroq, bunday ajrimga nisbatan norozilik bildirilgan vajlar hal qiluv qarori ustidan sh | 116 | 63,238 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruh to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin: | 141 | 325 |
Qonunchilik | QARZDOR JISMONIY ShAXSGA ISh HAQI YOKI UNGA TENGLAShTIRILGAN BOShQA TO‘LOVLARNI TO‘LAYOTGAN TAShKILOTLAR YOKI BOShQA ShAXSLAR TOMONIDAN IJRO HUJJATLARINI IJRO ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) 64-moddasiga muvofiq, buyuraman:
1. Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (Z. Xolmuxamedov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Ushbu buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori Z.Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdor jismoniy shaxsga tashkilotlar yoki boshqa shaxslar to‘layotgan (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarga (bundan keyingi o‘rinlarda ish haqi deb yuritiladi) undiruvni qaratish orqali ijro hujjatini majburiy ijro etish tartibini belgilaydi.
1. Sud ijrochisiga ijro etish uchun taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro hujjatlari quyidagi hollarda qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilotlarga ijro etish uchun yuboriladi:
davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishda;
eng kam ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi, shu jumladan, yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;
undirilayotgan summalarni to‘liq uzish uchun qarzdorning mol-mulki bo‘lmaganda yoki uning mol-mulki yetarli bo‘lmaganda.
2. Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.
3. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek, boquvchisining vafot etganligi bilan bog‘liq holda ko‘rilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha undiruv faqat sudning qaroriga binoan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganda to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta nafaqalariga va ishsizlik nafaqalariga qaratilishi mumkin.
4. Bir necha ijro hujjati bo‘yicha undiruv ish haqiga qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Miqdori sud tomonidan o‘rnatilgan va jamlanmasi ish haqining ellik foizidan oshadigan bir necha ijro hujjati ijroga taqdim qilinganda, qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilot bu haqda qarzdor va sud ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda, qarzdorga uning belgilangan undiruv miqdorini kamaytirish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqi yozma ravishda tushuntiriladi.
Ushbu hollarda qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga ish haqi to‘lanadigan kunlar haqida yozma ma’lum qiladi.
5. Ijro hujjati, shuningdek ijro hujjati ijrosini ta’minlash bo‘yicha taqdim etilgan sud ijrochisi talabnomasining bajarilishi majburiydir va faqat sud yoki sud ijrochisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilishi mumkin.
6. Qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, sud ijrochisi undiruvni ish haqiga qaratishni 1-ilovaga muvofiq ijro hujjatining aslini ilova qilgan holda Ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish to‘g‘risidagi talabnomani (bundan keyingi o‘rinlarda talabnoma deb yuritiladi) qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilotlarga taqdim etadi. Sud ijrochisi qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘riligini mazkur tashkilotlarga so‘rovnoma yuborish orqali tekshirishga haqli.
Tashkilotga ijro hujjatining asli ijro etishlik uchun yuborilganda, sud ijrochisi ijro ish yurituvida uning nusxasini saqlaydi.
Ijro hujjatining asli ilova qilingan talabnomani taqdim qilish qo‘lda, reyestr bo‘yicha pochta yoki kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
7. Sud ijrochisi qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qarzdorning yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining filialiga yagona ma’lumotlar bazasidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi qarzdorning shaxsiy hisobi bo‘yicha maxsus ma’lumotni olish uchun so‘rovnoma yuboradi.
Qarzdorning ish, o‘qish, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda tashkilot bu haqda sud ijrochisini darhol xabardor qiladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olinganidan so‘ng, sud ijrochisi undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish to‘g‘risida qaror chiqaradi, keyinchalik talabnomaga quyidagilarni ilova qilgan holda yuboradi:
undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish to‘g‘risidagi qaror;
ijro hujjatining nusxasi.
8. Ijro hujjati xato kelib tushgan hollarda, muassasa, tashkilot yoki boshqa shaxslar ijro hujjati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay, mazkur ijro hujjatini yuborgan sud ijrochisiga uni qaytaradilar.
Undiruvni ish haqiga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjati qarzdor ishdan bo‘shagandan so‘ng taqdim etilganda, ijro hujjatini olgan tashkilot ijro hujjatini, qarzdorga oxirgi olti oy mobaynida to‘langan ish haqini ko‘rsatgan holda, buyruqdan ko‘chirmani, shuningdek qarzdorning yangi yashash va ish joyi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni ilova qilgan holda qaytaradi.
9. Qarzdorning ish haqidan ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolinganidan so‘ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
10. Agar ijro hujjatida ish haqidan undirish miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi har bir alohida holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
11. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining to‘liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
12. Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari va qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan, ish haqining ularning mazkur muassasalardagi ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qo‘shgan holda amalga oshiriladi.
13. Qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot sud ijrochisining ijro hujjati ilova qilingan talabnomasini olgach, uni mazkur Qoidalarning V bo‘limida belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi va qarzdorning ish haqidan ushlab qolishni amalga oshiradi.
14. Qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot ushlab qolingan pul mablag‘larini undiruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida to‘lashi yoki o‘tkazishi shart. Pul mablag‘larini to‘lash va o‘tkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.
15. Pul mablag‘larini pochta xizmatlari orqali O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi shaxslarga o‘tkazish faqat ikki tomonlama kelishuv tuzilgan davlatlarga amalga oshiriladi.
16. Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari o‘tkazilgan manzilga qaytarilganda, ular qarzdorga ish haqini to‘lagan tashkilotning hisob raqamiga, undiruvchining (qabul qiluvchining) manzilini aniqlashtirish holatlaridan tashqari, keyinchalik ijro hujjatini ijroga taqdim etgan sud ijrochilari bo‘limining depozit hisob raqamiga ko‘chirish uchun o‘tkaziladi. Bunda jo‘natmalarni o‘tkazish uchun olingan to‘lov qaytarilmaydi.
17. Sud ijrochilari bo‘limining depozit hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari undiruvchi tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan muddatlarda talab qilib olinmagan holda sud ijrochisi ushbu pul mablag‘larini davlat daromadiga o‘tkazish choralarini ko‘radi.
18. Undiruvchi yoki ijro hujjati bo‘yicha ish haqidan ushlab qolingan qarzdorning talabi bo‘yicha tashkilot amalga oshirilgan undiruvlar yuzasidan ma’lumotnoma berishga majburdir.
19. Ijro hujjatlari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va ro‘yxat raqamiga ega bo‘ladi.
20. Ijro hujjatlari 2-ilovaga muvofiq ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarining hisobi yuritiladigan Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olinadi.
21. Tashkilot ijro hujjati ro‘yxatga olingan kunning ertasidan kechiktirmay bu haqda sud ijrochisi va undiruvchini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda xabardor qiladi.
22. Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan, qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilot rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan va sana ko‘rsatilgan holda muhrlangan bo‘lishi lozim.
Ushbu kitobga kiritilgan har bir o‘zgartirish bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan varaqning past qismiga belgilangan tartibda izoh kiritilib, muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
23. Qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilotlarda qat’iy hisobda turadigan ijro hujjatlari po‘lat seyflarda yoki maxsus temir shkaflarda saqlanishi lozim.
Bunda har bir ijro hujjati qoida tariqasida ushbu ijro hujjatining ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar bilan birga alohida jildlarda saqlanadi.
24. Ijro hujjatlari bo‘yicha ish haqidan ushlab qolishni tugallash ijro hujjati Qonunda belgilangan tartibda tugatilgan yoki tamomlanganda, shuningdek, aliment majburiyatlari tugaganida amalga oshiriladi.
25. Qarzdor bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda, o‘qish tamomlanganda (boshqa o‘quv yurtiga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlarni olish joyidan ketganda, qarzdorga ish haqini to‘layotgan tashkilot bu haqda sud ijrochisini darhol xabardor qilishi va unga amalga oshirilgan undiruvlar bo‘yicha belgi qo‘yilgan ijro hujjatini qaytarishi lozim.
26. Qarzdorga ish haqi to‘lagan tashkilot kuzatuv xatida barcha ushlab qolingan va qolgan qarzdorlik summasini ko‘rsatib, muhri bilan tasdiqlaydi, shuningdek, qarzdorning yangi yashash va ish joyi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ularni ko‘rsatadi.
27. Qarzdorning ish haqidan undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida sud ijrochilari bo‘limlarida 3 ilovaga muvofiq Ijroga qaratilgan ijro hujjatlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
Ushbu kitobning yuritilishini nazorat qilish sud ijrochilari bo‘limlarining katta sud ijrochilariga yuklatiladi.
28. Qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmay, sud ijrochisiga Ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (4-ilova) taqdim etadi.
29. Sud ijrochisi qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan, ijro hujjati bo‘yicha pul mablag‘larining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan, shuningdek sud ijrochilari bo‘limi ish rejasiga ko‘ra tekshirish o‘tkazadi. Bunday tekshirishni o‘tkazishda qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilotlar tegishli buxgalteriya va boshqa hujjatlarni sud ijrochisiga taqdim etishi shart.
30. Tekshiruv natijalari yuzasidan ijro hujjati bo‘yicha undiruvning to‘g‘riligini tekshirish dalolatnomasi tuziladi va sud ijrochisi, qarzdorga ish haqi to‘layotgan tashkilot rahbari va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi.
31. Tekshirish jarayonida ish haqidan ushlab qolish tartibi buzilganligi aniqlanganda, sud ijrochisi mas’ul shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘radi.
32. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
33. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan kelishilgan. | 194 | 13,987 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING “BUYRUQ TARTIBIDA ISh YuRITIShNI TARTIBGA SOLUVChI QONUN NORMALARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA”GI QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan, xususan, buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llashda kelib chiqqan masalalarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berish zaruriyati tug‘ilganligi tufayli “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17 va 47-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi quyidagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Agar kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzni undirish haqidagi talab bilan arz qilingan bo‘lsa, unga qarzdorning familiyasi, ismi, ota ismi, aniq yashash manzili, qarz miqdori ko‘rsatilgan, qarzdor va kommunal xizmat idorasining vakolatli xodimi tomonidan imzolanib, kommunal idoraning muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma ilova qilinishi shart.
Qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab albatta kommunal xizmat idorasi rahbari tomonidan imzolanishi lozim.
Hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talab arz qilinganda ish haqidan qarzdorlik miqdori aniq ko‘rsatilgan va ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot ilova qilinishi shart.
Sudlarning e’tibori, kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarz undirish hamda xodimga to‘lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talablar yuzasidan sud buyrug‘i chiqarish orqali ortiqcha xarajat, ish vaqti hamda turli sansalorliklarning oldini olishga qaratilsin. | 220 | 1,678 |
Qonunchilik | XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI IShTIROKIDA AMALGA OShIRILAYOTGAN “TOZA SUV, SANITARIYA VA AHOLI SALOMATLIGI” LOYIHASINI RO‘YoBGA ChIQARISh SAMARADORLIGINI OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini ro‘yobga chiqarishda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va xorijiy maslahatlashuv kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratning susaytirib yuborilganligi tufayli kredit mablag‘laridan samarasiz foydalanishga yo‘l qo‘yilgan, buning natijasida respublika manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi Loyihani birgalikda amalga oshirishda qatnashishdan o‘zlarini chetga olishgan.
“Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasi bo‘yicha xorijiy kreditlarni o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
asbob-uskunalar yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan barcha kontraktlar xatlovdan o‘tkazilganligi, Loyihaning joriy holati baholanganligi va yakuniy hisob-kitob qilishda ilgari xorijiy maslahatchilarga asossiz to‘langan kredit mablag‘lari ushlab qolinganligi;
Loyiha bo‘yicha sotib olinadigan asbob-uskunalar ro‘yxati respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar importi chiqarib tashlangan holda maqbullashtirilganligi;
qarz mablag‘larining harakatini moliyaviy hisobga olish va nazorat qilishning milliy va xalqaro moliya hisobotlari standartlari talablariga muvofiq bo‘lgan tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ijrochi agent etib belgilansin, unga ko‘rsatib o‘tilgan Loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, loyiha bo‘yicha tugallangan obyektlarni foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qabul qilib olish uchun javobgarlik yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ikki hafta muddatda:
1-ilovaga muvofiq xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat bo‘lgan yuridik shaxs sifatidagi Loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin;
O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankida Loyihaning maxsus hisob raqamini ochsin.
4. Quyidagilar Loyihani amalga oshirish guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
moliyalashtiruvchi xalqaro tashkilotlar tartibotlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Loyihani va kredit mablag‘larini boshqarish;
kredit mablag‘laridan qarz bitimlari va Hukumat qarorlarida Loyihaning belgilangan maqsadlariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish;
qurilish ishlarining sifati va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, ko‘rsatkichlarda kontraktlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda pudrat tashkilotlariga o‘z vaqtida e’tiroz va reklamatsiyalar kiritish;
obyektlarning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini nazorat qilish va malakali mahalliy mutaxassislar — muhandislar va guruhning shtatdagi xodimlari tomonidan qurilishning borishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
kredit mablag‘larining moliyaviy hisobini yuritish va amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ulardan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tuzish;
xarid hujjatlarini tayyorlashda va takliflarni baholashda tender komissiyasi ishida qatnashish.
Belgilab qo‘yilsinki, Loyihani amalga oshirish guruhi xodimlari Loyiha boshqarilishi va mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek qurilish ishlari texnik nazorat qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qizketgan shaharchasini suv bilan ta’minlashning ko‘rgazmali loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qarorining 8-bandi va qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 206 | 3,982 |
Qonunchilik | “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid ayr | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,029 |
Qonunchilik | VAKOLATLI BANKLAR TOMONIDAN ChET EL VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARNI YuRITISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-avgustdagi 224-son “Aviatashuv xizmatlari amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 31-son, 329-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi”ga (ro‘yxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 135 | 1,112 |
Qonunchilik | MARKAZIY BANK TOMONIDAN BANK QONUNChILIGI VA BANK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVChI ME’YORIY HUJJATLARNI BUZGANLIKLARI UChUN TIJORAT BANKLARIGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN ChORA VA SANKSIYALAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrda tasdiqlangan 74-sonli “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 239 | 1,045 |
Qonunchilik | Fuqarolik huquqi: yangilash rejalashtirilgan | Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Fuqarolik kodeksining yangi tahriri muhokamaga qoʻyildi.
Loyiha bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
Loyihaga muvofiq:
Fuqarolik qonun hujjatini bilmaslik yoki uni toʻgʻri tushunmaslik ushbu hujjatni qoʻllamaslik yoki unda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etish uchun asos boʻlmaydi.
Loyihada belgilanishicha, fuqarolik huquq va majburiyatlari qonunda nazarda tutilgan asoslar, shuningdek fuqarolar va yuridik shaхslarning qonunda nazarda tutilmagan boʻlsada, biroq umumiy tamoyillar va fuqarolik huquqlari va majburiyatlari keltirib chiqaradigan fuqarolik huquqi mazmuniga muvofiq harakatlaridan vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagi asoslarga binoan vujudga keladi:
Shuningdek, loyihada fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilovchi normalar, boshqa korporativ va tadbirkorlik munosabatlari, shartnomaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek mulkiy va nomulkiy munosabatlar va h.k. bayon etilgan.
Loyiha (birinchi qism, ikkinchi qism) oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Bahodir Buхoriy. | 44 | 1,279 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (7-SONLI BHMS) “NOMODDIY AKTIVLAR”GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1485 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 153 | 823 |
Qonunchilik | Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Innovatsion rivojlanishni davom ettirish va ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish, Xorazm viloyatining mavjud ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, hududda oliy ta’lim muassasalarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Urganch davlat universiteti huzurida “Xorazm” innovatsion texnoparkini (keyingi o‘rinlarda “Xorazm” texnoparki deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Xorazm” texnoparkining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
hududda raqobatbardosh, innovatsion mahsulotlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kelgusida realizatsiya qilish uchun talabalar va yosh olimlarga qulay sharoitlar yaratish orqali ilmiy hamda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;
yuqori texnologiyalar sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-texnik hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududning innovatsion salohiyatini oshirish;
startap-loyihalarni joriy etish va hududning dolzarb muammolarini hal qilish uchun olimlar, oliy ta’lim muassasalari kafedralarining ilmiy xodimlari, o‘qituvchilari va talabalarini ilmiy hamda laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoniga jalb qilish;
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududni sifatli yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish intergatsiyasini chuqurlashtirish;
hududda yuqori texnologiyali infratuzilma, xususan, zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlarini tashkil qilish, shuningdek, venchur moliyalashtirish mexanizmidan foydalanish imkoniyatlarini nazarda tutgan holda, texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
yetakchi kompaniyalar vakillari, yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida mahorat darslari, treninglar va kurslar tashkil etish, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“Xorazm” texnoparkining faoliyatini operativ boshqarish vazifasini amalga oshirish va uning rezidentlari tomonidan ilmiy-texnik hamda innovatsion loyihalarning bajarilishini nazorat qilish uchun Urganch davlat universiteti muassisligida davlat korxonasi shaklidagi “Xorazm” innovatsion texnoparki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etiladi;
“Xorazm” texnoparkining eksterritorialligi Xorazm viloyati doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari Xorazm viloyatining barcha hududlarida joylashtiriladi;
“Xorazm” texnoparkining rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xo‘jalik subyektlariga beriladi va keyinchalik ular Direksiya tomonidan ro‘yxatga olinadi;
“Xorazm” texnoparkining rezidenti maqomi tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi.
4. Belgilansinki:
a) Direksiya faoliyati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
“Xorazm” texnoparki rezidentlarining Direksiya tomonidan belgilangan stavkalar bo‘yicha va sof daromadning uch foizidan oshmaydigan har choraklik ajratmalari;
Urganch davlat universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari va muassasalarining grantlari hamda kreditlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
xizmatlar ko‘rsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) innovatsion va startap-loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarni sotib olish, tajriba namunalari, sanoat buyumlari namunalarini ishlab chiqarish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 mln AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moliyalashtiriladi;
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida qayd etilgan mablag‘lardan “Xorazm” texnoparki va Direksiya faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Xorazm viloyati, Urganch tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 6-uyda joylashgan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Urganch davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish va keyinchalik ularda Direksiyani joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ushbu bino hamda inshootlardan ilmiy-ta’lim va tadqiqot maqsadlarida foydalanish huquqi saqlab qolinadi.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan bino va inshootlar bazasida “Xorazm” texnoparki faoliyat ko‘rsatishi uchun, xususan, zarur uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar va ishlab chiqarish sexlari, shuningdek, konferens-zal, kovorking-markaz, shou-rum va boshqalarni o‘z ichiga olgan zamonaviy infratuzilma tashkil etiladi;
b) Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, uning hududida “Xorazm” texnoparki infratuzilmasi yangi obyektlarining qurilishi mahalliy budjet mablag‘lari, shu jumladan mahalliy budjetning yil boshidagi bo‘sh qoldiq mablag‘lari va daromad qismining ortig‘i bilan bajarilishi, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
v) “Xorazm” texnoparkining ilmiy laboratoriyalari va ishlab chiqarish sexlarini, infratuzilmasining boshqa obyektlarini jihozlash, sarflash materiallari va ularning reaktivlarini xarid qilish Direksiyaga quyidagi manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
mazkur qarorning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida qayd etilgan manbalar;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlari, shuningdek, xayriya mablag‘lari;
g) Urganch sanoat kasb-hunar kollejining o‘quvchilari 2019/2020 o‘quv yili oxiriga qadar o‘qishni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarda davom ettiradi.
7. Xorazm viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy mamlakatlarning texnoparklari, innovatsion markazlari va boshqa shunday tuzilmalari bilan, jumladan, “Xorazm” texnoparki xodimlari va rezidentlarining tajriba almashishi, ta’lim olishi va malaka oshirishini tashkil qilish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparki infratuzilmasining hamda texnopark hududida amalga oshiriladigan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar obyektlarini zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘maklashish mablag‘lari va grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, sug‘urta, buxgalteriyan yuritish, hisobot topshirish, biznes sheriklarni topish, mini-texnologiyalar va uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy masalalarni hal etishda “Xorazm” texnoparki rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash uchun biznes inkubatorlar tashkil etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparkining faoliyat ko‘rsatishini ilg‘or xalqaro tajriba asosida uslubiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonining 10-bandida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari “Xorazm” texnoparki rezidentlari va Direksiyasiga ham tatbiq etilsin.
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki va “Xorazm” texnoparki rezidentlari uchun nazarda tutilgan soliq hamda bojxona imtiyozlari faqat Toshkent shahri va Xorazm viloyati hududi doirasida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatida qo‘llanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Xorazm” texnoparki ta’sischilari bilan birgalikda ikki oy muddatda Direksiya tuzilmasida “Xorazm” texnoparki rezidentlari va norezidentlariga ixtirolar hamda boshqa intellektual mulk obyektlari uchun buyurtmanomalar tayyorlashda maslahat yordami ko‘rsatish markazini tashkil etsin.
10. Xorazm viloyati hokimligi 2020-yilning 1-yanvariga qadar Direksiyaga biriktiriladigan binolar va inshootlar rekonstruksiya qilinishi, 2020-yil 1-oktabrgacha viloyat hududida “Xorazm” texnoparkining yangi infratuzilma obyektlari qurilishini ta’minlasin.
Xorazm viloyati hokimligiga Direksiyani joylashtirish uchun beriladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, viloyat hududida “Xorazm” texnoparkining yangi infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajarish yuklansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda rezidentlarni ro‘yxatga olish, istiqbolli startap-loyihalarni tanlash va moliyalashtirish tartibi, Direksiyaning tuzilmasi va shtatlar jadvali nazarda tutilgan holda, ikki oy muddatda “Xorazm” texnoparki faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
12. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Xorazm” texnoparkining faoliyatini tashkil etish va to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 98 | 10,537 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI TAShKILIY TUZILMASIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 1-dekabrdagi PQ-520-sonli qarorining ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmasiga yuklansin. | 105 | 734 |
Qonunchilik | Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida | “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablar;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarini identifikatsiya qilish va muvofiqlikni baholashga qo‘yiladigan talablar;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarining muvofiqlik belgisi va tamg‘asiga qo‘yiladigan talablar.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgach amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab, Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi va yong‘in o‘chirish vositalarini standartlashtirish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qo‘llashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriy qo‘llanilishini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
1. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi va bajarilishi majburiy bo‘lgan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga, shuningdek ushbu vositalarni tamg‘alashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Texnik reglament yong‘inlarning oldini olish, yuzaga kelish xavfini kamaytirish, yong‘in rivojlanishini va uning xavfli omillarining tarqalishini cheklash, yong‘inni o‘chirish, odamlarni qutqarish, inson hayoti va (yoki) sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini va atrof muhitni himoya qilish, shuningdek yong‘in natijasida ziyon keltirish va (yoki) zarar yetkazish xavfini pasaytirish uchun mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga nisbatdan qo‘llaniladi.
3. Ushbu Texnik reglament talablari qo‘llaniladigan texnik jihatdan tartibga solish obyektlarining ro‘yxati mazkur Texnik reglamentga ilovada keltirilgan.
Mazkur ro‘yxatga kiritilgan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarining muvofiqligini baholash, O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan obyektlar ro‘yxatlari asosida amalga oshiriladi.
