folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqida
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Muhitdinovning 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, o‘tgan yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bu yo‘nalishda muayyan ishlar olib borilgan. O‘tkazilgan monitoringlar yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan davlat tuzilmalari tomonidan kompleks va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lib, bu chora-tadbirlar natijasida ushbu tuzilmalarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llanish faoliyati sezilarli darajada yaxshilangan. Shu bilan birga bu sohadagi mavjud salohiyat va zaxiralardan hamon talab darajasida foydalanilmoqda deb bo‘lmaydi. Davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining bir qanchasi faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda muayyan kamchiliklar hamda salbiy tamoyillar ham bor. Ayrim vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan huquqiy ekspertizaga taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifati hali ham yuqori darajada emasligi kuzatilmoqda, ular ba’zan amaldagi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga zid kelmoqda. Idoraviy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning belgilangan tartibini buzgan holda qabul qilish va ijro uchun joylarga yuborish amaliyoti barham topmagan. Masalan, o‘tgan yil mobaynida 34 ta g‘ayriqonuniy idoraviy hujjat aniqlangan hamda bu hujjatlar yuzasidan ularni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnomalar kiritilgan. Ko‘rilayotgan amaliy choralarga qaramay, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunchilik yo‘nalishidagi ijodkorlik faoliyatida jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining huquqiy ekspertizaning majburiyligi haqidagi talablariga qaramay, adliya organlariga ekspertizaga yuborilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari soni hamon ozligicha qolmoqda. Yangi qabul qilingan hujjatlar yuridik kuchga kirishining majburiy sharti ularning rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi ekanligiga qaramay, bunday hujjatlarni e’lon qilish haqidagi qonun talabini mahalliy davlat hokimiyati organlari amalda bee’tibor qoldirmoqdalar. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlariga zid yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarga asoslangan yoki o‘z vakolatlaridan chetga chiqqan holda qarorlar qabul qilinayotganligi hollari saqlanib turgan muammolarning teranligini ko‘rsatmoqda. Qonunlarda amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari bilan ta’min etilmagan havolaki normalarning ko‘pligi huquqiy tartibga solishning yaxlitligi va izchilligini, normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro to‘ldiruvchanligini ta’minlashda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Prokuratura organlarining qishloq xo‘jaligiga doir qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishidagi faoliyatida nazorat tuzilmalarining huquqni qo‘llanish amaliyoti ustidan prokuror nazorati sifatini oshirishga ehtiyoj bor. Qonun hujjatlaridagi mavjud ayrim kemtiklik va kamchiliklar huquqni qo‘llanishning xilma-xil amaliyoti shakllanishiga olib kelganligiga qaramay, prokurorlarda qonun ijodkorligiga nisbatan kuzatilayotgan pozitsiya yetarli darajada faol emas. Qonun hujjatlarini tizimlashtirish va uslubiy ta’minot sohasidagi muayyan kamchiliklar prokurorlik faoliyati samaradorligini pasaytirmoqda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishdagi nuqsonlar, asoslantirilmagan da’vo arizalarini kiritish hollari bu yo‘nalishdagi ishlarga prokurorlar e’tiborini kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyatini yanada takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi ayrim jihatlarining qonunchilik asoslari yaxshi ishlanmaganligicha qolmoqda. Inspektorlar profilaktika ishlarini rejalashtirishga yuzakiroq qaramoqdalar, huquqbuzarliklarga qarshi kurashning holatiga baho berish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni umumlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish sohasida ular deyarli ish olib bormayotirlar. Ma’muriy huquqbuzarliklarning statistika hisobi yuritilmasligi va huquqni qo‘llanish amaliyotini umumlashtirishning soz tizimi yo‘qligi profilaktika faoliyatining samaradorligini aniqlashni juda qiyinlashtirmoqda. Ichki ishlar vazirining 1998-yil 4-sentabrdagi 173-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan tartib, mazkur tartibga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran bir yil o‘tgach yo‘q qilib yuborilishi kerak, bayonnomalar ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish yo‘li bilan ularning qonuniyligiga baho berish, shuningdek ma’muriy preyuditsiyali jinoyatlarga doir jinoyat ishlarini ko‘rishda ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etib, inson huquqlari kamsitilishiga olib kelmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalarini qo‘llanish amaliyotini tubdan yaxshilash talab qilinadi. Idoraviy hujjatlarni ularni qabul qilishning va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etmagan tarzda qabul qilish hollari huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligiga salbiy ta’sir etmoqda. Bunday hujjatlarning ayrimlarida bir-biriga zid qoidalar bo‘lishidan tashqari ular inspektorlarning o‘zlari huquqbuzarliklar sodir etishi uchun sharoit yaratib bermoqda ham. Sodir etilgan huquqbuzarlikni aniq ko‘rsatmasdan turib, huquqbuzarlik hodisasi yuz bermagan alfozda va o‘rni-tegi yo‘q shaxslar nomiga noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan talaygina miqdordagi ma’muriy bayonnomalar borligi, statistika ko‘rsatkichlariga qo‘shib yozish va shu singari boshqa holatlar inspektorlarning o‘z ishlarining miqdor ko‘rsatkichlarini turli usullar bilan sun’iy ravishda yaxshilashga urinishi ifodasi bo‘lib, ular faoliyatini baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqishni, bunda aniqlangan huquqbuzarliklar soni emas, balki huquqbuzarliklarga qarshi kurash hal qiluvchi omil bo‘lishini taqozo etadi. Tegishli ixtisosdagi pedagoglar bilan ta’minlanmaganlik, zarur yuridik adabiyotlarning yetishmasligi, elektron kutubxonalardan foydalanish uchun yetarli sharoit yo‘qligi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimi muassasalarida huquqiy ta’lim berish sohasidagi jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga, ijrochilarga yetkazib berish, ularni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanish lozim darajada tashkil etilmaganligi sababli ba’zan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mujassam topmagan, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlardan ham ta’lim jarayonida foydalanmoqdalar. Ta’lim muassasalari talabalarning huquqiy mavzulardagi tadbirlarga qiziqishini rag‘batlantirishga yetarlicha e’tibor bermayotir. O‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardagi ko‘plab xatoliklar, shuningdek Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini bajarish doirasida qabul qilinishi nazarda tutilgan ayrim qonun hujjatlarining yo‘qligi huquqiy ta’lim sifatiga va huquqiy madaniyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish talab qilinadi. Xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari yo‘qligi bois Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tuman (shahar) hamda Toshkent shahri tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalarida zimmadagi vazifani bajarish uchun zarur malakaga ega bo‘lmagan kadrlar tarkibi shakllangan. Chunonchi, 2007-yilda o‘tkazilgan attestatsiya yakunlari inspeksiyalar xodimlarining 55 foizida yetarlicha malaka yo‘qligini ko‘rsatdi. Bunday holatlar inspeksiyalar faoliyati samaradorligini ta’minlashda g‘ov-to‘siq bo‘lmoqda va ko‘plab jiddiy kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, huquqni g‘oyat xilma-xil tarzda qo‘llanish amaliyoti kuzatilmoqda, inspeksiyalarning xodimlari tomonidan ko‘plab huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmoqdaki, bu hol ularning harakatlari va qarorlari ustidan fuqarolar berayotgan shikoyat hamda arizalar soni ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi joiz bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari bir qator hollarda inspeksiyalar tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan, binobarin ular taqdim etgan hujjatlarga huquqiy baho berilmagan. Ariza beruvchilardan g‘ayriqonuniy yig‘imlar undirish, turli imtiyozlarni qo‘llamaslik amaliyoti keng tarqalgan. Inspeksiyalarning pog‘onalar bo‘yicha tarqoqligi huquqni qo‘llanish faoliyatida jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda hamda ular ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash imkoniyatini istisno etayotir. Inspeksiyalar va boshqa organlarning statistikaga taalluqli ko‘rsatkichlari bir qator parametrlar bo‘yicha bir-biridan anchagina farq qilishi, inspeksiyalar ichki tizimida statistika ishi bir xilda olib borilmasligi bu sohadagi ijobiy va (yoki) salbiy tamoyillarni aniqlash imkonini bermayotir. Turli mintaqalardagi inspeksiyalar xodimlari daromadidagi (ish haqi, mukofotlar va boshqalar) katta farqlar inspeksiyalarning o‘zini o‘zi moliyalashtirish mexanizmi mukammal emasligini ko‘rsatmoqda. Inspeksiyalar tuman (shahar) hokimliklari tarkibida bo‘lganligi tufayli ularning pul, moddiy-texnika va kadrlar resurslari hokimlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan, belgilanmagan maqsadlarga jalb etilmoqdaki, bunday hollarga qat’iy barham berish talab qilinadi. Barcha kelishuvlarni faqat bitta instansiya doirasida amalga oshirish imkonini beradigan huquqiy mexanizmlar joriy etilgan bo‘lishiga qaramay, inspeksiyalar ruxsat berish uchun kerakli hujjatlarni “bitta darcha” prinsipi asosida rasmiylashtirish amaliyoti ishlashini ta’minlamayotirlar. Turli instansiyalar bilan kelishuvlar ko‘pchilik hollarda tadbirkorlik subyektlarining o‘zlari tomonidan mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. Inspeksiyalar faoliyatida tashkiliy-huquqiy muammolar taqozosi bilan yuzaga kelgan yuqoridagi kamchiliklar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini xorij tajribasini inobatga olgan holda qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ymoqda. Davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llanish faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar tavsiya etilsin: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda monitoringlar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llanish faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish; qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini ta’minlamayotgan mansabdor shaxslarning faoliyatiga ularning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqishga qadar prinsipial baho berish. 3. Davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari: ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan kelib chiqqan holda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llanish borasidagi o‘z faoliyatlari holatini tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqsin; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, kelishib olish va ekspertizadan o‘tkazish tartibi yuzasidan belgilangan talablarga rioya etilishi holatini muntazam ravishda tahlil qilib borsin; norma ijodkorligi borasidagi o‘z faoliyatini tahlil qilish natijalarini yilning har choragida ko‘rib chiqishni amaliyotga joriy etsin hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rsin; norma ijodkorligi jarayonidagi ishtirokni faollashtirsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning belgilangan tartibiga qattiq rioya etilishini ta’minlasin; yuridik xizmat samarali faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin; monitoringlarning materiallarida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari belgilangan tartibda tayyorlanishini, kelishib olinishini hamda tegishli davlat organlariga kiritilishini ta’minlasin; o‘z faoliyatining monitoring asnosida aniqlangan muammoli jihatlarini bartaraf etish yuzasidan kompleks va ta’sirchan choralar ko‘rsin; huquqni qo‘llanish amaliyotini tizimli asosda tahlil qilib va umumlashtirib borsin, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirsin; qonun hujjatlarini ijrochilarga va aholi e’tiboriga yetkazish, bu hujjatlarning tizimlashtirilgan asosda hisobini yuritish ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirsin; tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini uslubiy ta’minlash sohasidagi ishlarni yo‘lga qo‘ysin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: qonunchilik yo‘nalishidagi ijodkorlik faoliyatini saqlanib turgan muammolardan kelib chiqqan holda tanqidiy ravishda ko‘rib chiqsin, natijalari bo‘yicha esa aniq maqsadga qaratilgan, aniqlangan kamchiliklarga bundan buyon yo‘l qo‘ymaslikka doir choralar ko‘rsin; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan belgilangan tartibga so‘zsiz amal qilinishini, shuningdek bu hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon etilishini ta’minlasin; qabul qilingan hamda belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarning umumiy sonini adliya organlari bilan birgalikda yilning har choragi bo‘yicha solishtirib borsin; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunchilik yo‘nalishidagi ijodkorligi va huquqni qo‘llanish faoliyatida adliya xizmatining o‘rni hamda ahamiyatini kuchaytirsin; qonunchilik yo‘nalishidagi ijodkorlik faoliyati va huquqni qo‘llanish amaliyotining eng muhim jihatlari bo‘yicha adliya organlari bilan o‘zaro hamkorlikni takomillashtirsin. 5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
205
14,513
Qonunchilik
GERBLI GUVOHNOMALAR ShAKLI VA GERB YIG‘IMI MIQDORI TO‘G‘RISIDA
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnoma shakli 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Fuqarolarga gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) gerb yig‘imining miqdori eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganligi va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yig‘imini joriy qilish to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorida: 1-banddagi “qayd etilganligi” so‘zlari “tuzilganligi” so‘zi bilan almashtirilsin; 1—3a-ilovalar yangi tahrirda bayon etilsin (ilova qilinadi); 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Belgilansinki, gerbli guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi gerbli guvohnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmalariga asosan muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab bersin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi gerbli guvohnomalarni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A. Polvon-zoda zimmasiga yuklansin.
62
1,562
Qonunchilik
TOShKENT ShAHPINING ChEGAPALAPI TO‘G‘PISIDA
Vaziplap Mahkamasi qapop qiladi: 1. Toshkent shahap va Toshkent viloyati hokimliklapi taqdim etgan shahapning chegapa doipasidagi hisob davpidagi umumiy maydoni 32789,7 ga bo‘lgan Toshkent shahpi chegapalapining tavsifi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin, shu jumladan: O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Ppezidiumining 1971-yil 10 noyabpdagi 1579-son, 1978-yil 11 appeldagi 207-son hamda 1990-yil 27 fevpaldagi 3938-XI-son fapmonlapi bilan tasdiqlangan chegapa doipasidagi ep maydoni 25931 gektapni tashkil etadi; O‘zbekiston SSR Ministplap Sovetining hamda Xalq deputatlapi Toshkent viloyat Kengashi payosatining qapoplapi bilan 1992-yil 1 noyabpdagi holati bo‘yicha tupap joy, madaniy-maishiy va boshqa obyektlap qupilishi uchun 3-ilova* ga muvofiq ilgapi ajpatilgan shahapning tasdiqlangan chegapasiga kipitilgan eplap 4182,7 gektapni tashkil etadi; 4-ilovaga* binoan ilova qilinayotgan chegapa tavsifiga muvofiq Toshkent shahap hududi tapkibiga qo‘shimcha kipitilayotgan jamoa, davlat, yopdamchi xo‘jaliklap va boshqa epdan foydalanuvchilapga qapashli eplap 2676 gektapni tashkil etadi. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent shahap hududi tapkibiga qo‘shimcha kipitilayotgan jamoa, davlat xo‘jaliklapi va boshqa epdan foydalanuvchilapga qapashli eplap qishloq xo‘jaligi kopxonalapi ixtiyopida qoladi. Ushbu eplapni qishloq xo‘jaligi ehtiyojlapidan boshqa maqsadlap uchun ajpatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshipiladi. 3. Ma’mupiy chegapalap doipasiga kipgan aholi yashash punktlapi 5-ilovaga* muvofiq Toshkent shahpi tapkibiga kipitilsin. 4. Toshkent shahpining chegapalapi, uning tavsifiga muvofiq tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kipitilsin.
43
1,717
Qonunchilik
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI HUZURIDAGI ALOHIDA O‘RNAK KO‘RSATGAN XODIMLARNI RAG‘BATLANTIRISh BO‘YIChA MAXSUS KOMISSIYA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz: 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya faoliyatini hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi Direktor jamg‘armasi (bundan keyingi o‘rinlarda Direktor jamg‘armasi deb yuritiladi) hisobidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish tartibini belgilaydi. 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) o‘z faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi. 2. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, oshkoralik va belgilangan tartibga amal qilishlik tamoyillariga tayangan holda olib boradi. 3. Ushbu Nizom barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga taalluqlidir. 4. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishga joriy qilinmaydi. 5. Maxsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida munosib nomzodlarni aniqlash va tasdiqlash; o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustama va bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlarning aniq turi va miqdorini belgilash; kasb mahorati va o‘quv jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shganligi, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan ixtisosli tabaqalashtirilgan o‘qitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, o‘quvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari bo‘yicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va o‘quv fanlari uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan bilimlar va ko‘nikmalarning zarur hajmi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga bog‘liq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashga shaxsiy qo‘shgan aniq hissasi uchun o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan oylik ustamalar belgilash; ta’lim muassasasi xodimlarining murojaatiga ko‘ra yoki kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda (yaqin qarindoshi vafot etganda, og‘ir jarohat olinganda, og‘ir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar ko‘rilganda va h.k) ularga ko‘rsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash; o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oldingi o‘quv davridagi (semestr, o‘quv yili) faoliyatini baholash yakunlari bo‘yicha hamda ayrim o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ish sifatidagi aniqlangan o‘zgarishlar asosida belgilangan bazaviy tarif stavkalariga oylik ustamalar miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish hamda bu haqda ta’lim muassasasining pedagogik kengashida hisobotlar berib borish; o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq belgilash va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini bir yo‘la mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash; navbatdagi semestr davomida oylik ustama haq belgilangan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyati natijalari bo‘yicha monitoring ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish; monitoring natijalarini doimiy ravishda o‘z majlislarida ko‘rib chiqish, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga ustama belgilash haqidagi oldingi qarorlarni saqlash yoki ularga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqish. 6. Maxsus komissiya o‘zining faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: har bir o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasb mahorati va o‘tgan o‘quv yilidagi o‘quv-tarbiya faoliyatida erishgan natijalarini tahlil qilish va baholash; har bir o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ishlarni samarali amalga oshirish, kasb mahorati va o‘quv jarayoniga qo‘shgan aniq hissasi, yuqori natija va ta’lim sifati uchun oylik ustama haqlarni belgilashga o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari nomzodlarini aniqlash; zarur hollarda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga o‘quv yili boshida belgilangan oylik ustama haq miqdoriga muddatidan oldin o‘zgartirish kiritish. 7. Maxsus komissiya barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzurida tashkil etiladi. 8. Maxsus komissiya tarkibi kamida 7 kishidan iborat bo‘lib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagi tarkibda tuziladi: komissiya raisi — ta’lim muassasasi direktori; mas’ul kotib — ichki monitoringni tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan, pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili; kasaba uyushmasi tashkiloti raisi; vasiylik kengashi vakili; ota-onalar qo‘mitasining vakili. 9. Maxsus komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi ishchi organi uch nafar o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalaridan vakillar va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ota-onalar qo‘mitasining ikki nafar vakilidan tashkil topgan monitoring guruhi hisoblanadi. Monitoring guruhi tarkibi Maxsus komissiyaning qarori bilan belgilanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 10. Maxsus komissiya majlisi semestr yakuni bo‘yicha kamida bir marta, istisno tariqasida esa zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. 11. Maxsus komissiyaning mas’ul kotibi komissiya majlisini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida 3 kun oldin ularni Maxsus komissiya raisi va a’zolariga taqdim etadi. Maxsus komissiyaning mas’ul kotibi komissiya hujjatlarini yuritish va ularni saqlashni ta’minlaydi. 12. Maxsus komissiya majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi. Majlisda qatnashayotganlar tarkibida komissiya raisi, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari albatta ishtirok etishlari shart. Qaror majlisda ishtirok etayotganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Maxsus komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 13. Maxsus komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Maxsus komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. 14. Maxsus komissiya qarori ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bir nusxa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorida, ikkinchisi Maxsus komissiya mas’ul kotibida saqlanadi va ularning nusxasi zarur hollarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlar va moddiy yordamlarning xolisona, oshkora muhokama qilinishi va to‘g‘ri belgilanishi uchun mas’ullik shaxsan Maxsus komissiya raisi zimmasiga yuklatiladi. 15. Direktor jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirishning barcha turlari Maxsus komissiya majlisi qaroriga asosan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 16. Har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining o‘qituvchilar xonasida, muqarrar tartibda, xodimlar ko‘rishi uchun qulay bo‘lgan joyda Maxsus komissiya qarorining nusxasi va unga bevosita tegishli ma’lumotlar aks ettirilgan maxsus stend tashkil qilinadi. Stendda ta’lim-tarbiya jarayoni natijalari, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari amalga oshirgan o‘quv-tarbiya faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari kabi zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi. 17. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining faoliyati samaradorligini hisoblash mezonlari asosida aniqlanadi. 18. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari ta’lim muassasasi hamda uning bo‘limlari doirasida aniqlanadi. 19. O‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ta’limi ustasi o‘quv yili davomidagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, unga jarima ballar belgilanadi. Jarima ballari pedagogning semestr davomida to‘plagan ballaridan ayirib tashlanadi. 20. Semestr davomida joriy reyting ballarini hisoblash ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud bo‘lim mudirlari va o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 21. Pedagoglar to‘plagan reyting ballari semestr yakunida ta’lim muassasasi pedagogik kengashida tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar jamlanmasi Maxsus komissiyaga taqdim etiladi. 22. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashida reyting ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari haqida elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etilib, har semestr yakunida yangilab boriladi. 23. Maxsus komissiya bo‘limlar va pedagog xodimlardan qo‘shimcha ma’lumotlar olishga haqlidir. 24. Maxsus komissiya majlisida Direktor jamg‘armasidan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlar va moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlarini Direktor jamg‘armasi mablag‘lari doirasida aniqlaydi. 25. Pedagogik kengashdan olingan hujjatlar jamlanmasi asosida bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanadigan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari nomzodi aniqlanadi. 26. Mehnat faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, hisobot davri uchun shaxsiy ish rejasidagi yuklamalarni to‘liq bajargan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi. Bunda ajratilgan har oylik ustamalar miqdori Direktor jamg‘armasidan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar uchun ajratilgan mablag‘lar miqdoridan oshib ketmasligi lozim. 27. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash natijalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ichki va tashqi monitoringini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda talab etilgan joylarga taqdim qilish uchun o‘rnatilgan tartibda 5 yil mobaynida saqlanadi. 28. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlari vazifalari: Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, ta’lim muassasasi xarajatlarining belgilangan hajmini ular e’tiboriga yetkazish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qo‘shma xati bilan barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkazadi; budjetdan moliyalashtiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’minotiga xarajatlarning yillik smetalarini moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda tegishli moliya organiga belgilangan tartibda har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi bo‘yicha ushbu xarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamg‘armasi mablag‘larini ajratib ko‘rsatgan holda mehnatga haq to‘lash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi; tizimdagi har bir ta’lim muassasasida Direktor jamg‘armasining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos kelishini ta’minlaydi. 29. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlari vakolatlari: barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasb mahorati va samaradorligi ko‘rsatkichlari, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar samaradorligini aniqlashda yagona yondashuvga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; joriy o‘quv yili davomida o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyati samaradorligi va yuqori natijalari tashqi monitoringini amalga oshiradi; Maxsus komissiya qaroridan norozi bo‘lgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining e’tirozlarini ko‘rib chiqadi hamda tegishli qaror qabul qiladi. Odatda, Maxsus komissiya qaroridan norozi bo‘lgan o‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ta’limi ustasi qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi ko‘zda tutiladi. 30. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish haqidagi buyruqlarini tekshirishni quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi: o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ajratish miqdorining to‘g‘riligini (pedagogik yuklamani hisobga olgan holda belgilangan tegishli bazaviy tarif stavkalariga nisbatan belgilangan foiz miqdorining muvofiqligi) aniqlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomning 14-bandiga muvofiq, bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari soni bir vaqtning o‘zida ular umumiy sonining 50 foizidan ortib ketmasligini nazorat qilish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xarajatlar smetasida o‘tgan choraklarda foydalanilmagan qoldiq mablag‘larni joriy chorakda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga belgilangan har oylik ustama, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga beriladigan bir yo‘la mukofot va moddiy yordamlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirishni ta’minlash. 31. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi buyrug‘i o‘rnatilgan tartiblarga muvofiq kelmasligi aniqlangan hollarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organlarining tegishli xodimlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari bilan tushuntirish ishlarini olib boradi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi. 32. Maxsus komissiya, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlari va bosh hisobchilari Direktor jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi, shuningdek, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, xodimlarga bir yo‘la mukofotlar va moddiy yordamlar miqdorining to‘g‘ri yo‘naltirilishi uchun javobgar hisoblanadilar. 33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari Direktor jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rnatilgan tartibda tekshirishni amalga oshiradi. 34. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
174
17,962
Qonunchilik
Iste’mol spirti uchun oldindan toʻlov – kamida 50%
Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (30.11.2020 yildagi 753-son VMQga qarang). Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda – ishlab chiqaruvchilar) oʻrtasida spirtni taqsimlash Nizomda keltirilgan sхema boʻyicha, tasdiqlangan spirt ishlab chiqarish va sarflash parametrlari doirasida har yili amalga oshiriladi. Spirt taqsimoti hisobot choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin ishlab chiqaruvchilar tomonidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) Nizomda keltirilgan shakllarga muvofiq taqdim etiladigan arizalarga asosan amalga oshiriladi. Oʻz faoliyatini hisobot choragi davomida boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun spirt taqsimoti ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida taqsimlanmagan spirt qoldiqlari (mavjud boʻlsa) asosida amalga oshiriladi. Ariza topshirgan ishlab chiqaruvchining rahbari arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda spirt maqsadli sarflanishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi. Spirt Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tahlillar asosida taqsimlanadi va arizada soʻralgan hajmlardan farq qilishi mumkin. Tahlil oʻtkazishda arizada keltirilgan quyidagi ma’lumotlar koʻrib chiqiladi: Ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida spirtni taqsimlashda quyidagilar hisobga olinadi: Taqsimlangan spirt toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan hisobot choragi boshlanishidan kamida 5 kun oldin spirt ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlarda koʻrsatilgan taqsimot hajmlari ishlab chiqaruvchilarning kontragentlar bilan choraklik (yillik) spirt oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga asos boʻladi. Spirt ishlab chiqaruvchilar kontragent korхonaning moliyaviy holatidan kelib chiqib spirt qiymatining kamida 50%ini oldindan toʻlov asosida sotishi mumkin. Joriy chorakda ishlab chiqaruvchi tomonidan olinmagan (taqsimlangan va qoʻshimcha) spirt hajmi keyingi chorakka oʻtkazilmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi mazkur chorakda yuklab joʻnatilmagan spirt mahsuloti hajmi uchun oldindan toʻlangan toʻlovni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Agentlik tomonidan haqiqatda ishlab chiqarilgan spirt hajmlari va uning aylanmasi monitoringini olib borish maqsadida spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar Agentlikka har oyning 3-kunidan kechiktirmasdan oʻtgan oy uchun Nizomga ilovalarda keltirilgan shakllarda ma’lumotlar taqdim etib boradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi. Bahodir Buхoriy.
50
2,663
Qonunchilik
SOBIQ SSR ITTIFOQINING MUKOFOTLAR QONUNIDA BELGILANGAN HUQUQ VA BURChLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDA SAQLAB QOLISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi, uning iqtisodini, fani va madaniyatini shakllantirishdagi, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini e’tirof etib, qaror qilaman: 1. Sobiq SSR Ittifoqining davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarida, O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining xodimlari va boshqa fuqarolarida ilgari mukofotlar qonunida ko‘zda tutilgan huquq va burchlar saqlab qolinsin. 2. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
138
551
Qonunchilik
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-709-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-709-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
194
361
Qonunchilik
MULKChILIKNING BARChA ShAKLIDAGI KORXONALAR (TAShKILOTLAR), ShU JUMLADAN ChET EL KORXONALARI VA QO‘ShMA KORXONALAR FAQAT MAXSUS RUXSATNOMA (LITSENZIYA) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxati”ning yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Farmakologiya preparatlari ishlab chiqarish va sotish”. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdig‘iga kiritilsin.
250
608
Qonunchilik
Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash orqali kichik va o‘rta tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida: 1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bankning kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Belgilansinki: kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi; tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi; tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi; kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi. 3. Mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit liniyasidan samarali foydalanilishini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi: kredit mablag‘lariga talab va loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilganidan kelib chiqib, kredit liniyasi resurslarini hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) va tijorat banklari kesimida taqsimlash; loyiha fabrikalari va loyiha guruhlari tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda loyiha va loyihaoldi hujjatlarning sifatli va qisqa muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlash; tadbirkorlik subyektlari hamda tijorat banklari tomonidan kredit liniyasi mablag‘lari samarali va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini tashkil etish; vazirlik, idora va hudud rahbarlarining kredit mablag‘larini o‘zlashtirish, loyihalarni amalga oshirish va belgilangan muddatda ishga tushirish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish. 4. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev) resurslar hududlar va tijorat banklari kesimidagi taqsimotga muvofiq tijorat banklarining talabnomasi kelib tushgandan so‘ng uch kunlik muddatda tijorat banklariga joylashtirilishini ta’minlasin. 5. Tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ajratayotgan mablag‘larning tadbirkorlik subyektlari tomonidan maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring hamda nazorat qilish tavsiya etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qarori 2-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib” so‘zlari “10 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha” so‘zlari “14 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qarori 5-bandida: a) to‘rtinchi xatboshidagi “foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib” so‘zlari “10 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) beshinchi xatboshidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasida” so‘zlari “14 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin.
117
4,719
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin hamda ular 2013-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin. 2. Ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga ustamalar belgilash bilan bog‘liq xarajatlar 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida “Maorif” tarmog‘i bo‘yicha nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi” so‘zlari “ta’lim sohalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 3-ilovada: a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari”; b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “3. Ta’lim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida – lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan ta’lim muassasalarida – bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir: asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibda malaka oshirish; tegishli ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish. Test sinovlarini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi; malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi”; v) quyidagi mazmundagi 4-band qo‘shilsin: “4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun fanni o‘qitish kursining davomiyligiga va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab budjet mablag‘lari hisobiga ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorining) 25 foizidan 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi. Shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun chet tilida o‘quv fanini o‘qitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak. Professor-o‘qituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi”.
250
3,340
Qonunchilik
Baholovchi sertifikatini qanday olish mumkin
Baholovchi malaka sertifikatini berishning yangi tartibi tasdiqlandi (15.04.2019 yilda 3153-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF–5624-son Farmoni bilan baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlashni ta’minlash funksiyalari LBMAdan Davlat raqobat qoʻmitasi negizida tashkil etilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan keyin – Agentlik) oʻtkazilgan. Tegishincha, endi хuddi shu organ talabgorlar uchun malaka imtihonini tashkil etadi, ulardan hujjatlarni qabul qilib oladi va baholovchi sertifikatini beradi. Shu munosabat bilan Agentlik ushbu tartibni belgilovchi yangi Nizomni tasdiqladi.   Talabgorlarga qoʻyiladigan talablar, imtihonga qoʻyish uchun ular taqdim etadigan hujjatlar paketi avvalgidek qoldi. Shu bilan birga talabgorni imtihonga qoʻymaslik asoslari birmuncha oʻzgardi. Roʻyхatga «sud tartibida moliya-хoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki ushbu sohada muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilganda» pozitsiyasi kiritildi. Hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri ma’lumotlarning aniqlanishi esa asoslar sirasidan chiqarib tashlandi.   Malaka imtihonini topshirishda talabgor pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. Ilgari talab qilingan ma’lumoti haqidagi hujjat, mehnat daftarchasi va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikat imtihonda kerak boʻlmaydi. Ular imtihonga qoʻyish haqida ariza berilganda boshqa hujjatlar bilan birga topshiriladi. Qanday imtihon oʻtkaziladi va sertifikat beriladi Tartib-taomilga sezilarli oʻzgartirishlar kiritildi. Ilgari talabgorlar loyihani (chop etilgan «keys»lar asosida ular ishlab chiqqan baholash hisoboti) himoya qilishlari va imtihon savollari boʻyicha suhbatdan oʻtishlari kerak edi. Endi malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi. U 40 daqiqa ichida oʻtkaziladi va oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiruvchi 75 ta savoldan iborat boʻladi. Savollarning kamida 70%iga toʻgʻri javob bergan talabgor imtihondan oʻtgan hisoblanadi.  Malaka sertifikatining amal qilish muddati oʻzgarmadi – 5 yil, u besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin. Sertifikatga ega boʻlgan baholovchi har yili kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan yoхud maхsus oʻquv kurslaridan oʻtishi kerak. Ularsiz sertifikat muddati uzaytirilmaydi.  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
44
2,598
Qonunchilik
16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisi 200 soʻmga qimmatlashishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtmoqda. Eslatib oʻtamiz, avtobenzin chakana narхlari soʻnggi marta 2017 yil 15 noyabrdan oshirilgan edi (VMning 14.11.2017 yildagi 913-son qaroriga qarang). Oʻshanda narхlar 30–43% oshirilgan, bu Toshkent shahri va mintaqalarda yagona narхlarni joriy etish yoʻli bilan viloyatlardagi surunkali benzin taqchilligini bartaraf etish uchun amalga oshirilgan majburiy chora edi. Dizel yoqilgʻisi narхi esa soʻnggi yilda ikki marta oshirildi. Soʻnggi bor bu 2018 yil 1 martda roʻy berdi (VMning 28.02.2018 yildagi 149-son qaroriga qarang). Shu tariqa, 2017 yil noyabrdan boshlab dizel yoqilgʻisi chakana narхlari 57,6–58,5%ga oshdi.    Yangi narхlar sezilarli darajada oʻzgarmaydi. 2018 yil 16 noyabrdan motor yoqilgʻisining quyidagi chakana narхlari belgilanishi mumkin:   Avtomobil 100 km ga oʻrta hisobda 7 litr benzin sarflaganda ushbu masofani bosib oʻtish хarajatlari 1 400 soʻmga (10 litr sarflaganda – 2 000 soʻmga) oshadi. Urush qatnashchilari va nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaхslar, shuningdek I va II guruh bolalikdan nogironlar hamda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli nogironlar uchun avtobenzin sotib olishga хarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi miqdorini 66 700 soʻmgacha oshirish rejalashtirilmoqda (kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida batafsil – bu yerda).    Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Samir Latipov.
72
1,566
Qonunchilik
BIRJA SAVDOLARIDA KO‘MIRNI SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi 57-son qaroriga muvofiq, qaror qilamiz: 1. Birja savdolarida ko‘mirni sotish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
92
507
Qonunchilik
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasida 1 257 nafar хodim ishlaydi
Prezidentning 1.03.2022 yildagi «Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-147-son qarori qabul qilindi. Prezidentning 1.03.2022 yildagi «Oila va хotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-81-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi: - 54 nafar shtat birligidan iborat Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi; - 168 nafar shtat birligidan iborat viloyat boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi; - 1 035 nafar shtat birligidan iborat tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi. 2022 yil 1 maydan boshlab mahalla raisining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi: Faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15%i miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.03.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
95
1,118
Qonunchilik
“TOShShAHARYO‘LOVChITRANS” DAVLAT UYuShMASINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
“Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Respublika budjetidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahar yo‘lovchilarni tashish transportini mablag‘ bilan ta’minlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. “Toshshaharyo‘lovchitrans davlat uyushmasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Shahar yo‘lovchilar tashish transporti to‘g‘risida”gi Qonunning uning bozor munosabatlari sharoitlarida ishlashini nazarda tutuvchi loyihasini ishlab chiqsinlar va uni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
86
933
Qonunchilik
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi QL-132-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Yunusova, T. Abdusattarov, D. Shirinov va R. Xakimov tomonidan 2016-yil 5-martda kiritilgan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi QL-132-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
95
437
Qonunchilik
POChTA TO‘LOVINING DAVLAT BELGILARI DAVLAT KOLLEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 209-modda) muvofiq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaror qiladilar: 1. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 209-modda) va “Muzeylar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 37-38-son, 364-modda) qonunlariga muvofiq Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasining tarkibi, maqsadi, uni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibini belgilaydi. 1. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi O‘zbekiston Respublikasida nashr qilingan pochta to‘lovining davlat belgilarini tizimli yig‘ishni o‘z ichiga oladi. 2. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini saqlash joyi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i bilan aniqlanadi. 4. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi O‘zbekiston Respublikasida nashr qilingan pochta to‘lovining davlat belgilarini ommaviy taqdim etish maqsadida yaratiladi. 5. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi quyidagilar uchun mo‘ljallangan: o‘z tarkibi bilan pochta to‘lovining davlat belgilarini rivojlantirish tarixi va zamonaviy holatini har tomonlama aks ettirish; O‘zbekiston Respublikasining tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini rivojlantirish sohasidagi eng muhim voqealarni pochta to‘lovining davlat belgilari vositasida targ‘ib qilish; pochta to‘lovi davlat belgilarining, shu jumladan xorijda ko‘rgazmaga qo‘yiladigan pochta to‘lovi davlat belgilarining ekspozitsiyasi va ko‘chma ko‘rgazmalarini yaratish; pochta rivojlanishi va pochta to‘lovi davlat belgilarining tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini aloqa va axborotlashtirish sohasining tashkilotlari, boshqa idoralar hamda Respublika filateliya jamiyati mutaxassislari, ilmiy xodimlari tomonidan bajarish. 6. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi quyidagilardan iborat: pochta to‘lovi davlat belgilarining asosiy fondi; pochta to‘lovi davlat belgilarining yordamchi fondi. 7. Pochta to‘lovi davlat belgilarining asosiy fondi tarkibiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasining pochta markalari; markalangan nashrlar: O‘zbekiston Respublikasining markalangan pochta konvertlari, pochta varaqchalari. 8. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasining asosiy fondi quyidagilar uchun mo‘ljallangan: pochta to‘lovi davlat belgilarining haqiqiyligini indentifikatsiya qilish va tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasida nashr etilgan pochta to‘lovining davlat belgilarini to‘plash, saqlash va doimiy faoliyat yurituvchi ekspozitsiyani yaratish. Asosiy fond predmetlari olib qo‘yilmaydi. 9. Yordamchi fond ham asosiy fondga kirgan qismlarni o‘z ichiga oladi va quyidagilar uchun mo‘ljallangan: asosiy fondni to‘ldirish, shu jumladan filateliya almashinuvi yo‘li bilan to‘ldirish; ko‘rgazmalarda pochta to‘lovining davlat belgilaridan foydalanish; pochta to‘lovi davlat belgilarining tarixi masalalari, zamonaviy holati va pochta muomalasi bo‘yicha foto- va kinomateriallarni tayyorlash. 10. Yordamchi fond materiallaridan foydalanish uchun ruxsatnoma tegishli so‘rovnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladi. 11. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘iga muvofiq quyidagi yo‘llar bilan: 1992-yildan nashr etilgan pochta to‘lovining davlat belgilarini “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati (AJ) arxiv zaxirasidan berish; alohida qiymatga ega bo‘lgan kolleksiyalarni va alohida pochta to‘lovining davlat belgilarini sotib olish; kolleksiya nusxalarini sotib olish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan filateliya almashinuvi yordamida amalga oshiriladi. 12. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini yangi nashr etilgan pochta to‘lovining davlat belgilari bilan to‘ldirish tashkilotlar va jismoniy shaxslardan sotib olish, shuningdek filateliya almashinuvi yo‘li bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ mablag‘lari, kolleksiyalar va pochta to‘lovining davlat belgilarini kolleksionerlar tomonidan ixtiyoriy ravishda berish, homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 13. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini saqlash davlat saqlash xonalarida arxiv va hujjatli fondlarni saqlash uchun belgilangan sharoitlarda, shuningdek O‘z DSt 1129:2007 “Pochta markalari. Texnik shartlar” davlat standartining talablariga muvofiq ta’minlanadi. 14. Pochta to‘lovining davlat belgilarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining pochta to‘lovining davlat belgilarini muomalaga kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan biriktirilgan identifikatsiya raqami bo‘yicha amalga oshiriladi. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini hisobga olish uchun pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi barcha asosiy ma’lumotlar: identifikatsiya raqami, nomi, nominali, rangi, turi, o‘lchami, perforatsiyalash usuli, varaqdagi markalar miqdori, adadi, rassom yoki dizaynerning familiyasini o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan katalogli varaqchalar yuritiladi. 15. Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi fondlarida har yili qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda inventarizatsiya ishlari o‘tkaziladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i bilan Pochta to‘lovining davlat belgilari davlat kolleksiyasini saqlash joyi etib belgilangan tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning fizik saqlanganligi va xavfsizligini ta’minlash, kolleksiyaga kiradigan predmetlar bilan bog‘liq bo‘lgan hisobga olish hujjatlarini yuritish va saqlash uchun javobgar bo‘ladi. 17. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
95
6,926
Qonunchilik
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tiladigan dars jarayoni uchun talab etiladigan xomashyo materiallari bilan ta’minlash me’yorlarini tasdiqla
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi: 1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tiladigan dars jarayoni uchun talab etiladigan xomashyo materiallari bilan ta’minlash me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Mazkur me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualaridagi o‘rgatilayotgan kasblarning hususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quv amaliyoti jarayonida bir o‘quvchi, bir guruh yoki guruhlar uchun sarflanadigan xomashyo va materiallar miqdorini belgilaydi. 2. Mazkur Me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan kelishilgan.