4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmasi — yong‘in signalizatsiyasi tizimi yoki qurilmaning o‘zida o‘rnatilgan yong‘inni inson aralashuvisiz aniqlovchi texnik vositalar orqali qabul qilingan boshqaruv signalidan so‘ng o‘t o‘chirish moddasining uzatilishini (chiqarilishini) hamda yong‘in to‘g‘risidagi signalni tashqi zanjirlarga uzatib berilishini ta’minlovchi yong‘in o‘chirish qurilmasi;
avtonom yong‘in o‘chirish qurilmasi — quvvat manbalari va boshqaruv tizimlaridan qat’i nazar, avtomatik tarzda yong‘inni aniqlash va o‘chirish funksiyalarini bajaradigan yong‘in o‘chirish qurilmasi;
avtonom yong‘in o‘chirish uskunasi — yong‘in o‘chirish uchun mo‘ljallangan, yong‘in xavfi omillari ta’sirida ishlab ketishi va o‘t o‘chirish moddasining chiqarilishini ta’minlaydigan statsionar texnik vosita;
yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari — boshlang‘ich davrida rivojlanayotgan yong‘in bilan kurashish uchun mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish vositalari;
yong‘in avtomatikasi tizimi — obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan o‘zaro aloqa qiluvchi yong‘in signalizatsiyasi, yong‘in to‘g‘risida xabar berish, odamlarni ogohlantirish va evakuatsiya qilish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari va boshqa avtomatik yong‘inga qarshi himoya texnik uskunalari majmui;
yong‘in boshqaruv asbobi — avtomatik yong‘inga qarshi himoya vositalarining (tizimlarining) ijrochi qurilmalarini boshqarish, ular bilan aloqa liniyalarining butunligini va boshqariladigan yong‘in avtomatik tizimining ish rejimini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
yong‘in qabul qilish-nazorat asbobi — yong‘in xabarlagichlar va boshqa asboblardan signallarni qabul qilish va aks ettirish, ushbu texnik vosita hamda yorug‘lik indikatorlari va tovushli signalizatorlar o‘rtasidagi aloqa liniyalarining butunligini va ishlash holatini nazorat qilish, shuningdek, yong‘in o‘chiruvchi boshqaruv asbobini ishga tushirish impulsini shakllantirish uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
yong‘inga qarshi to‘siq — xonalar, binolar va inshootlar o‘rtasida yong‘in tarqalishini oldini olish uchun mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligini ta’minlash vositasi, me’yorlangan olovbardoshlik darajasiga va yong‘in xavfi sinfiga ega qurilish konstruksiyasi, binoning hajmdor elementi yoki boshqa muhandislik-texnik vosita;
yong‘inga qarshi shkaf — yong‘in paytida ishlatiladigan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarini, shu jumladan odamlarni hamda moddiy boyliklarni himoya qilish va qutqarish vositalarini joylashtirish va butligini saqlash uchun mo‘ljallangan yong‘inga qarshi anjom-ashyolar turi;
odamlarni yong‘indan xabardor va evakuatsiya qilishni boshqarish tizimi — odamlarga yong‘in yuzaga kelganligi, evakuatsiya qilish zarurligi, evakuatsiya yo‘llari va ketma-ketligi to‘g‘risida xabar berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar majmui;
yong‘in signalizatsiyasi va evakuatsiyani boshqarish tizimi — yong‘in kelib chiqishi va (yoki) evakuatsiya zarurati va yo‘llari to‘g‘risida odamlarga o‘z vaqtida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmui;
yong‘in signalizatsiyasi tizimi — yong‘inni aniqlash, yong‘in, tizimning ish rejimlari haqidagi va boshqa ma’lumotlar, signallarni shakllantirish, yig‘ish, qayta ishlash, ro‘yxatga olish va ularni belgilangan shaklda uzatish, shuningdek, yong‘inga qarshi himoya texnik vositalarni, texnologik, elektrotexnik va boshqa jihozlarni boshqarish maqsadida signallarni yetkazib berish uchun (zarur bo‘lganda) mo‘ljallangan o‘zaro aloqador bog‘liqlikda qo‘llaniladigan texnik vositalar majmui;
yong‘in o‘chirish jihozlari — yong‘in o‘chirish kommunikatsiyalari tarkibiga kiruvchi jihozlar, shuningdek, ushbu jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish vositalari;
yong‘in o‘chirish krani — yong‘inga qarshi quvurga o‘rnatilgan va ulash boshchasi bilan jihozlangan, berkitish klapani hamda qo‘l dastakli yong‘in o‘chirish yengidan (rukav) iborat to‘plam;
yong‘in o‘chirish qurilmasi — o‘t o‘chirish moddasini chiqarish yo‘li bilan yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan statsionar texnik vositalar majmui;
yong‘in motopompasi — yong‘in-texnik jihozlar bilan butlangan, individual dvigateldan o‘chirish harakatlanuvchi mobil (tirkamali yoki ko‘chma) motor-nasosli agregati;
yong‘in o‘chirish narvoni — binolarning baland qavatlaridagi yong‘inlarni o‘chirish va odamlarni qutqarish maqsadida yong‘in o‘chiruvchilarni va jihozlarni yuqori qavatlarga ko‘tarish uchun foydalaniladigan, konstruktiv jihatdan ko‘ndalang tayanch pog‘onalar orqali bir-biriga mustahkam ulangan ikkita parallel vertikal ustundan iborat ko‘chma vosita;
yong‘in o‘chirish nasosi — harakatlanuvchi dvigatelning mexanik energiyasini yong‘inni o‘chirish uchun foydalaniladigan suyuq muhit oqimini hosil qiluvchi suyuqlik energiyasiga aylantiradigan gidravlik mashina;
yong‘in o‘chiruvchining o‘zini-o‘zi qutqarish vositalari — kutilmagan vaziyatlarda yong‘in o‘chiruvchini xavfli zonadan mustaqil ravishda yoki majburiy tarzda harakatlanib xavfsizligini ta’minlaydigan texnik vositalar;
yong‘in o‘chiruvchining shaxsiy himoya vositasi — yong‘in o‘chiruvchi kiyadigan (ishlatadigan) va unga yong‘inning xavfli omillari ta’sirini oldini oluvchi yoki kamaytiruvchi (yong‘in o‘chiruvchining maxsus himoya kiyimi, yong‘in o‘chiruvchining nafas olish va ko‘rish a’zolari, boshi, qo‘llari va oyoqlari uchun shaxsiy himoya vositalari) shaxsiy himoya vositalari;
yong‘in o‘chog‘i — yong‘inning dastlabki kelib chiqish joyi;
yong‘in xabarchisi (opoveщatel) — yorug‘lik, tovush, nutq signali (ularning kombinatsiyasi) yoki insonning sezgi a’zolariga boshqa ta’sirlar orqali, odamlarga yong‘in haqida xabar berish uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
yong‘in xabarlagichi (izveщatel) — yong‘in oqibatida atrof muhit jismoniy parametrlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali yong‘inni aniqlash va (yoki) yong‘in haqida signalni shakllantirib berish uchun mo‘ljallangan texnik vositasi;
yong‘inning xavfli omillari — odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga yoki halok bo‘lishiga va (yoki) moddiy zararga olib kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in omillari ta’siri;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalari — yong‘inning oldini olish, yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kamaytirish, uning xavfli omillari tarqalishini cheklash, yong‘inni o‘chirish, odamlarni qutqarish va yong‘in oqibatlarini bartaraf etish, odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof muhitni yong‘indan himoya qilish uchun, shuningdek, yong‘in tufayli zarar ko‘rish va (yoki) zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun mo‘ljallangan vositalar;
yong‘in haqida xabarlar uzatish tizimi — qo‘riqlanadigan obyekt (obyektlar)ning markazlashtirilgan kuzatuv punktlarida yoki xodim(lar) kechayu-kunduz navbatchilik olib boradigan xonalarga aloqa kanallari orqali yong‘in haqida xabarlar uzatish va qabul qilish, shuningdek xizmat va nazorat-diagnostika xabarlarini, teleboshqaruv komandalarni uzatish va qabul qilishga (qayta aloqa kanali mavjud bo‘lganda) mo‘ljallangan texnik vositalar to‘plami;
yong‘indan himoya qilish vositalari — odamlarni yong‘inning xavfli omillari ta’siridan, shu jumladan evakuatsiya paytida o‘zini-o‘zi qutqarish va qutqarish bilan bog‘liq vaziyatlarda ularning xavfsizligini va himoyasini ta’minlovchi texnik vositalar;
izolatsiyalovchi nafas olish apparati — nafas olish va ko‘rish a’zolarini himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasi;
konstruksiyaning olovbardoshlilik darajasi (yong‘inga qarshi to‘siqlarning ochiq joylarini (proyomlarini) to‘ldiruvchi qurilmaning) — standart sinovlar sharoitida alanga ta’siri boshlanish vaqtidan ushbu qurilma uchun me’yorlar bilan chegaralangan holatlardan birining boshlanishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i;
qutqarish — odamlarni ularni hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga yong‘inning xavfli omillari tahdidi ehtimoli mavjud bo‘lganda xavfsiz hududga, shu jumladan tegishli himoya va qutqaruv texnik vositalaridan foydalangan holda, yakka xolda yoki jamoaviy tarzda olib chiqib ketish jarayoni;
qutqaruv vositalari — yong‘inning xavfli omillari ta’siri ehtimoli bo‘lgan joylardan va (yoki) ular bilan bog‘liq holatlarda hamda evakuatsiya yo‘llari xavfli yong‘in omillari oqibatida yoki boshqa sabablarga ko‘ra to‘sib qo‘yilganda odamlarni mustaqil yoki majburiy tarzda olib chiqishni ta’minlaydigan texnik vositalari;
qo‘l yong‘in xabarlagichi — yong‘in haqida signalni qo‘lda ishga tushirish uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
mobil yong‘in o‘chirish vositalari — yong‘in o‘chirish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan yong‘in o‘chirish va avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yong‘in o‘chirish transporti yoki transportda ko‘chiriladigan mashinalari (yong‘in o‘chirish avtomobillari, vezdexodlar, samolyotlar, vertolyotlar, poyezdlar, kemalar, mobil robototexnik majmualar, motopompalar, mototsikllar, kvadrotsikllar, kvadritsikllar, tritsikllar);
mobil robot — operator tomonidan masofadan boshqariladigan xavfli zonalarda odamning bevosita ishtirokisiz (xavfli zonaning tashqarisidan) yong‘inni o‘chirish vazifalarini va (yoki) boshqa turdagi avariya-qutqaruv ishlarini bajaruvchi mobil yong‘in o‘chirish vositasi;
mobil robototexnik kompleks — mobil robot hamda robotni masofadan boshqarish va ishlatishni ta’minlovchi vositalar tizimidan iborat majmua;
modulli yong‘in o‘chirish qurilmasi — yong‘in o‘chirish vazifasini mustaqil bajara oladigan bir yoki bir necha modullardan iborat alohida obyekt (bino, binoning bir qismi va (yoki) texnologik uskuna)ni o‘chirish uchun mo‘ljallangan avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmasi;
olovdan himoya qiluvchi vosita — qurilish materiallarni va qurilmalarni, kabel mahsulotlari va to‘qimachilik materiallarini olovdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan hamda olovbardoshlik xususiyatiga ega olovbardosh tarkib (qoplama) yoki material;
pogonajli elektromontaj buyumlar — kabel va simlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan har xil geometrik shakldagi ko‘ndalang kesimli elektromontaj armaturasi (quvur, lotok, qutilar);
robototexnik vosita — xavfli hududda insonning bevosita ishtirokisiz funksional vazifalarni, ish turlari yoki operatsiyalarni bajaruvchi texnik vosita;
robotlashtirilgan yong‘in o‘chirish qurilmasi — axborot aloqa kanali orqali bog‘langan ikki va undan ortiq robotlarni, yong‘in chiqqan joy koordinatalarini aniqlovchi tizimni va dasturiy boshqaruv kompleksini o‘z ichiga olgan hamda yong‘inni o‘chirish va qurshab olish uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilmalar majmuasi;
texnik vosita — yong‘in sodir bo‘lganda xavfsizlikni ta’minlovchi yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inni o‘chirish tizimlari (vositalari) tarkibida ishlaydigan uskuna va (yoki) asbob;
tutunga qarshi shamollatish tizimi — yong‘inda binolar va inshootlarni tutun bosib ketish xavfini, shuningdek yong‘inning odamlarga va moddiy boyliklarga ta’sir etuvchi xavfli omillarining oldini olish yoki cheklash uchun mo‘ljallangan o‘zaro aloqada ishlovchi texnik vositalar majmui;
o‘t o‘chirgich — o‘t o‘chirish vositasini chiqarish hisobiga yong‘in manbasini o‘chirish uchun mo‘ljallangan, qo‘lda yong‘in o‘chog‘iga yetkaziladigan va ishga tushiriladigan, olib yuriladigan yoki ko‘chma harakatlanuvchi qurilma;
o‘t o‘chirish moddasi — yonishni to‘xtatish uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan modda;
evakuatsiya — odamlarning uyushgan tarzda yong‘inning xavfli omillari ta’siri ehtimoli mavjud bo‘lgan xonalardan bevosita tashqariga yoki xavfsiz hududga mustaqil harakatlanib chiqib ketish jarayoni.
5. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalari yong‘inning oldini olishni, sodir bo‘lish xavfini kamaytirishni, yong‘in rivojlanishi va uning xavfli omillari tarqalib ketishini cheklashni, yong‘inni o‘chirishni, odamlarni qutqarishni, inson hayoti va (yoki) sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof muhitni yong‘indan himoya qilishni, shuningdek yong‘in oqibatida ziyon keltirish va (yoki) zarar yetkazish xavfini kamaytirishni ta’minlashi kerak.
6. O‘t o‘chirish vositalari yong‘inni ushbu vositalarni uzatish xususiyatlariga va o‘chirish taktikasiga muvofiq holda yuza (lokal-yuza) va (yoki) hajmiy (lokal-hajmiy) usulda yong‘in o‘chirishni ta’minlashi kerak.
7. O‘t o‘chirish vositalari o‘zaro ta’siri yangi yong‘in yoki portlash o‘choqlari yuzaga kelish xavfini keltirib chiqarmaydigan materiallarni o‘chirish uchun qo‘llanishi kerak.
8. O‘t o‘chirish vositalarini tashish va saqlash jarayonida ularning yong‘in o‘chirish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari saqlanib qolishi shart.
9. Olovdan himoya qilish vositalari himoyalanadigan obyektlarning yong‘in xavfi kamaytirilishini va (yoki) me’yorlangan darajada olovbardoshligi oshirilishini ta’minlaydigan yong‘inga qarshi samaradorlikka ega bo‘lishi kerak.
10. Olovdan himoya qiluvchi vositalarga oid texnik hujjatlar ushbu vositalarni qo‘llash sohasini belgilovchi xos texnik ko‘rsatkichlar, yuzani tayyorlash usuli, gruntovka turlari va markalari, himoya qilinadigan yuzani qoplash usuli, quritish sharoitlari, ushbu mahsulotlarning olovdan himoya qilish yong‘inga qarshi samaradorligi, salbiy iqlim ta’siriga qarshi himoya usuli, qoplamasidan foydalanish muddati va sharoitlari, olovdan himoya qilish ishlarini olib borishda xavfsizlik choralari, shuningdek tashish va saqlash tartibi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lishi kerak.
11. Temir konstruksiyalarni va (yoki) temir-beton konstruksiyalarni olovdan himoya qiluvchi vositalarning texnik hujjatlarida talab qilingan olovdan himoya qilish samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan olovdan himoya qilish qoplamining qalinligi va olovdan himoya vositasining sarfi, quruq qoldig‘i, zichligi, dinamik qovushqoqligi, yopishqoqligi va olovdan himoya qiluvchi samarasining saqlanish muddati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar aks ettiriladi.
Olovdan himoya qiladigan qatlam yuzasiga dekorativ ko‘rinish berish yoki uni salbiy iqlim ta’siriga chidamliligini oshirish uchun qo‘shimcha qoplama qo‘llanilishi mumkin. Bunday holatda olovdan himoya qilish samaradorligi qo‘shimcha qoplamani inobatga olgan holda ko‘rsatilishi kerak.
12. Kabellarni olovdan himoya qilish vositalarining texnik hujjatlarida talab qilinadigan olovdan himoya qilish samaradorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan olovdan himoya qiluvchi qoplamining qalinligi va olovdan himoya vositasining sarfi, quruq qoldig‘i va qo‘llanilish sohasi (vosita qo‘llanilayotgan kabellar tashqi qobig‘ining turlari uchun) haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
13. Yog‘och va uning asosidagi materiallarni olovdan himoya qilish vositalari uchun texnik hujjatlarda vositalarning olovdan himoya qilish samaradorlik guruhi, tarkibning zichligi va ular sarflanadigan maydon birligi yoki hajmi bo‘yicha ko‘rsatiladi (qo‘llash usuliga qarab). Agar ishlab chiqaruvchi yog‘och va uning asosidagi materiallar uchun olovdan himoya qilish mahsulotlarining xizmat muddati 1 yildan ortiq etib belgilagan bo‘lsa, uning eskirishga chidamliligi sinovlar bilan tasdiqlash kerak.
14. Nometall materiallardan tayyorlangan pogonajli elektromontaj buyumlar issiqlikka chidamli, qizdirilgan simdan o‘t olishga chidamli, ochiq alanga ta’siriga chidamli hamda kabellarni bittadan yoki guruh qilib yotqizilganda yonish tarqalishga chidamli bo‘lishi kerak.
15. O‘t o‘chirgichlar modelli yong‘in o‘choqlarini o‘chirishni ta’minlashi kerak.
Olib yuriladigan va ko‘chma harakatlanuvchi o‘t o‘chirgichlar qurilmaviy elementlarining mustahkamlik xususiyatlari bunday o‘t o‘chirgichlarni yong‘in o‘chirishda qo‘llash vaqtida xavfsizlikni ta’minlab berishi kerak.
16. Yong‘in o‘chirish kranlar va klapanlar bir kishi tomonidan ochish imkoniyatini va yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimidan suvni talab etilgan normativ sarflar me’yorida uzatilishini ta’minlab berish kerak.
Yong‘in o‘chirish kranlarining ulash qurilmalari yong‘in-qutqaruv bo‘limlari tomonidan foydalaniladigan yong‘in o‘chirish yenglari ulanishini ta’minlashi kerak.
17. Yong‘inga qarshi shkaflarda ulardan foydalanish maqsadiga qarab birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, jihozlari, shaxsiy himoya va qutqaruv vositalari joylashtirilishi va saqlanishi kerak.
Yong‘inga qarshi shkaflarning konstruksiyasi ularda joylashgan texnik vositalardan tez va xavfsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Yong‘inga qarshi shkaflar yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Yong‘inga qarshi shkaflarning tashqi bezatilishi va ular ichidagi jihozlar haqidagi ma’lumotlar ushbu shkaflarga joylashtirilgan texnik vositalar mavjudligi va ularning tarkibi haqida tezkor xabardor qilish imkonini berishi kerak.
18. Mobil yong‘in o‘chirish vositalari quyidagi funksiyalardan biri yoki bir nechtasining bajarilishini ta’minlashi kerak:
a) yong‘in joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi, o‘t o‘chirish moddalari, yong‘in o‘chirish uskunalari, yong‘in o‘chiruvchilarning shaxsiy himoya va o‘zini-o‘zi qutqarish vositalari, yong‘in o‘chirish jihozlari, odamlarni qutqaruv vositalarini yetkazib berish;
b) yong‘in zonasiga o‘t o‘chirish vositalarini yetkazib berish;
v) yong‘in o‘chirish bilan bog‘liq avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish;
g) yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlash.
19. Yong‘in o‘chirish motopompalari suv ta’minoti tarmog‘i, sig‘imlar va (yoki) ochiq suv manbalaridan yong‘inlarni o‘chirish uchun talab etiladigan sarf va ishchi bosim bilan suv olishni va uzatishni ta’minlashi kerak.
Olib yuriladigan yong‘in o‘chirish motopompalarining konstruksiyasi tuzilishi ikki nafar operator tomonidan ko‘tarib borish va erga (suv sathiga) o‘rnatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Tirkamali yong‘in o‘chirish motopompalari statsionar ravishda tirkamalarga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Tirkamalarning tuzilishi yong‘in o‘chirish motopompalarini yong‘in joyiga yetkazish vaqtida xavfsizlikni hamda ularning suv olish va uzatish vaqtida barqaror joylashuvini ta’minlashi kerak.
20. Mobil yong‘in o‘chirish vositalaridagi markazdan qochma yong‘in o‘chirish nasoslari suv, ko‘pik hosil qiluvchi moddaning suvli aralashmasini talab qilinadigan (me’yorda) sarf va ishchi bosim bilan uzatib berishni ta’minlash kerak.
21. Mobil yong‘in o‘chirish vositalaridagi markazdan qochma yong‘in o‘chirish nasoslari, konstruktiv xususiyatlari va asosiy parametrlaridan kelib chiqib, quyidagilarni ta’minlab berishi kerak:
a) normal bosimda suv va o‘t o‘chirish aralashmalarini uzatib berishni;
b) yuqori bosimda suv va o‘t o‘chirish aralashmalarini uzatib berishni;
v) normal va yuqori bosimda suv va o‘t o‘chirish aralashmalarini bir vaqtda yetkazib berishni;
g) ochiq suv manbalaridan suv olish (tortish)ni.
22. Yong‘in avtomatik tizimi tarkibida ishlaydigan texnik vositalar, ularning qo‘llanilishiga qarab, quyidagi funksiyalardan birini yoki bir nechtasi bajarilishini ta’minlashi kerak:
a) yong‘inni avtomatik ravishda aniqlashni, yong‘in haqidagi signalini avtomatik tarzda, avtomatik va (yoki) qo‘lda yoqish;
b) yong‘in haqida navbatchi xodimlarni xabardor qilish;
v) odamlarni yong‘in haqida xabardor qilish va evakuatsiya qilishni boshqaruv texnik qurilmalariga, evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan yoritish moslamalarini yoqish, yong‘indan himoya qilish tizimlari (yong‘inni o‘chirish, tutunga qarshi shamollatish) bajaruv qurilmalariga boshqaruv signallarini yuborish;
g) muhandislik va texnologik jihozlarni boshqarish signallarini shakllantirish;
d) yong‘in avtomatik tizimlari tarkibida ishlaydigan alohida texnik qurilmalar orasidagi aloqa liniyalarida nosozliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida navbatchi xodimlarni xabardor qilish.
23. Yong‘in avtomatik tizimlarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalarining bir-biri bilan, shuningdek o‘zaro aloqada harakatlanuvchi boshqa texnik vositalar bilan elektr va axborot almashuvi bo‘yicha o‘zaro mosligini ta’minlashi kerak.
24. Yong‘in avtomatik tizimlarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar, yuqori harorat va namlik sharoitlarida, shuningdek mexanik ta’sirlar paytida ham ishlash xususiyatini saqlab qolishi kerak.
25. Yong‘in signalizatsiyasi tizimlari tarkibida ishlaydigan texnik vositalar ularning qo‘llanishiga qarab quyidagi funksiyalardan birini yoki bir nechtasini ta’minlashi kerak:
a) yong‘inni aniqlashni;
b) yong‘in haqida, yong‘in signalizatsiyasi tizimining ish rejimlari to‘g‘risidagi, signallarni, berilgan usulda uzatishni shakllantirishni, yig‘ishni, qayta ishlashni, ro‘yxatga olishni va uzatishni;
v) yong‘inga qarshi himoyalash texnik vositalarini, texnologik, elektr va boshqa asbob-uskunalarni boshqarish uchun signallar yuborishni.
26. Yong‘in haqida xabar uzatish tizimlarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) obyektdagi yong‘in avtomatikasi tizimi tomonidan qayd qilingan yong‘in va nosozliklar haqidagi ogohlantirish xabarlarini aloqa liniyasi (liniyalari) orqali markazlashtirilgan kuzatuv pultiga uzatishni;
b) obyektdagi yong‘in avtomatikasi tizimi va markazlashtirilgan kuzatuv pulti orasidagi aloqa liniyalarining sozligi ustidan avtomatik tarzdagi nazoratni.
27. Yong‘inda odamlarni xabarlash va evakuatsiyasini boshqarish tizimlarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar, yong‘in haqida odamlarni evakuatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida xabar berib turishini hamda evakuatsiya yo‘llari va usullari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni uzatishni ta’minlashi kerak.
28. Yong‘inda odamlarni xabarlash va evakuatsiyasini boshqarish tizimlarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar yong‘in haqida quyidagi usullar yoki ularning har qanday maqbul kombinatsiyalaridan biri orqali odamlarni xabardor qilishni ta’minlashi kerak:
odamlar doimiy yoki vaqtincha bo‘ladigan binolarning barcha xonalariga yorug‘lik, tovush va (yoki) nutq signallarini uzatish;
evakuatsiya qilishning zarurligi, evakuatsiya yo‘llari to‘g‘risidagi, harakat yo‘nalishi va boshqa odamlar xavfsizligini ta’minlash va yong‘in sodir bo‘lganda vahima kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan harakatlar haqida maxsus ishlab chiqilgan matnlarni translatsiya qilishni;
yakka xabarlash signallarini uzatib berish (yorug‘lik, tovush, vibratsion xabarlash signallari va signallarni qayta uzatib beruvchi personal aloqa qurilmalari yordamida);
me’yorlangan vaqt davomida evakuatsiya yo‘llaridagi yong‘in xavfsizligi belgilarini yoritishni;
yong‘in avtomatikasi signali orqali evakuatsiya (avariyaviy) yoritgichini yoqish;
evakuatsiya uchun mo‘ljallangan chiqish eshiklarining qulflarini masofadan ochish;
yong‘in (dispetcherlik) postini va odamlarni yong‘in haqida xabar qilish zonalari aloqa bilan ta’minlashni;
evakuatsiya paytida odamlarni xabardor qilishning boshqa usullari.
Yong‘in haqida xabarlash signallari boshqa maqsadlardagi signallardan farq qilishi kerak.
Yong‘in xabarchi zaruriy hollarda elektr tarmog‘iga, shuningdek boshqa zarur aloqa liniyalariga ajratuvchi moslamalardan foydalanmagan xolda ulanishi kerak. Ovoz va nutq signallarini uzatuvchi yong‘in xabarchilari tovushning balandlik darajasini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.
29. Avtomatik yong‘inni o‘chirish qurilmalarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar (shu jumladan, avtonom yong‘in o‘chirish qurilmalari, modulli yong‘in o‘chirish qurilmalari, robotlashtirilgan yong‘in o‘chirish qurilmalari) ularning qo‘llanilishidan kelib chiqib, yong‘inni aniqlash, yong‘in signalini tashqi tarmoqlarga uzatish va talab qilinadigan (me’yorlangan) xususiyatga ega o‘t o‘chirish moddasining yong‘in zonasiga uzatilishini (chiqarishni) ta’minlashi kerak.
Avtonom yong‘in o‘chirish qurilmalarining tarkibida ishlaydigan texnik vositalar yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarilishini, tashqi quvvat manbalari va boshqaruv tizimlari mavjudligidan qat’i nazar ta’minlashi kerak.
30. Robotlashtirilgan yong‘in o‘chirish qurilmalari va ularning tarkibida ishlaydigan texnik vositalar quyidagi vazifalar bajarilishini ta’minlashi kerak:
a) alanga o‘chog‘ini aniqlash;
b) talab qilinadigan (me’yorlangan) xususiyatga ega o‘t o‘chirish moddasining yong‘in zonasiga uzatilishini ta’minlash (uzatish intensivligi, ko‘pikning karraligi va boshqalar).
31. Avtonom yong‘in o‘chirish qurilmalari bir yoki bir necha yong‘in omillari ta’sirida ishlab ketganida talab qilinadigan (me’yorlangan) xususiyatga ega o‘t o‘chirish vositasining uzatilishini (chiqarilishini) ta’minlashi kerak.
32. Mobil robototexnik kompleks-majmualar insonning bevosita ishtirokisiz avariya-qutqaruv ishlari bajariladigan zonalarga yetib borishini va xavfli zonada talab qilinadigan (me’yorlangan) xususiyatga ega o‘t o‘chirish moddasini uzatib berish orqali yong‘in o‘chirish funksiyalarni va (yoki) boshqa turdagi avariya-qutqaruv ishlarni bajarishini ta’minlashi kerak.
33. Yong‘in o‘chiruvchilarning shaxsiy himoya vositalari yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibini yong‘inni o‘chirish, avariya-qutqaruv ishlarini bajarish va (yoki) favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish vaqtida yong‘inning xavfli omillari va salbiy iqlim ta’sirlaridan himoya qilishi kerak.
34. Yong‘in o‘chiruvchilarning shaxsiy himoya vositalari qatoriga quyidagilar kiradi:
a) yong‘in o‘chiruvchilarning nafas olish va ko‘rish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari;
b) yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlari;
v) yong‘in o‘chiruvchining qo‘llari, oyoqlari va boshi uchun shaxsiy himoya vositalari.
35. Yong‘in o‘chiruvchilarning shaxsiy himoya vositalari ergonomik jihatdan bir-biriga mos kelishi hamda ko‘rish imkoniyati pasaygan sharoitda yong‘in o‘chiruvchilarni vizual kuzatish va qidirishga imkon beruvchi yorug‘lik-signal elementlariga ega bo‘lishi kerak.
36. Nafas olish va ko‘rish organlari uchun shaxsiy himoya vositalari va ular tarkibida ishlaydigan texnik vositalar, nafas olish qiyin va ko‘z shilliq pardasini bezovta qiladigan muhitda ishlayotgan yong‘in o‘chiruvchining himoyasini ta’minlashi kerak.
37. Yong‘in o‘chiruvchilarning nafas olish va ko‘rish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari, ularning ishlash prinsipi va qo‘llanilish sharoitlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
a) har qanday yong‘inni o‘chirish uchun — yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlar (siqilgan havo, siqilgan kislorod bilan);
b) ochiq havoda tabiiy yong‘inlarni o‘chirish uchun — yong‘in o‘chiruvchilarning filtrli nafas olish va ko‘rish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari;
v) yong‘in o‘chiruvchilar o‘zini-o‘zi qutqarishi uchun — yong‘in o‘chiruvchilarning o‘zini-o‘zi qutqarish uchun mo‘ljallangan izolatsiyalovchi vositalar.
38. Yong‘in o‘chiruvchilarning nafas olish va ko‘rish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari hamda ular tarkibida ishlaydigan texnik vositalar termik va mexanik ta’sirlarga, salbiy iqlim ta’sirlariga chidamli, shuningdek ergonomik-qulay va himoya ko‘rsatkichlariga (yong‘in o‘chirish, favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, odamlarni qutqarish taktikasini hamda yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashni hisobga olgan xolda) ega bo‘lishi kerak.
39. Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlari (siqilgan havo, siqilgan kislorod bilan) inson nafas olish jarayonida yuz qismidagi niqob osti qismida ortiqcha bosimni saqlab turishni ta’minlashi kerak.
Siqilgan havoda ishlaydigan yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining nominal himoyalash ish vaqti (o‘pka ventilatsiyasi 30 l/min deb hisoblaganda) 60 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.
Siqilgan kislorodda ishlaydigan yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining nominal himoyalash ish vaqti (o‘pka ventilatsiyasi 30 l/min deb hisoblaganda) 240 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.
40. Yong‘in o‘chiruvchilarning nafas olish va ko‘rish organlarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalarining konstruktiv yechimlari nafas olish aralashmasi bilan to‘ldirilgan ballonlarni va (yoki) regenerativ (qayta tiklovchi) patronlarni (briketlarni) tezkorlik bilan almashtirish (maxsus anjomlardan foydalanilmagan holda) imkoniyatini nazarda tutish kerak.
41. Yong‘in o‘chiruvchilarning o‘zini-o‘zi qutqarish izolatsiyalovchi vositalari yong‘in o‘chiruvchilarning nafas olish va ko‘rish organlarining yong‘inlarning xavfli omillaridan 25 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida himoyasining kerakli darajasini ta’minlashi zarur. Yong‘in o‘chiruvchilarni o‘zini-o‘zi qutqarish izolatsiyalovchi vositalari termik va mexanik ta’sirlarga, salbiy iqlim ta’sirlarga chidamlik, shuningdek, ergonomik va himoya ko‘rsatkichlariga (yong‘in o‘chiruvchilarni yong‘in vaqtida ajralib chiqayotgan zaharli moddalardan himoyalashni hisobga olgan holda) ega bo‘lishi kerak.
42. Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining ballonlarini to‘ldirish uchun kompressor uskunalari, maxsus xonalarda, shuningdek ochiq joylarda statsionar o‘rnatilgan holda siqilgan havo va (yoki) kislorod bilan to‘ldirib berish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining ballonlarini havo bilan to‘ldirish kompressorlarining ishchi bosimi 29,4 MPa dan kam bo‘lmasligi, kislorod bilan to‘ldirish kompressorlariniki esa — 20,0 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Statsionar kompressor qurilmalarining havo o‘tkazgich quvurlari va gaz quvurlarining tuzilishi hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari talablariga javob berishi shart.
Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining ballonlarini to‘ldirish kompressorlari quyidagi iqlim sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak:
ko‘chma va statsionar — atrof muhitning plyus 5° C dan plyus 40° C gacha haroratida;
mobil — atrof muhitning minus 50°C dan plyus 50°S gacha bo‘lgan haroratida.
43. Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining gaz va tutundan himoyalash xizmatining statsionar postlari va (yoki) avtomobillari, shuningdek xizmat ko‘rsatish markazlarida siqilgan havo va (yoki) kislorod bilan nafas olish apparatlarining statik yoki dinamik texnik parametrlari tegishli sinovlardan o‘tkazilishini ta’minlanish kerak.
Yong‘in o‘chiruvchilarning izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarining statik sinovlarini havo harorati + 5ºS dan + 40ºS gacha bo‘lgan diapozonda o‘tkazilishini ta’minlashi kerak.
Yong‘in o‘chiruvchilarni izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, izolatsiyalovchi nafas olish apparatlarni dinamik sinovlarini, o‘pka ventilatsiyasi 30 dan 100 dm3 × min-1 gacha (siqilgan havo bilan to‘ldirilgan izolatsiyali nafas olish apparatlari uchun) va 30 dan 85 dm3 × min-1 gacha (siqilgan kislorod bilan to‘ldirilgan izolatsiyali nafas olish apparatlari uchun) tavsiflangan nafas olish rejimida ta’minlashi kerak.
44. Yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlari quyidagilarga bo‘linadi:
umumiy maqsadlar uchun yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlari;
yong‘in o‘chiruvchilarni yuqori issiqlik ta’siridan himoyalovchi maxsus kiyimlari;
yong‘in o‘chiruvchilarni izolatsiyalovchi turdagi maxsus himoya kiyimlari;
yong‘in o‘chiruvchilarning termochidamli ichki kiyimi;
yong‘in o‘chiruvchilar uchun shlemtagligi.
Yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlari yong‘in o‘chiruvchilarni yong‘inning xavfli omillari va salbiy iqlim ta’sirlaridan himoyalanishini ta’minlashi kerak, bunda ularning himoya darajasi yong‘in o‘chiruvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash talablariga muvofiq belgilanadigan ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlarining konstruktiv yechimlari kiyimning ichki qismiga o‘t o‘chirish moddalarining kirishini to‘sish va ularni tezkorlik bilan yechish, nafas olish apparatlari ballonlaridagi bosimni nazorat qilish, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish (eshitish, ko‘rish yoki maxsus qurilmalar yordamida) imkonini ta’minlashi kerak.
Izolatsiyalovchi turdagi yong‘in o‘chiruvchilar maxsus himoya kiyimlarining konstruksiyasi bunday maxsus kiyimda ishlayotgan yong‘in o‘chiruvchi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida kiyim ostida ortiqcha havo bosimini yetarli darajada saqlab turishni ta’minlash kerak.
Xavfli obyektlardagi yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi turdagi maxsus himoya kiyimi inson terisining qoplamasi va ichki a’zolariga agressiv va (yoki) radioaktiv moddalarning tegishidan himoya qilishi kerak.
Radiatsiya xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in o‘chirish va avariya-qutqaruv ishlarini bajarishda foydalaniladigan izolatsiyalovchi turdagi maxsus himoya kiyimi yong‘in o‘chiruvchilarni ionlovchi nurlanish ta’siridan himoya qilishi kerak, bunda 2 MeV (manba Sr90) dan ko‘p bo‘lmagan energiyaga ega beta — nurlanishning tashqi ta’sirining susayish koeffitsiyenti kamida 150, energiyasi 122 keV (manba Co57) bo‘lgan gamma — nurlanishning tashqi ta’sirining susayish koeffitsiyenti kamida 5,5 bo‘lishi kerak.
45. Yong‘in o‘chiruvchilarning maxsus himoya kiyimlari bilan ishlatiladigan shlemtagligi va termochidamli ichki kiyim, yong‘in o‘chirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq har qanday ishlarni bajarishda zarur ergonomik va fiziologik-gigiyenik darajani ta’minlashi kerak.
46. Boshni himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari (yong‘in o‘chiruvchilarning kaskalari) yong‘inlarni o‘chirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va avariya-qutqaruv ishlarini bajarish paytidagi suv, mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sirlardan hamda salbiy iqlim ta’sirlaridan himoya qilishi kerak.
47. Yong‘in o‘chiruvchining qo‘llarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari, yong‘inlarni o‘chirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va avariya-qutqaruv ishlarini bajarish paytida qo‘llarni o‘t o‘chirish moddalaridan, issiqlik va mexanik ta’sirlardan himoya qilinishini ta’minlashi, shuningdek zarur ergonomik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
48. Yong‘in o‘chiruvchining oyoqlarini himoyalash shaxsiy himoya vositalari:
yong‘inlarni o‘chirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va avariya-qutqaruv ishlarini bajarish paytida suv, mexanik, issiqlik, kimyoviy ta’sirlardan oyoqlarni himoyalashni ta’minlashi;
yong‘inlarni o‘chirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va avariya-qutqaruv ishlarini bajarish paytida salbiy muhit ta’siridan himoyalashni ta’minlashi;
zarur ergonomik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
49. Odamlarni yong‘in paytida yuqori qavatlardan qutqarish vositalari quyidagi harakatlarni ta’minlashi va imkoniyatlarga ega bo‘lish kerak:
odamlarning hayotiga (sog‘lig‘iga) tahdid qiluvchi yong‘inning xavfli omillari paydo bo‘lganda, ular mustaqil ravishda harakat qilgan holda xavfsiz hududga chiqib ketishini;
yong‘in paytida odamlarni qutqarish va mustaqil ravishda pastga tushish jarayonida zarur ehtiyot choralarini ta’minlab berilishini;
yong‘in o‘chiruvchilar yuqori qavatlarda ishlash va mustaqil ravishda pastga tushish vaqtida ehtiyot choralarini ta’minlab berilishini.
50. Yong‘in paytida odamlarni yuqori qavatlardan qutqarish vositalari:
ishlatishga doimiy shay holatda bo‘lishi;
ishonchlilik talabi darajasida (ishchi harorat qiymatlari doirasida statik va dinamik yuklamalar hamda issiqlik va ochiq olov ta’sirida) bo‘lishi;
maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar tomonidan foydalanish uchun tushunarli, sodda va xavfsiz bo‘lishi;
yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar paytida odamlarni ularni hayotiga (sog‘lig‘iga) tahdid qiluvchi xavfli omillar paydo bo‘lganida odamlarni mustaqil hamda majburiy ravishda yakka yoki jamoaviy tarzda xavfsiz hududga olib chiqishni ta’minlash kerak.
51. Odamlarni yong‘in paytida yuqori qavatlardan qutqarish vositalari quyidagicha tasniflanadi:
a) harakat yo‘nalishi bo‘yicha:
ko‘taruvchi-tushiruvchi;
tushiruvchi;
b) o‘rnatish va joylashish usuliga ko‘ra:
statsionar;
mobil;
ko‘chma;
v) qurilish va foydalanish bosqichlari bilan o‘zaro aloqasi bo‘yicha:
arxitektura-rejalashtirish yechimlarida nazarda tutilmagan;
oldindan arxitektura-rejalashtirish yechimlarida nazarda tutilgan;
g) konstruktiv yechimi bo‘yicha:
yong‘in o‘chiruvchilarning arqonli-tushiruvchi qurilmalari;
yong‘in-qutqaruv yenglari;
sakraladigan yong‘in-qutqaruv qurilmalari;
yong‘in-qutqaruv traplari;
yong‘in o‘chirish qo‘l narvonlari;
osma yong‘in-qutqaruv narvonlari;
yong‘in-qutqaruv arqonlari, yong‘in-qutqaruv kamarlari, yong‘in karabinlari;
agregatli kombinatsiyalangan (shu jumladan, qutqaruv-lift qurilmalari);
d) ish unumdorligi bo‘yicha:
individual (shu jumladan bir martalik);
guruhli (jamoaviy);
e) boshqaruv usuli bo‘yicha:
tushish tezligini qo‘lda o‘zgartirish imkoni mavjud;
tushish tezligini avtomatik tarzda o‘zgartirish imkoni mavjud;
j) tushirish balandligi bo‘yicha:
tushirish balandligi cheklangan;
tushirish balandligi cheklanmagan;
52. Yong‘inlarda maxsus ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan anjomlar, ularning qo‘llanilish funksiyasiga qarab quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) kesish va tishlashni (shu jumladan, metall profillar va qurilish konstruksiyalarining elementlarini);
b) har xil qurilish konstruksiyalarini ko‘tarishni, ko‘chirishni va mahkamlashni;
v) oraliqlar va tuynuklarni yorib o‘tishini, qurilish konstruksiyalari va materiallarini maydalashni;
g) har xil metall konstruksiyalarni ochish (shu jumladan, eshik va derazalarini);
d) har xil diametrli quvurlardagi teshiklarni berkitishni, sig‘imlar va quvurlardagi teshiklarni yopishni.
53. Yong‘inlarda maxsus ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan anjomlar ularning harakat mexanizmlariga inson tanasining qismlari yoki kiyimlarining tasodifiy kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan xavfsizlik moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Yong‘inlarda maxsus ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan anjomlarning boshqaruv organlari ularda joylashtirilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinishini istisno etuvchi ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Yong‘inlarda maxsus ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan anjomlarning bir-biriga ulanish bo‘g‘inlari, kalit va boshqa chilangarlik anjomlaridan foydalanmagan holda qo‘lda tez va ishonchli ulanishini ta’minlashi kerak.
54. Yong‘in o‘chiruvchilarning qo‘shimcha anjomlari (yong‘in o‘chiruvchilar fonarlari, teplovizorlari, radiomayaklari, tovushli mayaklar) ularning qo‘llanilishi funksiyasiga qarab, yong‘in joyini yoritishni, yong‘in o‘choqlari va tutunli muhitda odamlarni qidirishni, yong‘in o‘chiruvchilar turgan joyini belgilashni, shuningdek yong‘in o‘chirish jarayonida boshqa turdagi ishlar amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. Shu bilan birga, anjomlar ushbu funksiyalarni ta’minlab berish darajasi avariya-qutqaruv ishlarining bajarilish uchun talab qilinadigan ko‘rsatkich xususiyatlaridan kelib chiqish kerak.
55. Yong‘in o‘chirish jihozlari, yong‘in o‘chirish taktikasiga muvofiq yong‘in bo‘layotgan joyga o‘t o‘chirish moddalarini talab etiladigan ishchi bosim va sarfi bilan uzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
56. Yong‘in o‘chirish gidrantlari tashqi suv ta’minoti tarmoqlariga o‘rnatilishi va yong‘in o‘chirish maqsadlari uchun suv olib berishni ta’minlashi kerak.
57. Yong‘in o‘chirish kolonkalari, suv ta’minoti tarmoqlaridan suv olish va uni yong‘in o‘chirish maqsadlarida uzatish uchun yer osti gidrantlarini ochish (yopish) va yong‘in o‘chirish yenglarini ulash imkoniyatini ta’minlab berishi kerak.
Ishchi bosim ostida bo‘lgan yong‘in o‘chirish kolonkasining yopish qurilmalarining boshqaruv organlarida qo‘llaniladigan mexanik kuchlanish 150 N dan oshmasligi kerak.
58. Bosimli yong‘in o‘chirish yenglari va ulash boshchalari o‘t o‘chirish moddalarini yong‘in joyiga yetkazib berish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Yong‘in o‘chirish yenglarini ulash boshchalari yong‘in o‘chirish yenglarini bir-biriga va boshqa yong‘in o‘chirish jihozlari bilan tez, zich va mustahkam ulanishini ta’minlashi kerak.
Bosimli yong‘in o‘chirish yenglari va ulash boshchalari, ularning qo‘llanilish funksiyasiga qarab mustahkamlik va ekspluatatsion xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Bosimli yong‘in o‘chirish yenglariga texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari bosimli yong‘in o‘chirish yenglarini ishchi holatda saqlash uchun kompleks ishlar bajarilishini ta’minlashi kerak.
59. Yong‘in o‘chirish dastaklari, ko‘pik hosil qilish generatorlari va ko‘pik aralashtirish moslamalari yong‘in manbaiga o‘t o‘chirish moddalarini yetkazib berish va uni o‘chirish yoki bino, inshoot, qurilish konstruksiyalarini, texnologik jihozlarni yoki ularning qismlari himoyalashni (sovitishni) ta’minlashi kerak.
60. Yong‘in o‘chirish (qo‘l va lafet) dastaklari konstruksiyasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) nasadkasining konstruksiyasi va qo‘llanilish vazifasiga qarab o‘t o‘chiruvchi moddalar oqimini (shu jumladan, kichik va o‘rta karrali havo-mexanik ko‘pik) uzluksiz yoki purkaladigan xolda shakllantirib chiqarib berishni;
b) purkaladigan o‘t o‘chirish moddalari oqimining mash’alasining (fakel) konusi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini;
v) oqimning purkalgan shaklidan uzluksiz turigacha pog‘onasiz o‘zgartirilishini;
g) o‘t o‘chirish vositalari sarfi uzatishni to‘xtatmasdan o‘zgartirilishini (universal turdagi yong‘in o‘chirish dastaklari uchun);
d) ishchi bosim ostida bo‘lgan dastakning mustahkamligi, ulash va yopish qurilmalarining germetik mahkamligini;
e) lafetli yong‘in o‘chirish dastaklarining vertikal tekislikda belgilangan burchaklarda qotirilishini;
j) lafetli yong‘in o‘chirish dastaklarining aylantirish mexanizmlarini gorizontal va vertikal tekisliklarda qo‘lda va masofadan gidro- yoki elektroyuritgich yordamida boshqarish imkoniyatini.
61. Ko‘pik hosil qiluvchi generatorlar konstruksiyasi kichik, o‘rta, yuqori karrali havo-mexanik ko‘piklar oqimi yoki ularning kombinatsiyasi shakllantirilishini ta’minlashi kerak.
62. Ko‘pik aralashtiruv moslamalari (miqdorni o‘zgartiradigan va o‘zgartirmaydigan) havo-ko‘pik dastaklarida va ko‘pik generatorlarida ko‘pik hosil qiluvchi moddaning ma’lum karrali ko‘pikni hosil qilish uchun belgilangan konsentratsiyali suvli eritmasini ta’minlashi kerak.
63. Englar uchun mo‘ljallangan suv yig‘ish moslamalari ikki va undan ortiq suv oqimlarini yong‘in nasosining so‘rish patrubkasiga kirishdan oldin birlashtirib berishini ta’minlashlari kerak. Englar uchun mo‘ljallangan suv yig‘ish moslamalari birlashtiruvchi patrubkalarining har biri qaytaruvchi klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
64. Eng taqsimlagichlar magistral suv oqimini yoki ko‘pik hosil qilish moddasi aralashmasining ishchi yeng liniyalariga taqsimlab berishni va ushbu liniyalarda o‘t o‘chirish moddalari sarfini o‘zgartirib berishini ta’minlashi kerak.
Ishchi bosim ostida bo‘lgan yeng taqsimlagichlarning yopish qurilmalarining boshqaruv organlarida qo‘llaniladigan mexanik kuchlanish 150 N dan oshmasligi kerak.
65. Yong‘in o‘chirish gidroelevatorlari yong‘in o‘chirish nasosining joylashuvi va suv sathi yuzalari har xil bo‘lgan va maksimal so‘rish bosimi balandligi oshgan hollarda ochiq suv manbalaridan suv olib berishni, shuningdek yong‘inni o‘chirish paytida yoki sinov jarayonida xonalarga to‘kilgan suvlarni chiqarib tashlashni ta’minlashi kerak.
66. Yong‘in o‘chirish so‘ruvchi setkalari ochiq suv havzalaridan tortib olingan suvni filtrlashni ta’minlashi va nasoslarning sozligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qattiq zarrachalarning kirishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Yong‘in o‘chirish so‘ruvchi setkalari qaytaruvchi klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
67. Yong‘in o‘chirish qo‘l narvonlari yong‘in bo‘linmalari shaxsiy tarkibiga, bino va inshootlarning xonalari va tomlariga chiqish, ushbu joylarga o‘t o‘chirish moddalarini yetkazib berish, shuningdek, mazkur joylardan odamlarni qutqarish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Yong‘in o‘chirish qo‘l narvonlarining gabarit o‘lchamlari va konstruksiyasi ularni yong‘in o‘chirish avtomobillarida tashish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Yong‘in o‘chirish qo‘l narvonlarining mexanik mustahkamligi, o‘lchamlari, ergonomik va xavfsizlik ko‘rsatkichlari odamlarni baland sathlardan qutqarish va zarur bo‘lgan yong‘in o‘chirish jihozlarini ko‘tarish vazifalarini bajarish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
68. Kabel buyumlar, shina o‘tkazgichlar, germetik kabel o‘tkazgichlar, muftalar, muhandislik tizimi quvurlari yong‘inga qarshi to‘siqlarini kesib o‘tadigan joylar (bo‘g‘inlar), tutash bo‘lgan xonalarga yong‘inning xavfli omillari tarqalishiga yo‘l quymasligi kerak.
Ushbu joylar (tugunlar), olovbardoshlik tasniflariga muvofiq belgilangan vaqt davomida yong‘inning xavfli omillari tarqalishining oldini olishni ta’minlashi kerak.
69. Yong‘inga qarshi to‘siqlardagi ochiq teshik joylarini (proyomlarini) to‘ldiruvchi qurilmalar (yong‘inga qarshi derazalar, eshiklar, yong‘inga qarshi chidamliligi me’yorlangan lift shaxtalari eshiklari, darvozalar, lyuklar, shtoralar, rolikli panjaralar, ekranlar, pardalar, normal ochilgan yong‘inga qarshi klapanlar) olovbardoshlik tasniflariga muvofiq me’yorlangan vaqt davomida yong‘inning xavfli omillari tarqalishining oldini olinishini ta’minlash kerak.
70. Tutun-gaz o‘tkazmaydigan yong‘inga qarshi eshiklar talab etilayotgan olovbardoshlik chegarasida tutun va gaz kirishiga qarshilikning minimal zarur qiymatlarini ta’minlashi kerak.
71. Tutun o‘tkazmaydigan eshiklar yong‘in paytida tutun tarqalishga to‘sqinlik qilish kerak.
72. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibida ishlaydigan texnik vositalar, ularning qo‘llanilish funksiyasiga qarab, bir yoki bir necha, shu jumladan yong‘in paytida odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik zonalari va yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan odamlarni qutqarish, bino va (yoki) inshootlarda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va bartaraf etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash maqsadida xonalar, zina kataklari, lift shaxtalari, tambur-shlyuzlar tutunga to‘lishining oldini olishga qaratilgan vazifalarni bajarishi kerak.
73. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibidagi havo yuritgichlarning konstruksiyasi olovbardosh va yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibiga kiruvchi havo yuritgichlar, xonalarni (binolarni) ajratuvchi qurilish konstruksiyalarini kesib o‘tadigan joylarning (bo‘g‘inlari) olovbardoshlik darajasi bunday havo yuritgichlar uchun talab qilinadigan eng kam darajadan past bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birga, ushbu havo yuritgichlarni ushlab turuvchi konstruksiyalarini (osma) elementlari, faqatgina havo yuritgichlar uchun belgilangan ko‘tarib turish xususiyatini yo‘qotish ko‘rsatkichi bo‘yicha olovbardoshlik darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibidagi yong‘inga qarshi havo yuritgichlarning konstruksiyalarini ajratiladigan ulanish (shu jumladan, flanetsli) joylarini zichlash uchun faqat yonmaydigan materiallardan foydalanish mumkin.
74. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibida ishlaydigan normal ochiq yong‘inga qarshi klapanlar va normal yopiq yong‘inga qarshi klapanlarni avtomatik va masofadan boshqariladigan ochib-yopadigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Normal ochiq yong‘inga qarshi klapanlarni ochib-yopadigan moslama tarkibidagi termosezuvchan elementlaridan faqatgina yordamchi element sifatida nazarda tutib foydalanish mumkin. Tarkibida termosezuvchan elementi bo‘lgan ochib-yopadigan moslamalarni normal yopiq yong‘inga qarshi klapanlarda qo‘llash mumkin emas. Normal ochiq yong‘inga qarshi klapanlar va normal yopiq yong‘inga qarshi klapanlar talab etilayotgan olovbardoshlik darajasida, tutun va gaz o‘tkazuvchanligi qarshiligining minimal talab qilinayotgan qiymatini ta’minlab berishi kerak.
75. Tabiiy tortish xususiyatiga ega bo‘lgan tutun so‘rish lyuklari avtomatik va masofadan boshqariladigan (yordamchi termoelementlarni ishga tushirish imkoniyati bilan) ochib-yopadigan moslama bilan ishlatilishi kerak, ular mexanik (shu jumladan, qorli va shamolli) yuklamani yengish uchun zarur bo‘lgan tortish kuchini ta’minlab berishi kerak.
76. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibida ishlaydigan so‘ruvchi ventilyatorlar yuqori haroratli yonish mahsulotlarini so‘rib tashlash jarayonida, odamlarning evakuatsiyasi (odamlarning evakuatsiya yo‘laklaridagi himoya qilish paytida) uchun yetarli vaqt yoki yong‘in tarqalishi va uni o‘chirishning umumiy vaqti (yong‘indan xavfsiz joylarda odamlarni himoya qilish uchun) davomida o‘z ishchi holatini saqlashi kerak.
77. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibida ishlaydigan tutunga qarshi ekranlar (pardalar) avtomatik va masofadan (termoelementlarsiz) boshqariladigan moslamalar bilan jihozlangan va yonmaydigan materiallar asosida tayyorlangan bo‘lib, pardalarning tushiriladigan ishchi uzunligi yong‘in paytida hosil bo‘lgan tutun qatlamining tarqalishini cheklashni ta’minlab berish kerak.
78. Tutunga qarshi shamollatish tizimlari tarkibida ishlaydigan texnik vositalar parametrlarining haqiqiy qiymatlari (shu jumladan olovbardoshlik va tutun-gaz sizib kirishiga qarshilik chegaralari) sinov (o‘lchovlar) natijalari asosida belgilanishi kerak.
Ushbu sinovlar (o‘lchovlar), zarur bo‘lgan mazkur Texnik reglament talablarini qo‘llash va ijro etish hamda yong‘in xavfsizligi va yong‘inni o‘chirish vositalarining muvofiqligini baholash (tasdiqlash) uchun tadqiqot (sinov), o‘lchov va namunalarni tanlash qoida hamda uslublarni o‘z ichiga olgan, tegishli va ro‘yxatiga kiritilgan standartlarga muvofiq o‘tkazilishi kerak.