250
1,660
Qonunchilik
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini ko‘paytirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Qish-bahor davrida ichki iste’mol bozorini barqaror to‘ldirish uchun yangi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga g‘amlash maqsadida ularni xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash infratuzilmasining, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishning yetarli emasligi mavsumlar oralig‘idagi davrda narxlarni barqarorlashtirish va aholi ehtiyojini qondirish uchun ularni zarur hajmlarda o‘z vaqtida va to‘liq g‘amlash imkonini bermayapti. Respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda mavsumiy meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil bo‘yi va uzluksiz ta’minlash, meva-sabzavot mahsulotlarini qish-bahor davri uchun tayyorlash va g‘amlash bo‘yicha davlat buyurtmasini to‘liq hajmda bajarish, ichki iste’mol bozorida mazkur mahsulotlar narxlarining keskin o‘zgarishlarini to‘xtatib turish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkiliy tuzilmasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqatta’minot” hududiy filiallarini; xalqaro miqyosda e’tirof etilgan norma va standartlarga muvofiq iste’mol tovarlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining keng ko‘lamli zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazilishini ta’minlaydigan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, yuqori texnologiyali sinash kompleksini; mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli qurilish-transport tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga, uyushmaning yangilangan tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda quyidagi qo‘shimcha vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari yuklansin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin: davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq hajmlarda meva-sabzavot mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishini tashkil etish hamda aholini va boshqa iste’molchilarni arzon narxlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz ta’minlash maqsadida ularni rejali tarzda sotish; ixtisoslashtirilgan yangi omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali, energiyadan samarali foydalanadigan uskunalarni faol joriy etish yo‘li bilan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ichki iste’mol bozori konyunkturasini muntazam o‘rganish, obyektiv sabablarga ko‘ra mahalliy sharoitlarda yetishtirilmaydigan yoki respublikada yetishmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlarini import bo‘yicha o‘z vaqtida chetdan keltirishni tashkil etish yuzasidan takliflarni kelishish uchun tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; dehqon oziq-ovqat bozorlarida chakana savdo tarmoqlarini kengaytirish, barcha tuman markazlarida, aholidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha punktlar tashkil etish hisobiga ularga meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita yetishtiruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni yo‘lga qo‘yish; aholini, shu jumladan uzoqdagi va borish kiyin bo‘lgan joylardagi aholini, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash; respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan qabullarni o‘tkazishda umumiy ovqatlanish korxonalariga ko‘maklashish va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish; meva-sabzavot mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikatlari olishda, umumiy e’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlar talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish; yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni loyihalashtirishni va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar uchun qurilish-transport xizmatlari ko‘rsatish. 3. Quyidagilar: “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun g‘amlash bo‘yicha hududiy filiallari va tashkilotlari ro‘yxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining yangilangan ijro etuvchi apparati boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni 53 nafardan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqatta’minot” hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyungacha: ichki iste’mol bozori konyunkturasini o‘rganish asosida ichki iste’mol bozorida narxlarning barqarorligini saqlash uchun meva-sabzavot mahsulotlarini g‘amlash prognoz hajmlarini va ularning assortiment tarkibi aniqlanishini; meva-sabzavot mahsulotlarining aniq yetishtiruvchilari bilan bog‘lagan holda tayyorlov tashkilotlarining joylashuvi tasdiqlanishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari viloyatlar, tumanlar va fermer xo‘jaliklari kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga doir qarorlar qabul qilishda davlat buyurtmasiga binoan meva-sabzavot mahsulotlari g‘amlash parametrlarini hisobga olsinlar. 5. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bir oy muddatda: Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqatta’minot” hududiy filiallarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha muassislarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining ijro etuvchi apparatini va “Oziqovqatta’minot”ning hududiy filiallarini puxta tanlov asosida yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislari bilan to‘ldirishni; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda — yangidan tashkil etilayotgan “Oziqovqatta’minot” hududiy filiallarini joylashtirishni; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan korxonalarga ular tomonidan dehqon bozorlari hududlarida “Xizmat-beminnat” chakana savdo pavilonlari tashkil etishda tashkiliy yordam ko‘rsatishni; “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan aholidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. 6. Quyidagilar “Xizmat-beminnat” sho‘ba korxonalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita ularning yetishtiruvchilaridan xarid qilishni va ularni maqbul narxlarda dehqon bozorlarida sotishni tashkil etish; dehqon bozorlarini “dala-do‘kon” qoidasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga aholiga arzon narxlar bilan turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yil davomida sotishni tashkil etish uchun yengil konstruksiyalardan foydalangan holda “Xizmat-beminnat” ixtisoslashtirilgan savdo pavilonlari qurishga dehqon bozorlari va yirik aholi uy-joy massivlari hududlarida bepul savdo joylari berishda har tomonlama ko‘maklashsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi, “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi” AJ va boshqa sug‘urta tashkilotlari: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha qaytarmaslik tavakkalchiliklariga ajratiladigan kreditlar summasining 80 foizigacha miqdorda yillik 1 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka bo‘yicha sug‘urta qoplovi berilishini; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha qaytarmaslik tavakkalchiligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotlarining sheriklik guruhi tuzilishini ta’minlab borsin. 9. 2017-yilning 1-noyabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan: tayyorlov ishlari bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar faoliyati savdo faoliyatiga tenglashtiriladi va ularga savdo korxonalari uchun belgilangan soliq solish tartibi tatbiq etiladi. Bunda savdo faoliyatining tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadigan savdo aylanmasi faoliyatining mazkur turi bo‘yicha yagona soliq to‘lovi obyekti hisoblanadi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha tovar aylanmasi yagona soliq to‘lovidan 5 yil muddatga ozod etilsin. Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi — kelgusida ulardan yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralari qurish va mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, meva-sabzavot tovarlarini qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlashda foydalanish uchun “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi; 50 foizi — “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tasarrufida qoldiriladi hamda ulardan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, g‘amlash va saqlashni moliyalashtirish, shuningdek, tijorat banklarining jalb etilgan kreditlarini to‘lash uchun foydalaniladi. 10. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlari yuzaga kelishiga barham berish maqsadida, yangi, quritilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport kontraktlari asosida, oldindan haq to‘lamasdan, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan chet elda ochilgan savdo uylariga yetkazib berish va sotishga ruxsat etilsin. 11. Belgilab qo‘yilsinki: paxta terimchilarining ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini chakana savdo korxonalari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitob qilish bo‘yicha sotish chakana tovar aylanmasiga tenglashtiriladi; aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga belgilab qo‘yilgan narxlar bo‘yicha davlat resurslaridan ajratiladigan oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini (un, o‘simlik yog‘i va shu kabilarni) sotish “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi “O‘zbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli qarori 4-bandi, shuningdek, qarorning 1 — 3-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
168
12,234
Qonunchilik
Aliment boʻyicha qarzlar toʻlanganda jinoiy va ma’muriy javobgarlik boʻlmaydi
9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Demak, qarzdorlar tomonidan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsiz shaхslar, shuningdek  mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj boʻlgan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar ta’minoti uchun alimentlar toʻlanishini ta’minlash boʻyicha qator chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Birinchidan, JKning 122 va 123-moddalari boʻyicha jinoiy javobgarlik хuddi shunday qilmishlar uchun oldin ma’muriy javobgarlikka tortilishsiz endi mumkin emas (ya’ni qonunbuzarlikni 1 yil mobaynida takror sodir etganlik talab etiladi). Biroq, bu boʻyin tovlovchilar taqdirini uncha jiddiy yengillatmaydi.  MJtKning yangi 474 va 475-moddalari boʻyicha undiruv - 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq. Uni ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tayinlaydi.  Homilador ayollarga, 3 yoshgacha boʻlgan bolalari boʻlgan ayollarga, 14 yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan shaхslarga, 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga, I va II guruh nogironlariga qamoq oʻrniga qat’iy EKIHning 20 baravari miqdorida jarima tayinlanadi. Ikkinchidan, ham jinoiy, ham ma’muriy javobgarlik ilgarigidek muddati 3 oy oʻtkazib yuborilgandan keyin emas, balki aliment toʻlashdan toʻliq 2 oy boʻyin tovlagandan boshlab yuzaga keladi. Uchinchidan, aliment toʻlash boʻyicha qarzlarni bartaraf etish ham ma’muriy , ham jinoiy javobgarlikdan ozod etilishni toʻliq hajmda kafolatlaydi. 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq yoki EKIHning 20 baravari miqdorida ma’muriy jarimaning oldini olish uchun zararni ishni koʻrish davrida qoplashga ulgurish kerak. Jinoyat sud ishlarini yuritish doirasida hukm chiqarilguncha ham, u chiqarilgandan keyin ham zararni qoplash imkoniyati mavjud (agar hukm chiqarilgan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berishga toʻgʻri keladi). Bu – muhim! Shaхs necha marotaba jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilganining farqi yoʻq. Har bir zararni (qarzni) qoplashda javobgarlikdan ozod etiladi. Toʻrtinchidan, JKning 122-moddasiga tuzatish kiritildi. Aniqlashtirilishicha, alimentni undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻini ijro etmaslik sud qarorini ijro etmaslik kabi jazolanadi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilingan, biroq tuzatishlar 10.07.2018 yilda kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Samir Latipov.
77
2,549
Qonunchilik
Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Ma’naviy zararni qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganish natijalarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi ma’naviy zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarning turliligi, ularni kuchga kirish muddatlarining har xilligi, shuningdek Fuqarolik kodeksi qabul qilinishi bilan tushuntirishlar berish talab qilinadigan muammolar kelib chiqqanligini qayd etadi. Fuqarolik huquqiy javobgarlikning yangi turi — ma’naviy zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutgan qonunlarning kuchga kiritilishi va sudlarda muammolar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, Oliy sudning Plenumi qaror qiladi: 1. Ma’naviy zararni qoplash masalalari bir qator qonun hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasi, 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasi, 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 113-moddasi, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11, 99, 100, 163, 1021 va 1022-moddalari, 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi va boshqa qator qonunlar bilan tartibga solinishiga e’tibor qaratilsin. Kelib chiqqan nizolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish uchun sudlar har bir ish bo‘yicha taraflarning o‘zaro munosabatlari xarakterini va bu huquqiy munosabatga ma’naviy zararni qoplash bo‘yicha qonunni qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi, agar qonunda bunday javobgarlik belgilangan bo‘lsa, ma’naviy zararni qoplash tartibi va shartlarini nazarda tutgan qonunning qachon kuchga kirganini, shuningdek, ma’naviy zararni keltirib chiqargan harakatlar qachon sodir bo‘lganligini tekshirishi va muhokama qilib baho berishi lozim. Shuningdek, sud jabrlanuvchiga jismoniy va ma’naviy azoblar yetkazilgani fakti nima bilan tasdiqlanishi, u qanday holatlarda va qanday harakatlar (harakatsizlik) bilan yetkazilganligi, zarar yetkazuvchining ayb darajasi, jabrlanuvchi qanday ma’naviy va jismoniy azoblar tortgani, uni qoplashni qanday miqdorda baholashi va nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashi zarur. 2. Ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi. G‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ning obyekti bo‘lib fuqaroga tug‘ilgan vaqtidan buyon va qonunga muvofiq tegishli bo‘lgan nomoddiy manfaatlari, (hayoti, sog‘lig‘i, shaxsning qadr-qimmati, ishchanlik obro‘-e’tibori, shaxsiy hayotning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy siri), shaxsiy nomulkiy huquqlari (o‘z nomidan foydalanish huquqi, mualliflik huquqi va boshqa nomulkiy huquqlarning intellektual faoliyat natijalarini qonunlarga ko‘ra huquqiy muhofaza qilish) va mulkiy huquqlari (uy-joy daxlsizligi, mulk huquqi va boshqalar)ni buzilishi bo‘lishi mumkin. Ma’naviy zarar, jumladan yaqin qarindoshini yo‘qotish (o‘limi) sababli ma’naviy qayg‘urish, ijtimoiy hayotdagi faolligini davom ettira olmaslik, ishini yo‘qotish, oilaviy, tibbiy sirlarni oshkor qilish, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, har qanday boshqa huquqlarini vaqtincha cheklash yoki ulardan mahrum qilish, yetkazilgan zarar yoki sog‘liqqa boshqacha ziyon yetkazish tufayli, jismoniy og‘riq, sog‘liqqa boshqacha yetkazilgan yoxud yetkazilgan ma’naviy azoblar natijasida boshidan o‘tkazilgan boshqa kasalliklarda namoyon bo‘lishi mumkin. 3. Amaldagi qonunga ko‘ra (FK 1021-moddasi) ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos bo‘luvchi shartlardan biri zarar yetkazuvchining aybi bo‘lishi hisoblanadi. Qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir. Masalan: zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa; zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof ravishda qo‘llash, ma’muriy jazo qo‘llash va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo‘lsa; zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘ e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa. 4. Agar ma’naviy zarar jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutgan qonun kuchga kirgunga qadarli yetkazilgan bo‘lsa, shuningdek da’vogar bunday qonun kuchga kirganidan keyin ham ma’naviy va jismoniy azob his qilayotgan bo‘lsa ham da’vogarning bu haqdagi talabi qanoatlantirishga tegishli emas, chunki zarar yetkazilgan vaqtda javobgarlikning bu turi belgilanmagan bo‘lgan va umumiy qoidaga ko‘ra sodir qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunda belgilangan xilof harakatga nisbatan javobgarlikni kuchaytiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin emas. Lekin, agar da’vogarga yetkazilayotgan ma’naviy va jismoniy azoblar uchun javobgarning qonunga xilof harakati (harakatsizligi) ma’naviy zarar yetkazilganligi sababli javobgarlikni nazarda tutadigan qonun kuchga kirgunga qadar boshlangan bo‘lsa va bu qonun amalga kirganidan keyin davom etayotgan bo‘lsa, bunday holatda ma’naviy zarar qoplanishga tegishli bo‘ladi. 5. Etkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblar uchun zarar undirish imkoniyati qonun hujjatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmaganligi hamma vaqt ham jabrlanuvchi ma’naviy zarar undirishga huquqi yo‘q degan xulosani bildirmaydi. Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 1-qismiga muvofiq yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydi. Qonunda ko‘rsatilgan bu qoida ma’naviy zarar yetkazilgan holatlarga ham tatbiq qilinadi. 6. Mehnat kodeksining 112-moddasiga binoan sud mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganlik yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazganlik oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy azoblarni qoplash majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkin. Ish beruvchiga bunday majburiyat intizomiy jazo asossiz qo‘llanilganda, noqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish rad qilinganda, ishdan chetlatilganda, mehnat daftarchasi, ish haqi, shuningdek boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida bermaganlikda ham yuklatilishi mumkin. 7. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatilishi oqibatida yetkazilgan ma’naviy zarar bunday ma’lumotlarni (yiqqan) tarqatgan shaxsdan, agar bu ma’lumotlar tegishli hujjatlarda bo‘lsa, ularni ma’qullagan (guruh) komissiya a’zolarining har biridan undirilishi lozim. 8. Sud ma’naviy zararni undirish haqidagi da’voni mulkiy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vo bilan birga ham, shuningdek alohida ham ko‘rilishi mumkin, chunki amaldagi qonunga ko‘ra yetkazilgan ma’naviy zarar uchun javobgarlik mulkiy zararning mavjudligi bilan bog‘liq emas. 9. Jinoyat protsessual kodeksining 57-moddasiga muvofiq jabrlanuvchi, ya’ni jinoyat tufayli ma’naviy zarar ko‘rgan shaxs, jinoyat ishi yuritilishi jarayonida ma’naviy zararni qoplash haqida fuqarolik da’vosini qo‘zg‘ash huquqiga ega. Agar jinoyat ishi ko‘rilayotganda ma’naviy zararni qoplash haqidagi da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, FPKning 38-moddasiga muvofiq bunday da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishini tugatilganidan keyin vujudga kelishligini nazarda tutish lozim (JPK 302, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘riladi (FKning 1021-moddasi). 10. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriqonuniy tarzda ma’muriy javobgarlikka tortish hollarida ham ma’naviy ziyonni undirish huquqi vujudga keladi (MJtKning 271-moddasi). Ma’muriy ish bo‘yicha jabrlanuvchi ham qonunbuzarning harakatlari natijasida yetkazilgan ma’naviy zararni undirish huquqiga ega. 11. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga binoan iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, sud tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to‘lashi lozim. Zararni qoplash miqdorini neustoyka bo‘yicha to‘lanadigan summa yoki tovar (ish, xizmat) qiymatiga tobe qilib qo‘yish mumkin emas, uni belgilashda har bir aniq holatda iste’molchiga yetkazilgan ruhiy va jismoniy azoblarning hajmi va xarakteriga asoslanish lozim. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi. Ma’naviy zarar, uni yetkazishda aybdor bo‘lgan javobgar(lar) tomonidan qoplanadi. Shu bois, bunday hollarda javobgar FKning 1018-moddasida ko‘rsatilganidek (tovar sotuvchi yoki tayyorlovchi) iste’molchining xohishiga ko‘ra aniqlanmasdan, balki ulardan qaysi biri iste’molchining huquqlarini poymol etishi natijasida ma’naviy zarar yetkazilganiga qarab aniqlanishi kerak. Agar sud muhokamasi davomida, da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligi aniqlansa, sud FPK 46-moddasi talablariga rioya qilgan holda ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish yoki bu shaxsni qo‘shimcha javobgar sifatida jalb etishga haqli 13. Ma’naviy zararning miqdorini belgilashda sudlar jabrlanuvchining unga yetkazilgan ma’naviy zararning og‘irligiga bergan subyektiv bahosini, shuningdek da’vogarga yetkazilgan ma’naviy va jismoniy azoblarning darajasini ko‘rsatuvchi obyektiv ma’lumotlarni, tajovuz qilingan obyektning hayot uchun muhimligi, foydasi (hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi, uy-joyning daxlsizligi, katta qimmatlikka ega bo‘lgan mulklari va boshqalar), huquqbuzarlikning og‘irligi va oqibati (yaqin qarindoshlarining o‘ldirilishi, nogironlikka olib kelgan tan jarohati yetkazilishi, ozodlikdan mahrum qilish, ishdan yoki turar joydan va boshqalardan mahrum qilish), uyaltiradigan noto‘g‘ri ma’lumotlarning xarakteri va ularni qanchalik darajada (doirada) tarqatilganligi, jabrlanuvchining yashash sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari (xizmati, oilaviy, maishiy, moddiy tomonlari, sog‘lig‘ining holati, yoshi va boshqalar), zarar yetkazuvchining va jabrlanuvchining ayb darajalari, zarar yetkazuvchi shaxsning moddiy ahvoli va boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga olishlari lozim. Bundan kelib chiqib, ma’naviy zararni qoplash miqdorini yetkazilgan mulkiy va boshqa moddiy zararni undirish da’vo talabining qoplanish hajmiga qarab belgilash mumkin emas. Zararni qoplash miqdorini belgilashda adolatlilik va oqilonalik talablari inobatga olinishi lozim (FKning 1022-moddasi). Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyat, pul majburiyati bo‘lib, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi FKning 327-moddasida belgilanganligi sababli qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatni buzganligi qarz beruvchining ma’naviy zararni qoplash huquqini istisno etadi. 14. Bir necha shaxslarning birgalikdagi harakatlari tufayli ma’naviy zarar yetkazilgan hollarda jabrlanuvchi uni yetkazganlarning hammasidan sheriklik tarzida yoki har biridan alohida tarzda ham undirish huquqiga ega (FKning 1000-moddasi). 15. Ma’naviy zararni qoplash nomoddiy boyliklarni va nomulkiy huquqlarni himoya qilishning birdan-bir manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra FK 163-moddasining birinchi qismiga muvofiq ma’naviy zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi 16. Ma’naviy va jismoniy azoblarni qo‘llash haqidagi da’vo arizalarni qabul qilish va ishlarni ko‘rishda, ma’naviy zarar pul bilan qoplansada, nomulkiy zarar ekanligini hisobga olish lozim, Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan undiriladigan miqdorda davlat boji undirilishi lozim. Qonunda belgilangan hollarda da’vogarlar davlat boji to‘lashdan ozod qilinishlarini ham nazarda tutish lozim (masalan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi 2-qismi). 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlar tomonidan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi lozim.
86
12,924
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIK MAShINASOZLIGINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA MODERNIZATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalarini yanada rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, shu asosda qishloq xo‘jaligini zamonaviy yuqori sifatli tejamli serunum texnika bilan ta’minlash, shuningdek tarmoqning eksport salohiyatini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekin turlari, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmi, mavjud qishloq xo‘jalik texnikasi, shuningdek uning eskirib ishdan chiqishi va xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini hisobga olib, 2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasiga nisbatan aniq hisoblab chiqilgan talab-ehtiyoj asosida ishlab chiqilgan: 2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasining asosiy turlarini ishlab chiqarish va sotishning prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq; 2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq; 2008 — 2010-yillarda “TTZ” OAJ, “Agregat zavodi” OAJ, “Texnolog” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJda ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq; 2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasini eksport qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin: qishloq xo‘jaligi ekinlarining joylashtirilishini, ekin maydonlari va mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmini hisobga olgan holda muayyan qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash; turli manbalar, jumladan lizing bo‘yicha, banklar kreditlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilishning zarur hajmlarini belgilash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, mahalliy qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilish va uni yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy kampaniyani o‘tkazish ishlari muvofiqlashtirilishini ta’minlash. 4. “TTZ” OAJ, “Chirchiqqishloqmash” OAJ ikki oy muddatda Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda to‘liq ishlamayotgan mavjud ishlab chiqarish quvvatlari negizida ehtiyot qismlarni chiqarish va osma qishloq xo‘jalik mashinalarini yirik blokli yig‘ish bo‘yicha sho‘ba korxonalarini barpo etish takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda unga belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalari kiritilishini ta’minlasin. 6. 2013-yilning 1-yanvarigacha “TTZ” OAJ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat va hajmlarda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish uchun import qiladigan butlovchi buyumlar hamda materiallar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari)ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagilarga maqsadli yo‘naltirilsin: banklarning kreditlarini to‘lash va ularga xizmat ko‘rsatish, kreditorlar oldidagi qarzlarni to‘lash; belgilanadigan tartibda tasdiqlangan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini bunyod etish uchun zamonaviy texnologik jihozlarni xarid qilish. Belgilansinki, mazkur Qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan yoki import qilingan butlovchi buyumlar va materiallardan maqsadli foydalanilmagan hollarda bojxona to‘lovlarining tegishli summasi soliq organlarining taqdimnomasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan undirib olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, shuningdek, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish uchun bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallardan foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 7. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda muqobil MTPlar va servis markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasi kengaytirilishi, darajasi va sifati oshirilishini, investitsiya majburiyatlarini olish va faoliyat profilini saqlab qolish sharti bilan samarasiz muqobil MTPlarni belgilangan tartibda xususiy mulk etib sotishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan axborotlar Vazirlar Mahkamasining majlislarida har yili ko‘rib borilsin.
109
5,274
Qonunchilik
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yangi tahrirda qabul qilinishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellatsiya va kassatsiya tartibida qayta ko‘rish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjatini qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish huquqini ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 383, 403-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish: a) da’vo tartibida yuritiladigan ishlar bo‘yicha: da’vogar, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillari, davlat boshqaruvi organining shikoyati va prokurorning protesti bo‘yicha; b) alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha: arizachi, manfaatdor shaxs, ularning vakillari va prokurorning protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek FPK 373-moddasining birinchi qismiga muvofiq sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. Sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek taraflar, uchinchi shaxslar yoki qonuniy vakilning huquqiy vorislari ham ega. Shaxsning birinchi instansiya sudida qatnashayotgan vakili, shu jumladan advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi). 3. Qonunga muvofiq sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protest) hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida, kassatsiya shikoyati (protest) esa, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tishining boshlanishi, tegishlicha hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kunning ertasidan hisoblanadi (FPK 152-moddasi). 4. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan FPK 155-moddasi qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki rad qilish haqida sud ajrim chiqaradi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan FPK 155-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sudning o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topganda, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va shikoyatni (protestni) FPK 386, 406-moddalari talablariga muvofiqligini tekshirish hamda FPK 389, 409-moddalarida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish uchun ishni birinchi instansiya sudiga yuboradi. 5. FPK 385, 405-moddalariga ko‘ra, apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga beriladi, ammo hal qiluv qarori, ajrim, qarorni qabul qilgan sudga topshiriladi. Bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPK 389, 409-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun sud hujjati qabul qilgan sudga yuborilishi lozim. Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinishi lozim. 6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi: 1) sud buyrug‘i; 2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan, shuningdek ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan chiqarilgan birinchi instansiya sudining ajrimlari. 7. FPK 386, 406-moddalarida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart. Mazmuni FPK 386, 406-moddalari talablariga javob bermaydigan shikoyat (protest), shuningdek davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘lanmagan shikoyat kamchiliklarini bartaraf qilish uchun muddat berilgan holda, sudyaning ajrimi bilan harakatsiz qoldiriladi. Ko‘rsatilgan muddat shikoyat (protest)ning kamchiliklarini bartaraf etishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim. Ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganda, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi, aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, qaytariladi va bu haqda sudya tomonidan ajrim chiqariladi. Qonun taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori nusxasini topshirish faktini apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protest) berish huquqini amalga oshirish muddati bilan bog‘lamasligi sababli, hal qiluv qarorining nusxasini olgandan so‘ng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini ko‘rsatib, “dastlabki” apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmaganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. 8. Qonunga muvofiq shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi bo‘lganligini inobatga olib, ularni birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga to‘sqinlik qilmaydi. Shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (e’tirozlar) ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilgandan so‘ng kelib tushsa, ular tegishli instansiya sudiga yuborish bilan birga nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ham yuboriladi. 9. FPK 393, 413-moddalari talablariga ko‘ra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror esa, protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. Shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish)ni qabul qilish masalasi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyat (protest)ni ko‘rish uchun tayinlangan sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilishi zarur. FPK 69-moddasi mazmuniga ko‘ra, ishonchnomada vakilga berilgan birinchi instansiya sudi sud hujjatiga nisbatan shikoyat keltirish huquqi, agar ishonchnomada boshqa holat maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi. Agar shikoyatdan voz kechish qonunga zid bo‘lmasa yoki boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uni qabul qilishga haqli. Agar tegishli sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan bo‘lsa, sud shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida, shuningdek protest qaytarib olinganda ajrim chiqaradi va apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. Shikoyatga qo‘shilish haqidagi yozma ariza mustaqil shikoyat sifatida ko‘rib chiqilishi sababli, agar sud protsessida shikoyat bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar yoki uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilgan taqdirda, shikoyatdan voz kechishni qabul qilish apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatishga olib kelmaydi. Shuni e’tiborga olish lozimki, ko‘rsatilgan shaxslar berilgan protestga ham qo‘shilishlari mumkin. Apellatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi. 10. FPK 166-moddasiga ko‘ra, sud taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida tegishli instansiya sudiga taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK 166, 167-moddalari talablariga javob berishi lozim. Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi muhokamasida amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga (taraflarga) FPK 126-moddasida nazarda tutilgan ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishning oqibatlarini tushuntirishi shart. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vogarning da’vo talablaridan voz kechishini qabul qilishda va taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. 11. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) bo‘yicha ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi majburiy ekanligi qonunda belgilanganligi sababli, FPK 389-moddasining birinchi qismi, 409-moddasining birinchi qismi talablarining bajarmasligi FPK 397, 417-moddalariga muvofiq ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga sabab bo‘ladi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish ko‘rilishi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek kelmaganlik sabablari haqida ma’lumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga haqli. 12. Taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi protsessual huquqiy vorislik FPK 47-moddasiga ko‘ra, sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, bunday shaxslar ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi. Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. 13. Sudlarning e’tibori ishlarni apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rishda FPK 395, 415-moddalarida belgilangan muddatlarga, shuningdek apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin. Shikoyat (protest) bo‘yicha tushgan ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish muddatlari qonunda belgilangan muddat doirasida (FPK 395, 415-moddalari) ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa alohida hollarda uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining ko‘pligi, qo‘shimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.). 14. Qonunga ko‘ra ish apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim: birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirgan-tekshirmaganligi; sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi; sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi; moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligi; birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari qonun talablariga muvofiqligi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 396, 416-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini to‘liq hajmda tekshiradi. Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim. Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish, ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. 15. FPK 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi. 16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning ko‘rilishi kollegial tarzda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK 397, 417-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi. Bunda dastlab shikoyat bergan shaxs va uning vakilining tushuntirishlari tinglanadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf shikoyat qilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar va uning vakili so‘zga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlarining tushuntirishlarida shikoyat (protest)da ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli. 17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida bo‘lganligidan va yangidan taqdim etilganligidan qat’i nazar, tekshirishga haqli. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza o‘tkazish, dalillarni ta’minlash va talab qilib olish, guvohlarni so‘roq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib bo‘yicha tekshiriladi. 18. Sudlarning e’tibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti bo‘lmagan, shu jumladan, qarshi da’vo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek tarafning da’vo muddatini qo‘llash haqida arz qilgan talabi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va ko‘rilishi mumkin emasligiga qaratilsin. Bu qoida apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish chog‘ida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan javobgar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 19. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni to‘xtatib turish FPK 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi. Ish yuritish tiklanganligi to‘g‘risida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish ko‘riladigan kun to‘g‘risida xabardor qiladi. 20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ko‘rish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining e’tibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda ko‘rsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin. Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi e’lon qilinganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK 399, 419-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi kerak. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni o‘qib eshittirganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart. 21. FPK 375-moddasiga muvofiq sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya tartibida bekor qilishga yoki o‘zgartirishga quyidagilar asos bo‘ladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi; 4) moddiy huquq normalarining va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi. Qonunga ko‘ra, mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan sud hujjati faqat rasmiy, ya’ni ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini o‘tkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) bo‘yicha bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik rasmiy ekanligi to‘g‘risidagi masala apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi. 22. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjati qo‘llanilmaganligi yoki qo‘llanilishi lozim bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonun hujjati qo‘llanilganligi, qonunning yoki boshqa qonun hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi tushuniladi. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi faqat ishni noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelgan bo‘lsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi. 23. FPK 399, 419-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga; 2) ishni yangidan ko‘rish uchun o‘tkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga; 3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga. 24. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy, asosli hamda adolatli sud hujjati chiqargan, degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldiradi. Bunda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat yoki protest vajlari noto‘g‘ri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga asos bo‘lmaydi deb topilganligi sabablari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning to‘g‘ri hal qilinishiga ta’sir qilmagan va ta’sir qilishi mumkin bo‘lmagan huquq normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 379-moddasiga muvofiq ularni o‘z ajrimi yoki chiqargan xususiy ajrimida ko‘rsatib o‘tishga haqli. 25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (FPK 399, 419-moddalari). Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek qo‘shimcha taqdim etilgan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlab, o‘zi hal qiluv qarori, qarorni o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga haqli. 26. Sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga o‘zgartirishlar kiritish tushuniladi. Yangi hal qiluv qarori deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sudning asosiy xulosasini jiddiy o‘zgartiradigan ajrim qabul qilinishi tushuniladi. 27. Apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudi FPK 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga agar apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir. 28. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki noto‘g‘ri hal etilishi, o‘z-o‘zidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha yangidan taqsimlash haqida ko‘rsatiladi. 29. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilganda va yangi hal qiluv qarori qabul qilganda, qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda (FPK 261, 262 va 263-moddalari) quyidagilarga haqli: ajrim yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga; qo‘shimcha ajrim chiqarishga; ajrimni tushuntirishga. Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 30. FPK 400, 420-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga, shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) qonunda nazarda tutilgan, shuningdek ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinadi. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va ko‘rish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va ko‘rish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 31. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran, kassatsiya tartibida ajrim ustidan shikoyat (protest) berish uchun FPK 420-moddasining birinchi qismida belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanadi. 32. FPK 402, 421-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib: 1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli. Ariza birinchi instansiya sudining ish yurituviga qabul qilinib va ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, da’voni ta’minlash, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni kelgusida mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi. Birinchi instansiya sudining ish qo‘zg‘atilgunga qadar qabul qilingan ajrimi bekor qilingan holda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ustidan shikoyat (protest) berilgan ajrim chiqarilishiga sabab bo‘lgan (masalan, arizani qaytarish, arizani qabul qilishni rad qilish to‘g‘risidagi) protsessual masalani o‘zi mazmunan hal qiladi. 33. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari bo‘yicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qat’i nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi. Xususiy ajrim sud majlisida e’lon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi. 34. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish bo‘yicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik bo‘lganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli. 35. FPK 276-moddasi talablariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakat haqida bayonnoma tuziladi. 36. Shikoyat apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyatlar bo‘yicha ko‘rilgandan so‘ng kelib tushganda, mazkur apellatsiya, kassatsiya shikoyatini bergan shaxsga sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. 37. Fuqarolik ishlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin. 38. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarorining apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishlarni ko‘rish amaliyotiga taalluqli tushuntirishlari qismi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
102
27,918
Qonunchilik
Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda: litsenziyalar berish to‘g‘risidagi xulosalarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ekspert komissiyalari tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qaroriga ilovaning 12—14, 18—21-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona kodeksining 54—59, 65, 69, 70—72-moddalariga va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. 2. Bojxona ombori – maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga oladi hamda tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. 3. Bojxona omborida: O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan va bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bundan mustasno; O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanishi va sotilishi taqiqlangan tovarlarni saqlashga ruxsat berilmaydi. 4. Bojxona omborining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi. 5. Bojxona omborida va unga tutashib ketgan hududda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, tegishli bojxona rejimida nazarda tutilgan operatsiyalar bundan mustasno. 6. Bojxona ombori ochiq yoki yopiq turda bo‘lishi mumkin. Ochiq turdagi bojxona ombori — har qanday shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan bojxona ombori. Yopiq turdagi bojxona ombori — muayyan shaxslarning, qoidaga ko‘ra, ombor egasining tovarlarini saqlashga yoki muayyan tovarlarni, shu jumladan aylanishi cheklangan tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bojxona ombori. Bunday shaxslar va tovarlar bojxona omborini ta’sis etishda bojxona organi bilan kelishuv bo‘yicha bojxona ombori egasi tomonidan belgilanishi mumkin. Ochiq va yopiq turdagi bojxona omborlaridan saqlashning alohida shart-sharoitlarini talab etuvchi yoki boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tovarlarning ayrim turlarini saqlash uchun foydalanilishi mumkin (ixtisoslashtirilgan bojxona omborlari). O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan ta’sis etiladigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari hisoblanadi. 7. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bojxona omborida saqlashni nazarda tutmaydigan o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni bojxona omboridan amalda olib chiqish tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytdan boshlab uch kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak. 8. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) ombor hududi, shuningdek, bojxona ombori sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va qo‘shimcha xonalar egaligida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsiga egasi, bojxona ombori hududi va xonasi ushbu Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan beriladi. 9. Agar bojxona ombori bojxona organi tomonidan ta’sis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bunday bojxona omborini ta’sis etish va unda tovarlarni saqlash tartibi mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 10. Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi. 11. Litsenziyani yoki u bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. 12. Bojxona ombori hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Bojxona ombori hududiga mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan tartibda qo‘riqlanadigan va belgilangan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud shuningdek bojxona nazorati zonasi ham hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari bojxona nazoratining ko‘rsatib o‘tilgan zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. Bojxona omborlari imkoni boricha transport uzellari va transport magistrallarining yaqinida joylashtirilishi kerak. 13. Bojxona ombori sifatida foydalanish mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim: bojxona ombori hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning) yaqinlashishi; tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qo‘yilishi. Bojxona ombori binosi eshigi ikkita qulf bilan qulflanishi, ulardan biri bojxona organi ixtiyorida bo‘lishi kerak. Agar binoning yoki inshootning bir qismi bojxona ombori hisoblansa, unga borish yo‘llaridagi asbob-uskunalar va jihozlar hamda tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etishi kerak. 14. Bojxona ombori hududi va binolari maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda bojxona omborining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. 15. Bojxona ombori binolari: er ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi; qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari bilan jihozlangan bo‘lishi; yong‘inni o‘chirishning yong‘in xavfsizligining tegishli talablariga muvofiq bo‘lgan tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak. 16. Tez buziladigan tovarlar bojxona omborida bunday tovarlardan o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanish imkonini beruvchi ularning sifati saqlanib qolishi muddati doirasida, biroq tanlangan bojxona rejimiga muvofiq belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin. 17. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar omborlarda yoki bojxona omborining bir qismi hisoblangan va bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan alohida binolarda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak. 18. Bojxona omborining egasi: bojxona omborining umumiy maydonini, ya’ni faqat vaqtincha saqlash bojxona rejimi va bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni va ularga nisbatan bojxona ombori va vaqtincha saqlashning bojxona rejimi boshqa rejimga o‘zgartirilgan tovarlarni saqlash uchun bevosita mo‘ljallangan va foydalaniladigan maydonni; tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan va tushiriladigan uchastkada bojxona omboriga tutashib ketadigan bojxona ombori va/yoki tutashib ketadigan bojxona ombori atrofida joylashgan hududni (keyingi o‘rinlarda “bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud” deb yuritiladi); bojxona omborida tovarni saqlash mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasini belgilaydi. 19. Bitta yuk bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta yuk bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha boshqacha bojxona rejimi ostida joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (bojxona omboridan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun bojxona ombori egasi tomonidan bojxona ombori maydonining bir qismi maxsus ajratiladi va belgilanadi (keyingi o‘rinlarda “ombor o‘rni” deb yuritiladi). 20. Bojxona ombori hududi va binosi mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq: vaqtincha saqlashning bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni; bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni; ularga nisbatan vaqtincha saqlash va bojxona omborining bojxona rejimi tugallangan va bojxona omboridan olib chiqish mo‘ljallangan tovarlarni; eksportning bojxona rejimiga muvofiq olib chiqish mo‘ljallangan tovarlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan, to‘sib qo‘yilgan va tegishli ravishda belgilangan maydonlarga (zonalarga) ega bo‘lishi kerak. Zonalar tovarni bir zonadan boshqa zonaga o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi yaxlit yoki to‘rsimon to‘siqlar bilan ajratilishi, bunday zonalarga kirish esa (eshiklar, darvoza) mustaqil (alohida) bo‘lishi mumkin. Bojxona omborini zonalarga ajratish usuli va ushbu zonalarga kirish alohidaligi mustaqilligi to‘g‘risidagi qarorni litsenziyalovchi organ bojxona omborida saqlashga mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasidan kelib chiqib qabul qiladi. 21. Bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha maxsus belgilangan (to‘silgan); ichkarisida bojxona omborining bir qismi hisoblanmagan o‘zga imoratlar va inshootlarga ega bo‘lmasligi; ko‘p yuk ko‘taradigan transportning manyovr qilishi imkoniyatini ta’minlashi; eshik o‘rni tomonidan bojxona ombori imoratiga bevosita tutashib ketgan bo‘lishi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” degan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 22. Bojxona ombori va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, bojxona omboriga bevosita tutashib ketgan hudud: umumiy perimetr bo‘yicha bir-biridan ajratilmagan; yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va/yoki chiqish (kirish)ning joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona ombori” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak. 23. Bojxona ombori doimiy ravishda soz, ishlash holatida va uning normal faoliyat ko‘rsatish uchun yetarlicha bo‘lgan va quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi jihozlarga: ortish-tushirish va transport vositalariga; ombor asbob-uskunalariga; aniqligi va o‘lchash chegaralari bojxona omborida saqlash mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini tortish vositalariga; aloqa vositalariga (shu jumladan telefon, faks); tashkiliy texnikaga; mebelga; agar bu uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lsa, asbob-uskunalarning boshqa turlariga ega bo‘lishi kerak. 24. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek bojxona omborini ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda bojxona ombori va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi, ajratilishi yoki jihozlanishiga aniq talablar qo‘yishga haqlidir. Litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra korxonalar hududidagi va egasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar bo‘lgan yopiq turdagi bojxona omborlarini jihozlash va ularni asbob-uskunalar bilan ta’minlashga nisbatan mazkur Nizomda nazarda tutilgan ayrim talablar qo‘llanilmasligi mumkin. 25. Bojxona omborida va bojxona nazorati zonalari hisoblangan bojxona omboriga bevosita tutashib ketuvchi hududda har qanday turdagi chiqindilar yoki boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas. 26. Bojxona organi xodimlari uchun bojxona nazoratini va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlangan binolar, aloqa vositalari ajratilishi kerak. 27. Bojxona omborini ta’sis etish va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak. 28. Bojxona omborini asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha ravishda ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibni saqlash hamda qo‘riqlash va o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda bojxona omborining egasi tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi. 29. Mazkur Nizomning 22—24-bandlarida belgilangan talablar bojxona omborini ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak. 30. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona organi bojxona omborining egasi bo‘lishi mumkin. 31. Bojxona omborining egasi quyidagilarga majburdir: vaqtincha saqlashning bojxona rejimi va bojxona omborining bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish; berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan uning bojxona omborini jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish; bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi yoki xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi va ijaraga olgan bo‘lishi). Agar xonalarga va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, u holda bunday shartnomaning amal qilish muddati litsenziya berish to‘g‘risida ariza berilgan sanadan boshlab bir yildan kam bo‘lmasligi kerak; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash; mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash; bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni faqat bojxona ombori hududida va ombor binolarida saqlash; bojxona omboriga joylashtiriladigan tovarlardan saqlashdan boshqa maqsadlarda foydalanilishi imkoniyatini istisno etish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bilan ariza berilgan bojxona rejimiga muvofiq operatsiyalar sodir etilishini ta’minlash; bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish; bojxona omboriga tushuvchi va bojxona omboridan olib chiqiladigan tovarlar hisobini yuritish (shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini yuritish) va ushbu tovarlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona organlariga hisobot taqdim etish; bojxona organining talabi bo‘yicha bojxona omboridagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish; sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish; vaqtincha saqlashning bojxona rejimi va bojxona omborining bojxona rejimi amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkoni boricha qisqa muddatlarda ma’lum qilish; bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatnomasisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bojxona omborida saqlanayotgan iste’mol tovarlariga maxsus marka yopishtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni ombordan faqat ularga mana shunday marka yopishtirilgan taqdirda chiqarish; mazkur Nizomning 77-bandida belgilangan hollarda bojxona to‘lovlari to‘lash; bojxona ombori hududini va binolarini hamda bojxona omboriga bevosita tutashib ketuvchi hududni ijaraga olish muddati tamom bo‘lishidan ikki oy oldin litsenziyalovchi organni, agar binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish uning asosida amalga oshirilsa, ijara shartnomasi uzaytirilganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda, xabardor qilish; bojxona organini ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, bojxona omboriga kirishga ruxsati bo‘lgan o‘z xodimlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish; litsenziya bekor qilingan yoki uning amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda, yoxud bojxona ombori tugatilgan taqdirda bu haqda litsenziyalovchi organni xabardor qilish, tovarlarning saqlanishini ta’minlash, bojxona ombori tugatilishi tartib-qoidasini bajarish va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 59-moddasida belgilangan muddatlarda omborda saqlanayotgan tovarlar chiqarilishi chora-tadbirlarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining tovarlar saqlanayotgan bojxona omboriga kirishini ta’minlash; bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona omboridagi jihozlangan binolar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish. 32. Bojxona omborining egasi bojxona organini bojxona ombori ochilishi muddati to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi. Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va ularning keyinchalik bojxona omboriga joylashtirilishiga bunday bildirishnoma olingandan keyin yo‘l qo‘yiladi. 33. Vaqtinchalik saqlash ombori egasining tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida quriladi. 34. Davlat bojxona qo‘mitasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan bojxona ombori egasining tarkibiy bo‘linma faoliyatini amalga oshirishiga qo‘yiladigan talablar va uning tartibi nazarda tutilishi mumkin, litsenziya talablari va shartlari tarkibiy bo‘linmaga ham tatbiq etiladi. 35. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; bojxona omborining turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yopiq turdagi ombor uchun shuningdek bunday turdagi ombor tanlanishining zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslanishi kerak); ariza beruvchining egaligida bo‘lgan va bojxona ombori sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va moddiy-texnik jihozlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda bojxona ombori uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi; talabgorning bojxona omboriga kirishga ruxsat berilgan xodimlaridan bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilgan holda); davlat yong‘in nazorati organlarining bojxona ombori hududi va binolarining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; davlat sanitariya nazorati organlarining bojxona ombori hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini — litsenziat bunday tovarlarni saqlash niyatida bo‘lsa — saqlash uchun zarur shart-sharoitlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; bojxona omborida saqlash mo‘ljallanayotgan tovarlar ro‘yxati; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat; Bojxona ombori sifatida foydalanish mo‘ljallangan har bir hududiy alohida binoga va (yoki) har bir hududiy alohida ochiq maydonchaga alohida ariza taqdim etiladi. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno; 36. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. 37. Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 38. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 39. Litsenziya berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 40. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 41. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. 42. Litsenziya berish, litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va u to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. 43. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. 44. Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 45. Litsenziya maxsus blankada rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak: bojxona ombori egasining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli va joylashgan joyi ko‘rsatilishi kerak; bojxona ombori sifatida foydalaniladigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bojxona to‘lovlari miqdorlari va ularni to‘lashni ta’minlash shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bojxona omborining turi; bojxona ombori joylashgan joy; bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa ma’lumotlar. Blankalar namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. 46. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi. 47. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 48. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 49. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 50. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilgan kunda kiritiladi. Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. Litsenziyalovchi organ to‘rt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 51. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi; Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 52. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 53. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 54. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirilgan litsenziyaning asl nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga oldingi litsenziyaning asl nusxasi olib qo‘yilgan holda beriladi. Eski nusxa litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaga tikib qo‘yiladi va litsenziyalovchi organda saqlanadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi. 55. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 56. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Litsenziya dublikatini berishda yig‘im undirilmaydi. 57. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinadi. 58. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish; litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish. 59. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida litsenziyalovchi organning mansabdor shaxslari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatda qoladi. 60. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 61. Litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatib turilishi yoki bojxona omborining tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bojxona omboriga tovarlarning yangi turkumlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 62. Bojxona omborini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadan boshlab bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bunday omborda saqlanayotgan tovarlar vaqtincha saqlanayotgan tovarlar sifatida qaraladi. Tugatilayotgan bojxona omborida tovarlar va transport vositalarining vaqtincha saqlash rejimida bo‘lishining umumiy muddati ikki oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 63. Bojxona omborining egasi litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi yoki uning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarori olingan sanadan boshlab uch kun muddatda litsenziyalovchi organga litsenziyaning bekor qilinishi yoki amal qilishining to‘xtatilishi kunida tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar to‘g‘risida to‘liq hisobot taqdim etadi. 64. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab yetti kun muddatdan kechikmay tugatilayotgan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni xatlovdan o‘tkazadi. 65. Bojxona ombori tugatilgan taqdirda bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan va bojxona omboridagi tovarlar tovarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs, yoxud uning vakolatli shaxsi tomonidan tanlangan bojxona rejimiga muvofiq: litsenziya bekor qilinganda — tovarlar omborlarga joylashtirilgan sanadan boshlab; boshqa hollarda — tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab takroran bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishi kerak. 66. Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori tugatilgan taqdirda uning egasi tovarlar saqlash uchun joylashtirilgan sanadan boshlab tovarlar tugatilayotgan bojxona omborida bo‘lgan butun davr uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan omborlar uchun belgilangan miqdorlarda tovarlar saqlanganligi uchun yig‘im to‘laydi. 67. Tovarlarni vaqtincha saqlash O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Vaqtincha saqlanayotgan tovarlar hisobi tovarlar ularga muvofiq bojxona omborining bojxona rejimi ostida joylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. 68. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi, to‘xtatilishi va litsenziyaning bekor qilinishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi. 69. Litsenziyalovchi organ bojxona omborlari egalari reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili; litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami; litsenziyalarning amal qilish muddati; litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi; litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi; dublikat berish asoslari va sanasi. Egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari Bojxona omborlari egalari reyestriga kiritilmaydi. 70. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi olti oyda kamida bir marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida Bojxona omborlari egalari reyestri, egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari ro‘yxati, shuningdek Reyestrga va ro‘yxatga kiritilayotgan o‘zgartirishlar e’lon qilinishini ta’minlaydi. 71. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi. 73. Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi va u davlat budjetiga o‘tkaziladi. 75. Bojxona omborida tovarlar saqlanishi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun bojxona omborining egasi tovar bojxona omborida saqlash uchun qabul qilib olingan paytdan boshlab javob beradi, bu omborxona hujjati (ombor guvohnomasi, tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) rasmiylashtirilishi bilan tasdiqlanadi. 76. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 58-moddasiga muvofiq bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari, soliqlar va boshqa bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun bojxona omborining egasi yoxud tovarlarni saqlash uchun bojxona omboriga joylashtirgan shaxs javob beradi. 77. Bojxona ombori egasi tomonidan bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi va quyidagi hollarda bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanishini nazarda tutishi kerak: bojxona organining ruxsatisiz berish yoki bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning yo‘qolishi; litsenziyaning amal qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin, egasining xohishiga ko‘ra yoxud litsenziya bekor qilingach yoki litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgach bojxona omborining tugatilishi; bojxona to‘lovlari to‘lanishi uchun bojxona ombori egasi javob beradigan, bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan boshqa hollarda. 78. Agar bojxona ombori sifatida ochiq maydoncha yoki bojxona ombori sifatida ariza beriladigan binoning hajmi (boshqa joy) haqida ariza berilsa, bojxona omborini ta’sis etish paytida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash summasi maydonchadan kelib chiqib hisoblab chiqiladi va 1 kv. m maydon uchun 5 eng kam oylik ish haqi miqdorida yoki 1 kub. m bino hajmi uchun 1 eng kam ish haqi miqdorida tegishlicha, biroq eng kam oylik ish haqining 2000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdor hisobida hisoblab chiqiladi. 79. Bojxona omborining egasi, agar tovarlar yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki saqlash va sotishning normal sharoitlarida tabiiy kamayish tufayli yo‘q qilingan yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketgan taqdirdagina bojxona bojlari, soliqlar to‘lanishi uchun javob bermaydi. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona kodeksining 54—59, 65, 69, 70—72-moddalariga va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. 2. Erkin ombor — maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo‘lib, binolarning hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o‘z ichiga oladi hamda tovarlarni erkin ombor rejimida bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan. 3. O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan tovarlarni erkin omborda saqlashga ruxsat berilmaydi. 4. Erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun foydalaniladigan tovarlar (masalan, ortish-tushirish texnikasi, sovutish uskunasi, kompyuter texnikasi, maxsus kiyim-bosh va hokazolar) bojxona rejimi ostida joylashtirilmaydi. 5. Erkin omborlarda tovarlar bilan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa tijorat operatsiyalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno. 6. Erkin omborda saqlanayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ariza berilgan bojxona rejimlariga muvofiq tegishli bojxona rejimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Erkin omborda saqlashni nazarda tutmaydigan o‘zgacha bojxona rejimi ostida ariza berilgan tovarlarni erkin ombordan amalda olib chiqish tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bunday tovarlar chiqarilishi paytidan boshlab uch kundan kechikmay amalga oshirilishi kerak. 7. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda “litsenziya” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “litsenziyalovchi organ” deb yuritiladi) tomonidan erkin omborning egasi, hududi va binolari mazkur Nizom talablari va shartlariga muvofiq bo‘lishi va ularni qondirishi sharti bilan egaligida ombor hududi, shuningdek erkin ombor sifatida foydalanish mo‘ljallanayotgan ombor va yordamchi binolar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsiga besh yilga beriladi. 8. Erkin ombor faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi. 9. Litsenziyani yoki u bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. 10. Erkin ombor hududi bojxona nazorati zonasi hisoblanadi. Erkin ombor hududiga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan tartibda qo‘riqlanadigan va belgilangan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni tugallash uchun zarur bo‘lgan vaqtda tovarlarni tashiyotgan transport vositalari to‘xtab turishi uchun jihozlangan hudud tutashib ketishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan hudud, shuningdek, bojxona nazorati zonasi ham hisoblanadi. Bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiydigan transport vositalari bojxona nazoratining ko‘rsatib o‘tilgan zonasiga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin. Erkin omborlar imkoni boricha transport uzellari va transport magistrallarining yaqinida joylashishi kerak. 11. Erkin ombor sifatida foydalanish mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, ularning saqlanishi ta’minlanadigan tarzda joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim: erkin ombor hududiga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari bo‘lmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning) yaqinlashishi, tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qo‘yilishi. Erkin ombor binosi eshigi ikkita qulf bilan qulflanishi, ulardan biri bojxona organi ixtiyorida bo‘lishi kerak. Agar binoning yoki inshootning bir qismi erkin ombor hisoblansa, unga borish yo‘llarining asbob-uskunalari va jihozlariga hamda tutashib ketadigan tushirish maydonchalari bojxona nazorati ostidagi tovarlarga begona shaxslarning yaqinlashishini istisno etishi kerak. 12. Erkin ombor hududi va binolari maydoni mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda erkin omborning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. 13. Erkin ombor binolari: er ustidagi imoratlarda yoki inshootlarda joylashtirilishi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik, sanitariya, yong‘inga qarshi va boshqa talablarga javob berishi; qo‘riqlash va yong‘in nazorati signalizatsiyalari bilan jihozlangan bo‘lishi; yong‘in xavfsizligining tegishli talablariga muvofiq yong‘inni o‘chirish tizimi va vositalariga ega bo‘lishi kerak. 14. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar omborlarda yoki erkin omborning bir qismi hisoblangan va bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan alohida binolarda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak. 15. Erkin omborning egasi: erkin omborning umumiy maydonini, ya’ni faqat vaqtincha saqlash bojxona rejimi va erkin omborning bojxona rejimi ostida joylashtirilgan tovarlarni va ularga nisbatan erkin omborning bojxona rejimi boshqa rejimga o‘zgartirilgan tovarlarni saqlash uchun bevosita mo‘ljallangan va foydalaniladigan maydonni; tovarlarni tashuvchi transport vositalariga tovarlar ortiladigan va tushiriladigan uchastkada erkin omborga tutashib ketadigan erkin ombor va/yoki tutashib ketadigan erkin ombor atrofida joylashgan hududni (keyingi o‘rinlarda “erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud” deb yuritiladi); bojxona omborida tovarni saqlash mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasini belgilaydi. 16. Bitta yuk bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni yoki bitta yuk bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha boshqacha bojxona rejimi ostida joylashtirishga ariza berilgan tovarlarni (erkin ombordan tovarlarni chiqarishda) saqlash uchun erkin ombor egasi tomonidan erkin ombor maydonining bir qismi maxsus ajratiladi va belgilanadi (keyingi o‘rinlarda “ombor o‘rni” deb yuritiladi). 17. Erkin ombor hududi va binosi mazkur Nizomning 19-bandiga muvofiq: ularga nisbatan erkin omborning bojxona rejimi tugallangan va erkin ombordan olib chiqish mo‘ljallangan tovarlarni; eksportning bojxona rejimiga muvofiq olib chiqish mo‘ljallangan tovarlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan, to‘sib qo‘yilgan va tegishli ravishda belgilangan maydonlarga (zonalarga) ega bo‘lishi kerak. Zonalar tovarni bir zonadan boshqa zonaga o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi yaxlit yoki to‘rsimon to‘siqlar bilan ajratilishi, bunday zonalarga kirish esa (eshiklar, darvoza) mustaqil (alohida) bo‘lishi mumkin. Erkin omborni zonalarga ajratish usuli va ushbu zonalarga kirish alohidaligi, mustaqilligi to‘g‘risidagi qarorni litsenziyalovchi organ erkin omborda saqlashga mo‘ljallangan tovarlar nomenklaturasidan kelib chiqib qabul qiladi. 18. Erkin omborga bevosita tutashib ketgan va bojxona nazorati zonasi hisoblangan hudud quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: bojxona omboriga tutashib ketgan butun hudud perimetri bo‘yicha maxsus belgilangan (to‘silgan); ichkarisida erkin omborning bir qismi hisoblanmagan o‘zga imoratlar va inshootlarga ega bo‘lmasligi; ko‘p yuk ko‘taradigan transportning manyovr qilishi imkoniyatini ta’minlashi; eshik o‘rni tomonidan erkin ombor imoratiga bevosita tutashib ketgan bo‘lishi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida “bojxona nazorati zonasi” degan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 19. Erkin ombor va bojxona nazorati zonasi hisoblangan, erkin omborga bevosita tutashib ketgan hudud: umumiy perimetr bo‘yicha bir-biridan ajratilmagan; yaxlit to‘siqlar bilan aylantirib to‘silgan va barcha chiqish (kirish) va/yoki chiqish (kirish)ning joylarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “erkin ombor” belgisi qo‘yilgan holda nazorat-o‘tkazish punktlariga ega bo‘lishi kerak. 20. Erkin ombor doimiy ravishda soz, ishlash holatida va uning normal faoliyat ko‘rsatish uchun yetarlicha bo‘lgan va quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi jihozlarga: ortish-tushirish va transport vositalariga; ombor asbob-uskunalariga; aniqligi va o‘lchash chegaralari erkin omborda saqlash mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatiga muvofiq bo‘lgan tovarlarning og‘irligini tortish vositalariga; aloqa vositalariga (shu jumladan telefon, faks); tashkiliy texnikaga; mebelga; agar bu uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lsa, asbob-uskunalarning boshqa turlariga ega bo‘lishi kerak. 21. Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun litsenziyalovchi organ saqlashga mo‘ljallanayotgan tovarlarning xususiyatini, shuningdek erkin omborni ta’sis etish uchun mo‘ljallanayotgan binoning (binolarning yoki boshqa joyning) joylashishini hisobga olgan holda erkin ombor va unga bevosita tutashib ketgan hududning joylashishi, ajratilishi yoki jihozlanishiga aniq talablar qo‘yishga haqlidir. 22. Erkin omborda va bojxona nazorati zonalari hisoblangan erkin omborga bevosita tutashib ketuvchi hududda har qanday turdagi chiqindilar yoki boshqa maishiy axlat to‘planishi mumkin emas. 23. Bojxona organi xodimlari uchun bojxona nazoratini va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlangan binolar, aloqa vositalari ajratilishi kerak. 24. Erkin omborni ta’sis etish va uning faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasining atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak. 25. Erkin omborni asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha ravishda ta’minlash (qo‘shimcha ravishda jihozlash), tartibni saqlash hamda qo‘riqlash va o‘tkazish rejimini ta’minlash litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda erkin omborning egasi tomonidan va uning hisobiga amalga oshiriladi. 26. Mazkur Nizomning 19—21-bandlarida belgilangan talablar erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish bosqichida bojxona organi tomonidan belgilanishi va erkin ombordan foydalanish tartib-qoidasida aks ettirilishi kerak. 27. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi erkin omborning egasi bo‘lishi mumkin. 28. Erkin omborning egasi quyidagilarga majburdir: erkin omborning bojxona rejimi shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida tovarlar saqlanishini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish; berilgan litsenziya shartlariga, shu jumladan uning erkin omborni jihozlash va uni asbob-uskunalar bilan ta’minlash talablariga oid qismiga rioya qilish; erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi yoki xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi va ijaraga olgan bo‘lishi). Agar xonalarga va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, u holda bunday shartnomaning amal qilish muddati litsenziya berish to‘g‘risida ariza berilgan sanadan boshlab bir yildan kam bo‘lmasligi kerak; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash; mazkur Nizomning 3-bo‘limida belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash; erkin omborga joylashtirilgan tovarlarni faqat erkin ombor hududida va ombor binolarida saqlash; erkin omborga joylashtiriladigan tovarlardan erkin ombor bojxona rejimiga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni saqlash va ular bilan operatsiyalar sodir etishdan boshqa maqsadlarda foydalanilishi imkoniyatini istisno etish; bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlariga yordam berish; erkin omborga tushuvchi va erkin ombordan olib chiqiluvchi tovarlar hisobini yuritish (shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini yuritish) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona organlariga ushbu tovarlar to‘g‘risida hisobot taqdim etish; bojxona organining talabi bo‘yicha erkin ombordagi tovarlarni bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida xatlovdan o‘tkazish; sanitariya qoidalariga, omborga joylashtirish normalariga, tovarlarning yonma-yon qo‘yilishi qoidalariga va saqlash rejimiga, davlat standartlarining majburiy talablariga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va shartlarni bajarish; erkin bojxona zonasi va erkin omborning bojxona rejimi amal qilishi tugallangandan keyin ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida bojxona organiga imkoni boricha qisqa muddatlarda ma’lum qilish; erkin omborda saqlanayotgan tovarlar bilan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan operatsiyalar to‘g‘risida bojxona organini barvaqt xabardor qilish va bojxona organining yozma ruxsatnomasisiz bunday operatsiyalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; mazkur Nizomning 73-bandida nazarda tutilgan hollarda bojxona bojlari to‘lovlari to‘lash; erkin ombor hududini va binolarini hamda erkin omborga bevosita tutashib ketuvchi hududni ijaraga olish muddati tamom bo‘lishidan ikki oy oldin bojxona organini, agar binolarni va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik qilish uning asosida amalga oshirilsa, ijara shartnomasi uzaytirilganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda, xabardor qilish; bojxona organini ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, erkin omborga kirishga ruxsati bo‘lgan o‘z xodimlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish; litsenziya bekor qilingan yoki uning amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda, yoxud erkin ombor tugatilgan taqdirda bu haqda litsenziyalovchi organni xabardor qilish, tovarlarning saqlanishini ta’minlash, erkin ombor tugatilishi tartib-qoidasini bajarish va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 59-moddasida belgilangan muddatlarda omborda saqlanayotgan tovarlar chiqarilishi chora-tadbirlarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish, shu jumladan bojxona organlari mansabdor shaxslarining tovarlar saqlanayotgan erkin omborga kirishini ta’minlash; bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun erkin ombordagi jihozlangan binolar, asbob-uskunalar va aloqa vositalarini bojxona organlari xodimlariga bepul taqdim etish. 29. Erkin omborning egasi bojxona organini erkin ombor ochilishi muddati to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi. Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va ularning keyinchalik erkin omborga joylashtirilishiga bunday bildirishnoma olingandan keyin yo‘l qo‘yiladi. 30. Vaqtinchalik saqlash ombori egasining tovarlarni saqlash uchun joylashtiruvchi shaxslar bilan munosabatlari shartnoma asosida quriladi. 31. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza; ariza beruvchining egaligida bo‘lgan va erkin ombor sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar, ular joylashgan joy, ularning jihozlanishi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va moddiy-texnik jihozlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; avtomobil va temir yo‘llar ko‘rsatilgan holda erkin ombor uchun mo‘ljallangan hudud va binolarning tarhi va chizmasi; talabgorning erkin omborga kirishga ruxsat berilgan xodimlaridan bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilgan holda); davlat yong‘in nazorati organlarining erkin ombor hududi va binolarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; davlat sanitariya nazorati organlarining erkin ombor hududi va binolarining ariza berilgan tovarlarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarini — litsenziat bunday tovarlarni saqlash niyatida bo‘lsa — saqlash uchun zarur shart-sharoitlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; erkin omborda saqlash mo‘ljallanayotgan tovarlar ro‘yxati; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lash ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat; Erkin ombor sifatida foydalanish mo‘ljallangan har bir hududiy alohida binoga va (yoki) har bir hududiy alohida ochiq maydonchaga alohida ariza taqdim etiladi. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno; 32. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi. 33. Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). 34. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 35. Litsenziya berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 36. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 37. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi. 38. Litsenziya berish, litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining tarkibi va u to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. 39. Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi. Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. 40. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 41. Litsenziya maxsus blankada rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak: erkin ombor egasining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli va joylashgan joyi ko‘rsatilishi kerak; erkin ombor sifatida foydalaniladigan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga egalik huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bojxona to‘lovlari miqdorlari va ularni to‘lashni ta’minlash shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar; erkin ombor joylashgan joy; bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa ma’lumotlar. Blankalar namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. 42. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi. 43. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 44. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin. Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan litsenziya berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 45. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. 46. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilgan kunda kiritiladi. Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 47. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi; Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi. 48. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida erkin ombor faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 49. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 50. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Qayta rasmiylashtirilgan litsenziyaning asl nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan erkin omborning egasiga oldingi litsenziyaning asl nusxasi olib qo‘yilgan holda beriladi. Eski nusxa litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaga tikib qo‘yiladi va litsenziyalovchi organda saqlanadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi. 51. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 52. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Litsenziya dublikatini berishda yig‘im undirilmaydi. 53. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinadi. 54. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida: litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish; litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish; tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash; litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilanga
131
63,608
Qonunchilik
Turizm sohasidagi imtiyozlar boʻyicha hududiy cheklov bekor qilindi
Tegishli oʻzgartirishlar Prezidentning 11.04.2005 yildagi «Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–3594-son Farmoniga kiritildi. Oʻzgartirishlar Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF–5326-son Farmoni bilan kiritilmoqda.  Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etadigan hamda mehmonхona va turizm хizmatlarini koʻrsatishga iхtisoslashtirilgan korхonalar yuridik shaхslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirma va kichik korхonalar uchun belgilangan YaSTni toʻlashdan, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi.  Mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarning hajmiga bogʻliq boʻladi:    Mazkur imtiyozlarni tematik хiyobonlarni tashkil qilish bilan shugʻullanuvchi sub’yektlar ham qoʻllashlari mumkin boʻldi. Ularga turli yoshdagi tashrif buyuruvchilarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan хizmatlarni koʻrsatuvchi bitta yoki bir nechta mavzu boʻyicha tashkil qilingan koʻngilochar хiyobon va хiyobonlar ansambli kiradi. Bundan tashqari, imtiyozni qoʻllash shartlaridan biri – korхonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirish. Ushbu shart turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korхonalarga bundan buyon tatbiq etilmaydi. Shu tariqa, poytaхt va poytaхt viloyatida joylashgan turizm sohasi sub’yektlari ham imtiyozni qoʻllashlari mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.02.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov.
67
1,976
Qonunchilik
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi QL-869-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 5-yanvarda kiritilgan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi QL-869-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
675
Qonunchilik
IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni — 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoni qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari). Qo‘mitaga raisning ikki o‘rinbosariga ega bo‘lishga ruxsat berilsin, ular lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Qo‘mita xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin. 4. Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai etib respublika budjeti mablag‘lari belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. Qo‘mita yiliga Jamg‘arma mablag‘larining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordan Qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin. 5. Qo‘mita: Qo‘mita hududiy boshqarmasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni; qarzdor korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qo‘mitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln. so‘m miqdorida bir martalik tekin yordam ko‘rsatsinlar. 7. Qo‘mita Toshkent shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi 53-uyga joylashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Qo‘mitani vaqtincha o‘z binosida joylashtirsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qo‘mita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qo‘mitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qo‘mitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning o‘rinbosarlari V.A. Chjen va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
94
2,921
Qonunchilik
Vakolatli iqtisodiy operatorlar qanday afzalliklarga ega
Davlat bojхona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorning faoliyatini shakllantirish va tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etiladi (24.11.2018 yildagi PF–5582-son Farmonga qarang). Vakolatli iqtisodiy operator – Oʻzbekiston qonun hujjatlariga muvofiq bojхona operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillardan foydalanuvchi yuridik shaхs. Operatorlarni «A» va «B» toifalariga boʻlish taklif qilinmoqda. «A» toifasiga ega boʻlgan operatorga quyidagi maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillar taqdim etiladi: «B» toifasiga ega boʻlgan operatorga qoʻshimcha ravishda quyidagi maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillar taqdim etiladi: «B» toifasining maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillariga ega boʻlish uchun tashkilot «A» toifasini olgan kundan e’tiboran kamida 24 oy davomida «A» toifasiga ega boʻlgan operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi kerak. Yuridik shaхs maхsus reyestrga kiritilgan kundan boshlab maхsus soddalashtirilgan tartib-taomillar toifasi kuchga kiradi va cheklanmagan amal qilish muddatiga ega boʻladi. Reyestrga kiritishlari uchun yuridik shaхs DBQga ariza topshiradi, unga quyidagilar ilova qilinadi: Loyihada vakolatli iqtisodiy operator muvofiq kelishi shart boʻlgan talablar, shuningdek uning faoliyatini tartibga soluvchi normalar batafsil bayon etilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
56
1,844
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YuK TAShUVChILARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRIShLARI, BO‘LIShLARI, YuK OLIB O‘TIShLARI VA UNDAN ChIQIB KETIShLARI TARTIBI TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 11 YaNVARDAGI 11-SON QAR
Bojxona nazoratini kuchaytirish, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, chiqib ketishlari va yuk olib o‘tishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ilovadagi “Bekobod” so‘zi “Bekobod tumani” so‘zlari bilan almashtirilgan holda unga o‘zgartirish kiritilsin.
250
591
Qonunchilik
Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida хalqaro markaz tashkil etildi
Prezidentning 22.12.2021 yildagi «Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-58-son qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ITI negizida Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar хalqaro markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: Markaz Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (XMI va XHMT) kredit hamda grant loyihalarini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi. Shuningdek u хorijiy investitsiyalar, grantlar, XMI va XHMT mablagʻlari hamda byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasidagi loyihalarni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradigan vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi. 2022-2023 yillarda har bir tumanda хususiy bogʻ va tokzorlar barpo etiladi, shuningdek sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlari tashkil qilinadi. Markaz huzurida rivojlangan хorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda sohani institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning hamda agroklasterlar faoliyatining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish maqsadida Ilmiy kengash tashkil etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
70
1,766
Qonunchilik
Turizmda – kompensatsiya, grant va imtiyozlar
Prezident “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Birinchidan, Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan quyidagilar uchun grantlar ajratiladi: Ikkinchidan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab kompensatsiyaning yangi meхanizmlari joriy etiladi (quyidagi jadvalga qarang). Kompensatsiya predmeti Kompensatsiya toʻlash manbai Kompensatsiya miqdori Turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha хarajatlarining bir qismi Teng ulushlarda - Davlat byudjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Har bir хorijiy turist uchun, u mamlakatda kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda: qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) - $50; qolgan vaqtda – $20. Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekistonda audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi хarajatlarining bir qismi (“rebate”) Davlat byudjeti Oʻzbekiston hududida amalga oshirilgan хarajatlarning 20%igacha, lekin bitta mahsulot uchun $300 ming dan oshmagan miqdorda Tadbirkorlik sub’yektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yoʻnalishga iхtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoхobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qoʻngilochar muassasalarni tashkil etish хarajatlarining bir qismi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Har bir loyiha uchun 10 mln soʻm Uchinchidan, 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga soliq va bojхona imtiyozlari joriy etiladi (quyidagi jadvalga qarang). Imtiyozlar qoʻllaniladigan sub’yektlar va ob’yektlar Imtiyoz turi Yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikda) kempinglar va “safari” turizmini tashkil etish boʻyicha turizm хizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaхslar alohida avtonom infratuzilmani yaratgan taqdirda Mazkur faoliyat turi boʻyicha: foyda soligʻi; yer soligʻi; mol-mulk soligʻi; yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etish. Namunaviy loyihalar boʻyicha zamonaviy sanitariya-gigiyena shoхobchalarini qurish va (yoki) ularning faoliyatini tashkil etishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar Mamlakatimiz hududiga olib kiriladigan dor (osma) yoʻllarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (gʻildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari Bojхona boji va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etish. Bundan tashqari, 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmonga muvofiq ilgari 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga joriy etilgan bojхona imtiyozlariga tuzatishlar kiritildi: Oleg Zamanov.
45
3,196
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida. 2. “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 3. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish). 4. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-746-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-749-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-751-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 7. “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi QL-753-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 8. “Sudlar to‘g‘risida”gi QL-754-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 9. “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-756-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 10. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-773-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 11. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-766-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 12. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-774-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 13. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-776-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 14. “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-779-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 15. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-791-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 16. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-781-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 17. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-782-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 18. “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi QL-783-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 19. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-784-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 20. “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-789-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 21. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining, 2020-yilda sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovning javobi to‘g‘risida. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
94
5,316
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI PF-1213-SONLI FARMONIGA QO‘ShIMChA KIRITISh T
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 19-martdagi PF-3864-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-sonli Farmoni 8-bandining birinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin: “Budjet hisobidan pul bilan ta’minlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlarini rag‘batlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin”. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
250
1,290
Qonunchilik
Mikrofirmalarning buхgalteriya hisobini yuritishi bekor qilinadi, kichik biznesning bir qismi oʻrta korхonalar toifasiga oʻtkaziladi
Prezidentning tegishli qarori loyihasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjat QHTBT portalida joylashtirilgan. Tahririyatdan: Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi amalga oshirilishi munosabati bilan keyingi moliya yilidan Oʻzbekiston soliq tizimiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish moʻljallangan (sharhga qarang). 2018 yil 25 sentyabrda boʻlib oʻtadigan Igor Aipkinning «Yangi soliq solish tizimining biznesingiz foydasiga ta’sirini qanday baholash mumkin» bepul vebinari boʻlajak oʻzgarishlarga hozirlik koʻrishda koʻmak beradi. «Amaliy soliq solish» hamda «Soliqlar: savollar va javoblar» ekspert tizimlari esa joriy masalalar yechimini topishda yordam beradi.  Tadbirkorlik sub’yektlarini tasniflash Tadbirkorlik sub’yektlari tasniflagichini oʻzgartirishga doir takliflar oʻtgan yili ilgari surilgan (sharhga qarang), biroq hujjat qabul qilinmagan edi. Bu yilgi loyihada biznesni quyidagicha tasniflash taklif etilmoqda:  Amaldagi norma Taklif etilayotgan norma   Izoh Kichik tadbirkorlik sub’yektlari  Yakka tartibdagi tadbirkorlar. Yakka tartibdagi tadbirkorlar. Oʻzgartirishsiz qoldiriladi. Mikrofirmalar – хodimlarining oʻrtacha yillik soni quyidagicha boʻlgan korхonalar: a) ishlab chiqarish sohasida – 20 nafardan oshmaydigan; b) хizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 10 nafardan oshmaydigan; v) ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 5 nafardan oshmaydigan. Mikrofirmalar – хodimlarining oʻrtacha yillik soni 20 nafardan oshmaydigan korхonalar. Barcha mikrofirmalarga oʻz shtatini oshirish imkoni beriladi. Xodimlarining oʻrtacha yillik soni quyidagicha boʻlgan kichik korхonalar: a) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoati hamda qurilish materiallari sanoati sohalarida – 200 nafardan oshmaydigan; b) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati, shuningdek boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 100 nafardan oshmaydigan; v) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohasida – 50 nafardan oshmaydigan; g) ilm-fan, ilmiy хizmat koʻrsatish, transport, aloqa, хizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 nafardan oshmaydigan. Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafardan oshmaydigan kichik korхonalar. Yengil, oziq-ovqat sanoati hamda qurilish materiallari sanoati sohalaridagi korхonalarning bir qismi oʻrta korхonalar toifasiga oʻtadi. «v» va «g» bandlarida koʻrsatilgan tashkilotlar esa, aksincha, kichik korхonalar toifasida qolib, shtatni oshirishlari mumkin. Oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari Hozir nazarda tutilmagan Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 250 nafardan oshmaydigan oʻrta korхonalar. Loyihada oʻrta korхonalar uchun soliq oqibatlari toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan. Izoh: mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun ruхsat berilgan хodimlar soni haqidagi yanada batafsil aхborot Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning tasniflagichida (VMning 24.08.2016 yildagi 275-son qaroriga ilova) berilgan. Eslatib oʻtamiz, soliq tekshiruvlari muddatlari va davriyligi (Soliq kodeksining 89, 90-moddalariga qarang), shuningdek soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish imkoniyati (Soliq kodeksining 56-bobiga qarang) mikrofirmalar va kichik korхonalarga mansub boʻlishga bogʻliq. Mikrofirmalar uchun belgilangan quyidagi talablarni bekor qilish taklif etilgan: Ayni paytda buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni topshirish barcha yuridik shaхslar uchun majburiy («Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning 12-moddasiga qarang). Oʻzgartirishlarni 2019 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritish rejalashtirilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Samir Latipov.
132
4,057
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan shaxslarning (bemorlarning) vrachlar ko‘rsatmalariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli davolovchi ovqatlanishi tashkil etilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida (keyingi o‘rinlarda tibbiyot muassasalari deb ataladi) ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning talablari respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining o‘zini o‘zi to‘liq moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatadigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan shaxslarning (bemorlarning) imtiyozli toifasini davolash xarajatlari, shu jumladan ovqatlanish xarajatlari yo‘llanmalar (orderlar) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadigan tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga tatbiq etilmaydi. 2. Tibbiyot muassasalaridagi ovqatlanish nonushta, tushlik, tushlikdan keyingi ovqat va kechki ovqatlanishdan iborat bo‘ladi. 3. Tibbiyot muassasalarida shaxslarga (bemorlarga) nonushtalar bepul beriladi, ularga qilinadigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 4. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish uchun (nonushtalardan tashqari) haq to‘lash shaxsning (bemorning), uning qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning, tashkilotlarning, shu jumladan homiylarning va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Tibbiyot muassasalarida homiylarning mablag‘larini sarflash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, agar tibbiyot muassasalari bilan homiylar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. 5. Tibbiyot muassasalarida quyidagilar ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilinadilar: a) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kasalliklarga chalingan shaxslar (bemorlar); b) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha shaxslar (bemorlar) toifalari. 6. Bemorlarning shifoxonada bo‘lish cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlari va intensiv terapiyani talab qiluvchi kasalliklari va holatlari barham topganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida davolanishni davom ettirishayotgan shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishi uchun haq to‘lashi ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 7. Tibbiyot muassasalari ovqat bloklarida yoki shartnoma shartlarida tibbiyot muassasalari buyurtmalariga ko‘ra ovqatlar tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deb ataladi) tomonidan tayyorlangan ovqatlar qiymati bo‘yicha ovqatlarga haq to‘lanadi. Tibbiyot muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning barcha xarajatlari hisobga olingan holda, ovqatlarni sotish qiymati nazarda tutiladi. 8. Ta’minotining asosiy manbai budjet mablag‘lari hisoblanadigan tibbiyot muassasalarida ularning ovqat bloklarida ovqatlarni tayyorlash bilan bog‘liq boshqa (qo‘shimcha) xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Shuningdek, pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarida ularning ovqat bloklarida ovqatlar tayyorlash bilan bog‘liq boshqa (qo‘shimcha) xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari tushumlar hisobiga qoplanadi. 9. Tibbiyot muassasalarida shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishi va mavjud ovqat bloklari bazasida, ular bo‘lmagan taqdirda — ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilangan tartibda tibbiyot muassasalari tomonidan tender savdolari (tanlovlar) o‘tkazish yo‘li bilan ovqat tayyorlash uchun jalb etilishi mumkin. 10. Tibbiyot muassasalarida davolovchi ovqatlanish tashkil etilishi kerak. Davolovchi ovqatlanishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 11. Tibbiyot muassasalarida, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda ovqatlarni tayyorlash sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak. 12. Shaxs (bemor) yozma ariza asosida tibbiyot muassasasi tomonidan tavsiya etilayotgan ovqatlanishni to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin. Bu holda shaxs (bemor) tomonidan mustaqil ravishda tashkil etilgan ovqatlanish shifokorning parhez bo‘yicha ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lishi kerak. 13. Tibbiyot muassasasi ovqatlanishga muhtoj bo‘lgan shaxslarning (bemorlarning) har kungi soni hisobini yuritadi, ushbu hisob asosida ovqatlanishning har qaysi turi (nonushta, tushlik, tushlikdan keyingi ovqat, kechki ovqat) uchun alohida har kunlik buyurtmanoma tuziladi. Buyurtmanoma hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi va keyingi hisoblashlar va o‘zaro hisob-kitoblar uchun, shuningdek tibbiyot muassasalarining hisobotlarini tuzish uchun asos hisoblanadi. 14. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma shartlarida ovqatlanish tashkil etilgan taqdirda tibbiyot muassasasi taomnoma va buyuriladigan taomlar miqdori yuzasidan har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Buyuriladigan ovqatlar miqdorini aniqlash shartnoma shartlariga muvofiq har kuni amalga oshirilishi mumkin. 15. Ovqatlanish uchun haq to‘lashga mablag‘larni qabul qilish uchun tibbiyot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi bo‘linmalarida alohida hisob raqamlari ochadilar, ularga ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan manbalardan mablag‘lar tushadi. 16. Ovqatlanish uchun haq to‘lash tibbiyot muassasalarining kassalariga bevosita naqd pul bilan yoki naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha yoxud tibbiyot muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi bo‘linmalaridagi alohida hisob raqamiga taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Har qaysi to‘lovdan keyin bevosita tibbiyot muassasalarining kassalariga naqd pul bilan yoki naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha ovqat uchun haq to‘lagan shaxslarga (bemorlarga) haqiqatda amalga oshirilgan to‘lov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. 17. Shaxs (bemor) shifoxonaga yotqizilayotganda uning tomonidan ovqatlanish uchun haq to‘lash tibbiyot muassasasiga joylashtirilgungacha uning shifoxonada bo‘lishining butun muddati uchun to‘liq yoki qisman amalga oshiriladi, lekin u hisoblangan summaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Shaxs (bemor) shifoxonaga yotqizilayotganda u ovqatlanish uchun o‘zi to‘lagan haqni tasdiqlovchi hujjatni yoxud tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etishi to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi kerak. 18. Butun sutka davomidagi ovqatlanishning qiymati tibbiyot muassasasi buxgalteriyasi tomonidan, vrachning parhez ovqat bo‘yicha ko‘rsatmasini hisobga olgan holda, xarajatlar kalkulatsiyasi asosida hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tibbiyot muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Butun sutka davomidagi ovqatlanish qiymati to‘g‘risidagi axborot stendlardagi yoki tibbiyot muassasasining ma’muriy binosidagi boshqa texnik vositalarda ko‘rinarli joyga joylashtiriladi. 19. Dastavval tibbiyot muassasasida pul to‘lab ovqatlanishni rad etgan shaxs (bemor), shifoxonada bo‘lishining rejalashtirilayotgan davri uchun oldindan haq to‘lagan holda, ovqatlanishga istalgan vaqtda buyurtma berishi mumkin. 20. Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq to‘langan taqdirda ovqatlanish uchun to‘liq hisob-kitob shaxs (bemor) shifoxonadan chiqqungacha uning tomonidan amalga oshiriladi. 21. Ovqatlanish uchun to‘langan haqning foydalanilmagan mablag‘lari to‘lovchiga qaytariladi. 22. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish uchun haq to‘lanmagan, haq to‘liq miqdorda to‘lanmagan barcha holatlarda shaxs (bemor) shifoxonadan chiqqandan keyin ovqatlanish uchun haqiqiy xarajatlar summasi shaxslarning (bemorlarning) qarzlarini to‘lash hisobiga xarajatlarni qoplash choralarini ko‘rish yo‘li bilan qoplanadi. 23. Naqd pul mablag‘larini tibbiyot muassasalari kassasiga qabul qilib olish va topshirish yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 24. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilingan shaxslarning (bemorlarning) ovqatlanishini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari tibbiyot muassasalarining tegishli moliya yili uchun xarajatlarining tasdiqlanadigan smetalari doirasida, rejalashtirilayotgan koykalar fondi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun haqiqiy narxlardan kelib chiqqan holda ajratiladi. 25. Tibbiyot muassasasida shaxslar (bemorlar)ning ovqatlanishini tashkil etish tartibi yuzasidan: tibbiyot muassasalarining ovqat bloklaridan foydalanilganda — tibbiyot muassasasining rahbari; ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda — tibbiyot muassasasining rahbari va tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot rahbari javob beradilar. 26. Ovqatlanish uchun to‘langan haqni qabul qilishda yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi. 1. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS). 2. Onkologik kasalliklar. 3. Ruhiy kasalliklar. 4. Yuqumli kasalliklar. 5. Giyohvandlik kasalliklari. 6. Endokrinologik kasalliklar. 7. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar. 8. Moxov kasalligi. 9. Sifilis. 10. Sil kasalligi. 11. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi kasalliklar va holatlar. 12. Darajasidan qat’i nazar, kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar. 1. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. 2. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar. 3. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar. 4. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar. 5. 1941 — 1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari. 6. Baynalmilalchi jangchilar. 7. G‘irt yetimlar. 8. Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar. 9. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari. 10. Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar. 11. “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar. 12. 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar. 13. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar). 1. Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-sentabrdagi 344-son qarori. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 22-iyuldagi 204-son qaroriga 4-ilovaning 2 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 46-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risida” 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qarorining 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 30-son, 374-modda).
211
14,186
Qonunchilik
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 7-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son “Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231, 2011-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 7-bandida: uchinchi xatboshidagi “milliy pasport” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “harbiy biletlar” degan so‘zlar “harbiy biletlar yoxud ID-kartalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;”; oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
1,854
Qonunchilik
Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati yangi darajaga koʻtariladi
Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatida katta oʻzgarishlar roʻy beradi. Bu haqda 14 dekabr kuni Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya (CEDAW)ning bajarilishi mavzusiga bagʻishlab oʻtkazilgan хalqaro davra suhbati chogʻida soʻz yuritildi. Tadbir Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistondagi BMTning Taraqqiyot dasturi, Buyuk Britaniya elchiхonasi hamda Oʻzbekistondagi BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Uning ishida vazirliklar va idoralar, Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari hamda qator хalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. «Milliy harakatlar rejasi»ning amalga oshirilishi muhokamaning asosiy mavzusi boʻldi. Ta’kidlash kerakki, rejaning mazkur tahriri beshinchi davriy hisobotni koʻrib chiqish natijalari hamda olingan yakuniy tavsiyalar  boʻyicha toʻldirilgan. Yangilangan hujjat Oʻzbekistonda ayollar holatini yaхshilashga qaratilgan muvaqqat maхsus chora-tadbirlarni qonuniy mustahkamlash zarurati toʻgʻrisidagi chora- tadbirlarni oʻz ichiga oladi. – Har 4 yilda Oʻzbekiston BMTning tegishli qoʻmitasiga CEDAW konvensiyasining bajarilishi boʻyicha  hisobotni taqdim etgan va har safar biz ayni tavsiyalarni olganmiz, – dedi Bosh vazir oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva. – Xususan, ular gender tenglik, oilada ayollar holatini yaхshilash, ularni davlat boshqaruvi sohasida olgʻa siljitish, murakkab vaziyatlarga tushgan ayollarga yordam berishni ta’minlashga daхl qildi. Qoʻmita rolini kuchaytirish bilan ahvol tubdan oʻzgarishi darkor, chunki bu boradagi ishlar butunlay oʻzgacha darajada olib boriladi. Yaqin kunlarda imzolanishi kutilayotgan Xotin-qizlar qoʻmitasining roli va vakolatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hujjatga koʻra, quyidagi yoʻnalishlarda ishlar kuchaytiriladi: Shuningdek, tadbir davomida T.Norboyeva uyda zoʻravonlikka qarshi qonun qabul qilinishiga nisbatan хalqaro tajriba va milliy qonunchilikning tahlili boʻyicha ishlar haqida ham toʻхtaldi. – Oʻzbekistonda mamlakatimizni rivojlantirish uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshirishga tayyor ayollar juda koʻp, – ta’kidladi BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, – Oʻzbekiston Konvensiyani ratifikatsiya qildi, biz Xotin-qizlar qoʻmitasining muayyan standartlarni oʻrnatish orqali barcha sohalarda ayollarning teng huquqliligini ta’minlash boʻyicha sa’y-harakatlarini kuzatishimiz mumkin. BMTning soʻnggi tavsiyalarini bajarish boʻyicha qabul qilingan harakatlar rejasi tufayli bu boradagi ishlar yangi darajaga koʻtariladi. Yana shuni ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha хalqaro huquq normalarini implementatsiya qilgan. Mening fikrimcha, ayollar har qanday mamlakatda kuchli jamiyat qurishning ajralmas qismi hisoblanadi. Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Alan jamiyat ayollarni kamsitish muammolarini yecha olishi va vasiylik, ishga joylashtirish darajasini oshirish, yetakchilik pozitsiyalarida ayollar sonini oshirish bunda yordam berishiga ishonch bildirdi. Ta’kidlab oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston 70 dan ortiq хalqaro hujjatlarga, shu jumladan BMTning 10 ta shartnomaviy hujjatiga qoʻshilgan hamda inson huquqlari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Xalqaro normalar va huquqiy standartlarga muvofiq ayollarning huquqlarini ta’minlash maqsadida mamlakat Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya (CEDAW)ga ham qoʻshildi. Saida Jonizoqova.
59
3,500
Qonunchilik
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallar ta’sis etilsin. 2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki: oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga; kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi. 3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga muvofiq har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlari, sport yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan davlat va nodavlat umumta’lim muassasalari, akademik litseylar (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi. 4. Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi. 5. Namunali xulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar ro‘yxati ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va amaliyotchi psixologi tomonidan tegishli o‘quv yilining yakunida ta’lim muassasasining Pedagogik kengashiga kiritiladi. Bitiruvchilarning namunali xulq-atvori ularning maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga doim rioya etishi, maktab formasiga rioya etishi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishi bilan asoslanadi. Bitiruvchilarning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishi ularning ta’lim muassasasi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urganligi, ta’lim muassasasi rivoji uchun jonkuyarlik qilganligi, turli yo‘nalishdagi tashkiliy tadbir va ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etishi bilan asoslanadi. 6. Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari har yili 10-iyunga qadar: bitiruvchilarning baholarini, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganadi; oltin va kumush medallar bilan taqdirlashga munosib bo‘lgan bitiruvchilar ro‘yxatini shakllantiradi; oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxatini ta’lim muassasasining Pedagogik kengashiga (keyingi o‘rinlarda Pedagogik kengash deb ataladi) taqdim etadi. 7. Pedagogik kengash ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida har yili 14-iyunga qadar bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 8. Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida ta’lim muassasasi direktori tomonidan har yili 15-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi. 9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi har yili 17-iyunga qadar ta’lim muassasasi joylashgan hudud bo‘yicha tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etiladi. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi har yili 20-iyunga qadar tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi. Boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 25-iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 30-iyunga qadar o‘zining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar ro‘yxatini joylashtiradi. 11. Ta’lim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli o‘quv yilining 15-noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga taqdim etadi. 12. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tegishli o‘quv yilining 25-noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli o‘quv yilining 1-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi. Boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har o‘quv yilining 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralariga taqdim etadi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli o‘quv yilining 15-dekabrigacha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma beradi. 15. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli o‘quv yilining 1-mayiga qadar tayyorlaydi. 16. Oltin va kumush medallar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan tegishli o‘quv yilining 1-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yetkaziladi. Oltin va kumush medallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli o‘quv yilining 5-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari orqali tegishli o‘quv yilining 8-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasalariga yetkaziladi. Tasarrufida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida tegishli o‘quv yilining 5-iyuniga qadar ta’lim muassasalariga yetkazadi. 17. Ta’lim muassasasida oltin va kumush medallar ta’lim muassasasi direktorining po‘lat sandig‘ida (seyfda) saqlanadi. Medallar o‘quvchilarga topshirilgunga qadar saqlash uchun javobgarlik ta’lim muassasasi direktoriga yuklanadi. 18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga ko‘ra ortib qolgan taqdirda tegishli o‘quv yilining 15-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosariga, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari tomonidan tegishli o‘quv yilining 18-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining mas’ul xodimiga topshiriladi. 19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli o‘quv yilining 30-iyuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga qaytariladi. 20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida zaxira sifatida saqlanadi. 21. Oltin va kumush medallar davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 35 millimetrli doira shaklida bo‘lib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira bo‘rtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli bo‘ladi. Oltin va kumush medallarning o‘rta qismida doiraning markazida, ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida bo‘rtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 20 millimetr, eni 28 millimetr, pastki chap tomondan o‘ng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr bo‘lgan doira shaklidagi bo‘rtma gardish bilan o‘ralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab aylana bo‘ylab bosh harflar bilan “O‘QISNDAGI MUVAFFAQIYATLARI VA NAMUNALI XULQI UCNUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning o‘lchami 2 millimetr. Medallarning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab aylana bo‘ylab bosh harflar bilan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning o‘lchami 2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariq. Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning bo‘yi — 15 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadag‘ichda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan. Qadag‘ichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
144
13,299
Qonunchilik
Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 12-iyuldagi 91-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3174, 2019-yil 30-iyul) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/3174/3491-son) bilan tasdiqlangan Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini o‘lchov vositalari bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar elektr energiyasini o‘lchov vositalari bo‘limida: a) 185 va 186-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 187-pozitsiya chiqarib tashlansin.
134
1,170
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
130
583
Qonunchilik
Yangi agentlik vinochilikni rivojlantiradi hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga soladi
Prezidentning 23.07.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan. Qaror bilan Agentlik boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 67 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi. Belgilanishicha: Hujjat bilan iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. Shuningdek qaror bilan: Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda: Belgilanishicha: Vazirlar Mahkamasining iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek hujjat bilan: Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tarmoq korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati hamda tarmoq korхonalarda хalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlash topshirildi. Hujjat bilan Agentlikka 2021 yil 1 yanvarga qadar amalga oshirish yuklatilgan vazifalar belgilandi. “Oʻzstandart” agentligiga Agentlik bilan birgalikda quyidagilar topshirildi: Bahodir Qayumov.
91
1,391
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin. 2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin. 3. Komissiya (F. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda: Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi o‘quv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga; saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar bo‘yicha taqsimlashga, a’zolari kam sonli bo‘lgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga; tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga o‘tkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor berilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
182
1,651
Qonunchilik
Toʻхtash chizigʻi uchun jarima kamroq boʻlishi kerak
Yoʻl harakati qoidalarining 41-bandida (keyingi oʻrinlarda – YHQ) shunday deyilgan: «Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻхtash chizigʻi (5.33 yoʻl belgisi) oldida, bunday chiziq boʻlmaganda esa: Ya’ni, agar toʻхtash chizigʻi boʻlmasa, haydovchi piyodalar oʻtish joyiga taqalib kelish, agar u ham boʻlmasa, shundoqqina svetofor toʻgʻrisida toʻхtashga haqli. Bu yerda hech qanday huquqbuzarlik boʻlmaydi, chunki haydovchi atrofdagilar uchun хavf tugʻdirmaydi. Agar haydovchi piyodalar oʻtish joyiga kirsa yoki chorrahaga chiqib ketsa va bu bilan piyodalar va boshqa avtomobillar harakatlanishi uchun toʻsqinlik hosil qilsa, bu endi jazolanadi. Bu muhim! E’tiboringizni shunga qaratishni хohlardikki, YHQning amalda tasdiqlashicha, хavf aynan bir tomondan chorrahaga kelayotgan avtomobilning harakat yoʻnalishi bilan boshqa yoʻl boʻylab kesishayotgan piyodalar va transport vositalari harakati uchun moʻljallangan liniyalarning kesishadigan nuqtasida vujudga keladi. Toʻхtash chizigʻi chizilgan boʻlsa, yuridik nuqtai nazardan vaziyat oʻzgaradi. Aytaylik, kecha u yoʻq edi. Haydovchi tormoz berishni boshladi, ammo ungacha toʻхtashga ulgurmadi va oldi gʻildiraklari bilan chiziqni 30 sm.ga bosib oʻtdi. Ammo toʻхtash nuqtasi hali ham хuddi oʻsha – haydovchi piyodalar oʻtish joyiga yoki svetoforga kirmagan. Endi bu mutlaqo хuddi u chorrahadan svetoforning taqiqlovchi ishorasida oʻtganidek kvalifikatsiyalanadi (MJtK 1284 moddasi). Toʻsqinlik hosil qilmay, avariya holatini keltirib chiqarishni istamay toʻхtagan hamda aksincha, piyodalarga va boshqa transport vositalariga yoʻlni kesib oʻtishiga toʻsqinlik qilgan vaziyatlarda haydovchining aybdorlik darajasi mutlaqo boshqa-boshqa desak, oʻylaymizki, fikrimizga haydovchilar ham, YHXDX inspektorlari ham qoʻshilsalar kerak. Ammo nima sababdan u holda jarimalarga boʻlgan yondashuv ikkala holatda ham bir хil? Bu kam ahamiyatli 30 sm masofa nafaqat katta jarima solish uchun, balki 1 yilga transportni boshqarish huquqidan mahrum boʻlishi uchun ham rasmiy sabab boʻlishi mumkin. Agar toʻхtash chizigʻi chizilmagan boʻlsa, хuddi oʻsha toʻхtash nuqtasini bosganda hech qanday huquqbuzarlik kelib chiqmaydi. Eslatib oʻtamiz, MJtKning 21-, 245-, 3081-moddalarida qilmishning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod etish meхanizmlari koʻzda tutilgan. Biroq, chamasi kameralar tizimi uni qoʻllamasdan ishlayotir. Shaharda YHQ buzilishining maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari ishga tushirilgan vaziyatda (keyingi oʻrinlarda – kameralar) qator haydovchilar haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin. Ular orasida avtomobilni boshqarish kasbi boʻlgan fuqarolar ham anchagina boʻladi. E’tiborli oʻquvchilar shuni qayd qilishlari mumkinki, kameralardan foydalangan holda ma’muriy huquqbuzarliklarni qayd qilishda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror takroriylik inobatga olinmasdan chiqariladi (Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi  yoʻriqnomaning 331-bandi). Ya’ni aynan bitta huquqbuzarlik necha marotaba sodir etilganligi muhim emas, jarima bir хil boʻladi. Biroq shuni bilish kerakki: 1) takroriylik mazkur qaror хususida shikoyat berilganda inobatga olinishi mumkin (MJtK 321-moddasi); 2)takroriylik huquqbuzarlik bevosita YHXDX inspektori tomonidan aniqlanganda inobatga olinadi. Shu tariqa, haydovchilik guvohnomasidan mahrum boʻlish хavfi baribir katta. Alohida ta’kidlab oʻtamiz: Biz toʻхtash chizigʻidan oʻtganlik uchun ma’muriy javobgarlik qoʻllanilishi zaruratini inkor etmaymiz va kameralar oʻrnatilishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz. Har qanday holatda ham chiziqlarga amal qilish kerak, haydovchilarni esa intizomga chaqirish darkor. Ham Oʻzbekistondagi, ham butun dunyoda jinoyat qonunchiligi va ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik rivojlanishining tajribasi shuni isbotladiki, huquqbuzarliklar bilan kurashishga jiddiy  choralar emas, balki javobgarlikning muqarrarligi yordam beradi. Bunday muqarrarlikni kameralar ta’minladi. Shu bois, javobgarlik chorasi хatti-harakatning ogʻirlik darajasiga muvofiq kelishi kerakligidan kelib chiqib, biz ma’muriy jazolarni tabaqalashtirish hamda MJtKning 1284–moddasiga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritishni taklif etamiz: Amaldagi tahrir Taklif etilayotgan tahrir 1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi  Toʻldirilmoqda 1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi toʻхtash chizigʻi boʻlmagan holatda Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq toʻхtaganda – eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi — eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi toʻхtash chizigʻi boʻlmagan holatda Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq toʻхtamaganda — eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,   eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.  Mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan  huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.  Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.  Mazkur moddaning ikkinchi  qismida nazarda tutilgan  huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.  Uzoq yillardan beri chorrahalarida kamera oʻrnatilgan Rossiya Federatsiyasida masala хuddi shunday yechim topgan. Ushbu mamlakatning Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksining 12.12-moddasiga koʻra, toʻхtash chizigʻi oldida toʻхtamaganlik uchun 800 rubl jarima solinadi va u alohida huquqbuzarlik sanaladi. Agar u bir yil mobaynida takrorlansa, haydovchiga jarima solishda davom etishadi, ammo transportni boshqarish huquqidan mahrum etishmaydi. Qachonki piyodalar harakati uchun toʻsqinlik tugʻdirilsa yoki chorrahaga chiqib ketilsa, bunga endi butunlay boshqa sifatdagi huquqbuzarlik deb qaraladi va uning uchun koʻproq – 1 000 rubl miqdorida jarima undiriladi. Bunday takroriy huquqbuzarlikda jarima miqdori 5 000 rublgacha oshiriladi yoki insonni boshqarish huquqidan mahrum qilishadi. Muqobil yondashuv: mazkur materialni tayyorlash jarayonida  aхborot tizimlari ishidan yaхshi хabardor boʻlgan hamkasblarimizdan biri taklifimizni amaliyotga joriy etishning imkoniyati yoʻq, deya fikr bildirdi. Buning sababi – kameralar tizimining ishlash algoritmi huquqbuzarlikni avtomatik tarzda tabaqalashtirishga imkon bermaydi. Biroq biz MJtKning 245- va 248-moddalariga muvofiq ish boʻyicha qarorlarni kompyuter emas, aniq mansabdor shaхslar qabul qilishiga aminmiz. Barcha masalalarni teхnika zimmasiga yuklab qoʻyish notoʻgʻri boʻlgan boʻlar edi. Yoki tizimni takomillashtirib borish darkor yoki har bir YHQ buzilishi holati boʻyicha muhokamalarda mansabdor shaхslarning ishtirokini ta’minlash zarur. Samir Latipov, ekspertimiz.
52
8,146
Qonunchilik
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumanining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek Yangiyo‘l shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 10-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib: Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumanining chegaralari o‘zgartirilsin hamda Yangiyo‘l tumani hududi 42046,4 gektar va Yangiyo‘l shahri hududi 1102,0 gektar etib belgilansin; Yangiyo‘l shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri tarkibiga o‘tkazilayotgan Yangiyo‘l tumani saylov okruglaridan (24-Farxod, 25-Mustaqillik, 26-Istiqlol, 27-Nodirabegim, 28-Fayzobod, 29-Muqimiy, 30-Mezon okruglaridan) saylangan xalq deputatlari Yangiyo‘l tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi. 3. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri chegarasining tavsifi va grafik chizmasi hamda Yangiyo‘l tumani chegarasining grafik chizmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
184
1,538
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi
Ushbu Kodeksning maqsadi shaharsozlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul); aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati; aholi punktlariaro hududlar — ikki va undan ortiq aholi punkti oralig‘idagi aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi hududlar; aholi punktining chegara chizig‘i — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tashqi chegarasi; aholini joylashtirish tizimi — mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yo‘li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari; bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; buyurtmachi — obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va buzishning amalga oshirilishini ta’minlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; zonalashtirish — hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chog‘ida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga ko‘ra bo‘linishi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha bo‘lishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (o‘tkazish, ulash) uchun mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi; ishlab chiqarish obyektlari — odamlar va texnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun mo‘ljallangan binolar hamda inshootlar; qizil chiziqlar — shaharsozlik hujjatlarida belgilanadigan, mavzelarning, kichik dahalarning va rejalashtirish tuzilmasi boshqa elementlarining hududlarini aholi punktlarining ko‘chalaridan, tor ko‘chalaridan va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralar; noyob va alohida muhim obyektlar — alohida yoki birgalikda o‘ziga xos, betakror hajmiy-rejaviy, konstruktiv, muhandislik yoki texnologik yechimlari hamda arxitektura g‘oyasi bilan, yuqori texnik darajadagi yutuqlar va me’morchilikni o‘zida mujassam etgan binolar, inshootlar va ularning majmualari; reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qo‘llaniladigan vositalar, shuningdek aholiga axborot yetkazish vazifalarini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar); turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun mo‘ljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari; urbanizatsiya — aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy o‘zgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga ko‘maklashuvchi, jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning rolini oshirish, shuningdek shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni. Urbanizatsiya, qoida tariqasida, shahar atrofini shahar hududiga kiritish, bir nechta aholi punktlarini yagona makonga birlashtirish bilan birga olib boriladi; fuqaroviy obyektlar — madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va tashkilotlarini, bank-moliya muassasalarini, qurilish-kommunal tashkilotlarini, aloqa hamda transport korxonalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar; shaharsozlik — aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy yechimlari yig‘indisini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi nazariyasi hamda amaliyoti; shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda turlarining yig‘indisi; shaharsozlik faoliyati — davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati; shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar; yakka tartibdagi uy-joy — yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan bir yer uchastkasida joylashgan bir yoki bir nechta turar-joy binolari va ularga taalluqli bo‘lgan tomorqa-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlari. Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: shaharsozlik sohasida fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi hududini va uning qismlarini barqaror rivojlantirish; hayotiy faoliyat uchun qulay muhit yaratish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va madaniy merosga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish; binolar va inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yong‘in xavfsizligi va energiya samaradorligiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan holda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish; shaharsozlik faoliyati va qurilish ishlab chiqarishida eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, qurilish sifatini oshirish; hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish jarayonida jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash. Shaharsozlik faoliyati subyektlari o‘rtasidagi raqobat muhiti: ishlar (tovarlar, xizmatlar) bozorida monopol faoliyatni, shu jumladan raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash; shaharsozlik faoliyati subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qulay elektron bazalarini yaratish va yaratilgan asosda ularning faoliyatini baholash reytinglarini joriy etish; shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash; davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan yaratiladi. Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir. Shaharsozlik normalari va qoidalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘lib: hududlarni rivojlantirishni va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; muhandislik qidiruvlari; loyihalashtirish, shu jumladan texnologik loyihalashtirish; obyektlarni qurishni, rekonstruksiya qilishni, mukammal va joriy ta’mirlashni, shuningdek buzishni amalga oshirish; obyektlardan foydalanish, ularni ta’mirlash yoki qayta tiklash (ishlarni tashkil etish, yuritish va qabul qilib olish); obyektlarning muhandislik tizimlarini o‘rnatish; obyektlarning qiymatini belgilash; qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish chog‘idagi majburiy talablarni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik hamda boshqa o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Shaharsozlik normalari va qoidalari to‘g‘risidagi axborot shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Shaharsozlik normalari va qoidalari chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining va ulardan foydalanuvchilarning, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga daxl qilinishi mumkin bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida idoraviy qurilish normalaridan foydalanilishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan idoraviy qurilish normalarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishi, tasdiqlashi, qayta ko‘rib chiqishi yoki bekor qilishi mumkin. Idoraviy qurilish normalari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid bo‘lmasligi kerak. Idoraviy qurilish normalari tasdiqlanishidan oldin shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq manfaatlari ularning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari jumlasiga kiradi. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyati, agar bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining hamda ulardan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qilsa, cheklanishi kerak. Fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqi, xo‘jalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi punktlarining hamda ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar tizimlarining ishlab turishi, tabiiy resurslarni va madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etish, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali ta’minlanadi. Agar shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga zid bo‘lsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqqa ega. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqi: shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab bo‘lgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash orqali ta’minlanadi. Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat: shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi; hududlar va aholi punktlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong‘inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etish; suvni muhofaza qilish zonalari, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari talablariga rioya etish; madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish; aholi punktlarini aholi punktlarining tegishli turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat ko‘rsatish darajasidan kam bo‘lmagan muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish obyektlari bilan ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan (turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlari va inshootlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport obyektlari va boshqa obyektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar: aholining qulay hayot faoliyati muhitini asrashi; shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong‘inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishi; atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli ta’sir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasligi; yer uchastkalaridan va boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining ko‘rsatmalarini bajarishi; davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini amalga oshiruvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga hamda obyektlarni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘zlariga tegishli obyektlardagi o‘zgarishlar haqida ishonchli ma’lumotlar taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlari materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlari materiallarini (bundan mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va xo‘jalik-maishiy imoratlari, uch yuz kub metrdan oshmaydigan alohida turgan obyektlarga doir shaharsozlik hujjatlari mustasno) shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmalariga taqdim etishi shart. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo‘linadi. Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo‘linadi: eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharlar. Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga bo‘linadi: katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni o‘n mingdan yigirma minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni o‘n minggacha kishidan iborat bo‘lgan shaharchalar. Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga bo‘linadi: yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; o‘rtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat bo‘lgan qishloqlar va ovullar. Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo‘lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog‘ining xizmat maqsadidagi obyektlari bo‘lgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yo‘l nazoratchilarining, o‘rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli subyektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘sha subyektlar tasarrufida bo‘ladi. Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi. Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurishga oid shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini o‘zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘ladi. Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) shaharsozlik faoliyati obyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati subyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati subyektlari: shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar; obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar; shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish yuritishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati subyektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlarini, ularning tizimlarini va hududlarini kutilayotgan rejalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zining shaharsozlik faoliyatiga ta’sir eta oladigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq o‘ziga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishi, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy hamda sun’iy landshaftlarga zarar yetkazmasligi, aholining hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart. Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar bo‘lishi mumkin: davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar; davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Buyurtmachilar: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda u bilan bu hujjatlarni ishlab chiqishga doir shartnomani tuzish; obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchini tanlash va u bilan pudrat shartnomasini tuzish huquqiga ega. Buyurtmachilar: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlashi va tasdiqlashi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga loyihalashtirishga doir birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan arxitektura-rejalash topshirig‘ini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining texnik holatini tekshiruvdan o‘tkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlashi; loyihalashtirish jarayoni ustidan tekshiruvni va qurilish sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshirishi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha mualliflik nazorati amalga oshirilishini ta’minlashi; hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan obyektni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma berilganidan keyin foydalanishning kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini tashkil qilishi shart. Buyurtmachilarga, bundan asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlar mustasno, pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida) balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq, ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda) bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash taqiqlanadi. Buyurtmachilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni boshlash to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilish asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin. Ishlab chiquvchilar: ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish; shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish; qurilish, montaj ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda normativ talablardan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlarining shikastlanishi hamda yo‘q qilinishi xavfini tug‘diradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlariga ziyon keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilgan taqdirda, qurilish, montaj ishlarini va maxsus ishlarni to‘xtatib turish yoki tugatish haqida takliflar kiritish; zarur hollarda, shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Ishlab chiquvchilar: shaharsozlik hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlashi; o‘zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olishi shart. Ishlab chiquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxslar pudratchilar sifatida: ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish; mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, xo‘jalik-maishiy binolarini qurish; yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida xo‘jalik-maishiy imoratlarini qurish; tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirish talab etilmaydigan jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish; umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan, yig‘ma-qismlarga ajraladigan konstruksiyalardan quriladigan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish; ikkitadan ko‘p bo‘lmagan avtomashinaga mo‘ljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish; kichik arxitektura shakllarini qurish va hududlarni o‘rash; ochiq sport maydonchalari, yo‘laklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish; reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish; mulkdorlarning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan imoratlarni qurish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi mumkin. Pudratchilar: binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning, inshootlarning va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy qiyofasini hamda konstruktiv yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydigan o‘zgartirishlar kiritish; ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahatlar olish huquqiga ega. Pudratchilar: qurilishni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan yechimlarga rioya etishi; buyurtmachining texnik nazoratiga oid, ishlab chiquvchining mualliflik nazoratiga oid qonuniy talablarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalarning qonuniy talablarini bajarishi; ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlarni mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi anjomlari, jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi; buyurtmachiga qurilishi tugallangan obyektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani (bundan buyon matnda muvofiqlik deklaratsiyasi deb yuritiladi) taqdim etishi shart. Pudratchilar qurilishning pirovard natijalari va pudrat shartnomasida belgilangan majburiyatlarga muvofiq shartnoma narxiga rioya etilishi uchun javobgar bo‘ladi. Pudratchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; shaharsozlik faoliyati sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi; Toshkent va Nukus shaharlarining, shuningdek respublika va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi; shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi; davlat shaharsozlik kadastrini hamda shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini yuritish tartibini belgilaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Maxsus vakolatli davlat organi: shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish tarhlarini va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi; shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega bo‘lgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan taqdim etilgan idoraviy qurilish normalarini kelishib oladi; shaharsozlik, arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashgan davlat ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining darajasi va sifatini oshirishga, qurilish sohasida, shu jumladan xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilarni hamda mutaxassislarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, milliy standartlarga, qurilish ishlari texnologiyalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshiradi va ekspertiza xulosalarining yagona reyestrini yuritadi; qurilishda standartlashtirish ishlarini amalga oshiradi; davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradi; aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi; shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazadi; qonun hujjatlariga muvofiq malakasi bo‘lishi majburiy bo‘lgan, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlashtiradigan yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazadi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida aholini muntazam ravishda xabardor qiladi; o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan shaharsozlik faoliyati subyektlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi; shaharsozlik faoliyati obyektlarini ro‘yxatga oladi; texnik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachining va mualliflik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiquvchining ishlarini tekshiradi, shuningdek texnik va mualliflik nazorati sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida vakolatli organlarga takliflar kiritadi; shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari va buyumlarining ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi hamda qo‘llanilishini, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari talablari chidamlilik va puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab bo‘lgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi bo‘lgan, obyektlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib turadi. Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilishni hamda qo‘llashni, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan tarzda to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari mustasno; shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqadi va jarima tarzidagi ma’muriy jazo beradi; qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi. Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati obyektlarining but saqlanishini ta’minlaydi; shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi; mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu obyektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi; shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; o‘z hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to‘xtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno; reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi; aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi; qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) hamda mavzelarni, kichik dahalarni va aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmasining elementlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi; viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek obodonlashtirish tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi; tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli vakillik organlariga kiritadi; mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi; aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi; aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri, shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalari tuzilishini, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini va bu hujjatlarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida aholini muntazam ravishda xabardor qiladi; o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlari: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati obyektlarining but saqlanishini ta’minlaydi; shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi; mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu obyektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi; o‘z hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to‘xtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno; o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi; tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi; shaharsozlik faoliyati obyektlarining qurilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi; shaharsozlik faoliyati obyektlarining texnik holati inventarizatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etadi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytlari orqali aholini muntazam ravishda xabardor qiladi. Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi qoidalari shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning vakillik hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tumanlar (shaharlar) vakillik hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, bunga vakolatli bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan shaharsozlik, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yong‘in xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi. Quyidagi obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi majburiy emas: mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar; uch yuz kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar; ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar; I xavf-xatar toifasiga kiradigan obyektlar; binolarni, inshootlarni va boshqa obyektlar joriy ta’mirlanganda. Loyiha yechimlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasi o‘zgarganda (qavatlar soni o‘zgarganda, yonma-yon qurilganda, ustiga qavat qurilganda) shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan o‘zgartirishlar qismida qayta ekspertizadan o‘tkaziladi. Ilgari ekspertizaning ijobiy xulosalari berilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar takroran qo‘llanilganda ekspertiza ushbu loyihalarni aniq bir joyga va shartlarga bog‘lash qismida amalga oshiriladi. Buyurtmachi zimmasiga shaharsozlik hujjatlarining to‘liq to‘plamini ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish va ularning ishonchliligini ta’minlash majburiyati yuklanadi. Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi buyurtmachilar va ekspert tashkilotlari tomonidan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi, bunda xarajatlar ko‘rib chiqilayotgan loyihani ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi. Ekspertizaning ijobiy xulosalari (bundan davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni o‘z ichiga olgan shaharsozlik hujjatlariga doir xulosalar mustasno) ular ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy deb tan olinadi. Ekspertizaning ijobiy xulosalari shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish, tasdiqlash va kelgusida amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ekspert tashkilotlari: qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi; shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qo‘llash bo‘yicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi; ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etadi; bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi. Ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari bo‘yicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etishga; buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni so‘rash va olishga; shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida bo‘limlari (qismlari) bo‘yicha ekspertizani amalga oshirish, ular bo‘yicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzishga. Ayrim bo‘limlar (qismlar) bo‘yicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi; buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilishga haqlidir. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlariga quyidagilar taqiqlanadi: mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida bo‘lish. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari: shaharsozlik hujjatlarining ko‘rib chiqilayotgan loyihalari bo‘yicha davlat sirlarining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etishi hamda saqlanishini ta’minlashi; o‘z kasbiy malakasini oshirib borishi; kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ekspertiza sifatsiz o‘tkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Ekspertlar va ekspert tashkilotlari o‘z faoliyatida shaharsozlik faoliyati subyektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas. Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish chog‘ida quyidagilarning amalga oshirilishi ta’minlanishi kerak: qurilish ustidan davlat nazorati; buyurtmachining texnik nazorati; ishlab chiquvchining mualliflik nazorati; pudratchining ichki nazorati. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) va uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar o‘z vakolatlari doirasida: mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo‘linmalariga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi; binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kamida ikkita ko‘rsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan mutanosib muddatlarini, lekin ko‘pi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi; shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi; shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qo‘llanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qo‘llashni to‘xtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi; qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qo‘llaniladigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab o‘tkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi; o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni, ma’lumotlar va axborotni vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘raydi va oladi; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi; qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish bo‘yicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi; qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qo‘yish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qo‘llanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat bo‘yicha mutaxassisni biriktirish yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxsni shartnoma asosida jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Texnik nazorat bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Texnik nazorat bo‘yicha mutaxassis: pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarining sifatining ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi; texnik nazorat jurnalining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi; qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani ta’sirchan choralar ko‘rish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turadi; qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan so‘ng texnik nazorat bo‘yicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati to‘g‘risida xulosa beradi. Texnik nazorat bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mualliflik nazorati ishlab chiquvchi tomonidan shartnoma asosida obyektni qurishning (rekonstruksiya qilishning) butun davri davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchi mualliflik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘z vakolatlarini shartnoma asosida boshqa ishlab chiquvchiga, bu haqda buyurtmachini xabardor qilgan holda, topshirish huquqiga ega. Mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassis: qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qiladi; yashirin ishlarni ko‘rikdan o‘tkazish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi; mualliflik nazorati jurnali to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi va mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan chetga chiqishlar to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi, ular buyurtmachi va pudratchi tomonidan bajarilishi majburiydir; tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi chetga chiqishlar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani ta’sirchan choralar ko‘rish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turadi; qurilish obyektining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar bo‘ladi. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan so‘ng mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ichki nazorat pudratchi tomonidan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va ularning oldi olish bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi. Ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis: shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq butligi yuzasidan kirish nazoratini; qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini va uskunalarini albatta tashqi ko‘zdan kechirishdan o‘tkazgan holda, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini; texnik va mualliflik nazorati bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida muhim konstruksiyalarni ularning tayyor bo‘lishiga qarab qabul qilib olish yo‘li bilan qurilish jarayonlari texnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar bo‘yicha nazoratni; tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi. Ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan ta’minlanadi. Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy-texnik va texnologik yechimlar qo‘llanilgan holda shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Qurilish ishlari: buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi to‘g‘risida xabardor qilingandan keyin; pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlarni, mutaxassislar va ishchilarni jalb etgan holda, bundan ushbu Kodeks 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq; qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi kerak. Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq to‘liq tayyor bo‘lganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati to‘g‘risidagi xulosalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq qurilishi tugallangan obyektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida imzolanadigan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi komissiya a’zolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish ishtirokchilarining vazifalariga quyidagilar kiradi: qurilishi tugallangan obyektning tayyorligini belgilash va hujjatli tasdiqlash; bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash; texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarni (muhandislik tizimlarini) sinovdan o‘tkazish; obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sig‘imi, o‘tkazuvchanligining) shaharsozlik hujjatlarida tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiqligini belgilash. Tasdiqlangan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda, shuningdek texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning salbiy xulosalari mavjud bo‘lganda buyurtmachi (komissiya) pudratchi buzilishlarni bartaraf etgandan so‘ng obyektni foydalanishga qabul qiladi. Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi. Quyidagilar qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun asos bo‘ladi: qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi; obyektning ijro hujjatlari to‘plami; pudratchi tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi; mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa; texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan qurilish-montaj ishlarining sifati to‘g‘risidagi xulosa. Hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilgan sana obyekt foydalanishga topshirilgan sana hisoblanadi. Qurilgan obyektd
49
64,232
Qonunchilik
Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Mintaqaning ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy darajasini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonining mazmuni va sifatini yaxshilash, shuningdek Jizzax politexnika institutining yaratilgan o‘quv va moddiy-texnika bazasidan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. 2012/2013 o‘quv yili uchun Jizzax politexnika institutiga qabul qilish kvotasi, 2-ilovaga muvofiq, bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha 565 kishi, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 185 kishi va pulli-kontrakt asosida — 380 kishi etib belgilansin. 3. Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 4. Komissiya (B.Xodiyev): Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki hafta muddatda: Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazsin; institutni yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan boshqaruv kadrlari, ilmiy va pedagog kadrlar bilan ta’minlasin. 5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda Jizzax politexnika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: institut yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda o‘quv dasturlari va rejalarining, shuningdek uslubiy qo‘llanmalarning mazmunini takomillashtirish; o‘quv auditoriyalarini kompyuterlar va o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash, qurilish va yo‘l qurilishi materiallari laboratoriyasini tashkil etish; respublikaning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy oliy o‘quv yurtlarida: Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida va Toshkent arxitektura-qurilish institutida institut o‘qituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish; ilmiy salohiyatni, shu jumladan respublikaning soha bo‘yicha yetakchi texnika oliy o‘quv yurtlarida stajyorlar-tadqiqotchilar, izlanuvchilar va magistrlarni (institut kafedralari uchun) maqsadli tayyorlash dasturini ishlab chiqish yo‘li bilan mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish; xorijiy tillarni va axborot texnologiyalarini o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, o‘qituvchilar tomonidan amaliy ingliz tilini o‘zlashtirish. 6. Jizzax viloyati hokimligi (S.Ismailov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (B.Xodiyev) bilan birgalikda Jizzax politexnika institutining laboratoriya korpusi uchun bino ajratilishini o‘rganib chiqsin va 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
70
3,146
Qonunchilik
“FAN VA TARAQQIYOT” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA ILMIY-TEXNOLOGIYA KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalarining mavjud ilmiy-texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, original va kompleks tadqiqotlar o‘tkazishda ularning faoliyatini xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining ilmiy tashkilotlari va korxonalari bilan kooperativlashtirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika dorilfununining “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot bo‘limi negizida “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi tashkil etilsin. 2. “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi bir oy muddat ichida kompleksning Ustavi va tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1992-yilning yanvarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika dorilfununi “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot bo‘limining binosini mavjud asbob-uskunalar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi, shtatlar hamda ilmiy, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni saqlash ish haqi fondi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga o‘tkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligiga qarashli “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi, “Fayz” ishlab chiqarish birlashmasi, “Progress” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Elektr-ro‘zg‘orbop tovarlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasining Bektemir paxta tozalash zavodi, “Kompozit” ilmiy-texnika markazi, Andijon “O‘zbekiston” ishlab chiqarish savdo-xarid birlashmasi, “Yangi texnologiya” ilmiy-texnologiya markazi “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi uchun bazaviy korxonalar sifatida belgilansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsin va hal etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi 1992—1995-yillarda respublikani rivojlantirishning asosiy parametrlarida “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining maxsus konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarish binosini loyihalashtirish va ko‘rishni hamda mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish yo‘li bilan yangi kompozitsion materiallar yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga mablag‘ ajratishni nazarda tutsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi va Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga birkitilgan nomlar ro‘yxati bo‘yicha belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining tashkil topishi va faoliyatiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat bo‘limiga yuklatilsin.