79. Identifikatsiya qilish deganda, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarni, tamg‘alarda va ularga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlarda ko‘rsatilgan tavsifiga va (yoki) taqdim etilgan namunasiga muvofiqlikni aniqlash deb tushuniladi.
80. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inni o‘chirish vositalarining identifikatsiyasi qo‘yidagilar tomonidan o‘tkaziladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqaradigan tayyorlovchi;
mahsulotning muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida — sertifikatlashtirish organi;
mahsulotning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida — davlat nazorat organi.
81. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarni, ilova qilingan hujjatlarda hamda tamg‘alarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida va ularni ko‘zdan kechirish yo‘li bilan identifikatsiya qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ushbu vositalarga o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan identifikatsiya o‘tkazilishi ruxsat etiladi.
82. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarining muvofiqligini baholash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
sertifikatlashtirish;
muvofiqlikni deklaratsiyalash;
davlat nazorati (tekshiruvi).
83. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarga va ularning qadoqlariga, qaysi hujjat asosida mahsulot ishlab chiqilganligi, ishlab chiqarilgan mamlakati, tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) nomi va joylashgan manzili (pochta manzili), tipi (turi), markasi, modeli, qo‘llanilishi, mahsulotning nomlanishi, asosiy texnik parametrlari va xususiyatlari, tovar belgisi, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash muddati va sharoitlari to‘g‘risida hamda ularga muvofiq mahsulotni identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tamg‘a qo‘yilishi kerak.
84. Tamg‘ada ko‘rsatilgan ma’lumot davlat tilida bayon etilishi kerak. Ushbu ma’lumot boshqa tillarda ham bayon etilishi mumkin, bunda ma’lumot mazmuni davlat tilida ko‘rsatilgan ma’lumot bilan bir xil bo‘lishi shart.
85. Agar tamg‘ani bevosita yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositasining o‘ziga qo‘yishning imkoni bo‘lmasa, tamg‘a mahsulot qadog‘iga qo‘yiladi va texnik hujjatiga kiritiladi. Tayyorlovchi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga tamg‘a qo‘yish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligini mustaqil ravishda aniqlaydi. Tamg‘adagi yozuvlar tushunarli, o‘qishga oson bo‘lishi va ko‘zdan kechirish uchun qulay joyda qo‘yilishi kerak.
86. Mahsulotning transport qadog‘iga, uni saqlash va tashish jarayonlarida xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli yozuvlar va belgilar qo‘yiladi.
87. Iste’molchiga, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inni o‘chirish vositalarining muvofiqligi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va (yoki) yetkazib beruvchi tomonidan quyidagi shaklda taqdim etiladi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettirilgan muvofiqlik belgisi shaklda;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalari bilan birga yuboriladigan belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikati.
88. Muvofiqlik belgisi, har bir yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inni o‘chirish vositasiga uning butun xizmat muddati davomida aniq va ravshan ko‘rinib turishini ta’minlab bergan xolda, har qanday aks ettirilish usuli bilan, shuningdek texnik hujjatlar va qadoqlarga qo‘yiladi.
89. Agar yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inni o‘chirish vositalariga ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muvofiqlik belgisini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, muvofiqlik belgisini ularning qadog‘iga va texnik hujjatlariga tushirishga ruxsat etiladi.
90. Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.
91. Texnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra muvofiqligini baholash majburiy bo‘lgan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga nisbatan Milliy sertifikatlash tizimi tomonidan belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
92. Texnik reglament kuchga kiritilgunga qadar yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va sanitariya-epidemiologiya xulosalari mazkur hujjatlarda belgilangan muddat davomida amal qiladi.
93. Texnik reglament talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa mutasaddi davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
94. Texnik reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 146 | 58,374 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti haqida | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan boshqa davlat organlari bilan birgalikda Dasturning bajarilishini mintaqalar va aniq korxonalar bo‘yicha tizimli monitoring hamda tahlil qilish, mehnat bozoridagi talab va taklifni o‘rganish amalga oshirilmoqda hamda shu asosda Dasturning 2016-yil uchun tasdiqlangan parametrlarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek yangi obyektlarni, asosan sanoatda, xizmatlar va servis sohasida, uy-joy qurilishida ishga tushirish, kichik biznesni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish joriy yilning yanvar — iyun oylarida 462,5 ming kishining bandligini ta’minlash imkonini berdi. Ish o‘rinlarining 59,8 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.
Aholining ishda band bo‘lmagan vakillariga mehnat organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish orqali ishga joylashishda ko‘maklashildi. Natijada tumanlar va shaharlar bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ishga joylashish uchun murojaat etgan 124,6 ming nafar fuqaro doimiy va vaqtincha ish bilan ta’minlandi, 52,6 ming kishiga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha va ishga joylashish imkoniyatlari haqida axborot hamda maslahat berildi.
Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hisobidan 13,8 mingta ish o‘rnini tashkil etish ta’minlandi. Bunda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni keyinchalik ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari tashkil etish sharti bilan yangi mulkdorlarga realizatsiya qilish orqali tugatish bo‘yicha maqsadli “yo‘l xaritalarini” amalga oshirish mexanizmlari ishga tushirildi.
2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturida kichik biznesga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, mazkur sohada birinchi yarim yillikda umuman 356,1 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlandi, bu esa tashkil etilgan barcha ish o‘rinlarining 77,1 foizdan ziyodini tashkil etadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va boshqa tegishli muassasalar tomonidan Dasturning bajarilishini monitoring va tahlil qilish imkoniyatlaridan hali ham yetarlicha foydalanilmayapti, bunda Dastur parametrlarining amalga oshirilishini baholash ishlari yaxshilash va takomillashtirishni talab qiladi. Bu mamlakatimizning ayrim mintaqalarida yangi korxonalarni qurish hamda ishlab turganlarini kengaytirish, kichik va boshqa korxonalarni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha qoloqlik aniqlanganligining sabablaridan biridir.
Shuni ta’kidlash kerakki, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab etiladigan muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish masalalarida hali kamchiliklar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vazirining “2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov):
2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish, bunda ishchanlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini bundan buyon ham olib borishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin;
2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi amalga oshirilishining borishini har tomonlama monitoring qilishni davom ettirib, keyingi yillarda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan, mehnat bozorining demografik omillarini hisobga olgan holda, takliflar ishlab chiqsin;
davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari bilan hamkorlikda ish bilan band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan toifalarini, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy himoya qilishga doir chora-tadbirlar ko‘rsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish, mehnat bozorining hududiy tuzilmasini takomillashtirish, ayniqsa, ishchi kuchi ko‘p mintaqalarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini va aholining bandligi ta’minlanishini, ayniqsa, ta’lim muassasalarining, avvalo kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 176 | 5,988 |
Qonunchilik | Sudlarga qonunosti hujjatlarini talqin qilish huquqini berish lozim | Advokat Ilhom Azizov qonunlar va qonunosti hujjatlari oʻrtasida tez-tez yuzaga keladigan ziddiyatlar sabablarini oʻrganib, vaziyatdan chiqish yoʻlini taklif etdi.
Qonunlar hamda qonunlarni amalda qoʻllash uchun zarur meхanizmlar va tartib-taomillarni yaratishga moʻljallangan qonunosti hujjatlari oʻrtasida ob’yektiv ziddiyatlar mavjud. Ijroiya hokimiyati organlarining norma yaratish amaliyoti u yoki bu darajada parlamentar qonunchilik amaliyotiga doim zid keladi. Bunday ziddiyatlar barcha huquqiy tizimlarda mavjud.
Qonunlar va qonunosti hujjatlari bir-biriga muvofiq kelmasligining sababi nimada
Ziddiyatlarning asosiy sababi – qonunlar va ularni implementatsiya qiluvchi qonunosti hujjatlarini qabul qilish bilan har хil manfaatlarni koʻzlovchi turli organlar shugʻullanadi. Gʻarbdagi tizimlarda qonunlar ustuvorligi izchillik bilan ta’minlanadi. Biz ham ushbu prinsipga amal qilishimiz belgilangan, biroq amalda koʻpincha qonunosti hujjatlari ustunlik qiladi.
Quyidagi asosiy notoʻgʻri yondashuvlar ham bunga sababchi boʻladi:
1. «Ruхsatlarning detallashtirilishi huquqiy tartibot takomillashuviga хizmat qiladi»
Qonunchilikning takomillashtirilishiga koʻpincha huquqiy munosabatlar tartibga solinishini, buning ustiga ruхsatlarni tavsiflash nuqtai nazaridan detallashtirish deb qaraladi. Bunday yondashuv avvalboshdan boshi berk koʻchaga olib kiradi, sababi bironta qonun hujjati (u qonun yoki qonunosti hujjati boʻlsin) huquqiy munosabatlarni bir yoʻla tartibga sola olmaydi, buning ustiga huquqiy munosabatlarning oʻzi dinamikada turibdi. Shu sababli boshqa yondashuv mavjud, bunda taqiqlangan narsalargina tartibga solinadi, bunday taqiq esa faqat qonun bilan belgilanadi. Bir vaqtning oʻzida sudga tadbirkorlik sub’yektlarining dastlabki erkinligi cheklanishini bartaraf etish uchun idoraviy norma ijodkorligi ustidan nazorat qilish huquqi beriladi.
2. «Huquq va qonun bir хil»
Aksariyat normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilarning хatosi shundaki, ular u yoki bu huquqiy munosabatlarni tartibga solar ekan, ularning ishtirokchilariga muayyan huquqlarni «tuhfa qilayapmiz» (taqdim etayapmiz) va majburiyatlarni yuklayapmiz deb hisoblaydilar. Aslida ob’yektiv ravishda, ya’ni norma yaratuvchi organning хohish-irodasidan qat’i nazar tomonlarning huquqlari mavjud boʻladi, regulyatorning vazifasi esa koʻproq taqiqlarni tartibga solish, huquqni matnda adekvat «qayd etish» (aks ettirish) bilan cheklangan.
3. «Qonun toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir kuchiga ega hujjat boʻla olmaydi»
Qonunlar implementatsiya qiluvchi qonunosti hujjatlariga ega boʻlishi kerakligi haqidagi postulat navbatdagi хato hisoblanadi. Bu qonunlar umumlashtiruvchi, hadli, ya’ni tafsilotsiz va tugallanmagan tusdagi normalarni oʻz ichiga olishiga sababchi boʻladi. Shu boisdan ham qonunlarni toʻldirish, batafsillashtirish va amalda qoʻllashga yoʻnaltirilgan qonunosti hujjatlariga talab yuzaga keladi. Parallel ravishda qonunosti hujjatlarini ishlab chiquvchilar qonunlardagi nuqsonlardan хohlab-хohlamay «seх» (idoraviy) va shaхsiy manfaatlarini koʻzlab foydalanadilar. Natijada amalda tegishli qonunlar bilan nazarda tutilmagan yoki tartibga solinmagan yangi munosabatlar belgilanadi.
4. «Qonun hujjatlari yagona huquq manbai hisoblanadi»
Aslida nafaqat qonunlar yoki hokimiyat organlarining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari huquq manbai hisoblanadi. Doktrinalar, urf-odatlar, shartnomalar va sud amaliyoti ham mavjud. Shunga qaramay, huquqiy munosabatlarni takomillashtirish usullari ancha cheklangan – bu moddiy huquq (qonunlar va qonunosti hujjatlari) va huquqni qoʻllash (ma’muriy va sud) amaliyotini takomillashtirishdir.
Huquqni qoʻllash qonun ijodkorligiga qarshi
Qonunlar va qonunosti normativ hujjatlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish muammosini faqat qonunchilikni takomillashtirish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydi. Koʻrsatilgan ziddiyatlarni moddiy huquq sohasida emas, balki protsessual huquq sohasida hal etish lozim. Bu mazkur iхtilofni soddalashtirgan, boʻrttirgan holda tushunishdir. Biroq sud nazoratisiz qonunchilikni takomillashtirish bilangina koʻp narsani oʻzgartirib boʻlmasligini anglash muhim.
Haqiqatan ham, amaldorlarning ulkan armiyasi hayotiy faoliyatning barcha sohalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni paydar-pay chiqarmoqda. Shu sababli normativ hujjatlarni qisqartirish yoki ularni tizimlashtirish haqidagi gaplar muammoni toʻliq hal etmaydi – amaldorlar bir yil oʻtgach avvalgilariga zid keluvchi yangi hujjatlarni chiqarib, yana ziddiyatlarga toʻqnash keladilar va hujjatlarni yana tizimlashtirish zaruratini yuzaga keltiradilar. Buning chorasi – ma’muriy qonun hujjatlari ishlab chiqilishi ustidan sud nazorati tizimini shakllantirish yoʻli bilan amaldorlarning tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini qisqartirishda.[1]
Qonunlar va qonunosti hujjatlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni hal etishning yuridik meхanizmlari
Xorijda qonunlar va normativ hujjatlar oʻrtasidagi ziddiyatlar muammosi ikki хil yoʻl bilan hal etiladi:
1) qonunosti tartibga solishni qisqartirish bilan (ayniqsa individning fundamental huquqlariga oid munosabatlar borasida);
2) qonunlarni talqin qilish bilan.
Qonunning qabul qilinishiga rasmiy doktrina hamrohlik qiladi. Doktrina (huquqiy ideologiya) har qanday qonun mavjud boʻlgan paytda amal qilishini kuzatadi. Doktrina qonunning ruhi va gʻoyasi, uning maqsad va niyatlarini belgilaydi. Normativ hujjatlar preambula bilan boshlanishi bejiz emas (garchi bu kontinental Yevropa uchun uncha хos boʻlmasa ham). Natijada keyin qabul qilinadigan har qanday qonun hujjatlari ushbu rasmiy doktrinadan kelib chiqishi va qonun chiqaruvchining niyatini buzib koʻrsatmasligi kerak boʻladi. Rivojlangan huquqiy tizimlarda qonun chiqaruvchi organning niyatlarini belgilash maqsadida qonunlar va qonunosti hujjatlar qoidalari oʻrtasidagi ziddiyatlar yoki mutanosibliklarni aniqlash uchun maхsus qonunlarni talqin qilish huquqiga ega boʻlgan organlar aniq belgilangan. Doktrinal qoidalar, odatda, qonunlarning preambulalarida, dasturiy normativ hujjatlarda va sud organlarining rasmiy talqinlarida bayon etiladi.
Bizning huquqiy tizimda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonunlar normalarini rasmiy talqin qilish vakolatiga ega. Biroq uning amaliyoti ancha cheklangan. Buning ustiga faqat ayrim davlat organlari hamda deputatlar va senatorlar guruhlari Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega. Adliya tizimi organlari orasida esa bunday huquq faqat sudlar va prokuraturaning oliy organlariga berilgan. Advokatura, uning organlari timsolida, adliya tizimidagi boshqa organlar maqomiga teng maqomda boʻlishiga qaramay, ayrim yuridik shaхslar va fuqarolar singari Konstitutsiyaviy sudga murojaat qila olmaydi.
Eng achinarlisi, qonunda qonunosti hujjatlar normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlarning oʻzi berishga vakolatli ekanligi nazarda tutilgan. Ijroiya hokimiyati organlarining bunday huquqi, ayniqsa ijroiya organi oʻzini oʻzi cheklashi talab etilganda, qonunosti hujjatlar tegishli qonunlar doirasida talqin qilinishini har doim ham ta’minlay olmaydigan koʻrinadi.
Tavsiyalar
Yuqorida aytilganlarni inobatga olgan holda, mavjud organlardan biriga qonunlar va qonunosti hujjatlarning ziddiyatli qoidalarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish vakolatlarini berish zarur. Qonunchilik normalarini ishlab chiqmaydigan va hokimiyatning ijroiya tarmogʻi qismi hisoblanmaydigan organgina ana shunday organ boʻlishi mumkin. Mamlakat huquqiy rivojlanishi tariхi hokimiyatning hech qaysi nazorat ijroiya organi qonunni lozim darajada talqin qila olmasligini koʻrsatdi. Sababi – hokimiyatning ijroiya tarmogʻi tizimidagi maqomida, buning uchun zarur boʻlgan oshkora tartib-taomillar (tortishuv, protsessual qoidalar), shuningdek qonunlarni talqin qilish uchun zarur vakolatning yoʻqligida.
Qonunlarni talqin qilish va qonunlarga muvofiqlikni nazorat qilish vazifasini hokimiyatning uchinchi tarmogʻi boʻlgan sudlargina amalga oshira oladigan koʻrinadi. Aslida bu vazifa normativ nizolar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha joriy sud amaliyotini muntazam umumlashtirish va hujjatlarining amal qilishi toʻхtatib qoʻyilgan yoki hatto bekor qilingan organlarga tegishli tavsiyalar berish vazifasiga mos keladi. Biroq bunda nazorat haqida emas, balki qonunga zid qonunosti hujjatning sudlar tomonidan butunlay bekor qilinishini nazarda tutuvchi yanada keng nazorat vazifasi haqida soʻz bormoqda.
Ma’muriy sudlar ma’muriy nazoratni amalga oshiradilar. Shu sababli «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 43-moddasidagi «qonunosti hujjatlar normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi» deb koʻrsatilgan qismini «qonunosti hujjatlar normalariga rasmiy sharhni ma’muriy sudlar beradi» deb almashtirish mantiqqa toʻgʻri kelgan boʻlar edi.
Ma’muriy sudlar ayni paytda bunday vakolatga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning vakolatini kengaytirish masalasini koʻrib chiqish lozim. Buning uchun Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 27-moddasida «Sud: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; … ishlarni hal qiladi» soʻzlari oʻrniga «Sud: 1) qonunosti hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; … ishlarni hal qiladi» soʻzlari nazarda tutilishini taklif etamiz. Kodeksning 15-moddasida esa:
«Sud ma’muriy ishni koʻrayotganda ma’muriy organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi», –
oʻrniga quyidagilarni koʻrsatish toʻgʻri boʻlar edi:
«Sud ma’muriy ishni koʻrayotganda qonunosti hujjat qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat tegishli organ vakolati doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, uni bekor qilish, oʻz kuchini yoʻqotgan va haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi».
Va, albatta, Konstitutsiyaviy sudga murojaatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar roʻyхatini kengaytirib («Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 25-moddasi), uni Advokatlar palatasiga tatbiq etish lozim.
Quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni ham tavsiya etamiz:
1. «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunda quyidagilarni belgilovchi 2-moddasi (Sudning vazifalari) 2-qismini:
«sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir», –
yangi tahrirda bayon etish zarur:
«sudning faoliyati huquq ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir».
2. «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunda:
5-modda «Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari»ga «z) majburiy kuchga yoki tavsiya tusiga ega boʻlishi mumkin boʻlgan sud talqinlari (sud pretsedentlari)» singari normativ-huquqiy hujjatlar turi yoki huquq manbalari qoʻshimcha qilinishi lozim;
yangi 14-modda «Sud talqinlari (sud pretsedentlari)» qoʻshimcha qilinishi, unda sud pretsedenti tushunchasi, uning Oʻzbekiston Respublikasi huquqqa oid hujjatlar tizimidagi ahamiyati va oʻrni bayon etilishi lozim. Maqsad – sud amaliyoti yagonaligini (ya’ni sudlar tomonidan huquq normalari bir хil talqin qilinishi va qoʻllanilishini) ta’minlash.
3. Oliy Majlis hujjatlari (qarorlar yoki qonunlar) asosida sud pretsedentini bekor qilish meхanizmini nazarda tutish zarur.
[1] Parlament (statut) qonun chiqarishi bilan chalkashtirmaslik kerak. | 67 | 11,433 |
Qonunchilik | Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4949-son qaroriga muvofiq Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qarori bilan tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
qarzdorliklarni aniqlash va ularni asoslantiruvchi hujjatlar;
qarzdorliklarni hisobdan chiqarishda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi hamda hududiy komissiyalarning o‘rni va vakolatlari;
eksport va import shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan umidsiz debitor va kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarishni tashkil etish tartibi;
tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha hisobdorlik mexanizmi.
3. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli dasturiy-texnik o‘zgartirishlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan umidsiz debitor hamda kreditor qarzdorliklarini (keyingi o‘rinlarda — qarzdorliklar) Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan (keyingi o‘rinlarda — TSOYEAT) hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
umidsiz qarzdorlik — TSOYEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlarining majburiyatlari sud qaroriga asosan bekor qilinishi tufayli yoki bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki da’vo muddati tugashi sababli to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik, shuningdek, TSOYEATda shakllangan, biroq tashqi savdo shartnomalari tomonlari o‘rtasida haqiqatda mavjud bo‘lmagan, tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan yoxud davlat organi tomonidan musodara yoki yo‘q qilingan, shu jumladan, kredit-nota asosida taqdim etilgan chegirma natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik;
asoslangan debitor qarzdorlik — chet el korxonasidan undirilishi muammo bo‘layotganligi tegishli hujjatlar bilan huquqiy jihatdan asoslangan eksport shartnomalari doirasidagi qarzdorlik;
kredit-nota — tashqi savdo shartnomalarida ko‘rsatilgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga shartnoma summasining ma’lum bir miqdori bo‘yicha chegirma berish to‘g‘risidagi hisob hujjati.
3. Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qarzdorliklar TSOYEATda shakllantiriladi va hisobdan chiqariladi.
4. Qarzdorliklar TSOYEATda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat bojxona xizmati organlari, tovar-xomashyo birjasi va ko‘rgazma-yarmarkalar hamda tijorat banklarining ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
5. TSOYEATda umidsiz qarzdorliklar sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sud qaroriga muvofiq majburiyatlarining tugatilganligi;
yakka tartibdagi tadbirkorning vafot etishi, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqib, boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi;
umumiy da’vo qilish muddatining o‘tganligi;
Hukumat qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzdorliklari hisobdan chiqarilishi;
qarzdorlik haqiqatda to‘liq hisob-kitob qilinganligi, shuningdek, muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar uchun qo‘llanilgan barcha jarimalar to‘liq undirilganligi;
qarzdorlik texnik va boshqa sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri shakllanganligi;
qarzdorlik kredit-nota asosida chegirma taqdim etilishi hisobiga yuzaga kelganligi;
norezidentning majburiyati bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatilganligi yoki norezidentning tomonlar o‘rtasidagi mavjud dastlabki majburiyati xuddi o‘sha shaxslar o‘rtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirilganligi;
tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan hamda davlat organlari tomonidan yo‘q qilinishi yoki musodara qilinishi natijasida yuzaga kelganligi;
majburiyatlar bajarilmaganligi sababli sug‘urta qoplamasi kelib tushganda, sug‘urta kompaniyasining komissiyasi evaziga qarzdorlikning qoplangan qismi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankrotligi yoki tugatilishi natijasida Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridan chiqarilishi umidsiz qarzdorlik sifatida ko‘riladi hamda TSOYEATdan avtomatik tarzda hisobdan chiqariladi.
6. Umidsiz qarzdorlik quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt majburiyatlarining tugatilganligi, bankrotlik ishlarining yakunlanganligi va majburiyatlarni qanoatlantirish imkoniyati yo‘qligi haqidagi sud qarori;
yakka tartibdagi tadbirkorning vafot etganligi haqidagi o‘lim guvohnomasi;
yakka tartibdagi tadbirkorning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqib, boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi haqidagi ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining ma’lumotnomasi;
qarzdorlikning umumiy da’vo muddati o‘tganligi natijasida daromad (xarajat)ga olinganligi haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumotnomasi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzdorliklarini hisobdan chiqarish yuzasidan Hukumat qarori;
qarzdorlik haqiqatda to‘liq hisob-kitob qilinganligi yoki texnik va boshqa sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri shakllanganligi yuzasidan taqdim etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rasmiy xati va ma’lumotnomasi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar uchun qo‘llanilgan barcha jarimalar to‘liq undirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
shartnomada ko‘rsatilgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga shartnoma summasini 5 foizgacha kamaytirish bo‘yicha chegirma berish to‘g‘risidagi kredit-notasi;
norezidentning majburiyati bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatilganligi yoki boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirilganligini tasdiqlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektning rasmiy xati va ma’lumotnomasi;
tovarlarni transportda tashish va saqlash jarayonida shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolganligini yoxud tegishli davlat organi tomonidan yo‘q qilinganligini yoki musodara qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
majburiyatlar bajarilmaganligi sababli sug‘urta kompaniyasidan sug‘urta qoplamasi kelib tushganligini asoslovchi hujjat.
7. Qarzdorliklarni TSOYEATdan hisobdan chiqarish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyning 10-sanasiga qadar Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) va Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.
9. Hududiy komissiyalar har oyning 20-sanasiga qadar:
a) qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar kesimida puxta va manzilli o‘rganib chiqadi, jumladan, ularning asosliligini tekshiradi, qarzdorlik yuzaga kelishining huquqiy asoslarini tahlil qiladi.
Bunda asoslangan debitor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq holda tegishli hujjatlar bilan birga Tashqi ishlar vazirligiga kiritadi;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘rganilayotgan ma’lumotlardan tashqari) TSOYEATdan hisobdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi.
10. Tashqi ishlar vazirligi har oyning 1-sanasiga qadar:
a) asoslangan debitor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga yetkazadi va amaliy yordam berish choralarini ko‘radi;
b) chet eldagi korxonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yaroqsiz bo‘lib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona nazorati ostida yo‘q qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdim etilishida ko‘maklashadi;
v) amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
11. Hududiy komissiyalar har oyning 5-sanasiga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadi.
12. Davlat soliq qo‘mitasi har oyning 10-sanasiga qadar TSOYEATdan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabul qilish uchun taqdim etadi.
13. Hukumat komissiyasi har oyda bir marta:
a) Davlat soliq qo‘mitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYEATdan hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
b) qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash uchun Davlat soliq qo‘mitasiga yuboradi.
14. Qaror qabul qilingandan keyin 5 kalendar kun davomida Davlat soliq qo‘mitasi Hukumat komissiyasining qarorini tegishli tijorat banklariga yetkazadi. Tijorat banklari Hukumat komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida qarzdorliklarni TSOYEATdan hisobdan chiqaradi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, ikki yo‘lakli tizim quyidagilarda:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida;
xalqaro temir yo‘l qatnovlari boshlanish yoki so‘nggi nuqtasida bojxona nazorati amalga oshiriladigan temir yo‘l vokzallarida;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakatining intensivligi yuqori bo‘lgan (bir yil davomida o‘rtacha bir sutkada ikki ming nafar yoki undan ortiq fuqarolar harakatlanganda) va infratuzilmasi ikki yo‘lakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan avtomobil o‘tkazish punktlarida joriy etiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatining 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida “2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida nizom” so‘zlari “2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 1-ilovada:
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilanganda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim”;
24-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari oqibatida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmaganda, fors-major holatlari yuz bergan davlatning vakolatli organi tasdig‘iga muvofiq, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi”;
27-bandga:
quyidagi tahrirdagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin:
“eksport operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy davomida ta’minlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan holatlarda”;
o‘ninchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin.
28-bandga:
quyidagi tahrirdagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan talabnomaga asosan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan kundan 90 kun ichida tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda, to‘langan jarima summasi qisqartirilishi ta’minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib beriladi”;
yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizada ko‘rsatilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda:
jarima qo‘llash masalasi sudda ko‘rib chiqilayotgan paytda — arizani qanoatlantirish qisqartirilishi ta’minlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda rad etiladi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi.
Moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng 90 kalendar kun ichida va uni shu muddat ichida ijro etish paytida arizada ko‘rsatilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘liq miqdorda valyuta mablag‘larining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlangan taqdirda — ish yuritish tugatiladi va majburiy undirish bo‘yicha ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi (davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan), shuningdek, undirilgan jarimalar xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi asosida bank hisobvarag‘iga qaytarib beriladi. Bunda undirilgan mablag‘lar:”;
yigirma to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Talabnomaga asosan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langan yoki moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng 90 kalendar kun ichida tushgan valyuta mablag‘lari yoki respublikaga olib kirilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan tovar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi talabnomada ko‘rsatilgan valyuta kursi bo‘yicha so‘mda hisob-kitob qilinadi”;
o‘n to‘qqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishlicha yigirmanchi — yigirma oltinchi deb hisoblansin. | 156 | 17,810 |
Qonunchilik | Soliq maslahatchilari malaka oshirganligi haqida Moliya vazirligini qanday хabardor qiladi | Moliya vazirining “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2343-2, 2017 yil 22 iyun) qabul qilindi.
Soliq maslahatchilari malakasini oshirish tartibi belgilandi. Endilikda Moliya vazirligiga har yili 15 aprelgacha quyidagilar taqdim qilinadi:
Bundan tashqari, soliq maslahatchilari va ular malaka oshirganliklari toʻgʻrisidagi aхborot shakli tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 90 | 684 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori)”gi va 2019-yil 30-oktabrdagi 898-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport klublari faoliyatini hamda sport musobaqalarini o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2658, 2015-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.”.
2. 3-banddagi “2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan” degan so‘zlar “2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 4-banddagi “shartnoma talablarini” degan so‘zlar “dastlabki kontrakt talablarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “yozma ish (diktant)” degan so‘zlar “nomzodlarning umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun yozma imtihon” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 11-bandda:
to‘qqizinchi, o‘n uchinchi va o‘n beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘ninchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshidagi “kasb-hunar” degan so‘zlar “boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 35-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi).”.
7. 36 va 42-bandlar hamda 8-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8. Quyidagi mazmundagi 431-band bilan to‘ldirilsin:
“431. Yozma imtihon ushbu imtihonni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan kichik komissiya tomonidan qabul yilining 25-iyuniga qadar mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.”.
9. 44 — 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Nomzodlarni tanlash tadbirlarini o‘tkazishning shaffofligi hamda xolisligini ta’minlash maqsadida psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon o‘tkazish jarayoni videokuzatuv tizimida qayd qilinadi.
45. Psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon tadbirlarida nomzod tomonidan to‘plangan ballar qabul komissiyasi tomonidan umumlashtiriladi. Nomzodning to‘plagan ballidan kelib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bunda, harbiy-professional tanlash tadbirlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 50 foizi yoki undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yiladi.
46. Qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 30-iyuniga qadar harbiy-professional tanlash tadbirlarining yakunlari bo‘yicha mazkur Nizomning 10a-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va yakuniy natijalar shu kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinadi.”.
10. Quyidagi mazmundagi 461 — 463-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“461. Psixofiziologik o‘rganish, kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish va yozma imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlarning shikoyatlari qabul komissiyasi raisining buyrug‘i bilan harbiy-professional tanlash bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashmagan mutaxassislardan shakllantiriladigan apellatsiya komissiyasida ko‘rib chiqiladi.
462. Shikoyatlar apellatsiya komissiyasiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida taqdim etilishi mumkin. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida murojaat qilgan nomzod xohishiga ko‘ra, uning ishtirokida ko‘rib chiqadi.
463. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda harbiy-professional tanlash tadbirlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligi, savollarning to‘g‘ri tuzilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va to‘g‘ri baholanganligi o‘rganiladi va uning natijasi bo‘yicha apellatsiya komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish to‘g‘risida;
natijalarni o‘zgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Ovozlar nisbati teng bo‘lganda apellatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tegishli qaror darhol nomzodga yetkaziladi.
Apellatsiya komissiyasi qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.”.
11. 47 va 52-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda” degan so‘zlar “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 6-ilovada:
a) 8-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) fuqaro yoshlar uchun:
11 marotaba va undan ko‘p tortilganda — “a’lo”;
9-10 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
7-8 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;”;
b) 10-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) fuqaro yoshlar uchun:
14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,5 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;”;
v) 12-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) fuqaro yoshlar uchun:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
13,20 daqiqadan ko‘p, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan ko‘p, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi;”.
13. 9-ilovaning 7-bandidagi “kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “boshlang‘ich professional, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 10-ilova mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
15. Mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 10a-ilova bilan to‘ldirilsin.
1. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi) nomzodlarni umumta’lim fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida nomzodlarning umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun yozma imtihon o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) tomonidan mazkur Metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
2. Qabul yilining 1-iyun kuniga qadar oliy harbiy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan yozma imtihon savollari shakllantiriladi va tegishli qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Yozma imtihon savollari nomzodlarning umumta’lim fanlarini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
3. Yozma imtihon savollarini shakllantirishda umumta’lim fanlarining dasturlaridan foydalaniladi.
4. Yozma imtihon savollari quyidagi fanlar bo‘yicha tayyorlanadi:
matematika;
fizika;
ona tili (adabiyot);
tarix;
geografiya.
5. Savollar to‘plami muhrlangan holda qabul komissiyasi mas’ul kotibining seyfida saqlanadi. Mas’ul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
6. Yozma imtihonga aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin qabul komissiyalari tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
7. Yozma imtihon o‘tkazish jarayoni bo‘yicha quyidagilar kichik komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yozma imtihon o‘tkazish jarayonining xolisona va adolatli o‘tishini ta’minlash;
yozma imtihon o‘tkazish uchun bino va xonalarni tayyorlash;
yozma imtihon o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
nomzodlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, shuningdek yozma imtihon natijalari to‘g‘risida ularga to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish.
8. Nomzod yozma imtihonga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
Yozma imtihon o‘tkaziladigan xonaga lug‘at, kitob, uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Nomzodlarga yozma javob berishlari uchun tegishli umumta’lim fanlari doirasida tuzilgan 5 ta savol beriladi.
Bunda, nomzod 5 ta savoldan iborat bo‘lgan biletlardan birini tanlaydi.
Savollarga yozma javob berish uchun nomzodlarga 60 daqiqa vaqt beriladi.
10. Yozma imtihon alohida jihozlangan va normal ko‘rish uchun yetarli darajada yorug‘ bo‘lgan xonada o‘tkaziladi.
Bitta xonada bir vaqtning o‘zida yozma imtihon topshiruvchilarning soni 30 nafardan oshmasligi lozim.
11. Imtihon jarayonida nomzodlarning xonadan chiqishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, yozma imtihonning barcha savollariga javob yozib bo‘lgan va o‘z yozma ishini kichik komissiyaning tegishli a’zosiga topshirgan nomzodlar bundan mustasno.
O‘zboshimchalik bilan auditoriyani tark etgan nomzodlar yozma imtihon o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va imtihondan chetlashtiriladi. Sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
12. Nomzodlarga yozma imtihonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
13. Yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash kichik komissiya a’zolari tomonidan kollegial prinsip asosida amalga oshiriladi.
Bunda, 5 ta savol bo‘yicha berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball, noto‘g‘ri javob uchun esa 0 ball qo‘yiladi. Bunda maksimal 5 ball to‘planishi mumkin.
14. Yozma imtihonga uzrli sabablarsiz qatnashmagan nomzodlarga ball qo‘yilmaydi.
15. Yozma imtihon topshirgan nomzodlarning yozma ishlari natijalari bo‘yicha qaydnoma rasmiylashtiriladi va unga nomzodlar tomonidan berilgan to‘g‘ri javoblar soni va ular uchun qo‘yilgan ballar ko‘rsatiladi. Qaydnoma kichik komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va shu kunning o‘zida qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.”. | 178 | 12,353 |
Qonunchilik | O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QUVChILARI O‘QIShINI KO‘ChIRISh, QAYTA TIKLASh VA O‘QIShDAN ChETLAShTIRISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA | “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash hamda ta’lim tizimida islohotlar doirasida belgilangan vazifalarni izchil va sifatli amalga oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini o‘qishdan chetlashtirish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi.
3. O‘quvchilarning o‘qishini bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, shuningdek ilgari o‘qishdan chetlashtirilgan o‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash, qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichiga muvofiq (keyingi o‘rinlarda — Tasniflagich deb yuritiladi) bir tayyorlov yo‘nalishi doirasida o‘quvchilar o‘qishini bir ta’lim muassasasi doirasida ko‘chirish ushbu o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
6. Bir mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida o‘quvchilar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasidan Tasniflagichning bir bilim sohasi ichidagi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli hududiy boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
7. Quyidagi hollarda o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi:
a) boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘qishini respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish;
b) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi munosabati bilan o‘qishdan chetlashtirish;
v) o‘quvchilarni bir mintaqadagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan boshqa mintaqalarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish;
g) bir hudud doirasida o‘quvchilarni bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga ko‘chirish;
d) o‘quvchilarni Tasniflagichga muvofiq bir bilim sohasidan boshqa bilim sohasiga ko‘chirish.
8. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini boshqa vazirliklar (idoralar)ning o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish va qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
9. O‘quvchilarni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi barcha arizalar bevosita o‘quvchilar o‘qiyotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida qabul qilinadi.
Ko‘rib chiqish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori vakolatiga kiradigan arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko‘rib chiqiladigan arizalar 1-avgustga qadar qabul qilinadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan hududiy viloyat boshqarmalariga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko‘rib chiqiladigan arizalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan rasmiy xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuboriladi.
10. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori tomonidan o‘quv rejalari va dasturlarga fanlar bo‘yicha farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
11. O‘quvchilar o‘qishini bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko‘chirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) o‘quvchining yozma arizasi, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi;
b) ta’lim muassasasining nomi, mutaxassislik, kurs, guruh ko‘rsatilgan holda ta’lim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan reyting daftarcha nusxasi;
12. O‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi ariza ta’lim muassasasi direktori, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining yozma javobi tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga yuboriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi olingan javob asosida ariza beruvchining va tegishli ta’lim muassasalarining manziliga xat yuboradi.
Tasniflagichga muvofiq o‘quvchining bilimlarning bir sohasi ichida, bir mintaqa doirasida joylashgan ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, natijalar haqida ariza beruvchiga va ta’lim muassasalariga yozma xabar beriladi.
O‘quvchining o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risida ijobiy qaror chiqarilganda o‘quvchini qabul qiluvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi 3 kun muddatda o‘quvchi tahsil olgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘quvchining hujjatlarini jo‘natish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
O‘quvchi bungacha o‘qigan ta’lim muassasasi ushbu so‘rovnoma asosida 3 kun muddatda o‘quvchining hujjatlarini yangi o‘qish joyiga yuboradi.
O‘quvchining hujjatlar yig‘majildi o‘quvchining o‘ziga – ariza beruvchiga yoki uning ota-onalariga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quvchini qabul qiluvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kun muddatda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishi shart.
13. O‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash uchun o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini ko‘rsatgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.
14. O‘quvchining, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) o‘quvchini o‘qishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
15. O‘quvchini boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda u oldin o‘qigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining roziligi talab etilmaydi.
16. O‘quvchi oldin o‘qigan tayyorlov yo‘nalishi to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh tayyorlov yo‘nalishiga o‘qishni tiklash mumkin.
17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan o‘tmagan 3-bosqich o‘quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmagan o‘quvchilar ushbu Nizomga muvofiq 3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza berishi mumkin.
18. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchilari quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:
a) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
b) o‘qishi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
g) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
d) vafot etganligi sababli.
19. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini bir yil takroran o‘qish uchun kursda qoldirish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
20. O‘qishi ko‘chirilgan yoki o‘qishga tiklangan o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga ariza, buyruq va belgilangan namunadagi reyting daftarcha nusxalari tikib qo‘yiladi.
21. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirishda, ularni o‘qishga tiklash va o‘qishdan chetlashtirishda hujjatlarning ishonchliligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun javobgarlik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktoriga yuklanadi.
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishga tiklash va o‘qishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan barcha hujjatlar mansubligi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tegishli hududiy boshqarmalarida, o‘z tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
23. O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishga qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lganlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 157 | 11,222 |
Qonunchilik | “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-sentabr kuni qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 135 | 587 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KREDIT HUJJATLARINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | 1.1. Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank faoliyatini nazorat qilish va bank tizimida kredit tavakkalchiligi boshqaruvini yaxshilashga doir vazifalarni ijro etishi uchun sharoit yaratish maqsadida banklar kredit hujjatlarini yuritish bo‘yicha talablarni qamrab oladi.
1.2. Mazkur Nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi.
1.3. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi.
1.4. Kredit bank tomonidan kredit shartnomasi asosida pul shaklida beriladi.
1.5. Bank bo‘lajak qarz oluvchidan mazkur Nizomga muvofiq ravishda kredit hujjatlarini yuritish uchun zarur bo‘ladigan barcha axborotni talab etishi zarur.
1.6. Kredit bergan bank shartnoma asosida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa usul vositasida kredit bo‘yicha to‘lovni talab etish huquqini har qanday miqdorda yon berishi mumkin. Yangi qarz oluvchi kreditga doir huquqini faqat yon berish to‘g‘risida yangi shartnoma tuzish vositasida qayta yon berishi mumkin.
1.7. Kredit tarkibidagi o‘zgarishlar (restrukturizatsiya) yozma tarzda kredit shartnomasi, garov haqidagi shartnoma, kredit shartnomasini bajarishga doir boshqa shartnomalarga tegishli o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan tayyorlanishi kerak.
2.1. Bank har bir berilgan kredit bo‘yicha kredit yig‘majildini tayyorlaydi, u kredit shartnomasi imzolangan yoki tasdiqlangan kundan boshlab ochiladi hamda mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari asosiy qarz va foizlar to‘liq to‘langanidan so‘ng yopiladi.
2.2. Kredit yig‘majildi hujjatlari muhofazasi va vakolatliligini ta’minlash majburiyati yuklatilgan bank xodimi kredit yig‘majildini yuritish va saqlash uchun mas’uldir.
2.3. Markaziy bank bank faoliyatini tekshirayotgan davrda bank nozirlar talab qiladigan barcha kredit yig‘majildlarini, jumladan bank bo‘limlari bergan kreditlar bo‘yicha yig‘majildlarni taqdim etishlari shart.
2.4. Blankli (ishonchli) kreditga doir yig‘majildda har qanday turdagi kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy hujjatlarning mavjud bo‘lishi yetarlidir. Ushbu umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim:
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza;
qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas’ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo‘lishi shart;
biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);
agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;
tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;
qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultatsion bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;
mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining yetarliligini tasdiqlovchi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili;
bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
2.5. Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda kredit yig‘majildida qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;
garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan, garov obyekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi;
garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan, garov obyekti qiymatini kelishuv dalolatnomasi;
garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urta qilish shartnomasi va ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta polisi;
garov shartnomasining davlat kadastr idoralarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki davlat kadastr idoralarida garov shartnomasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shaklda garov shartnomasiga qo‘yilgan belgi;
garov predmetini sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar, agar kredit, uni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa.
2.6. Ko‘chmas bo‘lmagan mulk garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq mulkka egalik qilish huquqi qarzdorga o‘tganidan so‘ng garov vositasi bo‘ladigan mulkni sotib olish uchun beriladigan kreditlarga doir kredit yig‘majildlarida mazkur mulkni sotish narxini va bu mulk sug‘urta qilingan pul mablag‘lari miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi lozim.
2.7. Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘majildiga smeta hujjatlarini, shuningdek bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritishi lozim.
2.8. Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:
kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat;
auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi;
shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shartnomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
2.9. Kreditni berishga doir bank bilan tuzilgan shartnomaga, jumladan garov to‘g‘risidagi shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tegishli yig‘majildlarga kiritilishi lozim.
2.10. Kredit to‘liq yoki qisman to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kredit yig‘majildiga kiritilishi va kreditni to‘lash manbalarini (qarzdor tomonidan o‘tkazilgan yoki garov mavzuini sotishdan olingan mablag‘lar) aks ettirishi zarur.
3.1. Bank kreditga doir huquqlarni sotib olgan holda bu bank yon berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan vaqtda kredit yig‘majildini ochishi kerak va unga mazkur nizom talablariga muvofiq tayyorlangan va dastlabki kreditor tomonidan tekshirilgan, dastlabki kreditorning yig‘majildiga tikib qo‘yilgan barcha hujjatlarni kiritishi lozim.
3.2. Ushbu bo‘limning 3.1-bandida talab qilingan hujjatlardan tashqari o‘tkazma amalga oshirilgan bankning kredit yig‘majildida quyidagilar bo‘lishi lozim:
o‘tkazishni amalga oshirgan bankning kredit o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi to‘g‘risidagi batafsil hisoboti;
pul o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma, jumladan kreditga doir xizmat ko‘rsatish shartlari to‘g‘risidagi nizom (kreditni to‘lash haqidagi kvitansiya), kreditni to‘lashga doir ma’lumotlar va yozma hujjatlar bilan o‘zaro almashish;
yon bergan bank tomonidan kredit berish mezonlarini belgilovchi hujjat nusxasi.
4.1. Kreditni yon bergan bank kredit yig‘majildiga mazkur kredit bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan bank tomonidan tuzilgan yon berish to‘g‘risidagi barcha shartnomalarni kiritishi lozim.
4.2. Agar mazkur shartnoma yangi kreditorga bunday xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha bank majburiyatlarini o‘zida qamrab olsa, bank yon bergan kredit yig‘majildi yon berish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq kreditga oid barcha to‘lovlar olinmaguncha yopilishi mumkin emas.
5.1. Qarzdorning o‘zgarishi dastlabki qarzdor tomonidan o‘z qarzini boshqa shaxs — yangi qarzdorga berish to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek kredit shartnomasiga kiritiladigan tegishli to‘ldirishlar yordamida rasmiylashtiriladi.
5.2. Qarzdor o‘zgargan kreditga doir asosiy hujjatlar quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim:
qarzdor va mo‘ljallanayotgan yangi qarzdorning bank tomonidan qarzni o‘tkazishga rozilik berishini so‘rab yozgan arizalari;
mazkur Nizomning 2.4-bandi talablariga muvofiq yangi qarzdorga nisbatan tayyorlangan asosiy hujjatlar (yuqorida qayd etilgan bandning 8-xatboshida ko‘zda tutilgan talablar bundan mustasno), ular qarzni o‘tkazish to‘g‘risidagi bank roziligi, qarzdor o‘zgarishi munosabati bilan kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga oid hujjatlarga nisbatan qo‘llaniladi;
bankning qarzni o‘tkazish yuzasidan bergan yozma roziligi, dastlabki va yangi qarzdor o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
kredit shartnomasiga yozma tarzda kiritilgan va yanga qarzdor tomonidan imzolangan o‘zgartirish va to‘ldirishlar.
5.3. Bank qarzni o‘tkazish yuzasidan o‘z roziligini berishga asos bo‘lgan, yangi qarzdor bergan ta’minot shartlariga qarab yangi qarzdorga ochilgan kredit yig‘majildiga mazkur nizomning 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq tegishli qo‘shimcha hujjatlar kiritib qo‘yilishi lozim.
6.1. Qarzdor kreditni to‘lamagan taqdirda, kafil bank javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi haqida kreditorga yozma ravishda xabar berilgan holda kafolat berishga doir yozma shartnomada bank tomonidan kafillik va kafolatlar berilishi mumkin.
6.2. Qarzdor kreditni to‘lamaganligi sababli bank tomonidan amalga oshirilgan kafolatlar bo‘yicha yig‘majild ochiladi. U kafolat berilgan shaxs tomonidan qarz to‘langunga qadar yuritiladi.
6.3. Bank tomonidan kafil sifatida majburiyatlarning bajarilishi munosabati bilan ochilgan kredit yig‘majildlari mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq kafolat berish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish uchun tayyorlangan hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
6.4. Qarzdorning o‘ziga kafolat berayotgan bank oldidagi majburiyatlari ta’minlangan taqdirda, ushbu kafolatga doir kredit yig‘majildi mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan talablarga (2.10, 6.2 va 6.3- bandlari) muvofiq tayyorlangan hujjatlarni qamrab olishi kerak.
7.1. Bank har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha yig‘majildga quyidagi hujjatlarni tikib qo‘yishi lozim:
qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muomalalarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar;
kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari;
qarzdor kafilining (kafolatchi) moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi barcha hujjatlar;
kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
7.2. Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit yig‘majildida yuritishi shart.
7.3. Bank bajarish muddati yetib kelmagan bank kafolatlari bo‘yicha ushbu Nizomning 7.1-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni yuritishi lozim.
Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan 1999-yil 11-fevralda Adliya vazirligida 631-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan 1998-yil 9-noyabrdagi 432-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotadi. | 84 | 11,280 |
Qonunchilik | Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o‘rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi vakolatli davlat organi bo‘lib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, tashqi bozorlardagi talab- ehtiyojlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va xillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda uning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishonchli xorijiy savdo sheriklarni izlash va tanlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, mahalliy korxonalarning tender savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalarida va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam ko‘rsatish;
import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy xomashyo negizida import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha konsepsiya va dasturlar ishlab chiqishda qatnashish;
tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan, o‘ziga xos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qo‘llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, xususan tranzit salohiyatini, logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini qayta tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish bo‘yicha ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Komissiya (A.J. Ramatov) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini qayta tashkil etish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashsin.
6. Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. | 87 | 6,231 |
Qonunchilik | “DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, №1, 43-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 1-modda:
birinchi qismidagi “aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga” degan so‘zlar “xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “fuqarolarning” degan so‘z “jismoniy shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 2-modda:
birinchi bandidan “mazkur hujjatlarda ko‘zda tutilgan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan ham” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandi “bilan” degan so‘zdan keyin “ham” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
uchinchi bandi “davlatlararo” degan so‘zdan keyin “hamda hukumatlararo” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 3-modda quyidagi mazmunda bo‘lgan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining o‘zi mustaqil tarzda belgilashi;”
Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari deb hisoblansin.
Oltinchi xatboshi “davlat tasarrufidan” degan so‘zlardan avval “oshkoralik” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 4-modda:
ikkinchi bandidagi “yer osti boyliklari” degan so‘zlardan keyin “ichki” degan so‘z bilan, “suv” degan so‘zdan keyin “havo havzasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi bandlari chiqarib tashlansin.
5. 5-moddaning birinchi bandida:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar”
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ajnabiy yuridik shaxslar davlat mulkini sotib oluvchi subyektlar bo‘lishi mumkin”.
6. 6-modda:
birinchi bandining ikkinchi qismidagi “aksiyali jamiyatga, boshqa yo‘sindagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandidagi ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib bo‘yicha sotib oladilar”;
7. 7-modda chiqarib tashlanib, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalar tegishincha 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalar deb hisoblansin.
8. 7-modda:
birinchi qismining birinchi bandidagi “vakil qilgan idoralarga” degan so‘zlar “vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kommunal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi”;
birinchi bandining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini davlat mulkiga va ma’muriy-hududiy tizilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi amalga oshiradi”;
ikkinchi bandining birinchi qismidagi “yuridik shaxslar” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning uchinchi bandidagi “respublika mulkini” degan so‘zlar “davlat mulkini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid bo‘lsa, bu mulkning egasi bo‘lgan mahalliy hokimiyat boshqaruv idoralariga beriladi. Buyurtmaning shakli va yig‘im miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rnatadigan tartibda belgilanadi”;
uchinchi bandi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi bandi uchinchi band deb, beshinchi bandi esa to‘rtinchi band deb hisoblansin;
to‘rtinchi bandining to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin.
9. 8-modda:
ikkinchi bandining birinchi qismidagi “uning kasaba uyushmasi tashkilotining yoki o‘zga jamoa” degan so‘zlar “jamoat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10. 9-modda:
ikkinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat mulki obyekti qiymatining dastlabki bahosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi;
uchinchi bandi chiqarib tashlansin.
11. 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ijarachi davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan o‘zi ijaraga olgan mol-mulkini (to‘liq yoki qisman) sotib olishi mumkin”.
12. 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish mehnat jamoasi a’zolari tomonidan davlat mulkining (haqini bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib haq to‘lash orqali) sotib olishi yoki bu mulkining ularga tekin bo‘lishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Mol-mulk jamoa egalariga sotib olinishi chog‘ida jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qo‘yiladi, bunda ularning ish staji, maoshning miqdori va boshqa omillar e’tiborga olinadi”.
13. 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Davlat korxonasini xo‘jalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
2. Quyidagilar xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) bo‘lishlari mumkin:
mehnat jamoasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
davlat boshqaruvining respublika va mahalliy idoralari”.
14. 14-modda:
uchinchi bandidagi “respublika (kommunal) mulki” degan so‘zlar “davlat yoki kommunal mulk” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “davlat mulki obyektlarini” degan so‘zlar “mulk obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 16-modda:
ikkinchi bandining to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin.