98
3,748
Qonunchilik
YO‘LOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYoTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARI VA YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, avtomobil transportida tashishlarni tashkil etish va boshqarishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxslar rahbarlarining va xususiy tadbirkorlarning kasb-malakasini aniqlash maqsadida buyuraman: 1. Ilova* qilinayotgan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari va xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida nizom” tasdiqlansin. 2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
215
766
Qonunchilik
Prezidentning yuzlab hujjatlari bekor qilindi, 121 tasiga tuzatish kiritildi
Prezidentning 27.09.2020 yildagi «Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6075-son Farmoni qabul qilindi. Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan хatlovda 2,5 mingga yaqin eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlar aniqlangan. Ular haddan tashqari tartibga solish yukini, byurokratik toʻsiq va gʻovlar, huquqni qoʻllash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan: Hujjatga muvofiq: birinchidan, individual va tashkiliy хususiyatiga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni farqlashning aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi. Bunda Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari nazarda tutilgan; ikkinchidan, yangi tahrirdagi qonun hujjatini qabul qilish oʻrniga yangi qonun hujjati qabul qilinadi va bir vaqtning oʻzida amaldagi qonun hujjati oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi. Avval qabul qilingan bunday qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tashkil etiladi; uchinchidan, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish, shuningdek tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan qabul qilingan hujjatlari tegishli yil yakuni boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi; toʻrtinchidan, qonun hujjatlari bazasini хatlovdan oʻtkazish davom ettiriladi. Eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar bekor qilinadi, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimlashtiriladi. NHH va ularning loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash meхanizmi takomillashtiriladi. Adliya vazirligi ushbu sohada maхsus vakolatli organ etib belgilandi. Uning markaziy tuzilmasida Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etiladi. Shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mas’ul хodimlar belgilanadi. Mamlakatda tartibga solish ta’sirini baholash tizimining holati toʻgʻrisida aхborot har yili OAVda e’lon qilinadi hamda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Tartibga solish ta’sirini baholash quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi: Jamoatchilik muhokamasi, idoralararo kelishuv va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichlarida loyihaga muammo tahlili, uni hal etish yoʻllari, raqobatga ta’sirini baholash, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlar uchun foyda va хarajatlarni tahlil qilish nazarda tutilgan tahliliy materiallar ilova qilinadi. 2021 yil 1 fevralga qadar ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarning ilmiy-tahliliy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan takliflarni ommaviy onlayn aхborot tizimida majburiy aks ettirish meхanizmi joriy etiladi. Majburiy shart – intellektual mulkchilik sohasida qonun hujjatlariga rioya etish. Shuningdek quyidagi ikkita maydon modernizatsiya qilinadi: a) regulation.gov.uz portali – unda quyidagilarga imkoniyat yaratuvchi «ochiq platforma» (open platform) ishga tushiriladi: b) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
76
3,337
Qonunchilik
YaNGIYO‘L SELLYULOZA-QOG‘OZ FABRIKASINING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasida sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha loyihadagi quvvatga erishishni xamda ishlab chiqarishning samarali faoliyatini ta’minlash, “O‘zqog‘oz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan kreditlarni qaytarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash uchun “O‘zqog‘oz” aksiyadorlik jamiyatiga berilgan kredit bo‘yicha asosiy qarzni va foizlarni to‘lash muddatini imtiyozli davrda qo‘shilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga o‘nta teng yarim yillik to‘lovlar bilan uzish shartlarida 2002-yil 1-noyabrgacha uzaytirsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga: “O‘zqog‘oz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan markazlashtirilgan kredit bo‘yicha asosiy qarzni va foizlarni to‘lashni boshlash muddatini imtiyozli davrda qo‘shilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga o‘n ikkita teng yarim yillik to‘lovlar bilan uzish shartlarida 2002-yil 1-oktabrgacha uzaytirish; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining o‘z mablag‘lari hisobiga asosiy qarzni va foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan 116,43 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini bankning vakillik hisob raqamida tiklash tavsiya qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yangiyo‘l sellyuloza-qog‘oz fabrikasi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash uchun bankning o‘z resurslari hisobidan “O‘zqog‘oz” aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan kredit tarkibini: kredit bo‘yicha asosiy qarzni to‘lashni boshlash muddatini 2002-yil 15-fevralgacha uzaytirish va 2001-yil 1-oktabrgacha qo‘shilgan foizlarni asosiy qarz bilan birga o‘nta teng to‘lovlar bilan uzish; 2001-yil 1-oktabrdan boshlab qo‘shiladigan foizlarni 2001-yil 30-oktabrdan boshlab xar oydagi to‘lovlar bilan uzish shartlari bilan qayta o‘zgartirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni boshlash muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda Hukumat kafolatlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
113
2,270
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAHBARLARI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi lavozimi kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevraldagi 56-son qarorida: 1-ilovada “Bosh vazir o‘rinbosari — Davlat mulki qo‘mitasi raisi — 1” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
98
684
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-sonli Farmonini ijro etish hamda tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashki savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; 3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillarini lavozimlarga tayinlash va ozod etish O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri tomonidan, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari joriy etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlarining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining markaziy apparatini zarur anjomlar, tashkiliy texnika bilan jihozlash va zarur miqdorda xizmat avtotransporti vositalarini xarid qilish uchun mablag‘lar, shuningdek, xizmat avtotransporti vositalari ta’minoti uchun tegishli limitlar ajratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo vazirligini belgilangan tartibda telefon aloqasi, jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 51a-uyga joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V. Golishev zimmasiga yuklansin.
102
3,569
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-440-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi, 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-441-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi 1. 81-banddagi “1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 4-son, 18-modda)” degan so‘zlar “2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 154-banddan “qamoq jazosiga hukm qilingan va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. 241-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “241. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va prokuror nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi hamda muhrlangan tarzda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi.”. 4. 495-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “495. Mahkumning jasadi uning qarindoshlariga JIEM ma’muriyati tomonidan JPKda nazarda tutilgan tegishli tergovga qadar tekshiruv, shuningdek sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgandan so‘ng tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sudning ajrimiga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi.”. 5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
178
3,075
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKA OLIY VA O‘RTA MAXSUS O‘QUV YuRTLARINING PROFESSOR-O‘QITUVChILARI TARKIBIGA, ILMIY XODIMLARIGA VA O‘QUV-YORDAMChI XODIMLARIGA QO‘ShIMChA IMTIYOZLAR BERISh HAQIDA” 1992-YIL 5 FEVRALDAGI FARMONINI BAJA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha tipdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylari tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmoni respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, qisman tatbiq etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar: oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga ular yashayotgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni tekinga shaxsiy mulk qilib bersinlar; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun birinchi navbatda yer uchastkalari ajratishni va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun binokorlik materiallari sotib olishni belgilasinlar; xodimlarning qayd qilingan toifalaridan bo‘lgan, kamida 10 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan pensionyerlarga ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni joriy etsinlar. 2. Belgilansinki, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga bo‘ysunishi bo‘yicha boshqaruv organlarida ro‘yxatga olingan, ustavga muvofiq oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi amaldagi nizomlar ularga joriy etilgan holda tegishli maqomga ega bo‘lgan o‘quv yurtlari tegishli bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining qayd qilib o‘tilgan toifalari xodimlari moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni respublika va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshirsinlar. 4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xodimlarning qayd qilib o‘tilgan toifalariga uylar yoki kvartiralarni shaxsiy mulk qilib tekinga berish to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida qaror qabul qilsinlar.
250
2,322
Qonunchilik
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Navoiy KMK” DK deb ataladi) boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, “Navoiy KMK” DKda korporativ boshqaruv va xalqaro standartlarning zamonaviy tizimlarini joriy etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashining: a) “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisini tashkil etish, unga quyidagi vazifalarni yuklash: korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va “Navoiy KMK” DKni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish ishlarini tashkil etish; moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq “Navoiy KMK” DKning moliyaviy hisobotini o‘tkazish ishlarini tashkil etish; biznes-jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish; korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan, moliya va xaridlar sohasida transformatsiyalarni amalga oshirish hisobiga takomillashtirish; b) “Navoiy KMK” DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish, unga quyidagi asosiy funksiyalarni yuklash: “Navoiy KMK” DKda korporativ boshqaruv va moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, investorlar uchun moliyaviy hisobotlarni va boshqa hisobotlarni e’lon qilgan holda belgilangan tartibda mustaqil tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etish; “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisi ishi samaradorligini tashkil etish, uning tarkibiga ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish; shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilarning: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Loyiha ofisining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki, “Navoiy KMK” DK bosh direktorining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha “Navoiy KMK” DK bosh direktori birinchi o‘rinbosariga va qolgan masalalar, shu jumladan, “Navoiy KMK” DKning operatsiya faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — “Navoiy KMK” DK bosh direktoriga bo‘ysunadi. 4. “Navoiy KMK” DK bosh direktori “Navoiy KMK” DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosariga: “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisi xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustamalar miqdorlarini belgilash; o‘ziga yuklangan vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni belgilangan tartibda xarid qilishga shartnomalarni “Navoiy KMK” DK nomidan imzolash vakolatini bersin. 5. “Navoiy KMK” DK ikki oy muddatda 2019-yil uchun “Navoiy KMK” DK biznes-rejasini ko‘rib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “Navoiy KMK” DK bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
116
3,537
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh (“DAVARXITEKTQURILISh”) QO‘MITASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Investitsiya faoliyatini boshqarishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, qurilish kompleksining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, yangi arxitektura va shaharsozlik siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi hamda Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tashkil etilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishlari uchun majburiydir. 4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga doir qaror qabul qilib, qo‘mitaning Nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.
117
1,110
Qonunchilik
Virtual mahsulotlarga real chegirmalar!
Mahsulotlar Click toʻlov tizimi orqali хarid qilinadi. Toʻlovning bunday turi nafaqat oʻzingizni qiziqtirgan normativ-huquqiy hujjatlar, ekspertlarning tushuntirishlari hamda hujjatlarning namunaviy shakllaridan tez fursatda foydalanish imkoniyatini, balki 5% chegirma ham taqdim etadi! Chegirma kafolatlangan boʻlib, unga хarid qilish muddati, tizim turi hamda toʻplamdagi mahsulotlar miqdori ta’sir koʻrsatmaydi. Bundan tashqari, muddatidan qat’i nazar bir nechta mahsulot sotib olsangiz, qoʻshimcha 10% dan boshlab chegirmaga ega boʻlasiz! Mahsulotlardan foydalanish imkoniyati saytdan roʻyхatdan oʻtganingizdan, toʻlovni amalga oshirganingizdan, buyurtmani  aktivatsiya qilganingizdan keyin taqdim etiladi.  Mavzuga oid materiallar:  Oʻzbekiston qonunchiligidan erkin onlayn foydalanish imkoniyati Norma kompaniyasi mahsulotlari onlayn qobiqda
39
848
Qonunchilik
"4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihasining muddati uzaytirildi
Prezidentning 2.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5273-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq hamda respublika Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida transport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan zamonaviy va samarali nazoratni tashkil etish maqsadida qabul qilingan. Qaror bilan Prezidentning qarorlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi: birinchidan, Prezidentning 28.12.2011 yildagi PQ-1671-son qaroriga 1-ilovada Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida "4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihasining investitsiyaviy davrini amalga oshirish muddati 126 oyni tashkil etadi. Ikkinchidan, Prezidentning 26.05.2017 yildagi PQ-3011-son qarorining 2-bandida Loyihaning investitsiyaviy davrini amalga oshirish muddati 2022 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi. Uchinchidan, Prezidentning 9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qarori 31-band bilan toʻldirildi, unga muvofiq: a) respublika Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida: b) 2021 yil 1 dekabrdan boshlab respublika hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.11.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
100
1,559
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog‘liq to‘lov hujjatlari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 23-son, 309-modda) hamda naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha to‘lov hujjatlari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda) nazarda tutilgan shakllarga asosan to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilib, rasmiylashtirilishi shart.”. 2. 122-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “122. Shaxsiy hisobvaraqlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida nazarda tutilgan shartli raqam belgilarga (shifrlar) muvofiq aniqlanadi.”. 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq shakldagi 8-ilova bilan to‘ldirilsin.
188
1,843
Qonunchilik
SUG‘URTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Sug‘urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sug‘urta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sug‘urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida: 1. 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin va buning natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shoxobchalarini tashkil etishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilsin. 2. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin: soliq olishdan bo‘shaydigan mablag‘larni tarkibida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari ustav jamg‘armalarini ko‘paytirishga yo‘naltirish chog‘ida mazkur mablag‘lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo‘shib hisoblanadi; 2002-yilning 1-fevralidan boshlab to‘rt yil mobaynida sug‘urta tashkiloti tugatilgan yoki u sug‘urta faoliyatini to‘xtatgan hollarda daromad (foyda) solig‘ining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
87
1,741
Qonunchilik
Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun yig‘im, shuningdek, bank ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha litsenziyalovchi organning ushbu arizani ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Litsenziya da’vogarlarining arizalarini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summalari litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 2. Quyidagilar: bankni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida; bank ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida belgilansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, bank ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun to‘langan davlat boji mablag‘lari summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va uch kun muddatda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
250
1,981
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KINOKOMPANIYASI (“O‘ZDAVKINOKOMPANIYA”) HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi* respublika hududida faoliyat ko‘rsatuvchi ijodiy-ishlab chiqarish, kino va video ijara tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladigan va uni muvofiqlashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi Farmoni bilan tashkil etilgan davlat boshqaruv organi hisoblanadi “O‘zdavkinokompaniya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi, amaldagi qonunning o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlaydi. 2. “O‘zdavkinokompaniya”ning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: respublika mustaqilligini yanada mustahkamlashda milliy kinematografiyaning rolini oshirish, qadimiy xalq an’analari, ma’naviy qadriyatlarini tiklash; “O‘zdavkinokompaniya” tarkibiga kirgan ijodiy ishlab chiqarish, kino va video ijaraga berish tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qilish, uni nazorat etish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish; kino-video korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning, qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, repertuarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini nazorat qilish; kino san’atining millatlararo aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma xalqaro ijodiy dasturlarni, qo‘shma korxonalarni yaratish, xalqaro va mintaqaviy kino festivallar, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kino va video bozorlar uyushtirish, hamkorlikda yaratiladigan filmlarning suratga olish ishlarini muvofiqlashtirish; “O‘zdavkinokompaniya” tizimiga kiruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning tashkiliy tuzilmasi va moliya xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan me’yoriy hujjatlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash; respublikaga olib kelingan, namoyish etish va ijaraga berish uchun mo‘ljallangan kino va videofilmlarning ekspert bahosini amalga oshirish va qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, hamma tashkilotlarning olishi uchun majburiy bo‘lgan Davlat Respublika ijara guvohnoma (DRIG)sini berish; respublika hududida kino va videofilmlarni ijaraga berish va ulardan texnik jihatdan foydalanish, qoidalarini ishlab chiqish; 3. “O‘zdavkinokompaniya” o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: respublika, shuningdek, uning tashqarisidagi barcha davlat organlari va jamoat tashkilotlarida unga ishonib topshirilgan masalalar bo‘yicha respublika manfaatlarini himoya qiladi; qo‘shma korxonalar tashkil etish, hamkorlikda filmlar yaratish, xorijiy sheriklar bilan boshqa xil ixtisoslashgan tanlovlar, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan xalqaro hamkorlik dasturlarini qabul qiladi va amalga oshiradi; kinovideomahsulotlar, kinoaudiovideoplyonkalar, boshqa tovarlar va jihozlar ishlab chiqarish, kinovideo mahsulotlarini sotish hisobiga chet el kino tashkilotlari xizmatidan foydalanish uchun texnika sotib olish bo‘yicha eksport-import va ayirboshlash bitimlarini amalga oshiradi, chet el kino va video tashkilotlari vakillarini transport, aloqa, texnika vositalari, tarjimonlar bilan ta’minlaydi va belgilangan tartibda boshqa pullik xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kino va video mahsulotlari uchun narxlarni, xizmat va ijara uchun tariflarni so‘m va chet el valyutasida belgilaydi, shuningdek, u kino va video mahsulotlarining namoyish etilishini va dasturini nazorat qilish huquqiga egadir; kino va video uchun barcha turdagi asarlarni yaratganlik uchun mualliflik, suratga olish va ijrochilik, shuningdek, ssenariylar va filmlarga muzika yaratganlik uchun mukofotlarni belgilaydi; badiiy ishlab chiqarish, san’atkorlik va badiiy xodimlarning tarif tartibini belgilaydi; barcha toifadagi xizmatchilarni rag‘batlantiruvchi ustamalar, qo‘shimcha ish haqi, mukofot va boshqa turdagi to‘lovlarning miqdorini aniqlaydi; xalqimizning milliy-ma’naviy va madaniy merosining bir bo‘lagi sifatida kino va video mahsulotlar fondini tanlash, tartibga solish va saqlash bo‘yicha davlat funksiyasini amalga oshiradi; mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga, tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq kino va video ishlab chiqarish faoliyati, kino va video ko‘rsatuvlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar beradi; respublikadagi barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan kinoteatrlar va kino-videoqurilmalardan foydalanishning texnik normalari va qoidalariga, shuningdek,video va film nusxalaridan texnik foydalanish qoidalariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Kino-videofilmlar ijarasi uchun belgilangan tariflar me’yori, kinoteatrlarga va boshqa kino-videoqurilmalarga kirish chiptalarining bahosi me’yorining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qiladi, qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, kinoteatrlar va kino-videoqurilmalarning razryadlarga o‘tkazilishining to‘g‘riligini tekshiradi; respublikadagi kino-video tizimi obyektlariga, shuningdek, respublikaning boshqa idoralariga ularning buyurtmalariga ko‘ra kino-video texnologiyasi uskunalari va ishda foydalanadigan kinomateriallarni sotib olishda vositachilik xizmati ko‘rsatadi; kinomotografiya sohasidagi xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va ularning malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi. tizimning moliyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, yig‘ma hisob-kitoblar va balanslarni tasdiqlaydi; belgilangan tartibda reklama-noshirlik faoliyatini amalga oshiradi. 4. “O‘zdavkinokompaniya” respublika hududida va uning tashqarisida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va vakolatxonalarni tuzish ular haqidagi nizomlarni tasdiqlash, shuningdek, belgilangan tartibda MDH respublikalarida va chet elda kino va video mahsulotlarini sotish va xarid qilishda o‘z vakiliga ega bo‘lish, birja a’mollarida ishtirok etish huquqiga egadir. 5. “O‘zdavkinokompaniya”ga tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda olib borish huquqi beriladi. “O‘zdavkinokompaniya”tashqi iqtisodiy faoliyatning ruxsat berilgan turlarini amalga oshirish uchun zarur ruxsatnomani O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat haqida”gi Qonuni bilan belgilangan tartibda oladi. O‘z valyuta mablag‘lari, bankning valyuta kreditlari, shuningdek, boshqa mablag‘lar hisobiga import bo‘yicha jihozlar, xomashyo, kino, video va audiofilmlar sotib olishi va sotishi mumkin. 6. “O‘zdavkinokompaniya”ning huquq doirasiga kiruvchi va o‘zining manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan “O‘zdavkinokompaniya” ishtirokida hal etiladi. 7. “O‘zdavkinokompaniya”ning markaziy apparatini moliyaviy ta’minlash respublika budjeti hisobidan, kinolashtirish va kinofilmlarni ijaraga beruvchi hududiy boshqarmalar esa mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, moliyaviy ta’minlash manbalari quyidagilar ham bo‘lishi mumkin: tashkilotlar, muassasalar va xususiy shaxslarning pulli va moddiy ulushlari; tijorat faoliyatidan olingan daromadlar; banklarning kreditlari va boshqa kreditlar; respublika qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 8. “O‘zdavkinokompaniya”ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan Rais boshchilik qiladi. “O‘zdavkinokompaniya” raisining o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalar “O‘zdavkinokompaniya” raisi tomonidan taqsimlanadi. “O‘zdavkinokompaniya” raisi: “O‘zdavkinokompaniya”ga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, rais o‘rinbosarlarining, boshqarmalar, bo‘limlar va “O‘zdavkinokompaniya”ning boshqa bo‘linmalari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi; “O‘zdavkinokompaniya” o‘z huquq doirasida va amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, kino va video tarmoqlari, kino va video ijara idoralari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun, ularning qaysi idoraga qarashligi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; zarurat bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar, yo‘riqnomalar chiqaradi; o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi. 9. “O‘zdavkinokompaniya” raisi va lavozimlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, shuningdek, “O‘zdavkinokompaniya”ning boshqa rahbar xodimlari, respublikaning ijodiy ziyolilaridan iborat tarkibda boshqaruvga ega bo‘ladi. “O‘zdavkinokompaniya” raisi boshqaruv raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv o‘zining muntazam ravishda o‘tkaziladigan majlislarida milliy kinematografiyani yanada rivojlantirishning, tashkilotlar, korxonalar va ijara iqtisodiyotni yaxshilashning muhim masalalarini, yagona dasturiy va texnik siyosatni olib borishni ko‘rib chiqadi, o‘ziga qarashli bo‘linmalarga amaliy rahbarlik qilish, ijroni tekshirish, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini, muhim buyruqlar va yo‘riqnomalarning loyihalarini muhokama qiladi. 10. “O‘zdavkinokompaniya”ning markaziy apparati tuzilmasi va xodimlarning soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 11. Kinolashtirish va kinoni ijaraga berish idoralarining viloyat boshqarmalari tuzilmasi va xodimlarining soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda “O‘zdavkinokompaniya” tomonidan tasdiqlanadi. “O‘zdavkinokompaniya” tuzilmasini, shtatlarni mustaqil ravishda aniqlaydi va tasdiqlaydi hamda belgilangan mehnat haqi fondi doirasida turli toifadagi xodimlarga nisbatan cheklanmagan holda tarmoq xodimlari sonini tasdiqlaydi. “O‘zdavkinokompaniya”, uning korxonalari va tashkilotlari ijodiy, ijrochilik, texnik xodimlar va boshqa bo‘g‘inlarning rahbarlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni amaldagi qonunlarga va mazkur Nizomga muvofiq shartnoma asosida tashkil etadilar. 12. “O‘zdavkinokompaniya” banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan hollarda va tartibda valyuta schyotlarini ochishi mumkin. 13. “O‘zdavkinokompaniya” O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
111
10,631
Qonunchilik
YaPONIYA HUKUMATINING MADANIYAT SOHASIDAGI BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISh TO‘G‘RISIDA
Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan 50 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi beg‘araz mablag‘dan Toshkent shahar planetariysini texnikaviy jihozlash uchun samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yaponiya Hukumatining Toshkent shahar Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan planetariyni texnikaviy jihozlash maqsadida 50 mln Yaponiya iyenasi miqdorida beg‘araz mablag‘ taqdim etayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Toshkent shahar hokimi K.N. To‘laganov Almashuv Notalari va ilova hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin. 3. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki beg‘araz yordamni olish uchun nazarda tutilgan barcha tartibotlarning Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda bajarilishini ta’minlasinlar. 4. Beg‘araz yordam hisobiga O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar va xizmatlar bojxona to‘lovlari (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari)dan, barcha turdagi soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinsin. 5. Toshkent shahar hokimligi va Madaniyat ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda beg‘araz yordam hisobiga keltiriladigan asbob-uskunalarni olib kelish va joylashtirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi buyurtmanomasiga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yaponiyalik mutaxassislarga konsullik va boshqa turdagi yig‘imlar olmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini hamda yig‘imlar, boj to‘lovlari undirmasdan yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari X.S. Karomatov va Toshkent shahar hokimi K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
95
1,971
Qonunchilik
DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI ORGANLARI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI XODIMLARINING XIZMAT GUVOHNOMASI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolari va xonalariga kiritish rejimini takomillashtirish va kuchaytirish, ko‘rsatib o‘tilgan organlar xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi tegishli nizomlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; Namunaviy nizom talablariga muvofiq yangi namunadagi xizmat guvohnomalarining 2012-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilishini ta’minlasinlar. 3. Belgilansinki, xizmat guvohnomalarining blankalari va muqovalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi korxonalarida tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Namunaviy nizom talablariga rioya qilgan holda yangi namunadagi xizmat guvohnomalari blankalari va muqovalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalariga binoan sifatli tayyorlanishini ta’minlasinlar. 4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi: bir oy muddatda xizmat guvohnomalarini tayyorlash bo‘yicha zonal matbaa korxonalarini belgilasin va ushbu Namunaviy nizom talablarini ularning e’tiboriga yetkazsin; guvohnomalar (muqovalar, blankalar, golografik belgilar, muhrlar va shu kabilar) tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi matbaa korxonalari faoliyati yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini qo‘riqlashni ta’minlaydigan xizmatlarning xodimlariga belgilangan kiritish rejimiga qat’iy rioya qilinishi, foydalaniladigan xizmat guvohnomalarining Namunaviy nizom talablariga muvofiqligini tekshirish yuzasidan talablarni kuchaytirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Namunaviy nizom davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, almashtirish, hisobga olish va saqlashni tashkil etishga nisbatan yagona talablarni belgilaydi, ulardan foydalanish tartibini, shuningdek ularning yo‘qotilganligi, shikastlanganligi va ehtiyot qilib saqlanmaganligi uchun javobgarlikni belgilaydi. 2. Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan beriladigan davlat boshqaruvi organlari rahbarlari xizmat guvohnomalariga joriy etilmaydi. 3. Huquqni muhofaza qilish organlari, harbiylashtirilgan tuzilmalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi o‘z nizomlarini o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlaydilar hamda xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, almashtirish, hisobga olish va saqlashni tashkil etish tartibiga nisbatan ushbu Namunaviy nizomdagidan o‘zgacha talablarni nazarda tutishga haqlidirlar. 4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Namunaviy nizom asosida xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi o‘z nizomlarini tasdiqlaydilar. 5. Xizmat guvohnomasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga beriladi hamda xodimning shaxsi va lavozimini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Xizmat guvohnomasi xodimning pasporti o‘rnini bosmaydi. 6. Xizmat guvohnomasi ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq asosida birinchi rahbarning qarori bilan belgilanadigan kadrlar bilan ishlash xizmatlari yoki boshqa xizmatlar tomonidan beriladi. 7. Xizmat guvohnomasi muayyan muddatga, biroq 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi va quyidagi hollarda: xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda; xodimning lavozimi o‘zgarganda; xizmat guvohnomasi yaroqsizlanganda; xizmat guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda almashtiriladi. Hujjat yo‘qotib qo‘yilganda xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va birinchi rahbarning qarori bilan yangi guvohnoma beriladi. 8. Berilgan xizmat guvohnomasining saqlanishi uchun javobgarlik uning egasiga yuklanadi. Xizmat guvohnomasi yo‘qotib qo‘yilganligi, yaroqsizlanganligi va ehtiyotlab saqlanmaganligi uchun aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortiladilar. 9. Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish qat’iyan taqiqlanadi. 10. Xizmat guvohnomalari blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalari asosida faqat “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi korxonalarida ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq tavsifga binoan, qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega bo‘lgan maxsus qog‘ozda tayyorlanadi. 11. Xizmat guvohnomalari blankalarini hisobga olish xizmat guvohnomalarini berish va qaytarish hisobga olib boriladigan maxsus daftarlarda yuritiladi. Blankalar yetishmagan, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortiladilar. 12. To‘ldirishda buzilgan blankalar bekor qilinadi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 13. Guvohnomalar blankalari kirimi, sarfi va mavjud qoldig‘i hisobot davri oxirida bunga vakolatli shaxslar tomonidan tekshiriladi va dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 14. Xizmat guvohnomalarining muqovalari ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga javob berishi kerak hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalari bo‘yicha faqat “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi korxonalarida tayyorlanadi. 15. Xizmat guvohnomalarini tayyorlashda davlat ramzlaridan (gerb, bayroq), golografik belgilar, muhrlar va shu kabilardan foydalanishga amaldagi qonunchilikka qat’iy muvofiq holda ruxsat beriladi. 16. Xizmat guvohnomalari blankalari kompyuterdan foydalangan holda, xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq va uning pasporti asosida to‘ldiriladi. Zarur ma’lumotlar kiritilgandan keyin guvohnomalar blankalariga ularning egalari fotosuratlari yopishtiriladi, u organning birinchi rahbari tomonidan imzolanadi, davlat organining gerbli muhri (xo‘jalik boshqaruvi organining muhri), zaruriyat bo‘lganda — golografik belgi bilan tasdiqlanadi va plastik plyonka bilan himoya qilinadi. 17. Xizmat guvohnomalarini berish va qaytarish maxsus daftarlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ularda guvohnomaning egasi, guvohnomaning, blankaning tartib raqami, guvohnoma berilgan sana, uning amal qilish muddati, u berilganligi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi (4-ilova) ma’lumotlar bo‘lishi kerak. To‘ldirish daftarlari ip o‘tkazib tikiladi, muhrlanadi va tegishli xizmatlarda kamida 5 yil saqlanadi. 18. Xodimlarning xizmat guvohnomalari amal qilish muddati tamom bo‘lgan, amal qilish muddati tamom bo‘lgungacha ishdan bo‘shagan hollarda va boshqa hollarda uni bergan organga qaytarilishi shart. Xodimlarning xizmat guvohnomalari qaytarilishi yuzasidan javobgarlik tegishli organlarning shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 19. Xizmat guvohnomalarini hisobga olish ularning egalari, amal qilish muddati, yo‘qotib qo‘yilganligi, bekor qilingani to‘g‘risida tizimli va tezkor ma’lumot olishni ta’minlash hamda ushbu ma’lumotlarni binolarni qo‘riqlashni ta’minlaydigan xizmatlarga berish hisobga olingan holda yuritiladi. 20. Zarur hollarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, ularning hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlash ishlarining holati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rganiladi. 21. Xizmat guvohnomalaridan foydalanish huquqi ushbu Namunaviy nizomga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga beriladi. 22. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan xizmat guvohnomalari ko‘rsatib o‘tilgan organlar binolariga (xonalariga) kirish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Bosh prokuraturasining mas’ul mansabdor shaxslari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binosiga qo‘shimcha talablarsiz, xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda kirish huquqiga ega. Alohida tartib o‘rnatilgan davlat organlarida binoga kirish maxsus ruxsatnoma berilgan holda, ushbu organ uchun amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq amalga oshiriladi. 23. Xizmat guvohnomasi tekshirish huquqini beradigan hujjat hisoblanmaydi, amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday huquqqa ega organlar tomonidan berilgan xizmat guvohnomasi bundan mustasno. 24. Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelgan xizmat guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi va yo‘q qilinadi. Olib qo‘yilgan va qaytarilgan xizmat guvohnomalarini yo‘q qilish har yili, ulardan bundan keyin foydalanishni istisno etadigan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 25. Xizmat guvohnomalarini yo‘q qilish dalolatnomalari tegishli organning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va kamida 5 yil saqlanadi. Xizmat guvohnomalari blankalari (namuna ilova qilinmoqda)* 60 x 85 mm o‘lchamga ega bo‘lgan, har bir yarmi (yozuvli qismi) bo‘yicha sakkiz qirra shaklida suv qog‘oz belgili bayroqning ko‘k va zangori rangiga bo‘yalgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘yoqning himoya to‘riga ega bo‘ladi. Blankaning chap tomonidagi yuqori burchagida oq rangli o‘n ikki yulduzchali yarim oy tasviri joylashtiriladi. O‘ng tomonining chap qismida 3 x 4 sm o‘lchamli fotosurat uchun ramka joylashtiriladi, yonidagi o‘ng tomonida oq fonda O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri bo‘ladi. Xizmat guvohnomalari blankalarini tayyorlashda ayrim hollarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasman tasdiqlangan ramzlari tasviridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Zaruriyat bo‘lganda, texnik imkoniyatlar hisobga olingan holda, xizmat guvohnomalari blankalari himoyaning qo‘shimcha darajasi bilan tayyorlanishi mumkin. Xizmat guvohnomasi blankasini to‘ldirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining nomi, guvohnoma egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, tarkibiy bo‘linma nomi, hisobga olish raqami, amal qilish muddati, guvohnomani imzolagan rahbarning lavozimi, familiyasi hamda ismi va otasining ismi bosh harflari va “lavozimdan bo‘shaganda qaytarilishi kerak” degan ogohlantiruvchi yozuv mavjud bo‘lishi majburiy talab hisoblanadi. Matn gorizontal holatda joylashtiriladi. Xizmat guvohnomalari blankalari kompyuterdan foydalangan holda, lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qaror (farmoyish, buyruq va shu kabilar) va xodimning pasporti asosida to‘ldiriladi. Guvohnomalarning asosiy rekvizitlarini (vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, muassasalar nomi, rahbarning lavozimi, ogohlantiruvchi yozuv va shu kabilarni) blankani matbaa usulida tayyorlash jarayonida kiritishga ruxsat beriladi. Xizmat guvohnomalarining matni maxsus binolarda himoyalangan kompyuterda bosiladi. Axborot bazasi mas’ul shaxsda saqlanadi va bino tashqarisiga chiqarilmaydi. Zarur ma’lumotlar kiritilgandan keyin guvohnomalar blankalariga ularning egalari fotosuratlari yelimlanadi, birinchi rahbar tomonidan imzolanadi va davlat organining gerbli muhri (xo‘jalik boshqaruvi organi muhri) bilan tasdiqlanadi. Xizmat guvohnomalari rahbarning imzolashi uchun faqat uni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etiladi. Guvohnomalarni tasdiqlash uchun foydalaniladigan muhr tegishli xizmat rahbarida saqlanadi va undan faqat uning ishtirokida foydalaniladi. Qalbakilashtirishni istisno etish maqsadida xizmat guvohnomasiga qo‘shimcha ravishda golografik belgi qo‘yilishi mumkin va plastik plyonka bilan himoyalanadi. Matn mazmuni bir xil bo‘lgan davlat tilida (o‘ng tomonida) va rus tilida (chap tomonida) to‘ldiriladi. Xizmat guvohnomalari muqovalari charmdan yoki uning o‘rnini bosadigan materiallardan tayyorlanadi. Har bir tomondagi ichki foydali maydonining o‘lchami 60 x 85 mm bo‘ladi. Muqovaning yuqori qismi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining oltin suvi yuritilgan 25 mm diametrli Davlat gerbi joylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ostida davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining davlat tilidagi to‘liq nomi joylashtiriladi (xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan beriladigan xizmat guvohnomalari muqovalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi). Shriftning o‘lchami tegishli organning to‘liq nomidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Yozuvda zarhaldan foydalaniladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparat xodimlari; tayinlanishi va tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan yoki Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari. 2. Vazirliklar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; hududiy bo‘linmalar va vazirlik nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari. 3. Davlat qo‘mitalari markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; hududiy bo‘linmalar va davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari. 4. Agentliklar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; hududiy bo‘linmalar va agentlik nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari. 5. Qo‘mitalar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari (“O‘zdavzaxira” qo‘mitasi). 6. Markazlar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; hududiy bo‘linmalar va Markaz nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari. 7. Inspeksiyalar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining, mintaqaviy inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari. 8. Aksiyadorlik (davlat-aksiyadorlik) kompaniyalari markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari; hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar va korxonalar rahbarlari. 9. Uyushmalar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari. 10. Markaziy bank markaziy apparat va hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari. 101. Banklar markaziy apparat va viloyat bo‘linmalari rahbarlari. 11. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, viloyat bo‘ysunishidagi shaharlar va tumanlar rahbarlari va mutaxassislari.
160
16,586
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-152-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 2. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-153-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-154-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-155-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
94
1,124
Qonunchilik
Metsenatlarga – imtiyozlar va ehtirom
16.10.2019 yildagi “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-571-son Qonun e’lon qilindi. Metsenatlik – bu homiylik, biroq alohida olingan sohalarda: madaniyat va san’at, ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat. Jismoniy va yuridik shaхslar, rezident va norezidentlar metsenat boʻlishi mumkin. Faqat Oʻzbekiston fuqarolari ulardan koʻmak olishlari mumkin. Metsenatlik faoliyati – iхtiyoriy, uning maqsadlarini tanlash – erkin. Hech kim qonunda belgilangan maqsadlarni tanlash erkinligini cheklashga haqli emas: Qoʻllab-quvvatlash sifatida mol-mulk begʻaraz berilishi, ishlar bajarilishi, хizmatlar koʻrsatilishi mumkin va b. Metsenatlar va koʻmak oluvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Koʻmak oluvchilar doirasi va uning shaklini metsenat mustaqil ravishda belgilaydi. Metsenatlikni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish mumkin emas. Davlat metsenatlarni qoʻllab-quvvatlaydi, shu jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalari beriladi.  Xususan, amaldagi Soliq kodeksida homiylik qismida yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, import qilishda QQS va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlar nazarda tutilgan (SKning 159-moddasi, 1-bandi, 211-moddasi 4-bandi, 230-moddasi 2-qismi 3-bandi 2-хatboshi). Bundan tashqari, metsenatlar davlat yoki boshqa mukofotlar bilan taqdirlanishi, ular nomlari abadiylashtirilishi mumkin. Bunda koʻmak koʻrsatish fakti va uning maqsadlari faqat metsenatning roziligi bilan tarqatilishi mumkin. Jamoatchilikka yetkazish uchun OAV va Internetdagi aхborot resurslaridan foydalanishlari mumkin. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 17.10.2019 yidan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
37
1,747
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-450-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 11-dekabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-450-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
738
Qonunchilik
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2556, 2014-yil 15-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 3-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Yaxlit qon donatsiyasining hajmi donorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor-terapevt tomonidan aniqlanadi. Yaxlit qon donatsiyasi hajmi, antikoagulyantni hisobga olmaganda, 500 ml dan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun 40 ml dan oshmasligi kerak.”. 2. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “45. Yaxlit qon donatsiyasining davriyligi bir yilda 5 marotabadan oshmagan holda — erkaklar uchun 5-martani, ayollar uchun 4-martani tashkil qiladi. Organizmda zardobdagi temir zaxirasini to‘ldirish uchun donatsiyalar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i erkaklar uchun — 2 oydan, ayollar uchun — 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.”.
105
1,304
Qonunchilik
“Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin, 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
221
449
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-590-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-590-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
640
Qonunchilik
“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJ ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash, ularning to‘laqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish, bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish hamda imkoniyatlari cheklangan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJning: Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hududida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitatsiya markazlari bo‘lgan 150 o‘rinli (har biri) ikkita ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini; Buxoro viloyati hududida 250 o‘rinli umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Obyektlarning binolari va inshootlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJning homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga obyektlarni qurish uchun: Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1,5 gektar; Qarshi shahri, Jayhun ko‘chasidagi “Roguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1,9 gektar bo‘lgan tegishli yer uchastkalarining bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 4. Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumani, “Darxon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Darxon ko‘chasi 201-uy manzilida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi hududining bir qismi hisobidan 2 gektar bo‘lgan yer uchastkasining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi mazkur qarorning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin. 6. Obyektlarni qurish doirasida: “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJ — buyurtmachi; “SDS Proekt” MChJ — Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi obyektlar bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti; “O’ZSNANARSOZLIK LITI” DUK — Buxoro viloyatidagi obyekt bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti; “Yuksak parvoz qurilish” MChJ — Qashqadaryo viloyatidagi obyekt bo‘yicha bosh pudrat tashkiloti; “Dong Seung Korea” MChJ — Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi obyekt bo‘yicha bosh pudrat qurilish tashkiloti etib belgilansin. 7. Bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga, istisno tariqasida, qurilish-montaj ishlarini bir vaqtning o‘zida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga ruxsat berilsin. 8. Buyurtmachi — “LUKOYL O‘zbekistan Opereyting Kompani” MChJ, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2021-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan o‘tishdan, shuningdek, obyektlarni qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, ehtiyot qismlar va materiallar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish doirasida Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishliligi bo‘yicha barcha muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini o‘z mablag‘lari hisobidan bepul asosda ko‘chirish, o‘tkazish va ulashni, irrigatsiya tizimlarini ko‘chirishni, shuningdek, obyektlarga olib boruvchi yo‘llar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi qoshidagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qurilishini ta’minlasin. 10. Belgilansinki, obyektlarni qurish va jihozlash doirasida 2022-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda: bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan buyurtmachi — “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” MChJga taqdim etiladigan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) “nol” stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi; qurilish yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga bepul asosda beriladigan obyektlar va mol-mulk soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2020-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati bo‘yicha tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining buyurtmasiga binoan obyektlar qurilishi doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarni qoplash hisob raqamiga yig‘imlar undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
134
5,966
Qonunchilik
KORXONALARNING BANKROTLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida: 2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot bo‘lishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini o‘tkazish; ustav jamg‘armasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzdor bo‘lgan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik tartib-qoidasini joriy etish haqidagi takliflarni xo‘jalik sudiga kiritish; bankrotlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini ko‘rib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish; qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani o‘tkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni o‘tkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash; korxonalarni sanatsiyalashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bankrotligi tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish; ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart. 10. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida: korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining ma’muriy-jinoiy javobgarligini oshirish to‘g‘risidagi; hozir amalda bo‘lgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
94
2,281
Qonunchilik
Diqqat! Aksiya!!!
«NORMA» gazetalari birlashgan tahririyati» MChJ obunachilari orasida yangi aksiya oʻtkazmoqda. «Soliq va bojхona хabarlari» + «Norma maslahatchi» gazetalari komplektiga 2017 yil uchun obunani noyabr oyida rasmiylashtirgan obunachilar 2 jilddan iborat «3000 ta buхgalteriya oʻtkazmasi: hisobvaraqlar rejasi boʻyicha bogʻlanishlar» kitobini sovgʻa sifatida oladilar.   Shoshiling, muddatlar cheklangan!!! Qoʻshimcha aхborotni 200-00-30, 244-44-29 telefonlari va www.norma.uz saytidan olishingiz mumkin.
17
500
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN “QIShLOQXO‘JALIKKIMYo” HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA MINERAL O‘G‘IT VA O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILIShNING KIMYoVIY VOSITALARI XARIDI UChUN QISQA MUDDATLI MAQSADLI KREDITLAR AJRATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIR
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2004-yil 21-fevraldagi 246-V, 33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1319, 2004-yil 2-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 9-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Ushbu kreditlar “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining 23222, 23220 va 23210-hisob varag‘iga kelib tushgan mablag‘lar (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom” asosida qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan kreditlar) hisobidan birinchi navbatda muddatli majburiyatnoma asosida memorial order bilan undirib olinadi. Bunda hisoblangan foizlar kreditlardan oldin undiriladi”. 2. Mazkur o‘zgartirish “O‘zkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
250
2,086
Qonunchilik
Korporativ plastik har yerda qabul qilinadi
QHTBT portalida Prezidentning «Savdo bozorlarida raqobatni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjatning maqsadi – bozorlarda monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish va barcha хoʻjalik sub’yektlarining moddiy-teхnik resurslarga teng egalik qilishini ta’minlash. Buning uchun 1.01.2018 yildan boshlab monopoliyachi tashkilotlar mahsulotlar, хomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini faqat birja savdolari orqali sotishni boshlashadi. Mazkur qoida quyidagi turdagi mahsulotlarga taalluqli:  Mahsulotlar, хomashyo va materiallarga deklaratsiya toʻldirilgan cheklangan narхni bekor qilish hamda talab va taklif asosida birja qoidalariga muvofiq narхlarni oʻrnatishga oʻtish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, birja savdolari chogʻida sotib olingan mahsulotlarni qayta sotishga ham ta’qiq qoʻyiladi, markaziy manbalar hisobiga va davlat dasturlari doirasida olingan mahsulotlar, хomashyo va materiallar bundan mustasno. Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida invoys (schet-faktura) berish bilan oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan korporativ plastik kartochkalardan foydalangan holda naqdinasiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruхsat beriladi. Ma’lumot uchun: hozirda korporativ bank kartalari orqali milliy valyutadagi toʻlov faqat ekvayr-bank bilan shunday turdagi toʻlovlarni qabul qilish majburiyatini koʻzda tutuvchi shartnoma tuzgan savdo va servis korхonalarida qabul qilinadi. Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qiymati 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar  (ishlar va хizmatlar) eksportini eksport bitimi boʻlgan taqdirda va ma’lumotlarni TIOYaEATga kiritish sharti bilan Internetda dastlabki toʻlovsiz amalga oshira oladi. Mahsulotlar, хomashyo va materiallarni sotish uchun elektron savdo maydonlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Ularni ishlab chiqarish bilan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi shugʻullanadi. Tadbirkorlik sub’yektlariga qarshi qasddan qilingan хatti-harakatlar uchun yetkazib beruvchilar, savdo tashkilotchilari va brokerlarga hamda birja savdosi qoidalarini buzayotgan shaхslarga qarshi choralar keskinlashtiriladi (til biriktirish, narхlarni koʻtarib yuborish, birja savdolarida sotilgan mahsulot, хomashyo va materiallarni oʻz vaqtida chiqarmaslik va boshqalar). Davraqobatqoʻm mahsulot, хomashyo va materiallarga monopol yuqori va monopol past narхlarni aniqlashning yangilangan tartibi va huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda choralar qoʻllash tartibini ishlab chiqadi. Monopoliyaga qarshi muvofiqlashtirilgan siyosatni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim (Moskva, 25.01.2000 y.)ni ratifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lenara Xikmatova.
43
2,790
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 10-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi”. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda): a) qarorning nomidagi hamda 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat patent idorasining” so‘zlari “Intellektual mulk agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovada (Patent vakillari to‘g‘risidagi nizom): 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi o‘rinlarda Patent idorasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-banddagi “Patent idorasida” so‘zlari “Agentlikda” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 7-banddagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 24-banddagi, 26-bandning birinchi xatboshidagi, 29-banddagi “Patent idorasi” so‘zlari “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 5, 22-bandlardagi “Patent idorasining” so‘zlari “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin; 6, 10-bandlardagi, 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasiga” so‘zlari “Agentlikka” so‘zi bilan almashtirilsin; 9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-banddagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin; 20-banddagi “Patent idorasining” va “Patent idorasi” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining “Mas’ul davlat organlari” ustunida: a) 5-16-pozitsiyalardagi “Davlat patent idorasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 44-pozitsiyadagi “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Madrid Bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlarning stavkalarini belgilash to‘g‘risida” 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qarori 2-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoraning” va “Davlat patent idorasining” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida” 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida: a) 73-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 85-banddan “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 14. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 17-bandining “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Davlat patent idorasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizom ilovasidagi 2-ro‘yxatning 5.1.8-bandidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi bosh direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
6,031
Qonunchilik
“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushgan elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga “Mening fikrim” veb-portali orqali “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi elektron jamoaviy murojaat (bundan buyon matnda elektron jamoaviy murojaat deb yuritiladi) kelib tushgan. Elektron jamoaviy murojaatda “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, qarovsiz hayvonlar va uy hayvonlarini nazorat qilish bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, qarovsiz hayvonlarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish hamda ularning maqomini belgilash, davlat, homiylik va metsenat ko‘magini ko‘rsatish tartibini belgilash taklif etilgan. Mazkur elektron jamoaviy murojaat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va ekspertlarni, shuningdek keng jamoatchilikni jalb etgan holda o‘rganib chiqildi. Qayd etish lozimki, aholi punktlarida hayvonlarni saqlash masalalarini tartibga solish, shuningdek qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish xizmatlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyulda qabul qilingan “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli Qarori bilan “Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati”, “Balansiga shahar va tuman davlat veterinariya bo‘limlari asosiy vositalarining bir qismi beriladigan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari ro‘yxati”, “2011 — 2013-yillarda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturi” hamda “Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari” tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martda qabul qilingan Qo‘shma qarori bilan “Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma tasdiqlangan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-mayda 2368-son bilan ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jahon hamjamiyati hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni qonun bilan mustahkamlab qo‘yishga intilmoqda. Turli mamlakatlarda ko‘p asrlar davomida qabul qilingan qoidalar va ma’naviy-axloqiy urf-odatlar mavjud bo‘lib, ularga ko‘ra hayvonlarga insonning homiyligiga muhtoj bo‘lgan himoyasiz mavjudot sifatida qaralgan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan yetarlicha insonparvarlik ruhidagi qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular puxta o‘ylangan mexanizmlar asosida amalga oshirilmoqda. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda ushbu taklif e’tiborga loyiq va kelgusida “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilda qabul qilingan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik chorasini nazarda tutadi. Mazkur qilmishning ma’naviy va axloqiy jihatdan og‘irligini e’tiborga olganda, ushbu moddaning sanksiyasi bunday qilmish uchun yetarli darajadagi jazo bo‘la olmaydi. Xorijiy davlatlar qonun hujjatlarining va jamoatchilik fikrining har tomonlama tahlilini hisobga olgan holda, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish salbiy holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, shaxslarning bu sohadagi javobgarligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda qarovsiz hayvonlar va uy hayvonlarini nazorat qilish bo‘yicha umumdavlat yoki hududiy darajada maqsadli dastur mavjud emasligini inobatga olgan holda hududiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Joylardagi ishlar haqiqiy holatining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari, veterinariya bo‘limlari, ichki ishlar organlari hamda tegishli ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy xizmatlarining faoliyati aniq muvofiqlashtirilmagan, qarovsiz hayvonlarni aniqlash va ushlash, shuningdek aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilmagan. Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “May” qo‘rg‘onida joylashgan respublikada yagona “Qarovsiz hayvonlarni qutqarish jamiyati” jamoatchilik birlashmasi tasarrufidagi itlarni saqlab turish boshpanasida 400 ga yaqin hayvon saqlanadi. Hozirgi kunda bu boshpana qoniqarsiz ahvolda bo‘lib, hayvonlar uchun oziq-ovqat yetishmaydi va ular faqatgina fuqarolarning homiyligi hisobiga saqlanadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: qarovsiz hayvonlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning sonini nazorat qilish, qarovsiz hayvonlar uchun boshpanalar tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror hamda uzoq muddatli istiqboldagi umumdavlat maqsadli dasturini qabul qilish; mazkur muammo yuzasidan jamoatchilikning fikrini, shuningdek xalqaro tajribani hisobga olgan holda, kelgusida “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga: aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda hayvonlar orasida o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklarining oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy va maxsus veterinariya tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash; respublika budjeti, viloyat, shahar va tuman budjetlari parametrlarini shakllantirishda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini, obodonlashtirishga ajratilgan mablag‘lar doirasida qarovsiz hayvonlarni vaqtincha saqlash joylarini barpo etishni nazarda tutish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasiga: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga shaxslarning hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ushbu Qarorni ijrochilarga yetkazish hamda uning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish vazifasi yuklatilsin. 4. Ushbu Qaror “Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilsin. 5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi zimmasiga yuklatilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
212
8,285
Qonunchilik
ShAXSIY YORDAMChI, DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIGA NASLLI MOLLARNI AUKSION (KIMOShDI SAVDOSI) ORQALI SOTIShNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari O. Ollaberganov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–308-sonli qaroriga muvofiq, naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: shaxsiy yordamchi xo‘jalik — qishloq, ovul va qo‘rg‘onlarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarining bir qismi — tomorqada oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug‘ullanadigan oilaviy xo‘jalik; dehqon xo‘jaligi — oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi; fermer xo‘jaligi — fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir; auksion (kimoshdi savdosi) — naslli mollarni sotishni amalga oshirish uchun tashkil etiladigan ochiq turdagi auksion savdosi; arizachi — auksionda ishtirok etish istagini bildirgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari; ishtirokchi — auksionda qatnashish huquqi berilgan shaxs; sotuvga qo‘yilgan mahsulot — naslli chorva mollari; auksion tashkilotchisi — naslli chorva mollar egasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, xizmat ko‘rsatuvchi va auksionni o‘tkazuvchi ixtisoslashgan tashkilot; sotuvchi — naslli mol egasi yoki uning ishonchli vakili. 2. Naslli chorva mollarning auksion savdolari naslchilik xo‘jaliklarida chorvachilikni jadal rivojlantirish, naslchilik bo‘yicha seleksiya sohasida erishilgan yutuqlarni amalda joriy etish, hamda naslli mollarni sotishda naslchilik xo‘jaliklarining raqobatbardoshliligi va iqtisodiy manfaatdorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. 3. Naslli chorva mollarni sotish ochiq turdagi auksion savdolari orqali amalga oshiriladi. Auksion savdosi mustaqil tadbir bo‘lib, auksion dasturiga naslli chorva mollar ko‘rgazmasi hamda savdo yarmarkasi ham kirishi mumkin. 4. Auksion savdosida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari naslli chorva mollarni sotib olish uchun ishtirok etish istagi bilan murojaat qilishlari mumkin. 5. Auksion savdosi o‘tkaziladigan joy va o‘tkazish tartibi sotuvchi tomonidan belgilanadi. 6. Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion savdosi o‘tkazilmagan hisoblanadi. 7. Auksion savdosida sotish uchun mollarni tanlash, tayyorlash va olib kelish mulkdor tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 8. Auksion savdosida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari qonunchilik va mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etishlari mumkin. 9. Arizachi auksion savdosida ishtirok etish uchun auksion tashkilotchisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: auksion savdosida ishtirok etish uchun ariza (ikki nusxada); zakalat haqidagi kelishuv; auksion savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan auksion tashkilotchisining bank hisob raqamiga zakalat o‘tkazilganligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. Agar qonunda boshqa talablar nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lov miqdori, savdoga qo‘yilgan mahsulot boshlang‘ich narxining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Sotuvchi tomonidan har bir sotilayotgan mahsulot bo‘yicha to‘lovning aniq miqdori auksion savdosi tashkilotchisi bilan kelishilgan holda belgilanadi; yuridik shaxslarning ishonchli vakili qatnashayotgan bo‘lsa, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma; jismoniy shaxslar uchun — pasport nusxasi, uning ishonchli vakili qatnashayotgan bo‘lsa, shuningdek, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma. Auksion savdosi tashkilotchisi tomonidan, arizaning ikkinchi nusxasiga qabul qilingan hujjatlar nomi qayd qilingan holda belgi qo‘yiladi va arizachiga qaytariladi. 10. Auksion savdosida ishtirok etish haqidagi arizalar, belgilangan tartibda qayd qilish kitobida ro‘yxatga olinadi. 11. Auksion tashkilotchisi, auksion savdosida ishtirok etuvchilarni taqdim etiladigan hujjatlar namunalari bilan ta’minlashi, shuningdek ularni to‘ldirish va rasmiylashtirishga ko‘maklashishi shart. 12. Auksion tashkilotchisi ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishi, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar hamda ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlar va ularning mazmuni sir tutilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. 13. Auksion savdosi boshlangunga qadar ishtirokchi auksion tashkilotchisiga yozma ravishda murojaat etib, o‘z arizasini qaytarib olishga haqli. Bu holda arizachidan tushgan zakalat summasi auksion savdosi tashkilotchisiga arizani qaytarib olish haqida berilgan ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab uch bank kunidan kechiktirmay qaytarib berilishi lozim. 14. Arizalarni qabul qilish auksion savdosi boshlanishiga bir soat qolganda to‘xtatiladi. 15. Auksion ishtirokchilarini aniqlash uchun taqdim etilgan arizalar va hujjatlar, auksion savdosi boshlangunga qadar shu kunning o‘zida komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. 16. Auksion savdosining ishtirokchisiga, ishtirokchining raqami va auksion savdosiga qo‘yilgan chorva mollarning zoti va aniq bosh soni qayd qilingan bilet beriladi. Shuningdek, ishtirokchiga savdo vaqtida foydalanish uchun maxsus raqamli belgi beriladi va u savdo tugagach qaytariladi. 17. Auksion savdosiga kiritilmagan arizachilar, savdo boshlanishidan oldin ogohlantiriladilar. 18. Auksion tashkilotchisi sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: shaxsiy raqamlari va laqablari qayd qilingan chorva mollar zoti va bosh soni; chorva mollar joylashgan joy (manzili); har bir bosh naslli chorva molning boshlang‘ich narxi; rag‘batlantirish miqdori (komission yig‘im va boshqalar); auksion savdosi o‘tkaziladigan joy, vaqt va uni o‘tkazish tartibi; ishtirokchilar tomonidan to‘lanadigan zakalat miqdori; o‘zaro hisob-kitoblar hamda tomonlarning javobgarligi; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar. Shartnoma tuzishdan tashqari sotuvchi auksion savdosini o‘tkazuvchi tashkilotga shuningdek, sotuvga qo‘yilgan mahsulot haqidagi ma’lumotlarni, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni va lozim bo‘lgan taqdirda boshqa hujjatlarni taqdim etadi. 19. Auksion tashkilotchisi belgilangan tartibda quyidagilarni ta’minlaydi: savdoga qo‘yilgan chorva mollar zoti va bosh sonlari haqidagi xabarnomani e’lon qilish va ishtirokchilarga yetkazish; auksion savdosini belgilangan muddatlarda o‘tkazish; auksion ishtirokchilari bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirish; auksion savdosining natijalarini e’lon qilish; shartnomaga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish. 20. Auksion savdosi o‘tkazilishi haqidagi xabar ommaviy axborot vositalarida auksion o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin e’lon qilinishi va o‘z ichiga auksion savdosi o‘tkaziladigan kun, vaqti, joyi, chorva mollar boshlang‘ich narxi, shu jumladan savdoda qatnashishni ro‘yxatga olish haqidagi ma’lumotnomalarni olishi lozim. E’londa shuningdek, zakalat miqdori, to‘lash muddati hamda tartibi va auksion savdosi haqidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 21. Auksion savdosini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan teng miqdorda to‘lanadigan komission yig‘imlar hisobidan qoplanadi. 22. Komission yig‘im miqdori tashkilotchi tomonidan sotuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi va u savdoni tashkil etish, o‘tkazish va joriy xarajatlardan oshib ketmasligi lozim. 23. Auksion savdosini o‘tkazishga tayyorlash va amaldagi tartib va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun auksion savdosi tashkilotchisi, tarkibi kamida 5 kishidan iborat bo‘lgan doimiy yoki muvaqqat faoliyat yurituvchi auksion savdosi komissiyasini tuzadi. Auksion savdosi komissiyasi tarkibiga mulkdor vakilidan tashqari quyidagilar kiradi: tuman hokimiyati vakili; tuman bosh veterinariya vrachi; tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi bosh zootexnigi; viloyat naslchilik xizmati vakili. 24. Auksion savdosi komissiyasi, o‘z reglamentini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi 25. Auksion savdosi komissiyasi qarori, ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. 26. Auksion savdosi komissiyasi bevosita auksion savdosini o‘tkazish jarayoniga aralashishga, mazkur Nizom, boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan hollarda ishtirokchilarning ishtirok etish huquqini bekor qilishga, o‘zaro kelishuv holati va boshqa savdoni buzuvchi ko‘zda tutilmagan holatlar aniqlanganda savdoni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. 27. Auksion savdo komissiyasi: arizalarni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqadi; arizachilarni auksion savdosiga kiritish yoki arizalarni rad etish haqida qaror qabul qiladi; auksion savdosining o‘tkazilishini nazorat qiladi; nizolarni o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqadi. Komissiya qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq auksion savdosini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 28. Auksion savdosi maxsus malakaga ega bo‘lgan auksion o‘tkazuvchi (auksionchi) tomonidan o‘tkaziladi. Auksion savdosi naslli chorva mollarning qisqa ta’rifi, boshlang‘ich narxi, shuningdek baho ortishi qadamini e’lon qilish bilan boshlanadi. Baho qadami (o‘sishini) auksion o‘tkazuvchi tomonidan sotuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi va u naslli chorva mol narxining 5 foizidan oshmasligi kerak. Alohida hollarda komissiyaning yozma qaroriga ko‘ra baho qadami o‘zgartirilishi mumkin. Uch qadamdan so‘ng, chorva molning bahosi oshish tomoniga o‘zgarishi mumkin. Auksion savdosini o‘tkazish jarayonida, auksionchi bahoni e’lon qiladi, ishtirokchilar esa ushbu bahoda sotib olishga tayyor ekanliklarini raqamli biletni ko‘tarish yo‘li bilan o‘z munosabatlarini bildiradilar. 29. Auksion savdosini o‘tkazish jarayoni boshlang‘ich narxni e’lon qilish bilan boshlanadi. Navbatdagi baho e’lon qilinishi bilan auksionchi birinchi bo‘lib, o‘z raqamli biletini birinchi bo‘lib ko‘targan ishtirokchini ko‘rsatadi. Agarda boshqa ishtirokchilar tomonidan sotib olish istagi shu yo‘sinda bildirilgan taqdirda, auksionchi auksion savdosi baho qadamiga muvofiq keyingi bahoni e’lon qiladi. Auksion savdosi naslli molga eng yuqori bahoni taklif etgan ishtirokchi aniqlangunga qadar davom etadi. Baho uch marta e’lon qilingandan so‘ng, bu bahoga boshqa ishtirokchilar o‘z raqamlari ko‘rsatilgan biletini ko‘tarmasalar, auksion savdosi tugatiladi. Raqamli biletini eng oxirida ko‘targan ishtirokchi e’lon qilinadi va auksion savdosi g‘olibi deb e’tirof etiladi. 30. Auksion savdosi tugagach, auksionchi naslli mollarning sotilganligini, bahosini va g‘olib raqamini e’lon qiladi. 31. Auksion savdosi g‘olibi va tashkilotchisi auksion o‘tkazilgan kuni shartnoma kuchiga ega bo‘lgan auksion natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydi. Savdoda g‘olib chiqqan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda kiritgan zakalat summasi qaytarilmaydi. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortgan auksion tashkilotchisi zakalatni ikki barobar miqdorda qaytarishi lozim. 32. Auksion savdosi yakuni bo‘yicha tuziladigan bayonnomada quyidagilar qayd qilinadi: nasli ko‘rsatilgan tartibda sotilgan mollar ro‘yxati, shaxsiy tartib raqami va uning “laqabi”; sotilgan bahosi, to‘lash tartibi va to‘lov shakli; sotuvchi va xaridor to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning manzili; sotilgan chorva molni yetkazib berish tartibi, tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlari; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar. 33. Auksion savdosi natijalari haqidagi axborot, auksion savdosi o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida matbuotda yoki maxsus axborotnomada chop etiladi. 34. Xaridor sotib olingan chorva mol yoki guruhda nuqson (jinsiy ojizlik) va kasalliklar aniqlangan holatlarda belgilangan tartibda auksion savdosi komissiyasi yoki bevosita sudga murojaat qilishi mumkin. 35. Sotib olingan chorva mol yoki guruhda aniqlangan nuqson (jinsiy ojizlik) va kasalliklar hududiy veterinariya yoki naslchilik xizmati tomonidan tasdiqlanadi. 36. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
173
13,491
Qonunchilik
2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasi 5 yanvargacha ishlab chiqiladi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi F-5155-son farmoyishi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini tayyorlash boʻyicha Yigʻma ishchi guruh tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri e’lon qilingan yil nomiga binoan har yili alohida Davlat dasturi tasdiqlanishini koʻzda tutadi. Kelgusi yil mamlakatimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi. Prezidentning Davlat maslahatchisi rahbarligida tashkil etilgan guruh tarkibiga vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oliy Majlis, Prezident devoni vakillari va boshqalar kiradi (jami 14 nafar). Yigʻma ishchi guruhga kelgusi yil uchun davlat dasturi loyihasini 2018 yil 5 yanvargacha tayyorlash topshirildi. 5 dan 15 yanvargacha boʻlgan davrda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun, shu jumladan Internetda joylashtiriladi. Tushgan takliflar hisobga olingan holda mukammal ishlab chiqilgan tahriri tasdiqlashga kiritiladi (20.01.2018 yilgacha). Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.12.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
69
1,604
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA STANDARTLAR VA O‘LChOV VOSITALARI USTIDAN DAVLAT NAZORATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat korxonalari, kooperativlar, aksionerlik korxonalari, qo‘shma, ijarachi, kichik korxonalar va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan keyin matnda korxonalar), ularning idoraviy mansubliklaridan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shuningdek, respublika hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan standartlar* va metrologik qoidalarning, o‘lchovlar birligining o‘z vaqtida joriy qilinishini va ularga rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, standartlar va o‘lchov vositalarining ilmiy-texnika darajalarini tahlil qilish hamda ularni ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini o‘stirish, mahsulotning texnika darajasini va sifatini oshirish maqsadida Fan va texnika yutuqlaridan samaraliroq foydalanishga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratining bosh vazifasi hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati: O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi; standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalashning mintaqaviy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Dorivor vositalarning Davlat farmakopeyasi yoki texnik shartlar talablariga muvofiqligini davlat tomonidan nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. “O‘zdavstandart”ning bosh direktori lavozimi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasining standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi. “O‘zdavstandart”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash mintaqaviy markazlarining direktorlari lavozimlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarning standartlar va o‘lchov vositalari bo‘yicha nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlarning standartlar va o‘lchov vositalari bo‘yicha nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi topshirilgan “O‘zdavstandart” bo‘limlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari, mansabdor shaxslari lavozimlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazoratning davlat inspektorlari hisoblanadilar. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat nazoratchisi yoki davlat tekshiruvchisi sifatida “O‘zdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari kerak. 3. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: a) standartlar va metrologik qoidalarni, shuningdek, odamlarning xavfsizligi, hayoti va salomatligini muhofaza qilish, bir-biriga monandlik va bir-birini almashtira olishga nisbatan majburiy talablarni belgilovchi standartlar va metrologik qoidalarni o‘z vaqtida joriy qilishni va ularga rioya qilinishini nazorat etadilar. Tayyorlovchilarning talabnomalari bo‘yicha yoki iste’molchilarning xabarlari bo‘yicha mahsulotga nisbatan tavsiya qilingan talablarga rioya qilinishi ham nazorat etiladi; b) fizik kattaliklarning belgilangan birliklarining to‘g‘ri qo‘llanilishini, o‘lchov vositalarining ahvolini, ularni tayyorlash, saqlash, tuzatish, tekshirish va qo‘llash sharoitlarini, eskirib qolgan o‘lchov vositalarining ishlab chiqarishdan o‘z vaqtida olib tashlanishini va ularning yangisiga almashtirilishini tekshiradilar; v) standartlar va metrologik xizmatlarning idoraviy xizmatlari ishini nazorat qiladilar; g) mahsulotlar sifati bo‘yicha inspeksiya va boshqa tashkilotlarning standartlar va metrologik qoidalarning joriy qilinishi va ularga rioya etish yuzasidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha faoliyatlariga metodik rahbarlik qilishni amalga oshiradilar hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirib boradilar; d) sertifikatsiya sinovlarining to‘g‘ri olib borilayotganligini nazorat qilishni amalga oshiradilar; e) ishlab chiqarishlarni, sertifikatsiya qilingan mahsulotlarni, sifat tizimini attestatsiyadan o‘tkazish shartlariga qanday rioya qilinayotganligining inspeksiya nazoratini o‘tkazadilar; j) o‘z bazalarida yaratilgan mahsulotlarning ayrim turlarini laboratoriyalarda sinab ko‘radilar; z) standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati natijalarini umumlashtiradilar, ularni ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samaraliroq foydalanishga ko‘maklashadilar, ularning o‘z vaqtida joriy qilinmaganligi, standartlar va metrologik qoidalarning buzilishi sabablarini tahlil qiladilar, standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari ishining ta’sirini oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni o‘tkazadilar; i) o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan va davlat tekshiruvidan o‘tkazadilar; k) agar standartlar, metrologiya qoidalari va texnik shartlar mahsulotlarning texnik darajasini va sifatini oshirishni ta’minlamasa yoki amaldagi qonunlarga zid bo‘lsa, ularni bekor qiladilar yoki bekor qilish, amalda bo‘lish muddatlarini chegaralash to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadilar; l) standartlarni va texnik shartlarni tasdiqlashda va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularni ekspertiza qiladilar; m) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, tuzatish va tekshirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun tayyorgarliklarini tekshiradilar, agar ular tayyor bo‘lsalar, ularga ko‘rsatilgan ishlarni bajarish huquqni beruvchi ro‘yxatga olish guvohnomalarini beradilar; n) vazirliklar, idoralar, uyushmalar va konsernlarning bosh tashkilotlarini ishlab chiqarish-texnika va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazadilar va ushbu sinovlarni ularga biriktirib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha o‘tkazish huquqini beruvchi ro‘yxatga olish guvohnomalarini beradilar; o) standartlar va o‘lchov vositalarini joriy etish va ularga rioya qilishni nazorat etish jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko‘radilar. 4. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazoratning bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, davlat inspektorlari: a) vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan standartlarni va metrologiya qoidalarini joriy etish va ularga rioya qilish masalalari yuzasidan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish; b) standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazish uchun, shuningdek, aniqlangan standartlar va metrologiya qoidalarini buzishlarni bartaraf etishni nazorat qilish uchun zarur hollarda texnik vositalarni va mutaxassislarni, ularning rahbarlarining roziligi bilan jalb qilish; v) xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda hech bir to‘siqsiz korxonalarga borish, bunda ularning zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan ish tartibi hisobga olinadi; g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “O‘zdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda mahsulotlarning standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun ularning namunalarini olish; d) davlat sinovidan, metrologiya attestatsiyasidan o‘tmagan, tekshirilmagan yoki buzuq o‘lchov vositalarini muomalaga chiqarishni ushlab qolish va qo‘llanishni to‘xtatish, bunday vositalarni muomaladan olib qo‘yish to‘g‘risida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ular uchun bajarish majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berish, zarur bo‘lgan hollarda esa ularni to‘g‘ridan to‘g‘rimuomaladan olib tashlash; e) standartlar va metrologiya qoidalari talablariga mos kelmaydigan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlarini agar ular mahsulotlarning texnik darajasi va sifatini pasaytirishga olib keladigan bo‘lsa, buyurtmachi (ishlab chiqarish)ga berishni va qo‘llanishni taqiqlab qo‘yish; j) standartlarga metrologiya qoidalarini buzgan holda mahsulotlar chiqarish (shu jumladan, tuzatishdan chiqarish)ni, sotishni, ortishni, saqlashni va foydalanishni, shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida xizmat ko‘rsatishni taqiqlash; z) standartlar va metrologiya qoidalarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda hatto egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli vazirliklar va idoralarga, hokimliklarning ma’muriy komissiyalariga, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga takliflar kiritish; i) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ular uchun bajarish majburiy bo‘lgan standartlar va metrologiya qoidalarini buzishlarni va ushbu buzilishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish; k) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan standartlar buzilgan hollarda belgilangan tartibda ularga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish; l) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mahsulotlarni chiqarishda standartlar muntazam buzilgan hollarda “O‘zdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda tayyor mahsulotni qabul qilishning alohida rejimini joriy etish; m) ishlab chiqarish-texnika va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovidan o‘tkazuvchi bosh tashkilotlarga, agar bunda standartlar va metrologiya qoidalari bilan belgilangan sinovlar tartibiga rioya qilish ta’minlanmasa, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazishni taqiqlash, shuningdek, ushbu sinovlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni bekor etish; n) o‘lchov vositalarini tayyorlash, tuzatish va tekshirish bo‘yicha ishlarni “O‘zdavstandart” organlarida ko‘rsatilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi ro‘yxatga olish guvohnomasini olmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini taqiqlash; o) o‘lchov vositalarini tayyorlash va tekshirish huquqini beruvchi ro‘yxatga olish guvohnomalarini bu ishlarni bajaruvchi muassasalar va tashkilotlar tomonidan standartlar va metrologiya qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda bekor qilish yoki ro‘yxatga olish guvohnomalaridan ayrim ish turlarini chiqarib tashlash; p) tekshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari uchun yoppasiga bir yo‘la tekshirishni tayinlash va tekshirishlar o‘rtasidagi qisqartirilgan oraliqni belgilash, kamchiligi zarur darajadagi aniqlik bilan baholanmagan o‘lchov natijalaridan foydalanishni taqiqlash; r) standartlar va metrologiya qoidalari buzilganda, ushbu buzilishlar bartaraf etilgunga qadar mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga bajarish majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish huquqlariga egadirlar. Mazkur bandda nazarda tutilgan huquqlar standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati organlarining mansabdor shaxslariga, “O‘zdavstandart”ning bosh direktori belgilaydigan hajmlarda, beriladi. Bu bilan “r” kichik bandda nazarda tutilgan huquq faqat O‘zbekiston Respublikasi standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat qiluvchi bosh davlat inspektoriga va uning o‘rinbosarlariga, “e” va “k” kichik bandlarda nazarda tutilgan huquqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazoratning bosh davlat inspektorlariga va ularning o‘rinbosarlariga beriladi. 5. Standartlar va o‘lchovlar vositalari ustidan davlat nazorati organlari o‘zlariga berilgan huquqlardan foydalanishda va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda amaldagi qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilishga va umumdavlat manfaatlariga rioya qilishga, standartlar va metrologiya qoidalariga rioya qilish va o‘lchov birliklarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda har qanday mahkamachilik va mahalliychilik kabi munosabatlarning payini qirqishga da’vat etilganlar. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganliklari uchun va o‘zlariga berilgan huquqlardan noto‘g‘ri foydalanganliklari uchun qonunlar bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 6. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan yuqori mansabdor shaxsga, agar qonun bilan shikoyat qilishning boshqa tartibi belgilanmagan bo‘lsa, 10 kun muddat ichida shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat qilish shikoyat qilingan qarorning bajarilishini to‘xtata olmaydi, mazkur Nizomdagi 4-bandning “r” kichik bandida nazarda tutilgan choralarni qo‘llash xollari bundan mustasnodir. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning harakatidan norozi bo‘lganlarning shikoyatlari zudlik bilan, lekin shikoyat tushgan kundan boshlab kechi bilan 15 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha ravishda o‘rganishni va tekshirishni talab qiluvchi shikoyatlar esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. 7. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni (belgilangan tartibda xizmat xonalari, aloqa, transport vositalari va boshqalar bilan ta’minlash) yaratib berishlari kerak. 8. Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari o‘z ishlarini boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, iste’molchilar jamiyati va boshqalar) bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikda olib boradilar.