16. 19-modda:
birinchi bandidagi “shu yerdan pensiyaga ketgan mehnat faxriylariga” degan so‘zlar “mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandi quyidagi mazmunda bo‘lgan ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qo‘shilmaydi” | 147 | 6,940 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitib, tashqi siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Xususan, Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida oliy darajadagi 8 ta xorijiy tashrif va 150 ga yaqin turli uchrashuvlar, onlayn muloqotlar tashkil etilgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani tufayli BMT va EXHT doirasida mamlakatimizning 50 dan ortiq xalqaro tashabbuslari bo‘yicha 5 ta maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha tashabbuslarini ilgari surishda muayyan ishlar qilingan.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlariga kiritilgan 756 ta loyihani amalga oshirishga hamda 8,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashilgan.
Barcha diplomatik vakolatxonalar tomonidan har bir loyiha tashabbuskorlari va xorijiy hamkorlar bilan “loyihabay” tizimda ishlar tashkil etilgan.
Shuningdek, xorijiy davlatlarning salohiyatli investorlari va ishbilarmon doira vakillarining mamlakatimizga 1 100 dan ortiq tashriflari tashkil etilgan.
O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari ko‘magida umumiy qiymati 686,3 mln dollarga teng bo‘lgan 912 ta savdo shartnomasi tuzilgan.
Koreya, Yaponiya, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohalardagi umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar va 203,1 mln yevroga teng bo‘lgan moliyaviy-texnikaviy hamkorlik (grant, kredit) bo‘yicha xalqaro shartnomalar imzolangan.
Shuningdek, 2021-yilda umumiy hisobda 300 mingga yaqin konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatilgan. 5 700 dan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal qilingan va 21 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan. 58 ta konsullik faoliyatiga doir xalqaro shartnomalar va milliy normativ-huquqiy hujjatlar (1 ta qonun) imzolangan.
Koronavirus pandemiyasi davrida belgilangan cheklovlar sababli xorijiy davlatlarda qolib ketgan 1 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarilgan.
Shu bilan birga, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha sohada ayrim tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari birdek samarali ishlamayapti. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya, Germaniya, Xitoy, Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarining iqtisodiy diplomatiya sohasidagi samarali tashabbuslarini qayd etish mumkin. O‘zbekistonning Belgiya va Ispaniyadagi diplomatik vakolatxonalari ushbu mamlakatlarning mavjud salohiyatidan yetarli darajada foydalanmayapti.
Ayrim elchixonalarimizning biriktirilgan hududlardagi faoliyati qoniqarsiz. Xususan, Isroildagi elchixona Buxoro viloyatida, Fransiyadagi elchixona Jizzax viloyatida, Erondagi elchixona Qashqadaryo viloyatida, Yaponiyadagi elchixona Surxondaryo viloyatida o‘zlari ilgari surgan birorta investitsiya loyihasini amalga oshira olmaganini qayd etish mumkin.
Qator diplomatik vakolatxonalarning biriktirilgan iqtisodiyot tarmoqlaridagi loyihalarni tatbiq etishi talabga javob bermayapti. Jumladan, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tomonidan investitsiya, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, neft va gaz sanoatida yangi savdo bitimlarini tuzish borasida biror-bir salmoqli ish amalga oshirilmagan. Tog‘-kon sektori va metallurgiyaga Hindiston investitsiyalarini jalb qilish yo‘nalishidagi ishlar ham bajarilmagan.
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan taklif etilayotgan investitsiya loyihalari puxta ishlab chiqilmaganligi oqibatida keyinchalik istiqbolsiz deb topilmoqda.
Xususan, senatorlar tomonidan hududlardagi o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, investitsiya loyihalarining taxminan to‘rtdan bir qismi amalga oshirish bosqichiga yetib bormagan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida elchixonalar tomonidan ilgari surilgan, 2022-yildan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan 50 tadan ortiq turli investitsiya loyihalarining 13 tasi istiqbolsiz hisoblanadi. Toshkent viloyatida elchixonalar 41 ta investitsiya loyihasi tashabbuskori bo‘lgan, ulardan 11 tasi istiqbolsiz deb topilgan.
Diplomatik vakolatxonalarning resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, mamlakatimiz hududlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ham talab darajasida emas.
Bundan tashqari, vazirlik faoliyatida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muayyan muammo va masalalar ham saqlanib qolmoqda.
Tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga qaramasdan, mintaqalararo hamkorlik va shaharlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishida tizimli ishlar hamda amaliy natijalar mavjud emas.
Mehnat muhojirlarimiz ko‘p bo‘lgan mamlakatlar (Turkiya, Koreya va Birlashgan Arab Amirliklari)da konsullik muassasalari va konsullik xodimlarining yetishmasligi O‘zbekiston fuqarolariga sifatli konsullik xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali vazirlikka 1 974 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 110 tasini ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlar buzilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 26-avgustdagi SQ-367-IV-sonli Qarorida ko‘rsatilgan qator topshiriqlar ijrosi ta’minlanmagan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi faxriy konsullari institutidan foydalanish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmagan.
Chet elda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan fuqarolar uchun elektron shaklda davlat xizmatlarini olish imkonini beradigan dasturiy ta’minot tizimi joriy etilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bilan ishlash samaradorligini hamda vakolatxonalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni 25-ilovasining 33-bandidagi chet elda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron davlat xizmatlarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
mazkur band ijrosi to‘g‘risida ma’lumotni bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uch oy muddatda:
Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini qayta ko‘rib chiqsin;
ekologiya sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, atrof muhit ifloslanishining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishni nazarda tutadigan Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan ishlarni tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
mahalliy mahsulotlar samaradorligi, sifati va qo‘shimcha qiymatini oshirishga xizmat qiladigan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni jalb qilish sohasida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritsin;
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ularga biriktirilgan respublika hududlarining tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishdagi shaxsiy javobgarligini oshirsin;
vazirlikka kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, umumlashtirishning markazlashgan tizimini tashkil etgan holda ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha “raqamli nazorat”ni o‘rnatsin;
BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekistonning faxriy konsullar institutidan foydalanishning samaradorligini oshirish va kengaytirish choralarini ko‘rsin;
Termiz shahrida Afg‘oniston uchun kadrlar tayyorlash markazi faoliyatini tashkil etishga texnik ko‘mak ko‘rsatish va xorijiy grant mablag‘larini jalb etish masalasini o‘rgansin;
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorida taklif etilayotgan turizm mahsulotini, jumladan, ziyorat turizmi va tarixiy sayohatlarni diversifikatsiya qilish masalasini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olish, xatlovdan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni qayta o‘rganib chiqish, uning yakunlari bo‘yicha avval imzolangan shartnomalarni yangilash va boshqa shartnomalar tuzish bo‘yicha taklif kiritsin;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo davlatlarida muxbirlik punktlarini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda Rossiyadagi mavjud iqtisodiy vaziyatning mehnat migrantlariga ta’sirini kompleks tahlil qilib, Senatga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda diplomatik vakolatxonalarni O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining investitsiya va eksport salohiyati bo‘yicha zarur axborot materiallari (taqdimotlar, flayerlar, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda:
MDHga a’zo davlatlarning madaniy merosi virtual muzeyini tashkil etish bo‘yicha ishlarni yakunlasin;
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari va arxivlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, mintaqa mamlakatlari tarixi va madaniyati aks etgan kataloglarni nashr etish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga takliflar kiritsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
xorijiy davlatlar hududlari va shaharlari bilan erishilgan kelishuvlarning qat’iy bajarilishini ta’minlasin, shuningdek, hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritsin;
hududga biriktirilgan diplomatik vakolatxona bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini, shu jumladan, har oyda onlayn formatda hamkorlik va investitsiya loyihalari hamda savdo shartnomalarini amalga oshirish masalasini muhokama qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etsin;
xalqaro talablarga javob beradigan istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirsin va ularni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 1-iyulga qadar mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. | 105 | 12,754 |
Qonunchilik | Pensiya uchun barvaqt murojaat eting | Kiritilgan tuzatishlarga koʻra, pensiya tayinlanishining quyidagi tartibi belgilangan:
Bu muhim! Boshqa barcha holatlarda pensiya murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi.
Bundan tashqari, pensioner vafot etishi munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash va dafn etish uchun nafaqa toʻlash endi pensioner vafot etganidan keyin 60 kun (ilgari - 6 oy) ichida murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi.
Tegishli oʻzgartirishlar 27.12.2016 yil OʻRQ-417-son Qonun bilan kiritildi va 1.01.2017 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz | 36 | 733 |
Qonunchilik | Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Mahalliy budjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar mahalliy budjetlar darajasida soliq-budjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy budjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;
ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman budjetlarini subvensiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;
uchinchi, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;
to‘rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy budjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
beshinchi, mahalliy budjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida:
a) quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi:
daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining (shaharlarining) mahalliy budjetlari parametrlari;
mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar;
qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan holda;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi budjetlar va davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi;
v) har chorakda:
hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha;
hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha;
moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) budjetlari ijrosi to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;
davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi.
3. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va rag‘batlantirish choralari ko‘rilsin, u quyidagilarni nazarda tutadi:
a) soliq va moliya organlari rahbarlarini ularning lavozim maoshlaridan 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun 10 foiz miqdorda;
budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorda;
b) yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘llash, shu jumladan:
mahalliy budjet prognozi bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi oshirilgani uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda.
Moliya va soliq organlari rahbarlarini mukofotlash hamda javobgarlik choralarini qo‘llash moliya vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yilning 1-yanvarigacha moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslari budjetga to‘lovlar kelib tushishining ko‘rsatkich prognozlari bajarilgani hamda qo‘shimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun rag‘batlantirish va moddiy javobgarlik tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
mahalliy budjet parametrlarini bajarish, mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini safarbar qilish, tasdiqlangan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, axborotlarni rasmiy veb-saytlarda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chop etish;
soliq va moliya organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha mazkur Farmonda o‘rnatilgan talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli asosda nazoratni amalga oshirsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda tegishli organlar rahbarlarining hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida chop etish va ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish, shu jumladan, mazkur tadbirlarni mahalliy televideniye orqali yoritishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5147-sonli Farmonining 7-bandi va uning 4-ilovasi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 239 | 8,129 |
Qonunchilik | “Veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi to‘g‘risidagi niz | O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-son “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2011-yil 18-maydagi 81-son “Veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2232, 2011-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 240-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
1) muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 3-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 4-banddagi “veterinariya-sanitariya talablariga” va “sanitariya normalari, qoidalari” degan so‘zlar tegishli ravishda “veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga” va “sanitariya qoidalari, normalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 10-banddagi “joylari, harorati -20°C dan -60°C gacha” degan so‘zlar “joylari harorati -20°C dan -80°C gacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5) 11-banddagi “ -20°C dan -60°C gacha” degan so‘zlar “ -20°C dan -80°C gacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 14-banddagi “O‘zbekiston veterinariya” degan so‘zlar “Veterinariya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 27-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga” degan so‘zlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 1 va 4-ilovalar ushbu o‘zgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
9) 3-ilovadagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshlig‘ining buyruq raqami va sanasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi qarorining raqami va sanasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan. | 250 | 2,962 |
Qonunchilik | AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINING BINOLARI VA MUHANDISLIK INShOOTLARIDAN FOYDALANISh BO‘YIChA XO‘JALIK HISOBIDAGI XIZMATLARNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlarining, ularda o‘rnatilgan o‘quv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalarning saqlanishini ta’minlash, ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, budjet xarajatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar tashkil etilsin. Ular 2001-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Quyidagilar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalaridan, shuningdek texnika, mexanizmlar, stanok parki, o‘quv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalardan, ta’limning texnik vositalaridan oqilona foydalanish va ularni yuqori texnik darajada saqlash;
ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari samarali sarflanishini ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning namunaviy nizomi va tuzilmasini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ishda foydalanish uchun yuborsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2000-yil 15-oktabrgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar nizomini, tuzilmasini va xodimlari sonini litseylar va kollejlarning sonini, ta’lim yo‘nalishlarini va ularning ixtisoslashuvini, shuningdek, hududiy joylashishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
2000-yil 1-dekabrgacha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar joylashtirilishi va xodimlar bilan to‘ldirilishini, ular o‘z faoliyatini bajarishi uchun zarur bo‘lgan texnika va mexanizmlar bilan jihozlanishini ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlarning mutaxassislari texnika va o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish qoidalariga muntazam o‘qitilishini tashkil etsinlar va ta’minlasinlar.
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ushbu xo‘jalik hisobidagi xizmatlar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari binolari va muhandislik inshootlaridan foydalanish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi xizmatlar 2006-yilgacha daromad (foyda)dan soliq to‘lashdan ozod qilinadilar, soliq solishdan bo‘shab qoladigan mablag‘lar moddiy-texnik bazani mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin. | 165 | 3,540 |
Qonunchilik | Mustaqillik kunini nishonlashga tayyorgarlik boshlandi | Davlatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!» shiori ostida tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.
Prezident 28.06.2018 yilda «Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan. Dasturni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.
Dasturni tayyorlashda 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» Davlat dasturining asosiy qoidalaridan kelib chiqadilar.
Yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika tanlovining yakuniy bosqichi, shuningdek «Eng ulugʻ, eng aziz», «Ranglar jilosida – ona diyor», «Vatan uchun yashaylik!» kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi.
Oleg Gayevoy. | 54 | 1,058 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT ChEGARASINI QO‘RIQLAShNI YaNADA MUSTAHKAMLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini ko‘riqlashni yanada mustahkamlash, chegara qo‘shinlarini boshqarishni takomillashtirish va ularning jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati /o‘rt. G‘. Aliyev/ chegara qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlikni oshirish, boshqaruvni takomillashtirish, intizomni mustahkamlashga oid qo‘shimcha tadbirlar qabul qilsin.
2. Milliy xavfsizlik xizmati huzuridagi Chegara qo‘shinlari boshqarmasi Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasiga aylantirilib, Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari boshqarmasining boshlig‘i lavozimi tugatilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuniga qat’iyan muvofiq tarzda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Mudofaa vazirligi bilan tegishli darajada o‘zaro hamkorligini ta’minlash zarur deb hisoblanib, yetarli miqdorda chaqiriluvchilar tarkibini tanlash, ularni to‘liq va sifatli butlashga alohida e’tibor qaratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi /o‘rt. R. Axmedov/ zimmasiga chegara qo‘shinlarini chaqiriluvchilar zaxirasi bilan ta’minlash, ofitser kadrlar tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi chegara qo‘shinlarining qismlari va bo‘linmalarini qurol-yaroq, harbiy texnika va harbiy-texnikaviy mulk bilan jihozlash vazifasi topshirilsin. | 93 | 1,386 |
Qonunchilik | Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tartibi oʻzgartirildi | Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 3.06.2016 yilda 1712-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari roʻyхatiga yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgandan keyingi davrda aniqlangan, u faoliyat koʻrsatgan vaqtda yoʻl qoʻyilgan qonun hujjatlari talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni nazorat qilish kiritildi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 74 | 1,015 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRI AHOLISIGA YO‘LOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATI KO‘RSATIShNI TUBDAN YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi korxonalarida xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlari sust joriy etilmoqda, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘plab muhim masalalari hal etilmayapti, haydovchilar tarkibini hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi yetarli darajada amalga oshirilmayapti.
Uyushma (R. Hikmatullayev), avtoparklar, tramvay va trolleybus depolari rahbarlari korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, tegishli infrastrukturani va tuzatish bazasini, shu jumladan xorijiy sarmoyani jalb etgan holda, yaratish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rmayaptilar. Harakatdagi sostavning texnik holati yomonlashmoqda, avtobuslar, tramvay va trolleybuslarning qatnov jadvallari tez-tez buzilmoqda, shahar aholisiga xizmat ko‘rsatish madaniyati pastligicha qolmoqda.
O‘tkazilgan tekshirishlarda yo‘nalishlarda chipta berilmasligi, naqd pullarning haydovchilar tomonidan o‘zlashtirilishi, olingan tushumning bir qismi o‘z vaqtida topshirilmasligi hollari ko‘plab aniqlandi. Idoralarga qarashli va xususiy transport bilan yo‘lovchilar tashish kutilgan samarani bermayapti. Shahar transportida haqiqiy bo‘lmagan guvohnomalar va oylik kartochkalar bilan yurish, shuningdek transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi hujjatlardan bunga huquqi bo‘lmagan shaxslarning g‘ayriqonuniy foydalanishi hollari ko‘plab qayd etilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shahar yo‘lovchi tashish transportida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi rahbariyati (R. Hikmatullayev) respublika Hukumati qarorlarining tarkibiy bo‘linmalarni boshqarishni takomillashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish, korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash va aholiga uzluksiz transport xizmati ko‘rsatish darajasini oshirishga oid talablari hamda o‘z qarorlari to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlamadi.
Vazirlar Mahkamasining Transport va aloqa majmui (K. Rahimov) hamda Toshkent shahar hokimligi (R.Fayzullayev) davlat uyushmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etish, shahar transportining barcha turlari bilan yo‘lovchilar tashish masalalarini muvofiqlashtirish va topshirilgan ish sohasi uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirishga doir faoliyati ustidan lozim darajadagi nazoratni ta’minlamadilar.
Toshkent shahar hokimi (K. To‘laganov) va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, harakatdagi sostavning, yo‘l va energetika xo‘jaligining texnik holatini yaxshilash, zarur infrastrukturani rivojlantirish, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish, naqd pul tushumini topshirish masalalarida zarur tartib o‘rnatish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
2. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi boshqaruvining hamda Toshkent shahar hokimining ko‘rsatib o‘tilgan uyushmani Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va tegishli idoralar budjetga va belgilangan prognozlarga zarur tuzatishlar kiritsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda 3-ilovaga* muvofiq “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi korxonalarini kelgusida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirsin, uyushma olgan mablag‘larni shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirishga yo‘naltirsin.
6. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yo‘lovchilar tashuvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun yagona chipta tizimi majburiy qo‘llanilishini joriy etsin;
ikki oy muddatda tasarrufidagi jamoat transportining harakatdagi sostavini konduktorlar bilan ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda yo‘lkira chiptalarini tayyorlash masalalarini hal etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Goznak” birlashmasi “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining buyurtmanomasiga binoan oylik yo‘lkira kartochkalari tayyorlashni ta’minlasin;
“O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi belgilangan tartibda bir oy muddatda naqd pul tushumi qabul qilib olinadigan barcha punktlarni nazorat — kassa apparatlari bilan jihozlasinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur ishni amalga oshirishda yo‘lovchilar tashish transporti korxonalariga ko‘maklashsinlar.
7. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi davlat uyushmasi tarkibiga kirmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar avtotransportini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishga shartnoma asosida jalb etsin.
Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda aholiga transport xizmati ko‘rsatishning tomonlarning o‘zaro majburiyatlarini, olingan tushumdan foydalanish, haydovchilar va konduktorlarni moddiy rag‘batlantirish tartibini nazarda tutuvchi namunaviy kontrakti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Shahar jamoat transportidan imtiyozli foydalanishni tartibga solish maqsadida:
1996-yil 1-sentabrdan boshlab respublika Hukumati qarorlari bilan fuqarolarning alohida toifalariga shahar jamoat transportida tekin yurish bo‘yicha berilgan barcha imtiyozlar 4-ilovaga muvofiq bekor qilinsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l haqi to‘lash bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxatini, mazkur toifalarni qisqartirishni nazarda tutgan holda ko‘rib chiqish iltimos qilinsin.
9. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi shahar yo‘lovchilar tashish transportida (taksidan tashqari) tekin yurish huquqini beruvchi hujjat (guvohnoma)ning yagona shaklini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Goznak” birlashmasi bir oy muddatda “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi buyurtmanomasiga binoan mazkur guvohnomalar blanklarining tayyorlanishini ta’minlasin.
10. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining xodimlarning ko‘rsatilgan toifalari mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorlarini ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushuvchi mablag‘lar birligi normativlari bo‘yicha belgilanishini nazarda tutuvchi “Kommunal xizmat ko‘rsatish va yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish to‘g‘risida” 1995-yil 15-iyundagi 222-son qarorining bajarilishini muntazam o‘rganib borishni va nazorat qilishni ta’minlasin.
“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tomonidan lavozim vazifalarini vijdonan bajarmaganlik, transport vositalarini shikastlaganlik, yonilg‘i-moylash materiallaridan foydalanishni buzganlik uchun tarmoq korxonalari xodimlarining javobgarligini oshirish chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilganligi va joriy etilganligi, unda aybdorlarga nisbatan jarima sanksiyalari belgilash va ulardan yetkazilgan moddiy zararni undirib olish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
11. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi xodimlari uchun daromadlar rejasi bajarilganligi, yonilg‘i-moylash materiallarini tejalganligi, klassi, belgilangan xizmat muddati va shu kabilar uchun ish haqiga ustamalar va boshqa to‘lovlar belgilangan.
Toshkent shahar yo‘lovchi transporti (metro, avtobuslar, mikroavtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar) xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida:
1996-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalari ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 24-iyuldagi PF-1499-son Farmoniga muvofiq ish haqini oshirish va 5-ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilangan xizmat muddati uchun oylik ustamalar to‘lashni joriy etish hisobiga, mehnatga haq to‘lash fondining bazaviy darajasiga tegishli tuzatish kiritgan holda, o‘rtacha 2,0 baravar oshirilsin.
umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchilar transporti haydovchilariga fuqarolarga daromad solig‘i solishning qonunchilik bilan belgilangan imtiyozli tartibi belgilansin, bunda daromadlarga soliq solish darajasi 25 foizdan oshmasligi kerak.
Ish haqini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar korxonalarning o‘z daromad manbalari, naqd tushumning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni kuchaytirish hisobiga amalga oshirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan zarur materiallar taqdim etilishiga ko‘ra respublikaning shahar yo‘lovchilar tashish transporti konduktorlariga shahar yo‘lovchilar tashish transporti haydovchilari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini joriy etsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 1996-yil oxirigacha “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga 965,1 mln. so‘m, shu jumladan:
565,1 mln. so‘m 6-ilovaga* muvofiq harakatdagi sostavni sotib olish uchun;
400 mln. so‘m 65 ta “Mersedes-Bens” avtobusi sotib olishga avans to‘lovini amalga oshirish hamda ilgari olingan avtobuslar uchun xorijiy kreditlarni yil oxirigacha to‘lash uchun ajratsin.
Budjet loyihasini ishlab chiqishda har yili ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilsin.
14. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasining harakatdagi sostavi uchun xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzatish bazasini tashkil etish va yanada rivojlantirish maqsadida:
“Mersedes-Bens” avtobuslariga servis xizmati ko‘rsatish va ularni tuzatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish tezlashtirilsin:
“Trolza-Aviaz” qo‘shma korxonasida trolleybuslarni tuzatish va yig‘ish bo‘yicha ishlar hajmlari ko‘paytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi o‘n kun muddatda:
ehtiyot qismlar sotib olish, tortuv kuchi beradigan kichik stansiyalarni, kontakt va kabel tarmoqlarini, tramvay yo‘llarini asosli tuzatish va rekonstruksiyalash, shuningdek vagon tuzatish zavodini rekonstruksiyalashni tugallash uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi;
yo‘lovchilar tashishdan ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun 1995-1996-yillarda “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga ajratilgan budjet ssudalarini to‘lash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqsinlar.
16. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar rahbariyatini mustahkamlash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Toshkent shahar hokimligi Vazirlar Mahkamasining, Davlat mulki qo‘mitasining, Moliya vazirligining, Adliya vazirligining mas’ul xodimlari ishtirokida ikki oy muddatda “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi korxonalari rahbar xodimlarini va o‘rta bo‘g‘in mansabdor shaxslarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda “Shahar yo‘lovchilar tashish transporti to‘g‘risida” Qonun loyihasini puxta ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
18. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi (“Toshaharyo‘lovchitrans”) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 5-iyundagi 266-son qarori birinchi bandining birinchi xatboshi va uchinchi bandining birinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR aloqa organlari ishini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1964-yil 3-iyuldagi 398-son qarori 11-bandining “v” kichik bandi.
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Sudlar, prokuratura organlari va notarial kontoralarining ish sharoitlarini va moddiy-texnik ta’minlashni yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1970-yil 11-avgustdagi 653-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 23-sentabrdagi 486-son qarorining 11-bandi.
3. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 20-maydagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘ngilli xalq drujinalari to‘g‘risidagi nizom 22-bandining “j” kichik bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-oktabrdagi 458-son qarori 11-bandining uchinchi xatboshi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 1993-yil 11-maydagi 218-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro xayriya jamg‘armasi markaziy apparati xodimlari tomonidan jamoat transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi to‘g‘risidagi nizom 4-bandining yettinchi xatboshi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” jurnalini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 13-apreldagi 127-son qarori 6-bandining shahar yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlaridan foydalanish huquqini beruvchi qismi. | 122 | 14,522 |
Qonunchilik | 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida | Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin:
ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash.
3. Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilsin;
barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilansin;
mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirilsin;
mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilsin;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin;
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo‘lga qo‘yilsin;
fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida ko‘p yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so‘m ajratilsin;
141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilsin va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha choralarni ko‘rib borsin.
5. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022-yil yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo‘llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta’minlasin.
6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar:
2022-yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish;
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2022-yilda yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu ko‘rsatkichdan oshmasligi ta’minlab borilsin.
Bunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Markaziy bank (M. Nurmuratov) bilan birgalikda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni doimiy ravishda ko‘rib borsin;
b) 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 15 foizgacha tushirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026-yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20 foizga qisqartirish choralari ko‘rilsin.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida quyidagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) 2022-yil 1-martga qadar — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish dasturlari;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B. Abdinazarov), Energetika vazirligi (A. Sultanov) 2022-yil 1-iyunga qadar — sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash dasturi hamda elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha qaror.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani uchun maxsus soliq stavkalarini o‘rnatish tajribasi asosida sharoiti “og‘ir” bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etilsin hamda takrorlanuvchi va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan majburiy talablar qayta ko‘rib chiqilib, yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov) va Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yagona reyestrga kiritish hamda ushbu reyestrni 2025-yilga qadar to‘liq ishga tushirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
10. 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari quyidagilarni inobatga olgan holda soddalashtirilsin:
ayrim faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo‘lgan shartlarni bekor qilish;
faoliyat yo‘nalishidagi ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassisni tanlash huquqini berish orqali shtatida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan xodimlarga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish;
muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, shu jumladan avtotransport vositalaridan foydalangan holda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish;
xizmat ko‘rsatish mamlakat hududidan tashqarisida amalga oshirilishi sababli xorijdan kelgan buyurtmalar bo‘yicha milliy standart va talablarni bekor qilish;
“bog‘lovchi-operator” sifatida masofaviy xizmatni ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga doir maxsus shartlarni belgilash orqali ayrim litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish bo‘yicha talablarni bekor qilish.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar talablarining mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilsin:
2022-yilda — 14 ta, shu jumladan sertifikatlashtirish xizmatlari;
2023 — 2025-yillarda — 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarda tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlari.
12. Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi o‘rnatilsin:
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;
har chorak yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlariga, Bosh vazirning o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari esa Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan respublikaning hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini tasdiqlasin.
13. Davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasiga ko‘ra ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, e’lon qilib borilsin;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratilsin;
har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to‘rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.
14. Davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko‘rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinishini ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinsin;
keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 1-oktabrga qadar davlat xizmatlari tizimini xalqqa yanada yaqinlashtirish, navbatlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va xususiy sektorga o‘tkazish choralarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etilsin;
qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlansin;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yo‘lga qo‘yilsin.
16. Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinsin.
Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish bo‘yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, yo‘l infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlashga hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali yo‘naltiriladigan mablag‘lardan aynan mazkur yo‘nalishda samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilsin.
18. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) hamda uning ishchi guruhi tarkiblari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya va ishchi guruh zimmasiga Taraqqiyot strategiyasiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish, shuningdek, uni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
19. Belgilab qo‘yilsinki:
Taraqqiyot strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi;
Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
20. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta’sischilarining “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqot va “aql” markazi sifatida qayta tashkil etish hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin:
tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan tizimli muammolarni, jumladan byurokratik to‘siqlar, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar, ishlamayotgan huquqiy mexanizmlar, eskirib ketgan qoidalarni umumlashtirish;
ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va Taraqqiyot strategiyasida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tegishli davlat organlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib borish;
tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mavzuli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, shuningdek islohotlarni amalga oshirish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish uchun “ilmiy maydon” yaratish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
21. “Yuksalish” umummilliy harakati va “Vatandoshlar” fondining Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonlariga milliy va xalqaro hamjamiyatni keng jalb qilib borishga qaratilgan quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvchi Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhini tashkil etish;
hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib borish;
fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish.
22. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan tahliliy va axborot materiallarini Internet jahon axborot tarmog‘ida va ommaviy axborot vositalarida aks ettirib borish choralarini ko‘rsin.
23. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirsin.
Bunda, chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha aholining fikrlari, taklif va e’tirozlarini qabul qilgan holda ilgari surilgan tashabbuslar tizimlashtirilib, har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borilsin.
24. Vazirlar Mahkamasi:
muntazam ravishda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin;
har chorakda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijro etish holatini har tomonlama muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rib borsin;
Taraqqiyot strategiyasini keyingi yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini o‘z vaqtida tayyorlab borilishini ta’minlasin.
25. Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko‘rsatib borsin;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin;
monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
26. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.
Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.
Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.
Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish.
Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.
Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.
Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.
Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.
Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.
Mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish.
3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.
Joylardagi masalalarni hal etishda mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, shu jumladan hokimlarni saylash tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy ijro organlarining shtat birligi va tuzilmalarini belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich kengaytirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.
Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, hududlarning 40 dan ortiq, jumladan transport, infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarini ishga tushirish.
4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.
Vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, ularni bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaldagi davlat boshqaruvi tizimini qayta ko‘rib chiqish.
Davlat boshqaruvi organlarining shtat birliklarini oshirishga cheklov o‘rnatishning tartibini hamda kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.
Vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat — xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish.
5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.
Vazirlik va idoralar rahbarlariga tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, qabul qilinayotgan qarorlarning ular tomonidan samarali ijro etilishini ta’minlash.
Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.
Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish.
6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.
Xususiy sektorga o‘tkaziladigan ayrim davlat funksiyalari sonini 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini tashkil etish.
7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.
Oliy Majlis palatalarining davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning ichki va tashqi siyosatga oid muhim vazifalarni hal etishdagi vakolatlarini kengaytirish.
Barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun ta’sirchan choralar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, qabul qilingan qonunlarning amaliyotda so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.
Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish.
Davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo‘yish va natijaga qarab ularga so‘rov yuborish amaliyotini joriy qilish.
Oliy Majlis palatalarida hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu jumladan masofaviy ishlash amaliyotini keng joriy qilish, hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlari muhokamasida tegishli hududdan saylangan deputat va senatorlarning ishtirokini kuchaytirish.
“Elektron parlament” doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish jarayonini raqamlashtirish.
Qonunchilik palatasi boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, parlament saylovlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish.
8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash.
Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.
Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga va raqamli faoliyatga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.
Sohalarda “tartibga solish yuki”ni kamaytirish doirasida qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari doirasini qisqartirish, shuningdek ushbu hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish.
9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.
Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.
Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.
Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.
“Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish.
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish.
10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish.
Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tizimi bo‘yicha “Milliy reyting” tizimini joriy etish.
Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Mahalliy hokimlik organlari, vazirlik va idoralarga rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Davlat xizmatiga kirish, zaxirani shakllantirish, baholash va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.
Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish.
11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.
Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish.
Davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqparvar davlat” milliy dasturi izchil amalga oshirilishini ta’minlash.
Jamoatchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etib, uning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash jarayoniga faol jalb etish.
12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish.
Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish.
Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish.
Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish.
Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini yetti barobarga oshirish.
13-maqsad: Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash.
Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash.
Xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, shu jumladan davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish.
14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash.
Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Fuqarolarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan harakatlanish erkinligini cheklash bilan bog‘liq choralarni qo‘llashda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish.
Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish.
Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda maxsus qonun qabul qilish.
Yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash.
15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish.
“Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.
Sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish.
Sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish.
Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish.
Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.
Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish.
Sud tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlarini olib borish.
16-maqsad: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.
Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga tekshirish uchun olib borish amaliyotidan voz kechish.
Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash.
17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish.
Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish.
Qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish hamda “Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish.
Tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish.
18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning muqobil, shu jumladan suddan tashqari usullaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish.
Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud hujjatlaridan tashqari) xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish.
19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish.
Advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.
Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish.
Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash.
20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi “Legal Tech” platformasini ishga tushirish.
21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.
Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.
22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash.
Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.
Mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun asos yaratish.
Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish.
Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish. Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish.
Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,8 baravarga ko‘paytirish.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.
Yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish.
Sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish.
23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.
Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish.
Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.
Uglevodorod xomashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta’minlash.
Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish.
25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.
Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish.
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish.
26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.
Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish.
2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish.
Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish.
Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish.
27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish.
28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish.
Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.
Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish.
Xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko‘paytirib, Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, tovarlarning eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish.
“Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida 200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazish.
Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.
30-maqsad: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.
Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish.
Qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish.
Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish.
Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish.
Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.
Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish.
Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish. Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish.
Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish. Agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish.
Aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish.
31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.
Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish.
Suv xo‘j | 92 | 63,816 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO BO‘YIChA DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASI “O‘ZShARTNOMASAVDO”NI TUGATISh HAMDA O‘ZBEKISTON ULGURJI VA BIRJA SAVDOSI BO‘YIChA RESPUBLIKA AKSIONERLIK UYuShMASI — “O‘ZULGURJIBIRJASAVDO”NI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning, iste’molchilar va tadbirkorlarning tovar resurslari bozorida erkin hamda teng huquqli tarzda ishtirok etishi uchun zarur tarmoqlar majmuini vujudga keltirish maqsadida:
1. O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi tugatilib, uyushmaning tarkibiy bo‘linmalari va obyektlari amaldagi qonunlarga muvofiq ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
eng muhim mahsulot turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish, ularga bo‘lgan ehtiyoj va takliflarning balanslarini ishlab chiqish;
xalq xo‘jaligini moddiy resurslar bilan ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berishning eksport-import kvotalari va hajmlarining miqdorlarini aniqlab, so‘ngra respublika Hukumatining ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining zimmasiga:
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzishga oid ishlarni tashkil etish, hukumatlararo majburiyatlar bo‘yicha mahsulot yetkazib berilishini tartibga solish va uni nazorat qilishni ta’minlash;
6. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan 10 kun muddat ichida tegishli qaror qabul qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“O‘zshartnomasavdo”)ni tashkil qilish to‘g‘risida” 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 239 | 1,696 |
Qonunchilik | “DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 91 | 511 |
Qonunchilik | Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida Fransiyaning taraqqiyot agentligini va PROPARKO faoliyatini tashkil etish bo‘yicha erishilgan shartnoma hamda xalqaro huquq talablariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2016-yilning 8-dekabr kuni Gamburg shahrida (GFR) imzolangan O‘zbekiston Respublikasida Fransiyaning taraqqiyot agentligini va PROPARKOni ta’sis etish va faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,056 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish insp | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari tegishli tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T.Qo‘chqorov zimmasiga va Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
3. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuklangan nazorat vazifalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi Inspeksiya xamda hududiy inspeksiyalar (keyingi o‘rinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi), shuningdek shaharlar va tumanlarga biriktirilgan davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Inspeksiya o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organlarining, shuningdek chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
6. Inspeksiya o‘z faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyatining davlat nazoratini amalga oshirish;
chiqindilarni yig‘ish punktlarini tashkil etish, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindi poligonlarini boshqarish, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishida yordam ko‘rsatish;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etmaganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash orqali ma’muriy javobgarlikka tortish.
8. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalaridagi maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari, “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari faoliyati yuzasidan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
chiqindilar hajmlari va hosil bo‘lish uchastkalari bo‘yicha birlamchi hisobga olish hujjatlarini yuritadi;
foydalanilgan, zararsizlantirilgan, boshqa tashkilotlarga berilgan yoki boshqa tashkilotlardan olingan shuningdek o‘zida yoki chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ixtisoslashtirilgan obyektlarda joylashtirilgan chiqindilar hajmlari hisobini yuritadi;
chiqindilarning atrof muhitga ehtimoliy zararli ta’siri darajalari bo‘yicha ularning xavflilik darajasi to‘g‘ri aniqlanganligini baholaydi;
ekologik vaziyat yomonlashuvi, noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishini oldini olish uchun joylarda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib boradi;
chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, ular malakali kadrlar bilan to‘ldirilganligi holati monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
chiqindilarni joylashtirish obyektlarining sanitariya-ekologik holatini o‘rganadi;
chiqindilarning paydo bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini belgilashda qatnashadi, chiqindilarning paydo bo‘lishiga belgilanayotgan normativlarga va chiqindilarni joylashtirish obyektlariga rozilik beradi;
chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan chiqindilarning ayrim toifalarini (xavflilarini) to‘plash va ularni sanoat chiqindilarining maxsus poligonlariga olib chiqishning tartib va qoidalariga rioya etilishi nazoratini olib boradi;
hisob-kitoblarning haqqoniyligi va to‘g‘riligini tekshiradi, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va undirilishini ta’minlash uchun belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
kam chiqitli va chiqitsiz texnologik jarayonlarni, chiqindilardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar bajarilishining nazoratini olib boradi;
b) chiqindilarni yig‘ish shoxobchalarini belgilangan tartibda barpo etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish, shuningdek chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:
chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, utillashtirish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reyd tartibidagi ekologik nazoratni o‘tkazadi, joylarda noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda, muntazam ravishda monitoring olib boradi;
kadastr ma’lumotlaridan foydalangan holda, chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylarining inventarizatsiyasi, hisobi va baholanishini o‘tkazadi;
chiqindilarni to‘plash, saqlash, utillashtirish, qayta ishlash, ko‘mish joylaridagi, shuningdek ularni tashish yo‘nalishlaridagi atrof muhit holati kuzatuvlarini amalga oshiradi, atrof muhit ifloslanishiga olib kelishi hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlaydi va bartaraf etadi;
vazirliklar va idoralarga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish borasida metodik yordam ko‘rsatadi;
v) chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utillashtirish joylari davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish sohasida:
chiqindilarning inventarizatsiya qilinishini va pasportlashtirilishini o‘tkazadi;
chiqindilar ekologik sertifikatlashtirishini o‘tkazadi;
chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni, chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritgan holda amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq haqqoniyligini aniqlaydi;
hosil bo‘layotgan chiqindilar miqdori va xavflilik darajasini kamaytirish imkoniyat va usullarini aniqlash maqsadida mavjud texnologiyalar tahlilini amalga oshiradi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish uchun hududlarning sanitariya-ekologik xavfsizligini ta’minlash hamda chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga rioya etish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
aholi punktlarini maxsus sanitariya jihatidan tozalash korxonalari faoliyatlari va shaharlar (tumanlar) hududlarining sanitar-ekologik holati yuzasidan Qo‘mitaning hay’at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun masalalar va takliflar kiritadi;
chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utillashtirishning mavjud va istiqbolli texnologiyalari bo‘yicha, chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, shuningdek tariflarga oid ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yuritadi;
profilaktika va tushuntirish tadbirlari doirasida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va aholining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vaziyat haqida xabardorligini ta’minlaydi.
g) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashish sohasida:
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va ko‘rgazmaviy targ‘ibot orqali, seminar, ma’ruza va tushuntirish suhbatlarini o‘tkazish orqali profilaktika ishlarini o‘tkazish;
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda aholining chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalaridan xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
joylarda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlarning ahvolini o‘rganish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shma sayyor tadbirlar o‘tkazadi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish Respublika komissiyasining qarorlari, ko‘rsatmalari va tavsiyalarini bajaradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
d) chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaganlikda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan ma’muriy choralarni qo‘llash sohasida:
aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga ularni bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalar kiritadi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini ko‘radi, belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortadi.
9. Inspeksiya o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolati doirasida hamda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalaridagi faoliyati ustidan, shu jumladan jamoat joylari, aholi yashash mavzelari va mahallalar, o‘rmon va suv fondi yerlari hududlarida nazoratni amalga oshirish;
ushbu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar rahbarlarining chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalari bilan bog‘liq axborot va hisobotlarini eshitish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
atrof muhit holatini baholash va uni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun, shuningdek chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, utillashtirish, qayta ishlash va ko‘mish joylarida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilganligi natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha ilmiy-texnik, ekspertlik guruhlar va komissiyalarni tashkil etish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari va boshqa dasturlar loyihalarini ishlab chiqishga, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga, ekologik bilimlarni targ‘ib qilishga va boshqa masalalarni hal qilishda ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek alohida olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish yuzasidan takliflar kiritish;
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar tomonidan, odamlarning sog‘lig‘iga yoki yashash sharoitlariga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’sir ko‘rsatilgan hollarda yoki bunday ta’sir tahdidi paydo bo‘lganda, bunday obyektlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklash, to‘xtatib turish, to‘xtatish va (yoki) sohasini o‘zgartirish choralarini ko‘rish;
davlat organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalariga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
chiqindilar bilan ifloslanish natijasida atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda da’volar qo‘zg‘ash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarga, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan Qo‘mita nomidan ko‘rsatmalar berish.
Inspeksiya qonun hujjatlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga doir masalalar xolisona ko‘rib chiqilishi uchun mas’uldir.
11. Inspeksiyaga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
12. Inspeksiya boshlig‘i:
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Inspeksiya xodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
hududiy inspeksiyalarga rahbarlik qiladi va ularni metodik ta’minlaydi;
Inspeksiyaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ular ijrosi nazoratini tashkil etadi;
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisiga Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish haqida takliflar kiritadi;
qonun hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. Hududiy inspeksiyalar haqidagi nizomlar Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi apparatidagi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari apparatlaridagi hududiy inspeksiyalar o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Hududiy inspeksiyalar boshliqlari Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparatidagi Inspeksiya, hududiy inspeksiyalar xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari bo‘lib, quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega bo‘lish;
Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarimaga tortish kabi ma’muriy choralarni qo‘llash;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli tekshirishda ishtirok etish;
sanitariya jihatidan tozalash korxonalari tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi jadvaliga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
chiqindi poligonlari faoliyatini sanitariya-ekologik talablarga muvofiq tashkil etish va bajarilish nazoratini ta’minlash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi va yuridik shaxslar orasida profilaktik va axborot-ma’rifiy ishlarni olib borish;
chiqindi yig‘ish punktlari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini joylashtirish uchun yerlarni tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etish;
tuman (shahar) miqyosida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning butun sikli bo‘yicha monitoring olib borish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha jamoat ekologik nazorati inspektorlari bilan o‘zaro aloqa qilish. | 250 | 19,707 |
Qonunchilik | “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 70 | 303 |
Qonunchilik | Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning roʻyхatlari kengaytirildi | I – IV roʻyхatlarga (muomalada boʻlishi taqiqlangan va cheklangan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar) oʻzgartirishlar kiritildi (VMning 27.10.2018 yildagi 878-son qarori).
Birinchidan, roʻyхatlar kengaytirildi: muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyхati 238 ta pozitsiyadan 265 ta pozitsiyaga, muomalada boʻlishi cheklanganlarining – 51 tadan 53 taga. Muomalada boʻlishi cheklangan psiхotrop moddalar 4 taga (81 ta pozitsiyadan 85 ta pozitsiyaga), prekursorlar esa 3 taga (26 ta pozitsiyadan 29 ta pozitsiyaga) koʻpaydi.
Ma’lumot uchun: prekursorlar – giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psiхotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar.
Ikkinchidan, I Roʻyхat (muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyхati, tahr.) tuzilishi oʻzgartirildi. Unga kiritilgan moddalar guruhlar va kichik guruhlarga boʻlindi. Masalan, sintetik kannabioidlar guruhidagi giyohvandlik vositalariga an’anaviy (dibenzopiranlar), noan’anaviy (siklogeksilfenollar, siklogentenollar, хinonlar), aminoalkilindollar (naftoilindollar, fenilatsetilindollar, benzoilindollar va h.k.), eykozanoydlar (anandamidlar), boshqalar (naftoilpirolllar, diaripirazollar va h.k.) va gibrid kannabioidlar kiradi.
Shuni yodda tutish lozimki, Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni ekish, oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash va qayta ishlash, olish, saqlash, shuningdek ularni oʻtkazish yoki iste’mol qilishga jalb etish bilan bogʻliq qonunga хilof harakatlar jinoiy tartibda ta’qib qilinadi (Jinoyat kodeksining XIX bobiga qarang). Yuqorida koʻrsatilgan roʻyхatlar muhim ahamiyatga ega, sababi ular bilan bogʻliq jinoiy jazo qoʻllaniladigan qilmishlarni kvalifikatsiyalashga ta’sir koʻrsatuvchi giyohvandlik vositalarining miqdorlarini ham aks ettiradi.
Shu oʻrinda 23 sentyabrdan boshlab giyohvandlik vositalarining analoglari – yuqorida koʻrsatilgan roʻyхatlarda rasman mavjud boʻlmagan, biroq inson ruhiyatiga shunga oʻхshash ta’sir koʻrsatuvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilganini eslatib oʻtamiz. Bu haqda yanada batafsil – bu yerda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 75 | 2,278 |
Qonunchilik | Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarga ijro ishi yuritishni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan mazkur qonun normalarining sud amaliyotida bir xil qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 17, 47-moddalariga muvofiq, Oliy sud Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 16-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 16-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud hujjati ijroga qaratilishining muhim sharti uning qonuniy kuchga kirishi hisoblanadi.
Binobarin, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan va shu asosda ijro varaqasi berilgandan so‘ng kelib tushgan apellatsiya shikoyati (protesti)ning shikoyat berish muddati tiklanib, u ish yurituvga qabul qilinsa, sudning muddatni tiklash va apellatsiya shikoyat (protest)ini qabul qilish haqidagi ajrimida sud hujjatining ijrosini to‘xtatish masalasi ham FPK 409-moddasining 3-bandi, IPKning 271-moddasi, MSIYutKning 212-moddasi qoidalariga mos holda hal qilinishi lozim.
3. Shuni nazarda tutish lozimki, sud qonun bo‘yicha quyidagi hollarda har bir qaror bo‘yicha bitta ijro varaqa berish lozimligi to‘g‘risidagi qoidadan chekinishi mumkin, agar:
sud hujjati bir necha undiruvchi foydasiga chiqarilgan bo‘lsa;
sud hujjatida bir necha qarzdordan undiruv nazarda tutilgan bo‘lsa;
sud hujjati turli joylarda ijro etilishi lozim bo‘lsa.
Agar, sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va sherik javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi kerak.
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) sud hujjatini ijroga qaratishning umumiy tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra ijro varaqasi, odatda, undiruvchiga berilishi lozim.
FPKning 448-moddasiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng undiruvchiga beriladi.
Sud ayrim fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bo‘yicha ijro varaqasini undiruvchining iltimosiga asosan ijro qilish uchun bevosita ijro organiga yuborishi mumkin.
IPK 336-moddasining beshinchi qismiga va MSIYutK 278-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra, davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
FPK 449-moddasining ikkinchi qismiga, IPK 336-moddasining oltinchi qismiga va MSIYutK 278-moddasining beshinchi qismiga muvofiq sud qarorlarining davlat daromadiga (budjetga) mablag‘lar undiriladigan to‘lovlar yuzasidan berilgan ijro hujjatlari sud tomonidan bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘limlariga yuboriladi.
Ijro varaqasi (sud buyrug‘i) sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali undiruvchiga va davlat ijrochisiga yuborilishi mumkin.
5. Ijro varaqasining asli yo‘qotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPKning 450-moddasi va IPKning 341-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yo‘qotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim.
Chet davlat hududida ijro etilishi lozim bo‘lgan sud qarori bo‘yicha ijro varaqasining dublikatini berish xalqaro va ikki davlat o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, yo‘qotilgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjati bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin. Sudlar bu haqdagi arizani Qonunning 43-moddasi, FPKning 462-moddasi va IPKning 30-bobida belgilangan qoidalari asosida ko‘rib chiqadilar.
6. Sudlarning e’tibori qonunda (IPKning 337-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qat’iy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga so‘zma-so‘z monand bo‘lishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid to‘liq ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi)ni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan javobgarni muayyan harakatlar sodir etishga majburlovchi qaror chiqarilganda, sud ijro varaqasida, agar javobgar belgilangan vaqt ichida qarorni bajarmasa, da’vogar mazkur harakatlarni o‘zi sodir etib, qilingan xarajatlarni javobgardan undirib olishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lsa, sud qaror ijro etilishi shart bo‘lgan muddatni ko‘rsatadi.
Sudlar chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrimiga asosan beriladigan ijro varaqasida chet davlat sudining qarori qonuniy kuchga kirgan sanasini ko‘rsatishlari lozim.
7. FPKning 453-moddasi va IPKning 340-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan.
Muddatning o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilsa, u tiklanishi mumkin.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi haqidagi ajrimi ustidan esa xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
8. Ijro hujjati talablarida noaniqliklar mavjud bo‘lgan yoki u bilan sud hujjati orasida tafovut aniqlangan holda davlat ijrochisi, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, ijro hujjatini bergan sudga sud hujjatini tushuntirish, mazkur hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan yozuv, bosma va arifmetik xatolarni bartaraf etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Davlat ijrochisining arizasida sud hujjatining qonuniyligi masalasida mushohada yuritilishi mumkin emas.
Davlat ijrochisining arizasi, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan o‘n kunlik, iqtisodiy sud tomonidan esa, yigirma kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi, natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sud tomonidan faqat ijro etilmagan sud hujjati yoki uning ijro etilmagan qismi yuzasidan tushuntirish beriladi.
9. FPKning 454-moddasi, IPKning 342-moddasiga muvofiq, sud davlat ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga ko‘ra sud hujjatining ijrosini kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, shuningdek, uning ijro usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli.
Ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish, tushunarsiz bo‘lganda hal qiluv qarorini tushuntirish, uning ijrosini kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishda sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi 161-sonli qarorining 10, 13, 14-bandlari tushuntirishlariga, Qonun, shuningdek, mazkur Plenum qarori talablariga asoslanishi lozim.
10. Davlat ijrochisi ijro hujjatini sud, boshqa organ yoki undiruvchidan ijro qilish uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi.
Davlat ijrochisining har qanday ijro hujjatini qaytarib yuborish haqidagi qarori ustidan MSIYutKda belgilangan tartibda ma’muriy sudga shikoyat berilishi mumkin.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ariza, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan o‘n kunlik, iqtisodiy sud tomonidan esa yigirma kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi o‘tkazilmasdan ko‘rib chiqiladi;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
ijro hujjati bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to‘g‘risida sudga da’vo ariza berilganda ijro ishini yuritish to‘xtatib turilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga ko‘ra:
qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib — bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
undiruvchi iltimos qilgan hollarda sud tomonidan ijro ishini yuritish to‘xtatib turilishi mumkin.
Sudlar ijro ish yuritishning to‘xtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ariza sud tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi o‘tkazilmasdan ko‘rib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK yoki XPKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi.
Sudlarning e’tibori, agar ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi sudning ajrimida to‘xtatishning muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sudlar ijro ishi yuritishni tiklashga haqli ekanligiga qaratilsin.
12. Sudlar Qonunning 34-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritilishining to‘xtatilishi sud ijrochisining murojaati asosida, Qonunning 35-moddasi birinchi qismi 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa, sud tomonidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro qilish to‘g‘risidagi arizani yoxud sud ijrochisining harakatlari ustidan berilgan shikoyatni yoki baholash natijalaridan norozilik haqidagi arizani ish yurituvga qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini, ajrimda ijro ishi yuritilishi to‘xtatilishi haqida ko‘rsatilishini e’tiborga olishlari zarur.
Qonunning 34 va 35-moddalarida ko‘rsatilgan, ijro ishi yuritishni sud qaysi vaziyatda to‘xtatishi shart va haqli bo‘lgan holatlar ro‘yxati tugal hisoblanadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 63-moddasiga ko‘ra, ijro hujjati ijrosini to‘xtatish uchun iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va qarzdorga nisbatan bankrotlik ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimi ham asos hisoblanishi e’tiborga olinishi lozim.