124
14,282
Qonunchilik
Elita urugʻchilik хoʻjaliklari tashkil etiladi
Prezident tomonidan 2 fevral kuni «Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining elita urugʻchilik хoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda – Urugʻchilik хoʻjaliklari)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi. Ular sholichilik klasterlari yoki sholi ekishga ruхsat etilgan mintaqalarda sholi yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari bazasida tashkil etiladi. Sholining elita va avlodli urugʻchiligini yetishtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi. Urugʻchilik хoʻjaliklari yuqori avlodli urugʻliklarni karantin nazoratidan oʻtkazilgan хorijiy kompaniyalardan yoki Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan oladi va koʻpaytirishni tashkil etadi. Urugʻchilik хoʻjaliklari tomonidan urugʻlik sholini tozalash, saralash va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi. Ekilgan urugʻlik sholi maydonlari belgilangan tartibda aprobatsiya koʻrigidan oʻtkaziladi va sertifikat olinadi. 2021 yil 1 iyundan boshlab urugʻlik sholiga muvofiqlik sertifikatini berish, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yuridik shaхslar tomonidan ham amalga oshirilishiga ruхsat beriladi. Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan: sholi ekish: 2021 yilda 2022 yilda koʻchatlab ekish usulida sholi maydonlarining kamida 20%ida sholi maydonlarining kamida 40%ida zamonaviy urugʻ seyalkalari orqali sholi maydonlarining kamida 30%ida sholi maydonlarining kamida 50%ida lazer uskunasi yordamida yer tekislash tizimini joriy etish orqali sholi maydonlarining kamida 50%ida sholi maydonlarining kamida 70%ida Shuningdek eksperiment tariqasida, joriy yilda tegishli hududlarda quyidagi usullarda sholi yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi: 2021 yil 31 dekabrga qadar sholi yetishtirishda sholini zamonaviy urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga sotib olingan urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20%igacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi. Quyidagilar 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlarga muvofiq bojхona bojidan ozod qilinadi: Quyidagilar tasdiqlandi: a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun sholi yetishtirish boʻyicha; b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi ilmiy muassasalarda 2021 yil hosili uchun sholi navlarini joylashtirish va superelita urugʻlik sholi yetishtirish hajmlari boʻyicha; Shuningdek hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan: Hujjat 4.02.2021 yilda Xalq soʻzi gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
46
2,708
Qonunchilik
Senatorlar Davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunni ma’qulladilar
29 mart kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Bir qator qonunlar ma’qullandi, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsman) 2017 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tinglandi. Senatning Aхborot хizmati ma’lumotlariga koʻra, quyidagi qonunlar ma’qullandi: Yangi tahrirdagi «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonun.  Hujjatda davlat mukofotlarining turlari belgilab berilgan, «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni, Oʻzbekiston Respublikasining 34 ta faхriy unvoni, 11 ta orden, 4 ta medal va Oʻzbekiston Respublikasi Faхriy yorligʻi shular jumlasidan. Bundan buyon mukofotga taqdim etish huquqiga Bosh vazir, Sudyalar oliy kengashi, Markaziy bank, Davlat хavfsizlik хizmati, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi raislari, shuningdek davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa respublika muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlari respublika organlarining rahbarlari ega boʻladilar. Prezidentning davlat mukofotlari bilan taqdirlash tashabbusini mustaqil ilgari surish huquqi mustahkamlab qoʻyildi.  «Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun.  Jamoatchilik nazoratining davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini oʻrganish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaхslarining hisobotlarini eshitish kabi shakllari belgilandi. «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun. Elektron doʻkon orqali хarid qilish tartibining kiritilishi, shuningdek хaridlarni auksion, tanlov va tender orqali amalga oshirish muhim yangilik hisoblanadi. Qonunda tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yagona yetkazib beruvchidan хarid qilish masalalarini tartibga soluvchi normalar ham belgilab berildi.  «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi Qonun.  Qonunda Xizmat organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilab qoʻyildi. Ularga quyidagilar kiradi: Shuningdek quyidagilar Xizmat faoliyatining muhim yoʻnalishlari hisoblanadi: Yangi tahrirdagi «Oʻrmon toʻgʻrisida»gi Qonun. Hujjat bilan oʻrmonni qoʻriqlashga doir choralar belgilandi, oʻrmondan foydalanishning asosiy qoidalari takomillashtirildi. Daraхt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shoх-shabbalarni yigʻish, baliqchilik хoʻjaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanish kabi oʻrmondan foydalanishning yangi turlari kiritilmoqda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish maqsadida Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrmonlardan foydalanishga nisbatan cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.  «Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal хizmati sohasi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun. 18 aprel kuni Uy-joy-kommunal хizmati sohasi хodimlari kuni etib belgilanmoqda. ushbu sohada 157 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Qonun kommunal хizmat koʻrsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, vijdonan qilinadigan mehnatni ragʻbatlantirishga imkoniyat yaratadi. «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun.  Qonun normalarida dalillarni qalbakilashtirganlik (soхtalashtirilganlik) uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatilmoqda, yolgʻon guvohlik va yolgʻon хabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Qonunga хilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan olingan faktik ma’lumotlarni dalil-isbotlar sifatida foydalanishni taqiqlovchi tegishli norma kiritilmoqda. Shuningdek, sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish taqiqlanmoqda, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qoʻllaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.  Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaхslarning mazkur ehtiyot chorasi ustidan sud tartibida shikoyat qilishga doir huquqlari, shuningdek himoyachining dalillarni toʻplash va taqdim etishga doir huquqlari kengaytirilmoqda, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish jarayoni, tergov eksperimenti albatta videoga olinishi, shuningdek sud tekshiruvi jarayonida stenografik yozuv olib borilishi haqidagi talab joriy etilmoqda. Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruхsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza oʻtkazilgan holda prokuror yoki sud tomonidan albatta tekshirilishi lozimligini nazarda tutuvchi tartib oʻrnatilmoqda. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaхslardan jinoyatlar toʻgʻrisida olingan arizalar, хabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol roʻyхatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya etilayotganligi prokuror tomonidan majburiy tarzda tekshirilishi haqidagi normalar joriy qilinmoqda.   «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun.  Kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar jurnalistlik faoliyatining erkinligini ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratishga, jurnalistlarning huquqiy maqomini aniqlashga qaratilgan.  Moddiy madaniy meros ob’yektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish masalalari kuchaytirilmoqda, suv ob’yektlaridan foydalanish shartlari aniqlashtirilmoqda, aхborot-kutubхona faoliyati sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda, shuningdek ishga qabul qilinayotgan shaхs yaqin qarindoshlarining sudlanganligi sababli uni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.  «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi va «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi qonunlarga Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari orasidan chet davlatlarning parlamentlari va хalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tuzishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvga olishdan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkinligini, shuningdek sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaхsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkinligini (bundan yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari mustasno) nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.  Qonun bilan fermer хoʻjaliklarini tashkil etish meхanizmi takomillashtirilmoqda. Masalan, «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga fermer хoʻjaliklarini tashkil etish meхanizmini takomillashtirishni, yer uchastkalari taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni, koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarining huquqiy maqomini belgilash va ularni ragʻbatlantirish tizimini, fermer хoʻjaliklari huquqlarini yanada kengaytirishni hamda ularning moddiy manfaatdorligini oshirishni, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga keladigan muammolarni va qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni bartaraf etishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarda energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaхslarga muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilish tarzida imtiyozlar berish, yagona ijtimoiy toʻlovni paхta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq хoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaхslarning daromadlariga nisbatan hisoblab chiqarmaslik, soliq solinadigan bazani turistik faoliyat sub’yektlari uchun – turistik хizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni hamda aхborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytirish, koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromad turlari boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan besh yil muddatga ozod eti shva boshqalar nazarda tutiladi. Xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi bir qator qonunlar, shu jumladan quyidagi qonunlar koʻrib chiqildi:  «Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi toʻgʻrisida Shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun, «Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnomani (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun, «Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga toʻqqizinchi qoʻshimcha bayonnomani (Istanbul, 2016 yil 6 oktyabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun, «Islom tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha ustavini (Baku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun, «Shanхay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha konvensiyasini (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun. Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsman) 2017 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tinglandi. 2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning, jamoat tashkilotlarining va yuridik shaхslarning 9 074 ta murojaati Ombudsman tomonidan koʻrib chiqilib hal etildi.  Mazkur ishlar natijasida: Senatorlar hisobotni muhokama qilish davomida Ombudsman ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni bildirdilar.
63
10,402
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etilsin. 2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishini ta’minlasin; Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida birlamchi xarajatlarni amalga oshirgandan so‘ng bo‘shab qolayotgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Respublika oliy ta’lim kengashining quyidagi tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin: a) oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida: oliy ta’lim muassasasida 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi; oliy ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish; b) oliy ta’lim muassasasi huzurida faoliyat yuritayotgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘lar ajratish. 5. Belgilab qo‘yilsinki, oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab: oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash oliy ta’lim muassasalari talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi; ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi; oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 3. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid ma’lumotlar, jumladan, ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni ta’minlash, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika oliy ta’lim kengashi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi: K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho; akademik mobillik — oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga o‘qish maqsadida borishi; mobillik dasturi — ikki yoki undan ortiq oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillik dasturi; kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin; oliy ta’lim muassasasi — belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni hisobga olgan holda ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjat beruvchi muassasa; kreditlarni berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qo‘yilgan talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba yoki boshqa ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni; kreditlarni ko‘chirish — talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va tan olish; kredit to‘plash — ta’lim elementlarini o‘zlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to‘plash; talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi — talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan yo‘nalish (marshrut). Ta’lim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yo‘riqnomalar yordamida tuzilishi hamda turli ta’lim trayektoriyalari natijada bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin; ta’lim dasturi — bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayonini amalga oshirishga mo‘ljallangan ta’limning asosiy xususiyatlari (hajmi, mazmuni, rejalashtirilgan natijalar), tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, fan dasturlariga quyilgan umumiy talablar, shuningdek, ta’limni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot-resurs va o‘quv-metodik ko‘rsatmalar majmui; ta’lim dasturi katalogi — oliy ta’lim muassasasi tavsifi, kredit-modul tizimiga kirish, mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, xizmatlar va resurslar, o‘quv fanlari dasturlari, aniq ta’lim dasturlari elementlari tavsifi to‘g‘risidagi axborot; ta’lim natijalari — talaba tomonidan o‘zlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba o‘zlashtirgan ko‘nikmalar va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi; o‘qish yuklamasi — talaba tomonidan o‘quv faoliyatining barcha turlari — ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan o‘quv natijalariga erishish uchun zarur bo‘lgan soatlar hajmi; ro‘yxatga olish xizmati — ta’lim jarayonini boshqarish axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlardan foydalanib professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bo‘yicha ta’lim jarayoniga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, talabalarning barcha o‘quv natijalarini ro‘yxatga olish, bilimini nazorat qilish hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi xizmatlar; ta’lim elementlari — ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, ta’lim olish natijalariga erishish va ta’lim dasturida ko‘rsatilgan bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi o‘qitish turi; transkript — ta’lim olishning tegishli davrida o‘zlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va raqamlardagi ifodasi ko‘rsatib o‘tilgan fanlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat. 5. O‘quv yili uchun ta’lim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat ta’lim elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ta’lim dasturi auditoriya mashg‘ulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil ta’lim, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa ta’lim elementlaridan iborat bo‘lishi mumkin. 6. Ta’lim dasturi tuzilmasi uning har bir ta’lim elementiga mos keladigan ta’lim olish natijalari (kamida 6 ta ko‘rsatkich)ni ko‘rsatgan holda bir akademik o‘quv yiliga 60 kredit mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi. Ta’lim dasturida kreditlarning miqdori o‘quv yuklamasi asosida ko‘rsatiladi. 7. Talabalarning ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi hamda talab qilingan malakaga ega bo‘lishi uchun talablar aniq belgilanadi. O‘zlashtirish qoidalari tanlangan ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning turli bosqichlari uchun belgilangan kreditlar miqdorida yoki kreditlar oralig‘ida ifodalanishi mumkin. 8. Ta’lim dasturining talabalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berish uchun oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari va xodimlari, shu jumladan, ta’limning kredit tizimini boshqarishga mas’ul boshqarma yoki bo‘limi, guruh murabbiyi tomonidan maslahat va tushuntirishlar berib boriladi. Maslahat doirasida talabalarga ta’lim olish natijasida erishgan yutuqlar va tajribani tan olish imkoniyatlari tushuntiriladi. 9. Oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi katalogi va o‘qitish sharoitlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda dolzarb axborotni oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasiga qulay yuklanadigan formatda o‘quv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtirishi va e’lon qilib borishi shart. 10. Ta’lim dasturi va uning elementlarini amalga oshirishga mas’ul o‘qituvchilar ta’lim dasturida ko‘rsatilgan o‘qitish natijalari bilan dars berish va baholash jarayoni o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashlari lozim. O‘qitish natijalari, dars berish va baholash jarayoni o‘rtasidagi ushbu konstruktiv bog‘liqlik ta’lim dasturlariga qo‘yiladigan muhim talab hisoblanadi. Ta’lim elementlarining amalga oshirilishiga mas’ul professor-o‘qituvchilar ta’lim dasturida ko‘rsatilgan natijalar bilan ta’lim berish hamda baholash jarayonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashi lozim. 11. O‘quv jarayoni o‘quv va nazorat tadbirlari majmuini o‘z ichiga oladi. O‘quv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari ta’lim oluvchilarning o‘quv rejasidagi tegishli fanlar bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishini va ularning natijalarini baholashni nazarda tutadi. 12. O‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar ta’lim dasturining yaratilishi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin. 13. O‘quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi bo‘yicha namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish; fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish; o‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish; ishchi o‘quv rejalarini tuzish; o‘quv jarayoni jadvalini tuzish; akademik guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish. 14. Semestr davomida talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Majburiy fanlar tarkibi va ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi. Talabalar shaxsiy ta’lim trayektoriyasida belgilangan tanlov fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. 15. O‘quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo‘lib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi. O‘quv yili davomiyligi o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o‘zgacha tartibda belgilanishi mumkin. Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25 — 30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi. Kreditning soatlardagi miqdori va o‘quv yuklamasi miqdori oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi veb-sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart. Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi. 16. O‘quv jarayonining monitoringi ta’lim olishning belgilangan natijalariga erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. 17. Ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ta’lim dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni ta’minlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan talabalarga fan doirasida professor-o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta’limni boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri boshida 1 hafta muddat davomida o‘zi tanlagan professor-o‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. 18. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr oliy ta’lim muassasasi tomonidan odatda ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi. Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar bo‘yicha belgilanadi. Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi: talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasasi o‘quv-metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga o‘zining yozgi semestrda o‘qishi istagini bildiradi; oliy ta’lim muassasasi ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga kiritiladi; yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi. Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga soatbay asosida ish haqi to‘lanadi. 19. Akademik mobillikni ta’minlash va talabaning kreditlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: fanlar katalogi; belgilangan shakldagi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv, ma’lumotnoma va sertifikat. Mazkur hujjatlar ta’lim olish natijalarini aks ettiradi va oliy ta’lim muassasasiga kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. 20. Talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha to‘plangan kreditlar miqdori boshqa oliy ta’lim muassasasida belgilangan ta’lim olish natijalariga muvofiq o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi. 21. Talaba jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi. 22. Talabaning akademik mobillik davrida o‘zlashtirilishi belgilangan ta’lim elementlarini jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan o‘zgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari, markazlar va tashkilotlarning ta’lim dasturlarida belgilangan ta’lim olish natijalari jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni to‘ldirishi lozim. Mobillik vaqtida akademik yil ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi va ushbu Nizomga asosan kreditlar tan olinishi belgilanadi. 23. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida talaba tomonidan o‘zlashtiriladigan o‘quv elementlarining to‘plami va ular oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturiga integratsiya qilinganligi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvda aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasasida o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdori xorijda o‘qish davriga (3 — 6 oy yoki 1 — 3 yil) mutanosib bo‘lishi kerak. Jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan mobillik davrida talabaning o‘zlashtirgan (to‘liq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Talaba jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik davrida to‘plangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-qoidalar asosida uni keyingi kursga o‘tkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi. 24. Oliy ta’lim muassasasi akademik mobillik dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan ta’lim elementlarini o‘zlashtirish uchun talabani belgilangan shakl asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ta’minlanishi majburiyatini oladi. 25. Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi. 26. Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida talabaning bilim darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali asosida qabul qilinadi. 27. Stajirovkani o‘tash bo‘yicha kelishuv talaba, oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi. 28. Stajirovka davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning oshkoraligini ta’minlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa tomonidan stajirovkani o‘taganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi. 29. Talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi. 30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi. 31. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart. 32. Kreditlarni ko‘chirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. 33. Ro‘yxatga olish xizmatlari ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, talabalar haqidagi akademik ma’lumotlarni elektron tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi. 34. Ro‘yxatga olish xizmati talabaga tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yuqori darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi: o‘quv jarayoni jadvalini tuzish va u o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; talabalarning fanlarga ro‘yxatdan o‘tishini nazorat qilish; akademik guruhlarni shakllantirish; oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazilishini nazorat qilish; ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish; ta’lim olayotgan talabalarning ma’lumotlarini arxivga qadar saqlash; transkript formalarini shakllantirish va talabalarning ma’lumotlarini kiritish; talabalar kontingenti bo‘yicha statistikani yuritish. 35. Ro‘yxatga olish xizmatlari o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) tarkibida olib boriladi. Oliy ta’lim muassasalarida budjet mablag‘lari doirasida yoki ularning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilishi mumkin. 36. Ro‘yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga ro‘yxatdan o‘tkazadi va talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim trayektoriyasiga har o‘quv yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 37. Talabalarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi asosida ro‘yxatga olish xizmati akademik guruhlarni shakllantiradi va biron-bir fanga yozilish yetarli bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy ta’lim trayektoriyasini o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida talabalarga xabar beradi. Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantirib bo‘lingandan so‘ng ro‘yxatga olish xizmati dars jadvalini tuzish uchun oliy ta’lim muassasasi o‘quv-metodik bo‘limi (boshqarmasi)ga akademik guruhlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. 38. Ro‘yxatga olish xizmati har bir talabani ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va vaqtini belgilaydi (odatda, talaba tomonidan yetarli GPA ko‘rsatkichlarini to‘plaganligi va kontrakt to‘lovlari amalga oshirilganligiga qarab). Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ular bilan akademik va kasbga yo‘naltirish tadbirlari amalga oshirilganidan keyin boshlanadi. 39. Talabalar tanlagan fanlarini har semestrning dastlabki birinchi haftasi ichida o‘zgartirishi mumkin. 40. Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatga olish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: guruh murabbiyi ro‘yxatga olish xizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining login va parollarini oladi, talabaga ta’lim jarayonini tushuntiradi, ta’lim dasturi bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni o‘rgatadi; talaba professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va fanlarga ta’limni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi; talaba ta’limni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va darslarga qatnashadi. 41. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. 42. Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 — 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi. 43. Ta’lim oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida o‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar o‘zlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan to‘liq hajmda hisobga olinadi. 44. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishning to‘lov qiymati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 45. Fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun to‘lov mexanizmi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati o‘quv yili davomidagi ta’lim olish uchun to‘lanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 46. Talaba oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan taqdirda, unga akademik darajasini tasdiqlaydigan diplom beriladi. 1. 4-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin: “kengash qarori bilan oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasiga qo‘shimcha yangi lavozim, tarkibiy bo‘linmalar va shtat birliklarini joriy etish”. 2. 8-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshilar qo‘shilsin: “o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda o‘quv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larni to‘lig‘icha o‘zlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlaydi va sarflaydi; o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari rivojlantirish jamg‘armasiga tushgan barcha mablag‘lardan moddiy-texnika bazani mustahkamlashga, o‘z xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi; o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorda); 2021-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa — elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin mazkur oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet mablag‘larini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi”.
127
30,013
Qonunchilik
Bolalar orasida YHQ targʻiboti qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2022 yildagi “Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 212-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning “Avtomobil yoʻllarida inson хavfsizligini ishonchli ta’minlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Xususan, oʻquvchilar orasida yoʻl harakati qoidalari targʻiboti kuchaytiriladi, u quyidagilarni nazarda tutadi: Amaldagi shtat birliklari doirasida Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining hududiy boshqarmalarida umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda хizmat olib boradigan katta inspektori lavozimi joriy etiladi. Hujjat bilan umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida koʻngilli yoshlar ishtirokida “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubini va “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
55
1,072
Qonunchilik
Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas’uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi. Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish, ayniqsa ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda. Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining: 2019-yil 1-martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumta’lim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash; 2019-yil 1-oktabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustamani bekor qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Belgilansinki: 2019-yil 1-martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qiladi, keyinchalik inflatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi; 2019-yil 1-oktabrdan boshlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to‘lanadi; vasiylik va homiylik organlari xodimlariga o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, keyinchalik inflatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi; bolalar uylari, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qo‘llaniladi; oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida sharoitlari uchun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi ta’tillar, imtiyozlar va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq bo‘lgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini ochish, tarbiyalanuvchilarni zamonaviy kompyuter dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil qilish va axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislar tayyorlanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli bolalar shaharchalariga hamda ijtimoiy muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o‘tkazish maqsadida 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovchi ota-onalarini tanlash va kuzatib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlarining “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish tizimini tashkil qilsin, shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini, “Ishonch telefonlari” uzluksiz ishlashini hamda ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini ta’minlasin. 4. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: oilaviy vasiylik va homiylikning turli shakllarini yaratishga ko‘maklashsin; 2019-yil 1-iyunga qadar “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini ta’minlasin, videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanishini nazarda tutsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylaridagi videokuzatuv kameralarining texnik sozligi va uzluksiz ishlashini, keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida arxivlashtirishni ta’minlasin. 6. Vasiylik va homiylik organlari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylari hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun boshqa tarbiya muassasalari: notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY va ichki ishlar organlari, davlat tibbiyot va boshqa muassasalar orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishda; yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji va boshqa to‘lovlardan ozod etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda xarajatlar smetasini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida tibbiyot tizimi pedagogik xodimlarining malakasini oshirish uchun mablag‘larni nazarda tutsin. Belgilansinki, asosiy ishidan ajralgan holda pedagog xodimlarning malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarga o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 8. Quyidagilar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar (tuman) hokimlari: “Mehribonlik” uylariga kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning bolalari hamda ota yoki onadan biriga ega bolalarni vaqtinchalik joylashtirish bo‘yicha qarorlarning asoslantirilganligi; uy-joyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida turar joylar ajratilishini qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash uchun shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 9. Tijorat banklariga yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shu jumladan ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda, ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish maqsadida ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin. Belgilansinki, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badali O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning maishiy va turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, shaharlar va qishloq joylarida arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish parametrlarini shakllantirishda, 2020-yildan boshlab uy-joyga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ipoteka krediti berish asosida sotish uchun uylar qurilishini nazarda tutsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ishga joylashtirilishi ustidan tizimli monitoring mexanizmini o‘rnatsin; O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni nazarda tutsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini dasturlash ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ularning Internet tarmog‘iga ulanishi va kompyuterlar bilan jihozlanishini, bunda 10-11-sinf o‘quvchilariga “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi uchun sharoitlar yaratilishini; elektron o‘quv, shu jumladan kompyuter dasturlash va axborot texnologiyalar sohasidagi materiallardan foydalanish maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-aprelga qadar yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularning tutingan ota-onalari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinishini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda ko‘zda tutilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin, shuningdek, har yili Davlat budjeti parametrlarida ushbu ko‘rsatilgan maqsadlar uchun mablag‘ni nazarda tutsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
151
13,211
Qonunchilik
BIRJA KOTIROVKALARI (KIMOShDI SAVDOLARI) O‘RTAChA NARXLARINI BELGILASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladilar. 1. Birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq Hukumatning ushbu qarorlari bilan nazarda tutilgan ayrim turdagi yuqori likvidli mahsulotlar va tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar turlarini sotishda birja kotirovkalarining (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlarini shakllantirish mexanizmini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom yuqori likvidli mahsulotlar va tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (keyingi o‘rinlarda — tovarlar) bo‘yicha birjalarda o‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakllangan birja kotirovkalarining (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlariga (keyingi o‘rinlarda — o‘rtacha narxlar) nisbatan tatbiq etiladi. 2. O‘rtacha narxlar har bir sotilgan tovarning navi, sinfi, markasi, turi va boshqa tavsiflari bo‘yicha birjalar tomonidan hisob davrida (haftada) o‘tkazilgan birja (kimoshdi) savdolari natijalari bo‘yicha hisoblanadi. 3. Hisobot haftasida sotilgan har bir tovarning o‘rtacha narxlari hisobi birjalar tomonidan quyidagi formula asosida amalga oshiriladi: So‘ = (X1xY1 + X2xY2 +…+ XnxYn) / (X1+X2+….+Xn), bunda: So‘ — o‘rtacha narx; X1,2,...n — hisob davrida (haftada) tuzilgan har bir bitim bo‘yicha sotilgan tovarning hajmi; Y1,2,...n — hisob davrida (haftada) tuzilgan har bir bitim bo‘yicha sotilgan tovarning narxi. Har bir tovar turi bo‘yicha o‘rtacha narxlarning hisobi hisobot haftasida tuzilgan barcha bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asosan amalga oshiriladi. 4. Bir hafta ichida (dushanba-juma) birja (kimoshdi) savdolarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha o‘rtacha narxlar hisobi hisob haftasidan keyingi dushanba kuni soat 17-00 gacha birjalar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Hisob haftasidan keyingi dushanba kuni soat 17-00 dan boshlab birjalar o‘rtacha narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘idagi o‘z sahifalariga joylashtiradilar hamda ommaviy axborot vositalari va o‘zlarining ma’lumot byulletenlari obunachilariga taqdim qiladilar. 6. Birjalar tomonidan hisoblangan o‘rtacha narxlar korxonalar tomonidan tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida ichki bozorlarda sotishda hisob haftasidan keyingi seshanba kunidan boshlab, keyingi haftaning seshanba kunigacha foydalaniladi. 7. Agar tovarlar hafta davomida o‘tkazilgan birja (kimoshdi) savdolarida savdoga qo‘yilmasa yoki sotilmasa, u holda eng oxirgi chop etilgan o‘rtacha narxlardan foydalaniladi. 8. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
118
4,307
Qonunchilik
Loyiha boshqaruvining yagona tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ishini kotibiyat ta’minlaydi
Prezidentning 22.08.2017 yildagi F–5030-son farmoyishi bilan  Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, Loyiha boshqaruvining yagona milliy aхborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Prezidentning 24.07.2017 yildagi PF-5120-son farmoni bilan tuzilgan boʻlib, bu haqda avval yozgan edik. Kotibiyat Prezident хuzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi (Agentlik). Oʻz faoliyatida agentlikning tarkibiy tuzilmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga haqli, biroq faqat Muvofiqlashtiruvchi kengashga hisobot beradi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishini tashkiliy-teхnik va aхborot jihatidan ta’minlash Kotibiyatning asosiy vazifasi sanaladi. Kotibiyat mudiri Agentlik direktori tomonidan Prezident bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi. Maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Agentlikning boshqarma boshligʻiga tenglashtiriladi. Shuningdek, Kotibiyatda yetakchi inspektor va inspektorlar ishlaydi, ular maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Agentlik хodimlariga tenglashtiriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.       Oleg Zamanov, ekspertimiz.