13. FPKning 4076-moddasi, MSIYutKning 236-moddasi va IPKning 294-moddasiga ko‘ra, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etish bilan bir vaqtda nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini shikoyatni bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqli. Bu huquqdan foydalanilgan taqdirda, sudya sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi. Sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish haqida iltimosnoma kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilganidan keyin taqdim qilingan holda, bunday iltimosnoma bo‘yicha alohida ajrim chiqariladi.
14. Shuni nazarda tutish lozimki, ijro ishini yuritish quyidagi holatlarda sud hujjatiga asosan sud ijrochisi tomonidan tugatiladi:
undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
undiruvchi va qarzdor o‘rtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilganda;
jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga muvofiq ijro hujjati hisoblangan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Ijro ishini yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yo‘qolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organ hujjatida belgilangan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo‘qolgan shaxs mol-mulkining ishonchli boshqaruvchisiga o‘tishi mumkin bo‘lmasa;
— muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yo‘qolgan bo‘lsa.
17. Qonunning 88-moddasiga ko‘ra, davlat ijrochisining xatti- harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Davlat ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi bo‘yicha chora ko‘rmaganligi yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti bo‘lishi mumkin.
Davlat ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish MSIYutKda nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu arizalar (shikoyatlar) MSIYutKda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
18. Sudlarning e’tibori FPKning 166-moddasi va IPKning 131-moddasi talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Ijro bosqichida sud hujjati bo‘yicha tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan yoki ijro amalga oshirilayotgan joydagi tegishli sud tomonidan, boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha esa sud ijrochisi joylashgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlanadi.
19. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ish yurituvini ochish to‘g‘risidagi qarori qarzdor va uning mulki joylashgan joydagi sud ijrochisiga yuborilishi lozim.
Sud ijrochisi iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ish yurituvini ochish to‘g‘risidagi qarorini olgan paytdan boshlab ijro ishi yuritishni tugatadi. Mulk huquqini tan olish, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, mulkni o‘zganing qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz ravishda orttirilgan boylikni undirish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi ijro ishi yurituvlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida o‘zi tomonidan qarzdorning mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqlar va ijro bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa cheklovlarni bekor qiladi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning barcha majburiyatlari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilganligi bois, ish yuritish tugatilgan ijro hujjatlari, ijro ishi yuritishni tugatish haqidagi sud ijrochisining qarori nusxasi bilan birgalikda, uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Qonunning 62-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, sud ijrochisi ijro hujjatini yuborilganligi haqida undiruvchiga ma’lum qiladi.
20. Yuridik shaxsning qarzlari bo‘yicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli bo‘lmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda, ushbu yuridik shaxs mulkdorlari, muassislari va a’zolari (ishtirokchilari)ning pul mablag‘lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin:
Bunda, qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega bo‘lsa, undiruv uning qonunga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi FK 284-moddasiga muvofiq, garovga qo‘yilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xo‘jalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda garov huquqi o‘z kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga o‘tishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
Shu munosabat bilan sud ijrochisi sud tomonidan undiruv qaratilgan garovdagi mulk boshqa shaxsga sotilganligini asos qilib, ijro ishi yurituvini tugatishga haqli emas.
22. Qonunning 81-moddasiga muvofiq ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan jarima qo‘llash haqida iqtisodiy sudga berilgan ariza sud tomonidan IPKda belgilangan umumiy qoidalar bo‘yicha, ushbu Kodeksning 27-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘rilishi lozim. Bunday ariza davlat ijrochisi tomonidan ham, undiruvchi (tadbirkorlik subyekti) tomonidan ham berilishi mumkin.
23. Agar qarzdor — jismoniy shaxs tomonidan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilmasa, sud ijrochisi undiruvchining arizasi yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishini cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.
Agar ijro hujjati sud hujjati asosida berilmagan bo‘lsa, chiqib ketishni cheklash undiruvchi yoki sud ijrochisining arizasiga asosan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi.
24. Sudlarga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish, ularning ijrosiga to‘sqinlik etuvchi holatlarni aniqlash, shuningdek yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish vazifasi topshirilsin. | 117 | 20,005 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “(umumkasbiy va ixtisoslik)” degan so‘zlar “(majburiy fanlar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 8-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtisoslik fanlaridan” degan so‘zlar “majburiy fanlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tajribali professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari va baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi.”.
5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar kafedra mudiri tomonidan tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasasi rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.”.
6. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu ta’lim muassasasida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislaridan tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Bir kishi ketma-ket bir oliy ta’lim muassasasida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.”.
7. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari rahbarligida oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) bilan birgalikda xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.”.
8. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tarkibi kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan shakllantiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslatsiya qilinadi hamda ushbu video tasvirlar 1 yil davomida mutaxassislik kafedrasida saqlanadi.”.
9. 17-banddagi “olti oy” degan so‘zlar “uch oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “ixtisoslik fanlaridan” degan so‘zlar “majburiy fanlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslik fanlaridan” degan so‘zlar “majburiy fanlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi 3 yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs keyingi o‘quv yili boshlanganidan keyin yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berishni so‘rab oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, shaxsga yakuniy davlat attestatsiya sinovini keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) 2-martadan ortiq qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovini qayta topshirishga ruxsat berish oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.”.
12. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan keyingi 3 yil davomida qayta o‘ta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.”.
13. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek tegishli sohaning malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi ishida ishtirok etgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi.”. | 152 | 6,189 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining III bo‘limi 6-bandidagi “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli qarori bilan tasdiqlangan o‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar kompleksining 4-bandidagi “mas’ul ijrochilar” grafasida “Patent idorasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 93 | 1,144 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KUChAYTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 1999-YIL 17-MARTDAGI PF-2246-SON FARMONINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA | Pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida berilgan ijtimoiy imtiyozlarni tartibga solish, fuqarolarning ayrim toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy madadning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmoni 2010-yilning 1-oktabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 224 | 650 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
1. O‘zbekiston Respublikasida davlat yong‘in nazorati yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash va yong‘inga qarshi ahvolni yaxshilash bo‘yicha asosli tavsiyalar berish hamda respublikada shaharlar, aholi punktlari va xalq xo‘jaligi obyektlarining yong‘in xavfsizligini zarur darajada saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat yong‘in nazoratini amalga oshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida davlat yong‘in nazorati organlari hisoblanadilar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalarining yong‘indan muhofaza qilish boshqarmalari va bo‘limlari; shaharlar, tumanlar va shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining davlat yong‘in nazorati bo‘limlari, inspeksiyalari, inspektorlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV axloq tuzatish ishlari boshqarmasi, transport ichki ishlar boshqarmalari, bo‘limlari, ichki ishlarning transport yo‘lida ishlovchi bo‘limlari; Ichki ishlar vazirligining shaharlarni, aholi punktlarini va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha harbiylashtirilgan va professional yong‘indan muhofaza qilish otryadlari va qismlari; O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi yong‘indan muhofaza qilish bo‘limlari.
O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining yong‘in nazorati bo‘yicha Bosh davlat inspektori hisoblanadi, uning o‘rinbosarlari esa — O‘zbekiston Respublikasining yong‘in nazorati bo‘yicha Bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasi bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasining yong‘in nazorati bo‘yicha Bosh davlat inspektorining katta yordamchilari hisoblanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalarining bosh mutaxassislari, bosh muhandislari, muhandislari, katta inspektorlari, inspektorlari va xodimlari O‘zbekiston Respublikasining yong‘in nazorati bo‘yicha Bosh davlat inspektorining yordamchilari hisoblanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yong‘indan muhofaza qilish boshqarmalari va bo‘limlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi yong‘indan muhofaza qilish bo‘limlarining boshliqlari, lavozimiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va obyektlarning yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar, ularning o‘rinbosarlari esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va obyektlarning yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yong‘indan muhofaza qilish bo‘limlarining, boshqarma va bo‘limlari tarkibiy bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida, lavozimlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari hisoblanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari yong‘indan muhofaza qilish boshqarmalari va bo‘limlari tarkibiy bo‘linmalarining bosh mutaxassislari, katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari, inspektorlari va xodimlari, shaharlar, boshqa aholi punktlari va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha harbiylashtirilgan yong‘indan muhofaza qilish otryadlari va qismlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV axloq tuzatish ishlari boshqarmasi, transport ichki ishlar boshqarmalari, bo‘limlarining, shaharlar, tumanlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlari Davlat yong‘in nazorati bo‘linmalari, inspeksiyalarining boshliqlari — o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Harbiylashtirilgan yong‘indan muhofaza qilish otryadlari va qismlarining, O‘zbekiston Respublikasi axloq tuzatish ishlari boshqarmasining, transport ichki ishlar boshqarmasi va bo‘limlarining, shaharlar, tumanlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlari, Davlat yong‘in nazorati bo‘linmalari va inspeksiyalarining katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari va inspektorlari, shaharlar, boshqa aholi punktlari va xalq xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha professional yong‘indan muhofaza qilish otryadlari va qismlarning boshliqlari— o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, professional yong‘indan muhofaza qilishga rahbarlik qilish bo‘yicha xodimlarning qo‘shimcha lavozimlari joriy qilinishi yong‘indan muhofaza qilish xodimlari soni va ish haqi fondi hisobiga amalga oshiriladi, lekin u bu muhofaza qilish xodimlari umumiy sonining 4 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
5. Davlat yong‘in nazoratining organlari va mansabdor shaxslari nazorat funksiyalarini amalga oshirishda va berilgan huquqlardan foydalanishda mustaqildirlar, qonunlarga, boshqa normativ hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan qoidalar, me’yorlar va andazalarga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati obyektlarida davlat yong‘in nazorati tegishlicha Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralarning, shuningdek, nazorat xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda xalq xo‘jaligi obyektlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda mazkur Nizomni qo‘llash bo‘yicha buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi.
8. Yong‘inlarning oldini olish hamda shaharlar, aholi punktlari va xalq xo‘jaligi obyektlarida yong‘in chiqishi xavfsizligini ta’minlash ishlarini takomillashtirish.
9. Qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qo‘shma korxonalar, xorijiy firmalar, obyektlar hamda fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
10. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yong‘inlar va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishiga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish.
11. Aholi punktlari va obyektlarning yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligini nazorat qilish hamda ularning qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, yong‘inlarni uchirishga, avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishga jalb etish.
12. Loyihalash va qurilish tashkilotlari tomonidan korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurish paytida nazarda tutilgan andazalardagi yong‘inga qarshi talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Yer maydonlari tanlash va korxonalar, binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalari ishida ishtirok etish.
13. Yong‘in xavfsizligi talablarini belgilovchi andazalar, me’yorlar va qoidalarni hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha me’yorlar va qoidalar mavjud bo‘lmagan obyektlar qurilishi uchun loyiha yechimlarini kelishib olish.
14. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishchilari, xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari va o‘quvchilarining yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha tayyorgarligini tashkil etish va uning sifati ustidan nazoratni amalga oshirish.
15. Qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qo‘shma korxonalar, xorijiy firmalar va turar joylarda O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha amaldagi qonunlari, qarorlari, qonun hujjatlari, farmoyishlarining qanday bajarilayotganligini nazorat qilishni amalga oshirish.
Istalgan vaqtda ma’muriyat vakillari bilan birgalikda, turar joylarda esa uy egasi, kvartirani ijaraga olgan shaxsning roziligi bilan kunduz kuni yong‘inga qarshi talablar va andazalar, me’yorlar va qoidalarning bajarilishini tekshirish.
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa xorijiy vakolatxonalar egallab turgan binolar va imoratlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan faqat shu muassasalarning rasmiy vakillarining iltimosi hamda yozma ruxsatnomasi asosida o‘tkaziladi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalari, andazalar, texnik shartlar va ish tartiblari buzilganligi aniqlangan hollarda, obyekt (korxona, muassasa, inshoot, bino va boshqalar)ni qurishda, qayta qurishda, kengaytirishda yoki texnik jihatdan qayta qurishda loyihada yoki loyihalash normalarida nazarda tutilgan yong‘inga qarshi talablar bajarilmagan taqdirda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga hamda fuqarolarga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish.
Tezlikda bartaraf etilmasligi yong‘in kelib chiqishiga, yoyilishiga yoki yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi aniqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasining yong‘in nazorati bo‘yicha Bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari korxonalarning, ayrim ishlab chiqarishlarning ishini qisman yoki butunlay to‘xtatib qo‘yish, binolar, inshootlardan foydalanishni taqiqlash; xatti-harakatlarni to‘xtatib qo‘yish yoki ishlarni bajarishga berilgan ruxsatlarni bekor qilish; yong‘in chiqarish xavfi bo‘lgan moddalar, materiallar va buyumlarni tayyorlashni, ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni taqiqlash, yong‘in nazorati bo‘yicha qolgan davlat inspektorlari esa —- agar bu umuman korxonaning ishdan to‘xtashiga olib kelmasa, alohida binodan foydalanishni taqiqlash, ishlab chiqarish uchastkasi yoki agregat ishini to‘xtatib qo‘yish huquqiga egadirlar.
Korxona, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish uchastkasi, agregat ishini to‘xtatish haqidagi qaror obyekt rahbariga taqdim etiladi hamda u bunday qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lgan buzilishlar to‘la bartaraf etilgunga qadar amalda bo‘ladi.
Davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari va qarorlari mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Bu qaror va yozma ko‘rsatmalar o‘z vakolati doirasida ularni chiqargan yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektori, Davlat yong‘in nazorati yuqori organi yoxud sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyati to‘xtatib turilishiga yoki to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan choralar sud tartibida qo‘llanadi, favqulodda vaziyatlarning va aholi hayoti va salomatligiga boshqacha muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno.
16. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qo‘shma korxonalar va xorijiy firmalardan yong‘in xavfsizligi holatini tavsiflovchi zarur materiallarni, yong‘inlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, yong‘in chiqarishi mumkin bo‘lgan materiallar va mahsulotlar haqidagi texnik hujjatlarni talab qilib olish.
17. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qo‘shma korxonalar va xorijiy firmalar tomonidan yong‘in xavfsizligi holatiga baho berish bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazilishini, yong‘inlarning sabablarini aniqlash, texnologiyalar, foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan asbob-uskunalar, buyumlar, moddalar va materiallarning tez yonib ketishiga, ularning me’yorlar, qoidalar, andazalar va texnik shartlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha nazorat sinovlari o‘tkazilishini tayinlash. Ish joyi va atrof-muhitning nazorat tahlillarini o‘tkazish. Ekspertiza va nazorat ishlari hamda sinovlar obyektlar hisobiga bajariladi.
18. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mansabdor shaxslariga va ayrim xodimlariga, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalarini, andazalar talablari va me’yorlarini buzishda aybdor bo‘lgan yoki ularni bajarmagan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazolar berish.
19. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlariga andazalar, yong‘in xavfsizligi me’yorlari va qoidalarini muntazam ravishda buzuvchi yoki davlat yong‘in nazorati organlarining yozma ko‘rsatmalarini bajarmovchi shaxslarni belgilangan tartibda egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish.
20. Yong‘inga oid vaziyatni hamda yong‘inning oldini olish ishlarining ahvolini o‘rganib chiqish asosida aholi punktlari va xalq xo‘jaligi obyektlarini yong‘in xavfidan muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha asosli tavsiyalar ishlab chiqish.
21. Manfaatdor tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda binolarni loyihalash, qurish, qayta qurish va ulardan foydalanish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda yong‘in xavfiga qarshi ishlarni bajarish.
Obyektlarda va aholi punktlarida yong‘in muhofazasini tashkil etish masalalarini hal etishda ishtirok etish.
22. Obyektlar va aholi punktlari yong‘in xavfsizligining ahvoli, yuz bergan yong‘inlar, nazorat faoliyatining natijalari to‘g‘risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilish.
23. Yong‘inga qarshi kurash masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, belgilangan tartibda yong‘in-texnika adabiyoti, plakatlar, esdalik xatlari nashr etishni, yong‘inga qarshi mavzularda kinofilmlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
24. Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar jamiyatlari va ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarining mustahkamlanishi va rivojlanishiga ko‘maklashish, yong‘inlarning oldini olishda ular ishini muvofiqlashtirish.
25. Yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarining qo‘llanishi amaliyotini umumlashtirish, uni takomillashtirish bo‘yicha tegishli organlarga takliflar kiritish.
26. Davlat yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslari ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortganliklari yoki bajarmaganliklari hamda ularga berilgan huquqlardan noto‘g‘ri foydalanganliklari uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
27. Davlat yong‘in nazorati mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda Davlat yong‘in nazorati yuqori organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. | 90 | 15,802 |
Qonunchilik | Lombardning ishga shayligini MB tasdiqlaydi | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 1291-7, 2017 yil 6 sentyabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.
Litsenziya uchun MB boshqarmasi хulosasi zarur
Endilikda litsenziya olish (joylashgan joyi oʻzgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish) uchun talabnoma berish paytida lombardda Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining quyidagilar toʻgʻrisidagi хulosasi boʻlishi kerak:
Lombardga kim rahbarlik qilishi mumkin?
Aniqlashtirilishicha, lombardning ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga va bank yoki boshqa moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Shuningdek hujjatga ayrim boshqa oʻzgartirishlar kiritildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 43 | 991 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ChET EL VALYuTASIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR MUOMALASI, REZIDENTLAR TOMONIDAN ChET EL VALYuTASIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLARNI SOTIB OLINIShI, ShUNINGDEK REZIDENTLAR ChIQARGAN QIMMATLI QOG‘OZLARNING NOREZIDENTLAR TOMONIDAN SO | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-B-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2007-yil 22-iyun, ro‘yxat raqami 1692 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 25-26-son, 274-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:”.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga (bundan keyingi o‘rinlarda — qimmatli qog‘ozlar) nisbatan tatbiq etiladi”;
b) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “pul” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKP) — o‘zaro majburiyatlarni (qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs”;
v) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi”;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatiga olishga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im emitentlar tomonidan eng kam ish haqining besh barobari miqdorida to‘lanadi”.
d) 7-banddagi “naqdsiz” so‘zi “hujjatsiz” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “investitsion institutda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 17-banddagi “investitsiya instituti” so‘zlari “qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Norezident tomonidan aksiya ko‘rinishida sotib olingan davlat aktivlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda norezidentning depozitariydagi depo hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
i) 36-banddagi “investitsiya institutlari tomonidan” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 42-bandda “emissiya risolasida (chiqarish anketasida)” so‘zlari “chiqarish to‘g‘risidagi qarorida va emissiya risolasida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ma’lumotlar taqdim etadilar”. | 250 | 5,433 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonotga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu Qonunni qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi, o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.
Suveren O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining mulkidir.
O‘zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy valyutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valyuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarini, ayirboshlanadigan valyutani sotadi va sotib oladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqarida ham O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan qonunchilikka asosan erkin chiqish huquqini saqlab qoladi. | 69 | 5,179 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Adliya organlarining roli va mas’uliyatini oshirish, qonun chiqarish faoliyatini kuchaytirish, aholiga huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini tashkil etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin. Qarorda quyidagilarni tuzish ko‘zda tutilsin:
O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi huzurida ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti hamda “Hayot va qonun” yuridik jurnalini chiqarish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasining huquqqa doir siyosatini o‘tkazishda respublika davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublika organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
tegishli huquqiy masalalarni echish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish chog‘ida Prezident manfaatlarining ifodachisi bo‘ladi;
boshqa davlatlarning sudlarida tomonlardan biri O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasidan vakillik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi mana shu vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa respublikalar hamda ajnabiy davlatlarning tegishli davlat organlari va yuridik muassasalari bilan, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib borishga hamda shartnomalar va bitimlar tuzishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi ikki oy muddat ichida huquqiy muhofaza qiluvchi boshqa organlarning ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining huquqiy siyosatini muvofiqlashtiruvchi Kengash to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlashi zarur.
4. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
davlat va xo‘jalik organlarining huquqiy xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish, shuningdek fuqarolarga huquqiy yordam berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatiga litsenziya berish;
vazirliklar, davlat komitetlari va idoralar o‘zlarining huquq doirasida qabul qiladigan hamma uchun majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni huquqiy jihatdan ekspertiza qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiyoriga o‘tkazilgan masalalarga doir qonun hujjatlarini o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga taqdim etish;
Buxoro viloyat sudining doimiy sessiyasiga, respublika hududida alohida tartib bilan ishlaydigan obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi davlat notarial idorasi va huquqiy maslahat berish xonalariga tashkiliy rahbarlikni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat komitetlari va idoralari zimmasiga o‘zlarining huquq doirasida me’yoriy hujjatlarni chiqarish chog‘ida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan yagona huquqiy siyosatni o‘tkazish majburiyati yuklansin.
6. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya komitetlari uch oy muddat ichida sudlarni, notarial idoralarni, ZAGS organlarini va advokatlarning huquqiy maslahat berish xonalarini binolar, inshootlar, transport vositalari hamda tashkiliy texnika bilan ta’minlashga yordam bersinlar.
7. Adliya vazirligiga qonun chiqarish tashabbusi huquqini berish masalasini muhokama qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taklif kiritilsin.
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. | 87 | 3,830 |
Qonunchilik | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Ijro tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etishni ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda ijro ishi yurituvida sansalorlikka chek qo‘yish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining 2019-yil 1-apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya institutini joriy etish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi qabul qilinsin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish undiruvchining arizasi bo‘yicha o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanadi;
tomonlar o‘rtasida ijro predmetiga doir kelishuvga kelmaslik, shuningdek, tomonlardan birining mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishi yoki uni amalga oshirish muddatining tugashi ijro ishi yuritishni qaytadan tiklash uchun asos hisoblanadi. Bunda, mediatsiya tartib-taomilini takroran amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
tomonlar o‘rtasida ijro ishining har qanday bosqichida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari bo‘yicha ijro predmetiga doir kelishuv rasmiylashtirilgan hollarda, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tugatadi;
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayoniga davlat ijrochisi va davlatning boshqa organlari vakillarining aralashuvi taqiqlanadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-iyundan boshlab:
ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etiladi;
ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur harakatlar qarzdorning arizasiga yoki davlat ijrochisining o‘z tashabbusiga ko‘ra ko‘pi bilan ikki marta kechiktiriladi;
ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishga majbur.
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Majburiy ijro byurosi) Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron baza) yuritadi, unga tegishli ma’lumotlar bazasi tizimlari bilan integratsiya qilish yo‘li bilan quyidagilar kiritib boriladi:
ijro organlari yurituviga kelib tushgan barcha ijro hujjatlari;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan solingan va undirilgan ma’muriy jarimalar haqidagi ma’lumotlar;
b) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)ning qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida ixtiyoriy tartibda bajarilmagan ma’muriy jarimalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari majburiy ijro etish uchun elektron hujjat ko‘rinishida avtomatik ravishda Majburiy ijro byurosining axborot tizimiga yuboriladi;
v) ijro hujjatlarida undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ (mansabdor shaxs)ga taqdim etilgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi xabarnoma uning jo‘natilganligi va qabul qilinib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan xolda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida yo‘llanadi;
g) Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani va Navoiy shahri Majburiy ijro byurosi bo‘limlarida tajriba sifatida ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari o‘rtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2020-yil 1-martga qadar tajriba natijalariga ko‘ra mazkur amaliyotni Majburiy ijro byurosining boshqa bo‘linmalarida joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
4. Majburiy ijro byurosi 2019-yil 1-oktabrdan o‘z rasmiy veb-saytida bepul asosda quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati ko‘rsatish tizimini joriy etsin:
har bir ijro hujjatiga ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlaydigan yagona identifikatsiya raqami (kodi)ni berish;
avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga ijro harakatlarini amalga oshirishning borishi va ijro ishi yuritishning barcha bosqichlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosi tomonidan ko‘rilayotgan choralar hamda bajarilayotgan ijro harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy kiritib borish;
Internet tarmog‘i orqali yagona identifikatsiya raqami (kodi)dan foydalangan holda undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishning borishini barcha bosqichlarda kuzatish, shuningdek, mavjud qarzni onlayn tarzda to‘lash va bir vaqtning o‘zida ijro hujjati talablarining bajarilganligini qayd etish imkoniyatini yaratish.
Belgilansinki, ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ham ko‘rsatiladi.
5. Majburiy ijro byurosi:
a) bir oy muddatda shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do‘konlar orqali sotish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
ijro ishi yuritish davomida xatlangan mol-mulkni sotishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qaroriga muvofiq Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan, tovarlar harakatini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etgan va tovarlarni xaridorga yetkazib berish uchun zarur logistika imkoniyatlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish;
mol-mulkni mobil ilovalar va elektron to‘lov tizimlari orqali xarid qilish imkoniyatini yaratish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
undirish qaratilgan mol-mulk “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qo‘yilgan paytdan boshlab sotilishigacha bo‘lgan harakatini monitoring qilish imkonini beruvchi mol-mulk hisobini yuritishning yagona elektron axborot tizimini;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xarid qilingan mol-mulk uchun elektron, shu jumladan xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn to‘lov qilish imkoniyatini joriy etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ijro ishi yuritishda undiriladigan davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda to‘lash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXPda alohida platformani yaratish choralarini ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda Majburiy ijro byurosi xodimlarini operativ-qidiruv yo‘nalishida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bepul asosda maxsus kurslar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
a) uch oy muddatda sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek, ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
b) uch oy muddatda:
Majburiy ijro byurosiga jismoniy va yuridik shaxslardan “ishonch telefoni” orqali, shuningdek, elektron tarzda kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli nazorat olib borishga qaratilgan dasturiy ta’minotni;
davlat ijrochilarining sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini majburiy ijro etishni ta’minlash bo‘yicha samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI), shuningdek, ular faoliyatini baholash, xizmat bo‘yicha ko‘tarish, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llashda ushbu ko‘rsatkichlarni qo‘llash tartibini;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida tizimli ravishda davlat ijrochilarining malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqsin va joriy etsin;
v) manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Bunda, quyidagi holatlarda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmasligi nazarda tutilsin:
ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida;
g) har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ijro ishini yuritish holati to‘g‘risida ma’lumot hamda soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritib borsin.
10. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Majburiy ijro byurosi va sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlarning grantlari, texnik ko‘mak mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 118 | 11,487 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.