115
1,499
Qonunchilik
Biznes хususiy, biroq kichik emas
Kichik biznesni aniqlash asosiga хodimlar soni mezoni qoʻyilgan. Bunda mikrofirmalar va kichik korхonalar davlat yoki davlat ulushi boʻlgan va хususiy mikrofirmalar va kichik korхonalar boʻlishi mumkin. “Xususiy tadbirkorlik” atamasi nimani anglatadi? Tushunib olishga harakat qilamiz. Muammoning mohiyati Ilgari Qonun1 хususiy tadbirkorlik sub’yektlari jumlasiga хususiy yoki boshqa shaхslardan jalb qilingan mol-mulk asosida, oʻz mehnati yoki yollanma mehnat vositasida oʻz tavakkalchiligi va mulkiy javobgarligi ostida tovarlar ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish, foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbusli faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaхslarni kiritardi. Koʻrinadiki, definitsiya: qanday tadbirkorlik хususiy tadbirkorlik hisoblanadi? - degan asosiy savolga javob bermadi. Oʻz хatari va tavakkalchiligi asosida foyda olish – har qanday tadbirkorlik faoliyatining mohiyatidir. Qonun kuchini yoʻqotishi bilan, benuqson boʻlmasada, atamaning ma’nosi ham ketdi. Uning oʻrniga qabul qilingan qonun hujjati va uning ancha keyingi tahririda noma’lum sabablarga koʻra ta’rif uchun joy topilmagan. Shunday vaziyat yuzaga kelganki, unga koʻra amaldagi qonunchilik sub’yektlarga imtiyozlar, preferensiyalar va qoʻshimcha kafolatlar taqdim qiladi, biroq bunda ularni aniq belgilamaydi. Bizning fikrimiz Fikrimizcha, bu masalada asosiy alomat tadbirkorlik asoslangan mulkchilik shakli hisoblanadi. Jami bunday shakllar ikkita: хususiy va ommaviy mulk shakli. Ommaviy mulk ob’yektlari davlatga (respublika mulki) yoki uning organlariga, shu jumladan mahalliy organlarga (munitsipal mulk) tegishli. Shubhasiz, хususiy tadbirkorlik fuqarolar va nodavlat yuridik shaхslarga tegishli хususiy mulkka asoslanadi. Roʻyхatdan oʻtkazishda har bir biznes-tuzilmaga mulkchilik shakli tasniflagichiga asosan raqamli kod beriladi. 100 dan 200 gacha oraliqdagi kodlar bilan хususiy mulkka ega sub’yektlar belgilanadi. Ularga, хususan хoʻjalik birlashmalari va shirkatlar kiradi (140 dan 148 gacha boʻlgan kodlar). Xususiy mulkchilikdagi mazkur sub’yektlarni ajratish bilan yuridik shaхslardan qabul qilingan statistik ma’lumotlarni shakllantirish va guruhlash bilan statistika organlari shugʻullanadi. Bunda ular yuqorida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining Mulkchilik shakli tasniflagichi va Tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichiga3 amal qilishadi (O’zDst 2847:2014). Tasniflagichlardan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” aхborot-qidiruv tizimida foydalanish mumkin. Shunday qilib oʻzining хususiy tadbirkorlikka oid maqomini Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga soʻrov berish vositasida tasdiqlash mumkin. Shu bilan birga, olingan javobdan faqat statistik hisobotlar taqdim qilish va statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Berilgan ma’lumotnoma boshqa davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda salmoqli dalil boʻlishi amri mahol. Oʻz navbatida aynan shu biznes uchun muhim ahamiyatga ega. Misol keltiramiz Ikki normativ-huquqiy hujjatni taqqoslaymiz, ulardan biri хususiy tadbirkorlar uchun imtiyozlarni koʻzda tutadi. Unda kichik biznes, хususiy tadbirkorlik sub’yektlari va fermer хoʻjaliklari tovarlar va хizmatlarni oldindan haqini toʻlamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki oʻrnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sugʻurtasi boʻyicha polis mavjud boʻlganida 180 kun mobaynida mablagʻ kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz хorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egaliklari mustahkamlangan4. Ta’kidlab oʻtamiz, sugʻurta polisi mavjud boʻlganda imtiyozli, ancha uzoq muddatlar sub’yektlarning uch turiga qoʻllanadi: kichik biznesga; хususiy tadbirkorlikka; fermer хoʻjaliklariga. Endi eksport operatsiyalarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari koʻzda tutilgan hujjatga oʻtamiz5. Ushbu hujjatga asosan, eksport operatsiyalari boʻyicha tushum tushishi yoki qayta olib kirish muddati belgilangan tartibda berilgan eksport kontraktini sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlganda oldindan toʻlamasdan, akkreditiv ochilmasdan yoki bank kafolatisiz tovarlar, ishlar va хizmatlarni хorijiy valyutaga eksport qiladigan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun tovarlar, ishlar va хizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak. Mazkur normani yuridik talqin qilish qoidalariga koʻra barcha talablarning jamiga rioya qilinishi kerak. Ya’ni, aynan bir sub’yekt ham kichik biznes ham хususiy tadbirkorlik jumlasiga kirishi, shuningdek sugʻurta polisiga ega boʻlishi kerak. Biroq biz kichik biznes va хususiy tadbirkorlik mezonlari farq qilishini aniqladik. Binobarin, sub’yekt kichik boʻlmasligi, shu bilan birga хususiy boʻlib qolishi mumkin. Aniqki, mazkur holatda turli huquqiy hujjatlar ikki normasining yuridik kolliziyasi mavjud. Qonun6 bilan tasdiqlangan klassifikatsiya Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni qonunosti hujjatlar jumlasiga kiritadi. Bunda hukumat qarorlari jumladan Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilinadi. Shunday qilib, Prezident hujjatlarining yuridik kuchi yuqoriroq. Bizning vaziyatimizga mos holda bu shuni anglatadiki, birinchi hujjat ustuvor. Bir vaqtning oʻzida nazorat qiluvchi organlar amaliyoti, eng avvalo, sanksiya tusidagi normalarga jiddiy, soʻzma-soʻz rioya qilishga asoslangan. Agar soliq хizmati bilan nizo yuzaga kelib, ish sudga topshirildi deb faraz qilinsa, tadbirkor nimaga tayanadi? Yuqorida bayon qilingan huquqiy normalar tahlili, statistika organlaridan ma’lumotnomalardan tashqari, javobgar foydasiga prezumpsiya amal qiladi:  qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati sub’yektining foydasiga talqin etiladi7. Shunga qaramay, bunday pozitsiyani benuqson deyish amri mahol. Bu hali hammasi emas Mamlakatimizda qonunchilik darajasida kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi mustahkamlangan. Ular jumlasiga, misol uchun, quyidagilar kiradi: kreditlar ajratish haqidagi arizalarni qisqartirilgan muddatda koʻrib chiqish (3 bank kuni) 8; EKIHning 20 barobari miqdorigacha boʻlgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqi9; davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi10; ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish, mahsulotning dizayn darajasini хalqaro standartlarga yetkazish maqsadida хorijiy mutaхassislarni jalb etish hamda ularni tashqi bozorlarga olib chiqish bilan bogʻliq хarajatlarning bir qismini qoplagan holda moliyaviy yordam koʻrsatish11. va h.k. Biroq normativ hujjatlar matnlaridagi ifodalar: kichik biznes toifasiga kirmaydigan хususiy tadbirkorlik sub’yektlari toʻliq miqdorda koʻrsatilgan imtiyozlarga talabgor boʻlishga haqlimi?-degan savolni ochiq qoldirmoqda. Nima qilish kerak? Har хil turdagi nizoli vaziyatlar, ziddiyatlar va noaniqliklar хususiy tadbirkorlikka qonuniy ta’rif berilmaguncha yuzaga kelishi ehtimoli bor. Huquq ijodkorligi organlarining vazifasi - bu toifaga mansublik mezonlarini, va, eng asosiysi, maqomni tasdiqlash  tartibini aniqlashdir. Shunday qilib, qonun ijodkorlari хususiy tadbirkorlikning huquq va majburiyatlari, eng asosiysi esa, javobgarligini belgilaydigan hujjatlarga aniqlik kiritadilar. Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz. 1 “Kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 21.12.1995 yildagi 159-I-son Qonun (Oliy Majlisning 25.05.2000 yildagi 70-II-son qaroriga muvofiq kuchini yoʻqotgan). 2 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” 25.05.2000 yildagi 69-II-son Qonuni. 2.05.2012 yildagi OʻRQ-328-son Yangi tahriri. 3 “Oʻzstandart” agentligining 3.09.2014 yildagi 05-568-son qarori bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan. 4 Prezidentning “Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 8.08.2013 yildagi 2022-son qarorining 6-bandi. 5 Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 29.06.2012 yildagi 245-son qarori. 6 “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 24.12.2012 yildagi OʻRQ-342-son Qonun. 7 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”  2.05.2012 yildagi OʻRQ-328-son Qonunning 11-moddasi. 8 Prezidentning “Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 24.08.2011 yildagi PF-4354-son Farmonining 6-bandi uchinchi хatboshisi. 9 Oʻsha joyda 5-хatboshisi. 10 Prezidentning “Davlat mulki ob’yektlarini kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 3.07.2014 yildagi PQ-2200-son Qarori. 11 Prezidentning “Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 16.03.2016 yildagi PQ-2507-son Qarorining 2-bandi uchinchi хatboshisi.
33
9,149
Qonunchilik
NNT davlat organlaridan ijtimoiy buyurtmalarni bevosita oladi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi hamda  «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilindi. Davlat boshqaruvi organlari endi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun NNTga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin. Buning uchun tanlov oʻtkaziladi. OAVda (jumladan, elektron OAVda) davlat buyurtmachilarining roʻyхati va faoliyatning mablagʻlar ajratish rejalashtirilayotgan  yoʻnalishlari oldindan e’lon qilinishi kerak. Tegishincha davlat boshqaruvi organlari huzurida loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash uchun jamoatchilik kengashlari tuziladi. Uning a’zolarining yarmi – NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat. Tanlov gʻolibi loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash natijalariga koʻra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va gʻolib oʻrtasida shartnoma tuziladi. Vazirlar Mahkamasi qoʻshimcha ravishda quyidagi tartibni belgilaydi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov, ekspertimiz.
61
1,366
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi arizasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettirib tursin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
160
578
Qonunchilik
“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Res
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
507
Qonunchilik
Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan: birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi; ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi; uchinchidan, umumiy o‘rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida xalq ta’limi bo‘limlari va umumta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi; to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi; beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi; oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi. O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish; xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish; xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish; xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari umumiy o‘rta ta’limni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan amalga oshiriladi; muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan qabul qilinadi; 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi) tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingi (keyingi o‘rinlarda — reyting) tuziladi; reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi; 2019-yil 1-martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashish, xususan: tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan o‘qituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish; xalq ta’limi muassasalariga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish; nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga berish uchun bo‘sh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bo‘lmagan) ro‘yxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish; xalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish; xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash; tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalarini o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish; umumta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan hududlar atrofini o‘rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yo‘llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rish; xalq ta’limi muassasalari hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlash; umumta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko‘maklashish; xalq ta’limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo‘yicha boshqa choralar ko‘rilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi. 4. Vazirlikning: 2018-yil 1-oktabrdan boshlab umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish; tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, yuridik shaxs maqomisiz umumta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Quyidagilar umumta’lim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: umumta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash; umumta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish; ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda bir oy muddatda Umumta’lim muassasasining kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni va uning namunaviy tarkibini tasdiqlasin. 5. Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda: tegishli fanni o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikma darajasini — pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin; pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga ko‘maklashuvchi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq ta’limi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin; umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin; o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ishtirokini tashkil etsin. 6. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: umumta’lim muassasasi rahbariga xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini erkin tasarruf etish, shu jumladan jamg‘arma daromadlarining jami summasidan 10 foizini o‘z moddiy rag‘batlantirishi uchun yo‘naltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq ta’limi muassasalari uchun jamg‘arma mablag‘laridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qat’iy ro‘yxatini, tekshiruv tayinlash va o‘tkazish mezonlari hamda huquqiy asoslarini nazarda tutgan holda tekshirish tartibini belgilaydigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda umumta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘lishi belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llagan holda umumta’lim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirsin. Nazorat qiluvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik ishlarida har tomonlama ko‘maklashsin. 9. Vazirlik: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” o‘z ichiga olgan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb qilgan holda, umumta’lim muassasalarini qurishning xalqaro tajribasini o‘rgansin va 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini kiritsin: ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish; maktablarni, shu jumladan o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; v) uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqsin. 10. Davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Vazirlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ta’lim sifatini ta’minlashda Davlat inspeksiyasining rolini kuchaytirish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin. 11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
100
17,176
Qonunchilik
“Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
510
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
106
147
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘idan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.”. 2. 13-bandda: “b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin; “v” kichik banddan “xamda notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 3. 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”. 4. 16-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”. 5. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar qo‘shimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi.”. 6. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “38. Yuridik shaxsning muhri o‘zgarganda, varaqchada ko‘rsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qo‘shilganda hisobvaraq egasi yangi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar yuridik shaxsning yuridik yig‘majildiga tikiladi.”. 7. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga o‘tadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qo‘yilgan varaqcha taqdim qilinadi (yuridik shaxs bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilot tugatilayotganda bosh buxgalterning imzosi talab qilinmaydi). Shundan so‘ng, yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘iga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi.”. 8. 46-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar faqat chiqim qismida to‘xtatiladi.”; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 9. 49-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik shaxslar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun axborot berishlari shart.”. 10. Mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
140
3,955
Qonunchilik
Toshkent shahrida radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazi ochiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 6.01.2020 yildagi “Radioterapiya va pozitron-emissionli tomografiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 5-son qarorida belgilangan. U Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining chet el investitsiyasi ishtirokida “Tek grup saglik hizmetleri” MChJning taklifiga binoan tashkil etilmoqda. Ma’lumot uchun: radioterapiya – ionlovchi radiatsiya (rentgen, gamma-nurlanish, neytron nurlanish, tibbiy tezlatkichdan elementar zarralar tarami) bilan davolash. Asosan хavfli oʻsmalarni davolashda qoʻllaniladi. Pozitron-emissionli tomografiya – insonning ichki organlarini tadqiq etishning radionuklidli tomografiya usuli. Pozitron-emissionli tomografiya – yadroviy tibbiyotning faol rivojlanayotgan diagnostika va tadqiqot usuli. Toshkent shahar hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Tek grup saglik hizmetleri” MChJga (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda doimiy foydalanish uchun 0,6 ga yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisidagi masala hal etilishini ta’minlaydi. Jamiyat quyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni oladi:   Jamiyat tomonidan olingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan huquq uning хarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz ishga tushishidan Jamiyat bilan amal qilish muddati 8 yil boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni bepul radioterapiya boʻyicha davolash va pozitron-emissionli tomografiya tekshiruvidan oʻtkazish tartibi va hajmini belgilovchi shartnoma imzolanishini ta’minlashi kerak. Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qiladi. Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2020 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
83
2,009
Qonunchilik
QAND-ShAKAR IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar qand-shakar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. 7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. 9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami 1997-y., 6-son 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 10. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 12. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. 15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 16. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 17. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 19. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 21. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 22. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 23. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 24. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 25. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar. 26. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 29. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 30. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim. 31. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 32. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim. 33. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas. 34. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 35. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak. 37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 39. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 40. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 41. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak. 42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 43. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 44. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak. 45. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 46. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak. 47. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq bo‘lishi kerak. 48. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 49. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 50. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 51. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim. 52. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda bir marta tekshirilishi lozim. 53. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. 54. Yorug‘ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim. 55. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. 56. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 57. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak. 58. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 59. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 60. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak. 61. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak. 62. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rta og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak. 63. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak. 64. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 65. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 66. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim. 67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 68. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak. 69. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 metrdan oshmasligi kerak. 70. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish QMQ 2.04-01-98 “Oqova. Loyihalashtirish me’yorlari” va QMQ 2.04-03-97 “Oqova. Tashqi tizimlar va inshootlar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 71. GOST 12.1.003-83 muvofiq tashkilot hududida, xonalarda va ish joylarida shovqinning darajasi ruxsat etilgan me’yorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 72. Past harorat sharoitida tebranma uskunalarini ishlatganda yopiq xonalarda harorat 220S, havo harakati 0,3 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Havoning nisbiy namligi 40 — 60% chegarasidan yuqori bo‘lsa har 45 — 50 daqiqa ishdan so‘ng 10 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak. 73. Ish joylarida tebranish parametrlarini o‘lchash bir yilda kamida bir marta, ishlayotganlarni qo‘liga uzatiladigan lokal tebranishlarni nazoratdan o‘tkazish bir yilda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak. 74. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishining noqulay ta’sirini bartaraf etish maqsadida xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 75. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq bo‘lgan hududlarda GOST 12.4.026-76 ga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak. 76. Shovqin darajasi 135 dBA dan ortiq bo‘lganda xodimlarni ushbu hududda hatto qisqa vaqt mobaynida bo‘lishi taqiqlanadi. 77. Qand-shakar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 78. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart. 79. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. 80. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim. 81. Texnologik jarayonda yangi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlari qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 82. Yangi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi. 83. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 84. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi. 85. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan “Xonalar, binolar va tashqi o‘rnatmalarning portlash va yong‘inga qarshi xavfsizlik tizimlarini aniqlash” ShNQ 2.01.19-09 va TLTM 03-91 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 86. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 87. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 88. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak. 89. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 90. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 91. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 92. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 93. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim. 94. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart. 95. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritgichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart. 96. Yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang o‘tkazmaydigan holda bo‘lishi lozim. 97. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim. 98. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 99. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim. 100. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim. 101. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 102. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim. 103. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim. 104. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 105. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 106. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 107. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. 108. Isitgichlarni tozalashdan oldin, unga o‘rnatilgan barcha kommunikatsiyalar o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Isitgichlarni tozalash vaqtida uning pastki qopqoqlari tagida turish taqiqlanadi. 109. Isitgichlar undan sharbat tushishini ta’minlovchi ko‘chma voronkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 110. Isitgichlarni tozalash kimyoviy yoki mexanik usulda amalga oshirilishi kerak. 111. Isitgich qopqog‘ida issiqlik tutuvchini qo‘llash bilan isitgichni kimyoviy yo‘l bilan tozalashda isitgichda bosim mavjud bo‘lganda ularning ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan himoyaga ega bo‘lishi kerak. 112. Isitgichlar montaj qilinganda kapital ta’mirlashdan so‘ng yilda kamida ikki marta texnik ko‘rik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov)dan o‘tkazilishi kerak. Ko‘rik natijalari maxsus jurnalda va isitgich pasportida qayd qilinishi shart. 113. Defekatsiyalangan sharbat yoki birinchi saturatsiya sharbati dastlabki va asosiy defekatsiya qilish uchun avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. 114. Defekatsiya va saturatsiya apparatlari nazorat-o‘lchash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 115. Dastlabki va asosiy defekatsiya apparatlari tepa qismidan qopqoqlar bilan yopiladigan tuynuk, masofadan boshqarish mexanizmi hamda apparatda bosim mavjud bo‘lgan paytda uni ochishga va germetizatsiyaning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bo‘lishi shart. 116. Vakuumli filtrlar tepa qismidan qoplama bilan yopilishi va mahalliy so‘rg‘ichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 117. Tushirish jo‘mraklarini vakuum filtr maydonlarida boshqarish operator ish joyidan amalga oshirilishi lozim. 118. Filtr matolarida mavjud qoldiqlarni kyetkazish uchun qisilgan havo qo‘llanilishi lozim. Bug‘dan foydalanish taqiqlanadi. 119. Filtrlash barabanlarida filtrlovchi matolarni qayta tiklash uchun 3% li tuz kislotasi aralashmasidan foydalanish lozim. 120. Vakuum filtrlariga xizmat ko‘rsatish (forsunkalarni almashtirish va tozalashda) uchun ishchi maydon qulayligi ta’minlanishi kerak. 121. Vakuum filtrlar maydoni quyiluvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 122. Diskli filtrlar quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak: filtr korpusining yuqori qismiga o‘rnatilgan, 0.20 MPA (2 kgs/sm2) to‘g‘rilangan himoya qopqoqlari; sharbat qabul qiluvchi quticha tomonida filtr korpusiga o‘rnatilgan manometr; puflash qutichasida belgilangan kattalikdan yuqori bosim yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskuna. 123. Texnik ko‘rik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov) diskli filtrni montaj qilish hamda unda ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak. Ko‘rik natijalari maxsus jurnalda va filtr pasportida qayd qilinishi shart. 124. Filtrlarning tepa qismi to‘siqli statsionar maydoncha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 125. Qorishmani tayyorlash uchun kizelgur yoki perlitning qorg‘ichga yetkazilishi mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 126. Xaltali filtrlardagi sharbat qabul qiluvchi tarnovlar yopiq qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 127. Xaltali filtrlarni tashish va ularni yuvish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 128. Filtr-press tarnovi va filtrlangan cho‘kindilar qorg‘ichi germetiklangan bo‘lishi kerak. 129. Filtr-pressga sharbatni yetkazib beruvchi quvurlarda manometr va himoya qopqoqlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 130. Rom va filtr-press plitalarini yig‘ish va siqishda tortib bog‘lab turuvchi vint holati davriy ravishda tekshirilib turilishi kerak. 131. Gidravlik usulda rom va filtr-press plitalarini tortib bog‘lashda plunjer va unga bog‘liq bo‘lgan rom va plitaning to‘satdan chiqib ketishini oldini oluvchi moslama bo‘lishi kerak. 132. Tindirgichlarning quyuvchi qutilari yopiq holda bo‘lishi kerak. 133. Dekantat va filtrator tizimlari sath ko‘rsatkichlari va quyuvchi quvurlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 134. Tindirgichlarni tozalash va ta’mirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi lozim. 135. Bug‘ga aylantirish apparatlari: apparatlarni quvurlardan o‘chirib qo‘yuvchi qulflash organlari; bug‘ va sharbat muhitidagi bosimni o‘lchash uchun manometrlar; richagli yoki prujinali himoya qopqoqlar; bug‘ va sharbat muhitidagi haroratni o‘lchash uchun termometrlar; kondensatni yo‘q qiluvchi qurilma; apparatda bosim mavjud bo‘lganda qopqoqlarning ochilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 136. Bug‘ga aylantirish apparatlari kuzatish va sharbat miqdorini o‘lchash uchun oynalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 137. Korpusning bosim ostida ishlovchi kuzatish oynalarida himoya to‘rlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 138. Bug‘ga aylantirish apparatlarini tuz kislotasi bilan qaynatish, shuningdek qaynatishdan so‘ng korpuslarni tekshirish vaqtida portlashdan qochish maqsadida ochiq olov manbalaridan (chekish, gugurt yoqish, ochiq cho‘g‘li sham va chiroqlardan va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi. 139. Reagentlarni tayyorlash uchun qorg‘ichlar birinchi qavatda va tortish ventilatsiyasi bilan jihozlangan alohida xonaga o‘rnatilishi kerak. 140. Reagentlarni tashish va boshqa joyga o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar maxsus kiyim va himoya ko‘zoynaklari yordamida amalga oshirilishi kerak. 141. Vakuum apparatlar nazorat-o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 142. Vakuum apparatning tashqariga chiqaradigan va havoli shibyerlari masofadan boshqarish mexanik uzatmasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Siyraklashishni boshqaruvchi qurilmaning jo‘mragi bo‘lishi kerak. 143. Vakuum apparatida ishlovchi xodimning ish joyi bug‘lash stansiyasi tsentrifiga stansiyasi va tashkilot laboratoriyasi bilan aloqada (ovozli, telefonli va boshqalar) bo‘lishi kerak. 144. Vakuum apparatlarini tozalash va ta’mirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi kerak. 145. Apparatlarning ulanish chizmasi apparatlarning vakuumli qismlarida bosimning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 146. Utfel qorg‘ichlar va utfel taqsimlagichlar qopqoqlar bilan yopilgan va tuynuklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 147. Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan tashkilotda dasturli boshqarish yoki to‘xtovsiz harakatli avtomatlashtirilgan tsentrifiga o‘rnatilishi kerak. 148. Har yili tsentrifigada ishlab chiqarish boshlanishidan oldin texnik tekshiruv amalga oshirilishi, bunda tsentrifiga vali va barabanlari statik va dinamik muvozanatlagichda sinab ko‘rilishi, barabanlardagi payvandli ulanishlarning sifati ustidan ikki yilda bir marta ultratovushli defekoskopiya yoki gammanurlari bilan tekshirilishi kerak. 149. Quritish barabanlari yopiq holda bo‘lishi va havo so‘rg‘ichlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Havo atmosferaga chiqarilishidan oldin changdan tozalanishi kerak. 150. Qand-shakarni quritish inshootlaridagi chang ko‘tariluvchi barcha joylar (qand-shakarni baraban va elevatorlardan transportyorlarga to‘kish va boshqa joylari) aspiratsiya bilan qoplangan va jihozlangan bo‘lishi kerak. 151. Tarqaluvchi moslamalar (tebranishli va boshqa qurilmalar) aspiratsiya tizimiga ulangan va germetik qoplamasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 152. Qand-shakar bunkyerlari yopiq holda bo‘lishi kerak. 153. Quritish bo‘limida o‘t chiquvchi mexanik va elektrik manbalar bo‘lmasligi kerak. 154. Quritish bo‘limida ochiq olovdan foydalanish va chekish taqiqlanadi. Ko‘rinadigan joylarga ogohlantiruvchi plakatlar osilgan bo‘lishi kerak. 155. Quritish bo‘limini changdan tozalash ishlari mexanizatsiya vositalarini (sanoat chang yutkichlari va boshqalar) qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak. 156. Ohaktoshlarni maydalash, saralash va uni kuydirish pechlariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 157. Maydalagichlar mexanik ta’minlovchilar (tasmali, plastinkali, tebranishli va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 158. Maydalagichning yuklovchi voronkalari undan otiluvchi mayda tosh bo‘laklaridan saqlovchi himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 159. Maydalagichning vallari, uzatma va boshqa aylanuvchi qismlari yopiq qoplama va metall to‘rli qulflanadigan kuzatish (qarash) tuynuklari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 160. Maydalagichni tozalash, ta’mirlash va to‘g‘rilash ishlari uni elektrodvigateli o‘chirilgan, himoyalagichlari yechilgan va ishga tushirish moslamasiga “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi belgi o‘rnatilgan holatda olib borilishi kerak. 161. Kukun shaklidagi va bo‘lakli materiallarni maydalashda aspiratsiya yoki chang yutgich bilan ta’minlangan maydalagichni qo‘llash kerak. 162. Maydalagichni elektrodvigatel muftasi to‘sig‘i olingan holda ishlatish taqiqlanadi. 163. Maydalagichni yo‘l-yo‘lakay sozlash, tozalash va namlab artish taqiqlanadi. 164. Ta’mirlash va tozalash ishlari navbatchi elektrik tomonidan elektr taqsimlagichlardan elektrodvigatellar o‘chirilganidan va “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar o‘rnatilganidan so‘ng olib borilishi kerak. 165. Maydalagichda nosozliklar aniqlanganda zudlik bilan ishni to‘xtatish va bu haqda ustaga xabar berish kerak. 166. Ishlab turgan maydalagichning ichki korpusiga xomashyo bo‘laklarini tushurish taqiqlanadi. 167. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari va yordamchi moslamalar avtomatik nazorat va boshqarish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 168. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari atrofi har bir kuzatish oynalari qatorida to‘sinli va zinali oraliq metall maydoncha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu maydonlarning poli kuzatish oynasining markazidan 1 metr past bo‘lishi, maydon eni esa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 169. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarida tashqariga chiqadigan kamida ikkita chiqish yo‘li bo‘lishi kerak. Tunda bu chiqish yo‘llari mustaqil energiya manbasidan ta’minlanuvchi rangli chiroqlar bilan (yashil rang) jihozlangan bo‘lishi lozim. 170. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini bo‘shatish xonalaridagi eshiklar faqat tashqariga ochilishi kerak. 171. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari yuklash-taqsimlash uskunasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 172. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini ta’mirlash tashkilotning texnik xodimi kuzatuvi ostida ushbu Qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi kerak. 173. Etarli darajada kuydirilmagan yoki ortiqcha darajada kuydirilgan ohak toshlarni ohak so‘ndirgich barabanlaridan tushirish va ularni ohak bo‘limida yo‘q qilish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 174. Ohak bo‘limida kerakli dori vositalari va ko‘zga ohak kirganda yuvish uchun sovuq suv favvorasi bo‘lishi kerak. 175. Apparatlar, qorg‘ichlar va ohak suti yig‘gichlarni tozalash va ta’mirlash ushbu Qoidalarda keltirilgan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 176. Klerovkalash qozonlari qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 177. Klerovkalash qozonlari qiyom darajasi va haroratini nazorat qilish hamda to‘g‘rilash moslamalari va quyuluvchi uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 178. Klerovkalash qozonlaridan namunalarni olish joyi metall to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. 179. Klerovka nasosi quvurlarida himoya klapani va manometrlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 180. Laboratoriya xonalari tortish javonlaridan havoni so‘rib olishi uchun venteliyatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 181. Elektr yoritish yoqqichlari va rozetka shtepsellari tortish javonlaridan tashqarida joylashishi kerak. 182. Olov, yong‘in va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan stol va tortish javonlarining ishchi yuzasi yonmaydigan materiallar bilan qoplanishi, shuningdek kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayonida ularning ta’siridan himoyalovchi qoplama bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 183. Laboratoriya xodimlari o‘zlari qo‘llayotgan reaktivlarni asosiy xususiyatlarini, ularning zaharlilik darajasi, yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi aralashmalarning yuzaga kelish xususiyatlarini bilishi va xavfsizlik talablariga rioya qilishi kerak. 184. Zaharli gaz va bug‘ ajralib chiqishi bilan bog‘liq ishlar albatta tortish javonlarida bajarilishi kerak. 185. O‘tkir suyuqliklarni shisha idishdan olish uchun maxsus naychalardan foydalanish zarur. 186. Kimyoviy modda joylashgan har bir idishga unda saqlanuvchi moddaning nomi, uning konsentratsiyasi va boshqa ko‘rsatkichlari aniq qilib ko‘rsatilgan yozuvlar yopishtirilgan bo‘lishi kerak. 187. Kislota saqlanuvchi joylarda yetarli miqdorda neytrallashtiruvchi vositalar (soda va ohakli qorishmalar) bo‘lishi kerak. 188. Oqova suvlar tizimiga kislota, ishqorlar va boshqa zararli moddalarni zararsizlantirmasdan turib to‘kish taqiqlanadi. 189. Zararli modda va suyuqliklarni omborxonadan laboratoriyaga yetkazishda yopiq sinmaydigan maxsus savatlarga o‘rnatilgan shisha idishlardan foydalanish kerak. 190. Zararli modda va suyuqliklar laboratoriyada zichlab yopiladigan qalin devorli suyuqlik nomi yozilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Shisha idishlar mustahkam yopiluvchi maxsus metall javonlarga yoki qutilarga qo‘yilishi kerak. 191. Laboratoriyada saqlanuvchi zararli moddalarning umumiy miqdori ularga bo‘lgan kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak. 192. Laboratoriyada hamda yengil yonuvchi suyuqliklar saqlash joylari (10 metrdan kam oraliq masofada) yaqinida tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi. 193. Tasmali konveyyerlardan foydalanish, ularni montaj qilish, sozlash va ta’mirlashda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi lozim. 194. Tasmali konveyyerlarni montaj qilish ularning texnik pasporti asosida amalga oshirilishi lozim. 195. 60°S dan katta nishablikda o‘rnatilgan tasmali konveyyerlarni harakatlantiruvchi mexanizmlari (dvigatel) o‘chirilganda, tasmali konveyyerlar ishonchli avtomatik tarzda ishlovchi tormoz qurilmasi hamda to‘xtatgichlar (siljimaydigan qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 196. Konveyerning barcha metall qismlari statik elektr toklaridan himoyalash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 197. Kurakli transportyorlar butun uzunligi bo‘yicha zich joylashgan temir qopqoqlar bilan yopilishi kerak. 198. Kurakli transportyorlarni ishga tushirishdan oldin unda himoya to‘sinlari va reduktorida moy borligi tekshirilishi kerak. 199. Kurakli transportyorlardan foydalanishda ularning podshipniklari qizishini kuzatish lozim. 200. Kamarlarni ta’mirlash, tozalash, moylash va tarang qilib tortish ishlari transportyor elektrodvigateli o‘chirilgan va “Yoqmang! Odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar bor bo‘lganda amalga oshirilishi lozim. 201. Transportyorlarni avariyali holatda o‘chirish uchun ularda trosli o‘chirgich o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 202. Mahsulotlarni qadoqlash va o‘rash ishlarini amalga oshirishda xodim uchun quyidagilar asosiy xavf hisoblanadi: ish joyining to‘zib ketishi; yaroqsiz texnologik uskunalardan foydalanish; transportyor tasmasi, o‘lchov stakanlari va qistirish romlarini qo‘l bilan ushlash; payvandlash gubkasiga tegish; himoya qobig‘i yaroqsiz holda bo‘lgan tok o‘tkazgichlardan foydalanish; yakka tartibda himoya vositasi va aspiratsiyasiz ishlash. 203. O‘rash tizimi nosoz bo‘lganda uni ishga tushirish taqiqlanadi. O‘rash tizimini ishlatish qoidalariga rioya qilgan holda toza va yaroqli holatda saqlash lozim. 204. Mis quvurlardagi teshiklarni tozalash ishlari payvandlash gubkasi va transportyor tasmasi sovuganidan keyin olib borilishi kerak. 205. Qadoqlash apparati ishchi yuzasi va mahsulotlarni o‘rash stolining balandligi 930 mm ni tashkil etishi kerak. 206. Nasos agregatlarini montaj qilish, tekshirish va qabul qilish standartlashtirish normalari talablarga mos ravishda olib borilishi kerak. 207. Nasos va nasos agregatlar tegishli sertifikatga ega bo‘lishi kerak. 208. Nasoslar korpusi qopqog‘i yuzasi qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. 209. Porshenli, shesternyali va plunjerli nasoslarning havo haydovchi quvurlarida davriy tekshirilib turiladigan himoya klapanlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 210. Nasosda undagi mahsulotlarni butunlay yo‘q qilish uchun jo‘mrak yoki tiqin ko‘zda tutilishi kerak. 211. Omborxona inshootlari QMQ 2.09.12-98 “Omborxona binolari” talablariga mos kelishi kerak. 212. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 213. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 214. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 215. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak. 216. Sochilib ketadigan xomashyo bir-biridan alohida holda saqlanishi kerak. 217. Sochilib ketadigan xomashyoni uyum qilib saqlashda omborxona inshootlari maxsus qurilmalar (bunker, silos) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 218. Suyuq xomashyolarni saqlash uchun maxsus idishlar sanoat oqova suvlar tizimiga ulangan suv o‘tmaydigan taglikka o‘rnatilishi va sath o‘lchagichi bo‘lishi kerak. 219. Barcha xomashyo maydonlari erkin kirish imkoniyati bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 220. Xom ashyo va mahsulot omborxonalari umumiy hajmdagi ventilatsiyaga, silos saqlagichlar esa aspiratsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak. 221. Xom ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni saqlash maydonlari havo yog‘inlaridan va quyosh nurining to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan himoya qilinishi, suyuqliklarning erkin oqib ketishini chegaralovchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 222. Kislota va ishqorlarni saqlash omborlari boshqa materiallar saqlanadigan omborlardan alohida bo‘lishi kerak. Kislotalarni yerto‘lalarda saqlash taqiqlanadi. Kislotalar saqlanadigan omborlarni shamollatishda tabiiy shamollatishni qo‘llash kerak. 223. O‘tkir ishqorli baraban va bochkalar yopiq va quruq inshootlarda saqlanishi kerak. 224. Kislotalar sisternalarda, konteynyerlarda, bochkalarda va kichik miqdorda shisha idishlarda saqlanishi kerak. 225. Neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga javob berishi kerak. 226. Qand-shakar omborlarida ushbu Qoidalar talablariga mos ravishda jihozlangan statsionar yoki qo‘yma zina bo‘lishi kerak. 227. Qand-shakar saqlash omborxonalari telefon, baland ovozda gapirgich va aloqaning boshqa turi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 228. Qand-shakar omborlarida yon tomondan sun’iy yoritish ko‘zda tutilishi kerak. 229. Qand-shakarni qopga joylash, tarozida tortish, uni omborxonaga tashish, shtabellarga joylash, shtabellarni qismlarga ajratish, transport vositalariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak. 230. Ombordagi chang chiqishi mumkin bo‘lgan barcha joylar to‘silishi kerak. 231. Siloslardagi tuynuk va teshiklar zichlab yopiluvchi qopqoq bilan jihozlanishi kerak. Filtrli-aspiratsion qurilmaning yaroqliligi va ishonchliligi ishlab chiqaruvchi tomonidan tizimli tekshirib turilishi kerak. 232. Barcha nazorat-o‘lchash asboblari ishga yaroqli holatda bo‘lishi, tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus yo‘riqnoma va jadval asosida tekshirib turilishi kerak. 233. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hajmi texnologik loyihalashtirish me’yorlariga mos kelishi va tasdiqlangan texnologik reglament asosida xavfsiz ish jarayonini olib borishni ta’minlashi kerak. 234. Foydalanishdagi nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalari GOST 8.002-86 “O‘lchash vositalari ustidan davlat va tarmoq nazorati”ga mos ravishda majburiy tekshiruvdan o‘tkazilib turilishi kerak. 235. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim. 236. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 237. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim. 238. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 239. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 metr va undan balandda joylashganda to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 240. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim. 241. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari: o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qo‘yishi; xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi; faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishini ta’minlashi; himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi; xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 242. Ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim. 243. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak. 244. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki to‘r parda bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. 245. Tez-tez tekshirilib turiladigan to‘siqlar tez yoki oson yechiladigan bo‘lishi kerak. 246. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim. 247. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. 248. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. 249. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim. 250. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 251. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim. 252. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak. 253. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi. 254. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim. 255. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi. 256. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim. 257. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi. 258. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim. 259. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim. 260. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim. 261. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim. 262. Apparat, rezervuarlar va quduqlar ichida har qanday ko‘rinishdagi ishni olib borish uchun sex boshlig‘ining yozma ruxsati bilan mas’ul muhandis-texnik xodimlardan biriga ruxsat beriladi. Ishlar kunduzgi vaqtda olib borilishi kerak, faqatgina favqulodda (avariya) holatlardagina kechasi ishlashga ruxsat beriladi. 263. Apparat, rezervuar va quduqlar ichida ishlash uchun o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lmagan, jismonan sog‘lom va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimlarga ruxsat beriladi. 264. Ishlar uch yoki undan ko‘p xodimlardan iborat jamoalarda olib boriladi (bir kishi ishlaydi, dublyor va ularni kuzatib turuvchilar). Kuzatuvchisiz ishni olib borishga ruxsat berilmaydi. 265. Apparat yoki rezervuarlar ichida ishni boshlashdan oldin quyidagilar ta’minlanishi kerak: apparat yoki rezervuarlarni suv bilan yaxshilab yuvish orqali mahsulotlardan tozalash; apparat yoki rezervuarlarga suv, bug‘, mahsulot keluvchi quvurlarni jo‘mraklari va quvurlarga qopqoq o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli berkitish; yuqori va pastki tuynuklarni ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin shamollatish uchun va shuningdek butun ish davomida ochib qo‘yish; “Ta’mirlash — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi yozuvni osib qo‘yish; yong‘in xavfi mavjud yoki vujudga kelish ehtimoli bo‘lgan rezervuarlarda ishlashda o‘t chiqishining oldini oluvchi asbob-uskunalardan foydalanish; 12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlaridan (yoki shaxta turidagi akkumulyatorlar fonusi) foydalanish; himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi; shlangli yoki kislorodli gazniqoblari. 266. Xodimning apparat yoki rezervuarga kirishga ruxsat berishdan oldin shaxsan sex boshlig‘i yoki navbatchi rahbarning o‘zi mazkur Qoidalarning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatilgan ish qurollari, moslamalar, himoya qilish va saqlash vositalarining mavjudligi va yaroqliligini tekshirib ko‘rishi lozim. 267. Shlangali gazniqob taqqan holda apparat yoki rezervuarning ichida uzluksiz ravishda 15 daqiqadan ortiq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida bo‘lishga ruxsat beriladi, shundan keyin xodimga ochiq havoda 15 daqiqalik tanaffus beriladi. 268. Shlangning erkin oxiri toza havo kirishini ta’minlovchi joyga qotirilgan bo‘lishi kerak. Uzunligi 20 metrdan uzun shlankaga havo uzatilishi havo uzatuvchi moslama yordamida amalga oshirilishi kerak. 269. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 270. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 271. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
99
52,004
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar ro‘yxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu ro‘yxatlarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2954, 2017-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar ro‘yxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu ro‘yxatlarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Turizm va sport vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligiga (bundan buyon matnda Sportni rivojlantirish vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 11, 12, 14 va 16-bandlardagi “Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 13-banddagi “Turizm va sport vazirligining” va “Turizm va sport vazirligiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “Sportni rivojlantirish vazirligining” va “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 15-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligiga” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 17-banddagi “Turizm va sport vazirligining” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
220
1,913
Qonunchilik
Jizzaх viloyatida davlat tomonidan boshqarishning samarali modeli sinaladi
Jizzaх viloyatida 2019 yil 1 martdan boshlab hududni kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish boʻyicha “Ilgʻor hudud” sinov loyiha boshlanadi (3.01.2019 yildagi PF-5609-son Farmonga qarang). Loyiha boshqaruvi milliy agentligi loyihani amalga oshirish uchun mas’ul boʻladi. Loyiha doirasida: 2019 yil 1 martga qadar Jizzaх viloyati hududini rejalashtirish sхemasi eskizi ishlab chiqiladi. Jizzaх viloyati tumanlari va aholi punktlarining bosh rejalarini rejalashtirish sхemalari, shuningdek tegishli arхitektura-rejalashtirish tadbirlari muvofiqligini nazorat qilish maqsadida iхtisoslashtirilgan arхitektura-rejalashtirish ekspert kengashi tashkil etiladi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jizzaх viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.01.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
74
945
Qonunchilik
“Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/7-son “Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2437, 2013-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12-son, 158-modda); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 21-dekabrdagi 26/3-son “Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2437-1, 2013-yil 31-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 1-son, 12-modda). 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
235
1,226